The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

5-son 2023 milliy-tiklanish

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

BIRODARLARIMIZ, JONDEK AZIZ QARDOSHLARIMIZ BILAN FRAKSIYADA 2 JARAYON 3 Energetika sohasidagi hamkorlik Vodiyga safar davomida deputatlar oldiga Taraqqiyotning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li DEPUTAT MINBARI 5 DOLZARB 11 KATTA VAZIFALAR QO`YILDI TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDIR QANDAY NATIJA BERADI? TURKIYADA YETTI KUNLIK MOTAM E’LON QILINDI FEVRAL FOJIASI: HAMDARDMIZ! nega ta’minlanmayapti? FARMON IJROSI MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M www.mt.uz / [email protected] illiytiklanish 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan 8-FEVRAL 2023-YIL № 5 (1193) www.mt.uz / [email protected]


2 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) FRAKSIYADA MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINI YANGI POG‘ONAGA OLIB CHIQISH UCHUN BOSHQARUV HAM, QONUNCHILIK HAM, JAMIYATIMIZ HAM O‘ZGARISHI KERAK. AGAR SHUNDAY QILMASAK, MUAMMOLARNI KO‘RIB, KO‘RMASLIKKA OLSAK, ZAMONDAN ORQADA QOLAMIZ. XALQIMIZ, YOSH AVLODIMIZ BIZDAN ROZI BO‘LMAYDI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASIDAN KATTA VAZIFALAR QO‘YILDI VODIYGA SAFAR DAVOMIDA DEPUTATLAR OLDIGA Navoiy davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Navoiyshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda «Navoiy g‘oyalarining zamonaviyligi», «Malolik fathining sohibqironi», «Xamsa»dagi ayrim hikoyatlar talqini», «Hayrat ul-abror» strukturasida izdoshlik va o‘ziga xoslik» mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Ta’kidlanganidek, badiiy adabiyotning yuksalishida Alisher Navoiyning tutgan o‘rnini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Alisher Navoiy so‘z mulkining sultoni sifatida asarlarida 1 million 378 ming 660 tadan ortiq so‘z, shu jumladan 26 mingta betakror so‘z qo‘llanilgan. Adabiyotshunos olimlarning olib borgan izlanishlari Navoiy siymosi, u yaratgan asarlar umrboqiyligining sirlarini o‘rganish, saboq olish buyuk mutafakkir yashab o‘tgan davrning o‘zidayoq boshlanganligini ko‘rsatadi. Shoir yashab o‘tgan davrdan keyin barcha zamonlarda ijodiy faoliyati, jahon adabiyotining durdonalariga aylangan asarlari adabiy jarayon, badiiy tafakkur taraqqiyotida yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbirda institut San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat «Maqomchilar ansambli» badiiy jamoasi tomonidan Navoiy g‘azallari asosidagi mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi. A.BO‘RIYEV, O‘zA BUYUK SHOIR VA MUTAFAKKIR Prezidentimizning vodiy viloyatlariga tashrifi davomida parlament, partiyalar va barcha darajadagi deputatlarning bugungi islohotlardagi o‘rni haqida yangi tashabbus hamda takliflar ilgari surilgani, ayniqsa, deputatlarning joylardagi uchrashuvlarda islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga kengroq tushuntirishlari zarurligi, mahalliy Kengash deputatlarining esa ijro organi faoliyatida faqat qo‘l ko‘tarib tasdiqlash bilan ishtirok etmay, mas’uliyatni ham birga tortish lozimligi haqidagi fikrlar millionlab saylovchilar e’tiborini tortdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. « M i l l i y t i k l a n i s h » d e m o k r a t i k p a r t i y a s i fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida fraksiya rahbari A lisher Qod i rov Davlat rahbarining Farg‘ona vodiysiga safari yakunlari haqida fikr bildirar ekan, tashrif davomida energetika bilan bog‘liq muammolar, jumladan, «yashil energetika»ni rivojlantirish masalasi Prezidentning diqqat markazida bo‘lganini alohida ta’kidladi. J u m l a d a n , e n d i muqobil energiya ishlab chiqar uvchilar ni ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, yirik korxonalarning esa muqobil energiyadan foydalanishga o‘tishlari lozimligi ta’kidlandi. Bu 15 mlrd. kubgacha gazni iqtisod qilish imkonini beradi va milliardlab qo‘shimcha qiy m a t h a m d a m i n g l a b fuqarolar uchun ish o‘rni yaratiladi deganidir. – Ayni paytda fuqarolarning o‘z uylariga quyosh panellari o‘rnatib, ehtiyojidan ortig‘ini davlatga ikki barobar qimmatga sotish bo‘yicha taklif lar bildir ildi. Odamlar ham energiyani isrofsiz ishlatishni o‘rganishlari kerak. Agar xonadonlarda issiqlikni asrash bo‘yicha oddiy talablarga rioya qilinsa, energiya sarfini ikki barobarga qisqartirish mumkin ekan, – dedi fraksiya rahbari. Shu o‘rinda yurtimizda ijtimoiy obyektlarda quyosh energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yadigan alohida kompaniya tashkil etilishini, ushbu kompaniya quyosh pa nella r i va suv isit ish qurilmalarini o‘rnatish bilan birga budjet korxonalariga «yashil energiya» ham sotishga ixtisoslanishini aytish joiz. Prezident tomonidan esa aynan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik, parlament instituti orqali nazorat qilish, kuzatishi bo‘yicha takliflar bildirildi. Y i g‘ i l i s h d a f r a k s i y a a’zolari ham Prezidentning Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tashrifining mazmun-mohiyati b o‘y ic h a o‘z f i k rl a r i n i bild i r ib, ilga r i su r ilga n tashabbuslar aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilganini ta’kidlashdi. Shu nd a n so‘ng f r a k siya a’zolari dastlab «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar. Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda moliya va bank sektorining barqarorligini ta’minlash, banklar tomonidan qulay va sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan qator choralar amalga oshirilmoqda. S h u b i l a n b i r g a , b a n k sektorining barqarorligini t a’m i n l a s h , b a n k l a r n i kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha huquqiy shar t-sharoitlar yaratish zarurati yuzaga keldi. Shu mu no s a b a t bi l a n «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga banklar ustav kapitalining miqdorini 2025-yilning 1-yanvariga kelib 100 mlrd. so‘mdan 500 mlrd. so‘mga qadar bosqichma-bosqich oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, norizidentlar tomonidan bank aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinyapti. Xalqaro bozorlarda om maviy joylashtir ilgan aksiyalarni sotib olish ham soddalashtirilmoqda. Fraksiya a’zosi Farhod Z ay n i ye v u s h b u q o n u n loyihasiga munosabat bildirib, deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘plab e’tirozlar bo‘lgani, ikkinchi o‘qishda esa ularga aniqliklar kiritilganini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikas i n i n g a y r i m q o n u n hujjatlariga norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan o‘zgartish v a q o‘s h i m c h a k i r it i s h to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidentining 20 22 -y i l 30 - avg u s t d a g i «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy y o n d a s h u v l a r a s o s i d a shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida 2023-yil 1-yanvardan boshlab YATT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasi bilan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 408-moddasiga quyidagi mazmunda o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda: savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan YATTning xodimlari uchun amaldagi tartib saqlab qolinib, qolgan tadbirkorlarning xodimlari uchun yiliga BHMning bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq belgilanadi. Shuningdek, 2023- yil 1-yanvardan boshlab o‘zining shaxsiy tomorqa


TARAQQIYOTNING YAKKAYU YAGONA TO‘G‘RI YO‘LI QANCHALIK QIYIN BO‘LMASIN, BIZ BU MUAMMOLARNI YECHISHIMIZ SHART. HECH KIM CHETDAN KELIB, BULARNI HAL QILIB BERMAYDI. ODAMLARIMIZNING TASHABBUSI, SHIJOATI VA SALOHIYATINI ISHGA SOLISH UCHUN BARCHA SHAROITLARNI TUG‘DIRIB BERISH ASOSIY VAZIFAMIZ BO‘LISHI KERAK. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASIDAN Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan viloyatiga tashrifi barcha yurtdoshlarimiz hayotida tom ma’noda yangi sahifalar ochish uchun mustahkam zamin yaratdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlat i m i z r a hba r i n i ng v i loyat markazidagi «Barkamol avlod» kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuvi, Davlatobod tumanidagi «Fazman tekstil» korxonasi faoliyati bilan tanishuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari muhokamasi yuzasidan viloyat faollari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida bildirilgan fikrmulohazalari esa turli soha va tizimlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun tom ma’noda rag‘bat vazifasini bajardi. Tadbirkorlar, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, Namanganni tadbirkorlar yurti, kichik va o‘rta biznes markaziga aylantirishga oid yangi takliflar viloyat rahbarlari uchun ham, oddiy Namangan ahli uchun ham o‘ziga xos vazifa bo‘ldi. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasiga tashrif lari, ilm ahli, kitobga oshufta qalblarga motivatsiya berdi, desam xato bo‘lmaydi. Biz ham imkoniyatdan foydalanib, Prezidentimizga viloyat kutubxonasining faxrli a’zolik ID kartasi hamda buyuk islohotchi Li Kuan Yuning Singapur tarixiga bag‘ishlangan «Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga» nomli kitobini sovg‘a qildik. Majmuamiz 2021-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bugungi kunda 70 minglik kitob fondiga ega. Ziyo maskani jahondagi yirik elektron kutubxonalar tarmog‘iga ham ulangan va u orqali xorijiy adabiyotlardan ham bemalol foydalanishi mumkin. Eng muhimi barcha jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi. Birinchi qavatda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan o‘qish zali bo‘lib, bu yerda kichkintoylarning ijodiy tasavvurlarini boyitadigan zamonaviy jihozlar qo‘yilgan. Ikkinchi va uchinchi qavatlarda umumiy o‘quv zallari, yerto‘lada esa arxiv joylashgan. Bu yerda yoshlar axborot texnologiyalarini ham o‘rganishlari mumkin. Davlatimiz rahbari aynan shu yerda namanganlik yoshlar bilan muloqot qildilar. Aholini, ayniqsa, yoshlarni kutubxonalarga yanada ko‘proq jalb etish, kitobxonlikni rivojlantirish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi xususida yoshlarning taklif va tashabbuslari bilan qiziqdilar. Quvonarli jihati shundaki, Prezidentimiz bunday ziyo maskanlarini ta’limning barcha bosqichlari bilan bog‘lash lozimligini ta’kidladi. Xususan, mutasaddilarga maktabdan tortib, kollej, oliy ta’lim muassasalar igacha bir-bir ini uzviy bog‘laydigan, o‘z atrofida yigit va qizlarni san’at, madaniyat, ilm-fan bilan qamrab oladigan majmuaviy xarakterga ega maskanlarni yaratish topshirig‘ini berdilar. – Namangan buyuk allomalar, usta tadbirkorlar yurti. Bugun ham yoshlar iqtisodiyot, san’at, sport sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. Bularni eshitib, ko‘rib, xursand bo‘laman. Yoshlarimiz uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar tashkil qilishni o‘ylayman, – dedi Prezidentimiz. Tashrif davomida Yoshlar ziyo maskanida chet tillarini bepul o‘rganish imkonini beruvchi «Ibrat farzandlari» loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Prezidentimiz viloyat yoshlari bilan uchrashuvda jamiyatda faol, bugungi islohotlarga o‘zini daxldor deb biladigan yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish, yurtimizdagi barcha yoshlar haqida birdek qayg‘urib, ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, yangi avlod vakillarining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berib, «O‘zbekistondagi har bir yosh, yaxshisi ham, yomoni ham, bilimi bor, yo‘g‘i ham mening farzandlarim, ular uchun hamma sharoitni qilib berishimiz kerak, toki yoshlar o‘z qiziqishlarini atrofdan izlamasin, iqtidori va salohiyatini mana shunday maskanlarda kamol toptirsin», – deya ta’kidladilar. Ishonchimiz komilki, Davlat rahbari ishtirokidagi bunday amaliy uchrashuvlar so‘zsiz samara beradi, yoshlarga kuch va g‘ayrat ulashadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li – ta’lim sifatini oshirishda har bir hududda, markazlardan tortib, chekka qishloqlarda ham zamonaviy Yoshlar ziyo maskanlarini tashkil etishga qaratilayotgan e’tibor esa, albatta, o‘z mevasini beradi. Dilnoza AZIZOVA, Namangan viloyati Kengashi raisi, «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasi rahbari JARAYON PREZIDENT BILAN UCHRASHUVDAN 3 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) TA’SIRLANIB QOG‘OZGA TUSHIRGANLARIM TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDIR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganidan xabaringiz bor. Loyihada keltirilishicha, 2023-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi. Buning natijasida, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishda bino va inshootlar tanqisligini bartaraf etish imkoni yaratiladi. Masalan, bitta 150 o‘rinli davlat bog‘chasini qurish uchun o‘rtacha 6 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, yangi bog‘chani qurish uchun yer masalasi og‘irligicha qolmoqda. Shu bilan birga, bitta 3 xonali kvartirada 25 nafar bola uchun bog‘cha tashkil qilish mumkin. 150 nafar bola uchun 6 ta kvartirani xarid qilish va jihozlashga o‘rtacha 4 milliard so‘m talab etiladi. Shuningdek, davlatxususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi. Natijada, maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Ma’lumot uchun, mazkur farmon yuzasidan jamoatchilik muhokamalari joriy yil 17-fevralga qadar davom etadi. O‘zA CHEKLOV BEKOR QILINADI yer uchastkasida issiqxona, p a r r a n d a c h i l i k b i l a n shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning k a m i d a b i r b a r a v a r i miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritilishi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shilishi ko‘zda tutilmoqda. A y n i s h u q o n u n muhokamalari chog‘ida deputatlar mas’ullardan yangi tartib nima uchun s a v d o m a j m u a l a r i v a b o z o r l a r d a f a o l i y a t yuritayotgan tadbirkorlarga qo‘llanilmayotganiga izoh so‘radilar. Qonun tashabbus - korlarining fikricha, bozorda ishlayotgan tadbirkorlar yollanma ishchilarga oyiga BHMning 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashga imkoniyati borligini, «Faqat bizni ko‘p bezovta qilmay, tinch ishlashga qo‘ysalaring bo‘lgani» degan javobni berishgan. Shundan kelib chiqib, bu o‘zgartish ularga tatbiq qilinmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, 2 0 2 2 -y i ld a YAT Tn i n g yollanma xodimlari soni 5498 nafarni tashkil etgan. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi bilan hisobkitoblarga ko‘ra, 8,2 mlrd. so‘m mablag‘ ushbu soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladi. 2 0 2 3 - y i l 1 - y a n v a r holatiga norasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan yollanma ishchilar soni qariyb 715 ming nafarni tashkil qilgan. Agar ularning atigi 10 foizi (71,5 ming nafari) yangi tartibga asosan yollanma ishchi sifatida rasmiylashtirilsa, budjetga qo‘shimcha 21,4 mlrd. so‘m mablag‘ tushadi. Bu yo‘qotilgan mablag‘ga qaraganda 13,2 mlrd. so‘mga ko‘pdir. Agar bunga shaxsiy tomorqada band bo‘lganlar ham qo‘shilsa, budjetga yana 26 mlrd. so‘m atrofida qo‘shimcha mablag‘ tushishi mumkin. D e p u t a t l a r b u n d a y o‘zgarishlar bugun eng katta muammo bo‘lgan ishsizlikka barham berishini, norasmiy ish o‘rinlarini qisqartirish orqali yashirin iqtisodiyot u l u s h i n i k a m ay t i r i s h , aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladilar. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri


4 Albatta, har qanday ishning hisobi bor. Agar natija bo‘lmasa, sarhisobdan foyda bo‘lmaydi. Foydali ish esa ertangi kun uchun, ertangi sa’y-harakatlar uchun yangi qadamlarga chorlov bo‘ladi. O‘tayotgan har bir kunimiz, har bir daqiqamiz xalqimiz hayotining farovonligi uchun xizmat qilyapti. Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) ISLOHOT Davlat rahbarining yangilanish va o‘zgarishlar natijasiga, eng muhimi, ularning oddiy odamlar hayotiga ta’siriga bu qadar e’tibori O‘zbekistonda insonga e’tibor oddiy ibora yoki mavsumiy da’vat emasligini ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Andijonda bo‘lganlarida ko‘proq ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarga qiziqish bildirgani ham shundan dalolat berib turibdi. Qayd etish kerakki, keyingi yillarda viloyatimizda yoshlarni hayotga tayyorlash, ularga kasb-hunar o‘rgatish, “Ustoz– shogird” an’anasini davom ettirishga juda katta e’tibor berilyapti. Davlatimiz rahbari Andijon tumanidagi 55-sonli maktabda bo‘lganlarida ham aynan shunday ishlarning guvohi bo‘ldilar. Maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga berilgan bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpato‘shak tikish yo‘nalishlarini o‘rganishmoqda. Maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar ham tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, kimning qo‘lida hunari bo‘lib, chet tilini bilsa, yo‘li ochiqligini aytib, yoshlarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘zlarini qiynab bo‘lsa-da, qunt bilan bilim olishga va hunar o‘rganishga chaqirdilar. – Qarorlar, sa’y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo‘r bo‘lsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi – yoshlar, – dedi Prezidentimiz. Tashrif yakunlari bo‘yicha viloyat faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini ta’minlash choralari, jumladan, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingani esa Andijonda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilishidan dalolat deb o‘ylayman. Chindan ham soha xodimlari turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish masalalari har birimizning asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak. Ya’ni, ishbilarmon va mehnatsevar odamlar yurti bo‘lgan Andijon ishsizlikdan xoli hududga aylanmog‘i lozim. Shu maqsadda, Prezident qarori bilan viloyatga oilaviy tadbirkorlik rivoji uchun 1,1 trillion so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi. Joriy yilda yana 10 ming gektar yer tarqatilib, mahallalarda sanoatni rivojlantirish uchun 36 ta mikromarkaz tashkil etiladi. Shuningdek, joriy yil viloyatda 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan ta’minlanib, aholiga ajratiladigan 10 ming gektarda esa 75 mingta doimiy va 200 mingta mavsumiy ish o‘rni ochilishini ham alohida ta’kidlash joiz. Yurtboshimiz tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda partiyamizning bir qator faollari, deputatlar ham so‘zga chiqdilar. Jumladan, boburshunos olim, “Bobur” xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrapov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Prezident ta’limi muassasalari Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Rasuljon Karimovlar Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar va tashrif davomida bildirilgan takliflar qat’iy nazoratga olinishi lozimligini ta’kidlashdi. Zero, davlatimiz yetakchisi ta’kidlaganlaridek, islohot bu – yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun esa, eng avvalo, rahbarlar o‘zgarishi kerak. Hamidjon OMANOV, Andijon viloyat Kengashi raisi bu – yangilanish va o‘zgarish deganidir Hududlarda Albatta, har qanday ishning hisobi bor. Agar natija bo‘lmasa, sarhisobdan foyda bo‘lmaydi. Foydali ish esa ertangi kun uchun, ertangi sa’y-harakatlar uchun yangi qadamlarga chorlov bo‘ladi. O‘tayotgan har bir kunimiz, har bir daqiqamiz xalqimiz hayotining farovonligi uchun xizmat qilyapti. Jumladan, o‘tgan yili Termiz shahridagi «Farhod» mahallasida bir qancha xayrli ishlar qilindi. Hududdagi 6 ta ko‘p qavatli uy yonida yana 2 ta – 48 va 52 xonadonli, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy uy-joylar qurib bitkazildi. Ilgari ular o‘rnida 5-6 xo‘jalik yashagan bo‘lsa, endi bu joylarda yuzlab xonadan sohiblari ahilinoq yashamoqda. Ularning to‘yi, yaxshi kunlari birgalikda o‘tmoqda. Eng muhimi, kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 5 ta oila yangi xonadonlarga ko‘chiriladi. «Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan, barcha shartsharoitga ega uylar bizga ham nasib etayotganidan boshimiz osmonda», deydi ulardan biri. – Mahallamizdagi ishlar kundankunga rivoj topmoqda, – deydi mahalla oqsoqoli O‘roq bobo Sariyev. – Mahallamiz raisi doim aholi bilan birga. O‘tgan yili mahalla nuroniylari uch marta viloyat bo‘ylab ziyoratga chiqdik. Taassurotlarimizni hatto nabiralarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Ularning ham quvonchi cheksiz. Yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini, «5 tashabbus» olimpiadasi o‘tkazildi. O‘g‘ilqizlar milliy cholg‘uchilikning dutor yo‘nalishi, sportning t a e k vo n d o t u r i b o‘ y i c h a muvaffaqiyatga erishmoqda. Mahalla hududida joylashgan 9-maktabda yoshlar bo‘sh vaqtini unumli tashkil etishi uchun dzyudo sport zali qurib bitkazildi. Hozir bu dargoh ham yoshlar bilan gavjum. Mahallada «Temir daftar» va «Ayollar daftari» bo‘yicha olib borilgan ishlar ham o‘z natijasini beryapti. Bu sa’y-harakatlarning barchasi zamirida bitta maqsad yotibdi: inson va uning farovon turmushi uchun xizmat qilish. ALBATTA, ERISHAYOTGAN BARCHA YUTUQLARIMIZ, INSON QADRI ULUG‘ BO‘LGAN DIYOR – YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISH YO‘LIDAGI DASTLABKI NATIJALARDIR. BIZ BUNYODKOR XALQIMIZ BILAN BIRGA BUNDAY EZGU ISHLARNI DAVOM ETTIRAMIZ VA OLDIMIZGA QO‘YGAN KATTA-KATTA MARRALARGA ALBATTA ERISHAMIZ. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASIDAN Dilbar NORMURODOVA, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati. HAMMA EZGULIKLAR INSON QADRI UCHUN


NAZAR 5 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) 7-fevral – Xalqaro internet xavfsizligi kuni NUQTAYI Globallashayotgan dunyoda kiberxavfsizlikni ta’minlash har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. O‘zJOKUda o‘tgan «Reallikning raqamli transformatsiyasi: muammo va yechimlar» mavzusidagi navbatdagi konferensiya ham ayni shu yo‘nalishdagi muammolar tahliliga bag‘ishlandi. Tan olaylik, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan raqamli muhit sharoitida mediamanipulyatsiya va feyklar ta’siridan saqlanishning yangi usullari, dezinformatsiya, misinformatsiya, «O‘RGIMCHAK TO‘RI»: oq va qora chiziqlar CHORRAHASIDA malinformatsiya, qolaversa, mediaaxborot savodxonligining texnologik va psixologik asoslarini talabalar va ekspert-mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on axborotlar va ularning inson ruhiyatiga ta’sirlari tahlil qilindi. – Bugungi jurnalistikaning eng ilg‘or ko‘rinishi Internet jurnalistikasi ekani hech birimizga sir emas, – dedi universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja. – Sababi, matbuot yoki telekanallarda biron-bir xabar chiqquniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon muhokama qilib bo‘linadi. Demak, biz bugun yosh jurnalistlarga resurslardan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari hamda shaffoflikni ta’minlash usullarini tushuntirishimiz zarur. Aynan shunday amaliyotchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar yosh jurnalistlar uchun juda ham muhim. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ayni paytda dunyoda 5,5 milliarddan ortiq odam global tarmoqdan foydalanadi. Bu internet to‘laqonli alternativ olamga, reallikning virtual in’ikosiga aylandi deganidir. Raqamlashtirish jarayonlari, texnologik kashfiyotlar to‘lqinida mediamuhit shiddat bilan, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmoqda. Hozirgi kun uchun aktual bo‘lgan ba’zi raqamlarga e’tibor qaratsak: bugun 1 kunda dunyoda 162 milliondan ortiq gazeta chop etilsa, 2 milliondan ortiq mobil telefon sotiladi va 114 million dollardan ortiq mablag‘ videoo‘yinlar uchun sarflansa, 250 millionga yaqin televizor qurilmasi sotiladi, 105 milliondan ortiq elektron maktub yuboriladi. Ko‘rinib turibdiki, Internetmedia an’anaviy mediadan ancha o‘zib ketdi. Shuning uchun ham bugun virtual muhitda xavfsiz makon yaratish, axboriy bo‘shliqni to‘ldirish, raqamli va axboroy mustamlakaga tushib qolmaslik uchun zurur choralarni ko‘rish davr talabiga aylandi. Konferensiyada, shuningdek, «Zamonaviy axborot maydonining tartibsiz manzarasi», «Raqamli media transformatsiyasi», «Zamonaviy mediamakonda dezinformatsiyaga qarshi kurash yo‘llari», «Internetda sifatli kontent tayyorlash uslublari: storitelling, longrid va WEB hujjatli film» kabi mavzularda soha ekspertlarining ma’ruzalari eshitildi. Viloyat SHODIYEVA, «Milliy tiklanish» muxbiri Rasmiy Markaziy kengash Ijroiya qo‘mitasining 2023- yil 19-yanvardagi yig‘ilishi qarori bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, 2023-yilning 24-yanvaridan – 1-fevraligacha arizalar qabul qilinib, dastlabki saralash bosqichining yakunlariga bag‘ishlangan video chat tashkil etildi. Ko‘p sonli murojaatlarni e’tiborga olib arizalar qabul qilish muddati 4-fevralgacha uzaytirildi va mavzuga doir qo‘shimcha 8 turdagi media mahsulot e’lon qilindi. Shu o‘rinda saylov jarayonlari turli OAV da 260 marta yoritilganini aytish joiz. Partiya Markaziy kengashi va hududiy Kengashlarda saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha (36 ta okrugda 42 ta tuman (shahar) qamrab olingan) saylov shtablari tashkil etilib, saylovni yuqori saviyada o‘tkazish choralari ko‘rildi. Kuni kecha esa saylovda ishtirok etish va saralash bosqichi boshlanganligi ma’lum qilindi. Unda ishtirok etuvchilarga qo‘yilgan talablar va taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar partiya sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda e’lon qilindi. O‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari natijasida 6 -fevral holatiga saylovda ishtirok etish istagini bildirgan jami 1273 nafar yigit-qizning hujjatlari belgilangan tartibda qabul qilindi. Shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 71 nafar, Andijon viloyatidan 60, Buxorodan 111, Jizzax viloyatidan 41, Navoiy viloyatidan 64, Namangandan 42, Samarqand viloyatidan 90, Sirdaryo viloyatidan 57, Surxondaryodan 88, Toshkent viloyatidan 87, Farg‘onadan 161, Xorazmdan 194, Qashqadaryo viloyatidan 109 va Tosh kent shahridan 98 nafar yoshlarning arizalari qabul qilindi. A r i z a l a r i q a b u l qi l i n g a n yoshlar mutaxassisligi bo‘yicha tahlil etilganda huquqshunoslar 90 nafar (7%), tarixchilar 153 (12%), pedagoglar 636 (50%), iqtisodchilar 202 (16%), siyosatshunos va OAV vakillari 39 (3%) va boshqa soha vakillari 153 nafar (12%) ekani ma’lum bo‘ldi. Nomzodlarning 484 nafari (38%) ni ayollar, 789 nafari (62%)ni esa erkaklar tashkil etmoqda. Nomzodlarning 509 nafari (40%) oliy ma’lumotli, 636 nafari (50%) tugallanmagan oliy, 127 nafari esa (10%) o‘rta-maxsus ma’lumotlidir. Ularning 7 nafari (0,6%) ilmiy darajaga ega. Nomzodlarning 445 nafari (35%) partiya a’zolari, 828 nafari esa (65%) partiyaga xayrixohlardan iborat. Shu o‘rinda nomzodlarning 20 nafari (1,5%) partiya xodimlari ekanini ta’kidlash joiz. Hududiy Tashkiliy qo‘mitalarning saralash bosqichi xulosalariga ko‘ra, 346 nafar saralangan nomzodlar ro‘yxati Saylov hay’atiga baholash uchun tavsiya etildi. Markaziy kengash Axborot xizmati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovlar to‘g‘risida MA’LUMOT


Mamlakatimizda energiya resurslari yetishmovchiligi tufayli vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va sovuq kunlarda iste’molchilarni energiya manbalari bilan imkon qadar barqaror ta’minlash bugunning dolzarb masalasiga aylandi. Bu muammoni yuzaga keltirgan ko‘plab omillarni sanash mumkin. Tabiiy manbalarga ehtiyoj ortib borayotgani, ayniqsa, bu holatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Birgina misol. Milliy iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa davlatlardagidan 2 barobar yuqori. Bu esa energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish hamda sohadagi islohotlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Sir emaski, yaqin kelajakda insoniyatning tabiiy resurslarga bo‘lgan talabi muttasil ortib boraveradi. Aniqrog‘i, energiya muammosi global masalaga aylanib, jahonda iqlim o‘zgarishi, aholi soni ko‘payishi, sanoat rivojlanishi natijasida yoqilg‘i energetikasi va issiqlikka talab ortyapti, ayniqsa, kuz-qish mavsumida energiyaga bo‘lgan talabimiz yaqqolroq sezilmoqda. Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ham jamiyat sanoatlashgani sari ularning ishonchli elektr energiyasi ta’minotidan foydalanish darajasi ham oshib borishini ko‘rsatyapti. Chunki daromad manbai ko‘payishi o‘rta sinfning rivojlanishi va natijada turmush tarzi yaxshilanishiga bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, keyingi olti yilda O‘zbekiston aholisi 13 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib 45 mingdan 100 mingtaga ko‘paydi. Natijada elektr energiyasiga bo‘lgan talab kamida 35 foizga oshdi va bu ko‘rsatkich yildan-yilga ko‘payib boryapti. 2030-yilga borib, respublikadagi iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan yillik talabi hozirgi 54,2 milliard kub metrdan 65 milliard kub metrgacha, elektr energiyasiga esa joriy 74 milliard kVt. soatdan 110 milliard kVt. soatgacha oshishi ta’kidlanmoqda. MONOPOLIYA BEKOR QILINADI Albatta tabiiy resurslarni ishlab chiqarish juda katta quvvatlar talab etadi. Buning uchun zamonaviy asbobuskunalar, ilg‘or texnologiyalar zarur. Ayniqsa, ehtiyoj oshib borayotgan bugungi sharoitda eski, yaroqsiz uskunalar ish jarayoniga dosh bera olmaydi. Chunki ular zamonaviy bug‘- gaz uskunalariga qaraganda 2 barobar ko‘p yoqilg‘i sarflaydi. Afsuski, yurtimizdagi issiqlik elektr stansiyalari energobloklarining aksariyati eski va eng kamida 25 yillik ish «staji»ga ega. Shu bois, sohada xususiylashtirishni faollashtirish davri keldi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy va davlat boshqaruvi sohalarida kutilayotgan islohotlardan biridir. Davlatimiz rahbarining navbatdagi Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, joriy yilda katta xususiylashtirishni boshlaymiz, mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi. Qolaversa, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida energetika sohasida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, elektr energiyasi ta’minotida monopoliyani bekor qilish va neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish orqali ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Davlat korxonalarini xususiylashtirish, ya’ni aksiyalarni investorga sotib, davlat-xususiy sherikligini yo‘lga qo‘yish mamlakatimizda olti yil oldin boshlangan yangi islohotlardan bo‘lib, bu amaliyot o‘z natijasini bera boshladi. Ammo bugungi kun talabi bu jarayonlarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan investitsiyalar hamda ishlab chiqarish unumdorligi yuqori texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish lozim. Ayniqsa, iqtisodiyotning drayver tarmoqlari bo‘lgan neftgaz va kimyo sanoatini kafolatli tarzda energiya resurslari, xomashyo bazasi bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun geologiyaqidiruv ishlari, qazish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirish hamda mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash talab etiladi. Bunda shubhasiz, ya’ni investitsion loyihalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, ekanini teran tushunishimiz kerak bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, energiya resurslari bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun kamida 25-30 milliard dollar mablag‘ zarur. Lekin «O‘zbekneftgaz» AJ va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning hozirgi moliyaviy holati bu qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon bermaydi. O‘z navbatida, mazkur korxonalar tomonidan kredit jalb etilishi mamlakat tashqi qarzi miqdori oshishiga olib keladi. Shunday ekan, yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yo‘li sohaga xususiy investitsiya kirib kelishini ta’minlash va energiya resurslari bozorini bosqichmabosqich isloh qilishdir. Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2023-yil, «O‘z transgaz» AJ esa 2024-yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritib, mustaqil ravishda xalqaro banklar va kapital bozoridan mablag‘ jalb etishga erishishi belgilangan. Mazkur korxonalar faoliyatini takomillashtirish va ularning operatsion samaradorligini oshirish maqsadida sohaga xususiy sektor jalb qilinadi. Bunda dastlab o‘n to‘rtta shahar-tumanda tabiiy gaz va elektr energiyasini ulgurji xarid qilish hamda sotish vazifasi xususiy operatorlarga beriladi. Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi 17 ta yirik monopol korxonani xususiylashtirish va transformatsiya qilish belgilangan. Jumladan, «O‘zbek-neftgaz» AJning kamida 49 foizi hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi. «O‘ztransgaz» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJda ham transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish mexanizmlari ko‘rsatilgan. CHEKLANMAGAN ELEKTR MANBAI Elektr energiyasiga talabni qondirishning yana bir samarali usuli bu muqobil energiya manbalaridan foydalanishdir. Quyosh, shamol, suv va boshqa tabiat in’omlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish jahonda allaqachon ommalashib bo‘lgan. Qayta tiklanish xususiyatiga ega ushbu manbalar ekologiyaga mutlaqo zararsiz ekani bilan ham insoniyat uchun qadrlidir. Tahlillarga ko‘ra, sayyoramiz aholisi iste’mol qiladigan birlamchi energiya ta’minotining beshdan bir qismi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadi. Ushbu sektorning esa 2040-yilgacha har yili 2,6 foiz o‘sishni davom ettirishi kutilmoqda. Mamlakatimiz ulkan quyosh energiyasi resurslariga ega bo‘lib, yilning taxminan 300 kuni quyoshli bo‘ladi. Hududlarimizning ko‘p qismida maksimal ko‘rsatkich 5,5-6 kVt/m.ni tashkil etib, uning Davlat ishtirokidagi 17 ta yirik monopol korxonani xususiylashtirish va transformatsiya qilish belgilangan. Jumladan, «O‘zbekneftgaz» AJning kamida 49 foizi va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJdagi 51 foiz hamda undan yuqori miqdordagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi MUROJAATNOMA: 6 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) Davlat va xususiy sektor: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK QANDAY NATIJA BERADI?


7 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2023-yil, «O‘z transgaz» AJ esa 2024-yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritib, mustaqil ravishda xalqaro banklar va kapital bozoridan mablag‘ jalb etishga sifatida qaralmoqda erishishi belgilangan 2022 PARTIYA DAVLATNI davlat, millatni millat sifatida tanitishda, uning tinchligi va farovonligini ta’minlashda yoshlar beqiyos o‘rin tutadi. texnik imkoniyatlari 200 million tonna neft ekvivalentiga tengdir. Bu iste’moldagi barcha energiya manbalaridan uch baravar ortiq ekanini hisobga olsak, mavjud imkoniyatdan samarali va unumli foydalanish ayni muddao bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, muqobil energiya manbalari olish texnologiyalarini jadallashtirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilyapti. Yaqin istiqbolda hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish keskin oshiriladi. Misol uchun, Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi kabi yirik sanoat korxonalarida ming megavattli quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi va yiliga 2,5 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan Toshkent viloyati aholisining 30 foizi elektr bilan ta’minlanadi, bundan tashqari, 500 million kub metr gaz iqtisod qilinadi. Shamol energetikasini rivojlantirish uchun ham yurtimizda ulkan salohiyat bor. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida shamol tegirmonlari qurish orqali yaxshi samaraga erishish mumkin. Murojaatnomada qayd etilganidek, «yashil energiya»ga tezroq o‘tsak, bu borada qonunlarimizda ham aniq mexanizmlar belgilansa, aholi farovonligi yuksaladi va tadbirkorlar imkoniyatlari yanada kengayadi. Albatta, aholi farovonligi oshgani sayin uning talab va ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Shu sababli energetika sohasida raqamlashtirishni jadallashtirish, xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini yakunlash bilan birga, energiya resurslari tejamkorligi borasida ham davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash zarur. Ma’lumki, 2026-yilga borib, ushbu sohada elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kilovatt-soatga oshirib, jami 100 milliard kilovatt-soatga yetkazish ko‘zda tutilgan. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 3 ta issiqlik elektr stansiyasi qurish orqali qo‘shimcha 634 megavatt yoki yiliga 5,1 milliard kilovattsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘tgan yili shunday stansiyalarning 7 tasi ishga tushirilgan edi. Kelgusi yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyiha yakuniga yetkaziladi. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qo‘shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi va bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasini 50 foizga ko‘paytirish imkoniyati yaratiladi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, agar Prezidentimizning xalqimiz va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi belgilangan muddatlarda sifatli ado etilsa, xalqimiz roziligi ta’minlanadi. Bunda shubhasiz, jamoatchilik va albatta Parlament nazorati qat’iy yo‘lga qo‘yilishi kerak. Farhod ZAYNIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xalqaro ekspertlarning fikricha, o‘tgan yilning olti oyida notinchlik, o‘zaro kelishmovchiliklar, turli to‘qnashuvlar hamda i n s o n h u q u q l a r i n i n g buzilishi sabab 100 mln. dan ortiq kishi boshqa d a v l a t l a r g a k o ‘ c h i b o‘tgan. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 15 foizga ko‘p bo‘lib, bugun har 77 kishidan biri qochoq deganidir. O‘zbekiston esa barqaror tinchlik hukm surayotgan, aholi soni tez o‘sayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda y o s h l a r m a s a l a s i d a v l a t s i y o s a t i n i n g eng ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonuni ham “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz. S h u o ‘ r i n d a “ 2 0 17- 2 0 2 1 - y i l l a r d a O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda 2022-2026-yillarga m o‘ l j a l l a n g a n Ya n g i O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham yoshlar m a s a l a s i d a d o l z a r b vazifalar belgilanganini, j i s m o n a n s o g ‘ l o m , mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadi ekanini baralla aytish kerak. Shuni ham unutmaslik kerakki, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, intellek tual salohiyatli, yurtning ertangi kuniga munosib yoshlarni t a r b i y a l a s h a v v a l o oilada, so‘ng bog‘chadan boshlanadi. Shu bois, bu borada oilaviy qadriyatlarni m u s t a h k a m l a s h , tarbiyaning poydevori bo‘lgan maktabgacha ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilyapti. “ M i l l i y t i k l a n i s h ” demokratik par tiyasi ham o‘zining 2020-2024- yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida yoshlarning o‘z intellektual va ijodiy salohiyatini r o ‘ y o b g a c h i q a r i s h , xorijda yashayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan doimiy, uzviy va yaqin aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning huquq va manfaatlarini himoya q i l i s h n i k a f o l at l a s h, yoshlarda tarixiy meros va xalq an’analariga chuqur hurmat, ehtirom uyg‘otish, kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni belgilab olgan. O‘tgan vaqt mobaynida mazkur yo‘nalishda bir qator loyiha va tashabbuslar amalga oshirildi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitishda, uning tinchligi va farovonligini ta’minlashda yoshlar beqiyos o‘rin tutadi. Yurtboshimiz bejizga Oliy Majlis va O‘zbekiston x a l q i g a y o ‘ l l a g a n Murojaatnomasida eng oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning q a d r i g a yet i s h l i k k a , oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashga da’vat qilmadilar! Hamdam NIYOZOV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i Yoshlar masalasiga birinchi vazifa OBUNA –2023! 2023-YIL UCHUN «MILLIY TIKLANISH» GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Obuna indeksi 158 DASTURI


KECHA VA 8 BUGUN Agar o‘zbek davlati 2500 yillik davr mobaynida dunyo urush-talash maydonlarida zabardast ot surib kelgani, o‘tmishdagi harbiy sarkardalarimiz nomlariyu ishlari hozirda ham olam uzra hayrat, havas, e’tirof, g‘ashlik uyg‘otishi ko‘zda tutilsa, davlat mustaqilligimizni tiklagach, yigirma besh yil nima ish qildik o‘zi, deya tug‘ilgan haqli savolga javob topolmay qolamiz. ta-bobolarimizdan qolgan o‘git bor: kengashganga keng dunyo! Kengashib ko‘rilgan ishda unum bo‘lishining ehtimoli yuqoriligini hayot tajribasi allaqachon isbotlab bo‘lgan. U l u g ‘ S o h i b q i r o n n i n g «Tu z u k la r »i «Ta dbi rla r va kengashlar»dan boshlanib, o‘ttiz bitta «Kengash»dan iboratligi bejiz emas. Umuman olganda, o‘zbek d avlatch iligiga xos jihatlardan biri aynan kengashdir! Masalan, miloddan oldingi II asrda Farg‘onaga kelgan xitoylik elchi vodiyda oqsoqollar kengashining nufuzi yuqori bo‘lganini o‘z esdaliklarida alohida qayd etib o‘tgan. Ulkan saltanatlar tuzish, ularni samarali boshqarishga qilich yordamidagina erishilgan, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Amir Temur butun umrini harbiy yurish, urush-talashlarda o‘tkazganiga oid fikrni ommaga singdirish ilinji o‘z zamonasida ham kuchli bo‘lgani va endilikda ham borligini baralla aytishimiz lozim. Holbuki, ulug‘ bobomiz dushmanlarni yengish, o‘zga yerlarni bo‘ysundirish ishini oldindan, asosan, o‘z saroyi, ko‘chma qarorgohlarida pishitib qo‘yganini bilamiz. Buning uchun u mo‘ljaldagi o‘lkalar, ularning hukmdorlari, taniqli xonadon va shaxslari, urf-odatlari, iqlimi, bozoriga oid ma’lumotlar ni tarixiy, jug‘rofiy, diniy, adabiy asarlar orqali o‘rgangan, mazkur masalalardan yaxshi xabari bor kishilar bilan suhbatlashgan, tegishli mavz ular bo‘yicha erinmay so‘rab-surishtirgan. Har qanday zamonda bo‘lgani kabi, o‘zbek davlatida ham tashqi ko‘r uklik (razvedka) xizmati samarali ishlagani bugun ko‘pchilikka ma’lum emas. Sohibqiron elu yurtimizga boshch ili k qilga n y illa rd a ko‘ruklik yuksak darajada yo‘lga qo‘yilganiga oid tarixiy dalillar yetarli. Xitoydan Italiyagacha ulkan kenglikda faoliyat ko‘rsatib, o‘z l a r i n i a m a ld o r, s o‘f iy, chakanachi, yirik savdogar, polvon, dorboz, hunarmand, munajjim, qalandar, darvesh, dengizchi, suv sotuvchi, etikchi, olim, talaba yoki kampir o‘laroq tutgan ko‘rukchilar tegishli o‘lkalardagi iqtisodiy vaziyat, jumladan, narx-navolar, tosh-tarozilar, yo‘llar, shaharlar, uylarning o‘rnashuv chizmalari, yerlarining past-balandliklari s u r a t l a r i ( r e c o g n o s c o ) , maydonlari, jug‘rofiy tomonlari, har bir aholi makonining atalishi, boshliqlari, amirlari, ulug‘lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlari, qimmatli ma’lumotlarni yig‘ib, Amir Temur qarorgohiga yuborib turgan. Hazratning ko‘p tilga olinadigan «Saltanatni boshqarish ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim», deganining mag‘zini ham davlatchiligimizning mazkur masaladagi yuksak xabardorligi darajasi orqali chaqish kerak. Ya’n i , a sl id a , S oh i b qi r o n olam n i ng ma’mu r va obod bo‘lagini Samarqand atrofida birlashtirish ishini taxtda o‘tirib, oldindan bajarib qo‘ygan. Harbiy yurishlar esa mazkur holatni rasmiylashtirish bo‘lgandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Demak, ulkan saltanatlar tuzish, ularni boshqarish borasida o‘z ilmimiz bo‘lgan. Shuning uchu n ham o‘t m ishd a oliy hukmdorlarimiz, vazirlarimiz, amaldorlarimiz, olimlarimiz boshqaruv muammolari bilan o‘ta jiddiy shug‘ullanganini tasdiqlovchi guvohliklar juda ko‘p. «Temur tuzuklari» kishilik tarixida birdan-bir o‘ziga xos asar ekani, o‘tmishda biron-bir davlat boshlig‘i o‘zining ko‘p yillik tajribasi o‘laroq bunday qo‘llanma yozmagani, aniqrog‘i, bunday og‘ir yumush qo‘lidan kelmaganini qayta-qayta uqtirishdan hech qachon charchamaymiz. « Fozil od a m la r sha h r i», «Qutadg‘u bilig», «Qobusnoma», « S i y o s a t n o m a », « A x l o q i Muhsiniy», «Tuhfat al-muluk», «Tuhfat al-fuzalo», «Tuhfat alvuzaro», «Suluk al-muluk», «Dastur al-vuzaro», «Dastur al-muluk», «Nomayi nomi», «Makorim ul-axloq», «Risola al-muluk», «Navodir al-vaqoye», «Tanbeh as-salotin» singari ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin bo‘lgan asarlar – saltanat idorasi, hukmdor, vazir, hokim, t urli darajadagi amaldorlar faoliyatining har xil masalalariga b a g ‘ i s h l a n g a n q i m m a t l i qo‘llanmalar boshqaruvchilik san’atimiz necha-necha asrlar ichra sayqallangan bilim va tajribaga tayanganini isbotlaydi, albatta. Ularda davlat boshlig‘i kengashib ish yuritishi borasida bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan hikmatlar yetarlicha topiladi. Masalan, termizlik ulug‘ ajdodimiz Xoja Samandarning (taxminan 1730 –1830-yillar) «Dastur al-muluk»idagi mana bu fikr: «Kengash va maslahat kuni aql, donolik va donishmandlikni imtihon qilish kunidir». Vatan himoyachilari kuni arafasida Prezidentimiz Shavkat M i r z iyoye v b o s h ch i l ig id a o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining galdagi kengaytirilgan yig‘ilishini xuddi shunday sinov kuni bo‘ldi, desak adashmaymiz. Kasbimiz taqozosi o‘laroq t u r ish-t u r mush, t ar ix t u rli voqealar, kutilmagan holat va ishlarga boy bo‘lishini bilsak-da, o‘zimiz guvohi bo‘lib kelayotgan mustaqillik yillarimiz, uning ik ki bosqichida ko‘rgan va ko‘rayotganlarimiz ba’zan kishini hayratlantiradi, savollarga ko‘mib, o‘ylashga majbur qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tuzilganiga ham o‘ttiz yil bo‘ldi. To‘g‘ri, boshqa davlatlardagi kabi uning faoliyati, yig‘inlari ko‘p jihatdan yopiq kechgan. Mazkur tuzilmaning ishi haqida yaqinyaqingacha besh-o‘nta gapdan iborat quruq axborotdan ortig‘ini ko‘rmaganimiz ham haqiqat. Biroq so‘nggi yillar ushbu «an’ana» buzilgani va mazkur o‘ta muhim davlat tuzilmasi ishini boshqacha yo‘lga qo‘yish mumkinligini ko‘rsatayotir. Gap shundaki, mana uch yildirki, Xavfsizlik kengashining yillik kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashish bizga ham nasib etmoqda. Ilk bor chaqirilganimizda o‘z qatnashuvimizdan muddao masalasida hatto hayron ham bo‘lganimizni yashirib o‘tirmaymiz. Biroq Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning elyurt, fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan chiqishlari, ayniqsa, yuzaki qaraganda mavzuga aloqasi y o‘q d e k t u y u l a j a k q a t o r yo‘nalishlar bo‘yicha qilgan chuqur va asosli tahlilini eshitib, aql chig‘irig‘idan o‘tkazganimizda, xavfsizlik borasida uzoq yillar ichida shakllanib, boshqalar qatori kaminani ham avrab qo‘ygan eskicha tushunchalardan voz kechish payti kelganini anglab yetdik. Ya’ni, xavfsizlik, bu – bekami ko‘st qu rol-aslaha, harbiy mashqlargina emas, balki jamiyatning umumlashma sifati. Shuning uchun ham milliy qo‘shinimizni eng zamonaviy ya r o ql a r bi l a n t a’m i n l a sh izchil davom etilishini alohida urg‘ulagan Prezidentimiz butun kengash davomida eng katta e’tibor bergan masalalardan biri harbiylarimizning bilim darajasi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligi bo‘ldi. Chindan ham, so‘nggi yillarda bizga yaqin va diqqatimizni tortib turgan mintaqalarda yuz berayotgan urush-talashlarda ikki hal qiluvchi omil yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: kechagina tasavvur qilish qiyin bo‘lgan, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlari negizida yaratilgan o‘ta zamonaviy qurol-aslahalar va shaxs. Jang vositalari qanchalik sayqallanib, aqllilashtirilmasin, agar uni yaratadigan ham, qo‘llaydigan ham odam – olim, muhandis, askar va zobit ekanidan kelib chiqilsa, ik kinchi omilning tengsizligi ayonlashadi qoladi. Shu o‘rinda, milliy yetakchimiz X a v f s i z l i k k e n g a s h i d a g i chiqishining boshlanishida «o‘z kuchimiz va imkonlarimizga ishonib yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak»ligiga alohida urg‘u berganiga to‘xtalib o‘tgan bo‘lardik. Bizning avlod mustamlakasovet davrida «kommunizm»ning kelish iga ishon ib yashad i, mustaqillikka erishgach esa «buyuk davlat qurilishi»ga! Har ikki holatda ham bo‘lajak ezgu hayotni kim quradi va uni quruvchilar qanday bo‘lmog‘i lozim, buning uchun davlat va jamiyatda tegishli muhit yaratilishi kerakmasmi, savolini hech kim bergan emas, aniqrog‘i, berolmasdi! Sababi ham ma’lum: erkinlik yo‘q edi, har kim o‘z fikrini aytolmasdi, bilib-bilmasdan aytib qo‘ysa, albatta jazolanardi. Yangi O‘zbekistonga turli jihatlardan baho bersa bo‘ladi va ularning barchasi hamda har biri uchun asos topiladi. So‘z yuritilayotgan mavzu nuqtayi nazaridan olganda esa 2016- yil kuzida boshlangan tarixiy b o s q i c h i m i z n i , m o h i y a t e’tibori bilan insonni erkin va raqobatbardosh qilish jarayoni o‘la r o q ba hola s a k , t o‘g‘r i bo‘ladi. Negaki, erkin shaxs va shundaylarning yig‘indisi – jamiyat o‘z kuchiga ishonib, o‘z imkonlarini bilsagina, ulkan cho‘qqilar ni egallay oladi, bo‘lmasa, kuni va butun umrini xayoliy narsalar bilan o‘tkazadi. O x i r- o qi b a t ko‘z a k u n id a singanida, yengilroq sinovga ham dosh berolmay qoladi. Biz erkinlikni atom quvvatiga o‘xshatamiz: undan yoritish, isitish, yurg‘azish, ko‘tarish, yaratish ishlarida foydalanib, kishilar turmushini yengillashtirish, yaxshilash mumkin bo‘lgani holda, yomonlik, hatto yovuzlik yo‘lida ham suiiste’mol qilinishi, aytaylik, ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash orqali millionlar yostig‘ini BILAGI ZO‘R – BIRNI YENGAR, Azamat ZIYO, FA Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi a’zosi. O 1992-yil 3-iyulda tasdiqlangan «Harbiy qasamyod»imiz SSSRning 1947–1991-yillardagi «Harbiy qasamyodi»ning mazmunan, ayrim yerlarida esa so‘zma-so‘z qaytarilishi asosida tuzilganini bugun ko‘pchilik bilmaydi. Boshqacha aytganda, 2019-yilgacha, ya’ni Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, milliy ruh bilan sug‘orilgan «Vatanga qasamyod» qabul qilinmagungacha biz salkam o‘ttiz yil, mohiyat e’tibori bilan stalincha qasamyodni hazm qilib keldik. Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193)


SIYMO 9 Milliy yetakchimiz tashabbusi bilan Amir Temur jangovar bayrog‘ining ta’sis etilishi va uni g‘olib – Markaziy harbiy okrugga yetkazib borish jarayonining qimmatini tushungan tushunadi, tushunmagan yo‘q. ONGI VA YURAGI ZO‘R ESA – MINGNI quritishgacha borishini kim bilmaydi deysiz. So‘z erkinligi ham shunday! Yangi O‘zbekiston aynan shu om il n i ng sharofat i o‘laroq b o s h l a n g a n i , u n d a n k u c h olayotgani bor gap! Prezidentimiz uzluksiz urg‘u berib kelayotgan bosh masalalardan biri – endi ortga qaytmaslik shahdimizni kafolatlash, o‘ta qisqa muddatda erishilgan chindan ham tarixiy yutuqlarimizni ta’minlashda erkinlik omilining o‘rni qiyossiz. Shu bilan birga, axborot tarqatish vosita va yo‘sinlari tengi yo‘q darajada ilg‘orlab ketayotgan endigi pallada yolg‘on-yashiq, tuhmat-bo‘hton, chalg‘ituvchi, vahimaga soluvchi, qo‘rqituvchi, qo‘zg‘atuvchi, axloqan buzuvchi, m i l l i y l i k , o‘z l i k n i i n k o r etuvchi, yot qarash va odatlarni targ‘ib etuvchi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib, boshqalarga ergashtiruvchi ma’lumotlarni tizimli va maqsadga muvofiq yetkazish, to‘g‘ri ma’noda har bir uy, oila, inson qalbiyu ongiga hech bir to‘siq va ruxsatsiz, istagan paytida kirib borish, ularni egallash oson ish bo‘lib qolayotganiga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shu ma’noda, voqelikka aylanib bo‘lgan, mohiyat e’tibori bilan tahlillanganda, umummilliy xavfsizligimizga ham zarar keltirayotgan mazkur tahdidlarga qarshi qanday kurashish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Kengashda «Axborot maydoni haqiqiy jang maydoniga aylanib bo‘ldi», deya alohida ta’kidlagan Prezidentimiz askarlarimizning axloqiy-r uhiy tay yorgarligi masalasida ma’naviy, xususan, harbiy merosimizdan unumli foydalanish vazifasiga shunchaki to‘xtalmagani aniq. Negaki, har qanday ilg‘or asbob-uskuna, jihoz, jumladan, harbiy maqsaddagilari ham, yangi qoida, tenglama, kashfiyotlar kishilikning moddiy yuksalishi va jisman asralishini ta’minlashgagina qodir, xolos. I n s o n v a ja m iy a t n i o‘z kuchiga ishontiruvchi, ongini komillashtiruvchi omil esa nechanecha avlodlar sinovidan o‘tib, yaratilgan tarixiy, adabiy, til, san’at, falsafiy, jug‘rofiy, diniy merosdir! Buni tasdiqlovchi misollar o‘z va o‘zgalar bisotida juda ko‘plab topiladi. Millatimiz boshid an o‘tgan i k k it asi n i esga solamiz, xolos: 3000 yillik davlatchilik o‘tmishimiz ichida besh marta qaramlik bosqichini boshdan kechirgan bo‘lsak, barchasida bosqinchilar bizning merosimizni yo‘q qilib, o‘zinikini targ‘ib qilishga qattiq kirishgani, bu borada muayyan «yutuqlar»ga erishganini hech kim in kor etolmaydi. Chunki ota-bobolarini esdan chiqargan, o‘zligini unutgan xalq olomonga, undan qulga aylanishi «oltin qoida»dir. Buning isbotini so‘nggi mustamlakachilikning barcha azob va asoratlarini o‘zidan o‘tkazgan bugungi avlod misolida ko‘rib turibmiz. To‘g‘ri, davlat mustaqilligimizni tiklagach, qarshimizda ko‘pdanko‘p va og‘irdan-og‘ir vazifalar ko‘ndalang turgani bor gap. Ularni bajarish o‘ta murakkab shartsharoitlarda kechishi oldindan ma’lum edi. Biroq til, imlo, tarixiy, adabiy, falsafiy, diniy merosimizni tiklash, undan zamonaviy va yetuk o‘zbek kishisini tarbiyalashda oqilona foydalanish u yoqda tursin, ayrim payt va hollarda eskicha yondashuvlar davom ettirilganini endi kimdir tan oladi, kimdir yo‘q. Prezidentimizning qat tiq va t o‘x t ov si z u r i n i s h l a r i , ishontirishlari bilan milliyma’naviy merosimizning barcha imkoniyatlarini ishga solish uchun yetarli sharoit yaratilgan so‘nggi yillarda aynan mustaqillik davrimizning hal qiluvchi ilk chorak asrida yo‘l qo‘yilgan «beparvolik va bepisandlik» oqibatida ko‘p ishlarni boshidan boshlashga to‘g‘ri kelmoqda. Uzoqqa borib nima ham qilamiz, harbiy meros tushunchasining o‘zi ilk bor milliy yetakchimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xavfsizlik kengashining 2022- yil 12-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida o‘rtaga tashlangan va «Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti»ni tuzish topshirig‘i berilgan edi. Agar o‘zbek davlati 2500 yillik kattagina vaqt mobaynida dunyo urush-talash maydonlarida zabardast ot surib kelgani, o‘tmishdagi harbiy sarkardalarimiz nomlariyu ishlari hozirda ham olam uzra hayrat, havas, e’tirof, g‘ashlik uyg‘otishi ko‘zda tutilsa, davlat mustaqilligimizni tiklagach, yigirma besh yil nima ish qildik o‘zi, deya tug‘ilgan haqli savolga javob topolmay qolamiz. Harbiy mahorati butun dunyo tomonidan tan olingan Amir Temur, shuningdek, Jaloliddin Manguberdi, Shohrux Mirzo, Sulton Abu Said, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdullaxon, Shohmalik, Yalangto‘sh Bahodir singari buyuk harbiy arboblarimizni chetga surib, istiqlol yillarida ham suvorovchilikni davom ettirdik. Hatto shu nom va mazmunda maktablar ham tuzib, bolalarimizni o‘qitdik... B u g u n b a r c h a m i z n i n g qulog‘imiz va ko‘zimiz o‘rganib bo‘lgan «Temurbeklar maktablari» 2017-yilga kelibgina Prezidentimiz S h a v k a t M i r z i y o y e v n i n g tashabbusi bilan ochilgani va ungacha qayerda yurganimiz, chor a k a sr «esk i ma k t ab» bag‘rida unib-o‘sgan har bir yosh harbiy avlodning sifati ne bo‘lgani sababiniyu milliy qo‘shinchiligimiz iqtidoriga uzoq yillik ta’siri darajasini tushuntirib bera olamizmi? Siyosiy, harbiy, ma’naviy qimmati yuqorida urg‘ulangan «Temur tuzuklari» bo‘yicha o‘quv qo‘llanma 2021-yilga kelibgina yaratilgani va ushbu o‘ta zarur va xayrli ish Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning qayta-qayta talab qilishi, uslubiy ko‘rsatmalari o‘laroq ishlab chiqilganiga shaxsan guvohmiz! Nega shu «oddiy» ishni ilgari qilmadik, qilolmadik? Harbiy qasamyodimiz-chi? 1992-yil 3-iyulda tasdiqlangan «Harbiy qasamyod»imiz SSSRning 1947 – 1991-yillardagi «Harbiy qasamyodi»ning mazmunan, ayrim yerlarida esa so‘zma-so‘z qaytarilishi asosida tuzilganini bugun ko‘pchilik bilmaydi. Boshqacha aytganda, 2019-yilgacha, ya’ni Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, milliy ruh bilan sug‘orilgan «Vatanga qasamyod» qabul qilinmagungacha biz salkam o‘ttiz yil, mohiyat e’tibori bilan stalincha qasamyodni hazm qilib keldik. Shu ma’noda, yaqinda sodir bo‘lgan bir shonli voqeaga diqqatni qaratgan bo‘lardik. Milliy yetakchimiz tashabbusi bilan Amir Temur jangovar bayrog‘ining ta’sis etilishi va uni g‘olib – Markaziy harbiy okrugga yetkazib borish jarayonining qimmatini tushungan tushunadi, tushunmagan yo‘q. A g a r b i r t o m o n d a n , Sohibqirondek ulug‘ shaxs kishilik tarixida birdanbirligi, Hazrat qoldirgan siyosiy, harbiy, ma’naviy meros boshqa hech qaysi xalqda yo‘qligi, ikkinchi tomondan esa davlat mustaqilligimizni tiklaganimizga o‘ttiz ikki yil to‘lishini aql va vijdonimiz chig‘irig‘idan o‘tkazolsak, tabiiy savol tug‘iladi: nega bu ishni oldinroq, masalan, o‘n, yigirma, o‘ttiz yil burunlar qilmadik, bizga nima xalal berdi? Nahot, o‘z qadriyatlarimiz qolib, boshqalarnikidan ilhomlanib yurishning ayanchli oqibatlari o‘ylanmagan bo‘lsa? Botirlik, yurtsevarlik va el uchun o‘zni bag‘ishlashning yuksak ibratini ko‘rsatib qo‘ygan To‘maris, Shiroq singari milliy qahramonlarimizni afsonaga chiqarib, yon-atrofga tortiq qilib yuborilganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi, deb ishonamiz. Endilikda ham sovet hokimiyatiga qarshi o‘n yetti yil davom etgan milliy-ozodlik qurolli kurashi yetakchilari – qo‘rboshilarimizni «bosmachi bo‘lgan-ku», deb yurganlar orasida atoqlilari ham borligini esa hech qachon tushunmaymiz. Hozirda davlatimiz rahbarining topshiriqlariga ko‘ra, harbiy kiyimboshlar, milliy qo‘shinimizda kunda qo‘llanadigan atamalar, jumladan, buyruqlar, harakatlar, manzillarni ham milliylashtirish ustida ish ketayotgani inobatga olinsa, Istiqlolga erishib ham uzoq yillar mustamlakachilardan qolgan «sovetcha meros»ga sig‘inib kelayotganimiz yuzaga chiqadi-qoladi. Milliy-harbiy cholg‘uchiligimizdek o‘ta muhim yo‘nalishda ham haligacha o‘z qozig‘imizni topolmadik, desak adashmaymiz. Ayrim musiqiy asarlarimizdan eski zamonlarning sasi kelishidan tashqari, ularning ham qayg‘uli, ham quvonchli tadbirlarda bir xil qo‘llanishiga hayron qolasan kishi. Demak, milliy yetakchimiz Xavfsizlik kengashining bu safargi kengaytirilgan yig‘ilishida ham harbiy merosni yanada keng va izchil o‘rganish masalasini shunchaki ko‘ndalang qo‘ymadi. Negaki, bu boradagi bisotimiz juda ham boy va salobatlidir. Prezidentimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur harbiy mahorati haqida tinimsiz bong urib, ularni yuzaga chiqarib kelayotgani bejiz emas. Chindan ham biz ularning jang san’ati va harbiy tafakkurini qoyillatib o‘rganganimiz yo‘q. Kushoniy, eftaliy, ashinaliy, somoniy, qoraxoniy, g‘aznaviy, saljuqiy, anushteginiy harbiy arboblarning xizmatlari bo‘yicha ishlarga esa hanuz qo‘l ham urilmagan. Temuriylardan esa Sohibqiron va Zahiriddin Muhammad Boburni uncha-muncha bilamiz, xolos. XIII asr boshlarida hozirgi O‘r t a O siyo, A fg‘on ist on , Pokiston, Eron, Ozarbayjondan iborat ulkan kenglikda saltanat t u zga n Su lton Mu ha m ma d Xorazmshoh, XVI asr ikkinchi yarmida Turkistonni birlashtirib, d avlat i m i z zaba rd a stl ig i n i ta’minlab bergan Abdullaxon kabi ulug‘larimiz merosi hali ham «chang bosib yotibdi». Xo‘sh, shuncha muammolar bor ekan, ularni yechish qo‘limizdan keladimi? Albatta! Milliy yetakchimiz tarixiy yangilanish davrimizning ilk kunlaridan o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch ruhini har birimiz, ayniqsa, yosh avlod fe’li va ongiga singdirishga qattiq kirishgani sir emas. Bu – eng oqilona siyosat. Negaki, ishonchga yo‘g‘rilgan ruhni sindirib bo‘lmaydi. Kishilik va o‘z tajribamizdagi barcha buyuk ishlar aynan shu omil tufayli yuz bergan. Uning mag‘zini esa Prezidentimiz Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigida juda oddiy, biroq kattayu kichikka tushunarli ravishda ifodalab berdi: «Bilagi zo‘r – birni yengar, ongi va yuragi zo‘r esa – mingni». «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2023-yil 1-fevral sonidan olindi. Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193)


10 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) MA’NAVIYAT Mumtoz adabiyotimizning atoqli tadqiqotchisi butun umrini ilmga, Navoiyni, mumtoz adabiyotni anglash va anglatish, o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishga sarfladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1926-yili Qo‘qonda ziyoli oilasida tug‘ilib, o‘sgan, 1949-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning filologiya fakultetini tamomlagan Aziz Qayumov o‘z mehnat faoliyatini 1949-yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1954-yilda nomzodlik, 1962-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan. Qariyb, 50 yillik ilmiy faoliyati davomida o‘n jildlik «Tanlangan asarlar» to‘plami, shuningdek, «Navoiyga ta’zim», «Alisher Navoiy», «Dilkusho takrorlar – ruhafzo ash’orlar», «Ahmad Farg‘oniy» kabi ko‘plab sermazmun asarlar yaratdi. Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida o‘tgan «Navoiyga hamnafaslik saodati» kitobining taqdimoti hayotining har lahzasi tarixga aylangan, quvvayi hofizasining kuchliligi bilan nom qozongan Aziz Qayumovga bag‘ishlangan xotira kechasi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan akademik Aziz Qayumov haqida «Navoiyga hamnafaslik saodati» kitobining chop etilganini eshitib, juda quvongandim. Chunki Aziz Qayumov haqida shunchaki gapirish, xotirlash, domlaning adabiyotimizdagi ma’naviy haqqini bir maqolagada jo qilishning iloji yo‘q edi, nazarimda. R Navoiyshunoslar partiya AHMATINIESHITYAPTI ham bo‘ldi. Kitobni o‘qigan sari ko‘z o‘ngingizda Ibrohim G‘ofurovning domlaga atalgan: «Ilmu fazilat, fozillik va iffat dengizini yaratib, bir umr shu dengizda Navoiy g‘avvosidek g‘o‘ta o‘rib... tashnakom o‘tgan» bahri bepoyon allomaning odamiylik, halollik ilmga fidoiylik xislatlari namoyon bo‘la boshlaydi. – Akademik Azizxon Qayumov olim sifatidagi fazilatlari, g‘ayratshijoati, bag‘rikengligi, samimiyligi, halolu pokligi bilan Mir Alisher Navoiyning orzu-umidlariga mos bo‘lgan, – deydi professor Zohidjon Islomov. – Domlaning birgina «Bobur ensiklopediyasi»ning tahrir hay’ati raisi sifatida ham fidoyiligi xalqaro Bobur mukofoti bilan taqdirlangani, «Bobur davridagi Andijon adabiy muhiti» kitobining yaratilishining o‘zi bir tarix. Akademik Abdulla A’zam Aziz Qayumovni xotirlar ekan: «Domlani vafotlaridan sal avvalroq ziyoratga borganimda ish stollarida ikkita qo‘lyozma, Beruniyning «Mineralogiya»si, Navoiy asarlari, hammasining orasiga xatcho‘plar qistirilgan, to‘rtta ruchka, uchta qalam, qalamtarosh... varaqlar va... lupa borligini ko‘rib hayratlandim. Qani endi o‘sha daqiqalarda biror rassom yonimda bo‘lsayu, bu ko‘rinishni mo‘yqalamda tasvirlasa... tarixga muhrlanadigan bir portret yaratilardi», deya ta’kidlaydi. Afg‘onistonlik siyosatchi ayol, filologiya fanlari nomzodi Shafiqa Yorqinning Aziz Qayumov haqidagi xotirasini ham hayajon bilan o‘qiysiz. «Tolibon jangarilari bizga qidiruv e’lon qilgan edi. O‘sha murakkab vaziyatda bir chet ellikni himoya qilish oson emasdi. Ammo o‘zini shuncha o‘tga-suvga urib, butun porloq o‘tmishi, ilmiy maqomi va unvonlarini xatarga qo‘yib, bir begona, muhojir oilani hech kim bunchalik himoya qila olmas edi. Shundan so‘ng o‘n yetti yil shu zaminda yashab, turmush o‘rtog‘im bilan Qo‘lyozmalar institutida ishladik, ilmiy ishlar qildik. Ana shu osoyishta hayot va ilmiy yutuqlarimizning birinchi va asosiy sababchisi ustozim Aziz Qayumov bo‘ldi». Bu kabi xotiralaru e’tiroflarni uzoq davom ettirish mumkin. Bugun ham, kelgusida ham Aziz Qayumovning adabiy nafasi, fikr-mulohazalari uning boy adabiy-ilmiy merosi, u qo‘lidan tutib ilm ummoni tomon yetaklagan shogirdlari kirgan davralarga sizib kirib boraveradi. «Nina bilan quduq qazish»ga mengzalgan – ilm bilan o‘z nomini tarixga muhrlash saodati bu aslida. Eng muhimi, kelajak avlod mumtoz adabiyotni chuqurroq anglashimiz uchun mashaqqatli ilm yo‘lini bosib o‘tgan «Zamonamiz Navoiysi» yilt etgan iste’dodi borligiga ishongan har bir yoshning qo‘lidan tutgan, unga ma’naviy ko‘makdosh bo‘lgan fidoyi inson haqida bilishi kerak. Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, Uchinchi Renessans vakillariga ushbu haqni bera olgan partiyaning bu tashabbusi chin ma’noda kelajak uchun qilgan saodatli yumushlaridan biri bo‘ldi. Mahmuda VALIYEVA, Yunusobod tumanidagi 274-maktabning Ijodiymadaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Nihoyat... O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub «Bobur. Yulduzli tunlar» romanining inglizcha nashri («Babur: Starry Nights») chop etilgani barcha ijodkorlarni xursand qildi. Poytaxtimizda ushbu kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tarixiy roman atoqli shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning (1483–1530) dramatik hodisalarga boy qismatidan hikoya qiladi. Sohibqiron Amir Temur nasliga mansub Bobur Mirzo zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismini egallagan, Britaniya mustamlakasiga qadar, XIX asr o‘rtalarigacha hukm surgan Boburiylar davlatiga asos soldi. Bobur hayoti davomida boshidan kechirganlari, g‘alaba va mag‘lubiyatlari, shubha va iztiroblarini keyinchalik «Boburnoma» degan nom bilan mashhur bo‘lgan xotiralar daftarida bayon etib borgan. Pirimqul Qodirov betakror romanini yozishda «Boburnoma»ga tayangan. Kitobni o‘qir ekansiz, XV–XVI asrlarda Markaziy Osiyo va Hindistonda kechgan tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishasiz. Romanni britaniyalik adabiyotshunos Kerol Yermakova ingliz tiliga o‘girgan. Tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov esa nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Fransiyaning nufuzli «Nouveau Monde Editions» nashriyotida chop etilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, «Babur: Starry Nights» kitobi Islom Karimov fondining 6 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan o‘n oltinchi noshirlik loyihasi bo‘ldi. O‘zA «Yulduzli tunlar» ingliz tilida


DOLZARB 11 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) TA’MINLANMAYAPTI? IJROSI NEGA Milliy matbuotimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu Farmonning 1-ilovasida 2022 – 2026 -yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha «MILLIY DASTUR»dan o‘rin olgan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va u l a r n i ng i n f r at u z i l m a si n i yaxshilash»ga qaratilgan VI bo‘limdagi 39-bandda ijro uchun mas’ul sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda yaqinda qayta tashkil etilgan sobiq Xalq ta’limi vazirligi belgilab qo‘yilgandi. Eng muhimi shundaki, ta’lim yo‘nalishidagi gazeta-jurnallar obunasini ta’lim muassasalariga obuna uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilganiga qaramay Farmon ijrosi uchun mas’ullar masala mohiyatini yuzaki tushungan ko‘rinadilar. Aks holda «Ma’rifat» gazetasi 3200, «Uchitel Uzbekistana» gazetasi 2100, «Boshlang‘ich ta’lim» jurnali 750, «Til va adabiyot ta’limi» jurnali 1200, «Xalq ta’limi» jurnali 1300, «Gulxan» jurnali 1300, «G‘uncha» jurnali 837, «Tong yulduzi» gazetasi 3000, «Klass» gazetasi 1000 nusxada chop etilmagan bo‘lardi. Ma’lumki, O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq o‘rta ta’lim va yangilanishlarni chuqur tahlil etib, real vaziyatga xolis baho berayotgan boshqa nashrlarni h a m og‘i r a hvolg a s ol i b qo‘ymoqdalar. Bundan gazetajurnallar orasida 90 yildan ortiq tarixga ega nashrlar ham bor. Xo‘sh, janob ijrochilar, yana nimani kutyapsiz? Axir, nashrlar nomi, mablag‘lar manbai aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, amaliy harakat uchun yana nima kerak? Umid qilamizki, yaqindagina tayinlangan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Prezident Farmoni mohiyatini anglab, vaziyatni o‘zgartira oladi! Ajabmas, yangi vazirning qat’iyati bilan ta’lim tizimi va milliy matbuotimiz o‘rtasida yana ijodiy hamkorlik tiklansa... Abror POYONOV Ta’lim Prezidentimizning 2022-yil 11-mayda qabul qilingan «2022 – 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Farmonida ta’lim muassasalarini xalq ta’limi yo‘nalishidagi bosma nashrlar, xususan, «Ma’rifat», «Uchitel Uzbekistana», «Tong yulduzi», «Klass!» gazetalari, «Xalq ta’limi», «Til va adabiyot ta’limi», «Boshlang‘ich ta’lim», «G‘uncha» va «Gulxan» jurnallariga obuna qilish, aniqrog‘i, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini davriy bosma nashrlar bilan doimiy ta’minlash zarurligi ko‘rsatilgan edi. Unda professional ta’lim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos bo‘lgan malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash chora-tadbirlari ham belgilandi. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha davlat grantlari ajratiladi. Buning natijasida, joriy yilda dual ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida kamida 5,7 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Dual ta’lim shaklida o‘quvchi professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni oladi va bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi (Germaniya, Shveysariya, Avstriya tajribasi). Loyihada 2023-yil 1-sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. Natijada, namunaviy profta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), KFV banki, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Janubiy Koreyaning “YeDSF” fondi bilan birgalikda tashkil etiladi. Ushbu muassasalar faoliyatiga zamonaviy standartlarni joriy qilish uchun ularga o‘quv reja va dasturlarni, ta’lim shakli va muddatini mustaqil belgilashga ruxsat beriladi. Shuningdek, har bitta muassasaga 4 nafardan xorijiy ekspert jalb etiladi. – 2023-yil-1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga; – professional ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan, malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o‘rta ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o‘qituvchisi, oliy ma’lumotli o‘qituvchisi hamda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi. Buning natijasida, 27 nafar professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, o‘rtacha 3 million so‘mga teng bo‘ladi. Ushbu maqsadlarga joriy yilda 139 milliard so‘m yo‘naltiriladi. O‘zA Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik maoshlari oshiriladi Prezidentning «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. maktablari bo‘lib, ularda mingdan ziyod ustoz-pedagoglarimiz farzandlarimizga ta’lim-tarbiya berishyapti. Agar ta’lim sohasi keng yoritilayotgan, mutaxassislar, pedagoglar uchun zarur axborot va ma’lumotlarni e’lon qilib borayotgan nashrlar har bir maktabga bittadan yetib borganida edi ularning umumiy adadi 10 mingdan oshgan bo‘lardi... Ha, chindan biz yaqinyaqingacha milliy matbuotimiz ustuni sanalgan, savod, ayniqsa, imlo bobida «ustoz» rolini bajarib kelgan bosma nashrlar ning nihoyatda og‘ir bir davriga guvoh bo‘lyapmiz. Tan olaylik: o‘ylab topilgan «majburiy obuna» iborasi bilan millionlab fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarimizni ijtimoiy tarmoq quliga aylantirdik. To‘g‘ri, keyingi paytlarda Davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan va ziyat n i o‘nglash, bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bor imkoniyatlar ishga solinyapti. Bu borada muhim hujjatlar, hatto Farmon va qarorlar qabul qilinyapti ham. Ammo ana shu hujjatlar ijrosi uchun mas’ullarning mas’uliyatsizligi ta’limga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizni yoritayotgan, turli soha va tizimlarda kechayotgan o‘zgarish


BUXORONING 12 TARIX VA «Bu maktab «Abduqodir Shakuriy» maktabi edi. Ushbu maktab 1903- yil Shakuriyning tashabbusi bilan Samarqandda, Rajab Amin qishlog‘ida, Qo‘shhovuz guzarida joylashgan Muhammad Rahimboy hovlisida ochilgan edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy va Mulla Said Ahmad Vasliy bu maktab uchun kitoblar nashr etib, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab turgan» Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) bosh jadidi XX asr boshlarida Buxoroning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, shoir, yozuvchi, publitsist, muallim Sadriddin Ayniy jadidchilik harakatining tashabbuskori, tashkilotchisi va yo‘lboshchilaridan biri edi. U maslakdoshlari bilan birgalikda yangi usul maktablarini tashkil etish, iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarda o‘qitish, milliy matbuotga asos solishni maqsad qilib, bu ishlarning amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatdi. Sadriddin 1878-yilning 15-aprelida Buxoro amirligining G‘ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida, Saidmurodxo‘ja va Zevaroy xonadonida dunyoga keldi. Saidmurodxo‘ja o‘g‘li 6 yoshga to‘lganida uni qishloq maktabiga berdi. Maktabni tamomlagan Sadriddin 12 yoshida Buxoroga kelib, o‘n yil davomida Mir Arab (1890- 1891-yy.), Olimjon (1892-1893- yy.), Badalbek (1894-1896-yy.), Hoji Zohid (1896-1899-yy.) va Ko‘kaldosh (1899-1900- yy.) madrasalarida tahsil oldi. 1890-1895-yillarda «Sifliy», «Muhtojiy» va «Jununiy» kabi taxalluslar bilan she’rlar mashq qilgan Sadriddin 1896-yildan «Ayniy» taxallusi bilan ijod qila boshladi. Madrasalarda o‘qib yurgan paytlari taraqqiyparvar yoshlardan Hayrat va Abduqodir Maxdumlar bilan tanishadi. Bu vaqtda Hayrat Hindistonda chiqadigan «Hablul matn» va Misrda chop etiladigan «Chehranoma» gazetasining, Abduqodir Maxdum esa «Tarjimon» gazetasining o‘quvchilaridan edi. Sadriddin Ayniyda ham gazetalarni o‘qishga qiziqish uyg‘onib, do‘stlari bilan birgalikda gazetalar bilan tanishib, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar hamda o‘zgarishlardan xabardor bo‘la boshlaydi. Shuningdek, Ahmad Donish va Ozarbayjon yozuvchisi Hoji Marog‘iyning asarlarida aks etgan ilg‘or ma’rifatparvar g‘oyalar ham Sadriddin Ayniy hamda uning do‘stlari dunyoqarashida o‘zgarishlar yasaydi. Natijada buxorolik bir guruh yoshlar jamiyatni isloh qilish maqsadida jipslashadilar va jadid maktablari tashabbuskorlariga aylanishadi. Ular maktab tashkil qilishdan avval Samarqandda faoliyat ko‘rsatayotgan Abduqodir Shakuriyning jadid maktabidagi dars o‘qitish tizimi bilan tanishadilar. Ayniy bu maktab haqida: «Bu maktab «Abduqodir Shakuriy» maktabi edi. Ushbu maktab 1903-yil Shakuriyning tashabbusi bilan Samarqandda, Rajab Amin qishlog‘ida, Qo‘shhovuz guzarida joylashgan Muhammad Rahimboy hovlisida ochilgan edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy va Mulla Said Ahmad Vasliy bu maktab uchun kitoblar nashr etib, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab turgan», deb ma’lumot beradi. Abduqodir Shakuriy maktabidan o‘rnak olib, Ayniy, Munzim, Ahmadjon Hamdiy va Hamidxo‘ja Mehriy kabi taraqqiyparvarlar 1908-yil 23-oktabrda Buxoro shahrining Darvozai Sallohxona guzarida joylashgan Mirzo Abdulvohid Munzim uyida forsiy (tojik) tilda ta’lim beruvchi jadid maktabini ochadilar. Bu paytda Ayniy Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tatar ziyolisi Nizom Sobitiy maktabida muovin vazifasida ishlar va maktab muallimi Abdurahmon Sa’diy muntazam o‘qib boradigan Turkiyada chiqadigan «Sirotul mustaqim» («To‘g‘ri yo‘l») nomli ijtimoiy-diniy, ilmiy-badiiy jurnal bilan tanishib borardi. Maktab asoschilari yangi maktabda samarali o‘qitishni tashkil etish uchun darslik, qo‘llanma va adabiyotlarga zarurat mavjudligini inobatga olib, 1909-yil mart oyida «Shirkati Buxoroyi sharif» («Buxoroyi sharif shirkati»)ga asos soladilar. Ushbu shirkat a’zolari 9 kishi: Abdulvohid Munzim, Sadriddin Ayniy, Ahmadjon Maxdum (Hamdiy), Aminjon Maxdum, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev, Hamidxo‘ja Mehriy, Mulla Nizom Sobitiy, Abdurahmon Sa’diy va Mirzo Abdulqodir Muhiddinovlardan iborat edi. Sadriddin Ayniy «Buxoroyi sharif shirkati» muassisligida 1909-yilda jadid maktablari uchun yozgan «Tartil ul-Qur’on» («Qur’oni Karimni o‘qish va talaffuz qilish qoidalarini o‘rganishga bag‘ishlangan kitob»), «Zaruriyoti diniya» («Dinning zarurati») va «Tahsib us-sibyon» («Bolalar tarbiyasi») nomli kitoblarni nashr ettiradi. Natijada maktab o‘quvchilari darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi. Tez fursatda xalq orasida obro‘ qozongan Sadriddin Ayniy va Abduvohid Munzim maktabi Buxoroning mutaassib ulamolari qarshiligiga uchraydi. 1909-yili hukumatning aralashuvi bilan maktab faoliyati to‘xtatiladi. Bunday vaziyatda jadidlar maorifni isloh qilishga oid dasturlarining keyingi bosqichlarini amalga oshirishga kirishadilar. Sadriddin Ayniy va Abduvohid Munzimlar 1909-yilda «Tarbiyayi atfol» jamiyatini tuzishga bosh-qosh bo‘ladilar. Jamiyat tarkibiga 28 nafar a’zo kiritilgan bo‘lib, ularning 14 nafari rais, qozi, mudarris hamda mulla va mullozodalardan iborat bo‘lgan. «Tarbiyayi atfol» jamiyati o‘z faoliyati davrida quyidagi ishlarni amalga oshirgan. Birinchidan, ilmga chanqoq yoshlarga har jihatdan: ham iqtisodiy, ham ma’naviy yordam ko‘rsatib, Turkiya hamda Rossiyaning Qozon, Ufa, Bog‘chasaroy shaharlariga yubordi. Ikkinchidan, Turkiya, Eron hamda Rossiya musulmon shaharlarida nashr qilingan matbuot namunalari bilan buxoroliklarni tanishtirib bordi. Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligining har qanday ta’qib va to‘siqlariga qaramay, jamiyatning sa’y-harakati bilan bunday nashrlar amirlikda ham keng tarqala boshladi. Uchinchidan, «Tarbiyayi atfol» a’zolari o‘rinsiz sarf-xarajatlarga, to‘y va ma’rakalar xarajatlariga yoki isrofgarchiliklarga qarshi chiqdilar. Bunday mablag‘larni farzandlar tarbiyasiga, ularni chet ellarda o‘qitish uchun sarf qilishga da’vat etdilar. To‘rtinchidan, jamiyat tashabbusi bilan 1912-yil 11-martdan Yangi Buxoro (Kogon)da forstojik tilida «Buxoroyi sharif» gazetasi chop etila boshlandi. 1912-yilning 11-martidan – 1913-yil 12-yanvargacha ushbu nashrning 153 ta soni chiqdi. 1910-1917-yillarda faoliyat olib borgan jamiyat ma’rifatparvarlik – yangi usul maktablarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish uchun kurashgan bo‘lsa, 1917-yilga kelib siyosiy tashkilot tusiga kirdi. 1917-yil fevralda Rossiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi Turkiston mintaqasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu davrda Buxoro jadidlarining qarashlarida bo‘linish sodir bo‘lib, o‘ng va so‘l guruhga ajraldilar. Bu haqda Ayniy: «Fevral inqilobidan keyin jamiyatimiz uch marta yig‘ildi. Bu uch yig‘ilish ham janjal bilan o‘tdi. Men taklif qildimki, jamiyat maxfiy holda tursin, lekin hozirgi talabga muvofiq ma’lum bir aniq dastur tuzib, a’zolarning sonini ko‘paytirish kerak. Jamiyat a’zolari ochiq va yarim ochiq harakatlarga qatnashavermasinlar. Lekin yo‘lyo‘riqlarni jamiyatdan olsinlar, men dehqonlar orasida tashviqot o‘tkazish masalalarini qo‘ydim va modomiki, islohotning bir qismi yer solig‘ining islohoti ekan, bu to‘g‘risida dehqonlarni tayyorlash kerak, – dedim», deb yozadi. Rossiyada demokratik tuzum o‘rnatish borasidagi harakatlar va islohotlarga ehtiyoj kuchayib borayotganini anglagan Buxoro amiri Sayyid Olimxon 1917- yil 7-aprelda islohot farmonini imzolaydi. Shu munosabat bilan Yosh buxoroliklar shaharning Bozorgul guzarida joylashgan Halim Ashurov uyida farmonni muhokama qilish uchun majlis chaqiradilar. Bu yig‘inda samarqandlik jadidlar mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy va Qori Haydarbeklar ham qatnashadilar. Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim, Fazliddin Maxdum, Muhiddin Rif’at, Mirzashoh, Mirza Izatullo va Hamidxo‘ja Mehriylar namoyish o‘tkazishga qarshi chiqadilar. Bularning fikri Mahmudxo‘ja Behbudiy MIJOZLARGA YOKI «ALOQABANK» BILAN ALOQAMIZ UZILGAN BO‘LSA-DA, ALOQADA QOLAYOTGANLARNI OGOHLANTIRIB QO‘YISH KERAK DEB HISOBLADIK ERTAK AYTAYOTGAN BANK Kelgusi sonlarda Yana ozgina kuting!


TAQDIR 13 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) 1927-yilda Samarqandda Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU) ta’sis etilib, Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy ushbu oliygohda o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi tashkil etilishga tashabbuskor bo‘lganlar. tomonidan ham qo‘llabquvvatlanadi. Ammo Abdurauf Fitrat boshchiligidagi jadidlar bu tadbirni amalga oshirishga qaror qiladilar va 1917-yil 8-aprelda amirga o‘z tashakkurlarini bildirish uchun yig‘iladilar. Bundan xabar topgan amir poytaxtda tartibsizliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bu namoyishni to‘xtatish, uning ishtirokchilarini qo‘lga olish va jazolash bo‘yicha buyruq beradi. Natijada jadidlarning taniqli namoyandalari Ziyovuddin Maxdum, Ahmad Naim, Mirzo Abulfayoz, Mirzo Ahmad, Mirzo Nazrullo G‘affurzoda, Mirbobo Muhsinzoda va Abdurasullar, shuningdek, jadidlarni qo‘llab-quvvatlab turgan hukumat arboblaridan Mirzo Sahbo Vobkandiy, Hoji Dodhoh va Mirzo Abdullolar qamoqqa olinadi. Namoyishda ishtirok etmagan bo‘lsada, 9-aprel kuni Sadriddin Ayniy ham hibsga olinadi va 75 darra kaltaklanadi. Muvaqqat hukumat aralashuvi bilan tutqinlikdan qutulgan Sadriddin Kogondagi shifoxonada 52 kun davolanadi va tuzalgach, Samarqandga ko‘chib o‘tadi. Ayniyga Abduqodir Shakuriy o‘z uyidan joy berib, uni Saidrizo Alizoda, Siddiqiy Ajziy, Saidahmad Vasliy, Vadud Mahmud kabi ma’rifatparvarlar bilan tanishtiradi. Sadriddin Ayniy shu davrdan o‘zini siyosatdan butunlay uzoq tutib, ilmiy ijodga kirishadi. Biroz vaqt o‘tgach, Vadud Mahmudning singlisiga uylanadi. 1918-yil martda Turkiston Xalq Komissarlari soveti raisi Fyodor Kolesovning Buxoro amirligiga hujumi davrida Fayzulla Xo‘jayev va maslakdoshlarining bosqinchilar tomonida turgani Amir Olimxonning nafratiga sabab bo‘ladi. Ikki o‘rtadagi urush tugagach, amir Buxoro jadidlarini vatanga xiyonat qilganlikda ayblab, jismonan yo‘q qilishga kirishadi. Natijada Yosh buxoroliklar amir ta’qibidan qochib, Turkiston o‘lkasining turli shaharlariga muhojirlikka ketadilar. Amir ham jadidlarni qo‘lga olish uchun o‘z odamlarini Samarqandga yuborishi mumkinligi Ayniyni xavotirga soladi va u Toshkentga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. U bu haqda: «Men bu vaqtda Samarqandda bo‘lib, hanuzgacha ahvolim yaxshi emas edi, quvvatim yo‘q edi. Kolesov voqealaridan keyin amir hukumati Samarqandga ham o‘z ayg‘oqchilarini yubordi. Samarqand mening yashashim uchun xavfli joy bo‘lib qoldi. Men 1918-yil 22-aprelda Samarqanddan Toshkentga ko‘chib bu yerda olti oy qolib ketdim», deb yozadi. Ayniy Toshkentda bo‘lgan vaqtida shahardagi jadid maktablariga borib, ularning o‘qituvchilari bilan muloqot qiladi, shahardagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishadi. Keyinchalik «Mehnatkashlar tovushi» gazetasida ko‘rgan-kechirganlari asosida yozilgan «Toshkent xotiralari» maqolasini e’lon qiladi. 1918-yil 22-oktabrda Toshkentdan Samarqandga qaytgan Sadriddin maktabda o‘zbek-tojik tili adabiyoti va tarixidan dars bera boshlaydi. 1919-yilda Samarqand maorif bo‘limida ma’sul lavozimda ish boshlaydi. Shu davrda boshlang‘ich sinflar uchun «Soli naxustin» («Birinchi yil») alifbe kitobini yozadi. 1918-1920-yillarda Samarqandda tojik tilida chiqadigan «Shu’lai inqilob» («Inqilob shu’lasi»), «Bolalar yo‘ldoshi», «Tayoq» jurnallari va «Mehnatkashlar tovushi», «Zarafshon», «Hurriyat» gazetalarida maqolalari bilan ishtirok etadi. Birgina «Shu’lai inqilob» haftalik jurnalida Ayniyning «Sin Mim», «Qof-Sin», «Sin Xo», «Sin», «Xo», «Sin Qof», «Sod Ayn» hamda «Sod Ayniy» imzosi bilan 67 ta maqolasi, 30 dan ortiq she’r va maqolalari chop etilganini aytish joiz. Ayniy «Tayoq» jurnali, «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi va boshqa matbuot nashrlarida «Sarson», «Furtakigo‘y», «Tolesiz», «Azg‘ich», «Tayoq», «Zimg‘oyib», «Buzina», «Battol», «Ro‘zador» kabi imzo va taxalluslar bilan hajviy she’rlar hamda maqolalar ham chop ettirgan. 1920-yil iyunda Yosh buxoroliklar partiyasi yetakchisi Fayzulla Xo‘jayevning taklifiga binoan Sadriddin Ayniy Toshkentga chaqirib olinadi. Bu haqda Ayniy «Qisqacha tarjimai holim» asarida: «...Buxoro ommasi Rossiya va Turkiston bolsheviklaridan yordam talab qilar edi. Men 1920-yilning iyunida Buxoro Kommunistlari tashkiloti tomonidan Toshkentga chaqirildim. Bu yerda bir oy turib, mening qalamimni talab etgan loyiha, bayonot va boshqa narsalarni ikki tilda: tojik va o‘zbek tillarida yozib berdim», deb yozgan edi. 1920-yil sentyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, Sadriddin Ayniy shu yilning 17-oktabrida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Maorif Noziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov nomiga xat yozib, unda Buxoroda yangi usuldagi maktablar tashkil qilish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bayon qiladi. Ayniy maktablarni ochishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilarning otaonalari orasida juda ehtiyotkorlik bilan tushuntirish ishlarini olib borish, qabul qilinadigan o‘quvchilarning son va sifatiga alohida e’tibor berish, maktabda dars beruvchi muallimlarni tayyorlash uchun Moskva, Qozon, Orenburg, Boku, Toshkent va boshqa shaharlardan tajribali o‘qituvchilarni taklif etish, muallimlar tayyorlash kurslariga 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli, aqlli kishilarni jalb qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib keladi. Ayniy darsliklar masalasida ham to‘xtalib: «Turkistonda yangidan nashr qilingan kitoblar qo‘lga kiritmoq ila barobar qanoat qilaturgan bir darajada til va imlo jihatidan Buxoro o‘zbeklariga muvofiq emasdir, xususan, so‘z ta’limi jihatdan ham ko‘p mushkilotlarga uchrash mumkin. Chunki ko‘pchilik nashr qilaturgan darsliklar usmonli turklar, tatarlar va chig‘atoy shevalari asosida yozilgan bo‘lib, hatto turkistonlik mahalliy o‘quvchi bolalar uchun ham bu kitoblarning tili og‘irlik qiladi», deb yozadi. 1921-1923-yillarda Ayniy Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Samarqanddagi konsulxonasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. 1923-yilda BXSRning Samarqanddagi konsulxonasi yopilgach, 1925-yilga qadar Samarqanddagi Buxgostorg (Buxoro savdo uyi)da mudir bo‘lib ishlaydi. Ayniy 1926-yilning 15-iyunida Samarqandda ta’sis bo‘lgan Tojikiston davlat nashriyotiga muharrir, ilmiy va adabiy konsultant bo‘lib ishga kiradi va 1933-yilning sentyabrigacha shu lavozimda ishlaydi. 1927-yilda Samarqandda Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU) ta’sis etilib, Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy ushbu oliygohda o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi tashkil etilishga tashabbuskor bo‘lganlar. Sadriddin Ayniy 1936-1938-yillarda o‘n besh ming so‘zdan iborat tojik adabiy tili lug‘atini tuzadi. 1939-yilda Dushanbe shahar Sovetiga deputat etib saylanadi. 1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tuzilgach, akademik etib saylangan. Sadriddin Ayniy 1946-yildan 1950-yilgacha SamDUning o‘zbek adabiyoti kafedrasiga mudirlik qilgan. 1951-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasi tashkil etilgach, uning birinchi prezidenti etib saylangan. Davlat va jamoat ishlari bilan bir vaqtda Sadriddin Ayniy ijod va tarjima ishlari bilan shug‘ullangan. 1921- yili Abdulmo‘min Sattoriy (o‘lkashunos olim, 1925-yil 23-iyulda sil kasalidan vafot etgan) Abu Tohirxo‘janing «Samariya» asarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima 1925-yili Ayniy tomonidan tahrir qilinib, nashrga tayyorlangan. Ayniy Sattoriy tarjimasiga ayrim tuzatishlar kiritish bilan birga, unga so‘z boshi va zarur atamalarga izohlar ham yozgan. Ammo ushbu asar nashrga tayyorlanganicha qolib ketgan. Hozirda ushbu qo‘lyozma Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Shuningdek, Ayniy fransuz yozuvchisi Ferdinand Dyushenning «Hilol» («Yangi chiqqan oy») asarini tarjima qilib, «Qamar» nomi bilan nashr ettiradi. Publitsist yozuvchi M.Bullening «Inqilobiy kurashlarda xotin-qizlar» va Viktor Gyugoning «Sehrli saroy» asarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Sadriddin Ayniy «Buxoro mang‘it amirligining tarixi» (1921), Buxoro jallodlari» (1922), «Odina», «Qiz bola yoki Xolida» (1924), «Tojik adabiyotidan namunalar» (1926), «Qul bobo yoki ikki ozod» (1928), «Doxunda» (1927- 1929, tojik tilida) «Qullar» (1934, o‘zbek tilida), «Firdavsiy va uning «Shohnoma»si haqida» (1934), «Eski maktab» (1935), «Sudxo‘rning o‘limi» (1939), Shayxurrais Abu Ali ibn Sino» (1939), «Ustod Rudakiy» (1940), «Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy» (1942), «Alisher Navoiy» (1948), to‘rt qismdan iborat «Esdaliklar» (1949-1954) kabi ilmiy va badiiy asarlar yaratgan. Iste’dodli adib, shoir va olim Sadriddin Ayniy 1954-yil 15-iyunda Dushanbe shahrida 76 yoshida vafot etgan. Sadriddin Ayniyning ilmiy merosiga dunyo ilmiy jamoatchiligi yuksak baho bergan. Jumladan, Qohirada bo‘lib o‘tgan Osiyo va Afrika yozuvchilarining Xalqaro kongressida Sadriddin Ayniyning xizmatlari taniqli olim va yozuvchilar qatorida e’tirof etilgan bo‘lsa, Yevropa adiblari Ayniyni «Sharq madaniyatini puxta o‘rgangan buyuk bilimdon» deb ta’riflaganlar. O‘zbekistonda ham Sadriddin Ayniyning adabiyot va tarix fani oldidagi xizmatlari, ijtimoiy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi va kelajak avlodlarga o‘rnak bo‘lishiga arzigulik xizmatlari munosib baholanib, 2001-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbek va tojik tillarida birdek ijod qilgan mutafakkir Sadriddin Ayniyga «Tojikiston Qahramoni» unvoni ham berilgan. Xullas, 1917-yildayoq siyosiy harakatlardan uzoqlashgan, o‘zini maktab, maorif, ilm-fanga bag‘ishlagan, 1937-1938-yillar ommaviy qatag‘on tig‘idan omon qolgan Sadriddin Ayniyning hayot yo‘li va samarali ilmiy ijodi barchamizga o‘rnak va ibratdir. Dilnoza JAMOLOVA, Tarix instituti doktoranti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim ROSSIYADA DEMOKRATIK TUZUM O‘RNATISH BORASIDAGI HARAKATLAR VA ISLOHOTLARGA EHTIYOJ KUCHAYIB BORAYOTGANINI ANGLAGAN BUXORO AMIRI SAYYID OLIMXON 1917-YIL 7-APRELDA ISLOHOT FARMONINI IMZOLAYDI. SHU MUNOSABAT BILAN YOSH BUXOROLIKLAR SHAHARNING BOZORGUL GUZARIDA JOYLASHGAN HALIM ASHUROV UYIDA FARMONNI MUHOKAMA QILISH UCHUN MAJLIS CHAQIRADILAR. BU YIG‘INDA SAMARQANDLIK JADIDLAR MUFTI MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA QORI HAYDARBEKLAR HAM QATNASHADILAR. Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2023-yilgi davlat dasturiga oid Prezident farmoni loyihasida qayd etilishicha, «Tashabbusli budjet» amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida joriy yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trillion so‘m ajratiladi. Shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi. 2023-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Natijada mazkur tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori qariyb 2 baravar ko‘paytirilishiga erishiladi. Masalan, 2022-yilda ushbu tadbirlar uchun 4,3 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. 2023-yil 1-iyuldan boshlab, «Mahalla byudjeti» tizimini barcha tumanlar va shaharlarda joriy etish orqali mahallalarga o‘z muammosini mustaqil hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 800 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. Joriy yildan eksperiment tariqasida 14 ta tumanlarda, 1-iyuldan esa barcha tuman (shahar) larda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda loyihalarni jamoatchilik fikri va «Ochiq budjet» portalida to‘plangan ovozlar asosida moliyalashtirishning mutlaqo yangi tizimini yaratadi va amaliyotga kiritadi. Bunda, ovoz berish jarayonlarini xolis va ma’muriy aralashuvlarsiz tashkillashtirishning aniq mexanizmlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Shahnoza MAMATUROPOVA LOYIHALARGA 8 TRILLION SO‘M AJRATILADI


14 BIZ KIMMIZ.. SOHIBQIRON haqida Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘ladiki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar o‘z yo‘lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan natijalarga erishadilar. Aynan ana shunday d av rla r i n son iyat t a r i x iga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi. Temur va temuriylar davri xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davr bo‘ldi. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buy uk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzulari ushalgan davrdir. Uning falsafasida ham ana shu jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va milliy istiqlol maf kurasining falsafiy negizida alohida o‘rin tutadi. Amir Temur, eng avvalo, buyuk harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o‘z hayotini M o v a r o u n n a h r x a l q i n i n g farovonligi, yurt obodligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go‘zal bog‘lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go‘zal hududiga aylandi. Sohibqiron Amir Temur yaratgan qudratli armiya jahonning o‘sha davrdagi eng ilg‘or armiyasi sifatida tan olingani, keyinchalik ham buyuk sarkardalar, harbiy mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgani, bir necha asrlar mobaynida ibrat va andoza vazifasini o‘tagani hamda harbiy san’at tarixi sifatida keng ko‘lamda o‘rganilgani bejiz emas. Harbiy san’at tarixi Sohibqiron Amir Temurni haqli ravishda jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida e’tirof etadi. Buyuk bobomizning harbiy iste’dodi asosan ikki yo‘nalishda: mohir harbiy tashkilotchilik va atoqli sarkarda sifatida yorqin namoyon bo‘lgan. YANA Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) Sohibqironning jahonshumul obro‘-e’tibor va shon-shuhrat qozonishida bosh omil hisoblangan jihat, ya’ni sarkardalik dahosi, harbiy iste’dodi va mahorati, jahon harbiy san’atiga qo‘shgan ulkan ulushi borasida ko‘pdan-ko‘p fikrmulohazalar, ilmiy hamda badiiy asarlar yaratilganiga qaramasdan, bu boradagi izlanishlarni uzluksiz davom ettirish, Sohibqironning harbiy ish sohasidagi taktik va strategik boshqaruvga doir bo‘lgan yangidan-yangi qirralarini kashf etishga xizmat qiladi. Amir Temur jahon harbiy san’ati rivojiga qo‘shin tuzish va ularning har tomonlama ta’minoti tizimini yaratish, qurol aslahalarni sah ro va tog‘li hududlarda qo‘llanilishini inobatga olgan holda takomillashtirish, faol mudofaani ta’minlashda turli qo‘sh i n t u rla r i n i ( piyo d a , suvoriy, muhandislik va boshqa) hamkorlikda qo‘llash tartibini, bir vaqtning o‘zida bir qo‘shin turi ham mudofaa, ham hujumni olib borishi, jangchilarni saralash hamda butlash tamoyillarini, ularni rag‘batlantirish tartibi, qo‘mondonlarni hamkorlikda jangovar faoliyat yuritishi kabi harbiy boshqaruvning muhim komponentlarini amaliyotda qo‘llaganligi bilan ham ulkan hissa qo‘shgan. O ‘ z b e k i s t o n d a v l a t m u s t a qi l l ig ig a e r i s h g a c h , Vat an n i ng bi r necha m i ng yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini obyektiv va chuqur o‘rganish u c h u n ke n g i m ko n i y a t l a r tug‘ildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniy taraqqiyotidagi o‘rni masalalari tarixchi, sharqshunos olimlarimiz tomonidan chuqur o‘rganilib, ko‘plab manbalar o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Amir Temur tarixda qudratli d avlat ba r po etga n buy u k sarkarda sifatidagina emas, balki Movarounnahr poytaxti bo‘lmish Samarqand ni yer y u zi ni ng chinakam madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirgan davlat arbobi hamdir. Bu ulug‘ zot qurdirgan me’morchilik obidalari bug u ngi k u nd a ha m ja hon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Mohir siyosatchi, shijoatli sarkarda, davriy tadqiqotlar mobaynida yig‘ilgan materiallar tadqiq etilgani, shuningdek, Amir Temur murakkab tarixiy shaxs bo‘lgani, unga bag‘ishlab yozilgan yozma hujjatlar va ma’lumotlarning rangbarangligi, Sohibqiron siymosiga dunyoning tadqiqot markazlaridagi har xil yondashuvlar, siyosiymaf kuraviy ta’sirlardan xoli, mutlaqlashtirilgan shaxs sifatidagi mubolag‘aviy ulug‘lashlardan yiroq bo‘lgan ilmiy-amaliy yondashuv bilan yoritib berilgani, tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, Amir Temur hayotining bevosita harbiy san’at bilan bog‘liq nozik jihatlari sinchkovlik bilan voqeahodisalarning o‘zaro bog‘liqlik va moslik tomonlari qiyosiy solishtirib o‘rganilganligi yozilgan. Amir Temur o‘z davlatining xavfsizligini ta’minlash va mintaqadagi siyosiy mavqeini kengaytirish yo‘lida amalga osh i rga n h a r biy y u r ish la r natijasida: 1381-yilda Xuroson va uning poytaxti bo‘lgan Hirot shahri, 1381 – 1384-yillarda Eronning katta qismi, Seiston, Ozarbayjonning katta qismi ishg‘ol etilgani keltirilgan. 1 3 8 6 – 1 3 8 8 - y i l l a r d a Ozarbayjonning janubiy qismi, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko‘li atrofidagi yerlar zabt etilib, Amir Temurning bu harbiy yurushlari tarixda «UCH YILLIK URUSH»; 1392 – 1396-yillarda G‘arbiy Eron, Iroq va Kavkaz hududlari zabt etilib, Amir Temurning bu urushlari tarixda «BЕSh YILLIK URUSH»; 1399-1405-yillarda Shom (Suriya), Iroq va Turkiyaning katta qismi zabt etilgan. Tarixda «Anqara jangi» deb atalgan jangda Amir Temur jahonning buy u k sarkardalar idan bir i Sulton Boyazid Yildirim ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi. So‘ngra Izmir shahri zabt etilib, Amir Temurning bu urushlari tarixda «YETTI YILLIK URUSH» deb atalishlari qayd etilgan. Amir Temurning 35 yillik harbiy yurishlari natijasida buyuk davlat tashkil etilgani, uning tarkibiga Movarounnahr, Xuroson, Xorazm, Kaspiy dengizi atrofidagi viloyatlar, Eron, Turkiya, shimoliy Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya va G‘arbiy Osiyoning bir qator hududlari kiritilganligiga alohida urg‘u berilgan. «Amir Temur ning harbiy yurishlari» nomli III-bobida Amir Temur mustaqil davlat barpo etgan dastlabki yillardan boshlab Movarounnahrda kuchli, m a r k a z l a s h g a n h o k i m iy a t o‘rnatish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash va o‘sha davrlarda Movarounnahrning ajralmas qismi deb hisoblangan yerlarni qayta qo‘shib olishni o‘z vazifasi, deb bilgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. A m i r T e m u r n i n g Mo‘g‘ulistonga qarshi kurashi o‘n to‘qqiz yil (1371-1390) davom etib, bu kurashda u avval Anqo to‘ra, so‘ngra Amir Qamariddinga qaqshatqich zarba bergani, lekin mo‘g‘ullarning Sirdaryo bo‘ylari va Farg‘ona vodiysiga hujumlari takrorlanib turgani hamda Amir Temurning Mo‘g‘ulistonga oxirgi yurishi 1389 – 1390-yillarga to‘g‘ri kelgani, shu bilan birga Amir Temur davlati va yurishlarining tarixi rasmda namoyish etilgan. «Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi va uning tarkibi», «Amir Temurning harbiy taktika va strategiyasi, urushga tayyorgarlik, harbiy harakatlar jarayonidagi urush taktikasi va hiylalari», «Amir Temur saltanatida mudofaa va xavfsizlik», «Amir Temur davlati ramzlari», «Amir Temur qo‘shinlarining qurollanishi, qurol-aslahalari va kiyim-kechagi, moddiy ta’minoti», «Amir Temur qo‘shinida harbiy lavozim va unvonlar berish, rag‘batlantirish tartibi», «Amir Temur davrida qo‘shindagi tartib-intizomni ta’minlash tizimi kabi mavzular ko‘rgazmali rasmlar, xaritalar, qo‘lyozmalar asosida batafsil yoritilgan. Kitobda shuningdek, Amir Temur davridagi harbiy atamalarga ham batafsil izohlar berilgan. Mazkur kitob biz uchun juda muhim bo‘lgan boy ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olganligi bilan katta ahamiyatga egadir. Shu bois, bu kitobni «Temur tuzuklari» kitobi bilan (parallel) solishtirma tarzida o‘rganish o‘quvchida hali aniq ochilmagan juda muhim, reallikka molik ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratishiga ishonamiz. O‘rol ABILOV, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori SOHIBQIRON AMIR TEMUR YARATGAN QUDRATLI ARMIYA JAHONNING O‘SHA DAVRDAGI ENG ILG‘OR ARMIYASI SIFATIDA TAN OLINGANI, KEYINCHALIK HAM BUYUK SARKARDALAR, HARBIY MUTAXASSISLAR TOMONIDAN E’TIROF ETILGANI, BIR NECHA ASRLAR MOBAYNIDA IBRAT VA ANDOZA VAZIFASINI O‘TAGANI HAMDA HARBIY SAN’AT TARIXI SIFATIDA KENG KO‘LAMDA O‘RGANILGANI BEJIZ EMAS. savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur o‘ziga xos, adolatli qonunlarga asoslangan davlat barpo etdi. Amir Temurning «Kuch – adolatdadir, qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi» degan tamoyili tarix sahifalaridan zarhal harflarda joy oldi. Amir Temurning yana bir tarixiy xizmati shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona geosiyosiy makonda ekanliklarini his etdilar. Diplomat i k va savdo -sot iq aloqalari uchun yangi yo‘llar va imkoniyatlar ochildi. Bugun O‘zbekiston va xorijda o‘zbek davlatchiligining eng mu him bosqichlar idan bir i – Amir Temur davri tarixini o‘rganish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarni yanada chuqurlashtirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining yurt tarixini haqqoniy, adolatli, i l m i y - t a h l i l i y o‘ r g a n i s h borasidagi siyosatining strategik vazifalaridan biri sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Amir Temur tarixi va «Temur tuzuklari»ni o‘rganish esa yoshlarimizda tarixiy xotirani shakllantirishga, yurtimiz tarixini bilishga va uni hurmat qilishga, ularda Vatanga muhabbat hissini shakllantirishga xizmat qiladi, albatta. Sohibqiron yaratgan qudratli armiya jahonning o‘sha vaqtdagi eng ilg‘or armiyasi sifatida tan olingani, keyinchalik ham buyuk sarkardalar, harbiy mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgani, bir necha asrlar mobaynida ibrat va andoza vazifasini o‘tagani hamda harbiy san’at tarixi sifatida keng ko‘lamda o‘rganilgani bejiz emas. Kitobning «Amir Temurning sarkardalik mahorati va strategik t afa k k u r i» nom li I-bobid a Amir Temurning sarkardalik mahoratini ilmiy o‘rganish asosida erishilgan natijalaridan harbiy ta’lim amaliyotida turli toifadagi komandirlarni tayyorlashda, jangchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar, komandirlik qobiliyatini, t e z kor qa r or qa bu l qi l i sh ko‘nikmasini shakllantirishda tarixiy-ta’limiy manba sifatida f o y d a l a n i s h m u h i m l i g i , Sohibqironning harbiy san’atini m e t o d ol o g i k t a m oy i l l a r i , sarkardalik mahorati harbiy san’at tarixida kamdan-kam uchraydigan fenomen hisoblanishi, uning qo‘llagan strategiyalari jahon harbiy san’ati tarixida alohida o‘rin tutishi qayd etilgan. «Amir Temur saltanatiga asos solinishi» nomli II-bobida Amir Temur tavallud topgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy shart-sharoit, Temurbekning tug‘ilishi, bolalik kezlaridagi muhit, uning jangovar yo‘li – harbiy va sarkardalik mahorati shakllanishi bilan bog‘liq


Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el, Mek ilik jondin yudum, chekmas ilik qonimdin el. To‘sh-to‘shumdin baski rasvolig‘ o‘ti lov-lov yonar, Har taraf yo‘ldin chiqarlar o‘tsalar yonimdin el. Baxtim uyqusig‘a go‘yokim surudedur hazin, Ko‘yida bukim uyumas har tun afg‘onimdin el. Tonimaslar bir-birin yoqqon mazallat gardidin, So‘rg‘ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el. Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el. Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf, Ka’bayi ko‘yin xabar topquncha borg‘onimdin el. Ey Navoiy, qilmag‘aylar ayb agar devonamen, Ul pari vasfin o‘qug‘on soyi devonimdin el. *** Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot, Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorang‘u kelmadi. Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi. Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. *** Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la, Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il. Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx, Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni, Sochingni boshtin ayog‘ chin ila shikan qilg‘il. Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’, Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il. Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il. Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il. *** Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko‘ngul, Kim erur har satri, bal har lafzi marg‘ub, ey ko‘ngul, Lafz yo‘q, har harfi jon hirzi, dog‘i har nuqtasi Mardumak yanglig‘ biaynih ko‘zga matlub, ey ko‘ngul. Ayladim tumor, agar tumor etar daf’i junun, Bu meni qilmish junun ilgida mag‘lub, ey ko‘ngul. Safhada ermas muhabbat sharhikim, kelmish kiyib Hullayi kofurg‘un bir turfa mahbub, ey ko‘ngul. Asru ko‘p takror etardin ul parivash nomasin Bo‘lmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey ko‘ngul. G‘ayrdin safhangni qilg‘il pok, ya’ni aylama Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey ko‘ngul. G‘amdin ozod o‘ldi xattidin Navoiy, bermasa Begiga qulluqqa xat bo‘lg‘aymu mahsub, ey ko‘ngul? *** Yor hijronida sarvaqtimg‘a yetting, ey ajal, Jon fidong etsam hanuz ozdurki, kelding darmahal. Jon talashmoqliqqa qo‘yma la’li hajridin meni, Chun erur ta’xir aro ofot, ko‘p qilma hayal. NAZMBEKATI 15 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) Navoiy Alisher Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma ko‘p, Qo‘yki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal. Hajridin o‘lmay visoli no‘shidin topsam umid, Aylaguvdur sa’y o‘lmakdin tirilmak fil-masal. Hajr bemorig‘a qotil zahr erur hayvon suyi, Ey Masih, asra nafas, bu nuqtada qilma jadal. So‘ngg‘i kundin halq tarson, men burun kundin vahim, Elga g‘am shomi abad keldi, mang‘a subhi azal. Ich Navoiy, g‘ussa tahlilig‘a gulgun bodakim, Bir piyola la’li mahlul o‘lmadi andin badal. RUBOIYLAR Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga, Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga, Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga, Har durri inoyating nisor ayla manga. * * * Jonimdog‘i «jim» ikki dolingg‘a fido, Anding so‘ng «alif» toza niholingg‘a fido, «Nun»i dog‘i anbarin hilolingg‘a fido, Qolg‘on iki nuqta ikki xolingg‘a fido. * * * Gar oshiq esang, zebu takallufni unut, Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut, O‘tgan gar erur yamon, taassufni unut, Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut. * * * Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et, Bizni dog‘i ul tavfg‘a boshla, karam et, Bir doira ko‘yi tegrasida raqam et, Gar chiqsa ayog‘im, raqamingdvn qalam et. * * * Yoshimg‘a bag‘ir qoni chu erdi monand, Ko‘z asradi yoshdek bo‘lub andin xursand. Turmadi ko‘zumda yetkach ul sarvi baland, Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand. * * * Ko‘zum uchadur, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur. Yo bodiyayi firoq sayrida qilib Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur. * * * La’lingni qilib nuktasaro, ey qaroko‘z, Ishq ahli hayotig‘a yaro, ey qaroko‘z. Chekma yana surma ko‘z aro, ey qaroko‘z, El jonig‘a qilma ko‘z qaro, ey qaroko‘z. * * * Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?! Hajridin oning ichim to‘la qonmu emas?! Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?! Har porayi la’li javhari jonmu emas?! * * * Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas, Dard istavu daf’ig‘a davo qilma havas, Hijronu visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdin g‘ayri rizo qilma havas. * * * G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish. * * * Kim istasa saltanat, saxodur anga shart, Har va’daki aylasa, vafodur anga shart. Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart, Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart. * * * Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘, Bergaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘, Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘, Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog‘. * * * Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq, Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq, Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq, Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq. * * * Zohid senu hur, manga jonona kerak, Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak, Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak. * * * Yoshung‘on emish qaro bulutg‘a mohim, Gardunni sovurmog‘lig‘ erur dilxohim. Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim, Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?! * * * Ko‘nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin? Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin? Dar sho‘x ko‘runsa, ko‘zga ilmas, netaynn? Bir sho‘xkim, ul tilar — topilmas, netayin? * * * Dedim zaqaning tutub saqog‘ingni o‘pay, Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay, Guldek yuzung islabon, dudog‘ingni o‘pay, Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay.


16 Chorshanba 8-fevral, 2023-yil №5 (1193) – Ayni paytda «COVID –19» bilan kasallanish xuddi gripp bilan kasallanishga o‘xshash oddiy holat bo‘lib qolmoqda. Lekin biz buni ilg‘amayapmiz va uni oyoqda o‘tkazib yuboryapmiz. Ayrim hollarda bu kasallik oddiy tumov yoki quruq yo‘tal tarzida o‘tib ketyapti. Muhimi, avvalgidek bemor bo‘lganlarda vahima, sarosimaga tushish yo‘q. Chunki diagnostika yoki kompyuter tamagramma qildirish ham avvalgidek tig‘iz emas. Xullas, bundan keyin ushbu kasallik insonlar bilan yashab qoladi. Va ahyonahyonda organizmda inson bilan yashayotganini eslatib turadi. Latofat Anvarova, tibbiyot xodimi – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u ushbu masalalar bo‘yicha o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega. Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi. Shuningdek, vakil arz qiluvchiga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan e’tiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonunining 10-, 11-moddasi – Suhbat bosqichi davlat tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Suhbatlar intervyu yoki taqdimot shakllarida olib borilib, intervyuda har bir nomzodga soha bo‘yicha bilimi, shaxsiy va kasbiy kompetensiyasi, umumiy dunyoqarashi hamda vakant lavozimga mosligini o‘rganish bo‘yicha savollar beriladi. Suhbatlarni taqdimot tarzida o‘tkazish tartibida esa har bir tashkilot suhbat o‘tkazishdan uch kun oldin nomzodlarning shaxsiy kabinetiga taqdimot mavzularini yuboradi. Nomzodlar berilgan mavzulardan bittasini tanlab olib, taqdimot qilib berishlari kerak bo‘ladi. Suhbat yakuni bo‘yicha har bir tanlov komissiyasi a’zolari nomzodlarni 100 ballik shkala asosida baholaydi va suhbat natijasida eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi hisoblanadi. Tanlovlarning suhbat bosqichida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Abbos Akramov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining boshqarma boshlig‘i – Jismoniy shaxslarning omonatga qo‘yilgan mablag‘larini olish amaliyoti uning omonat daftarchasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Demak, sizning omonat daftarchangizdan begona shaxsning foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu vaziyatda omonat qo‘ygan bankka qayta murojaat qilib, omonat daftarchangizni yangilab olishingiz mumkin. Xalq banki matbuot xizmati – Sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish va tana a’zolariga yetarli darajada vitamin va minerallar yetib bormasligi inson organizmida qon quyuqlashishiga olib keladi. Bunda qon bosimi oshib, boshning qattiq siqilishi yuz beradi. Bunday vaqtda kishi qattiq asabiylashishi, eti uvishishi, hatto biroz qaltiroq bosishi mumkin. Qonning quyuqlashishi boshqa kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. Shu bois, qonning quyuqlashgani aniqlangan bemordan shifokor tavsiyasidagi dorilarga qo‘shimcha doimiy harakat va to‘g‘ri ovqatlanish talab etiladi. Bobomurod Abdullayev, TTA terapiya bo‘limi shifokori – Biron shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar o‘sha harakatlar: a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa; v) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mohinur Bahramova, huquqshunos – Olimlar «COVID-19» virusi bilan kasallanish doimiy bo‘lib qoladi deyishyapti, shu rostmi? Imkon bo‘lsa, shu masalaga izoh bersangiz. Manzura Toshpo‘latova, Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 2-bosqich talabasi – Belgilangan tartibga ko‘ra, davlat idoralariga ishga kirish uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod suhbatga chaqiriladi. Aynan shu bosqich qay tartibda o‘tadi? Shu haqda ma’lumot bersangiz. Narzulla Bozorov, Chiroqchi tumani – Omonat daftarchamni yo‘qotib qo‘ydim, uni topib olgan shaxs omonatimni yechib olishi mumkinmi? Noila Xoldorova Toshkent tumani, nafaqaxo‘r –Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qanday shikoyatlarni ko‘rib chiqadi? Qosimjon Pirimov, Qashqadaryo viloyati, o‘qituvchi TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 3 700. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 216 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 4:15 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abdulaziz AKKULOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Baxtiyor SAYFULLAYEV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Viloyatxon SHODIYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] SAVOLBERING! – Qon quyuqlashishi qanday oqibatlarga olib keladi? Fayro‘za Karimova, O‘zJTU birinchi bosqich talabasi – Eng oson yo‘li bu – ularni qizdirib ko‘rish usulidir. Tabiiy asal holati o‘zgarmaydi. Qo‘lbola tayyorlangan asal esa qaynab chiqishi bilan qiyom holiga kelib, qorayib ketadi va achchiq ta’m hosil qiladi. «Arizor.uz»dan olindi. – Tabiiy va tabiiy bo‘lmagan asalni bir-biridan qanday ajratib olsa bo‘ladi? Xurshid To‘laganov Jizzax viloyati, tadbirkor – Biror shaxsni garov sifatida tutqunlikda ushlashga qanday jazo tayinlanadi? Nodirbek Mahkamboyev talaba Yoshlar siyosati va sport vazirligida mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport inshootlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olmagan sport turlarini qo‘llabq u v v a t l a s h h a m d a tartibga solish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, sohaga mas’ul xodimlar, mutaxassislar ishtirok etgan taqdimotda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Mahallalarda barpo etilayotgan uch toifadagi sport maydonchalarining qurilish ishlarini belgilangan tartib asosida olib borish va jarayonlarni jadallashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi. Qurib bitkazilgan sport maydonchalaridan samarali foydalanish, tozaligini saqlash bo‘yicha monitoring o l i b b o r i s h v a z i f a s i belgilandi. Shundan so‘ng olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olmagan sport turlarini rivojlantirish ishlari xususida fikr yuritildi. Mazkur sport turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar bayon qilindi. O‘zA Mahallalardagi sport infratuzilmasi tahlil etildi Sport


Click to View FlipBook Version