ISSN 2010-6734 № 38 (2499) 2023-yil 31-avgust, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo‘lsin! Munosabat 31-avgust — Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni Shukrona YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN! Har yili Mustaqillik bayrami arafasida ushbu istiqlol ne’mati tortiq etilgan yillarning birida yosh oilamizda o‘tkazilgan ikki o‘g‘limning sunnat to‘yi va u bilan bog‘liq manzaralar ko‘z oldimda namoyon bo‘la boshlaydi. 1992-yilda sobiq Ittifoq ichidan zil ketgan. Mamlakatimiz mustaqil bo‘lgan, ammo do‘konlar, bozorlardan baraka uchgan: un, yog‘, shakar va shirinliklar, hatto, oddiy matolar ham ko‘zga tashlanmay qolayotgan paytlar edi. Bir necha yillik tayyorgarlikdan so‘ng avgust oyining oxirgi kuniga to‘yni belgiladik. Odamlar non do‘konida soatlab navbatga turishardi. Mahallamizdagi yagona novvoyxonada qop-qora “Jomboy uni”dan non yopilar, to‘yga avval buxanka non “zakaz” qilmoqchi bo‘ldik. Sex boshlig‘i odamlar norozi bo‘ladi, deb taklifimizni qabul qilmadi. Oxiri, mahalladagi novvoyga iltijo va iltimos qilib, to‘yga non yopib berishga ko‘ndirdik. To‘y dasturxoniga nonning yarmi peshma-pesh yetkazib turildi. To‘y avjida non yetishmay qolsa bo‘ladimi? Shoshilib, novvoyxonaga yugurdim. Novvoyxona tuynugi yonida 10—15 chog‘li odam to‘plangan, ular novvoyning: “Shu pishayotgan bir tandir nonni to‘yga beraylik”, — degan gapiga e’tibor ham berishmadi. Umidimni uzib uyga — to‘yxonaga qanday yetib kelganimni eslayolmayman. Hali dasturxoniga non qo‘yilmagan mehmonlarning yoniga yaqinlashishni ham istamay qoldim. Dasturxonda ovqat, yeguliklar bor edi-yu, ammo, non yo‘q edi! Shunday og‘ir vaziyatda qarindoshlarimdan biri dasturxondan yig‘ishtirib olingan non burdalari solingan xaltani ko‘tarib kelib qoldi. U uzr so‘rab, non burdalarini dasturxonga qo‘yib chiqdi. Mehmonlarning ko‘pchiligi non tanqisligi vaqtinchalik — ko‘pga kelgan to‘y ekanligini qayta-qayta tilga olib, meni xijolatdan saqlab qolgan edi. O‘sha to‘ydan so‘ng farzandlarim va nevaralarimning o‘ndan ortiq to‘yini o‘tkazdim. Allohga shukur, ilk to‘ydagi “Non yoki boshqa oziq-ovqat tanqisligi”ga boshqa duch kelmadim. Bugungi dorilamon zamonga yetishish ko‘pchilikning orzusi edi. Hozir to‘rt tarafingizga nazar tashlasangiz, albatta, to‘kinchilik, farovonlikka guvoh bo‘lasiz. Dilni og‘ritadigan, kishini o‘yga toldiradigani — odamlardagi bir o‘zgarish hamisha xayolimni faromush, ko‘nglimni g‘ash qiladi. Endi hovli, uylarda to‘y o‘tkazmaydigan bo‘ldik. Muhtasham, to‘ychi uchun ham, to‘yxo‘r uchun ham zamonaviy xizmat ko‘rsatadigan hashamatli to‘yxonalar to‘yimizni uy va hovlilardan “tortib oldi”. To‘ydagi to‘kinchilik, qulaylik borasida hech qanday muammo yo‘q. Shunga qaramasdan ayrimlarda bunday dorilamon zamonga nisbatan salbiy kayfiyat ham yo‘q emas. Prezidentimiz yaqinda Samarqandga tashrifi chog‘ida viloyatdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tilga olib: “Svet o‘chsa, odamlar viloyat hokimini emas, meni aybdor qilishadi”, — deya viloyat rahbariga dashnom berdi. Darhaqiqat, ko‘pchilik hayotimizda ro‘y berayotgan qulaylik, farovonlikni e’tibordan chetda qoldirib, ko‘proq vaqtinchalik muammolarga e’tibor qaratadigan bo‘lib qoldi. Axir, bundan 5-6 yil muqaddam quyosh botgandan tong otguniga qadar 50 martalab (!) chiroq o‘chganiga guvoh bo‘lgan siz va biz emasmi? Kecha qanday muammolar girdobida edik, bugun ularning aksariyati hal etildi. Eng muhimi, to‘kin, obod va tinch makonda yashayapmiz. Buning uchun Yaratganga shukrona keltirib, yaxshi niyatlar bilan duoga qo‘l ochish o‘rniga ijirg‘anib, ayrim muammolar uchun rahbariyatni ayblash fikridan qaytmayotganlar ham yo‘q emas. Ularga qarata o‘tgan kuningni ko‘z oldingga keltir, bugungi kunning qadriga yetib yasha, deging keladi. Axir, jadidchi bobolarimiz, qatag‘on tegirmoniga tashlangan avlodlarimiz bu kunni orzu qilib, shu kun uchun jonlarini fido qilmadilarmi?! Siz va bizga shunday dorilamon kunlarni ko‘rish nasib etganiga shukr qilsak, ularning porloq xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni bildirgan bo‘lamiz. Quvondiq XALILOV, jurnalist — Muzaffar aka, muzey, uning bo‘limlari haqida ma’lumot bersangiz. — Muzeyimiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyini va Oliy ta’lim muassasalari tizimida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” xotira muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Muzey 2018-yil 29-avgustda ochilgan va SamDU Geografiya va ekologiya fakulteti binosida, 120 kvadrat metrlik ekspozitsiya maydonida joylashgan. Muzeyning asosiy ekspozitsiyasi quyidagi 8 ta bo‘limdan iborat: 1. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi va mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi kurashi. Samarqandning bosib olinishi (1868—1900-yillar). 2. Milliy tiklanish, uning namoyon bo‘lishi va amaliy yo‘nalishi (1901—1917-yillar). 3. Turkiston muxtoriyati, uning qonga botishi va Sovet davlatining qatag‘on siyosatining boshlanishi (1917—1924-yillar). 4. Sovet hukumatining jamoalashtirish va mulkdan chiqarish siyosatining fojiali oqibatlari (1929—1936-yillar). 5. 1937-1938-yillardagi siyosiy qatag‘onlar. 6. 1940—1950-yillardagi siyosiy qatag‘onlar. 7. XX asrning 80-yillari "Paxta ishi" kampaniyasining boshlanishi, asossiz ayblanganlar va ularning nomini oqlash. 8. Mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, milliy o‘zlikni anglash va rivojlantirish chora-tadbirlari (1991-2018-yillar). – Muzeyda o‘tgan asrning 30-yillarida O‘zbekistonda qatag‘on boshlanganiga oid qanday eksponatlar mavjud? – Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 30-yillari oxirida sobiq totalitar tuzumning keng ko‘lamli qatag‘onlari O‘zbekistondagi boylar – quloqlarning mulklarini tortib olish va ularni turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan turli joylarga — Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Qozog'iston va Sibirga surgun qilinishi bilan boshlangan. 1930—1933-yillarda O‘zbekistonda 5,5 ming dehqon xo‘jaligi vayron bo‘lib, odamlar turli joylarga surgun qilindi, ularning aksariyati ochlik va kasallik tafayli osha joylarda halok bo‘lishdi. (Davomi 3-sahifada) Joriy yil ham O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmonlari bilan yurtimizning bir guruh fidoyi insonlari yuksak unvon, orden va medallar bilan taqdirlanishdi. Taqdirlanganlar viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida samarali mehnat faoliyati bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘lib, davlat mukofotlariga munosib ko‘rilganlardir. Ularga davlat mukofotlarni tantanali topshirish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taqdirlanganlarni tabriklab, ushbu mukofotlar viloyatimiz ahliga bo‘lgan o‘ziga xos e’tirof va e’tiborning namunasi ekanligini ta’kidladi. Bunday ishonchga munosib bo‘lib, bundan keyin ham samarali faoliyat bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish har bir samarqandlik yurtdoshimizning yelkasidagi ulkan mas’uliyat ekanligini qayd etdi. Shundan so‘ng mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. — Mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligi bardavom bo‘lib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar na ti jasida O‘zbeki s tonimiz yanada gullab-yashnashiga ishonaman, — deydi Samarqand shahri nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, “Do‘stlik” ordeni sohibi Abdushukur Muhammadqulov. — Yurtimiz mustaqilligining ilk yillarida muammolarga qisman bo‘lsa-da guvoh bo‘lgan shaxs sifatida shuni alohida qayd etishim kerakki, mustaqillik, tinchlik, farovonlik o‘z-o‘zidan bo‘ladigan narsa emas. Unga erishish uchun yaqin o‘tmishda qanchadan-qancha umrlar zavol bo‘ldi?! Shuning uchun barchamiz birdek Mustaqilligimizni ko‘z qorachug‘idek asrash, uni mustahkamlashga bor kuch va imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim. Mukofotni qabul qilib olarkanman, keksa bo‘lsamda qalbimda yurtim ravnaqi uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga bo‘lgan shijoat yana ming chandon oshdi. Yurtimizning dorulamon kunlari bardavom bo‘lib, mamlakatimiz bundan-da taraqqiy etsin! A. ISROILOV Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida keng qamrovli hamda o‘ta samarali masalalar muhokama etildi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar katta siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va ijtimoiy ahamiyatga egaligi bilan ahamiyatlidir. Ularni to‘laqonli bajarish, amaliy natijalarni yanada mustahkamlash yo‘lida olib boriladigan ishlar soha vakillari, o‘qituvchilar, pedagoglar bilan bir qatorda biz, deputatlar zimmasiga ham ulkan vazifalarni yuklaydi. Yig‘ilishda Prezident Sh. Mirziyoyev joriy yilda maktabni bitirgan 387 ming nafar yoshlarning, 138 ming nafari oliygohga kirgani, yana 54 ming nafari professional ta’lim bilan qamrab olinganini qayd etib, qolgan 190 ming nafardan ortiq yoshlar taqdiri haqida qayg‘urib gapirdi. Shuningdek, Oqdaryo tumanidagi 32-umumiy o’rta ta’lim maktabida tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgani, bu maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish bo’yicha mutaxassis, ipakchi, mebelchi-duradgor, avtomobil ustasi, chilangar kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatilayotgani, shu bilan birga ular 2 ta chet tilini o‘rganayotgani alohida ta’kidlanidi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab viloyatimizdagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizimni joriy etish, qolgan viloyatlarda ham yil yakuniga qadar har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo‘lga qo‘yish topshirildi. Albatta, buning zamirida qancha izlanishlar, qancha mehnat talab qilinsada, bu yosh avlodning porloq kelajagi, ertangi kuniga umid, bugunidan rozi bo‘lib yashashi uchun qo‘yilgan katta qadamdir. Janubiy Afrikadagi Stellenbosh universitetiga kirish eshigi oldida quyidagi yozuvni o‘qishingiz mumkin: “Har qanday davlatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanish shart emas, faqat ta’lim sifatini pasaytirish va talabalarga imtihonlarda ko‘chirish imkonini berish kerak. Bemorlar ana shunday shifokorlar qo‘lida o‘lishadi. Binolar bunday muhandislar qo‘li bilan vayron bo‘ladi. Bunday iqtisodchi va hisobchilarning qo‘lidan pul qochadi. Bunday advokatlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qoladi. Ta’limning qulashi – millatning yemirilishidir”. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanman yuqoridagi fikr e’tiborimni tortdi. Darhaqiqat, davlat hamda jamiyat ravnaqi yosh avlodning intellektual salohiyati, intilishi, shijoati bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, ta’lim-tarbiyani zamon talablari asosida takomillashtirishga, ta’lim sifatini yuksaltirishga mamlakatimiz barqaror rivojining muhim sharti sifatida yondashilayotgani ayni muddaodir. Zero, ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazish bugun barchamizning ulug‘vor maqsadimizga aylanmog‘i zarur. Muhiba SAYFIDDINOVA, shahar Kengashi deputati Shu kunlarni kutmaganmidik? Dunyo taraqqiyotining shiddati barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga ham yangicha yondashuvni, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilishni taqozo etayapti. Darhaqiqat, keyingi yilllarda mamlakatimizda ham ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib vorislarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish borasidi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Sohani yanada yuksaltirish borasida qabul qilingan qator davlat dasturlari, qonun hujjatlari asosida ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda yanada jadal tus olmoqda. Mustaqillik, hurlik, tinchlik! Bu so‘zlarning ortida qanchadan-qancha ayanchli taqdirlar, azob-uqubatlar, mislsiz mehnat, fidoyilik, jasorat yotibdi. Shu bois, yurtimiz mustaqillik sanasi har yili katta shodiyonalar, shukronalik tadbirlari bilan qarshi olinadi. Yurt ozodligi uchun qanchalik mashaqqat chekilgan bo‘lsa, uni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakat rivojini ta’minlash uchun undan-da ortiqroq mas’uliyat, fidoyilik talab etiladi. Jonajon vatanimiz mustaqilligi, taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, sadoqat bilan mehnat qilganlar an’anaga ko‘ra istiqlol ayyomida davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlanadi. TA’LIMNING QULASHI MILLATNING YEMIRILISHIDIR Yurt fidoyilari 31-avgust — Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Muzaffar MUQIMOV bilan suhbatlashdik. YUKSAK UNVON, ORDEN VA MEDALLAR — O‘ZIGA XOS E’TIROF
2 2023-yil 31-avgust, payshanba, № 38 (2499) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Oliy ta’lim qamrovi 50 foizga oshadi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida 100 ta maqsadni ko‘zda tutadi. 1. Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratiladi. 2. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligi ta’minlanadi. 3. Suv resurslarini tejash va atrofmuhitni muho faza qilishga e’ tibor kuchaytiriladi. 4. Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi tashkil etiladi. 5. Mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlari davom ettiriladi. 2023-yilning dastlabki choragida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizga o‘sdi. * * * Mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 5,5 foizni tashkil etdi. * * * Hisobot davrida bozor xizmatlari hajmi — 10,9, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi o‘sishi 3,2, sanoatning o‘sishi — 4,1, qurilish sohasining o‘sishi — 4,5, chakana tovar aylanmasining o‘sishi — 5,2 foizdan oshdi. * * * Jahon banki prognozlariga muvofiq O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 5,1 foizni, Osiyo taraqqiyot bankining xulosalariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. * * * O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yilda mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi 4,5-5 foiz darajasida bo‘lishini ma’lum qildi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlar faol ish olib bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lmoqda. Ayni paytda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar 6 toifaga ajratilgan holda ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, sektorimiz hududida yashovchi 3971 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, ulardan 2956 nafariga tegishli toifalar asosida moddiy, huquqiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar birinchi toifaga kiritildi. Ishsiz, lekin ishlash istagi bo‘lgan ehtiyojmandlar ushbu toifadan o‘rin oldi. Sektor hududida bu toifadagi xotin-qizlardan 880 nafari kasb-hunarga o‘qitilib, bandligi ta’minlandi. Ularning ko‘pchiligi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Ikkinchi toifadagi xotin-qizlar, ya’ni, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 166 nafar ehtiyojmand ayolning har biriga 5 million so‘mdan 33 million so‘mgacha miqdordagi imtiyozli bank kreditlari berildi. Bu borada mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ish olib borildi. Uchinchi toifga ega xotin-qizlar boquvchisini yo‘qotganlar, umr yo‘ldoshi og‘ir kasallikka chalinganlar, I-II guruh nogironligi bo‘lganlar hamda nikohi bekor qilinganlarni tashkil etadi. Sektorimiz hududida ularning soni 731 nafarni tashkil etadi. Ularga Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bir martalik moddiy yordam miqdori 1,2 million so‘mdan iborat. M e h n a t g a l a y o q a t s i z , o ‘ z g a l a r yordamiga muhtoj, tez tibbiy muolajaga talabgor I-II guruh nogironligi bo‘lgan ayollar 4-toifaga kiritilgan bo‘lib, ularning ham har biriga 1,2 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 7 nafar xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi. Uy-joyga ehtiyojmand xotin-qizlar keyingi toifadan o‘rin olgan bo‘lib, ularni doimiy yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bir xonadonda 3 va undan ortiq oila istiqomat qilayotgan holatlar atroflicha o‘rganilib, ularni iloji boricha uy-joy bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ana shunday ehtiyojmand xotin-qizlar uchun agar ular ijarada turishsa, ijara haqining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘m to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yilib, bu qulaylikdan 17 nafar ayol foydalanmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan oxirgi — oltinchi toifaga mansub nogironligi bo‘lgan farzandli, ehtiyojmand xotin-qizlardan 397 nafari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga ham yuqoridagi miqdorda moddiy yordam ajratildi. Bundan tashqari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik suhbatlar o‘tkazish tizimi ham faol ishlamoqda. Bu qulayliklar xotin-qizlar faolligini oshirishga xizmat qilayotganligi shubhasizdir. Elyor TOLLIYEV, shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining to‘qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri, deputat F. Ochilov olib bordi. Deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi tasdiqlangach, undan o‘rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Shahar hokimi F. Umarov shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarda aholi muammolarini bartaraf etish hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida hisobot berdi. Hisobotda shu yilning 24-avgust kuni davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘i berilgan topshiriqlariga asosan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yil yakuniga qadar belgilangan aniq vazifalar ham keltirib o‘tildi. Prezidentning bu boradagi topshirig‘i 4 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, u bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularga munosib ish taklif etish orqali yurtimizga qaytishi uchun zarur choralar ko‘rish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investorlarni jalb qilish, eksport hajmini ko‘paytirish, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi tadbirlarni kuchaytirishdan iboratdir. Hisobot beruvchi shaharda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmatlar hajmini ko‘paytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmi va eksportchi korxonalar sonini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy byudjetga soliq va majburiy to‘lovlarni tushirish rejalari yilning birinchi yarmi mobaynida oshirib bajarilganligini ta’kidladi. Bandlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, “daftar”larga kiritilganlarga amaliy yordam ko‘rsatish ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda mehnatga yaroqli bo‘lgan aholining 91,6 foizi ish bilan band. Ko‘rilgan choratadbirlarga qaramasdan garchi, rejalar bajarilayotgan bo‘lsa-da, bu boradagi muammolar hamon o‘z yechimini topmagan. Shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Y. Bobonazarovning hisobotida obodonlashtirish bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarishlarga alohida urg‘u berildi. Lekin shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamma joyda ham davr talabiga javob bermayotganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari A. Mutalibov va “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limi boshlig‘i J. Zugurovlarning shu yil yanvar—iyun oylari mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi qoldiq mablag‘larining ishlatilishi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashining 2023-yil 28-martda belgilangan “Samarqand shahar ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan muammolarni tizimli hal etish maqsadida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi ro‘yxati va “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash haqida”gi masalalar ham deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi. Kun tartibida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach, sessiya o‘z ishini nihoyasiga yetkazdi. Yaqinda adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqandda bo‘lib, viloyatdagi adliya organlarida va adliya tizimi xodimlarining ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay sharoitlar yaratish borasidagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Vazir shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va samarali foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Ularni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, markazda xizmatlardan foydalanishda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar bilan tanishdi va yaratilgan boshqa qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. — Ma’lumki, Samarqand shahri “millionlik” shaharga aylantirilmoqda, — deydi Akbar Toshqulov. — Natijada, shaharning o‘zi 5 ta tumanga bo‘linadi. Bu o‘z navbatida shahar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun yanada keng sharoitlarni yaratishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan shaharda kelgusida bir nechta yangi markaz binolari qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shu tumanlarda zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari ishga tushiriladi. Ularning dastlabkisi Qorasuv massivida qad rostlaydi. Tashkiliy ishlarni hozirdan boshlab yuborganmiz. A.Toshqulov tizim mas’ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar yuzasidan fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, takliflar bilan qiziqdi, kerakli tavsiyalarni berdi. Shuningdek, vazir Samarqand yuridik texnikumi binosini ham ko‘zdan kechirdi. Muassasa faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishlar bilan tanishdi. M. HASANOV Dastlab shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Yunus Bobonazarov boshqarma tomonidan 2023-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan hisobot berdi. Shaharda obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirishning salmog‘i, soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yog‘in-sochin mavsumga tayyorgarlikning borishi bilan bog‘liq masalalar haqida fikr yuritildi. Yig‘ilishda “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limi boshlig‘i J. Zugurovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi 159-sonli qarorning 7-ilovasi, 12.1 bandining 2023-yilda Samarqand shahridagi ijrosi bo‘yicha bergan hisoboti muhokama etildi. Deputatlar, doimiy komissiya raislari yig‘ilish kun tartibida belgilangan masalalarning barchasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Muammolarni bartaraf etish borasida tegishli tartibda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va sessiyaga takliflar bildirilishiga kelishib olindi. B. ERKINOV Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqasi bu safar 3-sentabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir musobaqa, bir maqsadda — birga yuguramiz!” shiori ostida tashkil etiladigan "Yangi nafas" ommaviy musobaqasida mamlakatimizning Toshkentdan — Termizgacha, Andijondan — Nukusgacha bo‘lgan ulkan hududi bo‘ylab o‘tkaziladi. Musobaqaning rasmiy ochilishi ertalab soat 6:30 ga belgilangan. Samarqandda o‘tkaziladigan ommaviy yugurish musobaqasiga belgilangan vaqtda “Buyuk ipak yo‘li” turizm majmuasi ostonasidagi kuylovchi fantan yonida start beriladi. Marra chizig‘i esa “Boqiy shahar” hududida joylashgan bo‘lib, eshkak eshish kanali bo‘ylab o‘tkaziladigan yugurish musobaqasi 3 ming metrga cho‘zilgan. Toshkentda musobaqani 3 va 10 kilometr masofaga o‘tkazish rejalashtirilgan. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasini tashkil etishga bag‘ishlangan hududiy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tegishli sport turlari bo‘yicha federatsiyalar mas’ullari ishtirok etishdi. Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov anjumanda so‘zga chiqib, bu galgi musobaqani o‘tkazish bilan bog‘liq yangiliklar, qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 16 ta shahar va tumanlar mas’ullarining tayyorgarlik bilan bog‘liq hisobotlari eshitildi. O‘z muxbirimiz Muhim muammolar deputatlar muhokamasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi 100 EZGU MAQSAD SARI IQTISODIYOT TARAQQIYOTI TADBIRKOR — BUNYODKOR SIFATLI TA’LIM UFQLARI SOG‘LIQNI SAQLASH Bugungi kunda O‘zbekistonda har ming kishidan deyarli 14 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. * * * Oxirgi to‘rt yarim yil mobaynida 470 ming 356 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etildi. * * * Hozirgi paytda kichik korxona va mikrofirmalarning 37,6 foizi savdosotiq, 16,7 foizi sanoat ishlab chiqarishi yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. * * * Oxirgi 1 yil ichida Prezidentning tadbirkorlik, xususiy biznesga doir 70 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. * * * Keyingi 1 yil mobaynida tushumi 1 million dollardan ortgan tadbirkorlik subyektlari soni 21 mingtadan 26 mingtaga yetdi. * * * Tova r aylanma si 1—10 million dollargacha bo‘lgan tadbirkorlar soni ming nafarni tashkil qildi. * * * 220 nafar tadbirkorning tushumi 100 million dollardan oshdi. * * * Eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, umumiy eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining dastlabki yo‘nalishi ta’lim sohasiga bag‘ishlanib, o‘z ichiga 44 ta maqsadni olgan. * * * 2 0 3 0 -yil g a q a d a r b ol al a r ni n g maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan qamrov darajasi 100 foizga yetkaziladi. * * * Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi amalga oshiriladi. * * * Oliy ta’lim qamrovi 50 foizga oshadi. Kelgusi 7 yil mobaynida 700 ta yangi poliklinika binosi barpo etiladi. * * * Shifoxonalarda 28 mingta yangi o‘rin yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. * * * Shifokorlar soni yangi shtatlarni tashkil etish munosabati bilan ularning soni 16 ming kishiga ko‘payadi. * * * Tug‘uruqxonalardagi o‘rinlar soni 35 foizga oshiriladi. So‘z — sektor rahbariga Doimiy komissiyalarda Ayollarni ijtimoiy himoyalash—burchimiz YANA 4 TA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI ISHGA TUSHADI OBODONLASHTIRISH TIZIMI QISHKIKUZGI MAVSUMGA SHAYMI? Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatida barcha doimiy komissiya raislari hamda Kengashning Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha, Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aynan shu savolga javob izlandi. Matbuot anjumani “Yangi nafas” yangicha o‘tkaziladi Qabul qilingan qaror ijrosini o‘rganish va yoshlar yetakchilari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, shahrimizdagi Xo‘ja Yusuf nomli mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dilniyoz Sattorovning huzurida bo‘ldik. — Sodda qilib ay tadigan bo‘lsak, asosiy vazifamiz yoshlar bilan ishlashdan iborat, — deydi suhbatdoshimiz. – Mahallamiz yoshlari to‘g’risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish va ularning bo‘sh vaq tla rini ma zmunli ta shkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, turli tashabbuslarini rag’batlantirish, vatanparvarlik hissini oshirish, bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, bularning barchasi “yoshlar bilan ishlash”ning tarkibiy qismlaridir. Mahallamizda 14-30 yoshli yigitqizlar 339 nafarni tashkil etadi, shundan 3 nafarining nogironligi bor. Nogironligi bo‘lgan yoshlarimizning biri tikuvchilik faoliyati bilan shug’illanadi, yana biri yakka tartibdagi tadbirkor — oziqovqat do‘koniga ega. Nogironligi bo‘lgan uchinchi fuqaromizning ahvoli biroz og’irroq. Shu sababli mahalla raisi, hokim yordamchisi bilan birgalikda ushbu mahalladoshimizning davolanishi uchun saxovatpesha insonlar, turli jamg’armalar hisobidan mablag’ ajratildi. Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan 12 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Ularning 2 nafarining bandligi ta’minlanib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. 2 nafar yigitning harbiy xizmat pullari to‘lab berildi. Bundan tashqari, 2 nafar iqtisodiy sharoiti og‘ir talabaning to‘lov shartnoma pullari to‘lab berildi. Yil oxiriga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan qolgan mahalladoshlarimizning ham muammolarini hal qilish rejalashtirilgan. Yoshlar yetakchisi mahallada huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan 5 nafar balog’atga yetmagan yoshlar borligini ma’lum qildi. Ular bilan muntazam ravishda profilaktika insektori bilan hamkorlikda suhbatlar o‘tkazib, ularni turli to‘garaklarga yo‘naltirganini alohida ta’kidladi. Mahallada bo‘lganimi zda hududdagi stadionda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol musobaqasiga guvoh bo‘ldik. — Yo s h l a r n i n g b o ‘ s h vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahallamizdagi 30-maktabning sport zali soat 16:00 dan 23:00 gacha mahalla yoshlari ixtiyorida bo‘ladi, — deydi suhbatdoshimiz. – Bundan tashqari, yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, maktabning faollar zali, informatika xonasi va kutubxona doimo ochiq bo‘ladi. U yerda yoshlar uchun muntazam ravishda turli madaniy tadbirlar, intellektual o‘yinlar, kiber sport mashg’ulotlari, adabiy uchrashuvlar tashkil etib kelayapmiz. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri Kelajakka e’tibor Yurtimizda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan, ularning ta’lim olishi, salomatligi, qiziqishi, xohish-istaklari davlat siyosati darajasida. Keyingi yillarda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish maqsadida har bir shaharcha, qishloq va ovulda, har bir mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi tegishli qarori bilan yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan edi.
3 2023-yil 31-avgust, payshanba, № 38 (2499) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Chegaradan qariyb bir million kishi o‘tdi Samarqandlik qatag‘on qurbonlari Ochiqlik va shaffoflik Sayyor sud DA’VOLAR BO‘LSA... Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Nurqosimov Jamshid Sayfiddinovich notarial idorasida marhum Isayev Ismoil Tagiyevich (2023- yil 31-yanvarda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Nurqosimov Jamshid Sayfiddinovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Panjob ko‘chasi, 4-uy. KIRIB-CHIQQANLAR SONI OSHDI Viloyatimizga yil boshidan buyon “Samarqand aeroporti” va “Jartepa” Chegara-bojxona postlari orqali jami 967 ming kishi kirib kelgan. Ulardan 437 ming nafari aeroport orqali, 530 ming nafari “Jartepa” chegara-bojxona posti orqali harakatlangan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan har ikki post orqali kirib-chiqqanlar soni 494 ming kishiga oshgan. 17,2 MILLIARD SO‘MLIK NOQONUNIY TOVAR AYLANMASI TO‘XTATILDI 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida bo jxonachilar tomonidan 638 ta huquqbuzarlik holatlari qayd etilib, hududimi zga che tdan noqonuniy kiritilayotgan 17,2 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Jami qiymati 525,5 million so‘mlik vazni 1,2 kilogramm bo‘lgan oltin va boshqa zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi. 1167 dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar qonunbuzarlardan olinib, musodara etildi. Yanvar—iyul oylari mobaynida jami 25 ta holatda giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar bilan noqonuniy faoliyat o‘tkazish holati aniqlanib, qo‘lga olingan ashyoviy dalillar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 kilogramga oshgan. Xorijiy valyutani olib chiqishga urinish kuchaymoqda Yilning dastlabki 7 oyi davomida umumiy qiymati 175160 AQSH dollariga teng naqd xorijiy valyutalar mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishiga bo‘lgan jinoiy harakat kuzatildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 hissa ko‘pdir. DORI-DARMON VA TAMAKI MAHSULOTLARI HAM TO‘XTATILDI Umumiy qiymati 2 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 146618 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmadi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida qiymati 947,7 million so‘m bo‘lgan 5026 quti tibbiy dori vositalari va buyumlari ashyoviy dalil sifatida qo‘lga olindi. Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan 17 nafar yozuvchi va shoir, jurnalistlar, tasviriy san’at namoyandalari, qo‘shiqchi, foto va dizayn ustalari “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlari bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgani aytib o‘tildi. Taqdirlash tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari R. Qobilov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist F. Toshev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi va g‘oliblarni taqdirladi. YOZUVCHI VA SHOIRLARNING BADIIY ASARLARI, JURNALISTLARNING PUBLITSISTIK NASHRLARI NOMINATSIYASI BO‘YICHA Norxo‘ja Choriyev – “Az ishqi tu to ishqi Haq” she’riy kitobi uchun; Tozagul Jumanova – “Mumkiniston mamlakatiga sayohat” nasriy ertaklar kitobi uchun; Abdualim Sulaymonov – “Zulmat va ziyo” qissasi uchun. BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARINING IJODIY ISHLARI NOMINATSIYASI BO‘YICHA Dilmurod To‘xtayev – «Zarafshon» gazetasi muxbiri; G‘ulom O‘rolov – “Bulung‘ur hayoti” gazetasi muharriri; Guljahon Mustafoyeva – “Past Darg‘om haqiqati” gazetasi muxbiri. INTERNET-JURNALISTIKA NOMINATSIYASI BO‘YICHA www.kathaq.uz – Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasi veb-sayti; www.samarkandnews.uz – Samarqand shahar «Samarqand» gazetasi veb-sayti. TELEVIDENIYE VA RADIO IJODKORLARINING MATERIALLARI NOMINATSIYASI BO‘YICHA Lutfulla Shomurodov – viloyat teleradiokompaniyasining televideniya guruhi o‘z muxbiri. Rahima Davirova – viloyat teleradiokompaniyasining radio guruhi maxsus muxbiri; Sherzod Qahhorov – viloyat teleradiokompaniyasi teleoperatori. TASVIRIY SAN’AT, FOTO ASARLARI VA DIZAYN ISHLARI NOMINATSIYASI BO‘YICHA Xurshid Xalilov – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, yosh rassom, dastgohli rangtasvirchi; Mohina Qurbonova – “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi dizayneri; Bunyodjon Shavkatov – “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi fotodizayneri. SAN’ATKORLARNING YURTNI MADH ETUVCHI KUY VA QO‘SHIQLARI NOMINATSIYASI BO‘YICHA Bahodirjon Xo‘jayev – «Samarqandim» qo‘shig‘i uchun; Islomiddin Xudoyberdiyev – “Vatan zikri” qo‘shig‘iga bastalangan musiqasi uchun; Shuhrat Isaqulov – Kinomotografiya agentligi viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida suratga olingan “Umidli dunyo” filmi uchun. * * * O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, bulung‘urlik Xolboy Qosimov viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. A ho l i o ‘ r ta s ida h uq uq iy mada n iya t n i shakllantirish, islohotlarning muvoffaqiyatli amalga oshirilishi davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan sud nazoratini o‘rnatish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bu borada “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni aynan davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bunda sud ishlarini yuritishda yangicha tizim – “Yadona darcha” tamoyilining keng joriy etilishi sudlar tomonidan da’vo arizasi, shikoyat hamda arizani sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishni tugatish man etiladi. Ushbu holatda shikoyatlar sudga taalluqli bo‘lmaganida ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli sudga o‘tkazish mexanizmi joriy etildi. Masalan, fuqarolik sudiga kiritilgan da’vo arizasi sud tomonidan iqtisodiy yoki ma’muriy sudga jo‘natiladi. Da’voni suddan qabul qilib olgan tegishli sudning sudyasi da’vo bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda 10 kun ichida ularni bartaraf etish haqida da’vogarni xabardor qiladi. Da’vo arizasi sudga taalluqli qoidalarni buzgan holda ish yuritishga qabul qilinishi iqtisodiy sud ish materiallarini tegishliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha yoki ma’muriy sudga o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini tugatish to‘g’risida ajrim chiqaradi. Ariza va ish materiallarini iqtisodiy suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g’risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Endilikta davlat ijrochisining qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat ma’muriy sudga yoki bo‘ysinuv tartibiga muvofiq yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi. Shu tariqa o‘zaro bog’liq bo‘lgan, ayrimlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, boshqalari esa ma’muriy sudga tegishli bo‘lgan bir necha talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Iqtisodiy sudlar tomonidan chiqariladigan ijro hujjatlari ilgari olti oy ichida ijroga qaratilishi belgilangan bo‘lsa, endilikta bu muddat uch yil etib belgilandi. Yuqoridagi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy ishlarini yuritish to‘g’risidagi kodeksiga ham bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, ma’muriy sud ishlarini yuritish tamoyillariga sudning faol ishtirokchisi, tushunchasi kiritildi. Shunga ko‘ra sud o‘z tashabbusi yoki ishtirok etuvchilarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘playdi, ish yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham bajaradi. Taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq yoki qisman hal etish mumkin. Bu kelishuv taraflarning ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ixtiyoriylik vakolati mavjud bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan, deb hisoblanadi. Ushbu qonunning qabul qilinishi davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarini qonuniy muhofaza etishga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlar organlari, mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan sud nazorati tizimini mustahkamlaydi. I. HAMROQULOV, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) – O ‘sha y i l larda v i loyat im iz ah l i qanday jabr ko‘rdi? So‘nggi paytlarda ushbu yo‘nalishda muzeyda qanday yangi eksponatlar jamlandi? — Afsuski, samarqandliklar ham bu qatag‘ondan chetda qolmadi. Yaqinda muzey xodimlari bu borada yangi hujjatlar to‘plashdi. Keling, faktlarga murojaat qilaylik. Masalan, Nurobod tumanining Oltio‘g‘il qishlog‘ida yashovchi Ochil Qarshiyev “aksilinqilobiy targ‘ibot olib borish”da ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Payariq tumani Oytamg‘ali mahallasida yashovchi “sobiq quloq” G‘ani Sharopov “paxta ekinlarini nobud qilishni doimiy targ‘ib qilganlik”da ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Samarqand tumani Qo‘tirbuloq qishlog‘ida yashovchi mulla Elchi O‘rozov ham “kolxozga qarshi aksilinqilobiy tashviqot olib borgan”, degan ayblov bilan o‘limga hukm qilingan. Pastdarg‘om tumani Rabot qishlog‘ida yashovchi Turg‘un Mirzaev “mehnatkashlar o‘rtasida aksilinqilobiy tashviqot olib borish”, “xalq dushmanlarini maqtash” ayblari bilan sudlanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Narpay tumani Kosagaron qishlog‘ida yashovchi Hidoyat To‘xtamishev 1931-yilda “davlat topshirig‘ini bajarmaganlik”da ayblanib, 5 yilga qamalgan. 1937-yilda jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, kolxozda qorovul bo‘lib ishlagan vaqtida partiya va hukumat rahbarlariga nisbatan “nomaqbul so‘zlar aytgan”likda ayblanib, yana 10 yilga qamalgan. Bunday misollarni ko‘p keltirish mumkin. Hozirgacha topilgan hujjatlardan 1937-yil avgustidan 1938-yil avgustigacha Samarqand viloyatidan 569 oila “quloq” sifatida qatag‘on qilinganini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, ularning 70-74 foizi oddiy hunarmand, dehqon yoki chorvador bo‘lishgan. – Rahbarlari va a‘zolari qattiq jazolangan “Milliy ittihod” tashkiloti haqida gapirsangiz. — Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida sho‘rolar mavqeining kuchayishi mahalliy ziyolilarni birlashgan holda samarali faoliyat yuritishga undadi. 1920-yilda “Ittifoq va taraqqiyot” tashkiloti negizida “Milliy ittihod” tashkiloti tuzildi. Munavvar qori Abdurashidxonov va Sadriddinxon Sharifxo‘jaevlar mazkur tashkilotni tuzish tashabbuskori bo‘lishgan. 1937-yilda sovet hokimiyati mamlakat aholisining turli qatlamlari o‘rtasida qatag‘onlarning yangi to‘lqinini boshlaganida, sovetlar uchun jazo quroliga aylangan NKVD xodimlari o‘nlab odamlarni “Milliy ittihod” — “Milliy birlik” a’zosi sifatida Samarqand shahrida qamoqqa tashladilar. Ulardan Abduaziz Abdug‘ofurov, Abduvahob Ma’rufjonov, Abduqodir Shakuriy, Abdumajid Zokiriy, Abduhakim Kurbi, Abubakr Abulxairov, Akobir Shomansurov, Bahriddin Sharipov, Bektosh Narzullaev, Vadud Mahmudov, Mirzaxalil Karimov, Mirza Xoja O‘rinxo‘jaev, Murodjon Fayzulin, Murodxon Alloxo‘jaev, Narzullabek Rustamov, Salohiddin Sulaymonov, Tilov Rahmatullaev, Topiboldi Rahmonberdiev, Xoja Muin Shukurullaev, Shamsitdin Mavlonovlar maktab va madrasa ko‘rgan, o‘qimishli va ziyoli inson sifatida el orasida obro‘si baland edi. – Arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu odamlarning yagona “aybi” o‘z ona Vatanini ozod va obod ko‘rish bo‘lgan. Shunday emasmi? — Ha, albatta. Masalan, 1897-yilda Samarqandda tug‘ilgan Hamro Xo‘jayev millatchi sifatida VKP(b) safidan chiqarib yuborilganida, uni aksilinqilobiy “Milliy birlik” tashkilotiga a’zolikda ayblash bilan birga “Afg‘oniston hukumati bilan aloqada bo‘lgan va siyosiy xodimlarni o‘ldirishni uyushtirgan, O‘zbekistonning SSSR tarkibidan chiqishi masalasini muhokama qilishda faol ishtirok etgan, g‘arazli va buzg‘unchi harakatlarni amalga oshirgan maxsus maxfiy agent”, degan ayblov qoyishadi. Yoki Mulla Lutfiy Rahmatullaboevning 5769-sonli ishiga qaraylik. “Milliy birlik” a’zosi sifatida bu odam 1937-yilda 70 yoshida o‘limga hukm qilingan. — Sob iq Itt i foq dav lat i rahbar i I.Stalinning qaysi qarori, me’yoriy hujjat yoki sovet qonuni bunday keng ko‘lamli qatag‘onlarga sabab bo‘ldi? — Arxiv hujjatlariga Siyosiy Byuroning 1937-yil 2-iyuldagi “Sovetlarga qarshi unsurlar to‘g‘risida”gi qarori keng ko‘lamli qatag‘onlarga yo‘l ochgan va Iosif Stalinning shunga o‘xshash ko‘rsatmasi bunga yanada turtki bo‘lgan. 1937- yil 2-iyulda I. Stalin Kaganovichga 863/sh sonli “Antisovet unsurlari to‘g‘risida direktiva”ni bergan va “dohiy” o‘z og‘zi bilan quyidagi so‘zlarni unga aytib turgan: “... Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetiga, respublikalar va viloyat tashkilotlarining barcha kotiblariga hamda NKVDning viloyat va respublikalardagi barcha vakillariga. Yashash joylariga qaytgan quloqlar va antisovetchilarni darhol hibsga olish va "uchlik" orqali otib tashlash kerak. Qolganlari yani zo‘ravon emas, balki zararli element bo‘lganlarini, biz NKVD ko'rsatmalari asosida ro‘yxatdan o‘tishini va hududlarga yuborilishini taklif qilamiz. Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi besh kun ichida "uchlik" tarkibini, shuningdek, otib tashlangan va surgun qilinganlar sonini Markaziy Qo‘mitaga taqdim etishni talab qiladi. Markaziy Komitet kotibi I. Stalin. «Sovershenno sekretno» gazetasi, 2007-yil, 9-son. — Qatag‘on qilingan samarqandlik jurnalistlar haqida ma’lumot beruvchi qanday eksponatlar mavjud? — Bu mavzuda ko‘plab eksponatlarga egamiz. Masalan, Ne’mat Narzullaning taqdiri. Viloyat gazetasida muxbir, adabiy tarjimon bo‘lib ishlagan, 1931-yilda “Buxoro proletari” gazetasiga mas’ul muharrir etib tayinlangan. 1937-yilda u “sovet hukumati siyosatiga qarshi chiqqan, gazeta o‘z o‘quvchisiga vaqtida yetib bormagan”, degan ayblov bilan partiyadan o’chirilib ishdan bo‘shatilgan. 1938-yil 12-yanvarda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ne’mat Narzullani terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblab qamoqqa oladi. Ne’mat Narzulla 1938-yil 31-yanvarda imzolangan so‘roq bayonnomasida: “Men hech qachon ayg‘oqchi bo‘lmaganman, hech kimdan topshiriq olmaganman”, deb yozadi. Ammo o‘sha kuni imzolangan ikkinchi so‘roq bayonnomasida u bir qator ayblovlar va Germaniya maxsus xizmatlari tomonidan yollanganlik fakti bo‘yicha o‘z "aybini" tan olgan. Bu birinchi va ikkinchi so‘roq bayonnomalari imzolanishi oralig‘ida u jismoniy qiynoqlarga duchor bo‘lganini aniq ko‘rsatadi. To‘qqiz oy davom etgan tergov, qiynoqlar va boshqa zo‘ravonliklardan so‘ng 1938-yil 22-sentabrda Ne’mat Narzullaning ishi “uchlik”da ko‘rib chiqilib, uning mol-mulki musodara qilinadi, o‘zi esa o‘lim jazosiga hukm qilinadi. — Muzey xodimlari yana nimalar bilan band? Jamoangiz oldida qanday vazifalar qo‘yilgan? Mavjud muammolar haqida ham gapirsangiz. — Muzeyimizning asosiy vazifasi xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga Vatanimiz mustaqilligi uchun uzoq yillik kurashni xolisona ko‘rsatish, sho‘rolarning qatag‘on siyosati oqibatida jabr ko‘rgan yurtdoshlarimiz sha’ni va qadrqimmatini oshirish, ularni xotirlash va nomlarini abadiylashtirish, tarixiy adolatni tiklashdan iborat. Shuningdek, muzey xodimlari tarixiy hujjatlarni ilmiy jihatdan o‘rganadi, ushbu yo‘nalishda materiallar to‘playdi, ekspozitsiya va ko‘rgazmalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob nashr qilish va boshqa ishlarni olib boradi. Muzeyda ushbu mavzuni yoritish bo‘yicha boy materiallar to‘plangan va ular muzey ekspozitsiyasiga joylashtirilgan. Bu yerda samarqandlik Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmadxo‘ja Siddiqiy Ajziy, Xoji Muin Shukrullaev, Saidrizo Alizoda kabi ko‘plab mashhur shaxslarning hujjatlari bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ayni paytgacha jamoamiz bilan“ Samarqandlik siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasi kitobi”ning birinchi jildini “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga topshirdik, unda 4 150 nafar qatag‘on qurbonining hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar kiritilgan. Hozir biz ushbu kitobning ikkinchi jildi ustida ishlamoqdamiz. — Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat. Yormamat RUSTAMOV suhbatlashdi. YURT FIDOYILARI “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI SUDLARDA “YAGONA DARCHA” TIZIMI Milliy qonunchiligimizda aliment to‘lash majburiyati aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, qonunga bo‘ysunmayotgan otalar ham yo‘q emas. Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limida jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor sud majlisida ana shunday qonunga bo‘ysunmayotgan otalarga nisbatan ma’muriy jazolar qo‘llanildi. Mas’uliyatsiz, o‘z burchini unutgan otalardan 2 nafari 15 sutkadan ma’muriy javobgarlikka tortildi. 1 nafar javobgar otaga 3 kunlik ixtiyoriy to‘lash muddati berildi. Alimentchi otalardan 2 nafari salgina bo‘lsa-da, insofli ekan: ular sud jarayonidayoq alimentni to‘liq to‘lashdi. Shuning uchun ular javobgarlikdan ozod etilishdi. Shohrux XOLMURODOV, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi davlat ijrochisi Alimentchi otalarga qonuniy choralar ko‘rildi Bojxona xabarlari
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 473 Adadi: 3 146 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 31-avgust, payshanba, № 38 (2499) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Joy nomlarida tarix va o‘zlik mujassam O‘zlikka qaytish Выставка TARIXIY JOY NOMLARINI O‘ZGARTIRMAYLIK! На выставке, проходящей в музее Дружбы народов и толерантности, представлено более 30 картин художницы. Это произведения, посвященные историческим личностям, женщинам Востока, дарам природы нашего края. Кроме этого, здесь же можно ознакомиться и с авторской коллекцией дизайнерской одежды Натальи Татаренко. Эта вторая персональная выставка художницы, первая состоялась три года назад - в 2020 году и называлась «Чудеса в решете». Изобразительным искусством Н. Татаренко увлекалась с детства. После окончания школы занималась два года в изостудии у педагога З. Анцифровой. Затем поступила в Самаркандское государственное училище искусств им.Абдурасулова (1995- 1999 гг.). С отличием окончив его, стала работать в различных направлениях: живопись маслом, акварель, коллаж, роспись по шелку (батик), графика. Особое место в ее творчестве занимает прикладное искусство - куклы, мягкие игрушки, декупаж, лепка и т.д. Кроме того, она преподает детям прикладное искусство в ДМШ № 4. С 1999 года Н. Татаренко постоянно участвует в различных выставках в Ташкенте и Самарканде, где, наряду со своими живописными произведениями, представляет работы по лепке, батику, дизайнерскую одежду с национальным колоритом, эксклюзивные мягкие игрушки. Наталья Татаренко - художник, постоянно ищущий новые формы и стили самовыражения не только в картинах, но и в создании коллекций одежды. Ее коллекции работ были представлены на фестивалях моды, также показ ее авторской коллекции состоялся на прошедшем в этом году «Фестивале чая» в г. Самарканде. Каждый, кто посетит выставку «На Востоке», сможет окунуться в неповторимый дух Востока, воплощенный в работах художницы. Замира БАЛТАЕВА. Фото автора. Вақте ки шоир Фозили Шукурзод маҷмӯаи ашъори худро ба ман тӯҳфа намуд, дар баробари китобро боз намудан, ҳайратзада шудам ва аз он баҳраи фаровоне гирифтам. Он чӣ нахуст маро ба тааҷҷуб гузошт, ин номи маҷмӯа буд: “Яъне, ту эй хубӣ!” Ба дил гуфтам, чизеро ки солҳои сол меҷустам, дар ин китоб албатта пайдо мекунам. Яъне, беҳтарин талқини хубиро. Ман соли гузашта дар мақолаи “Мавқеи панду андарз дар шеъри асри XXI”-и худ, ки дар рӯзномаи “Ховар” ба нашр расида буд, мавзӯву мундариҷаи шеърҳои аксар шоирони ҳозираи тоҷикро ба зери танқид гирифта будам. Зеро дар аксари ашъори онҳо аз панду андарз нишонае нест. Аммо ин китоби “Яъне, ту эй хубӣ!” – Фозили Шукурзод бештар аз панду андарз иборат аст. Шеърҳои “Ибтикор”, “Маданӣ будан”, “Ҳикмате дорад”, “Бечора дил”, “Замин сӯфист”, “Қурбони диле”, “Шиносоӣ”, “Суоле”, “Шохи себ” ва боз чанд шеъри дигар саропо аз насиҳат иборатанд ва шоир зебоии хубиро барҷаста нишон додааст. Барои мисол чанд мисрае меорем: Як рӯз зи по мефитад он қавм, ки дар он Кас дасти мадад ҷониби афтода надорад. Ё худ дар ҷойи дигар: Ҳар куҷо оқилест хору залил, Қобили эътибор бояд кард. Зиндагии ҳалолро ба ҳама Мояи ифтихор бояд кард. Боз: Ҳирсу тамаъ табоҳ кунад ҳоли мардумон, Ночиз шуд касе, ки гирифтори чиз шуд. Дар маҷмӯа шеърҳои ишқӣ-ирфонӣ низ бисёранд ва ҳамчунин, дар мавзӯи Ватану волидайн чанд шеър ҷой дорад. Шеърҳои “Дунёи модарон”, “Хабаргири ман” дар васфи модар суруда шудаанд. Аз ҷумла, шоир чунин меорад: Бо дарду ғуссаҳои гарон сабр мекунанд, Як нӯшханди тифл тасаллои модарон. Китоби “Яъне, ту эй хубӣ!” – Фозили Шукурзод ҳамагӣ 58 шеърро дар бар мегирад. Ин китоб агарчи ҳаҷми хурд дорад, вале арзиши бебаҳоеро соҳиб аст. Ҳасан СУЛАЙМОНӢ Konstitutsiyamizga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tilidir. Mamlakat aholisining 80 foizidan ortig‘i o‘zbek tilida so‘zlashadi. Shuningdek, mamlakatimiz hududida boshqa millat va elat vakillari ham azaldan yashab kelishadi. Shu sababli yurtimizdagi tarixiy joy nomlari orasida turkiy (o‘zbek), shuningdek forsiy, so‘g‘diy, arabiy nomlar ham uchraydi. Bu holatni qo‘shni mamlakatlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan Tojikiston hududida shu paytga qadar yuzlab turkiy toponimlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston. Qirg‘iziston, Turkmaniston singari turkiy davlatlarda forsiy joy nomlarini uchratamiz. Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida turli joy nomlari shu yurtning davlat tili talablaridan kelib chiqib, moslashtirilgan. Masalan, turkmanlar Toshhovuzni Dashog‘uz, qozoqlar Chimkentni Shыmkent, qirg‘izlar O‘shni Osh, Qorasuvni Karasuu, deb nomlashgan va barcha hujjatlarda shu tarzda yoziladi. Bu holat ayniqsa Tojikistonda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mamlakat rahbariyati ko‘rsatmasiga ko‘ra, keyingi yillarda turkiy o‘zakka ega toponimlarning deyarli barchasidan voz kechildi, bir qancha o‘zbek toponimlar shakli o‘xshash bo‘lsa-da, ma’nosi boshqacha bo‘lgan forsiy nomlar bilan almashtirildi. Masalan, Qumariqni Kumarg, Qumoqni Xumrog‘, Beshkentni Veshkand deb atashdi. Qorategin, Qizili, Chimqo‘rg‘on, Jirg‘atol singari nomlar Rasht, Lolazor, Chimqal’a, Laxsh singari toponimlarga almashdi. Hatto, eng kamida to‘rt yuz yillik tarixga ega bo‘lgan Qo‘rg‘ontepa nomi ham sun’iy Boxtar nomiga almashtirildi. Holbuki, bu shahar tarixda hech qachon Boxtar, deb atalmagan. Shunchaki, qo‘shnilar qadimiy Baqtriya nomini shu taxlit tiklamoqchi bo‘lishgan, shekilli. Albatta, mamlakat hukumati o‘z hududini xohlagancha nomlashga haqli. Qozoqlar o‘z yurtini qozoqcha, turkmanlar turkmancha, tojiklar tojikcha nomlasa buning nimasi yomon? Unda o‘zbeklar-chi? Nima uchun o‘zbeklar o‘z yurtini, o‘z shahar yo qishloqlarini o‘zbekcha nomlashi mumkin emas? Bizda ham Shahrisabz, Sariosiyo, Ohangaron, Hazorasp, Peshko‘, Panjob, Konimex, Sebzor singari yuzlab forsiy o‘zakka ega nomlar bor. Mayli, biz qo‘shnilarimizga o‘xshab, yurtimizdagi qadimiy nomlarni o‘zgartirmaylik. Zotan, yurtimizda azal-azaldan turkiy va forsiy xaqlar ahil-inoq yashab keladi. Ammo, bugungi kunda qo‘shni davlatlar joy nomlarini o‘z milliy siyosatiga moslashtirish yo‘lidan borayotgan ekan, biz ham shu haqda o‘ylab ko‘rsak yomon bo‘lmasdi. Loaqal, eski turkiy nomlarni yangicha arabiy, forsiy, hatto inglizcha-fransuzcha nomlar bilan almashtirmasak, yaxshiroq bo‘larmidi? Bi r n e c h a yil d a n b e ri m a t b u o t d a yangilanayotgan joy nomlari haqidagi materiallarni kuzatib boraman. Masalan, birgina Samarqandda Kechkeldikni Bog‘ishamol, Qo‘yboqarni Gulobod, Qo‘shsigirni Istiqlol, Beshpaxsani Binokor, Qozoqoldini Bunyodkor, Kampiro‘ldini Mash’al, Qo‘tirbuloqni Saxovatga o‘zgartirishdi. Nega turkiy so‘zlar arabcha va forschaga o‘zgartirilayotganini tushunish qiyin. Yoki yaqinda Toshkent shahridagi ko‘chalarning biriga Mehridil, deb nom berishibdi – g‘irt forsiy so‘z birikmasi. Bir qaraganda, quloqqa hiyla xunuk eshitiladigan toponimlar chiroyli, balandparvoz atamalarga alshmatirilgan. Ammo, boshqalarning chiroyli bolasini o‘zimizni xunukroq farzandimizdan afzal ko‘rmaymiz-ku? Qonunimizda ham, geografik ob’yek tlarning nomlari davla t tilida aks ettirilishi belgilangan. Qo‘shnilarimizning harakatlaridan ibrat oladigan bo‘lsak, biz ham o‘zgartirishimiz kerak edi. Ammo, asriy an’analarga ega bo‘lgan nomlarni o‘zgartirishga ehtiyoj sezilmaydi. Qolaversa, bizda har doim boshqa xalqlarning tiliga, urf-odatlariga, an’analariga hurmat yuqoridir. Ammo, nima uchun bugungi kunda hammaga tanish bo‘lib qolgan o‘zbek tilidagi joy nomlarining arabchaforscha nomlar bilan almashtirilishini tushunolmayman. Bundan yuz ellik yil avval bobolarimiz “Oqpodsho hazratlari bizga marhamat qildilar” deya Mingtepaning o‘zbekcha nomini arabiy Marhamat bilan almashtirishgan ekan. Lekin yaqin-yaqinlarda sof o‘zbekcha o‘zakka ega To‘ytepa nomini forscha-arabcha Nurafshonga, o‘zbekcha Bo‘zni forsiy Bo‘stonga almashtirish kimga kerak bo‘ldi? J u r n a l i s t A k m a l M i r z o n i n g b i r videomuroajaatiga ko‘zim tushdi. Do‘stimiz mamlakatimizdagi Qoraxitoy, O‘rdakburun, Yetti qashqa, Eski Qovunchi, Beshkal, Qaysarqo‘y va yana o‘nlab joy nomlarini almashtirishni taklif qilib chiqibdi. Bu taklif jurnalistning o‘zidan chiqqanmi, yo kimdir shunga da’vat qilganmi, bunisi menga qorong‘u. Ammo bu nomlar o‘rniga taklif etiladigan yangi toponimlar yo arabiy, yo forsiy o‘zakdan olinishiga shubha qilmayman. To‘g‘ri, tilimizdagi so‘zlarning salmoqli qismini forsiy, arabiy so‘zlar tashkil qiladi. Shu bois ko‘pchilik “axir Gulzor, Istiqlol, Bog‘, Gulobod nomlari o‘zbekcha emasmi?” deyishi mumkin. Hamma gap shunda. Bu so‘zlar sof o‘zbekcha emas, fors va arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir. Kimlardir yo atayin, yo bilib-bilmay eski, quloqqa xunuk eshitiladigan joy nomlarini umuman o‘zbek tilining tub o‘zagiga yot so‘zlar bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Qadimiy joy nomlari xalqimiz tarixi, etnografiyasi, madaniyati va san’atini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Mayli, agar ma’nosi xunuk joy nomlarini almashtirish kerak ekan, yurtimizda ana shunday forsiy toponimlar ham istagancha topiladi. Misol kerakmi? Samarqand viloyatidagi Bog‘i Zog‘on (Qarg‘alar bog‘i), Luchchakon – yalang‘ochlar, Labigo‘r – go‘rning labi, Kalangar (ketmonchi), Farg‘ona viloyatidagi Sarikanda (uzilgan kalla), Buxoro viloyatidagi Govkushon (sigir so‘yuvchilar), Gadoyxona, Shalg‘amxo‘ron (sholg‘omxo‘rlar), Xarxo‘r (eshakxo‘r) singari joy nomlarini o‘zgartirish nega hech kimning xayoliga kelmayapti? Albatta, bu fikrlarim hech bo‘lmaganda shu hududlarda yashaydigan odamlarga yoqmasligi tabiiy. “Nega qadimgi nomlarni yo‘qotib, o‘rniga yasama nomlarni tiqishtirish kerak” deydiganlar topilishiga ishonchim komil. Shunday ekan, turkiy toponimlarga ham tegish kerak emas. Nomi chiroyli eshitiladimi, xunuk eshitiladimi, ahamiyati yo‘q. Zotan tarixiy joylarining mazmuni, chiroyli yoki xunukligiga qarab almashtirish dunyo tajribasida ham uchramaydi. Zero, Italiya “buzoqlar mamlakati”, Ispaniya “quyonlar mamlakati”, Qatar “yomg‘ir tomchilari”, Sudan “qoralar yurti”, Somali “cho‘ponlar”, Barbados “soqollilar”, Kot d, Ivuar “Fil suyagi qirg‘og‘i”, Gonduras “chuqurlik” degan ma’noni bildiradi. Nega shu davlatlarda mamlakat nomini o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rishmaydi? Menimcha, joy nomlarini o‘zgartirish emas, joylardagi vaziyatni chuqurroq o‘rganilsa, mavjud muammolarni bartaraf etish haqida ko‘proq o‘ylab ko‘rilsa yaxshi bo‘lardi. Darvoqe, men bu fikrlarim bilan mamlakatlar yoki xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga rahna solish fikridan yiroqman. Faqat, hamma o‘z yurti, o‘z xalqi va o‘z tili uchun kurashayotgan bir paytda, biz o‘z og‘zimizdagi oshni oldirib qo‘ymasak edi, degan xavotirni bildirib qo‘ymoqchiman, xolos. Rustam IQBOL O‘quvchilari chempion bo ‘ l ib , To s hke n tga bo r ad ig a n bo ‘ l i s hd i - y u , R a h im m u a l l im b a l o g a qoldi. Xo‘sh, buning nimasi yomon deysizmi? Hamma gap shunda-da. Darvozaning qattiq taqillashidan xayoli to‘zg‘ib, joyidan qo‘zg‘algan Rahim muallim tashqariga chiqib qarasa, jamoa xo‘jaligi raisining haydovchisi ishshayib turgan ekan. Quyuq saloma l ikdan so ‘ng maqsadga ko‘chdi: — Xo‘jayin bir iltimos bilan yuborgan edilar-da, Rayim aka. — Xo‘sh? — Shu, Toshkandga bo‘ladigan alimpiyadaga Sherzodjonni ham qo‘shib olib borsin, — dedilar. Yaqinda Rahim muallim tomarqa uchun yer so‘rab ariza bilan raisga kirgan edi: “Aslida muallimlardan jamoa xo‘jaligiga foyda kam-u, ha mayli, yaxshilikni unutmasangiz bo‘lgani”, – deb arizasiga qo‘l qo‘yib bergan edi. Shularni o‘ylarkan “xo‘p”, deb yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. Endi darchadan kirmoqchi bo‘lib iziga burilgan ediki, ortidan: — E-e-e , Rayim malim , tabriklaymiz, tabriklaymiz, — degan ovoz eshitildi. Rahim muallim orqasiga qaragan edi, o‘zidan sal nariroqda qo‘shnisi— ombor mudiri Lapasvoy aka ko‘ ri shi sh u chun u tomon lapanglab kelardi. — Yashavoring, Rayimjon uka! Bizning qishloqdan ham maradonalar chiqar ekan-ku, uka! Ombor mudirining yaltoqlanib kelishidan nimanidir sezganday, uni хo‘mrayib qarshilarkan, sovuqqina qilib “rahmat”, dediyu, ammo bundan biron oylar chamasi ilgari ozroq pul qarz so‘rab chiqqani yodiga tushdi-da sal muloyim tortdi. — Rayimjon uka, shu, Otabek deyman ja xit qilib yubordi-da. Musobaqaga borar ekansizlar, ikki kundan buyon quloq-miyamni qoqib qo‘limga berayapti. Bir iloj qilib o‘yinchilarga qo‘shib yuboring, Toshkanlarni aylanib kelsin. — Otabek futbol o‘ynashni yaxshi bilmaydi-ku...(Rahim muallim, aslida: “Futbol o‘ynay olmaydi-ku”, demoqchi edi.) — Tushundim, tushundim, — dedi uning so‘zini bo‘lib ombor mudiri, — haligi ... uning oyog‘i sal... Hech bo‘lmasa, darvozabonga yordam berib turar, axir, biror xizmat- pizmat bo‘lsa, bu yog‘iga o‘zimiz turibmiz... Rahim muallim uyda o‘tirib, ro‘yxatni ko‘zdan kechirar ekan, undagi asosiy o‘yinchilarning ustidan chiziq tortilib, yangi-yangi nomlar yozilmoqda edi. — Xo‘sh, direktorning o‘g‘li bor, zavuchning o‘g‘li bor, raisniki bor, ombor mudiriniki bor... xo‘sh, xo‘sh... “Iye, — deya o‘yladi o‘zicha u, — asosiy o‘yinchilardan bor-yo‘g‘i ikki kishigina qolibdi-ku, bu yog‘i qandoq bo‘ldi?!” Shu payt sho‘ri qurib, xotini gapirib qoldi: — Dadasi, eshitishimcha, bolalarga qo‘shilib bitta do‘xtir ham borishi kerak ekan, shu vazifaga meni olib bora qoling, jon dadasi! Mana, sigir sog‘ishga kiyadigan oq xalatim, oppoq surp ro‘molim bor. Buning ustiga uncha-muncha ukol qilishniyam bilaman... Shunda, boshi qotib, fig‘oni falakka chiqay deb turgan Rahim muallim qanday qilib xotinining yuziga tarsaki tortib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. Xudoyberdi KOMILOV Joy nomlari har bir mamlakat har bir hududning tarixi, qadriyatlari, milliy mansubiyatini o‘zida aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi. Sovet davrida joy nomlarini belgilashda kommunistik g‘oya va mafkura talablaridan kelib chiqilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida qishloq, mahalla, shahar va tuman nomlari milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib o‘zgartirildi. Восточная атмосфера в ярких красках Неповторимая восточная атмосфера в ярких живописных красках представлена на персональной выставке самаркандского дизайнера, члена Академии художеств Узбекистана Натальи Татаренко «На Востоке». Выставка, приуроченная ко Дню независимости нашей страны, будет интересна любителям графики и живописи. Китобнома Тараннумгари хубӣ ва зебоӣ TARSAKI Kechagi kun hangomasi