The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№ 34 (1222) 2023-yil 11-oktyabr

NAPOLEON 20 MILLIONGA C «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI milliy tiklanish MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT AQSH dollari 12200.22. 1 YEVRO 12934.67. 1 Rossiya rubli 122.71. 1 Angliya funt sterlingi 14968.45. 1 Yaponiya iyenasi 81.95. 2023-yilning 11-oktyabr sanasidan. Manba: cbu.uz 8 4 6 6 ULUG‘ SIYMO HAQIDAGI ASAR Konstitutsiyaviy qonundan o‘zak fikrgacha DA’VOGARLAR RO‘YXATIDA XO‘JAYLILIK FERUZA BIRINCHI JINOIY GURUHLAR IMTIYOZ KUTMASINLAR SO‘ROV HALI DAVOM ETADI BU YO‘LLAR DADIL QADAMLARU 3 ADOLATLI QARORLARGA MUHTOJ EDI s 5s 7s Adadi – 7 186 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \[email protected] № 34 (1222) 2023-yil 11-oktyabr, chorshanba O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” parlament hamkorligi qo‘mitasi doirasida tashkil etilayotgan samarali muloqotlar parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim mexanizm bo‘ldi. Bu Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala uchrashuvida e’tirof etildi. Muloqot asnosida savdoiqtisodiy, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. 2024-yil uchun Oliy Majlis Senati va Yevropa parlamenti o‘rtasida amaliy choratadbirlarning alohida rejasini ishlab chiqish va qabul qilish taklifi ilgari surildi. Suhbat davomida iqtisodiy hamkorlik masalalariga asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor qaratildi. Ayni paytda savdo aylanmasi barqaror o‘sishda davom etmoqda. Yil boshidan buyon bu boradagi ko‘rsatkich 35 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari bilan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. “GSP+” rejimi sifatli o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishning rag‘batlantiruvchi omiliga aylandi. Shu nuqtayi nazardan mazkur rejimni yangi muddatga uzaytirish yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy darajada yo‘lga qo‘yilgan muloqot, xususan, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik formati munosabatlarni yanada rivojlantirishni qo‘llabquvvatlash uchun muhim platformaga aylangani qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. Bunda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi bilan hamkorlikda Brusselda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muloqotning navbatdagi yig‘ilishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mazkur tadbir gender tenglik, ayollar huquq va manfaatlarini ilgari surish kabi yo‘nalishlarda Yevropa Ittifoqining tajribasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berishi bilan birga, hamkorlikning yangi bosqichiga turtki vazifasini o‘taydi. Uchrashuv yakunida ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish, o‘zaro muloqotlar izchilligini ta’minlashga kelishib olindi. N.ABDURAIMOVA, O‘zA O‘ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI: SAVDOIQTISODIY HAMDA PARLAMENTLARARO HAMKORLIK RIVOJLANADI «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR PARLAMENT PARTIYAVIY SHAXSIY EMAS, QARASHLAR MAYDONI BO‘LISHI KERAK s s 3s s s Proporsional saylov tizimi O‘zbekistonda parlamentarizmni, partiyalarni rivojlantiradi va mamlakat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Proporsional saylov tizimi asosida parlamentdan joy olgan deputatlar partiya bilan aloqalarini mustahkamlashi kerak. Bu hatto qonunda ham ko‘rsatib qo‘yilmoqdaki, agar deputat partiya bilan aloqasini uzsa, ro‘yxatdan chiqariladi, demak, partiya safidan ham chiqarilgan hisoblanadi va deputatlik mandatini topshiradi. Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yakunlanayotgan 2023-yilning eng muhim qonuni loyihasi – “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi. MENING MAKKOR «DO‘STIM»... «O‘PKA»SIZ O‘PKALAB... NURAFSHON MANZILLARGA 5 ELTUVCHI YO‘LLAR s HARBIY MATBUOTNING «SHEF»LARI Har qanday xalq, birinchi navbatda, o‘zining fidoyi o‘g‘lonlariyu, mutafakkirlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu, ulamolari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Shu jihatdan o‘zbek xalqining g‘ururi chindan-da, tog‘lardan baland desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bundan ikki yil avval Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganlarida «Yurtimiz zaminidan juda ko‘p olimlar, muhaddislar, avliyolar yetishib chiqqan, ularning merosi undan ham ko‘p. Lekin tan olish kerak, bu katta manbani chuqur o‘rganmadik» deya afsus bilan gapirgandilar. Mirzaoboddan chiqqan 7s


KONSTITUTSIYAVIY 2 11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba QONUN LOYIHASI ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish Majlisda ushbu qonun loyihasi y u z a sid a n Ol iy Majl i s n i ng Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov tushuntirishlar berdi. Uning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O ‘z b e k i s t o n R e s p u b l i k a s i Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 8 - b a n d i d a Q o n u n c h i l i k palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritarproporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘rsatilgan edi. Majlisda shu bois, amaldagi saylov hamda referendum to‘g‘risidagi qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish zarurati vujudga kelgani alohida ta’kidlandi. Qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Saylov kodeksi hamda 7 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Jumladan, Qonunchilik palatasi saylovini aralash – majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazish belgilanyapti. Bu nd a saylov ok r uglar i bi r ma nd atl i va yagona saylov okruglariga ajratiladi. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (nomzodlar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanadilar. Ya go n a s aylov o k r u g id a deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ro‘yxati asosida taqdim etiladi. Saylov komissiyalar i tizimi takomillashtirilib, Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalar i saylov komissiyalari tizimini tashkil etishi belgilanmoqda. E’t iborli ji hat i shu nd a k i, partiyaviy ro‘yxatda ham gender tengligini ta’minlash maqsadida x u d d i m a j o r i t a r t i z i m d a bo‘lganidek, nom zodlar ning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga partiyaviy ro‘yxatdagilarni ro‘yxatga olishning muddat va tartiblari, deputatlikka nomzodni partiya ro‘yxatidan chiqarish, partiya ro‘yxati asosida shakllantirilgan va bo‘shab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rnini to‘ldirishga doir normalar aniq-tiniq belgilab qo‘yilyapti. Shu ningdek, yangi qonu n loyihasida yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari sonini kamida o‘n besh nafardan to‘qqiz nafarga tushirish, uning kamida bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi, Markaziy saylov komissiyasining Raisi besh yillik muddatga saylanishi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emasligi bilan bog‘liq normalar belgilanmoqda. O‘zbek iston Respubli kasi Prezidentining takroriy saylovi mudd at i n i esa qi rq k u nd a n yetmish kunga uzaytirish taklifi ham bildirilyapti. Qonun loyihasi tuman, shahar saylov komissiyasi vakolatlarini belgilovchi yangi normalar bilan ham to‘ldirilyapti. “O‘zbekiston Respublikasining r e f e r e n d u m i t o‘g‘r i s i d a”g i Qonunga esa quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda: referendum tashkil etish va o‘tkazishda referendum o k r u g l a r i n i t u z i s h t a r t i b i bekor qilinib, mazkur vazifa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda. Markaziy saylov komissiyasiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilash, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlari, adliya organlarining mut axassislar i, shu ni ngdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda eksperlar guruhini tuzish vakolatlari ham berilyapti. Partiyalar fraksiyalari rahbarlari qonun loyihasi yuzasidan partiyalari pozitsiyasini bildirdilar. Jumladan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ham loyiha yuzasidan fraksiyaning mu nosabatini bildirar ekan, ja m iyat i m i zd a od a m la r n i ng ongi, tafakkurida kuzatilayotgan o ‘ z g a r i s h l a r g a m o n a n d ravishda qonunchilikda ham mu h i m o‘zga r ish la r a malga oshirilayotganini ta’kidladi. – Xu su sa n , pa rla me ntga , deputatga, siyosiy partiyalarga b o‘lg a n qa r a sh va t a la bla r ham o‘zgarayotganini mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilganidan ham ko‘rish mumkin, – dedi Alisher Qodirov. Ma’lumki, majoritar saylov tizimida saylovchilar nomzodga, ya’ni bir shaxsga ovoz beradi va bu ovoz asosida deputatlik mandatiga ega bo‘lgan nomzod parlamentda deputat sifatida o‘z qarashlarini ustuvor bilgan holda faoliyat olib boradi. Hukumatga savol bersa, o‘z saylov okrugining muammolari ustuvorligini saqlagan holda savol beradi. Byudjetni muhokama qilsa, yana saylovchilarining muammolari, dardu tashvishlarini ustun qo‘yadi. Lekin proporsional saylov tizimida partiya kamida 75 ta, ko‘pi bilan 100 ta ro‘yxat bilan saylovchilar oldiga chiqib, davlat boshqaruvi, qonunchilik, umumiy saylovchilarning muammolari, fuqarolarni bezovta qilayotgan masalalarni qanday hal qilamiz degan ma’noda umumiy yechim taklif qiladi. Va, o‘z dasturini taqdim qilib, saylovchilar ishonchini so‘raydi. Biz ushbu ro‘yxatdagi nomzodlar bilan g‘oyalarimizni amalga oshiramiz, deya va’da b e r a d i. Bu n d a r o‘y x a t d a g i shaxslarning kimligi emas, balki taqdim etilayotgan taklif va g‘oyalar muhim hisoblanadi. Proporsional saylov tizimi asosida parlamentdan joy olgan deputatlar partiya bilan aloqalarini mu st a h k a m la sh i ke r a k . Bu hatto qonunda ham ko‘rsatib qo‘yilmoqdaki, agar deputat partiya bilan aloqasini uzsa, ro‘yxatdan chiqarilgan deputat, demak, partiya safidan ham chiqarilgan hisoblanadi va deputatlik mandatini topshiradi. Ya’ni, deputat bu yerda o‘z fikrini ustuvor qo‘yib, partiyaviy g‘oyalardan chekinib, yoki par tiyaviy, f raksiyaviy intizomni ikkilamchi hisoblab, o‘z ambitsiyalarini ustuvor bilsa, bu partiyaviy intizomga xilof ish bo‘ladi va partiya safidan chiqariladi. Aynan shu masala har qanday deputat oldida turgani uchun ham deputat jamoaviy harakat qilish va partiyaning saylovchilar oldida bergan va’dalarini ro‘yobga chiqarishda faqat saylovchi emas, balki mamlakat fuqarolarning kayfiyatiga qarab ish tutadi. Shu nd ay holat d a p a r t iya saylovchilarga bergan va’dasining ustidan chiqishi uchun jamoaviy harakat qiladi va bu hukumatning oldiga masala qo‘yayotganda, qonunchilikni tahlil qilayotganda samarali natija beradi. Xullas, proporsional saylov tizimi bugungi kunda O‘zbekiston uchun juda muhim. Majoritar tizimda esa nomzod o‘z saylov okrugida populizm bilan shug‘ullanishi, saylovchilariga o‘zini yaxshi ko‘rsatishi mumkin. Lekin bunday holatda umummilliy va davlat manfaatlari unutilishini yoddan chiqarmaslik kerak. Bundaylarga nisbatan esa na partiya va na qonu nchili k t a’si r chorasini ko‘ra olmaydi. U parlamentga kirganidan keyin shunday yo‘l tutishi mumkin. Aynan ana shunday holatlarga yo‘l qo‘y masli k uchu n ha m biz proporsional saylov tizimi zarurligini va to‘liq shu tizimga o‘t ish n i t a k lif qilga n ed i k. Lekin bunga bosqichma-bosqich qadam qo‘yishimiz lozim degan qaror qilindi. Shunday bo‘lsada, proporsional saylov tizimi O‘zbekistonda parlamentarizmni, partiyalarni rivojlantiradi va mamlakat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrdamiz. Qi zg‘i n mu hok a mala rd a n so‘ng Konstitutsiyaviy qonun loyihasini Nor mativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) hamda Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga (parliament.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi yuzasidan qaror qabul qilindi. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri PARLAMENT SHAXSIY EMAS, PARTIYAVIY QARASHLAR MAYDONI BO‘LISHI KERAK Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yakunlanayotgan 2023-yilning eng muhim qonun loyihasi – “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi. JAMIYATIMIZDA ODAMLARNING ONGI, TAFAKKURIDA KUZATILAYOTGAN O‘ZGARISHLARGA MONAND RAVISHDA QONUNCHILIKDA HAM MUHIM O‘ZGARISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA... Shaxnoza SULTANOVA Yig‘ma-axborot tahlil va dasturiy vazifalar monitoring bo‘limi boshlig‘i ta o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi; nafar xotinqizlar bepul kasb-hunarga yo‘naltirildi; nafar yoshlar bepul o‘quv kurslariga jalb etildi. «XIZMAT-BЕMINNAT» 333 1144 1164 loyihasi doirasida: «DЕPUTAT BILAN YUZMA-YUZ» joylarda yoshlar va xotinqizlarning o‘z hududlaridan saylangan deputatlari bilan marotaba uchrashuv va sayyor qabullari tashkil etildi.Unda aholining nafaridan kelib tushgan murojaatlarning 2101 28 334 3213 tasi ijobiy hal etildi. loyihasi doirasida: «UYMA-UY» loyihasi doirasida: 7125 3490 495 262 161 1374 445 ta xonadonga tashrif buyurildi; ta muammoli masala qayd etildi; nafar yoshlar, 637 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi; nafar yoshlar va 349 nafar xotin-qizlarga kredit ajratilishida amaliy ko‘mak berildi; nafar yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi; nafar xotin-qizlarning sog‘lig‘ini tiklash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi; nafar yoshlarga uy-joy va yermulk bilan bog‘liq masalalarda ko‘maklashildi. PARTIYAVIY LOYIHALAR


11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish NUQTAYI NAZAR Muloqot Yaqinda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi 4668-sonli va 2021-yil 28-iyul 5199-sonli qarori ijrosi hamda «Toshkent tajribasi» loyihasining olib borilishi yuzasidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hisobot so‘rovi yuborilgan edi. O ‘ t a y o t g a n h a f t a d a Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ayni shu masala bo‘yicha Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining hisoboti qayta eshitildi. Aytish kerakki, avvalgi yig‘ilishda mazkur boshqarmaning hisoboti qoniqarsiz, deb topilgan, a n i q l a n g a n k a m c h i l i k l a r yuzasidan esa keskin e’tiroz, taklif va tavsiyalar bildirilgan edi. Navbatdagi yig‘ilishda qayd etilishicha, bugun Toshkent shahar SSBB tasarrufida 71 ta oilaviy, 1 ta talabalar, 12 ta markaziy ko‘p tarmoqli, 8 ta bolalar va 2 ta kattalar stomatologiya poliklinikasi, 41 ta shifoxona, 13 ta Sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, 3 ta tibbiyot kolleji hamda 22 ta boshqa tibbiyot muassasalari (dispanserlar, diagnostika markazlari) ish olib boryapti. B o s h q a r m a t i z i m i d a g i d a v o l a s h – p r o f i l a k t i k a muassasalariga 2023-yilning 9 oy uchun davlat byudjetidan 1,3 trln. (2022-yilning 9 oyida 1 mlrd.) ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128,7 foizga ko‘pdir. Shuningdek, statsionar tibbiyot muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun 37,2 mlrd. so‘m, dori-darmon vositalari uchun 96,1 mlrd. so‘m ajratilgan. Bu ko‘rsatkichlar ham o‘tgan yilga nisbatan 114,5 foizga ko‘p mablag‘ ajratilganini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda o‘tgan davrda sog‘liqni saqlash sohasida Yagona elektron tibbiy karta, Elektron retsept, Elektron poliklinika va Elektron shifoxona axborot tizimlari joriy etilganini hamda to‘liq avtomatlashgan raqamli tizimga o‘tkazish uchun tibbiyot muassasalarini yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog‘iga ulash uchun 125 ta birlamchi tibbiyot muassasalarining lokal tarmog‘i yaratilganini ta’kidlash lozim. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida jami 1752 ta xususiy tibbiyot muassasasi bo‘lib, shulardan 1 547 tasi ambulator sharoitda, 205 tasi statsionar sharoitda faoliyat yuritmoqda. Loyiha reja-jadvaliga asosan 2022-yilning 9 oyida 79 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etilib, 42 tasining faoliyati kengaytirilgan. Chet el investorlari ishtirokida esa 11 ta xususiy tibbiyot muassasasi ish boshlagan. A n a s h u n d a y i j o b i y o ‘ z g a r i s h l a r g a q a r a m a y deputatlar boshqarma faoliyatida aniqlangan kamchiliklarga o‘z munosabatlarini bildirdilar. Xususan, poytaxt tibbiyot tizimida minglab hamshiralar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ularni to‘ldirish hanuz paysalga solinyapti. Shuningdek, deputatlar har yili minglab yoshlar tibbiyot kollejlarini bitirayotgani haqidagi ma’lumotlar bir-biriga zid ekanini ta’kidlab, bu masalaga yuzaki qarash oqibati deb baholadilar. Ayrim deputatlar esa «Bo‘sh ish o‘rinlari» yarmarkasi doirasida ishga muhtoj xotin-qiz hamshiralarni jalb etish choratadbirlarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar ham berdilar. Otabek JIYANBAYEV, partiyaning Toshkent shahar Kengashi raisi HALI DAVOM ETADI Keyingi yillarda «Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak» degan ezgu maqsad barcha jabhalarga tatbiq etilib, ko‘p sohalarda, jumladan, tibbiyot tizimida ham bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lyapti. Eng muhimi, bu masalada ham sohaga oid qonunlar, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. SO‘ROV Esimda, yoshlar masalasida boshqaruv o‘zgarib, «Kamolot» ko‘kragiga salpal shamol tega boshlagan paytlarda tashkilotimizga ayrim bo‘sh binolarni beg‘araz taqdim etadiganlar paydo bo‘lib qolgandi. Chunki o‘sha paytda tashkilotning ayrim quyi tuzilmalari hatto o‘z binosiga ham ega emas edi. Go‘yo kechagidek yodimda: yoshlar masalasiga bag‘ishlangan bir yig‘inda hotamtoy mansabdorlardan biri og‘zini to‘ldirib «Botanika bog‘i»ni «Kamolot»ga beg‘araz tuhfa etish taklifini bildirgandi. Tagzaminsiz o‘sha taklif o‘sha zalda tug‘ilib, o‘sha zalning o‘zidayoq o‘lgandi. Biroq bugun ham oramizda aql bovar qilmas takliflarni ilgari suruvchi daholar borligiga amin bo‘lyapman. Bo‘lmasam sog‘ odam «o‘pkamni» olib tashlang dermidi?! Ishonamanki, bu taklif umrida hatto tuvakka gul ham ekmagan odamga mansub! Yaxshiyamki, sotilmaydigan narsalar bor. Aslida bizdan keyin ham yashaydigan bog‘ bu! Bu bog‘ga «milliy» maqomini berish taklifini qo‘llab-quvvatlayman. Ertaga yana «o‘pkasiz» o‘pkalab yurmasligimiz uchun. Firuza MUHHAMEDJANOVA «O‘pka»siz o‘pkalab... Kecha «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida ikki yirik jamoa vakillarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Partiyaning to‘rt nafar xodimlariga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonlari topshirishga bag‘ishlangan tadbir bahonasida Yangi O‘zbekiston islohotlarining samaradorligidan tortib, siyosiy partiyalar faoliyati, tilimiz va e’tiqodimizgacha bo‘lgan mavzular xususida uch soat davomida jonli muloqot bo‘lib o‘tdi. Agar Alisher Qodirov bo‘lajak parlament saylovlari va partiyaning eng munosib nomzodlari haqida ko‘proq gapirgan bo‘lsa, Ozodbek Nazarbekov jamiyatni birlashtirishi lozim bo‘lgan o‘zak fikr, samara bermayotgan ma’naviy targ‘ibotlardan Amir Temur va Navoiyning bolalik va o‘smirlik davrlariga oid badiiy asarlarga juda katta ehtiyoj sezilayotganligi xususida gapirdi. Uchrashuv yakunida o‘zbek milliy madaniyati va san’atini targ‘ib etishdagi mehnatlarini inobatga olib, partiyaning to‘rt nafar vakiliga Madaniyat vazirligining «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonlari topshirildi. MTDP Axborot xizmati Konstitutsiyaviy qonundan o‘zak fikrgacha Iftixor Kuting! Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlaridan sportchilarimiz 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medal bilan qaytishdi. Albatta, bu marrani zabt etish oson kechgani yo‘q. Lekin biznikilar 45 ta mamlakat vakillari orasida Vatanimiz nomini faxrli beshinchi o‘ringa muhrlashdi. Malumotlarga ko‘ra, to‘rt yillikning eng nufuzli kompleks o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 38 sport turida 370 nafardan ziyod sportchi bilan ishtirok etib, 32 ta olimpiya, 6 ta noolimpiya sport turlarida medallar uchun kurash olib bordi. “Xanchjou – 2022” musobaqalarida qatnashgan, har bir davlatning eng kuchli deb ko‘rilgan 11 ming nafar sportchilari orasidan bunday natijalarga erishish zamirida eng avvalo, ota-onalarning farzandlarini qo‘llabquvvatlashi, murabbiylarning mashaqqatli mehnatlari, sportchilarimizning kuchli iroda va qat’iyatlari, eng muhimi, Millat yetakchisining sportchi yoshlarga bergan ishonchi, madadi mujassam desak xato bo‘lmaydi. Shuningdek, “Xanchjou– 2022”da qayd etilgan natijalar sportchilarni kompleks musobaqalarga tayyorlash ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini ham ko‘rsatib turibdi. Qayd etish joizki, sportchilarimiz 2018 yili Indoneziyada o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medal yozib qo‘yishgandi. Bu galgi g‘alabalar esa O‘zbekiston sporti tarixida zarhal harflar bilan yoziladigan yangi sahifa ochdi. Eng muhimi, ana shu ruh, ana shu shijoat sportchilarimizning 2024- yili Fransiyada bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari hamda 2026-yili Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlarida ham yuksak g‘alabalarga erishishlariga poydevor bo‘lib xizmat qilsin, deb niyat qilamiz. M. KARIMOVA BESHINCHIMIZ! HOZIRCHA... Jahonda bo‘lmasa muallim agar, Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar. Darhaqiqat, kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, qanday martabalarga, muvaffaqiyatlarga erishmaylik, bunda ustozlarning o‘rni bor va biz doimo ular yordamiga ehtiyoj sezamiz. O‘qituvchi-murabbiylar bo‘lmaganida Anora Haydarova NIMA BO‘LARDI? Kelgusi sonlarda


Munosabat E’TIROF 4 «Amir Temur Yassi qo‘rg‘onida Ahmad Yassaviy hazratlariga maqbara qurish harakatini boshlaganida nima uchundir ish hadeganda yurishavermagan. Bu holning sababini bilolmay, hayron bo‘lib yurganida bir kecha tushiga nuroniy bir zot kirib, Yassaviyga maqbara qurishdan oldin Zangi otaning qabrini obod qilishi kerakligini aytadi. 11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish Haqiqatdan ham, buyuk allomalarimiz erishgan yutuqlar, ilmiy-amaliy natijalar bilan faxrlanishning o‘zi kamlik qiladi, ularni qadrlashdan tashqari, ilmiy faoliyatlarini keng targ‘ib qilishimiz kerak. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy meroslarini o‘rganish va targ‘ib qilish haqida so‘z borganida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik, yuridik fanlar doktori Akmal Saidovning beminnat xizmatlarini alohida e’tirof etish lozim. Yaqinda Akmal Xolmatovichning bir necha yil ilgari nashr etilib, xalqimiz orasida keng tarqalgan «Hazrat Zangi ota» nomli kitobi yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, qaytadan nashr qilindi. Kitobda ulug‘ avliyo, shayx, tasavvufning yirik namoyandalaridan biri Hazrat Zangi Otaning tarjimai holi, xususan, ism va nasablari, ahli ayollari, sulolasi, sayohati va izlanishlari, maqbara va ziyoratgohlari to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Muallif Ahmad Yassaviyning tasavvuf sohasidagi izdoshlaridan biri bo‘lgan Hazrat Zangi ota to‘g‘risida olim va mutafakkirlarning fikrlarini bir kitobga jamlashga muvaffaq bo‘lgan. Qayd etish kerak, Akmal Saidovning o‘zi Hazrat Zangi ota yashagan va dafn etilgan Toshkent viloyatining «Zangiota» qishlog‘ida tug‘ilgan. Bu kitobni esa, muallifning o‘zi tug‘ilib o‘sgan hudud va uning avliyo zoti Zangi otaga hurmat-ehtiromi ifodasi, ta’bir joiz bo‘lsa, farzandlik burchi ado etilishining namunasi desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Agarda har bir olim Akmal Saidov kabi o‘zi yashagan hududdagi avliyolar hayoti va ilmiy faoliyati haqida shunday izlanishlar olib borganida edi, mutafakkir bobolarimizning ilmiy merosidan ko‘pming sonli o‘zbekistonliklar to‘liqroq bahramand bo‘lardilar. Muallif kitobning dastlabki qismlarida Zangiota ziyoratgohi haqidagi bolalikdagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. «Ushbu kitobning yozilishi haqida» sarlavhasi ostidagi bo‘limda qayd etilishicha, Zangi otaga, ul zotning ziyoratgohlariga munosabat doim ham yuksak bo‘lmagan, uning bolalik yillarida Zangiota ziyoratgohida viloyat ateistlar uyi ish olib borgan, ziyoratgohlar ham, ziyoratchilar ham shafqatsiz ta’qibga uchrab, ushbu maskan dahriylar muzeyiga aylantirilgan. Bundan tashqari, kitobdan Zangi ota maqbarasining bunyod etilishi bilan bog‘liq ibratli rivoyatlar va tarixiy voqealar o‘rin olgan. Rivoyatlarning birida aytilishicha, «Amir Temur Yassi qo‘rg‘onida Ahmad Yassaviy hazratlariga maqbara qurish harakatini boshlaganida nima uchundir ish hadeganda yurishavermagan. Bu holning sababini bilolmay, hayron bo‘lib yurganida bir kecha tushiga nuroniy bir zot kirib, Yassaviyga maqbara qurishdan oldin Zangi otaning qabrini obod qilishi kerakligini aytadi. Shunda Amir Temur Zangi ota ruhini shod etish uchun maqbara tiklashga kirishadi. Bu muhtasham yodgorlik majmuining qurilishini 1420-yili Mirzo Ulug‘bek tugallagan». Kitobda Zangi ota majmuasining o‘ziga xosliklari, undagi bitiklarning mazmunmohiyatidan tashqari, Hazrat Zangi otaning ma’naviyati, uning umrboqiy pandnasihatlari, shajaralari, Anbar onaning u kishining hayotidagi o‘rni va roli haqida ham batafsil so‘z yuritiladi. Kitobda bir paytlar Zangi ota qishlog‘ida «Zangi ota sayili» degan bayram o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bor. Masalan, xorijlik tadqiqotchi Yevgeniy Shayler 1873-yillarda Zangi ota ziyoratgohida bo‘lganida sayilni tomosha qilganligi, shu bilan birga rus sayyohi va olimi V.A.Gordlevskiyning Markaziy Osiyo bilan bog‘liq taassurotlarida Zangi ota sayiliga guvoh bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Muallifning fikricha, bu sayil odatda qovun pishig‘i mavsumida bo‘lib o‘tgan. Masalan, tadqiqotlarda 1929-yildagi sayilning yakuni 13-sentyabr kuniga to‘g‘ri kelgani aytiladi. O‘nta bobdan iborat «Hazrat Zangi ota» kitobi elimizning karomatgo‘y, donishmand siymosi bo‘lmish Zangi ota haqida, uning diniy-dunyoviy faoliyati to‘g‘risida keng qamrovli yaxlit asar hisoblanib, undagi ma’lumotlar mutaxassislar, eng asosiysi tasavvuf tarixiga qiziquvchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, ushbu kitobda Hazrat Shayx Zangi otaning butun salohiyati, kamoloti, ma’naviy martabalari yetarli darajada ochib berilgan, avliyolar hayoti, ularning shajaralari, tasavvuf tariqati bilan bog‘liq ma’lumotlar keng tahlil qilingan. Yana bir fikr: yangi kitob tarixiy qadriyatlarimizni tiklash va xalqimiz ma’naviyatini yanada y u k salt i r ishga ha m x i z mat qil ish i shubhasizdir. Odiljon TOJIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari ULUG‘ SIYMO HAQIDAGI ASAR Har qanday xalq, birinchi navbatda, o‘zining fidoyi o‘g‘lonlariyu, mutafakkirlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu, ulamolari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Shu jihatdan o‘zbek xalqining g‘ururi chindanda tog‘lardan baland desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bundan ikki yil avval Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganlarida «Yurtimiz zaminidan juda ko‘p olimlar, muhaddislar, avliyolar yetishib chiqqan, ularning merosi undan ham ko‘p. Lekin tan olish kerak, bu katta manbani chuqur o‘rganmadik» deya afsus bilan gapirgandilar. Yodingizda bo‘lsa, 2022-yilda elektr quvvati yetkazib berishda u z i l i sh l ar bo‘ld i . Bu n i ng sabablar i barchaga qi z iq, albatta. Gap shundaki, asosiy muammo texnik sabablarga ko‘ra kelib chiqqan. Bu yerdagi asosiy sabab tizimning eskirgani bilan bog‘liq... Bu fikr iqtisodiyot fanlari d o k t o r i M a s h’a l S a i d ovg a tegishlidir. Olimning «Yangi O‘zbekiston» gazetasida e’lon qi l i ng a n « M a r k a z iy O siyo energetika barqarorligi. Istiqbol va imkoniyatlar» deb nomlangan maqolasida so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida ushbu tizim, elektr quv vati uzatish liniyalar ini moder nizatsiya qilish uchun sarmoya ajratilmaganiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu sabab tizimda yo‘qotishlar ko‘p va u t abiiy ha md a favqulodd a hodisalarga dosh bera olmayapti. Shuning uchun mintaqamizning har bir mamlakatida ilk yomg‘ir va energiya manbalariga boymiz. Qazib olinadigan yonilg‘imiz yoki yoqilg‘imiz juda ko‘p, yana gidroenergetikamiz bor. Darvoqe, Markaziy Osiyo sharoitida gidroenergetika alohida qism, energiya resurslarining alohida turi sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Mintaqamizda gidro energetika potensiali juda katta va biz uni uzoq vaqtdan beri rivojlantirib kelyapmiz. Shu sabab, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish strategiyadir, aniq maqsadlar bor, natija ham bor. O‘z b e k i s t o n 2 0 3 0 -y i l g a borib, energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga yetkazmoqchi. Qozog‘iston 2050-yilga borib, elektr iste’molining 50 foizini muqobil ene rg iya h isobiga qoplamoqchi. Hozir texnologiyalar o‘zgarib bormoqda, innovatsiyalar shunchalik tez hayotga tatbiq etilyaptiki, bir narsani bashorat qilish juda mushkul. Ammo davlatimiz bundan buyon ham shu yo‘ldan og‘ishmay ketadigan bo‘lsa, oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi shubhasiz. O ‘z b e k i s t o n d a m u q o b i l energiya manbalariga o‘tish va mamlakatning energetika tizimini mustahkamlash bo‘yicha konse psiya qabul qili nga n. Shuningdek, quyosh nuridan va shamoldan elektr quvvati olish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xitoy, Yevropa, ayniqsa, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni bilan memorandum va bitimlar imzolangan. Ular doirasida yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Bir qator shartnomalarda mamlakatimiz iqtisodiyoti, shu ju mladan, energetika sohasiga milliardlab dollarlik investitsiyalar kiritilishi nazarda tutilgan. QUVVAT 20-25 FOIZGA OSHADI Mint aqa bar ibi r barqaror ene rget i k aga o‘t a d i. L ek i n bu o‘tish har bir mamlakatda turlicha bo‘ladi. Ammo ijobiy jihat shundaki, sohaga juda ko‘p innovatsiyalar joriy etilmoqda. 2018-yilga kelib insoniyatning butun tarixi davomida birinchi m a r t a quyosh e ne rget i k a si tannarxi gaz, neft va hatto ko‘mir yoqib, issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr quvvati tannarxidan arzonroq bo‘ldi. Hozirgi kunda qaysidir davlat yangi elektr stansiyalarini qurmoqchi bo‘lsa, an’anaviy issiqlik elektr stansiyalaridan ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalariga sarmoya kiritish ancha foydali bo‘ladi. Yil o‘tgan sayin muqobil energiya tannarxi, hatto, Markaziy Osiyo sharoitini hisobga olgan taqdirda ham tobora arzonlashib boraveradi, atrof- -muhitni ifloslantirmasligi esa alohida dolzarb ahamiyatga ega. Qolaversa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishini ham rejalashtirgan. Asosiy maqsad – elektr quvvati ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Chunki barcha mamlakatlarda u yoki bu sababga ko‘ra, muayyan paytlarda elektr quvvati ancha-muncha yetishmay qolayotganini ko‘rib turibmiz. Atom elektr stansiyalari ju d a i s t iqb ol l i va joz i b a l i muqobil variant hisoblanadi. Birinchidan, AES Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlatilayotgan issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan ancha toza. Odatda ular mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini jiddiy tarzda oshiradi. Agar bizda ham atom elektr stansiyasi qurilsa, u mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini 20-25 foizga oshiradi. Boshqacha aytganda, yurtimizda joriy etilishi taxmin qilinayotgan AESning belgilangan quvvati 2,5 gigavatt bo‘ladi. Rang-baranglashtirish har qand ay energet i ka t izi m i n i r i v o j l a n t i r i s h n i n g a s o s i y jihatlaridan biridir. Mabodo qaysidir mamlakatdan elektr quvvati, gaz yoki neft import qilinayotgan bo‘lsa, muqobil ta’minotchilar topishni ham o‘ylab qo‘yishni zamonning o‘zi talab qilmoqda. O‘zbekistonda elek t r quv vatining 85 foizi gaz yoqiladigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Qozog‘istonda elektr quvvatining 70 foizi ko‘mir yoqib ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalaridan olinadi. Tabiiyki, qazib olinadigan yonilg‘i yoki yoqilg‘iga qaramlik darajasi juda baland. Buni rangbaranglashtirish shart. Qolaversa, hamkorlik zarur. Nazarimizda, iqtisodiyot, x a v f s i z l i k , i n f r a t u z i l m a , logistika – barcha sohalarda bog‘liqlik yuksakroq darajada bo‘lishni taqozo qiladi. Biz birbirimizga bog‘liqmiz. Shuning u chu n mu a m mola r n i bi rg a hal etishimiz shart. Qo‘shni mamlakatlar bo‘lganimiz uchun iqt isodiyot sohasid a o‘za ro hamkorlik qilamiz. Infratuzilma masalasida mintaqa darajasidagi energetika, transport va logistika inf rat u zilmalar i mavjudligi tabiiy. Hamkorlikdan qochib hech qayoqqa bora olmaymiz. Mintaqamiz y uqor ida ay tib o‘tganimizdek, gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun ham katta salohiyatga ega. O‘zbekiston Tojikistonda Zarafshon daryosida GES qurish loyihasini birgalikda ishlab chiqmoqda, Qirg‘izistonda «Qambarota GES-1» loyihasini amalga oshirish masalasini faol hal etmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo mintaqasidagi energetika xavfsizligi darajasi hamkorlikka bog‘liq. Shu bilan birga, hozirgi kunda yuritilayotgan siyosat energetika tizimida qandaydir uzoq muddatli inqirozli vaziyatlarning oldini olishga yordam bermoqda. O‘TGAN YILI NIMA UCHUN UZILISHLAR BO‘LDI? qor yog‘ishi bilan elektr quvvatini ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berishda muammolar yuzaga kela boshlaydi. M.Saidovning yozishicha, tahliliy xulosalar chiqarish uchun bitta sababni qidirish xato bo‘ladi. Chunki bir-biriga bog‘lanib ketgan xatolar turkumi bor. O‘sha turkum nimadan iborat? Bular eskirib qolgan elektr energetikasi tizimi, elektr quvvati oqimlari O‘zbekistondan qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga samarali va oqilona tarzda muvofiqlashtirilmayotgani, b u t u n b o s h l i t i z i m moliyalashtirilmayotgani va modernizatsiya qilinmayotgani bilan bog‘liq. Bugun muammodan chiqish yo‘li sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalariga murojaat qilinyapti. Bilamizki, global pandemiya, iqtisodiy o‘sish sur’atlari qisqarishi rivojlangan mamlakatlarning boshqa energiya manbalariga o‘tish borasidagi rejalariga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. 2050-yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda ugleroddan foydalanmaslikka erishish rejasi juda ko‘p davlatlarda qayta ko‘rib chiqilishi haqida gapirilmoqda. B u t u n d u n yo b a r q a r o r r o q energetika tizimi va tozaroq yashil iqtisodiyotga o‘tmoqda. Biz ham o‘sha jarayonga qo‘shilishimizga to‘g‘ri keladi. Qayd etish joizki, biz qayta tiklanadigan O‘zbekistonda elektr quvvatining 85 foizi gaz yoqiladigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Qozog‘istonda elektr quvvatining 70 foizi ko‘mir yoqib ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalaridan olinadi.


Nigoh 11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish ISLOHOT Ko‘pchilikning xabari bor, bir necha yillardan beri “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Raisi kubogi uchun” sport turniri o‘tkaziladi. Bu galgi musobaqa 28-30-sentyabr kunlari Farg‘ona shahrida – futbol bo‘yicha o‘tdi. Unda qo‘mitaning markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlaridan iborat 22 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqani yoritish maqsadida bir guruh jurnalistlar 30-sentyabr kuni Farg‘onaga bordik. Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari jamoalari ishtirokidagi futbol musobaqasini tomosha qilar ekanman, xalqimizning sportga, ayniqsa, futbolga juda qiziqishiga yana bir karra amin bo‘ldim. Futbolchilar ham jon-jahdlari bilan o‘ynashdi. Ayniqsa, tomoshabinlarning (ular orasida bolalar ham bor) qiziqishini ko‘rib, o‘zim ham o‘shalardan biriga aylanib qoldim. Qizg‘in va do‘stona bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Kubokning amaldagi sohibi bo‘lgan Farg‘ona viloyati jamoasi kelgusi yilda ham turnirga mezbonlik qilish estafetasini qo‘lga kiritdi. Shu kuni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona vilotida jurnalist va OAV xodimlari uchun Press-tur ham tashkil etildi. Tadbir davomida avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi mutasaddilari, viloyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat muassasalari rahbarlari jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga ham javob berdilar. Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, Press-tur ishtirokchilari viloyatning Oltiariq tumani Nurafshon manzillarga eltuvchi yo‘llar hududidan o‘tuvchi 2023-yil Davlat dasturiga kiritilgan “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 252-259 kilometrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida jami 19 941,5 km. avtomobil yo‘llari bo‘lib, shundan umumiy foydalanishdagi yo‘llar 4 022 km.ni, ichki xo‘jalik yo‘llari, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko‘chalari – 15 919,5 kmni tashkil etadi. Ana shu yo‘lning 290,4 km qismi sementbeton qoplamali, 10 639,6 km. qismi asfaltbeton 531,7 km. qismi qora qoplamali, 7 475,4 km qismi esa shag‘al hamda 1007,5 km. qismi tuproq yo‘llar hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, joriy yilda 2104,3 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida 969,3 mlrd. so‘mlik rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Hozirgacha 894,6 mlrd. so‘mlik qurilishta’mirlash montaj ishlari (1999,0 km.) bajarilgan. Ko‘rinib turibdiki, raqamlar juda ham salmoqli. Shuni ham aytish joizki, shu kungacha, investitsiya dasturi doirasida 36,5 km. yo‘l hamda 1 dona ko‘prikda 73,6 mlrd. so‘mlik, erkin iqtisodiy zonalarga olib boruvchi va ichki yo‘llarda 14,1 km. - 11,3 mlrd. so‘mlik, PQ 408-sonli qaror doirasida 1193,4 km. - 473,8 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 100 foiz), mahallalarda birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar dasturi (maxsus qaror) bo‘yicha 309,4 km. - 147,8 mlrd. so‘mlik yo‘llar qurilgan. Bugun juda ko‘p tilga olinayotgan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida esa 334,7 km. -133,8 mlrd. so‘mlik ishlar bajarilgan. So‘ngi ikki oy davomidagina 454,4 km. avtomobil yo‘llarida 220,2 mlrd. so‘mlik yo‘l qurilishi ishlari bajarilgan. Shundan Investitsiya dasturi doirasida 8,1 km. yo‘llarda 16,4 mlrd. so‘mlik, erkin iqtisodiy zonalarga olib boruvchi va ichki yo‘llarda 3,1 km. – 2,5 mlrd so‘mlik, mahallalarda birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choratadbirlar dasturi (maxsus qaror) bo‘yicha 309,4 km. - 147,8 mlrd. so‘mlik, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 133,8 km. -53,5 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Soha mutasaddilarining ma’lumotlariga ko‘ra, yil yakuniga qadar yo‘l sohasida 74,7 mlrd. so‘mlik, jumladan 105,3 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘llari hamda 3 dona 86 km. uzunlikdagi ko‘priklar ta’mirlanadi. Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida 94,9 mlrd so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 55,6 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar, shahar ko‘chalari, 4 dona 114,5 pm uzunlikdagi ko‘priklar foydalanishga topshiriladi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 63,1 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 9 km. avtomobil yo‘lini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Albatta, bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bunda ishchi kuchidan tashqari maxsus texnikalarning roli alohida bo‘lyapti. Shuning uchun ham viloyatda yo‘l korxonalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida joriy yilda 9 ta avtosamosval maxsus texnikalari sotib olindi. Yil yakuniga qadar yana 9 ta maxsus texnika olib kelish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi tarkibida 18 ta yo‘l xo‘jaligi korxonalari bo‘lib, ularda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilarning mehnatini munosib taqdirlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tizimli tadbirlar ham belgilab olingan. Sharofiddin TO‘LAGANOV, siyosiy sharhlovchi XORAZMLIK BIR DO‘STIM BOR. TEZ-TEZ XABARLASHIB TURAMIZ. YAQINDA FARG‘ONADA DAM OLIB QAYTDI. UYIGA QAYTISHI BILAN QO‘NG‘IROQ QILIB, FARG‘ONA TAASSUROTLARINI GAPIRIB BERDI. VA, “O‘ZBEKISTONDA ENG YAXSHI YO‘LLAR FARG‘ONADA EKAN”, DEDI GO‘YO YANGILIK YARATGANDEK BO‘LIB. BUNGA KUNI KECHA O‘ZIM HAM GUVOH BO‘LDIM... X a l q a r o e ks p e r t l a r n i n g keyingi yillardagi xulosalariga ko‘ra bunday mamlakatlarga yo‘l qurilishiga mablag‘ ayamayotgan, o‘z yo‘llarini chinakamiga milliy iqtisodiyotining qon tomirlariga aylantirayotgan Niderlandiya, F i n l a n d i y a , S hvey s a r i y a , Avstriya, Portugaliya, Singapur, Fransiya, Ummon va Arab amirliklari singari davlatlar kiradi. Shu o‘rinda ko‘plab tahlilchilar Arab amirliklarini eng yaxshi yo‘llarga ega mamlakat deya e’tirof etayotganlarini ta’kidlash joiz. Yo‘llar va ularning dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni haqida gap ketganda eng uzun avtomobil yo‘llariga ega davlatlarga to‘xtalmaslik mumkin emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu ro‘yxatda AQSH, Hindiston, Xitoy va Braziliya yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa 213 ta davlat orasida 27-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich shubhasiz, O‘zbekistonning avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash imkoniyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ammo tan olaylik: ayrim hududlarimizdagi ko‘pgina yo‘llarning nomi yo‘l, xolos... M a s a l a n , N a v o i y y o k i B u x o r o d a n X o r a z m v a Qoraqalpog‘istonga eltuvchi xalqaro yo‘lning holatiga uzoq yillardan beri «maymunlar yig‘lasa»da, bunga mutasaddilar e’tibor qaratishni o‘ylab ham ko‘rmasdilar. Ohangarondan Qamchiq dovonigacha bo‘lgan yo‘l haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Bu yo‘lning har qish mavsumidan keyin yamalishi haqida esa hatto latifalar to‘qilgan. Ammo bu haqida ham ayrim tashkilotlarning og‘izlariga talqon solgandek sukut saqlab qolayotganlari bor gap edi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, uzoq yillar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari go‘yo yumronqoziqdek boshlarini qumga tiqib, o‘zlarini ko‘r, kar va soqovdek tutardilar. Bundan tashqari, milliy matbuotimiz ushbu muammoga mutasaddilar e’tiborini qaratishga har qancha urinmasin, biron-bir idora vakili sen haqsan, yoki aksincha, deb qo‘ymasdi. Bu idorada matbuot chiqishlariga oddiy munosabat bildiradigan vakil ham anqoning urug‘i edi... Ming shukurki, keyingi yillardagi islohotlar ushbu sohaning ham qiyshaygan eshiklarini ochdi. Shundan keyin mavjud muammolar ochiqlanib, aholining haqli e’tirozlari qat’iy nazoratga olina boshlandi... Eng quvonarlisi, ana shunday o‘zgarishlar to‘lqini ostida soha mutasaddilari milliy matbuot bilan muloqotga kirisha boshladilar. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlanganidan keyin esa matbuotga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgardi. B u n d a y y a n g i l a n i s h l a r n i hatto qo‘mita axborot xizmati rahbarligiga anchayin dadil, matbuotimiz qozonida uzoq yillar qaynagan, eng asosiysi o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan Nilufar Jumayevaning tayinlanganida ham ko‘rish mumkin. Bunday tayinlovni jamoatchilik juda tez ilg‘agani ham bejiz emas. Bunga esa qo‘mita tashabbusi bilan qisqa fursatda ikki marta Press-tur tashkil etilib, sohadagi o‘zgarish va yangilanishlar bilan birga muammo va ularning yechimi xususidagi ma’lumotlar OAVga yetkazila boshlangani ham sabab bo‘ldi. Eng muhimi OAVda Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi haqida, soha xodimlariniing yaxshi yoki yomon faoliyatlari xususida ochiq-oydin gapirila, yozila boshlandi. Mana bir misol: Farg‘onada o‘tgan Press-tur doirasida yil oxirigacha yana 2104,3 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilishi, buning uchun 969,3 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, tadbirda yil oxirigacha 74,7 mlrd. so‘m sarflanib, 105,3 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘llari, 3 ta ko‘prik ta’mirlanishi haqida ma’lumotlar berildi. Garchi bu raqamlarda hech qanday sirsinoat bo‘lmasada, ilgari jurnalist bunday ko‘rsatkichlar uchun oylab sarson bo‘lardi. Qo‘mitaning viloyat mutasaddilari qabuliga kirishdan ko‘ra, Senat raisidan intervyu olish osonroq edi... Bir so‘z bilan aytganda, milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim sohasi jurnalist va blogerlarga o‘z bag‘rini ochdi. Boshqacha aytganda, OAV uchun sun’iy to‘siqlar yaratish, jurnalistlar savollariga javob berishdan ko‘ra, turli yo‘llar bilan o‘zlarini panaga olish davri yo‘lchilarimiz uchun yaqin tarixga aylandi. Albatta, bu jarayon oson kechmaydi. Chunki, matbuot u yoki bu tashkilotni faqat maqtov bilan siylaydigan MCHJ emas, balki aholining nima, qachon va qayerda degan haqli savollariga javob topib beradigan qurolidir. Xulosa qilib shuni aytish joizki, zimmasiga juda jiddiy vazifalar yuklatilgan qo‘mita mamlakatimiz iqtisodiyotining tom ma’nodagi qon tomirlariga aylanishi uchun dadil qadamlar va adolatli qarorlar bilan yashashga o‘rganishi kerak. Bu jarayonda esa milliy matbuot tizimning ochiqlik va shaffoflikka asoslangan faoliyatini keng yoritib, zimmasidagi mas’uliyatni doimo eslatib turaveradi. Odilbek RAHMONOV BU YO‘LLAR DADIL QADAMLARU ADOLATLI QARORLARGA MUHTOJ EDI yoki tizimga yangi rahbar kelganidan keyingi o‘zgarishlar mavsumiy emasmi? Yo‘llarni, odatda, iqtisodiyotning qon tomirlari deyishadi va bu ta’rif bejiz emas. Agar yo‘l mavzusi jahon miqyosida tahlil etilsa, eng sifatli yo‘llar iqtisodiyoti rivojlangan, aholisi esa farovon hayot kechirayotgan davlatlarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘ramiz


И 6 The Coca-cola компаниясида 23 йил ме³нат ºилган ходим бирор марта бу ичимликдан ³атто ³ўпламаган экан. 11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish нсон қадами етмаган ҳудудларда ҳам ўз маҳсулотини тарғиб қилаётган компаниялар сони тобора ортиб боряпти. Бундайлардан бири Ойда ўз логотипини ўрнатган бўлса, бошқаси Антарктидада реклама намойишини ўтказди. Тўғри, бозор иқтисодиёти жараёнларида реклама бозордан жой олишнинг энг таъсирчан ва самарали воситаси ҳисобланади. Кундалик ҳаётимизда косметика, кийимкечак, спорт буюмлари билан бирга егуликлару ичимликлар рекламаси ҳам салмоқли ўринни эгаллай бошлаганига анча бўлди. Аммо, гап озиқ-овқат маҳсулотлари ҳақида кетганда, кўпчилик даромадга эмас, кўпроқ саломатликка эътибор қаратиш лозимлигини таъкидлаяпти. Я қ и н д а и ж т и м о и й тармоқларда Хитой Халқ Республикасида Coca-cola ичимлиги истеъмолидан воз кечилгани ҳақида хабарлар тарқадики, бу шубҳасиз миллионлаб Cocacolaсеварлар қатори менинг ҳам эътиборимни тортди. Манбаларга кўра, Хитой соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан рухсат берилган ва сотувга қўйилган озиқ-овқат ва газланган ичимликлар рўйхатидан Coca-cola ичимлиги бутунлай олиб ташланиб, ундан сантехника ёки ўликларни кимёвий тозалаш воситаси сифатида фойдаланишга қарор қилинибди: «Хитойнинг тегишли ва инсон саломатлигига масъул қўмиталари томонидан The Coca-cola компаниясининг алкоголсиз, газланган ичимликларидан Coca-cola ичимлиги истеъмол товарлари рўйхатидан олиб ташланди. Бунинг сабаби ичимлик ингридиентлари таркибида инсон саломатлигига ўнглаб бўлмас таъсир этувчи моддалар мавжудлиги билан изоҳланди. Бу маълумотни исботлаш учун Хитой қамоқхоналаридан 500 нафар маҳбусда тажриба-синов ишлари олиб борилган. Яъни, уларга олти ой давомида кунига 3 маҳалдан Coca-cola ичимлиги берилган. Синовлар натижасида 75 нафар маҳбус вафот этган. 150 нафари эса ногиронга айланган. Текширув- лар давомида уларда турли хил- даги сурункали касалликлар ва соғлиқ учун юқори даражадаги хавфли ҳолатлар вужудга кел- ган. Қолган маҳбусларда эса ўта оғир асоратлар, хусусан, ички аъзоларда емирилишлар аниқланган. Тажрибалар даво- мида ижобий натижалар ҳам маълум бўлди. Яъни, ушбу ичимликдан санитария во- ситаси сифатида ўликларни тозалашда фойдаланиш яхши самара бериши аниқланди. На- тижада Хитой соғлиқни сақлаш вазирлиги озиқ-овқат савдо рас- таларидан алкоголсиз газланган Coca-cola ичимликларини зудлик билан олиб ташлаш тўғрисида қарор қабул қилди». Қайд этиш жоиз, Хитой истеъмолини буткул тақиқлаган мазкур ичимликнинг инсонлар, айниқса, ёш авлод саломатлигига зарарли эканлигини 17 йил аввал турк олимлари ҳам таъкидлаган эдилар. Лекин ана шундай хулосаларга қарамай ушбу ичимлик ҳамон бозорларда етакчилик қиляпти. Маълумотларга кўра, 2006 йили Туркия Coca-cola ичимлигини саломатлик учун ўта зарарли деб топган ва бу компанияга нисбатан жиноий иш қўзғатилган. Бунга эса ичимлик таркибини кўрсатувчи этикетка сабабчи бўлган. Гап шундаки, этикеткада кўрсатилган шакар, фосфор кислота, карамель, кофеин, углий кислота ва яна бошқа моддалар турк мута- хассисларининг шубҳаларига сабаб бўлади. Кейин эса судтекширув ишлари олиб борили- ши оқибатида ўша модданинг қаерда ва қандай олиниши очиқланган. Маълум бўлишича, Coca-cola компанияси мутахас- сислари турк олимларининг шубҳаларига сабаб бўлган бу экстрактни Мексика ва Канар оролларида яшовчи кашинил ҳашаротидан олишаркан. Кузатувлар бу ҳашарот ўсимлик поясига ёпишиб олиб, ўша ўсимликнинг шарбати би- лан озиқланишини кўрсатган. Олимларнинг қайд этишларича, бу ҳашарот ўсимликдан шарбатни сўраётган пайтда умуман ҳаракатланмас, фақатгина урчиш мавсумидагина жойини ўзгартираркан. Энг қизиғи, бу ҳашаротни йиғиш учун Мексика ва Канар оролларида гектарлаб махсус майдонлар ташкил этилган бўлиб, маҳаллий фермерлар ушбу ҳашаротлар учун махсус экинлар етиштиришар экан. Янаям қизиғи, маҳаллий деҳқонлар узумга ўхшайдиган бу ҳашаротни йиғиб олгач, махсус усуллар ёрдамида уларни чала-ярим маҳсулотга айлантириб, омбор- ларга жўнатишаркан. Компания эса бу ҳашаротдан дунёга машҳур Coca-Сola ичимлигига ранг берувчи кармин деб аталган пигментни ажратиб оларкан. Шу ўринда The Coca-Сola компаниясининг рекламаларига ҳам тўхталиш жоиз. Ўзининг такрорланмас рекламалари билан истеъмолчилари сонини кундан-кунга кўпайтириб бораётган бу компания кайфиятни кўтарувчи ва кишига завқ берувчи жумлаларни ўйлаб топади, кўп ўтмай бу сўзлар ҳам бренд сингари машҳур бўлади. Балки шундандир, зарари ҳақида қанча кўп таъкидланса-да, бу ичимлик кўпчиликнинг одатий ичимликлари рўйхатидан тушиб қолмаяпти. Буни қарангки, The Cocacola компаниясида 23 йил меҳнат қилган ходим бирор марта бу ичимликдан ҳатто ҳўпламаган экан. Унинг ай- тишича, Coca-cola ичимлиги таркибига қизил мия экстракти ҳам қўшилади. Гап шундаки, ушбу ўсимликнинг илдизлари билан турли хил майда сут эмизувчилар ва кўршапалаклар ҳам озиқланади. АҚШнинг минглаб фермерлари йирик плантацияларда ушбу дори- вор ўсимликни етиштириш билан шуғулланадилар. Улар ана шу илдизларни эксква- торлар ёрдамида тонналаб йиғиштирадилар. Натижада миллионлаб кўршапалаклар жароҳатланиб, ўлиб кетади ва илдизлар билан бирга прессга тушади ҳамда сақлаш учун омборларга жўнатилади. На- тижада ўлган кўршапалаклар, сичқонлар ва ҳашаротларнинг қони қизилмия илдизларига шимилиб кетади. Фақат қайта ишлов вақтидагина уларнинг қолдиқлари ва терилари ажратиб олинади. Афсуски, Coca-cola ичимлигининг ранги қорамтир эканлиги ва таркибидаги шакарнинг кўплигидан ушбу ичимликда кўршапалаклар ва турли хил майда сичқонсифат кемирувчиларнинг қони ҳамда ошқозонининг суюқлиги борлигини ҳеч ким сезмайди ҳам. Албатта, компания ўз маҳсулотининг саломатлик учун хавфли эканини яшириш мақсадида ҳам ичимликка тур- ли озиқ-овқат қўшимчалари, кимёвий унсурлар билан ишлов беради. Буни қарангки, ҳатто вашингтонлик олимлар ҳам Coca-cola таркибидаги карамель моддасини умуман карамель эмаслигини исботлаб бердилар. Улар аслида карамель дейилаётган ушбу модда шакар, аммиак ва сулфить кислотанинг юқори босим ҳамда юқори ҳароратда олинган, инсон саломатлиги учун хавфли бўлган, ҳаттоки, ўлимгача олиб борадиган аралашма эканини аниқладилар. Бу заҳар инсон организмида ушбу ичимликка нисбатан мойилликни вужудга келтириб, ўпка, жигар, ошқозон ости бези саратонини ҳамда лейкемияни келтириб чиқараркан. Шу билан бир қаторда ичимлик таркибидаги турли хил цитрус ўсимлик ва меваларнинг эфир мойлари ҳамда зираворлар аралашмаси дейилган қўшилма ўрнига эфир билан тўйинтирилган спиртдан фойдаланилгани маълум бўлди. Кармин моддасининг эса яроқсиз экани исботланди. Балки шунинг учун ҳам ушбу бренд остидаги маҳсулот кўплаб давлатларда ишлаб чиқарилмаётгандир. Баъзи мусулмон ва исломни тан олган давлатларда эса бу ичимликни сотиш тугул, мамлакатга олиб киришга ҳам рухсат берилмаслиги айтиляпти. Ҳиндистон олий суди томонидан ҳам мамлакатда ушбу ичимликнинг сотуви таъқиқланган. Англия, Украина ва Латвия давлат- ларида эса бошланғич синф ўқувчиларига Coca-cola ичим- лигини истеъмол қилиш бутун- лай чекланган. Кўриб турганингиздек, кўп давлатлар бу борада аллақачон «эсини йиғиб олган». Бал- ки, бироз ваҳима қиляпсан, юқоридагилар уйдирма, бу маҳсулот у қадар зарарли эмас, дерсиз. Албатта, танлов ҳар кимнинг ихтиёрида. Аммо ўзимиз ва фарзандларимиз са- ломатлиги, авлодимиз келажаги ҳақида оз бўлса-да қайғурсак, бу ичимликнинг истеъмоли ҳақида қатъий қарорга келиши- миз, давлат миқёсида чеклов- лар қилишимиз шарт! Ҳа яна бир гап. Қачон боламни етаклаб поликлиникага чиқсам, оилавий шифокоримиз ҳар гал битта таъкидни канда қилмайди: болага газли ичимликлар, айниқса, кола, фанта, пепси, спрайт, турли энергетиклар берманг! Бу каби огоҳлантиришларни бир эмас, бир неча шифокордан эшитганман... Модомики, шундай экан, нега тиббиёт ходимлари бу ҳақда жиддий тарғибот ишларини амалга оширмайди. Ёки олимларимиз бу каби ичимликларни истеъмол қилиш ёш чегарасини белгилаш юзасидан тадқиқотлар олиб бормайди. Хулоса ўзингиздан... Mаҳбуба КАРИМОВА, «Миллий тикланиш» мухбири МАККОР ЗАРРАБИН COCA-COLA – МЕНИНГ «дўстим»... ЎЗБЕКИСТОН “МИЛЛИЙ ТИКЛАНИШ” ДЕМОКРАТИК ПАРТИЯСИ МАРКАЗИЙ КЕНГАШИ ИЖРОИЯ ҚЎМИТАСИ ҚУЙИДАГИ ТАРҒИБОТ МАТЕРИАЛЛАРИНИ ЧОП ЭТИШ УЧУН ТЕНДЕР ЭЪЛОН ҚИЛАДИ. 1. Стол календари 240х165 мм, блоклар 300 гр, 4+4, матовий ламинация билан қопланган, танланган УВ лак билан, таглик 4+4, босма, қаттиқ муқовали, пружинали маҳкамлаш -10 000 дона; 2 . Д е в о р к а л е н д а р и (перекидной) А3, блоклар 300 гр, 4+0, танланган УВ лак билан қопланган, 13 варақ, варақлари ма хсус ша к л да кеси л га н, кўндаланг боғлаш. -10 000 дона; 3. Блак нот, ўл чами А5, муқоваси 350 гр/м.кв, картон, ранги 4+0, танланган УВ лак билан, ички блоки 80 гр/m. кв, ранги 1+0, 40 варақ, темир пуржинали переплёт -10 000 дона; 4. Бла к но т, ўл ча м и А6 муқоваси 350 гр/m.kv,картон, ранги 4+0, танланган УВ лак билан, ички блоки 80 гр/м. кв, ранги 1+0, 40 вароқ, темир пуржинали переплёт -10 000 дона; 5. Пакет (қоғоз) ўлчами 250х350х70см 230 г р/м.к в картон, ранги 4+0, жилоли ламинация билан -10 000 дона; 6. Папка А4, 350 гр/m.kv, картон, ранги 4+0, жилоли ламинация билан, чўнтакли; 7. П а р т и я л о г о т и п и туширилган шарикли ручка, ручка корпуси метал ва пластик материа лдан тайёрланган, логотип лазерли маркировкалаш усулида акс эттирилади ва лед чироқлари ёрдамида ёруғлик таратиб туриш хусусиятига эга ручка баландлиги 14 см; 8. Партия логотипи ва маълумотлари акс эттирилган кунда лик, ҳажми 17х25х2 (УхБхҚ) ёмшоқ зичланган тери маҳсулотидан тайёрланган муқовага эга, ички қисмлари 80 гр/м2 378 саҳифадан, 186 листдан иборат. 1-10 саҳифалари маълумотномалар ва Давлат рамз лари дан иборат, Ҳар бир ой аввалида махсус 150 гр/м2 қалинликдаги силлиқ қоғозга рангли 4+4 усулида чоп этилади, саналанган ва ҳар бир саҳифасида Буюк аждодларимиз ўгитлари акс эттирилган. Мурожаат учун телефон: +998 71 239 45 77 Эълон Хитой қамоқхоналаридан 500 НАФАР МАҲБУСДА тажриба-синов ишлари олиб борилган. Яъни, уларга олти ой давомида кунига 3 маҳалдан Coca-cola ичимлиги берилган. Синовлар натижасида 75 нафар маҳбус вафот этган. 150 нафари эса ногиронга айланган. Қирғизистон ОАВлари ҳамда турли сайтларда мамлакатда узоқ йиллардан бери криминал авторитет сифатида танилган Қамчи Қулбаевнинг давлат махсус хизматлари томонидан йўқ қилингани хабар қилингач, бошқа авторитетлар ҳам ўзларининг жиноий рутбасидан воз кечганлари тўғрисидаги лавҳалар ижтимоий тармоқларда намойиш этилди. Қайд этиш жоизки, Қ.Қулбаев йўқ қилинганидан кейин Қирғизистон Давлат миллий хавфсизлик қўмитаси раиси Қамчибек Ташиев баёнот бериб, бундан буён мамлакатда бирорта ҳам жиноий авторитет бўлишига йўл қўйилмаслиги, бошини кўтарган ҳар қандай авторитет, жиноий унсур вакиллари аёвсиз жазоланиши ҳамда бундай ҳатти-ҳаракатлар учун қонунда назарда тутилган барча чоралар кўрилишини таъкидлади. t.me/blueskyuz Жиноий гуруілар имтиёз кутмасинлар OBUNA –2024! 2024-YIL UCHUN «MILLIY TIKLANISH» GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Obuna indeksi 158


Мурожаат Спорт ВА ТАІЛИЛ Ҳарбий матбуотнинг ёхуд Қодирийга ёқмаган масала 1922 йилнинг 19 сентябрида Туркфронт сиёсий бошқармасининг қизил аскарлар учун мўлжалланган «Красная звезда» газетаси бош муҳаррири имзоси билан чоп этилган «Шефлар ва ҳарбий матбуот» сарлавҳали бош мақолада «шефлар» тушунчаси ўқувчи диққатини тортади. Чунки Абдулла Қодирийнинг ҳам бир мақоласида «Эски шаҳар исполқўмининг топқони ҳар хил юқори шефстволарга кетади», деган жумла учрайди. Хўш, бу икки манбада алоҳида қайд этилган «шефлар» ва «шефство» тушунчаларининг ўзаро боғлиқлиги борми? «Москвада шефлар шундай ишлашади. Бизда, Туркистонда-чи? Бизнинг шефларимиз томонидан єизил армия газетаси бўлган «Красная звезда»га ёрдам бериш учун іамма ишлар єилинганми? Йўє, уч карра йўє. Гарчи мазкур муаммо бир неча бор кўтарилган бўлса-да, іанузгача єониєарли жавоб олингани йўє...» 11-oktyabr, 2023-yil №34 (1222) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish ТАРИХ ота л и қ қа ол и ш м уам моси билан қизиқдик. Бунга тарих фанлари номзоди, полковник Ю.Павлов муаллифлигидаги « Х а л қ в а а р м и я я к д и л » материалидан жавоб топилди. М у а л л и ф н и н г ё з и ш и ч а , Умумроссия марказий ижроия қўмитасининг 1921 йилнинг 17 ноябридаги қарори билан қизил армияни оталиққа олиш бўйича жамоатчилик ҳаракати қонуний кучга эга бўлган. Армияда бу борадаги ишларни мувофиқлаштириш учун 1922 йилнинг 6 июлида Республика инқилобий ҳарбий кенгаши ҳузурида Марказий оталиққа олиш комиссияси тузилган. Ҳ а р би й ф а н л а р ном з од и , профессор А.Витковскийнинг 2 0 0 7 й и л г и т а ҳ л и л и й ахборотномада чоп этилган бир мақоласидан ҳам мавзуга доир айрим маълумотларни топдик. Унда ҳарбий оталиқ ишлари – давлат органлари, муниципалитетлар, муассасалар, турли мулкчилик шаклидаги т а ш к и ло тл а р, фу қ а р ол а р, ҳ а р б и й т у з и л м а л а р н и н г моддий, маданий, маърифий ва бошқа йўналишда ўзаро ёрдам кў рсатиш фаоли яти экани ёзилган. Ўрнатилган т а р т и б г а к ў р а , ҳ а р б и й қисмларни коммунистик партия ташкилотлари, марказий ва маҳаллий ижро ҳукумати, ишлаб чиқариш ва хўжалик органлари, шунингдек, завод ва фабрикалар оталиққа олиши мумкин бўлган. Шу асосда қизил армияга, унинг ҳарбий матбуотига ҳомийлик маблағлари ажратилган, қизил аскарларга газета ҳам текин тарқатилган. Хў ш, ота лиққа олиш ва маблағ ажратиш ташкилот ва муассасалар учун мажбурий бўлганми? А.Витковский саволга жавобан бу кўнгилли равишда амалга оширилишини ёзади. Бироқ шундай бўлганида, бу ҳол Абдулла Қодирийнинг аччиқ киноясига сабаб бўлармиди? «Муштум»да «шефство»лардан зада бўлингани ёзилармиди? Ёки бўлмаса, Гейлер Туркфронтнинг ҳарбий нашрига камида 6 млрд. рубль ажратилиши шартлигини айтиб бонг урармиди? Юқоридагилардан кўриниб турибдики, шўролар даврида Туркистонда миллий озодлик ҳ а р а к а т и г а қ а рш и к у р а ш жараёнида ҳарбий матбуотга, оталиққа олиш билан боғлиқ маса лага ж и д дий эътибор қаратилган. Қизил армияни оталиққа олиш бўйича қўмита ва комиссиялар жамоатчилик ҳаракати сифатида та лқин э т и л с а -д а , у н г а ҳ у к у м а т т а ъ с и р и б ў л г а н ; ҳ а р б и й матбуотни ота лиққа олиш масаласи марказлашган ҳолда назоратга олинган; оталиққа олиш орқали «мажбурий обуна» ташкиллаштирилган; ҳарбий матбуот қизил аскарларни ш ў р о м а ф к у р а с и р у ҳ и д а тарбиялашда самарали восита бўлган; ҳарбий газеталар сиёсий буюртма асосида чиқарилган ва аскарларга текин тарқатилган; ҳукмрон мафкура маҳаллий корхона, ташкилот ва ишлаб чиқарувчилар ҳисобига ҳарбий нашрларнинг мунтазам чиқиб т у р и ш и н и м а б л а ғ б и л а н таъминлаган. Мустабид тузум миллий озодлик ҳаракатини жисман ва маънан маҳв этишда ҳарбий матбуотдан кучли мафкуравий қурол сифатида фойдаланган, я ън и «с оп и н и ў зи м и з д а н чиқарган». Алижон САФАРОВ, ЎзЖОКУ кафедра мудири, филология фанлари бўйича фалсафа доктори, доцент «Ўзбек тилининг изоҳли луғати»да «шеф» сўзи французча «chef»дан олингани, унинг биринчи маъноси – бошлиқ, раҳбар, корхона бош лиғи, иккинчи маъноси эса «бирон м уа с с а с а , корхона в а ш у кабиларни ота лиққа олган ташкилот» экани ёзилган. Демак, бундан маълум бўладики, юқори да г и и к к и ма н ба да сўзнинг биринчи эмас, иккинчи маъно си а кс э т г а н. Яън и биринчи мақолада гап ҳарбий матбуотни оталиққа олиш, унга ҳомийлик қилиш хусусида кетяпти. Иккинчисида эса, қайси идора ва ташкилотларнинг бу тартибни амалга оширишга жавобгарлиги киноя йўли билан эслатилган. Шу сабабли ХХ асрнинг 20-йиллари бошидаги бу икки атама бир-бирига боғлиқ бўлиши керак ва улар бир-бирини тўлдиради, деган тахминда изланишга киришдик. Энди ўз-ўзимизга бир савол берсак: нега бош муҳаррир бонг уриб, оталиққа олувчилар ва ҳарбий матбуот муаммосини кўтарган? Мақоланинг кириш қисмида бунга қисман жавоб қайтарилади. Яъни, муаллиф шўронинг марказий нашридан шундай иқтибос келтиради: « Мо с к в а о т а л и қ қ а о л и ш ижроия бюроси Москвадаги «Красный воин» округ газетаси чоп этилиши учун ҳар ойда 12 миллиард ажратади... Республика инқилобий ҳарбий кенгашининг оталиққа олиш комиссияси вақ тл и ҳарби й наш рларга ёрдам беришни кучайтириш з а р у р а т и н и т а ъ к и д л а д и » (Умумроссия марказий ижроия қўмитаси ахбороти, 5 сентябрь). Бу фактни келтирар экан, муаллиф мақолани аччиқ киноя билан бошлайди: «Москвада шефлар шундай ишлашади. Бизда, Туркистонда-чи? Бизнинг шефларимиз томонидан қизил армия газетаси бўлган «Красная звезда»га ёрдам бериш учун ҳамма ишлар қилинганми? Йўқ, уч карра йўқ. Гарчи мазкур муаммо бир неча бор кўтарилган бўлса-да, ҳанузгача қониқарли жавоб олингани йўқ. Туркистон фрон т инин г қ изи л аскари тарбиясида мураккаб вазифа юклатилган «Красная звезда» қ ийин шароитда чиқ япти. Босмахона харажатларининг мунтазам ошиши, марказдан маблағ келиши тўхташи бизни келажагимиз ҳақида жиддий ўйлашга мажбур қилмоқда. Шуни эсда тутишимиз лозимки, қизил армия газетаси ўзини ўзи иқтисодий жиҳатдан қоплай олмайди. Газета тиражининг тўртдан уч қисми фронтга бепул тарқатилиши керак...» Ана шундан келиб чиқиб, Г.Гейлер қизил армияга ёрдам берадиган оталиқ ташкилотлар ишини на зорат қ и ладиган марказий қўмитани газетага кўмак бериш масаласини кун тартибига қўйишга чақиради. Аниқ таклифни илгари суриб, «Красная звезда»га ҳар ойда 6 млрд. рубль ёрдам ажратилиши кераклигини ёзади. «Красный воин» газетасига эса ҳар ойда 12 млрд. ажратилишига урғу бериб, 6 млрд. рубль маблағ ёрдамнинг минимум даражаси эканини, бу сумма фронт матбуотига берилиши шартлигини айтади. Муаллиф мақола охирида бу ўта долзарб сиёсий масала эканига ҳам эътибор қаратиб, «Туркистон фронтининг сиёсий ва ҳарбий шароитида бизга кундалик газета керак. Ҳозир жуда кам бўлган ададни кўпайтириб, газета мазмунини бойитиш керак. Унинг ишига янги кучларни жалб этиш лозим. Бунинг учун эса жиддий қўллаб-қувватлаш талаб этилади», дейди. М а с а л а г а о й д и н л и к к и ри т и ш у ч у н мат буо т н и ШЕФлари « » “Ҳурматли таҳририят ходимлари! Мен-Файзиев Орифжон анча йиллардан буён қурилиш соҳасида меҳнат қилиб келмоқдаман ва ҳозирда қурилиш-монтаж ишларига ихтисослаштирилган “НиҳолНур-Файз” МЧЖ раҳбариман. Жамоамизда 20 дан ортиқ одам меҳнат қилади. Тўғриси, сизларга ушбуни роса катта умид билан ёзяпман. Мана, 2 йилдирки, ўзим ва меҳнат жамоамизни ҳақини талаб қилиб Сирдарё вилоятида кирмаган идорамиз қолмади. Ҳатто, вилоят раҳбари қабулида 3 маротаба бўлиб, дардимизни тўкиб солдик. Гарчи ҳоким масалани чуқур ўрганиш ва ёрдам беришни ўринбосарларига тайинласа-да ҳанузгача натижа бўлмади. Гап шундаки, 2021 йилги Президент сайловлари арафасида Мирзаобод тумани «Оқолтин» МФЙ ҳудудидаги 13-сонли ҳамда «Боғистон» МФЙдаги 3-сонли умумтаълим мактабларида ташкил этилган сайлов участкаларини “Ниҳол-Нур-Файз” МЧЖ қурувчилари билан ҳамкорликда жорий таъмирлаб бердик. Умумий қиймати 55 млн. 216 минг 317 сўмлик қ урилиш ишлари учун маблағни бизга Мирзаобод туман ҳокимлиги тўлаб беришига келишдик. Бироқ туман НАПОЛЕОН ҳокими Жонибек Яриев, унинг иқтисодий масалалар бўйича биринчи ўринбосари Иброҳим Х о л қ ў з и е в л а р б у т ў л о в н и тўлашни пайсалга солишгандан солишди. Шундан сўнг, халқ депутатлари Мирзаобод туман Кенгашига мурожаат қилдик. Масалани обдон ўрганиб чиққан депутатлар алалоқибат 2022 йилнинг 30 апрелида VI-49-74- 9-125-K/ 22 сонли “Ниҳол-НурФайз” МЧЖга маблағ ажратиш тўғрисида”ги кенгаш қарорини қабул қилишди. Бу қарор ижроси эса яна туман ҳокимининг биринчи ўринбосари И.Холқўзиев зиммасига юклатилди. У эса ижрони таъминлашдан қатъий бош тортди ва мулоқотларимиз чоғида тумандаги барча депутатларни саводсизликда айблади. Наилож адолат истаб, Сирдарё вилоят адлия бошқармасига мурожаат қилдик. Улар ҳам ҳақ эканлигимизни таъкидлашди ва ишни бизнинг манфаатимизда Гулистон туманлараро иқтисодий судига киритишди. Натижада 2023 йилнинг 10 июлидаги суднинг ҳал қилув қарорига биноан МЧЖ фойдасига жавобгар – Мирзаобод туман ҳокимлиги ҳисобидан 55 млн. 261 минг 317 сўм қарздорлик ундириладиган бўлди. Шу йилнинг 11 августида эса мазкур суд томонидан 4-1201-23-04/1874-сонли ижро варақаси ҳам чиқарилди. Адолат бор эканку, дея қувониб ижро варақани олиб аввал Мирзаобод туман ғазначилик бўлимига, сўнгра вилоят молия бошқармасига бордик. Бироқ ҳар икки идоранинг раҳбари ҳам маблағ йўқлигини рўкач қилиб уни тўлаб беролмасликларини айтишди. Хуллас, қаерга боришни билмай қолдим. Илтимос, шу масаланинг ҳал этилишида амалий ёрдамингизни аямайсиз деган умиддаман”. Шу ўринда ҳақли бир савол туғилади: Мирзаобод туман кенгаши қарорини менсимагани ўз йўлига, аммо маҳаллий кенгашнинг 28 нафар депутатини саводсизга чиқарган ҳоким ўринбосарининг ҳатто суд қарорларини ҳам писанд қилмаётганини қандай тушуниш мумкин? Яна саволлар туғилади: Сирдарё вилоятида бу жараёнларга маъсуллар қаерга қарашяпти ўзи?! Қачондан буён маҳаллий кенгаш қарорлари бир ҳовуч мансабдорлар томонидан муҳокама қилинадиган бўлиб қолди?! Абдуғаффор ОМОНБОЕВ, «Миллий тикланиш» мухбири Мирзаободдан чиººан Навоий шаҳрида кураш бўйича “Фавқулодда вазиятлар вазири кубоги” мусобақаси бўлиб ўтди. Президентимизнинг 2020 йил 4 ноябрдаги “Кураш миллий спорт турини ривожлантириш ва унинг халқаро нуфузини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори доирасида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тизимларида хизмат қилаётган шахсий таркиб ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, уларнинг жисмоний ва жанговар тайёргарлигини ошириш мақсадида ўтказилган ушбу мусобақада юздан зиёд иштирокчи 7 та вазн тоифасида гиламга тушди. Барча вазнлар бўйича умумжамоа ҳисобида 3-ўринни Бухоро вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси жамоаси, 2-ўринни Навоий вилояти ФВБ ҳамда фахрли 1-ўринни Қашқадарё вилояти вакиллари қўлга киритди. Сирож АСЛОНОВ, ЎзА Навоийда полвонлар беллашди


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 7 186. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 1016 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 03:50 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 ТАНЛОВ «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №34 (1222) 11-oktyabr 2023-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. 20 миллионга даъвогарлар рўйхатида Хўжайлилик Феруза биринчи «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ІАМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА ¡олибМИЛЛИОН 2024 йилнинг сентябр ойида – Є¿итувчи ва мураббийлар байрами арафасида топширилади. 20 Мурожаат учун: (90) 245-18-10 (97) 423-32-68 Диєєат! Халқаро ҳаёт «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» Илк иншо Қорақалпоғистон Республикасининг Хўжайли туманидаги 1-сонли мактаб ўқитувчисидан келди... Газетамизнинг ўтган сонида эълон қилинган юқори синф ўқитувчилари ўртасида “Ўзбек тили – менинг тилим” иншолар танлови юзасидан қўшимча маълумот: - иншо таҳририятга электрон шаклда юборилиши, мустақил мулоҳаза, асослантирилган мисоллар асосида ёзилган бўлиши керак; - иншонинг бирон бир манбадан кўчирилмаганлиги муаллифлик ҳуқуқларини текшириш дастури асосида текширилади ва баҳоланади. Иншони мактаб рақами ва манзилини кўрсатган ҳолда [email protected] электрон манзилига жўнатишингиз сўралади. Сизга омад тилаб қоламиз, азиз УСТОЗЛАР! Уруш – бу қирғинбаротлар, қурбонлар, вайронагарчилигу, узоқ давом этадиган оғриқли ҳаёт, деганидир. Тан олайлик, инсоният аллақачон учинчи жаҳон у ру ши шароитида яша япти. Босқинларга энг аввало, кимларнингдир манфаатпарастлиги, бойликлар, баъзи ҳолларда эса инсониятга нисбатан хиёнатлар сабаб бўляпти. Исроил ва Фаластин ўртасида юзага келган қонли тўқнашув ҳам бунга мисол бўлиши мумкин. Эълон қилинмаган урушнинг эртасигаёқ БМТ Исроил ҳужумлари оқибатида 123 538 нафар фаластинлик Ғазо секторидаги уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлганини маълум қилди. -123 538 дан ортиқ кишини ташкил этувчи 17 500 дан ортиқ оила, асосан қўрқув ва хавфсизлик хавотирлари ҳамда вайронагарчиликлар сабабли Ғазодаги уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлди”, – дейилади ташкилот ҳисоботида. “Замон” сайти томонидан тарқатилган хабардаги рақамларга чуқурроқ эътибор қаратсак, бу уруш бошланмасидан туриб, минг-минглаб қурбонликларга йўл очганини кўрамиз. Албатта, Ғазо секторида юзага келган қарама-қаршиликлар бугун бошлангани йўқ. Ва, бу можаро узоқ йиллардан бери дунёни ана шу урушни ёқлаётганлар ва ёқламаётганларга бўлиб келяпти. Яъни, ана шу уруш туфайли дунё яна икки қарама-қарши қутбга бўлинди. Россия ва Украина уруши ҳам дунёни қоқ иккига бўлганди. Ўтган давр бундай қарамақарши фикрлилар Россияда ҳам, Украинада ҳам кам эмаслигини кўрсатди. Гарчи Россиянинг хатти-ҳаракатини босқин дегувчилар ҳам, уни ўз миллий манфаатини ҳимоя қилувчи давлат деганлар бўлса-да, уларнинг фикри бир нуқтада кесишяпти: яъни уруш туфайли кўпроқ тинч аҳоли азият чекяпти. Айрим манбаларда Исроил ва Фаластин ўртасида можаро бошланганидан бери 900 дан ортиқ исроиллик ҳалок бўлгани, ярадорлар сони 2400 дан ошгани айтиляпти. Ғазо секторида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 704 нафарга етган, яна 3900 киши яраланган. Бошқа бир манбада эса Исроилнинг Кфар Аза аҳоли пунктида 40 нафар болаларнинг жасади топилгани хабар қилиняпти. Шу ўринда Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Гутерришнинг «Исроил Ғазо секторини тўлиқ эгаллаб олишда давом этиши ҳақидаги бугунги эълондан чуқур қайғудаман», деган гапи уруш тобора алангаланаётганини кўрсатди. БМТ бош котиби шунингдек, улар электр, озиқ-овқат ва ёқилғидан узилмаслиги зарур. Исроил қонуний хавфсизлик эҳтиёжларини амалга оширишни тўхтатиши керак ва фаластинликлар ўз давлатларининг аниқ истиқболини кўришлари керак, деган фикрни билдирди. Бундай хулосалар миллионлаб фуқароларнинг урушни тезроқ тугатиш кераклиги ҳақидаги фикрларига ҳамоҳангдир, албатта. Интернет маълумотлари асосида Феруза ХОДЖАЕВА тайёрлади. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг хавотирлари асоссиз эмас!


Click to View FlipBook Version