TURING, HAZRATI QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT AQSH dollari 12500.01. 1 YEVRO 13566.26. 1 Rossiya rubli 136.04. 1 Angliya funt sterlingi 15862.51. 1 Yaponiya iyenasi 83.19. 2024-yilning 28-fevral sanasidan. Manba: cbu.uz 7s 6s № 7 milliy (1239) 2024-yil 28-fevral, chorshanba Adadi – 5 036 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] tiklanish «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR 2-sahifa 3-sahifa OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR HAMDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIGA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORISHGA QAROR QILDI Toshkent viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Zoir Mirzayevning tashabbusi chindan ham oddiy odamlarning xohish va istaklariga mos bo‘ldi, deyish mumkin. Chunki bu muammo tobora chigallashib, illatga aylanib borayotgan edi. Nazarimda, bu muammoga viloyat hokimi emas, ko‘proq parlament, ya’ni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari e’tibor qaratsalar maqsadga muvofiqroq bo‘lardi. Chunki bu muammo butun mamlakat muammosiga aylanib bo‘lgandi. Ustozlar kuyib-pishib dars o‘tadilar, bola esa eshitmaydi. Ustozlar olam sirlari, insoniylik, tarix va kelajak haqida gapiradilar, ammo talabalar eshitishmaydi. Ularning xayoli, ko‘zi, qo‘llari telefonda. Bu borada ham Yevropa davlatlari bizdan oldinroq otlariga qamchi urdilar. Ko‘plab davlatlar maktab va oliy ta’lim tizimida telefonlarni qat’iy ta’qiqladi. Biz esa kutayotgandik. Nihoyat bir viloyat yetakchisi ushbu tashabbusi bilan yana tilga tushdi. Alohida qayd etish joizki, Zoir Mirzayevning o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qilishi bu jarayonni tezlatishga xizmat qiladi, degan fikrdamiz. Bu haqda hokimning Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvida, ya’ni ta’lim kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgani esa nur ustiga nur bo‘ldi. Boshqacha aytganda, hokim Toshkent viloyatida «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surib, ushbu muammoga butun jamoatchilik e’tiborini ham qaratdi. OG‘RIQLI ILLATNI KESISHGA QARATILGANI BILAN HAM QIMMATLIDIR 300 MILLIONI ZOIR MIRZAYEVNING Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorovning ma’ruzasi eshitildi. Uning ta’kidlashicha, loyiha bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilanmoqda. Loyihada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan ilk bor bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilyapti. Bundan tashqari, loyihada zo‘ravonlikdan himoya qilishda otaonalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilanmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilyapti. ZO‘RAVONLIKKA UCHRAYOTGAN BOLA HAM BIZNING KELAJAGIMIZ 4-sahifa O‘G‘IRLANGAN BAXT Yoxud «Nomer to‘yi», To‘ra Sulaymonning bitmayotgan uy-muzeyi va 33 milliardga qayta ta’mirlanayotgan bank haqida o‘ylar QO‘LINGNI TORT! YO‘QSA... BOLADAN kitob KЕLMOqDA! «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI www.mtgazeta.uz | fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi MING NAFARDAN ORTIQ FUQAROLARNING o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilib, ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan 2018-YILDA PREZIDENTIMIZNING TEGISHLI FARMONIGA MUVOFIQ O‘TKAZILGAN BIR MARTALIK UMUMDAVLAT AKSIYASI DOIRASIDA 621 2-sahifa FARZAND TA’MINOTI VA TARBIYASIDA OTANING O‘RNI BO‘LAK ASSALOM QOZOG‘ISTON! ASSALOM O‘ZBЕK TILI! 4-sahifa 5-sahifa Vazifalar jiddiy, sovuqqonlikka o‘rin yo‘q Davomi 2-sahifada 4s Bugungi zo‘ravon hayotini ona suti bilan boshlamagan, bolaligida ota-onasi, tarbiyachi yoki o‘qituvchisining agressiv munosabatiga duch kelgan inson aslida. Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak, shunday kelajak yasaymiz. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan juda muhim qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladik. Ikkinchi o‘qishda qonunning ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘pgina takliflarimiz bor. BUGUN ZO‘RAVONLIK KO‘RGAN BOLA ERTAGA ZO‘RAVONLIK QILADIGAN OTA, ONA, O‘QITUVCHI, TARBIYACHI VA HOKAZO… «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ZO‘RAVONLIKKA UCHRAYOTGAN BOLA HAM BIZNING KELAJAGIMIZ (Boshlanishi 1-sahifada) 2 28-fevral, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №7 (1239) chorshanba milliytiklanish PARLAMENTDA Qonun loyihasida ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakli, jismoniy jazo va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaning qo‘llanilishi qat’iy taqiqlanmoqda. Qayd etish lozim, loyihada zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari (yetim, nazoratsiz, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor, fohishalik, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar) aniq belgilanmoqda. Bu vakolatli organlarga zo‘ravonlikdan jabrlangan, xavf ostida bo‘lgan bolalarni aniqlash, hisobini yuritish hamda zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishiga yordam beradi. Xususan, zo‘ravonlik qurbonining murojaati, jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, OAV, Internet, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning yakka tartibdagi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasiga munosabat bildirar ekan, so‘nggi jarayonlar jiddiy bir kamchiligimizni ko‘rsatib qonunga jiddiy yondashishga, ikkinchi o‘qishda uni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishga chaqirdi. – Ayniqsa, ta’lim-tarbiya masalalarini ustuvor hisoblagan «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi, albatta bu qonunga yanada e’tibor bilan yondashadi va bugungi kunda jamiyatimizning eng katta muammolaridan birini bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan qonun sifatida o‘z takliflarini beradi, – dedi fraksiya rahbari. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan bir ovozdan qabul qilindi. Yalpi majlisda «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan imoratlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning ta’kidlashicha, 2018-yilda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida 621 ming nafardan ortiq fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilib, ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan edi. Shunga qaramasdan, bugungi kunga qadar yana 3 qo‘yganini, biz asl hal qilmoqchi bo‘lgan masalamiz bolaning tarbiyasi bilan bog‘liq ekani yaqqol o‘rtaga chiqqanligini ta’kidladi. – Bugun zo‘ravonlikka uchrayotgan bola bu mamlakatimiz kelajagi. Psixologiya va pedagogikada isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: zo‘ravonlikka uchragan bola, albatta, zo‘ravon bo‘ladi. Chunki yoshligida agressiya ko‘rgan odam, albatta, agressiv xulqqa ega bo‘ladi, – dedi Alisher Qodirov. Bugun nima uchun yoshlarimiz orasida jinoyatchilik ko‘payib ketyapti? Nima uchun farzandlarimizda ming yillik davlatchilik hamda tarbiyaviy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan ustunlarimiz bo‘lishiga qaramasdan, agressiv xulq paydo bo‘lmoqda? Nima uchun ulardagi ilm, ma’rifatga bo‘lgan ishtiyoq ajdodlarimizda bo‘lgani kabi emas? Bu savollarga aslida biz mana shu yerda javob topishimiz kerak. Biz bolaga nafaqat to‘g‘ri tarbiya bera olmayapmiz, balki unga zo‘ravonlik ko‘rsatayapmiz. Oilada bolaning fikri umuman hisobga olinmayapti. Bog‘chada bola erkin gapira olmayapti. Ta’lim muassasalaridagi ahvolni ko‘ryapsiz: ayrim o‘qituvchilarning qo‘pol munosabati bugun bolaga nisbatan mana shu zo‘ravon fe’latvorni jamiyatimizning ajralmas bir qismi qilib qo‘ymoqda va bu biz uchun davlatchilik, milliy taraqqiyot hamda mamlakatimiz kelajagini hal qilish masalasi ekanligini unutmasligimiz lozim. O‘zbekistonimizning qudratli davlat bo‘lishini xohlasak bugun bolalarimizga nisbatan har qanday zo‘ravonlikka barham berishimiz lozim. Bolalarimizni to‘g‘ri tarbiya qilishimiz kerak. Chunki bugungi bola O‘zbekistonni kelajagi hisoblanadi. Davlat rahbari hududlarda bo‘lgan paytlarida quyidagi mazmundagi fikrni aytgan edilar: bugun biz O‘zbekistonning rivojlanishi uchun iqtisodiy resurslar qancha kerak bo‘lsa topamiz. Bugungi O‘zbekiston avvalgi O‘zbekiston emas. Biz dunyodagi kattakatta moliyaviy institutlarning hurmatiga erishdik. Biz nima so‘rasak berishyapti. Iqtisodiy rivojlanishimiz uchun sharoitimiz bor. Lekin shuncha amalga oshirilgan ishlarni ertaga qadrini bilmaydigan kelajakni yaratib qo‘ysak, farzandlarimizni to‘g‘ri tarbiya qila olmasak, shuncha qilgan mehnatlarimiz nimaga olib keladi. Aynan shu fikrda biz eng katta muammolardan biri sifatida bolalarimizga bugun yetarli darajada mehr-muruvvat ko‘rsatilmayotgani, aksincha, zo‘ravonlikning rivojlanib ketayotganini ko‘rayapmiz. Alisher Qodirov so‘zining yakunida barcha deputatlarni bu ANIQ MAQSAD VA VAZIFALARGA MO‘LJALLANGAN YIL DASTURI Hamdam NIYOZOV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Unda jamoatchilik muhokamalari davomida ilgari surilgan tashabbus va fikrmulohazalar asosida 100 ga yaqin konseptual hamda mingdan ziyod aniqlik kirituvchi va tahririy takliflar o‘z aksini topgan. «Milliy tiklanish»chilar ham muhokamalarda dasturiy maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar. Ayniqsa, partiya uchun eng ustuvor yo‘nalish hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash masalasi Davlat dasturining birinchi va eng asosiy maqsadlari sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutildi. Shu bilan birga partiya fraksiyasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, o‘qituvchilarni yangi metodikalar bo‘yicha malakasini oshirish, 100 nafar pedagogni xorijga «El-yurt umidi» jamg‘armasi ko‘magida yuborishni ko‘zda tutuvchi takliflarning Davlat dasturida aks etganligi e’tiborga molikdir. Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tishini qat’iy ta’minlashga qaratilgan choralarning belgilanishi ham ayni muddao bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, endigi vazifa partiya faollari hamda barcha darajadagi deputatlik korpusi vakillari orqali ushbu hujjatda ilgari surilgan hayotiy tashabbuslarning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishdir. O`BEKISTON STRATEGIYASI2030 Partiya milliondan ortiq fuqaroning ruxsatnomasiz qurilgan uyjoylariga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechim topmagan. Bu fuqarolar hayotida turli ijtimoiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurilgan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish asoslari nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini o‘zgartirish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari o‘z aksini topmoqda. Loyihada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda. Deputatlarning qayd etishlaricha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi. «Milliy tiklanish» fraksiyasi a’zosi Umid Jabborov ushbu qonun loyihasiga munosabat bildirib, qonun juda ham halqchil ekanini ta’kidladi. Deputatning aytishicha, hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlarda eng ko‘p ushbu masala ko‘tarilar edi. Birgina Farg‘ona shahridagi 38 ta mahallada 850 xonadon uzoq yillardan buyon ana shunday muammo bilan yashab kelmoqda. Ularning aksariyatida kadastr hujjati bor, lekin mulk huquqiga ega emas. Yoki umuman hujjati yo‘q. Endilikda ushbu qonun loyihasi bilan xalqimizning eng katta muammosiga yechim topiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov ham bu o‘ta muhim qonun ekanini e’tirof etib, tegishli qo‘mitaga ikkinchi o‘qishda kerak bo‘lsa qonun loyihasi nomini o‘zgartirish taklifini berdi. Yuridik jihatdan qonun nomi shartli ravishda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Ma’lumki, qishloq joylarda bunday yerlar juda ko‘p. Bu yerlar ota-bobosidan qolgan va hozirda farzandlari yashab kelyapti. Lekin davlat idoralarining e’tiborsizligi sabab, o‘sha vaqtlarda hujjat qilolmagan, kadastrdan o‘tmagan. Ammo odamlar o‘z yeriga soliq va boshqa to‘lovlarni muntazam to‘lab kelmoqda. – Buni «o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari» desak qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi. Bu bilan kimningdir nafsoniyatiga tegib qo‘ymaymizmi, – dedi Spiker. To‘g‘ri, bir davrlar bo‘ldiki, aholi, yoshlar ko‘paydi, yangi oilalar qurildi. Natijada odamlar dehqon, bog‘-uzumchilik xo‘jaliklarida ruxsatsiz uy-joy qurib olishga majbur bo‘ldi va buni o‘zboshimchalik desak bo‘lar. Prezidentimiz sa’y-harakati bilan 2018-yilda bu bo‘yicha katta amnistiya e’lon qilindi va bu bilan juda ko‘pchilik uy-joylarini rasmiylashtirib olgan bo‘lsa-da, hamon hujjatsiz uylar ko‘p. Ushbu qonun bilan fuqarolarimizga bu borada juda katta imkoniyat berilmoqda. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri O‘QITUVCHILARNI YANGI METODIKALAR BO‘YICHA MALAKASINI OSHIRISH, 100 NAFAR PEDAGOGNI XORIJGA «EL-YURT UMIDI» JAMG‘ARMASI KO‘MAGIDA YUBORISHNI KO‘ZDA TUTUVCHI TAKLIFLARNING DAVLAT DASTURIDA AKS ETGANLIGI E’TIBORGA MOLIKDIR. BUGUNGI KUNGA QADAR YANA 3 MILLIONDAN ORTIQ FUQARONING RUXSATNOMASIZ QURILGAN UY-JOYLARIGA NISBATAN EGALIKNI BELGILASH MASALASI QONUNIY YECHIM TOPMAGAN. BU FUQAROLAR HAYOTIDA TURLI IJTIMOIY VA HUQUQIY MUAMMOLARNI KELTIRIB CHIQARMOQDA.
28-fevral, 2024-yil №7 (1239) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI» DOIRASIDA MAHALLA, TA’LIM MUASSASALARI, KORXONA VA TASHKILOTLAR TIZIMIDA MUKOFOT JAMG‘ARMASI 600 MILLION SO‘M MIQDORIDA XORIJIY TILLAR BO‘YICHA TANLOV, KIBERSPORT MUSOBAQALARI VA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINLARI TASHKIL QILINADI. IMKONIYATLAR KO‘LAMI OSHMOQDA Nafosat DAVLATOVA, Yoshlar parlamenti a’zosi Ural XAITOV, partiya Markaziy kengashi bosh mutaxassisi «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da biz yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimiz, iste’dodimizni yuzaga chiqarish, muammolarimizni hal qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimizga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2024-yil 1-martdan boshlab iste’dodli va iqtidorli yoshlar tegishli qaror bilan «Yoshlar balansi» asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro organlari, davlat korxona va tashkilotlari hamda oliy ta’lim rahbarlariga biriktiriladi. Eng asosiysi, mas’ullar har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashadigan bo‘ldi. «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar bo‘yicha tanlov, kibersport musobaqalari va «Zakovat» intellektual o‘yinlari tashkil qilinadi. Tanlov g‘oliblarini o‘z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarda Yangilanayotgan islohotlarning aks sadosi ta’lim tizimida ham ko‘zga tashlanmoqda. Partiyaning ushbu sohadagi o‘zgarishlarga munosabati uning «Inson o‘zgarsa – jamiyat o‘zgaradi» shiorining ma z mun -moh iyat idan kel ib chiqadi. O‘ t g a n h a f t a O‘z b e k i s t o n Prezidentining tegishli farmoni bilan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Dasturdagi muhim yo‘nalishlar qatorida ta’lim sohasida inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan aniq va manzilli vazifalar ham belgilab berildi. Ayni paytda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, fraksiya a’zolari va uning elektorati ushbu muhim hujjatning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganmoqdalar. Ma’lumki, partiya o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq maktabgacha tarbiya va ta’limga alohida e’tibor qaratib keladi. Xususan, partiya bolalarni bog‘chalarga to‘liq jalb etish tarafdori. Ta’kidlash lozimki, besh-olti yil burun bog‘chalarga qamrov 23-24 foizdan yuqori emas edi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 70 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, davlat dasturida ushbu ko‘rsatkichni yil oxirigacha 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ta’lim sifati haqida gap ketganda, b og‘ch a la r n i ng 170 t a sid ag i maktabgacha tayyorlov guruhlarida zamonaviy ta’lim planshetlari va sensorli ekranli interaktiv doskalardan iborat kompyuter guruhlarining tashkil etilishi bolalar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilayotgan yuksak e’tibor namunasidir. Ta’lim va tarbiya u zlu ksiz jarayon bo‘lib, doimiy o‘zgarishlar va takomillashuvni taqozo etadi. Dasturda umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida vazifalar qo‘yilganligi, unga ko‘ra, 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish ko‘zda tutilgan. Bu borada ham partiyamiz tarbiya darslariga alohida e’tibor qaratib, mashg‘ulotlarni kimlar tomonidan olib borilishi bo‘yicha o‘zining qat’iy pozitsiyasini bildirib keladi. K a d rla r s a loh iyat i h a qid a to‘xtalganda, partiya har bir hududda pedagogika institutlari tashkil etilishi, pedagog kadrlar tayyorlash faqat kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, deb hisoblaydi. Bo‘lajak pedagog kadrlar tashkiliyboshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, ta’lim, mehnat huquqlari bilan bog‘liq normativ-huquqiy bilimlarini chuqur egallashlari, muammoli vaziyatlarda huquqni qo‘llash amaliyotidan tajriba orttirishlari, odob -axloq qoid alar iga amal qilish, bunda rahbar va o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari psixologiyasidan ma’ruzalar tinglashi, amaliy mashg‘ulotlar o‘t ashi pedagogika institutlarining birlamchi vazifalaridan bo‘lishi lozim. Shuningdek, partiya bolalarning o‘z ona tillarida saboq chiqarishiga, ota-bobolari tarixini mukammal bilishiga, qadriyatlari, an’analari va urf-odatlari ruhida tarbiya topishiga ko‘maklashishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb hisoblaydi. Shu ma’noda, 2025-yil boshidan boshlab, umumiy o‘r ta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha tegishli sertifikatga ega va shu fanlardan dars beruvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishi haqidagi o‘zgarishlarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Qayd etish joizki, xorijiy tajribani o‘rganish, shu asosda milliy dasturlar ishlab chiqish, ustozlarning xorijda malaka oshir ishlar ini tash kil etish, stajirovkalardan o‘tishiga sharoitlar yaratish zamirida eski davrdan qolgan stereotiplardan voz kechish hamda ta’lim-tarbiyada tub burilishlar yasashga qaratilgan maqsadlar yotadi. Q a b u l q i l i n g a n d a s t u r o‘quvch ila rd a kom mu n i k at iv ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Zero, partiyamiz har doim mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikriga ega yoshlarni tarbiyalashni o‘zining ustuvor maqsadlaridan ekanligini qayd etib kelgan. Albat ta, mazk u r jarayonda o‘qituvchining bilimi, salohiyati v a p e d a g og i k m a h o r a t i h a l qiluvchi ahamiyatga ega. Davlat rahbarining 2023-yil 29-avgustda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tanlov asosida o‘tkazilishi, ularni sertifikatlashtirish, toifa berish, malaka oshirish tizimlarining to‘liq o‘zgarishi haqidagi ko‘rsatmalari ta’lim sifatini oshirish orqali inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi. Umid qilamizki, kelajakda bu tanlovlarni onlayn tarzda o‘tkazilishi bo‘yicha ham bir to‘xtamga kelinadi. Bu shubhasiz, ta’lim sifati yaxshilanishiga sezilarli darajada turtki bo‘ladi. Shu o‘rinda ayni paytda ta’lim muassasalari rahbarligiga nomzodlar uchun talablar kuchaytirilayotganini ta’kidlash joiz. Xususan, joriy yildan boshlab maktab direktorlarining menerjerlik kurslaridan o‘tgan bo‘lishi, sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim. Shu bilan birga, ularga sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda lavozim maoshining 50, o‘rinbosarlariga esa 30 foiz ustama to‘lanadi. Besh yillik faoliyati bo‘yicha attestatsiya qilinishi belgilab qo‘yilgan. Ta’k id lash lozi m k i, t a’li m islohotlari o‘qituvchilarni ishga ol ishd a on lay n t a n lov bi la n chegaralanmasligi lozim, malaka oshirish, menejerlik sertifikatini olish kabi jarayonlar ham masofadan turib amalga oshirilganda to‘la shaffoflik kasb etadi. Par tiya maktab direktorlari ham istiqbolda ko‘pi bilan 5 yillik muddatdan 2 marta faoliyat ko‘rsatishi mumkinligini qonun bilan belgilab qo‘yilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Dastur professional va oliy t a’li m muassasala r i n i ng ham pedagog kadrlari tarkibiy sifatini yaxshilashga qaratilgan, xorijiy mamlakatlarda tajriba oshirishlarini nazarda tutadigan bandlarning kiritilishi e’tirofga loyiq. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamidan kelib chiqib, mamlakatimizda kasbhunarga o‘rgatish va oliy ta’lim berishda nafaqat respublikamiz mehnat bozori talab va ehtiyojlari e’tiborga olinmoqda, balki dunyo mehnat bozori talab va ehtiyojlari ham o‘rganilayotganligi ijobiy holdir. Yana bir jihat – til o‘rganishga e’tibor qaratilishi, dasturda alohida band bilan vazifalar belgilab berilganligi ayni muddao bo‘ldi. E’tibor qiling, dasturda 7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitilishi, 6 ming nafar yoshlarning chet t illa r i bo‘y icha i mt i hon xarajatlari qoplab berilishi ko‘zda tutilgan. «Milliy tiklanish» partiyasi qabul qilingan davlat dasturining nihoyatda muhim hujjat ekanini ta’kidlab, unda belgilab qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishini bildiradi. Ayniqsa, bunda ta’lim j a r a y o n i d o i m i y n a z o r a t d a bo‘lishi lozim. Parlament nazorati shakllaridan unumli foydalanish ham samarali deb hisoblaydi. Ta’kidlash joizki, islohotlar samarasi va natijasi alaloqibat ta’lim islohatlari natijasiga bog‘liq. Biz bu borada sobit turishimiz shart va zarur, deb hisoblaymiz. VAZIFALAR JIDDIY, SOVUQQONLIKKA O‘RIN YO‘Q Zotan, bugungi yangilanishlar dolzarb muammolarni hal etishda chinakam fidoyi deputatlar imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Masalan, endilikda atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalarni qayerga qurish, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni belgilash yoki davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish masalalarida ham xalq vakillari fikri muhim ahamiyat kasb etyapti. Bu bejiz emas, albatta. Chunki biz bugun ana shu muammolarga, xususan, maktabgacha ta’lim tizimiga jiddiy yondashmasak, demak, ertaga farzandlarimiz tarbiyasidagi nuqsonlar uchun javob berishimizga to‘g‘ri keladi. Joylarda xususiy bog‘cha yoki maktabga talab yuqoriligi hammamizga ma’lum. Yangi bog‘cha ochishga uringan tadbirkor uchun qancha qog‘ozbozlik, sarsongarchilik yoki to‘siqlar borligi ham hech kimga sir emas. Endi bu masala kuchli kengash orqali o‘z yechimini topishiga umid bor. Bu borada ham mahalliy xalq vakillarining qarashlari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yana muhim bir jihat – joylarda yo‘lovchi va yuk tashish tariflari borasida, jumladan, fuqarolarning alohida toifalari uchun ham imtiyozli emas, aksincha, bir xil tariflar belgilanishiga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga tez-tez sabab bo‘layotgan edi. Endi bu tizimdagi muammolar ham mahalliy xalq vakillaridan iborat “xalq ovozi” bilan hal qilinyapti. Yoki tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish kabi ishlar ham xalq noiblari ishtirokida amalga oshiriladigan bo‘lyapti. Bu esa xalq bilan hamkorlikda ishlash, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish, xalq dardini o‘rganish va unga javob topish demakdir. PARTIYA BOLALARNING O‘Z ONA TILLARIDA SABOQ CHIQARISHIGA, OTA-BOBOLARI TARIXINI MUKAMMAL BILISHIGA, QADRIYATLARI, AN’ANALARI VA URF-ODATLARI RUHIDA TARBIYA TOPISHIGA KO‘MAKLASHISHNI O‘ZINING USTUVOR VAZIFASI, DEB HISOBLAYDI. Dilbar NORMURODOVA, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati SAYLOVCHI ISHONCHI OQLANMADIMI, DEMAK, ISHONCHGA PUTUR YETADI Bugun eli, yurti va millati uchun yonib yashaydigan deputatlarga ehtiyoj ortib boryapti. Endi “Kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tizimida kuchli deputatlar raqobati va ularning saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi uchun shaffof muhit yaratilmoqda. Bizni endi saytida ham kuzating mtgazeta.uz O`BEKISTON 2030 STRATEGIYASI faoliyatidan
QO‘LINGNI TORT! YO‘QSA... BOLADAN Nigoh Islohot FARZAND TA’MINOTI VA TARBIYASIDA OTANING O‘RNI BO‘LAK M Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari oldida turgan muhim vazifalardan biri voyaga yetmaganlarning huquqmanfaatlarini himoya qilish, sud qaroriga asosan farzandlar moddiy ta’minotini ta’minlashga qaratilgan hujjatlar ijrosini izchil ta’minlashdir. Aynan shu borada Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ham bu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedov quyidagilarni sozlab berdi. – Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi organlariga kelayotgan murojaatlarning aksariyatini aliment bilan bog‘liq hujjatlar tashkil etmoqda. Ayni dolzarb masalaga yechim topish, farzandlar moddiy ta’minoti uchun belgilangan qarzdorliklarni undirib berishda Byuroning viloyat va uning hududiy bo‘limlari tomonidan kundalik ishlar olib borilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ish yurituvda qariyb 25 mingdan ziyod aliment bilan bog‘liq hujjatlar mavjud. Shahar va tumanlardagi sektorlar tomonidan bu boradagi kunlik undiruvlarniong tahlil etilishi kutilgan samarani bermoqda. Har bir mahallaga biriktirilgan davlat ijrochilari “mahallabay” tizimda faoliyat olib borib, yettilik bilan ish olib borishmoqda. Alohida qayd etish joizki, jamiyatda oilaning o‘rni beqiyos. Ajrashgan oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning taqdiri va kelajagiga befarq bo‘lmagan holda Byuro xodimlari oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Natijada o‘tgan yil mobaynida Namangan viloyatida 4 ming 848 ta oila murosaga keltirildi. Vaqtincha bekor yurgan 2 ming 993 nafar aliment to‘lovchining bandligiga ko‘maklashildi. Prezidentimizning 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Aynan mazkur jamg‘arma ko‘plab qarzdor otalar uchun imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash borasida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari sabab aliment to‘lovchi fuqarolar tomonidan farzandlari voyaga yetguniga qadar yoki besh yil muddatga oldindan to‘lov qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Xususan, o‘tgan yilning o‘zida 1,8 milliard so‘mlik uy-joy va transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov vositasi sifatida berildi. Ayrim hollarda mas’uliyatni unutib, farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelayotganlar otalar ham uchrab turibdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlar sudlari bilan hamkorlikda bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda Byuro binosida sayyor sudlar tashkil etilmoqda. Jumladan, aliment to‘lashdan qasddan bosh tortayotgan 1077 nafar qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga muvofiq ma’muriy qamoq jazosi va jarima tayinlangan. Ta’kidlash lozimki, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot, shuningdek, sud qarorlarini ijro etish jarayonlari bilan bog‘liq tadbirlarda qonun ustuvorligini ta’minlashga erishilmoqda. 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 28-fevral, 2024-yil №7 (1239) chorshanba VAZIYATGANAZAR Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili maktablarda 8 ming o‘qituvchi ishga qabul qilinadi, yangi maktablar hisobiga esa yana shuncha o‘qituvchiga ehtiyoj paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajor bo‘lib ishlaydilar va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishlari lozim bo‘ladi. Bu tizim kelgusida barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy etiladigan bo‘ldi. Shu talabdan kelib chiqib, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida o‘qituvchilarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi. Alohida qayd etish joizki, Fransiya, Angliya, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlarda o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda shaffof tizim yaratilgan. Bizda ham barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda korrupsion holatlarning oldini olish hamda monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha yagona shaffof onlayn platforma joriy etilishi zarur. Ushbu platformada mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj (vakansiya) haqida real vaqt rejimida ma’lumot bo‘lishini ta’minlash va barcha hududlardan onlayn tarzda ushbu vakansiyalarga tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirish imkoni yaratilishi kerak. Shu bilan birga, tanlov jarayonlari Youtube platformasida onlayn rejimda translyatsiya qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shundagina malakali, chuqur kasbiy bilim va salohiyatga ega bo‘lgan pedagoglar tarkibi shakllanadi, ular o‘rtasida esa sog‘lom raqobat vujudga keladi. Eng muhimi, korrupsiyaning oldi olinadi hamda o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim muassasalariga jalb etish imkoniyati kengayadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, partiya ushbu masalada har ikki vazirlikka deputatlik so‘rovlari yuborishga qaror qildi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Matbuot xizmati YOSHLAR XORIJDA MALAKA OSHIRADI 2023 Elyor KЕLDIYOROV, Yoshlar parlamenti a’zosi Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizini yoshlar tadbirkorligiga yo‘naltirish belgilab qo‘yildi. 2024-yil 1-iyundan boshlab esa «Yosh tadbirkor» tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida «mahalla – tuman – viloyat – respublika» bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanib, bunda nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Eng asosiysi, saralashdan o‘tgan loyihalarga BHMning ming baravarigacha imtiyozli kredit ajratiladi. Hatto biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga ham yuboriladi. Dasturda IT bilan shug‘ullanayotgan va qiziquvchi yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu borada belgilangan vazifalardan hech bir yosh e’tibordan chetda qoldirilmaydigan bo‘ldi. Xususan, 2024- yil 1-martdan boshlab «Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi» dasturi joriy etiladi. Uning doirasida ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ular ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitiladi. Iqtidorli yoshlarga sertifikat berilib, ular haqidagi ma’lumotlar Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi. Tizimga kiritilgan yoshlarga esa kelajakda IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga ishga joylashtirishga ko‘maklashiladi. -yilning kuzida «Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Parlament quyi palatasida uzoq muhokama qilingan edi. Joriy yilning 27-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi. Qonu n loy i ha sid a bolala r n i zo‘ravonlikdan himoya qilishning umumiy chora-tadbirlari sifatida himoya orderini berish, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish, z o‘r a v o n l i k d a n j a b r l a n u v c h i bolalarning oilalarini mustahkamlash va qo‘llab quvvatlash, bolani otaonadan (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan) yoki ularning biridan, o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib qo‘yish, jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar ning huquqlarini cheklash kabilar nazarda tutilgan. Zo‘ravonlik atamasining dunyo OAVlarida qo‘llaniladigan yana bir nomi bulling, deyiladi. Bulling (bullying - inglizcha ta’qib, zo‘ravonlik) ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikning ko‘rinishi bo‘lib, jamoa a’zolaridan biriga (ayniqsa, maktab o‘quvchisi, talaba, hamkasb) boshqa shaxs tomonidan (bir guruh shaxslar tomonidan) muntazam ravishda qasddan zarar yetkazishdir. Bu jarayonda kuchlar notengligi sababli «qurbon» o‘ziga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish imkoniga ega bo‘lmaydi. Afsuski, bunday harakatning turlari ko‘p bo‘lib, eng ko‘p zo‘ravonlik maktablarda o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar tomonidan (maktab bullingi, bolalar bullingi) sodir etiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2023-yilgi tadqiqotlari natijasiga ko‘ra 11 yoshdagi 44 foiz va 15 yoshdagi 27 foiz bola muntazam ravishda kamsitilish obyektiga aylangan. Yana bir ma’lumotda dunyo bo‘ylab 13 – 15 yoshdagi o‘quvchilarning 42 foizi o‘zlari bulling bilan shug‘ullanganini, ulardan 20 foizi buni muntazam bajarganini tan olgan. Taxminan 50 foiz o‘quvchi esa maktabda va uning atrofida tengdoshlarining zo‘ravonligiga duchor bo‘lganligini aytgan. 2023-yil boshida YUNISЕFning turli davlatlarda olib borgan 80 ga yaqin tadqiqotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining 35 foizi doimiy ravishda tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashi aniqlangan. Bullingga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus dasturlarga ega bo‘lgan AQSH, Buyuk Britaniya va Skandinaviyada bunday dasturlar bo‘lmagan davlatlarga qaraganda tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rsatkichi 20 foiz kam bo‘lgan. Rossiyada esa har ikkinchi o‘spirin maktabda o‘ziga nisbatan bezorilikka duch keladi. 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respondentlarning 52 foizi tengdoshlari tomonidan qilinadigan bullingdan aziyat chekayotgani haqida ma’lumot bergan. Jumladan, 32 foiz o‘spirin psixologik bulling ta’sirida yashayotganini aytgan bo‘lsa, 26 foiz yigit-qiz jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini bildirgan. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlarning fikriga ko‘ra, maktab o‘quvchilari ko‘pincha tashqi qiyofasi, millati tufayli bullingga duch keladi. Psixologlarning ta’kidlashicha, maktab davrida bullingga duch kelgan bolalarning 63 foizi bu haqda ota-onalariga aytadi, 15 foizi esa buni yashirishni afzal ko‘radi. Mamlakatimizda ham garchi bulling bilan bog‘liq statistika mavjud bo‘lmasa-da, tengdoshlariga nisbatan jismonan ojizroq yoki og‘ir-bosiq fe’latvorli o‘quvchilar boshqa tengdoshlari tomonidan kamsitilishi, mazax qilinishi ba’zan esa jismoniy zo‘ravonlikka uchrashi bor gap. Garchi maktab psixologi yoki o‘qituvchilar tomonidan bunday vaziyatlar nazoratga olinsada, maktab hududidan tashqarida bu holat sodir bo‘lmasligiga kafolat yo‘q. Afsuski, ba’zan o‘qituvchilar tomonidan ham o‘quvchilarga nisbatan bulling sodir etilishi kuzatilmoqda. Shuningdek, mutaxassislar oilada bolaga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllari, xususan, jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik kabilar mavjudligi va buni qonun bilan nazoratga olish zarurligini katta xavotir bilan qayd etmoqdalar. Adliya vazirligi vakillarining qayd etishlaricha, har yili dunyo bo‘ylab 1 mlrd.dan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. O‘tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) natijasida esa O‘zbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasi (62%) qattiq intizomiy usullarga (jismoniy jazo yoki psixologik tajovuz) duchor bo‘lgan, 15-19 yoshli qizlarning 33 foizi esa er tomonidan xotinning kaltaklanishini oqlaydi. Shuningdek, 2023 yilning 9 oyida 166 nafar bolalar o‘z qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragani, shu vaqt davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgani, shundan 417 tasi jinsiy zo‘ravonlik ekanligi ko‘plab bolalar nafaqat himoya orderiga, balki mehre’tiborga ham muhtojligini ko‘rsatyapti. Chindan ham o‘ylab qolasan, eng qadimiy manbalarda ham bola tarbiyasi bilan bog‘liq ya’ni uni urish, kamsitish yoki qattiq jazolash, bir so‘z bilan aytganda ojizligidan foydalanishning badali og‘ir bo‘lishi qayd etilgan. Dinimizda ham bu kabi og‘ir gunohdan saqlanish uqtiriladi. Shunga qaramay, «bolajon xalq» deya e’tirof etilgan millatimiz kelajagidan xavotirga tushib, bolalar uchun ham himoya orderi joriy etilmoqda. To‘g‘ri, bu butun dunyo amaliyotida kuzatilgan jarayon. «Bolalarni asrang» xalqaro tashkiloti mutaxassislarining ta’kidlashicha, ayrim davlatlarda go‘daklar hayotiga e’tiborsiz qaralayotgani, ya’ni yaqinlarining g‘amxo‘rlik qilmasligi oqibatida ko‘plab norasidalar bevaqt nobud bo‘layotgani kuzatilmoqda. Xuddi shunday zo‘ravonliklarning bir ko‘rinishi bo‘lgan – farzandga e’tiborsizlik, g‘amxo‘rlik qilmaslik ham ko‘p kuzatilmoqda. Qanday oilalarda zo‘ravonlikning hech bir shaklini uchratmaysiz, bilasizmi nega? Negaki, bolaning ham, kattaning ham huquqlari muhim hisoblangan va kitob o‘qish asosiy majburiyat bo‘lgan ko‘plab ziyoli oilalarda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kuzatiladi. Bunday oilada kamol topgan inson farzandiga ham, boshqa birovga nisbatan ham bulling harakatlarini sodir etmaydi. Ana endiyam kitob o‘qimay qo‘ydik, desak ensa qotirishda davom etamizmi? Yoki oilada bu madaniyatni shakllantirish tomon qadam tashlaymizmi? Mahbuba KARIMOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri O‘QITUVCHILARNI ISHGA QABUL QILISHDA SHAFFOF TIZIM JORIY ETILISHI KERAK O`BEKISTON STRATEGIYASI 2023-YIL BOSHIDA YUNISЕFNING TURLI DAVLATLARDA OLIB BORGAN 80 GA YAQIN TADQIQOTLARIGA KO‘RA, MAKTAB O‘QUVCHILARINING 35 FOIZI DOIMIY RAVISHDA TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKKA UCHRASHI ANIQLANGAN. 2030 Oqilxon DADABOYEV, O‘zA muxbiri a’lumki, ta’lim Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tanlab olindi. Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ortiq maktablar hamda 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Aynan maktab ta’limining sifati davlatning rivojlanish istiqbollarini aks ettirib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. Shu sababli, O‘zbekiston Konstitutsiyasida maktab ishlari davlat nazoratida ekani alohida belgilab qo‘yildi.
28-fevral, 2024-yil №7 (1239) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish JARAYON MUNOSABAT ASSALOM QOZOG‘ISTON! ASSALOM zaldan urf-odat va an’analari, tili, milliy o‘zlik va asriy qadriyatlari mushtarak bo‘lgan o‘zbek va qozoq xalqlari o‘zlarini qon – qarindosh sanaganlar. Istiqlol sharofati bilan esa tariximizning unutilgan sahifalarini chuqurroq o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni ko‘proq e’zozlash imkoniga ega bo‘ldik. Jahonda ellik milliondan ortiqroq odam o‘zbek tilida so‘zlashishini inobatga olsak, o‘zbek tilining nafaqat o‘zimizda o‘qitilishi, balki uning qo‘shni mamlakatlarda ham o‘rganilishiga alohida e’tibor berish muhimligi ayon bo‘lib bormoqda. Shu ma’noda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahridagi Jumabek Tashenev nomli universitetida 2023 – 2024-o‘quv yilida birinchi o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ochilgani katta ahamiyatga ega hodisa bo‘ldi. Dastlab 2 nafar magistrant bilan dars boshlangan bo‘lsa, joriy yilning yanvaridan boshlab ular soni 12 nafarga yetdi. Ayni paytda tashkil etilganining 25 yilligini nishonlayotgan ushbu universitet mamlakatdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda uch bosqichli (bakalavriat, magistratura, doktorantura) mutaxassislar hamda turli zamonaviy sohalar uchun kadrlar qayta tayyorlanadi, shuningdek, xalqaro loyihalar, strategik taraqqiyot dasturi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyati raisi, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ikromjon Hoshimjonovning fikricha: – Qozog‘istonda ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan 130 dan ortiq umumta’lim maktablari bo‘lib, ularga zamonaviy kadrlar suv bilan havodek zarur. Shu ma’noda ham Jumabek Tashenev nomli universitetda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ochilgani tarixiy voqea bo‘ldi. Universitet vitse-prezidenti, akademik Onolboy Ayashev esa filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bakalavriat bosqichida 100 nafar talaba tahsil olayotganini aytdi: –«Bu o‘quv yilida magistratura ish boshladi. Yaqin istiqbolda o‘zbek tili bo‘yicha doktorantura ochish niyatimiz bor. Zotan, ma’naviy tiklanish – ko‘p millatli Qozog‘istonda har bir xalq o‘z ona tilini bilishi va ulug‘lashi hamda yoshlarning ongu – shuuriga milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish bilan chambarchas bog‘liq». 2023-yil universitet tashabbusi bilan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyati, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida «Ilm-fan, ta’lim va san’at integratsiyasi: istiqbolli rejalar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, texnika fanlari nomzodi, professor Kanat Boybolov so‘zga chiqib, yoshlar kamolotida ilmga intilish tuyg‘usi eng samarali tarbiyaviy vosita ekanini alohida ta’kidladi. – Mazkur anjuman yoshlarning dunyoni teranroq anglashlari, ilmning, adabiyot va san’atning mohiyatini tushunishida muhim ahamiyat kasb etadi. Faxr bilan aytish kerakki, professor - o‘qituvchilar bilan bir qatorda yoshlarning o‘z qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun o‘ziga xos imkoniyat ham bo‘ldi. Unda talaba va magistrantlarimiz o‘zbek tili, pedagogika, metodika, tarix, madaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, fanda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslar mavzusidagi maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Bu kichik tadqiqotlar yoshlarimizning katta maqsadlariyu, ezgu intilishlaridan darak beradi. Bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Moskva davlat lingvistika universiteti, Hindistondagi Javoharla’l Neru universiteti, Turkiyadagi Anado‘li universiteti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti talaba va magistrantlari ham ishtirok etdilar. – Anjumandagi ma’ruzalarda qozoq, o‘zbek, turk, tojik, qirg‘iz adabiy-ilmiy aloqalariga yuksak baho berildi – deydi Turkiyadagi Seljuk universiteti professori, tarix fanlari doktori Mustafabey Demirchi: – Men ayni paytda Jumabek Tashenev nomli universitetda tarix yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga dars beryapman. Shaxsan o‘zimga ularning ilmga chanqoqligi, Qozog‘iston bilan bir qatorda barcha turkiy xalqlar va dunyo davlatlari tarixini yaxshi bilishlari, yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun ko‘pdan ko‘p savollar berishlari juda yoqdi. Ma’lumki, milliy o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarning shakllanishi, takomillashib borishi hamda san’at asarlarida, ilmiy tadqiqotlarda aks etishi uzoq tarixiy jarayon hisoblanadi. Universitet talabalarini, magistrantlarini aynan shunday jarayonlar qiziqtirayotganligi maqtovga sazovor, albatta. Anjumanda O‘zbekiston xalq artisti, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Yevroosiyo raqs akademiyasining akademigi, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi. O‘sha kuni Chimkent shahridagi O‘zbek drama teatri san’atsevar tomoshabinlar bilan to‘ldi. Tanlovda o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik havaskor yoshlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Yuksak mahorat bilan ijro etilgan jozibali milliy raqs va qo‘shiqlar hammaga estetik zavq ulashib, do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi. – Jumabek Tashenev nomli universitet O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib bizning akademiyamiz bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, – deydi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuhrat Toxtasimov. – O‘tgan vaqt mobaynida biz hamkorlikda xalqaro ilmiy anjumanlar, seminar va davra suhbatlari, kitob taqdimotlarini o‘tkazdik. Ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida akademik mobillik asosida tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. Universitet xalqaro hamkorlik departamenti direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Naraliyeva akademiyada amalga oshirilayotgan «Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun «Bolalar raqslari» fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish» fundamental loyihasi ilmiy guruhining a’zosi hisoblanadi. – Biz hammualliflikda bir qator o‘quv qo‘llanmalari, lug‘at va kitob-albomlar chop ettirdik. San’at va adabiyot orqali yoshlar bir-birlarining turmush tarzini, o‘zbek qozoq xalqlari madaniyati va qadriyatlarini muntazam o‘rganib, boyitib bormoqdalar, – deydi u jarayon xususida. Xalqaro san’at bayramida O‘zbekiston xalq artisti Gavharxonim Matyoqubovaning, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Karimboy Rahmonovning «Mahorat darslari», Mukarrama Turg‘unboyeva raqs tanlovining Gran pri sohibasi Dilnoza Mavlonova, Xalqaro «Lazgi» festivalining mutlaq g‘olibasi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori Dilnozaxon Ortiqova, «Bahor» ansambli yakkaxon raqqosasi Ayimxon Ibrayimova, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri raqs truppasi solistkasi Alina Babejko, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabasi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori Islom Haydarovning jozibador raqslari o‘zbek milliy san’ati ixlosmandlariga haqiqiy zavq ulashdi. Zero, insoniy munosabatlar, azaliy va abadiy qadriyatlar, tarixiy hodisalar to‘qnashib turadigan bu ziddiyatli dunyoda san’at bayrami orqali do‘stlik va birdamlik, hayotsevarlik, bag‘rikenglik va tilga muhabbat tuyg‘ulari tarannum etildi. O‘zbekiston xalq artisti, professor Gavharxonim Matyoqubova so‘zga chiqib, o‘zbek raqslarini, ayniqsa, «Lazgi»ni Qozog‘istonda barcha birdek sevishiga guvoh bo‘lib turganini ta’kidladi. – Xorazm «Lazgi»sining YUNЕSKO nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kirganidan xabaringiz bor. Men bugun Qozog‘istonda ham san’atning tarbiyaviy kuchi va ilhombaxsh qudrati tarannumiga kengroq yo‘l ochib bergan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyatiga, Jumabek Tashenev nomli universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekistonning Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev esa o‘zbek va qozoq xalqlarining tarixi, taqdiri, qadriyatlari mushtarak ekaniga urg‘u berdi. – Keyingi yillarda azaliy urf-odat va an’analarimiz, milliy san’atimiz, folklor namunalari, musiqa va raqs san’ati kabi xalq ma’naviyatini ifodalovchi madaniy merosiga alohida e’tibor berilyapti. Biz fevral oyida Jumabek Tashenev nomli universitet tashabbusi bilan buyuk shoir va atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdik. Bilamizki, globallashayotgan dunyoda millatlararo totuvlik tuyg‘usini shakllantirish va uni jamiyat ma’naviy muhitining asosiy negiziga aylantirish hamda yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash bugun birlamchi masalaga aylandi. O‘tgan yillar davomida bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar ushbu universitet magistraturasida ta’lim oldi. Bu aloqalar, albatta, rivojlanishi kerak. Hozirda universitet O‘zbekistondagi 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik memorandumi imzolagan... Hulkar HAMROYEVA, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc), Qozog‘iston xalq Assambleyasining O‘zbekistondagi do‘stlik elchisi O‘ZBЕK TILI! Samarqandning eski shahar qismida, Registon maydoni yaqinida Darizanjir mahallasi bor. Bu nom shu yerdagi «Dari-zanjir» madaniy yodgorligi bilan bog‘liq. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda «zanjirlangan eshik» ma’nosini bildiradi. Ab-u Tohir Xojaning «Samariya» asarida «Darizanjir Amir Temur Ko‘ragon xotinining raboti bo‘lib, Chokardizaning g‘arb tomonida va musulmonlarning qabristoniga tutashgan» deb qayd qilingan. XVI-XVII asrlarda mazkur hudud Hayoti Xon (Xonning hovlisi) nomi bilan ham yuritilgan. XVIII asrda hududda madrasa, maktab, hovuz, savdo do‘konlari faoliyat ko‘rsatgan. – Ota-bobolarimizdan Dari-zanjir XI asrda dastlab qal’a bo‘lgani, XIV asr oxirlarida aholi yashash manziliga aylantirilgani haqida eshitganmiz, – deydi Darizanjir mahallasida yashovchi Jo‘raxon Mallaxo‘jayev. – Bu yerda Amir Temur va temuriylarning yaqin qarindoshlari, keyinchalik din peshvolarining oilalari yashagan. Ular ayollarini nomahramlardan himoya qilib, hujra eshiklarini zanjirlab qo‘yishgan va begonalarning kirishi taqiqlangan. Shundan «Dari-zanjir» iborasi kelib chiqqan deyishadi. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Darizanjir yaqinida katta masjid bo‘lgan, masjidga keluvchilar bu yerdagi hujralardan darsxona sifatida foydalangani haqida ham ma’lumotlar bor. Jumladan, Alisher Navoiy Samarqandda yashagan yillari bu yerga kelib turgani to‘g‘risida manbalarda qayd etilgan. Afsuski, asrlar silsilasida mazkur obidaga ham zarar yetib, ayni chog‘da yaroqsiz holga kelib qolgan. 2009-2016-yillarda o‘zim ushbu mahallaga raislik qilganimda hashar yo‘li bilan yoki homiylar ko‘magida obyektni ta’mirlash bo‘yicha taklif bergandim. Ammo mas’ullar madaniy merosga ziyon yetishini aytib, obyekt 2014-yilda ta’mirlanishi, buning uchun mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgandi. Biroq hozirgacha hech qanday amaliy ish qilinmadi. Ayni paytda majmua xaroba holatda turibdi. «Dari-zanjir» madaniy meros obyekti mahalla binosi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, to‘rt hujradan iborat. Hozir obyekt devorlari abgor holatga kelib qolgan va bitta hujra nurab tushgan. Qolgan uchta hujradan aholi omborxona sifatida foydalanib kelmoqda. Agar majmua tez fursatda himoyaga olinmasa, qolgan qismi ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. – «Dari-zanjir» yodgorligi moddiy- madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va mahalliy ahamiyatdagi moddiy-madaniy meros obyekti hisoblanadi, – deydi Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ziyodulla Nasimov. – Obyektning umumiy maydoni 70,13 kvadrat metrni tashkil etadi va uzoq yillardan buyon restavratsiyaga muhtoj. Shu boisdan madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi bilan hamkorlikda «Darizanjir» majmuasining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib, obyektda ta’mirlash, tiklash va konservatsiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Lekin bundan avval ham ushbu majmuani ta’mirlash va konservatsiya qilish bir necha marta dasturga kiritilgan. Afsuski, bu ishlar qog‘ozda qolib ketdi. Viloyat madaniy meros boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Samarqandda 130 ta madaniy meros obyekti yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Ular orasida «Dari-zanjir» madaniy meros obyekti ham borligi achinarli. Turizm haqida gap ketganda sayyohlik sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda yaqin o‘tmishga ham o‘zgacha munosabat shakllangani to‘g‘risida eshitamiz. Hatto, o‘tgan asrda ishlangan badiiy filmlar suratga olingan obyektlar saqlab qolinib, bu joylardan turistik obyekt sifatida foydalanishayotganini bilamiz. Biz esa turkiy adabiyotning buyuk vakili, dunyoga mashhur Alisher Navoiy bobomiz qadami tekkan manzillarni asrab-avaylab, bu joylarni sayyohlik obyektlari qatoriga kirita olmayapmiz. Ulug‘ bobomizning qabri qo‘shni davlatda, unga munosabat ham turlicha ekanligini eshityapmiz. Hech bo‘lmaganda, Navoiy hazratlari nomi bilan bog‘liq o‘zimizdagi mavjud joylarga e’tibor qaratsak, ularga turizmda daromad topish manbai sifatidagina emas, balki o‘tmishimiz, o‘zligimizning bir bo‘lagi sifatida qarab, xalqimizni bundan bahramand etsak, ayni muddao bo‘lardi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2023- yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari Samarqanddagi Amir Temur bog‘larini tiklash va bir qator tarixiy obidalarni ta’mirlash zarurligini qayd etgandi. Ana shu obidalar qatorida «Darizanjir»ga ham e’tibor qaratilsa, xalqimiz tarixi, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash yo‘lida muhim qadam qo‘yilgan bo‘larmidi? G‘olib HASANOV, O‘zA ANJUMANDA O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI, AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDAGI YEVROOSIYO RAQS AKADEMIYASINING AKADEMIGI, PROFESSOR GAVHAR MATYOQUBOVA NOMIDAGI XALQARO RAQS KO‘RIK-TANLOVI HAM O‘TKAZILDI. O‘SHA KUNI CHIMKENT SHAHRIDAGI O‘ZBEK DRAMA TEATRI SAN’ATSEVAR TOMOSHABINLAR BILAN TO‘LDI. NAVOIY QADAMI TEKKAN «DARIZANJIR» BUTKUL YO‘QOLIB KETADIMI?
ТУРИНГ, ІАЗРАТИ Бир шеър шар³и 28-fevral, 2024-yil №7 (1239) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 2022 ЙИЛДА АНА ШУ ИНСОННИНГ МИРЗАОБОД ТУМАНИДА УЙ-МУЗЕЙИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ТЎ£РИСИДА ВАЗИРЛАР МА²КАМАСИНИНГ ªАРОРИ ЭЪЛОН ªИЛИНГАН ЭДИ. ЛЕКИН... ²АНУЗГАЧА УШБУ УЙ-МУЗЕЙ ªУРИБ БИТКАЗИЛМАДИ, ИШГА ТУШИРИЛМАДИ. БА²ОНА ЭСА ЯГОНА: МАБЛА£ ЙЎª ЭМИШ! МУЛОҲАЗА НИМА ЭМИШ, ОЛИЙГО²ГА ЎªИШГА КИРИШАРМИШ, ТИЛ ЎРГАНАРМИШ, ОЛИМ БЎЛИШАРМИШ. ОВОЗЛАРИНГНИ ЎЧИРЛАРИНГ, ДЕДИМДА, ИККИСИНИЯМ РОССИЯГА – ªУРИЛИШГА ИШГА ЖЎНАТИБ ЮБОРДИМ. ПУЛ ТОПСИН ДЕДИМ. Китоб КЕЛМОЇДА! Ёхуд «Номер тєйи», Тєра Сулаймоннинг битмаётган уй-музейи ва 33 миллиардга їайта таъмирланаётган банк іаїида єйлар сўз юритдилар. Юртбошимиз ўз нутқида ушбу соҳалар бошқалардан кўра ўн қадам олдинда юриши шартлиги, чунки келажак тақдири, миллат эртасини уйғоқ, ўқимишли жамият белгилаб беришини қатъий таъкидладилар. Шу ўринда маънавият ва маърифат йўналишларида қаттиқ ишлашни масъулларга алоҳида уқтирдилар. Тўра Сулаймон – Ўзбекистон халқ шоири. Сирдарё фарзанди. 20 дан ортиқ шеърий, насрий китоблар муаллифи. У бутун умрини ижодгашеъриятга бағишлади. Ўзбекни, Ўзбекистонни 71 йил куйлаб, қадрлаб, ардоқлаб яшади. 2022 йилда ана шу инсоннинг Мирзаобод туманида уй-музейини ташкил этиш тўғрисида Вазирлар Маҳкамасининг қарори эълон қилинган эди. Лекин... ҳанузгача ушбу уй-музей қуриб битказилмади, ишга туширилмади. Баҳона эса ягона: маблағ йўқ эмиш! Ваҳоланки, вилоят марказидаги деярли янги Марказий банкнинг вилоят бошқармаси биноси 33 млрд. сўмга керак бўлса-бўлмаса қайтадан таъмирланаяпти... ...Ку н и кеча я ън и шои р туғилган 15 февраль санасида унинг 90 йиллик юбилейи вилоят марказидаги Ҳалима Худойбердиева номидаги ижод мактабида номигагина ўтказилди. Ажабланарлиси, бир қадам берида яъни вилоят ҳокимлигида ўтирган каттаконларнинг биронтаси ушбу машваратга қадам ранжида қилишни ўзларига эп кўришмади. Гапнинг пўсткалласини айтганда ушбу йиғинни ҳам шоирнинг шогирдлари, фарзандлари, вилоятдаги адабиёт ихлосмандлари ташкил этишди. Яна бир гап, ушбу даргоҳ ўз номи билан ижод мактаби саналади. У ташкил қилинганида Ҳалима Худойбердиеванинг асл шогирдларидан бири, қолаверса элдоши, ўзбекнинг атоқли шоири Муҳаммад Исмоил ушбу масканга раҳбар этиб тайинланганди. Тан олиш керак, ўша даврларда ижод мактабида пойтахтдан келган машҳур шоируёзувчилар, санъаткорлар, турли қатлам зиёлилари билан деярли ҳар ҳафта ўтказиладиган учрашувлар, адабиёт, санъат кечаларини вилоят аҳли ҳали-ҳамон юракларда ўзгача соғинч билан эслашади. Нима бўлди-ю орадан кўп ўтмай буларнинг барчасига бирдан чек қўйилди. Яъни ушбу масканга адабиёт, шеърият умуман ижоддан жудаям олисда «истиқомат» қилувчи янги раҳбар тайинланди... Вилоят аҳли эса ўтган кунларни ҳалигача соғинч билан хотирлашади. Ҳа, тўғри, ҳозир ушбу ижод мактаби ҳақида ондасонда вилоят телевидениесининг журналистлари гапириб туришлариям бор гап. Бугун биз ватан, миллат, тил, китоб ҳақида анчайин кўп ва дадил сўзлайдиган бўлиб қолдик. Менимча, булар ҳақида сўзлаб кўкракка муштлайвермай амалий ишларга ўтиш даври келди. Журналист Ислом Ҳамро қарийб 40 йилдан буён пойтахтда яшайди. Аниқ айта оламан, у ўз маошининг ярмига ҳар ойда албатта янги китоблар сотиб олади. Уйидаги шахсий кутубхонасида юзлаб эмас минглаб китоб бор. Суҳбатларимиздан бирида куйиб-ёниб сўзлаб қолди. Айтишича, ўз шахсий кутубхонасидан тўрт мингга яқин сара асарларни ажратиб, ўзи яшайдиган МФЙга тақдим этмоқчи, шу баҳонада бу ерда кутубхона ташкил этишга бош-қош бўлмоқчи эканлигини айтиб МФЙ раисига учрашса, у бўш бино йўқлигини рўкач қилибди. Ваҳоланки, МФЙнинг янги биносида бўш хоналар бир талай – дейди устоз. – Фақат ўқигимиз келмайди, қўлга китоб ушлашни ҳоҳламай қолганмиз. Ўқ имай диган, м у толаадан узоқлашган миллат сираям узоқдаги манзилларга етолмайди. Республика Маънавият ва маърифат кенгашининг йиғилишида Юртбошимиз 2024 йилда 200 минг донадан ортиқ китоб Маънавият ва маърифат марказларига, кенг китобхонлар оммасига бепул тарқатилишини алоҳида таъқидладилар. Галдаги вазифа, ана шу бебаҳо неъматни болаларимизнинг қўлига беришимиз, берибгина қолмай уларга ўрнак бўлиб аввало ўзимиз ўқишимиз лозим. Отаонасининг қўлида китоб кўрган болада унга нисбатан қизиқиш уйғониши муқаррар ҳақиқат. Хуллас ўқимоғимиз шарт. Сўзимнинг охирида элимизнинг севимли ёзувчиси Ўткир Ҳошимовнинг «Дафтар ҳошиясидаги битиклар» асаридаги бир иборани келтиришни жоиз деб билдим. «Тарих такрорланиб туради деган гап бор. Инсоният ибтидоий жамоага қайтиши мумкин. Бунинг илк белгилари ҳозирдан кўринаяпти: Китоб ўқийдиганлар камайиб бораяпти». Абдуғаффор ОМОНБОЕВ, «Миллий тикланиш» мухбири Бу ғалати «тўйдан» қайтаяпман-у устоз Хуршид Дўстмуҳаммаднинг қуйидаги сўзлари яна ёдимга тушди: «Мен Қуръони Каримда келтирилган бир оятни кўп такрорлайман: «Қаён кетмоқдасизлар» дейди Аллоҳ. Муқаддас ояти каримадаги шу саволни ҳар бир таниш ва нотаниш кишига бергим келади. Ўйлаб кўринглар, чиндан ҳам қаёққа кетяпмиз? Я қ и н д а т а н и ш и м Илҳомжоннинг қийин-қистови билан «номер тўйи»га бордик. Шу пайтгача келин-куёв, хатна, ҳовли тўйлари, ақиқа маросими, турли юбилейлару-тантаналарда қатнашгандиму, «номер тўйи»га бормаган эканман. – Дўстимиз жуда катта тадбиркор, яқинда чет элдан қиммат машина олиб келтирди. Энди ўша машинасига деярли 500 млн. сўмга «дода» номер сотиб олибди. Шуни ювиб бераяпти... Битта давлат белгиси – машина рақамини қарийб ярим млрд. сўмга харид қилган бойваччани кўришга янаям қизиқишим ортди, сабаби бу пулга чоғроқ бўлсада боғча ёки мактаб қурса бўлади деб ўйлардим. Уз у н д а н-у з у н хон т а х т а қўйилган, устига ноз-неъмат тўкиб ташланган ҳайҳотдек меҳмонхонада 50 дан ошиқ одам йиғилган. Даставвал, эътиборимни хонтахтанинг оёқлари остига қўйилган китоблар тортди ва мезбондан бунинг сабабини сўрадим. –Ҳа, энди келинойингиз баландроқ турсин деганда, шу десангиз бу матоҳдан бизда тиқилиб ётибди. Ана, томдаги болохонада бир машинаси чанг босиб турибди, - жаврай кетди мезбон. – Отамиз касб қуриб қолгандай ўрта мактабда тил ва адабиётдан дарс берганлар. Гулдай умрининг 42 йилини шу ишга сарфлаганлар. Шу десангиз, бобой раҳматлик, умри давомида уй, машина, пул йиғмаганлар, айтсам куласизлар, у киши фақат китоб йиққанлар. Ишонасизларми, камига яна «Шарқ юлдузи», «Муштум», «Фан ва турмуш», «Ёшлик»мией шунга ўхшаш журналларни йиғиб, йилма-йил боғлаб қўйган эканлар. Бурноғи йили ҳовлини янгидан солганимда чол-кампирнинг уйидан шу макалатура чиқиб қолди. Ташлаб юборишга кўзим қиймади-да болохонага чиқариб ташладим. Бир ахлатга улоқтирай дедиму яна кўнглим чопмади. Яхши қилган эканман, мана кунимизга яраб қолди. Тандир-ўчоққа тутантириқ қилаяпмиз, неваралар ҳожатхонага ҳам ишлатишяпти... Унинг гапларидан баданимда чумоли ўрмалагандек бўлди-да яна гап қотдим. -Ана шу китоб-журналларни болаларингиз, невараларингиз, хонадон аҳлингиз ўқимайдими? – Нима китоб ўқиб, шаҳар олиб беришармиди?! Ана иккита кенжа ўғлим бу йил мактабни битирди. Нима эмиш, олийгоҳга ўқишга киришармиш, тил ўрганармиш, олим бўлишармиш. Овозларингни ўчирларинг, дедимда, иккисиниям Россияга – қурилишга ишга жўнатиб юбордим. Пул топсин дедим. Мана ҳозир ойма-ой пул жўнатиб туришибди. Ҳозир фақат пул топиш керак. У шундай дедида яна беўхшов илжайди. Йиғилганларнинг биронтаси мезбоннинг гапига эътироз билдирмади. Аксинча, бозордаги нарх-наво, долларнинг қимматлаб кетаётгани, фалончи қанақа машина олгани-ю, пистончи ўттиз хоналик уйни қайси пулига солгани ҳақида гапиришарди... Т а ъ б и м х и р а т о р т и б , ташқарига йўналдим, хаёлда эса саволлар: Қаёққа қараб к е т я п м и з ў з и ? Н и м а л а р қилаяпмиз?! Шу ерда устоз Хуршид Дўстмуҳаммаднинг нима учун бу саволларни доимо барчага бирдек, «илиниб» юришининг маънисини англагандек бўлдим: Наҳот бу улуғ адиб ҳам мен кўрган ғайриоддий ҳодисага ўхшаш ҳолатга гувоҳ бўлган... Қолаверса, ўтган аср бошларида Абдулла Қодирий бобомиз куйиб-ёниб «Бу миллат одам бўлмайди» – деб ёзганларида юқоридаги каби неварасининг кетини китоб варағи билан артадиган кепакмияларни назарда тутган бўлса не ажаб! Яқинда Президентимиз Маънавият ва маърифат масалаларига бағишланган йиғилишда соҳага доир барча ютуқ ва камчиликлар, муаммолар, уларнинг ечимлари хусусида чуқур £ИЖЖАК НАВОСИ Таниқли шоир Турсун Алининг «Соҳибжамол дарахт» номли китобидаги «Ғижжак навоси» номли шеърига шарҳ. Ажаб куй таралар ғамгин ва маюс, Ўртайди юракни титрагай вужуд. Тилимга келмайди ақалли бир сўз, Кўзларимда дунё чексиз, беҳудуд. Ғижжакдан таралган соҳир куй шоир руҳиятига қаттиқ таъсир этганидан, хаёллар уммонига шўнғиб, ўйлар занжирга боғланган. Турсун Али туйғулари қанот қоқиб, оғир дардларни боғлаб, юрагин доғлаб, «Ажаб куй таралар ғамгин ва маюс» деб, вужуд-вужуди титраб, «тилига бир сўз келмай», кўзлари дунёга, уфқнинг беҳудуд манзилларига боқиб: Келасан қайдандир кўзлари нолон Оҳ, балки ёшлигим эрурсан юпун? Онамдирсан, эрта кетган оламдан, Қалбим тилкаланган севгисан, жунун. Хотира ришталарига боғланиб уфқ ортидан келаётган «юпун ёшлик», аслида беғуборликдир. Чунки ғубор теккан ҳеч бир нарса уфқ ортида сақланмайди. Инчунин, инсоннинг бегуноҳ фасли – болаликдир, бенолаликдир. Болаликда унча-мунча «гуноҳча»ларинг савоб саналгай. Катталар томонидан тавоф саналгай. Боланинг муниси – она, мастона, парвона. «Эрта кетган онамдирсан», дейди шоир, ғижжакнинг навосин тинглаб, дардига давосин англаб. Оҳ, она, воҳ она-я! «эрта кетган» онам-а... ғижжак чалар нолам-а! Онага бўлган муҳаббат унутилмас сира. Биринчи муҳаббатнинг тамал тошидир – эзгуликнинг бошидир. Шунинг учун «тилкаланган севгиси» ичра «жунун»га айланган. Сирдош онага севикли ёрини сўзлайди ошиқ, ҳеч ким тушунмас уни онадан ортиқ. Етим қўзи мисол, о, дилдираган, Укамсан, синглимсан, кўзида маржон! Биринчи севгимсан, жим мўлтираган, Нечундир сирқирар, ўртанур бу жон. Ғижжак навоси – нолага айланур улкан, дунё бир кам. Уфқ ортидан «дилдираган» руҳлари «пилдираган» уканинг, сингилнинг кўзларида «маржон» билан ғижжак камонлари тортиб келадур. Ўртада айрилиқ «биринчи севги» ҳам мўлтирайди. «Нечундир сирқирар, ўртанур бу жон». Нега «нечундир?». Чунки улар куйсиз қолиб унутилганди. Улар Тангри каломисиз ёдсиз қолганди. Руҳлари отсиз қолганди. Уларни ёдлаш керак, ёдланмаса додлаш керак. Бу фожиа! Бу фожиа урчимасин, ҳеч бир руҳ ёдсиз ўксимасин. Ўксиса тирикларга қийин, кун ўтган сайин, ой ўтган сайин, йил ўтган сайин. Бу ҳақиқат тайин! Сузади кўзимда олис қишлоғим, Болалик дўстларим кўтарар шовқин. Дарёдек тўлади соғинган бағрим, Ва бирдан туяман умримнинг завқин. Шоирнинг туйғулари – хотира тўлқинлари икки дунё орасида кезинади. Кўзлар сайёрасида унга меҳр берган «олис қишлоғи сузади». Болалик дўстлари кўзлар сайёрасида ўйнайди, қувнайди, бири-бирин қувлайди. Ажабо, «соғинчи дарё»га айланиб бағрида тўлиб-тошади, неча қирлар ошади, сирлар ошади. Бирдан «умрининг завқини туяди»... Ажаб куй таралар маюс ва ғамгин, Руҳимни тирнайди ғижжак навоси. Серғалва дунёда ушбу кез сокин, Юрагимга чўкмиш қишнинг ҳавоси. Куйларнинг барчаси руҳга озиқ бўлолмайди, ғижжакнинг, найнинг ноласи бундан мустасно. Бу ерда най ҳам қўшдик. Улар қўшалоқ, дарди бир, дарди сир. Улар дардли, ашкли. Найнинг навосига ғижжак жўровоз. Найчи Абдулаҳад Абдурашидов, Абдуҳошим Исмоилов иккиси чалса, икки дунёни ўртаб юборур. «Серғалва дунё» сокин бўлур. Туйғуларнинг чокин сўкур. «юраклардаги қишнинг ҳавоси», баҳор ҳавосидай давога айланур. Инсон ҳурланур, нурли-нурли нурланур. Хотиралар саёҳатга чиқар, дард-аламни йиқар... Ажиб куй таралар маюс ва ғамгин... Жамолиддин МУСЛИМ, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Абдуҳошим Исмоиловга
АФСУСКИ, 1937 ЙИЛНИНГ 29 МАРТИ ТУНИДА ШИРИН УЙЄУДА БЎЛГАН ЁШ ОИЛАНИНГ ТИНЧИ БУЗИЛАДИ. НОМАЪЛУМ ШАХСЛАР УЛАРГА ОРДЕР КЎРСАТИБ, ТОНГГАЧА УЙДАН НИМАЛАРНИДИР ЄИДИРИШАДИ. 28-fevral, 2024-yil №7 (1239) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish ТАРИХ Дилоро 1911 йили Бухоро шаҳрида туғилди. Отаси Собир- жон Юсупов «Ёш бухороликлар» ташкилотининг фаол аъзоси эди. Дилоронинг болалиги отасининг сиёсий қарашлари сабаб таъқиб ва қувғинларда ўтганини алоҳида таъ- кидлаш лозим. У 6 ёшлигида онаси билан Бухоро амирлиги ҳудудидан Тошкентга сургун қилинади. Пой- тахтда ҳам аввал «чор охранка»си таъқибида, сўнг, доимий равишда «ЧК» айғоқчиларидан яшириниб яшашга мажбур бўлишади. Дилоро ана шундай қийин шароитларга қарамай, илм йўлини танлади. У 11 ёшида Бухоро Халқ Жумҳурияти томонидан Москвага ўқишга юборилади. У ерда ўзининг иқтидори, иштиёқи билан ўзбек талабалари орасида танилади. 1926 йилда мактабни аъло баҳоларга битириб, ватанига қайтади. Тошкентда комсомолнинг округ қўмитасида ишлаш баробарида Ўрта Осиё давлат университетининг суд бўлимига ўқишга кириб, аспирантурага тайёрлана бошлайди. Сўнгра Совет ҳуқуқи илмий-текшириш институтида таҳсил олади. Битирув имтиҳонларидан муваффақиятли ўтгач, йўлланма билан Ўзбекистон Республикаси Прокуратурасига ишга юборилади. Синов муддатидан сўнг эса 24 ёшли Дилоро Юсупова Ўзбекистон Республикаси прокурори ёрдамчиси лавозимига тайинланади. Кўп ўтмай Москвада ўқиган пай- тида «юлдузи юлдузига тўғри кел- ган» наманганлик Муҳаммаджон Мўминов билан турмуш қуради. Бу пайтда ЎзССР Олий суди судьяси бўлган Муҳаммаджон Мўминов Ўзбекистонда юридик билимлар- нинг шаклланишига асос солган ёш ҳуқуқшунос эди. У Самарқандда Ўзбекистон Олий суди коллегияси аъзоси, 1931-1935 йилларда суд тизимидаги қатор лавозимларда фаолият олиб боради. Кейинроқ унинг ташаббуси билан шу инс титут базасида Ўзбекистондаги биринчи юридик олийгоҳ ташкил этилади. Унинг ғайрат-шижоати туфайли қисқа вақтда кўплаб юридик луғатлар, журнал ва китоблар чоп этилади. Айниқса, 1932 йили Муҳаммаджоннинг «На фронте теории государства и права» китоби нашрдан чиқиши катта шовшувга сабаб бўлади. Қалбан бир, ҳатто зиммаларидаги вазифалари ўхшаш бўлган икки ёш турли ҳасадгўй кимсаларнинг бўҳтонларига қарамай, янги-янги ғоялар билан яшашар, янги асарлар устида баҳслашишар, фарзандлари Марат ва Сурайёни меҳр билан тарбиялашарди... Афсуски, 1937 йилнинг 29 марти тунида ширин уйқуда бўлган ёш оиланинг тинчи бузилади. Номаълум шахслар уларга ордер кўрсатиб, тонггача уйдан нима- ларнидир қидиришади. Эрталабга яқин барча нарсаларни хатлаб, Муҳаммаджон Мўминовни олиб кетишади. Ўшанда Муҳаммаджон ЎзССР Адлия комиссарлигининг аҳолига юридик ёрдам ва суд ҳимоя бўлими бошлиғи, Дилоро Юсупова эса ЎзССР Бош проку- рори ёрдамчиси эди. Бўлиб ўтган воқеалардан ка- рахт бўлиб қолган Дилоро бу ҳолатни эрига уюштирилаётган туҳматларнинг навбатдагиси деб ўйлайди. Бироқ қийинчилик би- лан бўлсада, эри билан учрашганидан сўнг тушунадики, вазият ниҳоятда жиддий. Муҳаммаджон даҳшатли қийноқлар оқибатида «тирик мурда»га айланган эди. Дилоро эрининг айбсизлигини исботлашга ҳаракат қила бошлайди. Ҳатто Москвага НКВДнинг бедодликлари ҳақида махсус хат йўллайди. Бундан ташқари, эрининг собиқ дўсти Давлат Ризаев билан учрашади. Унга Муҳаммаджон Мўминовга нисбатан қўлланилаётган ноҳақликлар ҳақида айтиб, юқори ташкилотларни бундан хабардор қилишни илтимос қилади. Афсуски, бу вақтга келиб, на Москва ва на маҳаллий ҳукумат ҳеч қандай ёрдам беролмайдиган ҳолатга келган эди. Бу о р а д а Му ҳ а м м а д жо н Мўминовга «халқ душмани» айблови қўйилади. Кўп ўтмай Дилорони ҳам «эрининг аксилинқилобий фаолиятини яширган» дея ҳибсга оладилар. Уларнинг 6 ёшли ўғли Марат ва 4 яшар қизлари Су- райё «Болалар уйи»га жойлаш- тирилади. Муттасил жисмоний қийноқ ва шафқатсиз таҳқирлар остида ўтказилган сўроқларда Дилоро эрининг ҳам, ўзининг ҳам айби йўқлигини исботлайди. Бироқ, 1938 йилнинг 4 октя- брида Муҳаммаджон Мўминов «Москвада ташкил этилган на- мойиш раҳбарларидан бири» де- ган бўҳтон билан отиб ташлана- ди. Кейинчалик тергов вақтида қўлланган қийноқ ва сўроқлар ҳақида ҳеч қачон гапирмаслик шарти билан Дилорони озод этишади. У қамоқдан қайтгач, фарзандларини болалар уйидан олади. Жирканч тузум ва унинг шафқатсиз «адолатпешалари»дан ихлоси қайтган Дилоро Юсупова шундан кейин давлат тизимида фаолият юритишни истамайди ва қолган умрини фарзандлари тарбиясига бағишлайди. Аммо Сталин вафотидан сўнг бошланган «илиқлик даври»нинг илк кунлариданоқ турмуш ўртоғи Муҳаммаджон Мўминовнинг шаъни учун курашади ҳамда унинг ишини қайта кўриб чиқишларини талаб қилади. Ниҳоят, 1957 йилда Муҳаммаджон Мўминов расман оқланади. Дилоронинг узоқ йиллик заҳматлари билан вояга етган ўғли Марат Мўминов улғайиб, математика фанлари доктори, профессор даражасига етади. Сурайё Мўминова эса Москва тиббиёт институтида ўқиб, малакали шифокор бўлиб етишади... Баҳром ИРЗАЕВ, тарихчи олим ЄЎИРЛАНГАН ЁКИ МАІВ ЭТИЛГАН ТАЄДИРЛАР ІАЄИДА бахт Тил ва ҳунар ўрганиш, Москва, Боку, ҳатто Германиянинг Берлин ёки Дрезден шаҳарларида илм олиб, келажакда ўз юртига хизмат қилишни мақсад қилган қанчадан-қанча аёлқизлар адолатсиз тузум қурбони бўлдилар. Кўзларида ўт чақнаган, жасурликда анчамунча йигитлардан қолишмайдиган Ўзбекистоннинг биринчи ҳуқуқшунос аёли – 24 ёшида ЎзССР бош прокурори ёрдамчиси вазифасида ишлаган Дилоро Юсупова ҳам ана шундай ёшларнинг бири эди. Ҳар миллатнинг мактаб ва мадрасаси ўлдиғи каби, бизни ҳам мактаб-мадрасаларимиз гарчи бенизом ва беусул ўлса ҳам, йўқ демак даражада оз эмас. Ҳар миллат авлодини тарбиялаш ва таълими улумда кўрсатган ҳиммат ва ғайрати каби бизларда ҳам ўз маъсум авлодларини жаҳолат ва ғафлат зулматида қолмоқиға ҳеч бир ризолари ўлмай, қўлларидан келганча таълим ва тарбияти авлодда қусурлик кўрсатмакчи зотлар мавжуддирлар. Ва лекин дунёға нима учун келғонини билмай, илм ва маорифға асло рағбат қилмай, жонидин ширин болаларини кўча-бакўча кездириб, бечора маъсумнинг азиз умрини жаҳолат оташина ёндирғувчи беҳамият ва бедиёнат оталар ҳам орамизда оз эмасдур. Кўп диндошларимизни кўрармизки, ўз фарзандларини асло мактабға бермай орқаларидин эргаштириб, руслар эшигида ўзлари каби хизматчиликка ўргатиб, дунё ва охиратнинг саодати ўлғон илм ва маорифдин маҳрум қўймоқдин ҳеч бир ибо қилмаслар. Баъзи азизларимиз бордурки, ўғлини қўлидин тутиб мактабга олиб борур. Муаллимдан толиб қилурға: «Тақсир, шу ўғлимни гўшти сизники, устихони бизники, бир илож қилиб, тезлик ила нақд ва насия ёзмоқни ўргатиб берурсиз», дер. «Эшагига яраша тушови» деган ўзбек мақолича, муаллимлар ҳам аксарлари қонуни таълим-тарбиядин бутун-бутун бехабар кишилар ўлуб, балки ўқув ва ёзувни ҳам лозиминча билмасликлари важҳидан бечора маъсумаларни истеъдоди зотиясиға наззора икки йил зарифида жамиъ лавозумоти динияни билдирмоқ мумкин ўлғон ҳолда, тўрт-беш йилғача ҳижжа усули бирла дунё ва охиратга фойдаси бўлмағон Фузулий, Навоий, Хўжа Ҳофиз ва Бедил каби мушкул манзума китобларға умри азизини барбод этарлар. Эй ватандошлар! Диққат назари ила боқинг! Бир болани мактабға бермакдан мақсуди вожибот диниямиз ўлғон илми қироат, масоили эътиқодия, фарз, вожиб, суннат мустаҳаб, ҳаром, макруҳ, намоз ва рўза, ҳаж ва закотларни ҳам заруроти дунявиямиз ўлғон илми ҳисоб, жуғрофия, таворих, хусусан, «Тарихи Ислом» каби фойдалик илмларни билдурмоқ ўлғон ҳолда жоҳил домлаларнинг «таълими фалоний, қоши қаро, қаро кўзи, қаро юзи, оҳ, сўзи ширин», деб болаларни фасод ахлоқиға биринчи сабаб ўладурғон манзума китоблар ўлмиш. Бу хусусда отада айб йўқ, чунки бу бе- чорани эътиқодида болани ўқутмоқ ёлғиз нақд ва насия ёздурмоқдин иборатдур. Муаллимда ҳам айб йўқ, чунки бу зикр қилинғон улуми зарурияларни бечора муаллимнинг ўзи билмас, балки баъзила- рини исмини ҳам эшитган эмас. Бечора на қилсун? Ночор, бефойда бўлса ҳам мак- табларда болаларга ўқитгудек булардан бошқа бир китоб топилмағон замонларда ўзи ўқиб, билган китоблари шу китоблар ўлдиғи чун эски ўрунларда эски тушларин кўрмакдадурлар. Мани сўзимдан Фузулий, Навоий, Хўжа Ҳофиз, Бедиллар каби улуғ зотларни таҳқир қилди, деб гумон қилинмасун. Чунки мани ғаразим бу китобларни зотан бефойда демак эмас, балки ёш болаларға бу китобларнинг таълими бефойда, демакдир. Мисола бир болага Фузулий ўрнига илми қироат, Навоий ўрнига масоили эътиқодия, Хўжа Ҳофиз жойига масоили амалиёт, Бедил бадалиға илми ҳисоб ўқитилса, дин ва дунёси учун қанча фойдалар ҳосил қилиб, мусулмон ўлур. Билъакс, бу китобларнинг ўзи ўқитулғон ҳолда бу фойдалардин маҳрум қолиб, балки фасод ахлоққа мубтало ўлмоғи ҳам эҳтимолдир. Чунки бу китобларни тасниф қилғон зотлар Оллоҳ таолийға қурбат пайдо қилғон кишилар ўлғонлари учун айтган сўзларининг зоҳири шариатга мухолиф ўлса ҳам, ҳақиқати мувофиқдир. Чунончи мавлоно Фузулий дерки, фард: Санамлар саждасидур бизда тоат тангри-чун, зоҳид, Киши кўрсанг сен, ўз динингда таклифи намоз айла. Ёки: Хўблар меҳроби абрўсина майл этмаз фақиҳ, Ўлса кофирдур, мусулмонлар, анго қилманг намоз. Мавлоно Ҳофиз дерки: Май нўшки, умри жовидоний ин аст, Кайфияти рўзгори фоний ин аст. Ҳангоми гулу, лолау ёрон сармаст, Хушбош, дамеки, зиндагоний ин аст. Бу каби сўзларнинг зоҳирий мухолифи китоб, суннат бўлса ҳам, ҳақиқати бир бошқадир. Аммо ёш болалар, шубҳа йўқдурки, буни ҳақиқатда билмаслар. Балки ўқитган муаллимлари ҳам билмаслар. Ночор зоҳири ила амал қилиб, фасод ахлоқға мубтало бўлмоқ хавфи бордур. Баъзи жуҳало дермишки, бу тартиб ҳазрат Имоми Аъзамнинг тартиблари, буни буза- ман деган кишининг ўзи бузулур. Ажабо, бу каби жаҳолат ҳам бўлурми? Бу жаҳли мураккаб эмасму? Чунки бу жоҳиллар ҳазрат Имоми Аъзамнинг умрларида бу китоблардин ҳеч бир асар ўлмағонини бил- маслар. Билмаганларини ҳам билмаслар. Қачон ул жанобнинг замонларида Фузулий ё Бедил, ё Хўжа Ҳофиз, ё Навоий бор эди? Қачон ул жаноб бу китоблардин болаларга таълим бердилар. Ул жаноб каби зотнинг ҳақлариға бу каби бўлғон ифтиро, туҳмат қилғон жоҳилни иншооллоҳ ўзи билур. Баъзи нодонлар дермишки, шу китобларни ўқимагунча болаларнинг саводи чиқмас. Бу ҳам эътиқоди фосид ва даъвойи бедалилдур. Чунки бу эътиқод дуруст бўлса эди, Туркистон вилоятидин бошқа вилоятларда ҳеч кимнинг саводи ўлмас эди. Ваҳолонки, бошқа вилоятларда хат билмайдургон киши юздан ўн бўлса, Туркистон вилоятида юздан тўқсондир. Мундин ҳам маълум ўлурки, савод чиқмақ бу китобларни ўқумоққа муваққуф эмас, балки бу китоблар ғоят қийинликидин болаларни бесавод қолмоғиға ҳам сабаб ўлур. Чунки бу китоблар ўқилодурғон мактабларда эллик боладин ўн бола тўрт-беш йилда базўр ушбу китобларнинг ўзинигина хатини тануб чиқур. Бошқа китобларни яна дуруст билмас. Аммо бу китоблар ўқилмайдурғон жадид мактабларида икки йил ичида эллик болани қирқ тўққизи балки ҳаммаси алассавия неча хил илмлардан имтиҳон бериб чиқар. Боз бу китобларни ҳам билур. Хайр, дурустроқ ҳам билмасун? Лекин, билмагони бирла бу боланинг на дунёсиға ва на охиратиға ҳеч бир зарари йўқ. Чунки бу китобларнинг ўзини дунё ва охиратға ҳеч бир фойдаси йўқ. Балки зарарининг эҳтимоли болада зикр қилинди. Хайр, келайлик садади каломғаки, ўғлини мактабга бермакдин мақсади нақд ва насия ёздурмоқ ўлғон жоҳил отанинг ўғлиға қилғон муаллим бечоранинг тарбияти, чеккан машаққатини ва маъсум бечораға мактабда берган кулфатини ёзиб битирмак мумкин эмасдир. Кўргуси ва билгуси келган киши бизнинг Тошканд мактабларининг бирига кириб, икки соат истиқомат қилсун. Шунча демак мумкиндирки, муаллим афанди қўлида зўр бир таёқ, қайси боланинг боши ҳаракатдин қолса, ушбу таёқ шу боланинг бошида ўлур. Аммо ўқуғон-ўқумағони ила ҳеч кимнинг иши йўқ. Бошини қимирлатиб ўлтирса кифоя қилур. Ҳаттоки, ўтган йилларда бу тариқа золим муаллимларнинг таёқи ости- да вафот қилмоқ ҳам воқеъ ўлди. Бу тариқа золим ва бадхулқ, жоҳил муаллимларнинг тарбиясида ўсган бола- лардин нима умид қилмоқ керак? Фасоди ахлоқдин бошқа бир иш ўрганмас. Жоҳил оталарни умид этдуклари нақд ва насия ёзмоқ ҳам танҳо ўндан бир, йигирмадан бир болага ҳосил ўлуб, бошқалари эса «мак- табда ўқумоқ, игна ила чоҳ қазимоқдан ҳам қийин (мушкул) экан», дея-дея қочар-кетар. Бунга сабаб муаллимнинг бадхулқлиги, мактабнинг бенизомлиги ўлур. Агар бизларнинг мактабларимиз бошқа миллатлар мактаблари каби бир низомға қўйилиб, яхши муаллимлик вазифасини лозиминча адо қилурлик кишилардин муаллимлар тайин қилинса эди, маъсум авлодларимизнинг руҳини ҳаётиға, дунё ва охиратининг саодатиға биринчи сабаб ўладурғон илм ва маорифдин бу даражада маҳрум ўлмакиға сабаб бўлмас эдук. Эй қардошлар, вой миллатдошлар!!! Кўзимиз ғафлат уйқусидин очиб, атрофимизға назар солмакимиз лозимдир. Ҳар миллат ўз саодат ҳол ва истиқболини му ҳофа затиға биринчи восита илм ўлмакиға қаноат ҳосил қилиб, илм ва маорифға ортиқ даражада кўшиш қилган бу замонда бизлар бу ғафлат ва жаҳолатимизда давом этсак, истиқболимиз ниҳоятда хавфлик ўлуб ҳамма оламга масхара ва кулгу ўлмоғимизда ҳеч шубҳа йўқдир. Балки, бу жаҳолат зулматида саодати ухравиядин ҳам маҳрум қолмоқ хавфлидир. Бу жаҳолат натижасидурки, ўзимиз ерлик мусулмонлардан ўлдиғимиз ҳолда мусофир рус ва яҳудийлар эшигида мардикор ва хизматчи ўлдук. Бу жаҳолат хоҳишидурки, миллат фойдаси учун жонин қурбон қилмоққа лойиқ арслон каби йигитларимиз бутун миллатни ёдларидин чиқориб, истеъдод ва ғайратларини чойхона ва пивахоналарға сарф этмакдадурлар. «Тараққий» газетаси, 1906 йил, 14 июнь Жадидларимизнинг энг катта маслаклари миллатни маърифатли қилиш, ёшларга муносиб илм ва тарбия бериш бўлгани уларнинг жамиятда мавжуд ҳар бир муаммо, ҳар бир иллат хусусида куюниб ёзган сатрларида акс этган. Энг қизиғи, айрим муаммолар, айниқса, мактаб, таълим, китобу газета ўқиш борасидаги қайғулари бугунги давримизга ҳам бегона эмас. Улуғ жадид Мунавварқори Абдурашидхоновнинг айни шу руҳда ёзилган мақолаларидан бирини эътиборингизга ҳавола этишни истадик. Уни ўқиб, илм олишга бўлган эҳтиёж ҳар бир замону маконнинг ўзгармас қонунияти эканига ўзингиз гувоҳ бўласиз. БИЗНИ ЖАІОЛАТ – ЖАҲЛИ МУРАККАБ ҚАТЛАРИДА
Воіидов ЭРКИН TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 036. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 221 Bosishga topshirish vaqti 1:45. Topshirildi 02:10 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №7 (1239) 28-fevral 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги Ўзбегим Тарихингдир минг асрлар Ичра пинҳон, ўзбегим, Сенга тенгдош Помиру Оқсоч Тиёншон, ўзбегим. Сўйласин Афросиёбу Сўйласин Ўрхун хати, Кўҳна тарих шодасида Битта маржон, ўзбегим. Ал Беруний, Ал Хоразмий, Ал Фороб авлодидан, Асли насли балки Ўзлуқ, Балки Тархон, ўзбегим. Ўтдилар шўрлик бошингдан Ўйнатиб шамширларин Неча ҳоқон, неча султон, Неча минг хон, ўзбегим. Тоғларинг тегрангда гўё Бўғма аждар бўлди-ю, Икки дарё — икки чашминг, Чашми гирён, ўзбегим. Қайсари Рум найзасидан Бағрида доғ узра доғ, Чингизу Боту тиғига Кўкси қалқон, ўзбегим. Ёғди тўрт ёндин асрлар Бошингга тийри камон, Умри қурбон, мулки торож, Юрти вайрон, ўзбегим. Давр зулмига ва лекин Бир умр бош эгмадинг, Сен — Муқанна, сарбадор — сен, Эрксевар қон, ўзбегим. Сен на зардушт, сен на буддий, Сенга на оташ, санам, Одамийлик дини бирла Тоза имон, ўзбегим. Маърифатнинг шуъласига Талпиниб зулмат аро, Кўзларингдан оқди тунлар Кавкабистон, ўзбегим. Тузди-ю Мирзо Улуғбек Кўрагоний жадвалин, Сирли осмон тоқига илк — Қўйди нарвон ўзбегим. Мир Алишер наърасига Акс-садо берди жаҳон, Шеърият мулкида бўлди Шоҳу султон ўзбегим. Илму шеърда шоҳу султон, Лек тақдирига қул, Ўз элида чекди ғурбат, Зору нолон ўзбегим. Мирзо Бобур — сен, фиғонинг Солди олам узра ўт, Шоҳ Машраб қони сенда Урди туғён, ўзбегим. Шеъриятнинг гулшанида Сўлди маҳзун Нодира, Сийм танни ювди кўз ёш, Кўмди армон, ўзбегим. Йиғлади фурқатда Фурқат Ҳам муқимликда Муқийм, Нолишингдан Ҳинду Афғон Қилди афғон, ўзбегим. Тарихинг битмакка, халким, Мингта Фирдавсий керак, Чунки бир бор чеккан оҳинг Мингта достон, ўзбегим. Ортда қолди кўҳна тарих, Ортда қолди дард, ситам, Кетди ваҳминг, битди заҳминг, Топди дармон, ўзбегим. Бўлди осмонинг чароғон Толе хуршиди билан, Бўлди асрий тийра шоминг Шуълаафшон, ўзбегим. Мен Ватанни боғ деб айтсам, Сенсан унда битта гул. Мен Ватанни кўз деб айтсам, Битта мужгон ўзбегим. Фахр этарман, она халқим, Кўкрагимни тоғ қилиб, Кўкрагида тоғ кўтарган Танти деҳқон ўзбегим. Ўзбегим деб кенг жаҳонга Не учун мадҳ этмайин! Ўзлигим билмоққа даврим Берди имкон, ўзбегим. Мен буюк юрт ўғлидурман, Мен башар фарзандиман, Лекин аввал сенга бўлсам Содиқ ўғлон, ўзбегим. Менга Пушкин бир жаҳону Менга Байрон бир жаҳон, Лек Навоийдек бобом бор, Кўксим осмон, ўзбегим. Қайга бормай, бошда дўппим, Ғоз юрарман гердайиб, Олам узра номи кетган Ўзбекистон, ўзбегим. Бу қасидам сенга, халқим, Оқ суту туз ҳурмати, Эркин ўғлингман, қабул эт, Ўзбегим, жон ўзбегим. Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ІАМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА ¡олибМИЛЛИОН 2024 йилнинг сентябрь ойида – Єїитувчи ва мураббийлар байрами арафасида 20 топширилади. Мурожаат учун: (90) 245-18-10 «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» ДИҚҚАТ! ТАНЛОВ!