ISSN 2010-6734 № 41 (2502) 2023-yil 21-sentabr, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! ISLOHOTLAR ODAMLAR HAYOTIGA YANGICHA MAZMUN BAXSH ETDI “Silk road Samarkand” — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi Chiqindilar bo‘yicha qarzdorlik nega yuqori? Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi to‘qson birinchi sessiyasida ushbu masala ham keng muhokama qilindi. Kengash kotibiyati mudiri F. Ochilov raisligida o‘tkazilgan sessiyada “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi direktori R.To‘lqinov shahardagi sanitarepidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Hisobotda ta’kidlanishicha, shahar hokimligi huzuridagi “Maroqand Obod” DUK korxonasi 2017-yildan boshlab, tasdiqlangan nizom asosida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish va joylashtirish bilan bog‘liq faoliyatini yuritib kelmoqda. Shahardagi 215 ta mahallaga 100 foizlik qamrov bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Korxonada 130 ta transport vositalari bo‘lib, shundan 103 tasi chiqindi tashuvchi maxsus avtomashina, 10 tasi “HAWO” multilift yuk avtomashinasi, 2 tasi yuk tashuvchi, 1 tasi maxsus assenizator va 8 tasi yengil xizmat avtomashinasidir. Hozirgi kunda jami 103 ta maxsus chiqindi yig‘ish transport vositalaridan 31 tasi nosoz holatda, shundan 12 ta transport vositasini ta’mirlashning imkoni yo‘q. Asosiy muammo qarzdorlik bilan bog‘liq. 2023-yilning 5-sentabr holatiga aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik 9 mlrd. 257 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Bugungi kunda — “Qorasuv”, “Obod maskan”, “Oqsaroy”, “Nurli yo‘l”, “Shukrona”, “Nurli kelajak”, “Cho‘ponota”, “Bog‘i Temur” qarzdorligi yuqori bo‘lgan mahallalar hisoblanadi. Sessiyada shahar hokimligi huzuridagi “Loyiha ofisi”ning rahbari O.Rahimovning mahallalar kesimida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash, yo‘llarni qurish hamda ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi, shahar jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va tumanlararo ma’muriy sudlari raislarining 2023-yilninig o‘tgan davrida odil sudlov bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi, shahar hokimining o‘rinbosari O.Haitovning mahallalarda aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlarning yaratilganligi bo‘yicha, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risidagi, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Q.Saidovning maktab oshxonalarining holati va maktablarning 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi, shahar hokimining o‘rinbosari D. Habibullayevning shaharida 2023-yilning 8 oylik ijro va 9 oy yakuni bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi ijrosi hamda ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sessiyada mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, Xalq deputatlari shahar Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi “Samarqand shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” gi VI-90-128-7- 107-K/23-sonli qarorini o‘zgartirish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masalalar ham muhokama qilindi. Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha deputatlar bildirgan takliflardan kelib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining to‘qson birinchi sessiyasi yakunlandi. B ug u n mam laka t im i z ja ho n sahnasida o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘liga ega davlat sifatida yetakchilar safidan o‘rin olishga harakat qilmoqda. Albatta, buning asosida mamlakatning o‘z oldiga belgilab olgan qat’iy maqsadi, rivojlanish prinsiplari va ularni amalga oshirishdagi fidoyiligi muhim o‘rin tutadi. Bunda mamlakat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri — ijtimoiy himoyaga alohida e’tibor qaratilayotgani zarur jihatlardan hisoblanmoqda. Zero, kuchli ijtimoiy h im o y a l a n g a n m am l a k a t g i n a ko ‘z langan maqsadga er ish ish i shubhasizdir. Bu borada “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorida ilgari surilayotgan hayotbaxsh g‘oyalarni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishda ham aynan shu mazmunmohiyat mujassam. Mazkur hujjatlarda aksini topgan oqilona, insonparvar siyosat, inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz himoya qilish yo‘lidagi dadil qadamlar, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlar, aniq maqsad va vazifalar insonlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Tan olib aytish kerakki, inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash, jamiyatni yanada rivojlantirish maqsadida aholining takliflari, talab va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda qabul qilingan ushbu hujjat odamlar qalbida yashash va ishlashga, ertangi farovon kelajakka bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Birgina misol , onkogema tologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun alohida markaz, gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etilishi, virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yish borasida belgilangan vazifalarning o‘ziyoq har bir inson e’tiborda, qadri ulug‘ ekanligining yana bir namunasi bo’ldi , desam yanglishmayman. Yodimda, murg‘ak vujudi xastalik bilan mardonavor kurashayotgan jajji bolajonlarga ozgina bo‘lsa-da, quvonch ulashish, ularning dillariga xushnudlik baxsh etish istagida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida davolanayotgan bemor bolajonlar oldiga borganimizda, bolajonlar bilan ularning olam-olam orzulari haqida suhbat qurgandik. Farzandiga ko’z yoshini sezdirmasdan ichidan ezilib yig‘lagan otalarni, ko’z yoshi yuzini yuvayotgan onalarni ko‘rib Tangridan ularning dardiga shifo so’radik. Aynan ushbu hujjatda meni quvontirgan holat, gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yilishini qonun hujjatlari orqali mustahkamlab qo‘yilgani bo‘ldi. Endi shahrimizda joylashgan ushbu tibbiyot muassasasida davolanayotgan, ayni paytda shunday muolajaga muhtoj bo‘lgan 8 nafar bemor bola ham davlat tomonidan to‘liq muolaja oladi. Bu imtiyozlar bemor farzandining yuziga termulib, o‘zi ham yeb-ichishini unutgan ota-onalar uchun, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu yaratilayotgan imtiyozlar zamirida davlatimizning o‘z fuqarolariga e’tibori va g‘amxo‘rligi, qo‘llab-quvvatlashlari birlamchi mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. Rivojlanish marralari sari dadil qadam tashlayotgan mamlakatimiz istiqboli uchun bu omillar naqadar zarur ekanligini barchamiz his etyapmiz. Shu o‘rinda qayd etish joizki, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida birinchi galda ijtimoiy manfaatlar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Biz mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi tarafdori bo‘lib, ijtimoiy yo‘nalishdagi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Xalqning, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun harakatdamiz. Demakki , xalq farovonligi , yurt taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsadlarning aniq yechimi va maqbul usullarini o‘zida jamlagan ushbu hujjatning hayotga joriy etilishida, ijrosini ta’minlash yo‘lida islohotlarga kamarbasta bo‘lgan holda siyosiy qat’iyat, hozirjavoblik va birdamlik bilan harakat qilamiz. Muhiba BOBOBEKOVA, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat kengashi raisi Samarqand Markaziy Osiyodagi eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biridir. Yildan-yilga u Yevropa, Osiyo va Amerikadan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. “Silk road Samarqand” xalqaro turizm markazining barpo etilishi “Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” sifatida ishbilarmonlik va biznes turizmini rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Markaz bugungi kunda yirik xalqaro tadbirlar, biznes forumlar va xalqaro sport musobaqalariga mezbonlik qilyapti. (Davomi 2-sahifada) “Mahalliy davlat hokimiyati to ‘g ‘r i s ida ”g i O ‘ zbek i s to n Resp u b l i k a s i q o n u n i n i n g 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN: I. Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi to‘qson i k k i n c h i s e s s i ya s i 2 0 2 3 - y i l 25-sentabr kuni soat 11:00da shahar hokimligining majlislar zalida chaqirilsin. II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: 1 .S am a r q an d sh ah a r I IO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i O.Norqulovning tizimda 2023-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti; 2.Samarqand shahar "Fuqarolar tashabbusi" jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2023-yil 2-mavsumda shakllangan tadbirlarga yo‘naltirish to‘g‘risida; 3.Muhandislik infratuzilmasi hola ti , ko‘ cha chi roqlarining o‘rnatilganligi, ko‘p qavatli uylarning kirish eshiklari o‘rnatilganligi, butligi, framugalar qo‘yilganligi, liftlarning ishlatilishi, ularga xizmat ko‘rsatilishi masalalari bo‘yicha shahar hokimining o‘rinbosari F.Najmiddinovning hisoboti; 4.Shahar IIO FMB Yo‘l harakati x a v f si zli gi b o‘limi b o s hli g‘i Z.Ahmedovning tizimda 2023-yilning o‘tgan davri davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti; 5.Boshqa masalalar. III. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin. Shahar hokimi F.UMAROV 2023-yil, 19-sentabr Shahar hokimining QARORI Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi to‘qson ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida Ko‘zgu "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi — xalq strategiyasi
2 2023-yil 21-sentabr, payshanba, № 41 (2502) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Saylovchi hududdagi muammoni biladi Yer yuzining sayqali (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Jumladan, o‘tgan yili Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar tashkiloti sammitlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining “Iqtisodiy chidamlilik va barqarorlikka investitsiyalar kiritish” mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi hamda o‘nlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Samarqand dunyo nigohida bo‘ldi. Shuningdek, 2023-2024 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, Samarqand turizm markazi imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda 50 dan ortiq xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi. Xususan, ushbu maskan Jahon turizm tashkilotining joriy yildagi bosh xalqaro tadbiriga ham mezbonlik qiladi. Ya’ni, joriy yilning 16—20 oktabr kunlari Samarqand shahrida BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur yirik xalqaro tadbir, Bosh assambleya sessiyasi doirasida turizm va mehmondo‘stlik sohasida Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu forumda xorijiy mamlakatlardan 200 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Mazkur anjumanga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. SAMARQANDDA TURIZM INFRATUZILMASI JADAL RIVOJLANMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda mamlakatimizda bu sohani yanada rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq xorijdan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimi soddalashtirildi. Yurtimizda ularning bo‘lishi uchun eng qulay qoidalar ishlab chiqildi. Bu borada mahalliy tadbirkorlik faoliyati ham keng yo‘lga qo‘yilyapti. Yaqinda Amir Temur bobomiz barpo etgan anjirzorlari bilan olamga mashhur bo‘lgan “Bog‘ibaland” mahallasi mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib turizm mahallasi sifatida e’tirof etildi. Eng muhimi, turizm sohasi infratuzilmasi tobora zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil etilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, turizm faoliyati sub’yektlarini rivojlantirishni qo‘llabquvvatlash, turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida viloyatimizda 2022-yilning o‘zida 148 ta mehmonxona, xostel va mehmon uylari tashkil etildi. — Joriy yilning boshidan avgust oyiga qadar esa qiymati 478 milliard so‘mlik 43 ta turizm loyihalari foydalanishga topshirildi, — deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov. — Shundan 25 ta mehmonxona va joylashtirish maskanlari, 6 ta ekoturizm va dam olish obyektlari hamda boshqa loyihalar ishga tushirilishi natijasida 600 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm namoyish ob’yektlari va ularga yondosh hududlarning infratuzilmasini yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilimoqda. Jumladan, Samarqanddagi 13 ta (Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur jom’e masjidi, Saroymulkxonim maqbarasi, Registon ansanbli, Amir Temur maqbarasi, Ashratxona maqbarasi, Mahdumi Xorazmiy masjidi, Ruhobod majmuasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, sobiq Avliyo Nikolay cherkovi, Oqsaroy maqbarasi, Dari Zanjir majmuasi va Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti binosi) madaniy meros obektlarida jami 14,8 milliard so‘mlik restavratsiya ishlari amalga oshirilib, moddiy-madaniy meros obektlarining jozibadorligi saqlab qolindi, ularga eltuvchi yo‘llar va obektlar atrofi obodonlashtirilib, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shuningdek, Samarqand Turizm va madaniy meros texnikumida jami 8,6 milliard so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan obyektlar va ularga tutash hududlar atrofida 18 ta bepul WI-FI nuqtalari tashkil etildi. Bundan tashqari, 100 dan ortiq sanitariya-gigiyena shoxobchalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga moslashtirilib qurildi va qayta ta’mirlanib, sayyohlar uchun qulayliklar yaratildi. SAMARQAND XALQARO AEROPORTI MINTAQADAGI YIRIK XABGA AYLANADI Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinib, uni mintaqadagi yirik xabga aylantirish maqsadida ochiq osmon rejimi va beshinchi havo erkinligi huquqi joriy etildi. Buning natijasida 2021—2025-yillar davomida yo‘lovchilar sonini soatiga 350 nafardan 600 nafarga oshirish, muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 40 tadan 280 taga yetkazish, yillik yo‘lovchilar sonini yiliga 165 ming nafardan 1,5 million nafarga oshirish imkoniyati yaratildi. 2022-yilda Samarqandga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 1,2 million nafarga yetib, turistik xizmatlar eksporti 197,6 million AQSH dollarni tashkil etdi. Turistlarning o‘rtacha qolish kuni 2,7 kunni va ularning 1 kunlik xarajati 85—250 AQSH dollarini tashkil etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 2,1 million nafar xorijlik sayyoh jalb etilib, turizm xizmatlari eksporti 312 million AQSH dollariga yetkazilishi rejalashtirilgan. Sayyohlar tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar geografiyasi ham qariyib 2 barobarga oshdi, 2017-yilda 59 ta davlatdan sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 114 taga yetdi. SOHADA YANGI INVESTITSION LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA Joriy yil yakuniga qadar viloyatda turizm yo‘nalishida qiymati 1,6 trillion so‘mlik 94 ta investitsion loyihalar ishga tushiriladi. Jumladan, eko-ekstremal turizm yo‘nalishida 307 milliard so‘mlik 18 ta, tibbiyot va termal turizm yo‘nalishida 260 milliard so‘mlik 11 ta, gastronomik turizm yo‘nalishida 105 milliard so‘mlik 36 ta, joylashtirish vositalari 759 milliard so‘mlik 28 ta va shopping yo‘nalishida 220 milliard so‘mlik 1 ta yirik savdo va ko‘lgilochar markazlar tashkil etiladi hamda 1500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Xususan, shahrimizda “Nasibahanim Hotel” MCHJ tomonidan qiymati 140 milliard so‘mlik 4 yulduzli mehmonxona, “Qorako‘l Story Engineering” MCHJ tomonidan qiymati 345 milliard so‘mlik 4 yulduzli mehmonxona loyihasi, Samarqand tumanida “Orginal Maks Lyuks” FX tomonidan “Mironqul” MFYda qiymati 115 milliard so‘mlik ekoturizm dam olish maskani, mehmonxonalar, basseyn, kemping va sport bazasi tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Urgut tumanida “Natural Dry Fruits” MCHJ Qoratepa suv ombori hududida qiymati 5 milliard so‘mlik ekoturizm maskani, kemping, eko uylar majmuasi, plyaj va umumiy ovqatlanish loyihasi, Kattaqo‘rg‘on tumanida “Zarina Fayzli Kelajak” MCHJ tomonidan suv ombori hududida qiymati 15 milliard so‘mlik ekoturizm—dam olish maskani va mehmonxona, kemping loyihasi, Oqdaryo tumanida “Darxon baliqlar” fermer xo‘jaligi tomonidan “Po‘latdarxon” MFY hududida qiymati 30 milliard so‘mlik ekooromgoh, mehmonxona va kemping loyihasi va Nurobod tumanida “Samarkand Kanat Yo’llari” MCHJ tomonidan qiymati 140 milliard so‘mlik osma-dor yo‘li turizm kompleksi loyihalari foydalanishga topshiriladi. “IMOM AL BUXORIY” MAJMUASI QAYTADAN QURILMOQDA Ayni vaqtda Islom dunyosidan kelayotgan ziyoratchilar tashrifini ko‘paytirish maqsadida Payariq tumanidagi Imom Al Buxoriy majmuasida qaytadan qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Majmuada 10 ming o‘rinli masjid, 21 gektar maydonda ulug‘ ajdodlarimizning diniy va moddiy madaniy merosi obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobon, 2 ta yirik 300 o‘rinli mehmonxona va 7 ta kichik mehmonxonalar, shuningdek, 3000 nafar ziyoratchiga xizmat ko‘rsatuvchi “halol” standartiga ega umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ziyorat turizmi majmuasi barpo etiladi. — Shu bilan birga 20 dan ortiq madaniy meros ob’yekti restavratsiya qilinadi, 2 ta yodgorlikda ochiq osmon muzeylari tashkil etiladi, — deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov. — Jumladan, Bulung‘urdagi Sheroz qal’a va Payariqdagi Ko‘ktepa yodgorliklarida ochiq osmon muzeylari tashkil etiladi. Shuningdek, “Muzeylar kvadrati” loyihasi doirasida 4 ta muzey va galereyalar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tizimida “Art galereya” va “Art rezidentsiya” loyihalari ishga tushurilishi bo‘yicha ish olib borilmoqda. Turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida viloyatda 2024-2025-yillarda mahalliy byudjet hisobidan 8,7 kilometr avtomobil yo‘li ta’miri uchun 6 040 million so‘m, 11 kilometr ichimlik va oqova suvi (4 ta inshoot) liniyasini tashkil etish uchun 5 mlrd 052 million so‘m, 12,5 kilometr elektr ta’minoti (5 dona transformator) liniyasini tashkil etish uchun 1 mlrd 632,5 million so‘m hamda 37 kilometr aloqa va axborotlashtirish liniyasini tashkil etish uchun 585,0 million so‘m pul mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatdagi turistik maskanlarga xususan, ziyoratgohlarga olib boruvchi 32,4 kilometr (21,5 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 12,5 milliard so‘m va 10,9 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 8,7 milliard so‘m) avtmobil yo‘llarini joriy yil yakuniga qadar ta’mirlash uchun 21,2 milliard so‘m pul mablag‘lari ajratilishi belgilangan. Bundan tashqari, joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkilotining “Turizm akademiyasi” ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshlaydi. Xullas, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” sifatida olib borilayotgan targ‘ibot kampaniyasi va soha rivojiga berilayotgan davlat darajasidagi e’tibor natijasida bu qadim kentga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi ortib boraveradi. Abdulaziz YO‘LDOSHEV Farmon ijrosi ta’minlanishini o‘rganish va xotin-qizlar faollari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, Abu Rayhon Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Gulchehra Sharayevaning huzurida bo’ldik. — Keyingi yillarda xotinqizlarimizga nihoyatda katta e’tibor qaratilmoqda, — deydi G. Sharayeva. — Faoliyatimiz mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda mahalla profilaktika inspektori bilan bevo si ta hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Vazifalarimizga to‘xtaladigan b o ‘ l s a k , o i l a i n s t i t u t i n i m u s t a h k am l a s h , d o im i y daromadga ega bo‘lmagan xotinqizlar bandligini ta’minlash, og’ir turmush sinovlariga duchor bo‘lgan va oilaviy zo‘ravonlikka yo‘liqqan xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash, profilartik nazoratda turgan xotin-qizlar bilan ishlash hamda migratsiyadagi va xorijga ketishni rejalashtirayotgan xotinqizlarimizga zaruriy maslahatlar va tushunchalar berishdan iborat. Bugungi kunda mahallada jami 786 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Ulardan 378 nafari 17 yoshga to‘lmagan yoshlardir. Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xotinqizlar 5 nafarni tashkil etadi. Joriy yilning oxiriga qadar ularni ham ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga 256 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Joriy yilning bugungi kuniga qadar, mahalla mas’ullari yordamida 18 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band etishdi. — Mahallamiz xotin-qizlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tizimli ravishda turli uchrashuv va seminar-treninglar o‘tkazib boryapmiz, — deydi u. — Xususan, joriy yilning yanvariyul oylari davomida FXDYo, shahar IIB va MIB mas’ullari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi, soha mutaxassislari xotinqizlarimizga zaruriy huquqiy maslahatlar berishdi. Bundan tashqari, 4-oilaviy poliklinika shifokorlari va hamshiralari bilan yaqin hamkorlik olib bormoqdamiz. Ular doimiy ravishda xotin-qizlarimiz bilan sog’lom turmush tarziga oid, ayniqsa yosh qizlarimiz bilan “Erta turmushga chiqishning oldini olish”, “Erta homiladorlik”, “Ayoll a r ni n g r e p r o d u k ti v s a l o m a t l i g i n i s a q l a s h ” mavzularida davra suhbatlari, seminar-treninglar olib borib, amaliy yordam ko‘rsatishyapti. Suhbatdoshim meni mahalla bo‘ylab sayrga taklif qildi. Ulkan chinorlar tegrasida joylashgan 5 qavatli turar joylar, mahalla hududidagi “Yoshlik” istirohat bog’i va soya-salqinda o‘ynab yurgan bolajonlar tabiatni asrash naqadar zarur ekanligini yana bir bor yodimizga soldi. Ochig’i, jazirama yoz kunlarida uy atroflari bu darajada soyasalqin bo‘lishi mumkinligi bundan keyin bizni tabiatga, daraxtlarga yanada e’tiborli bo’lishga undaydi. Mahallada “Yashil makon” umummilliy dasturidan kelib chiqib, o’tgan yili kuzda, joriy yil bahorda obodonlashritishko’kalamzorlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratildi. Mahalla xotin-qizlarining bu borada ko’rsatgan tashabbuskorligi ayniqsa, e’tirofga sazavor bo’ldi. Mazkur mahallaning maqtovga arzigulik tomoni shundaki, bu yerda oilabiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan ayollar mavjud emas. Ular o’rtasida jinoyatchilik qayd qilinmagan. Albatta, oilaviy nizolar bo‘lib turadi, lekin ular mahalla mas’ullari, faollar tomonidan tezda bartara f etilmoqda. Umuman olganda fuqarolar juda ahil va inoq. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo’lga qo’yilgan. B. RABBIMOV Deputatlik faoliyatim davomida okrugdagi saylovchilar bilan uchrashgach, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, yechimini topish borasida bor imkoniyatlardan samarali foydalanyapman. Men saylangan 14-Lolazor saylov okrugida Ahmad Yassaviy nomli, “Madadkor”, “Lolazor”, “Navbahor”, “O‘zbekiston”, Kamoliddin Behzod nomli hamda “Said” mahallalari joylashgan. Saylovoldi dasturim Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan belgilangan tashabbuslarga hamohang tarzda tuzilgan bo‘lib, unda hududlarni har tomonlama rivojlantirish bosh maqsad sifatida belgilangan. Shu asosda faoliyatim davomida joylardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib, tegishli mas’ullarni jalb qilgan holda tezkor bartaraf etishga alohida e’tibor qaratyapman. Bugungi kunda aholining eng ko‘p qiynayotgan muammolar shubhasiz, kommunal soha bilan bog‘liq. Shu bois, birinchi navbatda hududlarda ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashga e’tibor qaratayapman. Bundan tashqari, faoliyatimda aholiga transport xizmatlari ko‘rsatilishini tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashishning xavfsizligi va qulayligini oshirish, yo‘l infratuzilmasini barpo etish va rekonstruksiya qilish, zaxira ish o‘rinlari yaratish, aholi, shu jumladan, xotin-qizlar, nogironligi bor shaxslar, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar alohida o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda yangi usullardan foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqdaman. O‘z navbatida joylarda saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham joylardagi muammoli masalalar, ularning yechimi borasida takliflar, tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shu asosda tegishli tashkilo tlarga depu ta tlik so‘rovlari jo‘natib, ko‘plab muammolarga ijobiy yechim topayapman. Jumladan, yaqinda uyushtirgan deputatlik so‘rovim hududdagi “Lolazor”, “O‘zbekiston”, “Madadkor”, “Navbahor”, “Said”, Ahmad Yassaviy hamda Kamoliddin Behzod nomli mahallalardagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, kanalizatsiya, obodonlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlariga yo‘llagan 4 ta deputatlik so‘rovimdan “Lolazor” mahallasida joylashgan bog‘dagi daraxtlarga shakl berish, “Navbahor” mahallasida yangi ta’mirlangan ko‘chaning qayta buzilishi, Ahmad Yassaviy mahallasida ko‘chaning cho‘ki shi , “O‘ zbeki s ton” mahalla si hududidagi Bobir Mirzo va unga tutash ko‘chalarning chiqindilar bilan to‘lganligi, “Madadkor” mahallasi hududidan oqib o‘tgan Siyobcha kanalining 700 metr qismini tozalash, shuningdek, “Said” mahallasiga o‘rnatilgan yangi transformator ko‘pdan beri tarmoqqa ulanmayotganligi, Kamoliddin Behzod mahallasi Amir Temur ko‘chasi 92- uy oldida yuqori kuchlanishga ega elektr simlarning o‘zaro birlashtirilgan joyi ochiq holatda yotganligi kabi qator masalalar o‘rin olgan. Mavjud muammolarga yechim topish, ularni tezda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga yo‘llagan so‘rovimni nazoratga olganman. Ayni paytgacha deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash bilan bog‘liq muammolar yechimini topdi. Okrugdagi oxirgi uchrashuvim “Said” mahallasi aholisi bilan bo‘ldi. Unda shahar hokimligi, kommunal soha va sektor vakillari ham ishtirok etishdi. Aholi tomonidan hududdagi dolzarb muammolar bilan bog‘liq o‘ndan ortiq murojaat bildirildi. Jumladan, mahalla hududiga o‘rnatilgan yangi transformatorni markaziy tarmoqqa ulash, hududdagi 3 ta — Mingtut, Xoji Muin, Maqsud Shayxzoda ko‘chalaridagi yorilgan ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash kabi masalalarni saylovchilar o‘rtaga tashlashdi. Mutasaddilar bu bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berishdi. O‘z navbatida ushbu masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovi yo‘lladim. Fazliddin G‘AYBULLAYEV, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Deputat anketasi Islohotlar inson uchun XOTIN-QIZLARGA E’TIBOR oila mustahkamligini, jamiyat rivojlanishini, mamlakat barqarorligini ta’minlaydi Yurtimizda oila institutini mustahkamlash va xotinqizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan har bir mahallada mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgan edi. 1. Deputatlikka nomzod sifatida taqdim etgan saylovoldi dasturingizning qaysi bandini bajardingiz? 2 . Yaq inda uyusht irgan deputat l ik so‘rovingiz va uning natijasi? 3. Saylov okrugingizda qachon oxirgi marta uchrashuv o‘tkazdingiz, saylovchilarning taklif va tashabbuslari nimalardan iborat bo‘ldi? 4. Siz saylangan hudud aholisining hal etilishi lozim bo‘lgan eng muhim muammolari qanaqa? Nima uchun hal etilmayapti? “Silk road Samarkand” — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi
3 2023-yil 21-sentabr, payshanba, № 41 (2502) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Qarzdorlik gaz ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda OSOYISHTA YURTDA ERKIN IBODAT 137 ta loyiha, 4498 ta ish o‘rni Bilib qo‘ygan yaxshi Bandlik Shukrona Ogohlik — davr talabi KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ Как работает новый «Хаваси»? Nikoh shartnomasi tuzish shartmi? Bugungi kunda shahrimizda tab i iy gaz is te ’mo lch i lar i 125521 tan i tashk i l etad i. Ulgurji iste’molchilar soni 3954 tadan iborat. Jumladan, budjet va ijtimoiy soha tarmoqlarida tabiiy gazdan foydalanayotganlar soni 217 tadan ortiq. Bundan tashqari, suyultirilgan gazdan foydalanayotgan iste’molchilar soni aholi orasida 5548 tani tashkil etadi. B u d j e t va i j tim oi y s o h a iste’molchilari orasida suyultirilgan gazdan foydalanuvchilar yo‘q. Shuning uchun aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda gaz ballonlari taqchilligi ko‘zga tashlanmaydi. Negaki, har bir suyultirilgan gazdan foydalanuvchiga 3 tadan gaz balloni to‘g‘ri keladi. Jamoamiz tomonidan barcha iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rilmoqda. Ma’lumki, uzluksiz ta’minotni muntazam yo‘lga qo‘yish uchun tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi ta’minotchilar o‘rtasida foydalanilgan gaz uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi zarur. Biroq, bu boradagi muno saba tla r ko‘ngildagidek emas. Ayni paytda tabiiy gazdan foydalanishda debitorlik qarzi 40,7 milliard so‘mdan oshib ketgan. Uning 24,5 milliard so‘mi yakka tartibdagi iste’molchilar, ya’ni, aholi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy gazdan ulgurji foydalanuvchilar qarzi 16,2 milliard so‘mdan ortiqdir. Debitor qarzining oshib borishi gaz ta’minotidagi uzulishlarga sabab bo‘lishini unutmasligimiz lozim. Qarzdorlikni kamaytirishning eng samarali yo‘li tabiiy gazdan tejab, tergab foydalanishdir. Negaki, tejamkorlik barcha sohada bo‘lgani kabi tabiiy gaz ta’minotida ham muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar, shahardagi barcha tabiiy gaz ta’minoti tizimlari 3 bosqichdan 2 bosqichga o‘tkazilsa, gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilinsa va to‘liq ta’mirdan chiqarilsa, ayni paytda bir yilda yo‘qotilayotgan 77,7 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati yaratiladi. Buning uchun shahardagi 259 ta gaz taqsimlash punktlarini to‘liq ta’mirlash, ularga 36836 ta gaz bosimini maromlash uskunalari o‘rnatish, 2 kilometr uzunlikdagi tarmoqlarni rekonstruksiya qilish talab etiladi. 2023-yilda gaz tarmoqlarini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalash rejasiga ko‘ra shahrimizdagi 2 kilometr uzunlikdagi gaz tarmoqlari hamda 5 ta gaz taqsimlash shoxobchalarini to‘liq ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda. Aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun bir qator muammolarni hal etish zarur. Bu borada shaharda zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha Chuquryo‘l ko‘chasida 400 metr uzunlikdagi o‘rta bosimli gaz quvuri yotqizildi. Natijada Bog‘ishamol mavzesida joylashgan 5 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi. "SamAvto" korxonasi hududidan Sartepa maskanigacha bo‘lgan 450 metr uzunlikdagi o‘rta bosimli gaz quvurining ishga tushirilishi natijasida 20 ta ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholining talabi qondiriladi. Amaldagi yilning yanvar—iyul oylari mobaynida jamoamiz tomonidan 1178 ta gaz taqsimlash punktlari texnik nazoratdan o‘tkazildi, jami 1065 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Eng muhimi, iste’molchilar tomonidan foydalanilgan gaz to‘lovini vaqtida amalga oshirish vazifasi oldimizda turibdi. Agar, bu jarayonda uzilishlar bo‘lmasa, tabiiy gaz ta’minotida ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. Abduhamid O‘ROLOV, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanyapti. Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatni ich-ichidan yemirib, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi, fuqarolarning haqli e’tirozi ortib boradi. Mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiyaga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan: – Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (Nyu-York, 1996-yil 12-dekabr); – Korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); – Korrupsiya bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 4-noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo‘shimcha protokol (Strasburg, 2003-yil 15-may); – BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003-yil 31-oktabr) Bundan tashqari , BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. O‘zbekistonning 2008-yili BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilishi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi. Dastavval korrupsiyaning oldini olish bilan bog‘liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Byudjet kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017-yil yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi. Huquqbuzarliklar profilaktikaning asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yu k s al ti ri sh , qonuni yli kni mu s t ah k aml a sh , huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat. Mamlakatimiz kelajagi, xalqimiz faravonligi, yurtning rivoji va gullab-yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va pora berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi lozim. Shuningdek, jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning a’zosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir. X. XOLMO‘MINOV tayyorladi. Joriy yil yakuniga qadar shahrimizda 100 million dollardan ortiq to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investisiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, eksportchi korxonalar soni 95 tadan 150 taga oshirilishi ko‘zda utilgan. Bu orqali eksport hajmini 255 million dollarga (o‘tgan yilga nisbatan – 138 foiz) yetkazish rejalashtirilgan. Yil yakunigacha tasdiqlangan dasturlardagi qiymati 422,4 million dollarga teng bo‘lgan 137 ta loyiha ishga tushirilib, 4498 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shahar hokimligi axborot xizmati Sababi bilan qiziqsangiz, nikoh shartnomasi tuzilishiga qarshi bo‘lgan kishilarning aksariyati bu borada to‘liq tushunchaga ega emas. Ularning fikricha, nikoh shartnomasi faqat mulkiy manfaatni himoyalaydigan, oilaviy qadriyatlar, azaliy an’analarimiz, urfodatlarimizning buzilishiga olib keladigan amaliyot hisoblanadi. Aslida ham shundaymi? O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksiga 1998-yilda kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng nikoh shartnomasi tushunchasi paydo bo‘ldi. Shartnomada nikohlanuvchi shaxslarning yoki er-xotinning nikohda bo‘lgan davrida va er-xotin nikohdan ajrashgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuv nikoh shartnomasi hisoblanadi. Uning bir qator o‘ziga xos huquqiy xususiyatlari mavjud. Avvalo, bu shartnomani tuzish ixtiyoriy hisoblanadi va uni tuzish uchun majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu huquqiy hujjat nikoh davlat ro‘yxatiga olinguncha ham, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilib, notiarial tartibda tasdiqlanadi. Bu hujjatni er-xotinning o‘zaro kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin. Shartnoma tuzilishi uchun ko‘char va ko‘chmas mulk ob’yektlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, moddiy qiymatga ega boshqa ashyolar predmet — asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu hujjatni tuzishda taraflar davlat boji to‘lamaydilar. Nikohlanuvchilar nafaqat o‘zi, balki, farzandlarining kelajagini o‘ylab ham nikoh shartnomasi tuzishlari lozim. Negaki, ko‘p hollarda ajrimlar mulkiy nizolarni keltirib chiqaradi. Sudda, ajrim paytida er-xotin nikohni bekor qilishdan ko‘ra mulkni bo‘lib olish uchun kurashga kirishib ketadilar. Nikoh shartnomasi tuzilsa, bunday mulkiy nizolarning oldi olinib, o‘rtadagi mulk shartnomada belgilangan tartibda, qonuniy asosda bo‘linadi. Shartnoma faqatgina ajrim uchun tuzilmaydi. Ayrimlar bu hujjatni oilani moddiylashtirish vositasi sifatida qabul qiladi. Aslida u oilani mustahkamlash, erxotin totuvligini ta’minlashga xizmat qiladi. Taraflar shartnomaga imzo chekar ekan, o‘rtadagi mulkiy huquq va majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga oladi. Bugungi kunda ro‘y berayotgan ajrimlardan ayollar — xotinlar erga nisbatan ko‘proq moddiy va ma’naviy ziyon ko‘rmoqdalar. Ko‘pchilik o‘rtadagi mulkda ayol — kelinning mutlaqo haqi yo‘q, degan tushuncha bilan yashamoqda. Oqibatda, ajrimdan so‘ng ayrim kelinlar nafaqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkdan ajraladi, hatto farzandlari bilan uydan haydab chiqariladi. Bunday holatda otaga ko‘pincha alimentchi sifatida chora ko‘riladi. Agar, o‘rtada nikoh shartnomasi bo‘lganida ajralish haqida o‘ylashdan avval keyinchalik sodir bo‘ladigan mulkdan ajralib qolish xavfini o‘ylab, o‘sha erkaklar bunday qaltis qadam tashlamagan bo‘lar edi. Er-xotin o‘rtasidagi mulk ota-bobolarimiz zamonida ham taomilga kiritilgan bo‘lib, dinimizda ham mahr sifatida o‘z ifodasini topgan. Negaki, yigit uylanar ekan, o‘z oilaviy holatiga ko‘ra kelinga mahr bergan. Mahr pul, turli moddiy boyliklar, uy-joy ham bo‘lishi mumkin. Ana shu qadimiy taomilni bugungi kunda ham joriy etsak, uni nikoh shartnomasida qonuniy belgilab qo‘ysak, ko‘plab oilalarni saqlab qolgan, tirik yetimlar ko‘payishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardik. Umid NORQULOV, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Новое здание Самаркандского филиала Республиканского научного центра экстренной медицинской помощи распахнуло свои двери для жителей области. О том, как улучшилось качество обслуживания и что еще предстоит сделать, мы узнали у главного врача Толиба Усарова. Строительство нового медицинского центра в массиве Корасув г. Самарканда началось в декабре 2019 года. На эти цели затрачено 103,3 млрд. сумов из республиканского бюджета и 3,7 млн. долларов кредитных средств Всемирного банка, которые были направлены на оснащение и покупку современного оборудования. В новом здании, рассчитанном на 330 коек, есть хирургическое, терапевтическое, педиатрическое, реанимационное отделения на 45 коек, а также семь новых отделений высокотехнологичной диагностики. Новые отделения оснащены портативными рентген-аппаратами, мультиспиральной компьютерной томографией, аппаратом УЗИ, лапароскопами и электрокардиографами. Тем самым расширен охват больных до пяти тысяч человек в год. В настоящее время ежедневный поток составляет 300-350 пациентов в день. — Впервые на базе нашего центра мы запустили инновационную систему Еmergency department, — начинает диалог Толиб Усаров. — Данная система широко используется в международных клиниках и ориентирована на улучшение качества услуг и быстрому оказанию помощи неотложным больным. То есть каждый пациент, поступивший к нам, распределяется в зависимости от его состояния. Сразу у входа пациента встречает медперсонал и решает, куда направить — в "красную", "желтую" или "зеленую зоны". "Красная зона" — для экстренных больных, которым нужна незамедлительная медпомощь. В ней есть операционная, стерильная зоны и все необходимое оборудование. Здесь сконцентрировано работают все нужные специалисты. В этой зоне важна каждая секунда. "Желтая зона" — для пациентов со средней тяжестью заболевания и которые на данный момент не могут себя полностью обслуживать. В ней восемь коек. Здесь также имеются лабораторное оборудование и другая современная техника. В "зеленую зону" поступают больные, способные передвигаться. Словом, технологии emergency позволяют рассекать потоки поступающих больных. Там нет такой практики, когда на компьютерную томографию надо идти в другой корпус или на МРТ — на второй этаж, как это было ранее. Все под боком, операционная прямо здесь. Сразу несколько десятков человек работает в приемном покое при враче-координаторе. Расположение центра в отдаленном массиве Корасув ставит под сомнение вопрос доставки тяжелых больных в нынешних условиях "пробок" и ремонта дорог. — Конечно, проблемы существуют, но для приближения медпомощи людям в минувшем году в четырех районах области — Ургутском, Булунгурском, Пахтачийском, Иштыханском — открыты межрайонные центры сочетанных травм и острых сосудистых заболеваний. Еще один планируется открыть в городе Каттакургане. Все они оснащены новейшим оборудованием для обследования — МСКТ, цифровым рентгеном, гемодиализом, — продолжил наш собеседник. — До сегодняшнего дня, вне зависимости от района области, больные, нуждающиеся в неотложной помощи, должны были обращаться к нам, так как наш центр был единственным в регионе. Представьте, что больной, живущий в отдаленном селении и находящийся в критическом состоянии, нуждается в неотложной помощи? Как он мог приехать в областной центр? Теперь помощь они могут получить у себя. Рассказывая о планах, глава центра Толиб Усаров отметил, что в ближайшее время в медучреждении запланировано открытие отделения ангиографии. Сейчас двое врачей-кардиохирургов проходят стажировку и обучение в областном филиале Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра кардиологии. В планах и обучение специалистов трансплантологии. В минувшем году центр подписал меморандум с ведущими зарубежными клиниками Индии, США и Германии для обмена опытом и специалистами. В рамках данного меморандума в ближайшие дни к нам приедут специалисты из Германии, которые будут обучать наших врачей проведению сложнейших операций по пересадке органов. Замира БАЛТАЕВА. Фото автора Diniy sohada xizmat qilayotganimga chorak asrdan oshdi. Shu davr ichida qo‘ldan kelgancha yurtdoshlarimga islom dinining x is latu, faz i lat lar i, tarb iyav iy ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar berishga harakat qildim. O‘rgangan ilmimizdan kelib chiqib berayotgan maslahatlarimiz kimgadir manfaatli bo‘lsa, bizning yutug‘imiz shudir. Mamlakatimizning keyingi yillardagi tarixiga nazar solaylik. Turli og‘ir kunlar, ta’bir joiz bo‘lsa, muayyan qiyinchiliklarga duch keldik. Ammo sabr va shukur qildik, Allohga tavakkal qildik. O‘z tanlagan yo‘limizdan og‘madik. Mana bugun barcha qiyinchiliklar ortda qoldi. O‘tgan ishga salovat, deganlariday, endi bularni eslab o‘tirishni lozim topmayman. Ko‘pchilik e’tirof etayotganidek, bugun har bir soha o‘z yo‘nalishida taraqqiyotning yangi davrini boshidan kechirmoqda. Muqaddas dinimizga bo‘lgan e’tibor ham bugun har qachongidan boshqacha. Davlatimiz rahbarining bu mavzuda qilayotgan chiqishlari , mas’ullarga berayotgan ko‘rsatmalari masjidlar, madrasalar va muqaddas qadamjolar obodligiga sabab bo‘layotir. O‘zim faoliyat olib borayotgan “Darg‘om” jome’ masjidiga kelayotgan yoshlarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bu holat bizga qo‘shimcha mas’uliyat yuklashi bilan birga kuch-g‘ayrat ham beradi. Xalqimiz bugungi osoyishtalik soyasida erkin ibodat qilayotgan ekan, buni, shubhasiz, olib borilayotgan to‘g‘ri va oqil siyosat mevasi, deb bilamiz. Shunisi aniqki, endi kimdandir cho‘chib, atrofga alanglab ibodat qiladigan davrlar o‘tdi. Shunday kunlarga yetkazgan Yaratganga shukurlar qilib, tinchlik va xotirjam yashash, ishlash, ibodatlar qilish va bergan ne’matlari qadriga yetish zarurdir. Ma’murjon UZOQOV, “Darg‘om” jome’ masjidi imom-xatibi DA‘VOLAR BO‘LSA... Jomboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Mamatkulov Otabek Bolbekovich notarial idorasida marhuma Butayeva Mavjuda Muminovna (2017-yil 9-iyunda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Mamatkulov Otabek Bolbekovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Jomboy tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 4-uy. Kommunal xizmat Gaz ta’minotida qanday muammolar mavjud? Iste’molchi va ta’minotchi mas’uliyati Ko‘pchilikda shart emas, degan xulosa mavjud.
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 511 Adadi: 3 105 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 21-sentabr, payshanba, № 41 (2502) www.samarkandnews.uz SAMARQAND TIKLANGAN TARIX Ma’naviyatimiz sarchashmalari Premyera Viloyat musiqali drama teatrida nomi tarix sahnasida deyarli unut bo‘lgan buyuk ajdodimiz — Samarqand hokimi (amiri), Registon ijodkori va yetuk sarkarda Yalangto‘sh Bahodir olchin hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan tarixiy drama premyerasi bo‘lib o‘tdi. Taniqli ijodkor Farmon Toshev qalamiga mansub “Yalangto‘sh Bahodir” dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasiga ziyolilar, olimlar, tarix va adabiyot ixlosmandlari, talabalar jam bo’lishdi. Hayajonli va dramatik sahnalarga boy bo‘lgan sahna asarining har bir ko’rinishi tomoshabinlarning davomli olqishlari ostida o‘tdi. Dekoratsiya, sahna bezaklari, liboslar, aktyorlarning ijrosi e’tirofga sazovor bo‘ldi. Fikrimizcha, viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari zimmasiga yuklatilgan bu mas'uliyatli vazifani sidqidildan, a’lo darajada ado etishdi. Yalngto‘sh Bahodirning o‘gli – Boybekning o‘limi, unga atalgan marsiya, uning ruhi otasining yoniga kelishi sahnalari tomoshabinlar ko‘zlarini namlantirgan bo‘lsa, bozordagi qovun sotayotgan savdogar ishtirokidagi hazilmutoyibaga boy sahna ko’rinishlari hammaning samimiy kulgusiga sabab bo‘ldi. Erondagi turkiy hukmdorlar va jung’orlar bilan bo’lgan jang sahnalari o’ziga xos va betakror uslubda yaratilgan. Sherdor va Tillakori madrasalarining qurilish loyihalari hokimga taqdim etilishi va qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilishi sahnalari barcha tomoshabinlarni g’urur va faxr hislarini tuyishiga sabab bo‘lib. Shu bilan birga, Ona Yer va Yalangto‘sh Bahodirning shijoatli qizlari obrazlari tomoshabinlarda yorqin taassurotlar qoldirdi. — Bu tarixiy voqea. Yalangto‘sh Bahodir siymosini teatr va kinoda namoyish etishni Davlatimiz rahbari taklif qilgan edi, – dedi spektakl tugagach so‘zga chiqqan asar muallifi Farmon Toshev. — Mana, viloyat hokimligining ko‘magida tarixiy dramani sahnalashtirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu spektaklning barcha ijodkorlari o‘zimizning samarqandliklar. Hammamiz bir tanu bir jon bo’lib, birgalikda mazkur asarni yaratdik. Menga hozir xabar berishdi – bugun (15-sentabr) Yalangto‘sh Bahodir tavallud topgan kun ekan. U haqidagi sahna asarining bugungi premyerasi bu, albatta, juda katta ramziy ma’no kasb etadi. Dunyoning muammosi o‘zgarmaydi, libosi o‘zgarishi mumkin. Insonning vazifasi ham o‘zgaradigan narsa emas. Insonning vazifasi har doim bitta bo‘lishi kerak — inson qadrini ulug’lash, o‘zidan nimadir qoldirish va elga xizmat qilish. Asar mana shular haqidadir. Ajdodlarimizning shonli hayoti va faoliyatidan bir shingilini xalqimizga, yoshlarimizga taqdim etdik. Bugun sahnaga chiqqanlar haqiqiy qahramonlar, o‘z rollarini juda chiroyli va maromiga yetkazib ijro etib berishdi. Viloyatimiz hokimi Erkinjon Turdimovga, bizdan maslahatlarini ayamagan olimlarimizga, rejissyorimizga, teatr jamoasi va bu jarayonda ishtirok etgan barchaga katta rahmat. Premyeradan so‘ng, ko‘tarinki kayfiyat va yorqin taassurotlar bilan zaldan chiqib ketayotgan tomoshabinlardan spektakl haqidagi fikrlarini so‘radik. — Teatr jamoasi zimmalariga yuklatilgan vazifani mahorat bilan ado etishdi. Ochig’i, men kutmagan edim, spektakl juda chiroyli bo‘ldi, — dedi “Bog’imaydon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Toshpo‘lat Rahmatullayev. — Bundan b u y o n o i l a m b i l a n , nabiralarim bilan teatrga tez-tez kelib turishga qaror qildim . Bunday buyuk tarixiy shaxslarimiz haqida yo shlarimi zga ko‘proq ma’lumot berishimiz kerak. Koreya, Xitoy va boshqa davlatlar kinoijodkorlari yaratgan seriallar orqali ularning tarixiy shaxslari haqida ko‘plab ma’lumotlarni oddiy uy bekalari ham biladi, ammo o‘zimizning shunday buyuk tarixiy qahramonlarimiz haqida tarixchi olimlar ham bilishmaydi. Shu sababli tarixiy shaxslarimiz haqidagi bunday spektakllar, kino va seriallar ko‘proq yaratilsa, xalqimizning tariximiz va kelajagimizga bo‘lgan munosabati yanada yaxshilanar, boy tariximizdan hamma xabardor bo‘lar edi. “Yalang to‘ sh Bahodi r ” spek taklini sahnalashtirish, obrazlarni shakllantirish jarayonlari qay tarzda kechganligini bilish maqsadida teatr ijodkorlari bilan ham suhbatlashdik. — Bilamizki, buyuk sarkarda, Registon ansambli bunyodkori bo‘lgan Yalangto‘sh Bahodirning hayoti va faoliyati bugungi kun tomoshabinlari uchun juda qiziqarli mavzudir, — deydi sahnalashtiruvchi rejissyor G’ofur Mardonov. — Bu tarixiy shaxs haqidagi aniq va to‘liq ma’lumotlar keyingi yillarda yuzaga chiqa boshladi. Registonning ijodkori haqida shunday spektakl sahnalashtirishni Alloh nasib qilgan ekan, behisob shukur. Bu siymo haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, uning shaxsiyatini aniqlash jarayonlari juda qiziq va qaysidir ma’noda mashaqqatli kechdi. Sababi, doimo biror qahramonning portretini birinchi bo‘lib shakllantirish mas’uliyatli va mashaqqatli bo‘lgan. Bilamizki, bugungi kunga qadar xalqimizning bu milliy qahramoni siymosi kinoda ham, teatrda ham yaratilmagan. Dastlabki siymoni yaratish bizga nasib qilgan ekan. Biz Yalangto‘sh Bahodir faoliyatini yaqindan o‘rgangan va ilmiy tadqiqotlar olib borgan taniqli olimlarimiz — Erkin Musurmonov va Tolib Jo‘rayev, asar muallifi — Farmon Toshev bilan yaqindan hamkorlikda ishladik va ularning maslahatlariga amal qilgan holda ushbu obraz vujudga keldi. Buning natijasida uning qiyofasi, ish faoliyati, ruhiy kechinmalari, e’tiqodi, xalqning unga bo‘lgan ishonchi, mehri, uning kelajak haqidagi o‘y-fikrlari mujassamlashgan umumiy bir obraz yaratildi. Shubhasiz, bunday insonlar faoliyati xalqimizda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi. Biz avlodlar uchun bir necha asr muqaddam yaratilgan inshoot bugungi kunga qadar dunyoni lol qoldirishda davom etayotgani, bu Yalangto‘sh Bahodirning qalbi pok, iymoni butun bo‘lganidan dalolat beradi. Umid qilamanki, bugungi kun tomoshabiniga yaxshi bir ma’naviy ozuqa beradigan, Samarqand va Registon ansambli tarixini hikoya qilib bera oladigan badiiy bir spektakl namoyish eta oldik. — Teatrda 50 yildan beri faoliyat olib boraman, — deydi Ona Yer roli ijrochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Turg’unboyeva. — Biroq bugun ijro etgan rolim faoliyatim davomida eng esda qolarlisi bo‘ldi, desam mubolag’a bo’lmaydi. Yalangto‘sh Bahodir shaxsi qayta kashf qilinishi, uning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan spektakl shahrimizning muhtasham san’at maskanida namoyish etilishi tariximizni, o‘zligimizni anglash yo‘lidagi ulkan yutuq bo‘ldi. Chunki, tarix ummonida unut bo‘lib ketgan Yalangto‘sh Bahodir kabi ajdodlarimiz biz uchun, kelajak avlod uchun buyuk ishlarni amalga oshirishgan. Ular bugun bizga xalqni ardoqlashni, Vatanni sevishni, fidoyilik va jasoratni o‘rgatmoqda. Shuning uchun bu tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati chuqur o’rganilishi, ular haqida kitoblar yozilishi, sahna asarlari, badiiy filmlar yaratilishi kerak. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri Buyuk alloma , yi ri k diniy a rbob , naqshbandiylik tariqati rahnamosi Mahdumi A’zam – Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy 1463-yilda Koson shahrida tavallud topgan. Ilk ta’limni tug‘ilibo‘sgan maskanida oladi. Keyinchalik Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli allomalardan biri sifatida shuhrat qozonadi. Qirq yoshida Buxoroga ko‘chib kelgan Mahdumi A’zam o‘z ilmi va e’tiqodi bilan bu yerda katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ladi. Muhammad Qozi vafotidan keyin Naqshbandiya tariqati peshvolari uni tariqat yetakchisi sifatida e’tirof etishadi. Shundan so‘ng allomaning shuhrati butun Movarounnahr hamda atrofdagi mamlakatlarga keng yoyiladi. Mahdumi A’zam o‘z davrining piri murshidi sifatida faoliyati mobaynida “Asror-un nikoh”, “Risolai samo’iya”, “Odob-us solikin”, “G‘anijnoma” singari o‘ttizdan ortiq asarlar yaratdi. “Tuhfat az-zoirin” kitobida Hazrat Mahdumi A’zamning nasabi ham keltirib o‘tilgan. Mahdumi A’zamni o‘z davrida Samarqand hokimi, buyuk sarkarda Yalangto‘sh Bahodir o‘zining piri sifatida qabul qilib, uning avlodlarini benihoya e’zozlaganligi ko‘plab tarixiy manbalarda keltirib o‘tiladi. Mahdumi A’zamning qabri Samarqand yaqinidagi uning nomi bilan atalmish qishloqda joylashgan. Bugungi kunda bu joy obodonlashtirilib, qutlug‘ ziyoratgohga aylantirilgan. Bu yerdagi mashhur jome masjidi 1618-yilda Yalangto‘sh Bahodir tomonidan qurilgan. Mahdumi A’zam dafn etilgan qabriston ham o‘z davrining buyuk insonlari mangu makon topgan ziyoratgoh hisoblanadi. Yalangto‘sh Bahodir, Amir Sultonquli, Malika Iqlimabonu singari el ardoqlagan insonlarning qabri shu yerda. Ular qatorida Afg‘onistonda hukmronlik qilgan turkiy qavm vakillaridan Shoh Hidoyat ibn Shohqosim va Shoh Saodat ham shu yerga dafn qilingan. Taniqli shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Mahdumi A’zamga bag‘ishlab, uning diniy ta’limoti va tariqati haqida ruboiylar yaratdi. Mahdumi A’zam ham Bobur haqida “Boburiya” risolasini yozib, Hindistonga, shoh va shoirga jo‘natganligi tarixdan ma’lum. Shayboniy hukumdorlar ham Mahdumi A’zamni o‘zlarining piri sifatida qabul qilishgan. Mahdumi A’zamning tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, jumladan, naqshbandiylik ta’limotini yangi bosqichga ko‘targanligi va rivojlantirganligi tan olingan. Naqshbandiya tariqatining nazariyotchi tadqiqotchisi sifatida Mahdumi A’zamning alohida o‘rni bor. Uning asarlari asosan tasavvuf ta’limotiga bag‘ishlangan bo‘lib, Qur’oni Karim oyatlari, Hadisi sharif va ilg‘or sharq tafakkur ta’limoti namoyondalarining bu haqdagi munozaralari, fikrlari, qarashlari keng yoritilgan. Eng muhimi, tarixiy shaxslar va voqealar bayoni, ularga keng ma’noli sharh berilishi asarlar ta’siri va qiymatini oshirishga xizmat qiladi. Bu asarlar zamirida o‘z davrining yetakchi tariqatiga aylangan Naqshbandiya sil sila sining na za ri y qonun -qoidala ri jamlangandir. Ma’lumki, bu tariqat ustuvor bo‘lgan Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Sharqiy Turkiston singari keng hududlarda tariqat shayxlari boshqa tariqatlarni chetga surib, ijtimoiy va siyosiy ta’sir kuchini namoyon etishgan. Yirik hukmdorlar ham tariqat ta’siriga tushganligi ma’lum. Bu vaziyat boshqa tariqat vakillarini qarshilik sari chorlaganligi sir emas. Ana shunday sharoitda Mahdumi A’zam o‘z piri Xoja Ahrori Vali singari siyosiy-ijtimoiy jabhada yuqori mavqeni egallagach, ilmiy qarashlari orqali barcha tariqatlarni xalq farovonligi, yurt tinchligi yo‘lida o‘zaro kelishtirishga erishadi. Uning faoliyati o‘ziga zarar yetkazishi ham mumkin edi. Ilmi va iqtidori benihoya bo‘lgan pir bu kurashni o‘z qarashlari va bu qarashlar o‘z ifodasini topgan asarlari yordamida yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa tariqatlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berildi. Xurshida FAYZULLAYEVA, ilmiy tadqiqotchi O‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida Samarqandda "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo‘lib o‘tdi. "Challenge Family" xalqaro brendi ostidagi triatlon musobaqalari Samarqand turizm markazidagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida start oldi. "Challenge Samarkand" turnirining suzish bahslari eshkak eshish kanalida 1,9 kilometr masofada tashkil etildi. 86 kilometr masofani o‘z ichiga olgan velosport bo‘yicha poygalar "Silk Road Samarkand" majmuasidan boshlandi. U ikki davradan iborat bo‘ldi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim maqbarasi, "Siyob" dehqon bozoridan o‘tib, so‘ngra zamonaviy Samarqand ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Yugurish bellashuvlari esa "Silk Road Samarkand" majmuasi hududida o‘tkazildi va unda sportchilar 21,5 kilometr masofani bosib o‘tishdi. Ushbu musobaqalar doirasida triatlon bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etilgani jahon sport maydonlarida k e c h a d i g a n c h em p i o n a t l a r d a O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan mahoratli sportchilarni aniqlab berdi. Respublika birinchiligida yurtimizning eng kuchli triatlonchilari mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi. Ta’kidlash kerakki, "Challenge Samarkand-2023" sport festivalida 2000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishdi. Ular orasida xorijlik atletlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Bu esa xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani, j a h o n t a j ri b a si ni y u r timi z d a ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Xususan, bellashuvlarda Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi dunyoning 35 ta davlatidan sport ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borgani O‘zbekistonda sport turizmini ommalashtirishga xizmat qildi. Musobaqaning turli yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Ota-onalarning farzandlari bilan bahslarda ishtirok etgani oilalarda sog‘lom turmush tarzi ommalashishiga, mahallalarda jismoniy tarbiya va sport yanada keng quloch yoyishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. "Challenge Samarkand — 2023" sport festivalida O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari V.Mahmudov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. O‘zA ALLOMA, ARBOB VA PIR Besh asrdirki, mavlono Mahdumi A’zam ana shunday ardoqlanadi “Challenge Samarkand — 2023” O‘zbekiston sport shuhratini dunyoga namoyish etdi