The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by "Jomboy tongi" gazetasi, 2024-01-31 04:33:48

4-son

4-son

“Tolibon” qurg‘oqchilikning oldini olish maqsadida 100 ga yaqin kichik suv to‘g‘onlari qurishni rejalashtirmoqda. Afg‘oniston energetika va suv vazirligining ma’lumot berishicha, ulardan 5 tasi Logarda, 5 tasi Maydan Vardakda va Samangan viloyatida qurib bitkazilgan. Ushbu loyihalarning qurilishi bilan mamlakatda suv tanqisligi ham bartaraf etilishi aytilmoqda. *** Germaniyada mehnat bozoridagi inqiroz tufayli 4 kunlik ish haftasi sinovdan o‘tkaziladi. 1 fevraldan 4 kunlik ish haftasining 6 oylik sinov davri boshlanadi. Loyihada 45 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Qayd qilinishicha, ish kunlarining soni qisqartirilsa, xodimlarning ish haqi avvalgidek qoladi. Loyihada qatnashayotgan korxonalar bu o‘zgarish xodimlarning motivatsiyasi va samaradorligiga foydali ta’sir ko‘rsatishiga ishonyapti. *** Italiya poytaxti Rim 2023-yilda Yevropaning eng xavfli shahri deb topildi. Yevropa Ittifoqining hayot sifati bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning atigi 38 foizi Rim ko‘chalarida tunda yurish xavfsiz ekanligiga rozi bo‘lgan. Antireytingda ikkinchi o‘rinni Gretsiya poytaxti Afina, uchinchi o‘rinni Fransiyaning port shahri Marsel egalladi. Shu bilan birga, Daniya poytaxti Kopengagen, Ispaniyaning Ovedo shahri va Sloveniya poytaxti Lyublyana Yevropadagi eng xavfsiz deb topildi. *** Norvegiya nafaqaga chiqish uchun eng yaxshi mamlakat hisoblanadi. Unda o‘rtacha umr ko‘rish 83,3 yoshga yetgan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Nafaqaga chiqish uchun eng yaxshi davlatlar qatorida Shvedsariya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Estoniya ham bor. *** Fransiyada o‘n minglab odamlar yangi immigratsiya qonuniga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Bir necha kun oldin parlament hujjatni rad etgan. Qonun loyihasida migrantlarning integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, Fransiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelganlarni deportatsiya qilishni soddalashtirish ko‘zda tutilgan. OAV va internet xabarlari asosida tayyorlandi. Jomboy tongi Bizdan ozod va obod vatan qolsin! 1935-yil 11-apreldan chiqa boshlagan Bizdan ozod va obod vatan qolsin! 2024-yil 31-yanvar, chorshanba, 4 (6008) 1935-yil 11-apreldan chiqa boshlagan Xalq deputatlari tuman kengashining 97-sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibiga ko‘ra, “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi Qayum Sobirov axborot berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan 2023-yil davomida “Yoshlar daftari”ga 2360 nafar jomboylik yoshlar kiritilgan. Ularning 2132 nafariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, 1270 nafari doimiy va jamoat ishlariga joylashtirilgan. 120 nafariga esa 428 million so‘mlik asbob-uskunalar, mehnat qurollari ajratilgan. Shuningdek, 174 nafarining o‘qishi uchun 374 million so‘m to‘lov-shartnoma pullari, 15 nafariga “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida saboq olishi uchun 16 million so‘m badal mablag‘lari to‘lab berilgan. Hozirda 228 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda. Tadbirda davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi tomonidan 2023-yil davomida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama etildi. 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman hududining iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini belgilash, tuman kengashi doimiy komissiyalarining 2024-yil 1-yarim yillik ish rejasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tegishli qaror loyihalari qabul qilindi. Tuman hokimi sessiyada axborot berdi Mamatov Umidjon Baxtiyorovich O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati Jomboy tumani bo‘limi rahbari vazifasiga tayinlandi. U.Mamatov 1978-yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Tayinlovga qadar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ma’lumot uchun, bo‘lim boshlig‘i maqomi bo‘yicha hokim o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 40ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zafarjon Abulqosimov Kanadaning 5 ta xalqaro universitetiga hujjat topshirgan edi. Ushbu muassasalar dunyoning “Top-1000” reytingiga kiritilgan. Maktab ma’muriyatiga ko‘ra, uchta universitetdan Zafarjonning talabalar safiga qabul qilingani haqida xabar kelgan. “Saint Mary’s University” 12 ming, “Mount Allison University” 20 ming AQSH dollarlik grant taqdim etgan. “University of New Brunswick” esa 40 ming AQSH dollarlik grant uchun insholar tanloviga taklif etmoqda. Zafarjon Abulqosimov chet elda o‘qib qaytgach, yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi. Sohib Sayfullayev. “Jomboy tongi” muxbiri. Kanadadan taklif keldi TAYINLOV


Tuman hokimligida “ССI Samarkand limited” qo‘shma korxonasi bosh direktori Hagani Sleymanov bilan muloqot o‘tkazildi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu korxona Nazar mahallasi hududida joylashgan erkin iqtisodiy zona filialida salqin ichimliklar ishlab chiqarish loyihasini ro‘yobga chiqarmoqda. Jarayonda 78 million dollarlik, jumladan, 10 million dollar sarmoyadorning o‘z mablag‘i hamda 68 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi. 2023-yilda 18,5 gektar yer maydonida 10 million dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, qurilish ishlari amalga oshirilgan. Muzokarada tuman hokimi Qayum Sobirov ishtirok etdi. Suhbat asnosida loyihaning ro‘yobga chiqarish istiqbollari, ishning borishi muhokama etildi. Birinchi bosqichi 1-mayga qadar, ikkinchi bosqichi 1-noyabrga qadar ishga tushirilishi bildirildi. Shuningdek, muzokara natijasida avgust oyigacha tumanga qo‘shimcha 65 million dollarlik investitsiya kiritilishiga kelishib olindi. Loyiha ro‘yobga chiqqach 400 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishiladi. 2 4 (6008)-son 2024-yil 31-yanvar www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir MUAMMO, XABAR, TASHABBUS Tuman hokimligida mahalla yettiligining vazifa va majburiyatlari muhokamasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi muhokama etildi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov rahbarligida o‘tgan seminarda tumanimizda mavjud 38 ta mahallaning 240 nafar xodimlari qatnashdi. Mas’ullarga yangi tashkil etilgan mahalla uyushmasi tizimi bo‘yicha mahalla yettiligining vazifa va majburiyatlari, aholi muammolarini mahallaning o‘zida yechishda jamoatchilikni jalb qilish mexanizmi tushuntirildi. Jumladan, mahalla yettiligiga rais rahbarlik qilishi, hokim yordamchisi ishsiz aholi bandligini ta’minlashi, yoshlar yetakchisi yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, xotin-qizlar faoli ayollar muammosi bilan ishlashi, profilaktika inspektori jamoat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy xodim aholini ijtimoiy himoya qilish va soliq inspektori mahalla budjetini shakllantirish vazifasini bajarishi aytildi. Alisher Navoiy mahallasi raisi, Ahmadjon Qurbonov mahallasi hokim yordamchisi, Tut mahallasi yoshlar yetakchisi, Zarafshon va Taldirazzoq mahallasi profilaktika inspektorlari, Naymantepa mahallasi soliq inspektori so‘zga chiqdi. “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” umummavzusida videorolik namoyish etildi. Seminar yakunida ma’naviyat sektori bo‘yicha Jomboy tajribasi namuna sifatida respublikada ommalashtirilishi belgilandi. Tuman hokimi Qayum Sobirov hududlarda kitobxonlik madaniyatini yanada ommalashtirish yuzasidan faollar bilan uchrashdi. Maxsus ishchi guruh tuzilib, Tut va Naymantepa mahallalarida bir vaqtlar faoliyat yuritib kelgan, bugun qarovsiz qolgan kutubxonalar holati o‘rganildi. Shundan so‘ng 44-umumta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazildi. Unda yoshlarni qiziqtirgan mavzular, shuningdek, adabiyot, ijod, badiiy asarlar mutolaasi yuzasidan so‘z yuritildi. Samarqand mahallasi “beshligi” hududdan saylangan tuman kengashi deputati Shohista Namozova va jamoatchilik oldida hisobot berdi. Dastlab mahalla raisi A.Narxo‘jayev so‘zga chiqdi. Qayd etilishicha, mahallada 1228 ta xonadon, 1328 ta oila hamda 5448 nafar fuqaro istiqomat qiladi. O‘tgan bir yil davomida aholi bilan 14 marta uchrashuv va sayyor qabul tashkil etilgan. Ularda 100 dan ortiq muammo ko‘tarilgan bo‘lsa, 80 tasi joyida hal etilgan, 22 tasiga huquqiy maslahat berilgan, 4 ta muammo yuqori turuvchi organlarga yetkazilgan. Jumladan, bolalar nafaqasi bo‘yicha 400 dan ortiq murojaat kelib tushgan, 199 nafariga mezon asosida nafaqalar tayinlangan. Nikoh masalalari yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlar bo‘lib, 7 tasi ijobiy hal etilgan. “Temir daftar”ga 14 ta oila, “Ayollar daftari”ga 154 nafar xotin-qizlar va “Yoshlar daftari”ga 101 nafar yoshlar kiritilgan. Aholining 38 foizi, ya’ni 1970 nafari 30 yoshgacha yigit-qizlarni tashkil etib, ularning muammosini o‘rganish maqsadida “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Bandlik dasturiga kiritilgan yoshlarning 45 foizi ish bilan ta’minlangan. Bir yil davomida 27 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 15 tasining oldi olingan. Jinoyat sodir etgan yoshlar bilan individual ishlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida 10 nafar ayollarga hokim yordamchisi bilan hamkorlikda imtiyozli kredit ajratilgan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Milliy qadriyatlar bebaho boyligimiz”, “Sport – boylik, sport – yoshlik”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari tashkil qilingan. Oyda bir marotaba tozalik kuni o‘tkazib kelinmoqda. Deputat tomonidan “Obod mahalla” dasturi doirasida yo‘llarning ta’mirlanishi, yosh tadbirkorlar uchun to‘siq bo‘layotgan muammolar, imtiyozli kredit berilgan yoshlar faoliyati tahlil qilindi. Kelgusi vazifalar belgilab olindi. Gulshoda HUSNIDDINOVA. SAMARQAND MAHALLASI “beshligi” hisob berdi JOMBOY NAMUNA bo‘lishi kerak JOMBOYDA “COLA” ISHLAB Parlament deputati “yettilik” fikrini eshitdi TADBIRKORLIK faoliyati rag‘batlantiriladi Joriy yil 9-yanvarda qabul qilingan “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini joylarda amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tumanimizda bo‘ldi. Tuman hokimligida o‘tgan seminarda iqtisodiy kompleks rahbarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari qatnashdi. Milliy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari B.Jalilov hamda Markaziy bank boshqarmasi boshlig'i J.Ermatov tomonidan yuqoridagi qarorning mazmun-mohiyati hamda ishlash prinsiplari tushuntirildi. Ushbu jarayonda mahallalardagi hokim yordamchilarining o‘rni va vazifasi muhimligi ta’kidlandi. Tumanimizda mavjud 258 lot yer uchastkalari e-auksion.uz platformasi orqali mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi. *** 6-umumta’lim maktabida tuman hokimligi mutasaddilari hamda kengash deputatlarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Tadbirda aholini qiynab kelayotgan 20 dan ortiq masala muhokama etildi. Yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. *** Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berildi. Tadbir joriy yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar o‘tkaziladi. Fuqarolarning tug‘ilganlikni qayd etish, o‘lim guvohnomasini olish, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi murojaatlari tuman adliya bo‘limida tashkil etilgan maxsus shtab yoki 1148 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilinadi. Tuman hokimligi axborot xizmati. Qonunchilik palatasi deputati, xalq demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi raisi Ulug‘bek Vafoyev tumanimiz mahallalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Guliston mahallasi “yettilik” xodimlari bilan suhbatda sohani yanada yaxshilash bo‘yicha ularning fikr-mulohazalari, takliflari o‘rganildi. “ ” Tumanimiz 2023-yil davomida 35 million dollarlik sanoat, 19.2 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. FAKT CHIQARILADI


Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil ta’minlash adliya organining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tuman adliya bo‘limi va uning tizimidagi idoralar tomonidan o‘tgan yilda muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan 212 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 114 tasi qanoatlantirildi, 82 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Bo‘lim tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullarda tushgan 87 ta murojaat tegishli tartibda hal etilishi ta’minlandi. Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 31 ta o‘rganish va monitoring tadbirlari davomida 5 154 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohada 1 019 ta, inson huquqlarini himoya qilish sohasida 3740 ta, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 175 ta, yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida 125 ta va boshqa sohalarda 82 ta qonunbuzilish sodir etilgan. Bundan yil davomida tushgan taqdimnomalarga asosan, 1 milliard 716 million 225 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi. Sudlarga kiritilgan 13 milliard 265 million 305 ming so‘mlik 39 ta da’vo arizasi qanoatlantirildi. Sardor MAJIDOV, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i. www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 3 O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir 4 (6008)-son 2024-yil 31-yanvar “Inklyuziv ta‘lim” joriy etildi Mamlakatimizda alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezidentimizning tegishli qoror va farmoniga asosan ular uchun ta‘lim xizmatining moslashgan turini joriy etish belgilab qo‘yilgan. Tumanimizda ham ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 3-, 23- hamda 56-umumta‘lim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etildi. Joriy o‘quv yilidan 1-sinfga ikki nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, ularga oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muxbira Umirova ta’lim-tarbiya bermoqda. – Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar sinfdoshlariga qo‘shilishi qiyin bo‘ladi, – deydi pedagog. – Shuni hisobga olib, dars o‘tish jarayonida avvalo o‘quvchilarimning psixologiyasini o‘rganaman. Ular jamiyatga qo‘shilish uchun do‘stona munosabatlarga tayyorlashga harakat qilyapmiz. Matluba SANAQULOVA. Xalqimizga birdamlik yarashadi Sport sohasi elektron tizimda ishlaydi Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida tumanimizda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan har yili 15-dekabrga qadar keyingi yil uchun muhtoj shaxslarning aniq ro‘yxatini shakllantirish tizimli yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan yurtdoshlarimizga shu kunlarda protez-ortopediya moslamalari, nogironlik aravachalari tarqatilmoqda. Respublika mahalla uyushmasi ishchi guruhining tumanimizda olib borayotgan o‘rganishlari ushbu xayrli ishlarga ulandi. To‘qqizboy mahallasida 5 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish choralari ko‘rildi. Jumladan, mahallada yashovchi, 2000-yil tug‘ilgan fuqaro T.O‘tamurodovga nogironlik aravachasi yetkaazib berildi. Shunday o‘rganish ishlari tumanning barcha mahallalarida davom ettirilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholining muammolari bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. 4-sektor hududiga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida Beshbola mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazildi. D.Hotamova suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlangan bo‘lsa, So‘xmon mahallasida yashovchi G.Vohidovaning yashash uyi hashar yo‘li bilan ta’mirlab berildi. Asqarbek QURBONOV. 13 milliard so‘m egasiga qaytarildi O‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilarni sport ta’lim muassasasiga qabul qilish, elektron tizimga kiritish, qurilish ishlarini rasmiylashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil tushuncha berildi. “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishning maqsadi, vazifalari va texnik imkoniyatlari hamda tizimga kirish va foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. “Inventarlar va jihozlar”, “PR-monitoring”, “Kadrlar" axborot tizimlarining ahamiyati va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. "Raqamlashtirish va sertifikatlashtirish markazi" MChJ mas’ullari tomonidan ikki kun davomida viloyatimizdagi 400 nafardan ortiq sport sohasi xodimlarining elektron boshqaruv tizimi bilan ishlash ko‘nikmalari oshirildi. “ERP sport” tizimi bilan ishlashda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha soha vakillari tomonidan tushgan savollarga ham batafsil javob berildi. Darhaqiqat, mazkur tizim sportchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ish jarayonida inson omili ishtirokini kamaytirish, turli hujjatlarni yuritishda tezkorlik va aniqlikni ta’minlaydi. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish, korrupsion holatlarga barham berish, ortiqcha ovoragarchilik holatlarining oldini olish maqsadida sohadagi 24 ta yo‘nalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimining ishga tushirilgani jismoniy shasxlar uchun yanada qulaylik yaratmoqda. Jumladan, vazirlik tizimidagi sport inshootlarida pulli xizmat ko‘rsatish jarayonlari (elektron biletlar, abonement va boshqa to‘lovlar)ning avtomatlashtirilgan “Xizmatlar nazorati” axborot tizimi joriy qilinib, korrupsion holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan inson omili aralashishiga chek qo‘yilgan. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, mukofotlash va rag‘batlantirish, intizomiy choralar ko‘rilganligi, shuningdek, ularning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Kadrlar” axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan. Sport maktabida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, faoliyat darajasi, sifatini va samaradorligini aniqlashda xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida hududlararo reytingli baholash imkonini yaratuvchi “Reyting” axborot tizimi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Sport sinovlarini baholash tizimi me’yorlari, sport razryadlari va unvonlari, o‘tkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar platformasi joriy qilingani shaffoflikni ta’minlashga hissa qo‘shadi. Ilgari korrupsion holatlarga olib kelish mumkin bo‘lgan diplomlar va guvohnomalarni berish tartibi va holatlariga inson omili aralashishiga barham berilib, yagona elektron reyestr “Sertifikatlash” axborot tizimi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Malaka oshirish kurslari davomida tizimga tatbiq etilayotgan shu kabi 24 ta xizmat turi bilan ishlash, raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish, bu borada soha xodimlarining bilim-ko‘nikmalarini oshirish davr talabi ekanligi ta’kidlandi. Seminarda tumanimiz sport maktabi xodimlari ishtirok etib, o‘z malakasini oshirishdi. Edip AMEDIYEV, tuman sport maktabi direktori. Sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun "ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimidan samarali va to‘liq foydalanishni yo‘lga qo'yish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.


4 4 (6008)-son 2024-yil 31-yanvar Asalari 100 gramm asal yig‘ish uchun 46 ming kilometr masofani uchib o‘tadi www.jomboytongi.uz E-mail: [email protected] Telefonlar: (0366) 475-27-00 ©MUASSIS: MUHARRIR: Isomiddin Po‘latov Navbatchi: Orifjon ODILOV Manzil: 140400, Jomboy shahri, Archazor xiyoboni, 13-uy. Telefon: 475-27-00. Gazeta «Sherdor plyus poligraf» MCHJ bosmaxonasida ofset usulida A-3 formatda chop etildi. Bosmaxona manzili: Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi. Nashr indeksi: 5521 Bosishga topshirilgan vaqti: 31.01.2024-yil Adadi: 2130 donа Buyurtma № [email protected] wwww.jomboytongi.uz Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashi va tuman hokimligi Gazeta viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 06.02.2017-yil 09-19 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Indeks: 436 Bahosi kelishilgan narxda Bir oyda to‘rt marta chop etiladi 31-umumta’lim maktabida “Senator va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev qatnashdi. Nazar mahallasida istiqomat qiluvchi yigit-qizlar ustoz-ijodkorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv she’rxonlikka ulandi. “Umid” klubi a’zolari ishtirokida kechgan hozirgi adabiy jarayon haqidagi qiziqarli bahs-munozaralar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga adib asarlari sovg‘a qilindi. Ma’ruf RASULOV. 25-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Sirojiddin Shodiyev harakatlanuvchi qurilmalar, o‘yinchoq robot va mashinalar yasashga qiziqadi. Bugungi kunga qadar qattiq va rangli qog‘ozlardan o‘ndan ortiq shunday buyumlar tayyorlab, ustozlari va maktab jamoasining olqishiga sazovor bo‘ldi. Sirojiddin maktabdagi “Yosh ixtirochi” to‘garagining a’zosi hisoblanib, o‘zi tayyorlagan buyumlarini tengdoshlariga ham o‘rgatmoqda. Yoshligidan texnik ixtirolar yaratishga qiziqayotgan o‘quvchining bu intilishlarini alohida e’tiborga olganmiz. U texnologiya fanini ham puxta o‘zlashtirmoqda. Kelgusida, fizika-texnologiya sohasida ta’lim olib, yangi avlod robotlari yaratishni ham maqsad qilgan. Yoshlarimiz orasida Sirojiddin singari iqtidor egalari ko‘plab topiladi. Ularni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlasak, kelgusida yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs bo‘lib ulg‘ayadi. Ma’mura KARIMOVA, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Sirojiddin yangi avlod robotlarini yaratmoqchi USTOZ JURNALIST o‘quvchilar bilan suhbatda Milliy kurash bo‘yicha respublika chempionligi uchun viloyat saralash musobaqasi o‘tkazildi. Unda tumanimizdagi 8-umumta’lim maktabining yigitlar jamoasi munosib ishtirok etdi. Jamoa a’zolaridan Samariddin Nuriddinov 3-o‘rinni egallab, Andijon shahrida o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Sherzod OMONOV. SAMARIDDIN VODIYDA chempionlik uchun kurashadi Viloyatimizning barcha tumanlariga sport jihozlari karvoni yetib keldi. Mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini ommalashtirish loyihaning asosiy maqsadidir. Tantanali topshirish marosimida yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev so‘zga chiqib, Prezidentimizning mazkur sovg‘asi yoshlarga, sportchilarimizga katta ishonch ekanini tbildirdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rishda tumanimiz mahallalariga ham topshirilgan ushbu to‘rt turdagi anjomlarning ahamiyati katta. Doston NAZAROV, Alisher Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisi. Prezidentdan sovg‘a keldi


Click to View FlipBook Version