The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-05-10 23:01:04

21-son

21-son

ISSN 2010-6734 № 21 (2482) 2023-yil 11-may, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Inson aziz — xotira muqaddas! Ilmiy hamkorlik Ko r e y a R e sp ub l ik a s i n i ng Seul shahrida o‘tkazilayotgan "Seoul International Travel Fair2023" tur izm ko ‘rgazmas ida ishtirok etayotgan viloyatimiz delegatsiyasining tashrifi samarali davom etmoqda. Delegatsiya Samarqandning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish orqali viloyatga sayyohlar oqimini oshirish borasida ko‘rgazma davomida qator kelishuvlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Seulda “Star Samarkand” brendi ostida faoliyat olib boruvchi restoranlar tarmog‘i bilan imzolangan anglashuv memorandumi asosida hududning turizm salohiyatini doimiy targ‘ib qiluvchi burchak tashkil qilindi. “Star Samarkand” restoranlar tarmog‘i Koreya Respublikasida 2003-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur korxonaning mamlakat bo‘ylab 11 ta tarmoq restoranlari faoliyat yuritmoqda. O‘rtacha hisobda mazkur restoranlarga bir kunda 5 ming nafardan ortiq mijozlar tashrif buyuradi. Mijozlarning 85 foizini Koreya fuqarolari, qolgan 15 foizini esa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan borganlar tashkil etadi. Kelishuvga ko‘ra viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi t a r g‘i b o t m a t e ri all a ri ni “S t a r Samarkand” restoranlar tarmog‘iga yetkazib beradi. Ushbu materiallar “S ta r Sama rkand ” re s to ranla r tarmog‘i tizimidagi restoranlarda maxsus burchak tashkil etilib, mijozlar ovqatlanadigan stollarga joyalshtirilgan elektron taomnomalarda hamda LED ekranlarda taqdim etilib, Samarqand turizmi targ‘ibot kompaniyasi olib boriladi. Memorandum imzolangan kunning o‘zida Seul shahrida joylashgan “Star Samarkand” restoranida turizm targ‘iboti burchagi tashkil etilib, barcha zaruruiy materillar joylashtirildi. Memorandumga muvofiq, kelgusida restoranlar tarmog‘i rahbariyatiga qo‘shimcha targ‘ibot materiallari hamda o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari va liboslari taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali ushbu restoranlar tarmog‘ida o‘zbek selfi zonasini tashkil etish belgilangan. Uchrashuvda Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan “Gastro Expert” akademiyasi va “Star Samarkand” restoranlar tarmog‘i o‘rtasida oshpazlik, qassobchilik, ofitsiantlik, konditerlik va baristalik yo‘nalishlarida malakali kadrlarni tayyorlab berish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu ham o‘z navbatida Samarqandning gastronomik turizm salohiyatini Koreyada targ‘ib etishga xizmat qiladi. Viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati Y e v r o p a n i n g E r a sm u s + loyihasi asosida dunyoning ko‘plab m am l a k a t l a r i d a g i o l i y t a ’ l im muassasalarida keng miqyosdagi ilmiy izlanish va amaliy tajribalar yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan yili e’lon qilingan tanlovda mamlakatimizning uchta oliy ta’lim muassasasi — O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy jamoalari birgalikda ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin olishdi. 700 ga yaqin ilmiy loyihalar orasida yuqoridagi uch oliy ta’lim muassasasi birgalikda taqdim etgan ilmiy loyihaga 650 ming yevro miqdoridagi grant ajratildi. Loyiha 2023—2025-yillarda amalga oshiriladi. Maqsad mamlakatimizda telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun Respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida “Fotonika va optik tolali aloqalar” yo‘nalishi bo‘yicha innovatsion magistratura yo‘nalishini tashkil etishdir. Loyihada SamDU professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishmoqda. Bu borada SamDU olimlarining Italiya, Belgiya va boshqa xorijiy davlatlar oliy ta’lim muasasalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash joiz. Fotonika va optik aloqa, optik tolali komponentlar fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘lib, nafaqat soha balki, mamlakat uchun ham muhim ilmiy taraqqiyot hisoblanadi. Hayotimizdan keng o‘rin olgan smartfonlardan tortib noutbuklar, internet to‘lqini, u orqali axboro tni uza tish jarayonlarining barchasi fotonika bilan bog‘liqdir. Fotonika optikaning bir yo‘nalishi bo‘lib, nurlanish, uzatish, modulyatsiya, signallarni qayta ishlash, almashtirish va kuchaytirish orqali fotonlar shaklida yorug‘lik to‘lqinini hosil qilish hamda uning xususiyatlarini o‘rganish texnologiyasidir. Shu yilning 9—11-mart kunlari SamDUda loyiha ishtirokchilarining dast - labki uchrashuvi o‘tkazildi. Unda ishtirokchi oliy ta’lim muassasalaridan tashqari Italiyaning Turin politexnika instituti, Belgiyaning Gent universiteti, Yevropadagi boshqa hamkor universitetlarning mutaxassislari, “Mir Solar” kompaniyasi hamda “Uztelekom”ning Xorazm filiali mu taxa s si sla ri ham qa tna shdila r. Ishtirokchilar tomonidan SamDU optika va spektroskopiya kafedrasi qoshida ushbu soha bo‘yicha magistratura yo‘nalishini ochish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Loyihani amalga oshirish uchun akademik Akbar Otaxo‘jayev asos solgan Optika va spektroskopiya kafedrasi tanlandi. Chunki ushbu kafedra salmoqli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgan, yuksak ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, hozirgi paytda 5 nafar fan doktori va professorlar, 9 nafar fan nomzodi, dotsentlar ilmiy-pedagogik sohada samarali faoliyat yuritishmoqda. Eng muhimi, kafedrada Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Optiklar ilmiy maktabi”ning yaratilishi bilan birgalikda kafedrada 2 ta xalqaro va 1 ta respublika miqyosidagi ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Barcha loyihalar bugun to‘liq moliyalashtirilgan. Joriy yilning 24—27-may kunlari SamDUda “Nanofotonika, metomateriallar va fotovoltaika” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan. Anjumanda AQSH, Xitoy, Isroil, Rossiya singari 40 dan ortiq xorijiy davlatlar olimlari tashrifi kutilmoqda. 25—27-may kunlari Belgiyaning Gent universitetida esa INMAKOM loyihasi asosida yangi anjuman tashkil etilib, unda SamDUning professor A. Soliyev rahbarligidagi bir qator olimlari ishtiroki rejalashtirilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar sohasida mehnat bozorini rivojlantirish uchun universitetlar ilmiy salohiyati va ishlab chiqarish o‘rtasida amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. INMAKOM tomonidan fotonika va optik aloqaga ixtisoslashgan yangi avlod axborot texnologiyalari muhandislarini tayyorlash uchun ta’lim bazasi yaratiladi. A. JUMABOYEV, SamDU professori. Z. HASANZODA, jurnalist Sessiyani shahar Kengashi raisi Fazliddin Umarov olib bordi. Unda dastlab shahar aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023-yilda energiya resurslari bil a n b a r q a r o r t a’mi nl a s h to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar hokimining o‘rinbosari F. Najmiddiniv hisoboti tinglandi. Muhokamada energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, elektr va gaz xo‘jaligi ob’ektlarining 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash hamda muqobil energiya manbalarini keng joriy etishni ta’minlash masalalari batafsil muhokama qilindi. Deputatlar shaharda 2023-yilda elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish maqsadli ko‘rstakichlari, kuz-qish mavsumi uchun elektr va tabiiy gaz tarmoqlarini ta’mirlash rejalarini atroflicha tahlil qilishdi. Sessiyada shuningdek, shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha m a n b a l a r i d a n f o y d a l a n i s h t o ‘ g ‘ r i s i d a g i m a s a l a h am ko‘rildi. Bunda shahar mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak yakuni bilan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan belgilangan yumushlarga 543 million 194 ming so‘mlik mablag‘ ajratish muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorolar qabul qilishdi. Shuning bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining navba tdan tashqari sakson beshinchi sessiyasi yakunlandi. Urush, qon to‘kish, jon olib, jon berish, vayronalar, tinimsiz o‘q ovozlari... Qanday qo‘rqinchli manzara. Bugun farzandlari, nabiralar, evaralar qurshovida keksalik gashtini surayotgan urush faxriylari ana shunday suronli yillarni ko‘rib, og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan jonli tarix. Ularning qay biri bilan suhbatlashmang, takror-takror aytiladigan so‘zlar bir: “Tinchlik, osudalik, farovon turmushimizga ko‘z tegmasin! Yurtimiz osmoni musaffo bo‘lsin!” Chunki, ular bugungi dorilamon kunlarga yetgunga qadar qanchalar mashaqqat chekishganini tasavvur qilish qiyin. Shu bois yurtimizda urush va front orti faxriylarini e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, qadrlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ushbu ishlar yanada jonlandi. Joylarda urush qatnashchilariga davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan mukofot pullari, bayram tabriklari va esdalik sovg‘alari mutasaddilar, jamoatchilik vakillari, harbiylar, yoshlar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi. Shahrimizda yashovchi uch nafar urush faxriylari Fazliddin Asliddinov, Mixail Kolmogorov va Sofiya Pogrebovalar xonadoniga viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, shahar hokimi F. Umarov hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev tashrif buyurib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi. Viloyat hokimi Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. “Butun insoniyat taqdiri xavf ostida qolgan suronli davrda tinch-osoyishta hayot, musaffo osmon, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi uchun jasorat va matonat ko‘rsatganingiz, tinch mehnat yillarida elu yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilganingiz barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir!”, — deyiladi tabriknomada. Haqiqatan ham, yil sayin saflari kamayib borayotgan urush faxriylarining hayot yo‘li, jasoratlari bugungi avlod uchun ibrat maktabi. Ularning tinchlikning qadri, yurt himoyasi haqidagi fikrlari yosh avlodning ongu shuurida ona Vatanga bo‘lgan mehrmuhabbatni, sadoqatni shakllantirishda, mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. — Inson uchun eng katta boylik — tinchlik va tanisihatlik, — deydi "Xo‘ja G‘unjoyish" mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Fazliddin bobo Asliddinov. — Yaratganga shukr, bugun yurtimizda ana shu ikki muhim jihatga katta e’ tibor qaratilmoqda. Yurtboshimiz tinchlik, osoyishtalikni saqlash, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida ulkan islohotlarni olib borayapti. Buning natijasini bugun meni qutlash uchun xonadonimga kelgan alpkelbat harbiylar misolida ko‘rib turibmiz. Ular bor ekan tinchligimizga hech kim rahna sololmaydi. Tibbiyot sohasida ham keskin rivojlanish bor. Soha xodimlari mening holimdan doimiy xabar olishadi. Birgina menga emas, har bir oilalarga biriktirilgan shifokorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bunday yurtda yashash, mehnat qilish haqiqiy baxt. Urushni ko‘rgan inson sifatida aytaman, bugungi dorulamon kunlar xalqimizga berilgan bebaho ne’mat. Uni ko‘z qorachug‘idek asrash har birimizning burchimizdir. Faxriylarimiz xonadonida haqiqiy bayram bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Harbiy orkestr sadolari ostida tashkil etilgan tadbirlar faxriylarga, ular yashayotgan mahalla ahliga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Yuksak e’tibor va hurmatdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan faxriylar tinch va osuda hayotimizga ko‘z tegmasligini Yaratgandan so‘rab, davlatimiz va hukumatimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. A. ISROILOV Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sakson beshinchi sessiyasida ana shu masalalar muhokama qilindi. ENERGIYA IQTISOD QILINADI Faxriylar e’zoz va e’tiborda Xalqaro Erasmus + loyihasi g‘oliblari Ular orasida O‘zMU, SamDU va TATU ilmiy jamoalari ham bor 9-may – Xotira va qadrlash kuni. An’anaga muvofiq, viloyat va shahar hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, yoshlar Xotira maydonida — tinchlik, osoyishtalik, farovon hayot uchun jon fido qilganlar yodiga hurmat bajo keltirish uchun jam bo‘lishdi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, shahar hokimi F. Umarov va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, huquq-tartibot idoralari rahbarlari boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib, Vatan tinchligi yo‘lida vafot etganlar xotirasi yodga olindi. Albatta, Xotira va qadrlash kunida barcha birdek Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga keltirgan kulfatlarni yodga oladi. Butun dunyoni ostin-ustun qilgan urush olovi yurtimizni ham yovuz ta fti bilan kuydirgan. Urush jangohlarida 152 mingdan ortiq samarqandlik ishtirok etgan. Ularning 73 ming nafari ona tuprog‘iga qaytmagan. Minglab oilalar azob-uqubatga giriftor bo‘lib, oila boshidan, er yigitlaridan ayrilgan, ayollar beva, bolalar yetim qolgan. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. O‘tganlar yodiga hurmat bajo keltirilib, maydonda o‘rnatilgan Xotira kitoblarida qayd etilgan qahramonlarning jasoratlari xotirlandi. Vatan uchun fido bo‘lgan jon mangulikka daxldor Koreyada Samarqand turizmi doimiy targ‘ib qilinadi


2 2023-yil 11-may, payshanba, № 21 (2482) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Yoshlar bilan uchinchi renessans sari Islohot Profilaktika Mam laka t im izda j ismon iy va yur id ik shaxslarning murojaatlari ana shu tartibda ko‘rib chiqiladi. Shahar adliya bo‘limiga yilning dastlabki choragida jismoniy va yuridik shaxslardan 92 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning yarmi — 46 tasi mas’ullar tomonidan o‘rganilib, qanoatlantirildi. 38 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 ta murojaat boshqa tashkilotlarga tegishli ravishda yuborildi. Shahar adliya bo‘limi tomonidan korxona va tashkilotlarda jami 12 ta o‘rganish va 4 ta monitoring o‘tkazildi. Buning natijasida joylarda 3542 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish va monitoringlar natijasiga ko‘ra qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari, bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan 22 ta taqdimnoma, 24 ta ogohnoma tegishli tashkilotlarga jo‘natildi. Turli idora va tashkilotlarning 12 nafar xodimiga intizomiy javobgarlik belgilandi. 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Amaldagi normativhuquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan 254 ta hujjat bekor qilindi. Qonunchilikka muvofiqlashtirish hamda kiritilgan taqdimnomalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarga 2 milliard 381 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi. Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilishga doir sudga kiritilgan 1 ta da’vo arizasi yuzasidan sudning hal qiluv qaroriga muvofiq tadbirkor foydasiga shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun 198 million so‘m mablag‘ undirildi. 6 ta taqdimnoma bo‘yicha 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlandi. Shu kabi o‘tkazilgan o‘rganish va murojaatlarni qanoatlantirish natijasida sudlarda 5 ta da’vo arizasi ko‘rib chiqildi. Jami 803 million so‘mlik undiruv amalga oshirildi. Yilning birinchi choragida amaldagi normativhuquqiy hujjatlar talablarini buzgan 10 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining turli moddalariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanildi. Bo‘limimiz xodimlari tomonidan 18 ta davlat organi, turli tashkilotlarga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash yuzasidan 12 ta yozma huquqiy maslahatlar jo‘natildi. Amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga oid 9 ta taklif viloyat adliya boshqarmasi orqali kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat dasturlarining ahamiyati va maqsadini keng omma o‘rtasida targ‘ib va tashviq etish tizimi samarali faoliyat yuritmoqda. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va madaniyatini yuksaltirish yo‘lida amaliy faoliyat tobora kuchaytirilmoqda. N. KOMILOV, shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshgan ayni zamonda har besh kishidan birini yoshlar tashkil etadi. Demak, bu ko‘rsatkich 20 foizni tashkil qiladi. Qutlug‘ ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish yo‘liga kirgan O‘zbekistonda esa yoshlar salmog‘i 60 foizdan ortiqdir. Shuning uchun ham yoshlar kelajagimiz, jamiyatning ertangi egalari sifatida alohida g‘amxo‘rliklar, huquqiy muhofazaga olinganligi butun dunyoda alohida e’tirof etilmoqda. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, bu boradagi davlat dasturi hali dunyodagi hech bir mamlakatda yurtimizdagidek keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani yo‘q. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularga ta’lim, hunar egallash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun keng qamrovli, huquqiy jihatdan ildizi mustahkam bo‘lgan siyosat olib borilmoqda. Bu siyosatning amaldagi ijrochisi sifatida Yoshlar ishlari agentligi keng ko‘lamda faoliyat yuritmoqda. Zero, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlashda bu tashkilot va uning joylardagi bo‘linmalari faoliyati tobora kuchaymoqda. Jamiyat ijtimoiy tuzumining muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla, ta’lim maskanlari, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar o‘rganish markazlari singari yoshlar bevosita jalb etiladigan makonlarda Yoshlar ishlari agentligining quyi tashkilotlari samarali ishlab, yoshlarning muammolarini hal etishda tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. Birgina mahalla tizimini olaylik. Bu yerda yoshlar yetakchisi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ko‘pgina muammolarni mahallabay, xonadonbay hal etish imkoniyatini yaratmoqda. Bo‘lg‘usi avlodni ijtimoiy himoyalash borasida “Yoshlar daftari”ning tashkil etilganligi ushbu yo‘nalishdagi muhim amaliy qadam bo‘ldi. Ayni paytda yoshlar yetakchisi tashabbusi, xulosasiga ko‘ra ushbu daftarga kiritilgan 10 minglab yoshlarimiz ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi ijtimoiy ahamiyatga mollik sohalarda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishdi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatining yuqori bosqichga ko‘tarilayotganligi, oliy ta’lim qamrovi va tarmog‘ining kengayganligi, kasb-hunar o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratilganligi tufayli yosh tadbirkorlar, innovatsion g‘oyalar va bu boradagi amaliyot bilan shug‘ullanayotganlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Oliy ta’lim maskanlarida esa nafaqat bilim beriladi, balki jahonning ilg‘or mamlakatlari tajriba va texnologiyalari asosida tanlangan mutaxassislikning sir-asrorlari yanada puxta o‘rgatilmoqda. Yoshlar bilan ishlashda Yoshlar ishlari agentligining turli soha xodimlari bilan hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Bu borada yana mahalla tizimidagi jarayonni kuzatadigan bo‘lsak, bu yerda yoshlar yetakchisining mahalladagi profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi keng yo‘lga qo‘yilganligi faoliyat samaradorligini oshirmoqda. Zero, mahallada yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirishda yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining hamkorlikdagi faoliyati muhim omil hisoblanadi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masala jamiyatda hamisha o‘z dolzarbligi bilan ajralib turgan. Negaki, har qaysi millat, davlatning kelajagi bevosita yoshlar bilan bog‘liq. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, zararli illatlardan asrab-avaylash, bir so‘z bilan aytganda, ularning kamoloti va ravnaqi yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solish asosiy vazifa bo‘lmog‘i lozim. Javansher ASLAMOV, O‘zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi 314-guruh kursanti Paxta dalasida bahordan to kuzning qirovli kunlarigacha asosiy vazifasi qolib, “hasharchi”ga aylangan ustoz— murabbiylarning haq-huquqlari himoyasini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini tiklash borasidagi qonuniy islohotlar davom etmoqda. Sir emas, majburiy mehnat, deganda qo‘liga ketmon, supurgi, etak tutgan o‘qituvchi ko‘z oldimizda gavdalanar edi. Bu qanchalik kulgili bo‘lmasin, jamiyatning ayanchli kelajagi shunga bog‘liq ekanligini biz juda kech anglab yetdik. Buni tushunib yetmaganlar hali-hanuz oramizda bor. Negaki, o‘qtuvchining majburiy mehnatga g‘arq bo‘lishi dunyoning turli burchagida qora mehnatga mahkum bo‘lib, sarson-sargardon yurgan yurtdoshlarimizning shum taqdirida namoyon bo‘lmoqda. Buni haliyam tushunib yetmayotganligimiz jamiyatning qusuridir. Ayni holatni bartaraf etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini zamon talabiga mos ravishda tashkil qilish maqsadida sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonuni bilan Jinoyat kodeksi 1482-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirildi: “Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mutasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash” deb nomlangan 51-moddasi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi: “Xuddi shunday huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”. Ustoz otangdek ulug‘, deya e’zozlangan zotlar bir muddat e’tiborsiz qoldi. Ayrim shaxslar tomonidan ushbu ulug‘ kasb egalariga nisbatan hurmatsizlik holatlari hamon uchramoqda. Endi bunday holatlar shunchaki unutilmaydi. Jamiyat taraqqiyoti, yurt kelajagini belgilovchi kasb egalari davlat va qonun himoyasida. Ularning sha’ni, qadr-qimmatini tahqirlashga, majburiy ravishda biror yumushga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xalqning ertasi, yosh avlod tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimlar faqatgina o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi kafolatlanadi. Aksincha holatlarga qonuniy tarzda jazo choralari ko‘riladi. B. AZAMOV, shahar prokurori yordamchisi Jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmi va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shahar i chki i shlar o r g a n l a r i f a o l i y a t i n i m u v o fi q l a s h t i r i s h boshqarmasi qoshida jamoat xavfsizligini ta’minlovchi “ Ya g o n a i d o r a l a r a r o boshqaruv shtabi” tashkil etilib, berilgan jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning rahbar va xodiml a rid an tu zilg an ishchi guruh tomonidan hamkorlikda ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi. Boshqarmada tun-u kun faoliyat yurituvchi “Situatsion markaz”ga integratsiya qilingan 1 400 dan ortiq videokuzatuv kameralari, shuningdek, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy etish maqsadida aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan 97 dona kuzatuv kameralar yordamida jinoyat sodir etib sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 108 nafar qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi. Shunungdek, 3 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlanib, oila a’zolariga topshirildi. Hududlarda yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish va o‘lim holatlarini, shuningdek yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabab hamda shart-sharoitlarini o‘rganib, manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida shahardagi 215 ta mahalla hududlardagi krimenogen vaziyat, transport vositalari, aholi soni, avtomobil yo‘llarining uzunligi, transport oqimi va ijtimoiy ob’ektlar sonini inobatga olgan holda 32 ta kvadratga taqsimlanib, har bir kvadratga yo‘l-patrul xizmati inspektorlari biriktirildi. Bundan tashqari, shahar hududida O‘zbekiston Respublikasida Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITA”siga muvofiq qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Hududlarda mahallabay profilaktik ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish maqsadida yangicha tizim, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish samaradorligini oshirish, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz mahallaga aylantirish uchun yagona hamkorlik tizimini tashkil etish bo‘yicha yaratilgan “Samarqand tajribasi” barcha mahallalarda to‘liq joriy etildi. Mahallalarda xizmat qilayotgan 5 ta xodim — mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori ish faoliyati samarali tashkil qilinganligi natijasida 2023-yilning I-choragida 215 ta mahallaning 71,2 foizida, ya’ni 153 tasida jinoyatlar sodir etilmadi. 28,8 foizida, ya’ni 62 tasida turli xil jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 15,3 foizida jinoyat barqarorligi saqlandi (sariq mahalla), 13,5 foizida jinoyatlar o‘sishi qayd etildi (qizil mahalla). Shahar IIO FMB boshlig‘ining 2023-yil 8-yanvardagi tegishli farmoyishiga asosan malakali rahbar va xodimlaridan iborat “Amaliy yordam ko‘rsatish guruhlari” tuzilib, “qizil” toifadagi mahallalarga jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida 9696 ta turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 251 ta holat aniqlandi. 8 ta holat yuzasidan mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1882-moddasiga asosan hamda 243 ta holat yuzasidan voyaga yetmaganlar ota-onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi. Hisobot davrida 53 nafar voyaga yetmaganlar hamda ularning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 53 nafar ota-ona profilaktik hisobga olindi. Shuningdek, 354 nafar nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlar “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiyhuquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirilib, ularning 2 nafari o‘quvtarbiya va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga hamda 5 nafari bolalar uylariga joylashtirildi. Probatsiya hisobida jazoni o‘tayotgan shaxslarni hamkorlikda ijtimoiy hayotga moslashtirish choralari ko‘rilmaganligi oqibatida 2023-yilning o‘tgan I choragi davomida mahkumlar tomonidan 4 ta takroriy jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi. Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida jinoyat sodir etilmagan yashil mahallalar soni 5 taga ko‘payishiga erishildi. Amalga oshirilgan qator ijobiy ishlar natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, jumladan, qotillik 50 foizga, bosqinchilik 100,0 foizga kamaydi. Biroq, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, amalga oshirilgan ko‘plab profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan, hamkorlikda olib borilgan ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator kamchiliklar ham kuzatildi. Jumladan, shahar hududida umumiy jinoyatlar 30,9 foizga oshdi. Bunda uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 17,8 foizga, og‘ir turdagi jinoyatlar 51,1 foizga, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 105,8 foizga oshib ketdi. Shu bois joylarda jinoyatchilikning oldini oish, xavfsiz shahar tamoyiliga mos tinch, osuda va farovon jamiyat qurib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlodni shakllantirishimiz lozim. Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, belgilangan chora-tadbirlani samarali tashkil etish bizni o‘ylagan manzilimizga yetkazadi. Faqat bachamiz bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlikda harakat qilsak kifoya. Eldor RAHMATOV, shahar IIOFMB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i Bugungi kunda shahrimizda aholi soni 569 ming 740 nafarni tashkil qilayotgan bo‘lsa, ularning 261 ming 905 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Jamiyatda xotin-qizlarning teng huquqliligini ta’minlash, har jabhada ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar uzviy davom etmoqda. Natijada faol, tashabbuskor, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan xotinqizlarimiz soni oshib bormoqda. Ammo, gul tikansiz bo‘lmaganidek, nozik xilqat egalari orasida ayollik sha’ni, qadrqimmatini bilmaydigan xotin-qizlar ham uchramoqda. Eng achinarlisi, ular bir emas, bir necha bora qing‘ir yo‘ldan o‘tsa ham qilgan xatolarini anglab yetmay, takror va takror jinoyatga qo‘l urishmoqda. Xayri (ismi o‘zgartirilgan) ham ana shunday insonlar toifasidan bo‘lib chiqdi. U bungacha ham uch marta sudning qora kursisida o‘tirib, xotin-qizlarga nisbatan yengilroq jazo tayinlash, ularga o‘z yo‘lini topish uchun imkon berish bo‘yicha berilgan imtiyozlar asosida belgilangan jazolardan yengil qutulib chiqqan edi. 35 yoshdan oshgan, aynan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun 3 marotaba sudlangan bo‘lsada Xayri aql-hushini yig‘ishtirib olmadi. Berilgan imkoniyatni suiiste’mol qilib, yana jinoyat ko‘chasini tanladi. Bu gal u xususiy klinikalardan birida ishlayotgan hamshiraning mulkiga ko‘z olaytirdi. 2022-yil 26-noyabr kuni soat 15:50 larda shahrimizda joylashgan xususiy klinikalardan biriga kelib, bemorlar yotoqxonasidan birining eshigi ochiq bo‘lganligi va xonada hech kim bo‘lmaganligidan foydalanib, u yerga kiradi va hamshiraning 1200000 so‘mlik “Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlaydi. Voqea joyidan tezda g‘oyib bo‘lgan Xayri qo‘lga kiritgan o‘ljasini telefon ta’mirlash ustasiga 400 000 so‘mga sotib, uni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. J i n o y a t j a z o s i z q o lm a y d i , kechirimning ham chegarasi bo‘ladi. Xayrining jinoyat yo‘li bilan topgan 400000 so‘m puli sud hukmi bilan unga 3 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini olib keldi. Qing‘ir ishdan keyingi ohvohlardan hech qanday foyda yo‘q, jazo esa muqarrar. Bugungi kunda xotin-qizlar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortgani sayin, ularning sodir etilishi ham turlicha tus olmoqda. Ular orasida o‘zgalar mulkini firibgarlik yo‘li bilan egallashga qaratilgan jinoyatlar soni ortib bormoqda. Rohila (ismi o‘zgartirildi) ham ana shunday ustomonlardan chiqib qoldi. Fuqaro S.N.ning yashash xonadoniga kirib borgan Rohila ayolning soddaligidan foydalanib, uni chuv tushirdi. S.N.ga uyida “jodu” borligi, ushbu “jodu” tufayli farzandlari va nabiralari vafot etishi mumkinligini ta’kidlab, ushbu noxushliklarni “qaytarma” qilib berishi mumkinligini aytadi. S.N. ham uning so‘zlariga ishonib, uyidagi ikki dona ayollar tilla uzugi, bir dona tilla zanjir va bir dona erkaklar tilla uzugini, jami qiymati 27337425 so‘mga teng bo‘lgan qimmatbaho taqinchoqlarini firibgarga tutqazadi. Rohila “o‘lja”ni olib voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi. S.N. esa chuv tushganini kech anglab yetadi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida firibgar aniqlanib, jazosini oldi. Ammo... Jinoyatni sodir etayotgan xotinqizlar qilmishiga yarasha jazosini oladi. Biroq, ushbu firibgarlarga ishonib chuv tushayotgan fuqarolarimizning huquqiy ongi, madaniyati qachon shakllanadi? Ular qonuniylikka amal qilmasa, qonun-qoidani o‘rganmasa, bunday jinoyatlar ko‘paysa ko‘payadi, ammo kamaymaydi. Firibgarlar cho‘pchagiga ishonib, mol-mulkini o‘zgalar qo‘liga tutqazayotganlar keyin afsus-nadomat qilganlarining foydasi yo‘q. I. TO‘RAYEV, shahar prokurori yordamchisi Markaziy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta ’m in lash , o i la larda ma ’nav iy-ruh iy ho latn i mustahkamlash maqsadida Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llabquvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori talablariga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga esa oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilinish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan. Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev so‘zga chiqib, mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlab o‘tdi. Marosimda 84 nafar yigit-qizga besh foizli kvota asosida o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. — Ushbu tavsiyanomaga loyiq deb topilganimni eshitib, harbiy xizmatchining farzandi ekanligimdan faxrlandim, – deydi Gulira’no Ikromjonova. — Biz yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban kelajakda tanlagan sohamizning yetuk mutaxassisi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissamizni qo‘shamiz. Shuningdek, okrug qo‘mondonligi marhum harbiy xizma t chilar ki chik ser jan t Akobir G‘afforovning farzandi Jasurbek Usmonqulovga hamda mayor Bobomurod Tojiyevning qizi Dilbaroy Tirkashevalarga o‘zlari tahsil oladigan maktablarida tengdoshlarining guvohligida tantanali ravishda imtiyozli tavsiyanomalarni topshirdi. Tadbirda marhum harbiy xizmatchilarning xotirasi yod etilib, yoshlar hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirishdi. A. DOLIYEV Avval o‘rganiladi, so‘ngra qanoatlantiriladi Jinoyatchiga jazo bor Harbiylarning farzandlariga tavsiyanoma berildi Yoshlar — jamiyat kelajagi, davlat tayanchi Yurtimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, namunali jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash eng asosiy vazifamizga aylandi. Qidiruvdagilar va bedarak yo‘qolganlar Ustozlar qonun himoyasida kameralar yordamida aniqlandi unga sharoit yaratayotganlarga-chi?


3 2023-yil 11-may, payshanba, № 21 (2482) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Shifokor ogohlantiradi! G‘alaba haqiqati Sobiq SSSRda g‘alaba bayrami 1965-yildan rasman nishonlana boshlagan Ikkinchi jahon urushida birgina bizning xalqimiz emas, sobiq sovet respublikalarining barchasi bir yoqadan bosh chiqarib, g‘alabani imkon qadar yaqinlashtirdi. Shu bilan birga ushbu g‘alabada aksilgitlerchilar koalitsiyasi bilan bir safda turib, jang qilgan, mehnat qilgan mamlakatlar xalqlarining ham qo‘shgan hissalarini aslo unutib bo‘lmaydi. Masalan, 1941-yilda AQSH hukumati Yaponiyaga neft eksportini to‘xtatgach, militaristlar armiyasi falaj holatiga tushib qoldi. Sovet qo‘mondonligiga Uzoq Sharqdagi jangovar diviziyalarni gitlerchilarga qarshi frontga tashlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Aks holda, yapon harbiylari Uzoq Sharq va Sharqiy Sibirni osongina zabt etishlari mumkin edi. Bu bilan Xabarovsk, Komsomolsk Amur, Irkutsk va Novosibirsk shaharlaridagi harbiy zavodlarida ishlab chiqarilayotgan texnika hamda qurol-yaroqlar oqimi to‘xtab qolardi. Buning ustiga Mongoliyaning ko‘magi haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi. Ana shu bir qarashda qoloq tuyuladigan mamlakat ham fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaga katta hissa qo‘shgan. Aytaylik, sovet otliq askarlari ostidagi har beshta otning biri, kiyib yurilgan askar shinellarining har to‘rttadan bittasini Mongoliya yetkazib bergan edi. Shu bilan birga xalxalar qizil armiya uchun urush yillarida 500 million kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tekin tayyorlab berishdi. Holbuki, o‘sha zamonda ham go‘sht xuddi hozirdagidek qimmatbaho mahsulotlardan biri edi. Albatta, Sverdlovsk, Nijniy Tagil, Chelyabinsk, Omsk singari yaponlar qadami yetmaydigan shaharlarda ham yirik harbiy korxonalar ishlamoqda edi. Ammo ularning faoliyatini o‘sha paytda AQSH va Buyuk Britaniya yetkazib berib turgan mahsulotlarsiz tasavvur qilib bo‘larmidi?! 27 ming tonna nikel, 17 ming tonna molibden, 34 ming tonna rux, uch yarim ming tonna ferroxrom, bir so‘z bilan aytganda, har to‘rtta tankdan uchtasi g‘arb mamlakatlari xomashyosidan tayyorlanmoqda edi. Afsonaviy “T-34” tanklarining motori to‘lasincha AQSH texnologiyalari asosida yaratilganini ham aytib o‘tish joiz. Ana shu harbiy texnikalarni ishlab chiqarish uchun birgina AQSH tomonidan 10 ming tonna grafit elektrodlar, 49 ming tonna galvanik elektrodlar, 45 ming dona metalga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari va juda ko‘p miqdorda maxsus po‘lat yetkazib berildi. Buning ustiga amerikaliklar sobiq SSSR armiyasi uchun 12 mingta tank, 7 mingta bronetransportyor, 2 mingta parovoz, 11 mingta yuk vagonlarini lend-liz shartnomalari asosida tayyor holda yetkazib berishdi. Shuni eslab o‘tish joizki, 1941-yil 7-noyabr kuni Qizil maydondan o‘tkazilib, to‘g‘ri jangga tashlangan tanklar va boshqa harbiy texnikalarning asosiy qismi ham ittifoqchilarning qizil armiyaga ko‘magi edi. Ittifoqchilar sho‘ro qo‘shinlarini 123 ming tonna tayyor porox, 150 ming tonna portlovchi moddalar, patron va gilzalar yasash uchun asqotadigan 266 ming tonna latun, 903 ming dona detonator, 46 ming tonna dinamit, 146 ming tonna trotil bilan ta’minlashdi. Shu bilan birga foydalanish uchun tayyor 603 million dona oddiy patron, 522 million dona yirik kalibrli patron, 3 millionta artilleriya snaryadlari va 18 million dona zenit zaryadlari ham ittifoqchilarning yordami edi. Yana shuni ham qo‘shimcha qilish mumkinki, sovet korxonalarida ishlab chiqarilayotgan noyob harbiy texnikalarni AQSH tomonidan yetkazib berilgan aniq ishlov beruvchi stanoklarsiz aslo tayyorlab bo‘lmasdi. Masalan, nemis tanklariga qarshi qo‘llangan mashhur “ZiS-2“ zambaraklari stvoli to‘lasincha AQSH texnikasi va texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan. Endi ushbu harbiy texnikalarni frontga yetkazib berish uchun ham Amerika va boshqa ittifoqchilarning yordami zarur bo‘ldi. Qurollar Amerikadan keltirilgan yuk vagonlari, Amerika parovozlari vositasida keyin esa Amerika va Buyuk Britaniyadan keltirilgan yuk avtomobillariga ortilib, janggohlarga yetkazib berildi. Shu maqsadda AQSH tomonidan 600 ming dona harbiy avtomobillar, yuk mashinalari uchun uch yarim million dona shinalar keltirildi. SSSRning o‘zida ishlab chiqarilayotgan yuk avtomobillarining g‘ildiraklari uchun zarur bo‘lgan rezina va kauchuk xom ashyolari esa to‘liq AQSH ta’minotida bo‘ldi. Hatto, piyoda askarlar kiyib yurgan 13 million juft poyabzallar ham Amerikaniki edi. Yana 50 ming dona komandirlarni olib yuruvchi “jip” avtomobillari, 29 mingta radiostansiya, 619 mingta telefon apparatlari, 1,9 million kilometr telefon simi, radiostansiyalar uchun 4,6 millionta tok bilan ta’minlovchi batareyalar hamda 10 million dona radiolampa ham amerikaliklarning qizil armiyaga ko‘magi edi. Endi yuqoridan nazar solgudek bo‘lsak, urush osmonida sovet harbiy uchuvchilari boshqarayotgan 18 mingta samolyot AQSH va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgandi. Urushda ishtirok etayotgan barcha samolyotlar yonilg‘isining uchdan ikki qismini amerikaliklarning yuqori oktanli komponentlarisiz tayyorlab bo‘lmas edi. Front ehtiyojlari uchun ishlatilayotgan jami yonilg‘ining uchdan bir qismi AQSH tomonidan yetkazib berilgan neftni qayta ishlash zavodlarida tayyorlanmoqda edi. Aviabenzin tayyorlash uchun ishlatiladigan 6300 tonna maxsus aralashma to‘lasincha AQSH tomonidan ta’minlab turildi. Bir so‘z bilan aytganda, harbiy avtomobillar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, samolyotlarning uchdan bir qismi, vagon va lokomotivlarning 80 foizi ittifoqchilar tomonidan yetkazib berildi. Shu o‘rinda ittifoqchilar tomonidan ko‘rsatilgan oziq-ovqat yordami haqida ham aytib o‘tish joiz. Chunki sobiq SSSR ning asosiy g‘allazor dalalari urush olovi ichida qolgan bir paytda, AQSH va Kanada fermerlari yetishtirgan bug‘doy to‘g‘ri ma’noda jangchilar joniga aro kirdi. Askarlar uchun million-millionlab quruq payoklar, ikki milliard banka go‘sht konservalari ham AQSH tomonidan yetkazib berilgani ayni haqiqatdir. Bundan tashqari G‘arb mamlakatlaridagi xayriya tashkilotlari jabrdiyda sovet xalqiga yordam tariqasida xalqaro qizil xoch hamjamiyati orqali oziq-ovqat va kiyimkechak to‘plab, SSSRga muntazam jo‘natib turdi. Hatto, yarador va bemorlarni davolash uchun qo‘llanadigan oddiy penitsillin bilan ham to‘lasincha AQSH farmatsevtika fabrikalari ta’minlab turdi. Nomi ulug‘, suprasi quruq saltanatda o‘sha davrda bunaqa dorini ishlab chiqaruvchi birorta ham farmatsevtika korxonasi mavjud bo‘lmagan. Shu ma’noda, amerikaliklar yarador sovet jangchilarining chin ma’noda dardlariga malham bo‘lishgani tarixiy haqiqatdir. Ittifoqchilarning G‘arbiy Yevropada va Tinch okeanida ikkinchi frontni tashkil etib, gitlerchilar Germaniyasi hamda militaristik Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishlari esa g‘alaba uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Germaniya g‘arbiy frontiga katta armiya va behisob harbiy texnikalarini yo‘naltirishga majbur bo‘ldi. Aks holda, ushbu harbiy potensial sharqiy frontga tashlangan va yana millionlab qo‘shimcha qurbonlarga hamda alalxusus, g‘alabaning kechikishiga sabab bo‘lardi. Ittifoqchilarning harbiy havo kuchlari Germaniyaning sanoat va kommunikatsiya vositalarini ishdan chiqarishda bebaho ahamiyat kasb etdi. 1944-yilda ular tomonidan 915 ming tonna bomba tashlanib, nemis harbiy zavodlari, transport vositalari yakson etildi. Gitlerchilar ularning hujumini qaytarish uchun 10 mingta zenit zambaraklari, minglab samolyotlarini Germaniyada saqlashga majbur bo‘ldilar. Bu qurollar sovet askarlari boshiga qanchalab ajal urug‘i sochishi mumkin bo‘lganini tasavvur qilish qiyin. Faqat shuni aytish mumkinki, agar ikkinchi front ochilmaganida, fashistlar sharqiy frontga yana besh baravar ko‘proq kuchlarini tashlash imkoniyatiga ega bo‘lardilar. Ittifoqchilarning harbiy harakatlari natijasida Germaniya okean va dengizlarda minglab suvosti va suvusti kemalarini, samolyotlarini saqlashga mahkum edi. Ulardagi qurol-yarog‘larning soni esa behisob edi. Mabodo ana shu harbiy quvvat ham qizil armiya ustiga tashlanganida oqibati og‘ir bo‘lardi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sobiq SSSR armiyasi ittifoqchilar ko‘magisiz, ittifoqchilar ham sovet jangchilarisiz gitlerchi fashistlar ustidan aslo g‘alaba qozona olmas edilar. Chunki fashistlar armiyasi juda qudratli harbiy kuchga ega edi. Ular qisqa muddat ichida deyarli butun Yevropani bosib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Moskvaning zabt etilishiga bir bahya qolgan o‘sha yillarda butun dunyo xalqlari gitlarchilarga qarshi oyoqqa turgani rad qilib bo‘lmas haqiqatdir. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillarida birgina AQSHning sobiq SSSRga ko‘rsatgan yordami o‘sha davr valyuta kursi bilan 12 milliard dollarga teng bo‘lgan. Dollarning qadrsizlanishi va oltin narxi bilan hisoblansa, bu miqdor hozir 500 milliard AQSH dollariga teng kelishi aytilmoqda. Qolgan barcha ittifoqchilarning ko‘magi ham qo‘shilsa, bu miqdor qariyb trillion dollarga tenglashadi. Ushbu tarixiy faktlarni o‘sha davrdagi sovet rahbarlari noilojlikdan bo‘lsa-da tan olishga majbur bo‘lishgan. Bu haqda qizil armiya sarkardalaridan biri Georgiy Jukov o‘zining “Xotiralar va mulohazalar” deb nomlangan memuar asarida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Hatto, Oliy bosh qo‘mondon Iosif Stalin ham 1943-yilda bo‘lib o‘tgan ittifoqchilarning Tehron konferensiyasida Uinston Cherchillning tug‘ilgan kuni munosabati bilan berilgan ziyofatdagi tabrik so‘zida: “Lend-liz asosida yetkazib berilgan Amerika harbiy mashinalarisiz biz urushda mag‘lub bo‘lar edik”,- deya buni e’tirof etgandi. Sho‘ro mamlakatining keyingi rahbari Nikita Xrushchyov keyinroq o‘z xotira kitobida: “Stalin ittifoqchilarning urush yillaridagi ko‘magi haqidagi fikrini biror joyda yozib qoldirmagan bo‘lsada, o‘zaro suhbatlarimizda buni e’tirof etar, agar ittifoqchilarimiz bo‘lmaganida, gitlerchilar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozona olmasligimizni tan olar edi”,- deya yozgandi. Afsuski, urushdan keyingi yillarda “sovuq urush”ning kuchayishi oqibatida ittifoqchilarning g‘alabaga qo‘shgan hissalari haqidagi mavzuga sho‘ro rahbariyati tomonidan taqiq e’lon qilindi. Hatto, muqaddam tuzilgan lend-liz shartnomalari asosida sobiq SSSR tomonidan AQSHga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlar ham qaytarilmadi. Amerika hukumatining bu haqdagi talabiga Stalin: “Sovet xalqi urushda to‘kkan behisob qonlar evaziga qarzlarni to‘liq uzib bo‘ldi”,- deya qisqa javob qilgan. Bu esa o‘z navbatida kechagi ittifoqchilar orasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Shunisi qiziqki, sho‘rolar ittifoqida urushdan keyingi 20 yil davomida 9-may oddiy ish kuni bo‘lib, biror marta ham bayram sifatida nishonlangan emas. Balki o‘sha vaqtdagi sovet rahbarlari xalqning boshiga tushgan ulkan kulfat, musibat va fojiani bayram qilishni o‘zlariga ep ko‘rishmagandir. 1964-yilda Kremldagi hokimiyat to‘ntarishidan so‘ng, davlatning yangi rahbari Leonid Brejnev Stalin shaxsi masalasini qaytadan kun tartibiga qo‘ydi va Xrushchyov yurg‘izgan siyosatni qaytadan taftish qilishga kirishdi. 9-may – G‘alaba kuni umumxalq bayrami deya e’lon qilinib, Stalinning nomi yana tiklana boshlandi. “Kichik yer” memuar asari esa Brejnevni ham urushning katta qahramoniga aylantirdi. Endi Brejnevning nomi mashhur sarkardalar, marshallar qatorida tilga olinadigan bo‘ldi. 1966-yilda unga urush yillarida ko‘rsatgan jasoratlari uchun “kechikib” bo‘lsa-da, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi va umrining oxirigacha yana to‘rt marta qahramonlik Oltin Yulduziga sazovor bo‘ldi. 1974-yilda esa Leonid Brejnev oliy harbiy daraja – Sovet Ittifoqi Marshali unvoni bilan taqdirlandi. Bir so‘z bilan aytganda, 1964-yildan boshlab urushni va g‘alabaga aloqador amaldorlarni ulug‘lash odat tusiga kirdi. Qayta qurish davriga kelib, bu jarayon anchamuncha sustlashgan bo‘lsa-da, Rossiyada Putin hokimiyat tepasiga kelgach, G‘alaba bayrami yanada o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan nishonlana boshlandi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba olamshumul voqea ekanligini fahmlagan Kremldagilar 9-mayni Rossiya tarixidagi eng buyuk sana, generalissimus Stalinni esa g‘alaba sarkardasi deya e’lon qilishdi. Oqibatda, urushning haqiqatdan anchamuncha yiroq bo‘lgan afsonasi yaratildi. Bayram bahonasida hashamatli harbiy parad va dahshatli ajal qurollarining ko‘rgazmasi uyushtirilmoqda. Millionmillionlab jigarrang georgiy lentalari yer yuzidagi turli mamlakatlarga tarqatilib, ming-minglab odamlar “barhayot polk” namoyishiga urushda o‘lganlarning suratini ko‘tarib chiqmoqda va hammaga bayramni shu tarzda nishonlash da’vat etilmoqda. Bayramda qatnashmaganlar va georgiy lentasini tarqatmaganlar nodo‘stona mamlakatlar ro‘yxatiga tirkab qo‘yilmoqda. Xullas, bayram o‘ziga xos siyosiy qurolga aylantirilmoqda. Shu o‘rinda kishi bir narsaga hayron qoladi: bultur Moskvada g‘alabaning 77 yilligiga bag‘ishlangan bayram paradi munosabati bilan ma’ruza qilgan Vladimir Putin o‘z nutqida “tinchlik”, “do‘stlik” so‘zlarini deyarli tilga olmadi. Axir, gitlerchilar ustidan qozonilgan g‘alabaning bosh omili ham avvalo xalqlar do‘stligi, birdamligida emasmidi?! G‘alaba uchun kurashgan ota-bobolarimiz ham qiyomat-qoyim ichiga Rossiya imperiyasi uchun emas, balki razil fashistlarga qarshi, sobiq sovet xalqlarining tinchligi, erki va ozodligi uchun kirgan edilar. Shu ma’noda, Ikkinchi jahon muhorabasida sovet xalqi va butun taraqqiyotparvar insoniyat qozongan g‘alabasiga yakka ega chiqishga urinayotganlar urushda qahramonlar avvalo tinchlik uchun, ozodlik uchun jon fido qilganlarini bilisharmikan?! Bultur rossiyalik har bir urush qatnashchisiga g‘alaba bayrami munosabati bilan 10 ming rubl hadya etildi. Bu taxminan, 150-155 dollarga teng keladi. Holbuki, Qozog‘iston veteranlarga 1000, O‘zbekiston esa 600 AQSH dollariga teng keladigan mukofot berdi. G‘alaba vorislari qimmatbaho bayram tantanalari va paradlar uyushtirgandan ko‘ra, urush ishtirokchilariga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishsa yaxshiroq bo‘larmidi. Shu kunlarda, rossiyaliklarning ongli bir qismi 9-mayni xotira va qayg‘u kuni sifatida nishonlash, serxarajat qurollanish poygasini cheklab, buning o‘rniga urush qatnashchilari hamda front orqasida mehnat qilganlarga hurmat-e’tiborni kuchaytirishni taklif qilib chiqishmoqda. Menimcha, ularning talabi juda jo‘yali. Nega desangiz, sobiq jangchilar va frontorti mehnat qahramonlarining soni kundankunga kamayib bormoqda. Ertaga esa kech bo‘ladi. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi Bugung i kunda ortt ir i lgan immunitet tanqisligi sindromi bilan kasallangan bemorlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Sayyoramizda ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 40 milliondan oshib ketgan. Har kuni 7 mingdan ortiq insonlar bu kasallikni o‘ziga yuqtirib olmoqda. Kasallik asosan 20—49 yoshlilar o‘rtasida ko‘p qayd etilayapti. O ITS o rgani zmda immuni te t tanqisligini keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik hisoblanadi. U bemor organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Infeksiyaning ya shirin tar zda ke chi shi u shbu kasallikning oldini olish uchun tibbiy choralar ko‘rishda katta muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki infeksiya yashirin tarzda organizmda 5—10 yilgacha va undan ham ortiqroq davr mobaynida yashashi mumkin. Yashirin davrda virusni yuqtirgan kishilar tashqi ko‘rinishidan sog‘lomdek tuyuladi, hech qanday kasallik belgilari kuzatilmaydi. Ana shu davr eng xavfli hisoblanib, infeksiyani yuqtirgan odamlar o‘zlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Kasallikni yuqtirishning uch xil turi bor: birinchisi, qonida mazkur infeksiya bor shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish, giyohvand moddalarni guruh bo‘lib tomir orqali qabul qilish, virus bilan zararlangan, tekshirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda kasallikni yuqtirishdan saqlanib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, zararsizlantirilmagan (yetarlicha dezinfeksiya qilinmagan) jarrohlik, doyalik, stomatologik, sartaroshlik va boshqa asboblar orqali tibbiy muolajalar olganda, tibbiy shpris va ninalardan ko‘pchilik bo‘lib foydalanilganda ham kasallik yuqishi kuzatiladi. Infeksiyaga chalingan homilador onadan bolasiga yuqishi, bola tug‘ilishi paytida tug‘uruq yo‘llari jarohatlanishi tufayli hamda keyinchalik bolani emizish jarayonida ona suti orqali yuqishi ham mumkin. Bu kasallikning dastlabki belgilari uzoq davom etuvchi sababsiz yo‘tal, keskin ozib ketish, tana haroratining uzoq vaqt ko‘tarilishi, ich ketishi, og‘iz bo‘shlig‘i va boshqa a’zolarning yallig‘lanishi, xavfli o‘smalarning paydo bo‘lishi bilan ko‘zga tashlanadi. Ana shunday belgilar bilan OIVga chalinganlarning ko‘pchiligi hayotdan ko‘z yumishi kuzatiladi. Afsuski, bugungi kunda bu kasallikka chalingan bemo rla rni bu tunlay sog‘aytirish uchun dori vositalari mavjud emas. Chunki, virusning o‘ta o‘zgaruvchan va organizmga moslashuvchan haraka ti tu fayli kasallikni dastlabki bosqichidayoq aniqlashning imkoniyati yo‘q. Shunga qaramasdan dunyo olimlari infeksiyaga qarshi vaksina va dori vositalarini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borishyapti. Tez orada bunday dori vositalari yaratilishidan umidvormiz. Virusga qarshi davolash usuli — retrovirusga qarshi davolash usuli mavjud. Bu usul qo‘llanilganda virusni to‘liq yo‘q qilmasa ham uning bemor organizmida ko‘payib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada, qonda viruslar soni kamayib, organizmning unga bo‘lgan qarshi kurashi — immunitet kuchayadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, hech qachon bu davosiz kasallikka chalinish ehtimoli kuchli ekanligini his etgan holda sog‘lom va tartibli hayot tarziga amal qilishimiz lozim. Shundagina bu davosiz kasallik changaliga tushib qolmaymiz. G. QURBONOVA, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Shahrimizda keyingi yillarda ko‘plab oliy ta’lim maskanlari tashkil etilib, talabalar soni ham shunga yarasha oshib bormoqda. Talaba borki, pul yetishmovchiligi unga doimo “sherik” bo‘ladi. Shuning uchun ham talabalar arzon va tezpishar fastfoodlarning mijoziga aylanib qolmoqda. Kattalardan eshitishimizcha, ilgarigi davrda har bir oliy va o‘rta-maxsus ta’lim maskanida arzon taomlar pishiriladigan talabalar oshxonalari bo‘lgan ekan. Bu oshxonalarda talabaning cho‘ntagiga mos narxdagi taomlar sotilgan. Bugungi kunda esa biron-bir ta’lim maskanida bunday arzon oshxonalar borligini eshitmaymiz. Muammoni talabalar foydasiga hal etish uchun, nazarimda, ta’lim maskanlarida bir paytlar faoliyat yuritgan arzon oshxonalarni qayta tashkil etish kerak. Mahbuba RAVSHANOVA “Samarqand” gazetasi tahririyati jamoasi gazeta sahifalovchi-dizayneri Intizor Umarovaga buvisi O‘rаltosh aya BOLTAYEVAning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etadi. BIRLASHIB FASHISTNI YENGGANMIZ (Ikkinchi maqola) OITS — xavfli kasallik Uning changaliga tushib qolmaslik o‘zimizga bog‘liq FASTFOOD — TEZPISHAR TAOM Ko‘cha-ko‘y, bozor, gavj um j o y l a r d a c h o g ‘ r o q q i n a do‘konchalar orqali bir zumda t a y y o r l a n a d i g a n f a s t f o o d s o t i l a y o tg a n l ig i , s a vd o n i n g avjidaligi, xaridorlarning asosiy q i sm i e s a y o s h - y a l a n g l a r ekanligiga ko‘zimiz tushadi. Yaqinda ana shu shosha-pisha tayyorlanadigan taomning foydasidan ko‘ra salomatligimiz uchun zarari k o‘ pli gi d a n x a b a r d o r b o‘l dim . Olimlarning fikricha, fastfood iste’mol qiladigan kishilarda uglevod va yog‘lar ko‘pligi uchun kishi kayfiyatida tushkunlik holati 40 foizga oshar ekan. Ular boshqalarga qaraganda 1,4 baravar ko‘proq tushkunlikdan aziyat chekisharkan. Ortiqcha vaznni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Yoshlar — o‘quvchi va talabalarning sevimli taomiga aylanib ulgurgan fastfoodning ana shunday zararli xususiyatga ega ekanligi negadir bizni o‘ylantirmaydi. Uning tarkibida juda ko‘p tuz, shakar va kimyoviy qo‘shimchalar mavjud. Organizm uchun kerakli bo‘lgan oqsil, vitamin va minerallar yetarli emas. Hazm bo‘lishi ham qiyinligini nazarga olsak, bu taomning zarari ko‘pligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Shunday ekan, undan voz kechishimiz kerak. Siz nima deysiz? Yulduz SAMADOVA ORGANIZMGA ZIYONI HAM YO‘Q EMAS Bu haqda talabalar o‘z fikrlarini bildirishdi G a v j u m j o y l a r d a sotilayotgan tezpishar yeguliklarning xaridori asosan yoshlardir. Shoshilib turganda, vaqt tig‘izligida bunday ovqatlarni tezda iste’mol qilish mumkin. Ayniqsa, vaqti hisob-kitobli bo‘lgan talabalar uchun bu qulaylik yaratadi. Negaki, 5—10 daqiqalik tanaffusda oshxona yoki choyxonaga kirib bahuzur taom tamaddi qilish qiyin. Shunday ekan, fastfooddan yemak o‘rnida foydalanish ziyon qilmaydi. Faqat, me’yorni unutmaslik lozim. Humoyun IBROHIMOV QULAYLIGI HAM BOR TALABALAR UCHUN OSHXONA BO‘LMAGACH...


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 252 Adadi: 3 485 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Alisher ISROILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 11-may, payshanba, № 21 (2482) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Ismlar ham millat ko‘zgusi Biz suv ichgan buloqlar Mulohaza Ona tilim — boyligim Muzey zallarida Sof o‘zbek ismlari orasida bir-biridan chiroyli, go‘zal ismlar juda ko‘p. Ularga Yulduz, Barchinoy, Cho‘lpon, Qunduz, Oltin, Kumush, Tekina, Turkon, Sevinch, Chechak, To‘maris, Quvonch, Askar, Arslon, Po‘lat, O‘tkir, O‘ktam, Emina, Erkin, Bektosh, Bo‘ritosh, Bobir, Botir, Bog‘ir, Bahodir, Sanjar, Lochin, Shunqor, Alper, Bayon, Bayot, Jasur kabi ko‘plab ismlar mansubdir. Sof o‘zbekcha ismlar deyarli to‘liq holda “Alpomish” dostonida uchraydi. Alpomish, Qaldirg‘och, Barchin, Boybo‘ri, Boysari barcha qalmoq alplar ismlari bunga misol bo‘ladi. Yaxshiyamki, sof o‘zbekcha ismlar asosan, chekka tuman va qishloqlarda hali ham saqlanib qolgan. Mayli, bu ismlarning orasida Bolta, Tesha, Qorjov, Jovli, Qo‘chqor, Qo‘zi, Bo‘riboy, Qilich, O‘roq kabi ayrimlar uchun “madaniyatsiz” ismlar bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nomlar bordir. Biroq, ularni yaroqsizga chiqarishdan oldin bobo va momolarimiz nima uchun shunday ismlarni bolalariga qo‘yishganligi sabablarini hech o‘yladikmi? Balki ular darajasida fikr qilishga hali xomdirmiz. Bu ismlarning tagida ham serma’no tushunchalar borligini balki biz anglamasmiz. Ma’lumki, elimiz azaldan tish bilan tug‘ilgan chaqaloqqa Bo‘rivoy, Bo‘rigul, chaqaloqlar nobud bo‘laversa Tursunboy, To‘xtasin, O‘lmas, ko‘p yil kutilgan bolaga Berdi, To‘lagan, agar oilada o‘g‘il bo‘lmasa Ulbuvi, Ulbo‘sin, O‘g‘iloy, yo‘lda tug‘ilgan bolaga Yo‘lchi, Jo‘lliboy kabi ismlarni qo‘yishgan. Gohida o‘zbekcha ismlarni atayin arablashtirishga urinish hollari uchragan. Bunday holatni o‘tmishda Sohibqiron bobomiz Amir Temur ismini arablashtirib, Taymurga aylantirishga bo‘lgan urinishlarda ko‘rishimiz mumkin. Xurram ismining forscha Hurram so‘ziga hech qanday aloqasi yo‘q, qishloqlarda chaqaloqning xurrak otib uxlagani uchun shunday ism qo‘yilgan. Emin ismi ham arabcha Aminning o‘zgargan shakli emas, bunda emin-erkin sifatining birinchi so‘ziga ishora qilinmoqda. San’atkorlarimiz orasida Botir, Yulduz, Kumush, Otabek, Erkin, Sevara, Yo‘ldosh, Lola, Tesha, To‘lqin, Oxun, Ulug‘bek, Oybek, Ruslan (Arslon), Jasur, O‘ktam kabi ismlilari borligi kishini xursand qiladi. Ilyos MALAEV, Abram TOLMASOV kabi taniqli san’atkorlar familiyalari ajdodlari o‘zbek va ularning ismlariga katta hurmat bilan qaraganligini anglatib turibdi. Xalqimiz islom diniga e’tiqod qiladi. Biroq, dinga e’tiqod qilish arabcha ismlarni to‘liq o‘zlashtirib olish kerak, degan ma’noni anglatmaydi. Shu sababli o‘zbek ismlarini ham farzandlarmizga qo‘ysak, ularning ismi Vatani va xalqi kim ekanligini anglatib tursa, buning nimasi yomon? Arabcha ismlarning ma’nolarini tushunmaslik ham ularni faqat chiroyli jaranglashiga qarab qo‘yishga sabab bo‘lmayaptimikan? Masalan, arabcha Shams, forscha Xurshed ismlari xalqimiz orasida ko‘p tarqalgan. Bu ismlarning o‘zbekcha ma’nosi quyosh. Biroq hech kim nima uchundir farzandiga Quyosh degan ismni qo‘ymaydi. Xuddi shu fikr Turob (tuproq), G‘ulom (qul), Furqat (ayriliq), Jabbor, Laylo (tun, qoracha) kabi ismlarga ham taalluqli. Men televideniye yoki radioda allaqaysi Evropa davlatining Sevara yoki Erkin degan qo‘shiqchisining ismini, Tursunov degan mashhur sportchisining familiyasini eshitib, ich-ichimdan sevinaman, chunki hayolimda bu kabi ismlarni o‘zbeklardan boshqa deyarli hech kim qo‘ymaydi, demak, katta ehtimolga ko‘ra ularning ota-bobosi bizning yurtdosh chiqib qolishi ajab emas. Еrkin MUSURMONOV, adabiyotshunos olim Bugun nafaqat bizda, balki butun dunyoda ma’naviy inqirozlar tobora kuchayib bormoqda. Nega oilalar buzilib ketmoqda? Qanchaqancha singan taqdirlar, qalblar mayib-majruh, bolalar tirik yetim bo‘lib qolmoqda? Bunga sababchi biz, kattalar emasmi? Har bir farzandning tarbiyasiga, avvalo, ota-onasi va ularning amallari sabab bo‘ladi. Harom luqma yegan farzand hech qachon to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tarbiyasiz, adolatsiz, boylikni birinchi o‘ringa qo‘ygan ota-onadan o‘zidan-da yomon ba’dxulq, ota-onasiga va yon-atrofga zarar yetkazadigan farzandlar tug‘iladi. Tan olish kerakki, bugun yoshlarimizning tarbiyasidan, kelajagimizdan xavotirdamiz. Biz odob darslarida, OAV vositalarida ilm olish, olimlarning payg‘ambar merosxo‘ri bo‘la olishi, ilm dunyoni qutqarishi, o‘zgaga hurmat, qilgan ishlar uchun kechirim so‘rash, adolatlilik, to‘g‘riso‘zlik, mehr-muhabbat, ota-onaga hurmat, yon-atrofdagilarning haqi, saxiylik, insof, diyonat, jamoaviylik, hayo, ibo, insonning faqat mehnat bilan o‘rin topishi, tejamkorlik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni singdirmadik. Bolalarimizni qo‘niqo‘shni va qiynalgan odamlardan xabar olishga o‘rgatmadik. Global tarmoqlarda mahalliy hokimiyatlarda ham doimo qanchadir pul o‘marilgani, kimdir o‘lgani, kimdir o‘zini yuqori qavatdan tashlagani kabi mavzular trendga chiqdi. Gazetalarimiz ma’naviy-tarbiyaviy masalalarini katta sotsiolog, tarixchi, huquqshunos, boshqa soha vakillari bo‘lgan olimlar bilan suhbatlarda, hayotiy epizodlarda, qiynalgan insonlar bilan suhbatlar orqali ko‘targanlarida balki, odamlarning ko‘zi ochilishi mumkin edi. Hamma piar qilish bilan ovora bo‘ldi. Ey jurnalistlar, nomi chiqqan saytlar ma’murlari, xalqning ko‘zini ochish borasida, bugungi xavf-xatarlar, ogohlik, yoshlarning ongi mana shu telefonlar, internet orqali buzilayotgani haqida yorqin misollar bilan nimaga chiqishlar qilmaysizlar? Nimaga “Otalar so‘zi” va boshqa ko‘rsatuvlarda shu mavzu ko‘tarilmayapti? Bog‘cha, maktab, universitet va boshqa tashkilotlarda qanday treninglar olib borish kerak? Insonning o‘zini tutishi, hayot qiyinchiliklaridan o‘tish borasida psixologlarga yordam kerak-ku? Sotsiolog olimlarimiz bugungi qaynoq bo‘lgan qaysi masalalarda tadqiqotlar olib bormoqdalar? Ularning ishlari jamiyatdagi muammolarni yechish yo‘lida qanchalik xizmat qilmoqda? Bizda sotsiologik tadqiqotlar instituti bormi? Biz jamiyat va oiladagi nosog‘lom vaziyatni to‘g‘rilash uchun turli qonunlar, gender tenglik masalalarini ko‘tara boshladik. Oilada kelinlarni himoya qilishga o‘tdik. Endi savol tug‘iladi. Hozir biz ko‘cha-ko‘yda, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan betarbiya qizlar ertaga kelin bo‘lganda ularni himoya qilish to‘g‘rimi? Ba’zi oilalar bu kabi qizlarning yoki kuyovlarning xurmacha qiliqlari, yolg‘onlari, xiyonatlari, ma’naviyatsizligidan aziyat chekishmoqda. Men qaynona bo‘lib bildimki, birovning qizini olib kelib oilaga moslashtirish oson ish emas. Xarakterida o‘ziga yarasha kechirib bo‘lmaydigan, lekin kechirishga majbur bo‘linadigan kamchiliklari bo‘ladi-ki, buni ko‘plab qaynanalar bilishadi. Oilaga birovning qizi kelarkan, uning mehnati haqida gapiriladi. Qonun ularning tarafini oladi. Ularning yolg‘onchiligi, xufyona xiyonatlari, dangasaligi, kuyovga ota-ona, aka-ukalarni yomon ko‘rsatishga urinishi (hamma ham unday emas), qizning oilasining yosh oila ishlariga aralashishi kabi yuzlab muammolar nazardan chetda qolib ketadi. Kelinga quldek qarash noinsoflikdir. Kelinlar avlodimiz davomchilari. Ular ishiga adolat bilan yondashish, mehr berish yosh oila yashovchanligi garovidir. Oilada agar kuyov ishsiz bo‘lsa kelinni oziqovqati, butun xarajatlari avvalo qaynana-qaynota zimmasiga tushadi. Agar kuyov bola toparmantutarman bo‘lgan taqdirda ham ota-onalar ularni to‘g‘ri yo‘lga boshqarib turadilar. Albatta hamma ham unday emas. Ba’zida ota-onalar toparmantutarman o‘g‘lini boshqa farzandlarining ijtimoiy muammolarini hal qilishga ham majburlashadi. Hozir yangi kelinning ta’minoti masalasi oson emas. Ilgari qozonda go‘shtsiz ovqat pishsa, kelin kelgach tansiqroq taom pishirishga o‘tiladi. Xarajatlar oshib boradi. Muzlatkich doimo to‘la turishi kerak. Kelin homilador bo‘ladi, farzandli bo‘ladi va o‘ziga yarasha xarajatlari yanada ko‘payib boradi. Keyinchalik borib yosh oilaga alohida uy ham qilib berishga to‘g‘ri keladi. Bu masalalarning aksariyati bizning jamiyatimizda qaynanaqaynota tomonidan yechiladi. Kelin oilasi bilan xavfsiz va kafolatli hayot kechiradi. Bu an’analar bizda azaliy qadriyatdir. Farzandlar uylanar ekan, ota-onalar ularni alohida uy-joy qilib chiqqanidan keyin ham nazorat qilib boradi. Farzandlarning xatti-harakatlari otaonaning nazarida bo‘lishi yaxshi. “Kech kelma”, “ichma”, “xotiningni urushma” kabi so‘zlar bilan o‘g‘lini tergab turadi. G‘arbda 18 yoshdan mustaqil hayotga o‘tiladi. Ular albatta, bilim olishga o‘rgatilgan, ko‘pchiligi universitetlarda o‘qishadi, ishga kiradilar. O‘zlarini o‘zlari ta’minlashadi. Ularga ishlashga ish o‘rinlari bor, erkin muhabbat ularning shioridir. Lekin oila tushunchasi yo‘qolmoqda, bir jinsli nikohlar, zinokorlik kabi illatlar urchib bormoqda va boshqa hududlarga ham yoyilmoqda. Otaonalarning farzandlarini mustaqil hayotga o‘rgatishi juda yaxshi va shu bilan birga yomon ham ekan. Hayot formulasining to‘g‘risi bizning milliy qadriyatlarimizdir. Hozir bizning OAV rivojlangan davlatlarda ro‘y berayotgan ma’naviy inqirozlar haqida dadil-dadil chiqishlar qilishi kerak. Bu masalalarning yechimini davlat qilib bera olmaydi, ko‘pchilik faollar ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish ustida bosh qotirishlari kerak. Agar hamma bu muammoni hal qilishga kirishimasa 1000 ta qonunning ham foydasi bo‘lmaydi. Hatto bugun maktab o‘qituvchilari orasida ham ma’naviyatsizlari bor. Ularga ham treninglar kerak. O‘zi hamma maktablar ham kuzatuv kameralari bilan ta’minlanishi lozim. Biz bugun ma’naviyat borasida juda ko‘p ishlar qilishimiz kerak. Olimlarimiz bilan tarixdagi tarbiya masalalari haqida suhbat olib borish zarar qilmaydi. Agar olimlar yoshlar uchun maqola va chiqishlar qilsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. Aslida ma’naviyat, tarbiya masalalari barchaning ishidir. Barcha mana shu o‘ziga berilgan minbardan chiqishlar qilib munozaralar tashkil etishi lozim. Shohistaxon O‘LJAYEVA, olima Gazetamizda lahja, shevalarning adabiy tilimizga ta’siri, shevalarda qo‘llanilayotgan so‘z va iboralarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida turkum maqolalar va kichik jamlanmalar berib borishni lozim topdik. Zero, bugungi kunda adabiy til va boshqa yetakchi shevalar ta’sirida mahalliy lahja va shevalarimiz unutilib ketayotganligi sababli ushbu loihaga qo‘l urishimiz foydadan xoli bo‘lmasa kerak. AJABTAVUR GAPLAR BULUNG‘URLIQLOR “TILI”DA * Odomding bitta chachi uch kilacha jukti ko‘tararmish. * Odom ko‘zi ochiq bo‘so tushkurolmaydi. * Insonding qobirg‘asi bir jildo 5 milyonto harakat qilormish. * Shaarlik bitta odom putun o‘mrida ekki hoptoni sbetopo‘r jonishini kutishga sarp qilor ekan. * Chaguvchilarding tanasida chakmaydiganlarga qorog‘ondo 10 marta ko‘p ajin(a) bo‘lormish. * Uyotdon uyolg‘oningizda juzingiz ham, oshqozoningiz ham qizorib ketadi. * Chaguvchilarda rang ojrotish bo‘mas ekan. * T i s h k o ‘ r a y o t g ‘ o n i n g i z d a t i l b u z a r ko‘rayotg‘oningizdan ko‘proq kuchigiz ketadi. * Chaguvchi odom rangniyam, isdiyam bilmaydi. Bulung‘ur shevasi asosida Quvondiq MAJIDIY tayyorladi. Taniqli rassom Lev Bure 1913-yilda yaratgan “Sherdor” asarida Samarqandning bir asr nari-beridagi ajoyib manzarasi tasvirlangan. Ushbu asar ayni paytda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga qarashli O‘zbekiston Madaniyati va san’ati tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyalaridan o‘rin olgan. Asarga diqqat bilan razm solsangiz, qadimiy obidaning 1913-yildagi asl holati, uning poyidan o‘rin olgan mahalliy bozor va bozorchilar harakati ko‘z oldingizda gavdalanadi. Asarda tasvirlangan Sherdor madrasasining o‘sha davrdagi holatini bugungisiga qiyoslasangiz, xalqimizning qadimiy osori-atiqalariga bo‘lgan vatanparvarlik munosabatini his etasiz. Avvalo, asarda tasvirlangan madrasaning peshtoqi ustining yemirilganligi, bugungi kunda esa uning asl holatiga keltirilganligiga guvoh bo‘lasiz. Xaridor va sotuvchilarning yurish-turishi, kiyinishi ham o‘z davriga mos. O‘tgan asrlarda bozorga hamma ot-arava, eshak yoki yayov borishgan. Asarda ot ham, arava ham, piyodalar harakati ham hayotiy va ishonchli tarzda o‘z ifodasini topgan. Eng muhimi, garchi, yuqori qismi nuragan bo‘lsa ham madrasaning mahobati, betakror qiyofasi kishi e’tiborini tortadi. Sherdor Registon ma jmuasining uch ko‘zgusidan biri bo‘lib, hamisha Tillakori va Ulug‘bek madrasalariga hamohang tarzda Samarqandning qiyofasini belgilab kelgan obidadir. Asar muallifining bu kartinasi ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. Jumladan, mazkur asar 2010-yilning 18-dekabridan 2011-yilning 8-mayigacha Niderlandiyaning Gronengen shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilib, ko‘pchilikning havasini uyg‘otgan, e‘tirofiga sabab bo‘lgandi. T. BO‘RIYEV, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimi So‘nggi bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshlarimiz orasida Georgiy tasmasi borasida bo‘layotigan bahslarni kuzatar ekanman, tarixni o‘rganish va uni to‘g‘ri anglay bilish qanchalik muhimligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. E’tirof etish kerakki, atigi o‘n yil oldin bu tasmani ko‘pchiligimiz bilmas edik, bugun esa ba’zi yoshlarimiz uni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning ramzi, urush faxriylariga ehtirom sifatida qattiq himoya qilmoqdandi. Aslida Georgiy tasmasini tarqatish aksiyasi 2005 yilda Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi va bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan boshlangan edi. Asta-sekin bu tadbir boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazila boshlandi. Xo‘sh, o‘zi bu qanday tasma? Nega bugun bahslarga sabab bo‘lmoqda? Tasmaning nomi nasroniylar avliyo deb hisoblovchi Georgiyning ismidan olingan. Qirolicha Yekaterina Ikkinchi 1769 yilda katta yutuqlarga erishgan harbiy zobitlarni rag‘batlantirish maqsadida Avliyo Georgiy ordenini ta’sis etgan edi, bugun Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning ramzi sifatida tarqatilayotgan tasmaga o‘sha ordenning tasmasi asos qilib olingan. Keyinroq Georgiy tasmasi Chor Rossiyasining boshqa harbiy mukofotlarida ham ishlatildi, masalan, Georgiy xochi va Georgiy medalida. Gap shundaki, Markazi Osiyoni mustamlakaga aylantirish uchun janglarda qatnashgan ko‘pgina yuksak martabali rus harbiylari Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan. Aytaylik, Farg‘ona general-gubernatori bo‘lgan Mixail Skobelevda ham xuddi shu orden bor edi, qolaversa u “Xiva yurishi uchun” va “Qo‘qon xonligini ishg‘ol qilgani uchun” medallari bilan ham mukofotlangan edi va bu medallarda ham Georgiy tasmasini ko‘rish mumkin. Tarixdan xabari bor yurtdoshlarimiz uchun Georgiy tasmasi og‘ir botayotganining sababi ham shunda. To‘g‘ri, Ikkinchi jahon urushi paytida ta’sis etilgan ayrim harbiy mukofotlarda Georgiy tasmasi biroz o‘zgartirilgan holda qo‘llanganini ko‘ramiz, lekin u Georgiy emas, Gvardiya tasmasi deb atalgan. Hozir esa har ikkala tasma ham bir xil – Georgiy tasmasi deb atalmoqda. Ma’lumki, 1917 yildayoq Chor Rossiyasining harbiy mukofotlari taqiqlangan edi, shuning uchun sovet hukumati davrida G‘alaba bayrami sharafiga hech kim hozirgidek Georgiy tasmasini tarqatmagan, hech kim uni g‘alaba ramzi, deb ham atamagan. Faqatgina 1992 yilga kelib Rossiyada Avliyo Georgiy ordenini tiklashga qaror qilindi, hozirda bu mukofot bosqinchilik urushida faol qatnashgan rus harbiylariga beriladi. 2005 yilda Georgiy tasmasini tarqatish aksiyasini boshlaganlar rossiyalik yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishni maqsad qilgan bo‘lishlari mumkin. Ammo bu tasmani sobiq sovet respublikalarida ham yoyishni niyat qilgan ekanlar, nima uchun boshqacha nom tanlashmagani men uchun qorong‘i. Holbuki, ular Georgiy tasmasining tarixi Chor Rossiyasi davriga borib taqalashini juda yaxshi bilishadi. Xo‘sh, Xotira va qadrlash kunini o‘tkazishimiz uchun bizga qandaydir tasma kerakmi?.. Georgiy tasmasi bu kunning mazmun-mohiyatiga qanchalik mos?.. Ushbu tasmaga qattiq yopishib olganlar ana shular haqida o‘ylab ko‘rishsa, yomon bo‘lmasdi. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba xalqimizga qanchalik qimmatga tushganini juda yaxshi bilamiz va buni esdan chiqarish aslo mumkin emas. Ammo bugun Georgiy tasmasini tarqatib, urush faxriylariga ehtirom ko‘rsatish kerak, deyayotganlarning da’vosi g‘alati. Keksalarga izzat-ikrom ko‘rsatishni kimdir bizga o‘rgatishiga mutlaqo hojat yo‘q, aksincha, boshqalar buni bizning xalqimizdan o‘rganishsa arziydi. Аброр МАШАРИПОВ Qad img i turk iy xa lq larda boshqa xalqlar kabi totem tushunchasi ustuvor bo‘lgan. Arslon, bo‘ri kabi totemlar ularda muhim ahamiyat kasb etgan. Qurilishlar yoki yurishlarda ham bu ramzlardan keng foydalanishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Samarqand shahri atrofiga devor qurilib bitganda Zarafshon tog‘idan arslon tushib kelganmish. U devorni aylanib chiqibdi, shahardagi qurilishlarga go‘yo ruxsat beribdi va yana tog‘lar orasiga qaytib ketibdi. O‘shandan beri Samarqand shahri aholisini “arslon”lar, deb atashgan. Qoraxoniylar davrida ham hukmdor “Arslonxon”, deb bejizga aytilmagan bo‘lsa kerak. Ularning bayroq va gerbida sher va arslon tasvirlangan. Oqsaroyda ham sher tasvirlangan. Abu-Said Abdurahmon Ibn Muhammad Idris arslon voqeasini tasvirlar ekan, "Samarqandliklar mag‘rur va injiq, yolg‘onga toqat qilmaydilar, boylikka intilmaydilar, ularning qalbi faqat shon-sharaf va iftixor uchundir", deydi. Donolar aytadilarki, Samarqand diyori shunday ta’sirga egaki, samarqandliklar qaysi davlatga kelmasin, boshqa odamlardan farqlanib turadi. Ularning qalbi go‘zal va ochiq, xalqi orasida dunyoni bezab turgan mo‘jizalar yaratgan ko‘plab buyuk ustalari bor. Internet xabarlari asosida tayyorlandi. Ma’naviy inqirozlar haqida GO‘ZAL O‘ZBEK ISMLARI afsuski, bugun unutilmoqda E’TIBOR BERING-A... Ona tilimiz olamdagi eng boy tillardan biridir. Uning boyligi lahjalari, shevalari bilan bevosita bog‘liq. Har bir lahja va sheva borki, bugungi o‘zaro muomala-munosabatlarimizda so‘z, gap ko‘rinishida keng qo‘llaniladi. Shunga qaramasdan lahja va shevalarimizni adabiy til ta’siri hayotdan chetga surayotgandek go‘yo. Aslida, adabiy tilimizni lahjalarda qo‘llanilayotgan, shevalarda tilga olinayotgan so‘zlar, iboralar, atamalar asrlar mobaynida boyitib kelgan. Shuning uchun ham lahja va shevalarimiz tilimizning “xamirturushi” hisoblanadi. Georgiy tasmasi bizga kerakmi? Shahrimiz ramzidagi arslon Sherdorning 110 yil avvalgi qiyofasi u nima uchun tanlangan?


Click to View FlipBook Version