The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2024-03-13 10:45:29

Samarqand 11-son

Samarqand 11-son

Vatan, el manfaati muqaddasdir! Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz S ISSN 2010-6734 2024-yil 14-mart, payshanba № 11 (2524) Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”ga amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida strategiyada belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni joriy yilda samarali amalga oshirish dasturlari belgilab berildi. IMKONIYAT, SHAROIT, IMTIYOZLAR — YOSHLAR UCHUN Amaldagi yilning 1-martidan boshlab alohida ishlash talab qilinadigan, iste’dodli va iqtidorli yoshlar bilan bevosita mahallalarda ishlash tizimi yanada takomillashtiriladi. “Yoshlar balansi” asosida vazirliklar, idoralar, hokimliklar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga bu toifadagi yoshlar biriktiriladi. Bunda har bir mas’ul xodim yoshlar bilan uchrashib, muammolarini hal etishi, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb-hunarga o‘qitish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, muhimi, huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashishi belgilandi. Ayni paytda amalda bo‘lgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga muvofiq 1-martdan boshlab mahalla, ta’lim maskani, mehnat jamoalarida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m bo‘lgan “Ibrat farzandlari” xorijiy tillar bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkaziladi. Kasblar tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar jihozlangan ustaxonalar bilan ta’minlanadi. Sarfxarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Ekologiya sog‘lom tu rmu shni targ‘ib qilish uchun 100 ta volontyorlik loyihalarining dastlabki bosqichida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha mablag‘ni tanlov asosida ajratish mo‘ljallanmoqda. Yoshlar orasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturiga muvofiq ajratilayotgan kreditlarning 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 1-iyundan e’tiboran “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, uning mahalla, tuman, viloyat, respublika bosqichlarida yoshlarning biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi. Nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan hamda g‘olib loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun jo‘natiladi. Joriy yilning 1-martidan e’tiboran “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy qilinib, uning doirasida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanadi. Ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitish hamda sertifikatlar olinishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar haqidagi ma’lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borish amaliyoti joriy etiladi. Qarorda IT sohasida ish yuritayotgan tashkilotlarga ularni ishga joylashishga ko‘maklashish choralari ko‘rilishi belgilangan . Yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi. Yosh xotin-qizlar uchun tanlovlar, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tizimi qat’iy yo‘lga qo‘yiladi. BIZNESNI QO‘LLABQUVVATLASH Yil oxirigacha 2 million kishini biznesga jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘li bilan 5 million aholining bandligini ta’minlash choralari belgilandi. Keyingi 3 yil mobaynida nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun talab etiladigan xomashyolarni mahalliylashtirish darajasini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona bojidan ozod etish, xalqaro brendlardan j alb e tilg an mu t a x a s si sl a rning mamlakatda faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olganligi uchun to‘lovlar undirilish tartibi bekor qilinadi. 1-maydan boshlab fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kuchga kiradi. (Davomi 2-sahifada) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi AMALIY IJRONING DASTLABKI BOSQICHLARI O‘zbekiston va Koreya Respublikalari Prezidentlarining 2021-yil 28-yanvar kuni o‘tkazilgan onlayn sammitida ikkala davlat o‘rtasidagi i j timoiy-iq ti sodiy va madaniy sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi. Shu asosda Koreya Respublikasi Madaniy meros administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi o‘rtasida “Ipak yo‘li madaniy merosini tadqiq etish va saqlash”ga doir memorandum imzolangandi. Memorandumdan asosiy maqsad Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosining saqlanishi va tadqiq etilishi bo‘yicha ma’lumot hamda ko‘nikma almashinuvi edi. Ayni hujjat asosida amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha “Afrosiyob” muzeyi uchun 290 ming AQSH dollari ajratildi. Loyihaning yakunlanganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, professor Tursunali Qo‘ziyev, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Oliy Majlis senati a’zosi Farmon Toshev, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi bosh konsuli Kuk Jang Xyun , Koreya Madaniy meros administratsiyasi Madaniy merosdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Che Su Xe va boshqalar so‘zga chiqib, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari qadimiy ildizlarga ega ekanligini alohida ta’kidlashdi. Shu bois ikki davlat hamkorligi barcha sohalarda samarali davom etayotganligi qayd etildi. — O‘zaro hamkorligimiz ajdodlarimiz tomonidan 1400 yil oldin boshlab berilgan va bizning bugungi sa’y-harakatimiz tufayli avlodlarimiz ming yillar keyin ham bu haqda faxriftixor bilan eslashadi, - deydi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bosh konsuli Kuk Jang Xyun. – Shunday ekan, biz barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish tarafdorimiz. Samarqand tarixini o‘rganish, tadqiq etish borasidagi samarali hamkorligimiz bundan keyin yanada rivojlanadi. Yangilangan muzey zallaridagi ko‘rgazmalar ham alohida yondashuv asosida bo‘limlarga ajratildi. Unga ko‘ra, 1-bo‘lim – XIX asrning oxiri — XXI asr boshlarida qadimgi Samarqand shahrida olib borilgan arxeologik qazishmalar tarixi, 2-bo‘lim — Samarqand miloddan avvalgi VIIIV asrlarda, 3-bo‘lim — Samarqand ellenizm va yunon-baqtriya davrlarida (miloddan avvalgi III – II asrlar), 4-bo‘lim — Shahar va qadimgi ko‘chmanchilarning madaniy aloqalari (II asr – V asrning o‘rtalari), 5-bo‘lim — So‘g‘diyonaning oltin davri (VI – VII asrlar.) deb nomlandi. — Muzeyimizda amalga oshirilgan yangilanish turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi, — deydi muzey direktori Samariddin Mustafoqulov. — Chunki, muzeyimizning asosiy eksponatlari qadimiy Samarqand — “Afrosiyob” arxeologik shaharchasida amalga oshirilgan qazishmalar davomida topilgan qadimiy kent tarixiga oid noyob topilmalardan iborat. Samarqand dunyo ahli e’tiborini qanchalik o‘ziga rom etgan bo‘lsa, muzeyimiz ham uning eng muhim diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan. Albatta, Samarqandga tashrif buyurgan har qanday sayyoh uning tarixiga qiziqadi. Muzeyimizda shaharning qadimdan jahon tarixidagi yuksak mavqei, boshqa xalqlar bilan bo‘lgan madaniy, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy aloqalari zamonaviy yondashuvlar asosida yoritiladi. Muzeyning 1-qavatida joylashgan ko‘rgazmaning kapital reekspozitsiya qilinishi, albatta, sayyohlarga manzur bo‘ladi. So‘g‘d hukmdori (Ixshidi) Varxuman saroyidagi “Elchilar xonasi” devoriy suratlari, ossuriylarga tegishli qadimgi qilich bo‘laklari va boshqa maishiy buyumlar hamda shahar tarixiga oid turli davrlar madaniy hayotidan so‘zlovchi osori-atiqalar har qanday kishini o‘ziga rom etadi. Eng muhimi, bu eksponatlar yangicha talqinda o‘ziga xos tarzdagi ranglar uyg‘unligida yanada ta’sirli namoyon bo‘ladi. Alisher ISROILOV, “Samarqand” muxbiri Davlatimiz rahbarining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan “Yashil energiya” MChJ quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlashini doimiy nazorat qilish, yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish, quyosh panellariga servis xizmati ko‘rsatadi. Shahrimizda tashkil qilingan kompaniya filialida ham ushbu imkoniyatlar mavjud. Bu esa bugun viloyat miqyosida o‘rnatilayotgan quyosh panellarining samarali ishlashi va nazoratini sifatli tashkil qilish imkoniyatini beradi. — Bugunga qadar Samarqand shahri bo‘yicha xususiy sektorlar tomonidan 15 megavatdan ziyod quyosh panellari o‘rnatildi, — deydi shahar hokimining o‘rinbosari Feruz Najmiddinov. – Bu albatta, quyosh panellarini aholi o‘rtasida ommalashtirilishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, 2024-yilda Samarqand hamda butun O‘zbekiston bo‘yicha energiya resursining 15 foiz ulushi yashil energetika, ya’ni ekologik toza, qayta tiklanuvchi elektr manbalariga to‘g‘ri kelishi rejalashtirilgan. 2023-yilning 10-11-dekabr kunlari Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek joriy yilning yanvar-fevral oylarida Jizzax, Xorazm, Fa rg‘ona , Namangan va Si rda ryo viloyatlarida xuddi shu kabi, quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazlari ishga tushirildi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ham shunday servis markazlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bekzod MUSURMONOV “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN: I. Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi bir yuz beshinchi sessiyasi 2024-yil 19-mart kuni soat 16:00 da shahar hokimligining majlislar zalida chaqirilsin. II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: 1. Davlat kadastrlar palatasining Samarqand shahar filiali tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan filial boshlig‘i H.Abjalovning hisoboti; 2. Shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N.Kamilovnining shahar darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amalyoti bo‘yicha axboroti; 3. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i N.Safarovning korxonada 2023-yilda qabul qilingan yoqilg‘ienergiya resurslarini tejash dasturlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti; 4. Shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i Sh.Fayzulloyevning hisoboti; 5. 1-oilaviy poliklinika bosh vrachi Nigina Abbasova hamda 2-oilaviy poliklinika bosh vrachi Dilbar Boltayevaning tibbiyot muassasalarida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari; 6. Boshqa masalalar. III. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin. Shahar hokimi F. UMAROV 2024-yil 12-mart “Afrosiyob” — Samarqand tarixi ko‘zgusi Uzoq o‘tmishimiz, boy madaniyatimiz mujassam bo‘lgan noyob arxeologik eksponatlar jam bo‘lgan “Afrosiyob” muzeyi Samarqand shahri tarixi ko‘zgusi sifatida alohida ahamiyatga ega. Xalqimiz ma’naviy olamining bebaho durdonlari joy olgan maskan tashrif buyuruvchilarga zamonaviy qiyofada o‘z bag‘rini ochmoqda. Koreyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilgan restavratsiya ishlaridan so‘ng yangi mazmun bilan boyigan muzey o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi. Shahar hokimining QARORI Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi bir yuz beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida YASHIL ENERGIYA ULUSHI 15 FOIZGA YETKAZILADI Bugungi kunda yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Natijada, shamol va quyoshdan elektr energiyasi oladigan uskunalardan foydalanila boshlandi. Albatta, ushbu qurilmalarga texnik x izmat ko ‘rsat ish ham muh im hisoblanadi. Bu borada “Yashil energiya” MChJ jamoasi qurilmalarni o ‘rnat ish hamda foyda lan ishn i nazorat qilish bilan bog‘liq vazifani o‘z zimmasiga olgan. Samarqand shahrida mazkur jamiyatning filiali o‘z faoliyatini boshladi.


2 2024-yil 14-mart, payshanba, № 11 (2524) www.samarkandnews.uz Samarqand Samarqandda jamoat transportining yangi ufqlari Islohotlar — amalda Oliy o’quv yurtlarida Jamoat transporti zamonaviy talablarga moslashtiriladi AMALIY IJRONING DASTLABKI BOSQICHLARI DASTURLASH MAKTABINING MUVAFFAQIYATLI QADAMI Shahrimizda jamoat transporti tizimidagi muammolarga barham berish, xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirish, uni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan reja asosida shahar jamoat transporti tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan manzilli dastur ham tasdiqlandi. Ushbu dasturga ko‘ra ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, chorrahalarda avtoulovlar harakatini xavfsiz tashkil etish, yo‘l o‘tkazgichlar, halqa yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Umuman, keyingi bir yil mobaynida bu borada belgilangan dastur ijrosiga qizg‘in kirishilgan. Maqsad jamoat transportining barcha turlarini rivojlantirish, yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish tizimini taqdim etishdan iboratdir. Ayni paytda tizimda 15 ta transport tashkiloti faoliyat yuritib, avtobus, tramvayda yo‘lovchi tashish xizmati orqali 37 ta yo‘nalishda 248 ta avtobus, 6 ta elektrobus, 14 ta mikroavtobus, 13 ta tramvay vagonlari xizmat ko‘rsatmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida jamoat transportini rivojlantirish, mavjud avtobus va mikroavtobuslar parkini yangilash maqsadida tadbirkorlar tomonidan 116 ta yangi avtobus xarid qilinib, yo‘lovchilar xizmatiga qo‘yildi. Viloyat transport boshqarmasi tomonidan ham infratuzilmani takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shaharda eng muhim muammo hisoblangan tirbandlikning oldini olish maqsadida chekka hududlardan kirib keluvchi transport vositalari harakatini kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun shaharning 4 ta tomonida 4 ta avtoshohbekat qurilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki ishtirokida “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amaliy ishlar qizg‘in boshlab yuborildi. Buning uchun xalqaro bankning 49 million, mamlakatimizning 13 million AQSH dollarilik ulushini umumlashtirgan holda 100 ta elektrobus sotib olish belgilandi. O‘zaro hamkorlik sohani rivojlantirish, xizmatni yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Shu yil may oyida 6 ta elektrobus, 3 ta ularni quvvatlantirish qurilmalari xorijdan keltiriladi. Elektrobuslarni saqlash, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida davlat korxonasi tashkil qilindi va uning uchun 3,8 gektar yer maydoni ajratildi. Bugungi kunda Cho‘pon ota massivida yangi, zamonaviy avtovokzal qurilishi davom ettirilmoqda. Buning uchun 4,6 gektar yer, 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Yangi avtovokzal bir vaqtning o‘zida 160 dan ortiq avtobuslarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu inshoot foydalanishga topshirilgach, 4 ta shahar ichi, 19 ta shahar atrofi, 40 ta shaharlararo yo‘nalishlarda bir kecha-kunduzda 63 ta avtobus, 64 ta mikroavtobus, 850 ta yengil taksi qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Xalqaro yo‘nalishlardagi avtobuslar qatnovi ham shu yerda tashkil etiladi. Sutka mobaynida 22,8 ming nafardan ortiq yo‘lovchi yangi avtovokzal xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular uchun xizmat ko‘rsatishning barcha zamonaviy jabhalari tashkil etiladi. Belgilanayo tgan cho ra - tadbi rla r, amalga oshirilayotgan barcha amaliy ishlar jamoat transportidagi muammolarni hal etishga qaratilmoqda. Negaki, sohada muammolar yetarlicha topiladi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, muammolarni tezlik bilan hal etish maqsadida ko‘chalarda avtobuslar harakatlanuvchi alohida yo‘laklar tashkil qilinmoqda. Shunga qaramasdan tirbandliklar jamoat transporti harakatiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Oqibatda yo‘lovchilar bir manzildan ikkinchi manzilga qadar jamoat transportida yurish uchun 30—40 daqiqa ortiqcha vaqt sarflashmoqda. Bu holat jamoat transportiga bo‘lgan ishonchni to‘liq yo‘qotmoqda. Bu muammoni imkon qadar tezroq bartaraf etish maqsadida yo‘lovchining bir manzildan ikkinchi manzilgacha bo‘lgan masofadagi vaqt sarfini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Qabul qilingan “Manzilli dastur”ga asosan Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Ibn Sino kabi o‘ndan ortiq ko‘chalarda avtobuslarning erkin harakatlanishi uchun alohida yo‘laklar tashkil etishga kirishiladi. Bu borada ham muammolar yo‘q emas. Hozirgacha Ibn Sino va Bo‘stonsaroy ko‘chalarida 5,5 kilometr masofada ana shunday yo‘laklar tashkil qilindi. Oraliq bekatlarni ko‘paytirish, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash oldimizdagi muhim vazifalardan biri sanaladi. “Samarqand shahar Transport Bosh rejasi” manzilli dasturiga muvofiq 119 ta bekat qurish, 158 ta oraliq bekatlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda bor imkoniyatlar, resurslar ana shunday amaliy ishlarga qaratilgan. O. RAHIMOV, shahar hokimligi huzuridagi “Loyiha ofisi” rahbari (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) INSON VA SALOMATLIK Strategiyaning dastlabki bosqichida 40 va undan katta yoshdagi 6,7 million kishida yurak-qon tomir, qandli diabet, surunkali o‘pka kasalliklarini aniqlash uchun profilaktik ko‘riklar tashkil qilinadi. Sportni ommalashtirish maqsadida yugurish, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbog‘li kurash kabi sport turlari bo‘yicha marafon va musobaqalar orqali 10 million kishi ommaviy sportga jalb qilinadi. Shu yil Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya va Parolimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun kamida 144 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritish zarur. 2025-yildan boshlab katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalish holatlari o‘rganib chiqiladi. “MENING MAKTABIM” Ushbu loyihaga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumani yoki shahrida bu loyiha amalga oshiriladi. Loyihaga muvofiq bu maktablarning har biriga Davlat budjetidan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarida mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5—11 sinf o‘quvchilari istagi va tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter jamlamasi, sport jihozlari, kitoblar kabi zarur juhozlar xaridi uchun sarflanishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, maktab direktorlariga malakaviy talablar belgilanib, ular har 5 yilda 1 marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2026-yildan boshlab o‘quvchilar orasida kashandalikka qarshi kurashish hamda yoshlarning ruhiy holatini o‘rganish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqiladi. Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplanadi. 7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitish jarayoniga jalb qilinadi. IQTISODIY O‘SISH VA FAROVONLIK Yil yakunigacha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 6 foizdan kam bo‘lmaydi, investitsiyalar bu ko‘rsatkich hajmiga nisbatan kamida 30 foiz bo‘lishi ta’minlanadi. Buning uchun qiymati 18 milliard dollar bo‘lgan 309 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Inflyatsiya darajasi 9 foizgacha, fiskal taqchillik 4 foizgacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiy tarmoqlarga 275 trillion so‘m kredit ajratiladi. Shundan 41 trillion so‘mini mikromoliyalash tizimiga yo‘naltirish ko‘rsatilgan. EKOLOGIYA VA TABIATNI QO‘RIQLASH 2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari, qalamchalar ekish, 444 ta yashil bog‘ barpo etish maqsad qilingan. Keyingi paytlarda mamlakatimizda chang bo‘ronlari sodir bo‘layotgani uchun unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida 1-martdan boshlab bu tabiat hodisasi sodir bo‘layotganda hamda atmosferada zararli moddalar belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholi ogohlantiriladi. Jumladan, yurak-qon tomir, nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan fuqarolarni zarur profilaktik choralar ko‘rish to‘g‘risida doimiy ravishda xabardor qilish tizimi ishga tushiriladi. O‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kiribchiqish yo‘llarida chang va qum zarralarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish yuzasidan majburiy talablar joriy etiladi. “TASHABBUSLI BUDJET” YANGILIKLARI Ushbu doiradagi loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi va tamoyili amalda qo‘llaniladi. 1-avgustgacha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari, tashkilotlardan ma’lumot olish, mablag‘ning o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini talab qilish huquqi beriladi. Loyihalarni amalga oshirishning ahvoli jamoatchilik tomonidan monitoring qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda 2024-yil “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishning muhim qadami bo‘lishiga shubha yo‘q. Quvondiq XALILOV tayyorladi. O‘zbekistonda IT sohasi faol rivojlanib, bu kasbga nisbatan ehtiyoj va talab ham ortib bormoqda. Mutaxassislar tayyorlash maqsadida i x ti s o sl a sh ti rilg an m a r k a zl a r, texnoparklar, maktablardan to oliy o‘quv yurtlarigacha yangi yo‘nalishlar ochilmoqda . Xori j ta jribasiga qaraydigan bo‘lsak, ana shu jarayonga dasturlash maktablari o‘z samarasini bera boshlagan. Shu nuqtai nazardan, Samarqandda ilk bor 2023-yilning dekabr oyida tashkil etilgan “School 21” IT mutaxassisliklari tayyorlashga ixtisoslashgan birinchi dasturlash maktabi xorijiy filialiga tinglovchilarni saralash orqali qabul qilishni boshlagan edi. “School 21”ning birinchi intensiv kursiga ikki yuz nafardan ortiq talabgor ro‘yxatdan o‘tgan. Ahamiyatlisi, “School 21” maskanida ta’lim olish uchun IT sohasiga oid avvalgi bilimlar, ish tajribasi, dasturlash ko‘nikmalari va diplomga ega bo‘lish talab etilmaydi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etish mutlaqo bepul. Bundan tashqari, ushbu maktabda ta’limning 24/7 rejimda tashkil etilgani ham ishtirokchilar uchun bir qator qulayliklar yaratdi. O‘quv mashg‘ulotlari moslashuvchan va doimiy rivojlanib boruvchi kontentga ega raqamli o‘quv platformasida olib boriladi. “School 21” das turlash maktabida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) talabalari 26 kunlik ilk intensiv kurslarda ishtirok etishdi. Mazkur kurslarda qatnashish uchun “Computer Science” (I va II semestr), “Design” va “Digital Economy” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 72 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tdi va tanlov asosida saralab olindi. Ishtirokchilar o‘zaro bilim almashadilar, topshiriqlarni bajaradilar, shuningdek , shaxsiy va jamoaviy IT loyihalarni tayyorlashadi. Eslatib o‘tamiz, intensiv kurslarda faol ishtirok etgan SIUT talabalariga IT mutaxassisliklari bo‘yicha ma’lumotlar o‘quv rejaga binoan, malakaviy amaliyot sifatida qo‘shimcha ball ajratilgan. Shuningdek, kurs mobaynida ishtirokchilar “peer-topeer” metodikasi, ya’ni ma’ruzalar hamda baholarsiz ta’lim oldilar. Kurslarda ishtirok etish mobaynida talabalar individual va guruhlarga ajralgan holda, jamoaviy tarzda amaliy dasturlash, kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, ma’lumotlar bazalari, mobil ishlab chiqish, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data va GameDev singari dasturlarni o’rgandilar. Shuni alohida qayd etish joizki, o‘quv jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borildi. Joriy yilning fevral oyida “School 21” intensiv o‘quv kursi birinchi bosqich natijalarini e’lon qildi. Kuzatuv komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi bosqichlarda o‘qishni davom ettiruvchi iqtidorli, bilimli tinglovchilar saralab olindi. Quvonarlisi, SIUTning 18 nafar talabasi va 1 nafar pedagog xodimi saralash bosqichi doirasida o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlashdi. — O‘tgan qisqa davr mobaynida talabalarimiz dasturlash sohasiga oid yangi bilimlarni egalladilar, — deydi SIUT professori Olimjon Yalg‘ashev. — Shu bilan bir qatorda ularni amalda qo‘llash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, vaqtdan unumli foydalanish va vazifalarni samarali bajarish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarni amalda qo‘llashi bilan ahamiyatlidir. Ushbu maskanda ta’limdagi asosiy e’tibor amaliy topshiriqlarni bajarishga, kuchli dasturlash, “soft skills” ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan. O‘qitish bosqichlaridan yana biri – uch oylik majburiy amaliyot hisoblanadi. Har bir ishtirokchi amaliyot boshlangunga qadar kamida uchta dasturlash tilini o‘rganib olishi va bu bilimlarni kasbiy faoliyatida qo‘llashi kerak bo‘ladi. — Intensiv mustaqil ta’lim va muammolarni hal qilishda tanqidiy fikrlashni qo'llashimiz munosib rag'batlantirilgani ta’sirli bo‘ldi, — deydi tadqiqotchi muhandis Ruslan Alimov, — Bu shunchaki dasturlash tillarini o‘rganish kursi emas, balki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish dunyosiga chuqur sho‘ng‘ish edi. Bu yerda har bir yangi loyiha men uchun bilim va texnologiyalarning yangi yo‘nalishlari eshiklarini ochdi. Asila IBRAGIMOVA, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti matbuot kotibi Axborot-kutubxona markazimiz hamda Samarqand Turon fanlar akademiyasining kitob targ‘iboti yo‘lidagi hamkorligi tobora kuchayib bormoqda. Zero, har ikki jamoaning ham maqsadi elga ziyo tarqatish, bilim ulashish va kitob targ‘ibotiga qaratilgandir. Keyingi yillarda bu borada tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Akademiya jamoasi tomonidan fondimiz ilmiy, pedagogik, falsafiy asarlar bilan boyitilmoqda. Yaqinda akademiya jamoasi tomonidan markazimizga navbatdagi 100 ta ana shunday kitoblar to‘plami taqdim qilindi. Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kitoblarga talab tobora ortib bormoqda. Yangi tuhfa etilgan kitoblarning aksariyatini sotsiologiya, psixologiya, ma’naviy va ma’rifiy mavzudagi ilmiy asarlar tashkil etadi. “Sotsial va umumiy psixologiya” uslubiy qo‘llanmasi psixologiya faniga qiziquvchilar uchun o‘ziga xos ko‘zgusiga aylanishiga shubha yo‘q. Kitobdan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar psixologiyasini o‘rganish jarayoniga doir mezonlar, ularni baholash xususiyatlari haqida aniq xulosalar keltirilgan. “O‘yin va innovatsion tafakkur” nomli risolada esa o‘yinlar haqida tushunchalar, ularning o‘ziga xos funksional jihatlari haqida aniq takliflar o‘rtaga tashlangan. Eng muhimi, bugungi innovatsion tafakkurning negizi qadimiy xalq o‘yinlariga borib taqalishi, shu asosda rivojlanish mohiyati aniq misollar, ilmiy xulosalarga tayangan holda ko‘rsatib berilgan. “Ijodiy va ma’naviy yuksalish” deb atalgan ilmiy maqolalar to‘plamida shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda ma’naviy yuksalish, ijodga e’tiborni kuchaytirish muammolari o‘rtaga tashlangan. SamDUning 28 nafar professor-o‘qituvchilari bu boradagi ilmiy xulosalarida turli mavzulardagi qarashlar va ularni birlashtiruvchi kuch ma’naviyat ekanligi haqida qiziq ma’lumotlar keltirishgan. Mahbuba KULOVA, viloyat axborot-kutubxona markazi elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari Ma’naviy hayot Akademiya jamoasidan ajoyib sovg‘a


3 2024-yil 14-mart, payshanba, № 11 (2524) www.samarkandnews.uz Samarqand Qatag‘on qurbonlarining soni qancha? Sarhisob Tarix va bugun STALINNING "QIZIL" QALAMI Закрытые лица или Судьбы людей с ВИЧ 5-mart kuni, millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan jallod – Iosif Stalin vafot etganiga 71 yil to‘ldi. 1937 – 1938-yillarda amalga oshirilgan qatag‘onlar oqibatida 13 ming nafar o‘zbekistonlik vatanparvarlar otishga hukm qilindi, umumiy hisobda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qamaldi, surgun qilindi. Otishga hukm qilingan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini Stalin, qizil qalam bilan imzo qo‘yib, shaxsan o‘zi tasdiqlagan. Bugungi kunda, qatag‘on qurbonlarining ko‘p qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan oqlanmoqda, jinoiy ishlarni qayta ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, kimlar uchundir hozirga qadar “dohiy” hisoblangan Stalin tinchlik davridagi faoliyati davomida, insoniyat tarixidagi eng dahshatli Ikkinchi jahon urushining sababchisi Gitlerdan ham ko‘p insonning umriga zomin bo‘lgan. Xo‘sh, Stalin qatag‘onlari davrida qancha odam qurbon bo‘lgan? Shu savolga javob topishga harakat qilib ko‘ramiz. Stalin qatag‘onlari bilan bog‘liq raqamlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayrim mutaxassislar 10 millionlab qurbonlar haqida ma’lumotlar keltirsa, ba’zilari 100 minglab qurbonlar bo‘lgani haqida aytmoqda. Tarixchi olim Nikolay Kopesovning fikriga ko‘ra, 1937-1938 yillardagi qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi faqat Stalin buyrug‘iga asoslanmasdan, balki Yagoda, Yejov va Beriyalarning imzolari bilan ham amalga oshirilgan. N.Kopesov tarafdorlarining fikricha, jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari o‘zlari xohlagandek ish tutishgan. Biroq tarixchilarning ko‘pchiligi ushbu fikrga qo‘shilmaydi. Sababi, Yejov va Beriya kabi jallodlar bor-yo‘g‘i Stalin qo‘lidagi qurol bo‘lishgan va oxir-oqibat ularning o‘zlari ham shu tizim qurboniga aylanishdi. Tarix fanlari doktori, Oleg Xlevnyukning ta’kidlashicha, hujjatlarda Stalinning imzosi yo‘qligi hech qanaqa ahamiyatga ega emas. U faqat “tozalash” haqida buyruq bergan. Stalin terrori qurbonlari masalasi bo‘yicha tortishuvlar bugungi kunga qadar bahsmuzokaralarga sabab bo‘lmoqda. “Kim va qay tarzda qatag‘on qurboni bo‘lgan?” degan savolga yaxlit javob yo‘q. Ko‘plab mutaxassislar “qatag‘on qurbonlari” tushunchasi judayam keng qamrovli ekanligini ta’kidlaydi. Shubhasiz, sud qilinganlar, qamoqxona va lagerlarga yuborilganlar, otishga hukm qilinganlar, mol-mulki musodara qilinganlar birinchi navbatda, qatag‘on qurbonlari ro‘yxatiga kiritiladi. Ularning oila a’zolari, qiynoqqa solinib, keyin qo‘yib yuborilgan va boshqa holatlar ham inobatga olinishi kerakmi? Ko‘chada mayda o‘g‘irlik qilgani uchun hibsga olinib, keyin davlat miqyosidagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanganlarni qaysi toifaga kiritish mumkin? Deportatsiya qilingan xalqlar masalasi alohida e’tibor talab etadi. Ular ham qatag‘on qurboni bo‘lganmi yoki shunchaki ma’muriy jazolanishganmi? Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni e’tiborga olib yoki olmasdan qilingan hisob-kitoblar turlicha raqamlarni ko‘rsatadi. Bu masalada eng ta’sirli raqamlarni iqtisodchi Ivan Kurganov taqdim etdi. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, 1917—1959-yillar davomida 110 million nafar sobiq ittifoq fuqarolari qatag‘on qurboni bo‘lgan. Bu ro‘yxatdan sobiq ittifoq hududidagi barcha millat vakillari o‘rin olgan: o‘zbek, rus, chechen, tojik, arman, ozarbayjon, ukrain va boshqa millatlar. Kurganov o‘z hisob-kitoblarida ocharchilik, kollektivlashtirish, dehqonlarning quloq qilinishi, otishga hukm qilinganlarni ham kiritgan. E’tibor qaratish lozim bo‘lgan tomoni shundaki, I. Kurganov faqatgina vafot etganlarni hisoblagan. Agar mutaxassis keltirilgan davr ichida sobiq sovet hukumati terroridan barcha jabr ko‘rganlar sonini hisoblasa, qanday raqamlar qayd etilishini faqatgina tasavvur qilsa bo‘ladi. “Memorial” huquqni muhofaza qilish tashkiloti rahbari Arseniy Roginskiy keltirgan raqamlarga ko‘ra, butun Sovet Ittifoqida 12,5 — 30 million odam siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan. “Yabloko” siyosiy harakati taqdim etgan ma’lumotlarda Stalin terrori oqibatida jami 39 million turli millat va elat vakillari qurbon bo‘lgani ta’kidlanadi. S h u b h a si z , k el ti ril g a n ra q aml a r qurbonlarning aniq sonini ifoda etolmasa ham taxminiy raqamlarni aks ettira oladi. Bir narsa aniq, Stalin terrori ko‘plab millat va elat vakillarining yostig‘ini quritdi. Stalin hukumati davrida ko‘plab vatanparvar, ziyoli va bilimli, mard ajdodlarimiz yo‘q qilindi. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining shahar bo‘limi ijro ishi yurituvida qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha reja-grafiklar ishlab chiqarildi. Shu asosda bo‘lim tomonidan 2023-yilda yurituvdagi ishlarni tezkorlik bilan bajarish choralari ko‘rildi. Albatta, jamiyatda bu bilan muammoli holatlar to‘liq bartaraf etib qolmaydi. Bitta yopilgan ish o‘rniga uchta shunday ish kelib tushishi mumkin. Xususan, o‘tgan yili 54184 ta — 1 tlrn. 124 mlrd. 030 mln so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. 2024-yil 1-yanvar holatida bo‘lim ish yurituvida 27228 ta — 463 mlrd. 207 mln. so‘mlik ijro hujjatlari mavjud. 2023-yilning sarhisobiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yil davomida tamomlangan 47918 ta ijro hujjatlaridagi 31306 ta ish bo‘yicha 576 mlrd. 659 mln. so‘mlik undiruv amalga oshrildi. 2024-yilning 1-yanvar holatida 6581 ta — 90 mlrd. 945 mln. so‘mlik ijro hujjatlari qonunchilikka asosan ish haqiga qaratilgan bo‘lsa, mavjud qonunlar asosida 409 ta — 32 mlrd. 911 mln. so‘mligining ijro ish yurituvi to‘xtatildi. Bo‘lim ish yurituvida 5357 ta aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Sohalar kesimi bo‘yicha tahlil qilsak, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga 2023-yil davomida 14 mlrd. 900 mln. so‘m undirildi. Soliq qarzdorligi bo‘yicha 2022-yildan 2023-yilga 2970 ta — 118 mlrd. 780 mln. so‘mlik soliq undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari qoldiq bo‘lib o‘tgan edi. 2023-yil davomida 7789 ta — 222 mlrd. 951 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 6944 ta — 280 mlrd. 125 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yakunlandi. Shundan, 4020 ta ijro hujjati bo‘yicha 148 mlrd. 091 mln. so‘mlik undiruv amal oshirildi. Qoldiqda jami 3815 ta — 61 mlrd. 607 mln. so‘mlik ijro hujjatlari mavjud. Banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlariga to‘xtalsak, 2022-yildan 2023-yilga 1452 ta — 107 mlrd. 736 mln. so‘mlik ishlar qoldiq bo‘lib o‘tgan. 2023-yilda 2295 ta — 290 mlrd. 51 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. Yil davomida jami 2553 ta — 319 mlrd. 306 mln. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlandi. 1211 ta ijro hujjati bo‘yicha 148 mlrd. 760 mln. so‘m undirildi. Nomulkiy tusdagi ijro hujjatlari bo‘yicha 2023-yilda bo‘lim ish yurituvida 1247 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 840 tasidagi masalalar hal etildi. 407 ta ijro hujjati qoldiq bo‘lib o‘tgan. Noqonuniy qurilgan qurilmalarni buzish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha 2023-yilda jami 176 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 90 ta ijro hujjati bo‘yicha ijro ish yurituvi nihoyasiga yetgan va 86 ta ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilmoqda. Faoliyatimizda aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari alohida o‘rin tutmoqda. Oilaviy nizolarning oshib borishi oqibatida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatlari soni ham ortmoqda. Joriy yilning 1-yanvar holatida jami 5357 ta aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Bu boradagi ishlarni tez va samarali tashkil etish maqasadida bo‘limda aliment undiruvchilarning nomlariga bank plastik kartalari ochish yo‘lga qo‘yilgan. Ish yurituvdagi 5608 ta ijro hujjatlari bo‘yicha bank plastik kartalarini ochish to‘g‘risida banklarga so‘rovlar yuborilib, plastik kartalar to‘liq ochilishi hamda egalariga yetkazilishi ta’minlanmoqda . “MIB-PORTAL” dasturiga 1848 ta qarzdorlarning ish haqlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilib, alimentni qarzdorning ish haqidan undirishga qaratilgan. 2023-yil davomida MJtKning 474-moddasiga asosan 150 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan qarzdorga ma’muriy jazo chorasini ko‘rish uchun sudlarga yuborilib, barchasiga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Ma’muriy jazoga tortilganidan keyin 1 yil davomida 2 oydan ortiq aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 14 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi. Bo‘lim ijro ish yurituviga 2023-yilda jami 2573 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 2531 tasi fuqarolar tomonidan, 42 tasi korxona va tashkilotlar mansabdor shaxslari va ularning vakillari tomonidan yo‘llangan hamda 59 ta murojaat o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan. Murojaatlardan 1499 tasi aliment va 682 tasi qarzni undirish, 197 tasi yetkazilgan zarar qoplash, 40 tasi noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzish bilan bog‘liq hamda 214 tasi boshqa turdagi ijro ishlaridir. Ushbu murojaatlardan 2556 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1233 ta murojaat qanoatlantirildi, 1323 ta murojaat mualliflariga tegishli tartibda tushuntirishlar berildi. Joriy yil yanvar oyi boshiga ko‘rib chiqilmagan murojaatlar soni 34 tani tashkil etgan. Ayni paytda ularni ko‘rib, hal qilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. I. HAMDAMOV, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi boshlig‘i ОДНА СО СВОЕЙ БОЛЬЮ 35-летняя Санобар узнала о своем статусе в 2019 году. Все произошло внезапно. Около двух недель у женщины держалась температура, все думали, что это простуда, но лекарства не помогали. Состояние ухудшалось и становилось критичным. – Однажды ко мне зашла соседка, она работает в областном центре по борьбе со СПИД, увидев мое состояние, предложила сдать анализ на ВИЧ в центре, - вспоминает женщина. – Я отнекивалась, но соседка настояла, и мы поехали в центр. Диагноз подтвердился. У меня ВИЧ. Помню, как я была растеряна и напугана, отказывалась верить, что такое возможно. Самое ужасное - это страх, ощущение, что стану изгоем в обществе. Я рано потеряла родителей. После их смерти мы остались с братом одни. Тогда мне было 15 лет. Брат работал дворником, а я ему помогала. Работы было много, и я часто пропускала школу, чтобы успеть выполнить всю работу. Спустя некоторое время познакомилась с молодым человеком, бросила школу и решила уйти из дома, и мы начали жить вместе. Родила двоих детей, но семейная жизнь не удалась, были сложности, скандалы, и я решила уйти и жить отдельно с детьми. Работала дворником, подметала улицы, но этих денег нам не хватало. И тогда я решила, что буду работать на трассе. Признаюсь, что вела аморальный образ жизни, очень хотела самостоятельно вырастить детей. Так продолжалось несколько лет, пока не узнала о своей болезни. Психологически я была не готова к таким переменам в жизни и поначалу в свой диагноз не верила, отказалась от лечения ВИЧ. Так продолжалось несколько лет, до тех пор, пока у меня не начались проблемы со здоровьем. Это стало причиной принять свой диагноз и начать противовирусную терапию. Сейчас ее дочери 15, а сыну 13 лет. Они знают о статусе матери, но все равно продолжают ее любить. Женщина признается, что долго была один на один со своей болезнью, ведь многие люди с ВИЧ сидят дома, у них страх, что все узнают об их диагнозе, боятся обратиться в центр СПИД и начать лечение. Сейчас женщина рада, что смогла начать терапию, хотя все еще переживает не самые лучшие времена, так как до сих пор не трудоустроена. САМОЕ СЛОЖНОЕ – ПРИНЯТЬ ДИАГНОЗ О ВИЧ-положительном диагнозе Максуд (имя изменено) узнал в тюрьме в 2014 году. В местах лишения свободы берут анализы на гепатит, туберкулез и ВИЧ. Сейчас мужчине 46 лет. Поначалу он вообще отрицал любую возможность лечения, думал, что это не лечится и ему осталось максимум пять лет жизни... – Все эти годы меня мучал вопрос, где я мог заразиться ВИЧ-инфекцией, ведь наркотики я никогда не принимал, - рассказывает Максуд. – Возможно, я мог заразиться от своей сожительницы, которой сейчас нет в живых. Мы с ней познакомились в 2009 году. Начали жить вместе, но жили недолго. Конечно, самое сложное – это принять свой диагноз. Все эти годы думал, что из себя представляет ВИЧ-инфекция и как ее лечить. Спустя пять лет я вышел на свободу и, конечно, не сразу начал лечение. Так же, как и многие люди с ВИЧ, продолжал жить, стараясь вообще не думать о болезни. Но как только мое самочувствие ухудшилось, решил, что тянуть с лечением уже нельзя. Обратился в центр СПИД и начал прием лекарств. Пару лет я регулярно сдавал анализы, принимал все необходимые препараты, но в 2022 году меня позвали на работу в Бухару, где я проработал больше года. Все это время скрывал свой диагноз, не хотел, чтобы люди, которые работали со мной, видели, как я принимаю таблетки. Я боялся осуждения и неприятия, поэтому прекратил лечение. В конце 2023 года вернулся в родной Самарканд, где меня никто не ждал. Здесь он познакомился с сотрудниками ННО «Нурбону», которые стали ему помогать. – Я потерял родных и близких, от меня отвернулись все мои друзья, вот почему не видел смысла жить, - признается мужчина. - Сейчас подрабатываю разнорабочим, потому что у меня нет профессии и образования, и вновь получаю лечение против ВИЧ. КТО ПОМОЖЕТ ОБРЕСТИ ВЕРУ? С 2019 года в Самарканде действует центр «Нурбону» - неправительственная организация по защите прав и интересов ЛЖВ. ННО центр «Нурбону» принимает активное участие в борьбе с пандемией ВИЧ-инфекции в Самаркандской области и имеет грамотный кадровый состав, обеспечивающий широкий доступ ЛЖВ к психологической, социальной и юридической помощи и поддержке, проводит активную работу по профилактике ВИЧ среди населения области. До 2019 года организация существовала как волонтерское объединение. Работа проводилась, в основном, с малообеспеченными семьями, женщинами и детьми, живущими с ВИЧ. К ним обращаются за помощью для восстановления документов личности, оказания практической помощи в получении различных льгот и пособий, оформления документов на опеку и попечительство. – За эти годы мы реализовали несколько программ в поддержку людей, живущих с ВИЧ (ЛЖВ), - говорит руководитель организации О. Кектышева. – К сожалению, в обществе по-прежнему преобладает негативное отношение к людям, живущим с ВИЧ. Причиной тому является недостаток знаний у населения о путях передачи и профилактике ВИЧ. В результате люди, живущие с ВИЧ, опасаясь негативного отношения к себе, не обращаются своевременно в медицинские, социальные и юридические учреждения за помощью и поддержкой. В организации есть «Группа поддержки» для ЛЖВ. Здесь люди могут собираться, делиться своим опытом, проблемами. Обратившись в «Нурбону», человек понимает, что он не одинок, что у него есть возможность получить помощь и поддержку. Здесь есть врач, психолог, юрист, социальный работник, которые могут оказать психосоциальную помощь и поддержку. В «Нурбону» есть люди, которые консультируют пациентов по принципу «равный – равному». Это дает возможность выстроить диалог, убрать границы, помочь своевременно начать противовирусное лечение и улучшить качество жизни пациента. Замира БАЛТАЕВА, фото автора Bo‘limimiz xodimlarining sa’y-harakati bilan o‘tgan 2023-yil davomida 47 918 ta 1 trln. 358 mlrd. 352 mln. so‘mlik ijro hujjatlari ko‘rildi. Bo‘lim ijro ish yurituviga 20 962 ta 697 mlrd. 529 mln. so‘mlik ijro hujjatlari 2022-yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan edi. Bir yilda 5357 ta aliment undiruvi ishi... Tohir Malikning “Shaytanat” asarida, 1953-yil 5-mart kuni Asadbekning ukasi Samandarning vafot etgani tasvirlanadi. Biroq, o‘sha kuni yana bir shaxs – Stalin nomi bilan tanilgan zolim Iosif Jugashvili ham vafot etgandi. “Dohiy”ning vafoti oldida yosh go‘dakning o‘limi o‘z ahamiyatini yo‘qatadi. Vaholanki, kichik Samandarning o‘limiga o‘sha jallod bilvosita aloqador edi. Люди, живущие с ВИЧ, обычно скрывают свою болезнь, опасаясь стигмы и дискриминации со стороны общества. Но это не значит, что их нет. Они есть. Их достаточно много не только у нас, но и во всем мире. Сегодня мы хотим рассказать истории людей, живущих долгие годы один на один с болезнью.


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 141 Adadi: 890 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Alisher ISROILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 14-mart, payshanba, № 11 (2524) www.samarkandnews.uz Samarqand Rossiya — Ukraina mojarosida boy berilayotgan imkoniyatlar Mulohaza uchun mavzu Siyosiy sharh GAROVGA TIKILGAN HAYOT Ko‘cha va xiyobonlarga yil mobaynida takror va takror ekiladigan gullarning deyarli birontasi mahalliy emas. To‘g‘ri, ahyon-ahyonda chiroyli, lekin iforsiz gultojixo‘rozsimon gullarga ko‘zingiz tushadi. Bundan bir necha yil muqaddam shahrimiz ko‘cha va maydonlarida turli navdagi rayhonlarni o‘stirish udumga kirgan edi. Oxirgi paytlarda rayhon ekilmaydigan bo‘lib qoldi. Buning sababini obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlarining biridan so‘raganimda u: — Rayhonni parvarishlash qiyinroq. U tez “qarib” qoladi, — deb javob qaytardi. Jannatga ham zeb berib turgan behisht guli nahotki tez “qarisa-ya?” Bu gapga ishonib bo‘lmaydi. Shaxsan o‘zim har yili hovlimga ikki-uch xil rayhon ekaman. Tongda turganimda ham, kechda yotoqqa yo‘l olishdan avval ham jannat gullarini bir bor ko‘zdan kechiraman. Ayniqsa, ularning yengil shabadada qaddini uyon-buyonga tashlab “ta’zim” qilishidan, taratadigan iforidan zavqlanaman. Shabada ularning tengsiz iforini dimoqqa urarkan, shu chog‘dagi zavq-shavqni ifodalashga so‘z topilmaydi — til ojiz! Shabadada yengil silkinayotgan rayhonga suv sepsangiz, uning ifori yetti mahallaga yoyilishiga shubha yo‘q. Endi, mas’ul xodimning rayhon tez “qariydi”, degan fikriga mutlaqo qarshi ekanligimni ayon etsam. Erta bahorda ekilgan rayhon qarov-parvarishi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, eng muhimi, unga mehr bersangiz, to sovuq tushib, qor yoqquniga qadar yashnab, ifor taratib turaveradi. Qanday qilib deysizmi? Bu juda oson ish: ma’lumki, rayhon juda tez g‘unchalab, gullaydi va urug‘laydi. Hatto, bir-ikki qarich bo‘y ko‘rsatarko‘rsatmas, u ana shunday “pisha” boshlaydi. Buni esa ko‘pchilik rayhon qaridi, deb o‘ylab, sug‘urib tashlashga harakat qiladi . Aslida , rayhonning yoshligini u g‘unchalab, urug‘lamasdan avval davom ettirishga kirishish lozim. Bu juda oddiy: rayhon g‘unchalashi bilan hali u gulga kirmasdanoq g‘unchalarni uzib olish kerak. Ana shunda g‘uncha, gul va urug‘lash uchun sarflanadigan ozuqa va kuch rayhonning gavdasiga sarflanadi. Jannat guli barq urib o‘sa boshlaydi. Bunday chilpishni tez-tez bajarib turish kerak. Odatda, chilpishlar oralig‘i 10—15 kundan oshmasligi kerak. Har chilpishdan so‘ng rayhon tupi ham eniga, ham bo‘yiga bir qarichdan o‘sishini o‘z tajribamda kuzatganman. Shu tariqa aprel oyida ekilgan ko‘chatlarim noyabr oyi oxiriga qadar har tupning eni bir qulochga, bo‘yi beldan oshib, ko‘krakka yetadigan bo‘ladi. Muhimi, chilpib tashlangan g‘unchalarni alohida idishga to‘plab, yuvib, soyada quritib, ajoyib ziravor tayyorlasa bo‘ladi. Uni ovqatga ham solish mumkin. Choyi esa nihoyatda xushxo‘r va shifobaxsh. Ifori dimog‘ingizni qitiqlaydi. Agar, ana shu oddiy chilpish usuli ko‘chalar, xiyobonlarga ekilgan rayhon ko‘chatlariga nisbatan ham qo‘llanilsa, jannat guli hech qachon qarimaydi. Gulzorlarimizda har xil rangdagi gullarni bezak usulida ekish ommaviy tus olmoqda. Bu usulni bemalol rayhonga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra rayhonning 300 dan ortiq navi mavjud ekan. Mayli, ularning barchasini tiklash va ekish imkoniyati cheklangan bo‘lishi tayin. Boringki, ayni paytda 10 turdagi rayhon navidan foydalanish mumkindir. Agar, gulzorlarga, xiyobonlarga, maysazorlarning o‘rtasiga o‘n turdagi, o‘n rangdagi rayhon ko‘chatlari ekilib, landshaft hosil qilinsa, o‘ziga xos milliylik yaratilgan bo‘lar edi. Eng muhimi, rayhon xorijdan dollarga keltirilayotgan rangsiz, hidsiz, biroq, ko‘zga yaqin bo‘layotgan “importniy” gullarning o‘rnini egallaydi. Quvondiq MAJIDIY Ma'lumki, Tramp avvalboshdanoq Amerikani tashqi dunyodan ihotalash siyosatini yurg‘izadi. Chunki, respublikachilar partiyasi tarixan amerikaliklarning sarmoyador qatlami manfaatlarini himoya qilib kelgan. Bundan tashqari, bu partiya ko‘proq oq tanli aholi manfaatlarini ifodalashga moyilroq konservativ qarashlarni yoqlaydi. AQSHda demokratik qadriyatlarning kuchayishi asnosida bu partiya keyingi davrlarda muhojirlar, ayniqsa, nolegal muhojirlar oqimi yo‘lini to‘sish uchun qattiq sa'y-harakat qilmoqda. Ular hatto janubdagi chegaralarni mutlaqo yopib tashlashni talab qilmoqdalar. Bunga asosiy vaj sifatida chegaralardan qochqinchilar bilan birga terrorchi unsurlar ham mamlakatga bemalol kirib kelayotganini ro‘kach qilib ko‘rsatmoqdalar. Ammo, muammo faqat shundangina iborat bo‘lganida, amerikaliklar uchun boshog‘riq uncha jiddiy ahamiyat kasb etmasdi. AQSH va u boshliq g‘arb dunyosi uchun hal qilinishi lozim bo‘lgan eng murakkab masala Ukrainadagi urush bo‘lib turibdi. Agar, ushbu janglarda Rossiyaning qo‘li baland kelsa, bu butun g‘arb dunyosining tanazzulga yuz tutganini anglatishi bugun hech kimga sir emas. Bu kabi vaziyat bir vaqtlar jahon tarixida yuz berganini siyosiy ekspertlar shu kunlarda tez-tez eslashmoqda. O‘tgan asrning 30-yillarida g‘arb mamlakatlarining rahbarlari diktator Adolf Hitler bilan murosasozlik o‘yinini olib borib, oxiri dunyoni Ikkinchi jahon urushiga yetaklagan edilar. O‘shanda angliyalik dono siyosatchi Uinston Cherchil: "Urushdan qo‘rqib, sharmandali murosa yo‘lini tanlaganlar ham urushga, ham sharmandalikka ro‘baro‘ bo‘ladi", — deya ogohlantirgandi. Darhaqiqat, keyingi voqealar uning yuz foiz haq bo‘lganligini ko‘rsatdi. Hitlerdan qo‘rqib murosa qilishga uringan barcha mamlakatlar urush girdobiga tortildi. O‘zini birmuncha betaraf tutgan AQSH ham Pirl-Harbordagi ma'lum mash'um voqealardan so‘ng aksilhitlerchi ittifoq saflariga qo‘shilishga majbur bo‘lgandi. Bugungi kunlarda ham shu paytgacha ko‘p mamlakatlar rahbarlari Putinning qo‘shni davlatlarga nisbatan olib borayotgan agressiv bosqinchilik siyosatiga ko‘z yumib, u bilan murosai madora siyosatini yurg‘izib keldilar. Rossiyaning 2008-yilda Gruziyaga, 2014-yilda Ukrainaning Qrim, 2022-yilda Donetsk, Lugansk viloyatlariga, 2015-yilda Suriyaga nisbatan olib borgan tajovuzkorona harbiy harakatlariga munosib javob berilmadi. Aksincha, Barak Obama, Angela Merkel, Emmanuel Makron singari yirik davlat rahbarlari ro‘y berayotgan voqealarga panja orasidan qarab, ko‘rib ko‘rmaganga oldilar. Oqibat shu bo‘ldiki, 2022-yil 24-fevral kuni Possiya Ukrainaga qarshi urush ochdi. Ushbu harbiy to‘qnashuv haqida oldingi maqolalarimizda batafsil yozganimiz bois hozir bu to‘g‘rida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Keyingi vaqtlarda ma'lum bo‘ldiki, Putin faqat Ukrainaning o‘zi bilan cheklanib qolmoqchi emas. Uning o‘z iborasi bilan aytganda: "Rossiya chegaralarining cheki yoq!" Maqsad, avvalo, rus imperiyasining eski sarhadlarini qayta tiklash, qolaversa, raqib g‘arb dunyosini ich-ichidan yemirib, parchalab tashlashdan iborat bo‘lib qolmoqda. G‘arb mamlakatlari rahbarlari Moskvaning ushbu makkorona niyatini dastlab unchalik payqamadi va bunga yetarli e'tibor ham berishmadi. Chunki ularda Putin Rossiyani erkin huquqiy-demokratik mamlakatga aylantiradi, degan umid hali so‘nmagan edi. Buning ustiga, Rossiyaning arzon tabiiy xom ashyolarini xarid qilayotgan sarmoyadorlarning ko‘zi iqtisodiy foydadan boshqa tomonni ko‘rmay qo‘ydi. Bundan unumli foydalangan Kreml KGBchilari g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini o‘rgimchak pashshani to‘ri bilan o‘ragandek chulg‘ab oldilar. Hatto, AQSHdek yirik, qudratli va boy davlat ham qaysidir ma'noda rus sanoat xomashyolariga qaram bo‘lib qoldi. Ayniqsa, Germaniya va Fransiya rus nefti va gaziga shu qadar bog‘lanib qoldiki, keyingi davrda Moskva bu resurslaridan energetik qurol sifatida foydalana boshladi. Bu ikki mamlakat Kremlning qosh-qovog‘iga qarab qadam bosadigan bo‘lib qoldi. Ular beparvolikka berilib, harbiy salohiyatlarini ham zaiflashtirib qo‘yishdi. Oqibatda NATO a'zolari tashkilot hisobiga o‘tkaziladigan ikki foizli badallarni to‘lamay qo‘yishdi. Bu esa, tabiiyki, Moskva ma'murlari uchun ayni muddao edi. Globalizm tamoyillari kundan-kunga keng yoyilib borayotgan jahon iqtisodiyoti uchun bu holat g‘oyat ko‘ngildagidek me'yor bo‘lsa-da, rus ma'murlari undan o‘z manfaatlari yo‘lida ustalik bilan foydalanib qolishga tirishardilar. Bu orada rus—ukrain urushi boshlanib, yuzlardagi so‘nggi niqoblarni ham sidirib tashladi. Qanchalik jozibali iddaolar bilan xaspo‘shlanmasin Rossiya olib borayotgan maxsus harbiy amaliyot uzoq o‘tmishdan sarqit bo‘lib qolgan oddiy mustamlakachilik bosqinchilik urushidan boshqa narsa emasligi ayon bo‘lib qoldi. Ukrainaning bir necha viloyatlari konstitutsiyaga kiritilib, Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olinishi buni yaqqol tasdiqladi. Ana shundan keyin yevropalik siyosatdonlarning ko‘zlari moshdek ochilib, Kremlning uzoqni o‘ylab olib borayotgan g‘arazli siyosati mohiyatini tushunib yetishdi. Yevropa Ittifoqining mudofaa va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel yaqindagi bayonotlaridan birida: "Yevropa ahli xavfli dunyoda yashayotganini anglab yetdi", - deya ochiq tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush taqdiri yaqin orada hal qilinishi mumkin. Bu borada Fransiya prezidentining fikrlari yanada qat'iyroq bo‘ldi. Emmanuel Makron kelajakda Rossiyani urushda ustunlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukrainaga NATO qo‘shinlarini kiritishni taklif etdi. "La Mond" gazetasining yozishicha, u Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun hech qanday cheklovlar va qizil chiziqlar yo‘qligini ma'lum qilgan. Germaniya generallari esa strategik harbiy inshootlarga nemis raketalari bilan zarba berishga hozirlanayotganligi beixtiyor oshkor bo‘lib qoldi. Yana shunisi ham borki, agar AQSHda hokimiyat tepasiga Donald Tramp kelgudek bo‘lsa, Ukraina armiyasiga zamonaviy qurollar yetkazib berilishi yanada tezlashishi mumkinligi aytilmoqda. Holbuki, Moskvaning kuzgi saylovlarda prezidentlikka Tramp kelishiga katta umid bog‘layotgani sir bo‘lmay qolgan edi. Bularning bari rossiyalik siyosatchilarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. To‘xtab orqaga qaytish — sharmandalik, olg‘a yurishga esa imkon yo‘q. Ana shu vaziyatda Moskva egallangan marralardagi chegaralarni mustahkamlamoqda. G‘arbdagi tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya yna 8—10 yildan keyin jiddiy hujumga o‘tish iqtidoriga ega bo‘lishi mumkin. Shu yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan keyin yana bir harbiy safarbarlik o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu o‘z navbatida Rossiyada urushga qarshi kayfiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, hozir u yerda urush o‘z hukmini o‘tkazib, mamlakatni kundan-kunga qonli komiga tortib bormoqda. Tashbeh bilan aytsak, rossiyaliklarning tinch hayotini la'nati urush tamoman garovga olib bo‘ldi. Ularni urush garovga olgan bo‘lsa, dunyo xalqlarini rus atom devi garovga olib turibdi. Shu ma'noda, rossiyaliklarni Putin prezidentlikka qayta saylanganidan keyin ham hech qanday ro‘shnolik kutmayapti. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi Ба қарибӣ дар шабакаи иҷтимоии YouTube як сурудро шунидам, ки пас аз он ба хаёлам фикри навиштани ин мақола омад. Даставвал мехоҳам ба як масъала эътибори шуморо ҷалб кунам. Чаро пиронсолони мо сурудҳои ҷавононро гӯш намекунанд? Чаро ҳоло мо сурудҳои ба монанди «Ҷонамба зан бобо»-ро гӯш мекунему мерақсем ва пас аз гузашти замон мефаҳмем, ки сурудҳои Аҳмад Зоҳир, Ҷӯрабек Муродов, Кароматулло Қурбон, Далер Назар, Асадулло Атоуллоев ва ё Мардон Мавлонов сад баробар аз онҳо хуб аст. Дуруст, шумо гуфта метавонед, ки ин сурудҳо даврони ҷавониро ба ёд меоваранд, ё оромкунандаанд. Аслан ин тавр нест. Сарояндагони зикргардида матни сурудро бештар меомӯзанд ва ба мазмуну мӯҳтавои он эътибори ҷиддӣ медиҳанд. Масалан, Аҳмад Зоҳир дар сурудҳояш шеърҳои Саъдию Мавлоною Маликушшуаро Баҳору Ҳушанги Ибтиҳоҷу Симини Беҳбаҳонӣ ва дигар шоиронро истифода бурда бошад, Ҷӯрабек Муродов шеърҳои Ҳофизи Шерозӣ, Мирзо Турсунзода, Лоиқ Шералӣ ва қаламкашони бузурги дигарро сурудааст. Ҳамаи сурудҳои ин овозхонҳо ба дараҷаи «тренд» баромадаанд. Акнун ба суруде, ки дар шабакаи иҷтимоӣ шунидам, бармегардем. Матни ин сурудро худи овозхонҳо, ки дуэт аст, нанавиштаанд. Суруд дар асоси ғазали машҳури шоири адабиёти классикии форсу‑­тоҷик Убайди Зоконӣ иҷро шудааст. Байтҳои истифодашудаи ғазал: Мекунад силсилаи зулфи ту девона маро, Мекашад наргиси масти ту ба майхона маро… Ҳаваси дурри баногӯши ту дорад дили ман, Қатраи ашк аз он аст чу дурдона маро. Давлате ёбам агар дар назари шамъи рухат, Куштаву сӯхта ёбанд чу парвона маро… Иҷрокунандагони суруд Шаҳбоз Набиевич ва Мирзобек Солеев дар ҳамин се байт даҳҳо хато кардаанд ва дилхарошкунандааш он аст, ки ба ҷои вожаи «силсила» — «зилзила»-ро истифода бурдаанд. Номи оҳангро бошад «Зил-зила» гузоштаанд. Мақсад аз навиштани мақола танқиди танҳо ин сарояндагони ҷавон нест. Имрӯзҳо касе, ки ба забони тоҷикӣ суруд мехонад, дар он ба даҳҳо чунин хатоҳо роҳ медиҳад. Барои ба чунин хатоҳо роҳ надодан ба сарояндагон маслиҳат медодем, ки бештар бо донандагони забон маслиҳат кунанд. Чун суруде, ки онҳо месароянд шояд пас аз даҳҳо, садҳо солҳо ҳам аз ҷониби одамон шунида шаванд ва он гоҳ аз сароянда касе айб наёбад. Дар мисоли худ гӯям, ба ғалат хондани суруд тоқат надорам. Дар охир суханҳои сарояндаи машҳури амрикоӣ Боб Марлиро меоварам, ки ҳарфҳояш айнан дар ҳамин мавзӯъ мебошад: «Ҷаззобияти мусиқӣ дар он аст, ки вақте он дохили ботинатон мешавад, шумо ягон дардро ҳис намекунед». Бигзор ҳамаи сурудҳо ба рӯҳияти мо таъсиргузор бошад. Шаҳзод КЕНҶАЗОДА. Санъати мусиқии ӯзбеку тоҷик бо ҳам чун ширу шакар аз азал пайванд аст. Шашмақом барои мардуми ҳар ду халқ суруди миллӣ ба ҳисоб меравад. Ҳатто сарояндагони маъруф чун Ботир Зокиров, Охунҷон Мадалиев, Бобомурод Ҳамдамов, Шералӣ Ҷӯраев ҳам сурудҳои тоҷикӣ доранд. Вақте ки Ботир Зокиров суруди «Эй сорбон»-ро, Охунҷон Мадалиев «Анор-анор»-ро, Бобомурод Ҳамдамов «Камарборик»-ро, Шералӣ Ҷӯраев «Насиҳат ба фарзанд»-ро ба тоҷикӣ месарояд, дар гуфтори онҳо хатогие ба назар намерасад. Ҳоло ҳолат чӣ хел аст? Ғалати сурудҳоро кӣ ислоҳ мекунад? Gullar ichra rayhonning tengi yo‘q Go‘zallik va ifor ramzi bo‘lgan rayhonga gulzorlarimizda nega kam joy ajratilmoqda? E’tibor berganmisiz, keyingi yillarda ko‘cha va xiyobonlarimiz gulzor va maysazorga aylanmoqda. Biroq, gulzorlarimizni urug‘i xorijdan keltirilib, issiqxonalarda yetishtirilgan hidsiz-iforsiz, faqatgina tashqi chiroyi, rang-ro‘yi bilan e’tiborni tortadigan gullar, maysazorlarimizni ham urug‘i xorijdan olib kelinib, o‘stirilayotgan “importniy” o‘tlar egallab olmoqda. Obodonlashtirish uchun mas’ul bo‘lganlar bu gul va maysa urug‘i uchun tasavvurga sig‘maydigan pullar sarflanayotganini bot-bot tilga olishadi. Ularni o‘stirish uchun sarflanayotgan kimyoviy va tabiiy o‘g‘itlarning ham turgan-bitgani AQSH dollari bilan o‘lchanadi. Keyingi vaqtlarda kaminaga gazetxonlar tomonidan o‘rinli bir e'tiroz aytilmoqdaki, men bugun ushbu maqolada gazetada kam chiqish qilayotganimning asl sabablari haqida o‘rtoqlashishni joiz, deb topdim. Avvalo, bosh sabab: hozirgi dunyomizning o‘ta beqarorligidir. Kecha aytilgan gap bugunga, bugungisi esa ertaga to‘g‘ri kelmay qolmoqda. Shu ma'noda, yozgan ko‘pgina maqolalarimiz gazeta yuzini ko‘rmasdanoq eskirib qolmoqda. Ammo, oxirgi paytda ro‘y bergan voqealar dunyoning siyosiy qiyofasiga birmuncha oydinlik kiritdi. AQSHda bo‘lib o‘tgan saylovoldi praymerizlarida respublikachi nomzod Donald Tramp va amaldagi prezident Jozef Baydenning qo‘li ustun kelayotgani, Amerika Oliy sudi Trampning prezidentlikka nomzod sifatida saylovda qatnashishga huquqi borligi haqida qaror chiqarganligi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu esa AQSHda shu yil kuzda kutilayotgan prezidentlik saylovining o‘ta qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tishidan darak bermoqda.


Click to View FlipBook Version