ISSN 2010-6734 № 33 (2494) 2023-yil 27-iyul, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! O‘zining tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari bilan dunyo e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lib kelayotgan Samarqandda yana bir betakror maskan bunyod etildi. Mahalliy aholi “Chashma”, deb atovchi qadimiy buloq joylashgan hududda tashkil qilingan yangi dam olish maskani 10 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Eng muhimi, mazkur hudud yurtimiz tashrif qog‘oziga aylangan Registon maydoni yaqinida joylashgan. Umuman olganda shaharning qadimiy hududida tashkil qilingan bu go‘zal maskan havo harorati ko‘tarilgan bugungidek kunlarda mahalliy va xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb etishi tabiiy. — Ko‘rib turganingizdek, butun maydon atrofi favvoralar bilan o‘ralgan, — deydi tadbirkor Haydar Bagirov. — Maqsadimiz aholi va sayyohlarning qadimiy shaharda tabiat, zamonaviy arxitektura va texnologiya uyg'un maskanda maroqli hordiq chaqirishiga sharoit yaratishdan iborat. “Crystal Garden Samarkand” dam olish maskani mavsumiy faoliyatga ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda kafe, restoran tashkil qilinib, ochiq havoda xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, bog‘da madaniy tadbirlar uchun maxsus sahna qurilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi havo harorati baland bo‘lgan damda ham bu yerda mo‘tadil harorat hukmron. Ayni paytgacha amalga oshirilgan qurilish, bunyodkorlik ishlarimizning qiymati 3 million AQSH dollaridan oshdi. Loyihamiz hali to‘liq yakunlangani yo‘q. Loyiha bo‘yicha qadimiy buloq atrofini ham obodonlashtirib, hududni go‘zal va obod maskanga aylantiramiz. Tadbirkorning qayd etishicha, ushbu loyiha Jahon rekordlari ittifoqining "Bir muassasadagi eng uzun kombinatsiyalangan favvoralar" yo‘nalishida jahon rekordlari yilnomasidan joy olibdi. Bog‘dagi 225 metr uzunlikdagi betakror dizaynga ega bo‘lgan favvoralar va o‘ziga xos landshaft dizayn tashrif buyuruvchilarga unutilmas kayfiyat ulashadi. Ushbu loyiha 2024-yilda to‘liq yakuniga yetkazilib, keyingi yil yozgi mavsumda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. A. ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Ushbu masala Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sakson sakkizinchi sessiyasida deputatlar tomonidan ilgari surildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Farmon Ochilov olib borgan sessiyada dastlab “2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, yoshlar muammolarini hal etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari O. Haitov hamda shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Bobojonovning joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng deputatlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, tabiiy gaz ta’minoti va hududlarga suyiltirilgan gaz yetkazib berish borasidagi ishlar, kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshiriladigan ishlar, ko‘cha chiroqlari, ko‘p qavatli uylarning framugalari, liftlari, kirish yo‘lak va eshiklarining ahvoli, mahallalar va qabristonlardagi obodonlashtirish ishlari masalalari yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinovning hisoboti eshitildi. Hisobotda ta’kidlangan kommunal tizimning bugungi holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud moddiy-texnik baza, olib borilayotgan ishlarni deputatlar batafsil tahlil qilishdi. Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi mavsumoldi tayyorgarlik ishlari qoniqarli emasligini ta’kidlashdi. Mahallalardagi gaz taqsimlash uskunalari va elektr transformatorlarni mavsumga shay holatga keltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida deputatlar, soha mutaxassislari hamda mahallalar faollaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etib, gaz taqsimlash uskunalari va elektr transformatorlarni xatlovdan o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, navbatdagi sessiyaga har ikkala soha mas’ullarini taklif etib, muammolarga birgalikda yechim topish taklifi deputatlar tomonidan o‘rtaga tashlandi va bir ovozdan ma’qullandi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi hamda aholi bandligini ta’minlash, bozorlardagi narxnavolar barqarorligini saqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2023-yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha ijrosi yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari D. Habibullayevning, shahar prokurori B. Obloqulovning shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhovaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi to‘g‘risida shahar IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari E. Rahmatovning, shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N. Kamilovning, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbaalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni ko‘rib chiqish va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri B. Mamadaliyevning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shahardagi Xalq qabulxonasi mudiri I. Negmatovning shahardagi sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan, mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi qoldiq mablag‘laridan foydalanish kabi masalalar deputatlar tomonidan keng muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishi, shuningdek, Xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlarining bajarilishi yuzasidan sohalar va mahallalar kesimida o‘rganishlar o‘tkazish hamda natijalarini sessiyada muhokama qilish to‘g‘risidagi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Sessiyada tibbiy xizmat sifatini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda kommunal sohada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlardan F. G‘aybullayev, H. Jo‘rayev, B. Rahmonov, O. Pardayev, M. Qurbonov va boshqalar sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Shu bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sakson sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida misli ko‘rilmagan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz yashillikka burkanib, boqsangiz, ko‘nglingizga faraxbaxsh tuyg‘ular ato etadigan obod va go‘zal maskanlarga aylanmoqda. Bu ishning boshida bevosita davlatimiz rahbarining o‘zi turganligi, kuzatuv va nazoratni ham kuchaytirayotganligi xayrli ishlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Birgina viloyatimiz hududida o‘tgan yilning kuzi va joriy yil bahorda loyiha doirasida jami 16,5 million tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, butalar ekilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi. Jumladan, bahor mavsumida yo‘l yoqalari, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarda 1,2 million tupdan ortiq ko‘chat ekilib, tabiiy qalqon—ihotazorlar barpo etildi. Ko‘chalar, ariq bo‘ylari, ko‘p qavatli uylar atrofi ham yashil olamga aylanmoqda. Joylarda “Yashil hududlar” salmog‘ini oshirish maqsadida viloyat bo‘yicha 15 gektar maydonda “Yashil bog‘lar”, shuncha maydonda “Yashil jamoat parklari”, shahrimiz va Toyloq tumanida mavjud istirohat bog‘lari negizida yashil jamoat parklari tashkil qilindi. Qorasuv massividagi 52 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgacha bog‘ning 38 gektardan iborat asosiy qismiga turli mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Joylarda hokimlik bog‘lariga ham asos solindi. Bu ishlar hamma joyda kuzgi mavsumda yana davom ettiriladi. Shu bilan birga yashil maydonlarni suv bilan ta’minlash choralari kuchaytiriladi. Viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan navbatdagi anjumanda ana shunday yoqimli fakt va raqamlar tilga olindi. Amalga oshirilgan ishlar qanchalik yoqimli bo‘lmasin, bu borada jiddiy muammolar ham ko‘zga tashlanayotganligi sir emas. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi “Qo‘shtamg‘ali” mahallasida joylashgan tozalash inshootida elektr ta’minoti tizimidagi muammo tufayli oqova suv tozalanmasdan Siyob arig‘iga oqizilganligi haqidagi lavhalar e’lon qilindi. To‘g‘ri, muammo hal etildi. Biroq uning tabiatga yetkazgan moddiy va ma’naviy zararini qanday baholash mumkin? Yoki, Cho‘ponota tepaligining uch joyida sodir bo‘lgan yong‘inning sababi nimada? Yong‘in oqibatida yashnab turgan nihollardan qanchasi zarar ko‘rdi? Yong‘in necha gektar maydonni qamrab oldi va moddiy zarar miqdori qancha? Buning uchun mas’ul va mutasaddilar qonuniy javobgarlikka tortildimi? Shohi Zinda ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi bilan kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida, Afrosiyob tepaligining muhofaza devori va Obimashhad arig‘i orasiga ikki yildan buyon ekilayotgan ignabargli ko‘chatlar nega qurib qolmoqda? Holbuki, ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish tizimi mavjud. Tadbirda mas’ul sifatida ishtirok etgan viloyat hokimligining kotibiyat mudiri Tolib Boboyev hamda viloyat ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamshid Rabbimovga berilgan yuqoridagi kabi savollarga jurnalistlarni qoniqtiradigan darajada, jo‘yali javob qaytarilmaganligi afsuslanarlidir. Ochig‘i, keyingi paytlarda o‘ t k a zil ayo tg an bund ay t adbi rl a r xo‘jako‘rsinga tashkil etilayotganligi yaqqol sezilib turibdi. Bu gal muhokama etilgan mavzu o‘zining hayotiyligi, dolzarbligi bilan o‘ta muhim hisoblanadi. Salkam bir soat davom etgan matbuot anjumanini jurnalistlar qanchalik “jonlantirishga” harakat qilmasinlar kutilgan maqsadga erishildi, degan xulosaga kelish qiyin. “Viloyat hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida” deb nomlangan o‘ziga xos matbuot anjumani ana shunday yuzaki o‘tganligi kishini o‘yga toldiradi. Negaki, har birimizning hayotimiz, faoliyatimiz bevosita tabiat bilan chambarchas bog‘liqdir. Quvondiq XALILOV, “Samarqand” muxbiri “Ishbilarmon ayol — 2023” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirkor, hunarmand, ishbilarmon xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda ular o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini namoyish etishdi. Yosh bolalar kiyim-kechagini ishlab chiqarayotgan tadbirkor Gulnoza Toshpo‘latova taqdim etgan turli liboslar o‘zining betakror dizayni bilan alohida ko‘zga tashlandi va hakamlar hay’atining yakdil qaroriga ko‘ra g‘olib, deb topildi. Milliy kiyim-kechaklar tikib, ko‘plab mijozlar va xaridorlar orttirayotgan Gulnoza Rustamova ikkinchi o‘rinni egalladi. Yana bir yakka tartibdagi chevar-tadbirkor Shahnoza G‘ulomova faxrli uchinchi o‘rin egasi bo‘ldi. Endi ular ko‘rik-tanlovning respublika hududiy bosqichida g‘oliblik uchun bor mahoratlarini ishga solishadi. — Tanlovda tadbirkor ayollarimiz yangi loyihalari bilan ishtirok etishdi, — deydi O‘zLiDeP shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — apparat rahbari F. G‘aybullayev. — Yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti, keng ko‘lamli imtiyozlar tadbirkor ayollarning ham mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishdagi ishtirokini kengaytirmoqda. Muhimi, bunday tadbirlar shijoatli, tashabbuskor, tadbirkor xotin-qizlarni kashf etmoqda. Sarvara ABDURAHMONOVA, “Samarqand” muxbiri Kommunal sohada kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik jarayoni yoz faslida tarmoqlardagi muammolarni bartara f etishdan boshlanadi . An’anaga muvofiq, ayni paytda kuz-qish mavsumida eng ko‘p tilga olinadigan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari hamda ko‘p qavatli uylardagi ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Jumladan, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqlar va gaz taqsimlash qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilanib, ishlar shu asosda olib borilmoqda. — Bugungi kunda chilangarlarimiz mahallalarda gaz taqsimlash qurilmalarini nazoratdan o‘tkazib, eski GRPlarda ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda, — deydi bosh muhandis Isroil Vahobov. — Belgilangan reja asosida tizim kuzgiqishki mavsumga tayyorlanmoqda. Mavsum davomida bosim pasayib, muammolar kuzatiladigan hududlarda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maqsadimiz — tarmoqlarni to‘liq tayyorlab, mavsumni betalofat o‘tkazishdan iborat. T. RAHMATULLAYEV DEPUTATLAR MAVSUMGA TAYYORGARLIKNI O‘RGANADI Yangi bog‘dagi favvoralar jahon rekordini o'rnatdi Ko‘zgu Komunal xizmat Matbuot anjumani Ko‘rik-tanlov Qish “g‘ami” yozdan boshlandi Ayol tadbirkor bo‘lsa, hayoti go‘zallashadi “Yashil makon” yashnasin, sarg‘aymasin!
2 2023-yil 27-iyul, payshanba, № 33 (2494) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Samarqand tibbiyot maktabining yangi ufqlari Как проводят лето наши дети? В поисках ответа на этот и другие вопросы мы побывали в некоторых оздоровительных лагерях и «площадках здоровья», организованных при общеобразовательных школах города Самарканда. Оздоровительный лагерь «Алпомиш» на 200 мест расположен в Агалыке Самаркандского района. Здесь в настоящее время отдыхают дети из Самарканда. В лагере действуют спортивные кружки по шахматам, волейболу, баскетболу, футболу и настольному теннису. – Кроме того, у нас есть и небольшая библиотека, где имеются лучшие книги узбекских и зарубежных писателей, - говорит главный воспитатель лагеря Гульнара Хужаёрова. – Также функционируют кружки художественной самодеятельности. Дети обеспечены 4-разовым питанием. Все занятия и культурный досуг проводятся согласно распорядку дня. Подобные условия и в лагере «Сафеди», который расположен на территории одноименного схода граждан того же района. Здесь доставкой продуктов питания и приготовлением пищи для отдыхающих занимается аутсорсинговая компания. – Чтобы добиться непрерывного обеспечения лагеря качественными и калорийными продуктами питания в течение всего сезона, руководитель каждого лагеря подписал договора с аутсорсинговой компанией, - сказал руководитель ООО «Проффут» ДилшодСолиев. - Согласно этому договору, наша организация оказывает услуги еще семи детским оздоровительным учреждениям от доставки продуктов до их приготовления. Мы установили надлежащий контроль над строгим соблюдением всех действующих санитарно-гигиенических требований. Кроме того, при школах города Самарканда были организованы «Летние оздоровительные лагеря», в которых ученики содержательно проводят летние каникулы. К примеру, на территории школы № 81 в массиве «Карасув», была организована дневная оздоровительная площадка - «Камолот». - На оздоровительной площадке при школе, в каждом потоке отдыхают по 90 учеников. На сегодняшний день у нас продолжается четвертый поток. Свыше 360 учеников до конца летних каникул содержательно проведут свое время, - сказал заместитель директора по духовно-воспитательным вопросам Аслиддин Нематов.– Дети играют в разные игры, занимаются спортом, танцами, посещают разные образовательные кружки. Занятия проводятся высококвалифицированными специалистами, и абсолютно бесплатно – добавил он. Ёрмамат РУСТАМОВ Бекзод МУСУРМОНОВ Mamlakatimizda kuchli huquqiydemokratik jamiyatni barpo etishda oshkoralik va shaffoflik tamoyilining keng joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda komissiyamiz tomonidan o‘z faoliyatida har bir rahbar, deputatlar, siyosiy partiyalar hamda shahar hokimligi mas’ullarining faoliyatini yoritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yilning o‘tgan davri mobaynida shahar hokimi, o‘rinbosarlari, bo‘lim boshqarmalar boshliqlarining chiqishlari tashkil etilib, ular "Samarqand" gazetasi, gazetaning samarkandnews.uz veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda keng yoritildi. Shahardagi turli korxona va tashkilotlarning 40 dan ortiq rahbar va mas’ul xodimlari, 10 nafar shahar Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalarning 5 nafar rahbar hamda mas’ullarining ham gazeta, veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlari uyushtirildi. Yilning birinchi yarmi mobaynida gazeta orqali jami 210 ta ana shunday chiqishlaр tashkil etildi. Yoritilgan har bir material o‘zining ma’lum mazmun va yo‘nalishiga to‘la javob beradi. Bunday materiallarda ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlarning ijrosi haqida aniq fakt va raqamlar ifodalanib, muammo va yutuqlar bilan bog‘liq haqiqiy holat tasvirlab berildi. Bu boradagi yondashuv turli-tuman bo‘lib, rahbarlar va mas’ullar xalqimizga ularni qiziqtirayotgan savollarga javob, muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil tushuncha berib bordilar. Eng muhimi, har bir chiqishda bu muammolarni sanab o‘tish bilan chegaralanmasdan uning qanday hal etilayotganligi to‘g‘risida ham i shona rli , haqqoniy ma’lumo tla r bilan tanishtirildi. Ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan bunday chiqishlarga o‘quvchilar va obunachilar tomonidan katta qiziqish bildirildi. Birgina deputatlar faoliyati "Deputat anketasi", "Deputat minbari" singari ruknlar ostida yoritilib, bunday chiqishlar deputatning ommaviy axborot vositasi orqali o‘z saylovchilariga bergan o‘ziga xos hisobotiga aylanib ketdi. Xalq deputatlari shahar Kengashi bilan hamkorlikda gazeta, uning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan bunday materiallar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Negaki, deputat o‘z chiqishida saylovoldi dasturidan to bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqida keng tushuncha beradi, saylovchilarda o‘z deputati haqidagi ma’lumotlarni yanada kengaytiradi. Komissiyamiz shahar hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shahar Kengashi deputatlari, partiyalarning siyosiy yo‘li haqidagi bunday materiallarni muntazam ravishda berib borilishini nazoratga olgan. Oshkoralik, xolislik, shaffoflik talablari bu borada ish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishini belgilaydi. Faoliya timi zni yanada kengay ti ri sh , ta’sirchanlikka erishish maqsadida shahar hokimligi axborot xizmati kuchidan, shahar hokimligi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan ham keng foydalanilmoqda. Yilning birinchi yarmida shahar hokimligi vebsayti orqali 29 ta, ijtimoiy tarmoqlarda 40 ta chiqishlar tashkil etildi. Ularning har birida yuqorida ta’kidlangan oshkoralik, xolislik, shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilindi. Xalq deputatlari shahar Kengashi qoshidagi boshqa doimiy komissiyalar bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi komissiya faoliyati samaradorligini oshirmoqda. Bu hamkorlik muammolarni aniqlash, o‘rganish va hal etish uchun amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Kelgusida o‘zaro hamkorlikning yangi shakli, turli usullaridan foydalanishga harakat qilamiz. Maqsad hokimlik va siyosiy partiyalar rahbarlari, mas’ullari, eng muhimi, korxona va tashkilotlar rahbarlari shuningdek, Kengash hamda deputatlar faoliyati samaradorligiga erishishdir. Hakim JO‘RAYEV, Xalq deputatlari shahar Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O‘zining qariyb bir asrlik faoliyati davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ta’lim, ilmiy-tadqiqot va klinik salohiyatini faol rivojlantirib, moddiytexnik bazasini mustahkamlamoqda. Hozirgi vaqtda Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) mamlakatimizdagi eng yirik va mustahkam ilmiy-tadqiqot ba za siga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, L. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning klinikasi, Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi, Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi faoliyat ko‘rsatyapti. Hozirgi kunda universitetning 9 ta fakultetida 11 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, olti yuzdan ortiq professoro‘qituvchi o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ular orasida 265 nafar tibbiyot fanlari nomzodi (Doctor of Philosophy, PhD) va 85 nafar fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasiga ega xodimlar mavjud. 2020-2022-yillar oralig‘ida ilmiy darajali xodimlar soni 3 barobar oshdi. Bu keyingi yillarda ilmiy salohiyatning jadal o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Misol uchun, 2020-yilda 22 ta, 2021-yilda 46 ta, 2022-yilda 77 ta dissertatsiya himoya qilindi. Ushbu davrda 128 nafar tadqiqotchiga PhD, 17 nafar olimga DSc ilmiy darajasi berildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘z oldiga oliy maqsadni belgilab olgan. U ham bo‘lsa, mamlakatimizning hech bir fuqarosi shifo izlab o‘zga yurtlarga ketmasligi uchun tibbiyotning deyarli barcha sohalarini rivojlantirib, xalqimizga vijdonan xizmat qilishdan iborat. Universitetning ko‘p qirrali faoliyatining ajralmas qismi — ilmiy ishlar va innovatsiyalar hisoblanadi. Ilm maskanimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilmiyinnovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda tahririyat-nashriyot bo‘limlari samarali faoliyat yuritmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qarori asosida Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshida hozirgi kunda ilmiy daraja beruvchi 2 ta ilmiy kengash ish olib boradi. Professor Jasur Rizayev rahbarlik qiluvchi ilmiy kengash tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) darajasini olish uchun stomatologiya, otorinolaringologiya, sport tibbiyoti, professor Azamat Shamsiyev rahbarligidagi ilmiy kengash esa tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun akusherlik va ginekologiya, ichki kasalliklar, pediatriya, bolalar xirurgiyasi ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiya himoyasini o‘tkazish huquqiga ega. Mazkur ilmiy kengashlar dissertatsiyalarni himoya qilish uchun eng qulay shartsharoitlarni ta’minlab, tadqiqotchilarga materiallarni tayyorlash va yuritish bo‘yicha malakali yordam ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, ta’lim maskanida ilm-fan rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan va imkoniyatlar yanada kengaymoqda. S a m a r q a n d d a v l a t t i b b i y o t universitetining tayanch doktorantura va doktoranturasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xorijiy mamlakatlarda magistratura dasturlari doirasida, xususan, Janubiy Koreya va Fransiyada ta’lim olgan yoshlar qabul qilingan va ilmiy tadqiqot ishlarini samarali davom ettirmoqda. 2023-yilda tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish o‘tgan yillardagidan ancha farqli va salmoqli bo‘ldi. Bunda doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritildi. Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlash sinovlari natijalaridan so‘ng 53 nafar talabgor tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilindi. Shu tariqa hozirgi kunda ishlab chiqarishdan ajralgan holda 17 ta tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha 90 nafar falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitilmoqda. So‘nggi ikki yilda SamDTUda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan oldin 6 nafar tayanch doktorant himoya qilgani ham bugungi avlodning maqsad sari qat’iy ishtiyoq-intilishlarini namoyon etib turibdi. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Antonina Kim tashabbusi bilan SamDTUda doktorantlar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu maktab ilmiy ishlar olib borish uchun ko‘p tarmoqli yondashuvga asoslanadi va bo‘lajak olimlarning salohiyatini shakllantirishga yordam beradi. Maktab ishining asosiy mavzulari olingan ma’lumotlarga statistik ishlov berish hamda xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga qaratilgan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda dunyo mamlakatlarining 110 ta ilmiytadqiqot instituti va klinik tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, SamDTUda tillar kafedrasi hamkorligida doktorantlar uchun xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilingan. Chet tilini o‘rgatish kurslari 3 oy davom etadi. Dissertantlar ilmiy ishlari natijasi yuzasidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza qiladi, Web of Science va Scopus ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalarini chop ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlar o‘rtasida yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda ilmiy malaka oshirish uchun tanlov o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, SamDTU farmatsevtika va toksikologik kimyo kafedrasining assistenti Umida Fayzullayeva g‘olib deb topilib, “Ilmfanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universitetiga ilmiy jihatdan malaka oshirib, tajriba almashishga yuborildi. Universitetimizning yosh olimlari Ulug‘bek Ochilov, Rushen G‘afforov, Mashrab Yusupov “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovi orqali yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy mahoratini oshirish amaliyotini o‘tadi, nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirdi. Bu kabi ishlar zamirida inson omili uchun zarur bo‘lgan ilm va amaliyot jamlanmasi yotibdi. Inson salomatligiga daxldor kasb egasi bo‘lishning o‘zi ham sharafli, ham mas’uliyatli. Olim-shifokor bo‘lishning zalvori undan-da katta. Olim zahmati bejiz igna bilan quduq qazishga qiyoslanmaydi. Bu vazifalarni zimmaga olish tinimsiz izlanishni, yuqori tibbiy malaka bilan bir qatorda ma’rifatli bo‘lishni ham talab qiladi. Hamza HAMROYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti Вазири шуғл ва меҳнати Ҷумҳурии Корея Ли Ҷунг Сик ва делегатсияи ӯ аз Самарқанд дидан карданд. Меҳмонон нахуст бо иштироки муовини Вазорати шуғли аҳолӣ ва кам кардани камбизоатии Ҷумҳурии Ӯзбекистон Раъно Турдибоева бо фаъолияти Маркази омӯзиши касбу ҳунарӣ, ки бо иштироки Агентии Ҳамкории байналхалқии Корея ташкил шудааст, шинос шуданд. — Ин марказҳои касбу ҳунарӣ ба ҳамкориҳои Ӯзбекистону Корея дар соҳаи мигратсияи шуғл ва меҳнат пойдевори мустаҳкам хоҳанд шуд, — гуфт Вазири шуғл ва меҳнати Корея Ли Ҷунг Сик. — То имрӯз дар Ӯзбекистон 4-то ҳамин гуна маркази дигар фаъолият нишон медиҳанд. Мақсад дорем, ки дар оянда ҳамкориҳоро дар ин самт васеътар созем. Сипас, иштирокдорони делегатсия ба мономаркази "Марҳамат ба кор"-и шаҳри Самарқанд рафта, бо шароит ва имкониятҳое, ки барои соҳиби касбу ҳунар шудани шаҳрвандони бешуғл фароҳам оварда шудааст, ошно шуданд. Amir Temur ko‘chasida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentyabrdagi “Abu Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizasiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya va qurilish-montaj ishlarini bajarish rejalashtirilgandi. Ayni paytda ushbu ko‘chaning Mir Said Baraka ko‘chasidan Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida barcha ishlar nihoyasiga yetkazilib, asfalt yotqizilmoqda. Keyingi bosqichda ko‘chaning Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida ishlar boshlanadi. Shahar hokimligi axborot xizmati Fuqarolar tomonidan huquqiy idoralar, xususan, adliya bo‘limlariga murojaatlar soni oshib bormoqda. Har bir murojaatda uning egasi, albatta, biron-bir muammoning hal etilishini talab qiladi. 2023-yilning dastlabki olti oyi mobaynida shahar adliya bo‘limiga 171 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bo‘limga taqdim etilgan ana shu murojaatlarning 81 tasini shikoyatlar tashkil qiladi. Murojaatlarning 95 tasi, jumladan, 53 ta shikoyat qanoatlantirildi, 61 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 10 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga jo‘natildi, murojaat egasining xohishiga ko‘ra 1 ta murojaat qoldirildi. Bo‘limimiz tomonidan korxona va tashkilotlarda o‘tkazilgan 27 ta o‘rganish va 10 ta monitoring xulosalariga ko‘ra jami 8181 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan turli tashkilotlarga 42 ta taqdimnoma hamda 225 ta ogohnomalar kiritildi. Buning natijasida 18 nafar mas’ul xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 1 kishi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan 1306 ta hujjat bekor qilinib, qonunchilikka muvofiqlashtirilgan va kiritilgan taqdimnomalarga ko‘ra 5 milliard 301 million 913 ming so‘mlik mablag‘ jismoniy va yuridik shaxslarga to‘landi. Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilishga oid 1 ta da’vo arizasi sudda ko‘rib chiqilib, tadbirkor foydasiga shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun 198 million so‘m mablag‘ undirildi. Shartnoma bajarilmaganligi sababli 10 ta taqdimnoma kiritilib, jami 5 milliard 129 million so‘m undirilishi ta’minlangan. O‘tkazilgan o‘rganish va murojaatlarni qanoatlantirish natijasida sudlarda ko‘rib chiqilgan 11 ta da’vo arizalari ijrosi ta’minlandi. Natijada, 803 million so‘m mablag‘ sud hujjatlariga asosan undirildi. O‘tgan davr mobaynida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan 39 nafar shaxsga nisbatan javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun tegishli idoralarga ma’muriy takliflar kiritildi va ular javobgarlikka tortildi. Shahar adliya bo‘limi tomonidan 18 ta davlat organi va boshqa tashkilotlarga qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash yuzasidan 19 ta yozma-huquqiy masalalar jo‘natildi. Viloyat adliya boshqarmasi orqali amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir 17 ta taklif bildirildi. Faoliyatimiz mobaynida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga doir tadbirlar ko‘lami kengaytirildi. 759 marta ana shunday huquq-targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi. Bu tadbirlarning ijobiy samarasi o‘laroq aholi o‘rtasida huquqiy madaniyat mustahkamlanayotganligi kuzatilmoqda. N. KOMILOV, shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Oshkoralik va shaffoflik ta’minlanyapti Bunyodkorlik Вазири шуғл ва меҳнати Корея бо фаъолияти ҷавонони соҳибҳунари Самарқанд шинос шуд MUROJAATLAR VA UNING IJROSI Jarayon Qariyb 3000 yillik tarixga ega Samarqandda bugun tibbiyot sohasida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Zotan, Birinchi va Ikkinchi Renessans davriga munosib hissa qo‘shgan, buyuk allomalar yetishib chiqqan bu qadim shahar bugun ham o‘z bag‘rida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun Uchinchi Renessans poydevorini yaratuvchi malakali mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Yangicha yondashuvlar Doimiy komissiyalarda DOKTORANTLAR MAKTABI mamlakatimiz va dunyodagi 110 ta ilmiy-tadqiqot instituti hamda klinik tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qiladi Jamiyatda huquqiy madaniyat saviyasi qandayligini bildiradi Дети и летние каникулы
3 2023-yil 27-iyul, payshanba, № 33 (2494) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Есть ли у психически не здоровых людей паспорт? Кто защищает права заключенных? Об этом и отдельных проблемных моментах в реализации конституционных прав и свобод граждан рассказал региональный представитель уполномоченного Олий Мажлиса по правам человека в Самаркандской области Диёр ХУСАНОВ. - Начнем со статистики обращений. - За год в наше представительство поступило 142 обращения, 21 из которых от лиц, находящихся в местах лишения свободы. Обращения, направленные омбудсману, выглядят так: по вопросам восстановления на работу (4), обеспечения жильем (6), семейные споры и взыскание алиментов (6), а также по назначению пенсий, определению инвалидности, получению паспорта, метрики, прописки и т.д. Наибольшее количество обращений (12) поступило с просьбой непосредственного присутствия представителя омбудсмана в судебном процессе. Практически все вопросы решены, но нужно отметить, что решаются они совместно с соответствующими госорганами. - То есть уполномоченным ведется контроль над решением проблем или принимается непосредственное участие? - Смотря какой вопрос поднят в обращении. Бывает, что достаточно направить его в соответствующее ведомство, то есть работают бумаги. Но поступают и требующие совместной работы заявления, с выездом на место. Например, заключенный Х. Давлатов направил нам жалобу на плохое самочувствие, а представители колонии препятствуют ему в получении необходимого лечения. С учетом этого обращения, совместно с хокимиятом области и управлением здравоохранения был организован полный медосмотр 560 осужденных в колониях №№ 37, 38 области. Осмотр проводили 16 врачей с использованием мобильного оборудования. Диспансеризация в адресных колониях на сегодняшний день налажена на регулярной основе. - Осуществляется ли мониторинг соблюдения прав человека, например, тех же заключенных под стражу лиц, без обращений? - Вместе с представителями движения «Юксалиш» и областной телерадиокомпанией регулярно проводим мониторинги в тюрьмах, изоляторах временного содержания, психдиспансерах, домах «Саховат» и «Мурувват». Например, в ходе посещения спецприемника для содержания лиц, подвергнутых административному аресту, было установлено, что здесь содержится 161 заключенный, из которых восемь - женщины. Фактически данное учреждение создано в 2020 году и рассчитано на 60 человек. Однако, вместо 60 здесь содержался 161 человек. Изучение условий содержания задержанных в специальном приемнике, выявило недостатки. Например, для свидания с близкими родственниками отведена лишь одна комната, а этого недостаточно для 160 содержащихся. В результате возникают длительные очереди на свидание с членами семей. По устранению недостатков даны соответствующие рекомендации. Отчеты по мониторингу направлены на рассмотрение на республиканском уровне. Не дожидаясь обращения к нам, мы сами часто проводим в местах заключения встречи. С 80 осужденными в местах строгого режима проведены индивидуальные встречи, приняты их обращения и даны правовые разъяснения. Так, Б. Умиров, содержащийся в колонии в городе Самарканде, рассказал, что его мама тяжело больна, а семья еле сводит концы с концами и у них просто нет возможности приезжать к нему на свидание. Умиров просил перевести его в Кашкадарьинскую колонию, ближе к семье. На основании действующего законодательства, стараниями с нашей стороны и представителя Кашкадарьинской области заключенный был переведен в колонию соседней области. Н. Хурсанова, осужденная и в настоящее время отбывающая наказание в СИЗО, обратилась с просьбой помочь в назначении ее отца опекуном ее троих детей. Однако изучение бытовых условий отца не позволили этого сделать. У семьи и так тяжелые финансовые условия, в доме нет дополнительной комнаты для детей. В связи с этим дети Хурсановой определены в “SOS-детскую деревню Узбекистана” города Самарканда. - А какие недостатки выявлены в доме «Мурувват»? - Выявили, что 18 лиц с психическими расстройствами в течение долгих лет не имели удостоверяющих личность документов. По данному факту были направлены соответствующие запросы в органы ЗАГС. В результате девятерым оформили, а троим восстановили свидетельство о рождении. Дела оставшихся шестерых граждан были рассмотрены Ургутским судом по гражданским делам. Выездной суд был организован в самом здании дома «Мурувват». Словом, документы всем гражданам выданы. Знаете, такая проблема наблюдалась по всей республике. И после нашей работы, другие региональные представители также восстановили документы, подтверждающие личность около ста лиц, содержащихся в домах «Мурувват» по всей стране. - С какими вопросами к Вам обращаются обычные граждане? - По результатам изучения обращений, поступивших непосредственно от граждан, в организации и органы страны внесено три представления об устранении противоправных ситуаций. Например, М. Давжанов обратился в Самаркандскую газоснабжающую организацию, выразив недовольство тем, что в новой биллинговой системе не засчитаны его 9 200 000 сумов, уплаченных авансом. В сложившейся ситуации документы были собраны в установленном порядке и внесено представление в АО «Худудгаз» о восстановлении нарушенных прав, а также устранении причин и условий, их допустивших. После этого деньги были зачислены в биллинговую систему. Кроме того, организуются выездные приемные и изучаются обращения жителей. В частности, в Самарканде выездные приемы были проведены в махаллях “Сардоба”, “Фидойи”, где проживает малочисленный «цыганский» этнос, в народе называемый люли. На данном выездном приеме 48 гражданам были даны правовые разъяснения по своевременному получению свидетельств о рождении. - Какие выработались предложения по решению проблем в ходе Вашей работы? - В первую очередь хочу сказать о юридической грамотности населения, которая находится на низком уровне, что заставляет их искать решение не там и не у тех. Поэтому, проанализировав наиболее часто поступающие обращения, с представителями соответствующих организаций, ответственных за решение этих обращений, нужно постоянно проводить пропагандистскую работу в регионах на языке, понятном населению. Есть и такие проблемы, которым требуется не только внимание вышестоящих органов. К примеру, в 37-й и 38-й колониях области постоянно отбывают наказание около тысячи осужденных. Известно, что они должны покрывать свои повседневные расходы, работая на объектах по контракту. В ряде случаев у тех, кто не вышел на эти объекты в связи с тяжелыми условиями работы, нет возможности найти средств даже на однодневное питание. Это, в основном, инвалиды или нетрудоспособные, имеющие проблемы со здоровьем. Думаю, нужно внести изменения в законодательство для предоставления льгот заключенным-инвалидам и с проблемами здоровья, выделения средств для осуществления платных операций, получения лечения. К тому же нужна практическая помощь и администрации области. Требуются средства на передислокацию или ремонт изолятора временного содержания и реабилитационных центров в составе УВД. Сейчас они находятся в очень плохом состоянии, элементарных условий для пребывания там нет. Словом, некоторые проблемы нельзя решить только организационно - административными мероприятиями, они требуют принятия комплекса мер, предусматривающих совершенствование законодательства и механизма его исполнения. Кроме того, обращения, поступающие к представителю омбудсмана, свидетельствуют о необходимости дальнейшего развития конструктивного диалога между правоохранительными органами, судами и Уполномоченным по правам человека. Юлдуз ХАЙДАРОВА Jaholat tarafdorlari kimlar? Siyosiy sharh Inson va qonun Musulmonlarning muqaddas kitobi nega olomon ko‘z o‘ngida yoqilmoqda? Bu savolga javob topishdan avval sarlavhadagi johiliyat so‘zining ma’nosi bilan yana bir bor tanishib chiqdim. Bu so‘z arabcha bo‘lib, ona tilimizda nodonlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, o‘jarlik ma’nosini anglatadi. Bilimsizlik ham shu so‘z ma’nomazmunini boyitadigan qo‘shimcha vositadir. Shvetsiyada sodir etilgan, musulmon olamini larzaga solgan voqea ham ana shunday nodonlik, qoloqlik, madaniyatsizlik va bilimsizlik oqibatidir. Madaniyat va ma’naviyat bobida o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan yevropaliklardan ana shunday qabohat kelib chiqqanligini qanday izohlash mumkin? Musulmonlarning muqaddas ma’naviy mulkini oshkora yoqish — ma’naviy fojeaning bir ko‘rinishi. Yevropaliklarning Qur’oni Karimga nisbatan bunday fojeali munosabati nafaqat musulmonlarni, boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi turli millat va elatlar, siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlarda ham aks-sado berdi. Aksariyat davlat va elatlar tomonidan bu qilmish, pastkashlik, deb qoralandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham yevropaliklar tomonidan bizning muqaddas kitobimiz yoqilishiga keskin munosabat bildirdi. BMTning Inson huquqlari kengashi bu jinoyatni qoralovchi rezolyusiya qabul qildi. 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston ham bu rezolyusiyani yoqladi. 7 ta davlat betaraf qolgan bo‘lsa, o‘zini demokratik, deb bilgan 12 ta davlat qarshi ovoz berganligini tushunib bo‘lmaydi. Qarshi ovoz berganlar asosan Yevropa davlatlari bo‘lib, Buyuk Britaniya, Belgiya, Chexiya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Litva, Luksenburg, Chernogoriyadan iboratdir. Amerika qit’asidan AQSH va Kosta Rika Qur’onni yoqqanlarni yoqlab chiqqanligi ajablanarlidir. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyada millionlab musulmonlar yashaydi. Bu musulmonlarning aksariyati o‘sha mamlakatning fuqaroligini ham qabul qilganligini nazarda tutsak, Yevropa davlatlari avvalo o‘z fuqarolarining ma’naviy boyligini olovda kuydirmadimi, degan savol tug‘iladi. Xuddi shunday AQSH ham bu munosabati tufayli mamlakatda yashayotgan musulmonlarning g‘azabini qo‘zg‘adi. Rivojlangan mamlakatlar tomonidan bu jaholatning qo‘llabquvvatlanishi dunyo ma’naviy olamida, siyosat bobida yangi larzalarni keltirib chiqarishiga shubha yo‘q. Bilimsizlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, o‘jarlik bobida o‘zini dunyoning xo‘jayini va ustuni, deb hisoblaydigan davlatlarning bu qilig‘i avvalo ularning o‘zlari kim ekanligini bashariyatga oshkor etdi. Islom dini hamisha ma’naviyatni, ezgulikni bilimni, tinchlik va do‘stlikni tarannum etgan, boshqa xalqlarning urf-odatini hurmat qilishga chorlab kelgan. Uning har bir oyati, surasi insoniylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. G‘arb davlatlarida esa bunday ma’naviy boyligimizni his etishmaydi. Musulmon deganda ular asosan buzg‘unchilikka mukkasidan ketgan ayrim dindoshlarimizni ko‘z oldilariga keltirishadi. Qur’onning yoqilishi ham musulmonlardan o‘ch olishning eng tuban usullaridan biri bo‘ldi. Mayli, ular Qur’oni Karimni yoqib, musulmonlarga yana bir zarba berildi, deb o‘zlaricha “g‘alaba”ni nishonlashaversin. Lekin bizning muqaddas kitobimiz o‘zida jo aylagan ma’naviy boyliklari bilan butun olamni yana ming-ming yillar davomida yoritishiga shak-shubha yo‘q. Quvondiq XALILOV Fuqaro Sh. K.ning Rudakiy ko‘chasida joylashgan dor ivor o‘simliklarni qadoqlash sex in ing b inos i shahar hokimining 2015- y i l 1 7 - i y u n d a g i 7 9 1 -Q sonli qarori bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan, ammo shu paytga qadar kompensatsiya to‘lab berilmagan. Hatto, shahar arxitektura va qurilish bo‘limi 3 kun muddatda buzilishga tushgan mazkur bino o‘rniga tovon tariqasida boshqa yer maydoni ajratish bo‘yicha taklif kiritish vazifasini olgan bo‘lsa-da, masalaga yillar o‘tsa ham e’tibor qaratmagan. Sh. K. bu borada shahar hokimligiga bir necha marotaba yozma va og‘zaki murojaat qilgan, lekin besamar ketgan. Joriy yilning 27-yanvarida hokimlik fuqaroga 9-17/1887/Q-sonli yozma xat berib, go‘yo 2021-yil 1-avgustdan tuman (shahar) hokimliklarining yer munosabatlariga doir qaror chiqarish vakolati bekor qilinganini bayon qilgan. Biroq savol tug‘iladi, ungacha nega bu muammo hal etilmagan, nega fuqaro yillar davomida hokimlik ostonasida sarson-sargardon bo‘lgan, nega huquqlari buzilgan? Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning (shahar hokimining 2016-yil 30-maydagi 745-Q-sonli qarori qabul qilingan paytda amalda bo‘lgan) 8-bandiga ko‘ra, buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dovdaraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash hamda yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlar qoplab berilishi kerak. O‘z mulkini jamoat ehtiyojlari uchun berib, so‘ngra quruq qo‘l bilan qolgan mulkdor mazkur chigal muammoni qonuniy ko‘rib chiqish uchun amaliy yordam so‘rab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Boshqarma mas’ullari tomonidan masala o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, Uy-joy kodeksining 27, 29, Fuqarolik Protsessual kodeksining 138, 141, 249- 253- moddalarini qo‘llab, shahar hokimligi hisobidan fuqaro foydasiga jami 548 million 722 ming 300 so‘m miqdorida kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi. M. ABDUG‘ANIYEV, viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Shu kunlarda ko‘pchilik Ukrainadagi notinchlik qachon poyoniga yetarkin, degan savolga javob topa olmay xunob bo‘lmoqda. Nega desangiz, 2014-yilda boshlangan harbiy mojarolar qariyb o‘n yildirki, o‘zining qonli yurishini to‘xtatmayapti. Bu davr ichida yuzlab shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi, yuz minglab odamlar halok bo‘ldi yoki mayib-majruhga aylandi. Yana millionlab Ukraina fuqarolari vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. Bugungi kunda shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, shaxmat o‘yinida buni "pat" holati deyiladi. Ikki tomonning kuchi tenglashib yuray desa, yo‘li yo‘q, "o‘yin"ni tugatay desa, g‘olib aniq emas. Bunday holatda shaxmatchilar durangga rozi bo‘lib qo‘ya qolishadi. Ammo, urush o‘yindan katta farq qiladi, o‘rtada yuz minglab odamlarning qoni to‘kilgan, tomonlar yana qancha kerak bo‘lsa qurbon berishga tayyor turishibdi. Aytish mumkinki, ruslar ham, ukrainlar ham murosa qilishga ko‘nmayaptilar, ko‘nikolmayaptilar. Buning esa juda-juda chuqur asoslari borligi ham sir emas. Aytaylik, Moskva egallangan hududlarni allaqachon o‘zining mulki qilib, konstitutsiyasiga kiritib qo‘ydi. Eng qizig‘i – hali to‘liq egallanmagan yerlar: Xerson va Zaporojye viloyatlari ham Rossiya xaritasiga qo‘shib qo‘yildi. Kiyev esa Kremlning bu kirdikorlarini ochiq bosqinchilik, deb hisoblaydi va Ukrainaning 1991-yildagi chegarasini to‘liq tiklashga qattiq ahd qilgan. Biz bu borada hakamlik qilish fikridan yiroqmiz. Biroq xalqaro huquq me'yorlariga ko‘ra, Ukrainaning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan chegaralari daxlsiz bo‘lishi shart. Umuman, XXI asrda yirik davlatlarning bosqinchilik urushlarini olib borishi aqlga sig‘maydigan hodisadir. Ko‘pchilik bu borada AQShni misol qilib ko‘rsatadi. Haqiqatan ham, Amerika u yoki bu sabablarga ko‘ra chegaralaridan tashqarida ko‘p urushlar olib borgan. Farq shundaki, amerikaliklar dunyo hamjamiyatining talabiga ko‘ra, oxir-oqibat murosai madora yo‘lini tanlashgan. Masalan, Vetnam, Iroq, Afg‘oniston singari mamlakatlardan do‘ppi tor kelganda, armiyalarini olib chiqib ketgan. Kreml ma'murlari esa BMTda bir necha marta rezolyutsiyalar qabul qilinganiga qaramasdan, tanaga yopishib olgan kanadek, ham o‘z qonini, ham ukrainaliklar qonini so‘rib yotibdi. Ma'lumki, Rossiya asrlar davomida bosqinchilik urushlarini olib borgan. Polsha, Finlandiya, Boltiqbo‘yi, Ukraina, Bessarabiya, Kavkaz, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq va Alyaska qonli janglar evaziga imperiyaga qo‘shib olingan. Keyingi asrlar davomida ularning ko‘pchiligi ozodlikka chiqib, mustaqil davlatlarga aylandi. Ammo ba'zi bir sabablarga ko‘ra, Ukrainaning imperiya changalidan chiqishi juda og‘ir kechmoqda. Atoqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiyning qat'iy ishonchiga ko‘ra, Ukrainasiz Moskva imperiyani saqlab qola olmaydi. Taniqli rus yozuvchisi, marhum Soljenitsinning fikricha, imperiya Kavkaz va O‘rta Osiyosiz yashashi mumkin, biroq Ukraina va Qozog‘iston boy berilsa, rus saltanati barbod bo‘ladi. Qo‘pol o‘xshatish bilan misol keltirsak, rus dunyosi bamisoli bir tuxumga o‘xshaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar uning po‘sti edi. Xitoy bilan ziddiyatlar boshlanganda qobiqqa darz ketdi. M. Gorbachyov demokratiyasidan so‘ng po‘sti pardasi bilan sidirilib tushdi. Ukraina, Shimoliy Qozog‘iston va Belarus – tuxumning oqi, agar ular ham rus dunyosini tark etgudek bo‘lsa, tuxumning sarig‘i tamoman himoyasiz qoladi va ikki boshli quzg‘unning hayoti adog‘iga yetadi. Shu ma'noda, Ukraina urushi Moskva uchun shunchaki maxsus harbiy amaliyot emas, balki hayot-mamot masalasidir. Shu joyda o‘rinli bir savol paydo bo‘ladi. Xo‘p, Ukraina Rossiyaning muammosi ekan, nega G‘arb dunyosi ularning ishiga aralashayapti? Buning sababi shundaki, asrlar davomida dunyoda hukm surgan avtoritar boshqaruv usuli g‘arb demokratik liberalizmiga o‘rin bo‘shatib berishni istamayapti. Ma’lumki, keyingi paytlarda o‘ng qanot kuchlarning sa’y-harakatlari bilan dunyoda liberal Yevropa qadriyatlariga birmuncha zaxa etib, konservativ millatchilar bosh ko‘tarib qolishdi. Avtokratik Xitoyning iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlari o‘ng kuchlarni yanada ilhomlantirib yubordi. Hatto, AQSh kabi demokratiya shamchirog‘ida ham Tramp qiyofasida konservativ kayfiyatlar ochiq yuz ko‘rsatmoqda. Vaziyatning bunday tus olishi Putin singari o‘tgan asrlar kayfiyati bilan yashayotgan siyosiy arboblarni demokratik liberalizmga qarshi dadil harakatga undadi. Shu ma’noda, bugungi dunyoda yuz berayotgan noxush voqealarni demokratik boshqaruv usulining juz’iy nuqsonlari sifatida qabul qilish mumkin. Biroq buyuk ingliz siyosatchisi Uinston Cherchill iborasi bilan aytganda: “Demokratiya bo‘lmag‘ur boshqaruv usuli, ammo odamzod undan yaxshirog‘ini hali o‘ylab topganicha yo‘q”. Bizga tarixdan yaxshi ma’lumki, Rossiya va Xitoyda ham bir necha marta demokratik jamiyat barpo etishga urinishlar bo‘lgan. Ammo ularning hammasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan. Gap Rossiya davlati haqida ketar ekan, uning keyingi ikki yuz yillik tarixidagi qat’iy bir davriylik kishini hayratlantiradi. 1825-yilda dekabristlar poytaxt Sankt–Peterburgdagi Senat maydonida qo‘zg‘olon ko‘tarib, davlat siyosatini isloh etishga da’vat qilishdi. 1865-yilda Qrim urushida mag‘lubiyatga uchragan chor Rossiyasi ichki siyosiy-iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida Turkistonga bosqin uyushtirdi. 1905-yilda Birinchi rus inqilobi boshlanib, podshoh hokimiyatini ag‘darish uchun harakat boshlandi. 1945-yilda SSSR (Rossiya) Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonib, yarim dunyoni o‘z ta’siri ostiga oldi. 1985-yilda sobiq sho‘ro ittifoqini isloh qilish maqsadida qayta qurish siyosati boshlandi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu tarixiy voqealarning sodir bo‘lishida 40 yillik qat’iy davriylik mavjud. Tarixning bunday tartibidan kelib chiqadigan bo‘lsak, 2025-yilda Rossiyada qandaydir yana bir muhim hal qiluvchi hodisa ro‘y berishi kutiladi. Voqealar oqimi shuni ko‘rsatmoqdaki, kelgusi o‘n yilliklar Rossiya imperiyasi uchun nihoyatda murakkab davr bo‘ladi. Hokimiyat tepasiga o‘ng radikal kuchlar chiqib, imperiyani oxirigacha parchalab tashlaydilar. Bizning fikri ojizimizga ko‘ra, tarixi va taqdiri g‘oyat chigal kechgan bu mamlakatda chinakam ijobiy o‘zgarishlar yana 40 yildan so‘ng – 2065-yilda boshlansa ajab emas. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi Права человека: ПРОВЕРКА ДЕЛОМ HAYOT VA MAMOT CHEGARASIDA HOKIMLIK MULKDORGA 548 MILLION SO‘MDAN ORTIQ KOMPENSATSIYA TO‘LAYDI Johiliyat — bashariyat boshidagi qora bulut Shvetsiyada Qur’oni Karimning yoqilishi bu bulutni yanada quyuqlashtirdi
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 403 Adadi: 3 186 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Alisher ISROILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 27-iyul, payshanba, № 33 (2494) www.samarkandnews.uz SAMARQAND "Sunani Doramiy" 3558 ta hadisni o‘z ichiga olgan Mutolaa Munosabat Saboq Ona tilim – oltin beshigim Biz suv ichgan buloqlar Mashhur irland shoiri va yozuvchisi Oskar Uayld bor-yo‘g‘i bittagina “Dorian Grey portreti”, deb nomlangan roman yozgan. Shu yagona romani ham juda mashhur bo‘lib ketgan va bir necha o‘n marta ekranlashtirilgan. * * * 1906-yilda Maksim Gorkiy partiya topshirig‘i bilan Amerikaga nolegal tarzda safar qildi. Gorkiy u yerda amerikaliklarni Rossiyadagi inqilobni qo‘llabquvvatlashga da’vat etdi. * * * Mark Tven neft magnati, davlatmand Genri Rojers bilan yaqin do‘st edi. Rojers yozuvchining ta’siri bilan xasis boydan saxiy fan va san’at homiysiga aylandi. * * * Gomer qadimgi yunon tilida “ko‘r” degan ma’noni anglatadi. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, shoirni ko‘zi ojiz bo‘lgan deya taxmin qilishadi. * * * Shoir Boris Pasternakning iste’dodi nafaqat Rossiyada, balki dunyo miqyosida tan olingan. Jahon adabiyoti tarixida u Bayron, Pushkin va Lermontovlar bilan bir qatorda ko‘riladi. Pasternak 1957-yilda adabiyot bo‘yicha xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ammo sho‘ro ma’murlari uni mukofot olish uchun xorijga chiqishiga izn berishmagan. * * * Shekspir mol-mulkining asosiy qismini katta qiziga vasiyat qilib qoldirgan. Rafiqasiga esa bittagina eski karavot meros bo‘lgan. Ba’zi tadqiqotchilar buni haqorat sifatida izohlashgan bo‘lsa, ba’zilar karavot nikoh to‘shagi ekanligini iddao qilishadi. * * * Vinni Pux haqidagi ertak qahramoni o‘z ismini muallifning o‘g‘li sevib o‘ynaydigan ayiqcha Vinnidan olgan. Ismning ikkinchi qismi Pux esa Milnlar oilasining tanishi boqadigan oqqushning nomidir. * * * Gogol shirinliklarni juda yaxshi ko‘rgan. U dasturxon atrofida bir o‘tirishda bir banka murabboni shirin kulchalar bilan qo‘shib yer edi. Gogol cho‘ntaklarini hamisha turli konfetlar va qand bilan to‘ldirib, shirinliklarni do‘stlari bilan baham ko‘rishni yoqtirgan. * * * Yozuvchi Andrey Platonov alohida ijod xonasi bo‘lmaganligi sababli tor kvartirasidagi vannaxonani ish kabinetiga moslashtirib olgan edi. O‘zi esa yuvinish uchun jamoat hammomiga qatnagan. * * * 1976-yilda shved yozuvchisi, “Uchuvchi Karslon” ning muallifi Astrid Lindgrendan bir yuz ikki foiz miqdorida daromad solig‘i undirilgan. Ammo bu uni o‘tkir hajviy maqolalar yozishdan to‘xtatolmagan. Uning har bir maqolasi Shvetsiya siyosiy hayotida shov-shuvli voqeaga aylangan. * * * Rossiyada Pushkinga 300 ta haykal tiklangan. Dunyo bo‘yicha uning haykallari soni 670 ta. Bu borada u rossiyalik ijodkorlar o‘rtasida o‘ziga xos rekord o‘rnatgan. * * * Sarguzasht asarlar ijodkori buyuk Jyul Vern, aslida, juda kam sayohat qilgan. Chunki uning bunga moddiy imkoniyati bo‘lmagan. Qachonki, shuhrat cho‘qqisiga erishib, puli ko‘paygach, birato‘la uchta yaxta sotib olgan va dunyo bo‘ylab sayohatga chiqib, bolalik orzusini amalga oshirgan. To‘plovchi: Xudoyberdi KOMILOV Yil boshida “Ishonch” gazetasida “fuqaro” atamasi o‘rniga sof o‘zbekcha atamalardan birini qo‘llash haqidagi bir necha maqolalar e’lon qilindi. Tibbiyot fanlari nomzodi Ro‘zmat Tojimurodov bugungi kunda shaxsning qaysi millat va davlatga tegishli ekanligini anglatuvchi “fuqaro” so‘zini ona tilimizga mos bo‘lgan bir necha atamalar bilan almashtirish taklifini o‘rtaga tashlagan edi. Yaqinda davralardan birida bu mavzu yana ko‘tarildi. Har kim o‘z fikrini bildirar ekan, ko‘pchilik “fuqaro” atamasi arabcha so‘z bo‘lib, ona tilimizga o‘girilganda kambag‘al, bechora, miskin ma’nolarini anglatishi inson sha’niga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Ayrimlar esa “fuqaro” so‘zi allaqachon hayotga singib ketganligi uchun uni yangi ma’noda qabul qilib, eski ma’nosini unutishni taklif etishdi. Tabiiyki, ikkinchi taklif tarafdorlari davrada kamchilikni tashkil etdi. Aslida bahstalab atamaning nomini bu kichik davrada o‘zgartirib bo‘lmasligi barchaga ayon edi. Shunga qaramasdan bu mavzu nafaqat matbuotda, balki ana shunday kichik davralarda ham davom etayotganligi muammo dolzarbligini anglatadi. Davrada “Ishonch” gazetasida o‘rtaga tashlangan taklif — “bek va beka” so‘zlarini “fuqaro”ning o‘rniga tanlash zarurligi ma’qullandi. Yodingizda bo‘lsa, mamlakatimizning yangilangan Konstitusiyasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan kezlarda “Samarqand” gazetasida ham ana shunday taklif o‘rtaga tashlangan edi. Bu borada qo‘shni-qardoshlarimiz allaqachon yangilikni joriy etishga ulgurishdi. Bizdagi “fuqaro” Qozog‘istonda “azamat”, Tojikistonda “shahrvand”, Qirg‘iz respublikasida “joron”, deb qabul qilinganiga ancha bo‘ldi. O‘zbekistonliklar esa hamon “faqir”likdan chiqolmay yurishibdi! Holbuki, o‘zbek tili jahondagi eng boy va eng go‘zal tillardan biri hisoblanadi. Nima bo‘lganda ham haqiqat bahslarda tug‘iladi, degan purma’no kalomni yana bir bor yodga olsak, “faqir”likni “bek”likka, yoki, “faqir”ning o‘rnini bosadigan boshqa ijobiy ma’nodagi atamani tezroq qo‘llashimiz zarurga o‘xshaydi. Bu borada tilshunos olimlarni faollik ko‘rsatishga, tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga chorlaymiz. Quvondiq MAJIDIY, jurnalist “Fuqaro”dan voz kechaylik! MASHHUR ADIBLAR HAQIDA Otam bilan birga ishlaydigan hamkasbining opasida ham onamniki singari kasallik bor va yaqinda davolanish uchun Toshkentga bormoqchi ekan. — Yaxshi do‘xtir deyishyapti, o‘sha ayol bilan birga borasanmi, — deb so‘radi otam bu haqdagi xabarni aytganidan so‘ng onamga qarab. — Bilmadim, sizlar qiynalib qolmasmikansizlar? Toshkentga borib davolanishning o‘zi bo‘lmasa kerak, buyoqda bolalar katta bo‘lyapti, pulni nima qilamiz, — dedi onam o‘ylanib. — Biz nimadan qiynalamiz? Bolalarga ta’til hozir, 10—15 kun darrov o‘tib ketadi, bir borib ko‘r-chi, balki shundan shifo toparsan, — dedi otam onamning ko‘nglini ko‘tarib. — Pulini o‘ylama, borini ishlataveramiz. Sog‘lig‘ingni tiklab ol, pul topiladi. Men va bolalarning boshiga omon bo‘lsang, bo‘ldi. Onam Toshkentga borishga ko‘ndi. Balki shu safar tuzalib kelarman, deb umid qildi. Ikki-uch kun o‘tib, otam hamkasbining opasi va onamni Toshkentdagi shifoxonaga joylashtirib keldi. Hash-pash deguncha bir hafta o‘tib ketdi. Bu orada otam shifoxonadagi telefon orqali onam bilan gaplashib turdi. Har kuni kechqurun ishdan kelganidan so‘ng bu haqda bizga aytib berar, “Nasib qilsa, biyilaring Toshkentdan yaxshi bo‘lib qaytadi”, derdi. Shanba kuni otam onamdan xabar olish uchun poytaxtga boradigan bo‘ldi. Davolovchi vrach ham otam bilan gaplashmoqchi ekanligini aytibdi. Biz hovlidagi eng sara mevalarni onam uchun terib berdik, buvim ham qizi yaxshi ko‘radigan ovqatni tayyorlab, otamga tutqazdi. Yakshanba kuni otam onamni olib keladi yoki yaxshi xabarni aytadi, deb eshikka termulib o‘tirdik. Ammo o‘sha kuni otam juda kech, buning ustiga kayfiyatsiz keldi. Ukalarim uxlab qolgan, men buvim bilan otamni kutib o‘tirgandik. — Rozi bo‘lsalaring operasiya qilamiz deyishyapti, shuning uchun chaqirtirgan ekan do‘xtir, — dedi otam chuqur uh tortib, buvimning onam haqidagi savollariga javob berarkan. — Bilmay qoldim, boshim qotdi, nima deyishni bilmay qaytib keldim. Buvim ko‘z yoshini tutolmay, mening boshimni silabsilab yig‘ladi. — Shu operasiyadan keyin tuzalib ketar ekanmi? — dedi buvim birozdan so‘ng o‘zini bosib olib. — Bunisi peshonalaringdan, deyapti. Aniq gap aytmadi. Qizingizning o‘zi ham ikkilanyapti. Operasiyadan keyin yurolmay qolsam-chi, deb qo‘rqyapti. Birga borgan hamrohi, jo‘ramning opasi rozi, operasiya qildirmoqchi. Ancha vaqt gap-so‘zsiz o‘tirdik. Otam sovib qolmasin, deb ovqatdan bir-ikki qoshiq yegandek bo‘ldi va tovoqni surib qo‘yib, yana o‘yga toldi. — Vaqt allamahal bo‘lib ketdi, yotinglar endi, Xudo bir tomonga boshqarar, — dedi buvim garchi o‘zining qalbi vayron bo‘lsa-da, bizning ko‘nglimizni ko‘tarishga urinib. Allamahalgacha uxlay olmadim. Ko‘zimni yumib yotaverdim. Xayolim onamda, qulog‘im ostida otamning boya aytgan gaplari: endi nima bo‘ladi? O‘y-xayollarim bilan uxlab qolibman. Bir payt tarnovdan oqqan suv va yig‘i ovozidan uyg‘onib ketdim. Buvim va ukalarim yonimda maza qilib uxlab yotibdi. Otam yotgan xona — dahliz eshigi ochiq. Deraza ochiq bo‘lgani uchun sekin tashqariga qaradim. Shamol bilan yomg‘ir yog‘ar va chang bosgan daraxt barglarini yuvib tushardi. Supada otam boshini egib o‘tiribdi. Avvaliga yig‘layotgan otammi, deb hayron bo‘ldim. Chunki hech qachon otamning yig‘laganini, ko‘z yoshini ko‘rmagandim. — Ey xudo, shuginaning ham dardiga shifo ber, hayotga kelib nima ko‘rdi, to‘rt bolasining to‘ylarini, kamolini ko‘rsin! — dedi otam ikki qo‘lini baland ko‘tarib. Yugurib borib, otamning yelkasidan quchdim. Ko‘z yoshlarini yashirishga uringan otam meni qattiq quchoqlab oldi. Onamning oyog‘ini operasiya qildirmaslikka qaror qildik. Dard bergan Xudo shifosini ham berar, deyishdi kattalar bu mavzu yopiq degandek. Ikki kundan keyin onam Toshkentdan keldi. Hamrohining oyog‘ini esa operasiya qilishdi. Otamning aytishicha, operasiya muvaffaqiyatsiz chiqqan va o‘sha ayol butunlay yurolmaydigan bo‘lib qolgan ekan. Onam xasta bo‘lsa-da, otam orzu qilgandek, bizni o‘stirdi, o‘qitdi, to‘ylarimizni ko‘rdi, nabira va evarali bo‘ldi. Har gal to‘ylarimizda duoga qo‘l ochganida shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytardi. G‘olib HASANOV Bugungi kunda islom tarixi va hadisshunoslikka qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab, ijod qilgan allomalar merosini o‘rganishga keng yo‘l ochilgani muhim omil bo‘lmoqda. Islom dini ta’limotini o‘rganish, sunnat va hadisni to‘plashda Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis, tafsir, hadis kabi fanlar asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida o‘rin tutadi. Uning shoh asari bo‘lmish “Sunan” nafaqat nodir meros, balki “Kutubi tis’a”, ya’ni “To‘qqiz kitob” deb ataluvchi eng ishonchli hadislar to‘plamidan biri sifatida g‘oyat qadrlidir. Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdulloh Abu Muhammad Tamimiy Dorimiy Samarqandiy 181/797 yili Samarqandda tavallud topgan. Muhaddisning bobosi Bani Tamim qabilasi mavlosi va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning kotiblaridan biri bo‘lgan Dorim ibn Molik ibn Hanzala ibn Zayd Manot ibn Tamimga bog‘langani uchun allomaga Dorimiy nisbasi berilgan. “Ciyar a’lomin nubalo”, “Tabaqotul huffoz” va “A’lom” asarlarida Imom Dorimiy Movarounnahrning eng yirik muhaddislaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Hofizul hadis Abu Quraysh rahmatullohi alayhi muhaddis haqida bunday deydi: “Men Muhammad ibn Bashshorning: “Dunyoda to‘rtta buyuk hofiz (juda ko‘p hadis yod olgan muhaddislar) bor. Birinchisi – Abu Zur’a, ikkinchisi – nishopurlik Imom Muslim, uchinchisi – samarqandlik Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy, to‘rtinchisi – buxorolik Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy”, deganini eshitganman”. Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy aytadi: “Ibn Abdurahmon Dorimiy aql-idrokda, dinu diyonatda yetuk kishi edi. U zotning hadis va turli darslarni yodlashdagi quvvayi hofizasi, halimligi, komil mo‘minga xos ibodati, zohidligi va hadis ilmi sohibiga xos ziyrak-bilimdonligi zarbulmasal qilingandir”. Yana shu roviy: “Imom Dorimiyning hadis, tafsir, fiqhga oid va boshqa ilmiy ishlari Samarqandda paytlaridayoq ma’lum va mashhur edi. So‘ng Xurosonda, undan keyin Shom, Iroq, Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Misrdagi ulamolar huzurlarida bo‘lib, hadis, tafsir va fiqh ilmlarini o‘rgangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga qo‘shilgan yolg‘onlardan qo‘riqlovchilar qatorida bo‘lib, buyuk muhaddis, komil mufassir va faqih olim edi”, deb aytadi. Bandorning zikr qilishicha: “Dunyoning hofizlari to‘rt kishi: Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj Naysoburiy, Abu Zur’a Roziy va Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy Samarqandiydir”. Imom Dorimiy hayoti davomida bir necha asarlar yozgan bo‘lib, ilmiy-ma’naviy merosini “Musnad”, “Tafsir”, “Jomi’”, “Sulosiyot fil hadis”, “Kitob sunna fil hadis” va “Kitob savmul mustahazot val mutaxayyirot” kabi asarlari tashkil qiladi. Allomaning eng mashhur asari “Musnad” (lug‘aviy ma’nosi – “Tayanch” yoki “Sanadli hadislar to‘plami”) bo‘lib, “Sunani Dorimiy” nomi bilan mashhur. Imom Dorimiy 255/869 yili 75 yoshida vafot etgan. Buyuk ajdodimizning ma’naviy merosini ommabop, xalqchil tarzda yetkazish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan “Sunani Dorimiy” asari asosida “Sunani Dorimiy”dagi durdona hadislar” nomli risola tayyorlandi. Unda yuzdan ortiq nodir hadislar jamlangan. Abul Fazl Muhammad ibn Tohir Maqdisiy (448/1056- 508/1114) “Atroful kutubis sitta” nomli kitobida Imom ibn Mojaning “Sunan”idagi hadislar besh “Sahih”dagilardan 1339 taga ziyodaligini hisobga olib, Imom ibn Mojani oltinchi o‘ringa qo‘ygan. Keyingi ba’zi ulamolar ham shunga ergashgan. Lekin Shayx Salohiddin A’loiy: “Imom Dorimiyning “Musnad”ini Ibn Moja “Sunani” o‘rniga qo‘yilsa, eng ma’qul ish bo‘lur edi”, deb aytadi. Shayx Abulhaq Dehlaviy (1551-1642) shu fikrni hujjat bilan isbotlab: “Ba’zi ulamolar fikr yuritib, Imom Dorimiyning “Sunani” oltinchi sahih kitob bo‘lishi afzalroqdir. Chunki bundagi rivoyatlar sanadida zaif kishilar ozligi, inkor qilingan so‘zlar kamyobligi, sanadlarning yuqoriligi va hatto sulosiy (sanadi uch roviyli) hadislari Imom Buxoriyning “Sahih”idagilardan ko‘proq ekanini aytishadi”, deb ta’kidlaydi. Imom Dorimiyning “Musnadi” musulmon kishining shaxsiy va ijtimoiy hayotida uchraydigan deyarli barcha holat (masala)larni o‘z ichiga olgan keng qamrovli asardir. Kitob fiqhiy boblarga bo‘lib yozilgani, turli (marfu’, mavquf, maqtu’) hadislar mavjudligini e’tiborga olib, uni “Sunan” deb atash tarafdori bo‘lgan ulamolar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, asarga berilgan barcha nomlar haqli ravishda uning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Imom Dorimiyning “Sunan”ida Qur’oni karimning 51-surasidagi ba’zi oyatlar hadislar orqali sharhlangani allomaning yetuk mufassir ham bo‘lganidan dalolat beradi. “Sunani Dorimiy” ikki jilddan iborat bo‘lib, birinchisida arablarning islomdan avvalgi ba’zi odatlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, hadislarning yozilish davri va ilm fazilati haqida so‘z yuritilgan muqaddima, keyin ibodat, tahorat, namoz, zakot kitoblari keltirilgan. Ikkinchi jildi ro‘za, ibodat, qurbonlik, ov, yeguliklar, ichimliklar, tushlar, nikoh, taloq, jazolar, va’dalar va qasamlar, xun, jihod, savdo, izn so‘rash, nozik masalalar, meros huquqi, vasiyatlar, Qur’on fazilatlari haqidagi kitoblarga bo‘lingan. Imom Dorimiyning “Sunani” boblariga nom berish, bahsmunozarali hadislar bo‘yicha izoh yozish va o‘z fikrlarini qayd etish usuli, shuningdek, boshqa sahih to‘plamlarda uchramaydigan hadislar rivoyat qilingani, roviylar silsilasining qisqaligi bilan alohida ajralib turadi. Yana bir e’tiborga molik jihati, unda o‘n beshga yaqin sulosiy hadis mavjudligidir. “Sunani Dorimiy” asari 3558 hadisni o‘z ichiga olgan bo‘lib, jami 23 kitob, 1374 bobdan tashkil topgan. Shundan o‘n beshtasining roviylar silsilasi uch sanadlidir. Uch roviy qatnashgan hadislar “sulosiyot” deb ataladi. Kelgusida “Sulosiyoti Dorimiy” asarini tarjima qilishda asarning yuqorida keltirilgan uchta qo‘lozma nusxasi va tahqiqlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mehrojiddin AMONOV, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Bekatdan o’tib bir avtomashina kelib to'xtadi. Ikki nafar lo’li bola yugurib kelib, avtomashina atrofida aylandi. — Akajon, mashinangiz balonlarini qoraytirib beraylikmi, — dedi avtomashina egasiga ulardan biri. Mashina egasi ko'ngli ochiq, samimiy inson ekan. — Mayli, — dedi ko'p o'ylab o'tirmay. Kattasi sakkiz-o’n, Kichigi besh-olti yoshlarda bo’lgan bolakaylar avtomashina shinalarini yuva boshlashdi. Yigit esa mashinasini ochiq qoldirib, yo'l chetidagi do'konga kirib ketdi. Bolakaylar bir oz muddatdan so’ng ishlarini yakunlab, avtomashina egasini kuta boshlashdi. Yigit kelgach, avtomashina salonidan bolalar xizmat haqidan anchagina ziyodroq summani sanab, bolakaylarga uzatdi. — Rahmat, yigitchalar, — dedi mashina egasi samimiy jilmaygancha avtomashinasini o‘t oldirarkan. — Rahmat amak, rozi bo'ling, — dedi bolalar chug‘urlashgancha avtomashina orqasidan... Xumora ESOXONOVA, SamDCHTI talabasi Ko’ngli g’ashlik, xafalikni ifodalash uchun dili xufton, ko’ngli xufton, ta’bi xufton kabi iboralar ishlatiladi. Xufton so’zi forscha bo‘lib, aslida uxlamoq, uxlash ma’nolariga ega. Biroq ma’nosi kengayib, o’zgargan. U quyosh botganidan bir yarim-ikki soat keyingi vaqtni va shu vaqtda o’qiladigan namozni anglatadi. Xufton vaqti rosmana tun kirganini anglatadi. Chunki, bu paytda ufqda qizillik ham, oqish nur ham qolmaydi. Hamma yoqqa zim-ziyo tun cho’kadi. Kishining dilida ana shunday qorong’ilik borligini obrazli tasvirlash orqali uning ruhiy holati, tushkunligi yorqinroq ifodalanadi: Bo’rining dili xufton bo’ldi. (Tog‘ay Murod, “Qo’shiq”.) Orif TOLIB SULOSIYOTI DORIMIY RAHMAT AMAK, ROZI BO'LING... “DILI XUFTON” Otamning iltijosi