ISSN 2010-6734 № 9 (2470) 2023-yil 2-mart, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! To‘rtinchi urinishdagi muvaffaqiyat Aksiya 2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlarga ko‘ra 2022- yilda Samarqand shahri bo‘yicha jami 2543,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,7 foizni tashkil etdi. SAMARQAND SHAHRINING QURILISH ISHLARI HAJMI DINAMIKASI (hajmi mlrd. so‘mda, o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan foizda) Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Marhabo Mahkamtosheva “ Yo s h k i tobxo n ” ta n lo v i n i ng respublika bosqichida 15-19 yosh toifasida g‘oliblikni egallab, Prezident sovg‘asi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi. Dunyoda, O‘zbekistondan tashqari, aholisi kitobxon bo‘lgani uchun Prezident tomonidan sovg‘a beriladigan mamlakat bo‘lmasa kerak. Balki boshqacha tarzda rag‘batlantirilar, lekin avtomobil berilmasa kerak. Bizda esa davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ana shunday an’ana yo‘lga qo‘yildi. Aholining kitobga mehrini va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Yosh kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Chunki, kitob o‘qigan inson, xoh u bola, xoh katta bo‘lsin, ilm olishga intiladi, dunyoqarashi kengayadi, tafakkuri boy bo‘ladi, madaniyati yuksaladi. Yangi O‘zbekistonga bugun ana shunday yoshlar, bilimli mutaxassislar, tafakkuri keng insonlar kerak. Ularning safi kengayishi uchun Prezident avtomobil berishga, ilmlilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi shu tanlovlar orqali ham bildirilmoqda. Ushbu tanlovlar o‘tkazila boshlang a n d a n b u y o n s h u p a y t g a c h a Samarqanddan ikki nafar ishtirokchi, ular ham qizlar, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Samarqandga Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomashinasida kelgandi. Bu gal bunday baxt Marhaboga nasib etdi. U 2003 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. Samarqand shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medal bilan bitirib, 2021 yilda Samarqand davlat universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Bilimga chanqoqligi bois, maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq turli tanlov va fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan. Eng yaxshi kitobxon tanlovlarida muntazam ishtirok etib keladi. – Tanlovda to‘rtinchi marta ishtirok etishim va to‘rtinchi urinishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdim, - deydi Marhabo Mahkamtosheva. – Tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida belgilangan 60 asarni bir marta emas, bir necha bor o‘qidim. Har gal o‘qiganimda bu kitoblardan yangi ma’no, yangi mazmun topdim. Hayotga munosabatim, qarashlarim o‘zgardi. Keyin tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu ekanligini angladim. Aslida, kitob o‘qish menga hayotiy ehtiyojga aylanib ulgurgan. Meni mana shunday natijalarga erishishimda qo‘llab-quvvatlagan otaonamdan , us tozlarimdan cheksiz minnatdorman! Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Marhabo Mahkamtosheva hamda faol ishtirok etgan samarqandlik yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Shuhrat Negmatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘lim rahbari Toshpo‘lat Tugalov yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, zukko kitobxon yoshlar va ularning ustozlari, ota-onalarini tabriklashdi. “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘olibi Marhabo Mahkamtosheva, 20-30 yosh toifasida ikkinchi o‘rinni egallagan Iroda Safoyeva hamda 10-14 yosh toifasida faol ishtirok etgan Mohinur Muxtarovaga esdalik sovg‘alari, ularning ota-onalariga viloyat hokimligining tashakkurnomalari topshirildi. – Qizimning muvaffaqiyatini maktabda ta’lim bergan o‘qituvchilari, bugun universitetdagi ustozlarining zahmatli mehnati samarasi deb bilaman, - deydi Marhabo Mahkamtoshevaning onasi Dilrabo Haydarova. – Ularning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Yoshlarni ta’lim olishga, kitob o‘qishga ruhlantirish maq sadida ta shkil e tilgan “Yo sh kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashabbuskori Prezidentimizga rahmat aytaman. Shuningdek, tadbirda Samarqand davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kitobxon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Mening shaxsiy kutubxonam” videorliklar tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi. O‘z muxbirimiz Gulxaniylar avlodi uchun bog‘ yaratish, gullar parvarishi bilan shug‘ullanish va ularni tabiat shaydolariga tuhfa qilish an’anaga aylangan desak, xato bo‘lmaydi. Bobom — ma’rifatparvar shoir Orif Gulxaniy mevali daraxtlar va gul yetishtirish bilan shug‘ullangan b o‘lsa, otam – kimyo-biologiya fanlari o‘qituvchisi Olimjon Orifiy bobomning ishini davom ettirgan. Ota-bola uchun gullar va chiroyli manzaralar ilhom manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Eng muhimi, Orif Gulxaniy bog‘ida ko‘paygan gullar boshqa xonadonlarga ham chiroy, ko‘rk bag‘ishlagan. Bugun bu ajoyib xayriya va savobli an’anani davom ettirish vazifasi kaminaning zimmasida ekanidan baxtiyorman. Yashil tabiat vakillarini in’om qili shni “S am a rq andni gulg a burkaylik! 1+10” aksiyasi va “Har bir o‘quvchining o‘z guli bo‘lsin!” yosh gulsevarlar harakati asosida amalga oshirib kelayapmiz. Mamlakatimizning istiqlolga yetishgan kunlaridan boshlab shu kunga qadar gulsevarlarga asosan “Gulxaniy bog‘i”da yetishtirilgan 600 000 dona flora vakillari va ularning urug‘lari tarqatildi. Kelajagimiz yoshlarning q o‘lida ekanligini bilgan holda, bu yo‘nalishga asos qilib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarini belgilaganmiz. Yoshlarimiz tabiatga qanchalik mehr qo‘ysa, uni asrabavaylashni o‘rgansa, o‘zining go‘zal tabiati, betakror iqlimiga ega bo‘lgan Vatanimizni ham shunchalik asrab-avaylaydi. Uning har bir giyohiga mehr bilan boqadi. Bu “Samarqandni gulga burkaylik! 1+10” aksiyasini o‘tkazishdagi eng katta maqsadlarimizdan biridir. Harakatlarimiz samarasi o‘laroq, gullar bayrami, festivallar, nazm va navo xayriya tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tgan davr ichida bunaqa “yashil tadbirlar” bir necha m a r o t ab a S am a rq and shahrida, Oqdaryo, Toyloq, Pa ya r i q , S am a r q a n d , Paxtachi, Jomboy tumanlarida k o‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Joriy yilda aksiya va harakatga Ishtixon tumani ham qo‘shilishini bildirdi. Kuni kecha tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari O ri f Gulxaniy bog‘ida yetishtirilgan 29 xil (bir ming to‘qqiz yuz ikki dona) xonaki va bog‘ chechaklari, 23 xil (o‘ttiz bir ming ellik ikki dona) gullarning urug‘larini qabul qilib olishdi. Ishtixon tuman xalq ta’limi bo‘limi va Orif Gulxaniy uy-muzeyi ma’muriyati kelgusida ham atrof muhitni toza-ozoda saqlash, ekologiya balansiga e’tiborliroq bo‘lish, yangi ko‘kalamzorlar va gulzorlar barpo etishda o‘quvchilarning faolligini o s hi ri s h yo‘li d a gi al o q al a r ni mustahkamlab borishga kelishib oldi. Kelishuv doirasida gulchilik mavzusida seminar treninglar, gullar bayrami, festivallar, tabiatni asrash borasidagi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish ham rejaga kiritildi. Bu yilgi “Yashil tadbir”larimiz Ishtixon tumanida start oldi. Muqimjon ORIFIY Mamlakatimizda ta’limni isloh qilish, bugungi kun dunyo talablari darajasida ta’limtarbiya jarayonlarini tashkil etish borasida qator yangiliklar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kamol topayotgan yosh avlodni xorijlik tengdoshlari bilan raqobatga kirisholadigan, salohiyatli yoshlar sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Davlatimiz rahbari ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni ta’limtarbiyaga qaratilishini ta’kidlab, “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” deya alohida qayd etib o‘tgan edi. Ushbu fikrlar, belgilangan rejalar asosida sohada tub o‘zgarishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarning tashkil etilishi ham ushbu yo‘nalishdagi ijobiy o‘zgarishlardan biri, desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki, har bir tuman va shaharda aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi eng iqtidorli o‘quvchilarni saralab, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ham ushbu yo‘nalishda samarali faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalaridandir. Ayni paytda maktab-internatda 252 nafar o‘g‘il-qiz o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ularning ixtisoslik fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim dasturlari Kembrij universiteti ta’lim tizimiga asosan tuzilgan. — Odatda ko‘pchilik oddiy maktab bilan ixtisoslashtirilgan maktab-internatning farqi nimada, degan savol bilan murojaat qiladi, — deydi muassasa direktori Hamid To‘rayev. – Birinchi farqi, ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha dars soatlari umumiy o‘rta ta’lim maktablariga nisbatan ko‘proq vaqt ajratiladi. Shuningdek, ixtisoslik fanlari bo‘yicha har kuni darsdan keyin qo‘shimcha to‘garaklar o‘tkaziladi. Bunga o‘quvchilar qatnashishi majburiy. Bundan tashqari, hafta davomida qolgan fanlar bo‘yicha ham qo‘shimcha to‘garaklar belgilangan. Faqat ularda o‘quvchi o‘zi tanlagan fan to‘garagiga qatnashish huquqiga ega. Ammo har kuni bittasiga qatnashishi shart. Muassasamizda, umuman ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida baholash tizimi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan anchagina farq qiladi. Bizda o‘quvchilar fanlarni boblar bo‘yicha summativ baholash, choraklik bo‘yicha summativ baholash tizimidan o‘tadi. Shuningdek, Agentlik tomonidan har chorakda xorijiy tajribaga muvofiq ixtisoslik fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi doimiy nazorat qilib boriladi. O‘zlashtirishda ortda qolayotgan o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar alohida ishlaydi. Maktab-internat o‘quvchilari uchun fan to‘garaklaridan tashqari haftada bir marta robototexnika kursi tashkil qilingan. Xorijiy tajribaga ega mutaxassis tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning eng sevimli to‘garaklaridan biriga aylangan. Shuni alohida qayd etish kerakki, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida ingliz tilidan tashqari ikkinchi xorijiy til o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan. Maktab-internat ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bugungi kun talabidan kelib chiqib, ikkinchi til sifatida xitoy, yapon va koreys tillari tanlangan. Har bir muassasa jamoasi, ota-onalar va o‘quvchilar o‘zaro kelishgan holda ushbu tillardan birini ikkinchi til sifatida tanlash imkoniyatiga ega. Samarqand shahar 1-son ixisoslashtirilgan maktab-internatida ikkinchi til sifatida xitoy tili o‘rgatilmoqda. Ushbu ta’lim muassasasi bitiruvchilari maktabdan ikki tilni o‘rganib chiqishadi. Fizika-matematikani, kimyo-biologiyani chuqur o‘zlashtirgan, ikki xorijiy tilni o‘rgangan, umumta’lim fanlari bo‘yicha yetarli bilim olgan o‘quvchilar, albatta, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishi shubhasiz. Alisher ISROILOV, "Samarqand" muxbiri Ixtisoslashuv — samaradorlik asosi “SAMARQANDNI GULGA BURKAYLIK!” an’ana davom etadi Shaharning qurilish ishlari dinamikasi 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 669,1114,3 2543,3102,7 2006,094,5 1948,8111,2 1339,8114,5 1074,5118,5
2 2023-yil 2-mart, payshanba, № 9 (2470) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Ona tarbiyasi va farzand kamoli Deputat minbari 2023-yilda eksport hajmi qancha bo‘ladi? Tarbiya beshigining fidoyisi X a l q d e p u t a t l a r i s h a h a r Kengashining navbatdagi saksoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Shahar Kengashi deputati B. Rahmonov olib borgan sessiyada dastlab O‘zbekiston Respublikasi P r e z i d e n t i n i n g S a m a r q a n d shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Negmatovning mahallalarda hokim yordamchilarining ish faoliyatini tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan axboroti, shaharda eksport faoliyatini qo‘llabquvvatlash, hududlarning tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i E.Rajabovning hisobotlari batafsil ko‘rib chiqildi. E.Rajabovning hisobotiga ko‘ra, 2022-yil uchun belgilangan eksport prognoz rejasi 187,9 mln. AQSh dollari (sanoat mahsulotlari 179,047 mln. AQSh dollari, meva-sabzavot 8,832 mln. AQSh dollari) bo‘lib haqiqatda (sanoat mahsulotlari 168,2 mln. AQSh dollari, meva-sabzavot 17,6 mln. AQSh dollari) 185,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan va reja 99 foizga bajarilgan. 2 0 2 2 - y i l s h a h a r b o ‘ y i c h a eksportyor korxonalar soni 43 tadan 133 taga ko‘payib, 42 ta davlatga 344 turdagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq shahrimizga 2023-yil uchun eksport prognoz rejasi 252,8 mln. AQSh dollari (sanoat mahsulotlari 225,824 mln. AQSh dollari, meva-sabzavot 27,0 mln. AQSh dollari), hukumat komissiyasining bayoniga asosan qo‘shimcha 301,1 mln. AQSh dollari va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan 357 ,1 mln . AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar eksportini amalga oshirish belgilangan. Sessiyada deputatlar shahar tibbiyo t bi rla shma si bo shlig‘i A.Bobojonovning shaharda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari A.Norqobilovning 2022-yil yakuni va 2023-yilga belgilangan rejalari to‘g‘risidagi hisobotlari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish shahar bo‘limi boshlig‘i T.Gulmurodovning ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish va kommunal sohada xizmatlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi hi s o b o ti , s h a h a r h o kimi ni n g o‘rinbosari R.Olimovning shaharda 2022-yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Nomirovning Samarqand shahrida maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kundagi holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalari to‘g‘risidagi hisobotlarini ko‘rib chiqishdi. Shuningdek “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi qoldiq mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida kiritilgan masala ham tegishli tartibda muhokama qilindi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Ibraximov Anvar Abdixalil o‘g‘li boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Dulanov Shoxrux G‘olibjonovich Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimiga tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi saksoninchi sessiyasi yakunlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar h a ra k a ti , O‘ zb e ki s t on Lib e ral demokratik partiyayasidan deputatlikka nomzod sifatida taqdim etilgan saylovoldi dasturimdan Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal, maishiy va jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikka barham berish singari muammolarni hal etishni bosh vazifa etib belgilaganman. Da s tu rimdan Xo‘ ja Doniyo r nomli, “Chilstun”, “Bog‘ibaland”, “Jo‘yichuqur”, “Xo‘jaqishloq”, “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida deputat qabulxonalarini tashkil etib, ularda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabullarini uyushtirdim, Faoliyatim davomida ichki ko‘chalarni ta’mirlash, turli daftarlarga kiritilgan oilalarning muammolarini hal etish yuzasidan deputat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalariga e’tibor qaratyapman. “Bog‘ibaland” mahalla fuqarolar yig‘inida eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yubordim. Natijada shahar elektr tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda 28 ta eskirgan sim yog‘ochlar yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda. “Chilstun” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdik. Unda partiyamizdan saylangan shahar va viloyat Kengashlari deputatlari ham qatnashdilar. Uchrashuvda o‘rtaga tashlangan ta’lim, aholini ish bilan ta’minlash, tibbiyot va kommunal sohaga oid muammolarni tezda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda choratadbirlar belgilab oldik. Muammolarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimini kutayotgan muammolar esa mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi asosida yuborildi. Saylov okrugidagi Xo‘ja Doniyor, “Chilstun”, “Bog‘ibaland”, “Jo‘yichuqur”, “Xo‘jaqishloq”, “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi muammolar asosan tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq kunlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida ya sh ov chi fuq a r ol a rg a im kon darajasida suyultirilgan gaz ballonlari va ko‘mir yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu fuqarolarga ozgina bo‘lsa ham yengillik qilib bo‘ldi. Shu bilan birgalikda mahallalarda istiqomat qiluvchi aholini ko‘pdan buyon elektr uzatuvchi simyog‘ochlarning eskirganligi, ichki ko‘chalarda tungi yoritgichlar yaroqsiz holatga kelib qolganligi bilan bog‘liq muammolar bezovta qilayotgan edi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalla aholisining uyushqoqligi va hamjihatligi natijasida bu kabi kamchiliklar bartaraf etildi. Bundan tashqari ko‘pchilikni tashvishga solayotgan bir qator muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda. A. MUNISOV, shahar Kengashi deputati “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”. Abdurauf FITRAT Xalqimizda bola tarbiyasidek muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa bilan oilada ko‘proq onalar shug‘ullanishi barchaga ayon. E’tibor bersangiz, bo‘lg‘usi ona hisoblangan kelin tanlashda ham avvalo uning onasiga e’tibor qaratiladi. Onasini ko‘rib... degan naql bejizga hayotimizga muhrlanib qolmagan. Odatda, ro‘zg‘or sohibi — erkak ko‘proq ro‘zg‘orning moddiy jihatiga mas’ul bo‘lsa, tarbiya — ma’naviyat bilan onalar shug‘ullanadi. Bugungi kunda ro‘zg‘or tashvishi onalar gardaniga ham tushayotganligi sababli, ularning farzandlar tarbiyasidagi burchi, ishtiroki bir qadar cheklanib qolgandek, go‘yo. Uyda, ro‘zg‘orda doimiy siymo hisoblangan onaning o‘rni bo‘lakchaligini ta’riflash shart emas, deb o‘ylayman. Farzandimiz nasabiy va huquqiy jihatdan bir ota-onaga tegishli bo‘lsada, uning kamoloti, kelajagi davlat va jamiyat bilan bog‘liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Bitta noqobil farzand jamiyatga qanchalik kulfat keltirishini o‘ylasak, tarbiyaga bo‘lgan tushunchamiz, mas’uliyatimizni yanada chuqur his etgan bo‘lar edik. Ona bo‘lish oson emas. Farzandni dunyoga keltirish mashaqqatlarini bitishga hojat yo‘q. Biroq, farzand dunyoga kelgach, uning tarbiyasi bilan bog‘liq shunday jarayonlar borki, onalar zimmasiga zil-zambildek yuk ortib qo‘yadi. Farzandlarning ruhan sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’nan yetuk bo‘lib kamol topishida onaning o‘rni beqiyosligi shubhasiz. Chaqaloq yig‘lab dunyoga keladi, ona taftini uning ko‘kragi orqali his etganidan keyingina tinchlanadi. Chaqaloq zoti borki, onasiga talpinadi. Dastlab ko‘zi bilan ona siymosini qidirsa, so‘ngra qulog‘i bilan uning hech kimnikiga o‘xshamas tovushini izlaydi. Tarbiyada onaning o‘rni beqiyosligini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunga qaramasdan bugun onalarimiz ko‘proq ro‘zg‘or tashvishi bilan o‘ralashib qolayotganligi ham sir emas. Qolaversa, onalarimizning tarbiya bobidagi tajriba va an’analardan anchagina yiroqlashib ketayotganligi va bu odat tusiga aylanayotganligi achinarlidir. Yaxshisi, bugungi farovonlikni o‘ylab, ertangi komillikni boy bermaslik uchun bolalar tarbiyasiga onalarimizni qaytaraylik. Uchinchi Uyg‘onish davriga qadam qo‘yar ekanmiz, bu davrning ijodkori ham, bunyodkori ham bugungi farzandlarimiz ekanligini nazarda tutsak, bunda onalarimizning beqiyos o‘rni borligini his etamiz. Eng muhimi, har bir ona ham tarbiya bobida yetarli hayotiy tajriba va bilimga ega bo‘lmasligi mumkin. Onalarimizni tarbiyaviy hayotga tayyorlash uchun alohida milliy dastur qabul qilishimiz kerak emasmi? Agar ana shunday dastur qabul qilinib, uning ijrosiga har bir onani jalb etsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Sanoat ZOHIDOVA, SamDTI assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi Bugun mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlashda, odamlarning turmush sharoitini o‘rganishda bevosita xalq bilan mu loqot q i l ish , yurtdosh lar im izn ing maslahat va takliflarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Chunki odamlarga yanada yaqin bo‘lish, ular bilan amalga oshirilgan suhbatlar deputat uchun saylov okrugi hududidagi mahallalarda qanday masalalar o‘z yechimini kutayotgani, fuqarolarni qaysi muammolar qiynayotgani haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Samarqand shahridagi 9 ta mahallada tashkil qilingan uchrashuvlarimda bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Muloqot davomida ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, “Afrosiyob”, “Oqsaroy” mahallalaridagi o‘nlab elektr simyog‘ochlar eskirgan. Transformatorni almashtirish kerak. “Yuksalish” mahallasi Oydin yo‘l ko‘chasida qurilish, obodonlashtirish ishlari, irrigatsiya tarmoqlari qurilishi chala qoldirilgan. “Zarafshon” mahallasi hududidagi 5 ta ko‘cha ta’mirga muhtoj. “Cho‘pon ota” mahallasidagi 4-boshlang‘ich ta’lim maktabi binosi buzib tashlangan, inshootni qayta tiklash ishlari haligacha bajarilmagan. Mahalla ahli ish joriy yilda ham amalga oshmay qolishidan xavotirda. “Bunyod” mahallasi ahlini ichimlik suv muammosi bir necha yildan buyon qiynab keladi. Masalani hal qilish uchun artezian qudug‘i suv saqlash minorasini ta’mirlash kerak. “Istiqbol” mahallasining ichimlik suv quvurlari yaroqsiz holatga kelgan. “Shirin” mahallasida bo‘lganimda odamlar hududdagi yo‘l yoqasida piyodalar yo‘lagi qurish taklifini bildirishdi. O‘quvchilar maktabga, bolajonlar bog‘chaga borishga qiynalyapti. 256-yo‘nalishli avtobus faoliyat ko‘rsatmay qo‘ygan. O‘quvchilar Farhod qo‘rg‘onidagi maktabga borish-kelish uchun 10 ming so‘m taksiga pul sarflashga majbur bo‘layotganini qanday izohlash mumkin?! Aholi bilan uchrashuvlarda guvoh bo‘lgan muammolarning barchasi dolzarb, ularning har biri bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, hal etilishi zarurligini taqozo etadi. Shu bois, murojaatlar yuzasidan vakolatim doirasida tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yubordim. Bugun rasmiylarning javoblari, aniqrog‘i amaliy sa’y-harakatlari asosida ushbu muammolar birin-ketin hal etilmoqda. Ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etuvchi masalalarni Kengash muhokamasiga olib chiqyapman. Nasiba ALIMOVA, shahar Kengashi deputati Самарканд, в отличие от Намангана и других крупных городов Ферганской долины, которые становятся промышленными флагманами страны (Андижан, Коканд и другие), практически потерял статус промышленно развитого города, которое никак не присуще областному центру. В результате здесь накопилось множество проблем связанных с занятостью населения, коммунальной сферой, развязкой автомобильных дорог. Из рук вон плохо организована работа по организации деятельности общественного транспорта. Отсутствие координации в деятельности автобусов, маршрутных такси и трамваев напоминает персонажи из басни Крылова,- лебедь, рак и щуку. За последние 3-4 года количество автобусов, занятых перевозкой горожан сократилось практически вдвое. По выпуску региональной промышленной продукции на душу населения город отстаёт даже от некоторых сельских территорий - Самаркандского, Джамбайского, а также Тайлякского районов. Отрицательное сальдо внешнеторгового оборота за 2022 год превысил 727,0 миллионов долларов, что говорит о недостаточности принимаемых мер в отношении локализации производства. В то же время есть и другая сторона медали,- насколько эффективно, состоящий из 61 ведомства государственный орган, справлялся с решением социально-экономических проблем одного города-миллионника, коим является город Ташкент. Имеются в виду вопросы экологии, внутренней миграции, общественного транспорта, коммунального хозяйства, сноса жилья, жизнеобеспечения студентов. Не раскрою большую тайну, если скажу, что по многим направлениям развития у жителей столицы нареканий хоть пруд пруди. Не решив социально-экономические проблемы одного крупного города, браться за другие города, по крайней мере, нелогично. Поэтому было бы целесообразным дождаться первых эффективных результатов по-новому формируемого правительства. Согласитесь, что не так просто новую структуру управления привести в соответствие с организационной структурой местных органов управления, параллельно решая вопросы его децентрализации. Ведь менеджменту высшего звена, принимающему новую, более компактную организационную форму, предстоит сокращение превысившего 10,0 миллиардный долларовый рубеж отрицательного сальдо внешнеторгового оборота, обеспечение жизненных потребностей возрастающего почти на миллион населения, пенсионеров, выравнивание регионов по уровню доходов и занятости. Не потеряла свою актуальность проблема социальной защиты семей, находящихся за чертой бедности. Какие усилия предстоит приложить для преодоления проблем с энергоснабжением, орошением сельскохозяйственных угодий зоны Приаралья? Не менее сложными являются задачи по подготовке Узбекистана для вступления в ВТО, выходу к морским портам, а также решению злободневных дипломатических проблем. Больше соответствует заявленным принципам децентрализации, отказа от ручного управления, дальнейшей демократизации общества, - перевода его на самофинансирование путём разработки нового порядка формирования местных бюджетов. Со своей стороны, я предлагаю проведение, в качестве пилотного проекта, альтернативных выборов мэра города Самарканда. Хотелось бы посмотреть на того, кто одновременно с реализацией туристического потенциала, возьмётся за возрождение былой славы города, как крупного индустриального центра. Ведь дело не только в пополнении городской казны дополнительными десятками миллиардов сумов, но и сохранении его культурного населения, преодолении экологических проблем. С этих позиций, надо как следует изучить опыт Казахстана по управлению действующей и старой столицами, а также полномочия, которыми наделены меры городов Алматы и Астаны. В качестве заключения хотелось бы отметить, что любой сложный эксперимент, связанный с внесением коренных изменений в территориальное управление, целесообразно начинать по мере созревания надлежащих социально-экономических условий и непременно опираясь на международные опыт и науку, с соблюдением пословицы (поговорки) "Лучше синица в руке, чем журавль в небе". Илхом ВАФАЕВ, экономист. 1. Deputatlikka nomzod sifatida taqdim etgan saylovoldi dasturingizning qaysi bandini bajardingiz? 2. Yaqinda uyushtirilgan deputatlik so‘rovingiz va uning natijasi qanday? 3. Saylov okrugingizda qachon oxirgi marta uchrashuv o‘tkazdingiz, saylovchilaringizning taklif va tashabbuslari nimalardan iborat bo‘ldi? 4. Siz saylangan hudud aholisining hal etilishi lozim bo‘lgan eng muhim muammolari qanaqa? Hal etilmayotgan muammolar bormi? Saylovchilar bilan yuzma-yuz Xalqqa yaqinlik muammolar yechimida qo‘l keladi Две столицы, - новая и старая или что лежит в основе передачи города Самарканда в республиканское подчинение? Ташкил шудани марказҳои таълимӣ дар шаҳри мо кори нав нест. Бинобар ин ним сол пеш дар маҳаллаи Боғимайдони шаҳр оғоз гардидани яке аз онҳо — «SAMIRA INOVATSION AKADEMY»-ро низ сокинони маҳалла чун воқеаи оддӣ қабул карданд. Ба қарибӣ бошад, хабар дар бораи дастоварди чанд нафар донишомӯзони он дар олимпиадаҳои байналхалқӣ паҳн шуд. Аз шаҳри Чимкенти Ҷумҳурии Қазоқисон хушхабар омад. Дар олимпиадаи байналмилалӣ, ки дар ин ҷо доир ба математикаи менталӣ баргузор гардид, донишомӯзи 14‑солаи ин марказ Абдуворис Расулов ҷойи дуюмро гирифтааст. Ин аввалин муваффақияти назарраси шогирди мактаб аст. Дар ин муваффақият ҳиссаи омӯзгори математикаи менталӣ Зилола Сатторова низ кам нест. Зилола Анварова яке аз авва‑ линҳое аст, ки математикаи менталиро омӯхта, ба наврасон дар ин бора таълим медиҳад. Ба гуфти З. Сатторова ғалабаи шогирдон ба вай қувва ва илҳоми иловагӣ бахшидааст ва ӯ боварӣ ҳосил кардааст, ки бо роҳи рост пеш меравад. Дар оянда моро боз ду олимпиадаи байналмилалӣ мун‑ тазир мебошад. Яке аз онҳо дар моҳи март бо иштироки вакилони 8 мамлакат дар Самарқанд баргузор мегардад. Дуввумаш дар шаҳри Дубай ташкил карда шуда, дар он намояндагони 22 мамлакат ширкат хоҳанд кард. Ба қарибӣ дар марказ маросими мукофотонидани ғоли‑ бони байналмилалӣ ва супурдани роҳхат ба иштирокчиёни олимпиадаи Дубай барпо шуд. Дар он омӯзгорони маркази таълимӣ, падару модарон ва фаъолони маҳалла иштирок карданд. Онҳо ғолибонро табрик гуфта, ба соҳибони роҳхат муваффақиятҳо орзу намуданд. Роҳбари марказ Шокир Қосимов ба ғолиби олимпиада А. Расулов ва устоди вай З. Сатторова тӯҳфаҳои қиматбаҳо супурд ва изҳори боварӣ кард, ки шогирдони марказ дар оянда ғалабаҳои навро ба даст меоранд. — Мақсади мо омӯзгорони соҳибтаҷрибаро ба марказ барои ҳамкорӣ даъват карда, ба наврасон омӯхтани дониши васеъ аст. Барои ин дар марказ шароитҳои хуб фароҳам овар‑ дем. Аз ҷумла, бо мақсади сарфа кардани вақт ва маблағи онҳо дар худи марказ аз ҳисоби худамон хӯроки пешин тайёр карданием. Бояд гуфт, ки Ш. Қосимов пешаи тадбиркориро ихтиёр карда бошад ҳам, бобояш Қосим Ҳусенов яке аз омӯзгороне буд, ки дар ташкили мактаби аввалини деҳаи Боғимайдон саҳм гузошта, солҳои тӯлонӣ дар он ҷо кор кардааст. Падараш Эркин Қосимов низ дар мактаби деҳа солҳо фаъолият бурда, ба шогирдон сабақ додааст. Аз тарафи Ш. Қосимов ташкил шудани маркази таълимӣ ба қавле идо‑ маи анъанаи омӯзгории сулолаи Қосимовҳо буда, ба таври нав ва замонавӣ идома меёбад ва бешак руҳи бобову падари шодравонашро шод хоҳад кард. Тошқул АЗИМОВ Муваффаіияти аввалини донишомґзони марказ
3 2023-yil 2-mart, payshanba, № 9 (2470) Poraxo‘rlik — ma’naviyat va taraqqiyot kushandasi www.samarkandnews.uz SAMARQAND E’lonlar Bugunning gapi Siz nima deysiz? Qayta tiklanadigan energiya juda qulay ODDIY ISHCHI HAM CHET TILINI BILISHI KERAK Uylarimiz zilzilabardoshmi? Qonun — barchaga barobar Pirotexnika vositalari yo‘q qilindi MAQSAD — KORRUPSIYANING OLDINI OLISH Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Ular nafaqat uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam berishi, balki energiya xarajatlarini tejashi bilan alohida ahamiyatga ega. Ko'pchilik yurtdoshlarimiz quyosh panellari qanday elektr energiya berishi, uning afzalligi haqida tushunchaga ega emas. Shu bois, omma orasida bu boradagi savollar juda ko‘p. Quyosh panellari fotovoltaik zarralar orqali quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirish orqali ishlaydi. Ushbu zarralar kremniy va shu kabi materiallardan iborat bo'lib, ular quyoshdan fotonlarni o'zlashtirib, elektronlarni chiqarib, elektr tokini hosil qiladi. Bitta quyosh paneli tomonidan ishlab chiqariladigan energiya nisbatan kichik, lekin bir nechta panellarni bir-biriga ulash orqali uylar, muassasa va korxonalarni energiya bilan ta`minlashi mumkin. Quyosh panellarini o'rnatish ro‘zg‘or yoki biznes uchun maqbul echim ekanligini 5 ta sabab bilan izohlashga harakat qilamiz. Birinchidan, xarajatlar tejaladi. Quyosh panellarining eng muhim afzalliklaridan biri tejamkorlik hisoblanadi. Yil sayin quyosh panellarining narxi pasayib bormoqda. Bu ularni oddiy iste`molchi ham bemalol o'z xonadoniga o'rnatish imkoniyati mavjudligini anglatadi. Quyosh panellarini o'rnatish orqali an`anaviy energiya manbalariga bo'lgan talab kamayadi. Eng muhimi, har bir iste`molchining o'z energiya manbai bo'ladi. Oilaning energiya to'lovlari uchun ketadigan xarajati kamayadi. Ikkinchidan, ekologik manfaatdorlik oshadi. Quyosh energiyasi issiqxona gazlarini ishlab chiqarmaydigan toza va qayta tiklanadigan energiya manbai bo'lib, an`anaviy energiya manbalariga qaraganda ekologik zararsizdir. Bu shuni anglatadiki, quyosh panellaridan foydalanish orqali siz havoga chiqadigan uglerodni kamaytirishingiz va atrofmuhitga ijobiy ta`sir ko'rsatishingiz mumkin. Uchinchidan, mulkingiz qiymati oshadi. Quyosh panellarini o'rnatish mulkning qiymati oshishigа xizmat qiladi. O`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, quyosh panellari o‘rnatilgan uylar oddiy uylarga qaraganda o'rtacha 4,1 foizga qimmatroq sotiladi. Quyosh panellarini o'rnatish nafaqat energiya uchun to'lovlarni tejashga yordam beradi, balki uzoq muddatda mulkingiz qiymatini ham oshiradi. To'rtinchidan, energiya mustaqilligiga erishiladi. Quyosh panellarini o'rnatish orqali energiya mustaqilligiga erishish mumkin. Bunda narxlarning o'zgarishi va uzilishlarga duchor bo'lgan an`anaviy muammolardan qutulish mumkin. Beshinchidan, imtiyozga ega bo‘lish mumkin. Quyosh panellarini o'rnatadigan uy egalari va korxonalar uchun qator imtiyozlar berilmoqda. Davlatimiz rahbarining qarori bilan quyosh panellari o'rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar uchун mol-mulk soliqlaridan imtiyozlar yaratildi. Shuning uchun davlat tomonidan subsidiyalar berilishi bilan bog'liq imkoniyatlar ham mavjud. Xulosa shuki, muqobil energiyadan foydalanish davr talabi. Har tomonlama maqbul bo'lgan bu tizimning ommalashuvi davlatga ham, jamiyatga ham, aholiga ham foydali bo'ladi. Texnologik taraqqiyot va energiyaga bo'lgan talabning oshishi yaqin yillarda quyosh panellarini eng ommabop muqobil energiya ishlab chiqarish tizimiga aylantirashi tayin. Sh. MUSTAFOYEV, SamDU Kattaqo'rg'on filiali dotsenti DA’VOLAR BO‘LSA... Samarqand shahrida xususiy amaliyo t bilan shug‘ullanuvchi notarius Saidova Zarina Xisravovna notarial idorasida marhuma Tadjiyeva Xosiyat Radjabovna (2020-yil 10-oktyabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Saidova Zarina Xisravovna notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 64-uy. * * * Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Aliyeva Lola Zoirovna notarial idorasida marhum Pirimov Jurakul (2019-yil 22-noyabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Aliyeva Lola Zoirovna notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 80-uy. * * * Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Saidova Zarina Xisravovna notarial idorasida marhuma Nurmuxamedova Saida Baratovna (2022-yil 18-oktyabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Saidova Zarina Xisravovna notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 64-uy. * * * Samarqand shahrida xususiy amaliyo t bilan shug‘ullanuvchi notarius Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasida marhum Tavakulov Djafarali (2021-yil 15-sentabrda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 200-uy. * * * Samarqand shahrida xususiy amaliyo t bilan shug‘ullanuvchi notarius Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasida marhuma Rizayeva Shaxra Tuxtayevna (2001-yil 26-iyulda vafot etgan)ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Tursunov Suxrob Berdiqulovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 200-uy. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hukmiga muvofiq, shahar markaziy chiqindi to‘kish poligonida Samarqand viloyatiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan qiymati 30 million so‘mdan ziyod 250 000 dona turli xildagi pirotexnika vositalari maxsus komissiya ishtirokida yo‘q qilindi. 2022-yil davomida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada qiymati 80 million 313 ming so‘mlik, jami 176 414 dona pirotexnika vositasini daliliy ashyo sifatida ushlab qolingan. Eslatib o‘tamiz, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan. Bunday harakatlar uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 250-1-moddasida tegishli javobgarlik va jazo choralari belgilangan. O‘z muxbirimiz Bunda “Ishga marhamat” monomarkazi alohida o‘rin tutadi. Markazda bugungi kunda ishsiz fuqarolarga 20 turdagi kasb-hunar o‘rgatilmoqda. Eng muhimi, tinglovchilar kasb o‘rganish bilan birgalikda, mavjud chet tillari — ingliz va rus tillarini ham hech bo‘lmaganda boshlang‘ich darajada o‘rganishyapti. Markazdagi o‘rgatilayotgan kasblar uchun xorijiy tilning nima keragi bor degan haqli savol tug‘iladi. Kasb sirlarini o‘rganish bilan chet tilini ham o‘rgangan tinglovchining ish topish imkoniyatlari keskin oshadi. Chunki, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda malakali ishchilarga bo‘lgan talab yuqori. Bevosita markazimizga qator xorijiy kompaniyalar vakillari kelib, o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida ishchilarni taklif etishmoqda. Bunda albatta, ishchilarning kasb sirlarini puxta o‘zlashtirish bilan birga xorijiy tillarni bilish darajasi ham hisobga olinadi. Shu boisdan, kasb o‘rganish bilan birga til o‘rganishga ham e’tibor qaratish zarur. Shu o‘rinda hamma uchun chet el kompaniyalarida ish tayyorlab qo‘yilmagan, degan e’tiroz tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, tinglov chila rning hamma si xo ri jda ishlamasligi mumkin. Lekin yurtimizda ham xorijiy investitsiyalar asosida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni ortmoqda. Investor xorijlik bo‘lgandan keyin u bilan bevosita tillasha oladigan ishchilar jamoada alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Shunday ekan, oddiy ishchi ham til bilsa, bu har tomonlama foydali bo‘ladi. Umuman olganda, yil sayin texnika taraqqiy etib borar ekan, xorijiy tillarni bilgan mutaxassislarning mavqei oshib boraveradi. Aksincha, holatda bo‘lgan ishchi esa tobora o‘g‘ir mehnat sharoitiga ko‘nikishga majburdir. Shunday ekan, qaysi kasbbni egallashimizdan qat’i nazar albatta biror bir xorijiy tilni puxta o‘zlashtirishimiz shart. Baxtiyor SUVONQULOV, “Ishga marhamat” monomarkazi xorijiy tillarga o‘qitish bo‘limi boshlig‘i O ‘ z b e k i s t o n R e s p u b l i k a s i R a q o b a t n i rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’ining tegishli buyrug’i bilan tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Mazkur ishchi guruhning asosiy vazifasi etib hududiy boshqarma tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning talablari, mazmun va mohiyati bo‘yicha hududiy boshqarma mas’ul hodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish belgilangan. Hududiy boshqarma tomonidan barcha mas’ul xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi tegishli qonun hujjatlarining mazmunmohiyati, odob-axloq qoidalari normalari va ularning talablarini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish, seminar, davra suhbatlari o‘tkazish, korrupsiyaga sharoit yaratib beradigan har bir holatlarni bartaraf etish chorasi sifatida seminarlar tashkil etib borish rejalashtirilgandi. O’tgan yil har oyda bir marta “Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qoidalari”ga rioya etilishini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishlar tashkil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinishi to‘g‘risida har bir xodimga qat’iy tushuntirishlar berildi. Yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilgan masalalar bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, barcha xodimlarni tanishtirib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Hududiy boshqarma tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali yoritish, shu jumladan, mavzuga bag‘ishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Haftaning juma kunlari siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etilib, mazkur tadbirda siyosiy-huquqiy mavzularda hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid mavzularida davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlari”, hamda “Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlari” tasdiqlangandi. Hududiy boshqarma tomonidan mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021-yil 12-oktabrda 92-sonli buyruq qabul qilingan va “Korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlari” kelgusida xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga kiritish belgilangan. Shuningdek, hududiy boshqarmaning kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalariga “Korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlari” kiritilishi joriy qilindi. Xodimlar ishtirokida “Telegramm” messenjerida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha materiallarni yuklash va tarqatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid turli xil materiallar, video va audio roliklar, turli slaydlar va maqolalar mazkur messenjer orqali yoritib borilmoqda. Qo‘mita rahbariyatining tegishli bo‘yrug’iga asosan hududiy boshqarma faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlami majburiy aniqlash va baholash, ushbu xavf-xatarlami bartaraf etish, vazifalar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, inson omilini qisqartirish choralarini ko‘rishga oid chora-tadbirlar belgilab olingan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2022 yilning 3 oktabr kungi 131-sonli buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti” tasdiqlangandi. Mazkur Raglamentnng 5-bandiga muvofiq, “Quyidagilar aloqa kanallari hisoblanadi: ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi ('https://pm.gov.uz/) orqali, Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti (antimon.gov.uz) yoki elektron pochtasi ('[email protected]) orqali, Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari facebookdagi rasmiy sahifasi (https://wAvw. facebook.com/AntimonUz) orqali, Qo‘mitaning telefon raqamlari orqali (ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali), Qo‘mitaning telegram boti (@ACRUanticor_ bot) va boshqa aloqa kanallari” orqali murojaat qilish mumkinligini ta’kidlash joiz. Shuningdek, 2022-yilning 7-oktabr kuni hududiy boshqarmaning barcha mas’ul xodimlari ishtirokida tashkil etilgan siyosiy-ma’rifiy soatda “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti” mazmun va mohiyati yuzasidan barcha mas’ul xodimlarga va ijrochilarga tushuncha berildi. Hududiy boshqarma tomonidan viloyat hokimligining tegishli reja-jadvali ijrosini ta’minlash maqsadida, har chorak yakuni bilan jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib borilmoqda. Hozirgi kunda, qo‘mita tizimida fuqarolar hamda xodimlar uchun korrupsiya bilan bog‘liq bo’lgan holatlarda ariza va shikoyatlar uchun [email protected] elektron pochtasi hamda (071)207-49-00 ishinch telefoni tashkil qilingan. Shuningdek, hududiy boshqarma binosida jismoniy va yuridik shaxslarning fikr va mulohazalari uchun “Ishonch qutisi” o‘rnatilgan bo’lib, har oyning birinchi sanasida xolislar ishtirokida ochiladi. Bildirilgan fikr va mulohazalar o’rganish uchun qabul qilinib, tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Joriy yilning 20-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy kengashning 2023-yilning 1-yarim yilligiga mo’ljallangan ish-rejasi tasdiqlandi. Hududiy boshqarmamiz tomonidan mazkur ish-rejada belgilangan aniq vazifalar bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda. Jahongir MARDONOV, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bosh yuristkonsulti Serqatnov ko‘chalardan birida yo ‘ l-u lov hod isas i ro ‘y ber ib , ko‘chani kesib o‘tayotgan ayol tan jarohati oldi. Bunday noxush voqealar tez-tez sodir bo‘layotganiga guvohmiz. Har birimiz ushbu hodisaning aybdori sifatida ko‘pincha haydovchini tilga olamiz. Aslida, haydovchi aybdormi? Belgilanmagan joyda ko‘chani kesib o‘tgan piyoda yo‘lulov hodisasiga uchrasa nega uning o‘zi aybdor bo‘lmaydi? To‘g‘ri, amaldagi yo‘l harakati tamoyillariga muvofiq piyoda bunday holatda aybdor, deb topilishi mumkin. Lekin o‘sha piyoda ko‘chaning qatnov qismiga qoidani buzib chiqishi oqibatida noxush voqea sodir bo‘lsa faqat haydovchini aybdor qilishga odatlanib qolganmiz. Yaqinda bir haydovchining gapini eshitib qoldim. Bechora haydovchi ko‘chada harakatlanayotgan avtomashina qarshisida nogahon chiqib qolgan odamni mashinasi bilan turtib yuboradi. Darhol uni shifoxonaga yetkazadi. Hatto, doridarmon va boshqa xarajatlarini ham bo‘yniga oladi. Afsuslanarli joyi shundaki, “jafokash” piyoda sog‘ayib ketgach ham haydovchidan pul ta’ma qilishni davom ettiradi. Yo‘qsa, tegishli organlarga murojaat qilib, qamatib yuboraman, deb po‘pisa qiladi. Yuqorida tanishganingiz — mening fikrlarim kimgadir malol kelishi mumkin. Lekin yo‘l-ulov hodisalaridan jabr ko‘rganlarning barchasi ham bunday pastkashlikka bormaydi. Shunday bo‘lsa-da, oramizda haydovchining boshiga tushgan ko‘rgulikdan “daromad” qiladiganlar ham yo‘q emas. Yana bir gap. Qonun hamma uchun barobar. Piyoda yo‘l-ulov hodisasiga sabab bo‘ldimi, unda ham qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi lozim. Surayyo UMAROVA, SamDU talabasi Kutilmagan tabiiy ofat — zilzila haqidagi gap-so‘zlar bugun tilimizdan tushmay qoldi. Bizdan bir necha ming chaqirim narida, Suriya va Turkiyada ro‘y bergan zilziladan so‘ng sarlavhada keltirilgan savolga bot-bot murojaat etadigan, har birimiz o‘zimizcha fikr yuritib, xulosa chiqaradigan bo‘lib qoldik. Darhaqiqat, bugun yashayotgan uyimiz, ishlayotgan maskanimiz binosi bunday tabiiy ofatga bardoshlimi, degan savol tug‘iladi. Aytishlaricha, zilzila markaziga tutash bo‘lgan Turkiyaning G‘oziyontepga tutash bo‘lgan Erzin shahrida bironta ham binoga ziyon yetmapti. Mahalliy hokimiyat rahbari xoh katta, hoh kichik bo‘lsin, har bir binoning zilzilabardoshligini shaxsan nazorat qilganligi, noqonuniy qurilishlarga ruxsat bermaganligi natijasida shu hudud ahli zilziladan ziyon-zahmat ko‘rmaganligi dunyo bo‘ylab tillarda doston bo‘ldi. Shu hududdagi binolarning beshikast qolganligi Allohning mo‘ ji za sidek tuyuladi, kishiga! Aslida har bir binoning tabiiy ofatlarga chidamlilik darajasi uning poydevoridanoq boshlanishi qat’iy yo‘lga qo‘yilishi lozim. Turk va arab xalqlari boshiga tushgan bu ofatdan so‘ng ko‘pchiligimizda ko‘p qavatli uylarning zilzilaga chidamlilik darajasi qanday ekan, degan savol paydo bo‘lganligi bor gap. Hatto, ko‘p qavatli uylardan bank krediti va davlat subsidiyasi olib, 15—20-chi qavatlardan belgilangan xonadonlarga ko‘chayotganlar ko‘ngliga ham ayrim dilxiraliklar keldi. Ochig‘i, yangi qurilayotgan binolarning zilzilabardoshligi haqida soha mas’ul va mutaxassislaridan jo‘yali javob olish qiyin masala bo‘lib qoldi. To‘g‘ri, zilziladan so‘ng mutaxassislar tomonidan Suriya va Turkiyada sodir bo‘lgan ofat manzili O‘zbekistondan ancha yiroqdaligi, seysmik faollik darajasi bizda u qadar halokatli emasligi, eng muhimi, qurilayotgan uy-joylarimiz mutaxassislar tomonidan poydevoridantomiga qadar puxta loyihalar asosida bunyod etilayotganligi ta’kidlanmoqda. Bu gaplarga o‘zimizni ishontira olamizmi? Ana shunday mulohazalar kishini o‘yga toldiradi. Yaqinda oddiy, “namunali” bir qavatli uylardan biriga yashayotgan tanishim yozg‘irib qoldi: “Es-siz pullarim-a, shuncha pulni ta’mirtalab, ertaga vayronaga aylanadigan uyga sarflabman!” Uning aytishicha, ko‘chib kirganiga bir oy o‘taro‘tmas, avval vannaxonaning, keyin oshxonaning suvoqlari ko‘cha boshlabdi. Hatto, mehmonxonaning devorlarida yoriqlar paydo bo‘libdi. Avval hokimlikka, keyin qurilishni amalga oshirgan tashkilotga murojaat qilsa... o‘sha tashkilot bor ekan-u... boshlig‘i ishdan bo‘shab ketgan ekan! Yangi boshliq esa uning dardiga darmon bo‘lmabdi. Yana xarajat qilib, uyni qaytadan ta’mirlatibdi. Savol tug‘iladi: o‘z egalariga topshirilayotgan bino, inshoot, xonadonlarning qabul qilib topshirayotganlar imzosi bilan rasmiylashtiriladigan hujjatda ana shunday kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilishi, zilzila kabi tabiiy ofatlarga binoning bardoshlilik darajasi rasman qayd etiladimi yoki yo‘qmi? Bugungi kunda respublikamizning har bir qarich makoni qurilish maydoniga aylangan. Qayerdadir ulkan zavodlar qurilayotgan bo‘lsa, yonginamizda ko‘p qavatli uy bir-ikki oydayoq bo‘y ko‘rsatadi. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi bugun xayolimizga kelayotgan, chuqur o‘yga toldirayotgan muammolardan biriga aylandi. Qurilish sur’atining balandligi osmono‘par binolar balandligi bilan tenglashib qoldi. Bunday yuqori sur’at qurilish sifatiga ta’sir etmaydimi, degan savol o‘ylantiradi. Bu savolga quruvchilar ko‘nglingizni to‘ldirib javob qaytarisha oladimi? Quvondiq XALILOV, "Samarqand" muxbiri Hukumat im iz qayta t ik lanuvch i e lektr manbalaridan foydalanish uchun qator imtiyozlar joriy qilgan bo'lsa-da, odamlarda quyosh panellari samaradorligiga nisbatan ishonchsizlik mavjud. Bugungi kunda jamiyatdagi eng dolzarb muammolardan biri hech shubhasiz ishsizlikdir. Qay hududga bormang band l ik b i lan bog ‘ l iq masalalarga duch kelasiz. Xo‘sh, bu muammoning ildizi qayerda? Ushbu savolga eng birinchi va to‘g‘ri javob fuqarolarning kasbi, hunari yo‘qligi, malakasizligidir. Shu asosda joylarda kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil qilinib, ishsiz fuqarolar dastlab ma ’ lum mutaxass is l ik bo ‘y icha o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 116 Adadi: 3 600 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Alisher ISROILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 2-mart, payshanba, № 9 (2470) www.samarkandnews.uz SAMARQAND "Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!" 1-mart — O‘zbekiston xalq shoiri ZULFIYA tavallud topgan kun Savodxonlik sari TINISH BELGILAR — TANISH BELGILAR Тайны, скрытые под землей Biroq imtihon baholari chiqarilgan e’lonlar taxtasini ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim. Familiyam, ismim qarshisida mung‘ayibgina “3” baho turar edi. Shubhasiz, zudlik bilan appelatsiya komissiyasiga ariza yozildi. Komissiya a’zolari bajargan yozma ishimni shaxsan o‘zimga va menga ishongan otamga ko‘rsatishdi. Garchand, inshoimda imlo xatolar uchramasa-da, ko‘plab ishora xatolariga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Har uchta tinish belgisida yo‘l qo‘yilgan xato bir imlo xatosiga tenglashtirilib hisoblansa, bahoim “uch”ga to‘g‘ri kelishini tushuntirib qo‘yishdi. Ana shunda o‘zim ham tinish belgilarini qo‘llashda savodsiz ekanligimga iqror bo‘ldim. Ongimda shakllangan “Mening inshoimni tekshirgan domla savodsiz, odam emas ekan”, degan bachkana fikr, birdaniga “Domla savodsiz odam emas ekan”, degan adolatli e’tirofga aylandi. Farqini sezyapsizmi, bor-yo‘g‘i bittagina vergul, ammo mazmuni olamjahon. Keyinchalik, men punktuatsiya bilan ancha jiddiy shug‘ullanib, bilmaganlarimni bilib olishga harakat qildim. Hatto, tinish belgilarining qo‘llanish tarixini ham atroflicha o‘rganib chiqdim. Ma’lum bo‘lishicha, qadimiy qo‘lyozmalarda tinish belgilari degan tushunchaning o‘zi bo‘lmagan ekan. So‘zlar ketma-ket yozilib, qayerda to‘xtatilish va qayerda qisqa to‘xtalish qilishni kitob o‘qiyotgan kishining o‘zi belgilab borgan. Bunda kitob so‘zining o‘zi ham nisbiy tushuncha bo‘lib, qadimiy qo‘lyozmalar o‘rama shaklidagi qog‘oz varaqlaridan iborat bo‘lgan. Eramizdan uch asr avval Ko‘hna Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona mudiri, faylasuf Aristofan matnni o‘qish chog‘idagi bunday mushkulliklarni bartaraf etish maqsadida birinchi marta nuqta belgisidan foydalanishni taklif qilgan. Uning fikricha, matndagi katta to‘xtalishlar “yuqori nuqta” bilan, o‘rtacha to‘xtalishlar "o‘rta nuqta" va kichiklari «past nuqta” bilan ko‘rsatilsa, matnning oson o‘qilishi ma’lum bo‘lgan. Albatta, bunda Aristofan nuqtani tinish belgisi sifatida emas, balki shunchaki nutqdagi to‘xtalishlarni ifoda etuvchi vosita deya tushuntirgan. Shu bois ham bu kashfiyotga keyinchalik hech kim jiddiy e’tibor bermagan va u deyarli unutilib ketgan. Rim imperiyasi tanazzulga yuz tutib, Yevropada xristianlikning yoyilishi kitobga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Chunki yangi dinni muqaddas kitoblarsiz targ‘ib qilish aslo mumkin emas edi-da. Undagi har bir kalima va oyatlarning aniq mazmunini yetkazish va ko‘rsatmalarning turlicha talqin etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tinish belgilaridan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu bois ham eramizning XI asriga kelib, nasroniy mualliflar asarlarida tinish belgilari yana paydo bo‘ldi. XII asrda ruhoniy Isidor Sevilskiy Aristofan nuqtasining qo‘llanish qoidasini mukammallashtirdi. Ya’ni, pastki nuqta shunchaki qisqa to‘xtalishni anglatmay, balki vergul vazifasini bajaruvchi, yuqori nuqta esa gapning oxirini ko‘rsatadigan bo‘ldi. Bu orada irland va shotland monaxlari har bir gap o‘rtasida oraliq qoldirishni o‘ylab topishdi. XIII asrga kelib mashhur german qiroli Buyuk Karl monax Alkuinga hamma odamlarga bir xil tushunarli bo‘ladigan yozuv yaratishni buyurdi. Shunday qilib biz foydalanadigan harflar va tinish belgilari paydo bo‘ldi. Yana tinish belgilariga qaytadigan bo‘lsak, keyingi asrlarda Aristofanning nuqtalari isloh etilib, takomillashib bordi. Muomalaga nuqtali vergul va ikki nuqta kirib keldi. So‘roq hamda undov belgilari XVI asrda paydo bo‘ldi. Dastlab, qisqa to‘xtalishni ifodalashda qo‘llangan (/) belgisi keyinchlik mukammallashib, hozirgi (,) – vergulga aylandi. (/) – drob belgisi ham muomaladan chiqarilmadi, balki boshqa vazifada qo‘llanila boshladi. Shunday qilib, biz hozir foydalanayotganimiz – tinish belgilari XVIII asr boshlariga kelib to‘liq shakllandi. O‘zbek yozuviga tinish belgilari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kirib kelgan. Shu davrgacha yozuvimizda ishora belgilari bo‘lmagan. Garchand, arab yozuvida nuqta elementi qo‘llansa-da, ammo u tinish belgisi sifatida emas, balki harflarni farqlaydigan element sifatida ishlatilgan. Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda matbaachilik vujudga keldi. Bosmaxonalar, nashriyotlar paydo bo‘lib, kitob, gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Shu munosabat bilan yozuvning ijtimoiy funksiyasi kengaya bordi. XIX asrning 70-yillariga kelib, o‘zbek adabiy tili matbuot tili darajasiga ko‘tarilib, turmushning muhim ehtiyojiga aylandi. Kitob, gazeta va jurnallardagi har bir fikrni o‘quvchiga aniq va to‘g‘ri yetkazish zarurati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan kitob va matbuot nashrlari sahifalarida tinish belgilari keng qo‘llana boshlandi. Keyinchalik bu jarayon asta-sekin odat tusiga kirdi. O‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi rivojiga 1871-yildan muntazam ravishda chop etila boshlagan “Turkiston viloyatining gazeti” muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. XX asr boshlariga kelib, o‘zbek yozuvida tinish belgilari to‘liq shakllandi. Bugungi kunda yozuvimizni bu belgilarsiz tasavvur qila olmaymiz. Chunki, ular yozuvimizning xuddi musiqada nota belgilariga o‘xshash vazifani bajaruvchi unsurlaridir. Yozuv orqali ifodalangan har bir gapning mazmuni, ma’no bo‘yoqlari va sintaktik qismlari orasidagi turli munosabatlarni aniqlashda tinish belgilarining roli juda muhimdir. Ular bir tomondan matn yaratayotgan muallifning o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon eta olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek tushuna olish imkonini yaratadi. Tinish belgilari yozma matnning tushunilishini osonlashtirish, mazmunini oydinlashtirish, unga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Davrlar o‘tishi, yozuv taraqqiyi va yozuv madaniyatining o‘sishi bilan tinish belgilari ham o‘zgarib takomillasha borganini yuqorida qalamga olib o‘tdik. Aytish mumkinki, ushbu jarayon hozir ham davom etmoqda. Kompyuter texnikasining hayotimizga kirib kelishi bilan internet tarmoqlarida matn mazmunini yanada aniqlashtirib, oydinlashtirib beradigan yangi belgilar – smayliklardan foydalanish urf bo‘lib borayotir. Afsuski, shu o‘rinda yana bir achinarli holatni aytib o‘tmasak bo‘lmas. Keyingi vaqtlarda nashrlar va nashriyotlarda tinish belgilariga bo‘lgan e’tibor andak susaygandek. Ayniqsa, xususiy gazeta-jurnallar hamda nashriyotlarda chop etilayotgan matnlarda imlo xatolari bilan bir qatorda tinish belgilarini qo‘llashda ham pala-partishlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Bu holatga ko‘cha va maydonlardagi ijtimoiy reklamalar matnidan ham ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu kabi ko‘pchilik o‘qiydigan yozuvlardagi xatolar faqat xususiy bo‘lmasdan, ijtimoiy mazmun kasb etishi mumkinligini yoddan chiqarmaylik. Aytaylik, o‘quvchi ushbu holatni andaza sifatida qabul qilishi va ertaga bu xatolikni bir umr takrorlashi mumkin. Avvalo, tinish belgilarini qo‘llash bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish maktablarimizda dars jarayonida takomil topishi lozim. Bunda faqat darslik bilan chegaralanib qolmasdan, davriy nashrlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda amaliy mashg‘ulotlar vositasidan keng foydalanish yaxshi samara beradi. Qolaversa, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun topshiriladigan testlarga punktuatsiyaga oid savollar ko‘proq kiritilsa ayni muddao bo‘lardi. Xudoyberdi KOMILOV В 2022 году учеными Самаркандского института археологии имени Я. Гуломова, действующего в системе Агентства культурного наследия Узбекистана были проведены раскопки и исследования более чем на 20 объектах республики. В настоящее время в Узбекистане зафиксированы несколько тысяч археологических памятников. Они являются уникальным кладезем научной информации, расширяющей наше представление об уникальной и самобытной истории страны. Научные археологические экспедиции способствуют новым открытиям и закладывают основы для консервации и сохранения бесценного наследия. - В 2022 году археологические раскопки и исследования проводились практически на всей территории республики, - говорит исполняющий обязанности директора Самаркандского института археологии имени Я. Гуломова Муминхон Саидов. - В результате научных экспедиций было обнаружено огромное количество раритетов, отражающих уклад жизни наших предков, демонстрирующих эволюционное развитие древних поселений. Научные сотрудники института археологии в минувшем году провели также ряд исследований в городе Самарканде. На территории областного центра на различных уровнях культурного слоя были обнаружены фрагменты глиняной посуды, обожженного кирпича и заложенные для хранении виноградные косточки. На месте одного раскопа выявлены специфические следы воды и песка, что позволило сделать предположение о существовавшем здесь канале и развитой системе орошения. Последние находки еще раз подтвердили высокое развитие гончарного дела в древнем Согде. Например, в Нурабадском районе были раскопаны руины мастерской с хорошо сохранившейся печью для обжига. Она дает представление о технологии изготовления бытовой утвари. Найденные здесь фрагменты керамических изделий были датированы VII-VIII веками. Любопытные открытия были сделаны на историческом памятнике Мингтепа в Джамбайском районе. Здесь были вскрыты хорошо сохранившиеся фрагменты трех жилых помещений с арочными перекрытиями. Были также найдены глиняные сосуды, монеты, остатки благовоний. Фрагменты керамических изделий, обнаруженных в селении Актепа в этом же районе, имеют отношение к различным историческим периодам. Они датируются начиная I и II веками до нашей эры и тимуридским периодом. В результате раскопок, проведенных на археологическом памятнике Кофиркала, расположенного в юго-восточной части Самарканда, полностью вскрыт и изучен участок дворца размером 10х10 метров. Ринат АБДУЛЬМАНОВ Bir kishi hiyla bilan bir qushni tuzoqqa tushirdi. Qush tilga kirib unga yolvordi: — Ey ulug‘ inson, sen necha ho‘kizlaru qo‘ylarni yeding, tuyalar qurbon qilding. Bu dunyoda ular bilan to‘ymading-u, meni yeb to‘yasanmi? Agar meni qo‘yib yuborsang, senga uchta nasihat aytaman. Bu nasihatlarga amal qilsang, har mushkuling oson bo‘ladi. Birinchisini, qo‘lingda turib aytaman, agar ma’qul bo‘lsa, meni qo‘yib yuborasan. Ikkinchisini, shu tom ustiga, uchinchisini esa anavi baland daraxtga qo‘nib aytaman. Odam qushni mahkam ushlab: — Qani , aytgin-chi , agar yoqtirsam, seni qo‘yvoraman, — dedi. Bechora qush birinchi nasihatini aytdi: — Bo‘lmaydigan gapga, kim aytsa-aytsin, ishonma! Odam qushni qo‘yib yubordi. Qush uchib tom chetiga qo‘ndi. Ikkinchi nasihatini aytdi: — O‘tib ketgan narsa, boy berilgan fursat uchun xafa bo‘lma, oh-voh chekma, — dedi. Yana biroz uchib, baland daraxt shoxiga qo‘ndi va dedi: — Qornimda og‘irligi o‘n bir dirham bo‘lgan qimmatbaho dur bor edi. Qo‘yib yubormaganingda o‘sha dur seniki bo‘lardi. Buni eshitgan odam yig‘labsiqtadi , sochlarini yuldi . Bu bema’nilik qarshisida qush aytdi: — Men senga: “O‘tib ketgan narsa, boy berilgan fursat uchun ohvoh qilib xafa bo‘lma” , demadimmi? Modomiki, fursatni qochirding, nega g‘amga botib o‘tiribsan? Yo nasihatimni eshitmading yoki karsan. Qush so‘zida davom etdi: — Bundan tashqari, senga “Bo‘lmaydigan gapga ishonma!” demadimmi? Axir mening og‘irligim uch dirham. Qornimda qanday qilib o‘n bir dirhamli dur bo‘lsin?! Shundagina odam o‘ziga keladi: — Bo‘ldi, bo‘ldi! Aytganlaringni endi yaxshi angladim. Qani endi, uchinchi o‘gitingni aytaqol. Qush: — Hoy, Xudo xayringni bergur, ikki o‘gitimga rioya qildingmiki, mendan uchinchisini so‘rayapsan? Uxlab yotgan noshudga o‘git berish - unumsiz tuproqqa urug‘ ekkan kabidir. Ahmoqlik va noshudlik, ilmsizlik yirtiqqa yamoq bo‘lmaydi, — dedi-yu uchib ketdi... Jaloliddin RUMIY 1974-yil. Maktabni oltin medal bilan bitirib, behad katta orzu-umidlar og‘ushida Toshkentga yo‘l oldim. Men o‘zimga shunchalik ishonar edimki, go‘yo allaqachon oliy o‘quv yurtining talabasi bo‘lganmanu, odatdagi o‘qishga otlanganman. Haqiqatan ham, agar birinchi imtihonni “besh” bahoga topshirsam, talabalar safida bo‘lishim aniq edi-da. Dastlabki imtihonda insho yozish kerak ekan. Bu mening ishonchimni yanada mustahkamladi. Axir, insho yozish bizga cho‘t bo‘ptimi?! TUZOQQA TUSHGAN QUSHNING O‘GITLARI Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni, O‘rik gullarining eding maftuni. Har uyg‘ongan kurtak, hayot bergan kabi Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni. Mana qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari. Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda, Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi. Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini, Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi. Topmay sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog‘laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog‘ning toshini. So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga, Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan. Singib yosh kuydirgan zafar yonog‘imga Sekin xabar berdi menga o‘zidan. Lekin yotog‘imda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari, Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib: «Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan? «Baxtim bormi deya», yakkash so‘roqlab Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan? O‘rik gullariga to‘nmaydi nega Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho‘x na’shidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?» Qanday javob aytay, loldir tillarim, Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga. U ham g‘aming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga. Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi, Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok. Sening yoding bilan yelib beqaror, Gullar g‘unchasini etdi chok-chok. Gul-u rayhonlarning taraldi atri, Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq. Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq. Bahorgi burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi jo‘shqin zabardast. O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas. Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham! Bahor keldi seni so‘roqlab Hikmat