The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№ 12 (1200)
2023-yil 26-aprel,
chorshanba

«MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan illiy www.mt.uz / [email protected] tiklanish REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETING! TA’LIM, TA’LIM VA YANA TA’LIM HAQIDA ISKANJA 3s 14s Valyuta kursi: AQSH dollari 11402.01 1 YEVRO 12577.56. 1 Rossiya rubli 139.94. 1 Angliya funt sterlingi 14218.31. 1 Yaponiya iyenasi 85.19. 26.04.2023 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI APREL 30REFERENDUMI KUNI № 12 (1200) 2023-yil 26-aprel, chorshanba Adadi – 8657 Biz yangi, insonparvar, demokratik, erkin, ochiq va adolatli hayotga qadam qo‘yamiz. Bu so‘zlar kimlargadir balandparvoz tuyulishi mumkin, ammo yangilangan Konstitutsiya shuni talab etadi. 2000-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining uyali telefonlar zarariga oid hisobotida insonlarning saraton kasaliga chalinishida uyali telefonlarning ta’siri kuchli ekani, dunyoda har 20 kishidan biri mobil aloqa nurlanishining qurboniga aylanayotgani ta’kidlangan edi. ICHAN QAL`ALIKLAR O`ZGARISHLARNI QO`LLAB-QUVVATLASHYAPTI OLIY TA`LIMDA GRANT O`RINLARI SAQLAB QOLINADI 2s 3s


2 Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) REFERENDUM ICHAN QAL’ALIKLAR Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farida Afro‘z yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi haqida yangi norma kiritilayotganini ta’kidladi. – Afsuski, yaqin-yaqingacha mustabid tuzumdan qolgan illat – fuqarolarni ishga olishda eskidan saqlanib qolgan amaliyot, ya’ni qarindoshlari sudlangan, deb ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimga tayinlamaslik holatlari uchrab turar edi. Bunday eskicha yondashuv oqibatida ko‘plab yurtdoshlarimiz aziyat chekayotgandi. Endi bunday adolatsizlikka chek qo‘yiladi, – dedi Farida Afro‘z. Partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova esa yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga davlatimiz tomonidan bolalar huquqini himoya qilish va ularning rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha kiritilgan normalar haqida gapirdi. Targ‘ibot tadbirlari Ichan qal’ada ham tashkil etildi. Ma’lumki, dunyoning 9 ta eng mashhur qal’a shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan Ichan qal’a Markaziy Osiyodagi eng yirik va noyob me’moriy yodgorlik hisoblanadi. 26 gektarli qal’ada Xiva shahrining 80 foizga yaqin tarixiy yodgorliklari jam bo‘lgan. Ichan qal’ada 2500 nafar aholi yashaydi va ular asosan hunarmandchilik hamda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan band. Bu yerda o‘tgan tadbirda ham Feruza Muhammedjanova yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarga to‘xtalib, 61-modda mazmunmohiyati haqida gapirdi. Jumladan, ushbu moddada fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrabavaylashi shartligi, tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilanyapti. – Quvonarli tomoni ushbu norma partiyamiz tashabbusi bilan kiritilgan, – dedi Feruza Muhammedjanova. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muborak Ahmedova esa 53-moddaga to‘xtalib, har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi va intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi endi Konstitutsion norma bilan himoya qilinishini ta’kidladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda partiya Markaziy kengashi xodimlaridan iborat guruh Urganch tumanida bo‘lib, aholiga yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunmohiyati haqida tushunchalar berdilar. O‘tgan yil oktabrda Prezident tashrifidan so‘ng Sirdaryoni «ishsizlikdan holi hudud»ga aylantirish bo‘yicha dastur qabul qilingan edi. Shundan keyin ushbu dastur ijrosi uchun viloyatga qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratildi. Jumladan, 20 ming aholi imtiyozli kredit bilan ta’minlandi, 5 ming ishsiz yoshlarga esa asbob-uskunalar sotib olish uchun grantlar ajratildi. 2 mingdan ortiq hunarmand faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 12 mingdan ziyod yigit-qiz kasb-hunarga o‘qitildi. Eng muhimi sirdaryolik dehqonlarga qo‘shimcha 5 ming gektar yer berilib, 10 ming aholi daromadli ish bilan ta’minlandi. Ayni paytda bu sa’y-harakatlar mahalliy aholimiz turmush kechirishi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, murod-maqsadiga yetishi uchun xizmat qilmoqda. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugungi Sirdaryo kechagi Sirdaryo emas! Viloyatdagi o‘zgarishlar, eng muhimi, odamlar ongi va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar Sirdaryoning haqli ravishda yangi tarixi boshlanganidan darak bermoqda. Birgina hayotiy misol. Prezidentimizning taklifi bilan qisqa muddat – bir yil ichida Xovos tumani markazida butunlay yangi shahar qad rostladi. Ya’ni «Xovos city»dagi ko‘p qavatli turarjoylar o‘z egalariga topshirilib, 1000 dan ortiq oila o‘z uyiga ega bo‘ldi. Davlatimiz rahbari islohotlarning «mahallabay» tizimida qanday yo‘lga qo‘yilgani, odamlar hayotidagi o‘zgarishlarni ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash hamda xalq bilan muloqot qilish maqsadida shu yil 7-aprel kuni Sirdaryoda bo‘ldi. Uzoq kutilgan tashrif hudud ahlining kayfiyatini yanada ko‘tardi deyish mumkin. Ta’bir joiz bo‘lsa bu tashrif Sirdaryoda yana bir yangi to‘lqinni harakatga keltirgani rost. Ma’lumki, Sirdaryo juda boy tabiat resurslariga ega. Aholi jon boshiga ekin maydonlari boshqa hududlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p. Viloyatda qishloq xo‘jaligining suv bilan ta’minlanganlik darajasi ham yuqori. Agar bu sohaga ilm va innovatsiya olib kirilsa, mahsulot yetishtirish hajmi va eksportini oshirish mumkin. Shuningdek, u ikki qo‘shni davlat bilan qulay transport yo‘lagiga ega. Demak, endi bor imkoniyatlarni ishga solib, Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha ilg‘or innovatsiyalar hududiga aylantirish lozim. Bu borada Xitoy tajribasiga tayanish qo‘l keladi. Chunki bu davlat mazkur sohalarda katta yutuqlarga erishgan. Ahamiyatlisi, xitoylik investorlarning ham viloyatimizga qiziqishi katta. Buni quyidagi raqamlardan ko‘rish mumkin: oxirgi olti yilda ular bilan birga Shirin shahri, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida 60 dan ortiq yirik sanoat korxonasi ochildi. 2022-yilning o‘zida Xitoyning 250 million dollardan ziyod investitsiyasi jalb qilindi. Prezidentimiz Sirdaryoda 5 ta yangi tashabbusni e’lon qildiki, ularning barchasi aholi farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, odamlarni rozi qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, ilg‘or innovatsiyalar hududida biofarmasevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, ta’lim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi loyihaga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinishi to‘g‘ri va oqilona qarordir. Bu yerdagilar yer, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi. Bularning barchasi hududda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, eng muhimi, eksport hajmini oshirishga zamin yaratadi. Masalan, viloyatning 11 ta tumani va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashishi, har birida innovatsion texnoparklar ochilib, ularda elektrotexnika, biofarmasevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshirilishi pirovardida, faqat va faqat insonni rozi qilishga, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi aniq. Prezidentimiz viloyatlarga tashrifi chog‘ida «Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi», deya ko‘p takrorlaydi. Bu bejiz emas, albatta. Boisi, rivojlanishning muhim omillaridan biri odamlarni rozi qilish, ularga munosib yashash sharoiti yaratish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashdir. Qisqasi, bugun viloyatda mo‘jizalar ro‘y bermoqda. Bunday yaratuvchilik, bunyodkorlik ruhi yangi marralarni zabt etishga chorlaydi. Yurtdoshlarimizning ko‘zlaridagi quvonch, hayotdan mamnunlik, ayniqsa, yoshlarimizning nigohlarida barq urib turgan g‘ayratshijoat, ertangi kunga ishonch yolqinlari ularning porloq kelajagidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining bu galgi tashrifi esa viloyatni yanada rivojlantirish, inson qadrini ulug‘lash, xalqni rozi qilish, hududning beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Sherzod QULMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati HAYOTDAN ROZI BO‘LIB YASHASH SURURI Keyingi olti yil ichida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotiga 30 trillion so‘m investitsiya jalb etilib, 6640 ta yangi korxona ishga tushirilibdi. Bu orqali 55 ming doimiy ish o‘rni yaratilgan, 17 ming oila esa kambag‘allikdan chiqarilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bugun odamlarga orzu-havas, g‘urur-iftixor va shodlik qaytmoqda. O‘ZGARISHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHYAPTI Prezidentimiz Sirdaryoda 5 ta yangi tashabbusni e’lon qildiki, ularning barchasi aholi farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, odamlarni rozi qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


2023 3 Shubhasiz, bo‘lajak Referendum natijasi davlat va jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ya’ni, biz yangi, insonparvar, demokratik, erkin, ochiq va adolatli hayotga qadam qo‘yamiz. Bu so‘zlar kimlargadir balandparvoz tuyulishi mumkin, ammo yangilangan Konstitutsiya shuni talab etadi. Biz agar kelajak haqida o‘ylasak, boshqacha yashashga o‘rganishimiz zarur. Kelajak – bu yoshlar degani. Ammo, kelajakning qanday bo‘lishi asosan ta’limga, ilm-fanga bog‘liq. Yaqinyaqingacha jamiyatimizda ta’lim faqat davlat tashkilotlariga tegishli va ular tomonidan amalga oshiriladi, degan eskicha fikrlash shakllangan edi (vaholanki, qonunlarimizda nodavlat ta’lim shakli ham mustahkamlab qo‘yilgandi). Nihoyat biz buni anglab yetdik. Bugun yurtimizda nodavlat ta’lim shakli ham jadal rivojlanmoqda. Endi bu jarayon Bosh Qomusimizda ham mustahkamlanmoqda. Xususan, 50-moddaga muvofiq, “Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi...”. Men nodavlat oliy ta’lim tashkilotidagi faoliyatimdan kelib chiqib shuni e’tirof eta olamanki, O‘zbekiston yoshlari orasida ilmga chanqoq, qobiliyatli va intiluvchan o‘g‘ilqizlar juda ko‘p. Ularga ta’lim berishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, kelajagimizdan xavotir olmaydigan bo‘lamiz. Shu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlashni istardim: Muqobillik bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Bugun nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim muassasalariga muqobil ravishda rivojlanmoqda. Ma’lumki, yuksak rivojlangan mamlakatlarda ta’lim ham yuqori darajada tashkil etilgan. Ushbu davlatlarning turli reytinglarda eng yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlari asosan nodavlat yoki xususiy oliy ta’lim muassasalaridir. Muqobillik, akademik erkinlik va moliyaviy mustaqillik ta’lim uchun suv va havodek zarur. Va, bu ham Bosh Qomusda o‘z aksini topmoqda. Xususan, 51-moddaga binoan, “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli. Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega”. Yoki yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasining 52-moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar kelajagi eng avvalo o‘qituvchilarga bog‘liq. Yangilanayotgan Bosh Qomusda ta’limga tizimli yondashuvni kuzatish mumkin, ya’ni ta’lim oluvchilarning ham, ta’lim beruvchilarning ham huquqlari birdek mustahkamlanib qo‘yilyapti. Garchi, Bosh Qomusimiz loyihasida jamiyat hayotining barcha sohalari qamrab olingan bo‘lsa-da, ammo, ana shu sohalarning muvaffaqiyati aynan ta’limga bog‘liq. Shu bois, biz faqatgina ta’limga tegishli islohotlar haqida so‘z yuritishga harakat qildik. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz konstitutsiyaviy islohotlardan katta o‘zgarishlar kutmoqda. Natija esa siz-u bizga, hammamizga bog‘liq. Ulug‘bek MUHAMMADIYEV, «Perfect university» nodavlat oliy ta’lim tashkiloti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, partiya Markaziy Kengashi a’zosi TA’LIM, TA’LIM, TA’LIM, VA YANA 30 HAQIDA -aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga ovoz beradi. XALQIMIZ 2017-yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 4 917 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yakuniga ko‘ra bu raqam 6 384 tani, tarbiyalanuvchilar soni 2017-yilda 655.9 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 1 245.7 nafarga yetgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 2017-yil 9648 tani tashkil etib, o‘quvchilar soni 5 261.8 nafar bo‘lsa, 2022-yilga kelib umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 507 taga yetdi va shu dinamik o‘sishga mos ravishda o‘quvchilar soni ham 6 405.9 nafarga yetdi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalari soni 2,5 barobarga ortib, 200 taga yetdi, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Oliy ta’lim olish uchun imtiyozli kreditlash tizimi, ayollarga foizsiz kredit ajratish amaliyoti joriy qilindi. Shuni alohida qayd etish joizki, 2017-yilga qadar oliy ta’lim muassasalarida grant o‘rinlari soni faqat qisqarib kelgan. So‘nggi besh yil ichida esa aksincha grantlarni ko‘paytirish yo‘lidan borildi. Xususan, o‘tgan davrda oliy ta’limga ajratilgan davlat grantlari soni 75 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotinqizlar uchun davlat grantlari soni ikki baravarga oshirildi, shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olish huquqining nazarda tutilishi Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga zo‘r ishoradir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtidorli yoshlar uchun davlat granti asosida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olish orqali hayotda o‘zlarini to‘laqonli namoyon etish imkoniyatini kengaytirishdir. Xususan, Bosh qomusimizning 51-moddasida fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqliligi, oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga egaligi belgilab qo‘yilmoqda. Shu nuqtayi-nazardan aytganda, mazkur konstitutsiyaviy qoidaning belgilanishi bu boradagi ijobiy yo‘nalish doimo saqlab qolinishini, davlat oliy ta’lim muassasalarida grant o‘rinlari yo‘qolmasligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ahamiyatlisi, davlat hisobidan bepul oliy ta’lim olish kafolati ham faqat tanlov asosida, keng raqobat sharoitlarini yaratgan holda munosib nomzodlar tanlab olinishi natijasida yoshlarning o‘z ustida ishlashi, hayotda yuqori marralarni belgilashiga olib keladi. OLIY TA’LIMDA GRANT O‘RINLARI SAQLAB QOLINADI Abdumalik AKRAMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200)


– Yangi O‘zbekistondagi ezgu harakatlar hal qiluvchi pallaga kirdi. Bu jarayonda milliy qadriyatimiz, o‘zligimiz, g‘ururimiz timsoli – ona tilimiz, shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu norma yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’analarimizga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimiz boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga qaratilgan yangidan-yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Nodir TILOVOLDIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 4 -modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Til – millat ko‘zgusi «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 4 Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish


Inson qadri uchun... «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 5 20 -modda. (4, 5 xatboshi). Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi. – Yangilanayotgan Konstitutsiyada insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar faqat inson foydasiga talqin qilinishi belgilanyapti. Ushbu norma sudlarda ko‘rilayotgan ishlarda faqat inson qadri birinchi o‘ringa qo‘yilishiga hamda huquq va kafolatlarni biron-bir davlat organi o‘z foydasiga talqin qilmasligiga xizmat qiladi. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Umida RAHMONOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


– Har bir Vatandoshimiz va hatto xorijda yashayotganlar ham o‘zlarini jonajon O‘zbekistonning ajralmas bir bo‘lagi sifatida his etishi kerak. Vatandoshlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usining Konstitutsiya darajasida qat’iy belgilab qo‘yilayotgani fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan jamiyat va davlat manfaatdor ekanligini anglatadi. Har bir fuqaro davlat himoyasida «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 6 O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Farhod ZAYNIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 23 -modda.


– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda so‘z erkinligi va axborot olish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmoqda. Ushbu islohotlar natijasida mamlakatda Internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 2016-yilda 12,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib ikki barobarga, ya’ni 24 mln.dan oshdi. Shuningdek, mamlakatimiz aholi yashash maskanlari hududining Internet tarmog‘i bilan qamrovi 2016-yildagi 28 foizdan 2022-yilda 98 foizga yetgan. 33 -modda. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi. Erkinlik – o‘z huquq va majburiyatlarini bilish demakdir «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) 7 Milliytiklanish Umid JABBOROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


– Davlatning ertangi kuni – yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga barcha davlatlarda eng muhim vazifa sifatida qaraladi. Ayniqsa, maktab ta’limi bilan birga maktabgacha ta’lim ham to‘liq davlat nazoratida, uning kafolatlari ostida bo‘lishi shart. Mamlakatimizda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishda oilaviy bog‘chalar tashkil etilgani bu masalada yangi va samarali yechim bo‘ldi. So‘nggi olti yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27 foizdan 70 foizga yetgani, buning natijasida 2 millionga yaqin bola bog‘chaga borayotgani tizimda boshlangan islohotlarning samarasiga yaqqol dalildir. Faqatgina samarali ta’lim-tarbiya orqali taraqqiyotga erishamiz «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 8 50 -modda. Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Tursunoy MUROTOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


– Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanishiga, professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga, eng asosiysi ushbu sohaga tashqi aralashuvni cheklashga xizmat qiladi. Keyingi olti yilda davlat oliy o‘quv yurtlarining 41 tasiga akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan. 51 -modda. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli. Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega. Har kim oliy ma’lumot olish huquqiga ega «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) 9 Milliytiklanish Davron ARIPOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


– Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilyapti. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Ustoz otangdek ulug‘ bo‘ladi... «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 10 52 -modda. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Bahodir MAMATXONOV, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari


– Badiiy ijod xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Agar har bir shaxs to‘la badiiy ijod erkinligiga erishsa, bu kelajakda milliy adabiyot va san’atimizni yangi asarlar va nomlar bilan boyishiga, madaniyat va ma’naviyatimizni esa yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 53 -modda. Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Intellektual mulk davlat himoyasida «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) 11 Milliytiklanish Gulnora VAHOBOVA, xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati


– So‘nggi yillarda jamiyatda ayolga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. «Ayol uyda bola boqishi kerak», «ayol rahbar bo‘la olmaydi», «qizlarning o‘qishi shart emas» kabi turli asossiz stereotiplarga chek qo‘yildi. Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba parlamentda xotinqizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Bugun ayollarimiz barcha sohalarda faol. Masalan, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 12 58 -modda. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Alijon MUXTOROV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i


Madaniyat va san’at hayotimizning ajralmas qismidir «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 13 Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan ushbu modda bilan yurtimizdagi minglab tarixiy, ma’naviy, madaniy va ilmiy meroslar davlat muhofazasiga olingan. Ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, o‘z holicha saqlab qolish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish shu yurt farzandlarining muqaddas burchi hamda vazifasidir. Zero, ajdodlarimizdan meros tarixiy qadamjo va yodgorliklar asrlar silsilasidan, tarixning turli suronli davrlaridan o‘tib, bizgacha yetib kelgani katta tuhfa. 61 -modda. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrabavaylashi shart. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) Milliytiklanish Hamdam NIYOZOV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i


14 Chorshanba 26-aprel, 2023-yil №12 (1200) MULOHAZA &&&&&&&&& «BIR-BIRINI TIYIB TURISH» TOSHKENTDAN i BOSHLANADI Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan hokimlarning xalq deputatlari Kengashiga raislik qilishi mumkin emasligi, endi bu vazifani deputatlar orasidan saylanadigan vakil bajarishi haqidagi normani to‘la qo‘llabquvvatlayman. Ushbu qoida 2024-yildan Toshkent shahri va viloyatlarda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlarda qo‘llanilishi belgilanyapti. Ta’kidlash lozim, uzoq yillardan buyon keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinayotgan ushbu masalaning nihoyat hal qilinishi O‘zbekiston parlamentarizmi haqiqiy ma’noda o‘zgarishlarga yuz tutganidan dalolatdir. Chindan ham mahalliy kengashga hokim rahbarlik qilsa-yu, yana o‘ziga-o‘zi hisobot bersa? Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 9 oyida hokimlarning 1 339 ta qarorlari sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan Xo‘sh, bu o‘zgartish qanday natijalar beradi? Birinchidan, ijro va vakillik organlari o‘rtasida “bir-birini tiyib turish” mexanizmi ishlay boshlaydi. Demokratiyaning muhim talabi – hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi ijrosi ta’minlanadi. Hokimlar ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazorati kuchayadi va bu saylovchilarning xalq vakillariga nisbatan ishonchi ortishiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, xalq manfaati yo‘lida qabul qilinayotgan qaror va davlat dasturlarining ijrosi nazorati kuchaytiriladi. Islohotlar eng chekka hududlarga ham yetib boradi. Quvonarli tomoni, partiyamizning Saylovoldi dasturida ham ushbu amaliyotni bekor qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan edi. Agar yangilanayotgan Konstitutsiya 30-aprel kuni xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, “Milliy tiklanish”ning yana bir taklifi Bosh Qonun darajasida o‘z tasdig‘ini topgan bo‘ladi. Jahongir ZIYAYEV, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati kanja Bugun guvohi bo‘layotganimiz, gadjetlarga mute bo‘lgan katta-yu kichikni ko‘rib, bir kun telefonsiz qolsak nima bo‘larkan, degan o‘y o‘tadi xayoldan... Tan olaylik, bugun chindan ham ijtimoiy maydon bo‘sh vaqtimizni «mazmunli» o‘tkazishning manbai bo‘lib xizmat qilyapti. Hatto, ushbu zamonaviy «qurol» yangi avlod tarbiyasi bobida ota-onalar, o‘qituvchiyu tarbiyachilarning ham muhim raqobatchisiga aylandi. Zamonaviy yoshlar tili bilan aytganda, gadjetlar jonsiz «muallim» bo‘lish barobarida, vaqt va sog‘lik «o‘g‘ri»si ham ekan. Agar keyingi 3 yillik ma’lumotlarni tahlil qilsak, telefondan zararlanish holatlarining oshayotganini ko‘ramiz. Xususan, 2000-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining uyali telefonlar zarariga oid hisobotida insonlarning saraton kasaliga chalinishida uyali telefonlarning ta’siri kuchli ekani, dunyoda har 20 kishidan biri mobil aloqa nurlanishining qurboniga aylanayotgani ta’kidlangan edi. Nemis mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotlarda esa kamerali telefonlarning nurlanishi sodda uyali telefonlarga qaraganda ko‘proq ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, nurlanish asosan so‘zlashuv vaqtida sodir bo‘ladi, lekin «kutish» holatida ham davom etar ekan. Chunki telefon doimiy tarzda stansiyaga qo‘ng‘iroq yoki SMSlar orqali shu kabi ma’lumotlarni qabul qilishga tayyorligi haqida axborot berib turadi. Hisobotda bu, ayniqsa, tunda uyali telefonini «budilnik»ka qo‘yib yotadigan foydalanuvchilar uchun o‘ta zararli ekani ta’kidlangan. Telefonda so‘zlashish chog‘ida bosh miya to‘qimalarining zararlanishi, ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, birdaniga emas, balki oradan 15 – 20 yil o‘tgachgina namoyon bo‘ladi. Shu sababli ular yaqin kelajakda bosh miya o‘smasi bilan xastalangan odamlar soni keskin oshib ketadi, degan fikrdalar. Negaki, tadqiqotlar har kuni atigi 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning o‘zi miyada saraton o‘smasi hosil bo‘lishi uchun yetarli ekanligini ko‘rsatyapti. Qayd etish joizki, mobil telefonlardan nurlanishga, ayniqsa, bolalar ta’sirchandirlar. Olimlarning fikricha, mobil telefonlardan foydalangan bolalar, xotira va uyqu buzilishi xavf-xatariga ko‘proq duchor bo‘ladilar. Sust harakatdagi elektromagnit to‘lqinlari bolaning kichkina va nisbatan ingichka miya qobig‘iga kirib borishi ma’lum bo‘lsada, biz kichkintoyimizni ovutishning eng qulay usuli – qo‘liga telefon berib qo‘yishdan tiyilmayapmiz. Bu boradagi manbalarni o‘rganish asnosida yanayam qo‘rqinchli ma’lumotlarga duch kelamiz: E’tibor bering, telefondan me’yoridan ortiq foydalanish, eng yomoni yostiq tagiga qo‘yib uxlash oqibatida doimiy bosh og‘rig‘i, seruyquchanlik, tez asabiylashish, xotiraning buzilishi va diqqatni jamlay olmaslik, doimiy charchoq sindromi, ko‘z og‘rig‘i va qadalishi, ko‘z shilliq qavatining qurishi, ko‘rish qobiliyatining juda tez pasayishi, arterial qon bosimi va yurak urishining tez-tez o‘zgarib turishi kabilarni keltirib chiqarar ekan. Bu belgilarning hammasi vegetativ tomir distoniyasi alomatlaridir. Bundan tashqari, mobil telefon yuzaga keltiradigan zararli elektromagnit maydonlari ta’siri ostida organizmda immun tizimi tangligining reaksiyasi paydo bo‘ladi. Shifokorlarning aytishlaricha, bular oqibatida organizmning kasalliklarga va boshqa tashqi zararli ta’sirlarga qarshiligi pasayadi. Yana bir toifa olimlar uzoq muddat davomida elektromagnit nurlanish manbalariga yaqin bo‘lish astenik sindromini, organizmning tez qarishini, almashinuv jarayonlarining buzilishini, asab tizimi, sezish organlari kasalliklarini va boshqa xastaliklarni keltirib chiqarishini xavotir bilan ta’kidlashmoqda. Shu boisdan Hindistonda o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarning uyali telefondan foydalanishi butunlay taqiqlangan. Yaponiya, Fransiya va Ispaniyada ham bolalarning mobil telefondan foydalanishiga cheklovlar o‘rnatilgan. Yodingizda bo‘lsa, 2021-yil Qozon shahridagi gimnaziya o‘quvchisi 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev maktabga kirib yetti nafar o‘quvchi va o‘qituvchini otib tashlagani, AQSHning Kentukki shtatidagi maktablarning birida esa Maykl ismli o‘n to‘rt yoshli bola uch nafar maktabdoshini otib o‘ldirgani, yana besh o‘quvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabar tarqalgandi. Har ikki voqeaning tub sabablari o‘rganilganda o‘spirinlarning qonli sahnalarga to‘la telefon va internet o‘yinlariga mukkasidan ketganligi aniqlangan. Yuqoridagilardan xulosa qilib, har qancha foydasi tegmasin, o‘zimiz uchun gadjetlardan foydalanishning me’yorini belgilab olishimiz kerak. Demak, rivojlanish yoshida bo‘lgan farzandlarimizni smartfonlar «tarbiyalashi»dan asrashimiz shart. To‘g‘ri, smartfonlar ularning bo‘sh vaqtini xushchaqchaq o‘tkazishiga, turli xarxasha-yu injiqliklariga qarshi chora topib berishi mumkin. Ammo achchiq haqiqat shundaki, ular o‘z oldiga maqsad qo‘yish, kasb tanlash yoki atrofidagilarga mehrli bo‘lishni o‘rgata olmaydi. Ha yana bir gap: oila davrasida dam olish kunlarida «Telefonsiz bir kun» aksiyasini o‘tkazishga odatlanishimiz kerak. Aksiya sharti: internetga kirmaslik, faqatgina zarur qo‘ng‘iroqlarga javob berish, kitob o‘qish va sevimli mashg‘uloti bilan band bo‘lish... Ishonavering, bu foydali va manfaatli choradir. Eng muhimi, oilada kitobxonlik muhiti yaratiladi, biz fikrlay boshlaymiz, odamiylikni yana qaytara boshlaymiz. Mahbuba KARIMOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri


BEKATI 15 Chorshanba 26-aprel, 2023-yil NAZM №12 (1200) Muhammad O‘ZBЕKISTON O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring izimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin, Yo xudbinman yo bir sodda kasman men: Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat. Uch kunda sog‘insam nima qilayin?.. Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayram – bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. VATANIM Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim, O‘zim xoqon, O‘zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham o‘zing mehri – Ilig‘imsan, Vatanim. Yusuf 26-aprel – iste'dodli shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko‘ringan da’vo qilgan, Ming bir yog‘i ochilmagan Qo‘rig‘imsan, Vatanim. Sen Xo‘ jandsan, Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig‘i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon Cho‘lig‘imsan, Vatanim. Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin – Kurdistonda, Boburing – Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig‘ deb, Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to‘qson olti Urug‘imsan, Vatanim... O‘g‘lim, desang osmonlarga G‘irot bo‘lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo‘lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug‘beging quchgayman, G‘ichir-g‘ichir tishimdagi So‘lig‘imsan, Vatanim... O‘tgan kuning –o‘tgan kundir, O‘z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo‘lin bog‘lab, Dilin dog‘lab, yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug‘imsan, Vatanim. Yoningda qon yig‘lagan bir Shoiringga qarab qo‘y, Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa, Detdomlarni so‘rab qo‘y. Hech bo‘lmasa Usmon xokin Keltirmoqqa yarab qo‘y, Olislarda qurib qolgan Qudug‘imsan, Vatanim... Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O‘g‘lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo‘ynimdagi iftixorim, Bo‘ynimdagi tumorim, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim! DUNYO Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo, Meni tuproq, o‘zni osmon bilgan dunyo, Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab, Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!.. Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan, O‘zbek borsa kim qo‘liga qaramagan? Botirlari qul bo‘lishga yaramagan, Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo! Moziy manim borimni yod etib siylar, Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar. Shoh G‘azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Rumiylar... Chorig‘ini yelkasiga ilgan dunyo. Sen sig‘ingan – o‘sha jondin ortiq senga Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga. Kulma menga, iddaolar qilma menga – To‘qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo! Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi, Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi. Sinoning etagin o‘pib Ovruposi, Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo. Mening ko‘shkim ko‘kda – unga yetmaydi qo‘l, Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltgay bir yo‘l, Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l – Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!. TAVALLO Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni, Ham oq yuvib – taragansan o‘zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib, Kunimizga yaragansan o‘zing bizni. Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o‘pib, Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga. Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston. Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi, Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi. Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar, Bir kun bir kaft tuprog‘ingga zor bo‘ladi. Yoningda turgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!.. Gul ko‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadil-u ulug‘vorlik senga xosdir. Sevamizki, cho‘llaring ham bizga jannat, Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek ko‘rgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston! . IQROR Shoirlik men uchun aslo orzumas, Shu ham ish bo‘ldimi yigit boshimga. Hamma shoir zotin yig‘sa – arzimas Onamni sog‘inib to‘kkan yoshimga. Ana, ular qilar bulbullarga do‘q: «Ey qush, bu bog‘larning men bulbuliman!» Shoirlar bilan hech oshnoligim yo‘q, Men yorug‘ dunyoda ko‘nglim quliman. Ammo yuragimni qiynar bir azob, Qo‘y desam qo‘ymaydi, tutqazar qalam, Men ketmon so‘rasam – tutadi rubob, Kuylayman jonimdan o‘tganda alam. Osmonga qarasam ko‘rinar tuproq, Maysaga termulib oyni ko‘raman. Bu qanday ko‘rgilik, bilmayman, o‘rtoq, Men qachon dalada bug‘doy o‘raman!.. Shoirlik men uchun aslo orzumas, Shu ham ish bo‘ldimi erkak boshimga. Hamma shoir zotin yig‘sa – arzimas Uyimni sog‘inib to‘kkan yoshimga. Ana ular salqin xiyobonlarda Entikib yozishar kelajakka xat. Oqibat haqida hayqirishar va Abdulla Orifni qilishar g‘iybat... Bo‘ldi. She’r yozmayman. Men endi odam, Oddiy odam bo‘lib yashay boshlayman. Ko‘nglimga achinib agar yozsam ham, Tunda yozib, tongda o‘tga tashlayman


OBUNA –2023! 2023-YIL UCHUN «MILLIY TIKLANISH» GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Obuna indeksi 158 16 Chorshanba 12-aprel, 2023-yil №11 (1199) – Oilaviy sharoitim tufayli ishimni biroz muddatga masofadan turib ishlashga o‘tkazdim. Bu oylik maoshimga ta’sir qilmaydimi? Gulchehra Begmatova, Bulung‘ur tumani – Turmush o‘rtog‘imning doimiy daromadi yo‘qligi sabab MIBga aliment miqdorini hisoblash uchun ish joyidan ma’lumotnoma taqdim eta olmadi. Bunday holatda bir bola uchun undiriladigan alimentni hisoblash tartibi qanday bo‘ladi? Nilufar Davronova, Taxiatosh tumani – Turmush o‘rtog‘imning nomida to‘ygacha otasi sovg‘a qilgan mashina va to‘ydan keyin olingan 2 xonali uy bor. Nikohimiz bekor qilinsa, men barcha mulklardan o‘zimga tegishli ulush olishim mumkinmi? Malika Sharipova, To‘raqo‘rg‘on tumani – Farzandim 15 yoshga to‘ldi, uning familiyasini o‘zgartirsam bo‘ladimi? Shahlo Temirova, Shayxontohur tumani – Referendumda ovoz berish byulleteni buzib qo‘yilsa nima bo‘ladi? Sevara Soliyeva, uy bekasi – «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning to‘lovkontrakt puli to‘lab beriladimi? Ulug‘bek Komilov, Toshkent shahri TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 8 657. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 416 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 01:00 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] SAVOLBERING! Yangi kitob – Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazilgan xodimga haq to‘lash soatbay asosda, ya’ni xodimning masofaviy ishga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif “stav”kasidan kelib chiqqan holda to‘lash belgilangan. Demak, sizning muddatli masofaviy ishlashga o‘tganingiz oylik maoshingizga ta’sir qilmaydi. – Agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Bu oylik ish haqining 25 foizini tashkil qiladi. – Oila kodeksining 25-moddasiga ko‘ra, er va xotinning nikohga qadar tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olingan mol-mulki har birining o‘z mulki hisoblanadi. Shu sababli, siz avtomashinadan ulush ololmaysiz. 2 xonali uy esa er-xotinning umumiy mulki hisoblanib, undan ulush olishga haqlisiz. Adizbek Qilichev, advokat – FHDYO organi otaonaning birgalikdagi arizasiga binoan farzand 16 yoshga to‘lguncha bola manfaatlari e’tiborga olingan holda uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek, unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqli. 16 yoshga to‘lganidan keyin ota-ona roziligi olinmaydi. Advice.uz – O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasiga muvofiq ovoz berish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli buzib qo‘yilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra almashtirib berilishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati – «Yoshlar daftari»ga kiritilgan oila farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lovkontrakti to‘lab beriladi. Ya’ni, «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati –Turizm sohasida tabdirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Davlat tomonidan qanday moliyaviy ko‘makka umid qilsam bo‘ladi? Venera Hodiyeva, tadbirkor – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, har bir tashabbuskorga 50 mln. so‘m miqdorida, jami 10 mlrd. so‘mgacha grantlar ajratiladi. Bu mablag‘ onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi. Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topolmayapsizmi? Bizning quyidagi telegram manzilimizga yo‘llang, bizning mutaxassislar savollaringizga javob berishadi. 99 443-05-86 MILLAT BAXTIN SO‘RAR MILLAT OTASI O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning «Millat baxtin so‘rar millat otasi» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bugun Vatanimiz dunyoga yangilanayotgan O‘zbekiston sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Dunyo davlatlari, jahon xalqi tinchlik va barqarorlik, birdamlik va birodarlik, ilmu ma’rifat va taraqqiyot sari yuz tutgan yurtimizning yangi ko‘rku jamoli, umummilliy va umumbashariy maqsadlar yo‘lida zahmat chekayotgan tanti xalqimizning azmu shijoatini alohida e’tirof etmoqda. Albatta, biz bu kunlarga osonlikcha yetib kelmadik. “Zamon bo‘ldi o‘zbeklarning zamoni” deydi shoir. Prezidentdan to muallimgacha – biz barchamiz shu Vatan taqdiriga birdek daxldorligimizni, mas’ul va qarzdorligimizni angladik. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning yangi kitobi aynan shu ruh, shu mavzudagi she’rlar, manzuma va faxriyalardan iborat. Bobolar an’anasiga mehr va sadoqat ruhida bitilgan “Yaxshilik eskirmagay” sarlavhali “Qirq hadis” – “Arba’in” turkumi ham aziz o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Kitobga Mirzo Kenjabek mas’ul muharrirlik qilgan. Muharrir - G‘ayrat Majid. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ushbu kitobi “Sahhof” nashriyotida 2 ming 500 tirajda chop etildi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar bermoqda. O‘zA


Click to View FlipBook Version