The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-05-17 12:54:38

22-son

22-son

ISSN 2010-6734 № 22 (2483) 2023-yil 18-may, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Xabaringiz bor, mamlakatimizda joriy yilning 9-iyul kuni muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Saylov qonunchiligiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mamlakatimizda joriy yilning 10-may kunidan saylov kаmpaniyasi boshlangani e‘lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 10-maydagi qarori bilan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar reja ishlab chiqildi. Unga ko’ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta saylov okruglari tuzildi. Jumladan, viloyatimizda 7-Samarqand saylov okrugi tashkil etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar saylov komissiyalarining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakillarini tasdiqlab olishdi. O‘z muxbirimiz Hurmatli Reno-Basso xonim! Hurmatli Brunner janoblari! Xorijiy hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari! Xonimlar va janoblar! Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining bu yilgi yig‘ilishi qadimiy va betakror Samarqandda o‘tkazilayotganini biz mamlakatimizga, islohotlarimizga yuksak ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilamiz. O‘zbekistonga xush kelibsiz! Bugungi anjumanni o‘tkazish uchun aynan Samarqand shahri tanlangani chuqur ramziy ma’noga ega, deb o‘ylayman. Azalazaldan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan ushbu azim shahar Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni o‘zaro bog‘laydigan, Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnologik almashuvlar makoni bo‘lib xizmat qilgan. Bu zaminda turli sivilizatsiyalar o‘rtasida yuksak muloqot madaniyati shakllangani bilan biz doimo faxrlanib kelamiz. Dunyoning barcha mintaqalaridan 2500 dan ortiq mehmonlar ishtirok etayotgan bugungi anjuman ana shu ezgu an’analarni yangi bosqichda davom ettirib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ko‘prigini mustahkamlaydi, deb ishonaman. Tobora kuchayib borayotgan hozirgi geosiyosiy ziddiyatlar davrida bunday ochiq va yaqin muloqotlar, do‘stona aloqalarni yanada kengaytirish barcha mamlakatlar uchun albatta, nihoyatda zarur. Shu ma’noda, bugungi nufuzli anjumanning asosiy mavzusi “Barqarorlik uchun investitsiya”, deb belgilangani katta ahamiyatga egadir. Barchangiz ko‘rib turibsiz, global iqtisodiy muammolar tobora avj olmoqda. Iqlim o‘zgarishi va ekologik xatarlar kuchaymoqda, tabiiy resurslar esa kamayib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda bugungi va kelgusi avlodlar munosib hayot kechirishi uchun yangi texnologiya va loyihalarga ko‘proq investitsiyalar kiritish talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ushbu muhim anjuman davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi, iqtisodiyotlarimiz rivoji uchun sarmoyalarni yanada ko‘paytiradi, barcha a’zo mamlakatlar taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shadi. Aziz do‘stlar! O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bunday formatdagi yig‘ilishi roppa-rosa 20 yil oldin bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi anjumanda yangi mehmonlar bilan birga, avvalgi yig‘ilishda qatnashgan ishtirokchilarni ham ko‘rib turibman. Shu o‘rinda bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Olti yil muqaddam boshlagan qat’iy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgardi. Bugun siz, azizlarni mutlaqo yangi muhitda – dunyoga keng ochilayotgan, barcha sohalarda hamkorlik uchun tayyor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonda qabul qilayotganimizdan g‘oyat mamnunmiz. So‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishdik, deb ayta olamiz. Jumladan, inson huquqlarini amalda eng oliy qadriyat darajasida ta’minlash maqsadida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. So‘z va e’tiqod erkinligi, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha erishgan amaliy natijalarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ilk bor kambag‘allik mavjudligini tan oldik va uni qisqartirish uchun samarali tizim yaratdik. Bu tizim bilan davlat ko‘magiga muhtoj oilalar to‘liq qamrab olindi. Shu bilan birga, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud mustaqilligi va odil sudlov institutini mustahkamlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash borasidagi islohotlarni qat’iy davom ettiryapmiz. Aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan tizim – ma’muriy sudlar tashkil etildi. Jamiyatda korrupsiyaga murosasiz bo‘lish muhitini shakllantirish eng ustuvor vazifalarimizdan biriga aylandi. Xorijiy investor va hamkorlarimiz uzoq kutgan yengillik va imkoniyatlar iqtisodiy islohotlarimizda o‘z aksini topmoqda. Valyuta tizimi erkinlashtirilgani, tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha to‘siqlar olib tashlangani, 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilingani natijasida tashqi savdo aylanmasi ikki karra oshdi. Shu bilan birga, soliq yuki qariyb 2 barobar kamaygani, soliq ma’murchiligi soddalashgani, O‘zbekistonda mintaqamizdagi eng jozibador fiskal tizim shakllangani xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Islohotlarimizga ishonch ortgani tufayli yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi. Umuman, mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani natijasida tadbirkorlar soni 4 barobar oshdi. Eng muhimi – siyosiy va iqtisodiy islohotlarimizni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Yaqinda umumxalq referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizda islohotlarning ortga qaytmasligi va bardavom bo‘lishi qat’iy kafolatlandi. Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘zimiz tanlagan, uzoq muddatga mo‘ljallangan ochiqlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmasdan, yanada dadil oldinga boramiz. Birinchi. Mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investorlarga yanada qulay sharoitlar yaratishni yaxlit tizim asosida amalga oshiramiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi chet ellik sarmoyadorlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro manfaatli loyihalar va uzoq muddatli strategiyalarni birgalikda ishlab chiqishda hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘ladi. Hech shubhasiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birga tashkil etilgan ushbu muloqot platformasi biz uchun yangi tajribalar orttirishga xizmat qiladi va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, islohotlar jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga ko‘maklashadi. Investorlar qayerda bo‘lmasin, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tashkil etilgan “yagona darcha” orqali – 14 ta hudud, 208 ta tuman va shaharda hamda O‘zbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalarida ularga zarur ko‘mak va xizmatlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, yil yakunigacha xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchi. Biz tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat bozorlarini yanada erkinlashtirish siyosatini jadal davom ettiramiz. Jumladan, dunyodagi ishlab chiqarish zanjirlariga qo‘shilish maqsadida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun katta qadamlar tashladik. Ushbu yo‘nalishda bu yil salmoqli natijalarga erishamiz, deb ishonaman. Uchinchi. Ortiqcha byurokratiyani qisqartirish va korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilish bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning diqqat markazida bo‘ladi. Bu borada boshlangan ma’muriy islohotlarni izchil davom ettirib, inson va biznesga ko‘maklashadigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimini joriy etamiz. Hurmatli bank boshqaruvchilari! Bir fikrni ochiq aytishimiz kerak: islohotlarimizni amalga oshirish va hozirgi natijalarga erishishda xalqaro hamkorlarimizning ko‘magi biz uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bugun qat’iy ishonch bilan ayta olaman – O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish yo‘lida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bizning strategik hamkorimizga aylandi. Ayniqsa, bankning mamlakatimizdagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oshgani, shundan 3,3 milliard yevrolik loyihalar so‘nggi to‘rt yilda boshlangani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. O‘tgan yil yakuni bilan O‘zbekiston bankning beshta eng asosiy hamkorlari qatoriga kirdi. Yillik investitsiya hajmi bo‘yicha esa uning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes sherigiga aylandi. Eng muhimi, bank bilan xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi yondashuv va maqsadlarimiz ham uyg‘un va hamohangdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bank loyihalarida xususiy biznesning ulushi 55 foizga yetgani ham shundan dalolat beradi. Ayniqsa, bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lgan “yashil energiya”, ichimlik suvi, yo‘l-transport infratuzilmasi, ekologiya kabi sohalarda hamkorligimiz jadal rivojlanmoqda. Xususan, qayta tiklanadigan energiya sohasida bankning 600 million yevro mablag‘lari ishtirokida yirik loyihalarni boshladik. Bunday faol hamkorligimiz iqtisodiyotimizga boshqa xorijiy investorlarni jalb etishda ham “katalizator” bo‘lib xizmat qilmoqda. Fursatdan foydalanib, bizni qo‘llab kelayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbariyati, ayniqsa, bank prezidenti Reno-Basso xonimga, bankka a’zo davlatlar hukumatlari va boshqaruvchilariga, bank bilan hamkor tashkilotlar va investorlarga, biz bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirayotgan barcha bank xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Hurmatli do‘stlar! Biz bundan buyon ham islohotlarimizni davom ettirishda rivojlanish borasidagi xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikka tayanamiz. Birinchidan, biz mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda faqat va faqat xususiy sektorga tayanamiz. Shu bois, kelgusi taraqqiyotimiz xususiylashtirish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq ekanini yaxshi tushunamiz. Bu borada korxonalardagi davlat ulushlarini sotish, strategik kompaniyalar va yirik banklarning aksiyalarini ochiq savdoga chiqarish bo‘yicha yil boshida katta marralarni oldik. Xususan, ilk bor iqtisodiyotimiz uchun strategik ahamiyatga ega 40 ta korxona “IPO”ga olib chiqiladi. Ushbu yo‘nalishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan katta dasturni amalga oshiramiz. Birgina misol, mamlakatimizning eng yirik banklari – “Sanoat qurilish banki” va “Asaka banki”ni xususiylashtirish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan faol ish olib boryapmiz. Shu bilan birga, mamlakatimizning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, eng zamonaviy texnologiyalari bor investorlarni jalb etish bo‘yicha bank bilan alohida dasturni boshladik. Biz kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha oldimizga katta marralarni qo‘ydik. Ularga erishish uchun tadbirkorlarga yangiyangi imkoniyat va sharoitlar yaratamiz. Shu maqsadda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bank bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz. Ikkinchidan, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport, ekologiya kabi davlat ixtiyoridagi sohalarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish. Bu borada bank bilan mamlakatimizda ilk bor Namanganda ichimlik suvi tarmog‘ini boshqarish, Toshkent – Samarqand zamonaviy magistral avtomobil yo‘lini qurish loyihalarini boshlayapmiz. Salohiyati yuqori bo‘lgan turizm sohasida ham davlat-xususiy sheriklikni kengaytiramiz. O‘ylaymanki, sizlar Samarqandda bo‘lib, mamlakatimizning turizm borasida qanday katta istiqbolga ega ekanini o‘zingiz his qilib turibsiz. Umuman, mazkur anjuman doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilma, transport, energetika sohalarida 40 dan ortiq yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi. Ushbu loyihalar sizlarda katta qiziqish uyg‘otishiga ishonchim komil. Uchinchidan, “yashil iqtisodiyot”, ayniqsa, “yashil energiya” sohalarini jadal rivojlantirish. Biz 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 40 foizga yetkazishni reja qilganmiz. Bu borada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shu yilning o‘zida umumiy quvvati 1,2 gigaWatt bo‘lgan 3 ta yirik quyosh stansiyasi barpo etiladi. Shu bilan birga, bugungi anjuman bo‘lib o‘tayotgan ko‘hna Samarqand yaqinda bankning “yashil shaharlar” dasturiga kiritildi. Biz Nukus, Andijon, Buxoro va Namangan kabi shaharlarimizni ham ushbu dasturga kiritishda bankning ko‘magiga tayanamiz. To‘rtinchidan, biz Yangi O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bu borada bank bilan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan dasturlarimiz alohida e’tiborga sazovordir. Bunday loyihalarni keskin oshirish bo‘yicha bank bilan hamkorligimizni yanada kengaytiramiz. Beshinchidan, bank bilan birga ilg‘or agrotexnologiyalar, suvni tejash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yana ko‘plab yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz. Global oziq-ovqat taqchilligi bilan bog‘liq muammolar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bunday loyihalar bank uchun ham, investorlar uchun ham juda foydali bo‘ladi, deb hisoblayman. Hurmatli anjuman qatnashchilari! Biz Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirishni Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz. Mintaqa davlatlari rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va izchil sa’y-harakatimiz natijasida bugun Markaziy Osiyo yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikning yorqin namunasiga aylanib bormoqda. Jumladan, qo‘shnilarimiz bilan iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish maqsadida biz qo‘shma investitsiya fondlarini tashkil etdik, sanoat, energetika, transport va suv xo‘jaligida bir qator yirik loyihalarni boshladik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xorijiy hamkorlarimizni bunday mintaqaviy loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Muhtaram xonimlar va janoblar! So‘zimning yakunida yana bir fikrni alohida ta’kidlamoqchiman: bugungi xalqaro anjuman Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqish uchun tarixiy imkoniyat yaratmoqda. Samarqandga 71 ta mamlakat hukumatlari vakillari tashrif buyurgani ham ushbu davlatlar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni boshlashga katta turtki berishiga aminman. Bugungi “O‘zbekiston investitsiya taqdimoti”da mamlakatimiz biznes sohasida qanday katta imkoniyatlarga ega ekani atroflicha ko‘rsatib berildi. Bundan tashqari, anjuman doirasida bo‘lib o‘tadigan sessiya va uchrashuvlarda sizlarga yangi loyihalar batafsil taqdim qilinadi. Shu kunlarda an jumanning har bir ishtirokchisi O‘zbekistondagi yangi biznes yo‘nalishlarini o‘zi uchun kashf etishiga ishonaman. Shu bilan birga, yurtimizning qadimiy tarixi, betakror madaniy merosi, xalqimizga xos mehmondo‘stlik va ochiqko‘ngillik fazilatlari sizlarda unutilmas taassurotlar qoldiradi, deb o‘ylayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, faoliyatingizda katta yutuq va omadlar, anjuman ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman. E’tiboringiz uchun rahmat. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI BOSHQARUVCHILAR KENGASHI YIG‘ILISHIDAGI NUTQI 9 IYUL — PREZIDENT SAYLOVI KUNI S am a r q a n d d a y i l n i n g m u h im tadbirlaridan biri — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengash in ing 32-y i l l ik y ig ‘ i l ish i o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun kecha Samarqand shahrida bo‘ldi. Sammit ishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis, YTTB Boshqaruvchilar kengashi raisi Magnus Brunner, xorijiy hukumatlar, yetakchi transmilliy korporatsiyalar va sanoat xoldinglari, xalqaro moliya institutlari va banklarning rahbarlari hamda vakillari, shuningdek, dunyoning 71 ta mamlakatidan iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va innovatsiyalar sohasi ekspertlari va tahlilchilari, fuqarolik jamiyati faollari va jurnalistlar – jami 2,5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Shavkat Mirziyoyev olti yil muqaddam boshlangan qat’iy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgarib, dunyoga keng ochilayotgani, bugun Yangi O‘zbekiston barcha sohalarda hamkorlik uchun tayyorligini bildirdi. O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish yo‘lida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bizning strategik hamkorimizga aylandi. Ayniqsa, bankning mamlakatimizdagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oshgani, shundan 3,3 milliard yevrolik loyihalar so‘nggi to‘rt yilda boshlangani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi, - dedi davlatimiz rahbari. Mana uch yildirki, O‘zbekiston ushbu yetakchi moliyaviy institutdan jalb qilingan investitsiyalar hajmi bo‘yicha mintaqada yetakchilik qilmoqda. Bugungi kunda Bank loyihalarining portfeli 3 milliard yevrodan oshdi, unda xususiy sektorga investitsiyalar ulushi 55 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish, xalqaro savdoni rag‘batlantirish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, raqamlashtirishni jadallashtirish, moliyaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, “yashil” iqtisodiyot dasturini ilgari surish masalalari forumning markaziy mavzulari bo‘ldi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. DUNYO MOLIYACHILARI NIGOHI SAMARQANDDA


2 2023-yil 18-may, payshanba, № 22 (2483) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Xalq qabulxonasi "Mahallabay" ishlaydi Matbuot anjumani Deputat minbari Ko‘rgazma 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida barcha qatori ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz ham jiddiy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazishdi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlar, uylarning yerto’lasi va tom qismidagi muammolar ko’pqavatli uylarda yashovchi ko‘pchilikni tashvishga soldi. Aslida, bunday muammolar har yili, har mavsumda takrorlanishidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ushbu muhim muammoni bartaraf etishga qaratilgan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, shu asosda tizim faoliyatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan salkam uch yil avval qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni asosida qonunosti hujjatlar ishlab chiqildi. Yuqoridagi qonunga muvofiq bugungi kunda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini o‘z ichiga olgan boshqaruv kompaniyalari tashkil etildi. Shahrimizda mavjud bo‘lgan XUJMShlarining deyarli barchasi ana shunday boshqaruv shaklidagi kompaniyalar tasarrufiga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish mulkdorlarga xizmat ko’rsatishda sifat va samaradorlikni ham oshiradi. Xuddi shu maqsadda Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi uy-joylarni boshqarish tizimi ham o‘zgartirilib, ko‘p qavatli uylar tenderda g‘olib bo‘lgan “BIO-TEX-SERVIS” MCHJ tasarrufiga o‘tkazildi. Afsuski, MCHJ mulkdorlarga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatmadi. Oqibatda bu holat aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi. Yaqinda qo‘rg‘ondagi ko’pqavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi 10 ta XUJMSH raislari tomonidan boshqaruv kompaniyasi, XUJMSHlar hamda aholi o‘rtasida yuzaga kelgan muammolar haqida turli yuqori tashkilotlarga, huquq-tartibot organlariga shikoyatlar qilishdi. Xo‘sh, shikoyatchilarning maqsadi nima, degan savol tug‘iladi. XUJMSH rahbarlarining qayd etishicha, qo‘rg‘ondagi ko‘p qavatli uylarga shu paytgacha XUJMSHlar tomonidan xizmat ko‘rsatib kelingan. Endilikda esa ko‘rsatilgan xizmatlarning hisob-kitobi boshqaruv kompaniyasiga o‘tkazilishi munosabati bilan hisobkitob ishi o‘lda-jo‘lda bo‘lib qolgan. Bu muammoga aniqlik kiritish tegishli tashkilotlarning vazifasidir, albatta. Lekin hisob-kitob borasidagi mulkdor va XUJMSH o‘rtasidagi majburiy badal to‘lovi borasida jiddiy muammolar mavjud. Ayni paytda 600 ga yaqin ko‘p qavatli uylarga xizmat ko’rsatishni o‘z zimmasiga olgan “BIO-TEX-SERVIS” MCHJ rahbariyati tomonidan mulkdorlar oldidagi mas’uliyat mutlaqo unutilganligi ko‘zga tashlanmoqda. Uylarni joriy va to‘liq ta’mirlash, kommunal xizmat bilan bog‘liq tizimni yo‘lga qo‘yishda jiddiy muammolar mavjud. Suv bosgan yerto‘lalar va kuzgi-qishki mavsumda tomidan chakki o’tadigan uylar yo’q emas. Mulkdorlarga yashash uchun oddiy sharoit yaratishni o‘z zimmasiga olgan “BIO-TEX-SERVIS” MCHJ rahbarlari esa ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish haqida o‘ylayotgani yo‘q. Har yili ayni yoz paytida ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, aholi turar-joylarini qishki-kuzgi mavsumga tayyorlash yuzasidan hukumat tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari ham qabul qilinadi. Biroq bu hujjatlar ijrosi “BIO-TEX-SERVIS” MCHJ tomonidan yetarli darajada bajarilmayotganligi Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uylarda yashaydigan aholining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Xalqimizda: “Qish g‘amini yozda ye”, degan naql bor. Shu naqlni Kimyogarlar qo‘rg‘oni misolida qo‘llaydigan bo‘lsak, ko‘p qavatli uylardagi jiddiy muammolar ko‘z oldimizdan bir-bir o‘ta boshlaydi. Fikrimcha, bu muammolarni sanab o‘tishga hojat yo‘q. Ayniqsa, ushbu qo‘rg‘onda yashaydigan aholi bunday sinovlardan birinchi bor o‘tayotgani yo‘q. Bu yilgi yozda havo harorati keskin ko‘tarilishi, qishda esa haroratning tushib ketishini mutaxassislar bashorat qilishib barchamizdan mavsumga tayyor turishimiz haqida ogohlantirmoqda. Savol tugiladi: “BIO-TEX-SERVIS” MCHJ rahbariyati mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Hakim JO‘RAYEV, shahar Kengashi deputati To‘g‘ri tanlov — kelajak asosi Shahrimizda “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud 215 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 557 732 nafar aholi, 130 dan ortiq millat va ellat vakillari istiqomat qilishadi. 2023-yilning 4 oy davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Samarqand shahar aholisidan jami 6299 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatdan (2022-yil 7291 ta) 992 taga yoki 16 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. 1-sektordan 1677 ta, 2-sektordan 1156 ta, 3-sektordan 1840 ta, 4-sektordan 1626 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 958 ta murojaat takroriy bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatdan 258 taga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunga asosan, shaharda “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi, sektor rahbarlari va hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallalarda sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish reja grafiklari ishlab chiqildi. 2023-yilning 8-may kuniga qadar tasdiqlangan rejaga asosan jami 75 ta sayyor qabullar, shundan 1-sektor hududida 17 marotaba, 2-sektor hududida 19 marotaba, 3-sektor hududida 19 marotaba, 4-sektor hududida 20 marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sektor rahbarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida jami 73 ta sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazildi. Qabul jarayonlarida jami 1455 nafar fuqaro ishtirok etib, ulardan 501 ta turli masalalardagi murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 188 tasi mas’ul tashkilotlar tomonidan ijobiy hal etilgan, 56 nafar murojaatchiga huquqiy ma’lumot berilgan, 256 ta murojaat egasiga tegishli tartibda tushuntirishlar berilgan. Jumladan, murojaat qilgan 41 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 15 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlash va uni rivojlantirish uchun imtiyozli ravishda kredit olishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatilib, ularga jami 375 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Bund an t a shq a ri , s ay yo r q abul jarayonlarida 1200 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Sog‘lig‘ini tiklash maqsadida 7 nafar fuqaroga davolash muassasalariga yo‘llanmalar ajratildi. 14 nafar fuqaroga bepul dori-darmon berildi. Xuddi shuningdek, nogironligi bolgan fuqarolarning 7 nafariga nogironlik aravachasi, 9 nafariga eshitish moslamasi, 15 nafariga qo‘ltiqtayyoq olib berildi. 9 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy-himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari homiylar tomonidan ta’mirlanib, kerakli qurilish materiallari olib berildi. Buning uchun jami 84 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Bundan tashqari, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro’yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muxtoj 173 ta oilaga ko‘mak ko‘rsatildi, shundan 66 nafar fuqaroga o‘zinio‘zi band qilish maqsadida zaruriy asbobuskunalar, 15 nafar fuqaroga quyosh panellari, 102 nafar fuqaroga jami 122 mln 400 ming so‘m bo’lgan bir martalik moddiy yordam ajratildi. 55 nafar fuqaroga 11 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. Shahrimiz infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy soha obyektlaridan bo’lmish 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 4 ta oilaviy poliklinikaning binilarida ta’mirlashi ishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Kelgusida, Xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish, mahallalardagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish borasida mahallalarda o‘tkazilayotgan sayyor va ommaviy qabullar soni va sifatni yanada oshirishga e’tibor qaratiladi. Iroda ShANANOVA, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Aziz Ahrarovga “Darizanjir” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Muhammadiyeva tomonidan murojaat kelib tushdi. U o‘z murojaatida turmush o‘rtog‘i X. Xatamovning yuragi xasta ekanligini, uni davolash uchun zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazish lozimligini, bunga sarflanadigan xarajatlar 35 mln. so‘mni tashkil etishini ma’lum qilgan. Dilfuza Muhammadiyeva turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan 3 nafar farzandi bilan istiqomat qiladi. O‘zi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida hamshira bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i esa xastaligi sabab hech qayerda ishlamaydi. Bemorning yurak jarrohlik amaliyoti uchun talab qilinadigan mablag‘ni to‘lashga hozirda oilaning moliyaviy imkoniyati yetmaydi. Shu bois u turmush o‘rtog‘ining sog‘ligini tiklashda deputatdan amaliy yordam so‘ragan. Murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida deputat A. Ahrorov tomonidan zudlik bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Deputat so‘rovi yuborildi va soha mutaxassislari bilan maslahatlashildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati va mutaxassislar tomonidan Dilfuza Muhammadiyevaning murojaati tez fursatlarda o‘rganib chiqildi. Mahalla jamg‘armasining tegishli mablag‘lari hisobidan X. Xatamovning murakkab yurak jarrohlik amaliyoti Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiyamaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat mintaqaviy markazida tajribali kardioxirurglar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ayni paytda bemor markazning reanimatsiya bo‘limidan statsionar davolash palatasiga o‘tkazilgan. Bemor o‘zini juda yaxshi his qilayotganini xursandchilik bilan e’tirof etdi. — Avvalo, biz kabi bemorlarning sog‘ligini tiklash uchun shunday sharoitlar yaratib berganligi uchun davlatimiz rahbariga katta rahmat. – deydi biz bilan suhbatda bemor X.Xatamov. — Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati hamda deputatimiz Aziz Ahrarovga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Markaz vrach va hamshiralarining qo‘llari dard ko‘rmasin! sog‘ligimni tiklashim uchun chin dildan, mehr bilan parvarishlashyapti, baraka topishsin! Markaz direktori Xushnud Nizamovning ta’kidlashicha, Mahalla jamg‘armasidan markazga 1 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, bugungi kungacha ushbu mablag‘ hisobidan 30 nafardan ortiq bemorlarda murakkab yurak jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Qodir SHOYIMOV Samarqand shahridagi “Hunarmandlar” mahallasida shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganildi. O‘rganish natijalari 3-sektor rahbariyati, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida keng muhokama etilib, chora-tadbirlar belgilandi. — “Yoshlar daftari”da turuvchi 25 nafar yigit-qizdan 16 nafari bevosita uchrashuvda qatnashdi, — deydi shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘I D. Dovurov. — Ular sektor, mahalla va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Tadbir jarayonida yoshlar 3 toifaga ajratilib, ular bilan yakka tartibda, manzilli va aniq mezonlar asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Sohibjon SA’DULLAYEV “Matbuot uy i”da o ‘tkaz i lgan navbatdagi tadbirda jurnalistlar qurilish sohasida korrupsiyaga qarshi qanday kurashilayotgani haqida keng tushunchaga ega bo‘ldilar. Viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, viloyat bosh arxitektori Sayfiddin Narziqulov, boshqarma kompleans xizmati bosh mutaxassisi Xurshid Hakimov sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurash olib borilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Korrupsiyaga barham berish uchun davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari jalb etilishi natijasida bu borada olg‘a siljish ko‘zga tashlanmoqda. Viloyat qurilish boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan boshqarma hamda uning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, bu boradagi xavf-xatarlarni baholash uslubiyati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish nizomi, korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish reglamenti qabul qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlarning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil etish, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish sohada korrupsiyaga qarshi kurshaish tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda nizomlar qabul qilindi. Bu hujjatlarga asosan boshqarmada halollik siyosatini ta’minlash, xususan, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish maqsadida yuksak xulq-atvor talablariga muvofiqlik, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida korrupsiyaviy harakatlar sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilangan. Boshqarma boshlig‘ining yuqoridagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan davr mobaynida 6-marta korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik haqida ma’rifat soatlari o‘tkazildi. Boshqarmada korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va boshqarma rasmiy veb-sayt aloqa kanallari hamda ishonch telefoni tashkil etilgan. Korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga barham berish maqsadida o‘tgan davrda 26 ta vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilindi. 71 nafar talabgor — nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida nomzodning o‘zi, professional faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarindoshligi, aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar tekshirildi. Halol, sifatli, malaka va qobiliyatlarini namoyish etgan shaxslar bilan mehnat munosabatlari rasmiylashtirildi. Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi. Sarvara ABDURAHMONOVA “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar markazida “WORLD EDU 2023” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Umumta’lim maktablari bitiruvchilari va talaba yoshlar uchun oliy ta’lim dasturlari bilan tanishish, yurtimizdagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik rejasini belgilash, xorijiy universitetlarning filiallari, konsalting kompaniyalari, o‘quv markazlari, xalqaro imtihonlarni topshirish markazlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan ko‘rgazmaning afzallik tomoni unda biznes-dastur doirasida universitetlar vakillari qabul va ta’lim olish shartlari, shuningdek, abituriyentlarning ta’limni qisman va to‘liq moliyalashtirish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Oliy Majlis Senati a’zosi, SamDU rektori Rustam Xolmurodov va boshqalar yurtimiz oliy ta’lim sohasida keyingi yillardagi islohotlar jarayonini alohida e’tirof etishdi. Sohaga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatimiz yoshlarining oliy ta’limdagi qamrov darajasi keskin oshib borayotgani, ta’lim sifati ham jahon standartlari asosida tashkil etilayotganligini ta’kidlashdi. Ko‘rgazmada 50 dan ortiq yurtimiz va xorijiy davlatlar, xususan, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 13 ta oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, qo‘shimcha imkoniyatlar namoyish etildi. — Xalqimizda qadimdan bola parvarishiga, ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi, - deydi Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Shohista Samarova. – Ko‘pchilikka ma’lum, avvallari bola tug‘ilgandan beshikka solingan va to oyoqqa turib, harakatlanishni boshlaguncha beshikda yotgan. Beshik tagida ko‘rpacha ichiga tariq solingan. Buni ko‘pchilik o‘zicha sharhlaydi. Ammo, sohadagi tadqiqotlar davomida shuni isbotladikki, tariq bola immun tizimini mustahkamlash va turli virusli xastaliklardan himoya qilishda muhim vosita hisoblanar ekan. Shu bois, qadimdan ota-bobolarimiz yosh bola ko‘rpa-yostig‘iga tariq solishgan ekan. Bugungi kunda universitetimizda maktabgacha ta’lim va maktab ta’liimi uchun pedagog xodimlarni tayyorlashda bevosita ta’lim berish jarayonlari emas, sifatli ta’lim va ilmiy asoslangan uslublar uchun sharoitlar yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘rgazmada maktabgacha ta’limda innovatsion ta’limiy o‘yinlar majmuasi deb nomlangan maxsus ko‘rgazmali ishlanmalarimizni namoyish etayapmiz. Ushbu ko‘rgazmali vositalar universitetimizda tashkil qilingan bog‘cha-laboratoriyamizda sinovdan o‘tkazilib, ilmiy asoslangan va keyin tayyorlangan. Bular to‘liq tabiiy mahsulotlar bo‘lib, bolalar sog‘ligi uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Samaradorlik darajasi yuqori. Umuman olganda universitetimizning mavjud 31 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 22 850 nafardan ortiq bo‘lg‘usi pedagoglarining bugungi kun talabiga mos mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yoshlarga bor imkoniyatlarimizni namoyish etishga harakat qildik. Ko‘rgazmada oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyatlari bilan birga, xorijlik hamkorlari ishtirokida amalga oshirilayotgan dasturlari haqida ham batafsil ma’lumot berishdi. Xususan, Toshkent davlat Agrar universiteti Samarqand filialida ham xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Eng muhimi, bu yerda ta’lim olayotgan talabalar rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. — Ayni paytda muassasamizning 200 nafar bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari Germaniyaga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun jo‘nab ketish arafasida, — deydi Toshkent davlat Agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiologiya fakulteti dekani G‘ulom G‘aybullayev. – Bugungi kunda filialimizda ikki fakultetda 16 ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 14 ta’lim mutaxassisligida magistrlar tayyorlanmoqda. Bizda xorijlik hamkorlar bilan aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Germaniya, Koreya Respublikasi, AQSH, Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma loyihalarimiz juda ko‘p. Joriy yilning o‘zida Koreya Respublikasi bilan 4.5 million AQSH dollari qiymatidagi kartoshka urug‘chiligiga ixtisoslashgan invitro laboratoriyasi tashkil qilindi. Undan tashqari ikkita zamonaviy laboratoriya ishlab turibdi. Umuman olganda agrar sohada ta’lim olish niyatidagi yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, ko‘rgazmada ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari pedagogik jamoalarining takliflari ham samarqandlik yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. — Bugungi kunda bizda 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, — deydi Chimkent oliy pedagogika kolleji mas’ul xodimi Murtazo Abdurahmonov. – Muassasamizda 17 yo‘nalishda pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilgi sohaviy davlat attestatsiya va akkredatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shuningdek, “Cambridge Worldwide Academy” bilan ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu talabalarimizga xalqaro talablar darajasidagi diplom berish imkoniyatini yaratadi. Ko‘rgazma davomida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, grand dasturlar haqida o‘zbekistonlik yoshlarga to‘liq ma’lumot berishga harakat qildik. Ularda qiziqish yuqori bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar yaratilgan imkonyaitdan unumli foydalanib, bilim darajalari, qiziqsh va iqtidorlariga mos mutaxassisliklar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olishdi. — “WORLD EDU 2023” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi abituriyentlar uchun o‘ziga xos imkoniyat bo‘ldi, - deydi Samarqand davlat universiteti huzuridagi Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi 2-kurs talabasi Hayitbek Nasriddinov. – Chunki, ko‘pchilik bitiruvchilar vaqt oz qolgan bo‘lsa-da, hali bir qarorga kelmagan, maqsadini aniq belgilab olmagandi. Bugun mavjud oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyatlari, sharoitlarini namoyish etishdi. Bu hali tanlov qilishga qiynalayotgan tengdoshlarim uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. Men SamDU qoshidagi Oziqovqat xavfsizligi institutida o‘qish niyatidaman. Mazkur institutning o‘simliklar himoyasi va karantin yo‘nalishiga qiziqishim katta. Bugun boshqa oliy ta’lim muassasalaring ushbu yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlarni solishtirib ko‘rdim. Tanlovda yanglishmaganligimga amin bo‘ldim va tayyorgarlikni yanada kuchaytirishim lozimligini angladim. Ko‘rgazmada faqatgina oliy ta’lim emas, balki qisqa vaqt o‘qib, ishlash imkoniyati bo‘lgan yo‘nalishlar ham namoyish etildi. Jumladan, Samarqand shahridagi ilk restoratorlar akademiyasi — Gastro Expert restoran servis akademiyasi qisqa muddatli kurslarda bugungi kunda talab oshib borayotgan kasblar — ofitsiant, barmen, oshpaz, qandolatchi, xostes, qassoblik bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etdi. — Biz qisqa muddatli kurslarimiz orqali yoshlarga hunar o‘rganish va ishlash imkoniyatini ham yaratamiz, - deydi o‘quv muassasa ish yurituvchisi Anvar Sodiqov. – Chunki, o‘quv dastur ichida tashkilotimiz tizimidagi 12 restoranda ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etiladi. Kasbini puxta o‘zlashtirgan yoshlar bizda ishga joylashishi mumkin. Shuningdek, ayni paytda o‘zbek gastronomiyasiga bo‘lgan qiziqish xalqaro darajada ham ortib bormoqda. Xususan, akademiyamiz bilan Saudiya Arabistoni, Malayziya, Singapur va Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan restoranlar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan. O‘z kasbini mukammal o‘rgangan mutaxassislar rasmiy bitim asosida ushbu davlatlarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. “WORLD EDU — 2023” xalqaro ko‘rgazmasining forum doirasida ta’lim tizimiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq davra suhbatlari, muzokaralar tashkil etildi. Ularda “Xususiy bog‘cha/maktab/universitet va davlat bog‘cha/maktab/ universitet o‘rtasidagi farq nima? Qaysi tanlov to‘g‘ri?”, “Ta’lim va tarbiyaga zamonaviy yondashuvlar”, “Maktab formasi. Shaxsni rivojlantirish yoki qat’iy yondashuvmi?”, “Maktab o‘quvchilarining hayotdagi psixologik holati”, “Dunyoda ta’lim qanday ishlaydi — AQSH, Rossiya, Markaziy Osiyo tajribalari”, “Ta’lim tizimida IT va avtomatlashtirishning o‘rni” kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. A. ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Boshqaruv tizimi o‘zgardi SAYYOR VA OMMAVIY QABULLAR Ammo ishda natija bo’lmayapti Xalq bilan muloqotning muhim omili, muammolarning tezkor yechimi DARDGA DARMON BO‘LIB Deputat ko‘magida bemorda murakkab yurak jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi Qurilishda korrupsiya yo‘qmi? Yoshlar bilan uchrashuv


3 2023-yil 18-may, payshanba, № 22 (2483) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Dolzarb mavzu Seminar Ekologiya KABOB Atrof-muhit sofligi — insoniyat salomatligi Atrof-muhit sofligini saqlash, tabiat muhofazasi bugun insoniyat oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifani to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish yo‘lida qator muammolar borki, bugungi kunda ular har birimizning tabiat va hayvonot olamidagi kechiktirib bo‘lmas muammolarni hal etishimizni talab etadi. Havo musaffoligini, tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonot olamini saqlashdek bir qaraganda oddiy ko‘rinadigan, aslida ulkan murakkabliklarni o‘z ichiga olgan sohalar borki, tabiatga munosabatimizni butunlay qayta qurishimizni talab qilmoqda. Suv, yerosti boyliklari, o‘simlik va hayvonot olamining siz va biz yashaydigan zamondagi o‘rni alohidadir. Qaysidir hayvon, hasharot, ko‘zga ko‘rinmas mikromavjudodlar ham tabiatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ularning har biri tabiiy xilma-xillikni ta’minlashda, muvozanatni saqlashda o‘z o‘rniga egadir. Inspeksiyamiz tomonidan shaharda tabiat sofligi, havo musaffoligini saqlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar keng ko‘lamlidir. Odatda, viloyatga nisbatan taqqoslaydigan bo‘lsak, shahrimiz o‘zining bir kaftgina hududni egallashi bilan ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biroq, zamonaviy ishlab chiqarish, taraqqiyot ta’siri natijasida qishloq hududlariga nisbatan shaharlarda tabiatni asrash, uning asl holatini saqlash borasida bir necha o‘n baravar ko‘p nazorat o‘rnatish va amaliy tadbirlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Chunki, shahar tabiati inson omili ta’sirida juda katta muammolarni boshidan kechiradi. Bu muammolar oddiy havo yoki suvni muhofazalashdan to ko‘chat ekib, uni parvarishlashgacha bo‘lgan ko‘plab jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham shaharda tabiatni asrash va bu boradagi har bir tadbirni nazorat qilish dolzarb vazifaga aylangan. Ana shu talabdan kelib chiqqan holatda faoliyat yuritayotgan inspeksiyamiz jamoasi shahrimizning har bir burchagida tabiatning asl holatini saqlab qolish choralarini ko‘rmoqda. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda nazorat tadbirlari olib borilayapti. Aniqlangan kamchiliklarning aybdorlariga qonuniy choralar ko‘rilmoqda. O‘tgan yili tabiatni asrash borasidagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 496 nafar fuqaroga jami 425 million so‘mga yaqin jarima belgilandi. Bevosita 14 ta holatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 148 million so‘mni tashkil etdi. Tabiatga yetkazilgan zarar uchun 3 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi. Shahar havosini buzayotgan, qiyofasiga mos kelmagan salbiy ko‘rinish beruvchi chiqindi xon al a r mu ammo si tobo ra kuchaymoqda. O‘tgan yili chiqindini belgilanmagan joyga tashlaganligi uchun 311 nafar fuqaro jarimaga tortilgandi. Ayni paytda shahar hududida fuqarolarning o‘zboshimchaligi va tabiatni asrashga bepisandligi oqibatida 30 dan ortiq noqonuniy chiqindixonalar vujudga kelgan. Ana shu chiqindixonalardan o‘tgan yili 84 tonna qattiq maishiy chiqindilar olib chiqildi. Bu muammoni hal etish yuzasidan mahallalar, xonadonlar kesimida ham keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Afsuski, bunday tadbirlarning samarasi ko‘zga tashlanmayapti. Bir joydagi noqonuniy chiqindixona tugatilgach, ikkinchi joyda paydo bo‘lmoqda. Holbuki, “Maroqandobod” davlat unitar korxonasi tomonidan har kuni belgilangan vaqtda chiqindilarni xonadonlar eshigi tagidan olib ketish tizimi joriy etilgan. Shahardagi ariq va kollektorlarning umumiy uzunligi 73 kilometrdan ortiq. Biroq ularni tabiiy holatda saqlash imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. O‘tgan yili 42 kilometrdan ziyod ariq va kollektorlar tozalandi. Ariq va kollektorlarning birortasida ham muhofaza hududlari ajratilmagan. Bir ariq xonadonlar oralab oqsa, keyinchalik biror bir korxona yoki tashkilot hovlisidan o‘tadi. Afsuski, ariq bo‘yida uyi joylashgan xonadonlar sohiblari ham, shuningdek, korxonasi poyidan oqib o‘tadigan ariq bo‘yidagi tashkilot mutasaddilari ham uning tozaligini saqlash haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Birgina Hazrati Xizr bulog‘i oqib o‘tadigan hududni ko‘z oldimizga keltiraylik: uning yuqori qismida biroz muhofaza hududi mavjud. Lekin bu hudud o‘zining chiqindilar bosib ketganligi bilan kishida noxush taassurot uyg‘otadi. Uning keyingi oqimida tashkilotlar, xonadonlarning chiqindi va oqova suvlari qo‘shilishi oqibatida oqar suv foydalanish uchun mutlaqo zararli holatga kelgan. Uning atrofida yashaydigan aholi esa ariq sohilini chiqindixonaga aylantirib yuborishda davom etmoqda. Nafaqat ushbu ariq, boshqa ariq va kollektorlar atrofida ham qonuniy muhofaza hududlarini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. O‘simlik va hayvonot olamini, suv, tuproq va havo sofligini asrash oldimizda turgan eng muhim muammo ekan, uni bartaraf etishga ham har birimiz hissa qo‘shishimiz kerak. Feruz G‘ANIYEV, shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Shu yil qish faslida kuchli sovuq oqimning yurtimizga kirib kelishi natijasida mam lakat im izda e lektr energ iyas i yetishmovchiligi kuzatildi. Oqibatda elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik yangi, muqobil energiya manbalarini yaratish, xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tabiiy gaz, elektr energiyasi miqdorini qisqartirish muammoning hal etishning asosiy chorasi sifatida qabul qilmoqda. Aslida, aholi sonining oshib borayotganligi, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning oshishi, qurilish hajmining kengayishi ham energiyaga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Dunyo bo‘yicha sarflanayotgan elektr energiyasining 40 foizdan ko‘p qismi sanoat — ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi. Yurtimiz bu borada dunyoda 88-o‘rinni egallab turibdi. Kelgusida energiya ta’minotidagi uzilishlarga barham berish uchun nima qilish kerak, degan savol mutaxassislarni ham, iste’molchilarni ham o‘ylantirmoqda. Yangi elektr stansiyalari qurish, muqobil energiya resurslardan foydalanish bu muammoni hal etishning yechimidir, degan xulosalar ham yo‘q emas. Eng muhimi, mavjud energiya manbalaridan samarali va oqilona foydalanish tizimini yaratishimiz talab etiladi. Buning uchun mamlakatda energetika menejmentini keng joriy etish zarur. Energiya menejmenti energiya va energiya ishlab chiqarish tizimini rejalashtirish, ulardan foydalanish, energiyani taqsimlash va saqlashni o‘z ichiga oladi. Resurslarni tejash, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, xarajatlarni kamaytirishdan iborat muhim maqsadni ko‘zlaydi. Bugungi kunda energiya resurslari tanqisligi u yoki bu ko‘rinishda barcha davlatlarga ta’sir qilib, dunyo miqyosidagi muammolarga aylanmoqda. Energiya manbalariga bo‘lgan munosabatni o‘zgar tirishning , eng muhimi , uning tejamkorligini amalga oshirish uchun yuqori energiya sarfini kamaytirish zarur. Energiya samaradorligini oshirish, tejashning yana bir muhim sababi atrof-muhitning ifloslanishi, qazib olinayotgan uglevodorod yonilg‘isini yoqish paytida atmosferaga chiqadigan gazlar sayyoramiz ustida issiqxona paydo bo‘lishiga olib keladi. Energiyani boshqarish tizimi bu muammoni hal etishga imkon beradi, degan qarashlar, amaliy xulosalar ham yo‘q emas. ISO — xalqaro standartlar tashkiloti ham energiyadan samarali foydalanish yo‘lyo‘riqlarini ishlab chiqqan. Unga muvofiq energiya tizimlarini boshqarish, tejashni qo‘llabquvvatlash va takomillashtirish talablari ko‘zda tutiladi. Energiya samaradorligi, xavfsizligi va iste’moli ustidan samarali nazorat o‘rnatish mumkin. ISO standarti energiya tizimining samaradorligini oshirish uchun menejment va texnik sohalardagi harakatlar strategiyasini belgilaydi. Energiyani tejash va dunyoda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish ayni paytda barchaning diqqat markazida turgan dolzab muammodir. Sohada tejovchi texnologiyalar va qurilmalarning joriy etilishi energiya samaradorligini oshirishning bir yo‘nalishidir. Usmon ISMOILOV, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali mutaxassisi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi jamoasi hamda Lotin Amerikasi Purdiye universiteti dotsenti Ariana Tores hamkorligida “Kovid—19”dan keyin dunyoda rivojlanayotgan iste’molchilar va sanoat tendensiyalari” mavzuida seminar tashkil etildi. Unda pandemiyadan keyin sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahvoli haqida mulohazalar bildirildi. Ariana Tores talabalarga hozirgi davrda to‘g‘ri iste’molchi bo‘lish, qanday qilib mahsulotni tanlash, rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. SamDTU Tillar kafedrasi mudiri S. Yorova sog‘lom turmush tarzining har bir shaxs hayotiga daxldorligi, jumladan, ovqatlanishning 8 ta bosqichlari xususida qiziqarli ma’lumot berdi. Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari oziqovqatning ozuqaviy va terapevtik qiymati haqida taqdimotlar namoyish etishdi. Sitora JABBOROVA, SamDTU Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Bedavo kasa l l ik — ortt ir i lgan immunitet tanqisligi sindromi salkam yarim asr mobaynida butun olamga keng tarqaldi. Bugungi kunda kasallik aholining barcha qatlamlarida uchramoqda. Ayniqsa, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning ham ushbu kasallikka duchor bo‘layotganligi butun dunyoni tashvishga solmoqda. Yoshlarni bu balodan saqlash maqsadida hukumat miqyosida keng ko‘lamli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilayapti. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tadbirlar bu borada yoshlar uyushqoqligini oshirishga xizmat qiladi. Konsepsiyaning asosiy maqsadi aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida OITS infeksiyasi tarqalishining oldini olishdir. Xo‘sh, buning uchun dastlabki tadbirni qanday boshlash kerak? Kasallik tarqalishining oldini olishda aholini keng ko‘lamda xabardor qilish, targ‘ibot ishlarini olib borish talab etiladi. Yoshlar orasida tibbiy madaniyatni oshirish, faol yoshlarni kasallik infeksiyasi haqida ma’lumotlardan xabardor qilish, ularni o‘qitish ko‘zda tutilgan. Xabardorlikni oshirish infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan giyohvandlar, intim xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar va nolegal mehnat migrantlari orasida kasallik tarqalishining birmuncha kamayishiga sabab bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda xorijdan qaytgan migrantlar orasida infeksiya bilan zararlanish ko‘rsatkichi oshayotganligi sababli ularni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, OITSga qarshi tekshirish, ularning oila a’zolari o‘rtasida ham tushuntirishtarg‘ibot ishlarini tashkil etishda yoshlar faolligidan samarali foydalanish talab qilinadi. Ma’lumot olish imkoniyati cheklanganlar ya’ni, til bilmaslik, hududning olisligi, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga axborot tarqatishning va targ‘ibot ishlari olib borish uchun maxsus usullardan foydalanish zarur. Bunda OITS kasalligini yuqtirgan bemorlarga nisbatan bag‘rikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish, mahalliy urf-odat va milliy an’analardan kelib chiqqan holda profilaktik tadbirlarga bemorlarni jalb etish ham ularga nisbatan kamsitilishni kamaytiradi. Bugungi yoshlar telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘proq ma’lumot olishini nazarda tutgan holda internet tarmog‘ida kasallik xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida saytlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ham yoshlar faolligidan foydalanish kutilgan samarani beradi. Kasallik profilaktikasiga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklarni efirga muntazam ravishda uzatish, gavjum joylarda ularni namoyish etishning ham ahamiyati kattadir. Bu tadbirlarga yoshlar ishtirokidagi “Salomatlik volontyorlari” harakatini yo‘lga qo‘yish ham samarali usullardan biri hisoblanadi. Infeksiya keng tarqalishiga sabab bo‘layotgan omillarni muntazam ravishda o‘rganib, natijasiga ko‘ra profilaktik tadbirlarni o‘tkazish talab qilinadi. Bugungi kunda OITSga qarshi kurash tadbirlarida konsepsiya talablariga qat’iy amal qilinmoqda. Zero, kasallik infeksiyasi yoshlar hamda millat kelajagiga, ularning xavfsizligiga tahdid solishining oldini olish, kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda davlat, uning tashkilotlari bilan bir qatorda barcha fuqarolar ham mas’ul va javobgardir. D. ALLAZOVA, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi poliklinika bo‘limi boshlig‘i. F. RUSTAMOVA, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrach-epidemiologi Kabobxonada xizmatchi yangi pishgan kaboblarni olib kelarkan, yonimdagi stolda o‘tirgan yigit piq-piq yig‘lay boshladi. E’tibor bermaslikka harakat qildim. Koronao‘lim mavsumi. Har kuni kimningdir yaqini vafot etyapti. Yigit birdan yig‘lab yubordi. Asta oldiga o‘tib uni yupatishga urindim: — Bandalik ekan, Alloh sabr bersin! Yaqiningizni yo‘qotdingizmi? Yigit yig‘i aralash: — Yo‘qotganimga to‘rt yil bo‘ldi, aka... Hech bu yerga kelmas edim. Bugun qornim ochib kirgandim, — dedi. Yigitga men ham 3 yil burun onamni yo‘qotganimni, qanday qiyin kunlar bo‘lganini gapirib, uni biroz ovutishga harakat qildim. Lekin yigitning azobi menikidan ko‘proq edi: “Aka, besh yil avval onam og‘ir dardga chalindilar. U paytlar mening qo‘lim juda kalta edi. Bor-budimni sotib bo‘lsa-da, onamni doktorga qaratdim. Qarzga botdim. Tanishlardan yana pul so‘rashga uyalardim, o‘zim topgan pul onamni davolashga ketardi. Onamning ahvoli tobora og‘irlashib borar, men esa bundan juda ezilardim. Onam ovqat yeyolmay qoldi. Amallab, suyuqlik ichkizib turdik. Bir haftalar hech narsa yemagan onam bir kun o‘zlarini juda yaxshi his qildilarda meni sizlab: ”O‘g‘lim, shashlik yegim kelyapti. Olib kelib bermaysizmi?“ deb qoldilar. Xursand bo‘lib, ko‘chaga otildim. Ammo... cho‘ntagimda bir so‘m ham pul yo‘q edi. Yugurgancha yaqin do‘stimning uyiga bordim. Darvozasi yonida ”Tez tibbiy yordam“ mashinasi turgan ekan. Indamaygina o‘tib ketdim. Ko‘z o‘ngimdan pul olish mumkin bo‘lgan tanishlarim bir-bir o‘tdi. Ko‘pidan qarzim bor, hammaning muammosi o‘ziga yetarli. Boshim g‘uvullab og‘rir, chorasizlikdan alamim ichimda edi. ”O‘g‘limga nega yangi poyafzal olib berdim. Eskisini yamab kiysa bo‘lardi-ku. Xotinimning nikoh uzugini nega sotmadim? Uyning yarmini sotsam bo‘lardi-ku?“ O‘zim o‘zimni qattiq so‘roq qilardim. Ko‘zimga onamning tabassumi-yu, “shashlik” deganlaridan boshqa hech narsa ko‘rinmas, boshimni changallaganimcha, qayoqqa ketayotganimni ham bilmas edim. Shu paytgacha yigit bo‘lib, hech yig‘lamagandim. Shu payt negadir, xo‘rligim kelib yig‘ladim. Bir vaqt qarasam, mana shu kabobxonaga yaqinlashib qolibman. Shunda bir begona yigit keldi-da, ”yuring, birodar“ dedi. Nima bo‘lganini ham so‘ramadi. Ikkita nonning orasida 4 ta kabobni bostirdi-da, qo‘limga tutqizdi. Xursand bo‘lganimdan kabobni olibmanu, uyga qarab yuguribman. Yigitga rahmat aytishni ham unutibman. Onam ham xursand bo‘ldilar. Qiyma kabobning bittasidan uch bo‘lakni ishtaha bilan yedilar. ”Rahmat o‘g‘lim, endi ozgina uxlab olaman“ dedilar. Bir hafta uxlamaganmiz, xursand bo‘lib biz ham uxlab qolibmiz. Tushimga kunduz kuni bo‘lgan voqealar kirdi. Yuguraman, yuguraman, tezroq onamga yetkazsam degan joyimda uyg‘onib ketdim. Qarasam, onam omonatini topshirish holatidalar. Birozdan so‘ng jon berdilar... ...Ancha paytdan keyin bu yerga kelib, o‘sha kungi voqea yodimga tushdi. Qarzlarimdan qutuldim. Bugun hamma narsam bor, aka, lekin onam yo‘q...” Yigitning hikoyasi shu yerda tugadi. Azizlar, onangiz tirikligi siz uchun katta imkoniyat. Uni qo‘ldan boy bermang! O‘zimiz tansiq-tansiq taomlar yeymiz. Kazo-kazolar bilan choyxona, restoranlarda o‘tiramiz. Onamiz-chi? Undan nima yemoqchisiz, qayerga oboray, deb qachon so‘radik? Bugunoq so‘rang. Ertaga kech bo‘lmasin! Davronbek TOJIALIYEV Energiya tejamkorligi Pandemiyadan keyin muammolar yechimi Salomatlik — tuman boylik Turmush chorrahalarida Qutlov OITSsiz kelajak Tabiatni asrashga barcha mas’ul Milliy jurnalistikamizning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Obloqul Usmonqulov umr pillapoyasining 85-pog‘onasiga qadam qo‘ydi. Ijodiy faoliyati mobaynida “Zarafshon” gazetasi, viloyat teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston radiosining viloyatdagi muxbiri sifatida samarali mehnat qildi, o‘zining keng ijodiy imkoniyatlari bilan ko‘zga tashlangan Obloqul Usmonqulov bugungi kunda ham ijod olamidan uzoqlashgani yo‘q. Faxriy jurnalist viloyat va shahar gazetalari, viloyat teleradiokompaniyasiga tez-tez tashrif buyurib, hamkasblarini, ayniqsa yoshlarni ijodiy ruhlantirib turadi. Yoshlardan o‘zining beminnat maslahatlarini ayamaydi. Tahririyatimiz jamoasi mehribon ustoz, faxriy jurnalist Obloqul Usmonqulovni qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi. Ustozga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy bardavomlik tilaymiz. “Samarqand” gazetasi jamoasi 85 yoshingiz muborak bo‘lsin ustoz!


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 265 Adadi: 3 485 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 18-may, payshanba, № 22 (2483) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Qog‘ozgarlik — boqiy hunar Sport Siyosiy sharh Ustozlar bellashishdi Dunyodagi vaziyat kundan-kunga shunchalik tez o‘zgarib bormoqdaki, kechagi gap bugunga to‘g‘ri kelmay qo lyapt i . Agar yod ing izda bo ‘ lsa , muqaddam chop etilgan maqolalarmizdan birida Xitoy Xalq respublikasining xalqaro siyosat bobida betaraflik tutumida qat’iy turganligi haqida to‘xtalgan edik. Bugun yana shu mavzuga qaytishga to‘g‘ri kelayapti. Nega desangiz, rais Si Zinpin shaxsan o‘zi Ukraina prezidenti Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Xitoy tomoni Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi va bu borada Ukraina bilan birdam ekanligini izhor qildi. Yaqinda BMTda Rossiyani bosqinchi mamlakat, deb tan olish haqidagi rezolyutsiyaga ham Xitoy vakili Ukrainani yoqlab ovoz berdi. Umuman, keyingi vaqtda ushbu masala bo‘yicha Moskva uchun xalqaro miqyosda katta muammolar paydo bo‘lmoqda. Masalan, Rossiya tomoni Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni ko‘pi bilan bir oy ichida yakunlashni rejalashtirgan edi. Bultur 18-mart kuni Kiyevda, 9-may kuni Moskvada tantanali g‘alaba paradi o‘tkazilishi mo‘ljallangandi. Voqealarning keyingi oqimi bu rejalarning barchasini puchga chiqardi. Aksincha, ukrainaliklar rus armiyasiga qattiq qarshilik ko‘rsatib, hatto, ular bosib olgan ko‘pgina shahar va qishloqlarni ozod qilishdi. Biroq bu harbiy harakatlar hali-beri tugamaydiganga o‘xshab boryapti. Urush 2023-yildan keyin ham uzoq davom etadi, deb yozadi “Ruyters” axborot agentligi. Nashrning qayd etishicha, Rossiya Donetsk viloyatini egallashi dargumon. Chunki bu taktika Moskvaning harbiy rejalarini barbod qilishi mumkin bo‘lgan kuch va o‘q-dorilarni yo‘qotishga olib keldi. Aynan shu holat uzoq davom etadigan urushni keltirib chiqaradi. Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya ham, Ukraina ham jangni uzoq muddat davom ettirishi mumkin. Bunda Rossiyaning ichki imkoniyatlari yetarli omil bo‘lsa, Ukraina tomonida butun bir G‘arb dunyosi turganligini e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Haqiqa tan ham mana , bi r yildirki, qonli janglarning nihoyasi ko‘rinmayapti. Shu davr ichida kim nimaga erishdi, degan haqli savol paydo bo‘ladi. Rossiya tomoni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishdimi? Bizning fikrimizcha, mutlaqo teskarisi kelib chiqdi. Aytaylik, Ukrainani qurolsizlantirishga bo‘lgan urinish uning zamonaviy harbiy texnika bilan qayta qurollanishiga sabab bo‘ldi. Rus hukmronligini o‘rnatish esa nafaqat Ukraina, balki dunyo miqyosida kuchli rusofobiyaning shakllanishiga sabab bo‘ldi. NATOni chegaralardan nariroqqa surishga intilish Finlandiya hisobiga yana bir necha yuz kilometrga yaqinlastirdi. Endi NATO raketalari Rossiya chegarasiga 20 soniyada yetib keladigan bo‘ldi. Xavfli sarhadlar yana 1300 kilometrga uzaydi. Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi ittifoqning 74 yillik tarixida eng tez sodir etilgan jarayon bo‘ldi. Yana buning ustiga Shvetsiya ham Shimoliy Atlantika harbiy tashkilotiga qo‘shilgudek bo‘lsa, bu Rossiya uchun juda katta noxushlik bo‘lishi aniq. Buning ma’nosi shuki, Boltiq dengizi NATO uchun ichki bir hududga aylanib qoladi. Oxirgi voqealarning eng yomon oqibati: Rossiya G‘arb tamadduni va iqtisodiyotidan uzilib qoldi. Bir vaqtlar sho‘ro rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan bog‘langan iqtisodiy rishtalar tamomila uzib tashlandi. Oqibatda, Moskva tashqi dunyodan uzilib, yakkalanib qoldi. G‘arb mamlakatlari tomonidan joriy etilayotgan siyosiy-iqtisodiy cheklovlar oxiroqibat yaxshilikka olib kelmasligi kundan-kunda ayon bo‘lib bormoqda. Gap Finlandiya haqida ketar ekan, bir vaqtlar G‘arb mamlakatlari Moskvaga Ukrainani “finlandlashtirish”ni taklif qilishgan edi. Buning ma’nosi: Rossiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshilik qilmasligi va buning evaziga u betaraf mamlakat shaklida Yevropa bilan Rossiya o‘rtasida bufer davlatga aylanishi lozim edi. Ammo bunga Kreml tish-tirnog‘i bilan qarshi turdi, Kiyevni G‘arb tomon qilgan har bir harakatiga qaqshatqich zarbalar berdi. Buning eng yuqori cho‘qqisi Qrim yarim orolini Ukrainadan tortib olinishi bo‘ldi. Endigi oqibat shuki, Finlandiya “ukrainlashib”, betaraf davlat maqomini batamom yo‘qotib, Moskva uchun dushman mamlakatga aylandi. Bundan kim yutdi-yu kim yutqazganligini bilib olish qiyin emas. “G‘alabaning otasi ko‘p, mag‘lubiyat – g‘irt yetim”, degan ibratomuz naql bor. Shu ma’noda, xitoylik pragmatic siyosatdonlar ham o‘z manfaatlarini taroziga qo‘yib, oxiri oqilona yo‘lni tanlashdi. Yaqinda BMTdagi siyosiy tadbirda Xitoy Rossiyani bosqinchi davlat deya baholab ovoz berdi. Bu borada unga Braziliya va Hindiston singari yirik davlatlar ham qo‘shilishdi. Eng qizig‘i shundaki, Qozog‘iston va Armaniston kabi yaqin ittifoqchilar ham Rossiyani bosqinchi mamlakat sifatida tan olishdi. Bu borada Xitoy tomonini tushunish mumkin. Nega deganda, Pekin minglab, balki millionlab iqtisodiy rishtalar bilan G‘arb dunyosiga bog‘lanib qolgan. Bunda AQSh bilan, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarning buzilishi Xitoy iqtisodiyotini halokat yoqasiga olib kelishi mumkin. Rossiya esa Xitoy iqtisodiy hayotida deyarli muhim ahamiyatga ega emas. Shaxmat o‘yinida gambit, deb atalgan holat bo‘ladi. Bunda o’yin boshlayotgan shaxmatchi kelgusida bo‘ladigan g‘alaba umidida bir necha qimmatli figuralarini qurbon qilib yuboradi. Bu xildagi o‘yin usuli Xitoy tarixida bir necha marta kuzatilgan. Aytaylik, “katta sakrash” va “madaniy inqilob” muvaffaqiyatsiz tugaganidan keyin marksistik ta’limotdan amalda voz kechgan xitoylik kommunistlar AQSh boshliq G‘arb dunyosi bilan yaqinlashuv yo‘lini tutishgandi. Bugun ham ular kelgusi muvaffaqiyatlar uchun “abadiy do‘st”lari bo‘lgan Putin Rossiyasi siyosatiga teskari harakat boshladilar. Garchand, bunda umumiy o‘zaro strategik hamkorlik barqaror turgandek tuyulsa-da, Pekinning keyingi gambit yurishi Moskvani qattiq ranjitdi. Bugun dunyo afkor ommasini Ukrainadagi bu xunrezlik urushi qachon tugarkin, degan mushkul savol qattiq o‘ylantirmoqda. Menimcha, bu boradagi undan ham mushkulroq savol: ushbu urushdan keyin dunyo manzarasi qanday bo‘larkin? Nega desangiz, Xitoyning kuchayib borayotgan ta’sir doirasida kelajak dunyoning qiyofasi o‘ta mavhumligicha qolmoqda. To urushdan keyingi dunyoning shakl-shamoyili aniqlanmagunicha, jang tugamasa kerak. Chunki, avval ham aytib o‘tganimizdek, bu muhoraba, shunchaki mahalliy urush emas, balki, ikki dunyo, ikki dunyoqarashlar to‘qnashuvidir. Bu urush shuning uchun ham olamshumulki, unda o‘nlab mohir o‘yinchilar dona surishmoqda. Jahonning keyingi asrgacha siyosiy qiyofasi qanday bo‘lishi ana shu janglarning natijasiga bog‘liq. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi XITOYCHA "GAMBIT" Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri – Buyuk ipak yo‘li bo‘lib, u asrlar davomida tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamaddunida keskin burilish yasadi, mislsiz kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu savdo yo‘llarida Xitoy chinni va shoyisi hamda hind ziravorlari qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin ming yilligiga qadar Samarqand qog‘ozi ham Buyuk ipak yo‘lida eng ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylandi. 751-yilning iyul oyida Toraz shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari Markaziy Osiyoga bostirib kirdi. O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z qo‘shinini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida hunarmandlikdan xabardor xitoylik asirlar mahalliy hunarmandlarga qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi. Asta-sekin Samarqand qog‘ozi butun Sharq va G‘arb bozorlarini egalladi. Ushbu mahsulotning VIII asrdan XIX asrga qadar nafaqat Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina davlatlariga ham dong‘i ketgandi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. IX-X asrlarga kelib, ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi.Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Jumladan, oq rangli «Samarqand sulton qog‘ozi» o‘zining yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib tursa, «Samarqand shoyi qog‘ozi» sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och sariq – novvot rangda edi. «Mir Ibragimi» qog‘oz turi yuzida oq rangdagi dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop» turi esa ipak qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. Asrlar davomida shaharning Siyob anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod qilgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd etib o‘tish lozim. Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari Buyuk Ipak yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi bo‘lgan. Samarqand qog‘ozi haqida temuriyzoda hukmdor, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida shunday deydi: «Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddin chiqadi, Juvozi qog‘ozlar suyi tomon Konigildin keladur, Konigil Siyob yoqosidadurkim, bu suvni Obi rahmat ham der edilar». Fors tarixchisi Abu Mansur Saalibining (X asr) ta’kidlashicha, Samarqand qog‘ozi sifat jihatidan Misrning pergamentidan yer bilan osmoncha farq qilgan. Sharqning mashhur kalligrafi Sultonali Mashhadiy (XV – XVI asrlar) faqatgina Samarqand qog‘ozida ijod qilishni tavsiya etgan: «Samarqand qog‘ozi juda ham yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat juda ravon va go‘zal chiqadi…». O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengriyalik buyuk sharqshunos va tilshunos olim A. Vamberi 1863-yilda Samarqandga tashrif buyurganida, Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: «Buxoro va Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan». XX asr boshida O‘zbekistonda yashagan va tarixiy obidalarni topish yo‘lida qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V. Vyatkinning ta’kidlashicha: «Samarqand dunyoning turli davlatlariga ko‘p miqdorda yetkazib beradigan noyob qog‘ozi bilan mashhurdir». Amir Temur hukmronligi davrida (XIV-XV asrlar) qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. XVIII asrning boshiga qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari – Qo‘qon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ushbu hunarmandchilik keng tarqalgan. Temuriylar hukmronligi qulagach, mahalliy hukmdorlararo jangu jadallar kuchayib, yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina hunarmandlik turlari Samarqandda yo‘qolib, aksariyat hunarmandlar tinch vohalarga, jumladan, Qo‘qon shahriga (Qog‘ozgar va Chorku qishloqlari) ko‘chib ketishdi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi. 1995-yilda Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘tkazilgan «Tarixiy yodgorliklarni saqlash» mavzusidagi YuNESKOning xalqaro konferensiyasida asosiy e’tibor yo‘qolib borayotgan qadimiy xalq hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va shaharlardan ishtirok etgan usta hunarmandlar qatorida samarqandlik Zarif Muxtorov ham olamga dong taratgan va asrlar davomida yo‘qolish arafasida turgan Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan qatnashdi. Tarixiy qo‘lyozma va kutubxonalardagi qadimiy manbalarni o‘rganib, uzoq izlanishlar olib borganidan so‘ng, turli rivojlangan mamlakatlarda qog‘oz ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqqan hunarmandlar sulolasining davomchisi Zarif Muxtorov bu amaliy san’at turini o‘z xonadonida qayta tiklash harakatiga tushdi. 1995-yildan 2002-yilga qadar o‘tkazilgan sinov-tajribalardan so‘ng Zarif Muxtorov Samarqand qog‘ozi yaratilishi sirsinoatlarini to‘la o‘zlashtirib, Konigil qishlog‘ining Siyob anhori oqib o‘tadigan eng so‘lim go‘shasida hukumatimiz, YuNESKO va Yaponiyaning «JEIKA» xalqaro agentligi ko‘magida «KonigilMeros» qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga asos soldi. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan, mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida «Balx tuti», deb, ataladigan tut navi po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda. Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va quvonchli damlari bor. Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida Balx tuti novdalari bir necha kun suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloq qismi qozonda 5-6 soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi. Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir silliq joyga yopishtiriladi. Yakunlov jarayonida har bir qog‘oz silliq marmar tosh ustiga qo‘yiladi va chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi. Mashaqqatli qo‘l mehnatini talab qiladigan bunday qog‘oz ishlab chiqarish fan-texnika rivojlangan hozirgi davrda kerakmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va dunyoning turli mamlakatlariga karvonlar orqali yetkazib turilgan Samarqand qog‘ozi bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Samarqand qog‘ozi noyob mahsulot sifatida bugungi kunda nafaqat o‘zbekistonlik miniatyurachi rassom va kalligraflar uchun qo‘l kelmoqda, balki undan mamlakatimizdagi va hatto Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda. Hozirgi kunda «Konigil-Meros» hunarmandchilik dargohida Zarif Muxtorov boshchiligida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shaharning bir chetida joylashgan bu hunarmandlik markazi milliy qadriyatlarimiz e’zozi sifatida qadimiy Samarqand qog‘ozlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ajdodlarimizning bundan ming yillar ilgari ham o‘z hunar va san’atlarini dunyoga ko‘z-ko‘z qilganliklarini isbotladilar. Bu esa maqtovga arzigulik sa’yi-harakatlardir va Samarqandga keladigan har bir chet ellik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Oybek OSTANOV tayyorladi. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand sportning triatlon turi bo‘yicha yirik musobaqaga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 9—11-iyun kunlari ko‘hna shaharning tarixiy maskanlari va zamonaviy ob'yektlarini bog‘lovchi yo‘nalishlar bo‘ylab triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi hamda Markaziy Osiyo chempionati, Paratriatlon bo‘yicha Osiyo chempionati, shuningdek professionallar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va viloyat hokimligining tashabbusi bilan tashkil etilayotgan nufuzli musobaqalarning asosiy bellashuvlari eshkak eshish kanali va uning tutash hududida o‘tkaziladi. Bugungi kunda sport tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Samarqandda ilk bor tashkil etilayotgan xalqaro triatlon musobaqasida sportchilar 1500 metr masofaga suzish, 43 kilometr masofaga velopoyga va 10 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro bahslarga kirishadi. Xalqaro musobaqani o‘tkazish bo‘yicha muntazam ravishda ma’lumot berib boriladi. Tashkiliy qo‘mita SAMARQAND QOG‘OZI Xalqaro triatlon musobaqasi o‘tkaziladi 2 0 2 2— 2 0 2 6 -y i l la rga mo ‘ l ja l la nga n Ya ng i O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalardan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ta’lim muassasalari xodimlarini spolrtga keng jalb etish ham o‘rin olgan. O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi ijroiya qo‘mitasi hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. 13 va 33-umumiy o‘rta ta’lim maktablari sport bazasida tashkil etilgan musobaqada 24 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashishdi. O‘z safiga 200 nafardan ortiq xodimlarni birlashtirgan jamoalar orasida 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mahoratli ustoz-sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Keyingi o‘rinlarni 29, 64 va 28- umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari egallashdi. G‘olib va sovrindor jamoalarga musobaqa tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi. B. MAHMADQULOV, O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi shahar bo‘linmasi kengashi mutaxassisi


Click to View FlipBook Version