The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by "Jomboy tongi" gazetasi, 2024-01-26 06:50:28

3-son

3-son

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI JOMBOYLIKLAR MUAMMOSINI O‘RGANMOQDA Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar tahlili bo‘yicha respublika ishchi guruhi tumanimizga tashrif buyurdi. Kun avvalida fuqarolar bilan uchrashib, ularning takliflari, muammolariga quloq tutish, markazdan olis, og‘ir hududlarni obodonlashtirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida t u s h u n c h a berdi. Respublika, viloyat va tuman mutasaddilaridan iborat kichik guruhlar joylarda xonadonbay usulda aholi bilan muloqot o‘tkazdi. *** Tadbir doirasida ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo bilan jomboylik ijodkorlar, iste’dodli yoshlar hamda tuman kengashi deputatlarining uchrashuvi o‘tkazildi. – Ma’naviyat sektori juda katta kuch, undan unumli foydalanish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning xalqimizga yetib borishida katalizator vazifasini o‘tashimiz kerak, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Bunda siz kabi jamoat faollari, ziyolilar, ijodkor-yoshlarga har tomonlama suyanamiz. Gazeta minbari, deputatlar kuchi, yoshlar salohiyatini birlashtirsak ko‘p natijaga erishishimiz mumkin. Uchrashuv madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi mumtoz kuy-qo‘shiqlar bilan yanada fayzli o‘tdi. Mushoirada ustozlar bilan bir qatorda “Umid” to‘garagi a’zolari ham faol qatnashdi. Ushbu mahallada yashovchi Karim Ibragimov qish mavsumi bo‘lishiga qarmay, tomorqasida qulupnay yetishtirib, daromad qilmoqda. – Qulupnay yetishtirishni boshlaganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q, – deydi Karim Ibragimov. – Besh oy oldin limonariyadan bo‘shagan 3 sotixli issiqxonaga 2000 tup qulupnay ko‘chatini ekdik. Noyabr oyiga kelib pishib yetildi. Hozirda kilosini 100 ming so‘mdan ichki bozorga chiqaryapmiz. Qulupnay ko‘p suv talab qiladigan ekin hisoblanadi. Karim aka shuni hisobga olgan holda ko‘chatlarni har ikki kunda bir marta sug‘oradi. Ayniqsa, issiqxona tomchilatib sug‘orishga moslashtirilgach, hosildorlik bir necha barobarga oshgan. Hozirda bir tup ko‘chatdan 14 donagacha qulupnay olinyapti. Joriy yilning aprel oyiga qadar ikki tonna mahsulot olishni maqsad qilgan. Sohib SAYFULLAYEV, “Jomboy tongi” muxbiri. [email protected] jomboytongi.uz @jomboytongi /jomboytongi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 22-dekabr kuni o‘tkazilgan respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisida “Jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz davom ettiriladi. Kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ko‘p ming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish choralari ko‘riladi”, deya ta’kidladi. Bu borada tumanimizda tizimli ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, viloyat porokurori Murodqosim Eshnazarov Polvonariq mahallasida o‘tgan sayyor qabulda qishloq kutubxonasiga asos solish va rivojlantirish, ushbu ijobiy tajribani ommalashtirish yuzasidan taklif bildirgandi. Mahalla oqsoqollari, jamoatchilik faollari tomonidan ijobiy qabul qilingan tashabbus qisqa fursatda ro‘yobga chiqdi. Mahalla markazidan alohida xona ajratilib, jihozlandi. Tuman hokimligi, prokuratura hamda homiylar ko‘magi bilan ming nusxadan ortiq adabiyotlar jamlandi. Ziyo maskanining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar kitobning inson ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Qishloq ziyolilari fondni yanada boyitish uchun sa’y-harakatlarni to‘xtatmasliklarini bildirishdi. Tadbir 1-umumta’lim maktabida adabiyot bayramiga ulandi. “Umid” klubi a’zolarining chiqishlari, o‘quvchilarning diltortar kuy-qo‘shiqlari bilan davra yanada fayzli bo‘ldi. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasidan parcha sahna ko‘rinishi sifatida namoyish etildi. *** Shuningdek, tuman prokuraturasi jamoasi markaziy axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Bu maskanda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari, kitobxon yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. Qariyb 100 nusxa adabiyotlar muassasaga sovg‘a qilindi. Zamira MAHRAMOVA. PROKUROR tashabbusi: POLVONARIQDA endi kutubxona bor Jomboy tongi Bizdan ozod va obod vatan qolsin! 2024-yil 8-yanvar, shanba, 1 (6005) 1935-yil 11-apreldan chiqa boshlagan Jomboy tongi Bizdan ozod va obod vatan qolsin! 2024-yil 25-yanvar, payshanba, 3 (6007) 1935-yil 11-apreldan chiqa boshlagan HOLVOYIDA QULUPNAY PISHDI


2 3 (6007)-son 2024-yil 25-yanvar www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 Chumoli suv ostida ikki hafta yashay oladi Tuman kengashi deputatlari oldida mahallalar beshligi hisobot bermoqda. Navbatdagi tadbir 11-G‘azira saylov okrugida bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joizki, hududda ikkita mahalla, yettita qishloq mavjud. Ushbu okrugdan saylangan deputat Mehroj Fayzilov hududda olib borilgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla va jamoatchilik faollari ishtirok etgan tadbirda dastlab Sarqipchoq mahallasi beshligi tinglandi. Hisobotda aytilishicha, 2023-yil davomida 14 marotaba uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etilgan. Ularda 100 dan ortiq muammo va takliflar ko‘tarilgan bo‘lsa, 75 tasi joyida hal etilgan, 28 tasiga huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berilgan, 4 ta muammo yuqori turuvchi organlarga yetkazilgan. Jumladan, bolalar nafaqasi bo‘yicha 250 dan ortiq murojaat kelib tushgan, 110 nafariga mezon asosida tayinlangan. Shuningdek, G‘azira mahallasi beshligi hisoboti ham eshitildi. – Mahallada 1120 ta xonadon, 1250 ta oila, 4556 nafar aholi mavjud, – deydi mahalla raisi G‘ulomjon Hamroyev. – O‘tgan davr mobaynida fuqarolar tomonidan 69 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 57 tasi ijobiy hal etilgan,12 ta murojaat bo‘yicha mahalla faollari tomonidan tushuntirish berilgan. Xususan, 67 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan 3 ta oilaga hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ham amaliy va moddiy yordam ko‘rsatildi. Hisobotdan so‘ng jamoat faollari, oqsoqollar, ko‘chaboshilari ishtirokida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Dilmurod MAHRAMOV. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘tgan yilning 1-2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgandi. Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etilgandi. Qo‘shma bayonot qabul qilinib, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangan. Ushbu ishlar davomi o‘laroq fransuz ishbilarmonlari tumanimizga keldi. Marokash, Ispaniya, Hindiston mamlakatlarida filiallari bo‘lgan “Quercy Réfrigération” kompaniyasi uzoq yillardan buyon meva-sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalar ishlab chiqarish hamda o‘rnatish bilan shug‘ullanadi. – Yetishtilgan hosilning katta qismi birinchi bosqich – saralashning o‘zida yaroqsiz holga kelishi mumkin, – deydi kommunal eksport biznesi direktori Pierre Zardoni. – Bundan tashqari, meva va sabzavotlarni sovuq xonalarda saqlashning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Harorat, namlik ham sifatli saqlashda muhim omil hisoblanadi. Fransiyalik investorlar “Maroqand meva-sabzavot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining muzlatkich omborxonasini ko‘zdan kechirdi. Tajriba almashildi. Kelgusida fransuz texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish maqsad qilinmoqda. Orifjon ODILOV. A holini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish deputatlar oldida turgan eng oliy vazifalardan biridir. Chunki deputat xalq vakili hisoblanadi. Ularning dardi-tashvishi bilan yashaydi. O‘tgan yil davomida ham deputatlar tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan G‘azira va Sariqipchoq mahallarida “Ayollar daftari”ga 239 nafar ayollardan 142 nafarining muammolari ijobiy yechim topdi. Xususan, Sariqipchoq mahallasida ham 50 nafar xotin-qiz ishga joylashtirildi, 7 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga va boquvchisini yo‘qotgan 31 ta oilaga moddiy yordam berildi. Yashash sharoiti juda og‘ir bo‘lgan bir nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlandi. Bundan tashqari, Qo‘ng‘irot mahallasi aholisining ham shikoyat va takliflari atroflicha o‘rganildi. Mahallaning ichi yo‘llarini ta’mirlash, elektr uzatishdagi nosozliklar yuzasidan qilgan murojaatlar o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Natijada qishloqni Xitoybola qishlog‘i bilan bog‘lovchi ichki yo‘llar ta’mirlandi. Mehroj FAYZILOV, tuman kengashi deputati. 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-aprelda qabul qilingan “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan sohada yangi tartib joriy qilingan. Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan ushbu qonun hujjatlari, shuningdek, “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 59 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 21 tasi ijobiy yechimini topgan, 38 tasiga huquqiy maslahat berilgan. Shu o‘rinda qayd etish joizki, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquq mavjud bo‘lmagani holda undan foydalanish ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi. Tumanimiz hududida o‘tkazilgan davlat yer nazorati davomida 146 ta kadastr va yer qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 1 milliard 903 million so‘mlik jarima qo‘llanilgan. Sug‘orib haydaladigan yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar yuzasidan 7 ta holatda jinoyat alomatlari aniqlangan va to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan. O‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish berilgach, 49 ta holatda ixtiyoriy bartaraf etilishiga erishilgan, 56 ta holatda tegishli sud idoralari orqali noqonuniy qurilmalarni buzdirish bo‘yicha da’vo kiritilgan. Sobir MELIQULOV, Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i. “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq tumanimizda tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tibbiyot birlashmasi hamkorligida tumanimizda istiqomat qilayotgan 81 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolg‘iz keksalar, 15 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi. Salomatligida muammo aniqlangan yurtdoshlarimizni davolash, reabilitatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. Katta qishloq mahallasida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida maʼnaviy-marifiy tadbir o‘tkazildi. 2-son kasb-hunar maktabida o‘tgan tadbirda yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yormuham mad Rustamov, “Oqila ayollar harakati” jamoatchilik tuzilmasi rahbari Hafiza O‘sarova hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar, “Ayollar daftari” orqali berilayotgan yordamlar, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng san’atkorlar va ijodkor yoshlar tomonidan she’r, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Nozanin TOHIROVA. Shunday tadbirlarning navbatdagisi Ahmadjon Qurbonov mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda 4-sektor rahbari Bahtiyor Baratov hamda mahalla faollari, uyushmagan yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritdi. Farzandlarimizni milliy an’ana va urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalashga doir fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng tuman madaniyat bo‘limi xonandalari tomonida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 46-umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari esa she’r o‘qishdi va milliy raqslarimizni namoyish etishdi. Marjona ABDURASHIDOVA. G‘azira va Sariqipchoq “beshligi” deputat oldida hisob berdi DEPUTAT Xitoybolaning muammosiga yechim topdi Fransuzlar biz bilan hamkorlik qilmoqchi Ko‘za kunda emas, kunida sinadi Hech kim e’tibordan chetda emas “Mahallada duv-duv gap” Ayol – jamiyat tayanchi


Qizamiq — mavsumiy kasallik bo‘lib, asosan qish va bahor oylarida uchraydi. Uning qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanib, bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda havo tomchilari orqali yuqadi. Kasallikning yashirin davri 7-14 kun bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘llari, ko‘z shilliq pardasi, og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi va terida qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi orqali belgi beradi. Agarda farzandingizda yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokor ko‘rigiga olib boring. Chunki qizamiq 2 yoshgacha bo‘lgan, yosh va nimjon bolalar uchun ayniqsa, xavfli. Shu sababdan, ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilishimiz kerak. Darhaqiqat, tumanimizda ham mazkur kasallikka qarshi profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtda virusning oldini olish maqsadida 6 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiq va qizilcha vaksinasi bilan ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda. 2023-yilning 7-dekabirdan bugunga qadar 14 200 nafar bolajonlar emlandi. Aziz ota-onalar! Kasallikning oldini olishda eng yaxshi vosita — profilaktik emlashdir. Shunday ekan unga yuzaki qaramang. Aks holda farzandingizda o‘pka yallig‘lanishi, tomoq shishi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi, ichak kasalliklari kabi asoratlar qolishi mumkin. Iroda NASIRIDDINOVA, tuman SEO va JSB epidemiologiya bo‘limi vrachi. www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 3 1940-yil 10-fevralda Tom va Jerri multfilmining birinchi qismi namoyish etilgan 3 (6007)-son 2024-yil 25-yanvar Gepatit “A” o‘tkir yuqumli jigar kasalligi hisoblanadi. Asosan bahor, kuz va qish mavsumida avj oladi. Ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ko‘proq uchraydi. Bolalarga kasallik asosan notoza qo‘llardan, virus bilan zararlangan oziq-ovqat, suv va idish-tovoqlar hamda o‘yinchoqlardan yuqishi mumkin. Uning yashirin davri 15 kundan 50 kungacha bo‘lib, dastlab, gripga o‘xshash, dispeptik va aralash belgilar namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, bemorda holsizlik, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, mushak va qorin sohasida og‘riqlar kuzatiladi. Gepatit “A”dan himoyalanish uchun avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Ovqat tayyorlash va ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunli suvda yaxshilab yuvish zarur. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini iste’mol qilishdan avval oqar suvda yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Undan himoyalanishning yana bir eng samarali usuli virusga qarshi emlanishdir. Dilbar OCHILOVA, tuman kengashi deputati, vrach epidemiolog. 51-umumta’lim maktabida yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar o‘tkazib kelinmoqda. – Kitob tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi, – deydi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zarnigor Azimova. – Inson kitob o‘qisa, aqlan kuchli bo‘ladi, shunday avlodgina rivojlangan jamiyat qurishi mumkin. Navbatdagi tadbir “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi bo‘ldi. O‘quvchi-yoshlar faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirladi. Rasul FAYZIYEV. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali bilan hamkorlikda adabiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Qayum Sobirov, Isomiddin Po‘latov, professor-ustozlar Quvondiq Yarashev, Akbar Asrorov hamda “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Farmon Azizov qatnashdi. Pedagogika va filologiya yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar bilan hozirgi adabiy jarayon, unda samarqandlik ijodkorlarning o‘rni, ta’lim sohasidagi islohotlar haqida suhbat qilindi. Mushoira va savol-javoblar tadbirga fayz bag‘ishladi. Faol ishtirok etgan yoshlar hamda filial kutubxonasiga “Jomboy: Kecha, bugun, ertaga” kitob-albomi, “Ildiz”, “O‘zlikni izlab” va “Yolg‘izoyoq yo‘l” kabi badiiy asarlar sovg‘a qilindi. Tarix darsida integratsion yondashuv muhim O‘quvchilar tarix fanini yaxshi o‘zlashtirishlari uchun bir qancha metodlar bor. Ular orasida “Integratsion yondashuv” metodi eng samaralisi hisobladi. Uning yaralish tarixi esa qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ushbu qo‘llanma orqali pedagog o‘quvchilarga tarixiy shaxslarni yillar bilan bog‘lashni, undagi voqea va hodisalarni eslab qolish uchun tasavvurni kengaytirishni o‘rgatadi. Shuningdek, o‘quvchilar bu metod orqali raqamlar va sanalarni bog‘lashda muayyan chegara belgilamaslikni o‘rganishi mumkin. Bundan tashqari, integratsiya metodida mantiqiy fikr va tasavvurdan foydalaniladi. Qo‘llanmani tuzish uchun qog‘ozga axborotni grafik ko‘rinishda tushiramiz. Dastlab, mavzu bo‘yicha sana va tarixiy ismlarni yozamiz. Keyin markaz yonidan u bilan bog‘liq fikr mulohazalarni kiritamiz. Bunda asosiy tushunchalar markazidagi so‘z bilan bog‘lanadi. Metodning yana bir muhim tomoni, o‘quvchi har bir mavzuga o‘z fikri va qarashlari bilan yondashadi. Sinfda esa muhokama vujudga keladi va o‘quvchilarning faolligi oshadi. Natijada har bir o‘tilgan mavzu o‘quvchining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shu bois ham bu qo‘llanmani nafaqat tarix fanida, balki boshqa fanlarda qo‘llash mumkin. Bahodir XOLMURODOV, 40-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi. Tumandagi sport maktabida 2023-yil yakunlari hamda 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag’ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishning ustuvor jihatlariga e’tibor qaratildi. "Jismoniy tayyorgarlik" sport sinovlarini namunali tashkil etish, “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi bilan samarali ishlash, razryad va unvonlarni olish, yoshlarning xalqaro, respublika, viloyat va boshqa mahalliy sport musobaqalarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 2024-yilga belgilangan rejalar bo'yicha sport maktabi mas’ullarining hisobot-taqdimoti tinglandi. Xususan, joriy yildan boshlab 10 tadan ortiq olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan 2 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash, sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini oshirish, jismoniy tayyorgarlik sport sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish, ommaviy sport tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish rejalashtirildi. Edip AMEDIYEV, sport maktabi direktori. qarshi emlash davom etyapti dan saqlaning Gepatit “A” ! QIZAMIQQA Zukko kitobxonlar aniqlandi Jomboylik ijodkorlar talabalar davrasida Malakali sportchilar tayyorlanadi


To‘qaylar yurtimizning eng yirik daryolari qirg‘oqlarida, ensiz tasma shaklda joylashgan bebaho biotoplardan hisoblanadi. Afsuski, to‘qay o‘rmonlari Markaziy Osiyoning eng ko‘p aziyat chekayotgan ekotizimlaridan bo‘lib qolyapti. Daraxt va butalarning kesilishi, chorva hayvonlarining boqilishi va daryo o‘zanlari sun’iy ravishda o‘zgartirilayotgani oqibatida to‘qayzorlar keskin qisqarishga mahkum bo‘ldi. Bunday shafqatsiz xatti-harakatlar hozir ham davom etayotgani albatta, xatarlidir. To‘qay o‘rmonlari daryolarni ifloslanishdan saqlab, suvning tozaligini ta’minlaydi. Tabiatda namlik almashinuviga hissa qo‘shadi. Samarqand viloyati hududidagi, hozirgi Zarafshon milliy tabiat bog‘i ham eng noyob daryo to‘qayzori hisoblanadi. U 1975-yilda Zarafshon qo‘riqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Milliy tabiat bog‘lari alohida ekologik, madaniy va estetik qiymatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar sirasiga kiradi. Ular tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish uchun qat’iy muhofaza qilinadi. To‘qay o‘rmonlari Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan jiddiy muhofazaga muhtoj ekologik hudud sifatida “Global 200” ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi tegishli qarori asosida Zarafshon qo‘riqxonasi Zarafshon milliy tabiat bog‘i sifatida qayta tashkil etilgan edi. Mazkur milliy tabiat bog‘ining mamuriy boshkaruv idorasi Jomboy tumani Hashdala qishlog‘ida, ikki qavatli binoda joylashgan. Zarafshon milliy tabiat bog‘i Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 47 kilometr masofaga cho‘zilib ketgan, daryo oqimiga bevosita bog‘liq tabiiy lanshaftdir. To‘qayzor Ravot Xo‘ja suv to‘g‘oni va Samarqand shahar Cho‘pon ota tepaligigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladi. Milliy tabiat bog‘ining jami yer maydoni 2426,2 gektar bo‘lib, shundan 680 gektari o‘rmon bilan qoplangan. Jomboy, Bulung‘ur tumanlari hududidagi Hashdala, Beshkapa, Do‘rmon, So‘xmon, O‘roqli, Yerteshar, Qizil yulduz, Qarapchi, Ashirto‘p, Mo‘g‘ol, Beshkal qishloqlari bilan chegaradosh. Milliy bog‘ga 1990-yili Buxoro viloyatidan 10 bosh Buxoro xonguli bug‘usi olib kelingan. Hozirgi kunda atrofi o‘ralgan yopiq olti gektar maydonda 23 bosh va ochiq tabiatda 100 boshdandan ortiq Buxoro xonguli bug‘ulari mahalliy sharoitga moslashib, ko‘payib bormoqda. Zarafshon milliy tabiat bog‘i yetti bo‘limga ajratilgan. Har bir bo‘lim o‘ziga xos tabiy muhit, fauna va florasiga ega. Tabiat bog‘ining hayvonot va o‘simlik dunyosi azaldan tabiiy ichimlik suvi, sug‘orish tizimi bilan bog‘langan. Daraxt va o‘t-o‘lanlarning o‘sib-rivojlanishi Zarafshon daryosining suv sathiga bevosita bogliq. Daryoda suv qancha to‘lib oqsa, milliy bog‘ning fauna va florasiga ijobiy tasiri etadi. Ya’ni daryo sathi qancha yaqin bo‘lsa, yer osti suvi ko‘tarilib, d o v - d a r a x t va o‘simlik dunyosi shuncha yaxshi rivojlanadi. Xo‘sh, daryo va milliy bog‘dagi bugungi ahvol qanday? So‘nggi kuzatuvlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, oxirgi o‘n yilda daryo sathi o‘rtacha 5-7 metrgacha tushib ketgan. Buning asosiy sabablaridan biri – daryodan juda ko‘p miqdorda qum-shag‘alning qazib olinishidir. Milliy bog‘ hududida tabiiy buloqlar ham mavjud. Ular asosan 3- va 4-bo‘lim chegara hududida joylashgan. 2-bo‘lim hovuzining yuqori va quyi qismidan ham tabiiy buloq suvlari chiqib, bog‘ning 1-2-3 bo‘limlarini obi hayot bilan ta’minlaydi. Afsuski bugun milliy tabiat bog‘ini tabiiy lanshaft sifatida asrab qolish katta muammo bo‘lib turibdi. Yuqori bo‘limlarda qurg‘oqchilik, suv yetishmasligi kuzatilmoqda. Milliy tabiat bog‘iga qarashli buloq suvlari atrofdagi qishloq va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olingan. To‘qayzorga buloq suvini keltiradigan jilg‘alar o‘rni yopilib ketgan. Noyob tabiat go‘shasiga tegishli suvlarni uning o‘ziga qaytarish orqali, bio xilma-xillikni asrab qolish mumkin. Birinchi navbatda, buloq suvidan foydalanish uchun texnika yordamida 50 metrlik ariq qazish kerak. Uchinchi bo‘limdagi tashlama kanali ustidan 30 metr, ya’ni 1000 kub metrlik suv o‘tkazgich quvurini joylashtirish lozim. Milliy bog‘ning ikkinchi bo‘limidagi hovuzning yuqori va quyi qismida joylashgan ariqni qaytadan qazib, tabiiy buloq ko‘zlarini ochish imkoni bor. Ikkinchidan, ikkinchi bo‘lim hududi atrofida yashovchi Do‘rmon va Beshkapa qishlog‘i aholisi hamda uning atrofidagi o‘n gektarlik maydonda joylashgan fermer xo‘jaligi tomonidan ruxsatsiz egallab olingan buloq suvlarini milliy tabiat bog‘iga qaytarish talab etiladi. Odatda, qo‘riqxonalarda inson tomonidan bajariladigan har qanday ruxsatsiz harakat ta’qiqlanadi. Shu o‘rinda soha mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillarini bu borada befarq bo‘lmasligini istardik. Ma’lumki, Zarafshon milliy tabiat bog‘i O‘zbekistonning eng muhim arnitologik hududlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yerda 300 dan ortiq o‘simlik turi o‘sadi. Baliqlarning 18 turi, amfibiya va sudralib yuruvchilarning 12 turi, qushlarning 218 turi, sut emizuvchilarning 26 turi yashaydi. Shundan bir qismi O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobiga ham kiritilgan. Jumladan, bog‘ hududida Zarafshon qirg‘ovulining eng ko‘p populyatsiyasi, O‘rta Osiyo qunduzining bir qancha turlarini ham uchratish mumkin. To‘qayzor va daraxtlarning qisqarishi, qurg‘oqchilik, o‘zboshimchalik mana shu bio xilma-xillikning qisqarishiga olib kelmoqda. Kelajak avlodga ona tabiatni bor holicha yetkazish, asrab-avaylash esa insoniy burchimizdir. Erkin XOLMANOV, Zarafshon milliy tabiat bog‘i fan va atrof-tabiiy muhit monitoringi bo‘limi mutaxassisi. Qurg‘oqchilik va o‘zboshimchalik JOMBOY to‘qayzoriga XAVF solyapti 4 3 (6007)-son 2024-yil 25-yanvar Zarafshon milliy tabiat bog‘i O‘zbekistonning eng muhim arnitologik hududlari ro‘yxatiga kiritilgan www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 ©MUASSIS: MUHARRIR: Isomiddin Po‘latov Navbatchi: Ahror SHAMSIYEV Manzil: 140400, Jomboy shahri, Archazor xiyoboni, 13-uy. Telefon: 475-27-00. Gazeta «Sherdor plyus poligraf» MCHJ bosmaxonasida ofset usulida A-3 formatda chop etildi. Bosmaxona manzili: Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi. Nashr indeksi: 5521 Bosishga topshirilgan vaqti: 25.01.2024-yil Adadi: 2130 donа Buyurtma № [email protected] wwww.jomboytongi.uz Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashi va tuman hokimligi Gazeta viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.02.2017-yil 09-19 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Indeks: 436 Bahosi kelishilgan narxda Bir oyda to‘rt marta chop etiladi


Click to View FlipBook Version