Vatan, el manfaati muqaddasdir! Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz S ISSN 2010-6734 2024-yil 27-iyun, payshanba, № 25 (2538) 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni "Zakovat" intellektual o‘yinida ommaviy axborot vositalari xodimlari, axborot xizmatlari, s h u n i n g d e k , k u t u b x o n a xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qizg‘in kechgan bilimlar bellashuvida Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ro‘ziyev ham o‘z savollari bilan qatnashishdi. O‘yin natijasiga ko‘ra, “Gazeta o‘qing!” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, viloyat soliq boshqarmasi kubogi uchun futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli vaziyatlarga boy kechgan bellashuvda “Amaldagi chempion” jamoasi viloyat soliq boshqarmasi kubogi sohibi bo‘ldi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami bilan bog‘liq tadbirlar 26-iyun kuni ham davom etdi. Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida Matbuot uyida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, matbaachilar hamda faxriy jurnalistlar o‘zaro bahs olib borishdi. Kunning ikkinchi yarmida bouling hamda muz ustida uchish bo‘yicha ham shou musobaqalari tashkil etildi. — Bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlari bi zni juda xur sand qilmoqda, — deydi faxriy jurnalist Zohir Hasanzoda. – Bu tadbirlarning barchasi bugungi kunda jurnalistlarga qaratilayotgan e’tibordan dalolatdir. Fursatdan foydalanib barcha shijoatli va jasoratli hamkasblarimni kirib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklayman. Tadbirlar yakunida faol ishtirokchilarga tashkilotachilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbirlari bugun ham davom etadi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari va ularning oila a’zolari uchun “Sharq yulduzi” kinoteatrida “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi namoyish etiladi. Bekzod ERKINOV O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi boshqaruv hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Samarqandning eng faol jurnalisti” tanlovi yakunlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, quyidagilar tanlov g‘oliblari, deb topildi: BOSMA NASHRLAR YO‘NALISHIDA Barotov Asqarjon Orziqulovich — viloyat “Zarafshon” gazetasi muxbiri; Yuldashev Faridun Farhodovich — viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi muxbiri, Musurmonov Bekzod Erkinovich — Samarqand shahar “Samarqand” gazetasi muxbiri; Quvondiqov Zohid Nazarovich — Narpay tumani “Navqiron Narpay” gazetasi muxbiri; Nizomova Munisa Najmiddin qizi — Samarqand shahar “Samarqand yoshlari” gazetasi muxbiri; TELEVIDENIYE YO‘NALISHIDA Eshonqulov Zamon Asrorovich — viloyat teleradiokompaniyasining maxsus muxbiri, “Sport” telekanalining viloyatdagi muxbiri; RADIO YO‘NALISHIDA Tog‘ayeva Zebiniso Murtazayevna — viloyat teleradiokompaniyasi radio guruhi birinchi toifali muharriri; AXBOROT XIZMATI YO‘NALISHIDA Sagdullayev Jahongir Ahmadjon o‘g‘li — viloyat IIB axborot xizmati boshlig‘i – ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi; FOTOJURNALISTIKA YO‘NALISHIDA Eltoyev Husan Fazliddinovich — viloyat gazetalari jamoatchi fotomuxbiri. RAG‘BATLANTIRUVCHI MUKOFOT EGALARI Yo‘ldoshev Abdulaziz Abdinazarovich — “Xalq so‘zi” gazetasining viloyatdagi muxbiri. Sayfullayev Soyibjon Saydahmadovich — Jomboy tumani “Jomboy tongi” gazetasi fotomuxbiri. Joriy yilning, 26—30-iyun kunlari O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilgan “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi tadbirlar Samarqand shahrida ham o‘tkazilmoqda. 92 davlatdan 700 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etayotgan ushbu tadbir 15 ta loyihani o‘z ichiga qamrab olgan. Har bir davlat yoshlari o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etishmoqda. Kecha Xalqaro turizm markazida mazkur festival doirasida “Ommalashtirishga arzigulik g‘oyalarni kashf eting!” mavzusida yuzma-yuz uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. — Tadbirda dunyo yoshlari qatorida ishtirok etayotganimdan xursandman, — deydi qozog‘istonlik Yekaterina To‘xtarova. — “Mehribonlik” ko‘ngillilar jamiyati vakiliman. Tashkilotimiz 20 yildan beri faoliyat yuritib keladi va imkoniyati cheklangan shaxslarga turli shakllarda yordam beradi. Shuningdek, sport va ijodiy to‘garaklar faoliyatini olib boradi. Festivalda yangi do‘stlar orttirishni, ular bilan g‘oya almashishni maqsad qilganmiz. Men bilan birgalikda Qozog‘istonning 50 nafar yoshlari Samarqandga keldi, ularning har biri jamiyatning u yoki bu yo‘nalishi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Festivlning ochilish marosimi 26-iyun kuni “Boqiy shahar” hududidagi amfiteatrda o‘tkazilib, unda 1,5 ming nafar yoshlar ishtirok etdi. Festivalda ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlar qatnashishdi. Tadbirlar Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda o‘tkazilmoqda. T. SIDDIQOV Yurtimizda o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali doirasida tashkil etilayotgan Xalqaro yoshlar eko-oromgoh loyihasi shahrimizdan boshlandi. “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, YUNICYeF, BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ( FA O ) h am k o r l i g i d a o‘tkazilayotgan loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlari — O‘zbeki s t on , Q o zog‘i s t on , Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda Ozarbay jon, Vengriya va Turkiyadan kelgan 60 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. — Tadbirdan ko‘zlangan maqsad iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yoshlarning rolini oshirish, yosh eko faollarga o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatini berish, hududlararo yoshlar ekologik harakatining integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat, — deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassisi Dilmurod Yo‘ldoshev. – Bu loyiha ikkinchi bor tashkil etilmoqda. O‘tgan 2023-yildagi eko-oromgoh davomida ekologik muammolarga bag‘ishlangan mintaqaviy strategiya ishlab chiqilgan edi. Joriy yilgi dasturimizda ushbu strategiyani Turkiy davlatlar vakillari Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya mamlakatlaridan safimizga qo‘shilgan faollar orqali butun dunyoga olib chiqish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, joriy loyihada ikkita yo‘nalishga ahamiyat qaratilmoqda. Bular — iqlim o‘zgarishlarga qarshi kurashishda xalqaro ekovolontyorlarni tayyorlash va yoshlar muloqoti uchun xalqaro platforma tashkil qilishdan iborat. Maqsadimiz yoshlar o‘rtasida iqlim o‘zgarishlarining oldini olishga qaratilgan harakatlarni rivojlantirish orqali ekologik muammolarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, xalqaro doirada ushbu masalada o‘zaro fikrlashish uchun platforma tashkil qilishga qaratilgan. Eko-oromgoh loyihasida seminarlar, x al q a r o e k s p e r tl a r bil an i qlim o‘zgarishlariga bog‘liq kun tartibidagi dolzarb mavzular bo‘yicha munozaralar o‘ t k a zi sh , shuningd e k , CO P -29 ko‘rgazmasida mamlakatlar taqdim etishi rejalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish va muhokama qilish, ularda yosh eko-rahbarlar ishtirok etishi masalalarini qamrab oladi. Shahrimizda loyihaning faol guruh mashg‘ulotlari, mahorat darslari va ekologik loyihalar muhokamasi o‘rin olgan dasturlari o‘tkazildi. Tadbir dasturiga muvofiq, mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, boy madaniyatimiz bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha bugundan Toshkent shahrida davom ettiriladi. Alisher ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi bir yuz o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga deputat, Kengash kotibiyati mudiri F. Ochilov raislik qildi. Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul va mutasaddilarning hisobot va ma’lumotlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining shahardagi ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmat markazi rahbari Sh. Do‘lanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining shahardagi ijrosi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ direktori U. Ollonov, shahar Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. G‘aybullayev va Sud-huquq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Bobobekovalarning hisobotlari tinglandi. Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2024-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi. 13-oilaviy poliklinika bosh vrachi Sh. Saidov, 14-oilaviy poliklinika rahbari R. Uteniyozovning 2024-yil mobaynida muassasalarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi. Shahar budjetining 2024-yil dastlabki choragi yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish, deputatlar tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibi, Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Deputatlar hisobotlar va axborotlarda keltirib o‘tilgan ma’lumotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining bir yuz o‘n birinchi sessiyasi o‘z nihoyasiga yetdi. 25-iyun kuni Ishtixon tuman hokimligi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat soliq boshqarmasi hamkorligida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Ishtixon tumanida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda mini futbol bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi. Ikkinchi yarim yillik ish rejalari belgilandi Dunyo yoshlari Samarqandda yig‘ildi Xalqaro eko-oromgoh shahrimizdan boshlandi Bu yil kimlar viloyatning faol jurnalisti bo‘ldi? Bilim, mahorat va sport uyg‘unlashganda...
2 2024-yil 27-iyun, payshanba, № 25 (2538) www.samarkandnews.uz Samarqand Suv — tekin emas Doimiy komissiyalarda Ma’naviyat — hayot gulshani Migratsiya va hayot Xabaringiz bormi? Press-tur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ shahar filiali tomonidan shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlab kelayotgan “Cho‘pon ota” va “Dahbed” suv inshootlarida qurilish-ta’mirlash hamda aholiga suv yetkazib berish borasida qilinayotgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Bugungi kunda shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 99,1 foizni, oqova suv xizmati ko‘rsatilish darajasi 80 foizni tashkil etmoqda. Shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari Zarafshon daryosi yoqasida joylashgan “Cho‘pon ota” va “Dahbed” suv inshootlari orqali, uch bosqichda amalga oshiriladi. “Cho‘pon ota” suv inshooti shahar aholisining 70 foizini, “Dahbed” suv inshooti 30 foizini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Aholini suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan jami suv inshootlari va suv taqsimlash tugunlari soni 13 tani tashkil etadi. 1931-yilda foydalanishga topshirilgan “Cho‘pon ota” suv inshooti 94,6 gektar maydonni egallaydi. Suv inshooti tarkibidagi shahar ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan 52 ta suv qudug‘idan 6 tasi tamirtalab holatga yetgan, yana 5 ta suv qudug‘i Samarqand xalqaro turizm markazini suv bilan ta’minlash uchun ajratilgan. — O‘tgan davr davomida suv inshootimizning texnik bazasi muddatini o‘tab bo‘lganligi bois aholiga ichimlik suvini me’yorida yetkazib berilishida ba’zi muammolar yuzaga kelayotgan edi, — deydi “Cho‘pon ota” suv inshooti boshlig‘i Sanjarbek Halimov. — Bugungi kunda “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi” ishtirokida inshootda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Qurilishi rejalashtirilgan 22 ta yangi suv qudug‘ining 9 tasi tayyor holatga keltirilmoqda, 16 km suv quvurlari tarmog‘i va suv yetkazib berish nasoslari yangilanmoqda. Shahar kengayayotganligi va aholi soni ko‘payayotganligi inobatga olinib zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Cho‘pon ota” suv inshootida suvni xlorlash va zararsizlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Rezervuarga kelib tushayotgan suv kunlik laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi va ichishga yaroqliligi tasdiqlanganidan so‘ng aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun suv taqsimoti tugunlariga yetkaziladi. Samarqand shahrining Sartepa va So‘g‘diyona hududlarida joylashgan 40 dan ortiq mahallalarni ichimlik suvi balan ta’minlab kelayotgan “Mo‘liyon” suv taqsimlash tugunini ham rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. — “Cho‘pon ota” suv inshootida xlorlangan va turli bakteriyalardan zararsizlantirilgan toza ichimlik suvi bizning suv taqsimlash tugunimizga yetkaziladi, — deydi “Mo‘liyon” suv taqsimlash tuguni rahbari Baxtiyor Abdusamadov. — Shundan so‘ng, bizning suv taqsimlash tugunimiz orqali shaharning 35 foizga yaqin aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Keyingi yillarda uskunalarning eskirganligi oqibatida aholiga ichimlik suvi yetkazib berishda ba’zi muammolarga duch kelayotgan edik. Xususan, Sartepa maskani va boshqa hududlardagi ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosi mavjud edi. Bugungi kunga kelib aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. Aholiga soatbay suv berish tizimiga barham berilyapti. Yuqori qavatlardagi xonadonlarga ham suv yuqori bosim bilan yetib bormoqda. Umumiy hisobda, aholini bir kecha-kunduzda o‘rtacha 48 ming m3 ichimlik suvi bilan ta’minlamoqdamiz. “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi” ishtirokida “Mo‘liyon” suv taqsimlash tugunidagi beshta nasos agregatlari, har biri o‘n ming kub sig‘imga ega bo‘lgan rezervuarlar va inshootning binosi ta’mirdan chiqarilib, aholiga ichimlik suvi yetkazib berilishi yanada yaxshilandi. Shuningdek, jamg‘arma loyihasi doirasida “Dahbed” suv inshooti nasos uskunalari ham mukammal tamirlandi, bugungi kunga qadar 900 metr uzunlikdagi suv quvurlari tarmoqlar qismi montaj qilindi. Ayni vaqtda montaj qilingan tarmoqlarda gidravlik sinov ishlari olib borilmoqda. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri Xalq deputatalari shahar Kengashi qoshidagi komissiyamiz faoliyatini mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar talablariga mos ravishda tashkil etishga harakat qilmoqdamiz. Komissiya o‘z faoliyatida mas’ul va mansabdorlar hisobotlarini eshitadi va ma’lumotlarini ko‘rib chiqish orqali ularning faoliyatini tahlil etadi. Yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan 9 ta yig‘ilishda 21 nafar mansabdorning hisobotlari ko‘rib chiqilib, ularning faoliyatiga islohot talablariga muvofiq baho berildi. Bugungi kunda joylarda i j timoiy muammolarni o‘rganish, hal etishda sektorlarning o‘rni tobora oshib bormoqda. Shahardagi barcha sektorlar rahbarlari bilan bu borada aniq amaliy ishlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi sektorlar tomonidan qanday ta’minlanayotganligi ko‘rib chiqildi. Har bir sektor rahbarining ushbu qaror ijrosini ta’minlash borasida mas’ul tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan faoliyati o‘rganilib, tasirchanlik va samaradorlik mezonlari asosida baho berildi. Komissiya yig‘ilishlarida aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularni ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq amaliy ishlarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shaharda tadbirkorlik tizimini yanada kengaytirish va uni iqtisodiy – moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tobora kuchaytirilmoqda. Bu borada shahar hokimining har bir mahallada faoliyat yuritayotgan yordamchilarining amaliy ishlari o‘rganilib, muammolari birgalikda hal etilmoqda. 2023-yilda tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash yo‘nalishiga 56,9 milliard so‘m ajratildi. 3,9 ming nafar fuqaroga yetkazilgan ushbu mablag‘ ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishning turli jabhalarini zamonaviy asosda tashkil etish uchun sarflandi. Banklar tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan tashqari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan ham zarur mablag‘lar shu sohaga yo‘naltirilmoqda. O‘tgan yili 56 ta kichik loyiha ijrosi uchun jami 276,7 million so‘m moddiy yordam ajratildi. Komi s siya yig‘ili shla rida ma s’ul va mansabdorlarning aholini ijtimoiy muhofazalash, kambag‘allikka barham berish, islohotlarning amaliy ijrosi yuzasidan muntazam ravishda hisobotlari eshitib borilmoqda. Yil boshidan beri shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbariyati, shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i E. Rajabov, obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Y. Bobonazarov kabi bir qator mas’ullarning hisobotlari eshitildi. Ular faoliyat yuritayotgan va rahbarlik qilayotgan sohalardagi muammolar atroflicha muhokama qilinib, amaliy takliflar bildirildi. Komissiya yig‘ilishlarida shahar mahalliy budjeti ijrosi ham doimiy ravishda muhokama etib borilmoqda. Bu haqda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hisobot berar ekan, ijro bilan bog‘liq barcha muammolarni o‘rtaga tashladi. Mahalliy budjetni shakllantirish va mustahkamlashning birinchi talabi soliq tizimini amaldagi qonunchilik asosida takomillashirish, tizimdagi yangi imkoniyatlarni qidirib topishdan iboratdir. O‘tgan yili mahalliy budjetning daromadlar qismida belgilangan ko‘rsatkichlar ortig‘i bilan bajarilib, shahar mahalliy budjetiga 47,1 milliard so‘mlik qo‘shimcha daromad tushurildi. Doimiy komissiya yig‘ilishlarida shahar hayotining barcha jabhalariga xos masalalar muntazam ravishda ko‘rib chiqilmoqda. Bu boradagi eng muhim vazifalar yuzasidan tegishli tashkilotlar, mas’ul va mansabdorlarga amaliy takliflar bildirilmoqda. Faoliyatimiz muhokamalardan, tahlillardangina iborat bo‘lib qolmasdan, amaliy ishlarga ham ko‘chayotganligini hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi. Muhiba SAYFIDDINOVA, Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B u g u n g i k u n d a d a v l a t im i z Rahbarining bu talabi va tashabbusi faoliyatimizning asosiy dasturiga aylandi. Zero, hayotning biron-bir jabhasi yo‘qki, ma’naviyat va ma’rififat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lmasin. Mahallalar, mehnat jamoalari, turli tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami kengayib, samaradorligi oshib bormoqda. Kitobxonlik, ma’rifiy tadbirlar, inson qadr-qimmatini oshirish, kelajakka befarq bo‘lmaslik, milliy qadriyatlarni mustahkamlash singari muhim ma’naviy yo‘nalishlarda yangi qadamlar tashlanmoqda. Ayniqsa, vatanparvarlik mavzusi bu boradagi asosiy faoliyat turidir. “Mening farzandim — O‘zbekiston faxri”, “Davlat ramzlari — faxrim, g‘ururim”, “Ulug‘imsan — Vatanim!” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbirlar bu borada alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yil boshidan beri ushbu yo‘nalishda 850 ta tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. “Mahallada duvduv gap” loyihasi hamda “Ma’rifat soatlari”ning muntazam tashkil etilayotganligi fuqarolarning barcha qatlamlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Har qanday tadbirning ta’sirchanligi va samaradorligiga erishish uning ma’naviy-ma’rifiy mohiyatiga bog‘liq. Ana shu talab asosida “Buyuklar hikmati”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz!”, “Kitobxon yoshlar” singari bir necha yo‘nalishdagi turkum tadbirlar tizimi yaratildi. Ta’sirchanlikni oshirish m a q s a di d a omm a vi y a x b o r o t vositalaridan keng foydalanmoqdamiz. Olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining mazmun-mohiya tini aholi, xususan, yoshlarga chuqur tushuntirish , i jtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’ rifiy muhi tni yanada mustahkamlash, qadriyatlar, ma’naviyaxloqiy fazilatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida joylarda targ‘ibot ishlari tobora kuchaytirilmoqda. Yil boshidan beri mahalla, ta’lim maskanlari, mehnat jamoalarida ana shunday 11 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 2024-yilda belgilangan rejaga ko‘ra Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati yanada jonlantirildi. Kengash yig‘ilishidan so‘ng ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish uchun barcha mehnat jamoalarida olib borilayotgan tashkiliy-amaliy ishlar o‘rganilib, tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda. Yil boshidan beri 232 ta korxona va tashkilotlar bilan ikki tomonlama “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Albatta, har qanday tadbirni tashkil etish, o‘tkazish, yuqori ta’sirchanlikka erishish yo‘lida uning moddiy asosini yaratish talabi ham mavjud. Amaldagi yil uchun bu ishlarga 36 million so‘m mablag‘ ajratildi. Shahrimizdagi Ma’naviyat maska– nining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib uning faoliyati shu asosda olib borilmoqda. Ayni paytda maskan bir guruh ma’naviy-ma’rifiy ishlar fidoyilarini o‘z safiga birlashtirgan. Ular orasida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shu sohada uzoq yillar faoliyat yuritib katta tajriba to‘plagan ma’naviyatchilar, o‘z ishining fidoyilari ko‘pchilikni tashkil etadi. Endilikda faoliyatimizni yanada kengaytirish, ta’sirchanlik va samaradorlikni oshirish maqsadida bir qator yangi yo‘nalishlarni belgilab oldik. Shulardan biri Respublika Ma’naviyat va ma’ri fat markazi shahar kengashi faoliyati, ma’naviyma’rifiy yo‘nalishdagi tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, o‘rganish hamda “Ma’rifat soatlari”ni tashkil etishdir. Bu borada aholining barcha qatlamlari taklif va mulohazalarini o ‘ r g a n i s h , m a ’ n a v i y m u h i t n i yaxshilash, tadbirlarni tanqidiy, tahliliy ruhda o‘rganib chiqish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu muammolarni hal etish, faoliyatimiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan asosiy vositaga aylanmoqda. N. SADINOVA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Ishlayotgan fuqarolar betob bo‘lib qolganida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ilgari qog‘oz ko‘rinishida olishardi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2023-yil 28-fevraldagi “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalariga oid ma’lumotlar elektron shaklga o‘tkazildi. Unga ko‘ra vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari hamda tibbiy ma’lumotlarni berish dastlab 2023-yilning 1-iyulidan boshlab Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida joriy etildi. Keyinchalik viloyatimizda ham bu yangilikka kirishildi. Yil boshidan esa barcha hududlarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklida talab etish ta’qiqlandi. Shu munosabat bilan fuqarolar betobligi sabab beriladigan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish uchun tibbiyot muassasasiga borishi shart emas. Shunchaki, my.gov.uz portali orqali “Sog‘liqni saqlash” bo‘limidan zarur xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn tarzda yuklab olishingiz lozim bo‘ladi. Shuni unutmangki, ushbu xizmatdan foydalanish uchun biron-bir hujjat talab etilmaydi va xizmat bepul amalga oshiriladi. Alijon YUSUPOV, shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Har qanday davrda aholining bir joydan boshqa joyga yakka yoki jamoa holatida ko‘chishiga guvoh bo‘lamiz. Bugungi kunda ham aholining yakka tartibdagi ko‘chish holatlari yuz bermoqda. Ko‘chishning turli sabablari bo‘lib, u ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Bugungi ko‘chish jarayoni xalqaro talablar asosida tashkil etilgan va rasmiylashtirilmoqda. Birgina shahrimiz misolida oladigan bo‘lsak, yanvar—mart oylarida 4295 nafar fuqaro doimiy yashash manzillari bo‘yicha, 633 nafar fuqaro vaqtinchalik ro‘yxatga olindi, 5123 nafar fuqaroga xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirildi. Ayni paytda fuqarolikni tasdiqlovchi asosiy hujjat — pasport tizimi takomillashtirilmoqda. Yilning o‘tgan davri mobaynida 12773 nafar fuqaroga ID karta ko‘rinishidagi yangi pasportlar berildi. Shunga qaramasdan tizimda ma’muriy huquqbuzarlik holatlari ham uchraydi. Ana shunday huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 225 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yirik turizm markazi hisoblangan shahrimizda xorijiy davlatlar fuqarolarini vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimi tobora takomillashmoqda. Shaharda doimiy yashovchi 1654 nafar xorijiy davlatlar fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning asosiy qismi ro‘yxatga olinib, yashash joylari qonuniy rasmiylashtirildi. Buning natijasida 1654 nafar chet el fuqarosi, 280 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aniqlanib, ularni qonuniy joylashtirish, fuqaroligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Ayrim fuqarolarimiz o‘z uyida vaqtinchalik ro‘yxatdan ham o‘tmasdan yashashi uchun boshqalarga sharoit yaratganligi ma’lum bo‘ldi. 37 nafar fuqaro vaqtinchalik ro‘yxatga olindi. Bunday huquqbuzarliklarning amalga oshirilayotganligi mamlakatimizda huquqiy tushuncha va ma’naviyatni mustahkamlashga salbiy ta’sir etadi. Albatta, katta qonunbuzarliklar ahamiyatsiz, deb hisoblangan kichik nuqsonlardan boshlanadi. Yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishlari sudga oshirildi. Xorijiy mamlakatlar fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzayotganliklari ham tizimdagi dolzarb muammolardan biridir. Yilning o‘tgan davri mobaynida 14 nafar Rossiya, 11 nafar Hindiston, shuncha Turkiya, 5 nafar Tojikiston, 3 nafar Xitoy va boshqa mamlakatlar fuqarolari mamlakatimizda bo‘lish qoidalarini buzgan holda yashab kelayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 225-moddasiga binoan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda ulardan 233750 ming so‘m jarima undirildi. Bir nafar Tojikiston respublikasi fuqarosi yuqoridagi Kodeksga asosan mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Har bir uy, ro‘zg‘orning o‘z ichki tartib-qoidalari bo‘lganidek, davlatning ham ana shunday qonuniy tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizimga kim amal qilmas ekan, albatta, qonunda belgilangan talablarga muvofiq javobgar hisobllanadi. O. NORQULOV, shahar IIOFMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Oldinda yurish mas’uliyati 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz Prezidenti: “Ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!” deya bu sohaga katta ishonch bildirib, oldimizga muhim vazifalarni qo‘ygan edi. MUHOKAMADAN – AMALIY ISHGA Ko‘chish — doimiy hayot talabi AHOLI UZLUKSIZ TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANADI Mehnatga layoqatsizlik varaqasi Endi uni onlayn tarzda olasiz
3 2024-yil 27-iyun, payshanba, № 25 (2538) www.samarkandnews.uz Samarqand Jamoat arbobi — mohir qalamkash Ustoz haqida E’lon Hayot lahzalari Kutilmagan fikr ДАРСИ ТАҲРИР Соли 2013. Дар рӯзномаи бачагонаи «Булбулча-доно» кор мекардам. Таҳририяти рӯзнома дар шаҳраки Гулобод, дар наздикии идораи рӯзномаи «Гулобод тонги»-и ноҳияи Самарқанд ҷойгир буд. Устод Бахтиёри Ҷумъа масъули саҳифаи тоҷикии «Субҳи Гулобод»-и рӯзнома буданд ва ҳар ҳафта рӯзи ҷумъа дар ҷойи кор мешуданд. Ҳар ҳафта пешашон рафта, суҳбат мекардем ва супоришҳо гирифта, то ҳафтаи дигар аз пайи иҷро мешудам. Дар яке аз чунин суҳбатҳо муаллим ба ман бастаи коғазҳоро доданд. Ба маънои «ин чӣ бошад?» ба муаллим рӯ овардам. – Ин ҷо ҳикояҳои кӯтоҳи худро гирдоварӣ кардам. Ният дорам, дар шакли китоб чоп кунам. Мехоҳам ҳикояҳоро хонда, таҳрир кунед. – Муаллим, мехонам, аммо таҳрир карда наметавонам. – Не, – қатъӣ гуфтанд муаллим, – ҳам хатоҳои имлоиро ёбед ва ҳам таҳрир кунед. Маҷмӯаи ҳикоётро хондам. Ҳикояҳо хонданӣ, омӯзанда ва ибратбахш буданд. Афсонаву бофтаҳои хаёлӣ не, саросар воқеӣ ба назар мерасиданд ва ҳар яке дар худ паҳлӯҳои гуногуни ҳаётро таҷассум мекард. Ҳафтаи дигар ҳикояҳоро баргардондам. Муаллим як аз назар гузаронида, ҷиддӣ нигоҳ карданд. Аз нигоҳи тези муаллим, ки ҳамеша бо меҳр нигариста, нарм мегуфтанд, хиҷил ва шалғамвор сурх шудам. – Ба шумо ҳикояҳоро хонда, таҳрир кунед гуфта будам. Шумо чӣ кор кардед? Чанд хатои имлоиро ишора кардаеду халос. – Муаллим, ман чӣ хел навиштаҳои шуморо таҳрир кунам? Охир... – Одам дар таҳрир бояд сахтгир бошад. Ҳатто дар таҳрири навиштаҳои худ. Шумо ин ҳикояҳоро чун навиштаҳои душмани худ хонеду ҳикоётеро, ки мазмуну муҳтавои ҷолиб надоранд, бераҳмона хат занед. Дубора маҷмӯаи ҳикояҳоро бо худ бурдам ва дар доираи имкону тавон таҳрир кардам. Ин бароям аввалин дарси таҳрир буд, ки то ҳол ба кор меояд. Дертар ин ҳикоёти пандомӯз таҳти унвони «Гиреҳи армон» дар шакли китоб чоп шуд. БО ШУБҲА НАЗАР КУН Солҳои аввали фаъолият дар рӯзномаи «Овози Самарқанд» буд. Рӯзе муҳаррири навбатдор будам. Саҳифаеро мехондам, ки котиба омада гуфт: – Раҳмонов муҳаррири навбатдор ва навбатдорро ҷеғ зан гуфтанд. – Ҳозир, – гуфтам ва пай бурдам, ки хатое гузаштааст. Чунки муҳаррир беҳуда навбатдоронро намепурсиданд. Вақте вориди утоқи муҳаррир шудем, сар аз саҳифа бардошта: – Имрӯз кӣ муҳаррири навбатдор? – пурсиданд. – Ман, – гуфтам. – Як савол: Маҳмудхоҷа Беҳбудӣ кай ва дар куҷо таваллуд шудааст? – Соли 1875 дар Самарқанд. – Ҷалол Икромӣ кай, дар куҷо таваллуд шудааст? – Агар хато накунам, соли 1909 дар Бухоро. – Хуб фаҳмо. Дар ин мақолае, ки дар саҳифаи сеюм меравад, навишта шудааст, ки «Маҳмудхоҷа Беҳбудӣ, бо як қатор адибони маорифпарвар ва бедорфикр аз қабили Сиддиқии Аҷзӣ, Ҳоҷӣ Муин, Садриддин Айнӣ, Ҷалол Икромӣ ва ғайра мулоқотҳои адабӣ ташкил мекард». Вақте ки Беҳбудӣ вафот кард, Ҷалол Икромӣ ҳамагӣ даҳсола буд. Оё мумкин аст, ки онҳо бо ҳам мулоқоти адабӣ карда бошанд? – Не, – бо як овоз гуфтем мо. – Агар мақола бо ҳамин хато чоп шавад, хонандагон дар бораи мо чӣ меандешанд? Шумо чӣ хел ин хаторо гузарондед? – Беэътиборӣ кардаем, – гуфтем. – Дар кори рӯзнома беэътиборӣ намешавад. Рӯзноманигор бояд ба ҳар як навишта, ҳар як маълумот эътибор диҳад. Ба ҳар як сол, шахсият, факт бо назари шубҳа нигоҳ кунад. Агар дар мавриди ягон чиз дудила шавад, ҳатман манбаъҳоро аз назар гузаронад. Яке аз василаҳое, ки бартарии рӯзномаро аз дигар намуди воситаҳои ахбори оммавӣ, бахусус, шабакаҳои иҷтимоӣ нишон медиҳад, ин боваринокии маълумотҳо мебошад. Мо хатои худро фаҳмидем. ИМЗО Муқимҷон Орифӣ яке аз мухбирони фаъоли ҷамоатии рӯзнома мебошанд, ки мунтазам ба таҳририят мақолаву матолиб меоранд. Дар баргузории чорабиниҳои гуногун ҳамкорӣ мекунанд. Соли 2022 тавассути нашриёти «Қалам»-и назди таҳририят китоби «Ҳикмати зиндагӣ»-ро дар ҳамкорӣ ба чоп омода кардем. Рӯзе дар даст хати расмие дар бораи нашри китоб омаданд, ки ҳамчун муаллиф номи ман ҳам он ҷо буд. Гуфтанд, ки китоб пурра омода шуд ва рӯзҳои наздик чоп мегардад. Сипас, хоҳиш карданд, ки дар хат имзо гузорам. Хатро гирифта, мехостам нахонда имзо монам. – Имзо мегузоред? – бо тааҷҷуб пурсиданд. – Бале,– аз саволи муаллим ҳайрон шудам. – Ҳеч гоҳ чизеро нахонда имзо нагузоред. Чунки шумо ин ҷо на танҳо имзо, балки ба дониш, таҷриба ва салоҳияти худ баҳо мегузоред. Ҳар куҷое имзо мондед, албатта, аввал хонеду шинос шавед. Агар он ҷо маълумоти нодуруст равад, шумо бо имзои худ онро тасдиқ мекунед ва мумкин аст, он ба зарари дигарон бошад. Барои ҳамин аввал шинос шуда, баъд имзо гузоред. Вақти ман бемалол. Аз кори худ хиҷил шудам ва хатро пурра хонда, имзо гузоштам. «АЗ ЁДАМ МЕБАРОЯД» Ҳамроҳи кормандон аз ошхона бармегаштем. – Оё медонед, ки маҳсулоти бозор кай қимату кай арзон мешавад? – аз мо пурсиданд Тошқул Азимзода. Кормандон як-як андешаҳояшонро гуфтанд. Дар анҷом муаллим: – Наёфтед. Нархи маҳсулот гашти рӯз арзон шуда, баъд аз борон ҳамеша қимат мешавад. – Инро аз куҷо медонед? – пурсид корманде. – Вақти бачагиям як рӯз борон борид. Модарам гуфтанд, ки гелос пухтааст. Начиндем. Акнун кафида исроф мешавад. Ман зуд сатилро гирифта, болои дарахт баромадам... – Ман ҳам як маротиба дар борон гелосчинӣ карда будам, – дар байни сухани Тошқул Азимзода луқма партофтанд Ҷамшеди Асрор. Корманде шӯхиомез гуфт: – Муаллим, Азимзода нақли худро ба охир нарасонда, чаро ҳамроҳ мешавед? Оё ҳамин коратон дуруст аст? – Медонам нодуруст. Аммо ҳозир ҳаминро нагӯям, то охири нақли муаллим аниқ аз хотирам мебарояд, – гуфтанд. Ҳама қоҳ-қоҳ зада хандидем. «ТАНЛОВ» – Дирӯз ман дар танлов иштирок кардам, - гуфт мухбири ҷамоатии рӯзнома Асалой. – Дар чӣ иштирок кардед? – пурсиданд Тошқул Азимзода. – Дар танлов. Дирӯз худатон муҳаррири навбатдор будед. Наход хабари маро нахондед? – бо тааҷҷуб пурсид Асалой. – Ман хабарро хондам. Аммо «танлов»-ро нафаҳмидам. – Танлов, озмун аст, – хандид Асалой. – Шумо донишҷӯи факултети забон ва адабиёти тоҷик ҳастед. Бояд бо забони адабӣ ҳарф занед. – Ман ҳаракат мекунам, лекин барбир калимаҳои иқтибосӣ «қӯши» шуда мемонад-дия. Фаридуни ФАРҲОДЗОД Yoshlarimiz orasidagi farq unchalik katta bo‘lmasa-da, Farmon akaga hamisha "ustoz", deya murojaat qilaman. Nega desangiz, u kishidan o‘rganishimiz lozim bo‘lgan fazilatlar shunchalik ko‘pki, birma-bir sanab berish anchayin mushkul. Eng avvalo, F. Toshevga havas qiladiganim — g‘ayrat. Ustozdagi g‘ayrat va shijoat quvvati shunchalik kattaki, yarim asrdan buyon ham jurnalistika, ham badiiy ijod va ham siyosiy jabhada katta g‘ayrat bilan hormay-tolmay faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U kishi adabiyotning chinakam shaydosi. Jurnalistlik faoliyatini badiiy ijod bilan bezagan xassos shoir, zukko publitsist va dramaturgdir. Ijodkorning birinchi she’riy to‘plami “Qarnobcho‘l qo‘shig‘i” 1994-yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng birin-ketin “Onang tirik, bolam”(1996), “Men yomg‘irli kunda kelaman”(1998), “Qarnobota armoni”(2003), “Otamning saboqlari”(2008) , “Men anglagan haqiqat”, “Muxbirlik saboqlari”(2009), “Sog‘inch”(devon, 2011), “Ayollar nima deydi?”(2012), “Omonat”, “Tafakkur manzaralari”(2015), “Go‘zal iztirob”(2016), “Chorraha”, “Adib va adabiyot”(2017), “G‘azal ma’ni, g‘azal san’at”(2018), “Tazarru”, “Tuzoq”(2019), “Maktublar”, “Me zon bayo zi”(2020) , “El ne tib topgay meni”, “Sunbula bayozi”(2021), “Javzo bayozi”, “Asad bayozi”, “Bahodir Yalangto‘sh”, “Yo‘l”(2023) kabi ijodning turli janrlariga mansub o‘ttizga yaqin kitoblari chop etildi. Se rmah sul i jodko rning yo zgan publitsistik maqolalari respublikamiz markaziy matbuotida ketma-ket chop etilib, muxlislar e’tiborini qozonmoqda. Radio va televideniyedagi chiqishlari esa Farmon akani chinakam teleyulduzga aylantirib yubordi. Ammo, bu hali hammasi emas. U kishining telegramdagi ijodiy kanali mingga yaqin muxlis to‘plagan. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatuvchi kishi sifatida aytishim mumkinki, ijodiy guruhga buncha obunachini jalb etish oson ish emas. Ammo, bular Farmon Toshevning ko‘zimizga tashlanib turadigan tomonlari. Yana bundan ta shqa ri u s to zning murabbiylik, pedagoglik, ilmiy hamda jamoatchilik sohalaridagi faoliyatlarini ham qo‘shib qaraydigan bo‘lsak, u kishini chinakam ish odami ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ustoz qaysi bir yumushga qo‘l urmasin, astoydil, mehr bilan bajaradi. Katta anjumanlardan tortib oddiy do‘stlar davrasida ham Farmon aka ishtirok etgan majlislarga jon kiradi. U kishining so‘z boyligiga qoyil qolganman. Ustozdagi yana bir men havas qiladigan fazilat haqiqiy liderlik xususiyatidir. U kishi yetuk jurnalist sifatida turli mavzularda tahliliy maqolalar yozib, shogirdlarga chinakam o‘rnak bo‘la oladigan kamdan-kam muharrirlardan biri desam, xato bo‘lmaydi. Chunki ijodiy jamoasiga: "Yaxshi maqola yozinglar", deb har bir rahbar ham talab qila oladi. Ammo, “Mendek yozinglar”, deya ayta oladiganlar sanoqli. Farmon ustozning yana bir havas qilgulik fazilati o‘ta dilkashligi va kamtarligidir. Ustoz katta bilan ham, kichik bilan ham teng ko‘rib gaplashadi, u kishi bilan bahslashish, e’tiroz bildirish va mavridi bilan hazillashish ham mumkin. Chunki, Farmon akaning bag‘ri keng, o‘zi yumorni g‘oyat nozik tushunadigan hazilkash inson. Fe’li keng, e’tiborli va kechirimli odam. U kishi ko‘ngliga qil sig‘may turgan lahzalarda ham o‘zining dardini sizga sezdirmay, dardingizni tinglay oladi, imkoni bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zadi, ammo beg‘araz yaxshiligini hech qachon minnat qilmagan. Har bir kishiga o‘z tilida gapirishga harakat qiladi, xullas insoniy diplomatiyaning hadisini olgan kishi sifatida katta hurmat-e'tiborga sazovor bo‘lgan jurnalist, ijodkor hamda siyosiy arbobdir. Ustoz qo‘l ostidagi xodimlariga ham juda mehribon rahbar sifatida nom qozongan. Ularning turmushlaridan tortib tushliklarigacha, hatto, madaniy hordiq chiqarishlarigacha bosh muharrirning e'tibor markazida. Shu maqsadda tahririyat binosining o‘zida shinam oshxona va sport zali jamoa xizmatida. Biror bir xodimga taom qidirib ko‘chaga chiqishiga hojat yo‘q. Keyingi yillarda u bir necha jurnalist xodimlarning uyjoyli bo‘lishlariga yaqindan ko‘mak berdi. Ularga mebel, maishiy texnika vositalari, uy jihozlari sotib olishlari uchun sharoit yaratib berdi. Bularning barchasi tahririyatda mu'tadil ijodiy muhit yaralishiga xizmat qilmoqda. Shu tufayli bo‘lsa kerak, gazeta ko‘p yillardan buyon namunali viloyat gazetasi degan sharafli nomga sazovor bo‘lib, qazetxonlar sonini yildan yilga oshirib kelayotir. Farmon aka mehribon ustoz sifatida ortidan kelayotgan qalam ahliga ham yaqindan ko‘maklashmoqda. Keyingi davrda I. Po‘latov, M. Xudoyqulov, K. Kattayev, N. Do‘sanov, G‘. Boboqulov, R. Komilova, Z. Donayeva va R. Mansurov singari ijodkorlarga kitoblarini chop etishlarida yaqindan yordam berdi. Ularning badiiy hamda ilmiy asarlari tahririyat homiyligida dunyo yuzini ko‘rdi. Gazeta huzurida tashkil etilgan ijodiy maktabdan yuzlab yosh jurnalistlar qalami qayralib uchirma bo‘ldi. Ustozning davlatimiz va xalqimiz oldidagi fidoiy mehnatlarini e'tiborga olgan Prezidentimiz va hukumatimiz "Elyurt hurmati" ordeni, "Shuhrat" medaliga loyiq ko‘rdi. 2007-yilda "Xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoni bilan taqdirlandi. Biz mana shu quvonchli kunlarda u kishiga yanada uzoq umr, oilaviy baxt, mustahkam sog‘lik va ijodiy yutuqlar tilaymiz. Aslo charchamang, ustoz! Bayramingiz muborak bo‘lsin. Xudoyberdi KOMILOV, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘tgan yili Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining Xa lqaro jurna l ist ika bo ‘ l im iga hujjatlarimni topshirib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan edim. To‘g‘risi, avvalo, ota-onamning, qolaversa, tanish-qadrdonlarning maslahati bilan kelgusida ana shu kasbni tanlab, shu sohada faoliyat yuritishni orzu qilgan edim. Ammo, orzu bilan hayot haqiqati hech qachon birbiriga mos tushmas ekan. Negaki, institutning birinchi bosqichni bitirib, “Samarqand” gazetasi tahririyatiga amaliyotni o‘tash uchun kelgan kunimning ilk paytidayoq bu sohaning o‘ziga xos, boshqa sohalarga o‘xshamas jihatlari borligini his etdim. Avvalo, maqola yozish amaliyoti va tushunchasiga ega bo‘lmagan hech kim jurnalist bo‘la olmasligini tushunib yetdim. Tahririyat xodimlarining ishini kuzatar ekanman, ayrim sohalardagi kabi bu yerda har kungi odatiy, bir yo‘nalishdagi ish bilan kun o‘tkazib bo‘lmas ekan. Masalan, iqtisodchi, hisobchi, bank xodimi singari kasblarda faoliyat yuritayotganlar deyarli har kuni bir xil ish bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faqat hisobotlardagi ayrim fakt va raqamlar o‘zgarishi mumkin. Jurnalistikada esa har kuni, har soatda ijodiy muammo ijrosi ustida ishlashga to‘g‘ri kelarkan. Ayniqsa, yuqorida tilga olingan sohalardagi kabi bir xilda ishlab bo‘lmas ekan. Tanlagan mavzu haqida kecha va bugun bir xilda fikr yuritib bo‘lmaydi. Amaliyot mobaynida jurnalistika sohasining muhim yo‘nalishlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatishga harakat qildim. Aslida, o‘zim kelgusida telejurnalist sifatida faoliyat yuritib, mualliflik ko‘rsatuvlarini yaratishni orzu qilgan edim. Yuqorida aytganimdek, bu sohada orzu bilan ish bitmas ekan. Shuning uchun uyda, ota-onam bilan kelgusi taqdirim haqida atroflicha maslahatlashdik. Men ularga chet tili fani o‘qituvchisi bo‘lishim kerakligini, bu mutaxassisga chekka qishloqlardagi maktablarda ham ehtiyoj kattaligini tushuntirdim. To‘g‘ri, jurnalistikani endi chetga surib qo‘ymoqchimisiz, deb savol berishingiz tabiiydir. Fikrimcha, jurnalist bo‘lish uchun, hayotiy muammolarni matbuotga ko‘tarib chiqish uchun maxsus diplom shart emas. Men kelgusida muallim va jurnalist sifatida faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim. Axir, o‘zining o‘tkir so‘zi, to‘g‘ri dunyoqarashini matbuotda ko‘tarib chiqayotgan boshqa soha xodimlari oramizda kammi? Bir yil mobaynida jurnalistika olamini, sohaning ikir-chikirlarini o‘zimga yarasha o‘rganib shunday xulosaga keldim: men endi chet tili muallimi sifatida yoshlarga bilim va saboq berishim kerak. Jurnalistika esa doimiy hamrohim bo‘lib qoladi. Mudom ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan, to‘lqinlantirayotgan muammoli mavzularni vaqtli matbuotda yoritib borish niyatim bor. Muxlisa MISIROVA, SamCHTI talabasi BEKOR QILINADI Fuqarolar Sattarov Orif Orzuyevich va Raxmatova Umeda Davronovnalar o‘rtasida 2021-yil 20-oktabrda Samarqand shahri, Merv ko‘chasi, 167-“B” uy uchun tuzilgan, Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘allanuvchi notarius Raximova Komila Faxriyevna tomonidan tasdiqlanib, 202101791008276 raqam bilan qayd qilingan oldi-sotdi shartnomasining asl nusxasi yo‘qolganligi sababli bekor qilinadi. Jurnalistikani badiiy ijod bilan bezagan ijodkor АЗ ДАФТАРИ ЁДҲО Qarorim o‘zgardi Istirohat bog‘i gavjum edi. Atrofni bolalar kulgusi tutib ketgan. Yo‘l chetidan biri 4, ikkinchisi 6 yoshlar chamasi bo‘lgan juda yupun va abgor kiyingan lo‘li bolalari qo‘llarida o‘z gavdalaridan katta bo‘lgan qopni sudragancha ketishmoqda. Bog‘ ichidagi attraksionlarda qiyqirishib uchayotgan, otaonalari yonida o‘ynab yurgan bolakaylarning harakatini ular jilmaygancha kuzatishardi. Bu bolalarning ko‘zi istirohat bog‘ining o‘rtasidagi maydonda bolalarning jajji avtomashinasi ichida o‘tirib, baxtdan ko‘zlari porlagancha uni boshqarayotgan aka-ukalarga tushdi. Bolalar ota-onalariga qo‘l silkishar, – oyijon, dadajon, bizni suratga olyapsizlarmi, deya qiyqirishib kulishardi. Lo‘li bolalar ularning ortidan havas bilan uzoq tikilishdi va o‘zlaridan katta qopni sudragancha yo‘llarida davom etishdi. Xumora ESOXONOVA Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi HAVAS
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 335 Adadi: 890 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 27-iyun, payshanba, № 25 (2538) www.samarkandnews.uz Samarqand Hamkor — ijodkorlarimiz Yonimizdagi odamlar Nashriyot Siz nima deysiz? Noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ijodiy uyimiz tomonidan keyingi 3 yil ichida 200 ga yaqin turli mavzulardagi kitoblar nashr qilindi. 2024-yilning or tda qolgan davrida noshirlarimiz mehnati bilan 40 dan ortiq kitoblar o‘z o‘quvchilariga yetkazildi. Faoliyatimiz mobaynida ilmiy, adabiy, badiiy, ommabop asarlarni nashrga tayyorlash, chop etishga alohida e’tibor berilmoqda. Mualliflarning asosiy qismi ilmiy va badiiy ijodga mehr qo‘ygan yoshlardir. Bundan tashqari, (tojik tilida) “Durdonai sharq” adabiy-badiiy jurnali, bolalar va yoshlar ijodini keng yoritadigan “Kurtak” jurnali ham jamoamiz tomonidan tayyorlanmoqda. Nashriyotimiz qoshida adabiy-badiiy to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mashg‘ulotlarda asosan badiiy ijodga mehr qo‘ygan, intiluvchan yoshlar qatnashmoqda. Bundan tashqari, sohamiz uchun g‘oyat zarur bo‘lgan dizaynerbezakchilar tayyorlashga ham e’ tibor qaratmoqdamiz. Ayni paytda ko‘plab yoshlar ustoz-shogird an’anasiga asosan noshirlikning asosini tashkil etuvchi dizaynerlik yo‘nalishida kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Abdushukur ISMOILZODA, “Mahorat” nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbari Garchi bu fikr, atamaga aylangan bo‘lsa-da, yangi “kashfiyot” emas. Negaki, har jabha, har sohaning “qiroli” bo‘ladi. O ‘ z b e k i s t o n d a x i zm a t ko‘rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi , I dara jali “Mehnat faxriysi” O bl o q ul U sm o n q ul o v ni n g tabarruk nomi xayolga kelishi bilan umrini milliy jurnalistika rivojiga bag‘ishlab, jo‘shqin ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan ustoz ko‘z ogldimizda namoyon bo‘ladi. 80 yoshni allaqachon “soyada qoldirib”, bugun umr pog‘onasining to‘qsoninchi bosqichi bilan yuzma-yuz kelayo tgan O.Usmonqulov hamon yonimizda, ijod qozonida qaynamoqda. Ijodiy faoliyati mobaynida bosma nashrlar, radio efirlari, “Zangori ekran”da jo‘sh urgan ustoz bugungi kunda Samarqand va samarqandliklar haqidagi o‘ziga xos ensiklopedik ma’noma zmunga ega a sarining da s tlab ki jildini na sh rga tayyorlamoqda . Tez orada kitob qo‘limizga tushib, mohir jurnalistning yana bir qirrasini kashf etishimizga shubha yo‘q. Obloqul Usmonqulov har safar ijodxonamizga qadam ranjida qilar ekan, albatta, u kishidan ishimizga doir yangi taklif va mulohazalarni eshitamiz. Avvalo, sinchkov ijodkor ba’zi xato-kamchiliklarimizni shunchalik yotiqlik, muloyimlik bilan tilga oladiki, beixtiyor mehringiz jo‘shib ketganligini sezmay qolasiz. Ijodiy faoliyatining asosiy qismini radio va telejurnalistikaga bag‘ishlagan inson bugun ham qaynoq ijod ummonida dadil suzib borayotganligi yoshlar uchun, shogirdlari uchun saboq va ibrat bo‘lmoqda. Dadil va o‘ktam suxani ila tomoshabin va tinglovchilar mehrini qozongan ustozga ijodiy barkamollik hamisha hamroh bo‘lsin. 2 0 0 0 - y i l d a O ‘ z b e k i s t o n Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini bitirib, poytaxtda jurnalistikaning “qattiq noni”ni tatib ko‘rgan yosh jurnalist 2004-yilda Samarqandga qaytib, hayo tini televideniye bilan bog‘laydi. Yigirma uch yildirki Zamon Eshonqulov sohada sermahsul ijod qilib, elda e’zoz topdi. Uning muallifligida viloyatdagi 64 ta sektor rahbarlari va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida 100 dan ortiq jonli tarzda tayyorlanib kelinayotgan “Ochiq muloqot”, “Murojaat va ijro”, “Agar xulosa qilmasak, xalq bizni kechirmaydi” ruknlaridagi tanqidiy-tahliliy ko‘rsatuvlar aholining turli mazmundagi murojaatlariga ijobiy yechim topishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, “Sektorda bir kun”, “Islohotlar amalda”, “Inson qadri uchun”, “Maxsus reportaj”, “Ko‘z o‘ngimizda”, “Sport — mening hayotim”, “Sport — salomatlik garovi” kabi ko‘rsatuvlarida hududiy va davlat dasturlarining ijrosi hamda zamonamiz qahramonlari bo‘lgan fidoyi yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati keng yoritilmoqda. Zamon Eshonqulov o‘z ustida doimiy ravishda ishlab, milliy va xorijiy telejurnalistikaning eng yaxshi an’analarini o‘zlashtirishga harakat qiladigan, izlanuvchan va ijodkor xodimligi bilan jamoada alohida ajralib turadi. Ana shunday intilishlar samarasi o‘laroq 2017-yil yanvar-may oylarida Hindiston Ommaviy axborot vositalari institutida tashkil etilgan tajriba oshirish kursini muvaffaqiyatli bitirdi. Soha bo‘yicha o‘zlashtirgan malaka va ko‘nikmalari uning keyingi faoliyatida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Ijodkorning bunday serg‘ayrat, sermahsul faoliyati sohaga kirib kelayotgan yosh kadrlarni o‘ziga jalb etmay qo‘ymaydi. Shu bois jurnalistika sohasiga endi kirib kelayotgan yoshlar o‘z kasbining ustasiga aylangan Zamon Eshonqulovga shogird tushishga intiladi. Bugun shogirdlarining aksariyati sohada o‘z o‘rnini topib ulgurgan. Alisher ISROILOV TAHRIRIYATDAN: Mazkur maqola tayyorlanib sahifalanayotgan vaqtda bir xushxabar keldi. Davlatimiz rahbarining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Z. Eshonqulov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Hamkasbimizni davlat mukofoti bilan tabriklaymiz. B ug u ng i k u nda ko ‘p c h i l ik ma’naviyatdan uzoqlashib, gazeta va jurnallar mutolaasidan ko‘ra, i jt imo iy tarmoq lar , e lektron nashrlarga yuz burgan bir paytda ham oz son l i mushtar iy larga sevimli bosma nashrlarini o‘z vaqtida, sifatli chop etib berayotgan bosmaxonalar, ularning ishchixodimlari faoliyatni e’tirof etmoq joiz. Ularni bu nashrlarda e’lon qilinayotgan maqolalarning eng birinchi o‘quvchilari desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Noshir lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati viloyatimiz shahar va tumanlari hamda respublikamizning boshqa hududlarida chop etilayotgan bosma nashrlar dunyo yuzini ko‘rayotgan maskan hisoblanadi. Bugun bu yerda 30 nomdagi gazetalar chop qilinmoqda. Korxonada faoliyat yuritayotgan yigirma nafarga yaqin ishchixodimning har biri o‘z kasbining fidoyilaridir. Ular orasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotganlari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ana shunday fidoyilardan biri Qamariddin Bobonazarovdir. — Noshirlik o‘ziga xos soha, mashaqqati ham, mas’uliyati ham, sharafi ham ulkan, — deydi Kamariddin Bobonazarov. – Shuning uchun ham bu sohaga kirgan odam qaytib chiqolmay qoladi. Ishimiz qanchalik og‘ir va mashaqqatli bo‘lmasin, uning yaxshi jihatlari ham bor. Menga eng yoqqani — turfa gazetalarning ilk o‘quvchisi bo‘lishimizdir. Inson qachonki o‘zi sevgan kasb bilan shug‘ullansagina, o‘zini baxtli his etadi. Kasbim bilan faxrlanaman. A. DOLIYEV Ijtimoiy tarmoqlarda to‘rt-besh nafar bachkana “q iz iqch i”n ing farosats iz , landovur , savods iz qiyofasidagi “qahramon”lari boshiga kiydirilgan milliy libosimiz — do‘ppi nimani anglatadi? Balki, “ijodkor”lar o‘zbekning “orqada qolgan” qatlami ana shunday milliy libosni boshiga ilib yuradi, demoqchimi?! Ochig‘ini aytsam, xalqimizchalik o‘z milliy liboslariga beparvolikni hech bir millat vakilida uchratmaganman! Qirg‘izlarni ko‘z oldingizga keltiring: ularning bosh kiyimi o‘zlarining bayramida ham, oddiy kunida ham boshidan tushmaydi! Ayniqsa, vodiyga tutash hududlarga yo‘lingiz tushsa, yozda ham milliy bosh kiyimda yurganlarga ko‘zingiz tushadi. Ilgari Marg‘ilon, Chust, Namangan, Toshkent , Shahrisabz , Boysun va Samarqand do‘ppilari o‘zbek yigitlarining bosh toji hisoblanardi. Har birimiz erkakning boshidagi do‘ppisiga qarab, qaysi hudud vakili, qayerdan ekanligini bilardik. To‘g‘risi, fikru ojizimga suyanib qolmagan holda aytishim mumkinki, endi biz milliy bosh kiyimimizni ardoqlab boshimizga qo‘ndirishni emas , ko‘proq zarurat yuzasidan do‘ppiga murojaat etadigan bo‘lib qoldik. Tan olaman, o‘zimda ham shunday holat ro‘y berdi: Qurbon hayiti arafasida qarindoshlardan biri vafot etganligi haqidagi xabar qulog‘imga chalingach, do‘ppilarim turadigan javonni ochdim. Bu kichik voqea tafsilotiga nechun berilyapman? Milliy bosh kiyimimiz — do‘ppini kiyish zaruriyati biz uchun ana shunday ta‘ziya kunlari yodimizga tushmayaptimi? Bozor, ko‘cha-ko‘yga chiqsangiz, boshiga do‘ppi qo‘ndirgan erkakka juda kam holatda ko‘zingiz tushadi. Afsuski, milliy bosh kiyimimizga bo‘lgan bunday munosabat ijtimoiy tarmoqlarda ayrim qiziqchi niqobidagi “ijodkorlar” tomonidan bachkana qiliqlar va behurmatlik bilan talqin etilayotganligi hech kimni tashvishga solmayapti! Xalqimizda, do‘ppi kiygan insonga o‘zgacha hurmat va qiziqish bilan qarash odati bor. Hech qachon ahmoq, jinni, savodsiz qiyofasidagilar boshiga do‘ppi ilmagan! Bugunga kelib, faxrimiz, obro‘imiz, millat qiyofasini belgilovchi do‘ppini... “kimlar”ga kiydirib qo‘ymoqdamiz?! I j t im o i y t a rm o q l a r d a t a n i q l i kinorejissor Jahongir Ahmedovning b u h a q d a gi qi s q a fi k rl a ri bil a n tanishar ekanman, do‘ppiga bo‘lgan e’tibor va hurmatimiz naqadar yerga urilayotganligining yana bir bor guvohi bo‘ldim. J. Ahmedov ta’kidlaganidek, nega do‘ppini kulguga solib, ijod qilish zarur bo‘lib qoldi? Bu o‘zbekning millat sifatidagi “yangi qiyofasi”ni yaratishga intilishmi?! Quvondiq XALILOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi QO‘SHQANOTLARIMIZ — Obloqul Usmonqulov va Xudoyberdi Komilov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida 23 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan zabardast jurnalist — Zamon Eshonqulovni davlat boshqaruvi organlari xodimlari siyosiy sharhlovchi, boshlovchi deb bilsa, sport ixlosmandlari sport jurnalisti sifatida e’tirof etishadi. Aslida ham shunday. Zamon aka O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi Televideniye guruhi maxsus muxbiri, “SPORT” telekanalining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri vazifalarida samarali mehnat qilib kelmoqda. Siyosat va sportni birlashtirgan jurnalist Olti oyda 44 nomdagi kitob nashrdan chiqdi Bosma nashrlarning “birinchi o‘quvchilari” Bu insonlarni Siz, muhtaram mushtariylarimizga tanishtirib o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak: har ikkisi ham “Samarqand” gazetasining eng faol mualliflaridan hisoblanadi. Ular nafaqat dolzarb mavzulardagi chiqishlari, balki, hamkorlikning har bir ko‘rinishi va yo‘nalishi bo‘yicha ham tahririyatning “o‘z odami”ga aylangan. Kasb bayramimiz munosabati bilan avvalo, har ikki ijodkorni ham chin dildan muborakbod etgan holda ularning ijodiy faoliyatiga bir nazar solishni lozim topdik. Ovsar, ahmoq, jinni... boshidagi milliy do‘ppi Xudoyberdi Komilovni ko‘pchilik ijodkorlar malakali pedagog, bolalar shoiri, yozuvchi, siyosiy sharhlovchi sifatida taniganiga — kashf etganiga ancha bo‘ldi. Matbuot orqali bugungi dunyoda sodir bo‘layotgan chalkash siyosiy voqea-hodisalar haqida fikr bildirmoq, xulo sala rini dadil bayon e tmoq Xudoyberdi Komilovga xos i jodiy m a h o ra t di r. B u g u n gi m u ra k k a b geosiyosiy sharoitda jahon miqyosida ro‘y berayotgan voqealarni aniq-tiniq, xolislik bilan baholash, ko‘pchilikka ma’qul bo‘ladigan fikr-mulohazalarni bildirish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Kasbi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan Xudoyberdi Komilovni siyosiy sharhlovchi sifatida salkam 30 yil avval kashf etgan edim. U kishidagi siyosiy tushuncha, ijodiy mahoratning salmog‘i juda keng. Avvalo, bilim va dunyoqarashning mushtarakligini men u kishining qiyofasida hamisha yangicha va o‘zgacha his etaman. Siyosiy maqolalarida xulosa va yechimlar aniq ko‘zga tashlanib turadi. Xudoyberdi aka nafaqat siyosiy sharhlovchi, shuningdek, adabiyotning keng qamrovli bilimdoni, ma’naviy, ma’rifiy hayotning mohirona kuzatuvchisi hamdir. Qaysi jabhada qanday muammo bo‘lsa, u kishining e’tiboridan chetda qolmaydi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, t a’limd agi mu amm ol a r a t r ofid a chuqur mulohazalar yuritadi. Natijada mavzuning o‘quvchigagina emas, ijodkormutaxassisga ham hali noma’lum bo‘lgan qirralari, sir-sinoatlari Xudoyberdi Komilovning mahorati bilan ochiladi. I jodko r bolala r adabiyo tining jonkuyarlaridan biri ekanligiga shubha yo‘q. Adabiyotning muhim jabhasi sifatida bolalar adabiyoti bugungi kunda anchagina muammolarga duch kelmoqda. Avvalo, bolalarbop asarlar taqchilligi ko‘zga tashlanmoqda . Negadir, Xudoyberdi Komilovdek bolalar adabiyotining jonkuyarlari safi torayib bormoqda. Quvonarlisi, ijodkor o‘z izlanishlari bilan bu kamchilikni to‘ldirmoqda. Quvondiq MAJIDIY EFIR “QIROLI” SIYOSIY HUSHYOR VA MA’NAVIY FAOL