The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Kattaqo'rg'on Tongi, 2023-07-28 06:51:46

21

21

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring: kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT KATTAQO‘RG‘ON TONGI Vatanga xizmat – oliy saodat! Gazeta 1994-yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan G-mail: [email protected] 2023-yil 31-iyul, dushanba, 21(966)-son Saytimizga o‘tish uchun QR-kodni telefoningiz orqali skanner qiling 2023 - YIL – INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI (66) 455-24-95 Keyingi uch-to‘rt yil ichida shahrimiz ichki yo‘llarining deyarli 90 foizdan ortig‘i kapital ta’mirlanib, asfalt yotqizildi, ayrim ko‘chalar betonlashtirildi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida mahallalarimiz infratuzilmasi tubdan yaxshilanib, aholi farovonligi oshdi. Ravon ko‘chalar esa fuqarolarimizning uzog‘ini yaqin qilmoqda. “Kunjupay” mahallasida ham 1,3 km uzunlikda asfalt yotqizish dasturga kiritilgan edi. Shu kunlarda Kattaqo‘rg‘on Yo‘l qurilish- -ta’mirlash MCHJ tomonidan Kunjipay MFY dagi Zirabuloq va Ziyovuddin nomli ko‘chalarga asfalt yotqizildi. Shu mahalla hududidagi Kunjipay 3-berk ko‘cha va Dilafkor nomli ko‘chalar asfalt yotqizish uchun tayyor holatga keltirildi. Shahar hokimligi xomiyligida “Yoshlar turizmi oyligi” doirasida kattaqo‘rg‘onlik bir guruh sportchi yoshlar va “Bakamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli va faol tugarak a’zolarining Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi. Yoshlarimiz Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari: Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shoxizinda memorial muzeyi, Amir Temur maqbarasi, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali, Registon maydoni va unda joylashgan hunarmandlar uyushmasi, Islom Karimov maqbarasi, Sharq yulduzi kinoteatri, Buyuk ipak yo‘li turizm markazi “Boqiy shahar” majmuasi kabi tarixiy va madaniy markazlar va boshqa asori atiqalarda bo‘lib, katta ta’ssurotlar bilan uyga qaytdilar. Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Nuroniy jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar Nuroniy jamg‘armasi bo‘limi tomonidan “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning shahar mahallalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘rt nafar nuroniy onaxon va otaxonlar ishtirok etdilar. Ko‘rik tanlovning uch : tanishuv, yoshlar bizning kelajagimiz, ya’ni mahallada yoshlar bilan amalga oshiilayotgan ishlar hamda ushbu faoliyatni o‘zida aks etuvchi fotoalbomlar tayyorlash shartlari bo‘yicha nuroniylar: Karimov Ibrohim, Shomamatov Bahriddin otalar hamda Mavjuda Izzatullayeva va Fazilat Abdullayevalar o‘zaro kuch sinashdilar. Nuroniylarimizni har bir chiqishlari hakamlar hay’ati Anvar Masharipov Abdulla Barnoev, Shavkat Turdiyev va Sag‘dulla Rajabovlar tomonidan xolisona baholanib borildi. “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sakson yoshdan oshgan otaxon Bahriddin Shomamatov ushbu tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. YO‘LI SOZNING – ISHI SOZ MUKOFOT MUBORAK, AZIZ NURONIYLAR! ‘‘BIR NURONIY O‘N YOSHGA MAS’UL’’ “ASSALOM, SAMARQAND - SAYQALI JAHON!” Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e’zozlagan kam bo‘lmaydi. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashining 2023-yil 27-maydagi qarori bilan hamshaharlarimiz: Xalq ta’limi faxriysi Asad Haydarov va farmatsevtika faxriysi Dilbar Jalilovalar 1-darajali hamda Xalq ta’limi faxriysi Shuhrat Salohiddinov 2-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Shavkat MIRZIYOЕV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘z muhbirimiz ‘‘Kattaqo‘rg‘on tongi’’


2 Kattaqo‘rgʻon Ijtimoiy hayot 2023-yil 31-iyul, dushanba, 21(966)-son tongi OIV INFEKSIYASIDA KAMSITILISHNING OLDINI OLAYLIK! kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT IJTIMOIY YO‘NALISHDAGI ISLOHOTLARIMIZ TOBORA KЕNG QULOCH YOZMOQDA Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida erishilgan natijalarning asosiy omili inson va uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq. Shu bois inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoiti yaratish, adolatli huquqiy davlat barpo etish demokratik islohotlarning bosh maqsadiga aylangan. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. So‘nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Uzoq yillar ayollar masalasi haqida ko‘p gapirilsa-da, amaliy ishlar deyarli sezilmas edi. Shu tufayli ham xotinqizlar dard-u tashvishiga sovuqqonlik va beparvo qarab kelinganligidan ko‘plab ijtimoiy muammolar to‘planib qolgan edi. 2020-yildan buyon hayotga tatbiq etilgan va xotin-qizlar muammolarini hal qilishga qaratilgan noyob tizim – «Ayollar daftari» bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi. Buning natijasida «Ayollar daftari» tizimi asosida ko‘plab ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘mak berildi. Yaqinda shahrimizda mehmon bo‘lgan Yevroosiyo Milliy Universiteti PhD doktoranti Roziya Asilgojina, -Qozog‘iston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lmagan, ya’ni kam ta’minlangan, yolg‘iz ona va boquvchisini yo‘qotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ayollar daftari” va “Temir daftar” birgina Kattaqo‘rg‘on shahrida emas, balki butun O‘zbekistonda ta’sis etilganligi meni hayron qoldirdi va bu haqida qozog‘istonlik hamkasblarimga aytganimda, to‘g‘risini aytsam, ular hayron bo‘lib, bu juda ham ibratli amaliyot ekanligini ta’kidladilar”, - deb aytgan edi. Shahrimizda bugunga qadar 18600 nafar 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar bo‘lib, joriy yil shulardan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotinqizlar 1824 nafarni, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmandlar soni 140 nafarni, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 1474 nafarni, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 781 nafarni, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 29 nafarni, qaramog‘ida farzandining nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 240 nafarni tashkil etadi. Joriy yil boshidan «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uch nafar xotinqizlarning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tash uchun 55 mln. 500 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratildi. «Balandchordara» MFYda istiqomat qilayotgan Feruza Do‘stovaga 33 mln. so‘m, Nuriniso Fayziyevaning farzandi D. G‘aybullayevaga 17 mln. 500ming so‘m miqdorida, Gulnoza Muhammadiyeva farzandi D. Muhammadiyevga 5 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘lari jarrohlik amaliyoti uchun ajratildi. «Zomin» MFY fuqarosi Zuhra Nasritdinovaga viloyat mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 248 mln. 300 ming so‘m mablag‘ ajratilib, uy-joy bilan ta’minlandi. «Vatanparvar» MFYda yashovchi Gulchehra Qodirova ijara shartnomasi asosida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga joylashtirildi. Ishsiz xotinqizlarning 76 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 290 nafari «Ayollar daftari» jamg‘armasidan subsidiya ajratish orqali band qilingan. O‘z-o‘zini band qilgan ayollar soni 523 nafarni tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bor 140 nafar xotin-qizlarga 1 416 mln. so‘m 14 % imtiyozli kredit ajratilgan. Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga va qaramog‘ida bolalarining nogironligi bo‘lgan 1428 nafar xotin-qizlarga 1 mlrd. 434 mln. 120 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Ijara kompensatsiya to‘lovi to‘lab beriladigan xotin-qizlarning 22 nafariga turar joy ijarasi uchun «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 44 mln. so‘m miqdorida mablag‘ to‘lab berildi. «A.Temur», «Bahoriston», «O‘rikzor» MFY hududida istiqomat qilayotgan Tamila Xudoyorova, Dilorom O‘ljayeva, Feruza Xolnazarovalarning har biriga 33 mln. miqdorida imtiyozli kredit va subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berildi. Bugungi kunda ular 5-8 nafar shogirdlarga tikuv sirlarini o‘rgatib kelmoqdalar va o‘z ishlaridan mamnun. Afsuski, shaharda joriy yilning yarim yilida oiladagi ajrimlar soni 83 tani tashkil etdi. Shulardan umid bilan ota-onalarning farzandlari baxt-u kamolini ko‘rishdek musaffo orzularini sarobga aylantirgan to‘qqizta yosh oila ajrashishgan. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan 72 ta oila yarashtirilgan bo‘lsa-da, notinch oilalar 43 tani tashkil etmoqda. Joriy yilning 1-choragi davomida 78 nafar xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderi berilgan. Shundan 62 ta oila yarashtirilib, 16 ta oilada nizo bartaraf etilgan. Bunday salbiy holatlarning oldi olinayotganligi barobarida hamon bu raqamlar oilalarda keng jamoatchilik, mas’ul komissiyalar, Oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘z ishimizga tanqidiy baho berib, muntazam faollik ko‘rsatib, targ‘ibot ishlarimizni kuchaytirishimiz lozimligidan dalolat beradi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlarimiz tobora keng quloch yozmoqda. Nafaqat mamlakatimizda, balki butun jahonda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam – bolalar, ayollar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam e’tibordan chetda qolmadi. Shu bois Konstitutsiyamiz inson manfaati va qadri ulug‘langan ochiq demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida huquqiy poydevor bo‘ladi. Shaxlo KUCHKAROVA, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati. NOTURAR OBYEKTLARNING KADASTR PASPORTINI SHAKLLANTIRISH VA ULARGA BO‘LGAN HUQUQNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH KOMPOZIT XIZMATI ORQALI ARIZA BERISH MUMKIN Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va ularning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora- -tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qaroriga o’zgartirish kiritildi, jumladan: Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatidan foydalanish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtning o‘zida ariza bilan murojaat qilish mumkin. Bunga qadar davlat xizmatidan foydalanish kadastr pasportini shakllantirish uchun alohida va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida ariza bilan murojaat qilingan. Noturar obyektlarning kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markazida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) orqali elektron shaklda so‘rovnomani to‘ldiradi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Noturar obyektlarning kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish obyektning murakkabligiga qarab 3 ish kunidan 27 ish kunigacha amalga oshiriladi. Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. B. RUSTAMOV, Kattaqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori.


3 2023-yil 31-iyul, dushanba, 21(966)-son Nigoh Kattaqo‘rgʻon tongi BEZGAKDAN O‘ZINGIZNI HIMOYA QILING! kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT OITSSIZ KЕLAJAK YARATISHIMIZ IMKONI MAVJUD ZILZILA VAQTIDA TO‘G‘RI HARAKATLANISH. So‘nggi paytlarda tabiat o‘z qonunlariga muvofiq yashamoqda, iqlim o‘zgarmoqda va bu yer qobig‘ining holatini o‘zgartirish bilan tahdid qilmoqda. Agar ilgari seysmologlar faolligi oshgan mintaqalarni aniq ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda hamma narsa tubdan o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun zilzila paytida xavfsizlik qoidalari bilan tanishish har birimiz uchun foydali bo‘ladi. Zilzilaga qanday tayyorlanish kerak. Agar siz zilzilaga moyil bo‘lgan hududda yashasangiz, xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalarni oldindan o‘rganib chiqishingiz va ushbu tabiiy ofat paytida barcha mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni ko‘rib chiqishingiz kerak. Zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha maslahatlar: O‘zingiz ishlayotgan, o‘qiyotgan, yashaydigan xonani tark etishning barcha mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni oldindan o‘ylab ko‘ring. O‘zingiz uchun zilzilani kutish mumkin bo‘lgan joylarni belgilang. Oilangiz bilan “ta`limotlar” o‘tkazing. Xonadagi gaz, suv va elektrni qanday o‘chirishni bilishingiz kerak. Qo‘lingizda birinchi tibbiy yordam vositasi bo‘lishi kerak. Uyingizda chiroq, radio va zaxira quvvat manbalarini saqlang. Iloji bo‘lsa, barcha mebellarni devorlarga yopishtirish kerak. To‘shaklarni xavfsiz joyga qo‘ying. Birinchi tibbiy yordam telefonlarini va seysmik stansiyalarning aloqalarini osib qo‘ying. Sizning oilangiz va yaqinlaringiz qiyin paytlarda yordamga muhtoj bo‘ladi, shuning uchun siz to‘g‘ri qaror qabul qilish va jabrlanganlarga yordam berish uchun psixologik va jismonan tayyor bo‘lishingiz kerak. Sardor SAMATOV, Kattaqo’rg’on shahar FVB FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i, leytenant . Bezgak–yuqumli kasallik boʻlib, uni Plasmodium turkumiga mansub sodda qon parazitlari keltirib chiqaradi. Bezgakni qoʻzgʻatuvchi parazitlar sogʻlom organizmga tabiiy sharoitda bezgak chivinlari (Anopheles) ning chaqishi orqali yuqadi. Bezgak dunyoda eng koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri boʻlib, Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining ( JSST) soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2012-yilda 100 ga yaqin mamlakatlarda bezgak bilan 207 mln. kishi kasallangan va ulardan 627 ming kishi ushbu kasallikdan nobud boʻlgan. Oʻtgan davrlarda Oʻzbekistonda bezgak eng koʻp tarqalgan kasalliklardan biri boʻlib, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga salbiy tasir oʻtkazib kelgan. 1961-yilda mamlakatda oʻtkazilgan keng qamrovli choratadbirlar natijasida bezgak kasalligining mahalliy yuqishiga chek qoʻyildi. Oxirgi yillarda (2005-2013) amalga oshirilgan epidemiyaga qarshi va oldini olish choralari natijasida bezgakning mahalliy oʻchoqlari sogʻlomlashtirildi, chetdan keltirilgan bezgakdan mahalliy yuqish va uning tarqalishiga yoʻl qoʻyilmadi. Shuni unutmangki, bezgakning o‘ta xavfli turi ham mavjud boʻlib, dastlabki belgilari paydo boʻlgandan soʻng 48 soat o‘tib o‘limga olib kelishi mumkin. –Bezgakni davolash mumkin qachonki, erta tashxis qoʻyilib oʻz vaqtida davolangan holda bemor butunlay sogʻayib ketadi. Davolash sxemasiga rioya qilish shart, aks holda kasallikning ogʻirlashishi yoki qaytadan boshlanishi mumkin. –Bezgak bilan ogʻrib oʻtganlar dispanser hisobiga olinib, 3 yil mobaynida shifokor koʻrigidan muntazam oʻtib turishlari kerak, chunki kasallik qaytadan boshlanishi mumkin. Har qanday betoblik boʻlganda, albatta, shifokorga murojaat qilish lozim. –Bezgak bilan zararlanishning oldini olish uchun infeksiya tashuvchilaribezgak chivinlari chaqishdan himoyalanish zarur. Chivinlardan himoyalanish chora-tadbirlari:-Iloji boricha oyna va eshiklari toʻr bilan yopilgan xonalarda yoki chetlari matras tagiga tikilgan, yaxshisi insektitsid bilan singdirilgan, pashshaxona yirtilmaganligi va ichida chivin yoʻqligiga aniq ishonch hosil qilish kerak. Bundan tashqari kun botgandan to tong otguncha qoʻl-oyoqlarni yopadigan kiyimlar kiyish zarur. Kechasi uxlash uchun moʻljallangan xonalarda tarkibida piretroid insektitsidlari bor aerozollar va hid chiqaruvchi spirallar ishlatish kerak. –Kun botgandan to tong otguncha tananing ochiq joylariga repellentlar (chivinlarni choʻchituvchi moddalar) surtish va chivinlarni qoʻrqituvchi elektr moslagich raptorlarni qoʻllash kerak. Repellentlarni har 3-4 soatda qayta surtish, koʻrsatmaga rioya qilingan holda ayniqsa kichkina bolalarga surtish sonini oshirmaslik kerak. Agar siz bezgakni yuqtirish xavfi bor boʻlgan yerga bormoqchi boʻlsangiz, unda: -Shifokoringizga yoki xabardor davolash - profilaktika muassasasiga murojaat qiling. Siz bormoqchi boʻlgan joyda bezgak yuqish xavfi bor- yoʻqligini aniqlang. Agar xavf mavjud boʻlsa, bezgakka qarshi qanday dori darmon olish kerak, uni qanday qoʻllash lozim va qanday salbiy oqibatlar boʻlishi mumkinligini aniqlang. –Xavfli hududdan qaytganingizdan soʻng sizga tavsiya qilingan dorini belgilangan miqdorda yana 4 hafta davomida ichish lozim. –Kasallik belgilarini esda tuting. Agar sizda toʻsatdan qaltirash, yuqori harorat, terlash, bosh ogʻrigʻi, mushaklarda ogʻriq, koʻngil aynishi yoki ich ketishi kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Siz borib kelgan joylar haqida, albatta, shifokorga maʼlum kiling. Bezgak kasalligi siz sayohatdan qaytgandan bir necha yildan soʻng ham rivojlanishi mumkin, hattoki bezgakka qarshi dorilarni ichgan boʻlsangiz ham. Bunday holda qonni bezgakka tekshirish shart. Lobar NAZAROVA, Kattaqo‘rg‘on shahar SEO va JS Parazitologiya bo‘limi mudiri. OITSsiz kelajak avlod yaratishda kasallikni yengib chiqish uchun aniq bir maqsadimiz bo‘lishi kerak. 2014-yil 1-dekabr kuni Fransiyaning Parij shahrida Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Katta shaharlarda 90- 90-90 ko‘rsatgichiga erishish” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada qabul qilingan xulosalar maqsadimizga erishishga asos bo‘la oladi. Bunga ko‘ra 2030-yilga borib yangi OIV infeksiyasi bilan kasallanish va OITS bilan bog‘liq o‘limlar sonini nol ko‘rsatkichga erishishga imkon yaratadi. Parij dekleratsiyasida qabul qilingan 90-90-90 lik konsepsiya hozirgi vaqtda 95-95-95 deb qabul qilindi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi quyidagilar: •OIV bilan yashovchi odamlarning 95 foizi o‘zlarini OIV bilan zararlanganliklarini bilishi kerak; • O‘zida OIV infeksiyasi mavjudligini bilgan shaxslarninng 95 foizi maxsus virusga qarshi davolanish bilan qamrab olinishi kerak; • Virusga qarshi davolash kursini qabul qilayotganlarning 95 foizida qondagi virus miqdori kamayishi kerak. OIVni muvaffaqiyatli davolash virusning qondagi miqdorini kamayishiga, natijada bemorning ahvolini yaxshilanishiga va undan boshqa shaxslarga infeksiya yuqishining kamayishiga olib keladi. OIV bilan zararlangan shaxslarga nisbatan stigma, ya’ni ularning OITS nomi bilan tamg‘alanib qolishi hamda diskriminatsiya ya’ni ularning kamsitilishi va haq-huquqlarining paymol bo‘lishi odamlarning o‘zini OIV infeksiyasiga tekshirishdan xavfsirashiga, buning oqibatida esa o‘zida kasallik borligini bilmasdan boshqa shaxslarga yuqtirishiga olib keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun OIV bilan yashayotgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lish lozim. OIV infeksiyasi 3 xil yo‘l orqali: -Jinsiy yo‘l-begona shaxslar bilan himoya vositalarisiz jinsiy munosabatda bo‘lganda; -parenteral, ya’ni qon orqali OIV bilan zararlangan qon va uning mahsulotlari quyilganda, (Davomi 4 - sahifada)


Kattaqo‘rgʻon 4 tongi Ma’naviyat 2023-yil 31-iyul, dushanba, 21(966)-son Kattaqo‘rgʻon tongi MUASSIS: Xalq deputatlari Kattaqo‘rgʻon shahar Kengashi va shahar hokimligi Мuharrir: Tohir HAMIDOV Gazeta Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida 2007-yil 17-yanvarda 09-23 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta formati: A3 Nashr indeksi: 438. 2450 nusxada chop etildi. Buyurtma: 405 Gazeta bir oyda 3 marotaba chop etiladi. Murojaat, reklama va e’lonlar uchun: (66) 455-24-95 Manzilimiz: 140800, Kattaqo‘rgʻon shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 146-uy. Gazeta “Noshir lyuks” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Korxona manzili: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270-uy. Navbatchi: Sotuvda narxi kelishilgan holda Bosishga topshirish vaqti: 28-iyul 17:25 da. H. XUSHVAQOV Sahifalovchi: F. DAVRONOV Gazetamizning 21-sonini elektron ko‘rinishda o‘qimoqchi bo‘lsangiz, QR-kodni telefoningiz orqali skanner qiling. REKLAMA, E’LONLAR, DA’VOLAR BO‘LSA O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Sirojitdinov Anvar Samariddinovich (2021-yil 21-dekabrda vafot etgan)dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. *** O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sharipov Elyorjon Tolibdjonovich idorasida fuqaro marhum Urakov Nigmatulla Kudratovich (2014-yil 1-oktyabrda vafot etgan) dan qolgan mol-mulkka nisbatan meros ishi ochildi. Shu munosabat bilan barcha merosxo‘rlarning notarial idorasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi, notarial idorasi, raqamsiz uy. (Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi binosi yonida). VATAN DESAM... kattakurgon-tongi.uz facebook.com/Kattakurgontongirasmiy t.me/KattakurgonT O‘ZBЕKISTON INVЕSTORLAR UCHUN O‘Z ESHIKLARINI KЕNG OCHDI -vertikal, ya’ni zararlangan onadan bolaga homiladorlik vaqtida, tug‘ruq jarayonida va ona suti orqali yuqadi. OIV infeksiyasi maishiy muloqotda, ya’ni qo‘l berib ko‘rishganda, bitta idishdan va o‘rin ko‘rpalardan foydalanilganda, bir hovuzda cho‘milganda, pashsha yoki boshqa hashoratlar chaqqanda yuqmaydi. Shunday ekan, stigma va diskriminatsiya holati olib keladigan to‘siq yo‘q. Shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturi talablariga asosan yoshi, jinsi, irqi, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan qat’iy nazar aholiga yanada keng imkoniyatlarga ega adolatli va barqaror kelajakni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarimiz, infratuzilma va salohiyatlarimizdan foydalanashimiz zarur. Bu borada Bizlarning majburiyatimiz 2030-yilga borib OITS epidemiyasini tugatishdan iboratdir. Biz OITS, sil va virusli gepatit epidemiyalarini 2030-yilga qadar tugatish imkonini beruvchi 95-95-95 ko‘rsatkichlari va boshqa maqsadlarimizga erishish majburiyatlarini olamiz. Aholini OIVga sifatli tekshiruv bilan qamrab olish, ayniqsa OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan aholi qatlami ya’ni, migrantlar, betartib jinsiy hayot kechirib yashovchi shaxslar, in’eksion giyohvandlar orasida profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, ularni OIV infeksiyasiga tekshirishga jalb qilish maqsadimizga yaqinlashtiradi. Biz barcha kasalliklarga aloqador odamlarga inson hyquqlarini himoya va hurmat qilishga yordam berishimiz hamda OITS, sil va virusli gepatitga qarshi kurashda hech kim e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Biz OIV bilan yashayotgan shaxslarni ularning hayotiga bevosita ta’sir etuvchi siyosat va dasturlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida faol bo‘lishlariga ko‘mak berishimiz kerak. Hisobga olingan OIV infeksiyali shaxslarni davolashda samaraga erishish uchun ularni profilaktika xizmatlar bilan qamrab olish muhimdir. Bu borada sil, virusli gepatit, jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalardan himoya qilish, ruhiy salomatlik, psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishning xavfsiz usullarini tanlash va yondosh kasalliklarni davolash qo‘llabquvvatlashning ahamiyati kattadir. Biz OIV bilan yashovchi shaxslarni stigma, kamsitish, zo‘ravonlik yoki ta’qiblardan xoli bo‘lgan holda fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda teng huquqli ishtirok etishini ta’minlaymiz. Jamoatchilik tashkilotlari, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqa hamkorlar birgalikda xavfli xulq-atvorga ega guruhlar, migrantlar va in’eksion giyohvandlar bilan ijtimoiy tenglikni rivojlantirish uchun yaqindan ishlashni yo‘lga qo‘ya olishimiz kerak. Adolatli va barqaror jamiyatni barpo etish uchun innovatsion ijtimoiy o‘zgarishlardan foydalangan holda OIV, sil, virusli gepatit va boshqa kasalliklarni davolashni yaxshilash uchun tibbiy va ijtimoiy dasturlarni muvofiqlashtirib, fan, texnologiya va axborot aloqalari sohasidagi yutuqlardan ta’lim olishda teng imkoniyatlarni qo‘llash bizga yordam beradi. Parij deklaratsiyasi haqiqatga aylanishi uchun yagona bo‘lgan harakatlar rejasini ishlab chiqish, bu borada barcha ma’suliyatlarimizni hisobga olish hamda ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash muhim qadamlarimizdan biridir. Aholi bilan faoliyat olib boradigan barcha hamkor tashkilotlar bilan yaqindan ish olib borgan holda natijalarga tezroq, oqilona va samarali erishish uchun harakatlarimizni muntazam ravishda monitoring qilib borgan holda chora-tadbirlarimizga o‘zgartirishlar kiritamiz. Biz bu maqsadlarga erishish yo‘lida barcha xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va qanday choralar natija berishi va yaxshilanishi mumkinligi to‘g‘risida tajriba, bilim va ma’lumotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Har yili o‘z yutuqlarimiz haqida hisobot beramiz. D. AHMЕDOVA, F. SATTAROVA, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari. Iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlarni amalga oshiramiz. “Yashil iqtisodiyot”, “Yashil energiya” tamoyillarini yanada keng joriy etamiz. Iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalar hajmini bir necha barobar oshiramiz... Shavkat MIRZIYOЕV. Iqtisodiyot aniq hisob-kitoblarga tayanadigan, natijadorlikni xush ko‘radigan soha. Shu yo‘nalishga xos termin bilan aytganda, uni investorga o‘xshatish mumkin. Ya’ni sarmoyador istiqbolli deb bilgan, natija, ya’ni daromad olishga ishongan biznesgagina mablag‘ kiritadi. Kiritgan mablag‘ o‘sha loyiha yoki tarmoqni yanada rivojlantirib, bu orqali yurt iqtisodiy taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladi. Ammo buning uchun sarmoyadorni ishontira olish, nafaqat sohalar, balki hududlar, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirib borish talab etiladi. Bu boradagi ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, taraqqiyot shuncha jadallashadi. Sodda qilib aytganda , har qanday sohada natijadorlikni oshirish uchun tashqi sarmoya zarur. Bu sarmoyani esa investor kiritadi.Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi oxirgi yillarda keskin oshib, qariyb qirq milliard dollarga yetdi.Bu kichik raqam emas va nafaqat mahalliy , balki xorijiy investorlar soni ortib borayotgani , avvalo, yurtimizda qulay investitsion muhit yaratilgani bilan bog‘liq. Boshqa tomondan, iqtisodiyotimizdagi rivojlanish ko‘rsatkichi keskin o‘sib borayotganini dunyo xalqlari ham e’tirof etib, ishbilarmonlar hamkorlikka oshiqmoqda. Natijada birgina joriy yilning o‘tgan olti oyida iqtisodiyot tarmoqlarida 3.6 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Raqamlar shu yilning 11-iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida keng tahlil qilindi. Tarmoqda erishilgan yutuqlar bilan birga ko‘rsatkichi past, investitsiya muhiti qoniqarsiz bo‘lgan ayrim hudud va yo‘nalishlar ham tilga olinganligi bejiz emas. (Boshini 3-sahifada o‘qing) OITSSIZ KЕLAJAK YARATISHIMIZ IMKONI MAVJUD Bu diyorning ayvonlari nurga talosh, Bu diyorning kayvonisi oyu quyosh. Vatan desam ko‘zimda yosh, yuzimda yosh, Ko‘zga surtay nonlarini, nonlarini. Tiriklikning zahmatlari, taqdirlari, Hayotining bor hikmat ham tadbirlari, Ey, onamning tuproqqina tandirlari, Isitgansiz jonlarini, jonlarini. Kim Vatanni zar to‘niga yeng etmishdir, Kim bag‘rini osmonlarday keng etmishdir. Yaratganning o‘zi bugun teng etmishdir Asrlarga onlarini, onlarini. Bir suvoriy kelmoqdadir — Boburmi yo? Hirotmi yo, Hindistonmi yoki Ko‘nyo, Ko‘rib keldi, bundan so‘ng ham ko‘rsin dunyo Sultonlari, xonlarini, xonlarini. Bu diyorning ayvonlari nurga talosh, Bu diyorning kayvonisi oyu quyosh, Vatan desam ko‘zimda yosh, yuzimda yosh, Ko‘zga surtay nonlarini, nonlarini. Nechun o‘tmoq hasad ekib umrlarga, Dilni o‘rab g‘araz, riyo — ko‘mirlarga? Havas qilib yashang ulug‘ Temurlarga, El bilgaydir shonlarini, shonlarini. Sirojiddin SAYYID, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi. Sarmoya kiritilmagan loyihalar qog‘ozda qolishi, hududlar rivojlanishdan oqsashi,tarmoqlar esa eskicha ishlashda davom etib, o‘smasligi turgan gap. Shu bois, yangi O‘zbekiston investorlar uchun o‘z eshiklarini keng ochdi.Sarmoyadorlar faoliyatiga erkinlik berish, ularning huqularini qonuniy kafolatlash , mamlakatda qulay biznes va investitsiya muhiti yaratishga qaratilgan harakatlar kundan –kunga faollashmoqda. Xususan, bugunga qadar investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarga bojxona boji , davlatning biznesini tartibga solishga qaratilgan 500 ta funksiyasi bekor qilingani buning isboti. Qolversa, yurtimizda xorijiy investorlarning o‘z aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi. Shu kabi ko‘plab imkoniyatlar chet ellik investorlarning yurtimizga ishonchini oshirayotgani rost. Azizbek OXUNJONOV, Bosh prokuratura 10.2-boshqarma katta prokurori.


Click to View FlipBook Version