The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

Arab xat turlari - Matnshunoslik - Dilrabo - TAQDIMOT

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by norqobilovakram07, 2023-01-26 04:17:51

Arab xat turlari - Matnshunoslik - Dilrabo - TAQDIMOT

Arab xat turlari - Matnshunoslik - Dilrabo - TAQDIMOT

Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish (O’zbek tili) fakulteti 3-kurs 127-guruh talabasi Xurramova Dilraboning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu: Arab xat turlari


Arab xatinig turlari (1-qism). 28 harfdan iborat bo’lgan arab alifbosining dastlabki shakli xatti ma’qaliy deb atalgan. Ma’qaliy xati kufiy xatigacha bo’lgan qadimiy yozuvlardan bo’lib, uning harflari butunlay tekis – yoyiq, tik chiziqlar bilan ifodalangan bo’lib, hech bir harfida dumaloq shakl bo’lmaganligi bilan kufiy hatidan ajralib turadi.


Bu xatni “ma’qaliy” deyilishiga sabab shuki, milodiy 623 da shu nom bilan ataluvchi ikkita shaxs yashagan – biri Makkada Ma’qal ibn Sinon al-Asjiy, ikkinchisi Basrada Ma’qal ibn Yasor alMuzaniylarning biriga nisbat berilganligini bildiradi.


Ammo mazkur xat uzoq iste’molda bo’lmagan, shuhrat qozona olmagan. VII asrdan boshlab uning o’rnini arab yozuvining eng qadimiysi va eng mashhuri xisoblangan xatti kufiy egallaydi.


Arab xatinig turlari. (2-qism) Xat san’ati haqidagi barcha risolalarda xabar qilinishicha, xatti ma’qaliy va kufiy xati asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan olti xil asosiy xat uslubi shakllandi. Ular:1. - ثلثsuls xati – to’rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloqdir. 2. – نسخnasx xati ixtirochisi mashhur san’atkor xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi. 3. – محققmuhaqqaq – bir bo’lak qismi tekis bo’lib, qolgan bo’laklari yumaloq shakldadir.


.4. – ريحاني rayhoniy xati – muhaqqaqdan kelib chiqqan. Muhaqqaq va rayhoniy xatining ixtirochisi Ibn Bavvob bo’lgan. 5. – توقيعtavqe’ xati – yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan. 6. – رقاعriqo’ xati – ko’pchilik harflari birbiriga qurama qilib yoziladi. Tavqe’ va riqo’ ixtirochisi ma’lum emas.


Click to View FlipBook Version