The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

5_son -2024 Milliy tiklanish

QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT AQSH dollari 12480.04. 1 YEVRO 13437.26. 1 Rossiya rubli 136.74. 1 Angliya funt sterlingi 15793.49. 1 Yaponiya iyenasi 83.43. 2024-yilning 14-fevral sanasidan. Manba: cbu.uz «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 2-sahifa 2-sahifa 4-sahifa OMBUDSMAN VATANDOSHLARIMIZ HAQ-HUQUQINI TA’MINLAY OLYAPTIMI? 2s milliy № 5 (1237) 2024-yil 14-fevral, chorshanba Adadi – 5 036 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] tiklanish Odiljon TOJIYEV KAMCHILIKLAR HAQIDA BARALLA AYTILYAPTI, LEKIN... «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR SHA’NIMIZ QADRIMIZ, Globallashuv insoniyat uchun beqiyos imkoniyatlar bilan birga kutilmagan xatarlarni ham keltirib chiqaryapti. Ayniqsa, qadriyatlarning qadrsizlanishi, milliy an’ana va urf-odatlar ildizining zaharlanishi, eng yomoni, milliy tillarga bo‘lgan munosabatlarning sun’iylashtirilishi ko‘plab millat va elatlarning ona tilidan ayrilib qolish ehtimolini kuchaytirmoqda. Til millat borligi, birligi, o‘tmishi va bugunini aks ettiruvchi oliy bayroq ekan, bugun har qanday xalq uning qadr-qimmati, himoyasi haqida har daqiqada o‘ylashi, tinimsiz qayg‘urishi lozim. O‘zbek xalqi ham asrlar davomida o‘z tili va qadriyatlarini asrab-avaylab, himoya qilib kelmoqda. Ayniqsa, jadid bobolarimiz va millat oydinlari til masalasida hech qachon murosaga bormagan. Shunday ekan, bugun barchamiz avlod-ajdodlarimiz oldida juda katta qarzdor ekanimizni unutmasligimiz lozim. Ammo keyingi yillarda ona tilimiz rivoji yo‘lidagi muammolar ko‘payib, tashqi tahdidlar kuchaymoqda. Ayni paytda global dunyodagi notinch holat fonida Markaziy Osiyoga nisbatan yuzaga keltirilayotgan ONA TILIMIZ – IFODASI Davlat tili haqidagi qonunimizga ko‘ra, fuqarolar o‘z murojaatlarini xohlagan tillarida bildirishlari mumkin. Ya’ni, fuqarolarning xohlagan tilda davlat idoralariga murojaat qilishlari belgilab qo‘yilgan. Ammo tan olaylik, ayni shu jihat davlat tilining rivojiga xalaqit berayotgan asosiy me’yorlardan biridir. Chunki tajribadan ma’lumki, har qanday tilning rivoji uchun unga birlamchi ehtiyoj paydo qilinishi kerak. Ehtiyoj bo‘lmagan til esa o‘z-o‘zidan zaiflashadi. Kasbim taqozosi bilan har kuni turli xil fe’l-atvordagi ayollar bilan muloqotda bo‘laman. Ular orasida turmush o‘rtog‘i yoki yaqinlarining tazyiq va zo‘ravonliklariga uchragan bo‘lsada, bu haqda sukut saqlashni afzal ko‘radiganlari ham bor. Tilshunos olimlar tirik jonning hayoti uchun suv va havo qanchalik zarur bo‘lsa, so‘z ham inson uchun shunday maqomga ega ekanini ta’kidlashadi. Ravon nutq, jozibali va ta’sirchan talaffuz insonning hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydigan ma’naviy boyligidir. O‘z ona tilida, shu bilan birga boshqa tillarda mukammal so‘zlasha oladigan, fikrini tiniq ifoda etishga qodir kishilar fazilat bobida komillikka yaqin turadilar. Ulug‘ ajdodlarimiz bir emas, bir necha tillarni mukammal egallab, shu tillarda ham barakali ijod qilishgan. 6-sahifa Davomi 3-sahifada 5-sahifa – hayotning jon bulog‘i YILDAN KEYIN QAYTARIB BERILGAN 81 SO‘M HAQIDA... 1922-yilning kuzida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan buxorolik 55 nafar talaba orasida akauka Muhammadjon va Rahmatjon Avazjonovlar ham bor edi. Ular yo‘lga chiqqanlarida Muhammadjon 17, ukasi Rahmatjon esa 14 yoshga to‘lgandi. BIR KUNDA OTILGAN IKKI SARLOCHIN YOKI 21 7-sahifa Uning himoyasi haqida tinimsiz qayg‘urishimiz lozim. tortishuvli vaziyatlar ham ko‘pincha til bilan, milliy qadriyatlar bilan bog‘lanyaptiki, bundan tegishli xulosalar chiqarmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Keyingi kunlarda guvohi bo‘layotganimizdek, sobiq imperiyani tiklash haqida norasmiy doiralardan tashqari Rossiyaning rasmiy manbalarida ham fikrlar yangramoqdaki, ularni tahlil qilsak, O‘zbekistonda bunday axborot xurujlariga qarshi qanday choralarni ko‘rishimiz kerak, degan haqli mulohaza yuzaga keladi. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgani yurtimizda ochiqlik, shaffoflik siyosati izchil davom ettirilayotganining yana bir isboti bo‘ldi. T a ’ k i d l a s h j o i z , mamlakatning buguni va kelajagini belgilab beruvchi, f u qa r ol a r n i ng h ayot ig a to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi muhim hujjatlarni xalqimiz, f uqarolik jamiyati bilan bamaslahat, hamjihatlikda t a y yo r l a s h , s h u b h a s i z , o d a m l a r d a d a x l d o r l i k hissiyotini kuchaytiradi. Ayniqsa, o‘zining takliflari, fikrlari inobatga olinayotgani v a u l a r n i n g a m a l g a oshayotganini ko‘rgan har bir fuqaroning davlatga ishonchi oshadi, jamiyatdagi faolligi kuchayadi. O‘z navbatida bu kabi m u h o k a m a l a r h a r b i r d avl a t n i ng r ivojl a n i sh i uchun muhim bo‘lgan kuchli fuqarolik jamiyatini yaratishga xizmat qiladi. O‘z navbatida kuchli fuqarolik jamiyati hukumatning yanada hisobdor, mas’uliyatli, samarali ishlashi uchun xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning rivojlanishiga, aholi farovonligining o‘sishiga olib keladi. Davlat dasturi aholining barcha qatlami tomonidan keng muhokama qilinganini, unga bo‘lgan qiziqishni 2500 dan ortiq kelib tushgan takliflardan ham bilish mumkin. D a v l a t d a s t u r i n i n g birinchi “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish”, ya’ni ijtimoiy yo‘nalish dasturning asosini tashkil etib, unda 44 ta maqsad va 110 ta vazifa belgilab olingan. Darhaqiqat, ijtimoiy soha har bir fuqaroning kundalik hayotiga ta’sir qiladigan ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabi muhim masalalarni qamrab oladi. Ay n a n s h u n i n g u c h u n ham jor iy yilda by udjet xarajatlarining 48 foizi yoki 151 trillion so‘m ijtimoiy sohaga, xususan, ta’limga 69 trillion, sog‘liqni saqlashga 33.4 trillion, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotga esa 36.1 trillion so‘m yo‘naltirish belgilangan. Xalqimiz farovonligi uchun yana bir muhim qadam Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘... AYOL XO‘RLANGAN UYDA FARISHTALAR HAM YIG‘LAYDI BIROR SOAT HAM KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN VAZIFALAR QO‘YILDI «MЕHRIBON» SHOGIRD 4s 7s So‘z Davomi 2-sahifada


2 14-fevral, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №5 (1237) chorshanba milliytiklanish OMBUDSMAN INSTITUTI 1995-YILDA MDHDA BIRINCHILARDAN BO‘LIB O‘ZBEKISTONDA TA’SIS ETILGANINI HAM AYTISH JOIZ. OLIY MAJLISNING 1997- YIL 24-APRELDA BO‘LIB O‘TGAN SESSIYASIDA «OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA»GI QONUN QABUL QILINIB, UNGA KO‘RA, VAKIL O‘Z VAKOLATLARINI MUSTAQIL HAMDA DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR SHAXSLARGA TOBE BO‘LMAGAN TARZDA AMALGA OSHIRISHI BELGILANDI. FRAKSIYADA Munosabat « M i l l i y t i k l a n i s h » d e m o k r a t i k p a r t i y a s i fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Inson huquqlari b o ‘ y i c h a v a k i l i n i n g (Ombudsman) 2023-yildagi faoliyati muhokama qilindi. Dastlab shved qirolligida tashkil etilgan Ombudsmanga bugungi kunda «inson huquqlari himoyachisi» sifatida qaraladi va bu institut 1809-yildan boshlab parlamentga ko‘chgan. Shu o‘rinda shved qiroli aslida ushbu tajribani islom davlatlarida faoliyat yuritgan muhtasiblardan o‘rganganini ta’kidlash joiz. Ma’lumki, muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funksiyasini bajargan. Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur davrida ham topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmaganlar haqida axborot beruvchi shaxslar bo‘lgan. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlamagan bunday kishilar esa shaxsan Sohibqiron tomonidan jazolangan. Bu esa Amir Temur bobomizning inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan o‘ta qat’iy munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. O m b u d s m a n i n s t i t u t i 1995-yilda MDHda birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda ta’sis etilganini ham aytish joiz. Oliy Majlisning 1997-yil 24-aprelda bo‘lib o‘tgan sessiyasida «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, unga ko‘ra, Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirishi belgilandi. O m b u d s m a n F e r u z a E s h m a t o v a i n s t i t u t n i n g 2023-yildagi faoliyatiga to‘xtalib, o‘tgan yili O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolaridan, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 18 622 ta murojaat kelib tushganini qayd etdi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 17 761 tani tashkil etgan edi. Murojaatlarning qariyb 41 foizi xotin-qizlardan, 59 foizi esa erkaklardan kelgan. Albatta, xotin-qizlardan tushayotgan murojaatlarning 2022-yilga nisbatan kamaygani yaxshi, a m m o t a h l i l l a r g a ko‘ r a , 2023-yilda maishiy zo‘ravonlik, oilaviy ziddiyatlar, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik holatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan. M u r o j a a t l a r h u d u d l a r kesimida tahlil qilinganda, ularning eng ko‘pi Qashqadaryo (2818 ta) va Surxondaryo (1759 ta) viloyatlariga hamda Toshkent shahriga (2226 ta), eng kam murojaatlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (532 ta) va Sirdaryo viloyati(429 ta)ga to‘g‘ri kelgan. Tumanlar kesimida esa eng ko‘p murojaat Koson, Denov, Yunusobod hamda Yashnoboddan bo‘lgan. Hisobot yilida Ombudsmanga ta’lim sohasi bilan bog‘liq 248 ta murojaat kelib tushgan va ularning 66 tasi nazoratga olingan. Yoshlarning ta’lim olish huquqi kafolatlanishi hamda o‘qituvchilar mehnat huquqlari ta’minlanishi borasida Ombudsmanning tegishli tashkilotlarga qilgan murojaatlari natijasida 5 nafar talabaning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun 24 mln. so‘mlik shartnoma puli to‘lanishida, 3 nafar voyaga yetmagan bolaning maktabga qabul qilinishi hamda 2 nafar o‘qituvchining dars soati tiklanishida, shuningdek, 2 nafar talabaga OTMga qarashli yotoqxonadan joy ajratilishida ko‘maklashildi. Fr a k s i ya a’z o s i N o d i r Tilavoldiyev Ombudsmanning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi oshganini e’tirof etarkan, institutga 2023-yilda 2022-yilga nisbatan qariyb 1000 ta ko‘p murojaat bo‘lganining ham yaxshi, ham salbiy tomoni borligini ta’kidladi. Yaxshi tomoni, aholimizning Ombudsmanga bo‘lgan ishonchi oshmoqda. Salbiy tomoni esa bu raqam mamlakatimizda inson huquqlari sohasida hali muammolar ko‘pligidan dalolat beradi. Alisher Qodirov Ombudsman hisobotini ijobiy baholab, Rossiyadagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolarimiz masalasini ko‘tardi. Bugun ushbu davlatda vatandoshlarimizni harbiy harakatlarga jalb qilish uchun norasmiy targ‘ibot i s h l a r i o l i b b o r i l m o q d a . Murojaatlardan ma’lum bo‘ldiki, Rossiyada fuqarolarimizni soxta, yolg‘on ayblovlarlar bilan qamash holatlari ko‘paygan va qamoqdan ozod bo‘lishi uchun esa ularga ma’lum muddat harbiy harakatlarda ishtirok etish talabi qo‘yilmoqda. Fuqarolarimiz harbiy harakatlar bo‘layotgan joylarga qanday borib qoldi, nima uchun, qanday bunga yo‘l qo‘yildi? Axir jang maydoni tasodifiy joy emas-ku. – Ombudsman vatandoshlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Rossiya O m b u d s m a n i g a u s h b u masalalarda aniq so‘rovlar kiritishi juda ham zarur, – dedi Alisher Qodirov. F.Eshmatova ushbu masalaga munosabat bildirib, Rossiyaning hududiy Ombudsmanlari bilan uchrashuvlarda ham bu masalaga ko‘p e’tibor qaratilayotgani, lekin ikki o‘rtada aniq bir huquqiy hujjat bo‘lmagani bois, muloqotlar hamon davom etayotganini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunida boshqa deputatlar tomonidan ham Ombudsman faoliyatini yanada takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar bildirildi. F r a k s i y a y i g ‘ i l i s h i d a «Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston R e s p u b l i k a s i n i n g a y r i m qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgar tirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ham muhokama qilindi. Ma’lumki, firma nomlari ham tovar belgilari, u kelib chiqqan joy nomlari singari intellektual mulk obyekti hisoblanadi. Ammo ayrim insofsiz tadbirkorlik subyektlari tomonidan mashhur xorijiy va milliy firma nomlariga o‘zlarining firma nomlarini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash etib ro‘yxatdan o‘tkazib, reklamalarda, mahsulotlar o‘rovlarida foydalanib kelinmoqda. Adliya organlari tomonidan 2022-yilda bu turdagi 14 ta holat bo‘yicha tegishli choralar qo‘llanilgan. Biroq bu turdagi huquqbuzarliklarga nisbatan m a’mur iy j a zo c h o r alar i yetarli samara bermayapti. Tayinlanayotgan jarimalar bevosita davlat foydasiga undirilayotgani esa, huquq e g a l a r i d a h e c h q a n d a y manfaatdorlik keltirmayapti. Shu bois, bu jarayonlarga birinchi navbatda huquq egasining manfaatdorligini oshirishga qaratilgan yangi tartiblarni joriy qilish talabi yuzaga keldi. Ushb u q o nun l oy ih as i bilan aynan sanoat mulki obyektidan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida yetkazilgan zararning o‘rniga tovon talab qilish tar tibi kiritilmoqda. Xususan, patent egasi huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha (340 mln. so‘m) miqdorda tovon to‘lashni talab qilishi mumkin. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri OMBUDSMAN VATANDOSHLARIMIZ HAQ-HUQUQINI TA’MINLAY OLYAPTIMI? amiyatimizda uyjoy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalarida qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ayrim hollarda esa vaziyat hatto yomonlashib ham ketyapti. Davlatimiz rahbari muammolarga samarali yechimlar topib, soha mas’ullari oldiga muhim vazifalar qo‘ydi. Joriy yilning 29-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tanqidiy ruhda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholi kundalik turmushida eng ko‘p duch keladigan jabhalardagi nuqsonlarning asl sabablari ko‘rib chiqildi. Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan bir qator rahbarlarga intizomiy choralar ham qo‘llandi. Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimidagi vazir va hokim o‘rinbosarlari faoliyatiga samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi belgilandi. 2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, qurilishda va obyektlarni qabul qilishda resurs usulidan voz kechilib, hajm usuliga o‘tiladi. Bu tartibni shu yil 1-iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida joriy qilish topshirig‘i berildi. Mazkur sohalarni korrupsiyadan holi qilish maqsadida qurilishda tuziladigan shartnomalar raqamlashtiriladi, pudratchi tashkilot bajargan ishlar faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisobfakturadan kelib chiqib moliyalashtirilishi belgilandi. Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham raqamlashtirilib, dalolatnomalar «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida tasdiqlanadi. Qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni tanlash ham mazkur tizim orqali yo‘lga qo‘yiladi. Shu va boshqa bir qator yangiliklar va vazifalardan «yashirin iqtisodiyot»ga chek qo‘yish maqsadi ham ko‘zlangan. Prezidentimiz tomonidan tarmoqlarni modernizatsiya qilish, samaradorlikni keskin oshirish bo‘yicha original yechimlar, zarur ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, joriy yilda 80 ming xonadonli 1 ming 800 ta uy-joy va 45 ta «Yangi O‘zbekiston» massivlari barpo etilishi e’lon qilindi. Keng ko‘lamli qurilishlar, albatta, tegishli nazoratsiz amalga oshirilmaydi. Yig‘ilishda ekologik nazoratga ayniqsa, katta e’tibor qaratildi. Xususan, 1-apreldan boshlab har bir hududning havo, suv va atrof-muhit ifloslanish darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinadigan bo‘ldi. Ko‘rib chiqilgan masalalar va topshirilgan vazifalar ko‘lamidan, mohiyatidan xulosa qilish mumkinki, xalqimizni tashvishlantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, sinchiklab o‘rganib chiqib, amaliy yechimlarni taklif qilishda aslida biz, qonun chiqaruvchilar jonbozlik ko‘rsatishimiz kerak. Bunday masalalar aksar hollarda Davlatimiz rahbarining bevosita aralashuvisiz, deputatlar va ijroiya hokimiyatining o‘zaro hamkorligida hal etiladigan muammolardir. Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan mavzu va yo‘nalishlarda Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslarni hayotga samarali tatbiq etishda, ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarishda, yangi tizim va uslublarni joriy qilishda oliy vakillik organi sifatida biz vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqindan ishlaymiz, berilgan topshiriqlarning ijro etilishi ustidan ishonchli nazoratni amalga oshiramiz. Odiljon TOJIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari a’lumki, yangilangan Konstitutsiyamizning 1-moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi o‘z aksini topdi. “Ijtimoiy davlat” esa “Inson qadrini ulug‘lash” tushunchasi bilan bevosita bog‘liq. Ijtimoiy davlat avvalo sifatli ta’lim-tarbiya, inson kapitalini rivojlantirish, malakali tibbiy yordam, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Shu ma’noda, davlat tomonidan o‘z zimmasiga olingan bunday mas’uliyatni amalga oshirish maqsadida farmon loyihasida ham, davlat dasturining amaliy tadbirlar rejasida ham bir nechta muhim tashabbuslar, vazifalar ilgari surilmoqda. Jumladan, farmon loyihasining 16-bandida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llabquvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan ta’minlashning yangi tizimi bosqichma bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Dasturining amaliy tadbirlar rejasida esa har bir tumanda tashkil qilingan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini to‘liq qamrab olish, ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish, kambag‘al aholi balansini shakllantirishda Xitoyning “Indeks kartalar” platformasi asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsad qilingan. Ishonch bilan aytish mumkinki, davlat dasturi takliflar asosida yanada takomillashtirilib, joriy yildagi xalqimiz manfaatiga xizmat qiladigan, shu bilan birga “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”dagi maqsadlarga yaqinlashtiradigan muhim hujjat bo‘ladi. Nodir TILAVOLDIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xalqimiz farovonligi uchun yana bir muhim qadam Kamchiliklar haqida baralla aytilyapti, lekin.... M J (Boshlanishi 1-sahifada)


Kuting! BUGUNNING GAPI O‘zbek tili davlat tili ekan, davlat idoralariga murojaat, huquqiy hujjatlar, reklamalar, tashqi yozuvlar – umuman barchasida o‘zbek tili ustun bo‘lishiga erishishimiz zarur. 14-fevral, 2024-yil №5 (1237) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish Shu o‘rinda rus millatiga mansub va boshqa o‘zga millatli vatandoshlarimizning qadriyati, tili va milliy an’analarini saqlash Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilganini alohida ta’kidlash joiz. Lekin til haqida gap ketganda, boshqa masalalar yuzaga chiqadiki, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekistonda jami aholi tarkibida rus vatandoshlarimiz 2-2,5 foizni tashkil qiladi. Ammo e’tibor bersangiz, bugun maktab va bog‘chalarimizda rus tilida ta’lim berishga keragidan ortiq e’tibor qaratilyapti. Zotan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, til oddiy masala emas. Qaysiki, millat o‘z tiliga munosabatini o‘zgartirsa, tilidan uzoqlashsa, bunday millatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida tarixdan istagancha misollar keltirish mumkin. E’tibor bering: bugun uch ming yillik davlatchilik tariximiz haqida kuyunib, faxrlanib gapiryapmizu, biroq ana shunday bir paytda o‘zbek tili qonun, texnologik rivojlanish tiliga aylana olmagani bizni xavotirga solishi kerak, deb o‘ylaymiz. Ayni paytda ko‘plab ota-onalar farzandlarini ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarga beryapti. Shubha yo‘qki, ular bolam til bilsin, degan ezgu maqsadda shunday yo‘l tutyapti. Lekin bu davr bola hayotining poydevori tiklanadigan, ongi, qadriyatlari shakllanadigan payt hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaga o‘zligini bilish masalalari singdirilishi kerak. Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarda bolalarga ayni shu davrida milliy o‘zlikni anglash o‘rgatilishi ham shundan. Yana bir masala: davlat tili haqidagi qonunimizga ko‘ra, fuqarolar o‘z murojaatlarini xohlagan tillarida bildirishlari mumkin. Ya’ni, fuqarolarning xohlagan tilda davlat idoralariga murojaat qilishlari belgilab qo‘yilgan. Ammo tan olaylik, ayni shu jihat davlat tilining rivojiga xalaqit berayotgan asosiy me’yorlardan biridir. Chunki tajribadan ma’lumki, har qanday tilning rivoji uchun unga birlamchi ehtiyoj paydo qilinishi kerak. Ehtiyoj bo‘lmagan til esa o‘z-o‘zidan zaiflashadi. Nima uchun mamlakatimizda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan millatlarning o‘zaro muloqot tili boshqa til bo‘lishi kerak? Milliy qadriyat sifatida barcha millat o‘z tillarini o‘rganishi, muloqotda ishlatishi va rivojlantirishi uchun sharoit yaratish Konstitutsiyaviy shart, bu bajarilishi lozim. Lekin nima uchun o‘z fuqarolarimiz orasidagi muloqot tili sifatida davlat tilining ustuvorligidan voz kechishimiz kerak? Bu davlat tiliga hurmatsizlik! O‘zbekistonda davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili ta’lim va ish yuritishda majburiyat, millatlararo muloqotda ustuvor bo‘lishi shart! O‘zaro muloqotda esa istagan tilda gaplashish tabiiy huquq, albatta. Milliy taraqqiyotimiz va tariximizni puxta o‘rganishimizdagi zaruratdan kelib chiqib, fuqarolarimizning ingliz, xitoy, rus va arab tillarini chuqur o‘rganish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Bugun ta’lim tizimida, televideniye, hatto ayrim huquqiy hujjatlarda ham rus tilining ta’siri kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyada nemis tilidan boshqa tilda davlat idoralariga murojaat qilish qonunga zid sanaladi. Agar boshqa tilda murojaat qilsangiz, u nafaqat ko‘rib chiqilmaydi, balki buning uchun jarimaga ham tortilasiz. Nazarimda, davlat tiliga munosabatni shunday shakllantirish orqali nemis tiliga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keltirilgan. Biz esa haligacha ana shu ehtiyojni paydo qilishga botinolmayapmiz. Shuning uchun ham qonunlardagi til rivojiga to‘siq bo‘layotgan me’yorlarni o‘zgartirish va bu borada yanada kuchliroq me’yorlarni ishlab chiqish payti keldi, deb hisoblayman. Yaqinda shu haqda fikr bildirganimda rus segmentidagi axborot vositalari buni noto‘g‘ri talqin qildi. Ya’ni, boshlang‘ich ta’lim ona tilida bo‘lishi kerak, degan gapimni o‘zbek tilida deb tarjima qilishdi. Men esa har qanday o‘zbek bolasi o‘zbek tilida, rus bolasi esa rus tilida boshlang‘ich ta’lim olsin, degan fikrni bildirganman. Odatda birinchi sinfga borayotgan bolani qanday tilli maktabga berish otaonalarning tanlovi, deyishadi. Ammo oramizda o‘z bolasining umuman maktabda o‘qishiga ham qarshi bo‘ladigan otaonalar yo‘q deysizmi? Bor, albatta. Shuning uchun ham bola o‘zbek millatiga mansubmi, boshlang‘ich ta’limni ham o‘z ona tilida olishi kerak. Xorijiy tillarni o‘rganishni esa yuqori sinflardan boshlash maqsadga muvofiq. Eng qizig‘i, ayni shu fikrim millatchilik deya talqin qilindi. Vaholanki, o‘zbek xalqi hech qachon millatchi bo‘lmagan. Shunday bo‘lganda edi, Ikkinchi jahon urushi davrida bir to‘g‘ram nonini bo‘lib, ham rusga, ham nemisga bermagan bo‘lardi. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida millatlar ustida juda ko‘p mafkuraviy tajribalar o‘tkazildi. Afsuski, bunday tarbiyaviy ta’sirlar asorati hali ham yo‘qolib ketmadi. Ba’zi yurtdoshlarimizni bilaman, millati o‘zbek, lekin ona tilini bilmaydi. Shu haqda gapirsang yoki til haqida, o‘zbek qadriyatlari haqida fikr bildirsang, millatchilikka yo‘yishadi. Yodingizda bo‘lsa, Prezidentimiz elchilar bilan uchrashuvda o‘zbek tilini bilmagan diplomat qanday qilib O‘zbekiston vakili bo‘lishi mumkin, degan edi. Xorijiy tilni o‘rganish mobaynida o‘z tilini unutib yuborgan shunday elchilar bor va afsuski, hozirgi maktab o‘quvchilarida ham shunday muammolar uchrayapti. Bizning til va vatanparvarlik borasidagi oqsashlarimizni ko‘rib, Markaziy Osiyodan haligacha umidini uzmagan ba’zi kuchlar bundan unumli foydalanishga harakat qilyapti. Shunday ekan, ta’limtarbiya sohasida islohotlarni jadallashtirishimiz lozim. O‘zbek tili davlat tili ekan, davlat idoralariga murojaat, huquqiy hujjatlar, reklamalar, tashqi yozuvlar – umuman barchasida o‘zbek tili ustun bo‘lishiga erishishimiz zarur. Chindan ham, keyingi paytlarda rossiyalik ayrim siyosatdonlar tariximiz va hatto tilimizga nisbatan og‘riqli mulohazalar bildirmoqdaki, bu aksariyat ziyolilarimizni junbushga keltirdi. Ayniqsa, tariximizga otilgan toshlar zamirida boshqa o‘y, mulohazalar mavjudligi qayd etilib, anchadan beri alahsirayotgan tarixchilarga nisbatan keskin javoblar qaytarildi. Tobora avj olayotgan bunday munosabatlar esa kim aslida kim ekanini eslatish barobarida har birimizni hushyor bo‘lishga yana bir bor undagandek, jondan aziz yurtimiz, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek doimo asrash lozimligini anglatgandek bo‘ldi. Zotan, istiqlol bir marta qo‘lga kiritilib, qiyomatgacha himoya qilinadigan ne’mat ekanini yanada chuqur his etgandek bo‘ldik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham bog‘chalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilgani bejiz emas. Afsuski, bugun o‘z bolasini rus bog‘chasiga, rus maktabiga berib, bolasi rus tilida gapirayotganidan g‘ururlanayotganlar ko‘paymoqda. Bu bilan esa o‘zimizga ziyon qilayotganimizni anglamayapmiz. Bugungi kunda Toshkent shahri maktablarida 400 mingga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bor, ularning 250 mingga yaqini rus tilida ta’lim olmoqda. E’tibor bering, bu o‘ylab ko‘radigan raqam. Ana shu 250 mingning 80 foizi, afsuski, o‘zbek. Ayting, qanday ota-onaki, farzandi birinchi sinfdan o‘z qadriyatiga teskari, ongu tafakkuri, o‘lchov mezonlari va milliy madaniyatiga zid bo‘lgan tilda savod chiqarishiga yo‘l qo‘yib beryapti. Agar bunga bir-ikki oilaning muammosi deb qarasak, katta xato bo‘ladi. Bu – jamiyatimiz muammosi. Tilni yo‘qotish, unga befarqlik ham aynan shu nuqtadan boshlanyapti, aslida. To‘g‘ri, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim tilini tanlash ota-onalar ixtiyorida, deb belgilab qo‘yilgan. Ammo ba’zi ota-onalar esa go‘yo farzandi kelajagini o‘ylab, ular boshqa tilda savod chiqarishiga yo‘l qo‘yib bermoqda. Bu shaxsning qonuniy huquqi emas, bu mamlakat oldidagi, qadriyatlarimiz oldidagi majburiyat sifatida talqin qilinishi, ta’lim tili milliy qadriyati va millatidan kelib chiqqan holda tanlanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Videoselektorda maktablarda og‘riqli masalalardan biri, bu – tarbiya va ma’naviyat ekaniga alohida urg‘u berildi. O‘tgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 3,5 mingta jinoyat sodir etilgan va shundan 2 280 tasini maktab o‘quvchilari sodir qilgan. Davlat rahbari tomonidan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” hosil qilish tizimini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga bolalar tarbiyasini yaxshilash, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turish, “maktab – otaona – mahalla” zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish topshirildi. Chindan ham, farzandlar tarbiyasida tilning o‘rni nihoyatda muhim ekani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Zero, bolaning ongi, dunyoqarashi til orqali shakllanadi va rivojlanadi. Bolaning ilk davri uchun muhim hayotiy kashfiyot: bog‘chada – muloqot, maktabda – bilim begona tilda berilsa, tilimiz rivojlanmaydi, qadriyatimiz ildizlariga suv bormaydi, aksincha, uni zaiflik dunyosi o‘rab-chirmab boraveradi. Millat, til va Vatan tanlanmaydi, ular Yaratganning ne’matlaridir. Ularni avaylash, rivojlantirish va avlodlarga bezavol yetkazish esa har birimiz uchun muqaddas burch. Vatansevarlik, qadriyatlarni himoya qilish bugun davlatlar uchun hayot-mamot masalasiga aylandi. Ayniqsa, XXI asrda qadriyatlarni bir daraxtga o‘xshatadigan bo‘lsak, ayni paytda uning ildizini chopishga harakatlar tinmayapti. Qadriyatlarni kim himoya qiladi? Albatta, avvalo, o‘z qadrini, o‘zgalar qadrini hurmat qiladigan, jamiyatni, xalqini o‘ylaydigan vatanparvarlar himoya qiladi. Alisher QODIROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi. «Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 13-fevral sonidan olindi BUGUN UCH MING YILLIK DAVLATCHILIK TARIXIMIZ HAQIDA KUYUNIB, FAXRLANIB GAPIRYAPMIZU, BIROQ ANA SHUNDAY BIR PAYTDA O‘ZBEK TILI QONUN, TEXNOLOGIK RIVOJLANISH TILIGA AYLANA OLMAGANI BIZNI XAVOTIRGA SOLISHI KERAK. GERMANIYADA NEMIS TILIDAN BOSHQA TILDA DAVLAT IDORALARIGA MUROJAAT QILISH QONUNGA ZID SANALADI. AGAR BOSHQA TILDA MUROJAAT QILSANGIZ, U NAFAQAT KO‘RIB CHIQILMAYDI, BALKI BUNING UCHUN JARIMAGA HAM TORTILASIZ. QADRIMIZ, SHA’NIMIZ ONA TILIMIZ – IFODASI (Boshlanishi 1-sahifada) NAVOIY MEROSINI «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI, MADANIYAT VAZIRLIGI HAMDA ALISHER NAVOIY NOMIDAGI XALQARO JAMOAT FONDI TASHABBUSI BILAN ADABIYOTSHUNOS, JURNALIST VA OLIMLARDAN IBORAT BIR GURUH ZIYOLILAR ERON ISLOM RESPUBLIKASIDA O‘RGANISHYAPTI Kelgusi sonlarda


OLIY TA’LIM MUASSASASIDA TADQIQOT VA INNOVATSIYALAR SALOHIYATINI YUKSALTIRISH, ILMIY FAOLIYAT UCHUN RESURSLAR AJRATISH, TAHLILGA IXTISOSLASHGAN ILMIY MARKAZLAR TASHKIL ETISH, PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA TALABALARNI ILMIY LOYIHALAR BILAN SHUG‘ULLANISHGA RAG‘BATLANTIRISH MUHIM AHAMIYATGA EGA. BIROR SOAT HAM KECHIKTIRIB 14-fevral, 2024-yil №5 (1237) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 4 TA’LIM Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, keyingi yetti yilda ta’limga kelajagimizning hal qiluvchi kuchi, deb qaralib, islohotlarimiz bosh mezoniga aylandi. Natijada ta’lim xalqaro standartlar asosida dunyo bilan integratsiyalashdi, qo‘shma dasturlar faoliyati kirib keldi. Bugun O‘zbekistonga xorijiy universitetlar va talabalar kelishi jadal kengaymoqda. O‘z navbatida, sohaga xususiy ta’lim kirib kelishi natijasida oliy ta’limda qamrov keskin oshdi. Biroq hali raqobat muhiti yaratilmadi va sifat u qadar oshishiga erishilmadi. Prezidentimiz bu borada haqli ravishda e’tiroz bildirganidek, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi», deb talabni qat’iy o‘rtaga tashladi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yetti yilda sohaga 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilsada, ko‘zlangan natijaga erishilmagani, ilm-fanda «xarajat – tadqiqot –mahsulot» degan formula ishlamayotgani oldimizda juda katta vazifalar turganini, professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilmasak, bundan keyin ham ishlarimiz samarasiz bo‘lishini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, zamonaviy mehnat bozorida kreativ fikrlaydigan, muammolarni hal qilish qobiliyati va muloqot ko‘nikmasi shakllangan, jamoada ishlash va yetakchilik salohiyati dasturlangan mutaxassislar tayyorlanmasa, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, qancha katta mablag‘ yo‘naltirmaylik, ta’lim sifati samaradorligiga erishish mushkul masala bo‘lib qolaveradi... Chindan ham ta’lim sifatini oshirishdek muammo mamlakatimiz taraqqiyotida yechimini kutmoqda. Chunki ta’limdagi sifat standartlarini buzish mamlakat taraqqiyotida sezilarli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, odatda ish beruvchilar tabiiy ravishda sifatli ta’lim berish bilan mashhur bo‘lgan OTM bitiruvchilarini ishga qabul qiladi. Bu shuni anglatadiki, o‘qishni bitirish osondir, ammo sifat standartlari pastroq bo‘lgan muassasalar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash qiyinroq kechadi. Bundan tashqari, sifatsiz ta’lim olgan bitiruvchilar ish beruvchilar talab qilayotgan zarur ko‘nikma va bilimga ega bo‘lmasa, bu ularning nafaqat ish topishiga, balki keyingi hayotiga, istiqboliga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday natija ota-onalarning ta’limga bo‘lgan ixlosini so‘ndiradi. Muammo nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Chunki bu yerda bir insonning oilasidan, turmushidan orttirib, iqtisod qilib, farzandiga sarflagan mablag‘i, vaqti, umri va uning kelajak taqdiri yotibdi. 5-fevral kuni Davlatimiz rahbari ishtirok etgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan masalaning mohiyatida nafaqat inson resurslarini rivojlantirish, balki inson qadrini oshirish va uning yorug‘ istiqbolli hayotini bugundan yaratish ko‘zlangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli, OTMlar bugundan o‘z oldiga ta’lim sifatini oshirish uchun davlat tomonidan belgilab berilgan xalqaro standartlar asosida faoliyatini qayta ko‘rib chiqishni va aniq yo‘naltirishni qo‘ymas ekan, talabalar uchun ham, muassasa uchun ham, jamiyat va davlat uchun ham katta ma’naviy-moddiy yo‘qotishlar va obro‘sizlanishni olib kelaveradi. Globallashuv sharoitida sifatli ta’lim taraqqiyotimizning asosiy roli bo‘lib, shaxs va butun jamiyat farovonligi yo‘lida oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini nafaqat oshirish, balki izchil rivojlantirishga mas’uldir. Mamlakatimizda keyingi yillarda avval davlat emas, oldin jamiyat, keyin davlat prinsipi joriy qilindi. Rahbarlar kabinetdan quyiga, ya’ni xalq ichiga tushib bordi. Ayniqsa, ta’lim tizimida revolyutsion tarixiy burilishlar yuz berdi. Asriy turg‘unlikka aylangan o‘qituvchilarni paxtaga va boshqa majburiy mehnatga jalb qilishga so‘zsiz chek qo‘yildi. Prezident ishonch telefonlari joriy qilindi. O‘qishga hujjat topshirish deyarli raqamlashtirishga o‘tkazildi, fuqarolarga qulaylik yaratildi — inson omili kamaytirildi. Natijada korrupsion holatlar qariyb yo‘qoldi. Inson qadri tamoyili asosidagi pragmatik islohotlarda ta’limga davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaralib, maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 2016-yilda 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 74 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga, oliygohlarimiz soni 77 tadan 212 taga yetdi. Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshirish belgilab berilgan. Shiddatli zamon bilan hamnafas yurmasak, bugungi yutuqlar ertaga eskirib qolyapti. Keyingi yetti yilda ta’limga ajratilgan 6 trillion mablag‘ga nisbatan samara keskin kamligi ochiq baholandi. Yangi O‘zbekiston fenomenida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar samarasi o‘laroq oliy ta’limdagi transformatsiya jarayoni, sarmoyalar va moddiy-texnik baza ancha yuqori salohiyatga ega. Xarajatga yarasha shiddatli ta’lim islohotlarini amalga oshirish uchun videoselektorda Davlatimiz rahbari qo‘ygan haqqoniy talablardan kelib chiqib, oliy ta’lim sifatini oshirish uchun eng avvalo, o‘quv dasturlarini vaqti-vaqti bilan sohaning hozirgi talablari asosida qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish kerak. Bunday dolzarb maqsadga erishish uchun fanlararo yondashuvlar, amaliy ilovalar va tajribaviy o‘rganish imkoniyatlarini birlashtirish lozim. Amaliy ilovalar talabalarga real loyihalarda ishlash va amaliyot o‘tash imkoniyatini berish orqali o‘quv dasturiga kiritilishini ta’minlash, amaliy sharoitda qanday qo‘llash tajribalarini integratsiyalashtirish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, akademik mukammallikka erishish, buning uchun qo‘shma dasturlarni yanada kengaytirish, rivojlantirish orqali yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish va tajribalarini rag‘batlantirgan holda saqlab qolish juda muhimdir. Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar o‘z sohasida tajribaga ega hamda oliy ta’lim muassasasining akademik va tadqiqot salohiyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. OTMlarga yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish uchun muassasa raqobatbardosh ish haqi va boshqa imtiyozlarni taklif qilishi zarur. OTMlar va professoro‘qituvchilarga ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish, mahalliy va xalqaro konferensiyalarda, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish lozim. Kasbiy rivojlanish dasturlari professoro‘qituvchilarning o‘qituvchilik mahoratini, tadqiqot qobiliyatini va pedagogik yondashuvlarini yanada boyitishning ajoyib usullarini tadqiq qilish, ularning malakasini oshirishga sarmoya kiritish orqali muassasa uzluksiz tadqiqotlar joriy qilishi hamda sohani takomillashtirishi samaralidir. Uchinchidan, oliy ta’lim muassasasida tadqiqot va innovatsiyalar salohiyatini yuksaltirish, ilmiy faoliyat uchun resurslar ajratish, tahlilga ixtisoslashgan ilmiy markazlar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni ilmiy loyihalar bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. Ular tomonidan tadqiq qilingan va amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotning mukammalligini e’tirof etish va mukofotlash tadqiqot istiqbolliligini targ‘ib qilishning muhim jihatidir. Bu tadqiqotchilarni o‘z ishini davom ettirishga va bilimini boyitishga undaydi. To‘rtinchidan, ta’limdagi mavjud muammoni faol o‘rganish, muammoni yechish va kreativ fikrlashni rag‘batlantirish talabalarda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy maqsadga erishishning samarali usullaridan biri sifatida qo‘llanilmoqda. Ta’lim va fanga bunday innovatsion yondashuvlar talabalarning faolligini oshirish va ularga yo‘naltirilgan yondashuvni osonlashtirish uchun bizdan texnologik va interfaol usullardan foydalanishni taqozo qilmoqda. Beshinchidan, talabalarning muvaffaqiyatini rag‘batlantirish uchun inson qadri tamoyili asosida ularning ijtimoiy ASRIY TURG‘UNLIKKA AYLANGAN O‘QITUVCHILARNI PAXTAGA VA BOSHQA MAJBURIY MEHNATGA JALB QILISHGA SO‘ZSIZ CHEK QO‘YILDI. PREZIDENT ISHONCH TELEFONLARI JORIY QILINDI. O‘QISHGA HUJJAT TOPSHIRISH DEYARLI RAQAMLASHTIRISHGA O‘TKAZILDI, FUQAROLARGA QULAYLIK YARATILDI — INSON OMILI KAMAYTIRILDI. NATIJADA KORRUPSION HOLATLAR QARIYB YO‘QOLDI. ZAMONAVIY MEHNAT BOZORIDA KREATIV FIKRLAYDIGAN, MUAMMOLARNI HAL QILISH QOBILIYATI VA MULOQOT KO‘NIKMASI SHAKLLANGAN, JAMOADA ISHLASH VA YETAKCHILIK SALOHIYATI DASTURLANGAN MUTAXASSISLAR TAYYORLANMASA, DAVLATIMIZ RAHBARI TA’KIDLA- GANIDEK, QANCHA KATTA MABLAG‘ YO‘NALTIR- MAYLIK, TA’LIM SIFATI SAMARADOR- LIGIGA ERISHISH MUSHKUL MASALA BO‘LIB QOLAVERADI. Ehtirom Ma’lumki, Bobur Mirzo 12 yoshida otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin podshoh bo‘ladi: «Tangri taoloning inoyati bilan va hazrati on sarvari koinotning sharofati bilan va chohoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qquzda Farg‘ona viloyatida o‘n ikki yoshta podshoh bo‘ldum» («Boburnoma»dan). Uning ko‘p umri jangu jadallarda o‘tgan. Taqdir taqozosi Boburni ona Vatanidan ketishga majbur qiladi. Bor-yo‘g‘i 300 navkari bilan tog‘-toshlarda sargardon yurib, Afg‘onistonga borib, hokimiyatni qo‘liga oladi. Bobur Afg‘onistonda o‘z hukmronligini mustahkamlab olgach, Hindistonga yurish qiladi va markazlashgan qudratli davlatni barpo etadi. Bobur o‘zga yurtlarni bosib, talon-toroj qilmadi. Aksincha, obodonchilik ishlariga katta e’tibor berdi. Go‘zal va maftunkor bog‘-rog‘lar yaratdi. Bobur qayerda bo‘lmasin, ona Vatanini sog‘inib yashadi va unga talpindi: Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G‘aribingga tarahhum aylagilkim, anda jonidur. Sobiq ittifoq davrida Bobur shaxsiga nisbatan bosqinchi sifatida qaraldi. Hech esimdan chiqmaydi. 1985- yil fevralda o‘rta maktabda Alisher Navoiy tavalludini nishonladik. Xuddi shu asnoda Bobur tug‘ilgan kuniga tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Kutilmaganda tadbirni qoldirishdi. G‘alati davr edi. Shukur, u zamonlar ham o‘tdi-ketdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtayi nazaridan u hamon yashayapti. O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilmma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz!» deb Zahiriddin Muhammad Boburga yuksak baho bergan. Darhaqiqat, Bobur Mirzoni ulkan davlat arbobi sifatidagina emas, qomusiy alloma, mumtoz shoir, jasur sarkarda, adolatli va saxovatpesha davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sifatida ham cheksiz qadrlaymiz. Boburning tarix oldidagi buyuk xizmatlari shundan iboratki, temuriylarning so‘nggi hukmdori bo‘lib, bu sulolani saqlab qoldi. Ayni paytda, Hindistondek ulkan mamlakatni birlashtirib, boburiylar sulolasiga asos soldi. 300 yildan ortiq hukmronligi davrida boburiylardan Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonda bog‘-rog‘lar, masjid, madrasalar, betakror qasrlar, ulug‘ obidalar, shuningdek, nihoyatda boy ijodiy-ma’naviy Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘... Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘. Gar zamonni nafy qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz netayin, bu zamondin yaxshilig‘. Dilrabolardin yamonlig‘ keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘. Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung, yamonlig‘ asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne, ya’ni har yamondin yaxshilig‘. Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘. Yaxshilig‘ ahli jahondin istama Bobur kibi, Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘. Ne’matullo MUHAMЕDOV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA» kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, O‘zA meros qoldi. Dunyoning yetti mo‘jizalaridan biri – Tojmahal maqbarasi Hindistondagi eng katta tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Boburdan bizga ko‘p yaxshiliklar qoldi. «Yaxshilig‘» radifli g‘azali Bobur hayotining yorqin timsoli va yuksak namunasi sifatida hali ko‘p avlodlarimizga saboq bo‘ladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida hazrat Alisher Navoiydan keyin ulkan davlat arbobi hamda lirik shoir, qomusiy alloma sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi turadi. Undan bizga o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, jug‘rofiy-madaniy, maishiy turmush tarzidan voqif qiluvchi «Boburnoma», «Mubayyin» va boshqa bir qancha yetuk g‘azal va ruboiylar meros bo‘lib qoldi.


14-fevral, 2024-yil №5 (1237) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish BO‘LMAYDIGAN VAZIFALAR QO‘YILDI ISLOHOTLARI AMMO AFSUSKI, ZIMMASIDAGI MAS’ULIYATINI «KO‘CHA»DAGILARGA ALMASHGAN OTALAR, NAFS QURBONI BO‘LAYOTGAN AYRIM ONALAR HAYOTDAN ALAMZADA, YENGILYELPI HAYOT KECHIRISHGA MOYIL FARZANDLARNI ULG‘AYTIRISHGANINI KECH ANGLAB YETISHYAPTI. hayotidagi turli ehtiyojlarini ta’minlaydigan keng qamrovli ijtimoiy yordam xizmatlarini taqdim qilish talab etiladi. Xususan, akademik maslahatlar, psixologik treninglar, «Ustoz-shogird» an’anasini jonlantirib, kasbga yo‘naltirish va murabbiylik qilish – o‘quvchi va talabani bu kabi qo‘llab-quvvatlash xizmatlari markazlashgan holda tahlil etilishi samara beradi. Ushbu xizmatlarni taklif qilish orqali talabalar va oliy ta’lim muammolarini hal etish, akademik maqsadlarga oson erishish mumkin. Vazirning ta’kidlashicha, kredit modul tizimini yanada rivojlantirish, raqamlashtirishdan keng foydalangan holda xalqaro hamkorlar bilan jadal integratsiyalashish, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, o‘quvni inson omilisiz baholash mexanizmlari yordamida natijalarni aniqlash va doimiy takomillashtirish ham eng dolzarb masalalardan biridir. Yettinchidan, ta’limga oid adabiyotlar elektron platformalar orqali o‘qilishini monitoring qilish, eng ko‘p o‘qilgan ilmiy adabiyotlarni va ularning mualliflari ro‘yxatini shakllantirish, ilmiy kengash tashkil qilish va davlat tomonidan tushadigan buyurtmalarni (o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, darsliklar) jamoaviy mualliflarga yozdirish, ularga munosib qalam haqi to‘lash, bu orqali sifatli adabiyotlarni markazlashgan tartibda chop etish ta’lim sifatini oshirishning asosiy ta’minot manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlar tarixiga nazar solsak, inqirozdan keyin yagona yo‘l – ta’limni isloh qilish orqali taraqqiyotga erishgan. Masalan, sovuq urushdan keyin Yaponiya, Koreya, Singapur va boshqa taraqqiy etgan davlatlar bosib o‘tgan yo‘l avvalida o‘qituvchilar qadrini oshirish, ularning maoshini vazir oyligiga tenglashtirish, imtiyozlar berish orqali yaxshi pedagog-o‘qituvchilarni ta’lim muassasalarida saqlab qolgan. Davlatimiz rahbari boshchiligida Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yilar ekan, 2030-yilgacha ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi maqomini ko‘tarish va ular oyligini ikki barobar oshirish vazifalari qo‘yildi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining maqsadi qayerda istiqomat qilishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda yashovchi barcha insonlar uchun munosib turmush sharoiti yaratishni va ta’lim sifatini oshirishni ko‘zlaydi. Strategiyaning maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutildi. Xususan, oliy ta’lim va ilm-fan tizimlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish maqsadida dunyodagi TOP-500 ga kiradigan xorijiy OTMlar hamkorligida kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va «ikki diplomli tizim»ni («double degree») joriy etish belgilangan. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Finlandiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Indoneziya, Isroil va boshqa qator davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi «double degree» ta’lim dasturlari asosida o‘qitish qamrovini kengaytirish ta’lim-fan sohasidagi islohotlarda o‘z aksini topmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi zarur mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish va ta’lim sifatini oshirishga yo‘l ochadi. Xususan, 2030-yilgacha biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda iste’dodli yoshlarni xorijiy nufuzli oliygohlarga davlat homiyligida o‘qishga yuborish bo‘yicha 200 million AQSH dollarilik dasturlar tizimga joriy qilinadi. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshirish barobarida ta’lim va fan sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida davlat tomonidan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollari ajratilishi raqamlashtirish va innovatsiyalar sohasining yanada rivojlanishiga, nafaqat ta’lim sifati oshishi, balki aholi turmush sharoiti yuksalishiga, strategik sohalarning texnologik taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Kelgusi 6 yilda yurtimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi mazkur strategiya loyihasi xalqimizning tinch-osoyishta va farovon yashashini ta’minlash, yoshlarga, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. «Umid bilan qadalgan tayoq – bir kun berar mevayu yaproq», degan edi nemis mutafakkiri Gyote. Bugun Davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab berilayotgan ustuvor e’tibor ana shu oltin harfli misralarni eslatadi. Buni qalban anglasak, bugungi islohotlar kelajak uchun ham nechog‘liq dolzarbligidan dalolat. Afsuski, borish qiyin bo‘lgan chekka ovul va qishloqlarda haligacha maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘qligi ta’kidlanib, ba’zi chekka hududlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan bir oz kamaygani bor haqiqat. Shuningdek, xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilsada, qamrov kamligi, davlat bog‘chalarida raqamlashtirish qoniqarli emasligi yanada qattiqroq ishlashimiz kerakligini bildiradi. Prezidentimiz ishtirok etgan yig‘ilishda har yili bog‘cha tarbiyachilarining o‘rtacha 9 foizi malaka oshirayotgani, 12 mingta oilaviy bog‘chada davlat ta’lim standartidagi o‘quvmetodik materiallar yetarli emasligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, 250 ta davlat bog‘chasida ta’lim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish belgilab berildi. Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilib, matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatadi. Xususan, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlangani, ayni paytda 1–11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida o‘quvchilarning yarmi ham «B1» darajaga ega bo‘la olmayotgani bevosita tilga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari oldiga jiddiy majburiyatlar qo‘yadi. Yangicha ishlash tamoyili asosida malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikda ishlash zarur. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarga juda katta turtki bergan ana shu yig‘ilishda o‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirayotgani qayd etildi. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelayotgani, dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar qamrab olinmagani tanqidiy ko‘rib chiqildi. Yechim sifatida vazirliklar o‘ziga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli ishga qo‘yilishi, ulardagi quvvati 100 foiz ishlatilishi kerakligi hamkorligimizni kuchaytirish dolzarbligini ko‘rsatadi. Ko‘p oliygohlar garchi kredit-modulga o‘tgani, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yo‘qligi ham izohlandi. Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanishi, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayotgani innovatsion texnologiyalarni boshqaradigan 10 ming muhandis va texnolog kadrlarni yetishtirishni talab etishi vazifa sifatida urg‘ulandi. Shularni hisobga olgan holda, kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratilishi, jumladan, Loyiha ofisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda o‘zimizda zamonaviy konstruktor, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash chora-tadbirlari samarali amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi. Endilikda 100 ta kasb tanlanib, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlari ishlab chiqilib, kasbga talab ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Ish beruvchilarning vakillari ta’lim muassasasida joylashishi uchun juda katta imkoniyat yaratiladi. Ular bilan har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etiladi. Talabalar amaliyotni tashkil etilayotgan yangi korxonalarda ko‘proq o‘tkazadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish «akademik» va «ishchi kasb» ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumlarda ham «kredit tizimi» joriy qilinib, kollejtexnikumda ikki yil davomida yetarli «kredit» to‘plagan o‘quvchilar «2+2» yoki «2+3» dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kursida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yana bir muhim vazifa, kollej-texnikumda «ishchi kasb» yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, bakalavrga teng malaka darajasini olishini tashkil etishdir. Shuningdek, kollej va texnikumdagi 50 ming o‘quvchini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish istiqbollidir. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ular sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash lozim. Aniq va fundamental fanlar bo‘yicha ilg‘or darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga «milliy», «davlat» universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq dasturlarini belgilab oldi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha berilgan yuqoridagi ulkan dasturlar ijrosini jadal ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish uchun kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularning ijrosi bo‘yicha monitoring olib borish qat’iy yo‘limiz bo‘ladi, – dedi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. 2030-YILGACHA BIOTEXNOLOGIYA, SUN’IY INTELLEKT VA BOSHQA YUQORI TEXNOLOGIK YO‘NALISHLARDA ISTE’DODLI YOSHLARNI XORIJIY NUFUZLI OLIYGOHLARGA DAVLAT HOMIYLIGIDA O‘QISHGA YUBORISH BO‘YICHA 200 MILLION AQSH DOLLARILIK DASTURLAR TIZIMGA JORIY QILINADI. Mulohaza Men faoliyat olib borayotgan hududda 4 ta mahalla, 3 374 ta oila bor. Ayollar soni 5 771 nafar, jami aholi 11 224 kishidan iborat. Ayni paytda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan ikki nafar, ozodlikni cheklash hukmi bilan probatsiya hisobida turuvchi 15 nafar ayol bilan ham ish olib boraman. Ularni dastlab poliklinikada qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tuman Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bilan hamkorlikda bandligini ta’minladik. Shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, 12 nafar huquqbuzarlik sodir etgan ayollarga ham imkor qadar yordam beryapmiz. Ta dqiqot ch ila r n i ng qayd etishicha, qasddan odam o‘ldirish jinoyati aksariyat hollarda maishiy janjallar natijasida, oila doirasida sodir etiladi. Jinoyat qonunchiligida qasddan odam o‘ldirish eng og‘ir jinoyat ekanligini nazarda tutsak, oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish masalasi dolzarb muammo ekani ayon bo‘ladi. Mana bir misol: o‘tgan yili ajrim yoqasiga kelib qolgan 11 ta oiladan 9 tasini yarashtirdik. Bu haqda gap ketganda oramizda o‘z ayoliga xuddi xizmatkordek munosabatda bo‘ladigan erlar ham borligini ta’kidlash lozim. Ba’zi notinch oilalarda esa ayol haqman, deb tilini tiymasa, ba’zisida erkak jahlga erk beradi. Ikki orada farzandlarning ruhiy holati yomonlashib, xulqida salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Darslarni o‘zlashtirish darajasi ham keskin tushib ketadi. B u h o l a t g a k o‘ p i n c h a maktabda voyaga yetmagan qizlar bilan ishlash jarayonida shohid bo‘lganman. Notinch oila farzandlarida qo‘rslik, norozilik kayfiyati ustun bo‘ladi. Ayrim qizlar esa tengdoshlari bilan ham, kattalar bilan ham muloqotga kirishishni istamaydi. Voyaga yetmagan maktab o‘quvch i la r i (qi zla r) bi la n ke c h a d ig a n s u h b a t l a r i m i z davomida tuman tibbiyot bo‘limi vakillari, genekologlar bilan birga erta oila qurishning oldini olish, gigiyenik salomatlikka e’tiborli bo‘lish, suisidga yo‘l qo‘ymaslik kabi mavzularda ochiq suhbatlar tashkil etamiz. Muammosi bor bo‘lgan qizlar bilan esa alohida tushuntirish ishlari olib boriladi. K u z a t i s h l a r i m d a n a y t a olamanki, nozik hilqat vakillari tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar aksariyat hollarda og‘ir sharoitda y a s h a y o t g a n a y o l l a r n i n g muammolariga o‘z vaqtida e’tibor qaratib, yordam ber maslik, oi lav iy n i z ola r, t a z y iq va zo‘ravonliklarni guvohi bo‘la turib «menga nima» yoki «erxotinni o‘rtasiga esini yegan t ushadi» qabilida ish tutish oqibatida sodir bo‘lyapti. To‘g‘ri, namunali oilalarimiz juda ko‘p. Ular farzandlarini qadriyatlarimizga xos, el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashyapti. Ammo afsuski, zimmasidagi mas’uliyatini «ko‘cha»dagilarga almashgan OTAlar, nafs qurboni bo‘layotgan a y r i m O N A l a r h a y o t d a n alamzada, yengil-yelpi hayot kechirishga moyil farzandlarni ulg‘aytirishganini kech anglab yetishyapti. Ayolini odam o‘rnida ko‘rmay ruhiy xastaga aylanguncha xo‘rlayotgan erkaklar hisobiga ayrim qizlar turmush qurishdan qo‘rqib qolishgan. Hatto, oiladagi notinchliklar sabab ko‘chadan o‘ziga «panoh» izlayotgan qizlarda axloq normalaridan tashqaridagi faoliyatni kasbga aylantirib olish holatlari uchrayapti... Yoki o‘z joniga qasd qilishni eng so‘nggi chora sifatida ko‘rayotgan xotinqizlar ham ayni notinch oila a’zolari bo‘lib chiqayotir. Bu kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish esa har birimizdan hushyorlik, oqibatli va atrofimizdagilarga mehrli bo‘lishni talab etadi. Ayniqsa, oila ustuni bo‘lgan erkaklar ayol xo‘rlangan uyda aslo mehrli farzand o‘stira olmasliklarini chuqur anglab yetishlari kerak. Axir aytishadi-ku, «Ayol xo‘rlangan uyda farishtalar ham yig‘laydi» deb... Sobira RAHMONOVA, Bektemir tumani 2-sonli IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, katta leytenant xo‘rlangan uyda farishtalar ham yig‘laydi Kasbim taqozosi bilan har kuni turli xil fe’l-atvordagi ayollar bilan muloqotda bo‘laman. Ular orasida turmush o‘rtog‘i yoki yaqinlarining tazyiq va zo‘ravonliklariga uchragan bo‘lsa-da, bu haqda sukut saqlashni afzal ko‘radiganlari ham bor.


Нигоі 14-fevral, 2024-yil №5 (1237) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 ХОН ФЕРУЗ МАЄОМ КУЙЛАРИНИ БУЗИБ ИЖРО ЭТГАН МАШШОЄЛАРНИ ЖАЗОЛАГАН. ПЁТР I ЗАМОНИДА НУТЄИ НОРАСО КИШИЛАРГА ЎЄИТУВЧИЛИК ЄИЛИШГА РУХСАТ БЕРИЛМАГАН. ЧУНКИ ЎЄИТУВЧИ НУТЄИДАГИ КАМЧИЛИК У ТАРБИЯЛАЁТГАН БОЛАЛАРГА ІАМ ЎТАДИ. МАЪНАВИЯТ Тилшунос олимлар тирик жоннинг ҳаёти учун сув ва ҳаво қанчалик зарур бўлса, сўз ҳам инсон учун шундай мақомга эга эканини таъкидлашади. Равон нутқ, жозибали ва таъсирчан талаффуз инсоннинг ҳеч нарсага қиёслаб бўлмайдиган маънавий бойлигидир. Ўз она тилида, шу билан бирга бошқа тилларда мукаммал сўзлаша оладиган, фикрини тиниқ ифода этишга қодир кишилар фазилат бобида комилликка яқин турадилар. Улуғ аждодларимиз бир эмас, бир неча тилларни мукаммал эгаллаб, шу тилларда ҳам баракали ижод қилишган. Одобли тил, вазмин мулоҳаза, ҳар қандай ҳолатда ҳам ақл-заковат билан иш тутиш, катта-кичик суҳбатдошларни эътибор билан эшитиш маданиятли инсонларга хос фазилатдир. Инсон бу ёруғ оламда умргузаронлик қилар экан, ҳаёти давомида кутилмаган ҳолатларга, тасодифий тангликларга дуч келиши, муаммолар гирдобига тушиб қолиши мумкин. Бундай пайтда тил нажоткор кучга айланади, ҳиссиётга берилиб, ғазаб отига минган киши эса бир оғиз ноўрин сўзи билан вазиятни мураккаблаштиради. «Ўйнаб сўзласанг ҳам ўйлаб сўзла» деган нақл бор. Ўйламай айтилган биргина сўз, беҳаё бир ибора оилани барбод қилиши, акаука, опа-сингил, қариндош-уруғни бир-бирига тескари қилиши мумкин. Бунга мисоллар кўп. Миллат шаънига ботадиган, ғурурига тегадиган асоссиз айблов ёки таҳқир боис халқлар, мамлакатлар ўртасига раҳна солингани, жанггу жадалларга сабабчи бўлгани ҳам сир эмас. Ҳаётда гоҳо бир-бирини мутлақо танимаган, ўзаро мулоқотда бўлмаган икки киши гўзал бир лутф, самимий табассум, ширин муомала боис қадрдон бўлиб кетишганига ҳам тарихдан истаганча мисол келтириш мумкин. Сўзнинг қудрати, тилнинг жозибаси боис шундай бўлади. Тан олайлик: кўп ҳолларда нотаниш мусаввирнинг ранглар жилосида акс этган жозиб фикрлари, санъаткорнинг сўзлаш одоби, воизнинг ифода маҳорати, олимнинг мантиқли мушоҳадалари таъсирида биз уларга беихтиёр мухлис бўлиб қоламиз. Халқ эртакларида тасвирланган очкўз девларнинг «Ассалому алайкум, девбува» қабилидаги ёқимли лутф, яхши муомала боис ёмон ниятидан қайтиши («Саломинг бўлмаганида етти ямлаб бир ютардим» дейиши) ҳам сўзнинг қудратини кўрсатади. Сўзлаш одоби оиладан, мактабдан, маҳалладан бошланади. Инсон нечоғли узоқ умр кўрмасин, бу одобга ўрганишнинг адоғига етиб бўлмайди. Кичиклик чоғидан тўғри талаффузга, сўз ва ибораларни, исмлар, жойлар, турфа хил номларни тўғри ифода қилишга ўргатилган, китоб билан дўст тутинган, халқ эртакларини кўп ва хўб ўқиган, саргузашт достонларни мириқиб тинглаган болаларнинг нутқи бошқа тенгдошларига нисбатан мукаммал, айни чоғда ширали бўлади. Бу фарқни наинки нутқда, боланинг шаклланаётган характерида, тенгдошлари билан муомаласида, атрофида кечаётган воқеа-ҳодисаларга муносабатида ва, ҳатто, орзу-ҳаёлларида ҳам кўриш мумкин. Ишончим комилки, ёшлигида кўп эртак тинглаган, катталар овоз чиқариб китоб ўқиганида, диққат билан эшитган болалар вояга етгач, фақат ўзларининг эмас, бошқаларнинг ҳам фикрини эътиборга оладиган бўлади. Болалар тарбияси билан шуғулланувчи мураббийларнинг кузатишича, бола нутқи ва ёзувининг қандай бўлиши кўп жиҳатдан оила аъзоларига, хусусан, ота-онага, боғча ва мактаб муаллимларига боғлиқ. Болаларни эркалаб, исмларини қисқартириб, бузиб айтиш эса жуда кенг тарқалган, бола вояга етганида ҳам айтилаверадиган қусур ҳисобланади. Яна бир ҳолат – биз кўпинча фарзандларимиз анча улғайиб, яхши-ёмон, рост-ёлғоннинг фарқига бориб қолишганини сезмай қоламиз ёки сезсак-да, эътибор бермаймиз. Бола бўлгандан кейин катталарнинг олдида жим туриши, нима дейилса, хўп дейиши, бетгачопарлик қилмаслиги лозим деймиз. Улуғ аждодларимиз ҳам «Ақлли, фаҳмфаросатли кишилар, айниқса, ёшлар билимдонликларини ҳуда-беҳудага пеш қилмайдилар, бошқаларни кўпроқ эшитадилар, биров бир нимани сўрамагунча одоб билан сукут сақлайдилар», деб таълим беришган. «Сукут гоҳо каломдан улуғ» деган ҳикмат ҳам бор. Бир қарашда, бу насиҳатлар шарқона одобга жуда мос, бунга эътироз билдириш ҳам қийин. Аммо сукутда ҳам меъёр бўлиши зарур. Чунончи, болага ҳам гапириш, суҳбатга қўшилиш, фикрини билдириш имконини бериш керак. Болалар тарбияси билан шуғулланувчи мутахассисларнинг йиллар синовидан ўтган фикри бу. Бола нотўғри тарбия таъсирида оғзини очмай, фақат бошқаларни тинглаб, ким нима деса хўп дейишдан бошқага ўтмай улғайса, кейинчалик ҳаётда ўзини шахс сифатида намоён қилишга қийналади, фикрини аниқ ифодалаб беролмайди, боз устига бефарқ ва лаббайчи бўлиб қолади. Болани фикрлашга, мулоҳаза юритишга ўргатиш уни эътибор билан тинглашдан, гап-сўзларига, хатти-ҳаракатларига эътибор беришдан, енгил мунозараларга қўшишдан бошланади. Шундай қилинса, бола бундай муносабатни мукофотдай қабул қилади, катталар таъбири билан айтганда – кўнглида ўзига нисбатан дастлабки ишонч куртаклари пайдо бўлади. Ҳар бир рағбат, ҳар бир эътибор бу ишончни мустаҳкамлайди. Аксинча, болани бўлар-бўлмасга жеркийвериш, «гапга аралашма», «оғзингни юм», «нари тур», «қачон одам бўласан ўзи», «ҳе фалончи», дея тенгдошлари олдида изза қилиш мурғак қалбини жароҳатлайди, «Гапирмаслигим керак, нари туришим керак, хўп дейишим керак, бундай қилмасам яхши одам бўла олмайман» деган тушунчалар онгига нақшланади ва кейинчалик, шундай бўлади ҳам. Нутқ ўз-ўзидан равон, оҳангдор бўлиб қолмайди. Чолғучи бирор куйни ўрганмоқчи бўлса, уни юз бор, минг бор ижро қилибгина муддаосига эришади. Мусаввир бир асар яратгунча қанча заҳмат чекади. Ҳеч ким бирданига Суқрот ёки Абдулла Қаҳҳор даражасига кўтарилмайди. Нутқ маҳоратини эгаллаш учун ҳам йиллар давомида тинимсиз машқ қилиш керак. Қадимги юнон нотиғи Демосфен ўзининг паст, ҳазин овозини яхшилашга жазм қилиб, ертўлага тушар экан-да, шифтга ўткир тиғли ханжарни осиб қўйиб (бошини димоғдорона баланд кўтармаслик учун) узлуксиз машқ қилар экан. Ўзимизнинг карнайчилар машқ қилсалар, бу асбобнинг ҳали қиёмига етмаган беўхшов овози маҳаллани безовта қилмасин дея карнайнинг оғзини кўрпа остига олиб пуфлашади. Бу усул нотиқликка тўғри келмайди. Хон Феруз мақом куйларини бузиб ижро этган машшоқларни жазолаган. Пётр I замонида нутқи норасо кишиларга ўқитувчилик қилишга рухсат берилмаган. Чунки ўқитувчи нутқидаги камчилик у тарбиялаётган болаларга ҳам ўтади. Демак, нутқимиздаги норасоликлар эртага фарзандларимизга кўчишини билиб туриб, бу муаммога бефарқ бўлсак, ўнглаб бўлмас хатога йўл қўйган бўламиз. Нима қилиш керак? Бу саволни дастлаб ўзимга бераман. Ўқувчилик йиллари деярли ҳар ҳафта иншо ёки баён ёзардик, янги китобларни овоз чиқариб, қироатини жойига қўйиб, навбатма-навбат ўқирдик. Урғуни тўғри қўя олмайдиган, тортинчоқ, тили чучук болаларга анча қийин бўларди. Таътил кунлари ўқиган китобларимизни бир-биримизга ошириб-тошириб, ҳис-ҳаяжон билан ҳикоя қилиб бериш яхши одат бўлган. Бугун олий ўқув юртлари талабалари назорат ишларини асосан ёзма равишда топширишади. Бу – айни муддао деб ўйлайман. Уларни ўқиб, талабанинг фанни нечоғли ўзлаштиргани ва яна – дунёқараши, характери, фикрлаш савияси, ахборотни қабул қила олиш ва ўзлаштириш даражаси ҳақида аниқ-тиниқ хулосага келиш мумкин. Чунки ёзув фикрнинг қоғозга кўчган ёзма ифодасидир. Нутқ маҳорати тўғрисида бундай мулоҳаза юритаётганимизнинг боиси бор, албатта. Бугун кундалик ҳаётимизни телекўрсатувлар, радио эшиттиришлар, турли йиғинлар, машваратлар, баҳс-мунозараларсиз тасаввур қилиш қийин. Ҳар куни турфа даражадаги нотиқларнинг, жамият ҳаётида ижтимоий фаоллик кўрсатаётган кишиларнинг суҳбатларини тинглашга тўғри келади. Таассуфки, уларнинг ҳаммасида ҳам нутқ маҳорати, талаффуз қоидаларига тўла риоя қилинмайди. Она тилимизга хос бўлган нозик, бетакрор ибораларни, халқ донишмандлиги ифодаси бўлмиш мақол ва маталларни, таъсирчан ташбеҳларни ўринсиз ишлатиш, маъносини бузиб талқин қилиш асабингизга тегади. Дунё шиддат билан ўзгариб бораётган, ахборот оқими тобора тезлашаётган, қишлоқ жойларида ҳам ёшлар муҳим янгиликлардан ўз вақтида хабардор бўлиб турган бугунги кунда эл олдида сўз айтиш, жўяли фикр-мулоҳаза юритиш, эзгу амалларга, савоб ишларга, яратувчанликка даъват этиш учун нотиқнинг ўзи маҳоратли бўлиши керак. Таассуфки, ҳамиша ҳам шундай бўлмайди. Нотиқлик санъати зиёлилик, билимдонлик, мустақил фикрлаш ва тафаккур даражасини ифодаловчи фазилат бўлибгина қолмай, айни чоғда, маънавий комиллик белгиси, самарали тарбия воситаси ҳамдир. Шундай экан, маънавият тарғиботчилари нутқ маҳоратларини тинимсиз ошириб боришлари, ҳар бир фикр ёки хулосани ҳаётдан, бадиий асарлардан олинган таъсирчан мисоллар ёрдамида ифодалаб беришлари талаб этилади. Она тилимиз қадим-қадимдан, улуғ аждодлардан бизгача етиб келган беназир хазинадир. Ҳар қандай тилда у мансуб бўлган халқнинг маънавияти, руҳий олами, ақл-идроки, инсоний фазилатлари ўз ифодасини топади. Дунёда турли миллат ва элатларга тегишли уч мингдан ортиқ тил бор, уларнинг ҳаммасини ўзлаштириш қийин. Аммо тилнинг мўъжизавий қудрати шундаки, киши ўзи учун мутлақо бегона халқ тилидаги сўзлашувни эшитар, қўшиғини тинглар ёки бирор урф-одатига гувоҳ бўлар экан, шу миллат ёки элат ҳақида маълум тасаввурга эга бўлади. Сўз тирик жон янглиғ илоҳий неъматдирким, унга ёлғон, макр, фисқу фасод аралашса жозиба ва латофатини йўқотади. Инсонни унинг назокатли лутфи, сўзлаш ва тинглаш одоби, фикрлаш тарзи орқали билса бўлади. Чунки сўз фикрга айланиб, беқиёс таъсир кучига эга бўлади. Улуғ алломалар: «Таъсирли сўз ҳаётнинг жон булоғидир. Фикрлаётган одам яшашда давом этади. Фикрлашдан тўхтаган одамнинг маънавий умри тўхтайди, энди у фақат мавжуд бўлиб қолади», деб бежиз айтишмаган. Бунинг боиси, фикр инсонни ҳаракатда, жамиятни ривожланиш ҳолатида ушлаб туради. Фикрлар хилма-хиллиги, баҳсмунозара ҳаётни тараққиёт сари йўналтиради. Бугунги давр маънавий-маърифий соҳадаги ислоҳотлар самарадорлигини ошириш, уни ҳар жиҳатдан янги босқичга кўтаришни талаб этмоқда. Олдимизда адабийтарихий манбаларни ўрганиш асосида қадим қўлёзмаларимиз хазиналарини бойитиш, хорижий давлатларнинг қўлёзма фондларида сақланаётган, фанга номаълум бўлган маданий меросимиз намуналаридан иборат каталоглар тузиш, жумладан, Алишер Навоийнинг хорижда сақланаётган қўлёзма манбаларини ҳар томонлама чуқур ўрганиш, шоирнинг жаҳон илм-фани ва цивилизацияси ривожига қўшган беқиёс ҳиссасини тарғиб этиш каби долзарб вазифалар турибди. Жаҳон навоийшунослиги тадрижи ва такомилига назар соладиган бўлсак, Алишер Навоий ижодининг Франция, Америка, Германия, Финляндия, Нидерландия, Япония, Россия каби бир қанча давлатларда ўрганилгани, асарларининг бир неча дунё тилларига таржима қилинганининг гувоҳи бўламиз. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети профессори Гулноз Халлиева Латвия давлати кутубхоналарида шоир асарлари қандай сақланаётгани ва ардоқланиб ўрганилаётгани билан қизиқди. Европа фондларида сақланаётган, Ўзбекистонда мавжуд бўлмаган туркий қўлёзмаларнинг маълумотлар базасини ўрганиш жараёнида кўплаб янги маълумотлар тўплади. – Латвия университети ҳузуридаги академик кутубхонанинг “Ўзбек тили маркази”да кутубхона директори Вента Коцере билан қизиқарли суҳбат қурдим, – дейди Г.Халлиева. – Вента Коцере хоним Латвияда ўзбек адабиёти ва маданиятига бўлган чуқур ҳурмат, Алишер Навоий асарларининг лотиш тилига таржималари, кутубхонанинг 400 йиллик тарихи ва у ерда мавжуд қўлёзмалар, кўргазмалар ҳақида сўзлаб берди. Жумладан, таржималар орасида лотиш ёзувчиси Павилс Вилипснинг “Фарҳод ва Ширин” достони таржимаси алоҳида ўрин тутиши, ушбу асар лотиш китобхонларининг энг севимли китоби эканини таъкидлаб ўтди. Павилс Вилипс – латвиялик ёзувчи, таржимон ва давлат арбоби, 1901-1979 йиллларда яшаган. 1948 йилда “Фарҳод ва Ширин” достонининг таржимасини нашр қилдирган. Китоб сўзбошисида илк бор лотиш китобхонини Алишер Навоийнинг таржимаи ҳоли, асарларининг жаҳоншумул аҳамияти билан таништирган. Фарҳод ва Шириннинг муҳаббати ватанга, халқига ва бутун инсониятга бўлган муҳаббат тимсоли эканини эътироф этган. Шунингдек, олима Латвия университетида Марказий Осиёни ўрганиш бўйича тадқиқотлар олиб борилаётгани, бу борада профессор Леонс Габриелс Таиванснинг тадқиқотлари, Шарқ кафедраси, Осиёни ўрганиш маркази очилишида олимнинг ташаббуси ва хизматлари борасида ҳам тўхталиб ўтилганини таъкидлади. Н.Раҳмонова, ЎзА мухбири. «ФАР²ОД ВА ШИРИН» ДОСТОНИ – ЛОТИШ КИТОБХОНЛАРИНИНГ ЭНГ СЕВИМЛИ АСАРИ С– ³аётнинг жон було¢и ўз Аҳмаджон МЕЛИБОЕВ, Ўзбекистон Миллий университети доценти Ўзбекистонлик вакиллар Деҳлининг Springdales School ўрта мактабида бўлиб ўтган Дўстлик ва тинчлик халқаро болалар фестивалида фаол иштирок этди. Ушбу халқаро мактабда маҳаллий болалар қатори кўплаб хорижий давлатлар, жумладан, Ўзбекистондан келган ёшлар ҳам таҳсил олади. Юртимиз вакиллари таълим жараёнига катта масъулият билан ёндашиб, юксак натижаларни қайд этмоқда. Мактаб ўқитувчилари ёш ватандошларимиз ҳақида ҳамиша ижобий фикрда. Қолаверса, ўзбекистонлик ёшлар таълим муассасасининг ижтимоий ҳаётида ҳам фаол иштирок этиб, турли тадбирларда ўзбек халқининг миллий анъаналари ва маданиятини тарғиб қилишга ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда. Бу галги Дўстлик ва тинчлик халқаро болалар фестивали иштирокчилари ва меҳмонлари Ўзбекистоннинг ранг-баранг ва бой маданий қадриятлари билан танишиб, ўзбек болалари ижросидаги миллий рақс ва қўшиқлардан баҳраманд бўлишди. Азиза АЛИМОВА, ЎзА Де³лида «Дўстлик ва тинчлик» халºаро болалар фестивали бўлиб ўтди ЄАДИМГИ ЮНОН НОТИЈИ ДЕМОСФЕН ЎЗИНИНГ ПАСТ, ІАЗИН ОВОЗИНИ ЯХШИЛАШГА ЖАЗМ ЄИЛИБ, ЕРТЎЛАГА ТУШАР ЭКАН-ДА, ШИФТГА ЎТКИР ТИЈЛИ ХАНЖАРНИ ОСИБ ЄЎЙИБ (БОШИНИ ДИМОЈДОРОНА БАЛАНД КЎТАРМАСЛИК УЧУН) УЗЛУКСИЗ МАШЄ ЄИЛАР ЭКАН.


Мутолаа 14-fevral, 2024-yil №5 (1237) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish 1922 йилнинг кузида Германияга ўқишга юборилган бухоролик 55 нафар талаба орасида ака-ука Муҳаммаджон ва Раҳматжон Авазжоновлар ҳам бор эди. Улар йўлга чиққанларида Муҳаммаджон 17, укаси Раҳматжон эса 14 ёшга тўлганди. Муҳаммаджон 1905 йил, Раҳматжон 1908 йили Бухоро шаҳрида, йирик савдогар оиласида туғилган. Уларнинг оталари Авазжон ўз вақтида Бухоро Амирлигида юқори лавозимда ишлаган, 1912- 18 йиллар эса Чоржўй божхонасида масъул вазифада хизмат қилган. Ака-ука Авазжоновлар дастлаб Бухоро шаҳрида эски мактаб ва мадрасада таълим оладилар, араб, форс тилларини мукаммал ўзлаштирадилар. Шу билан бирга Когондан ёлланган муаллимдан рус тили ва адабиёти, Европа мусиқа санъати сирларини ўрганишади. 1922 йилнинг сентябрь ойига келиб, кўплаб иқтидорли ўзбек ёшлари қаторида Германияга таълим олишга юборилган ака-ука Авазжоновлар дастлаб Германиянинг Кёслин (Köslin, бугунги Польша таркибидаги Koszalin) шаҳридаги педагогика мактабида бир қатор бухоролик ёшлар қаторида таълим олишади. Муҳаммаджон ўрта махсус шаҳодатномани қўлга киритгач, Коттбус (Cottbus) шаҳридаги «Олий текстил мактаби»га текстилчи-муҳандис йўналишига ўқишга киради. Раҳматжон эса Зарау (Groß Sarau) шаҳрида жойлашган «Прусс текстил индустрияси Олий мактаби»да текстилчикимёгар йўналишида таҳсил ола бошлайди. 1928 йилда олий маълумот эгаси дипломини қўлга киритган ака-ука Муҳаммаджон ва Раҳматжон ЖАІОЛАТ, ЄАБОІАТ, ТУІМАТУ ІИЙЛАЛАР АСОСИГА ЄУРИЛГАН ТУЗУМНИНГ ЧИРКИНЛИГИНИ ШУНДАН ІАМ КЎРИШ МУМКИНКИ, МУІАММАДЖОННИ ЄАМОЄЄА ОЛИШ ТЎЈРИСИДАГИ ОРДЕР 1937 ЙИЛНИНГ 11 НОЯБРИДА, ЯЪНИ АЙБЛАНИШИДАН ИККИ ІАФТА ЎТИБ БЕРИЛАДИ. ТАРИХ ҚАТЛАРИДА Авазжоновлар ватандошлари Исомиддин Аловуддинов (текстил соҳасида олий маълумот олган) ва Абдулла Пўлатовлар (қишлоқ хўжалиги йўналишида ўқиган) билан бирга СССР га қайтадилар. ҚАЙТИШ... 1928 йилнинг сентябрида Самарқандга етиб келган Муҳаммаджон Авазжонов ва Исомиддин Аловуддиновларни Ўзбекистон ҳукумати раҳбари Файзулла Хўжаев ўз кабинетида кутиб олади. Ҳукумат раҳбари уларни табриклаб, келажак вазифалари билан қизиқади. Шундан сўнг уларга бироз миқдорда пул беради ва улар Бухорога йўл оладилар. Ватанга қайтиб, ўз фаолиятини бошлаган Муҳаммаджон Тошкент, Самарқанд ва бошқа шаҳарларда текстил комбинатлари қурилиши ва ишга туширилишига бош-қош бўлади. Маҳаллий ёшлардан малакали мутахассислар етиштириш мақсадида комбинатлар қошида билим юртлари ташкил этади. Аммо кўп ўтмай манфур тузумнинг қора кўланкаси улар фаолиятига соя сола бошлайди. Хусусан, 1934 йилларда Фарғона текстил комбинатида бош муҳандис ва ишлаб чиқариш бўлими раҳбари бўлиб ишлаган пайтларда бундай муносабат энг юқори чўққига чиқди ва бу корхона Муҳаммаджон Авазжонов учун сўнгги фаолият манзили бўлди. Укаси Раҳматжон Авазжонов эса Германиядаги таҳсилининг охирги йилида гўзал немис қизи Эльза Прагер билан танишиб, унга кўнгил қўяди. Таассуфки, уларнинг расман оила қуриш тараддудига тушганини пайқаган совет хуфялари Раҳматжонни босим ёки алдов йўли билан Москвага чақириб оладилар. У 1928 йили асоссиз сабаблар билан саккиз кун ҳибсда сақланади. Бундан хабар топган Муҳаммаджон Авазжонов укасининг тақдиридан ҳавотир олиб, Файзулла Хўжаевдан ёрдам сўрайди. Шундан кейин Раҳматжон озод қилинади. Аммо на Германия ва на Ватанга қайтади. Москвада қолиб, дастлаб Москва шаҳридаги «Эркин меҳнат» тўқимачилик фабрикасида, 1930-35 йилларда эса Москва чарм ишлаб чиқарувчилар иттифоқи лабораториясида фаолият олиб боради. Шу вақт мобайнида Германиядан аёли ва фарзандини олиб келиш ёки уларнинг олдига бориш учун рухсат сўраб масъул идораларга тинимсиз мурожаат қилади. Афсуски, ижобий жавоб ололмайди. 1930 йилда эса бир неча бор Германия элчихонасига ҳам боради. Бу пайтда Германияда қолган Эльза Раҳматжонга меҳр тўла соғинч мактубларини ёзар ҳамда 1928 йилнинг кузида дунёга келган фарзандлари Анхимнинг суратини йўлларди. Не армонки, бир-бирига боғланган икки оташин қалб эгаси учун дийдор насиб этмайди... «УМИД ЭНГ ОХИРИДА ЎЛАДИ»... Сўнгги нафасигача уйга қайтишни истаган бу йигитлар қисмати билан таниша туриб, қайсидир кинода эшитганим юқоридаги ибора ёдимга тушди. 1935 йилга келиб, севган ёри ва фарзандини қайта кўришдан умидини узган Раҳматжон Тошкентга қайтади ва Тошкент текстил комбинатида цех бошлиғи, муҳандис сифатида иш бошлайди. 1937 йилнинг 4 сентябрига келиб Раҳматжон Авазжонов ЎзССР Жиноят Кодексининг 60 (аксилинқилобий ташвиқот), 67 (аксилинқилобий ташкилотга аъзолик) моддалари билан айбланиб, қамоққа олинади. У яшаётган Тошкент текстил комбинатининг ётоқхонасида тинтув ўтказилиб, фуқаролик паспорти, Германияда олган дипломи, турли хатлар, суратлари ва бошқа шахсий буюмлари ҳамда уйдан топилган 30 сўм пул далолатнома асосида олиб кетилади. Аммо бу ҳақда ҳатто унинг турмуш ўртоғи – Ўрта Осиё давлат университети (САГУ) кимё факультетининг 5-курс талабаси Елизаветта Авазжанова ва эндигина бир ёшга тўлган қизи Светланага тушунтириш берилмайди. Икки кундан кейин эса Фарғонада Муҳаммаджон Авазжонов ҳам қамоққа олинади. Унга тегишли хонадонда тинтув ўтказилиб, унинг фуқаролик паспорти, Германиянинг Олий Прусс текстил индустрия институтини тугатганлиги ҳақидаги дипломи ва гувоҳномалари, шунингдек, Германиядан келтирилган ўз соҳасига доир кўплаб илмий китоблар, Хислатнинг шеърий тўплами, немис тилидаги бадиий адабиётлар, альбом ва суратлар олиб кетилади. Эртаси куни қайта тафтиш ўтказилиб, уйдаги барча жиҳозлар – жомадон, камар, 60 сўм пул, қаламдон, ручка, хуллас ҳамма нарса хатлаб олиб кетилади. Унинг турмуш ўртоғи Маҳбуба Авазжонова 7 яшар ўғли Иноят ва 4 ёшли қизи Любалар билан бўм-бўш уйда, бир чақасиз қоладилар. Табиатан ҳассос қалб эгаси бўлган Муҳаммаджон адабиётни жуда севар, бўш вақтларида Германиядан келтирган фотоаппарати билан турли табиат манзараларини, тарихий биноларни, дўстлар базмлари, одамларни суратга оларди. 1937 йилнинг 9 сентябрида ўтказилган илк сўроқда терговчи асосий эътиборни ана шу суратларга қаратади. Ва, ҳеч қандай асосларсиз Муҳаммаджон Авазжоновга Германия жосуси деган айб қўйилиб, унга ЎзССР Жиноят Кодексининг 57 моддаси I қисми (Ватанга хиёнат, ҳарбий ва давлат сирларини сотиш, шпионаж) қўлланилади. Жаҳолат, қабоҳат, туҳмату ҳийлалар асосига қурилган тузумнинг чиркинлигини шундан ҳам кўриш мумкинки, Муҳаммаджонни қамоққа олиш тўғрисидаги ордер 1937 йилнинг 11 ноябрида, яъни айбланишидан икки ҳафта ўтиб берилади. Бу ҳам етмагандек, Муҳаммаджон қарийб бир йил давомида ҳибсда муттасил қийноқ ва азоблар остида сақланади. 1938 йилнинг 1 октябрида Германияда таҳсил олган Темурбек Казбеков, 1938 йил 2 октябрь куни эса кимёгар Саттор Жабборлар билан юзлаштиришларда у Германияда «Озод Туркистон» деган аксилинқилобий жосуслик ташкилоти умуман мавжуд бўлмаганини қайтақайта таъкидласа-да, бу гапларга бирон кимса қулоқ солмайди. Муҳаммаджон Авазжонов айбсизлигини исботлашга ҳар қанча уринмасин, бир йил аввал тайёрлаб қўйилган айблов баённомаси 1938 йилнинг октябрь ойида СССР бош прокурори, генерал Андрей Вишинский томонидан имзоланади. Яна бир фикр: Муҳаммаджон Авазжоновнинг суд иши 1938 йил 9 октябрь куни бор-йўғи 20 дақиқа давом этади. Қанчадан-қанча миллат зиёлиларининг бўйнига сиртмоқ солиб, уларнинг олам-олам орзулари, халқи, ватани учун ёнган шижоатини қаро тупроққа қориштирган «Учлик» суди Муҳаммаджонни ҳам отувга ҳукм қилади. Мол-мулки эса мусодара қилинади. Шу тариқа адолатсиз ҳукм ижро этилиб, қизи, ўғли, рафиқасини кўриш, бир марта бўлсин бағрига босишни жуда-жуда истаган 33 ёшли Муҳаммаджон Авазжонов қатл этилади. Акани ҳибсга олган жаллод тузум энди укани ҳам «мўлжалга» олади. 1937 йилнинг 5 сентябрь куни ўтказилган илк сўроқда Раҳматжон Авазжонов Германияга боришдан асл мақсади илм олиб, халқига фойдаси тегиши эканини ҳар қанча такрорламасин, икки ҳафта ўтиб, «Туркистон» аксилинқилобий ташкилоти аъзоси, 1927 йили СССРга жосуслик мақсадида қайтган деб, ЎзССР Жиноят Кодексининг 60 (аксилинқилобий ташвиқот), 62 (аксилсовет тарғибот) моддалари билан айбланади. Раҳматжонга қўйилган айблардан уч ой ўтиб, ундан гўёки «Крокодил» ҳажвий журналида чиққан карикатурани кўриб кулгани ва «бу билан советларнинг зарбдор стахановчилик ҳаракатининг ишчиларга ҳеч қандай фойдаси йўқ», деган гапига иқрор бўлишини талаб қиладилар. Раҳматжоннинг айблов баённомаси 1937 йил 6 декабрда ЎзССР НКВД раҳбари Дереник Захарович Апресян томонидан имзоланади. Уканинг суди ҳам акаси Муҳаммаджонники билан бир кунда, яъни 1938 йилнинг 9 октябрь куни бўлиб ўтади ва 20 дақиқа давом этади... «Қонхўр учлик» хулосаси билан Раҳматжон ЎзССР ЖКнинг 57-1 (Ватанга хиёнат, ҳарбий ва давлат сирларини сотиш, шпионаж), 58 (қуролли қўзғолонга ҳаракат), 64 (Совет давлатига қарши теракт), 67 (аксилинқилобий ташкилотга аъзолик) моддалари билан айбдор деб топилиб олий жазога ҳукм этилади. 30 ёшли Раҳматжон ҳам ўша куниёқ – акаси билан бир кунда отилади. Бир онанинг икки сарлочини – хаёлан осмону фалакларга парвоз этган, ватани ва миллатини улуғлаган икки забардаст йигитнинг ҳаёти шу зайлда чилпарчин бўлиб тупроққа қайтади... ҲАҚИҚАТ БУКИЛАДИ, АММО... Сталинча қатағонларнинг фош этилиши жараёнида Муҳаммаджон ва Раҳматжон Авазжоновларнинг ишлари ҳам қайта кўриб чиқилди. Раҳматжон Авазжонов 1957 йил 20 сентябрда СССР Олий Суди ҳарбий коллегиясининг қарори билан оқланди. Муҳаммаджон Авазжоновнинг иши эса қайта кўрилади. У билан бирга ишлаган кишилар гувоҳ сифатида қайта сўроқ қилинади. Ўша вақтда Тошкент текстил комбинатига қарашли мактаб директори бўлган Розенцвит Леонид Моисеевич 1956 йил 9 ноябрь куни Муҳаммаджон Авазжонов ҳақида қуйидагиларни ҳикоя қилади: «Мен 1934 йил Иваново текстил техникумини тугатиб, Тошкент текстил комбинатига ишга юборилганман. Бу ерда кадрлар тайёрлаш курси раҳбари сифатида Фарғона текстил комбинати ва унинг қошидаги Джерзинский номли техникум билан ҳамкорликда ишлардик. Мен Фарғона текстил комбинатининг ишлаб чиқариш бўлими раҳбари ва Фарғона техникуми ўқитувчиси бўлган Муҳаммаджон Авазжонов билан 1935 йилда бир йилдан кўпроқ мулоқотда бўлганман. Менда у текстил соҳасидаги технологияларни мукаммал билувчи ва ҳар томонлама етук мутахассис сифатида таассурот қолдирган. Шу вақт давомида бирор марта уларнинг аксилсовет фаолиятини сезмаганман ёки бирор одамдан шунга ўхшаш фикрларни ҳам эшитмаганман». Укаси оқланганидан сўнг уч кун ўтиб, Муҳаммаджон Авазжонов ҳам оқланади. Шу ўринда бир жиҳатга эътибор қаратсак: унинг рафиқаси Маҳбуба Авазжоновага 81 сўм 96 тийин қайтариб берилади. Ёш бўлишига қарамай шижоат билан Германияга ўқишга борган, тақдирнинг «шум» ўйинлари сабаб жувонмарг бўлган акаука Авазжоновларнинг аччиқ қисмати ҳақида ўқиган киши борки, шубҳасиз. кўзига ёш олади... Муҳтарам ўқувчи! Биз 2022- 2023 йиллар давомида таниқли тарихчи олим Баҳром Ирзаев билан ҳамкорликда тарихнинг биз билган ва билмаган қатлари, айниқса, қатағон йилларида адолатсизликлар қурбони бўлган жадидларимиз, миллат ойдинларининг аччиқ қисматлари ҳақида ҳикоя қилдик. 2024 йилда ҳам ушбу анъанани давом эттириш ниятидамиз. БИР КУНДА ОТИЛГАН ИККИ САРЛОЧИН 21 ёки йилдан кейин ¿айтариб берилган 81 сºм ³а¿ида... Ёзда Озод Шарафиддинов билан Фарғонада дам олдик. Тўй мавсуми авжига чиққани учунми, Худонинг берган куни саҳарги ошга таклиф қилишади. Хўроз қичқирмасдан туриш малол келади. Аммо айтилган жойга бормаслик ҳам одобсизлик. Бир куни Озод ака иккинчи қаватдан хушламайроқ тушди. – Чўрт побери, кечаси билан биқиним оғриб чиқди, – деди нолиб. – Даволанишга келганмизми, тўйма-тўй юришгами? Санаторий дарвозасида, одатдагидек, машина кутиб турган экан. Ғизиллатиб олиб кетишди. Тўйхонага киришимиз билан «Умарали ака-а-а!» деган ҳайқириқ янгради. Сўриток тагида ўтирган найнов, саксовулдек чайир одам сапчиб туриб биз томонга келаверди. Эрталабдан «отиб» олгани кўриниб турибди. Оёқлари чалишиб кетаяпти. Икки юзи тўйиб мош еган хўрознинг тожисидек қип-қизил. Яна бир марта «Умарала-ака-а-а!» деди-да, Озод акани даст кўтариб чирпирак қилиб айлантира бошлади. Домланинг у юзидан, бу юзидан ўпавериб шилта қилиб ташлади. – Бормисиз, Умарали ака? Соғмисиз, домлажон? Эшик-эллар тинчми, домлажон? Неваралар чопқиллаб юрибдими, домлажон? Соғинтириб юбордингиз-ку, домлажон! Ўпгани ҳам бор бўлсин! Ҳар «домлажон» деганида Озод акани силкитиб-силкитиб қўяди. Озод ака «Мен... Мен» дейди-ю, «Умарали эмасман», дейишга бояги одам қўймайди. Домла «кечаси билан биқиним оғриб чиқди», дегани эсимга тушиб, ачиниб кетяпман. Бир зумда Озод ака бошигача терлаб, қизариб кетди. Нуқул ҳансираб нафас олади. Бояги одам домлани ерга қўйдида, менга юзланди. – Эркин ака-а-а! – деди ҳайқириб. Кураш тушадиган полвонлардек қулочини кенг ёйганича тепамга бостириб келаверди. Қарасам, қовурғамни дазмоллаб ташлайдиган! Шоша-пиша, ўзимни одамлар орасига урдим. Домла иккаламизни алоҳида хонага олиб кирди. Озод ака ҳамон ҳансираб нафас олар, пайдарпай рўмолча билан юзини артар эди. – Бояги одам ким? – дедим нон ушатаётиб. Домла эшитмадими, жавоб бермади. – Ким ҳалиги одам? – дедим чой қуйиб. Домла бир чимирилди-ю, тағин индамади. Ҳарқалай, ўша «меҳрибон шогирд» кимлигини жудаям билгим келарди. – Домла, – дедим, – бояги одам ўзимизда ўқиганми? Озод ака базўр чидаб ўтирган эканми, бирдан портлади. – Ҳой! – деди қўлини пахса қилиб. – Қанақа эзма одамсиз? Жимгина ўтира оласизми, йўқми? Билмайман! Эшитдингизми? Танимайман! Умуман танишни ҳам хоҳламайман! Ўз ҳолимга қўясизми-йўқми? Дамим ичимга тушиб кетди. Ташқари чиққанимизда «шумлигим» тутди. Озод аканинг қулоғига секин шипшидим. – Умарали ака! Анови шогирдингиз яна келяпти. Хайрлашмоқчи шекилли. Озод ака аланг-жаланг қаради-да, ўзини машинага урди. – Ҳайданг, – деди эшикни ёпиб. – Ҳайданг, чўрт побери! Тезроқ кетайлик шу ердан. Ўткир ҲОШИМОВнинг «Икки карра икки – беш» китобидан. «МЕ²РИБОН» ШОГИРД


Бобур ЗА²ИРИДДИН МУ²АММАД TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 036. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 221 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 02:10 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №5 (1237) 14-fevral 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги Жонимдин ўзга ёри вафодор топмадим, Кўнглумдин ўзга махрами асрор топмадим. Жонимдек ўзга жонни дилафгор кўрмадим, Кўнглим киби кўнгулни гирифтор топмадим. Усрук кўзига токи кўнгул бўлди мубтало, Ҳаргиз бу телбани яна ҳушёр топмадим. Ночор фурқати била хўй этмишам, нетай, Чун васлиға ўзумни сазовор топмадим. Бори борай эшигига бу навбат, эй кўнгул, Нечаки бориб эшигига бор топмадим. Бобур, ўзунгни ўргата кўр ёрсизки, мен Истаб жаҳонни, мунча қилиб, ёр топмадим *** Ғофил ўлма, эй соқий, гул чоғин ғанимат тут! Вақти айш эмас боқий, ол чоғир, кетур, бот тут! Бу насиҳатим тингла: не бўлур киши ёнгла, Не бўлур экин тонгла, сен бу кун ғанимат тут! Ғофил ўлма давлатта, ўзни солма меҳнатга, Тангри берур албатта, давлат иста, ҳиммат тут! Хуштурур висоли ёр, анда бўлмаса дайёр, Бўлса васл беағёр давлату саодат тут! Ғам черики беҳаддур, чораси будур, Бобур: Бодани кўмак келтур, жомни ҳимоят тут! * * * Хати – бинафша, хади – лола, зулфи райҳондур, Баҳори ҳуснда юзи ажаб гулистондур. Ики менги ою доғи юзу сўзи гулу мул, Қади равону тани жону ирни маржондур. Қошида чину кўзида кину ангабин лабида, Сўзида заҳр ва лекин тилида дармондур. Қошингға кўп бора олмон, нетай, аролиқда, Ёшим тишинг дуридин айру баҳри Уммондур. Ўтумни тез этасен ҳар тарафға секретиб от, Саманди ноз инонини бир бери ёндур. Не навъ васф қилай суратинг латофатини – Ки, ҳуснунга сенинг, эй руҳ, ақл ҳайрондур. Жафою жавр агар қилса, Бобуро, нетайин, Не ихтиёр манга, ҳар не қилса, султондур. * * * Кўнглумни чу ул пари олибтур, Девона бўлурға не қолибтур?! Бедил эканимни эмди билгай, Чун бир киши кўнглини олибтур. Кўнглумни олиб, тағофулин кўр, Билмасга ўзини не солибтур. Зулфунг черигини йиғки, жамъи Бу фитнадин асру қўзғолибтур. Бобур, неча кун кўнгулни хуш тут, Бу олам иши чун мунқалибтур. * * * Гул жамолин ёпқон ул гулнинг ики райҳонидур, Ғунча сиррин очқон ул икки лаби хандонидур. Ул мусалсал икки зулфи гул юзининг даврида, Гул уза ағнар, магар ул иккининг давронидур. Ўқи захмини кўруб ҳар ён танимда, эл дегай – Ким, бу кўҳи дарднинг ул лолаи нуъмонидур. Сел эмасдур ер юзин тутқон – кўзумнинг ёшидур! Раъд эмасдур кўкка чирмашқон – кўнгул афғонидур! Ложарам, бўлғай паришону хавойи мен киби Зарра янглиғ кимки бир хуршид саргардонидур. Ул пари ишқида, Бобур, қўнглум андоқ телбадур– Ким, сочи занжиридур, чоҳи зақан зиндонидур. * * * Менинг кўнглумки, гулнинг ғунчасидек таҳ-батаҳ қондур, Агар юз минг баҳор ўлса, очилмоғи не имкондур. Агар ул қоши ёсиз боғ гаштин орзу қилсам, Кўзумга ўқдурур сарву кўнгулга ғунча пайкондур. Баҳору боғ сайрин не қилайким, дилситонимнинг Юзи – гул, зулфи – сунбул, қомати сарви хиромондур. Висоли лаззатидин руҳ топмоғлиқ эрур душвор, Фироқи шиддатида йўқса жон бермаклик осондур. Бошидин эврулур армони бирла ўлдум, эй Бобур, Менинг наъшимни бори ул пари кўйидин айлондур. * * * Ғурбатта ул ой ҳажри мени пир қилибтур, Ҳижрон била ғурбат манга таъсир қилибтур. Мақдур боринча қилурам саъйи висолинг, То Тенгрини, билмонки, не тақдир қилибтур. Тақдирдур ул ёну бу ён солғучи, йўқса, Кимга қаваси Санбалу Татйир қилибтур? Бу Ҳинд ери хосилидин кўп кўнгул олдим, Не судки, бу ер мени дилгир қилибтур. Сендин бу қадар қолди йироқ – ўлмади Бобур, Маъзур тут, эй ёрки, тақсир қилибтур. *** Не хуш бўлғайки, бир кун уйқулуқ бахтимни уйғотсам, Кечалар тори мўйидек белига чирмашиб ётсам. Гаҳи гулдек юзини ул шакар сўзлукнинг исласам, Гаҳи шаккар киби ул юзи гулнинг лаълидин тотсам. Қани Ширин била Лайлики, сендин ноз ўрганса? Қани Фарҳоду Мажнунким, аларға ишқ ўргатсам?! Ёруқ кундуз, қоронғу кечада анжум киби бўлғай, Чекиб гар оҳ дудини, кўнгул ўтини тутратсам. Кўзум равшанлиғида бўлғай, эй Бобур, басе камлиғ, Агар қоши била юзин ҳилолу кунга ўхшатсам. * * * Ҳар кимки вафо қилса, вафо топқусидур! Ҳар кимки жафо қилса, жафо топқусидур! Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз, Ҳар кимки ёмон бўлса, жазо топқусидур! * * * Юз шукр де, Бобурки, карими Ғаффор, Берди санга Синду Ҳинду мулки бисёр. Иссиклиғиға гар сенга йўқтур тоқат, Совуқ юзини кўрай десанг, Ғазни бор. Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ²АМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА ¡олибМИЛЛИОН 2024 йилнинг сентябрь ойида – Є¿итувчи ва мураббийлар байрами арафасида 20 топширилади. Мурожаат учун: (90) 245-18-10 «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» ДИҚҚАТ! ТАНЛОВ!


Click to View FlipBook Version