The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ozod.uzb, 2024-05-08 10:58:56

black vintage newspaper birthday party poster (11)_clone

black vintage newspaper birthday party poster (11)

ALFRAGANUS VORISLARI 2024 - yil - “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” @ALFRAGANUSVORISLARI 6-son 2024-yil 9-may TALABALAR GAZETASI BUYUKLAR YODI MUQADDAS! G’OLIBLAR TAQDIRLANDI Toshkent tibbiyot akademiyasi (Xorazm viloyati) Urganch filialida tibbiyot fakulteti mavjud bo’lgan oliy ta’lim muassasalari o'rtasida I-Xalqaro "Urganch-2030" fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Unda Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakultetining 7 nafar talabalari professoro’qituvchilar hamrohligida faol ishtirok etib, nufuzli o’rinlarni egalladilar. Yakuniy natijalar: — 1-o’rin 2 ta; — 2-o’rin 3 ta; — 3-o’rin 1 ta. FAOLLAR TAQDIRLANDI Raqamli texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan "ENG FAOL GURUH VA GURUH SARDORI" anonim so‘rovnomasi tashkil etildi. So’rovnoma yakuni bo’yicha munosib topilganlarga sovg’a hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, "KIBERSPORT" musobaqasi g'oliblari fakultet dekani tomonidan munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, fakultet tomonidan tashkil etib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faollik ko’rsatayotgan talabalar ham munosib e’tirof etildi. XOTIRA ABADIY, XOTIRA MANGU! Inson xotirasi go’zal aslida, Muqaddas umrning oni, lahzasi. Buyuklar o’lmagay, buyuklar mangu, Jaranglar asrlar qaridan sasi. Inson xotirasi mangu, barhayot, O’lmagay yaxshi nom, saodatli ot. Muqaddas insoniy tuyg’ular doim, Yaxshilar mangudir, yashar umrbod. Deydilar yashasang mazmunli yasha, Ortingdan havasda qolsinlar mudom. Hayot sinov, umr imtihon bilsang, Sendan so’ng dovrug’ing etadi davom. GO’ZAL XOTIRALAR YASHAYDI MANGU Betakror qalblarning nomi mangudir, Xotirlash eng go’zal, azal tuyg’udir. O’tganlar ruhini shod aylamoqlik, Saodat, sadoqat hamda ezgudir. Buyuklardan meros xotira, qadr, Yaxshilar yashaydi to dunyo qadar. O’tganlarni eslash asriy an’ana, Mehr timsolidir, oqibat yana. Xotiralar yashar qalb to’rimizda, Yaqinlar eslanar qalb qo’rimizda. Yaxshi nom qoldiring eslashga arzir, Mangu yashar ekan e’zoz-u qadr. URUSH Tinchlik qadriga yet, do’stim hamisha, Istiqlol merosdir ko’p yillar osha. Loqayd bo’lma aslo, qilma tomosha, Urush oti qursin, tinchlik yashasin. Men hurlik qiziman, istiqlol qizi, Yangi O’zbekiston yorug’ yulduzi, Nodiralar izi, To’maris izi, Urush oti qursin, tinchlik yashasin. Qadrla oilangni, ota-onangni, E’zozla uyingni, tunar xonangni, Sarf qilma bekorga biror iningni, Urush oti qursin, tinchlik yashasin. O’ZBEKISTON AZIZ BARIDAN Dunyolarga alishmam aslo, Ozing bitta bu olam aro, Tanholardan tanhosan tanho, O’zing aziz menga baridan. Yevropami, Dubaymi, Hindmi? Jannatlardan zo’rmikan kuni, Balki yo’qdir zulmati, tuni, O’zing aziz menga baridan. Tillolarga ko’mildim garchi, Tuprog’ingni oliyroq qadri, Tanti xalqim, mardlarning mardi, O’zing aziz menga baridan. TINCHLIGIMIZ ASRAYMIZ BIRGA Do’stlar keling, boramiz qirga, Orzularni tugib ko’ngilga, Muhabbatlar solib har dilga, Tinchligimiz asraymiz birga! Do’stlar qo’lni beramiz qo’lga, Va chiqamiz yengilmas yo’lga, Uchrasak ham yomg’irga, do’lga, Tinchligimiz asraymiz birga! Mashhura Yo’ldasheva - Alfraganus universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, 2- bosqich talabasi (Xorazm viloyati) AJDODLAR RUHI Hamon nomingizdan g’ururlanamiz, Jadid bobolarim, faxrimsiz mening. Sizni o’zimizga ustoz bilamiz, Merosingiz malhami intiq ko’nglimning. Jadid bobolarim izingiz bosib, Siz yurgan yo’llarda yurmoq istadim. Men ham nomingizga bo’lay munosib, Siz yurgan ma’rifat yo’lin tanladim. Jadid bobolarim nomingiz mangu, Bizlarga mash’ala, bizlarga mayoq. Siz sabab hurlikni his qilgandirmiz. Siz sabab ajratdik qora yoki oq. Ma’rifat yo’lida shamchiroqlarim, Suyanchlarim, mening ko’ngli oqlarim. Sizdek dovyurak, jasorat bilan. She’r bitmoq yo’lida o’zni sinadim. Men xotira haqida gapirilganda, birinchi bo’lib jadid bobolarimizni esga olaman. Bu esa men orzu qilgan yangi O’zbekistonning faol va tashabbuskor qizi bo’lishimda ko’mak beradi. Azmu- shijoat, uchrayotgan barcha qiyinchilik va sinovlarni mardonavor yengishga yordamlashadi. 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning haqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir. Men yutuq va muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlarga qarab “Sizlar serquyosh o‘lkamizning yuksak darajadagi qahramonlarisizlar” degim keladi. Ayniqsa ushbu bayram sanasida milliy gvardiya xodimlari, Vatan himoyachilarini ham mehnatlarini tilga olish lozim. Mana shunday osoyishta hayotimiz uchun ularning tahlikali jang maydonida Ona vatanimizning tuprog‘i uchun dovyuraklik bilan charchoq nima ekanligini bilmay mardonavorcha kurash olib boradilar. Biz ushbu mislsiz jasoratning ma'naviy kuchini yildan-yilga tobora keskin his qilmoqdamiz, sizning jasoratingiz va qahramonligingiz qanchalik muhimligini anglaymiz. Deyarli har bir o‘zbek oilasida g‘alaba qozonishga shaxsan hissa qo‘shganlar bor. Askarlar ozodlik, tinchlik va kelajak, har bir fuqarolarimiz uchun o‘z jonlarini ham ayamay fido qildilar. G‘alaba uchun baxshida qilingan askarlarning jasorati va qurbonini hech qachon unutmaymiz. Bizning muqaddas burchimiz - tinchlik qadrini anglash va asrashdir. Jasorat ko‘rsatgan faxriylarimiz, harbiylarimiz holidan xabar olishdir. Biz barchamiz ularni doimo hurmat qilamiz. Har bir o‘zbek oilasiga o‘sha davrdagi “urish” qayg‘u va behisob azoblar keltirgan. Biz hech narsani unutmadik, barchamiz G‘alaba jangchilarining qadr-qimmatini muntazam eslab xotirlaymiz va qadrlaymiz. Bugungi bayram barcha avlodlarni birlashtirib, qalblarni bir-biriga birlashtiradi, ko‘ngillarni yorug‘lashtiradi. Bugun biz his-tuyg‘ularimizni yashirmaymiz, yeslaymiz va sharaflaymiz, sizning xotirangiz abadiydir. Biz hamjihatligimizdan faxrlanamiz, ota-bobolarimiz va bobolarimizning qahramonlik yutuqlari haqidagi muqaddas xotirani ularning jasorati, g‘alabalari abadiy yashashiga aminmiz. Maftuna Zokirova - Alfraganus universiteti, Pedagogika fakulteti, 1-bosqich talabasi (Samarqand viloyati) Talaba qizingiz, sog'indi ona! Begona yurtlarda farishta yuzni, Tushda ham ko'rmadim, hatto bir-bora. Har kungidan ko'proq, har kuni sizni, Talaba qizingiz, sog'indi Ona O'qishdan kelganda, mayus boqarman, Go'yoki uf tortib, tirishib chorlar. Qo'limda qalamim, dilimda zorlar, Talaba qizingiz, sog'indi Ona Qiynalaman aytmoq, uchun bu so'zni, Uyalaman yoshga bermoqqa ko'zni. Lek-tong sahar yopgan nonlaringizni, Talaba qizingiz, sog'indi Ona Taqdirda bor ekan, deya yuribman, Shu bilan o'zimni, aldab turibman. Kunda ming xil bo'lib yashab yuribman. Talaba qizingiz, sog'indi Ona Shahar nurga to'la ichim beqaror, Chunki men onamdan, olisman uzoq. Sizni har kun, har on hammadan ko'proq. Talaba qizingiz, sog'indi Ona Yusupova Sevinch - Tibbiyot fakulteti, 1 - bosqich talabasi. (Qashqadaryo viloyati) YANGI LOYIHALAR 3 - BETDA TURKIYA SAFARLARI 2 - BETDA ALFRAGANUS SPORTI 3 - BETDA TALABALAR YUTUQLARI VA IJODI 4 - BETDA BUYUKLAR YODI MUQADDAS! BIR GURUH FAOL TALABALAR TAQDIRLANDI


XALQARO HAMKORLIK 6-son 2024-yil 17-aprel 2 Alfraganus vorislari TA’LIM - ZAMONAVIY, TARBIYA - SHARQONA Turkiyada amaliyotda bo’lib turgan Tibbiyot fakulteti talabalari “14 kunlik” amaliyotda, dars mashg’ulotlarida qatnashishdan tashqari, haftada bir kun, dam olish kuni sifatida, madaniy hordiq ham chiqarmoqdalar. Alfraganus universitetining Filologiya, Iqtisodiyot, Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari Turkiyaning Karamanoğlu Mehmetbey universitetidagi amaliyot vaqtida professor-o`qituvchilar ishtirokidagi darslarda qatnashib, bilimlarini oshirmoqdalar. Kecha ular kutubxona sharoitlarini o’rgandilar. Darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida universitet kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, unga a`zo bo`lishga ham ulgurdilar. Bundan tashqari, texnika fanlari kasbhunar fakultetida kulolchilik darsida qatnashib, uning sir-sinoatini anglash maqsadida o'z qullari bilan kulolchilik buyumlarini yasashga harakat qildilar. Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD, dotsent Po`latov Sherdor Nematjonovich, mazkur kafedra dotsenti Jo’rayev Ahmad Muhammadiyevich hamda Falsafa mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiyamiz a`zolari shu kunlarda Turkiyadagi Karabuk universitetida malaka oshirish ishlarini amalga oshirmoqdalar. Bugun ularning Turkiyadagi Sport, sog’liq va madaniyat boshqarmasi boshlig’i Dr. O’z jan Buyukgench, Karabuk universitetining Adabiyot fakulteti Dotsenti, Dr Boltaboyev Saidbek, Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i o’rinbosari Nurulloh Kilinchlar ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi. Suhbat chog`ida, dastlab ikki davlat universitetlari o`rtasida tuzilgan keng qamrovli amaliy hamkorlik aloqalari haqida iliq fikrlar almashildi. Uning istiqbolli kelajagi va yanada rivoji uchun kelgusidagi ishlar haqida muzokaralar olib borildi. Turkiyaning Karabuk universitetida amaliyot o`tayotgan Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakulteti talabalari Karabuk universiteti, stomatologiya fakulteti dekani bilan uchrashuvda universitetimiz imkoniyatlari, yutuqlari va umumiy faoliyati haqida ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, universitetimiz telegram kanali, web-saytimiz orqali taqdim etilayotgan video va foto axborotlar bilan Turkiyalik hamkorlarimizni tanishtirdilar. Suhbat davomida hamkorlik aloqalarining yangi yo’nalishlari bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi. Qolaversa, talabalarimiz stomatologiya fakultetining moddiy resurslari bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda Alfraganus universiteti tomonidan navbatdagi “Talabalar almashinuvi dasturi” bo`yicha Filologiya, Iqtisodiyot va Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalarining Turkiyaning Karamanoğlu Mehmetbey universitetidagi amaliyotlari davom etmoqda. Tashkil etilgan 14 kunlik dasturga muvofiq ular o'z mutaxassisliklari bo'yicha darslarda faoli ishtirok etish bilan birga, bo'sh vaqtlari ham Turkiyalik talabalar hamrohligida mazmunli o`tdi. Shu orada Karamanogli Mehmetbey universitetining ustoz va talabalari bilan juda yaqin do`stona, iliq va samimiy munosabatlar o'rnatishga muvaffaq bo`ldilar. Kuni kecha Karamanogli Mehmetbey universitetining rektori Prof.Dr.Mehmet Gavgali tomonidan talabalarimizga maxsus SERTIFIKAT hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Rektorimiz M.M.Maxmudov hamda professor-o`qituvchilarimizga o`z minnatdorchiligini bildirib, universitetimiz talabalari tarbiyali ekanliklari, o`z maqsadlari borligi – bu, Alfraganus universitetidagi ta`lim tizimi naqadar ustuvor ekanligidan dalolat deya ta`kidlab o`tdi. Kelgusida Karamanoğlu Mehmetbey universiteti talabalarining ham universitetimiz ta`lim tizimi bilan yaqindan tanishish istagi borligini ma`lum qildi. TURKIYA TAASSUROTI Joriy yilning 13-27 aprel kunlari Alfraganus universiteti Tibbiyot fakultetidagi 1-3 bosqichlarida tahsil olayotgan bir guruh talabalar ustozlari Alisher Urinov hamrohligida Turkiyaning Karabuk universitetida “Talabalar almashinuvi dasturi” asosida amaliyotda bo`ldilar. Avval xabar berilganidek, talabalarimizning har birini be`etibor qoldirmaslik maqsadida ular universitet professor-o’qituvchilariga biriktirildilar. Dars jarayonlarida faol ishtirok etib, universitet qoshidagi klinikalarda olgan bilimlarini amaliy o`zlashtirdilar. Turkiyadan qaytgan talabalar ishtirokida bo`lib o`tgan uchrashuvda amaliyotchilar tengdoshlariga ana shular haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Tibbiyot fakulteti dekani rahbarligida o`tkazilgan mazkur uchrashuvda qolgan talabalar ham katta qiziqish bildirib, amaliyot bo`yicha o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Munojat Akbarova - bosh muharrir o’rinbosari MOMOJONIM XOTIRASIGA Mehribonim, yagonam momojonim Sizni sogʻinib esladim butun Siz bilan oʻtgan umrimni Ming yaxshi kunimga alishmasman Bugun etibsiz bizlarni tark Olislarga ketdingiz-ku Ollohim qilib joyingiz jannat Jannatlarga etsin sizni Koʻzlarimda yosh toʻlgan butun Oʻzimni anglolmay butun Sizni yoʻqligingizga koʻnikolmayapman Sizni juda qattiq sogʻinyapman Nevaralaringiz sogʻingan sizni Har sogʻinganda qoʻlimiz koʻtarib Sizni duolar qilamiz momojon Inshoolloh borgan joyiz boʻlsin jannat Marjona Temirova, Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati) BUYUK JADID, MA'RIFATPARVAR ADIBCHO'LPON YODINI XOTIRLAB Milliy uyg‘onish davrining eng buyuk namoyondalaridan biri bo‘lgan Cho‘lponning shaxsiyati va hayoti haqida har xil qarashlar, talqinlar mavjud. Uning eng mashhur kitobi- "Kecha va kunduz". Bundan tashqari, “Choʻlpon nasri poetikasi”, “Istiqlol dardi. Choʻlponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji” nomli kitoblari adabiyotshunoslik fanida fundamental manba sifatida oʻrin qoldirdi. Adabiyotimizda Choʻlpon singari millat masalasini, milliy gʻurur, milliy ozodlik tuygʻularini hech ham toʻxtamasdan, hech tanaffuslarsiz koʻtarib chiqqan ijodkor yoʻq. Cho‘lpon butun umr, hayotini millatga tikkan va shu yoʻlda yashab oʻtgan ijodkor edi. Choʻlpon ham boshqa jadidchilar kabi ijodida ma’rifatchilikni kuylagan holda boshlagan edi. Sovet davri o‘zbek, umuman, ittifoq tarkibidagi boshqa xalqlar adabiyotida, xususan jadidlarda Ezop tilidan foydalanish bo‘lgan, degan fikrlar bor. Menimcha, bunday emas. Bir yozuvchi bilan suhbat-maqolada ham buni o‘qidim, Ezop tilidan foydalansa ham, senzura qiluvchi hukumat buni bilib qolishadi, ular ham aqlli, deyilgan. Menimcha ham, ular Ezop tilidan foydalanmagan. Masalan, Cho‘lpon yetarlicha ochiqlik bilan sho‘rolarga qarshi yozgan va buni hamma bilgan. Ayniqsa, uning “Buzilgan o‘lkaga” she’ri bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Unga qarshi masxaraomuz javob she’rlar yozgan shoirlar ham bo‘lgan. 20-yillar oxiridagi repressiya davrida Cho‘lpon Moskvaga ketadi. Lekin qaytib kelgach, baribir sotsializm qoidalari bo‘yicha yozmadi, u ochiqoydin yozar edi. Ba’zi yozganlari sotsializmga to‘g‘ri kelardi, ba’zilari yo‘q. Masalan, Qodiriy haqida ham shunday deyish mumkin. 1934 yilda nashr qilingan “Obid ketmon” asarida sovet tizimini xushlash ham bor. Lekin umuman, jadidlarda milliy g‘oya kuchli edi. Keyingi davr jadidlari ham shu yo‘ldan borishdi, ularning g‘oyalari ham jadidchilikni boshlab bergan ma’rifatparvarlarnikidan farq qilmas edi. Lekin repressiya davrida Ayniydan boshqa barcha jadidlar qatag‘on qilingan Adabiyotimizda Choʻlpon singari millat masalasini, milliy gʻurur, milliy ozodlik tuygʻularini hech ham toʻxtamasdan, hech tanaffuslarsiz koʻtarib chiqqan ijodkor yoʻq. Cho‘lpon butun umr, hayotini millatga tikgan va shu yoʻlda yashab oʻtgan ijodkor edi. Choʻlpon ham boshqa jadidchilar kabi ijodida ma’rifatchilikni kuylagan holda boshlagan edi. Uning “Qurboni jaholat”, “Doʻxtur Muhammadyor” asarlarida ham aynan ziyoli, oʻqimishli kishilarning jaholat qurboni boʻlganliklari aks etgan. Choʻlpon oʻzining ma’rifatparvar gʻoyalarida jaholatning qanchalik dahshatli ogʻriq, tuzalmas kasallik ekanligini koʻrsatib oʻtgan. Adabiyotning millat hayotidagi oʻrni va roli haqida oʻn yetti yoshida maqola yoza olganligi ijodning, adabiyotning millat uchun naqadar kerakligi xususida ega boʻlganligidan dalolat beradi. Bu xususiyati kelgusi yosh avlod uchun oʻrnak boʻlsa arziydigan ishidir. Qaxramonova Ruxshona Salohiddin qizi - Alfraganus universiteti Turizm fakulteti 2- bosqich talabasi (Samarqand viloyati) IKKINCHI JAHON URUSHIDA QAHRAMONLIK KO`RSATGAN YURTDOSHLARIMIZDAN BIRI Abdulla Abdurahmonovich Qurbonov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1925-yil 23- fevralda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozbosh qishlogʻida tugʻilgan. 1943-yil mart oyida 16 yoshida oʻz xohishiga ko`ra frontga jo`nab ketgan. 1943-yil Dasht frontida oʻqchi polkida mergani bo’lib, jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan. Keyinchalik “Oltin Yulduz”medali bilan ham taqdirlangan. 1944-yilda demobilizatsiya qilindi. Oʻsha yilning mart oyidan boshlab uyda davolanishni davom ettirdi. 1944-yil sentyabrda Toshkent yuridik institutiga oʻqishga kirdi. 1947-yilda oʻqishni tamomlab, 3-darajali huquqshunos unvonini oldi va adliya kapitani unvoni bilan taqdirlandi. 1950-yil avgust oyida oʻz iltimosiga koʻra oʻzi tamomlagan Niyozbosh qishlog`idagi 14- maktabning direktori etib tayinlangan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini sirtdan tamomlagan. 1968-yilda nafaqaga chiqqunga qadar maktabni boshqargan. 2004- yil 28-iyulda vafot etgan. BarnoXonim Yuldasheva Alfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati) TINCHLIK Hayot borki, yo’qotmoq bor, topmoq bor, Rizq ortidan yugurmoq bor, chopmoq bor, Tinch kunlarning ortida ko’p mehnat bor, Tinchligingni asra doim ey do’stim! Qadr qilgin bor kuningni, tinchingni, Qara omad to’ldirgan hovuchingni, Behudaga sarf qilmasdan kuchingni, Tinchligingni asra doim ey do’stim! Avazjonova Vazira - Pedagogika fakulteti 1- bosqich talabasi (Farg’ona viloyati)


YANGI LOYIHALAR 3 6-son 2024-yil 17-aprel Alfraganus vorislari TALABALAR GAZETASI “FARG’ONIYSHUNOSLAR” Alfraganus universiteti “Farg’oniyshunos tadqiqotchilar” talabalar klubi a’zolari navbatdagi ilmiy ekspeditsiya oldidan rektorimiz bilan uchrashib, kerakli tavsiyalarni oldilar. Ular 9-may — Xotira va qadrlash kuni oldidan Quvaga sayohat tashkil qilish va Ahmad al-Farg’oniy ramziy qabri, bog’i va boshqa qator maskanlarda turli tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar belgiladilar. Vatan biz tug’ilib o’sgan ona zamin, kindik qonimiz to’kilgan muqaddas tuproq, bobokalonlarimizning tabarruk izlari qolgan yurtdir. Ikkinchi jahon urushi tarixida misli ko’rilmagan darajada dahshatli butun, insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni solgan urush bo’ldi. Dunyoda tinchlik uchun kurash olib borgan, davlatlar o’zaro birlashdi. “Bu mash‘um urush tufayli, eng kamida 400 mingga yaqin oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo’lgan” – deb ta‘kidlaydi Islom Karimov. 1941-yilda nemis fashist bosqinchilarining xiyonatkorona urushi tufayli ana shunday farovon hayotning tinchi bizning yurtimizda ham buzildi. Faol rahbar, o’qituvchilar, mexanizator, suvchi va dehqonlar frontga jo‘natildilar. Urush yillarda Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani “Dang’ir”, hozirgi “Yog’ontep Q.F.Y.” qishlog’ida onaxonlarimiz front ortini mustahkamlash va g’alaba uchun bo’lgan katta kurashda faol ishtirok etganlar. “Dang’ir” qishlog’idan frontga jo`natilib, ko‘rsatilgan jasoratlari uchun turli jangovar orden va medallarning sohib bo’lgan Ismoil Inag’amov, Anorboy Rixsiyev, Akrom Inag’amov, Sulton Qozoqboyev va boshqalar qadirdon qishloqlariga eson-omon qaytib, xo’jalk ishlari, dalalar, paxtachilik va boshqa ishlar bilan shug’ullandilar. Mening katta bobom Musayev Maxamadjon Zoitovich 1920-yil tavallud topgan. 1940-yilda “Qamashi” shahridagi Qishloq xo’jaligi texnikumining Agranomiya fakultetini tamomlagan. 1941-yil harbiy kursni tamomlab kichik leytenant unvoni bilan frontga chaqirilgan. Stalingrad frontida jangda qatnashgan Ukraina va Polshani nemis bosqinchilaridan ozod etish vaqtida qattiq yaralangan va gospitalga tushgan. Biroq, uyga qoraxat kelgan. Oradan ko`p vaqt o`tmay bobomning o‘zlaridan xat kelgan. Gospitaldan chiqib yana urushga qaytganlar. Jangda ko‘rsatgan jasoratlari uchun davlat tomonidan bir qancha orden va medallar bilan taqdirlangan. Urushdan so`ng uyga qaytib, maktabda (hozirgi Chinoz tumani) murabbiylik qilgan. Keyinchalik xo’jalik ishlarida rahbarlik qilgan. Davlat tomonida amalga oshirgan ishlari inobatga olinib avto mashina bilan ham mukofotlangan. Bugun mustaqillik sharofati ila o’sha mudhish urush yillarining azobini tortgan va omon qolganlar hayot gashtini surish sharafiga muyassar bo’ldilar. Va bugungu kunda ularning qadr-qimmati o`z o’rniga qo’yilib, barchaligiga izzat va hurmat ko’rsatilmoqda. Jang maydonlarida halok bo’lganlarining ro‘yxatini o’z ichiga olgan ko‘p jildlik “Xotira” kitobi chop etildi. O’ylaymanki, urush keltirgan dahshatli oqibatlarni, umuman fojiasi haqidagi mulohazalarimiz bugungi avlodlar uchun foydadan holi emas. Zero, ular bilan tanishgan har bir shaxs bugungi ozod yurtimizga hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish kerak. Mahamadjonova Sarvinoz Alfraganus Universiteti Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri) TALABALAR HAYOTI VA SPORT BIZ G’OLIB BO’LDIK! Alfraganus universiteti futbol jamoasi O'zPFL fotostudiyasida musobaqa oldi fotosessiyada qatnashdi. Shuningdek, musobaqaning 2-tur jadvaliga ko'ra ALFRAGANUS vs DIPLOMAT qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi. ALFRAGANUS jamoasi G'ALABA qozondi. (1/0) UCHRASHUV Bugun Alfraganus universitetiga Rio Yozgi Olimpiada o'yinlari kumush medali sovrindori, O’zbekiston iftixori faxriy unvoni sohibi, mohir bokschi Bektemir Meliqo’ziyev tashrif buyurdi. Jismoniy tarbiya va sport hamda Turizm fakultetlari professoro‘qituvchilari va talabalari ishtirokida O’zbekistonimiz faxri bo’lgan Bektemir Meliqo’ziyev bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda qahramon tomonidan erishgan yutuqlarining siri nimada ekanligi, buning uchun qanday maxsus taktik metodlarni qo`llaganligi, umuman, mashg`ulotlar jarayonida qanday qoidalarga rioya qilish zarurligi kabi ko`plab savollarga javoblar bo`ldi. Xotira abadiydir 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan yurtimiz bo`ylab urushdan qaytmagan yurtdoshlarimizni xotirlab, faxriylarimizga ta`zim bajo keltiramiz, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! Bugungi kun tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Dahshatli urush butun insoniyat qatori, xalqimiz uchun ham mislsiz kulfatlar va yo'qotishlarni olib kelgan. Xalqimiz sinovli va aziyatli yillarni boshidan kechirdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning -"Butun dunyoda millionlab insonlar halok bo'lishiga sabab bo'lgan, mislsiz yo'qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan ikkinchi Jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, qonli qirg'in bo'lganini hech kim unutmaydi. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq O'zbekistonliklarning yarim million nafardan ziyodi halok bo'lganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmaydi” degan iboralari yodga kelaveradi. Urush boshidanoq front hududlaridan O'zbekistonga ko'chirilgan millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ular bilan birga baham ko'rgan. Shu o`rinda aytish mumkin, "Sen yetim emassan"deb o'z bag'riga olgani xalqimizning naqadar olijanobligini, mehr-muruvvatini, yuksak ma'naviyatini yaqqol namoyon etdi". Zero, xotira-inson hayoti va ongli hayotidagi eng muqaddas tuyg'u, takrorlanmas voqealar yig'indisi, o'tmish, bugun va kelajak o'rtasidagi bog'lovchi vosita. Hissiyotlarning tarixiy ko'prigi qadriyat esa avlod-ajdodlari, otabobolardan avloddan-avlodga o'tib kelayotgan iqtisodiy, madaniy, ma'naviy, ma'rifiy, axloqiy boyliklardir. An'analar, urf-odatlar, bir so'z bilan aytganda noyob ma'naviy merosimizdir. Urinova Feruza Fazilovna Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi (Samarqand viloyati) ZO’R IMKONIYAT! Alfraganus universiteti Matbuot bo’limi yangi loyihani taqdim etadi. “Sharqona tarbiya targ’ibotchilari” ko’rik - tanlovida ishtirok etib, “Milliy qadriyatlar targ’ibotchisi” ko’krak nishoniga sazovor bo’ling! — 1-shart: “Men bilgan milliy qadriyatlar”; bunda ishtirokchi tarbiyaviy ahamiyatga ega milliy qadriyatlarimizdan birini sahna ko’rinish orqali namoyish qilib beradi; (5daqiqa) — 2-shart “Jamiyat ma’naviy muhitidagi muammolar va bunda milliy qadriyatlarning ahamiyati” mavzusida taqdimot; (3 daqiqa) — 3-shart: Milliy qadriyatlarga oid savol - javoblar (1ta savol uchun 1- daqiqa, jami 3ta savolga 3 daqiqa vaqt beriladi) Izoh: Tanlovda talabalar 2 kishilik guruh bo’lib qatnashishlari kerak. Klubga ulanish: https://t.me/AFU_sharqona Murojaat uchun: @sarvinoz_kamolova, @Dilshoda_2oo4 9 - MAY - “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN TAQDIRLOV Bir guruh talabalar universitetimiz tomonidan tashkil etilgan shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi Abdulhamid Cho'lpon xotirasiga hurmat ramzi - "SHARQONA TARBIYA TARG'IBOTCHISI" esdalik ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar. Tadbir Adiblar xiyobonida o’tkazildi. Xotiralar qoldi, yodlar bor faqat! Elim deb yonganlar vidolar aytib, Tilaklar, niyatlar, duolar aytib, Ketdilar mahsharga, kelmasga qaytib, Xotiralar qoldi, yodlar bor faqat! Cho’lponlar ketdilar, ketdi Qodiriy, Ketsada Boburlar xotiri boqiy, Qalbimizda yashar, mangu ilohiy, Xotiralar qoldi, yodlar bor faqat! Navoiylar mudom dillarimizda, Farg’oniy merosi qo’llarimizda, Shirin xayollarni yodlarga tiza, Xotiralar qoldi, yodlar bor faqat! Kamolova Sarvinoz - Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi (Toshkent shahar) Xotira Tarixga boqsangiz qanday yo‘llar bor, O‘zbek tarixida sinovlar bisyor, Har qanday sinovli og‘ir kunlarda Doimo bizga, Alloh bo‘lgan yor Anglab yetmog‘imiz lozimdir asli Xotira biz uchun eng katta g‘urur. Shahid bo‘lgan qalblar ruhlari doim Tinch hayotimizni yoritayotgan nur. Xotirlamoq ila qilay deb obod Ziyorat aylasak ruhi bo‘lar shod. Kimligimiz aslo unutmaslik-chun Ajdodlarni eslab turaylik bod-bod. Nigora Yo‘ldasheva - Pedagogika fakulteti, 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)


Xotira -oʻtmish bilan bugungi kunni bogʻlovchi koʻprik. Xotira... oʻz insoniy burchlarini halol bajarib, Vatan ozodligi, uning baxt saodati uchun kurashgan xalqimizning jonkuyar mard oʻgʻlonlari halol mehnat qilib yashab, endilikda mangudirlar. Biz avlodlar ularning el-yurtga qilgan xizmatlari va fidoyiliklari oldida bosh egamiz. Inson xotirasi cheksiz! Oʻtmish bizda xotira tufayli yashaydi, u bizga hayotbaxsh kuch beradi, istiqbolga chorlaydi. "Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltirgan kishi baxtlidirlar" I. Gyote. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan, ogʻir kunlarni sabr bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, iymoni bütün yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylanadi. Oʻrganishlar chogʻida izlanib oʻzimizning, tumanimizning iftixorlari bilan koʻrishib, suhbatlashar ekanman Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi 1923-yilda tug'ilgan Zokirov Odiljon hoji ota ham 1942-1945 yillarda Ukraina, Polsha, Germaniya davlatlarida urush janggohlarida qatnashgani, Vatan uchun janglarda qurbon boʻlgan doʻstlari, qahramonlar xotirasini yodga oldi. Mustaqillik yillarida Zokirov Odiljon hoji ota, ko`rsatgan jasorati uchun shoda medallar va faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Oilada 9-nafar farzandning, 42-nafar nabiraning, 200-nafar chevaraning, 8-nafar evaraning bobosi. Taqdirlanganlar orasida Eminov Fayzullo ota ham borlar. 1928-yilda tug'ilgan va 1943-yilning mart oyida 15-yoshida urushga chaqirilgan. Janglardagi mardonavor jasorati yuksak baholanib, qator medal va ordenlar bilan toʻldirgan. Oʻsha davr xotiralarini eslar ekan davlatimiz tomonidan urush qatnashchilariga berilayotgan e'tibor va gʻamxoʻrliklardan, hurmatdan doimiy yoʻqlab turilganliklari haqida gapirib minnatdor boʻldilar, beixtiyor koʻzlariga yosh oldi. Fayzullo otaning yuksak mehnatlari qadrlanib, 2001yilda Haj-Umra ziyoratiga borib oʻz musulmonlik burchini ado qilib qaytganlar. Hozirda mehribon oilasi farzandlari, nabirayu chevaralari davrasida umrguzaronlik qilmoqdalar. Xotira -bu ezgulik, Xotira-u qadr, inson qadrini e'zozlaylik. Ajdodlarga hurmatimiz doimiydir. Ularning xotirlash esa azaliy burchimizdir. Abdumannopova Gulbadanbegim Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi (Farg`na viloyati) TANLOV G’OLIBLARI ANIQLANDI O’zbekiston Xalq shoiri, “Do’stlik” ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ijodkor talabalar uchun e’lon qilingan tanlov g’oliblari bilan tanishing! G’OLIBLAR: 1-o’rin — Mirodil Nabijonov - Tibbiyot fakulteti, 1-bosqich talabasi. 2-o’rin — Xursanoy Sayfiyeva - Tibbiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi. 3-o’rin — Oysuda Xamdamova - Pedagogika fakulteti, 2-bosqich talabasi 4 Alfraganus vorislari TALABALAR GAZETASI 6-son 2024-yil 17-aprel Muassis: «Alfraganus university» mas’uliyati cheklangan jamiyati Gazeta 2023-yil 4-maydagi O’zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 079032 raqamli guvohnomasi asosida Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori qoraqamish ko’chasi, 2a-uy. 1-bino, 2-qavat, 214- xona Adadi: 1000 dona. Murojaat uchun ishonch telefoni: +99891-172-58-68 Maktub yoki maqola yuborish uchun pochta manzili: [email protected] Tahrir hay'ati: Hay’at raisi: Mo'minjon Xo'jaev Hay’at a’zolari: Ismoil Maxmudov Nozim Muminov Ziyodullo Raxmatillaev Alisher Islomov Bosh muharrir: Kamola Abduvaliyeva Ijodiy guruh: Munojot Akbarova Vohidjon Solijonov Bo’riboy Tadjibayev Ruxshona Qaxramonova GAZETA ALFRAGANUS UNIVERSITETI NASHRIYOTIDA CHOP ETILDI Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin. TALABALAR YUTUG’I Filologiya fakulteti, Ingliz tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi Asadbek Bekmirzayev turk tilidan C1 sertifikatini qo’lga kiritdi. Xalqaro Turon Fanlar akademiyasi tomonidan Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi Yuldasheva Barno Maribjanovna tabobat va she’riyat yo’nalishidagi ilmiy izlanishlari hamda akademiya a’zosi sifatidagi faolligi uchun Halima Xudoyberdiyeva ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. TALABALAR YUTUQLARI VA IJODI Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari sportning “Qo’l jangi” turi bo’yicha yuqori natijalarni ko’rsatdilar. — 1-bosqich talabasi Sh.Mo'minov - 2-o'rin; — 2-bosqich talabasi - M.Abdumannopova - 2-o'rin; — Magistratura bosqichi talabasi J.Zaydullayeva esa - 3-o'rinni qo'lga kiritdilar. TALABALARNING YANGI KITOBI Alfraganus universiteti “Farg’oniyshunos tadqiqotchilar” klubi faollarining yangi kitobi nashrdan chiqdi. Kitobda Ahmad al-Farg’oniy hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan “Dilbitiklar” (aforizmlar) o’rin olgan. — Mas’ul muharrir: Rektor maslahatchisi: Kamola Abduvaliyeva — Taqrizchilar: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nazokat Jo’rayeva — Filologiya fanlari nomzodi Masrurjon Rahimjonov Ota Onasi bor farzandlar qarimaydilar Ota-ona hech qachon yomon bo'l demaydi, o'zini o't suvga urib, bolam bekamu ko'st o'ssin, voyaga yetib, katta hayotga qadam qo'ysin, komil inson bo'lsin, unib ulg`aysin va o'zidan ko'paysin deb jonini fido qiladi. Ota-ona uchun farzanddan aziz, undanda shirinroq ne'mat b'olmasa kerak. Farzandining sog'lig'i, kamoli va kelajagi yo'lida tinim bilmaydi va doimo duoda bo'lishadi. Farzandining shodligini o'z shodligi, baxtini o'z baxti deb anglaydi, shodligu quvonchidan quvonadi,qayg'usiga sherik bo'ladi. Dunyoda har bir inson uchun eng katta baxt - ota- onasining borligi. Ollohga shukur men ham shunday baxtli insonlardanman, ota-onam yonimda, sog' salomat, ko'z tegmasin, ularni yaratgan egam panohida asrasin.Ota-ona uchun farzandning yoshi hech qanday ahamiyatga ega emas, 100 yoshga kirsa ham ota-ona uchun u bola bo'lib qolaveradi. Bundan ikki yil avval sog'lig'imda muammo borligi sababli avgust oyida Farg'ona viloyatining Toshloq tumanidagi bir sihatgohda davolanishga bordim. Sihatgohdagi xonalar uch kishiga mo'ljallangan. Xonalardan biriga joylashdim, biroz vaqtdan keyin xonaga o'rta yoshlardagi opa ham kelib joylashdi. Opa bilan tanishib olib, shifokor buyurgan muolajalarni olishni, birga ovqatlanishga va hovlida sayr qilishga chiqa boshladik. Oradan ikki kun o'tgach xonamizga yoshlari kattaroq opani joylashtirishdi. Xonamizda ajoyib uchlik paydo bo'ldi. Men Namangandan, birinchi sherik Andijonning Paxtaobodidan va ikkinchi sherik Farg'onaning Oltiariq tumanidan. Oltiariqlik opaning yoshlari oltmishdan oshgan bo'lishiga qaramay, yoshroq ko'rinar edi. Xarakterlari sho'x bo'lganligi uchun xonamizda kulgilar jaranglay boshladi, boshqa xonalardan bemorlar ham chiqib xonamizda turli mavzularda suhbatlashishardi. Garchi sihatgohda barcha sharoitlar yaxshi, ikki mahal issiq ovqat bo'lsada, davolanayotgan bemorlarning yaqinlari ulardan hol ahvol so'rashga uzoq yaqindan kelisha boshlashadi. Bizda ham xuddi shunday avval meni yaqinlarim, keyin esa Andijonlik opaning yaqinlari kela boshlashdi. Otaning farzandga mehri muhabbati cheksizdir. Dunyoga kelganimizda eng ko‘p xursand bo‘lgan zot. Qalbi bizga bo‘lgan muhabbat bilan to‘lib toshgan azizimiz, baxtimizni o‘z baxtidan ustun deb bilgan inson – otadir. Farzand otaning bir qismi, bo‘lib suratda va xulq atvorda unga o‘xshaydi. Shuning uchun ota farzandi tarbiyasiga diqqat qiladi. O‘zi istagan fazlu kamolini farzandiga berishga, uni o‘zidan ham ko‘ra mukammal qilib yetishtirishga g‘ayrat qiladi. Bu maqsadi yo‘lida har qanday mashaqqatga bardosh beradi. “Tarbiya qilgan otasiga rahmat!”, degan olqishni eshitishni, farzandi orqali naslining davom etishini orzu qiladi. Inson kamoloti bolalikda, oilada olgan tarbiyasiga bog’liq ekanligi isbot talab etadigan narsa emas. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan naql ham bekorga paydo bo’lmagan. Odamzodga xos bo’lgan barcha insoniy fazilatlar avval oilada, keyin jamoada kamol topadi. Oila murakkab hayot maktabi sanaladi va ota-onalarimiz o’g’il-qizlarini kelgusi hayotga ana shu maktabda tayyorlaydilar. Xaydarova Zumrad Ergash qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich (Toshkent shahri) VATANNI ULUG'LAGAN SHOIR Vatanni ulug'lab, e'zozlagan bu shoir, Ulug'imsan Vatanim bizlarga shior! Andijon Shahrining kamtar o'g'loni, Do'st bilib doimo qog'oz qalamni. O'zidan she'rlari qolishin bilgan, Sandig'ida kitoblar meros qoldirgan. Mish-mishlarga e'tiborin bermagan, She'riyat hayotni naqadar sevgan. Do'stlik Ordeni yarashgan unga, Xalq shoiri faxriysiga loyiq aslida. Ona Diyor, Istiqlolni joylab qalbiga, Mehr muhabbat, sofdillik har bitigida. O'tar inson yaxshi yomoni - deb, Mehr - muhabbat qolishin bilgan. Men o'zim bilganday yashay deb, Oq-u qora, haqiqatni doim tan olgan. Feruza Saydikasimova Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri) Ona sog'inchi Garchi yarim tun bo‘lsa ham, Quvonchlarin ko‘rar baham. Ko‘zlar bukun sog‘inchdan nam, Uyda meni onam kutmoqda. Sog‘indim men seni bolam, Deydilarda meni lolam. Boryapman qalbda nolam, Uyda meni onam kutmoqda. Bir nigohi dardim olar, Qalbimga ham nurlar solar. Ko‘p kuttirmay yo‘l olayin, Ex nimalar bo‘lsa bo‘lar. Mushtiparim munisim deb, Sog‘inch meni qiynab o‘tar. Kelaqolgin jon bolam deb, Uyda meni onam kutar. Bormasam men bo‘lmaydi hech, O‘tib ketdi ikki oy ham. Eh onajon mehringizdan, O‘zgasi yo‘q menga malham. Kuting ona yo‘ldaman men, Borayapman bir siz tomon. Shu o‘g‘lingiz Salohiddin, Sa Sog‘inganda sizni yomon. lohiddinjon Sayfiyev - Filologiya fakulteti 2-qosqich talabasi (Samarqand viloyati)


Click to View FlipBook Version