The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-01-25 09:26:40

Samarqand 4-son

Samarqand 4-son

ISSN 2010-6734 № 4 (2465) 2023-yil 26-yanvar, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Xalq va Vatan fidoyisi Islom Karimov. Bu qutlug‘ nom xalqimiz qalbidan hurmat ila o‘rin olganligiga shubha yo‘q. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida bu insonning xizmatlari beqiyosdir. Har safar Islom Karimovning tavallud ayyomi munosabati bilan ko‘z oldimizda uning xalq va Vatan oldidagi xizmatlari namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, siyosat olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, o‘z xalqi tashvishi bilan kuyibyongan Islom Karimovga Alloh beqiyos iqtidor, iste’dod bergan ediki, uning rahbar sifatida bor qiyofasi o‘zbek xalqi, O‘zbekiston timsolida mangu namoyon bo‘ldi. Esingizdadir, bu inson o‘tgan asrning saksoninchi yillari oxiridagi tahlikali, barchani tashvish botqog‘iga botirgan, ertangi kunga ishonch yo‘qolgan og‘ir vaziyatda rahbarlik va siyosat maydonida alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida paydo bo‘ldi. Sharof Rashidov vafotidan so‘ng mamlakatimiz rahbarligi turli qo‘llarga ketma-ket o‘tib, xalq ahvoli og‘irlashgan, O‘zbekiston o‘z mavqeini anchayin yo‘qotgan bir davr edi. Og‘ir paytda yurtimizning turli burchaklarida beqarorlik, notinchlik vujudga kela boshladi. O‘zini “el og‘asi”, deb hisoblaydigan kimsalar sekinasta panaga o‘tishdi. Hech kim xalq va Vatan taqdirini o‘ylagisi kelmagan og‘ir vaziyatda Islom Karimov rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi. Mamalakatda tinchlik o‘rnatilib, ertangi kunga bo‘lgan ishonch odamlar qalbidan joy egalladi. Islom Karimov prezident sifatida mustaqil O‘zbekiston bilan qadamba-qadam o‘sib, ulg‘ayib bordi. Avvalo, tinchlik va barqarorlik yo‘lidagi xizmatlarini ko‘z oldimizga keltiraylik. To‘qsoninchi yillarda demokratiya shiori ostida qo‘shni mamlakatlarda turli notinchliklar tez-tez sodir etilar, biroq bu talato‘plardan oddiy xalqqa ignacha ham naf yo‘q edi. G‘animlarimiz mustaqil O‘zbekistonda jipslikni, uyushqoqlikni, ishonchni yo‘qqa chiqarish niyatida ne balolarni o‘ylab chiqarishmadi, deysiz! Oddiy yetishmovchilik, ijtimoiy muammolar ildizini ham bevosita Prezident shaxsi bilan bog‘lash harakati har jabhada avj olib ketdi. Shunday holatlar ham bo‘ldiki, ichimizda ham, tashimizda ham ijtimoiy muammolar uchun Islom Karimov aybdor, degan “kampaniya” tashkil etildi. Ana shunday og‘ir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlash yo‘lida I. Karimovning yana bir salohiyati ko‘zga tashlandi. Bu uning tashqi va ichki siyosat bobida o‘z dunyoqarashi, aniq rejalar asosida har qanday muammoni hal etish borasidagi yuksak salohiyati borligini namoyon qildi. Xalqaro munosabatlarda ham Islom Karimov alohida siymo sifatida gavdalandi. Biron-bir voqea-hodisa yo‘qki, unga Islom Karimov birinchilardan bo‘lib munosabat bildirmagan bo‘lsin! Ham siyosatchi, ham iqtisodchi va eng muhimi, uzoqni ko‘ra biladigan rahbar sifatida O‘zbekistonning ertasini belgilab bergan edi. Uning rahbarligida mamlakat iqtisodiyotining yangi yo‘nalish va sohalariga asos solindi. M a’n avi ya t , m a’ ri f a t , m a d ani y me’rosimizga bo‘lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda ham bu siymoning buyuk xizmatlari bor. Uning rahbarligida sho‘rolar davrida oyoqosti qilingan dinimiz, tilimiz, o‘zligimiz, millatimiz qayta qaddini rostladi. Buning uchun qancha harakat, jismoniy va ma’naviy kuch sarflangani hech kimga sir emas. Agar, hayot bo‘lganda bu siymo umr pillapoyasining 85-pog‘onasiga qadam qo‘ygan bo‘lur edi. Ammo, u O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar qalbida o‘zining buyuk xizmatlari bilan mangu yashaydi. Zero, har qadamda u asos solgan, yaratgan buyuk o‘zgarishlar davom etayotganligi Islom Karimov xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni yanada mustahkamlaydi. Quvondiq XALILOV amlakatimizda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bojxona xizmatida ham asosiy e’tibor inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Hech shubhasiz, tizimdagi o'zgarishlar fuqarolarga qulaylik yaratib, ularni ortiqcha sarsongarchilik va sarf-xarajatdan xalos etmoqda. Buni bugun bojxona postlaridan harakatlanayotgan har bir yurtdoshimiz alohida e’tirof etmoqda. Jumladan, viloyat bojxona boshqarmasi "Samarqand aeroporti" chegarabojxona posti faoliyatini o'rganish jarayonida bunga yana bir bor amin bo'ldik. Ta’kidlash joizki, Samarqand x a l q a r o a e r o p o r t i q a y t a ta’mirlangandan so'ng, yangi terminalning ishga tushishi natijasida yo'lovchi o'tkazish im k o n i y a t i s o a t i g a 3 5 0 nafardan 1000 nafarga oshdi. Rejalashtirilgan reyslar soni ham haftasiga 60 tadan 120 tagacha amalga oshirilmoqda. Yo'lovchi tashish hajmini yiliga 480 mingdan 2 millionga , jumladan, turistik tashishni yiliga 52 mingdan 180 mingga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda. Yo'lovchilarning erkin harakatlanishi uchun yo'laklar soni ko‘paytirilgan. Eng muhimi, aeroportning yangilanish jarayonida bojxona tizimi faoliyatida ham o'zgarishlar amalga oshirilib, "Masofaviy bojxona nazorati" tizimi joriy qilindi. — Xalqaro tajriba asosida joriy qilingan yangi nazorat tizimi bojxona xizmati xodimlariga ham, fuqarolarga ham har tomonlama qulaylik yaratdi, — deydi "Samarqand aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig'i Akbarjon Meliboyev. — Birinchi navbatda zamonaviy aeroportda yo'lovchilar uchun ham, maxsus xizmat xodimlari uchun ham yetarli sharoit yaratildi. Masofaviy bojxona nazorati tizimi orqali oldindan kelib tushgan ma’lumotlar asosida yo'laklarga o'rnatilgan "aqlli kameralar" orqali nazorat amalga oshiriladi. Xodimlar yo'lovchilarga ortiqcha xalaqit qilmaydi. Faqatgina shubha, xavf sezilgan taqdirda alohida nazorat amalga oshiriladi. Oldingi tartibda xorijdan kirib kelayotgan yo'lovchilarning qo'l yuki va bagajlari rentgen nazoratidan o'tkazilgan bo'lsa, ayni paytda 5 foiz yo'lovchilar bojxona ko'rigidan qizil yo'lak orqali o'tkazilmoqda. Bunda ham zamonaviy yangi tizim nazorat qiluvchi xizmatlarning qisqarishiga xizmat qildi. Bu yo‘lovchilar va sayyohlarning vaqtini tejamoqda. Zamon talabiga mos yondashuv natijasida bugungi kunda bojxona xizmatining barcha tizimlarida ham naqdni, ham vaqtni tejash imkoniyatlari oshib bormoqda. 2022-yilning aprel oyidan viloyat bojxona boshqarmasi ma’muriy binosida ish boshlagan "Masofaviy elektron deklaratsiyalash" bojxona posti ham ana shunday imkoniyatlardan biri bo'ldi. Prezidentimiz topshirig‘iga asosan bosqichma-bosqich bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish jarayonini masofaviy elektron tizimga o'tkazish borasida boshlangan islohotlar viloyat bojxona boshqarmasida birinchilardan bo'lib tashkil etildi. — "Masofaviy elektron deklaratsiyalash" bojxona posti faoliyati yo'lga qo'yilishi eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlarining samarali faoliyatiga zamin yaratdi, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi "Masofaviy elektron deklaratsiyalash" bojxona posti bosh inspektori A’zam Haqqulov. — Bu tizim tadbirkorning vaqtini tejaydi, eksport va import operatsiyalarini bir necha daqiqalarda amalga oshirishga imkon yaratadi hamda bojxona sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirishga xizmat qiladi. Ushbu postda yigirma nafardan ortiq xodim viloyatimiz tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to'ldirilayotgan bojxona yuk deklaratsiyalarini nazoratdan o'tkazib kelayapmiz. Bir kunda o'rtacha 300 ga yaqin bojxona yuk deklaratsiyasi ko'rib chiqiladi. Ushbu postni tashkil etishdan maqsad tadbirkorlik sub’ektlariga olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan mahsulotlarni tezkor, jahon standartlariga mos tarzda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazish sharoitini yaratishdan iborat. Shuningdek, bojxona tizimi faoliyatini xalqaro standartlar talabi asosida shakllantirish ko'zda tutilgan. Mazkur tizim yurtimiz bojxonachilari tomonidan xalqaro ta jribalar asosida yaratilgan bo'lib, taqdim etilgan hujjatlar toifasiga qarab belgilangan vaqt oralig'ida bojxona yuk deklaratsiyasini masofaviy elektron rasmiylashtirish imkonini beradi. Natija kutilganidek ijobiy ko'rsatkichlari bilan e’tiborni tortmoqda. Viloyat bojxona boshqarmasi axboro t xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko'ra, o'tgan 2022- yilning tizim ishga tushirilgan davri mobaynida "Masofaviy elektron deklaratsiyalash" bojxona posti tomonidan 64 026 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan. E’tiborlisi, shundan 17 724 tasi, ya’ni 27,6 foizi eksport bojxona rejimi hissasiga to'g'ri keladi. Mazkur bojxona posti tomonidan o'tgan yili 2 564,7 milliard so'm bojxona to'lovlari davlat budjetiga undirilgan. Zamon talabiga mos rivojlanish har bir soha taraqqiyotiga xizmat qiladi. Xalqaro tajribalardan unumli foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklar bojxona xizmatini ham jahon standartlariga mos rivojlanishini ta’minlaydi. Alisher ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Shahar hokimligi qoshidagi maxsus ishchi guruhi tomonidan joylarda “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi muntazam ravishda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. O‘rganish va kuzatishlar natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqoridagi ikki qonun ijrosi asosan shahrimizdagi tadbirkorlar tomonidan buzilmoqda. Yaqinda Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasidagi ko‘rgazmali vositalar hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining nomi bilan bog‘liq bitiklar o‘rganildi. Aksariyat xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining nomi rus yoki ingliz tilida qayd etilganiga guvoh bo‘ldik. Xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ko‘rgazmali reklama vositalari ham asosan o‘zga tillarda tayyorlangan. Ishchi guruhi talabi bilan amaldagi qonunlarga mos kelmaydigan barcha ko‘rgazmali vositalar olib tashlandi va o‘rniga qonunda belgilangan tartibda, davlat tilidagi yangi peshlavha, e’lon va ko‘rgazmali vositalar o‘rnatish vazifasi yuklatildi. Norbek ALQAROV, shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Davlat tili va tadbirkor faoliyati Bugun — Bojxona xizmati xodimlari kuni 30-yanvar — Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan kun Taniqli davlat va siyosat arbobi, mamlakatimizning ilk Prezidenti Islom Karimovni xotirlab Vaqtni va naqdni tejash, xavfsizlikni ta’minlash bojxona xizmatining bugungi asosiy vazifasidir M


2 2023-yil 26-yanvar, payshanba, № 4 (2465) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak Ogoh bo‘ling! Bugunning gapi Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi “MENDIRMAN JALOLIDDIN” VA TARIXIY HAQIQAT “BOG‘IMAYDON”DA XAYRIYA TADBIRLARI IS GAZI XAVFI “Badarg‘a” qilinayotgan taksilar, Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi bilan bog‘liq ba’zi salbiy holatlar sabab aholi o‘rtasida sohaga nisbatan e’tirozlar ko‘paygani bor gap. Bunday salbiy holatlarning oldini olish ham tizim manfaatiga, ham inson qadrini ulug‘lashga qilingan harakat sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu salbiy holatlarning to‘liq bartaraf etadigan, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisiga aylanishiga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qarorda ayni paytda sohadagi barcha xato-kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim vazifalar ilgari surilgan. Jumladan, qarorga ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeks tasdiqlandi. Bu orqali shu kungacha kuzatilgan xizmat intizomiga amal qilmaslik oqibatida yuzaga kelgan ko‘plab salbiy holatlarning oldi olinadi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ham qabul qilindi. Ushbu nizom tizimda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur qarorga a s o s a n , “ 2 0 2 2 - 2 0 2 6 - y i l l a r d a Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi”ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi tashkil etilib, u ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash , tizimning shaffofligini ta’minlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, ma’naviyma’rifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bu ham ichki ishlar xodimlarining ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasidagi ma’rifiy choratadbirlarni kuchaytirishga zamin yaratadi. Yuksak ma’naviyatli davlat xizmatchisi har qanday holatda to‘g‘ri va xolis qaror qabul qiladi. Hujjatning eng muhim jihatlaridan biri, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan, soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilishidir. Jamoatchilik kengashi ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va tizimli monitoring olib boradi. Shuningdek, kengash ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini ko‘rish hamda ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bu sohaning aholiga yaqinligini ta’minlash bilan birga tizimning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Azizbek OMONOV, shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari O ‘ z b e k i s t o n Re s p u b l i k a s i P r e z i d e n t i n i n g 2 0 2 3 - y i l 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari ham sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu farmonlar bilan sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirishga doir muhim vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy etildi. Jumladan, prokuratura organlari tizimida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi. Bunda ixtisoslashgan prokurorlar korpusi “Prokuratura t o‘ g‘ ri si d a ” gi q o n u n h am d a protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini ta’minlaydi. Shuningdek, sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan huquqlardan teng foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlaydi, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishadi. Sud amaliyotidan kelib chiqqan holda surishtiruv va tergov organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalari hamda malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashadi. Ay tish kerakki , davla timiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan joriy qilingan mazkur yangi mexanizm avvalgisidan tubdan farq qilib, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashishning chinakam kafolati bo‘ldi. Ix tisoslashgan prokurorlar korpusi xodimi o‘z vakolatlarini har qanday davlat organi va mansabdor shaxsidan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradi hamda uning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xodim sudlarda ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha ayblovni yoki da’voni qo‘llab-quvvatlash, o‘zgartirish yoki undan voz kechish, shu jumladan, Kodekslar normalarini qo‘llash, jazo turi va me’yorini belgilash masalalari yuzasidan fikrini sudga bayon qilishda mustaqil bo‘lib, qonun talablariga va ishning barcha holatlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishonchiga asoslanadi. Ix tisoslashgan prokurorlar korpusiga O‘zbekiston Respublikasi B o s h p r o k u r o r ni n g s o h a vi y o‘ rinb o s a ri rahb a rli k qil adi , nazoratni amalga oshiradi hamda faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi tajribali, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga qodir, prokuratura organlaridagi obro‘- e’tiborga ega bo‘lgan professional kadrlar orasidan shakllantiriladi. Shuningdek, har bir hududda Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari va prokuratura organlarining boshqa yo‘nalishlarida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan tajribali xodimlardan ibora t Maslaha t kengashlari tashkil etiladi. Ushbu Ma slaha t kenga shla ri o‘ za ro muhokama asosida o‘ta murakkab toifadagi ishlarning yechimini topish, yosh kadrlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlariga ko‘maklashadi. Jamshid ABDUHAKIMOV, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Bu gapda as lo mubo lag ‘a yo ‘q: ishonmasangiz, Shohi Zinda ko‘chasidagi “Shodiyona” savdo majmuasi qarshisidagi bekatga keling. Bekat ayni paytda Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Toyloq tumanlariga qatnaydigan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar uchun “qo‘nalg‘a” vazifasini ham bajarib kelmoqda. Biroq, yo‘l patrul xizmati xodimlari keyingi paytlarda bu yerda faqatgina shahar ichida va shahar atrofiga qatnovchi ayrim avtobuslarga kirish uchun ruxsat bermoqda. Yuqoridagi tumanlarga qatnovchi o‘nlab yo‘nalishli taksilarning bekatda turishi, yo‘lovchi olishi mutlaqo ta’qiqlanmoqda. Bu yerda yo‘lovchi olish uchun qulaylik bor: yirik savdo markazi, unga tegishli shoxobchalar, “Siyob dehqon bozori" MCHJga kirib-chiquvchilarning keti uzilmaydi. Ayniqsa, kechki payt yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan taksilarni bekatdan “quvish” avj oladi. Oqibatda, yo‘lovchilar qayerda taksiga o‘tirishni bilmay sarson bo‘lishmoqda. — Amaldagi qonunlarga muvofiq tegishli hujjatlarni to‘g‘rilab, litsenziya bilan faoliyatimni boshlaganimda bu muammoga duch kelaman deb o‘ylamagandim, — deydi jomboylik taksi haydovchisi Faxriyor Do‘stmurodov. — Nega qonuniy faoliyatimizga qarshilik ko‘rsatilayotganligi sababini tushunmayman. Haqiqatan ham nega bu manzilda Faxriyor kabi o‘zini-o‘zi band etib, xalqqa xizmat qilayotgan kishilar faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilmoqda? Transport vositalari harakatini tartibga solish bosh maqsad bo‘lsa, bu muammoni hal etish muammo emas. Taksilar uchun shu hududdan turargoh ajratish kerak. Buning uchun yo‘lning narigi tarafidagi avtomobil turargohidan foydalanish mumkin. Quvondiq XALILOV, “Samarqand” muxbiri Anomal sovuq kunlari “Bog‘imaydon” mahallasi faollari tomonidan doshqozonda osh damlanib, bemorlarga hamda kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgandi. “Savob ishni har kim, har kun qilish kerak” degan naqlga amal qilgan mahallamiz ahli ikkinchi bor mahalla markaziga yig‘ilib, xayrli yumush bardavom ekanligini isbotlashdi. Saxovatpesha tadbirkor Abdusalim Jalilov tashabbus ko‘rsatib, doshqozonda palov damladi. Bu gal ham yoshi katta otaxonu onaxonlarga, bemorlar va kam ta’minlanganlar oilasiga yoshlar yetakchisi Suhrob Saidov boshchiligidagi savobtalab yigitlar taom tarqatib chiqishdi. Tadbirda shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limidan vakillar ishtirok etishdi. Shahrimiz nuroniylari sardori Xurshid Nurullayev Samarqanddagi mavjud 215 ta mahallada qishning sovuq kunlarida xayriya tadbirlari o‘tkazilayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. — “Bog‘imaydon”da bu tashabbus keng quloch yozganligidan xursandmiz. O‘tgan hafta ham biz ana shunday tadbir katta tayyorgarlik bilan o‘tganligiga guvoh bo‘lgan edik. Mana, bugun tadbirkor Abdusalim aka saxovat ko‘rsatibdi va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj mahalladoshlarini yo‘qlab, katta xayrli ish qilibdi. Bu qo‘li ochiq hamyurtimizga va bu yo‘lda xizmat qilgan barchaga chin dildan minnatdorlik bildiraman, – dedi X.Nurullayev. Shuni ta’kidlash lozimki, ertalab, xayriya tadbiridan oldin mahalla raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi A’zam bobo A’lamov tashabbus ko‘rsatib, ko‘ngillilar bilan Afrosiyob ko‘chasini chiqindi yig‘ish mashinasi olib ketmagan va sochilib yotgan chiqindidan tozalash ishini tashkil etdi. “Obod va toza joyda tadbirlar yarashadi”, – deydi A’zam bobo. Toshpo‘lat RAHMATULLAYEV Isitish vositalaridan foydalanishda ularning har bir rioya etilishi lozim bo‘lgan talablariga amal qilishimiz kerak. Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida bo‘limimi z xodimla ri tomonidan muhandislik , kommunikatsiya va kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarining bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishi nazorat ostiga olingan. Xonadonlar, ko‘p xonadonli uylardagi elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ko‘rik mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Maxsus ishchi guruhlari tomonidan xonadonlarda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Afsuski, ayrim fuqarolarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmasliklari oqibatida ko‘ngilsiz voqealar, yong‘inlar, turli darajadagi kuyish, tan jarohatlari bilan bog‘liq noxush holatlar ro‘y bermoqda. Ta r g‘i b o t- t a s h vi q o t t a d bi rl a ri mobaynida fuqarolarning tabiiy va is gazidan zaharlanganda, chaqnash bilan bog‘liq kuyishlarda birinchi yordam ko‘rsatish usullari keng tushuntirildi. Kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ayrim fuqarolarimiz bu borada zarur ko‘nikmaga ega emas. Ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida gaz hamda boshqa muqobil yoqilg‘ilar vositasida isitiladigan moslamalarga ehtiyoj ortadi. Nostandart va sinovdan o‘tmagan asboblardan foydalanish hayot uchun xavfli bo‘lib, kutilmaganda yong‘inni, is gazidan zaharlanishni keltirib chiqaradi. Isitish pechlarining mo‘rikonlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish, dudbo‘ronlarni vaqti-vaqti bilan tozalab turish ko‘ngilsizliklarning oldini olishda muhim vazifa hisoblanadi. Isitish asboblari yaqinida tez alangalanuvchi mahsulotlarni saqlash mutlaqo mumkin emas. Yashash uyining chordoq qismida ham bunday vositalarning saqlanishi xavflidir. Isitish mavsumida xavfsizlik talablariga qanchalik jiddiy amal qilsak, hayotimizni xavf-xatardan asragan bo‘lamiz. H. MUHAMMADIYEV, shahar FVB bo‘lim boshlig‘i. T. MIRZAMURАDOV, mutaxassis Ichki ishlar organlarini jamoatchilik nazorat qiladi noqulay ob-havo sharoitida yanada oshadi odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashadi Mamlakatimiz sud-huquq sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqaro va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlari kuchaytirilmoqda. sarson bo‘layotgan yo‘lovchilar Islohot O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli va xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan milliy seriyallar to‘g‘risi, ma’naviyatli tomoshabinnig me’dasiga tegib bo‘ldi. Juda sayoz, badiiy jihatdan bo‘sh, oddiy voqea-hodisalar, maishiy mavzudagi filmlar tomoshabinga hech narsa berolmay, zehnini o‘tmaslashtirib, tafakkurini toraytirib yubordi. O‘zbek va turk kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” filmi haqida bunday deb bo‘lmaydi. ZO‘R tv orqali namoyish etilayotgan "Mendirman Jaloliddin" filmi ijodkorlari ishini tahsinga sazavor deyish mumkin. Qadimiy Gurganj, shoh saroyi, bozor, do‘konlar, shahar ko‘chalari, jang sahnalari, grim ustalari va rassomning, rejissor va operatorlarning, aktyor va aktrisalarning ishiga tasanno, deyish mumkin. Yaqin yigirma-o‘ttiz yil ichida bunday film yaratilmagandi. Ammo filmda ayrim kamchiliklar ham borki, bular haqida gapirmasak bo‘lmas. Film syujeti va voqealar rivojini kuzatar ekansiz, bobomiz Jaloliddinning hayot yo‘li va faoliyati haqida juda kam ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘g‘ri, asar tarixiy, hujjatli film emas, bu badiiy asar. Unda to‘qima obrazlar, rejissyor yoki senariy muallifining ijodiy fantaziyasi, o‘ylab topilgan voqea va hodisalari bo‘lishi mumkin. Filmda saroy fitnalari, Turkon xotin boshliq malika va kanizaklarning giybatlariga ko‘proq vaqt ajratilgan. Jaloliddinning buyukligi, jasorati bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatilmagan. Balki keyingi fasllarda bunga e’tibor qaratilgan bo‘lishi mumkin. Film ijodkorlari manbani, tarixiy ma’lumotlarni Jaloliddin Manguberdi bilan zamondosh bo‘lgan Shahobiddin Nasafiyning “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati” asaridan, bobomiz Mirzo Ulug‘bekning "To‘rt ulus tarixi", Rashiddin Fazlullulohning "Jome ut-tavorix", Mirxondning “Ravzat us-safo”, Abulg‘ozi Bahodirxonning "Shajarai tarokima" asarlaridan olishganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ushbu asarlarning birortasida Chingizxon johil, yovuz va qonxo‘r qilib tasvirlanmagan. Uning makkorligi, yuksak aqlu zakovatga egaligi, mohir yo‘lboshchi va sarkarda ekanligi tarixiy asarlarda keng yoritilgan. Chingizxon o‘z davrining buyuk davlati bo‘lgan Xorazmga o‘z-o‘zicha hujum qilmagan. Gurgangdagi siyosiy vaziyat, taxt uchun kurash, boshboshdoqlik urush kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek bobomiz haqiqatgo‘y tarixchi olim sifatida e'tirof etiladi. Ulug‘bek Chingizxonni "Sohibqironi a’zam Chingizxoni muazzam", deya nega yuksaklarga ko‘tarib ta’riflaydi? Buning o‘ziga xos sabablari bor axir. Mirzo Ulug‘bek mazkur asarida Chingizxonnig yaxshi xislatu fazilatlari haqida ham yozib qoldirgan. Shuningdek, Jaloliddin Manguberdi haqida ham butun jahon Jaloliddingacha va Jaloliddindan keyin ham bunday jasur va qo‘rqmas bahodirni ko‘rmagandi, deya ta’riflagandi. Fillmda ana shu jihatlarga e‘tibor qaratilmagan. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, “Mendirman Jaloliddin” filmi yoshlarni buyuk ajdodlar bilan tanishtiradigan, qalblarda vatanparvarlik hissini jo‘shtiradigan ajoyib asar sifatida e’tirofga sazovor. O‘ylaymanki, filmdagi kamchiliklarga keyingi fasllarda barham beriladi. Hakim JO‘RAYEV Taklif


3 2023-yil 26-yanvar, payshanba, № 4 (2465) Samarqandning imkoniyatlari qanday bo‘ladi? www.samarkandnews.uz SAMARQAND Адибе, ки дар таъриф «хасис» буд Munosabat Jahonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya salohiyatini oshirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi sohadagi ishlarni sifat bosqichiga olib chiqishda muhim omil bo‘ladi. Jumladan, mamlakatning ba’zi hududlarini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida boshqarishning yangicha mexanizmini joriy qilish iqtisodiy taraqqiyot va investitsiyaviy muhit jozibadorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Kuchli raqobat va globallashuvning jadal sur’ati “millionli shahar”lardagi investitsiya muhitini ravnaq toptirishda katta ahamiyatga ega. Hozir Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar soni 7 taga yetgan. Yurtimizda poytaxt Toshkent shahri bilan bir qatorda boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda. Ular orasida Samarqand va Namangan ham bor. Prezidentimizning Murojaatnomasida mazkur yirik shaharlarni “o‘sish nuqtalari”ga aylantirish, alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysuniviga o‘tkazish taklif qilingani bejiz emas. Chunki, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ikkala shaharning ham munosib o‘rni bor. Ayni paytda Samarqand shahri aholisi 1 million 18 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Shaharda yashovchilar soni milliondan oshgani inobatga olinib, hozir “millionli shahar” konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etilmoqda. Butun dunyoda “millionli shahar”lar o‘ziga xos maqom va mavqega ega. Har qanday investor, biznes doira vakillari mamlakatning alohida ma’muriy-hududiy birliklariga investitsiya kiritishdan avval aholi soni haqidagi ma’lumotlarga murojaat etadi. Ya’ni shaharning mehnat resurslari mavjudligi borasidagi investitsiyaviy jozibadorligi baholanadi. Chunki yetarli aholi soni va mehnat resurslari yuqori darajadagi iste’mol, talab darajasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, “millionli shahar”lar investitsiyaviy jozibador hisoblanadi. Bu esa mamlakat iqtisodiy salohiyatiga ham ta’sir etuvchi omillardandir. Rossiya Federatsiyasida 15 ta, Qozog‘istonda 3 ta “millionli shahar” bor. Vaholanki, O‘zbekistonda aholi soni 36 milliondan ortiq bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha mamlakatimizda birgina Toshkent shahri “millionli shahar” hisoblanardi. Ayrim mamlakatlardagi “millionli shahar”lar (masalan, Chimkent, Krasnoyarsk, Olmaota) tahlil qilinganda, ularning maydoni, aholisi soni va zichligi Samarqand shahri aholisi soni va zichligiga tengligi, hatto undan past ekani ma’lum bo‘ldi. Ushbu tahlillardan kelib chiqib, Samarqand shahrini ham “millionli shahar”lar ro‘yxatiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etish bilan birga, investitsiyalar mobilligini ta’minlashdagi raqobatbardoshligini oshiradi. Samarqand shahriga chegaradosh Samarqand, Past Darg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlarining ayrim aholi punktlari, shuningdek, doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan aholi va talabalar hisobiga hudud aholisi soni milliondan oshishi shubhasiz. Shahar hududini 5 ta tumanga bo‘lish rejalashtirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tumanlarning asosiy drayver sohalari shaharning iqtisodiy salohiyatini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Masalan, Siyob tumanida asosiy turistik infratuzilma obyektlari joylashgan. Hududni rivojlantirishning asosiy drayveri — turizm sohasi va tarmoqlari, tarixiy obidalar, hunarmandchilik, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari. Ma’muriy binolarning shahar chetiga ko‘chirilishi natijasida turistik infratuzilma obyektlari soni yanada oshadi. Madaniy meros obyektlariga tutash hududda joylashgan xonadonlar turizm sohasiga ixtisoslashtiriladi. Qo‘shimcha turizm infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Shuningdek, drayver — sanoat tarmoqlari, xususan, farmatsevtika, elektrotexnika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish tufayli hududning sanoat sohasidagi salohiyati ham ortadi. Bog‘ishamol tumanida innovatsion ta’lim, biznes va xizmat ko‘rsatish markazlari joylashgan. Ushbu hududning asosiy drayveri innovatsion ta’lim, biznes va xizmat ko‘rsatish sohasidir. Shu bois, texnopark, innovatsion g‘oyalar markazi, ko‘ngilochar obyektlar, savdo markazlari, restoranlar, tadbirkorlar va olimlar o‘rtasida onlayn muloqot maydoni tashkil etish maqsadga muvofiq. Hududning qo‘shimcha drayveri to‘qimachilik, mashinasozlik hamda metallurgiya sohalari bo‘lib, innovatsion texnologiyalarni kiritish hisobiga ortiqcha vaqt va resurslar sarfini keskin qisqartirish imkoniyati yuqori. So‘g‘diyona tumani kimyo sanoati, transport logistikasi rivojlangan, qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan hududdir. Bu yerda e’tibor kichik sanoat va maxsus iqtisodiy zonalarni barpo etish orqali sanoatni rivojlantirishga qaratiladi. Hudud sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilmaga ega. Samarqand kimyo zavodiga tutash bo‘lgan sobiq poligondan kamida 100 gektar yer ajratib, tuman sanoatini diversifikatsiya qilish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini saqlash uchun sig‘imi 15 ming tonna bo‘lgan qo‘shimcha 6 ta zamonaviy muzlatkichli omborxona tashkil etish ijobiy samara beradi. Maroqand tumani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash salohiyatiga ega bo‘lib, asosiy drayveri oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilishdan iborat. Ushbu tarmoqlarning ravnaq topishi valyuta tushumini ko‘paytirib, xorijiy investorlar ishtirokidagi yirik loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Kichik sanoat zonalari, uzumchilik, issiqxona, agrologistika markazi, parrandachilik yo‘nalishlarini rivojlantirishga erishiladi. Eshkak eshish kanali hududida tashkil etilayotgan kongress xoll va yirik mehmonxonalardan iborat zamonaviy turistik majmua va unga tutash hududda “Konigil — turizm qishlog‘i” loyihasi hisobiga turistik salohiyat hamda xizmatlar monetizatsiyasi yanada oshadi. Yangikent (Zarafshon, Qorasuv massivi) tumaniga “yo‘ldosh shahar”, “Aqlli shahar” maqomi berilib, hududning asosiy drayveri innovatsion texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Uning asosiy drayverlari negizida kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya muhiti va innovatsion salohiyatni rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. Tumanda xizmat ko‘rsatish, jumladan, zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish obyektlari, istirohat bog‘lari hamda aholi va sayyohlar uchun ko‘ngilochar maskanlar barpo etish, sport majmualari, kinoteatrlar, akvapark, golf maydonlari tashkil etish rejalashtirilgan. “Millionli shahar” konsepsiyasini amalga oshirish yirik investitsiyaviy salohiyatga ega xalqaro mehmonxona (Hilton, Marriott, Hyatt, Wyndham, Accor, IHG), fastfud (McDonald’s, Subway, Burger King, KFC, Starbucks) hamda lyuks (Louis Vuitton, H&M, Zara, Gucci, Chanel, Dior) brendlari uchun faoliyat yuritishga qulay imkoniyatni taqdim etadi. Hisobkitoblarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar orqali shaharda xizmat ko‘rsatish sohasining viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmidagi ulushini 19,8 foizdan 2040-yilgacha 46,5 foizga, aholi jon boshiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1524 AQSH dollaridan 3700 AQSH dollariga, mazkur tarmoqda ish bilan bandlik darajasini 55 foizdan 70 foizga yetkazish prognoz qilingan. Kelgusida millionli shaharga aylanadigan Samarqandda turizm infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, 2025-yilga qadar mehmonxonalar sonini 163 taga, mehmon uylari sonini 472 taga, hunarmandlik va suvenir do‘konlari sonini 459 taga ko‘paytirish maqsad qilingan. Ushbu rejalar asosida shaharga tashrif buyuruvchilar sonini 4 million nafarga yetkazish orqali turizm xizmatlari eksporti 526,3 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Sohada 12400 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish, turoperatorlar sonini 630 taga yetkazish mumkinligi hisob-kitob qilingan. Aholi xonadonlarini turizm sohasiga ixtisoslashtirish orqali xalqning moddiy manfaatdorlik darajasini oshirish ham rejalashtirilgan. Turizm faoliyatiga jalb etiladigan aholi xonadonlari sonini 20 foizdan 50 foizga yetkazish natijasida 3036 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Rejadagi chora-tadbirlar, maqsadli ko‘rsatkichlar 2025-yilda turistik xizmatlarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 6,8 foizdan 16 foizga oshirishga zamin hozirlaydi. Yaratiladigan qulay turistik infratuzilma salohiyati sababli yurtimizga keladigan har bir sayyohning o‘rtacha xarajati 287,5 AQSH dollaridan 387 AQSH dollariga oshadi. Natijada 2025-yilga borib, turistik xizmatlar eksporti hajmi 161 million AQSH dollaridan 1 milliard 548 million AQSH dollariga yetadi. Shuningdek, asosiy drayver sohalar evaziga Samarqand shahrining sanoat salohiyati 2025-yilda 44,5 foizdan 48,7 foizga, ishlab chiqarish korxonalari soni 1533 tadan 2288 taga, ishlab chiqarish hajmi esa 7218 milliard so‘mdan 1 trillion 2579 milliard so‘mga yetishi prognoz qilingan. Bunda mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoatining yetakchi tarmoqlarga aylanishi natijasida shaharning sanoatlashuv darajasi ortadi. “Millionli shahar” konsepsiyasining ijobiy samarasi o‘laroq, Samarqand shahrining investitsiyaviy salohiyatini 88,2 million AQSH dollaridan 2025-yilda 644 million, 2030-yilda 938 million, 2040-yilda 1 milliard 848 million AQSH dollariga yetkazish orqali shaharning investitsiyaviy imkoniyati ortadi, asosiysi, hudud aholisi farovonligi, moddiy va ijtimoiy ta’minoti yanada yaxshilanadi. Bugun jahondagi demografik jarayonlar va tarkibiy o‘zgarishlar har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bevosita ta’sir etmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo dunyodagi eng yosh mintaqa bo‘lib, aholisining o‘rtacha yoshi 27,6 yoshni tashkil etadi. Mintaqa aholisining 50 foizga yaqini O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Bu aholining qariyb 55 foizini tashkil etadi. O‘z navbatida, kelgusi besh yillikda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi mustahkamlanib, iqtisodiy imkoniyatlari kengayishi uchun ajratiladigan sarmoyalarni demografik dividendga yo‘naltirish borasida mamlakat va hududlar oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘yiladi. Millionli hududlarning ma’muriy-hududiy birlik sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysuniviga o‘tkazilishi Samarqand va Namangan shaharlaridagi yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy resurslar oqimini faollashtirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik salohiyatini yanada oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Jasur UMURZOQOV, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (“Yangi O‘zbekiston” gazetasidan qisqartirib olindi). — Устодат маро таклиф мекарда бошад? — Намедонам. Ба ҳар ҳол мумкин даъват накунад, — ҷавоб дод Саид Аҳмад. — Ин тавр бошад, лаълиро ба даст гиру оҳанге навоз, — ғайричашмдошт гуфт Ғафур Ғулом. Саид Аҳмад чизе нагуфта, лаълии наздашро гирифту мисли даф навохт. Ғафур Ғулом назди остонаи хонаи Абдулло Қаҳҳор омада, бо оҳанги «така-дум, така-дум» рақсидан гирифт. Соҳибхона аз сӯрохии девор ин «манзара»-ро дида, бо як меҳрубонӣ овоз баланд кард: — Бас, бас, акнун оштӣ шудем, оштӣ! Сарпӯшро обгардон карда менӯшанд Устод Абдулло Қаҳҳор бо ҳазлу мутоиба, кинояи нозук, лутфи ба худ хоси аҷиб дар хотири ҳамзамонҳояш мустаҳкам ҷоӣ гирифтааст. Ҳатто гапи одии ӯ нишонрас буду ба ҳамсӯҳбаташ шавқу завқ мебахшид. Яке аз рӯзҳо устод дар хонааш машғули таомхӯрӣ буд. Ҳамсараш — Кибриёхонум хост ба ӯ чой дароз кунад. Ин асно сарпӯши чойник ба пиёла афтид. Инту, бигӯем, ҳолати фавқулодда, чизе рух надодааст. Аммо марди табиатан бемаънӣ дар ин ҳолат сӯйи занаш фарёд заданаш мумкин. «Ҳой бефаросат, болопӯши чойникро ба дастааш мустаҳкам мебастӣ, мемурдӣ?!». Аммо устод ин тавр нагуфт. Завҷаашро хиҷолатманд дида, оҳиста гуфт. — Хайрият, ки ба рӯзи сарпӯшро обгардон карда чой нӯшидан ҳам расидем! Чизҳое, ки ба бад намезананд Дар Дӯрмон ошхӯрӣ дар «авҷ» буд. Нафаре ошро тавсиф намуд: — Ош ҳеҷ гоҳ дар бад намезанад! — Кушад ҳам ош кушаде! — гуфт ошхӯри дигар. Абдулло Қаҳҳор, ки ботамкин ба ҳарфи онҳо гӯш меандохт, лаб кушод: — Се чиз ба бади одам намезанад: ош, нон ва зан… «Ба лунҷам зер карда монанд» Рӯзе Абдулло Қаҳҳорро ба намоиши телевизион даъват карданд. Қабл аз намоиш муҳаррири ҷавон аз нависанда пурсид: — Домулло, фикрҳоятонро рӯйи коғаз овардед? — Не, ман ҳамту бе коғаз гап мезанам. — Узр, дар мо тартиб чунин: фикратонро, ба «болонишинҳо» тасдиқ кардан лозим. — Ин тавр бошад, ба ҳамон «болонишинҳоятон» гӯед, ки барои тасдиқ мӯҳрро ба лунҷам зер кунанд… «Покришка»-аш ғафс будааст Дар адабиёт аз Абдулло Қаҳҳор таъриф шунидан басо мушкил ва дар ин хусус устод хеле сахтгиру «хасис» будааст… Рӯзе ӯ бо завҷааш ба меҳмонӣ меравад. Соҳибхона меҳмононро бо манту меҳмондорӣ мекунад. Адиб як-ду дона манту тановул намуда, баъд бо рӯймолча дастонашро пок карда, ба чойнӯшӣ машғул мешавад. Дар бозгашт Кибриёхонум аз шавҳараш мепурсад: — Манту нахӯрдед. Маъқул нашуд? — Бале, «покришка»-аш ғафс будааст, аз гулӯям нагузашт. Ба ҳар ҳол. Шумо аз ман дида «дуруст» будаед. Аз ӯзбекӣ тарҷумаи А. ИКРОМӢ “Samarqand” gazetasining 2023- yil 3-sonida “Kimga to‘y, kimga aza” sar lavhas i os t ida anoma l sovuq kunlari taksi narxlarining qimmatligi, avtobuslarning yo‘qligi “Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” yo‘nalishidagi tramvaylarning bekatlarga kelish-ketish oraliq vaqti uzunligi yuzasidan tanqidiy maqola chop etildi. Viloyat transport boshqarmasi mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Re spublika sida av tomobil t ran spo r tida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qarorining “Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar va bagajni tashish” bobida “yo‘nalishsiz taksilarning yo‘lovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi”, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur qarordan kelib chiqib, yo‘nalishsiz taksilardan foydalanishda haydovchi bilan o‘zaro kelishuvga erishish lozim. “Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” yo‘nalishida elektr tarmoqlaridagi nosozlik sabab tramvaylar harakati o‘sha kunlar to‘liq ishga tushirilmagan. Hozirda mazkur yo‘nalishda tramvaylarning harakatida oraliq interval 25—30 daqiqani tashkil qilmoqda. Shuningdek, ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘rnatilgan cheklovlar sabab avtobuslarni to‘liq yoqilg‘i bilan ta’minlash imkoni bo‘lmayapti. Shu bois shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida t o‘ x t ali shl a r ku z a tilm oqd a . Bu h aqd a yo‘lovchilarga boshqarmaning rasmiy vebsayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kunlik ma’lumot berib kelinmoqda. Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati Shu kunlarda ushbu savol meni qiynamoqda. Xohlagan shifoxonaga boring, xoh u davlat, xoh xususiy shifoxona bo 'lsin, barchasida odam gavjum. Bu tibbiyot rivojlanganligining belgisimi yoki aksincha... Bir misol sifatida shaxsan o'zim guvoh bo'lgan voqealarni keltirib o'taman. O`g'lim shamolladi. Bolalar uchun mo'ljallangan tabletka va siroplar samarasiz ekanligini ta`kidlagan shifokor ukol qilishni buyurdi. Yashash joyimiz atrofida davlat shifoxonasi yo'qligi bois, hududdagi xususiy shifoxonaga murojaat qildik. Dastlabki ikki kun shifoxona shifokorining o'zi ukol qildi. Uchinchi kuni bemorlar ko'pligi bois, uning shogirdi, bo'lg'usi vrach, tibbiyot universitetining 6-bosqich talabasi ukol qiladigan bo'ldi. Uning yuzko'zi, xatti-harakati yosh bolaga ukol qiladigan salohiyati yo'qligini ko'rsatib turganligi bois qayta-qayta avval ham bu ishni bajargan-bajarmaganligini so'radim. Ko'pdan beri bu muassasada ishlayotganligini ta`kidlagan "student" oddiy shprisni qanday tutishni bilmay bolani ham, bizni ham qiynadi. U ertaga qanday shifokor bo'lib yetishadi?! Yaqinda o'g'limni og'zi stomatit bo'lib, hududiy poliklinikaga murojaat qildim. Bizda tibbiyot shu darajada riovjlanganki, birgina vrach — umumiy amaliyot shifokori bolalarni ham, kattalarni ham davolaydi. Bunga keyinroq to'xtalaman. Qisqasi, umumiy amaliyot shifokori bir dunyo dori yozdi, narxi 100 ming so'mdan oshdi. Ikki kun uning ko'rsatmasini bajardik, foydasi bo'lmadi. Keyin davlat muassasasidagi pediatrga murojaat qildik. U ham dori yozdi. Qizig'i, birinchisi yozgan dorilarni bekor qilib, boshqasini yozdi. Uniki 100 ming so'mga yaqinlashdi. Afsuski, uning yozganlari ham foyda bermay, bola yeyish-ichishdan to'xtadi. Nima qilishni bilmay, stomatologga murojaat qildim. U bir qarab, bolani rosa qiynaganligimizni aytdi. Keyin o'zidan oldin dori-darmon yozganlarni "yaxshilab esladi". Eng qizig'i, har ikkalasi qilgan muolajalarning bir qismi to'g'ri, bir qismi aks ta`sir etuvchi ekan. Bunisiga nima deysiz?! Katta yoshli, tajribali mutaxassis bergan dorilarning ro'yxati ko'zimga ancha uzun bo'lib ko'ringan bo'lsa-da, narxi o'ttiz ming so'mga ham yetmadi. Ammo ushbu muolajalar bilan ikki kunda o'g'lim tuzaldi. Shu o'rinda meni qiynayotgan savollarga to'x tal sam . Tibbiyo t rivojlanayotgan ekan, nimaga oddiy xastaliklarga ham tashxis qo'yishning o'ziga oylab vaqt ketadi?! Bir xastalik bilan uchta doktorga uchrasangiz, nega uch xil davo muolajasi buyuriladi?! Eng qizig'i, tibbiyotda bolalar shifokori, kattalar shifokori va qolgan mutaxassislar alohida bo'lib, ular alohida o'qitaladi. Nimaga bizda birgina umumiy amaliyot shifokori katta-kichikka mas`ul qilib qo'yilgan?! Yuqoridagi savollarga tibbiyotning rivojini chekka hududlarda amalga oshrilayotgan zamonaviy jarrohlik amaliyotlari bilan javob beradiganlar topiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan jarrohlik amaliyoti o'z yo'liga. Keyin ularni amalga oshirayotgan mutaxassislarning asosiy qismi xorijda o'qigan yoki malaka oshirib kelgan. Umumiy ahvolda esa odamlar shifokorlar uchun tajriba o'tkazuvchi quyonchaga aylanib bormoqda. Har kim xohlagan dori-darmonini , muola jasini qo'llab, sinov o'tkazadi. Javobgarlik borasida hech qanday mas`uliyat yo'q. Joylarda kaltaklanayotgan do'xtirlarning ko'payganligi ham bejizgamas. Sifatsiz tibbiy xizmatdan aziyat chekayotganlar oxir-oqibat bilakka zo'r berib qo'ymoqda. Shunday ekan, keyingi paytlarda tibbiyot xodimlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish borasidagi munozaralar ko'paymoqda. Vaziyatga xolislik nuqtai nazaridan aholini sifatsiz tibbiyotdan asrash borasida ham tibbiyot xodimlarining javobgarligini ta`minlovchi huquqiy asosni yaratish shart. Alisher ISROILOV Ғафур Ғулом муддате дар Дӯрмон (истироҳатгоҳи нависандагон) бо Абдулло Қаҳҳор қаҳрӣ гашт. Муддате нагузашта Абдулло Қаҳҳор дар ҳавлибоғаш зиёфат оростанӣ шуд. Ғафур Ғулом аз ин воқиф гардида, оҳиста аз Саид Аҳмад пурсид: ОШТӢ-ОШТӢ Jamoat transporti izga tushmoqda “MILLIONLI SHAHAR” Tibbiyot: rivoj yoki tanazzul BEKOR QILINADI “Uzbekinvest” EISK AJ Samarqand viloyati filialiga tegishli F-16 seriyali A434683, A384027, A384261, A373834, A370832, A383015, A536545, A536646, A536647, A536648, A536649, A536650, A536651 va UIL 1133186, UIL 1133187, UIU 0185379, UIL 1547376 hamda F-33 seriyali № 106202, № 106212, № 106213, № 106214, № 106215 bo‘lgan sug‘urta polislari yo‘qolganligi sababli bekor qilinadi. Bugun Yangi O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda yangicha yondashuv va mexanizmlarni joriy etish g‘oyat dolzarb. Ushbu yo‘nalishda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, infratuzilma tarmoqlarini takomillashtirish, yirik investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishda xalqaro tashkilot va investitsiya kompaniyalarining moliyaviy resurslarini jalb qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Samarqand dunyo tan olgan xalqaro turizm megapolisi markaziga aylanmoqda DA’VOLAR BO‘LSA... Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasida marhuma Bezaziyeva Sabira Ablyakimovna (2022-yil 5-iyulda vafot etgan) ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo’rlarning Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 200-uy. E’lonlar


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 43 Adadi: 3 690 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 26-yanvar, payshanba, № 4 (2465) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Odil podshohlar va ezgu maqsadlar Alisher Navoiy tavalludining 582 yillgi oldidan Традиции Sport Siz nima deysiz? TILIMIZNI ASRASHIMIZ KERAK Gimnastika markazi mahoratli sportchilar maskani bo‘ladi NAVOIY – ZAMONDOSHIMIZ В самаркандском международном туристическом центре Silk Road Samarkand прошли символические мероприятия по случаю наступления Нового года по китайскому лунному календарю. Китайский Новый год является для жителей Поднебесной самым важным праздником, его отмечают уже более двух тысяч лет. В этом году эта дата пришлась в ночь с 21 на 22 января. Символ 2023 года – Черный Водяной Кролик (Заяц, Кот). Астрологи считают, что он принесет в наш мир процветание, благоприятные перемены и умиротворение. Этот год также считается годом семейных ценностей. Один из ключевых партнеров международного туристического центра «Silk Road Samarkand» – китайская гостиничная сеть «Minyoun Hospitality» – открыла свои первые отели в Центральной Азии именно в Самарканде. Одним из них является «Silk Road by Minyoun», которая символически отражает важность традиций Шелкового пути для Узбекистана и Китая. — Для нас очень важно, что мы имеем возможность отметить наступление Нового года по китайскому лунному календарю в Самарканде, где заложили основы для перспективного бизнеса в сфере туризма, — говорит генеральный менеджер отеля «Silk Road by Minyoun» Чарли Янг. — Узбекистан одна из самых динамично развивающихся стран мира, где для зарубежных инвесторов созданы все условия для успешного предпринимательства. Мы вместе строим наше общее будущее, взяв курс на взаимовыгодное партнерство и процветание. В рамках символических мероприятий по случаю наступления китайского Нового года состоялись презентация ресторана Yi Palace и мастер-класс от шеф-повара, который разработал новое меню, главным хитом которого стали знаменитые китайские пельмени дим-самы. Это блюдо считается символом благополучия и процветания, поэтому ими угощают самых дорогих гостей, предлагая это меню в более чем 30 вариациях. Участники мероприятия приняли участие в настоящей китайской чайной церемонии, основанной на древних классических традициях, познакомились с номерами различного уровня отеля Silk Road by Minyoun и приняли участие в фотосессии на 20 этаже данной гостиницы, откуда открывается великолепная панорама древнего и вечно юного Самарканда. Ринат АБДУЛЬМАНОВ Фото автора To‘g‘ri, bugungi globallashuv jarayonlarida tilimizga chetdan juda ko‘plab so‘zlar kirib kelmoqda. Bu bir tomondan tilimizga yaxshi ta'sir qilib, uni boyitmoqda. Ammo, shunday so‘zlar ham borki, ona tilimizda muqobili bo’la turib, ko‘rko‘rona xorijiy tillardagi variantidan foydalanamiz. Bu ona tilimizga hurmatsizlik emasmi?! Ko’pchilik o’z shevasida gaplashganda biz yangi so’z va iboralarga duch kelamiz. Bu tilimizning naqadar boyligidan, shevalar tilimiz boyligini, imkoniyatlarini oshirayotganidan dalolatdir. A fsuski , bugungi kunda aksariyat teleshou va ko‘rsatuvlarda boshlovchilar Toshkent shevasi va chetdan kirib kelgan so‘zlar, jargonlardan foydalanishmoqda. Shu kecha-kunduzda mazmun-mohiyati sayoz bo’lgan milliy seriallar qahramonlari ham sof adabiy tilimizda emas, Toshkent shevasida gapirishayapti. Bu ko‘rsatuv, seriallarni butun omma ko‘rayapti. Bu filmlar orqali yoshlarimizga nima berilayapti, degan savolga kim, qanday javob beradi?! Ba'zi ko‘rsatuv va shoularda odamlarning muammosini, dardini yoritib beramiz deyishyapti-yu, studiyada g‘iybat avj olmoqda. Ko‘rsatuvga qayoqdagi yoshgina, hali oila ham qurmagan, hayot qiyinchiliklarini ko‘rmagan, sahnaga bir ikki chiqib "mashhur" bo‘lgan xonandalar, aktyor va aktrisalarni fikr bildirish uchun taklif qilishmoqda. Ular ham "undo qilish kere, bundo qilish kere", "karoche, unaq qisa bundo bo‘votti", deb maslahat bergan bo’lishyapti. Ular ona tilimizni juda buzib, qo‘pol qilib gapirishyapti. Ular ham oliygohda o‘qigandir, u yerda o‘zbek adabiy tilini o‘rganishmaganmi? Yoki ularning bu qiliqlari oliftalik, manmanlik va kibrmikin? Umrida qiyinchilik ko‘rmagan, og‘ir mehnat qilmagan, turmushning achchiq-chuchugini tatib ko‘rmagan oddiy ijrochi turmush nima ekanligini qayerdan tushunsin? Yana bir gap. Joriy yilning ilk kunidan amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlardan kelib chiqib, mamlakatimizda barcha hujjat yuritish ishlari to‘liq lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvida amalga oshirila boshlandi. Ana shundan kelib chiqib mamlakatimizdagi tarmoq, hududiy va mahalliy nashrlar to‘liq yangi alifboda chop etilmoqda. Ammo nega boshqa markaziy nashrlar, obunachisi ko‘p bo‘lgan internet nashrlar hamon eski yozuvdan foydalanmoqda? Bu savolga kim javob beradi? Mahbuba YUSUPOVA, SamDU filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Zamon, makon va inson munosabatlari faylasuflarni azaldan qiziqtirib kelgan abadiy mavzu. Inson muayyan makonda yashashi haqidagi ustuvor fikr, albatta, buzilmas qonuniyat. Ammo, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarini e’tibor bilan mutolaa qilsangiz, ushbu aqidaga kishida shubha paydo bo‘ladi. Go‘yo, Navoiy o‘rta asrlarda emas, biz bilan birga, bizning davrimizda yashayotgandek tuyuladi. Masalan, “Sab’ai sayyor” dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘yishi bilan zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi. Bu sizga nimanidir eslatmayaptimi? Ha, bu – eskalator. Hazrat Mahmudxo‘ja Behbudiyning so‘zlari bilan aytganda, osonsur. Yoki bo‘lmasa, “Farhod va Shirin” dostonida “Jomi Jamshid” haqida gap boradi. U to‘rt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan bo‘lib, insonga xohlagan odamini istagan vaqtda ko‘rsata olgan. Bu esa zamonaviy ayfonlarning Navoiy xayolotidagi in’ikosi bo‘lsa ne ajab! Farhodning arman qizi Shirinni “oynayi jahonnamo” orqali ko‘rib, oshiq bo‘lib qolishi-chi… “Yor-yor” kinofilmidagi oshiq yigit ham Zulfiyani televizorda ko‘rib shaydo bo‘lib qolganiga nima deysiz?! Go‘yo, oradan bir necha asr o‘tmagandek tuyuladi kishiga. Teleskop XVII asrda buyuk italyan olimi Haleleo Haliley tomonidan kashf etilgan. Navoiy dostonida esa u yerdan osmonni kuzatuvchi qurilma emas, aksincha, osmondan yerni ko‘rib turuvchi noma’lum uchuvchi jism sifatida tasvirlangan. Balki, Navoiy yerni kosmosdan turib muntazam nazorat qilib turadigan hozirgi sun’iy yo‘ldoshlarni tasavvur qilgandir… Farhod Yunonistonga safar qilganida u yengishi kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning o‘rtasida eng kuchlisining ko‘kragida ko‘zgu bo‘lib, Farhod kamoni bilan ana shu ko‘zguni nishonga olishi kerak bo‘ladi. Agar, u nishonga to‘g‘ri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuztasi ham u bilan birga yiqiladi. Bu esa hozirgi zamonamizdagi jangovor robotlarni eslatmayaptimi?.. “Farhod va Shirin” dostonida qalamga olingan zamonaviy texnologiyalardan yana biri – olovga qarshi qollanadigan maxsus yog‘. Dostonda Farhod uchun yana bir mushkul vazifa – og‘zidan o‘t sochuvchi dahshatli dev Ahrimanni yengish edi. Donishmand Suhaylo butun umri davomida tog‘dagi giyohlardan olovga qarshi yog‘ yig‘adi. Farhod Ahriman bilan jangga chiqishidan avval o‘zining va otining tanasiga ana shu yog‘ni surtadi. Natijada, olov unga ta’sir qilmaydi. Bugungi kunlarda biz kinolarda yonayotgan holatda yugurayotgan aktyorlarni ko‘ramiz. Ular tanasiga maxsus yog‘ surtib olishgani uchun aktyorlarga olov hech qanday ta’sir qilmaydi. Ulug‘ mutafakkir shoir ijodidan bunday g‘aroyib, bugungi kunda haqiqatga aylangan bashoratlarga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin. Lekin bular hali hammasi emas. Alisher Navoiy ijodida shunday bir olamshumul kashfiyotlar borki, ular hali oxirigacha izohlab berilgan emas. Shulardan biri uning ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, buyuk shoir o‘zining ko‘pgina asarlarida ideal odil hukmdor timsolini ulug‘lab, orzu qilgan. Bolalikdagi do‘sti, keyinchalik Xuroson podshohi bo‘lgan. Sulton Husaynni adolatli va ma’rifatli hukmdor qiyofasida ko‘rish orzusi bilan yashadi. Astroboddan Sulton Husaynga va boshqa amaldorlarga yozgan maktublarida ularni insof va adolatga chaqirar, davlat idora usulida shariat qonunlari ustuvorligini ta’minlash hamda ayrim islohotlar o‘tkazishga undar edi. Ammo o‘sha davrda Alisher Navoiyning istaklari to‘la amalga oshishi qiyin, balki imkonsiz edi. Hassos shoir, ulug‘ siyosiy arbob Navoiy buni umrining oxirlarida batamom anglab yetdi va bu boradagi siyosiy qarashlarini yana bir o‘lmas asari bo‘lmish “Lison ut - tayr”da go‘zal bir tarzda ifodalab berdi. “Lison ut-tayr” “Xamsa”dan 14 yil keyin – 1498- 1499-yillarda yaratilgan. Bu asarini shoir Foniy taxallusi bilan yozgan. Ko‘pchilik Navoiy faqat fors tilidagi asarlarini Foniy taxallusi bilan yozgan deb, xato o‘ylaydi. Shoir turkiy tildagi ijodini faqat Navoiy taxallusi bilan, forsiy va turkiy tillardagi asarlarini esa ham Navoiy, ham Foniy taxalluslari bilan yozgan. Uning “Lison ut-tayr” dostonini Foniy taxallusi bilan yozishi sababiga kelsak, bu davrda shoirning hayoti keksalikka yuz tutgan, aniqrog‘i, bu dunyosidan ko‘ra ko‘proq u dunyosini o‘ylay boshlagan edi. Shu bois Foniy – o‘tkinchi degan nomni tanlagan bo‘lsa ajab emas. Mazkur asar bolaligida sevib o‘qigani – Farididdin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr” dostoniga javob tarzida, shoirning o‘z ta’biri bilan aytganda, “tarjima rasmi bila” yaratgan she’riy mo‘jizasi edi. Bir qaraganda dostondagi bosh g‘oya, bosh muammo tasavvufdagi imon, e’tiqod va ma’naviyat masalalari bo‘lib ko‘rinadi. Hudhud degan qush nomidan aytilgan yuzlarcha hikoyalar tasavvufiy mazmunda bo‘lib, ular hammasi hayotiy va biri-biridan qiziqarli. Insonning ulug‘vorligini majoziy uslub bilan ta’sirli qilib, real ijtimoiy, axloqiy hodisalar bilan bog‘lab tasvirlangan. Qushlar Hudhud rahnamoligida afsonaviy, adolatli hukmdor Simurg‘ qushini izlab, uzoq va mashaqqatli yo‘lni ixtiyor qiladilar. Bu yo‘ldagi yetti vodiydan o‘tguncha, ular ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechirishadi. Ko‘plari bu xatarli yo‘lda qiyinchiliklarga bardosh berolmay halok bo‘ladi, oxirida sanoqli o‘ttizta qush manzilga eson-omon yetib borishadi. Shunda qushlar Hudhuddan: “Mana, manzilga yetib keldik, qani sen aytgan o‘sha odil hukmdor Simurg‘ qushi?” degan savolni ko‘ndalang qo‘yishadi. Shunda Hudhud quyidagi javobni beradi: “Simurg‘ bu – o‘zimiz, si – o‘ttiz, murg‘ – qush, ya’ni, adolatli Simurg‘ o‘zimizda mujassam”. Bu so‘zlarning qalamga olinganiga ko‘p asrlar bo‘ldi. Ammo faqat bugun insoniyat odil podshohlar haqidagi hikoyalar shunchaki shirin afsona ekanligini anglab yetishmoqda. Faqatgina xalq o‘z-o‘zini idora qiladigan demokratik boshqaruv usuligina adolatli bo‘la olishi mumkinligi hazrat Navoiydan bir necha asr keyin qayta kashf etildi. To‘g‘ri, bu haqda antik yunon mutafakkirlari va sharq faylasuflarining asarlarida ham aytilgan. Lekin Navoiygacha demokratik ko‘zqarashlarni hech bir ijodkor timsollar vositasi bilan bunchalik chiroyli va yorqin ifoda qilib berolmagan. Bugun qaysi bir rivojlangan demokratik mamlakatning asosiy qonunini olib qarasangiz, qomus boshida xalq irodasi davlat boshqaruvi asosi ekanligi yozib qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki ikkinchi moddasida ham davlat xalq irodasini ifoda etishi aniq-tiniq qilib bitib qo‘yilgan. Shu ma’noda ulug‘ mutafakkir, buyuk shoir Alisher Navoiy nafaqat hassos ijodkor, balki kelajak dunyo manzarasini oldindan ko‘ra billgan avliyosifat inson edi. Xudoyberdi KOMILOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham sportning ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, qaror aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash, terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish va ularda ushbu sport turlari bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich ko‘paytirish hamda mashg‘ulot va to‘garaklar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, gimnastika sport turlari bo‘yicha professional murabbiylar, m al a k ali h a k aml a r va mutaxassislarni tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda videomateriallar i s h l a b c h i q i s h , s p o r t ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash zarur. Respublikada gimnastika sport turlari uchun zarur bo‘lgan spo r t jiho zla ri ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida bolalikdan g i m n a s t i k a t u r l a r i n i ommalashtirish, bu borada uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalarni amalga oshirish, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida gimnastika sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa sportchilarini tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirish belgilangan. Аyniqsa, qarorda Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quvmashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarining tashkil etilishi bizni ruhlantirdi. Bu markazlar o‘z faoliyatini 2024-2025-o‘quv yilidan boshlashi ko‘rsatib o‘tilgan. Demak, respublikamizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham gimnastika sport turlari bundan-da rivojlanadi. Salom HAKIMOV, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi Til millatning ko'zgusi, ruhi, muqaddas qadriyati va boyligi hisoblanadi. Bu boyligimizdan to‘g‘ri va oqilona foydalanishimiz, uni yanada boyitib, sofligi va go’zalligini saqlashimiz kerak. Время благоприятных перемен и семейных ценностей Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uni aholi o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq qilish hamda ommaviyligini oshirish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan sohaga oid ko‘plab qarorlar qabul qilinayotganligi Vatanga sadoqatli barkamol avlod tarbiyalashga zamin yaratmoqda.


Click to View FlipBook Version