ISSN 2010-6734 № 43 (2504) 2023-yil 5-oktabr, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! "MAHALLA YETTILIGI"NING VAZIFASI NIMA? Islohot Munosabat E’lon Mamlakatimiz Rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sess iyas idag i nu tq i bu tun dunyo hamjamiyatida katta qiziqish bilan kutib olindi. Prezidentimiz o‘z nutqida har galgidek mamlakatimizda olib borilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarning natijalarini aniq misollar, chuqur tahlillar asosida bayon etar ekan, Yangi O‘zbekiston endilikda xalqaro maydonda har jihatdan o‘z mavqeini mustahkamlab borayotganligi haqidagi haqiqat ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Qo‘shni mamlakatlar bilan hamdo‘stlik va hamkorlik rishtalarining mustahkamlanishi — siyosiy yo‘nalishda, keyingi 6 yil mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 1,5 barobar ko‘payganligi va bu ko‘rsatkichni 2030-yilga qadar 2 barobarga yetkazish mo‘ljallanayotganligi — iqtisodiy jabhada, 2017-yildan beri kambag‘allik darajasi 2 barobarga kamayganligi hamda 7 yildan so‘ng bu salbiy ko‘rsatkichni 7 foizga tushirish rejalashtirilganligi — ijtimoiy sohadagi asosiy maqsadimiz ekanligini ta’kidladi. Bugungi globallashuv jarayoni ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bilan dunyoni larzaga solayotgan bir paytda yurtimizda barqaror tinchlik, mo‘tadil iqtisodiy taraqqiyot, xalqaro maydondagi mavqeimiz mustahkamlanayotganligini mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Davlatimiz rahbari yurtimizda yaratilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarining har bir o‘ziga xos sifatlarini alohida tahlil etar ekan, bu bilan yetakchi xalqaro tashkilot — BMT va unga a’zo mamlakatlar rahbarlari e’tiborini amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan ezgu maqsad — mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashdan iborat ekanligiga qaratdi. Dunyoni tobora qamrab olayotgan ekologik muammolar, ekstremizm, diniy toqatsizlik, xalqaro terrorizmga qarshi hamjihatlikdagi harakatlarni kuchaytirish lozimligi dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Mamlakatimiz rahbari keyingi 30 yilda dunyoda o‘rtacha harorat 0,7 darajaga ko‘tarilgani holda, bu salbiy holat Markaziy Osiyoda 2 hissa ortiq ro‘y berayotganligini tashvish bilan tilga oldi. Muammoni hal etishning aniq yo‘nalishlari haqida takliflarini bildirdi. Suvni tejash, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yanada izchillik bilan davom ettirish lozimligi yana bir bor ta’kidlandi. Haqiqatan ham mintaqani kelgusida qurg‘oqchilik bilan bog‘liq dahshatli tabiiy halokat iskanjasiga olishi mumkin. Negaki, Amudaryo va Sirdaryo suvi 15 foiz qisqarishi kutilmoqda. Oqibatda jon boshiga suvning taqsimlanishi 25 foizga qisqaradi, ekinlarni sug‘orishda esa bu ko‘rsatkich 40 foizga tushib qolishi mumkin. Bu fojeali va halokatli raqamlarda jo bo‘lgan va kutilayotgan halokatning oldini olish maqsadida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti — suv resurslari” mexanizmini mintaqamizda ishga solish eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni amalda tatbiq etish lozim. O‘zbekistonda yoshlar, xotin-qizlarga oid siyosat bilan bog‘liq mukammal dastur ishlab chiqilgan. Bugungi kunda barcha sohalarda ushbu dastur umumdavlat siyosati sifatida amalga oshirilmoqda. Uni yanada chuqurlashtirish maqsadida Prezidentimiz Markaziy Osiyo yoshlarini rivo jlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilishni taklif etdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazish taklifi ham o‘rtaga tashlandi. Mamlakatimiz rahbarining bildirgan takliflari tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘llabquvvatlandi. Prezidentimiz har safar xalqaro yuksak minbarlarda turib nutq so‘zlar ekan, Afg‘oniston muammosini tilga olib, uni hal etishning aniq yo‘nalishlari haqida o‘z takliflarini o‘rtaga tashlab keladi. Bu safar ham Afg‘oniston muammosiga e’tibor qaratildi. Aniq takliflardan biri Afg‘onistonni o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirish katta xato ekanligi yana bir bor tashvish bilan bildirildi. Afg‘onistondagi muammolarni hal etish uchun mamlakatning muzlatilgan xalqaro aktivlarini mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirishga da’vat etdi. Davlatimiz rahbari: “Bizga tinch va barqaror, mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida ishtirok etadigan, qo‘shnilar va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq Afg‘oniston kerak”, — deya muammoni hal etishga barchaning e’tiborini qaratdi. Prezidentimizning BMT minbaridan turib so‘zlagan otashin nutqi o‘zining mazmun-mohiyati, chuqur mazmuni, aniq maqsadlarni ko‘zlagani bilan dunyoda qiziqish uyg‘otayotganligi jahonning turli mamlakatlaridagi ommaviy axborot vositalari, elektron nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotganligi tabiiydir. Quvondiq XALILOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Yaqinda Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi to’qson uchinchi sessiyasi bo’lishi rejalashtirilgan. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi ko’zda tutilmoqda: 1. Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Bobojanovning tizimda 2023-yilning o’tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti; 2. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy i jro byurosi shahar bo’limi boshlig‘i I . H am d am o v ni n g b y u r o t om o ni d a n 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti; 3. Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi shahar bo‘limi boshlig‘i D.Normuradova tomonidan tizimda 9 oy davomida amalga oshirgan ishlar bo‘yicha hisoboti; 4. Shahar hokimining o‘rinbosari, investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i E.Rajabovning shahar iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish borasida 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti; 5. Shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i L.Rasulovning inspeksiya tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi hamda prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti; 6. 2-Oilaviy poliklinika bosh vrachi D.Boltayeva hamda 3-Oilaviy poliklinika bosh vrachi I.Xusenovning tibbiyot muassasalarida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari; 7. Shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘aniyevning tizimda 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti. Aziz hamshaharlar, agar sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o’zingizni qiynayotgan muammolar, unga yechim bo’ladigan taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatiga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun manzil: Abdurahmon Jomiy ko’chasi, 59-uy. Telefon: +99866 233 19 44 +99893 341 30 29 “SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO’LING! Qadrli hamshaharlar! Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklardan, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan o’z vaqtida va doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo’ling. Gazetamiz (haftada bir marta ) hamda rasmiy veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz sizga hamrohlik qiladi. Obuna tahririya tning o’zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 412 464 so’m (boshqarmalar, muassasalar, yirik korxona va tashkilotlarga yetkazib berish sharti bilan). Matbuot tarqatuvchilar orqali yetkazib berish narxi 515 580 so’m. Obuna – 2024 Pedagog sifatida ilk faoliyatimni boshlagan davrimda negadir, tanlagan kasb imn ing ist iqbo l iga ishonch im mustahkam emas edi. E’tibor bering, maktabdagi sharoitga havas qilib bo‘lmas, aksariyat o‘quvchilarning fanlarni o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi sust, darsliklar yetishmas, o‘qituvchining oyligi bilan bir oilaning qora qozonini bir oy qaynatish imkoniyati cheklangan… Xullas, kamchilik va muammolar ko‘p edi. Bir necha yil ana shunday muammolar qurshovida ishlashga to‘g‘ri keldi. Eng yomoni, ko‘plab o‘qituvchilar b u q i y i n c h i l i k l a r g a d o s h berolmay, kasbini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Keyingi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘zimiz tasavvur qilmagan ijobiy o‘zgarishlar, chin ma’nodagi ta’lim inqilobi sari qadam tashlandi. Bu ijobiy o‘zgarishlarga guvohmiz, ya ra tilayo tgan qulaylik va imtiyozlardan bahramandmiz. Mamlakatimiz rahbari ta’lim ti zimini yangi , z am on avi y talablarga mos ravishda qayta tashkil etish tashabbusini o‘rtaga tashladi. Bu tashabbus tufayli tizimda zamonaviy o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Prezidentimiz hamisha sohaga alohida e’tibor qaratib, o ‘ q i t u v c h i n i e ’ z o z l a s h g a , mehnatini qadrlashga harakat qilmoqda. Kasb bayramimiz munosabati bilan Yurtboshimiz yo‘llagan t a b r i g i d a h a m a n a s h u tashabbuskorlik, o‘qituvchi - ustozlarini e’zozlash, ularning mehnatini qadrlash ruhi barq urib turibdi. “Jamiyat hayotida o‘qituvchining o‘rni va ta’siri oshsa – maktabning obro‘yi oshadi, ilmfan, ta’lim va tarbiya sohasining qadri ko‘tariladi. Muallimning obro‘-e’tibori esa bu millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir”, - deya Prezidentimiz ta’lim tizimiga, ta’lim fidoyilariga yuksak baho berdi. Qutlovda sohaga bo‘lgan e’tibor, o‘qituvchilar mehnatini yanada qadrlash va munosib t a q d i r l a s h m a q s a d i h am ko‘rinib turibdi. Ta’lim sohasi xodimlarining o‘rtacha ish haqini ikki barobar oshirish, ming nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirish choralari belgilanganligi ham biz, o‘qituvchilarga bo‘lgan ishonch hamda mehnatimizga berilgan yuksak bahodir. F a o l i y a t i m m o b a y n i d a o‘qituvchi mehnati bugungidek e’zozlanib, qadrlanayotganiga guvoh bo‘lmaganman . Eng muhimi, bizga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan qulayliklar bizni ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida izlanishga, fidoyilik ko‘rsatishga da’vat etmoqda. Fotima UMRBOYEVA, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Videoselektorda mahalla raislarining mas’uliyati yanada oshirilishi bilan bir qatorda mahallalarni ortiqcha qog‘ozbozlik va majlisbozliklardan xalos qilinishi zarurligi haqida gapirildi. Amaldagi mahalla “beshligiga” soliqchi va ijtimoiy xodimning qo‘shilishi, albatta, samarali natijalar beradi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, mahalla profilaktika inspektori, shuningdek, yangi qo‘shilayotgan soliqchi va ijtimoiy xodim faoliyatlarini birlashtirib, ularni asosiy maqsad — mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, mahalla xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlashga yo‘naltirish mahalla raislarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Kengroq to‘xtaladigan bo‘lsak, mahalla raisi mahalladagi ehtiyojmand oilalarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini o’rganish, turmush sharoitini yaxshilash, yoshlar yetakchisi yoshlarni turli sport, musiqa va kasb-hunar to‘garaklariga yo‘naltirish, hokim yordamchisi aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, xotinqizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish, soliq tizimi xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlikni qonuniylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish, ijtimoiy soha xodimi yolg‘iz keksalar, nogironlar va boshqa ijtimoiy muhtojlarga xizmat ko‘rsatish, mahalla profilaktika inspektori mahalla osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, spirtli ichimliklar, narkotik va psixotrop moddalarga ruju qo‘ygan va bu holatdan kelib chiqib, jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan fuqarolar bilan alohida ishlash kabi vazifalar bilan shug‘illanishadi. Shu bilan birga fuqarolar muammolari va takliflarini o‘rganib, ularga yechim topish, ijtimoiy og’ir ahvolga tushib qolgan, oilaviy zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarga yordam ko‘rsatish, obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish, mahalla nomidan sudlarda qatnashish, umuman olganda mahalla hududida yuzaga kelgan har qanday muammoni o‘rganish va bartaraf etilishini ta’minlash “mahalla yettiligi”ning vakolat va vazifalariga kiradi. Bugungi kunda mahallamiz hududida joylashgan 334 ta xonadondagi 524 ta oilada jami 1758 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shundan 864 nafari xotin-qizlarni va 198 nafari 70 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan nuroniylarni tashkil etadi. Mahallada bugungi kunga qadar 20 ta oila “Temir daftar”ga, 35 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga, 11 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda 5 nafar boquvchisini yo‘qotgan oila, 12 nafar yolg’iz ona va 4 nafar yolg‘iz keksalar alohida e’tiborga olingan. 2 nafar jazoni o‘tash maskanidan kelgan fuqaroga Yoshlar agentligi va hokim yordamchisining amaliy yordami bilan, tadbirkorlik qilishlari uchun kredit mablag‘i ajratildi. P re ziden timi zning Sama rqandga tashrifidan so‘ng, mahallamizda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida doimiy ravishda turli sport musobaqalari, mahalla nuroniylari, yoshlar yetakchisi, mahalla profilaktika inspektori ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Yoshlar turli o‘quv va kasb-hunar markazlariga yo‘naltirilmoqda. Yoshlar yetakchisi tomonidan mahallamizda “Qalqon” guruhi tashkil etilgan. Bu guruhning zabardast yigitlari mahallamizda tungi navbatchiliklar tashkil etishib, mahalla osoyishtaligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Bu mahalladagi yoshlarimizga Vatan, mahalla oldidagi mas’uliyatni his qilishga va kelajakda haqiqiy Vatan himoyachilari bo‘lishlariga ko‘mak beradi. Eng quvonarlisi, mahallamizda balog‘at yoshiga to‘lmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan yoshlar mavjud emas. Albatta, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, bizning mahallamizda ham notinch oilalar bor. Jumladan, mahallamizda besh kishi ichkilikka ruju qo‘ygan bo‘lib, ularni sog‘lom hayotga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Mahallamizning bugungi kundagi asosiy muammosi – bu eski elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish bo‘lib qolmoqda. 2019-yildan buyon “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mahallamizdagi 55 ta simyog‘ochni almashtirish rejaga kiritilmoqda, biroq almashtirish ishlari amalga oshirilmayapti. Biror salbiy holat yuz bermasdan bu muammo hal qilinsa yaxshi bo‘lar edi. Chunki 55 ta simyog’ochdan 47 tasi avariya holatiga kelib qolgan. Bundan tashqari, mahallamiz markaziy oqova tarmog‘iga ulanmagan va ko‘chalarimizga yetarli darajada tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagan. Bu holatlar ham aholiga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Bekzod MUSURMONOV yozib oldi. Jahon minbarida: muhim va global muammolarga yechim bo‘lmoqda PREZIDENTIMIZNING YANGI TASHABBUS VA TAKLIFLARI Ustozni, o‘qituvchini e’zozlagan yurt taraqqiyotga, farovonlikka, obodlikka chulg‘anadi SESSIYAGA TAKLIFINGIZ BORMI? Joriy yilning 26-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalardagi “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishidan so‘ng, amaldagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilib, hamkorlikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” tashkil etiladigan bo‘ldi. Mahalla sohasidagi bu islohotlar mahalla raislarining mas’uliyat va vakolatlarining yanada ortishiga, ish samaradorligi oshishiga sabab bo‘ladi. Kutilyotgan o‘zgarishlar yurtimiz mahallalari faoliyatiga, fuqarolar farovonligiga qanday ta’sir qilishi, shuningdek, bugungi kun mahalla raislarining vazifalari va vakolatlari nimalardan iborat ekanligi haqida “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Boxodir YULDASHEV bizga quyidagilarni gapirib berdi:
2 2023-yil 5-oktabr, payshanba, № 43 (2504) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Talabalarni sarson qilayotgan qog‘ozbozlik Partiyalar hayotidan Dolzarb mavzu Oliy ta’lim Qonun himoyasida "Yashil energiya" istiqbollari sohadagi muammolarga yechim bo‘ladi Chiqindi nega vaqtida olib ketilmaydi?! ENERGIYANI TEJASH Hozirgi kunda shaharda atrof-muhit tozaligi, hudud ozodaligini saqlash shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Maroqand Obod” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Shahar hokimligi huzuridagi “Maroqand Obod” DUK 2017-yildan boshlab, tasdiqlangan nizom asosida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish va joylashtirish, ya’ni rekultivatsiya ishlarini olib boradi. Ayni paytda korxonamiz jamoasi shahardagi mavjud 215 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga 100 foizlik qamrov bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda . Korxonamizda 130 dona transport vositalari bo‘lib, shundan 103 tasi chiqindi tashuvchi maxsus avtomashina, 10 tasi “HOWO” rusumli multilift yuk avtomashina, 2 tasi yuk tashuvchi, 1 dona maxsus assenizator va 8 tasi xizmat yengil avtomashinasidir. Bugungi kunda jami 103 ta maxsus chiqindi yig‘ish transport vositalaridan 31 tasi nosoz holatda, shundan 12 ta transport vositalarini ta’mirlashning imkoni yo‘q. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarga nisbatan to‘lovlarning o‘z vaq tida amalga oshirilmayotganligi faoliyatimizda qator muammolarning yuzaga keltirmoqda. 2023-yilning 5-sentabr holatiga aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik 9 mlrd. 257 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Eng yuqori qarzdorlik “Qorasuv”, “Obod Maskan”, “Oqsaroy”, “Nurli yo‘l”, “Shukrona”, “Nurli kelajak”, “Cho‘ponota”, “Bog‘i Temur” mahallalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Korxonamiz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun yuridik shaxslarning ham qarzdorligi mavjud. Joriy yilning 1-sentabr holatiga “Damariq dehqon bozori” MChJ 20,4 mln. so‘m, “Shahzoda Maftuna gold” XK 13,1 mln. so‘m, “APKO Marmar Bozor” 13,2 mln. so‘m, “Greenland lider” MChJ 9,0 mln. so‘m, “Agrokimyohimoya” XAJ 7,8 mln. so‘m, “Sadriddin savdo servis” MChJ 6,7 mln. so‘m, “Yuksalish quruvchi bilding” MChJ 5,2 mln. so‘m, “Kit Avto” MChJ (“Yoshlik” istirohat bog‘i) 4,9 mln. so‘m, “Maks real stroy invest” MChJ 4,8 mln. so‘m qarzdor. Shuningdek, “Enter Engineering Pte.Ltd” Samarqand doimiy muassasasi 663,1 mln. so‘m, “Toza-hudud” DUKning 963,6 mln. so‘m qarzi mavjud. Bundan tashqari, markaziy ko‘chalar yoqasida joylashgan “Bog‘ishamolGarden” oshxona va nikoh bazmlari o‘tkazish maskani, “Marokand-Led” zavodi, “Triada ekspress servis” MchJga tegishli AYoQSh, “Bog‘bon bazmgohi” restorani, “Edem bazmgohi” restorani, “Yangi Shodiyona” savdo majmuasi va boshqa xususiy korxonalarning “Maroqand obod” DUK bilan shartnoma qilmaganini qanday tushunish kerak? Oqibatda ushbu tadbirkorlik subyektlari hududidagi maishiy chiqindilarni sanitariya qoidalariga zid holatda shahar ko‘chalariga noqonuniy chiqarib tashlashadi. Ularga tegishli tavsiyalar berilgan bo‘lsa-da, hanuzgacha amaliy choralar ko‘rilmayapti. Xalqimizda toza, ozoda joyda baraka bo‘ladi, degan hikmat bor. Shunday ekan, ajdodlarimizning ezgu amallarini davom ettirib, shahrimiz obodligini ta’minlaylik. Barchamiz mas’uliyatni his etgan holda zimmamizdagi majburiyatni vaqtida bajarsak, shahrimiz ko‘rku tarovatiga soya soladigan chiqindilar ko‘zga tashlanmaydi. R. TO‘LQINOV, “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi direktori Yaqinda kechasi shahrimizdagi t ibb iy m ua s sa sa lar ida n b ir iga shoshilinch ravishda borishimga to‘g‘ri keldi. Shifoxona ostonasiga yaqinlashar ekanman, kirib-chiqayotganlar eshikka yaqinlashishi bilan chiroqning yonishi e’tiborimni tortdi. Ilgari bunday “yangilik”ka duch kelmaganim bois qiziqishim ortdi. Ma’lum bo‘lishicha, bino ostonasiga, uning dahlizlari, kirish-chiqish joylariga energiya tejovchi harakat sensorli yoritish qurilmalari o‘rnatilgan ekan. Ayni paytda bunday qulay va tejamkor uskunalar ko‘pgina davlat tashkilotlari, ijtimoiy obyektlar binolariga ham o‘rnatilganligi meni quvontirdi. Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan, shu yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida energiya tejovchi qurilmalarni barcha jabhalarda keng qo‘llash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Bundan tashqari, 2023-2024-yillar kuzqish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanib, uning ijrosi ta’minlanmoqda. Ayni paytda shahrimizda quyosh panellari o‘rnatish keng tus olmoqda. Tu n gi yo ri ti s h u s t u nl a ri g a q a y t a tiklanuvchi qurilmalar — quyosh panellari va shamol uskunalari o‘rnatilmoqda. Shunisi e’ tiborliki, mamlakatimizda “yashil energiya”dan foydalanishning bu yangi usuli ilk bor shahrimizda qo‘llanilmoqda. Shu boisdan kelgusi yildan boshlab bu yangi amaliyo t “Samarqand shahri tajribasi” sifatida mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy etilishi mo‘ljallanmoqda. Zero, bu borada amalga oshirilayotgan t e j am k o r l i k k a a s o s l a n g a n i s h l a r viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham qizg‘in olib borilayapti. Q. MAJIDIY Shahar iqtisodiy sudi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-yilning sakkiz oyi davomida shahar iqtisodiy sudiga yuridik shaxs va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4127 ta da’vo arizasi kelib tushgan. Shundan 141 tasi ish yurituviga qabul qilinmasdan qaytarilgan, 25 tasini qabul qilish rad etilgan, 23 ta ish tegishlilik bo‘yicha boshqa sudlarga yuborilgan bo‘lsa, 3931 ta da’vo ariza ish yurituviga qabul qilingan. Hisobot davrida 3868 ta ish sudyalar tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilib, tegishli sud hujjatlari qabul qilingan. Tahlillarga qaraganda, ko‘rilgan ishlarning 3468 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgan, shundan 2 ta sud buyrug‘i, 300 ta ish bo‘yicha da’vo talabalari rad etilgan, 60 ta ish bo‘yicha da’vo arizasi ko‘rilmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 40 ta ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Ushbu ish yuritish tugatilgan ishlardan 15 tasi bo‘yicha taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bitimi tuzilgan va sud tomonidan tasdiqlangan. Hi sobo t dav rida shaha r iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan da’voga rla rning foyda siga javobgarlardan 200 733 690 000 so‘m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, sud qaroriga asosan aybdor t a rafl a rd an Re spubli k a budjetiga 6 053 030 000 so‘m davlat boji undirildi. Shahar iqtisodiy sudig a d a ’ v o arizalari kir it i lishi d a da’vogarlar tomonidan Respublika budjeti hamda sud organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga 913 870 000 so‘m davlat boji ixtiyoriy to‘landi. Hozirgi vaqtda tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining www.sud.uz veb-sayti orqali Respublikaning istalgan iqtisodiy sudlariga nafaqat da’vo arizalari va iltimosnomalarni, balki apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari yoki protest keltirish to‘g‘risidagi arizalarni ham o‘z hohishlariga ko‘ra elektron shaklda taqdim etmoqda. Jumladan, hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 3531 ta da’vo ariza elektron shaklda sudga taqdim etildi. Shundan 3463 ta da’vo ariza mazmunan ko‘rib chiqilib hal etilgan. Ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning ish toifalariga ko‘ra tahlil qilganimizda eng ko‘p ariza ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid bo‘lib, 3034 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, mazkur ishlarning ish turkumlari bo‘yicha tahlilida eng ko‘p murojaat banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish yuzasidan bo‘lib, ular 2691 tani tashkil qildi. Hisobot davrida tadbirkorlik subyektlari va boshqa subyektlar manfaatlarini ko‘zlab O‘zbekiston Savdosanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 231 ta da’vo ariza kiritgan bo‘lib, 24 ta da’vo arizasi qaytarilgan, 1 ta da’vo arizasini qabul qilish rad etilgan, 183 ta da’vo arizasi mazmunan ko‘rib chiqilgan. Shundan 158 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan, 13 tasi rad etilgan, 10 tasi ko‘rilmasdan qoldirilgan va 4 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Bundan tashqari, shahar iqtisodiy sudiga tadbirkorlik subyektlari va boshqa subyektlar manfaatlarini ko‘zlab adliya bo‘limlari 10 ta, prokuratura organlari 92 ta, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 3 ta da’vo arizasi kiritgan. Mamalakatimizning sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi. K. TO‘XTAYEV, shahar iqtisodiy sudi raisi Key i ng i y i l larda o l iy ta ’ l im maskanlarining kunduzgi bo‘limida viloyatlar va tumanlardan kelib tahsil olayotgan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash muammolarini hal etish yo‘lida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Avvalo, joylarda talabalar turarjoylari tarmog‘i kengaytirilmoqda: davlat sherikchiligi asosida yangi-yangi turar-joylar barpo etilmoqda. Shunga qaramasdan qabul kvotasining oshirilishi sababli barcha ehtiyojmand talabalarni turar-joy bilan ta’minlashda muammolar paydo bo‘lmoqda. Bu muammoni hal etish uchun ijara asosida aholi xonadonlarida yashaydigan talabalarga qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, shunday talabalarga ijara to‘lovining bir qismi — eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida, 165 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanmoqda. Shah rimi zdagi yi rik oliy ta’lim maskanlaridan biri — Samarqand davlat universitetida ham muammolarni ijobiy hal etishga jiddiy kirishilgan. — Universitetimizda jami 1800 o‘rindan iborat 5 ta talabalar turar-joyi mavjud, — deydi bu haqda SamDU talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Husniddin Nizomov. — Yotoqxonalarga avvalo chin yetim, nogironligi bo‘lgan talabalar joylashtirildi. Bundan tashqari , 721 ta xususiy xonadonlarga ijara asosida hozirgacha 5282 nafar talaba yashab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu dargohda 25 mingdan ortiq talaba tahsil olishi, ularning asosiy qismi kunduzgi bo‘lim talabalari ekanligini nazarda tutsak, hali bu ilm maskanida talabalarni turarjoy bilan ta’minlash muammolari to‘liq bartaraf etilmaganligi ayon bo‘ladi. Ushbu muammoni hal etish yo‘lida bir qator to‘siqlar ham mavjudligini tan olish kerak. Xususiy xonadonlarda ijara asosida yashaydigan talabalarning hammasi ham 165 ming so‘mlik kompensatsiya olish imkoniyatiga ega emas. — Sakkiz nafar talaba qiz bir xonadonda ijarada turamiz, — deydi talabalardan biri. — Biz ham davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozdan foydalanishga harakat qilamiz. Ammo, qarshimizda shunday to‘siqlar paydo bo‘layaptiki, oxiri, imtiyozdan voz kechishga majbur bo‘ldik. Uning aytishicha, imtiyozga ega bo‘lish uchun talaba va ijara uy egasi o‘rtasida soliq idorasi orqali ijara shartnomasi tuzilishi kerak ekan. Bunday shartnoma tuzilishiga aksariyat ijara uy egalari rozi bo‘lishmaydi. Emishki, shartnoma tuzilsa, talabalardan olinayotgan ijara pulidan daromad solig‘i to‘lanarmish. Aslida esa amaldagi qonunchilikka binoan talabani ijara asosida uyga joylashtirgan xonadon sohibi ijaradan keladigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Ayrim uy egalari esa bu haqiqatni tan olgilari kelmaydi. Oqibatda, shu tariqa talaba imtiyozga ega bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda. Uy egasi rozi bo‘lgan taqdirda talaba uning surati, shaxsiy pasporti va boshqa ma’lumotlarni bir qator hujjatlarga qo‘shib, soliq idorasiga shaxsan topshirishi zarur. Talaba shartnomani rasmiylashtirish jarayonida uy egasi nomiga elektron kalit ochishi uchun 40 ming so‘m, boshqa xarajatlar uchun 50 ming so‘m, jami — 90 ming so‘m xarajat qilishi kerak. Agar, talaba kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lsa, bu haqda ota-onasi yashaydigan mahalladan, oilada to‘lov-shartnoma asosida ta’lim oladigan boshqa talaba bo‘lsa, u o‘qiydigan oliy ta’lim maskanidan ma’lumotnoma talab qilinadi. Bordi-yu, talaba olis tuman yoki viloyatdan bo‘lsa, bunday ma’lumotnomani olib kelish uchun kamida uch-to‘rt kun vaqt sarflaydi. Qiziq, mamlakatimizda keng qo‘llanilayotgan raqamlashtirish amaliyoti bu borada nega qo‘llanilmayapti?! Shartnomani rasmiylashtirish ham talabalarning vaqtini olmoqda. Tanishlarimdan biri shartnomani rasmiylashtirish uchun 15 kun vaqti ketganligini aytganidan so‘ng men ham imtiyozdan voz kechib qo‘ya qoldim! Shartnomani ravsimiylashtirish tizimi soddalashtirilmas yoki elektron tizim joriy etilmas ekan bu muammo yaqin orada hal etilmaydiganga o‘xshaydi. Yulduz SAMADOVA, talaba Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi shahar kengashi, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlik guruhi hamda shahar partiya kengashi ijroiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida har uchala guruhning faoliyati atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilishda partiya shahar kengashining 2023- yil boshidan buyon amalga oshirgan ishlari tahlil etildi. O‘tgan davr mobaynida partiya shahar kengashi, shahar Kengashidagi deputatlar guruhi hamda ijroiya qo‘mitaning faoliyati o‘rganilib, baho berilar ekan, har bir guruh, har bir xodimning faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda guruhlar, ijroiya qo‘mitaning hisobotlari eshitildi. Yilning o‘tgan davri mobaynida jami 142 ta deputatlik so‘rovlari tegishli tashkilot va mutasaddilarga jo‘natildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining har biri tomonidan oyiga o‘rtacha 12-13 tadan so‘rovnoma to‘g‘ri keldi. Bu so‘rovnomalarning mazmun-mohiyati joylarda islohotlar ijrosining holati , jumladan , i jtimoiy muho fazani kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash muammolarining amaliy ijrosiga qaratildi. Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan Kengashning sessiyalariga 4 ta masala kiritildi. Bu masalalar shahar Kengashining sessiyalarida ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan doimiy komissiyalarga 9 ta masala kiritildi. Ko‘rilgan masalalarning 8 tasi doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama etilib, ijrosini ta’minlash choralari ko‘rildi. Doimiy komissiyalar va shahar Kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ham doimiy nazoratga olingan. Buning natijasida joylarda ko‘plab muammolarni o‘rganish va hal etish imkoniyati yaratildi. Faollar va deputatlik guruhi a’zolari muammolarni hal etish jarayoniga faol qatnashmoqdalar. Bugungi kunda Xalq deputatlari shahar Kengashi qoshida tashkil etilgan deputatlik guruhimiz o‘z faoliyatini ochiqlik, shaffoflik, xolislik tamoyillari asosida tashkil etganligi tufayli partiya guruhlari orasida o‘z tashabbuslari, takliflari bilan alohida ajralib turadi. Faoliyatimizni tahlil etishda o‘zaro tanqid ruhi ham yaqqol sezilib turadi. Muammoni o‘rganib, hal etish yuzasidan takliflar bildirilar ekan, avvalo, imkoniyatlar aniq o‘rtaga tashlanadi. Negaki, muammoni ko‘tarib chiqish oson, biroq, uni hal etish mushkul. Shu boisdan muammolarni hal etishning amaliy takliflarini o‘rtaga tashlashda ham deputatlarimiz faollik ko‘rsatmoqdalar. Yig‘ilishda yuqoridagi masalalardan tashqari, partiya a’zolari safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Negaki, a’zolar safini kengaytirish partiya negizini mustahkamlashning asosiy talablaridan biridir. Bundan tashqari, a’zolik badallarini to‘lash yo‘lidagi ayrim muammolar ham muhokama etilib, uni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Fazliddin G‘AYBULLAYEV, O‘zLiDeP shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Faoliyat har tomonlama muhokama etildi Javobgarlardan 200 milliarddan ortiq mablag‘ undiriladi TALABALAR TURARJOYI MUAMMOLARI Shahardagi eng katta muammolardan biri hech shubhasiz, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq. Kunlik chiqindini uyda saqlashning iloji yo‘q, tezda olib chiqishga harakat qilamiz. Chiqindixonalar ham tezda to‘libtoshadi. Shahrimizda aholi soni ortgani sayin maishiy chiqindilar miqdori ham ortib bormoqda. Chiqindi vaqtida olib ketilmaganligi qanday xunuk manzarani hosil qilishi hech kimga sir emas. Ammo bunday holatlarning yuzaga kelishiga faqatgina ushbu xizmatga mas’ullar emas, balki aholining o‘zi ham sababchiligini har doim ham e’tiborga olmaymiz. Aslida chiqindini olib chiqish uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmasligimiz chiqindi uyumlarining hosil bo‘lishiga, salmog‘i ortib borishiga zamin yaratadi. Quruq gap bo‘lib qolmasligi uchun joriy yilning 5-sentabr holatigacha bo‘lgan qarzdorlikni keltirib o‘tamiz – 9 milliard 257 million so‘m!
3 2023-yil 5-oktabr, payshanba, № 43 (2504) www.samarkandnews.uz SAMARQAND So‘rovnoma natijasi: Pyotr-I peshqadam, Gorbachev va Yelsin esa... Бонги изтироб Bilasizmi? Bu qiziq! Yaq inda Ross iyada sob iq SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti M. Gorbachev vafot i munosabat i b i lan Rus davlati asoschisi — Pyotr-Idan mamlakatning “tilka-porachisi” B. Yelsingacha bo‘lgan 13 nafar davlat rahbari faoliyatini ijtimoiy baholash yuzasidan so‘rov o‘tkazildi. B u n i q a r a n g k i , S o v e t mamlakatining oxirgi prezidenti M. Gorbachev va Rossiya davlatining ilk prezidenti B. Yelsin so‘rovnomada eng pa s t na ti jaga e ri shdila r. M. Gorbachev 19, B.Yelsin 17 foizgina ijobiy baholandi, xolos. SSSRning “yagona” prezidenti M. Gorbachevni 64 foiz, B. Yelsinni esa so‘rovnomada qatnashganlarning 63 foizi yoqtirmasliklarini bildirib, ularga salbiy baho berdilar. Hatto, bu ikki rahbarga ikki-uch foiz ishtirokchilar javob berishni ham xohlashmadi. Pyotr-I 82 foiz ijobiy baho olib, o‘zining haqiqatan ham “birinchi” ekanligini isbotladi. Keyingi o‘rinni 71 foizlik natija bilan YekaterinaII egalladi. Vahshiylik bilan nom qozongan I. Stalinning 65 foiz i jobiy bahoga ega bo‘lganligi so‘rovnomada ko‘proq sho‘rolar zamonini qumsaganlar ishtirok etganligidan dalolat beradi. Ivan-III, N. Xrushchev, Aleksandr-I singari shoh va oliy darajadagi amaldorlar esa qatnashchilarning yarmidan ham ijobiy baho olisholmadi. O‘ tgan asrning 60-yillarida hokimiyat tepasiga kelgan L. Brejnev 61 foiz bilan “sovrindorlar”ga yaqinlashdi. Buni qarangki, millionlab insonlarning qirilib ketishiga sababchi bo‘lgan Lenin esa 52 foiz ovoz to‘plabdi. I. Grozniy, Aleksandr-II singari shohlarning ko‘rsatkichiga ham havas qilib bo‘lmaydi. Salbiy ovoz to‘plaganlar orasida M. Gorbachev 64 foizlik natija bilan yana “bayroqdor” bo‘lsa, B. Yelsinning salbiy ko‘rsatkichi undan 1 foiz kam bo‘ldi. Ivan-III va Aleksandr-I faoliyatiga baho berishda 45—53 foiz ishtirokchilar javob qaytarishga qiynalishgan. Bu borada AleksandrIIning ko‘rsatkichi ham salbiy bo‘lib, natija 38 foizni tashkil etdi. Ushbu so‘rov natijasida chor Rossiyasi, Sovet Ittifoqi, Rossiya Federatsiyasining ko‘zga ko‘ringan rahbarlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘ldi. Bu qiziqarli so‘rovnomadan Rossiyaning avvalgi va keyingi bir qator rahbarlari o‘rin olmagan. Chunki, ular hokimiyat tepasida uzoq vaqt turishmagan. Quvondiq XALILOV tayyorladi. Ҳоло дар кӯчаҳои калони шаҳрамон истгоҳҳои нави замонавӣ сохта шудааст ва барои эҳтиёҷи мардум хизмат мекунад. Вале дар баъзе ҷойҳо аз истгоҳ ному нишон нест. Онро канда партофтаанд ё бо мақсади аз нав сохтани он вайрон кардаанд. Вале то ҳол барои барқарор кардани он ягон чорае aндешида нашудааст. Баробари паст шудани ҳарорати обу ҳаво ба истгоҳ эҳтиёҷ зиёд мешавад. Инчунин, ронандагони автобус ва микроавтобус аз набудани истгоҳ дар ҷойи дилхоҳ нақлиётро нигоҳ медоранд. Тасаввур кунед, ки дар рӯзҳои барфу боронӣ мусофирон аз набудани истгоҳ дар чӣ ҳолат мемонанд? Боз як муаммои дигар ин, ки дар бисёрии ҷойҳо истгоҳ мавҷуд, вале соҳибкорон гирду атрофи онро бо маҳсулотҳои худ пур карда, барои нишасти одамон ҷой нагузоштаанд. Ё истгоҳро ба нуқтаи савдо табдил додаанд ё дар он нуқтаи хӯрокхӯрӣ сохтаанд. Яъне, мусофирон аз набудани ҷойи нишаст берун аз истгоҳ – дар таги борон мемонанд. Барои мисол ин манзараро дар истгоҳи рӯ ба рӯи Донишкадаи иқтисод ва сервиси Самарқанд дидан мумкин аст. Ғайр аз ин, дар рӯ ба рӯи техникуми тиббӣ (рӯ ба рӯи меҳмонхонаи Афросиёб), кӯчаи Регистон рӯ ба рӯи мағозаи «Шодиёна» ва дар шафати маҷмӯи Шоҳизинда истгоҳ вуҷуд надорад. Мусофирон дар фасли тобистон аз гармои тоқатфарсо дар зери дарахтону соябон қарор мегиранд. Дар саромади кӯчаи Кулолони шаҳри Самарқанд (Арақзавод) низ истгоҳ несту одамон азият мекашанд. Ин ҳолатро дар дигар ҳудудҳои шаҳрамон низ дидан мумкин аст. Саволе ба миён меояд: мусофирон дар рӯзҳои барфу боронӣ, ки дар пеш аст, чӣ кор мекунанд? Дар урфият мегӯянд, ки «ғами зимистонро дар тобистон бояд хӯрд». Оё мутасаддиёни соҳа ин ҳолатро дарк намекунанд? Н. БОБОАҲМАД — С чего начинаются, как зарождаются перспективные проекты молодых изобретателей? — С составления грамотных бизнес-планов и презентаций своих бизнес-идей в понятном и наглядном для потенциальных инвесторов виде. Для этого занятия в IT-парке сейчас проводятся по инкубационной программе, то есть мы с нуля разъясняем, как разработать стартап, собрать документацию, запустить SMМ, и помогаем довести стартап до участия в конкурсе. Раньше идей и инициатив было больше, многие старались пройти конкурсный отбор. Но есть сложности с финансированием, поэтому их уменьшилось. — Значит, прийти на курсы может и не имеющий идею для стартапа? — Да, конечно. Нет стартапа, но он может быть отличным дизайнером, программистом или креативным SMМ-щиком. Набирается команда и каждый профессионально выполняет свою работу. В результате реализуется стартап, затем финансируется со стороны областного хокимията или при поддержке предпринимателей. — Как и кому презентуются стартапы? — Проекты презентуем совету предпринимателей во главе с помощником хокима области по развитию местного предпринимательства. Также они рассматриваются в отделе стартапов областного управления Министерства высшего образования, науки и инноваций. Мы поддерживаем стартапы не только связанные с информационными технологиями, но и в любом другом направлении. — Над чем вы работаете сейчас? — В феврале во время выездного приема хокима области к нему обратился житель Каттакургана Фазлиддин-ака, который в результате несчастного случая в детстве стал инвалидом. У него отсутствуют нижние части обеих рук. Тогда он просил средства на приобретение протезов. Хоким области предложил локализовать производство протезов, а разработку стартапа поручили нам. Поясню, что есть два вида протеза конечностей: косметические, задача которых состоит в том, чтобы придать конечности эстетичный вид и бионические. Последние работают за счет считывания специальными мио-датчиками электрического потенциала, вырабатываемого во время напряжения сохранившихся мышечных тканей руки. Мио-датчики состоят из чувствительных электродов. Они передают считываемый сигнал в микропроцессор — мозг всего протеза, который совершает обработку полученной информации при помощи компьютерных алгоритмов. Как итог – микропроцессор, опираясь на полученный сигнал, за секунды формирует команды и направляет их в двигатели моторы, которые и приводят в движение активные части протеза. При этом люди с врожденными недостатками использовать такие протезы не смогут, потому что у них отсутствует соответствующая функция сигнала в мозге, но всё индивидуально. К тому же наука не стоит на месте. В нашей области более 75 человек зарегистрированы в центре реабилитации как не имеющие каких-то конечностей или их частей, а в стране почти 1,5 тысячи таких граждан. При этом в Узбекистане протезы не производятся, а осуществляются сборка частей, импортируемых из России, Турции. Над стартапом работают две команды. Большая часть работы уже выполнена. На днях прошли очередные пробы, проведены предварительные презентации. На начальный этап работ было запрошено 50 млн. сумов. Эти средства нужны на приобретение 3D-принтера и некоторых видов сырья из Китая и США. Нужно понимать, что протезы выполняются для каждого человека индивидуально, то есть снимается размер, делается вырезка, подбираются моторчики. При всем этом нужно, чтобы «рука» могла схватывать, шевелить пальцами, поднимать и удерживать груз. Все работы выполняются в сотрудничестве со специалистами областного реабилитационного центра. — Возможно запустить производство этих протезов-гаджетов на промышленном уровне? — Это не сложно. Причем себестоимость одного такого протеза будет в среднем составлять 20-30 млн. сумов. Сейчас протезы привозятся и устанавливаются в центре реабилитации. Один протез там обходится до 90 млн. сумов. А протез, который необходим Фазлиддину-ака производства США, стоит 23 тысячи долларов. — Какие еще перспективные стартапы есть у самаркандской молодежи? — Стартапов много. Например в середине прошлого года со студентом СамМИ Ренатом Гадаевым начали работу над проектом, суть которого заключается в минимизации человеческого фактора в работе фармацевтической компании. Искусственный интеллект будет контролировать и проводить расчеты, лабораторные исследования, взаимодействие лекарств и прочее. Ренат со своей командой вынес проект на обсуждение, но он не нашел откликов у нас. Тогда предложили идею германской фармкорпорации AstraZeneca, где ее приняли. Уже на первом этапе подписали договор на 82 тыс. долларов. Вместе с Дилшодом Ахмедовым работаем еще над одним проектом. Его стартап подходит для строительных компаний. Проект готов, и любой предприниматель может его приобрести и пользоваться. Стоит он 3,5 тыс. долларов. Проект заключается в создании 3D модели объекта. Не выезжая на место, можно заглянуть в подвал, подняться на любой этаж, зайти в квартиру, залезть на крышу в режиме онлайн. Также эта платформа автоматически выполняет все расчеты, договора, сроки, смс-оповещения и многое другое. Студентка аграрного университета разработала стартап, который заключается в том, чтоб каждую виноградную лозу помещать в мешочек, в качестве защиты от насекомых, птиц, гниения. Проект профинансирован на 30 млн. сумов. Есть еще один стартап — Rapid Typing. Это тренажер для учебы печатания, на трех языках. Идея в том, чтобы набирать не просто случайный текст, а историю наших достопримечательностей, к примеру, Регистана, Мавзолея Амира Темура. Обучающийся будет тренироваться, и за одно запомнит текст. Уверен, не каждый самаркандец знает подробности о Регистане. — Сколько времени тратится на создание одного проекта? — По-разному. К сожалению, молодежью движет получение прибыли, нежели реализация идеи. Доведение до конца стартапа требует вложений, усилий, а большинство вкладываться либо не хотят, либо просто нет средств. Многим нужно здесь и сейчас, хотят побыстрее продать проект, и получить деньги. А нужно вкладывать в проект, чтоб он потом приносил доход. Понятие монетизации у молодежи пока не сформировано. — Насколько развита нынешняя молодежь в целом? — У ребят, изучающих языки, посещающих репетиторов, частные школы, кругозор намного шире, чем у тех, кто просто ходит в общеобразовательные школы и не работают над собой. Разница ясна — на английском или русском языках возможностей узнать новое намного больше, иностранные источники богаты информацией. Удручает то, что люди не стараются идти в ногу со временем. А ведь информационные технологии охватили практически все отрасли нашей жизни. До сих пор студенты, например педагогического направления, не знают, что такое IT, а беседы про стартапы для них вообще другая планета. О людях среднего возраста не будем говорить, просто посмотрите на очередь в Центре государственных услуг. Это в то время, когда большая часть услуг предоставляется онлайн. — Вы упоминали о сложностях финансирования стартап проектов. В чем они заключаются? — Ни в одной стране нет такой системы финансирования идей молодых людей со стороны государства, как у нас. В Самарканде также действует система поддержки стартапов предпринимателями. Но в других странах образование и производство интегрированно, чего нет у нас. У наших изобретателей нет уверенности в развитии и процветании авторского проекта, бизнеса. И на то есть свои причины. Взгляните, основная атака в кибермошенничестве направлена на Центральную Азию. Потому что наши граждане очень доверчивые, а обманувшись раз, у них формируется недоверие ко всему что связано с онлайн. К этому приводит незнание, неумение пользоваться IT-технологиями. Еще одна причина — лень. Получив один отказ, автор стартапа не пытается его презентовать другим. Я считаю, что нужно сначала самому поверить в свое детище. Ведь есть немало фактов об известных людях, как и с чего они начинали. Но в основе всего лежит упорство и вера в себя. — Немаловажную роль играет и стартовый капитал. Чтоб стартап приносил плоды, нужно вкладывать, а вкладывать зачастую молодым людям нечего. — Я бы сказал, что в первую очередь для реализации стартапа нужна хорошая команда, в которой есть доверие друг к другу и грамотный лидер. — Финансовую поддержку предлагает государство. Почему молодежь не пользуется активно этой поддержкой? — Вы же знаете, если государство выдает деньги, значит, нужны и проверки, отчеты. Представьте, есть стартап, молодые люди увлеченно работают над ним, а после того, как выделяются деньги, начинаются мытарства: помимо отчетов за каждый сум, авторов отправляют на всякие мероприятия, бесконечное количество раз требуют презентации. Поэтому молодые люди не хотят связываться с такой поддержкой. — Спасибо за содержательную беседу. Ждем от самаркандской молодежи новых свершений! Беседовала Юлдуз ХАЙДАРОВА. Фото автора. Ona suti bilan oziqlantirishni qo ‘ l lab -q uvva t la s h hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziqovqatlari reklamasi quyidagi talablarga mos bo‘lishi shart: — ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; — ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga oid axborotlar go‘dakni 6 oygacha oziqlantirishda ona suti bilan oziqlantirishning foydasi va afzalligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak; — bola hayotining birinchi yilida uning ratsioniga kiritilgan qo‘shimcha ovqat mahsulotlari reklamasida yoshga doir cheklovlar hamda mutaxassislarning maslahati zarurligi haqidagi ogohlantirish bo‘lishi kerak. t.me/huquqiyaxborot ЧТО ПРЕДЛАГАЮТ САМАРКАНДСКИЕ АЙТИШНИКИ? В последнее десятилетие развитие технологий сделало огромные шаги навстречу будущему. Искусственный интеллект, бионические протезы, способные восстановить функционал утраченной конечности - все это уже давно не научная фантастика, а наша реальность. И самаркандская молодежь тоже работает сейчас над уникальными проектами. Об их потенциале, финансовой поддержке бизнес-идей и проблемах рассказал главный менеджер по стартапам Самаркандского регионального филиала IT-парка Бобомурод ТОШБОЕВ. Чаро дар баъзе ҷойҳо истгоҳ нест? Ба кадом гӯшаи шаҳр ва ноҳия наравед, дар ду тарафи роҳ истгоҳ гузошта шудааст. Истгоҳ дар навбати аввал барои паноҳ ёфтани одамон аз нури офтоб, борону барф ва шамол кӯмак мерасонад. Дар навбати дуввум барои муайян кардани мавқеи истодани автобус, трамвай ё тролейбус мебошад. BIRI ARDOQDA, BIRI QARG‘ISHDA Rossiyaning qaysi rahbari qanday ishladi? Qiyosi yo‘q ne'mat
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 536 Adadi: 3 105 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 5-oktabr, payshanba, № 43 (2504) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Burhoniddin Marg‘inoniyning boy va o‘lmas merosi Kinofestival IMOM MARG’INONIY HAQIDA BILASIZMI? Ustoz jurnalist, taniqli fotomuxbir Tohir Norqulovni xotirlab “REGISTONGA HAMMADAN OLDIN KELMOQCHI EDIM...” Bu voqea-hikoyani Tohir akaning o‘zidan eshitgandim. ...Oqshom qor yog‘ishi ehtimoli bor edi. Agar, hamma yoqni oppoq qor qoplasa, Registonga borib suratga olaman, gazetaning birinchi sahifasi uchun zo‘r suratlar bo‘ladi, deb reja qildim. Tong saharda uyg‘onib, deraza tomon shoshdim. Mana, o‘sha men kutgan manzara... Atrof oppoq... Agar quyosh chiqish paytiga Registonga yetib borsam, qorning tovlanishini alohida tasvirga olaman, deb rejalashtirib qo‘ydim. Mashina bilan bora olmayman. Bu aniq. Katta yo‘lga chiqdim. Izg‘irin. Taksi qayoqda, deysiz. Piyoda odimladim. Ancha yo‘l bosganimdan so‘ng taksiga o‘tirdim. Mashina yayovdan biroz tez yuryapti. Shunisiga ham shukur. Nima bo‘lsa ham ulgurayin, Registon maydonida hech qanday iz bo‘lmasligi kerak, deb o‘ylab ketyapman. Nihoyat qora terga botib bo‘lsa-da, yetib keldim. Ammo kechikibman. Tong yorishib ulgurmasdan kimdir Registon maydonining o‘rtasidan iz qoldirib ichkariga kirib ketibdi. Boshqa tomondan, o‘sha iz fotosuratga mazmun qo‘shgandek bo‘ldi, menimcha... Mannob IBODULLAYEV — Komilxon aka! Hozirda bu allomaning Samarqandda joylashgan qabrining aniq o‘rni aniqlanganmi? Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? — Samarqand zaminida oxirat uyqusida yotgan allomalarning uch nafari – al-Buxoriy, Moturidiy va al-Marg‘inoniy islom olamida juda buyuk imomlar hisoblanishadi. Ularning avvalgi ikki nafarining qabri Mustaqillik davrida qayta tiklandi. Ammo, buyuk olim Imom alMarg‘inoniyning qabri hozirga qadar Chokardiza mavzesida joylashgan hovlilardan birining ostida mavhumligicha qolib ketmoqda. 2000-yilda bo‘lib o‘tgan Imom Moturidiyga bag‘ishlangan Xalqaro anjumandan buyon Imom Marg‘inoniyning qabrini tiklash to‘g‘risida takliflar bo‘lgandi. Mana, nihoyat yaqinda olimlar tomonidan Imom Marg‘inoniyning qabri o‘rni manbalar asosida aniqlandi. Bu haqda ilmiy monografik kitob ham chop etildi. Natijada, Yurtboshimiz bir selektor yig‘ilishida Chokardizada topilgan Marg‘inoniy va yana 8 ta buyuk allomalar qabrini obod qilish to‘g‘risida ko‘rsatma bergandilar. Bundan ilm ahli juda xushnud bo‘ldi. — Al-Marg‘inoniy aslida kim bo‘lgan? Un ing is lom o lam idag i x izmat lar i nimalardan iborat? — “Burhoniddin val-milla” (ya’ni, islom olami ahli va islom dinining hujjati, dalili, isboti degani) nomi ila sharaflangan buyuk faqih Shayxulislom Imom Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy 1123-yil 23-sentabrda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan va 1197-yil Samarqandda vafot etgan. Imom Burhoniddin al-Marg‘inoniy fiqh ilmining buyuk olimlaridan. U kishi hanafiya mazhabida fiqhga oid eng asosiy kitob hisoblanmish “Hidoya”ning muallifidir. Ushbu kitob dunyo huquqshunosligiyuristprudensiyasi shakllanishida asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. “Shayxul-islom” atamasi ming yildan beri boshqalar uchun davlat tomonidan beriladigan amal-vazifani anglatsa, u faqatgina Imom Marg‘inoniy uchun butun dunyo faqih ulamolari tomonidan berilgan buyuk faxriy unvondir. Asli ismi Ali bo‘lgan bu zot chuqur fiqhiy ilmga ega bo‘lgani uchun ham “Burhoniddin” - “din hujjati, din dalili”, degan nom olgan. Uning qisqacha nomi Burhoniddin Marg‘inoniydir. “AlFarg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy” deyilgan taxallus nisbalari esa, uning tug‘ilgan yurtiga nisbatan berilgan. “Marg‘inoniy” nisbasi ham tug‘ilgan yurtini anglatadi. Qadimda arablar Marg‘ilon shahrini “Marg‘inon” deb atashgan. O ‘ z d a v r i d a s u n n i y l a r n i n g fi q h huquqshunosligi to‘rt huquqiy mazhab - Hanafiya, Molikiya, Shofe’iya va Hanbaliya mazhablari asosida vujudga kelgan. Ushbu mazhablar ichida eng buyugi Hanafiya mazhabi sanaladi. Manbalarning darak berishicha, ushbu mazhabning eng mashhur va ulug‘ faqihhuquqshunoslari sirasiga (Imom A’zamdan tashqari) “Kitabul-xiroj” asarining muallifi Imom Abu Yusuf Yaqubiy, “Al-jome’ us-sig‘ar” asarining muallifi Imom Muhammad ibn Hasan ashShayboniy, “at-Tavhid” va “at-Ta’vilot” asarlari muallifi Imom Moturidiy, “Al-Muxtasar” asarining muallifi Imom Quduriy, va “al-Hidoya” kitobining muallifi Imom Burhoniddin Marg‘inoniy kiradilar. Endi “Fiqh” so’zi haqida to’xtalsak. Bu so’z arabcha bo‘lib, bilmoq, tushunmoq va topmoq, degan ma’nolarni anglatadi. Bu islom ilohiyotshunosligi yo‘nalishining bir qismi bo‘lib, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiquvchi musulmon huquqshunosligiga aytiladi. Shar’iy qonun-qoida va huquqlarni biluvchi olim – “Faqih” deyiladi. — Alloma Samarqandga ilm istab kelganmidi? — Ha, shunday. Yoshlik yillarini Marg‘ilon va Rishtonda ilm olish bilan o‘tkazgan bu zot Qur’on, Hadis ilmlarini mukammal egallaydi. Fiqhshunoslik borasidagi ilmlarini ham oshirish uchun Samarqandga keladi. O‘sha davrda Samarqandda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Abu Laysiylar asos solgan fiqhshunoslik maktablari dunyoga mashhur edi. Shu jihatdan ham, Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning Samarqandga kelib, umrining oxirigacha ushbu shaharda muqim yashab qolishi bejiz emas edi. — Aytishlaricha, o‘z bilimini oshirish uchun al-Marginoniy Samarqanddagi ustozlari sabog‘i bilan cheklanib qolmagan ekan. — 1149-yilda 26 yashar Burhoniddin haj safariga otlanadi. U safar davomida bir qancha yurtlarda bo‘lib, 40 dan ziyod allomalardan fiqh ilmidan saboq oladi. U Imom Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy, Imom Baydaviy, Abu Ya’qub as-Siyar, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy kabilarni o‘ziga ustoz sifatida qadrlaydi. Ular haqida Marg‘inoniy o‘zining “Kitabul-mashoyix” asarida yozgan edi. Ushbu allomalardan ilm o‘rganish va suhbatlarida bo‘lish natijasida Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zining “Bidoyatul-mubtadiy” (“Ilmga kirishuvchi uchun birlamchi asos”), “Kifoyatul-muntahiy” (“Ilmni boshlovchilar uchun to‘liq ta’lim”), “Kitabul-mazid” (“Ilm orttiruvchi kitob”) , “Nashrul-mazhab” (“Mazhabning tarqalishi”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Kitabul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) kabi mashhur kitoblarni yozadi. — Ulug‘ bobomizni qaysi asari uchun butun dunyoda islom huquqshunosligi asoschisi deyishadi? — Burhoniddin Marg‘inoniyni “Fiqh Imomi” darajasiga yetkazgan va butun islom olamiga mashhur qilgan kitoblari “Hidoya fi furu’ alfiqh” (“Fiqh sohalari bo‘yicha qo‘llanma”) asari bo‘lib, bu asarni zulqa’da oyining to‘rtinchisi 573-yil hijriyada (1178-yil aprel oyi o‘rtalari) Samarqand shahrida yozib bitkazadilar. Keyinchalik, bu asar islomning (sunniy) buyuk Hanafiya mazhabining fiqh sohasidagi eng asosiy qo‘llanmasi sifatida tan olinadi. Ilm ahli orasida bu kitob yana “al-Hidoya fi sharhulbidoya” nomi bilan ham mashhurdir. Bu asar yozilguniga qadar, Hanafiya mazhabidagilar Imom Quduriyning “Al-Muxtasar” hamda Imom Muhammad Shayboniyning “Al-jome’ us-sig‘ar” asarlaridan foydalanar edilar. — Olimning avlodlari bobosiga munosib bo‘lishdimi? — Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning sharofatlik avlodlari ham o‘zlari kabi islom huquqshunosligi sohasida benazir bo‘lishgan. Movarounnahr tarixida qancha xonlar, hukmdorlar kelib-ketishmasin, hamma vaqt mamlakatning shayxulislomlik mansabiga Burhoniddin Marg‘inoniyning avlodlaridan eng ilmlisi tayinlanar edi. Ular mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy hayotida katta rol o‘ynashib, yirik ijobiy ta’sirlar ko‘rsatishgan edi. Jumladan, Amir Temur davrida - shayxulislom Abdulmalik, Mirzo Ulug‘bek davrida - shayxulislom Isomiddin, Abu Sa’id Mirzo davrida - shayxulislomlar Mavlono Burhoniddin va Nizomiddin Mas’ud, Zahiriddin Muhammad Bobur davrida - shayxulislom Abdulmakorim kabi allomaning avlodlaridan bo‘lgan islom ulamolari faoliyat ko‘rsatishgan. Shu tariqa, manbalarga qaraganda, “Hidoya”ning sohibi Burhoniddin Marg‘inoniyning avlodlari, sulola asoschisining sharofati bilan 400 yilga yaqin vaqt mobaynida Movarounnahrda shayxulislomlik mansabida faoliyat olib borishgan edi. — Burhoniddin Marg‘inoniyning merosi - kitoblari hozir ham dunyo olimlari e’tibor markazidami? — Albatta. Ko‘pgina islom mamlakatlaridagi oliy o‘quv yurtlarida vatandoshlarimiz Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiy kabi mashhur islom huquqshunoslarining asarlari asosiy dastur sifatida o‘qitilmoqda. Musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda, asosan Yevropa mamlakatlarida ham islom fiqhiga, ushbu allomalarning asarlariga e’tibor kattadir. Olimning “Bidoyatal-mubtadiy” (“Ilmga kiruvchilar uchun birinchi asos”) nomli ko‘p jildli asari Sharq mamlakatlaridagi madrasalarda hanuzgacha asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilmoqda. Bu asar fors, ingliz, rus kabi xorijiy tillarda tarjima qilingan. Nafaqat islom olami, balkim butun insoniyatning huquqiy tafakkuri taraqqiyotida beqiyos va ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘z zamonasida monandi va tengi yo‘q edi. Ilmda, taqvoda, ehyoda hamda hassosiyotda tafakkur va huquq ahlining peshvosi edi. U o‘zining yuksak qobiliyatini huquqshunoslik ilmining rivojiga baxshida etdi. Bu tabarruk zot Hanafiya mazhabi huquqshunosligini keng yoyish uchun qo‘lidan kelgan barcha xizmatlarni bajardi. U o‘z ismi bilan olamga dovrug‘ taratgan. Imomning qalamiga mansub “Hidoya” asari huquq ilmi borasida o‘ta mukammal ekanligini nafaqat islom olami, hatto Evropa ahli ilmlari ham e’tirof etishgan. — Komilxon aka, siz bilan suhbatimiz yangi-yangi ilmiy ma’limotlarga boy bo’ldi. Bundan juda minnatdorman. Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat! Suhbatdosh: Yormamat RUSTAMOV Joriy yilning 29 sentyabr – 2 oktyabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida ushbu kinofestivalning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Kinofestival ishtirokchilari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Petro Marche l lo , k inore j issyor (Italiya): — Kinofestival juda yaxshi o‘tdi. Men ilk bor O‘zbekistonga keldim. Ochig‘ini aytsam, ko‘p yillardan buyon yurtingizga kelishni orzu qilar edim. Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo‘lganman. Bunday kinofestival dunyoning barcha burchaklaridan ijodkorlarni bir joyga jamlash va ularga ilhom berishda juda muhim hisoblanadi. O‘z navbatida, bu jarayon tajriba almashish va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zida go‘zallikni ifodalaydigan Samarqand shahrida bir maqsadda birlashish yanada quvonarlidir. Ochig‘i, men ushbu kinofestivalda qatnashganimdan juda mamnunman. Natalya VARLEY, aktrisa (Rossiya): – Bilasizmi , menga kino festivalni tashkillashtirish jarayoni va Samarqandda o‘tkazilgan yopilish marosimi juda yoqdi. Lekin bu yerga moslashish va tomosha qilish uchun vaqt kamlik qildi. Shunga qaramay, ishtirokchilar orasida kimlardir shu qisqa muddatda bu shaharni tomosha qilishga ulgurdi. Men avval Samarqandda bo‘lganman. Ammo bu yerga yana sayyoh sifatida alohida kelish niyatim bor. Kinofestivalning yana bir ahamiyatli jihati, men Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali talabalariga mahorat darsi o‘tdim. Talabalarning tirishqoqligi meni xursand qildi. Ularni kino san’atining kelajakdagi ishonchi va umidi deyish mumkin. Sami NASERI, aktyor (Fransiya): – Kinofestivalni tashkil etish, tanlangan joy, dastur va o‘zbekona mehmondo‘stlik juda ajoyib bo‘ldi. Men O‘zbekistonga ilk bor keldim. Lekin kelgusida ham bu yerga qandaydir loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida kelish niyatimiz bor. Bugun biz Samarqanddagi tarixiy Registonni tomosha qildik va u katta taassurot qoldirdi. Toshkent ham betakror shahar. Har ikki shahar menga manzur bo‘ldi. S h o k i r X O L I Q O V , r e j i s s y o r (O‘zbekiston): – Ushbu kinofestivalda “Yakshanba” filmim bilan qatnashdim. Dastlab jahon premerasi – Shanxay xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda "Eng yaxshi film" nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Bu ikkinchi festival va bunda ham "Eng yaxshi film" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldim. Ochig‘i, juda xursandman. O‘zA Millatimiz ulug‘lari “Sart” atamasi sanskrit tiliga borib taqaladi va “savdogar” ma ’nosini anglatadi. Bu atama ilk bor VIII asrda yozilgan bir turkcha bitiktoshda uchraydi va u yerda “savdogar” ma’nosida qo‘llanilgan. Keyinchalik ba’zi ko‘chmanchilarda “sart” atamasi etnik ma’noga ega bo‘ladi. Lekin manbalarda bu atama asosan “o‘troq aholi” ma’nosini bildirgan. Xususan, mo‘g‘ullar Markaziy Osiyo o‘troq aholisini “sartuul” deb atagan. O‘troq aholining mutlaq ko‘pchilik qismi tojiklar bo‘lgani bois “sart” “tojik”ning “sart tili” fors tilining sinonimiga aylanib borgan. Bobolarimiz – Navoiy va Bobur ijodida sart shu ma’noda ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin. Ayni paytda, turkiy tilli o‘troq aholi ham paydo bo‘la boshlagan edi. Ayniqsa, Shayboniylar hokimiyati o‘rnatilganidan so‘ng turklarning shaharlarga ko‘chib o‘tishi, tojiklarning turklashishi jarayonlari kuchaydi. Buning natijasida o‘troq o‘zbeklar ham “sart”, deb atala boshlanadi. Manbalarga qaraydigan bo‘lsak, XVII asrning oxirigacha “sart” atamasini uchratishimiz mumkin. Masalan, Turdi Farog‘iy tojiklarni shunday ataydi: O‘zbek o‘g‘li o‘qusa tafsir ila mishkatni, Ro‘z savmu shab qiyom afzun etib toatni; Yetsa toroji havodis, jam’ o‘lub avbosha der: “Sahmgin solib suron ur, molin olg‘il sartni”. Abulg‘ozi Bahodirxon Xiva, Urganch va boshqa shaharlar haqida yozganda, uning aholisi o‘zbek va sartlardan iboratligini yozadi (“Xevaq o‘zbegi”, “Xevaq sarti”). Xorazmda tojiklar bo‘lmagani bois u “sart” deb o‘zbeklardan oldinroq shakllangan o‘g‘uz tilli aholini nazarda tutgan deb qaraladi. XVIII asrdan boshlab Xivada “o‘zbek–sart” degan farq qolmaydi, butun aholi o‘zbek deb atala boshlaydi. Buxoroda esa “sart” so‘zi kamroq, “tojik” so‘zi ko‘proq ishlatiladigan bo‘ladi. Shunga qaramay, Xivada ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘troqlarni, Buxoroda ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘troq o‘zbek va tojiklarni “sart” deb atashi holatlari XX asrning 70-yillariga qadar kuzatilgan. Aslida XVIII asrga kelib “sart” atamasi bilan bog‘liq vaziyat jiddiy o‘zgarmaydi: ko‘chmanchilar o‘troqlarga nisbatan shu atamani ishlatishda davom etadi. U payti asosan qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar ko‘chmanchi hayot kechirardi, mintaqa o‘troq aholisining asosiy qismi esa o‘zbeklar, ulardan kamroq miqdorda tojiklar va Sharqiy Turkiston turklari (uyg‘urlar) edi. Ko‘chmanchilar o‘troqlarni umumiy qilib “sart” deb atashardi. Ayni paytda, XVIII–XIX asrlarda mahalliy aholida bugungiday qat’iy “milliy” o‘zliklar bo‘lmaganini aytib o‘tish lozim: OAV, maktab darsliklari, milliy ideologiya bo‘lmagani uchun ba’zi guruhlar o‘zini asosiy guruhlardan ajrata boshlagan, masalan, qozoq adaylari o‘zlarini qozoq emas, alohida aday xalqi, deb hisoblay boshlagan (ya’ni, til va sheva o‘rtasidagi farq noaniq bo‘lganiday, millat va urug‘ o‘rtasidagi farq ham noaniqdir). Bo‘lmasa ba’zi qabilalar bir o‘zbeklar, bir qoraqalpoqlar tarkibiga kirib ketavergan (qabila siyosiy birlashma bo‘lgani bois etnik kelib chiqish uncha muhim bo‘lmagan). Bu holat yozma manbalarda ham aks etadi: ba’zi mualliflar aholining bir qismini sart, bir qismini o‘zbek, bir qismini tojik va hokazo deb biladi, ba’zilari sartlarni yoki boshqa guruhlarni ro‘yxatdan olib tashlaydi; forscha manbalarga kelsak, ular eski tarix kitoblari an’analarini davom ettirgan holda asosan “turk” atamasini ishlatadi. E t n o g r a fi k k u z a t i s h l a r h am b u murakkabliklarni aks ettiradi: ko‘chmanchi qo‘shnilari ta’sirida o‘zini “sart” deb atay boshlagan guruhlar qayd etilgan. “Tojik” etnonimini hamma har xil ishlatgan: qipchoqo‘zbeklar umuman shaharlik aholini, o‘zbek tilida gapirsa ham, “tojik” deb atagan, fors tilli tog‘lik aholi “tojik” deganda musulmonlarni nazarda tutgan va hokazo. Mana shunday murakkab, fragmentlashgan o‘zliklar kaleydoskopini birinchi bo‘lib Rossiya imperiyasi ideologlari tartibga keltirishga uringan. Ular shu jarayonda “sart” nomli xalqni shakllantirishga harakat qilishgan. Eldar ASANOV, tilshunos olim Sartlar kimlar? Natalya VARLEY: “MEN SAMARQANDGA YANA SAYYOH SIFATIDA KELMOQCHIMAN” Shu kunlarda islom olamining buyuk nazariyotchilaridan biri, fiqhshunos alloma Imom Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludiga 900 yil to‘ladi. Taniqli manbashunos olim Komilxon KATTAYEV bilan suhbatimiz bobokalonimizning hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo‘ldi.