The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

21_son -2024 Milliy tiklanish

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

«O‘ZBEK SHALYAPINI» 5s YOL 6s 6s AQSH dollari 12665.03. 1 YEVRO 13769.42. 1 Rossiya rubli 142.91. 1 Angliya funt sterlingi 16165.64. 1 Yaponiya iyenasi 81.63. 2024-yilning 5-iyun sanasidan. Manba: cbu.uz QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT Adadi – 5 063 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] № 21 (1253) 2024-yil 5-iyun, chorshanba PARTIYASINING IJTIMOIY- «MILLIY TIKLANISH» SIYOSIY GAZETASI DEMOKRATIK milliy www.mtgazeta.uz | tiklanish fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi 3s Millatning, xalq va davlatlarning ertasi bilan bog‘liq muammolarning tobora avj olayotgani XXI asrda tarbiyaning tom ma’noda hayot-mamot masalasiga aylanganini anglatadi. PARTIYA faoliyati 13-14-may kunlari Samarqand shahrida o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning nutqini gulduros qarsaklar sadosi bir necha soniyaga to‘xtatib qo‘ydi. Bu shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki ayollarning ta’lim olishiga nisbatan adolatsizlikka chek qo‘yilgani haqidagi axborotga milliy va xalqaro jamoatchilikning munosabati, ta’bir joiz bo‘lsa xolis bahosi edi. Keling, shu o‘rinda oddiy bir fuqaro sifatida mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qilib ko‘raylik. Sir emaski, mustaqillikning ilk yillarida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun bir o‘ringa yigirma, ba’zan o‘ttiz nafargacha nomzod to‘g‘ri kelardi. Boz ustiga, harbiy xizmatni o‘tab kelgan yigitlar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun berilgan imtiyozlaridan foydalanib, shundoq ham kam ajratilgan o‘rinlarni band etardilar. O‘shanda o‘qishga kiritib qo‘yadigan “ko‘rinmas qo‘llar” fitnasidan jabr chekkanlarning son-sanog‘i yo‘q edi. O‘qishga kira olmagan aksariyat qizlarning orzulari esa “To‘ylar muborak!” sadolari ostida armonga aylanardi... To‘g‘ri, biz oilani qadrlaydigan, oilaviy qadriyatlarni muqaddas, deb biladigan xalqmiz. Biroq zo‘r mutaxassis bo‘laman, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shaman, deya mard-u maydonga chiqqan iste’dodli qizlarga imkon bermaslik, naqadar adolatsizlik! Boz ustiga, o‘sha yillari faqat qizlar uchun emas, butun boshli yoshlar “armiya”sini rag‘batlantirish uchun biron-bir tizim yo‘q edi. 1991-yilda hatto Zulfiya mukofoti ham ta’sis etilmagandi. Bugunga kelib esa qizlar ta’limiga e’tibor davlat siyosatiga aylandi. 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz ta’lim olgan bo‘lsa, hozirda bu raqam yarim milliondan oshdi. Shu o‘rinda 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma asosida oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniyatlari yaratilayotgani ham o‘ziga xos rag‘bat rolini o‘ynayapti. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetayotgan qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun 4 foizli kvota ham ajratilyapti. TARAQQIYOT ELCHISI 17 6-sahifa mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlanibdi. Shu davrda ayni masalaga oid 532 ta murojaat yo‘llanganini ham bilamizmi? Afsuski, keyingi paytlarda tomoshabinlik roli bizni ko‘proq qoniqtiryapti... Yoshi kattalar «bizning davrimizda» deb gap boshlab tanbeh bersa, yo ensamiz qotadi yoki qo‘l siltab, tarbiyasizligimizni namoyish qilamiz. 2023-yilda belgilanmagan joyga chiqindi, shuningdek, sanoat chiqindilarini tashlash kabi holatlar bilan bog‘liq Shaharlar qurilish yoki avtomobillar uchun emas, ODAMLAR UCHUN BO‘LISHI KERAK MILLIY SAYYOHLIK 2s Jimjitlik yechim emas, biz gapirishimiz kerak! «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR kumush medal sohibi ENG ANVAR QIMMAT va qadrli meros bu tarbiyadir PESHANADAGI so‘gal Yalangto‘sh» «Bahodir filmi premerasiga tushdim – «Qilsa bo‘lar ekan-ku!» «Eski tos, eski hammom» Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida turizmning мilliy iqtisodiyotimiz drayveriga aylanishi uchun loqaydlik kasalidan qutulishimiz kerakligi alohida ta’kidlandi 3s 8s Samarqandda o‘tgan Global turizm investitsiya forumida 2,3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgandi. Lekin Namangan, Andijon, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va poytaxtda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar ijrosiga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Sirdaryo va Jizzaxda esa xorijiy hamkorlarga birorta ham loyiha taklif qilinmagan. 2023-YILI yoxud Fitrat, Cho‘lpon, Hamza bilan maslakdosh bo‘lgan san’atkor qismati 3s 8s Davomi 4-sahifada


O‘TGAN YILI 6,6 MILLION CHET ELLIK TURIST O‘ZBEKISTONGA KELGAN BO‘LSA, JORIY YILDA BU KO‘RSATKICHNI 11 MILLIONGA, XIZMATLAR EKSPORTINI 2,5 MILLIARD DOLLARGA, TIBBIYOT VA TA’LIM TURIZMI EKSPORTINI ESA YILIGA 200 MILLION DOLLARGA YETKAZISH REJA QILINDI. 2 5-iyun, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №21 (1253) chorshanba milliytiklanish BUGUNNING GAPI XXI asrda turizm iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmog‘iga aylandi. Ayniqsa, uning aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati muttasil oshib bormoqda. 2023- yili sohada xizmat qilayotganlar qariyb 500 million kishiga etdi. Umuman, yaratilayotgan 10 ta yangi ish o‘rnining bittasi turizmga tegishli bo‘lmoqda. MILLIY SAYYOHLIK Ma’lumki, dunyoda turizm bo‘yicha Fransiya, Ispaniya, AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Turkiya yetakchi sanaladi. Birgina Fransiyaga jami sayyohlarning 10 foizi to‘g‘ri kelsa-da, daromad olishda AQSHga yetadigani yo‘q. Ushbu mamlakat ichki turizmning o‘zidan yiliga 300 milliard dollar daromad olyapti. Keyingi yillarda tarixiy hamda zamonaviy dunyoning o‘ziga xos uyg‘unligini birlashtira olgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ham jahon sayyohlari e’tiborini torta boshladi. Bunga 2023-yilning oktyabr oyida Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tgani va unda 140 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgani ham misol bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda yuzdan ortiq mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqi berilgani, 55 ta davlat sayyohlari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etilgani ham Yangi O‘zbekiston nomining jahon sayyohlari xaritasiga dadil kirib borishiga sabab bo‘ldi. Natijada xorijlik sayyohlar soni ikki barobarga ko‘payib, turizm eksportidan ko‘rilgan foyda to‘rt barobarga o‘sdi. O‘tgan yili 6,6 million chet ellik turist O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 11 millionga, xizmatlar eksportini 2,5 milliard dollarga, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini esa yiliga 200 million dollarga yetkazish reja qilindi. 3-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish choratadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ana shu raqam va ko‘rsatkichlar yana bir bor tahlil qilinib, mavjud muammolarga munosabat bildirildi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, o‘tgan yili Samarqandda o‘tgan Global turizm investitsiya forumida 2,3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan. Bu yaxshi, albatta. Lekin Namangan, Andijon, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va poytaxtda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar ijrosiga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Sirdaryo va Jizzaxda esa xorijiy hamkorlarga birorta ham loyiha taklif qilinmagan. Aksincha, bu boradagi ishlar to‘g‘ri tashkil etilgan hududlarda salmoqli natijalarga erishilyapti. Masalan, xorijiy investorlar Shahrisabz tumani G‘elon va Sarchashma qishloqlari orasida 3 ming gektarlik tog‘-chang‘i kompleksini tashkil qilish, Miraki qishlog‘ida turizm zonasini barpo etishga kirishganlar. Lekin shunday sharoitga ega bo‘lgan boshqa ko‘plab tuman rahbarlari birorta tashabbusni ilgari surganlari yo‘q. Ma’lumki, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Turizm vazirlarining IV yig‘ilishida Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlangan edi. Yig‘ilishda shundan kelib chiqib, hukumat oldiga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar qo‘yildi. Jumladan, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadigan bo‘ldi. Hisorak-G‘elon va HisorakSarchashma yo‘li ikki tasmali qilib ta’mirlanadi. ChiroqchiSho‘rquduq avtomobil yo‘lining 30 – kilometri ta’mirlanib, Samarqanddan Shahrisabzgacha bo‘lgan qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga sayyohlarni jalb etish imkoniyati yanada kengayadi. Shundan kelib chiqib, yig‘ilishda soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya va Xitoydan maslahatchilarni jalb etgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har bir hududga kamida 50 million dollarlik sarmoya kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Ta’kidlash lozim, bugun yurtimizning turli hududlarida o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar ham turistlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Misol uchun, birgina “Boysun bahori” xalqaro etno-festivali Surxondaryoga kelayotgan sayyohlar oqimini 4 karraga ko‘paytirdi. Yig‘ilishda ana shunday tadbirlar salohiyatidan samarali foydalanish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayotganidan kelib chiqib, mutasaddilarga bu borada alohida dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qayd etish joiz, keyingi yillarda poytaxtimiz Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari ham turistlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Birgina “Toshkent siti”, “Toshkent moll”, “Mejik siti” kabi majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyuryapti va ularning 35 foizini xorijlik sayyohlar tashkil qilmoqda. Lekin shunga qaramay, poytaxt hokimligi sohada yangi imkoniyatlarni ishga solishda sustkashlik qilmoqda, yangi tashabbus va takliflar bildirilmayapti. Bu esa, sohaning poytaxt iqtisodiyotidagi o‘rniga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganidan dalolatdir. Shuning uchun ham videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahar hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Davrukov vazifasidan ozod etilib, bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish vazifasi topshirildi. Milliy sayyohlik va uning rivoji haqida gap ketganda bugungi issiq kunlarda akvapark va basseynlarga bo‘lgan talab oshishini ta’kidlash joiz. Ammo afsuski, turistlar uchun “magnit” bo‘ladigan birorta zamonaviy akvapark yo‘q. Tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti. Shundan kelib chiqib, yig‘ilishda akvapark va basseynlar qurish bo‘yicha zamonaviy loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master rejalar ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lgan holda tadbirkorlarga taklif etish lozimligi ta’kidlandi. Bilamizki, pandemiyadan keyin dunyoda tibbiy turizm jadal rivojlana boshladi. Xalqaro tibbiy turizm assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yiliga 14 milliondan ortiq odam davolanish maqsadida boshqa mamlakatlarga sayohat qilyapti. Bu borada, ayniqsa, Turkiya salmoqli natijalarga erishmoqda. Tahlilchilarning fikricha, keyingi 10 yilda ushbu davlat sog‘liqni saqlash sohasida AQSH va BAAni ham ortda qoldirib, 25-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Natijada 150 ga yaqin davlat fuqarolari Turkiyada davolanishni ma’qul ko‘rmoqdalar. Hatto “Turkish airlines” kompaniyasi tibbiy sayohatchilar uchun raqobatbardosh chegirmalarni taklif qila boshladi. Garchi Turkiya tibbiy xizmat sifati bo‘yicha Yevropada yetakchi sanalsa-da, narxlar masalasida AQSHdagiga qaraganda 50-60 foizga arzon. Hindiston ham bu yo‘nalishda Janubiy Osiyodagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishi sanalmoqda. O‘tgan yil ushbu davlatning birgina tibbiy turizmdan 13 milliard dollar daromad ko‘rgani aytilmoqda. Bizda ushbu yo‘nalish yangi hisoblansa-da, ammo imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli ekanini mutasaddilar e’tiborga olmayaptilar. Vaholanki, 86 ta sanatoriy va tibbiy muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolandi. Demak, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish imkoniyati bor. Chunki oxirgi besh yilda xususiy klinikalar karrasiga ko‘paydi. Ammo shunga qaramay, atigi 2 ta klinika xalqaro sertifikat olganini qanday tushunish mumkin? Bu esa tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha yaxlit yondashuv yo‘qligini ko‘rsatadi. Oqibatda chet ellardan davolanish uchun keladiganlar ulushi pastligicha qolmoqda. Yig‘ilishda ushbu masala ham atroflicha muhokama qilinib, O‘zbekistonda ilg‘or tajribalar asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishi e’lon qilindi. Qayd etilishicha, endilikda xususiy klinikalarning xalqaro standart olishi, xorijiy ko‘rgazmada qatnashishlari bilan bog‘liq xarajatlari byudjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i esa qaytariladi. Yig‘ilishda yana bir muhim masala – sayyohlarga transport xizmati ko‘rsatish masalasi keng muhokama qilindi. – Sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy u yoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, – dedi Davlat rahbari va mutasaddilarga barcha qatnovlar haqida ma’lumot hamda chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish, bunda chiptalarni tabaqalashgan narxda kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi. Videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan turizm salohiyatini to‘liq ochib beruvchi global targ‘ibot kampaniyasini yo‘lga qo‘yish vaqti kelgani, bunda televideniye va onlayn platformalar bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish muhimligi ham alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mutasaddilarga 1-oktyabrga qadar “milliy turizm brendi” to‘g‘risida kontent yaratish uchun tanlov o‘tkazib, xalqaro platformalarda uning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi. Bu maqsadlarga joriy yilda 5 million dollar mablag‘ ajratilishi, auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan kamida 50 nafar xorijlik blogerlar uchun info-turlar tashkil qilinishi belgilangani ham ma’lum qilindi. Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlar bilan ham muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini eshitdi. Yakunda Prezidentimiz sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzishni taklif qildi. Bu tashabbus uchrashuvda ishtirok etgan turizm sohasi vakillari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri Kuting! BAHODIR MAMATXONOV, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari KOREYA TAJRIBASI: O‘RGANADIGAN JIHATLAR BOR EKAN... Kelgusi sonlarda Partiya loyihalar i


ENG QIMMAT Munosabat FAOLIYATI 5-iyun, 2024-yil №21 (1253) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish Germaniya aholisining 28 foizini 60 yoshlik dovondan oshganlar tashkil qiladi. Finlandiya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Daniya va hatto Rossiyada ham shu ahvol. Qisqa vaqtda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 74 foizga yetdi. Tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinib, unda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish belgilab qo‘yildi. PARTIYA Yangi avlod vakillari haqida gap borganida Prezidentimiz tomonidan so‘nggi yillarda yoshlar masalasida 20 dan ortiq milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslar ilgari surilganini va ularning aksariyati xalqaro doirada e’tirof etilayotganini aytish joiz. Joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani ham bu masala davlatimizning doimiy e’tiborida ekanidan dalolatdir. Olimlarning aniqlashicha, inson hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olarkan. Ya’ni, bola bu davrda dunyoni anglaydi, ona tilisini o‘zlashtirib, ota-onasi, oilasi, yaqinlari va Vataniga mehri uyg‘onadi. Albatta, bunda oilaning o‘rni beqiyos. Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning ahamiyati ham katta. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda maktabgacha ta’lim uzluksiz o‘qitish tizimining ajralmas qismiga aylandi. Qisqa vaqtda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 74 foizga yetdi. Tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinib, unda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish belgilab qo‘yildi. Ta’kidlash lozim, yoshlar jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi asosiy kuch, innovatsiyalar, g‘oya va yechimlar manbai hamdir. Buning isbotini aql-zakovati, salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan, o‘z bilimiga ega qat’iyatli yoshlarning muhim davlat lavozimlariga tavsiya etilayotganida ham ko‘rish mumkin. Ya’ni, bugun yosh kadrlarni tayyorlashga islohotlar drayveri sifatida qaralmoqda va bunda har tomonlama yetuk, zamanaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan yosh mutaxassislarni tayyorlashga har qachongidan katta e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda yurtimizda tashkil qilingan oliygohlar soni 213 tadan oshdi va bugun ularda 1 mln 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Umuman, mamlakatimizda yoshlarga munosib ta’limtarbiya berish, ayniqsa, ularni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani bejizga emas. Chunki keyingi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlari yoshlari orasida vatanparvarlik hissining yo‘qolib borayotgani, loqaydlik, yengil-yelpi hayot yo‘lini tanlash, ayniqsa, bilibbilmay oilaviy qadriyatlardan uzoqlashish holatlari “boy berilgan avlod” iborasining bejiz paydo bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Hatto yoshlar orasida an’anaviy oilani eskilik sarqiti deb bilish oddiy holga aylanayotgani milliy qadriyatlarni tarbiya asosiga aylantirish lozimligidan dalolat bermoqda. Millatning, xalq va davlatlarning ertasi bilan bog‘liq bunday muammolarning tobora avj olayotgani XXI asrda tarbiyaning tom ma’noda hayot-mamot masalasiga aylanganini anglatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bugun dunyo aholisining 12,3 foizini 60 yoshdan oshganlar tashkil qiladi. 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkich 16,5 foizga, 2050-yilda esa 22 foizga yetishi kutilyapti va shu tariqa dunyoda tug‘ilishlar soni kamayib, Yer yuzi aholisining keskin “keksayishi” ro‘y beradi. Ma’lum bo‘lishicha, yigirma yildan buyon demografik pasayish xolatini boshdan kechirayotgan Yaponiya bu borada yetakchi ekan. 127 million nufusga ega “kunchiqar” yurt aholisining 33 foizi ayni paytda 60 yoshdan oshgan. Tahlilchilarning fikricha, bu ko‘rsatkich 2050-yilga borib 40 foizdan oshadi. Bunday holat Yevropada ham kuzatilmoqda. Jumladan, hozir Germaniya aholisining 28 foizini 60 yoshlik dovondan oshganlar tashkil qiladi. Finlandiya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Daniya va hatto Rossiyada ham shu ahvol. Umuman, Yevropa aholisi 2050-yilga borib 14-15 millionga kamayishi mumkinligi ta’kidlanyapti. Bunday o‘zgarishlar ishga yaroqli aholi sonining kamayishi va bu migratsiya oqimining kuchayishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy inqirozlarni yuzaga keltiradi. . Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday muammolarning asl sababi yoshlar tarbiyasidagi bo‘shliq bilan bog‘liq. Bugun ana shunday muammolar bilan yashayotgan davlatlarda kech bo‘lsa-da, qadriyatlarni asrash masalasi yana kun tartibiga chiqa boshladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlarga vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish, tarbiyani bog‘chadan to‘g‘ri tashkil etish, bu jarayonda oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, urf-odatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham partiyamizning “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” g‘oyasi asosida tayyorlanayotgan yangi Saylovoldi dasturida bu masalalarga ustuvorlik berilayotir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi avlod vakillarining har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shishdir. Partiyaning 29 yillik faoliyati ham yoshlar masalasiga mavsumiy qarab bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Bugun biz mahalliy kengashlardan tortib, qonun chiqaruvchi oliy organ – Parlamentda ham yosh va iqtidorli deputatlar bo‘lishi uchun harakat qilyapmiz. To‘g‘ri, Oliy Majlis Qonunchlik palatasi qoshidagi Yoshlar parlamenti va partiyaning “Yoshlar qanoti” faoliyati orqali muayyan maqsadlarimizga erishyapmiz. Ammo tan olishimiz kerak: hali biz kutilgan darajada eng chekka qishloq va mahallalargacha yetib bormadik. Ayrim deputatlarimiz ham yoshlar masalasiga yetarli darajada e’tibor qaratayotgani yo‘q. Buni turli darajadagi uchrashuv va muloqotlarda qalbi toza, g‘ururli va jo‘shqin kayfiyatdagi yoshlar bildirayotgan mulohaza va hatto siyosiy partiyalar faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlaridan ham bilishimiz mumkin. Bunday holatlardan eng avvalo, biz – siyosiy partiyalar vakillari to‘g‘ri xulosalar chiqarib, yoshlar bilan ishlash uslublarimizni zamonaviylashtirishimiz kerak. Ma’lumki, partiyamiz a’zolari orasida 200 mingdan ziyod yoshlar bor. Bu shubhasiz, juda katta kuch. Va, biz ana shu kuch imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim. Bugun globallashayotgan dunyoda yoshlarga har xil tahdidlar kuchayayotgan bir sharoitda bu masalada xato qilishga haqqimiz yo‘q. Zero, ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganlaridek: “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”. Shu ma’noda, eng qimmat va qadrli meros bu tarbiyadir. Afsuski, poytaxtimiz Toshkent allaqachon shunday muammolarga yuz tutib bo‘ldi. Birgina tartibsiz qurilishlar natijasida shahar ekologiyasi izdan chiqyapti. Toshkent havosi ifloslangan shaharlar o‘nligidan ham tushmay qoldi. Ta’kidlash lozim, ilgari tasdiqlangan shahar bosh rejalari aholi va iqtisodiyotning bugungi o‘sishiga mos kelmay qoldi. Tahlillarga ko‘ra, ahvol shu tarzda davom etaversa, 2030-yilga borib respublikamizda infratuzilma xarajatlari 2 baravarga oshib, qishloq xo‘jaligi yerlari 30 ming gektarga kamayib ketadi. Bu esa, shubhasiz, oziqovqat muammolarini keltirib chiqaradi. А Butun dunyoda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham shaharlar aholisi ko‘payib bormoqda. 1991-yili shaharliklar ulushi jami aholining 40,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 51 foizdan oshdi. Mutaxassilar bu ko‘rsatkich yildan yilga o‘sib borishini, shu bois, shaharsozlik infratuzilmasini yaxshilashga bo‘lgan e’tibor kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda. Aks holda bu ekologiya, elektr energiya, uy-joy va oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi. Shaharlar qurilish yoki vtomobillar uchun emas, odamlar uchun bo‘lishi kerak Bas, shunday ekan, bugungi shaharlarni rivojlantirishni aniq strategiya asosida olib borish lozim. Ya’ni, shaharlarni masterrejalar asosida rivojlantirish zarurati ham vujudga keldi. Master-reja – bu shunchaki shaharsozlik hujjati emas, uning asosiy maqsadlaridan biri hududning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ochib berishdir. Xorijda bu tajriba allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Nyu-Yorkda 2010-yillarning boshida shaharni rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan. Vena, Berlin va Sidney kabi yirik shaharlarda ham shu kabi hujjatlar mavjud. To‘g‘ri, 2023-yilning 11-sentyabrida qabul qilingan “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda master-rejalar ishlab chiqish belgilangan. Masalan, hozir mamlakatimizda 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari ana shu hujjatlar asosida barpo etilmoqda. Shu asosda qurilayotgan eng yirik loyihalardan biri Yangi Toshkent hisoblanadi. Ushbu loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, eng muhimi, Yangi Toshkentning “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilgan. Loyiha Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning ilg‘or kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Loyihada “yashil hududlar”ni yaratish va uni boshqa obyektlar bilan uyg‘unligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etiladi va 200 ming tup daraxt ekilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga massivga tutash hududlarda 160 gektar yer maydonida 53 ta “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari tashkil etilib, 50 mingta harxil turdagi daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Umuman olganda, “Yangi Toshkent” umumiy maydonining 29 foizini yashil parklar va ochiq maydonlar tashkil etadi. Bu borada xorij tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 26 milliondan ortiq aholiga ega Shanxayning yashil maydonlari 200 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi va jon boshiga taxminan 6,6 kvadrat metrni tashkil qiladi. 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Xanchjou yer maydonining taxminan 30 foizi yashil maydonlardan iborat yoki Stokgolmni olaylik: shahar hududining qariyb 30 foizini yashil maydonlar va istirohat bog‘lari tashkil etib, jon boshiga 98 kvadrat metr yashil maydon to‘g‘ri keladi. Shaharda chiqindilarni boshqarish sohasida innovatsion texnologiyalar joriy etilgan bo‘lib, maishiy chiqindilarning 99 foizdan ortig‘i qayta ishlanadi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan 2024-yildagi ustuvor choratadbirlari to‘g‘risidagi qarorda ham master-rejani ishlab chiqish mezonlari belgilangan va bugun uning huquqiy asosini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Albatta, bunda shahar va hududiy rivojlanishning Milliy strategiyasi ishlab chiqarilishi zarur. Zamonaviy bozor talablariga javob beradigan va shahar hududlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun shaharsozlik tizimi modernizatsiya qilinish zarur. Bunda ayniqsa, «Urbanizatsiya to‘g‘risida»gi hamda «Renovatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihalarini ishlab chiqish juda muhimdir. Bir so‘z bilan aytganda, masterreja aniq ilmiy yondashuvlar asosida ishlab chiqiladi. Bu mavjud resurslarning oqilona ishlatilishiga, ularning behuda sarflanmasligiga yordam beradi. Eng muhimi, shaharning barqaror rivojlanishiga, dinamik o‘sishiga asos bo‘ladi. Demak, tartibsiz qurilishlar nafaqat noqulaylik, farovonlik, ayni paytda yashillik kushandasi hamdir. Shu ma’noda, bugun shaharlarni master-rejalar asosida rivojlantirish, aholi ehtiyojlarini o‘rganib, shaharsozlikdagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash payti keldi. Eng asosiysi, shaharlar qurilish yoki avtomobillar uchun emas, odamlar uchun bo‘lishi kerak. Otabek JIYANBAYEV, partiyaning Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yangi O‘zbekistonda yoshlar masalasi islohotlarning eng muhim yo‘nalishiga aylangani bejiz emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 30 yoshgacha bo‘lganlar qariyb 20 millionga yetib, aholining 56 foizini tashkil qilmoqda. Mehnat bozoriga har yili 600 ming nafardan ziyod yoshlar kirib kelayotgani va bu raqam yaqin yillarda 1 millionga yetishi kutilayotgani yoshlar masalasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytirilishi lozimligini ko‘rsatadi, albatta. va qadrli meros bu tarbiyadir Akmaljon JUMABAYEV, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari


NUQTAI Jahon bankining «Ayollar, biznes va huquq» reytingida O‘zbekiston 100 balldan 82,5 ball to‘plab, eng katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlatdan biri bo‘ldi, ochiq ma’lumotlar indeksida esa eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirdik. Xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga oid ma’lumotlar paydo bo‘lishining o‘zi yaxshi ko‘rsatkich, albatta. O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid siyosatning aynan ta’limdan boshlangani ham opasingillarimizning tarixdagi benazir o‘rnini tiklashga qaratilgan ezgu harakatlarga bir misol bo‘la oladi. 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 5-iyun, 2024-yil №21 (1253) chorshanba AYOL tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirgan edi. Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan ushbu taklifning samarasi uzoq kuttirmadi. Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol a’zolari, hukumatlari rahbarlari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ishbilarmon ayollar, siyosatshunoslar, ijtimoiy soha faollari va olimlar bir davraga jamlandilar. E’tiborga molik jihati shundaki, forum ishtirokchilarining muhokamalari do‘stona va samimiy tarzda, keng ayvonlarda uyushtirilgan bir piyola choy ustida davom etdi. Agar Osiyo qitasida salkam 5 mlrd aholi istiqomat qilishini, bu yer yuzi aholisining deyarli 60, qit’a aholisining esa 49 foizini xotin-qizlar tashkil etishini hisobga olsak, mazkur forumning bugungi geosiyosiy vaziyatda qanchalar dolzarb muammolarga yechim topishdagi ahamiyatini teranroq anglaymiz. Quvonarlisi, anjumanda so‘zga chiqqanlar mazkur forumni Osiyo mintaqasida ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy muloqot platformasiga aylantirish lozimligini ham ta’kidlashdi. Forumda mintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dastur qabul qilingani, mamlakatimizda «BMT-ayollar» tuzilmasi vakolatxonasini ochish taklifi shaxsan Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ham siyosiy muloqotning real natijalardan biri bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. «BMT-ayollar» tuzilmasi mutasaddilari ham O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy hamkori sifatida ko‘rishdan manfaatdor ekanini bildirdilar. Bir so‘z bilan aytganda bugun Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekistonning xotinqizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida ezgu g‘oyalar generatoriga aylanayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Darhaqiqat, keyingi yillarda barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida xotinqizlar masalasida hisobdorlik keskin oshdi. Bu jarayonda «Gender statistika», «Gender audit», «Gender ekspertiza», «Gender byudjetlashtirish» kabi tushunchalar lug‘atimiz to‘ridan joy olib, ularning qonuniy asoslari ham yaratilyapti. Jumladan, so‘nggi olti yilda 80 ga yaqin hujjatlar aynan ayollar manfaatini ko‘zlab qabul qilindi. Xotin-qizlarga oid statistikaning shakllanishi esa o‘z navbatida xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarimizni ham ijobiy tomonga o‘zgartirmoqda. Masalan, Jahon bankining «Ayollar, biznes va huquq» reytingida O‘zbekiston 100 balldan 82,5 ball to‘plab, eng katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlatdan biri bo‘ldi, ochiq ma’lumotlar indeksida esa eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirdik. Xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga oid ma’lumotlar paydo bo‘lishining o‘zi yaxshi ko‘rsatkich, albatta. Ya’ni, bugunga kelib, dunyoning biz bilan, bizning esa dunyo bilan hisoblashishimiz uchun hisobdorlik hissini va mas’uliyatini teranroq anglay boshladik. Shundan kelib chiqqan holda, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasida ham ilk bor gender statistikasini yuritish yo‘lga qo‘yildi. Ayollarning siyosiy faolligini baholashda partiyamizning gender sezuvchanligini ta’minlash bundan keyin ham biz uchun ustuvor bo‘lib qolaveradi. Zero, «Gender sezuvchan parlament» – «Gender sezuvchan partiya»dan boshlanadi. Xo‘sh, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda dunyoda qanday ishlar amalga oshirilyapti? Jumladan, Osiyoda bu boradagi ahvol qanday? Mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar, ko‘plab mamlakatlarda ayollarni rahbarlik o‘ninchi ayol o‘ta qashshoqlikda yashayotgani, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsituvchi ijtimoiy institutlar global iqtisodiyotga har yili 6 trillion dollar zarar keltirayotganiga oid ma’lumotlar hali gender siyosati yo‘nalishida berk ko‘chalar serob ekanini ko‘rsatadi. Forum doirasida Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongning xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish borasidagi mulohazalari, aniqrog‘i, PI tomonidan Yevropa va Afrika mintaqasida parlament a’zolari orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar e’tiborimni tortdi. Martin Chungong janoblari ayollarga nisbatan zo‘ravonlikdan nafaqat bir ayol, yoinki jamiyat, davlat, balki butun insoniyat talofat ko‘rayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ma’ruzachi tengsizlikning oldini olish jahon iqtisodiyotini kamida 20 foizga o‘sishini ta’minlashi va keyingi o‘n yillikda bu masaladagi samaradorlik ikki barobarga oshishi mumkinligini qayd etib, jinsidan qatiy nazar har bir inson huquq, imkoniyat va resurslarga ega bo‘lishi lozimligini bildirdi. Bu borada u «Gender sezuvchan parlament» konsepsiyasini amalga oshirish ayni muddao ekaniga urg‘u berdi. Ushbu konsepsiyada uchta muhim jihatga ustuvorlik berilgan bo‘lib, ulardan biri parlamentda ayol va erkak tengligining ta’minlanishi, ya’ni 50 /50 tamoyilini amalga tatbiq etish bilan bog‘liq. Ayni paytda Meksika, Nikaragua, Kuba, Ruanda, BAA va Andorra shunday natijaga erishgan. Ikkinchi muhim jihat bu – parlamentda xavfsiz va inklyuziv ish sharoitlari yaratish bilan bog‘liq. Ya’ni, yozilgan va yozilmagan qonunlarga chek qo‘yish, erkak va ayolning teng huquqligini ta’minlash, parlamentlarda jinsga nisbatan tahqirlash va bosimlarni oldini olish masalasidir. Martin Chungongning ta’kidlashicha, Parlamentlararo Ittifoq tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar dunyoda parlamentdagi ayollarning 80 foizi zo‘ravonlikning turli shakllariga duchor bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari bilan tanishib, birgina Yevropada parlamentdagi ayollarning 85 foizi ruhiy zo‘ravonlikka, 25 foizi jinsiy, 15 foizi jismoniy, 14 foizi esa iqtisodiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lganini ko‘rish mumkin. Martin Chungong endi bu yo‘nalishdagi o‘rganishlarni Osiyo va Okeaniya mintaqasida o‘tkazish mavjud muammolarni aniqlashga yordam berishini aytib, barcha parlamentlarni ushbu tadqiqotda anonim ishtirok etishga chaqirdi. Oliy martabali mehmon «Gender sezuvchan parlament» konsepsiyasining uchinchi muhim jihatiga e’tibor qaratib, gender tenglikni inobatga oluvchi byudjetni shakllantirish, gender tenglikka munosabatni monitoring qilish masalalariga to‘xtaldi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib, aytish mumkinki, bugun xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida xalqaro va lokal miqyosda ilmiy jamoatchilik bilan tadqiqotlar o‘tkazish vaqti keldi. Bu borada partiyamizda vakillik organlaridagi deputatlar bilan yaqindan muloqot qilish uchun alohida tuzilmalar tashkil etilgan. 2019-yildan beri partiya qoshida «Deputat ayollar klubi» faoliyat olib boryapti. Shuningdek, partiya nashri – «Milliy tiklanish» ijtimoiysiyosiy gazetasida «Ayol va siyosat» rukni ostida deputat ayollar tajribasini ommalashtirishga qaratilgan turkum suhbatlar e’lon qilinmoqda. Ana shu suhbatlardan ayon bo‘lyaptiki, ayrim deputat ayollarimizning hokimiyat organlari tomonidan bosimlarga uchrayotganligi holatlari ham yo‘q emas. Shuningdek, jamiyatda ayol nomzodlarga ovoz berishda hali hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham uchramoqda. Demak, jamiyatimizda opa-singillarimizning siyosatchi bo‘lishiga monelik qiladigan qotib qolgan qarashlar hamon saqlanib qolmoqda. Oila va gender tenglik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan «Jamiyatda xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish» mavzuida o‘tkazilgan sotsilogik tadqiqotlarda «Xotin qizlarning siyosatdagi ishtirokini ma’qullaysizmi?» degan savolga respondentlarning 76,1 foizi javob berishga qiynalgan, 11,6 foizi «yo‘q», 12,3 foizi esa «ha» deb javob bergan. Shuningdek, «Qaysi sohada faol bo‘lishni xohlardingiz?» degan savolga respondentlarning 19,7 foizi ilmfan, ta’lim, 16,7 foizi sog‘liqni saqlash, faqatgina 9,9 foizi siyosat sohasida, degan javobni berganlar. Bunday natija shubhasiz, tashviqot jarayonlarida ayol nomzodlar bilan ishlashga ko‘proq e’tibor qaratishni taqozo etadi. Qolaversa, bizni saylovchilarimiz konservativ qarashlarga ega ekanini esdan chiqarmaslik kerak. Tan olaylik, bugun ham nomzodga ovoz berishda jinsning ahamiyati kam emas. Masalan, 2019-yilda vakillik organlariga saylangan deputatlarimiz o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, respondentlarning 50 foizdan ziyodi erkak nomzod uchun ovoz berishini bildirgan. Demak bugun ham siyosatchi ayol fenomenini o‘rganish partiyamiz oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lishi kerak. Forumda yana bir muhim masalaga urg‘u berildi: xotin-qizlarning qonunchilik va siyosiy tashabbuslarini qo‘llabquvvatlovchi tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ushbu masalaga yechim sifatida taklif etildi. Xalqaro anjumanni kuzatib, dunyo miqyosida xotin-qizlarni faollashtirishning o‘ziga xos tajribalari ommalashayotganiga guvoh bo‘ldik. Masalan, Belarusda tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayib borayotgan bir sharoitda davlat tomonidan birinchi marta suniy urug‘lantirish bepul amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, aholi soni sezilarli ko‘paymayotgani ta’kidlandi. Rossiya parlamentida esa xotin-qizlar uchun haftaning juma kunini o‘rtacha maoshni saqlab qolgan holda ikki soatga qisqartirish taklifi ilgari surilayotgani ma’lum qilindi. Ammo ko‘plab mamlakatlarda, hatto an’anaviy jamiyatlarda ham «bolasiz oila»- «Child free» g‘oyasi ommalashib borayotgani tilga olindi. Qayd etish joizki, Forum ishtirokchilarining aksariyati an’anaviy oila va oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashi, er va xotin hamkor bo‘lgandagina hayotiy muammolarga yechim topish mumkinligini ta’kidladilar. Urush o‘choqlariga aylangan mamlakatlarda esa ayollar bilan ishlash masalasi hamon dolzarb ekaniga e’tibor qaratildi. Zo‘ravonlikning yangi turi, ya’ni raqamlashgan zo‘ravonlikning oldini olish, o‘g‘il bolalar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, jamiyatning ruhiy salomatligiga erishish, inson huquqlari va hayotiga tahdid solayotgan hamda hali hamon ayrim mamlakatlarda saqlanib qolayotgan «qadriyatlar»dan voz kechish, jumladan, qiz-juvonlarni o‘g‘irlash, tana a’zolariga ziyon yetkazish holatlari ham shular jumlasidandir. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda erkak va Magistraturada tahsil olayotgan qizlarning kontrakt pullari esa davlat tomonidan to‘lab berilmoqda. Shuningdek, talaba xotin-qizlar foizsiz ta’lim kreditlaridan foydalanishyapti. Oxirgi ikki yilda ayollardan chiqqan birinchi adliya vaziri, Oliy Sud raisi, akademik Xadicha Sulaymonova, Navoiyning hech kimga ma’lum bo‘lmagan «Munojot» asarini topib, chop ettirgan sharqshunos olima Suyuma G‘aniyeva, san’atimiz darg‘asi, O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiyalarning joriy etilgani ham «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan naqlning qizlarimizga taalluqli ekanini yana bir bor eslatib qo‘yayotgandek, go‘yo. Maqolani e’tirofning ifodasi bo‘lgan qarsakdan boshlaganim bejiz emas. Ayolga gul berish balki fazilatdir, lekin unga ta’lim berish, insonning nafas olishga bo‘lgan ehtiyojidek muhim. O‘zbekistonda xotinqizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid siyosatning aynan ta’limdan boshlangani ham opasingillarimizning tarixdagi benazir o‘rnini tiklashga qaratilgan ezgu harakatlarga bir misol bo‘la oladi. Alohida qayd etish joizki, Osiyo ayollari forumi har bir ishtirokchiga xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida yangi bilimlar, tajribalar, tahliliy ma’lumotlar bilan qurollanish imkonini berdi. Ishtirokchilar «Jahon siyosatida ayollar kun tartibi qanday: an’anaviylik afzalmi yo modernizatsiya?», «Osiyo davlatlari bugungi kunda ayollar muammosining yechimini qanday ko‘rmoqda va demografik vaziyat bunga qanday ta’sir qiladi?», «Xotin-qizlarning fan, ta’lim va innovatsion faoliyatdagi ishtiroki mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish jarayonlariga qanday ta’sir qilmoqda?», «Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyatni boshqarishda ayollarning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?», «Ayol boshqaruvi: uning afzalliklari va zaif tomonlari qanday?», «Global iqtisodiyotda ayollar biznesining rivojiga qanday omillar salbiy ta’sir qilmoqda?», «Zamonaviy oila: kimning vazifasi murakkabroq - onaning yoki otaning?», «Ayollarning onlayn hamjamiyatlari yoki nodavlat tashkilotlari ayollar muammolarini hal qila oladimi?» kabi savollarni atroflicha muhokama qildilar. Sammitda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Baxus xonim so‘zga chiqib, O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash borasidagi muvaffaqiyatlarini alohida e’tirof etdilar hamda O‘zbekiston Prezidentiga xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish borasidagi sa’yharakatlari, shuningdek, ushbu forumni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqanlari uchun minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, ushbu forum Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi taklifiga ko‘ra o‘tkazildi. O‘shanda O‘zbekiston yetakchisi «Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iboratligini ta’kidlab , «Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar» TARAQQIYOT ELCHISI Jimjitlik yechim emas, biz gapirishimiz kerak! Feruza MUHAMMEDJANOVA, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari O‘ZBEKISTON G‘OYALAR GENERATORI lavozimlariga tayinlash uchun maxsus kvotalar belgilangani, onalar o‘limining kamayishi, boshlang‘ich ta’lim olish imkoniga ega bo‘lgan qizlar sonining ortib borayotgani ham Forumda ijobiy o‘zgarishlar sifatida qayd etildi. Ammo shunga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda xotin-qizlarga doir statistik ma’lumotlar yaxshi emasligi va hatto ayanchli tus olayotgani ham afsus bilan tilga olindi. «BMT-ayollar» tuzilmasi rahbari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun har uchinchi ayol zo‘ravonlik va tazyiqqa uchramoqda. Ayollar orasida ishsizlik darajasi 50 foizni, erkaklarda esa 30 foizni tashkil etib, ayollar erkaklarnikiga qaraganda o‘rtacha 20 foiz kam maosh olyapti. Aksariyat hollarda ayollarning ish joylari mehnat qonunchiligi bilan himoyalanmagan, ayollarning 60 foizi iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandligi, kam daromadli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 90 foizdan ham oshishi, har


NAZAR MILLAT OYDINLARI 5-iyun, 2024-yil №21 (1253) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish Qisqa muddatda o‘z atrofiga iqtidorli yigitlarni jamlagan Muhiddin qori Yoqubov uchun endi ortga yo‘l yo‘q edi. U avvallari xushovoz hofiz bo‘lsa, endi uning ovoziga cheksiz dard, xalqning boshiga tushgan mislsiz xo‘rliklar ifodasi bo‘lgan mungli nola qo‘shildi. halyapini» «O‘zbekS yoxud Fitrat, Cho‘lpon, Hamza bilan maslakdosh bo‘lgan san’atkor qismati UNING GERMANIYADA O‘TKAZGAN BARCHA TADBIRLARIDA ABDUVAHHOB MURODIY HAMROHLIK QILADI. MUHIDDIN QORI YOQUBOV O‘Z SAN’ATI BILAN OLMON XALQINING HAM E’TIBORINI QOZONADI. BERLINDAGI «SHUBERTXOLL»DA, BERLIN KONSERVATORIYASIDA O‘ZBEK TALABALARI ISHTIROKIDA JAMI 4 TA KONSERT BERADI. Mashhur «Quralay (Yo‘l bo‘lsin)», «Omon yor» qo‘shiqlari yoki «Hilila yorim» kabi xalqona hazil laparlar o‘z davrining nene sahnalarida takror va takror kuylanmagan deysiz. Ayniqsa, birinchi o‘zbek bariton-xonandasi, O‘zbek filarmoniyasi tashkilotchisi va badiiy rahbari Muhiddin qori Yoqubov rahbarligida tashkil etilgan tomoshalar xalqimiz tomonidan yaxshi kutib olingan. 1923 yilda «Turkiston respublikasining birinchi xalq hofizi» unvoniga loyiq ko‘rilgan hofiz keyinchalik – 1930-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», 1936-yilda esa «O‘zbekiston xalq artisti» unvonlari bilan taqdirlangan. Hofizni xotirlagan kishi borki, uning tengsiz iqtidori va samarali faoliyati haqida uzoq gapiradi. Ammo qayd etish kerakki, o‘zbek qo‘shiq va raqs ansambllari tashkilotchisi hamda badiiy rahbari, o‘zbek musiqali teatri tashkilotchisi, rejissyori va artisti, o‘zbek opera studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari, birinchi o‘zbek opera va balet teatrining tashkilotchisi va artisti bo‘lgan Muhiddin qori Yoqubovning hayot va ijod yo‘li u qadar silliq kechmagan. Muhiddin qori Yoqubov 1896- yil may oyida Farg‘ona shahrida dunyoga keladi. Otasi Muhammad Yoqub Salim o‘g‘li o‘zi yashagan «Yangichek» mahallasidagi Orifjonboy masjidining imomi bo‘lgan. Masjid qoshidagi maktabda ham dars bergan. 1898- yili Chor hukumati tomonidan shafqatsizlarcha bostirilib, yuzlab kishilar dorga osilgan Dukchi eshon qo‘zg‘olonida ishtirok etib, Mingtepadan qochib ulgurgan Muhammad Yoqub Salim o‘g‘li vosvos xastaligiga duchor bo‘lib, ko‘p o‘tmay vafot etadi. Ikki yoshida otasidan yetim qolgan Muhiddinjon o‘gay ota qo‘lida tarbiyalana boshlaydi. Muhiddin 1904-1905-yillar Orifjonboy masjididagi maktabda o‘qiydi. 1908-yildan maktab qoshidagi qorixonaga qatnab, Qur’oni karimni yod olishga kirishadi. 1910-yildan boshlab esa Orifjonboy masjidida turli diniy marosimlar o‘tkazishda qori sifatida xizmat qiladi. O‘tkir zehni, yoqimli ovozi bilan tez orada el og‘ziga tushgan Muhiddin qori otasining do‘stlari, Farg‘onaning taniqli insonlari Orifjonboy, Rajabboy va Qalandar devonaboylar davrasida kamol topadi. 1916-yilgi mardikorlikka olish voqealari va unga qarshi xalq qo‘zg‘olonining shafqatsiz bostirilishining guvohi bo‘ladi. Bu voqealar ta’sirida taassufki, san’atni jonu dildan sevgan, hamisha mutolaaga oshno bo‘lgan Muhiddin qori qalbida mustamlakachilarga qarshi cheksiz nafrat tuyg‘usi shakllanadi. Farg‘ona vodiysi shaharlarida birinketin «Sho‘royi islom» jamiyatlari tuzila boshlagan 1917-yilning aprel-may oylarida jadidlarning Turkistonga ozodlik talab qiluvchi g‘oyalarini eshitgan Muhiddin qori birinchilardan bo‘lib «Sho‘royi islom»ga a’zo bo‘ladi. K e y i n c h a l i k H a m z a Hakimzoda Niyoziy rahbarligida, san’atkorlardan iborat bir nechta targ‘ibot guruhlarini tuzadi. Hamza tashviqot guruhlarini «Musulmon yoshlar dramatik truppasi» deb nomlab, ular uchun qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yozardi. Muhiddin qori Yoqubov ham bir yelkasiga «Yashasin Muxtoriyat!», ikkinchisiga «Yo‘qolsin bolsheviklar!» deb yozilgan lentalarni osib, Qo‘qon va Qo‘qon atrofidagi qishloqlarga borib, turkcha marshlar kuylab aholini to‘plardi. Afsuski, Turkiston muxtoriyati hali beshikdaligidayoq bo‘g‘izlandi, istiqlol istagida yongan yuraklar tindi, orzular sarobga aylandi. Yarim kun qizil askarlar tomonidan to‘pga tutilgan Qo‘qon bozorlari yondirilib, arman dashnoqlarining qo‘li bilan «o‘liklar shahri»ga aylantirildi. Ko‘p o‘tmay bolsheviklarning iskanjasi butun Farg‘ona vodiysini qonga botirdi... Qisqa muddatda o‘z atrofiga iqtidorli yigitlarni jamlagan Muhiddin qori Yoqubov uchun endi ortga yo‘l yo‘q edi. U avvallari xushovoz hofiz bo‘lsa, endi uning ovoziga cheksiz dard, xalqning boshiga tushgan mislsiz xo‘rliklar ifodasi bo‘lgan mungli nola qo‘shildi. Qaysi mavzuda, qaysi janrda kuylamasin, xalq yurakdan chiqayotgan bu dardni osongina tuyar edi. Bir paytlar Turkiston muxtoriyatining prezidiumida o‘tirgan Bo‘taboy Dadaboyev sovetlardan mansab olgach, 1919-yilning boshida Turkfrontning Farg‘ona xalq puflama orkestri xodimi sifatida Muhiddin qori Yoqubovni ham yigitlari bilan «tinch hayot»ga qaytishga ko‘ndiradi. Bir muddat o‘tgach esa qahramonimiz Hamzaning 40-45 kishilik teatr truppasi tarkibida Toshkentga keladi. M u h i d d i n q o r i Yo q u b o v jadidlarning ilk teatri «Turon»da Fitrat va G‘ulom Zafariylar bilan tanishdi. «Turon»da 1919-yillarda Hamza, Mannon Uyg‘ur, Qudrat Maxzumovlar bilan Fitratning «Chin sevish», «Abomuslim», G ‘ u l o m Z a f a r i y n i n g « E r k bolalari», «Azizim», «Halima» asarlarini sahnaga olib chiqdi. 1919-1920-yillarda esa «Chig‘atoy gurungi»da Fitratning «Sharq» she’rini o‘qib qalblarni larzaga soldi. «Chig‘atoy gurungi»da Shokirjon Rahimiy, Botu, Oltoy, Bosit, Abror Hidoyatov kabi yoshlar bilan tanishib, ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 1921-yili Buxoroga borgan Muhiddin qori azaliy orzusi – «Masjidi Kalon»da tilovat qiladi. Uning sehrli ovoziga guvoh bo‘lgan Fayzulla Xo‘jayev 1000 so‘m berib, o‘zbek milliy operasini yaratish uchun Italiyaga borib o‘qib kelishni tavsiya qiladi. 1922-yil «Ko‘mak» jamiyati tomonidan Moskvaga yo‘llangan yoshlar orasida Muhiddin qori Yoqubov ham bor edi. U Moskvadagi Davlat teatr san’ati institutining vokal bo‘limida tahsil ola boshlaydi. Bir paytning o‘zida Italiya elchixonasiga borib o‘qish istagini bildiradi, biroq sho‘ro ma’murlari bunga izn berishmaydi. 1 9 2 3 - y i l i Tu r k i s t o n d a g i hisobot gastrol konsertlardan «Turkistonning birinchi xalq hofizi» faxriy unvoni bilan Moskvaga qaytib, o‘zbek milliy musiqiy merosini ilmiy tadqiq etishga kirishadi. 1925-yili Parijdagi Butun jahon ko‘rgazmasiga SSSRdan yuborilgan 19 nafarlik san’atkorlar guruhi tarkibida ozarbayjondan Shavkat xonim Mamedova, qozoq oqini Amri Kashalbayev, boshqird quray chaluvchisi Esanboylar bilan birga Muhiddin qori Yoqubov va Tamaraxonimlar ham bor edi. 1926-yili «Yer yuzi» jurnalining 6-sonida e’lon qilingan «Parijda o‘zbek san’ati» maqolasida bir oy davom etgan tomoshalar haqida: «O‘zbek xalq ashulachisi Muhiddin qori Yoqub o‘g‘li Parij teatrlarida o‘zbekning najot istagan, yuraklaridan chiqargan qadimgi, ohangdor navolari bilan birga hozirgi tirik kuylarini o‘zbekka xos xususiyat bilan g‘arbliklar oldida ijro etdi. Qori Yoqubning rafiqasi Tamaraxonim o‘zbek qizining o‘ynoqilag‘on onlarini (momentlarini) bundan ko‘prak g‘amgin, hasratlik kunlarini ma’nodor raqslar bilan gavdalantirdi. Muhiddin Qori va Tamaraxonimlarning qishloq yigitlari bilan qizlarining lapar aytishib, o‘ynashib yurganlarini ko‘rsatishlari har kuni yangi bir zavq istagan parijliklarda boshqacha shavq uyg‘otdi. Qishloqlarimizdagi ishqning qanchalik tabiiy va chiroylik ekani ularga yoqdi. Ashulachilarimiz olqishlar orasida sahnada qayta-qayta ko‘rilmakka majbur bo‘ldilar. Ashulachilarimiz qaytarda Germaniyaning poytaxti Berlinga to‘xtadi, u yerdagi maorif vakolatxonamiz va o‘quvchilarimiz tantanalik kecha yasadilar. Bunda bir qancha muvaffaqiyatlik chiqishlarda bo‘lganlar. Muhiddin qori so‘ngra Berlinning yuqori ashula va musiqa maktabida (Filarmoniyasida) yana kattaroq muvaffaqiyatlarga erishdi. Filarmoniyadagi chiqish, albatta, avvalgilariga qaraganda katta edi. Chunki avvalgisida, ya’ni O‘zbekistonning bir yillik bayrami kechasida yuzlab xalq oldida bo‘lsa, bunisi minglab kishi qarshisida edi. Kunchiqishning qo‘pol xalqidan ham bir narsa chiqarmikin... deb o‘ltirgan minglab xalq o‘zbek ohanglarini eshitgach, ixtiyorsiz qiymat berishga, uzoq olqishlamoqqa majbur bo‘ldi...», – deb yozilgan edi. Uning Germaniyada o‘tkazgan barcha tadbirlarida Abduvahhob Murodiy hamrohlik qiladi. Muhiddin qori Yoqubov o‘z san’ati bilan olmon xalqining ham e’tiborini qozonadi. Berlindagi «Shubertxoll»da, Berlin konservatoriyasida o‘zbek talabalari ishtirokida jami 4 ta konsert beradi. Germaniyaning mashhur professorlari bilan uchrashib, fikr almashadi. O‘n kun davomida uning qo‘shiqlari olmon radiosida jaranglaydi. Matbuotda olmon san’atshunos olimlarining «Ushoq», «Chorgoh», «G‘ayrag‘ayra»lar orqali amin bo‘lgan, o‘zbek milliy musiqa san’atining naqadar boy va jozibali ekanligi haqidagi maqolalari chop etiladi. Moskvada bir oylik safardan so‘ng, ular Samarqandga kelib, Germaniyada niyat qilgan o‘zbek etnografik truppasini tuzishga kirishadi. Bu ishda uni mutafakkir Fitrat va shoir Cho‘lponlar qo‘llabquvvatlaydi. Ovro‘poda unga cheksiz shuhrat olib kelgan narsa, aslida, o‘zbek xalqi yaratgan qadimiy ohanglar, ashula va raqslar ekanini chuqur anglagan Muhiddin qori Yoqubov bu san’at durdonalarining qanchadan-qanchasi unutilib ketgani, qolganlari ham unutilish arafasida ekanini yaxshi bilardi. Shundan keyin u o‘zbek etno-folklor asarlarini to‘plash, o‘rganishga yeng shimaradi. M u h i d d i n q o r i 1 9 2 6 - y i l 6-aprelda O‘zbek davlat ko‘chma konsert etnografiya truppasi bosh rejissyori va rahbari etib tayinlanadi. Jamoasi bilan xalq orasiga kirib, qisqa muddatda 600 ga yaqin o‘zbek mumtoz va xalq qo‘shiqlarini yig‘adi. Bu yo‘ldagi zaruriy xarajatlar uchun hatto Farg‘onadagi otasidan meros qolgan uyni ham sotishga majbur bo‘ladi. Jamoa yig‘ilgan mumtoz ashula-raqslarini tezda qayta ishlab, Samarqandda namoyish etishadi. Konsert kutilganidan ham yaxshi qarshi olinadi. Shundan so‘ng, bu etnografik truppa 1927-yilning aprelidan 1-oktyabriga qadar butun ittifoq bo‘ylab ijodiy safarga chiqadi. Safar davomida Moskva, Leningrad, Kiyev va Tbilisi kabi shaharlarda 100 ga yaqin konsertlar berishadi. Ayniqsa, Qozon, Ufa va Bokuda Muhiddin qori Yoqubovning noyob ovozi jaranglay boshlashi bilan butun zal oyoqqa turar, Tamaraxonim «Katta o‘yin», «Usmoniya» raqslarini ijro etganidan keyin ko‘tarilgan guldiros olqishlar bu raqslarni yana, yana ijro etishga majbur etardi. Bu jarayonlarda esa tabiiyki, o‘zbek xalqining asrlar mobaynida sayqallanib kelgan musiqiy san’ati hammani maftun etadi. Bu o‘zbek san’atining sho‘rolar mamlakatidagi haqiqiy tantanasi edi. Muhiddin qori 1927-yilning oktyabrida Qo‘qon teatriga tashkilotchi va badiiy rahbar etib tayinlanadi. U teatrning badiiy rahbari, sobiq jadid M.Miroqilov bilan ijodiy jamoani qayta tuzib, G‘ulom Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va Shirin» musiqali dramalarini sahnalashtiradi. O‘zi bu spektakllardagi bosh qahramon Ne’mat va Farhod rollarini ijro etadi. 1928-yilning yanvar oyida esa Andijon teatriga rahbar etib tayinlangach, teatrda Xurshidning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», Uzeir Xojibekovning «Arshin mal-alan», Kamarlinskiyning «Rezavorchi» musiqali dramalarini sahnalashtirib, Farhod, Navfal va Sultonbek rollarini katta mahorat bilan ijro qiladi. 1929-yilga kelib esa u O‘zbek filarmoniyasi direktorligiga tayinlanadi. 1934-yili azaliy orzusi – o‘zbek milliy operasini yaratish maqsadida yana Moskvaga yo‘l oladi. Moskva konservatoriyasi qoshida o‘zbek opera studiyasini tashkil etadi. O‘qish davomida moddiy yetishmoqchiliklar ko‘p bo‘ladi. 1935-yili Moskvaga kelgan Fayzulla Xo‘jayev ularning barcha iqtisodiy muammolarini hal qilishda amaliy ko‘mak beradi. 1937-yilning mayida Moskvada birinchi marta o‘zbek san’ati dekadasi «Gulsara» spektakli bilan ochiladi. «Izvestiya» g a z e t a s i b u h a q d a : « Q o r i Yoqubovning orzusi O‘zbekistonda opera san’atini yaratish va shu operada bosh rollardan birini ijro etish edi», deb yozadi. 1939-yili birinchi o‘zbek operasi – «Bo‘ron» omma e’tiboriga havola etiladi. Yashin librettosi, Ashrafiy va Vasilenko musiqasi asosida yaratilgan bu operada u Turkiston general-gubernatori Kaufman partiyasini ijro etadi. 1939 – 1947-yillar oralig‘ida esa O‘zbek teatri va opera baleti yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat olib boradi. Taassufki, 1952-yilning 3-iyulida o‘zbek san’atini dunyoga yoyishda faollik va tashabbus ko‘rsatgan, yuksak iqtidor va ilm sohibi bo‘lgan Muhiddin qori Yoqubovga 1918-yili «Sho‘royi islom» a’zosi bo‘lgan, Turkiston Muxtoriyatini tashviq qilgan, 1920 – 1921-yillar Sag‘irboyvachcha yigitlari orasida Qizil armiyaga qarshi targ‘ibot olib borgan, «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol» aksilinqilobiy tashkilotlar a’zosi kabi ayblovlar bilan qaror chiqarilib, 1952-yilning 4-iyulida berilgan order asosida hibsga olinadi. Ortidan xotini Iqbol Alovuddinova, farzandlari Venera, Ella, Xursand va Ulug‘beklar qon yig‘lab qoladilar... 1952-yilning iyul – sentyabr oylarida olib borilgan muttasil so‘roqlarda Muhiddin qori Yoqubov o‘zining Turkiston Muxtoriyatining orkestrida bo‘lganini ham, qorilik qilganini ham tan oladi. 1926- yili Ma’ruf Rasuliyning bog‘ida Davlat Rizayev, Anqaboy, Otajon Hoshimlar davrasiga Tamaraxonim bilan borib, Botuning «Qush uyasi buzildi», Cho‘lponning «Go‘zal Farg‘ona» qo‘shiqlarini kuylaganini aytadi. Afsuski, tergov jarayonidagi muttasil tahqirlash, xo‘rligu jismoniy azoblardan avvalgi zabardast, alpomishsifat Muhiddin qoridan asar ham qolmagan edi. Uni tergovchining qiynog‘idan ko‘ra, ko‘proq yaqin do‘stlarining, ishongan insonlarining xiyonati iztirobga solgan edi. 1952-yil 17-oktyabrda O‘zSSR JKning 58-, 66-, 67-moddalari bilan uzoq muddatli qamoqqa hukm etilgan Muhiddin qori Yoqubov Stalin vafotidan ikki yil o‘tib – 1955-yili ozodlikka chiqariladi. 1956-yilning yanvaridan esa yana filarmoniya solisti sifatida ishlay boshlaydi. Keyinroq, Estrada teatriga taklif qilinib, unda xalq qo‘shiqlari, opera ariyalari va romanslar ijro etadi. Muhiddin qori Yoqubov 1957-yil 2-fevralda muz bosgan ko‘chalardan uyi tomon qaytayotganda qo‘qqisdan yiqilib, tos suyagi sinadi. Oradan ikki hafta o‘tgach, 1957-yilning fevral oyida vafot etgan xalq hofizi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etiladi. Bugun o‘zidan ulkan meros va o‘chmas xotira qoldirgan xalqimizning chin farzandi bo‘lgan ustoz san’atkor xotirasiga O‘zbek davlat filarmoniyasi va Toshkent ko‘chalaridan biriga Muhiddin qori Yoqubov nomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film ham ishlangan. 2000-yili esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. Bahrom IRZAYEV, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarixchi olim Siz ilmga bor-yo‘g‘ingizni bermaguningizcha, u sizga biror narsa bermaydi. Imom G‘azzoliy Kun hikmati ayolning teng huquqliligi haqida ma’lumot beruvchi kontentlar yaratish kabi tajribalarga ham quloq tutildi. Masalan, biz xavf deb biluvchi Tik-tokda o‘smir qizlarning ulg‘ayish pog‘onalari haqida ma’lumot beruvchi seriallar yaratilgani, o‘smirlarga reproduktiv salomatlikni oshirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nikohning oldini olishga qaratilgan maxsus mobil ilovalar namoyish etilgani, ayniqsa, siyosiy jarayonlarda ayollar nomzodini qo‘llabquvvatlovchi saylov texnologiyalari haqidagi ma’lumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Albatta, bitta maqolada 10 ta panel sessiyalarda o‘tgan xalqaro anjuman tafsilotlarini to‘la aks ettirish qiyin. Zotan, BMT hisob kitoblariga ko‘ra, hozirgi rivojlanish sur’atlarida gender tenglikka erishish uchun yana 300 yil kerakligi haqidagi ma’lumot ushbu anjumanning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Qayd etilishicha, 2030-yilga kelib dunyoda 340 milliondan ortiq ayollar o‘ta qashshoq holda yashashi mumkin. Qashshoqlikni asosiy qismi esa aynan Osiyo mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, xotinqizlar masalasida xalqaro hamkorlik Osiyo mintaqasida gender tenglikni ta’minlash masalasidagi muammolarga amaliy yechim bo‘ladi, deb umid qilamiz. Zero, Forumda ta’kidlanganidek, jimjitlik bu muammolarga yechim emas! Demak biz gapirishimiz, oliy maqsadlar yo‘lida birlashishimiz kerak. Bu borada esa millatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan nufuzli anjuman O‘zbekistondagi xotinqizlarning huquqi masalasida fundamental o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini namoyish etish va sohaga doir ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun munosib maydon bo‘lib xizmat qildi, deb ayta olamiz. Forumda yangragan takliflar esa partiyamizning saylovoldi dasturlarida, albatta, o‘z aksini topadi. Chunki, xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga to‘lanadigan haq o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish, ayol mehnatini qadrlash, yashirin ravishda homilani tushirishni (abort) jinoyatga tenglashtirish, milliy qadriyatlarga asoslangan gender tenglik konsepsiyasini ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyotda xotin-qizlar faolligini oshirish, nafaqat onaning, balki otaning ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga erishish kabi takliflarimiz mazkur xalqaro muloqotda ham o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, bugun o‘zgarayotgan dunyo konservativ qarashlarga muhtoj va taraqqiyot, shubhasiz, qadriyatlarga tayanishi kerak. Maqolani esa mazkur forumda ishtirok etgan Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo instituti direktori o‘rinbosari Jin Xe Xonimning nutqida tilga olingan Xitoy xalqining mashhur naqli bilan yakunlamoqchiman. Ya’ni «Ayollar hech qachon erkaklarga yutqazmaydilar». Xonimning so‘zlariga faqat bitta qo‘shimcha qilishga jazm qildim: agar ayolning oldida erkak bo‘lsa, u hech qachon va hech kimga yutqazmaydi. Qolaversa, mo‘tabar ayol o‘zining kuchli ekanini bizning jamiyatda isbotlashi shart emas...


ОҒРИҚЛИ НУҚТА сочи оқарган бир устозимиз куй- иб-ёниб таъкидлаганларидек оломонлашиб кетмаяпмизми?! Кези келганда айтиш жоиз, буларн и н г бари га ў қ и май қўйганимиз, мутолаани унутга- нимиз, китобларни токчада чанг бостираётганимиз, алалоқибат И н т е р н е т г а м у т е б ў л и б қолганимиз сабаб бўлаётир! Я қ и н д а т а н и қ л и ш о и р Муҳаммад Исмоил Германия сафарида бўлибди. Суҳбат асносида устоз ҳавас билан сўзлаб қолди. Маълум бўлишича, ушбу давлат аҳолисининг 95 фоизининг уйида шахсий кутубхонаси бўлиб, ота-оналар ҳар га л маош олганларида болаларининг сонига, ёшига қараб янги адабиётларни харид қилишар, сўнгра уларни фарзандларига беришиб, ўқиб чиққанларидан сўнг ушбу китоблар бўйича улардан албатта имтиҳон олишар экан! – Бизда-чи, – дейди адиб куюниб. – Бир йилда ўртача уч млрд доллар маблағни тўй ҳашамга сарфлаймиз-у, бутун Ўзбекистон аҳолиси 100 минг долларлик китоб сотиб олмас экан. Ҳатто Имом Бухорийдек буюк зотларнинг табаррук асарлари йиллар давомида китоб дўконларида сарғайиб тураверади. Эътибор қилинглар, уч минг йиллик тарих эгалари - бугунги ўзбекнинг 90 фоизининг хонадонида шахсий кутубхонаси йўқ. Қуш уясида кўрганини қилади: ота-она қўлига газета, журнал, китоб олса, бола ҳам албатта уларга эргаша бошлайди. Буюк бобомиз – муҳаддислар султони Имом Бухорий илм сирлари билан қизиқиб, дунё кезиб 60 мингдан зиёд ҳадис тўплаганида 16 ёшдан эндигина ошганди. Шунингдек, у зотнинг 63 йиллик умри давомида амалга оширган ишлари бугун ер юзида мавжуд бўлган 63 та Фанлар Академиясининг қилган Мулоіаза 6 5-iyun, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №21 (1253) chorshanba milliytiklanish ПЕШАНАДАГИ ишларидан-да кўпроқ экан. Ҳазратнинг 300 мингдан зиёд ҳадисни ёд билгани эса... Абу Али ибн Сино бобомиз етти ёшида Қуръони каримни ёд олиб, умри давомида 100дан ортиқ маърифий китоблар битган. Амир Темур бобомиз 15 та хорижий тилни билиб, бирор мағлубиятсиз 29 та давлатни ўзига бўйсундирган, ҳарб илмининг отаси бўлган. Беруний эса 30 та ажнабий тилни мукаммал билган ва мулоқот қила олган. Бугун эса ана шундай улуғ зотларнинг авлоди ўз болаларига МЕЛС, Вилен, Лолита, Моника деб исм қўйишяпти! Ўзбекнинг аллома шоири Абдулла Ориф билан қилган суҳбатларимиздан бирида у кескин бир фикрни айтганди: - Мен Ҳазрат Навоийнинг жиллақурса битта ғазалини ёддан айтиб беролмайдиган ўзбекни миллатдошим дея олмайман! Яқинда «Ўзбекистон тарихи» телеканали ижодкорлари Ўзбекистон Миллий университети хиёбонида талабалардан Алишер Навоий бобомизнинг таваллуд санасини сўрашганида алоҳида эътибор қаратиб, ушбу соҳа бошқаларига қараганда доимо ўн қадам олдинда юриши шартлигини таъкидлаяпти. Ўтган йилнинг 22 декабри- даги Республика Маънавият ва Маърифат Кенгашининг кенгайтирилган йиғилишида ҳам Кенгаш раиси сифатида шахсан ўзлари иштирок этиб, соҳада амалга оширилган ва оширилажак ишларни таҳлил этиш баробарида 200 минг донадан ортиқ китобни давлат ҳисобидан чоп этиб, мактаб ва маҳалла кутубхоналари-ю, кенг жамоатчиликка текин тарқатилишини қатъий таъкидладилар. Қолаверса, Янги Ўзбекистон стратегиясида 2030 йилгача ёш китобхонлар сонини беш миллион нафарга етказиш ҳам кўзда тутилиб, бу борадаги амалий ҳаракатлар бошлаб юборилди. Арабларда «Ҳаёти давомида биргина китоб ўқимаган кишидан қўрқинг» деган нақл бор. Чунки китоб ўқимаган одам фикрламайди, ўйламайди. Қилган ва қилаётган ишларининг оқибатини сарҳисоб қилмайди. Шундай бўлгач чертилган ҳар мақомга йўрғалайверади. Улуғ файласуф Петер Гелле «Китоблар – овозсиз муаллимлардир» дея бежизга таъкидламаганди. Зотан, муаллим − устоз демакдир. Устоз кўрган шогирд эса чалинган ҳар мақомга муғом қилиб кетавермайди. Ҳар бир ҳаракатини назорат қилиб, ўзини бошқара билади. Энг асосийси, Ҳазрати Инсон деган улуғ номга лойиқ бўлиб, уни оқлаб яшай олади. Улуғбек НОРМАТОВ, партиянинг Сирдарё вилоят Кенгаши раиси ўринбосари. Абдуғаффор ОМОНБОEВ, «Миллий тикланиш» мухбири угунга келиб унутилаётган қадриятлар қаторига ўзгалар меҳнатини қадрлашни унутаётганимизни ҳам қўшсак тўғри бўлади. Автомобили ойнасидан чиқинди улоқтираётган киши ўз виждони билан гўё «келишиб» олгандек, бепарво. Дарахт кесяпмиз, аммо виждонимиз қийналмаяпти, сувга чиқинди оқизяпмиз, аммо табиатга бемеҳр муносабатимиздан уялмаяпмиз... Йўл-йўлакай эътибор берсангиз, пойтахтнинг диққатга сазовор жойларида сочилиб ётган овқат идишлари, тамаки қолдиқлари ёки ишлатилган салфеткалардан тортиб, музқаймоқнинг қоғоз идишларигача кўрасиз. Булар ҳақида куйиниб гапирган киши эса «ақллилик»да айбланади. Эътибор беринг, биргина 2023 йилда белгиланмаган жойга чиқинди, шунингдек, саноат чиқиндиларини ташлаш каби ҳолатлар билан боғлиқ 17 мингдан ортиқ ҳуқуқбузарлик аниқланибди. Шу даврда айни масалага оид 532 та мурожаат йўлланганини ҳам биламизми? Афсуски, кейинги пайтларда томошабинлик роли бизни кўпроқ қониқтиряпти... Ёши катталар «бизнинг давримизда» деб гап бошлаб танбеҳ берса, ё энсамиз қотади ёки қўл силтаб, тарбиясизлигимизни намойиш қиламиз. Илгарилари оқсоқоллар «ҳой, бу ишинг нотўғри» деса, ёшлар қайтиб ўша ишни қилишмасди. Ҳозир кимгадир «нега бу ерга чиқинди ташлаяпсан?» десангиз, қилган ишидан уялиш у ёқда турсин, ҳатто пинагини ҳам бузмайди. Энг катта фожиамиз ҳам шу эмасми аслида? Лоқайдлик, бепарволик, жимгина кузатиш... Тўғри, кўчаларни тозалаш ёки ахлатларни йиғиш мажбурияти бизнинг зиммамизда эмас. Лекин, бу дегани гўзал фаввора қаршисида ўтириб, ҳордиқ чиқариб, еб-ичганларимиз қолдиғини ўша жойга ташлаб кетиш дегани, эмас-ку! Наҳотки, чиқиндини махсус идишларга ташлаш шу қадар оғир бўлса? Тозалик миллий хусусиятгами, фазилатгами айланган Японияда бола ёшлигидан тозаликка ўргатилар экан. Яъни болаликдан озодалик яхши, ифлослик – ёмон, деган ақида уларнинг қон-қонига сингдириларкан. Оғриқли хулоса шуки, дунёда одам клонлари яратилаётган бир пайтда биз чиқиндини қаерга ташлашни муаммо даражасига кўтаряпмиз. Очиғи, 5 йил аввал ҳам айни масалада танқидий чиқишлар бўлганди. Афсуски, бугун ҳам ушбу муаммога «Эски тос, эски ҳаммом» қабилида муносабат билдиряпмиз. Демак, ҳаётимиз ўзгаришларсиз давом этяпти. Дилшода ЭГАМБЕРДИЕВА, ЎзДЖТУ талабаси ЁХУД БИЛИМСИЗЛИКНИНГ сўгал ОЎИР ОЇИБАТЛАРИ ЇАНДАЙ «КАСАЛЛИК»ЛАРГА ОЛИБ КЕЛИШИ ХУСУСИДА уларнинг 80 фоизи бу саволга тўғри жавоб бера олмадилар. Аҳвол шу бўлгач, Ҳазратнинг бирор ғазалини ёддан ай- тиб беришларини сўрашга истиҳола қилишди шекилли, журналистлар ноилож улар- нинг келгусидаги ўқиш ва иш- ларига улкан муваффақиятлар тилаб, кўрсатувни якунлаб қўя қолишди… Қозоғистон Халқ шои- ри, Меҳнат Қаҳрамони Ўлмас Сулаймонов китобхонлик борасида қуйидагича фикр билдирган эди: «Ўтган асрнинг 90 йилларида 500 бетлик сайланма асарларим тўплами 200 минг нусхада чоп этилди ва у тезда ўқувчилар қўлига етиб борди. Ўша даврларда китоб етказиб бериш тизими шиддат билан ишларди. Ҳозир эса бундай тизим қаёққа йўқолганини минг изласанг ҳам тополмайсан. Давлат ўша пайтларда ёзувчини шундай қўллаб қувватларди. Китобнинг тақдирини бозорга топширишди-ю, биратўла бўғиб ўлдириб қўя қолишди. Китоб ҳар қандай тараққиётнинг пойдевори, асосчиси эканлигини унутишди. Китобни ўлдиришиб, мадани ятни, маънави ятни ўлдиришганини эсга олишмади. Буларнинг ҳаммасини кўтариб турган нарса китоб эканлигини ҳали ҳануз эсга олишгани йўқ. Китоб албатта давлат ҳимоясида бўлмоғи лозим. Инсон маънавияти ҳеч қачон бозорга ташланмаслиги керак!» А лоҳ и да таък и д лайман, қозоқнинг буюк шоири дунё китобхонлигининг бугунги аҳволи ҳақида сўзлаётир, қайғураётир. Ҳартугул, бу жараён бизда 2016 йилдан бошлаб анчайин мўътадиллашди. Муҳтарам Юртбошимиз деярли ҳар бир йиғинда маънавият соҳасига «Эски тос, эски ҳаммом» Б Қўлимдаги тўйхат билан таниша туриб, ҳанг-манг бўлиб қолдим. Кўзларимга ишонмай уни яна қайтадан ўқидим. Аф- суски алданмабман: куёвнинг исми МЕЛСжон, келинники эса Тангемойим эди! Моҳларойим-у Офтобойим- лар, Кумушбибилар-у, Зайнаб- бегимлар ҳақида эшитгандим, ўқигандим. Бироқ шу вақтга қадар ўзбек исмлари орасида Тангемойим деган исм ҳам бор- лигидан бехабар эканман… Ног а ҳон х а ё л и м да ў ша машҳур «Сарой жавоҳири» сериа л и-ю, бош қаҳрамон – Тангем образи жонланди. Корейс киноижодкорларига минг раҳмат, шу сериал билан «дунёни забт этишди». Ўзларининг тарихи, маданияти ва урф-одатлари-ю, пазандалик маҳорати ҳақида оламга жар сола билишди. Шу сериал орқали миллатини кўкларга ҳам кўтаришди. Қарангки, бироз дардли бўлсада, ўша сериал ва унинг «пурвиқор маҳсули» ўлароқ бугун биз ҳам уларга ҳавас қилиб қизларимизга Тангемойим дея исм қўйишни бошлаб юборганимизга анча бўлибди! Биламизки, социализм ва коммунизм ғояси асосчилари бўлган Маркс, Энгельс, Ленин ва Сталинни бутун дунёда ижирғаниб эслайдиганлар кўп. Чунки уларнинг қотилликлари, ҳеч бир қуюшқонга сиғмас қилмишларини таърифлашга тил ҳам, қалам ҳам ожиз. Таассуфки, собиқ иттифоқ даврида ана шу қонхўр доҳийларнинг исмлари бош ҳарфларидан биттадан «юлиб олиниб» МЕЛС исми ясаб чиқарилганди! Бу аччиқ ҳақиқатни билмасдан, моҳиятни англамасдан туриб, болаларимизга ўша қотилларнинг исмини ҳам қўйиб ётибмиз! Қаёққа қараб кетяпмиз ўзи?! Нималар қиляпмиз?! Кимга эргашяпмиз, нималарга юкуняпмиз?! Бунинг бош сабаби нима ўзи?! Мана шу саволлар мияни пармалайди… Яна қўлимдаги тўйхатга қарайман- МЕЛСжон ва Тангемойимларнинг никоҳ базмига марҳамат! Я қ и н д а п о й т а х т д а г и Фуқаролик ҳолатларига далолатнома ёзиш бўлимларидан бирининг ходими билан суҳбатлашиб қолдим. У жиғибийрон бўлиб, бугунги «янги ўзбек»лар ўз болаларига Лолахон ўрнига Лолита, Гулнора ўрнига Гуля, Дилноза ўрнига Диля, Гўзалхон ўрнига Гузалка, Гузалина ва … ва ҳатто Моника деб ҳам исм қўйишаётгани-ю, бу «муборак» исмларни чақалоқнинг т у ғ и л г а н л и к т ў ғ риси да г и гувоҳномасига ҳам фахр билан қайд эттиришаётганини гапириб қолди. –Я қ и н д а ё ш г и н а ў з б е к оиласи келиб, ўғлига Вилен деб исм қўйишгани-ю, шуни гувоҳномага ёзиб беришимизни талаб қилишди. Биз уларга бу исмнинг маъноси – собиқ коммунистлар доҳийси – Владимир Ильич Лениннинг исми шарифидан қисқартириб олинганини, бу шахснинг қора қилмишлари беададлиги боис тарих уни доимо лаънатлашини, қолаверса, эртага фарзандлари улғайгач, ўз исмининг маъносидан кўпчилик олдида уялиб, изза бўлиб юришини минг бор тушунтирсак-да, улар ўз сўзларида қатъий туриб олишди. Ноилож туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномага Вилен деб ёзиб бердик... Яна ўша оғриқли саволлар қийнайверади: қаёққа қараб кетяпмиз ўзи?! Матбуот соҳасида Кутинг! Akmal JUMABOYEV, partiya Markaziy kengashi devoni rahbari ТОМОШАБИНЛИК ФЕНОМЕНИ ЁКИ АІМАДЖОН МЕЛИБОЕВ СИНГАРИ УСТОЗ ЖУРНАЛИСТЛАР ФИКРИГА ЇУЛОЇ ОСМАЁТГАН АЙРИМ «ТЄРА»ЛАР ФАОЛИЯТИ ХУСУСИДА Келгуси сонларда


ФАЛСАФА ВА ҲАЁТ 5-iyun, 2024-yil №21 (1253) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ІАМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА 2024 йилнинг сентябрь ойида – Є¿итувчи ва мураббийлар байрами арафасида топширилади. Мурожаат учун: (90) 245-18-10 «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» «Миллий тикланиш» демократик партияси ЎЗбекистон республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги ўзбек тилини ривожлантириш жамғармаси Танлов ҳомийлари билан танишинг: ¡ОЛИБ МИЛЛИОН 20 Фалсафанинг умумбашарий фан экани унинг мавзулари ва асосий муаммоларини ҳам белгилаб беради. Зотан, одам ва олам, уларнинг ибтидоси ва интиҳоси, ҳаёти ва ўзаро муносабатлари, инсон тафаккури, табиат ва жамият тараққиётининг умумий қонуниятлари фалсафа учун азалий муаммолардир. Шу билан бирга, муайян даврда пайдо бўладиган ва ҳал этиладиган ўткинчи муаммолар ҳам бўлади. Улар абадий муаммолар даражасига кўтарилмаса-да, ўз даврининг талаб ва эҳтиёжларидан келиб чиққани учун муҳим аҳамият касб этади. Фалсафа айни пайтда янги ғояларнинг туғилишига ҳам имкон беради, ҳаёт, ижтимоий тажриба билан узвий боғлиқ ҳолда ривожланади. У тарихий давр билан мустаҳкам алоқадорликда тараққий этади. Ҳар бир тарихий давр унинг олдига янги масала ва муаммоларни қўяди. Фалсафий муаммолар бевосита ҳаёт заруратидан туғилади. Айнан улар орқали фалсафада даврнинг тараққиёт тамойиллари ва ўзига хос хусусиятлари акс этади. Масалан, ҳозирги давр истиқлол мафкураси фалсафий асосларини изоҳлаш зарурати билан белгиланади. Фалсафий таълимотларда жамият ҳаётининг барча соҳалари, тарихий жараёнга хос тамойиллар, ижтимоий гуруҳларнинг манфаат ва кайфиятлари, тафаккур усуллари ҳам ўз аксини топади. Шунинг учун ОНТОЛОГИЯ БОРЛИЄ, ГНОСЕОЛОГИЯ ЭСА БИЛИШ ФАЛСАФАСИ ЭКАНЛИГИГА ШУБІА ЙЎЄ. АЙНАН АНА ШУ ФАНЛАР ФАЛСАФАНИНГ АСОСИНИ ТАШКИЛ ЄИЛИШИ ІАМ МАЪЛУМ. БУ БОРАДАГИ ТУШУНЧА ВА КАТЕГОРИЯЛАРНИ ЎРГАНИБ ОЛГАН, ДИПЛОМИГА “СОІА МУТАХАССИСИ”, ДЕЯ ЄАЙД ЭТИЛГАН КИШИНИ ФАЛСАФАНИ, УНИНГ МАЄСАД ВА ВАЗИФАЛАРИНИ ЯХШИ БИЛМАЙДИ, ДЕЙИШ ЄИЙИН. ЛЕКИН ФАЛСАФАНИ ЎЄИШ ВА ЎРГАНИШ, УНИНГ МАЗМУНИНИ БИЛИШНИНГ ЎЗИГИНА БУГУНГИ ІАЁТ ТАЛАБЛАРИНИ БАЖАРИШ УЧУН ЕТАРЛИ ЭМАС. сиғинишдан бош тортганида нега ўн икки қозининг ўн бир нафари унинг ўлими учун фатво берди? ¯АДРЛАШ ЙªЛИДА ёки фалсафадан қай даражада хабардормиз? Суқрот санамларга Илми ҳикматни ҳам муайян ижтимоий куч, синф, гуруҳ, партия ёки оқимлар ўз мақсад-муддаолари ва ғояларини илмий асослашда фалсафадан фойдаланади. Фалсафадаги устувор қараш ва қои да лар м уа й я н да вр маҳсули бўлгани учун ҳар бир замоннинг тараққиёт тамойиллари ва муаммолари ҳам бу фанда ўзига хос тарзда намоён бўлади. Айни пайтда тез суратлар билан ривожланаётган ҳар қандай давр ёки жамият илғор тафаккур, замонавий дунёқараш ва бунёдкор ғояларга хизмат қиладиган фалсафага эҳтиёж сезади. Қабоҳат ва жаҳолат устувор бўлган даврларда эса фалсафа турғунликка учрайди, ҳур фикрли кишилар қатағон қилинади, халқ тафаккури ва дунёқараши ақидапарастлик иллатларига асосланган бирон бир мафкуранинг қулига айлантирилади. Масалан, фалсафий тафаккур тарихида машъум из қолдирган собиқ иттифоқ даври бунга мисол бўлиши мумкин. У даврда тоталитар тузум ва якка мафкура манфаатлари устун қўйилиб, фалсафанинг умуминсонийлиги ва миллийлиги тўғрисида бутунлай гапирилмас, бу борада тадқиқот ва изланишлар олиб бориш, асарлар чоп этишга рухсат берилмасди. Охир-оқибат ўша даврда фалсафа деганда, инсонни – инсон, халқни халққа айлантирадиган, унинг қадрқиммати ва ўзлигини акс эттирадиган, асрлар давомида бир бутун тизим сифатида шаклланиб, ривожланиб келган ҳодиса эмас, балки собиқ иттифоқ мафкураси доирасидаги кичик бир соҳа тушунилди, холос. Яъни, фалсафа ўта тор тушунчага айлантирилиб, унинг ўрнини ўша давр мафкурасининг сохта ғоя ва шиорлари эгаллаб олди. Кўпчилик фалсафани алоҳида ва серқирра ҳодиса эмас, балки мавҳум ва ҳаётдан йироқ қонунлар ҳамда категориялар йиғиндиси сифатида тадқиқ ва тарғиб қилишга кўникиб ҳам қолган эди. Ўша даврда сўз ва виждон эркинлиги турли йўллар билан бўғиб келингани, одамлар онгига бир ёқлама дунёқараш зўрлик билан сингдирилгани туфайли, фалсафа қуруқ сафсата ва зерикарли ақидага айланди. Шунинг учун ҳам собиқ иттифоқ фа лсафаси аҳоли, айниқса, ёшлар учун камолот воситаси, интилиш омили эмас, балки тескари тарбия қуроли, зарарли дунёқараш манбаи вазифасини ўтади. Фалсафа кўп йиллар мобайнида замон талабларига ҳозиржавоб ва ҳаётий фан сифатида оддий ва равон тилда тушунтирилмасдан, аксинча, мавҳум қонун-қоидалар, таълимот ва ғоялар мажмуидан иборат мураккаб ҳамда ҳаётий жараёнлардан йироқ соҳа сифатида талқин этилди. У ёки бу фалсафий тушунча ва қонуниятлар нега керак, уларни ўрганишнинг одамлар учун аҳамияти, халқ манфаатлари билан қандай алоқаси бор, деган масалалар назардан четда қолдирилди. Фалсафий таълимотларнинг замон билан ҳамнафаслиги, халқ ҳаётининг инъикоси ва узвий ифодаси эканлиги эса батамом ёддан чиқарилди. Натижада кўпчиликда фалсафанинг мавҳум ва кераксиз фан экани, уни ўрганишга кетган вақт бекорга ўтгани ҳақидаги тасаввурлар шаклланди. Ҳолбуки, бундай юзаки ёндашув билан чуқур назарий ва амалий асосларга эга бўлган ушбу фанни бутун мазмун-моҳияти ва кўлами билан англаб, яхлит ва тизимли асосда ўрганиб бўлмаслиги аччиқ ҳақиқат эди. Шу боисдан фалсафага бундай саёз ёндашув ўз даври мафкураси билан бирга ўтмишга айланиши табиий ҳол эди. Минг шукурки, бугунги воқеликлар нуқтаи назаридан қарасак, фалсафанинг ўша кунлари ортда қолди. Эндиликда нима оқ ва нима қора экани аён бўлди. Аслида, масала бунда ҳам эмас, чунки у давр ўтди, унинг фалсафаси ўтмишга айланди. Аммо фалсафанинг ўзи ўзгардими? У ҳаётимизнинг барча соҳаларида амалга оширилаётган ислоҳотлар жараёнида янгиланиб бораётган жамиятимиз манфаатларига хизмат қиладиган, замонга мос, давр билан ҳамнафас ва бугунги ҳаёт талабларига жавоб бера оладиган фанга айлана олдими? Шу соҳада хизмат қилаётганлар, яъни биз ўз тафаккуримиз ва фанга муносабатимизни давр талабларига мос тарзда ўзгартира олдикми? Бу борада олиб бори- лаётган тадқиқотлар ва ҳимоя қилинаётган диссертациялар- нинг «фойдали иш коэффици- енти» қандай? Уларнинг қанчаси бугунги кун талабларига, янги- ланаётган жамият эҳтиёжларига жавоб бера олади? Бугун айнан ана шундай оғриқли савол- лар барчамизни ўйлантириши, безовта қилиши керак! Ма зк у р савол лар би лан боғлиқ масалаларнинг бир неча жиҳати борки, айнан улар замонавий фалсафа ва янги дунёқарашни шакллантириш- га таъсир кўрсатади. Бу ав- вало, фалсафанинг ўз-ўзини ўзгартириши ва янгиланиши, яқин ўтмишда сингдирилган мафкуравий эврилишлар таъсиридан мутлақо ҳоли бўлиш, шу йўналишдаги инкор ва янгиланиш диалектикасини тўғри тушуниш, фалсафий фанларни давр талаблари даражасида ўқитиш, тадқиқотларни самарали ташкиллаштириш ва илмий кадрларнинг салоҳияти, энг асосийси, бу соҳада хизмат қилаётган кишилар, яъни барчамизнинг дунёқарашимиз ва масъулиятни қай даражада ҳис қилишимиз билан боғлиқ. Шунингдек, бу жараён фалсафанинг ўз-ўзини ўзгартириши, авва ло, у н и н г асл ҳол и га қайтиши, замонавийлашуви ва миллий тараққиёт моделига уйғунлашуви билан ҳам узвий боғлиқдир. Асл фалсафа боболаримиз наздида, илми ҳикмат, яъни ҳаётнинг маъноси, мазмуни ва мақсади ҳақидаги ҳикматлар мажмуи саналган. Бу фанни дунёга келтирган қадимги замон мутафаккирлари эса, уни нафақат «донишмандликни севиш», балки донишмандликка эришиш воситаси сифатида ҳам талқин қилганларки, бу тасодиф эмас эди. Шу маънода, фалсафа аслида, умумбашарий фан эканлиги, миллий фалсафа эса муайян халқ ҳаётининг маъно-мазмунини ифодалаши, биз киммиз, кимларнинг авлодимиз, яшашдан муддаомиз нима ва қандай мақсадлар сари бормоқдамиз, деган саволларга жавоб бериши кераклиги маълум. Шу маънода алоҳида қайд этиш жоизки, бу ёруғ оламдаги ўрни ва аҳамиятини, ўзининг борлиғи, ҳаёти ва фаолиятидан қандай маъно ва мазмун борлигини, ҳақиқий мақсадмуддаолари нималардан иборатлигини тўғри англаб, шу йўлдан собитқадамлик билан бора олган, юксак маънавиятли ва мустаҳкам иродали халқгина донишманд халққа, ана шу та- мойилни ўзлаштирган фангина ҳақиқий фалсафага айланиши мумкин. Фалсафанинг умум­ инсонийлиги ва миллийлиги, тарихийлиги ва замонавийлиги ҳам ана шунда. Ҳаёт ҳақиқати шундай, бутун фалсафа тарихи шундан далолат беради. Бу борада нафақат мазкур умумфалсафий хулоса, балки мазкур соҳанинг янгилани- ши ва замонавийлашуви учун зарур бўлган яна бир қатор ҳақиқатларга ҳам эътибор бери- шимиз керак. Хусусан, бугунги кунда ушбу фанни унинг та- рихи, онтология, гносеология ва ривожланиш фалсафасидан иборат деб тушунадиган, ана шу йўналишларнинг асосларини ўзлаштириб олганларнигина ҳақиқий мутахассис, деб биладиганлар бор. Онтология борлиқ, гносеология эса билиш фалсафаси эканлигига шубҳа йўқ. Айнан ана шу фанлар фалсафанинг асосини ташкил қилиши ҳам маълум. Бу борадаги тушунча ва категорияларни ўрганиб олган, дипломига “соҳа мутахассиси”, дея қайд этилган кишини фалсафани, унинг мақсад ва вазифаларини яхши билмайди, дейиш қийин. Лекин фалсафани ўқиш ва ўрганиш, унинг мазмунини билишнинг ўзигина бугунги ҳаёт талабларини бажариш учун етарли эмас. Билиш ҳали масаланинг моҳиятини тўғри тушу- ниш, ўқиш эса уни тўла англаб олиш бўлмагани каби, фалсафа асосларини муайян даражада Қиёмиддин НАЗАРОВ, фалсафа фанлари доктори, профессор ўрганиш ҳам бу фанни бевосита ҳаётда самарали қўллаш ва мазкур жараёнда муваффақиятга эришишни англатмайди. Фақат ана шу жиҳатларнинг барчаси жамлангандагина назария ва амалиёт уйғунлашуви, ҳақиқий мутахассис ва унинг замонавий ҳаётий позицияси шаклланиши, фалсафа эса ҳақиқий ҳаёт ва амалиёт фалсафасига айланиши мумкин. Акс ҳолда, фалсафа асосларини назарий ўрганиш ҳаётда кутилган самарани бермайди, унинг қонун ва категориялари амалий натижаларга олиб келмайди, шу соҳада таълим олган киши эса, оддий дипломли одамлардан бирига айланиб қолади, холос. Ш у м а ъ н о д а , м и л л и й тараққиёт модели нуқтаи назаридан бугунги онтология борлиқ ва ҳаракат, макон ва замон каби категорияларни мавҳум тушунчалар тарзида тавсифлашдан иборат эмас. Балки мамлакатимиз таълим тизимида ўқитиладиган фалсафанинг таркибий қисми сифатида замонавий онтология мустақил Ўзбекистоннинг борлиғи ва борлиги нимани англатади, халқимизнинг макон ва замондаги ўрни қандай намоён бўлмоқда, бугунги кундаги мақсад-муддаолари нималардан иборат, унинг келажагини кўзлаб амалга оширилаётган туб ўзгаришларнинг ҳозирги давр ва истиқболимиз учун қандай аҳамияти бор, деган саволларга жавоб берадиган фанга айланмаса, унинг жамиятимиз, айниқса ёшлар учун қадри ва қиммати тўғрисида гапириш қийин. Гносеологи я ҳам «онг», «дунёқараш», «тафакку р», «би л и ш», « ҳақ и қат» каби умумфалсафий тушунча ва категорияларнинг мазмунмоҳиятини ўргатиш билан бирга, халқимизнинг онги ва тафаккури қандай шаклланган ва ривожланган, унинг дунёқараши қай томонга ўзгариши ва такомиллашуви лозим, бугунги ислоҳотларга дахлдорлик муносабати ва ёндашуви қандай бўлиши керак, бу жараёндаги ўрнимиз ва масъулиятимизни қай даражада англаяпмиз, деган саволларга жавоб беролмаса, ҳақиқий билиш фалсафасига айлана олмайди. Ана шу ҳақиқатни англамаган гносеология нафақат миллий ва умуминсоний, балки замонавий мазмунга ҳам эга бўлмай, давр талабларига жавоб бера олмайди.Маълумки, ривожланиш фалсафасининг ҳам умумназарий қонун ва тушунчалари бор. Барқарорлик ва ўзгаришлар, тадрижийлик ва тараққиёт, сабаб ва оқибат, инкор ва ворислик кабилар унинг умумий категориал тизимини ифодалайди. Хусусий жиҳатдан, яъни замонавий фалсафа нуқтаи назаридан ушбу тушунча ва категорияларни мамлакатимизнинг мустақилликка эришиши ва тараққиёт йўлини танлаб олиши, барқарор ривожланиш, тадрижий ўзгаришлар ва ислоҳотларни амалга ошириш жараёнидаги инкор ва янгиланиш диалектикасининг мазмунмоҳияти ҳамда аҳамиятини ўргатиш ривожланиш фалса- фасининг миллий моҳиятини англатади. Бу эса уни амалиёт фалсафасига айлантиради, ту- шунча ва тамойилларининг ҳаётий мазмунга эга бўлишини таъминлайди. Хуллас, масалага диалектик ёндашув бўлмаса, яъни биз ўрганаётган фалсафа миллий тараққиёт моделига уйғунлашиб, халқимиз ҳаётининг маъноси, мазмуни ва мақсадини ифода- ламаса, ўзининг барча тарки- бий қисмлари ва йўналишлари билан бирга мавҳум, шунинг- дек, ҳаётдан йироқ тушунча ва категориялар мажмуи бўлиб қолаверади. Фалсафаси бор киши унинг мавжудлигини таъкидлаб, ўрганиш лозим деб ҳисоблайди, ўз фалсафасига эга бўлмаганлар эса аксинча, бундай фан йўқ, уни ўрганиш керак эмас, деб ҳисоблайдилар. Шу маънода, таълим тизимида асл фалсафа ва ижтимоий фанларнинг асосларини ўрганиш қанчалик зарур бўлса, уларнинг замонавий масалалари, долзарб вазифаларини билиш ва ҳаётда қўллаш кўникмаларини ҳосил қилиш ҳам шунчалик муҳимдир. Мазкур фаннинг айрим категория ва қонунлари мавҳум бўлиб қолган, дея уни ўрганмай қўйиш ёки таълимтарбияда фойдаланмаслик хато бўлгани каби, баъзи фалсафа мутахассисларининг давр талабларини акс эттирмайдиган, ҳаётдан йироқ тушунчаларга ёпишиб олиши ва бундай пози- циядан воз кеча олмаслиги ҳам худди шундай янглишдир. Ф A Учинчи мақола


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 063. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 621 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 04:35 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mtgazeta.uz №21 (1253) 5-iyun 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mtgazeta.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish Ялангтўш» Биринчи хулоса: ниҳоят бизда ҳам тарихий фильмлар йўналишида тажрибалар босқичи тугаб, ҳақиқий фильмлар суратга олиш босқичи бошланибди. Ҳар ҳолда, “Баҳодир Ялангтўш” ҳақиқий тўлақонли, қизиқарли ва таъсирли тарихий фильм бўлибди. Премьерадан кейин режиссёр Аюб Шаҳобиддинов “Ўзбек киноси яхши бир асар билан бойиди”,- деган гап айтди. Бу, албатта Устанинг баҳоси. Мен эса оддий томошабин сифатида айтишим мумкинки, киномизда тарихий фильмлар йўналишида янги “планка” пайдо бўлди, энди бошқалар шунга интилишлари керак. Зотан, ҳеч нима бирданига бўлмайди, тажриба, қайта-қайта уринишлар орқали яхши фильмларга қараб ўсамиз. Энди бевосита картинанинг ёққан жиҳатларига тўхталсам. Биринчидан, унда тарихий фильмларга хос кенг миқёс, эпиклик, таъсирчанлик ва кўримлилик бор. Катта экранда кўрганимиз учун балки бу таъсир янада кучлироқ бўлгандир. Қоронғуда, ёмғирли, лойли ва ҳатто шиддатли жанглар, маҳобатли саройлар, қимматбаҳо костюмлар, соч турмаклари ва оммавий саҳналар экрандан олдингизгача чиқиб келгандек гўё: Иккинчидан, актёрлар ансамбли. Жуда чиройли визуаллик борки, янги қиёфалар у ёқда турсин, таниш ва севимли актёрлар ҳам янгича қиёфада кўринди томошабинга. Қозоғистондан жалб қилинган актриса – ТОП! Яна Баҳодир Ялангтўшнинг ўғли Бойбек образини яратган актёр қиёфаси бўртиқлик, жозиба ва ҳиссийлик жиҳатидан унча-мунча турк киноюлдузларидан афзал кўринди. Учинчидан, сценарий. Сценарий муаллифлари Ҳасан Тошхўжаев ва Жаҳонгир Аҳмедовлар битта йўллик сюжетдан ҳам кенг миқёсли қизиқарли фильм яратиш мумкинлигини исботлашибди. Кейинроқ тарихий фильмларимиз эпик жанр талабларига кўра, кўп йўллик сюжет типида ҳам намоён бўлишига умид қиламиз. Лекин бу муҳим эмас. Энг муҳими, 2 соату 20 дақиқа давомида ҳеч ким залдан чиқиб кетмагани, турли эпизодлар қарсаклар билан кутиб олингани бўлди. Айниқса, диалогларни алоҳида таъкидлаш лозим. Тан оламан, бу кинодан ҳам одатдаги тарихий фильмларимиздаги каби архаизмларга тўла узун ва ҳиссиз жумлаларни кутган эдим. Балки шунгами, кўп ўринларда қисқа, зарбали, афоризмсифат ўткир гаплар ёқимли сюрприз бўлди. Тўртинчидан, энг асосийси – фильм ғояси. Яхшигина жангнома ва сиёсатнома бўлибди. Бунда иккита асосий ғояни таъкидламоқчиман. Биринчиси, ҳокимият, саройда доим фитналар бўлган. Тахтга қанчалик яқинлашганинг сайин фитналар шунчалик жиддийлашади. Бунда садоқат тақчил, ҳатто оға-инилик ришталари узилиши мумкин. Энг олий мансабдаги одамнинг дўсти ҳам жуда кам бўларкан. Фақат адолатли сиёсат юритса, ҳукмдорга халқ дўст бўлиши, вақти келса, сиёсий фитналардан ҳам уни қутқариши мумкин. Албатта, ҳукмдор одил ва халқпарвар бўлса. Иккинчи мужда – ички душманлар. Аштархонийларни мағлуб этган асосий душман жунғорлар эмас, балки ички бўлинишдир. Ҳамжиҳатлик йўқлиги учун сулола синди. Бу бизга ҳам жиддий сабоқ бўлиши керакки, адолат ва ҳамжиҳатлик бўлмаса, давлатчиликка путур етади. Зотан, ўз дўстимиз ҳам, душманимиз ҳам ўзимиз! Албатта, мутахассислар ё бошқа томошабинлар фильм камчиликларини айтишар. Тўғри, кимдир “Ричард Шерюрак” даражасидаги кинони кутган бўлса, ҳафсаласи пир бўлиши мумкин. Лекин бу муҳиммас. Одамлар “Баҳодир Ялангтўш”ни кўришсин, унинг асосий гапини англашсин – муҳими шу. Шахсан менга фильм жуда ёқди! Киночиларимиздан эса бошқа буюкларимиз ҳақида яна камида шундай, балки бундан-да юқори савиядаги фильмларни кутамиз энди. Бу бошланиши бўлсин! САВОЛБЕРИНГ! – Тазйиқ ва зўравонликдан жабрланган шахсларга ижтимоий хизматлар кўрсатиш такомиллаштирилади деб эшитдим? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Шаҳло Сафоева, Наманган шаҳри – Мен хорижий университетда илмий унвон олганман. Бу ҳужжатим Ўзбекистонда ҳам тан олинадими? Зиёдбек Алламов, Тошкент шаҳри – Дарс соатлари қайси ҳужжатга асосланиб тақсимланади? Ҳамидахон Соҳибова, Бухоро шаҳри – Электр энергиясининг янги таърифлари ва эҳтиёжманд оилаларга энергетика тўловлари бўйича бериладиган қўшимча моддий ёрдам ҳақида маълумот берсангиз? Зафар Зойиров, Чирчиқ шаҳри – Тунги вақтда шовқин кўтарган шахсларга жавобгарлик борми? Маҳбуба Қамбарова, Навоий вилояти – Ўқитувчилар устама олиш учун қанча балл тўплаши кeрак? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Пўлат Матчанов, Гурлан тумани – Грант учун хотин-қизларга тавсиянома қачондан берилади? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Дилфуза Бегматова, Термиз шаҳри – Охирги пайтда “Маҳалла еттилиги" деган гапни кўп эшитяпман. Улар кимлар ва вазифалари нималардан иборат эканлиги ҳақида маълумот берсангиз? Зебинисо Шодиева, Урганч шаҳри – Хорижий давлатларнинг олий аттестация органлари томонидан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, фуқаролиги бўлмаган шахслар ҳамда Ўзбекистон Республикасида доимий яшаб ва ишлаб турган чет эл фуқароларига берилган илмий унвонлар ҳақидаги ҳужжатлар нострификация қилинмайди. Хорижий давлатларда илмий унвон олган шахслар Ўзбекистон Республикасида белгиланган Низом талаблари асосида илмий унвон олишлари мумкин. Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Ахборот хизмати – Маҳаллаларда «еттилик» фаолияти йўлга қўйилган бўлиб, уларга асосан қуйидаги вазифалар юкланган: • Маҳалла раиси – эҳтиёжманд оилаларга уй-жойини яхшилашга кўмаклашиш; • Ҳоким ёрдамчиси – ишсизларга иш топишда кўмаклашиш; • Ёшлар етакчиси – ёшларни спорт, мусиқа ва турли тўгаракларга жалб этиш; • Хотин-қизлар фаоли – аёлларни тадбиркорлик, касаначилик, ҳунармандчиликка жалб қилиш; • Профилактика инспектори – маҳаллада ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, жамоат тартибини сақлаш ва хавфсиз муҳитни таъминлаш, фуқароларнинг қулай атроф-муҳитга бўлган ҳуқуқларини амалга оширишда кўмаклашиш; • Солиқ ходими – маҳалладаги имкониятларни ишга солиб, солиқ базасини кенгайтириш, тадбиркорлик фаолиятини қонунийлаштиришга ҳамда ўзини ўзи банд қилганларга кичик бизнес тоифасига ўтишга кўмаклашиш; • Ижтимоий ходим – ёлғиз кекса, ногирон ва бошқа муҳтожларга ижтимоий хизмат кўрсатиш каби аниқ вазифалар билан шуғулланади. Маҳалла ва оилани қўллабқувватлаш вазирлиги Ахборот хизмати – Мактабларда синфларни шакллантириш, дарс соатлари тақсимоти, ўқитувчиларнинг тарификация рўйхатларини шакллантириш “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисидаги Низом”га асосан амалга оширилади. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати – Ҳукумат қарори билан, 1 майдан 1 кВт электр энергияси нархи 450 сўм қилиб белгиланди. Унга кўра: • Ойига 200 кВт·соатгача – 450 сўм; • Ойига 201 кВт·соатдан 1 000 кВт·соатгача – 900 сўм; • Ойига 1 001 кВт·соатдан 5 000 кВт·соатгача – 1 350 сўм; • Ойига 5 001 кВт·соатдан 10 000 кВт·соатгача – 1 575 сўм; • Ойига 10 000 кВт·соат ва ундан юқори бўлса – 1 800 сўмдан этиб белгиланмоқда. Шунингдек, 2024-2025 йил иситиш мавсумида (ноябрь – февраль ойларида) эҳтиёжманд оилаларга 270 минг сўм миқдорида бир марталик моддий ёрдам пули берилади. – Ҳа, бор. Маъмурий Жавобгарлик тўғрисидаги Кодекснинг 192-моддасига асосан, тунги вақтда – соат 23.00 дан 06.00 гача – фуқароларнинг осойишталиги ва нормал дам олишини бузиш, яъни баланд овоз билан қўшиқ айтиш, мусиқа чалиш, товуш сигналлари бериш, хонадонларда, турар жойларнинг йўлаклари ва эшикларида, кўчаларда овози баланд қилиб қўйилган телевизорлар, радиоприёмниклар, магнитофонлар ва овоз чиқарувчи бошқа аппаратуралардан фойдаланиш, турар жой биноларида ва улардан ташқарида жуда зарур бўлмагани ҳолда шовқин чиқарувчи ишлар қилиш, шунингдек, маиший шовқинга қарши кураш талабларини бузувчи бошқа ҳаракатларни содир этиш – фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг учдан бир қисми, мансабдор шахсларга эса – учдан бир қисмидан иккидан бир қисмигача миқдорда жарима солинишига сабаб бўлади. Одил Юнусов, ҳуқуқшуносмаслаҳатчи – Умумтаълим муассасалари педагог ходимларининг базавий тариф ставкаларига директор жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади. Бунда педагоглар қуйидаги балларни тўплаши керак: • 65 – 70 балл тўпласа – 10 фоиз; • 71 – 75-балл тўпласа – 15 фоиз; • 76 – 80 балл тўпласа – 20 фоиз; • 81 – 85 балл тўпласа – 25 фоиз; • 86 – 90 балл тўпласа – 30 фоиз; • 91 – 95 балл тўпласа – 35 фоиз; • 96 – 100 балл тўпласа – 40 фоиз. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати – Бу жараён бошланди. Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга қўшимча қабул кўрсаткичлари доирасида ажратиладиган ўринлар учун тавсиянома олиш мақсадида талабгорлардан аризалар 30 майдан 8 июнга қадар www.xotin-qizlar. uz платформаси орқали электрон шаклда қабул қилинади. Маҳалла ва оилани қўллабқувватлаш вазирлиги Ахборот хизмати – Қонунчиликка кўра, 2024 йил 1 июндан бошлаб тазйиқ ва зўравонликдан жабрланган ёки жабрланиш хавфи остида бўлган хотинқизларга ҳимоя ордери талаб этмаган ҳолда ижтимоий, психологик ва юридик хизматлар кўрсатиш тартиби жорий этилди. Хотин-қизларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик ҳолати ички ишлар органлари навбатчилик қисмининг «102» телефон рақамларига келиб тушган мурожаатлар асосида рўйхатга олинади. Тазйиқ ва зўравонлик ҳолати ёки уларни содир этиш хавфи аниқланган пайтдан эътиборан барча белгиланган чоралар 24 соат ичида кўрилади. Субсидия маркази расмий телеграм канали «Баіодир O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topolmayapsizmi? Bizning quyidagi telegram manzilimizga yo‘llang, bizning mutaxassislar savollaringizga javob berishadi. 90 245-18-10 Чехиянинг Прага шаҳрида ўтказилган «Josef Odlozil Memorial» халқаро турнирида ҳамюртимиз Анвар Анваров узунликка сакраш баҳсларида шоҳсупага кўтарилди. Мазкур мусобақада Чехия, Ўзбекистон, Буюк Британия, Япония, Ҳиндистон, ЖАР, Уругвай ва Жазоир каби бир қатор мамлакатлардан келган атлетлар ғолиблик даъвосида баҳсларга кирди. Узунликка сакраш дастурида Анвар Анваров кумуш медалга сазовор бўлди. Ушбу баҳсларнинг олтин медали мезбонлар вакили Петр Майндлшмидга насиб этган бўлса, ЖАР шарафини ҳимоя қилган Русвал Самаай бронза медалига эга чиқди. Эслатиб ўтамиз, ўтган ойда енгил атлетикачимиз Анвар Анваров Грециянинг Каламата шаҳрида енгил атлетика бўйича ўтказилган халқаро турнирда олтин медални, Венгрияда ўтказилган Гран-при мусобақасида эса кумуш медални қўлга киритган эди. ЎзА АНВАР КУМУШ МЕДАЛЬ CО²ИБИ Спорт фильми премьерасига тушдим – «¯илса бºлар экан-ку!» Шаҳноза СОАТОВА, жамоатчилик фаоли


Click to View FlipBook Version