The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№ 31 (1219) 2023-yil 20-sentyabr

7s GЕNDЕR MUNOSABATLARI OILADA QANDAY O‘RNATILISHI KЕRAK? «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 3s AQSH dollari 12168.04. 1 YEVRO 13006.42. 1 Rossiya rubli 126.47. 1 Angliya funt sterlingi 15074.98. 1 Yaponiya iyenasi 82.39. 2023-yilning 20-sentyabr sanasidan. Manba: cbu.uz «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR Axborot ekspansiyasi yoxud taraqqiyot tanazzuli 6s milliy tiklanish Yangi O‘zbekistonni barpo etish dasturulamali MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT BANDLIGI TA’MINLANADI. ISHSIZLIK DARAJASI 14 FOIZDAN 11 FOIZGA KAMAYTIRILADI 400 MING YIGIT-QIZNING Maqsad xavfsizlikmidi yoki jarima... Adadi – 7 188 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] № 31 (1219) 2023-yil 20-sentyabr, chorshanba Radarlar... S u n ’ i y t a r z d a t u z o q q a t u sh i r i l ayot ga n haydovch i l a r m u r o j a a t l a r i b i l a n b o g ‘ l i q masala, deputatlarning 820 nafar pensionerning 15 milliard so‘mga yaqi n mabl a g‘i n i ol ib ber i sh borasidagi keskin tortishuvlari, sohada davlat mablag‘larining noqonuniy sarflangani kabi masalalar chindan ham deputatlarning saylovchi manfaat i uchun tom ma’noda kuyunayotganlarini ko‘rsatadi... Shu kuni Qonunga kiritilayotgan har bir ibora, hatto oddiygina so‘z uchun ham man-sanga borildi, qonun loyihalari «lupa» bilan elakdan o‘tkazildi. Ammo afsuslanarlisi shu bo‘ldiki, O‘z b ek i s t on B o sh va z i r i n i n g o‘rinbosari Achilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborishdan tortib, IMEI-kodining joriy etilishigacha bo‘lgan masalalar muhokamalariga deputatlarning o‘zlariyu, partiyaning ayrim a’zolaridan boshqa hech kim guvoh bo‘lmadi. B u t u n u m r i n i s ove t d av r i «xunrezligi», qatag‘on qurbonlari, jadidlarning fojiali qismatini o‘rganish va millat oydinlarining adabiy merosi mohiyatini ochib beruvchi asarlar yaratishga bag‘ishlagan akademik Naim Karimov kuni kecha – 91 yoshida foniy dunyoga rixlat qildi. 1932-yilning 12-dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan Naim Karimov bolaligini shunday xotirlaydi: «Bolaligim urush paytiga to‘g‘ri kelgan. Biz Toshkentning Eski shaharidagi «Kallaxona» degan mahallasi atrofida yashar edik. «Kesakqo‘rg‘on» degan mahallada katta bir madrasa bo‘lgan. O‘sha madrasada jadid ma’rifatparvarlaridan Sidqiy Xondayliqiy tahsil olgan ekan. Bizning dodamiz bizning mahalla, madrasamizdan mashhur bir kishilar, shoirlar yetishib chiqqan, deb ko‘pincha Sidqiy Xondayliqiyni tilga olar edilar. Lekin bolalik paytlarimizda bu madrasalarning hammasi musulmon odamlardan tortib olinib, bu yerda Rossiyadan urush payti kelgan odamlarga yotoqxona qilib berilgan edi. Shuning uchun u yerlarda kamdankam katta marosimlar bo‘lardi. Urush, ahvol og‘ir, Toshkentda bir qancha maktablarda o‘qiganman. Maktablar yetti yillik edi. Keyin o‘n yillik maktabga o‘tganimizda frontdan ketma-ket yaradorlardan iborat eshelonlar kelgan. Bizning maktablarimiz gospitallarga aylantirilgan. Keyin ko‘p qishloq maktablari o‘qituvchisiz qolgani uchun shahardagi maktablardan o‘qituvchilar olib borilgan. Dadam Toshkentdagi O‘nqo‘rg‘on degan qishloqda bir yilcha ishlaganlar. Kolxoz yer bergan o‘sha yerda u-bu narsa ekib, tirikchilik qilganmiz. Bola bo‘lganim uchun qishloq bolalari bilan yaylovlarga chiqardik, qo‘y boqib dalalarda yurganmiz. Otamiz Fotih Karimiy fizika o‘qituvchisi bo‘lganlar. U kishining akalari Obid Karimiy oliy o‘quv yurtlarida matematikadan dars berardilar. Uyimizda otamizning fizika kitoblaridan tashqari, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy va boshqalarning 20-yillarda chiqarilgan arab, lotin yozuvlarida chiqarilgan kitoblari bo‘lardi. Biz ulardan foydalanganmiz. Amakimiz Bokuda o‘qib kelganlari uchun matematik bo‘lganlariga qaramasdan, ozarbayjon adabiyotiga ham boshqacha mehr qo‘ygan edilar. Fuzuliyni ko‘p o‘qirdilar, menga ham o‘qishni tavsiya qilardilar. Har holda bizning oilamizda adabiyotga, san’atga bo‘lgan mehr o‘tkinchi bo‘lgan emas edi...» ...2022-yilning avgust oyi. «Milliy tiklanish»ning mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maxsus soni uchun Naim Karimov bilan suhbat uyushtirish menga yuklatildi. Ham hayajon, ham istihola bilan domlaga sim qoqdim. O‘zimni tanishtirib, muddaomni aytdim. «Yaxshi», dedilar o‘ktam ovozda ustoz: «Hozir Do‘rmonda sanatoriydaman, biroz sog‘lig‘imni tiklab olay, albatta, Siz bilan bog‘lanaman, qizim». Ochig‘i, rosa xursand bo‘ldim. Shu bahonada juda ko‘p eshitganim, xonadonlaridagi kitoblar xazinasini o‘z ko‘zim bilan ko‘raman, degan fikr o‘tdi xayolimdan. Ammo afsuski, ustoz bilan kelishilgan suhbatni uyushtirish nasib qilmadi... «O‘ZBEKISTON – 2030»: ERONSHUNOSLIK VA MARKAZIY OSIYONING QADIMGI TARIXIDAGI KATTA KASHFIYOT O‘ZBEKISTON ARXIVLARIDA 16,1 MILLION HUJJAT SAQLANMOQDA Arxivlar – hujjatlarda aks etuvchi tarix. Qolaversa, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar har birimizga kerak bo‘lishi mumkin. Shu bois, arxiv to‘g‘ri yuritilsa va saqlansa, muhimi, undan foydalanish qulaylashtirilsa, foydadan holi emas. 4 6 7 ILVA YAXSHI XULQ TAROZUSI M TO‘RT SOATDAN ZIYODROQQA CHO‘ZILGAN FRAKSIYA YIG‘ILISHIDA HAZRATI SAYLOVCHINI O‘YLANTIRAYOTGAN, TA’BIR JOIZ BO‘LSA, UNING HAQLI E’TIROZLARIGA SABAB BO‘LAYOTGAN OG‘RIQLI MASALALAR MUHOKAMA QILINDI. (Davomi 8-betda) (Davomi 2-betda) Har qanday tadbirkor o‘zi uchun sharoit yaratadi va daromadini ko‘paytirish uchun haydovchilarning jarima to‘lashidan manfaatdor bo‘ladi. Mana bir misol: 60 km. tezlik belgilangan yo‘l tugab, 100 km. tezlikka ruxsat berilgan joy ro‘parasida kutilmagan mashina paydo bo‘ladi. Ayni shu holatda haydovchi qoida buzishga majbur qilinadi. Yaʼni, «tadbirkor» shunday nozik usullar bilan haydovchini tuzoqqa tushiryapti. 5s ACHCHIQ HAQIQATGA «Milliy tiklanish» taklif bildirgandayoq e’tibor qaratilishi lozim edi Alisher QODIROV: 2s


FRAKSIYADA (Boshlanishi 1-betda) 2 20-sentyabr, 2023-yil №31 (1219) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish Endi yig‘ilishda ko‘rilgan masalalarga kengroq to‘xtalsak. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatida mintaqa davlatlari bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki mintaqada Yangi O‘zbekiston islohotla r i b osh la ng u nga qa d a r yuzaga kelgan keskinlik, davlatlararo munosabatlardagi muammoli holatlarning qanday bo‘lgani barchaga ma’lum. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan islohotlarning eng muhim yutuqlaridan biri, shubhasiz qo‘shni davlatlar bilan ishonchli do‘stlik va hamkorlik muhitining yaratilgani bo‘ldi. Natijada bugunga kelib, mintaqa davlatlari yuzaga kelgan har qanday inqirozli holatlarni birgalikda bartaraf etishga harakat qilyaptilar. Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini ham yangilanayotgan munosabatlarning mantiqiy davomi deb atash mumkin. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov yuqoridagi fikrlarni ta’kidlar ekan, Oliy darajadagi uchrashuvda Davlat rahbari tomonidan nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning tarixiy rivojlanish yo‘lida muhim bo‘lgan bir necha taklif va tashabbuslar ilgari surilganini ta’kidladi. Ma’lumki, bugun mintaqa davlatlari dunyoning global rivojlanish oqimida bir qator muammoli holatlarga duch kelmoqda va shundan kelib chiqib O‘zbekiston yetakchisi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari n u q t ay i n a z a r i d a n b i r g a l i k d a n harakatlarni amalga oshirish taklifi ilgari surildi. Jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy poydevori hisoblangan savdoiqtisodiy hamkorlik, integratsion sheriklikni harakatga keltiruvchi tovar ayriboshlashni kengaytirishdagi turli istisnoli yondashuvlardan voz kechish, transport-logistika masalalarida birbirini qo‘llab-quvvatlash muhimligidan kelib chiqib, mintaqa davlatlarining u z o q i s t iqb ol ig a m o‘lja l l a n g a n sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish s t r a t eg iy a si n i i s h l a b ch iq a r i s h tashabbusi o‘rtaga tashlandi. Yig‘ilishda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Asosiy tashqi bozorlardan jo‘g‘rofiy jihatdan uzoqligini hisobga olganda, mamlakatlarimizda yuklarni tashish uchun ketadigan xarajatlar ulushi tovarlarning so‘nggi qiymatiga nisbatan 50 foizgacha yetayotgani ta’kidlandi. Ayni vaqtda dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 11 foizdan oshmaydi. Natijada iqtisodiyotimiz rivojlangan davlatlardagidan ko‘ra 2-3 marta ko‘p transport xarajatini ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib, Prezident Sh avk at M i r z iyoyev t omon id a n m a m la k at la r i m i z n i ng t r a n s p or t sohasidagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida Markaziy Osiyoda Transport va tranzit haqidagi bitimni ishlab chiqish, biznes uchun qulay bo‘lgan oraliq tariflarni qo‘llagan holda, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun samarali transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish taklif qilindi. D a v l a t r a h b a r i t o m o n i d a n mintaqamizdagi eng katta muammo – suv va energetika masalalari ham ko‘tarildi. Chunki bu bilan bog‘liq masalalarni hal qilmay turib, iqtisodiy rivojlanish haqida gapirish befoyda. Shuningdek, oziqovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishlari, madaniy-gumanitar hamkorlik, yoshlarga oid siyosat bilan bog‘liq ko‘plab takliflar o‘rtaga tashlandi. – Albatta, Prezidentimiz tomonidan ilgar i su r ilgan bunday taklif va tashabbuslar mintaqa davlatlarining manfaatlarini birdek himoya qilgan holda birgalikda rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratadi, – dedi Alisher Qodirov. Shundan keyin Fraksiya a’zolari «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda raqamlashtirish keng joriy etilayotgani samaradorlikka xizmat qilmoqda. MAQSAD XAVFSIZLIKMIDI YOKI JARIMA... 60 km. tezlik belgilangan yo‘l tugab, 100 km. tezlikka ruxsat berilgan joy ro‘parasida kutilmagan mashina paydo bo‘ladi. Ayni shu holatda haydovchi qoida buzishga majbur qilinadi. Ya’ni, qo‘shtirnoq ichidagi «tadbirkor» shunday nozik usullar bilan haydovchini tuzoqqa tushiryapti. Biroq bu jarayonda g‘arazli shaxslar tomonidan axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortib boryapti. Xususan, jinoyatchilar dasturiy apparat qurilmalari yordamida bank kartasi yoki boshqa to‘lov kartalari nusxasini yasash yoki soxtalashtirish orqali o‘zgalarning pullarini talon-toroj qilmoqda. Amaldagi qonunchilikda esa bunga nisbatan javobgarlik belgilanmagan. Shu bois, qonunchilikda elektron to‘lov vositalarini soxtalashtiruvchi apparat-dasturiy komplekslarni olib kirish, ishlab chiqish, saqlash, o‘tkazish va foydalanishni jinoyat sifatida e’tirof etish zarurati paydo bo‘ldi. Rivojlangan davlatlarda bunday jinoyatchilikka qarshi qattiq jazolar belgilangani bois, bu borada ijobiy natijalarga erishilgan. Misol uchun, 2013-yilda AQSHda 300 ming nafar shaxsning 2 mlrd. AQSH dollar miqdorida pullari noqonuniy o‘zlashtirilgan bo‘lsa, dunyo miqyosida bu ko‘rsatkich har yili 8 mrld. dollarni tashkil qilmoqda. Keyingi paytlarda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar-hodisalar haqida axborot to‘plash, jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etish, shuningdek, jinoiy javobgarlikdan bo‘yin tovlayotgan va bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish ishlarini samarali tashkil etishda axborotni yashirin to‘plashga mo‘ljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmayapti. Jumladan, shunday maxsus texnika vositalari yordamida joriy yilning 7 oyi davomida jinoyat-qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlarning 31 foizi «issiq izi»dan fosh etilgan bo‘lsa, qidiruvdagi shaxslarning 40 foizi qo‘lga olindi. Bunday maxsus vositalar ning zamonaviy turlari mamlakatimizga erkin olib kirilayotgani va savdosi jadallashib, internet ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinayotgani sababli iste’molchilar qam rovi kengayib bormoqda. Biroq ushbu vositalarni olib kirish, ishlab chiqarish, o‘tkazish va undan foydalanishning qonuniy tartibi belgilanmagani ayrim shaxslar tomonidan shaxsiy yoki davlat siri, harbiy va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda t o‘pl a s h h a m d a u l a r d a n ji n oi y maqsadlarda foydalanishga sharoit yaratmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, oxirgi 3 yilda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyati 38 foizga, noqonuniy egallangan shaxsga doir ma’lumotlar orqali – haqorat qilish va tuhmat qilish jinoyatlari 50 foizga, shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ayolni jinsiy aloqaga majburlash 4 baravarga, tovlamachilik esa 18 baravarga oshgan. Ushbu qilmishlar natijasida o‘z joniga qasd qilish ham keskin ko‘paygan. O‘zbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya (IMEI) kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimining joriy etilishi esa bir qancha yo‘nalishlarda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Xususan, bu jarayon mobil qurilmalarning rasmiy importi o‘sishiga, ularni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish holatlari kamayishiga hamda jinoyatlarni fosh etishda axborottexnik ko‘maklashish imkoniyatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ammo keyingi paytlarda ayrim shaxslar tomonidan noqonuniy olib kirilgan, shuningdek, yo‘qotilgan yoki noqonuniy egallanganligi sababli aloqa tarmog‘idan foydalanishi to‘sib qo‘yilgan bir necha minglab mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini huquqbuzarlar tomonidan haq evaziga klonlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazib, tarmoqdan foydalanishiga erishilmoqda. Qonunchilikda bunday harakatlar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanmagani bois 80 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha haq evaziga mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini klonlashitirib berayotgan «telefon ustalari» soni oshib boryapti. Shuningdek, IMEI-kodlarni klonlashtirishni oldi olinmaganligi mobil telefon o‘g‘irligi jinoyatlari oshishi va ularning aksariyati fosh etilmasdan qolishiga sabab bo‘lyapti. Xususan, so‘nggi uch yilda mobil telefon o‘g‘irlash jinoyati 500 foizga oshgan. Birgina 2021-yilda bunday o‘g‘irlik 4.324 ta sodir etilib, umumiy o‘g‘irlik jinoyatlarning 26 foizini tashkil etgan. IMEI-kodlarni klonlashtirilganligi sababli yo‘qolgan yoki noqonuniy egallangan mobil telefonlarning 60 foizga yaqini esa aniqlanmasdan qolmoqda. Shularni inobatga olgan holda, mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini o‘zgartirish, o‘chirish va klonlashtirish harakatlari uchun ijtimoiy xavfliligiga qarab ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanyapti. Fraksiya a’zolari ushbu masala «Milliy tiklanish» partiyasining dasturiy vazifasi ekanidan kelib chiqib, qonun loyihasini yana bir bor atroflicha muhokama qildilar. Xususan, Jahongir Abdurasulov bunday jinoyatlarga nisbatan javobgarlik belgilanayotganiga e’tiroz bildirib, IMEIkodi uchun to‘lanadigan xizmat haqini arzonlashtirish orqali bu masalani yechsa bo‘lmaydimi, degan taklifni o‘rtaga tashladi. Fraksiya a’zosi Ilhom Abdullayev qonun loyihasiga mas’ul qo‘mita rahbari sifatida IMEI-kodlarini olish juda muhimligini, ayniqsa, bu o‘g‘irlangan mobil telefonlarni topishga katta yordam berishini ta’kidladi. Qayd etilganidek, muammo IMEIkodi ni ng jor iy etilganid a emas. Muammo jamoatchilik orasida «davlat IMEI-kodi orqali ham pul yig‘moqda, buning hech qanday foydasi yo‘q», degan tushunchaning paydo bo‘lganida. Bugun tegishli idoralar odamlarga IMEIkodining kiberjinoyatchilikning oldini olishdagi o‘rni va aksincha holatdagi oqibatlari haqida targ‘ibotni kuchaytirish zarur. Chunki xorijiy davlatlarda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratiladi. – Haqiqatan ham so‘nggi yillarda kiberjinoyatchilik haddan tashqari oshib bormoqda. Bugun bank plastik kartalaridan pul o‘g‘irlash oddiy holatga aylandi. Hatto quyi palata deputatlari orasida ham bunday aziyat chekkanlar bor, – dedi Jahongir Shirinov deputatlarni ushbu qonun loyihasini qo‘llabquvvatlashga chaqirar ekan. Y i g ‘ i l i s h d a « O ‘ z b e k i s t o n Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslar ning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Qayd etilganidek, ushbu loyiha bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, davlat pensiyalari miqdorini yillik inf lyatsiya darajasida qayta hisoblab, oshirib borish tizimi joriy etilmoqda. Misol uchun, 2019-yilda inf lyatsiya 15 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, pensiya miqdori 10 foizga oshgan. Ya’ni, pensiya miqdori inflyatsiyaning o‘sish suratlaridan kam bo‘lmagan m iqdord a osh i r ib bor ish t a r t ibi belgilanyapti. Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston qonunchiligida shunday normalar bor. Ya n a bi r o‘zga r i sh: 2024 -y i l 1-yanvardan boshlab pensionerga hisoblab chiqarilgan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 24 oyga uzaytirilmoqda. Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiyani tarqatuvchi idora vakili 3 oy ketma-ket borganida o‘z pensiyasini naqd holda oluvchi shaxs uyida bo‘lmasa, pensiya avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Fuqaro qayta tiklash uchun murojaat qilganidan so‘nggina pensiya 12 oy muddatda orqaga qaytgan holda hisobkitob qilinar edi. Bugungi kunda 4,5 mln. nafar pensioner bo‘lib, ularning 820 nafari ayrim sabablarga ko‘ra pensiyasini o‘z vaqtida olmagan, ularga to‘lanmagan mablag‘ esa 15 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatovga «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida» Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi masala ham muhokama qilindi. Q uy i pa lat a n i ng Mudofa a va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixovning ta’kidlashicha, o‘rganishlardan ma’lum bo‘ldiki, Davlat rahbarining yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq farmon va qarorlari ijrosi to‘la bajarilmagan, e’tibordan chetda qolgan, turli loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilmagan. Katta mablag‘lar hisobidan chetdan keltirilgan kameralar o‘rnatilmagan, o‘rnatilganlari ham talab darajasida ishlamayapti. Bugun hayotimizga foto-video radarlar, moslamalar kirib keldi. Bunda davlat-xususiy sherikchilik, tadbirkorlar xizmatidan ham foydalanilmoqda. Ammo bunday faoliyat bugun asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda va bu so‘nggi yillarda ko‘plab ziddiyatli holatlarni yuzaga keltirmoqda. Shundan kelib chiqib, bu ishlarga mas’ul bo‘lgan Bosh vazrining o‘rinbosari A.Ramatovga parlament so‘rovi yuborilmoqda. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu masalaga munosabat bildirar ekan, har qanday tadbirkor o‘zi uchun sharoit yaratishini va daromadini ko‘paytirish uchun haydovchilarning jarima to‘lashidan manfaatdor bo‘lishini ta’kidladi. Mana bir misol: 60 km. tezlik belgilangan yo‘l tugab, 100 km. tezlikka ruxsat berilgan joy ro‘parasida kutilmagan mashina paydo bo‘ladi. Ayni shu holatda haydovchi qoida buzishga majbur qilinadi. Ya’ni, qo‘shtirnoq ichidagi «tadbirkor» shunday nozik usullar bilan haydovchini tuzoqqa tushiryapti. – Ana endi savol tug‘iladi: shu ishga tadbirkorlarni jalb etish qanchalik o‘zini oqladi? Vaholanki, maqsadimiz haydovchilarni jarimaga tortish emas, balki tezlikni kamaytirish emasmidi, – dedi Alisher Qodirov. Abdumalik Akramov ham ushbu fikrni ma’qullab, bu ishlar bilan shug‘ullanayotgan ayrim tadbirkorlar yo‘llarda o‘ziga tegishli kamera «nastroyka»sini o‘zgartirib, belgilangan tezlikni 60 dan 55 ga tushirish, yo‘l chiziqlari chizilmagan bo‘lsa-da, bu bo‘yicha haydovchilarga jarima kelayotgani ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, hatto ijtimoiy tarmoqlarda kamera o‘rnatilgan joy 200 ming dollarga sotilishi haqida xabarlar tarqaldi. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, radarlar o‘rnatish huquqini qo‘lga kiritish katta biznesga aylanib boryapti. Shundan kelib chiqib, deputatlar parlament so‘rovini qo‘llab-quvvatlab, ushbu masalada tegishli idoralar rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazish taklifini ham o‘rtaga tashladilar. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri Ana endi savol tug‘iladi: SHU ISHGA TADBIRKORLARNI JALB ETISH QANCHALIK O‘ZINI OQLADI? Vaholanki, maqsadimiz haydovchilarni jarimaga tortish emas, balki tezlikni kamaytirish emasmidi?


D Qayd etish joizki, beshta yo‘nalish va yuzta asosiy maqsad ijrosiga qaratilgan ushbu hujjat Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan boy tajriba ham da keng jam oatc hilik muhokamasi asosida ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir. Iqtisodchi sifatida hujjatning ikkinchi asosiy yo‘nalishi – “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” bo‘yicha kelgusi yetti yilga m o‘ ljallan g an va zi f alar g a to‘xtaladigan bo‘lsam, bunda iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshir ish orqali “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishdek ulkan marra olinganini aytishni istardim. Ya’ni, hujjatda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish belgilab qo‘yildi. Albatta, bunga erishish oson bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari inauguratsiya marosimida ta’kidlaganlaridek, bu yo‘lda a n i q h i s o b - k i t o b l a r i m i z , real imkoniyatlarimiz bor. Tabiiy boyliklarimiz, mehnat resurslarimiz, intellektual va ma’naviy salohiyatimiz hamda ish tajribamiz yetarli. Ma’lumki, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, qimmatli q o g ‘ o z l a r b o z o r i n i j a d a l rivojlantirish, shuningdek, bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirib, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan bo‘lib, bular asosan erkin bozor tamoyillariga asoslangandir. Q a y d e t i s h j o i z k i , 2030-yilgacha mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini 8 milliard dollarga, bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish reja qilingan. Bank omonatlari h a j m i ni e s a 4 b a r o b a r g a oshirish belgilangan. Bundan tashqari, barcha banklarni x u s u s i y l a s h t i r i s h , d a v l a t ixtiyorida esa 3-4 ta bankni saqlab qolish, moliya bozoriga esa kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklari jalb qilinishi belgilangan. Ma’lumki, keyingi yillarda dunyo moliyaviy bozorini juda tez zabt etayotgan Islomiy moliya tizimiga bo‘lgan qiziqish tobora kuchaymoqda. Chunki m am lakat imiz ah o li sinin g qariyb 95 foizini Islom diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil qiladi va 15-20 foizga yaqin aholi an’anaviy kreditlash tizimidan foydalanishni xohlamaydilar. Shu bois, yur timizda ham musulmon bo‘lmagan davlatlarda faol rivojlanayotgan muqobil kreditlash tizimi xizmatidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj borgan sari oshyapti. Qolaversa, m u t a x a s s i s l a r n i n g q a y d etishlaricha, agar O‘zbekistonda ham ushbu tizim to‘la joriy etilsa, bu mamlakatga qo‘shimcha yiliga 10 milliard dollargacha investitsiya jalb qilinishini ta’minlaydi. “ O ‘ z b e k i s t o n – 2 0 3 0 ” strategiyasida aynan ushbu masala ham e’tiborga olingani ushbu hujjat haqiqatan ham odamlarning xohish-istaklari asosida ishlab chiqilganining yana bir isbotidir. Xususan, kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasining mezon va tartiblari joriy etiladi va shu asosida islom moliyasining qonuniy asoslari shakllantiriladi. Ya n a b i r f i k r : b u g u n mamlakatimiz uchun eng og‘riqli masala – “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirishdir. Hujjatda ayni shu masala bo‘yicha ham ustuvor vazifalar belgilanganiga alohida to‘xtalish lozim. Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish orqali qayta tiklanuvchi energiya iste’moldagi ulushni 40 foizga yetkazish, shaharlardagi jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish, iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish, barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni to‘liq raqamlashtirish shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozim, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda asosiy hujjat hisoblanayotgan “ O ‘ z b e k i s t o n – 2 0 3 0 ” strategiyasining ayrim bandlari ijro sini t a’minlash ishlar i a l l a q a c h o n b o s h l a n g a n . Davlatimiz rahbarining ushbu h u j j a t g a m u v o f i q q a b u l qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa bu boradagi ishlarni yanada faollashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. Jamshid QOSIMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 20-sentyabr, 2023-yil №31 (1219) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish Aks-sado «O‘ZBEKISTON – 2030» 2030-YILGACHA mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini 8 milliard dollarga, bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish reja qilingan. YANGI O‘ZBEKISTONNI barpo etish dasturulamali Nihoyat O‘zbekistonda fuqarolarga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi tasdiqlandi. Og‘riqli masalalar muhokama etilgan sammit Qoidaga ko‘ra, ta’sischi davlatlar ushbu jamg‘armaga galma-gal uch yil muddatda raislik qiladi va mintaqa davlatlari rahbarlari navbati bilan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Prezidenti etib saylanadi. 2017-yildan 2019-yilgacha jamg‘ar maga Turkmaniston raislik qilgan bo‘lsa, shu paytgacha Tojikiston ayni vazifani bajarayotgan edi. Orol ni qutqar ish xalqaro jamg‘armasi – bu, avvalo, Markaziy Osiyoda global miqyosdagi eng jiddiy muammolardan birini yechish bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik borasidagi noyob tajribasidir. Jamg‘arma nafaqat Orol fojiasi ko‘lamini kamaytirish bilan mashg‘ul, balki suv va ekologiya sohasida mintaqaviy ha m korl i k n i ng e ng mu h i m platformasiga aylandi. Glo b a l iql i m o‘z g a r i s h i mintaqamizga ham begona emas. Muzliklarning erishi, tabiiy ofatlar, shuningdek, shiddatli demografik o‘sish, urbanizatsiya jarayoni va sanoatlashuv natijasida yuzaga kelayotgan texnogen omillar tufayli mintaqada suv va ekologiya bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib borayotir. Ekspertlarning hisobkitoblariga ko‘ra, 2040-yilga borib Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalarida suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj uch barobar oshadi. Vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy zarar yalpi mintaqaviy mahsulotning 11 foiziga yetishi mumkin. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirning o‘zidayoq mintaqa davlatlari suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish oqibatida yiliga 2 milliard dollargacha mablag‘ yo‘qotmoqda. Bularning barchasi shubhasiz, Jamg‘arma doirasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yangi qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi. S h u n u q t a u i n a z a r d a n , Davlatimiz rahbari tomonidan Dushanbe sammitida kun tartibiga mos ravishda qator taklif lar ilgar i su r ildi. Bi r i nchid an, O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va institutsional mexanizmlarini modernizatsiya qilish tarafdori. Chun ki 1990-yillarda qabul qilingan Jamg‘arma nizomi eskirib bo‘ldi. Davlatimiz rahbari uning faoliyati va hamkorlik masalalarini aniq tartibga soluvchi «Qoida va tartib-taomillar»ni ishlab chiqishni taklif etdi. Ma’lumki, energetika va oziqovqat kelajagi suv bilan bog‘liq. Suv tanqisligining oldi olinsa, elektr quvvati va oziq-ovqat muammosi ijobiy hal bo‘ladi. Shuning uchun jamg‘armani rivojlantirish va isloh etish jarayonlarini tarmoqlararo tamoyil asosida, ya’ni zamonaviy ekologik tahdidlarni hisobga olgan holda, «suv – energetika – oziq-ovqat» tartibidagi kompleks yondashuvlar negizida amalga oshirish muhimligi tilga olindi. Bundan tashqari, tuzilmaning asosiy hujjatlarida transchegaraviy d a r yol a r s u v r e s u r s l a r i n i boshqarish va foydalanish sohasida umume’tirof etilgan me’yorlar, prinsiplar va o‘zaro majburiyatlar o‘z ifodasini topishi lozimligi aytildi. Negaki, istiqbolda suv taqchilligi ortib borishi ehtimoli tufayli transchegaraviy daryolar yuqori va quyi qismidagi davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz berishi mumkin. Ikkinchidan, Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘rtinchi dasturning ijrosi bilan bog‘liq holat ham mintaqadagi barcha mamlakatlarni tashvishga solishi muqarrar. Shu munosabat bilan Prezidentimiz tomonidan Jamg‘arma boshqaruviga amaldagi Dasturni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish topshirig‘ini berish taklif etildi. Uchinchidan, ustuvor mintaqaviy loyihalarni ilgari surish uchun investitsiya, texnologiya va texnik ko‘makni jalb etish masalalari bo‘yicha tizimli hamkorlikni kuchaytirish, har bir a’zo mamlakat mintaqaviy loyihalarga chetdan ko‘makni jalb etish bo‘yicha o‘ziga majburiyat olishi, raislik qiluvchi tomonning muvofiqlashtirishi asosida investitsiyalarni va texnik ko‘makni jalb etish va taqsimlash mexanizmlarini ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. To‘rtinchidan, jamg‘armaning ishch i orga n la r iga xalqa ro konsultantlar ishtirokida Amudaryo va Sirdaryo havzalarini rivojlantirish b o‘ y i c h a u z o q m u d d a t g a mo‘ljallangan rejalar ishlab chiqish topshirig‘ini berish taklifi bildirildi. Beshinchidan, suv taqchillashib borayotgan bir paytda undan tejab, tergab foydalanish maqsadga muvofiq. Shu bois, Prezidentimiz suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish madaniyatini shakllantirish, maxsus dasturni qabul qilgan holda, yoshlar tashabbuslari va startaplarini qo‘llab-quvvatlash masalalarida yoshlar bilan ishlashni mintaqaviy darajada tashkil etishga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Ta’kidlash lozim, O‘zbekistonda Orolbo‘yidagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash va suvdan samarali foydalanish, uni tejash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, so‘nggi bir necha yil ichida Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar o‘r monzorlar yaratildi. Yaqin ikki yilda yana 400 ming gektar yashil hududlar barpo etish rejalashtirilmoqda. O rol fojia si oqibatla r i n i y u m s h a t i s h , s h u n i n g d e k , Orolbo‘yida bioxilma-xillikni saqlash uchun 3,5 million gektardan ortiq maydonda tabiat parklari, qo‘riqxonalar va davlat himoya hududlari yaratildi. Bugungi kunda Orolbo‘yi mintaqasida qo‘riqlanadigan umumiy maydoni 4,6 million gektar ni tashkil qiladi. Shuningdek, oxirgi 7 yilda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning to‘rtdan bir qismini tashkil etadigan 1 million gektardan ortiq maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ham suvni tejash bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, O‘zbekiston suvni tejash sohasini Jamg‘arma faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, bu borada hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. Boz ustiga, 2024-yili Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro iqlim forumi doirasida jahonning yetakchi kompaniyalarining suvni tejash borasidagi texnologiyalari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladiki, bu mintaqa davlatlari uchun ham ilg‘or texnologiyalarni jalb etishlari uchun qulay maydon vazifasini o‘taydi. Yuqorida zikr etilgan dolzarb m a s a l a l a r n i n g b a r c h a s i n i kompleks ko‘rib chiqish maqsadida mamlakatlarimiz suv resurslari, energetika, ekologiya va iqtisodiyot vazirlarining doimiy uchrashuvlari bo‘yicha Mintaqaviy platformani ta’sis etish taklifi ham ayni muddao bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tomonidan suvdan birgalikda foydalanish borasida o‘ta muhim masala o‘rtaga tashlandi. U ham bo‘lsa, Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan «Qo‘shtepa» kanali qurilishiga munosabatdir. Gap shundaki, transchegaraviy daryolar suvlaridan foydalanish b or a sid a x a lqa ro bit i m va kelishuvlar amal qiladi. Unda daryolar sohillarida joylashgan davlatlarning majburiyatlari aks etadi. Afsuski, 40 yil davomida ichki mojarolar girdobida qolgan Afg‘oniston mintaqada suvdan foydalanish jarayonida qo‘shni mamlakatlar bilan hech qanday majburiyat asosida bog‘lanmagan. A m m o b u g u n g i k u n d a Afg‘oniston Muvaqqat hukumati shimoli-sharqiy hududlarini o‘zlashtirish uchun qo‘shnilar bilan kelishmagan holda kanal qazimoqda. Demak, Amudaryo suvlaridan foydalanishda yangi ishtirokchi paydo bo‘ldi. Afg‘on tomoni kanalni qurish bo‘yicha faol ish olib borayotir. Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuborishi tabiiy. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston rahbari tomonidan «Qo‘shtepa» kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta’siri bilan bog‘liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o‘rganish bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish, Afg‘oniston vakillar ini suv r e s u r s l a r i d a n b i r g a l i k d a foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi. Bir so‘z bilan aytganda, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi s a m m it id a i lg a r i s u r i lg a n tashabbuslar va qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirilishi Jamg‘arma doirasida xalqlarimiz farovonligi va butun Markaziy Osiyo mintaqasining gullabyashnashi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Abdumalik AKRAMOV, Oliy Malis Qonunchilik palatasi deputati Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Dushanbega tashrifi doirasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ham ishtirok etib, mintaqaning suv va ekologik muammolariga oid dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. E’tiborlisi, bu galgi uchrashuv jamg‘arma tashkil etilganining 30 yilligiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumki, xalqaro jamg‘arma O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari hamkorligida 1993- yil 4-yanvarda Orol dengizi havzasida ekologik inqirozga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilotdir.


BUGUN 4 Biz uzoq yillar «nomsiz askar»ga sig‘inib keldik, va, ochig‘ini aytganda, shahidlar xotirasi mavhumroq tushuncha bo‘lib kelganini ham tan olishimiz kerak. 20-sentyabr, 2023-yil №31 (1219) chorshanba Fikrlar chorrahasi ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish IL Tan olaylik: kishilik tarixidagi darajamiz va tutishimiz mumkin bo‘lgan o‘rnimiz nuqtayi nazaridan qaraganda, biz juda katta vaqtni boy bergan millatmiz! Temuriylardan keyin bugungacha o‘tgan besh yuz yil – hazilakam muddat emas! Bu borada 126 yillik mustamlaka bosqichini gapirmasak ham bo‘ladi. Hatto mustaqil taraqqiyotimizning ilk choragi ham o‘ta og‘riqli mavzudir! Aynan mana shu yuz ellik yili odamga rosa alam qiladi! Negaki, bo‘ynimizga qaramlik bo‘yinturug‘i taqilgan palla – XIX asrning ikkinchi yarmida z a m o n av iy t a r a q qiyo t n i n g poydevori sanalmish sanoatlashuv (industrialisation) boshlanib, keyinchalik avjiga chiqib borgan bo‘lsa, «xalqlar turmasi» deya nom qozongan Rossiya imperiyasi domidan qutulib, ozodlik ka chiqqan vaqtimizda, dunyoning oldi davlatlari sanoatlashuvdan keyingi bosqichda (post-industrial) ildam qadam bosar edilar. Biz esa, o‘z qobig‘imizga o‘ralashib qolaverdik... Bunday «o‘zimizga xosligimiz» qanday oqibatlarga olib kelganini yo r qi n r o q t a s av v u r qi l i s h uchun birgina, o‘ta oddiy, biroq chuqurroq o‘ylansa, kishini juda achintiradigan hisob-kitobni keltirish yetarli bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. 2022-yili 3,2 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini chetga sotganimiz chindan ham tarixiy voqea sifatida baholashga loyiqdir. Paxta xomashyosini ekspor t qilish to‘xtatilgani, ichki bozorda muomalada bo‘lgan to‘qimachilik tovarlari hajmini ham inobatga olsak, istiqlol davrimizda har yili ne azoblar bilan yetishtirilib, bir milliardga sotilgan toladan aslida kelishi mumkin bo‘lgan, aniqrog‘i, yo‘qotilgan daromadni chamalashga oliy matematikani bilish shartmas, deb o‘ylaymiz: 25 yil x 3,2 milliard ₌ 80 milliard dollar! Bu eng kamida! Negaki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, mehnat unumdorligining yuksalishi qoidalariga ko‘ra, chorak asr ichida mazkur ko‘rsatkich yana necha karra oshishi mumkinligini endi faqat Yaratganning o‘zi biladi! Boshqa yuzlab, balki minglab yo‘nalishlar ham xuddi shu yo‘sinda tahlil qilinsa, yaqin-uzoq o‘tmishimizdagi yo‘qotganlarimiz ko‘lami va oqibatlari ayon bo‘ladi. Shunda, o‘tgan yetti yil behuda o‘tmagani, juda qisqa vaqtni ham imkoniyatga aylantirish mumkinligini anglab yetamiz. Shu ma’noda, so‘nggi yillarda tez-tez yangrayotgan «qilsa, bo‘lar ekan-ku» degan e’tirofi, «nega ilgari bo‘lmagan» savolidagi uyg‘unlikka diqqatni qaratgan bo‘lardik. Ya’ni, shu singari hayajonli munosabatlar orqali yurtdoshlarimiz bilibbilmasdan shaxsiy va umummilliy imkoniyatlarimiz omiliga e’tibor bermoqdalar. Kechagina ilojsiz ko‘ringan vaziyatning imkoni borligiga ishonmoqdalar. Milliy yetakchimiz tilga olgan bosh g‘oyada «im koniyat ni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirish» taqozosi borligi ham bejiz emas, albatta. Negaki, imkonni qo‘lga kiritish ishning boshlanishi, uning kuchini yutuqqa, yutuqnikini esa rivojga o‘zgartirish uchun talab etiladigan bir qancha omillar bor. Ularning eng asosiysi haqida aniq-tiniq aytildi: «Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo, ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo‘lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an’analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda. Men ishonaman, biz bu tarixiy yo‘lni munosib davom ettirishga har tomonlama qodirmiz». Ya’ni, bizning boyliklarimiz aslida paxta, pilla, oltin, uran... emas, balki ota-bobolarimizdan qolgan tengsiz meros – ilm-ma’rifat va ma’naviyat! To‘g‘ri, qandaydir uch-to‘rt yilda 1 milliardni 3,2 milliardga aylantira olish juda katta yutuq. Biroq ushbu birlamchi moddiy marra, eng avvalo, aqlirasolikka g‘irt teskari kechgan yuz ellik y illi k va qt or t id ag i fojiali jarayon – xomashyolarimizga egalik qilish uchun qilingan bosqinchilik va mustamlakachilik, paxta yakkahokimligi, majburiy mehnatning millatimiz jismoniy, aqliy, fe’liy, ruhiy imkoniyatlariga (!) keltirgan qirg‘in-qironidan qutilib, nihoyat, biz ham erkin inson, erkin millat, haqiqiy mustaqil davlat va bilimli jamiyat darajasiga yuksalganimiz bilan qimmatlidir! Buni tabiiy, deb bilamiz. Negaki, Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda, «agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir». Bilim va erkinliksiz esa ma’naviyat yo‘q. Milliy yetakchimizning jamiyat ruhi va ma’naviyati haqidagi chuqur ma’noga ega, bugungi o‘ta tahlikali xalqaro vaziyat va uning ertasi tahlilidan kelib chiqilgan mulohazalari Shahidlar xotirasiga hurmat bajo keltirish marosimida alohida mavzu bo‘lganini urg‘ulab o‘tgan bo‘lardik. Millatimiz kelajagi, farovonligi va birligi uchun jonlarini ayamagan ajdodlarimiz tufayli bugun mustaqil xalq, mustaqil diyor, mustaqil davlat bo‘lib yashayotgan ekanmiz, Yaratganning bizga bergan ushbu eng katta marhamati uchun har qancha shukronalar aytsak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlagan Prezidentimiz quyidagi o‘ta muhim omilga diqqatni tortdilar. Q at ag‘on b o‘lga n la r n i ng avlodlari, nabiralari, chevaralari h a qiqat si n m a sl ig i , a dolat tiklanishini bilishlari kerak. Davlatimiz rahbarining ushbu, bir qaraganda, oddiy ko‘ringan takliflari tubida juda katta tashvish va uni yo‘qotish yo‘lidagi qat’iyat hamda aniq mo‘ljal bor, deb o‘ylaymiz. Gap shundaki, so‘nggi bir yarim asr ichida millatimiz ongi va fe’liga kishi bilmas, biroq muttasil va tizimli ravishda singdirib kelingan qora kuch, illatlardan biri – o‘rtamizdagi mehr-oqibatni yo‘q qilishdan iborat bo‘lib kelganini yashirmasligimiz kerak! Yoshlikg‘o‘rlik, tajribasizlik yillarimizda, qi z i l b osm a ch i la r Ab du l la Qodiriy, Cho‘lpon singari minglab oydinlarimizning qo‘llariga kishan solib, olib chiqib ketayotganlarida, nima uchun boshqalar jim qarab yo o‘zlarini bilib-bilmaslik, eshitibeshitmaslikka olgan, axir barchalari bir bo‘lib, o‘sha muttahamlarga tashlansa bo‘lar edi-ku, savoli rosa qiynardi. 1932-yili sovet hokimiyati hozirgi Botanika bog‘i atroflaridagi ikki gektarlik dala-bog‘imizni qo‘rg‘oni bilan tortib olganida, rahmatli buvamiz Mulla Ziyo indamaganlariyu, Bo‘zsuvga bir kalla tashlab chiqib, muzdakkina b o‘l ib, uyga qay tga n la r i n i eshitganda, nega haqlarini talab qilmaganlar, nega kurashmaganlar, boshqalarni ko‘tarmaganlar, degan hayqiriqlarimizga, joylari jannatda bo‘lgur otam, o‘g‘lim, senga aytishga oson, keyin tushunib olasan, qo‘y, deganlari hech esdan chiqmaydi. Chindan ham, hayot o‘zi tushuntirib, mulla qilib qo‘ydi... Gap misollarda emas, ular – talaygina va isbotli! Asosiysi, Senatning 2019-yil iyun oyidagi y ig‘i l i sh id a P r e z id e nt i m i z tomonidan bildirilgan o‘ta lo‘nda, biroq boy milliyatchiligimiz va buyuk davlatchiligimiz bo‘la turib, tortgan azob-uqubatlarimiz, k o ‘ r g a n x o ‘ r l i k l a r i m i z , chidagan fojialarimiz, tengsiz boy berishlarimizning bosh omili – «xalqimizni uzoq yillar ongli ravishda ongsiz qilish» siyosatining o‘zagida kundalik mehr-oqibatimizni yo‘qotish orqali milliy birligimizni bo‘lib tashlash turganidadir! M i l l i y ye t a k c h i m i z n i n g 2 016 -y i l n i n g 7- d e k a b r i d a K o n s t i t u t s i y a b a y r a m i munosabati bilan chiqishlarida, bas, yetar, bundan buyon endi bizda o‘ttiz yettinchi yillar bo‘lmaydi, deya qisqagina urg‘u berganlaridan boshlab, o‘tgan salkam yetti yil ichida uzluksiz ravishda jamiyatimizga mehroqibatni kuchaytirish g‘oyasini singdirib kelayotganlari, inson qadr-qimmati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, uch avlod uchrashuvlari, keksalarga ko‘r s a t i l a yo t g a n r u h i y v a moddiy daldalar qachonlardir noyob yutug‘imiz bo‘lgan o‘zaro birdamligimizni tiklash va uni har qanday baloyu, tahdidlardan a s r a g u v c h i q a l q o n i m i z g a aylantirish yo‘lidagi tarixiy va zaruriy ishlar desak, haq gap aytgan bo‘lamiz. Ushbu – bir kun yo yilda bitmas, barchamizdan katta safarbarlikni talab qiladigan y umushning yutug‘i ko‘p jihatdan tarixiy xotiramizning sifatiga bog‘liq, albatta. Tarixiy xotira, deganda, biz asosan o‘tmishni anglaymiz. Lekin ushbu qadriyatda kelajak qayg‘usi ham borligini unutmaylik. Necha million yillar oldin paydo bo‘lib, ongi to‘lishib borgani sayin inson uchun o‘limi – u yo‘qlikka yuz tutganidan keyingi holati o‘ta qiziq bo‘lib boravergan. Shu tariqa dunyoqarashlar, falsafalar, dinlar paydo bo‘lgan. Odam bu dunyoga nima uchun kelishiyu, nima uchun yashashi ustida bahs-munozaralar davom etgan. Kindik qoni to‘kilgan tuproq, vatan, yurt, el, millat, g‘oya, fidoiylik, qahramonlik qadriyatlari ham ana shu murakkab jarayon hosilalaridir. Ikki yarim ming yil burun o‘limga tik boqib, bosqinchi Doryush qo‘shinini yo‘q qilishga chog‘langan buyuk bobomiz Shiroqning bir istagi bo‘lgan: bolachaqalarimga g‘amxo‘rlik qiling! Chindan ham, zamirida el-yurt uchun xizmat qilgan, qilayotgan, o‘zidan kechgan va shu nga tayyor har kim uning fidoyiligi unutilib ketmasligini bilishi, nomi o‘chmasligidan tashqari, avlodlari ham e’zozda bo‘lishiga ishonishi lozim. Biz esa, uzoq yillar «nomsiz askar»ga sig‘inib keldik, va, ochig‘ini aytganda, shahidlar xotirasi mavhumroq tushuncha bo‘lib kelganini ham tan olishimiz kerak. S h u m a ’ n o d a , b a y r a m nutqlarida «O‘zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak»ligiga alohida urg‘u bergan Prezidentimizning mana bu takliflari har jihatdan adolatli va samarali ahamiyat kasb etishiga shubha yo‘q: 9400 dan ortiq mahallalarimizda, qatag‘onga uchraganlar oilasi yashayotgan uylarga belgi qo‘yish orqali o‘zbek xalqi va davlatchiligi, mustaqilligi uchun kurashga tengsiz hissa qo‘shgan ajdodlarimiz nomini abadiylashtirish, har yili bayram arafasida o‘n kun ichida ularni ziyorat qilish, maktablarda qahramonlarimiz fidoyiligini yosh avlod ongiga singdirish, imomlarimiz tomonidan ularning ruhiga duoyi fotihalar bag‘ishlash... Chindan ham, chuqu r roq o‘ylab ko‘rsak, shu choqqacha bajar ib kelinayotgan ay r im odatlarimizdagi kemtiklarimiz yaqqol ko‘zga tashlanib qolar ekan. Oilamiz, qarindosh-urug‘lar doirasida, xudoyi, iftorliklar, juma va hayit namozlaridagi duolarimizda payg‘ambarimiz va sahobalar, aziz-avliyolar, otaonamiz, qarindoshlarimizdan o‘tganlarni yodga olamiz. Biroq bi r o n - bi r m a r t a A r a bi s t o n cho‘lu biyobonlarida, johillik sharoitida tug‘ilgan islom dinini t a’l i m o t g a ayl a n t i r i s h d a g i t e n g s i z x i z m a t l a r i b a r c h a tomonidan tan olingan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyni eslaymizmi? Kishilik boshqaruv imoratining g‘ishtla r id a qo‘l i zla r i bor Amir Temur, Shohrux, Bobur, Xorazmshoh Sulton Muhammad, Abdullaxonni-chi? Bolalarimizning tili chiqib, «biy», «ik i» deya sanash ni boshlaganlarida ichimizga sig‘may quvonganimizda, Xoraz miy bobomni Xudo rahmat qilsin, deyishga aqlimiz yetadimi? Kundalik hayotimizda Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Ber uniy, Ulug‘bek, Ali Qushchi... haqlariga qachon duoyi fotiha qilganmiz o‘zi? T o ‘ y l a r i m i z , o i l a v i y quvonchlarimizda «Kayfuyem» singarilardan mast bo‘lmasdan, «Qaro ko‘zim», «O‘zbegim», «Vatanim», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», eshitib, eshittirib, Navoiy, Erkin Vohid, Abdulla Orif, Muhammad Yusufni eslashga ruhimiz yetadimi? El-yurtimiz – ozodligimiz, dema k , borlig‘i m i z va bor b o‘l i s h i m i z u c h u n o‘z i n i burdalatgan Shiroq bobomiz, mo‘g‘ullarga qarshi bosh ko‘targan talaba Mavlonzoda, to‘quvchi Abu Bakr, yoychi Xo‘rdak, «oq» va «qizil» bosqinchilarga tik boqqan Dukchi eshon va Ibrohimbekning aziz nomlari duolarimizda bormi? Tariximizdagi eng mudhish kunlardan biri – Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon otilgan 4-oktyabrda to‘ytomoshalar qilmaslikni yozilmagan qoid aga k i r itib, u nga amal qilish, o‘sha kuni ishxonamizu uyimizda «millatimiz kelajagi, farovonligi va birligi uchun» o‘zidan, bola-chaqasidan, ijodidan, kayfu safosidan kechgan buyuk jafokashlarimiz – jadidlarimiz xotirasini yod olib, ma’rifatchilik qila olamizmi? M i l l a t o ‘ l a r o q b u n g a qodirmizmi? Javobni Prezidentimizning «Davlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilishdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxshi axloq yordamida erishiladi», degan xulosalaridan topamiz, deb qattiq ishonamiz. Negaki, o‘tgan o‘ta qisqa muddat – yetti yil bizga vaqtni imkoniyatga, imkoniyatni yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirish mumkinligini isbotladiqo‘ydi. Bizda o‘z kuchimiz – m u d d a ol a r i m i z g a e r i s h i s h qo‘limizdan kelishiga ishonch paydo bo‘ldi. Ushbu tengsiz omilni saqlab qolish uchun esa, bizga endi yaxshi – milliy axloq kerak. Milliy axloq esa ajdodlar ruhini shod etish, shahidlarning muqaddas nomlarini abadiylashtirishdan boshlanadi. VA YAXSHI XULQ TAROZUSI Prezidentimizning davlatimiz mustaqilligini o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi chiqishlari odatdagidek otashin va kishini o‘ylantiradigan nutq bo‘ldi. Unda ilgari surilgan «Vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir» g‘oyasiga diqqatni qaratsak: bu shunchaki bir shior yoki istak emas, balki o‘tmish saboqlari, bugungi ahvolimiz va kelajak mo‘ljallar tahlilidan kelib chiqqan chuqur va asosli xulosadir. YOSHLIK-G‘O‘RLIK, TAJRIBASIZLIK YILLARIMIZDA, QIZIL BOSMACHILAR ABDULLA QODIRIY, CHO‘LPON SINGARI MINGLAB OYDINLARIMIZNING QO‘LLARIGA KISHAN SOLIB, OLIB CHIQIB KETAYOTGANLARIDA, NIMA UCHUN BOSHQALAR JIM QARAB YO O‘ZLARINI BILIB-BILMASLIK, ESHITIB-ESHITMASLIKKA OLGAN, AXIR BARCHALARI BIR BO‘LIB, O‘SHA MUTTAHAMLARGA TASHLANSA BO‘LAR EDI-KU... M yrim so‘kinish va qarg‘ish iboralar bor. Ular vaqt o‘tib o‘zining qo‘llanish doirasini yo‘qotib, oddiy so‘zlashuvga ko‘chgan. Bilib-bilmay ishlataveramiz, ammo uning asl ma’nosiga ko‘p ham e’tibor beravermaymiz. Mana ulardan bir nechtasi: «Basharang qursin», «Afting qursin» yoki «Turqing qursin» deb ba’zi adabiyotlar, kino va seriallarda, oddiy so‘zlashuvda ko‘p ishlatamiz. Aslida bu iboraning ma’nosi - birovga o‘lim tilash, o‘lgach qabrda vaqt o‘tib odamning basharasi quriy boshlashiga sha’ma qilib aytilgan. «Sochingni taxtaga olay» degan ayollar tilida aytiladigan ibora ham bor. Buning ma’nosi aslida - inson vafot etgach, uning mayitini yuvish uchun kelgan gassol (yuvg‘ich) uning boshini taxtaga qo‘yib sochini yuvishiga nisbat berilgan. «Lo‘ttivoz» bu so‘z ham beixtiyor og‘zimizdan chiqib ketaveradi. Aslida buning ma’nosi Lut qavmiga ishora qilinadi. Shu singari juda ko‘p so‘kinish va qarg‘ish iboralari oddiy so‘zlashuvimizga singib ketgan. Ularni tilga chiqarishdan oldin biroz o‘ylab ishlatgan ma’qul. Siz shunga o‘xshash yana qanday so‘z va iboralarni bilasiz? A Qahramon SAYDALIYEV Azamat ZIYO, tarix fanlari doktori, professor KEHCA VA


«XOR» BO‘LAYOTGAN TILIMIZ Tarmoqlarning eskirgani tufayli elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berishda ham ko‘pgina yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilyapti. Agar rivojlangan davlatlarda bu miqdor 7-8 foizni tashkil qilsa, O‘zbekistonda 20-25 foizgacha boryapti. Munosabat Kuting! Kelgusi sonlarda Aslida, bu takliflar 2022-yilning 17-noyabrida bildirilgandi. O‘shanda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov aholini gaz va elektr bilan sifatli ta’minlash masalasiga to‘xtalib, avtosanoatda monopoliya tugatilmasa avtomashina narxlari o‘zgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar o‘zgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmaydi, – degandi. «Yurtimizda gaz ham, elektr ham yetarli, mabodo yetmasa, uni sotib olish mumkin. Lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirgan, bundan tashqari, aholini elektr va gaz bilan ta’minlashdagi asosiy muammo resurs yetishmovchiligida emas, balki boshqaruv va ta’minot tizimini eskirganidadir. Istagancha Energetika vazirini tanqid qilish mumkin, ammo sohada hammamiz uchun og‘ir va og‘riqli hamda vaqt talab qiladigan islohotlar olib borilmas ekan, muammo barham topmaydi...» Mana oradan salkam bir yil o‘tib, Energetika vazirligi matbuot xizmati ayni shu fikrlarni dadil e’lon qilibdi. Xabarda qayd etilishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar ning asosiy sababi tarmoqlarning haddan tashqari 20-sentyabr, 2023-yil №31 (1219) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish ACHCHIQ HAQIQATGA MAS’ULLIK «Milliy tiklanish» taklif bildirgandayoq e’tibor qaratilishi lozim edi 2023-yilda milliard kilovatt/ soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, tarmoqning eskirgani sababli uning 14-17,5 milliard kilovattsoat hajmdagisi iste’molchilarga yetib bormaydi. NIHOYAT ENERGETIKA VAZIRLIGI MUTASADDILARI ISTE’MOLCHILARGA QACHON ELEKTR TA’MINOTIDA UZILISHLAR RO‘Y BERMASLIGINI MA’LUM QILDILAR eskirganidadir. Statistikaga ko‘ra, mavjud elektr uskunalarining 40 foizdan ortig‘i o‘z umrini «yashab» bo‘lgan. Misol uchun, elektr uzatish tarmoqlarining 46 foizi, podstansiyalarning 51 foizi, transformator punktlarining esa 100 tadan 36 tasi allaqachon yaroqlilik muddatini o‘tab bo‘lgan. Aynan shu sababli qattiq sovuq va jazirama issiq vaqtida tar moqlardagi og‘ir yuklama tufayli tez-tez tok o‘chish hollari kuzatilyapti. Bu esa odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Tarmoqlarning eskirgani tufayli elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berishda ham ko‘pgina yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilyapti. Agar rivojlangan davlatlarda bu miqdor 7-8 foizni tashkil qilsa, O‘zbekistonda 20-25 foizgacha boryapti. Aytaylik, 2023-yilda 70 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, tarmoqning eskirgani sababli uning 14-17,5 milliard kilovatt-soat hajmdagisi iste’molchilarga yetib bormaydi. Vaholanki, yo‘qotilayotgan 14 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi bir oyda o‘rtacha 200 kilovatt/soat tok yoqadigan 5 million 833 mingdan ortiq iste’molchining bir yillik iste’moliga tengdir. Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilishlar soni ham keskin oshdi. Bu yaxshi albatta. Ammo oldin 3-4 xonali uyda yashaganlar endilikda ikki va uch qavatli 10-15 ta xonali uylar qurishyapti. O‘sha hudud uchun xizmat qiladigan transformatorlar, elektr simlari esa yangilanganicha yo‘q. Yana bir dalil: bundan 30-40 yil oldin bitta transformator 3-4 ming atrofidagi lampa, har bitta xonadon uchun bitta televizor, bitta changyutkich va bitta muzlatkichni hisobga olingan holda o‘rnatilgandi. Bugun esa aynan o‘sha eskirgan transformator orqali 10-15 mingta lampa, aksariyat xonadonlardagi 3-4 ta televizor, 2-3 ta muzlatkich, 2-3 ta sovutkich, kompyuter, mikroto‘lqinli pech, noutbuk, 10 tagacha mobil telefon, changyutkich, kir yuvish mashinasi, idish-tovoq yuvadigan mashina va boshqa elektr jihozlari uchun elektr energiyasi yetkazib beryapti. Bunga barham berishning esa yagona yo‘li bor – tarmoqda chuqur modernizatsiyalash ishlarini olib borish shart. Ammo bu oson emas. Chunki «svet» o‘chishiga to‘liq barham berish tizimli va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, vazirlik rejalariga ko‘ra, 2030-yilga qadar katta kuchlanishni ko‘tara oladigan 9 ming 885 kilometr elektr simlari va umumiy quvvati 37 ming 290 megavatt/amper bo‘lgan 53 ta podstansiya qurilishi belgilangan. Bu ishlab chiqarilgan elektr energiyasini atigi 5-6 foiz yo‘qotish bilan iste’molchiga yetib borishini ta’minlaydi. Natijada yo‘qotilayotgan elektr energiyasining 11-14 milliard kilovatt/soati saqlab qolinadi. Bu bir oyda o‘rtacha 200 kilovatt/ soat elektr energiyasi iste’mol qiladigan 4 million 583 mingdan ziyod iste’molchining yillik elektr sarfiga tengdir. Shuningdek, jami uzunligi 6 ming 195 kilometrdan iborat 500 kilovoltli va 3 ming 690 kilometrli 220 kilovolt quvvatga mo‘ljallangan elektr uzatish kabellari hamda umumiy quvvati 26 ming 640 megavatt/amper bo‘lgan 22 ta 500 kilovolt va umumiy quvvati 10 ming 650 megavatt/amper bo‘lgan 31 ta 220 kilovolt podstansiya, umumiy quvvati 2 ming 918 megavatt bo‘lgan energiya saqlovchi (batareya) qurilmalari quriladi. Natijada tarmoqlardagi uzilishlarga to‘liq barham beriladi. Ta’kidlanishicha, yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi orqali elektr uzatish tarmoqlarining uzunligi 90 foizga oshirilib, umumiy uzunligi 22 ming kilometrga, yuqori quvvatli podstansiyalar soni esa 62 foiz oshirilib, 138 taga yetkaziladi. Shu bi la n bi rga , 2023 – 2 0 3 0 - y i l l a r d a r e s p u b l i k a hududlarida 0,4-110 kilovolt kuchlanishli taqsimlash elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish dasturi bo‘yicha 109 ming 858 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini, 52 ta 35-110 kilovolt quvvatga ega podstansiyalarni va 34 ming 908 ta transformator punktini yangilash rejalashtirilgan. E n e r g e t i k a v a z i r l i g i mutaxassislarining yozishlaricha, bu ishlar yak uniga yetgach, r e s pu bl i k a d a g i 7,4 m i l l ion iste’molchining 3,5 milliondan o r t i g‘ i d a e l e k t r t a’m i n o t i yaxshilanadi. Boshqacha aytganda, kelgusi 40 yil mobaynida ularning elektr ta’minotida hech qanday muammo bo‘lmaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, uzilishlarga barham berishning yagona yo‘li bundan bir yilcha avval «Milliy tiklanish»chilar ta’kidlaganidek, eskirgan tizimni yangilash va modernizatsiya qilishdir. Buning uchun esa sohaga qo‘shimcha mablag‘ kiritish, aholini energiya resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish kerak. Elektr va gaz tariflarining o‘sishi, o‘z navbatida, bir tomondan, tizimni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, aholini elektr energiyasini tejashga o‘rgatib boradi. Zero, energiyadan samarali foydalanilmas ekan, energiya manbalarini ishlab chiqarish qanchalik ko‘paytirilmasin, ortib borayotgan talabni qondirish mushkul bo‘lib qolaveradi. Odilbek RAHMONOV tayyorladi. xalqimiz manfaatining mustahkam kafolati Yangi O‘zbekiston islohotlari zamirida shubhasiz, inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash g‘oyasi mujassamdir. Bu borada davlat organlarining faoliyati aynan ana shu siyosatni amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, davlatni tom ma’noda, o‘z xalqiga xizmat ko‘rsatadigan institutga aylantirishdan iborat. Shu nuqtayi nazardan aytganda, «O‘zbekiston – 2030»da belgilangan maqsad va vazifalar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, daromadini oshirish, ta’lim olish, tibbiyot xizmatlari va ijtimoiy himoya ko‘rsatilishini yanada yaxshilash orqali ularni rozi qilishga xizmat qiladi. Jumladan, hujjatda «Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish» ustuvor yo‘nalishining 74-maqsadi — aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi «tayanch ko‘prik»ka aylantirish belgilab olindi. Bunda, mahalla faoliyatining moliyaviy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini tayyorlash qayd etildi. Ushbu maqsadning mazmunmohiyati shundaki, bugun mahalladagi beshlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mahallaning obro‘- e’tiborini kuchaytirish, undagi muammolarni joyida hal etish nazarda tutilgan. Xususan, har bir mahallada «Mahalla byudjeti» tizimini joriy etish, aholining mol-mulk va yer soliqlarini mahallaning o‘zida qoldirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, ularda mahalla raisi tomonidan infratuzilma va ijtimoiy masalalarni hal qilish, tadbirkorlik uchun sharoitni yaxshilash kabi masalalarga yo‘naltirish tartiblarini belgilash aks etmoqda. Shuningdek, jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalladagi ishsiz aholini obodonlashtirish va mavsumiy ishlarga jalb etish, ularga haq to‘lash vakolatini ham mahalla raisiga berish, mahallalarga tegishli hududdagi mahalliy Kengashlar sessiyalari kun tartibida ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, tuman mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish, fuqarolar ishonchini qozonmagan mahalla raislariga aholi tomonidan «rais vakolatini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha taklif kiritish» tartibini joriy qilish ko‘zda tutilyapti. Mahalla raisi faoliyatiga asossiz aralashish, unga taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklaganlik uchun javobgarlikni belgilash hamda mahalla raisiga hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotinqizlar faollari, profilaktika inspektorlari, mahallaga biriktirilgan tuman soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlarni rag‘batlantirish, zarur bo‘lganda, chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish vakolatlari berilishi ham ushbu dasturiy hujjatdan o‘rin olgan. Aynan ana shu vazifa va vakolatlar zamonaviy mahalla tizimini isloh etish bo‘yicha, shak-shubhasiz, o‘z natijasini beradi va ushbu tuzilmani aholiga yaqinlashtiradi. Eng muhimi, mahalla raislarining halq orasidagi obro‘-e’tiborini ko‘tarishga xizmat qiladi. «O‘ZBEKISTON – 2030»: Nazir SOBIROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


ЁХУД ТАРАЄЄИЁТ ТАНАЗЗУЛИ АХБОРОТ Блогер минбари ЭКСПАНЦИЯСИ Глобаллашув жараёнлари бугун умумбашарий олам учун тенгсиз имкониятлар тақдим этиш билан бирга, ўта долзарб муаммоларни ҳам келтириб чиқармоқда. Хусусан, виртуал оламнинг инсон онги ва қалбига ўтказаётган таъсири масаласини олайлик: бугунги ахборотлашган жамиятда маънавият масаласи ҳар доимгиданда долзарб эканини, зиммамизга ўта масъулиятли вазифалар юклаётганини англаб етамиз. Бу оламда кишилик жамияти мавжуд экан, унда икки қутбга мансуб қарама-қарши кучлар ҳамиша, ҳар вақтда бир-бири билан тўқнашади. Булар яхшилик ва ёмонлик, эзгулик ва ёвузлик, меҳр ва қаҳр, бунёдкорлик ва вайронкорлик... Зеро, бугун мафкура полигонларида инсон қалби ва онгини забт этишда ахборот асосий рол ўйнамоқда. Миллий ўзлик, ахлоқий, маънавий қ а дриятларга қарши таҳдид ва хатарлар тобора ортаётганлиги ва махсус сценарийлар асосида тарғиб этилаётганлиги ҳам ахборот билан боғлиқ. Эгоизм, яъни худбинлик ҳиссининг ортгани, инсонийлик масъулиятини англамаслик, тор доирада фикрлаш ҳолатларининг турли усулларда кишилар онгига сингдирилаётганлигига ҳам гувоҳ бўляпмиз. Шу ўринда ахборот экспанцияси тушунчасига ойдинлик киритиб олсак. Бу тушунча муайян кучлар томонидан кишилар онги ва қалбига ёт ғояларни сингдириш мақсадида уларнинг ҳиссиётлари, эътиқоди ва туйғуларига таъсир этишнинг мафкуравий омилларидан, жамият турмуш тарзи ва менталитетидаги ўзгаришларни амалга ошириш учун унга маънавий, моддий, руҳий таъсир ўтказишнинг ноанъанавий ва нохолис усулларидан фойдаланиш асосида сиёсий мақсадларини амалга ошириш маъносини англатади. Кескин кураш ва рақобат ҳукм сураётган бугунги дунёда манфаатлар тўқнашуви кучаймоқда экан, ўз ўрнида ижтимоий тармоқлар ҳам бир-бирига зид бўлган ахборотларга тўлиб-тошяпти. Одам қайси ахборотга ишониш ва қай бир ахборотнинг нотўғри эканини англолмай қоляпти. Тарихга назар солсак, айрим шахслар ва муайян кучлар динни қурол қилган ҳолда жамиятда ижтимоий кайфиятга таъсир кўрсатганлари ва урушга даъват этганларини кўрамиз. Ушбу ҳолатлар эса кўпинча фожиалар билан якунланган. Терроризм, экстремизм, трансмиллий ва кибер-жиноятчилик, одам савдоси, наркотрафик каби таҳдидлар хавфи ҳам ошиб бормоқда. Баъзи ҳудудларда атайин беқарорлик юзага келтирилиб, норозилик кайфиятлари авж олдирилмоқда. Ахборот макони гўё бир боғки, ундан кимдир гул, кимдир тикон теради. Аммо мана шу терилган гулнинг нишлари кимларга қаратилганлигини ҳам унутмаслигик керак. Бугун ахборот тарқатиш соясида фитна-фасод тарқатиш, оддий одамларда давлат ва ҳукуматга нисбатан норозилик, ишончсизлик кайфиятини уйғотишдан манфаатдор бўлганлар ҳам афсуски, ўз орамизда. Бундай шахслар инсонпарварлик ва ватанпарварлик тамойилларига зид бўлган, одам зотини таҳқирлайдиган, бир майлни бошқасидан устун қўядиган, олий ирқ даъвосида бошқа халқларни қирғин қилишга чақирадиган, жамиятни тарафкашларга ажратиб, одамларни турли зиддиятлар оқимига ташлайдиган ғояларни илгари сурадилар. Араб баҳори билан боғлиқ воқеаларни, Украина, Сербия, қўшни Қозоғистон ёки Қирғизистонда келиб чиққан низоларни бир эсга олайлик. Қайд этиш жоизки, глобаллашув шароитида интернет тармоқлари орқали таъсир кўрсатишга интилаётган ахборот экспанцияси дунё миқёсида ҳам ноанъанавий таҳдидларнинг кучайишига замин яратиб, глобал миқёсда манқуртлик касалини ёйишга интилмоқда. Интернет эса виртуал воқеликни шакллантириб, ундан фойдаланувчиларда маданиятнинг янги кўриниши – кибермаданиятни қарор топтирмоқда. Виртуал воқелик ва кибермаданият, ўз навбатида, кишиларнинг феъл-атворини осонликча дастурлаш имкониятини беряпти. Бундай шахслар эса бемалол қўғирчоқ ролини ўйнамоқдалар. Мана шундай манфурликлар таъсирида оиласи, эл-юртидан воз кечган, бегуноҳларнинг қони тўкилишига сабаб бўлган, жигарчилик, қариндошлик ришталарини узган, ҳатто ўз динидан қайтган инсонларни ҳам кўряпмиз. Тармоқ бозори ниқоби остида ёинки бошқа ном остида нохолис ахборот тарқатиб, жамиятнинг ушбу ахборотга бўлган таъсирини кузатиб ўтирганлар ҳам оз эмас. Бугун биз замонавий технология ютуқларини инкор этмай, у билан ҳамоҳанг ва онгли тарзда қадам ташламоғимизни ё н - а т р о ф и м и з д а г и воқеликлардан иборат жамият ҳам тасдиқлаб турибди. Онгли тарзда деганимизнинг маълум сабаблари бор, албатта. Айни пайтда «Онгни бошқариш» атамасига олимлар қуйидагича таъриф берадилар: «Манипуляция – инсонларга таъсир кўрсатиш ҳаракати бўлиб, уларни моҳирона бошқариш, хусусан, уларга объект сифатида қараб, беписанд муносабатда бўлиш, зимдан бошқарув ёки таъсир этишдир». Бугун онгни дастурлаш орқали мўлжалли тарзда ахборот тарқатаётган айрим кимсалар нафақат ёшлар, балки бутун бир жамият тараққиётини таназзулга юз тутишини истамоқдалар. Шунинг учун ҳам ахборот экспанцияси орқали узоқ ва яқин минтақада ўзига керакли ижтимоий фикр оқимини шакллантириш, ёшлар қалби ва онгини мақсадли тарзда ўзгартириш айрим мамлакатларда долзарб вазифа сифатида илгари сурилмоқда. Бундан ташқари, ахборот хуружлари воситасида амалга оширилаётган ҳаракатлари замирида айрим давлатлар ўзларининг стратегик мақсадларини кўзлаяптилар. Бу ҳолатлар ўта мураккаб бўлган глобаллашув ва у билан боғлиқ зиддиятларнинг яна бир қиррасини намоён этади, “Ватанни севиш учун унда ундайдиган нимадир бўлиши керак», дейди Э.Берк. Ўзлигини танимаган, маданиятидан, тарихидан маҳрум этилган манқуртда, табиийки, Ватан туйғуси ҳам бўлмайди.. Инсонларни замирида турли иғво ва фитна мавжуд бўлган ахборотлар билан «буллинг» қилиш орқали жамиятни икки томонга ажратишга уринишлар бугун дунё миқёсида кузатилмоқда. Ушбу ҳолатда мафкуравий иммунитет ва юксак тафаккур, мустақил ҳурфикрлилик энг катта иммунитет вазифасини ўтайди. А хборот ма даниятини шакллантириш масаласи жамият ривожи билан бевосита боғлиқ бўлганлиги сабабли у мамлакат миқёсида ижтимоий аҳамиятга молик масаладир. Шу сабабли ахборотлашган жамият шаклланиши шароитида ахборотлаштириш жараёнининг барча соҳага оид жиҳатларини ўрганиш алоҳида аҳамият касб этмоқда Президентимиз Шавкат Мирзиёев: «... биз фарзандларимизнинг онги, дунёқараши асрлар давомида синовдан ўтган, юксак маънавият хазинаси бўлган жаҳон ва миллий адабиётимиз асосида эмас, балки қандайдир шубҳали, зарарли ахборотлар асосида шаклланишига бепарво қараб туролмаймиз», – дея бежиз таъкидламаганлар. Бугун жамиятга ўз мустақил фикрига эга, ўз ўрнини биладиган, ўз манфаатини ҳимоя қила оладиган, кучли фуқаролик мавқеъига эга шахслар керак. Шуни унутмаслик керакки, ҳар қандай нотўғри фикр бирданига туғилмайди, тасодифан юзага чиқиб, амалда кўринмайди. Инсондаги фикр - ерга қадалган уруғ каби, униб-ўсиб, мева бергунча анча вақт ўтади. Биз фақат мевасига дуч келганда ажабланамиз. Яъни, шахс ёлғон маълумот ва ахборотга таъсирига берилганидагина ҳаракатга тушиб қоламиз. Бинобарин, дунё миқёсида бўҳтон ва уйдирмаларни тарқатиш орқали ёшларимизни алдаб, ўз қармоғига илинтиришга интилаётган оқимлар ва бузғунчи ғояларга ҳеч қандай имконият бермаслик кераклигини бугунги давр тақозо этмоқда. Ҳозирги пайтда миллат ва давлатнинг энг муҳим ресурсларидан бири инсонларнинг ақлий салоҳияти ва билим даражаси ҳисобланади. Ижтимоий тараққиёт, аввал тасаввур этиб келинганидек, юқори турмуш даражасига эришган ёки замонавий техника ишлаб чиқаришни йўлга қўйган мамлакатлар эмас, балки таълим ва тарбиянинг янада юқори даражасини таъминлашга эришган мамлакатлар тарих саҳнасининг олд қаторларига ч и қ а ё т г а н л и г и н и к ўрсатмоқ да. Бу ўринда техникавий тараққиётнинг мўжизаларини инкор этмаган ҳолда ахборот борасидаги юксак тафаккур, ахборий дид бугун бизнинг савиямизни белгилаб берадиган асосий омиллардан бири эканлигини таъкидламоқчиман холос. Албатта, ёшлар тарбиясига таъсир қилувчи омиллар ниҳоятда хилма-хил. Улардан биринчисини атроф-муҳит, жамият таъсири, катталар ибрати деб белгилаш мумкин. Айниқса, ота-она ва устозтарбиячиларнинг ибрати, намунаси ёш болага кучли таъсир кўрсатади. Тарбия усулларидан энг биринчиси ибрат маърифати экан. Дарҳақиқат, ўзини англаётган, ўзини тушунаётган ҳар бир одам қандай оилада дунёга келгани, ўз аждодлари кимлар бўлгани, ота-боболари нималар билан шуғулланганлигини ва қандай умр кечиришганини билишга интилади. Уларнинг фазилатлари ва мерослари билан фахрланиб яшайди. Тарихий ва анъанавий бой қадриятлар асосида шаклланган аждодлар тарбия мактабини бугунги кун ёшларига сингдира олсак, ҳам маънан, ҳам қалбан комил фарзандларни тарбиялаган бўламиз. Зеро, бузғунчи ва ғаразли мақсадларни намоён этувчи ахборот экспанциясидан мунтазам огоҳ бўлиш орқали фарзандларимизни турли ёт оқим ва ғоялар таъсирига тушиб қолишдан асраш лозимлигини ҳар бир юртдошимиз англаши лозим. «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №31 (1219) 20-sentyabr 2023-yil, chorshanba www.mt.uz [email protected] 6 ДОЛЗАРБ МАВЗУ Альбер Швейцер «Воқеликни шакллантирадиган кучлар ичида биринчиси – маънавият ва ахлоқ. Қолган барчаси озмикўпми иккинчи даражали», деган эди. Инсоният тарихига, хусусан, бугунги кунда жаҳонда содир бўлаётган воқеаларга чуқурроқ назар ташланса, бу фикрга қўшилмасликнинг иложи йуқ. Жамиятни ҳаракатга келтирувчи куч, ижтимоий тараққиётни таъминлайдиган асосий восита чиндан ҳам маънавият эканига ишонч ҳосил қиламиз. Махфуза ЮЛДАШЕВА, Сиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори, Тошкент молия институти доценти Бир замонлар Тожикистоннинг Алмоси деган жойидан топилган ёзувлар ҳақида ёзгандим. Улардан бири бақтр тилида, юнон ёзувида бўлиб, ўқиш жуда осон эди. Дастлабки икки ёзув эса Дашти Навур, Иссиқ сингари ҳудудлардан ўрнаклари топилган, "номаълум" алифбода битилган эди. Бу битиклар сакларга тегишли экани тахмин қилинади. Мана шу мўъжазгина топилма катта кашфиётга сабаб бўлди. Кёльн университети тилшунослари Алмосидан топилган «номаълум» хатдаги ёзувлар бақтр тилидагини такрорлайди деган фараз асосида шу ҳамда "номаълум" ёзувнинг бошқа ўрнакларидан «Шаҳаншоҳ Вима Такту» деган формулани қидиришди. Натижада бу 19 та белгини ўқилишини аниқлаш имконини берди. Кейинроқ “Номаълум” хатларнинг фанга номаълум бўлган қадимги эроний тилда битилгани аниқланди. Катта эҳтимол билан бу сак тилларидан биридир. Шундай қилиб, сакларда 2,5 минг йил олдин ёзув пайдо бўлгани ва бу ёзув ўрнаклари Қозоғистон, Ўзбекистон, Тожикистон ва Афғонистон ҳудудидан топилгани ҳақида гапириш мумкин. Бу ёзувдан милодий III асргача у ёки бу даражада фойдаланилган, сўнг унутилиб кетган. Кўчманчи, яъни баъзиларнинг қарашича "ёввойи" сакларда ёзув ўтроқ эроний халқлардан олдинроқ ривожлангани диққатга сазовор, албатта. Иссиқ қўрғони топилмасидан бошлайдиган бўлсак, сак тилида ёзиш Аҳамонийлар даврида қадимги форс тилида ёзишдан сал кейинроқ бошланганини айта оламиз. Кушонлар эса кўплар ишонганидай тохар эмас, оддий саклар бўлиб чиқяпти. Унда нега Бақтрия ҳудудлари кейинги даврда Тохаристон деб аталган? Бу энди бошқа савол. Тадқиқот натижалари 12 июль куни Британиянинг Филология жамиятига қарашли Transactions of Philological Society журналида чоп этилди. @AsanovEldar Эроншунослик ва Марказий Осиёнинг єадимги тарихидаги катта кашфиёт Ҳар қандай нотўғри фикр бирданига туғилмайди, тасодифан юзага чиқиб, амалда кўринмайди. Инсондаги фикр - ерга қадалган уруғ каби, униб-ўсиб, мева бергунча анча вақт ўтади. Биз фақат мевасига дуч келганда ажабланамиз.


ОИЛАДА ГЕНДЕР МУНОСАБАТЛАРИ ЄАНДАЙ ЎРНАТИЛИШИ КЕРАК? Ислоіот Спорт фестивали Аёл ролининг гендер мазмуни, биологик-фарзандларни дунёга келтириш, турмуш ўртоғига эга бўлиш, ижтимоий – уй ишларини бажариш, болаларни тарбиялаш, рўзғорга ёрдам бериш, психологик – эр ва болаларни ҳиссий-иродавий, интеллектуал ва маънавий қўллабқувватлаш, оилада психологик муҳитни шакллантириш, руҳий-маънавий (экзистенциал) – ўзини-ўзи ривожлантириш, шахсий ўсиш ва ўз салоҳиятини намоён қилишдан иборат. Гендер ўз-ўзини англашда шахснинг субъектив тажрибаси ортади ва фаол ривожланиш жараёни жадаллашади. Бу жараён ўз навбатида никоҳ муносабатларини шакллантиришнинг ижтимоий-психологик жиҳатини ажратиб кўрсатишга ҳам имкон беради. Соҳа юзасидан олиб борилган тадқиқотларда аниқланишича, никоҳда эркак ва аёлнинг ўзига хос жинсий хусусияти шахснинг жамиятдаги мавқеи, унинг шахсий ва касбий тақдирида аниқ акс этар экан. Никоҳ ролларини учта асосий турга ажратиш мумкин: анъанавий, дўстона ва ҳамкорлик роллари. Асосий ролга мослашиш, албатта, оилавий мажбур и я т л а р н и н г т а б и а т и в а тақсимоти ҳақидаги ғояларни мувофиқлаштиришни ўз ичига олади. «Гендер» – эркак ва аёл ижтимоий табиатининг фарқли ва ўхшаш жиҳатлари, уларнинг вазифалари ҳамда ўзаро муносабатларини тафсифлашда қўлланиладиган сўз. Қайд этиш жоизки, шу кунгача эр ва хотин ўртасида никоҳ шаклланиши нормалари ёки гендер муносабатларининг ўзига хос хусусиятлари устида кўплаб тадқиқотлар олиб борилган. Жумладан, рус тадқиқотчилари Н.Г. Храмова ва В.И.Щеголь эр ва хотиннинг гендер муносабатларидаги ролларининг энг мақбул ва ижтимоий жиҳатдан мақсадга мувофиқ образларини қуйидагича ажратиб кўрсатади: Архивлар – ҳужжатларда акс этувчи тарих. Қолаверса, архивларда сақланадиган ҳужжатлар ҳар биримизга керак бўлиши мумкин. Шу боис, архив тўғри юритилса ва сақланса, муҳими, ундан фойдаланиш қулайлаштирилса, фойдадан ҳоли эмас. Адлия вазирлиги ҳузуридаги «Ўзархив» агентлиги тизимидаги архивлар қандай ишламоқда? Соҳага қандай янгиликлар жорий этилаётир? Бу саволларга Адлия вазирлиги бошқарма бошлиғи ўринбосари Исомиддин Латипов жавоб берди: – Архив иши бўйича 14 ҳ уд уд и й бош қарма ҳа м да 223 давлат архиви фаолият юритмоқда. Шундан 3 таси Ўзбекистон миллий архиви, 101 таси давлат архиви, 119 таси хўжалик ҳисобидаги шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архиви ҳисобланади. Агентлик тизимидаги архивларда нафақат Ўзбекистон, балки Марказий Осиё тарихига оид 16,1 миллион бирликдаги ҳужжат сақланмоқда. Д а в л а т а р х и в л а р и д а сақланаётган 8,3 миллион (10 фоиз)дан ортиқ миллий архив фонди ҳужжатлари электрон шаклга ўтказилди. Агентлик фаолиятида сифат менежменти ва коррупцияга қарши менежменти тизимлари жорий этилиб, ISO 9001:2015 ва ISO 37001:2016 халқаро стандарт сертификатларига муносиб, деб топилди. Агентлик тизимидаги архивларни адлия органлари билан уйғунлаштириш жараёнлари амалга оширилди. Хусусан, аҳолига архив соҳасида давлат хизматлари кўрсатиш сифати ТЎРТ НАРСА МЕҲРНИ ПАЙДО ҚИЛАДИ: 1. Севги тўла кулги. 2. Яхшилик қилиш. 3. Самимийлик. 4. Кўмаклашиш. ҚУЙИДАГИ ТЎРТ НАРСА ҚАҲРАМОНЛИК БЕЛГИСИДИР: 1. Мардлик. 2. Дилозорлик қилмаслик. 3. Яхшиликни мукофотлаш. 4. Хатосига жазолашни кечиктирмаслик. ТЎРТ НАРСА 4 НАРСА ТУФАЙЛИ ҚЎЛДАН КЕТАДИ: 1. Ризқ - ношукурлик қилсанг. 2. Қувват - ҳасад қилсанг. 3. Фурсат - қадрига етмасанг. 4. Обрў - манманлик қилсанг қўлдан кетади. ТЎРТ НАРСА СОҒЛОМ ФИКРЛАШ БЕЛГИСИ САНАЛАДИ: 1. Эртани кўра олиш. 2. Сир сақлашни билиш. 3. Охиригача курашиш. 4. Маслаҳатлашиб иш кўриш. ТЎРТ НАРСА СИЗНИ ТЎРТ НЕЪМАТГА ЕТКАЗАДИ: 1. Сабр - орзуларингизга. 2. Ғайрат - омадга. 3. Ибодат - тақвога. 4. Қаноат - муҳтожлик кўрмасликка. Аз ЗАМАХШАРИЙ ДОНОЛАР БИСОТИДАН Агентлик тизимидаги архивларда нафаєат Ўзбекистон, балки Марказий Осиё тарихига оид 16,1 миллион бирликдаги іужжат саєланмоєда. 20-sentyabr, 2023-yil №31 (1219) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish МУЛОҲАЗА Мослашувнинг биринчи хусусияти бу турмуш ўртоқлар бир хил турдаги ролни танлашидир. Иккинчиси, бу рол учун зарур бўлган оила ичидаги ва оиладан ташқари хатти-ҳаракатлар асосий таркибий қисмларининг ҳар бири эр ва хотинга мос келишидир. Хотиннинг оиладаги роли фарзанд кўриш ва уни тарбияси билан шуғулланиш, вафодорлик, оилага меҳр бериш, ўз манфаатларини эрининг манфаатларидан устун қўймаслик, турмуш ўртоғи ва унинг оила аъзоларини ҳурмат қилиш ва шахсий фаолият доирасининг чекланганлигига тоқат қилишни ўз ичига олади. Бу ҳолатда оилавий муносабатларнинг уйғунлигини сақлаб қолиш учун эр томонидан қуйидагилар зарур: фарзандларининг онасига садоқат, оиланинг иқтисодий хавфсизлиги ва ҳимояси, оилавий ҳокимият ва назоратни сақлаб туриш, оилада асосий қарорларни қабул қилиш, ажралиш ҳолати юз берган тақдирда аёлни алимент билан таъминлаш. Ҳамкорлик роллари хотиндан ўз ташқи жозибадорлигини сақлаб қолишни, эрини маънавий қўллаб-қувватлаш ва жинсий қониқишни таъминлашни, эр учун фойдали бўлган ижтимоий алоқаларни сақлашни, эри ва меҳмонлари билан жонли ва қизиқарли маънавий мулоқотни, шунингдек, ҳаётда ранг-барангликни таъминлашни талаб қилади. Эрнинг роли хотинига ҳистуйғуларини бахшида этишни ва унга нисбатан жасоратли муносабатни, ўзаро меҳр-муҳаббат ва мулойимликни, рўзғорни таъминлашни, ўйин-кулги, ижтимоий алоқаларни сақлаш, хотини билан бўш вақтини мароқли ўтказишни талаб этади. Ҳамкорларнинг роли хотиндан ҳам, эрдан ҳам даромадга мувофиқ оилага иқтисодий ҳисса қўшишни, болалар учун масъулиятни тақсимлашни, уй ишларида иштирок этиш ва қонуний жавобгарликни бўлишишни тақозо этади. Эр ҳам хотинининг тенг мақомини қабул қилиши ва унинг ҳар қандай қарорларни қабул қилишда тенг иштирок этишига рози бўлиши керак. Бунда эр ва хотин оилада ўз мавқеини сақлаб қолиш учун тенг жавобгарликни олиши муҳим ҳисобланади. Ёш оилаларда барқарорликни т аъм и н ловч и ом и л ла рда н бири бу шубҳасиз, турмуш ўртоқларнинг оилада хотин ўзини қай даражада касбий фаолиятга бағишлаши, оилавий масъулиятни қай даражада адо этиши ҳақида келишиб олишларидир. Шахслараро ролларнинг изчиллиги, никоҳ ва оиладаги позицияларнинг ўзига хос хусусиятларини инобатга олишни ҳам тақозо қилади. А ф с у с к и , п с и х о л о г и к маслаҳат амалиётидаги кузатишлар шуни кўрсатадики, замонавий ёшлар анъанавий ва эгалитар оила хусусиятларини аралаштириб юборадилар. Низоли ёш оилалар билан суҳбат жараёнида аксарият йигитлар оиланинг моддий таъминотига жавобгарликдан кўра, эрнинг бошқарувчилик ролини бирламчи ўринга қўйишларини кўриш мумкин. Келинлар эса уй-рўзғор ишларини бажаришда тўлиқ тенглик бўлиши, шу билан бирга ўзлари моддий таъминот учун масъулиятни олмаслиги, бу масъулият фақат эрга берилишини таъкидлайдилар. Бундай ёндашув ёшларнинг оилада гендер ролларни ва оила моделларини билмасликлари ёки нотўғри талқин қилишларидан далолатдир. Соҳиба ҲАМДАМОВА, Бухоро вилояти, Вобкент тумани 8-мактаб ўқитувчиси Ўзбекистон архивларида миллион іужжат саїланмоїда 16,1 ва қулайлигини янада ошириш мақсадида архив органлари замонавий бинолар билан таъминланмоқда. Мисол учун, Жиззах вилоятидаги давлат архивлари учун вилоят адлия бошқармаси тасарруфидаги 13 та бино ажратилди. Шундан Фориш, Пахтакор, Арнасой ва Мирзачўл туманларидаги тўртта туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архивлари замонавий биноларга кўчирилди. Бошқа архив органларини ҳам босқичма-босқич замонавий бинолар билан таъминлаш режалаштирилган. Шу н и н гдек , арх и в и ш и соҳасининг норматив-ҳуқуқий базасини такомиллаштириш бўйича ҳам кенг қамровли ишлар олиб борилмоқда. Мисол учун, тадбиркорлик субъектларининг оғирини енгил қилиш мақсадида нодавлат архивларни ташкил этишни соддалаштиришга қаратилган қонун лойиҳаси ишлаб чиқилди ва ҳукуматга киритилди. Унда нодавлат архив фаолиятини бошлаш хабардор қилиш тартиб-таомили билан тартибга солиниши назарда тутилмоқда. Уш бу т ар т и бг а ў т и л и ш и, шубҳасиз, тадбиркорлик субъектларига нодавлат архив фаолиятини амалга оширишда кенг имкониятлар яратади. М а з к у р қ о н у н қ а б у л қилиниши натижасида айрим эскирган тартиботлар бекор бўлади. Мулкчилик шаклидан қатъий назар, корхона, муассаса ва ташкилотлар фаолиятида шаклланадиган, сақлаш муддати вақтинча бўлган архив ҳужжатларининг ўрнатилган тартибда йўқ қилинишида архив ҳужжатларининг электрон нусхаларини талаб этиш амалиёти бекор қилинади. Давлат органлари ҳамда ташкилотларида «қоғозсиз ишлаш» тизими йўлга қўйилади. Ҳужжатларни «Идоравий электрон архив» ахборот тизимида электрон сақлаш амалиёти жорий этилади. Бундан ташқари, архив иши соҳасида кадрлар тайёрлаш жараёнини такомиллаштириш бўйича ҳам қатор таклифлар ишлаб чиқилмоқда. Яқин келажакда юридик техникумларда «Архившунослик» йўналишида кундузги, сиртқи, масофавий ва кечки таълим шакллари бўйича кадрлар тайёрлаш тизими йўлга қўйилади. Соҳада амалга оширилаётган барча саъй-ҳаракатлар архив органлари томонидан аҳолига тез, қулай ва сифатли давлат хизматлари кўрсатишга қаратилган. Н. АБДУРАИМОВА, ЎзА 16-17 сентябрь кунлари Самарқандда триатлон мусобақаларидан иборат «Challenge Samarkand-2023» спорт фестивали бўлиб ўтди. Беллашувлар Самарқанд туризм марказидаги «Silk Road Samarkand» халқаро сайёҳлик мажмуаси ҳудудида старт олди. Турнирнинг сузиш баҳслари эшкак эшиш каналида 1,9 км масофада ташкил этилганини алоҳида таъкидлаш жоиз. 86 км. масофани ўз ичига олган велоспорт бўйича пойгалар икки даврадан иборат бўлди. Югуриш босқичида эса спортчилар 21,5 км масофани босиб ўтиб, Амир Темур ҳайкали, Регистон ансамбли, Бибихоним мадрасаси, Афросиёб бозоридан ўтиб, сўнгра замонавий Самарқанд кўчалари бўйлаб ҳаракатландилар. Таъкидлаш лозим, фестивалда 2000 дан зиёд спортчилар иштирок этди. Улар орасида хорижлик атлетлар ҳам кўпчиликни ташкил этди. Жумладан, АҚШ, Германия, Буюк Британия, Италия, Хитой, Саудия Арабистони каби дунёнинг 35 та давлатидан спорт усталари қатнашдилар. Қувонарлиси, ушбу мусобақаларда қатнашган Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Инновацион ривожланиш, ахборот сиёсати ва ахборот технологиялари масалалари қўмитаси раиси, партиямиз фракцияси аъзоси Илҳом Абдуллаев ёши катталар ўртасида фахрли биринчи ўринни эгаллади. Кўпминг сонли партиядошларимиз номидан соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб қилаётган фидойи ва ниҳоятда масъулиятли депутатимизни ушбу ғолиблик билан муборакбод этамиз. ИЛ²ОМ АБДУЛЛАЕВ «CHALLENGE SAMARKAND-2023» ¡ОЛИБИ


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 7 188. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 2 bosma taboq Buyurtma: G – 916 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 03:55 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 Сўнгги саіифа Хотира «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №31 (1219) 20-sentyabr 2023-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Академик ота-боболарининг 20-йилларда дунёга келган ўзбек зиёлиларининг, Фитрат, Чўлпон, Мунавварқорилардан кейин ик- кинчи авлоди бўлгани, шу боис, санъат, адабиётга меҳр уларга бе- гона эмаслигини таъкидлаган эди. Наим Каримов 1955 йилда Ўрта Осиё Давлат университетининг (ҳозирги ЎзМУ) филология фа- культети, 1958 йилда аспиран- турадаги таҳсилини тамомлаб, шу йили Ўзбекистон ССР Фан- лар академияси Тил ва адабиёт (ҳозирги Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори) институтида катта ва етакчи илмий ходим, бўлим мудири вазифаларида ишлади. 1962 йили номзодлик, 1993 йилда эса докторлик диссертациясини ҳимоя қилди. 2002 – 2008 йиллар- да «Шаҳидлар хотираси» хайрия жамғармаси раиси ҳамда Қатағон қурбонлари хотираси давлат му- зейи раҳбари, 2008 йилдан ушбу музейнинг етакчи илмий ходими сифатида самарали меҳнат қилиб, мамлакатимизда илм-фан ва таъ- лимни ривожлантириш, юқори малакали илмий-педагог кадрлар тайёрлашга салмоқли ҳисса қўшди. Шу ўринда Наим Каримовнинг 1990 йилдан бошлаб шўро за- монидаги оммавий қатағонлар ватанимиз яқин тарихининг ўқилмай қолган саҳифалари, шунингдек, нотўғри ёритиб ке- линган жиҳатларини қайта тик­ лашга эришганини алоҳида таъ- кидлаш жоиз. Айнан устознинг саъй-ҳаракатлари ва машаққатли меҳнати туфайли 1991 йилдан Беҳбудий, Чўлпон, Қодирий ва Усмон Носир каби қатағон қурбонларининг ижодини чуқур ўрганиш бошланиб, улар ҳақида айтилмаган маълумотлар ошкор этилди. Шунингдек, домла «Ҳамид Олимжон», «Ойбек», «Усмон Но- сир», «Усмон Носир ҳаётининг сўнгги йиллари», «Бу ажиб дунё», «Чўлпон», «Абдулла Қодирий замондошлари», «Маҳмудхўжа Беҳбудий» илмий-оммабоп китоб­ ларни ҳам ёзиб тугатади. Умри- ни илмга, аждодларига муносиб бўлишга сарфлаган Наим Кари- мовдан юзлаб илмий мақола ва рисолалар мерос бўлиб қолди. Филология фанлари доктори, профессор Жаббор Эшонқуловнинг ёзишича, «Абдулла Қодирий за- мондошлари» қомусини яратиш учун Наим Каримов узоқ тайёр- гарлик кўрган. Салкам етмиш йиллик умри ушбу китобда акс этган воқеалар, аниқ мисоллар ва таҳлиллар билан бевосита боғлиқ бўлди. У киши 1955 – 1958 йиллар- да Ўзбекистон давлат университе- тининг ўзбек адабиёти ихтисосли- ги бўйича аспирантурада таҳсил ола бошлаган кундан эътиборан, Қодирий даврига тааллуқли маъ- лумотларга тўқнаш келган. Ҳамид Олимжон ёхуд Ойбек ҳақида ёза- дими, барибир Қодирий даври ва унинг замондошлари билан боғлиқ фактларга дуч келаверган». Академик Бахтиёр Назаров эса домла ҳақида шундай ёзади: «Наим Каримов ўзбек адабиётшуносли- гида замонавий асарлар матншу- нослигига асос солди. Олим бу соҳадаги меҳнатлари билан ада- биётимиз тарихида биринчи бўлиб адибнинг чала қолган асарлари билан танишдигина эмас, улар- ни чуқур ва атрофлича ўрганиш бахтига ҳам ноил бўлди. Айниқса, «Чўлпон» ҳамда «Мақсуд Шайхзо- да» маърифий романлари, Абдулла Қодирий ҳаёти ва ижоди бора- сида олиб борган тадқиқотлари улуғ адиблар ҳаёти ва ижодини ўрганиш бўйича адабиётимизда янги саҳифалар очишдан ташқари, буюк сўз санъаткорлари ҳаёти ва ижоди ҳақида наинки илмий, балки бадиийлашган илмий та- факкур юритишнинг ўзбек ада- биётидаги жаҳон андазаларидан қолишмайдиган гўзал намунала- ридан бўлди». Наим Каримовни таниган, унинг илмий йўлидан хабардор бўлган ҳамкасблари, шогирдларининг эътироф этиши- ча, Абдулла Қодирий ижодини ўрганиш миқёсини Наим Каримов олиб борган илмий ва ижодий из- ланишларсиз тасаввур қилиш ҳам, тадқиқ қилиш ҳам мумкин эмас. Ўзбекистон Қаҳрамони Озод Шара- фиддинов таъбири билан айтганда эса: «ХХ аср ўзбек адабиётининг иккинчи ярмидаги ўзбек адабиё- тидаги ривожланишни Наим Кари- мовсиз тасаввур қилиб бўлмайди». Академикнинг ўзи интервюла- ридан бирида машаққатли меҳнат йўлидан бир-икки мисоллар кел- тириб шундай деганди: «Қатағон қурбонларининг ҳаёти, ёзганла- ри, қаерда ўқиганлари нафақат биз учун, уларнинг қариндошуруғлари учун ҳам қоронғу эди. Архив устида ишлагач, уларнинг ҳаётларини ёритадиган фактларни топиш имконига эга бўлдик. Энди архивда ишлаш осон эмас. Тергов матнларини ўқиганимизда, уларга аъзоси бўлмаган аксилинқилобий ташкилотларга аъзо бўлгансан, қўл қўй, деган жойларда уларнинг кўз ёшларидан доғлар қолгани кўриниб турарди. Биз уларнинг қийнаганларидан сўнг йиғлаб қўл қўйганларини сезиб турардик. Биз комиссияларнинг турли диндорлар бўйича, давлат арбоблари бўйича, адабиёт-санъат арбоблари бўйича гуруҳларини тузгандик. Ёзувчи Хуршид Дўстмуҳаммад диндор- лар бўйича қўмита раиси эди. Бир кун ишлаб, иккинчи кун архив материаллари устида ўқиб ўтириб, кўзида ёш билан: «Наим ака, мен бу шароитда ишлолмайман, бу мен учун азоб экан», деб узр сўраб чиқиб кетган. Биз тишимизни-ти- шимизга қўйиб, кўз ёшларимизни бир-биримиздан яшириб, жиноий ишлар ёзилган ҳужжатлар устида соатлаб ишлаганмиз». Ҳар бир китоби ва илмий м а қо л а л а р и н и а н а ш у н д а й машаққатли изланишлар асосида олиб борган Наим Каримовнинг илмий фаолияти муносиб эъти- роф этилди. 1985 йилда у Беру- ний номидаги Ўзбекистон ССР Давлат мукофоти, 1996 йилда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби фахрий унвони ҳамда «Эл-юрт ҳурмати» ордени билан тақдирланди. 1993 йилда фило- логия фанлари доктори илмий да- ражаси, 1994 йилда эса профессор илмий унвонига эга бўлди. 2017 йилда эса Ўзбекистон Республика- си Фанлар академияси академик­ лигига сайланди. Наим Каримов ҳақида ёзар эканмиз, олимнинг «ХХ аср ада- биёти манзаралари» китобига муҳаррирлик қилган Шуҳрат Ризаевнинг ушбу фикрларини келтириб ўтишни жоиз санадик: «ХХ аср адабиёти манзара- лари»... Дабдурустдан шундай сарлавҳага кўзи тушган тушун- чалик одам бир сесканиши таби- ий. Ҳазилми, бутун бир асрлик – юз йиллик адабиётни, юз йил бўлганда ҳам башарият тарихи- даги энг мураккаб, энг зиддият- ли, энг фожеий ва тафаккурнинг чексиз имкониятлари кашф бўлиб, ҳайратомуз мўъжизалар яралган буюк бир асрнинг қадим ва улуғ бир халққа тегишли сўнгги юз йиллик адабиётини таҳлил дои­ расига тортиш ва номига яраша залворли умумлашмалар, холис, теран фалсафий хулосалар қилиш олимлик даъвосида кўксига уриб юрган ҳар кимнинг ҳам ҳадди эмас... Хўш, унда бундай юкни ким кўтара олиши мумкин? Кимнинг журъатини, бу ўринда истеҳзосиз, жиддий қабул қилиш мумкин? Ким шундай китоб яратишга маънан ҳақли? Назаримда, ўша сарлавҳани кўрган ҳар бир фаҳмли адабиётчи шу саволни хаёлидан ўтказиши, шубҳасиз. Шундай яхлит асар учун чўнг чизгилар яратиб Иззат Султон, Матёқуб Қўшжонов, Озод Шарафиддинов домлалар қайтмас дунёга рих- лат қилдилар. Улардан олдин, ёнма-ён ё кейин адабиёт илмида бўлганлар ва борлари ҳам нечанеча йирик ва бачки чизгилар қилган, ҳозир ҳам турли шаклда нималардир қилиб юрибдилар. Бироқ ҳеч ким журъат сезиб, катта миқёсларга чиқишга қувват топа билмаяпти. Бу иш келгуси авлодга қолади шекилли, ҳар қалай беҳисоб чизгилар бор-ку, керагини олиб, ўзлари умумлаш- тириб олар, деган тусмол ҳам йўқ эмас эди. Шукрки, шундай жасо- ратга қодир одам – олим бор. Ва у, ҳеч шубҳасиз, мана шу юз йиллик ўзбек адабиёти ҳақида умум- лашма якуний фикр айтишга ҳар жиҳатдан қувватли ва ҳақли. Зеро, бу олим умрининг эллик йилдан ортиғи ўша гоҳи қайнаб, гоҳи сокин оққан адабиёт дарё- сига дастлаб жилға, ирмоқ бўлиб, сўнгра эса жўшқин сой, яна ҳам кейинроқ ўз ўзанида маҳобат ва пурмаъно салобат билан майин ювган анҳор мисол қўшилиб кетган. Бу олим фан арбоби, про- фессор Наим Каримовдир...» «Миллий тикланиш»чилар жамоаси академик Наим Кари- мовнинг беқиёс мероси ҳақида ҳали кўплаб тадқиқотлар олиб борилишига ишонамиз. Зотан миллат ойдинларининг номи ўчмас, хотираси эса абадийдир. Маҳбуба КАРИМОВА Наим Каримов – Ижара дўконим жойлашган бино бошқа кишига сотилди. Бинони сотиб олган шахс шартнома муддати тугашига ҳали 1,5 йил борлигига қарамай мени чиқариб юбормоқчи. Бунга унинг ҳаққи борми? Асилбек Акрамов, Китоб тумани – Собиқ эрим ишлаётган жойидан 5 млн. сўмдан ортиқ ойлик олади. Лекин бошқа жойдан қандайдир ҳужжат қилиб алиментни кам тўлайди. Мен унинг ҳақиқий ишлаш жойидан алиментни кам миқдорда тўлаётганлигини қандай текширтирсам бўлади? Регина Сафаева, Нукус шаҳри – Педагогларнинг иш ҳақи икки баробарга оширилади деб эшитдим. Шу тўғрими? Нафиса Тўлқинова, Самарқанд шаҳри – Турмуш ўртоғим бир ойдан бери касалхонада. 3 нафар ёш болам бор. Аёлим ҳамда болаларимни парваришлаш учун мен ҳам касаллик таътили олсам бўладими? Ойбек Каримов, Фарғона вилояти – Кичик, ўрта ва йирик тадбиркорлик субъектларининг фарқи нимада? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Жаҳонгир Олимов, Тошкент шаҳри – Йўқ. Фуқаролик кодексининг 549-моддаси 1-қисмига кўра, ижарага топширилган мол-мулкка нисбатан мулк (хўжалик юритиш, оператив бошқариш, мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш) ҳуқуқининг бошқа шахсга ўтиши мулк ижараси шартномасининг ўзгартирилиши ёхуд бекор қилиниши учун асос бўлмайди. Yuristkadr расмий телеграм канали – Ўзбекистон Республикасининг 29.08.2001 йилдаги 258-IIсон Қонунига кўра, давлат ижрочиси алимент бўйича пул маблағларининг қарздорнинг иш ҳақидан тўғри ушлаб қолиниши ва ўз вақтида ўтказилиши юзасидан ундирувчининг аризасига кўра ёки ўз ташаббуси билан текшириш ўтказиши мумкин. Агар алимент тўловчи ёки у ишлаётган ташкилот вакили ижрочининг талабига кўра нотўғри маълумот берса ёки маълумот бермаса, уларнинг бу ҳаракати жавобгарликка сабаб бўлади. – Ҳа, тўғри. Президентнинг 11.09.2023-йилдаги ПФ-158-сон Фармони билан “Ўзбекистон – 2030” стратегияси тасдиқланди. Ушбу стратегиянинг «Педагог кадрлар мақомини ошириш, уларнинг билими ва малакасини халқаро стандартларга мувофиқлаштириш» бандига кўра, мактабгача таълим ташкилотлари ва умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимларининг ўртача иш ҳақи икки баробарга оширилади. Юрист блогер расмий телеграм канали – «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги Низомнинг 16-бандига асосан уч ёшгача бўлган болани ёки 16 ёшгача бўлган ногирон болани парваришлашда банд бўлган она касал бўлиб, болани парваришлашга қурби етмай қолган ҳолларда, парвариш билан банд бўлган ишлаётган бошқа оила аъзолари ёки қариндошларига (меҳнатга лаёқатсизлик варақасига асосан) нафақа берилади. Низомнинг 26-бандига асосан, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси иш стажининг давомийлигидан қатъи назар, иш ҳақининг 100 фоизи миқдорида қарамоғида 16 ёшга (ўқувчилар 18 ёшга) етмаган уч ёки ундан ортиқ болалари бўлган ходимларга тўланади. Yurist maslahati расмий телеграм канали – Президентнинг 2023 йил 10 февралдаги ПФ-21-сонли Фармони 1-бандига мувофиқ, Кичик тадбиркорлик субъектларига фаолиятидан қатъий назар барча якка тартибдаги тадбиркорлар, микрофирмалар ҳамда кичик корхоналар – таъсисчилари жисмоний ҳамда юридик шахслар, жами даромади календарь йил давомида 1 миллиард сўмдан 10 миллиард сўмгача бўлган тадбиркорлик субъектлари киради. Ўрта тадбиркорлик субъектларига эса жами даромади календарь йил давомида 10 миллиард сўмдан 100 миллиард сўмгача бўлган тадбиркорлик субъектлари киради. Йирик тадбиркорлик субъектлари – жами даромади календарь йил давомида 100 миллиард сўм ва ундан юқори бўлган тадбиркорлик субъектларидир. саволБЕРИНГ! O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topolmayapsizmi? Bizning quyidagi telegram manzilimizga yo‘llang, bizning mutaxassislar savollaringizga javob berishadi. 90 245-18-10 (Бошланиши 1-бетда)


Click to View FlipBook Version