The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2024-01-03 10:11:57

Samarqand 1-son

Samarqand 1-son

Vatan, el manfaati muqaddasdir! SGazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz 2024-YIL 4-YANVAR, PAYSHANBA № 1 (2514) ISSN 2010-6734 Biz siz bilan birgamiz, muhtaram gazetxon! Magnus yana tengsiz 2024-yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili Muharrir minbari Sarhisob Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan 2023-yil davomida jami 18 marta sessiya o‘tkazildi. Sessiyalar ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn yoritib borildi. Sessiyalarimizda deputatlar tomonidan 176 ta masala ko‘rib chiqildi va ularning taklif, mulohazalari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Ko‘rilgan masalalar mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 106 ta hisobot, 10 ta axborot, 1 ta muhokama, 1 ta vakolat doirasida qarorlarni tasdiqlash, 7 ta hokim qarorini tasdiqlash va 42 ta boshqa masalalar sessiyalarda ko‘rildi va E-qaror elektron bazasi orqali 176 ta sessiya qarori rasmiy e’lon qilindi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan yil davomida jami 219 ta deputatlik so‘rovi chiqarildi. Deputatlik so‘rovlariga loqaydlik bilan qarab, javob bermagan shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga qayta so‘rov yuborilib, shahar Kengashining sessiyasida muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 193-moddasiga muvofiq Davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari deputatlar oldidagi o‘z vazifalarini bajarmasligi, ularning ishiga to‘sqinlik qilishi, soxta ma’lumot berishi, deputatlik faoliyatining kafolatlarini buzishi mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni, 10 kun davomida javob qaytarishi kerakligi to‘g‘risida og‘zaki ogohlantirish berilgan. Xalq deputatlari shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputat so‘rovlari natijalari o‘rganilib, bir necha mas’ullarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun shahar prokuraturasiga xat yuborildi. Shahar Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan okruglarda “Sayyor qabul”lar va uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi. Yil davomida shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan 165 ta uchrashuv o‘tkazilib, 455 ta muammolar aniqlandi. Muammolarni hal qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi. Kengash, doimiy komissiyalar va deputatlar faoliyati “Samarqand” gazetasi, uning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, “Deputat minbari”, “Deputat anketasi” hamda “Doimiy komissiyalarda” ruknlari ostida, viloyat va markaziy nashrlarda, televideniye va radioda yoritib borildi. Kengash kotibiyati va deputatlar mamlkatimizda amalga oshirilayotgan barcha ommaviy tadbirlarda faollik ko‘rsatib kelishmoqda. F. OCHILOV, Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Vaqt, umr oqar daryo, deb bejiz aytishmagan: hash-pash deguncha, 2023-yilni ham kuzatib, 2024-yilni tinchlik-omonlikda, shodumon kayfiyatda kutib oldik. Yil boshidayoq jamoalarda o‘tgan yilgi faoliyat yuzasidan barcha yo‘nalishdagi ishlar o‘rganilib, tahlil qilinadi. O‘zimiz esa qanday yashadik, qanday ishladik, degan savolga javob izlaymiz. Zero, bu — hayot va zamon talabi. Qadim shahar hayoti, hamshaharlarimiz turmushi, bu maskanda olib borilayotgan muhim islohotlar ijrosi, taraqqiyot yo‘lida paydo bo‘layotgan muammolar sababini o‘rganib, tahlil etib, Siz, aziz gazetxonlarni boxabar etishdek muhim va dolzarb vazifani zimmamizga olganmiz. Bu bizga juda katta mas’uliyat yuklaydi. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida ushbu islohot shiori asosida shaharda amalga oshirilayotgan beqiyos va keng ko‘lamdagi ishlarni, ularning o‘rni va mohiyatini gazetxonlarga yetkazish choralarini ko‘rdik. O‘tgan yili gazetxonlar bilan aloqani mustahkamlash, yangi pog‘onaga ko‘tarishda muhim qadam tashlandi. “Siz nima deysiz?”, “Xabaringiz bormi?”, “Sizning fikringiz” singari ruknlar ostida turli soha va jabhalar bilan bog‘liq muammolar gazetxonlar e’tiboriga havola etildi. Bu mavzulardagi chiqishlarimiz soni 50 tadan ortiqdir. Umuman, tahririyatimizga yil davomida mingdan ortiq xat-xabar kelib tushdi. Ularda ko‘tarilgan masalalar turlicha bo‘lib, ayrimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazeta sahifasiga qo‘yish yoki saytimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga joylashtirish mumkin bo‘lsa, ba’zilarini chuqur o‘rganish talab etildi. Bu sa’y-harakatlar natijasida jamoatchi muxbirlar va faol gazetxonlar bilan o‘zaro aloqalarimiz yanada mustahkamlandi, deb o‘ylayman. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida bu ikki muhim ijtimoiy jabhaga e’tibor kuchaytirildi. Ta’limdagi muammolar, insonni ardoqlash, qadr-qimmatini oshirish bilan bog‘liq milliy an’analar qarshisida paydo bo‘layotgan muammolar o‘rtaga tashlandi. Bunda tahririyat xodimlari, faol jamoatchi muxbirlar, befarq bo‘lmagan gazetxonlardan tashqari bir guruh talabalar ham o‘z tashabbus va faolliklarini namoyon etdilar. Yil mobaynida SamDU filologiya fakultetining noshirlik, Samarqand davlat chet tillar institutining xalqaro jurnalistika yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan bosma nashr ishqibozlari — talabalar o‘zlarining qiziqarli maqolalari bilan faol qatnashdilar. Bir guruh talabalar amaliyot muddati tugaganidan so‘ng ham keyingi yarim yil mobaynida gazetamiz bilan aloqani uzgani yo‘q. Ularning o‘ndan ortiq dolzarb mavzulardagi maqolalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otganligi quvonchlidir. Ma’lumki, o‘tgan yili Samarqand xalqaro turizm maskani, rasmiy xalqaro uchrashuvlar markazi sifatida dunyoga tanildi. Xalqaro sammitlar, davlat rahbarlarining uchrashuvlari haqidagi barcha rasmiy xabarlar gazetamiz, uning veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritildi. Aytish mumkinki, bu soha faoliyatimizdagi yangi yo‘nalishning bir qirrasi sifatida muhim o‘rin egalladi. Gazetamiz veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ham o‘tgan yili yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Gazeta haftada bir marta chop etilishi sababli unda eng muhim va dolzarb xabarlarni e’lon qilish imkoniyati cheklangan. Bu muammo veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar yordamida hal etilib, har bir ma’lumot, axborot peshma-pesh o‘quvchilarga yetkazib turildi. Bu qulaylik ham tahririyat jamoasi faoliyatini takomillashtirish, berilayotgan maqola va xabarlar mazmun-mundarijasini kengaytirish va boyitishda muhim rol o‘ynadi. 2024-yil davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi. Bu yil ham faoliyatimiz, turmushimiz, hayotimizning barcha jabhalariga baraka keltirishiga tilakdoshmiz. Faoliyat samaradorligini oshirish — bosh maqsadimiz Samarqandda o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha VI jahon chempionatida sensatsiya kuzatilmadi. Yu r timi z m e zb onligid a o‘ t k a zilg an Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning ilk musobaqasida ko‘plab shaxmat ixlosmandlari sensatsion natija kutgani tabiiy. Ammo dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan ortiq mahoratli shaxmatchilar ishtirok etgan musobaqada yurtimiz vakillari yuqori natijalarga erisha olishmadi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etgan jahon chempionatida dastlab 13 turdan iborat rapid bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur yo‘nalishda amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 10 ochko jamg‘argan holda yana bir chempionlikni rasmiylashtirdi. Sloveniyalik Vladimir Fedoseyev ikkinchi, xitoylik Yangyi Yu esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda hamyurtlarimiz orasida Nodirbek Abdusattorov 9 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi. Rapidning ayollar o‘rtasidagi bahslarida FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etgan Anastasiya Bodnaruk birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, hindistonlik Humpi Kaneru kumush, xitoylik Tingji Le bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqa 21 turda o‘tkazilgan blits musobaqalari bilan yakunlandi. Bu yo‘nalishda ham norvegiyalik Magnus Karlsenga teng keladigan raqib topilmadi. Magnus 16 ochko bilan blitsda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqada FIDE bayrog‘i ostida qatnashgan Daniil Dubov va Vladislav Artemiyev ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan blits bahslarida FIDE bayrog‘i ostida qatnashgan Valentina Gunina 14 ochko jamg‘arib VI jahon chempionati chempioni bo‘ldi. Shveysariyalik Aleksandra Kostenyuk ikkinchi, xitoylik Zu Jinner uchinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) vise prezidenti Mayir Mamedov, sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anand, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev ishtirok etishdi. Kirib kelgan yangi – 2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi. Tabiiyki, bu yilda yoshlar uchun keng imkoniyatlar, imtiyozlar yaratiladi. Yil nomiga xos tarzda yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, og‘ir toifaga kiritilgan 24 ming 247 nafar yoshdan 6177 nafarining ishsizlik bo‘yicha, 4642 nafarining davolanish bo‘yicha, 2093 nafarining kasb va xorijiy tilni o‘rganishga oid hamda 9335 nafarining boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish rejalashtirilgan. 33 ming nafardan ortiq yoshlarni “Yoshlar bandlik dasturi” orqali qamrab olib, ishga joylashtirish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, subsidiya va yer ajratish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 37 ming nafarga yaqin yigit-qiz “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritilib, ularga 58 milliard so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, 195 ming nafar yigit-qiz “Ibrat farzandlari” Youtube platformasiga, 170 ming nafari “lbrat Academy” mobil ilovasiga, 128 ming nafari “UzChess” loyihasiga, 98 ming nafari volontyorlik va liderlik loyihalariga, 116 ming nafar yoshlar esa turli intellektual o‘yinlarga jalb qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, joriy yil yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yili bo‘ladi. Keng imkoniyatlar yili bo‘ladi Jahon chempionati


2 2024-yil 4-yanvar, payshanba, № 1 (2514) www.samarkandnews.uz Samarqand Jadidchilar — har jabhaning inqilobchilari Oziq-ovqat xavfsizligi Bandlik Siyosiy sharh Huquqiy yordam “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O ‘zbek iston Respub l ikas i qonun in ing 4- , 6- , va 10-moddalariga muvofiq Samarqand shahar hokimligining geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha komissiyasining shahardagi nomsiz ko‘chalarni nomlash to‘g‘risida 2023-yil 6-sentabrdagi 01-33/73-sonli yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektiarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida 2023-yil 11-oktabrdagi 05-18-510-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining to'qson oltinchi sessiyasi QAROR QILADI: 1. Quyidagilar: — Samarqand shahridagi ko‘chalarning nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. — Samarqand shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi (J. Qodirov), shahar statistika bo‘limi (J.Ulashev), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filiali (H. Abjalov), mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan ko‘chalarning nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin; — Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (I. Ibragimov), shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi (J. Qodirov) nom berilgan ko‘chalardagi tegishli belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin; — Shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi (J. Qodirov), shahar obodonlаshtirish boshqarmasi (Y.Bobonazarov) bilan birgalikda nom berilgan ko‘chalarga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida ko‘chaning nomi yozilgan taxtachalarni va ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatishni ta’minlasin; — Qarorni shahar hokimligi axborot xizmati (A. Po‘latov). “Samarqand” gazetasi (H. Jo‘rayev) shahar hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini va gazetada rasman e’lon qilinishini ta’minlashsin; — Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining Qonuniylikni ta’minlash, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (M. Bobobekova) va shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (N. Alkarov) zimmasiga yuklansin. 2. Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Kengash raisi F.UMAROV 2023-yil 13-dekabr Mamlakatimizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining yaratilganiga ancha bo‘ldi. Ayniqsa, qish-bahor mavsumida bu tizim uzluksiz ishlashi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-oktabrdagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va viloyat hokimining yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan 2023-yil 7-martdagi 78-7-0/23-sonli qaroriga muvofiq shaharda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishining, aholi xarid qobilyatini saqlab qolish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shahardagi bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi va boshqa oziqovqat mahsulotlarining ishonchli zaxirasini yaratish uchun imkoniyatlar ishga solinmoqda. Qish-bahor mavsumi uchun 5,5 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari jamg‘arilishi ko‘zda tutilgan. Bunda kartoshka, piyoz, sabzi singari sabzavotlar, shuningdek, o‘simlik yog‘i, guruch singari mahsulotlar zaxiralari yaratilmoqda. Ayni paytda ham zaxirani to‘ldirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari jamg‘arilmoqda. Shahar hokimligi huzuridagi oziq-ovqat jamg‘armasi hisobidan buning uchun 700 million so‘m mablag‘ ajratildi. Tez orada ushbu mablag‘ hajmi 1 milliard so‘mga yetkazilishi mo‘ljallanmoqda. Jamg‘arilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, sifatli holida bozorlarga arzon narxlarda yetkazib berish bosh vazifadir. Ayni paytda shaharda mahsulotlarni sifatli saqlash uchun alohida tizim tashkil etilgan bo‘lib, umumiy sig‘imi 11,4 ming tonnaga teng bo‘lgan 12 ta muzlatkich, 12,3 ming tonna mahsulotni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 4 ta zamonaviy omborxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholini sifatli, ekologik toza, xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy yangiliklarni joriy etish maqsadida mahallalar, gavjum joylarda bosqichma-bosqich 33 ta yengil konstruksiyali “Yashil do‘kon” va kichik ekobozorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shahar tashqarisidagi Xishrav, Kimyogarlar qorg‘onlari va Qorasuv massivida aholi uchun arzonlashtirilgan mahsulot yetkazib beruvchi 20 ta ko‘chma avtodo‘konlar xizmati yo‘lga qo‘yildi. Konigil mavzesida tashkil etilgan “Samarqand sifat go‘sht savdo” MChJda chorva mollarini veterinariya-sanitariya talablari asosida so‘yish, go‘shtni bo‘laklash, qadoqlash ishlari sifatli bajarilmoqda. Go‘sht aholiga shu yerning o‘zidan bozorlarda tashkil etilgan alohida pavilonlar orqali sotilmoqda. Inson salomatligini asrashda u iste’mol qiladigan oziqovqat mahsulotlarining sifati muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda shahardagi barcha bozorlar, savdo majmualari va shoxobchalarda ana shu talab asosida ishlar tashkil etilib, shaharliklar dasturxoni arzon va sifatli mahsulotlar bilan to‘lganini ta’kidlash joiz. Dilshod HABIBULLAYEV, shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi — bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot, ikkinchisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”. Davlatimiz rahbarining bu fikrlari 2021-yilning 19-yanvaridagi videoselektor yig‘ilishida aytilgan edi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig’ilishida esa yuqoridagi fikrlarning jamiyatimiz va xalqimiz qalbidagi qayta tebranishlarini ko‘rdik. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davr yoshlari qanday bo‘lishi kerak, — degan savolga prezidentimiz o‘g‘ilqizlarimizning aynan ma’naviyatli bo‘lishi kerakligini, ma’naviyat bugungi davrdagi islohotlarimizning bosh negizini tashkil qilishini ta’kidladilar. Bu borada XX asr boshlaridan faoliyat ko‘rsata boshlagan jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosidan foydalanishimiz, ularning hayot yo’li va ijodiy faoliyatlarini chuqur o‘rganishimiz lozim ekanligini qayta ta’kidlab aytdilar. Yurtimizda jadidchilik harakati, yuqorida aytganimizdek, o‘tgan asrning boshlaridan shakllana boshladi. Uning ildizlari islomning oltin asriga borib tutashib, XIX asrning oxirlarida ziyolilarimiz orasida vujudga kelgan demokratik kayfiyatlarga vobasta edi. Ma’lumki, birinchi va ikkinchi renessans davrida ustuvor bo‘lgan islom falsafasi keyingi asrlarda tor — biqiq maishiy qobiqqa o‘ralashib qolgandi. “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslima uchun farz”, degan oliy aqida faqat diniy ilmlar doirasi bilan cheklab qo‘yilgandi. Oqibatda, bir vaqtlar Beruniy, Xorazmiy, Farg‘ojniy, Imom Buxoriy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy singari fan va madaniyat daholari yetishib chiqqan muqaddas zaminda tanazzul davri boshlanib, yurtimiz ajnabiy mamlakatlarning davomli tajovuzi nishoni bo‘lib qolgandi. Ushbu davomli inqiroz chor Rossiyasining bosqini bilan o‘zining mantiqiy yakuniga yetdi. “Har bir yomonlikda bir xayr bor”, deganlaridek, rus istilosi o‘zi bilan birga Yevropada tug‘ilib, butun jahon mamlakatlariga yoyilayotgan demokratiya shabadalarini ham tebratib yubordi. Ayni ana shu davrda Turkistonda Muqimiy, Furqat, Ahmad Donish, Anbar Otin, Hamza, Zavqiy, Bayoniy, Abay, Cho‘qon Valixonov singari taraqqiyparvar ijodkor ziyolilar maydonga kelishdi. Dastlab adabiyot jabhasida boshlangan ushbu harakat asta-sekin ijtimoiy-siyosiy doiraga ham chiqa boshladi. Bu harakatni chor Rossiyasida boshlanib ketgan siyosiy-inqilobiy voqealar yanada tezlashtirdi. Ana shu evrilishlarning natijasi o‘laroq, 1906-yilda Ismoil Obilov muharrirligida birinchi o‘zbek jadid gazetasi – “Taraqqiy” chiqa boshladi. O‘sha yili Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligida “Xurshid”, 1907, 1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida “Shuhrat” gazetalari chop etila boshlandi. Biroq tez orada mustamlakachilar hukumati ushbu nashrlarni tugatish taraddudiga tushdi va turli sabablarga ko‘ra bu gazetalar yopilib ketdi. Ammo ma’rifatparvarlikning gazeta va jurnallar chop qilish bilan ifodalangan yangi to‘lqini 1913-yilda qayta boshlandi. Shu yili “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Kengash”, “Turon” va “Oyna” nomli gazeta-jurnallar dunyo yuzini ko‘rdi. 1917-yilga kelib, Turkiston muxtoriyati tuzilgach, “Hurriyat”, “Buyuk Turkiston” va Said Azimboyevning “Tujjor” gazetalari chiqa boshladi. Turkiston jadidlarining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandasi, shubhasiz, samarqandlik Mahmudxo‘ja Behbudiy edi. U Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muftiy oilasida tug‘ilgan bo‘lib, otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li asli turkistonlik, ulug‘ mutafakkir shoir Ahmad Yassaviy avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, adolatparvar hukmdor — amir Shohmurod zamonida Samarqandga ko‘chirib keltirilgan ulamolardan bo‘lgan. Mahmudxo‘ja yoshligidan bilimga o‘ta chanqoq bo‘lib, diniy va dunyoviy ilmlarni katta qiziqish bilan o‘rgandi. U dunyo bo‘ylab qilgan sayohatlari asnosida Turkistonni jahon taraqqiyotidan behad orqada qolib ketganiga guvoh bo‘ldi va bu tanazzul jarligidan qanday chiqib ketish yo‘llarini izlay boshladi. Masalan, u Bayrut shahrida bo‘lganida universitetning kimyo laboratoriyasini ko‘rib, g‘oyat hayratlanadi. O‘z yurtida ham ana shunday ta’lim muassasalari bo‘lishini orzu qiladi. 1903-yilda ikkinchi marta qilgan haj safarini Rossiyani, xususan, boshqa Sharq mamlakatlarini o‘rganish bilan omuxta qildi. Shu yili qrimlik ulug‘ jadid Ismoil G‘aspirali bilan uchrashdi. Ismoil G‘aspirali jadidchilikning chinakam otasi edi. U ma’rifatparvarlik faoliyatini Qrimda boshlab, shu bilan cheklanib qolgan emasdi. “Vaqt” va “Sho‘ro”, deb nomlangan ikki nufuzli gazetani tashkil qilib, Qrimdan tashqarida ham keng tarqatgan edi. O‘sha gazetalar Turkiston ziyolilari orasida juda ommalashib, mashhur bo‘lib ketgandi. Ismoil G‘aspirali bu bilan cheklanib qolmay, jadidchilik ta’limotini Turkistonda keng yoyish uchun amaliy harakatlar ham qildi. Hatto, Buxoro amiri bilan uchrashib, yangi usuldagi maktablarni ochishga da’vat qilgani haqidagi ma’lumotlar bor. Biroq qadimchi ulamolar ta’siridan qutulolmagan amir uning jo‘yali takliflarini mutaassibona ravishda rad etgan. Alaloqibat, 1919-yilda Turkistonning buyuk jadid farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy xuniga zomin bo‘lgani tarixiy haqiqatdir. Albatta, Behbudiyning xalq o‘rtasida ortib borayotgan obro‘-e’tibori nafaqat amirlik rahbarlari, balki bolsheviklarning niyat va maqsadlariga ham zid edi. Behbudiyning Amir Olimxon amri bilan sodir etilgan qatli haqidagi xabar Samarqandga rosa bir yil o‘tgach yetib keldi. 1920-yilning aprelida Behbudiy uchun butun Turkiston motam tutdi. Xo‘sh, jadidchilikni mashhur qilib yuborgan o‘ziga xosligi nimada edi? Eng avvalo, ularning aql-zakovati favqulodda yuksak rivojlangan, ham Sharq, ham G‘arb madaniyati haqida muayyan bilimga ega bo‘lgan. Deyarli barchasi oliy diniy ma’lumotli bo‘lgan, o‘rta asrlarda yaratilgan falsafiy risolalarni ham o‘qib, ham uqib, bilimini Sharq va G‘arb ma’rifati bilan boyitgan edi. Ayni hol jadidlarning falsafiy dunyoqarashini belgilab bergan va bu avvalo ta’lim sohasini, umuman olganda, ma’rifatni isloh qilish borasidagi faoliyatida aks etgan. Jadidlar bunday islohot o‘tkazishni nafaqat nazariy jihatdan asoslab bergan, qolaversa, ma’rifatni keng yoyish uchun tinmay amaliy harakatlar qilishgan. Ular yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar ochishgan, gazeta-jurnallar, darsliklar chop etishgan, hatto ular ilk teatrni ham tashkil qilgan edilar. Ming afsuslar bo‘lsinki, jadidlar bir tomondan xorijiy mustamlakachilar va ikkinchi tomondan mahalliy qadimchilar zulmi va qarshiligi ostida ikki tomonlama iskanjada qolishdi. Uchinchi tomondan paydo bo‘lgan bolsheviklar esa jadidlarning ushbu ezgu harakatini tag-tomiri bilan quritdi. 1 9 2 7 - y i l d a H a m z a H a k i m z o d a Shohimardonda mutaassiblar tomonidan toshbo‘ron qilindi. 1928,1929-yillarda Munavvar qori hibsga olindi va 1931-yilda Moskvada otib tashlandi. Jadidlarning Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Fayzulla Xo‘jayev, Nizomiddin Xo‘jayev singari qolgan aksariyat ko‘pchiligi 1937-yilda hibsga olinib, Toshkentdagi Alvastiko‘prik degan joyda qatl etildi. Jadidlarning sho‘ro ma’murlari bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan sanoqli, juda oz qismigina omon qolishgan. Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilmfan va madaniy jamoatchiligi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Unda shaxsan qatnashib, so‘zga chiqqan mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Jadidlar g‘oyalari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang”, degan fikrni bildirdi. “Bu kimgadir yoqadimi yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak”, dedi prezident. Shunday ekan jadid bobolarimizning hayoti va faoliyati tadqiqotchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilishi, maktab darsliklaridan keng joy olishi kerak. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi Davlatimiz rahbari tomonidan hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq aholi va jamoatchilik bilan ishlashning muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla fuqarolar yig‘inlari oldiga bu boradagi muhim ijtimoiy muammolarni hal etish vazifasi qo‘yilgan. Bugungi kunda shahrimizdagi mavjud 215 ta mahallada ana shu talab ijrosini ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Maqsad — har bir oilani o‘zini-o‘zi ta’minlash, iqtisodiy jihatdan mustaqil sharoitga ega bo‘lishiga erishish. Daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, daromad topishga, kasb-hunar o‘rganishga harakat qilayotgan oilalar bu borada tashkil etilgan toifaning asosiy qismini egallaydi. Negaki, ishlashni istasa-da, ish topolmay yurganlar kam emas. Bu toifadagi oilalarga qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida iqtisodiy-moliyaviy yordamlar ko‘rsatish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagida bo‘lganlar, nogironligi, bemorlari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning ham aksariyati o‘z ish joyiga ega bo‘lgan holda daromad manbai egasi bo‘lishni xohlaydilar. Bu har jihatdan quvonarli holat. Negaki, xalqimiz endilikda boqimandalikdan voz kechib, qo‘shimcha daromad olish choralarini ko‘rishdek ijtimoiy foydali ishlar bilan band bo‘lishni bosh vazifa, deb tushunib yetmoqda. O‘ tgan yili shaha r hokimining mahallalardagi yordamchilari tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan 1739 ta kichik biznes subyektlari, 3150 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasining turli jabhalariga jalb qilingan. Bundan tashqari, norasmiy ishlayotgan 24 ming nafardan ortiq fuqarolar faoliyati qonuniy rasmiylashtirildi. 5754 nafar fuqarolar kasbhunar o‘rganish uchun turli o‘quv kurslariga jalb qilindi, 304 nafar hunarmand yangidan ish boshladi. Umuman, hokim yordamchilari xizmati bilan 1122 ta ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga doir yangi mikroloyihalar amalga oshirildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi bu borada eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ushbu sohani rivojlantirish va qo‘llabquvvatlash uchun 3893 nafar oilaviy tadbirkorga 55,7 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasida 5203 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi. Har bir mahallaning kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganib chiqildi va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 35 ta yo‘nalishda 302 ta “O‘sish nuqtalari” drayverlari belgilab olindi. Bu boradagi ishlar subsidiyalar ajratish bo‘yicha ham keng ko‘lamda davom ettirildi. 2023-yilda shahrimizda doimiy ishlaydiganlar soni 255 ming nafarni tashkil qildi. Ulardan 142 ming nafari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning rasmiy sektorida doimiy ish bilan band. 32 ming nafardan ortig‘i esa norasmiy sektorda faoliyat yuritganligi aniqlanib, ularning faoliyatini qonun talablari asosida rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bo‘limimizga ortda qolgan yil mobaynida 10 mingdan ortiq fuqarolar murojaat etdi. Ularning qariyb 8 ming nafaridan ziyodiga elektron dastur orqali bandlik xizmati ko‘rsatildi. Jumladan, 8 ming kishiga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan tegishli maslahatlar berildi. Ularning asosiy qismini ayollar va yoshlar tashkil etadi. Ish bilan ta’minlash dasturiga muvofiq 4 mingdan ortiq murojaatchilarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu reja ortig‘i bilan ijro etildi. 960 nafar ishsiz fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilishi ko‘zda tutilgan edi. Amalda esa 1200 nafardan ortiq fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan ta’minlandi. Kasb-hunar o‘rganishni xohlagan fuqarolardan ming nafardan ortig‘i 26 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qib, yangi kasb egalari bo‘lishdi va ishsizlar safini tark etishdi. Eng muhimi, kim ishlashni xohlasa, ularni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish choralari ko‘rilmoqda. Nogironlar, jazo maskanlaridan qaytib kelganlar, probatsiya ro‘yxatida turganlar, chet mamlakatlardan chiqarib yuborilgan shaxslarni ham doimiy ish bilan ta’minlash yuzasidan aniq tadbirlar belgilangan. Maqsad bitta — ishlashni xohlagan har bir ishsizni o‘z kasbi va yo‘nalishi bo‘yicha doimiy ish bilan ta’minlash. J. QODIROV, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Qonunchilikka ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan quyidagilar: ▪mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so'mdan 100 mln so'mgacha oshiriladi; ▪nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi; ▪mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag'larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko'rsatishga ruxsat beriladi; ▪jismoniy shaxs bo'lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag'larini jalb etishga ruxsat beriladi; ▪mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda to'lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi; ▪jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi. — Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo'lganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi; ▪mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi; ▪tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit a jratishda ularning ko'rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo'yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi. t.me/huquqiyaxborot Shahar Kengashining QARORI SAMARQAND SHAHRIDAGI KO‘CHALARNI NOMLASH TO‘G‘RISIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI arzon va sifatli bo‘lishi kerak Ishlashni xohlovchilar ish bilan ta’minlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi JADID “YANGI” DEMAKDIR Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so'mgacha oshiriladi


3 2024-yil 4-yanvar, payshanba, № 1 (2514) www.samarkandnews.uz Unutilayotgan o‘zbek ismlari Samarqand Mulohaza Мнение Siz nima deysiz? Vatanga xizmat — muqaddas burch O‘tgan yil shahar mudofaa ishlari bo‘limida 2024-yilgi chaqiruv mavsumiga muddatli harbiy xizmat hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga jalb etiladigan yoshlar jismoniy, tibbiy, ma’naviy tartibda saralandi. 1997—2006-yillarda tug‘ilgan chaqiriluvchilar soni avval aniqlanib, so‘ngra ularning oilaviy sharoiti o‘rganildi, bilim saviyasi va salomatlik darajasi tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida yuzmayuz suhbat, sport musobaqalari, bevosita salomatlik talablari asosida tekshiruvlar tashkil etildi. Shahar mudofaa ishlari bo‘limi doimiy tibbiy komissiyasi tomonidan har bir chaqiriluvchining salomatligi batafsil ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim va ma’naviy dunyoqarashi komissiya a’zolari tomonidan jiddiy sinovdan o‘tkazildi. Chaqiriluvchilarni tanlash va saralash jarayoni bilan bog‘liq har bir tadbir ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil qilindi. Jarayonni ota-onalar, faollar, betaraflar bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tanlov va saralash tadbirlariga mahallalar faollari, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari jalb qilindi. Ularning amaliy yordamlari tufayli tanlovni qisqa muddatda, to‘laqonli tashkil etish va adolat tamoyillari asosida o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Tanlovga jami 220 nafar chaqiriluvchi jalb etildi. Komissiya xulosasiga ko‘ra ulardan 94 nafari tanlov va sinov talablarini to‘liq bajarib, 2024-yilgi chaqiriluvchilar ro‘yxatiga kiritildi. Muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yaroqli, deb topilganlarni ular xizmatga jalb etilgunga qadar jismoniy tayyorgarligi baholanib, bilim va mahoratini oshirish uchun amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Chaqiriluvchilardan 3 nafari B, S toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun, 4 nafari harbiy aloqachilik mutaxassisligini egallash va 1 nafari oshpazlik kasbini o‘rganish uchun viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi qoshidagi Harbiy mutaxassislik markaziga o‘qishga jo‘natildi. Belgilangan tartibga muvofiq barcha harbiy qismlarda askarlar uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Ularga mahoratli, o‘z kasbining bilimdoni va ustasi bo‘lgan harbiy mutaxassislar mashg‘ulotlar o‘tishadi. Ayrimlar majburiy harbiy xizmatdan so‘ng ixtiyoriy ravishda o‘zlari egallagan yo‘nalish va harbiy kasblari bo‘yicha shartnoma asosida xizmatni davom ettirishlari mumkin. Bundan tashqari, xizmat chog‘ida davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga ham muvaffaq bo‘ladilar. Harbiy qism rahbari bir nafar namunali xizmat qilgan askarga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli yo‘llanma ham berishi mumkin. S. IBRAGIMOV, shahar mudofaa ishlari bo‘limi chaqiriluvchilar bo‘linmasi boshlig‘i. T. BO‘RIYЕV, 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining yoshlarni vatanparvarlik ruhida harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2023-yilning 28-may holatiga 9806 nafar o‘g‘il bolaga Muhammad ismi qo‘yilgan va bu respublika miqyosida eng ko‘p qo‘yilgan ismdir. Umuman olganda, Muhammad ismi 2014-yildan buyon o‘g‘il chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Albatta, bu juda yaxshi. Farzandlarini Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga o‘xshashini xohlagan ota-onalar yildan-yilga ko‘paygani bizni xursand qiladi. Lekin biz, turkiy xalqlar – o‘zbeklarning o‘ziga xos ismlarimiz bor. Ota-onalar shuni unutmagan holda farzandlariga turkiy ismlardan ham qo‘yishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yetti-sakkiz kishilik ayrim oilalarda bitta ham o‘zbekcha ism yo‘q. Masalan, Amir Temur va Temuriylar davrida bolaga bitta arabcha va bitta turkiycha ism qo‘yishgan. Mirzo Ulug‘bek bobomizning ismlari Muhammad Tarag‘ay bo‘lgan. Bobomizni ulug‘lash, beklarning ulug‘i, deya ardoqlash maqsadida yaqinlari va saroy ahli Ulug‘bek, deya atashgan. Farzandlarga ism qoyishda uning kelajagi porloq bo‘lishini istagan holda yaxshi niyatlar bilan turkiycha, ya’ni o‘zbekcha Emin, Erkin, Po‘lat, Temur, O‘tkir, O‘ktam, Qilich, Bolta, O‘roq, Teshavoy, Bo‘riboy, Qo‘chqor singari, qizlarga Yulduz, Barchinoy, Oygul, Tursunoy, Bo‘rigul, Mahkamtosh singari ismlarni qo‘yishgan. Bugunga kelib, bu ajoyib an’ana yo‘q bo‘lib ketmoqda. Tug‘ilayotgan bolalarning deyarli barchasiga u xoh o‘g‘il farzand bo‘lsin, xoh qiz farzand, ma’no-mazmunidan bexabar ota-ona fors-tojikcha va arabcha ismlar qo‘yishmoqda Shuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan beriladigan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarda ismlarning xato yozilgani holatlariga ham juda ko‘p guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunga asosiy sabablardan biri u yerda boshqa millat vakillari yoki savodsiz kadrlar ishlaydi. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani to‘ldiradigan xodim oliy ma’lumotli filolog bo‘lsa, stolida doimo o‘zbek ismlari yozilgan kitob yoki risola bo‘lsa, ismlar yozilishida xatoliklar yuzaga kelmasdi. Zikrinsa ABDUMANNOBOVA, SamDChTI Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasi Шабу рӯзҳо гузаштанду Муродҷон ба дунё омад. Дар яксолагиаш баъди мӯйсаргирон нону ҳалво тақсим карданд. «Ин рӯзи хурсандиро модарам надиданд», — гӯён Ҳайдарқул ғамгин шуд. Дере нагузашта Ҳайдарқул ҳам ба сактаи дил дучор шуд ва бандагиро ба ҷо овард. Гӯё як пораи кӯҳ канда шуда, ба болои сари Гулсара афтод. Ӯ гарчанде духтари қишлоқ буд, дар нигоҳубини гову гӯсола ва кишоварзӣ танҳоӣ мекард. Оилаашро, ки базӯр меҷунбонд, вай ҳам ба дугонаҳояш пайравӣ карда, Муродҷонро ба нигоҳубини хоҳараш дод. Худаш бо тиҷорати либосворӣ машғул шуд. Тиҷорат ҳалолкориро мехоҳад. Вале табиати зудбоварии Гулсара фиребаш дод. Вай ҳамаро мисли худаш дилсафед медонист. Аз паси забондонӣ ва муомилаи хуб савдояшро нағз ба роҳ монда буд. Харидорон аз вай розӣ буданд. Дар вақтҳои холӣ ба дугонаҳояш ёрии беғараз мерасонид. Аммо як дугонаи савдогараш ба ӯ хиёнат кард. Рӯзе зану марде омада: «Дар мо либосҳои хуби занона ва мардона ҳаст. Агар хоҳӣ, ба ту бо нархи арзон медиҳем», — гӯён ӯро фиреб доданд. Аз паси онҳо бо мақсади дидани либосҳо рафта, ба доми савдогарони одам афтоданашро нафаҳмида монд. Ӯро ба хориҷа бурданду вай ба ҳаёти покизаи худ нуқта гузошт... Ҳангоме ки танҳо монд, рӯзҳои хурсандиашро ба ёд оварда худ ба худ мегуфт: «Агар шавҳарам тарки дунё намекард, ба ин кӯчаҳои бесару нӯг намедаромадам. Муродҷонро худам ба воя мерасонидам, ин рӯзҳои сиёҳ ба сарам намеомад. Мисли дигарон хушбахтона ҳаёт ба сар мебурдам. Акнун дардамро ба кӣ гӯям? Одамизод шири хомхӯрда будааст. Гиряву нола карда шиштан фоида надорад», — гуфту дар бораи ҳаёти мудҳишаш ба хоҳараш чизе нагуфт. Чанд муддат ба хоҳараш пул ҳам нафиристонд. Дар вақтҳои холӣ фикру хаёлаш ба деҳааш, ба Муродҷон банд мешуд. Ба тиҷорат дода шуда, худро ба кӯчаҳои морпеч зад. "Эҳ, агар мисли дигар занҳо сабр карда, бо корҳои кишоварзӣ машғул мешудам, аз паи меҳнати ҳалол нон мехӯрдам. Муродҷонро тарбия мекардам. Ҳатто бори аввал мактабравиашро ҳам надидам. Пас чӣ хел модар ҳастам? Танҳо номи модариро бардошта гаштааму халос" — худ ба худ гуфта зор-зор мегирист… Рӯзе як духтараки 15–16‑соларо бо роҳи фиреб ба тарабхона оварданд. Духтарак шабу рӯз «модарҷон, акнун ба падарам чӣ мегӯям?» гуфта фарёд мекард. Афсӯс, ки тиҷорат дили Гулсараро ба санг табдил дода буд. Бо писари хӯҷаини тарабхона забон як карда, духтарро ба як шахси бегона фурӯхтанд. Маблағ ду тақсим шуда, ба хоҳараш роҳӣ кард. Таъкид кард, ки мактуб нанависад ва занг ҳам назанад. Сир ошкор шуд. Писари хӯҷаин ҳамаи гунаҳро ба сари Гулсара бор кард. Гулсара баъди чанд сол ба озодӣ баромад. Барои дидани фарзанд ба деҳа баргашт. Деҳа дар муддати ин чанд сол тараққӣ карда, ба шаҳраки зебо мубаддал гашта буд. Роҳ мерафту шукронаҳо мегуфт ва ҳарчӣ зудтар ба хонаи хоҳараш рафта Муродҷонро дидан мехост. Дар муддати набудани модараш Муродҷон ҷавони зебое гардида буд. Ӯ дар таълимгоҳ дарс медод. Рӯзе Муродҷон дар таълимгоҳ бо духтари соҳибҷамоле вохӯрд. Аз ҳамон рӯз ақлу ҳуши ӯро он духтарак рабуда буд. Ба холааш, ки ба ҷойи модараш — модар шуда буд, арз кард. Хостгорӣ карданд. Тақдир рафта будааст, тарафи қудо розӣ шуданд. Рӯзи тӯй эълон шуд. Гулсара он замон намедонист, ки имрӯз рӯзи ақди никоҳи фарзандаш аст. Муродҷонро бо сару либоси домодӣ дида ашки шодӣ рехт. Тӯй болои тӯй шуд. Хоҳарашро ба оғӯш кашида, аз ӯ узр пурсид. Вақте ки бо келиншаванда рӯ ба рӯ шуд, тарбуз аз бағалаш афтод. Чашмонаш сиёҳӣ зада, сараш гирд гашт. — Э, Худоҷон, чаро пешонаам ин қадар шӯр будааст?! Гуноҳи писарам чист? Хайрият, духтар маро надида буд… Гулсара рӯзе сад бор мемурду аз нав зинда мегашт. Чунки келиншаванда ҳамон духтараке буд, ки ӯро худаш фурӯхта буд… Нарзипӯлод САИДОВА В последнее время в Узбекистане принципиально изменились подходы к вопросам сохранения зеленых массивов, обеспечивающих население жизненно важным кислородом и здоровым микроклиматом. В стране реализуется масштабный проект «Яшил макон», предусматривающий ежегодную высадку 200 миллионов саженцев деревьев и кустарников. Параллельно ужесточаются санкции за уничтожение зеленых насаждений. Теперь в отдельных случаях, за несанкционированную вырубку деревьев намечается штрафовать нарушителей на более 100 миллионов сумов. Сумма серьезная, но на мой взгляд такая мера не будет эффективной против застройщиков. Такие деньги для них ничто, по сравнению с общей стоимостью проектов. Вырубят, заплатят и продолжат строительство, рассчитывая получить значительно больше прибыли, чем суммы штрафов. Считаю, что нужно за такие нарушения организации лишать права на строительство каких-либо объектов. И все же на мой взгляд, в условиях глобальных климатических изменений, проблему сохранения зеленых массивов нужно решать повышением прежде всего экологической и духовной культуры человека. Еще совсем недавно в нашем обществе был культ мировоззрения, ядром которого было уважительное отношение к природе. Считалось обязательным иметь каждому в своём дворе такие деревья как айва, тутовник и другие фруктовые деревья. До недавних пор сохранялась традиция посадки деревьев при рождении детей. Вокруг хаузов в каждой махалле росли карагачи, тополя, ивы. Детям давали имена, связанные с растительным миром - Райхона, Гульнора, Лола, Нилуфар, Гулдаста, Нозигул, Хайригулю. Если по каким-то причинам возникала необходимость вырубки тутового дерева, проводили ряд ритуальных религиозных обрядов, эта процедура проводилась только после снятия урожая. В обязательном порядке необходимо было посадить несколько саженцев шелковицы и ждать их принятия землей. Вырубка деревьев без соблюдения этих условий считалась большим грехом, а совершивший такой поступок человек считался изгоем – наши предки чувствовали свою общность с природой. Они верили в справедливость древней восточной поговорки, суть которой означает «Вырубка дерева подобна отсечению головы». Мой отец рассказывал, что в годы Второй мировой войны, многие люди, следуя неписаным законам философии жизни, чтобы выжить в лютый зимний холод не вырубали деревья, а жгли древесину, которую получали, разрушая вспомогательные, второстепенные строения в своих дворах. В настоящее время, в саду дома-музея самаркандского поэта и просветителя Орифа Гульхани, где я живу со свей семьёй, растут около 500 разновидностей деревьев, кустарников, многолетних и однолетних цветов. Благодаря этому в знойный летний период года температура воздуха в нашем дворе на 5-7 градусов ниже, чем на улице. Сохраняется и влажность воздуха, способствующая нормальной жизнедеятельности организма человека. Я, как гражданин Узбекистана, как цветовод и садовод-любитель в третьем поколении всесторонне поддерживаю реализуемые в стране меры по наращиванию зеленных массивов. Безответственное отношение к этому судьбоносному для всего человечества вопросу может обойтись очень дорого. Мы уже чувствуем, как обостряются вопросы обеспечения населения и сельхозугодий водой. Во многих регионах мира нехватка продуктов питания стала реальностью. Завтра можем столкнутся с дефицитом свежего воздуха, без которого смерть всего живого наступит практически мгновенно. Мукимжон ОРИПОВ, садовод-любитель в третьем поколении Kitob o‘qishning foydali tomonlari va afzalliklari haqida xo‘p va ko‘p gapirish mumkin. Ammo, qanday kitobni o‘qigan afzal? Ko‘pgina kitobxonlar oddiy, bosma nashrlarni mutolaa qilishni afzal ko‘radilar. Ularning fikricha, kitob do‘konlaridan kitob qidirish, varaqlab o‘qish orqali qog‘ozu bo‘yoqning o‘ziga xos hidi insonga o‘zgacha zavq beradi. Kutubxonadan yoki kitob do‘konlaridan kitob sotib olsangiz, u sizning mulkingizga aylanadi. Kitobni qo‘lingizga olib, o‘zingizga yoqqan jumlalarni belgilab o‘qishingiz mumkin. Kitobni o‘qish jarayonida uning mazmunini anglash, osonlik bilan o‘zlashtirish mumkin. Bosma kitoblarni qadrlovchilar uchun kitob eng yaxshi sovg‘a hisoblanadi. Texnika rivojlanayotgan bugungi davrda elek tron ki tobla rga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Ayrim k i t o b x o n l a r u c h u n elektron kitoblardan foydalanish juda qulay. Ularning afzalliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak, hajm jihatidan kattaligidir. Ya’ni, qurilmaga bir qancha elektron kitoblarni joylab, shaxsiy elektron kutubxona yaratish mumkin. Yana bir qulayligi, undan istalgan joyda foydalanish va olib yurishda muammo bo‘lmaydi. Elektron kitoblardan foydalanishda kamchliklar ham ko‘zga tashlanadi: o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilmani doim quvvatlantirib yurishingiz kerak. Texnikaning buzilish ehtimoli ham yo‘q emas. Buzilgan taqdirda esa uning xotirasidagi barcha elektron kitoblardan ayrilasiz. Qurilmaga uzoq vaqt tikilib turish ko‘zni charchatadi va ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu mavzuda bahsni uzoq davom etirish mumkin. Biroq kitob mutolaasida qanday kitobdan foydalanish har bir insonning o‘ziga bog‘liq. Eng muhimi, kitob o‘qish kerak. Yulduz MUZAFFAR qizi Farzand tug‘ilgandan keyin unga chiroyli ism qo‘yish ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Chunki, bola ulg‘aygach, o‘z ismidan uyalib yurmasligi kerak. Lekin, ba’zi ota-onalar farzandi boshqalardan ajralib turishi yoki boshqa maqsadlarni o‘ylab, Knyaz, Samir, Shohnur, Jumong, Ronaldo, Tayson, Yagona O‘zbekiston kabi ajabtovur ismlar qo‘yishganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. FARZANDINGIZGA QANDAY ISM QO‘YDINGIZ? «Вырубка дерева подобна отсечению головы» Qaysi kitobni tanlaysiz: BOSMAMI YOKI ELEKTRON? Дарди ниҳонӣ Ҳикоя Зану шавҳари ҷавон ба якдигар мисли гулҳои ошиқи печон буданд. Баъди ҳомиладор шудани ҳамсараш Ҳайдарқул худро дар осмони ҳафтум ҳис мекард. Модаршӯ ин хушхабарро шунида, ба келинаш — Гулсара боз ҳам меҳрубонтар шуд. «Дилатон чӣ гуна таомро хоҳад гӯед, мепазам. Агар шарм дошта шинед, чашми набераамон кабуд мешавад», — баъзан ҳазлкунон мегуфт модаршӯяш. Вале дидани рӯйи набера насиб накарда будааст. Вай якбора бемор шуду бо ин олам падруд гуфт. Bo‘lg‘usi askarlar saralandi


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 4 Adadi: 770 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Bekzod MUSURMONOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 4-yanvar, payshanba, № 1 (2514) www.samarkandnews.uz Samarqand Ona tilimizga e’tiborsizlik — kechirilmas ma’naviy mas’uliyatsizlik SAMARQANDNING YANGI JAMOLI Globallashuv nur tezligi bilan borayotgan hozirgi sharoitda faqat milliy tilgina muayyan etnosning o‘zligini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan qo‘rg‘on sanaladi. Chunki yemak, kiymak, turmush kechirmak singari jabhalardagi o‘ziga xoslik tobora yo‘qolib, ommaviy universallashuv qaror topayotgan sharoitda muayyan millat ruhiyatiga xos qirralar faqat tildagina saqlanib qoladi. Shuning uchun ham tilning tozaligi, boyligi va aniqligi uning yashovchanligini ta’minlaydigan vositagina bo‘lib qolmay, millatning o‘zligini kafolatlaydigan omil ham hisoblanadi. Ushbu holat milliy tilning alifbosi mukammal, grammatikasi puxta, ishlatishga qulay bo‘lishini taqozo etadi. * * * Tahririyatning “Davlat tili haqida”gi qonun qanday bajarilyapti?” degan savoliga ijobiy javob berish mushkul. Bizningcha, qonunning yaxshi bajarilmayotganiga bir qator obyektiv va subyektiv sabablar bor. Birinchidan, davlat tili to‘g‘risidagi qonunimiz o‘zi yetarlicha puxta ishlanmagan bo‘lib, unda tavsiyaviylik ustuvor. Aksar moddalar tavsiya xarakterida bo‘lib, majburiylik ko‘zda tutilmagan. Qonun esa, birinchi navbatda, majburiyat yuklashi kerak. Ikkinchidan, mazkur qonunda ijro mexanizmi ko‘zda tutilmagan. Zero, u o‘zbek tilining ikkinchi darajali bo‘lishiga ko‘nikkan mualliflar tomonidan tayyorlangan va ularning nazarida, tilimizning davlat tili ekanini yuridik jihatdan qayd etishning o‘zigina yetarli bo‘lgan. Uchinchidan, keyingi yillarda ingliz tilini o‘rganishga e’tibor kuchayib, keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat tili esa nazardan chetda qoldi. Bu hol ko‘pchilikda yashash uchun o‘zga tilni bilish muhim, degan fikr uyg‘otdi. To‘rtinchidan, taassufki, xalqimizda hanuz milliy g‘urur yetarlicha shakllanmadi. Millatdoshlarimizning ko‘pchiligi o‘ziga, binobarin, tiliga ham ikkinchi darajali, deb qarash illatidan qutula olgani yo‘q. O‘tgan yillar orasida ayrimlarda gastarbayterlik kayfiyati paydo bo‘ldi. Tirikchilik o‘tkazish uchun chetga chiqish, buning uchun esa rus tilini bilish shart, degan to‘xtam qaror topdi. Shu bois o‘rta maktablarda rus sinflari soni tobora ko‘payib bormoqda. Beshinchidan, jamiyatning boshqaruv qatlamida va millat oydinlari orasida chet tillarga mahliyolik kuzatiladi. Mutaxassisni ishga olish, lavozimga tayinlashda chet tilini bilishi asosiy ko‘rsatkichga aylandi. Hatto, ona tili va adabiyotni rivojlantirish maq sadida ta shkil etilgan O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga olimlarni ishga olishda ham ularning qanday mutaxassis ekani emas, balki, biron-bir chet tilini bilishi yetakchi ko‘rsatkich sanaldi. Shuningdek, ko‘pgina shaxslar Davlat tilini bilmagani holda yuqori lavozimlarda ishlamoqda. Oltinchidan, ish odamlarimiz bozor iqtisodiyoti qoidalarini yaxshi bilmagani uchun reklamaga olarmanni chorlaydigan vosita, deb emas, balki anchayin bir yaltiroq va jimjimador bezak sifatida qarayotir. Shu bois o‘zbek ishbilarmonlari reklamaning mijozni chorlashga xizmat qilishiga emas, boshqalarnikiga o‘xshamagan tarzda tushunarsiz va ohanjamaliroq bo‘lishiga diqqat qiladilar. * * * ... o‘zbek alifbolarini, xususan, lotin yozuviga asoslangan alifboni ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ildiziga chuqurroq nazar tashlash va tegishli xulosa chiqarib olish lozim. Negadir biz, o‘zbeklar xuddi “Alpomish” dostonidagi Boysari singari o‘z yaqinlarimizdan nariroq turish, o‘zgacharoq ko‘rinishni yoqtiramiz. Hech qachon qonimiz qo‘shilmaydigan qavmlardan esa umumiylikmi, o‘rtoqlikmi topishga intilamiz. Shu odatimiz sabab, garchi barcha turkiy xalqlar tiliga singarmonizm xosligini ko‘ra-bila turib, qariyb bir asr o‘zbek tilida tovush uyg‘unlashuvi hodisasi yo‘q, deb keldik. Deyarli hamma qardosh xalqlar alifbosida to‘qqiz unli tovush bo‘lgani holda, yolg‘iz o‘zbek alifbosida unlilar oltita ekani ko‘rsatildi. Shu tariqa tilimiz go‘yo rus tiliga yaqin ekani ta’kidlandi. Qolaversa, barcha turkiy xalqlarda “olma” so‘zidagi birinchi tovushning belgisi sifatida qabul qilingan “a” harfiga faqat bizgina “anor”so‘zining birinchi tovushi tarzida qaraymiz. Bu borada ham turkiy xalqlardan ko‘ra ruslarga yaqinligimizni ko‘rsatmoqchi bo‘lganmiz. Barcha turkiylar “o‘tin” so‘zining ilk tovushi sifatida qabul qilgan “o” harfini yolg‘izgina biz, o‘zbeklar “ona” so‘zidagi birinchi tovushni ifodalashga xizmat qildirganmiz. Agar boshqa turkiy xalqlar singari bizda ham “o” harfi “o‘” tovushini i fodalaganda edi , adabiyo t shuno s Zuh riddin I somiddinov ay tgan “elektr toki”dagi “ t o k ” bilan “tok zangi”dagi “tok” omonim bo‘lib, ortiqcha muammo tug‘dirmasdi. Shu qabildagi “originalligimiz” bilan, o‘z nazdimizda, lotin yozuvini qabul qilgan turk, ozar va turkman qardoshlarga o‘xshamaslikka intildik. Oqibatda, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuviga o‘tishdan asosiy muddao bo‘lmish umumturkiy yaqinlashuv maqsadi nazardan qochirilib, kirillga qaytganimiz tuzuk deydigan ahvolga kelib qolindi. * * * ...o‘zbek so‘zlashuv tili g‘oyat qashshoqlashib, dag‘allashib borayotir. Bu hol bizning madaniy millat degan nomimizga hech yarashadimi?! Millat ahli orasida so‘zni tanlamay ishlatish odati keng yoyildi. Tilga e’tiborsizlik hatto oddiy holga aylandi, deyish mumkin. Chunki jamiyatda intellektual-estetik saviya pasaygani kuzatilmoqda. Kitobxonlikka davlat miqyosida e’tibor qaratilayotganiga ham sabab aslida shu! Millatning kattadan kichigi qadar o‘z asl so‘zlarimiz qolib, yot so‘zlarni pala-partish qo‘llash kasaliga yo‘liqqan. Negadir, “tushlik”, “bekat”, “chiqit”, “ko‘prik” singari o‘zbek so‘zlari o‘rniga “abed”, “astanovka”, “musor”, “most” so‘zlarini ishlatish yalpi tus oldi. Hatto adabiy asarlarda ham “butilka”, “topchan”, “vodka” kabi so‘zlar bemalol qo‘llanayotir. Yomoni, bu kechim to‘xtagani ham, pasaygani ham yo‘q. Imlo qoidalariga amal qilishda o‘zboshimchalik hukmronligi ham haqiqat. Va buning obyektiv sabablari bor. Asli, imlo qoidalarini tubdan isloh qilish va uni imkon qadar so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish — muayyan grammatik bilimlarni egallamay turib ham xatosiz yozish mumkin bo‘lgan holatga keltirish joiz. Tilimizning imlo qoidalari, hozirgi holida, buzmaslikning iloji bo‘lmagan qonunlar kabidir.Chunki ular o‘zbek tilining tabiatiga emas, shu qoidalarni yaratgan olimlarning istagiga moslashtirilgan. Imlo qoidalari o‘zbek tiliga emas, o‘zbek tili imlo qoidalariga bo‘ysundirilayotgani milliy til taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Odatda tilning imlo qoidalarini tayin etishda ko‘proq fonetik tamoyillarga amal qilinadi. Negaki, til nutqda, so‘zlashuvda voqelikka aylanib, moddiylashadi. Tilning stixiyasi nutqda namoyon bo‘ladi. Hazrat Navoiy bejizga “Ko‘ngil holati so‘z degach bilgurur”, demaganlar. Agar so‘zlarning aytilishi bilan yozilishidagi ayrichalik eng oz darajaga keltirilsa, millatning savodxonligi tez yuksaladi. * * * Nimagadir biz oddiygina narsa-hodisalarni ham boshqa tillarga mansub so‘zlar bilan ifodalashga o‘chmiz. Shuning uchundirki, turkiy xalqlar orasida faqat biz, o‘zbeklardagina tomonlar “Sharq”, “G‘arb”, “Shimol”, “Janub” tarzida arabcha qo‘llaniladi. Qardosh turkiylarning ko‘pchiligida bular “Chiqish”, “Botish”, “Kunyurish”, “Terskay” tarzida ishlatiladi va ular taraflarni adashtirib ham qo‘yishmaydi. Albatta, bu hol bir zamonlar bobolarimizning boshqa turkiylarga qaraganda ilmiy til bo‘lmish arabchaga, saroy tili sanalmish forschaga yaqinroq bo‘lgani, xalqning jo‘n, jaydari so‘zlashuv tilidan balandroq turganini bildirgan. Lekin hozirga kelib bu hol fazilatdan kamchilikka aylandi. Biz esa hamon o‘sha baland havo bilan yuribmiz. Natijada, yuzlab o‘z so‘zlarimiz o‘rniga arabiy, forsiy so‘zlarni qo‘llaymiz. Masalan, “sohib”, “molik”, “kaft”, “lunj”, “davo”, “hamshira”, “tavallud ayyomi”, “tashrif buyurdi” va hokazo. Holbuki, ularning “ega”, “olaqon”, “urt”, “et”, “em”, “embeka”, “tug‘ilgan kuni”, “keldi” singari sof turkcha muqobillari borki, ularni ham ishlatib turishimiz lozim. * * * Yangi imlo qoidalarida chetdan kirgan “... olinma so‘zlar qanday aytilishidan qat’i nazar aslidagiday yozilishi kerak”ligi belgilab qo‘yilgan. Qizig‘i shundaki, dunyoda o‘zimizdan boshqa biror millat vakili “Toshkent” yoki “O‘zbekiston” so‘zlarini biz kabi aytmaydi va yozmaydi. Shunday bag‘rimizdagi qoraqalpoqlar ham ularni “Tashkent”, “O‘zbekstan”, ba’zan hatto “Vo‘zbekstan” tarzida aytadi va yozadi. Har bir xalq so‘zlarni o‘ziga moslab aytadi va ... to‘g‘ri ham qiladi. Biz-chi? Necha o‘n yillar davomida “Ashxabod”, “Olmaota” shaklida yozilib kelgan shahar nomlarini endi negadir “Ashgabad”, “Almati” tarzida yoza boshladik. Chunki imlo qoidasi shuni talab qiladi. Nima uchun o‘zlashma so‘z aslidagiday yozilishi kerak? Aslidagiday yozilsa, uning o‘zlashganligi qayerda qoldi? Uncha-muncha mutaxassisning ham tishi o‘tavermaydigan xitoy, hind, yapon, koreys, arman grafikasida bitilgan so‘zlarning aslida qanday yozilganligini qanday bilamizu qanday yozamiz?! * * * ...ayrim oydinlarning “s” tovushini qanday ifodalash haqida qayg‘urayotgani ham uncha tushunarli emas. Bizda hech qachon bu tovush bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Nega jo‘ngina “s” deyaverish o‘rniga, tilimizni burab, “s”ni aytishning tashvishini qilishimiz kerak? Nutq organlarimiz paydo qilolmaydigan tovushni ifodalovchi harfdan voz kechib qo‘yaqolsak bo‘lmaydimi? Imlo qoidalari imkon qadar til tabiatiga yaqin va odamlar kamroq xato qiladigan yo‘sinda bo‘lishi kerak emasmi?! * * * ...til borasidagi andishamiz qo‘rqoqlik darajasiga yetgan. Turmushimizga kirib kelgan narsa-hodisalarni o‘zimizcha nomlashga botinmaymiz. Bu narsa-hodisalarni mohiyatdan kelib chiqib, o‘zbekcha atash o‘rniga tarjima qilishga urinamiz. Tabiiyki, bir tildagi biror tushunchani o‘zga tilga aynan o‘girish ko‘p hollarda ilojsiz. Demak, chetdan kelgan narsa-hodisani o‘zbekcha nomlash mumkin va kerak. Tarjima qilish emas, o‘zbekcha nomlash kerak. Axir, ruslar “paxta”ni “xlopok”, “g‘o‘za”ni “xlopchatnik” tarzida nomlab oldilar-ku! Bizda ko‘r-ko‘rona qilingan tarjimaga ham xuddi sanamdek qarab, sig‘inadigan amaldorlar ko‘p. Oliy attestatsiya komissiyasi bo‘lajak fan doktorlaridan dissertatsiya va avtoreferatlaridagi muhim bir bandni “Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar” tarzida yozishni talab qiladi. OAK xodimlari “holatlar”ni himoyaga olib chiqib bo‘lmasligi, bu so‘z shu o‘rinda ruscha “polojeniye” so‘zining ma’nosini ifodalay olmasligini, “holatlar” o‘rniga “g‘oyalar”, “to‘xtamlar” yoki “qarashlar” deyish maqsadga muvofiq ekanini o‘ylab ko‘rgilari kelmaydi. “G‘oyalar”, “to‘xtamlar”, “qarashlar” tarzida yozib borilgan ishlar ustidan qalam tortilib, “to‘g‘rilanadi”. Holbuki, ruscha so‘zga yopishib olmay, unga sal ijodiy yondashilsa, masalaga yechim topiladi. Hayotimizda har kuni paydo bo‘layotgan yangiliklarga nom berishda ham yon-atrofimizdagi qardoshlar tajribasini o‘rganish muhim. Nima uchundir lingvistikamizda o‘zbek adabiyotshunosligi, tilshunosligi, tibbiyoti, matematikasi, texnikasi va boshqa sohalardagi bir xil narsa-hodisalar qanday atalishi qiyosiy o‘rganilmaydi. Holbuki, shuni o‘rganish ham narsahodisalarning to‘g‘ri nomlanishiga, ham qardosh xalqlarning yaqinlashuviga xizmat qilgan bo‘lar edi. Buning o‘rniga ko‘pchilik tilshunoslarimiz “Gipotaktik qurilmalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari” qabilidagi “olamshumul” izlanishlar bilan ovora! Atama yasashdagi haddan tashqari ehtiyotkorlik ham tilimiz boyishi yo‘lidagi to‘siqdir. Chunonchi, ruslar taxtani “doska” deydi. O‘qish kechimida foydalaniladigan o‘quv qurolini ham shunday atayveradi. Biz qurilishda ishlatiladigan ashyoni “taxta” deganimiz holda o‘quv quroli bo‘lmish taxtani negadir ruschalab “doska” deymiz. Bizda ming yillar oldinoq o‘quv quroli hisoblashmish “taxta” va “taxtaxonlik”, deb atalmish o‘quv bosqichi bo‘lganini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bu yerda tilimizni kamsitishdan bo‘lak biror mantiq bormi?! Keyingi yarim asrda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sabab jug‘rofiy chegaralar omonatlashib, axborot olish umumiy bo‘lgani sari bashariyat ham universallashib, global dunyo bir tilga intilib borayotir. Ana shunday sharoitda o‘z qiyofasini saqlab qolmoqchi bo‘lgan etnos milliy tili to‘g‘risida jiddiy qayg‘urishi kerak. Ota tilimiz shu vaqtgacha bizning milliy qiyofamizni saqlab keldi. Endi uni zamonlar sinovidan eson-omon olib o‘tish bizning ilmiy, madaniy va insoniy saviyamizga bog‘liq. Qozoqboy YO‘LDOSH ("XXI asr" gazetasidan olindi) Samarqand ziyorati, sayrsayohati, ta’bir joiz bo‘lsa, Amir Temur haykali poyidan boshlanadi. So‘ng Sohibqironning maqbarasini ziyorat qiladilar. Bu yerda ul zotning ulug‘ pirlari, farzandu nabiralari abadiy qo‘nim topgan. Shu jannatiy go‘shani Amir Temur xiyoboni deydilar. Bu joyni dunyo biladi, olam e’zozlaydi. Muazzam shaharning qoq markazi — Amir Temur o‘z taxtida xotirjam va mamnun holda o‘tirgan ko‘yi Registon uzra nigoh tashlab turgan chehrasi, bu salobatli, o‘z o‘rnida mahobatli haykal poyida ne-ne davlat rahbarlari, olimu siyosatchilar xayolga botmadi, deysiz! Bu tilsimni, ulkan va qudratli davlat yaratilishi tarixini hali hech bir tarixchi o‘rganib poyoniga yetolgani yo‘q. — Ibn Arabshohning “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” kitobi asosida Amir Temurning surati va haykallari yaratildi. Ibn Arabshohning shu kitobida Sohibqiron bobomizning yuz tuzilishi, gavda va ko‘kraklari, nigohlari, qarashlari va boshqa jihatlari haqida ma’lumot bor, — degandi atoqli islomshunos olim Ubaydulla Uvatov. — Ibn Arabshoh keltirgan manbalar asosida Amir Temur bobomizning surati va haykallari yaratildi. Samarqand Amir Temur nomi bilan uyg‘unlashgan ko‘hna shahar, bunda bugun shukuh taratayotgan va atrofi gulu gulzor, xiyobonlardan iborat Bo‘stonsaroy, Mirzo Ulug‘bek, Shohrux Mirzo nomidagi ko‘chalar, Alisher Navoiy bog‘i, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy, Ro‘dakiy, Beruniy... o‘zlariyu so‘zlari barhayot zotlar bular. Ko‘hak tepaligi etagidagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, yangitdan barpo etilayotgan Cho‘ponota ekobog‘i, nariyog‘i Samarqand turizm shaharchasi, “Boqiy shahar” majmuasi...Bu yerda ajib tarovatli devoriy surat bor. Atoqli musavvir Asliddin Isayev bilan o‘g‘li qadim Afrosiyob muzeyidan olingan miniatyura san’atini devorga muhrladilar. Shahar bugun bunyodkorlik, obodonchilik bilan nafas olmoqda. Bunday shukuhli onlarni bayramlarda emas, yilning to‘rt faslida — o‘rik oppoq bo‘lib gullagan ko‘klamda atrof gullar iforiga to‘lug‘ quyoshli yoz kunlarda, yaproqlar sarg‘ayib mevalar g‘arq pishgan kuzda va oppoq qorli mavsum — qishda ham kuzatish, ko‘rish mumkin. Chor-atrofda u yaratgan bog‘lar, — Bog‘ibaland, Bog‘i Maydon, Bog‘i Jahonnamo, — Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Behisht, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Buldu. Mahalla va guzarlar "Bog‘i Temur", "So‘zangaron", "Chashmai zilol", "Zargaron", "Qo‘shtamg‘ali", "Dari Zanjir", "Oqmasjid", "Qo‘shmasjid", "Dimishqibolo", "Xojai Kafshir"... Sohibqiron davri mahallalarida hozir ham o‘z xususiyatiga ko‘ra, narsa-buyumlar, mahsulotlar yasaladi, yetishtiriladi. Kulolonda kulollar oilalari, So‘zangaronda zardo‘zu kashtado‘zlar, "Galaosiyo" va "Obi Rahmat"da novvoylar, oshpazlar, tandirsozlar... istiqomat qiladilar. Uning buyukligi shundaki, olamni idrok eta olgani, yaxshi bilan yomonni ilg‘ay bilgani va dunyoni hunar go‘zal qiyofaga kirgiza oladi degan aqida bilan yashaganidadir. Shu bois olamni adolat bilan boshqardi, siyosat yurgizdi. Harb yurishlari nihoyasida borgan mamlakat va shaharlaridan eng ilmli kishilarni, bog‘bon, hunarmand, novvoy, kashtado‘z, koshinkorlarni Samarqandga olib kelgani va hunar egalari mehnati, yaratuvchilik san’ati bilan Samarqandning olamga yuz ochgani, sayqali ro‘yi zamin bo‘lgani davlatining saodati bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston qanotida tobora chiroy ochib, dunyoga turizm madaniyati markazi sifatida bo‘y ko‘rsatayotgan behishtiy shahrimiz – Samarqandning bugungi obodligi xususida hikoya qilmoqni maqsad etdik. Boisi, qadimdan obod va betakror, boy madaniy merosi, ilm-fan va madaniyati, san’ati bilan mashhur bo‘lib kelgan bu go‘zal kentning bugungi qiyofasi, bemisl behishtiy ko‘rinishiga ega, osmono‘par binolarga boy ko‘rkam kentni ta’rif ila faxr etmoq saodatdir. Q a d i m Turon poytaxti – Samarqand , uning bag‘rida samoga bo‘y berib turgan bebaho me’moriy obidalar, betakror Shohi Zinda, Hazrati Xizr, Amir Temur jome masjidi, olti oshiyonli bir halqaga bog‘langan Ulug‘bek rasadxonasi, ulkan chinorlarga havasi va ishtiyoqi baland davlatimiz rahbarining Samarqandga alohida mehr-muhabbati shundaki, shahar bobomiz Amir Temur davridagidek olamaro shuhratini tiklamoqda, bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengaymoqda, Samarqandga har kelganlarida Hazrati Xizrni, Imom Buxoriy bobomiz va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, ehtirom ko‘rsatadilar. Bir ko‘ring-a, qadim Ohanin (Dahbed ko‘chasi boshlanishi) darvozadan Feruza darvozasi (Xoja Abdu Darun madrasasi)gacha, Pushtai Ko‘hakdan “Bog‘i Temur” mahallasigacha, buyog‘i aeroport, Moturud mavzesi, temir yo‘l vokzali, Ro‘dakiy ko‘chasiyu kechagina obod bo‘lib ochilgan usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi, biri-biriga tutashib ketgan ko‘chalar, bog‘lar ta’rifi tahsinga loyiqdir. Qoradaryo bo‘yida zamonaviy Shirin massivi (shahri) qad rostlamoqda. Cho‘ponota etagida Zarafshon ikki tarmoqqa bo‘lingan joyda Markaziy Osiyoda tengi bo‘lmagan shaharcha qad rostlaydi. Yangi Samarqand degani, yangi dunyo va yangi madaniyat degani! Yangi O‘zbekistonning yangicha fikrlaydigan odamlari va ularning kashfiyoti, degani. O‘ttiz ming kishi istiqomat qiladigan shaharchada o‘n ikki, o‘n besh qavatli binolar, usti yopiq stadion, madaniy maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, oily ta’lim muassasalari binolari, xiyobon, dam olish maskanlari, bog‘lar va hovuz, Qoradaryo ustida esa ulkan k o ‘ p r i k q u r i l a d i . Loyihani tomosha qiling, tafakkur dunyoingiz charog‘on tortadi. Daryo bo‘yida-ya, shundoq aeroport yonida samolyotlar uchib-qo‘nadigan joyda beqiyos shaharcha qurilsa-ya! Taraqqiy etayotgan davlatimizga, Yangi O‘zbekiston rahbariyatiga tasanno deymiz, ko‘nglimiz quvonchga to‘lib. Cho‘ponota bag‘rida bunyod bo‘layotgan ekobog‘ bir bog‘u bir bo‘ston bo‘lsinki, bu bog‘dan butun shahar kaftdek ko‘rinib turadi. Bir tomoni "Bog‘ibaland", bir tomoni "Bog‘imaydon", o‘rtada "Konigilu" "Obi Rahmat" dahalari, Amir Temur bog‘lari shovullashi quloqqa chalinib, bor bo‘yi basti bilan ko‘rinib turadi, nasib qilsa. Cho‘ponota yo‘li Samarqandning Sharqiy darvozasi, daryoning ko‘prigidan o‘tgach tog‘ bag‘ridan "Obi Rahmat"ga va Samarqandga kirib kelinur. Qorasuv tomondagi yo‘l esa shaharning shimoliy darvozasi, bunda ajib xislatu tarovat bordir. Xorazmu Buxorodin kirib keladigan mehmon-sayyoh avvalo Qoradaryo sohillarida bunyod bo‘lgan shaharchalar – Qorasuv massiviga va Shirin shaharchalariga ko‘zi tushadi, "Bog‘imaydon"dagi anjirzorlarda to‘xtab behishtiy mevadan totadilar. Ko‘p ta’rif etdik, Cho‘ponota etagida Toshkent-Termiz yo‘li bo‘yida barpo etilgan Samarqand turizm markazi, uning bag‘ridagi “Boqiy shahar” majmuasini, uch va besh yulduzli mehmonxonalar, suv havzasini, bog‘ va xiyobonni o‘xshatib ta’rif etdik, ko‘ngilda ajib shukuh, beqiyos tarovat hukm surmoqda. Bu joylar Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va rahnamoligida betakror loyiha asosida qurildi. Qadimiylik bilan zamonaviy arxitektura mujassam, uyg‘un bu shaharcha Samarqandga uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashdi, deyishmoqda Mashrig‘u Mag‘ribdan tashrif buyurayotgan mehmonlar. Samarqandning bugungi jamolini so‘z bilan ta’rif etmoq , san’atu ziynatini, mo‘jizalarini qog‘ozga bitmoq uchun katta qalb, katta iste’dod kerak. Bir kelib ko‘rib mo‘jizalari sehriga g‘arq bo‘lmoq niyatdir, har zoti sharifning ezgu niyati ijobat bo‘lsin, ilohim. Ilhom MURODOV, Ubay QODIRXON, Turon Fanlar akademiyasining akademiklari Qonun birinchi navbatda majburiyat yuklashi kerak! ONA TILI TO‘G‘RISIDA QAYG‘URISH HAR BIR ZIYOLINING BIR UMRLIK VAZIFASIDIR, TANIQLI ADABIYOTSHUNOS OLIM QOZOQBOY YO‘LDOSH BU SHARAFLI BURCHNI SIDQIDILDAN ADO ETIB KELAYOTGAN VIJDONI UYG‘OQ ZIYOLILARDAN BIRI, DESAK YANGLISHMAYMIZ. OLIMNING “TAFAKKUR” JURNALI 2018-YIL 1-SONIDA “O‘ZLIK QO‘RG‘ONI” MAQOLASI E’LON QILINGAN. “... BUGUN OTA TILIMIZNING AHVOLI TASHVISHLANARLI DARAJAGA TUSHIB QOLGAN. AMMO KO‘NGILDA UMID SO‘NMAYDI, DAVLAT TILINING HOLATI TUBDAN YAXSHILANISHIGA ISHONAMIZ.TAHRIRIYATNING “...SHOYAD O‘ZBEK TILI YUKSAK QADR TOPSA, MUNTAZAM ALIFBOMIZGA EGA BO‘LSAK, IMLODA HAM YAKDILLIKKA ERISHSAK”, DEGAN ORZUSI BIZNI QALAM TUTISHGA UNDADI”, DEB YOZADI MUALLIF. QUYIDA O‘SHA MAQOLADAN AYRIM IQTIBOSLARNI E’TIBORINGIZGA HAVOLA ETAMIZ.


Click to View FlipBook Version