The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2024-05-08 09:58:45

19

19

Vatan, el manfaati muqaddasdir! Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan AMARQAND www.samarkandnews.uz t.me/samarkandnews_uz fb.com/samarkandnews_uz S ISSN 2010-6734 2024-yil 9-may, payshanba, № 19 (2532) 9-may — Xotira va qadrlash kuni Islohot 2023-yil 7—22-noyabr kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasi yakunida O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangani jahon hamjamiyati tomonidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi. Vaholanki, YUNESKOga a’zo davlatlardan hech biri, 34-sessiyadan 42-sessiyagacha Bosh konferensiyani o‘z mamlakatida o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmagan edi. Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni yuqori darajada tashkil etishga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, O‘zbekiston va YUNESKO hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentimizning “2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mazkur hujjatga binoan “Samarqand — jahon tamaddunlari chorrahasida” kitob-albomini o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etish, pochta markalari va konvertlar turkumini yaratish, taqvimlar va ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari, esdalik tangalari, kumush va oltin tangalarning muomalaga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi ishlar vazirligiga esa YUNESKO bosh direktori nomiga O‘zbekiston Respublikasining Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshirish yuklatildi. E’tiborlisi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros ob’yektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlariga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga YUNESKO mezonlari asosida va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Sohibqiron Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazini muhofaza etishga qaratilgan uning master va menejment rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalarini kiritish vazifasi yuklatildi. (Davomi 2-sahifada) Viloyatimizda ayni paytda 5 nafar urush qatnashchisi tinch va farovon hayotda qarilik gashtini surmoqda. Yurtimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qonli janglardan omon qaytganlarga Prezident sovg‘asi va pul mukofotlari topshirilishi an’anaga aylangan. Joriy yil ham sana munosabati bilan davlat va jamoatchilik vakillari urush faxriylari xonadoniga tashrif buyurishdi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Mixayil Kolmogorov hamda Samarqand tumanida yashovchi Ahad bobo Ochilovlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirib, Prezident sovg‘alarini topshirdi. Bayram munosabati bilan Urgut tumanidagi Bo‘ron Gadoyev hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Rahmat bobo Qobilov va Rayim bobo Yusupovlarning xonadonida ham xuddi shunday tadbirlar tashkil etilib, Prezident sovg‘alari va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Yuksak e’tibor va hurmatdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan faxriylar tinch va osuda hayotimizga ko‘z tegmasligini tilab, duoga qo‘l ochdilar. Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Bekat yaqinida yo‘lovchilar tomonidan boshqariladigan, ovozli svetofor o‘rnatilib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulaylik yaratildi. Qulaylik faqatgina serqatnov ko‘chadan o‘tib-qaytishda imkoniyat yaratish bilan cheklanmagan, ya’ni ko‘zi o jiz yoki nogironlar aravachasida harakatlanadigan kishining yo‘ldan o‘tgach, maxsus yo‘laklar orqali markaz binosiga kirishi, o‘zi uchun kerakli sho‘baga yoki xodimga murojaat qilishigacha bo‘lgan jarayonda mustaqil harakatlanishi hisobga olingan. Eshik oldidagi pandus ayrim binolardagi kabi nomigagina tashkil etilmagan, aravachada bexavotir harakatlanish mumkin. Maxsus plitalar va boshqa vositalar ko‘zi ojiz insonlar ham binoga hamrohsiz kirib-chiqa olishiga imkoniyat beradi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi yangi markazga mos, xalqaro standartlar darajasida. – Bu markazlar tashkil etilishining o‘zi imkoniyati cheklangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarning mushkulini oson qilish, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan, – deydi shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh ijtimoiy xodimi Baxtiyor Ismoilov. – Bunga odamlar markazga kirib kelishdanoq his qilishlari uchun xalqaro talablar darajasida sharoit yaratishga e’tibor berilgan. Shu jihatdan bizning markazimiz binosi namunali binolardan biri hisoblanadi. Binoga kirgan kishini xodimlarimiz kutib olib, uning nima masalada kelgani bilan qiziqadi va shu asosida elektron navbatdan o‘tkazib, operatorlarga yoki zarur shu’baga murojaat qilishga yo‘naltiradi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga esa xodimlarimiz hamrohlik qiladi. Og‘ir toifadagi kishilar bilan ishlaymiz, ularga alohida e’tibor zarur. Shu jihatlar hisobga olingan holda barcha xodimlarimiz maxsus o‘quv kurslarida o‘qitilgan. Markazda kattalar va bolalar psixologi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ona va bola xonasi bor, ota-onalar o‘z yumushlarini bajarib olgunlariga qadar bolalar shu yerda o‘ynab turishi yoki dam olishlari mumkin. Bundan tashqari, anonim xona ham tashkil etilgan, bu orqali fuqarolar markaz xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmat sifati yoki xodimlar ishiga baho berishlari, kerak bo‘lsa, e’tirozlarini yozib qoldirishlari mumkin. Ayni paytda markazda 25 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish, katta yoshdagi va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish, bolalarni ijtimoiy himoya qilish va boshqa sho‘balar mavjud. Bu bo‘limlar orqali aholiga 25 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Hozirda kuniga 150 nafargacha fuqaro markaz xizmatlaridan foydalanmoqda. Shahardagi 215 ta mahallaga esa 64 nafar ijtimoiy xodim biriktirilgan va ular mahalladagi 12 toifa aholi qatlamiga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. Zarurat tug‘ilsa, yoki murojaatlarga qarab, markaz xodimlari ham ularga o‘z yashash manzillarida xizmat ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, shaharda o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 300 nafardan ortiq yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Bu fuqarolarga 33 nafar ijtimoiy assistent oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon xarid qilish va yetkazib berish, uy-ro‘zg‘or yumushlariga ko‘maklashish va boshqa ishlarda yordam ko‘rsatadi. – Markaz tashkil etilishidan avval nogironligi bo‘lgan shaxslar hududlardagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ko‘rigidan o‘tishdan tashqari yana bir nechta idoralarga kirib-chiqishiga to‘g‘ri kelardi, – deydi shahar 71-tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi Ixtiyor Karimov. – Endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash sho’basiga murojaat qilib, komissiya ko‘rigidan o‘tgach, nogironlik xulosasi asosida markazning o‘zida ijtimoiy to‘lovlar bo‘limida nafaqa rasmiylashtirib olishadi. Bu jarayondagi barcha savollar, tushunmovchiliklarga shu yerda yechim topiladi. Bundan tashqari, protez-ortopediya vositalari bo‘yicha murojaatlar ham shu yerda qayd etilib, onlayn ro‘yxatga kiritib qo‘yiladi. Vaqti kelganda esa bu vositalar shu yerning o‘zidan beriladi yoki ijtimoiy xodimlar tomonidan yetkaziladi. Mahallalarda ijtimoiy xodimlarning faoliyat ko‘rsatishi ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning belgilangan muddatlarda ko‘rikdan o‘tishlari va boshqa muammolarini tezkor hal etilishiga yordam bermoqda. Ayni paytda komissiyamiz tarkibida uch nafar ekspert-shifokor va 2 nafar hamshira faoliyat olib boradi va kuniga 30-35 nafar murojaatchi ko‘rikdan o‘tkazilib, xulosa beryapmiz. Umuman olganda, joriy yildan respublikamizning barcha hududlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ish boshlashi alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilish, ularga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda yangi davrni boshladi. Muhimi, bu boradagi ishlar qisqa vaqt ichida takomillashib, qulaylik va imkoniyatlar kengayib bormoqda. G'olib HASANOV Alisher ISROILOV (Foto) Yer yuzining sayqali Samarqand — YUNESKO konferensiyasi uchun munosib shahar Nuqtai nazar Samarali va faol tashqi siyosati tufayli O‘zbekistonga dunyo mamlakatlarining, turli xalqaro tashkilotlarning ishonchi, xayrixohligi oshib bormoqda. O‘zaro aloqalar yanada kengayib, yuqori ko‘lam va mohiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning natijasida 2017—2023-yillarda milliy madaniy merosimizning 14 ta noyob namunasi YUNESKO ro‘yxatlaridan joy olib, insoniyat merosi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Buxoro shahri Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kiritildi. 2023-yil sentabr oyida YUNESKO bosh qarorgohida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlandi. Urush faxriylariga Prezident sovg‘alari topshirildi MARKAZGA YO'L “INSON” BEKATIDAN BOSHLANADI Rudakiy ko‘chasida yaqinda yangi – “Inson” bekati paydo bo‘ldi. Bu mazkur ko ‘cha yoqas ida Ijt imo iy h imoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binolari ochilishi bilan bog‘liq, albatta.


2 2024-yil 9-may, payshanba, № 19 (2532) www.samarkandnews.uz Samarqand Dunyo nigohidagi maskan Хонаи мудири илмӣ ду дар дуртар аз он синфхона буд. Ба наздаш даромада, салом додам. Аз ҷои нишаст саволомез нигарист. Ман барои обунашавии муаллимон ва хонандагон барои соли 2024 варақаи ташвиқотиро дароз кардам. Ӯ «Ҳа, обуна шудем», — гӯён варақро нахонда, ба як гӯшаи миз гузошт. Ноумед аз назди ӯ баромадаму боз овози ғалоғулаи хонандагон ба гӯшам расид. Ба назди синф расидаму беихтиёр дари нимроғро кушода, ба дарун назар кардам. Не, муаллимае дар синф будаасту ба тахтаи синф чизеро менавишт. Талабагони қадашон бо қади устод баробар, яке рӯи синф мегашт, дигаре болои парта менишаст, сеюмӣ бо овози баланд бо дугонааш чизеро муҳокима мекард. Ман қафо гаштам. Ба хона омадаму андешаҳои гуногун дар бораи вазъи таълиму тарбияи имрӯза маро нороҳат мекарданд. Президенти мӯҳтарами ҷумҳуриамон барои муаллимон бисёр имтиёзҳо, аз ҷумла баланд бардоштани музди меҳнат, озод кардани онҳо аз корҳои беруназмактабӣ, зиёд кардани иловапулиҳо ва ғайра қарорҳо бароварда бошанду наход аҳволи таълимгирии донишомӯзон дар мактаб ин тавр аст?! Дар ин маврид айбро аз кӣ ҷустан лозим: аз хонанда, муаллим, ё падару модар?! Ба фикрам, устод аввало бо дониши мукаммал, рафтору гуфтори шоиста, маданияти либоспӯшӣ, меҳрубонии модарона ва сахтгирии падарона ба назди хонандагон намунаи ибрат шуда, бояд дар қалби ҳар яки онҳо маъво бигирад. Албатта, ин хел устодон бисёранд ва мо бо онҳо фахр мекунем. Лекин, баробари муаллимони донишманду пуртаҷриба устодоне низ вомехӯранд, ки дар ҷараёни дарсгузарӣ нисбат ба хонандагон ва волидони онҳо суханҳои қабеҳро истифода мебаранд. Аз задан ҳам рӯ намегардонанд. Ҳатто дарси яксоатаро бо ҷангу ҷанҷол ё суханҳои беҳуда ба охир мерасонанд. Ин, албатта, боиси нафрати хонандагон мегардад. Ба устодон ҳам осон нест. Чунки аксар падару модарон фарзандони худро ба ҳоли худ гузошта, аз паи молу давлат ба хориҷа рафтаанд. Онҳо фарзандонро бо хӯрок ва пӯшокҳои хуб таъмин мекунанд, лекин меҳру оқибат ва дарси маънавӣ дода наметавонанд. Дар натиҷа фарзандони баъзеи онҳо ҳавобаланд шуда, ҳурмату иззати устод, қадри илму фанро намефаҳманд. Агар донишомӯз баҳри таълим ба мактаб шаш соат ҷалб карда шавад, соатҳои боқимондаи ҳаёти ӯ дар оила мегузарад. Тарбияи асосиро аз рафтору гуфтори волидон мегирад. Агар онҳо хушмуомила, ботамкин, китобдӯст ва равшанфикр бошанд, фарзандон низ чунин хислатҳоро аз бар мекунанд. Азбаски ояндаи Ватани озоду ободи мо дар дасти ҷавонон мебошад, мо падару модарон, устодон ва хешу пайвандон ба фарзандонамон аввало тарбияи хуб диҳем, то онҳо ба дарсҳо беэътибор набошанд. Он гоҳ таълим пурсамар гардида, ояндаи дурахшони фарзандони худро дида метавонем. Эътибор ҲАЙДАРОВА (Davomi. Boshlanishi 1-sahifada) Ta’kidlash joizki, keyingi paytlarda qadimiy va betakror Samarqand qator dolzarb masalalar yuzasidan global muloqot markaziga aylandi. Jumladan, shaharda BMT mandati ostida uchta forum bo‘lib o‘tdi. Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi , BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi Sharh qo‘mitasining 21-yig‘ilishi va BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishi shular jumlasidan. Avvalroq esa “Boqiy shahar”da Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa nufuzli tuzilmalarning sammitlari o‘tkazilgan edi. YUNESKOning O‘zbekis tonda o‘z sessiyasini o‘ tkazishi , birinchidan . Mamlakatimizga, uning ochiqlik va pragmatizmga asoslangan siyosatiga ishonch yanada ortganidan, nu fuzi yanada yuksalayotganidan dalolat beradi. Ikkinchidan, jahon hamjamiyati e’tiborini O‘zbekistonning madaniy boyliklarini asrab-avaylashga qaratishga, fan, ta’lim, madaniyat sohasini yuksaltirishga moliyaviy resurslarni safarbar etishga ko‘maklashadi. Uchinchidan, Samarqandning jahon sayyohlik tizimidagi imkoniyatlarini mustahkamlaydi. Axir jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘laydigan, savdo, ilm-fan va madaniyatning chinakam markazi bo‘lib kelgan. Ko‘hna Rimga tengdosh bo‘lgan ushbu boqiy zamin ulkan saltanatlar poytaxti, ulug‘ alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyo zotlar kamol topgan yurt sifatida bizga hamisha g‘urur bag‘ishlaydi. “Yer yuzining sayqali” deya shuhrat qozongan, Sharqning ikki buyuk Uyg‘onish davri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Samarqand bugungi kunda jahonning zamonaviy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Samarqandning tarixiy uchrashuv joyi sifatida tanlanishida ham chuqur ma’no bor. Chunki bu shahar azaldan tarixiy uchrashuvlar va muloqotlar manzili, madaniy-gumanitar aloqalarni, xalqaro savdoni rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash ko‘prigi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda YUNESKO dunyo hamjamiyati bilan insoniyat yashash tarzi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faoliyatini yanada yaxshilash, barqaror hayotni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Davlatimiz rahbari 2018-yil oktabr oyid a F ran si yag a ra smi y t a sh rifi doirasida YUNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etgan, ushbu uchrashuv samarasi o‘laroq O‘zbekiston bilan YUNESKO o‘rtasida 2018—2021-yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilingan edi. Bu bilan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada faollashtirishga zamin yaratildi. YUNESKO bosh direktori O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta’limda axborotkommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasini tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llabquvvatladi. 2022-yil 15-noyabrda Toshkentda o‘tgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO bosh direktori Odri Azule bilan yana bir bor uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan BMT tizimidagi ushbu nufuzli institut o‘rtasidagi konstruktiv va samarali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Aytish joizki, mamlakat dasturi va qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz ilk bor Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish xalqaro qo‘mitasining a’zosi etib saylandi. Baxshichilik san’ati va “Lazgi” raqsi, askiya, o‘zbek dasturxonining shoh taomi va ko‘rki bo‘lgan osh va u bilan bog‘liq udumlar nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekistonda tarixiy meros ob’yektlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi faoliyati va Mintaqaviy gumanitar hamkorlik bo‘yicha “Xiva jarayoni” yo‘lga qo‘yildi. YUNESKO O‘zbekistondagi tarixiy qadam jola r, moddiy va nomoddiy yodgorliklarga butunjahon merosi sifatida qarab, kelgusi avlodga o‘z asliyatini saqlagan holda yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirayotgani e’tiborga molik. Qadim tarixga ega, ilm-fan sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan yurtimiz hududidagi qator moddiy va nomoddiy yodgorliklar, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzdagi tarixiy-me’moriy obidalar va Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, xalqimiz madaniyatining o‘lmas durdonalaridan bo‘lgan Boysun madaniy merosi, Navro‘z, Shashmaqom, Katta ashula, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari ham insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy oldi. Tashkilot bilan hamkorlikda fan-ta’lim, madaniyat, aloqa va axborot sohalari targ‘iboti yo‘lida xalqaro konferensiyalar, ko‘rgazma va seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. Yurtimizda YUNESKO shafeligida uyushtirilishi yo‘lga qo‘yilgan an’anaviy Xalqa ro maqom san’a ti an jumani hamkorlikdagi ishlarning yangi sahifasi bo‘ldi. Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi umumta’lim maktablarida ta’limga yangi innovatsion o‘qitish usullarini tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish, pedagog kadrlar malakasini oshirish yo‘lida izchil hamkorlik qilmoqda. Xususan, YUNESKO O‘zbekiston ta’lim tizimini inobatga olgan holda, 2030-yilgacha mo‘l jallangan Barqaror rivo jlanish istiqbollari dasturi asosida yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotir. O‘qituvchilar malaka va ko‘nikmasini yuksaltirish, ularning axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni o‘zlashtirishga oid bilimini yanada mustahkamlash maqsadida qator loyihalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Ta s h k i l o t b i l a n h am k o r l i k n i n g kengayib borishi O‘zbekistonning fan, ta’lim va madaniyat sohalarida yanada yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritishiga, bu esa yurtimizning dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga zamin yaratadi. YUNESKO bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda ulug‘ ajdodlarimiz — Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod, qadimiy shaharlarimiz — Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg‘ilon va Toshkent, “Alpomish” dostoni va “Avesto” kitobi, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi yubileylari keng nishonlandi. Buxoro shahri tashkilotning “Tinchlik tarafdori bo‘lgan shaharlar” sovrini bilan taqdirlandi. Usmon Mushafi va Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami tuzilmaning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan. Y U N ESKO B o s h k o n f e r e n si ya si 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi 42-sessiya raisi Simona-Mirela Mikulesku aytganidek, O‘zbekiston diplomatiyasining yutug‘i bo‘ldi . Ya’ni mamlakatimiz tashabbuslari BMT va uning idoralari tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yu r timi zda amalga o shi rilayo tgan yangilanishlar, keng ko‘lamli o‘zgarishlar, bu borada o‘zaro aloqalar yangicha mazmun va mintaqaviy ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda AQSHning sobiq Davlat kotibi Jon Kerrining Ostonada universitet talabalari bilan uchrashuvda aytgan e’tirofiga to‘xtalmoqchimiz. “Samarqandda, qadim zamonda yuk ortilgan karvonlar o‘tgan tog‘lar va cho‘llarni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, — dedi u va Samarqand haqida o‘ziga yoqib qolgan hikoyani aytib berdi. — XV asr boshida Kastiliya qiroli Enrike III o‘z elchisi Rui Gonsales de Klavixoni Amir Temur huzuriga yuboradi. Elchi uzoq yo‘llar bosib, Konstantinopol, shimoliy Eron va boshqa ko‘p joylardan o‘tib Samarqandga yetib keladi. Azim kentda uni buyuk Amir o‘z huzurida qabul qiladi. Elchi bu shahardan hayratda qolib, o‘z ko‘rganlarini yozib qoldirgan. Uning e’tiroficha, Samarqand — turli millat va din vakillari birday muloqotda bo‘lingan shahar. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nyu-Yo‘rkda 70 yil muqaddam tashkil qilingan deb hisoblaymiz. Yo‘q. Bu Samarqandda bir necha yuz yil muqaddam sodir bo‘lgan”, deya xulosa qildi Kerri. BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida saqlanadigan mashhur eron gilamiga Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlaridan olingan “Olam ahli bir tananing turli a’zolari bo‘lib, u bamisoli gavhar kabi yaratilgandir. Agar tananing bir qismi yaralangan bo‘lsa ham. Butun vujud titraydi”, mazmunidagi bayti yozilgan. Ushbu baytda olam bir butunligi, agar qayerdadir urush yoki nizo yuz bersa, uning og‘rig‘i butun tanaga yoyilishi ta’kidlangan. Shuning uchun O‘zbekiston ilgari surayotgan taklif va tashabbuslar, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi dunyoda yo‘qolib borayotgan ishonchsizlikni tiklashga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasiz. YUNESKO faoliyati dunyo xalqlari o‘ r t a si d a f an , t a’lim , m a d ani ya t sohalarida hamkorlikni rivojlantirish orqali Yer yuzida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish, tili, dini, irqi va kelib chiqishidan qat’i nazar, odamlarga umuminsoniy munosabatni ta’minlashga qaratilgan ekan, Samarqandda o‘tkaziladigan sessiya ham bugun notinch dunyoda sayyoramiz xalqlari va davlatlarini bir-biriga yaqinlashtiruvchi mayoq vazifasini o‘tashi muqarrar. Qolaversa, mintaqamizda birinchi marta o‘tadigan ushbu muhim tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsiyaviy salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi. Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori. Хоким области Эркинжон Турдимов встретился с представителями делегации, возглавляемой Гао Бо, председателем «China Construction International», одной из крупнейших строительных компаний Китая. Основной темой обсуждения стали перспективы разработки реализации совместных проектов, направленных на строительства новых объектов городской инфраструктуры. На сегодняшний день, компания является одной из ведущих строительных корпораций в мире. Она осуществляет свою деятельность в зарубежных странах в сфере строительства жилых домов, дорог и других объектов инфраструктуры. «China Construction International» реализовал ряд крупных проектов, таких как строительство Национального банка Абу-Даби, крупного коммерческого комплекса в Лондоне «Royal Albert Dock» и других крупных объектов. Авторитетную компанию заинтересовал проект городка «Ширин», где она хочет провести строительные работы. Хоким области сообщил, что в нашей стране, в том числе и в Самаркандской области, последние годы ведутся масштабные созидательные работы, и отметил, что строительства городка «Ширин» является одной из таких реформ. Согласно мастер-плану в массиве будет построено от 12 до 52 этажных жилых домов, в которых планируется проживание 180 тыс. человек. Гао Бо отметил, что в результате эффективного сотрудничества глав двух государств, сегодня отношения между Узбекистаном и Китаем вышли на новый уровень. В качестве практического выражения дружбы и взаимодействия компания «China Construction International» готова реализовать ряд проектов в Узбекистане, особенно в Самарканде. Стороны подчеркнули о важности реализуемых проектов для обеих стран и готовности внести свой вклад в укреплении экономических связей и развитие инфраструктуры. Было высказано ряд предложений по расширению сотрудничества и включению новых проектов в рамках партнерства. По завершению встречи подписаны документы о взаимном сотрудничестве между компанией «China Construction International» и дирекцией «Ширин». Пресс-служба хокимията Самаркандской области Yer yuzining sayqali Samarqand — YUNESKO konferensiyasi uchun munosib shahar Градостроение Нуқтаи назар КИТАЙЦЫ ПРИМУТ УЧАСТИЕ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ ГОРОДКА «ШИРИН» БА ТАЪЛИМУ ТАРБИЯИ ФАРЗАНД КӢ МАСЪУЛ? Директор, ки набуд, бо нишондоди навбатдори мактаб бо зинаҳо ба ошёнаи дуюми таълимгоҳ мебаромадам, ки ба гӯшам ғалоғулаи хонандагони кадом як синф расид. Роҳрави дарози равшани ошёнаи дуюм тахминан даҳ синфхона дошт. Баробари пеш рафтан овози мағали хонандагон баландтар мешуд. Ниҳоят ба назди он синфхона расидам. Дари синф нимроғ буду ду-се хонанда бо ҳамдигар суханҳои пасту баланд мегуфтанд. Гумон кардам, ки устод дар дарс нест.


3 2024-yil 9-may, payshanba, № 19 (2532) www.samarkandnews.uz Samarqand Xalq faravonligi uchun barcha mas’ul Keyingi yillarda mamlakatmizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion holatlarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natija kutilganidek bo‘lmasa-da, bir muncha ijobiy tomonga o‘zgarishlar bor. Viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida jami 30 ta xizmat tekshiruvlari va 32 ta xizmat o‘rganishlari o‘tkazildi. Shuningdek, 2024-yilning o‘tgan davrida xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolardan jami 13 ta shikoyat ariza kelib tushgan bo‘lib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 2 ta arizada keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi, 3 ta arizada keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi (rad etilgan), 8 ta arizaga tushuntirishlar berilgan. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, 4 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 38 nafar xodimga nisbatan hayfsan hamda 27 nafar xodimga nisbatan o‘rtacha oylik ish xaqining 20 foizdan 50 foizgacha jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari, viloyatda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan korrupsiya, poraxo‘rlik , ta’magirlik va mansabni suiiste’mol qilish hamda boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan doimiy ravishda joylarga chiqib, tadbirkorlik subyektlari vakillari, jumladan yo sh i shbila rmonla r bilan o‘ tkazilgan uchrashuvlarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilyapti. Viloyat davlat soliq xizmati organlaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi m a ’ l u m o t l a r n i Te l e g r a m messenjeridagi maxsus @dsq_ anticorrupciya_bot yoki Ishonch telefonlariga yuborish mumkinligi qayd etilgan targ‘ibot materiallari (fleyr, broshyura, stend) shahar va tumanlaridagi aholi gavjum joylar, savdo majmualari, bozorlarga joylashtirilib, tadbirkor va fuqarolar bilan anonim so‘rovnomalar o‘tkazib kelinmoqda. A n o n im s o ‘ r o v n om a l a r natijalariga ko‘ra, aksariyat ishtirokchilar soliq organlari xodimlari tomonidan noqonuniy aralashuvlar kuzatilmaganligi, soliq xodimlarining muomala madaniyati yaxshi ekanligi va davlat soliq organlarida korrupsion holatlar mavjud emasligi namoyon bo‘ldi. F. XALILOV, viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi davlat soliq bosh inspektori Bugun O‘zbekistonga yurt va xalq faravonligi uchun barcha davlat boshqaruv idoralariga yangicha fikrlab, yangicha ishlaydigan, yuqori axloqiy sifatlarga ega, vijdonli va fidoyi insonlar kerak. Masalan, Rossiya Federatsiyasida Sardana Avksentiyeva Yakutsk shahri meri sifatida, uch oylik faoliyati davomida budjet mablag‘laridan 52 million rubl tejab qoldi. U, jumladan: 1. Meriya ma’muriyatiga qarashli barcha hashamatli va qimmatbaho avtomashinalarni auksion orqali sotdirdi. 2. Meriyada va boshqa davlat tashkilotlarida davlat hisobidan uyushtirilgan bazmu jamshitlarni (korparativlarni) man etdi. 3. Meriya xodimlari va boshqa amaldorlar uchun uyushtirilgan 1,5 million rubllik baletni bekor qildi. 4. Xalq manfaatini ko‘zlab, jamoat transportida yo‘l haqini 2 rublga pasaytirdi. 5. Sifatsiz qilingan yo‘l ta’miri uchun qurilish tashkilotiga pul to‘latmadi. Bizning yurimizda ham, Yakutsk meri Sardana Avksentiyevadan kam bo‘lmagan, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan fidoyi insonlar ko’p. Barcha sohalarda ijobiy o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lganlar va shu yo‘l bilan yurt rivojiga katta hissa qo‘shadigan insonlar anchagina. Ammo bunaqalarga korrupsiya hisobidan boylik orttirayotgan ayrim rahbarlar yo‘l berishmaydi. Bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” mana shunday kadrlarga muhtoj. Dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar xalqlari, masalan, Singapur, Xitoy xalq respublikasi, Janubiy Koreya , Germaniya , Lyuksemburg, Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Yangi Zelandiya singari davlatlarning rivoji ilm-fanga asoslangan. Noan’anaviy yondashish fenomeni orqali yuksak taraqqiyotga erishib, xalqlari esa faravon hayot kechirmoqda. Yurtimizda taraqqiy topgan chet davlatlarning barcha sohadagi mu taxa s si sla ridan bilimi va malakasi kam bo‘lmagan kadrlarimiz anchagina. A fsuski, ularning kuchidan samarali foydalanilmayapti. Bizda, barcha sohalarga (ayniqsa huquq-tartibot idoralariga) kasbiy ma’lumotiga qarab mansabga tayinlashadi. Biz, barcha davlat boshqaruv idoralariga boshqacha va mutloq yangicha uslubni taklif etamiz. Bu uslub Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulkning 1091-yili yozilgan “Siyosatnoma” (yoki “Siyar ulmuluk”) asarini bir necha bor o‘qib, bobomiz — Amir Temurning “Temur tuziklari”da vazirlarni tayinlash uslubini tahlil qilib, shunday fikrga keldik. Tezroq ilm-fanga tayanib, davlat amaldorining axloqiy qiyofasi — “imidji”ni (mezonini) yaratishimiz kerak. Bu mezonlarga vijdon, adolat, oriyat, halollik, kamtarinlik va boshqa inson axloqidagi yaxshi sifatlarni asos qilib olishimiz kerak. Bunday sifatlarga ega bo‘lgan insonning qalbi toza bo‘ladi. Qalbi toza insonda vijdon bo‘ladi, vijdon esa barcha axloqiy hamda insonniy sifatlarning ota-onasi hisoblanadi. Vijdonli inson halol rizq-nasibasi bilan yashaydi, yurt va xalq manfaatini o‘z manfaatidan doim ustun qo‘yadi. Bunday insonda yuqori ma’naviyat, insoniy va huquqiy madaniyat bo‘ladi. Bundan tashqari, vijdonli insonlarda ornomus va kamtarinlik xulqatvorlarida hukmronlik qiladi. Yangilik shundan iboratki, barcha davlat boshqaruv sohalariga, obyektiv tanlov asosida mansabga tayinlash kerak. Nomzodlarni tanlashda va mansabga tayinlashda, eng avval, ularning korrupsiyaga umuman murosasiz munosabatda ekanligi bosh mezon bo‘lishi shart. Bu tanlovga o‘zida yuqorida aytilgan sifatlar mavjud bo‘lgan va amalda isbotlab beradiganlar ishtirok etishlari kerak. Ularda axloqiy sifatlar bo‘lmasa, nomzodlik tanlovidan chetlashtirilishi kerak. Qalbi toza, vijdonli va oriyatli, oliy ma’lumotli insonni, ko‘pi bilan olti oy ichida yetuk mutaxassis darajasiga yetkazish mumkin. Eng murakkab narsa, bunday insonlarni topish, chunki bunaqa insonlar kamtar va xokisor bo‘lishadi. Doimo ko‘zga tashlanavermaydilar. Ana o‘shanda “Mansab insonni emas, inson mansabni bezatadi” degan ibora to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday rahbarni xalq mansabi uchun emas balki, insoniy sifatlari uchun hurmat qiladi, yaxshi ko‘radi. Qalbi toza vijdonli, adolatli, oriyatli va yuqori madaniyatli rahbar atrofiga o‘ziga o‘xshagan insonlarni yig‘adi natijada barcha sohalarda adolat hukmronlik qiladi, rivojlanish bo‘ladi. Viloyatda barcha aholi uchun viloyat hokimi, shaharda shahar hokimi, davlat boshqaruv idoralarida boshliqlar yuqori insoniy sifatlar b o‘ yi ch a b a r ch ag a n amun a bo‘lishlari shart. Bunday rahbarlarni xalqimiz nafaqat mansabi balki insoniy sifatlari uchun chin dildan hurmat qiladi. Bunday rahbarni xalq o‘z ko‘ksi bilan himoya qiladi, ardoqlaydi. Ana o‘shanda bunday amaldorlar bilan Prezidentimiz boshchiligida, 2030-yilgacha mamlakatimizni eng rivojlangan va taraqqiy topgan davlatlar qatoriga qo‘shamiz. T. MAMATOV, iste’fodagi podpolkovnik. B.AHMEDOV, zaxiradagi podpolkovnik. Mamla ka timi zda aholiga davla t xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘ r sa ti sh ko‘lamini kengay ti ri sh , yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash hamda ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llash sohasida davlat xizmati ko‘rsatishning aniq huquqiy asoslari mavjud emasligi aholi uchun byurokratik talablarni hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda edi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 601- son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Mazkur reglament jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ariza beruvchi imtiyozni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaat qiladi. Ariza beruvchi so‘rovnoma uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qiladi. Ariza beruvchidan ushbu reglamentda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida soliq imtiyozi qo‘llanilganda, vakolatli organ ariza beruvchining daromadlari bo‘yicha soliq deklaratsiyalarini mustaqil ravishda oladi. So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi. Vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida ariza beruvchilar haqida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu reglament talablarining ijrosi bo‘yicha soliq organlari faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi. Shirin ZAKIRYAYEVA, shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi Chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, mehnat qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni ko’paytirib, o‘limni tezlatishga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Savol tug’iladi: kimlar chekuvchi hisoblanadilar? Bir kun davomida bir dona va undan ortiq sigareta chekayotgan shaxslar chekuvchi hisoblanadilar. Tamaki va uning tutuni tarkibida odam organizmiga salbiy ta’sir etuvchi 400 dan ortiq har xil zaharli modda va birikmalar mavjud. Ulardan eng zaharlisi nikotin va is gazidir. Nikotin eng kuchli zaharlardan biri hisoblanadi. O‘pka to‘qimasiga kirgan nikotin qon tomirlar orqali 7 sekundda bosh miyaga yetib boradi. Inson uchun nikotinning o‘lim dozasi 50-100 mg yoki 2-3 tomchi. Aynan shunday doza har kuni qonga 20-25 ta sigaret chekkandan keyin tushadi. Bir kunda bir quti sigaret chekish – bu bir yilda 500 marta rentgen nurlanishini olgan bilan barobardir. Tamaki yurak – qon-tomir, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish organlari, asab, ichki sekretsiya va jinsiy bezlarga salbiy ta’sir qilib, miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarning surunkali yallig‘lanishi, yara va saraton singari ko‘pgina xavfli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Tamaki naslga ham salbiy ta’sir qilib, bepushtlikka, farzandlarning zaif, nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Uning tarkibidagi zaharli birikmalar ta’sirida organizmda moddalar almashinuvi buzilib, A, V1, V6, V12, S kabi vitaminlar yetishmovchiligi yuzaga keladi. Savol tug’iladi: passiv chekuvchi kim? 5 dona sigareta chekilgan yopiq xonada 8 soat davomida bo‘lgan har qanday kishi passiv chekuvchi hisoblanadi. Passiv chekuvchilar, faol chekuvchilar kabi zararlanadilar. Ota-onasi kashanda bo‘lgan bolalar juda tez zaharlanishi faol chekuvchilarning zararlanishiga nisbatan yuqoridir. Kashandalikka berilish oqibatida inson salomatligini, nasllar davomiyligini xavf ostida qoldiradi. Sog‘lom turmush tarziga rioya etayotgan insonlar kashandalarga nisbatan 15 yil uzoq umr ko‘rishi tajribada isbotlangan bo‘lsa-da, sigareta yaratilganidan buyon o‘tgan muddatda uning iste’molchilari soni ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksda tamaki mahsulotlarini jamoat va transportning ruxsat etilmagan joylarida chekish man etadi. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra tamaki va tamaki mahsulotlarini reklama qilish taqiqlanadi. Kelajagimiz uchun daxldor bu qonunlar aholi salomatligi, farzandlarimiz kamoloti va millat genofondi uchun muhim masalalarni hal etishda dolzarb ahamiyatga ega. J. MO‘MINOV, A. BAZAROV, vrach narkologlar So‘fi bir kun madrasaga ketayotganda o‘g‘ri sallani olib qochdi. So‘fi ortidan baqirdi: — Sallani och, sallani och. Ichidagini ko‘rgin va keyin olib ket. O‘g‘ri qocharkan, qo‘ltig‘idagi sallani yecha boshladi. Qarasa, sallaning ichi bo‘z va latta parchalari, paxta bo‘laklari bilan to‘la. Oxiri, qo‘lida faqat bir quloch bo‘z qoldi, xolos. Qo‘lidagini yerga urdi: — Oh, pastkash odam. Men bu haybatli sallada bir narsalar bor, deb o‘ylagandim. Sening hiylang meni rasvo qildi, deya hayqirdi. Bu so‘zlarni eshitgan so‘fi: — O‘g‘lim, dunyo mana shunaqa. Mening sallam kabi yaxshi ko‘rinadi, ammo oxirida vafosizligini ko‘rsatadi, besh pulga arzimaydi, eski-tuski bo‘laklarga aylanadi, dedi. Jaloliddin RUMIYning “Masnaviy”sidan Islohot Falsafiy rivoyat Mutaxassis ogohlantiradi 4 ta mehnat shartnomasi bekor qilindi! Sabab korrupsiya! Ishni tez bitirish, muammolarni imkon qadar ijobiy hal etish harakatida bo‘lamiz. Ammo qilayotganlarimiz qonunga zidligini bilsakda, vaziyatdan chiqish muddaosi bizga tinchlik bermaydi. Oqibatda o‘zimiz bilib-bilmay korrupsiya ildiziga suv quyib, uni rivojlantiramiz. U ildiz otgan korxona-tashkilotlarga ishingiz tushgandagina buning oqibati yodga xayolga keladi. Illatga qarshi kurashishning asosiy yo‘li jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun-qoidalarga so‘zsiz amal qilish va tartib-intizom ustunligini ta’minlashdan iborat. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I siz unga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati borligini bilasizmi? So‘filardan biri xalq o‘ziga e’tibor bermog‘i uchun boshidagi sallani ulkan qilib o‘radi; ichini bo‘z bo‘laklari bilan to‘ldirdi. Tabiiyki, bu haybatli sallani ko‘rganlar, ichida ancha gazlama bo‘lsa kerak, deb o‘ylardilar. DUNYO HASHAMATLI BIR SALLAGA O‘XSHAR TAMAKI TUTUNIDAGI ZAHAR “YANGI O‘ZBEKISTON” Uni o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan kadrlar barpo etadi Mulohaza


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 241 Adadi: 890 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Bekzod MUSURMONOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2024-yil 9-may, payshanba, № 19 (2532) www.samarkandnews.uz Samarqand Inson — aziz, xotirasi — muqaddas Diydor shirin Sport Biz suv ichgan buloqlar Amir Temur va Temuriylar davrida poytaxt — Samarqand yirik madaniyat, ilm-fan markaziga aylandi. Shohi Zinda ansambli, Amir Temur jom’e masjidi, Mirzo Ulug‘bek madrasasi va rasadxona, Amir Temur maqbarasi va shahar atrofida o‘nlab bog‘lar barpo etildi. Mirzo Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samarqand, G‘ijduvonda madrasalar qurildi. Xuddi shu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi. Ular orasida Ulug‘bek madrasasida faoliyat ko‘rsatgan, o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoldira olgan, betakror g‘azallar va qasidalar yaratgan yetuk iste’dod egasi – Sakkokiy ham bor edi. Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Uning hayoti to‘g‘risida o‘zining devoni, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” hamda “Xutbai davovin” asarlaridan ba’zi bir ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari, shoir Yaqiniynining “O‘q va yoy” asarida Sakkokiy turk (o‘zbek) shoirlarining mujtahili (g‘ayratlisi), deb ta’riflanishi, uning o‘z zamonasining zabardast shoirlaridan biri ekanligini bildiradi. Sakkokiy Temuriylar saltanatining poytaxti Samarqandda yashab, ijod etgan. Sakkokiy – shoirning taxallusi bo‘lib, uning asl ismi ma’lum emas. “Sakkok” (pichoqchi) so‘zidan, shoir hunarmand oilada tug‘ilgan degan fikrni taxmin qilish mumkin. Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida yoki XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilganini esa hijriy 810- (1407–1408) yilda Amir Temurning nabirasi Xalil Sultonga bag‘ishlagan qasidasidagi misrasidan taxminan bilib olish mumkin: Tarixqa sakkiz yuz dog‘i o‘n erdiyu qadr axshomi, Bir oy tug‘uldi dunyoda kim mamalakatda xon erur. Chunki shoir bu qasidasini ancha ijodiy tajribaga ega bo‘lgandan keyin, taxminan 30 yoshlarida yozgan bo‘lishi kerak, deb taxmin qilishadi adabiyotshunoslar. Sakkokiy ijodining gullagan davri Turonda Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrlarga (1409–1449) to‘g‘ri keladi. Tarixdan ma’lumki, buyuk munajjim va yetuk davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar hukmdor bo‘lish bilan birga ilm-fan, san’at va adabiyot ahlining homiysi ham edi. Ana shu fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Sakkokiy Ulug‘bekdan panoh topgan allomalar sirasiga kirib, uning ijodiy faoliyati odil podshoh bilan bog‘liqdir. Sakkokiy o‘z homiysiga atab qasida bitadi. Unda Ulug‘bekning xislatu fazilatlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi va uning dushmanlariga qarshi o‘z so‘zlari bilan zarba beradi. Shoir Ulug‘bekka baho berar ekan, shunday ma’rifatparvar podshoh bilan zamondosh bo‘lganidan faxrlanadi. Sakkokiyning o‘zi tuzgan devonining bir necha qo‘lyozma nusxalari ma’lum bo‘lsa-da, bu nusxalarning birortasi ham to‘la va mukammal nusxa emas. Jumladan, Londonda, Britaniya muzeyida devonning taxminan XVI asr o‘rtalarida ko‘chirilgan bir nusxasi va Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Shoislom ismli kotib tomonidan qaysidir manbadan ko‘chirilgan nusxasi saqlanadi. Sakkokiy XV asr o‘rtalarida vafot etganligini Navoiyning Samarqandda bo‘lgan yillarida Sakkokiyning muxlislari bilan uchrashgani va suhbatlashgani bilan izohlash mumkin. Nimagaki, Sakkokiy bu davrda hayot bo‘lmagan, agar hayot bo‘lganida Navoiy Sakkokiyning o‘zi bilan uchrashgan bo‘lardi. Sakkokiy Ulug‘bek madrasasida mudarris sifatida faoliyat yuritayotgan vaqtida unga atab yozgan qasidasidagi yana bir misraga e’tiborni qaratsak, foydadan xoli bo‘lmas: Raiyat qo‘y erur, Sulton anga cho‘pon yo bo‘ri, Bo‘ri o‘lgayu qo‘y ting‘ay, chu Musotek shubon keldi, – deb yozadi. Bu bilan Sakkokiy o‘sha davrdagi hukmdorlar haqida fikr yuritadi va adolatli hukmdorlarni cho‘ponga, adolatsiz hukmdorlarni bo‘riga o‘xshatadi. Ulug‘bek davlat tepasiga kelishi voqeasini shoir quyidagicha ifodalaydi: Jahondin ketti tashvishu mabodoyi amon keldi, Xaloyiq aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi. Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan qasidada xalq, ulus, raiyat, omonlik, surur, adolat so‘zlari ko‘p uchraydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zamonasining ilg‘or fikrli kishisi sifatida buyuk shoir Sakkokiy xalq ahvolini o‘ylagan holda, Ulug‘bekdek ma’rifatli hukmdorni davlat tepasiga kelishi xalq uchun yaxshi ish bo‘lganligidan mamnun ekanligini izhor etadi. Shunday qilib, hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, Mavlono Sakkokiy ajoyib lirik she’rlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining ravnaq topishi va gullab-yashnashiga ma’lum hissa qo‘shgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarix sahifalarida muhrlandi. Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan, o‘zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor bo‘laveradi. Ayni shu xislatlari bilan u biz uchun ulkan tarbiya maktabi bo‘lib ham qolaveradi. Xursheda FAYZULLAYEVA, Registon ansambli gid-ekskursavodi Shahrimiz sportning karate (WKF) turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Chempionat doirasida dastlab ushbu sport turi qoidalariga kiritilgan o‘zgartish va yangiliklarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi . Unda kiritilgan yangiliklar batafsil tushuntirilib, belgilangan me’yoriy talablarni bajargan mutaxassislarga xalqaro toifadagi hakamlik sertifikatlari topshirildi. Yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatida yurtimizning 350 nafar karatechilari bilan birga Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Qirg‘iz Respublikalaridan 800 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishdi. — Musobaqa doirasida o‘tkazilgan seminar har tomonlama samarali bo‘ldi, — deydi hamyurtimiz, xalqaro toifadagi referi Mirzohid Yo‘ldoshev. – Seminarda ishtirok etgan 7 nafar vakilimiz xalqaro toifadagi hakam sertifikatini oldi. Endi ular xalqaro maydonlardagi nufuzli musoqabalarda hakamlik qilishi mumkin. Ushbu chempionat sport musobaqalari bilan birga turizm yo‘nalishida ham ahamiyatli. Ishtirokchilar bo‘sh vaqtlarida Samarqandning diqqatga sazavor joylari bilan tanishdi. - Musobaqa yuqori saviyada, xalqaro talablar asosida tashkil etilgan, - deydi Qirg‘iz Respublikasi jamoasi murabbiyi Risqeldi Mamatxonov. – Yurtimizdan 70 nafar karatechi ishtirok etdi. Bahslar qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Markaziy Osiyo chempionati qit’a birinchiliklari oldidan o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tab beradi. Bu yerda ham chempionlikka osonlik bilan erishib bo‘lmayapti. Bunday musobaqalar sportchilarimizni yanada mahorati oshishiga xizmat qiladi. Karate (WKF) bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining ochilish marosimida viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, Markaziy Osiyo Karate federatsiyasi raisi Sarsenbay Abdullayevlar ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tilashdi. Uch kun davom etgan musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Qozog‘iston jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni yurtimiz karatechilari, uchinchi o‘rinni Turkmaniston jamoasi egalladi. A. DOLIYEV 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirib, katta hayotga qadam qo‘yganiga 52 yil to‘lgan sinfdoshlarga ham ana shunday diydorlashish nasib etdi. Jonajon maktablarining hovlisida to‘plangan sinfdoshlar hovlidagi suhbatdan so‘ng, o‘zlari o‘qigan sinfxonalarga kirishib olamdan o‘tib ketgan ustozlarini yodga olishdi, haqlariga Qur’on tilovat qilishdi. Muborak yoshga kirgan ustozlari — Ozod hoji Sayfiyev hamda Erkin bobo Qosimovlarga esdalik sovg‘alar topshirishib, ularning duolarini olishdi. — O‘tgan yillar davomida barchamizning sochlarimizga oq oraladi, — deydi uchrashuv tashkilo tchisi Sharo f Marupov. – Bugun qalblarimizni qurshab olgan sog‘inch hissi biroz taskin topgandek bo‘ldi. Uzoq yillardan beri ko‘rishmagan sinfdoshlarimiz bilan ustozlarni, bolalikni, maktabda o‘tgan beg‘ubor onlarni xotirladik. Shundan so‘ng, sobiq bitiruvchilar katta hayot ostonasida turgan maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, ularga hayotiy maslahatlar berishdi. Sinfdoshlar diydorlashuvi bir piyola choy ustida davom etdi. Bekzod MUSURMONOV, “Samarqand” muxbiri Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida “Sog‘lom va zavqli hayot uchun!” shiori ostida nuroniy otaxon va onaxonlar o‘rtasida ko‘pkurash bellashuvlari o‘tkazildi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat hokimligi, sport boshqarmasi, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan bellashuvlarda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan sportga ixlosmand 100 nafarga yaqin nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi. Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, viloyat Nuroniylar kengashi raisi Shuhrat Negmatov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqovlar ishtirok etib, keksalarning ulug‘ yoshda ham maydonga chiqib, yosh avlodga o‘ziga xos ibrat ko‘rsatayotganliklarini alohida e’tirof etishdi. — 70-80 yoshli otaxonu onaxonlarni maydondagi shijoatini ko‘rib biz ham zavqlandik, — dedi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov. – Biz, hamkor tashkilotlar bundan ruhlanib, bu kabi musobaqalarni muntazam tashkil etishni taklif qilmoqdamiz. Chunki, aholi o‘rtasida sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda bunday musobaqalarning o‘rni juda yuqori bo‘ladi, deb o‘ylayman. Keksalarning shijoati, albatta, yosh avlodni sport maydonlariga yetaklaydi. Belgilangan shartlarga ko‘ra ishtirokchilar yugurish, bastketbol to‘pini savatga tushirish va shaxmat-shashka bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. — Anchadan beri bugungi kundagidek, o‘zimni yengil his qilmagandim, - deydi oqdaryolik 75 yoshli Burxon bobo Umirov. – Har kuni tongda turmush o‘rtog‘im bilan sog‘lom turmush tarziga amal qilib, yuguramiz. Bu an’ana farzandlarimga, ulardan nabiralarga o‘tgan. Ular ertalabki badantarbiyani kanda qilishmaydi. Bugun tengdoshlar, hamfikrlar bilan birgalikda 400 metrga yugurdik, basketbol to‘pini savatga tushirish bo‘yicha bellashdik. Tengqurlar bilan diydorlashish, suhbatlashish, bellashish baribir o‘zgacha kayfiyat ulashadi-da odamga. Bizni yodga olib, hurmate’tibor ko‘rsatib, shunday musobaqa bayramini uyushtirganlarga ming rahmat. Biz bundan zavqlanib, sog‘lom turmish tarziga, joylarda sport targ‘ibotiga yanada jiddiy e’tibor qaratamiz. Maqsadi sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘lgan mazkur musobaqa yakunida nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozilib, bir piyola choy ustida diydorlashildi. SAKKOKIY MEROSI — BEBAHO Samarqand Markaziy Osiyo chempionati mezboni Maktabdagi o‘quvchilik davri insonga Qadr topgan keksalar shijoati hayotidagi eng beg‘ubor onlarni taqdim etgani bois hech qachon esdan chiqmaydi. Maktabni bitirib katta hayotga qadam qo ‘ yga n iga ko ‘p y i l la r bo ‘ lga n iga qaramasdan, inson doimo jonajon maktabi, qadrdon sinfdoshlari, dars bergan ustozlari diydorini qo‘msab yashaydi. Diydor nasib etganida esa, bir zum o‘sha beg‘ubor bolalikka qaytgandek bo‘ladi. 52 yildan so‘ng...


Click to View FlipBook Version