The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

“Сурхон тонги” газетасининг 2023 йил 16 июндаги 27-сонида Шеробод туманида микро марказ ташкил этилганлиги ҳамда тўрт минг йиллик тарихга эга бўлган жарқўтон ёдгорлиги, шунингдек, таҳлилий ва хулоса чиқаришга ундовчи мақолалар нашр этилган:

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by asomiddin7788, 2023-06-19 02:12:01

ТАВСИЯ ЭТАМИЗ:

“Сурхон тонги” газетасининг 2023 йил 16 июндаги 27-сонида Шеробод туманида микро марказ ташкил этилганлиги ҳамда тўрт минг йиллик тарихга эга бўлган жарқўтон ёдгорлиги, шунингдек, таҳлилий ва хулоса чиқаришга ундовчи мақолалар нашр этилган:

1935-yil 18-martdan chop etila boshlagan surxontongi.uz t.me/surxontongi 2023-yil 16-iyun (juma) 27-son (17856) 2023-yil 16-iyun (juma) 27-son Surxon tongi Surxon tongi (17856) Buni yaxshi anglagan va bolalarni to‘liq maktabgacha ta’limga qamrab olishni reja qilgan mutasaddilarimiz bu borada tun-u kun harakatda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida davlat, xususiy, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan bog‘chalar barobarida oilaviy MTTlar soni ham kun sayin ortib, maktabgacha ta’limga qamrov ko‘rsatkichlari ko‘zni quvnata boshlayotgani muhim. Har gal hududlarga yangilik va o‘ziga xos tashabbuslar bilan tashrif buyuradigan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning muzrabotlik bolajonlar uchun bu gal tumanga tashrifi bir olam quvonch olib keldi. Muzrabot tumani, “Madaniyat” mahallasida faoliyat boshlagan, loyiha qiymati 1,8 milliard so‘mlik davlat-xususiy sheriklik asosidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi, tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar hamda soha mas’ullari ishtirok etishdi. Xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ta’limtarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ma’lumot uchun, hozirgi kunda tumanda 23 ta davlat, bitta nodavlat, 8 ta davlatxususiy sheriklik asosidagi nodavlat va 112 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur bog‘chalarda tumandagi 3-7 yoshdagi 13,7 ming nafar bolalarning 8,1 nafari yoki 59,3 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga qilgan tashrifi chog‘ida 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘mirga ixtisoslashgan, markazlashgan isitish tizimi joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini ko‘zdan kechirib, bolalarga o‘yinchoqlar topshirdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilingan, kafolat muddati 15 yil bo‘lgan, ko‘mir sarfi va boshqa xarajatlari avvalgi qozonxonalarga nisbatan kamxarajat bo‘lgan yangi tipdagi markazlashgan isitish tizimi joriy qilingan. Viloyat rahbari, shuningdek, bog‘chada yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirib, tuman mutasaddilariga ijtimoiy soha obyektlarini bosqichmabosqich markazlashgan isitish tizimiga o‘tkazish, muqobil energiya manbalarini joriy etish topshirig‘ini berdi. Muzrabot tumaniga tashrifning keyingi manzili 51-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi. Bu yerda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida oilaviy poliklinikada viloyat davolashprofilaktika muassasalari va tuman markaziy poliklinikasining malakali shifokorlari tomonidan hudud aholisini zamonaviy tibbiy asbobuskunalar, mobil olish uchun moddiy yordam va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Viloyat rahbarining bu galgi tashrifi nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti, balki madaniyat sohasida faoliyat yuritib, yillar davomida ta’mirtalab, eski holatdagi inshootda qiynalib ishlayotgan soha xodimlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. Qachon xalq boy va qudratli bo‘ladi. Davlat yanada rivojlanadi. Avvalo, ma’naviyat, ta’lim, madaniyat rivojlansa, sohada zaruriy shart-sharoitlar yaratilsagina Sog‘lom turmush tarziga to‘laqonli rioya qilmaydigan, tibbiy madaniyatdan tamomila yiroq kishilar shifokorlarning mashaqqatli mehnatini yaqqol angladi, deyish mumkin. Qolaversa, pandemiya davri fidoyi tibbiyot xodimlariga, malakali tibbiy xizmatga ehtiyojning anchagina ortganini ko‘rsatdi. Zero, sog‘lom tanda sog‘ aql deb bejiz aytilmaydi. Hukumatimizning odilona siyosatlari, oqilona islohotlari samarasi o‘laroq, bugun tibbiyot sohasiga juda katta davolanish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori malakali tibbiyot xodimlariga talab ham oshib borayotganidan darak berib turibdi. Yuksak malakali kadrlar tayyorlash borasida tibbiyotda erishilayotgan yutuqlar ko‘lami kengligini eng murakkab jarrohlik amaliyotlari vohamizda ham amalga oshirilayotgani ham tasdiqlab turibdi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir paytda viloyatimizda Toshkent tibbiyot 17 ta kafedra, 3 ta ta’lim yo‘nalishi, 17 ta klinik ordinatura yo‘nalishlari, ikkita qo‘shma ta’lim dasturlari bo’yicha 3 398 nafar talaba tahsil olishmoqda. Shundan bakalavriat yo‘nalishida 3 199 talaba o‘qib-o‘rganayotgan bo‘lsa, 119 nafari Klinik ordinaturada shifokorlikni dilga tukkan va tibbiyotni rivojlantirishga xizmat qilishga shaylangan talaba-yoshlardir. Bu yil davolash ishi yo‘nalishiga qabul qilingan 294 nafar talaba oliy ta’lim dargohining ilk qaldirg‘ochlari sifatida o‘qishni tamomladi. Ushbu talabayoshlar ham o‘qib, bir paytning o‘zida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha vohada mavjud tibbiyot muassasalarida ishlab kelayotgani quvonarli, albatta. Ushbu oliy ta’lim dargohida xalqaro hamkorlik bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. O‘tgan davr mobaynida o‘ndan ziyod davlatlar bilan 40 ga yaqin memorandumlar imzolangan bo‘lib, shu memorandumlarga asosan xorijiy OTMlarida 64 nafar professoro‘qituvchilar o‘z malakasini oshirib seminar va konferensiyalarda ishtirok etishdi. Yuzdan ortiq talabalar olimpiada, konferensiyalarda ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida hozirgi davrga qadar xorijiy OTMlaridan 70 dan ziyod professor-o‘qituvchilar tashrifi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda, talaba-yoshlarga ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlar asosida, zamon talablariga mos ravishda bilim va malakaga ega bo‘lishlari uchun ham barcha qulayliklar muhayyo. Shuningdek, filial talabalari uchun 1500 o‘rinli o‘quv binosi qurish ishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari XALQ XIZMATIGA SHAY bu kabi maqsadlarga erishish mumkin. Ushbu masala ham har qachon e’tibor markazida bo‘lib kelayotganini tumanning “Obi hayot” mahallasida 29-sonli Yangiobod madaniyat markazining zamonaviy tipda rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirilganida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu madaniyat markazi binosini ta’mirlash ishlari 2017-yilda boshlangan bo‘lsada, ayrim sabablarga ko‘ra loyiha yakuniga yetkazilmagan edi. Viloyat rahbarining avvalgi tashriflari davomida ushbu madaniyat markazini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi va natijada umumiy qiymati 2,7 milliard so‘m bo‘lgan qurilishta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ko‘rkam, zamonaviy qiyofaga kirgan inshoot foydalanishga topshirildi. O‘z muxbirimiz INSON QADRIN ULUG‘LAB... to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilda 400 o‘rinli davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi qurilishi ham olib borilmoqdaki, bu ham talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qilinayotir. Ulug‘ maqsad ko‘zlab tashkil etilgan oliy ta’lim dargohi “meva” berdi. Bu yil 294 nafar ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomlab, Gippokrat qasamini ichib, xalq xizmatiga shay turishibdi. Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ilk bitiruvchilarining qasamyod qabul qilish tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Viloyat rahbari bitiruvchilarni tibbiyot oliygohini muvaffaqiyatli tamomlayotganliklari bilan tabriklab, ulardan o‘z qasamyodlariga sodiq qolib, insonlar sog‘ligini asrashda fidoyilik bilan mehnat qilishlarini so‘radi. O‘z tabrik so‘zi yakunida viloyat rahbari bitiruvchilarni vrach maqomini olayotganliklari bilan samimiy muborakbod etib, xalqimiz salomatligi yo‘lidagi sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Shundan so‘ng, oliygoh bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, voha tibbiyoti yuksak bilim va salohiyatga ega tag‘in 294 nafar shifokor bilan boyidi. Ta’kidlash joiki, hozirda viloyatimizda 3,5 mingdan ortiq malakali shifokorlarga ehtiyoj mavjud bo‘lib, joriy o‘quv yilida respublikamizdagi tibbiyot oliygohlarini bitirayotgan 423 nafar vrach viloyatdagi tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilinmoqda. Egniga oq xalat kiyib, Gippokrat qasamini ichgan bilan kishi shifokor bo‘lib, haqiqiy jonkuyar mutaxassis bo‘lib qolavermaydi. Qachonki, olgan bilimi va malakasini, tajribasini sidqidildan ishga solib, aholi salomatligi yo‘lida xuddi Sinodek sabotli va sodiq bo‘lsa, xalq dardini o‘ziniki bilib ishiga mas’uliyat bilan vijdonan yondashsagina, ichgan qasamini ham, egnidagi libosini ham oqlagan bo‘ladi. Zero, sohada yetishib chiqayotgan har bitta kadr ana shunday fidoyi va zahmatkash bo‘lsa, fuqarolar xizmatiga bel bog‘lasa, bundan olti yil muqaddam ezgu niyat va xayrli tashabbus bilan tashkil etilgan Tibbiyot muassasasi o‘z oldiga qo‘ygan bar maqsadlariga erishgan bo‘ladi. A.SAFAROVA ISLOHOTLAR AMALDA IMKONIYAT Oq xalatli farishtalarning inson salomatligini ta’minlashda o‘rni nihoyatda muhim ekanligini ortda qolgan pandemiya sharoiti ham yaqqol isbotlab qo‘ydi. Aholining tibbiy madaniyati, ustiga ustak, shifokorlarning ham malakasini birgina “Koronavirus” ko‘rsatib qo‘yganiga hech shubha yo‘q. Tadqiqotlarga qaraganda inson umri davomida oladigan ma’lumotlarning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Bu degani biz hali hech narsani bilmaydigan go‘dak deb hisoblagan va ularning ta’lim-tarbiyasini sal keyinroqqa surib qo‘yadigan va umumiy bilim olish maktabdan boshlanadi qabilidagi qarashlarimizni bir chetga uloqtirib, ayni maktabgacha ta’lim yoshidanoq bolajonlarni to‘laligicha zamonaviy ta’lim-tarbiya olishiga yo‘l ochib berishimiz kerakligini anglatadi. tibbiy transport yordamida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari ham tashkil etildi. Viloyat rahbari tibbiy ko‘rik jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, fuqarolar bilan suhbatlashdi. Ularning davolanish, dori-darmon e’tibor qaratilayotir. Fuqarolarning salomatligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida hattoki chekkachekka hududlarda ham tibbiyot muassasalari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Vohamizning o‘zida ham ko‘plab xususiy klinikalar ish boshlayotgani ham haqiqat. Endilikda fuqarolar olis masofaga ortiqcha ovoragarchiliklar bilan bormaydi, sarf-xarajatlarni ko‘paytirmasdan shu yerning o‘zida akademiyasining Termiz filiali ochilgani nihoyatda puxta va oqilona qaror bo‘ldi, desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5- martdagi qaroriga binoan, viloyatimizda ilk bor Termiz tibbiyot kolleji bazasida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etildi. Ushbu oliy ta’lim dargohi tashkil etilgan vaqtda birgina davolash ishi fakulteti ochilgan bo‘lsa, ayni paytda 3 ta fakultet,


SURXON 2023-yil 16-iyun, 27-son 2 TONGI surxontongi.uz 9-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni Sharbat ABDULLAYEVA, O‘zXDP Faxriylar kengashi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor: — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan nomzod dasturining birinchi yo‘nalishi “KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT — IJTIMOIY DAVLATCHILIK POYDEVORI, BARQAROR JAMIYAT VA FAROVON TURMUSH ASOSI” deb nomlanishi bejiz emas. Sababi, keyingi yillarda insoniyat boshiga og‘ir keskinlashayotgan global iqlim o‘zgarishi jarayonlari va xalqaro maydonda siyosiy, iqtisodiy vaziyatning taranglashuvi har bir davlat oldiga ijtimoiy siyosatni kuchaytirish vazifasini kechiktirmaslikni shart qilib qo‘ymoqda. Kuchli ijtimoiy siyosatning birinchi poydevori ijtimoiy davlatning barqarorlik va farovonligini ta’minlashdir. Mazkur siyosiy harakatlar zamirida jamiyatning turli sohalaridagi muammolarni hal etish, inson manfaatlari bilan bog‘liq huquqlarni adolatli hamda demokratiya tamoyillariga asoslangan holda himoya qilish yotadi. Bundan tashqari, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish jarayonida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda mavjud resurslarga tayangan holda tibbiyot sohasini ham rivojlantirish orqali fuqarolarimizning yanada farovon yashashiga zamin yaratiladi. Amallarimiz niyatimiz bilan hamohang bo‘lsa, maqsadga erishish oson bo‘ladi. Shuning uchun bizning dasturimiz ham o‘zbek davlatchiligining o‘q ildizi hisoblangan Konstitutsiyaga mosdir. Qolaversa, yangilangan Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy davlat tamoyili Xalq demokratik partiyasining asosiy dasturiy maqsadlariga hamohang. Mazkur yo‘nalishda yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlashni taklif etyapmiz. Chunki oliy ta’limni tugatgan yoshlarimiz mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tashkilot yoki muassasaga ish so‘rab borsa, unda tajriba va malaka yo‘qligi ro‘kach qilinib, ishga qabul qilmaslik holatlari ham ba’zan uchrab turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda mehnat bozoriga professional ta’limdan 144 MING NAFARDAN ZIYOD BITIRUVCHI-YOSHLAR KIRIB KELGAN. ULARNING 82,8 FOIZI ISH BILAN TA’MINLANGAN. Aslida, bu ko‘rsatkichni boshqa xorijiy mamlakatlar amaliyoti bilan solishtirganda ijobiy deb baholash mumkindir. Biroq bu borada bugungi davlat siyosatining davomiyligidan kelib chiqqan holda yorqin kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi asosiy vazifalarimiz mezoni bo‘lishi lozim. Shuning uchun doimiy ravishda ta’lim tizimini isloh qilish orqali jamiyatga malakali, bilimli va kerakli bo‘lgan mutaxassis yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash choralari nomzodning Saylovoldi dasturida asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, dasturning ushbu yo‘nalishida EHTIYOJMAND SHAXSLARGA AJRATILAYOTGAN MODDIYIJTIMOIY YORDAM MANZILLI VA MAQSADLI YETIB BORISHI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATINI KUCHAYTIRISH lozimligi keltiriladi. Yurtimizda ehtiyojmand insonlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida ularga qonuniy imtiyozlar, imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, tegishli moddiy yordamlar ham ajratilishi barchamizga ma’lum. Lekin qandaydir sabab bilan ajratilgan moddiy yordam o‘z manziliga, ya’ni haqiqatda shu yordamga muhtoj fuqaroga yetib bormasligi bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari ham yo‘q emas. Bu esa oxir-oqibat ehtiyojmand fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga harakat qilayotgan davlat mablag‘idan samarasiz foydalanish demakdir. Agar ayni yo‘nalishda kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnata olsak, ana shunday noxush holatlar barham topadi, ko‘zlangan ezgu maqsadga tezroq erishishga zamin yaratiladi. Mavjuda HASANOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi: — Nomzod dasturida uyjoy, sifatli kommunal xizmatlar odamlarning hayot sifatini yaxshilashning muhim omili sifatida qayd etilgan. Har bir millatning, xalqning tarixan shakllangan qadriyatlari bo‘ladi. Xuddi shunday, har bir shaxsning muqim boshpanasi bo‘lishi kerakligi an’anasi ham chuqur ildiz otgan milliy qarashlarimizga borib taqaladi. Vatan ichra vatani, ya’ni o‘z uyi bo‘lishini xalqimiz farovon hayotning asosiy sharti, deb biladi. Buning huquqiy asosi sifatida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Har kim uyjoyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi” deb qayd etilgan. Uy-joyga egalik qilish huquqi hamda uy-joy mulkdorlari huquqlari konstitutsiyaviy himoya qilinganligini e’tirof etishimiz lozim. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari qatorida aholi uchun qurilayotgan turarjoylar salmog‘i ortib borayotgan bo‘lsa-da, biroq fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan talabi ortib borishi tabiiy holdir. Respublikamizda aholi sonining o‘sib borishi hamda yangi oilalarning tashkil topishi ham uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga o‘sgan bo‘lib, yaqin vaqtlarda 40 millionga yetishi kutilayotir. Demografik ko‘rsatkichlar shiddat bilan o‘sayotgan hozirgi paytda, ayniqsa, ehtiyojmand qatlamni turarjoy bilan ta’minlash masalasi yil sayin dolzarb bo‘lib bormoqda. Biz kambag‘allar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bor farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar uchun uy-joylar qurilishini yanada jadallashtirish tarafdorimiz. Nomzodning ilgari surilayotgan Saylovoldi dasturida belgilanganidek, “UYJOY QURILISHINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLABQUVVATLASH TO‘G‘RISIDA”gi qonunni qabul qilish kelajakda mazkur sohaning mustahkam huquqiy asosini yaratishga xizmat qiladi. Dasturda kam ta’minlangan aholi uchun uy-joy qurishga imtiyozli ipoteka krediti berish amaliyotini kengaytirish masalasining qonun darajasida tartibga solinishini hamda uni amalga tatbiq etish choralari haqidagi fikrlarning mavjudligi diqqatga sazovor jihat deyish mumkin. Butun mamlakatimiz qurilish bozorida tegishli tashkilotlardan ruxsat olmay, mahalliy aholi bilan hisoblashmay, mavjud talab-me’yorlarni mensimay noqonuniy obyektlar barpo etish holatlari kuzatilayotgani ham sir emas. Albatta, bu borada davlat organlari va tashkilotlar tegishli nazorat tadbirlarini olib bormoqda, biroq ushbu masalada kerakli natijaga erishish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hayotiy zaruratdir. “KO‘P KVARTIRALI UYLAR VA BOSHQA KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINI ULUSH QO‘SHGAN HOLDA QURISHDA ISHTIROK ETISH TO‘G‘RISIDA”gi qonunni qabul qilish taklifi, ayniqsa, bugun dolzarb bo‘lib, fuqarolar tomonidan ulush qo‘shgan holda ko‘p xonadonli uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini qurish jarayonini huquqiy jihatdan tartibga solishga, jumladan, turarjoylarni qurishga jalb qilingan aholi mablag‘larini himoya qilish kafolatlarini yaratishga xizmat qiladi. Qizilgul QOSIMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi: — Xalq salomatligi, millat genofondining mustahkamligi har bir davlat uchun benazir boylikdir. Bu juda dolzarb masala bo‘lganligi uchun ham yangilangan Konstitutsiyamizda aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar bir necha barobarga oshirildi. Partiyamizning O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodi dasturidan tibbiy sug‘urtani bosqichmabosqich joriy etish tashabbusi ham o‘rin olgan. Dunyodagi eng rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tibbiy sug‘urtani joriy etish sohada turli korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bilan bir qatorda, kasalliklarni erta aniqlash, tibbiy yordam ko‘rsatishning birlamchi bo‘g‘inida malakali va sifatli xizmatlarni tashkil qilish, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. So‘nggi vaqtlarda farmatsevtika tizimida duch kelingan noxush holatlar fonida aytish mumkinki, bu sohada aynan davlat nazoratini kuchaytirish hamda yangi dori vositalarini sinovdan o‘tkazish va ruxsat berish tartibtaomillarini JSST talablari asosida takomillashtirish zarurati mavjud. Shuningdek, dori-darmonlar va tibbiy vositalar narx-navosini davlat tomonidan tartibga solishning qonun darajasidagi mexanizmlarini yaratish borasida Saylovoldi dasturida ilgari surilgan taklif farmatsevtika bozorida barqarorlikni va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, pandemiya vaqtida ushbu sohada faoliyat yurituvchi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z mavqeini suiiste’mol qilib, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun muhim bo‘lgan dori-darmonlarning narxlarini asossiz oshirish holatlari uchragani hech kimga sir emas. Yuqoridagilardan kelib chiqib, nomzod dasturida taklif etilayotgan “Dori-darmonlar va tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish har qachongidan muhimdir. O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD ULUG‘BEK ILYASOVICH INOYATOVNING saylovoldi DASTURidan birgalikda ijtimoiy davlat sari Sahifa materiallari Prezidentlikka nomzodlar uchun ajratilgan bepul nashr maydoni hisobidan chop etildi tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘ZBEKISTON liberal-DEMOKRATIK PARTIYASIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD shavkat Miromonovich MirziyoyevNING saylovoldi DASTURidan barqaror iqtisodiy o‘sish — aholi farovonligini ta’minlashning muhim omili Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish Hozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari “To‘rtinchi sanoat inqilobi”, “Aqlli iqtisodiyot”, “Innovatsion iqtisodiyot”ga o‘tayotgani bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan, innovatsiya va ilmiy taraqqiyot — milliy iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun barqaror poydevor hisoblanadi. Shu bois, Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, mamlakatimizni 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlantirish strategiyasi amalga oshirildi, 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Nomzodimiz o‘z oldiga nafaqat mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularni bozorga olib chiqishni, balki ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish va bu orqali mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasini qo‘ymoqda. Bu borada partiyamizdan nomzodning Saylovoldi dasturida keyingi yillarda Olmaliqda uchta mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodi, Ohangaron misni qayta ishlash klasteri, Navoiy, Qo‘ng‘irot va Qorako‘lda yirik kimyo-polimer klasterlari, Toshkent va Navoiy viloyatlarida fosforit xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonasi, Tebinbuloq va G‘allaorolda temir ishlab chiqarish majmualari kabi strategik mega loyihalarni ishga tushirish belgilangan.Natijada, 2030-yilgacha yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarish — 3,5 barobar, oltin — 1,5 karra, kumush — 3 marta, uran — 3 barobar oshiriladi. Avtomobilsozlik sohasida 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalarini ishga tushirish evaziga ishlab chiqarish hajmi yiliga 1 million donaga, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi. Ya’ni O‘zbekiston iqtisodiyoti mavjud resurslardan oqilona foydanish evaziga innovatsion mahsulotlar yaratish, o‘zlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali rivojlantiriladi. Ilmga asoslangan, yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ilmiy fikrning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Zero, ilmga asoslangani “aqlli yoki bilimlar iqtisodiyoti”, bu — innovatsiyalar, yangi g‘oyalar va ijodiy mahsulotlarga asoslangan samarador iqtisodiyot. Shu maqsadda so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda mamlakatimiz fan va iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishda qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Navbatdagi muhim qadamlar sifatida nomzodimiz tayyor mahsulot bilan tashqi bozorlarga chiqish uchun Jahon savdo tashkilotiga, albatta, a’zo bo‘lishimizni nazarda tutib, korxonalarimiz ochiq va kuchli raqobatga tayyor bo‘lishi uchun zarur choralarni belgilagan. Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va unga 1 milliard AQSH dollari ajratish nazarda tutilmoqda. 2030-yilga qadar 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish, har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonasini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish ta’minlanadi. Umuman, 2030-yilga qadar jami eksport hajmini 2 barobar oshirib, 45 milliard dollarga yetkazish ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Shu o‘rinda nomzodimizning investitsiyaviy va texnologik sheriklik sohasida raqamli o‘zaro bog‘liqlik borasida “Yevropa jamoasi” mexanizmidan foydalangan holda, “Markaziy Osiyo uchun raqamli kun tartibi”ni ishlab chiqish taklifi hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidlash joiz. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish Bugungi kunda bashariyat duch kelayotgan iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi halokati va boshqa ekologik inqirozlar oqibatlarini yengib o‘tish, “yashil” iqtisodiyot va “yashil taraqqiyot”, ayniqsa, “yashil” energiya sohalarini jadal rivojlantirish, “yashil” tiklanish va uglerod neytralligini ta’minlash, “yashil” energiya, ichimlik suvi, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish kabi masalalarni samarali hal etish bilan bevosita bog‘liq. Hozirda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 600 million yevro mablag‘lari ishtirokida yirik loyihalar boshlangan. Ayniqsa, “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren” kabi jahonning eng nufuzli kompaniyalari mamlakatimizda yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirmoqda. Shu yilning o‘zida 2 ming megavattdan ziyod, keyingi yilda esa 8 ming megavattli quvvatlar ishga tushiriladi. Bir paytning o‘zida “yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uni rivojlantirishni zamonning o‘zi talab etmoqda. Shu maqsadda nomzodimiz tomonidan quyidagi dolzarb vazifalar belgilangan: • qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming megavattga, ularning ulushini hozirgi 14 foizdan 40 foizga yetkazish; • 2024-yildan boshlab sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini yaratish; • avtobuslarni to‘liq ekologik toza elektr yoki gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish; • barcha yangi uylar va asbobuskunalarga energiya tejash bo‘yicha talablarni joriy etish. Natijada iqtisodiyotda energiya samaradorligi 2 karra oshib, 2030-yilga borib 50 milliard kilovatt-soat “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Yangi stansiyalar ishga tushishi bilan 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlari barpo etiladi. Infratuzilmani jadal rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar So‘nggi olti yilda aholi va biznes, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish ehtiyojlarini inobatga olib, infratuzilmani rivojlantirish borasida qator tizimli choratadbirlar ko‘rildi. Xususan, avtomobil va temir yo‘llari, ichimlik suv va aloqa tarmoqlarini qurish oldingi yillardagiga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Nomzodimiz navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida quyidagilarni belgiladi: birinchidan, temir yo‘l sohasini yanada rivojlantirish maqsadida: Toshkent — Samarqand, Navoiy — Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temir yo‘llari qurish, elektrlashgan temir yo‘llari ulushini 43 foizdan 65 foizga yetkazish. Eng muhimi, temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi; ikkinchidan, havo aloqalari va xizmatlarini rivojlantirish borasida aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi, 6 ta yirik aeroport modernizatsiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi; uchinchidan, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish yo‘nalishida: 2030-yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha — jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar qurish va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinishiga erishiladi, Toshkent — Samarqand va Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari quriladi, xususiy sektor ishtirokida 56 ming kilometr yo‘llar rekonstruksiya qilinadi. Natijada yo‘lovchi va yuk tashish hajmi 3 barobar ko‘paytiriladi; to‘rtinchidan, 2030-yilga qadar barcha aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bunga 2,5 milliard dollar yo‘naltirilib, aholimiz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan ushbu muammoni to‘la hal qilishga erishiladi; beshinchidan, barcha qishloq va ovullar internet bilan to‘liq qamrab olinishiga erishib, uning tezligi 10 karra oshiriladi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalAsh — taraqqiyot asosi Agrar sohani yanada isloh qilish va modernizatsiyalash muhim ustuvor vazifadir. Shu bois, so‘nggi yillarda sohani tubdan isloh etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan vazifalar amalga oshirildi. Prezident Farmoni bilan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi va hayotga joriy etilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi klasterlar va kooperatsiyalar faoliyati har tomonlama qo‘llabquvvatlanmoqda. Nomzodimiz Shavkat Mirziyoyev dasturida sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘taruvchi 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazishga qaratilgan qator ustuvor vazifalar belgilangan: • hosildorlikni paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha 80-85 sentnerga oshirish; • qo‘shimcha 300 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va ularda intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish; • qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishlariga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlarda degradatsiyaning oldini olish bo‘yicha Milliy dastur qabul qilish. Nadir JUMAYEV, Adham SHODMONOV. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari


TONGI 2023-yil 16-iyun, 27-son surxontongi.uz SURXON 3 o “...Ayni damda 132 nafar ayollar turli yo‘nalishlarda ham o‘qitilib, ham ish o‘rganib, shu bilan bir qatorda ishlay boshladi”. Temir yo‘l kesishmasi – avtomobil yo‘li bilan temir yo‘llarning bir sathda kesishish joyi deyiladi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-mart kunidagi 04-sonli buyrug‘ida “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari”da ko‘rsatib o‘tilgan. Yo‘l harakati qoidasi ham fuqarolarimizning sog‘ligini muhofaza qilish, favqulodda va tasodifiy hodisalardan himoyalash, harakatlanuvchi transport vositalari xavfsizligini to‘laqonli ta’minlashga qaratilgandir. Shuni unutmaslik kerakki, yo‘l harakati qoidalari birgina shu soha xodimlari uchun emas, balki barcha fuqarolar uchun birdek tegishlidir. Ayni paytda Termiz temir yo‘l masofa korxonasi tasarrufida 233,7 kilometr temir yo‘l izlari mavjud bo‘lib, TermizQumqo‘rg‘on, Termiz-Surxonobod, Termiz-Amuzang,TermizPort yo‘nalishlarida asosiy temir yo‘llarda 43 ta temir yo‘l kesishmasi mavjud bo‘lib, ulardan 8 tasi qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidir. Shulardan beshtasi UZP qurilmalari bilan jihozlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish to‘g‘risida”gi 172-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan: mazkur Qoidalarning 116-bandiga ko‘ra Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, derzina)larga yo‘l berib kesib o‘tishlari lozim. 117-bandiga ko‘ra Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchi kesishma navbatchisining ko‘rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo‘l belgilariga, yo‘l chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, derzina) yo‘qligiga ishonch hosil qilish shart. 118- bandiga ko‘ra Qo‘yidagi hollarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi: svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda; shlagbaumning holatidan va boryo‘qligidan qat’i nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida; kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezilni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatsa); agar kesishmadan keyin haydovchini kesishmada to‘xtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo bo‘lsa; agar ko‘rinish chegarasidagi masofada poyezd (lokomotiv, derzina) yaqinlashayotgan bo‘lsa. Bundan tashqari: kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib aylanib o‘tish; shlagbaumnmni o‘z boshimchalik bilan ochish; transport holatiga keltirilmagan qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib o‘tish; temir yo‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Shunga qaramasdan qoidabuzar haydovchilar Termiz temir yo‘l masofa korxonasi xodimlari tomonidan ham aniqlanmoqda. Jumladan, Termiz temir yo‘l masofa korxonasi tasarrufidagi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida temir yo‘l qoidalariga amal qilmasdan harakatlangan avtotransport haydovchisining ehtiyotsizligi natijasida avtohalokat sodir bo‘lib, haydovchi vafot etdi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida haftaning har chorshanba kunida IIB Transportda XTB xodimlari bilan birgalikda maktab, mahalla va temir yo‘l iziga yaqin joylashgan fuqarolarga temir yo‘l qoidalariga rioya qilish bo‘yicha 81 marotaba tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarimizdan temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini iltimos qilib qolamiz. O.Kurbanazarov, “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo hududiy sho‘basi boshlig‘i, N.Soatov, Termiz temir yo‘l masofa korxonasi boshlig‘i kesishmalarda shoshilmang Barchamizga ma’lumki, temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, temir yo‘l kesishmalaridan avtotransport vositalari va piyodalarning o‘tishda yo‘l qoidalariga rioya qilishda har bir fuqarodan hushyorlikni talab qiladi. Narxni ham arzongarov bichib, tanish-bilishlariga taklif qildi. Kimdir u dedi, kimdir bu... Endi bu pishmas savdosi o‘xshamaydigandek tuyulgan kunlarda notanish ayol undan uch sotix yer so‘rab keldi. Arzongarov narx esdan chiqib, har sotixini 18 millionga baholadi. Olarmonning bahonasi bo‘lmaydi. 54 million so‘mni qurutday sanab oldi-da, yer maydonini ham ko‘rsatdi. Keyin esa 6 sotixga mijoz topildi. Bu safar yuzxotirlik deb narxni 12,5 million so‘mga tushirdi. Shahardan hech qanday sarsongarchiliksiz yer olish, qolaversa, hujjatlari soz bo‘lgan yerni arzonga sotib olsang, kimga yoqmaydi? arzongarov yer bor Ammo, gapning ammosi bor ekan-da, endi poydevor uchun yer belgilanayotgan vaqtda yerning yangi ijarachisi keldi-yu, tushuntirmoqchi bo‘ldi. Avvaliga qoshlar chimirildi, asabiylashildi, tushuntirishlar uzo-oq cho‘zildi. Aldanganini bilgan fuqaro 54 millionning bahridan o‘tish darajasigacha bordi — ‘‘ishbilarmon’’ning yo‘lini poylab bir yilini o‘tkazdi. O‘zi singari yana bir necha kishining aldanganini bilgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Murojaat haqida xabarlarni eshitgan H.S. topgan pulini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli yerdan uzoq yillar ijara shartnomasi asosida foydalangan H.I.ning o‘g‘li H.S. otameros yer deb o‘yladimi, yerga talabgor izlay boshladi. qo‘ltiqlab, aldanganlarni yo‘qlab bordi ham. Avrashga tushdi, kadastr sal kechikdi, chidab turing deya yolvordi ham... Natija esa fuqarolarning ko‘nglini yumshata oldi: ular da’vosi yo‘qligini ta’kidlashdi. Sud esa fuqaro H.S.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi. S.Suvonqulov, Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi Davron maktabda ham tuzuk-quruq o‘qimadi, harf tanimasligi, majburiy ta’limni ham uyda o‘tkazib yuborganligini bugun xo‘rsinib, afsus bilan tilga oladi. Oilaviy qiyinchiliklar Davronning 10 yoshidayoq maktabni tashlab Rossiyaga ketishiga sabab bo‘ldi. Qariyb yigirma yilni topgan ishida ishlab, hayotini o‘nglash uchun harakat qilishga sarfladi. Orada uylandi, to‘rt nafar farzandli ham bo‘ldi. Bolalikdagi bo‘shliq — savodsizlik unga pand beraverdi. Na o‘qishni, na hisob-kitobni bilmaydigan Davron uchun bu yillar anchagina mashaqqatli bo‘ldi. Qonunchiligimizda bilmay jinoyat sodir etganlik jazodan ozod etadi degan qarash yo‘q. Har kim teng huquqqa ega. Endigina oilasi bag‘riga qaytgan Davronni aeroportda nazoratdan o‘tkazish asnosida uning ruxsati bilan qo‘l telefoni ham ko‘zdan kechirildi-yu yillar davomida yig‘ilib qolgan aqidaparastlik g‘oyalari bilan to‘yingan ma’ruzalar borligi aniqlandi. Davron ishlash davomida ovozli qidiruv tizimi orqali ushbu ma’ruzalarni topib eshitar, uning mazmun-mohiyatini Musofirlikdan qamoqqa... Davron (ismlar o‘zgartirilgan) mavsumiy ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasida bir muddat yashadi. Internet videohostinglari orqali diniy mazmundagi ma’ruzalarini tinglab, ularning ta’siriga tushib qoldi. Shunchalik mukkasidan ketdiki, bu videolarni o‘z smartfonida ham saqlab qo‘ydi... ham to‘la anglamaganligini tan oldi. Ammo... Davron xulosa chiqarishi uchun ikki yil muddati bor. Bu vaqt ichida u umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o‘taydi. Uni oila davrasiga emas, qamoqqa olib borgan yo‘l esa aynan ijtimoiy tarmoqlar ekanligini, tushunib-tushunmay, bilib-bilmay qilingan har qanday harakatning javobi borligini anglash uchun bu yillar kifoya. O. BegimQulov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi raisi Ammo tikuv mashinkasini shundog‘icha uylarga, ayollarning o‘ziga berib qo‘yilib, nazorati yuritilmasligi, qolaversa, faoliyatini yo‘lga qo‘yib, kengaytirib ketishi uchun yetarli sharoiti bo‘lmagani uchun ham ayrimlarning tikuv mashinkasi bir burchakka uloqtirilib, chang bosdi. Qiziqsinib, birikki so‘m bo‘lsa-da, pul topib ro‘zg‘orimga yarataman, degani-ku ozmi-ko‘pmi ishlayapti, o‘ziga ham, jamiyatga ham naf keltiryapti. Asbob-uskunasini bersang-u undan samarali foydalana olmasa, hunari bo‘lmasa, ustiga ustak, ichlab chiqargan mahsulotini zamon talablari asosida tayyorlashda tajribasi yetmasa, qayerga sotishni bilmasa, ana shu kabi muammolar ishning boshlanmasidanoq tugashiga olib keladi-qo‘yadi. Sherobodlik Ro‘zigul Ashuraliyevaga ham tikuvchilik mashinkasi berilgandi. Tekin taklif qildi. Mana endi ustozi Gulmiraga havas bilan nafaqat tikishni, balki qo‘g‘irchoq to‘qib, gullar yasashni, turli xildagi buyumlar to‘qishni o‘rganib oldiyu o‘ziga ishonchi ortdi. Endi u ham tadbirkor bo‘lishni, o‘ziga o‘xshagan ayollarni ishga jalb etishni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Ishlab, jamiyatda o‘z o‘rnini topish gasht-u sururini Ro‘zigul endi bekorchilikka qayta alishmaydi… Sherobodlik mutasaddilar xotin-qizlarning o‘zlariga asbob-uskuna — Yaqindagina markazga jalb etilgan xotin-qizlar qisqa fursatda ishni o‘rganib olishdi, — deydi lider tadbirkor Gulmira Rahmonova. — Tikuvchilik va to‘quvchilik guruhlarida ko‘rpalarga qoplama jild, abayalar tikyapti. Sumka, ayollar hamyonlari, sovundan gullar yasalmoqda. Kechagina uyida na ish, na bir hunarsiz o‘tirgan xotin-qizlar o‘z mehnatidan mamnun holda ishlamoqda. Qo‘g‘irchoqchi qizlarimiz esa yangidan yangi qo‘g‘irchoqlar sovundan gullar yasash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bularning har biri ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan va oilada ham, jamiyatda ham eng muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Eng quvonarlisi, ushbu markaz tashkil etilgandan buyon uyida mashinkasini chang bostirib o‘tirgan xotin-qizlar ham “markazdan joy beringlar, biz ham faoliyatimizni kengaytiraylik, ishlab pul topaylik, yaxshi ishni boshlabsizlar” deya mutasaddilarga murojaat bilan “Bekorchilikka alishilmas hunarim bor” bo‘lgani uchun balki qadrsiz bo‘ldimi, yoki biror ishning boshidan tutishga unamadimi, avval-so‘ng ishlab yurmagani uchunmi, hech ishi unmadi. Birikki narsa tikkan bo‘ldi-yu, o‘z ishidan ko‘pam qoniqavermadi. Qolaversa, ishi ham hadeganda yurishmadi. Ba’zi insonlarga turtki, motivatsiya, kerak bo‘lsa, boshida turib topshiriq berib, uning nazoratini yuritish lozim bo‘ladi. Chunki birov aytmasa, o‘zidan bilib bir tayinli ish qilolmaydiganlar ham bor oramizda. Ana shunday fuqarolarga ishbilarmonlarning, mutasaddilarning qistovi va ko‘magi, yo‘l-yo‘rig‘i dastak bo‘ladi. Jaydarichasiga aytadigan bo‘lsak, bir “qo‘zg‘ab qo‘yish” kerak — ichidagi oloviga cho‘g‘ tashlab qo‘yilsa kifoya. Qahramonimiz uchun tumanda mikromarkaz ochilgani tuganmas motivatsiya bo‘ldi. Qo‘lidan tikish-bichish kelishini ko‘rgan tadbirkor unga markazda faoliyat yuritishni berishdan ko‘pam natija chiqmayotganini vaqtida angladi-yu boshqachasiga ishlashni afzal ko‘rishdi. Tumanning “Taroqli” mahallasi hududida foydalanilmayotgan bino ta’mirdan chiqarilib, subsidiya asosida jihozlar bilan ta’minlandi va 10 ta yo‘nalishda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, 150 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlovchi mikromarkaz tashkil etildi. Ayni damda 132 nafar ayollar turli yo‘nalishlarda ham o‘qitilib, ham ish o‘rganib, shu bilan bir qatorda ishlay boshladi. Tumandagi yettita mahalladagi ishsiz, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar markazga jalb etilgan bo‘lib, ular uchun zaruriy shartsharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, endi ular qanday tikaman, nima tayyorlayman, qo‘limdan keladimi-yo‘qmi, mahsulotni kimga, qanday sotaman deb ovora bo‘lib o‘tirmaydi. Markazda faoliyat boshlagan ayollarga 14 nafar lider tadbirkorlar biriktirilib, ish o‘rganishi, oylik bilan ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan. Qo‘g‘irchoqlari butun respublika bo‘ylab sotiladigan, necha yillardan beri tumandagi ishsiz ayollarga hunarmandchilikdan saboq berib, ularning ishli bo‘lishiga hissa qo‘shib kelayotgan Gulmira Rahmonova ham markazda 25 nafar xotin-qizni “otaliqqa” olgan, desak xato bo‘lmaydi. to‘qiyapti. Kerakli matolarni, anjomlarni o‘zim olib beraman, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o‘zim sotishga ko‘maklashaman. Xotin-qizlarimiz tikish-bichishni qoyillatsa, to‘qishda chaqqon bo‘lsa, har bir mahsuloti, mehnati uchun haq oladi. Tumanda ishsiz xotin-qizlar bo‘lmasligi kerak, deb hisoblayman. Chunki ayol kishi ham ro‘zg‘orga ko‘makchi, qolaversa, farzandlari uchun, o‘z oilasi, turish-turmushi uchun ham mehnat qilib pul topishi, bandligi ta’minlanib, o‘zini jamiyatga daxldor his qilib yashashi kerak. Hunar o‘rgangan kishi e’tirof etiladi, rag‘bat topadi, muvaffaqiyat qozonadi, hech qachon hunari bor odam kambag‘allik girdobiga tushib qolmaydi. Hunar shunday narsaki, uning ortidan mo‘may daromad keladi, ishlab chiqargan har bir mahsuloti bilan odamlarni xursand eta oladi, doimiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish esa ma’naviy biqiqlikdan, nizo-yu turli xil “bekorchilik mevalari” bo‘lmish g‘alva-yu g‘iybatlardan asraydi. Dunyoqarashi kengayadi. Bugun bir ish bilan shug‘ullangan odam fikri o‘sib, ishidan qoniqish hosil qilsa, ertaga yangisini o‘rgangisi, yanayam yaxshiroq ishlagisi faoliyatini kengaytirgisi keladi. Shu tariqa tadbirkorlik tomon odimlay boshlaydi. Markazda xotin-qizlar uchun asosan, gilam to‘qish, pazandalik, tikuvchi, to‘quvchilik, sandiqchilik, sartaroshlik, chiqishyapti. Demak, ayollar ham mehnatda rohat borligini, harakatda barakat bo‘lishini, qolaversa, jamoa bilan ishlab daromad topishning gashti boshqacha ekanligini anglab yetishibdi. Dildagi ishtiyoq amaliy harakatga ko‘chganida Sherobodda birorta ham ishsiz xotin-qizlar qolmaydi. Markaz puxta o‘ylangan va oxiri ko‘rinib turgan g‘oyalarga asoslangani va qisqa fursat ichida natijasi ko‘rinayotgani ko‘zni quvnatadi. Ishonchni oshiradi. Ha aytgancha, ushbu mikromarkaz qoshida “Mahalla” xayriya jamoat fondi homiyligida aholiga parranda tuxumlarini ochirish va jo‘ja yetkazib berish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tuman mutasaddilari ushbu faoliyatni kengaytirish, aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish orqali bandligini ta’minlash maqsadida jo‘jalarni bepul yetkazib berish ishlari ham boshlab yuborilgan. Inson qilgan ishni inson qila oladi, degan gapda jon bor. Shunchaki kishida xohish va ishtiyoq bo‘lsa, ichdan yemirib yotgan dangasalikni yengib, qat’iy ishga kirishsa, kishi tog‘ni ham talqon qila oladi. Muvaffaqiyat qozonganlarning bari ana shunday ichki dushmanini yenga olgan, qabul qilgan qat’iy qarori uchun muvaffaqiyat cho‘qqisida o‘zini ko‘rgan. Zero, hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi. Astoydil istasa, unga bor kuch va imkoniyat yordamga keladi. Qaniydi, hamma ham ana shu oddiygina haqiqatni anglasa-yu, hayotini orzularidagi haqiqat tomon boshlay olsa, kambag‘allik, degan so‘z lug‘atlarda qolardi aniq. Adolat MO‘MINOVA Tikish-bichishni biladimi, yo‘qmi, qo‘liga igna ip ushlaganmi yo‘qmi, masalaning bu tomoni bilan ko‘pam qiziqilmasdan imkoniyati cheklangan, muqim ish o‘rniga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga, kasb-hunarga o‘qitilgan ayollarga subsidiya, kredit, homiylik mablag‘lari asosida tikuv mashinkalari berilaverganidan deyarli mashinkasi bo‘lmagan ayollar qolmadi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Agar ushbu islohotlar o‘z mevasini berganida-ku, allaqachonlar tikuv mashinkasi olganlar tikuvchi-yu to‘quvchi, bichuvchiyu tadbirkor bo‘lib, ishsiz ayol qolmasdi. ramizdagi damlar Nahotki?! Yo‘g‘-e?! Mutaxassis minbari


SURXON TONGI 4 surxontongi.uz TONGI SURXON gazetalari tahririyati MUASSISLAR: Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi va viloyat hokimligi BOSH MUHARRIR Salohiddin NORQOBILOV MAS’UL MUHARRIR Gazeta 2017-yil 3-fevralda viloyat Matbuot va axborot boshqarmasida 11-001-raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari tahririyati bosmaxonasida chop etildi. BOSMAXONA MANZILI: Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 19-А uy Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Muallif fi kri tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. Qog‘oz bichimi А-2. Nashr indeksi: 6 500 Bosishga topshirildi — 09:00 Bosildi — 11:00 Adadi 5637 nusxa. Buyurtma ГMANZILIMIZ: Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 19-A uy TELEFONLAR: 76 224-22-92, 76 224-22-80 Reklama va marketing bo‘limi: 76 224-23-85 СУРХАНА ЗАРЯ va TAHRIR HAY’ATI Jo‘rabek TO‘RAYEV (hay’at raisi) Abduraim CHORIYEV, Muhiddin ABDURAHMONOV, Dinara EGAMBERDIYEVA, Xurshid KARSHIYEV NAVBATCHI MUHARRIR: A. MO‘MINOVA X. KARSHIYEV 2023-yil 16-iyun, 27-son “…Bizni 3700-3500 yillik vaqt ajratib tursa-da, hozirgi zamon sopol buyumlaridan aslo qolishmaydi”. Shu boisdir to‘ylar ko‘pkarisiz o‘tmaydi, qaysi qishloq chavandozi uloq ayirsa, keyingi ko‘pkarida or uchun talashish yanada qizg‘in kechadi. Odil chavandoz Gultepa qishlog‘ida istiqomat qiladi. U ham otboqarlig-u chavandozlikning hadisini olgan. Bundan ikki yil burun qishloq ko‘chasidan yilqi haydab o‘tayotgan otboqarlardan sinlabsinlab ikki yashar toy sotib olgan edi. Ota-bobolari chavandoz o‘tgan Odil bu toychoqning kelajakda zo‘r tulpor bo‘lib yetishiga ko‘zi yetgan edi, chog‘i, o‘zi parvarishladi, yuvib-taradi, hech kimga ishonmadi. Bir yil gul beda berib boqqan bo‘lsa, keyinchalik arpa bilan siyladi. Bo‘ztarlon Aholisining asosiy qismi chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan Gultepa qishlog‘i tog‘ etagida joylashgan. Deyarli har bir xonadonda ot boqiladi. Gultepa Shirinbuloq va Qo‘shchinor qishloqlari bilan chegaradosh. Bu qishloqlarda ham otboqarlik udumga aylangan. Bo‘ztarlon deb erkalar, gohida hovuchini to‘ldirib qand bilan “mehmon qilardi”. Odil chavandozning hali-hanuz esida — ilk bora ko‘pkarida Bo‘ztarlon bilan qatnashgani, uloq ayirgani… Shirinbuloq qishlog‘idagi ko‘pkarida Jo‘ra chavandozni uloqsiz qoldirganini eslab gohida kulib ham qo‘yadi. Kulsa yarashadi-da. Jo‘ra chavandoz ko‘pkari payti Odil chavandozning yoniga kelib masxaraomuz gap qotgandi: — Odil, bu oting bilan bizning Ko‘kqashqaga bas kelarmikansan, oyoqlari nimjonini ataylab tanladingmi, tepkilasa yomon botmasin deb, — Jo‘raboyning xiring-xiringi Odilning g‘ashini keltirdiyu, o‘zini bosdi. Javob qaytarmadi. “Xo‘roz ham o‘z inida qichqiribdi” deganlaridek, shirinbuloqlik Jo‘ra chavandozning mag‘lubiyati yuragidan ketmadi. Odilning uloq ayirganini ko‘rib, uni qanday bo‘lmasin ko‘pkarida yengishni o‘ylab qo‘ydi. Qo‘shchinorda bo‘lgan ko‘pkariga ham ayni shu maqsadda bordi. Bora solib, Odilni izladi — ko‘rdi-yu tinchidi. Bu safar o‘zi yutadigandek chuqur nafas oldi. Bakovul borg‘iga ikkita oltin tanga qo‘ydi. Har bir chavandoz oltin tangalarni qo‘lga kiritish ilinjida o‘rtaga tashlangan uloqqa zo‘r berib intilishardi. Bo‘ztarlon yag‘rindor va yirik ot bo‘lganligi uchun o‘rtaga yorib kirdi. Uloq tepasiga borgan zahoti oldingi ikki oyog‘ini biroz bukib engashgan chog‘i Odil chavandoz uloqni ildi. Bo‘ztarlon zarb bilan olg‘a intilib to‘dani yorib chiqayotganida payt poylab turgan Jo‘ra chavandoz ham tananing ikkinchi siyrog‘idan ushladi-yu otlar barobarida chopib bordi. Chavandozlar bir-biridan qizg‘onib ot jilovini qo‘yib yubordilar. Otlar o‘z holida chopib borar ekan, bundan 3-4 yil oldin katta sel kelib, jarlik hosil bo‘lgan tomonga ketayotganini sezmay qolishdi. Bo‘ztarlon jarlikka o‘ttiz-qirq metrcha qolganda nimanidir sezib taqa-taq to‘xtab qoldi va chapga burilib yelib ketdi. Jo‘ra chavandoz esa otini to‘xtatolmay, o‘zini chetga otdi. Ko‘kqashqa jarlikka quladi… Jo‘ra chavandoz o‘ziga kelib, usti-boshini qoqdi, bu orada uning atrofida yig‘ilganlar unga suv tutdi. Jo‘ra chavandoz Ko‘kqashqasi tomon ketdi. Oyog‘idagi og‘riq ham sezilmadi. Jarohatlaridan oqib turgan qon ham uni to‘xtata olmadi. Jarlikda cho‘zilib yotgan Ko‘kqashqaning yoniga kelib, uni siladi — hali joni uzilmagan, bo‘yni sinib oyoqlari tipirchilab yotgan Ko‘kqashqadan ko‘zlarini yashirdi, ko‘zyoshlarini bekitdi. Shirinbuloqlik hamrohlaridan biriga qarab: “Jonivor ko‘p qiynalmasin…” dedi-yu bo‘g‘ilib, yig‘lamsirab chiqqan ovozidan o‘zi tortinib, uzoqlashdi. Shu ko‘yi haftao‘n kun uydan chiqmadi, mahallada ko‘rinmadi. Uloqlar haqida eshitishni ham xohlamadi. Lekin har gal Ko‘kqashqa xayoliga kelganida Bo‘ztarlonni ham, Odilni ham koyir, ularga pand berishni o‘ylardi. Yo‘lini ham topdi — yilqichilar bilan kelishib, otlar galasini Odilning o‘g‘li Bo‘ztarlonni cho‘miltiradigan soy tomonga haydatdi. Bo‘ztarlon ham otlarga qo‘shilib chopdi. Otlar galasidan ayirolmay tolgan Odilning o‘g‘li uyga quruq qaytdi. Niyatiga yetgan Jo‘ra Bo‘ztarlonni qassobga topshirishni o‘yladi, keyin esa o‘zining-da rahmi kelib, qo‘shni viloyatdagi tanishlari orqali otga qiziqadigan bir odamga sotib yubordi. Yillar o‘tdi, o‘z g‘alabasidan shodlangan Jo‘ra chavandoz yana ko‘pkarida uloq ayira boshladi. Bo‘ztarlon voqeasi ham unutildi. Faqat Odil chavandozning qishloqmaqishloq kezishi to‘xtamadi. Uchragan odamdan Bo‘ztarlon haqida so‘rashi tugamadi. Topaman degan umidi so‘nmadi, ko‘pkariga emas, ot boqaman deganning eshigini izladi. Qaysi manzilda otiga o‘xshash ot haqida ovoza bo‘lsa, o‘sha yerga talpindishoshdi... Bu orada qishloqlararo raqobat zavqi pasaydi. Har gal tabiatan chayir va abjir Jo‘ra chavandozning omadi kelaverdi. Qo‘shchinorda yana ko‘pkari avjiga chiqdi, shirinbuloqliklar ham, gultepaliklar ham jamuljam. Ko‘pkaridan ham qizig‘i odamlarning shivir-shiviri bo‘ldi: “Bo‘ztarlon uyiga qaytibdi — ikki yil deganda uyiga qaytibdi. Odil chavandoz uyida ko‘pkari berar ekan”... Ochil XUDOYBERDIYEV, Mehnat faxriysi Avvalo, madaniyat so‘ziga e’tibor qaratib, allomalarning fikrlarini ko‘zdan kechirsak. Qori Niyoziy shunday deydi: “Madaniyat tarixi g‘oyat darajada murakkab bo‘lib, uning hamma tomonlarini o‘z ichiga olgan kitob hech qaysi bir tilda yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”. Is’hoqxon Ibrat esa madaniyatni oziqlantirib turuvchi omil yaxshi axloq ekanini ta’kidlaydi: “Madaniyat jahondan osoyish, Xulq husni anga oroyish. Madaniyat xaloyiqqa rohat, Ko‘rmagay g‘amni hech soat”. E’tibor bersak, bu tushunchaning negizi ezgulikdan iboratdir. Biroq, bugun tilimizda qo‘llanayotgan “ommaviy madaniyat” iborasi bu mazmunni inkor etayotgani rost. Yoshlar ongidagi g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan kirib kelayotgan, biz uchun yot bo‘lgan, “Ommaviy madaniyat” kasri XXI asrning global muammolaridan biri, omma ongiga turli yo‘llar bilan “mafkuraviy tazyiq” o‘tkazishdir. Uning yoshlarimizning ongiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri ko‘pgina davlatlar qatori bizni ham chetlab o‘tmadi. Fan va texnika, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql bovar qilmas darajada rivojlanib bormoqda. Shuning bilan birga “Ommaviy madaniyat”ning turli xil zararli shakllari ham yurtimizga kirib kela boshladi. ma’naviy va axloqiy tuban illatlarni o‘z ichiga olgan bu “madaniyatlar” ko‘plab falokatlarning ibtidosidir. “Ommaviy madaniyat” degan ibora negizida biz tasavvurimizga ham sig‘dirolmaydigan ko‘plab axloqiy buzuqlik g‘oyalari mavjud. “Ommaviy madaniyat”ning qiyofasi quyidagicha: 1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lmagan ommaviy iste’molchilarga ega bo‘ladi; 2. Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o‘zi ommaviy xususiyat kasb etib, sanoatning maxsus ko‘rinishini o‘zida namoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo‘lib, ularning “matbuot qiroli”, “Buyuk shou tomoshachilari”, “kino, tele, estrada yulduzlari” bo‘ladi. Ayni paytda keng tarqalgan axloqsizlikning “madaniyat” deb atalishi, yoinki, ming yillik ma’naviy qadriyat va an’analarning bepisandlik bilan “eskilik sarqiti” deyilishi yoshlarning tarbiyasiga jiddiy xavf solmoqda. Ayniqsa yosh oilalarga bu o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda. Ming yillik odob-axloq, qonimizga singgan ezgu qadriyatlarni boshqa an’analar bilan almashtirish ongli insonga xos bo‘lmagan odatdir. Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ong-u tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi. Demak, unga doimo ma’naviy ozuqa kerak. Agar shu ozuqani o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday ozuqani u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak. Mana, gap nima haqida ketyapti!” Umuman olganda, “ommaviy madaniyat” bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan “madaniyat”lar qatoriga kiradi. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, katta avlodning oldidagi vazifa – yoshlarning vaqtini bekor o‘tkazmasdan, doim biror foydali ish bilan band qilish, zehnini o‘stiradigan, qalbini yumshatadigan, vatanparvarlik tuyg‘usini jo‘shtiradigan kitoblarni tanlashda yordamchi bo‘lish, oldi-qochdilardan san’at asarini farqlash sirlarini o‘rgatish, behayolik go‘zallik emas, aksincha, nafrat uyg‘otadigan illat ekanini hayotiy misollar yordamida ta’sirchan usulda tushuntirish, halol-haromni anglatish masalasida o‘ta qat’iyatli bo‘lish hamda ko‘rgan-kechirganlariga taqlid qilib ketavermasdan ularni aql tarozisiga solib foyda-ziyonini chamalab ko‘rish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni kundalik hayotimizda amalga oshiradigan bo‘lsak, “ommaviy madaniyat”ning milliy mentalitetimizga qarshi qaratilgan tahdidlarning oldini olish uchun keng yo‘l ochiladi. Ro‘zi CHORSHANBIYEV, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sopollitepa yodgorligidagi 138 ta qabr va ulardan topilgan ashyolar soni Sopollitepa aholisining teng huquqli bo‘lganligini tasdiqlaydi. Vafot etganlar alohida qabristonda emas, balki uylarning devorlari yoki pollari taglariga ko‘milgan. Qabrlar oddiy o‘ra yoki lahad shaklida bo‘lib, ayollar chap, erkaklar esa o‘ng yon tomonlariga yotqizilib dafn etilgan. Jasad bilan birga oziq-ovqat bilan to‘ldirilgan har xil sopol idishlar, taqinchoqlar, bronza va boshqa qimmatbaho buyumlar, qurol-aslahalar yoki ish qurollarini qo‘shib ko‘mish odat bo‘lgan. Sopllitepa aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik, me’morchilik va ovchilikda ustasi farang bo‘lganlar. Ular yasagan kulolchilik buyumlarining sifat darajasi, ular yashagan davr bilan bizni 3700-3500 yillik vaqt ajratib tursa-da, hozirgi zamon sopol buyumlaridan aslo qolishmaydi. Sopollitepada o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan ilmiy xulosalarga ko‘ra bu yodgorlikni harbiy istehkom shaklida qurilgan qal’a va O‘zbekiston tarixida shahar qurilishi tomon qo‘yilgan eng birinchi qadam desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bronza davrining yana bir yodgorligi Jarqo‘tondir. U Sherobod tumanining Bo‘stonsoy etagida joylashgan. Umumiy maydoni 100 gektarga yaqin. Yodgorlik uch qismdan: ark, shahriston va qabristondan iborat. Jarqo‘ton yodgorligining vujudga kelishini akademik A.Asqarov Sopollitepa aholisining ko‘chib kelishi bilan bog‘laydi. Chunki davr jihatidan Jarqo‘ton yodgorligi Sopollitepadan so‘ng turadi. Me’morchilik, hunarmandchilik, aholisining antropologik qiyofasi va urf-odatlari, qo‘yingki, topilgan barcha ashyoviy manbalarning ayniyligi Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarining yaratuvchilari bir xil qabila-elat ekanliklarini tasdiqlaydi. O‘zbek arxeologlari sermashaqqat mehnatlari natijasida Jarqo‘ton tepaligida shohlar saroyi, olov ibodatxona, arkning qal’a devori, uchta mahalla, 2000 ga yaqin qabr, kulollar mahallasi, xumdonlari va eng qadimgi kanal o‘rni qazib o‘rganilgan. Bu Fransiya milliy tadqiqot markazi (CNRS)dan doktor, professor, arxeolog-antropolog Julio Sarmiento Bendeza, Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari: TerDU doktoranti Ulug‘bek Shopo‘latov, Termiz arxeologiya muzeyi bo‘lim mudiri Jasur Turdiyev, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa doktori Alisher Shaydullayevlar tomonidan Jarqo‘ton yodgorligining uchinchi qabriston (nekropol) hududida amalga oshirildi. 9 kunlik qazishma jarayonida Jarqo‘ton yodgorligining ushbu qismida 2013-yilda o‘rtacha 1 metr chuqurlikda qazilgan shurf davom ettirilib, 1,5 metr chuqurlikkacha o‘rganildi. Qazishmalar natijasida 4 ming yillik tarixga ega bronza davriga oid beshta qabr topildi. Shulardan to‘rttasi o‘g‘irlangan (buzilgan, teginilgan), bittasi anatomik va ashyoviy bus-butun qabrlardir. Ulardan ko‘plab moddiy ashyo manbalari, xususan vaza, ko‘za, koniksimon, xurmacha kabi sopol idishlar (23 dona) va bronzadan yasalgan soch to‘g‘nog‘ichi (1 dona), bronzadan yasalgan bilaguzuk (1 dona), bronzadan yasalgan plastina bo‘lagi (1 dona), oq va qora toshlardan yasalgan munchoq (1 dona), oq toshdan yasalgan idish (1 dona) topildi. Hozirda topilmalar pasport va dalolatnomasi tuzilib, muzeyga topshirishga tayyorlanmoqda. Shaxnoza QUVVATOVA, Termiz arxeologiya muzeyi katta ilmiy xodimi qazishmalar natijasida qadim tariximizning ko‘pdanko‘p sahifalari oydinlashdi. 2023-yilning bahorgi mavsum qazishmalari TO‘RT MING YILLIK TARIXGA EGA Sopollitepa qal’a va unga tutash qishloq qismlardan iborat. Qal’a to‘liq o‘rganilgan. Qal’ada sakkiz mahalla joylashgan bo‘lib, uning markaziy qismi hovli sifatida ochiq qolgan. Hikoya Tarixga nazar Mulohaza


Click to View FlipBook Version