Boysun tumаnAxborot- kutubxona markazi
Bibliografiya bo’limi tomonidan tayyorlangan
Buyuk sarkarda, davlat arbobi
Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)
tavalludining 686yilligiga bag`ishlangan
“Avlodlari qalbida barhayot Amir Temur”
nomli
Boysun - 2022 yil
"AmirTemur - bizning sha'n-
shavkatimiz,g`urur iftixorimizdir.
Amir Temur -xalqimiz dahosining
timsoli,ma'naviy qudratimiz
ramzidir".
Islom Karimov.
So`z boshi
"Amir Temur - bizning sha'n-shavkatimiz,g`urur
iftixorimizdir. Amir Temur -xalqimiz dahosining
timsoli,ma'naviy qudratimiz ramzidir".
Islom Karimov.
Ulug` sarkarda, O`zbek
davlatchiligi tarixining
yorqin siymolaridan
biri,olamga mashhur
katta imperiyani tuzgan
din va davlat homiysi,
siyosatchi, ilm-fan,
san'at, madaniyat va
ma'rifat targ`ibotchisi
bobomiz Amir Temur
tavalludining 686-yillik
muborak to`yi Respublikamizning barcha joylarida; madaniyat va ma'rifat
maskanlarida, oliy o`quv dargohlarida, maktablarda keng ko`lamda
nishonlanishiga va uning sharafiga turli xil sport musobaqalari, bayram
tadbirlari o`tkazilishiga katta e'tibor beriladi.Temur va Temuriylar davridagi
ilm-fan taraqqiyoti, madaniyat va maorif sarchashmalarini chuqur o`rganish
va shu asosda mustaqil davlatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, bugun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etayotir.
Shu jihatdan qaralganda ushbu uslubiy qo`llanmadan AKM va maktab
kutubxonalari mutaxassislari,shuningdek, turli xildagi ma'naviyat va ma'rifat
maskanlari faollari Sohibqiron bobomiz tavallud ayyomi adabiy-tarixiy
kechasini tashkil etishda namunaviy,uslubiy tavsiyanoma sifatida
foydalanishlari mumkin. Ushbu uslubiy qo`llanmaning ssenariy qismidagi
sahna ko`rinishlarining boshqa xil variantlarini yaratishda Amir Temur hayoti
lavhalarining boy manbaalari mavjud. Shuning uchun, adabiy-tarixiy kecha
tashkilotchilari o`zlarining imkoniyatlari asosida hamda ishtirokchilarning
yosh darajasini hisobga olgan holda ushbu qo`llanmadan foydalanib qayta
tuzishlari ham o`rinlidir.
Kirish.
"Iymon-ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguchi
xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi,qarindosh
urug`lari,elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik
va poklikni fazilat biladi."
Yurtimizning ko`p asrlik hamda ko`p qirrali tarixi jahonshumul tarixiy
voqealarga boydir.Mana shunday ko`p asrlik tarixning nurli va ulug`vor
sahifalarida ulug` sarkarda bobomiz Sohibqiron Amir Temur faoliyatining
ulug` qirralari jilolanib turadi.
Amir Temur o`z davrining atoqli sarkardasi hamda olamga mashhur katta
imperiyani tuzgan din va davlat arbobi,ilm-fan,san'at va adabiyotni qadrlagan
tarixiy shaxs bo`lishiga qaramay uning shaxsiyatiga nisbatan noto`g`ri
qarashlar va "pashshadan fil"yasovchi asossiz tashviqotlar,targ`iblar bilan
bo`yab,bo`rttirib ko`rsatildi. Bunday noto`g`ri targ`ibotlar nafaqat g`arb
tarixchi yozuvchi va olimlari balki sharq tarixchilarining ba'zi bir asarlarida
ham berildi. Ayniqsa, sovet mafkurasining yetmish yillik iskanjasida Amir
Temur shaxsi umuman insoniylikka xos bo`lmagan qora chizgilar bilan buzib
ko`rsatildi. Adolat va haqqoniylik bilan yo`g`rilgan tarixiy faoliyatiga
noto`g`ri baho berildi. Uning insoniylik va vatanparvarlik a'moliga ta'na
toshlari otildi.
Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan aksariyat ko`plab adabiyotlarda
Sohibqiron faoliyatiga chuqur hurmat, izzat-ikrom bilan qaraldi. Insof, iymon,
diyonat,insoniylik nuqtai-nazaridan xolisona yoritildi. Bu jarayon davom
ettirilib, Sohibqiron va uning farzandlari faoliyatiga qiziqish tobora ortib
bormoqda. 1994 yilda Mirzo Ulug`bek tavalludi 600 yilligining yer yuzida
keng nishonlanishi bunga yaqqol misol bo`la oladi.
O`zbekiston davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi diyorimiz tarixini
qanday bo`lgan bo`lsa shundayligicha yoritish, tarixiy haqiqatni aytish uchun
to`liq imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Buyuk bobokalon tarixiy faoliyatiga
taalluqli bo`lgan ilk manbalar o`zbek tilida nashr etila boshlandi.
Yurtimiz mustaqilligining dastlabki qadamlarida Yurtboshimiz hamda ilm-
fan, san'at va adabiyot namoyondalari tomonidan ulug` sarkarda bobomiz
Amir Temur shaxsiga bo`lgan hurmat va e'tibor qayta tiklanib zohiriy va
botiniy jihatdan adolatli ma'naviy qiyofa va muhit yuzaga keldi.
Mamlakatimizda juda ko`plab joylar: ko`chalar, xiyobonlar, istirohatbog`lari,
maktablar, qishloqlar,fermer xo`jaliklari,harbiy o`quv dargohlari va boshqalar
Amir Temur nomi bilan ataldi. Amir Temur sharafiga sport musobaqalari va
bayram tadbirlari o`tkazilib kelinmoqda. Temur va Temuriylar davridagi ilm-
fan taraqqiyoti, madaniyat va maorif sarchashmalarini chuqur o`rganish va
shu asosda mustaqil davlatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
bugun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etayotir. Zeroki, buyuk davlat arbobi,
xalqimiz madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotining benazir qomiysi bo`lgan
Amir Temur bobomizning ijtimoiy-siyosiy merosini o`rganish va uni barcha-
barchaning ma'naviy mulkiga aylantirish ehtiyoji ortib bormoqda.
"Xalqaro Amir Temur jamg`armasi"ning hamda "Temuriylar tarixi davlat
muzeyi" tashkil etilganligi va boshqa tadbirlar bu borada boshlangan qutlug`
ishlarning ravnaqiga ravnaq qo`shadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyini
tashkil etish haqidagi hujjatda ham xalqimiz ma'naviy qadriyatlarini tarix
uchun, kelajak avlodlarning ham undan iftixor etib yurishlari uchun asrash
vazifalari alohida ta'kidlangan. Muzeyda Amir Temur va Temuriylar davriga
oid ashyo-hujjatlar, osori-atiqalarni to`plash, jahonning turli mamlakatlarida
bo`lgan bunday noyob manbalarning o`zini yoki nusxalarini olib kelish bilan
bog`liq ishlarga rivoj berish yo`llari aniq qilib belgilangan. Bu ishlar,
shubhasiz xalqimizning ko`nglini ko`taradi, milliy g`urur va vatanparvarlik
tuyg`usini kamol toptiradi. Ulug` bobolarimizga munosib farzand bo`lib
yetishishga da'vat etadi.
Buyuk sarkarda Amir Temur
hayoti va ijodi
Temur Kesh hokimi Tarag`aybekning o`g`li, Kesh shahri yaqinidagi Xoja
Ilg`or qishlog`ida 1336 yil 9 aprelda (736 hijriyning25 sha'bonida) tug`ilgan.
Amir Temurning ota-onasi haqida gap ketganda, otasi Muhammad
Tarag`ayni Chingizxonning harbiy sarkardalaridan biri Qorachor no`yonning
nevarasi Burkulning o`g`li deydilar. Shu o`rinda qayd etib o`tish joizki,
Chingizxon harbiylarining ko`p qismi turkiylardan edi. Jumladan uning harbiy
boshliqlaridan biri qorachor no`yon ham. Ba'zi bir tadqiqotchilar manbalarni
aniq bilmaganliklari sababli buni chalkashtirib keldilar.Uning nevarasi
Burkulning ikki o`g`li, ya'ni Muhammad Tarag`ay bilan Amir Bolta edi.
Burkul hech qanday mansabda bo`lmay, oddiygina hayot kechirib kelardi. Bu
xususda Ali Yazdiyning "Zafarnomasida "bitta to`rtlik bor:
Mirligu shohlikka mayl qilmadi,
Din yo`lin tanlab gushanishin bo`ldi.
Kesh hududi edi uning maskani,
Barcha o`lkalardan xush topdi uni.
Muhammad Tarag`ayni amir Burkulning o`g`li bo`lganligi tufayli ham Ibn
Arabshohda "Temur ibn Tarag`ay ibn Abag`ay" deb beriladi. Amir Bolta
to`g`risida manbalarda hech qanday ma'lumot uchramaydi. Amir Temurning
to`la ismi sharifi berilgan shajarasidan ham ayon bo`lib turganidek,
Muhammad Tarag`ay oilasi nufuzli, e'tiborli,o`ziga to`q oilalardan bo`lgani
ko`rinib turibdi. Bu haqda Davlatshoh Samarqandiy ning "Tazkirat ush-
shuaro "("Shoirlar bo`stoni") nomli asarida shunday deyiladi:
"...Uning(Amir Temurning) asli Kesh viloyatidan bo`lib, u barloslarning
ulugg` amirlaridan amir Torog`oyning o`g`lidir. Chig`atoy ulusida asillik
vabaland martabalikda barloslardan boshqa qabila bo`lmagan. Va amir
Torog`oy Chingizxonning ulug` amirlaridan Qorajor no`yonning nabirasidir"
Akademik V.V. Bartol'd barlos qabilasining Turonzaminda muhim o`rin
egallaganligini qayd etib, uning asosan Qashqadaryo voqasida
joylashganligini, Amir Tarag`ayning mana shu qabilaning boshlig`i sifatida
Kesh begi bo`lganligini ta'kidlaydi.
V.V.Bartol'dning ta'riflashicha, Kesh begi Muhammad Tarag`ay
Qoramag`izdan kelgan, pahlavon kelbatli edi. Yana xudojo`y, taqvodor
musulmon kishi bo`lib, ilm -fan jonkuyarlari va ijodkorlarini har tomonlama
qadrlardi. Shayxlar, din peshvolari, darveshlar bilan doimo muloqotda
bo`lardi.
Sohibqironning onasi Tegina begim Moh bo`lib, bu mu'tabar ayol xususida
ma'lumotlar deyarli yo`q hisobi. Muhammad Tarag`ay bilan Tegina begim
o`rtasidagi nikoh 1334 yilda bo`lib o`tadi. Rivoyatlarga ko`ra, Tegina begim
chingiziylardan bo`lib, e'tiborli, nufuzli,o`qimishli xonadonda voyaga yetadi.
U Muhammad Tarag`ayning ikkinchi xotini edi. Muhammad Tarag`ay bilan
Tegina begimning turmush qurishi, ulardan jahongir Amir Temurning tavallud
topishi xususida Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma" sida, yozuvchi
Yevgeniy Berezikovning "Temur o`g`lonning tug`ilishi", Poyon Ravshan va
Juma qurbonning risolasida va boshqa asarlarida diqqatni jalb etadigan va
mulohaza yuritishga undaydigan o`rinlar mavjud.
Amir Temur 1370 yili Balx hokimi Husayn ustidan erishgan G`alabasidan
keyin Balx viloyatini egallab, poytaxtni Samarqandga ko`chiradi. Amir
unvoniga ega bo`ladi. Shundan so`ng Temur Chingizxon avlodlari nomidan
Movarounnahrni, ya'ni Amudaryo hamda Sirdaryo oralig`ini bir o`zi boshqara
boshlaydi.1386 yildan Temurning mashhur yurishlari boshlanadi, natijada
butun Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Gurjiston hamda Kavkazorti zabt
qilinadi.Hindistonga yurish qilib, 1398 yili Dehli ishqol qilinadi. 1400 yili
Kichik Osiyodagi Sivas, Aleppo(Halab), Damashq hamda Bag`dod egallandi.
1402 yili Amir Temur Anqara yonida Turk sultoni Boyazid ustidan g`alaba
qozonib, uni asir oldi. 1404 yil oxirida puxta tayyorgarlikdan so`ng Xitoyga
harbiy yurish boshlandi, ammo u1405 yil 18 fevralda O`tror shahrida
Temurning vafoti munosabati bilan to`xtadi. Turli ensiklopedik nashrlarda
qisqa va lo`nda qilib beriladigan Temurning hayoti va faoliyatiga oid
materiallar asosan,shulardan iborat edi.
Albatta bu qisqa satrlar Temurdek shaxs haqida,uning qizg`in hayoti va
faoliyati to`hrisida keng tasavvur berishi amri maqol.
Ensiklopediyalarda Temur haqida yozilgan qisqa satrlar ortida o`zining
olamshumul ishlari bilan dunyoni hayratga solgan, o`z nomini jahon
solnomasiga abadul- abad muhrlagan, o`z faoliyati bilan Sharqdagi ko`pgina
mamlakatlar va xalqlarning hayoti va taqdiriga bevosita ta'sir qilgan, hattoki
g`arbdagi davlatlarning manfaatlariga bevosita aloqador ishlarni amalga
oshirgan ulug` insonning shaxsi turibdi.
Odamlar xotirasida Temurning nomi O`rta Osiyoda markazi-Samarqand
shahri bo`lgan kuchli markazlashgan davlat bunyod etilishi tarixi bilan ham
chambarchas bog`liq. Mazkur tarixiy voqeaTemurning feodal tarqoqlikka,
amir hamda beklarning o`zaro kurashi, turli qo`zg`alonlarga qarshi ko`p yillik
izchil, ayovsiz kurashi borasida amalga oshdi.
Shu boisdan tabiiyki, Temur va Temuriyzodalar hayoti va faoliyati haqida boy
manbalar va adabiyotlar mavjud. Bular Temur davridan boshlab, bir necha
asrlar mobaynida yaratilgan. Bu manba va adabiyotlar o`rta asrning murakkab
hamda ulug` siymosi bo`lmish Temur haqida rang barang qarashlarni o`zida
mujassamlashtirgan .
Turkistonimiz tarixida Sohibqiron Amir Temurning roli alohida ahamiyatga
molikdir. Chunonchi, uning serqirrali va jo`shqin faoliyati, butun sa'yi
harakatlari, eng avvalo, yurt ozodligi va mustaqilligiga qaratilgan bo`lib, shu
ezgu g`oya bilan sug`orilgan edi. O`z aql zakovati, mahorati, shiddatini
ishlatib, vatanining hurriyati yo`lida, qanchadan-qancha mashaqqatli va
shiddatli bosqichlardan tushkunlikka tushmasdan sobitqadamlik bilan o`tib,
oxir-oqibatda o`z asl maqsadiga erishdi, yurtini chet el istilochilaridan ozod
qildi. Mustaqillik yo`lidagi mana shu kurash, intilish tom ma'nodagi tarixiy bir
saboqdir.
Amir Temur kuchli shaxs, uzoqni ko`zlab, katta aql idrok bilan ish
yurgizadigan usta siyosatdon, dovyurak, mohir lashkarboshi sifatida o`z
xalqi, qo`shin hamda amirlari o`rtasida katta obro`-e'tiborga ega edi. Mana
shunday sifatlar va yana ko`pdan -ko`p fazilatlar sohibi bo`lgan Amir Temur
Movarounnahrda markazlashgan kuchli mustaqil
davlatga asos soldi. Davlatchiligimiz tarixida Sohibqironning o`ziga xos
uslublari va yo`l-yo`riqlari, qonun -qoidalari borki, hozircha ular chuqur va
har tomonlama mukammal o`rganilgan-deya olmaymiz.
Albatta mustaqilligimiz sharofati bilan Amir Temur shaxsiga, uning
faoliyatiga munosabat o`zgardi, u haqda risolalar, ilmiy-ommabop maqolalar
chop etilmoqda. Lekin bular ta'bir joiz bo`lsa, dengizdan bir qatradir. Amir
Temur davlati tarixi Sohibqironning o`zi haqida hali ko`p
tadqiqotlaryaratilishi kerak. Zero, uning faoliyatida hozirgi mustaqil
davlatimiz, jamiyatimiz uchun ibratli tomonlar bisyor.
Temur zamonida me'morchilik va obodonlashtirish ishlari ayniqsa rivoj topdi,
dunyoda tengi yo`q obidalar yaratildi. Samarqandda Go`ri Amir, Ishratxona
maqbaralari, Bibixonim yodgorligi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Oqsaroy ,
"Dorut Tilovat", "Ko`k Gumbaz", "Piru Murshid", "Shamsuddin Kulol"
maqbaralari shular jumlasidandir. Ular juda katta boyliklar, mashaqqatli
mehnatlar evaziga bunyod etilgan bo`lib, Sohibqiron harbiy yurishlarida
erishgan zafarlari bilan bog`liqdir. U har bir g`alabasini birorta obida qurish
bilan abadiylashtirardi. Chunonchi, Xorazmni Movarounnahrga
birlashtirganidan so`ng onasi Tegina begim Moh sharafiga 1380 yilning
bahorida Shahrisabzdagi Oqsaroy qurilishini boshladi. Bu qurilish yigirma
yildan ortiqroq vaqtga cho`zilgan. Muhandisi Tabrizning qo`li gul
me'morlaridan biri va naqqoshi Muhammad Yusuf edi. Harbiy yurishlari
chog`ida Temur diniy masalalarga o`ta ehtiyotkorlik bilan yondashdi.Ya'ni
boshqa dinlarga tazyiq o`tkazmadi. Buni Kavkaz, Hindistonga qilgan
yurishlari misolida yaqqol ko`rishlari mumkin. Har bir mamlakatda aqli islom
uchun sayyidlar orasidan boshliqlar tayinlanadi.Vahf ahkomini joriy
etdi.Uning daromadlari hisobidan madrasa, masjid, xonadonlarni mablag`
bilan ta'min etdi, diniy masalalar, xususan islomiy marosimlar, urf-odatlar va
shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi mansablar joriy
etdi.Bunday amallarga boobro`, insofli, diyonatli kishilarni tayinladi.Ular
mutavalliy, muftiy, Qozi kalon, muxtaliy singari nomlar bilan atalardi.
Temur padari buzrukvori Muhammad Tarag`ayning - "Saltanatlar yemiriladi,
olimlarning ishlari abadiy holadi ", -degan o`gitlariga
qat'iy amal qilganligi bois uning davrida ilm-fan, adabiyot, san'at umuman
madaniy qadriyatlar nihoyat rivoj topdi. Ibn Arabshoh so`zlari bilan aytganda,
"Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyidu shariflarni o`ziga yaqin tutardi.
"Sohibqiron hamma ilm-fandan mukammal xabardor edi. Xususan tarix,
falsafa, riyoziyot, qandasa, me'morchilik, falakiyot va boshqa ilmlar,
shuningdek, she'riyatni yaxshi bilardi. Birgina misol. Ibn Arabshoh
qayd etganidek, " Temur esa podshohlar va xalqlar siyratlarida bilimdon,
sharqu g`arb tarixining otasi va onasi edi Mustahkam ildizlarimizning
biri haqli ravishda jahon e'tirofini qozonib kelayotgan Temur ma'naviyatidir.
Bu qudratli manba insoniyat tarixida tengi yo`q markazlashgan davlatchilikka,
qonunchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida
o`rganilib, hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Vatanni
sevish, qadrlash, unga sidqidildan xizmat qilish, uni jahon miqyosiga
chiqarish uchun harakat, ozodlik, tenglik, hurfikrlilik, insonparvarlilik,
haqiqiy milliy iftixor, mehnatsevarlik, axloqiy poklik, halollik, insofu-diyonat,
mehr-oqibat, keksalarga hurmat, yoshlarga izzat, oriyat, sharm va hayo,
haqgo`ylik, saxovat, ibolilik, rahm-shafqat, birodarlik, onglilik, ilm-fanni
qadrlash kabi ma'naviy fazilatlarni qozonish va ularni takomillashtirishning
muhim manbalaridan biri bo`lib kelmoqda. Sohibqiron qoldirgan ma'naviy
merosning o`ta qadr-qimmatli ekanligi ham shunda.
Mana uning farzandlariga qilgan vasiyati:
"-O`g`illarim, millatning rohati va saodatini saqlamoq uchun sizlarga
qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o`qing,aslo unutmang va tadbiq
eting.
Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko`ring,
yo`qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va
iyilik(yaxshilik)qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. "Temur
jinoyatchilarga shafqat qilmasdi. Sohibqironning yetti yillik yurishi mahalida
Samarqand hokimi mansabini suiste'mol qilib poraxo`rlik va boshqa nojo`ya
qatti harakatlarga yo`l qo`yadi.Temur safardan qaytgach, hammasini aniq
sarhisob qilib, bu hokimni osishga buyuradi. Movarounnahr hukmdorlaridan
biri oraga tushib, Samarqand hokimining jinoyatidan o`tishini so`rab
Sohibqirondan avf etishini so`raydi. U buning evaziga o`sha jinoyatchining
barcha boyliklari, mol-mulkini va'da etadi. Bundan g`azablangan Temur
qo`shimcha farmon bilan jinoyatchini ham, oraga tushgan Movarounnahr
hokimini ham namoyishkorona dorga ostiradi. Mamlakat hukmdori ana
shunday qat'iyatli bo`lgach, xo`sh qaysi bir amaldor mansabini suiste'mol
qilishi, poraxo`rlik yoki boshqa bir nojo`ya ish qilishga jur'at etadi.
Rivoyatu hikoyatlarda ham Sohibqironning xotin-qizlarga, onalarga
munosabati shu tarzda beriladiki, bundan uning bu masalada ham o`ta insoniy
nuqtai nazardan yondashganligi, qur'oni Karim, Muhammad Alayhissalom
hadislari asosida ish tutganligi ko`zga tashlanadi. Ularda hech qanday salbiy
fikrlar deyarli bildirilmaydi.
Shuning bilan bir qatorda Temur xotin-qizlarga nisbatan o`ta talabchan ham
edi. U ayollarning pokiza, sharm-hayoli, iffatli, hushyor, oqila bo`lishini
istardi. O`zi bu borada: "O`g`illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq
tashvishida kelin izlamoqqa e'tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan
teng ko`rdim. Kelin bo`lmishning nasl-nasabini, etti pushtini surishtirdim, xos
odamlar orqali sog`liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin
bo`lmish nasli-nasabi, odob-axloqi, sog`lom va baquvvatligi bilan barcha
qusurlardan xoli bo`lsagina el-yurtga katta to`y-tomosha berib, kelin
tushirdim. O`g`illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob
ichib, xotinlariga yaqinlashishini man' etdim. Zero, sharobning ta'sirida
bunyodga kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta'sir etgay,-debon shu
pokiza yo`lni tutdim"-deydi. Ibn Arabshohning yozishicha, Sohibqiron
huzurida ayollarni g`iybat qilish, ularni xo`rlash va zo`rlash haqida gapirish
taqiqlangan edi. Ukelinlariga nisbatan nihoyatda mehribon va rahm-shafqatli
edi. Homilador kelinlarini o`z e'tiboriga olib, ularga g`amxo`rlik qilishni
shaxsan oqila Bibixonim zimmasiga yuklardi. Ular uchun har doim hamma
sharoitlar muhayyo bo`lardi.
Temur davlati o`zining eng rivojlangan davrida juda o`lkan hududni o`z ichiga
olgan bo`lib, O`rta Osiyodan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Afg`onistonni qamrab olgan. U bu davlatni o`g`illari, nabiralari va xos
amirlari yordamida idora qildi. Buning uchun u saltanatni suyurhol mulklarga,
ya'ni uluslarga bo`ldi.
Amir Temur faoliyati yakunlanar ekan Temurning g`aroyib shaxs
bo`lganligini qayd etib o`tmoq zarur. Undagi yirik davlat arbobi va
sarkardalik iste'dodi quruvchilik, fan va madaniyatga homiylikka bo`lgan
iste'dodi saodatli suratda bir-biri bilan uyg`unlashib ketgandi. U barpo etgan
markazlashgan feodal davlatda iqtisod, savdo va madaniyat ravnaq topdi,
davlatning obro`-e'tibori ortdi. Shu bilan birga Temur tipik feodal arbobi
bo`lib, u tuzgan harbiy tuzum juda qattiq harbiy intizomga bo`ysunardi.
Temurning Hindiston, Eron, Iroq, Shom va Gurjiston ustiga qilgan harbiy
yurishlari mamlakatni kengaytirishga qaratilgan edi.
Xulosa.
Qadimiy Turkistonu Turonzaminning buyuk farzandi Temur tarix sahnasiga
kelgach, qariyb bir yarim asrlik mug`ullar hukmronligi va feodal tarqoqlikka
barham berib, o`zining qudratli imperiyasini vujudga keltirdi. Uning davlati
ijtimoiy -siyosiy jarayonda juda tez ko`zga tashlandi. Eng muhimi
osoyishtalik o`rnatilib katta sarhadda yangi bir rivojlanish davri
boshlandi.Temur davlati tarixiga butun jahon jiddiy e'tibor berayotganligining
sababi ham shundadir.
Savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik umuman hamma soha jadal
rivojlanib, xalqaro miqyosga ko`tarildi. Sohibqironning sa'yi -harakati tufayli
buyuk ipak yo`li yo`nalishining Turonzamin tomon burilib, uning
sarhadlaridan o`tishi bu borada ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi.
Amir Temurning porloq hayoti, serqirra faoliyati, suronli yurishlari bayonini
yuzlab kitoblar, risolalarga sig`dirib bo`lmaydi. Bular hali tarixiy
izlanishlarning ihtidosidir.
AKMva maktab kutubxonachilari uchun!
Ulug` Sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag`ishlangan
tantanali kecha ssenariysi.
Zal bayramona tarzda gullar bilan bezatilgan.Amir Temurga bag`ishlab chiqarilgan
rangli plakatlar ham mavjud.Kechaga o`quvchi, talabalar, o`qituvchilar, tarixchi
olimlar taklif qilinadi.
Zal o`rtasida kodoskop ekran o`rnatilgan. Unda Amir Temur haqidagi
videolavhalar, kinofil'mlardan olingan jang tasvirlari hamda Sohibqiron qurdirgan
me'moriy obidalar, u yaratgan kitoblar, tuzuklardan namunalar o`qish orqali
ekranda birin -ketin namoyon bo`la boshlaydi.
Ovoz-("Biz, kim-mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz, kim -millatlarning
eng qadimi va eng ulug`i-Turkning bosh bo`g`inimiz.", "Ishbilarmon, mardlik
va shijoat sohibi, azmi qatt'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab
tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.", "Bir kunlik adolat-yuz kunlik toat
ibodatdan afzaldir", "Qudratimizga shubhang bo`lsa, biz qurdirgan imoratlarga
boq" Lavhalar to`xtagandan so`ng ekranda Rustam G`oipovning Sohibqiron
to`g`risidagi qo`shig`i yangraydi. Shuningdek, zalda Amir Temur yaratgan asarlar
hamda u haqdagi ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar ko`rgazmasi, gazeta va jurnallarda
chop etilgan maqolalar ham tashkil etilgan. Qo`shiq yakunlangandan so`ng milliy
kiyimda boshlovchi yigit va qiz sahnada hozir bo`ladi.
Boshlovchi yigit: Assalomu alaykum, hurmatli kecha qatnashchilari. Bugungi
bayram tadbirimizda O`zbek davlatchiligi tarixining asoschisi, millatimiz homiysi,
ilm-fan, san'at, madaniyat raqnamosi va targ`ibotchisi ulug` Sarkarda bobomiz
Amir Temur tavalludining 686 yillik muborak to`yi munosabati bilan yig`ilib
turibmiz.
Boshlovchi qiz: Assalomu alaykum, vatandoshlar, aziz yoshlar, davramizning aziz
ishtirokchilari va qatnashchilari. Shonli tariximizning nurli sahifalarida o`chmas iz
qoldirgan va qalbimizda abadul-abad muhrlanib qolgan ulug` siymo, buyuk tarixiy
shaxs Amir Temur bobomizning shon-shavkati, qoldirgan bebaho merosi, qilgan
yaxshi amallari haqida qancha gapirsak, qancha kuylasak ham kam.
Boshlovchi yigit: 1336 yil,9 aprel. Bu sana endilikda ko`pchilikka ma'lum. O`sha
kun Amir Temur ibn Muhammad Tarag`ay Markaziy
Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo`lgan Kesh shahridan o`n chaqirim, taxminan
13 km masofada bo`lgan Xo`jailg`or qishlog`ida
tavallud topganligi aytiladi. Ayni bugungi dorilamon kunlarda bobomiz Amir
Temur tavalludining muborak 686 yillik yubiley tantanalari barcha joylarda;
madaniyat va ma'naviyat maskanlarida, oliy ta'lim dargohlarida ommaviy ravishda
nishonlanmoqda.
Boshlovchi qiz: Qadimiy Turkistonu Turonzaminning buyuk farzandi Temur tarix
sahnasiga kelgach, qariyb bir yarim asrlik mug`ullar hukmronligini va feodal
tarqoqlikni bartaraf etib, o`zining qudratli imperiyasinivujudga keltirdi. Savdo-
sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik umuman hamma soha jadal rivojlanib,
xalqaro miqyosga ko`tarildi. Sohibqironning sa'yi-harakati tufayli buyuk Ipak yo`li
yo`nalishining Turonzamin tomon burilib, uning sarhadlaridan o`tishi bu borada
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlovchi yigit:Temur homiyligida islom dini insonlar qalbida yanada
mustahkam o`rin oldi, ilm-fan, adabiyot, san'at, hunarmandchilik, madaniyat
rivojlandi, me'morchilik, obodonlashtirish, yo`llar, o`z davri uchun muhim bo`lgan
ko`prik va suv yo`llari qurilishi borasida jahonni lol holdiradigan ishlar qilindi.
Natijada Sohibhiron Temurning orzulari ro`yobga chiqib, uning o`lkan davlati
tanildi. Samarqand va Kesh eng dongdor shaharlar qatoridan o`rin oldi.
Boshlovchi qiz:Temurdan juda katta ma'naviy meros ham qoldi, uning bu
boradagi xizmatlarini bashariyat tan oldi. hozirgi paytda ular jahon xalhlari
ma'naviy boyligining ajralmas bir qismidir. Temur ma'naviyati bundan buyon ham
mustaqil yurt istiqlol mafkurasining boy va asosiy manbasi bo`lib qolaveradi.
Temur va Temuriylar davri ma'naviyatining mana shunday salohiyati bilan har
qancha faxrlansak arziydi.
Boshlovchi yigit: Abdulla Oripovning "Sohibqiron" she'ri Sahnaga
(ishtirokchilardan birining ismi familiyasi)chorlaymiz. She'r yakunida sahnada
Sohibqiron Amir Temur obrazi hozir bo`ladi. Obraz o`sha davr muhitiga mos
ravishda kiyingan bo`lishi lozim.
Sohibhiron obrazi: Barcha ishlarimning to`qqiz ulushin kengash, tadbir va
mashvarat, qolgan bir ulushin esa qilich bilan bajo keltirdim.
Kengash ikki turli bo`lur: biri til uchida aytilgani, ikkinchisi-yurakdan chiqqani. Til
uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim
qulog`iga qo`yardim va dilimga joylardim.
Men hayotim mobaynida besh narsaga e'tiqod qildim va qamishaliq ularga amal
qildim. Ular ushbulardir:
-Olloh-ul har narsaga qodir kuch, sidhidildan sihinsang, istagan
murodu maqsadingga yetkazadi.
-Tafakkur-fikrlash va mushohada qobiliyati, huvvai hofizasi kuchli inson har
qanday mushkulotni oson hal qilish yo`lini topa oladi.
-Qilich-er yigitning yo`ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday
dushmanni mahv etish quroli.
-Imon-ul insonni barcha jonlilardan farhlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli
odam xiyonat qilmaydi.qarindosh urug`lari, elu xalqning or-nomusini himoya
qiladi. Halollik va poklikni fazilat biladi.
-Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning
asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir.
Boshlovchi qiz:
Taxtingizga sizni bilganlar keldi,
Dinu islomdagi o`g`lonlar keldi.
qalbi jur'atlarga to`lganlar keldi,
Assalomu-alaykum , Sohibqironim,
Poyingizni o`par mulki Turonim.
Sohibqiron obrazi,-Menkim, Amir Temur vasiyatim shul erur, O`g`illarim!
Millatning ulug` martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan
vasiyat va tuzuklarni yaxshi o`qing,aslo unutmang va tadbiq eting. Millatning
dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qadrlang, yo`hsillarni boylar
zulmigatashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. Bularga
sodiq qolsangiz, malomat toshlari boshingizga tushmas.
Sohibqiron obrazi sahnani tark etadi.Vatan to`g`risida qo`shiq yangraydi.Raqs ijro
etiladi.
Boshlovchi yigit: -Amir Temur og`ir mashaqqatlarning bariga bardosh berib, sabot
matonat bilan pirlari va ustozlari nasihati tufayli fe'l –
atvori turlicha bo`lgan amirlarning boshlarini birlashtirib, buyuk va qudratli
temuriylar davlatini barpo etdi. Davlat boshqaruvida diplomatik aloqalar, elchilarni
qabul qilish ishlarini samarali yo`lga qo`ydi.
Shu o`rinda kichik sahna ko`rinishi namoyish etiladi
Sohibqiron huzuriga qo`li ko`ksida ta'zim ila devonbegi kiradi.
Devonbegi:-Olampanoh! Ispaniya elchisi kelmish, huzuringizga kirish uchun izn
so`raydir.
Amir Temur:-Kirsin!
Elchi kiradi va ta'zim ila hurmatini bajo keltiradi
Amir Temur:Klavixo, bizning eski birodarimiz. Aytchi, o`g`lim,
qirolning ahvoli nechukh Unga jami ezguliklar yor bo`lsin, deyman.
Klavixo:Qirolim ham sizga mudom soqliq tilaydi. Karvon bilan yetib kelgay uning
tuhfasi.Zafar muborak, a'lo hazrat.
Amir Temur: Qulluq, qulluq
Klavixo: A'lohazrat, bul murag`g`a daftarda Ispan yurtining shaharlari, go`zal
manzaralari tasvirlangan.
Amir Temur: Hoyat noyob sovg`adir bu, senga tashakkur!
Shoyon hurmat ko`rsating Klavixoga, shohona sarpolar kiygizing.
Devonbegi:-Zafarni qutlash uchun andijoniylar, bir minora yasamishlar momiq
paxtadan.
Amir Temur: -Faxr eturman men xalqimning san'ati bilan, uning ko`ngli xuddi
o`sha paxtadek oh. Siylovlarni ayamangiz ulardan aslo!
Devonbegi:-O`rusiya vakillari navbat kutmoqda!
O`rusiya elchisi:Zafar muborak, hazrati Temur! To`yonamiz qabul qiling. Olib
keldik oltin ko`zli oltin g`archig`ay va silovsin ma'nasidan tikilgan po`stin.
Amir Temur:-Tashakkurim aytadurman harchig`ay uchun, do`st bo`lg`ay u g`olib
Turon burguti bilan. O`rislarning yelkasiga zarbof to`n tashlang.
Kimki menga kelib qo`shilsa,u lug`lanadi.
Kimki men bilan kurashmoqchi bo`lsa, yiqiladi.
Amir Temur obrazi sahnani tark etadi. Sahnaga bir guruh ishtirokchi yigit va qizlar
chiqishadi.
1-o`quvchi: Buyuk jahongir 35-yil O`rta Osiyo hukmdori(1370-1405)
bo`lib ko`p o`lkalarni zabt etdi. Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlarda dunyoga
dong`i ketgan ajoyib binolar, madrasayu machitlar qurdirdiki, ular hozir ham
barchani hayratga soladi.
2-o`quvchi: Samarqand atrofida "Bohi Chinor ", "Bog`i Shimol", "Bog`i
Behisht", "Bog`i Jahonnamo ", "Bog`i Baland ", "Bog`i Dilkusho", "Bog`i Zohon"
kabi go`zal bog`larni barpo ettirdi.
3-o`quvchi: Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, hazrati Shayx, Jahongir maqbarasi
Arkoni davlat bilan bog`liqdir.
4-o`quvchi: qudratli saltanat sohibi dunyoda birinchi bo`lib, hayotlik davridayoq
o`zining harbiy san'ati va davlatni boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar
yaratdi. U" Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. "Temur tuzuklari" -Amir
Temurning harbiy va siyosiy faoliyati to`g`risida ma'lumot beruvchi noyob asar
hisoblanadi.
5-o`quvchi: U 2-qismdan iborat bo`lib, 1-qismi davlatni barpo etish va
mustahkamlash, qo`shinlarni tashkil etish borasidagi tuzuklardan iboratdir.
6-o`quvchi:-2-qismi esa 13 kengash, Jahongirning harbiy yurishlari to`g`risida
qimmatli ma'lumot va tafsilotlarni o`z ichiga oladi. Tuzuklarni o`qirkanmiz
Sohibqironga xos bo`lgan insoniy fazilatlarga, mard, jasurlik timsollariga
havasimiz keladi. O`quvchilar Temur tuzuklaridan namunalar aytadilar:
-Kimki senga do`stlik qilsa, do`stlik qadrini unutma, unga muruvvat, ehson, izzat-u
ikrom ko`rsat.
-Chin do`st uldurki, do`stidan hech qachon ranjimaydi. Agar ranjisa ham uzrini
qabul qiladi.
-Bir kunlik adolat -yuz kunlik toat ibodatdan afzaldir.
-Og`zingga qon to`lsa ham , dushman oldida tupurma.
-Oltmishga kirgan otadan osh so`rama.
-Qilich o`tkir bo`lsa-da o`z sopini kesmaydi.
-Ot mingan otasini unutadi.
-Qudratimizga shak-shubhangiz bo`lsa, biz qurdirgan imoratlarga boqing.
7-o`quvchi: Vatanimiz Mustaqilikka erishgandan bo`yon qanchadan-qancha ota-
bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz nomi tiklandi. Shular qatorida Amir Temur
bobomiz ham adolatparvar va qudratli saltanat egasi sifatida e'zozlandi.
8-o`quvchi: 1996-yil 18 oktyabr kuni Sohibqironning 660-yillik tavallud to`yi
munosabati bilan Amir Temur nomi bilan atalgan xiyobonda buyuk Sarkarda,
davlat arbobi va u asos solgan temuriylar sulolasiga bag`ishlangan go`zal koshona-
Temuriylar tarixi muzeyi ochildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida
ulug` bobomizning haykallari ochildi.
9-o`quvchi:-Buyuk sarkarda Amir Temur 1405 yil 18 fevralda O`tror shahrida
vafot etdi. Sohibqiron bobomizni dunyo taniydi, u kabi ulug`
odamlar bir umr oramizda yashaydilar.
Boshlovchi qiz: -Buyuk shaxslarni tarix yaratadi,-deydilar. Bunga qo`shimcha
qilib, Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko`zgusidan o`tkazib, buyuk
shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin.
Yurtimning mard, jasur, botir o`g`loni,
Sarbaland ko`tardi turkiy tuhroni.
Jahonga jahondek mag`rur bo`lg`oni,
Amir Temur bobom- podshohi olam.
O`gitin ma'nosi xo`p beadaddir,
Tuzuklari hamisha bizga madaddir.
Ota-bobolarga ruhi madaddir,
Amir Temur bobom, sarkarda bobom.
Boshlovchi yigit:-Aziz mehmonlar! Mana, buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz
tavallud topgan kunga atalgan tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Biz tadbirda
Jahongir bobomiz bosib o`tgan shonli hayot yo`lini, ma'rifat, madaniyat
obodonchilik borasida qilgan savobli ishlarini, mardlik va jasoratlarini o`zimizning
chiqishlarimiz, she'rlarimiz, raqsu qo`shiqlarimiz, sahna ko`rinishi va bobomiz
tuzuklari orqali namoyon etishga harakat qildik. Shu orqali bu ulug` zotga
hurmatimiz cheksizligini ifoda etdik.E'tiboringiz uchun rahmat.
Tadbir oxirida tashrif buyurgan mehmonlarga so`z beriladi.
Tadbir so`ngida tarixiy mavzu tarannumidagi biror qo`shiq, masalan
"Sitora"guruhining "Ajdodlaring bor" qo`shig`i namoyishi orqali yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Narzulla Ahmedov. AmirTemur. Rivoyat va haqiqat.Toshkent.1996
yil.
2. I.A.Karimov.Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga
bag`ishlangan tantanada 1993 yilning 31 avgustida so`zlagan nutqi."
O`zbekiston ovozi",1993 yil,1 sentyabr'.
3. Ubaydulla Uvatov. Sohibqiron Arab muarrixlari nigohida.Toshkent
1997 yil.
4. Temur tuzuklari. Forschadan Alixon Sohuniy va Habibullo
Karomatov tarjimasi. Toshkent.1996 yil.
5. Ahmadali Asharov. Temur va Ulug`bek davri tarixi. Toshkent. 1996
yil
Tuzuvchi:
Boysun tuman Axborot –kutubxona markazi
Bibliografiya raxbari M.Raxmonova