1
2
“O‘ZBEKGIDROENERGO” AKSIYADORLIK JAMIYATI 2024 yil
АКЦИОНЕРНОЕ ОБЩЕСТВО «O‘ZBEKGIDROENERGO»
«O‘ZBEKGIDROENERGO» JOINT-STOCK COMPANY
«O‘ZBEKGIDROENERGO» AKSIYADORLIK JAMIYATI 6
Skaynerlang va kitobni elektron variantidan foydalaning 7
«O‘ZBEKGIDROENERGO» AKSIYADORLIK JAMIYATI 8 SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Skaynerlang va kitobni elektron variantidan foydalaning 9 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI “O‘ZBEKGIDROENERGO” AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA Mamlakatimizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suvenergetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni tashkil etish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda k orxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining: “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi negizida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Oldingi tahrirga qarang. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218- sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son) 3. Quyidagilar “O‘zbekgidroenergo” AJning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan texnologik boshqarish; gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda respublikamizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirishni ta’minlash; yirik, o‘rta, kichik va mikro gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish va
«O‘ZBEKGIDROENERGO» AKSIYADORLIK JAMIYATI 10 qurish sohasida zamonaviy va har tomonlama chuqur asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; respublikamizning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanishda mavjud flora va faunani saqlash, shuningdek, mamlakatimizning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish; gidroenergetika sohasida oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 4. Belgilansinki: “O‘zbekgidroenergo” AJ “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi, “To‘polangsuvGESqurilish” MChJ, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan tuzilgan amaldagi bitimlar doirasida huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; tashkil etilayotgan “O‘zbekgidroenergo” AJning dastlabki ustav kapitali gidroenergetika energiya hosil qiluvchi korxonalarining davlat ulushi nominal qiymat bo‘yicha berilishi, shuningdek, “Gidroloyiha” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ va “Suvsanoatmash” AJning ustav kapitalidagi aksiyalarning davlat paketlari hisobiga shakllantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 5. “O‘zbekgidroenergo” AJga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2030-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ijro etuvchi va mas’ul organ vazifasi yuklansin. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan: suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektrostansiyalarda — 70 foiz miqdorda;
Skaynerlang va kitobni elektron variantidan foydalaning 11 elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektrostansiyalarda — 100 foiz miqdorda; gidroto‘plash elektr stansiyalarida — 150 foiz miqdorda sotib olinadi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Belgilansinki, energetika tizimi barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ: (6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son) Milliy dispetcherlik markazi orqali “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarining tezkor-dispetcher boshqaruv masalalari umumiy muvofiqlashtirilishini; Oldingi tahrirga qarang. “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 100 foiz xarid qilinishini amalga oshiradi. (6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son) Oldingi tahrirga qarang. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF220-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son) 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. LexUZ sharhi Ushbu Farmon “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 20-maydagi 100 (6794)-sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
12 RAHBARIYAT SANGINOV ABDUGANI ABDURAHMONOVICH “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi
13 Sanginovning aytishicha, hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ham ishlab chiqilmoqda. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, senator, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” Abdug‘ani Sanginov -“Zarchob-1 kichik GES”ning ochilish marosimida nutqida sentyabr-oktyabr oylarida Surxondaryoda “Zarchob-2” kichik GESini topshirish ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.Sanginovning aytishicha, hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ham ishlab chiqilmoqda.“Hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Yana bir yutug‘imiz, “Zarchob-1 kichik GES” bilan bir vaqtda Zarchob podstansiyasini ham foydalanishga topshirganligimizdir. Bu podstansiya aqlli va zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, Zarchob-1, Zarchob-2, To‘polang, Gulcha hamda Regar podstansiyalarini yagona energotizimda birlashtiradi”, - deya ta’kidladi Sanginov. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan 2020 yilda, murakkab pandemiya sharoitlariga qaramasdan, puxta reja va qat’iy ishchi tartib asosida tomonidan 6 ta yangi qurilish va modernizasiya loyihalari foydalanishga topshirgan.Mazkur loyihalarning umumiy quvvati 118,3 MVtni tashkil etadi. Bu esa, qo‘shimcha ravishda 543 mln. kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarilishiga zamin yaratadi. Eslatib o‘tamiz, sal oldin “Zarchob-1” kichik GESi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik. ‘
14 FAOLIYATI Mamlakatimizda suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish, gidroenergetika tizimida zamon talabiga mos boshqaruv usullarini joriy etishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Ilm–fan taraqqiyoti jadallashgan bugungi kunda, xalq xo‘jaligida gidroenergetika tarmog‘i va uning ko‘lami butunlay yangicha mazmun va mohiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston bu borada amaliy tajribaga ega va diyorimizdagi suv resurslari biz uchun noyob tabiat ne’mati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Pr e zi dentining 2017 yil 18 maydagi «O‘zbekgidroenergo» aktsiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida» PF-5044-sonli Farmoni va «O‘zbek gidroenergo» aktsiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkillashtirish chora tad bir lari to‘g‘risida»gi PQ-2972- son li qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 iyundagi «O‘zbekgidroenergo» aktsiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 407-sonli qarori ijrosiga muvofiq tashkil etilgan. “O‘zbekgidroenergo” AJ O‘zbekiston Respublikasi suv-energetika resurslarini yagona boshqaruv sistemasini shakllantirish va gidroenergetika ob’ektlarini markazlashgan texnologik boshqaruvini ta’minlaydi. «O‘zbekgidroenergo» AJning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Gidroelektrostantsiya (GES)larda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, gidroenergetika ob’ektlarini markazlashtirilgan texnologik boshqarish; gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda O‘zbekistonning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirishni ta’minlash; yirik, o‘rta, kichik va mikro GESlarni loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy va har tomonlama chuqur asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi GESlar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; yangi GESlar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; O‘zbekistonning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanishda mavjud flora va faunani saqlash, shuningdek, O‘zbekistonning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish; gidroenergetika sohasida oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan. “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida 4 ta aktsiyadorlik jamiyati, 15 ta unitar korxona hamda 3ta ma’suliyati cheklangan jamiyatlar mavjud. “O‘zbekgidroenergo” AJ mamlakatimizda gidroenergetika salohiyatini yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida respublikadagi yagona tashkilot hisoblanadi.
15
16 TUZILMA
17
18 Bugungi kunda, mamlakatimizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirishni ta’minlash, yurtimizning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektrostantsiya Bo‘zsuv GES-1 hisoblanadi. Mazkur GES Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan bo‘lib, Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. 1923 yil 26 may kuni maxsus tuzilgan komissiya Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanalida gidroelektrostantsiya qurish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqadi hamda ma’qullaydi. GESning qurilishi 1923 yilda boshlanadi. Ma’lumki, o‘sha davrda, davlat ahamiyatiga molik ishlar xalq hashari yo‘li bilan tashkil etilgan. Bo‘zsuv GESning qurilishi ham hashar asosida olib borilgan. Ta’kidlash joizki, qurilish jarayonida qator muammolar kelib chiqdi: qurilishni moliyalashtirish, zaruriy jihozlarni yetkazish, kadrlar, qurilish materiallari bilan ta’minlash dolzarb masalaga aylanadi. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilish uchun sobiq Ittifoq hukumatiga murojaat etilib, moliyalashtirish manbalari aniqlashtiriladi. Qurilish ishlari qo‘l mehnati bilan tashkil etiladi. Aytish lozimki, butun mexanizatsiya uskunalari – temir yo‘l vagonetkalari, nasos qurilmalari, dizelda ishlaydigan betonni aralashtirish moslamasidan iborat edi, xolos. Shunga qaramasdan, Bo‘zsuv GES qisqa muddatda qurilib bitkazildi. To‘g‘on 94 sutka mobaynida, GES binosi va gidroinshootning 1923-1933 asosiy qismi esa 9 oy davomida qurilgan. Bo‘zsuv GES 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan bo‘lib, quvvati 4 ming kVt ga teng edi. XX asrning 30-yillarida uning quvvati O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha GESlardan yuqori bo‘lgan. GES Toshkent shahri sanoat korxonalari, shahar transporti va transporti va Toshkent GESlar kaskadi tarkibidagi Bo‘zsuv GES 6 aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bo‘zsuv GES to‘la avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi. 1926 yil – O‘zbekistonda energetikani yanada rivojlantirish bilan tavsiflanadi. GESning ishga tushirilishini katta hayajon bilan kutgan aholi bayram tadbirlarini boshlab yuboradi, tantanali mitinglar uyushtiriladi. Unda O‘zbekistonning o‘sha davridagi rahbari Yo‘ldosh Oxunboboyev ham so‘zga chiqib, birinchi ikki agregatning ishga tushirilishi bilan barchani qutlaydi. Shu bilan, to‘qimachilik sanoati, boshqa turdagi sanoat korxonalariga elektr energiyani uzluksiz yetkazish ta’minlanadi. Shahar ko‘chalarining kechasi kerosin yoritilishiga barham beriladi. Bo‘zsuv GESning 2 agregatining ishga tushirilishi bilan 6 Kvli kabel tarmog‘i, 30 dona transformator punkti ekspluatatsiyaga kiritildi. Qish mavsumida loyqa suvning oqishi sababli GES quvvati pasayib borgan. Shahar aholisining o‘sishi, sanoat korxonalarining kengayishi va ko‘payishi sababli elektr energiyaga bo‘lgan talab muntazam ortib boradi. Shu bois, 1934 yilda 3- va 1936 yilda 4-gidroagregat ishga tushiriladi. 1926 TOSHKENT GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI BO‘ZSUV GES
19 yilda ishga tushirilgan 1-, 2-gidroagregatlar turbinalari “Fr.Neymay- 7 yer” firmasi tomonidan va keyingi yillarda ishga tushirilgan 3-, 4-gidroagregatlar turbinalari esa Leningrad metall zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1981 yilga kelib, Bo‘zsuv GES rekonstruktsiya qilinib, ish jarayoni avtomatlashtirilgan tizimga o‘tadi. GESning elektr energiya ishlab chiqarish jami quvvati 4 MVt ga teng. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, respublikaning birinchi gidroelektrostantsiyasi ilk rahbarlarining mamlakat gidroenergetika tarixidagi faoliyati doimo muhim va katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular tomonidan mamlakat gidroenergetikasi tizimini shakllantirish, uni rivojlantirish, sohada malakali kadrlarni tayyorlashdagi sa’yharakatlari nihoyatda qadrlidir. Birinchi bo‘lish doimo oson bo‘lmagan. Bugungi kunda, gidroenergetika sohasida faoliyat yuritayotgan vakillar ularning nomini katta sharaf bilan tilga oladi. Bular 1929-1930 yillarda GES direktori bo‘lib ishlagan D.S.Saidxodjayev, 1930-1931 yillarda GES direktori sifatida faoliyat yuritgan M.I.Juravlev, so‘ngra R.M. G‘oziyevlardir. E’tiborli tomoni shundaki, respublikaning ikkinchi gidroelektrostantsiyasi 7 yildan keyin – 1933 yilda “Qodiriya” GES bunyod etiladi va uni qurishda, ishini tashkil etishda birinchi GES mutaxassislarining maslahati, ushbu jarayondagi ishtiroki ham ahamiyatli bo‘ldi. Yillar davomida, Bo‘zsuv GESning suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida rekonstruktsiya ishlari tashkil etilib, 76 m3 /s gacha olib chiqildi. Bu esa, irrigatsiya ehtiyojlari uchun zarur miqdorda suvni yo‘naltirish, qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqarishga imkon yaratib berdi. Bo‘zsuv GES ning malakali ekspluatatsiyasi bois, bugun u tarixiy eksponat sifatida ham tavsif etilmoqda. Asbob-uskunalarning eskirishini oldini olish va ishonchliligini oshirish maqsadida gidroturbinalar rekonstruktsiya qilindi, avtomatik klapan o‘rnatildi. 1944 yil 1 fevraldan buyon stantsiya Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Bugungi zamonaviy taraqqiyot bosqichida, mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirib borish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 apreldagi “Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES2b), “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-sonli Qarori qabul qilindi. 8 Unga asosan, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Tijorat vazirligi tomonidan “Toshkent GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-1)” investitsiyaviy loyihani moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berilishi ma’qullanganligi, “Gidroproyekt” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi qayd etilib, investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari sifatida XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda beriladigan kredit mablag‘lari, “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari belgilangan.
20
21
22 1933-1940 So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barobarida, barcha sohalarda bo‘lgani kabi gidroenergetika sohasida ham tizimli ishlar jadal olib borilmoqda. Xususan, respublikadagi mavjud GESlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni modernizatsiyalash masalalariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bo‘rijar GES4 Toshkent GESlar kaskadi tarkibida bo‘lib, mamlakatimizda qurilgan Bo‘zsuv GES va Qodiriya GESdan keyin uchinchi GES hisoblanadi. Mazkur GES Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanalida qurilgan. 1933 yil 2 may oyida Toshkent shahrida elektr energiyaga keskin o‘sib borayotgan talabni qondirish va Tekstilь kombinatini elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida Bo‘rijar GESning qurilishi boshlanadi. GESni qurish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Xalq komissarlari kengashi 1933 yil 29 yanvarda qabul qiladi. Shu yilning 10 martida GESni qurishga doir ushbu Kengashning yana bir qarori e’lon qilinadi. 1936 yil 19 mart kuni quvvati 3,2 MVt bo‘lgan 1-gidroagregat ishga tushiriladi, ikkinchi gidroagregat shu yilning 15 avgustda ishga tushirilib, uning ham quvvati 3,2 MVt ga teng edi. GESning umumiy quvvati 6,4 MVt ga teng. GES to‘liq ekspluatatsiyaga 1937 yil 1 sentyabrda kiritilgan. Stantsiyaning bosh loyihachisi O‘rta Osiyo “Gidroenergoproyekt”, Bosh qurilish 20 korxonasi “Glavenergostroy”, “Burdjarstroy” hisoblanadi. Stantsiya derivatsion sxema asosida qurilgan bo‘lib, gidroturbinalari radial-o‘qli usulda o‘rnatilgan. Ular 18,5 m bosimda ishlaydi. 1964 yilda 1-, 2-gidroagregatlarning avtomatika panellari va panellar pulьti qayta montaj qilindi hamda boshqa modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. 1967 yilda Toshkent GESlar kaskadi va “Uzbekvzrыvprom” tashkiloti hamkorligida yog‘ochli suv o‘tkazish quvurlarini metal quvurlarga almashtirishga qaratilgan yirik rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshiladi. Bo‘zsuv kanalida ishlab turgan GESlar O‘rta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Bo‘rijar GES Chirchiq–Bo‘zsuv traktida qurilgan GESlardan biri sanalib, u to‘la avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi. Bo‘rijar GESning xarakteristikasi: O‘rnatilgan quvvat – 6,4 MVt; Agregatlar soni – 2 ta; Suv xarajati – 45 m3 /s; Yillik ishlab chiqarish – 45 mln. kVt.s. 21 TOSHKENT GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI BO‘RIJAR GES-4
23 CHIRCHIQ GESLAR KASKADI 1932 yil 28 aprelda sobiq Ittifoq Mehnat va Mudofaa Kengashi mamlakat og‘ir sanoat xalq komissarligi tomonidan taqdim etilgan ikki pog‘onali gidroelektrostantsiya va Markaziy Osiyoda birinchi mineral o‘g‘it – ammiak selitrasini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi rejasini tasdiqlab berdi. Bu maqsadlarda “Chirchikstroy” davlat boshqarmasi tashkil etildi. Chirchiq daryosining gidroresurslari 1923 yildayoq akademik I.G.Aleksandrov tomonidan chuqur o‘rganilib, GOELRO ekspeditsiyasi ostida tadqiqotlari taqdim etilgan. Shu tariqa, uchta ob’ektda qurilish ishlari boshlab yuborildi: Birinchi ob’ekt Qirg‘izquloq qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, bu yerda GES (sobiq Komsomolsk GES) ni bunyod etish rejalashtirilgandi. Shu bilan bir qatorda bu yerda azot zavodi, temir yo‘l stantsiyasi, ta’mirlash ustaxonalari, uy-joy va madaniy-maishiy ob’ektlar qurilishi tashkil etiladi. Ikkinchi ob’ekt Yomonjar qishlog‘i (hozirgi G‘azalkent shahri) qarshisida tanlanib, bu yerda to‘g‘on va derivatsion kanallar bosh inshootini qurish kerak edi. Uchinchi ob’ekt – Pargos qishlog‘ida – GES-8 (bugungi Tovoqsoy GES)ni qurish belgilab olindi. Mazkur qurilish ishlari boshqalar singari xalq hashari yo‘li bilan tashkil etildi. Butun respublikadan ishchilar jalb etildi. O‘zbekiston yoshlar tashkiloti bo‘lgan Komsomol ham safarbarlik asosida yoshlarning quruvchi guruhlarini tuzdi. Shuningdek, Volxova, Svir va Dnepr qurilish ishlarida ishtirok etib tajriba va bilim to‘plagan mutaxassislar ham jalb etildi. Faollik va katta shijoat bilan qurilgan binolarni topshirish katta tantanalarga aylanib ketdi. 1936 yil boshida “Gidroproyekt” institutining bir guruh muhandislari F.G.Loginov boshchiligida Chirchiq daryosida GESlar qurilishiga yuboriladi. Bu inson keyinchalik O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining energetika, yoqilg‘i va elektr sanoati bo‘yicha kotibi etib saylanadi. U boshchilik qilgan muhandislar va oddiy ishchilarning ham yutuqlarini e’tirof etgan holda SSSR Ministrlar Kengashining 1958 yil 3 noyabrdagi qarori bilan Chirchiq GESga F.G.Logonov nomi beriladi. Umuman olganda, Chirchiq daryosidagi ko‘plab yirik inshootlarni qurishda ishtirok etgan ko‘pgina mutaxassislar kelgusida O‘zbekiston boshqaruvida faol ishtirok 22 etdilar, yuqori lavozimga saylandilar va tayinlandilar. 1936 yil 17 noyabrda Chirchiq GESning asosiga birinchi beton qo‘yilib, katta miting uyushtiriladi. Uning ishida o‘sha paytda O‘zbekistonning uch rahbari qatnashadi: O‘zbekiston KP MQ kotibi Akmal Ikromov, xalq komissarlari kengashi raisi Fayzulla Xo‘jayev, Markaziy Ijroiya Qo‘mita raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev. Chirchiq GESlarining qurilishi muhim toifadagi ob’ektlar sirasiga kirgan va u doimo partiya va hukumat nazoratida bo‘lgan. Shu zaylda 1940 yil may oyida GES-7 ning 2 ta agregati tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 1941 yilda GES-8 (bugungi Tovoqsoy GES) ishga tushirildi. O‘zbekiston xalq xo‘jaligi uchun ushbu ikki GESning ishga tushirilishi muhim ahamiyat kasb
24 1933-1940 etardi. Chunki ularning quvvati respublikadagi barcha boshqa elektrostantsiyalarning quvvatidan 6 barobar ko‘p edi. Keyinchalik kaskad tarkibidagi uchinchi zinapoyasida Oqqovoq GES-1 quriladi (1943 y.). Chirchiq GES (Komsomolsk GES) va Tovoqsoy GESda ikkinchi navbatdagi agregatlar ishga tushirilgan (1952-1956 yy.). 23 Chirchiq GESlar kaskadi unitar korxona bo‘lib, “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiradi va o‘z tarkibida uchta gidroelektrostantsiyani birlashtiradi: Tovoqsoy GES (GES-8), Chirchiq GES (GES-7), Oq-qovoq GES (GES-10), Bosh uzel va himoya inshootiga ega bo‘lgan 3 ta derivatsion kanal. Bu kanallar Chirchiq- Bo‘zsuv suv-energetika traktining 28 km li uchastkasida joylashgan. Kaskad stantsiyalarining umumiy quvvati – 190,7 MVt.ga teng. Kaskad 1944 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. Kaskad o‘z faoliyatida mehnat unumdorligini ta’minlash va ekspluatatsiya sifatini oshirib borishga ustuvor ahamiyat qaratib kelgan. Kaskad GESlarida ishlab kelgan ustozlar shogirdlarni shakllantirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga katta e’tibor berdilar. Natijada, erishilgan yuqori ko‘rsatkichlari uchun uning xodimlari bir necha bor respublika darajasida munosib taqdirlangan. 24 1941 yilga kelib, Chirchiq GESlari Chirchiq va Toshkent shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan eng yirik energiya ishlab chiqaruvchilari hisoblangan. Ularning quvvati hududdagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda ustuvor ahamiyat kasb etgan. Biroq, Ikkinchi jahon urushi davrida GESlarning ko‘plab mutaxassislari urush va front ishlariga jalb etilib, GESlarga bolalar va xotin-qizlar ishga kela boshlaydi. Bu jarayonda ekspluatatsiya ishlarini uzluksiz va sifatli tashkil etish yanada murakkablashadi. Bundan tashqari, front hududlaridan bir necha zavodlarning O‘zbekistonga ko‘chirtirilishi, front uchun va xalq xo‘jaligi uchun ishlaydigan korxonalarning qisqa muddatda ishga tushirilishi ushbu GESlarda ishlayotgan mehnatkashlardan yanada ko‘proq fidoyilik va mas’uliyatni talab qilardi. Bunday sharoitda yana bir GES – Oq-qovoq GESni qurish vazifasi qo‘yilib, GES 8 oyda bunyod etilib, 1943 yil mart oyida ishga tushirilgan. Chirchiq GESlarining ishga tushirilishi bilan 1940-1943 yillarda Chirchiq-Toshkent elektr energiya tizimi shakllandi. Ish samaradorligini oshirish maqsadida SSSR elektrostantsiyalar xalq komissarligi tomonidan 1944 yil 13 sentyabrda Bosh uzel, Tovoqsoy GES, Komsomolsk GES va Oq-qovoq GESni Chirchiq GESlar kaskadiga birlashtirish borasida buyruq qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risidagi” NoPQ-2947- sonli Qarori ijrosi doirasida yangi GESlarni qurish, 50-70 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelayotgan, hozirgi vaqtda asosiy texnologik uskunalari jismonan va ma’nan eskirgan GESlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil va bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “20172021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2947 sonli Qaroriga asosan 2019-2025 yillarda kaskad tarkibidagi Chirchiq va Tovoqsoy GESlarini modernizatsiya qilish hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Bugungi kunda, ushbu yo‘nalishda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 25 Chirchiq GES (F.G.Loginov nomidagi Komsomolsk GES) 1940 yil
25 sentyabr-oktyabrda ishga tushirilgan. Mazkur GES Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan. GES 1944 yil noyabr oyida Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kirdi. 1948 yil iyun- avgust oyida GESning ikkita agregati avtomatlashtirildi. 1952 yil yanvarda 2-agregat ishga tushirildi. 1956 yilgacha 3- va 4-agregatlar ishga tushirildi. 1957 yilda GES loyihaviy quvvatda ishlay boshladi. Chirchiq GES tarkibiga quyidagilar kiradi: – o‘rta derivatsion kanal, umumiy uzunligi 7,046 km, kanal osti quvurlari, suv quyish va o‘tkazish bo‘g‘inlari, tog‘ kanallari tarmog‘i bilan qurilgan; – 4 ta payvandlangan suv o‘tkazish quvurlari (ø 4,5 m) uzunligi 88,4 m; – mashina binosi va boshqaruv korpusi; – o‘tkazuvchi kanal 0,587 km; – ishlab chiqarish-texnik va suv ta’minoti (4 kamerali); – ochiq podstantsiya – 35 kV; – yoqilg‘i-moy xo‘jaligi. Binoda vertikal-o‘qli ko‘rinishda o‘rnatilgan 4 ta gidroagregat joylashtirilgan. Ularning hisobkitobi quyidagicha: Bosim – 35,5 m; Chirchiq GESlar kaskadi tarkibidagi Chirchiq GES (GES-7) 26 Nominal quvvat – 21 MVt; Aylanish tezligi – 150 ayl./min. Spiral kamera va suv oluvchi quvur maxsus qoplama bilan qoplangan. Har bir turbina tezlikni boshqaradigan avtomatik regulyator va yoqilg‘i-moy qurilmasi bilan jihozlangan. Turbinalar soyabon turidagi generatorlar bilan payvandlab ulangan. Ularning quvvati – 27 MVa. Kosinus “fi” – 0,8; 10,5 kV, 150 ayl./min. O‘rnatilgan quvvat – 84 MVt ga teng. Stantsiyaning elektr energiyaga bo‘lgan o‘z ehtiyojlari 2 ta transformator (bittasi zaxiraga olingan) orqali qoplanadi. GESda 7,5 tn yuk ko‘taruvchi elektrik kran o‘rnatilgan. Mashina zali 150/40 tn yuk ko‘taradigan ko‘prikli elektrik krani bilan jihozlangan
26 RAHBARIYAT
27
28 1941-1950 Chirchiq GESlar kaskadi tarkibidagi Tovoqsoy GES (GES-8) Tovoqsoy GES 1941 yil iyul-avgust oylarida ishga tushirildi. Mazkur GES Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Ikkinchi jahon urushining eng og‘ir sinovli davrida, ya’ni 1941 yilda tashkil etilgan GES 1943 yil sentyabrgacha mustaqil faoliyat yuritgan bo‘lsa, mazkur sanadan boshlab u Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiritilgan va uning rivojlanish tarixi ushbu kaskad faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ravishda rivojlanib bordi. 1948 yil iyunь-avgust oyida ikkita agregati avtomatlashtirildi. 1953 yilda 3-agregat ishga tushirildi. 1956 yilda 4-agregat ishga tushirildi. 1957 yilda GES loyihaviy quvvatda ishlay boshladi. 1975 yilda 1-agregatning ish g‘ildiragi almashtirildi. Yuqori derivatsion kanalining umumiy uzunligi 9,365 metrni tashkil qiladi va unda ko‘priklar, quvurlar, tarmoq tog‘ kanallari tashkil etilgan. Uning quyidagi xarakteristikasini keltirish mumkin: Mashina binosi va boshqaruv korpusi mustahkam qurilgan; Ishlab chiqarishtexnik va suv ta’minoti (4 kamerali); Turbinalar podshipniklarini moylash uchun ikki kamerali. Chirchiq GESlar kaskadi tarkibidagi Tovoqsoy GES (GES-8) 28 Yoqilg‘i- moy xo‘jaligi. Payvandlangan suv o‘tkazish quvurlari (ø 4,5 m) soni 4 ta bo‘lib, 76,6 m; Ochiq podstantsiyalar: 110 kV va 35 kV. Binoda vertikal-o‘qli ko‘rinishda o‘rnatilgan 4 ta gidroagregat joylashtirilgan. Ularning hisob-kitobi quyidagicha: Bosim – 30 m; Nominal quvvat – 18 MVt; Aylanish tezligi – 150 ayl./min. Spiral kamera va suv oluvchi truba maxsus qoplama bilan qoplangan. Har bir turbina tezlikni boshqaradigan avtomatik regulyator va yog‘ qurilmasi bilan jihozlangan. Turbinalar soyabon turidagi generatorlar bilan payvandlab ulangan. Ularning quvvati 23 MVA (1,2) va 27 MVA (3,4). Kosinus “fi” – 0,8; 10,5 kV, 150 ayl./min. Bosh generatorlar shinalarning ikki tizimi va ikki transformator guruhiga ishlaydi. Quvvati 3x15000=45 ming kVa va 3x20000=60 ming kVa. Turbinalar bo‘yicha GESning o‘rnatilgan quvvati 72 MVt. Stantsiyaning elektr energiyaga bo‘lgan o‘z ehtiyojlari 2 ta transformator orqali qoplanadi. Yuqori kanal temir-beton qoplamali bo‘lib, 260 m3 /sek. suvni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Mashina zali 150/40 tn yuk ko‘taradigan ko‘prikli elektrik krani bilan jihozlangan. CHIRCHIQ GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI TOVOQSOY GES (GES-8)
29 CHIRCHIQ GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI OQ-QOVOQ GES-1 (GES-10) Urush davridagi og‘ir sharoitda yana bir GES – Oq-qovoq GESni qurish vazifasi qo‘yiladi. GES 8 oyda bunyod etilib, 1943 yil mart oyida ishga tushiriladi. Mazkur GES Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan. 1943 yil mart oyida GES ning 1-agregati ishga tushirildi. 1947 yil noyabrda 1-agregat avtomatlashtirildi. 1948 yilda GES teleboshqaruvga o‘tkazildi. 1951 yil iyulda GESning ikkinchi navbati ishga tushirildi. 1957 yil aprelda GES loyihaviy to‘liq quvvatida ishlay boshladi. GES tarkibiga quyidagilar kiradi: – derevatsion kanal; – Zax kanali oxiridagi suv ajratish inshooti, GES bosim havzasi; – GES 1-gidroagregatiga boradigan 57 metrlik kanal; – GES 2-gidroagregati bosim havzasi; – Stantsiya binosi va boshqaruv korpusi; – 891 metrlik qoplanmagan Bo‘zsuv kanaliga tushadigan o‘tkazuvchi kanal. Stantsiya binosida 2 ta gidroagregat o‘rnatilgan. Birinchisining turbinasi temir-beton spiral kamerada vertikal holatda o‘rnatilgan. Hisob-kitob ma’lumotlari: bosim 28, 25 m, suv harajati 45 m3 /sek, quvvati 10,7 MVt, aylanish tezligi 166 ayl./min. Quvvati – 115000 kVA. Kosinus “fi” – 0,8; 6,6 kV, 166 ayl./min. Ikkinchi generatorning turbinasi qayriluvchi-parrakli bo‘lib, temir-beton qoplamali. Kamerasi spiralli. Hisob-kitob ma’lumotlari: bosim 35,5 m, suv harajati 84 m3 /sek, quvvati 24 MVt, aylanish tezligi 187,5 ayl./min. Turbina osma turdagi sinxron generator bilan payvandlangan. Quvvati – 30 MVA. Kosinus “fi” – 0,8; 10,4 kV. 30 Quyi derivatsion kanal uzunligi 7,595 km bo‘lib, o‘tkazish qobiliyati – 220 m3 /sek. Kanal 4202 m uchastkasida qoplanmagan va qolgan 3387 m beton bilan qoplangan. Mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirib borish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 apreldagi “Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2b), “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-sonli Qarori qabul qilindi. Unga asosan, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan “Chirchiq GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-10)” investitsiyaviy loyihasini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berilishi ma’qullanganligi, “Gidroproyekt” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi qayd etilib, investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari sifatida XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda beriladigan kredit mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari belgilangandi.
30 1951-1960 Yurtimizning geografik joylashuvi, tabiiyiqlim sharoiti energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, ayniqsa, gidroenergetikadan foydalanish istiqboli yuqori ekanligidan dalolat beradi. Birgina Toshkent shahri hududida bir nechta GESlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shayxontohur GES 1954 yilda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bunyod etiladi va 1955 yilda Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga qabul qilinadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, GESni qisqa muddatda qurish va ishga tushirish topshirig‘i ijrosini ta’minlashga shu darajada ishtiyoq baland bo‘lganki, dastavval GES ma’lum bir kamchiliklar bilan ishga tushirilgan, ayrim asbobuskunalar to‘liq o‘rnatilmagan, qurilish va montaj ishlari nihoyasiga yetkazilmagan edi. GESning qurilishi qator energetik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, stantsiya joylashgan hududni ham obodonlashtirish ko‘zda tutilgandi. GESda ikkita import qilingan va Farhod GESdan demontaj qilingan gidroagregat o‘rnatilgan. 66 Birinchi ikkita gidroagregat 1953 yil 30 iyunda vaqtinchalik ekspluatatsiyaga kiritilgan va ularning har birining quvvati 1 MVt bo‘lgan, 1954 yil 22 sentyabrda uchinchi gidroagregat ishga tushiriladi. Ushbu gidroagregat Ural zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvati 1,6 MVt tashkil qilgan. Stantsiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 3,6 MVt ga teng bo‘lgan. Stantsiyaning ish samaradorligini oshirish maqsadida 1-gidroagregatdagi quyma temirdan ishlangan olti parrakli ish g‘ildiragi po‘latdan bo‘lgan to‘rt parrakli ish g‘ildiragiga almashtiriladi. Shu bilan birga, turbina qismlari ham modernizatsiya qilingan. Qolgan gidroagregatlarda ham ta’mirlash va ehtiyot qismlarini yangilash, modernizatsiyalashtirish ishlari tashkil qilingan. Bugungi kunda, Toshkent GESlar kaskadi tarkibida 4 ta GES faoliyat yuritib, ularning umumiy quvvati 29 MVt ni tashkil etadi va ushbu quvvat ichida 3,6 MVt Shayxontohur GESga tegishli bo‘lib, shahar tumanlarini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashda mazkur GESning faoliyati ahamiyatlidir. TOSHKENT GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI SHAYXONTOHUR GES-21
31 SAMARQAND GESLARI KASKADI TARKIBIDAGI XISHRAV GES (GES-2B) Navbatdagi GES – Samarqand GESlari kaskadi unitar korxonasi tarkibidagi 5 ta GESlardan biri hisoblangan Xishrav GES (GES-2B)dir. Mazkur GES Samarqand shahrida bunyod etilgan bo‘lib, kaskadning boshqa gidroelektrostantsiyalari singari viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalida qurilgan. Ma’lumotlarga nazar solsak, Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib quvvati 13,4 MVt bo‘lgan Xishrav GESni qurish loyihasi 1940 yilda tasdiqlangan edi. Biroq, katta ijtimoiy-iqtisodiy talafotlarga sabab bo‘lgan Ikkinchi jahon urushining boshlanishi oqibatida mazkur rejalar ortga surildi. Birinchi bo‘lib viloyatda GES-1 B (Taligulyan GES) quriladi. GES-1Bning Xishrav GESga nisbatan loyihasi oddiyligi va qisqa muddatda qurilishini hisobga olgan holda, uni birinchi bo‘lib qurishga qaror qabul qilindi. 1947 yilda Xishrav GES loyihasi qayta ko‘rib chiqildi va uning qurilishi boshlandi. Biroq, “Birinchi may” to‘g‘onining rekonstruktsiyasi sabab qurilish ishlari 1948 yilda to‘xtab qoldi. Nihoyat, 1952 yilga kelib, GESni qurish ishlari qayta tiklandi. Bu davr mobaynida texnik loyiha ham qayta ishlab chiqildi. Qurilishning birinchi bosqichida “Morgan Smit” va “Vestingauz” firmasining quvvati 7,7 MVt bo‘lgan ikkita gidroagregati o‘rnatiladi va ular 1956 yilda ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichda yana 1 ta gidroagregat o‘rnatilib, 1958 yilda ishga tushiriladi. Quvvati 7,0 MVt ga teng bo‘lgan ushbu gidroagregat “Uralgidromash-Uralelektroapparat” korxonasida ishlab chiqarilgan. ORU-35 (ochiq taqsimlovchi qurilma) Kv da G-1 va G-2 uchun quvvati 15000 kVa bo‘lgan ikkita kuchlanish transformatori hamda G-3 uchun 10000 kVa bo‘lgan transformator o‘rnatiladi. Shuningdek, RU-6 Kv (elektr energiyani qabul qiluvchi va taqsimlovchi elektr qurilma) bilan jihozlanadi. Bugungi kunda, GESning 4 ta fideri (elektr uzatgichning taqsimlovchi liniyasi) orqali Samarqand shahrining bir nechta tumani elektr energiya bilan ta’minlanib 68 kelinmoqda. GESning 3 ta gidroagregatining umumiy quvvati 21,9 MVt ga teng. Gidroagregatlarning xarakteristikasi quyidagicha: G-1, G-2 tavsifi: Agregat quvvati – 7700 kVt/9625 kVa; stator bosimi – 6,3 Kv; stator toki – 883 a; rotor toki – 340 a; qo‘zg‘alish bosimi – 250 v; nominal aylanish tezligi – 230,8 ayl./ min. G-3 tavsifi: Agregat quvvati – 7000 kVt/8750 kVa; stator bosimi 6,3 Kv; stator toki – 800 a; rotor toki – 390 a; qo‘zg‘alish bosimi – 215 v; nominal aylanish tezligi – 250 ayl./min. Ta’kidlash joizki, 2018 yil korxona uchun oldinga siljish yili bo‘ldi. GESda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari faollik bilan olib borildi, yangi moddiy-texnika bazasi olib kirildi. Ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitini yanada yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratildi. Qayd etish joizki, GESda mehnat faoliyati bilan o‘rnak ko‘rsatib, gidroenergetika tizimida hurmatga loyiq ko‘plab mutaxassislar faoliyat yuritgan hamda bugungi kunda ham samarali ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bugungi zamonaviy taraqqiyotiga monand ravishda, yaqin yillar mobaynida Xishrav GESda ham zamonaviy modernizatsiya ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
32 1951-1960 Yurtimizning geografik joylashuvi, tabiiyiqlim sharoiti energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, ayniqsa, gidroenergetikadan foydalanish istiqboli yuqori ekanligidan dalolat beradi. Birgina Toshkent shahri hududida bir nechta GESlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shayxontohur GES 1954 yilda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bunyod etiladi va 1955 yilda Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga qabul qilinadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, GESni qisqa muddatda qurish va ishga tushirish topshirig‘i ijrosini ta’minlashga shu darajada ishtiyoq baland bo‘lganki, dastavval GES ma’lum bir kamchiliklar bilan ishga tushirilgan, ayrim asbobuskunalar to‘liq o‘rnatilmagan, qurilish va montaj ishlari nihoyasiga yetkazilmagan edi. GESning qurilishi qator energetik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, stantsiya joylashgan hududni ham obodonlashtirish ko‘zda tutilgandi. GESda ikkita import qilingan va Farhod GESdan demontaj qilingan gidroagregat o‘rnatilgan. 66 Birinchi ikkita gidroagregat 1953 yil 30 iyunda vaqtinchalik ekspluatatsiyaga kiritilgan va ularning har birining quvvati 1 MVt bo‘lgan, 1954 yil 22 sentyabrda uchinchi gidroagregat ishga tushiriladi. Ushbu gidroagregat Ural zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvati 1,6 MVt tashkil qilgan. Stantsiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 3,6 MVt ga teng bo‘lgan. Stantsiyaning ish samaradorligini oshirish maqsadida 1-gidroagregatdagi quyma temirdan ishlangan olti parrakli ish g‘ildiragi po‘latdan bo‘lgan to‘rt parrakli ish g‘ildiragiga almashtiriladi. Shu bilan birga, turbina qismlari ham modernizatsiya qilingan. Qolgan gidroagregatlarda ham ta’mirlash va ehtiyot qismlarini yangilash, modernizatsiyalashtirish ishlari tashkil qilingan. Bugungi kunda, Toshkent GESlar kaskadi tarkibida 4 ta GES faoliyat yuritib, ularning umumiy quvvati 29 MVt ni tashkil etadi va ushbu quvvat ichida 3,6 MVt Shayxontohur GESga tegishli bo‘lib, shahar tumanlarini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashda mazkur GESning faoliyati ahamiyatlidir. TOSHKENT GESLAR KASKADI TARKIBIDAGI SHAYXONTOHUR GES-21
33 SAMARQAND GESLARI KASKADI TARKIBIDAGI XISHRAV GES (GES-2B) Navbatdagi GES – Samarqand GESlari kaskadi unitar korxonasi tarkibidagi 5 ta GESlardan biri hisoblangan Xishrav GES (GES-2B)dir. Mazkur GES Samarqand shahrida bunyod etilgan bo‘lib, kaskadning boshqa gidroelektrostantsiyalari singari viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalida qurilgan. Ma’lumotlarga nazar solsak, Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib quvvati 13,4 MVt bo‘lgan Xishrav GESni qurish loyihasi 1940 yilda tasdiqlangan edi. Biroq, katta ijtimoiy-iqtisodiy talafotlarga sabab bo‘lgan Ikkinchi jahon urushining boshlanishi oqibatida mazkur rejalar ortga surildi. Birinchi bo‘lib viloyatda GES-1 B (Taligulyan GES) quriladi. GES-1Bning Xishrav GESga nisbatan loyihasi oddiyligi va qisqa muddatda qurilishini hisobga olgan holda, uni birinchi bo‘lib qurishga qaror qabul qilindi. 1947 yilda Xishrav GES loyihasi qayta ko‘rib chiqildi va uning qurilishi boshlandi. Biroq, “Birinchi may” to‘g‘onining rekonstruktsiyasi sabab qurilish ishlari 1948 yilda to‘xtab qoldi. Nihoyat, 1952 yilga kelib, GESni qurish ishlari qayta tiklandi. Bu davr mobaynida texnik loyiha ham qayta ishlab chiqildi. Qurilishning birinchi bosqichida “Morgan Smit” va “Vestingauz” firmasining quvvati 7,7 MVt bo‘lgan ikkita gidroagregati o‘rnatiladi va ular 1956 yilda ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichda yana 1 ta gidroagregat o‘rnatilib, 1958 yilda ishga tushiriladi. Quvvati 7,0 MVt ga teng bo‘lgan ushbu gidroagregat “Uralgidromash-Uralelektroapparat” korxonasida ishlab chiqarilgan. ORU-35 (ochiq taqsimlovchi qurilma) Kv da G-1 va G-2 uchun quvvati 15000 kVa bo‘lgan ikkita kuchlanish transformatori hamda G-3 uchun 10000 kVa bo‘lgan transformator o‘rnatiladi. Shuningdek, RU-6 Kv (elektr energiyani qabul qiluvchi va taqsimlovchi elektr qurilma) bilan jihozlanadi. Bugungi kunda, GESning 4 ta fideri (elektr uzatgichning taqsimlovchi liniyasi) orqali Samarqand shahrining bir nechta tumani elektr energiya bilan ta’minlanib 68 kelinmoqda. GESning 3 ta gidroagregatining umumiy quvvati 21,9 MVt ga teng. Gidroagregatlarning xarakteristikasi quyidagicha: G-1, G-2 tavsifi: Agregat quvvati – 7700 kVt/9625 kVa; stator bosimi – 6,3 Kv; stator toki – 883 a; rotor toki – 340 a; qo‘zg‘alish bosimi – 250 v; nominal aylanish tezligi – 230,8 ayl./ min. G-3 tavsifi: Agregat quvvati – 7000 kVt/8750 kVa; stator bosimi 6,3 Kv; stator toki – 800 a; rotor toki – 390 a; qo‘zg‘alish bosimi – 215 v; nominal aylanish tezligi – 250 ayl./min. Ta’kidlash joizki, 2018 yil korxona uchun oldinga siljish yili bo‘ldi. GESda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari faollik bilan olib borildi, yangi moddiy-texnika bazasi olib kirildi. Ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitini yanada yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratildi. Qayd etish joizki, GESda mehnat faoliyati bilan o‘rnak ko‘rsatib, gidroenergetika tizimida hurmatga loyiq ko‘plab mutaxassislar faoliyat yuritgan hamda bugungi kunda ham samarali ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bugungi zamonaviy taraqqiyotiga monand ravishda, yaqin yillar mobaynida Xishrav GESda ham zamonaviy modernizatsiya ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
34 RAHBARIYAT
35
36 GIDROENERGETIK TERMINLAR GENERATOR – (lat. Generatorishlab chiqaruvchi) – biror mahsulot ishlab chiqaradigan (asetilen generator), elektr energiyasi (elektr mashina generator, bug‘ trubina generator, gidrotrubina generator va boshqa) elektr, elektromagnit, yorug/ lik yoki tovush signallari – tebranishlar, impulslar (mas., UT, radiosignallar, kvant generator) hosil qiladigan qurilma, apparat yoki mashina. GIDRAVLIK AKKUMULYATOR – bosim ostida bo‘lgan ish suyuqligi akkumulyator energiyasini to‘plash uchun xizmat qiladigan qurilma. Nagruzkasi keskin o‘zgaradigan ustanovkalarda suyuqlik va gazlar bosimini va sarfini baravarlash uchun ishlatiladi. Gidravlikaning yukli, prujinali, elastik korpusli, shuningdek porshenli, membranali, ballonli pnevmogidroakkumulyator xillari bor. Masalan, yukli gidravlika rezervuarida bosim o‘zgarmas yukning porshenga tashqi ta’siri tufayli, ballonli gidravlikada esa siqilgan gaz (havo, azot va boshqa) tufayli doimiy tutib turiladi. GIDRAVLIK DVIGATEL – suyuqlikning mexanik energiyasini yetakchi zveno (val, shtok) ning mexanik energiyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash prinsipiga qarab, dinamik) gidravlik turbina, suv g‘ldiragi), hajmiy gidravlik dvigatelda uning ish organi suyuqlikning gidrostatik bosimidan harakatlanadi. GIDRAVLIK TURBINA – gidrotrubina – suyuqlik oqimi, odatda, daryo suvi yordamida aylantiriladigan turbina. Ishlash prinsipiga qarab aktiv turbina (erkin oqimli) va rekativ turbina (suv bosimi ostida beriladigan) xillari bor; GIDRO – (yun. Hydor – suv, suyuqlik, namlik) Baynalmilal o‘zlashma so‘zlar tarkibida kelib, suv havzalariga, namlik va vodorodga aloqadorlikni bildiradi. GIDROAGREGAT- (gidro... va agregat) – gidravlik trubina va elektr generatori (gidrogenerator) dan iborat agregat. Gorizontal o‘qli (to‘g‘ri oqimli agregatlar hamda kapsulali gidroagregatlar) va vertikal xillari bor. GIDRO KKUMULYATSIYALAYDIGAN ELEKTR STANSIYA – nasosli akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiya-ishlash prinsipi boshqa elektr stansiyalaridan olinadigan elektr energiyani suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur bo‘lganda (asosan, nagruzka cho‘qqilarini qop-lash uchun) uni qayta elektr energiyaga aylantirib, energosistemaga beradigan gidroelektr stansiya. Gidro akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiya truboprovod bilan tutashtirilgan ustmaust joylashgan ikkita hovuz (suv ombori) dan iborat. Gidro akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiya binosidagi truboprovodning pastki uchiga o‘rnatilgan gidroagregatlar o‘zgartiruvchan elektr mashina (generator dvigatel), gidrotrubina va nasoslardan yoki o‘zgartiruvchan elektr mashina va gidromashinalar (nasos yoki trubinasifatida ishlashi mumkin bo‘lgan)dan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Gidro akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiya energosistemasining nagruzkasi kamayganda (asosan tungi
37 paytlarda) nasoslar yordamida suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi (akkumulyatsiyalaydi). Yuklama cho‘qqiga chiqqan paytlarda suv yuqorigi hovuzdan truboprovod orqali generator rejimida ishlaydigan Gidro akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiya agregatlariga tushadi. Akkumulyatsiyalangan energiyaning miqdori hovuz sig‘imi va Gidro akkumulyatsiyalaydigan elektr stansiyaning ish bosimi bilan aniqlanadi, Yurgizib yuborish va ish rejimlarini o‘zgartirish vaqti bir necha minutgina xolos. GIDROELEKTR STANSIYA – (GES), suv oqimi energiyasini o‘zgartirib elektr energiyasi ishlab bera-digan elektr stansiya. GES suv oqimining kerakli konsentratsiyasini ta’minlaydigan va bosim hosil qiladigan gidrotexnika inshootlaridan, bosim ostida harakatlanayotgan suv energiyasini elektr ener-giyasiga aylantiradigan energetik jihozlar (quyidagi: Gidrogenerator, gidravlik turbina) dan iborat. Asosiy energetika jihozlari: mashina zalidagi gidroagregatlar, yordamchi jihoz, avtomatik boshqarish va nazorat qilish qurilmalari; markaziy boshqarish postidagi dispetcheroperator pulti yoki GES avtooperatori GES binosiga joylashtiriladi. Kuchaytiruvchi transformatorlar, odatda, GES binosining bo‘ylama devori yaqiniga ochiq joyga, yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmalari esa maxsus ochiq maydonchalarga joylashtiriladi. Suv bosimiga qarab GES yuqori bosimli (60 m dan ortiq), o‘rtacha bosimli (60 m dan 25 m gacha) va past bosimli (25 m gacha) xillarga bo‘linadi. Yuqori bosimli GES larga metall spiral kamerali kovshli va radial-o‘q turbinalar; o‘rtacha bosim lisiga t.b. va metall spiral kamerali buriladigan parrakli va radial-o‘q turbinalar; past bosimlisiga beton va t.b. spiral kameralarga ega bo‘lgan buriladigan parrakli turbina, ba’zan kapsulalar yoki ochiq kameralarga joylashgan gorizontal turbinalar o‘rnatiladi. GESning to‘g‘onli (daryo suv sathini to‘g‘on qurish hisobiga sun’iy ko‘tarish) va derivatsiya (suvni daryo o‘zanidan maxsus chiqarish joyi orqali sathlar farqi katta bo‘lgan joyga keltirish) kabi asosiy sxemalari bor. Gidrotexnika inshootlari qurilishining alohadaligiga qarab o‘zanlar GES (stansiya binosi suvi ko‘tariladigan inshootlar tarkibiga kiradi), to‘g‘on yonida qurilgan GES (stansiya binosi to‘g‘on orqasiga quriladi) va derivatsion xillari bor. Stansiya binosi ayni vaqtning o‘zida suv tashlama inshooti vazifasini ham bajaradigan aralash GES keng tarqalgan. GESlar ichida gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va suvi ko‘tariladigan elektr stansiyalar alohida o‘rinni egallaydi. Ayrim GES yoki GES kaskadlari, odatda, kondensation elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari, atom elektr stansiyalari, gaz trubinali elektr stansiyalari bilan birgalikdagi energosistemada ishlaydi; nagruzka grafigini qoplashda ishtirok etish xarakteriga qarab GESning bazisli, yarim cho‘qqili va cho‘qqili xillari bo‘lishi mumkin. GIDROELEKTRSTANSIYALAR KASKADI – daryo oqimi bo‘yicha birbiridan ma’lum masofada joylashgan va o‘zaro umumiy suv xo‘jaligi rejimi bilan bog‘langan gidroelektr stansiyalar (GES) gruppasi. To‘g‘onli (tekis daryolarda) va derivatsion (tog‘ daryolarida) xillari bor. Gidroelektr stansiyalar kaskadi inshooti daryoning energetika resurslaridan to‘liqroq foydalanishga imkon beradi. Gidroelektr
38 stansiyalar kaskadini operativ boshqarishni amalda to‘la avtomatlashtirish mumkin. Chirchiq-Bo‘zsuv kaskadi 16 ta GESdan iborat. GIDROENERGETIKA – energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga oid sohasi. Dastlab, suv oqimi energiyasidan ish mashinalari – tegirmon, stanok, katta bolg‘a, havo puflagichlari va boshqalarni harakatlantirishda foydalanilgan. Gidravik turbinalar, elektr mashinalar va elektr energiyani ancha uzoq masofaga uzatish usuli ixtiro qilinishi bilan gidroenergetika suv energiyasini gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasiga aylantirib, uni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan elektr energetikasi yo‘nalishi sifatida yangi ahamiyat kasb etdi. GESlar qulay energetika ustanovkalari hisoblanadi, chastotani rostlash, cho‘qqi nagruzkalarni qoplash va energosistemaning avariya rezervlarini ta’minlash singari afzalliklari bilan issiqlik elektr stansiyalaridan farq qiladi. GIDROGENERATOR – suvning harakat energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan generator. GIDROINSHOOT – gidrotexnik inshoot. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI – suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish ta’sirlariga qarshi kurashish uchun quriladigan injenerlik inshootlari. Suvdan foydalanishning deyarli barcha turlarida ishlatiladigan umumiy suv bug‘gichli (to‘g‘onlar, dambalar va boshqa), suv o‘tkazgichli (kanallar, gidrotexnika tunnellari, novlar, truboprovodlar va boshqa), rostlovchi yoki to‘g‘rilaydigan (suv to‘sgichlar, yarim suv to‘sgichlar, ko‘tarmalar, traverslar, suv osti to‘siqlari va boshqa) hamda suv xo‘jaligining biror tarmog‘i uchun quriladigan maxsus – suv transporti uchun (kemalar qatnaydigan shlyuz, suv ko‘targich, prichallar, sol qatnaydigan, yog‘och oqiziladigan), gidroenergetik (GES binolari, suv bosimli hovuzlar va boshqa), gidromeliorativ (sug‘orish, quritish kanallari, drenajlar, rostlash shlyuzlari, kollektorlar va boshqa), suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya (kaptajlar, nasos stansiyalari, suv bosimli minoralar va rezervuarlar, Sovutgich hovuzlar va boshqa), baliq xo‘jaligi (baliq o‘tkazgichlar, baliq ko‘targichlar, baliq boqiladigan sun’iy ko‘llar va boshqa) gidrotexnika inshootlari bor. GIDROTEXNIKA OBYEKTLARI – gidrotexnika inshootlarining gidrouzellari, ularning konstruksiyalari, zaminlari va jihozlari-iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan murakkab va mas’uliyatli muhandislik obyektlari o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning soz va xavfsiz ishlashini ta’minlashga dunyo bo‘yicha alohida e’tibor qaratiladi. GIDROTEXNIKA ZATVORI – gidrotexnik inshootlar (suv tashlamali to‘g‘onlar, shlyuz, truboprovod, baliq o‘tkazgich, gidrotexnika tunneli va boshqalar) ning suv o‘tkazuvchi teshiklarini to‘la yoki qisman berkitadigan qo‘zg‘aluvchan konstruksiya. Zatvorlar statsionar yoki qo‘zg‘aluvchan mexanizmlar (chig‘irlar, ko‘tarish kranlari, gidravlik ko‘targilar va boshqalar) yordamida ochiladi yoki yopiladi Gidrotexnika zatvorining inshootda joylashishiga qarab, sirtqi (suv tashlamasi tepasi) va chuqur (yuqorigi byef sathidan GIDROENERGETIK TERMINLAR
39 past); vazifasiga qarab asosiy (ish zatvori), remont qilinadigan, avariya bo‘lganda ochiladigan, qurilish; konstruksiyasiga qarab yassi, segmentli, sektorli, valikli va boshqa xillari bor. GIDROTRANSFORMATOR – (gidro... va transformator) – uchta yoki undan ortiq parrakli g‘ildiragi bo‘lgan gidrodinamik uzatma (nasosli, gidrotransformator reaktori va turbinali). Gidromuftadan farqli ravishda gidrotransformatorda sirkulyatsiyalanadigan suyuqlik reaktordan yana qo‘shimcha o‘tadi, u oqim yo‘nalishini o‘zgartiradi va yetaklanuvchi (turbinadagi) valning burovchi momentini yoki aylanish chastotasini pog‘onasiz rostlashga imkon beradi. Avtomobillar, teplovozlarning transmissiyalari va boshqalarda ishlatiladi. GIDROTURBINA – Suv oqimi bilan harakatga keladigan parraklik gidravlik dvigatel. GIDROVIBRATOR – (gidro... va vibrator) – suv bilan to‘yintiradigan va ayni vaqtda vibratsion ta’sir ostida qovushmaydigan gruntlarni zichlaydigan chuqurlik vibratori. Gidrovibrator tirkama yoki o‘ziyurar ko‘tarish kraniga o‘rnatiladi. Tebranish chastotasi minutiga 1500- 3000, massasi 2500 kg gacha. GIDROSHAXTA – foydali qazilmalarni zaboylarda qazib olish va ularni yer osti ishlab chiqarishi bo‘yicha boyitish f-kalariga tashish ishlari suv oqimi energiyasi bilan amalga oshiriladigan shaxta. Ba’zan, gidroshaxtada ko‘mir gidrotransportdan foydalangan holda mexanik usulda qazib olinadi. Gidroshaxtaning suv o‘tkazgich nasos, gidromonitor, uglesos, erlift, pulpoprovod, ko‘mir suvsizlantiradigan va quritadigan maxsus jihozlari hamda inshootlari bor. Suv yer yuzidagi tindirgichlarda tozalanib, berk sikl bo‘yicha gidroshaxtaga keladi.
«O‘ZBEKGIDROENERGO» AKSIYADORLIK JAMIYATI 40 Bundan bir asr oldin, 1923-yil 1-may kuni, mamlakatimizda ilk GES – “Bo‘zsuv” GESining qurilishi boshlangan kun. Столетие назад, 1 мая 1923 года, началось строительство первой гидроэлектростанции в нашей стране – ГЭС «Бозсув».
Skaynerlang va kitobni elektron variantidan foydalaning 41 A century ago, on May 1, 1923, the construction of the first hydroelectric power station in our country - «Bozsuv» hydroelectric power station - began.
Boʻzsu GESi. GESning turbinali xonasida, 1926 yil. Бозсуйская ГЭС. В машинном зале ГЭС, 1926 год
Bozsu hydroelectric power station. In the turbine room of the hydroelectric power station, 1926.
Yangi gidroelektr stansiyasi. Turbinali xona, 1929 yil Новая гидростанция. Маш
шинный зал, 1929 годы New hydroelectric station. Turbine room, 1929
48
49
50