Vatan, el manfaati muqaddasdir! Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz S ISSN 2010-6734 2024-yil 13-iyun, payshanba, № 24 (2537) Tarixning sirli sahifalari Yoshlarga oid islohotlar — amalda Tadbir Xalqaro hamkorlik Arafa Shahr im izda “O ‘zbek iston — 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek, dasturda ko‘zda tutilgan vazifalarni aholiga yetkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yoshlar markazida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari , “Yuksalish” harakati mas’ullari hamda viloyatdagi boshqarma, korxona-tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev ushbu monitoring va jamoatchilik nazoratining mohiyati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024 yil Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari mazmuni, “Yuksalish” harakati Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elyor Hamroyev hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. — Yaqinda “O‘zbekiston — 2030” – xalq strategiyasi” onlayn portali ishga tushirildi, — dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov. — Ushbu portal orqali aholi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda har yili Strategiya asosida qabul qilinadigan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi va natijadorligini muntazam kuzatib, o‘z fikr, taklif va munosabatlarini bildirib borish imkoniyati yaratildi. Platformada bildirilgan fikr va ilgari surilgan tashabbuslar markazimiz ekspertlari tomonidan tizimlashtirilib, har oyda respublika komissiyasiga taqdim etib boriladi. Tadbirda 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarida faol ishtirok etgan yurtdoshlarimizga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining tashakkurnomalari topshirildi. — “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasiga bergan takliflarim inobatga olindi va ijro uchun mas’ul rahbarlar e’tiboriga havola qilindi, — deydi Davlat boshqaruvi a k a d e m i y a s i S a m a r q a n d hududiy filiali dotsenti Shahriyor Xolboyev. — Bugun mamlakatimiz kela jagi, taraqqiyoti uchun bergan takliflarim e’tiborsiz qolmayotganidan mamnunman. Bu boradagi tahlillarim va o‘rganishlarimni izchil davom ettiraman. Kunning ikkinchi yarmida Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, “Yuksalish” harakati mas’ullari “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijro holatini o‘rganish maqsadida viloyatimizdagi bir qator tashkilot va muassasalarda bo‘lishdi. Fazliddin FAXRIDDINOV Musulmon xalqlarining azaliy va abadiy udumi hisoblangan Qurbon hayiti ham xalqimiz tomonidan o‘zgacha shukuh bilan nishonlanib kelgan va bugun davom etmoqda. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-iyun kuni imzolangan “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib ushbu ayyom milliy an’ana va urf-odatlarimizga uyg‘un holda nishonlanmoqda. Ayni paytda davom etayotgan Haj amallaridan so‘ng har bir ziyoratchi qurbonlik uchun qo‘y, moliyaviy imkoniyatiga qarab ho‘kiz yoki tuya ataydi. Bu amal Haj ishtirokchilaridan tashqari boshqa musulmonlar tomonidan ham ado etilishi mumkin. Hayit namozi o‘qib bo‘linganidan keyin qurbonlikka atalgan jonliqni o‘z qo‘limiz bilan yoki qassob yollab so‘ydirishimiz lozimligi muborak kitoblarda o‘z ifodasini topgan. Andijondagi Sayyid Muhyiddin maxdum islom o‘rta-maxsus bilim yurti mudarrisi Muhammadyusuf To‘raqulov bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda qayd etishicha jonliqni qassob yollab so‘ydiradigan bo‘lsak, qassobga xizmati uchun jonliqning terisi yoki go‘shtidan berish durust emas. Qurbonlik uchun so‘yilgan jonliqning terisini sotish, pulini ishlatish ham joiz emas ekan. Teri muhtojlarga sadaqa qilinishi lozim. Yollangan qassob esa o‘z ixtiyori bilan jonliqni so‘yib, go‘shtini nimtalab, halol xizmat qilishi yoki qurbonliqqa qo‘y so‘ydirgan kishi qassobga xizmat haqiga pul berishi kerak. Bugungi kunda qurbonlik qilish odati keng tus olgan. Jonliqning go‘shtini xom yoki pishirilgan holda tarqatish odati ham mavjud. Hayitning eng ibratli udumlaridan biri yaqinlarni yo‘qlash, yor-birodarlarni ziyorat qilish, kasalmandlar holidan xabar olishdir. Bu savobi ulug‘ amallar asrlar osha sayqal topib, mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qilmoqda. Gina-kuduratli tanishbilishlarning yarashuvi ham ana shunday ibratli udumlarning biridir. Bolaligimda hayit kuni bobom bir necha oqsoqollar bilan hayot sinovlariga e’tiborsiz bo‘lgan ana shunday insonlarni yarashtirish uchun uyma-uy yurganliklarini ko‘p eslayman. Afsuski, bu savobli udumimizga bugun to‘liq amal qilayotganimiz yo‘q. Avvalo, kelishmay qolgan tomonlarda negadir yarashuv istagi susayib borayotgandek. Istibdod yillarida unut bo‘lgan Qurbon hayiti ma’naviy hayotimizning uzilmas va doimiy tantanasiga aylanmoqda. U nafaqat diniy bayram balki, urf-odatlar, ma’naviy qadriyatlar ko‘zgusiga aylanib borayotganligi ham har bir ko‘ngilga shukronalik bag‘ishlaydi. Quvondiq MAJIDIY Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosatining bosh maqsadi kelgusi avlod vakillarini tarbiyalash, kasb-hunar o‘rgatish, bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Ushbu muhim ijtimoiy siyosat ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar balansi” milliy dasturi tashkil etilgan bo‘lib, loyiha 3 toifada amalga oshirilmoqda. Shahrimizda “Yoshlar balansi”ga kiritilgan 14—30 yoshdagi navqironlarning 62,1 foizi “yashil”, 57,9 foizi “sariq” toifaga kiritilgan. Afsuski, 1189 nafar yoshlarimiz salbiy xulq-atvori tufayli “qizil” toifaga tushib qolgan. Bugungi kunda ana shu toifadagi yoshlar bilan ishlashning alohida tizimi mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishida keng qo‘llanilmoqda. Yetakchilar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatimiz mahallada yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniy-ma’rifiy, vatanparvarlik tadbirlari, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar ijrosi bilan baholanadi. Ushbu dastur asosida haftaning har bir kuni yoshlar yetakchilari faoliyatida ma’lum muammolarni aniqlash, o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishga ajratildi. Xususan, dushanba kuni mahalladagi yoshlar muammolari o‘rganilsa, seshanbada kitobxonlik, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi, chorshanbada tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganilsa, keyingi kuni jinoyatchilikning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Juma va shanba kunlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralari ko‘riladi. (Davomi 2-sahifada) N a f a q a t S am a r q a n d n i n g , b a l k i , O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi bo‘lgan Registon ansambli va uning tarkibiga kiruvchi Ulug‘bek, Tillakori hamda Sherdor madrasalari tarifi haqida butun dunyo biladi. Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan Ulug‘bek madrasasidan so‘ng, XVIIasrda Samarqand hokimi, buyuk sarkarda Yalangto‘sh Bahodir dastlab Sherdor, keyinchalik Tillakori madrasasini qurdiradi. Biroq, Tillakori madrasasini qurish ishlari sarkardaning vafotidan so‘ng uning qizlari tomonidan nihoyasiga yetkaziladi. Registon ansambli va uning tarkibiga kiruvchi Sherdor madrasasi ortiqcha ta’rifga muxtoj emas, albatta. Ammo, buyuk ajdodlarimiz tomonidan barpo etilgan yana shunday bir tarixiy obida bo‘lganki, uni Sherdor madrasasining "bobo"si, deya atash mumkin. (Davomi 4-sahifada) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: Islom va udumlar SHERDORNING “BOBO”SI BORLIGINI BILASIZMI? MUAMMOLAR YECHIMI Avtosport mas’ullari Samarqandda yoshlar yetakchilari ishtirokida hal etilmoqda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida Xalqaro avtomobil federatsiyasining navbatdan tashqari bosh assambleyasi anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro avtomobil federatsiyasi tashkil etilganining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yig‘ilishda federatsiyaga a’zo bo‘lgan 147 mamlakatdan 500 dan ortiq mutasaddilar, avto-moto klublar, federatsiyalar va assotsiatsiyalar delegatlari ishtirok etishyapti. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmanov, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston Avtosport va karting milliy federatsiyasi mas’ullari qatnashdi. Tadbir doirasida yurtimiz vakillarining Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) mutasaddilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, kelgusida avtosport tizimini rivojlantirish borasidagi takliflar muhokama etildi. Jumladan, yurtimizda sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avtosportga ham alohida e’tibor qaratilayotganligi qayd etildi. Xususan, Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasida avto-motosport uchun ham maxsus maydonlar, yo‘laklar tashkil etilayotganligi qayd etilib, ularni jahon standartlariga moslashtirishda FIA mutaxassislarining ko‘magi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. O‘z navbatida Xalqaro avtomobil federatsiyasi prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun mezbonlarga minnatdorlik bildirib, Olimpiya shaharchasidagi bunyodkorlik ishlariga avtosport mutaxassislarini jalb qilishda ko‘mak berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, yetarli infratuzilma yaratilgach undan unumli va samarali foydalanish lozimligini ta’kidlab, qadimiy Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan davlatlar avtosportchilari o‘rtasida “Silk road cup” xalqaro musobaqasini tashkil etish taklifini bildirdi. Konferensiya ishtirokchilari markazdagi ko‘rgazmalar pavilonida tashkil etilgan eksponatlar bilan tanishishdi. — Samarqandda o‘tayotgan anjuman barchamiz uchun samarali bo‘lmoqda, — deydi Uganda Avtojamoalar federatsiyasi kotibi Reynold Kibira-Kadok. – O‘zaro tajriba almashish har qanday soha rivoji uchun muhim, deb bilaman. Shu bois anjumandan o‘zimizga yangilik bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni o‘zlashtirishga harakat qilyapmiz. Afrika qit’asida ham ushbu sport turi jadal rivojlanyapti. O‘tkazilayotgan musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakat sportchilari qatnashmoqda. Mazkur anjumandagi fikrlar, o‘zgarishlarni, albatta, amaliyotda qo‘llab, yuksak natijalar sari harakat qilamiz. Samarqand mezbonligida o‘tkazilayotgan konferensiya bugun yakunlanadi. A. DOLIYEV FAROVONLIKKA YO‘L
2 2024-yil 13-iyun, payshanba, № 24 (2537) www.samarkandnews.uz Samarqand Migratsiya — aholining bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun ko‘chib o‘tish jarayoni sifatida har doim bo‘lib turgan. Asrimizda ham bu jarayon doimiy yashash, ishlash, o‘qish singari hayotiy jarayonlar bilan bog‘liq holda davom etmoqda. Yangicha taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakatimizda ham bu jarayon tobora kuchayib bormoqda. Birgina shahrimiz misolida olib qaraydigan bo‘lsak, ayni paytda 53623 nafar samarqandliklar dunyoning turli mamlakatlarida ishlash va o‘qish uchun chiqib ketgan. Ulardan 14850 nafari 3 oydan 1 yilgacha, 16 mingdan ortig‘i 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda xorijga o‘qish va ishlash uchun yo‘l olgan. 22 mingdan ziyod hamshahrimiz 3 yildan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda yashashmoqda. Xorijga yo‘l olganlarning eng ko‘pi — 35292 nafari Rossiyada shuningdek, 5,3 mingdan ortig‘i Turkiyada, 5,2 ming nafari Qozog‘istonda, 2540 nafari AQSHda, 975 kishi Koreya Respublikasida o‘qish va mehnat bilan band. Shuningdek, boshqa mamlakatlarda 4,1 mingdan ortiq samarqandliklar xorijdan kelgan ishchi-xodim, talaba sifatida ro‘yxatga olingan. Migrantlarning yarmidan ko‘pi qurilish, 10 foizi savdo va xizmat ko‘rsatish, yana shunchasi qishloq xo‘jaligi, 9 foizi sanoat, qolganlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning boshqa sohalarida faoliyat yuritishmoqda. Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidentining tashqi migrantlarga alohida diqqat-e’tibori tufayli keyingi yillarda ularga qulay huquqiy, ijtimoiy, maishiy shart-sharoit yaratish choralari ko‘rilmoqda. Prezidentimizning 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tizimli tashkil etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida turli tazyiq va zo‘ravonliklarga duchor bo‘lgan, kamsitilgan mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, moliyaviy ahvoli og‘irlashgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotgan, yashash uchun imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarimiz aniqlanib, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish choralari ko‘rilmoqda. Xorijda ishlayotgan davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, kasalliklarga chalingan fuqarolar ham davlatimiz tomonidan amaldagi qonunlar hamda Prezidentimizning yuqoridagi qaroriga muvofiq ijtimoiy, huquqiy himoyaga olingan. Taqdir ekan, xorijiy mamlakatda ishlayotgan ayrim fuqarolarimiz kutilmagan baxtsizlik yoki kasallik tufayli vafot etganligi haqidagi noxush xabarlar qulog‘imizga tez-tez chalinib turadi. Mehnat migratsiyasi talablariga muvofiq, qonuniy asosda xorijga ishlash, o‘qish uchun yo‘l olgan bunday fuqarolarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish, mayyitni mamlakatimizga olib kelish qat’iy yo‘lga qo‘yilgan. “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, malakali kasb-hunarga ega bo‘lgan ishchixodimlarni tanlash migratsiya siyosatining asosiy talabiga aylangan. Bunday fuqarolarga xorijga ketish xarajatlari ham qoplanadi, til o‘rganish, malaka oshirish uchun sharoitlar yaratiladi. Taraqqiy etgan davlatlarda uyushgan holda tanlov asosida mehnat migratsiyasiga murojaat qilayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday qulaylik mamlakatimizda ham yaratilganligi ko‘pchilik tashqi migratsiyaga yo‘l olayotganlar uchun qulaylik bo‘ldi. Eng muhimi, uyushgan holda xorijga yo‘l olgan fuqarolarni ishga joylashtirish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun xorijiy mamlakatlarda Tashqi migratsiya agentligining vakolatxonalari ham ishlab turibdi. Bu agentlik qonuniy holda tashqi migratsiyaga yo‘l olgan barcha fuqarolarni ijtimoiy, huquqiy jihatdan himoya qilish vakolatiga ega. Bugungi kunda xorijga ishlash uchun noqonuniy yo‘llar bilan jo‘nab ketayotganlar ham yo‘q emas. Tabiiyki, tanish, notanishlarning aldovlariga uchgan bunday kimsalar xorijda ham turli muammolarga duch keladi. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Noqonuniy yo‘l bilan xorijga borgan fuqarolarimizning aksariyati o‘sha davlatning qonunchiligiga asosan huquqbuzar, deb topiladi. Bu esa fuqaroning begona yurtda ishlashi u yoqda tursin, oddiy kun o‘tkazishiga ham jiddiy to‘siq hisoblanadi. Shahrimizdan borib, xorij mamlakatlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy, moddiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan. Bugungacha hujjatsiz, mablag‘siz, og‘ir ijtimoiy muammolarga duch kelgan 4 nafar migrant, vafot etgan hamshahardan bir kishining tobuti Samarqandga olib kelindi. Vatanga qaytib kelgan, ijtimoiy, huquqiy, moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish tizimi ishlab turibdi. Birgina joriy yilning yanvar—aprel oylarida 597 nafar fuqaro xorijdan qaytgan. Ulardan 36 nafari ishga joylashtirildi, 16 nafariga imtiyozli kredit ajratilib daromad manbai shakllantirildi, 19 nafari kasbhunarga o‘qitildi, 221 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali daromadini oshirishdi. To‘kin, farovon yashash — har birimizning orzu-maqsadimiz. Biroq bunday to‘kinchilikka, farovonlikka erishish uchun qonuniy ravishda mehnat qilish talab etiladi. Bu talab xorijdagi har bir davlatda ham qonuniy kuchga ega ekanligini unutmasligimiz lozim. F. UMAROV, shahar hokimi E’tibor va g‘amxo‘rlik og‘ushida So‘z — hokim yordamchisiga Градостроение Islohot Хоким области Эркинжон Турдимов, при участии соответствующих ответственных лиц, проинспектировал состояние строительных работ, ведущихся в городе Самарканде. Первой локацией стала территория городка Кимёгарлар, где строится многоквартирный жилой дом. Как выяснилось, согласно проектной документации, разрешение дано на пять этажей. Но застройщик решил, что ещё один дополнительный этаж не помешает, и возвел шестиэтажное здание. Руководителю строительной компании разъяснили о необходимости снесения лишнего этажа. По адресу 29 квартал 10 «А», который находится на этой же территории, где другим застройщиком возводится здание, состоящее из торгово-бытового комплекса и жилых квартир – выявлено ряд нарушений. Помимо строительства дополнительных этажей, вместо утвержденных трех, им незаконно занято 180 кв.м. земли. По отношению к застройщику будут приняты соответствующие меры. В махалле Центральная арабхона Самаркандского района, объект возводится без полного оформления градостроительной документации, строительно-монтажные работы ведутся с отклонением от утвержденного проекта. Глава региона подверг критике действие строителей, которые работают, как хотят, нарушая закон и ответственных лиц, закрывающих на это глаза. — Дом строится у дороги, это не иголка в сене, которую трудно заметить, - сказал Эркинжон Турдимов. – Каждый раз проезжают рядом со зданием и не принимают никаких мер. В ходе обхода города были выявлены факты строительства объектов без согласования проектных документов и заключения экспертизы: с нарушениями требований ШНК впритык к индивидуальным жилым домам, без оформления градостроительной документации, захвата дополнительной земли в обход утвержденному проекту на градостроительном совете, с дополнительными этажами. Хоким области поручил хокимияту города Самарканда, архитектурно-кадастровой службе и другим ответственным лицам в недельный срок устранить указанные недостатки, благоустроить окрестности домов, организовать тротуары и обратиться в органы прокуратуры для дачи правовой оценки вышеуказанным действиям застройщиков. Пресс-служба хокимията Самаркандской области Yoshlar yetakchilari zimmasida doimiy ravishda olib boriladigan tadbirlar ham borki, bu eng muhim hayotiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. Shaharda yashovchi 118279 nafar 14 — 30 yoshdagi fuqarolarning 39,5 ming nafardan ortig‘i huquq-tartibot, mudofaa organlari tomonidan otaliq va nazoratga olinib, ularning yurishturishi, ijtimoiy hayotdagi faoliyati kuzatib borilmoqda. Yil boshidan buyon shahar hokimi, sektorlar rahbarlari va o‘rinbosarlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan 17 marta yig‘ilish va uchrashuvlar tashkil etildi. Bu tadbirlarda otaliqdagi yoshlar muammolari batafsil o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Mas’ullarga topshirilgan vazifalar ijrosi ham nazoratga olingan. “Qizil” toifaga kiritilgan 1189 nafar yoshlar 42 nafar mas’ul rahbarlar nazorati ostiga olingan. Ma’lumki, bu toifadagi yoshlar bilan ishlashning o‘z muammo va murakkabliklari mavjud. Shu boisdan mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib borishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Mahallada ish yuritayorgan IIB profilaktika inspektori bu borada asosiy va samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynamoqda. Yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini, bilim va mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar bilan ishlashning har bir yo‘nalishi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan seminar, o‘quv-tanishuv tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Buning natijasida joylarda yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul xodimlar – yoshlar yetakchilarining tajriba va mahoratlari oshirilmoqda. Mahalla davlat va jamiyatning ijyimoiy, siyosiy va ma’naviy markazi sifatida hayotimizdan chuqur o‘rin olgan tuzilma sifatida o‘z ta’sirini tobora kuchaytirmoqda. Bunda yoshlar yetakchilarining ham o‘z o‘rni va ta’sir kuchi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yoshlar ertangi kunimiz egalari sifatida maydonga chiqar ekan, ularning tarbiyasi, kasb-hunar egallashi, bilim olishi, bir so‘z bilan aytganda to‘laqonli shaxs sifatida shakllanishida yetakchilarning o‘rni alohida ahamiyatga egadir. F. XUDOYOROVA, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i Navbatdagi tadbirimiz Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida olib borildi. O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga mos kelmagan 60 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ravishda ogohlantirishlar berildi. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblashning 50 baravari miqdorda jarimaga tortilish mumkinligi haqida tadbirkorlar, tashkilot va muassasalar mas’ullari ogohlantirildi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etilishi zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Norbek ALQAROV, shahar hokimining maslahatchisi 2022-y i ln ing iyun oy ida shahar hokimining mahalladagi yordamchisi sifatida faoliyatni boshladim. Yangicha tizimda ishlashning ham o‘ziga xos talab va mas’uliyati borligini ilk davrdayoq his etgan edim. Avvalo, yordamchi hokimning vakolatli vakili sifatida mahalladagi har bir voqea, umumiy vaziyatdan xabardor bo‘lishi, muammolarni chuqur o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishi lozim. Mahallamizda 327 ta xonadon bo‘lib, 600 ta oila ro‘yxatga olingan va istiqomat qiluvchilar soni 2199 kishini tashkil etadi. 581 nafar yoshlarning yurish-turishi ham ko‘z o‘ngimizda. Xonadonlar kam ta’minlangan, ehtiyojmand, daromadi past, jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi miqdori eng kam iste’mol xarajatlarining 1—3 baravarigacha bo‘lganlar, yashash sharoiti yaxshi, o‘ziga to‘q xonadonlardan iborat 3 toifaga ajratilgan. Mamlakatimizda aholi ko‘nikmalari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish tizimining joriy etilishiga ko‘ra “O‘sish nuqtasi — drayveri” joriy etilgan. Savdo, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, umumiy ovqatlanish tizimi bir qadar yo‘lga qo‘yilganligi tufayli bu sohalar mahallamizning o‘sish nuqtasi hioblanadi. Bugungi kunda mahallamizda bu sohalar anchagina rivojlangan. 6 ta kichik biznes sub’yekti, 12 ta yakka tartibdagi tadbirkor, 2 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda. 177 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi va o‘zini-o‘zi band qilgan. O‘tgan davr mobaynida 36 nafar fuqaroning faoliyati legallashtirildi. 126 kishi doimiy va mavsumiy ishlarga jalb qilindi, 25 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Ayni paytda mahallada o‘ndan ortiq xizmat turlari joriy etilib, ko‘pchilikning bandligi ta’minlandi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan fuqarolar farovonligini oshirish, bandligini ta’minlashda mahallaning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini kengaytirishga doir taklif va ko‘rsatmalari keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning bu boradagi faoliyatini moddiy-moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun kredit va subsidiyalar ajratish doimiy yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda fuqarolarga 724 million so‘mlik imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi. Buning natijasida moliyaviy jihatdan imkoni bo‘lmagan ko‘pchilik mahalladoshlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. O‘z hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga asbob-uskuna, zarur jihozlar sotib olish uchun 80 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. Bundan ikki yil avval mahallamizda 199 nafar doimiy ish bilan band bo‘lmagan fuqaro mavjud edi. Hozirga kelib ularning soni 32 nafarga tushdi. Ularning aksariyati mahallamizda tashkil etilgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb etildi. Yil oxiriga qadar mahallamizda birorta ham ishsiz fuqaro qolmasligi uchun amaliy ishlarni kengaytirmoqdamiz. Jumladan, maishiy texnika jihozlarini ta’mirlash, sog‘lomlashtirishga ixtisoslashgan sport tizimini joriy etish, tikuvchilik, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish bilan ana shu maqsadga erishishni ko‘zlab turibmiz. Suxrob MUROTOV, shahar hokimining “Namozgoh” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi Xorijda migrantlar yakkalanib qolmaydi MUAMMOLAR YECHIMI СОСТОЯНИЕ СТРОИТЕЛЬНЫХ РАБОТ В ГОРОДЕ Noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar olindi Yordamchi emas, qo‘llab-quvvatlovchi Yoshlar yetakchilari ishtirokida hal etilmoqda (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Hokimning mahallalardagi yordamchilariga bugun ana shunday ta’rif berilmoqda
3 2024-yil 13-iyun, payshanba, № 24 (2537) www.samarkandnews.uz Samarqand Zamonaviy texnologiya: bir qulaylik va bir ziyon Madaniyat — hayot mazmuni Siz nima deysiz? E’lon Hayo t n i ng ba r c ha jab ha la r ida texnologiya kirib borgan bugungi dunyoda ulardan voz kechish juda mushkul. Shu jumladan, bolalarda ham. Hayotining ilk yoshlaridan boshlab bolalar ota-onasining telefon, planshet va kompyuterlardan ish va dam olish maqsadida qanday foydalanishayotganini kuzatib borishadi. Shuni yodda tutish kerakki, bolalar uchun eng muhimi kattalarning ularga namuna bo‘lishidir. Аgar, siz bolangizni gadjetlarni normada va foydali maqsadda qabul qilishini xohlasangiz, demak, siz buni faoliyatingiz, turmush tarzingiz bilan ko‘rsatib berishingiz kerak bo‘ladi. Аgar siz bolangiz kechki payt va tuni bilan internetda o‘tirishini xohlamasangiz, unda o‘zingiz ham bu ishni also qilmang! Qo‘limizdagi gadjetlar ko‘rish qobiliyati va qomatga salbiy ta’sir qilishi bilan bir qatorda, ulardan haddan tashqari ko‘p foydalanish go‘daklar va yosh bolalarning rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi. Bolada tabiiyki nutq ham rivojlanmaydi. Kontentdan va telefondan foydalanish vaqti nazorat qilinmasa, o‘zining tengdoshlari bilan muloqot qilish va boshqa kundalik faoliyat bilan shug‘ullanishda: o‘z fikrida qolish, o‘z nuqtai nazarini isbotlash yoki, aksincha ba’zi bir masalalarda muammolar tug‘ilishi mumkin. Bola uchun asosiy muammo bu tabiiy hayotiy muloqotning texnika bilan almashib qolishi, hamda, kunning asosiy qismini u bilan o‘tkazishidir. Bunday holatlarda, mutaxassislar bolalarni yaqinlari bilan muloqot qilish tanqisligi borligini ta’kidlab o‘tishadi. Doimiy ravishda ekran qarshisida o‘tirish, ota-onalar o‘z bolalari ehtiyojlarini tushunmaslik ko‘rsatkichi ham hisoblanadi. Smartfon, planshet va kompyuterlarni ham salbiy, ham ijobiy tomonlari mavjud. Zamonaviy texnika ta’lim resurslari va ilovalariga kirish imkonini beradi, bu bilan ularni ta’lim olishiga, mantiqiy fikrlashiga va kreativligini rivojlantirishga yordam beradi. Gadjetlar bolalarning rasmlar, video, musiqalarni tahrirlash, o‘yinlarni tuzish, til o‘rganish va hokazolar kabi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda foydali bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2019-yilda nashr etilgan tavsiyasiga ko‘ra, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ekran qarshisida o‘tirishlari kerak emas. 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar maksimal 60 daqiqa gadjetlardan foylanishi mumkin. Biroq, qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi. JSST mutaxassislari kichik yoshdagi bolalarning ekran qarshisida o‘tkazadigan vaqtini faol o‘yinlar bilan almashtirish kerakligini maslahat berishadi. G a d j e t l a r d a n f o y d a l a n i s h g a y o ‘ l qo‘ymaslikdan hech qanday foyda yo‘q. Bu ota-onalariga nisbatan bolalarning noroziligi va qarshiligiga sabab bo‘ladi. Bu munosabatalarning buzilishiga hamda gadjetlardan yashirin tarzda, masalan, ko‘chalarda va o‘rtoqlarinikida foydalanishga olib kelishi mumkin. Ekran qarshisida o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirish, tanaffuslar berish, gadjetlardan to‘liq cheklash vaqtlarini belgilash, masalan, ovqatlanish paytida, hamda, ko‘rayotgan narsasi yoshiga mos kelishini va ta’lim jihatidan foydali ekanligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bolalar tashqi muhit bilan o‘zaro muloqotga, jismoniy faollikka ehtiyoj sezadi. Shuning uchun, gadjetlardan foydalanish boshqa faoliyatlari bilan, masalan, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, toza havodagi o‘yinlar va oila a’zolari hamda do‘stlari bilan muloqotda bo‘lish bilan mutanosiblashtirilgan bo‘lishi kerak. Gadjetlarning yomon tomoni haqida gapirish, ularni yig‘ib olish yoki taqiqlab qo’yish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Chegaralash va uning o‘rniga boshqa narsani taklif qilish, masalan, harakatli o‘yinlar yoki biror bir yutuqlari uchun uni oldindan rag‘batlantirish natija berishi mumkin. Uzoq vaqt davomida bir xil holatda, telefon o‘ynaganda boshni egib o‘tirish umurtqa pog‘onasi patologiyasiga olib keladi. Bu umurtqa pog‘onasiga haddan ziyod zo‘riqish berish (o‘tirgan holatda u 40 foiz yuqori) bilan xarakterlanadi va skolioz, kifoz yoki lordoz – umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Ekrandagi tasvirlar notabiiy darajada yorqin va yassi bo‘ladi, bu ko‘z akkomodatsiyasini – jismlarni turli masofadan ko‘ra olish va ularning masofasini baholashni qiyinlashtiradi va buzilishga olib keladi. Buning oqibatida ko‘zlarda qurish, achishish, sanchilish va boshda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Oqibatda uzoq vaqt davomida ko‘zlarning zo‘riqishi miopiyaga va ko‘rish nervining zo‘riqishiga olib keladi. 3—5 yoshdagi bolalar multfilmlarda ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni tabiiyki qabul qilolmaydi. Ma’no jihatidan unga baribir bo‘ladi, muhimi u ranglar ko‘p bo‘lishini xohlaydi. Doimiy ravishda multfilm ko‘rish bolani intellektual faolligini pasaytiradi, chunki, barcha ma’lumotlar unga “tayyor holatda” beriladi. Ko‘rganlarini tahlil qilish yoki uning to‘g‘risida fikrlash umuman kerak bo‘lmaydi. Shuning uchun bola tarbiyasida gadjetlardan foydalanishda qat’iy me’yorlarga amal qilish lozim. Bu borada biz, kattalar — otaonalar gadjetlardan maqsadli va me’yorda foydalanishimiz kerak. Dilbar ISLOMOVA, Maqsuda ASHUROVA, Dilafruz TO‘RAYEVA, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash fakulteti Pediatriya kafedrasi assistentlari Ободу тоза нигоҳ доштани замин кори савоб аст. Ин аст, ки пас аз баста шудани саҳифаи аъмоли инсон ҳам савобашро идома медиҳад. Ниҳолшинонӣ ва бунёди боғ яке аз арзишҳои неки мардуми мост. Воқеан, ободу сабзазор кардани мавзеи истиқоматӣ ба дил шодӣ бахшида, боиси ободии рӯзгор мегардад. Дар чорабиниҳое, ки бобати баланд бардоштани некӯаҳволии мардум дар кишвар амалӣ мешаванд, аҳли масҷидҳои вилоятамон низ фаъолона иштирок мекунанд. Худованди мутаъол инсонро аз хок офарид ва ба ӯ вогузор кардааст, то он макон — заминро, ки ба он бармегардад, обод кунад. Дар ин бора Худованди мутаъол мефармояд: «Шуморо аз хок биёфарид ва шуморо ба ободии он вогузошт» (сураи Ҳуд, ояти 61). Дар ин оят Худованд ба мо амр мекунад, ки замин ва табиатро ҳифз кунем ва аз неъматҳои он оқилона истифода барем. Ҳамзамон, ба он ҳар гуна зарар расониданро манъ мекунад. Покиза ба наслҳои оянда расонидани замин ва тамоми неъматҳои он яке аз вазифаҳои муҳим аст. Махсусан, дар қалби аҳли имон ҳисси масъулияти бузургро афзун мекунад. Дар доираи лоиҳаи умумимиллии «Макони сабз» унсурҳои экологӣ, аз ҷумла ҳаво, об, хок, сарватҳои зеризаминӣ, минтақаҳои табиии ҳифзшаванда аз таъсири инсон ва дигар омилҳои манфӣ ҳифз гардида, бобати кам кардани мушкилоти экологӣ нақшаи чорабиниҳо таҳия ва дар амал татбиқ мешаванд. Тавре ки Сарвари давлатамон таъкид намуд, лоиҳаи умумимиллии «Макони сабз» тадбири яксола нест. Воқеан, агар мо имрӯз ба табиат меҳру таваҷҷуҳ зоҳир кунем, наслҳои оянда низ дар муҳити муносиби экологӣ зиндагӣ хоҳанд кард. Барои ин мо бояд захираҳои замину об, сохтори экологиро ҳифз намуда, дарахт шинонем ва боғ бунёд кунем. Мушкилоти глобалии вобаста ба тағйирёбии иқлим, ки дар ҷаҳон ба мушоҳида мерасад, мутаассифона, кишвари моро низ дар канор намегузорад. Ба вуҷуд омадани чанг, инчунин кам ё зиёд шудани боришот тасдиқи ин сухан аст. Ин вазъият набояд ягон одами зиёиро бетараф гузорад. Ислом ҳамеша ба тозагӣ ва озодагӣ даъват мекунад. Пеш аз ҳама, покизагӣ, ки аз дил оғоз мешавад, моро даъват мекунад, ки муҳити зист — Ватанамонро покиза нигоҳ дорем. Дар ҳадисе омадааст, ки «Атрофи хонаҳоятонро пок нигоҳ доред» (Ривояти Имом Бухорӣ ва Имом Табаронӣ). Аз ин ҳадис маълум мешавад, ки покии муҳит бо покии қалб мустақиман созгор аст. Аз қадимулайём дар байни мардуми мо одати накӯи тоза кардани гирду атрофи хонаю ҷӯйборҳо, кӯчаю қабристон ва дар ҷойҳои бекорхобида шинондани ниҳолҳо анъана буд. Дар ҳадисе, ки имом Аҳмад ривоят кардааст, Паёмбар (с) ба Саъд (р) фармуд: «Ҳатто агар дар дарёи равон бошӣ ҳам, обро зоеъ макун!» Аҷдодони мо солҳост, ки ба ин ҳадис пайравӣ мекарданд. Мо низ бояд пеш аз ҳама ба ин ҳикмат пайравӣ кунем ва онро ба насли наврас омӯзонем. Охир, тоза нигоҳ доштани муҳити зист яке аз масъалаҳои таъхирнопазир мебошад. Бояд гуфт, ки масъалаҳои вобаста ба муҳити зист дар осори донишмандони бузург низ ифодаи худро ёфтаанд. Масалан, Амир Темур он касонеро, ки заминҳои бекорхобидаро аз худ карда, боғдорӣ намудаанд, ташвиқ мекард. Алишер Навоӣ хиёнат ба табиатро ба хиёнати дӯст муқоиса кардааст. Барои ӯ табиат ва дӯст як маъно доштанд. Дар сатҳи ҳукумат тарғиб шудани амали ниҳолшинонӣ амали неку наҷиб ва шоиста мебошад, ки бояд пайваста амалӣ шавад. Дини мо низ ба чунин ташаббуси нек дилсӯзона муносибат карда, кабудизоркуниро васеъ тарғиб мекунад. Дар ҳадиси шариф Расули Худо (с) фармудаанд: «Ҳар кӣ замини мурдаро зинда кунад, яъне онро обод гардонад, барои ӯ аҷр ҳаст». Ҳамчунин, ҳар ҷонзоде аз он бихӯрад, ба ӯ савоб ҳаст» (ривояти Имом Доримӣ). Дар ҳадиси дигар фармудаанд: «Агар мусулмоне дарахт ё зироате бикорад ва аз он паррандае, одаме ё ҳайвоне бихӯрад, он барои ӯ садақа мешавад» (ривояти Имом Бухорӣ). Ҳоҷӣ Ҷаҳонгир ҲОТАМОВ, имом-хатиби масҷиди ҷомеи «Хоҷа Абдулмӯъмин»-и шаҳри Самарқанд. Uzoq yillardan buyon shu sohada faoliyat yuritib, uning o‘ziga xos muammo va qiyinchiliklariga juda ko‘p duch keldim. Eng muhimi, sohamizda o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan malakali mutaxassislar xizmat qilayotganiga har safar ishonch hosil qilib, qalbim g‘ururga to‘ladi. Negaki, davlatimiz va xalqimizning eng quvonchli kunlari, tantanalari madaniyat xodimlari, san’ankorlar ishtirokisiz o‘tmasligini barcha yaxshi biladi. Bo‘limimiz va uning joylardagi markazlari hamda ularda ishlayotgan xodimlarimiz ham ana shunday salmoqli ijod va mehnat qo‘yniga sho‘ng‘ib ketishgan. Ayni paytda bo‘limimizga qarashli 6 ta madaniyat markazi hamda 7 ta xalq va namunali unvonga ega bo‘lgan badiiy havaskorlik jamoalari faoliyat yuritmoqda. Jamoamiz ko‘pchilik emas: atigi 80 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Ulardan 48 nafari ijodiy ishlarga jalb etilgan. Madaniyat markazlari va jamoalarning faoliyatini izchil va aniq yo‘lga qo‘yish maqsadida aniq rejalar tuzilgan. Xususan, 2024-yil uchun belgilangan rejadan madaniy-ma’rifiy va ommaviy faoliyatimizga doir tadbirlar o‘rin olgan. Yilning o‘tgan davrida bo‘limimizga qarashli madaniyat uyi markazlari tomonidan 113 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularga 35 mingdan ortiq tomoshabinlar jalb qilindi. Mamlakat Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan sinov-attestatsiyadan barcha xodimlarimiz o‘tganligini va yuqori bahoga, ijobiy xulosaga erishilganligini alohida ta’kidlagan bo‘lar edim. Madaniyat markazlari aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun tashkil etilganligi barchaga ma’lum. Turli to‘garaklar, ma’naviy-badiiy tadbirlar bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ayni paytda madaniyat markazlarida 48 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga 833 nafar fuqaro san’at sirlarini o‘rganishmoqda. Ishtirokchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Yil boshidan buyon ishtirokchilar soni 194 nafarga oshdi. “Nurafshon” madaniyat saroyi q o shid a f a oli ya t yu ri t ayo tg an 1-Madaniyat markazining faoliyati ayniqsa ibratlidir. Bu yerda tashkil etilgan ovoz yozish studiyasida ijodga mehr qo‘ygan yoshlar bilan ishlash namunali tashkil etilgan. Yil boshidan buyon bu studiya qatnashchilari jonajon shahrimiz, ona Vatan, Yangi O‘zbekiston mavzularida 3 ta yangi qo‘shiq yaratishdi. Madaniyat markazlari mahallalardagi yoshlar y e t a k c h i l a r i , s h a h a r hokimining yordamchilari b i l a n h a m k o r l i k d a “Maktab — mahalla — markaz” tizimi asosida faoliyat yuritmoqdalar. Bu hamkorlikning natijasi sifatida hozirgacha 16 ta mahallada o‘tkazilgan 19 ta ommaviy-madaniy tadbirlarni tilga olishimiz mumkin. Bu tadbirlarning barchasi badiiy yuksak darajada tashkil etilib, unda salkam 1,6 ming kishi qatnashdi. Faoliyatimizda tilga olsa arzigulik yutuqlarimiz ko‘p. Biroq, anchadan b u y o n y e c h im i n i k u t a y o t g a n muammolar ham borki, ular qo‘lga kiritgan yutuqlarimizga to‘sqinlik qilayo tganligini ya shi rmaymi z . Madaniyat markazlarimizning har birida dolzarb muammolar mavjud. Masalan, 1-Madaniyat markazi joriy ta’mirga muhtoj bo‘lsa, 2-Madaniyat markazi binosidagi isitish tizimi ishdan chiqqan, 3-Madaniyat markazi 11 ta mahallaga xizmat ko‘rsatishiga qaramasdan o‘z tomosha zaliga ega emas. Qolgan madaniyat markazlarida ham ana shunday va boshqa muammolar davom etayotganligi sababli ommaviy tadbirlar o‘tkazish, fuqarolarning asosiy qismini qamrab olish tizimini rivojlantirish yo‘lida muammolarni keltirib chiqarmoqda. M u amm o l a r g a q a r am a s d a n tizimdagi barcha xodimlarimiz o‘z oldilariga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash uchun ahillik, birdamlik, sobitqadamlik bilan faoliyat yuritmoqdalar. R. MAHMUDOVA, shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i Yoshlar, ayniqsa, talabalarning vaqtdan unumli foydalanishi zarurligi haqida ko‘p fikrlar bildirilmoqda. Bundan 4 yil avval menga ham talabalik baxti nasib etgandi. Shu davr ichida vaqtini bilim olishga sarflaganlarni ham, o‘yin-kulgi va ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazgan talabalarni ham uchratdim. Birinchi toifadagi talabalar o‘tayotgan vaqtning har soatini o‘qish, izlanishga sarflab, bilimlarini oshirdilar. Ikkinchi toifadagilar esa “bir amallab” institutni bitirish ilinjida yurishdi. Tabiiyki, vaqtini o‘qish-izlanishga bag‘ishlagan talabalar sohaning bilimdoni sifatida hayotga qadam qo‘yishsa, keyingilar chalasavod mutaxassis sifatida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Afsuski, bundaylar oramizda ko‘pchilikni tashkil etadi. Umr, vaqt bebaho ne’matdir. Yoshlikda uning qadriga yetmasak, bir kun kelib pushaymon bo‘lamiz. Furqat NASIBBEKOV, SamDChI talabasi DA’VOLAR BO’LSA... Samarqand shahrida хususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ismailova Shaxlo Baxrillayevna notarial idorasida marhumа Aliyeva Zeynep Shevketovna (2021-yil 14-sentabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Ismailova Shaxlo Baxrillayevna notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 17-uy. Tadbirlar madaniyat xodimlari ishtirokisiz o‘tmaydi Mutaxassislar ogohlantiradi GADJETLARNING BOLALARGA TA’SIRI Talabaning vaqti nimaga sarflanmoqda? Муҳити зистро покиза нигоҳ дорем! Majburiy ijro byurosi va Ichki ishlar organlari mutasaddilari diqqatiga! "Bog‘imaydon" mahallasida yashovchi Shahlo Abdumanonova ikki nafar nogiron farzandi uchun sobiq umr yo‘ldoshidan aliment undiraman deb, 10 yildan buyon ovorayu sarson. Yolg‘iz onadan tashqari biz ham mahalla nomidan ko‘p marta MIBning viloyat va shahar mas’ullariga murojaat qildik. Ammo natija yo‘q. Ushbu tashkilotlar murojaatlarimizga doimo bir xil javob qaytarmoqda: “Asli Ishtixon tumanidan bo‘lgan, 24.03.1980 yilda tavallud topgan Sh. Abdumanonovaning umr yo‘ldoshi Hasanov Muzaffar Muhammadovich Toshkent shahriga ishga ketgan va uning yashash joyini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti”. MIBdek katta tashkilotning qo‘lidan kelmasa, nega Ichki ishlar organiga murojaat qilishmaydi? 10 yil ichida bir kishini topish nahonki shu darajada mushkul bo‘lsa… Shahloning aytishicha, u bir necha marta viloyat hokimi E. Turdimovning sayyor qabuliga yordam so‘rab borayotganda MIB xodimlari uni yo‘ldan qaytarib, hokimga uchrashish shart emasligini, muammoni o‘zlari hal etishlarini uqtirgan. Ammo natija bo‘lmagan. Sh.Abdumanonova deyarli har kuni ko‘mak so‘rab mahallaga murojaat qiladi. Qo‘ldan kelguncha yordam ko‘rsatyapmiz. Ammo ikki nogiron farzandga dori-darmon, ro‘zg‘origa oziq-ovqat, yana kommunal to‘lovlar uchun mablag‘ zarur. Shu sababli u aliment masalasi hal bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqda. Yana 10 yil qarab turishga esa vaqti ham, imkoni ham, sabri ham yo‘q! Toshpo‘lat RAHMATULLAYEV "Bog‘imaydon" MFY raisi ALIMENT TO‘LOVCHI QANI? Yoxud 10 yil davomida “topilmayotgan” ota qayerda?
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 297 Adadi: 890 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Bekzod MUSURMONOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 13-iyun, payshanba, № 24 (2537) www.samarkandnews.uz Samarqand Turkiylarning mangu timsollari Hunarmandchilik Ichki turizm Bugunning gapi Afsuski, keyingi yillarda Superligada bunday istisnolar avj olib ketdi. Axir, “Surxon” futbolchilari necha yillardan beri Toshkentdagi “Paxtakor” stadionini “o‘ziniki” qilib olgan! Keyingi yillarda Andijon, Qo‘qon, Namangandagi stadionlarda ta’mirlash ishlari olib borilganligi sababli “Andijon”, “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” singari jamoalarning muxlislari ham stadion qayerdaligini unutayozgan edi. Xayriyatki, bu jamoalar “uyi”ga qaytishdi. Bunday ko‘rgulik bu yil sevimli jamoamiz — “Dinamo” boshiga ham tushdi. Hozirgacha o‘tkazilgan 9 ta uchrashuvning barchasini hamshahar futbolchilarimiz “musofirlik”da — Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi stadionida o‘tkazishdi. Mavsum avvalida “Dinamo” stadioni chimini yangilash choralari ko‘rilayotganligi, jamoa ikkinchi davrani o‘z uyida o‘tkazishi qayta-qayta ta’kidlangan edi. Bugunga kelib, mutaxassislar fikricha, stadion maysasi talabga javob beradi. Lekin yoritish, tomoshabinlarni joylashtirish bilan bog‘liq yangi muammolar paydo bo‘lganligi sababli balki, “Dinamo” mavsum oxirigacha Samarqandga qaytmasligi mumkin. Bu yilgi chempionat faqat “Dinamo”ga shunday “syurpriz” ato etgani yo‘q: Bekobodning “Metallurg” jamoasi boshiga ham shunday kun tushib, bugun yaqinroqdagi “Olmaliq” stadioniga qatnab yuribdi. Navoiyning “Qizilqum” jamoasi muxlislari ham o‘z stadionida futbol ko‘rish imkoniyatidan mahrum: stadion tayyor bo‘lmagani uchun “Qizilqum” Qarshiga qatnamoqda. Mavsum avvalida stadioni buzilishga tushgan Proliga vakili “Buxoro” jamoasi ham “ijarachi” sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘rib turibsizki, bir necha jamoa bugun “uysiz”ga aylangan! Mamlakat futbol assotsiatsiyasi va PFL rahbariyati nega bunday salbiy an’anaga chek qo‘yishga shoshilmayapti? Holbuki, ilgari bunday muammoga bir yoki ikki jamoa duch kelgan bo‘lsa, hozir ularning soni ancha oshib ketdi. Bu holat davom etadigan bo‘lsa, “Qizilqum”ni Qarshi, “Dinamo”ni Jizzax, “Metallurg”ni Olmaliq jamoasi, deb tanishtirishga to‘g‘ri kelmaydimi? “Surxon”niku, aytmasa ham bo‘ladi. Bu jamoa allaqachon “Toshkent jamoasi”ga aylanib ketdi. Quvondiq XALILOV O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi hamda PFL rahbariyati tomonidan tasdiqlanib, bugungi kunda amalda bo‘lgan reglamentga muvofiq chempionat ishtirokchisi bo‘lgan har bir jamoa ayrim istisno holatlarni hisobga olmaganda, uy uchrashuvlarini o‘z o‘yingohida o‘tkazishlari belgilab qo‘yilgan. Stadionlarning chempionat boshlanishiga qadar ba’zi sabablarga ko‘ra tayyor bo‘lmasligi “istisno”lardan biridir. “DINAMO” ham “IJARACHI”... Hamshaharlarimiz ziyoratni Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy qadamjosidan boshlashdi. Ziyorat mobaynida buyuk so‘fiy, ulamo, naqshbandiya tariqatining asoschisi — Bahouddin Naqshband majmuasi, Ark, unga yondosh bo‘lgan ziyoratgohlar, Buxoro amirlarining yozgi qadamjosi — Sitorai Mohixosada bo‘lib, buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ochig‘i, bir kungina davom etgan ziyoratning yanada davom etishini ko‘pchilik istagandi. — “Optovik.uz” MCHJ hamda bir guruh mahalla faollarining homiyligi bilan tashkil etilgan ushbu ziyoratdan ko‘nglimiz to‘ldi, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sherzod Saydullayev. — Ular sayohat va ziyorat xarajatlarining barchasini o‘z zimmalariga olishib, savob ishga qo‘l urishdi. Ziyoratchilar yana bir qutlug‘ va unutilmas v o q e a n i n g g u v o h i b o ‘ l d i l a r. Ke c h q u r u n Samarqandga qaytar chog‘ida ular Buxoro ko‘chalarini to‘ldirgan, yuzlaridan tabassum va minnatdorchilik hislari yog‘ilib turgan minglab odamlarga duch kelishdi. Avtobus to‘xtagach, samarqandlik ziyoratchilar ham ular safiga qo‘shilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni shu paytda Buxoroga tashrif buyurgan mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashrifini yakunlab, poytaxtga yo‘l olayotgan ekan. Minglab insonlar yurtimiz yetakchisiga oq yo‘l tilab qoldi. Mamlakatning yanada gullab-yashnashi, farovonlik va tinchlik barqaror bo‘lishini tilab duo qildilar. Baxtiyor SHARIPOV (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Qo’shni Turkmanistonning Ashxobod shahridan bir necha kilometr sharqda joylashgan Anau qo‘rg‘oni yonida Amir Temurning chevarasi, Shohrux Mirzoning nabirasi, Alisher Navoiyga homiylik qilgan Xuroson hukmdori — Abulqosim Bobur Bahodirxon (1422— 1457) o‘zida qadimiy turkiylarning totemik qarashlarini aks ettirgan noyob suratli, go’zal masjid qurdirgan. Bu noyob masjid 1948-yildagi kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan. Biroq uning sur’atlari bizgacha saqlanib qolingan. Masjid ajoyib polixromli keramik dekoratsiya va badiiy o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Bino peshtoqidagi ajoyib geometrik va mozaik bezaklar "Bu bino buyuk Sulton, o‘z xalqining hukmdori, mamlakatlarning panohi Abulqosim Bobur Bahodurxon davrida qurilgan. Qodir Tangri uning qudrati va shohligini abadiylashtirsin", degan yozuv bilan uyg‘unlashgan. Arxitektura yodgorligining diqqatga sazavor eng muhim o‘ziga hosligi – bu bino arkining tepasida chizilgan, bir-biriga qarab turgan oltin rangli ikkita ajdarhoning tasviridir. Bunday tasvir Islom dunyosi binokorligida tengsiz va noyob hodisa hisoblanadi. U an’anaviy Islom bezaklaridan chetlashib qadimiy turkiy xalqlarning totemik qarashlariga ishora qiladi. Abulqosim Bobur Bahodurxon davrida qurilgan mazkur masjidning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, bunday shakldagi go’zal madrasa yoki masjid dunyoda yagonadir. Bunday g‘ayrioddiy binoning paydo bo‘lishiga oid mahalliy xalq o‘z afsonasini yaratgan. Unga ko‘ra, adolatli va dono Jamol degan ayol hukmronlik qilgan davrda ajdarho shahar aholisidan yordam so‘rab murojaat qiladi. Malikaning buyrug‘i bilan ustalar bolta va arralarni olib ajdarhoga ergashib toqqa chiqib ketishadi. U yerda ustalar tomog‘iga bir butun echki tiqilib qolib, azoblanayotgan boshqa bir ajdarhoni azobdan qutqaradilar. Ajdarholar minnatdorchilik bildirib, ustalarga va shahar ahliga xazina tortiq qilishadi. Bu boylikka esa malika Jamol yuqorida nomi keltirilgan masjid barpo etishni buyuradi. Keltirilgan afsona tarixiy faktlardan yiroq bo‘lsa-da, unda qadimiy turkiy xalqlarning bo‘ri kabi totem jonivori – ajdarho kulti g‘oyasi saqlab qolingan. Qadimiy turkiy xalqlarda ajdarho va ilon kulti bilan bog‘liq turli mifologik tushunchalar mavjud. Ular badiiy adabiyotda, amaliy san’atning turli ko‘rinishlarida va hatto binokorlikda ham o‘z aksini topgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, Temuriy hukmdorlar ham bunday mifologik tushunchalardan yaxshi xabardor bo‘lishgan va ular qadimiy mifologik hamda Islomiy qarashlarni uyg‘unlashtirishga harakat qilishgan, degan xulosaga kelish mumkin. Tarixiy manbalardan ma’lumki, ajdarho ham bo‘ri kabi turkiy xalqlar timsoli bo‘lgan. Qadimiy turkiy xalqlarning, ular barpo etgan davlatlarning eron, slavyan, yunon, xitoy va boshqa xalqlar hayotiga ta’siri bo’lgan. Ko’p hollarda bu xalqlar jangovar turklarning hujum qilishidan qo’rquv bilan yashashgan. Bu uzoq yillik urush holati sababli, turkiy xalqlarning umumlashtiruvchi obrazi hisoblangan ajdarho va bo‘ri obrazlari ushbu xalqlar afsona va rivoyatlarida salbiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan madaniyatlar assimilyatsiyasidan so‘ng, ajdarho turkiy xalqlar uchun ham salbiy obrazga aylanadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda ham ko‘plab turkiy xalqlar afsona va ertaklarida ijobiy ajdarholar obrazi saqlanib qolingan. O’z davrida turklar bilan yaqin aloqada bolgan Xitoyda boshqacha bolgan. Faqatgina Xitoy mifologiyasiga dastlab salbiy obrazda kirib kelgan turkiy ajdarhoning, keyinchalik ijobiy talqini vujudga keladi va turkiy xalqlarda unut bo‘lgan ushbu obraz xitoy mifologiyasi va madaniyatidan chuqur joy egallaydi. Erkin MUSURMONOV, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti professori. Bekzod MUSURMONOV, "Samarqand" muxbiri Samarqandning tashrif qog‘oziga aylangan Registon me‘moriy majmuasining Sherdor madrasasi hujralaridan birida ko‘p yillardan buyon milliy musiqa asboblarini yasab, xorijiy sayyohlar hamda hamyurtlarimizga namoyish etib kelayotgan Bobur Sharipov milliy musiqa asboblari ustasi sifatida elda e’zoz topgan. Hunarmand 1997-yildan buyon musiqa asboblarini yasash bilan shug'ullanadi. Shuningdek, bayram tadbirlari, xorijiy mehmonlar hamda ichki turizmda, nufuzli mehmonlar, davlat rahbarlari tashriflarida ko‘rgazmalari bilan muntazam ishtirok etib keladi. Bobur Sharipov milliy musiqa asboblarini yasovchi usta, taniqli hunarmand Hamroqul Haydarov (Alloh rahmat qilsin)ning shogirdlaridan biridir. Hunarmand Bobur Sharipov 25 yil davomida o‘zi yasagan milliy musiqa asboblari bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Fransiya, shuningdek, Yaponiya singari davlatlardagi nufuzli ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib keladi. — Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz, albatta, ulkan boylik bo‘lgan o‘zbek milliy musiqa san'atini, betakror hunarmandchiligimizu milliy cholg‘u asboblarimizning o‘ziga xosligini jahon miqyosiga olib chiqish, targ'ib qilish, ommalashtirishdir, — deydi hunarmand. O‘zbek milliy musiqa asboblari ko‘p, bular: dutor, tanbur, rubob, g‘ijjak, nay, surnay, doira va boshqalar. Ularning yasalish jarayonlari ham o‘ziga xos bo‘lib, musiqa asboblari asosan, tut, yong‘oq, o‘rik hamda chinor daraxtlari yog‘ochidan yasaladi. Asboblar yasalishidan oldin yog‘ochlar yarim tayyor holatga keltirilib, maxsus xonalarda 3-4 yil quritiladi. So‘ng, musiqa asbobini yasash jarayoni boshlanadi. Har bir musiqa asbobining kosaxonasi, dastasi alohidaalohida yasaladi. Bitta asbob yasash uchun 10 kundan 1 oygacha vaqt sarflanadi. Quyida usta-hunarmand Bobur Sharipovdan eshitganlarimiz asosida milliy musiqa asboblarimiz haqida qisqacha ma’lumot beramiz. DUTOR Dutor qadimiy musiqa asboblaridan biri bo‘lib, forstojikchada ikki tor, degan ma'noni anglatadi. O‘zbek milliy musiqa san’atini dutorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dutorning kosaxonasi tut daraxtidan, dastasi yong'oq va o‘rik yog‘ochidan yasaladi. Kosaxonasiga mol yoki baliq terisi qoplanadi. Musiqa asbobining yaxshi sado berishi uchun molning yurak pardasi ham qoplanadi. Bezaklari uchun esa sadaf (chig‘anoq), hayvonlar shoxi, qoramol suyagi ishlatiladi. Oldinlari musiqa asboblari torlari uchun mol ichaklaridan tayyorlanilgan torlar ishlatilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ipak, mis va po‘lat tolalardan foydalanib kelinyapti. TANBUR Tanbur insonning qalbini junbushga keltirmoq ma'nosini bildiradi. Bunga sabab, musiqa yangraganda, inson beixtiyor tebranib tinglaydi. Go‘yoki, cholg‘u asbobi nola qilayotgandek yuraklarni junbushga keltiradi. Tanburning kosaxonasi tut, dastasi yong‘oq, o‘rik daraxtlaridan yasaladi. Bu musiqa asbobining kosaxonasiga ham mol yoki baliq terisi ishlatiladi. Musiqa asbobining yaxshi sado berishi uchun, albatta, molning yurak pardasidan foydalanish juda yaxshi samara beradi. U ohangning go‘zal va betakror taralishiga xizmat qiladi. Bezaklari uchun sadaf, hayvonlar suyagi ishlatiladi. RUBOB Rubob besh torli musiqa asbobi bo‘lib, u ham eng qadimiy cholg‘u asboblari turiga kiradi. Qadim Turkiston va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Hozir rubobning uch xil: qashqar rubobi, afg‘on rubobi va pomir rubobi mavjud. Kosaxonasi tutdan, dastasi o‘rik hamda yong‘oq daraxtlari yog‘ochidan tayyorlanadi. Bezaklari uchun sadaf hamda hayvonlar suyagi ishlatiladi. NAY Nay puflab chalinadigan juda qadimiy o‘zbek milliy cholg‘u asbobi sanaladi. U yong‘oq, o‘rik daraxtlari yog‘ochi, qamish hamda bambukdan ham yasaladi. Mevali daraxtlar yog‘ochidan (yog‘och-nay), bambukdan (bambuk-nay), oq misdan (mis-nay), latundan (brinjnay) yasaladi. Nayda barmoq bilan bosiladigan 6 ta teshik bo‘ladi. Nayning tovush qatori diatonik bo‘lib, ikki yarim oktava (1-oktava lya notasidan 4-oktava re notasigacha) tovush ko‘lamiga ega. Yog‘och va g‘arov naylarda asosiy teshiklari orasida 1 ta hamda quyi qismida yana 4 ta teshiklar mavjud. Bularning barchasi nay tovushiga chiroyli tus berish uchun ochilgan. G'IJJAK G‘ijjak kamonli musiqa asbobi bo‘lib, to‘rt torli bo‘ladi. G’ijjakning yumaloq cho‘michsimon kosasi oldin qovoq, kokos yong‘og‘idan, hozirgi vaqtda yog‘och (tut, yong‘oq) g‘o‘lachasidan o‘yib yasaladi va kosasi og‘ziga teri yoki pufak tortiladi. Pardasiz dastasining bir uchiga “quloq”lar o‘rnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Hozirgi g‘ijjakning torlari soni 3-4 ta bo‘lib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Kosaxonasi tut, yong‘oq daraxtlari yog‘ochdan yasalib, tanasiga baliq va mol terisi qoplanadi. Kamonchasi ot qilidan (dumidan) qilinadi. Bu ham juda qadimiy musiqa asbobi bo‘lib, turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. DOIRA Doira (childirma, chirmanda,) Turkiston xalqlari — o‘zbek, turkman, tojik, uyg‘ur va boshqa sharq xalqlarining cholg‘u asbobi bo‘lib, xalqimiz to‘ylari, bayramlarida keng qo‘llaniladi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi yong‘oq, tut va o‘rik daraxtlari hamda akatsiyadan yasaladi. Unga metall xalqachalar o‘rnatiladi. Yuziga ho‘kiz, ot yoki qo‘y terisi qoplanadi. * * * Bobur Sharipov o‘zbek milliy musiqa asboblarini maromiga yetkazib chaladi. Shu bilan birga, xorijiy sayyohlarga musiqa asboblarining tarixi, yasalishi hamda o‘zbek xalqi hayotidagi o‘rni borasida ma’lumotlar beradi, sayyohlar uchun tajribalar master-klasslar o‘tkazib turadi. Hunarmand usta faoliyati haqida dunyoning ko‘plab nufuzli telekanallarida intervyular tashkil qilingan. Jumladan, Rossiya telekanallarida, BBC, Yevropa telekanallari hamda ijtimoiy tarmoqlarda, qolaversa, You tube platformasida ko‘p yoritilgan. — Men milliy madaniyatimiz, milliy musiqa asboblari nafaqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo hududida, balki dunyo miqyosida keng yoyilishini, albatta, milliy musiqamiz tarixini butun dunyoga targ‘ib qilishni, ommalashtirishni istayman, — deydi usta. — Shu asosda ishlayman. Faoliyatim davomida dunyoning turli mintaqalaridan sayyohlar tashrif buyurib, o‘zbek milliy musiqa asboblari yordamida maromiga yetkazib musiqa chalib bera oladiganlariga duch keldim. Shunda anglaymanki, qilayotgan ishlarim besamar ketmayapti. Hunarimdan g‘ururlanaman, faxrlaman! Xumora ESOXONOVA, Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi QADIMIY O‘ZBEK MILLIY MUSIQA ASBOBLARI Boqiy shaharga ziyorat Mir Said Baraka mahallasida yashovchi bir guruh otaxon va onaxonlar shu oyning dastlabki kunida qadim Buxoroni ziyorat qildilar. SHERDORNING “BOBO”SI BORLIGINI BILASIZMI? Ularning umrini uzaytirishga, dunyoga tanitishga katta hissa qo'shib kelayotgan hunarmand usta Bobur SHARIPOV faoliyatiga chizgilar Gazetamizning keyingi soni 2024-yil 27-iyun kuni chop etiladi.