ISSN 2010-6734 № 12 (2473) 2023-yil 23-mart, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK NUTQI illiy qadriyatlar Mehr-oqibat ayyomi Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Mana shu go‘zal va hayajonli damlarda muazzam “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turib, siz, qadrdonlarimni, ko‘pmillatli butun xalqimizni ulug‘ ayyom — Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman. Bugun bepoyon Vatanimizning voha va vodiylari, shahar va qishloqlari, bog‘ va maydonlarida elyurtimiz katta shodu xurramlik bilan Navro‘z sayillarini o‘tkazmoqda. Qalblarimiz quvonchga to‘lib turgan ushbu dilbar lahzalarda keksayu yosh jamiki yurtdoshlarimizni chin dildan qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Sharqona yangi yilimiz muborak bo‘lsin! Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ kelsin! Qadrli do‘stlar! Bugun jonajon yurtimizga go‘zallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr va oqibat bayrami — Navro‘z kirib kelar ekan, dala va qirlarimiz, bog‘ va yaylovlarimiz ko‘klam yomg‘irlari — obirahmatdan bahramand bo‘lib, bo‘lg‘usi mo‘l hosil, qut va barakadan darak bermoqda. Har bir inson o‘zining tabiat farzandi ekanini yanada chuqur anglayotgan mana shunday munavvar ayyomga el-yurtimiz bilan sog‘-omon yetganimiz uchun, avvalo, Yaratganimizga behad shukronalar aytamiz. Hurmatli bayram ishtirokchilari! Biz bugun yurtimizda Yangi O‘zbekistonni — inson erkin, ozod va farovon yashaydigan jamiyat va davlatni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdamiz. Yangi O‘zbekiston g‘oyasi — bu 36 millionli katta xalqimizning azmu qarori, uning hayot mazmunidir. Bu olijanob maqsad Navro‘zi olam falsafasi va qadriyatlari bilan g‘oyat uyg‘un va hamohangdir. Inson qadrini ulug‘lash, har bir fuqaroning haqhuquqlari, qonuniy manfaatlarini amalda ta’minlash, barcha shahar va tumanlar, olis va chekka hududlar aholisi uchun munosib sharoit yaratib berish, oddiy qilib aytganda, xalqimizni rozi qilish — mana, bizning bosh maqsadimiz. Shu ezgu yo‘lda iqtisodiyotimiz va ijtimoiy sohalarni har tomonlama rivojlantirish, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sog‘lom turmush tarzi va sport, ona tabiatni asrash kabi yo‘nalishlarda boshlagan katta-katta dasturlarimizni jadal davom ettiramiz. Hayotimizni yanada go‘zal va obod qilishda biz mo‘tabar otaxon va onaxonlarimizdan, ularning dono maslahatlari va duoi fotihalaridan kuch-quvvat olamiz. Milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida mardona mehnat qilayotgan hurmatli akaukalarimiz, aziz opa-singillarimizga — butun xalqimizga ishonamiz va tayanamiz. Shu qutlug‘ ayyomda sizlarning har biringizga Vatan ravnaqi yo‘lida qilayotgan munosib xizmatingiz uchun qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, chin yurakdan tashakkur bildiraman. Siz, azizlar oldimizda turgan muhim siyosiy tadbirda ham yuksak siyosiy tafakkur va madaniyatingizni namoyon etib, erishgan yutuqlarimiz va islohotlarimizni qat’iy davom ettirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishga o‘z hissangizni qo‘shasizlar, deb ishonaman. Mana shu betakror lahzalarda ko‘klamning har bir kuni, har bir soatini g‘animat bilib, dalasiga yo‘l olayotgan mirishkor dehqon va fermerlarimizga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Bugun katta orzu-umidlar bilan saflarimizga kirib kelayotgan navqiron o‘g‘il-qizlarimizni — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini barchamiz samimiy olqishlab, ularga baxt va omadlar tilaymiz. Men bir fikrni takror va takror aytishdan hech charchamayman — har tomonlama sog‘lom va barkamol, bilimli va serg‘ayrat yoshlarimiz eng yuksak marralarni egallashlari uchun biz barcha imkoniyat va sharoitlarni albatta, yaratib beramiz. Aziz farzandlarimiz el-yurtimiz ishonchini oqlab, katta-katta g‘alabalarga erishayotgani barchamizni cheksiz quvontiradi. Kuni kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qizg‘in bellashuvlarda mustahkam iroda va mahorat namunasini ko‘rsatib, Osiyo chempioni, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda ular Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritdilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlari xokkey bo‘yicha o‘n sakkiz yosh toifasida barcha raqiblarni ortda qoldirib, Osiyo chempioni bo‘ldilar. Mamlakatimiz sport tarixida ilk bor mana shunday katta zafar qozongan yosh xokkeychilarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi. Ayniqsa, iqtidorli hujumchimiz Jasurbek Rustamxonov musobaqa davomida o‘n to‘rtta gol urib, chempionatning haqiqiy qahramoniga aylandi. Shuningdek, yurtimiz yosh shaxmatchilarining yuksak intellektual salohiyati dunyo bo‘ylab tillarda doston bo‘lmoqda, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Yaqinda Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda iste’dodli shaxmatchi qizimiz Nilufar Yoqubboyeva 100 dan ortiq xorijiy ishtirokchilar qatnashgan musobaqada faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlab aytmoqchiman. Mana shunday umidbaxsh yutuqlari bilan azmu shijoatli farzandlarimiz yurtimiz yoshlari qanday ulkan ishlarga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdilar. Shu kabi g‘oyat muhim yutuqlarga yoshlarimiz ilmfan, madaniyat va san’at, adabiyot sohalarida ham erishib kelmoqdalar. Shu munosabat bilan yosh chempion va sovrindorlarimizni, ularning ustoz va murabbiylari, otaonalarini, barcha sport muxlislarini, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman. Bu, hech shubhasiz, azamat yoshlarimizning elyurtimizga haqiqiy Navro‘z sovg‘asi bo‘ldi. Yangi O‘zbekistonga, albatta, mana shunday g‘alabalar yarashadi. Yangi O‘zbekistonga, millionlab tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘ladigan mana shunday vatanparvar, qahramon yoshlar kerak. O‘z davrida jahonni lol qoldirgan buyuk ajdodlarimizning munosib davomchilari bo‘lgan bunday yoshlarimiz bilan xalqimiz, Vatanimiz haqli ravishda faxrlanadi. Katta rahmat sizlarga, aziz farzandlarim! Hayot yo‘llaringizda barchangizga doimo yangi omad va zafarlar yor bo‘lsin! Muhtaram vatandoshlar! Mir Alisher Navoiy bobomizning olam ahliga, biz — avlodlarga qarata “Har kuning Navro‘z bo‘lsin!” deb aytgan tilaklarini hammamiz yaxshi bilamiz. Shu ma’noda, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, yordam va ko‘makka muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, bemorlarning dardiga darmon bo‘lish kabi xalqimizga xos savobli amallarni nafaqat Navro‘z ayyomida, balki har kuni vijdon amri bilan ado etishimiz lozim. Bugun biz barpo etayotgan ijtimoiy va xalqparvar davlatda mehr-shafqat, saxovat va himmat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur. Men barchangizni, avvalambor, rahbar va mutasaddilarni shu borada yanada faol va samarali harakat qilishga da’vat etaman. Toki azaldan odamiylik diyori, deb shuhrat qozongan Vatanimizda har bir inson xalqimiz va davlatimizning mehri va e’tiborini to‘la his qilib yashasin. Qadrli do‘stlar! Bu yilgi xosiyatli Navro‘z fasli yurtimizga ko‘plab quvonchli voqealar, qo‘shaloq bayramlarni boshlab kelmoqda. Shu kunlarda barchamiz yana bir qutlug‘ va fazilatli oy — muqaddas Ramazoni sharif arafasida turibmiz. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz musulmonlarini, butun islom ummatini ana shu tabarruk ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu ilohiy oyda qiladigan xayrli amallarimiz qabul bo‘lib, ezgu va pok niyatlarimiz ijobat topishini tilayman. Ayni vaqtda mamlakatimizda ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan ham barchangizni qutlayman. Mustaqillik yillarida Navro‘zi olam diyorimizdagi barcha millat va elat vakillarini yagona, ahil oila etib birlashtiradigan do‘stlik va nafosat bayramiga aylanganini biz yuksak qadrlaymiz. Bunday noyob va bebaho boyligimizni hamisha ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylaymiz. Tinchlik va bag‘rikenglik elchisi bo‘lgan bu ayyom — 21-mart Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarori bilan Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlab kelinayotgani, albatta, barchamizni xursand qiladi. Fursatdan foydalanib, bizga hurmat ko‘rsatib, bugungi sayil-shodiyonamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini chin dildan qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga samimiy salom va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz. Aziz va muhtaram vatandoshlarim! Barchangizni, butun xalqimizni Navro‘z umumxalq bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Fasli navbahor har bir oila, har bir mahallaga, elu yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxtu saodat olib kelsin! Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin! "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida o‘tkazilgan bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami Vatanimizda o‘zgacha ruhda nishonlandi. 21 mart. Erta tongdan qadimiy shahrmiz markazidagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i va unga tutash ko‘cha va xiyobonlarda xalqimizga xos an’analar asosida bayram sayili tashkil etildi. Sayilda viloyatdagi teatrlar, boshqarma va idoralar, oliy o‘quv yurtlari jamoalari, shahrimiz mahallalari Navro‘zga xos bayram dasturlarini namoyish etishdi. Usta hunarmandlar milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazdi. Xalqimiz turli millat va elatlardan iborat bo‘lsa-da, bayramlar, turli shodiyonalarda ular doim o‘zaro ahil va inoqlikda ishtirok etishadi. Navro‘z ayyomida bu yaqinlik yanada yorqinroq ko‘zga tashlandi. Viloyatdagi milliy madaniy markazlar ham o‘z milliy qadriyatlariga xos an’analar bilan umumxalq bayrami shukuhiga shukuh qo‘shishdi. Ayniqsa, Samarqand davlat universitetida tahsil olayotgan pokistonlik talabalar tomonidan namoyish etilgan milliy raqslar sayilga chiqqan yurtdoshlarimiz e’tiborini tortdi. Shuningdek, sayilda ishtirok etgan turli korxona-tashkilotlar, ta’lim muassasalari Navro‘z ayyomiga xos milliy va bahoriy taomlar tayyorlab, yurtdoshlarimizga, shahrimiz mehmonlariga tortiq etishdi. — Navro‘z ayyomi milliy qadriyatlarimiz ko‘zgusi sifatida biz uchun doim qadrli hisoblanadi, — deydi “Bog‘ibaland” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Toshpo‘lat Rahmatullayev. — Har doim ham xonadonlarimizda milliy taomlarimizni tayyorlashga imkonimiz bo‘lmaydi. Navro‘z sabab har bir xonadonda milliy va bahoriy taomlarimiz tayyorlandi. Bugungi sayilda ushbu taomlar ko‘rgazmasini tashkil qilib, yurtdoshlarimizga, mehmonlarga tortiq qildik. Umuman olganda Navro‘zni an’analarimizga xos nishonlab, yosh avlodga ularni yetkazish orqali ezgu qadriyatlarimiz bardavomligini ta’minladik. O‘zbek gastronomiyasi har doim xorijliklarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Shu bois mamlakatimizda rivojlanayotgan turizm sohasida bu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Navro‘z ayyomi munosabati bilan Alisher Navoiy ko‘chasida o‘tkazilgan milliy taomlar gastronomik festivali nafaqat xorijlik, balki mahalliy sayyohlar – yurtdoshlarimiz uchun ham qiziqarli bo‘ldi. Festival doirasida milliy taomlarimiz — palov – osh, kabob tayyorlandi. Shu kuni oshpazlarning mahoratiga faqatgina hakamlar emas, aholi tomonidan ham baho berish imkoniyati bo‘ldi. Viloyat hokimi E.Turdimov sayil doirasida mahalla tizimida faoliyat yuritayotganlarni Navro‘z ayyomi va mahalla tizimi xodimlari kuni bilan qutlab, tizimdagi namunali faoliyati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh faollarni viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirladi. Yangilanish va yasharish ayyomi Navro‘z shahrimizning Kimyogarlar, Farhod va Xishrav qo‘rg‘onlari hamda Qorasuv massivida ham xalqimizga xos an’analar bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. A. ISROILOV
2 2023-yil 23-mart, payshanba, № 12 (2473) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Yoshlarni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‘ta sharafli vazifa Muammolar kutib turmaydi Munosabat Deputat minbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida “... Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o‘ta sharafli vazifadir”, deb alohida ta’kidladilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Meros” davlat dasturining asosiy maqsadi xalqimizning boy ma’naviy merosini targ‘ib-tashviq qilish orqali yurtdoshlarimizni, ayniqsa yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. O‘tgan chorak asr davomida oliy o‘quv yurtlari hamda pedagogik ta’lim yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun chop etilgan qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar mazmunining tahlili shundan dalolat beradiki, ularning ko‘pchiligi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. O‘quv materialini bayon qilishda eski qolip va usullardan to‘liq voz kechilmagan. Soha bo‘yicha ajdodlarimiz boy merosidan yetarli darajada foydalanilmayapti. Mazkur holat aniq va tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishlari uchun nashr etilgan o‘quv darslik, ma’ruzalar kurslari uchun ham xarakterlidir. Fizika, matematika, kimyo, biologiya va hokazo fanlar bo‘yicha o‘quv darslik va qo‘llanmalari fan tarixi bo‘yicha ajdodimiz Abu Ali Ibn Sino, Samarqand astronomiya maktabi namoyondasi G‘iyosiddin Koshiy, iteratsiya metodini “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”ni tuzishda samarqandlik olimlar tomonidan ishlab chiqilganligini, organik dunyoning evolyutsion rivojlanishini, oddiy organizmlarni murakkab organizmlarga aylanishi to‘g‘risidagi ta’limotni birinchi bo‘lib bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy yaratganini, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarga singdirishimiz lozim. Ushbu nuqtai nazardan mashhur olimlar, boy kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar kabi tuzilmaga ega bo‘lgan Xorazm Ma’mun akademiyasi namoyandalarining o‘quv darslik va qo‘llanmalar yozishga bo‘lgan munosabatlari namuna sifatida ko‘rsatilsa, yaxshi bo‘lardi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino jahonda tengi yo‘q olim bo‘lishlari barobarida buyuk uslubiyatchi pedagog sifatida ham o‘z ilmiy asarlarini yuqori saviyada sharhlab, madrasalar uchun darsliklar tavsiya qilishgan. Bu olimlar yaxshi darsliklarsiz yuqori ma’lumot va saviyaga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash mumkin emasligini yaxshi bilishlari. Shu bois Xorazm Ma’mun akademiyasi madrasalari uchun darsliklarni yozish bilan fanda bir necha kashfiyotlar qilgan yirik olimlar shug‘ullanishgan. Abu Rayhon Beruniy o‘quv darslik va qo‘llanmalarni yozish uchun ilmiylik, o‘quv materiallarni tizimli bayon qilish, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish va tushunarli bayon etish kabi qoidalarni ishlab chiqqan. Ulug‘ alloma mazkur qoidalarga ilk bor o‘zi amal qilib yozgan “O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” kitobining oxirida: “Men bu kitobda odatga ko‘ra fanning biror sohasi bo‘yicha qo‘llanma va foyda izlovchi o‘quvchilarni qoniqmasdan boshqa kitoblarga qarashlarini cheklash maqsadida mumkin qadar to‘laroq ma’lumot berishga harakat qildim”, — deb ta’kidlagandi. Abu Rayhon Berunining “Yulduzlar haqida fan” asari matematika, astronomiya va jug‘rofiya bo‘yicha o‘quv qo‘llanma bo‘lib, unda 530 ta savolga keng o‘quvchilar ommasi uchun tushunarli bo‘lgan tilda berilgan javoblar bayon qilingan. Mazkur asarning biz uchun yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda nazariy materialni bayon qilish barobarida uni amaliyotda qo‘llanilishiga ham katta e’tibor berilgan. Ta’lim tizimida talabalarning mustaqil o‘qish hissasining ortishi, ularning o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish zarurligi munosabati bilan “savoljavoblar” tarzida yozilgan o‘quv-pedagogik adabiyotlarni nashr etishga ehtiyoj oshib borayotganligini, bu amaliyot aslida Abu Rayhon Beruniy va shogirdi - Abu Ali Ibn Sinoning birbiriga bergan savol va javoblaridan, Beruniyning yuqorida ko‘rsatilgan “Yulduzlar haqida fan” o‘quv qo‘llanmasidan hamda Abu Ali Ibn Sinoning 50 bobdan iborat tabiyotga oid kitobidan boshlanganligini ta’kidlash joizdir. Haqiqatan ham Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning anorganik, analitik, organik kimyo fanlariga asos solganliklari to‘g‘risidagi boy ilmiy merosni oliy ta’lim tizimida kimyo fanini o‘rganish jarayonida talabalarga aniq materiallar asosida ko‘rsatib borish bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida o‘zbek millatiga mansubligidan g‘ururlanish va yurtparvarlik fazilatlarini shakllantiradi. Rus olimi Yu. Savelyev o‘zining oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun nashr etgan “Kimyo tarixi” o‘quv qo‘llanmasida Xorazm Ma’mun akademiyasining yetakchi olimlari boshqa tabiiy va aniq fanlar kabi kimyo fanining analitik kimyo bo‘limiga asos solganini isbotlovchi qimmatbaho tarixiy materiallarni keltirgan. Xorazmda tug‘ilib o‘sgan yana bir ajdodimiz Abdurahmon al-Xaziniy tarixda birinchi bo‘lib, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan gidrostatik tarozi yaratdi. Tarozi 5 mg.gacha bo‘lgan og‘irlikni yuqori aniqlikda o‘lchay olar edi. Beruniyning solishtirma og‘irliklari bo‘yicha boshlab bergan o‘lchovlarini davom ettirgan alXaziniy o‘zini uning shogirdi, deb hisoblardi. Xorazmda yashab ijod qilgan allomalar X asrda kimyo fanining hozirgi zamon tarmoqlari “Anorganik kimyo”, “Analitik kimyo” fanlari hamda “Solvatatsiya” nazariyasi sohalariga asos solishgan. Beruniy, Ibn Sinoning ko‘plab asarlarida tabiatshunoslik haqidagi ma’lumotlar borligini, ular o‘z salohiyatlari bilan boshqa mamlakatlarga taniqli bo‘lganliklari, ularning asarlari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” nomli buyuk tibbiy-falsafiy asari XVIII asrda shved biolog olimi Karl Linneyga ham ma’lum edi. Karl Linney o‘zi buyuk olimga hurmat yuzasidan o‘simliklardan biriga Ibn Sinoning tabarruk nomini berib, “Avitseniya” deb nomlagandi. Beruniyning “Xronologiya” va “Hindiston” asarlarida hayvonlar va o‘simliklar organlarining tuzilishi, ushbu organlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi haqidagi qimmatli ma’lumotlaridan yevropalik olimlar o‘z taqqiqotlarida unumli foydalanishgandi. Beruniy bundan 1000 yil avval organik dunyoning evolyutsion rivojlanishi, oddiy organizmlarni murakkabga aylanishi haqidagi fikrlari darsliklarimizdan o‘rin olishi kerak. Jahon fani tarixidan ma’lumki IX-XII asrlar Yaqin, O‘rta Sharq va Turonda ilmiy izlanishlar olib borish hamda shogirdlar tayyorlashni akademiya shaklida tashkil etish an’anaga aylangan edi. Bizning Turonda bu jarayon keyin ham davom etdi. XV asrda Mirzo Ulug‘bek o‘zining akademiyasida shogirdlariga matematika, astronomiya, jug‘rofiya, metafizika, tarix bo‘yicha ta’lim-tarbiya berish bilan birga talabalarni rasadxonada sayyora va yulduzlar ustidan ilmiy kuzatishlar olib borishga jalb qilish tizimiga ham asos soldi. G‘iyosiddin Jamshidning “Ilmi hisob kaliti”, “Arifmetika kaliti”, “Aylana haqida risola”, “Zij” tuzish uchun muhim bo‘lgan bir daraja sinusni hisoblashga bag‘ishlangan risola”, Ali Qushchining “Ilmi hisob haqida risola”, ”Ilmi handasa haqida risola”, “Matematika va jug‘rofiya”, “Astronomiyaga doir risola” va hokazo kitoblari barobarida Muhammad Muso Xorazmiyning “Al-jabr val muqobala”, Abu Rayhon Beruniyning “Qonuni al-Mas’ud”, “Yulduzlar haqida fan” kitoblaridan Ulug‘bek madrasasida keng foydalanilgan. Ana shundan andaza olib matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoslari bugungi darsliklarga kiritilsa yaxshi bo‘lardi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek Beruniyning “Qonuni Ma’sudiy” kitobiga sharh yozib, undan nazariy va amaliy astronomiyada bevosita foydalangan. “Yulduzlar haqidagi fan” kitobi dunyoda necha asrlardan buyon foydalanib kelinayotganligini alohida ta’qidlash joiz. Ulug‘bek madrasasida o‘quv materialini puxta o‘zlashtirish, uni xotirada uzoq saqlash, shogirdlar qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ta’limning ko‘rgazma vositalaridan, ya’ni rasadxona devorlariga chizdirilgan osmon jismlari sxemasi, xaritalar, kuzatish asboblari - paralletik lineykalari, quyosh soatlari, kvadrant, sekstant, yulduzlar xaritasi (globusi) va boshqa vositalardan foydalanilganini bugungi talabalar ham bilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida “Hisob” nomi bilan saqlanayotgan risola arifmetika, algebra, geometriya fanlarini madrasalarda o‘qitishda darslik vazifasini bajargan. Mazkur predmetlar darsliklarining oxirida matematikani amaliyotga tatbiq qilinishini asarning meros taqsim qilish qismida ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda matematikani amaliy maqsadlardan kelib chiqqan fan ekanligini hisobga olib, uning qo‘lyozma, “Mashq” daftari matematika o‘qituvchilarining O‘rta asr Turon matematik olimlarining ilmiy asarlari yuzasidan konspekt tariqasidagi qo‘lyozmalari ekanligi ulug‘ ajdodlarimizning yetuk uslubiyatchi ekanliklaridan dalolat beradi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa alloma va mutafakkirlarimizning tengsiz asarlari bebaho boylik, o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun donishmandlik va bilim manbai bo‘lish bilan birga yangi kashfiyotlarga yetaklaydi. Narziqul SHODIYEV, O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Boshqa deputatlar singari shu kabi savollarga javob izlab, fuqarolar bilan uchrashuvlar o ‘ t k a zi b b o ram a n . Ay rim holatlarda rejalashtirgan, va’da qilingan ishlarning amalga oshmay qolgani kishini taajjubga soladi, qat’iyatliroq bo‘lishimizni taqozo qiladi. G‘afur G‘ulom, Sadriddin Ayniy hamda Abdulla Qahhor nomli mahallalarda tashkil qilingan uchrashuvlarimda bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Muloqot davomida ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, G‘afur G‘ulom nomli mahallada 5 ta ichki ko‘cha asfalt qilinmagan. Vaholanki, ushbu vazifa 2022-yilgi dasturga kiritilgan. O‘tgan yil davomida yo‘llar ta’mirlanishini kutib charchagan fuqarolar ish joriy yilda ham amalga oshmay qolishidan xavotirda. Abdulla Qahhor mahallasida ham fuqarolar tomonidan 3 ta ichki ko‘chani asfaltlash masalasi ko‘tarildi. S a d ri d di n Ay ni y n omli mahallada bo‘lganimda, eng a s o si y mu amm o j am o a t transporti ekanligi aytildi. Ya’ni, bir necha yil avval 22, 32 va 12-yo‘nalishlardagi avtobuslar ushbu mahalla hududidan o‘tgan. Hozirgi kunda avtobuslar qatnovi to‘xtatilib, aholining boshqa manzilga borishida qiyinchilik tug‘ilgani bildirildi. Shuningdek, ushbu hududda joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi atrofidagi irrigatsiya tizimining ta’mirtalabligi va simyog‘ochlarning eskirgani, ayrimlari yaroqsiz holatda ekanligi aytildi. Bayon qilinganlardan guvoh bo‘lish mumkinki, muammolar dolzarb, ularning har biri tezkor chora ko‘rishni taqozo qiladi. Shu sababli murojaatlar yuzasidan vakolatim doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yubordim. Albatta, so‘rovlarga javob berish 10 kun muddat talab qiladi. Rasmiylarning javoblari, aniqrog‘i, amaliy sa’y-harakatlari asosida masalani Kengash muhokamasiga olib chiqishni rejalashtiryapmiz. Muhiba BOBOBEKOVA, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi e’lon qilindi. Mamlakat, fuqarolar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu hujjat loyihasini shu yil 30-aprel kuniga belgilangan umumxalq referendumida rasmiy tasdiqlash belgilangan. Konstitutsiyaning loyihasida hozir amalda bo‘lgan Konstitutsiyaga nisbatan juda ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar borligiga guvoh bo‘lasiz. Masalan, amaldagi Konstitutsiyamiz 6 bo‘lim, 26 bob, 128 ta moddadan iborat. Yangi Konstitutsiya loyihasi ham 6 bo‘limdan iborat bo‘lsa-da, 1 ta yangi bob, 27 ta modda qo‘shilganligi bilan xarakterlidir. Har bir yangi bob va moddalar fuqarolarga yangi huquqiy imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. Mu taxa s si s si fa tida ommaviy axbo ro t vositalari, deb ataladigan XV bobga alohida e’tibor qaratdim. Amaldagi Konstitutsiyamizda bir moddadan iborat alohida bob mavjud. Yangi Konstitutsiyamiz loyihasida esa moddalar soni 2 taga yetkazilgan. Avvalgi Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ishlashi, axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarligi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan edi. Yangi loyihada esa bunday tartibqoida ko‘lami yanada kengaytirildi. Qonunga muvofiq ish ko‘rilishidan tashqari 81-moddada davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, axborotni izlash, olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishi kafolatlanmoqda. Keyingi moddada esa ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi, degan alohida huquqiy norma o‘z ifodasini topgan. Ilgari ommaviy axborot vositalari ishiga to‘sqinlik qilish holatlari tez-tez takrorlanib turardi. Negaki, Konstitutsiya va qonunlarimizda bu salbiy holatni qonuniy cheklaydigan modda yoki norma yo‘q edi. Endi ommaviy axborot vositalari, soha xodimlari uchun o‘z vazifasini qonuniy amalga oshirish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Keyingi yillarda ommaviy axborot vositalari faoliyatida oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik prinsiplari o‘z ifodasini topayotganligiga ishonch hosil qilmoqdamiz. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ommaviy axborot vositalarining faoliyatida ham ijobiy o‘zgarish, jonlanish kuzatilmoqda. Ayni paytda ilgarigidek ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy asosga ega bo‘lmagan holda nazorat qilish, ayrim cheklovlarni joriy etish singari noqonuniy illatlarga barham berildi. Yangi Konstitutsiyamiz loyihasidan o‘rin olgan ko‘plab huquqiy erkinliklar fuqarolar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklashini ham qayd etish joizdir. Loyihadan xalqaro hamjamiyat tan olgan va amal qilayotgan normalarning deyarli barchasi o‘rin olganligi e’tiborga molikdir. Ishonchim komilki, joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumida Vatan kelajagi, xalq farovonligiga xizmat qiladigan yangi Konstitutsiyamiz loyihasi fuqarolar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanadi. Hakim JO‘RAYEV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyshmasi a’zosi Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2022-yil 4-avgustda Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida ham davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi, degan fikrni ilgari surdi. Bu Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga bir qancha mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Ya’ni, tanlov jarayonlarini yanada takomillashtirish, inson omilini kamaytirish va yanada raqobatbardosh kadrlarning davlat xizmatiga kirib kelishlarini va shu orqali ishga kirishda korrupsiya holatlarining oldini olishni ta’minlash kabi vazifalar belgilangan. Shuningdek, Davlat rahbari tomonidan 2023-yil 28- fevralda ta sdiqlangan “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi 10-maqsadida Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, unda Davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazishda shaffoflikni oshirish va inson omilini qisqartirish masalasiga e’tibor qaratilganligi uning naqadar dolzarb masala ekanligini yana bir bor isbotladi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, ularda ishga qabul qilishda barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratilgan. Misol uchun, AQSHda 1983-yilda davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Ushbu qonunga asosan davlat xizmati 3 guruhga bo‘linadi: birinchisi, federal davlat xizmati, ikkinchisi, hukumat xizmati va uchinchisi, jamoat xizmatidir. Bunda federal davlat xizmati (davlat fuqarolik xizmati)ga ishga kirish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi va bu o‘z ichiga bir necha bosqichlarni qamrab oladi: arizani o‘rganib chiqish, imtihon yoki suhbat o‘tkazish, ishonchlilikka tekshirish, nomzodni lavozimga tanlash, sinov muddati orqali tekshirish. Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod federal davlat xizmatiga qabul qilinadi. Xuddi shuningdek, Fransiyada ham 1983-yilda shunday qonun qabul qilingan. Ushbu qonun bilan davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Tanlovlar 3 turga bo‘linadi: tashqi, ichki va ochiq tanlovlar. Fransiya va AQSHda davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilganligiga 40 yildan ortiq vaqt bo‘libdi. Ushbu davr mobaynida tanlov jarayonlari yanada mukammallashgan. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilganligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalangan holda ishga kirishda ochiqlik, shaffoflikni ta’minlaydigan, vakant lavozimlarni egallashda barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratadigan vacancy.argos.uz platformasi ishlab chiqildi. Ushbu platforma 2020-yilda tajriba sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, 2021-yilning 1-yanvaridan barcha davlat organlari va tashkilotlari bosqichma-bosqich mazkur platformaga ulandi. Platforma orqali 2022-yil yakuni bilan 78 ta vazirlik va 208 ta hokimliklarda mavjud vakant lavozimlarga 140718 marotaba ochiq tanlovlar o‘tkazilgan bo‘lib, jami 1,3 milliondan ortiq nomzodlardan rezyumelar kelib tushgan hamda 45910 nafar fuqaro ishga joylashgan. Birgina viloyatimiz misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 47 ta tashkilot hamda 16 tuman (shahar) larda mavjud vakant lavozimlarga 9038 marotaba tanlov o‘tkazilgan bo‘lib, 74525 nafar fuqarodan arizalar kelib tushgan. Shundan, 4130 nafar fuqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan. Ushbu holat 4130 nafar fuqaro korrupsiya holatisiz, turli tanish-bilishlarsiz, o‘z bilimi bilan ishga joylashganligidan dalolat beradi. Shuningdek, vacancy.argos.uz platformasi bugun barcha davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz uchun teng imkoniyatlar eshigini ochdi, bilimlilar raqobatlashadigan keng maydonga aylanib ulgurdi. O‘ tgan dav r mobaynida tanlov bosqichlarining shaffofligini yanada oshirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, oliy ta’lim muassasasini endi bitirgan yosh mutaxassislar uchun staj tajribasi talabisiz vakansiyalar bo‘limi ochildi. Test sinovlariga nomzodlar “FACE ID” orqali kirishi, vazirliklarning sohaviy yo‘nalishidan kelib chiqib, tegishli test sinovlarini tizimga kiritilishi, suhbat bosqichlarini “Random” dasturi orqali savollarni sun’iy intellekt yordamida tanlash, suhbat komissiyasi tomonidan nomzodlarni vacancy.argos.uz platformasi orqali onlayn baholash hamda test va suhbat bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn berib borilishi bunga yaqqol misol, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolardan kelib chiqib, quyidagi takliflar ilgari suriladi. Birinchidan, malaka talablari kadrlar xizmati rahbarlari tomonidan emas, balki elektron tarzda inson omilisiz saralanishi mumkin bo‘lgan tizimni joriy etish. Xususan, vakant lavozim uchun belgilangan malaka talablari tizimga kiritilgandan so‘ng, hujjat qabul qilish muddati tugashi bilan avtomatik tarzda tizimni o‘zi nomzodlarni saralaydi, inson aralashuvining oldini olishga xizmat qiladi va shaffoflikni yanada oshiradi. Ikkinchidan, test jarayonidan nomzodlarni xabardor qilish: - hozirda amaliyo tda faqa tgina nomzodning shaxsiy kabinetiga test sinovlarida ishtirok etishi yoki malaka talablariga mos kelmaganligi bo‘yicha kadrlar xizmati rahbarlari tomonidan xabar yuboriladi. Biroq, ushbu xabarni nomzod o‘z shaxsiy kabinetiga kirmasdan ko‘rish imkoniyati yo‘q. Ariza qabul qilish muddati tugagandan so‘ng, kelib tushgan ariza holatini nomzod kabinetiga kirmasdan ko‘rish imkoniyatini yaratish lozim. Misol uchun, malaka talablariga mos bo‘lgan taqdirda test sinovlarida ishtirok etishi bo‘yicha nomzodga ma’lumotlar kelib turishini ta’minlash, xuddi shuningdek, boshqa bosqichlar bo‘yicha ham nomzodga ma’lumot yuborilib turishi lozim. Uchinchidan, suhbat bosqichiga tanlov komissiyasidan tashqari uchinchi shaxs yoki qo‘shimcha (xolis) kuzatuvchi jalb qilish. Misol uchun, sohaviy yo‘nalishdan kelib chiqib universitet o‘qituvchilari yoki soha mutaxassislari ishtirokini ta’minlash lozim. Tanlovning har bir bosqichida innovatsion, zamonaviy usullardan foydalangan holda nomzodning kasbiy kompetensiyasi, bilim va ko‘nikmalarini aniqlash imkoniyatini yanada kengaytirish, tashkilotlarni har tomonlama yetuk, salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish imkoniyatini yaratadi. Barno YULDOSHEVA, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali inspektori DARSLIKLARIMIZ MUKAMMALLASHTIRILSA... yoxud ajdodlarimiz ilmiy me’rosidan nega foydalanmayapmiz? SO‘Z ERKINLIGI VA SHAFFOFLIK KAFOLATLANADI DAVLAT DASTURI IJROSI — AMALDA Yangi Konstitutsiyaning yangiligi nimalarda namoyon bo‘ladi? Odamlarning turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va hal etish bugunning zarurati hamda asosiy talabiga aylandi. Xo‘sh, saylov okrugim hududidagi mahallalarda qanday masalalar o‘z yechimini kutmoqda? Fuqarolarni qanday muammolar qiynamoqda? Davlat fuqarolik xizmati uchun zamonaviy, har tomonlama yetuk, bilimli kadrlarni tanlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining muhim vazifalaridan biri etib aynan davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida ko‘tarilib borishni ta’minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlarini yaratish belgilangan.
3 2023-yil 23-mart, payshanba, № 12 (2473) Muchal yillari qanday paydo bo‘lgan? www.samarkandnews.uz SAMARQAND ERKAK — AYOL, AYOL — ERKAK BO‘LOLMAYDI! 22-mart — Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun Fikr Hayot timsollari OLIY QADRIYATGA AYLANAYOTGAN HUQUQLAR Islohot Xolislik, haqqoniylik, to‘g‘riso‘zlik, adolat xalqimizning azaliy va buyuk qadriyati hisoblanadi. Bu ezgu fazilatlar zamirida inson huquqlariga nisbatan hurmat va ehtirom mujassamligini ham barcha yaxshi tushunadi. Davlatimiz rahbari taklifi bilan 2022-yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”, joriy yilning esa “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nomlanishida ham ezgu qadriyatlarning hayotga tatbiq etilishidek buyuk maqsad ko‘zlangan. Yillarning bunday o‘ziga xos nomlanishi va buyuk maqsadni amalga oshirish yo‘lida yaratilayotgan imkoniyat, huquqiy normalar, ularni joriy etishning yo‘l-yo‘riqlari bevosita davlatimiz rahbari tomonidan, uning tashabbusi bilan amalga oshirilayotganligi yanada e’tiborga molikdir. P r e zid en timi zning “O‘ zb e ki s ton Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida ham bu ezgu maqsad yanada izchillik bilan davom ettirilayotganligi yana bir misoldir. Zero, mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish, unga har tomonlama amal qilinishini ta’minlash, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda yurtimizda 2022—2024-yillarda inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Mamlakatda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, bu boradagi Milliy strategiya ijrosini ta’minlash, fuqarolarning ozod va erkinligini amalda ta’minlashdek ulug‘ maqsadlar turibdi. Prezidentimizning mazkur qaroriga ko‘ra davlatimizning Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturga muvofiq, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha tegishli o‘quv va maxsus kurslar joriy etilishi belgilandi. Shu yo‘nalishda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi tashkil etilishi yosh avlodning bilim va salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Qarorda nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, bolalar, migrantlar huquqlari bo‘yicha yo‘nalishlarda shunday shaxslar bilan bevosita ish olib boradigan bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etish belgilab qo‘yildi. Mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturining tasdiqlanishi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea bo‘lib, uning ijrosini ta’minlashda vazirliklar, qo‘mitalar mutasaddilari, deputatlar, senatorlar eng muhimi, oddiy fuqarolar ham mas’ul ekanligini unutmaslik zarur. Chunki, inson huquqlarini yaxshi bilgan fuqaro davlat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi. Shuning uchun ham yurtimizda adolatni qaror toptirishda fuqarolarning huquqiy bilim va salohiyati muhim ahamiyatga egadir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilgan Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Chunki, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash, sud mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir fuqaroning huquqi hisoblanadi. Bu huquq amaliyoti faqat mustaqil sudgina har bir fuqaroning ishini sudda xolis va oshkora ko‘rish orqali toptalgan haq-huquqlarini himoya qilish mumkinligini ta’minlaydi. Oxirgi 6 yil mobaynida sud-huquq sohasini isloh qilish borasida dadil qadamlar qo‘yildi. 50 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh qilish borasida yangi qadamlar tashlandi. Xususan, sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi. Hududlardagi xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil qilindi. 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqish vakolati berildi. Sudlar faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta’minlash borasida 10 mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida ko‘rib chiqildi. Sudyalar daxlsizligini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish maqsadida tuzilgan sud inspeksiyasi ham sohada samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Sud tizimida gender tenglikni ta’minlashga ham izchil amal qilinmoqda. Agar, sohada 2019-yilda 149 nafar ayol sudya faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ayol sudyalar soni 161 nafarni tashkil etmoqda. Oliy sudda faoliyat yuritayotgan 63 nafar sudyadan 15 nafari ayollardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahbuslarni afv etish tizimi keng yo‘lga qo‘yilganligi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2017—2022-yillar mobaynida 6 ming nafardan ortiq fuqarolarga nisbatan afv etish bilan bog‘liq Prezidentimizning 21 ta farmoni e’lon qilindi. Afv etilganlarning 87 nafarini ayollar, 290 nafarini ta’qiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari, 29 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi. Yangi O‘zbekistonda islohotlarning dolzarb bo‘g‘ini hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda. Orif PARDAYEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining raisi XX asrning 20-yillarida o‘zbek davlat kino trestidagi kadrlar qo‘nimsizligi oqibatida yuzaga kelgan xo‘jasizlik, boshboshdoqlik, yulg‘ichlik kabi illatlarni “Chaynalaverib qirpit bo‘lgan to‘larsoq” (ya’ni, siyqalangan katta suyak) felyetonida keskin fosh etadi. Muallif “Baxt quyoshi”, “Chodira”, “Moxov qiz”, “O‘zbekiston xotinlari”, “Lotinlashtirish”, “It olmas”, “Machit gumbazlari ostida” kabi filmlarni tahlil etadi. Ularni san’atkorlik mahorati yetishmasligi, mahalliy xalq hayotidan bexabarlik va shoshmashosharlik bilan suratga olingani, nafosatdan yiroqligi bois tanqid qiladi. Muallif tili bilan aytganda, “san’at hemiri” ekanligi bois “baxtsiz”, “bechora”, “o‘tmas buyum”ga aylangan bu filmlar “Chalpakka o‘rab tashlaganda ham it olmas”dir. Zotan, ularda san’atkorlik, ijodiy fikr, real turmush o‘z ifodasini topmagan. Ular xalqimiz urf-odati, maishati bilan bog‘liq haqiqatdan mutlaqo yiroq tasavvurlar asosiga qurilgan. Bundan milliy g‘ururi o‘rtangan muallif: “… o‘zbekni olamga oshkor qilmoqchi ekan – olgan lentalarida haqiqatni, haqiqiy tipni bera olsin. Haqiqiy o‘zbek maishati, urf-odatini barq urdirib ko‘rsatsin”, degan keskin talablarni o‘rtaga tashlaydi. Shuning uchun ham G‘afur G‘ulom davlat kino tresti oldiga: “O‘zida bo‘lib ko‘zga ko‘rinib qolgan uddaburon yoshlarni tarbiya qilsin. Ish bersin, bori taqir-tuqur, besholtita yolg‘ondakam “mutaxassislarni yig‘ishtirsin”, degan g‘oyatda keskin talablar qo‘yadi. Ayni paytda, muammoning yechimini yosh mahalliy kinomutaxassislarni tarbiyalashdagina ko‘rmaydi. U kinoshunoslar oldiga qo‘ygan ssenariylarning pishiq va mantiqiy asoslangan bo‘lishi zarurligi, yozuvchilarning mahalliy xalq hayotini teran bilishlari lozimligi, ishlab chiqarish sur’atlari orqasidan quvish emas, balki sifatga e’tibor berish kerakligi, rejissyorning vijdoni pok, e’tiqodi mustahkam bo‘lishi zarurligi haqidagi vazifalarni qo‘yadi. Bizningcha, o‘tgan asrning 20-yillaridayoq adabiyot va san’at ahli, xususan, davlat kino tresti vakillari oldiga poetik mahoratni o‘stirish, millat sha’nini ulug‘lash, muammoga pok vijdon hamda mustahkam e’tiqod bilan yondashish, ijodiy fikrga keng yo‘l ochish, hayot haqiqatiga sadoqat, badiiy voqelikni mantiqiy asoslash, iste’dodli milliy kadrlarni tarbiyalashdek keskin talablarni qo‘ya olgan G‘afur G‘ulom shaxsi fenomenal hodisa. Binobarin, uning ijodiy merosi, jumladan, hajviyoti ham barhayot. Nodirjon SA’DIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi Bilamizki, dunyoda fanlarning rivojlanishiga katta h issa qo ‘shgan maktab lardan b ir i Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek maktabidir. Ushbu ilm dargohining yirik namoyandalaridan biri matematik, astronom olim G‘iyosiddin Jamshid Koshiy Temuriylar saltanatiga qarashli, Eronning Koshon shahrida tug‘ildi. G‘iyosuddin Koshiyning tavallud yili noma’lum bo‘lsa-da, u yoshlik yillarini Koshonda o‘tkazib, riyoziyot va falakiyot ilmiga ixlos qo‘ydi. Qadimgi Yunoniston, Eron va movarounnahrlik mashhur olimlarning asarlarini tarjima qilib, ularga sharhlar yozgan. U tabobat, mantiq, huquqshunoslik, adabiyot fanlarini yaxshi bilgan. Keyinchalik Koshiy Hirotga kelib, Shohrux Mirzo saroyida xizmat qildi. Unga atab “Elxon zij”ini takomillashtirish uchun “Xoqon Ziji” (“Ziji Xoqoniy dar takmili “Ziji Elxoniy”) nomli astronomik asarini yaratdi. Uning bu asari o‘z davridagi astronomiya sohasidagi eng yetuk asarlardan hisoblangan. Qozizoda Rumiyning maslahati bilan Ulug‘bek 1416-yili al-Koshiyni Samarqandga taklif etgan va u hayotining so‘nggi yillarigacha Samarqandda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. Taxminan 1429-yilda vafot etgan. Jamshid Koshiy XIV-XV asrlarning riyoziyot va falakiyot ilmining buyuk allomalaridan biri sifatida ajoyib riyoziyot qomusi – “Miftoh al-hisob” (“Hisob kaliti”) asari bilan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, shuningdek, Markaziy Osiyoda mashhur edi. Ushbu asarda sistemali ravishda bayon etilgan o‘nli kasrlar ta’limoti al-Koshiyning yuqori ilmiy yutuqlaridan biri edi. Kitob asrlar davomida G‘arb va Sharq mamlakatlarida o‘quvchilar uchun asosiy darslik bo‘lib xizmat qilgan. Kitob besh qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda butun sonlar ustida amallar kiritilgan bo‘lib, xususan, sonlarni chekli natural ko‘rsatkichli ildiz chiqarish, ikki had yig‘indisini chekli natural darajaga ko‘tarish amallari haqidadir. Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Ziji Ko‘ragoniy” asari muqaddimasida Koshiy mazkur asar ustida ish boshlagan ilk daf’ada vafot etdi, deb ma’lumot beradi. Koshiy arab tilini juda yaxshi bilgan va Ulug‘bek “Zij”ining muqaddimasini arabchaga o‘girgan. Jamshid Koshiy Samarqanddagi astronomik kuzatishlar tugamasdan oldin qazo qilgan bo‘lsa ham, “Zij”ni rejalashtirish va uning nazariy qismining tuzilish ishlarida ishtirok etgan va uni arabiylashtirgan. Koshiy Ulug‘bekka “Zij”ni yaratish, rasadxona qurish sohasida maslahatlar berganligi va bu ishlarda ishtirok etganligi tabiiy holdir. Chunki Nasiriddin Tusiyning “Ziji Elxoniy”sini mukammallashtirib, “Ziji Xoqoniy”ni yozgan Koshiyga “zij”larning jumboqlari avvaldan ma’lum edi. Pokistonlik olim Abbos Rizviy aytganidek, “Koshiyning astronomiya va astronomik asboblarni, qadimgi va yaqin o‘tmishdagi astronomlar, ayniqsa, Marog‘a va Sheroz rasadxonalari astronomlari ishlarini yaxshi bilganligi uni nodir bir shaxsga aylantirgandi”. Koshiyning fors tilida otasiga yozgan maktublarida Ulug‘bek va uning astronomik maktabi haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Koshiyning 1421-yillarda Koshonga yuborgan maktubida Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosuddin Koshiyning o‘zi va Samarqand maktabining boshqa olimlarining ilmiy faoliyatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar hamda rasadxona qurilishiga doir lavhalar mufassal yozilganligi bilan diqqatga sazovordir. G‘iyosuddin xatida Samarqand Turonning madaniy markazi sifatida Koshondan afzalligini, Ulug‘bekni esa ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi va hukmdorgina emas, balki yirik olim ekanini tasvirlab o‘tadi. Muallifning Ulug‘bek haqida keltirgan ushbu dalillari boshqa tarixiy manbalarda uchraydigan ma’lumotlarni, ayniqsa, uning yetuk alloma ekanligini anchagina to‘ldiradi. Samarqandda 1420-yilda qurilgan madrasa ilmfanning nufuzli markazi bo‘lib, unda Ulug‘bekning o‘zi ma’ruzalar o‘qigan. Maktub yozilgan paytida Ulug‘bek 26–27 yoshlarda bo‘lgan va o‘ta qiziqish bilan falakiyot va riyoziyot fanlari bilan shug‘ullangan. Koshiy o‘z maktubida Ulug‘bekni falakiyot sohasidagi favqulodda qobiliyatini qayd etib, uning “Nasiriddinning xotiranomalari” (“Tazkira”)sidan va “Shoh tuhfasi” (“Tuhfa”)dan o‘qigan ajoyib ma’ruzalarini eslatib o‘tadi. Maktubda rasadxona devoriga o‘rnatilgan quyosh soati haqida ma’lumot keltiriladi. Vaholanki, Ulug‘bek asarlarida bunday soat mavjudligi haqida bevosita ta’kid yo‘q. Koshiyning Hirot va ayniqsa Samarqanddagi ilmiy tadqiqotlari va uning matematika va astronomiya sohasida erishgan yutuqlari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahrda madaniy rivojlanish va turli yurtlardan kelgan olimlarning erkin ilmiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilganligining yana bir muhim dalilidir. Registon ansambli gid-tarjimoni Xursheda FAYZULLAYEVA tayyorladi. “Bars — turkcha o‘n ikki muchal yillaridan birining nomi. Turklar o‘n ikki xil hayvon ismini o‘n ikki yilga ot qo‘yganlar. Tug‘ilish, jang tarixlari va boshqalarni ana shu yillar aylanishidan hisoblaydilar. Buning kelib chiqishi shunday: turk xoqonlaridan biri o‘zidan bir necha yil oldin bo‘lib o‘tgan urushni o‘rganmoqchi bo‘lgan, shunda u urush bo‘lib o‘tgan yilni aniqlashda yanglishgan. Bu masala yuzasidan (xoqon) qavmi bilan kengashdi va aytdi: “Biz bu tarixni (aniqlashda) qanchalik yanglishgan bo‘lsak, bizdan keyin ham shunday yanglishadilar. Shunday bo‘lgach, biz endi o‘n ikki oy va osmondagi o‘n ikki burjga asoslanib, o‘n ikki yilga ot qo‘yishimiz kerak, toki bizdan keyin yil hisobi shu yillarning aylanishiga qarab olinsa va bu narsa abadiy bir yodgorlik bo‘lib qolsin”. Ular “Aytganingizdek bo‘lsin”, deyishdi. Xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda o‘n ikki hayvon suvdan o‘tdi. O‘n ikki yilni ana shu o‘n ikki hayvon nomi bilan atadilar. Eng oldin suvdan o‘tgan hayvon sichqon bo‘ldi. Shuning uchun yil boshi uning nomi bilan ataldi, shu so‘zga "yil" qo‘shib sichqon yili deb atadilar. Undan keyin o‘tganlari quyidagi tartibda bo‘ldi va ularning har biri bir yil uchun nom bo‘lib qoldi: Sichqon yili, Ud (sigir) yili, Bars yili, Tavushg‘an (quyon) yili, Nek (timsoh) yili, (Y)ilon yili, Yund (ot) yili, Qo‘y yili, Bijing (maymun) yili, Taqag‘u (tovuq) yili, It yili, To‘ng‘iz yili. To‘ng‘izga yetgandan keyin hisob yana sichqondan boshlanadi. Bu kitobni yozgan yilimiz to‘rt yuz oltmish oltinchi (466) yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi. Bu yil o‘tib, to‘rt yuz oltmish yettinchi yil kelsa, ot yili kiradi. Yil hisobi mana shu men ko‘rsatgan tartibda olib boriladi. Turklar bu yillarning har birida biror hikmat bor deb taxminlaydilar: masalan, sigir yili bo‘lsa, urush ko‘p bo‘ladi, chunki sigir bir-biri bilan suzishadigan hayvon. Tovuq yili kirsa, oziq-ovqat ko‘payadi, lekin odamlarda tashvish ortadi. Chunki tovuqning ovqati don bo‘lib, uni topib yeyish uchun narsalarni titib yuradi. Timsoh yili kirsa, yog‘ingarchilik va hosil ko‘p bo‘ladi, chunki u suvda yashaydi. To‘ng‘iz yili kirsa, sovuq qor va fitna ko‘p bo‘ladi. Shunga o‘xshash, har yilga biror taxmin yuritadilar. Turklarda haftadagi yetti kunning nomi yo‘q, chunki hafta islomdan so‘ng shuhratlandi. Shunga o‘xshash oy nomlari ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan atagan. Har uch oyni bir ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar. Masalan, navro‘z (yangi kun)dan keyingi avval bahorga o‘g‘laq, so‘ngra ulug‘ o‘g‘laq derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi. Bundan keyingisiga ulug‘ oy deyiladi. Chunki bu oy yozning o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Bu nomlar kam qo‘llangani uchun hammasini aytishni munosib ko‘rmadik” (Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. I-tom. — Toshkent: 1960. — B. 330-332). Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti muchal hisobini yaratishga sabab bo‘lgan. Turmush tarzi chorvachilik va dehqonchilik bilan bog‘liqligi uchun ushbu sohalarning istiqbolini belgilash, keskin kontinental iqlim sharoitida uzoq muddatli obi-havo tahlillarini ishlab chiqish zarurati bunda asosiy omil bo‘lgan. Inson borliqning bir bo‘lagi, tabiatdagi o‘zgarishlar bizga ta’sir etmay qolmaydi. Shunday ekan, “ falon yil unday keladi, piston yil bunday keladi” kabi bashoratnamo gaplar ajdodlarimizning uzoq kuzatuvlari xulosasi, ilmiy tahlillardir. Bashoratlar aynan yil sohibi bo‘lmish hayvonning muhim xislati bilan bog‘liq ekani esa muchal yillarini nomlashda yetmish o‘lchab, bir kesilganidan darak. Mazkur irimlar aslo folbinlik emas, balki xalqning asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan falsafiy tafakkuri mahsulidir. Farrux JABBOROV, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tadqiqotchisi “Samarqand” gazetasining 2023-yil 10-sonida chop etilgan “Davr dardi” maqolasida ko‘rsatilgan masala menda katta qiziqish uyg‘otdi. Muallif Quvondiq Majidiy erkak va ayolning huquqi, bugungi kunda keng joriy etilayotgan gender tenglik haqida fikr yuritar ekan, bu tenglikning milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan ayrim jihatlarini to‘g‘ri ta’kidlagan. Islom dinida ayolga juda katta ehtirom ko‘rsatilganligi, diniy kitoblarda o‘z ifodasini topgan. Biz bugun amal qilayotgan Yevropacha tenglikka qarshi emasmiz. Ammo, milliylikni, urf-odatlarimizni saqlab qolgan holda hayotda erkak va ayolning o‘rni alohida ekanligini unutmasligimiz zarur. Olimlarning xulosasiga ko‘ra ayollar 10 kilogramdan ortiq yuk ko‘tarmasliklari kerak. Biz nima qilayapmiz: ayolni erkak bilan tenglashtirish maqsadida (balki ayollarni ulug‘layotgandirmiz) og‘ir tosh ko‘taruvchi sportchi ayollarni ham kashf etmoqdamiz. To‘g‘ri, ayollar tennis, voleybol, badiiy gimnastika va shaxmat kabi sport turlari bilan shug‘ullanishiga qarshi emasmiz. Lekin boks, kurash va o‘g‘ir atletika kabi sport turlariga ayollarni jalb qilayotganligimiz to‘g‘ri ishmi? Og‘ir sport turlari odatda erkaklarga mo‘ljallangan-ku. Bugungi kunda ro‘zg‘or yuki ko‘proq ayollar yelkasiga tushayotganligi bor gap. Hatto, er, bola-chaqasini tashlab xorijga ishlagani ketayotgani odatiy holga aylangan. Bu gaplar yangilik emas, albatta. Faqat, oilada erkak o‘z burchini bajarishi zarur. Burch unutilgach, ayol ro‘zg‘or tebratishga majbur bo‘lmoqda. Eng yomoni, bozorlarda savdo qiluvchilarning ham aksariyati ayollardan iborat. Kun bo‘yi tik oyoqda turib o‘nlab-yuzlab xaridorlar bilan turlicha muomalada bo‘ladigan ayrim ayollarda ibo, latofat pardasi ko‘tarilayotganligini tan olaylik. Yulduz SAMADOVA, SamDU talabasi G‘afur G‘ulom — kinoshunos Quyon kelmoqda Yo‘lbarsni quvib... G‘afur G‘ulomning adabiy faoliyati 1923-yildan boshlanadi. She’r, doston, ocherk, hajviy hikoya va qissalari gazeta-jurnallarda chop etilgan. Ko‘plab kitoblari nashr etilgan. MIRZO ULUG‘BEK VA JAMSHID KOSHIY o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik xususida Ajdodlarimiz bir necha ming yillardan buyon 21- mart — bahorgi tengkunlikda Yilboshi (Navro‘z) bayramini nishonlab kelishadi. Turkiylarning o‘n ikki hayvon nomi bilan ataladigan taqvimi ham ushbu sanada yangilanadi. Ayni kunlarda yo‘lbars yili adog‘iga yetib, quyon yili boshlandi. Mahmud Koshg‘ariy o‘n asr ilgari “Devonu lug‘atit turk” asarida muchal hisobi bo‘yicha ham qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan: Muchal hisobi qanday paydo bo‘lgan?
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 156 Adadi: 3 600 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 23-mart, payshanba, № 12 (2473) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Ramazon oyi boshlandi O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 93 yilligiga OLIJANOB AMAKI RAMAZON TAQVIMI Ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat oyi — qutlug‘ Ramazon muborak! — Abdulla oilamizning o‘g‘il farzandlardan kenjasi edi. Shuning uchun u doim barchamizning e’tiborimizda bo‘lgan, erkalatib o‘stirganmiz. Bizning bolaligimiz Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida boshqa tengdoshlarimiz qatori o‘tdi. Qishloq bolalari nima ish qilgan bo‘lsa, biz ham shu yumushlar bilan band bo‘lganmiz. Ya’ni mol, qo‘y boqdik, suv tashidik, pichan o‘rdik, yantoq chopdik, somon to‘pladik, xullas, qishloqda qilinadigan barcha ishlarni bajarganmiz. Bular kechagidek yodimda. Abdulla bolaligidan kitobga, she’rga boshqacha mehr bilan ulg‘aydi. Hali maktabga bormay turib, ko‘plab she’rlarni yod bilardi. O‘quvchilik paytlaridayoq yozgan she’rlari uztozlarini hayratga solgandi. Yillar o‘tdi, voyaga yetdik, aka-ukalar barchamiz turli oliy ta’lim muassasalarida o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘ldik. Abdulla ham maktabni oltin medal bilan bitirib, ToshDU, hozirgi O‘zMUning filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirdi. Talabalik paytlaridayoq shoir bo‘lib, xalqqa tanilgan Abdulla universitetni bitirgach, Toshkentda ish faoliyatini boshladi. Abdulla oddiy shoir emas, tug‘ma iste’dod egasi edi. Ko‘pchilik uni murakkab inson, deb bilardi. Chunki, u ahd qilgan ishini bajarmay qo‘ymasdi. Ammo, qanchalik qat’iyatli, jiddiy bo‘lib ko‘rinmasin, baribir o‘zligidan ortiq emasdi. Ya’ni, soddalik, qishloqcha tantilik, beg‘uborlik umrinig oxirigacha o‘zgarmadi.Shundanmi, insonlarni yaxshiyomonga ajratishni bilmadi, hamma bilan birdek suhbat qurib, og‘a-inidek kirishib ketaverardi. Qayerga bormasin, o‘zi bilan kerakli xulosa va bitiklarni olib yurardi. Yoshligidan so‘zni tahlil qilib, eng saralarini she’rlariga kiritardi. Shuning uchun u so‘z ustasi bo‘lib yetishdi. Atrofdagilar bilan hamnafas bo‘lsa-da, lekin hech qachon o‘zini odamlarga tanitishga harakat qilmasdi. Shunaqa qilib o‘ziga odamlar e’tiborini tortishni istamay, bil’aks ularning nazaridan chetda bo‘lishga harakat qilardi. Uning yana bir odati she’rlarini omma e’tiboriga havola qilishga shoshilmasdi. Abdulla doim she’rning mazmuni, mohiyatiga o‘ta talabchan edi. She’rni puxta ishlab, o‘quvchining yuragiga kirib boradigan bo‘lganida chop ettirardi. Yuzaki ijod unga begona edi. Yozganlari qirqta tarixshunos va adabiyotshunos tahlil qilsa, qirq xil ma’no keltirib chiqarar darajada sermazmun edi. Hamma she’r ham she’r bo‘lavermaydi, ammo bir she’rning mag‘zini hamma ham tushunib chaqa olmaydi. Bunaqa tahlil qiladigan olimlarimiz kam, deyarli yo‘q. E’tiborli jihati odamlar hozir ham uyumizga qog‘oz ko‘tarib kelishadi, Abdullani she’ri tushirilgan. “Shoir bilan o‘tirganimizda she’r yozib bergandi”, deb qo‘limga qog‘ozni tutqazishadi. Bu she’rlar nafaqat hech bir kitob yoki gazeta, jurnalda chop etilmagani bilan e’tiborlidir. Bu holatlar shoirning ilhomi kelib davralarda she’r tug‘ilib qolsa, o‘sha yerda aytib muxlislarga yozib qoldirib chiqib ketaverishi bilan bog‘liq. Bunday xususiyat Abdullada kuchli edi. Xuddi shunday voqeaga o‘zim ham ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Abdulla bilan Qashqadaryodagi bir tadbirga o‘zimiz bilmagan holda borib qoldik. Bizni viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilayotgan holatini ko‘rsatib kelaman deb mashinasiga taklif qildi. Nishon cho‘li bo‘ylab uzoq yurdik va yo‘l ustida bir chaylada to‘xtadik. Chayla atrofida kichkina maydonchada rayhon ekilgan ekan. Chayladan o‘rta yoshli ayol bizlarga peshvoz chiqdi. Birinchi kotib o‘zini tanishtirib, sizga Abdulla shoirni olib keldim, deb maqtandi. Shunda opa o‘sib turgan rayhondan olib, shoirga “xush kelibsiz” deb uzatdi. Ularning kotib bilan bir necha daqiqalik suhbatidan keyin xayrlashish oldidan Abdulla ayolga qarab, “Sizga katta muvaffaqiyatlar tilayman" deb, “Rayhon” haqida she’r o‘qiy boshladi. Keyin bilsak, shoir rayhon hididan ilhomlanib shu yerning o‘zida she’r yozgan ekan. Kotib “yo tavba, yo tavba, men shuncha yoshga kirib, bunaqasini birinchi marta ko‘rishim, qoyilman” deya hayratini yashirolmagandi. Abdulla Samarqand shahrini juda ham sevardi, bo‘sh vaqt topsa, Samarqandga kelib, bobomiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek maqbaralarini, Registon, Shohi Zinda va boshqa ko‘plab yodgorliklarni ziyorat qilardi. Devorlardagi arabcha so‘zlarni, mohirlik bilan chizilgan gul va naqshlarni yuzlariga, ko‘zlariga surtib uzoq o‘yga cho‘mardi. So‘ng shoir menga shunday derdi: “Aka, bularning bari oddiy narsa emas, ularni teran o‘ylab tahlil qilsangiz yillar bilan bo‘g‘liq tarix va kelajak tasvirlangan. Bular gul va naqsh emas, ularda ulkan ma’no yashirin”, deb kulib qo‘yardi. Ziyoratgohlarni aylanib chiqqandan so‘ng shoir, albatta, Samarqand va Qashqadaryoni ajratib turgan tog‘ tizmalariga borib, kech kirishi bilanoq Taxta Qoracha dovoniga chiqib, yulduzlarni kuzatishni juda-juda sevardi, unga bag‘ishlab she’rlar bitardi. Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlari hududi bu dovondan o‘ta chiroyli ko‘rinishi unga ilhom bag‘ishlardi. Dovonga tez-tez borib voha manzaralarini entikib kuzatardi. Shoirning barcha she’rlarining yaralish tarixi bor. She’r chiqishi shoirniki, chiqqandan so‘ng u xalqniki bo‘ladi degan gap bor. “Munojotni tinglab" she’ri ham ana shunday nodir ijod durdonalaridan. Uni shoir Yunus Rajabiyning xonadoniga borib, aka-uka Yunus va Rixsi Rajabiylarga bir necha bor “Munojotni” ijro ettirib, shu yerning o‘zida she’rni yakuniga yetkazgan. Abdulla haqida, uning ijodi, hayot yo‘llari xususida zamondoshlari tomonidan bildirilgan fikrlar ham kishi e’tiborini tortadi. Pedagogika fanlari doktori, taniqli professor Qozoqboy Yo‘ldoshev shoirni shunday ta’riflaydi: “Abdullaning she’riyati ozod va pokiza ko‘ngilning goh mayin, goh o‘tli, goh mungli manzaralarini, ba’zan bu holatlarning barchasini birvarakayiga ohangdor va musiqiy o‘zbek so‘zi orqali ifodalash natijasi o‘laroq dunyoga keladi. Uning she’riyati samimiyat ifodasi ekani sabab ko‘ngillarni rom etib, yuraklarga singib ketadi. Shoir samimiyati uning o‘z dunyosi, ruhiyati, kayfiyati va hissiyotini taftish qilishi hamda o‘zini anglashiga astoydil urinishida namoyon bo‘ladi. Shoir har bitta zamondoshi qalbida nelar kechayotganini bilgisi, tuygisi va ifodalagisi keladi. Obrazlarning xalqchil tomirlarga egaligi millat ruhining suvratlariga aylantirdi. Eng chigal ruhiy holatlarni ham g‘oyat ulkan nazokat va yuksak joziba bilan aniq va ta’sirli ifodalay bilish shoir she’rlariga o‘zgacha tarovat baxsh etadi. Shoirning bitganlaridagi beadad samimiyat, tuyg‘ular chinligi kishini o‘ziga tortadi va ayrim chizgilarning o‘ziyoq she’rxonda qaytarilmas poetik kayfiyat hosil qiladi. Shuningdek, Abdullaning she’riyati o‘zbek lirikasiga ko‘ngil dardlari suvratlari, orzuarmonlar fojiasi, ruhiy iztiroblar manzarasini olib kirdi”. Ha, Abdulla Oripov tug‘ma shoir edi. Uni bolaligidan to umrinig oxiriga qadar ko‘rgankechirganlari, hayotining past-balandlaridan xabardor yaqin kishisi sifatidagi xulosam shunday. Uning qalbida ijodga, adabiyotga nisbatan buyuk muhabbat bor edi. Shu bois ham u so‘ngi nafasigacha ijoddan to‘xtamadi. Jon bilan ato etilgan ijodkorlik dardi unga bir zum bo‘lsa-da tinchlik bermasdi. Buni unung she’rlarini o‘qigan, uqqan o‘quvchi, albatta, tushunadi, anglaydi. Husan OLIMOV yozib oldi. Har Ramazon oyi yaqinlashsa shu voqea esimga tushadi. Bu voqeaga necha yillar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, hozirgacha o‘sha odamni izlayman. Qilgan beminnat yaxshiligi uchun minnatdorlik bildirib, rahmat aytgim keladi. Talabalikning ilk yillari edi. Hali poytaxt ko‘chalarini yaxshi bilmasdim. Talabalar turar joyi va o‘qish binomizgacha o‘rtacha taksida uch ming so‘mlik yo‘l edi. O‘sha kuni negadir ishlarim ko‘payib darsga kech qolayotganim uchun taksi to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Yonimga yoshi chamasi ellikka yaqinlashib qolgan, boshqarayotgan mashinasi andak eskiroq bir amaki kelib to‘xtadi. Shoshganimdan borar manzilimni tushintirdim-u, narxini ham aytmasdan mashinaga o‘tirdim. Tinmay soatga qarayotganimdan sezibmi, tezroq haydashga harakat qilardi. Men bo‘lsa, sumkamdan hamyonimni izlash bilan ovvora edim. Manzilga yetib kelgach: — Amaki, uch ming so‘m bersam bo‘ladimi? — deb so‘radim shoshilib. — Ikki ming bersangiz ham rozi bo‘lib bering, qizim — dedi haydovchi. Mening esa xayolim parishon edi. Talabaga taksilarning ming so‘m kam aytgani ham bayram-da, xursandligimdan ikki ming so‘m uzatdim-u, rahmat aytib fakultet tomon oshiqdim. Har kuni darsdan so‘ng amaliyot o‘tash uchun “Matbuotchilar uyi”ga borardim. Shubhasiz, u yerga hujjatsiz kirib bo‘lmasdi. Sumkamni qancha izlamayin pasportimni topolmadim. Hafsalam pir bo‘ldi. Talabalar uyiga kelib, hamma joyni izladim, lekin o‘sha hujjat baribir topilmadi. Qayerga qo‘yganimni, kimga berganimni eslolmasdim. Tartibsiz ekanligimdan rosa yig‘ladim ham, xonadosh qizlar ham dardimga sherik bo‘lishar, biri qayta pasport to‘g‘irlashning jarimasi haqida gapirsa, yana biri ko‘plab hujjatlar ketishini aytardi. Nima bo‘lsa ham ota-onamga aytmay turishga harakat qildim. Oradan ikki kun o‘tmay qo‘ng‘iroq qilgan onam bir kulimsirab, bir g‘azablanib gapirardi: — Toshkentda nimangni yo‘qotib qo‘yding, qizim? — dedilar hazilomuz ohangda. — Aniq yo‘qolganini bilmayman. Ammo tez orada topaman, ona — dedim dovdirab. — Xozirgina pasportingni mahalla posboni berib ketdi. O‘zingni sog‘ingandim. Hech bo‘lmasa hujjating kelibdida, — dedi onam. “Qachon?”, “Qanday boradi sizlarga?”, “Kim olib bordi?” deya bergan to‘xtovsiz savollarimga onam bir boshidan javob bera boshladi. — Qizim, taksida yo‘qotib qo‘ygan ekansan. O‘sha kishi bir qog‘ozga xat yozib, sening manziling bo‘yicha tumanimiz IIBga Toshkentdan pochta qilib jo‘natibdi. Senga yetkazib berishlarini tayinlab yozibdi. Keyin mahallamiz posboni yig‘ilishga borsa, “Sizning hududingizda istiqomat qilar ekan, egasiga yetkazib bering”, — deb berib yuborishibdi. Shunday qilib bugun pasporting kirib keldi-da, dedi. Mening esa hayratim yanada oshib borardi. — O‘sha taksi haydovchi amaki kim ekan? Telefon raqami bormi? Suyunchi puli berishimiz kerakku? — dedim shoshganimcha. — Mana, senga xatini o‘qib eshittiraman, — deya onam qog‘ozda yozilganni o‘qiy boshladi. “Hurmatli Jizzax tumani (hozirgi Sharof Rashidov tumani) IIB bo‘limi xodimlari. Ushbu pasport mening mashinamda Toshkent shahar ko‘chalarida tushirib qoldirilgan. Egasini tanimayman, qaysi manzilda tushib qolganini ham eslolmayapman. Iltimos, egasiga yetkazib beringlar. Hurmat bilan, taksichi!” Maktubda yozilganlarni eshitib quloqlarimga ishonmadim. O‘sha payti birdaniga o‘qishga shoshib ketayotganimda taksiga o‘tirganim esimga tushdi. Afsuski, amakining yuzini yaxshi ko‘rmagandim. Faqat bir savol meni judayam qiynardi. Axir, Toshkentdan Jizzaxga pochta yuborish eng kami besh ming so‘m turadi-ku, deyman o‘zimga-o‘zim. Axir, men taksi haydovchi amakiga og‘rinibgina ikki ming so‘m yo‘lkira bergandim. Hech bo‘lmasa, raqamini qoldirmaganidan o‘kindim. Ammo bu kabi mehribon, saxovatpesha insonlar qilgan yaxshiliklari ortidan manfaat kutmaydilar. Savob ishlarini ham ko‘z-ko‘z qilishga oshiqishmaydi. Yurtimizda saxovat va rahmat oyi — Ramazon kirib kelmoqda. Har galgidek bu safar ham o‘sha taksi haydovchi amakiga, uning oilasiga Yaratgandan rahmat, tani sihatlik va xotirjamlik tilayman. Omon bo‘ling, olijanob amaki!!! Kumush O‘SAROVA Quyoshning chiqish va botish vaqtidagi farqlar (daqiqalarda): Toshkent vaqtidan oldin: Angren 3/3, Piskent 1/0, Andijon 11/12, Xonobod 14/15, Shahrixon 10/12, Xo‘jaobod 12/13, Namangan 9/9, Pop 6/7, Chust 7/8, Farg‘ona 8/10, Qo‘qon 5/7, Quva 9/12 Ramazon kunlari Mart- aprel Hafta kunlari Saharlik tugashi Iftorlik boshlanishi Ramazon kunlari Aprel Hafta kunlari Saharlik tugashi Iftorlik boshlanishi 1 23 Payshanba 05:03 18:40 16 7 Juma 04:36 18:56 2 24 Juma 05:01 18:41 17 8 Shanba 04:34 18:57 3 25 Shanba 05:00 18:42 18 9 Yakshanba 04:32 18:58 4 26 Yakshanba 04:58 18:43 19 10 Dushanba 04:30 18:59 5 27 Dushanba 04:56 18:44 20 11 Seshanba 04:28 19:00 6 28 Seshanba 04:54 18:45 21 12 Chorshanba 04:27 19:01 7 29 Chorshanba 04:53 18:46 22 13 Payshanba 04:25 19:02 8 30 Payshanba 04:51 18:47 23 14 Juma 04:23 19:03 9 31 Juma 04:49 18:48 24 15 Shanba 04:21 19:04 10 1 Shanba 04:47 18:49 25 16 Yakshanba 04:19 19:05 11 2 Yakshanba 04:45 18:50 26 17 Dushanba 04:17 19:07 12 3 Dushanba 04:43 18:52 27 18 Seshanba 04:15 19:08 13 4 Seshanba 04:42 18:53 28 19 Chorshanba 04:13 19:09 14 5 Chorshanba 04:40 18:54 29 20 Payshanba 04:11 19:10 15 6 Payshanba 04:38 18:55 30 21 Juma 04:10 19:11 21-mart kuni Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq 2023-yil Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi. Qutlug‘ oyning mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehru saxovat kabi fazilatlarni o‘zida namoyon etgan muborak oyni munosib o‘tkazish belgilandi. Qarorda qayd etilganidek, yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi. Quyoshning chiqish va botish vaqtidagi farqlar (daqiqalarda): Toshkent vaqtidan keyin: Bekobod 2/0, Buxoro 22/19, Gazli 25/23, Guliston 4/2, Sardoba 5/4, Jizzax 8/6, Zomin 3/10, G‘allaorol 9/7, Navoiy 18/16, Zarafshon 22/24, Nurota 17/16, Nukus 37/40, Mo‘ynoq 36/43, To‘rtko‘l 33/34, Samarqand 12/9, Kattaqo‘rg‘on 15/12, Termiz 15/6, Denov 11/4, Qarshi 19/13, Shahrisabz 14/8 She’r yozish uchun ilhom kutmasdi… Xalqimiz 21-mart sanasini milliy urf-odatlarimiz tarannum etiladigan, o‘zligimizga xos mehr-oqibat ayyomi Navro‘zi olam shodiyonasi bilangina emas, balki ona yurtni yuksak darajada madh etgan buyuk ijodkor — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan kun sifatida ham alohida qadrlaydi. Abdulla Oripovning hayot yo‘li va ijodi haqida bitilgan kitobiy ma’lumotlar bilan barchamiz tanishmiz. Ammo, buyuk shoir haqidagi hayotiy haqiqatlar haqida ko‘pchilik eshitmagan. Shu bois, shoirning akasi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, Razzoq ORIPOV xotiralari ijodkor ixlosmandlarini befarq qoldirmasa kerak.