The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by ismoilzoda2021, 2023-07-12 09:07:47

31-сон

31-сон

ISSN 2010-6734 № 31 (2492) 2023-yil 13-iyul, payshanba Gazeta 1904-yil 10-apreldan chiqa boshlagan www.samarkandnews.uz www.facebook.com/Samarkandnews_uz @Samarkandnews_uz Vatan, el manfaati muqaddasdir! Jamoat transporti islohotlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra shu yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida Samarqandda an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu galgi umumjahon san’at anjumani shahrimizda o‘n uchinchi bor o‘tkaziladi. To‘g‘ri, aslida festival o‘n ikkinchi bor o‘tkaziladi. Negaki, 2021-yilda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan festival pandemiya tufayli o‘tkazilmay qolgandi. Samarqandda ayni paytda festivalga hozirlik ishlari boshlab yuborilgan. 26 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan anjuman ishtirokchi davlatlari soni saksondan oshishi kutilmoqda. “Tinchlik elchilari” umumiy shiori ostida o‘tkaziladigan festivalning tarixi ham ancha jozibali. Bundan 26 yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng xalqaro san’at anjumaniga asos solinib, uni har ikki yilda bir marta Samarqandda tashkil etish to‘g‘risida yakdil qarorga kelingan edi. Bunga sabab Samarqad shahriga yaqin Urgut tumanidagi Mo‘minobod qishlog‘idan bronza davriga oid (miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalari II ming yillik oxirlari) suyakdan yasalgan nayning topilishi bo‘ldi. Bu topilma bundan 3300 yil avval yasalganligini tarixchi olim, akademik A. Asqarov isbotlab berdi. Bundan tashqari, Samarqandning eski xarobalari o‘rnidagi Afrosiyob tepaligidan miloddan avvalgi I asrlarga oid ud chalayotgan ayollarning haykalchalari ham topilganligi Samarqandning qadim madaniyat va san’at markazi bo‘lganligidan darak beradi. Turon musiqa va san’at maskani va makoni bo‘lmish Samarqandning tarixi juda boy. Yozma manbalarda “Baland bayroqli go‘zal davlat”ning poytaxti nomi bilan atalgan va ilmiy jihatdan mukammal ahamiyatga ega bo‘lgan bu qadimiy shaharning musiqa san’ati chuqur ildizga ega ekanligidan dalolatdir. Bu haqdagi izlanishlar bugungi kunda ham olimlarimiz tomonidan davom ettirilmoqda. “Sharq taronalari” birinchi xalqaro festivalida 31 mamlakatdan vakillar ishtirok etgan bo‘lsa, 2019-yilda o‘tkazilgan oxirgi festivalga 75 mamlakatning 340 nafar vakili tashrif buyurdi. Festivallarda 30 dan ortiq mamlakatlar vakillari g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin olishdi. Festival jahon madaniyati va san’atining eng katta anjumanlardan biri hisoblanadi. Unda turli davlat, turli millat vakillari bo‘lgan san’at ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Yangi-angi nomlar ham kashf etilib kelinmoqda. San’at til tanlamaydi. Chunki, san’at tili umuminsoniy til bo‘lib, tarjimaga muhtoj emas. Shu boisdan ham festival xalqlar do‘stligi, hamkorligi namunasiga aylanmoqda. Ishonamizki, bu galgi “Sharq taronalari” XIII xalqaro festivali anjuman tarixidagi eng ta’sirchan, eng sermazmun tadbir sifatida jahon musiqasi tarixidan munosib o‘rin egallaydi. Bu bilan qadim Samarqand ham ana shunday umumjahon ahamiyatiga molik madaniyat tadbirlarini o‘tkazish borasida yana bir bor o‘z salohiyatini namoyish etishiga shubha yo‘q. R. XOLIQULOV, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Samarqand xalqaro turizm markazida shahar jamoat transporti xizmatini yanada rivojlantirish, "yashil shahar" doirasida jamoat transportini texnologik jihatdan yangilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Transport vazirligi departament boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetov hamda "Yutong bus" kompaniyasining O‘zbekistondagi sotuv menejeri Yang Hular so‘zga chiqib, o‘zaro hamkorlik aloqalari, istiqboldagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tishdi. — "Yutong bus" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy avtobuslar mamlakatimiz jamoat transporti tizimida samarali xizmat ko‘rsatmoqda, — deydi Transport vazirligi departament boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetov. — Dastlab kompaniya avtobuslaridan turizm sohasida foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib kompaniya texnikalari jamoat transportida ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish maqsadida olib kelingan zamonaviy avtobuslarning 800 tasi "Yutong bus" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Eng muhimi, ushbu avtobuslarning 300 tasi elektrobus bo‘lib, bugungi kunda katta shaharlarda amalga oshirilayotgan "yashil shahar" rejasiga to‘la javob beradi. Ushbu transport vositalarining har tomonlama qulayligi bois, Samarqand shahrida ham jamoat transportini rivojlantirish borasida boshlangan islohotlar jarayonida yo‘nalishlardagi avtobuslarni elektrobuslarga almashtirish ko‘zda tutilgan edi. Shu asosda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda e’lon qilingan loyiha tenderida "Yutong bus" kompaniyasi g‘olib bo‘lgan edi. Kelishuvga ko‘ra, joriy yilda 100 ta zamonaviy elektrobus Samarqand shahri jamoat transporti uchun yetkazib berilishi belgilangandi. Ayni paytgacha 6 dona elektrobus olib kelingan va yil yakuniga qadar yana 94 dona elektrobus Samarqandga yetib kelib, shahar aholisi va mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu loyiha bo‘yicha jami 350 ta elektrobus olib kelinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, qolgan elektrobuslar shartnomaga muvofiq, bosqichma-bosqich ye tka ziladi . "Yu tong bu s " kompaniyasi bilan hamkorligimiz bu bilan cheklanib qolmaydi, albatta. Hozirda Nukus va Namangan shaharlarida ham ekologik toza transport vositalariga o‘tish borasida ishlar olib borilmoqda. Ushbu shaharlarda ham "Yutong bus" elektrobuslari jamoat transportiga joriy etiladi. 2012-yildan mamlakatimiz transport tizimiga kirib kelgan "Yutong bus" kompaniyasi avtobuslari qisqa vaqt ichida mamlakatdagi transport xizmati va turizm sohasi vakillarining ishonchini qozondi. Bugungi kunda ushbu sohalarda "Yutong bus" avtobuslaridan keng foydalanilmoqda. N a v oi y vil o ya ti d a gi " H u n a rm a n d " mas’uliyati cheklangan jamiyati shaharlararo va turizm sohasida transport xizmatini tashkil qilib, birinchilardan bo‘lib "Yutong bus" kompaniyasining birinchi avlod 12 metrli ZK6122H modelini xarid qilgan edi. Ushbu avtobus 1000000 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tib, bugungi kunda ham kapital ta’mirsiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda. — Transport xizmatini boshlagan vaqtimiz qaysi avtobusni xarid qilish haqida bir qarorga kelishimiz juda qiyin bo‘ldi, — deydi "Hunarmand" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Bahrom Oydinov. — O‘ylab-o‘ylab "Yutong bus" avtobusini tanlagandik va bugun ushbu tanlovimiz muvaffaqiyatli chiqqanidan mamnunmiz. Ushbu transport vositasi shu kunga qadar hech qanday yirik ta’mirga muhtoj bo‘lgani yo‘q. Eng muhimi, ushbu avtobus sifatli va mustahkam bo‘lishi bilan birga xavfsizlik talablari ham juda puxta ishlangan. Shu bois, bugungi taqdimot marosimida ushbu kompaniyadan yana ikkita avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladik. Maqsadimiz — xalqimizga sifatli va xavfsiz transport xizmati ko‘rsatishdan iborat. Ta d b i r d a " Yu t o n g b u s " k o m p a n i y a s i t o m o n i d a n shaharlararo va turistik xizmatlar uchun mo‘ljallangan yangi avlod avtobuslari taqdimoti o‘tkazildi. — O‘zbekiston transport bozorida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayapmiz, — deydi "Yutong bus" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha sotuv bo‘limi boshlig‘i Yang Hu. — Bu vaqt oralig‘ida o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ydik. O‘zbekistonda jamoat transportini rivojlantirish maqsadida boshlangan islohotlarda kompaniyamiz faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda Toshkent shahrida bizda ishlab chiqarilgan 300 ta elektrobus va 500 ta tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Albatta, sifatli mahsulotga talab ortadi. Biz ham shu maqsadda avtobuslarimizni zamon talablariga mos tarzda takomillashtirib bormoqdamiz. Bugun taqdim qilingan yangi avlod avtobuslarimiz kamxarj, chidamli, xavfsiz bo‘lganligi bois hamkorlarimizga ma’qul keladi, deb o‘ylayman. Ayni paytda mamlakatda kompaniyamiz ishlab chiqargan avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish ham dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bu borada ham maqsadli rejalarni amalga oshirayapmiz. Bugungi kunda kompaniyamiz tomonidan 20 nafar malakali mutaxassis O‘zbekistonga keldi. Ular shu yerda texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib bormoqda. Samarqand jamoat transportida ham yirik loyihani amalga oshiryapmiz. Buning uchun, albatta, texnikalarga shu yerda texnik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil qilinishi zarur. Shu maqsadda mahalliy hamkorlarimiz bilan birgalikda amaliy ishlarni boshlaganmiz. O‘zbekiston transport xizmati tizimi islohotlarida bundan keyin ham faol ishtirok etib, zamonaviy transportlarimiz bilan o‘zbekistonliklarga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz. Tadbir davomida yangi modellarning texnik imkoniyatlari, texnik xizmat ko‘rsatish, xaridlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlar haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari bevosita kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslarda Samarqand xalqaro turizm markazi bo‘ylab sayohat qilib, ularning texnik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Alisher ISROILOV, “Samarqand” muxbiri 1 1 - i y u l k u n i O ‘ z b e k i s t o n Re spublika si Ma rka ziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Ma jli sda qayd e tilganidek , O ‘ z b e k i s t o n R e s p u b l i k a s i Prezidenti saylovi munosib tarzda, saylovchilarning faolligida o‘tdi. Unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Majlisda 2023-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzildi hamda saylov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jumladan, saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilindi. S h u n i n g d e k , O ‘ z b e k i s t o n “A d o l a t ” s o t s i a l - d em o k r a t i k par tiya sidan nom zod Robaxon Anvarovna Mahmudovaga saylovchilarning 4,43 foizi, O‘zbekiston Xalq demok ra tik pa r tiya sidan nomzod Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatovga 4,02 foizi va O‘zbekiston Ekologik par tiya sidan nom zod Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayevga 3,74 foizi yoqlab ovoz bergani bayonnomada aks ettirildi. Bundan ta shqa ri , ma jli sda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. O‘zA Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan Bog‘dod ko‘chasida shu yilning 6-iyulidan boshlab ish jarayoni yakuniga yetgunga qadar bo‘lgan muddatda transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimi F. Umarovning tegishli farmoyishi qabul qilindi. Unda belgilanganidek tegishli va mas’ul tashkilotlarga jamoat transporti yo‘nalishlarini o‘zgartirish, zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish vazifasi topshirildi. MSK saylov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI TA’QIQLANADI Samarqanddan taraladi dilxush navolar Zamonaviy avtobuslar bilan "Yashil shahar" sari


2 2023-yil 13-iyul, payshanba, № 31 (2492) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Korrupsiya — global jinoyat Deputat anketasi Inson va qonun Oliy ta’lim 1. Joriy yildagi deputatlik faoliyatim davomida bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun okrugdagi umumta’lim maktablari atrofidagi avtomobil yo‘llarida amalga oshirilgan ishlarning holati, tezlikni cheklovchi, ogohlantiruvchi yo‘l belgilarining mavjudligi, yo‘l chiziqlari (zebra, ogohlantiruvchi va cheklovchi) chizilganligi va ularning holati, ko‘chalarda piyodalar uchun yo‘lakchalarning holatlarini o‘rganib chiqdim. Bundan tashqari, umumta’lim maktablari atrofida ta’qiqlangan mahsulotlarning sotilishi, jumladan, tez tayyorlanadigan mahsulotlar, spirtli ichimliklar sotuvchi do‘kon va kafelarning ahvoli bilan yaqindan tanishib chiqdim. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan shahar Kengashi doimiy komissiyalariga tegishli tashkilot rahbarlarining axboroti tinglandi. Mavjud muammolar yuzasidan shahar hokimligi va tegishli tashkilotlarga takliflar bilan chiqdim. Shuningdek, “Qizil hudud”ga kiritilgan mahalla fuqarolar yig‘inlari holati bilan tanishdim. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida aholida norozilik paydo qilayotgan omillar tanqidiy o‘rganib chiqildi. Holat yuzasidan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Saylov okrugi hududidagi 128-maktabgacha ta’lim tashkilotini to‘liq rekonstruksiya qilish maqsadida manzilli dasturga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Shu bilan birga dorixonalarda dori-darmonlarning sifati, narx-navosi, ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati, “Temir daftar”, “Ayollar daftari, va “Yoshlar daftar”lariga kiritilgan oilalarni qo‘llabquvvatlash jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borildi. O‘rganish jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shahar Kengashiga taqdim etilib, doimiy komissiyalar kun tartibida muhokama etildi. 2. Okrugdagi fuqarolar murojaati asosida 13, 20, 21, 86, 87-sonli deputatlik so‘rovlarini tegishli mutasaddilarga jo‘natdim. Jumladan, shahardagi “Qo‘shchinor” va “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari binosini kapital ta’mirlash, moddiy-texnika bazasini yaxshilash masalasi, okrugdagi Sadriddin Ayniy, G‘afur G‘ulom, “Qo‘shchinor”, Xalfa Ibrohim, Xo‘ja Abdu Darun MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun jamoat transporti xizmatini qaytadan tashkil etish, hududdagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalini o‘rindiqlar bilan ta’minlash masalasi, “Qo‘shchinor” MFYga qarashli Dushanba va Mirodilov ko‘chalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovlari bilan chiqdim. So‘rovlar natijasiga keladigan bo‘lsak, Shahar xalq ta’limi bo‘limiga 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuzasidan berilgan so‘rov ijobiy hal etilib, maktabning faollar zali to‘liq o‘rindiqlar bilan jihozlandi. Shahar hokimi F.Umarov nomiga berilgan jamoat transporti bilan ta’minlashga oid so‘rovga asosan Sadriddin Ayniy va Termiz ko‘chalariga M5 avtobus yo‘nalishi ochildi. Shu bilan bir qatorda obodonlashtirish, gaz va elektr ta’minoti bo‘limi rahbarlariga “Qo‘shchinor”, Sadriddin Ayniy nomli , “So‘zangaron” MFYlaridagi muammolar yuzasidan, shahar hokimining qurilish ishlari bo‘yicha kotibiyat mudiriga Abdulla Qahhor va G‘afur G‘ulom nomli MFYlaridagi ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha og‘zaki murojaatlar asosida ko‘chalarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 3. Joriy yilning mart, aprel oylarida okrugdagi “Chashma”, Xalifa Ibrohim, Abdulla Qahhor, Sadriddin Ayniy, G‘afur G‘ulom nomli, “Qo‘shchinor”, “So‘zangaron”, Xo‘ja Abdu Darun nomli MFYlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashdim. Uchrashuvlarimiz davomida fuqarolar tomonidan juda ko‘p takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususan, yillar davomida ijtimoiy soha yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat qilib, nafaqaga chiqqan fuqarolarimizni sanatoriyalar va sog‘lomlashtirish muassasalarida davolanishlari, sog‘liqlarini tiklash uchun imtiyozli yo‘llanmalar berilishidagi muammolarni bartaraf etish, ushbu yo‘llanmalarni ijtimoiy ta’minot bo‘limidan emas, kasaba uyushmasidan olish, sababi ijtimoiy ta’minot bo‘limida navbat kelishini 5-6 yil, yoki undan ham ko‘proq kutishga to‘g‘ri kelayotganligi xususida e’tirozlar bildirildi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi vakillari, shahar hokimi o‘rinbosari, moliya va iqtisodiyot bo‘limi xodimlari, obodonlashtirish, suv, elektr va gaz ta’minoti tashkilotlari mutaxassislari, mutasaddilar ham ishtirok etganligi menga deputatlik vakolatimni samarali amalga oshirish uchun qo‘l keldi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda mutasaddilar ko‘magi zarurligini aytib, ular bilan suhbat asnosida kerakli chora-tadbirlarni kelishib oldim. 4. Men saylangan 9-So‘zangaron saylov okrugi hududida “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli ikkita ko‘chadagi irrigatsiya tizimini yaxshilash masalasi muammodir. Chunki, yog‘ingarchilik paytida ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar juda ko‘p aziyat chekishadi. Bunga bir necha marotaba o‘zim guvoh bo‘lganman. Albatta bu borada, mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, tashkilot vakillari va fuqarolarning uchrashuvlarini tashkil qildim, mutassaddilar mavjud holat bilan yaqindan tanishtirildi. Natijada yuqorida qayd etilgan ko‘chalardagi ariq-zovurlar, irrigatsiya va kanalizatsiya tizimlari birmuncha tartibga keltirildi, Ammo, tizimdagi muammo hali to‘lig‘icha bartaraf etilgani yo‘q. Mazkur masala yuzasidan deputatlik so‘rovimga shahar hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinov tomonidan 2023-yil 17-maydagi 917/1334-sonli javob xatiga asosan joriy yilning 3-choragida muammo to‘liq bartaraf etilishi ma’lum qilingan. Umid qilamanki, ushbu muammo tez orada o‘z yechimini topadi. Bundan tashqari, saylov okrugiga qarashli 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining ichki ko‘chalarini ta’mirlash, elektr simog‘ochlarini almashtirish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, ijtimoiy soha obyektlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarini zamonaviy qiyofaga keltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor fuqarolarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda yordam berish, ularning turmush farovonligini yuksaltirish kabi yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Bu borada biz, deputatlarning vazifamiz hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni faqatgina o‘rganuvchi emas, mas’uliyatni zimmamizga olgan holda jarayonning ichida bo‘lib, masalaga yechim topishda tashabbuskor bo‘lish ekanini unutganimiz yo‘q. Deputatlik vakolatim doirasida ushbu masalalarga yechim topish yo‘lida harakatdaman. Zero, saylovchilar, shu xalq bizga ishonib ovoz bergan ekan, uni oqlash zimmamizdagi mas’uliyatdir. Muhiba BOBOBEKOVA, shahar Kengashi deputati Maktab bitiruvchilaridan farqli o‘laroq OTM bitiruvchilari hayotning pastbalandlarini ancha tanib, o’qish-izlanishda po‘lat kabi toblanib, bir kasb egasiga aylangan kadrlardir. OTMning bakalavr bosqichi bitiruvchilarining ba’zilari ta’limni magistratura bosqichida davom ettirib, bilim va salohiyatlarini yanada oshirishni maqsad qilsalar, ba’zilari bakalavr darajasi bilan cheklanadilar. Ma’lumki, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, magistratura va undan keyingi bosqichlarda ta’limni davom ettirish uchun xalqaro tan olingan xorijiy til bilish sertifikatini taqdim etish talabi qo‘yildi va sertifikatga ega bo‘lgan talabalar magistraturada o‘qish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bunday qarorlarning qabul qilinishi yaxshi albatta, biroq, negadir magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishni rejalashtirgan talabalar uchun o‘tgan o‘quv yili sarguzasht va “syurpriz”larga boy bo‘ldi. Birinchi “syurpriz”. 2021-yilning 7-sentabrida O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 1 - mh va 23 – mh – sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatda ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, rus, arab, xitoy, yapon, koreys va turk tillari bo‘yicha jami o‘ttiz beshta sertifikat o‘rin olgan edi. Taqdim etilgan ro‘yxatga asoslanib, magistraturada o‘qishni davom ettirish niyatida bo‘lgan barcha bitiruvchi talabalar ko‘rsatilgan tillar bo‘yicha sertifikat olish harakatiga tushdilar. Albatta, asosan shaharda yashayotgan va rus tilini yaxshi bilgan talabalar rus tilini bilish darajasini aniqlab beruvchi imtihonlarga qatnashish uchun (700 000 so‘mdan 1 400 000 so‘mgacha) pul to‘lab, sertifikat olishga harakat qildilar. Biroq, rus tili sertifikatini olgan talabalarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi – qabul boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda O‘zbeksiton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 30-iyun kunidagi 220-sonli buyrug‘i bilan o‘sha ro‘yxatdan rus tili chiqarib tashlandi. Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan ko‘plab yoshlarning bitta buyruq bilan orzu-umidlari chilparchin bo‘ldi. Rus tilini bilish to’g’risidagi sertifikatga ega bo’lish va yoki uni olishga harakat qilayotgan barcha talabalar bu holatning sababini izlay boshladilar va “mantiqiy” javob oldilar. Rus tili O‘zbekistonda ommala shgan til bo‘lganligi va maktablarda o‘qitilishi sababli maxsus ro‘yxatdan olib tashlangani aytildi. O‘z navbatida, magistrlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari bilgan tilda olib borilgan yangi tadqiqotlar bilan tanishishlari, ilmiy ishlarni o‘rganishlari, qo‘lyozmalarning aslini o‘qishlari, xorijda olib borilgan turli ilmiy tadqiqotlarni O‘zbeksitonda tatbiq etilishi, magistraturada o‘qish uchun xorijiy til bilish sertifikatining talab qilinishiga asosiy sabab etib belgilangan edi. Vazirlikdan yuqoridagi javobni eshitishganidan keyin, tabiiy tarzda bir nechta savol paydo bo‘ldi: Birinchidan. Turli manbaalar, ilmiy ishlar, tadqiqotlar, ilmiy va badiy adabiyotlar, ilm-fan yangiliklari va boshqa ma’lumotlar rus tilida mavjud emasligi yoki kam ekanligi uchun rus tili ro‘yxatdan chiqarilib tashlandimi, yoki O‘zbekistonda ommalashgan til bo‘lganligi uchunmi? Ikkala holatda ham javob mantiqsiz bo‘lib qolaveradi. Sababi, rus tili rostdan ham O‘zbekistonda ommalashgan til bo‘lsa, buning ilm-fanga hech qanday aloqasi yo‘q. Ma’lum bir magistr yoki doktorant rus tilini bilar ekan, marhamat shu tildagi manbaalarni o‘rgansin, ilmiy yangilik qilsin. Qolaversa, kiyingi yillarda rus tili O‘zbeksitonda ommalashgan til statusiga ega ekanligi katta shubha ostida qolmoqda. Agar rus tilida ilmiy manbaalar kam, deb hisoblashayotgan bo‘lishsa, internetdagi manbaalar soni bo‘yicha rus tili ingliz tilidan keyingi — ikkinchi o‘rinda turishini ta’kidlamoqchimiz. Yoshligimizda ko‘chadagi bolalar bilan futbol o‘ynaganimizda, yoshi nisbatan katta bolalar turli bahonalar bilan o‘yin qoidalarini o‘z jamoalari foydasiga qarab o‘zgartirar edilar. Yuqoridagi holat ham ana shu bolalar o‘yinidek bir gap bo‘ldi. Ikkinchidan. Rus tilining O‘zbekistondagi rasmiy statusi qanaqa? Uchinchidan. Rus tilining MDH davlatlari va dunyo hamjamiyatidagi o‘rni qanaqa (keyingi yildagi siyosiy inqiroz hisobga olinmasa)? Rus tili BMTning rasmiy olti tilidan biri ekanligini ta’kidlash shart bo‘lmasa kerak. To‘rtinchidan. Talabalar rus tilidan olgan (TRKI) sertifikatlarini endi nima qilishadi? Olingan sertifikatlardan faqat rus filologiyasi bitiruvchilari va o‘qituvchilari unumli foydalanish imkoniyatiga ega, agar bitiruvchilar maktablarda rus tilidan dars bersalar, oylik maoshlariga 50 foiz ustama qo‘shib beriladi. Biroq, fizika yoki kimyo yo‘nalishida magistraturada o‘qish umidida olgan sertifikatlari faqatgina chang bosib yotishdan boshqasiga yaramaydigan bo‘ldi. Xullas , shu tariqa noma’lum sabablarga ko‘ra (yuqorida keltirilgan sabablarni hisobga olmaymiz), tan olingan horijiy tillar ro‘yxatidan rus tili olib tashlandi. Ikkinchi “syurpriz” magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun omadli bo‘ldi. Kutilganidek, olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekistonning deyarli barcha OTMlarida magistratura uchun ajratilgan kvotalar to‘lmay qoldi. Shundan so‘ng, magistratura bosqichining ikkinchi qabuli boshlandi. Qishki qabulga istisno tariqasida (xatolarni to‘g‘irlab, kvotalarni to‘ldirish uchun) barcha toifadagi sertifikatlar qabul qilinishi va fan imtihonlari o‘tkazilmasligi e’lon qilindi. Ya’ni agar kuzgi qabulga faqat B2 va C1 darajadagi, ro‘yxatda ko‘rsatilgan sertifikatlar talab qilingan bo‘lsa, qishgi qabulda eng past, A1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Endi tasavvur qilib ko‘raylik, shartli fizika fakultetida ikki bitiruvchi bor: biri matematika va fizika bilimdoni, ikkinchisi bakalavrni zo‘rg‘a bitirgan. Yozgi qabulda sertifikat ololmagan yoki rus tilidan olgan sertifikati o‘tmagan, o‘z fanidan bilimi yaxshi bo‘lgan bitiruvchi hafsalasi pir bo‘lib maktabda dars bera boshladi. Maktabda dars sifatini oshirish uchun tinmay harakat qiladi. Magistratura haqidagi xabarlarni o‘qimay qo‘yadi, til o‘rganishga vaqti bo‘lmaydi. Shu vaqtda bakalavrni zo‘rg‘a bitirgan ikkinchi bitiruvchi yuqorida ta’kidlangan e’lonni o‘qib qoladi va fursatdan foydalanib, zudlik bilan A1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritadi. Hatto A1 darajadan o‘ta olmagan talabgorlar, sinovdan o‘ta olmagani haqidagi “sertifikat”lari bilan magistraturaga qabul qilindi. Fanini haqiqiy bilimdoni esa bir chekkada qolib ketaverdi. Ishontirib aytamizki, yozganlarimiz aslo mubolag‘a yoki uydirma emas. Magistraturada haqiqiy bilimli va salohiyati bor, tanlanganlar o‘qishi kerak, degan gap-so‘zlar qayerda qoldi? Albatta, ko‘plab haqiqiy bilim egalari ham qishgi qabulda magistraturada o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldilar, biroq bu holatda magistraturaga qabul qilinishning asosiy prinsipi yo‘qoldi, bilim hech kimni qiziqtirmadi, “vaziyatdan foydalanib qolish” prinsipi asosiy o‘rinni egalladi. Uchinchi “syurpriz”. Qishki qabul t u g a b , 2 0 2 3 - 2 0 2 4 - o‘ q u v yili d a magistraturaga kirish istagida bo‘lganlar til o‘rganishda davom etayotgan, kimlardir uzoq kutilgan, ro‘yxatda keltirilgan sertifikatlarni olgan bir vaqtda yana bir yangilik ko‘pchilikni shoshirib qo‘ydi. Ma’lum bo‘lishicha, navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan xorijiy til sertifikatlari ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 23- mart 2023-yilgi buyrug‘iga asosan, ingliz tilidan – Cambridge Assessment English Linguaskill, Italyan tilidan – Accademia Italiana di Lingua (AIL), Turk tilidan – TÖMER sertifikatlari ro‘yxatdan chiqarilib tashlandi va inliz tilidan – International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus sertifikati ro‘yxatga kiritildi. Buning oqibatida, yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishni bilmay qoldilar. Bu navbatdagi shok holat edi. Keyinchalik, ko‘plab noroziliklardan so‘ng, yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlar 2023-2024-o‘quv yillarida inobatga olinishi ma’lum qilindi va hamma yengil nafas oldi. Bundan tashqari, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab turk tili ro‘yxatdan butunlay olib tashlanishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bugungi kunda ham ijtimoiy tarmoqlarda kezmoqda. Navbatdagi muammolardan biri, bu til bilish darajasining B2 va C1 etib belgilanganligidir. Hatto dunyoning eng yaxshi o‘ntalikka kirgan yetakchi oliygohlari ham bunday talab quymaydi. Biz esa O‘zbekistonning biron bir oliygohi hatto top mingtalikka kirganini ham eslolmaymiz. Yanada bir e’tibor talab qiladigan soha – bu xorijiy tillarni o‘rganish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tarjimashunoslik. Ma’lumki, hammaning ham chet tillarini o‘rganishga imkoniyati mavjud emas, ba’zilarda tabiatan til o‘rganish hususiyati yo‘q bo‘ladi. Ammo ular matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlarni tez o‘zlashtira olishlari mumkin. Fikrimizcha, tarjimashunoslik sohasi shu vaqtda har qachongidan ham ko‘proq kerak bo‘ladi. Keyingi yillarda bu soha ancha ortda qolib ketganligi sir emas. Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom kabi atoqli adiblarimiz asos solib bergan tarjimashunoslik maktabi bugungi kunga kelib oqsab qoldi. Dunyoda olib borilayotgan ilm-fanga oid so‘nggi kashfiyotlar va yangiliklar, ilmiy adabiyotlar, badiiy asarlar o‘zbek tiliga deyarli tarjima qilinmay qo’ydi. Internet sahifalarida ham o‘zbek tilidagi ma’lumotlar juda kam. Ko‘zga ko‘ringan o‘zbekcha kontentlar qo‘l bilan sanoqli. O‘zbeksiton haqidagi ma’lumot o‘zbek tilidan ko‘ra, ingliz va rus tilida ko‘pligi esa nihoyatda achinarlidir. Xorijiy tillarni o‘rganish bilan bir qatorda, O‘zbekistonda tarjimonlar maktabini qayta tashkil etish, tarjimashunoslik institutlari va fakultetlarini ko‘paytirish nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Internet olamida ham ilm-fanga oid sifatli o‘zbek kontentlarni ko‘paytirish nihoyatda zarur. Bekzod MUSURMONOV "Samarqand" muxbiri MAQSAD — SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH 1. Deputatlikka nomzod sifatida taqdim etgan saylovoldi dasturingizning qaysi bandini bajardingiz? 2. Yaqinda uyushtirgan deputatlik so‘rovingiz va uning natijasi? 3. Saylov okrugingizda qachon oxirgi marta uchrashuv o‘tkazdingiz, saylovchilarning taklif va tashabbuslari nimalardan iborat bo‘ldi? 4. Siz saylangan hudud aholisining hal etilishi lozim bo‘lgan eng muhim muammolari qanaqa? Nima uchun hal etilmayapti? MAGISTRATURA: MUAMMO VA YECHIM Yoxud o’zgaruvchan qaror va buyruqlar xususida Yoz kirib kelishi bilan davlat imtihonlarini topshirib bo‘lgan maktab bitiruvchilari va oliy ta’lim muassasalari to‘rtinchi bosqich talabalarining tashvishi ko‘payadi. Sababi, jazirama yoz ularning kelajagini belgilab beradi. 11-sinfni bitirgan, qalblari orzu-umidga to‘la yigit-qizlarimizning bir qismi talaba bo‘lishni orzu qilib, imtihonga tayyorgarlikni yanada kuchaytirsalar, boshqalari tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan bog‘liq kasblarni tanlashadi, ba’zilari esa boshqa yurtlarga ish izlab ketishadi. Korrupsiya dunyo miqyosida chuqur ildiz otgan, taraqqiyotga rahna solayotgan, ma’naviyatni to‘zg‘itayotgan global jinoyatlardan biridir. Bu illa t har qanday davla t va jamiya tning siyosiy-iq tisodiy taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol qilinishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham bu illatga qarshi kurash xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, jahon siyosatining muhim muammolari qatoridan o‘rin olgan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qo‘shma yig‘ilishidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz”, deb nomlangan ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb alohida ta’kidlagan edi. S h u n d a n s o ‘ n g O ‘ z b e k i s t o n Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, bu illatga barham berishning huquqiy asoslari yaratildi. Mazkur qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar bayon qilingan. Ya’ni, korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning man faatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Qonunning 5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu yo‘nalishlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdir. Shuningdek, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘z vaqtida aniqlash, chek qo‘yish, korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bu boradagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalda ta’minlashdan iboratdir. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari, boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish eng muhim vazifadir. Huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari tizimiga korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishini izchillik bilan joriy etish zarur. Negaki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan yetuk bo‘lgan insonlar bu salbiy illat ta’siriga tushmaydilar. Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligini keltirib chiqaradi. Oqibatda olib borilayotgan islohotlar natijasiga ham korrupsiyaning salbiy ta’siri ko‘rina boshlaydi. Huquqiy madaniyatning yetarli emasligi, o‘z haqhuquqini himoya qila olmaslik jamiyatda adolat mezonining buzilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz bu illatning har qanday ko‘rinishiga qarshi birgalikda kurashishimiz zarur. Bu borada viloyat sudida sudya va sud xodimlari tomonidan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tizimi ishlab chiqilib, joylarda amaliy ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Maqsad jamiyatni korrupsiyadan xoli, erkin huquqiy tizim yaratishdan iboratdir. M. DO‘SMATOVA, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Huquqiy madaniyat va korrupsion jinoyat Bu ikki tushunchaning mazmun-mohiyati bir-biriga zid.


3 2023-yil 13-iyul, payshanba, № 31 (2492) Dunyoda yarim milliard kishi giyohvandga aylangan www.samarkandnews.uz SAMARQAND TARIX SABOQLARI… Giyohvandlik insoniyat vabosi Siyosiy sharh Saboq — Harbiy amaliyot boshida rasmiy bayonot boyicha maqsadimiz nima edi, — degan savolni ko‘ndalang qilib qo‘ydi u. — Agar eslasangiz – Uk rainani dena t sifika t siya , demilitarizatsiya qilish, neytrallash va Donetsk hamda Lugansk xalq respublikalari fuqarolarini himoya qilish edi…Bugun biz ularning qay birida natijaga erishdik? Birortasiga ham erisholmadik. Buning ustiga ulardan ayrimlari ma’nosini yo‘qotib bo‘ldi. Haqiqatan ham, Kreml tajovuzidan keyin Ukraina milliysizlashmadi, aksincha ukrain xalqi o‘z prezidenti atrofida qattiq jipslashib, yagona millat sifatida yanada birlashdi. Qurolsizlantirish masalasiga kelsak, ularda avval sho‘ro zamonidan qolib ketgan eski qurollar bo‘lsa, hozir ukrainaliklar qo‘lida fan-texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yaratilgan harbiy qurol-aslahalar, zamonaviy raketalar paydo bo‘ldi . Urush boshlanmasdan avval Kiyevdagilar U k r a i n a n i b e t a r a f d a v l a t g a aylantirishga rozi bo‘lib turishgan bo‘lsa, endilikda ular NATO harbiy tashkilotiga a'zo bo‘lishga qat’iy bel bog‘laganlar. Donetsk va Luganskda esa himoya qilinadigan aholining o‘zi qolmadi. Yarmi janglarda qirilib, yana yarmi chet o‘lkalarga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Xullas, qaysi tomondan olib qaramang, Moskva bu borada o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan birortasiga ham to‘liq erisha olmadi. Dard ustiga chipqondek, ilgari betaraf bo‘lib turgan Finlandiya va Shvetsiya ham NATO panohiga kirishga ahd qilishdi. Buning ustiga G‘arb dunyosi bilan munosabatlarning buzilishi, sanksiyalar iskanjasi, rublning qadrsizlanishi, qolaversa, mingminglab rossiyalik navqiron yigitlarning janglarda qurbon bo‘lib, yoki mayibmajruh bo‘lib qolayotganini ham qo‘shib aytsak, bularning hammasi Rossiya tomonining urushdagi yo‘qotishlari behisob ekanligidan dalolat berayapti. Bunda kremldagilar qanaqa iddaoni ko‘rsatishmasin, jahon ahli urush nima ustida ketayotganligini yaxshi anglab turibdi. Bir so‘z bilan aytganda, liberal-demokratik dunyo bilan konservativ-imperialistik saltanatlar orasidagi chegara chizig‘i aynan Ukraina sarhadlarida shakllanmoqda. Jahon xalqlarining kelajak taqdiri va dunyo geosiyosiy xaritasining keyingi manzarasi ko‘p jihatdan Ukrainada olib borilayotgan janglar natijasiga bog‘liq ekanligi kundan-kunga ayon bo‘lib bormoqda. Buni yaxshi anglagan G‘arb dunyosi demokratik hamjamiyat boshi uzra paydo bo‘lgan ushbu xatarni bartaraf qilish uchun katta sa’y-harakat ko‘rsatmoqda. Rossiya tajovuzini sindirish uchun zarur bo‘lgan qurol-aslahalar tinimsiz jo‘natilmoqda. Ulardan foydalanishni o‘rganish uchun ming-minglab ukrain askarlari bir qator Yevropa mamlakatlarida o‘qitilmoqda. Shu sababdan mana bir yildan oshdiki, tajovuz shiddati sinib, rus armiyasi himoyaga o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Endi hozirgi vaziyat shundayki, Rossiya qo‘shinlarining olg‘a siljish uchun yetarli harbiy salohiyati yo‘q, Ukraina armiyasi esa G‘arb mamlakatlari yordami bilan tobora quvvatlanib bormoqda. A g a r s h u n d a y d a v o m etaversa, Kreml o‘z armiyasini Ukrainadan olib chiqib ketishga m a j b u r b o‘l a di . Amm o bundan oldin janggohlarda katta qonli to‘qnashuvlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu har ikki tomon uchun ham og‘ir yo‘qotishlarga olib kelishi hozirdanoq aytilmoqda. Shu bois Xitoy boshliq kuchli yigirmalik davlatlari Rossiya va Ukrainani murosaga keltirish uchun harakat qilmoqdalar. Biroq Putin egallab olgan hududlardan chiqib ketmoqchi emas va ukrainaliklar ham vatanlarini batamom ozod qilish uchun qattiq jang qilmoqdalar. Bundan ko‘rinib turibdiki, jangu jadallar hali uzoq davom etadi. Bizning fikrimizcha, Ukraina bosqinchilardan batamom tozalanganidan keyin ham u yerda tinchlik bo‘lishi dargumon. Buning uchun Moskvada hokimiyat tepasiga tinchliksevar mo‘tadil kuchlar kelishi lozim. Holbuki, hozir Rossiya aholisining yarmidan ko‘pi urushni davom ettirish tarafdori bo‘lib turibdi. Kreml targ‘ibot-tashviqotchilari ularning miyasini astoydil zaharlab ulgurishgan. Keyingi davrlarda shakllantirilgan buyuk millatchilik, shovinizmining zaharli urug‘lari bugun o‘zining achchiq mevalarini bermoqda. Eng qizig‘i shundaki, bu urush hali ham o‘z nomi bilan atalmay, “maxsus harbiy amaliyot”, deya nomlanmoqda. Kimda kim uni urush ekanligini aytsa, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Bugun Rossiyada “tinchlik” taqiqlangan so‘zga aylantirildi. Kimki tinchlik so‘zini tilga olsa, jarimaga tortilib, qamoqqa olinmoqda. Vologda shahridagi bir bino peshtoqida sovet zamonidan qolgan “MИРУ МИР”, ya’ni, “Dunyoda tinchlik bo‘lsin”, degan shior saqlanib qolgan ekan. Bundan voqif bo‘lgan ma’murlar bir kechada uni buzdirib tashlashibdi. Shundan bo‘lsa kerak, maxsus amaliyotni hozir ko‘pchilik “gibrid urush”, “g‘alati urush”, deya atamoqda. Yaqinda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda prezident Putin chiqish qilib, maxsus harbiy amaliyotdan ko‘zlangan maqsad reja boyicha borayotganini aytib, majlis ahli diqqatini Stepan Bandera shaxsiga qaratdi. Bugungi Kiyev ma’murlari uning ishini davom ettirayotganini iddao qildi. Go‘yo Rossiya xuddi o‘sha davrdagidek, fashizmga qarshi kurashayotgan emish. Echkiga jon qayg‘usi, qassobga moy qayg‘usi, deb shunga aytishsa kerak-da. Ma’lumki , har bir xalq o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi. Masalan, rossiyaliklar ham Ivan Grozniy, Petr birinchi, Yekaterina, Yermak, Yermolov, Skobelev singari bosqinchi hukmdor va zobitlari nomini abadiylashtirib, turli shaharlarda haykal va yodgorliklar o‘rnatib qo‘yishibdi. Shu ma’noda, rus ma’murlarining Ukrainada ham (biror yurtga bostirib kirmagan) Bandera va Shuxevichga o‘xshagan tarixiy shaxslar nomini abadiylashtirilishiga nega monelik qilishini tushunish qiyin. Hozirgi paytda jahon a fkor ommasini Ukrainadagi bu notinchliklar qachon adog‘iga yetarkin, degan savol o‘ylantirmoqda. Tarixdan ma’lumki, rus ma’murlari xazinada pul ko‘paygan paytlardagina har xil urush va mojarolarni boshlashgan. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi, afg‘on harbiy mojarosi, birinchi va ikkinchi chechen urushi, Ukraina va Gurjiston bosqini… qo‘yingki, barcha harbiy harakatlar davlat xazinasida pul ko‘paygan davrlarda sodir etilgan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu mojaro hali xazinaning tagi ko‘rinmaguncha davom etadi. Xudoyberdi KOMILOV, siyosiy sharhlovchi Giyohvandlik balosi dunyo miqyosida global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. U narkobiznes, terrorizm, ekstremizm kabi tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi yovuz kuchlar orqali yoshlar kelajagiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bu tahlikali jarayon dunyo jamoatchiligidan yoshlar tarbiyasida muntazam ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishni taqozo etadi. Mamlakatimizda ham bu illatga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda. Jumladan, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida asosiy maqsadlardan biri sifatida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Uni bajarish mas’uliyati yoshlar ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishning g‘oyaviy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu ma’noda, bugungi kunda dunyo aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etayotgan yoshlar giyohvandlik balosiga ruju qo‘ymasligi uchun ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borish g‘oyat dolzarb vazifa hisoblanadi. Shifokorlar fikricha, giyohvandlik paydo bo‘lishi uchun ko‘plab xavfli omillar mavjud. Bularga shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, irsiy, biologik va boshqa omillarni kiritish mumkin. Bu illatga duchor bo‘lgan har qanday inson sog‘lom turmush tarziga barham berib, tinch, farovon va baxtli hayotini bir kunda zulmatga aylantiradi. Uning girdobiga tushgan inson nafaqat o‘ziga, balki yaqinlariga ham to‘xtovsiz jiddiy azob beradi. Ular taqdiri ko‘pincha nogironlik yoki o‘lim bilan yakun topadi. Giyohvandlik moddalari ta’siriga tushib qolish turlicha kechishi mumkin. Ba’zilar to‘qlikka sho‘xlik qilsa, boshqalar o‘zi bilmagan holda — aldovlar natijasida uning qurboniga aylanadi. Ayniqsa, yoshlarning ajal girdobiga tushib qolishida ko‘pincha oiladagi muhit yoki e’tiborsizlik ham bevosita sabab bo‘ladi. Yoshlar bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazishi, otaonalar farzandini haddan tashqari erkalatib yuborishi va tarbiyadagi beparvolik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Giyohvandlarning tashqi va ichki dunyosida bir qator salbiy holatlar namoyon bo‘ladi. Jumladan, ular ozib ketadi, tanasi rangsiz tus oladi, sochi to‘kilib, oqarib qoladi. Shu bilan birga tirnoqlari, tishlari mo‘rtlashadi. Miya faoliyatida salbiy o‘zgarishlar, yurak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari kuzatiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Ularning aksariyatini 35 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Oqibatda har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Dunyo miqyosida sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. BMTning Narkotik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tahlillariga ko‘ra, taqiqlangan giyohvandlik moddalarini 230 millionga yaqin odam, ya’ni dunyoning 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholisining 5 foizi hayotida kamida bir marta qabul qilgan. Dunyo aholisining 0,6 foizi yoki 27 millionga yaqini geroin va kokain moddalariga bo‘lgan qaramlikdan aziyat chekuvchi kishilardir. Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish inson kamolotiga jiddiy xavf solish bilan birga, mamlakat taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan kishi atrof-muhitda bo‘layotgan voqealarga beparvo bo‘lib qoladi. Uning ta’siriga tushganlar o‘z yaqinlarini ham tanimaydigan manqurtga aylanadi. Mana shuning o‘ziyoq giyohvandlikning naqadar tubanlikka olib borishini anglatadi. Giyohvandlik oqibatida insonlarda bedavo kasalliklar paydo bo‘lishi, bevaqt o‘lim holatlari kuzatilishi, majruh, aqli zaif bolalar tug‘ilishi isbotlangan. Bundan tashqari, bu zararli illat insonni o‘ta yalqov, befarq, har tomonlama zaif qilib qo‘yadi. Sir emas, dunyo bozorida tarqaladigan qora dorining asosiy qismi Afg‘onistonda yetishtirilib, uni noqonuniy yo‘l bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali G‘arbga yetkazish, holatlari uchrab turadi. Shuning uchun yurtimizda narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashga davlat va millatning kelajagini hal etuvchi omillardan biri sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar va xalqaro shartnomalar qabul qilingan. Yurtimizda barcha turdagi giyohvandlikka qarshi izchil kurash olib borilmoqda. Mahallalarda, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida, mehnat jamoalarida giyohvandlikning inson sog‘lig‘iga zarari va uning ayanchli oqibatlari haqida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilinmoqda. Mutaxassislar fikricha, giyohvandlik moddalari iste’mol qilinishi 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan insonlarda ko‘p uchraydi. Bu dardga mubtalo bo‘lganlar orasida ayollar ham borligi, ayniqsa, tashvishlanarlidir. Bugungi kunda dunyo miqyosida mazkur illatga qarshi keng qamrovli o‘tkazilayotgan targ‘ibottashviqot, amaliy ishlarga qaramasdan, afsuski, bu xavf hamon oramizda yurgani achinarli. Demak, bu muammoga qarshi faqatgina davlat kurashib qolmay, balki barchamizning muntazam ogoh, hushyor bo‘lishimiz talab etiladi. Xulosa qilib aytganda, tez o‘zgarayotgan dunyoda insoniyat yangidan-yangi muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Yoshlar ongi uchun kurash avjiga chiqdi, ularni giyohvandlik chohiga irg‘itishning yangi va kutilmagan usullari o‘ylab topilayotgani ham sir emas. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyatning yangicha va bir qarashda payqash qiyin bo‘lgan turlari tahdidi bilan yuzma-yuz turibmiz. Bu kabi tahdidlar mamlakatlar, millatlar taqdiri bilan bog‘liq holda kechmoqda. Shu bois, farzandlarimizni bunday illatlardan saqlash, ularni har tomonlama sog‘lom qilib tarbiyalash, ma’naviy, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash har birimizning burchimiz, vazifamiz ekanini hech qachon unutmaylik. Mansur MUSAYEV, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori Zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi natijasida bu qulayliklardan firibgarlar ham foydalanmoqdalar. Bugungi kunda bank plastik ka r tangi zdagi jamg`a rmaning kutilmaganda yo`qolishi, kimdir uni echib olishi kabi holatlarning keng tus olayotgani firibgarlarning ishidir. Firibgarlar asosan sizga ijtimoiy tarmoqlar orqali chiroyli tarzda tuzoq qo`yishadi. Masalan, “Telegramm” orqali tabriklaymiz, siz aksiyamizda falon qimmatbaho sovg`ani yutib oldingiz. Sovg`ani olish uchun quyidagi havolaga kiring, degan xabarlar keladi. Bu holat ko‘pchiligimizga tanish. Ular havola yaratishda shunday puxta ishlashadiki, yutib oldingiz, degan sovrinning brendi, nomi qayd etilgan saytlardan foydalanishadi. Sodda emasmizmi, i shonib , tegi shli ta rmoqla rda o`zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni joylashtirganimizni sezmay qolamiz. Oqibatda firibgarlar pulingizni echib olishadi. Bu jinoyatchilarni topish esa, afsuski imkonsiz. “Instagram”, “Facebook” ijtimoiy tarmog`i orqali shunday firibgarlik tizimi yaratilganki, unda sizga o`zini chet elda, qaysidir davlatda huquqshunos, bankir yoki boshqa bir kasb egasi sifatida tanishtirgan odam xabar jo`natadi. U mijozi falonchi yaqinda vafot etganini, siz bilan familiyadosh ekanligini, undan qolgan merosni olishda yordam berishingizni, so`ngra teng taqsimlab olish uchun o`z xizmatini taklif etadi. Keyin sug`urta yoki bank xarajatlari uchun ma’lum miqdorda pul o`tkazish uchun sizga o`zining hisob raqamini jo`natadi. Dastlab pul o`tkazganingizdan so`ng firibgar boshqa xarajatlar ham chiqqanligini bildirib, oxirgi pulingizni ham yechib oladi. Firibgarlar shunchalik ustamon bo`lib ketishganki, ularning tuzog`iga tushib qolganingizni juda kech tushunib yetasiz. Shuning uchun bunday chiroyli muomala, manfaatli murojaatlar o`zida aks etgan xabarlarga mutlaqo e’tibor bermaganingiz ma’qul. Furqat NASIBBEKOV, SamDChTI talabasi Tanaffus uchun qo‘ng‘iroq chalindi. Maktab darvozasidan yuqori sinfning ikki nafar qizlari tashqariga chiqishdi. Birinchisi sog‘lom va tetik qadam tashlar, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi bilinib turardi. Ikkinchisi sezilar-sezilmas darajada oqsoqlanib yurar, ko‘rinishdan juda ehtiyotkor edi. Ular tanaffus vaqtidan foydalanib, ko‘ chaning na rigi tomonidagi oshxonaga tamaddi qilqish uchun shoshilishayotgan edi. Svetofor o‘rnatilgan chorrahaga esa 100 metrlar chamasi masofa bor edi. — Ketdik, o‘rtoqjon, mashina yo‘q ekan, o‘tib ketamiz. —Yo‘q, svetofordan o‘taylik. — Eh-he, chorrahagacha masofa ancha. Svetafordan o‘tib, ovqatlangani borsak, darsga kechikib qolamiz. Yur, shu yerdan o‘taylik. Qara, ko‘chada it ham yo‘q. —Yo‘q, qo‘rqaman, bu yerdan o‘tmayman. — Qo‘rqaman!... Qachondan beri… avval qo‘rqmas eding-ku? — Avtohalokatga uchraganimdan buyon, qo‘rqaman... Sitora BAXTIYORZODA Rossiya federatsiyasi Davlat dumasi deputati, MDH mamlakatlari masalalari bo‘yicha parlament fraksiyasi raisi Konstantin Zatulin yaqinda Moskva markaziy telekanali orqali qilgan chiqishida g‘alati fikrlarni bildirdi va bu bilan Kreml ma’murlarining qahr-g‘azabiga duchor bo‘ldi. Uning aytishicha, 2022-yil 24-fefral kuni Ukrainada boshlab yuborilgan maxsus harbiy amaliyot, deb atalmish urushda Rossiya tomoni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan birortasiga ham erisha olmagan. Yoxud g'alati urush KO‘Z ILG‘AMAS TAHDIDLAR globallashuv sharoitida ma’naviy va mafkuraviy immunitet hosil qilish nima uchun kerak? QO‘RQAMAN... ПИРАМАРДИ ЗАҲМАТКАШ Зану духтари ҷавоне пирамарди хаставу афсурдаро кашола карда назди донишманде оварданд. Дар ҳоле, ки бо нафрат ба пирамард муомила мекарданд, аз донишманд хостанд то саволеро аз номи онҳо аз пирамард бипурсад! Донишманд ҳаракат мекард ғазабу нороҳатии худро аз рафтори бади духтару зан бо пирамард пинҳон кунад ва димоғсӯхта аз зан воқеаро пурсид. Зан гуфт: — Ин мард шавҳари ману падари ин духтар аст. Ӯ бисёр заҳматкаш аст ва барои таъмини рӯзгори мо ба ҳар кор даст мезанад. Азбаски шабу рӯз кор мекунад, дастонаш обила бастаанд. Сару сураташ захмӣ ва пушти хамидаву қиёфаи начандон дилписанд дорад. Вақте ки дар бозор бо мо ҳамроҳ роҳ меравад, мо дар ҳайкалу ҳайбати ӯ ҳеҷ чизе барои фахру ифтихор кардан намебинем ва ҳаракат мекунем дуртар аз ӯ ҳаракат кунем. Эй устоди бузург! Шумо аз номи мо аз ин пирамарди фартут бипурсед, ки мо барои кадом кори ӯ ба унвони падару шавҳар ифтихор кунем ва чаро бояд ӯро сабр намоем!? Донишманд нафаси чуқур кашид ва дубора аз зану духтар пурсид: — Шаклу шамоили ин мард чӣ гуна бошад, Шумо ба ӯ ифтихор мекардед? Духтарак бо ханда гуфт: — Ман бисёр мехоҳам, ки падарам қавиҳайкал, хушнамо ва хушлибос бошад. Сару сурати зебо ва ҷаззоб дошта бошад. Бо беҳтарин либосу зеботарин асп ба мо дар бозор ҳамроҳӣ кунад. Зан низ илова кард: — Ман ҳам мехоҳам ҳамсарам ҷавону солиму тандуруст ва сарватманду бообрӯ бошад. Ҳар чизеро ки мехоҳам, бароям муҳайё созад. На мисли ин пирамард нотавону кӯҳансол бошад ва фақат ба андозаи бихӯру намур барои мо даромад биоварад! Воқен, ин мард кадоме аз ин шароитро дорад, то мояи фахру ифтихори мо шавад? Эй устод, аз ӯ бипурсед, ки мо ба чӣ чизи ӯ ифтихор кунем!? Донишманд оҳе кашид ва ба сӯйи пирамард рафт. Дасти худро рӯйи шонаи мӯйсафед гузошта гуфт: — Эй пирамарди хаставу афсурда! Агар ман дар ҷойи ту мебудам, ба ин духтари беадаб ва модари густохаш мегуфтам, ки марди ҷавону пурзӯр ва хушлибосу тавонгар бошам, дигар бо шумо барин одамҳои беадабу бадкирдор намемондам. Бо одамоне ҳамнишин мешудам, ки дар шону мартаба баробари ман буданд. Пирамард нигоҳи сангинашро аз рӯй замин баланд кард ва чашм аз донишманд наканда, бо садои ғамноку пурдард гуфт: — Агар ба онҳо чунин бигӯям, дилашон мешиканад ва нороҳат мешаванд! Бубахшед, ки чунин суханонро гуфта наметавонам. Бигузор бо сукути худам захми забонҳоро ба ҷон бихӯрам ва шоҳиди нороҳатии онҳо набошам! Пирамард инро гуфт ва аз ҷо бархоста, аз пеши зану духтараш берун рафт. Донишманд оҳе кашиду рӯ ба зану духтар оварда гуфт: — Он чизе, ки шумо бояд бо он фахру ифтихор кунед, ҳамин меҳр ва муҳаббати ин мард аст, ки бо вуҷуди ҳама захми забонҳо ва дашномҳо лаб ба сукут баста аст, то мабодо ғубори ғаму андӯҳ бар чеҳраи шумо бинишинад. Таҳияи ФАРИДУН Zamonaviy firibgarlar tuzog‘iga ilinmang! Ogohlik


Muharrir: Hakim JO‘RAYEV Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.09.2012-yilda 09-05 raqami bilan qayta ro‘yxatga olingan. Indeks: 5505 Gazeta tahririyat matbaa bo‘limida terildi va sahifalandi. Tahririyat matbaa bo‘limi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2.06.2017-yilda 18-3959 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta «Noshir lyuks» MChJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Buyurtma: 377 Adadi: 3 186 nusxa. MANZIL: 140100, Samarqand shahri, Temur Malik ko‘chasi, 4-uy. TELEFONLAR: +998 66 233-58-40, +998 66 233-67-79. Navbatchi: Alisher ISROILOV Sahifalovchi: Abdushukur ISMOILZODA Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar muallifga qaytarilmaydi. Gazeta haftaning payshanba kuni chiqadi. Sotuvda erkin narxda. Bosishga topshirish vaqti: 21.00. Bosishga topshirildi: 21.00. SAMARQAND MUASSIS: Samarqand shahar hokimligi 4 2023-yil 13-iyul, payshanba, № 31 (2492) www.samarkandnews.uz SAMARQAND Turkiy taqvim tarixi Moziyga qaytib... Yangi kitob Yengil atletikachi — yuguruvchi sportchilarda “ikkinchi nafas”, degan tushuncha mavjud. Bunda sportchi yugurayotgan masofasining ma’lum qismida o‘rtacha harakatlanib, marraga yaqinlashganida tezlikni oshiradi. Samarqand jurnalistika maktabining taniqli namoyandalaridan biri, bugungi kunda salkam sakson yoshni qoralayotgan ustoz Tog‘aymurod Shomurodovning ijodida ham “ikkinchi nafas” paydo bo‘layotganiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Qalamkashning “Fan bulog‘i” nashriyoti tomonidan kitobxonlarga tavsiya etilgan “Kechikkan uzr”, deb nomlangan hikoyalar va hajviyalar to‘plamidan ellikdan ortiq hayot muammolari, odamlar tashvishi bilan bog‘liq hajviya hamda hikoyalar o‘rin olgan. Muallifning qahramonlari siz va biz kabi oddiy odamlar — ko‘proq qishloq kishilari. To‘plamga so‘zboshi yozgan adib Farmon Toshev bejizga “Qishloqda qolib ham yaxshi yozuvchi bo‘ldi”, degan sarlavha tanlamagan ekan! Haqiqatan ham Tog‘aymurod Shomurodov garchi, ijodiy faoliyatini shaharda olib borgan bo‘lsa ham qishloqdan qadami uzilmadi. Uzoq yillar “Zarafshon” gazetasida faoliyat yuritgan ijodkor nafaqaga chiqib, qishloqning soya-salqinida yonboshlab yotmadi: uning hayot muammolari bilan bog‘liq kuzatuvlari — qatralari, hikoya va hajviyalari turli nashrlarda ketma-ket chop etilmoqda. Yangi qog‘ozga tushirilgan, eski sarg‘aygan qog‘ozlarga bitilgan ijod namunalari “Kechikkan uzr” to‘plamidan o‘rin oldi. Ijodkorning har bir mavzuga o‘z qarashi, ijodiy yondashuvi hamda uni boshqalar xayoliga keltirmagan uslubda o‘quvchiga yetkazish mahoratini alohida tilga olish zarur. Masalan, to‘plamdan o‘rin olgan “Tilanchi” hikoyasini olaylik. Muallif tilanchi qiyofasini ko‘z oldingizda shunday “chizadiki”, beixtiyor isqirt kiyingan, o‘zini nochor ahvolda ko‘rsatadigan, bosh kiyimining ichki tarafini qo‘lingizga tutadigan tilanchi ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Tilanchi timsolini yaratishda muallif oddiy tasvir vositalaridan unumli foydalanadi. Hatto o‘z tilidan hikoya qilar ekan, “shapka”ga o‘zi ham pul tashlaganini qayd etadi. Kechki payt ishxonasi yaqinidagi yemakxonaga kirganida tanish qiyofa — tilanchiga ko‘zi tushadi. Shirakayf tilanchi bir yengiltabiat ayol bilan to‘kin dasturxon atrofida suykalishib o‘tirardi. Tilanchi timsoli orqali muallif bugungi kunda bozor-o‘char, ko‘cha-ko‘yni bosib ketgan, o‘zini gadoysifat qilib ko‘rsatadiganlar obrazini yaratgan. Chunki, bugun qarshingizda “xayr qiling”, deya qo‘l cho‘zib turganlarning barchasi siz va bizdan boy bo‘lsa boyki... Kitobni katta qiziqish bilan, qisqa vaqt ichida o‘qib chiqishga ulgurdim. Hikoyalardagi voqealar bayoni, badiiy tasviri qisqa, lo‘ndaligi, hayotiy voqealarga asoslanganligi kitobxonni kitobga bog‘lab qo‘yadi. Ustoz ijodkorni yangi adabiy tuhfasi bilan qutlagan holda kelgusida u kishidan “Kechikkan uzr”dek yanada mazmunli, badiiy yetuk, hayotiy kechinmalar o‘rin olgan kitoblarni kutub qolamiz. Quvondiq XALILOV B u g u n g i k u n d a d u n y o n i n g ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham qo‘llaniladigan “yanvar”, “fevral”, “mart” va boshqa oy nomlari qadimgi Yunon va Rim xudolari sharafiga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘llaniladigan y i l nom lar i (mucha l) X itoydan , hafta kunlari fors va arab tillaridan olingan. Biroq qadimgi turkiy xalqlar, xususan, o‘zbeklarning ajdodlari bu oy va muchallarni qanday atagan va bu atamalar nega bugun unut bo‘lib ketgan, degan o‘rinli savol tug’iladi. Oylar va yillar belgilanadigan kalendar “Grigorian kalendari”, deb ataladi. Ushbu taqvim 1582-yilda ruhoniy Grigoriy XIII tomonidan joriy etilgan. Grigorian taqvimi 1918-yil 18-fevraldan boshlab Sobiq Ittifoq, xususan O‘zbekiston hududida ham amal qila boshlagan. А rab mamlaka tla ri , a so siy aholi si musulmon bo‘lgan boshqa mamlakatlar qatori Turkistonda ham XX asr boshlariga qadar hijriy taqvim qo‘llanilgan. Ma’lumki, hijriy taqvim Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)- ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yilidan boshlab hisoblanadi va Grigoryan kalendari bo‘yicha 622-yilning 16-iyuliga to‘g’ri keladi. O‘z navbatida hijriy taqvim hijriy-qamariy va hijriyshamsiy taqvimlarga bo‘linadi. Hijriy-qamariy taqvim quyidagi ketma-ketlikda keladi: Muharram (“harom qilingan”) — oyida urushjanjal va qon to‘kishlar taqiqlangan. Safar (“sarg’ayib qolish”) — arablar safarga yoki urushga ketadigan oy, ular urushga ketganda dehqonchilik qiladigan yerlari qarovsizlikdan sarg’ayib qolgan. Rabiul-avval — kuzning boshlanishi. Rabius-axir — ikkinchi kuz yoki kuzning oxiri. Jumodul-avval (“dastlabki muzlash”) — bu oy qish faslining boshlanishiga to‘g’ri kelgan. Jumodul-axir — ikkinchi muzlash. Rajab — o‘qni yoydan olish, bu oyda ham urush harom qilingan. Sha’bon (“tarqalish”) — Rajab oyida to‘xtatilgan urushlar davom etgan va hamma urushga jo‘nagan. Ramazon (“qattiq qizish”) — butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas hisoblangan birinchi Ramazon oyi yilning issiq kunlariga to‘g’ri kelganligi sababli bu oy shunday nomlangan. Shu bilan birga, ayrim Islom ulamolari Ramazon oyida musulmonlar gunohlarini “yoqib” poklanishlari sababli, muqaddas oy shunday nomlanganligini ta’kidlaydilar. Shavvol (“dumning ko‘tarilishi”) — tuyalar sutdan chiqib, dumlari ko‘tarilib qoladigan vaqtga to‘g’ri kelgan. Zulqa’da (“o‘tiruvchi”) — arablar hech qayerga bormasdan uyda bo‘ladigan oy. Zulhijja (“haj egasi”) — bu oyda arablar haj safariga chiqishgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, hijriy-qamariy taqvim oyning ko‘rinishiga bog’liq bo‘lib, bir yil 354- 355 kundan iborat. Shu sababli bu taqvimdagi oylar yilning turli fasllariga to‘g’ri kelishi mumkin. Hijriy-shamsiy yil taqvimi 622-yilning 21-martidan boshlab hisoblanadi va davomiyligi 365-366 kundan iborat.Taqvim bo‘yicha oylar yilning bir vaqtiga to‘g’ri keladi. Hijriy-shamsiy taqvim bo‘yicha oylar hut (baliq), hamal (qo‘y), savr (sigir), javzo (egizaklar), saraton (qisqichbaqa), asad (arslon), sumbula (boshoq), mezon (tarozi), aqrab (chayon), qavs (kamon), jaddi (tog’ echkisi) va dalv (qovg’a) nomlari bilan ataladi. Qadimgi turkiy xalqlar Islom dinini qabul qilishlaridan oldin hayvonlar nomi bilan atalgan turkiy o‘n ikki yillik taqvimdan foydalanishgan. Tarixda qaysi xalq birinchi bo’lib o‘n ikki yillik hayvonlar nomi berilgan taqvimdan foydalanishni boshlagani aniq emas. Biroq bu ko‘rinishdagi taqvim Markaziy Osiyo turkiy xalqlaridan boshqa xalqlarga o‘tgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin va farazlar mavjud. Shu sababli yuqorida ta’kidlangan, 12 yillik hayvonlar taqvimi (muchal) Xitoydan boshqa xalqlarga tarqaganligi haqidagi fikrlarni chuqurroq o‘rganish talab etiladi. Turkiy xalqlar orasida yillarga hayvonlar nomi berilgan taqvimning paydo bo‘lishi haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar mavjud. Ulardan biri haqida Mahmud Koshg’ariy "Devoni lug‘atit turk" asarida keltirib o‘tgan. Rivoyatga ko‘ra, juda qadim zamonda turk xonlaridan biri o‘zidan oldin bo‘lgan qandaydir urush qachon sodir bo‘lganini bilishni istaydi. Biroq unga hech kim bo‘lib o‘tgan urushning aniq vaqtini ayta olmaydi. Kelgusida bunday holat takrorlanmasligi uchun xon 12 oy va 12 yulduzlar turkumiga asoslanib, 12 yillik taqvim tuzishni va har bir yilga hayvonlar nomi berilishini taklif qiladi. Shundan so‘ng, xon daryo bo‘yiga hayvonlarni olib kelib, ularning suvdan suzib o‘tish navbatiga qarab yillarni nomlaydi. Shu tariqa turkiy taqvim bo‘yicha yillar bars, quyon, ajdarho (yoki baliq), ilon, ot, echki (qo‘y), maymun, tovuq, it, cho‘chqa, sichqon va sigir ketma-ketligida joylashtiriladi. Bu tartibdagi 12 yillik taqvimga bugungi kunda ham ko‘plab turkiy xalqlar, xususan O’zbekistonda ham amal qilinadi va bu muchal, deb ataladi. Qadimiy turkiy yodgorlik — Bilga-hoqon sharafiga o‘rnatilgan qabr toshida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: “Mening otam Xon, It yilining o‘ninchi oyi yigirma oltinchisida (kunida) vafot etdi. Men, Cho‘chqa yilining beshinchi oyi yigirma yettinchisida (kunida) motam o‘tkazdim”. Keltirilgan matndan ko‘rinib turibdiki, turkiy xalqlar oylarni tartib raqamlari bilan atagan. Keyin har bir oy o‘z nomi va xususiyatlariga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, yil, har biri 15 kundan iborat bo‘lgan 24 faslga bo‘lingan. Har bir fasl, tarkibida besh kundan iborat bo‘lgan uch kichik fasllarga bo‘lingan. Kun quyoshning harakatiga qarab aniqlangan va “kon” (kun, quyosh) deb atalgan. Turkiy xalqlarda o‘tov soat vazifasini bajargan. O‘tovning eshigi sharqqa qaratib qurilgan bo‘lib, ichidagi jihozlar ma’lum tartibda joylashtirilgan. Quyosh ot jilovining uzunligiga qadar ko‘tarilganda, uning nuri o‘tov tepasidagi aylana teshikning ichki qismini yoritgan. Bu vaqtda chorva dalaga haydab ketilgan. Quyosh nuri o‘tovning shimol qismiga yetib borganida tushlik vaqti bo‘lgan. Quyosh nuri shimol tomondan uzoqlashganda yangi tug’ilgan buzoqchalardan xabar olingan. Nihoyat, quyosh o‘tov tepasidagi teshikning tashqi qismini yoritib ko‘zdan g’oyib bo‘lganda, bu quyosh otning jilovi qadar botganini anglatgan, chorva dashtu dalalardan ovulga qaytarilgan va sigirlar sog’ilgan. Turkiston hududiga Islom dini kirib kelgach, hukumat idoralarida hijriy taqvim bo‘yicha ish yuritilgan bo‘lsada, xalq orasidagi turkiycha, keyinchalik o‘zbekcha taqvimdan keng foydalanilgan. Xususan, Qo‘qon xonligi davriga oid yil oylari va hafta kunlarining o‘zbekcha nomlanishini tiklagan tarixchi Yahyoxon Dadaboyev keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil oylari o‘zbek tilida quyidagicha nomlangan: Oz (yoz) — 22-mart — 20-aprel O‘t yoqmas — 21-aprel — 20-may Ko‘kqunaq yoki Ko‘ko‘k (dala va bog’larda yoqimli sayragan qush nomi) — 21-may — 21-iyun Oltin qoziq — 22-iyun — 22-iyul Sorcha — 23-iyul — 22-avgust Qirq kuyak — 23-avgust — 23-sentabr Qoqicho‘p — 24-sentabr — 22-oktabr Qoracha — 23-oktabr — 22-noyabr Qozon — 23-noyabr — 21-dekabr Qantar — 22-dekabr — 19-yanvar Oqlang — 20-yanvar — 18-fevral Kuntug’ar — 19-fevral — 21-mart Bundan tashqari Yahyoxon Dadaboyev hafta kunlarining sof o‘zbek tilidagi nomlanishini keltirib o‘tgan va ular quyidagicha nomlangan: Bosh kun (dushanba) Soq kun (seshanba) Jul kun (chorshanba) — bu kun safarga chiqish uchun tanlangan kun hisoblanadi. Kindik kun (payshanba) Beshin kun yoki otna (juma) Bo‘sh kun (shanba) Pirtak (yakshanba) — qadimgi turk tilida bozor kuni. Yuqorida keltirilgan oy va hafta kunlari nomlarining turli urug’lar, hududlar aholisi va shevalarga qarab har-xil variantlari bo‘lgan. Misol uchun, boshqa bir manbaaga ko‘ra, yanvar — o‘choq, fevral — soba, mart — ko‘klam, aprel — chechak, may — yelvizak, iyun — kunqizar, iyul — kunyonar, avgust — domizliq, sentabr — kuzak, oktabr — o‘rim, noyabr — yig’im, dekabr — qozon nomlari bilan atalgan. Kel tirilgan ma’lumo tlardan ko’rinib turibdiki, qadimda ajdodlarimiz yetarlicha astronomik bilimlarga ega bo‘lishgan va shu bilimlar asosida yil, oy, hafta, kun va soatni aniqlashgan va ularni nomlashgan. Biroq tarixiy va siyosiy jarayonlar oqibatida bu atamalar unut bo‘lgan va ularning o‘rnini boshqa tillardan kirib kelgan atamalar egallagan. Fikrimizcha, bu kabi atamalarning asl turkiycha yoki o‘zbekcha shaklini qayta tiklash, saqlab qolish va ularni tilimizda qo‘llash orqali kelgusi avlodlarga yetkazish shart. Chunki, bu kabi atamalar bizning tariximiz, ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, ajdodlarimizning bilim va salohiyati haqida so‘zlaydi va o‘zligimizni anglashga yordam beradi. Bekzod MUSURMONOV Хазрат Махдуми Азам (Саид Джалал ад-дин Ахмад ал-Касани ад-Дахбеди) считается потомком пророка Мухаммада в двадцать первом поколении. Он родился в 1461 году в Касане (на территории современного Касансайского района Наманганской области). После окончания медресе в Фергане и в Ташкенте он поступил в ученики (мюриды) Мавлоно Мухаммада Кази (ум. в 1516 г.), который в свою очередь был учеником Шейха Хужа Ахрора Вали (1404-1490) и после его смерти возглавил суфийский орден Накшбандия. В 1516 г. главой накшбандийцев стал Махдуми Азам, какое-то время жил и проповедовал в Кашгаре. МахдумиАъзам – это не имя, а своеобразный титул, который переводится как «Величайший господин» которое почитается в исламском мире, как богослов, внёсший значимый вклад в развитие суфизма, оставивший более тридцати теологических трактатов (многие его сочинения хранятся в Институте востоковедения АН Узбекистана, одно из них объёмом 668 страниц). Является основоположником школы Дахбедия, шестьдесят его мюридов впоследствии получили высокий духовный сан «пир», за что Махдуми Азама уважительно называют «пиром шестидесяти пиров» В 1528 году Махдуми Азам переехал в местечко Миёнкол недалеко от Самарканда и позже с целью озеленения и благоустройства территории решил здесь разбить большой сад, первым делом он посадил десять ив и в последствие местность назвали Дахбет что означает в переводе с персидского десять ив. Прожил он последние 14 лет своей жизни именно здесь и умер в 1542 году в возрасте 81 года. Земледелец и садовод, он вел весьма скромную жизнь. Ему принадлежит смелое, по тем временам, высказывание: «Не человек создан для религии, а религия для человека» которая не теряет свою актуальность по сей день. В 1618 году по приказу тогдашнего правителя Самарканда ЯлангтушБаходура на месте погребения МахдумиАзама были построены усыпальница (дахма) и мечеть. Следует отметить, что своим пиром (духовником) ЯлангтушБаходур считал ХужаХошим ибн Мухаммад Амин — внука МахдумиАзама. Самое монументальное сооружение комплекса Махдуми Азам — ханака — шестистолпное двенадцати купольное продольно-осевое сооружение в сочетании с глубоким деревянным айваном на длинной стороне купольного зала. Первоначальная планировка включала большой зал для радений (зикра), подсобные помещения и тахарат-хану (комнату для ритуальных омовений). Во дворе ханака был возведен минарет, имевший высоту 8 метров. С восточной стороны сохранилось ещё одно небольшое сооружение — «малая мечеть». К северу от ханака расположена дахма (суфа) — почти квадратное сооружение высотой 1,55 м., сложенное серым «самаркандским мрамором»: углы оформлены мраморными полуколонками, украшенными кораническими изречениями. На суфе 7 стел и одно надгробие с резьбой. У подножья суфы с юга размещено 9 надгробий: 7 погребений саидов (потомков МахдумиАзама), а также ЯлангтушаБахадура и его дочери Иклим. По местной традиции считается почётным быть захороненным недалеко от могилы потомка пророка, как центра притяжения паломников. Вне ограды вокруг дахмы расположены еще 46 надгробий. На территории комплекса растёт четырёхствольная чинара, возраст которой около 600 лет. Несмотря на огромное дупло в его корнях, оно до сих пор покрывается листьями. По легенде, это дерево было перенесено сюда из Ирана силой мысли МахдумиАзама. Так, во время молитвы Махдуми Азам наказал своим ученикам не открывать глаз. Но один ученик его ослушался. И очутился в мрачном иранском зиндане. На его крики сбежалась стража, и бесноватого, по их мнению, узника привели к иранскому шаху. Ученик попытался объяснить происходящее, чем развеселил владыку, и он приказал привязать «лжеца» к дереву, презрительно обронив: «Если твой шейх такой всемогущий, пусть он тебя заберет обратно…». На утро на этом месте не оказалось ни мюрида, ни дерева – только яма от корней… Говорят, что потрясенный иранский шах завещал похоронить себя в ногах Хазрата. Местные служители даже указывают на его могилу, недалеко от которой растёт иранский тутовник-долгожитель, удивляя паломников и туристов своей необычной формой и размерами. В 1991 году мемориальный комплекс Махдуми Азамбыл отреставрирован. А в 1998 и 2014 годы объект был повторно отреставрирован и благоустроен. На сегодняшний день он остается одним из самых часто посещаемых мест как для местных мусульманских паломников, так и иностранных туристов. Диляфруз ДЖУМАЕВА, гид-экскурсовод архитектурного ансамбля Регистан Ikkinchi ijodiy nafas «Пир шестидесяти пиров» Мавзолей Махдуми Азама (Махдум-и Аъзам) расположен в пригороде Самарканда и является одним из центров притяжения паломников (зиёратгох). OY, KUN VA MUCHAL ajdodlarimiz tarixidan so‘zlaydi


Click to View FlipBook Version