The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by BIOLOG UZ, 2025-03-17 13:22:38

ЯНГИ СИРДАРЁ-10

ЯНГИ СИРДАРЁ-10

10-SON (11704) 17-MART, 2025-YIL DUSHANBA (Davomi 5-betda) Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tashabbusi bilan viloyatimizda “Maktab uchun 1000 kitob” chellenjiga (chorlov) start berildi. Maqsad vohamizdagi barcha darajadagi rahbarlar, ziyolilar, turli kasb egalarining o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasalari kutubxonalariga badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarni sovg‘a qilishini tashkillashtirishdir. Bunda bir o‘q bilan ikki quyon uriladi: birinchidan, maktab kutubxonalari badiiy adabiyotlar bilan boyiydi, ikkinchidan, rahbarlarning qadami o‘zlari o‘qigan maktablargacha yetib boradi. “MAKTAB UCHUN 1000 KITOB” MAKTAB UCHUN 1000 KITOB” Chorlov Aksari maktablarga yo‘limiz tushganda ko‘rinarli joylarda “Bizning faxrimiz” deb nomlangan pannolarga nigohimiz tushadi. Unda maktabni bitirib, turli lavozimlarda faoliyat olib borayotgan sobiq o‘quvchilarning suratlari chiroyli tarzda joylashtirilgan bo‘ladi. Sobiqlar orasida o‘zlari o‘qigan maktablardan tez-tez xabar olib turadiganlari ham, “vaqtim yo‘q, ishdan qo‘lim bo‘shamayapti” degan bahonani ro‘kach qilib, yillar mobaynida biror marta qadrdon maktabiga yo‘li tushmaganlar ham bor. Bundan uch yil muqaddam “Hurriyat” gazetasida kaminaning “Sirdaryolik mesenat” deb nomlangan maqolamiz bosilgan edi. Viloyatimizda shunday oliyjanob odam borki, havas qilmay ilojimiz yo‘q. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i, “Tasviriy targ‘ibot fi doyisi” ko‘krak nishoni sohibi Hakimjon Yunusov 21 yildan buyon Boyovut tumanidagi o‘zi tahsil olgan 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kitob tashiydi. U kishi maktabga sovg‘a qilgan kitoblar soni allaqachon 1000 jilddan oshib ketgan. Boz ustiga, 6 yildirki, o‘quv yili poyonida maktabning Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov odatdagidek tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 20 dan ortiq, xususan, yer ajratish, kredit olish, qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha murojaat-larga yechim topildi. O‘z navbatida har bir tadbirkor yaratib berilayotgan imkoniyatlarga “labbay” deb javob berishga tayyorligini bildirganligi ham bor gap. Xususan, tadbirkorlar Dilnoza Mavlonova va Dilnora Tursunqulova o‘zlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda faoliyatlarini yanada kengaytirishda, yangi ish o‘rinlari yaratishda va kambag‘allikni qisqartirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqchi ekanliklarini bayon etdilar. Albatta, tadbirkorlarning bildirgan fi krlarida jon bor. Qachonki ular o‘z faoliyatlarini kengaytirishsa, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Qo‘shimcha ish o‘rinlari orqali aholining bandligi ta’minlanadi. Aholining bandligi esa ularning muayyan va doimiy daromadga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Natijada vohamizda kambag‘al oilalarning soni qisqaradi. Bu esa tadbirkor manfaati uchun ham, davlat manfaati uchun ham, jamiyat manfaati uchun ham foydadan xoli emas. Viloyat hokimligi Matbuot xizmati TADBIRKORLARGA QULAYLIKLAR ADBIRKORLARGA QULAYLIKLAR YARATILGANDA… • Muammo va yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 11-martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilingan edi. Ushbu farmon doirasida amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilish va aholini bahor mavsumida tezroq harakatga undash maqsadida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov tomonidan har bir tuman va shahar uchun alohida ishchi guruhlar tashkil etildi. Tuzilgan ishchi guruhlar aholining tomorqadan unumli foydalanishi, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha taklifl ar, kambag‘al oilalarga moliyaviy ko‘mak paketlari turlarini ko‘paytirish, mahallalar obodligi va tozaligiga aholining va mahalla yettiligining e’tibori, ularni mahalla farovonligi yo‘lida hammaslak harakat qilishi kabi masalalarni atrofl icha, tanqidiy, tahliliy o‘rganishi lozim edi. Ishchi guruh doirasida Sirdaryo tumanida bo‘lib, guvoh bo‘lgan holatlarim quyidagicha: Tumanda mahallalarning obodligi, aholining tomorqadan foydalanishi holati, kam ta’minlanganlar holidan xabar olish va maktablardagi ma’naviy muhit haqida yozishdan juda xijolatdaman. Nahotki biz axlatlar uyumi ichra yashamoqdamiz? Nega tozalikni, ekologik sofl ikni saqlashga xizmat qilmayapmiz? “Maktab uchun ming kitob” loyihasida faol ishtirok etmayapmiz... O‘tgan kunlarda —O‘g‘lim, zovurdan bir chelak suv olib chiqsang. Kir kiyimlarni yuvib qo‘ysam. Hali zamon otang kelib qoladi. Hovliga ham suv sepib qo‘ysang. —Xo‘p bo‘ladi, ona. Bugungi kunlarda —O‘g‘lim, kir yuvib qo‘yganman. (Davomi 2-betda) • Daxldorlik Tog‘oralarga mag‘zava to‘lib ketgan. Olib borib, zovurga to‘kib kelgin. Hali zamon otang kelib qoladi. Yana qo‘lansa hiddan ko‘ngli behuzur bo‘lib, koyib yurmasin... O‘sha suvlarga to‘lib oqqan zovurlarda bugun mag‘zava (suv yo‘q zovurlarda oqayotgan ifl oslangan suvni boshqa so‘z bilan ifoda eta olmadim)lar bijg‘ib yotibdi. O‘tgan kunlarda —Qizim, ko‘cha boshini supurganingda ariqdan hovli tomonga qarab supurgin. Zero ariqdagi suvga chang va chiqindilar tushmasin zinhor... —Xo‘p, ona. Albatta shunday qilaman. Bugungi kunlarda — Qizim, ko‘chani supurganingda chiqindilarni uyib qo‘ymagin. Barcha xazonlarni ariqqa supurib yubor. Suv oqizib ketadi, hech narsa qilmaydi... —Xo‘p bo‘ladi, ona. Aytganingizdek qilaman. Avval mana shu ariqlardan oqqan suvni ichganmiz, desangiz, bugungi yoshlarimiz uchun ertakday tuyuladi. Biroq bu ariq suvlarining chiqindi va axlatga to‘lib, turli kasalliklar tarqatishiga ham biz — insonlar sababchimiz aslida. OBODLIKDAN... BARBODLIKKA(MI?) YANGI SIRDARYO IRDARYO • Ijtimoiy-siyosiy, ommaviy gazeta Gazeta 1963-yil 1-iyundan “Sirdaryo haqiqati” nomi bilan chiqa boshlagan @yangisirdaryogazetasi Jamiyat – islohotlar tashabbuskori sirdaryo24.uz @yangisirdaryogazetasi Yangi Sirdaryo Gazetasi Yangi Sirdaryo 24


2 “...Biroq qaysi mahallada bo‘lmaylik, viloyat IIB ga biriktirilgan Yangi Sirdaryo oilalar ichki ishlar xodimlaridan rozi.” (Boshlanishi 1-betda.) • Dolzarb bir oylik: 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) Prezidentimizning mahal-lalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish qaratilgan farmoyishi bilan “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilindi. Oylik doirasida respublikamizdagi vazirlik va idoralar rahbarlari yurtimiz bo‘ylab mahallalarda amalga oshiriladigan iqtisodiy-ijtimoiy tadbirlarga mas’ul qilib biriktirildi. Farmoyish ijrosi doirasida Guliston tumanining “Soyibobod” va “Chortoq” mahallalarida mahalliy aholi bilan hududda infratuzilmani yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Bojxona qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i A.Axlimirzayev, tuman hokimligi va viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan aholi tomorqa yerlarini sug‘orish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini qurish, ko‘p qavatli uy yerto‘lasidagi suvni qochirish va aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalari bo‘yicha bildirilgan murojaatlar muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Tomorqaning bandlikdagi ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasining tashkil etilishi aholi manfaatlari, huquq va erkinliklarini ishonchli muhofaza etish, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib umrguzaronlik qilishlarini kafolatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Binobarin, aholini qiynab kelayotgan turli muammo hamda masalalar o‘z joyida yechim topayotgani “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilning izchil ro‘yobini yuzaga chiqarmoqda. 2025-yilning o‘tgan davri davomida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga jami 1 525 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 3 589 tasi ijobiy hal etilgan, 641 tasi bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar va tushuntirishlar berilgan. Aholi murojaatlarining asosiy qismi, aliment va qarz undirish, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqasi, ish bilan ta’minlash, ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlash, sodir etilgan huquqbuzarlik haqida xabar, moddiy yordam ko‘rsatish, davolanishga order olish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, imtiyozli kredit ajratish bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri keladi. Mas’ul rahbar xodimlarning joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, ularning dardu tashvishlariga quloq tutishi buning amaliy ifodasidir. Guliston shahar tashkilot rahbarlari tomonidan ham ayni shu tamoyil asosida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Shahar hududidagi mahallalarda hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan mahallalarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar davomida muammolar yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etishga muddat va mablag‘ talab etadigan yirik masalalarni viloyat, respublika darajasida hal etilishi yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilik va aholiga muntazam tushuntirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, joriy yil davomida tashkilot rahbarlari tomonidan 86 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, qabullar mobaynida 180 dan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglanib, murojatlarning 141 tasi ijobiy hal etilib, 24 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berilgan va qolgan murojaatlar nazoratga olingan. S. KUBAYEV, Guliston shahar Xalq qabulxonasi mudiri XALQ MUROJAATIGA E’TIBORNI KUCHAYTIRIB... • Inson qadri—ulug‘ Bugungi kunda hududda aholi tomorqa yerlarini ekinga tayyorlash, sug‘orish tizimlari – ariq va zovurlarni mavsumga shay holatga keltirish, quduqlar qazish ishlari boshlab yuborilgan. Mas’ullar tomonidan “Dolzarb bir oylik” doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarni yanada jadallashtirish, aholi tomorqa yerlarini ekinga tayyorlash, sug‘orish tizimlari – ariq va zovurlarni mavsumga shay holatga keltirish, betonlashtirish va quduqlar qazish ishlari ko‘zdan kechirildi. Bu boradagi ishlarni yanada tezlashtirish, bahorning har bir kunidan unumli foydalanish va mazkur vazifani tezkor, sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Viloyat bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati O‘tgan kunlarda —O‘g‘lim, ariqdan suv olib, daraxtlarni, gullarni sug‘orib qo‘y. Kun issig‘ida qovjirab qolmasin. —Xo‘p, ota. Albatta. Bugungi kunlarda —O‘g‘lim, ariqdan suv olib chiqib, hovlidagi ekinlarni sug‘orib qo‘ymagin. Yana ekinlarimiz qurib qolmasin. —Xo‘p, ota. Oqibatda “Yashil makon” loyihasi doirasida ekayotgan ko‘chatlarimizning aksari ariqdagi suvlardan sug‘orilgani uchun ko‘karmayotgandir deb o‘ylab qoladi kishi. Ariq suvlarini o‘zimiz ifl oslantiramiz-da, aybni suvning toza emasligiga yo‘yamiz. Yoki atrof javonibni tozalash uchun albatta davlat tomonidan uyushtiriladigan shanbalikni ro‘kach qilib, o‘shanda tozalaymiz, deymiz. Vaholanki “Mol ham yotgan joyini dumi bilan tozalab yotadi”. Bu ham bir bahona. Tozalik har doim har kim uchun kerak. Davlat tomonidan beligilangan shanbaliklar ishchi-xodimlarning o‘sha kungi ish haqini ushlab qolardi. Davlat tomonidan shu vaqtgacha belgilangan shanbaliklar ishchi xodimlarning o‘sha kungi ish haqini ushlab qolish evaziga bo‘lar edi. Endi esa xashar va shanbaliklar qilingan kunda xodimlarning ish haqlari ushlanmaydigan holatda tozalik, ozodalikka daxldorlik hissini unutib qo‘ymoqdamiz. “Maktab uchun ming kitob” loyihasi yetib bormagan maktablar Hozirgi kunda aksariyat odamlarimiz hamma shunday qilyapti, deb salbiy ishlarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatishadi. Ezgu ishlarga chorlov esa aksariyat kishilariimiz tomonidan e’tiborsizlik bilan amalga oshiriladi. Yoki ezgu amallarni bajarishda odamlarning ishtiyoqi negadir sust bo‘ladi. Buni biz Sirdaryo tumanida “Maktab uchun ming kitob” loyihasi doirasida 28- va 41-umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ushbu maktablar har jihatdan boshqa maktablarga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Faqatgina kutubxonalaridagi adabiyotlar bilan emas. 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida jami 398 nafar o‘quvchi tahsil olsa, 1156 ta badiiy adabiyotga ega kutubxonasi mavjud. O‘quvchi soniga badiiy adabiyotlar soni 2,9 tani tashkil etadi xolos. 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 865 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Kutubxonadagi adabiyotlar soni esa 2200 ta bo‘lib, o‘quvchi soniga 2,5 tani tashkil etadi. Endi tasavvur qiling. Har bir kitob agar kamida 5 nusxadan bo‘lgan taqdirda 28-maktabda 231 turdagi, 41-maktabda esa 440 turdagi adabiyotlar mavjud bo‘ladi. Bu esa maktab o‘quvchilarining ham ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. Viloyatimiz rahbari Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan “Maktab uchun ming kitob” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ko‘pgina rahbarlarimiz o‘zlari bitirgan maktablarini adabiyotlar bilan boyitmoqdalar. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Muhammadrizo Ermatov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizdagi 312 ta maktabda jami adabiyotlar soni 474 196 ta. Demak, har bir o‘quvchiga 3,1 tadan kitob to‘g‘ri keladi ekan. Yuqoridagi raqamlari qayd etilgan maktablarda esa viloyatning umumiy ko‘rsatkichidan ham kam kitoblar mavjud. 28- va 41-umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari shahodat berishicha bu maktablardan ko‘plab malakali va rahbar kadrlar yetishib chiqqan. Ishonamizki, ushbu maktab bitiruvchilari ustozlarining va kelajak avlod hurmati uchun “Maktab uchun ming kitob” loyihasida faol ishtirok etib, maktab kutubxonalarini boyitishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Erta homiladorlik – millat fojeasi Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar uchun kitob yetmasa, mahalladagi boshqa fuqarolarining ma’naviy ehtiyojini qanday qondiramiz. Oqibat ilmsizlik negizida mahallalardagi oilalarda ma’naviyatsizlik, axloqsizlik tobora urchib bormoqda. Natijada ayrim maktablarda qizlar o‘rtasida erta homiladorlik va erta tug‘ruq holatlari kuzatilmoqda. (Inson sha’ni va obro‘sini nazarda tutgan holda ularning kimligini oshkor etmaymiz) Bunday salbiy jihatlarni faqat va faqat ma’naviyat orqali oldini olish mumkinligini allaqachon tushunishimiz kerak. Suvni asrang. Tozalikka rioya qiling Tumandagi “Shirin” mahallasida 2 ta joyda toza ichimlik suvi krani jo‘mragi buzilgani bois suv oqib, isrof bo‘lmoqda. Mahalla hududi chiqindiga to‘lib ketgan. “Sholikor” mahallasida Mahalla yettiligi va aholi bir-birini hurmat qilmaydi. Butun mahalla chiqindilarga to‘lib ketgan. 11-17 -mart kunlaridagi o‘rganishlar davomida shu narsaga amin bo‘ldimki, tumanni tozalash va ekologik sof holatga keltirish uchun barcha fuqarolar bir tanu bir jon bo‘lib, harakat qilishlari lozim. “Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytida bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz, uni ekib qo‘yavering”, degan hadisdan bir niholning ahamiyatini bekorga bunchalik ulug‘lamayotganligini tushunishimiz kerak. Ehsonning mukofoti ehsondir Kam ta’minlangan oilalar, ularni kambag‘allikdan chiqarish masalasida qaysi mahallada bo‘lmaylik, viloyat IIB ga biriktirilgan oilalar ichki ishlar xodimlaridan rozi. Ular muntazam xabar olib turishgan. Uyi yo‘qqa uy qurib bergan, moli yo‘qqa mol olib bergan. Kasal bo‘lsa, davolatgan va hokazo. Kambag‘al oilalar biriktirilgan boshqa tashkilotlar va ularning rahbarlari xususida bunday fi krlarni ayta olmayman. Bu birgina Sirdaryo tumanining ayrim mahalla va hududlarida kuzatilgan holatlar xolos. Viloyatimizning har jabhada rivojlangan, deb hisoblagan Sirdaryo tumanidagi tomorqadan to‘la samarali foydalanmaslik, tozalik, ozodalikka e’tibor qaratmaslik, ariq-zovurlarga chiqindilarni tashlash, ichimlik suvini isrof qilish, o‘quvchi qizlar orasida erta homiladorlik, erta tug‘ruq Mahalla yettiligi va fuqarolarning bir biriga o‘zaro hurmatning yo‘qligi kabi qusurlar dillarimizni xufton qildi. Xulosa o‘zingizdan. Bahrom BOYMURODOV OBODLIKDAN... BARBODLIKKA(MI?)


3 Yangi Sirdaryo “Xulosa shuki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda sezilarli natijalarga erishilmoqda, lekin bu jarayon doimiy e’tibor talab etadi.” 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) Yetakchi faoliyatiga baho “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo fi lialida xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy himoyasini ta’minlash, qulay mehnat sharoitlari yaratish, bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda fi lial kasaba uyushmasi qo‘mitasi konferensiyasida batafsil aytib o‘tildi. Anjuman avvalida jamoa shartnomasi orqali o‘tgan yilgi faoliyat tahlil qilindi. Ta’kidlanishicha, jamoa shartnomasining ikkita bandidan tashqari asosiy bandlari bajarilgan. Hisobot-saylov konferensiyasida kasaba qo‘mitasi raisi Shuhrat Siddiqov ish joylarida qulay xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, mehnatni muhofaza qilish, ishchi-xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish borasida ish beruvchi hisobidan sarfl ayotgan mablag‘lar xususida to‘xtaldi. 2020-yili ishchi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga 12154099 so‘m miqdorda mablag‘ sarflangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 37 322341 so‘mga yetdi. Har yili ishchi–xodimlarning 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 250 nafar farzandlari yurtimizdagi “Zomin”, “Ugam” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Filialning barcha tuman va shahar telekommunikatsiya bog‘lamalarida ishlayotgan ishchi-xodimlarining sport bilan shug‘ullanishlariga barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zaro tashkil etilayotgan sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va mini futbol turlari bo‘yicha musobaqalarda fi lial jamoasining faxrli o‘rinlar olib kelayotgani bejiz emas. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida har Qadrli yurtdoshlar! 2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalar ayollar 55 yoshga, erkaklar 60 yoshga to’lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etilmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etildi. Bunda pensiya tayinlash uchun talab etiladigan barcha hujjatlar elektron shaklda qabul qilib olinadi, ya’ni vazirlik va idoralararo yo’lga qo‘yilgan axborot almashinuvi orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi. Fuqarolarning pasport ma’lumotlari Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat personallashtirish markazi”dan olinadi. Korrupsiya bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan global muammodir. O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashishni o‘zining muhim ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olgan. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator huquqiy normalar qabul qilindi, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun va tegishli dasturlar. Bu huquqiy asoslar korrupsiyani bartaraf etish uchun samarali mexanizmlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. —Davlat organlari va jamoatchilik orasida korrupsiyaning salbiy ta’siri haqida juda ko‘p ma’rifi y tadbirlar o‘tkazildi,— deydi “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshqarma boshlig‘i A.Jo‘raboyev.— Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tashkil etilgan seminarlar, treninglar va konferensiyalar aholi orasida bu muammoning ahamiyatini tushuntirishga yordam bermoqda. Yurtimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bu esa korrupsion holatlarni • Ma’lumot PENSIYANI PROAKTIV SHAKLDA TAYINLASH TARTIBI Kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlar Keyingi bosqichda ularning manzillarini aniqlash uchun Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga elektron so‘rovnoma yuboriladi. Mehnat stajlari “Yagona milliy mehnat tizimi”dan, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Xalq banki va Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimidan olinadi va fuqarolarning ovoragarchiliklarisiz pensiyalar tayinlanadi. Eng asosiysi, fuqarolarimiz hech qayerga chiqmaydi, uylarida turgan holda o‘zlariga pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligi to‘g‘risida rad etilgan sabablari ko‘rsatilgan holda shaxsiy telefonlariga SMSlar yuboriladi. Agar fuqarolar o‘zlarining nomlariga rasmiylashtirilgan telefon raqamlar bo‘lmasa, pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pochta orqali yuboriladi. Proaktiv pensiya tayinlashda ishlovchi fuqarolar ma’lumotlari to‘liq raqamlashgan, vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatgan, oldin ishlagan lekin hozirgi kunda ishlamayotgan fuqarolarning ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlashmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda fuqarolar o‘z hududidagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilgan holda ish stajlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishlari lozim bo‘ladi. Bu haqidagi batafsil ma’lumotlarni Ishonch telefonlarimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan ham olishingiz mumkin. Quvonchbek HAMDAMOV, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i yili jamoa va ularning farzandlari tarixiy shaharlarga borish bilan birga viloyatimizdagi Sardoba, Xovostepa, Shirin shahridagi energetiklar muzeyi va viloyat tarixiy muzeyiga boradilar. Telekommunikatsiya sohasida uzoq yillar ishlagan faxriylar doimo e’zozda. Ularga muntazam ravishda zarur dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda. —Kasaba qo‘mitasining qo‘llovini doimo his qilib turamiz,—deydi Zebo Jo‘raboyeva.—3 nafar farzandim bor. Har yili bolalar oromgohida salomatliklarini mustahkamlashlarida kasaba qo‘mitasi g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda. Soha xodimlarining mehnati munosib taqdirlanib kelinmoqda. 8 nafar xodim orden va medallar bilan mukofotlangan. Ular orasida “Shuhrat” medali sohibi, Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi elektromexanigi Ulug‘oy Ne’matova ham bor. Konferensiyada o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil hisobot berildi. Hisobot yuzasidan so‘zga chiqqanlar kasaba qo‘mitasi faoliyati va uning yetakchisiga o‘z baholarini berdilar. Anjumanda qo‘mita raisi muqobillik asosida saylandi. Delegatlar fi kr-mulohazalarini dadillik bilan aytib, o‘zlari ishongan, munosib nomzod—Akrom Hojiniyozov uchun ovoz berishdi. Bahor XOLBEKOVA • Tadbir aniqlash, ularni bartaraf etish va profi laktika qilish bo‘yicha samarali ishlarni olib borish imkonini beradi. Jumladan, Elektron hukumat tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishi samaradorlikni yanada oshirdi. Tadbir davomida adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dilnoz Umrzoqova korrupsiyaga qarshi kurashishda yutuqlar va kelajakdagi vazifalar xususida so‘z yuritdi: —So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Ya’ni, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va e-gov tizimini kengaytirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo kuchaytirilishi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’limning kuchaytirilishi, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ochiqlik va oshkoralik siyosatining rivojlanishi, “Ochiq byudjet” va “Ochiq ma’lumotlar” platformalari korrupsiya xavfi ni pasaytirishga yordam bermoqda. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Xulosa shuki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda sezilarli natijalarga erishilmoqda, lekin bu jarayon doimiy e’tibor talab etadi. Kelajakda ushbu muammoni bartaraf etish uchun amal qilinadigan chora-tadbirlar jamiyatning har bir a’zosining mas’uliyati bilan bog‘liqdir va bu yo‘nalishda ishonchli islohotlarni davom ettirish talab qilinadi. Xurshida NISHONOVA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALASIGA BAGʻISHLANDI Yaqinda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi viloyat boshqarmasi majlislar zalida “O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishda yutuqlari va kelajakdagi vazifalari” mavzusida jurnalistlar ishtirokida viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasining mas’ul xodimlari boshchiligida o‘quv-seminar tashkil etildi. • Statistika 2025-yilning yanvar oyida Sayxunobod tumani sanoat korxonalari tomonidan 76,2 millard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,8 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 25,0 millard so‘m va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizdan iborat bo‘ldi. Tumanning tashqi savdo aylanmasi 4 725,6 ming AQSH dollarini va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 145,7 foizni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi 18,1 milliard so‘mga va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizga yetdi. Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini eStat 4.0 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang. Ahror MAMATQULOV, Sayxunobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i SOHALARDA RIVOJLANISH BOR


4 “U 2009-yilda “Bugungi O‘zbekiston” deb nomlangan fototanlovda qatnashib, respublika Yangi Sirdaryo miqyosida 1-o‘rinni egallaganida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 10 kunlik ijodiy sayohatga yuborilgan edi.” 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) To‘y har bir oila hayotidagi muhim marosimlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunda hashamatli to‘ylar ommalashib, katta tashvishga aylanib bormoqda. Ko‘pchilik bunday to‘ylarni nafaqat an’ana, balki ijtimoiy maqom va nufuz ko‘rsatkichi deb biladi. Ammo bu kabi hashamatli to‘ylardan kimlar manfaatdor? Albatta, to‘yxonalarning egalari, to‘yni tejamkor o‘tkazish o‘rniga g‘arbcha ssenariylar taklif qiluvchilar, bir umrlik esdalikka aylantirish xizmati, to‘yxonani gullar va maxsus dekoratsiyalar bilan bezatuvchilar. Qarindosh-urug‘larning “Oddiy to‘y o‘tkazish— oriyat!”, “Falonchidan kammisan?” degan fi krlari ko‘p oilalarni qarzga botgan holda to‘y qilishlariga undayapti. Ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur shaxslarning shohona to‘ylarni ommalashtirilishi orqali hashamat normal holat sifatida ko‘rsatilishi qandaydir “ibrat” namunasidek bo‘lib qolmoqda. Ularga taqlid qilib, ko‘p oilalar bankdan yoki birovlardan qarz so‘rab, to‘yni o‘tkazishi natijasida to‘ydan so‘ng moliyaviy qiyinchiliklarga yo‘liqib, oilaga darz ketishi, yangi kuyov kelinni uyda qoldirib, chet elga ishlash uchun ketishi va natijada oilalar buzilib, yoshlar o‘rtasida ajralishning avj olishiga olib kelmayaptimikan? 2019-yilda “Kovid-19” tufayli karantin bo‘lgan davrga bir nazar solaylik. Ko‘p oilalar 30 kishilik ixchamgina to‘ylar o‘tkazishdi va bu odamlarning juda ko‘pchiligiga ma’qul keldi. Ortiqcha xarajatlarsiz, bosh og‘riqlarsiz o‘tkazilgan to‘ydan ko‘pchilik yaxshi ma’noda manfaatdor bo‘ldi. Ya’ni oila byudjetiga nojo‘ya ta’sir qilmasdan, qarzga botmasdan to‘y qilish kimga yoqmaydi deysiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: O‘zi shu dabdabali, serchiqim to‘ylar bizga kerakmi? Yaqinda bir tanishimnikiga to‘yga bordim. To‘y marosimi jarayonida katta monitorda kelin-kuyovning bizning mentalitetimizga, o‘zbekchiligimizga to‘g‘ri kelmaydigan g‘arbcha “Love Store”, bizning tilda aytganda “Sevgi tarixi” namoyish etilayotgandi. To‘g‘risi, qatnashchilarning ko‘pchiligi uyatdan yerga qarashdi, ayrimlari miyig‘ida kulib qo‘yishdi. Chunki ekrandagi kelin-kuyovning bir-biriga qilayotgan qiliqlari nafaqat omma oldida, balki ota-onasining yonida ham o‘zini bilgan oilalar uchun juda uyatli edi. Aslida ham yoshlarimizning g‘arbning bema’ni qiliqlarini takrorlashining o‘zi ma’naviyatsizlik, o‘z tarixidagi odob va axloqda, ma’rifatda yuksak salohiyatga ega bo‘lgan Nodira, Uvaysiy, Bibixonim kabi ajdodlarimiz tarixini, ularning tabiatini o‘qib, ularga havaslanmaganlaridan. Chunki tarixiy shaxslarning ijodi va hayotini o‘qigan yigit-qiz albatta ularga havasmand bo‘lishi tayin. Afsuski, kitob o‘qishni emas, tarmoqlardagi yengil-yelpi videolarni ko‘rish ham yoshlarning hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham ayrim insonlarning nazarida hashamatli to‘y qilish oilaviy quvonch emas, jamiyatda nufuzini ko‘rsatish vositasiga aylanib borayapti. Bu borada omma ichiga kirib, savol berganimizda ko‘plab ayollarning fi kriga ko‘ra, hashamatli to‘y nafaqat qiyin, balki undan ko‘pincha kuyov tomon manfaatdor bo‘ladi, degan fi krni bildirishdi. Yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, oddiyroq to‘yga 35 million so‘m atrofi da, o‘rtachasiga 70 million so‘m, u yog‘i to‘yning hashamatiga qarab oshib ketaverar ekan. Omma orasiga kirganimizda yangicha urfodatlardan o‘zlari qiynalishayotganini, lekin negadir shu qiyinchiliklar ortida mutlaqo keraksiz odatlar yotganini his qila turib, ushbu hoyu-havaslardan kecha olishmayotganini anglaysiz. Yaqinda kattaroq do‘konlardan biriga kirsam, kreditga tilla buyumlar sotiladigan joyda er-xotin turmushga berayotgan qiziga uzuk, zirak olmoqchi bo‘lib turishardi. Garchand quloq solishni istamasam-da, baribir angladim. Ularning suhbatlari, ya’ni uzatilayotgan qizining sepiga albatta tilla qo‘shmasa, uyat bo‘lishini ayoli uqtirardi. Erning nigohi tillalarning narxiga qadalgandi. Bir qarashda bu hol oddiydek ko‘rinadi. Lekin kengroq o‘ylaydigan bo‘lsak, shu ortiqcha zebziynatlar, hashamatlar nahotki oilani mustahkamlasa? Xulosa shuki, bugungi o‘tkazilayotgan hashamatli to‘ylar oddiy odamlarga ma’qul emas. Lekin oriyat uchun boshqalar singari hashamatli to‘y qilishga majbur bo‘lishadi. Zamon o‘zgardi, deya fi kr bildiruvchilar uchun shuni aytish kerakki, zamon joyida turibdi, odamlar o‘zgardi. Bizlar o‘z hayotimizni o‘zimiz qiyinlashtirish bilan ovoramiz. Xurshida NISHONOVA 1975-yilda Toshmatovlar oilasi Toshkentdan Guliston shahriga ko‘chib kelib, yashay boshladi. Negaki, oila boshlig‘i, tajribali quruvchi Izzatulla otani yo‘llanma bilan Mirzcho‘lda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun yuborishgan edi. U kishining umr yo‘ldoshi, o‘qituvchi Farida aya shahardagi 11-o‘rta maktabda o‘quvchilarga dars bera boshladi. Ziyolilar oilasida Furqat, Iroda, Sur’at, Aziza va Feruza solih farzandlar bo‘lib, ma’rifatga intilib ulg‘ayishdi va oliygohlarda tahsil olib, yetuk mutaxassislar darajasiga yetishishdi. Furqat Moskva davlat pedagogika institutining Rus tili va adabiyoti fakultetini 1989-yilda tugatgach, bir necha yil davomida Guliston davlat universitetining “Rus tili va adabiyoti” kafedrasida faoliyat ko‘rsatib, talabalarga dars berdi. Hozirgi kunda viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotinqizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Nargiza Tojibayeva, GulDUda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akram Uzoqov, Guliston shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Ra’no Sulaymonova, Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti Bahrom Qurbonovlar bir vaqtlar auditoriyalarda o‘zidan saboqlar olishganini F.Toshmatov faxrlanib ta’kidlaydi. Payti kelib, F.Toshmatov aspiranturaga qabul qilinganida otasining taklifi bilan oilaviy sharoit tufayli yoshlarga ta’lim berish va tadqiqotlar olib borishdan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Chunki ukasingillarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak edi. Furqat o‘tgan asrning 90-yillari oxiri va 2000-yillarning birinchi yarmida “Adolat ko‘zgusi” gazetasining fotomuxbiri sifatida biz bilan hamkorlik qilgani va ajoyib natijalarga erishgani yodimizda. O‘sha yillarda u fotosuratlar tayyorlashdan tashqari, tahririyatimizda chopga tayyorlanadigan “Zerkalo” gazetasi uchun rus tilida o‘qishli, davr talabiga mos maqolalar yozardi. Materiallarni tayyorlashda tajribali jurnalist, “Sirdarinskaya pravda” gazetasi muxbiri Yevgeniya Kachakayeva ustoz sifatida unga doimo maslahatlar berib turardi. Payti kelib, F.Toshmatov “Sirdaryo haqiqati”, “Sirdarinskaya pravda” gazetalari tahririyatida fotomuxbir sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. U tajribali jurnalist, marhum Bozorboy Bekmurodov bilan birga viloyatimiz tumanlarining paxta dalalariga, g‘allazorlariga borib, toliqishlardan halovat topganini mamnuniyat bilan eslaydi. Tajribali fotomuxbirlar Refat Jeparov, Narzulla Fayzullayev bilan tahririyatda hamkorlik qilib, vohamiz hududlarida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jarayonlari, bunyodkorliklar va muhim o‘zgarishlar haqidagi maqolalar hamda zahmatkash insonlar faoliyatidan yozilgan lavha, ocherklarga oid fotosuratlarni o‘z vaqtida tayyorlab berganida o‘z ishidan behad zavqlanardi. Furqat Toshmatov viloyat miqyosidagi tadbirlarda doimo qatnashib, jarayonlarni mahorat bilan tasvirga oladiki, mahorat bilan tasvirga olgan fotosuratlari go‘yoki “gapirib” yuborgandek tuyuladi. U 2009-yilda “Bugungi O‘zbekiston” deb nomlangan fototanlovda qatnashib, respublika miqyosida 1-o‘rinni egallaganida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 10 kunlik ijodiy sayohatga yuborilgan edi. F.Toshmatov 2015-yilda “Guliston yangiliklari”, “Gulistanskiye novosti” gazetalari bosh muharrirligi lavozimiga loyiq ko‘rildi. Hozirgi kunda Guliston shahrining ko‘zgusiga aylangan nashrni barcha sohalar bo‘yicha boyitishda faollik namunalarini ko‘rsatib kelmoqda. Furqat sadoqatli umr yo‘ldoshi Muhabbatxon bilan 35 yildan beri ahil, totuv yashab kelishmoqda. ToshDUning Kimyo fakultetini tugatgan Muhabbatxon pensiya davrigacha o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha nufuzli tashkilotlarda faoliyat olib borgan edi. Toshmatovlar oilasida uch nafar farzand voyaga yetgan. Umida va Zarifa o‘z oilalari bilan Toshkent shahrida istiqomat qilishadi. Murodilla Moskva politexnika universiteti energetika fakultetining bakalavr, magistratura bosqichlarini tugatib, Moskva shahridagi korxonalardan birida gazprom sohasida ishlamoqda. Yaqindagina qutlug‘ oltmish yoshni qarshilagan qadrdon hamkasbimizni chin dildan tabriklab, u kishiga sog‘likomonlik, oilaviy xotirjamlik, kelgusi ishlarida muvaff aqiyatlar tilaymiz. Hasan ABDUVOHIDOV To‘yxat o‘rnida FOTOSURATNI “GAPIRTIRA” OLADIGAN ODAM • Bezovta o`ylar DABDABALI ABDABALI TO‘YLARDAN O‘YLARDAN KIMLAR MANFAATDOR? Farzand tarbiyasi eng og‘ir, eng birlamchi e’tibor berilishi kerak bo‘lgan vazifadir. Farzandini iymonli, vijdonli, pokdomon, sog‘lom e’tiqodli, odob-axloqli qilib tarbiyalash har bir ota-onaning burchidir. Eng avvalo, farzandlarimiz qalbida Vatanga sadoqat, oilaga, ota-onaga mehr-muhabbat hislarini uyg‘otmog‘imiz lozim. Halol va haromni farqlay oladigan farzandlardan yomon fe’lli inson chiqmasligini hammamiz yahshi bilamiz. Bunday farzandlarni tarbiyalashda o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Ota-ona farzandini mehnatga to‘g‘ri yo‘naltirsa, uning yurish-turishini tartibga solsa, ijobiy xattiharakatlarini qo‘llab-quvvatlsa, maqtovga loyiq ish qilganda, yutuqlarga erishganda uni munosib taqdirlasa, ya’ni kuch-quvvat beruvchi so‘zlar bilan maqtasa, maqsadga muvofi q bo‘ladi. Aksincha, farzand tomonidan biror nojo‘ya holat sodir bo‘lganda darrov uni koyishga shoshilmasligimiz kerak, ya’ni bunday vaziyatlarda o‘ylab ish tutmog‘imiz zarur. Bu hol yana takrorlanganda esa muloyim tarzda chiroyli so‘zlar va iboralar bilan xatolarini tushuntirishimiz kerak. Yana shuni yodda tutmoq kerakki, farzandlarimiz oldida oilaviy mojarolar, er-xotin muammosi haqida gaplashmasligimiz lozim. Ular oldida g‘iybat, fi squ fasoddan saqlansak, tarbiyaviy ahamiyatga ega suhbatlar qursak, maqsadga muvofi q bo‘ladi. Eng asosiysi, sharqona milliy qadriyatlarimizni, ibratli an’ana va urf-odatlarimizni farzandlarimiz ongiga singdirmog‘imiz zarur. Shunda o‘g‘il-qizlarimiz oilamizga, elimizga munosib kishilar bo‘lib voyaga yetadilar. Mastura AZIMOVA, Sayxunobod tumani “Paxtakon” MFY otinoyisi Ramazon saboqlari amazon saboqlari Farzand tarbiyasi arzand tarbiyasi


5 Yangi Sirdaryo “Maktab uchun 1000 kitob” chorlovi ta’lim muassasalari kutubxonalarining adabiyotlar bilan boyishida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.” 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) “MAKTAB UCHUN MAKTAB UCHUN 1000 KITOB” 000 KITOB” eng a’lochi o‘quvchilariga o‘zi joriy qilgan shaxsiy stipendiyasini taqdim etadi. Shu bois Hakimjon Yunusov har gal maktabga qadam ranjida qilsa, jamoa uni eshonday siylab kutib oladi. O‘zimcha o‘ylayman: maktab uchun borini beradigan shunday insonlarga O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishonini bersa, arzimaydimi?! Vohamizda maktab uchun qayg‘uradigan hotamtoy insonlar ko‘p. Yaqinda shunday maktabparvar fuqarolardan biri bilan tanishib qoldim. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tumani sudi sudyasi yordamchisi Zebuniso Norova Guliston shahridagi 12- va 13-umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalariga 2 000 000 so‘mlik 62 jild kitob sovg‘a qilibdi. —Siz Guliston shahridagi maktabda o‘qiganmisiz? — deya savol berdik, Zebunisoga. — Yo‘q, Oqoltin tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirganman. Anchadan buyon savob yo‘lida begona maktablarga ham kitob sovg‘a qilishni niyat qilib yurgandim. O‘quvchilar men tuhfa qilgan adabiyotlarni mutolaa qilishsa, minnatdor bo‘lishadi, uzoq vaqt eslab yurishadi-ku! Hamqishlog‘im, Xovos tumanidagi 2-sport maktabi direktori Yorqinjon Mamasoliyevning 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga 20 jild kitob sovg‘a qilganini eshitib, terimga sig‘may quvonib ketdim. Men ham shu maktabda tahsil olganman. Garchand o‘zim o‘qigan maktabimga tez-tez borib tursam-da, hozircha biror narsa sovg‘a qilganim yo‘q. Yorqinjondan ibrat olishim kerakka o‘xshaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyer shahar sport maktabi direktori Jahongir O‘rinboyevning shahardagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 20 jild kitob sovg‘a qilganini o‘qib, chellenj kuchga kirayotganidan quvonib ketdim. Maktablar kutubxonalarini boyitishda urfga kirib borayotgan kitob yarmarkalarining roli ayricha ahamiyat kasb etmoqda. —Keyingi paytlarda maktablarda navbati bilan tashkil etilayotgan kitob yarmarkalarida savdomiz ancha yurishib qoldi, — deydi tadbirkor Lola Ibragimova. — Ota-onalar, mahalla faollari, ustozlar, sobiq o‘quvchilar o‘zlari tahsil olgan maktablar va farzandlariga kitoblar xarid qilishmoqda. Albatta, maktab kutubxonalarining boyishi o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga xizmat qiladi. Zero, viloyatimizda shunday maktablar borki, kutubxonasidagi kitoblar soni o‘quvchilarga taqsimlanganda 2-3 tadanga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu o‘rinda yana bir fi krni o‘rtaga tashlamoqchimiz: har bir oilada moʻjazgina kutubxona bo‘lishiga erishishimiz ham kerak. Ingliz yozuvchisi Terri Pratchett aytgan-ku: “Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda”, deb. 11 mart kuni Guliston shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitob ulashib — ma’rifat ulashib” shiori ostida navbatdagi kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Guliston davlat pedagogika instituti rektori J. Qarshiboyev o‘zi tahsil olgan mazkur maktabga 40 jild kitob sovg‘a qilibdi. Bir so‘z bilan aytganda, “Maktab uchun 1000 kitob” chorlovi ta’lim muassasalari kutubxonalarining adabiyotlar bilan boyishida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Yaxshilarga yondoshib, barcha rahbarlar, ziyolilar o‘zlari tahsil olgan maktablarga eng sodiq do‘st — kitoblar bilan kirib borsalar, ta’lim muassasalari yanada yorishib ketardi. Muhammadali AHMAD Tasvirlarda: maktabparvar inson, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi raisi Hakimjon Yunusov o‘zi tahsil olgan ta’lim muassasasiga har gal kitoblar bilan boradi; Yangiyer sport maktabi direktori Jahongir O‘rinboyevning tuhfasidan maktab jamoasi xursand; oqoltinlik Zebuniso Norova kitob sovg‘a qilishni yaxshi ko‘radi. O‘zbek xalqi – so‘zamol xalq. Bir-biridan qiziq an’anayu urf-odatlari ham aytayotgan so‘zlarida, qo`llagan har bir iboraning zamirida ufurib turadi. Ayniqsa, nuroniylari bor xonadonlarda chin o‘zbekona tabiat asrlar o‘tsa-da barhayotdir. Barchamizga tanish maqol-u hikmatlar kattalarning maslahatlari, tanbehlari natijasida esimizni taniy boshlaganimizdanoq ongimizga singib borgan. Jumladan, oilamizdagilarning “Katta arava qayerdan yursa, kichigi ham shu yerdan yuradi,” deya botbot ta’kidlashlari yillar o‘tibdiki, aslo esdan chiqmaydi. Aynan bir og‘iz gap “arava”ga mas’uliyat toshini yuklaydi. Yillar davomida bu so`zning ijtimoiy hayotimizdagi chuqur o‘rni va mohiyati men uchun ravshanlashib boraveradi. Odamzot tutgan yo‘li, amallari bilan nafaqat o‘z taqdirida, balki yonatrofdagi bir necha insonlarning qismatida burilishlar yasashi mumkin ekan. U xoh farzand bo‘lsin, xoh otaona, rahbar-u xodim – har kim bunda “katta arava” bo‘la oladi. Zimmasidagi hayot yuklagan yuk va uning oqimidagi o‘z vazifalarini chuqurroq anglab yetadi. Bu maqol nafaqat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi axloqiy qurol, balki turmushimiz farovonligi va yangi avlod jamiyatining to‘g‘ri shakllanishini ta’minlaydigan zarur omildir. Har bir insonning turli davralarda turli mas’uliyati mavjud. Hayotga kelibmizki, yashamoqlikdek bir vazifa umrimiz oxiriga qadar yo‘ldoshimiz bo‘ladi. Oilada esa farzandlik burchi, ayniqsa, katta farzandlarda oila boshining ikkinchi qanoti bo‘lishdek muhim vazifa qilayotgan amallarida diqqatli bo‘lishga undaydi. “Katta arava” deb shuni aytadilar-da. Kichik farzandlarga o‘rnak bo‘la olish, bildirilayotgan ishonchni oqlay bilish, o‘z orzu-maqsadlari qatoriga yaqinlari umidining gullashini ham kirita olish ularning asosiy maqsadiga aylanadi. Bugunga kelib, jamiaytimizning shunday maqsad egalariga ehtiyoji katta. Sababi, texnika asrmizni yangilab borayotgan internet tarmoqlari va gadjetli olam, so‘nggi yillarda yoshlarining shu oqim bilan hamnafas shakllanishi natijasida ularning yorqin fi kr doirasi va bolalar tabiatidagi rang-baranglik barham topmoqda. Asosiy e’tibor vaqt kushandasi – ijtimoiy tarmoqlarga qaratilgan, maqsadsizlik, hozirgi vaqtnigina qiziqarli o‘tkazish uchun butun kelajakni boy berish kabi salbiy oqibatlar yuzaga kelmoqda. Shunday oilalar borki, go‘yoki yonma-yon yashovchi begonalar guruhiga o‘xshaydi. U uyda na orzuhavas, na mehr, na g‘ayrat va na bolalik yashaydi. Hatto yaqinlari hayotiga bir chetda befarq va begonadek kuzatuvchi bo‘lib turuvchilar ham yo‘q emas. Aslida turmush tarzining qanday tusda bo‘lishi uning bosh bo‘g‘inlaridan andoza olingan holda shakllanadi. Yuqoridagi illatning ham qurishida yoki ildiz otishida, aynan, ularning xizmati katta. Chunki inson bir-biriga ko‘zgudir. Masalan, ota-onaning boshqalarga, aka-uka, opa-singillariga qilayotgan siylai rahmidan farzandlari ham o‘rnak olib, o‘zaro ana shunday munosabat quradilar. Axir aytadilar-ku: “Qush inida ko‘rganini qiladi”, deb. Keksalari ulug‘langan, kattaga hurmat, kichikka izzat ko‘rsatiladigan, eng muhimi, “katta arava”ning yo‘nalishi to‘g‘ri belgilangan xonadonda madaniyat va ma’naviyat ziyolliari yetishib chiqadi. Men ham bobom va buvimning shunday maqollar bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, tarbiya qilib o‘stirganlarini sira xotiramdan o‘chirmayman. Bundan bahramand bo`lib ulg‘aygan singillarimda mening bosayotgan qadamlarimga e’tibor bilan razm solishadi. Sababi, mening bosgan qadamlarim ular uchun yo rag‘bat, yoki tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Bunday his natijasida mening g‘ayratim ham oshib boraveradi. Zero, har birimiz bizga umid bilan tikilgan nigohlar uchun ham yaxshi iz qoldirishimiz va shu izdan “kichik arava”larni ham ergashtira olishimiz lozim. Dilnoza JABBOROVA, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, “Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zosi KATTA ARAVA ATTA ARAVA QAYERDAN YURSA… AYERDAN YURSA… • Mulohaza (Boshlanishi 1-betda.) • Qonun va ijro Qonun va ijro Amaldagi Qonun bundan salkam chorak asr oldin qabul qilingan bo‘lib, qonun normalari bugungi globallashuv jarayonlariga mutlaq javob bermasligi shaharlarimiz, ayniqsa, Toshkent shahri atmosfera havosining ifl oslanishi misolida yaqqol namoyon bo‘ldi. Qonun doirasida ekologik ekspertiza o‘tkazishning xalqaro skrining va skoping mexanizmlarini joriy etish orqali, atrof muhitga ta’sir etish bo‘yicha ob’yektlar toifasi amaldagi 4 tadan 3 taga qisqartirilmoqda. Ushbu mexanizm bilan atrof-muhitga kam ta’sir ko‘rsatuvchi hunarmandchilik va savdo xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan minglab kichik biznes vakillarini ekologik ekspertizaga jalb etilmaslik imkoniyatlarini yaratadi. Axborotlashtirish, sohaning shaff ofl igi va ochiqligini ta’minlashga hamda korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, ekspertizani o‘tkazish bilan bog‘liq muammoli va bahsli masalalarni hal etish uchun doimiy faoliyat yurituvchi Ekspertlar kengashini tashkil etish normasi kiritilmoqda. Mazkur yangi norma ushbu masalalar yuzasidan kollegial kelishuv asosida qaror qabul qilish imkoniyatlarini yaratadi hamda sohaning xolislik va asoslanganlik prinsiplarini ta’minlaydi. Qonunda ekspertiza jarayonlari ishtirokchilarining, ya’ni buyurtmachi, loyihachi va ekologekspertning vakolatlariga aniqlik kiritilib, ularning mas’uliyatlari kuchaytirilmoqda. Qonun ekologik ekspertiza faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish orqali mamlakatimizda ekologik barqarorlikni mustahkamlaydi. Umuman olganda, mazkur qonun ekologik ekspertiza faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish orqali mamlakatimiz ekologiyasining barqarorligini ta’minlashga hamda fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashash huquqi kafolatlanishiga xizmat qilish maqsadida qabul qilingan. Davlat ekologik ekspertizasi markazi DM Sirdaryo viloyati fi liali EZGU MAQSAD YO‘LIDA Joriy yilning 24-fevral kuni “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi O‘RQ 1036-sonli qonuni qabul qilindi.


Natijada bugungi kunda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, taqdir taqozosi bilan qiyin ahvolga tushib qolgan ayollarning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni har tomonlama qo‘llabquvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 8-mart—Xalqaro xotin- qizlar bayrami va “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” bayramlari shukuhini yanada yuqori saviyaga ko‘tarish maqsadida 6 “Bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun ularning har biri Yurtboshimizga Yangi Sirdaryo chin yurakdan samimiy minnatdorliklarini bildirishdi.” • SO‘RAGAN EDINGIZ... Xodim qaysi oyda ishga kirgan bo‘lsa, har yili o‘sha oyda ta’til oladimi? Yoki boshqa oyda ham ta’til berish mumkinmi? TA’TILGA CHIQISH A’TILGA CHIQISH TARTIBI Mehnat kodeksida ish yili va har yilgi mehnat ta’tili bo‘yicha belgilangan normalar bor. Xodim qaysi oyda ishga kirgan bo‘lsa, o‘sha oyda ta’tilga chiqadi degan qoida noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 225-moddasida ish yili degan tushuncha mavjud. Unga ko‘ra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi. Mehnat kodeksining 230-moddasiga asosan mehnat ta’tili har yili ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Masalan, xodim 2023-yil sentyabr oyida ishga kirgan bo‘lsa, u 2024-yil sentyabrgacha ta’tilga chiqishi shart. Ya’ni xodimni shu ish yili davomida ta’tilga chiqarish mumkin. Mehnat kodeksi 228-moddasining 7-qismiga asosan jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin. Ya’ni belgilangan jadval xodim va ish beruvchining kelishuvi bilan bemalol o‘zgartirilishi mumkin. Bundan tashqari, olti oy to‘lmasdan ta’til oladigan va xodimning xohishiga ko‘ra, ta’til oladigan toifalar mavjud. Masalan, MK 227-moddasining 3-qismiga asosan olti oy o‘tguniga qadar xodimning xohishiga ko‘ra quyidagilarga har yilgi mehnat ta’tili beriladi. Ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga, rezervga bo‘shatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan sobiq harbiy xizmatchilarga, 1941- 1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga. Undan tashqari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga, ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishi, jamoa kelishuvlarida, shuningdek, jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda ham ta’til olishlari mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xodim qaysi oyda ishga kirgan bo‘lsa, o‘sha oyda ta’tilga chiqsin degan qoida mavjud emas. Xodimni ishga kirgan yilning istalgan vaqtida ish beruvchi bilan kelishgan holda ta’tilga chiqarish mumkin. Q. AHMADJONOV, Guliston shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) QUTURISHDAN EHTIYOT BO‘LAYLIK • E’zoz har bir inson yuragi bir orziqib ketishiga shubha yo‘q. Umrida birinchi marta sayohat qilayotgan opa-singillarimizning bugungi quvonchi cheksiz. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun ularning har biri Yurtboshimizga chin yurakdan samimiy minnatdorliklarini bildirishdi. Maroqli va sermazmun sayohatdan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilganini aytib, behad mamnun bo‘lishganini izhor qilishdi. Eng muhimi, har bir sayohatchi ayol Firibgarlik — bu jinoyat, unda shaxs boshqa insonning mol-mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash usullari bilan olib qo‘yishga harakat qiladi. Bu holatda aldangan shaxs o‘z mulkini yoki huquqini boshqa shaxsga berishi yoki o‘z ixtiyori bilan fi ribgarning manfaatlari uchun ish tutishi mumkin. Firibgarlik ko‘pincha ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, Firibgarlik yoki aldash, deganda aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi. Shuningdek, jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, bitim yoki to‘lov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘ynash chog‘ida aldov usullarini qo‘llash kabi holatlar kiradi. Bunday vaziyatda fi ribgarlar o‘z manfaatlari yo‘lida boshqalarning ishonchini suiiste’mol qilib, ularni chuv tushiradilar. • Ogohlikka da’vat FIRIBGARLIK — ISHONCHNI SUIISE’MOL QILISH SAN’ATI So‘nggi vaqtlarda fi ribgarlikning turlari ko‘paygan sari jinoyat sudlari faoliyatida ham mazkur turdagi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish amaliyoti rivojlanmoqda. Chunki shunday ustamonlik bilan sodir etilgan fi ribgarlik jinoyatlari ham borki, ba’zan hayratdan yoqa ushlaysan. Lekin har qanday jinoyatga jazo muqarrar bo‘lganidek, milliy qonunchiligimizda fi ribgarlik uchun jazo qat’iy belgilangan. Ishonchga asoslangan munosabatlarda, ayniqsa, shaxsiy yoki qarindosh-urug‘lik aloqalari mavjud bo‘lganida aldab ketish ehtimoli yanada oshadi. Odatda bunday hollarda aybdor shaxs jabrlanuvchining ishonchiga kirib, uning mol-mulk yoki boshqa resurslarini o‘zlashtirish uchun manipulyatsiya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kedeksida fi ribgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun quyidagicha javobgarlik belgilangan: Ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish—bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu holatlardan saqlanish uchun insonlar o‘z huquqlari va majburiyatlarini bilishlari, shubhali vaziyatlarda ehtiyot bo‘lishlari muhimdir. Bahodir QORAYEV, jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining raisi 2024-yilda ishsiz va band bo‘lmagan 5000 nafar yigit-qizlarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish ko‘zda tutilgan edi. Amaliy natijalarga ko‘ra, 7060 nafar tinglovchi kasb-hunarga o‘rgatish uchun yuborildi. Shuningdek, ulardan 5031 nafari Kambag‘allikni qisqar-tirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yo‘llanmasi asosida, 2029 nafari esa pullik xizmatlar orqali o‘z hisobidan ta’lim olgan. Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida turli yo‘nalishlardagi mutaxassisliklarga o‘rgatish amalga oshirildi. Bunda neyl-stilistlar, kosmetologlar, uqalovchilar, sartaroshlar, tikuvchilar, oshpazlar va boshqa kasb Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazida 2024-yil sarhisobi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq muloqotda jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi. Muloqot davomida ishsiz fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish haqida yuzasidan ma’lumotlar berildi. EZGU ISHLARNING ZGU ISHLARNING SAMARASI AMARASI • Tadbir sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash jadvali asosan yiliga 1715 nafar yozilish imkoniyati bilan belgilangan edi. Ushbu markazda 12 oy davomida yo‘llanma asosida 1582 nafar (shundan, stipendiyali yo‘llanma asosida 91 nafar), pullik xizmatlar orqali esa 967 nafar jami 2547 nafar tinglovchilar kasbga yo‘naltirilgan. Bu natijalar bo‘yicha umumiy hisobda 2549 nafar yigit-qizlarning bandligi 149 foiz hisobida ta’minlandi. Yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘mak berish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda. X. NISHONOVA SAYOHATDAN MAMNUN BO‘LISHDI Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarda birdek olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, shu jumladan, xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, hayoti farovonligini oshirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. bugun viloyatimizning barcha tuman, shaharlarida yashovchi “Ayollar daftari”ga ro‘yxati kiritilgan yuz nafar ayol kasaba uyushmalarining Toshkent shahriga bepul sayohatga jo‘nab ketishdi. Umr bo‘yi ro‘zg‘oridan ortib, uyidan nariga chiqmagan ehtiyojmand ayollarning dil izhorlarini tinglagan mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan shodlanib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchlari ortgan holda o‘z uylariga qaytdilar. Viloyat kasaba uyushmasi Madaniy-ma’rifi y va sport ishlari bo‘limi Sirdaryo viloyati rahbarining 2025-yil 19-fevraldagi “2025-yil 19-fevraldan 20-martga qadar “Viloyatda quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 26-9-0-F/25-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB JXX JTSB • Jarayon karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Guliston shahar markaziy dehqon bozorida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga veterinariya va sanitariya qoidalariga rioya qilish va yuqoridagi qoidalarga rioya qilmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan tegishli tartibda jarima jazosiga tortilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shokir KARIMOV, viloyat IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi boshlig‘i, mayor


Sayxunobod tumani “Gul- buloq” MFY, Samarqand ko‘chasi 43-uyda yashagan, 19.12.1993-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rtamaxsus, muqaddam sudlanmagan, oilali, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Yusupov Odiljon Sobir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JKning 2441 -moddasi 3-qismi “g” bandi va 159-moddasi 1-qismida ko‘rsatilagan jinoyatlarni sodir etganligi bois qidirilmoqda. * * * Sayxunobod tumani “Gul- buloq” MFY, Samarqand ko‘chasi 42-uyda yashagan, 03.07.1993-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, bo‘ydoq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Abdurazzakov Otabek Ziyadulla o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JKning 154-moddasi nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi sababli qidirilmoqda. * * * Sayxunobod tumani “Guliston” MFY, Haqiqat ko‘chasi 22-uyda yashagan, 12.06.1986-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, oilali, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Eshonkulov Toxir Kushakovich O‘zbekiston Respublikasi Jkning 154-moddasi va 223-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi sababli qidirilmoqda. * * * Sayxunobod tumani “Sintob” MFY, Fitrat ko‘chasi 4-uyda yashagan, 05.01.1992-yilda tug‘ilgan millati tojik, ma’lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, oilali, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Uzuxov Ilxom Turayevich O‘zbekiston Respublikasi JKning 2441 -2442 -moddalari 1-2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi bois qidirilmoqda. * * * Sayxunobod tumani “Sintob” MFY, Oqterak ko‘chasi 103-uyda yashagan, 01.09.2001-yilda tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, bo‘ydoq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Shukurov Muxammad Elmurodovich O‘zbekiston Respublikasi Jkning 2441 -2442 -moddalari 1-2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi sababli qidirilmoqda. * * * Sayxunobod tumani “Sintob” MFY, А.Yassaviy ko‘chasi 16-uyda yashagan, 29.03.1994-yilda tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti o‘rta maxsus, muqaddam sudlanmagan, oilali, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Arzuev Iskandar Shadimuratovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 2441 -2442 -moddalari 1-2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi sababli qidirilmoqda. Ushbu shaxslar haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi IIBga yoki Sayxunobod tumani IIBning quyidagi 102, (78) 278-02-80, (99) 757-00-17) telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Unutmang, ogohlik — davr talabi. Sizlar tomoningizdan berilgan ma’lumotlar sir saqlanadi. 7 Yangi Sirdaryo Davr sadosi. E’lonlar • DIQQAT, QIDIRUV! KO‘RSATKICHLAR — IJOBIY 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) Fuqaro Amanov Shuxrat Ulug‘bek o‘g‘li nomiga Sirdaryo viloyati IIB YHXB RIB (TRIB) tomonidan 2015-yilda berilgan AC 252863 raqamli haydovchilik guvohnomasining O`zR 2379333 raqamli taloni yo‘qolganligi sababli BEKOR QILINADI. * * * Boyovut tumani SH. Rashidov SIU SH.Rashidov mahallasi hududida joylashgan turar joy binosi uchun Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasi tomonidan 2013-yilda Karshiyev Mamat nomiga berilgan 120111010300010018 raqamli kadastr hujjati yo‘qolganligi sababli BEKOR QILINADI. Insonning umri davomida qilgan yaxshi amallari, uning nomi xalq xotirasida saqlanib qoladi. Aslida hurmat qozonishga osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Shifokorlik kasbiga o‘z hayotini baxshida qilgan kishilar sharafl i yo‘lda mas’uliyatli ekanliklarini ko‘rsatsalar, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘ladilar. Guliston shahridagi “Ibn Sino izdoshlari” klinikasining bosh shifokori, stomatolog, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Hikmatullo Mamatqulov ana shunday el ardoqlagan insonlardan biridir. U kishi nafaqat o‘zining yuksak malakasi va tajribasi bilan, balki insoniylik fazilatlari, samimiyligi bilan ham odamlarning mehrini qozongan. Bir kuni u kishining huzuriga 70 yoshdan oshgan onaxon tashrif buyurib, o‘zini Mirzaobod tumanida yashovchi Ruxsatoy Qo‘shboqova, deb tanishtirdi. Onaxon minnatdorlik bilan 20 yil oldin Hikmatullo aka davolagan tishlari haligacha og‘rimaganini aytib, samimiy tashakkur bildirdi. Bu holat shifokorning mahoratiga berilgan munosib baho edi. Ruxsatoy ayaning aytishicha, 2020-yilda tug‘ilgan nabirasiga shifokorga bo‘lgan hurmat tufayli oilada Hikmatullo deb ism qo‘yishgan. H.Mamatqulov 1985-yilda Toshkent tibbiyot oliygohida tahsil olgan. Shifokorlikka bo‘lgan mehri va harakatchanligi uni bu kasbda eng yuqori marralarni zabt etishga undadi. Ammo hayot sinovlarsiz bo‘lmaydi. 1986-1988-yillarda Afg‘oniston demokratik respublikasida harbiy xizmatni o‘tadi. —Hikmatullo akadan nafaqat shifokorlikni, balki mas’uliyatlilik va insonparvarlik kabi fazilatlarni ham o‘rganib kelyapman,—deydi yosh shifokor Dilyor Akbarov. — Ustozim sababli tibbiyot sohasiga bo‘lgan mehrim yanada ortib, bemorlarga sidqidildan yordam berishga intilmoqdaman. Har bir insonning hayoti va mehnat faoliyati uning kimligini ko‘rsatadi. H. Mamatqulov o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati va jonkuyarligi bilan nafaqat malakali shifokor, balki ezgu niyatli inson sifatida ham xalqning ehtiromini qozongan. Yaxshiliklar qilish–eng ulug‘ fazilat. Hikmatullo akaning ish stolida u kishi tufayli bepul shifo topgan bir necha bemorlarning minnatdorchilik maktublarini ko‘rish mumkin. Maktublarni o‘qiganimizda odamlar ko‘ngliga quvonch ulashishni har narsadan ustun biladigan, qo‘li ochiq, saxovatli kishilar oramizda borligidan quvondik. Bahodir RAHMON • Oramizdagi odamlar ELDAN OLQISH LDAN OLQISH OLAYOTGAN SHIFOKOR So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “yurtimiz yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani yoki sotilayotgani” haqida xabarlar keng tarqalmoqda. Mazkur shaxslar qonunchiligimizga ko‘ra, yer uchastkalarini chet elliklarga berish tartiblaridan xabari yo‘qligidan bunday ma’lumotlarni tarqatayotgan ko‘rinadi. Agar xabarlari bo‘lganida noto‘g‘ri xabarlarni tarqatmagan bo‘lar edi. Biz sizga ma’lumot berib o‘tamiz. Ogohlik—davr talabi ALDOVLARGA UCHMANG Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) talablari Yer kodeksi bilan belgilangan hamda uning 17-moddasiga muvofi q chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat IJARA HUQUQI ASOSIDA ega bo‘lishi mumkin. 24-moddasiga muvofi q chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari IJARAGA BERILADI. “Xo‘p, ijaraga bersagu xususiylashtirib olsachi, unda nima qilamiz?” - deb vahimaga tushmang. Xavotirga o‘rin yo‘q, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofi q chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish sub’yektlari bo‘lmaydi, ya’ni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi. “Xo‘sh agar qishloq xo‘jaligi yeri bo‘lsa-chi? Uni xususiylashtirib oladimi?” - deb o‘zingizni qiynamang. Qishloq xo‘jaligi yerlarini hatto O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi. Shunday ekan, YERLARIMIZ CHET EL FUQAROLARIGA BERIB YUBORILYAPTI mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha o‘rganilmasdan chiqarilgan xabarlar. Bu shaxslar bunday ma’lumotlarni tarqatishdan nimani ko‘zlaganini bilmadigu. Ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-moddasi 2-qismi bor ekanligini shunchaki eslatmoqchimiz. Shu o‘rinda fuqarolarimizdan har xil aldovlarga uchmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan esa yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz. Zero, oxiri o‘ylanmay qilingan yuqoridagi kabi holatlar aholida norozilik, Qonunlarga nisbatan ishonchsizlik kayfi yatini keltirib chiqarishi hatto, investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmang! Ne’matjon ATAMURATOV, Kadastr agentligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i 2025-yilning yanvar oyida Boyovut tumanining sanoat korxonalari tomonidan 362,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 134,3 foizni tashkil etdi. Bozor xizmatlari hajmi 59,1 milliard so‘m va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,1 foizdan iborat bo‘ldi. Tumanda chakana savdo tovar aylanmasi 22,0 milliard so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizgacha yetdi. Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini eStat 4.0 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang. Mahmud ISHONKULOV, Boyovut tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Haftaning har juma kuni “Milliy qadriyat kuni” deb qabul qilinishi biz— pedagoglar tomonidan katta xursandchilik bilan qabul qilindi. Jamiyatning dolzarb og‘riqli nuqtasi bo’lgan masala—yoshlarning milliy madaniyat, milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashayotgan bir davrda bu loyiha nafaqat biz, balki butun O‘zbekiston uchun katta imkoniyat berdi. Yoshlarimizni qadimiy qadriyatlar bilan tanishtirish va milliy merosimizga hurmat ruhida o’stirish uchun muhum qadam qo‘yildi. O‘zim faoliyat yuritayotgan maktab misolida biz pedagogik jamoamiz bilan birgalikda bu loyihada faol ishtirok etayapmiz. Haftaning juma kuni ma’naviyat soatlarida o’quvchilar bilan bir qator milliy tadbirlar, tanlovlar tashkil etganmiz. O‘g‘il-qizlar milliy urf-odatlarimiz, o‘yinlarimiz, kulolchilik, kashtachilik, hunarmadchilik, milliy liboslar tarixi bilan tanishtirib borilmoqda. Ushbu faoliyatdan maqsad o‘quvchilarga o‘zbek milliy qadriyatlari va urf-odatlarini tushuntirish, o‘z millatiga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Laylo BOBOYEVA, Oqoltin tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi • Jarayon AJDODLAR MEROSI – MILLIY GURURIMIZ


Bosh muharrir: Bahrom BOYMURODOV Bizga yozing: 120100. Guliston shahri, Navoiy shohko‘chasi, 30-uy. Telegram: @yangisirdaryogazetasi Facebook: Yangi Sirdaryo gazetasi Instagram: @yangisirdaryogazetasi Website: sirdaryo24.uz YouTube: Yangi Sirdaryo 24 Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Chop etilgan maqolalardagi ma’lumotlar va raqamlar to‘g‘riligi uchun javobgarlik muallif zimmasida. Nashr ko‘rsatkichi 459. ISSN 2181-5984 Topshirish vaqti - 19.00 Topshirildi - 23.30 17.03.2025-yil —Tijorat materiali Sotuvda erkin narxda t 2020-yil 25-iyunda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida 10-023 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Muassis: Sirdaryo viloyati hokimligi TELEFONLAR: Qabulxona: (33) 355-07-45, O‘rinbosar: (94) 955-54-02, Bo‘limlar: (93) 271-51-58, (99) 913-11-56, (99) 476-82-19, reklama va e’lonlar: (99) 646-07-45. Gazeta “Yangi Sirdaryo” tahririyati kompyuter markazida terilib, sahifalandi. A-3 formatda, 8 sahifada 2 bosma taboq ofset usulida “SHARQ” NMAKда 4 000 nusxada chop etildi. Bosmaxona manzili: Toshkent sh., Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy. Теl.: (71) 233 11 07. Buyurtma Г-348 NAVBATCHI: A. AHMADJANOVA 8 “Ha, mana shunday ibratli hayot kechirayotgan onaxon insoniy fazilatlari, Yangi Sirdaryo xizmatlari tufayli el orasida hurmat va e’tibor qozonmoqda.” 2025-yil 17-mart, 10-son (11704) Yaqinda Habiba opani qutlash uchun qo‘ng‘iroq qilganimizda u kishi hozir velosiped boshqarayotgani, yo‘ldan chetga chiqib, gaplashajagini aytdi. Onaxon bilan suhbatlashar ekanmiz, Yurtboshimiz bilan yuzma-yuz turib, o‘z minnatdorchiligini bildirgani, duolar qilganini hayajon bilan so‘zlab berdi. Birinchi bergan savolimiz shu bo‘ldi – “Mukofotlanganingizni dastlab kimdan eshitdingiz va kim birinchi bo‘lib tabrikladi”. — Birinchi bo‘lib Polshadan nevaram Sirojiddin qo‘ng‘iroq qilib tabrikladi, keyin Norvegiyada faoliyat olib borayotgan nevaram Gulruxsora qutladi, — dedi quvonchini biz bilan baham ko‘rib Habiba aya. — Zamonni qarang-a, dunyoning to‘rt tomoni ham bir qadam bo‘lib qoldi. Ayniqsa, shunday quvonchli xabarni ilk marta xorijdagi jigarlaringdan eshitish qanday yoqimli. Allohga shukr, farzandlarimiz, nevaralarimizning kamolini ko‘rish nasib etmoqda. Darvoqe, aziz mushtariy, qahra- monimiz shu qutlug‘ yoshda velosiped haydayotgani mahallasidagi sportsevar ayollarning yetakchisi ekanligidan hayratga tushishingiz aniq. Ha, shunday. Bugungi kunda Habiba aya mahallasidagi turli yoshdagi ayollarni jamlab (12 nafarini qariyalar va 23 nafarini 50-60 yoshdagi va ayollar), “E’zozli ayol” deb nomlangan sport to‘garagi tashkil etgan. —Bizning qishloq ayollari sog‘lom turmush tarziga amal qilishadi, har kuni ertalab ko‘chalar bo‘yicha guruhbo‘lib velosipedda sayrga chiqamiz, mahallani aylanamiz, mavridi bo‘lsa, biryo‘la ba’zi xonadonlarga kirib, xasta mahalladoshlarimiz holidan xabar olamiz, ular bilan suhbatlashib, mehr ulashamiz, — deydi Habiba aya. – Avvaliga bu harakatlarimiz ayrimlarga biroz erish tuyulgan bo‘lsa, endi esa bizga hatto boshqa mahalladagilar ham havas qilishadi. Kundan kunga safi miz kengayib borayapti. Chunki sport sog‘lik garovi ekanligini hamma anglab yetayapti. Mashg‘ulotimiz tugagach, folklor ansamblidagi yumushlarimiz boshlanadi. Repetiеtsiya jarayonlari davom etadi, konsert dasturimizni yangi xalqona kuy-qo‘shiqlar, laparlar bilan to‘ldiramiz, tuman va viloyat miqyosidagi turli tadbirlarga hozirlik ko‘ramiz. Ayni kunlarda Navro‘z ayyomiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Ha, umrining 82-bahorini qarshilagan tabarruk onaxondagi g‘ayrat-shijoat, kuch-quvvat, ezgu niyatlar, to‘g‘risi, zavqimizni toshirdi. Albatta, shu qutlug‘ yoshda tengdoshlariga, hamqishloqlariga ibrat bo‘lib hayot kechirayotgan onaxonga havas qilmay bo‘ladimi? Xalqimizda bu kabi insonlar haqida yuragida o‘ti bor, deb, yoshligidan suyagi mehnatda qotgan-da, deyishadi. Haq gap, onaxonning suyagi mehnatda qotgan. boshqardi. Fayzullo aka bilan yelkamayelka turib, yer haydash, chigit ekishdan tortib, hosil yig‘ib-terib olingunicha mardonavor mehnat qildi, mashinada tonna-tonna paxta terdi. Uning mehnatlari o‘z vaqtida munosib taqdirlandi. Ko‘ksini orden va medallar bezadi. Xalqaro anjumanlarda qatnashdi. Cho‘lda mo‘l hosil yetishtirgani uchun mukofotga “E’zozli ayollar” sport to‘garagi a’zolari bo‘lgan turli yoshdagi ayollar ham unga yo‘l-yo‘lakay qo‘shilib ketaverishadi. Qarabsizki, velosipedchilar karteji mahalla kezadi. Bunga “Ahillik” MFY aholisi o‘rganib qolgan. Onaxon bundan kuch-quvvat oladi, doimo kayfi yati a’lo. Darvoqe, to‘garakning o‘ziga yarasha imiji (ko‘rinishi) bor. To‘garak nomi yozilgan futbolkalarni kiyib olgan onaxonlarni ko‘chada uchratganlar ularga yo‘l berib, orqalaridan havas bilan qarab qolishadi. Onaxonning aytishicha, bu futbolkalarni tadbirkor Zulayho Qoraboyeva va uning shogirdlari tikib berishgan ekan. Tinib-tinchimas onaxon bundan bir necha yil avval “Oltin meros” folklor dastasini tashkil etib, unga atrofi dagi san’atga ixlosmand ayollarni jamlagan edi. Bugungi kunda badiiy jamoani nafaqat tumanda, balki viloyatda, hatto respublikada ham yaxshi tanishadi. Har yilgi Navro‘z, Mustaqillik bayramlari tantanalarida va boshqa tadbirlar hamda tanlovlarda “Oltin meros” ansambli faol qatnashadi, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, betakror xalqona qo‘shiq va raqslarimizni targ‘ib etib, olqish oladi. Habiba aya chanqovuzni, doirani maromiga yetkazib chaladi. Onaxon til o‘rganishga ham qiziqar ekan. O‘z ona tili tojik tilidan tashqari (o‘zbek tilini o‘z ona tilidek suyadi) yana bir necha tilni, jumladan, rus, turk, qozoq, nemis va boshqa tillarda bemalol so‘zlasha oladi. Ha, mana shunday ibratli hayot kechirayotgan onaxon insoniy fazilatlari, xizmatlari tufayli el orasida hurmat va e’tibor qozonmoqda. Joriy yil poytaxtimizdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida 8-mart bayrami munosabati bilan Prezidentimiz Farmoniga asosan taqdirlanganlarga mukofotlarni topshirish chog‘ida sirdaryolik tabarruk onaxonga boshqa ayollar havas bilan qarashgani bejiz emas. Zero, shunday ulug‘ yoshda nufuzli saroyda Yurtboshimizning e’tibor va e’tirofi ga sazovor bo‘lish, yuksak mukofotni qabul qilish, o‘z sha’niga aytilgan iliq so‘zlarni eshitish, shuningdek, davlatimiz rahbarini, xalqimizni duo qilish nasib etganidan Habiba ayaning boshi osmonga yetdi. Ayni kunlarda ham onaxon o‘sha hayajon bilan yashayapti. Bizning yurtimizda ayollar ana shunday e’zoz topishmoqda. Xolida PARDABOYEVA • Mukofotlanganlar haqida hikoya qilamiz E’ZOZLI AYOLLARDAN BIRI 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Oqoltin tumanidagi “Oltin meros” folklor ansambli a’zosi, “E’zozli ayollar” sport to‘garagi rahbari Habiba Mirzayevaning Prezidentimiz farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganli sirdaryoliklarni behad quvontirdi. Shu o‘rinda biz 50-60-yillarga — orqaga qaytamiz... Samarqand viloyatining Sintob qishlog‘idagi oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan Habiba ota-onasining istagiga ko‘ra, tibbiyot bilim yurtiga o‘qishga kirdi va uni tugatgach, Sayxunobod tumani shifoxonasining tug‘ruqxona bo‘limida ish faoliyatini boshladi, keyinchalik ishini Yangiyer shahar shifoxonasida davom ettirdi. U hayotda o‘z baxtini topdi. Sevib-sevilib, Fayzulla Azizov bilan turmush qurdi. Baxtli oilada birin-ketin — Aziz, Alisher, Alijon, Akbar va Anvar dunyoga kelishdi. Ular turli oliygohlarni tamomlab, o‘zlari tanlagan kasblarni egallashdi. Habiba viloyatimizdagi traktor rulini boshqargan ayollarning biri sifatida elga tanildi. U shifokorlikdan voz kechib, cho‘lning jazirama quyoshida dala kezdi, Qariyb 20 yil davomida traktor rulini berilgan mashinalar, halol daromad yaxshi kunlariga, farzandlarining to‘ylariga buyurdi. Piru badavlat keksalar hozirgi kunda 18 nafar nevara va 8 nafar evaraning baxtiyor bobo va buvisidirlar. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deganlaridek, nabiralar ham ziyoli oilaga munosib bo‘lib, voyaga yetishishdi. Ularning uch nafari Germaniya, Norvegiya hamda Polsha oliygohlarida tahsil olib, bobo va buvilari, ota-onalarning yuzlarini yorug‘ qilishdi. Tuman va viloyatdagi fi doyi, mehnatkash ayollar haqida gap ketganda Habiba ayaning nomi albatta, birinchilar qatorida tilga olinadi. Onaxonga hech kim shu qutlug‘ yoshni bermaydi. Buning boisi bor. “Mahallaning eng tabarruk kayvonisi yuqorida ta’kidlaganimizdek, shu yoshida sport bilan oshno tutingan, har kuni qishloq oralab 4-5 kilometr (hatto undan ham ko‘p) yo‘l yuradi. Oqoltin tumanidagi sport to‘garagi rahbari “Do‘stlik” ordeni bilan


Click to View FlipBook Version