The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-02-08 07:43:04

Samarqand 6-son

Samarqand 6-son

ISSN 2010-6734 № 6 (2467) 2023-yil 9-fevral, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘ldi BUYUKLAR YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM “Boburnoma”da oqila, mudabbira onalar qanday tasvirlangan? O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabovadan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning muhtasham “Boburnoma” memuarida ona, mudabbira ena, bunyodkor malikalarning tasviri haqidagi savollarimizga javob oldik. — Suhbatimizni Zahiriddin Muhammad Boburni dunyoga keltirgan onasi Qutlug‘ Nigorxonim haqida “Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlar va tasvirlar haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak. — O‘rganishimcha, Temuriylar Uyg‘onish davrida saroy ayollarida ijtimoiy faollik o‘sgan. Bunyodkorlikni o‘zlariga sharaf deb bilgan malikalarning davlat ishlaridagi faolligi himmat va ehsoni bilan belgilangan. Ular mamlakatning obodligi, farovonligi yo‘lida hamda aql va qo‘l ixtirolarining mamlakat bo‘ylab yoyilishida saxiy mulkdorlar qatorida pul tikib, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurdirgan, suv chiqargan, bog‘lar barpo qilgan. Bobur Temuriylar Renessansi davrining murakkab saroy hayotiga ham ahamiyat qaratgan, yangi gaplar aytgan. “Boburnoma”da yozilgan muhim ma’lumotlardan biri bu – onasi haqidagi fikrlardir. Bobur onasi Qutlug‘ Nigorxonimni “Boburnoma”da o‘ndan ortiq ma’lumotlarda tilga oladi. Asarda “mening volidam”, “mening onam”, “volidam”, “volidaxonim”, “onam”, “onam xonim”, deya eng ko‘p tilga olgan ayol obrazi ham aslida onasidir. (Davomi 3-sahifada). Dostonlarining hamdu na’tlarida Yaratuvchi Zot va Koinot qonuniyatlari, Olam va odamning yaratilish evolyutsiyasi haqida gapirish, Qur’oni karim oyatlarining chuqur ilmga asoslangan she’riy tafsiri Alisher Navoiyning favqulodda buyuk idrok sohibi ekanidan dalolatdir. Uning she’riyatini tahlil qilish insondan katta va har tomonlama keng bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Albatta, har bir tadqiqotchi uning she’riyatini o‘z bilim doirasi darajasida tahlil va talqin qiladi. Kimdir diniy, kimdir dunyoviy, yana kimdir shoir tafakkurining chuqur ma’no qatlamlariga kirishga, mutafakkir dahosining ilohiyot bilan bog‘liq konsepsiyasini anglashga urinadi. Hech bir talqinni rad etib, qaytarib bo‘lmaydi. Faqat yondashuvlar turlicha va bu tabiiy. Alisher Navoiy she’riyati tahlili va talqini o‘z davrida ham keng bahslarga sabab bo‘lgan. O‘tgan olti asrdan shu kunlargacha ham uning dunyoqarashi haqida xilma-xil qarashlar yashab kelmoqda. Shoirning o‘ta islomiy aqidalariga sodiq bo‘lgan holda boshqa diniy ma’lumotlarga ijobiy munosabati, so‘fiya tariqatlariga o‘ziga xos yondashuvi hali-hanuz ko‘pgina olimlarning o‘zaro tortishuviga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu hammasi, yana bir karra Alisher Navoiy valiy zot ekani, zamondoshlari e’tirof etganidek, Yaratuvchi Zot uni ladun ilmi bilan siylaganiga ishonch tug‘diradi. Bu ilm o‘z-o‘zidan kashf bo‘lmaydi. Uning kaliti ustozlar sabog‘i orqali qo‘lga kiritilishi ma’lum. Agar biz Navoiyning hayot yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak va uning o‘zi o‘z xotiralarida tilga olib o‘tgan ustozlari saboqlariga e’tibor bersak, Alisher Navoiyni yoshlikdan qanday savollar qiynagani va ularga javob izlab qaysi ustozlardan ta’lim olgani haqida birmuncha tasavvur olishimiz mumkin. Alisher juda yosh chog‘idan she’riyat shaydosi edi. 3-4 yoshligida Qosim Anvorning “Rindemu oshiqemu jahonso‘zu jomachok, Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok” baytini aytib mehmonlarni lol qoldirgani tarixdan ma’lum. Hatto Farididdin Attorning “Man tiq u t- tayr” asarini yodlab olgani ham uning o‘z xotiralarida keltirilgan. U ilk she’rlarini kimga ko‘rsatganini yozib qoldirmagan bo‘lsa-da, o‘spirinlik paytida sevimli murabbiysi Sayyid Hasan Ardasher uni she’r yozishga hamisha rag‘bat qilganini aytib o‘tgan. Shuningdek u Sayyid Hasan Ardasherni faqru fano tariqi va Imom G‘azzoliy ta’limotida ustozi, deb biladi: “... Saltanat taxti sulton Ibrohim Mirzoga qaror tutgandakim tarix sakkiz yuz oltmish erdi (mil.1455-1456) bu faqir alar suhbatig‘a musharraf bo‘ldum. Alar tariqi va ravishi bu faqirni andoq shifta qildikim, bir kun alar mulozimatig‘a yetmasam erdi, sabru toqatim qolmas erdi... Va bu faqirni faqr tariqig‘a dalolat va irshod qilurlar erdi va nazm ayturg‘a targ‘ib kurguzurlar erdi... Forsiy ash’ordin Hazrati Hoja Hofiz Sheroziy devonig‘a ko‘p aqidalari bor erdi... hazrati Shayx Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr”ining ko‘pragini yod bilur erdilar... Hujjat ul-islom Imom Muhammad G‘azzoliy Musannafotig‘a mu’takid erdilar va ko‘p o‘qur erdilar... bataxsis, “Kimiyoi saodat”din va Shayx Aziz Nasafiy Rasoyilin ham ta’rif qilurlar erdi va andin so‘zlar naql qilurlar erdi... bu faqir fuqaro ahli, darveshlar va ahlulloh mulozamatiga ko‘p yetibmen, fano tariqida alardek oz ko‘rubmen...”. (Davomi 3-sahifada). 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun Shonli tariximizdan ma’lumki, valiahd shahzoda, malikalaru podshohlarni nafaqat hayotga, balki mamlakatni boshqarishga tayyorlashda, umuman, millat tarbiyasida zukko, farosatli, ilmli onalarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Onalarga hamisha tarbiyachi sifatida qaralgan va e’zozlangan. Ulug‘ shoirning ustozlari G’azal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tava l lud in ing 582 y i l l ig i munosabati bilan Pushkin nomidagi viloyat axborotk u t u b x o n a m a r k a z i d a o’tkazilgan adabiy kecha shunday nomlandi. Unda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya va tarix fakultetlarining talabalari, olimlar, shoirlar, ijodkor yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish qilindi. Adabiy kechada so’zga chiqqan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va jurnalist Yor Muhammad, SamDU ma’naviyat bo’limi bosh mutaxassisi Hasan Aliqulov, Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori o’rinbosari Nargiza Saidmurodova va boshqalar Alisher Navoiy ijodi, uning o’ziga xos jihatlari, shoir qoldirgan ulkan adabiy merosning bugungi avlod uchun ahamiyati haqida to’xtaldilar. – Kechirasizlaru, bizlar ba’zida tiniq daryo sohilida turib chanqasak-da suv icholmayotgan noshudlarga o’xshaymiz, chunki Navoiyni o’qishni bilmaymiz, — dedi Yor Muhammad. — Bugun Navoiy haqida hammaga ma’lum gaplarni gapirish, g’azallarini yod olish, quruq faxrlanish bilangina ish bitmaydi. Maqsad ulug’ shoir asarlarini o’qib, ularning ma’nosini chaqish, mag‘zini uqib olishdir. Alisher Navoiyni faqatgina uning tug’ilgan kuni d a em a s , d oimi y ravishda yodga olishimiz, asarlariga murojaat qilishga o’rganishimiz lozim. Aks holda u bizdan tobora uzoqlashib ketaveradi. Tadbirda univer si te t talabalari shoir g‘azallaridan namunalar o‘qishdi. Gulbahor RAHIMOVA, Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi sektor mudiri Navoiy abadiyati Yoshlar markazida viloyat hokimi Erk in jon Turd imov ish t irok ida 2023-yilda shaharni yanada rivojlant ir ish b i lan bog ‘ l iq loy iha lar muhokama qilindi. Unda dastlab tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo faoliyat yuritmayotgan ayrim korxonalar muammolari o‘rganildi. Ko‘rsatilgan sabablar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, imkon qadar ularning faoliyatini tiklash vazifalari belgilandi. Shuningdek, vaqtida soliq to‘lamagan korxonalar rahbarlari bilan mutasaddilarning muloqot qilmayotgani, ularning tashvisho‘ylari bilan qiziqmayotgani yig‘ilish kun tartibida bo‘ldi. Loyihalar taqdimoti va muhokamalar davomida viloyat hokimi har bir rahbarga aniq va manzilli topshiriqlar berdi. Samarqandning ertasi — istiqbolli Alisher Navoiyning badiiy mahorati bilan dunyoqarashi va bilim doirasining kengligi uning serqirra ijodida baralla ko‘rinib turadi. U nafaqat o‘zigacha mavjud barcha adabiy an’analar, tur va janrlardan mahorat bilan foydalandi. Balki ularni takomillashtirishga harakat qildi. Shuningdek, asarlarining yuksak falsafiy ma’no-mohiyatidan uning faqat islomiy ilmlar emas, balki turli Sharq diniy-falsafiy ta’limotlaridan chuqur xabardorligi, ularning asoslarini yaxshi bilgan mutafakkir ekani anglashiladi. O ‘zbek xa lq in ing u lug ‘ shoiri va buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi, mamlakatda obodonchilik ish lar in i yuksa l t ir ish , san’at hamda adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Ali she r Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga insonparvarlik, ezgulik, sahovat ziyo sini tara tib kelmoqda . Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, ma’naviy merosini o‘rganish, uni dunyoga keng targ’ib qilishga doimiy e’tibor qaratiladi. 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham buyuk bobomiz tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Buyuklar yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Navoiyga ta’zim” mavzusida Navoiyxonlik va mushoira bo‘lib o‘tdi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S. Bozorova va I. Umarova tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda o‘quvchilar tomonidan A.Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Navoiy asarlari asosida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish qilindi. O‘z muxbirimiz


2 2023-yil 9-fevral, payshanba, № 6 (2467) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Har faslning o‘z qonuniyati bor Ogoh bo‘ling! Farzand ota-ona mehridan, oila taftidan bahramand bo‘lsin! MUROJAATLARDAGI MUAMMOLAR Tibbiy jihozlar ham metrologiya tekshiruvidan o‘tkaziladi Bugungi kunda tibbiy xizmat sifatini oshirishda tibbiy o‘lchov vositalarining ahamiyati katta. Tibbiy o‘lchov vositalarining to‘g‘ri ishlashi salomatligimiz qanday darajada ekanligini belgilaydi. O‘lchov vositasi xato ko‘rsatkichlarni qayd etishi inson salomatligi uchun xavflidir. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017- yil, 31-iyuldagi 102-qaroriga asosan metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot o‘lchov vositalari va sinash uskunalarining ro‘yxati belgilangan. Ushbu qarorga muvofiq 32 turdagi o‘lchov vositalari va 5 turdagi sinov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali tomonidan ham bu talab joylarda muntazam ravishda bajarilmoqda. 2022-yilda tibbiyot muassasalaridagi mavjud 5872 ta o‘lchov va sinash vositalarining 34,8 foiz qismi qiyoslashdan o‘tkazilgan, 62,8 foizi ko‘rikdan o‘tkazilmagan, 2,4 foizi esa yaroqsiz holda ekanligi aniqlandi. Filialimiz tomonidan tibbiyot muassasalari, xususiy klinikalarga qiyoslash va kalibrlash ishlari haqida tekin ma‘lum va maslahatlar berib borilmoqda. Uchqun NURMAHAMMADOV, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali mutaxassisi Yurtimizning har bir fasli o‘ziga xos tabiiy va iqlimiy xususiyatga ega. Qishda sovuq bo‘lsa, yozda jazirama o‘z kuchini ko‘rsatadi. Kuzning boshi yozning adog‘iga ulansa, oxiri qish bilan yuzlanishi natijasida iliq va sovuq harorat, kuchli shamollar o‘z kuchini ko‘rsatadi. Bahor esa qish — qahraton izg‘irinlari kuchini “kesib”, ham tabiatga, ham ko‘nglimizga iliqlik bag‘ishlaydi. Ayni paytda o‘lkamizda qishning oxirgi oyi, bahorning ilk qadami bo‘lgan mart oyi bilan o‘zaro iqlimiy jihatdan bog‘lanib ketadi. Keyingi paytdarda respublika ob-havoni kuzatish markazi tomonidan salkam 20 kun davom etgan sovuq ob-havodan so‘ng harorat ko‘tarilishi natijasida joylarda qor ko‘chishi, sel va toshqin kabi xavfli tabiiy hodisalar ro‘y berishi haqida ogohlantirish berilmoqda. Sel va toshqin kutilmaganda paydo bo‘lib, hayotimizning barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sel uzoq muddatli jala yog‘ishi, qor va muzliklarning qisqa muddatda erishi oqibatida paydo bo‘lib, soy va daryolarda suv miqdori keskin ko‘payib ketadi. O‘zanlarning yuqorisiga qadar ko‘tarilgan suv sathi pastga qarab yo‘lida uchragan jismlarni oqizib ketadi. Uning tezligi quyiga tomon engani sari ana shunday chiqindilarning oqimga qo‘shilishi oqibatida selning kuchi yanada ortadi. Odatda sel yuqorida aytilganidek muzlik va qor erishi, ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida vujudga keladi. Yurtimiz iqlimi shundayki, har bir faslga ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida alohida tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Ayniqsa, bahorda sel va toshqin kabi kuchli tabiiy hodisalarga har jihatdan tayyor bo‘lishimiz zarur. Buning uchun soy va daryo o‘zanlari chiqindilardan tozalanishi, qirg‘oqlar mustahkamlanishi zarur. Qirg‘oqlarni mustahkamlash uchun xarsanglar, qum va tuproq to‘ldirilgan qoplardan foydalanish mumkin. Sel faqat tog‘ va tog‘oldi hududlariga xos tabiiy jarayon emas. Shaharlarda ham kuchli yog‘ingarchilik natijasida noqulayliklar paydo bo‘ladi. Ko‘chalar nishabining hisobga olinmasligi, ko‘cha chetidagi ariqlarga tushadigan sel suvlari oqimini nazorat qilish ko‘pincha yoddan ko‘tariladi. Bundan tashqari, ariqlar va quvurlar chiqindilar bilan to‘lib ketishi oqibatida shaharlarda ham sel va toshqinlar paydo bo‘lib, ko‘chalarda avtoulovlar va piyodalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Buning oldini olish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar, xususan, obodonlashtirish tizimi xodimlari, fuqarolarimiz ariq va quvurlarni tozalab, ularning kutilmagan sel va toshqin suvlarini betalofat o‘tkazishi uchun choralar ko‘rishi lozim. Bunday holat shahrimizda tez-tez sodir bo‘lishi sir emas. Bahor kelmasdan tayyorgarlikni boshlashimiz talab qilinadi. Sanjar ADILOV, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazi o‘qituvchisi Dunyoni qamrab olgan eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri yosh bolakaylarning SOS bolalar mahallasi, oilaviy bolalar uyi, mehribonlik uyi, deb ataladigan maskanlarda o‘sib, otaona mehridan mosuvo holatda voyaga yetayotganligidir. Ayniqsa o‘zbek xalqi an’anasiga zid bo‘lgan bu holat bolaning kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi allaqachon isbotlangan. Shunga qaramasdan bu muammo to‘liq hal etilgani yo‘q. Shahrimiz misolida olib qaraydigan bo‘lsak, ayni paytda tilga olingan maskanlarga turli sabablarga ko‘ra ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni joylashtirishning 5 ta shakli bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda chin va ijtimoiy yetimlar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini ijtimoiy muhofazaga olish ko‘zda tutilgan. 2022-yilda viloyatdagi mehribonlik uyiga 12 nafar, SOS bolalar mahallasiga 6 nafar ota-ona qarovisiz qolganlar joylashtirildi. Bundan tashqari, ana shunday bolalarning 35 nafari homiylar qaramog‘iga topshirildi, 77 nafari esa farzandlikka berildi. Bolalar masalalari bo‘yicha shahar hokimligi qoshida faoliyat yuritayotgan komissiya hisobida turgan turli yoshdagi bolalarning ijtimoiy holati mahallalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda izchil nazoratga olingan. Eng muhimi, mehribonlik uyi, SOS bolalar mahallasi, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni oilasiga qaytarish asosiy vazifadir. Biroq bu muhim ijtimoiy muammoni hal etishda jiddiy qiyinchiliklar ham mavjud. Negaki, farzandini taqdir izmiga tashlab qo‘ygan ayrim ota-onalarni yashash joyidan topib bo‘lmayapti, ayrimlari esa yolg‘iz ona hisoblanib, doimiy yashash joyi yo‘qligi, onalik huquqidan mahrum etilganligi ham muammoni hal etishga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Yetim bolalar, ota-onasidan qonuniy ajratilgan bolalarni milliy urfodatlarni ular ongiga singdirgan holda tarbiyalash tizimini joriy etish maqsadida yaqin qarindoshlari tarbiyasiga berish ham bu boradagi samarali usullardan biridir. 2 nafar shunday bola qarindoshlari qo‘liga topshirildi va har 6 oyda ularga qonuniy ajratilgan mablag‘ning to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatilmoqda. Bu borada oldimizda turgan jiddiy vazifalardan biri oilaviy bolalar uyi, SOS bolalar mahallasi bitiruvchilari bandligini ta’minlashdir. Ularni ishga joylashtirish, ta’limni davom ettirish choralarini ko‘rishga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Negaki, shu paytdan bitiruvchilar uchun yangi, mustaqil hayot boshlanadi. Tabiiyki, shu paytgacha yashagan, ta’lim olgan maskanidagi muhit yangicha hayot tarzi bilan almashadi. Mana shunday sharoitda ularning o‘qishi, ish faoliyati, doimiy yashash tarzi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Shu maqsadda shahar bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda ularni ishga joylashtirish dasturi ishlab chiqilgan. Iqtidorli bolalarni oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga joylashtirish borasida ham deyarli muammo bo‘lgani yo‘q. Ota-onasi ajrashib ketgan bolalar tarbiyasida ularning otasi yoki onasi, bobo-buvisi bilan uchrashish huquqlarini ta’minlash ham katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan oilaviy, udumlarni tiklashga xizmat qiladigan choralardan biridir. Hozirgacha komissiyaga shu masalada 133 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ularni qondirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga xulosa va takliflar bildirildi. Davlat notarial idoralarida 90 nafar bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinib, otasi yoki onasidan qolgan meros ulushlarini undirish yuzasidan notarial jarayonlar amalga oshirildi. Shahrimizda 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni uyjoy bilan ta’minlash maqsadida 13 nafar bitiruvchining navbati shakllantirilib, ularga ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratildi. Bundan tashqari, ayrim bolalarning oilasi mavjudligi aniqlanib, ularni o‘z xonadoniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Yana bir vazifa ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun birgalikda sharoit yaratishdir. Darsdan so‘ng turli to‘garaklarga qatnashish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim tartib hisoblanadi. Lekin bo‘sh vaqtini tungi bazmgohlar, kompyuter zallarida o‘tkazayotgan yoshlar ham yo‘q emas. Voyaga yetmagan bola, albatta, yaqin kishisi kuzatuvida belgilangan vaqtdagina o‘zi uchun mos bo‘lgan muassasalarga kirib, sevimli mashg‘uloti bilan shug‘allanishi mumkin. Albatta, bunda mashg‘ulotning odob-axloq talablariga mosligi, ijtimoiy zararli emasligi, bolaning ongida salbiy tushunchalarga sabab bo‘lmasligi zarur. Ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lib, turli davlat va xususiy bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning kelajagi haqida qayg‘urish mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlarnung asosiy yo‘nalishidir. Akmal RUSTAMOV, shahar hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘’basi mudiri Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, yildan-yilga davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, ular qatoriga yangi xizmatlar qo‘shilmoqda. Ammo vakolatli idoralar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani xizmatlarni sifatli taqdim etishda ko‘plab muammolarni yuzaga keltirmoqda. Masalan, o‘tgan yil mobaynida davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq 8 335 ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, mas’ul shaxslarning javobgarlik masalasi ko‘rildi. Mazkur qonunbuzilish holatlari kadastr idoralari, gaz, elektr va suv ta’minoti korxonalari, qurilish idoralari, tuman (shahar) hokimliklari, sog‘liqni saqlash muassasalari, soliq idoralari va boshqa tashkilotlarga to‘g‘ri kelayotgani aniqlandi. Xususan, “URGUT SILK ...” (qisqartirildi) mas’uliyati cheklangan jamiyatining Urgut tuman Davlat xizmatlari markazi orqali “O‘ramas” mahallasida joylashgan obyektni elektr tarmog‘iga ulash uchun texnik shartlar olish bo‘yicha murojaati “Samarqand HETK” AJ muhandis-loyihachisi Sh.A. tomonidan belgilangan tartibda ijro etilmagan. Shuningdek, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi orqali fuqaro M.S.ning ichimlik suv hisoblagichini yechish, o‘rnatish va tamg‘alashga ariza yuborish to‘g‘risidagi so‘rovnomasi “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali metrologi O‘.U. tomonidan belgilangan tartibda ijro etilmagan. Shunga o‘xshash holatlar yuzasidan vakolatli idoralarning rahbarlariga 59 ta taqdimnoma va 798 ta ogohnomalar kiritildi. Bundan tashqari, qurilish idoralarining 35 nafar, kadastr idoralarining 73 gaz, elektr va suv ta’minoti korxonalarining 51 hokimliklarning 4 sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limlarining 3 arxiv idoralarining 7 nafar aybdor mas’ul va mansabdor shaxslari ma’muriy, 135 nafar mas’ul shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bunday holatlarning oldini olish borasida vakolatli organlar xodimlari ishtirokida tushuntirish ishlari, seminarlar o‘tkazilib, davlat xizmatlari ko‘rsatishga aloqador tashkilotlar bilan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maqsad xizmatlar sifati, shaffofligini oshirish, murojatlarni vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlashdir. Bu yo‘lda har bir davlat idorasi va mas’ullar mas’uliyatni chuqur his etmas ekan, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Sh. AZIZOV, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, 2-darajali adliya maslahatchisi Hokim yordamchisi HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI YANGILANG O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 0 2 2 - y i l 1 2 - ap r e ld ag i 1 7 8 -q a r o r i b i l a n Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni almashtirish muddati ularning berilgan vaqtiga qarab uzaytirildi. Xususan, haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2010 yilga qadar berilgan bo‘lsa 2023-yil, 31-martgacha, 2010–2012-yillarda berilgan bo‘lsa – 2023-yil, 30-iyungacha, 2013–2015-yillarda berilgan bo‘lsa – 2023-yil, 30-sentabrgacha, 2015-yildan keyin berilgan bo‘lsa – 2023-yil, 31-dekabrgacha almashtirilishi zarur. Ko‘rsatilgan muddatlarda almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Endilikda DXM va ichki ishlar organlariga borish, rasmga tushish, bir nechta hujjatga imzo qo‘yish shart emas. 2023-yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib, my.gov.uz orqali olish imkoniyati yaratildi. Guvohnomani yangisiga onlayn almashtirish uchun my.gov.uz orqali buyurtma beriladi. Buyurtmada bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi, tegishli bandlar tanlanadi, yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi va mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi. So‘nggi qadamda invoys shakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi. Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi. Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo‘yicha borib, buyurtmachidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni olib, yangisini taqdim etadi. Pochta xizmati esa eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonini DXMga topshiradi. Zafar NASRITDINOV, viloyat IIB JXX YHXB 2-TRO‘ va IO bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik TABIAT QONUNLARI HAR BIR FASLGA XOS Har bir mahallada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hokim yordamchisi sifatida ishlayotgan xodimlarning bugungi kunda ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Buni avvalo xalq ichiga kirib borish, mahallabay, xonadonma-xonadon yurib, muammolarni o‘rganish jarayonida ishonch hosil qilish mumkin. Mamlakatimiz Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati muntazam ravishda o‘rganilib, monitoring qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasiga o‘tgan yili oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, shuningdek, hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan jami 299 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 151 tasi ijobiy hal etildi. Shu davr mobaynida Xalq qabulxonasi tomonidan 27 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilib, ijobiy natijalar alohida qayd etilishi bilan birga muammolar ham aniqlanib, ularni hal etish choralarini ko‘rish uchun tegishli tashkilotlarga takliflar kiritildi. Xususan, Xalq deputatlari shahar Kengashiga 6 marotaba, sektorlar rahbarlari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi shahar bo‘limiga bittadan takliflar kiritildi. Amaldagi yilda ham hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish jarayoni davom ettirilmoqda. Yanvar oyida Alisher Navoiy, So‘fi Roziq, Xo‘ja Zudmurod, “Chashma”, “Rasadxona” mahallalarida faoliyat yuritayotgan shahar hokimi yordamchilarining aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borayotgan ishlari har tomonlama o‘rganib chiqildi. O‘rganishlardan so‘ng bir necha fuqarolarga imtiyozli kredit olib o‘zini-o‘zi band qilish yoki boshqalarni ham ish bilan ta’minlash imkoniyatlari yaratildi. Xo‘ja Zudmurod mahallasida yashovchi Mo‘mina Po‘latovaga 30 million so‘mlik imtiyozli kredit olishda ko‘maklashildi. Ushbu fuqaro bu kredit hisobidan xonadonida qandolat sexi tashkil etdi va 3 nafar mahalladoshini doimiy ish bilan ta’minladi. “Rasadxona” mahallasida yashovchi Fotima Roziqova 28 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga o‘z uyida tikuvchilik sexi ochib, 5 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Mahallalarda mikrokreditlar evaziga yangi ish joylari yaratayotgan fuqarolar soni tobora oshmoqda. Bunda mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining alohida o‘rni bor. Kimga kredit olishda yordam ko‘rsatish, kimga ijtimoiy yordam uyushtirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlikka jalb etish muammolari bilan bog‘liq masalalar bevosita hokim yordamchilari faoliyati bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, xonadonbay yurish faoliyati bu borada yaxshi samara berayotganligini ta’kidlash joiz. Qolaversa, sektorlar rahbarlari, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarni tashkil etishda ham hokim yordamchilarining o‘rni kattadir. B. SAIDMURODOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi ish yurituvchisi Bir kunda viloyatdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘rtacha 400—500 nafar fuqaro tashrif buyuradi. Jumladan, 2022-yilda viloyat aholisiga 1 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Ya’ni, taqdim etilgan xizmatlar soni 2021-yilga nisbatan 282 ming 534 taga oshdi. ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal etmoqda yechimi nega kechikmoqda? Biz ana shu qonunlarni yaxshi bilishimiz kerak


3 2023-yil 9-fevral, payshanba, № 6 (2467) "Boburnoma"da 111 yoshli ayol haqida yozilgan www.samarkandnews.uz SAMARQAND “Boburnoma”da oqila, mudabbira onalar qanday tasvirlangan? Qadimdan Turkiston va Xitoy xalqlari yaqin qo‘shnichilik va yaxshi sherikchilik munosabatlari asosida faoliyat olib borishgan. Bu ikki o‘lka orasidagi “bordi-keldi”lar butun dunyoga Buyuk Ipak yo‘li, degan makonu zamonda benazir, hudud va ahamiyat jihatidan o‘xshashi yo‘q ulkan magistralni hadya qildi. Bu yo‘l orqali Sharq va G‘arb uluslari bir-birlarini tanishdi, savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi, turli xil madaniyatlar, adabiyot va san’at uchrashdi. Ulug‘ o‘zbek adibi Alisher Navoiy o‘z davrida, she’riyati bilan zabt etgan mamlakat sirasida nihoyatda qadimgi adabiyotga ega bo‘lgan Chinni ko‘rsatib o‘tganki, buni ilohiy karomat, deb tushunmoq maqsadga muvofiq: Olibmen taxti farmonimga oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Ulug‘ ajdodimiz Alisher Navoiyga ehtirom ko‘rsatilib, 2017-yil Shanxayda bronzadan haykal tiklandi, 2005-yili Oybekning “Navoiy” romani 2 marta chop etildi, 2018- yil “Farhod va Shirin” asari xitoy tiliga tarjima qilindi. Xitoyliklar orasida Farhod Xitoy imperatorining o‘g‘li sifatida tushuniladi va uni xitoycha talaffuzda Palixati deb atashadi. Alisher Navoiy lirik devonlarida Xitoy – Chin bilan bog‘liq “naqqoshi Chin”, “mushki Chin”, “nigorxonayi Chin”, “Chin lu’bati”, “Chin kiyigi”, “Chini zulf” kabi ko‘plab ibora va tashbihlarni keltiradi. “Hayrat ul-abror” asarida Xitoy bilan bog‘liq so‘zlar 18 marta , “Farhod va Shirin” dostonida “Xitoy” (Xito) - 18, “Chin”– 86 marta, “Xo‘tan” – 4 marta, jami 108 marta ishlatilgan. Bejizga Alisher Navoiy o‘zidan oldingi xamsanavislar an’anasiga o‘zgartirish kiritib, asar bosh qahramonini Xitoy o‘lkasidan tanlamaydi. Xitoy taxti vorisi xoqon o‘g‘li Farhoddir. Ota yaxshi niyatlar bilan to‘rt qasr qurdiradi, Farhod hunarmandlik va naqqoshlik san’atlarini xitoylik ustalar Moniy va Boniydan o‘rganadi. Asarda Xitoy mulki taxti vorisi masalasi shu tarzda keltiriladi: Qilib Farhodu xoqon hulla chini, Bo‘lub Chin taxtining masnadnishini... Yo‘q ulkim Chinda xoqonliqqa loyiq, Bori olamda sultonliqqa loyiq. Farhod Xitoy elini yaxshi ko‘radi, qadrlaydi, uning siymtan go‘zallari, bir-biridan usta hunnarmandlari, mamlakatning turli g‘aroyib voqea-hodisa, jihoz va narsalariga hayrat ko‘zi bilan qaraydi. U kutilmaganda o‘z joniga qasd qilishi o‘qibatida Chin elining boshiga balo yog‘ilishini sira istamaydi: Manga Chin ahli ne qilmish yomonliq Ki, bu nav o‘lg‘amen borig‘a qonliq. Chin tarixi, falsafasi kabi elining uddaburonligi, hunarmandligi, san’atkorligi Alisher Navoiy davrida ham mashhur bo‘lgan. O‘sha davr tushunchalariga ko‘ra Xitoyda juda katta va hashamatli Chin suratlari koshonasi bo‘lgan. Uning tarxini va bezagini donishmand va san’atkor bo‘lgan Moniy tuzgan va qurgan. Bu qasrning nomi va ayrim manblarda keltirilishicha kitobining nomi «Arjang” (ayrim manbalarda Ardahang) bo‘lgan. Bu qasr haqida “Farhod va Shirin” dostonining XXXIII bobida ma’lumot beriladi: Bu yanglig‘ qasr topib zebu oyin, Latofat ichra suratxonai Chin. Farhodga naqqoshlikni o‘rgatgan Moniy o‘z nomi bilan ataluvchi dinning asoschisi bo‘lib, badiiy adabiyotda “Moniyi naqqosh” sifatida fors va turk adabiyotida yashay boshlaydi. Tarixchi Mirxond Moniyning naqqoshlikdagi mahoratini yana shunday tasvirlaydi: “ Moniy naqqosh sifatida tengsiz edi. Aytishlaricha, u barmog‘i bilan besh tirsak keladigan aylana chiza olar edi, agar uni sirkul bilan tekshirishganda, aylanada hech qanday nomutanosiblik aniqlanmas edi. Moniylik o‘z vaqtida Xitoy Shimoliy-G‘arbiy hududida keng tarqalgan bo‘lib, turkiy adabiyot rivojiga ham samarali ta’sir ko‘rsatgan. Uning ta’sirida uyg‘ur tilidagi qadimgi «Xuastuanift” («Moniylar tovbanomasi”) asari yozildi. Farhod jon berishidan oldin fitna va yolg‘on uning o‘limiga sabab bo‘lganligini tushinib yetadi, alam yurak bag‘rini o‘rtaydi, ichi kuyib intiqom deya, bu holatidan Xitoy hoqonini ogoh qilishni so‘rab shamoldan o‘tinadi: Chu bu sho‘robag‘a yetti nihoyat, Dedi achchig‘-achchig‘ yig‘lab bag‘oyat. Ki: Ey bodi sabo, tengri uchun qo‘p, Yetib Chinu Xito mulkiga yer o‘p! Farhodning o‘limi haqidagi mash’um xabar uning vataniga shu tarzda yetib boradi: Yetishti ahli kufru ding‘a dog‘i, Xabar bordi Xitou Ching‘a dog‘i. Alisher Navoiyning boshqa dostonlarida ham Xitoy (Chin) mavzusiga qayta-qayta murojaat qilingan. “Sab’ai sayyor” asarida “Xito” – 18, “Chin” – 19, “Xo‘tan” – 2 marta, jami: 39 marta Xitoy bilan bog‘liq tushunchalarga murojaat qilinadi. “Sab’ai sayyor” dostonining bosh qahramonlaridan biri — xitoylik go‘zal Dilorom edi. Diloromning umumiy ta’rifi shunday keltiriladi: Mahvashi lu’bati xitoyizod, Ko‘rub andin Xitou Chin bedod. Uning qiymati esa: Vaslig‘a elning ehtiyoji bo‘lub, Anga qiymat Xito xiroji bo‘lub. Mayl qildi burun Xito xoni, Bay qilmoq berib baho oni. Xitoyning bir yillik xiroji Diloromning bahosi. Alisher Navoiyning eng salmoqli dostoni “Saddi Iskandariy” asarida “Xito” – 12 marta, “Chin” – 125 marta, “Xo‘tan” – 2 marta, jami Xitoyga murojaat 149 marta keltirilgan . Asarda keltirilishicha, Iskandarga qarshi qo‘shinning o‘ng qanoti Samarqanddan to Xitoygacha bo‘lgan va uning ichiga yuz ming o‘zbek bilan mo‘g‘ul va yuz ellik ming qalmoq, hammasi olti yuz ming kishidan iborat urush va jang qahramonlaridan tashkil topgan, Chin askarlari turkiy kiyimi bilan yasantirilgan edi. Go‘zallikda ular jannat bog‘ini eslatadilar. Har bir pahlavonning uchar otiga yetti xil zarbaftdan yopinchiq yopilgan, dovulg‘on degan o‘q o‘tmas qalpoqqa juda chiroyli chin jig‘asi qadalgan bo‘lib, u pahlavonlar sovut ustidan xitoy ipaklaridan kiyim kiygan edi ... Hisobda it tukidan ham ko‘p bo‘lmish mo‘g‘ul sher paykarlari o‘t kabi chaqnar edilar. Bularning xoni Mangu edi. Unday safda o‘zbek bilan mang‘it bo‘lib, ikki o‘rim sochdek bir-biroviga chirmashib ketgan edi. Bularning urush asboblari kumushdek yarqirardi; boshlarida esa, cherkascha dubulg‘a: Borong‘or anga xayli Mashriq zamin, Samarqanddin toki sarhaddi Chin. Yana yuz ming o‘zbek mo‘g‘ul birla zam, Yuz ellik ming ul sori qalmoq ham ... Yasab Chin elin turki chiniysirisht, Tarovatda andoqki bog‘i bihisht... Mo‘g‘ul sherpaykarlari o‘tu yolin, Taaddud aro it tukidin qolin. Bular xoni Mangu kelib razm aro Ki, oshubi olamni aylab qaro. Yana mang‘it o‘zbek bila yondashib, Iki zulfdek tuzlari chirmashib ... Alisher Navoiy mo‘jizali oyna vatanini Xitoy, deb bejizga keltirmaydi. Qadimgi davrlardan ko‘pgina xalqlar tushunchasida sehrli ko‘zguning vatani Xitoy, deb tushunilgan. Tang sulolasiga mansub bo‘lgan va taxminan 950 yili vafot etgan imperatorning qabri ochilganda, uning murdasi yonida 13 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan 26 xotini ko‘milgani ma’lum bo‘ladi. Bu xotinlar bilan birga sehrli deb bilingan oyna ham ko‘milgan ekan. Tasavvurga ko‘ra, bu oyna narigi dunyo tuynugi vazifasini bajargan. Umuman olganda ulug‘ ajdodimiz bo‘lgan so‘z mulkining hoqoni Alisher Navoiyning badiiy asarlari yangi talablar, Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy merosi nigohi ostida qiyosiy tarzda o‘rganilmog‘i maqsadga muvofiq. Alisher Navoiy asarlari davr o‘tgani sayin yanada dolzarblik va aktuallik kasb etib boraveradi. Fikrimizcha, Alisher Navoiy va Buyuk ipak yo‘li mavzusi Markaziy Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi va madaniyatiga oid ko‘plab yangiliklarning kashfiyotiga sabab bo‘ladi. Erkin MUSURMONOV, SamDU Buyuk ipak yo‘li Ilmiy tadqiqot markazi direktori. Munira ABDURAHMONOVA, SamDU 4-kurs talabasi (XITOY MISOLIDA) (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Onasi Qutlug‘ Nigorxonim haqida yozilgan tarixiy ma’lumot va syujetlarning barchasi bir nuqtaga jam qilinsa, quyidagicha ma’lumot hosil bo‘ladi: “Yunusxon va Eson Davlatbegimning ikkinchi qizi, Umarshayx mirzoning xotini, Xonzodabegim va Bobur mirzoning volidasi, Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxonning kamtarin egachisi. “Aksar qazoqliklarda va fataratlarda” o‘g‘li Bobur bilan birga bo‘lgan fidoyi ona, o‘rni kelganda onalari, inilariga qo‘shilishga intilgan, ammo “hech nav’ rioyate va shafqate ko‘rmagan” zaifa xonim, taxtsiz shoh o‘g‘lining yagona chodirida panoh va himoya topgan mushtipar ona, o‘z sa’y-¬harакаti bilan Boburni yaqinlarining qizlari Oysha Sultonbegim, Zaynab Sultonbegimga uylantirib, o‘g‘li qatori “surasura tashvishlar ko‘rgan”, “xeyli sazovorliq ko‘rmagan” qayin ona, “zamona nohamvorlig‘idin va davron nosozkorlig‘idin” behuzur bo‘lib dardlar topgan Qutlug‘ Nigorxonim. Kobulda, o‘g‘li Bobur qo‘lida “Tengri rahmatig‘a borib” tog‘ etagida temuriyzoda Ulug‘bek Kobuliy barpo qilgan bog‘ – “Bog‘i Navro‘ziy”da (Bu bog‘ning egalariga Bobur bir ming tanga misqol tanga berib rozi qilganligini Gulbadanbegim “Humoyunnoma”da yozib qoldirgan – B.R.) mangu makon topgan rahmatli ona”. Ushbu tasvirlardan Bobur shaxsining ma’naviy fazilati, buyuk xislatining bir jihatini kuzatish mumkin. U har qanday holatda ham, beqaror zamonda ham onasiga munosib vaziyat topa bilishi, onasi shafqatlari haqqini ado qilishga intilishidir. Boburning bu o‘zgacha fazilati juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bobur onasining beshik tebratib o‘tirgan holdagi nurli siymosini badiiy adabiyotda taniqli adib Xayriddin Sulton 1974-yilda yozgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli asarida mahorat bilan tasvirlagan. — Boburning enasi Eson Davlatbegim uni og‘ir vaziyatlardan olib chiqqan, har tomonlama himoya qilgan ayol sifatida bizga ma’lum. Mana shu zukko ayolning biz uchun ham ibrat bo‘ladigan xislatlari haqida to‘xtalib o‘tsangiz. — Bobur asarida “ulug‘ onam” deb o‘nlab o‘rinda qalamga olgan Eson Davlatbegim haqida juda kam uchraydigan nodir ma’lumotlar berilgan. “Ul fursatda sag‘riycha beklarning ulug‘i Sher Hojibek edi, aning qizi Eson Davlatbegimni oldi”. Demak, Eson Davlatbegimning beklarning ulug‘i oilasidan chiqishi va mo‘g‘ul xonlaridan Yunusxon nikohiga kirishi unga siyosiy¬ huquqiy jihatdan ilg‘or muhitga kirishiga imkon bergan. “Mo‘g‘ul to‘rasi bila xonni va Eson Davlatbegimni bir oq kiyiz ustiga o‘lturg‘uzub xon ko‘tardilar” degan inauguratsiya marosimi bilan bog‘liq xabari esa to‘ra, qonun bilan kafolatlangan malika siymosini namoyon qiladi. Ulug‘ onaning tashkilotchi va taktik mahorati bois Bobur davlatiga qarshi kurashga otlangan Xasan Yoqub boshchiligidagi dushmanlar hamlasi barbod qilinadi. Ba’zi manbalarda ushbu fitna va uning fosh etilishi bilan bog‘liq tahlillarda negadir Eson Davlatbegim nomi tilga olinmagan. Ijtimoiy harakatchanlik, faollik Bobur hokimiyatiga xayrixohlik, kuchli individualizm kabilar faqat va faqat Eson Davlatbegimga xosdir. Shu tufayli Bobur siyosiy hayotini kuchaytirgan va boyitgan ulug‘ onasiga bo‘lgan muhabbati va hurmatini izhor etib “Xotunlar orasida ra’y va tadbirda mening ulug‘ onam Eson Davlatbegimcha kam bo‘lg‘ay edi. Bisyor oqila va mudabbira edi. Ko‘proq ish – kuch alarning mashvarati bila bo‘lur edi” deb yozadi. Boburning bu saralangan fikrlariga monand va xayrixoh fikrlar boshqa tarixiy manbalarda ham uchraydi. Bobur o‘z tasvir va ta’riflarida birоr-¬bir xotin-qizlarning shakl-shamoyili, hashamati, kiyinish tarzi, zebu ziynati, pardozi bilan bog‘liq jihatlariga lavhalar bermaydi, vaholanki, lirikasida esa bunday tasvirlarni uchratishimiz mumkin. Bobur xotin-qizlarning aqli, odobi, farosati, hurmat va e’tibori, latofati, mehru muhabbati, idroki masalasida qat’iy fikr bildiradi. Hatto munosiblik jihatidan o‘ziga teng bo‘lgan ayolni topish Bobur uchun ham oson kechmaganidan xabardor bo‘lamiz. — Saroy malikalaridan tashqari “Boburnoma”da oddiy onalar timsoli ham aks etganmi? — Boburni O‘ra tepaning Dehka t qishlog‘idan chiqqan 111 yoshga kirgan oddiy onaxon ham hayratga solgan. “Boburnoma”dan o‘qiymiz: “Dehkat O‘ratepaning ko‘hpoya kentlaridindur, ulug‘ tog‘ning tubida tushubtur, bu tog‘din o‘tgach, Mascho bo‘lur... Men bir kalontarining uyiga tushtim, qari kishi edi, oltmish-y¬етmishda bor edi, vale onasi hanuz bor edi. Xeyli umr topqan xotun edi, yuz o‘n bir yoshta edi. Temurbek Hindustong‘a kirganda bu xotunning uruqqayoshidin biri ul cherikka borib ekandur. Ul xotirida bor edi, hikoyat qilur edi”, deb bitgan lavhaga murojaat qilsak. Bobur bu ma’lumotida o‘zining Dehkatda boshida toj, ammo mulksiz, taxtsiz qazoqlikda yurgan sarsonu sargardon kunlari haqida yozar ekan, Amir Temur haqidagi eslatmani voqea ichida voqea shaklida tilga olgan. Ya’niki, bir yuz o‘n bir yoshga kirgan keksa onaxon haqidagi o‘zining hayratomuz fikrlarini bitar ekan, uning xotiralari asosida Amir Temurning Shimoliy Hindistonga qilgan harbiy yurishi va bu yurishda bir yuz o‘n bir yoshni qarshilagan zukko onaxonning qarindoshlaridan biri oddiy askar sifatida qatnashganini alohida maroq va ko‘nglidan kechgan Hindiston saltanati, umuman, saltanat orzusi bilan yozganligini sezish mumkin. Demak, onaxon Amir Temurning Shimoliy Hindistonga uyushtirgan uzoq muddatli harbiy yurishlari haqida aytgan hayotiy hikoyasi bilan kelajakka intiluvchi, oldinni ko‘zlovchi Bobur diqqatini o‘ziga jalb qilgan. “Boburnoma”da muallif ulug‘ onasi Eson Davletbegim, Shohbegim, Xadichabegim, Zuhrabegim og‘a, Malika Bu’a obrazlari misolida saroy, davlat, ra’iyat ishlarida yuqori mavqega ega ayollarni ko‘rsatadi. Bobur bergan ma’lumotlarda bu ayollarning mulk, millat ishlariga, podshoh va shahzodalar hayotiga ijobiy yoki salbiy, xayrli yo xayrsiz ta’sir kuchlarini ham ta’kidlab o‘tadi. Nigora RAHMONOVA suhbatlashdi. Navoiy Samarqandga ketgunga qadar qayerda mashhur olim bo‘lsa, albatta, uning saboqlarini olishga tirishar edi. Jumladan, falakiyot ilmini Xoja Avhad Mustavfiydan (“... o‘z asrining yagonasi erdi. Ko‘proq ulum va fununni bilur erdi, batahsis ulumi g‘aribani, ammo falakiyotda shuhrati bor erdi. Bu faqir ul buzrukvor suhbatig‘a yetar erdi, ko‘p iltifotlari bor erdi...”), musiqa ilmini Xoja Yusuf Burhondan (“... Faqr va fano tariqida suluk qilur erdi. Va tajarrud va inqito rasmin ko‘p masluk tutar erdi. Faqir musiqiy ilmida aning shogirdimen”). Alisher Mashhadda yurganda Kamol Turbatiy bilan do‘stlashadi. Navoiy shunday xotirlaydi: “Faqirning ani ko‘rarga ko‘p orzum bor erdi, oshnolig‘ bu nav voqe bo‘ldikim, Sulton Abu Sa’id Mirzo zamonida Mashhadda g‘arib va xasta bir buq’ada (xonaqohda) yiqilib erdim. Qurbon vaqfasi bo‘ldi, olamning aqso bilodidan xalq Imom ravzasi tavofiga yuz qo‘ydilar. Rasmdurkim, musofirlar mutaayyin buq’a gashtiga ham borurlar. Ul buq’adakim, faqir yiqilib erdim, jamoat sayr qilib, devorda bitilgan abyotni o‘qub, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug‘roq kishikim, ul jamoat anga tobe erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za’f holida ul jamoat jonibidin so‘z ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so‘z aytadur. Ul ulug‘ kishi xud Shayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish, boshim ustiga kelib, mabhasni orag‘a soldi. Faqir javob bergach, o‘z so‘zidan qaytib tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va ko‘rar havasi bor ekandur... Shayx bila oshnolig‘ taqribi bu nav voqe bo‘ldi”. Alisher Navoiy Samarqandda Xoja Fazlulloh Abullaysiy qoshida islomiy ilmlarni, xususan, fiqh ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini chuqurlashtiradi. Xondamir bu shaxsni “Makorim”da “ikkinchi Abu Ali ibn-Sino” deb atasa, Navoiy uni “Ikkinchi Abu Hanifa” deb ulug‘laydi (“... Fiqhda ani Abu Hanifai Soniy derlar erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o‘qub erdim”). Alisher Navoiy tasavvuf ilmi, Vahdat ul vujud konsepsiyasi va istilohlari haqidagi o‘z qarashlarini bevosita Abdurahmon Jomiy saboqlari vositasida takomillashtirdi: “Yana “Lavoih”durkim, sufiya mashoyixi istilohida bitilibdurkim, andoq risola hech roqimning qalamidin va hech qalamning raqamidin tahrir topmaydur. Yana “Lavomi”dur, ham bu istilohdakim, har lam’asining partavi solikka xirmon qorong‘u tunida hidoyat shamining osoridur, balki inoyat mash’alining anvori. Yana “Shahi ruboiyyot”dur, ham bu istilohdakim, fano tariqida mosivalloh azosig‘a to‘rt takbir urmoq aning mutolaasidin muyassardur”. Navoiy yana bir o‘rinda yozadi: “... Ul vaqtdakim, faqir alar xizmatida sufiya rumuzu ishorot va alfozu iborot istilohin o‘tkarur erdim, hazrati qutub us-solikin shayx Faxriddin Iroqiyning “lamaot”i orzusi xayolga ko‘p evrulur erdi. Bir kun taqrib bilan bu ma’nini izhor qildim. Alar dedilarkim: “Tariqat mashoyixining forsiy qutub va rasoyili oz mutolaa qililibdur, ammo chun havasing bor, andoq bo‘lsun. To ulkim, ul sharif kitobni sabaq ayturg‘a murtakib bo‘ldilar, har kun har sabaqda xushhol bo‘lub ta’rif qilurlar erdi... bir necha sabaqdin so‘ngra so‘z mushkulroq bo‘lub, shuruhga ehtiyoj izhori qildilar va shayx Yorali sharhin va yana ba’zi shuruhni muborak nazarlarig‘a qo‘yub, ul sabaqni ayturlar erdi, to ulkim ko‘p mavoze’da shorihlarga ta’nlar qila boshladilarkim “bu so‘zning va ul so‘zning arosida ko‘p farq bor. Hamonoki ma’nisig‘a yetmay sharh bitibdurlar va bu so‘z takror topqondin so‘ngra faqir arz qildimki: “Mundoq nafis va mushkil kitobdin faqiri bahra topay desa va sharh va bu sharhlar bo‘lsa oyo, ne chora qilg‘ay? Magar ham hazrati Maxdum shafqat yuzidin toliblarg‘a bu mushkulni oson qilg‘aylar. “Andin so‘ngra alar “Ashi’at ul-Lamaot” ki bu toifa kutub va rasoili orasida ma’lum ermaskim hargiz andoq sharh qalamga kelmish bo‘lg‘ay, bunyod qildilar... Ul sharhni biturda “Fusus” va “Futuhot” va “Nusus” va “Fukuk” va aksar qavumning unda kutubi muborak nazarlarida erdi, agarchi hech qaysig‘a boqg‘ali ehtiyojlari yo‘q erdi. To ulkim , bu sharh bila “Lamaot”ni alar qoshida faqir tugattim”. Alisher Navoiy yoshlikdan ilohiyot sir-asrorlarini anglashga kirishardi. Tasavvuf tariqatlari o‘rtasidagi kelishmoqchiliklar, mas’habiy kurashlar, aqida va riyo muammolariga asosli javob bera oladigan ustozni izladi. Va nihoyat, taqdir uni Abdurahmon Jomiy bilan yuzlashtirdi. Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy siymosida qarashlari uning dinga, tariqatlarga, ilohiyot va falsafaga munosabatiga uyg‘un bo‘lgan buyuk zotni ko‘rdi. Alisher Navoiy uni o‘z piri deb bilib, umrining oxirigacha unga ulkan muhabbat va minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashab o‘tdi. Shuhrat SIROJIDDINOV, filologiya fanlari doktori, professor ("O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasidan olindi). Sabo, ul gul harimig‘a guzar qil, Mening holimdin ul gulga xabar qil. Salomim yetkur ul oromi jong‘a, Yana mundoq degil ul dilsitong‘a: «Yuzungni ko‘rsatib, ko‘nglumni olding, Olib ko‘nglumni, ko‘zdin meni solding. Degil dildorlig‘ mundoq bo‘lurmu? Tariqi yorlig‘ mundoq bo‘lurmu? Seni mundoq tasavvur qilmas erdim, Bu yanglig‘ rahmsiz ham bilmas erdim. Seni deb barcha olamdin kechibmen, Rafiqu yoru hamdamdin kechibmen. Zamone qilmadim sendin farog‘at, Vale, bordur senga mendin farog‘at. Meni avval o‘zungga hamdam etting, Yona bilmon nega nomahram etting. So‘zungkim, Xizr suyidin nishondur, Vale, ul suv kibi mendin nihondur. Ne, ya’ni muncha bizdin so‘z yoshurmoq, Jafo oyinini haddin oshurmoq? Birovningkim, birovdin ko‘ngli qolur, Kishi yuz so‘z bila ko‘ngulni olur. Ajabkim, mendin, ey dildor, to‘ydung, Mening ko‘nglumni bir so‘z birla qo‘ydung. Uzatma muncha ham, Bobur, so‘zungni, Bu so‘zlar birla xor etma o‘zungni. Agarchi ko‘p so‘zung bor, muxtasar qil, Ul oyg‘a so‘zning aslidin xabar qil. Gar ul so‘zkim, yoshurdung, aytmassen, Bu yanglig‘ odatingdin qaytmassen. Sening sevmasligingni jazm etarmen, Bosh olib o‘zga bir sori ketarmen. Agar botroq yibormassen javobim, Bu xatdin ortuq o‘lur pechu tobim». (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Navoiy “Majolis un-nafois” asarida ustozlarini hurmat bilan eslaydi. Jumladan, o‘z davrining malik ul-kalomi Mavlono Lutfiy yosh shoirning buyuk iqtidor sohibi ekanini tan olgan va uning she’rlariga ustoz maqomida dastlabki bahoni bergan. Alisher aruz ilmi bo‘yicha ilk saboqlarini Darvesh Mansur Sabzavoriydan olgan (“Faqir aruzni Darvish qoshida o‘qubmen”). Qur’oni karimni qiroat bilan o‘qish san’atini Hofiz Ali Jomiy qoshida o‘zlashtiradi (“... qiroat ilmida jamei qurro aning shogirdligiga mubohat qilurlar erdi. Va faqir ham necha sabaq o‘qubmen”). Yosh Alisherning dunyoqarashiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan “Vahdat ul-vujud” ta’limoti haqidagi dastlabki tasavvurlarini Shayx Sadriddin Rivosiy uyg‘otadi (“Shakli dilpisand va haqoyiq va maorif aytmog‘i dilfirib erdi. Sharif suhbatig‘a faqir musharraf bo‘ldum... “Fusus” dars aytur erdi, ko‘nglumni base sayd qildi...”). Ulug‘ shoirning ustozlari Masnaviy Zahiriddin Muhammad Bobur ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IPAK YO‘LI


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 73 Adadi: 3 600 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 9-fevral, payshanba, № 6 (2467) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Mamlakatning eng jozibali nuqtasi Samarqand Yodnoma Samarqand turizm markazi shahar shuhratini oshirmoqda Вдохновленные мудростью Конфуция Ezgulikka baxshida umr DA‘VOLAR BO‘LSA... Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Narzullayeva Lola Shukurullayevna notarial idorasida marhum Gulyamov Musin (2015-yil 27-dekabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Narzullayeva Lola Shukurullayevna notarial idorasiga murojaat etishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Nodirabegim ko‘chasi, 5/1-uy. Высокий и динамично развивающийся уровень узбекско - китайских отношений олицетворяет дислоцированный в «сердце» Великого Шелкового пути Самаркандский институт Конфуция. Создание в древнем городе культурно-образовательного центра в 2014 году стало результатом устойчивого конструктивного сотрудничества между Китаем и Узбекистаном в области образования и культуры. Соглашение о его создании было подписано в ходе визита Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина в Узбекистан в сентябре 2013 года. — Миссия действующих во многих странах Институтов Конфуция — способствовать росту понимания Китая и китайской культуры во всем мире, развивать дружеские взаимоотношения Поднебесной с другими странами, - говорит директор Самаркандского Института Конфуция Шахриер Сафаров. – Наш центр предлагает узбекским студентам, различные программы обучения китайскому языку и курсы китайской культуры. За восемь лет с момента основания Института обучение китайскому языку прошли более 3 000 слушателей. Являясь центром по проведению экзамена на уровень владения китайским языком в Узбекистане и организацией, выдвигающей кандидатов для получения международных стипендий для преподавателей китайского языка, в общей сложности Институт Конфуция в Самарканде принял более 1 400 заявок экзаменующихся на прохождение теста по китайскому языку. Более 150 студентов были успешно рекомендованы на получение стипендий для обучения в различных престижных университетах Поднебесной по разным программам, включая годовые курсы, бакалавриат, магистратуру и докторантуру. - Помимо образовательной деятельности, Институт Конфуция также ведет научно-исследовательскую деятельность, - продолжил Ш. Сафаров.- Были подготовлены «Иллюстрированный словарь китайского языка», учебные пособия по китайскому языку, а также книги по культуре Поднебесной. Шанхайский университет иностранных языков и Самаркандский государственный институт иностранных языков на базе Института Конфуция с 2015 года совместно организуют ежегодную научно-практическую конференцию «Общечеловеческие и национальные ценности на Великом шелковом пути». Преподаватели Института Конфуция опубликовали десятки работ в различных научных журналах и сборниках научных конференций. Институт Конфуция в Самарканде – это платформа для взаимного изучения китайской и узбекской культур. В период таких традиционных праздников, таких как «Китайский новый год», «Праздник драконьих лодок», «Праздник середины осени» в Китае, «Навруз», религиозные праздники, День независимости в Узбекистане Институт Конфуция проводит различные мероприятия, на которых демонстрируются китайская каллиграфия, тайцзицюань (один из видов ушу), а также исполняются узбекские песни и танцы. В результате углубляется взаимное познание и интеграция культур. В настоящее время здесь обучаются около 400 слушателей, осваивающих навыки общения на китайском языке и изучающих богатую культуру Поднебесной. Ринат АБДУЛЬМАНОВ Vatan tarixini bilish, o‘zlikni anglash, uning sinoatlaridan ogoh bo‘lish, ma’naviy meros boyliklaridan bahramand bo‘lishda muzeylar katta ahamiyatga egadir. Boy merosimizni asrab-avaylash, ilmiy asosda o‘rganish, targ‘ib-tashviq etish kabi muhim vazifalar bevosita muzeylarda o‘rganiladi. Shuning uchun ham muzeylar o‘tmishni bugun bilan bog‘lovchi muhim ko‘prik hisoblanadi. “Muzey” so‘zi yunoncha bo‘lib, “muza” so‘zidan kelib chiqqan. Qadimgi yunon afsonalarida san’at va fan ma’budlari “muzalar”, deb atalgan. Muzalar ijodkorlarga ilhom bag‘ishlashiga ishonishgan. Bugungi muzeylar ilmiy-tadqiqot markazi ham hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda saqlanayotgan eksponatlarni butlash-ta’mirlash, ilmiy hujjatlarni o‘rganish, tadqiq qilish ishlari olib boriladi. Tarix sirlarini o‘zida mujassam etgan bu ma’naviy maskan har bir tashrif buyuruvchi ko‘z o‘ngida u hali anglamagan sir-sinoatlaridan ogoh etadi. O‘tmishdan ibrat olib yashash insonning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin egallaydi. Chunki, muzeyda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar bizga ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyati haqida “so‘zlaydi”. Muzeylarning xalqaro aloqasi ortishi natijasida olis mamlakatlar xalqlari hayotiga oid ashyolarni boshqa davlatlarda namoyish etish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ko‘rgazmalar muzeylararo aloqalarni mustahkamlabgina qolmay, bir xalqning ma’naviy boyligini boshqa xalqqa namoyish etish imkoniyatini ham yaratmoqda. Bugungi global sharoitda muzeylar ma’naviy dunyoning shamchirog‘iga aylanmoqda. Xurshida FAYZULLAYEVA, gid-ekskursavod Ҳама дар бораи камхарҷу ихчам ва пурмазмуну хотирмон гузaронидани тӯю маъракаҳо гап мезананд. Дар ин бобат чораҳо ҳам меандешанд. Вале онҳо ба ҷойи ба як низоме омадан, баръакс боз ҳам пуршукӯҳу бодабдаба ва исрофкорона ташкил карда мешаванд. Маросимҳои мотаму азо ҳам инчунин. Мутаассифона, бар замми ин «анъана»ҳои нав ҳам ҷорӣ мегарданд. Ба инҳо тӯйи ақиқа ва мучалтӯйро дохил кардан мумкин аст. Ва боз солҳои охир гузаронидани ҷашни зодрӯз ё «юбилей» ҳам зиёд мешаванд, ки аз тӯйҳо қариб монданӣ надоранд. Умуман, ин анъанаи ҷашнгирии зодрӯзу гузаронидани юбилей то ҳазорсолаи якум маълум будааст. Он вақтҳо фақат рӯзҳои таваллуди фиръавну шоҳ ва худоҳо қайд карда мешудаанд. Дар Риму Юнони қадим танҳо рӯзи таваллуди кӯдакро ҷашн мегирифтаанд. Дар мамлакатҳои Осиёи Марказӣ ин анъана аз солҳои 1970 ҷорӣ гардидааст. Рӯзи таваллуд ҳамчун иди оилавӣ ба ҳисоб мерафт. Баъдтар он рангу таровати нав гирифт. Пештар гузаронидани юбилей — ҷашнгирии санаи калони яклухти рӯзи таваллуд, тӯйи оиладоршавӣ, ташкили фирма ё корхона, шаҳр ва ё ягон ташкилоти бонуфуз анъана шуда буд. Онҳое, ки шахсони машҳури соҳаҳои гуногун буда, ба комёбиҳои назаррас ноил шуда буданд, юбилейи худро ҷашн мегирифтанд. Ба ин муносибат, ҷамъомади бонуфуз ё банкетҳо ташкил мекарданд. Мутаассифона, ҳоло одамони оддӣ ҳам барои худнамоиву дабдаба ҷашну юбилейҳои худро мегузаронанд. Баъзеҳо ба хотираи волидайни худ низ ҷашнҳои ёдбуд барпо мекунанд, ки одам тӯй гумон менамояд. Қайд кардани зодрӯз ё юбилей ҷамъомаду зиёфати хонаводагӣ не, балки ба рӯзи ҷашну сури бисёриҳо мубаддал гаштааст. Дар он ба ғайр аз хешу табор, боз ҳамкорон, ёру дӯстон ва ҳатто мансабдоронро хабар мекунанд. Дар ин хел рӯзҳо ба соҳибҷашн тӯҳфаҳои гаронбаҳо, ҳатто мошин ҳам бахшидан расм мегарданд. Баъди ботантана дар ҳавлӣ ва ё тарабхона гузаронидани ин гуна тантанаҳо боз навори онро беибо дар шабакаҳои иҷтимоӣ ҷойгир мекунанд, ки ҳама бинад. Ба қарибӣ дар ҳамсоямаҳалла чунин воқеа рӯй дод: фарзандони як мӯйсафед ҷашни 70‑солагии падари худро гузарониданд. Меҳмонони зиёдеро даъват карданд. Дар охири тантана ба падар калиди мошини нави русуми «Жентра»-ро бахшиданд. Вале падари деҳқонаш калидро ба даст гирифта, беихтиёр об дар чашмонаш чарх задааст. Ҳамаи фарзанду наберагон шоду мамнун. Гумон кардаанд, ки ин ашкҳои шодии мӯйсафед аст. Пас аз чанд рӯзаш як дӯсти ҳамрозаш сабаби гиряашро пурсад, мӯйсафед чунин ҷавоб додааст: — Аз хорӣ гиряам омад. Вақти бой додани ҳамсарам ман 55‑сола будам. Барои мардҳо бе зан зиндагӣ кардан азоб будааст. Ҳамон вақтҳо ва баъди гузаштани солҳо ҳам ягон нафари фарзандон таги диламро напурсиданд. Омада-омада имрӯз ба ман мошин бахшиданд. Акнун ман мошинро ба сарам мезанам?! Ҳаракатҳо суст, гӯш вазнин, чашмҳо хира шудаанд. Баъзан сарам чарх зада, чӣ кор карда истоданамро надониста мемонам. Ман бо ин аҳвол чӣ хел мошин меронам ва ба куҷо ҳам меравам?.. Боз чанд нафар фарзандон юбилейи падари инженерашонро гузарониданд. Ба вай ҳам мошин бахшиданд. Мошини нав. Баъди се-чор моҳи маърака байни се писар ҷанҷолу хархаша сар шуд. Маълум гардид, ки онҳо мошинро ба пули қарз гирифта будаанд. Вақти додани қарз як фарзанди ӯ ногаҳон бемор шудааст. Дигаре ба хориҷа рафтааст. Тамоми вазнинии додани қарз ба гардани писари хурдии хонадони мӯйсафед афтодааст. Акаҳо гуфтаанд, ки «баъди сари падарамон мошин ба ту мемонад…» Аз рӯйи миш-миши ҳамсояҳо ҳоло додарон интизори мурдани мӯйсафеданд… Бо як дӯсти наздикам боре дар ҳамин хусус сӯҳбат доштем. Вай (бо шарти бе зикри ному фамилия) гуфт: — Чанд сол пеш 60‑сола шудам. Аҳли хонавода ва ёру рафиқон таклиф карданд, ки ин рақами бузурги яклухт аст, онро қайд карда, юбилейи зӯре гузаронем. Ман розӣ нашудам. Охир ман кӣ шудам, ки юбилейи ботантанаи худро гузаронам? Албатта, имкони иқтисодӣ дорам, фарзандҳо калону дар ҷойҳои нағз кор мекунанд. Даромад доранд. Вале ман нахостам. Дар ҳамин байн як рӯз ҳамсарам хабар дод, ки дар хонаи ҳамсоя ҷанҷол хестааст. Сабабаш, чанд моҳ пеш онҳо келин фароварда будаанд. То тӯй ба тарафи қудо ваъда додаанд, ки пули хондани келинро худашон медиҳанд, баъди тӯй бошад, аз ваъдаашон гаштаанд. Ман номаълум ҳамон пули контракти ҳамсоякелинро бурда додам. То ҳол аз ман миннатдор. 65‑солагиамро ҳам бо аҳли хонавода гузаронидам. Пули ҳамон банкету юбилейро ба як ҷавони эҷодкор, ки барои чопи китобаш ҳомӣ мекофт, бахшидам. Вай бо он пул китобашро баровард ва ҳамаашро ба одамони китобдӯст тақсим кард. О, ба ҷойи тӯю тантанаҳои бефоида одам пулро ба ҷойҳои даркорӣ сарф кунад, хуб нест?! Бо ҳамин баҳона ба хонаи қариб ҳазор нафар одамон нури маъниву маърифат дохил шуд… Чаро мардуми мо ба ин хел амалҳои нек пайравӣ намекунанд, ман ҳайронам?! Б. ҶУМЪАЕВ Bundan 68 yil muqaddam Samarqandda tavallud topgan Akobir Matlubov faoliyati yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchiga misol bo‘la oladi. Ke yingi 17 yil mob aynid a litseyimizga rahbarlik qilgan Akobir Matlubov o‘zining boy dunyoqarashi, chuqur bilimi, rahbarlik mahoratini faqat o‘zigagina xos usulda namoyon etib kelgandi. Uning rahbarligida litseyimiz nafaqat mamlakatimizda, jahondagi ko‘plab mamlakatlarga ham nufuzli ilm maskani sifatida keng tanildi. U kishi o‘qituvchilarni o‘z mahoratini oshirish ustida ishlashga muntazam da’vat etardi. O‘quvchilarning iqtidorini aniqlash, maqsad sari yo‘naltirishda ham ajoyib tajribaga ega edi. Ustoz rahbarligida litseyimiz o‘qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq o‘quv, o‘quvuslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Bilim maskanidagi barcha chet tili fani o‘qituvchilari CEER milliy sertifikatiga ega bo‘lishdi. O‘quvchilarimiz har yili xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, muntazam ravishda sovrindorlar safidan o‘rin olib kelishmoqda. Bunday bilim sinovlarida o‘quvchilarimiz 6 ta kumush, 5 ta bronza medallari va diplomlar bilan taqdirlandi. 4 nafar iqtidorli qizlar xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari sifatida ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritishdi. Akobir Matlubov rahbarligida litsey jamoasi 10 yildan buyon Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik qilib kelayotgandi. Ushbu oliygoh tomonidan o‘tkazilgan xalqaro yoshlar olimpiadasida yuqori natijalarga erishgan 55 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz imtiyozli tarzda ushbu universitetga qabul qilindi. Ustoz tarix fanidan dars berish bilan birgalikda ilmiy, ijodiy ish bilan ham muntazam ravishda shug‘ullanib kelgandi. Uning 60 bosma toboqqa yaqin uslubiy qo‘llanmalari, 50 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgandi. Bugungi kunda A. Matlubovning “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha tamoyillar” uslubiy qo‘llanmasi akademik litsey va kollej talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma”si, “Ellik besh sulola tarixi” uslubiy qo‘llanmalari keng ommalashgan. Akobir Matlubovdagi yetakchilik, halollik , samimiylik , qa t’iya t , ishonch, kamtarlik, mehnatsevarlik, jamoadagilarga g‘amxo‘rlik kabi hislatlardan barchamiz bahramand bo‘lganligimizni faxr bilan tilga olamiz. A j o yi b i n s o n , o qil ra h b a r Akobir Matlubovga bo‘lgan chuqur hurmatimiz, e’tiborimiz, muhabbatimiz hech qachon so‘nmaydi. Biz bunday qalbidaryo inson qo‘l ostida faoliyat yuritganimizdan bir umr faxrlanamiz. SamISI akademik litseyi jamoasi Buyuk Britaniyaning mashhur “The Times” nashri "Silk Road Samarkand - Samarqand turizm markazi"ni o‘zining “2023-yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo‘nalishlar” sharhiga kiritdi. Nashrda hozirgi O‘zbekiston bo‘ylab tezyurar poyezdlarda sayohat qilish, ayni paytda faqat afsonaviy Samarqandnigina emas, balki sayohatchilarni lol qoldiruvchi yana ikkita qadimiy shahar – Buxoro va Xivani ko‘rish imkoniyati borligi ta’kidlanadi. Maqolada qayd etilishicha, mamlakatning eng jozibali nuqtasi Samarqand, uning “zangori gumbazlari va qimmatbaho toshlar qadalgan maqbaralari” bo‘lib qolmoqda. Endi qadimiy shahar imkoniyatlari “Silk Road Samarkand yangi mahobatli kompleks bilan tutashgan. Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi a’lo darajali otellar va gastronomiyani taklif qilmoqda”, deb ta’kidlanadi Britaniya nashrining sharhida. Toshpo‘lat RAHMATULLAYEV Maʼnaviy meros markazi ЧАРО МАРДУМИ МО "АНЪАНА"-ҲОИ НАВРО ПАЙРАВӢ МЕКУНАНД? Mamlakatimiz rahbari: “Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berishi, og‘irini yengil qilishi uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar o‘zining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur”, deb ta’kidlaganida rahbar faoliyati bilan bog‘liq haqiqatni yana bir bor eslatgan edi.


Click to View FlipBook Version