The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-08-10 08:52:20

35-son

35-son

ISSN 2010-6734 № 35 (2496) 2023-yil 10-avgust, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Buyuk o‘zgarishlarni quchgan Vatan GIDLAR SAYYOHLARGA NIMALAR HAQIDA SO‘ZLASHMOQDA? Bugungi kunda O‘zbekistonda turizmni Dolzarb mavzu rivojlantirish uchun jadal islohotlar olib borilmoqda va buning samarasi sezilmoqda. Xorijdan kelgan mehmonlarda yurtimiz haqida ijobiy taassurot qoldirish va ularda yana yurtimizda mehmon bo‘lib kelish istagini uyg’otish ko‘p jihatdan gid-tarjimonlarimizga bog‘liq. Gidlar xorijlik mehmonlarga tariximiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz haqidagi ma’lumotlarni ishonchli va jozibali qilib yetkazishlari zarur. Shu sababli gidlarga ulkan mas’uliyat yuklatilgan va ulardan chuqur bilim talab etiladi. Xorijliklar yurtimizga sayohatga kelganlarida, birinchi navbatda qadimiy Xiva, Buxoro, Shahrisabz va Samarqand shaharlariga tashrif buyurishlari hamda bu shaharlar tarixi va buguni bilan qiziqishlari hech kimga sir emas. Zero, Rimdan yoshi ulug‘ bo‘lgan Samarqand shahri yurtimizning asosiy sayyohlik markazi hisoblanadi. Shu sababli shahrimiz gidlari faoliyatini o‘rganishga qaror qildik. O‘rganish jarayonida gidlarimiz bizda ko‘plab ijobiy taassurotlar qoldirishdi. E’tiborli jihati shundaki, shahrimizdagi aksariyat gidlar rus, ingliz, nemis, fransuz va boshqa bir nechta xorijiy tillarni mukammal egallashgan. Ular mehmonlar bilan bemalol muloqotga kirishib, sayyohlarni o‘zlariga jalb qilishning uddasidan chiqishmoqda. Bundan tashqari, ular shahrimiz o‘tmishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar va shaxslar haqida iloji boricha obyektiv va ishonchli ma’lumotlar berishga harakat qilishlari, albatta, quvonarli holat. Biroq ish bor joyda kamchilik ham bo‘lganligi sababli, kuzatuvimiz chog‘ida ba’zi dilni xira etuvchi, yolg‘on, tarixiy asosga ega bo‘lmagan yoki bahsli hisoblangan ma’lumotlar sayyohlarga so‘zlab berilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ular sayyohlarni shahrimiz tarixi bilan tanishtirishar ekan, albatta, qadimiy shahar o‘rni hisoblanmish Afrosiyob xarobalari haqida hikoya qilishadi. Afrosiyob haqida gapirilganda, gidlar uning juda qadimiy shahar sifatida Xitoy, Hindiston, Eron kabi davlatlar bilan savdo va madaniy aloqalarga ega bo‘lganini so‘zlaydilar. “Afrosiyob” so‘zining tarjimasi haqida gidlar odatda bu so‘z forschadan olingan bo‘lib, “qora suv” ma’nosiga ega ekanligini ta’kidlashadi. Biroq, tarixiy manbaalarda “Afrosiyob” atamasi faqat keying davr — XVII asrdan qo‘llanila boshlagani, ungacha bu qadimiy shahar qanday atalgani haqida hech bir ma’lumot keltirishmadi. Shahrimiz nomi qadimiy manbaalarda (Beruniy, Koshg‘ariy hamda Bobur asarlarida) Semizkent (turk.), Samarakanve (sug‘d.), Marokanda (yun.) deb keltirilgani tilga olinmagani juda hayratlanarlidir. Qadimdan O‘zbekiston hududi, ayniqsa Samarqandda ko‘plab millat va ellatlar hamjihatlikda yashab kelgani barchamizga ma’lum. Shu sababli, You tube tarmog‘ida kuzatganimizda, olti yil ilgari chiqarilgan Samarqand haqidagi videoda bir gidning mutlaqo subyektiv nuqtai nazardan aytilgan va ilmiy asoslanmagan, yolg‘on fikrlari bizni hayron qoldirdi. Bu gidning fikriga ko‘ra, makedoniyalik Aleksandr Samarqandni zabt etgandan so‘ng, fors va yunon millatlari assimilyatsiyasi sodir bo‘lgan va buning natijasida moviy ko‘zli va malla sochli toza qonli bir xalq — tojiklar vujudga kelgan. Uning fikricha, haqiqiy tojiklarning ko‘zlari moviy, sochlari malla bo‘larkan. Fikrimizcha, birodar tojik xalqiga nisbatan bunday gaplarni aytish kamida odobsizlik, jiddiyroq qaralsa irqiy ajratish va haqorat hisoblanadi. Sababi tojik millatining ham o‘zbek millatining ham orasida moviy ko‘zli, malla sochlilari, qora sochli va qora ko‘zlilari bor. Bundan tashqari, uning fikriga ko‘ra, Turkiston o‘z xohishi bilan Chor Rossiyasi tarkibiga kirgan emish. Buxoro amirining taklifi va iltimosiga binoan rus imperatori Turkistonni Chor Rossiyasi tarkibiga qo‘shib olgan ekan. Shu bilan birga o‘sha gid Sobiq Ittifoq targ‘ibotchilari tomonidan o‘ylab topilgan va targ‘ib qilingan Bibixonim va me’mor haqidagi afsonani ham sayyohlarga zavq bilan so‘zlab berdi. Afsus bilan ta’kidlash joizki, hech bir tarixiy asosga ega bo‘lmagan bu afsona bugungi kunda ham ayrim gidlar tomonidan sayyohlarga aytilayotganligi ajdodlarimizga nisbatan behurmatlikdir. Ehtimol, olti yil oldin aytilgan bu fikrlarga shuncha yildan so‘ng e’tiroz bildirish noo‘rindek tuyulishi mumkin, biroq “internet hech narsani unutmaydi”, degan tushuncha bekorga paydo bo‘lmagan. O‘zbekistonga kelishni istovchi sayyoh, yurtimiz haqida ma’lumot olishni istab You Tube tarmog‘iga so‘rov bersa, ushbu video birinchilardan bo‘lib chiqib keladi. Oqibatda hali yurtimizga kelib ulgurmagan sayyohda yurtimiz haqida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Ilmiy tasdiqlanmagan va hatto ilmiy nazariyaga ham ega bo‘lmagan bunday irqchilikka, ayirmachilikka yaqin gaplarni aytishi va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishi qanchalik to‘g‘ri ekan? Milliy faxrimiz bo‘lgan Amir Temur va Temuriylarga oid ma’lumotlar taqdim etilayotganda ham ayrim gidlar tomonidan bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotganiga guvoh bo‘ldik. Amir Temur g‘arbda "Tamerlan" nomi bilan mashhurligi hech kimga sir emas albatta, bu nomning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi “Oqsoq Temur” ekanligini ham ko‘pchilik biladi. Amir Temur jangda bir oyog‘idan yaralanib, oqsoqlanib qolgani, shundan so‘ng bobomizning dushmanlari Temur lang, deb atashgani ham barchaga ma’lum. Afsuski, ayrim gidlarimiz negadir Amir Temur bobomizga nisbatan Amir Temur yoki Temurbek deb emas, aynan Tamerlan nomini qo‘llashmoqda. To‘g‘ri, xorijliklar uchun Tamerlan nomi qulayroq eshitilishi mumkindir, biroq nega biz buyuk ajdodimizni yot jamiyat vakillariga qulay bo‘lgan nom bilan atashimiz kerak? Nega biz ular ongiga buyuk bobomizning haqiqiy ismini singdirish o‘rniga, ular bizga bobomizning haqoratli laqabini singdirishmoqda? Amir Temur maqbarasini gidsiz yolg‘iz o‘zi aylanib, videoga olayotgan bir rus sayyohi bilan suhbatlashdim. Qariyb chorak soatlik suhbatimiz davomida sayyoh biron marta bobomiz nomini Tamerlan, deb atamadi. U bobomiz nomini necha marta tilga olgan bo‘lsa har safar Amir Temur nomi bilan atadi, hatto shunchaki Temur ham demadi. Buyuk bobomizni sayyohlarga o‘zimiz Tamerlan, deb ko‘rsatib, o‘zimizni o‘zimiz sharmanda qilmayapmizmikin? (Davomi 2-sahifada) “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN: I. Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi 2023-yilning 10-avgust kuni soat 12:00 da shahar hokimligining majlislar zalida chaqirilsin. II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: 1. Shahar hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinovning Samarqand shahrining yangi ishlab chiqilgan bosh rejasi tasdiqlangunga qadar shahar hududida yangi ko‘p xonadonli turar-joy binolari qurilishiga taqiq (moratoriy) kiritish to‘g‘risidagi hisoboti; 2. Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida; 3. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida; 4. Sektor rahbarlarining hududlarda aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risidagi hisoboti; 5. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida; 6. Boshqa masalalar. III. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin. Shahar hokimi F. UMAROV 2023-yil 4-avgust Shahar hokimining QARORI Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! Muharrir minbari Bu g‘alayonlardan ko‘zda tutilgan bosh maqsad — siyosiy erkinlik va mustaqillik edi. Boltiqbo‘yi davlatlarida Qizil imperiyaga qarshi oshkora chiqishlar avj oldi. Kavkazorti, Markaziy Osiyo davlatlarida esa qandaydir “jimlik” kuzatilardi. Ushbu holatni ayrim gij-gijlovchi kuchlar markaziy osiyoliklarning milliy g‘ururi pastligi bilan baholashardi. Ko‘p o‘tmay o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz, tojiklar ham o‘z noroziliklarini bildira boshlashdi. Aslida O‘zbekistonda mustaqillik uchun kurash bundan 110—120 yillar muqaddam jadid bobolarimiz tomonidan boshlanganligini tarix unutgani yo‘q. Ular orzu qilgan jamiyat va davlat salkam bir asrning nari-berisida yaratildi. O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib e’lon qilinganida Qizil imperiya rahbari M. Gorbachyov qanday jazavaga tushganligini eslaysizmi? U: “Bir davlatda bitta prezident bo‘ladi, ikkita bo‘lmaydi!” deya qat’iy talab qo‘ygandi. O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Islom Karimov bu iddaoga e’tibor ham bergani yo‘q. Shu tarzda mustaqillik uchun ilk qadam tashlangan edi o‘shanda. Mustaqillik urushda qon to‘kib qo‘lga kiritiladi, degan kaltabin siyosiy xulosa O‘zbekiston misolida o‘z tasdig‘ini topmadi. 32 yil muqaddam tinch, osoyishtalik ruhida, ammo, juda katta tashqi bosim ta’sirida mamlakat mustaqilligi e’lon qilindi. Mustaqillikning dastlabki qadamlari o‘nqir-cho‘nqirlikka, past-balandlikka duch keldi. Tashqi kuchlar mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muvozanatini izdan chiqarishning har qanday usullaridan foydalanishdi?! Azaldan qaror topgan, mustahkam ildizga ega bo‘lgan bag‘rikenglik va millatlararo do‘stlik rishtalarini parchalamoqchi bo‘lgan kuchlarning qilmishlari yodimizda. Prezident Sh. Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan qaytaqayta tanishar ekanman, yuqoridagi fikrlar va unga hamohang qarashlar xayolimda charx ura boshlaydi. Tarixan qisqa davr mobaynida dunyo xaritasida O‘zbekiston, degan mustaqil davlat paydo bo‘ldi. Bugunga kelib, bu mamlakat jo‘shqin taraqqiyot yo‘lini tanlagan, hur, erkin jamiyatni barpo etayotgan, eng muhimi, inson qadri-qimmati ulug‘lanayotgan, qonun ustuvorligi ta’minlanayotgan davlat sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Darhaqiqat, mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi islohotlar natijasida hayotning barcha jabhalarida buyuk ishlarga qo‘l urildi. Eng muhimi, irqi, millati, jinsi, diniy e’tiqodidan qat’i nazar har birimiz hur, ozod, to‘kin-sochin, yashaydigan davlat va jamiyat barpo etilmoqda. Oxirgi yillar barcha jabhalarda taraqqiyot yo‘lining umuminsoniy yo‘nalishini tanlaganimizni isbotlab turibdi. Shu yilning o‘zida referendum o‘tkazib, yangilik va o‘zgartirishlar kiritilgan Konstitusiyamizning qabul qilinishi, Prezident saylovining muddatidan avval o‘tkazilishi bilan bog‘liq muhim siyosiy jarayonlar xalqimiz qanday yo‘lni tanlaganini ko‘rsatmoqda. Mamlakatni taraqqiy topgan davlatlar qatorida ko‘rish — bugun olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar kamoloti uchun yaratilayotgan beqiyos sharoitlar, aholi o‘rtasida ijtimoiy tabaqalanishga barham berish maqsadida tashkil etilgan turli “daftar”lar, xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan oqilona siyosat, qo‘shnilar bilan bordi-keldi udumlarining tiklanishi, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi hayotga keng joriy etilayotganligi ... singari siz va bizning hayotimizga ijobiy ta’sir etayotgan islohotlar ko‘lami tobora kengaymoqda. Yangi O‘zbekiston va uning fuqarolari oldida bugungidanda, farovon va to‘kin hayot kechirish uchun, bilim olish, malaka va tajribani hayotning barcha jabhalarida o‘z yo‘nalishida qo‘llash tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish bosh maqsad hisoblanadi. Har yili mamlakatimizda Mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Bu yilgi bayram tadbirlari ham o‘tgan yillardagidan o‘zining ma’no va maqsadi bilan ajralib turishini his etish mumkin. Prezidentimizning qarorida ham ana shu jihat alohida hisobga olingan. “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani ifodalagan bayram tantanalarini joylarda yurtdoshlarimizning talab va istaklari asosida nishonlanadi. Sho‘rolar mamlakati tanazzulga yuz tuta boshlagan o‘tgan asrning saksoninchi yillarida uning tarkibida bo‘lgan 15 ta “tizginli” davlatning har birida tuzumga qarshi goh oshkora, goh pinhona g‘alayonlar bo‘lib o‘tganligini ko‘pchilik yaxshi eslaydi.


2 2023-yil 10-avgust, payshanba, № 35 (2496) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Jamiyatni boshqaruvchi uch tizim Dolzarb mavzu Tasavvur qiling: 12 yillik, majburiy, umumiy, o‘rta, yetti tilda, bepul, tekin darsliklar bilan... Axir, bunaqa o‘g‘ir vaznli ta'lim tizimi manaman degan boy davlatning ham belini bukib qo‘yishi mumkin. Masalan, AQShdek qudratli davlatda ham darsliklar tekin ta rqa tilmaydi , mamlaka t ko‘pmillatli bo‘lishiga qaramay, davlat ta'lim muassasalarida darslar faqat bitta, ya'ni, ingliz tilida olib boriladi. Qolaversa, amerikaliklarning hammasi ham savodxon emas. Biroq bu AQShning taraqqiyotiga xalal bermayapti. To‘g‘ri, ommaviy savodxonlik xalqimizning ulkan tarixiy va ma'naviy yutug‘i, biroq bu qanchalik g‘alati tuyulmasin, bugunga kelib, mamlakatimiz ta'lim tizimida katta muammolarni paydo qilmoqda. Hozir bu borada yechimini kutayotgan eng dolzarb masala: o‘qituvchilar maoshi miqdorini oshirishdan iborat. Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usman Sharifxodjayev muxbirlar savoliga javob bera turib, o‘qituvchilarning oyligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun davlat budjetining imkoni yetmasligi haqida ochiq aytdi. Agar faqat maktab o‘qituvchilarining oyliklariga bir million so‘mdan qo‘shilgan taqdirda ham budjetga har yili qo‘shimcha besh trillion so‘m zarur bo‘lar ekan. Endi shu joyda bir necha savollar paydo bo‘ladi: xo‘sh, shunday ekan, davlat ta'lim tizimini buncha "semirtirib" yuborishning nima keragi bor edi? Ushbu hangomalardan keyin kechinmalarini yashirmasdan, bejamasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali izhor qilgan bir o‘qituvchining fikrini eshiting: "To‘g‘risi, o‘qituvchiga oid yangi qaror chiqqani haqida eshitsam, bee'tibor bo‘lishga o‘rganib qoldim... Bilaman, baribir olamshumul o‘zgarish sodir bo‘lmasligini... Hammasiga qo‘l siltab, jimgina, boriga shukur qilib, maoshga yarasha ishlashga o‘rgandim..." Muallimning istehzo aralash yozgan ushbu bitiklari ostida juda katta hayot haqiqatini ko‘rish mumkin. Domla A. Quvvatovning qo‘ygan muammolarining yechimi ana shu to‘rt og‘iz gapda to‘liq ko‘rsatib berilgan. Ya'ni, mehnatimizga loyiq haq bermasangiz, shukur qilib, bergan maoshingizga yarasha ishlayveramiz, deyishmoqda. Albatta, bu fikrlarni bir tomonlama tushunmaslik kerak. Muallimlarimiz orasida bilimlarini shogirdlariga, shunchaki, tekinga bo‘lsa jam astoydil o‘rgatib kelayotgan fidoyi ustozlar kam emas. Ammo bundaylar juda ozchilikni tashkil qiladi. Ulardan birini yaxshi bilaman. Ko‘p yillardan buyon yoshlarga fizika fanidan saboq berib kelayotgan mahoratli ustoz. U kishi shunday yozibdi: "Bolalarim o‘qituvchi bo‘lishga rozi bo‘lishmadi. Menimcha, nevaralarim, evaralarim va hatto chevaralarim ham rozi bo‘lishmasa kerak". Bir paytlar bolalarimiz izimizdan borishini biz ham istaganmiz. Ammo ular taklifimizni bitta javob bilan yerda qoldirishgan: "Otajon, agar o‘qituvchi oilasida tug‘ilmaganimizda, balki, pedinstitutga o‘qishga borishimiz mumkin edi. Ammo sizning mashaqqatlaringizni ko‘rib turib ham shu kasbni tanlay olmaymiz, bizni keyinchalik baribir kechirasiz, deb o‘ylaymiz". Ular bunda birorta yangi velosiped minmaganlari, maktabga bir-birlarining kiyimlarini almashib kiyib borganlari, qozonimiz haftalab go‘sht ko‘rmagani, tirikchilik vajidan men bilan qo‘shilib bozorda tong or t tirganlari haqida , albatta, aytishmaydi. Ammo buni men aytmaslaridan turib, ko‘zlaridan uqib olaman. D oml a q al am g a ol g an muammolarning tub ildizi ana shu zamindan oziqlanmoqda. Xo‘p, endi zamin unumsiz ekanligi ko‘rinib qoldi. Rahbariyatning keyingi faoliyati ham kishini rosa taajjublantirayapti. Birgina ularning vazirlik nomini o‘zgartirishlari respublika maktablari uchun milliardmilliard so‘mlik xarajatga sabab bo‘ldi. Muhr va shtamplar, peshlavhalar, ustav va nizomlarni yangilash uchun qancha mablag‘ sarflanganini ta'lim tashkilotlari, maktablar, bog‘chalar rahbarlaridan bir so‘rab ko‘ring. Mamlakatimiz uchun naqd pul shunchalik zarur bo‘lib turgan bir paytda vazirlik nomini o‘zgartirishning nima zarurati bor edi? Bundan biror natija chiqsa-ku, yaxshi. Biroq xo‘ja ali ali xo‘ja ekanligiga hammamiz ham guvoh bo‘lib turibmiz. Ma'lumki, ko‘p yillardan buyon o‘qituvchilarning attestatsiya sinovlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Endi ular yana pul to‘lab milliy sertifikat olishga da'vat etilmoqda. Parallel sinovlarni joriy qilib ularni asosiy vazifalaridan chalg‘itishning yana nima keragi bor? Beradiganingni toifasi va ish stajiga qarab beraver, nima qilasan g‘alvani ko‘paytirib, deydigan biror kishi topilmayapti. Xullas, ta'lim tizimimizda aytgan bilan ado bo‘lmaydigan muammolar to‘planib qolgan. Xo‘sh, kundan kunga cho‘kib borayotgan ta'lim sohasi qaddini qayta tiklashi uchun nima qilish kerak? Ushbu eski savolga Prezidentimiz allaqachon javob topib, harakatni ham boshlab yubordilar. Viloyat va tuman markazlarida Prezident maktablari tashkil etilib, saralangan iqtidorli bolalarga mahoratli pedagoglar ta'lim-tarbiya berishyapti. Bu, albatta, yaxshi. Ammo markazlardan olisdagi chekka qishloqlarda yashaydigan iqtidorli bolalarga kim sifatli ta'lim beradi? Ishonch bilan aytish mumkinki, bu savolga hali hech kim javob berganicha yo‘q. Biz bir necha yillardan buyon qishloqlarda ham iqtidorli bolalar maktabini tashkil etish haqida takliflarimizni OAV orqali ilgari surib kelyapmiz. Afsuski, ular suvga tushgan toshdek nomnishonsiz ketmoqda. Bizning fikrimizcha, hokimlarimiz ham prezidentimizdan o‘rnak olib, qishloqlarda ham, yani bitta hududda joylashgan to‘qqiz-o‘nta qishloqqa bitta iqtidorli bolalar uchun maktab ochib bersalar ayni muddao bo‘lardi. Ta'lim islohini avvalo qishloq mak tablaridan boshlash kerak. Nega desangiz, markaziy shaharlarda sifatli ta'lim olish imkoniyatlari shundog‘am yetarli. Ta'lim si fatini yaxshilash qishloq maktablaridan boshlansa, asta-sekin o‘rta maxsus va oliy ta'lim ham o‘zini o‘nglab olsa, ajab emas. Xudoyberdi KOMILOV, faxriy pedagog Yangi ish kunini boshlash uchun stol ustidagi qog‘ozlarni tartibga solayotgan chog‘imda telefon jiringlab qoldi. — Tahririyatmi, — degan bepisandroq ovoz eshitildi narigi tomondan. Ochig‘i bu muomalayu munosabatdan bir oz ensam qotgandek bo‘lib: — Ha, to‘g‘ri topdingiz, tahririyatga tushdingiz, — deya javob qaytardim. — Unday bo‘lsa, kamina ...ning boshlig‘i, gazetalaringda maqolam chiqqan emish. Qaysi sonda, qaysi sahifada, qanday sarlavhada bosilgan ekan, shuni bilmoqchi edim. Taxlamni varaqlab, boshliqning maqolasini topdim-da, “topshirig‘i”ni bajardim. Nufuzli tashkilotning rahbari “zo‘r”, deb o‘zicha minnatdorchilik bildirdi. — ... jon ...ich, gazetaga obuna emasmisiz, o‘zi o‘qib turasizmi, — degan savol beixtiyor dilimdan tilimga chiqib ketganligini o‘zim ham sezmay qoldim. — E-e, bugungi tezkor zamonda vaqt sarflab gazeta o‘qishga imkoniyat yo‘q. Qolaversa, hamma joyni internet egallab olgan-ku! Bu “jo‘yali” javobdan “qoniqish” hosil qilib, bu rahbar bilan ushbu mavzuda gaplashish behuda ekanligini his qildim. Atrofimizda ana shunday ayrim rahbarlar, ul a rning bo sm a n a sh rl a rg a bo‘lg an munosabatini ko‘raverib “ko‘z” ham pishib ketdi! Negaki, matbuot nashridan ham, badiiy asardan ham, hatto, o‘z faoliyatiga doir ilmiy, tavsiyaviy adabiyotlardan ham bebahra qolayotganlar ko‘plab topiladi. Bunday rahbarlar qo‘l ostidagi mehnat jamoasida shakllangan va amal qilinayotgan ma’naviy, ma’rifiy holat qandayligi tezda ko‘z oldingizda namoyon bo‘ldi, menimcha. Tanish deputatlardan biri Xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalaridan birida o‘tkazilgan direktorlikka nomzod tanlash jarayonida duch kelgan ajabtovur holatni afsus bilan tilga oldi. — Maktab direktorligiga uch nafar nomzod tavsiya etilib, ularning siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va kasbiy mahorati hamda bilimlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi, — deydi suhbatdoshim. — Talabga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan nomzod direktorlikka saylanar edi. Bir payt nomzodlardan biri qarshimizga chiqib, o‘z dasturi bilan tanishtira boshladi. Meni nomzodning ma’naviy, ma’rifiy olami qay darajadaligi qiziqtirardi. Tabiiyki, nomzoddan oxirgi bor qaysi kitobni o‘qiganligi, qanday matbuot nashrlariga obuna bo‘lgani haqida so‘radim. Tanishimning kuyinib tilga olishicha, maktab direktorligiga da’vogar bu pedagog oxirgi bor qaysi kitobni o‘qiganligi xayolidan ko‘tarilganligi, gazetalarni esa o‘qishga vaqti yo‘qligini aytibdi! Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?! Yaqinda matbuotda “O‘zbekistonda milliy jurnalistikani rivojlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining I milliy ma’ruzasi” e’lon qilindi. Ma’ruzada milliy jurnalistikamizning barcha jabhalaridagi muammolari tahlil etilib, ularni hal etishning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Ma’ruzaning yuqorida tasvirlangan voqealarga qanday aloqasi bor, degan savol paydo bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish, his etish qiyin emas. Har ikki holatda ham ma’naviyat masalasi turibdi. Bosma nashrlarning o‘z mavqeini internet nashrlarga berib qo‘yganligi yolg‘on gap. Endi biron-bir yangilik, shov-shuv yo‘qki shu ondayoq ijtimoiy kanallar orqali “egasi”ni topmayotgan bo‘lsin! Kunora yoki haftada bir nashr etiladigan gazetada bunday tezlik yo‘q! Ammo markaziy nashrlarni varaqlaysizmi, tarmoq gazetalarini varaqlaysizmi, yoinki hududiy va mahalliy gazetalarga nazar tashlar ekansiz bir-biridan dolzarb maqolalarga, tesha tegmagan fikrlarga duch kelasiz. Ma’ruzada keltirilishicha 2016— 2023-yillarda gazetalar soni 691 tadan 632 taga tushibdi. Bu bizning jamiyat uchun sharmandali holatdir. Tan olaylik, bosma nashrlarimiz bugungi kun muammolarini tahlil etishda, o‘quvchiga ishonarli, jonli ma’lumotlarni yetkazishda imkoniyatlari cheklanganligi asosiy hollarda muassisning loqaydligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ma’naviyat, ma’rifat bobida jonkuyarlik, hozirjavoblik yetishmayotganligi sababli ayrim ma’naviy hayotdan oyog‘i uzilganlar uchun bu holat “asosli” bahonaga aylanib ketdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod Olimning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2023-yil 25-iyuldagi sonida chop etilgan “Qat’iy pozitsiyalar zarurati” sarlavhali maqolasida bu boradagi jiddiy muammolar tilga olinib, ularni hal etish mexanizmi haqida ta’sirchan fikrlar o‘rtaga tashlangan. Muallif ta’kidlashicha, jamiyatni uch muhim tizim — qonun, mafkura va ma’naviyat boshqaradi. Qonunlarni davlat qabul qiladi, milliy mafkura xalqniki hisoblanadi. Ma’naviyat esa ko‘p asrlik milliy va umuminsoniy qadriyatlarga suyanadi. Bu uch tizim bir-birini inkor etmasligi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, to‘ldirishi shart. Uch tizim hamkorligi esa vatandoshlarimizning yakdilligiga, qadriyat va ma’naviyatni mustahkamlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishiga bog‘liq. Quvondiq XALILOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Samarqand haqida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ma’lumotlarni to‘plashda davom etarkanmiz, bitta gid shov-shuvli ma’lumotni aytib qoldi. Uning fikriga ko‘ra, adola tparvar hukmdor va buyuk olim Mirzo Ulug‘bek xiyonatkor o‘g‘li Abdulatif tomonidan o‘ldirilmagan emish. Abdulatif tuhmatga qolib ketgan emish. Bu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini bilmaymiz. Biroq Alisher Navoiy va Mirzo Boburdan boshlab bugungi kun tarixchilariga qadar Mirzo Ulug‘bekni o‘ldirish buyrug‘i padarkush Abdulatif tomonidan berilganiga shubha qilishmaganini va bugungi kunda ham shubha qilishmayotganini bilamiz. S h u ni t a’ ki dl a b o‘ ti s h joizki, biz shahrimizdagi gidlar faoliyatini o‘rganganimizda n a f aq a t j oyl a rg a b o rdi k , b a l k i b u g u n g i h a y o t im i z n i n g ajralmas qismiga aylangan ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatdik va birbiridan qiziqarli videolarni tomosha qildik. 2022-yil tarmoqqa joylangan shunday videolardan birida, gid ayol O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi bo‘lgan Registon haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berdi. Biroq u negadir Shayboniyxonning qozoq millatiga mansub bo‘lganini ta’kidladi. Biz bu ma’lumotni tekshirish maqsadida m a n b a l a r n i o ‘ r g a n d i k . B i r o q Shayboniyxon qozoq bo‘lganligi to‘g‘risida birorta ham tarixiy manba va ma’lumot topmadik. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ham, internet saytlarida ham, tarixiy manbalarda ham uning qozoq emas , o‘zbek bo‘lganligini ko‘ rdik . U haqida Wikipediyada shunday ma’lumotlar k e l t i r i l g a n : “ O ‘ z b e k l a r x o n i , Shayboniylar sulolasi asoschisi va Buxoro xonligi xoni. Shoh Budog‘ning o‘g‘li, ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati asoschisi, Abulxayrxonning nabirasi”. Bir necha yildirki shahrimiz ziyolilari, Registon maydonidagi Sherdor va Tillakori madrasalarini qurdirgan ajoyib sarkarda va Samarqand hokimi Bahodir Yalangto‘shning millati o‘zbek, urug‘i olchin bo‘lganligi haqida bong urishmoqda va uni qozoq hisoblayotgan qardosh qozoq birodarlarimizga buni isbotlab ham berishdi. Manbalarga qa raydigan bo‘l sak , haqiqa tan ham qozoq birodarlarimiz nazarda tutayotgam ovul oqsoqoli — Bahadir Jalanto‘s Seyitquli uli va Samarqand hokimi bo‘lgan Bahodir Yalangto‘sh olchun boshqa-boshqa shaxslar ekanligi ilmiy isbotlangan. Manbalarga ko‘ra, Bahodir Yalangto‘sh o‘zbek millatining olchin urug‘idan bo‘lgan (Bu haqida bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan va gazetamizda ilmiy ommabop maqolalar e’lon qilingan). Biroq negadir gidtarjimon qiz hech o‘ylanmasdan Bahodir Yalangto‘shni ham qozoqqa chiqarib qo‘ymoqda. Bu bitganlarimiz kimlar u chundi r e ri sh tuyuli shi m um ki n . U s h b u t a ri xi y shaxslar o‘zbek yoki qozoq, deb ma’lumot berilibdi. Shu bilan nima, osmon uzilib yerga tushibdimi? Bu bilan tarixchi olimlar shug‘ullanishsinda, deguvchilar ham yo‘q emas. Ularga aytar gapimiz shu: yetar endi. Qizil imperiya iskanjasida shuncha vaqt o‘zligimizdan, tariximizdan, dinimiz va tilimizdan ayro y a s h a g a n i m i z . Ta r i x i y shaxslarimizni bu tariqa osonlikcha yolg‘on girdobiga tashlashimiz qanchalik to‘g‘ri? Gid-tarjimonlardan chuqur bilim olishni, o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va ma’rifati, tarixiy obidalari va tarixiy shaxslari haqida so‘zlayotganda e’tiborliroq va mas’uliyatliroq bo‘lishlarini so‘raymiz. S h u o‘ ri n d a t u ri zm s o h a si mas’ullari gid-tarjimonlarga litsenziya yoki sertifikat berishda o‘zgacha yondashishlari kerak, deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, gidlar faoliyatini tartibga solish zarur. Sayyohlarga shahrimiz haqida so‘zlayotgan gidlar o‘zlarining subyek tiv fikrlarini emas ilmiy asoslangan faktlarni, agar ma’lum bir tarixiy-ijtimoiy voqelikka nisbatan turli ilmiy qarashlar mavjud bo‘lsa, har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tishlari zarur. Bundan tashqari, shahrimiz gidlariga malakali tarix, filolog, san’atshunos va turizm sohasida faoliyat olib borayotgan, zamonaviy qarashlarga ega olim va mutaxassislar trening darslari o‘tishlari, maxsus o‘quv qo‘llanma va tavsiyanomalar, bukletlar ishlab chiqilishi, tarixga oid ma’lumotlarni rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borishlari zarur. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-“B” sinf o‘quvchisi Nilufar Mahmudova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bolalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish orqali ularning ma’naviy dunyosini boyitish, ijodiy faoliyatlarini kengaytirish, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovda ko‘plab o‘quvchilar o‘z insholari bilan qatnashdilar. Hakamlar hay’ati Nilufar Mahmudovaning inshosini eng yuqori o‘ringa munosib, deya baholadi. S. ABDURAHMONOVA Munosabat Xushxabar “Oqsayotgan” ma’naviyat "YOVVOYI" TA'LIM yoki taraqqiyot oyog‘idagi tushov GIDLAR SAYYOHLARGA NIMALAR HAQIDA SO‘ZLASHMOQDA? Maqolaga shunday deb sarlavha qo‘yganimga ba'zi o‘quvchilarimiz xafa bo‘lishlari, ta'limning ham "yovvoyisi" bo‘ladimi, degan o‘rinli savolni ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Ha, bo‘lar ekan. Yovvoyi o‘simliklar, jonzotlar bo‘lgani kabi madaniylashtirilmagan yovvoyi ta'lim tizimi ham bo‘ladi. Aytaylik, yovvoyi o‘simliklar ham hosil beradi, ammo ularning mevasi achchiq, bemaza va yo umuman ko‘zga ko‘rinmaydigan bo‘lishi ham mumkin. Shu ma'noda, domla A. Quvvatovning kuyinchaklik bilam yozilgan ta'lim tizimi haqidagi "Zarafshon" gazetasida chop etilgan "Chumchuqdan qo‘rqib tariq ekilmaydimi?" sarlavhali maqolasini o‘qib, ushbu fikrlar ko‘nglimdan o‘tdi. Haqiqatan ham bizdagi ta'lim tizimi xuddi yovvoyi o‘simlikka o‘xshab tarvaqaylab ketgan. Yoxud yerda qolgan takliflar Мусобиқаи мазкур барои бо варзиш ҷалб намудани сенатору намояндагони халқ, рушди варзиш ва оммавигардонии он хизмат мекунад. Бино ба натиҷаи мусобиқа, оид ба намуди варзиши волейбол ҷои якумро дастаи ноҳияи Булунғур, ҷои 2-юмро дастаи ноҳияи Пахтачӣ ва ҷои сеюмро дастаи ноҳияи Қӯшработ ба даст оварданд. Инчунин, оид ба варзиши бадминтон, ки миёни бонувон гузаронида шуд, Нигора Шодиева аз ноҳияи Каттақӯрғон ба ҷои 1, Насиба Алимова аз шаҳри Самарқанд ба ҷои 2 ва Севара Ҷумақулова аз ноҳияи Булунғур ба ҷои 3 лоиқ дониста шуданд. Ҷасурбек ШУКУРОВ Дирӯз миёни намояндагони Шӯрои вилоят, ноҳия ва шаҳри Самарқанд оид ба намудҳои варзиши волейбол ва бадминтон барои ҷоми Раиси сенати Олий Маҷлис марҳилаи вилоятии «Бозиҳои парламентӣ» оғоз ёфт. “Бозиҳои парламентӣ”: рӯзи якуми бозиҳо анҷом ёфт Nilufar — insholar tanlovining g‘olibi!


3 2023-yil 10-avgust, payshanba, № 35 (2496) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Ijodkorlar, o‘zingizni sinab ko‘ring! Шифохонаи табиат Ijodiy tanlov Ремесленничество Ko‘zgu В сердце Самарканда - ансамбле Регистан - в одной из худжр медресе Шердор находится мастерская резьбы по меди. Вокруг кипит жизнь, туристы покупают вещи, пока их дети беспечно играют во дворе медресе, а мастер-кандакор Джавохир Равшанов, словно не замечая никого, занимается гравировкой восточного орнамента на медном блюде. Тут мы и побеседовали с ним об искусстве резьбы по меди, о традициях самаркандской школы. — Джавохир, почему выбрали именно этот вид ремесла? Ведь вы могли бы стать резчиком по дереву, гончаром, ювелиром... — Я и был ювелиром и пришел в это ремесло, будучи неплохим мастером. Когда достиг определенного уровня в ювелирном деле, меня стал интересовать вопрос, могу ли я выбивать орнаменты на украшениях. И я решил научиться гравировке. Но через некоторое время оказался во власти этого искусства, это было то, что я искал на самом деле. Резьба по меди имеет очень древнюю историю. Медные изделия с чеканкой орнаментов, найденные в Ферганской долине, относятся еще к VI-V векам до нашей эры. Расцвет ремесла приходится на XV-XIV века. У нас в быту всегда широко использовали медные вещи. — А кто Ваш учитель? — Нутфулло Саидов. Кстати, это он возродил резьбу по меди в Самарканде. Так как после Октябрьской революции, с развитием промышленного производства бытовых металлических изделий, ремесло пришло в упадок. — Как проходит процесс ученичества? — Первые два года ученик лишь чертит узоры на бумаге, это основа. Он должен копировать уже готовые орнаменты. При этом категорически не разрешается использовать какие-то инструменты, например, линейку, циркуль, лекало и т. д. В таких условиях чертить достаточно сложно, ведь часто нужно рисовать лишь часть орнамента, так как данный фрагмент повторяется несколько раз, что образует круг, прямоугольник, овал. Так вот при повторении, допустим, четыре раза этого фрагмента, должен получиться полный круг. Если вы правильно все рассчитали, оно так и получается, если нет, куски ложатся друг на друга и выходят за рамки идеального круга. Орнамент традиционно разделяется на растительный – ислими, и геометрический – гирих. Это тоже целая школа. На втором этапе ученик начинает готовить медные вещи к резьбе. Лист латуни или меди режут на части, их по матрице вытачивает токарь. Ученик их обрабатывает. На третьем этапе подмастерье учится работать каламом – стальным карандашом (резцом) и молотком. Он должен держать калам под правильным углом, контролировать силу удара. Узор на готовую форму подноса мастер наносит с кальки с помощью каламов, оставляющих при прочерчивании след на металле. Прочеканив основные линии орнамента, мастер наносит фон уже штрихами, чтобы выделить узоры. Дальше используется техника чернения для подчеркивания узора на темном фоне. Затем предмет шлифуется, его поверхность полируется и покрывается металлическим лаком, от этого предмет не тускнеет. Есть при этом два направления. Первый характерен для Кокандской школы – это неглубокий чекан, он по времени древнее, второй – глубокий орнамент. Второй вид более характерен для Бухарской и Самаркандской школ. — Может ли мастер со временем придумывать какие-то свои узоры, орнаменты? — Да, но лишь в рамках канона, традиции. Вообще, в национальных ремеслах традиция имеет огромное значение. Утрата традиции, по существу, означает утрату самого искусства. Конечно, из-за введения новшества, может, и появится что-то, но это уже не относится к школе. Называть это национальным ремеслом уже нельзя. Поэтому мы и должны беречь традиции. Вообще, если подходить к вопросу более шире, философски, то традиция – это то, что связывает человека с его корнями. Оторвите дерево от корней, оно высохнет. — Кстати, о традициях. В последнее время я стал замечать в сувенирных лавках шкатулки с миниатюрами. Продавцы не скрывают, что эти изображения распечатаны с помощью компьютера. «Если хотите настоящую ручную работу, то они стоят дороже», объясняют они туристам. Честно говоря, становится грустно. Вы как относитесь к таким новшествам? — Недавно я услышал интересную историю. Один наш мастер побывал в Объединенных Арабских Эмиратах, Абу-Даби, на международной выставке национальных ремесел. Узнав, что он кандакор - резчик по металлу – ему с восхищением стали показывать один медный ляган с выбитым орнаментом. Он, посмотрев на этот ляган, сразу узнал свой почерк, свои узоры. Вернее, это был повтор его работы на 3D компьютере, сделанный в Египте. Ему восхваляли работу, а мастеру сначала стало смешно, а потом грустно. Ему вдруг стало страшно за дальнейшую судьбу древнего искусства резьбы по металлу. Зачем нужны школы, мастера, ученики, когда один человек может штамповать бесчисленное количество таких ляганов? Я разделяю этот страх мастера. Мы, ремесленники, должны бороться против лжеискусства, объяснять ученикам высокое назначение традиций, призывать их творить, твердо осваивать ремесло. Вы знаете, в чем еще прелесть ручной работы настоящего мастера? Мастер допускает ошибки, и в этом вся уникальность его творчества. Когда я осматривал вещи древних мастеров в музеях, замечал, что линии орнаментов иногда не совсем ровные, иногда выходят за рамки, замечал разную силу удара калама, молотка, я чувствовал дыхание мастера, его сердцебиение, мне словно открывались его мысли, чувства, переживания. Вот это настоящее искусство. А что дает душе неживое совершенство узоров, сделанных без единой ошибки на 3D компьютерах? Ровным счетом ничего. Мастера должны сделать все, чтобы оставить после себя учеников, передать им, то, что когда-то получили сами – традицию, искусство, сложившееся веками. — А у Вас есть ученики? — Не могу сказать, что я стал большим мастером. Я сам пока учусь. Конечно, у меня сейчас тоже учатся несколько подростков, стараюсь передать им трепетное отношение к нашим традициям. Беседовал Фуркат ТУРНИЯЗОВ. Фото Замиры Балтаевой. Bundan 5-6 yil muqaddam bi r yumushni bajarish uchun anchagina vaqt sarflardik, boz ustiga noxushliklarni ham boshimizdan kechirardik. Hamon yodimda, qo‘shnimiz poytaxtda o‘qiydigan farzandiga taksi orqali pul jo‘natib turardi. Pochta jo‘natish ham ana shu tarzda bajarilardi. Bir-ikki bor noinsof taksi haydovchilari omonatni egasiga yetkazmasdan g‘oyib bo‘lishgan edi. Bugungi kunda mamlakatimizning bir burchagidan narigi chekkasiga jo‘natma yuborish muammosi yo‘q. Hatto, chet elga ham bemalol jo‘natmalar yuborish mumkin. Ilg‘or texnologiyaning joriy etilishi, raqamli iqtisodiyot sari qadam tashlash, innovatsion g‘oyalar taraqqiyoti bilan endi kechagi muammolarni ba’zan kulib eslaymiz. Pul jo‘natish yoki narsalarni qabul qilish oddiy holatga aylandi. Qog‘ozbozlikning qisqarishi hamda hayotning barcha jabhalariga raqamlashgan texnologiyalarning kirib kelishi bizga ana shunday qulayliklar yaratdi. Savdo do‘konlaridan ma’qul mahsulotni masofaviy buyurtma orqali olishingiz mumkin. Ularning hammasi birdaniga, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu qulayliklar qancha mashaqqatlar, intellektual salohiyat, tafakkur va moliyaviy ta’minotlar mahsulidir. Ulardan oqilona, o‘z o‘rnida foydalanishni bilsak keng imkoniyatlar eshigi qarshimizda ochilaveradi. Zarifa UZOQOVA, O‘zJOKU talabasi Дар ҳамин бобат устодони филиали самарқандии Донишгоҳи давлатии аграрии Тошканд баробари таълими донишҷӯён ба корҳои илмӣ-тадқиқотӣ машғуланд. Онҳо дар соҳаҳои гуногуни кишоварзӣ навовариҳо ҷорӣ намуда, барои пешрафти соҳаи хоҷагии қишлоқ саҳм мегузоранд. Яке аз ин гуна омӯзгорон устоди факултети агробизнес ва логистикаи кафедраи фундаменталии ин донишгоҳ Элдор Исомов аст, ки аз давраи донишҷӯӣ ба тадқиқу таҳқиқи растании дорувори артишок машғул мебошад. – Дар филилали Университети давлатии агарарии Тошканд дар Самарқанд, аз ҷумла дар кафедраи мо олимон оиди гиёҳҳои шифобахш ҳам корҳои илмӣ мебаранд. Ман ба таҳқиқи артишок – инро дар байни халқи ӯзбек "ӯлмас ӯти" ва тоҷикон "ангенар" мегӯянд, машғулам. Кишту парвариши ин растанӣ барои Ӯзбекистони мо ноанаъанавӣ бошад ҳам, эҳтиёҷ барои тайёр кардани дорувор аз он хеле калон аст. Артишок як растании ояндадор ва пурарзишест, ки барои Ӯзбекистон ғайримуқаррарӣ буда, ҳамчун ашёи хом барои саноати хӯрокворӣ, дорусозӣ ва ғизои чорво аҳамияти калон дорад – Хеле хуб. Дар ҳамин ҷо дар бораи таъриху пайдоиши худи растании артишок маълумот медодед? – Артишок як гиёҳ ва ё сабзавоти аҷиб аст. Он барои хосиятҳои парҳезӣ, мазза ва асолати худ қадр карда мешавад. Худрӯёи он дар кишвари мо бисёр дучор гардад, ки хусусиятҳои он барои мардуми мо чандон маълум нест. Артишок як растаниест, ки ба оилаи Asteraceae мансуб аст. Аз рӯйи маълумотҳои таърихӣ он ҳатто дар Мисри Қадим, Рим ва Юнон парвариш карда мешудааст. Ҳоло артишокро дар ҳама қитъаҳои олам, ба ғайр аз Антарктида вохӯрдан мумкин аст. Тақрибан 140 навъи ин растанӣ дар дунё мавҷуданд. Бо вуҷуди ин, танҳо 40 хели он барои хӯрдан пешбинӣ шудааст. Инҳо артишоки испанӣ ва артишоки ҳақиқӣ, ки бо мақсадҳои пухтупаз ва тайёр кардани дорувориҳо парвариш карда мешаванд. Аз дӯконҳои боғдории кишварҳои иттиҳоди давлатҳои мустақил тухмии навъҳои гуногуни онро харидан мумкин аст. – Артишокро дар хӯрок истифода мебаранд ва ҳар гуна таомҳо ҳам тайёр мекунанд. Инчунин, хусусиятҳои давоиаш ҳам бисёр. Бигӯед ки ин гиёҳи шифобахш барои табобати чӣ хел бемориҳо даво мебошад? – Растании артишок барои бемориҳои ҷигар, гурда, диабети қанд, атеросклероз, стаматит ва ғайра даво мешавад. Артишок дар ҳолати ёбоӣ дар мамлакати мо вонамехӯрад. Ин як растание мебошад, ки дар Ӯзбекистон акнун маданӣ кунонида мешавад. Ҳозир кишту парвариши онро дар майдони таҷрибавии университет ба роҳ мондем. Дар оянда майдони кишти артишокро васеъ мекунем. Нақша дорем, ки минбаъд роҳи коркард ва истеҳсоли онро дар Самарқанд ба амал барорем. Аввалин натиҷаи корҳои тадқиқотии худро ба маркази тести республика пешниҳод кардаем. Ҳоло хати ҷавобии онҳоро интизорем. Агар ҳуқуқи истеҳсол ва фурӯши онро ба даст орем, бештар аз паси ин кор мешавем. Худи ман дар ин бобат кори докторӣ тайёр мекунам. Дар вилояти Самарканд хусусиятхои биологии Cynara scolymus L. ҳаматарафа омӯхта шуданд. Хусусиятҳои биологии нашъунамои тухмӣ дар шароити саҳро муайян карда шуданд. Давраҳои онтогенези растанӣ, биологияи гулкунӣ, морфологияи гулпартоӣ, қобилиятнокӣ ва сохти морфологии донаҳояш омӯхта шуданд. Ояндаи дар шароити вилояти Самарқанд парвариш намудани артишокро ҳаматарафа омӯхта мешавад. Ҳамчун гиёҳи дорувор ҷиҳатҳои фоиданоки онро омӯхта, дар кадом ҳолатҳо ба организм таъсири манфиатовар дорад ва дар кадоми ҳолатҳо зараровар аст, омӯхта истодаем. Бояд гӯям, ки тамоми доруворе ки аз гиёҳҳои шифобахш тайёр карда мешаванд, барои организми инсон безарар ва ё камзарартар аст. Ҳамаи хусусиятҳои артишокро мо дар рӯйи қуттие ки ҳамчун дорувор пешниҳод мекунем, хушрӯ карда навиштанием, ки барои фаҳмидани аҳолӣ осон гардад. Ҳоло артишокро ҳамчун ашёи хом ба саноати дорусозӣ фиристода мешавад. Ин маҳсулот дар худи мо истеҳсол карда, ба экспорт бароварда шавад, фоиданок аст ва нархи дорувор хеле арзон мегардад. – Шумо гуфтед, ки парвариши онро ба роҳ мондаед. Давраҳои кишту парвариши он чӣ гуна аст? – Артишок растании бисёрсола ба ҳисоб меравад. Соли аввали вегитатсионӣ фақат сабзида ривоҷ меёбад ва аз соли дуввум сар карда гул мекунад, ғунча мебанадад ва ба ҳосил медароянд. Давраи пириаш 8-9 сол давом мекунад. – Ҳоло дар чӣ қадар майдон ин растаниро таҷриба мекунед? – Ҳоло дар майдони 24 хол корида, парвариш мекунем. Имсол майдони кишти онро зиёд мекунем. Зеро роҳи коркарди онро мо ба роҳ мондем. Баъди гирифтани иҷозат тайёр кардани дорувории артишокро афзун мегардонем. Ҳозир ба ин гуна маҳсулоти доруворӣ талабот калон аст. Вале афсӯс, ки барои истеҳсоли он ки мо ҳоло ҳуқуқ надорем. – Агар истеҳсоли онро ба роҳ монед, муддати нигаҳдории он чӣ қадар мешавад? – Агар он дар ҷойи хушк нигоҳ дошта шавад, таркибу хусусиятҳои он дар 4-5 сол тағйир намеёбад. Яъне дар ҳамин муддат онро бемалол истеъмол кардан мумкин аст. – Артишокро дар заминҳои шӯрхок ҳам парвариш кардан мумкин аст? – Ман аз давраи донишҷӯии худ, яъне аз соли 2012 ба ин кор сар карда бошам, дар солҳои магистрӣ — солҳои 2013-2014 дар бораи хусусиятҳои биологии артишок корҳои тадқиқотӣ бурдам. Зери раҳнамоии роҳбари илмиам Зебинисо Баҳромовна Намозова тамоми ҷиҳатҳои онро ҳаматарафа омӯхтем. Дар вақтҳои ҳозира дар заминҳои шӯр ва нимшӯри вилояти Бухоро тадқиқотҳо мебарам. Сабабаш он аст, ки шӯршавии заминҳои мамлакатамон то рафт васеъ мешаванд. Ин растанӣ ба шӯрзамин тоқатовар аст. Барои дар ин хел шароит мутобиқ шудани он тадқиқотҳо бурдем ва натиҷаҳои хуб ба даст овардем. Ҳангоми муқоиса маълум гардид, ки растание ки дар шӯрзамин ва дигар минтақаҳои бешӯр парвариш карда шуданд, таркибашон тағйир наёфта, қариб як хел баромаданд. Мо акнун ин маҳсулотро дар шӯрзаминҳо парвариш карда, ба саноати фармосевтика ҳамчун ашёи хом пешкаш карданамон мумкин аст. Мусоҳиб Б. ҶУМЪАЕВ Mamlakatimizda ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hisobiga hayotning barcha jabhalarida bir paytlar xayolimizga ham kelmagan imkoniyatlar yaratilmoqda. Taraqqiyot va imkoniyat Джавохир Равшанов: «Мы должны беречь традиции» Ona tilim — oltin beshigim Bu ibora kishi qochishga joy topa olm a y q ol g a n p a y t ni i f o d al a y di . Yashirinishga joy-imkon topolmayotgan odam noilojlikdan hatto sichqonning inini ming tangaga sotib olishga tayyor. Ming tangani ming AQSH dollari deb o‘qisangiz, vaziyat ko‘z oldingizda yanayam yorqinroq namoyon bo‘ladi. Sichqonning ini odam uchun o‘ta kichik, unga sig‘ish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Aqli joyida bo‘lgan kishiga buni uqtirishning o‘zi aqlsizlik. Lekin yuragi taka-puka bo‘lib turgan kishining qo‘rquvi shu darajadaki, sichqonning inidan ham umid qiladi: Shu vaqt deng otam birdan hayhaylab kelib qoldilar-ku, Rahimvoyga sichqonning ini ming tanga bo‘ldi. (H. Nazir, “So‘nmas chaqmoqlar”.) Bu iboraning sichqon ini ming tanga bo‘ldi, sichqon ini ming tanga bo‘lib ketdi, sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq kabi variantlari ham bor. Bu ibora maqol tarkibida ham uchraydi: Qo‘rqoqqa sichqonning ini – ming tanga. Orif TOLIB “Sichqonning ini ming tanga” DA’VOLAR BO‘LSA... Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasida marhuma Sharipova Sobira Tairovna (2019-yilning 15-fevralida vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 200-uy. AZIZ IJODKORLAR! Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi, viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat teleradiokompaniyasi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining viloyat bosqichini e’lon qiladi. Tanlovga “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi. Shuningdek, tanlovga qabul qilingan materiallarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz!” davlat dasturlarining ijrosi, mazmun-mohiyati va targ‘iboti aks etganiga alohida e’tibor qaratiladi. “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlanadi: – viloyatdagi yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, jurnalistlarning publitsistik nashrlari – bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining ijodiy ishlari; – ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari; – televideniye va radio ijodkorlarining materiallari; – tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari; – san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari. Har bir nominasiya bo‘yicha uchtadan o‘rin ajratiladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: – muallif to‘g‘risida ma’lumotnoma (ob’yektivka); – muallifning fuqarolik pasporti nusxasi; – nomzodning manzili va bog‘lanish uchun telefon raqamlari. Tanlovga 2022-yilning 1-avgustidan 2023-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at ishlari va foto asarlar, kuy-qo‘shiqlar qog‘oz ko‘rinishda hamda elektron shaklida 2023-yilning 14-avgustigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida aniqlanadi hamda qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan mukofotlanadi. Taqdim etilgan ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan baholab bo‘lingach, mukofotlanganlarni taqdirlash marosimining sanasi va vaqti e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan namunalar ijodiy uyushmalardan, OAV jamoalaridan, sohalar bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlaridan, shuningdek, mustaqil ijodkorlardan elektron hamda bosma shaklda Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy, viloyat Matbuot uyida qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 66-233-91-69, 66-235-28-40, 66-233-62-64, 66- 233-43-57, 66-229-53-75 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. TASHKILIY QO‘MITA “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” TANLOVIDA ISHTIROK ETING! АРТИШОК – РАСТАНИИ ОЯНДАДОР Афзоиши шумораи аҳолии кураи замин, дар навбати худ, талаботро ба маҳсулоти хӯрокворӣ ва дорувор зиёд мекунад. Дар айни замон бо моддаҳои зурурӣ пурра таъмин намудани талаботи организми инсон кори ниҳоят мушкил аст. Организм на танҳо миқдори ғизо, балки навъҳои аз ҳисоби растаниҳои серғизо бой гардондани навъҳои хӯрокаро талаб мекунад.


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 431 Adadi: 3 146 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Bekzod MUSURMONOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 10-avgust, payshanba, № 35 (2496) www.samarkandnews.uz SAMARQAND G‘arbni yuksaklik sari boshlagan Sharq Moziyga nazar Matbuot anjumani “Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 8-iyun sonida e’lon qilingan taniqli italyan olimi, Florensiya universiteti professori Franko Kardinining “So‘z san’atiga mehr qo‘ygan buyuk hukmdor” sarlavhali maqolasini o‘qib, ko‘nglimdan yoqimli fikrlar o‘tdi. Muallif haqida bilganlarim: Franko Kardini o‘rta asrdagi salb yurishlari, xristianlik va islom o‘rtasidagi ma’lum ziddiyatlar to‘g‘risida ko‘plab tadqiqiy maqolalar yozgan. Uning tarix mavzusidagi har bir chiqishi oddiy o‘quvchilar bilan birga, mutaxassislarda ham jiddiy qiziqish uyg‘otadi. Kardinining fikricha, tarixshunoslar “o‘rta asrlar” deb nomlagan — Rim imperiyasining qulashi va Amerika qit’asining kashf etilishi orasidagi bu davr haqida shu choqqacha jild-jild tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsa-da, hali-hanuz ko‘p sir-sinoatlar ochiqlanmagan. Aniqrog‘i, e’tirof etilmagan. Shu ma’noda, olim va publitsist Kardinining “O‘rta asrlarni o‘rganuvchilar uchun yo‘riqnoma” asari G‘arb uchun ham, Sharq uchun ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etgan. E’tiborimni tortgan narsa — gazetada e’lon qilingan maqolaning ko‘p joylari kechikkan mantiqiy tazarruga, mardona tan olishga o‘xshab ketadi. Muallif o‘rta asrlar voqea-hodisalariga doir sog‘lom mantiqqa hamisha ham to‘g‘ri kelavermaydigan tahlillarni butunlay rad etmagani holda, tarixning g‘oyat murakkab bo‘lagi xususidagi mustaqil fikrlarini boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, ilmiy jur’at bilan oshkora bayon qiladi. Bahs-munozara tug‘ilishidan, fikri kimlargadir yoqmasligidan cho‘chimaydi. Shu bois, Italiyada “Boburnoma” asari chop etilishi munosabati bilan yozilgan “So‘z san’atiga mehr qo‘ygan buyuk hukmdor” maqolasida buni yaqqol ko‘rish mumkin. Gap shundaki, G‘arb dunyosi uzoq vaqt Sharqning beqiyos ilmiy salohiyati, G‘arb tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini o‘ta past darajada baholab keldi, ulardan favqulodda samarali foydalansada, “shira”sini har kuni, har daqiqada so‘rib turgan bo‘lsa-da, noxolis yo‘l tutdi. G‘arblik daho ijodkorlar biz tomonga havas va muhabbat bilan qaraganlari, shogird maqomida daho allomalarimiz etaklarini tutgani holda, ilmiy tadqiqotchilar, siyosatdonlar nomaqbul nuqtayi nazarlarini uzoq vaqt o‘zgartirmadi. Kardini buni juda ochiq, sharqona aytganda, mardlarcha e’tirof etadi: “Biz — “G‘arb ahli”ning dunyodagi boshqa xalqlar madaniyati oldidagi qarzimiz, so‘zsiz, nihoyatda katta: biz o‘zgalarning yurtiga bostirib kirganmiz, ularning mol-mulkini talon-toroj qilganmiz, o‘zimizga bo‘ysundirganmiz... Bu borada isbot talab etmaydigan bir haqiqatni ta’kidlash kerak: bizning o‘zga xalqlar mol-u davlatini tortib olishdan ham, ularni ozodligidan, hayotidan mahrum qilishdan ham ko‘ra shafqatsizroq kirdikorlarimiz bo‘lgan. Ya’ni bizdan boshqacha fikrlagani, boshqacha yashagani uchun g‘ayri millat va elatlarni mensimasdan, ularga “past” toifa deb qarab kelganimiz sir emas... O‘zga xalqlarning ilm-fan, san’at, go‘zallik borasidagi qadriyatlarini biz hech vaqt, hatto yaqinyaqinlargacha ham nazar-pisand qilmaganmiz. Bizni faqatgina ularning moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish qiziqtirardi. Biz hatto o‘z jinoyatlarimizni tezroq yashirish va o‘zimizni oqlash uchun “tarixi yo‘q xalqlar” degan soxta tushunchani o‘ylab topdik... Mana endi kalavaning uchini yo‘qotgach, biz nadomat ila iqror bo‘lyapmizki, agar o‘zga xalqlarning hayoti va tafakkur tarzini o‘z vaqtida anglaganimizda edi, biz o‘zimizni nafaqat jinoiy qilmishlar va suiiste’molchilik illatidan himoya qilgan, balki barcha to‘siq va g‘ovlar o‘z mohiyatini yo‘qotgan bugungi zamonda (garchi bir vaqtlar sodir etgan adolatsiz ishlarimiz sababli ko‘nglimizda noxush xotiralar qolgan bo‘lsa ham) ular bilan birga yashashimizni osonlashtirgan bo‘lardik”. Bu iqrorlarni hayajonsiz, ayni chog‘da, buyuk bir iftixorsiz o‘qib bo‘lmaydi. Aytsa, tan olsa bo‘larkan-ku! Tarixning tantiligi bor: sodir etilgan hech bir sir, masalan, necha ming yil avval dono Kleopatra davrida g‘animlar malika yotoqxonasining oldida bir-birlarining quloqlariga nimalar deb shivirlashganigacha oshkor bo‘lmay qolmaydi. Kardini chuqur mushohadali olim va publitsist sifatida tarixning mutlaqo o‘zgarmaydigan chin haqiqatlariga suyanib yozadi bu satrlarni. Ammo u bu borada birinchilardan emas. Bugun Buyuk Britaniya taxtiga o‘tirgan Karl III 1993-yili Oksford universiteti qoshidagi Islom tadqiqotlar markazida so‘zlagan mashhur “Islom va G‘arb” mavzusidagi nutqida muqaddas dinimizning ma’rifiy asoslari, dunyo tamadduniga qo‘shgan buyuk hissasini hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Islom tabiati haqida bizda tarqalgan tushunmovchiliklar bilan birga, G‘arb madaniyati, sivilizatsiyamiz islom dunyosi oldida qanchalar qarzdor ekanini yaxshi bilmaymiz, — deydi u. — Menimcha, bunga sabab bizga meros bo‘lib qolgan tarixdir. O‘rta asrlarda islom dunyosi Markaziy Osiyodan Atlantika okeani sohillarigacha olim-u fuzalolari bilan ravnaq topgan ma’rifiy dunyo edi. Biroq biz islomni G‘arbning dushmani, g‘anim va begona madaniyat, jamiyat va e’tiqod tizimi sifatida ko‘rishga intilganimiz bois, bu dinning tariximizga ko‘rsatgan ta’sirini unutib qo‘ydik. Misol uchun, sakkizinchi va o‘n beshinchi asrlar oralig‘ida Ispaniyada mavjud bo‘lgan islomiy jamiyat (Andaluziya) va uning yuksak madaniyati (Ovrupo uchun) naqadar muhim bo‘lganini hamisha kamsitib kelganmiz. Musulmon Ispaniyaning inkvizitsiya davrida yunon klassik ta’limotini saqlab qolgani, keyinchalik Renessans davrining ravnaq topishiga xizmat qilgani allaqachon tan olingan edi... Musulmon Ispaniya qadim Yunon va Rim madaniyatining zehniy merosini asrab qolgani barobarida, mazkur bilimlarni qayta izohlab, yanada rivojlantirib, butun dunyoga tarqatib, insoniyat bilimining astronomiya, matematika, algebra, qonunshunoslik, tarix, tibbiyot, farmakologiya, optika, ziroat, ilohiyot, musiqa kabi aksariyat sohalariga o‘zining muhim hissasini qo‘shdi. Britaniyada qirol Alfred taomlarni to‘g‘ri tanovul qilish to‘g‘risida islohotlar o‘tkazayotgan bir paytda musulmon Ispaniyada kitoblarni abonement bo‘yicha olish yo‘lga qo‘yilgan kutubxonalar mavjud edi. Ispaniya musulmonlari qog‘oz ishlab chiqarish mahoratini Xitoydan to‘rt yuz yil avval o‘rganib olgandi. Bugun o‘zidan benihoya faxrlanayotgan Ovruponing ko‘p xislatlari bevosita Ispaniyadan o‘zlashtirilgani sir emas...”. And alu zi yad a mu sulmonl a r e ri shg an muvaffaqiyatlar xususida so‘z ketganda, boshqa ilmiy-ma’rifiy manbalarga ham murojaat etish lozim bo‘ladi. Chunonchi, mashhur ma’rifatparvar olim Ismoilbek Gasprinskiy qalamiga mansub “Dorurrohat musulmonlari” asarida Islomning G‘arb madaniyati va umuman, dunyoviy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan bemisl hissasi aniq ko‘rsatib berilgan: “Islom ahli qo‘lga kiritgan Andaluz o‘lkasi qanchalar barokatli va xushhavo bo‘lishiga qaramay, aholining behunar, madaniyatsizligidan mamlakat xarob va tap-taqir edi. Aksari madaniyat va zako o‘laroq, har tarafga yo‘llar, ko‘priklar qurildi. Yo‘llarda chashmalar, qirlarga ariq va quvurlar chiqarilib, suv bo‘ylarida minglab tegirmonlar, fabrikalar, qishloq va shaharlar bunyod etildi. Sahrolar bog‘-u bog‘chalarga, taqir qirlar ekinlik va bo‘stonlik yerlariga aylandi”. Amerikalik olim Draber o‘zining “Yevropada aqliy taraqqiyot tarixi” kitobida “Yevropaning bugungi ulug‘ ziyosi musulmonlar yoqqan sham va chiroqlarning yog‘dusidan maydonga kelgandir”, deb yozgan ekan. Gasprinskiy bu fikrni davom ettirib, “Yunon madaniyati Ovrupodan avval Islom dunyosiga yoyildi, musulmonlar uni taraqqiy ettirib, nuqsonlarini kamaytirib, Ovrupoga topshirdilar... Afsuski, XI asrdan boshlab zamon notinchliklari kuchayib bordi. Bir tomondan g‘aznaviy, saljuqiylarning mulk dag‘dag‘asi, ikkinchi tomondan Chingiz istilosi, uchinchi tomondan Quddusi sharif uchun boshlanib ketgan “salb yurishlari” islom olamini larzaga solib, ilmu hunar yo‘llarini buzdi. Lekin ilm-maorif nuri so‘nmadi, aksincha, dushmanlarga ham ziyo berib, munavvar qildi. Mo‘g‘ullarning katta qismi islom madaniyatini qabul etdilar, ovrupoliklar esa yuz yillik salb yurishlari davomida qanchadan-qancha san’at va hunarlarni o‘rganib qaytdilar. Islom madaniyati o‘choqlari Bag‘dod, Sheroz, Nishopur, Samarqanddan tashqari, Afrika va Ispaniyada, ya’ni islom olamining deyarli barcha nuqtalarida mavjud bo‘lib, bu yerlarda ilm-fan benihoya rivoj topdi”. Muallif ushbu ma’lumotlarni keltirar ekan, har bir millat, xalqning buyukligi va quvvatliligi uning ilm va hunarni nechog‘liq egallagani bilan o‘lchanishini ta’kidlaydi, “Ilm va hunarga ega millat va xalq eng ulug‘, eng buyuk xalqdir”, deydi. XVI—XVII asrlarda rivojlangan, mo‘may daromadga ega qator Yevropa davlatlari ayni shu davrda iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tutgan Sharq mamlakatlari tomon bosqinchilik, talonchilik yurishlarini boshlaydi. Ko‘plab mamlakatlarning xalqlari mustamlakachilarning zulmi ostida qoladi, asrlar davomida to‘plangan moddiy-ma’naviy boyliklar talon-taroj qilinadi, zulm va zo‘ravonlik kuchayadi. Missionerlar bu yurishlarni oqlashga jon-jahdlari bilan urinadi, ammo Yevropa jamiyatining ilg‘or qismi, xususan, ijodkor ziyolilar o‘z vatandoshlarining bu qilmishlarini ochiq-oydin qoralaydi. Natijada Yevropa adabiyotida o‘ziga xos publitsistik oqim yuzaga keladi — yozuvchilar o‘z asarlarida bosqinchilarning zulmi ostida qolgan xalqlarga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni qalamga ola boshlaydi. Bu oqimning faol vakili bo‘lgan Volterning Sharq mavzusidagi dramalari, “Fors maktublari” fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bu davrning harbiy, siyosiy, iqtisodiy talato‘plari mohiyatini to‘g‘ri anglash va to‘g‘ri xulosaga kelishda ijtimoiy publitsistika ruhida yozilgan asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Buni Fitratning “Sharq siyosati” risolasida yaqqol ko‘rish mumkin. “Afriqog‘a kirgan musulmonlar Amriqo va Afriqoni bosqon madaniy ovrupolilardek yerli xalqni bitirmak uchun tirishmadilar, — deb yozadi Fitrat. — Unlarg‘a madaniyat berdilar. Amriqog‘a qo‘noq bo‘lub kirgan Ovrupo madaniylari Amriqo yerli xalqini bitirayozdilar, buni bilmag‘an yo‘qdir. Afriqoni bosib olg‘an Ovrupo jahongirlari u yerdagi qora xalqni o‘lat kabi o‘ldirib turalar. Holbuki, musulmonlar Afriqoning Jazoir, Tunis, Fas (Markaziy Afrika) kabi o‘rinlarini olg‘ach, u yerlarni taraqqiy etdurdilar, xalqini tinchlanturdilar, ulardan buyuk odamlar yetushdirdilar. Sharq o‘zining tarixi, siyosati, hunari, insofi, adolati, axloqi va xidmatu e’tiborlari bilan uncha yuksalmish, u qadar taraqqiy etmish edikim, tasavvuri ham bizning miyalarimizga sig‘maydur. Sharq madaniy yirtg‘uchi emas edi. Vahshiy emas edi. Boshqalarning haqlarini olmas edi. Sharq bashariyatning yuksalishi uchun tirishar edi. Sharq madaniyat o‘chog‘i, insof beshigi, axloq maktabi, bilim madrasasi edi. Biz, sharqliklar bashariyatga qilg‘an xidmatlarimiz uchun bu kungi qonli Ovrupog‘a qarshi yaxshig‘ina maxtana olurmiz. Biz, sharqliklar madaniyat yo‘linda tutdigimiz xidmatdarda davom etganda bukun bashariyat dunyosini ko‘b yuksak mavqe’larda ko‘rmak mumkin edi. Negaki, Sharq bilim, hunar yo‘linda Ovrupo jahongirlari o‘rtoq qoni(n) ichmak, orqadosh uyin talamoq uchun emas, insonlik dunyosini yuksaltirmoq uchun tirishar edi. Yozuqlar, esizlarkim, Sharq o‘z yo‘linda davom eta olmadi, madaniyat tarixining eng buyuk va eng tugal qoidalarindan biri shudir: bir ulus tirikchiligining har to‘g‘risinda yuksalib, taraqqiy qilib tinchlansa, biror yoqda kuchliroq biron biri ko‘rinmasa, o‘lkasi kengayib, oqchasi ko‘paysa, ul ulusning bora-bora axloqi buzular, totlig‘i yo‘ldan chiqa boshlar. Biz, sharqliklar dahi tinchlik va rohat so‘nginda buzulib qoldiq, yo‘ldan ozdik, ezgu tilaklarimizni unuta boshladik. Bilim va hunardan yuz qaytardik, birlik va axloqdan ayrilduk, oqchag‘a berilduk, oqchag‘a sotilduk... Sharqning butun ishlari ongsiz beklar, tushunchasiz xonlar, miyasiz mullalar, bilimsiz eshonlarning qo‘lig‘a o‘tdi. Bunlar Sharqning butun tuzuk va intizomini buzub yubordilar. Xonlar o‘z qorinlarini to‘ydirmoq uchun xalqni bir-biri bilan urushtirdilar, mamlakatning jonli va muhim o‘runlarini sotdilar, mullalar o‘z istavlarig‘a “din” otini toqib bozorg‘a chiqardilar. Sharqning taraqqiy yo‘li ko‘muldi. Saodat va tinchlik eshiklari bog‘landi, saodatning eng yuksak tepasiga chiqqan Sharq yo‘qsullikning eng teran chuqurig‘a tushdi”. “Sharq siyosati”da ovrupaliklarning Sharqqa tomon bosqinchilik, talonchilik yurishlari zamiridagi ma’naviy axloqsizlik, insoniy xudbinlik juda chuqur ochib beriladi, bu yurishlarni soxta madaniy libosga o‘rash orqali tarixni chalg‘itish harakatlari ayovsiz fosh etiladi: “Ovrupa jahongirlarining Sharq sari yurishlari boshqalarning qonini to‘kub, o‘z qursoqlarini to‘ldurmoq, o‘zgalarning uyini yondirib, o‘z qozonlarini qaynatmoq uchun edi. Lekin unlar tilaklarini ulusg‘a bildirmas edilar. “Sharq xalqi vahshiydir, ularni madaniylashdurmak uchun borarmiz”, “Sharq xalqi bilimsizdir, unlarg‘a bilim tarqatmoq uchun borarmiz”, “Sharq xalqini xoch buyruqlarig‘a bo‘ysundirmak uchun borarmiz”, deb o‘z ishchi va dehqonlarini aldab, bizim ustimizga yuborur edilar”. Janob Kardinining “Sharq siyosati”dan xabari bormi, “Dorur-rohat musulmonlari”ni o‘qiganmiyo‘qmi, buni aniq aytish qiyin, ammo uning Sharq xususidagi mardona e’tirofi har jihatdan ehtiromga loyiq. Ahmadjon MELIBOYEV, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ona zamin saxovati Ma tb uo t uy ida bo ‘ l ib o ‘ tga n viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining “Besh tashabbus olimpiadasi” 1-mavsumi yakuniga bag’ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma’lumot berildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov va viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig’i Shuhrat Ro‘ziyev mavzu yuzasidan ma’lumot berishdi. — “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, stritbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, futbol, mini futbol, vorkaut, gimnastrada va paralimpiya bo‘yicha ko‘cha, mahalla, sektor, tuman hamda viloyat bosqichlarida bellashuvlar tashkil etildi, — dedi Sh. Ro‘ziyev. — Joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan 1-mavsum musobaqalarida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 342757 nafardan ziyod yoshlar qamrab olindi. Birinchi o‘rinni egallagan jamoalarning mahallalariga 16 ta ko‘p funksiyali sport maydonchasi, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar mahallalariga 9 ta sport maydonchasi va uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar mahallalariga 12 ta vorkaut maydonchalari qurib berildi. Birinchi mavsum yakuni bo‘yicha 782 nafar iqtidorli spotchi yoshlar saralab olinib, sport bilan doimiy shug’ullanishlari uchun sport maktablariga yo‘naltirildi. Shu bilan birga 2023-yilning birinchi yarmida viloyat sportchilari jahon, Osiyo va xalqaro musobaqalarda 51 ta oltin, 62 ta kumush va 75 ta bronza, jami 188 ta medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Respublika musobaqalarida 563 ta oltin, 585 ta kumush va 890 ta bronza, jami 2038 ta medalni qo‘lga kiritib, peshqadamlar safida bo‘lishdi. Matbuot anjumanida mas’ullar sohada amalga oshirilayotgan yutuqlar bilan birga mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi haqida jurnalisnlarga ma’lumot berishdi. Bekzod MUSURMONOV ХALQARO MUSOBAQALARDA 188 TA MEDAL QO‘LGA KIRITILDI YASHIRIB BO‘LMAYDIGAN HAQIQAT Yoxud Sharq madaniyat o‘chog‘i, insof beshigi, axloq maktabi, bilim madrasasidir


Click to View FlipBook Version