Boysun tuman
Axborot kutubxona markazi
Bibliografiya bo`limi tomonidan
“Beshik bolasi — bek bolasi”
nomli
Boysun
So`z boshi
Beshik tarixi juda qadimga borib taqaladi. U haqida ilk
ma’lumotlarni Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit-
turk» asarida uchratish mumkin. Bolaning tagi quruq
bo’lishini ta’minlovchi sumak va tuvak esa faqat O’rta
Osiyo xalqlariga xos. Beshiklarimizdagi bunday o’ziga
xoslikni o’rta asr ustalarining ixtirosi deb taxmin qilishimiz
mumkin.
Qadimdan o`zbek, tojik ,turkman, qoraqalpoq,qizg`iz
va sharq xalqlari orasida keng tarqalgan.Beshik
chaqaloqning ona qarindoshlari- bobosi, buvisi tog`a va
xolalari tomonidan qilinadi.Bolanig belash uchun ip yoki
shoiy matodan maxsus tikilgan ko`rpacha va yostiqchalar
qo`lbog`lar , govrapo`sh choyshablar ishlatiladi.
Beshikda –yotganda bolaning tagi quruq , va toza
turadi. Beshikning bir maromida tebranishida ona
allasining hamohangligi beshikdagi bolaga yaxshi ta`sir
etadi.Uning tinch osuda uxlashini, ruhan sog`lom yaxshi va
rivojlanishini ta`minlaydi.
Beshik—chaqaloqni belab
va tebratib uxlatish uchun
moʻljallangan yoʻrgʻa
oyoqli maxsus moslama.
Asosan tut, tol va boshqa
yogʻochdan yasaladi. Uz.
1—1,05 m, balandligi 50 sm
dan 60 sm gacha. Beshikning tuzilishi: toʻrttadan sakkizta
ustbozi (pombozi) va takbozi (girdbozi) bilan oʻralgan; bola
yotishi uchun takbozilar ustiga yupqa taxtachalar oʻrnatiladi
(unda tuvak uchun maxsus joy ajratiladi). Beshikning ikki
tomonidagi yarim doyra shaklidagi yoʻrgʻa (oyoq)lariga uz. 1,2
m, eni 8—10 sm boʻlgan egmoch (qosqon) oʻrnatiladi,
egmochga dasta biriktiriladi. Dastaning ikkala tomoniga
qubbalar yasaladi. Bolaning bosh va oyoqlarini muhofaza qilish
uchun egmochlarning ichiga boshlogʻi va bagʻalak choʻplar
oʻrnatiladi. B. naqshlar bilan bezatiladi yoki rangbarang
boʻyoklar bilan boʻyaladi, soʻng baʼzan lok surtiladi. Bolani
belash uchun ip yoki shoyi matodan maxsus tikilgan abzallar
(qovuz toʻshakcha, taglik koʻrpacha, yostiqchalar, qoʻlbogʻlar,
govrapoʻsh, choyshab va boshqalar) ishlatiladi. B.da yotganda
bolaning tagi quruq, toza turadi; Beshikning bir maromda
tebranishiga ona allasining hamohangligi Beshikdagi bolaga
yaxshi taʼsir etadi, uning tinch osuda uxlashini, ruhan sogʻlom
yaxshi rivojlanishini taʼminlaydi.
Oltin beshik - Qoʻqon xonligini idora etgan ming
sulolasining kelib chiqishi haqidagi rivoyat. Unga koʻra, 1512
yil Bobur Samarkanddan Fargʻona orqali Hindistonga qochadi,
yoʻlda Boburning xotinlaridan biri ugʻil tugʻadi. Qochoklar
goʻdakni qarov-siz tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Uni
qimmatbaho ziynat buyumlari qoʻyilgan beshikka yotqizib,
sodiq xizmatkorlardan biriga qoldiradilar. U Boburga
goʻdakning taqdiri haqida xabar berishi kerak bulgan. Bu vaqtda
mazkur joyda oʻzbeklarning qirq, qip-choq, qirgʻiz va ming
urugʻlarining ovullari bor edi. Ushbu urugʻ vakillari bolani topib
olib, unga "O.B." deb nom qoʻyganlar. Bola ming urugʻi
ovuliga joylashtirilgan. O.B. voyaga yetganda xalq unga har bir
urugʻdan (qirq, qipchoq, qirgʻiz va ming) bittadan qizga
uylanishga imkon beradi. Ming urugʻidan boʻlgan katta xotin
unga yolgʻiz oʻgʻil tugʻib beradi. Unga Tangriyor deb nom
qoʻyadilar, boshqacha qilib Xudoyor yoki Eloq Sulton deb atay
boshlaydilar. Bobur asarlarida O.B. haqida hech narsa demagan,
uning zamondoshlari ham uni tilga olmaydilar. Shuning uchun
bu rivoyatni Qoʻqon xonlari oʻz shajaralarini Bobur bilan
bogʻlash va oʻz hokimiyatlarini
barqaror etish maqsadida toʻqishgan
deb hisoblash mumkin. Beshik tarixi
juda qadimga borib taqaladi. U
haqida ilk ma’lumotlarni Mahmud
Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit-turk» asarida uchratish
mumkin. Bolaning tagi quruq bo’lishini ta’minlovchi sumak va
tuvak esa faqat O’rta Osiyo xalqlariga xos. Beshiklarimizdagi
bunday o’ziga xoslikni o’rta asr ustalarining ixtirosi deb taxmin
qilishimiz mumkin. Bu haqda aniq ma’lumotlar mavjud emas
Afzalliklari
Uzoq tarixga ega bo’lishiga qaramay, biror tadrijiy
takomillikni boshdan kechirmagan beshikning avvalo
afzalliklarini sanab o’tsak:
1) Uxlaganda usti surp yoki doka bilan yopiq bo’lgani uchun
chaqaloqni turli xil hasharotlar bezovta qilmaydi.
2) Bola qo’lga o’rganib qolmaydi. Chunki chaqaloq ko’p
ko’tarib yurilsa, keyinchalik ham mana shunday e’tibor talab
qiladi.
3) Beshikning rangli bezaklariga qarab ovunadi va ranglarni
ajratishni o’rganadi.
4) Tagi hamma vaqt quruq turgani uchun beshiqtsagi bola
kechqurun tinch uxlaydi.
5) Beshik yordamida bolani uxlatish qulay. Shuningdek,
chayqalayotgan beshik bir necha daqiqa o’z inertsiyasi bilan
ham tebranib turish xususiyatiga ega.
6) Qovuzda yotgan bolaning umurtqa suyaklari tekis bo’ladi.
7) Pampersga ketadigan xarajat va taglik yuvishga ketadigan
vaqt tejaladi.
8) Chaqaloq yotganda yuztuban o’girilib qolmaydi.
9) Qo’li bilan yuz-ko’zini tilib, jarohatlamaydi, barmog’ini
og’ziga solib so’rmaydi.
10) Beshikning ichki iqlimi doimiy harorat mo’’tadilligini
saqlab, chaqaloqning isib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Shifokorlar nima deydi?
Shifokorlar beshik xususida aniq bir to’xtamga kelishmagan.
Ular beshikni munozarali mavzu hisoblaydilar. Masalan,
tibbiyot fanlari nomzodi Nizom Ermatov, oliy darajadagi
jarroh Tojiboy Yoqubov, shifokor
Yoktam Qo’chqorovlar o’z
maqolalarida beshikka ijobiy baho
berganlar. Professor Mamazoir
Xo’jamberdievning fikricha esa,
beshikning muttasil va suratli tebratish
bola miyasiga shikast yetkazishi, hali yaxshi qotib
ulgurmagan bosh suyagining sinishiga va miyaga qon
quyilishiga olib kelishi mumkin. U
o’z fikrlarini 10 yil burun Farg’ona
vodiysida tadqiqot olib borgan
shotlandiyalik pediatrlar natijalari
bilan isbotlashga urinadi. Tadqiqot
natijalariga ko’ra taxminan har 100
ming go’dakdan 25 tasida bosh suyagi deformatsiyasi yoki
jarohatlanishi kuzatilgan. Andijon tibbiyot instituti professori
Rishat Osmanovning fikriga ko’ra bir xil holatda 10-15 soat
uzluksiz yotishi bola sog’lig’i uchun xavfli. Chaqaloqni yelka,
qorin va oyoq qismidan qattiq bog’lash ham qon aylanishini
buzadi, suyaklarning kiyshiq o’sishiga sabab bo’ladi.
Shuningdek Osmanov bola beshiqtsa harakatlana olmasligi
natijasida mushaklari yaxshi
rivojlanmay qolishi hamda
organizmda modda almashinuvi
buzilishi mumkinligini
ta’kidlaydi. Ellik yillik ish
tajribasiga ega, bolalar ortopedi
va travmatolog Kozim Qobilov
esa bunday qarashlarni qo’llab-quvvatlamaydi. Uning fikricha,
beshikda yotish suyaklarning qiyshiq o’sishiga olib kelmaydi.
Zero suyaklarning qiyshiq o’sishi asosan raxit kasalligi bilan
bog’liq. «Beshikdagi qovuz bolaning shakliga moslashadi va
umurtqaning to’g’ri o’sishiga yordam beradi. Oyoqlardagi «O»
va «X»simon deformatsiyalarning beshik bilan aloqasi yo’q.
Chunki, bunday qiyshiq o’sish holatlari bola yura boshlagandan
keyin qaysidir yuzaga kelishi mumkin», deydi ortoped
Qobilov.Beshik tebratganda go’dak bosh suyagining
shikastlanishi faqatgina boshning yog’och qismlarga qattiq zarb
bilan urilganda sodir bo’ladi. Odatiy beshik tebratishlarda bu
holatning yuzaga kelish ehtimoli kam. Shotlandiyalik
pediatrlarning tadqiqotidagi ko’rsatkich ham juda past (0,00025
foiz) ekani esa beshikni yoqlaydigan shifokorlar e’tiborini
tortgan. Shikastlangan chaqaloqlar esa beshikni noto’g’ri
tebratish yoki boshqa sabablar tufayli zarar ko’rgan bo’lishi
mumkin. Qolaversa, go’daklarning to’liq bitmagan va yumshoq
bosh suyaklarining kompensator imkoniyatlari baland bo’ladi.
Ularda bosh suyak deformatsiyasi kam uchraydi. Shuning uchun
miya chayqalishi, bosh suyagi shikastlanishi kabi holatlarga
beshikni sababchi qilib ko’rsatish yetarli asosga ega emas.
Ayniqsa, sog’lom tug’ilgan bola uchun beshikning zarar
yetkazish ehtimoli juda kam. Faqat chanoq-son bo’g’imi
displaziyasi bilan dunyoga kelgan bolalarni beshikka
yotqizmaslik tavsiya qilinadi.Ba’zi urologlarning fikriga ko’ra,
bola beshikda yoki mahkam bog’langan yo’rgakda tagini ho’l
qilganida bir miqdor qoldiq siydik qovug’ida qoladi. Natijada,
siydik yo’llarida tosh yig’ilishi mumkin. Oyoklari bukilgan
holatda esa siydik qovuqda qolmaydi. Lekin hozircha ushbu
qarash ham to’liq tasdiqlanmagan. Zero, go’daklar qovug’ida
tosh yig’ilish holati juda kam uchraydi.
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish
bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu
eng qakdimgi va O’zbekistonda eng keng tarqalgan
marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9
11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha
xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq
bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda
o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar.
Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq
onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non,
shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-
onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy
bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga
qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora
sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi.
An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning
bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’g’ yelkasiga
uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda
mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun
ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga
yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib,
sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada
kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish
marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani
ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va
beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan
marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Beshik xususida zarur tavsiyalar
Beshkini me’yorida va to’g’ri ishlatish kerak. Buning uchun
quyidagilarga amal qilish lozim:- Beshikni qattiq yerga emas,
ko’rpacha ustiga qo’yib tebratish kerak.
- Beshikda bola faqat uxlagan paytda yotgani ma’qul.
Uyg’oq mahalda uni qo’lga olib orqalarini ohista uqalash va
o’ynatish kerak- Beshikni oftob tushadigan joyga ko’yish yoki
go’dakni ma’lum paytlarda oftobga olib chiqish lozim. Chunki
bola D vitaminini eng ko’p kuyosh nuri orqali o’zlashtiradi.
Ayniqsa, bahor-yoz oylarida kunduzgi soat 8-10 orasi, kuz-qish
oylarida kunduzgi soat 9-11 orasi tushgan ultrabinafsha nurlari
foydali.
- Bolani beshikda yotgan holda emizmagan ma’qul. Agar
shunday qilishga to’g’ri kelsa, galma-galdan ikki tomondan
emizish kerak- Beshikni ohista tebratgan afzal. Tez yoki qattiq
tebratish xavfli.- Chaqaloqni 1 yoshgacha yoki o’zi mustaqil
yuradigan bo’lguncha beshikka belash tavsiya etiladi. Zero, bu
paytga kelib bolada peshobini nazorat qilish qobiliyati
shakllangan bo’ladi. Agar beshikda yotishni bola o’zi istasa
yoki nimjon bo’lsa bu muddatni biroz uzaytirish mumkin-
Sumakni ishlatishdan oldin yumshoq bo’lishi uchun yog’ga
botirib olish kerak. Vaqti vaqti bilan tozalab, gigienaga e’tibor
berish lozim.
- Beshik yuzini sun’iy matodan tikilgan qalin pardalar bilan
yopish qat’iyan man etiladi.
- Beshikni isitish uskunalari yoniga ko’ymaslik kerak. Quruq
havoda ion tarkibi buzilib, bolaga noqulaylik tug’diradi va ko’p
yig’lashiga sabab bo’ladi.
- Vaqti-vaqti bilan beshik pardalarini ochib, o’rin-
ko’rpalarini shamollatib turish kerak.- Qovuz ko’rpachasi
paxtadan va yupqa ekaniga ahamiyat berish kerak. Chunki,
bolaning to’shagi o’ta yumshoq bo’lmasligi kerak- Biroq bosh
qismiga yumshoq yostiq qo’yish boshi «pachoq» bo’lib
o’sishidan saqlaydi. Xatna qilingan go’dakni beshikka sumaksiz
belash kerak. Negaki sumak go’dak yarasini zaxalab qo’yishi
mumkin. Oyoq va qo’lbog’larni juda qattiq bog’lamaslikka ham
alohida e’tibor qaratish lozim. Qanday chakaloqlar beshikka
belanmaydi? Chanoq-son bo’g’imi displaziyasi (noto’g’ri
o’sish) bilan tug’ilgan go’daklarni beshikka belamaslik kerak.
Sababi, ularning oyoqlari biriktirilmagan holda, ochiq turishini
tavsiya etishadi. Bolada bunday tug’ma kasallik bor-yo’qligini
bilish uchun ortoped ko’rigidan o’tkazish lozim. Tug’ma yurak
poroklari bo’lgan bolalarda ba’zan nafas olishi qiyinlashish
holatlari uchraydi. Shuning uchun ularga ham beshik tavsiya
etilmaydi. Ko’pincha katta vazndagi chaqaloqlar tug’ilish
jarayonida bosh suyagi deformatsiyalanadi. Natijada, bosh
suyagi ichidagi qon bosimi baland bo’ladi. Bezovtalanish va
injiqlik shu kasallik bilan og’ringan bolalarga xos. Ular
beshikka belansa, beshikni juda ohista tebratish lozim.
Boysun beshik
Samarqand beshik
Surxon beshik
Buxoro
beshik
Tuzuvchi:
Boysun taman AKM
Bibliografiya bo`limi xizmat rahbari:
M. Raxmonova .
Tahrirlovchi
S.Tog`ayeva