The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

10_son -2024 Milliy tiklanish

AQSH dollari 12561.87. 1 YEVRO 13613.30. 1 Rossiya rubli 136.25. 1 Angliya funt sterlingi 15917.15. 1 Yaponiya iyenasi 83.37. 2024-yilning 20-mart sanasidan. Manba: cbu.uz 2s 6s Davomi 2-sahifada 5,1 2-sahifa million so‘mdan 17 million so‘mgacha jarima belgilash taklif qilinyapti. 6-sahifa Bugungi o‘zgarishlar, bunyodkorlik shukuhi sirdaryoliklar hayotiga ham yangicha mazmun kiritmoqda. Zero, viloyatda so‘nggi 7 yilda salmoqli natijalarga erishildi. Nafaqat viloyat markazi, balki eng olis qishloqlar ham zamonaviy qiyofa kasb etdi. Odamlarni yillar davomida o‘ylantirib kelgan yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar izchil hal etilyapti. Bu yutuqlar negizida esa chuqur o‘ylangan siyosat, xalqimizning fidokorona mehnati turibdi. Izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlik ham rivojlanmoqda, yangi korxonalar qad rostlayapti. Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga bu galgi tashriflari esa hudud ahlining kayfiyatini yanada ko‘tardi, ularni faollikka chorladi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Sayxunobod tumanining «Ittifoq» mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi omilkorlik ishlari bilan tanishdi. Shu yerda tomorqa egalari, mahalla faollari bilan suhbatlashdi. Bugungi Sirdaryo kechagi Sirdaryo emas QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT № 10 (1242) 2024-yil milliy 20-mart, chorshanba Adadi – 5 263 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] PARTIYASINING IJTIMOIY- «MILLIY TIKLANISH» SIYOSIY GAZETASI DEMOKRATIK tiklanish www.mtgazeta.uz | fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi SIYOSATDA TASODIF BO‘LMAYDI CHINGIZXON MO‘G‘UL BO‘LMAGAN! 4s 3s Navro‘zi 2-sahifa JINOIY JAVOBGARLIK PARTIYA O‘YINCHILARGA HAM, PIROTEXNIKAGA O‘YINCHOQ DEB QARAYOTGANLARGA HAM BELGILAMOQCHI KELISHILGAN O‘YINLARU «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, keyingi ikki yilda sportni rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, oxirgi besh yilda qariyb 4 trillion so‘m ajratilgani soha rivojiga xizmat qilmoqda. Biroq bu soha ham korrupsiyadan holi emas, ayniqsa, futboldagi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq holatlar nafaqat sportchilarni, balki millionlab muxlislarning ham hafsalasini pir qilmoqda. Bu noxushlik mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va imijiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Ma’lumotlarga qaraganda, 2019- 2023 yillarda 30 nafardan futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klubi rahbari va 2 nafar ma’muriyat xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Jumladan, ulardan 32 nafari ma’lum muddatga yoki umrbod sportdan chetlatilgan bo‘lsa, 26 nafari 1 million so‘mdan 50 million so‘mgacha jarimaga tortilgan. Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, qonunchilikda bu borada aniq javobgarlik belgilanmagani bois, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetib kelmayapti, aybdorlar esa yengil jazolar bilan qutulyapti. Kelishilgan o‘yinlar soni esa yildan-yilga ortyapti. Bir necha yildirki BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonga bunday qilmishlar uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilashni tavsiya etib keladi. Fraksiyada – Aslida jarimaning oshirilishi masalaning yechimi emas, pirotexnika buyumlarining mamlakatimizga noqonuniy kirib kelishi butunlay cheklanmas ekan, muammo barham topmaydi. «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR QAROR QAT’IY: masala sessiyaga kiritilishi shart OLAM MUBORAK BO‘LSIN! HAYOSIZ YUZ, JONSIZ JASAD KABIDIR... DAVR, JAMIYAT, GAZETA HASHARDA PARTIYA FAOL QATNASHMOQDA FRANSUZ YOKI NEMIS EMAS, O‘ZIMIZNIKI O‘ZIMIZGA 5 g‘irromLIK qilyapti s 7s Qonun loyihasi bilan xavflilik darajasidan kelib chiqib, javobgarlik uch toifaga ajratilmoqda va Davomi 3-sahifada


M 2 20-mart, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №10 (1242) chorshanba milliytiklanish FRAKSIYADA PARTIYA KELISHILGAN O‘YINLARU O‘YINCHILARGA HAM, PIROTEXNIKAGA O‘YINCHOQ DEB QARAYOTGANLARGA HAM JINOIY JAVOBGARLIK BELGILAMOQCHI Shu sababli, xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchiligimizga moslashtirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli moddalar kiritilib, hatto bunday harakatlarni juda ko‘p miqdorda va uyushgan holda sodir etganlarni bazaviy hisoblash miqdorining 600 yuz baravarigacha (204 million) miqdorda jarimaga tortish yoki 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif qilinyapti. Shuningdek, sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Yig‘ilishda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Qonun tashabbuskorlarining qayd etishlaricha, amaldagi normada pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi uchun bir xil javobgarlik belgilangan. Xususan, bunday buyumlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, ularni xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda saqlash, ishlab chiqarish va tayyorlash yoki O‘zbekistonga olib kirish 1,7 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha jarima bilan jazolanishi belgilangan. Biroq bu norma pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasini cheklay olmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, 2021–2023-yillarda 1 milliard 693 million so‘mlik shunday buyumlar qonunga zid ravishda olib kirilgan. Endi ushbu qonun loyihasi bilan xavflilik darajasidan kelib chiqib, javobgarlik uch toifaga ajratilmoqda va 5,1 million so‘mdan 17 million so‘mgacha jarima belgilash taklif qilinyapti. Shuningdek, pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tizimini mustahkamlash maqsadida tegishli ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish vakolati Milliy gvardiyadan tashqari ichki ishlar organlariga ham berilmoqda. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov qonun loyihasiga munosabat bildirib, pirotexnika vositalarini o‘ynayotgan yoshdagi bolalarni jazo bilan qo‘rqitib bo‘lmasligini ta’kidladi. – Aslida jarimaning oshirilishi masalaning yechimi emas, pirotexnika buyumlarining mamlakatimizga noqonuniy kirib kelishi butunlay cheklanmas ekan, muammo barham topmaydi, – dedi Alisher Qodirov. Qonun tashabbuskorlari ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, ushbu qonun loyihasi bilan aynan pirotexnika buyumlarini olib kirganlar va tarqatganlarga nisbatan qat’iy jazo belgilanayotganini, bu o‘z-o‘zidan undan foydalanuvchilar sonining kamayishiga olib kelishini qayd etdilar. Chunki har qanday talab taklifdan kelib chiqadi. Deputat Jahongir Abdurasulov esa pirotexnika vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirayotganlarga qarshi jarima emas, jinoiy javobgarlik belgilash lozimligini ta’kidladi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng deputatlar ikkinchi o‘qishda qonun loyihasini takomillashtirish, kerak bo‘lsa jarimalar miqdorini yanada oshirish, shuningdek, bu borada ota-onalarning javobgarligi va mas’uliyatini yanada kuchaytirishni taklif qildilar. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri a’lumki, Xorazm O‘zbekistonning ko‘p ming yillik tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va o‘ziga xos osori-atiqalari bilan sayyohlar e’tiborini tortayotgan yirik hududlaridan. Ammo keyingi paytlarda mutasaddilarning e’tiborsizligi, sohani rivojlantirishga oid muhim hujjatlar ijrosiga loqaydlik qilinayotgani sabab viloyatning misqollab yig‘ilgan sayyohlik obro‘siga putur yetmoqda. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni hamda 2017-yil 16-avgustdagi «2018 – 2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori hamda «Turizm to‘g‘risida»gi, «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlar ijrosi o‘rganilganda aniqlangan kamchiliklar shunday xulosa chiqarishga asos bo‘lishi mumkin. Jumladan, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida taklif qilingan Urganch temir yo‘l vokzaliga qo‘shimcha 10 ta poyezd vagonlarini sotib olish va shu orqali UrganchToshkent hamda Urganch-Andijon reyslari sonini oshirish masalasi nihoyatda dolzarb bo‘lsada, ammo hamon o‘z yechimini topmayapti. «Ko‘hna Xorazm muqaddas qadamjolari bo‘yicha sayohat» dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsada, Xiva shahridagi «Said Aloviddin maqbarasi», «Pahlavon Mahmud ziyoratgohi»ga, Shovot tumanidagi «Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi» va Shayx Muxtor Vali ziyoratgohi»ga, Yangiariq tuman Shayx Odina bobo ziyoratgohiga sayohatchilarni jalb etish uchun haligacha yo‘l xaritasi ishlab chiqilmagan. Xiva shahrida xorijiy turistlar uchun servis xizmatlari ko‘rsatadigan malakali kadrlar yetarli emasligi ham mutasaddilarni o‘ylantirmayapti va bu muammolar ertaga yanada dolzarblashishi mumkin. Vaholanki, 2023-yil 26-apreldagi «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori asosida ishlab chiqilgan «Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi»da Madaniyat vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi oldiga ayni shu masalalarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yilgandi. Ana shularni e’tiborga olib, fevral oyida partiya viloyat Kengashi a’zolari ushbu masalalar bo‘yicha mas’ullar hisobotini eshitishgandi ham. Endi esa partiya faollari bu masalani xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga alohida masala sifatida kiritishga qaror qildilar. Zero, turizmga e’tiborsizlik viloyat iqtisodiga e’tiborsizlikdir. Partiyaning Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati XIVA SHAHRIDA XORIJIY TURISTLAR UCHUN SERVIS XIZMATLARI KO‘RSATADIGAN MALAKALI KADRLAR YETARLI EMASLIGI HAM MUTASADDILARNI O‘YLANTIRMAYAPTI VA BU MUAMMOLAR ERTAGA YANADA DOLZARBLASHISHI MUMKIN. QAROR QAT’IY: ENDI USHBU QONUN LOYIHASI BILAN XAVFLILIK DARAJASIDAN KELIB CHIQIB, JAVOBGARLIK UCH TOIFAGA AJRATILMOQDA VA 5,1 MILLION SO‘MDAN 17 MILLION SO‘MGACHA JARIMA BELGILASH TAKLIF QILINYAPTI. Vaziyatga nazar Кутинг! masala sessiyaga kiritilishi shart ЇАЧОН Ёки сиёсат ичида бєла туриб, ? сиёсатдан айри яшаётган айрим партиядошларимиз хусусида Келгуси сонларда ming o‘quvchi sababsiz maktabga kelmagan. 3 ming nafar otaona MJTKning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan. Bu jazo shikoyat bo‘lmagani uchun deyarli qo‘llanmagan. Maktabni ham tushunish kerak – bolani o‘qitsinmi, ota-onasi bilan tortishsinmi… G‘arb yo‘qotilgan avlod oila va ta’limda qadriyatlarni rad etish natijasi ekanini tan olmoqda. Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. Maktabni tugatgan, o‘qishga kirganlardan tashqari barcha o‘g‘il bolalarni to‘lovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va mas’uliyatni maktab va harbiy xizmatda o‘rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o‘rgatib bo‘lmaydi. O‘zbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyumli xunasalar emas, o‘z qadrini biladigan, tafakkur qiladigan o‘g‘ilqizlar rivojlantiradi. Nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bog‘cha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qo‘riqlashi kerak! @alisherQodir Bir necha yildirki BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonga bunday qilmishlar uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilashni tavsiya etib keladi. Bilamizki, AQSH, Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Latviya kabi aksariyat davlatlar qonunlarida shunday normalar belgilangan. Maktabda o‘qituvchida erkinlik, o‘quvchida intizom bo‘lishi shart 124 ФАРЎОНАДА УЙЎОНИШ БЄЛАДИ


20-mart, 2024-yil №10 (1242) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 Kechagidek yodimda, deputatlikka nomzod milliytiklanish sifatida saylovchilar bilan uchrashganimda, bir guruh erkaklar asfaltga chizilgan katta aylana shaklini ko‘rsatib: «Shu yerga avvalgi deputatimizni «ko‘mganmiz». Ana, uning birgina barmog‘i chiqib turibdi... U nimani qoyil qilgandiki, sen ayol boshing bilan nima qilib berarding?», deyishgandi. Munosabat Кутинг! НАФАС ОЛЯПМИЗМИ? ...ТОЗА ІАВОДАН ТЄЙИБ-ТЄЙИБ IYOSATDA – Bundan 25 yil avval iqtidorli qizlarni rag‘batlantiruvchi birgina «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti bo‘lardi. Bugun esa bilimimni oshiraman, iste’dodimni namoyon qilaman, deganlar uchun beqiyos imtiyozlar yaratilgan. Hatto qizlar uchun oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha kvotalar ajratilyapti, magistratura bosqichida tahsil olayotgan qizlarning o‘quv-kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berilyapti. Hatto saylov qonunchiligiga deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘lishi haqidagi norma kiritildi. Ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash maqsadida qonunlar ham qabul qilinyapti. Ayollar xavf guruhiga mansub qatlam bo‘lgani uchun ular davlat tomonidan himoya qilinyapti ham. Sir emaski, ayrim oilalarda «Qiz bolaning o‘qishi shart emas, uning asosiy vazifasi oila qurish, bola boqish», degan steriotiplarning saqlanib qolayotgani yoki qo‘li kaltalik qilib, bilimi, iqtidorini yuzaga chiqara olmayotgan qizlarimiz uchun ham bunday imtiyozlar zarur, albatta. Bir erkakni o‘qitsak, uning nafi nari borsa, o‘z oilasi a’zolariga tegishi mumkin, bir qizni o‘qitib, ziyoli qilsak, u millatni tarbiyalaydi, deyishadi-ku. Hududlarda saylovchilarimiz bilan uchrashuvlarda ko‘pincha menga qizlar oliy ta’limga oid savollar bilan murojaat qilishadi. Men ularga yaratilayotgan imtiyozlar haqida tushunchalar beraman, bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga chaqiraman. Zero, aksariyat o‘zbek oilalarida afsuski, qiz bolalarga nisbatan, o‘g‘il bolalarning ta’lim olishiga ko‘proq e’tibor qaratilishi mentalitetimizga xos xususiyat. – Bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ayollar ulushi 33 foizga yetdi. Bu qanday natija berdi deb o‘ylaysiz? – Ayol deputatlarimiz o‘z vakolatlari doirasida saylovchilar muammolarini ijobiy hal qilib, ularning ishonchini oqlashga astoydil harakat qilishyapti. Masalan, men o‘zim tibbiyot yo‘nalishida tahsil olganman, ta’lim sohasida 27 yillik mehnat stajiga egaman. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sanoat va qurilish masalalari qo‘mitasi a’zosiman. Mendek oddiy bir o‘qituvchi uchun siyosatga kirib kelish, boz ustiga, men uchun mutlaqo notanish bo‘lgan sanoat va qurilish sohalarining qonuniy asoslari bilan ishlash oson bo‘lmadi. O‘z ustimda muttasil ishlab, siyosiy, huquqiy savodimni oshirdim. To‘g‘ri, ayrim deputatlarimiz qaysidir jabhalarda o‘zlarini to‘laqonli namoyon etolmayotgan yoki faoliyati bilan jamoatchilikni yetarlicha xabardor qila olmayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu deputat ishlamayapti, degani emas. Deputatlar faoliyati muntazam monitoring qilib borilishi ularni yanada faollikka undamoqda. – Siyosatga qanday kirib kelgansiz? «Milliy tiklanish» partiyasi deputati bo‘lish siz uchun nima? –Rahmatli dadam ilmli, ziyoli, jamiyatdagi voqeahodisalarga befarq bo‘lmagan inson edilar. Siyosiy jarayonlardan nafaqat o‘zlari, balki bizni ham xabardor qilib turardilar. Meni ham ziyoli, ijtimoiy-siyosiy faol bo‘lishimni istardilar. «Qizim, qani edi sen ham deputat bo‘lsang», degan niyatni bot-bot takrorlardilar. Niyatlari xolis ekan, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan, yana boshqa partiyalardan ham nomzodimni deputatlikka qo‘yishga oid takliflar bo‘ldi. Men «Milliy tiklanish»ni tanladim. Boisi, partiyaning Saylovoldi dasturida ta’limdan ham avval tarbiyaga ustuvorlik berilishi menga juda ma’qul bo‘ldi. Partiyamizning qo‘llab-quvvatlashi tufayli 71,1foiz ovoz bilan deputat bo‘lib saylandim. Ammo ming afsus, bu kunlarni ko‘rish dadamga nasib etmadi... – Qo‘limizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov nomiga Qo‘shko‘pir tumani Qo‘nazi mahallasi fuqarolaridan kelgan minnatdorlik maktubi turibdi. Unda «Obod mahalla dasturi»ga kiritilgan bo‘lsada, obodonlashtirish ishlari paysalga solib kelingani yuzasidan deputat Muborak Ahmedovaga qilingan murojaatning samarasi o‘laroq, mahalla idorasi uchun yangi bino qurilgani, suv quvurlari yangilangani, mahallaning ichki ko‘chalari asfaltlangani, internet tarmog‘iga ulangani, elektr tizimi bilan bog‘liq chalkashliklar ijobiy hal qilingani bayon etilgan. Yana bir xat 50-umumta’lim maktabi jamoasi tomonidan yozilgan. Aytingchi, yuqoridagi muammolarning qaysi birini amalga oshirish qiyin kechdi? – Bilasiz, partiyamiz rahbari Alisher Qodirov tashabbusi bilan deputat yordamchilari instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Men ushbu institut faoliyatidan unumli foydalanyapman. Bu borada menga yaqindan yordam bergan Mehribon opa Tillayevadan behad minnatdorman. Savolingizga keladigan bo‘lsak, garchand mening okrugim bo‘lmasa-da, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tibbiyot komissiyasi a’zosi sifatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi tug‘ruqxonaga bordim. Tug‘ruqxonaning holatini ko‘rib, shunday abgor sharoitda ikki jonning hayotini xavfga qo‘yib, farzand dunyoga keltirayotgan ayollarga achinib ketdim. U yerdagi sanitariyagigiyena qoidalari haqida-ku, gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Tug‘ruqxonadagi holat yuzasidan parlamentda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilariga ma’lumot berdim. Vazir o‘rinbosari: «Uzr, opa, tug‘ruqxonadagi bu holatdan xabarimiz yo‘q edi», deya munosabat bildirdi hamda qisqa muddatda tug‘ruqxona ta’mirlanib, uning yonida qo‘shimcha tug‘uruq majmuasi ham qad rostladi. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amaldagi Saylov kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti. Aytingchi, aralash – majoritar va proporsional saylov tizimi joriy qilinishi xususida qanday fikrdasiz? – Ayni kunlarda aralash saylov tizimining joriy qilinishiga oid qonun loyihasi keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. Amaldagi saylov tizimida saylovchi partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz bergan bo‘lsa, aralash saylov tizimida partiyalar uchun ovoz beradi. Bunday tizim joriy qilinishi qaysidir ma’noda, siyosiy partiyalar uchun qulay imkoniyat hamdir. Aralash saylov tizimi partiyalarning xalqimiz orasida tanilishi, e’tibor qozonishiga xizmat qiladi. Ta’kidlash joiz, bugun saylovchilarning aksariyati siyosiy uyg‘oq, mamlakatdagi islohotlar, partiyalar faoliyati xususida o‘z fikri, xulosalariga ega. Lekin shuni ham tan olishimiz kerakki, partiyalar haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan yoki bo‘lmasa, deputatlar haqida salbiy fikri shakllanib qolgan aholi qatlami ham yo‘q emas. Saylovoldi uchrashuvlarimizda saylovchilarning: «Saylov yaqindir-da, partiyalar uyg‘onishibdi», degan tana va dashnomlarini ko‘p eshitganmiz. Vaholanki, partiyamiz ham, biz deputatlar ham saylovning ertasi kunidanoq galdagi saylovlarga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz. To‘g‘ri, «O‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin», degan naql bor dono xalqimizda. Lekin aholining partiyalar faoliyatidan bexabarligi sabab siyosiy institutlar haqida noo‘rin fikrlar, e’tirozlar urchib boraveradi. Bu holatning oldini olish uchun esa xalqimiz orasiga ko‘proq kirib borishimiz, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirishimiz kerak, nazarimda. – Deputatlikka nomzodlarga g‘alaba qozonishga oid tavsiyalaringiz. – Deputatlikka nomzodi qo‘yilgan opa-singillarimiz bu maydonga siyosiy bilimlarini mustahkamlab, partiyamiz g‘oyasi, maqsad va vazifalarini teran anglagan holda kirishlari kerak. Shuning barobarida nomzodi qo‘yilgan okrugdagi mavjud muammolardan xabardor bo‘libgina qolmay, ularning yechimiga oid aniq taklif va tashabbuslarni ham ilgari surishlari kerak bo‘ladi. Aks holda ayrim deputatlikka nomzodlarning havoyi, balandparvoz gaplari, quruq va’dalaridan charchagan saylovchining ishonchini qozona olishmaydi. Kechagidek yodimda, deputatlikka nomzod sifatida saylovchilar bilan uchrashganimda, bir guruh erkaklar asfaltga chizilgan katta aylana shaklini ko‘rsatib: «Shu yerga avvalgi deputatimizni «ko‘mganmiz». Ana, uning birgina barmog‘i chiqib turibdi... U nimani qoyil qilgandiki, sen ayol boshing bilan nima qilib berarding?», deyishgandi. Men ular bilan gap talashmadim, o‘zimni oqlashga harakat ham qilmadim, tushkunlikka tushmadim, bosiqlik, vazminlik bilan maqsadim sari intildim. Partiya saylovoldi Dasturida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi haqida ko‘proq gapirdim. Masalan, mahalla raislari maoshlarini oshirishga oid taklif partiyamiz tomonidan ilgari surilganini aytganimda, yig‘ilganlar qarsak chalib olqishlashdi. Shu tariqa saylovda g‘alaba qozonib, 73,1 foiz ovoz bilan deputat bo‘ldim. Xulosa qilib aytganda, bilim va salohiyat, vazminlik va bosiqlik bilan har qanday maqsadga erishish mumkin. –An’anaviy savol: Siz havas qilgan lider ayol kim? – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy faol ayollarning barchasiga xavas qilaman. O‘zbegim ayollariga xos bo‘lgan jonsaraklik, fidoyilik, shijoat, jo‘shqinlik kabi fazilatlardan har birimiz ibrat olsak, arziydi. Feruza JALILOVA suhbatlashdi. Partiyamiz rahbari Alisher Qodirov tashabbusi bilan deputat yordamchilari instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Men ushbu institut faoliyatidan unumli foydalanyapman. Bu borada menga yaqindan yordam bergan Mehribon opa Tillayevadan behad minnatdorman. Men «Milliy tiklanish»ni tanladim. Boisi, partiyaning Saylovoldi dasturida ta’limdan ham avval tarbiyaga ustuvorlik berilishi menga juda ma’qul bo‘ldi. Partiyamizning qo‘llabquvvatlashi tufayli 71,1foiz ovoz bilan deputat bo‘lib saylandim. Ammo ming afsus, bu kunlarni ko‘rish dadamga nasib etmadi... Sir emaski, ayrim oilalarda «Qiz bolaning o‘qishi shart emas, uning asosiy vazifasi oila qurish, bola boqish», degan steriotiplarning saqlanib qolayotgani yoki qo‘li kaltalik qilib, bilimi, iqtidorini yuzaga chiqara olmayotgan qizlarimiz uchun ham bunday imtiyozlar zarur, albatta. tasodif bo‘lmaydi S«Ayol va siyosat» ruknining navbatdagi mehmoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muborak Ahmedova bo‘ldi. AYOLVA SIYOSAT Келгуси сонларда Sayxunobod tumanida yerda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab berildiki, ularning hammasi insonni rozi qilish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir. Masalan, xonadonlarda kichik ishlab chiqarishni tashkil qilishga ko‘maklashish zarurligi aytilib, shu maqsadda tumanda tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard so‘m ajratilishi qayd etildi. Bo‘sh turgan 21 ta inshootga esa investorlar jalb qilinib, foydalanishga kiritiladi. Eng muhimi, «Farovon» mahallasida 35 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil qilinib, kamida 100 million dollarlik sanoat loyihalari boshlanadi. Bu kabi loyihalar ijrosi natijasida tumanda tadbirkorlik keng quloch yoyadi, ming-minglab yoshlar shu yerning o‘zida ishli, daromadli bo‘ladi. Sirasini aytganda, bugungi bunyodkorlik ruhi har bir viloyatdoshimizni yangi marralarni zabt etishga chorlayapti. Yurtdoshlarimizning ko‘zlaridagi hayotdan mamnunlik, ayniqsa, yoshlarimizning nigohlarida barq urib turgan g‘ayrat-shijoat, ertangi kunga ishonch ularning porloq kelajagidan dalolat beradi. Sherzod QULMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bugungi Sirdaryo kechagi Sirdaryo emas (Boshlanishi 1-sahifada)


RADDIYA 2023-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar 10 taligida - Muhammad, Muhammadali, Mustafo, Abdulloh, Soliha, Yasmina, Muslima, Imron, Hadicha, Imona ismlari qo‘yilgan[5]. Bu yerda 10 ta ismning barchasi arab tilidan kelib chiqqan. Bu degani bu ism qo‘yilgan 100 minglab o‘zbek farzandlari arab, degani emas-ku. «Chingizxon o‘z davlatida xitoy yoki tibet yozuvini emas, balki hamma turkiy qabilalar uchun tushunarli bo‘lgan uyg‘ur yozuvini tatbiq qilgan». 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 20-mart, 2024-yil №10 (1242) chorshanba CHINGIZXON O‘zbeklar dunyo harb ilmining daholarini yetishtirib bergan qadimiy xalq hisoblanadi. Biroq bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘z milliy tarixini o‘rganish borasidagi harakatlar ular o‘rtasida go‘yo musobaqa ketayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda. Bu jarayonda Turkistonning markaziy qismida, hususan O‘zbekiston zaminida tug‘ilgan mashhur shaxslarni u yoki bu qo‘shnilarimiz bizning ajdodimiz deya da’vo qila boshladilar. Aslida, bu tabiiy hol. Bu musobaqaga ilk zamin 1991-yilda emas, undan oldinroq, aniqrog‘i, 1923 – 1925-yillarda – Turkiston zamini parchalanib, o‘rnida milliy davlatlar tuzilganidan keyin boshlandi. Xullas, Turkiston xalqlarining bir birining ajdodini meniki deyishini qaysidir ma’noda to‘g‘ri tushunish mumkin. Lekin oramizda Turkiston farzandi bo‘lmagan Chingizxonni o‘zbek deb atayotgan, o‘z qarichi bilan isbotlayotgan «olim»lar ham uchramoqda. 36 millionlik katta xalqmiz, bu xalq ichida har turli odam bo‘ladi, buni ham tushunish mumkindir. Biroq «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi gazetasida bunday safsatadan iborat maqola chop etilgani mutlaqo tushunarsiz. TAHRIRIYATDAN: Qadrli Bekzod Abdirimov! Safsata nojoiz so‘z. Siz o‘z maqolangizni ana shunday so‘z va ochiq-oydin norozilik bilan yozibsiz. Biz katta bir siyosiy partiya nashri va uning ezgu g‘oyalari targ‘ibotchisi sifatida har doim xolislik va asosli manbalarga tayanilgan fikrlar uchun minbar vazifasini o‘tashga tayyormiz. Erkin Musurmonov maqolasiga qanchalar e’tibor qaratgan bo‘lsak, ana shunday e’tibor bilan Sizning ham maqolangizni e’lon qilishga qaror qildik. Zotan, biz haqiqatni bilish tarafdorimiz, taraf emas... O‘ylaymizki, boshqa olimlarimiz ham shu xususdagi fikrmulohazalarini bildirib, tarixning goho chigal, goho mavhum qirralarini ochishga amaliy yordam beradilar. Hurmat bilan Bosh muharrir M.Abdurahmonov [1] Velikaya Yassa, Sokrovennoye skazaniye mongolov.Moskva. 2021. -S 17. [2] Rasprostranennost mujskix liniy «chingizidov» v populyatsiyax Severnoy Yevrazii // Genetika. – 2007. – T. 43, vip. 3. – S. 422–426. [3] https://dzen.ru/a/YYb8ZW_ XG3dnPJhS [4] R. Spencer Wells et al., «The Eurasian Heartland: A continental perspective on Y-chromosome diversity», Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America (August 28, 2001) [5] https://kun.uz/news/2024/01/05/ ozbekistonda-2023-yilichaqaloqlarga-eng-kop-qoyilganismlar-malum-qilindi; https://t.me/ davxizmat/12964 [6] Ziyo Bunyodov. Markaziy Osiyoga doir tadqiqotlar. Xorazmshohlardavlati. Toshkent. Mumtoz so‘z. 2012. B -187. [7] Ziyo Bunyodov. Markaziy Osiyoga doir tadqiqotlar. Xorazmshohlar davlati. Toshkent. MUMTOZ SO‘Z, 2012. – B. 183. [8] Ziyo Bunyodov. Markaziy Osiyoga doir tadqiqotlar. Xorazmshohlar davlati. Toshkent. MUMTOZ SO‘Z, 2012. – B. 183. [9] Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti. Matyoqubov K. tarjimasi. – Toshkent: O‘zbekiston. – B. 55. «MILLIY TIKLANISH» gazetasining 2024-yil 13-martdagi «Chingizxon mo‘g‘ul bo‘l(ma)gan» nomli maqolasiga «Milliy tiklanish» gazetasining 2024-yil 13-mart sonida SamDU dotsenti Erkin Musurmonovning «Chingizxon mo‘g‘ul bo‘l(ma)gan» nomli maqolasi chop etildi. Ushbu maqola boshidanoq safsata bilan boshlangan. Quyida bu maqolani ko‘rib chiqamiz: «Qadimgi O‘zbekiston zaminida, jumladan, ko‘hna Xorazmda Qiyot nomi bilan bog‘liq toponimlarning ko‘pligidan bu urug‘ning yurti aynan shu makon bo‘lganligi oydinlashadi. Buyuk bobomiz Beruniy Qiyot kentida tug‘ilgan (4-sentyabr 973- yil), ulug‘ o‘zbek shoiri Ogahiy esa 1809-yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida tug‘ilib, 1874-yili vafot etgan». Biroq O‘zbekiston zaminida, jumladan, ko‘hna Xorazmda Qiyot nomi bilan bog‘liq toponimlar ko‘pligi bu urug‘ning yurti aynan Xorazm bilan bog‘liqligini bildirmaydi. Qiyot etnonimi bilan bog‘liq toponimlarning paydo bo‘lishi mo‘g‘ullarning Turkistonga yurishlari bilan bog‘liq. Ya’ni, ularning Turkistonga yurishigacha bu zaminda Qiyot toponimi yoki etnomi bo‘lmagan. Buyuk bobomiz Beruniy Qiyot kentida emas, Xorazmning Gurganch shahridan oldingi markazi bo‘lgan Kat shahrida tug‘ilgan. «Yurtimizda, jumladan, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va boshqa hududlarda qo‘ng‘irot eli nomi bilan ataladigan toponimik joylar ko‘p! Zotan, bu el vakillari shu joylarda yashashgan. O‘zbek xalq eposi qahramoni Alpomish ham qo‘ng‘irot eli vakili. Ayrim tarixchilar tomonidan mongol, deb kelingan Chingizxon ota tomonidan qiyot, ona tomonidan qo‘ng‘irot eli o‘g‘loni bo‘lgan». Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va boshqa hududlardagi qo‘ng‘irot nomi bilan bog‘liq toponim va etnonimlar mo‘g‘ullarning Turkistonga yurishidan so‘ng paydo bo‘lgan. 1220-yilga qadar Chingizxonning na ota urug‘i yoki na ona urug‘i bu yerda yashagan. Maqolada Chingizxon ajdodlari «Qiyotlarning «Bo‘ritegin» («Bo‘rchig‘an») tarmog‘i»ga mansubligi ta’kidlanadi. Chingizxon Bo‘ri tegin emas, «Bo‘rjigin» tarmog‘iga mansubdir. U mo‘g‘ullarning Nirun mo‘g‘ullari guruhiga kirgan bo‘lib, uning afsonaviy asoschisi Bodonchar bo‘lgan[1]. Bu urug‘ Turkistonda umuman yo‘q, lekin Mo‘g‘ulistonda bu etnonim hozir ham mavjud. Shuningdek, Bo‘rjigin urug‘i va uning avlodlari genetik jihatdan ham o‘rganilgan bo‘lib, ularning gaplogruppasi S2[2] hisoblanadi. Bu gaplogruppa asosan Sharqiy Osiyoda tarqalgan. O‘zbeklar orasida R1a, J2, , K, G, N, D gaplogruppalari ko‘pchilikni tashkil etadi[3]. Faqatgina Farg‘ona vodiysida kam miqdorda S2 gaplogruppasi mavjud[4]. Shuningdek, maqolada Chingizxonning asl ismi bo‘lgan Temuchin - Temur Chin bo‘lganligi, onasi Bo‘rteni esa Bo‘ritoy bo‘lganligi aytiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillar ham, mo‘g‘ul tili ham Oltoy tillar guruhiga kiradi. Shuning uchun bu tillardagi so‘zlarning bir qismi bir-biriga biroz yaqin. Masalan, mo‘g‘ul tilidagi setseg so‘zi o‘zbekchada chechak, ya’ni gul degan ma’noni beradi. Ya’ni, mo‘g‘ulcha Bo‘rte so‘zining o‘zagida bo‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin bu Bo‘rteni mo‘g‘ul emas, deyishga asos bo‘lmaydi. «Chingizxon o‘z davlatida xitoy yoki tibet yozuvini emas, balki hamma turkiy qabilalar uchun tushunarli bo‘lgan uyg‘ur yozuvini tatbiq qilgan». Bu masalaga kelsak: Chingizxon hokimiyat tepasiga kelgan davrda ko‘proq Oltoydagi mo‘g‘ullar va turkiylar uyg‘ur alifbosini qo‘llagan. Ya’ni, Chingizxongacha bu yerda Xitoy iyerogliflari yoki boshqa yozuv urfda emas edi. Bu Chingizxonni aynan turkiylar tushunishi uchun uyg‘ur alifbosidan foydalandi, degani emas. Maqolada Chingizxonni «Xalxamongollarning ona bug‘usiga (buddizm va shamanizmga ham) emas, balki turkiylarning Ko‘k Tangrisiga sig‘ingan», deyiladi. Chingizxonning e’tiqodida haqiqatdanam ham shamanizm, tangrichilik ustunlik qilgan. Chunki Oltoyda shamanizm va tangrichilik yetakchi edi. U tabiiy ravishda tangrichilikka e’tiqod qilgan, shuningdek, doimiy ravishda yonida shaman bo‘lgan. Mo‘g‘ulistonga XVI asrdan keyingina Tibet buddizmi kirib kelgan. Yana maqolada «Chingizxonning ajdodlari va avlodlari, qo‘mondonlari ismlari turkiycha bo‘lgan» deyiladi. Yana ta’kidlaymiz: mo‘g‘ul va turkiy tillar guruhi bir oilaga – Oltoy tillar oilasiga mansub bo‘lgani uchun ham o‘xshash so‘zlar ko‘p. Sababi Oltoyda faqatgina mo‘g‘ullar emas, ulardan-da ko‘proq tukiylar yashagan. Tabiiy ravishda bir tildagi ismlar boshqa tilda ham ishlatilgan. Masalan, 2023-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar 10 taligida - Muhammad, Muhammadali, Mustafo, Abdulloh, Soliha, Yasmina, Muslima, Imron, Hadicha, Imona ismlari qo‘yilgan[5]. Bu yerda 10 ta ismning barchasi arab tilidan kelib chiqqan. Bu degani bu ism qo‘yilgan 100 minglab o‘zbek farzandlari arab, degani emas-ku. Shu jihatdan, Chingizxon davrida mo‘g‘ullar va turkiylar orasida urfda bo‘lgan ismlarga qarab ularning kelib chiqishini aytib bo‘lmaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, Mo‘g‘uliston zaminida faqatgina mo‘g‘ullar emas, turkiylar ham yashagan. O‘rxun-Enasoy bitiklari bunga yetarlicha misol bo‘la oladi. Qiyot, qo‘ng‘irot va boshqa urug‘lar Chingizxonning Turkistonga yurishidan keyin kelgan turkiylashgan urug‘lardir. Ular tabiiy ravishda o‘zbekning 92 urug‘iga kiradi. Maqola muallifi bugungi kunda mo‘g‘ullar orasida urfda bo‘lgan ismlarni keltirib, Chingizxon davridagi ismlardan farq qilishini, bu farq esa Chingizxonning mo‘g‘ul emasligini isbotlashga urinishda davom etadi. Yana ta’kidlaymiz, ismlar davrlar osha mavjud e’tiqod, turli sharoit va vaziyatlarda o‘zgarib turadi. Bugun o‘zbeklar orasida Otsiz, Anushtegin, Alptegin, Sobuqtegin, Nasr, Nuh ismlari yo‘q, hatto Xorazmda XX asrda urfda bo‘lgan Eshmat, Boltavoy, Erkavoy, Matyaqub, Sheribboy ismlarini bugun hech kim qo‘ymayapti. Muallif yana Chingizxon keyingi davrida mo‘g‘ul sardorlariga ishlatgan «xuntayji» emas, «xon» unvoni qo‘llangani haqida yozadi. Bu ham tabiiy xol. Chunki Oltoyda xunlar zamonidan buyon hukmdorga ana shunday unvon qo‘llanilgan. Bu ham siyosiy sabablardandir. Masalan, ahamoniylar va sosoniylarning Turkistondagi siyosiy ta’siri natijasida hukmdorlar «shoh», arablarning Turkistonni egallaganidan so‘ng «ixshid», «shad» unvonlari o‘rniga «amir»ni qo‘llagani kabi holatdir. «Xitoy manbalariga asoslansak, mongol ulusini hosil qiladigan ko‘plab qabilalar Chingizxon harbiy yurishlarida qatnashmagan», degan gapi ham mutlaqo noto‘g‘ri. Shuningdek, Oltin O‘rda shaharlari nomlarining mo‘g‘ulcha emas, turkiycha bo‘lganligi ham Chingizxonning mo‘g‘ul bo‘lmaganligini izohlamaydi. Chingizxon qo‘shinida mo‘g‘ullardan ko‘ra, Sharqiy Osiyodan kelgan turkiylar ko‘p bo‘lgani, bosib olingan xalq ham turkiylar bo‘lganligi sababidan shaharlarning nomlanishi ham turkiycha bo‘lishi tabiiy hol edi. Chingizxon vorislari davrida mo‘g‘ullarning o‘zlari ham turkiylashib ketgan, hattoki Chingizxonning poytaxti Qoraqurum shahri ham turli xalqlar vakillaridan iborat bo‘lgan. Endi «Xorazmning ko‘plab xonlari va saroy shoirlari Abulg‘ozi Bahodirxon, Ogahiy, Munis Xorazmiy kabilar o‘zlarini Chingizxon urug‘idan, deb bilishgan»ligiga kelsak. Chingizxon avlodlarining Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi hukmronligi davrida Chingizxon qonuni - «Yasa» (Yasoq) sababli ulardan bo‘lak hech kim o‘zini xon, deb e’lon qilmasligi kerak edi. Bu tartibga hattoki millatimizning eng qudratli hukmdori Amir Temur ham qarshi chiqa olmagan. U o‘zini amir deb bilar, amalda davlatni egasi bo‘lsada, bu davlatni rasmiy jihatdan chingiziylarning avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmish xon sifatida idora qilgan. Xorazmdagi xonlar esa o‘z hokimiyatini legitimliligini ko‘rsatish uchun qanday qilib bo‘lsada, o‘zlarini Chingizxonga olib borib taqashga majbur bo‘lganlar. Chunki, faqatgina Chingiziylar xon bo‘lishi mumkinligi haqidagi safsata xalqning qon-qoniga singib ketgan edi. «Bog‘dod xalifasi An-Nosiriy Chingizxonni Xorazmga, musulmonlarga qarshi yurishga da’vat qilganda ham Chingizxon uni inkor qiladi» degan jumlaga ham maqola muallifi manbaa ko‘rsata olmasligiga ishonchim komil. Xalifa Chingizxonni Xorazmshohlar yurtiga yurish qilishga da’vat qila boshlaganida Chingizxon Xitoyni bosib olish bilan ovora edi. Muallif Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga yurishi sabablarini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina Mirzo Ulug‘bek bergan ma’lumotlarga suyanadi. Agar chuqurroq tahlil qilganida bu borada boshqacha xulosa chiqargan bo‘lar edi. Aslida Uxino[6] boshchiligidagi 100 kishilik mo‘g‘ullardan iborat elchilik guruhi[7] va 450 kishilik musulmonlardan iborat bo‘lgan savdo karvoni saltanatning shimolisharqidagi shahar – O‘trorga yetib keladi. Ziyo Bunyodov bu karvondagi 100 kishilik guruhga «Savdo ishlaridan tashqari Xorazmshohning yerlarida josuslik bilan shug‘ullanish vazifasi ham yuklatilganligi ehtimolga ancha yaqin. Keyingi voqealar bu taxminni deyarli tasdiqlaydi», deb ma’lumot beradi.[8] O‘tror noibi Inalxon (G‘oyirxon) Xorazmshohga O‘trorga Mo‘g‘ulistondan elchilar yetib kelgani va karvonning savdogar kiyimidagi ayg‘oqchilardan iborat ekani, ular atrofdagi odamlarga «Sizlarni nimalar kutayotganini bilasizlarmi? Hamma narsadan bexabarsizlar. Yaqinda sizlar avval hech ko‘rmagan voqealardan ogoh bo‘lasizlar, deya ig‘vo qilayaptilar», degan mazmunda xat yo‘llaydi. Bunga javoban Sulton Alouddin ehtiyotkorlik yuzasidan ba’zi tadbirlarni amalga oshirish borasida ko‘rsatma beradi[9]. Shundan so‘ng esa O‘tror hokimi G‘oyirxon «savdogarlar niqobidagi ayg‘oqchilar»ni qirib tashlab, mol-mulkini musodara qiladi. Xullas, O‘trordagi mo‘g‘ul karvoni niqobidagi ayg‘oqchilarning qirilgani Chingizxonning Xorazmshohlar yurtiga bostirib kirishiga sabab emas, bahona bo‘ladi. Maqoladagi «Chingizxon avlodi O‘zbekxon o‘zbek elining ajdodi», degan fikrga kelsak: To‘g‘ri, O‘zbekxon Chingizxonning avlodi. Lekin unga qadar Oltin O‘rda saroyi Xorazm va boshqa madaniy markazlarning ta’sirida turkiylashdi, madaniylashdi. Bunga yetarlicha dalillar bor. O‘zbekxon ismi keyinchalik Dashti Qipchoq aholisi nomiga, ya’ni etnonimga aylangani, bu etnonimni qabul qilgan, ya’ni o‘zbeklar, deya atalgan ko‘chmanchi qavmning Turkistonga kirib kelishi va Movarounnahr asosini tashkil qiluvchi xalqimizga singib ketgani, biroq, «o‘zbeklar» etnonimini Movarounnahr va Xorazmning aholisi qabul qilganligi bor gap. Muallif yana xato qilishda davom etadi: xuddiki Dashti Qipchoqdagi turkiy til Chingizxonning tili va uning avlodlari o‘zlarining tilini targ‘ib qilgandek mazmun kelib chiqadi. Aslida, Chingizxon vorislari va sharqdan kelgan mo‘g‘ul va turkiy elatlar madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan mahalliy aholining tilini qabul qiladi. Shuning uchun ham hattoki Turkiyada Xorazmshohlar va Oltin O‘rda davrida yozilgan asarlarga «Xorazm turkiychasi» degan nom berilgan. Muallif o‘z maqolasini: «E’tiboringizga havola qilingan ushbu maqolada keltirilgan barcha faktlar ilmiy asoslangani bois hech ikkilanmay Chingizxonni turkiy, ya’ni o‘zbek deyishimizga asos bor», deya yakunlaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu hech qanday ilmiy asoslangan maqola emas, balki Chingizxon haqidagi asarlardan ilhomlangan va ehtirosga berilgan oddiy muxlislik chiqishidir! Shu o‘rinda Chingizxonning mo‘g‘ul tilidan boshqasini bilmaganligi haqida o‘g‘li O‘qtoyning ishonchli ma’lumotini aytishning o‘rni deb o‘ylayman: mo‘g‘ullar haqida eng ishonchli manba sanaladigan Rashidididin Fazlullohning «Jome at-Tavorih» asarida bir arab O‘qtoy huzuriga kelib, tushida uning otasi, ya’ni Chingizxonni ko‘rganligini va Chingizxon o‘z o‘g‘liga musulmonlar haqida xabar yetkazishni so‘raganligi haqida xabar keltiradi. Shundan so‘ng arab bilan O‘qtoy o‘rtasida suhbat boshlanadi. – Otam sen bilan tilmoch orqali gaplashdimi yoki o‘zimi? – deb so‘raydi arabdan O‘qtoy xon. – O‘z og‘zi bilan gapirdi. – Sen mo‘g‘ul tilini bilasanmi? – Yo‘q – deb javob beradi arab. Shundan so‘ng O‘qtoy: – Sen yolg‘on gapirding, sababi, men aniq bilaman, otam mo‘g‘ul tilidan boshqa hech qaysi tilni bilmasdi, – deydi va arabni o‘limga hukm qiladi. Bu Chingizxonning nafaqat turkiy emasligi, hatto bu tilni bilmaganligini ham ochiq oydin isbotlamoqda. Mana yuqorida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining rasmiy gazetasida chop etilgan SamDU dotsenti Erkin Musurmonovning iddaolardan iborat maqolasini satrma-satr tahlil qildik. Xulosa shuki, tarixni o‘rganishda faqat birgina va bir xil manbaga suyanilmasligi, chuqur tahlil qilinishi kerakligi, oldin qilingan tadqiqotlar chuqur o‘rganilishi lozim. Bekzod ABDIRIMOV, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muallif foydalangan adabiyotlar ro‘yxati: MO‘G‘UL BO‘LMAGAN!


NUQTAYI Gazeta qaysi zamon va qaysi makonda faoliyat yuritmasin, u avvalambor xalqniki, u xalq uchun nashr etiladi, shunday ekan, uning butun turish-turmushi, tutumlari, maqsad-vazifalari keng ommaning qiziqish va manfaatlariga hamohang, vobasta bo‘lib qolaveradi. 20-mart, 2024-yil №10 (1242) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish J NAZAR amiyatning biror-bir sohasi, biror-bir voqea-hodisasi gazetaning diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Yaxshisi ham, yomoni ham. Achchig‘i ham, chuchugi ham. Quvonchu qayg‘usi ham. «Nega uni yozib chiqding? Nima uchun falonni yozib el-yurtga oshkor qilding?» deb do‘q-po‘pisa qilish, gina-kuduratga borish «GAZЕTA» otliq mo‘jizaning tabiatini, vazifasini, missiyasini tushunmaslik, anglab yetmaslikdan o‘zga narsa emas. Ommaviy axborot vositalarining bayroqdori, yetakchisi bo‘lmish gazetaning boshiga ne kunlar tushsa, ularning bari uning tabiatiga, vazifasi va missiyasiga borib taqaladi. shu bilan bir vaqtda uning ravnaq topishi, gullab-yashnashi va qanchalar uzoq umr kechirishi juda-juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Buning sababi chuqur. Gazetaning hayoti jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liqlikda kechadi. Gazeta bo‘ysunmas mavjudot, o‘jar, qaysar, o‘z bilganidan qolmaydigan maxluq. Uning bittayu bitta do‘sti bor – haqiqat! Mezoni – vijdon! U o‘zi yashab turgan jamiyatning ko‘zgusi, binobarin, borni bor deydi, yo‘qni yo‘q. Dunyodagi qaysi gazetaning boshiga ne ko‘rguliklar tushgan bo‘lsa, hamma-hammasi ushbu sanab o‘tilgan xususiyatlar tufayli, ushbu fazilatlar… yo‘q, fazilat demaylik, takror bo‘lsa-da, ta’kidlaylik: gazetaning qismati shu, uning peshonasidagi yozig‘i mana shu! Zamonaviy ommaviy axborot vositalari mintaqamizda vujudga kelganiga taxminan 150 yil bo‘ldi. Bunday qaraganda, u qadar uzoq davr emas, ammo-lekin shu yillar mobaynida mintaqamiz, jumladan, mamlakatimiz ozmuncha ijtimoiysiyosiy to‘lg‘anishlarni boshdan kechirdimi? Siyosat o‘zgardi, mafkura o‘zgardi, davr o‘zgardi, shunga yarasha matbuot ham ko‘pdan-ko‘p o‘zgarishlarga uchradi. Ana shunday o‘zgarishlar to‘lqinida nima uchun jurnalist o‘zgarmasligi kerak?! Ta’na va ta’kid to‘la savol davom ettirilsa, tasavvurga sig‘mas ushbu o‘zgarishlar silsilasi jarayonini to‘g‘ri, savodli, ma’rifatli va yanada muhimi, xolis anglab yetish keng ommani, hukmronrahbariy siymolarni ozmuncha murakkabdan-murakkab vaziyatlarga solib kelmoqdami?! Matbuot, jumladan, gazeta hukmron mafkuraga bo‘ysunishi, unga xizmat qilishi, yuqoridan chizilgan chiziqdan chetga chiqmasligi milliy jurnalistika uchun yangilik emas. Ammo-lekin bir haqiqatni hech ikkilanmay aytishga burchlimiz: har qanday davrda, har qanday ijtimoiy-siyosiy «ob-havo»da gazetalarimiz gazeta degan sharafli nomga, jurnalistlarimiz jurnalist degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik chorasini izladilar, kasbimiz tiynatidagi eng muqaddas vazifa-missiyani ado etish yo‘llariga sadoqatlarini saqladilar. Gapni uzoqdan boshlaganimiz bejiz emas. Zero, Farg‘ona viloyatida chiqqan ilk milliy gazeta «Sadoi Farg‘ona»ning dastlabki nusxasi bundan roppa-rosa 110 yil (1914-yil 3-aprel kunidan) muqaddam nashrdan chiqqan. Savol tug‘iladi: gazeta ta’sis etishdan ne maqsad-muddaolar ko‘zda tutilgan edi? Milliy matbuotimiz tarixi bilimdoni, hassos olim Boybo‘ta Do‘stqorayev tadqiqotlari bu borada tug‘ilajak har qanday savolga javob bera oladi. Gazetaning birinchi sonida muharrir Obidjon Mahmudov maqsadni ochiqoydin yozdi: «…xalqimizga qo‘limizdan kelgan qadar xizmat etmakdir». «Xalqimizga xizmat etmak» degan jumlaga ham oydinlik kiritishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun o‘sha davrni, milliy va xorijiy voqeliklarni, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy va hokazo ahvollarini bir qadar bo‘lsa-da, tasavvur qilmog‘imiz zarur. Bir so‘z bilan aytganda, aholi o‘rtasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muammolar shu qadar qalashib ketganki, shunga to‘g‘ri yondashgan «Sadoi Farg‘ona»ning ham ishi-yumushi boshidan oshibtoshgan. Shunday ekan, gazetaning birinchi sonida chop etilgan quyidagi so‘zlarga e’tibor qarataylik: «Dardimiz – bir, kasalimiz ham – bir, davo va darmonimiz ham birdur». Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas, zero, gazeta qaysi zamon va qaysi makonda faoliyat yuritmasin, u avvalambor xalqniki, u xalq uchun nashr etiladi, shunday ekan, uning butun turish-turmushi, tutumlari, maqsad-vazifalari keng ommaning qiziqish va manfaatlariga hamohang, vobasta bo‘lib qolaveradi. «Sadoi Farg‘ona» gazetasining 2-sonidan olingan quyidagi so‘zlarga e’tibor qarataylik: «G‘azeta bir idorai umumiydir, har kim xayolig‘a kelgon fikrini maydonga chiqarub yozmakg‘a haqi bor». Biz zamonaviy so‘z erkinligi tizimlari, matbuot erkinligi, ya’ni demokratiya qadriyatlari G‘arbda paydo bo‘lgan, demokratiyaning otasi-o‘chog‘i G‘arbiy mintaqalarda degan taassurotlardan voz kecholmaymiz. Vaholanki, mana shu olingan iqtibosga teranroq, chuqurroq razm solaylik. Qaysi qadriyatlar nazarda tutilmoqda mazkur so‘zlarda? Gazeta–umumning mulki ekanligi, uning sahifalarida har qanday fikrni maydonga tashlashga, ya’ni keng omma e’tiboriga havola qilmoqqa da’vat etilmoqda. Demokratiyaning o‘zagi, umurtqasi ham shu emasmi?! Matbuotni shu yo‘lda «insonni komil» qiluvchi dorilfununga aylantirish niyati, maqsadi, orzusi yotibdi! «Sadoi Farg‘ona»ning 123 soni dunyo yuzini ko‘rdi, oxirgi soni 1915-yilning 6-iyunida chiqdi. Chog‘ishtiraylik: «Farg‘ona haqiqati» gazetasining 2023-yil 29-dekabr sonida tahririyat jamoasining «Sarhisob»i e’lon qilindi. Jamoa o‘z mushtariylari, muxlislari oldida hisobot bermoqda. «O‘tgan yil boshida, – deb yozadilar unda, –bergan va’damiz – ijtimoiy-ma’rifiy, tarixiy, xalqaro hayot va davrning dolzarb muammolari yechimiga bag‘ishlangan, viloyat va mamlakat hayotidagi muhim voqealar tafsiloti, tanqidiy-tahliliy, badiiy-publitsistik maqolalar, she’r hamda hikoyalar va boshqa ko‘plab mavzulardagi chiqishlarimiz bilan ma’naviy ozuqa ulashishga baholi qudrat harakat qildik». Gazeta sahifalaridan tushmagan ruknlarga ko‘z yugurtiraylik: «Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur», «Achchiq, ammo ochiq gaplar», «Siz nima deysiz?», «Gazetxon fikri», «Yodimizdan yiroq odamlar», «Tarixga nazar», «Muxbirimiz muammo qo‘yadi», «Juma saboqlari», «Yaxshilardan so‘z ochdik», «Jamiyat og‘rig‘i», «Qishloqlarni yayov kezganda», «Siz kutgan suhbat». Sanab o‘tilgan ruknlar ostida e’lon qilingan chiqishlarni mutolaa qilishdan tug‘ilgan taassurotlar bayoniga kirishilsa, mubolag‘asiz, bir kitobga jo bo‘ladi. Bugungi «Farg‘ona haqiqati» bilan bundan 110 yil muqaddam chop etilgan «Sadoi Farg‘ona» gazetasi jamoasi diliga tukkan maqsad yonma-yon qo‘yilsa, xolis nazar-nigoh tashlansa, qanchalar o‘xshashlik, qanchalar yaqinlik, qanchalar ezgulik ko‘zga yaqqol tashlanadi. Davr boshqa, zamon boshqa, jamiyat va mafkuralar xilma-xil, lekin ezgu maqsad bir: odamlarni xabardor qilish va «insonni komil» qilish! To‘g‘ri, hozirgi zamon istaklari va imkoniyatlari bilan bir asr burungi holat o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yish mantiqsiz, albatta. «Farg‘ona haqiqati» qamrovni shu qadar keng olganki, bunday miqyosda faoliyat yuritishga mamlakatimizdagi viloyat gazetalari emas, respublika miqyosida chop etiladigan ko‘plab nashrlar ham havas qilsa arziydi. Zero, gazeta nafaqat viloyat, balki Farg‘ona vodiysi hayotini qamrab olishga jazm etgan («Vodiy ovozi» sahifasi), bu bilan ham kifoyalanmay, mamlakatimizda, qolaversa, dunyoda kechayotgan muhimdan-muhim voqealarni qamrab olishga harakat qilmoqda. Avvalo, bir viloyat gazetasi miqyosida shuncha masalani zimmaga olish naqadar oson emasligini qalam ahli yaxshi biladi, tushungan odam tushunadi, biroq zamon boshqa, odamlar boshqa, tafakkurlar mutlaqo o‘zgacha. Hozir eng taqchil narsa – axborot. Axborot qanchalik ko‘p berilsa, u shunchalar ozlik qilayotgan davrda yashab turibmiz. «Farg‘ona haqiqati» taxlamlarini varaqlagan har qanday tadqiqotchi, ilmiy tilda aytganda, tahririyat ijodiy jamoasi minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanayotganini ko‘rishi qiyin emas. «Farg‘ona haqiqati» ana shunday miqyoslarda faoliyatni yo‘lga qo‘ygani viloyat ziyolilarining, Farg‘ona viloyati intellektual-ijodiy dunyosi vakillarining va albatta, viloyat rahbariyatining e’tibori, madadi va qo‘llab-quvvatlashi mevasi ekanligiga shak-shubha yo‘q. Shu o‘rinda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh farg‘onalik jurnalistlar Hindiston safariga borib kelishgani alohida voqea ekanligini ta’kidlamog‘imiz zarur. Ushbu o‘ziga xos safar asnosida viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning maqolasi Hindiston matbuotida, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Skand Ranjan Tayalning maqolasi «Farg‘ona haqiqati» gazetasida e’lon qilingani chinakam ma’noda tarixiy voqeadir. Ustoz Boybo‘ta Do‘stqorayev «Sadoi Farg‘ona» gazetasining 1914-yil 4-may kungi sonida e’lon qilingan Muhammad Odilning «Pilla kam tutilmog‘ining sababi» sarlavhali tahliliy maqolasini «milliy matbuotimizda ilk marta jurnalistik tekshiruv janriga murojaat qilindi» deb baholaydi. Gazetaning 1914-yil aprel-may sonlarida davomli maqola sifatida bosilgan Cho‘lpon qalamiga mansub «Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik» maqolasini mavzuning mohiyatiga kirish nuqtayi nazaridan DAVR, jurnalist surishtiruviga o‘xshatadi. JAMIYAT, GAZETA Nihoyatda jiddiy xulosa bu. Kashfiyot bu! Chunki «Jurnalist tekshiruvi» hozirgi zamon jahon jurnalistikasida eng ko‘p o‘qiladigan, eng ko‘p samara beradigan janr darajasiga ko‘tarilgan. Milliy matbuotimizda esa ushbu janr imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilyapti deb aytolmaymiz. Buni qarangki, «Sadoi Farg‘ona»da shu yo‘nalishdagi maqolalar bosilgan ekan, uning hozirgi davomchisi «Farg‘ona haqiqati» sahifalarida ham jurnalist surishtiruvi chiqib turibdi. …Gazetaning 2023- yil 19-may kungi sonida shahartepalik yakka tartibdagi tadbirkor-chevar Nilufarxon Sodiqova aytgan quyidagi so‘z dono xalqimizning o‘lmas hikmatlari yanglig‘ dilga, xotiraga muhrlanadi: «Mehr bergan qo‘lga igna kirmaydi». Naqadar halol, naqadar beg‘ubor va naqadar o‘zbekona! Gazeta mana shunday topilmalari uchun ham, muxlislari va mushtariylari ko‘ngliga iliqlik, mehr ulasha olayotgani uchun ham yashashga haqli! «Hurriyat» gazetasidan olindi. Xurshid DO‘STMUHAMMAD, filologiya fanlari doktori, professor


Ана холос! Таєдимот 20-mart, 2024-yil №10 (1242) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 ТАІЛИЛЛАР ШУНИ КЎРСАТАДИКИ, АЙНИ ПАЙТДА МАМЛАКАТИМИЗДА 9 МИЛЛИОНДАН ОРТИЄ ОИЛА БЎЛИБ, ЙИЛИГА ЎРТАЧА 45-49 МИНГ ОИЛАВИЙ АЖРИМЛАР КУЗАТИЛМОЄДА. АЧИНАРЛИСИ, НИКОІДАН АЖРАШАЁТГАНЛАРНИНГ 4-5 ФОИЗИНИ БИР ЙИЛГАЧА, 40 ФОИЗИНИ ЭСА БЕШ ЙИЛГАЧА БИР ОИЛА БЎЛИБ ЯШАГАНЛАР ТАШКИЛ ЭТМОЄДА. МУЛОҲАЗА залдан оилани муқаддас деб билган, оилавий муносабатларни қадрият даражасида қадрлаган халқмиз. Лекин бугун ушбу тушунчаларга бўлган қарашлар бирмунча ўзгарди, айрим ёшларимизда оилага нисбатан юзаки, енгил-елпи муносабат шаклланяпти... Яқинда бир издиҳомда беихтиёр икки курсдош дугонанинг суҳбати қулоғимга чалиниб қолди. – Э-э, дугонажон, олий маълумотли бўлиб, уйланмаган йигит билан турмуш қурганларнинг биттаси сенмисан? Қайнона, қайнота, қайинбўйнилар хизматидан ортмайсан. Овсинларнинг «деди-деди»ларини-ку, гапирмаса ҳам бўлади. Шунда ҳам ҳеч ким миннатдор бўлмайди... Ким ёмон, ҳамиша келин ёмон... Мана мен институтда ўқимаган бўлсам ҳам... Ўзимдан 32 ёш катта одам билан никоҳ ўқитиб, тегиб олдим. Ишонасанми, хотинидан анча ёш бўлганим учунми, у мени бошида кўтаради. Алоҳида ҳовли, машина олиб берди. Еганим олдимда, емаганим ортимда. Нима сўрасам, муҳайё қилади. Асосийси, ҳеч кимнинг «қош-қовоғи»га қарамайман. Онам ҳам хурсанд, «гап ёшда эмас, муҳими, бахтлисан», деяптилар. Эримнинг ўз аёлидан кўнгли совиган. Уйига фақат болалари учун бир-бир бориб туради. Ҳадемай ўғлимиз туғилса, у менинг ёнимдан умуман кетолмай қолади... Бугун хотин-қизлар масаласига давлат сиёсати даражасида қараяпмиз, уларнинг билимли, касб-ҳунарли бўлишлари, ўз иқтидорларини тўла намоён қилишлари учун барча шароитлар яратиб берилаётир. Аммо афсуски, улар орасида «жаннатий ҳаёт» илинжида юрганлар қанча? Бу жамият фожиаси, миллат таназзули эмасми?! Буюк бобокалонимиз Абу Али ибн Сино: «Ҳаёсиз юз, жонсиз жасад кабидир», деб ёзганида шундайларни назарда тутган бўлса, не ажаб?! Бугун қадриятларимизга дахл қилаётган бу каби иллатлар туфайли оилавий ажралишлар сони кунданкунга ортиб бораётгани, тўлиқсиз оилада улғаяётган болаларнинг мурғак қалблари ўксиб қолаётгани ҳақида гапирсак тилимиз, гапирмасак дилимиз куяди... Ижтимоий тармоқлардаги никоҳсиз ишқий муносабат ўрнатиш, фарзандсизлик, бир жинслиларнинг оила қуришига ёки умуман оила қурмасликка даъват этадиган тарғиботлари оилаларни емиришга қаратилгани кундек равшан. Тан олишимиз керак, ғараз ниятли кимсалар маълум маънода ўз мақсадига эришяпти, уларнинг бузғунчи тарғиботлари кутилган самарани беряпти. Ижтимоий тармоқларда миллатимиз, менталитетимизга ёт, қадриятларимизга зид бўлган беҳаё суратлар, фаҳшни, аҳлоқсизликни тарғиб қиладиган видеолар, бачкана хатти-ҳаракатлар акс этган тик-токлар кўпайиб боряпти. Ачинарлиси, бундай ҳаёсизликни ўзга юртлардан келган бегоналар эмас, ўзимизникилар тарғиб қиляпти. Биз эса жиммиз, лоқайдмиз. Улар менга бегона, дея бепарволик билан қўл силтаймиз. Нохуш ҳолатларни кўриб кўрмаганликка, эшитиб, эшитмаганликка оламиз, ва, энг ёмони андиша қилиб, гапирмаймиз. Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз, миллий қадриятларимиздан саналган андиша сўзининг луғавий маъноси нималигини? Ундан ҳар доим ҳам ўз ўрнида, мақсадли фойдаланяпмизми? Бу атаманинг оҳори тобора тўкилиб бораётганига қандай омиллар сабаб бўляпти?.. Бундай жавобсиз саволлар кўп. Афсуски, улар атрофида фикрлашишга, мушоҳада юритишга, муҳокама қилишга вақтимиз ҳам, хоҳишимиз ҳам йўқ. Таҳлиллар шуни кўрсатадики, айни пайтда мамлакатимизда 9 миллиондан ортиқ оила бўлиб, йилига ўртача 45-49 минг оилавий ажримлар кузатилмоқда. Ачинарлиси, никоҳдан ажрашаётганларнинг 4-5 фоизини бир йилгача, 40 фоизини эса беш йилгача бир оила бўлиб яшаганлар ташкил этмоқда. Статистика агентлиги томонидан тақдим этилган маълумотларга кўра, 2022 йилда Ўзбекистонда жами 48 734 та оила никоҳдан расман ажрашган бўлса, бу кўрсаткич 2021 йилда 39 227 тани ташкил этган. Икки йиллик рақамлар таққосланганда қайд этилган никоҳдан ажралиш ҳолатлари 24 фоизга ошгани кўринади. Бу 2022 йил учун ҳар минг нафар аҳолига тўғри келадиган никоҳдан ажралиш даражаси – 1,4 промиллени ташкил этади. Яқинда Оила ва хотин-қизлар қўмитаси, Ички ишлар вазирлиги ва бошқа мутасадди ташкилотлар иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида 2023 йилнинг 10 ойи мобайнида 41 583 та оилавий ажримлар қайд этилгани ҳақида маълумот берилди. Ажримлар сони 2021 йилда 41 фоизга, 2022 йилда 22 фоизга кўпайган бўлса, 2023 йилда ўсиш суръати кескин тушиб, 2022 йилга нисбатан атиги 0.8 фоизга кўпайган (ўсиш суръати 2022 йилга нисбатан 27 бараварга камайган). «Бирор мамлакатни ишғол қилмоқчи бўлсанг, унинг устига саф-саф қўшин тортиб боришинг шарт эмас, шу юртнинг аёллари маънавиятини издан чиқарсанг, кифоя», деган гап бор. Аёлларимиз касб-корли, жамият ҳаётида ижтимоий фаол бўлишлари баробарида оилапарвар, садоқатли, қўйинг-чи, ўзбек аёлига хос бўлган барча фазилатларга эга бўлсалар, ҳеч қандай қабиҳ ният амалга ошмайди. Зеро, аёл фарзанд тарбиялайди, келажакни, миллатни улғайтиради. Унинг босган ҳар бир қадами дилбандлари тақдирида албатта, акс этади, уларнинг келажагига таъсир ўтказмай қолмайди... Эътибор берганмисиз, зинокор аёл ва эркак ҳақида гап кетганда, аксарият ҳолларда фақат аёлларни айблаймиз. Ваҳоланки, халқимизда, «Қарс икки қўлдан...» деган нақл бор. Шундай экан, зинокорларнинг ҳар иккиси ҳам бирдек айбдор! Айрим эркакларнинг рисоладагидек оиласи, фарзандлари, ҳаттоки набиралари бўла туриб, ҳайвоний ҳирси йўлида иккинчи, ҳаттоки учинчи бор шаръий никоҳ билан ўз қизи тенги аёлларга уйланиб олаётгани ҳеч биримиз учун янгилик бўлмай қолди. Ачинарлиси, бу тарзда қурилаётган аксарият оилавий муносабатлар қисқа фурсатда барҳам топяпти. Қарабсизки, «Оғирнинг устидан, енгилнинг остидан» юришни мақсад қилган «иккинчи» ёки «учинчи» мақомидаги ҳеч қандай ҳақ-ҳуқуққа эга бўлмаган аёллар фарзандлари билан кўчада қоляпти. Уларнинг ҳатто алимент олиш ҳуқуқига ҳам эга эмаслиги фарзандларини танг аҳволга солиб қўйяпти. Алалоқибат айбни катталар қилиб, жабрини бегуноҳ гўдаклар тортаяпти. Ёдимда бор, авваллари у хоҳ эркак бўлсин, хоҳ аёл, оиласига хиёнат қилса, унинг бу хаттиҳаракати аҳлоқий бузуқлик, деб баҳоланар, бошқаларга ҳам сабоқ бўлсин, деган мақсадда меҳнат жамоаларида кенг муҳокама қилинар, унга нисбатан интизомий чоралар кўриларди. Ҳозир эса қўшхотинлик «урф»га айлангандек, гўё. Ёш, бокира қизларини кап-катта эркакларга иккинчи, ҳаттоки учинчи хотинликка қўш-қўллаб узатаётган «оналар» сони ортиб бораётгани ҳам ҳеч кимга сир эмас... Биз эса одоб билан сукут сақлаймиз, бу мавзуда «пичирлаб» гаплашамиз. Ижтимоий тармоқларга беҳаё суратлар, видеолар қўяётган қайсидир танишимиз қизининг, гулдек оиласи бўла туриб, бегона эркак билан «дон олишиб» юрган аёлнинг ёки бўлмаса, набираси тенги қизга уйланиб олган қайсидир амалдорнинг ғийбатини қиламиз. «Ғийбат эмас, ибрат маъносида», дея қилмишимизни ҳаспўшлаб ҳам қўямиз. Кун эмас, соат сайин «урчиб» бораётган аҳлоқсизликларга бефарқ бўлар эканмиз, оилавий қадриятларимиз таназзулга юз тутиши муқаррар. Бундай нохуш ҳолатларга барҳам бериш учун жамоатчилик назоратини, қонуний асосларни кучайтириш вақти келди. Феруза ЖАЛИЛОВА, партия Марказий кенгаши бўлим бошлиғи ҲАЁСИЗ ЮЗ, АЙРИМ ЭРКАКЛАРНИНГ РИСОЛАДАГИДЕК ОИЛАСИ, ФАРЗАНДЛАРИ, ІАТТОКИ НАБИРАЛАРИ БЎЛА ТУРИБ, ІАЙВОНИЙ ІИРСИ ЙЎЛИДА ИККИНЧИ, ІАТТОКИ УЧИНЧИ БОР ШАРЪИЙ НИКОІ БИЛАН ЎЗ ЄИЗИ ТЕНГИ АЁЛЛАРГА УЙЛАНИБ ОЛАЁТГАНИ ІЕЧ БИРИМИЗ УЧУН ЯНГИЛИК БЎЛМАЙ ЄОЛДИ. ЖОНСИЗ ЖАСАД КАБИДИР... Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида навоийшунос олим, филология фанлари доктори, профессор Иброҳим Ҳаққул таваллудининг 75 йиллигига бағишланган хотира кечаси бўлиб ўтди. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раисининг ижодий масалалар бўйича биринчи ўринбосари Минҳожиддин Мирзо кейинги йиллар мобайнида навоийшунослик илми янги Фривожланиш босқичига чиққани, бу борада атоқли олим, адиб Иброҳим Ҳаққулнинг ҳам муносиб ҳиссаси борлигини алоҳида эътироф этди. Кечада олимнинг инсонийлик фазилатлари ҳақида сўз борди. Устоз Иброҳим Ҳаққул адабиётга, ҳақ сўзга содиқ қолган, навоийшунослик илмини мукаммал эгаллаган, бу борадаги бебаҳо хазинани ёш авлодга беминнат етказган теран маънавиятли инсон эканига алоҳида эътибор қаратилди. – Иброҳим ака «агар навоийшунос бўлмаганимда, албатта фольклоршунос бўлардим ва мақолларни ўрганар эдим», дер эдилар, – хотирлайди фольклоршунос олим Шомирза Турдимов . – Бу бежиз эмас эди. Мақоллар гарчи шаклан кичкина бўлсада, лекин мазмунан, маъно жиҳатдан жуда катта жанрдир. Иброҳим ака мақолларни ўрганаман, деганларида жуда катта рамзий маъно бор. У кишининг асарлари файласуфнинг асарларига ўхшайди. Бу бекорга эмас. Чунки Иброҳим Ҳаққул адабиётимизнинг файласуфларидан эдилар. – Устознинг фаолиятида Навоий ва адабиётшунослик уйғунлашиб кетганди, – деди филология фанлари доктори Мақсуд Асадов. – Устознинг «Навоийга қайтиш» номли қатор китоблари чиқди ва улар Навоийга тўла-тўкис қайта олдилар. Ўтган йиллар давомида «Иброҳим Ҳаққул ўқишлари» йўлга қўйилди ва бу анъана давом этади. Иброҳим Ҳаққул 1949 йил 28 март куни Бухоро вилояти Шофиркон тумани Талижа қишлоғида зиёли оиласида туғилган. 1970 йилда Бухоро давлат педагогика институтини тамомлаган. Устоз 1970-1972 йилларда «Шофиркон ҳақиқати» газетасида бўлим бошлиғи ва муҳаррир вазифаларида ишлаган. 1972 йилдан Алишер Навоий номидаги Тил ва адабиёт институтида фаолият юритган. 1976 йили «Ўзбек адабиётида рубоий» мавзуида номзодлик, 1995 йили «Ўзбек тасаввуф шеъриятининг шаклланиши ва тараққиёти» мавзуида докторлик диссертациясини ҳимоя қилган эди. Унинг «Ўзбек адабиётида рубоий» (1981), «Увайсий шеърияти» (1982), «Бадиий сўз шукуҳи» (1987), «Занжирбанд шер қошида» (1989), «Шеърият – руҳий муносабат» (1989), «Абадият фарзандлари» (1990), «Тасаввуф ва шеърият» (1991), «Камол эт касбким…» (1991), «Ғазал соғинчи» (1991), «Ижод иқлими», «Мушоҳада ёғдуси», «Навоийга қайтиш» каби 20 дан ортиқ китоблари нашр этилган. Адиб Абдулҳамид Чўлпоннинг «Баҳорни соғиндим» (1988), Аҳмад Яссавийнинг «Ҳикматлар» (1991) мажмуасини, Сайфиддин Рафиддинов билан ҳамкорликда «Боқирғон китоби» (1991), «Меърожнома» (1995) каби асарларни ўқувчиларга етказган. Хотира тадбирида Иброҳим Ҳаққул ижоди, фаолияти, олим билан боғлиқ ёрқин хотиралар, унинг ибратли фазилатлари хусусида атрофлича сўз юритилди. Н.УСМОНОВА, ЎзА Адабиётга, ҳақ сўзга содиқ қолган ижодкор ёди Aлишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетида Ўзбек тили синонимларининг ўқув луғати тақдимоти бўлиб ўтди. Ушбу китоб мазкур университет профессори Ҳамидулла Дадабоев, доцент Манзура Aбжалова ва СамДУ доценти Умида Рашидова ҳаммуаллифлигида нашр этилган. Ушбу луғат ўзбек тилидаги 2500 га яқин синонимик қаторларни ўз ичига олган бўлиб, унда аралаш турдаги (лексик, дериватив, жуфт, такрор бирликлар), фразеологик ва грамматик (аффиксал, морфем-лексик, синтактик) маънодош бирликларнинг изоҳи, туркуми, тўлиқ, қисман синонимлиги, синонимик қаторнинг тарихий шакллари, услубий хосланиши каби маълумотлар берилган. Луғатда, шунингдек, синонимлар масаласида қилинган тадқиқот ишларининг библиографияси ҳам кўрсатилган. Тақдимот тадбирида Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректори Одинахон Жамолиддинова, Давлат тилида иш юритиш асосларини ўқитиш ва малака ошириш маркази директори Иномжон Aзимов ва бошқалар луғатнинг тузилиши, қамрови ва шу турдаги бошқа луғатлардан фарқли жиҳатлари ҳақида сўз юритишди. Ушбу луғат наинки таълим тизимининг барча босқичлари учун, балки таржимонлар, тадқиқотчилар ва ўзбек тилини ўрганувчилар учун ҳам жуда қимматли лексикографик манба экани таъкидланди. ЎзА ЎЗБЕК ТИЛИ СИНОНИМЛАРИНИНГ ЎҚУВ ЛУҒАТИ ЯРАТИЛДИ Рўзаи-рамазон кунларида – эзгуликлар сабаби ва ижобати учун дуолар қилинаётган бир пайтда айрим ватандошларимиз ўз ватандошларини заҳарлаб қўйишдан ҳам тийилмаётганлари уятли ҳолат, албатта. Божхона ходимларининг хабар қилишларича, Тошкент вилоятида 10 млрд сўмлик қалбаки косметика маҳсулотлари ишлаб чиқарган цех фош этилибди. Қайд этилишича, бу ерда 20 дан зиёд машҳур брендлар номи билан 280 минг донадан ортиқ сифатсиз косметика ва парфюмерия воситалари ишлаб чиқарилган. Энди бир тасаввур қилинг, ушбу қалбаки косметиканинг қанчаси аллақачон сотиб бўлинган... Бу эса ҳали қонунчилигимизда ўнлаб тирқишлар борлигини кўрсатяпти. ФРАНЦУЗ ЁКИ НЕМИС ЭМАС, ЄЗИМИЗНИКИ ЄЗИМИЗГА ғирромлик қиляпти


СИНАЛГАН УСУЛ БИЛАН МАТБУОТ ПАРТИЯ ЧИЗГАН ЧИЗИЈИДАН БОРИШГА МАЖБУР ЄИЛИНГАН. ОАВ ЁРДАМИДА СОВЕТЛАРГА ЄАРШИ МИЛЛИЙ ОЗОДЛИК ІАРАКАТИ ІАЄИДАГИ МУТЛАЄО СОХТА ТАСАВВУРЛАР ШАКЛЛАНТИРИЛГАН. 20-mart, 2024-yil №10 (1242) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish МАТБУОТ ТАРИХИДАН Марказий, фронт ва миллий газеталар учун умумий характер касб этувчи қуйидаги асосий вазифалар белгилаб қўйилган: - армияга кучли мафкуравий қурол сифатида таъсир этиш; - ҳарбий қисм командирларига ишончли ёрдамчи бўлиш; - ҳарбий комиссарлар олиб бораётган ғоявий ишларда кўмакчи бўлиш; - партия ташкилотларининг мафкура билан боғлиқ ишларида фаол кўмакчи бўлиш. Айтиш керакки, бу вазифалар ўз-ўзидан пайдо бўлиб қолгани йўқ. П.Агаповнинг фикрича, 1919 йил РКП (б) саккизинчи съездининг тарихий қарори бунда муҳим роль ўйнаган. Яъни, ҳарбий масалаларга бағишланган қурултойда «Партиявий ва совет матбуоти» ҳақида қарор қабул қилиниб, ОАВ учун аниқ вазифалар белгилаб берилган. Шунингдек, ҳарбий матбуотни янада ривожлантиришда 1919 йилнинг 14-31 март кунлари бўлиб ўтган иккинчи ўлка партия конференцияси, 1919 йил 24-30 май кунлари ўтказилган мусулмон коммунистларининг биринчи ўлка конференцияси ва 1919 йил 1-15 июнь кунлари ўтказилган КПТнинг учинчи съезди қарорлари муҳим ўрин тутган. Келинг, РКП (б) саккизинчи съездининг «Партиявий ва совет матбуоти» ҳақидаги тарихий қарорини кўриб чиқайлик. Унда фуқаролик уруши даврида мафкуравий ишларнинг умумий равишда заифлашгани партия ва совет матбуоти ишига улкан зарар етказгани айтилади. Партия ва совет матбуотидаги умумий камчилик сифатида маҳаллий ҳаётдан ҳамда умумий сиёсий жараёндан узилганлик кўпроқ танқид қилинади. Бундай сиёсий айбловлар касбий маҳорат масалаларидаги оқсашлар танқидига уланади. Яъни, қарорда ҳажман катта, аудиторияни қизиқтирмайдиган, баён қилиш услуби зерикарли бўлган материаллар, хусусан, турли идора ва муассасаларнинг қарорлари, декретлари эълон қилиниши тилга олинади. Бу камчиликларнинг сабаби нимада? Партия буни ҳам кўрсатиб беради: «Партиянинг энг яхши адабий кучлари давлат ишларига ўтиб кетишди, матбуот тажрибаси кам ходимлар қўлида қолди». Вазият нега буни тақозо қилди? Аслида муаммо нимада эди? Нега қурултойда ушбу масала бу қадар кескин қўйилди? Буни совет матбуоти, хусусан, Туркистонда миллий озодлик учун кураш бошланган даврда чоп этилган ҳарбий нашрлардаги айрим материаллар мисолида кўриб чиқсак. Туркфронтнинг ҳарбий инқилобий кенгаши нашри ҳисобланган «Военная мысль» журналининг 1920 йилда чоп этилган сонларидан бирида муаллиф В.Кувшинов Фарғона фронтидаги аҳволни шарҳлар экан, «босмачилик»нинг авж олишига ҳокимият тепасидагиларнинг ўз вазифасини суистеъмол қилишаётгани ҳамда Туркистон мухторияти ғояси ўз аҳамиятини йўқотмаганини сабаб қилиб кўрсатади. 1918 – 1924 йилларда чоп этилган «Военная мысль» журналида Туркистонда совет ҳокимиятига қарши қаратилган ҳаракатлар моҳияти акс эттирилган мақолалар доимий тарзда чоп этилган. Масалан, Н.Тўрақуловнинг журналнинг 1921 йил 2-сонида чоп этилган «Ферганская проблема» мақоласида «босмачилик» умумхалқ ҳаракати сифатида эътироф этилади. Унинг келиб чиқишига сабаб бўлган ижтимоий, иқтисодий омиллар таҳлил қилинади ва бу ҳаракат халқнинг тўлган сабри косасидан отилиб чиққани ёзилади. П.Барановнинг мақоласида ҳам курашнинг умуммиллий ва умумхалқ ҳаракати тусини олгани таъкидланади. Демак, «босмачилик» қандайдир қароқчи, тўда ёки бандитларнинг эмас, халқнинг норозилиги эканлиги мақолада акс эттирилади.. «Красная армия» журналининг 1921 йил 9-сонида эса Н.Батмановнинг «Басмачество и борьба с ними» сарлавҳали мақоласи эълон қилинган бўлиб, унда муаллиф муаммога совет ҳокимияти айбдор эканлигини очиқ ёзади ва таҳлил қилади. Шунингдек, бошқа босма нашрлар ҳам Фарғонадаги «босмачилик» ҳаракатига айрим масъул шахсларнинг ўз вазифасини суистеъмол қилиши сабаб бўлган деб ёзади. ОАВдаги бундай ёндашувлар ва ҳали жиловланмаган ижтимоий қарашлар шўроларнинг Туркистонда зўрлик билан ҳукмронликни ўрнатиш сиёсатига зарар етказаётган эди. Энг эътиборлиси, матбуотдаги бундай холис ёндашувлар туфайли совет ҳокимиятининг зулми ва зўравонлиги юзага чиқаётган эди. Тарихчи олима Доно Зиёеванинг «Туркистон миллий озодлик ҳаракати» китобида келтирилишича, Туркистондаги миллий озодлик кураши ҳақидаги ҳаққоний ахборотлар, мулоҳазалар, тасаввурларга барҳам бериш учун ОАВга нисбатан босим ўтказила бошланди ва партия назорати баҳонасида цензура ўрнатилди. Хўш, бу цензурани қандай тушуниш мумкин? Аввало, бу ОАВни тўлиқ партиянинг назоратига ўтказиш дегани эди. Бу билан жамиятда соғлом фикр, сўз эркинлигини бўғишга қаратилган жиддий қадам ташланганди. Матбуотни ҳукмрон коммунистик мафкура манфаатларига зўравонларча бўйсундириш шу тариқа амалга оша бошлади. Бу сиёсатни Туркистон билан боғлаб айтадиган бўлсак, қизил армия сиёсий бӯлимлари, партия ташкилотларининг мафкура, тарғибот-ташвиқот бӯлимлари ҳамда матбуот шу вазифага бўйсундирилди. ...1922 йилга келиб РКП (б) марказий қўмитаси матбуот нашрларини қатъий назоратга олиш, таҳририят аъзоларини партияга содиқ кишилар билан алмаштириш ҳақида кўрсатма берди, – деб ёзади Д.Зиёева. Тарихчи олиманинг фикрига эътибор қаратсак, қарор қабул қилинганидан уч йил ўтиб, ижроси бўйича кескин чораларга ўтилгани аён бўлади. Демак, синалган усул билан матбуот партия чизган чизиғидан боришга мажбур қилинган. ОАВ ёрдамида советларга қарши миллий озодлик ҳаракати ҳақидаги мутлақо сохта тасаввурлар шакллантирилган. Тилга олинган ҳужжатларга мувофиқ маҳаллий коммунистлар Туркистонда армиянинг мудофаа қобилиятини мустаҳкамлаш, партиявий-сиёсий аппаратни кучайтириш мақсадида қатор қарорлар қабул қилишди. Масалан, Туркреспублика инқилобий кенгаши ҳузурида сиёсий бўлимлар, фронтларда эса инқилобий кенгашлар ташкил этилди. Мазкур бўлим ва кенгашлар эса ўз навбатида тарғибот-ташвиқотни кучайтириш, аҳоли, кенг жамоатчилик онгига совет ҳокимияти мафкураси, ғоясини чуқурроқ сингдириш мақсадида оммавий равишда қизил армия нашрларини ташкил эта бошладилар. Натижада Туркфронт сиёсий бошқармасининг органи ҳисобланган ҳарбий нашрлар бир томондан партиянинг назорати остига олинди, иккинчи томондан «босмачи», «босмачилик» ҳаракати тушунчалари онгимизга сингишида, аниқроғи, пешонамизга тамға қилиб ёпиштирилишига сафарбар этилди. «Добъем басмачество», «Против басмачей», «Борьба с басмачеством» каби рукнларда доимий мақолалар чоп этилиб, совет тарихшунослигининг «босмачилик» концепцияси ёзилди. Туркфронт муассислигида чоп этилган «Красноармеец», «Красная звезда», «Красный фронт», «Красноармейская газета», «Набат революции», «Горнист» ва бошқа ҳарбий нашрлар бу масалада «улоқчи от» вазифасини бажарди. Яъни «қизил армия –меҳнаткашлар халоскори», «босмачилик», «синфий душман» деган сохта тасаввурларни ижтимоий фикрга сингдириш учун жуда катта куч сарфланди. Ҳақли саволлар туғилади: нега шўролар Туркистондаги миллий озодлик учун кураш моҳияти ўзанини ОАВ орқали ўзгартиришга интилдилар? Нима учун бунга катта кучни сафарбар этишди? Бу кураш нимани фош этиб қўйиши мумкин эди?.. Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, Туркистонда бу олов совет ҳокимияти ҳукмронлиги ва зулмига қарши аланга олганди. Халқнинг қўзғалиши эса совет ҳокимияти ва унинг ғоялари тан олинмаганини кўрсатарди. Бошқача айтганда, Чўлпон айтган денгиз, тўлқин, куч пайдо бўлганди. Шунинг учун ҳам тўлқинга қарши тўлқин ўйлаб топилди: халқ онгини заҳарлаш, воқеликни сохталаштириш, нотўғри талқин этиш, сохта тарих яратиш учун матбуот кучидан устунлик билан фойдаланилди. Алижон САФАРОВ, ЎзЖОКУ кафедра мудири, филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), доцент Кутинг! Жараён итна КОНЦЕПЦИЯСИ ёхуд ³арбий матбуот ор¿али ёзилган Ф«БОСМАЧИЛИК» Маълумки, Туркистонда миллий озодлик ҳаракатини бостиришда большевиклар қизил армия матбуотини ташкил этиш ва ривожлантиришга жуда катта эътибор қаратганлар. Ўшанда ҳарбий хизматчилар учун 20 дан ортиқ марказий, фронт ва миллий (байналмилал) газеталар чоп этиларди. Ҳарбий нашрлар типологиясининг бундай шаклланиши большевикларнинг ахборот бериш, манипулятив таъсир кўрсатишнинг турли усулларидан унумли фойдалангани, матбуотни кучли мафкуравий қурол сифатида қўллай билишгани ҳамда ОАВни ўз вақтида оммавий сафарбар эта олганларини кўрсатади, албатта. Тарихчи олим П.Агаповнинг келтиришича, ички ва ташқи аксилинқилобий кучларга қарши энг мураккаб ва қийин даврда оммавий равишда қизил армия нашрлари ташкил этилган. ¯АДИМГИ ЗАМОН ФАЙЛАСУФИ СОЛОН ВА УНИНГ ШОГИРДИ ПЕРИКЛНИ ЭСЛАБ ЇОЛДИ Келгуси сонларда ФАЛСАФА ФАНЛАРИ ДОКТОРИ, ПРОФЕССОР, ЗАМОНАВИЙ ЎЗБЕК ФАЛСАФА МАКТАБИ АСОСЧИЛАРИДАН БИРИ ҚИЁМИДДИН НАЗАРОВ НЕГА Шарқона янги йил, ўзаро қадр-қиммат, хайру саховат, меҳр-оқибат тимсоли – Наврўзи олам муносабати билан юртимизда 16-18 март кунлари ўтказилган умумхалқ хайрия ҳашарида «Миллий тикланиш» демократик партияси вакиллари, депутатлар ҳам фаол иштирок этдилар. Жумладан, «Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки» шиори остида ўтган ҳашарда партиянинг Марказий ва Тошкент шаҳар кенгашлари вакиллари аввало ўз иш жойларини тартибга келтирдилар, бино ён-атрофини хазонлардан тозалаб, дарахтларни оқлашди. Партиянинг Бухоро вилояти Кенгаши ва маҳаллий кенгаш депутатлари ҳам таълим ва тиббиёт муассасаларида ўтказилган ҳашарларда, халқ депутатлари Оқолтин ва Янгиер туман Кенгашлари депутатлари эса маҳаллаларда ўтказилган ободонлаштириш ишларида фаол қатнашишди. Қашқадарё вилояти Кенгаши вакиллари эса Ғузор туманида бўлиб, маҳаллий кенгаш депутатлари ҳамроҳлигида 70-умумтаълим мактаби ҳовлисига 200 га яқин мевали ва манзарали дарахт кўчатларини ўтқазишди. Халқ депутатлари Намангани вилоят Кенгаши депутати Одилжон Маматкаримов Уйчи туманда ёлғиз кексалар, ижтимоий ҳимояга муҳтож оилалар, меҳнат фахрийлари холидан хабар олган бўлса, Ғозғон шаҳар кенгаши депутати Дилором Эгамова «Мармаробод» маҳалласидаги эҳтиёжманд оилалар хонадонида ифторлик дастурхони ёзди. Жойларда Наврўз муносабати билан ўтказилаётган умумхалқ ҳашарлари давом этмоқда. ²ашарда партия фаол ºатнашмоºда


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 263. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 321 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 03:45 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №10 (1242) 20-mart 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mtgazeta.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги Наврўз келибон... ЖАББОРОВ ДИҚҚАТ! ТАНЛОВ! Жуманиёз Наврўз келибон, жумлаи жаҳон нозланажакдир, Офтоб қизитиб, аста-секин ёзланажакдир. Яшнар табиат, дашту адир лола ичинда, Юртим — чаманим ўзгача пардозланажакдир. Ирмоқ куладир, елга ўпич берса бинафша, Майса қуёш тафтида таннозланажакдир. Бир лаҳза эшит қумрию булбулни навосин, Шўх-шўх таралиб, яллаю шаҳнозланажакдир. Қайнар сумалак, варрак учар, тўю томоша, Диллар қувониб, соз ила парвозланажакдир. Жавлон уришар давра тузиб неча йигитлар, Қизлар безаниб, ҳусн ила мумтозланажакдир. Дунёда одам қадри баланд, севса Ватанни, Юрт ичра яна ҳурмату эъзозланажакдир. АЙЛАНУР Токи ўз меҳворидан бул чархи гардун айланур, Вақту соат ўзгариб, кундуз билан тун айланур. Ўзгарур меҳру муҳаббат, ўзгарур дарду алам, Ўзгарур тахту итоб, ошкору макнун айланур. Неки тингай бу жаҳонда, унга ўлмакдир насиб, Чарх уриб лош устина, шул лаҳза қузғун айланур. Эй тириклик, минг ташаккур севги иқболинг учун, Севги борким, товланиб минг тусли очун айланур. Гоҳ висолу гоҳ фироқнинг ўртасинда ўртаниб, Қалбим ичра ишқ деган туғёнли мазмун айланур. Суҳбатингда бир нафас бўлмоқ буюк орзум эрур, Бул жасорат қошида минг битта Мажнун айланур. Икки сочингким, уриб тўлқин, оқар елканг уза, Бирда Сайхун мавж отиб, ул бирда Жайхун айланур. Кўзларингда бул жаҳоннинг кўрки яққолдир аён, Шул сабаб дунё ўзи бошингда мафтун айланур. Сен омон бўл, сен абад бўл бул жаҳон гулзорида, Боқишингдан боғ ўзи минг рангда гулгун айланур. УМР МАЗМУНИ Бешикдан то қабрга қадар Одам умри ажабдир, ажаб. Боғча фасли тугалса агар, Қучоғига олгайдир мактаб. Бир энтикиш, маъюс бир лаҳза Гўдак қалбин имтиҳон этар. Бу айрилиқ – илк оғир ларза – Ҳувиллатиб боғчани… кетар. Сўнг мактабда ўн йиллик ҳаёт, Ёшлик кечар сойдай гувиллаб. Бир кун келиб «хайр», дер, ҳайҳот, Мактаб қолар ортда ҳувиллаб. Сўнгра эса олий илмгоҳ, Бунда умр сабоғин олар. Бул қаср ҳам бир кун қолур, оҳ, Олтин давр ҳувиллаб қолар. Сўнг… ҳаётда минг синов кечиб, Кўражакдир узоқ-ёвуқни. Гоҳо ширин, гоҳ аччиқ ичиб, Кўп кўражак иссиқ-совуқни. Ҳар бир одам ўзи бир олам, Йўқ ўхшаши, такрори асло. Дунё ичра дунёдир одам, Бир-биридан фаркли, мустасно. Кўз олдида эврилар замон, Фарқ этади бахтни, рўёни. Авж нуқтага етганда инсон Ҳувиллатиб кетар дунёни. * * * Ич-ичимга шўнғиб кетмоқ истадим, Истадим, шўнғисам қалбим қаърига. Хаёлим отини неча қистадим, Вале ўтолмадим сендан нарига. Етти мўъжиза бор, дерлар, жаҳонда, Ким билсин еттидир ё балки етмиш. Фақат сен барқарор эрурсан жонда, Оллоҳ сени менга мўъжиза этмиш. * * * Донолар китобин кўп ўқиб чикдим. Дилбар ўлкаларни этдим томоша. Ҳайрат манзиллари ичра чиниқдим, Сенга етмоқ бўлдим тоғма-тоғ оша. Сен ҳамон олисда, ҳамон олдинда, Қанча юрган сарим бўлурсан йироқ. Гоҳо қоронғуда, гоҳо ойдинда Сени қидиришдан толмасман бироқ. Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ІАМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА ¡олибМИЛЛИОН 2024 йилнинг сентябрь ойида – Є¿итувчи ва мураббийлар байрами арафасида 20 топширилади. Мурожаат учун: (90) 245-18-10 «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» «Миллий тикланиш» демократик партияси ЎЗбекистон республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги ўзбек тилини ривожлантириш жамғармаси Танлов ҳомийлари билан танишинг:


Click to View FlipBook Version