The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

black vintage newspaper birthday party poster (6)

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ozod.uzb, 2024-04-09 02:41:15

black vintage newspaper birthday party poster (6)

black vintage newspaper birthday party poster (6)

ALFRAGANUS VORISLARI 2024 - yil - “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” Amir Temurga ta’rif berish joiz bo’lsa men Ularni g’alabalar mash’ali, jasorat va jasurlik ramzi deb atagan bo’lar edim. Hofizi Abro‘ning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Amir Temur va uning avlodlari davrida “Kitoblar uylari” mavjud boʻlib, ular yilma-yil noyob asarlar bilan toʻldirib borilgan. Afsuski, XVII - XIX asrlardagi bosqinlar, mustamlakachilik oqibatida bu kitoblar jahonning turli burchaklariga olib ketildi. Hozirda ota-bobolarimizning, ayniqsa temuriylar davrining noyob durdona qoʻlyozmalari dunyoning eng mashhur muzeylarini bezab turibdi. Milliy o`zligimizni anglash Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o`rganish, buyuk alloma va adiblarimiz, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar qalbiga singdirish, ularda milliy g‘urur hamda iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish uchun yurtimiz tarixini o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilishi talab etiladi. Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor vazifalarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida axloqiyma’naviy mezonga aylangan. Ulug’ ajdodimiz o’z tuzuklarida “...amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yo biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech nima olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonunqoidasiga muvofiq xiroj yig’sinlar”, deb yozadi. Ana shunday adolat asosida o’rnatilgan tartib-taomillar mamlakatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlagan, odamlarni halol mehnat qilishga, tadbirkorlik, yaratuvchanlik ruhi bilan yashashga undagan. Xalqimizning azaliy va abadiy qadriyatlari beshigida toblangan buyuk sohibqiron Amir Temur siymosi nafaqat milliy davlatchiligimiz asosi, balki bizning har bir ishda sobitqadam ekanligimizni namoyon etadi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, bu siymo mard, halol va g`ayratli xalqimizni birlashtirishda iymonli va oqibatli bo`lishda qudratli kelajagimizni ko`rishda bizga yangi kuch g`ayrat va shijoat bag`ishlaydi. Shu bois ham biz uning tarixiga shaxsiyatiga sarkardalik mahoratiga qayta-qayta murojaat qilaveramiz. Joriy yil buyuk sarkarda, davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Alfraganus universitetida tashkil etilgan keng qamrovli tadbirlarda sohibqironning hayoti, sarkardalik mahorati bilan bog`liq ibratli jihatlarga alohida e`tibor qaratiladi. Tarix shunday bir ko`zguki, u xalqning o`tmishini, taraqqiyot bosqichlarini bashariyat ko`z o`ngida namoyon etadi. Shu o`rinda Amir Temur siymosi, uning dunyo sahnasida tutgan o`rni haqida so`z ketganida har gal yurtimiz tarix kitobining hali ochilmagan zar varaqlari kashf etiladi. Bu, ayniqsa, yoshlarimiz uchun yuksak iftixor ramzidir. Muxammadismoil Maxmudov - Alfraganus universiteti rektori IQTIDORLI TALABALAR Sevinch Ismoilova - “Soft skills” klubi bosh koordinatori Klubda 220 nafar talaba a’zo bo’lib, haftada 2 marta onlayn, 15 kunda bir marta oflayn tadbir va mashg’ulotlar amalga oshiriladi. “DETEKTIV IQ” INTELLEKTUAL O’YININING IKKINCHI MAVSUMIDA ISHTIROK ETING. @ALFRAGANUSVORISLARI 4-son 2024-yil 9-aprel TALABALAR GAZETASI AMIR TEMUR JASORAT VA JASURLIK RAMZI (@Detektiv_Alfraganus) Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlanadi


IJOD BEKATI 4-son 2024-yil 9-aprel 2 Alfraganus vorislari TA’LIM - ZAMONAVIY, TARBIYA - SHARQONA Buyuk bobom! Tiriklikda tinmadi hech yarogʻingiz, Boʻlib yurtim ardog’iyu qarogʻi Siz. Xalqingizni tinchligini o’yladingiz. Buyuklarning buyukrog’i Sizdir bobo. Mash’aladir Siz qoldirgan tuzuklar ham, Qudratingiz bilar bu kun butun olam, She’r yozmoqchun qo’llarimga tutdim qalam, Buyuklarning buyukrog’i Sizdir bobo, Taʼrif aytdi nomingizga Xilda Xumer, "Yetti iqlim hukmroni",- bebaho der, Siz olamga dong’i ketgan, yengilmas sher, Buyuklarning buyukrog’i Sizdir bobo. Xojiyeva Muxlisa Abdumansur qizi - Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi, 1- bosqich talabasi (Toshkent viloyati) Amir Temur xotiramizda! Adolatni meros qildi bizga Temur, Avlodlarga g‘urur bo‘lib otdi tomir, Biz yoshlarga hammasidan sharaflidir, Bu dunyoda Temurga xos ko‘rmoq umr. Ozodlikni doimo imkon deb bilib, Elga yomonlik qilsa bag‘rini tilib, Ezguliklar yo‘lida kurashib tolib, Adolat-la Temurga xos ko‘rsak umr. Necha yillar o‘tmoqdaki nomi o‘chmaydi, Ilk bor qo‘ygan tamal toshi aslo ko‘chmaydi, Adolati bo‘lmagan yurt biling tinch emas Hatto u yurt osmonida qushlar uchmaydi. Qadrlasak, kamdir tinchlik qurganlarini, Birlashtirmoq tomon yuzin burganlarini, Ming asrlar o‘tsa hamki xotiralaymiz, Temur bo’lib, safda oldin bo’lganlarini. Yuldasheva Nigora Sodiqjon qizi - Pedagogika fakulteti talabasi, “She’riyat shaydolari’ klubi koordinatori (Namangan viloyati) Temur qilichidek so’zlaring bo’lsin! Yaxshilikni ko’rar ko’zlaring bo’lsin, Temur qilichidek so’zlaring bo’lsin, Adolat mash’alin balandroq ko’tar, Ortingdan faxrli izlaring bo’lsin. Temurdek bir so’z bo’l, yengilma sira, Adolatli qalblar bo’lmagay xira, Sen shunday yashagin, sinov dunyoda, Asrlar o’tsada yashar xotira. Temurning qoni bor bilagimizda, Ona jasorat bor yuragimizda, Bibixonim kabi mardona bo’lsak, Temurdek shiddat bor tilagamizda. Adolat mayog’in ko’tarib baland, Buyuk kelajakka boramiz dadil, Ona qizingizga ishoning doim, Mashhurangiz Temurdan zamonga vakil. Yuldasheva Mashhura Jo’rabek qizi - Iqtisodiyot fakulteti talabasi, “Talabalar parlamenti” klubi koordinatori (Xorazm viloyati) Men Temuriylar qizi Siz menga o’rgatmang qanday yashashni, Olamga jasorat nur bag’ishlashni, Va yana o’rgatmang kimga o’xshashni, Men Temuriylar qizi, Temur qiziman. Siz menga o’rgatmang zafar quchishni, Omad osmonida yelib, uchishni, Bilsangiz ko’rasiz agar kutishni, Men Temuriylar qizi, Temur qiziman. Siz menga o’rgatmang tarix yo bugun, Ajdodlarim hayot hamon men uchun, Ularning me’rosi ko’rsatar kuchin, Men Temuriylar qizi, Temur qiziman. Xaydarova Zumrad Ergash qizi - Filologiya fakulteti talabasi, “Shaxsiy rivojlanish” klubi bosh kordinatori (Toshkent shahri) Temur izida bizmiz! Temur so’zida bizmiz, Temur izida bizmiz, Qancha buyuklar bo’lsa, Ular izida bizmiz. Dunyo maydonida biz, Marra karvonida biz, Alfraganus yoshlari, Yutuq ayvonida biz. Qayda baxt bo’lsa shu biz, Qayda ahd bo’lsa shu biz, Alfraganus yoshlari, Omad osmonida biz. Isroilova Durdona Muzaffarovna - Alfraganus univeristeti talabasi, “Talaba qizlar’ minbari bosh koordinatori (Andijon viloyati) Temur kabi mard bo’l do’st! Bir so’z bol, bir ahd bo’l do’st, Temur kabi mard bo’l do’st, Maqsad qilsang olg’a bor, Temur kabi mard bo’l do’st! Lochinman deb kerilma, Burgutga ham egilma, Mol dunyoga berilma, Temur kabi mard bo’l do’st! Kutma omad kelishin, Quvonch senga yelishin, Avval bajar el ishin, Temur kabi mard bo’l do’st! Nafasov Temurbek Urol o’g’li - Alfraganus univeristeti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi, “AFU faollari” klubi rahbari (Qashqadaryo viloyati)


3 Tashabbus 4-son 2024-yil 9-aprel Alfraganus vorislari TALABALAR GAZETASI UNIVERSITET TASHABBUSLARI Alfraganus universiteti tomonidan har yili fevral oyida “AlFarg’oniy esdalik ko’krak nishoni” hamda “Ahmad al - Farg’oniy stipendiyasi” berilishi an’anaga aylantirildi. Aziz talabalar, Siz ham sovrindor bo’lishni istasangiz, a’lochi va faol bo’ling. NOTIQLIK IQTIDORMI? Men universitet talabalari uchun “Notiqlik kursi”ni tashkil qilganman. Hamma ham notiq bo’la oladi, u alohida iqtidor emas. Agar Siz gapira olsangiz demak notiq ham bo’la olasiz. O’zim qanday qilib omma oldida erkin so’zlashni o’rgandim? Buning uchun kechalari ko’p kitob o’qidim. Turli tadbirlarda minbarga ko’tarilishdan, so’z olishdan qo’rqmadim. Boshida menda ham qo’rquvlar va hayajonlar bo’lgan. Ammo hammasini tajriba o’zgartirdi. Tajriba bu bitta ishni qayta-qayta qilish natijasida erishiladigan yutuq. Men ustozlarimning ma’ruzalarini yozib olib qayta-qayta eshitar edim. Qayerda va qanday gapirayotganiga, o’zini tutishiga, ovoz tempiga alohida e’tibor berar edim. Muntazam shug’ullangan odam, albatta, yaxshi gapira oladi. Aziz mushtariylar, men quyida Sizlarga o’z tajribalarimdan kelib chiqib, bir necha tavsiyalarni berib o’taman. Nutqdagi mahorat: Har bir tafsilot muhim ahamiyatga ega. Ritorikani o'zlashtirganingizda, birinchi navbatda diksiyangizni yaxshilash kerakligini eslashga harakat qiling. Agar suhbat davomida siz so'zlarning ko'pini yutib yuborgan bo'lsangiz yoki atrofingizdagi odamlar aytganingizni tushunmasa, unda siz aniqlik va diksiyani yaxshilashga harakat qilishingiz, notiqlik mahorati ustida ishlashingiz kerak; O’rganish: Go'zal va to'g'ri gapira olmaydigan muvaffaqiyatli odamni tasavvur qilishning iloji yo'q. Biroq, tug'ma ma'ruzachilar kam. Ko'pchilik shunchaki gapirishni o'rganishi kerak, bu birinchi qarashda ko'rinadigan darajada qiyin emas; Nutq bilan rasm chizish: Portret fransuz tilidan olingan (portret) soʻz boʻlib, “tasvirlash” degan maʼnoni anglatadi. Portret janri - bir kishining, shuningdek, ikki yoki uch kishidan iborat guruhning tasvirini tuval yoki qog'oz varag'iga o'tkazishga bag'ishlangan tasviriy san'at turi. Siz biror odam yoki biror holatni tasvirlaganizda uni boshqalar tasavvuriga chizayotgan bo’lasiz. Mohir rassom bo’ling; Ritorika: Qadimgi Yunonistonda notiqlik qobiliyati san'at hisoblangan. Biroq, tasniflash asosan faqat qizil so'z, she'r va aktyorlik o'rtasida amalga oshirildi. Ritorika, eng avvalo, so‘z va she’riyat, nasr va notiqlik ilmi sifatida talqin qilingan. Notiq ham shoir, ham so‘z ustasi. Antik davrda ritorika o‘rgatilgan. Notiqlar nutqining ifodaliligini oshirish maqsadida, asosan, faqat she'riy usullarga murojaat qilganlar. Bugungi kunda nutq janri o'z funksiyasiga mos keladigan aloqa sohasiga qarab belgilanadi: aloqa, aloqa va ta'sir. Biz notiq bo’lish uchun quyidagi asosiy uchta jihatga e’tibor berishimiz kerak. 1.Muntazam mutolaa (ovozni chiqarib kitob o’qish); 2.O’z-o’zini tomosha qilib nutq so’zlash; 3.Omma oldida ko’p nutq so’zlash; Men ushbu omillar sabab o’zimni ko’plab imkoniyatlarimni ocha oldim va buni tengdoshlarimga bo’lishib kelmoqdaman. Alfraganus universiteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi, sirtqi ta`lim shakli talabasi Qurbonov Sherzodbek Ulug`bekovich (Andijon viloyati) EXCLUSIVE UCHRASHUV “Markaziy studiya” loyihasi rahbari, 10 ga yaqin TV, Youtube va instagram loyihalari muallifi, 10 yildan ortiq tajribaga ega jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, dunyoning 10 ga yaqin media-tizimlari bilan hamkorlik o’rnata olgan teleboshlovchi, prodyuser Sarvar Bahodir ishtirokida Alfraganus universiteti “Qiziqarli o’yinlar” klubi, Matbuot bo’limi, Filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Internetda OAV biznesi: jurnalistikada onlayn daromad” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. “ZAMONAVIY MEDIANING O’TKIR TALABLARI: MUAMMO VA YUTUQLAR” Ma’lumki, Alfraganus universiteti media sohasiga e’tibori, matbuot xizmatining yangiliklarga chanqoqligi, zamon bilan hamnafasligi, kreativ va ijodiy faoliyati bilan tizimda bo’y ko’rsatib kelmoqda. Ayniqsa bu jarayonda universitetning jurnalistika yo’nalishi talabalari hamda media sohasiga qiziquvchi boshqa yo’nalish talabalari uchun olib borilayotgan tizimli loyihalari samarali bo’lmoqda. Jumladan, matbuot xizmati tomonidan taniqli jurnalistlar, blogerlar, televideniye va radio boshlovchilar, suxandonlar, matbuot nashri vakillari, turli tashkilotlarning matbuot kotiblari bilan muntazam hamkorlik aloqalari o’rnatilgani ahamiyatli bo’lmoqda. Bundan tashqari, talabalar uchun tashkil etib borilayotgan uchrashuv, suhbat, trening, matbuot konferensiyalarining an’anaga aylantirilgani quvonarlidir. Bugun shunday uchrashuvlarning biri “Mening yurtim” telekanali boshlovchisi, “Markaziy Osiyoning eng yaxshi teleboshlovchisi” nominatsiyasi g’olibi, rejissyor, prodyuser, “Oltin qalam”, “Oltin kabutar”, “MY awards”, “Tahsin” mukofotlari sohibi, “Yoshlar e’tirofi mukofoti”, “O’zbekiston belgisi” nishoni sovrindori Amirxon Umarov bilan tashkil etildi. Uchrashuv “Zamonaviy medianing o’tkir talablari: muammo va yutuqlar” mavzusida tashkil etilgan bo’lib, unda ayni zamonda jurnalist va shu soha vakilidan talab etiladigan jihatlar hamda yangiliklar oqimini boshqarish, bo’lajak jurnalistlarda tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish, xolis yondashuv, sohaning daromadli yo’nalishlarini aniqlash va anglash kabi turli masalalar o’rtaga tashlandi. Bundan tashqari, Amirxon Umarov o’zining amaliy tajribalari doirasida butun dunyoda yangiliklarni kim yoki qaysi axborot agentligi birinchi yoritgani juda muhim ahamiyat kasb etishi, axborot vakuumi bo‘sh qolmasligi, yangiliklar ham tijorat mahsuli va uning ham o‘ziga yarasha bozori mavjud ekanligi, jurnalistikaning va axborot almashishning qonun-qoidalari,OAV vakilining siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga eng avvalo o‘zi baho bera olishi, tafsilotlarini xolisona keng ommaga yetkaza olishi, ko’nikma va ustoz-shogird tizimidan foydalanish bo’yicha ko’plab amaliy tavsiyalarini berib o’tdi. Uchrashuv savol-javob shaklida qizg’in olib borildi. Shundan so’ng, “Mening yurtim” telekanali hamda Amirxon Umarovning mualliflik dasturlari haqida, ularning ahamiyati, moddiy va ma`naviy salmog’i, unda Alfraganus universiteti talabalarining ishtiroki, universitet bilan hamkorlikdagi yangi loyiha “Intellektual shou” dasturining o’ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’lumot o’rnida aytish o’rinliki, Alfraganus universiteti 2022-2023- o’quv yilida “Mening yurtim” telekanali hamda bevosita Amirxon Umarov bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan edi. Uchrashuv davomida ushbu hamkorlik aloqalarining samarali jihatlari, olib borilgan ishlar, reklama uchun tanlangan yo’nalishlar tahlil qilinib, yutuq va kamchiliklar haqida ham fikrlar almashildi. Yakunda yangi o’quv yili uchun hamkorlik bitimi imzolandi.


Universitet hayoti 4 Alfraganus vorislari TALABALAR GAZETASI 4-son 2024-yil 9-aprel Alfraganus universiteti “Talabalar parlamenti” klubi tomonidan “Men ham hokim bo’laman” taqdimotlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovning 1-onlayn bosqichida 50 nafardan ortiq, ikkinchi bosqichida 9 nafar, finalda 6 nafar talabalar ishtirok etdilar. 1- o’rinni Aynura Shaharshamova, 2-o’rinni Xasan Ziyodullayev, 3-o’rinni esa Diyora Hayitovalar egalladi. Universitetimiz zamonaviy ta’limdan tashqari sharqona tarbiyaning ham tarafdoridir. Shu sababli klub rahbarlari hamda faol talabalar birlashib Navro’z bayrami an’analariga xos tarzda hashar tashkil etdilar. Toshkent shahrida joylashgan “Qalliq ota qabristoni”da obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shundan so’ng, Astrobod mahallasida yashovchi yolg’iz, yakka, keksalar bor xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. “Universitet malikasi” tanlovini fakultet bosqichlari yakuniga yetdi. G’olib bo’lgan talaba qizlar universitet bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Alfraganus universiteti “Supper zakovat” klubi tashabbusi bilan universitet birinchiligi uchun zakovat o’yinlari tashkil etildi. O’yinda dastlab 60 ta jamoa qatnashgan bo’lsa, yarim finalda 30 ta, finalda esa 9 ta jamoa qatnashdi. Finalda “Farrux G'ofurov” jamosi g’olib deb topildi. Ikkinchi tur Turizm fakultetidan boshlanishi ma’lum qilindi. Alfraganus universiteti klub rahbarlari har yilgi an’anani davom ettirib ulug’ oyda hadyalar tarqatmoqda. Ushbu jarayon bir oy davom etadi. Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti SIRTQI TA’LIM shakli talabalari uchun fakultet dekanati tashabbusi va “Talabalar parlamenti” klubi hamkorligida “Ijtimoiy-siyosiy faollik bilan jamiyat uchun ko’makchi bo’lamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o’rinbosari Murodov Nodirbek Oybekovich ishtirok etdi va talabalarga Yoshlar parlamenti, partiyaning “Yoshlar qanoti” faoliyati haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Xalqaro hamkorlik Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov rahbarligidagi delegatsiya Amerika Qo`shma Shtatlarining Mayami shahrida Comparative and International Education Society tashkiloti tomonidan o`tkazilayotgan 68-Xalqaro konferensiya va Ta'lim ko`rgazmasida ishtirok etmoqdalar. Mazkur xalqaro konferensiyaga dunyoning ko`plab davlatlaridan minglab ekspertlar, joriy yil ham 4 ming nafardan ortiq olimlar, akademik personallar hamda biznes vakillari, Oliy ta`lim sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassis va martabali mehmonlar qatori, bu yil Alfraganus universiteti vakillari ham taklif qilingan. Unda, universitetimiz faoliyatiga qiziqish bildirgan qator xalqaro tashkilotlar bilan o`tkazilgan muzokaralardan so`ng kelgusida hamkorlik qilish uchun o`zaro kelishuvlar belgilab olindi. Mayamining “HYATT REGENCY MIAMI” mehmonxonasida o`tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida ta`lim tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun mo`ljallangan ko`rgazma ham tashkil qilingan va unda Alfraganus universitetini namoyon qiluvchi stendlar o`rnatilgan maxsus joy ham ajratilgan. Alfraganus universiteti haqida New York shahri, Manhattan, Times Square maydonidagi katta ekranda rolik namoyish etildi. Muassis: «Alfraganus university» Mas’uliyati cheklangan jamiyati Gazeta 2023-yil 4-maydagi O’zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 079032 raqamli guvohnomasi asosida Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori qoraqamish ko’chasi, 2a-uy. 1-bino, 2-qavat, 214- xona Adadi: 1000 dona. Murojaat uchun ishonch telefoni: +99891-172-58-68 Maktub yoki maqola yuborish uchun pochta manzili: info@alfraganusuniversity. uz Tahrir hay'ati: Nozim Muminov Shukrullo Anvarov Ozod Kuliev Xushvaqt Doniyorov Ziyodullo Raxmatillaev Ijodiy guruh: Mo'minjon Xo'jaev Kamola Abduvalieva Doniyor Tillayev Munojot Akbarova Vohidjon Solijonov Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.


Click to View FlipBook Version