Axborot-kutubxona markazi
bibliografiya bo„limi tomonidan tayyolangan
“Do`ppi milliy g`ururimiz
timsoli”
nomli
Uslubiy qo`llanma
Boysun-2022 yil
Xalq amaliy sanʼatining eng ommabop va keng tarqalgan turlaridan biri do‘ppi bo‘lib, u erkaklar, ayollar va bolalar milliy
kiyimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘zbek do‘ppilari butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Chunki u nafaqat bosh kiyim, balki o‘ziga xos munosabat vositasi. Ha,
shunday. Do‘ppi o‘z egasi haqida – yoshidan yashash joyiga qadar hamma narsani aytib berishi mumkin. Baʼzi bezaklar
yomon ko‘zdan, yovuz ruhlardan himoya qilishi mumkin, boshqalari esa boylik, omad va farovonlik keltiradi, degan fikrlar bor.
Milliy do‘ppilarimiz orasida o‘zining ulug‘vorligi, ko‘rki bilan ajralib turuvchi Boysun do‘ppi chekkasi va tig‘dor uchi
boshqalar do‘ppilardan farq qiladi. Bosh kiyimining pastki qismida egasini yomon kuchlardan himoya qiladigan jiyak naqsh
mavjud. Yuqori qismida geometrik naqshlar bor, ularning maʼnosi rangga bog‘liq
Do‗ppi
Dunyoda xalqlar ko`p, elatlar ko`p. Barchasining o`tmishdan meros milliy urf-
odatlari, an`analari bor. Xalqlar, elatlar shu jihatlari bilan bir-biridan farqlanishadi.
Masalan, o`zbek deyilsa, o`z-o`zidan do`ppi tushuniladi. Boshda do`ppisi bormi,
demak u o`zbek deyiladi..
Do`ppi - bu bizning qadimiy va umrboqiy milliy bosh kiyimimiz. Agar do`ppi
bozoriga kirib borsangiz, o`z-o`zingizdan yayrab ketasiz. Do`ppi ushlab turgan
chevar ayollarni ko`rib beixtiyor faxrlanasiz.
―Do`ppi tikdim, ipaklari tillodan...‖ degan yoqimli ashula yodingizga tushadi.
Bozorda esa qiz uzatmoqchi bo`lgan ota-onalarga ko`zingiz tushadi. Ularning
birinchi xaridlari kuyov bolaga do`ppi tanlashdan boshlanadi. Ana shunaqa,
o`zbekning do`ppisi juda azizdir. Shu bois, do`ppini aziz bilib, ehtiyot qilishadi,
avaylab saqlashadi. Bu e`zozlarga yarasha o`zbek do`ppilarining shakllari, bezaklari
ham o`zgarib bormoqda. “Iroqi chokli Toshkent do`ppisi”, mashhur “Chust”,
“Andijon”, “Marqilon”, “Injiq nusxa” va “Setora” kabi turlarini hozirda
ko`pchilik yaxshi bilishadi. G`urur va faxr bilan kiyishadi.
O‘zbekiston xalq amaliy san‘atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan
turlaridan biri har doim do‘ppi - adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo‘lgan edi.
Do‘ppi o‘zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘zbek xalqining hayoti va
an‘analariga chuqur kirib borgan. Do‘ppi (turkcha tepa so‘zidan) nafaqat o‘zbeklar,
balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do‘ppilar
turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari.
Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha,
do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining turli-
tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va
sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va
tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.
O‘zbek do‘ppilarining eng ko‘p tarqalgan
shakllari ozgina konussimon kabi to‘rt qirrali do‘ppilardir. Do‘ppilar bir yoki undan
ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki oddiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar
edi. Tayyor do‘ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do‘ppilar
bir yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki oddiy iplar bilan qavilib,
mutahkamlanar edi. Tayyor do‘ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta
tikilar edi.
Do‘ppi tikish san‘atini avvaldan ayollar
o‘rganar edi. Do‘ppilardagi eng ko‘p
uchraydigan naqshlarga gul naqshlari,
hayot va unumdorlik ramzi bo‘lgan
bodom naqshi kiradi. Do‘ppilarning
naqshida saqlovchi vosita deb
hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez
tikilar edi. Geometrik shakllardagi
naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do‘ppilar o‘zining
shakli, naqshlari va tanlangan ranglari farqlanadi.
Do`ppi so`zi turkiy so`zlar oilasiga mansub bo`lib, "tepa" ma`nosini bildiradi.
Do`ppining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Do`ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning
mavjud bo`lganligi bevosita tasdiqlovchi dalillarni, biz juda qadimiy haykaltaroshlik
yodgorliklarida, qadimiy tangalarda, devoriy rangtasvirlarda, sopol qaykalchalarda,
o`rta asr kitob minatyuralarda ko`rishimiz mumkin. Do`ppi tikish san`ati bilan
azaldan asosan xotin-qizlar shug`ullanib kelishgan. Har bir chevar nafaqat ma`lum bir
andozani takrorlagan, balki uning rang tusini almashtirib borgan va bu esa do`ppiga
alohida husn bag`ishlagan. Shunday qilib, an`analashgan sari bu san`at avloddan
avlodga o`tib, do`ppilarning kashtalariga rang-barang va betakror naqshlar paydo
bo`lib borgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1997 yil 30 martdagi «Xalq badiiy
hunarmandchiliklari va amaliy san`atini yanada rivojlantirishni Davlat yo‘li bilan
qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni muhim ahamiyatga molik
voqyea hisoblanadi. Jumladan, ushbu farmonda shunday deyiladi, «Yoshlarni xalq
san`ati ustalarining ko‘nikmalariga o‘qitib, o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni
vujudga keltirishda amaliy yordam ko‘rsatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining, respublika vazirliklari
va idoralarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin».
Do‗ppi — yengil bosh kiyim. Qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng
tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa O‗zbekiston va Tojikiston hududida)
milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar do‗ppilaridalaridan o‗zbek do‗ppilarilari
o‗ziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Do‗ppi uch qismdan iborat — tepa (aylana
va to‗rtburchak shaklida bichila-di), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan,
respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha
ko‗rinishga ega bo‗ladi. Do‗ppi tikuvchi usta do‗ppido‗z, do‗ppini. tikish kasbi esa
do‗ppido‗zlik deb ataladi.
Do‗ppi asosan baxmal, sidirg‗a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib
tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Marg‗ilon, Toshkent, Shahrisabz va b.),
mo‗ljallangan kishilarning yoshi va jinsi(erkak, ayol, bolalar), shakli (o‗tkir uchli,
konnussimon, yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura do‗ppilar
xilma-xil va rang-barangdir.
Dastlabki do‗ppilar shakli o‗tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo‗ljallab ki-
zagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20-a. 20-y.laridan do‗ppi shakli o‗zgardi: tepasi
dumaloq yoki murabba shaklga ega bo‗ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.
O‗zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz
do‗ppilari mashhur. Chust do‗ppisi to‗q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib
tayyorlanadi: tepasining har bir karjida 4-kalampirnusxa yoki bodom shakli,
kizagining har bir karjida 4-tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirg‗a
qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‗ppining tepasi kizagidan murabba
shaklida bo‗rtib chiqadi (boshqa do‗ppilarning tepasi yarim doyra shaklida bo‗ladi).
Shakli ko‗p jihatdan chuyet do‗ppisiga o‗xshash bo‗lgan marg‗ilon do‗ppisi gullari
(nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg‗a qoplanmasligi bilan
farklanadi.
Toshkentning duxoba do‗ppisi sidirg‗a baxmaldan, buxoro do‗ppisi sidirg‗a yoki
gul-li baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‗ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‗rma
usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.
Iroqi do‗ppi Shahrisabzda keng urf bo‗lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har
bir mahalliy joyning o‗ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. do‗ppining bu turida
kashta iplari sug‗irilib to‗r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka
tolali paxta ipi bilan iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan).
Iroqi do‗ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‗ppido‗zlari
tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Farg‗ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa
do‗ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko‗k
tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat.
Toshkentning iroqi do‗ppisida oq zaminga atirgullar to‗q va och kizil ipaklarda
(ba‘zan«Ra‘no», «Guli», «Farg‗ona tong otguncha» va b.) yozuvlar qo‗shib tikiladi.
Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan)
to‗qilgan gilam do‗ppisi ham mashhur. Samarqand
(Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok,
shaklli piltado‗zi do‗ppisining naqshi sodda, gullari
markazga tomon yo‗nalgan, qaviq choklari esa
qovurg‗ali yuzani hosil qiladi.
Buxoro zardo‗zlarining zardo‗zi-guldo‗zi va
zardo‗zi-zamindo‗zi («Yulduz», «Tovus» va b.)
do‗ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi.
Toshkentning sidirg‗a parchadan 4-karjli (karjlari o‗zaro
qora xrshiya yo‗llar b-n bo‗lingan, har bir karjga yorqin
gullagan novdalar tikilgan) do‗ppisi va boshqa do‗ppilar
jozibali qilib tayyorlanadi.
O‗zbek do‗ppisi sirlari
"Do‗ppi tikdim... ipaklari tillodan", – deb kuylanadi mashhur o‗zbek qo‗shig‗ida.
Tajribali usta kashtachilarning qo‗llari bilan haqiqiy san‘at asarlari yaratiladi.
Bilasizmi, o‗zbek do‗ppisi qanday sirlarni o‗zida
saqlaydi?
O‗zbekistonda do‗ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining
tarkibiy qismidir. Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‗ppini faqat ayrim
holatlarda: oilaviy tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‗rish mumkin.
Ammo bundan bir necha o‗n yillar oldin do‗ppi O‗rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi
bo‗lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada
do‗ppilar o‗ziga xos farqli jihatlarga ega bo‗lgan. Shartli ravishda do‗ppilar bir nechta
guruhlarga bo‗linadi. Bular: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‗ona, Xorazm-
Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo do‗ppilaridir. Shuningdek, do‗ppilar
bayrambop, diniy va kundalik bo‗ladi. Ushbu milliy bosh kiyimi yumshoq yoki qattiq
matodan tikilib, kashta yoki munchoqlar bilan bezatiladi, unga yumaloq yoki kvadrat
shakl beriladi.
Biroq, bugungi kunda har kim
ham do‗ppi naqshida
yashiringan ma‘nolar haqida
o‗ylamaydi. Axir har bitta
bukilish, rasm, chiziq o‗zining
chuqur ma‘nosi va siriga ega.
Hozirgacha xalq orasida
do‗ppilar haqidagi afsonalar va
rivoyatlar saqlab kelinadi.
Rivoyatlarga ko‗ra, erkaklar do‗ppisining
yuqori qismidagi to‗rtta gul odamning sog‗lig‗ini
to'rt tomondan himoya qiladi, do‗ppi chetidagi o‗n
oltita gul esa katta va ahil oila bo‗lish (o‗n oltita
farzand ko‗rish) tilagini bildiradi. Ushbu do‗ppilar
odmi, kamtar va shu bilan birga juda bezakli
ko‗rinishga ega. Ular to‗rtta qalampir boshchalari ko‗rinishidagi oq naqshning qora
fon bilan keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong‗i fonga oq ipak bilan tikilgan
gullar inson qalbi va yuragi pokligining ifodasi bo‗lib xizmat qiladi.
Ayollar do‗ppilarini bezashda asosan gullar,
mevalar va qushlardan foydalaniladi. Gul
naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul,
gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‗roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida
esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi.
Gullar ko‗pincha yuqorida va yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar,
ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil
qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‗roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand
ayollarning go‗zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini
hunarmandchilikdan eng yuqori san‘at darajasigacha ko‗taradi.
Shunday qilib, o‗zbek do‗ppisi bezagining
barcha elementlari — rangi, chiziqlari,
rasmlari muhim ma‘no yuklamasiga ega
bo‗lib, ko‗pincha hayot va o‗lim, yorug‗lik va
qorong‗ulik, yer va osmon, yaxshilik va
yomonlik kabi umumiy tushunchalar bilan
bog‗liq bo‗ladi. O‗zbek do‗ppilari haqli ravishda butun dunyoda talabga ega. Chet
ellik sayyohlar bunday bosh kiyimlarini g‗ayrioddiy yodgorlik sifatida sotib olishadi,
aksariyat insonlar hatto ular bilan o‗z uylarini bezashadi. Shaxsiy foydalanish uchun
esa do‗ppini istalgan bozorda va sayyohlik markazlaridagi maxsus sovg‗alar
do‗konlarida xarid qilish mumkin.
Bu qandayin ko‘rgulik savdo,
Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo —
Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq, deb yozgandi atoqli shoir Muhammad Yusuf.
Iroqi Do`ppining Shahrisabzda keng urf bolgan,
keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir
mahalliy joyning oziga xos bezak usulida yaratila
boshlandi. Do`ppining bu turida kashta iplari
sugirilib tor holiga keltirilgan mato surpga rangli
ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok
terma va bosma usulida tikiladi nomi shundan. Iroqi D.ning eng yaxshi namunalari
Shahrisabz va Kitob doppidozlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Fargona
vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa Do`ppining naqsh mujassamoti rang-barang
gulli novdalar, ular orasidagi yashil, kok tusli qushcha bulbullar shaklidan iborat.
Toshkentning iroqi Do`ppisida oq zaminga atirgullar toq va och qizil ipaklarda
yozuvlar qoshib tikiladi.
Usta-hunarmandlarning ta‘kidlashicha, do‗ppilar ko‗rinishi, naqsh uslubi, ramzlar
uyg‗unligi bilan bir-biridan farqlanadi. Do‗ppilarning tayyorlanishida mamlakatning
turli hududlariga xos tabiiy sharoit, atrof-muhit, aholi turmush tarzi, mahalliy
ana‘nalar ham aks etadi.
Boysun do`ppichilik maktabi
Kashtachilik, do‗ppichilik san‘atida
har bir millatning o‗ziga xos eng ko‗p
qo‗llaydigan naqshlari bo‗ladi.
CHunonchi o‗zbek kashtalarida
o‗simliksimon, geometrik hamda gul
naqshlari ko‗p bo‗ladi. Boysunlik
hunarmand Nilufar Oripova ham bugungi
kunda hunarmandlar oilasining beshinchi avlod vakili bo‗lib, uning kashtachilik
san‘ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat qozongan. Uning
qo‗llari bilan tikilgan so‗zana, zardevor, do‗ppilari faqat xonadonlarda emas, balki
muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. U shogirdlari yordamida 22 metrli
so‗zana tikdi. Ushbu so‗zana o‗ziga xos go‗zallik, nafis bezaklarni rang-barangligi
bilan kishilarni o‗ziga rom etadi.
Mazkur kashtachilik maktabida liboslarga tikilgan
kashtalar alohida ahamiyatga ega, shuningdek,
o‗ziga xos uslub va ranglar mutanosibligi mavjud
bo‗lib, juda boy tarixiy-ijtimoiy, falsafiy-ramziy
hamda amaliy san‘atning rang-barang ko‗rinishi
bilan alohida o‗rin tutadi.
Nilufar Oripova o‗z ta‘surotlarida kashtachilik
milliy hunarmandlik san‘atining bir turi ekanligi.
Unda nafislik, o‗tkir va yorqin ranglar aks etadi,
naqshlar xilma-xilligi kishini to‗lqinlantirishi.
Milliy kashtachilik va so‗zana san‘atida
o‗simliksimon va gullar tasviri tushirilgan naqsh
kompozitsiyalari keng qo‗llanilishi, anor, anorgul, bodomgul singari naqshlar
serfarzandlik, baxt, mehr-muhabbat, totuvlik ma‘nolarini anglatilishini ma‘lum qildi.
Piru badavlat momolarimizdan bizga meros bo‗lib kelayotgan amaliy bezak
turlarining eng qadimiy va keng tarqalgan turi asosida zamonaviy liboslar
kolleksiyasi yaratilganligi, har bir qatim ipakka jon baxshida etib, dil tuyg‗ularini
go‗yo bejirim gullar jilosiga ulab ko‗z-ko‗z etayotgandek.
Xalq kashtachiligini o‗ziga xos san‘at, hunar sifatida o‗rganish esa hozirgi zamon
talablaridan biridir, bugungi kunda N.Oripova o‗z oldiga 100 yaqin shogirdlariga
amaliy san‘atni o‗rganish, tahlil qilish, rivojlantirish va kelgusi avlodlarga etkazishda
ko‗maklashishni maqsad qilib olgan.
Qirg‘iziston axborot
agentligi o‘zbek do‘ppilari
haqida maqola chop etdi
Qirg„izistondagi “AKIpress” axborot
agentligining elektron portali sahifalarida
“Markaziy Osiyo hayoti: o„zbek do„ppilarining sirlari” sarlavhali maqola e‟lon
qilindi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.
Unda mazkur milliy bosh kiyim tarixi va uning kiyilishidagi zamonaviy usullar
xususidagi batafsil ma‟lumotlar o„z ifodasini topgan. Xususan,
maqolada qayd etilishicha, do„ppi kiyish urfdan qolmagan. “Uni erkaklar,
ayollar, bolalar va keksalar ham kiyib yuradi. Ko„pincha do„ppini zamonaviy
liboslar bilan birga ham kiyishadi”. Maqola
davomida mazkur milliy bosh kiyimining turli ko„rinishlari xususida so„z
yuritiladi. “Har bir viloyat, jumladan, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg„ona,
Xorazm va Qoraqalpog„iston Respublikasi hamda Qashqadaryo va
Surxondaryoning o„ziga xos ko„rinishdagi do„ppilari mavjuddir. Bundan
tashqari, ular bayramona, diniy va doimiy kiyiladigan turlarga ega. Do„ppilar
yumshoq yoki qattiq matolardan tikiladi, kashta yoki mayda munchoqlar bilan
bezatiladi hamda aylana yoki to„rtburchak shaklda bo„ladi”, — deb yozadi
“AKIpress”.
Maqolada qayd etilishicha, o„zbek do„ppilarida qo„llaniladigan barcha
bezaklar, jumladan, rang, chiziq, ramziy manzarali ishoralar hayot va o„lim,
nur va zulmat, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik singari umumiy
tushunchalar bilan bog„liq muhim xususiyatga ega bo„lgan ma‟nolarni o„zida
mujassam etadi.
“Darhaqiqat, bugungi kunda
o„zbek do„ppisiga butun dunyoda
ehtiyoj bor, desak mubolag„a
bo„lmaydi. Chunki xorijiy
sayyohlar do„ppini g„ayrioddiy
esdalik sovg„a va hatto uy bezagi
sifatida sotib olishga harakat
qiladi. Mazkur bosh kiyimi tarixini
o„rganish va uning turli ko„rinishlaridan bahramand bo„lish istagida bo„lgan
O„zbekiston mehmonlari ular bilan Davlat xalq amaliy san‟ati va tarixi
muzeyida tanishish imkoniga ega”, — deya maqolaga yakun yasaydi
Qirg„iziston axborot agentligi.
Uslubiy qo`llanmani tayyorladi
Boysun TAKMning bibliografiya xizmat rahbari
M.Raxmonova
Bibliograf
D.Bozorova
@Boysun TAKM