The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2024-02-07 09:00:10

6-son

6-son

Vatan, el manfaati muqaddasdir! Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz S ISSN 2010-6734 2024-YIL 8-FEVRAL, PAYSHANBA № 6 (2519) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi Islohot 9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun SAMARQANDNING EKSPORT O‘ tgan yilning 26 - s en tab r kuni SALOHIYATI P re ziden t Sh .Mi r ziyoyev rai sligida o‘tkazilgan mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tizimni isloh qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. O‘sha yilning 21-dekabrida davlatimiz rahbari mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Mahalla in s ti tu tining jamiya tdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Eng katta yangilik O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi , uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari hamda tuman va shahar bo‘limlari tashkil etilishi bo‘ldi. Uyushmaning asosiy vazifalari sirasiga mahallaning xalq bilan davlat o‘rtasidagi “ko‘prik” vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga, “mahalla yettiligi” tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishga, mahalla mas’ullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari shakllanishiga ko‘maklashish kiritildi. Uyushma konferensiyasi uning yuqori organi bo‘lib, kamida uch yilda bir marta chaqiriladi. Kadrlar masalasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birligini qisqartirib, uyushma, uning hududiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkama sining “Mahalla ye t tiligi ” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tashkil etish orqali yechiladi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalarining 320 ta shtat birliklari ham qisqartirilib, uyushma va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi. Mazkur uyushma nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, bu mahallalarning faoliyati ustidan davlat idoralarining nazorat yoki monitoring olib borishiga barham beradi. Ya’ni, ular o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi maqomini saqlab qoladi. Hujjatga ko‘ra, uyushma raisi maqomi , tibbiy, transpor t va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtirildi. O‘z navbatida uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari mazkur ta’minot sharoitlari bo‘yicha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimi o‘rinbosariga tenglashtirildi. (Davomi 2-sahifada) Strategiya doirasida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot maqsadlari belgilandi. Ayni paytda ularni amalga oshirish davom etmoqda. Zero, o‘z ahamiyatiga ko‘ra davlat, jamiyat, xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalar bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shunday maqsadlardan biri “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib, u o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirishga qaratilgan. Strategiyaning 39-maqsadi sifatida belgilangan ushbu vazifadan bosh maqsad avvalo yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaaga barcha yoshlarni jalb qilishdan iborat. Buning uchun yosh kitobxonlar sonini 2030-yilga qadar 5 million nafardan oshirish, har yili 100 ta yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitob chop etish g‘oyasi olg‘a surildi. Bundan tashqari, ko‘p jildlik “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” rukni ostida badiiy to‘plamlarni nashr qilish ham shu maqsaddan o‘rin olgan. Shunisi e’tiborliki, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” turkumi ostida 100 jilddan iborat to‘plamlarni o‘zbek tilida nashr etish ko‘zda tutilmoqda. Ma’lumki, hayotimizning barcha jabhalarini zamonaviy texnologiya — raqamlashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Bu jarayon kitob fondini raqamlashtirish jarayonida ham keng qo‘llaniladi. 2030-yilga qadar 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish va bu bilan kitobxonlarga yana bir qulaylik yaratish bosh maqsadlardan biriga aylandi. Strategiya bilan tanishar ekansiz yuqoridagi maqsad uning eng oxirida ham o‘zgacha ma’no va mazmunda qayd etilganiga guvoh bo‘lasiz. Ya’ni, strategiyaning 100-maqsadidan “Yosh kitobxon” tanlovini yanada takomillashtirish vazifasi o‘rin olgan. Muhimi, ushbu tanlov kelgusida o‘zbek tilidan tashqari qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillaridagi adabiyot ixlosmandlari o‘rtasida ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Demak, yoshlar o‘rtasida hozirga qadar o‘tkazib kelinayotgan tanlov o‘ziga xos baynalmilal ma’naviy harakatga aylanadi. Maqsad — millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, qo‘shni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yuksaltirishdan iborat. Bu jarayonda mamlakatimizdagi boshqa millat vakillarining yoshlari ham ishtirok etishi yurtimizda olib borilayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik an’analarini riqojlantirish va mustahkamlashning amaliy ijrosiga aylanishiga shubha yo‘q. 100-maqsaddan o‘rin olgan muhim vazifalardan biri ta’lim boshqa tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini ikki hissaga, millatlararo munosabatlar sohasiga doir ilmiy-ommabop adabiyotlar sonini 3 baravarga oshirish belgilandi. Do‘stlik jamiyatlari sonini 60 taga yetkazish, birodarlashgan shaharlar sonini hozirgidan 2 baravarga oshirish ham belgilab qo‘yilganki, bu maqsadlar ijrosi ham buyuk ma’naviyatimiz ildizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tom ma’nodagi, keng qamrovli umumdavlat va umumxalq dasturidir. Uning ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash bilan mamlakatni yangi taraqqiyotga, xalqni farovonlikka boshlaymiz. Quvondiq XALILOV 2023-YILDA * O‘tgan yili shaharda 191,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. * Yangi loyihalar ishga tushirilishi natijasida dastur va dasturdan tashqari loyihalar hisobiga 1200 ta yangi ish o‘rni yaratildi. * “O‘zBAT” AJning "Samarqand sigaret fabrikasi" tomonidan qizdirilgan tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida 33 million AQSH dollari qiymatiga ega bo‘lgan yangi ishlab chiqarish tarmog‘i tashkil etilib, 100 kishi ish bilan band qilindi. * “SXF Silk Road Construction Group”, “Azia metal prof”, “Saxari” MCHJlarida umumiy qiymati 75 million AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiyalar joriy qilinib, 720 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. * Ushbu korxonalarga kiritilgan investitsiyalar asosida amalga oshirilgan loyihalardan ko‘zda tutilgan maqsad eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. * 2023-yilda 289 million AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, eksport hajmi 2022-yilga nisbatan 156 foiz o‘sdi. * Eksport qilingan mahsulotlarning 231,2 million AQSH dollari sanoat, 29 million AQSH dollari meva-sabzavot mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. 2024-YILDA * Dastlabki ishlab chiqilgan hududiy investitsiya dasturi doirasida 6030,9 milliard so‘mlik 71 ta loyiha ishga tushirilib, 4693 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. * Bu loyihalarning asosiy qismi eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. * 2024-yilda shaharda jami 333,1 million AQSH dollarlik mahsulotni eksportga yo‘naltirish belgilangan. * Eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarning 310,6 million AQSH dollarini sanoat, 22,5 million AQSH dollarini meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etadi. (Rasmiy ma'lumotlar asosida tayyorlandi). Qo‘lyozmalar – ijodkor faoliyatining “tirik” guvohlari, hayoti va adabiy muhitidan ma’lumot tashuvchi vosita. Vaqt esa hakam, u ko‘plab qo‘lyozma asarlarning yo‘q bo‘lib ketishiga ham sabab bo‘ladi. Davrlar, tuzumlar o‘zgarishidan hamma narsa ham birdek omon qola olmaydi. Ammo asl va kuchli asarlar qo‘lyozmalar vositasida bizgacha yetib kela olgan. Shu ma’noda Alisher Navoiy asarlarining qo‘lyozmalari masalasida o‘zbek xalqining omadi kelgan, desa ham bo‘ladi. Shoir she’rlari jamlangan o‘ndan ortiq qo‘lyozma Navoiy hayotligi davrida ko‘chirilgan bo‘lib, bugungi kungacha yetib kelgan. O‘shandan beri salkam besh yarim asr vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Alisher Navoiy devonlarining qo‘lyozmasini izlash va topish davom etmoqda. Shu kunlarda shoir devonining yana bir qo‘lyozmasi va uning tarkibi aniqlandi. Navoiyning 1501-yili may oyida ko‘chirilishi tugallangan “Terma devoni” qo‘lyozmasi fotonusxasini oldik. U yashagan davrga yaqin bo‘lgan ushbu qo‘lyozma tarkibining aniqlanishi, mutafakkir adibimiz ijodiy laboratoriyasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda dunyodan ko‘z yumgan. Qo‘lyozma shundan to‘rt oy o‘tganidan so‘ng – 906 yil, shavvol (1501 yil, may) oyi oxirida ko‘chirib tugallangan. Undan Navoiyning 127 g‘azali va 3 ruboiysi o‘rin olgan. Mazkur majmua Alisher Navoiyning 1498-yil tartib berilishi yakunlangan to‘rt devondan iborat “Xazoyin ulmaoniy” to‘plamidan so‘ng tuzilganligi va ancha kichik hajmga egaligi sabab uni shartli tarzda “Navoiyning 1501-yilgi “Terma devon”i, deb atash mumkin. (Davomi 4-sahifada) Alisher Navoiy devonining yana bir qo‘lyozmasi va uning tarkibi aniqlandi Do‘stlar, mahram deb elga Ne navo soz aylagay TARAQQIYOT VA FAROVONLIK YO‘LIDAGI 100 MAQSAD MAHALLA TIZIMIDAGI O’ZGARISHLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq qabul qilingan 100 maqsaddan iborat muhim umumdavlat va umumxalq dasturi to‘rt oydan oshdiki, barcha jabhalarda maqsadlar ijrosiga qizg‘in kirishilganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. yoshlar kelajagi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga xizmat qiladi Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz, Boshingizg’a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz, O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz. Ishq asrorig’a til mahram emastur zinhor, Kim, ko‘nguldin tilga ani oshkoro qilmangiz. Chun ko‘nguldir qalb-u til g’ammoz, maxfiy rozni, Jon haramidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz. Chun ko‘ngul til birla mahram bo‘lmadi, hojat emas, Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz. Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nodim bo‘lub, Ohning dudin sahob-u ko‘zni daryo qilmangiz. Chok-chok aylab ko‘ngulni, tilni aylab yuz tilim, Tashlab itlarga alarning yodi qat’o qilmangiz. Menda hijron dardi-yu yo‘q sabr, bori do‘stlar, Choraye gar qilsangiz, juz jomi sahbo qilmangiz. Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh, Otini roz ahli tumorinda insho qilmangiz. Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo. Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay, Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo. Dema, hijronimda chekmaysen fig‘on-u nola ko‘p, Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo? Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni, Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo. Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il, Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo. Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim, Qilg‘udekdur subh ani shami shabistondin judo. Bu egasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz, Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.


2 2024-yil 8-fevral, payshanba, № 6 (2519) www.samarkandnews.uz Samarqand Davlat va xalq o‘rtasidagi "ko‘prik" Mulohaza o‘rnida MAHALLA TIZIMIDAGI O’ZGARISHLAR DAM OLISH KUNI Insonning tashqi qiyofasi, ichk i dunyos i , xarakter i ko‘proq otasi va onasidan biriga o‘xshashligi hayotda o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Bu holatni odatda xalq tilida ota-onasining, bobo-buvisining qonidan o‘tgan, degan xulosa bilan ta’riflaymiz. Darhaqiqat, ajdodlarning, xususan ota-onaning ijobiy va salbiy xususiyatlari farzandlarida namoyon bo‘lishi ham bor gap. Bu hayot haqiqatini o‘rganadigan va o‘rgatadigan fan yo‘nalishi genetikadir. Genetika biologiya fanining muhim qismi hisoblanadi. Bu fan inson va hayvonot olamini o‘rganish, ilmiy baholashda beqiyos ahamiyatga ega. Mazkur fanning irsiyatni, genlarning vazifasi hamda tuzilishini o‘rganishda o‘rni katta. Inson genetikasi uning xususiyatlari qanday aniqlanib, avloddanavlodga o‘tishini o‘rganadi . Genetika orqali bolaga ota va onadan meros bo‘lib o‘tgan yuz, ko‘z, quloq, burun, gavda tuzilishi va soch ranglari, sochning jingalak yoki tekisligi kabi jihatlar o‘rganiladi. Erkaklar va ayollarda xromasomalar turlicha bo‘lib, ularda joylashgan genlar orqali tashqi ko‘rinish, xarakter ham ota-onadan bolaga o‘tadi. Bugungi kunda xromasomalarning har birida ma’lum joylarda taxminan 12800 ta gen bo‘lishi isbotlangan. Tadqiqotlarning barcha xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab genlarning murakkab o‘zaro ta’siri faqat ma’lum shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Biroq, bu jarayonda shaxsiy xususiyatlarning genetik kelib chiqishi 100 foiz aniqlanmaydi. Insonning xulqatvori emas, balki umumiy narsani belgilashga kirishuvi ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyillari, javob berish va qaror qabul qilishda ko‘zga tashlanadi. O‘rtacha aqliy xususiyatlarning irsiyligi kamdankam hollarda 50—70 foizdan oshishi mumkin. Insonning xulqatvor faoliyati qanchalik murakkab bo‘lsa, unga muhit, ta’limtarbiya va atrof-muhitning ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Me’ros qilib olingan narsalar bilan ishlash, so‘zlash va miyani yangicha fikrlash, javob berish usullariga “o‘rgatish” mumkin. Buning natijasida yaxshiroq hayot kechirish uchun imkoniyat yaratilishi mumkin. Agar oila ta rbiya ma sala sida yax shi ishlamasa, yetarli muhit bo‘lmasa, genetika inson hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sirni insonning tashqi qiyofasi xarakterining shakllanishida kuzatish mumkin. Ota va onadan bolaga zaiflik, g‘oliblik, qo‘rquv va jasorat singari ijobiy va salbiy genetik ta’sirlar o‘tishi mumkin. Salbiy holatlar bolada ko‘zga tashlana boshlasa, uning zaif tomonlari bilan ishlab, tarbiyalash asosida bu kamchilikni bartaraf etish mumkin. Zero, ota-bobolarimiz hayoti va faoliyatida ham bu muhim milliy udum sifatida ko‘zga tashlanadi. Masalan, kelin tanlashda uning ota-onasidan tortib to yetti pushtigacha bekorga surishtirilib, o‘rganilmagan. Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘g‘illari va nabiralariga kelin tanlashda ana shu hayotiy talabga qat’iy amal qilganligi genetika fanining qadimiyligidan darak beradi. Qolaversa, ayni paytda ham amal qilayotgan urfodatlarimiz mazmun-mohiyati ham genetika bilan chambarchas bog‘liqdir. Muhammadqodir ZIYODOV, SamDTU akademik liseyi o‘quvchisi (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Farmon bilan Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qo‘llabquvvatlash kengashlari tashkil etildi. Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashiga Bosh vazir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) mahallani qo‘llabquvvatlash kengashlariga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va hokimlar raislik qiladi. Respublika Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi mahallalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi, daromad va xarajatlar hamda dasturlarni tasdiqlovchi oliy organ hisoblanadi. Respublika va hududiy kengashlar jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Respublika kengashi har olti oyda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari har uch oyda, tuman va shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari har oyda kamida bir marotaba uyushma va boshqa davlat tashkilotlari, ularning tegishli hududiy bo‘linmalari faoliyatini baholash va muammolarni kompleks hal qilish yuzasidan yig‘iladi. Bugungi kungacha mahalla faollariga 100 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar bilan vazifalar yuklatilgan edi. Farmonda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qilish belgilandi. Shuningdek, yettilikdagi har bir xodimning vazifalari aniq ko‘rsatib berildi. Quyida ularning asosiy vazifalarini keltirib o‘tamiz. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi mahalla obodligini ta’minlashi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirishi kerak. Har oyda bir marotaba mahalladagi barcha ko‘chalarda ommaviy hashar uyushtirish, kamida 2 ta ehtiyojmand oilaning ta’mirtalab xonadonida qo‘ni-qo‘shnilarni jalb etgan holda hashar tashkil etish shular jumlasidan. Bundan tashqari, u har chorakda bir marotaba madaniya t xodimlari , yozuvchi va shoirlarning aholi bilan milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash, to‘y-marosimlarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha uchrashuvini tashkil etishi, mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar etishi, mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilishi lozim. Uning vakolat muddatini 3 yildan 5 yilga uzaytirish ham ko‘zda tutilgan. Hokim yordamchisi doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishiga ko‘maklashishi kerak. Shu bilan birga, u aholiga ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritadi, dehqon xo‘jaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalarning hamkorligini tashkil etadi. Mahalladagi kambag‘al oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqish va ularning daromadini oshirish ham hokim yordamchisining vazifasi hisoblanadi. Yo shla r ye tak chi si mahallala rda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan, ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb qilishga mas’ul. Shuningdek, ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari bandligiga ko‘maklashish uchun “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan 30 ta yordam turlaridan samarali foydalanishni tashkil etish ham uning zimmasida. Aytish joizki, farmon bilan yoshlar yetakchisiga mahallada kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida shaxsiy namuna sifatida har oyda kamida bitta kitob o‘qishi, shaxsiy rivojlanish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida kamida 1 ta xorijiy tilni mukammal o‘rganishi belgilangan. Xotin-qizlar faoli oddiy “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli choratadbirlarni amalga oshiradi. Shuningdek, u xo tin-qi zla rning i j timoiy- siyo siy faolligini oshirishi, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishi, har oyda kamida 10 nafar og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiyhuquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlab, profilaktika inspektoriga xabar berishi kerak. Profilaktika inspektori mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrofmuhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi. Ijtimoiy xodim og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatadi va yordamlarni tashkil etadi. Soliq inspektori tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirishga mas’ul hisoblanadi. Shu kunlargacha mahallalarda moliyaviy va ma’muriy resurslar mavjud emas edi. Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga moddiy yordam ajratish ham 5 bosqichdan iborat uzoq jarayonni talab qilardi. Farmonga ko‘ra, 2024-yilning 1-martidan boshlab jismoniy shaxslarni “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Ayni maqsadda har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablag‘larni taqsimlovchi mas’ul tashkilotlar tomonidan jamg‘armalarda shakllangan mablag‘lar daftarlarga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda har bir mahalla kesimida taqsimlanadi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish va chiqarish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish bo‘yicha hujjatlarni shakllantirib, “mahalla yettiligi”ning boshqa barcha a’zolariga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi. “Temir daftar” Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yuritiladi. Shunga qaramay, ularga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar i jtimoiy xodim tomonidan “mahalla yettiligi”ga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan holda ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjat bilan joriy yilning 1-yanvaridan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi. Har bir mahalladagi mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi bo‘lib, unga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi, mahalla idoralari orqali ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun undirilgan yig‘imning 10 foizi, mahalladagi hududi 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchisining onlaynbuyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda), mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘lar tushirilishi belgilangan. “Mahalla budjeti” tizimi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oy yakuni bilan kelgusi oyning 5-sanasiga qadar “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boradi. A. ORZIQULOV tayyorladi. Bundan besh-olti yil muqaddam bu savolga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida faoliyat yuritadigan yurtdoshlarimizning a k s a ri ya ti y e t a rli c h a j a v o b berolmasdi. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi. O‘sha davrda barcha davlat xizmatchilari dam olish kunlari ham, bayram kunlari ham, ish vaqtidan tashqari, tungi vaqtlarda ham korxonada bo‘lishardi. O‘z davrining yozilmagan qonunlariga ko‘ra toki, davlat tashkiloti rahbari kechqurun uyiga ketmaguncha qo‘l ostidagi xodimlar mansabdorni poylab o‘tirishardi. Rahbar uyiga ketgach, qolganlar ham yo‘lga tushardi. Xo‘ sh , dam oli shning o‘zi nima ekan? U hordiq chiqarish — charchoqni yozadigan, kuchquvvatni, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom olishdir. Mehnat va dam olish odamning o‘qish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog‘langan. Fiziologik ma’noda dam olish faoliyatning alohida holati bo‘lib, bunda ishlamay turgan hujayralar o‘z normal tarkibini tiklaydi. Uyqu dam olishning eng ta’sirli turi bo‘lib, uyqu paytida birinchi navbatda miya hujayralarida tiklanish jarayoni jadal boradi. Bir xil ishdan boshqasiga o‘tish, aqliy faoliyatni yengil jismoniy mehnat bilan navbatlash ham charchoqni yo‘qotadi: bu miyada dam olishning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Og‘ir jismoniy yoki aqliy mehnatdan keyin ish qobiliyatini mumkin qadar tezroq tiklash uchun passiv dam olishni aktiv dam olish bilan navbatlash lozim. Yetarli dam olmaslik — ish qobiliyatining pasayishi va hatto yo‘qolishiga, organizmning himoya kuchi susayishiga, eng yomoni turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish salomatlik va ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi. Dam olmasdan yuqori bosim bilan ishlash, zo‘riqish va ortiqcha yuklama i s h c h i - x o d i m l a r n i d e p r e s s i y a g a o l i b keladi. Eng yomoni, k e c h a s i u y q u g a to’ymagan, yaxshi hordiq chiqarmagan kishining ertasi kungi ishi samarali va unumdor bo‘lmaydi. Y i l l a r d a v o m i d a davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida i s h l o v c h i x o d im l a r ortiqcha yuklama va zo‘riqish ostida, mehnat h u q u q l a r i p o y m o l qilingan holda faoliyat yurutishgani oqibatida ularning ko‘pchiligi turli xil surunkali kasalliklarga chalinganiga guvoh bo‘lganmiz. — Bundan besholti yillar muqaddam topshriqlar shu darajada ko‘p ediki, ularning yetmish foizini sakkiz soatlik ish vaqtida bajarishning umuman imkoni yo‘q edi, — deydi uzoq yillar Samarqand viloyati va Samarqand shahar hokimliklarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan B. Jo‘rayev. — Eng yomoni, bu topshiriqlarning asosiy qismi bizning xizmat vazifamizdan tashqari, qo‘shimcha topshiriqlar edi. Kunlik topshiriqlarni bajarish uchun ish vaqti tugagandan keyin ham ishlashimizga to‘g‘ri kelardi. Shunday vaziyatlar bo‘lganki, farzandlarim bilan haftalab gaplasholmaganman. Men yarim tunda uyga kelganimda ular uxlab qolgan bolardi. Erta tongda ular uyquda vaqti ishga jo‘nab ketishga majbur edim. Dam oli sh kunlari — har haftalik uzluksiz dam olish kunlari. O‘zbekiston Respublikasida barcha xodimlarga 5 kunlik ish haftasida haftada 2 dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa, 1 dam olish kuni beriladi. Umumiy dam olish kuni yakshanbadir. Dam olish kunlarida ishlatish ta’qiqlanadi. Dam olish kunini boshqa kunga ko‘chirish yoki ish kuni, deb e’lon qilish O‘zbekiston Re s p u bli k a si P r e zi d e n ti ni n g vakolatiga kiradi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Re s p u bli k a si P r e zi d e n ti S h . Mirziyoyevning tashabbusi bilan majburiy mehnatga jalb qilish va dam olish kunlarisiz ishlash “an’anasi”ga barham berildi. Ish vaqtidan samarali foydalangan holda vazifani bajarish, o‘z vaqtida ishlash va dam olish kunlari oila davrasida hordiq chiqarish lozimligi belgilandi. Shundan so‘ng hamma ishga o‘z vaqtida kelishiga, samarali ish kunidan keyin uyiga ketishiga, dam olish hamda bayram kunlari oila va yaqinlari davrasida maroqli hordiq olishiga sharoit yaratildi. Rahbarlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari dam olish kunlari oilasi davrasida bo‘lishi, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, farzandlari bilan madaniyat va istirohat bog‘lariga, muzeylarga, turmush o‘rtoqlari bilan kino va teatrga borishlari lozimligi bir necha bor mamlakatimiz rahbari tomonidan ta’kidlandi. — Dam olish kunlari oilam davrasida bo‘lishga, aka-uka va opa-singillarim bilan diydorlashishga harakat qilaman, — deydi Jomboy tumani hokimi Q. Sobirov. — Diydor shirin, bu dunyoda qoladigani - mehru oqibat. Farzandlarimiz, nabiralarimiz ana shu mehr ummonida kamolga yetsin, bu dunyoda g‘animat bo‘lgan qarindosh-urug’ning qadriga yetsin, mehridan bahra olsin, degan maqsadda ularni ham o‘zim bilan mehmonga olib boraman. Yoki qarindoshlarimizni biror bahona bilan xonadonimizga taklif qilamiz. Bularning ba r cha si meh ru oqiba t rishtalarini mustahkamlash b i l a n b i r g a d u s h a n b a kuni bo shlanadigan i sh haftasining samarali kechishini ta’minlaydi. — Farzandlarim davlat idoralarida ishlashadi, — deydi mehnat faxriysi X. Komil o v. — Ke ch qu run hamma yig‘ilib kelgach , ke ch ki ov q a t d an s o‘n g bugungi kun uchun juda kamyob bo‘lgan mashg‘ulot — kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishadi. Nabiralar, k e l i n l a r im h am b o ‘ s h va q t topishdiki, mutolaa bilan band bo‘lishadi. Qirq yildan ziyod vaqt mobaynida yosh avlodga ta’limtarbiya berdim. Oilamizda bo‘sh vaqt yoki dam olish kunlari kitob o‘qish an’anaga aylangan. Xonadonimizda mo’jazgina kutubxonamiz bop. Farzandlarim maosh olganda, o‘zim pensiya olgan kunlarim, albatta, uyga kitob olib boramiz. Yuqorida aytilganidek, dam olish kunlari yurtdoshlarimiz farzandlarini yetaklab istirohat bog‘lariga, dam olish maskanlariga, muzey va teatrlarga borishi, oilasi uchun unutilmas lahzalarni hadya qilishi bola tarbiyasi va oila mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Afsuski, dam olish kunlari imkoniyatidan aksariyat ota-onalar boshqa maqsadlarda foydalanishmoqda. Dam olish kunlaridan samarali foydalanish, oila davrasida hordiq chiqarish, madaniy hordiq olish farzand tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi, oila mustahkamligini, mehru oqibat oshishini va eng myhimi, samarali ish haftasini ta’minlaydi. Hakim JO‘RAYEV yoshlar kelajagi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga xizmat qiladi dam olayapsizmi? "Qosh-ko‘zlaring otangga o‘xshaydi" Yoxud genetika fani, uning o‘rni va ahamiyati xususida


3 2024-yil 8-fevral, payshanba, № 6 (2519) www.samarkandnews.uz Samarqand Mehrga yo‘g‘rilgan ozuqa Tibbiyot Korrupsiya jamiyat kushandasi O‘g‘irlik va poraxo‘rlik Вода — это наше здоровье и многое зависит оттого, какую именно воду мы пьем. Сейчас полки магазинов пестрят многообразием. На бутилированной продукции можно встретить надписи «талая», «горная», «минеральная», «артезианская» и другие. Изготовители используют разные маркетинговые уловки, пытаясь привлечь внимание покупателей. Чтобы понять, как выбрать качественную, безопасную и полезную для здоровья бутилированную воду, мы обратились к экспертам. Но для начала расскажем о том, какая вода течет у нас из крана. В нашей области обычную питьевую воду тестируют в санитарно-гигиенической лаборатории управления санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья. А вода, выпущенная на предприятиях, проходит проверку в столице, куда отвозятся образцы для дальнейшего производства и получения сертификата качества. Для полного проведения лабораторных анализов необходимо специальное оборудование, которого нет в Самарканде. — Мы проводим анализ обычной питьевой воды, которую тестируем по нескольким показателям, — говорит врач-лаборант санитарно-гигиенической лаборатории управления санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Елена Кудрина. — Сначала вода проходит проверку на органолептические показатели, то есть на наличие неприятного запаха, привкуса, осадка на дне, мутности. Затем замеряют водородный показатель, далее следует химический анализ на азот нитраты, азот амиака и азот нитриты — последних вообще не должно быть в воде. Наличие азот нитратов в воде нормируется и не должно превышать 45 мг на литр воды. После раствором кислого серебра определяется наличие хлоридов в воде. Титриметрическим методом определяется жесткость воды, а также наличие кальция и магния. Затем идет проверка на наличие сульфатов. Ну и последние этапы проверки — это фильтрация, выпаривание и сжигание в муфельной печи с последующим замером на аналитических весах. Также в воде не должно быть паразитов и бактерий. Полярографическим методом определяется содержание в ней элементов — меди, цинка, свинца и кадмия. Такие крайне токсичные тяжелые металлы, как свинец и кадмий, попадая в организм человека при приеме воды, способны значительно ухудшить здоровье человека и даже привести к летальному исходу. По данным управления статистики области в нашей области зарегистрировано 45 предприятий, выпускающих воду и газированные напитки, 17 из которых расположены в городе Самарканде, 11 в Самаркандском районе. В минувшем году было открыто 14 новых предприятий. Самыми крупными производителями безалкогольных напитков и минеральных вод считается СП ООО Marokand Pensylvania Trade, начавшее производство в январе 2018 года. Предприятие осуществляет экспортно-импортные операции почти с 80 государствами мира, в том числе с Соединенными Штатами Америки. По словам руководителя общества Ш. Рахматова, в 2018 году при поддержке американских партнеров на 500 тысяч долларов они приобрели современное технологическое оборудование, которое позволяет упаковывать в день 50 тысяч бутылок минеральной воды и других напитков. В прошлом году годовой объем производства превысил 511 тонн готовой продукции. Основная часть продукции отправляется за границу. Известным брендом считается и минеральная вода "Самарканд" от Pulsar Group Brewery. Источником минеральной воды служит природно-минеральная вода, добываемая с глубины 440 метров, известным в Узбекистане с 1947 года. Чтобы увидеть, как проходит процесс очистки и фильтрации воды, мы посетили ООО "Боги баланд беверидж", где производят воду и негазированные напитки Tesco. Продукцию под этим брендом можно встретить практически в каждом продуктовом магазине, так как весь производимый товар реализуется на внутреннем рынке. В прошлом году годовой объем предприятия составил свыше четырех миллиардов сумов. Ежегодно здесь обрабатывается 2 752 куба воды из скважин. Ежемесячный объем в летнее время превышает 700 кубов. Предприятие, расположенное в махалле "Узбеккенти" Самаркандского района, имеет собственные скважины и итальянское оборудование четырехэтапной фильтрации. Источник находится на глубине 60-80 метров. — Глубина зависит от расположения водоемов и местности, — говорит генеральный директор компании Абдуазиз Мунисов. — Наше предприятие имеет удобное расположение — вблизи реки Зеравшан, поэтому скважина не такая глубокая, как это может быть в других более засушливых регионах. Вода, которую добывают из скважин, расположенных, как правило, в защищенных от загрязнений местах, не имеет бактерий и вредных химических веществ, которые есть на поверхности. Она поступает под напором в оборудование для фильтрации. В процессе очистки из воды удаляются многочисленные химические загрязнители: бактерии, грибы, водоросли, некоторые металлы, такие как свинец и медь, а также различные паразиты. Далее запускаются технологические линии производства минеральной воды, помогающие смягчить ее, а также устранить излишки минералов и микроэлементов (например, железа). Если этого не сделать, то такая вода может отрицательно повлиять на здоровье потребителей. Тогда же в воду добавляют недостающие полезные элементы — йод, фтор, селен и т. д. Вся бутилированная вода хранится в пластике сроком не более 6 месяцев. Кстати, по мнению специалистов, обычная вода более подвержена размножению бактерий, в отличие от минерализованной. Газы не позволяют размножаться бактериям и сохраняют целебные свойства источника. Кроме этого, вода с общей минерализацией больше 1 г/л, характеризуется лечебным или направленным профилактическим действием. В зависимости от источника минеральной воды, в ней может быть множество как полезных, так и вредных элементов. Для уничтожения последних элементов применяется поэтапная фильтрация, о которой сказали выше. Возможно, самое простое решение проблемы "плохой воды" — это покупка в магазине бутилированной. Тем более она может быть не только чистой, но и минеральной, то есть обогащенной полезными для человека веществами. Но выбор всегда остается за потребителем. Каждый вправе выбирать, какую воду пить в зависимости от предпочтений и, конечно, материальных возможностей. Замира БАЛТАЕВА Ona suti bola hayotining ilk soniyalaridan bir yoshgacha noyob va eng muvozanatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Abu Ali Ibn Sino o‘z davrida: “Yerdagi barcha tirik jonzotlar uchun qanchalik quyosh nuri kerak bo‘lsa, ona suti ham o‘sayotgan bola uchun shunchalik kerakdir”, degandi. Ona sutining asosiy tarkibiy qismlari (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar) bola organizmi tomonidan juda oson hazm qilinadi va so‘riladi, chunki ona sutida bolaning oshqozoni, ichaklariga kiruvchi ozuqa moddalarini parchalashga yordam beradigan maxsus ovqat hazm qilish fermentlari mavjud. Ona sutida turli infeksiyalardan himoya qiluvchi immunitet hujayralari (makrofaglar va leykotsitlar) va o‘nlab turdagi bifidobakteriyalar bo‘lib, ular infeksiyalar va yallig‘lanishlarga qarshi kurashda katta rol o‘ynaydi. Ona sutidagi gormonlar bola organizmidagi metabolizmga ta’sir qiladi va shu bilan uni balog‘at yoshida metabolik kasalliklar (semizlik, gipertoniya, ateroskleroz), saraton va boshqa ko‘plab kasalliklardan himoya qiladi. Ona suti nafaqat bolaning o‘sishini, balki uyg‘un rivojlanishini ham ta’minlaydigan noyob ozuqadir. Bu aql-idrokning shakllanishiga, kuchli immunitet tizimini rivojlantirishga yordam beradi va butun umr bola sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ona sutini bola uchun afzalliklari shundaki, dispeptik kasalliklarning chastotasi va davomiyligi kamayadi, nafas olish infeksiyalaridan himoya ta’minlanadi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi holatlari kamayadi, yuqumli kasalliklardan himoya qiladi, autoimmun kasalliklar va ovqat hazm qilish traktining yallig‘lanish kasalliklari xavfini kamaytiradi, sog‘lom bolaning to‘satdan o‘limi xavfini kamaytiradi, sigir sutiga allergiya rivojlanish xavfini kamaytiradi, ko‘rish keskinligi va psixomotor rivojlanish yaxshilanadi, IQ shkalasi bo‘yicha aqliy rivojlanish ko‘rsatkichlari oshiriladi, jag‘larning shakli va rivojlanish anomaliyalarining oldini oladi. Xulosa qilib aytganda, ona suti bola organizmi uchun juda zarur hisoblanib, uning ruhan va jismonan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A. JALILOV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti, F. OCHILOVA, katta o‘qituvchi “So‘g‘diyona” mahallasida ijarada yashab kelayotgan Nilufar Kazimova hayotning ko‘plab achchiq-chuchuklarini tatib ko‘rgan ayol. Eng yomoni, yolg‘iz tarbiyalayotgan 5 nafar farzandidan to‘rt nafarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘q. Nilufar Kazimovaning eng katta farzandi 12 yoshda. Hash-pash deguncha 4 yil o‘tadi, u fuqarolik pasporti olishi kerak. Ammo, uning va uch nafar singlisining tug‘ilganligi biror hujjatda qayd etilmagan. Oramizda bor-u, hujjatlarda yo‘q. Bunday hujjatsizlik mashaqqatini boshidan kechirganlargina biladi, tushunadi... Ayolning farzandlari Rossiya Federatsiyasida dunyoga kelgan. Biroq, na Rossiyada, na vatanida uning farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan. Bir olam hujjat yig‘ish, tashkilotlarda eshikmaeshik sarsongarchiliklarning hech biridan natija chiqmagach, taqdir hukmiga qo‘yib, taslim bo‘lgan Nilufar uchun adliya organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi umid uchqunlarini sochdi. Mahallada olib borilgan xatlovlar davomida uning muammosi jiddiy o‘rganildi. Shunda ham, ba’zi mas’ullar tomonidan mahallada ijarada yashashi ro‘kach qilinib, yordam berishdan bo‘yin tovlash hollarini ko‘rgan Nilufar Kazimova biroz umidsizlikka tushdi. Ammo adliya tizimi xodimlarining aralashuvi bilan hammasi qonuniy yechimini topdi. Bir mushtipar onaning 10 yildan ortiq davom etgan sarsongarchiligi barham topdi. Uning yaxshilarga bo‘lgan ishonchi, qonunlarga bo‘lgan hurmati oshdi. Viloyat adliya boshqarmasi boshchiligida shahar adliya bo‘limi 4-Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. To‘rt nafar farzandiga ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bepul rasmiylashtirilib, bolalarga hujjatlar va esdalik sovg‘alari shaxsan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev ishtirokida topshirildi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan aksiyaning dastlabki 10 kunligida 211 nafar xuddi yoqoridagidek shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi. Jumladan, 21 nafar shaxsga tug‘ilganlik haqida, 15 nafar shaxsga yaqin qarindoshining o‘limi haqida, 19 nafar shaxsga tug‘ilganlik va o‘lim haqidagi takroriy guvohnomalar, 5 nafar shaxsga ID kartalar qilib berildi hamda 151 nafar shaxsning tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Suxrob QODIROV, shahar DXM direktori O‘g‘irlik o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishdir. Bu ijtimoiy muammo XX asrning 50-yillaridan boshlab huquqshunoslar, yuridik soha psixologlarini qiziqtirib kelmoqda. Ular nega ayrim insonlar hayoti mobaynida o‘g‘irlik yoki poraxo‘rlik illatlariga aralashib ketadi va bu holat qachongacha davom etishi mumkin? Nega ba’zi davlatlarda bu illatlar avjiga chiqib ketgan, boshqalarida esa juda kam uchraydi? O‘g‘irlik va poraxo‘rlik faqat insonga xosmi, degan savollarga javob topish maqsadida bosh qotirib kelmoqdalar. O‘g‘irlik va poraxo‘rlikni inson hayoti mobaynida o‘zlashtiradimi yoki bu illat tug‘ma sifatlardan iboratmi? Olimlar o‘g‘irlik insondagi tug‘ma sifat, poraxo‘rlik esa miya mahsuli, degan xulosaga kelganlar. Bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, guruh bo‘lib jinoyat sodir etish tarzida bu illat ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Inson o‘g‘irlikning tug‘ma sifatlari bilan dunyoga keladi va shakllanadi. Bunda salbiy holatning sifatlari hukmronlik qiladi. Masalan, emizikli bola ushlab olish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan qo‘liga ilingan narsalarni mahkam tutib olishga harakat qiladi. Bu holat ota-onasi, tarbiyachi tomonidan bu narsa birovniki, uni olish mumkin emas, deb uqtirilmagunicha davom etadi va o‘g‘irlikka moyillik sifatlari rivojlanadi. Atrofda noqonuniy yo‘l bilan boylik topadiganlar ko‘pchilikni tashkil etsa, unda ham noqonuniy yo‘l bilan boylik topish sifatlari rivojlanadi. Nega taraqqiy etgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda rivojlanmagan davlatlarga nisbatan o‘g‘irlik kamroq, degan savol ko‘ndalang qo‘yilishi mumkin. Taraqqiy etgan davlatlarda yaxshi yashash uchun zarur imkoniyat va sharoit mavjudligi bu salbiy holatning omma orasida keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan ijtimoiy sababdir. Bunday davlatlarda odob va axloq tushunchasi insonga esini tanib-tanimasidanoq keng tushuntiriladi. Masalan, Finlandiyada shaxs huquqbuzarlikni sodir etsa, muammoni noqonuniy, politsiya xodimiga pora berish bilan hal etib bo‘lmasligini har bir fuqaro yaxshi biladi. Politsiya xodimi ham pora oqibatini yaxshi tushunadi. Taraqqiy etmagan, iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda moddiy yetishmovchilik tufayli o‘g‘irlik illati o‘sib boraveradi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda esa aksincha... Aslida, o‘g‘irlik insonning tug‘ma instinkti hisoblanadi. Buni inson dunyoga kelishi bilan shayton yerga jinoyat urug‘ini ekib qo‘yganga qiyoslash mumkin. Yerga qadalgan har qanday urug‘ yaxshi qarovga ega bo‘lsa, unub chiqadi. O‘g‘irlik “niholi” esa har xil huquqbuzarlik, noqonuniy illatlar orqali oziqlanadi. O‘g‘irlik insonning pastkashlik sifati bo‘lsa, korrupsiya bu pastkashlikning eng yuqorisidir. Masalan, oddiy kissavur o‘g‘irlik qilsa, undan bir kishi aziyat chekishi mumkin. Poraxo‘r esa o‘z qilmishi bilan jamiyatning axloqiy sifatlarini badnom qiladi. U davlatga nafaqat moddiy, balki, katta miqdorda ma’naviy ziyon yetkazadi. Oqibatda iymon, vijdon, or-nomus, g‘urur, sadoqat, insonparvarlik kabi axloqiy sifatlar qog‘ozda qolib ketaveradi. Halol yo‘l bilan kun kechiradiganlar esa mamlakatda adolat yo‘qligi, rahbariyat ishonchni yo‘qotganligini his eta boshlaydi. Bugungi kunda Xitoy, Singapur, Filippin, Eron, Tailand, Indoneziya singari mamlakatlarda poraxo‘rlar o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Zamonaviy poraxo‘rlar shunday makkorlik bilan “ishlashadiki”, bilimdon, aqlli poraxo‘rga ishi tushgan odam o‘zi kelib, poraxo‘rning “haqi”ni berishga majbur bo‘ladi. Dinimizda insonga yopishib olgan, doimo hamroh bo‘ladigan “Nafs balosi”, degan dushman borligi aytiladi. Bu orqali topilgan boylik harom hisoblanadi. Kimki, nafsini jilovlasa, jinoyat olamidan uzoqlashadi. Poraxo‘rlik inson fe’liga xos illatdir. Uni o‘g‘irlik kabi yo‘q qilib bo‘lmasada, ammo jilovlash mumkin. Amaldorlarning yuqori huquqiy madaniyatni egallashi, qonunlarni yaxshi bilishi poraxo‘rlikning oldini olishda muhim chora hisoblanadi. Faqat, bunday tayyorgarlikka, ahdu vafoga barcha amaldorlar ham tayyor bo‘lishlari lozim. Toirjon MAMATOV, iste’fodagi podpolkovnik Какую воду пить? ONA SUTI VA BOLA SALOMATLIGI Tabiiy oziqlantirish — bu bolani ona (ko‘krak) suti bilan boqishdir. Ona suti yangi tug‘ilgan chaqaloq va go'daklar uchun ovqatlanishning “Oltin standarti” hisoblanadi. Bir ayolning to‘rt farzandi hujjatli bo‘ldi


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 072 Adadi: 890 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Quvondiq XALILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 8-fevral, payshanba, № 6 (2519) www.samarkandnews.uz Samarqand Navoiyning "Terma devoni" Bugunning gapi Sport Davr va mafkura Xushxabar Alisher Navoiy devonining yana bir qo‘lyozmasi va uning tarkibi aniqlandi Aytishlaricha, 1 dona gugurt 1 tiyin bo‘lgan ekan. Ayrim keksa avlod vakillari osh tuzi, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar do‘konning tashqarisida saqlanganligini ham “entikib” eslashadi. Agar, shu gaplarga ishonadigan bo‘lsak, zo‘r zamon bo‘lgan ekan-da, degan xayolga boramiz. Kinorejissiyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmida bir lavha bor. Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida spektakl namoyish etiladi. Unda avval Lenin gapiradi. So‘ngra Stalinga navbat keladi. Shu payt xalq o‘rnidan turib, unga hurmat bajo keltiradi. Negaki, Stalin o‘sha paytda xalqlar otasi, dohiy, sifatida emas, balki qattol va shafqatsiz diktator sifatida hammaning ongiga muhrlangandi. Sovet davrida hamma huzur qilib yashagan ekan-da, deyishga sho shilmang . Xalqning ziyoli qatlami o‘ttizinchi yillarda ommaviy ravishda qatag‘onga uchraganligi tarixiy haqiqat! Xalqimizning ne-ne farzandlari "bosmachi", "millatchi", "xalq dushmani" tamg‘asi ostida qatag‘on qurboni bo‘lishmadi, deysiz? Turkiston avval Chor Rossiyasi, so‘ngra Sho‘rolar zamonida butun ma’naviy boyligidan ajraldi va parchalab tashlandi. Mamlakatni obod, xalqni ozod ko‘rishni istagan va buning uchun kurashgan Vatan farzandlari yo‘q qilindi. Inson qadri bir tiyinga ham arzimay qoldi. Xalqimizni o‘zligidan, boy tarixidan, tilidan, iymon-e’tiqodidan, yer osti va yer usti boyliklaridan ayirishdi. Sun‘iy ravishda uyushtirilgan ocharchilik oqibatida millionlab odamlar qirilib ketdi. ... Bugun SSSR davrida gugurt 1 tiyin edi, deb o‘sha kunlarni qo‘msayotganlar shu kunlarga q and ay m oddi y va m a’n avi y yo‘qotishlar bilan yetib kelinganligini his etisharmikin? Zikrinsa ABDUMANNOBOVA, SamDCHTI talabasi Nega ayrimlar sobiq Ittifoqni qo‘msashadi? “Moda”ga aylanayotgan ziyorat Vaqtning har soniyasi hisobli “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Aslida Navoiy she’rlaridan saralab tuzilgan “Terma devon”lar ko‘p va ular keyingi davrlarga oid. Ayni “Terma devon” esa “Xazoyin ul-maoniy”dagi she’rlardan tanlab tuzilgan va Navoiy she’rlarining bizga ma’lum eng dastlabki va kichik bir to‘plami ekanligi bilan ahamiyatlidir. “Navoiyning 1501-yilgi “Terma devoni” Eronning Tehron shahridagi Malik kutubxonasida saqlanadi. Bu qo‘lyozma haqida turk olimi Shodi Oydinning “Eron kutubxonalaridagi turkiy qo‘lyozmalar katalogi”da biroz ma’lumot bor edi. Unda mazkur qo‘lyozma haqida bir necha satr qayd keltirilgan, xolos. Qo‘lyozma “Navoiy devoni”, deb atalgan. Katalog muallifi shunday umumiy nom bergani uchun qo‘lyozma Navoiyning aynan qaysi devoni ekanligi qayd etilmagan. Qo‘lyozmaning ayrim sahifalari nusxasi internetga ham qo‘yilgan va bu “Oqqo‘yunlilar devoni”, deb atalgan. Bunday nom “Oqqo‘yunli muxlislar devoni”, degan ma’noda emas, balki Oqqo‘yunlilar sulolasi davrida ko‘chirilgan Navoiy devoni, degan ma’noda qo‘yilgan. Biroq nimaga asosan bunday nomlanganiga aniqlik kiritilmagan. Ayni terma devon uchun she’rlarning tanlash prinsiplarini tadqiq etish muhim. Masalan, Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”ga jami 2600 ta g‘azalini kiritgani bizga yaxshi ma’lum. Terma devondagi 127 ta g‘azal bu to‘plamning salkam 5 foiziga to‘g‘ri keladi. Bular ichida bugungi kunda ham Navoiyning xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan g‘azallari uchraydi. Masalan, ulardan ba’zilaridan dastlabki baytlarni keltiramiz: Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh. * * * Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. * * * Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. * * * Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach, Sham ravshanroq bo‘lur torin parishon aylagach. * * * Tun oqshom bo‘ldiyu kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim. * * * Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo. * * * Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar, Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar. * * * Ochmag‘ay erding jamoli olam oro koshki, Solmag‘ay erding bori olamda g‘avg‘o koshki. E’tiborli tomoni shundaki, bugungi kunda zamonamiz o‘zbek kitobxoni Alisher Navoiyning eng mashhur va sara she’rlari qaysilar deyilganida, mazkur baytlar bilan boshlanuvchi g‘azallarni ko‘rsatishi tabiiy hol. Ularga kitobxonlarimiz o‘rgangan. Demak, bugun biz uchun qadrli bo‘lgan ayni g‘azallar Navoiy yashagan davrda ham ma’naviy va badiiy qadriyat maqomida bo‘lgani ehtimoli katta ekan. Navoiyning yangi topilgan qo‘lyozmasi shoir ijodi haqida yangi fikrlarga yetaklaydi. Aftondil ERKINOV, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professori (O‘zA) — Sport insonning irodasi va fe’lini ham toblar ekan, — deydi Bahora Adhamova. — Shahardagi badiiy gimnastika maktabiga ilk bor qadam qo‘yganimda qizlarning yig‘lab shug‘ullanayotganlarini ko‘rib, avvaliga qo‘rqqanman. Ammo keyinchalik qalbimda idora etib bo‘lmaydigan shahd va shijoat paydo bo‘lgan. Doimiy shug‘ullanishlar, aniq ko‘zlangan marralar insonga kuch berarkan. To‘g‘risi, tengdosh dugonalarim xiyobonga, kafelarga borsa, bizning bunga vaqtimiz bo‘lmagan. Mashg‘ulotlardan so‘ng kino ko‘rish yoki ijtimoiy tarmoqlarga qarashga holimiz ham qolmasdi. Faqat mashqlar, tayyorgarliklar... Bunday intilishlar ko‘p o‘tmay o‘z samarasini bera boshlaydi: Bahora 2014-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada birinchilikni egallab qaytdi. Shundan so‘ng qariyb har yili u yoki bu davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, albatta, ijobiy natija qayd etib keladi. Xususan, 2014-yili Fransiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni, 2015-yili Armanistonda, 2016- yili Malayziyada o‘tkazilgan yirik bellashuvlarda 2-o‘rinni egallaydi. Bu natijalar bilan kifoyalanib qolmay, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi va 2019-yili badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi, oliy toifali murabbiy darajasiga yetdi. 2020-yilda esa Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga davlat granti asosida qabul qilindi. Bugun Bahoraning o‘zi ham jajji qizaloqlarga badiiy gimnastika sirasrorlarini o‘rgatmoqda. Shogirdlari 2023-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro bellashuvlarda yaxshi natijalarni qayd etishdi. Shuningdek, o‘tgan yili Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 6st International CUP — 2023 xalqaro musobaqasida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. — Ustozlikning mashaqqatlarini endi his qilayapman, — deydi Bahora. — Ayniqsa, shogirdlarning hayoti uchun mas’uliyat doim meni aniq vazifalar, soatbay o‘lchangan ish rejim bilan yurishga majbur qilarkan. Har bir soati rejali, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan Bahora Adhamova garchi hali o‘zi talaba bo‘lsa-da, ko‘plab shogirdlarni ortidan ergashtirishiga, o‘z maqsadlari sari dadil harakatiga sabab bo‘layapti. Munisa SHAMSIYEVA DA’VOLAR BO‘LSA... Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shomurodov Anvar Salimovich notarial idorasida marhum Xasanov Oblokul (2016-yil 8-fevralda vafot etgan) ga tegishli mol-mulk uchun meros ishi ochilmoqda. Shu munosabat bilan merosxo‘rlarning Shomurodov Anvar Salimovich notarial idorasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Manzil: Samarqand tumani, "O‘rtashiq" mahallasi. Nega Umra ziyorati katta-kichik, yosh-qar in i ohanrabodek o ‘z iga chorlamoqda? Bu mavzuda bir necha bor qog‘oz qoralagan bo‘lsam-da, har safar mavzuning yangi qirralari — salbiy ko‘rinishlari ko‘zga tashlanaveradi. Umra ziyorati yilbo‘yi davom etishi, buning uchun yurtimizda zarur sharoitlar yaratilganligi evaziga kichik haj—umra ziyorati ishtiyoqida bo‘lganlar soni tobora oshib bormoqda. Buning yomon tomoni yo‘q. Ammo... Yaqinda tanishlarimdan ziyoratga yo‘l olganlar — ikki juft er-xotin sog‘- omon farzandlari, oilasi, yaqinlari bag‘riga qaytib kelishdi. Tanish bo‘lganligi uchun ularni ziyorat qilgani bordim. Ziyoratchi erxotinlardan bir jufti keksa, ikkinchi jufti o‘rta yoshlarda edi. Dastlab belgilangan vaqtda keksa yoshdagi ziyoratchilar yashaydigan xonadon tomon katta ko‘chadan burildim. Bilasizmi, ko‘zim nimalarga tushdi? Katta ko‘chadan hovli darvozasiga qadar — salkam 350 —400 metr ko‘chaning yuzi gilamlar, poyondozlar, hattoki, ko‘rpachalar bilan qoplangan edi. Bir payt ko‘cha boshiga ziyoratchilar o‘tirgan mashina kelib to‘xtadi. Hamma “gur-r” etib mashina qarshisiga yo‘l oldi. Oppoq kiyingan ziyoratchilar yaqinlari bilan xushhol ko‘rishdilar. So‘ngra kimdir bolasimi, nevarasimi, bilmadim yosh go‘dakni ziyoratchilar oyog‘i ostiga tashlab qo‘ydi. Ziyoratchi er-xotinlar go‘dakning ustidan hatlab o‘tishdi. Ochig‘i, darvozaga qadar bo‘lgan uch yuz qadamcha masofada ko‘cha yuzini qoplagan gilamlardan ohista, kibor va dimog‘dorlik bilan qadam tashlayotgan chol-kampir — ziyoratchilarning o‘zini tutishi menga juda erish tuyuldi. Qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish, yaqinlarning biri qo‘yib, biri olib ziyoratchilarning liboslaridan ushlab, yuzlariga, ko‘zlariga surtib o‘zlaricha tavof qilishardi. Bunday dabdababozlikni, bizga yot bo‘lgan udumlarni kim o‘ylab toparkin?! Go‘yoki, ziyoratchilar Umraga safar qilib, boshqalarga nisbatan bir bo‘y o‘sgandek tushuncha paydo bo‘ladi. Bu o‘taketgan man-manlikning o‘ziku! Keyingi ziyoratchilarni kutib olish ham “nasib” etdi. Mayli, avvalgi kutib olish marosimining sababchilari keksalar bo‘lganligi uchun ana shunday dabdababozlikka yo‘l qo‘yilgandir, deb o‘ylagandim. Eh-he, undan “zo‘ri” buyoqda ekan. Gilamlar ustidan qavat-qavat baxmal va zarbof ko‘rpachalar to‘shalgan. Er-xotin ziyoratchi mashinadan yaqinlari, farzandlari tomonidan ko‘tarib tushirilib, gilamli, ko‘rpachali yo‘lak boshidagi “taxtiravon”ga o‘tqazildi. Qolgan Umra “udumlari” shunchalik ustalik bilan “sahnalashtirilgan” ediki, go‘yo, qandaydir zo‘r rejissor tomonidan yaratilgan asarni tomosha qilayotgandek bo‘lasiz... Har ikki xonadonda ham mol so‘yilib, qozon-qozon ovqat pishirilgan. “Kutib olish” marosimi nihoyasiga yetgach, dasturxon bazmi boshlanib ketdi. Dasturxonda qidirsangiz... anqoning urug‘ini ham topasiz! Dasturxondagi hamma yeguliklar yeyilib ketsa-ku, mayli, bazm nihoyasida kuzatsam, ularning yarmi ham yeyilmasdan shundoq uvol bo‘lib qolib ketibdi. — Endi bu ovqatlarni nima qilasizlar, deb ziyoratchilarning o‘g‘lidan so‘radim. — E-e, bu muammo emas, — deb qo‘lini siltaganicha gapirdi. — Avval o‘zimiz, qo‘niqo‘shni bo‘lib olamiz, ortsa, muhtojlarga tarqatamiz. Holbuki, bu paytga kelib dasturxonda yeyilmay qolgan taomlar sovub qolgan edi. Bunday manmanlik, soxta obro‘ uchun kurash va intilish qachongacha davom etarkin? Quvondiq MAJIDIY Yaqinda tanlovning Respublika bosqichiga yakun yasaldi. Viloyat musiqali drama teatrida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan “Layli va Majnun” spektakli tanlovda g‘oliblar safidan o‘rin egalladi. Tanlov hakamlar hay’ati mazkur spektakldagi Layli timsolini yaratgan iqtidorli aktrisa Shohsanamxon Obloqulovani ham eng yaxshi rol nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib, deb topdi. Sarvinoz MAMANOVA Badiiy gimnastikachi qizlarning chiqishlari doim kishida hayrat va havas uyg‘otadi. Nozik harakatlar, nafis sport liboslari uyg‘unligida ijro etilayotgan chiqishlar ortida esa mashaqqatli mehnat yotishini bu sohaning ichida yurganlar yaxshi bilishadi. Bahora Adhamova bu sportning mashaqqatlarini ilk mashg‘ulotlarda tatib ko‘rdi, ammo chekinmadi. Qancha qiynalsa, shuncha ko‘proq intildi, mashaqqatlar uni tobladi, yildan-yilga yangi rag‘bat va maqsadlar sari chorladi. Ushbu tanlov g‘oliblari orasida samarqandliklar ham bor


Click to View FlipBook Version