23-BOB
INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
TO‘G‘RISIDA HISOBOTLAR TUZISH
Injener-geologik hisobotda keltiriladigan ma’lumotlar, ularning
mazmuni va hajmi bunyod etilishi lozim bo‘lgan xalq xo‘jaligi obyekt-
larining turiga, ana shu obyektlarni loyihalash bosqchilariga, har bir
bosqichda bajariladigan qidiruv, tajriba, tadqiqot, laboratoriya ishlarining
turiga va miqdoriga, qidiruv ishlari o‘tkazilgan hudud yoki qurilish
maydonining injener-geologik sharoitining oddiy va murakkab bo‘lishiga
qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Hisobotning strukturaviy tuzilishi Davlat
standartlari asosida amalga oshiriladi.
23.1. INJENER-GEOLOGIK HISOBOTLARDA
KELTIRILADIGAN ASOSIY MA’LUMOTLAR
Injener-geologik hisobotlarda keltiriladigan asosiy ma’lumotlarni da-
lada o‘tkaziladigan injener-geologik syomka natijalari, ya’ni dala qidiruv,
tajriba-tadqiqot, statsionar tekshirish ishlari hamda laboratoriya sharoiti-
da o‘tkaziladigan tekshirish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashkil etadi.
Dala qidiruv ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga: qidiruv ishlarini olib
borishda qatnashgan mutaxassislarning kundalik daftarari, injener-geo-
logik syomka o‘tkazilgan hududda olib borilgan qidiruv yo‘nalishlari,
qazilgan burg‘i quduqlari, shurflar, o‘rganish nuqtalari, suv namunalari
olingan buloqlar, tog‘ jinslarining tarqalish, yotish holatlari, kuzatilgan
geodinamika va texnogen jarayonlar va b. tushirilgan topoxarita, dala
sharoitida o‘tkazilgan geofizik (graviometrik, magnitometrik, seysmik,
termometrik, elektrometrik va b.) usullar yordamida olingan ma’lumotlar
chizilgan kesmalar, sxemalar, rasmlar, namuna va monolitlar ro‘yxati
va b.; tajriba-tadqiqot natijalariga: tog‘ jinslarini filtratsion, o‘ziga suvni
singdirish, o‘zidan suvni berish xususiyatlari, kotlavanlarga suv quyish,
ma’lum shakl, o‘lcham va og‘irlikdagi shtampalar usullari yordamida
olingan jinslarning cho‘kuvchanlik darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
va b.; statsionlar tekshirish natijalariga: mavjud geodinamik, texnogen
jarayon va hodisalarni (surilish, karst, sel, tektonik yoriqlarni harakati,
suv omborlari qirg‘oqlarini, imorat va inshootlar zaminini mustahkamlik
darajalarini o‘zgarishi, yer osti suvlari rejimi va b.) vujudga kelishi,
rivojlanishi ustidan ma’lum vaqt, ba’zan yillar davomida nazorat ish-
larini olib borish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar; laboratoriya tadqiqot
ishlari natijalariga: tog‘ jinslarining tarkibi (granulometrik-petrografik,
mineralogik, kimyoviy), xossa va xususiyatlarini (tabiiy namligi, zichligi,
plastikligi, ko‘pchuvchanligi, ivivchanligi, deformatsiyalanish, mustah-
301
kamlik xususiyatlari va b.) o‘rganish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar
kiradi.
Shuningdek, hisobotlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarga
xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishi kerak bo‘lgan hududining fizik-geografik
sharoiti (yog‘adigan yog‘inning turi, miqdori, havo harorati, shamolning
yo‘nalishi, uning tezligi, absolut va nisbiy balandligi va b.) ana shu
xalq xo‘jaligi obyektlari qad ko‘tarilishi lozim bo‘lgan hududlaridagi
qurilish materiallarining mavjudligi, zaxirasi, xalq xo‘jaligidagi tutgan
o‘rni, iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiradi.
23.2. XONA SHAROITIDA BAJARILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK ISHLAR
Xona sharoitida bajariladigan injener-geologik ishlar xalq xo‘jaligi
obyektlarini loyihalashning har bir bosqichida o‘tkaziladigan (dala
qidiruv, tajriba-tadqiqot, statsionar, laboratoriya) tadqiqot ishlari
tugatilgandan keyin yoki har bir tadqiqot ishlar bo‘yicha ma’lum hajm-
dagi ma’lumotlar olingandan keyin xona sharoitida olib boriladi. Shuning
uchun bunday ishlar adabiy manbalarda xonaki ishlar nomi bilan ma’lum
(E. V. Qodirov, M. Sh. Shermatov va b., 1999). Xona sharoitida olib
boriladigan hamma ishlar, asosan, hisoblash mashinalari, chizish asbob-
lari va komputerlar yordamida amalga oshiriladi. Eng avvalo, xona sha-
roitida qayta ishlash uchun keltirilgan hamma ma’lumotlar birma-bir
ko‘zdan kechirilib, saralanib, tartibga solib chiqiladi. Ma’lumotlarni loy-
ihada qo‘yilgan masalalarni yechishga qanchalik yetarli ekanligi va
hisobotni yozish jarayonida ulardan qanday va qay yo‘sinda foydala-
nish kerakligi chamalanib ko‘riladi. Bu ishlarning hammasi hisobotni
yozish uchun ma’sul bo‘lgan mutaxassis tomonidan bajariladi. Ko‘p
hollarda shundan keyin yozilishi kerak bo‘lgan injener-geologik hisobot-
ning mundarijasini tuzish bosqichiga o‘tiladi. Lekin bu yerda shuni
ko‘rsatib o‘tish joizki, hisobot mundarijasini tuzish ancha oldin bosh-
langan bo‘lishi ham mumkin. U hisobotni yozib tugatilishi jarayonida
ma’lum darajada o‘zgaritirilishi, to‘latib borilishi mumkin.
Injener-geologik hisobot bir qancha qismlardan jumladan, «Qo‘lyoz-
ma (matn)», «Kartografik» va «Jadvallardan» tashkil topgan bo‘lib, bir
kitobda berilishi, ba’zan har bir qism alohida-alohida kitoblar holatida
berilishi ham mumkin. Hisobotni «Qo‘lyozma» qismi o‘z navbatida ikki
«Umumiy» va «Maxsus» bo‘limlardan, har bir bo‘lim esa boblardan tuziladi.
Hisobotning «Kirish» qismida injener-geologik tadqiqot ishlarining
maqsadi va vazifalari to‘g‘risida, rayonning iqtisodiyoti, bajarilgan
ishlarning turlari, hajmi ko‘rsatiladi. Tekshirish ishlarining bajarilish
yo‘llari, muddati hamda bajaruvchilar to‘g‘risida qisqa, aniq ma’lumotlar
beriladi.
302
Hisobotning birinchi bobida xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishi
mo‘ljallangan yoki imorat va inshootlar qurilishi lozim bo‘lgan hudud-
ni fizik-geografik, geomorfologik, geologik, tektonik, seysmik, gidrogeo-
logik va injener-geologik nuqtayi nazardan o‘rganilganlik darajasi va
tarixi adabiy va arxiv ma’lumotlari asosida qisqacha bayon etiladi.
Ikkinchi bobda hududning fizik-geografik sharoiti, ya’ni iqlimi, relyef
tuzilishi, gidrografiyasi (daryolari, ko‘l, kanallar va b.), iqtosodiyoti
to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Bu omillarni bo‘lg‘uvsi imorat va
inshootlarning mustahkamligi uchun ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida fikr-
mulohazalar aytilib o‘tiladi.
Uchinchi bobda asosiy e’tibor hududning geologo-tektonik rivojla-
nish tarixiga, geologik tuzilishiga, u yoki bu maydonda tarqalgan tog‘
jins turlariga, ularning yoshiga, qalinligiga, yotish holatlariga, seysmiklik
darajasiga qaratiladi. Ularni imorat va inshootlarning mustahkamligiga,
boqiyligiga ko‘rsatadigan ta’siri baholanadi.
To‘rtinchi bobda hududning geomorfologik tuzilishi batafsil yoritiladi.
Relyefning asosiy elementlari (daryo vodiylari, ularning o‘zan tuzilishi,
yon bag‘irlari, terrasalari, tiklik darajalari, mutlaq va nisbiy balandligi
va b.) to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bunda ularning geodinamik va
texnogen jarayon va hodisalar vujudga kelishi, rivojlanishidagi ahamiya-
tiga e’tibor qaratiladi.
Beshinchi bobda hududning gidrogeologik holati bayon etilib, yer
osti suvlarining paydo bo‘lish qonuniyatlari, harakat yo‘nalishi, oqish
chuqurligi, miqdori, kimyoviy tarkibi, fizik xossalari hamda ana shu
xossa va xususiyatlarning fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishi, tog‘
jinslari mustahkamligiga ta’siri batafsil yoritiladi.
Oltinchi bobda hududdagi mavjud tabiiy geodinamik va texnogen
jarayon va hodisalar (surilish, cho‘kish, karst, sel va b.), ularni vujudga
kelish, rivojlanish sabablari, tarqalish qonuniyatlari batafsil yoritiladi.
Imorat va inshootlarni qurish davrida va qurib bo‘lib ekspluatatsiya qilish
mobaynida yangitdan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni,
ayniqsa, ularning deformatsiyalanish darajalarini oldindan bashoratlash
natijalari keltiriladi. Ulardan qutilish yo‘llari, bartaraf etish chora-
tadbirlari belgilanadi.
Ettinchi bobda qurilish maydonlarini tashkil etuvchi tog‘ jinslari
qatlamlarida, burg‘i quduqlari, shurflar qazish yordamida olingan
namuna va monolitlarni laboratoriya sharoitida tekshirish natijalari, dala
sharoitda o‘tkazilgan tajriba-tadqiqot, statsionar tekshirish — monitoring
natijalarini hozirgi zamon matematik-statistik usullari yordamida har
tomonlama o‘rganish va tahlil etish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar
keltiriladi. Yer yuzasidan pastga (yer ostiga) qarab hamda absolut
balandlikning ortishi bilan tog‘ jinslarining mineralogik, kimyoviy tarkibi,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlarining o‘zgarish sabablari ko‘rsatiladi.
Ana shu ma’lumotlarni tahlil qilish asosida imorat va inshootlar zami-
303
ni hisoblangan tog‘ jinslarining, ularning poydevoriga va butun konst-
ruktiv holatiga ta’sir etish darajalari belgilanadi.
Sakkizinchi bobda loyihalashtirilayotgan yoki qurilishi kerak bo‘lgan
imorat va inshootlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarining
mavjudligi, ularning turlari, zaxirasi, sifati, iqtisodiy jihatdan foydaliligi
hamda qurilish materiallariga qo‘yilgan talablarga (GOSTlarga) javob
berish darajalari ko‘rsatiladi.
Hisobotning «Maxsus» qismi bajarilishi lozim bo‘lgan injener-geologik
tadqiqot ishlarining maqsadi va vazifalariga qarab ajratiladi. Jumladan,
imorat va inshootlarni loyihalash va qurish maqsadida olib borilgan injener-
geologik tekshiruv ishlarida, poydevor osti jinslarining tarkibi, fizik-mexanik
xossa va xususiyatlari, cho‘kish, surilish, karst jarayon va hodisalarini o‘rga-
nishda ularning tarqalish, vujudga kelish, rivojlanish darajalarini belgilov-
chi injener-geologik sharoitning ayrim komponentlari, qo‘llaniladigan usul
va uslublar «Maxsus» qism holatida ajratilishi mumkin.
Hisobot ilmiy, uslubiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar bilan
tugatiladi. Olingan eng asosiy natijalar birma-bir ko‘rsatiladi. Qurilish
uchun loyiq deb ajratilgan maydonlarni qurilishga loyiqligini isbotlovchi
ma’lumotlar keltiriladi. Imorat va inshootlarni qurish va qurib bo‘lgandan
keyingi ekspluatatsiya etilishi davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
texnogen jarayon va hodisalar to‘g‘risida bir qator fikr va mulohazalar
berilib, ularni bartaraf etish yo‘llari, ko‘rilishi kerak bo‘lgan chora va
tadbirlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga keyingi o‘tkaziladigan tekshirish
ishlarining vazifalari ham belgilab o‘tiladi.
Hisobot o‘z ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ilova holatida quyidagi
ma’lumotlarni oladi:
1) Qurilish maydonida tarqalgan tog‘ jinslari va yer osti suvlarining
tarkibi, xossa va xususiyatlarini xarakterlovchi jadvallar;
2) Injener-geologik kesmalar, profillar, stratigrafo-litologik kolonka-
lar, har xil sxemalar, rasmlar;
3) Hududning obzor va tekshirish ishlari bajarilgan masshtabdagi
arxiv, adabiy hamda dala tekshirish ishlarini olib borish jarayonida
qazilgan shurf, burg‘i quduqlar tushirilgan ma’lumotlar xaritasi;
4) Injener-geologik sharoit, injener-geologik rayonlashtirish, geo-
morfologik, gidrogeologik, mikroseysmik va boshqa xaritalar majmuasi;
5) Huduning fizik-geografik sharoitini xarakterlovchi chizmalar va b.;
6) Hisbotni yozishda qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
7) Hisobotni o‘qib, tahlil qilib chiqqan, uning mazmuni, unda qo‘yil-
gan masalalarning yechilganlik darajalari, kamchiliklari to‘g‘risida muta-
xassislarning taqrizlari.
Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tmoq joizki, injener-geologik hisobot-
ning yuqorida ko‘rsatilgan «qism», «bo‘lim», «boblar», ularning ket-
ma-ketligi, mazmuni, hajmi, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan injener-geolo-
gik tadqiqot ishlarining turi, maqsadi va vazifalariga qarab u yoki bu
darajada o‘zgartirilishi ham mumkin.
304
ADABIYOTLAR
1. À. Í. Ï à â ë î â è äð. Îáùàÿ è ïîëåâàÿ ãåîëîãèÿ. «Íåäðà», — Ë.,
1991.
2. M. Ø. Ø å ð ì à ò î â . ¤çáåêèñòîí ãåîëîãèÿñè ò´²ðèñèäà íèìàëàð-
íè áèëàñèç? «Ôàí», — T., 1972.
3. ¢. Î. Ì à â ë î í î â, A. È. È ñ ë î ì î â, M. Ø. Ø å ð ì à ò î â. Ãåîëî-
ãèê âà èíæåíåð-ãåîëîãèê µîäèñàëàð íèìà? «Ôàí», — T., 1970.
4. Ý. Â. £ î ä è ð î â, M. Ø. Ø å ð ì à ò î â âà á. Òàáèèé ìóµèòíè ìóµî-
ôàçàëàøíèíã ãåîýêîëîãèê àñîñëàðè. «¤çáåêèñòîí», — T., 1999.
5. ¢. Î. Ì à â ë î í î â, Ì. Ì. Ê ð è ë î â, Ñ. Ç î õ è ä î â. Ãèäðîãåîëîãèÿ
âà èíæåíåðëèê ãåîëîãèÿñè àñîñëàðè. «¤³èòóâ÷è», — Ò., 1976.
6. Ã. Â. Á î ã î ì î ë î â. Ãèäðîãåîëîãèÿ ñ îñíîâàìè èíæåíåðíîé ãåîëî-
ãèè. «Âûñøàÿ øêîëà», — Ì., 1962.
7. Ê. Î. Ë à í ã å. Ãèäðîãåîëîãèÿ. — Ì., 1969.
8. Î. È. È ñ ë î ì î â, Ø. Ø. Ø î ð à µ ì å ä î â. Óìóìèé ãåîëîãèÿ.
«¤³èòóâ÷è», — T., 1971.
9. È. È. Á î á î õ ´ æ à å â. Ãåîëîãèÿ àñîñëàðèäàí ïðàêòèêóì. «¤³èòóâ-
÷è», — T., 1978.
10. Â. Ä. Ë î ì ò à ä ç å. Èíæåíåðíàÿ ãåîëîãèÿ. Èíæåíåðíàÿ ïåòðîëî-
ãèÿ. «Íåäðà», — Ë., 1984.
11. M. Ø. Ø å ð ì à ò î â. Åð âà Îé òî² æèíñëàðè. «Ôàí», — T., 1976.
12. Ô. Þ. Ç è ã å ë ü. Ïóòåøåñòâèå ïî íåäðàì ïëàíåò. «Íåäðà», — Ì.,
1988.
13. À. Ô. Ô ð î ë î â, È. Â. Ê î ð î ò ê è õ. Èíæåíåðíàÿ ãåîëîãèÿ. «Íå-
äðà», — Ì., 1990.
14. Ì. Ê. Ä ð ó æ è í è í. Îñíîâû èíæåíåðíîé ãåîëîãèè, «Íåäðà», —
Ì., 1969.
15. Ã. Ì. Ç à ð è ä ç å. Ïåòðîãðàôèÿ. «Íåäðà», — Ì., 1988.
16. Ã. À. Ì à â ë ÿ í î â. Ãåíåòè÷åñêèè òèïû ë¸ññà è ë¸ññîâèäíûõ ïî-
ðîä ñðåäíåé è þæíîé ÷àñòè ñðåäíåé Àçèè è èõ èíæåíåðíî-ãåîëîãè÷åñ-
êèå ñâîéñòâà. Èçä.ÀÍ ÓçÑÑÐ, — Ò., 1958.
17. Ì. Ø. Ø å ð ì à ò î â. Èíæåíåðíî-ãåîëîãè÷åñêèå ñâîéñòâà ë¸ññî-
âûõ ïîðîä ×àòêàëüñêîé ãîðíîé îáëàñòè è èõ çîíàëüíîñòü. «Ôàí», — Ò.,
1971.
18. Ì.Â. Ñ å ä å í ê î. Îñíîâû ãèäðîãåîëîãèè è èíæåíåðíîé ãåîëîãèè.
Ì., 1979.
20—M.Sh. Shermatov 305
19. Å. Ì. Ñ å ð ã å å â. Èíæåíåðíàÿ ãåîëîãèÿ. Èçä-âî Ãîñ.óíèâåðñèòå-
òà, — Ì., 1978.
20. Ê. Í. À á ä ó ë ë à á å ê î â. Çèëçèëàäàí ñà³ëàíèø ìóìêèíìè.
«¤³èòóâ÷è», — T., 1992.
21. Ì. Ê. Ä ð ó æ è í è í. Îñíîâû èíæåíåðíîé ãåîëîãèè. «Íåäðà», —
Ì., 1969.
22. É. Ý ð ã à ø å â. Èíæåíåðëèê ãåîëîãèÿñè âà ãèäðîãåîëîãèÿ. «¤³èòóâ-
÷è» — Ò., 1990.
23. Â. Ä. Ëîìòàäçå. Èíæåíåðíàÿ ãåîëîãèÿ. Ñïåöèàëüíàÿ èíæåíåðíàÿ
ãåîëîãèÿ. «Íåäðà», — Ë., 1978.
24. £óðèëèø ìåú¸ðëàðè âà ³îèäàëàðè. Çèëçèëàâèé µóäóäëàðäà ³óðè-
ëèø (£Ì£ 2.01.03-96). ¤çÐ Äàâëàò àðõèòåêòóðà âà ³óðèëèø ³´ìèòàñè. —
Ò., 1996.
25. Òóïðî³ëàð, ãðàíóëîìåòðèê âà ìèêðîàãðåãàò òàðêèáèíè ëàáîðàòî-
ðèÿâèé àíè³ëàø óñëóáëàðè. Ðàñìèé íàøð. ¤çÐ Äàâëàò àðõèòåêòóðà âà
³óðèëèø ³´ìèòàñè. — Òîøêåíò, ¤çÐÑÒ 817-97.
26. Òóïðî³ëàð ôèëüòðëàíèø êîýôôèöèåíòèíè ëàáîðàòîðèÿâèé àíè³-
ëàø óñëóáëàðè. Ðàñìèé íàøð. Òîøêåíò, ¤çÐÑÒ 788-97.
27. £óðèëèø ìåú¸ðëàðè âà ³îèäàëàðè. Äàð¸ ãèäðîòåõíèê èíøîîòëà-
ðè. £Ì£ 3.07.01.96. Òîøêåíò, 1996.
28. Òóïðî³ ´òèðèøëèê õàðàêòåðèñòèêàñèíè ëàáîðàòîðèÿâèé àíè³ëàø
óñëóáè. Ðàñìèé íàøð. Òîøêåíò, ¤çÐÑÒ 785-97, IV.
29. Å. Ã. × à ï î â ñ ê è é. Ðóêîâîäñòâî ïî ëàáîðàòîðíûì èññëåäîâàíè-
ÿì ãðóíòîâ. Ãåîãåîèçäàò, 1959.
306
MUNDARIJA
Kirish ............................................................................................................................. 3
BIRINCHI QISM
1-bob. Geologiya yo‘nalishiga kiruvchi fanlar ............................................................... 5
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 13
2-bob. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari to‘g‘risida tushuncha ........... 13
2.1. Gidrogeologik va injenerlik geologiyasi fanlarining mazmuni
va vazifalari .................................................................................................... .. 13
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 23
2.2. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining vujudga kelish
va rivojlanish tarixi .......................................................................................... 23
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 35
2.3. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining xalq xo‘jaligini
rivojlantirishdagi ahamiyati .............................................................................. 36
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 41
2.4. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining boshqa fanlar bilan
aloqasi .............................................................................................................. 41
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 42
IKKINCHI QISM
3-bob. Planetalar va yerning paydo bo‘lishi ............................................................... 43
3.1. Planetalarning vujudga kelish jarayoni ..................................................... 43
3.2. Quyosh sistemasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot ...................................... 45
UCHINCHI QISM
4-bob. Tog‘ jinslari .................................................................................................... .. 53
4.1. Tog‘ jinslari to‘g‘risida umumiy tushuncha ............................................. 53
4.2. Magmatik tog‘ jinslari .............................................................................. 53
4.2.1 Intruziv tog‘ jinslarining eng asosiy vakillari ................................. 56
4.2.2. Effuziv jinslar ................................................................................. 57
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 60
4.3. Cho‘kindi tog‘ jinslari .............................................................................. 60
4.3.1. Gil tog‘ jinslari .............................................................................. 61
307
4.3.2. Lyoss va lyossimon jinslar ............................................................. 62
4.3.3. Donador, chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslar ......................................... 64
4.3.4. Kimyoviy va biokimyoviy yo‘llar bilan hosil bo‘lgan
cho‘kindi tog‘ jinslar ............................................................................... 66
4.3.5. Texnogen jinslar ............................................................................ 68
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 69
4.4. Metamorfik tog‘ jinslari ............................................................................ 69
4.4.1. Metamorfik tog‘ jinslari to‘g‘risida umumiy tushuncha ............... 69
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 73
5-bob. Geoxronologiya. Geoxronologik shkala ........................................................... 73
5.1. Geoxronologiya va geoxronologik shkala bo‘yicha umumiy ma’lumot ... 73
5.2. Tog‘ jinslarining nisbiy va absolut yoshi .................................................. 74
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................... 78
TO‘RTINCHI QISM
6-bob. Yerning ichki qismida sodir bo‘ladigan kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hodisalar ................................................................................................................. 79
6.1. Tektonik hodisalar .................................................................................... 79
6.2. Yer qimirlash hodisasi (zilzila) ................................................................. 83
6.2.1. Zilzilaning kuchini yer sathida namoyon bo‘lishini baholash ...... 92
6.2.2. Yer qimirlash hodisasidan saqlanish yo‘llari ............................... 102
6.2.3. Yer qimirlash vaqtini oldindan aytish yo‘llari ............................ 103
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 107
7-bob. Yer usti harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hodisalar ............... 107
7.1. Surilish hodisalari ................................................................................... 107
7.1.1. Surilish hodisasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot .......................... 107
7.1.2. Surilish hodisasidan saqlanish maqsadida ko‘riladigan chora
va tadbirlar ............................................................................................. 113
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 113
7.2. Qulash hodisasi ....................................................................................... 114
7.2.1. Qulash hodisasini o‘rganish va uning oldini olish ...................... 115
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 115
7.3. Qor ko‘chkisi .......................................................................................... 116
7.3.1. Qor ko‘chkisi hodisasining oqibati va undan saqlanish
choralari ................................................................................................. 117
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 118
7.4. Cho‘kish hodisasi .................................................................................... 118
7.4.1. Cho‘kish hodisasi to‘g‘risida umumiy tushuncha ....................... 118
7.4.2. Texnogen omillar oqibatida lyoss jinslarining tarkibi, xossa
va xususiyatlarining o‘zgarganlik darajasi .............................................. 119
7.4.3. Cho‘kish hodisasining oqibatlari ................................................. 120
7.4.4. Cho‘kish hodisasini o‘rganish ..................................................... 120
7.4.5. Cho‘kish hodisasiga qarshi kurash chora va tadbirlari ............... 123
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 124
7.5. Karst hodisasi ......................................................................................... 124
7.5.1. Karst hodisasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot .............................. 124
308
7.5.2. Yer osti karst bo‘shliqlari keltiradigan oqibat va ularni
o‘rganish ................................................................................................. 127
7.5.3. Karst bo‘shliqlari tarqalgan rayonlarda ko‘riladigan
asosiy chora va tadbirlar ........................................................................ 129
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 129
7.6. Eroziya jarayoni ...................................................................................... 129
7.6.1. Eroziya jarayoni to‘g‘risida umumiy tushuncha .................................. 129
7.6.2. Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi sabablar va unga
qarshi kurash choralari .......................................................................... 131
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 132
7.7. Sel hodisasi ............................................................................................. 132
7.7.1. Sel hodisasi to‘g‘risida umumiy tushuncha ................................. 132
7.7.2. Sel hodisasini o‘rganish ............................................................... 133
7.7.3. Sel hodisasi bilan kurash choralari ............................................. 136
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 136
7.8. Eol-shamol harakati natijasida sodir bo‘ladigan hodisalar .................... 136
7.8.1. Shamol harakatlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot ...................... 136
7.8.2. Shamolning tuproq unumdorligi va sho‘rlanishga ta’siri ............ 139
7.8.3. Shamol harakati natijasida sodir bo‘ladigan hodisalarni
bartaraf qilish choralari ......................................................................... 140
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 141
BESHINCHI QISM
8-bob. Tog‘ jinslari qatlamlaridan tadqiqot ishlari uchun namuna
va monolitlar olish ............................................................................................... 142
8.1. Namuna va monolitlar olishda qo‘llaniladigan qazilmalar .................... 142
8.2. Laboratoriya tadqiqotlari uchun namuna va monolitlar olish ............... 144
8.3. Namuna va monolitlarni konservatsiya qilish va laboratoriya
tadqiqtolari uchun uzatish ............................................................................. 146
8.4 Monolit va namunalarni laboratoriya sharoitida saqlash ........................ 148
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 148
9-bob. Tog‘ jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlari, ularni o‘rganish usullari .. 148
9.1. Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi ................................................... 149
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 159
9.2. Tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibi .......................................................... 159
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 163
10-bob. Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari ............................................... 163
10.1. Tog‘ jinslarining fizik xususiyatlari ....................................................... 163
10.2. Tog‘ jinslarining suvli xususiyatlari ....................................................... 168
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 174
10.3. Tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari ................................................. 175
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 185
10.4. Gil va gilli jinslarning mustahkamlik xususiyatlari ............................... 185
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 191
11-bob. Tog‘ jinslarining injener-geologik klassifikatsiyasi ...................................... 192
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 195
309
OLTINCHI QISM
12-bob. Yer osti suvlari ............................................................................................. 196
12.1. Tabiatda suvning aylanishi va yer osti suvlarining kelib chiqishi ........ 197
12.1.1. Tabiatda suvning aylanishi ........................................................ 197
12.2. Tog‘ jinslaridagi suvning holati va harakati ................................. 203
12.3. Yer osti suvlarining kelib chiqishi ........................................................ 206
12.3.1. Yer osti suvlarining klassifikatsiyasi .......................................... 209
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 211
13-bob. Grunt va aeratsiya zonasi suvlari ................................................................ 212
13.1. Aeratsiya zonasi suvlari ......................................................................... 212
13.2. Grunt suvlari ......................................................................................... 213
13.3. Gidroizogips xaritasi va uni tuzish ....................................................... 215
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 218
14-bob. Qatlamlararo bosimsiz va bosimli-artezian yer osti suvlari ........................ 218
14.1. Qatlamlararo bosimsiz suvlar ................................................................ 218
14.2. Qatlamlararo bosimli-artezian suvlar .................................................... 219
15-bob. Buloqlar .................................................................................................... .... 222
15.1. Pastga oquvchi buloqlar ........................................................................ 222
15.2. Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar .......................................... 223
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 225
16-bob. Karst va yoriq suvlar .................................................................................... 226
16.1. Karst yer osti suvlari ............................................................................. 226
16.2. Yoriq suvlar ........................................................................................... 227
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 229
17-bob. Abadiy muzlagan jinslardagi yer osti suvlari ............................................... 229
17.1. Muzlagan qatlam usti suvlari ................................................................ 230
17.2. Muzlagan qatlamlararo suvlar ............................................................... 230
17.3. Muzlagan qatlam osti suvlari ................................................................ 231
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 233
18-bob. Mineral, termal va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan yer osti suvlari ......... 233
18.1. Mineral suvlar ....................................................................................... 234
18.2. Termal suvlar ........................................................................................ 237
18.3. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan suvlar ................................................. 238
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 238
19-bob. Yer osti suvlarining dinamikasi .................................................................... 239
19.1. Yer osti suvlarining harakat turlari ....................................................... 239
19.2. Yer osti suvlarining oqim sarfini aniqlash ............................................ 244
19.3. Yer osti suvlari oqimining harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash
usullari ............................................................................................................ 246
19.3.1. Yer osti suvlari oqim tezligini kalorimetrik usul yordamida
aniqlash .................................................................................................. 247
19.3.2. Yer osti suvlari oqim tezligini kimyoviy usul yordamida
aniqlash .................................................................................................. 248
19.3.3. Yer osti suvlari oqim tezligini elektrokimyoviy usul
yordamida aniqlash ................................................................................ 249
19.4. Suv chiqarish inshootlariga yer osti suvlarining oqib kelish
qonuniyatlari .................................................................................................. 250
310
19.5. Yer osti suvlarining balansi, rejimi va zaxirasi ..................................... 257
19.5.1. Yer osti suvlarining balansi ....................................................... 257
19.5.2. Yer osti suvlarining rejimi ......................................................... 258
19.5.3. Yer osti suvlarining zaxirasi ...................................................... 262
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 265
20-bob. Foydali qazilma konlarini suv bosish sharoitlari va ularni suv bosishdan
saqlash .................................................................................................................. 265
20.1. Qazilma konlarini suv bosishiga ta’sir etuvchi omillar ........................ 266
20.2. Qazilma boylik konlarining gidrogeologik klassifikatsiyalari ................ 268
20.3. Kon inshootlariga yer osti suvlarining oqib kelishini aniqlash
usullari ............................................................................................................ 269
20.4. Shaxta va karyerlarni suv bosishdan saqlash uchun ko‘riladigan
chora va tadbirlar ........................................................................................... 274
20.5. Kon suvlaridan xalq xo‘jaligida foydalanish ......................................... 277
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 278
21-bob. Yer osti suvlarining tarkibi, xossa va xususiyatlari .................................... 278
21.1. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi ................................................... 278
21.2. Yer osti suvlarini kimyoviy tahlil qilish ............................................... 280
21.3. Yer osti suvlari tahlili natijalarini ifodalash shakllari .......................... 282
21.4. Yer osti suvlarining fizik xossa va xususiyatlari ................................... 286
21.5. Yer osti suvlari sifatini baholash .......................................................... 289
21.5.1. Ichimlik suvlarga bo‘lgan talab ................................................. 289
21.5.2. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan yer osti suvlariga
bo‘lgan talab .......................................................................................... 290
21.5.3. Qishloq xo‘jaligida sug‘orish maqsadlari uchun
ishlatiladigan yer osti suvlariga bo‘lgan talab ....................................... 291
Takrorlash va tekshirish uchun savollar ................................................. 291
YETTINCHI QISM
22-bob. Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun
o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlari .................................................. 293
22.1. Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash bosqichlari va injener-geologik
tadqiqot ishlarini o‘tkazish ............................................................................ 294
22.2. Grajdan va sanoat obyektlarini loyihalash va qurish maqsadida
o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlari ............................................. 296
22.3. Gidrotexnik inshootlarni loyihalash va qurish maqsadida o‘tkaziladigan
injener-geologik tadqiqot ishlari .................................................................... 299
23-bob. Injener-geologik tadqiqot ishlari to‘g‘risida hisobotlar tuzish .................... 301
23.1. Injener-geologik hisobotlarda keltiriladigan asosiy ma’lumotlar .......... 301
23.2. Xona sharoitida bajariladigan injener-geologik ishlar .......................... 302
Adabiyotlar ................................................................................................................. 305
311
Ma’bud Shermatovich Shermatov
GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK
GEOLOGIYASI ASOSLARI
«Turon-Iqbol» nashriyoti, 2005
Muharrir X. Alimov
Texnik muharrir T. Smirnova
Badiiy muharrir J. Gurova
S. Abdunabiyeva
Musahhihlar Ye. Gilmutdinova
Kompyuterda tayyorlovchi
Bosishga ruxsat etildi 05.09.2005. Bichimi 6 0 ½9 0 1/ . Shartli b.t. 19,5.
16
Nashr b.t. 21,9. Adadi 1000. Shartnoma ¹ 138.
«Arnaprint» MCHJ bosmaxonasida bosildi.
Toshkent, H.Boyqaro ko‘chasi, 41.