№ 2 (1190) 2023-yil 19-yanvar, payshanba 3-bet «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY GAZETASI MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz / [email protected] illiytiklanish MAHALLIY DEPUTATLARNING HOKIMLARGA «TISHI» O‘TMAYAPTI! 168 SOAT SHIRIN XOTIRA Deputatlar saylovchi manfaati va huquqini himoya qiluvchilar Singil bo‘lolmadim, teraklar, Sizdek mag‘rur, tikka bo‘lmadim. Kesildingiz umidlarimdek, Bu dunyolar tilka bo‘lmadi. 2s 15s 77 SO`ROVGA SO`ROVING HAM, DEPUTATING HAM BIR CHAQA QABILIDA JAVOB QAYTARILGAN! NIGOH 4 Tadqiqot yuzaki o‘tkazilganga o‘xshaydi AKS-SADO 7 AROSATDA QOLAYOTGAN NUQTAYI NAZAR 13 Totuvlik bo`lmagan joyda taraqqiyot bo`lmaydi ENDI BU JINOYAT HISOBLANADI VA... Diniy ta’lim olish ilinjidagi yoshlarni diniy oqimlarga qo‘shilib qolishiga kim sababchi bo‘lyapti? O‘z farzandini sotayotganlar xorijda kim? 21FOIZ BOLA Valuta kursi: AQSH dollari 11291.03. 1 YEVRO 12273.35. 1 Rossiya rubli 164.32. 1 Angliya funt sterlingi 13955.71. 1 Yaponiya iyenasi 87.25. 19.01.2023 Enaxon Siddiqova
2 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) 168SOAT DEPUTATLAR HIMOYA QILUVCHILAR EKANINI YANA BIR BOR ISBOTLADILAR Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq, deputatlar har oyda bir marta o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilarning hayotiy muammolarini vakolatlari doirasida bartaraf etish choralarini ko‘radilar. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzolari ham joriy yilning 4 – 7-yanvar kunlari o‘z saylovchilari talabiga ko‘ra, maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar, mahallalar faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, uyma-uy yurib, aholining yashash sharoitlarini o‘rganishdi. Ana shu jarayonda deputatlarga mahalliy hokimlik vakillari, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, masʼul idora rahbarlari va mahalla raislarining hamrohlik qilgani saylovchilar murojaatida keltirilgan ayrim muammolarni joyida hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. O‘rganishlar davomida fraksiya aʼzolariga mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar ham hamrohlik qildilar. Bu bejiz emas, albatta. Chunki viloyat, tuman va shaharlar miqyosida hal qilinadigan masalalar mahalliy Kengash deputatlari vakolatiga kiradi. Fraksiya aʼzolari esa mahalliy deputatlarning «tishi o‘tmayotgan» respublika darajasidagi masalalarni yechish choralarini ko‘radilar. Lekin barcha masalalar ijrosi fraksiya aʼzolari tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, bu jihat mahalliy Kengash deputatlarining aholi muammolari bilan ishlashdagi tajribalarini yana-da oshirishiga, ijro organi vakillari bilan muloqotga kirishishida, qolaversa, bu tizim viloyat Kengashlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari zaxirasini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qayd etilishicha, bu safar fraksiya aʼzolari aholi bilan 122 ta uchrashuv o‘tkazdilar. Eng asosiysi, 375 ta obyekt, jumladan, 119 ta ijtimoiy soha muassasalari, 120 ta xonadon, 77 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 25 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, 2774 nafar fuqaro hamda 151 nafar tadbirkor bilan bevosita muloqotlar olib borildi. Bunda saylovchilar tomonidan jami 229 ta, xususan, ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash va qurish, uyjoy-kommunal xizmati, sog‘liqni saqlash, aholi bandligi, transport va yo‘l qurilishi, taʼlim, tadbirkorlik, kredit ajratish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Shu o‘rinda deputatlar saʼyharakati bilan tezkor tartibda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida aholi tomonidan bildirilgan masalalarning qariyb 60 foizi joyida hal etildi. Jumladan, aholi bandligini taʼminlash yo‘nalishida olib borilgan ishlar natijasida 15 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi 11 nafar fuqaroning subsidiya va imtiyozli kredit bilan bog‘liq masalasi hal qilindi. 22 nafar fuqaroning yashash sharoiti yaqindan o‘rganilib, ularning murojaatlari asosida «Yoshlar daftari» hamda «Ayollar daftari»ga kiritilganlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 13 nafar yoshlar ishga joylashtirildi. Bu borada So‘x tumanidan saylangan deputat Ahmadjon G‘aniyev, Angor tumanidan saylangan deputat G‘ayrat Safarov hamda Amudaryo tumanidan saylangan deputat Zumrad Bekatovalar anchayin faol bo‘lganlarini taʼkidlash joiz. Ayniqsa, buxorolik deputat Nazir Sobirovning o‘zi ham tinmay, masʼullarni ham tindirmaganini taʼkidlash joiz. Deputat saʼy-harakati bilan turli bahonalar bilan ortga surilayotgan ko‘plab masalalarga yechim topilib, mahalliy Kengash deputatlariga qanday ishlash kerakligi, eng asosiysi ijro organi vakillariga deputat «kimligini» ko‘rsatib qo‘ydi, deyish mumkin. Jondor tumanida o‘rganishlar olib borgan deputat Jahongir Shirinov anomal sovuqda elektr energiya taʼminoti, aholiga ko‘mir hamda suyultirilgan gaz yetkazib berish holati, tuman tibbiyot birlashmasidagi bemorlar yotgan xonalarning issiqligi bilan qiziqdi. Ayrim xonalar yetarli darajada isitilmayotgani, shuningdek, bemorlarni ko‘rgani kelganlar uchun ham issiq kutish joylari yo‘qligini aniqlab, ushbu kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berdi. Fraksiya aʼzosi Muxtabar Husanovaning qatʼiy talabi bilan 38 000 aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Chilonzor tumanidagi 39-oilaviy poliklinika uzog‘i bilan yana 10 kunda faoliyatini qaytadan boshlaydigan bo‘ldi. Masʼullarning loqaydligi sabab, qariyb bir yarim yildan buyon 9 ta mahalla aholisi boshqa tumanlarga qatnab, sarson bo‘layotgan edi. Farhod Zayniyevning «Deputatlik so‘rovi» bilan esa Qarshi shahrida yangi, 16-sonli 10 dona zamonaviy mikroavtobus yo‘nalishi ish boshladi. Masofasi 11 kilometr bo‘lgan yangi yo‘nalishda oraliq «interval» o‘rtacha 5 daqiqani tashkil etayapti. Narxi ham «chaqmaydi» – 3 ming so‘m. Shu paytgacha odamlar bu masofaga 10 ming so‘mgacha to‘lashga majbur bo‘layotgandilar. Deputatlar Zafar Abdirimov, Kozim Tojiyev, Umida Rahmonova, Sherzod Qulmatov, Jahongir Mamajonov, Sherzod Rahimov va Muborak Ahmedovalarning ham o‘z saylov okruglaridagi o‘rganishlari amaliy natijalarga boy bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Ayni paytda deputatlar tuman va shahar darajasidagi 78 ta, viloyat darajasidagi 16 ta masalalarni mahalliy ijro hokimiyati vakillari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rmoqdalar. Qayd etish joizki, uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan masalalar umumlashtirilib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar hamda tegishli hokimlik va mutasaddi idora rahbarlariga yuborish va ijrosini nazorat qilish, natijalar haqida OAVda muntazam maʼlumotlar eʼlon qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov ishtirokida «Maktablarda taʼlim sifatini oshirish, yangi avlod pedagog kadrlarini bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Hukumat soatini o‘tkazishga kelishib olindi. Elyor KELDIYOROV, fraksiya ijrochi kotibi SAYLOVCHI MANFAATI VA HUQUQINI Muxtabar Husanovaning qatʼiy talabi bilan esa 38 000 aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Chilonzor tumanidagi 39-oilaviy poliklinika uzog‘i bilan yana 10 kunda faoliyatini qaytadan boshlaydigan bo‘ldi.
FRAKSIYADA 3 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) – XXI asrda ilm-fan yutuqlari, maʼrifat va tafakkur insonning yaxshi yashashiga xizmat qilishi kerak bo‘lgani holda afsuski yana harbiy qudrat va yana harbiy salohiyatni kuchaytirishga ustuvorlik berilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bugunga kelib yana hududiy yaxlitlikni taʼminlash, davlatlar suverenitetini asrash dolzarb masalalardan biriga aylandi. Har qanday zamonaviy qurolga ega bo‘lish mumkin, ammo vatanparvar va millatparvar askarlar bo‘lmas ekan, bu yo‘ldagi saʼyharakatlarimiz besamar kechaveradi. Shundan kelib chiqib, avvalo yoshlarimizni bilimli, yuksak maʼnaviyatli, yurtimiz va xalqimizga sadoqatli, kerak bo‘lsa, Vatan, millat uchun jonini fido qilishga tayyor o‘g‘lonlar etib tarbiyalashimiz lozim... Bu fikrni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi raisi Alisher Qodirov fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishi oldidan bildirdi. Shundan keyin deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar. Maʼlumki, keyingi yillarda o‘z eshiklarimizni dunyoga kengroq ochganimiz sari, xorijga turli maqsadda borib kelayotgan yurtdoshlarimiz soni ko‘paydi. Ular orasida diniy bilim olishga intilayotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etayapti. Biroq bunday bilimga chanqoq yoshlarning aksariyati diniy taʼlim haqida yetarlicha tasavvurga ega emasligi, ota-onalari yoki yaqinlari tomonidan nazoratsiz, hatto taʼminotsiz qoldirilayotgani natijasida ularning ko‘pchiligi norasmiy muassasa yoxud hujralarda taʼlim olayotgan bo‘lsa, baʼzi hollarda ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishyapti. Vaholanki, bugun yurtimizda diniy taʼlim olish uchun keraklicha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, mamlakatimizda 15 ta diniy taʼlim muassasasi bo‘lib, ularning 13 tasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga qaraydi. Qayd etish joizki, ehtiyojdan kelib chiqib, ana shu muassasalar uchun kvotalar soni yildan yilga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, voyaga yetmagan yoshlarning aksariyati xorijga asosan Qurʼon o‘rganish uchun bormoqdalar. Ammo bugun mamlakatimizning 22 ta hududida Qurʼon kurslari tashkil qilingan bo‘lib, shu kungacha ushbu kurslarni tugatgan 30 mingdan ortiq yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi. Qurʼon o‘rganishni niyat qilganlar uchun «onlayn» kurslar ham tashkil qilinyapti. Qonunchilikda bu borada javobgarlik belgilanmagani bois, yuqoridagidek holatlar ko‘paysa ko‘paymoqdaki, ammo kamaymayapti. Shu bois ushbu qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 476-modda, Jinoyat kodeksi esa yangi 1221 -modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, voyaga yetmagan farzandini chet elga olib borib, nazoratsiz tashlab kelgan yoki noqonuniy, taqiqlangan o‘quv markazlariga bergan ota-onaga farzandini bir oy yoki uzog‘i bilan ikki oyda qaytarib olib kelish majburiyati yuklanmoqda. Aks holda, dastlab maʼmuriy, keyin esa jinoiy javobgarlik jazosi belgilanishi mumkin. Maʼlumki, Konstitutsiyamizning 64-moddasida ham otaonalar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab qo‘yilgan. Alohida taʼkidlash joizki, ushbu qonun orqali nafaqat norasmiy diniy taʼlim olganlar, balki ota-onasining nazoratsizligi yoki farzandi taʼminotini yo‘lga qo‘ymagani natijasida xorijda turli jinoyatlarga aralashib qolgan yoshlar ham qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Deputatlarning fikricha, keyingi paytlarda hatto ayrim onalar to‘rt yoki olti oylik chaqalog‘ini xorijga olib borib, sotib qaytgani holatlari ham uchramoqda. Taqdim etilgan maʼlumotlarda yuzga yaqin shunday holatlar aniqlangani qayd etilgan. Shuning uchun ham deputatlar qonun loyihasining qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan holatlar payini qirqishga xizmat qilishini bildirmoqdalar. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri SOTAYOTGANLAR Bugun mamlakatimizning 22 ta hududida Qur’on kurslari tashkil qilingan bo‘lib, shu kungacha ushbu kurslarni tugatgan 30 mingdan ortiq yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi. Statistika Har qanday zamonaviy qurolga ega bo‘lish mumkin. Ammo... Diniy ta’lim olish ilinjidagi yoshlarni diniy oqimlarga qo‘shilib qolishiga kim sababchi bo‘lyapti? ENDI BU JINOYAT HISOBLANADI VA... XORIJDA KIM? O‘Z FARZANDINI Statistika qo‘mitasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln. nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan. O‘tgan yili Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan eng ko‘p fuqarolar turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Buni aniq raqamlarda kuzatadigan bo‘lsak, Qozog‘istondan 1 mln. 551,1 ming, Tojikistondan 1 mln. 447,8 ming, Qirg‘izistondan 1 mln. 356,9 ming nafar, Rossiyadan 567,7 ming, Turkiyadan 75,6 ming, Janubiy Koreyadan 19,9 ming, Germaniyadan 17,7 ming, Hindistondan 16,8 ming, AQSHdan 13,1 ming, Fransiyadan 11 ming, Buyuk Britaniyadan 10,5 ming, Ozarbayjondan 10,4 ming, Italiyadan 8,8 ming, Ispaniyadan 6,3 ming, Xitoydan 5,4 ming nafar sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurgan. O‘zA 2022-yili O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi mamlakatlardan sayyohlar kelgan?
4 BUGUNNING O‘zbekistonda «jaholatga qarshi ma’rifat» bilan kurashish yo‘li tanlangani islom qadriyatini yoshlarga to‘g‘ri anglatish, radikallashuv illatlari ildizini quritish yo‘lidagi amaliy qadamga aylanmoqda. Chindan ham bir guruh niyati buzuq, nodon va aldangan kimsalar yuz yillardan beri quda-andachilik, yor-u birodarlik va og‘a-inilik rishtalari bilan bog‘langan ikki xalq o‘rtasida ayirmachilik olovini yoqmoqchi bo‘ldi. Ammo davlat rahbari adolatli sifat berganidek, ko‘p millatli xalqimizning oqil va donishmandligi tufayligina vaziyat tezda izga tushdi. Mashhur adib Oskar Uayldning «Odamzod birgina qaltis qadam bilan hayotidagi eng qadrlagan narsasini barbod qiladi”, degan gapi bor. Maʼlumki, tinchlik va farovonlikda, farzand-u nabiralar qurshovida, eng asosiysi, oila deb atalmish ulkan qadriyatlar ustuniga tayangan qo‘rg‘onda xotirjam yashash, nazarimda, har qanday inson hayotidagi eng qadrli onlar bo‘lsa kerak. Ammo ayrim yurtdoshlarimiz o‘ylamay, aniqrog‘i, bilimsizlik oqibatida yo‘l qo‘ygan xatolari sabab nafaqat o‘zi, oilasi, hatto ona yurti va millati tinchini ham buzyapti. Bunga esa hali ong-u shuuri to‘la shakllanmagan yo s h l a r g a t aʼs i r et i s h salohiyatini egallagan kuchlar sababchi bo‘lmoqda. Faqat bizda emas, butun dunyoda k u c h a y i b b o r a y o t g a n radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi va giyohvandlik illatlarining nomi aslida bir – buzg‘unchilik. Murojaatnomada yoshlar ongini buzg‘unchi g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan s i y o s i y m a q s a d l a r d a foydalanish hamda maʼrifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz, degan qatʼiy daʼvatning yangragani esa millionlab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, aka yoki ukasining, o‘g‘li yoki biron yaqinining xatosi sabab yuragi pora bo‘lgan minglab vatandoshlarimiz dilidagi gap bo‘ldi. Tan olaylik, bugunga kelib, M ar ka ziy Osiyo dunyoning eng yirik davlatlari manfaatlari to‘qnashayotgan mintaqaga aylanib boryapti. Buni ko‘rmaslik, ijobiy intilish va xatti-harakatlar bilan birga g‘arazli maqsadlar mohiyatini anglamaslik mumkin emas. Aynan shunday sharoitda tinchlik va barqarorlikning qanchalar aziz neʼmat ekanini anglash uchun esa unchalar katta aql talab etilmaydi, deb o‘ylayman. Shohona davralarda teztez tilga olinadigan do‘stona munosabatlar va birodarlik, azaliy hamkorliklar va taqdirdoshliklar to‘g‘risidagi chiroyli eʼtiroflar o‘rnini nihoyatda qisqa muddatda manfaat qutqusi egallashi mumkinligini butun dunyo xalqlarini xavotirga solayotgan Rossiya va Ukraina inqirozi misolida ko‘ryapmiz. Qayd etish joizki, jahon ahli kechagina ming bir orzu-umidlar, ulkan rejalar bilan tong ottirgan millionlab fuqarolarni qochoqlarga, tinchlik va osoyishtalik ramzi bo‘lgan shahar va qishloqlarni ko‘z o‘ngimizda vayronaga aylantirayotgan bunday urushlar biron-bir hayotiy muammoni ijobiy hal etmasligiga yana bir karra amin bo‘lmoqda. To‘g‘ri, buyuk sarkarda aytganidek, har qanday urush yakunda, shubhasiz, sulh bilan tugaydi. Ammo unutmaylikki, ana shu yakungacha qanchadanqancha go‘daklar, ayollar o‘z orzu va ezgu niyatlariga ko‘milib, kul bo‘ladi... B u g un Ye r y uzinin g o‘ttizdan ziyod hududida oc hlik va qashshoqlik o‘chog‘iga o‘t qalayotgan nizolar hukm suryapti. Bunday ado g‘i ko‘r inmayotgan urushlar tinchlikni faqatgina tafakkurlilargina qadrlay oladilar, degan aqidani yana bir bor yodga solyapti. Tinchlik neʼmatini qadrlash ayni paytda chuqur madaniyatlilik belgisi hamdir. O‘zbek xalqi bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka ketadi, kabi maqollar bilan ulg‘aygan xalq. Ammo shunga qaramay, bugun tobora murakkab munosabatlar o‘z hukmini o‘tkazayotgan dunyoda tinchligimizga tahdid solishi mumkin bo‘lgan illatlarga biz ham duch kelyapmiz. Ular orasida shunday illat borki, bu diniy radikallashuv illatidir. Agar avvalroq jahonda madaniyatlar to‘qnashuvi yuz berayotgani ming bir pardalarga o‘ralgan bo‘lsa, globallashayotgan dunyoning keyingi o‘n yilliklarida turli davlatlarga iqtisodiy va siyosiy taʼsir o‘tkazish, uyatandisha tuyg‘ularini chetga surib, azaliy qadriyatlar chegarasini buzib o‘tish y o x u d o ‘ z g a r t i r i s h g a urinish oddiy holga aylanib qoldi. Hatto investitsiyalar siyosiylashdi, yirik moliyaviy kompaniya va korporatsiyalar milliy iqtisodiyotlarni qo‘llabquvvatlash va rivojlantirishga hissa qo‘shishdan oldin ochiq-oydin siyosiy shartlar qo‘ya boshladi. Behalovat asrimizga kelib, muqaddas islom dinini ichidan turib radikallashtirishga urinayotgan kuchli bir oqim ham paydo bo‘ldiki, bu insoniyatga yuqoridagidek omillardan ko‘proq zarar yetkazyapti. Eng yomoni, ana shu oqim vakillari o‘zlarini go‘yoki islom yo‘lboshchilari sifatida ko‘rsata boshladi. Bunga Iroqda paydo bo‘lgan islom xalifati va ISHID harakati misol bo‘lishi mumkin. Taajjublanarlisi shundaki, islom tabiati va g‘oyasiga zid bo‘lgan bunday harakatlar ko‘pchilik tomonidan islom aqidasi, deya qabul ham qilinyapti. Dunyoda ana shunday «o‘yin”lar avj olayotgan – kimdir tomoshabin, kimdir ijrochilik rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynayotgan bir paytda O‘zbekistonda «Jaholatga qarshi maʼrifat»g‘oyasi keng targ‘ib qilinib, Islom sivilizatsiya markazlari bunyod etilayotgani, eng ahamiyatlisi, millat yetakchisining BMT m i n b a r i d a n t u r i b, s o f islomning haqiqiy qadriyatlari haqida baralla gapirayotgani t a f a k k u r l i k i s h i l a r n i sergaklikka undayotir. Zero, Prezidentimiz islom d u ny o s i n i n g m aʼn av i y poytaxtlari hisoblangan Buxoro va Samarqanddek mustahkam poydevorlariga ega davlat vakili sifatida bunga maʼnaviy haqqi h a m b o r e di. B un d ay chiqishlar, eng avvalo, islom xususida noto‘g‘ri xulosalar tarqatayotgan manbalarning bar taraf etilishiga ham sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Aynan shu nuqtayi nazardan qaraganda, radikallashuv biz uchun batamom begona bo‘lishiga erishishimiz kerak. Ming afsuski, bilimsizlik illati qoralanayotgan bir paytda ko‘plab yur tdoshlarimiz voyaga yetmagan farzandlarini ayrim xorijiy davlatlardagi diniy taʼlim muassasalari yoki hujralarga o‘qishga yubormoqda. Achinarlisi shundaki, bu hol diniy taʼlim olish uchun barcha shartsharoitlar yaratib qo‘yilgan shu kunlarda sodir bo‘lyapti. To‘g‘ri, qonunchiligimizda xorijda taʼlim olish erkinligi belgilab qo‘yilgan. Ammo bu ochiq-oydin dunyoviylikni rad etish, eng yomoni, jondan aziz farzandlarimizni ular ongiga radikallashuv illatlarini yoyadigan kimsalar qo‘liga topshirish yo‘lidan borish mumkin degani emas-ku?! Bu – O‘zbekistonda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Yuqorida aytganimizdek, radikallashuvning asosi TOTUVLIK TARAQQIYOT Alisher QODIROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari 2023-yilga «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb nom berish taklifi kiritilgan Murojaatnomada yoshlar tarbiyasi masalasiga, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga ko‘proq ahamiyat berishimiz kerakligi ham uqtirib o‘tildi. tarixidan biron-bir millat yoki elatning notinch muhitda taraqqiyotga erishganiga misol keltirish qiyin. Zero, azal-azaldan faqat tinchlikkina har qanday davlat taraqqiyoti va farovonligiga poydevor bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham tinchlikni qadrlash va uni asrab-avaylash o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan bugungi kunlarda yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ham xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solayotganiga alohida eʼtibor qaratildiki, bundan barchamiz birdek xulosa chiqarishimiz kerak. Ming afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayotgani davlat rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealar misolida chuqur tahlil qilib berildi. Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) INSONIYAT
GAPI 5 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) Bugun Yer yuzining o‘ttizdan ziyod hududida ochlik va qashshoqlik o‘chog‘iga o‘t qalayotgan nizolar hukm suryapti. Bunday adog‘i ko‘rinmayotgan urushlar tinchlikni faqatgina tafakkurlilargina qadrlay oladilar, degan aqidani yana bir bor yodga solyapti. Tinchlik ne’matini qadrlash ayni paytda chuqur madaniyatlilik belgisi hamdir. ilmsizlikdir. Zero, islomning insonni qadrlash, uning f a r ov o n l i k v a e z g u l i k ulashuvchilik roli, boyb a d av l at i n s o n l a r n i n g muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga daʼvat etuvchilik qadriyati kabi umumiy konsepsiyalarini yosh avlodga to‘g‘ri tushuntirsak, bu shubhasiz, radikallashuvga qarshi kurashdagi eng asosiy qurolimizga aylanadi. Bu ayni pay tda oqni qoradan ajrata oladigan av l o d n i s h a k l l a nt i r i s h jarayonini ham tezlashtiradi. Yana bir gap: jamiyatda soqol va hijob masalasida bahsu munozaralar davom etayotgani holda, islomning eng muhim farzi hisoblangan insonni eʼzozlash qadriyati eʼ t i b o r i m i zd a n c h etd a qolayotir. Yaʼni, sunnat amallari uchun kurashyapmiz- u chin farz amallariga ko‘z yumyapmiz. Eng yomoni, bunday soxtakorliklar deyarli barcha islom davlatlarida ko‘zga tashlanayotir. Shuning uchun ham O‘zbekistonda «jaholatga qarshi maʼrifat» b i l a n k u r a s h i s h y o ‘ l i tanlangani islom qadriyatini yoshlarga to‘g‘ri anglatish, radikallashuv illatlari ildizini quritish yo‘lidagi amaliy qadamga aylanmoqda. Q a y d e t i s h j o i z k i , radikallashuv faqat dinga x o s b o ‘ l m a y, ko ‘ p r o q psixologik holat hamdir. Ana shu holatga tushgan odam maʼlum bir sharoitda o‘z atrofidagilarni batamom rad etib, o‘zi sig‘inayotgan g‘oyani mutlaq haq g‘oya sifatida tan olinishini talab etishi mumkin. Agar ushbu holatni bir kishi boshidan kechirsa, bu psixologik holat, ko‘pchilik shunday holatga tushsa, demak, bu radikal harakatga aylanadi. Yana bir gap: radikalizm bir kunda paydo bo‘lib, bir kunda yo‘q bo‘lib qoladigan illat ham emas. Shuning uchun ham Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» sari tizimli «yurish» qilmasak va Yangi O‘zbekistonda yangi maʼnaviy makon yaratishni tarbiya va taʼlimga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartirishdan boshlamasak, ijobiy natijalardan umid qilish mantiqqa zid bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida alohida qayd etilganidek, radikalizm, ekstremizm, terrorizm ko‘lami kengayishi o q i b a t i d a key i n g i o‘ n yilda dunyo iqtisodiyotiga 583 trillion AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan. 15 yil mobaynida esa 100 mingdan ziyod begunoh insonlar qurbon bo‘lgan. Yuqorida aytilganidek, ayni paytda dunyoning o‘ttizdan ziyod nuqtalarida qurolli to‘qnashuvlar sodir etilmoqda. Agar o‘sha nizolarning kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, ko‘p hollarda aksar iyat notinchliklar a s o s a n, i s l o m f a k to r i pardasiga o‘ralayotganini ko‘ramiz. Aslida, ilmiy tahlillar va buyuk mutafakkirlarning o‘gitlariga quloq solsak, i s l o m d a h e c h q a n d ay radikalizmga o‘rin yo‘qligi ayon bo‘ladi. Chunki islom insonga ato etilgan barcha neʼmatlarni qadrlashga o‘rgatuvchi, halollik va poklikka daʼvat qiluvchi, hatto biron-bir kimsaga maʼnaviy zarar yetkazish ham katta gunoh ekanini anglatuvchi eʼtiqoddir. Dinda radikallikning paydo bo‘lishi esa bu, shubhasiz, bilimsizlik va yana bir bor bilimsizlik bilan bog‘liq. Dinning asl maqsadi va mezonini anglamagan kishilarni esa aslida islomdan g ‘ a r a z l i m a q s a d l a r d a foydalanayotgan guruhlar qo‘lidagi omilar, deb atash kerak. Aynan ana shunday kimsalar sabab islom dini obro‘sizlantirilyapti. Shu sababli ham yurtimizda radikallashuv masalasining yechimi sifatida «Jaholatga qarshi maʼrifat» g‘oyasi tanlanayotgani eng to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Boshqacha aytganda, ilmsiz odamgina radikallashishi mumkin. L e k i n i l m l i k i s h i radikallashishi mumkin bo‘lgan o‘nlab, yuzlab bilimsizlarni ham qaltis yo‘ldan qaytara olishini unutmaslik kerak. Shu sababli har qanday jamiyatda radikalizm darajasini ilmlilar va ilmsizlarni qiyoslash orqaligina aniqlash mumkin bo‘ladi. Yaʼni, jamiyatda tafakkurli, ongli va bilim darajasi yuqori bo‘lganlar qancha ko‘p bo‘lsa, bilimsizlik ildizini quritish shuncha oson kechadi. Ushbu illatning oldini olish uchun nafaqat din, balki boshqa sohalarda ham bilimli, tafakkuri keng kishilarning ko‘p bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bas shunday ekan, dinning tinchlikparvarlik g‘oyasini, ayniqsa, islomning insonlarga yaxshilik qiluvchi, ilmga daʼvat etuvchi, o‘zi va atrofidagilarni hurmat qilishga yo‘llovchi, eng asosiysi, halollikka undovchi omil ekanini farzandlarimizga qancha tez tushuntirsak, shuncha yaxshi. Toki, har bir bola maʼlum bir immunitetga ega, tinchlikni qadrlovchi, nafaqat o‘z uyi, oilasi, balki Vatani tinchligini ham ko‘z qorachig‘idek asrovchi inson bo‘lib ulg‘aysin. Zero, bugun Markaziy Osiyodagi asosiy masala barqaror tinchlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash masalasi ekan, biz bunda biron-bir omilni eʼtibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Yana bir marta qaytaraman: ilmli insonlargina eng qimmat neʼmat sanalgan tinchlikning qadriga yetadi. Ya n g i O ‘ z b e k i s t o n d a amalga oshirilayotgan tub islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham tinchlik va totuvlikda yashab, xalq farovonligiga erishishdir. 2023 -yilga «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb nom berish taklif i kiritilgan Murojaatnomada yoshlar tarbiyasi masalasiga, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga ko‘proq ahamiyat berishimiz kerakligi ham uqtirib o‘tildi. Bu, shubhasiz, jondan aziz Vatanimiz shaʼni, qadri va qimmati, boringki, uning tinchligini himoya qilish bilan bog‘liq masʼuliyatli masaladir. Zotan, ona yurtimiz tarixida Vatan himoyasi uchun jondan kechganlar qahramon, qochganlar esa xoin atalgan. B u g u n h a r b i r vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz Vatan taqdiri, kelajagi ularning qo‘lida ekanini bir lahza bo‘lsa-da, unutmasligi kerak. Xulosa qilib shuni aytish joizki, xalqaro tahlilchilar tomonidan ham bugungi o‘tish davrining muhim hujjati deya baholanayotgan Murojaatnomaning har bir yo‘nalishi, maʼno va mohiyati mamlakatimizni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalar i s t i q b o l d a g i s t r a t e g i k m a q s a d l a r i m i z u c h u n mustahkam pillapoya rolini o‘ynashi kerakligi, bu jarayonda esa tinchlik va barqarorlikdan muhimroq vazifa yo‘qligini yana bir karra anglatib turibdi. B u n d a e n g a v v a l o , birdamlik va og‘izbirchilikka amal qilsakkina, shiddatli, taʼbir joiz bo‘lsa, nihoyatda murakkab davr muammolarini osonroq hal etamiz. «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2023- yil 18-yanvar sonidan olindi. BO‘LMAGAN JOYDA BO‘LMAYDI Bugun Markaziy Osiyodagi asosiy masala barqaror tinchlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash masalasi ekan, biz bunda biron-bir omilni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. – Hozirgi kunda erta tongda uyg‘onishimiz bilan telefonni olamizda, yangi kelgan xabarlarni o‘qishga tushamiz. Ammo bu odat insonda depressiya, stressga moyillikni orttirar ekan, shu to‘g‘rimi? Nigina Abdullayeva, Denov tumani – Men turmush o‘rtog‘imdan bir nafar farzandim uchun aliment talab qilmoqchiman. U menga bolamiz 18 yoshga to‘lguniga qadar aliment to‘lashini aytdi, lekin bolamiz 18 yoshga to‘lganidan so‘ng to‘lagan pullarini qaytarib olaman deyapti. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Sudoba Shodiyeva, Parkent tumani So‘ragan edingiz... – Albatta, uxlashdan oldin telefonni imkon qadar u zoqroq joyga qo‘yish lozim. Erta tongni toza havodan nafas olish, bi roz piyo d a y u r ish yoki badantarbiya bilan shug‘ullanishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Qumri Jumabayeva, nevrolog – Turmush o‘rtog‘ingiz t o‘l a g a n a l i m e n t i n i qaytarib ololmaydi, lekin o‘zi uchun taʼminot talab qilishi mumkin. Ota-ona uchun taʼminot berish tartibi Oila kodeksida belgilab qo‘yilgan. Faqat qonunda bu aliment emas, taʼminot deb yuritiladi. Kodeksda nafaqat ota, ona ham ularni moddiy tomonlama ixtiyor iy taʼminlamay kelayotgan voyaga yetgan bolalaridan sud tartibida taʼminot talab qilishi mumkin. Bu taʼminotni tayinlashda s u d l a r o t a - o n a n i n g mehnatga layoqatsizligi va yordamga muhtojlik darajasidan kelib chiqib ish ko‘radi. Kim sudga taʼminot so‘rab ariza yozsa ma sala u n i ng foydasiga hal bo‘ldi degani emas. Taʼminot miqdorini belgilashda sud bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda ish ko‘radi. Surayyo Mahkamova, huquqshunos
6 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 77 Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida bejizga «Parlament», «Senat», «Deputat» va «Mahalliy kengash» so‘zlari ko‘p takrorlanmadi. Chunki mamlakat taqdiri, kelajagi bilan bog‘liq jarayonlar, ayniqsa, Qonunlar qabul qilinishi va takomillashtirilishi, Farmon va Qarorlar hamda davlat dasturlarining ijrosini taʼminlash, kerak bo‘lsa oyog‘i yerdan uzilgan rahbarlar tanobini tortib turishda deputatlik korpusining o‘rni va roli juda muhim. Shuning uchun ham xalq vakillari masʼuliyatini oshirish maqsadida milliy Konstitutsiya yangi normalar bilan to‘ldirilmoqda, normativ-huquqiy hujjatlarga esa qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilyapti. Davlatimiz rahbari Murojaatnomada ushbu masalalarga to‘xtalar ekan, berilgan katta vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanishda deputat va senatorlar, mahalliy kengash deputatlari samarali ishlamayotganiga alohida eʼtibor qaratdilar. Chindan ham oddiy odamlar manfaati bilan bog‘liq masalalar, ayniqsa, mamlakat taraqqiyotiga daxldor hujjatlarning barchasi ham talab darajasida ijro qilinmayapti, islohotlar joylarga birdek yetib borayotgani yo‘q. Ko‘pchilik yurtdoshlarimizning mahalliy davlat idoralari rahbarlari ishidan qoniqmayotgani ham achchiq haqiqat. To‘g‘ri, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayoni aholimizning siyosiy tafakkuri, ongi, iqtisodiy va ijtimoiy sohaga bo‘lgan munosabatini keskin o‘zgartirdi. Odamlar bugungi o‘zgarishlaru, voqea-hodisalarga befarq emaslar. Bu jarayonda deputatlarning ham faolligi oshib bormoqda. Yaʼni, jamiyatdagi faollik ijro hokimiyati, xususan, xalq vakillariga ham «yuqyapti». Eng asosiysi, xalq ishonchini qozongan deputatlar saylovchilarni qiynayotgan muammolarni his qila boshladilar. Bu esa saylovchilarning deputat va uning nomzodini ko‘rsatgan siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchini ham mustahkamlay boshladi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan deputatlar ham ana shunday qaynoq jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar. Buni 2022-yilda deputatlarimiz tomonidan mahalliy Kengash sessiyalariga 737 ta (2021-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 174 taga ko‘p) masala-takliflar kiritganlarida ham ko‘rish mumkin. Doimiy komissiyaga olib chiqilgan takliflar soni esa 1314 tani (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 157 taga ko‘p) tashkil etdi. Eng asosiysi, deputatlarimiz tomonidan 1595 nafar mansabdor shaxsning hisobotlari eshitildi. Saylovchilarga ko‘proq yordami tegayotgan «Deputatlik so‘rov»i tahlilida ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilganini taʼkidlash joiz. Jumladan, 2019-yilda 4208, 2020-yilda 6274 ta, 2021-yilda 7058 ta so‘rov yuborilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 6478 taga yetgan. Ushbu raqamlar ham deputatlarning saylovchiga yaqinlashgani, muammolarga yechim topishda real qadamlar qo‘ya boshlaganidan dalolatdir. Shu o‘rinda «Deputatlik so‘rov»larining 5294 tasi (81,7 foiz) ijobiy hal qilinganini, 1005 tasi (15,6 foiz) bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganini aytish kerak. 108 ta (1,6 foiz) so‘rovga esa, mutasaddi tashkilotlar muddatidan kechikib javob qaytarganlar. 77 ta (1,1 foiz) so‘rov esa umuman eʼtiborsiz qoldirilgan. Yuqoridagi holatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etilgani maʼlum bo‘ldi. Jumladan, 716 ta so‘rov orqali taqdim etilgan muammoning 523 (73,6 foiz) tasi, Navoiy viloyatida 623 tadan 558 tasi (89,5 foiz) ijobiy hal etilgan. Javob qaytarilmagan deputatlik so‘rovlari Qashqadaryo viloyatida 25 ta, Samarqandda 24, Surxondaryoda 15, Farg‘onada 5, Navoiy viloyati va Toshkent shahrida esa 3 tadan iborat bo‘lgan. Samarqand viloyatida 48 ta, Qashqadaryoda 23 ta, Navoiyda 10 ta va Namangan viloyatida 8 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlarida esa 5 tadan so‘rovga muddatidan kechikib javob qaytarilgan. Shu o‘rinda oyog‘i yerdan uzilgan mansabdorlarga eslatish o‘rinliki, «Deputatlik so‘rovi»ga o‘z vaqtida javob qaytarmaslik «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga, yaʼni «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga javobni deputatni mazkur so‘rov olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay yuborilishi to‘g‘risida»gi normaga zid ish tutish deganidir. Bundan tashqari Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga asosan bunday mansabdorlar aybdor deb topilib, o‘rnatilgan tartibda maʼmuriy jazo (jarima)ga tortilishi ham belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi maʼruzalaridan birida: «Parlament va deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaganlik yoki ko‘rib chiqish muddatini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Shunga qaramasdan, afsuski, ayrim hollarda deputat so‘roviga rahbarning o‘zi emas, balki uning o‘rinbosari, hatto boshqarma boshliqlari javob qaytarmoqda. O‘zingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obro‘si? Parlamentga va deputatga bo‘lgan hurmat shumi?» deya taʼkidlagan edilar. Qayd etish joizki, tegishli idoralarga yo‘llangan so‘rovlarda deputat osh, non yoki ko‘mir talab qilgani yo‘q o‘ziga. U hazrati saylovchining arz-u dodini qog‘ozga ko‘chirgan, xolos. Ana shu so‘rovlarning 1,6 foiziga kechikib javob qaytargan, 1,1 foiziga esa umuman javob q a y t a r m a g a n « d o h i y » l a r deputatlar faqat o‘zbekchilik nuqtayi-nazaridan ularni aybdorga chiqarmayotganlarini o‘ylab ham ko‘rmayaptilar chog‘i. To‘g‘ri, o‘tgan yillarda xalq deputatlari Samarqand shahar, Shovot hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashlaridagi deputatlarimiz Sh.Alibekov, U.Ruzmetov va J.Ziyayevlar tomonidan so‘rovlarga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan mutasaddilarga, xususan, Samarqand shahar «Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri» davlat korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Turopov, AT «Xalq banki» Shovot tumani filiali boshlig‘i E.Mahmudov hamda «Qorasuv-1» dahasidagi Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari E.Xalikovalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab tegishli huquq-tartibot organlariga rasman murojaat qilingan. Va, aybdorlar tegishli tartibda jazolanganlar ham. Ammo bunday choralar deputatlik so‘rovlariga bepisandlik bilan qarayotgan mansabdorlarga zarracha ham taʼsir etmayotgan ko‘rinadi. Aks holda xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy muammosi qamrab olingan 77 ta so‘rovga o‘z vaqtida javob qaytarilgan bo‘lardi. Shuning uchun ham deputatlarimiz bu borada nazoratni kuchaytirib, so‘rovga «xo‘jako‘rsin» uchun javob berayotgan yoki eʼtiborsiz qoldirayotgan mansabdorlarga nisbatan qonuniy choralarni ko‘rishlari lozim. P r e z i d e n t i m i z n i n g n a v b a t d a g i Murojaatnomasida korrupsiya muammosiga to‘xtalib, o‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgani, lekin bu masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashilayotganini bejiz taʼkidlamadilar. «Deputat va senatorlar, mahalliy kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishlari kerak emasmi? Har bir deputat o‘zining okrugidagi budjet hisobidan bo‘layotgan qurilishlar, yo‘llarni, har oyda borib ko‘rsa, buyurtmachi va pudratchidan sifatni talab qilsa, bilasizlarmi, ahvol qanday o‘zgaradi? Buning uchun sizlarda yetarli vakolat ham, shijoat ham bor, – dedi Prezident. Davlat rahbari bu bilan deputatlar faoliyatidan saylovchilar ko‘ngli to‘lmayotganiga ham ishora qilyapti. Ayrim deputatlar muhim o‘zgarishlar jarayonida saʼy-harakatlari, tashabbuslari bilan faol ishtirok etish o‘rniga o‘zlarini ortga tortmoqdalar. Bu esa jonkuyar, vatanparvar hamda hazrati saylovchi dardini o‘z dardidek his qilib, «Xalq vakili» degan nomni oqlashga harakat qilayotgan deputatlar nomini ham yomonotliq bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Alijon MUXTOROV, partiya Markaziy kengashi bo‘limi boshlig‘i Deputat so‘rovi TA SO‘ROVGA SO‘ROVING HAM, DEPUTATING HAM BIR CHAQA QABILIDA JAVOB QAYTARILGAN! P.S: «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi kelgusi sondan boshlab 77 nafar eʼtiborsiz «dohiy»lar nomini eʼlon qilishni boshlaydi. KUTING!..
7 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) TADQIQOT YUZAKI O‘TKAZILGANGA O‘XSHAYDI Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining fikricha, 38,4 foiz otaonalar maktablardagi bilim darajasidan qoniqmasliklarini bildirishgan. Agar 12,8 foizi o‘z farzandining bilim darajasini baholagan bo‘lsa, 48,8 foizi berilayotgan bilimni kelajakda kasb tanlash uchun yetarli deb hisoblagan. Aksariyat otaonalar esa repetitor xizmatidan faol foydalanishini maʼlum qilgan. So‘rovda ishtirok etgan 61,1 foiz ota-onaning fikriga ko‘ra, bola uchun o‘quv yukining intensivligi maqbul darajada. 25,1 foizigina o‘quv yukini yuqori, 13,8 foizi esa past deb hisoblagan. 59,1 foiz ota-onalarning fikriga ko‘ra, maktablarning o‘quv rejasida maktabdan tashqari mustaqil ravishda o‘rganish mumkin bo‘lgan fanlar mavjud. Bundan tashqari, o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha ko‘p o‘qishadi. Ular uchun haftalik o‘rtacha yuklama 28,2 soatdan iborat. Lekin o‘quvchilarning boshqa fanlarga qaraganda matematikadan kamroq tahsil olishi kuzatilgan. Yana bir fakt: tahlillar bir o‘qituvchiga o‘quvchilar soni 11,9 nafarni tashkil etishini ko‘rsatmoqda. Ozoda CHORIYEVA O‘QITUVCHILAR ISH TASHLADI Tarbiya Bir biz emas, butun dunyo o‘zlarini «nixondzin», yaʼni «quyoshli o‘lka odamlari» deb atovchi yapon xalqining mavjud qonun-qoidalarga munosabati, tartib-intizomiga havas qiladi. Yaponlarning birgina taʼlim tizimiga nazar solsak ham bunga ishonch hosil qilish mumkin bo‘ladi. Maʼlum bo‘lishicha, Yaponiyada birinchi sinfdan oltinchi sinfgacha «Axloq tomon yo‘l» dasturi asosida dars o‘tilib, bunda o‘quvchilar faqat axloq va muomalani o‘rganishar ekan. Shuningdek, birinchi va uchinchi sinf o‘quvchilaridan imtixon olinmaydi. Bu vaqtda asosiy eʼtibor bolalarni tarbiya qilish, tushunchalarni singdirish va shaxsiyatni shakllantirishga qaratilarkan. Eng qizig‘i, yaponiyaliklar moddiy imkoniyati ko‘tarsada, uy xizmatkori yollashmas ekan. Chunki bu yerda uydagi tozalik, saramjonsarishtalik va bolalarga ota-ona masʼul hisoblanar, bu xotinning, bu erning vazifasi degan tushuncha umuman yo‘q ekan. Eʼtiborli jihatlardan yana biri maktabda farroshlarning yo‘qligidir. Yapon o‘quvchilari ustozlari bilan birga har kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shug‘ullanishar ekan. Buni ular bolani toza-ozoda, kamtarin bo‘lib o‘sishlariga yordam berishi bilan izohlashadi. Shu bois ham, yaponiyalik o‘quvchilar maktabga o‘zlari bilan zararsizlantirilgan tish cho‘tkasini olib borishar, tushlikdan so‘ng tishlarini yuvishar ekan. Tabiiyki, taʼlim maskanida buning uchun sharoitlar yaratilgan. Maktabda mavjud tartib-qoidalardan yana biri – maktab mudirlari o‘quvchilardan yarim soat oldin ovqatlanib, isteʼmoldagi taom bolalar uchun zararli emasligini aniqlashar ekan. O‘qituvchilar o‘quvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishar, shu bois, ularni barkamol etib tarbiyalash va himoya qilishni o‘z eʼtiqodlariga aylantirishgan. Maʼlum bo‘lishicha, maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hamma uchun suzish darslari o‘tiladi. Shu boisdan ham har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart sanaladi. Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yapon taʼlim tizimi har bir o‘quvchini teng va betakror, ularni har tomonlama tayyorlashga yo‘naltirar ekan. Darvoqe, bizdagi «farrosh»ni ular «salomatlik muhandislari» deb chaqirishar ekan. Va ularga 5000 dan 8000 dollargacha maosh to‘lanar, ishga qabul qilishdan oldin esa avval yozma va og‘zaki imtihon topshirishar ekan. Bir so‘z bilan aytganda, vaqt va tartibintizom juda qiymatli, davlat rivojiga daxldorlikning esa undanda masʼuliyati kuchli bo‘lgan yaponlardan o‘rnak oladigan jihatlarimiz ko‘p ekan. R. JUMANIYOZOV ijtimoiy sahifasidan olindi. TARBIYASIZ INSON NOLGA TENG Kunlarning birida matematika fani o‘qituvchisi doskaga katta qilib, 1 raqamini yozibdida: «Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim xislatlaringiz shular bo‘ladi» debdi. Shundan keyin 1 raqami yoniga 0 ni yozib, «Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni o‘n karraga yuksaltiradi», debdi. Yana 0 – bu tajriba, qarang inson «100»ga teng bo‘ldi. Shunday qilib 0 larni yozaveribdi – taʼlim, muhabbat, omad... Doskadagi 1 ga qo‘shilgan har bitta 0 odamni har safar 10 barobarga yuksaltiraveribdi. So‘ng esa qator boshida turgan 1 raqamini o‘chiribdi. Doskada esa keraksiz va maʼnosi yo‘qolgan nollargina qolibdi... O‘qituvchi yana debdiki: «Ko‘rdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz bo‘lmasa, qolgan xislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas». Davron AKBAROV «NIXONDZIN»LIKLARNING TA’LIM STRATEGIYASI «Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!» degan tushuncha yapon ta‘lim tizimida ustuvor hisoblanadi «Guardian» nashrining xabar berishicha, Shotlandiyada maktab o‘qituvchilari oylik maoshlarini 10 foizga oshirishni talab qilib, 16 kunlik ish tashlash eʼlon qilganlar. Shu sabab mamlakatning barcha hududlaridagi maktablar vaqtincha yopilib, o‘rta maktab o‘quvchilarining oraliq imtihonlari to‘xtatilgan. Qayd etilishicha, bu vaziyatda Shotlandiya taʼlim instituti (EIS) va Shotlandiya o‘rta maktab o‘qituvchilari assotsiatsiyasi (CCTA) aʼzolari ish haqini 5 foizga oshirishni taklif qilganlar. Ammo o‘qituvchilar bunga rozi bo‘lishmagan. Assotsiatsiya bosh kotibi Seamus Searsonning taʼkidlashicha, o‘qituvchilar oylik maoshlarining kamligi uchun qo‘shimcha repetitorlik va boshqa ishlarni qilishga majbur bo‘lishyapti. Nurmuhammad FAYZULLAYEV Rossiyalik bloger va jurnalistlar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. “Lenta.ru” yozishicha, mutaxassislar bir necha ishtirokchi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan. Har bir ishtirokchi uchtadan variant taklif qilgan. Yakunda eng ko‘p ishtirokchi Turkiyaga ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinni Gruziya egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston uchinchi o‘rindan joy oldi. Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Misr ham kuchli o‘nlikka kirgan. O‘ZBEKISTON ROSSIYALIKLAR UCHUN SAYOHATBOP MAMLAKATLARDAN BIRI
8 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) ISLOHOT M a ʼ l u m k i , Y a n g i O‘zbekistonda ham demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida aynan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, «2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» hamda «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi»da bu tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq-tiniq vazifalar belgilab berildi. Qayd etish joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining b o s h q a i n s t i t u t l a r i n i r i v o j l a n t i r i s h h a m d a mustahkamlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, davlat tashkilotlari ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha ham kompleks choratadbirlar amalga oshirilayotir. Natijada uchinchi sektor deya ataladigan NNTlar erkin rivojlanishining huquqiy kafolatlari hamda zamonaviy demokratik talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy bazasi mustahkamlandi. X u s u s a n , m i l l i y qonunchiligimizda ilgari n a z a r d a t u t i l m a g a n j a m o a t c h i l i k n a z o r a t i subyektlari, obyekti, asosiy p r i n s i p l a r i , s h a k l l a r i , j a m o a t c h i l i k n a z o r a t i subyektlarining huquq va majburiyatlari hamda normalar belgilandi. Aholi bilan ochiq muloqot olib borishning yangi – samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida jamoatchilik kengashlari tuzildi, bu esa fuqarolarning davlat va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirdi. Masalan, keyingi 6 yilda NNTlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash, ular faoliyatining erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat va jamiyat boshqaruvida mazkur institutlar rolini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonunchilik hujjati qabul qilindi. Eng muhimi bu jarayonda nodavlat notijorat t ashk ilot lar fao liyat i ga n o q o n u n i y a r a l a s h i s h holatlariga chek qo‘yildi. Monitoring va o‘rganishlar soni esa 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi. Ilgari uchinchi sektor vakillari biron-bir tadbir o‘tkazishni rejalashtirsalar, albatta, adliya organlari bilan kelishilar edi. Endi esa bu tartib bekor qilindi. Tashqi manbalardan mablag‘lar olish mexanizmlari ham soddalashtirildi. Natijada ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar soni bir yilning o‘zida 10 mingdan ziyodga, xorijiy donorlar mablag‘ini jalb etish ko‘rsatkichi esa qariyb 2 baravarga oshdi. N o d a v l a t n o t i j o r a t tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ oldidagi hisobdorligi yengillashtirilishi va to‘liq elektronlashtirilishi natijasida huquqbuzarlik sodir etish ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada pasaydi. Misol uchun 2017-yilda NNT rahbarlariga 215 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 88 tani tashkil etdi. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘ l a m i n i ke n g ay t i r i s h hamda institutsional tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat tashkilotlariga mahalliy budjetdan mablag‘ ajratishning huquqiy asoslari yaratilgani natijasida o‘tgan 6 yilda fuqarolik jamiyati institutlariga davlat budjetidan 352,6 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirilib, 1 ming 600 dan ortiq ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. 2 mingga yaqin tashkilotning moliyaviy holati yaxshilanib, 7 ming nafardan ziyod fuqaro ish bilan taʼminlandi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu sohadagi o‘zgarishlar tufayli NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga xalaqit berayotgan sunʼiy to‘siqlar olib tashlandi. Davlat bojlari respublika t a s h k i l o t l a r i u c h u n 4 baravardan 3 baravargacha, hududiylarga 2 baravardan 1 baravargacha kamaytirildi, ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklga o‘ t k a z i l d i . P i r ova r d i d a 2017-yildan buyon 3 395 ta yangi nodavlat tashkiloti o‘z faoliyatini boshlash imkoniga ega bo‘ldi. Shaffof homiylik va xayriyani yo‘lga qo‘yish, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, davlat dasturlari ijrosi ustidan t aʼsirc han jamoatc hilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida shaffofxayriya.uz, unions.uz, jamoatchilik.uz kabi interaktiv platformalar ishga tushirildi. Mahalliy nodavlat tashkilotlarning huquq va manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida esa ularning yirik uyushmasi – O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan O‘zbekiston Prezidentining maxsus qarori qabul qilindi. S h u n i n g d e k , 2 0 21 – 2025-yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi, Prezident huzurida esa Jamoatchilik palatasi tashkil etildi, parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlarning doimiy vakili instituti faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Shu bilan birga, sohani yanada rivojlantirish uchun NNTlarning huquqiy asoslarini izc hil t akomillashtir ish bo‘yicha tegishli normativhuquqiy hujjatlarda davlat o r g a n l a r i h u z u r i d a g i jamoatchilik kengashlari faoliyatini maqbullashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa idoralarning budjetdan t ashqar i jamg‘ar malar i x a r a j a t l a r i d a N N T v a fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalari xarajatlarini belgilab borishni nazarda tutish, nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish j a r ayo n i d a i d o r a l a r a r o maʼlumot almashinuvining elektron tizimini joriy qilishga kirishildi. A y n i p a y t d a s o h a mutaxassislari «Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar reyestri»ni joriy etish va yuritish, mazkur reyestrga nodavlat notijorat tashkilotlarini kiritish hamda undan chiqarish tartibini joriy etish, NNTlarni tugatishning rejalashtirilgan muddatlari b u z i l i s h i h o l a t l a r i n i n g o l d i n i o l i s h , t u g a t i s h jarayonida ularning alohida bo‘linmalari faoliyatiga oid aniqlashtiruvchi qoidalarni nazarda tutish, ijtimoiy sheriklik doirasini kengaytirish, ushbu munosabatlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda ijtimoiy sheriklik subyektlarining j a m o a t c h i l i k o l d i d a g i hisobdorlik mexanizmlarini joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqdalar. Shu bilan birga NNTlarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning ramzlarini ro‘yxatga olish, chet ellik xodimlariga akkreditatsiya berish jarayonlarini tartibga solish, nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan xorijiy OCHIQLIK UCHUN Sharqda «Al-muallim as-soniy» – «Ikkinchi muallim» yoxud «Sharq Arastusi» deb ulug‘langan Abu Nasr Forobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» risolasida: «Har bir inson tabiatan shunday yaralganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati esa bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi» deb yozgan edi. Ushbu fikrlar o‘z vaqtida xalqning milliy urf-odat va anʼanalarini ifoda etgan jamoatchilik tuzilmasiga, bugun zamonaviy tilda esa «nodavlat notijorat tashkilotlari», «jamoat birlashmasi» yoki «uchinchi sektor» deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlariga ishora ekaniga shubha yo‘q, albatta. Abdulaziz ABDULLAYEV, siyosatshunos. 2021– 2025-yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi, Prezident huzurida esa Jamoatchilik palatasi tashkil etildi, parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlarning doimiy vakili instituti faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
ISLOHOT 9 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish jarayonlarining shaf fof ligini taʼminlash hamda adliya organlari va xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalarining o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini, NNTlar vakillarining kasbiy axloq kodeksini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish zarurligini taʼkidlashmoqda. Soha vakillari shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘mak berish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha NNTlarning ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlari natijadorligini oshirish uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini q o ‘ l l a b - q u v v a t l a s h jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish lozimligini aytishmoqda. Bunda fondning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning moddiy taʼminot d a r a j a s i n i y a x s h i l a s h , grant tanlovlari ochiqligini taʼminlash, loyihalarni elektron shaklda qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish, baholash va boshqa qo‘shimc ha imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan platformani yaratish, fondning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, turdosh chet el tashkilotlari bilan tajriba almashish uchun zarur shartsharoitlar yaratish kerakligi qayd etilmoqda. O m m a v i y a x b o r o t vositalarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada mustahkamlash uchun esa axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Advokatlar palatasining YO‘LLAR OCHIQ rasmiy veb-saytlarida OAV huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan advokatlarning alohida ro‘yxatini yuritish, to‘rtinchi hokimiyat faoliyatini tezkor va ishonchli huquqiy axborot bilan taʼminlovchi «mediaadvice.uz» huquqiy tavsiyalar va savol-javoblar veb-resursini ishga tushirish zarurligi aytilyapti. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining ixtisoslashuvini qo‘llabquvvatlash, sohaviy nodavlat n o t i j o r a t t a s h k i l o t l a r i uyushmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, fuqarolik jamiyatini r ivojlantir ish va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish tizimi samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarni qo‘llash, NNTlarning davlat mulkidan imtiyozli asoslarda f o y d a l a n i s h t a r t i b i n i joriy etish, tadbirkorlik va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat t ashk ilotlarini r a g ‘ b a t l a n t i r i s h n i n g huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, «ijtimoiy s h a r t n o m a» a s o s i d a g i h a m k o r l i k l o y i h a l a r i n i rivojlantirish va «Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari» bazasida axborot-resurs markazlari faoliyatini tashkil etish zarurligiga eʼtibor qaratilyapti. D a v l a t v a j a m i y a t boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish uchun esa «Inson huquqlari va manfaatlari sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi» mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlarining birinchi milliy forumi o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar faoliyatining samaradorligini o s h i r i s h n i n g y a n g i mexnazmlarini ishlab chiqish, davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatining samaradorligini baholash amaliyotini joriy etish va natijalarini jamoatchilikka yetkazib borishga erishish kerak. J a m o a t x av f s i z l i g i n i taʼminlash jarayonlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi b o s h q a r i s h o r g a n l a r i , nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb etish, davlat organlari faoliyati samaradorligini baholab bor ish, davlat dasturlari ijrosi hamda davlat organlari faoliyati yuzasidan hisobotlarni tayyorlashda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan davlat dasturini ishlab chiqish, ayniqsa, qishloqlarda xotinqizlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam taʼminlangan qatlamini kasbga o‘qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi NNTlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ular tajribasini keng ommalashtirish kerak. Shu bilan birga fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarini oshirish m a q s a d i d a « U N C A C Coalition» bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, volontyorlik faoliyatining jozibadorligini oshirish hamda taʼsirchan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish dolzarb masaladir. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ish bilan band bo‘lmagan aholi guruhlarini kasbhunar, hunarmandchilik va tadbirkorlikka o‘qitish orqali ular bandligini taʼminlashga qaratilgan loyiha va dasturlarini Bandlikka ko‘maklashish d a v l a t j a m g ‘ a r m a s i mablag‘lari hisobidan grantlar shaklida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham yaratilishi lozim. Yana bir gap: bugun, ayniqsa davlat ijtim o i y l o y i h a l a r i n i a m a l g a oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish kerak. Bunda fuqarolik jamiyati institutlari bilan nor mativ- huquqiy huj jat lar loyihalar ining korrupsiyaga qarshi mustaqil eksper tizasini o‘tkazish tartibini joriy etish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ular bandligini taʼminlash, madaniyat, sanʼat, ijtimoiy himoya sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, turdosh sohalarda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat t a s h k i l o t l a r i o ‘ r t a s i d a ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ularning hamkorlikdagi ish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, axborot sohasi ekspertlari ishtirokida o‘zaro fikr almashish maydonini yaratish ham bugunning eng muhim masalalaridandir. M a s s - m e d i a n i rivojlantirishning istiqboldagi rejalari yuzasidan muloqotlar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurash sohasida jur nalist ik tekshir uv lar o ‘ t k a z i s h o r q a l i s o h a vakillari salohiyatini oshirish hamda mazkur faoliyatni ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarining kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan loyiha va dasturlarini qo‘llabquv vatlash hamda ular samaradorligini oshirishga ko‘maklashish kerak. Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda « N o d a v l a t n o t i j o r a t tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti» mezonlari bo‘yicha yuqori reytinglarga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini rag‘batlantirish m e x a n i z m l a r i n i takomillashtirish, «Shaffof xayriya» yagona interaktiv portalining imkoniyatlarini kengaytirish, unda homiylar va xayriya qiluvchilarga yordamga muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan tanishish, shaxsiy tanlov asosida xayriya mablag‘larini manzilli yo‘naltirish, ko‘ngillilar, nodavlat notijorat tashkilotlari, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ularning alohida xay r iya kampaniyalar i, a k s i y a l a r i h a m d a tashabbuslarini mazkur platformadan ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish funksiyalarini ishga tushirish, nodavlat notijorat tashkilotlari v a k i l l a r i t o m o n i d a n huquqbuz ar lik lar s o dir etilishining oldini olish bo‘yicha ham taʼsirchan mexanizmlar yo‘lga qo‘yilishiga erishishimiz kerak. Bunday tizimli ishlar ochiqlik yo‘lidagi ochiq siyosat NNTlarning O‘zbekistonda umuminsoniy demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, er kinliklar i va qonuniy m a n f a a t l a r i n i h i m o y a qilishning muhim omili bo‘lib qolishiga xizmat qiladi, albatta. Fuqarolar tomonidan o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiyiqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda jamiyatda manfaatlar muvozanatini saqlab turishini yodda tutishimiz kerak. P r e z i d e nt i m i z t aʼb i r i bilan ay tganda, bugun Ya n g i O ‘ z b e k i s t o n d a islohotlar muqarrar tus oldi. Endi ularni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Eng asosiysi va eng muhimi, yurtimizda y a s h ay o t g a n o d a m l a r, ularning tafakkuri, hayotga, atrofida yuz berayotgan barcha voqealarga bo‘lgan munosabati o‘zgarmoqda. To‘g‘ri, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar turlicha baholanishi mumkin. Bu, avvalo, hayotimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kim qanday, qaysi nuqtadan kuzatayotganiga bog‘liq. Ammo shuni ishonch bilan aytish mumkinki, biz bundan 6 yil muqaddam tanlagan yo‘limiz to‘g‘ri ekaniga har kun, har soatda ishonch hosil qilayapmiz. Buni hatto xalqaro eʼtiroflar, nufuzli ekspertlarning tavsiya va maslahatlari ham ko‘rsatib turibdi. Zero, xalqimizning asr iy o r zu - umi dlar i va intilishlariga javob beradigan, ertaga o‘rnimizga keladigan avlodlarga ulkan imkoniyat va istiqbollar eshigini ochadigan qaynoq jarayonga qadam qo‘ydik, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
10 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) NIGOH «Onamdan qolgan toshoyna qani» deganda Ergash Karimov biror nojo‘ya qiliq qilganmidiki, xalq hozirgacha bu lavhani tabassum bilan tomosha qiladi. Million dollarsiz yashamoq mumkinmi? – Mumkin. – Yuz, o‘n, hatto bir dollaring bo‘lmasa-chi? – Yashamoq mumkin. Rizqni Tangri beradi. Kishining tirik yurishi uchun kunda bir kesim non kifoya. Og‘ir kunlarda odamlar shunday yashashgan. Odam nima uchun taomlanadi? O‘lib qolmaslik, harakatdan to‘xtamaslik uchun. Buning uchun katta boylik shart emas. – Shon-shuhratsiz yashamoq mumkinmi? – Odamlar yashashyapti-ku? Nega mumkin emas ekan? – Yuqori mansabsizchi? – Odamlarning barchasi mansabdor emas-ku? – Amaling bo‘lmasa, boyliging bo‘lmasa, shon-shuhrating bo‘lmasa, to‘yhashamlarda senga poygakdan joy tegadi. – Demak, ular Odamni emas, amal va boylikni to‘yga chorlashgan ekan. Poygakda o‘tirishdan afsus chekmaslik kerak. Chunki o‘sha to‘rdagilar hademay poygakka tushadilar. – Xo‘sh, boyliksiz, amalsiz, shuhratsiz yashamoq mumkin ekan. Nimasiz yashamoq mumkin emas? – Iymonsiz. Iymon bilan yashayotgan kishi Allohning huzurida eng boy, eng shuhratli kishidir. Tangri huzuridagi dasturxon to‘ri ham iymon egalariniki bo‘ladi. Dunyoviy boylik, mansab, shuhrat xiyonatkordirlar. Iymon boyligi esa sadoqatlidir. Bu dunyoda tashvishli yoki quvonchli kunlarda ham yolg‘iz qo‘ymaydi. U dunyoda esa o‘zingga ko‘shk bo‘lib xizmat qiladi. Tohir Malikning «Mehmon tuyg‘ular» kitobidan O‘zbek hajviya va satira janri shu qadar qashshoqlashdimi? Bunga ishonish qiyin, albatta! Ammo odamlar tili va dilidan joy olgan ijtimoiy muammolarni samimiy hazillari bilan jamoatchilik “muhokamasiga” qo‘ya boshlagan “Quvnoqlar va zukkolar”ni ham endi oila davrasida ko‘rib bo‘lmay qolgani yuqoridagi fikrga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qligini ko‘rsatyapti. Xo‘sh, kimdan andoza olayapmiz, aziz yoshlar? Kimlar sizga ana shunday yalang‘och hazillar bilan sahnaga chiqishni maslahat berishyapti? YO‘LINI KIM TO‘SA OLADI? Tan olaylik, dunyoda turli muammolar sabab milliy iqtisodiyoti, hukumati sinovdan o‘tmagan mamlakat bo‘lmasa kerak. Qaysidir davlatda tabiiy ofat, yana boshqasida pandemik talafotlar o‘z so‘zini aytadi, albatta. O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ham aholini qiynab, bir qator soha va tizimlarimizdagi kamchiliklarimizni yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, bizda ham boshqa mamlakatlardagidek anomal sovuq oqibatida ko‘rilgan zarar hisob-kitob qilinadimi? Deylik, hukumat oddiy odamlar xonadonlarida muzlab qolgan, yorilib ketgan quvurlar yoki boshqa holatlarni o‘rganadimi? Elektr taqchilligi sabab paydo bo‘lgan qisqa yoki «uzun» tutashuvlar oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlarni-chi? Yaxlagan yo‘llardagi «avariyalar» ham odamlarga qanchaga tushayotgani o‘rganilsa bo‘lmaydimi? Bu bilan davlat har bir yuzaga kelgan holatga javobgar yoki tovonini to‘lash kerak, demoqchimasman. Boshga tushganni ko‘z ko‘radi, albatta. Ammo demoqchi bo‘lganim, anomal singari tabiiy ofatlar oqibatida davlat budjeti yoki odamlar «cho‘ntag»iga tushadigan xarajatlarni o‘rganadigan va xolis maʼlumotlarni shakllantiradigan mustaqil institut faoliyati bizda ham yo‘lga qo‘yilsa, yaxshi bo‘lardi. Zero, bugungi zararlar miqyosi ochiq-oydin maʼlum qilinsa, ertaga masʼullar ham, odamlarimiz ham sergak tortardilar… Saodat SODIQOVA, jurnalist Kun o‘giti ANOMAL SOVUQ MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA QANCHA ZARAR KELTIRDI? Maʼlumki, ayrim qiziqchi sanʼatkorlarning bachkana va saviyasiz hazillari sabab «Dizayn», «Million», «Qalpoq» kabi guruhlarni allaqachon ko‘pchilik oilalar «qora ro‘yxatga» kiritib qo‘yganlar. Afsus, ulardagi «andishasizlik virusi» QVZchilarga ham yuqqan ko‘rinadi. Bunga 2022-yil final bellashuvini tomosha qilgan odam ishonch hosil qilishi mumkin. Tomoshabinlarning olqishlari esa zal xolis tomoshabinlar bilan emas, balki asosan bellashayotgan jamoalarni quvvatlovchilar bilan to‘ldirilganini, anglatadi, albatta. Shu o‘rinda bir misol keltirsak: «Yulduzli kokteyl» shartidagi taniqli sanʼatkorlar, ayniqsa, elimiz suygan Valijon Shamsiyevning hazillari ham milliy sanʼatimizning andisha chegaralaridan anchayin yiroqlashayotganini ko‘rsatishi mumkin. «Onamdan qolgan toshoyna qani» deganda Ergash Karimov biror nojo‘ya qiliq qilganmidiki, xalq hozirgacha bu lavhani tabassum bilan tomosha qiladi. Yoki G‘aʼni Aʼzamov, Husan Sharipov, Hojiboy Tojiboyev singari el ardoqlagan darg‘alarning biror marta bachkana qiliqlar yoki andishasizlik bilan sahnaga chiqib, xalqni kuldirganini eslay olasizmi? Shunday ekan, nega «dohiy»lardan iborat hakamlar hayʼati «Agrolayf» jamoasining «chatishtirish», «qorni dam bo‘lgan rahbar», «hokim», «Moliyachi»ning «Nodira uylandi», «Yosh gvardiyachi»ning «Noodatiy diskoteka» kabi chiqishlarini «5»ga baholaganlarini tushunish qiyin. Hazil o‘z yo‘liga, ammo «kosa tagida nimkosa» qabilidagi bunday yalang‘och askiyalar bilan qadriyatlarimizga tupurayotganimiz ertaga qimmatga tushishini nahotki o‘ylab ko‘rmayapmiz? Darvoqe, haddidan oshayotgan bu «virus»ning oldini olish masʼuliyati KIMlarning zimmasida? Bu savol ko‘proq ana shu «dohiy»larni o‘ylantirishi kerak, degan fikrdamiz! MEHRIJAHON «quvnoqlar va zukkolar»ga kim masʼul? YOKI
NUQTAYINAZAR 11 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) «Agar hozirgi siyosat davom etsa, asrimiz oxiriga kelib global isish 2,8 darajani tashkil etadi. Bunday ssenariy oqibatlari juda halokatli bo‘lishi mumkin. Sayyoramizning bir qator hududlari yashash uchun noqulay bo‘lib qoladi. Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni kengaytirish iqlim falokatlarining oldini olish uchun yagona choradir, dedi BMT bosh kotibi. U qayta tiklanadigan energiya manbalariga adolatli o‘tishning beshta punktdan iborat rejasini taklif etgan. Bu haqda BMT yangiliklar saytida ma’lum qilinmoqda. «Faqat qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish kelajagimizni asrab qoladi, energiya ta’minotidagi tengsizlikni bartaraf etadi, narxlarni barqarorlashtiradi, energetika xavfsizligini ta’minlaydi», – deb bayonot berdi Antoniu Guterrish Qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha xalqaro agentlik assambleyasining 13-sessiyasi qatnashchilariga qilgan videomurojaatida. Ushbu anjuman o‘tgan shanba kuni Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabida ochildi. «Agar hozirgi siyosat davom etsa, asrimiz oxiriga kelib global isish 2,8 darajani tashkil etadi. Bunday ssenariy oqibatlari juda halokatli bo‘lishi mumkin. Sayyoramizning bir qator hududlari yashash uchun noqulay bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik uchun bu o‘lim hukmi bo‘ladi», – dedi Antoniu Guterrish. Bosh kotib barcha mamlakatlarni qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida foydalanadigan texnologiyalar bilan bog‘liq huquqlar bo‘yicha to‘siqlarni bartaraf qilishga hamda bu bilimlarni insoniyatning umumiy mulki, deb hisoblashga chaqirgan. U shuningdek, ushbu yo‘nalishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar uchun xomashyo materiallari va komponentlarni yetkazib berish zanjirini kengaytirishni tavsiya qilgan. «Bu millionlab, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar va yoshlar uchun “yashil” ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi», – deya ta’kidlagan u. Hozirda elektrga bo‘lgan global ehtiyojning 30 foizi qayta tiklanadigan manbalar hisobiga qoplanmoqda. Guterrishning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkich 2030-yilgacha ikki barobarga ko‘payishi, asrimiz o‘rtasiga kelib esa 90 foizga yetkazilishi zarur. O‘zA Markaziy Osiyoning yirik davlatlar manfaati to‘qnashayotgan qaynoq hududga aylanayotgani haqidagi fikrlar bejiz emas. Taniqli siyosatshunos tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning qayd etishicha, Qozog‘istonning Rossiya bilan rublni tengega bankomatlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertasiya qilish tizimidan voz kechgani ham ana shunday to‘qnashuvlar soyasida ro‘y bermoqda. Natijada endi rossiyaliklar Qozog‘istonda bankomatlar orqali tenge ololmaydigan bo‘ldilar. Buning uchun esa ular rublni avval dollarga, keyin tengega almashtirishlari kerak bo‘ladi. Bu tizim 1995-yilda imzolangan edi. Keyingi oylarda rublning global vazni yo‘qolishi fonida Ostona tengeni qadrsizlanishiga qarshi chora sifatida shu yo‘lni tanladi. Maʼlumki, tashqi dunyoning Rossiya nefti va gazini maksimal qiymatini belgilashi ortidan Rossiyaga valuta tushumi keskin kamayishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan haftada Armaniston ham ODKB doirasida nazarda tutilgan navbatdagi harbiy o‘quv mashqlarini bekor qilganini alohida taʼkidlash joiz. Unga qadar, Armaniston ODKBning yangi kelishuvini imzolashdan bosh tortgan edi. Endi post-sovet hududida, shu paytgacha eʼtiborsiz qabul qilingan Rossiyaning imperiyachilik siyosatiga sekin-asta norozilik qilinayotganidan bu. O‘zbekistonda ham Rossiya bilan xalq manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan ko‘rinadi. Lekin buning uchun maʼlum tayyorgarlik kerak bo‘ladi, albatta. Jumladan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlash, maʼmuriy islohotlarni intensivlashtirish hamda hududlardagi maʼlum muammolarni bartaraf etish singari vazifalar shular jumlasidandir. BMT BOSH KOTIBI XALQARO HAMJAMIYATNI QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI SOHASIDA «INQILOB» QILISHGA CHAQIRMOQDA MIJOZLARGA YOKI «ALOQABANK» BILAN ALOQAMIZ UZILGAN BO‘LSA-DA, ALOQADA QOLAYOTGANLARNI OGOHLANTIRIB QO‘YISH KERAK DEB HISOBLADIK ERTAK AYTAYOTGAN BANK Kelgusi sonlarda Kuting! BIZ JONAJON VATANIMIZNING XAVFSIZLIGI VA HUDUDIY YAXLITLIGINI TA‘MINLASHGA HAR TOMONLAMA QODIRMIZ. TINCH VA OSOYISHTA HAYOTIMIZNI ASRAB, MUSTAQILLIGIMIZNI MUSTAHKAMLAB, BARQAROR TARAQQIYOT YO‘LIMIZNI JADAL DAVOM ETTIRAMIZ! O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASIDAN
12 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) «ISHONCH» GAZETASIDAN YANA BIR ISHONCHLI MAVZU Ayonki, har qanday davr va makonda taʼlim va tarbiya borasidagi yechimning bir uchi bevosita maktab o‘qituvchilarining fikru fidoyiligiga bog‘liq bo‘lgan. Muallif bejiz yangi vazirga murojaat qilib: «...tepadan va tashqaridan turli «reforma»larni kuchaytirishdan avval ustozlarning o‘zlariga ham quloq tuting, ularning ham dardini eshiting, aslida sohaning butun dard va tashvishlarini ulardan o‘tkazib hech kim sizga to‘g‘ri tahlil qilib bera olmaydi», demayapti. To‘g‘ri taklif. Xalqimizda «chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin» degan gap bor. Pedagoglarni jon quloq bilan eshitish, sohani ipidan ignasigacha biladigan, bilimli va fidoyi mutaxassislarni tinglash zarur. Shundagina fikrlar uyg‘unlashadi, takliflar tosh bosadi. Nega sohani viloyat, shahar, tuman darajasida chuqur o‘rganib, taʼlimda burilish yasaganlar namuna sifatida tilga olinmaydida, aylanib-o‘rgilib xorijiy tajribalar maqtalgani maqtalgan? Nima, bizda salohiyatli maktab yoki iqtidorli o‘qituvchilar yo‘qmi? O‘nlab pedagogika universitetlari, ilmiy tadqiqot va malaka oshirish institutlari tomoshabin rolini o‘ynab turaveradimi? Bu muassasalar kimni qanday o‘qitadi, nimalarni tadqiqot qiladi va kimlarning malakasini qanaqa oshiradi? Nahotki, maktab o‘qituvchilariga so‘z berish va ularni eshitish fursati kelmagan bo‘lsa? Xo‘sh, shu paytgacha birorbir o‘qituvchining fikriga eʼtibor qaratilib, maʼqullari amaliyotga joriy etildimi? Haqiqatga tik qaralsa, fikrni ham, yechimini ham «kattalar» aytishi sovet zamonasidan qolgan meros. Faqatgina ularniki to‘g‘ri va ularniki maʼqul! Maktablar faoliyati tor izli temir yo‘ldagi tramvaylarga o‘xshab qolgan. Yo‘llar belgilangan. To‘g‘ri, mustaqillikka erishilgach, «Oyning ko‘rinmaydigan tomoni»dagi holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rila boshlandi. Lekin maktablar binosi yangilanib, zamonaviy jihozlar bilan qanchalik boyitilmasin, taʼlimda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urilmadi. Kasbi, maoshi oilasining ehtiyojini qondirmagan har qanday odamning esa qo‘li ishga bormaydi. U ruhan toliqadi, chalg‘iydi, ro‘zg‘orni butlash uchun boshqa yo‘l va imkon qidiradi. Xo‘sh, keyingi o‘n yilda pedagogikaga ixtisoslashgan institut va universitetlarni qancha talaba bitirdi va ulardan qanchasi hozirda maktabda ishlayapti. Aynan keyingi o‘n yilda ularning qanchasi ishlash uchun xorijga chiqib ketdi, qanchasi bozorda, qanchasi dalada, qanchasi boshqa sohalarda? Nega sohani bitirgan yigitlar maktabga qaytmayaptilar? Maʼlumki, o‘qituvchining, ayniqsa, erkak o‘qituvchining xayoli oila taʼminoti bilan band bo‘ladi. Topayotgani bazo‘r yetsa, nima qilsin? Oiladagi yetishmovchilik o‘qituvchini ruhan va jismonan toliqtirib, uni o‘z ustida ishlab, darsni qiziqarli qilib o‘tish ham qiziqtirmay qo‘yadi. Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida malaka toifasiga qarab, iqtidorli o‘qituvchilarning oylik maoshini bosqichmabosqich 1000 AQSH dollar ekvivalentiga yetkazish ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Bu yondashuv maktablarda taʼlim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin. Joriy yilda davlat budjetidan taʼlim sohasi uchun 58,4 trillion so‘m yo‘naltirish ko‘zlangan. Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori Laziz Xo‘jaqulovning O‘zA muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda qayd etishicha, respublikamizda 10 ming 85 ta maktab bo‘lib, ularda 502 ming nafar o‘qituvchi ishlar va yana taxminan 400 ming nafar o‘qituvchini ishga joylashtirish imkoniyati bor. To‘g‘ri, yuqorida juda katta mablag‘ qayd etilgan. Ammo yarim millionlik o‘qituvchilar maoshi oilasi taʼminoti uchun kifoya bo‘lish-bo‘lmasligi xususida bir narsa deyish qiyin. «Merit» xususiy maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahnoza Mirzayuldashevaning fikricha, O‘zbekistonda taʼlim sohasida zamonaviy va bilimli kadrlar yetishmaydi. Buning sababi iqtisodiy masalaga borib taqaladi. Ko‘p davlatlarning taʼlim tizimi rivojlanishi tarixiga nazar solsangiz, u mamlakatlar inqirozga uchrasa ham, pedagoglar maoshini oshirgan va bu yillar o‘tib, o‘z mevasini bergan. Mamlakatimizda yil sayin ijtimoiy muhofazaga katta eʼtibor qaratilib, jumladan, o‘qituvchilarning maoshlari ham oshirilib borayotir. Ammo bozordagi narxnavo, turli-tuman to‘lovlar ketma-ket oshib borayotgani ham bor gap. Aynan mana shunday holatlar «kambag‘allik»ka boshlab, ko‘pchilikka nomi erish tuyuladigan «vazirlik»ning shakllanishigacha borib yetdi. Taʼlim va iqtisod masalasiga ikkinchi tomondan yondashilsa, hozircha torroq doirada bo‘lsa-da, o‘qituvchilarning bir qismi kasbiy mahorati sabab moddiy ahvolini yaxshilash yo‘liga o‘tdi. Qo‘yilgan talablarni oqlay bilishiga ko‘zi yetganlarning bir qismi xususiy maktablarda faoliyat ko‘rsatib, qoniqtiradigan darajada oylik olayotir. Unday o‘qituvchilar hech kimning talabi va nazoratisiz o‘z ustida ishlaydi, konspekt yozadi, kitob o‘qiydi, darsga tayyorgarlik ko‘radi. Shuningdek, repetitorlik qilib ham daromad topayotgan o‘qituvchilar talaygina. Xullas, o‘qituvchining hayotiy ehtiyojlari jiddiy o‘rganilib, uni yaxshilash uchun bir to‘xtamga kelinmas ekan, qaysi mamlakatdan qanaqa tajriba «payvand» qilinmasin, uning ko‘karishi gumon. Har bir mamlakatning kelajagi va iqboli maktabdadir. Shunday ekan, faqatgina o‘tmishdagi bobolarimiz nomlarini faxriftixor etish bilan murod hosil bo‘lmaydi. Ularga munosib, izdosh, salohiyatli avlodni tarbiyalash shart va bu muqaddas vazifadir. Bu vazifa masʼuliyatini to‘la his qilmas ekanmiz, bugungi va ertangi avlod yoshlarining bilimi haqida ishonch bilan gapira olmaymiz. Eʼtibor bering, o‘tgan yili bakalavriatga qabul imtihonlarida 1 million 73 ming abituriyent qatnashib, ularning 51 foizi, yaʼni yarmidan ko‘pi hatto minimum o‘tish balini ham to‘play olmagan. Mutaxassislar sharhiga ko‘ra, minimum o‘tish bali – maksimal ballning 30 foizini tashkil etarkan. Bu akademik reyting tizimi bo‘yicha, maksimal 189 balldan 56,7 ballni yig‘olmaslik «2» bahodan quyi yaʼni «1» bahoga tenglashib qolar ekan. Xalq taʼlimida keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida ko‘p gapirilayotgan bo‘lsada, afsuski, natijalar hali ko‘ngildagidek emas. Demak, tizimda aytiladigan va eshitiladigan gaplar yig‘ilib qolgan. Bu – aniq. Aynan shuning uchun ham o‘qituvchilar bilan joylarda jonli muloqotlar o‘tkazish, ularga yuraklarini bo‘shatishga imkon berish kerak. Ana o‘shanda «Oyning ko‘rinmas tomoni» ham namoyon bo‘lib, «ko‘pda Xizr bor» deganlaridek, xayrli yechimlar topilsa ajab emas. Suyundiq MUSTAFOYEV, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi «Ishonch» gazetasining 2023-yil 5-yanvardagi sonida eʼlon qilingan «Gap aslida muallimlarda…» sarlavhali maqola ko‘pchilik eʼtiborini tortgani bejiz emas. Quyida mavzuning o‘ta muhimligi va partiyamiz tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyaga hamohang ekanini inobatga olib, maqola yuzasidan bildirilgan bir mulohazani keltirdikki, zora, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va vazirlik mutasaddilari o‘qituvchilarga quloq solish nihoyatda zarurligini tushunib yetishsa... yoxud o‘qituvchini eshitmas ekansiz, ta’limni o‘zgartirolmaysiz! Oyning ko‘rinmas tomoni ham bor, Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida malaka toifasiga qarab, iqtidorli o‘qituvchilarning oylik maoshini bosqichmabosqich 1000 AQSH dollar ekvivalentiga yetkazish ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
Yaqinda ajrashishga qaror qilgan yosh oilalar taqdiri, qizlar tarbiyasi va xotinqizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari mavzusida maʼruzalar o‘qilgan bir tadbirda muammoli oilalar va yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning yechimi xususida biror og‘iz yangi gap, fikr bildirilmaganidan hafsalam pir bo‘ldi. Vaholanki, xotinqizlarga masʼul idoralar vakillarining vazifalari zalni to‘ldirib tadbir o‘tkazish, rasmlarga tushish emasku! Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvaroktyabr oylarida FHDYO organlarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan. Ayni shu maʼlumotnomada 2022-yilning sentyabr oyida 3839 ta oilada ajralish holati ro‘y bergani ma’lum qilingan. O‘tgan yilning noyabr oyiga kelib esa bu ko‘rsatgich 4 123 taga yetgan. Agar bu raqamlarga rasman ajrashmagan bo‘lsada, ammo oilasi allaqachon barbod bo‘lgan, yohud himoya orderi bilan yashayotgan ayollar ham qo‘shilsa, nosog‘lom muhitda voyaga yetayotgan bolalar soniga aniqlik kiritish mumkin bo‘ladi. Ayni paytda O‘zbekistonda 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 16 foizi faqat onasi, 2 foizi faqat otasi bilan birga yashayotgani aytilmoqda. 3 foiz bola esa o‘z biologik ota-onasi bilan yashamas ekan. Bu maʼlumotni Davlat statistika qo‘mitasi YUNISEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra eʼlon qildi. 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 12 mln. 118 ming 591 kishini tashkil qilgan. Qayd etilishicha, uy xo‘jaliklarining 81 foizida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola istiqomat qilgan. Bolalarning 3 foizi biologik (yaʼni tug‘ishgan) ota-onalari bilan birga yashamaydi. Yana bir maʼlumotga eʼtibor qaratsak: 2022-yilning yanvarsentyabr oylarida respublika bo‘yicha 681760 nafar bola tug‘ilgan. Tan olaylik, oilaviy mojarolarsiz oila yo‘q. Ammo bugun ajrimlar yosh oilalar uchun oddiy holga aylanib qolayotgani achinarlidir. Farzandlar esa ko‘p hollarda ona qaramog‘ida qolayapti. Insofli otalarku o‘z jigarbandlarini tashlab qo‘yayotganlari yo‘q, lekin barcha og‘irlikni xotini zimmasiga yuklab, hatto aliment to‘lovidan ham qochib yurgan otalar qancha? Konstitutsiyamizning 64-moddasida: «Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va otaonalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni taʼminlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi», deya qatʼiy belgilab qo‘yilgan. Shukrki, davlatimiz otaonasiz qolgan bolalarni ham, keksayganida ko‘chada qolganlarni ham tashlab qo‘ymayapti. «Aliment fondi»ning tashkil etilishi bilan esa qaramog‘ida farzandlari bor yolg‘iz ayollarning aliment bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish imkoniyati yaratildi. Biroq to‘kis oilada ulg‘ayish har bir kemtik qalbning eng ezgu orzusidir. Islomda ham o‘z xohishistaklarini farzandi tuyg‘ularidan ustun qo‘yib, oilani parokanda qilish qoralanadi. Bu boradagi ijtimoiy so‘rovnomalar natijasida oilaviy ajrashishlarga er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik, oilaviy munosabatlarga uchinchi shaxsning aralashuvi, yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi, moddiy yetishmovchilik, tomonlardan birining zararli odatlarga berilishi, ichki va tashqi migratsiya kabi omillar sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Eng yomoni esa jamiyatda otaonasining ajrashgani sabab o‘z joniga qasd qilayotgan o‘smirlar paydo bo‘lmoqda. Muxtasar aytganda, ajrim haqidagi qarorga kelishdan avval chuqurroq mulohaza yuritsak maqsadga muvofiq bo‘lardi. Toki, tirik yetimlik azobi voyaga yetmagan bolalarni qop orqalashga, olam-olam orzular bilan o‘smirlik fasliga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarimizni esa alam ustida sirtmoqqa yetaklamasin... Mahbuba KARIMOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri AROSATDA QOLAYOTGAN FOIZ 21BOLA OG‘RIQLINUQTA 13 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) 2021-yilning yanvar-mart oylari holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 243 taga ko‘p. Dahshatli statistika: YUNESKO maʼlumotiga ko‘ra, 2022-yilda 86 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘ldirilgan. Shuningdek, bu kasb egalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisa va qotilliklar o‘tgan yillarga nisbatan oshgani qayd etilgan. Xususan, 2018-yilda 99 nafar jurnalist va OAV xodimi qotillik sabab hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2019 – 2021-yillarda yiliga o‘rtacha 58 ta ana shunday noxush holat yuz bergan. O‘tgan yili birgina Ukrainaning o‘zida 10 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasida 44, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 16, Meksikada 19, Sharqiy Yevropada 11, Gaitida esa 9 nafar hamkasblarimiz o‘ldirilgan. Bu har to‘rt kunda bitta qotillik yuz beradi deganidir. Bu raqamlar dunyo bo‘ylab huquqiy tizimlardagi bo‘shliqlar kengayib borayotganini anglatadi. Davlatlar jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda taʼkidlash lozim, jurnalistlarning yarmi ishdan tashqari vaqtda vafot etgan. Halok bo‘lgan jurnalistlarning yarmiga yaqini hujum paytida yo‘lda, uyida yoki mashinalar to‘xtash joyida va boshqa jamoat joylarida bo‘lgan. Bu so‘nggi yillardagi «tendensiya»ning davomi bo‘lib, jurnalistlar uchun hatto bo‘sh vaqtlarida ham xavfsiz joylar qolmayotganini anglatadi. Achinarlisi, 2022-yilda notinchliklar bo‘lgan mamlakatlarda o‘ldirilgan jurnalistlar soni o‘tgan yilgi 20 dan 23 nafarga yetgan bo‘lsa-da, global o‘sish, birinchi navbatda, mojarolar bo‘lmagan mamlakatlarda kuzatilgan. Jumladan, 35 tadan 61 taga ko‘payib, qariyb ikki baravar oshgan. Jurnalistlar turli sabablar bilan o‘ldirilgan. Misol uchun, ular aksariyat hollarda uyushgan jinoyatchilik, qurolli to‘qnashuv yoki ekstremizmning kuchayishi to‘g‘risidagi xabarlari uchun qasos olish hamda korrupsiya, ekologik jinoyatlar, hokimiyatni suiisteʼmol qilish va norozilik namoyishlari kabi mavzularni yoritish jarayonida qurbon bo‘lgan. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda bu yo‘nalishda maʼlum yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, jurnalistlarni o‘ldirganlar jazosiz qolish holati ortgan. Yaʼni, bu 86 foizni ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyat jurnalistlar faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, dunyoda so‘z erkinligini ham xavf ostiga qo‘ymoqda. Jazosizlikka qarshi kurash dolzarb majburiyat bo‘lib qolmoqda, uni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarur, deya eslatadi YUNESKO. Shu bilan birga, OAV xodimlariga zo‘ravonlik qilish holatlari ham ko‘paygan. Jumaladan, majburan g‘oyib bo‘lish, o‘g‘irlash va o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, qonuniy taʼqiblar va raqamli zo‘ravonliklar, ayniqsa, ayol jurnalistlarga nisbatan ko‘proq qo‘llanilgan. OBUNA –2023! Go‘zal SATTOROVA, jurnalist 2023-YIL UCHUN «MILLIY TIKLANISH» GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Obuna indeksi 158 NAFAR JURNALIST 86 O‘LDIRILGAN
14 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) ILMIY ISBOT OBI ZAM-ZAM Jannatdan oqib kelganiga eʼtiqod qilinadigan, ilk otilib chiqqan paytda issiqligi 37 daraja bo‘lgan Zam-zam suvi va uning kristallari haqida tadqiqot o‘tkazgan olimlar 66 nomga ega bo‘lgan Zam-zam suvi ovozlarga ko‘ra o‘zgarib turishini aniqlashibdi. Xususan, yapon olimi Masura Emoto Zam-zam suvi kristallarini ilk marta mikroskopda tadqiq etib, turli ovozlarning taʼsirini o‘rgangan. Jarayonda suv cherkov qo‘ng‘irog‘ining ovozidan qorayib, azon yoki Qurʼoni Karim o‘qilganda tiniqlashgan. To‘rt ming yildirki Cho‘lning o‘rtasida buzilmay, ifloslanmay, ichida begona o‘tlar o‘smasdan oqayotgan bu muqaddas suv bo‘yicha olmon doktori Knut Pfayffer ham tadqiqot olib boradi. Olim Ren daryosi suvidan ichgan kishining kuchquvvati kamayganini, Zam-zam suvini ichgan kishining esa 35 daqiqadan so‘ng rohatlanishini ilmiy isbotlabdi. Tadqiqotlaridan qattiq ajablangan olmon doktori shunday yozadi: «Zam-zam suvi har qanday sharoitda asl holatini o‘zgartirmaydi, ammo boshqa narsalarni o‘zgartiradi. Tajribamda bir tomchi Zamzam suviga yuz tomchi oddiy suvdan aralashtirdim, so‘ng qayta tekshirdim. Suv butunlay Zam-zam suviga aylanibdi...». Zam-zam suvi haqida yozgan kitobi Yaponiyada eng ko‘p sotilgan kitoblar orasigan olgan Emotoning fikricha, Zam-zam suvi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari jihatidan dunyodagi barcha suvlardan farqlidir. Emoto: «Zam-zam suvi o‘zi atrofidagi butun jarayonlarni hofizasiga oladi. Tarkibi juda ham farqlidir. Bu uning dunyodagi boshqa moddalardan ustunligini ko‘rsatadi. Musulmonlar xastani davolashda nega Qurʼoni Karimni o‘qib suvga dam solishlarini endi yaxshiroq tushunmoqdaman», deb yozadi olim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasida ko‘ra, Zam-zam suvi ichishga yaroqli va sog‘liq uchun foydali suvlardandir. Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar bo‘lmagan yagona suv bu Zam-zam suvi ekanligi qayd etilgan. Yevropadagi laboratoriya tadqiqotlari esa yuqumli kasalliklarga qarshi taʼsirchan bo‘lgan Zam-zam suvida uglevodorod, oltingugurt moddalarining boshqa suvlarga nisbatan kamroq ekani va bu suvda to‘ydirish xususiyati juda katta ekanligi ko‘rsatilgan. Mahbuba KARIMOVA tayyorladi. mo‘jizasi Tahlil Dunyo tahlilchilari aholining qarishi oqibatida rivojlangan davlatlar allaqachon demografik muammolar bilan yuz tutayotganini taʼkidlashmoqda. Xususan, Xitoy aholisi o‘tgan yili 2021-yilga qaraganda kamaygan. Maʼlumki, ushbu davlatda 1970-yil oxirlarida joriy etilgan «Bir – oila, bir bola» siyosati natijasida jiddiy demografik muammolar, jumladan, gender nomutanosibligi va aholining qarishi boshlangan edi. Rossiyadagi demografik vaziyat ham 2007-yildan hukumatni jiddiy xavotirga sola boshlagan. Shundan keyin birinchi farzand uchun qo‘shimcha ravishda o‘rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida nafaqa tayinlanishini ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilingan edi. 2018-yildan esa ikki va undan ziyod farzandi bor oilalarga ipoteka krediti berilishi haqidagi imtiyoz joriy qilindi. Ammo shunga qaramay, keyingi yillarda o‘tkazilgan so‘rovlarda rossiyaliklarning 54 foizi hukumat aholi sonini oshirish uchun yetarlicha harakat qilmayotganini tanqid qilgan. Respondentlarning 63 foizi tug‘ilishni ko‘paytirish uchun oilalarning moddiy taʼminotini yaxshilash, 27 foiz kishi esa aholining turmush tarzini o‘zgartirish kerakligini taʼkidlagan. Germaniya ham so‘nggi 40 yilda o‘lim soni tug‘ilish sonidan ko‘p bo‘layotgan davlatlardan biriga aylandi. Berlinning rivojlanish va nufuz instituti ekspertlari hisobkitoblariga ko‘ra, 2050-yilga borib, Yevropaning shimoliy va markaziy hududlari demografik vaziyat nuqtayi nazaridan barqaror bo‘lishi, qitʼaning janubi va sharqida esa, aksincha, aholining tezda qarishi kutilmoqda. Bolgariya va Ruminiya esa 2050-yilgacha har yili o‘z aholisining 0,5 foizini yo‘qotishi, Boltiqbo‘yi respublikalari asr o‘rtasiga borib jami aholisining 40 foizidan ayrilishi mumkinligi taʼkidlanmoqda. Aytish kerakki, 2022-yilda birinchi marta dunyo aholisining o‘sishi yiliga bir foizdan pastga tushgan. Mutaxassislar BMTning demografik statistikasini tahlil qilib, aholining o‘sish ko‘rsatkichi 0,8 foizni tashkil etayotganini, dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish 2019-yilga nisbatan 1,8 yilga qisqarib, 71 yoshni tashkil etayotganini qayd etishmoqda. Turli bashorat va prognozlarga qaramay g‘arbning tug‘ilishga nisbatan o‘lim darajasining oshishi borasidagi xavotirlar bilan yashayotgani bor gap. Xalqona aytganda, sayyoramizda chaqaloq yig‘isini kutib yashayotgan davlatlar soni ko‘paymoqda. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramay, “Global janub” ayollari o‘zlari xohlaganidan ko‘proq farzand ko‘rishmoqda. Masalan, Afrika mamlakatlarida har bir ayolga o‘rtacha 4,6 bola to‘g‘ri kelayapti. Bu esa dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p deganidir. Nafisa RUSTAMOVA G‘ARB DEMOGRAFIK – 1920-yil – 4,4 mln. kishi – 1930-yil – 4,9 mln. kishi – 1940-yil – 6,6 mln. kishi – 1950-yil – 6,2 mln. kishi – 1960-yil – 8,4 mln. kishi – 1970-yil – 11,8 mln. kishi – 1980-yil – 15,8 mln. kishi – 1990-yil – 20,2 mln. kishi – 2000-yil – 24,5 mln. kishi – 2010-yil – 28 mln. kishi – 2020-yil – 33,9 mln. kishi – 2022-yil – 35,3 mln. kishi – 2022-yil 8-dekabr – 36 mln. kishi. XAVOTIR OG‘USHIDA YASHAYAPTI So‘nggi 100 yilda O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining o‘sishi: Statistika Yaqinda bir qiziq maʼlumot o‘qib qoldim. Zam-zam suvi ovozga javob berar ekan... OBUNA –2023! 2023-YIL UCHUN «MILLIY TIKLANISH» GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Obuna indeksi 158
USMON NOSIRNING SO‘NGGI NIDOSI Tosh turmalar, Jallod turmalar Ayar mendan parcha qog‘ozni. Bunda mudhish sukut o‘rmalar, Chiqarmaslik kerak ovozni. Madorim yo‘q qalam ushlashga, Yuraklarim ketgandir ozib. Devorlarga, Hattoki toshga Ko‘zim bilan qo‘yyapman yozib. Havo yo‘qdir nafas olmoqqa, Eshitilmas hatto mahkum sas. Qad ko‘tarsang boshing yormoqqa Bunda shiftlar qilib turar qasd. Qo‘lda kishan, Bo‘ynimda sirtmoq, Ko‘rarmanmi erkingni, vatan? Qonga to‘lgan yuragim bilan Men qaʼringda qandoq yotaman? Umidim bor, bir kun kelar Erk, Shu kun tinar zulm va faryod. Kishanlarni parchalab, yorib, So‘zlarimni qilarlar ozod! *** Odamlarning ocharmi ko‘zin, Bu qandoq ishq, Qanday munojot?! Milliard qushlar Haqqa tizilib, Subhi sodiq qilar ibodat. G‘aflat bosmas birorta qushni, Birortasi yo‘ldan ozmagan. Odamlar ham qush asli faqat, Faqat… faqat… qanot yozmagan. ANNA AXMATOVA Tosh turmalar qo‘ymas hech tongni, O‘tkazmaydi nazoratidan. Bir ko‘z boqar sog‘inchda mungli, Nelar o‘tar xayolotidan. Qontalash tong… Go‘yo azador, Hol so‘raydi tiriklaridan. So‘zlar qurbon qushdek yarador O‘tolmaydi tuynuklaridan. Bir-birining yuragin cho‘qir, Eshitmaydi hech kimni xudo. Qulog‘i kar, Ko‘zlari so‘qir – Turmalardan farqi yo‘q Dunyo. SOG‘INCH O‘yga g‘arqsiz, hasratga mahkum, Bukchayibsiz, qariyapsizmi? Men ham oltmish bahorni ko‘rdim, Bukri tollar, taniyapsizmi? Kichrayibdi katta ariqlar, Ulkan edi qirlar ham bir vaqt. Yo‘qotganday koptogin yig‘lar Bolaligim ko‘chasida baxt. Yugurardim shamolday yalang, Osmonlarga tegardi boshim. Singlim kabi yuzimdan o‘pgan Chinnigullar edi sirdoshim. Dovuchchasin yashirar qantak, Menga buncha saqlaydi keklar? Tovonimdan kelmaydi bir payt Menga tutqich bermas kengliklar. Kamzulchamni eslarsiz zora, Ilinardi butog‘ingizga. Atirgullar, eslang bir bora, Lab bosardim yanog‘ingizga. Gul ko‘nglimning ayvonida juft Bola ochar edi qaldirg‘och. Huvillaydi bo‘m-bo‘sh uyadek Qayga ko‘chib ketgan ul quvonch?! Singil bo‘lolmadim, teraklar, Sizdek mag‘rur, tikka bo‘lmadim. Kesildingiz umidlarimdek, Bu dunyolar tilka bo‘lmadi. Yor-yor olib ketdi olisga, Olib ketdi o‘zga sohillar. Bolalikka mangu qaytolmas, Chopar bola ko‘nglim uvullab. Uzun-uzun o‘ylarga mahkum, Bukchayibsiz, qariyapsizmi? Payg‘ambarning yoshiga kirdim, Bukri tollar, taniyapsizmi? AYOL KETIB BORAR… Ayol ketib borar yonib, guvillab, Ko‘nglida tiriklik qo‘ng‘iroqlari. Shamollar poyida yig‘lar bosh urib, Sochib yuboradi gul yaproqlarni. Ketib borar ayol… ko‘ngliga ishqmas, Tikib tiriklikning bayroqlarini. Qulog‘i kar dunyo, hayhot eshitmas, Selday toshgan faryod, ingroqlarini. Ayol ketib borar… tunday yoyilgan Baxtsizlikday qaro sochlarin g‘ami. Ko‘ngil mehrobiga yoqib qo‘yilgan Qirq bitta jonining qirq bitta shami. Ketib borar ayol… yolg‘izlik aro Sirpanchiq yo‘llari, qirovli, muzli. Onhazratning ummatlari, xeshlari, Hazrati erkaklar, eshityapsizmi? Bu ketishi go‘yo ko‘chkilar kabi, Qurbon qushday to‘zg‘ir dil rishtalari. Muhabbatdan ketar, ko‘ngildan ketar Xudoning yerdagi farishtalari. Ketib borar ayol yonib, guvillab… SHIRINXOTIRA 15 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) Enaxon Siddiqova BUGUNGI KUN QAHRAMONLARI ESHIK CHERTILADI… Eshik chertiladi… Hapqirar yurak. Hayallab bo‘lsa ham keldimikan Baxt?! Balki olib tushgan ko‘kdan farishta Ko‘nglimga bir yorliq, Haqdan inoyat. Eshik chertiladi… Balki bu xayol?! Xazonlar tovushi quloqqa ingan. Balki hasratidir darbadar shamol Rangsiz umidlari shoxlarda singan. Eshik chertiladi… Vaqtdir bu balki, Bevaqt yuragimni taqillatyotgan. Besamar yillarning armoni kabi Ko‘ngilni zanglatib, zil bosib yotgan. Eshik chertiladi… Turaman behol, Balki olma otayotir dov-daraxt. Balki udir ishqimni qilgan uvol, Ayro yo‘lda tashlab ketgan Muhabbat! Eshik chertiladi… Uzoq kuttirmay, Balki do‘st kelgandir o‘zi choparga. Ko‘ngil bilan hech kimga aytmay, Otlanamiz yorug‘ safarga. Eshik chertiladi… Anglatgil, yo Rab, Meni uyg‘otguvchi sirli lahzadir. Kimni rozi qildim dunyoda yashab? Shu savol oldida yurak lag‘chadir. Balki eshik qoqar… qiladi isyon, Bo‘g‘zimga qadalib yig‘layotgan so‘z. Ko‘krak qafasimda xo‘rlangan vijdon, Balki qishdan ogoh qilmoqchidir kuz. Eshik chertiladi… Ochaman asta, Qarog‘imda sizib, qotib qolar yosh. Ostonamda turar horg‘in, xijolat – Men kutmagan do‘stday kulib Oltmish yosh. Eshik chertiladi…
16 Payshanba 19-yanvar, 2023-yil №2 (1190) – Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-sonli qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» joriy etildi. «Mehr daftari» tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va maʼlumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi. O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shoʻbalari «Mehr daftari»ni shakllantirishga masʼul hisoblanadi. – Statistik maʼlumotlarda qayd etilishicha, mamlakatimizda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan oshgan. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 29,5 mln. ni tashkil etyapti. Raqamli texnologiyalar vazirligi Axborot xizmati – Albatta, o‘zaro muloqot ishtirokchilarining roziligisiz tasvirga olish va uni tarqatish qonunga zid hisoblanadi. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 462 -moddasida shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari, mansabdor shaxslarga esa – 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan. Agar ushbu harakatlar 1 yil ichida yana takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Surayyo MAHKAMOVA, huquqshunos – Kofeni muntazam ichadiganlar jigar sirrozi, qandli diabetning 2-turi hamda yurak kasalliklari, shuningdek, saraton, parkinson va alsgeymer kasalliklariga chalinishmaydi, bu fanda isbotlangan. Shuning uchun ham kofening zararidan foydasi ko‘proqligi haqidagi fikr to‘g‘ri. Zahro AHMEDOVA, biolog, professor – «Mehr daftari» nima va unga kimlar kiritiladi? – 2022-yilda O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada ko‘paygani aytilyapti. Shu haqida aniq maʼlumot bersangiz? Firdavs Xamidullayev, Toshkent shahri – Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilda O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzi 77 foizga oshib, 254,7 million dollarga yetgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayrim manbalarda esa boshqa raqam ko‘rsatilyapti. Qay biriga ishonish mumkin o‘zi? Nizom Abdurahmonov, Marg‘ilon shahri – Iqtisodchi sifatida tovar va xizmatlar bozorini muntazam kuzatib boraman. Imkon bo‘lsa, 2022-yildagi tendensiyalar haqida kengroq maʼlumot bersangiz. Nizom Jiyanov, Farg‘ona shahri – O‘zbekistonda maktablar soni qancha? Saida Rixsiyeva, Nishon tumani – So‘nggi vaqtlarda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish holatlari ko‘p uchramoqda. Ushbu holatga qonuniy chora bor yoki yo‘qligini qanday bilsa bo‘ladi? Jasur Jo‘raboyev, Parkent tumani – Yon qo‘shnimning emizikli chaqalog‘i tuni bilan yig‘lab chiqadi. Bundan qo‘shnilar, ayniqsa, keksalar aziyat chekishmoqda. Bolani tinchlantirish uchun nima qilish mumkin? Marg‘uba Shodmonova, Urgut tumani – Ko‘p kofe ichish sog‘liq uchun zarar deyishadi. Boshqa bir tibbiyot xodimlari esa buning aksini aytishdi. Aytingchi, bu borada kimga ishonish mumkin o‘zi?! Zebo Yaxshiboyeva, Sirg‘ali tumani – «Mehr daftari»ga kiritilgan bolalar undan qachon va qay tartibda chiqariladi? – «Mehr daftari»ning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Vasiylik kengashining vazifasi nima? – Bunday holatlarda chaqaloqni ko‘tarib, 5 daqiqa piyoda yurish kifoya. Bunda chaqaloqlarning yurak urish tezligi pasayadi va yig‘lashdan to‘xtaydi. Qizig‘i shundaki, aravachada sayr qildirish yoki chaqaloqni ushlab o‘tirish kabi boshqa harakatlar bunday natija bermaydi. Tinchlangan yoki uxlab qolgan chaqaloqni esa 8 daqiqa ushlab o‘tirish tavsiya qilinadi. Gavhar SULAYMONOVA, pediatr Sahifani Viloyat SHODIYEVA tayyorladi TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – Adadi – 3 700. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 116 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 3:00 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abdulaziz AKKULOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Baxtiyor SAYFULLAYEV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Nafisa RUSTAMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Viloyatxon SHODIYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] BERING! – «Mehr daftari»dan chiqarilayotgan shaxslarning eng avvalo bandligi taʼminlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lgandagina «Mehr daftari»dan chiqariladi. «Mehr daftari»dan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi taʼminlanmagan holatlarda, ularning bandligini taʼminlash uchun «Yo‘l xaritasi» tuziladi hamda «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi taʼminlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi. – «Mehr daftari»ga kirgan bolalarning isteʼdodi qo‘llabquvvatlanadi va bandligi taʼminlanadi, ularning sog‘ligi tiklanishiga ko‘maklashiladi, kommunal qarzlari qoplanadi, bolalarga vasiylik qilgan oilalar ham qo‘llab-quvvatlanadi. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. Daftardagi yoshlarga ko‘rsatiladigan moddiy yordam ham kengash qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda moddiy yordam BHMning 35 baravarigacha bo‘ladi. Biroq muammolarning hajmi va hayotiy muhimligidan kelib chiqib 35 baravar BHMdan ko‘p, lekin BHMning 50 baravaridan oshib ketmagan miqdorda ajratilishi mumkin. SAVOL ISTEʼDODLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI YOLG‘ON AXBOROT UCHUN JAVOB BERASIZ! – Maʼlumki, O‘zbekistonda davlat qarziga YAIMga nisbatan 60 foiz darajasida chegara qo‘yilgan bo‘lsada, ushbu ko‘rsatkichni 45-50 foizdan oshirmaslik maqsadi ustuvor etib belgilangan. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzlarga kelsak, 2022- yil yakunigacha davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Shundan 23,5 mlrd. dollar bu O‘zbekiston nomidan jalb etilgan qarz hisoblansa, 6,9 mlrd. O‘zbekiston kafolati ostida jalb qilingan qarz mablag‘idir. Endi Rossiyaga kelsak, yil oxirigacha har ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 8,5 milliard dollar atrofida bo‘ldi. Agar Rossiyaning O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega ekanini inobatga olsak, o‘zaro hamkorlik jarayonlarida qarz munosabatlari yoki investitsiyaviy majburiyatlar ham o‘sishi mumkin. Ammo qayd etish joizki, keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga qarz emas, balki imkon darajasida ko‘proq investitsiyalar jalb etish yo‘lidan borilyapti. – Mamlakatimizda 2022 – 2023 o‘quv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni 10 522 tani tashkil etmoqda. Xususan: 2018 – 2019-o‘quv yili boshiga 9774 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 – 2020-o‘quv yili boshida 10090 tani tashkil etgan. 2020 – 2021-o‘quv yili boshiga esa 10181, 2021-2022-o‘quv yili boshida 10289, 2022 – 2023-o‘quv yili boshida 10522 tani tashkil etyapti. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiAxborot xizmati – Eng avvalo, 2022-yilning to‘rtinchi choragida ham yalpi ichki mahsulotning haftalik o‘sish tendensiyasi saqlanib qolganini taʼkidlash joiz. Bu asosan tashqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishbilarmonlik faolligining sezilarli darajada oshishi bilan bog‘liq. Sizni qiziqtirgan maʼlumot bo‘yicha shuni taʼkidlash joizki, 2022-yil davomida tovar va xizmatlarning tashqi savdo aylanmasi 18,6 foizga oshdi. O‘tgan yilning oktyabr va noyabr oylarida sanoat, ichki savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faollik ham sezilarli darajada oshdi. Bu Google qidiruv so‘rovlarida «Biznes va sanoat» toifalari bo‘yicha qidiruvlarining – 15,7 foizga, «Xarid qilish» – 17 foizga va «Dam olish va o‘yin - kulgi» – 10 foizga oshishida namoyon bo‘ldi. Xabaringiz bor, 2022-yilda iqtisodiy o‘sish 5,67 foizdan 5,87 foizgacha bo‘lgan diapazonda prognoz qilingan edi. Umuman olganda, o‘tgan yili tashqi va ichki qiyinchiliklarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotida barqarorlik kuzatildi. Yangi yilning 1-choragida ham iqtisodiyotning yillik o‘sishi 5,47 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi Asror Nig‘monov tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlar asosida tayyorlandi. Nodir JUMAYEV, Iqtisod fanlari doktori, professor