The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-03-07 10:05:40

Samarqand gazetasi

Samarqand gazetasi

ISSN 2010-6734 № 10 (2471) 2023-yil 9-mart, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatdagi ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan xotin-qizlardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan intellektual o‘yinda 27 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Afrosiyob”, “SamDU AL” hamda “Talaba qizlar” jamoalari 1, 2, 3-o‘rinlarni egallab, “Zakovat” intellektual o‘yinning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi. A. ISMOILZODA Odatda qizlarning kasb tanlashda onalarga qarab yo‘nalish belgilanadi. Ota kasb in i tan lagan q iz lar k am d a n - k am t o p i l a d i . Shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining kadrlar bo‘yicha ijrochisi, kichik serjant Nilufar Niyozova ana shunday ota kasbini egallagan kam sonli xotin-qizlardan biri. U 2005-yilda sobiq Samarqand avtomobil va yo‘llar kasbhunar kollejini bitirib, viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi v i d e o k u z a t u v p u l t i dispetcheri sifatida xizmatni boshladi. — Bolaligimdan otamga havas qilib, ichki ishlar tizimida ishlashni orzu qilardim, — deydi Nilufar Niyozova. – Otamning kasbiga bo‘lgan mas’uliyati, sadoqati, qat’iyati orzuimni maqsadga aylan ti rdi . O tam o‘ z soha sining murakkabligini anglagan holda meni boshqa kasblarga qiziqtirishga harakat qila rdi . Ammo kolle jni bi ti rga ch ahdimga sodiqligimni ko‘rgach o‘zlari qo‘llab-quvvatladi. Soha bo‘yicha zarur maslahatlarni berib xizmat mashaqqatlarini yengib o‘tishda yonimda tirgak bo‘ldi. Bugun nafaqada bo‘lsalarda har doim maslahatlari bilan doim yonimda. Shu bois, qaysi vazifada ishlashimdan qat’iy nazar faqat olg‘a intilaman va maqsadimga erishaman. Bu yo‘lda otamning o‘gitlari, yo‘l-yo‘riqlari menga qanot bag‘ishlaydi. Ota kasbini tutgan hech qachon qoqilmaydi. Ishida unum, ro‘zg‘orida baraka bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida 2020-yildan buyon turli vazifalarda faoliyat yuritib kelayotgan Nilufar Niyozova hamkasblari orasida o‘zining kasbga bo‘lgan sadoqati, mehnatsevarligi bilimi, zukkoligi bilan hurmat va e’tibor qozongan. A. DOLIYEV Mamlakatimizda joriy yilning 11-mart, shanba kuni bo‘ladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etaylik! Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan. Yurtimizda xotin-qizlarning manfaatlarini ta’minlashga, ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham o‘z saylovoldi dasturida bu borada olib borilayotgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ularning to‘liq va teng ishtirokini ta’minlash, xotinqizlarning davlat organlarining barcha bo‘g‘inlarida qaror qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kafolatlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olgan. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar natijasida ayollar barcha jabhada havas qilsa arzigulik natijalarga erishishmoqda. Kamina ham rahbar, ham deputat, ham oila bekasi sifatida har uchchalasini teng ushlashga harakat qilmoqdaman. Saylovchilarning og‘irini yengil qilishga intilaman. Ba’zan ish vaqti boshlanguncha erta tongdan, ba’zan ishdan keyin qorong‘u kechda bo‘lsa ham saylovchilarning holidan xabar olishga, saylov okrugi hududida yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etishga shoshaman. (Davomi 2-sahifada) Ayol borki, olam munavvar Mamlakatimiz Prezidentining 2022- yil 18-martdagi “2022—2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish choratadb ir lar i to ‘g ‘r is ida”g i qaror iga muvofiq shahrimizdagi “Kaftarxona” h am d a “ D u k c h i y o n ” m a h a l l a fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. “Kaftarxona” mahallasida 5,3 kilometr masofadagi ichki ko‘chalar ta’mirlandi, 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurildi, 4,2 kilometr irrigatsiya tarmoqlari yangilandi, 120 ta tungi yoritish moslamalari o‘rnatildi, 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Aholini an chadan buyon qiynab kelayotgan eski simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish ishlari tezlik bilan bajarildi. Mahalla hududidagi 87 ta yaroqsiz simyog‘ochlar temir-beton ustunlarga, 2,4 kilometr masofadagi elektr uzatish simlari yangisiga almashtirildi. 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 4 ta transformator esa ta’mirlandi, 0,6 kilometr masofadagi tabiiy gaz quvuri hamda 3 ta gaz taqsimlash shoxobchasi ta’mirlandi. Bundan tashqari, 2,8 kilometr ichimlik suv tarmog‘i hamda 5,5 kilometr uzunlikdagi oqova suv tizimi qurilib, foydalanishga topshirildi. “Dukchiyon” mahallasida ham xuddi shunday keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 236 ta xonadonga zamonaviy gaz hisoblagichlar o‘rnatildi, 1,7 kilometr ichimlik suvi hamda 1,1 kilometr oqova suv tarmoqlari qurildi. Mahalladagi yaroqsiz 160 ta simyog‘och temir-beton ustunlar bilan almashtirildi, 5,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari yangilandi. Har ikki mahallada ham mahalla markazi binolari qaytadan barpo etildi. “Kaftarxona” mahallasidagi 77-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi mukammal ta’mirdan chiqarildi. Mahallada yangi poliklinika hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun binolar qurildi. Shuningdek, “Kaftarxona” mahallasida 2 ta, “Dukchiyon” mahallasida 1 ta bozor infratuzilma obyektlari mahalliy tadbirkorlar tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan har ikki mahallada ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bu yerdagi 60 tadan, jami — 120 ta xonadonni ta’mirlash ishlari shahar hokimligi rahbarligida tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarga ham amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Umuman, har ikki mahallada “Obod mahalla” dasturiga binoan belgilangan barcha ishlar amalga oshirildi. R. OLIMOV, shahar hokimining o‘rinbosari HALOL MEHNAT — FAROVONLIKNING SIRI Deputat minbari 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni Davlat dusturi — amalda Ota kasbini ulug‘lagan qiz Zukko xotin-qizlar “Zakovat”da bellashdi Mahallalar obod bo‘lmoqda bugun yurt xizmatida Samarqand tumanidagi “Life Garden” bazmgohida 8-mart — Xalqaro xotinqizlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri yashkil etildi. Marosimga viloyat i jtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar vakillari, faxriylar va yoshlar taklif etildi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tadbir ishtirokchilari va ularning siymosida butun viloyat xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, ular uchun ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi. Bundan samarali foydalanayotgan ayollar jamiyat hayotining barcha jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgani ta’kidlandi. Ularning fidoyiliklari esa davlatimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Jumladan, bu yilgi bayram munosabati bilan Prezident farmoniga ko‘ra, bir guruh faol xotinqizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Viloyatimizdan ham 5 nafar ayolga shunday mukofot nasib etgani e’tirof etildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, o‘zining noyob iste’dodi, zukko va tashabbuskorligi, o‘qish va ishdagi muvaffaqiyati uchun Samarqand shahar Alisher Navoiy mahallasidagi yoshlar yetakchisi Farangiz Xudoyorova hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Bahora Ergashova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi. Tadbirda bir guruh xotin-qizlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘zining salohiyati, ijtimoiy faolligi bilan namuna bo‘lgan, oilalarning mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, aholi salomatligini mustahkamlash, jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish yo‘lida ibratli faoliyat olib borayotgan bir guruh onaxonlarga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi. Shahar hokimligi tomonidan samarqandlik xotin-qizlar uchun “Zarhal” bazmgohida ham xuddi shunday bayram tadbiri tashkil etildi. Sh ah a r h o kimi Fa zli d din Um a r o v yig‘ilganlarni ayyom bilan qutlarkan xotinqizlarning shahar hayotidagi o‘rni, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissalarini e’tirof etdi. San’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari bayramga shukuh bag‘ishladi. A. ISROILOV Ehtirom va e’zoz MUKOFOTLAR MUBORAK! Prezidentimizning 2023-yil 6-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, viloyatimizdan quyidagilar mukofotlandi: Ergashova Baxora Sayfillo qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri. Xudoyorova Farangiz — Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi.


2 2023-yil 9-mart, payshanba, № 10 (2471) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Davlat dasturi — ertangi kun ishonchi HALOL MEHNAT — FAROVONLIKNING SIRI Munosabat Mahallalardagi hokim yordamchilarining samarali faoliyati hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Shu bois, ular ishini tahlil qilish, o‘rganish borasida Prezidentimiz rahbarligida 2022-yil 1-mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 18-sonli bayonida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi shahrimiz mahallalarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ish faoliyatini muntazam tahlil qilib bormoqda. Rejaga muvofiq, 2022-yil noyabr-dekabr oylarida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilari ish samaradorligini oshirish hamda mahallalarda ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib boralayotgan ishlari o‘rganildi. Jumladan, 1-sektor hududidagi “Dukchiyon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi Nabi Siddiqovning faoliyati o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi. Uning 2022-yil uchun belgilangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan mahallada uyma-uy yurib aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, xatlov o‘tkazilgan va (Onlayn Mahalla) elektron platformaga 504 ta xonadon kiritilgan. O‘tkazilgan xatlov natijasida 113 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlangan. Shundan 80 nafari ishlashga, 9 nafari kasb-hunar o‘rganishga va 21 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirgan bo‘lsa, 3 nafari ishlash istagi yo‘qligini aytishgan. Bevosita hokim yordamchisi tomonidan 80 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan, 7 nafar kishining ish faoliyati qonuniylashtirilib tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilingan. 32 nafar fuqarodan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun arizalar kelib tushgan. Arizalar belgilangan tartibda o‘rganilgan va 21 nafar fuqaro imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faolyaitini boshlashiga erishilgan. O‘rganish davomida 11 nafar fuqaroning arizalari ijobiy hal etilmaganligi ayon bo‘ldi. Shuningdek, 4 nafar oila “Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan bo‘lib, G‘afurova Tamaraga tikuv mashinasi, Xamidova Zeboga inkubator, Xakimov To‘ychiga o‘t o‘radigan qurilma va Fayziev Davronga tikuv mashinasi kerakligi bo‘yicha murojaat qilingan. Ammo asbobuskunalar fuqarolarga yetkazib berilmagan. 2-sektor hududidagi “Kaftarxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Aziz Abdunazarov faoliyatida ham kamchiliklar kuzatildi. O‘tkazilgan xatlov natijasida hududda 121 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlangan bo‘lib, shundan 85 nafari ishlash, 11 nafari kasb-hunarga o‘qish va 27 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning 25 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan. Ammo 2 nafarining murojaati bugungi kunga qadar o‘rganib chiqilmagan. 85 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan, 3 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskuna olib berilish uchun tavsiya berilgan. Kasbhunar egallash uchun o‘qish istagini bildirganlardan 11 nafari tadbirkorlik yo‘nalishida o‘qitilib sertifikat olgan bo‘lsada, tadbirkorlik faoliyatini haligacha boshlamagan. 4-sektor hududidagi “Humo” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Shaxruz Shukurovning faoliyati o‘rganilganda uning o‘ziga ishlash uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi aniqlandi. Yetarli sharoit bo‘lmagan joyda samaradorlik ham talab darajasida bo‘lmasligi hech kimga sir emas. Hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida 66 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar ro‘xatga olingan. Shundan 41 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan va 3 nafar fuqaro bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan taklif qilingan ish o‘rnining mehnatga to‘lanadigan haq miqdori (855000 so‘m) kam ekanligini bildirib ishlashni rad etgan. 6 nafar fuqaro bugungi kunda aholi bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ish izlovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida kredit olish istagini bildirgan 12 nafar fuqarodan arizalar kelib tushgan. Ularning 10 nafariga imtiyozli kredit olishi uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ammo 2 nafariga kredit ajratilmagan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 ta oila “Temir daftarga” kiritilgan bo‘lib, ularning barchasiga ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilganligi sababli fuqarolar o‘z xohishi bilan daftardan chiqarilgan. Ammo “Temir daftarga” kirish uchun Bog‘irohat ko‘chasi 39-uyda yashovchi fuqaro Baxodir Nasriev va Motrid ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Madina Sulaymonovaning murojaatidagi masala bugungi kungacha hal etilmagan. 4-sektor hududidagi “Oqsaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Sirojiddin Jonibekov faoliyatida ham xuddi shunday kamchiliklar ko‘zga tashlandi. 2022-yilning mart oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchisiga mahallada alohida xona ajratilmagan. Hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida 109 nafar mehnatga layoqatli ishsiz aholi aniqlangan. Shundan 62 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida kredit olish istagini bildirgan 22 nafar fuqarodan 18 nafariga ijobiy tavsiyalar berilib, kredit ajratilgan. Ammo “Ayollar daftari”ning 1-toifasi, ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollardan 2 nafari subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berish uchun hokim yordamchisiga murojaat qilgan bo‘lishiga qaramasdan amaliy yordam ko‘rsatilmagan. 4 ta oilaga moddiy yordam (Pul ko‘rinishida) va 1 nafar fuqaroning nogironlik aravachasi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi murojaatlari bugungi kungacha o‘rganib chiqilmagan. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joylarda hamon eskicha tartibda ishlashga o‘rgangan, bugungi kun talabini his etmaydigan, vazifasiga panja orasidan qaraydigan mas’ullar borligini anglatadi. Qars ikki qo‘ldan chiqadi, albatta. Mas’ullar, mutasaddilar hokim yordamchilari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etmasa, ular faoliyatini nazorat qilmasa, hukumat tomonidan amalga oshrilayotgan islohotlar faqatgina qog‘ozda qoladi. Amalda o‘z ifodasini topmagan islohot jamiyat tanazzulida aks etadi. Shunday ekan, har bir mas’ul uyg‘onishi, zimmasidagi vazifani his qilishi zarur. Iroda SHANANOVA, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi (Davomi. Boshi 1-sahifada) Saylov okrugimdagi “Xo‘ ja Zudmurod”, “So‘fi Roziq”, “Ko‘k masjid”, “Yangi Xayrobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lganimda saylovchilar ko‘chani ta’mirlash, ichimlik suvi quvurlarini yangilash, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlar va boshqa muammolar bilan birga odamlarning sog‘ligiga oid muammolarni ham ko‘tarishdi. Kommunal sohadagi muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yubordim. Sog‘ligini tiklash uchun murojaat qilgan saylovchilarimizga esa shifoxonalarda tekin davolanishlari u c h u n o r d e r, h o m i y l a r ko‘magida zurur dori vositalari, kerakli anjomlarni olishlariga ko‘maklashdim. Saylovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning muammolarini tizimli o‘rganishni yo‘lga qo‘yganman. Har bir mahalla ahlining muammolari turlicha: qayerdadir simyog‘och, qayerdadir transformator, qayerdadir toshli yoki asfalt yo‘l, qayerdadir ichimlik suvi quvurini ta’mirlash, kimgadir ish topish masalasida yordam kerak. Maktab, maktabgacha ta’lim, oilaviy poliklinikadagi holatlarni ham o‘rganib borayapman. O‘tgan 2022-yili 30 dan ortiq deputatlik so‘rovlari chiqarilgan bo‘lsa, ulardan 15 ga yaqini tibbiyot sohasiga doir edi. Yuborilgan so‘rovlar natijasida ta’mirtalab ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borildi. Mahallalardagi ichki ko‘chalar ta’mirlanib, asfalt yo tqizildi . 2 na far fuqaroga salomatligini tiklash uchun order olib berilgan bo‘lsa, bir nafar fuqaro eshitish apparati bilan ta’minlandi. Qolganlariga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun, dori vositalari olish uchun moddiy yordamlar berildi. Shu bilan birga saylov okrugim hududidagi kam ta’minlangan oilalar holidan muntazam xabar olib turibman. Maqsadim — odamlarning Xalq deputatlari shahar Kengashi faoliya tidagi o‘ zga ri shla rdan boxabarligini oshirish va ularning o‘z haq-huquqlarini himoya qilib yo‘llagan murojaatlarining e’tiborsiz qolmasligiga ishontirishdan iborat. Keyingi vaqtlarda mo‘may daromad ilinjida ba’zi ayollarimiz yosh, voyaga yetmagan farzandlarini qarindoshlari qaramog‘iga tashlab, xorijga ishlagani borishmoqda. Xorijda ularning huquqlari paymol etilayotgani, mehnatiga yarasha haq ololmay, mashaqqatlarga duchor bo‘lishayotgani, oxir-oqibat sog‘ligini, ayollik latofatini yo‘qotib, yurtimizga qaytib kelayotganini ko‘p eshitaman. Yu r timi zda ayolla r u chun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, qolaversa, ularning turmush darajasini yuksaltirish, uyro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish maqsadida qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilayotganligiga qaramay, xorijda mehnat qilishni tanlash noshukurchilik emasmi? “Harakatda barokat” deydi xalqimiz. Ozgina harakat qilsak , halol mehnatimiz orqasidan turmushimiz farovonligiga , farzandlarimiz barkamol bo‘lib voyaga yetishiga, yu r timi zning yanada ravnaq topishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. I shxonamda ham , saylov okrugimdagi uchrashuvlarda ham hukumatimiz tomonidan bizlarga ko‘rsatilayotgan e’zoz va ehtirom, g‘amxo‘rlikka javoban halol mehnatimiz, jamiyatdagi faolligimiz bilan munosib javob berishimiz lozimligi to‘g‘risida gapiraman. Tadbirlarda ishtirok etayotgan xotinqizlarning bu boradagi fikrlariga qiziqaman. 2022-yil davomida 35 nafar xotin-qizlarga bankdan kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashdim . Demakki, 35 nafar xotin-qiz oila byudjetiga o‘z hissasini qo‘shib, jamiyatga foydasi tegadi. Bi r so‘ z bil an ay tg and a , jamiyatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga hamohang ravishda saflarimizni salohiyatli, dasturiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan xotin-qizlar bilan kengaytirib borish zimmamizdagi asosiy vazifadir. Zero, tinch va osoyishta Vatanimizda yashab, jamiyat hayotining turli jabhalarida faoliyat yuritayotgan, o‘zi va farzandi taqdirini mamlakat taqdiri bilan bog‘laydigan har bir ayol e’zozga loyiqdir. Muhiba SAYFIDDINOVA, shahar Kengashi deputati V i loyat ruh iy kasa l l ik lar shifoxonasida “Yashil makon” umumm i l l iy dav lat dastur i doirasida viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan obodonlashtirish -ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. — Muassasamiz 905 o‘ringa mo‘ljallangan statsionar shifoxona va 70 qatnovga mo‘ljallangan dispanser bo‘limidan iborat, — deydi shifoxona bosh vrachi Akmal Ahrorov. — Muassasada 7 ta ayollar, 9 ta erkaklar bo‘limi, 1 ta sog‘liqni tiklash maxsus bo‘limi, 1 ta maxsus sil kasalligiga chalingan ruhiy bemorlarni davolash bo‘limi, 1 ta bolalar bo‘limi, 1 ta sudpsixiatrik ekspertiza bo‘limi hamda Samarqand shahrida joylashgan dispanser mavjud. Muassasada terapiya, xirurgiya, ginekologiya, s t om a t ol o gi ya , fi zi o t e ra pi ya xonalari, klinik laboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan 2022-yilda shifoxona qabul bo‘limi va eski ma’muriyat binolari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, shifoxonani uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 100 kVTli dizel generatori va qabul bo‘limini energiya bilan ta’minlash maqsadida 10 kVtli quyosh panellari o‘rnatildi. “Yashil makon” umummilliy davlat dasturi asosida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi barcha tibbiy muassasalar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan aksiya doirasida muassasa hududida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bog‘i tashkil qilinganligi tizimdagi xayrli ishlardan biri bo‘ldi, albatta. Chunki, ko‘plab kasalliklarni jumladan, ruhiy kasalliklarni davolashda toza havo alohida ahamiyatga ega. Vil o ya t s o g‘li q ni s a ql a s h boshqarmasi axborot xizmatidan olingan ma’lumuotlarga ko‘ra, aksiya doirasida viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi hududida o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari davomida hududga 840 tup manzarali hamda 800 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi va elektron platformaga kiritildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tizimdagi barcha muassasalar hududida xuddi shunday obodonlashtirishko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil qilinib, ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. A. ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Mamlakatimiz Prezidentining “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning t a r a q q i y o t s t r a t e g i y a s i n i “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Fa rmonda xalqqa qulaylik yaratish maqsadida barcha davlat organlari va tashkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish” chora-tadbirlarini belgilash topshirildi. Xususan, xizmat ko‘rsatish tizimining barcha jabhalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bosh vazifa sifatida belgilandi. Bunda vazirlar, ijro etuvchi hokimiyat rahbarlariga 15 kun ichida o‘z tizimida masofadan turib ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘paytirish, tadbirkorlar bilan doimiy muloqot tizimini yaratish ko‘zda tutilgan. Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yanada kengaytirish davr talabi ekanligini ushbu dasturda belgilangan vazifalar ko‘lamining kengayayotganidan ham bilish mumkin. Endilikda ushbu tizimda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 300 tadan, yagona interaktiv xizmati turlari 570 tadan oshiriladi. Natijada, xizmat ko‘rsatishning bugun paydo bo‘layotgan ko‘plab muammolarini hal etish uchun sharoit yaratiladi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tizimi ham islohotlarga muhtojligi, tizimda muammolar ko‘pligi bois nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash ko‘lamini kengay ti ri sh talab etilayotganligi bor gap. Endilikda ularni ijtimoiy himoyalash tadbirlari bevosita elektron ma’lumotlar almashish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nogironlarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida tushunmoq, ularga har jabhada zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi hisoblanadi. Mamlakatimizda har yili aholi soni 800 ming kishidan oshib bormoqda. Aholi sonining o‘sishi bilan uy- joyga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham kuchaymoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda “Yangi O‘zbekiston” turar joy massivlari keng ko‘lamda barpo etilmoqda. Ayni paytda 161 ta ana shunday massivlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Shu yilning o‘zida uy-joy qurish hajmi bugungidan 1,6-marta oshirilib, 90 mingta uy-joy qurish belgilanganligi ham qurilish ko‘lamining kengligidan darak beradi. “Obod qi shloq ” va “Obod mahalla” dasturlari asosida olib boriladigan ishlar yanada izchillik bilan davom ettirilishi belgilandi. Demak, shahar va qishloqlarimizda olib borilayotgan ushbu yo‘nalishdagi ishlarimiz yanada keng quloch yozadi. Bunda uy-joy hamda ijtimoiy va savdo obyektlarini loyihalashtirish, qurishda avtotransport vositalarining turargohlari, ko‘p qavatli va yerosti avtoturargohlar qurilishi majburiy etib belgilandi. Toshkent viloyatida joriy etilayotgan “Mening birinchi uyim” dasturi asosida uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etiladi. 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trillion so‘m, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion so‘m mablag‘ ajratish mo‘ljallanmoqda. Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish oldimizda turgan muhim ijtimoiy vazifa hisoblanadi. Maktab bitiruvchilarining 2 ta xorijiy tilni va 1 ta kasb-hunarni egallashi qat’iy maqsad sifatida o‘rtaga tashlanmoqda. Dasturda ham bu vazifa o‘z ifodasini topgan. Xususan, shu yil 1-sentyabrdan boshlab har bir tuman va shaharda bittadan umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichmabosqich yo‘lga qo‘yiladi. Ta’lim dasturi amaliyoti yanada kengaytiriladi. 1—4 sinf o‘quvchilarini ilg‘or tajriba asosida yaratilgan darsliklar asosida o‘qitish, 5—9 sinflarda umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish, 10-11 sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliya tiga mo s bo‘lgan iqtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish yo‘lga qo‘yiladi . 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, mamlakat bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash joriy etiladi. 2023-yil 1-apreldan boshlab mak tabga cha ta’lim qamrovi yanada kengaytiriladi. Muassasalar uchun ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlari, yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish, ularni ta’mirlash, jihozlashga ruxsat beriladi. Yangi o‘quv yilida kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli yanada kengaytiriladi va davlat grantlari bilan ta’minlanadi. Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash uchun talablarga to‘liq javob beradigan bittadan namunaviy professional ta’lim muassasalari hamma joyda tashkil etiladi. Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarmoqqa jalb etish qamrovi yanada kengayib, chekka qishloqlarda ham maktabgacha ta’lim maskanlari tarmog‘i quriladi. Bola tarbiyasi bilan bog‘liq bu singari muammolar ijobiy hal etilishiga shak-shubha yo‘q. 2023-yilda aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, si fa tli tibbiy xizma tni yo‘lga qo‘yish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti, 520 ta ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish tizimi yangicha tashkil etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olinadi, 30 ming nafar shaxsning salomatligi mustahkamlanadi. Ta r m o q n i n g k e n g a y i s h i , z am o n a v i y u s k u n a l a r b i l a n t a’minl ani shi , mu t a x a s si sl a r mahoratining oshishi, qator yuqumli kasalliklar kamayib borayotganligi sohada jiddiy o‘ zga ri shla rga kirishilganidan dalolatdir. Dasturga muvofiq ish joylarida xodimlar uchun zarur sharoitlar ya ra tili shi b elgil ab q o‘ yildi . Shuningdek, tadbirkorlar uchun q u l a y l i k l a r k o ‘ l am i y a n a d a kengaytiriladi. Qabul qilingan da s tu rning mazmun-mohiyati, undan ko‘zlangan ezgu maqsadlarning ko‘lami yanada keng. Eng muhimi, ularni amalga oshirishning aniq muddatlari va qonuniy yo‘l-yo‘riqlari belgilab berilganligi bilan har bir fuqaroda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Ishonch esa har birimizni ezgu maqsadlar yo‘lida g‘ayrat va tashabbus bilan mehnat qilishga, izlanishga da’vat etadi. Quvondiq XALILOV, “Samarqand” muxbiri Viloyat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra 724 tani tashkil etadi. Ulardan 683 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 27 taga yoki 4,1 foiziga oshganligini ko‘rish mumkin. 2023- yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. Samarqand shahrida xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 321 tani tashkil etmoqda. Hokim yordamchilari Insonga e’tibor ko‘chat o‘tqazish shifoxonadan boshlandi “Yashil makon”: faoliyati tahlil etilganda... Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni nechta?


3 2023-yil 9-mart, payshanba, № 10 (2471) Samarqand — sayyohlar uchun xavfsiz makon www.samarkandnews.uz SAMARQAND Transport-trasologiya ekspertizasi Oylik boshlandi Farroshlar mehnatining qadriga yetaylik Энергетика Siz nima deysiz? Bugungi kunda trasologiya ekspertizasi sohadagi eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu ekspertiza tarkibida transport vositalarining izini tadqiq qiluvchi alohida ekspertiza turi mavjud bo‘lib, u transport-trasologiya ekspertizasi, deb ataladi. Ushbu ekspertiza orqali yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyda qolgan transport vositasi bo‘laklarining joylashuvi, tormoz izlarining holati, transport vositasidan oqqan suyuqliklar, transport vositasida paydo bo‘lgan shikastlanish izlarini o‘rganish jarayonida holatga oydinlik kiritiladi. Bundan tashqari, to‘qnashuv joyi, to‘qnashgan so‘ng transport vositalarining texnik holati, to‘qnashuv zarbalari transport vositalarining qaysi qismiga zarar yetkazganligi kabi holatlar ham chuqur o‘rganiladi. Sodir bo‘lgan hodisa haqidagi tasavvurni, sud muhokamasi, tergov jarayonida aybdorlarni aniqlash, jazodan qutulish maqsadida hodisa joyidan yashiringanlarni qidirish, hodisa haqidagi tasavvur to‘liq bo‘lmaganligi sababli qatnashchilarning har biri o‘zining haqligini isbotlashga urinishlaridagi holat ham chuqur o‘rganiladi. Ushbu holatlarga qo‘shimcha sifatida hodisa holati va to‘qnashuv mexanizmini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, aybsiz kishiga aybdorlik yuklanayotganda, hodisa holati to‘liq oydin bo‘lmagan jarayonlarda ham transporttrasologiya ekspertizasi qo‘llaniladi. Bugungi kunda transport vositasining sug‘urta badalini olish bilan bog‘liq firibgarlik kuchayib borayotganligi sababli ushbu ekspertizaga talab ham oshib bormoqda. Transport vositalarining identifikatsiyalash imkoniyatini beruvchi markirovka belgilarini aniqlash, ularning o‘zgartirilganlik holati, shunday bo‘lsa, qaysi usulda o‘zgartirilganligi, asl belgilari qanday bo‘lganligini aniqlash imkoniyati ham mavjud. Bu tadqiqot jarayonida VIN dvigatel raqamlarining haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lganida mazkur raqamlar ekspluatatsiya natijasida zanglagan yoki chirigandagi holat, yoxud, raqamlarga tashqi mexanik ta’sir yetkazilganligi ham o‘rganiladi. Transport-trasologiya ekspertizasi tadqiqotlari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi hamda uning hududiy bo‘limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan mutaxassis fikrlarini ishlab chiqish ham joriy qilingan. Bu holatda yuqoridagi vaziyatlar ro‘y berganda ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun zarurat tug‘ilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki sudga murojaat qilmasdan fuqarolarning yoki tashkilot vakillarining o‘zlari murojaat etishlari mumkin. Otabek IBRAGIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi viloyat bo‘limi eksperti Shahrimiz “Jahon turizm poytaxti”, “Turkiy sivilizatsiyaning poytaxti”, deya rasman tan olingan. Turistik salohiyati kundan-kunga oshib borayotganligi shahrimizga mahalliy va xorijiy turistlarning tashrifini ham kuchaytirmoqda. O‘tgan yili 800 ming xorijiy, 4 million 500 ming mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatildi. Bu 2021-yilga nisbatan turistlar oqimi 3 million 10 ming nafarga oshganligini bildiradi. Sayyohlik obyektlarida turistlarning xavfsizligini ta’minlash sohadagi muhim talablardan biri hisoblanadi. Bu vazifa viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati xodimlari zimmasiga yuklatilgan. Xodimlarimiz o‘z vazifalariga chin dildan yondashayotganliklari tufayli sayyohlar va delegatsiyalarni kutib olish, xavfsizligini ta’minlash, kuzatish samarali tashkil etildi. O‘tgan ikki yil mobaynida bironta ham ko‘ngilsiz holatga yo‘l qo‘yilmadi. Tashrif ob‘yektlarida xizmat olib borayotgan boshqarmamiz xodimlariga 2022-yilda 4490 nafar xorijiy sayyoh murojaat qilgan. Mahalliy sayyohlar orasida esa murojaatchilar soni 8297 nafarni tashkil etdi. Murojaat qiluvchilarning barchasiga o‘z joyida zudlik bilan zarur yordam ko‘rsatildi. Bi r o n t a h am ko‘ n gil si z voqea sodir bo‘lmaganligi xodimlarning samarali faoliyati natijasidir. Xodimlarimiz tomonidan o‘tgan davrda ziyoratgohlar, sayyohla r bilan gav jum ko‘ cha va xiyobonla rda jamoat xavfsizligini ta’minlash, sayyohlarga nisbatan mahalliy aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish, mehmonlarga ni sba tan me zbonla rning munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida joylarda 453 ta uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. O‘tgan yilning yozida sayyohlar uchun eshigini ochgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turistik markazida ham xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Bu yerda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda jamoat xavfsizligini ta’minlash ishonchli yo‘lga qo‘yildi. Natijada 20 ga yaqin xalqaro va mahalliy ahamiyatga molik tadbirlar tinch va osoyishta o‘tkazildi. Bu nufuzli tadbirlar mehmonlarining xavfsizligini ta’minlashda muammoga duch kelganimiz yo‘q. Sababi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oldindan hozirlik ko‘rilgandi. Shahrimizning “Turkiy svilizatsiya va Butunjahon turizm poytaxti”, deb e’tirof etilishi xodimlarimiz oldiga ulkan ma s’uliya tli vazifalarni qo‘ymoqda. Bundan tashqari, Samarqandga havo, temir yo‘l va avtoyo‘llar orqali kirib kelayotgan sayyohlar oqimi tobora kuchaymoqda. Bu holat tizimdagi faoliyatimizni xavfsizlik talablari asosida yanada kuchaytirishni taqazo etadi. Buning uchun tizimda barcha imkoniyatlar mavjud. Maqsadimiz joriy yildagi turizm mavsumi boshlanishi oldidan sayyohlar xavfsizligini ishonchli himoya qilish yo‘lida rejalarni qayta ko‘rib, yangi tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda, Samarqandning “Xavfsiz hudud” sifatidagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlashdir. Zohid YUSUPOV, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Tashkiliy muvofiqlashtirish bo‘linmasi inspektori, kapitan Har bir mamlakat taraqqiyotini ilmli, malakali mutaxassislar belgilaydi. Mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Shu bois yoshlarga ilm berishga, kasbhunar o’rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Shu o’rinda berilayotgan ilm, o’rgatilayotgan kasb-hunar qanchalik darajada zamon talabiga javob beradi, dunyodagi mavjud raqobatga kadrlarimiz bardosh bera oladimi, o’zimizda yoki chet elda bu kasb egalariga ishonch qanchalik darajada, kabi ko’plab savollar tug’iladi. Bu kabi savollarga javob berish, kasb malakasi darajasini baholash, malakali ishchi kasb egalarining reyestrini yuritishni tashkil qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ -4939-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ko’plab buyruq va Nizomlari qabul qilindi. Yuqoridagi me’yoriy hujjatlar asosida kasbiy malakalarni rivojlantirish Respublika kengashi va tarmoq kengashlari tuzildi. Respublikamizda kasbiy malakani baholash tizimi shakllantirildi, mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tarkibiy bo‘linmasi sifatida Malakani mustaqil baholash markazlari tashkil qilindi. Ushbu yo’nalishda shahrimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibida ham Malakani baholash markazi tashkil qilindi va o‘z faoliyatini 2021-yil 10-dekabr sanasidan boshladi. Kasbiy malakani baholash markazlari talabgorlarni qayta o‘qish yoki ishlab chiqarish sharoitlarida yohud ustozshogird an’anasiga rioya qilgan holda o‘rgangan kasb kompetensiyasini xolis va mustaqil baholaydi. Malakalarni baholash markazlarining asosiy vazifasi – talabgorlarning malakasini kasb standartlariga muvofiq ravishda belgilangan malaka talablariga, tarif-malaka tavsiflariga mosligini xolis baholashni tashkil etish va o‘tkazishdan iboratdir. Malakalarni baholash markazi belgilangan kasb faoliyati turlari bo‘yicha talabgorlar malakasini xolis baholaydi. Keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini beradi. Talabgorga malaka komissiyasi xulosasini, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, malaka pasportini rasmiylashtiradi va taqdim etadi. Har bir kasb yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malaka darajasiga, amaliy ish tajribasiga, oliy ma`lumotga ega bo‘lgan eskpertlar tomonidan kasbiy malaka imtihonlari o‘tkaziladi. Talabgorning kompetensiya to‘g‘risida berilgan sertifikatlar haqidagi ma`lumotlari Milliy reestriga kiritiladi. Kompetensiyani baholash ixtiyoriylik, xolislik, shaffoflik, maxfiylik va mustaqillik tamoyillari asosida kasb standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarifmalaka ma’lumotnomalari talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Malakalarni baholash markazi yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi. Malakani baholash markazi tomonidan beriladigan malaka pasporti haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini beruvchi o‘z to‘liq nomiga, shuningdek muhriga yoki QR-kodiga ega bo‘lgan malakani baholash muassasasi hisoblanadi. Markaz xizmatidan korxonalar, tashkilotlar ham foydalanishlari mumkin. Markaz ishga qabul qilinayotgan yoki ishlab turgan ishchi xodimlarning malaka darajasini aniqlab berishni amalga oshiradi. Bundan tashqari ustoz-shogird an’anasidan kelib chiqib, kasb o’rgangan, ammo tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan fuqarolar Kasbiy malakalarni baholash markazida sinovlardan o’tib, tegishli tartibda sertifikat olishlari mumkin. Komil ERGASHEV, “Ishga marhamat” monomarkazi Kasbiy malakani baholash markazi yetakchi mutaxasisi Joriy yilning 1-martidan shahrimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi boshlangandi. 1-aprelga qadar davom etadigan oylik tadbirlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalarning oldini olish, hodisa vaqtida qanday harakat qilish bo‘yicha fuqarolarga zarur ko‘rsatmalar berilmoqda. Mahallalar, mehnat jamoalari, o‘quv maskanlari, jamoat joylarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda favqulodda holatlarda jabrlanganlarga qanday yordam ko‘rsatish, oddiy qutqaruv ko‘nikmasini hosil qilish, harakat yo‘nalishini belgilash kabi muhim ishlar yuzasidan tushunchalar berilyapti. Barchani oylikda faol qatnashishga chorlaymiz. X. MUHAMMADIYEV, Samarqand shahar FVB xodimi, kapitan Atrof-muhit tozaligi, musaffoligi uchun mas’ul bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmasi tizimidagi farroshlarning ishini kuzatib, ba’zan o‘yga tolaman. Sababi shundaki, ayrim yoshlarda ko‘cha supurayotganlarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash holatlari shakllanayotganga o‘xshaydi. Har tong ko‘cha va maydonlarda, turli binolar hovlilarida tozalikni, ozodalikni ta’minlash uchun qo‘lida supurgi bilan mehnat qilayotganlarga duch kelasiz . Ko‘pchiligimiz ularga ahamiyat bermay o‘tib ketamiz. Obodonlashtirish tizimida mehnat qilayotganlar esa ertadan-kechgacha o‘z ishi bilan band. Bir soat avval supurib-tozalangan ko‘chadan o‘tsangiz, oyog‘ingiz tagidagi turli chiqindilarga ko‘zingiz tushadi. Bechora farrosh tushlikdan so‘ng bu chiqindilarni yana supurib, chiqindi qutisiga tashlaydi. Biz esa go‘yoki, bu holatga kundalik ish sifatida munosabatda bo‘lamiz. Yaqinda gavjum ko‘chadan o‘tayotganimda yoshi kattaroq farrosh xotin qo‘lidagi qog‘oz va ichimlikdan bo‘shagan idishni otib yuborgan qizni koyiyotganiga guvoh bo‘ldim. — Hoy qiz, qo‘lingdagi narsani mana bu qutiga tashlasang bo‘lmasmidi? Qiz pinagini ham buzmasdan shunday dedi: — Yig‘ib olish, qutiga tashlash, supurish vazifangiz emasmi?! Indamasdan ishingizni qilavermaysizmi? Bechora farrosh ayol qizga gapirishdan, dashnom berishdan naf yo‘qligini tushunib, ishini davom ettira boshladi. Bunday voqealarga siz ham balki duch kelgandirsiz. Kishini o‘yga toldiradigani shuki, nega o‘zimizga oro berib, chiroyli kiyinib, chiroyli ko‘cha va maydonlarda yurishni xohlaymiz-u, o‘sha maydonning, ko‘chaning chiroyiga chiqindilar bilan “oro” beramiz? Qachon oddiy tushunchamiz hayotiy vazifaga aylanadi? Chet mamlakatlarda yerga chiqindi tashlagan odamga jarima solinishini eshitganmiz. Bizda ham shu tartibni joriy qilish vaqti kelmadimi? Nazarimda, bu tartibni allaqachon qonuniy asosda yo‘lga qo‘ysak, atrof-muhitni bepisandlik bilan bulg‘ayotganlar, farroshlar mehnatini yerga urayotganlar kamaygan bo‘lar edi. Mahbuba RAVSHANOVA, SamDU talabasi Бо афзудани аҳолӣ ва ривоҷи иқтисодиёти мамлакат истифодаи қувваи барқ низ меафзояд. Дар панҷ соли охир дар диёрамон шумори хонадонҳо ба як миллиону 260 ҳазор афзуд, корхонаҳо ба 260 ҳазор расид. Дар натиҷа талаб ба қувваи барқ 35 фоиз зиёд гардид. Афзудани талабот ба энергия дар дунё баланд шудани нархи он ва пешгирии заҳролудшавии атмосфера истифодаи энергияи аз ҷиҳати экологӣ тозаи замонавиро тақозо мекунанд. Инчунин, дар чунин шароит истифода аз манбаъҳои энергияи офтоб ва шамол низ аҳамияти муҳим дорад. Мо медонем, ки асоси панелҳои офтобиро, ки аз нури офтоб қувваи барқ истеҳсол мекунанд маводҳои нимноқилӣ ташкил мекунанд. Таъсирнокии ин элементҳои нимноқилӣ аз нури равшанӣ хеле баланд буда, дар таъсири равшании беруна ноқилияти электрии онҳо то 1000 маротиба меафзояд. Аз маводди нимноқилӣ дар замини мо элементи кремний бисёр паҳн шудааст. Гирифтани кремнийи тоза ва технологияи аз он сохтани элементҳои офтобӣ нисбати маводи нимноқили дигар камхарҷ мебошад. Элементҳои нимноқилӣ бисёр кристалӣ (поликристалӣ) ва яккристалӣ (монокристалӣ) мешаванд. Самаранокии панелҳои офтобии аз нимноқилҳои яккристалӣ сохташуда нисбати панелҳои бисёркристалӣ хеле зиёд аст. Онҳо 23–25 фоизи энергияи офтобиро ба барқ табдил медиҳанд. Дар байни давлатҳое, ки дар ин самт пешсаф мебошанд, Коста-Рика 98 фоиз эҳтиёҷи худро аз ҳисоби манбаъҳои алтернативӣ таъмин мекунад. Германия ният дорад дар соли 2035 энергияи электрии барои худ заруриро 100 фоиз аз манбаъҳои алтернативӣ истеҳсол кунад. Ҷумҳурии мардумии Хитой аз манбаъҳои алтернативӣ аз ҳама беш энергияи электрӣ мегирад. Пекин мақсад дорад, ки дар соли 2025 аз се як қисми энергияи электрии худро аз манбаъҳои алтернативӣ истеҳсол кунад. Дар Ӯзбекистон ҳар сол ба ҳисоби миёна 300 рӯз офтобӣ буда, он 51000 триллион кВт/соат салоҳияти энергиявӣ дорад. Дар Стратегияи тараққиёти мамлакат, ки барои солҳои 2022–2026 пешбинӣ гардидааст, ба инкишофи энергияи «сабз» эътибори алоҳида нигаронида шудааст. Мувофиқи он дар соли 2026 ҳаҷми нерӯгоҳҳои офтобӣ ва бодӣ ба 8000 МВ расонида мешавад. Дар натиҷаи ин 25 фоизи барқро, ки дар диёрамон истеҳсол мешавад, энергияи алтернативиро ташкил мекунад. Ин миқдорест, ки имкони сарфа кардани 3 млрд. метри мукааб газро медиҳад. Бо ин гази сарфашуда дар як сол як миллион хонадонро бо гази табиӣ таъмин кардан мумкин аст. Баробари истифода аз энергияи офтобӣ ҷойҳои нави кориро ташкил кардан мумкин аст. Мувофиқи тадқиқоте, ки Ташкилоти байналмилалии меҳнат (ТБМ) гузаронд, ба воҳиди энергияи электрие, ки сектори энергияи алтернативӣ истеҳсол мекунад, нисбати сохтори сӯзишвории истихроҷшаванда бештар ҷойҳои корӣ ташкил кардан мумкин будааст. Мисол, ба ҳар МВт қувваи энергияи офтобӣ то 11‑то ҷойи корӣ ташкил шавад, бар ҳар як МВт қувваи ангиштсанг то 7‑то ҷойи корӣ таъсис меёбад. Азбаски минтақаҳои ғарбии Ӯзбекистон сершамол аст, он низ барои ҷумҳуриамон боз як манбаи энергияи алтернативӣ мебошад. Мувофиқи маълумоти Шӯрои ҷаҳонии энергияи шамолӣ (TWEC) дар миқёси ҷаҳон қувваи энергияи шамолӣ низ меафзояд. Дар ин самт мамлакатҳои Чин, ИМА ва Олмон пешсафанд. Маълумотҳои омории ҷаҳон нишон медиҳанд, ки қувваи энергияи шамол дар соли 2020 ба 93 ГВт афзуда бошад, дар соли 2026 ба 1123 ГВт расонидани ин нишондиҳанда пешбинӣ мешавад. Энергияи шамолӣ низ имкони ташкили ҷойҳои корӣ ва инкишофи иқтисодиёти маҳаллиро медиҳад. Президенти кишвар ҳангоми сафар ба вилоятҳои Андиҷон, Намангон ва Фарғона таъкид кард, ки панелҳои офтобии 160 мегаватӣ ва 100‑то нерӯгоҳҳои хурд сохта мешаванд. Дар замири ин вазифаҳо дар Андиҷон (41‑то), Намангон (32‑то) ва Фарғона (27‑то) сохтмони нерӯгоҳҳои хурд оғоз гардиданд. Соли равон дар ноҳияҳои Поп ва Фарғона 2 нерӯгоҳи офтобии 600 мегаватӣ сохта мешавад. Инчунин, барои бо гармии бокафолат таъмин кардани 192 бинои бисёрқабата ва 6‑то объекти иҷтимоӣ дар Андиҷони нав лоиҳаи когенератсияи 20 мегаватӣ, ки бо ангиштсанг кор мекунад, амалӣ мегардад. Барои дар объектҳои соҳаи иҷтимоӣ истифода бурдани энергияи офтобӣ ширкат ташкил карда мешавад. Барои лоиҳаи мазкур 200 миллион доллари амрикоӣ маблағ пешбинӣ шуда, худи ширкат панелҳои офтобӣ ва дастгоҳҳоеро, ки обро гарм мекунанд, мегузорад ва энергияи сабзро ба корхонаи буҷетӣ мефурӯшад. Арзиши аслии 1 киловатт — соат энергияи электрӣ, ки аз панели хурди офтобӣ гирифта мешавад, ба ҳисоби миёна 450 сӯм буда, ба ташкилоти буҷетӣ бо нархи 800 сӯм фурӯхтан мумкин аст. Агар дар мисоли донишкадаи мо гирем, дар биноҳои таълимӣ, толори варзишӣ ва хобгоҳҳо панелҳои офтобии қувваашон 100 киловатт гузошта шудаанд ва то моҳи июни соли равон панелҳои офтобии дорои тавоноии 230 киловатт илова мешавад. Ин имкони таъмини талаботи солонаи 660 ҳазор киловаттсоатаи донишкадаамонро медиҳад. Хулоса, энергияи офтобӣ ва шамолӣ роҳи ягона ва боистиқболи дар миқёси глобалӣ таъмини ба таври назаррас афзудан ва кам кардани хароҷот аст. Акбар САФАРОВ, ректори Донишкадаи педагогии Ӯзбекистон — Финландия BEKOR QILINADI Samarqand shahridagi “ZARRIN-Z” mas’uliyati cheklangan jamiyatining dumaloq muhri va burchakli tamg‘asi yo‘qolganligi sababli bekor qilinadi. Samarqand — xavfsiz hudud KASBIY MALAKA QANDAY BAHOLANADI? Самаранокии истифодаи манбаъҳои энергияи алтернативӣ дар чист?


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 129 Adadi: 3 600 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 9-mart, payshanba, № 10 (2471) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Ayol ona sifatida insonni dunyoga keltiradigan qutlug‘ zotdir. 8-Mart tarixidan Тарзи ҳаёти солим Tuyg‘u SIZNI YAXSHI KO‘RAMAN, ONAJON! AVR ARDI Atirgul — ayol va go‘zallik timsoli D Bolsheviklar asos solgan bayram Nega Sizni bunchalar yaxshi ko‘raman, onajon? Qayda bo‘lmay, ko‘nglimni tark etmagan uyg‘oq bir tuyg‘u Sizni behad yaxshi ko‘rishimni anglatib turadi. Ba’zan shakkoklikka borib, Sizni nega bunchalar yaxshi ko‘rishimni o‘ylagan vaqtlarim ham bo‘lgan. Yolg‘izlikda xayol dengizida suzarkanman, mehringiz mayoq kabi porlab, borlig‘imni nurafshon etarkan, inson yaxshi xayollar surishga moyil degan fikrga boraman va Sizni o‘ylashim, yaxshi ko‘rishim boisi bo‘lib tuyuladi menga. Lekin o‘ylaganlarim koshki, faqat Siz bo‘lsangiz! Chunki ko‘nglimga kelganlar bari yaxshi deyolmayman va yana o‘sha savolga ro‘baro‘ kelaman: nega Sizni bunchalar yaxshi ko‘raman, onajon? Balki, meni dunyoga keltirganingiz uchun yaxshi ko‘rarman? Yo‘q. Shunday bo‘lganda, odamman deganning barchasi onasini xuddi mendek yaxshi ko‘rgan bo‘lardi. Afsuski, muqaddas onaga noloyiq farzandlar ham bor. O‘z volidasining ko‘nglini og‘ritgan, haqoratlagan, hatto urgan yuzi qoralar jamiyatda yo‘q emas. Meni voyaga yetkazganingiz uchun Sizni yaxshi ko‘rarman, onajon? Afsuski, bu dalilim ham Sizni yaxshi ko‘rishimga yetarli asos bo‘lolmaydi. Chunki, bolalar uyiga qoldirib ketilgan go‘daklar, dunyoga keltirgan onalarini ko‘rmagan bo‘lishsa-da, u zotni sog‘inib yashaydilar-ku. Tirik yetim bo‘lib qolishiga o‘sha bag‘ritosh ayol sababchi ekanligini bilishsa-da, g‘oyibona bo‘lsa ham uni yaxshi ko‘rishadi, bir kun kelib qolishiga, o‘zi bilan olib ketishiga ishonishadi. Demak, farzandini o‘stirib, ulg‘aytirgani ham onani yaxshi ko‘rishga yetarli sabab bo‘lolmaskan. Onajon, nega Sizni bunchalar yaxshi ko‘raman? Balki hurmat qilganim uchundir? Lekin, og‘ir bo‘lsa ham o‘zimga savol beray: ishxonamdagi boshlig‘imchalik sizni hurmat qilganmanmi? Menimcha yo‘q. Chunki rahbarimga shunchalar hurmatim kuchliki, unga gap qaytarolmayman, so‘zini bo‘lolmayman. Sizga-chi? Rost, gohida so‘zingizni bo‘lganman, hatto gap qaytarganman. Demak, men hurmat qiladigan insonlar ichida eng hurmatlisi Siz, degan taqdirimda ham, amalda boshqacha yo‘l tutganim ma’lum. Shunday bo‘lsa-da, bir haqiqatni aniq bilaman, onajon. Sizni boshlig‘imchalik hurmat qilmagan bo‘lsam-da, unga nisbatan Sizni ming chandon yaxshi ko‘rganman. Boshlig‘imni Sizdan ziyod hurmat qilgan bo‘lsam ham, uni Sizchalik yaxshi ko‘rmaganman. Boshliq nohaq bo‘lganida undan xafa bo‘lgan, hatto nafratlangan vaqtim bo‘lgan. Lekin, sizga nisbatan hech qachon bu tuyg‘uni sezmaganman. Noto‘g‘ri ish qilsam urishganingizda ham, bolaligimda sho‘xligim haddan oshsa, shapaloq tushirganingizda ham Sizdan xafa bo‘lmaganman. Baribir Sizni yaxshi ko‘rganman. Yaxshi ko‘rish faqat hurmatga bog‘liq emas ekan. Shundaymi, onajon? Sizni sevganim uchun yaxshi ko‘rarman, balki? Lekin Sizni turmush o‘rtog‘imchalik sevganmanmi? Turmush o‘rtog‘imni sevib, goh behud, gohida behalovat yurganim, uning dil rozini olish uchun, hatto jonimdan voz kechishga-da rozi bo‘lganimni eslasam, uni haddan ortiq sevganim yodimga tushadi. Agar yaxshi ko‘rish sababi sevgidan bo‘lsa, umr yo‘ldoshimni Sizdan ziyod yaxshi ko‘rishim kerak edi. Ammo, Sizni ko‘proq yaxshi ko‘rishimni bilaman, onajon. Aytgan so‘zlaringiz uchun balki Sizni yaxshi ko‘rarman? Yo‘q, bu ham unchalik to‘g‘ri emas. Chunki, ba’zi do‘stlarim bilan soatlab gap sotamiz, Siz bilan esa uzoq suhbatlasholmayman. Nega deganda, sergap emassiz, qiziq-qiziq voqealarni ular kabi aytib berolmaysiz. Endi o‘ylasam, menga qolganda kamgap ekansiz, onajon! Sog‘inib borganimda sog‘ligimni, ishimni, oilamni, nabiralaringizni so‘rashdan nariga o‘tmagansiz. Shunday bo‘lsa-da, boshqalardan farqli ularoq, gapirmasangiz-da, yoningizda o‘tirib, butun tashvishlarimni unutgandek bo‘laman, ko‘nglimda xotirjamlik tuyaman. Jimgina o‘tirsangiz ham, negadir zerikmayman. Go‘yo boshqa dunyoga tushib qolgandek sezaman o‘zimni. Ha, ha, boshqa dunyoga. Bu Sizning beg‘ubor va mehrga boy dunyoingiz. Biz o‘sib-ulg‘aygan, bizga tanish, bizga aziz bo‘lgan muqaddas dunyo. Sizga tegishli bu dunyoda ta’na qilish yo‘q, ta’ma qilish yo‘q, izzattalablikdan xoli u. Soxta iltifot, laganbardorlik, yaltoqlanish kabi illatlardan ayri bu dunyo. Onajonim! Biror marta qo‘limga emas, hamisha ko‘nglimga qaragan onam. Nega bunchalar Sizga talpinaman? Meni yaxshi ko‘rganingiz uchun-mi? Menimcha shundan bo‘lsa kerak? Ha, shunday, meni yaxshi ko‘rganingiz uchun. Lekin men Sizning yaxshi ko‘rishingizga arziymanmi? Hurmatim boshqalarga ziyod bo‘lsa, sevgimni yorimga ravo ko‘rsam, quvonchli onlarimni o‘zgalar bilan o‘tkazsam. Nega meni yaxshi ko‘rasiz, onajon? Sizni sog‘intirib, uzoq vaqt qoshingizga kelmasam ham meni yaxshi ko‘rishingiz meni o‘ylantiradi ham, quvontiradi ham. Shu bilan birga hayratlantiradi, ta’sirlantiradi. Meni har qanday vaqtda ham, har qanday ahvolda ham yaxshi ko‘rganingiz, oftobdek iliq mehringiz Sizni yaxshi ko‘rishimga sababdir, balki... Onajon. Xurshid NURULLAYEV Anjumanda 25 mamlakatdan 886 nafar delegat ishtirok etgan. Tadbirda — Klara Setkin va Roza Lyuksenburg ham qatnashgan edi. Klara Setkin minbarda nutq so‘zlar ekan, anjumanda ayollar manfaatlarini himoya qiladigan qaror qabul qilish va bu kunni “Dunyo ayollari huquqlarini himoya qilish kuni”, deb e’lon qilish haqida taklif bildirdi. Biroq bu taklif qabul qilinmadi. Oradan 3 yil o‘tgach, Kopengagenda o‘tkazilgan ana shunday anjumanda u yana “Xalqaro ayollar tengligi va ozodligi uchun kurash kuni”ni belgilash haqida taklif bildirdi. 17 mamlakatdan kelgan 100 ga yaqin delegatlar tomonidan bu taklif qo‘llab-quvvatlandi. 1911-yilda Germaniya, Avstriya-Vengriya, Daniya va Shveysariyada ilk bor “Xalqaro xotin-qizlar kuni” nishonlandi. Aslida bayramga 1908-yilda AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkazilgan, 15 ming ayol ishtirok etgan namoyishda bayramni tashkil etish taklifi bir qator talablar asosida o‘rtaga tashlangandi. Ya’ni ayollarning erkaklar bilan teng maosh olish, ish kunini 16 soatdan 10 soatga qisqartirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, saylovda ovoz berish, xotin-qizlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq tenglikni keng joriy etish haqidagi talablar o‘rtaga tashlangan. Shundan so‘ng ayollar huquqlarini himoya qilish uchun xalqaro harakat kuchaydi, ayollar kasaba uyushmalari ham paydo bo‘la boshladi. Hatto, dunyodagi birinchi ayol universitetga o‘qishga qabul qilindi. Vaqt o‘tgan sari “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni ayollar huquqini himoya qilish bayrami sifatida keng nishonlash yo‘lga qo‘yildi. 1975-yilda BMT Bosh Assambleyasi 8-martni ayollar hayotining barcha jabhalarida erishgan yutuqlarini nishonlash va tengsizlikka qarshi norozilik bildirish kuni, deb e’lon qildi. Shunga qaramasdan bugungi kunda bu bayram faqat 40 dan ortiq mamlakatdagina nishonlanadi. Mamlakatimizda esa o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida bu bayramga asos solinib, u ayollarni ozod qilish harakati bilan bog‘landi. O‘zbek ayollari yuzidagi parahjiga qarshi “Hujum”, deb atalgan ijtimoiy-siyosiy harakat maqsadi bevosita shu bayramni rasmiy jihatdan qabul qilish va nishonlashga qaratilgan edi. O‘zbekiston — xalqaro hamjamiyatdan olgan barcha huquqiy majburiyatlarga amal qiladi. Bugungi kunda bu bayram nafaqat ijtimoiy-siyosiy hayotda balki, ma’naviy qarashlarimizdan ham muhim o‘rin olgan. T. MAMATOV, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi katta o‘qituvchisi TENGLIKNI QANDAY TUSHUNAMIZ? Dunyoda erkak va ayol huquqlarining tengligi bugungi kunda gender tenglik, deb nom olgan. Aslida, Yevropadan kirib kelgan bu huquqiy tushunchaning qisqacha ma’nosi erkaklar va ayollarning jamiyatdagi tengligini amalda namoyon etishdir. Bu tenglikka amal qilinayotgan g‘arb mamlakatlarida qanday voqealar, ko‘ngilsizliklar sodir bo‘layotganligi ham bor gap. Shunga qaramasdan tenglik, deganda tarozining bir pallasiga erkakni, ikkinchi tomoniga ayolni qo‘yib, ularning hayotdagi teng huquqliligi haqida mushohada etish o‘rinlidir. Ayol ona sifatida insonni dunyoga keltiradigan qutlug‘ zotdir. Sharqda hamisha bu zot vakillari ulug‘lanib kelingan. Avlodlarimiz orasida afsonaviy To‘maris ham, Amir Temur shuhratiga shuhrat qo‘shgan Saroymulkxonim ham, oxirgi bosqinchi — Chor Rossiyasiga qarshi qo‘shin to‘plab, ularga qaqshatqich zarbalar bergan Qurbonjon Dodxoh ham biz faxrlansak arziydigan qahramonlarimiz hisoblanadi. Bugungi ayollarimiz orasida ham har jabhada el tashvishi, yurt ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotganlar ko‘plab topiladi. Agar o‘tmishda tenglik bo‘lmaganida Barchinoyu Qaldirg‘ochdek afsonaviy qahramonlar dunyoga kelarmidi? Bugun mamlakatimizda gender tenglikning huquqiy ijrosini ta’minlash yo‘lida e’tirofga loyiq qadamlar tashlanmoqda. Hayotning barcha jabhalarida ayol va erkak tengligi ma’naviy qadriyatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilyapti. Birgina oila misolida ota va onaning tengligini ko‘z oldimizga keltiraylik. Xalqimizda ota — shoh, ona — vazir, degan naql bejizga paydo bo‘lmagan. Ro‘zg‘ordagi bolalar tarbiyasi, ishlar taqsimoti va ijrosi bevosita ana shu “vazir” zimmasidadir. Shunga qaramasdan ayrim oilalarda ota-ona kelishmovchiligi oqibatida noxushliklar paydo bo‘lmoqda. Ro‘zg‘orda albatta, muammolar bo‘lib turadi. Ana shunday paytda erkak ham, ayol ham “bir gapdan qolib”, mushohada etsa olam guliston. Ayni paytda er va xotinning huquqiy imkoniyatlarini tenglashtirish maqsadida oila qurayotgan yoshlar FHDYOda ro‘yxatdan o‘tishayotganida oilaviy shartnoma tuzish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu gender tenglikning bir ko‘rinishi bo‘lib, mazkur huquqiy hujjat mohiyatini ayrimlarimiz to‘g‘ri tushunmaymiz. Emishki, shartnoma faqatgina Xudo ko‘rsatmasin, ajralish paytida kuchga kirarkan! QIZLAR TUG‘ILISHI NEGA KAMAYMOQDA? O‘tgan yili viloyatimizda 53617 nafar o‘g‘il, 57892 nafar qiz chaqaloq dunyoga kelgan. Shahrimizda ham o‘g‘il va qiz chaqaloqlar “balansida” qiz chaqaloqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq bu faqat o‘tgan yilgi ko‘rsatkich, xolos. 2021-yilda shahrimizda 5860 nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, qizlar soni esa 5502 nafarni tashkil etgan. Undan avvalgi 5 yil mobaynida ham qiz chaqaloqlar kam tug‘ilgan. Faqat o‘tgan yilga kelibgina qizlarning ko‘p tug‘ilishi kuzatilgan bo‘lsa ham oxirgi 10 yillikda baribir o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilgan. Natijada mamlakatimizda bundan 10—15 yil muqaddam erkaklar umumiy aholi soniga nisbatan 47-48 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ayollar salmog‘i 52-53 foizdan iborat bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar bugun eskirgandek tuyuladi. “Eskirish”ning sababi nimada, degan savol paydo bo‘ladi. ... Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar, telekanallarda Toshkent shahrida sodir etilgan mudhish qotillik haqida lavhalar e’lon qilindi. Ikki qizning otasi oy-kuni yaqinlashgan yostiqdoshini pichoqlab qo‘yadi. Marhumaning qaynonasi kelinidan... o‘g‘il tug‘ishni talab qilgan! Buni qarangki, ona qornidagi egizak chaqaloqlar ham qiz ekan! Ana shundan so‘ng dahshatli qotillik yuz bergan. Bugungi kunda homiladorlikni shifokorlar tomonidan kuzatib borish xizmati keng joriy etilgan. Biroq, ultratovush uskunasi yordamida homilaning jinsini aniqlash imkoniyati bo‘lganligi uchun ham ko‘plab norasida qizaloqlarimiz yorug‘ dunyoga kelmasdan abort qurboniga aylanmoqda. Yuqoridagi fojiada ham ana shunday tekshiruvdan so‘nggi xulosadan qoniqmagan qaynana jazavaga tushgan, ota esa qo‘liga pichoq olgan... Ultratovush tekshiruvi bu borada ayrim kaltabin otaonalarning gunohga botishiga yo‘l ochmoqda. Bitta yuqoridagi fojia emas, hatto, er-xotin o‘zaro kelishib qiz homilani oldirib tashlayotganiga guvoh bo‘lganmiz. Bu ham keyingi yillarda qiz farzand tug‘ilishining ko‘rsatkichlari keskin pasaytirishiga olib kelmoqda. Bunday nomutanosiblik kelgusida turli ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Xo‘sh, savol tug‘iladi: nega aksariyat ota-onalar qiz homiladan qutulishni istashmoqda? Buning sababi, ildizi qayerda ekan? — Chunki o‘g‘il bolaga nisbatan hozirgi paytda qiz bolaning tashvish, xarajati ko‘payib bormoqda, — deydi ko‘pni ko‘rgan otaxonlardan biri. — Xudo bexabarligimiz, kaltabinligimiz, hoyuhavas botqog‘iga botayotganligimiz oqibatida shunday fojialar ro‘y bermoqda. O‘ylab ko‘ring, qiz bola voyaga yetgach uni uzatish tashvishiga tushamiz. Bu tashvishning cheki-chegarasi yo‘q: qiz sepining o‘zi tinkangizni quritadi. Sep oddiy uy jihozlaridan iborat bo‘lsa mayliga-ku, endilikda qimmatbaho maishiy buyumlar, hatto mashina, uy-joy talab qiladigan qudalar, kuyovto‘ralar ham chiqmoqda. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ayrim kaltabin ota-onalar ertangi “xarajat”dan qutulish maqsadida homilani UTTdan o‘tkazib, qiz farzand bo‘lsa voz kechish yo‘lini tanlashmoqda. Bunday fojia dabdabali to‘y, orzu-havasga berilib ketayotganimiz oqibatida ro‘y berayotganini nega o‘ylab ko‘rmayapmiz?! Quvondiq MAJIDIY Ko‘pchiligimiz eng chiroyli va go‘zal qaysi gul, degan savolga atirgul, deya javob qaytaramiz. Nega shunday? “Nega”ligini bilmadim-u, biroq ongu shuurimizga eng go‘zal va iforli gul sifatida atirgul chuqur singib ketgan. To‘g‘ri, bugungi kunda atirguldan ham go‘zalroq, chiroyliroq gullar ko‘payib ketdi. Shuning uchun ham ayrimlar o‘sha gullarni atirguldan ustun qo‘yishi mumkin. Ammo, o‘sha, siz go‘zal, deb hisoblaydigan gulingizning raftori atirgul chiroyidan ustunroq bo‘lib ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo iforsiz ekanligiga e’tibor berganmisiz? Atirgul esa bizga ham chiroyini, ta’rifiga so‘z topilmas ajoyib iforini taqdim etadi. Atirgulni onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz, ro‘zg‘orimiz farishtasi — yostiqdoshlarimiz qiyofasiga mengzagim keladi. Atirgulday tabiat injiqliklariga dosh beradigan gulni uchratmadim. Ayollarimiz ham shunday: hayot qiyinchiliklariga shunday bardosh berishadiki, bu nozik xilqat shuncha kuchni, bardoshni qaydan oldi, degan o‘y xayolimizni qoplab oladi. Shu jihatdan ham atirgul va ayol timsolida o‘xshashlikni, hamohanglikni, hatto bog‘liqlikni his etamiz. Har sa far bahorning ilk bayrami si fatida nishonlanadigan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni yaqinlashishi bilan ana shu “tor tushunchalar” ko‘nglimga sig‘may ketadi. Atirgulning g‘unchasi, chiroy va iforga burkangan guli, nozik yaproqlari, hatto, tikonlari ham ayol go‘zalligini o‘zida mujassam etgandek tuyulaveradi. Ayol qiyofasi, ichki dunyosi bilan atirgul chiroyi o‘rtasida shunday bog‘liqliklar borki, har safar gulga boqsam, ko‘z oldimda marhuma onam, qizlarim va ularning onasi namoyon bo‘laveradi... Quvondiq XALILOV Бемории онкологии занҳо муаммои нав нест. Шифокорон барои пешгирии ин гуна бемориҳо ба занҳо тавсия медиҳанд, ки дар як сол як маротиба аз муоинаи тиббӣ гузаранд. Як намуди ин беморӣ саратони сина мебошад. Тарзи пешгирӣ ва табобати саратони сина чӣ хел аст? Ба ин суол номзади фанҳои тиббӣ, дотсенти Донишкадаи тибби Самарқанд Мавлуда Каримова чунин ҷавоб дод: — Мутаассифона, ҳар сол садҳо нафар занон бар асари бемориҳои саратони сина ва саратони гарданаки бачадон бармаҳал аз олам чашм мепӯшанд. Аз рӯи маълумоти омор ҳар сол дар саросари ҷаҳон зиёда аз 2 миллион нафар, дар мамлакатамон 2700 нафар, дар вилоят бошад, қариб 300 нафар занон ба саратони сина гирифтор мешаванд. Вале ҳамагӣ 30–40 фоизи беморон дар зинаи охирини беморӣ ба мо муроҷиат мекунанд. Беморӣ чӣ қадаре, ки барвақт ошкор шавад, эҳтимоли пурра шифо ёфтани он зиёдтар аст. Чунки пешгирии беморӣ беҳтар аз табобат кардани он аст. Таҷрибаи ҳаррӯзаи мо нишон медиҳад, ки аксари беморони мо дар бораи саратони сина ва бемориҳои пеш аз саратон маълумоти кофӣ надоранд. Зеро, бемориҳои онкологӣ бе ягон аломату нишона ба амал меоянд. Дар натиҷа, муайян кардани онҳо хеле душвор мешавад. Дар зинаи аввали саратони сина: — дар сина пайдо шудани як пораи хурди ғадуди бедард ё пайдо шудани гиреҳи хурд дар атрофи он, — ҳосил шудани ихроҷҳои гуногун аз сина, бахусус ихроҷи хунолуд ва ё ба дарун кашида шудани сина, — бояд эътибори ҳар як занро ба худ ҷалб намуда, водор созад, ки ба шифокор муроҷиат намояд. Аммо аксари занон дар синаашон пайдо шудани ғадуди бедардро фаҳманд, ки беэътиборӣ зоҳир намуда, аз духтур маслиҳат намепурсанд. Вақте ки беморӣ авҷ мегирад, табобати он душвор мешавад. Аз ин рӯ, мо аз бонувон хоҳонем, ки вақте ки дар синаашон ягон тағйиротро мушоҳида мекунанд, ҳадди ақалл ба духтури саратоншинос (онколог)-и ҳудуди худ муроҷиат кунанд ва агар имкон бошад, аз муоинаи шифокори маммолог гузаранд. Вобаста ба ин, барои дар марҳилаҳои аввал ошкор намудани бемориҳои саратонӣ ва табобати бемориҳои саратонӣ барномаи скринингӣ таҳия шудааст. Ҳоло ба воситаи дастгоҳи маммока занони синни 40–60‑солаи ноҳияҳои дурдасти вилоятамон аз муоинаи скринингӣ гузаронида мешаванд. Бо вуҷуди ин, бонувони зиёде ҳастанд, ки дар марҳилаҳои таъхири саратони сина қарор доранд. Маълумотҳои статистикӣ нишон медиҳанд, ки аксари саратонҳои тасодуфан барвақт ошкоршуда бо муоинаи профилактикии маммологҳо вобаста мебошанд. Зеро, дар зинаи аввали саратони сина ба духтур муроҷиат кардани занҳо хеле кам ба назар мерасад. Аз ин рӯ, самараноктарин пешгирии саратони сина муоинаи маммографии занони солим аз ҷониби маммолог мебошад. Dilafro‘z OBLOQULOVA Xalqaro xotin-qizlar bayramining tamal toshi 1907-yilning 18-avgustida German iyan ing Shtutgart shahr ida o‘tkazilgan II Internatsionalning VII kongressida qo‘yilgan. Саломатии модарон — асоси мустаҳкамии ҷамъият


Click to View FlipBook Version