The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

13-son 2023 "Milliy tiklanish"

JARAYON 6 Ayol – ojiza, biroq kuchli, Ayol – zaifa, ammo irodali! So‘nggi vaqtlarda xotin-qizlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni ortdi. NIGOH 7 MULOHAZA 9 Ayol mentalitet qurboni bo‘lmasin! YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYA1 KUCHGA KIRDI -MAYDAN MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan illiy www.mt.uz / [email protected] tiklanish № 13 (1201) 2023-yil 3-may, chorshanba Adadi – 8657 KONSTITUTSIYAMIZ XALQNING XOHISH VA ISTAKLARI ASOSIDA YARATILDI ENDI INSON QADRINI ULUG‘LAYDIGAN 2s QOMUSIMIZ BOR 15 034 608 19−26 АПРЕЛЬ КУНЛАРИ БЎЛИБ ЎТГАН ЎЗБЕКИСТОННИНГ ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КОНСТИТУЦИЯСИ ЛОЙИҲАСИ БЎЙИЧА РЕФЕРЕНДУМДА МУДДАТИДАН ОЛДИН ОВОЗ БЕРИШДА МАМЛАКАТНИНГ 611 320 НАФАР ФУҚАРОСИ ИШТИРОК ЭТДИ Referendum yakunlariga ko‘ra, ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 19 722 809 nafar fuqarolarning yarmidan ko‘pi, ya’ni 16 667 097 nafari yoki 84,51 foizi referendumda ishtirok etganligiga asoslanib, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroridan Keyingi yillarda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ham e’tirof etilayotgani bejiz emas. Jumladan, mamlakatimizda qulay fiskal tizimi yaratilib, qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizga tushirildi. Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar uch yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilindi. Soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralarini kiritmaslik qat’iy belgilab qo‘yildi. Tashqi savdo erkinlashtirilib, investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi. Davlatning biznesni tartibga solishga qaratilgan 500 ta funksiyasi, 132 ta litsenziya va ruxsat berishga oid hujjatlar bekor qilindi. 33 ta faoliyat bo‘yicha xabardor qilish tartibi kiritildi. Chet ellik investorlar uchun ko‘chmas mulk sotib olish, O‘zbekistonga kelib-ketish va yashash shartlari soddalashtirildi. «PEDAGOG XODIMNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA»GI QONUN TASHABBUSKORLARIGA OSON BO‘LMAYDI... NAFARI YOKI 90,21 FOIZI “HA” DEB OVOZ BERGAN. REFERENDUMDA ISHTIROK ETGANLARNING «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 2023-yil 1-may sa nasida n milliy qonunchilikda nimalar o‘zgardi? Davomi 3-betda 4s ANDISHASIZLIK Chegarasi


2 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) BUGUNNING GAPI ODDIY ODAMLARNING ERTANGI KUNIMIZGA BEFARQ EMASLIKLARI, AYNIQSA, YOSHLAR O‘Z TAKLIF VA TASHABBUSLARINI ILGARI SURGANI KISHINI QUVONTIRADI, ALBATTA. ENG MUHIMI, BUNDAY MUNOSABATLAR O‘ZBEKISTON TANLAGAN YO‘LINING TO‘G‘RI EKANIDAN DALOLAT BERYAPTI. Qayd etish lozimki, 65 foizga o‘zgargan Konstitutsiyadagi 160 ga yaqin normaning asosan, inson manfaati va huquqlarini ta’minlashga qaratilgani xalqona tilda aytganda chinakam Xalq Konstitutsiyasi yaratilganidan dalolat bermoqda. Agar mustaqillik yillarida qabul qilingan Konstitutsiya va unga kiritilgan o‘zgartishlarni biroz qiyoslasak, bu safar tom ma’noda milliy ruhdagi konstitutsiyaga ega bo‘ldik, desak xato bo‘lmaydi. Aytish joizki, yangilangan Bosh Qomusimizning har bir normasida uch ming yillikdan ortiq bo‘lgan davlatchiligimiz tajribasi ham o‘z aksini topdi. Bugun Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartishlar milliy tiklanishimiz uchun hayotiy zarurat, ta’bir joiz bo‘lsa, millat va xalq sifatidagi keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini anglab turibmiz. Shuning uchun ham biz asosiy qonunimizning millat maqsadlari o‘z ifodasini topgan muqaddimasidan tortib, fuqarolarning huquq va majburiyatlari va hatto Hukumat vazifalarigacha dasturiy maqsad va vazifalarimizdan kelib chiqqan holda aks ettirish uchun harakat qildik. Va, bunga ma’lum bir ma’noda erishdik ham. Pirovardida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanish, Asosiy prinsiplar bo‘limida esa milliy rivojlanishizda o‘ta muhim kafolat bo‘lmish – O‘zbekistonni dunyoviy davlat deb belgilanishi, davlat majburiyatlarida nafaqat madaniy yodgorliklar, balki tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy merosimizni ham muhofaza qilinishiga erishdik. Eng asosiysi, oilani barpo etishda xalqimizning an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikoh tuzuvchilarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi mustahkamlab qo‘yildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida esa davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, o‘z mamlakati hamda xalqining boy madaniy-ma’naviy merosidan faxrlanish, Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishiga oid normalar Asosiy Qonunimizda o‘z ifodasini topdi. Bu shubhasiz, mingminglab partiyadoshlarimiz va partiyamiz g‘oyalariga xayrixoh bo‘lgan yurtdoshlarimizning faol ishtirokida amalga oshdi. Yuqoridagilarni amalga oshirishning samarali mexanizmlari sifatida esa davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashi, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishiga oid normalar ham qat’iy belgilab qo‘yildi. Endigi vazifa esa barcha bo‘g‘indagi faollarimiz, yoshlar, ayniqsa, deputatlarimiz bilan amaldagi qonunchilikni Konstitutsiyamizga muvofiqlashtirish bo‘yicha jadal ishlarni olib borishdan iboratdir. Shu o‘rinda bir masalani eslatib o‘tmoqchiman: 200 dan ortiq tuman va shaharlarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha qonun loyihasining umumxalq muhokamasida faol ishtirok etib shunga amin bo‘ldikki, barcha yurtdoshlarimiz konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, jamiyatda o‘zgarishlar muhim ekanini ta’kidlab kelishdi. Hududlardan partiya Markaziy kengashiga 8400 ga yaqin takliflar kelib tushgani esa partiyadoshlarimiz va g‘oyalarimizga xayrixoh yurtdoshlarimizning istaklari qat’iy ekanidan va islohotlarda faol ishtirokchi bo‘lishni niyat qilganlaridan dalolat edi. Mart-aprel oylarida esa hududlarda 3000 dan ortiq targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazdik. Markaziy va hududiy tele va radiokanallarda 500 ga yaqin, bosma nashrlarda 180 ga yaqin, ijtimoiy tarmoqlarda esa 5000 dan ziyod partiya faollarining chiqishlarini tashkil etdik. Referendum targ‘ibotiga oid futbolka, kepka, ruchka, bayroq, banner kabi tarqatma materiallar chop etilib, aholiga tarqatildi. Oddiy odamlarning ertangi kunimizga befarq emasliklari, ayniqsa, yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgani kishini quvontiradi, albatta. Eng muhimi, bunday munosabatlar O‘zbekiston tanlagan yo‘lining to‘g‘ri ekanidan dalolat beryapti. Biz referendumning ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida 10 mingdan ortiq kuzatuvchilarimiz bilan referendum uchastkalarida bo‘lib, aholi faolligini kuzatdik, ayniqsa, yoshlar faolligi bizni quvontirdi. Bu jarayonda 170 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etib, qonun buzilishi holatlariga duch kelmaganlarini e’tirof etishdi. Bu esa Yangi O‘zbekiston islohotlarining ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tganidan, yurtdoshlarimizning xohish va istagi har narsadan ustun qo‘yilganidan dalolatdir. Alisher QODIROV, partiya Markaziy kengashi raisi KONSTITUTSIYAMIZ XALQNING XOHISH VA ISTAKLARI ASOSIDA YARATILDI 30-aprel kuni jonajon O‘zbekistonimiz hayotidagi tarixiy voqelikka guvoh bo‘ldik. Bu voqelik, aslida, millionlab yurtdoshlarimizning uzoq yillar mobaynida hech qachon ushalmaydigan bo‘lib tuyulgan armonlari in’ikosi bilan bog‘liq, albatta. Keyingi yillarda yurtimizda yuz bergan inqilobiy o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa, ertangi kunimizning huquqiy asosi bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida gap ketganda “Milliy tiklanish” ushbu jarayonning tashabbuskorlaridan biri sifatida bu o‘zgarishlarga juda katta mas’uliyat bilan yondashdi. Partiyaning ko‘p ming sonli a’zolari va xayrixohlari nomidan shuni ham ishonch bilan ayta olamizki, Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar xalqimizning xohish irodasi, aytish joiz bo‘lsa yurak amri bilan amalga oshdi. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 42 -moddasi


3 Chorshanba 3-may, 2023-yil FRAKSIYADA №13 (1201) ZERO, LOYIHA Albatta, bunday imkoniyatlar va kafolatlar o‘z natijasini bera boshladi. Bir yilning o‘zida mamlakatimizda 100 mingga yaqin yangi korxona tashkil qilindi. Xorijiy sarmoyalar hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki 2017-yilga nisbatan 3 barobarga oshdi. Tashqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqish, yangi bozorlarga kirish maqsadida mamlakatimizda Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlar yanada jadallashtirildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilish marosimidagi nutqining mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, ushbu forumni O‘zbekistonning iqtisodiy siyosati e’tirofi sifatida baholash lozimligini ta’kidladi. – Dunyoning 70 dan ortiq mamlakati vakillari ishtirokida o‘tgan ushbu tadbir, albatta, O‘zbekistonning investitsiyaviy imijiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, – dedi A. Qodirov. Shundan so‘ng deputatlar kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalarini muhokama qilishga kirishdilar. Dastlab, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risidagi”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda pedagoglarning obro‘-e’tiborini oshirish, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, yosh avlodni tarbiyalashdagi mas’uliyatli mehnatini munosib baholashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, ish haqi masalasida ustamalar joriy etildi, ish yuklamalari maqbullashtirildi. Ammo bu choralar pedagoglar faoliyatini to‘laqonli bajarishga, yetarli darajada moddiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlardan himoya qila olmayapti. Hamon davlat organlari va ota-onalarning pedagoglar faoliyatiga aralashuvi davom etyapti va bu ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ayni paytda iqtidorli va yuqori malakali kadrlarning pedagogika faoliyatiga keng jalb etishni ta’minlash uchun ularga alohida huquq va imtiyozlar berish, QONUN TASHABBUSKORLARIGA OSON BO‘LMAYDI... 700 MINGDAN ORTIQ PEDAGOGLAR KUTGAN QONUNGA AYLANISHI SHART. AMMO HOZIRCHA... Biz Referendumda jamiyatdagi mavqeini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularning maqomini alohida qonun bilan belgilash talab etilmoqda. Shundan kelib chiqib, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihada belgilanishicha, soha vakillari o‘z sha’ni, qadrqimmatini himoya qilish bo‘yicha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. Lavozim majburiyati va kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. Ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga pedagog xodimni biriktirish belgilanyapti. Shuningdek, davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi ta’minlanadi. Davlat tomonidan yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlanadi, birlamchi o‘quv-metodik materiallar va o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlanadi. O‘quv reja va dastur o‘zgarganda pedagoglarni yangi turdosh fan bo‘yicha qayta tayyorlash davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Ularga 56 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til beriladi. Fraksiya yig‘ilishida bu boradagi xorijiy tajribalar haqida ham ma’lumotlar berildi. Jumladan, Qirg‘izistonning “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi qonunida tog‘li va chekka qishloqlarda ishlaydigan pedagoglarga oshirilgan koeffisiyentda ish haqi berish, kommunal xizmatlar va yashash xarajatlarini to‘lashda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan imtiyoz va yakka tartibda uy-joy qurish uchun foizsiz kreditlar berish belgilangan. Xitoyning “O‘qituvchilar to‘g‘risida”gi qonunida esa, pedagoglarning o‘rtacha maoshi davlat xizmatchilarining o‘rtacha maoshidan kam yoki ko‘p bo‘lmasligi, o‘qituvchilarning pensiya ta’minoti uchun to‘lov oshirilishi belgilangan. Shuningdek, pedagogik ish stajiga qarab ustama va qo‘shimcha haq to‘lanadi. Qozog‘istonda esa pedagoglarga 56 kundan iborat yillik haq to‘lanadigan ta’til beriladi. Yilda bir marta sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam ajratiladi. Budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartib va miqdorda kommunal to‘lovlarni to‘lash va yoqilg‘i sotib olish uchun kompensatsiya, xizmat turar joyi yoki yotoqxona beriladi. Yakka tartibda uy-joy qurishi uchun yer maydoni ajratiladi. Ozarbayjonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida o‘qituvchilar zimmasiga pedagogik faoliyat olib borishi bilan birga ta’lim oluvchilarga Vatanga muhabbat, milliylikni qadrlash kabi umuminsoniy fazilatlarni singdirish vazifasi ham qo‘yilgan. Fraksiya a’zosi Jahongir Mamajonov qonun loyihasiga munosabat bildirar ekan, pedagoglarga berilgan e’tibor, xalqqa, mamlakat kelajagiga bo‘lgan e’tibor ekanini ta’kidladi. Ammo ayni qonun loyihasidagi normalar amaldagi qaysidir qonunlarda borligini, loyihada o‘qituvchilarga e’tirof etishga arzirli imtiyozlar berish ko‘zda tutilmaganini qayd etdi. Bekmirza Eshmurzayev ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, qonun loyihasida faqat davlat ta’lim muassasalarida xizmat qilayotgan pedagoglar nazarda tutilganiga e’tiroz bildirdi. – Xususiy ta’lim tizimida ishlayotgan pedagoglar ham xalqning farzandlarini o‘qitadi. “Sen xususiy maktabda ishlaysan”, deb ularni imtiyozlardan mahrum qilish qanchalik to‘g‘ri, – dedi deputat. Oliy Majlis qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Abdumalik Akramov qonun loyihasiga mas’ul qo‘mita vakili sifatida fraksiyadoshlarining fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, loyihada kamchiliklar ko‘pligini va ikkinchi o‘qishda albatta takliflar kiritilishini, lekin buning uchun avvalo, uni konseptual ma’qullab olish lozimligini ta’kidladi. – Shubhasiz, ushbu qonun loyihasi zarur. 700 mingdan ortiq pedagoglar jamoasi intiq kutgan qonun loyihasi bu. Partiyamizning ta’lim-tarbiyaga mas’ulligini e’tiborga olgan holda loyihaga ikkinchi o‘qishda yuqorida keltirilgan xorijiy tajribalardan kam bo‘lmagan, pedagoglarimiz kutgan normalarni kiritishimiz lozim, – dedi Abdumalik Akramov. Deputatlar qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladilar va ikkinchi o‘qishda qonun tashabbuskorlariga oson bo‘lmasligini ta’kidladilar. Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa qonun loyihalari ham muhokama qilindi. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri ishsizlar soni kamayishi uchun, odam uysiz qolmasligi, ayolning qadri baland bo‘lishi, bolalar mehnat resursiga aylanmasligi uchun ovoz berdik. To‘g‘ri gapni erkin ayta olishimiz, inson qadrsizlanmasligi, aybsiz aybdorlar bo‘lmasligi va adolatli haq olish uchun ovoz berdik. Shuningdek, musofirlarimiz boshi omon bo‘lishi uchun, sifatli tibbiy xizmat kafolatlanishi, parlament va siyosiy partiyalarning yanada kuchayishi uchun ovoz berdik. To‘g‘ri, keyingi yillarda davlat zimmasidagi mas’uliyat oshdi. Lekin oddiy aholining mas’uliyati ham kamaymadi. Zero, eng qiyin ish Xalq bo‘lishdir. Feruza MUHAMMEDJANOVA, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Davomi. Boshlanishi 1-betda


ENDI INSON QADRINI ULUG‘LAYDIGAN QOMUSIMIZ BOR FAROVONLIGIMIZNING MUSTAHKAM KAFOLATI YARATILDI 4 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) MUNOSABAT Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi. Nihoyat 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat Qomusimiz o‘zida xalqimizning orzu va istaklari, xohishirodasini haqiqiy ma’noda namoyon qildi deyishga to‘la asoslarimiz bor. Ochig‘ini aytish kerak, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun uzoq vaqt ketdi. Unda fuqarolarimiz faol qatnashib, mamlakatimiz taqdiriga, kelajagiga befarq emasliklarini ko‘rsatdilar. Shu ma’noda, yangi Konstitutsiya O‘zbekiston hayotining barcha sohalarini har tomonlama tartibga solish va mamlakatni demokratik rivojlantirishning muhim huquqiy asosiga aylandi. Asosiy Qonunga xalq hokimiyatini mustahkamlash, parlamentning roli, o‘rni va mas’uliyatini oshirish, vakolatlarini yanada kengaytirish, parlamentarizmni, umuman, xalq hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritilgani esa O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashiga, eng asosiysi, Inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Zero, Yangi O‘zbekiston islohotlaridan ko‘zlagan bosh maqsad ham shu aslida. Davlatimiz rahbari 2022-yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda “Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llabquvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi", deya ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizga kiritilgan barcha o‘zgarishlar eng avvalo inson qadrini yuksaltirishi bilan bir qatorda, huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning asosi, bosh g‘oyasi ham ushbu maqsad bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini belgilab beradi. Partiya vakili sifatida shuni aytishim joizki, Yangi O‘zbekiston tarixidagi yangi Konstitutsiya chinakamiga xalqimizning xohish-irodasi va ertangi porloq istiqboli yo‘lidagi kelgusi marralarni, odimlarni dadil bosib o‘tishida asos, mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Maxsud MUXAMMЕDOV, partiyaning Buxoro viloyati Kengashi raisi Hamidjon OMANOV, partiyaning Andijon viloyati Kengashi raisi XALQIMIZ O‘Z KELAJAGI UCHUN OVOZ BERDI Mamlakatimizning ertangi kuni va xalqimizning farovon hayoti yangidan qabul qilingan Konstitutsiyaga bevosit a b o g ‘ l i q . S h u n i n g u c h u n ham barcha hududlar kabi qoraqalpog‘istonliklar ham siyosiy tadbirda faol ishtirok etishdi. Referendum yakunlariga ko ‘ r a , Q o r a q a l p o g ‘ i s t o n Respublikasidagi 653 ta saylov uchastkasida 845 ming 352 nafar fuqaro ovoz berishda qatnashdi. Bu Qoraqalpog‘istonda jami ovoz beruvchilarning 85,79 foizini, yangilangan Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlaganlar soni esa 754 ming 441 nafar bo‘lib, bu 89,26 foizni tashkil qildi. Konstitutsiyamiz, shubhasiz, Vatanimiz taqdiri va kelajagani belgilab beradi. U n d a hech bir soha e’tibordan chetda qolmadi. Ayniqsa, biz – qoraqalpog‘istonliklarni yangilangan Konstitutsiyadan O r o l b o ‘ y i h u d u d i n i n g e ko l o g i y a s i n i m u h o f a z a qilish masalasi o‘rin olgani juda xursand qildi. Chunki hududimizda ekologik holatning yaxshilanishi aholi farovonligini oshirishga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlandi. Tajibay ROMANOV, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi. Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 33 -moddasi 50 -moddasi


O‘ZBEKISTON TANLAGAN YO‘LIDAN ORTGA QAYTMAYDI! SURXONDARYOLIKLAR HAM REFERENDUMDA FAOL BO‘LISHDI SAMARQANDLIKLAR YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANI YAKDILLIK BILAN QO‘LLABQUVVATLADILAR MUNOSABAT 5 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) Umumxalq referendumi natijalari fuqarolarimizning siyosiy tafakkuri, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi oshib borayotganini yana bir bor isbot qildi. Boisi, referendumda qatnashganlarning qaysi biri bilan suhbatlashmang, Konstitutsiyamizning yangi matni bilan to‘liq tanishib chiqqani, kiritilgan normalarda aynan o‘zining farovon hayoti, farzandlarining kelajagini ko‘rayotganini ta’kidladilar. Albatta, bu shunchaki gap-so‘zlar emas. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan tushgan 220 mingdan ziyod takliflarning to‘rtdan biri loyihada aks ettirildi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinib, Bosh Qomusimizni tom ma’noda Xalq Konstitutsiyasiga aylantirish choralari ko‘rildi. Zero, bu harakatlar O‘zbekiston tanlagan yo‘lidan ortga qaytmasligining dalolati hamdir. Sayfulla MAXMATMO‘MINOV, partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Samarqanddagi 1111 ta referendum uchastkasida bu muhim jarayonni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy choralar ko‘rildi. Joylarda o‘ tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida to‘liq tushuncha va tasavvurga ega bo‘lgan samarqandliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar. Siyosiy jarayonda ayniqsa, yoshlarning faol ishtirok etgani har jihatdan e’tiroflidir. Ularning qay biri bilan suhbatlashmang Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar eng avvalo “inson – jamiyat – davlat”, “O‘zbekiston ijtimoiy davlat” kabi tamoyillarga asoslanganini, bu esa shu yurtda yashayotgan fuqarolarning ertangi kuni bugunidanda yaxshi, farovon bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi sifatida men ham referendumda yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ma’qullab ovoz berdim. Chunki qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan partiyadoshlarimiz bergan ko‘plab takliflar Bosh Qomusimizda o‘z ifodasini topdi. Akbar AXTAMOV, partiyaning Samarqand viloyati Kengashi raisi Surxondaryoliklarning umumxalq referendumidagi faolliklari ularning o‘z taqdiriga befarq emasligini yaqqol ko‘rsatdi. Buni fuqarolarning referendum kuni ham konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, milliy qonunchiligimizda nimalar o‘zgarishi va hayotlariga qanday yengilliklar olib kirishini muhokama qilayotganlaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida mening taklifim ham yangi Konstitutsiyaga kiritilibdi, deb faxrlanganlari ham bo‘ldi. Ularni kuzata turib, yangilangan Konstitutsiya xalqimiz xohishirodasi asosida yozilgani, haqiqiy ma’noda Xalq Konstitutsiyasi qabul qilinganiga yana bir bor amin bo‘ldik. Saydulla ABDURAIMOV, partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 52 -moddasi 78 -moddasi


Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi. Xodimning ishdan bo‘shatish nafaqasi esa 200 foizgacha to‘lanadi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga qarashi uchun otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga) mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda davlat statsionar tibbiyot markazlarida bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi. O‘zbekiston hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi. Bank hisobvaraqalarini masofadan ochish imkoniyati yaratiladi. Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditini ajratishda skoring tizimi joriy qilinadi. Ayrim turdagi qurilish materiallari bojxona bojidan ozod qilinadi. Jismoniy shaxslar ayrim vositachilik yig‘imlaridan ozod etiladi. Dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Respublikaning barcha hududlarida ma’lum toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalari beriladi. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dagi shaxslarga to‘langan QQS summasi qaytariladi. 15 kun ichida ma’muriy jarimaning 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lansa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. O‘tgan yili Termiz shahridagi “Farhod” mahallasida ham xayrli ishlar qilindi. Hududdagi 6 ta ko‘p qavatli uy yonida yana 2 ta 48 va 52 xonadonli uy-joylar qurib bitkazildi. Ilgari shu uy-joylar o‘rnida 5-6 xo‘jalik yashagan bo‘lsa, endi bu joylarda yuzlab xonadonlar istiqomat qilayotir. Eng muhimi, yaqinda kam ta’minlangan, uyjoyga muhtoj 5 ta oila yangi xonadonlarga ko‘chiriladi. Qayd etish joizki, eng asosiysi bundan yosh oilalar mamnun. Yana bir e’tiborli tomoni “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham xotin-qizlar, e’tibor va ko‘makka muhtoj fuqarolarning hayotiga yengilliklar olib kirmoqda. Darvoqe, mahalla faollari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Shuningdek, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini, “5 tashabbus olimpiadasi”ni o‘tkazdik. O‘g‘il-qizlar milliy cholg‘uchilikning dutor yo‘nalishida hamda sportning taekwondo turi bo‘yicha muvaffaqiyatga erishmoqda. Mahalla hududida joylashgan 9-maktabda yoshlar bo‘sh vaqtini unumli tashkil etishi uchun sport zal qurib bitkazilgani ham bu yutuqlar sonini oshirishga xizmat qiladi. Muxtasar qilib aytganda, har bir ishning sarhisobi bor. Foydali ish esa ertangi kun uchun, ertangi sa’y-harakatlar uchun yangi qadamlarga chorlov bo‘ladi. Dilbar NORMURODOVA, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O‘zbekiston o‘zining tarixiy obidalari bilan dunyoga ma’lum-u mashhur. Shu sababli, yurtimizga kelgan har bir xorijlik sayyoh Samarqand, Xiva, Buxoro kabi shaharlarimizni tomosha qilmasdan ketmaydi. Keyingi yillarda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bilan bir qatorda hududlarni rivojlantirish va ularda turizm tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish borasida ham qator vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra, ichki turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish ham muhim masala hisoblanadi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari Elnoraxon Yakubova keyingi yillarda O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar va ularning natijalari haqida O‘zA muxbiriga intervyu berdi. – Ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari ijrosi asosida mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi, – dedi 6 JARAYON Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) YAXSHI YASHASH -YIL 1-MAY SANASIDAN MILLIY QONUNCHILIKDA NIMALAR O‘ZGARDI? Baxti 2023 RESPONDENTLARNING Ichki turizm 66,6 E.Yakubova. – Ilgari asosiy e’tibor xorijlik sayyohlarni tarixiy shaharlarimizga jalb qilishga qaratilgan bo‘lsa, endilikda ichki turizmni rivojlantirish masalasi muhim vazifa sifatida kun tartibidan o‘rin olgan. Bu esa fuqarolarimiz uchun yurtimizdagi tarixiy obidalarni ziyorat qilish, mamlakatimiz bo‘ylab oilaviy sayohatlarga borishni an’anaga aylantirishga turtki bo‘ldi. Shu tariqa, xalqimiz o‘z daromadining bir qismini sayyohlik uchun sarflash orqali yashash tarzi va dunyoqarashini birmuncha o‘zgartirishga erishdi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Biroq har bir sohada yutuqlar bo‘lgani kabi kamchiliklar ham mavjud va ularga yechim topishda muntazam choralar ko‘rish zarurligi talab etiladi. Shu maqsadda ilmiy muassasamiz olimlari O‘zbekistonda ichki turizmning rivojlanishini tahlil qildi. Bunda biz yurtimizda ichki turizmning rivojlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganish maqsadida joriy yilning martaprel oylarida onlayn tartibda so‘rov o‘tkazdik. Unda 1032 kishi ishtirok etdi. Ularning yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonliklar asosan o‘z oilasi, do‘stlari bilan sayohat qilishni afzal ko‘radi. Bu esa aholi mentaliteti va oila institutining jamiyatdagi ahamiyati bilan chambarchas bog‘liq, deyish mumkin. Ahamiyatlisi, ziyorat turizmi 53,7 foiz, tog‘ kurort turizmi 52,7 foiz, madaniyma’rifiy turizm 36,4 foiz, sog‘lomlashtirish turizmi 35,8 foiz va sohil turizmi 35,4 foiz bilan so‘rovda qatnashganlar orasida eng jozibador turizm turlari sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida ekstremal sport, festival turizmi hamda agroturizmga qiziqish ortib bormoqda. 20 savoldan iborat so‘rovda sohadagi mavjud muammolarni ham baholashga e’tibor qaratildi. Unda sayyohlarni qoniqtirmayotgan omillar uch guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhga yo‘llar sifati, mehmonxona va transport narxi, suv ta’minoti va kanalizatsiyadan foydalanish masalalari kirdi. Omillarning ikkinchi guruhiga turistik xaritalardagi noaniqliklar va ma’lumotlarning kamligi, transport, umumiy ovqatlanish joylarida gigiyena va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinmasligi, elektr energiyasi muammosi kiritildi. Omillarning uchinchi guruhidan internetda diqqatga sazovor joylar, mehmonxona xizmati, mehmonxonalarni qidirish va ovqatlanish joylarini topishga oid ma’lumotlarning kamligi joy oldi. Shu tarzda respondentlarning 66,6 foizi sanitariya-gigiyena xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yetarli emas, deb baholadi. Demak, ichki turizmni rivojlantirishda soha mutaxassislari aynan shu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishi maqsadga muvofiqdir. Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi. 46,7 foizini ayollar va 53,3 foizini erkaklar tashkil etdi. Onlayn so‘rov natijalariga ko‘ra, sayohatlar chastotasi bo‘yicha respondentlarning 1/2 qismi yiliga kamida bir marotaba ichki sayohatga chiqadi. Shu bilan birga, respondentlarning 32,3 foizi sayohat qilish va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish istagini bildirdi. Shuningdek, mablag‘ yetishmasligi va bo‘sh vaqtning kamligi ichki turizmning rivojlanishi va sayyohlik xizmatlariga talabning ortishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida qayd etilgan. Erkaklarda bo‘sh vaqtning yetishmasligi asosan ularning davlat ishida faoliyat yuritayotgani bilan izohlansa, ayollarda bo‘sh vaqtning kamligi ularning davlat ishida ishlashi yoki bolani parvarishlash bilan bog‘liq. Yosh tarkibi bo‘yicha ichki turizm iqtisodiy faol aholi orasida keng tarqalgan. Mamlakat bo‘ylab sayohat qiluvchilarning faol toifasini 26-35 yosh oralig‘idagi fuqarolar tashkil qiladi. 36-55 yosh oralig‘idagilar 33,6 foizdir. Sayohat qilishni xohlovchilar orasida aynan shu yosh guruh DEB BAHOLADI FOIZI SANITARIYA-GIGIYENA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI YETARLI EMAS,


70 foiz yoshlar telefon orqali turli xil narsalarni ko‘rishi oqibatida mehr o‘rniga nafrat, qahr tuyg‘ulari uyg‘onyapti. Qizlarni erta turmushga berishayotgani sababli oila mas’uliyatini to‘liq his qilmagan yosh NUQTAYINAZAR onalar tarbiya berishda qiynalmoqda. Ayol – ojiza, biroq kuchli, Ayol – zaifa, ammo irodali! So‘nggi vaqtlarda xotin-qizlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni ortdi. Xususan, 12 yoshli Muslima, qolaversa, Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan uch nafar qizi mansabdor shaxslar tomonidan zo‘rlangani aytilgan bo‘lsa, oradan ikki kun o‘tmay 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani haqidagi mudhish xabarlar tarqaldi. Bir hafta o‘tar-o‘tmas 27 yoshli ayol 3 bolasi bilan 9-qavatdan o‘zini tashlab, o‘zi va farzandlari joniga qasd qildi. Biroz o‘tmay Qo‘qon davlat pedagogika instituti yotoqxonasid a qi zla r n i ng xonasiga yashirin kamera o‘rnatilgani aniqlandi. Bugun farzandining kelajagi, ayniqsa, qizlarining taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir otaonaning ko‘nglida xavotir. Ijtimoiy tarmoqlarda kundakunora tarqalayotgan bu kabi zo‘ravonliklar jamiyatning og‘riq nuqtasiga aylanib ulgurdi. Tahlillarga ko‘ra, oilalarda, asosan, er-xotin o‘r tasida kelishmovchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan. Qaynona va boshqa oila a’zolari bilan bog‘liq tushunmovchiliklar esa nisbatan kam. O‘tgan uch oy mobaynida huquq-tartibot idoralar iga zo‘ravon li k ka uchragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Qizlarni erta turmushga 7 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) Ayol QURBONI MENTALITET BO‘LMASIN! berish, yigitlarni hali oila mas’uliyatini his qilmay turib uylantirish oqibatida o‘tgan vaqt mobaynida ajrimlar soni ham keskin oshib ketdi. 2021-yilda ajrimlar 39 ming 227 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, 48 ming 734 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1 yil ichida ajralish holati 24 foizga oshganidan dalolat beradi. Bi r q a t o r q o n u n c h i l i k hujjatlarida xotin-qizlarni himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash borasida talay vazifalar belgilangan, ammo shunga qaramay zo‘ravonliklar ortib borayotganligi kishini xavotirga soladi. Ja m iy a t i m i z d a bu n d ay holatlar ko‘payib ketishiga asosiy sabab nima? El orasida ushbu illatlarning chuqur ildiz otmasligi uchun qanday zaruriy choralar ko‘rish kerak? M a v z u y u z a s i d a n b u kabi ko‘ngilsizliklarga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz hamda jamoat faollariga yuzlandik. Mashhura Musamuhammedova, Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” MFY faoli: – J a m i y a t i m i z d a zo‘ravonliklarning ko‘payishiga tarbiyaning sayozligi, oiladagi muhitning notinchligi, birbi r iga b o‘lga n meh r n i ng yo‘qligi, o‘zidan boshqa odamni o‘ylamasligi, yosh bolalarning b e q a r o v q o l i s h i s a b a b bo‘layapti, deb o‘ylayman. Otaonalar farzandi uchun mehnat qilayotgan vaqtda, bolalar uyda yolg‘iz qolayapti, mobil telefonda bo‘lar-bo‘lmas videolar, har xil axloqbuzar narsalar ko‘rib vaqt o‘tkazayotgani tufayli kasb tanlashda, o‘z o‘rnini topishda qiynalyapti. Bu n i ng uchu n, ot a- ona bolasini yoshligidan boshlab tarbiyasiga befarq bo‘lmay, mehr-oqibatli qilib o‘stirishi ke r a k . H ayo t i d avo m id a qiyinchiliklarga uchraganda sabr bilan yengib o‘tish kerakligini uqtirishi zarur. Vaholanki, 70 foiz yoshlar telefon orqali turli xil narsalarni ko‘rishi oqibatida mehr o‘r niga nafrat, qahr tuyg‘ulari uyg‘onyapti. Qizlarni erta turmushga berishayotgani sababli oila mas’uliyatini to‘liq his qilmagan yosh onalar tarbiya berishda qiynalmoqda. Bobo va buvilar nabiralariga pandnasihat berib, bolaligidan oila, ornomus tushunchasini singdirib, dunyoviy ham diniy bilim bersa, bunday holatlar kamayadi. Ota-onalar, oiladagi kattalar farzandiga har taraflama o‘rnak bo‘lishi kerak. Chunki tarbiya oilad a n bosh la nad i. Bola yoshligida olgan tarbiyasini umrining oxirigacha yodida tutadi. Barcha narsada oiladagi muhitning o‘rni katta. Qizlarni ham yigitlarni ham turmushga tayyorlash kerak. Yosh turmush qurayotganlarda ajralish soni juda ko‘p. Chunki oilada erka bo‘lib o‘sgan qiz birovning uyiga Bu kabi holatlar insonlarda iymonning sustlashayotganidan dalolat. Buning uchun butun jamiyat kurashishi kerak. Ayol qul emas, kimningdur xo‘rlashi uchun dunyoga kelmagan. U oila bekasi, yetuk farzandlarning onasi bo‘lishi zarur va har bir inson shunday nigoh bilan qarashi lozim! Rizo Ahmad, filologiya fanlar doktori, professor, yozuvchi: – Oxirgi vaqtlarda bo‘layotgan voqealarni ko‘rib, avval ham shundaymidi, deb ko‘p o‘ylab qolaman. Yo‘q, deb ortidan javobini ham aytaman. Chunki, bizning paytda, kimnidir chin dildan sevsa, barmog‘ini ham tekkiza olmas edi. Oriyat degan tuyg‘u kuchli edi. Hozir unday emas, ayniqsa, yigitlarda tarbiya masalasi oqsayotgandek. Otaonalar farzandlarini juda erkin, bo‘sh qo‘yishyapti, shuning uchun ular istagan ishini qilayapdi. Onaga, ayolga past nazar bilan qaramaslik kerak. Ayol kishining yonida so‘kinib bo‘lmaydi. Lekin yigitlarga farqi yo‘q. Yonida so‘kinmaslik tugul ayollarni so‘kib turibdi. Men ko‘chakuyda yurganimda odamlarni kuzataman. Ota-onaga, atrofdagi odamlarga nisbatan mehr uyg‘otish kerak. Masalan, farzandlar otaonasini ko‘rishga boradi ana o‘sha vaqt bolasi ham yonida bo‘lishi kerak. Non, olma, shirinlik olib ketayotganini, onasi yegisi kelgan narsani olib borayotganini ko‘rsin, yoshligidan ko‘nikma hosil bo‘lsin. Tarbiyani mana shunday berish kerak. Keyin “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” – degan naqlni esdan chiqarmaslik lozim. Yoshlarning tarbiyasiga mahalla, mas’ul xodimlar ham befarq bo‘lmasagina bu kabi ko‘ngilsiz voqealar bo‘lmaydi. Zebo Fazliddinova, Turk tili fani o‘qituvchisi: – Men Turkiyada o‘qib, i s h l a y o t g a n v a q t l a r d a z o ‘ r a v o n l i k l a r h a q i d a eshitganman. Chet elda ham baxtsiz hodisalar uchrab turadi. Turkiyada zo‘ravonlik holatlari ko‘p bo‘lgani bilan chora-tadbir ham shunga yarasha. Xotin-qizlar o‘z haq-huquqini talab qila oladi va hattoki, uyali telefonlarga maxsus ilova o‘rnatilgan. Xavfxatarni sezishingiz bilan ana shu ilova orqali xabar bersangiz ichki ishlar xodimlari darrov yetib keladi. Internet rivojlangandan buyon, zo‘ravonlik ka doir voqealar ham mediada yoritila boshlandi va hamma birgalikda kurashib, birgalikda harakat qilib, ayolla r n i ng huquqi toptalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekistonda ham internet ancha rivojlangani sababli yashirishning iloji bo‘lmay qoldi. O‘zbeklarga millatni uyg‘otuvchi Cho‘lpon, Furqatlar yana kerak… Feruza Omonboyeva, O‘zJOKU internet jurnalistika va media menejment fakulteti talabasi: – Xotin-qizlarga zo‘ravonlik oldin ham bo‘lgan, hozir ham bor. Shunchaki oldin internet unchalik rivojlanmagani hisobiga xabarlar tez tarqalmagan. Zo‘ravonlik ko‘pchilik hollarda oilada kuzatilyapti. Oiladagi muhit, tarbiya, ayollarning oiladagi o‘rni pastligi bunga sabab, deb o‘ylayman. Misol uchun, oilada onaning o‘rni bo‘lsa, o‘g‘il farzand onasini hurmat qilib, yaxshi ko‘rib voyaga yetsa, boshqa ayollarni ham shunday hurmat qiladi. Ayol qadrlangan, hurmat qilingan muhitda ularga nisbatan zo‘ravonlik bo‘lmaydi, jamiyatda ham bu kabi illatlar kamayadi. Jamiyatda huquqiy ong va hu q u qiy m a d a n iy a t n i yuksaltirish barobarida ayollarga xizmatkor nigohi bilan emas, kelajak avlodni tarbiyalaydigan ona sifatida qaralsa, qizlarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmay o‘z haq-huquqini talab qila oladigan, o‘ziga ishongan ruhda ulg‘aytirish yuqoridagi turli xil ko‘ngilsiz voqealarning oldi olinishiga sabab bo‘ladi. Bir uyning bekasi bo‘ladigan, Vatanimizga olim va olimalarni yetishtirib beradigan qizingizni ilm olish baxtidan mahrum qilmang. Donolarimiz: “O‘g‘il bolaning ilm olishi – bir kishiga, qiz bolaning o‘qitilishi esa butun jamiyatga ta’lim berish bilan teng” – deb bejizga aytishmagan. Gulshanoy ALIJONOVA, O‘zJOKU talabasi. uza.uz borganda sabr qilmagani uchun, yigitlarda esa oila mas’uliyatining yo‘qligi yoki juda kamligi uchun yaqin ikki yilda ajrimlar soni oshib ketdi. O‘ylab qarasangiz, qaynona bilan kelin o‘rtasidagi janjal arzimagan narsadan kelib chiqadi, lekin oqibati, natijasi katta. O‘qituvchilik vaqtimda ham talabalarimning oilasiga borganmiz. Muammoni o‘rganib, yosh oilalarning buzilib ketmasligiga harakat qilganmiz.


XALQAROHAYOT 8 uyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish – avlodlar milliy iftixor tuyg‘usi asosidir. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy nomini eshitganimizda hamisha ko‘z oldimizda yurt kelajagi uchun intilgan, ilmu ziyo ulashish yo‘lida jon kuydirgan ma’rifatparvar ijodkor gavdalanadi. Ijod yo‘lini bolalik chog‘laridan boshlagan shoir Qo‘qon shahrining Bekvachcha mahallasi (hozirgi Muqimiy ko‘chasi)da dunyoga kelgan. Otasi Mirzaxo‘ja Mirfozil o‘g‘li novvoy bo‘lgan, onasi Bibioysha Sayidolim Nodirshayx qizidir. Oilada besh farzand bo‘lib, Muhammad Aminxo‘ja uchinchi farzand edi. Uning shoirona tabiati ko‘p jihatdan onasiga tortgandi. Chunki onasi xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilgan bilimli ayol edi. Muhammad Aminxo‘ja xatsavodini mahallasidagi Abduhalil domla maktabida chiqaradi. U hattotlikka ham qiziqib, qo‘qonlik mashhur hattot Muhammad Yusufdan husnixat o‘rganadi. O‘zining birinchi she’rini esa o‘n yoshida yozadi. Shoir 15-16 yoshlaridan boshlab “Muqimiy” (“doimiylik”) taxallusida she’rlar yoza boshlaydi. Uning ijodida asosan adolat, umid, odamiylik hamda jamiyatdagi ayrim insonlar kirdikorlari bosh mavzu bo‘lganini ta’kidlashimiz joiz. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy el orasida sayohatchi shoir sifatida ham taniladi. Zero, shoirning “Sayohatnoma” asarida davr ziddiyatlari, chor hukumatining xalq boshiga solgan kulfatlari, zolim va adolatsiz hokimlar ayovsiz tanqid qilingan, xaroba va vayronaga aylangan qishloqlar tasvirlangan edi. Yana bir gap: ushbu asar muallifning safar hisoboti yoki tor shaxsiy kechinmalari majmuasigina bo‘lib qolmay, aksincha, uni mustamlaka tuzumi va ijtimoiy hayotning qator muammolarini tanqidiy nazar bilan tahlil etuvchi badiiy asar sifatida baholash mumkin. Ma’lumki, biror bir tarixiy davr ruhini bilish, xalqning turmush tarzi, shu davrga xos ijtimoiy munosabatlarini yaxshiroq anglash uchun bevosita adiblarimiz asarlariga murojaat qilish lozim. Bu borada samarali usullardan yana biri adib va yozuvchilar asarlarida saqlanib qolgan ma’lumotlarni o‘sha davr nafasi hamda shukuhi ila teran anglash va tahlil etishdir. Ta’kidlash joizki, Muqimiy ijodi XX asrda keng miqiyosda o‘rganilgan, u haqda kitoblar, to‘plamlar, shoirning devonlari nashr qilingan bo‘lsa-da, uning ijodi yurtimiz mustaqilligiga qadar bir taraflama, faqat sobiq sovet hokimiyati manfaati nuqtayi-nazaridan o‘rganilgan edi. Ittifoq davri adabiyotlarida Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayoti va ijodi maktab darsliklarida qisqacha keltirilgan. Shu sababli Muqimiyning dardi va ichki kechinmalari to‘liq ifodalanmagan. Muqimiy haqida gap ketganda Nikolay Ostroumov maqolasida shoirning shaxsiga yetarlicha baho berib, Muqimiyni o‘quvchiga qalandarsifat, darvesh bir qiyofada taqdim etadi. Yana bir gap: Sobiq Ittifoq davrida shoirning diniy, tasavvufiy mazmundagi asarlari ham o‘rganilmadi, tadqiqot doirasiga tortilganlari ham mazmuni buzilgan holda o‘quvchiga taqdim etildi, xolos. Muqimiy haqida, uning ijodi haqida gap ketganida uning dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni keltirganini ko‘rish mumkin. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks etgan. “Tanobchilar”, “Saylov”, “Dar mazammati zamona”, “Hajvi halifai Mingtepa”, “Devonamen”, “Ko‘samen”, “Hayron qildi loy”, “Pashshalar”, “Shikoyati bezak”, “Ta’rifi pech”, “Aroba qursin”, “Loy” kabilar shunday asarlar sirasiga kiradi. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning chin vatanparvar va millatparvarligiga uning o‘limi oldidan o‘z do‘stlari Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, Qurbiy va Akobir Maxdumlarga qilgan vasiyat xatida Turkiston yoshlari ilmsiz qolmasligi va mustaqillikka erishish uchun kurashishdan to‘xtamasliklarini yozib qoldirgani misol bo‘lishini ham aytish joiz. So‘zimiz yakunida uning “Kelur seni ham yo‘qlagudek bir zamon yaxshi” degan misralari biz yashayotgan davrga mos kelishini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shahina MAMAYUSUPOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-kurs talabasi MUQIMIY IJODI NЕGA YUZAKI O‘RGANILGAN EDI? Luksorda olib borilgan qazishmalar payti arxeologlar miloddan avvalgi XII asrda Misr fir’avnlari qabrlarini qurishda ishtirok etgan hunarmandlar pullik kasallik ta’tili olishlari yoki bepul tibbiy yordam olishlari mumkinligini ko‘rsatadigan yozuvlarni topdilar. Bundan ko‘rinadiki, Qadimgi Misrda sog‘liqni saqlash tizimi mavjud bo‘lgan. Internet materiallari asosida F.Xodjayeva tayyorladi. «The Guardian» nashrining xabariga ko‘ra, Britaniyalik shifokor va olimlar saratonni samarali aniqlash uchun sun’iy intellekt dasturi yaratdi. Sun’iy intellekt kompyuter tomografiyasi asosida g‘ayritabiiy holat yoki kasallik mavjudligini aniqlaydi. Nashrga ko‘ra, u natijani yuqori samaradorlik bilan amalga oshiradi, bu esa kelajakda saratonni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi. ENDI SARATONNI ANIQLASH MUMKIN “The Guardian” Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels hududida mahalliy aholining uyidan timsoh topilgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, mamlakatning Umina shahri hududida mahalliy kishilardan biri sudralib yuruvchilar bog‘iga murojaat qilib, uning uyida timsoh borligini xabar qilgan. Timsohlar bo‘yicha mutaxassis buni eshitib, hayratda qolgan. Sababi, bunday turdagi jonivorlar ushbu hududdan 2500 kilometr shimolda uchrab, Umina uchun noodatiy hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, urg‘ochi timsohning uzunligi bir metrga yetadi, yoshi esa taxminan 8-10 da ekani aytilgan. Chuchuk suv timsohlari sho‘r suvlarda yashaydigan turdoshlariga nisbatan kamroq xavfli bo‘lsada, insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Uminadan topilgan timsoh o‘z odatiy populyatsiya hududidan qanchalik uzoqda ekani hisobga olinsa, jonivorni bu yerga tashlab ketishgani oydinlashadi. TOMORQADAN TIMSOH TOPILDI 2022-YILDA OLTIN QAZIB OLUVCHI YETAKCHI DAVLATLAR: Xitoy - 330 tonna Rossiya – 320 tonna Avstraliya – 320 tonna Kanada - 220 tonna AQSH - 170 tonna Meksika - 120 tonna Qozog‘iston - 120 tonna Janubiy Afrika - 110 tonna Peru - 100 tonna O‘zbekiston - 100 tonna INFANTINO TOSHKENTGA KELADI FIFA prezidenti Janni Infantinoning Markaziy Osiyo bo‘ylab safari boshlandi. Infantino ertaga Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kongressida ishtirok etib, so‘ngra Turkmanistonga yo‘l oladi. FIFA prezidenti har bir mamlakatda bir kunni o‘tkazadi. Keyingi manzil: Ostona va Bishkek bo‘lib, safar Toshkentda yakunlanadi. QADIMDA HAM “BOLNICHNIY”LAR BO‘LGAN EKAN B Adabiyot Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201)


9 Ota boshini changallaganicha: “onam u deydi, san bu deysan. Ota bo‘lganimga xursand bo‘laymi, sizlarga qozi bo‘laymi” deya baqiradi... Chorshanba 3-may, 2023-yil MULOHAZA №13 (1201) Daniyaliklar farzandiga ism qo‘yishda hukumat tomonidan tasdiqlangan 7000 ta ismdan birini tanlashi, ammo biror bir noyob nomni xohlasa, buning uchun hukumatdan ruxsat olishi kerak ekan. Qayd etilishicha, mamlakatda Jakobp, Ashleiy, Anus, Monkey va Pluto ismlari ta’qiqlangani bois ushbu ismlardan birini qo‘yish mumkin emas ekan. Bularni o‘qib turib bir voqea esimga tushdi. Tug‘uruqxonada yangi chaqalog‘ini uyiga olib ketayotganidan xursand ota-ona, ikkinchi tomonda ho‘ngrab yig‘lagancha bir nimalarni gapirayotgan kelinchak. Ota boshini changallaganicha: “onam u deydi, san bu deysan. Ota bo‘lganimga xursand bo‘laymi, sizlarga qozi bo‘laymi” deya baqiradi... Xullas, ism tanlash jarayonida kechayotgan “duel” hamshiraning bu yer kasalxona ekanini eslatmagunicha davom etdi. Tasavvur qiling: bunday paytda oila a’zolarining biri oqlovchi, boshqasi qoralovchi. Lekin na nevaramga o‘zim ism qo‘yaman deb oyoq tirab turib olgan qaynona (ona) va na men tug‘dimmi, isminiyam o‘zim qo‘yaman, deb turgan kelin shundoq ham murakkab hayotni yanada murakkablashtirayotgani, bir ismni deb oqibatni yo‘qotib, o‘rtadagi rishtalarga darz ketayotganiga parvo qilishmasdi. O‘g‘il boshini changallagan, kelin yig‘layapti, qaynona qani kimni aytgani bo‘larkan, deb qo‘li belida. Oila ustuni – OTA (qaynota) esa shunchaki jim, tamaki tutatyapti... Axir, qadimdan meros bo‘lib kelayotgan o‘zaro hurmat, andisha oilaviy qadriyatlarimiz qayerda qoldi? Yoki otalarning so‘nggi so‘zni aytadigan davrlari ortda qoldimi? Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikamizda bir kunda 2000 nafardan ziyod chaqaloq tug‘ilar ekan. Bir kunda yuqoridagi kabi qancha mojaro yuz berayotgan, nechta kelin yig‘lagan, qancha qaynona “zulm” to‘qmog‘ini ko‘targan, necha ming er boshini changallab, yana qancha ota (qaynota) sukut saqlayapti ekan?! Xullas, yon-atrofimizda sodir bo‘ladigan bu kabi tortishuvlar haqida siz ham eshitgan bo‘lishingiz tabiiy. Lekin bir savolga javob yo‘q. Nahotki, farzandiga munosib ism qo‘yish uchun murosaga kelish, andishasizlik chegarasini saqlash shu qadar qiyin bo‘lsa? Mahbuba KARIMOVA 1992-yilning 25-avgustidan 26-avgustiga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining “May” qishlog‘idagi bojxona postida xizmat vazifasini bajarayotgan paytda 28 yoshli bojxona xodimi Saidakbar Najimov noma’lum shaxslar tomonidan yovuzlarcha o‘ldirilgan. Dastlab, jinoyatchilar Saidakbarning ogohlantirish va buyrug‘iga itoat qilmay, unga qarab o‘q uzishgan. S.Najimovning to‘pponchasidan ham sakkiz marta o‘q uzilgan bo‘lsa-da, jinoyatchilar ko‘pchilik bo‘lgani sababli ular qo‘li baland kelgan. Jangda qo‘li baland kelgan nomardlar xodimni o‘ldirib, unga tegishli hujjat va to‘pponchani olib, jinoyat izini berkitish maqsadida jasadni yaqindagi ko‘lmakka tashlab, uni qamishlar bilan yashirishgan. O‘sha kezlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining birinchi raisi vazifasida ishlardim. Vatanini himoya qilish uchun shahid ketgan Saidakbarning janozasida yurt dushmanlarini la’natlayotgan hamkasblarimiz ko‘zidan oqayotgan yosh, bo‘g‘zidan otilayotgan faryod... Bularni ko‘rish, unutish oson emas edi... Sir emaski, Vatan xoinlariga yurtimiz mustaqil bo‘ladimi, boy bo‘ladimi yoki kambag‘almi, faqat o‘zlarining cho‘ntaklari to‘lsa bo‘ldi. Shiorlari – Vatanni, vijdonni, odamiylikni sotib bo‘lsa-da, mablag‘ to‘plash. Buning uchun bir tuproqda ulg‘aygan millatdoshini nimtalashdan ham toymaydilar. Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasining Qibray tumani “May” qishlog‘idagi bojxona posti uning nomi bilan atalayotganiga ham shuncha yil bo‘ldi. Uning byusti bu yurtga ko‘z tikkan olchoqlarga mag‘rur qarab turibdi. Shahidlar xotirasi mangudir! Uraimjon ABDUGANIYEV, “O‘zbekiston bojxona faxriysi”, iste’fodagi general-mayor ANDISHASIZLIK CHEGARASI 9-may – Xotira va qadrlash kuni VATAN TUPROG‘INI KO‘ZGA SURGANLAR JASORATI MANGUDIR! “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi har yili siyosiy partiyalarning moliyaxo‘jalik faoliyati tekshiruvini o‘tkazadi. 2023-yil 14-fevraldan 6-mart kuniga qadar Hisob palatasi tomonidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yil davomidagi daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlari haqqoniyligini o‘rganish yuzasidan tekshirish o‘tkazdi. Pa r t iya o‘z mol iyav iy xo‘jal i k faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy par tiyalar to‘g‘r isida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga, o‘z Ustav va Dasturiga muvofiq amalga oshirdi. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida 14 ta hududiy tashkilot, 208 ta tuman, shahar partiya Kengashlari hamda 7130 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib borgan. Partiya a’zolari soni 374 556 nafarni tashkil etgan. Partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga aylangan deputatlari soni 36 nafarni tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari 1250 nafar deputatdan iborat. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Ustaviga muvofiq partiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari – Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, a’zolik badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari hamda amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa barcha tushumlardan iborat. 2022-yil 1-yanvar holatiga partiya hisob raqamlaridagi qoldiq 3 milliard 282 million 300 ming so‘mni tashkil etgan. 2022-yilda partiya hisob raqamlariga 24 milliard 848 million 100 ming so‘m miqdorida mablag‘ kelib tushgan. Jumladan, partiyaning Ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 22 milliard 771 million 100 ming so‘m, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, shahar va tuman deputatligiga saylovlarida ishtirok etish uchun 22 million 900 ming so‘m, a’zolik badallaridan 1 milliard 917 million 900 ming so‘m, homiylik, xayriya tushumlar 4 million 500 ming so‘m, boshqa tushumlardan 131 million 700 ming so‘mni tashkil etdi. 2022-yildagi partiyaning sarf-xarajati 24 milliard 270 million 500 ming so‘mni tashkil etgan. Shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ish beruvchining ajratmalari xarajatlariga 18 milliard 703 million 800 ming so‘m; * xizmat safari xarajatlariga 147 million 800 ming so‘m; * dasturiy vazifalar bilan bog‘liq xarajatlarga 1 milliard 284 million 200 ming so‘m; * asosiy vositalar bo‘yicha xarajatlarga 308 million 500 ming so‘m; * tovar-moddiy zaxiralari xarajatlariga 392 million 300 ming so‘m; * kommunal xizmatlar xarajatlariga 40 million 800 ming so‘m; * telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlariga 249 million 700 ming so‘m; * yonilg‘i va YOMM xarajatlariga 226 million 200 ming so‘m; * ijara xarajatlariga 1 milliard 193 million 500 ming so‘m; * saqlab turish va joriy ta’mirlash xarajatlariga 535 million 900 ming so‘m; Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, shahar va tuman deputatligiga saylovlarida ishtirok etish uchun qatnashish xarajatlari 6 million 900 ming so‘m sarflangan. Boshqa xarajatlarga 1 milliard 167 million 100 ming so‘m sarflangan. “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASINING 2022-YIL MOLIYAVIY FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT Sarhisob


Yaxshilikni 10 INSONIYLIK Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) OAV ma’lumotlariga qaraganda, 2022-yilning birinchi yarmida Yer yuzida qochqinlar soni 100 milliondan oshgan. BMT ekspertlari esa dunyoda 3,503 873 nafar odam ochlikdan vafot etgani, 869 181 153 nafari ayni paytda ochlikdan aziyat chekayotganini ta’kidlashmoqda. So‘nggi ikki yilda yuz bergan notinchliklar, qurolli to‘qnashuvlar va tabiiy ofatlar sabab yetim qolayotgan bolalar haqida esa aniq bir ma’lumot yo‘q. Chunki bu ko‘rsatkich soat sayin o‘zgaryapti. Bundan eng ko‘p aziyat chekayotganlar ayollar va bolalardir. Bu ma’lumotlarni o‘qib turib, kuni kecha AzonTVda efirga berilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida 9 nafar yetim bolalarni asrab olgan taniqli tadbirkor, «Murad Buildings» kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning gaplari yodimga tushdi: «Barcha amallarimiz va ishlarimiz singari, hayotiy shiorimiz, hayotimizning mazmuni bo‘lgan maqsad – Robbimizning roziligidan umid qilgan holda shu qarorga kelganmiz. Chunki Yaratganga qaysidir bir amalimiz maqbul kelishi va jannatga tushmoq uchun shu amalning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin, deyishadi. Lekin o‘sha qaysi amal ekanini aniq bilmaymiz. Balki shudir, deya umid bilan amal qilamiz. Yetimlar boshini silagan musulmon Rasululloh(s.a.v)ga qo‘shni bo‘ladi, degan hadislar ham bor. Yetimlarga otalik qilsak, ular boshini silab, mehr berishga hissa qo‘shsak, deb orzu qilganmiz». Ha, yaxshilikning katta, kichigi bo‘lmaydi, uning mukofoti Haqdandir deyiladi, hikmatlarda. Yana bir gap. «Toshkent non shahri» videofilmini qancha tomosha qilmang, har gal ko‘zingiz yoshlanadi. Darhaqiqat, g‘ala-g‘ovurli, inqiroz xaritasi chizilayotgan, ochlik emas, ochko‘zlik vahimasi xuruj qilayotgan bugungi kunda butun dunyo Mahkamovlar singari insonlarga muhtojdek go‘yo. Afsuski, vaqtga yugurib yetolmayotgan bir paytimizda moddiy narsalar ortidan quvishga odatlanib qoldik. Ba’zan yon qo‘shnimizning tashvishidan xabarsiz qolamiz. Nomai amolimizga nimalar yozilishi haqida emas, balki karmonimizga qancha tushishi eng katta muammoga aylanib borayotgani ham xavotirli. Shukurki, oramizda saxovatli insonlar bisyor. Tan olaylik, pandemiya ular safini yanada kengaytirdi. Eng muhimi, xalqimizga xos qadriyatlar – bemorlar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, yetimlar boshini silash, bir so‘z bilan aytganda, saxovatpesha, oqibatliligimiz yana qaytyapti. Shu o‘rinda yana Murod Nazarovning fikrlaridan iqtibos keltirishni istadik: «Aslida farzand ham omonat. Farzand nega insonga berilishini aksariyat musulmonlar yaxshi tushunadi. Lekin tushunmaydiganlar ham bor. Ba’zilar bolalaridan yaxshilik kutishini aytadi. Ertaga qariganida unga qaramay ketib qolishidan qo‘rqishadi. Bu noto‘g‘ri. Ota-onaning vazifasi – yaxshi ism, to‘g‘ri tarbiya va ilm berish, farzandlariga namuna bo‘lib, mustaqil hayotga qo‘yib yuborishdir. To‘g‘ri tarbiya olgan bola shundog‘am ota-onasini yolg‘iz tashlab qo‘ymaydi. Farzanddan biror narsa kutish yaxshi emas. Nafaqat yangi asrab olingan bolalar, hatto o‘z biologik bolalaringiz ham omonat hisoblanadi. Ular uchun ertaga Xudo oldida javobgarmiz hammamiz. Ertaga komil inson bo‘lib yetishib chiqishiga men mas’ul hisoblanaman. Ertaga bolalarim qiladigan savob yoki gunoh amallar uchun ham mas’ulman. Oilamizda shunday tartib o‘rnatganmizki, bolalarimiz bizdan boylik qolishini umid qilmaydi. Biz oldindan aytganmiz: mustaqil hayot boshlagunlaringga qadar sizlarga yordam beramiz. Ertaga o‘zlaring pul topasizlar. Biz topgantutganlarimizni o‘zimiz atrofdagilarimizdan umid qilgan holda sarf qilamiz. Hamma bolalarimiz buni yaxshi tushunishadi. Xayollariga ham keltirishmaydi. Biz axir bilmaymiz qaysi amalimiz Robbimga yoqishini. Xullas, yetimxonadan oilamizga farzand qabul qilishimizdan maqsad ham shu – balki shu amalimiz boshqa amallarimiz ichidan maqbulroq bo‘lar. O‘zi 5 nafar farzandimiz bor edi. Yana 9 nafar farzand oldik, jami 14 nafar bo‘lishdi». «Baqara» surasida aytiladiki: «Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingizda emas. Yaxshilik, kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa. Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir». Odatda odamlar yaxshilik matlub ekani haqida ixtilof qilmaydilar. Yaxshilik nima OBYEKTIVLARGA EMAS, KO‘NGILLARGA MUHRLANG... Ular uchun ertaga Xudo oldida javobgarmiz hammamiz. Ertaga komil inson bo‘lib yetishib chiqishiga men mas’ul hisoblanaman. Ertaga bolalarim qiladigan savob yoki gunoh amallar uchun ham mas’ulman.


MUTOLAA 11 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) Kunlarning birida Amerikada chiqadigan yirik gazetaning rahbari bilan hamsuhbat bo‘lib qoldik. U o‘zbeklar nima uchun mahallani bunchalik hurmat qilishini, nega mahalla to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilinganini so‘radi. Mahalla degani qanday institut ekanini tushuntirib berishimni iltimos qildi. – Men sizga mahallani tushuntirishga ojizman, janob, dedim rostini aytib. – Uzr-ku, siz uni baribir tushunmaysiz… Buning uchun siz ham, men ham aybdor emasmiz… Hamma gap hayot tarzining qanday shakllanganida. Tasavvur qiling. Sizlarda farzand voyaga yetishi bilan ota o‘g‘liga atalgan ulush – kapitalni beradi. Shu kundan boshlab yigitcha mustaqil hayotga qadam qo‘yadi va o‘z kunini o‘zi ko‘radi. O‘g‘il bir oydan keyin burnini tortib kelsa, otasi uni haydab yuboradi…Bizda esa, otaona bolani voyaga yetkazadi. Uylantiradi. Uyli-joyli qiladi. Bu ham yetmagandek, nevaralariniyam ortmoqlab yuradi. Xullas, bola-chaqam deb umri o‘tganini bilmay qoladi. Sizlarda o‘n olti yashar bola otasi bilan ellik dollar talashib, sudga murojaat etsayu, g‘olib chiqib, otasini ming dollar jarima to‘lashga majbur qilsa, bu – demokratiya tantanasi sanaladi. Bizlarda shunday hodisa ro‘y bersa, bunaqa bolani «oqpadar» deydilar va bir umr la’natlaydilar. Sizlarda Los-Anjelesda yashaydigan ota vafot etib qolsayu, Vashingtonda turadigan o‘g‘il vazirlikdagi yumushlari ko‘pligi uchun dafn marosimiga borolmasa, uni birov malomat qilmaydi. Bizda Surxondaryoning olis qishlog‘ida yashaydigan ota vafot etib qolsayu, Toshkentda turadigan o‘g‘il vazirlikda ishi ko‘payib ketgani uchun otasini so‘nggi manzilga o‘z yelkasida ko‘tarib bormasa, bunaqa vazirdan hamma yuz o‘giradi. Sizlarda, masalan, bir qiz begona erkak bilan… nima desam ekan… noqulayroq vaziyatda turgan bo‘lsayu, uni yon qo‘shnisi ko‘rib qolib, qizining otasiga xabar qilsa, ota uni sudga berishi mumkin: qizining shaxsiy hayotiga aralashgani uchun. Bizda, mabodo shunday holat ro‘y berib qolsa, qo‘shni qizga qattiq dashnom berishi, qo‘lidan yetaklab, otasining oldiga olib borishi mumkin. Qizning otasi unga minnatdorchilik bildiradi: qizining or-nomusini himoya qilgani uchun. Sizlarda bir qo‘shni ikkinchisidan «Kecha uyingizga qanday mehmon keldi?» deb so‘rasa, narigi qo‘shni ranjishi mumkin. Birovning uyiga kelgan mehmon bilan birovning nima ishi bor? Bizda esa birovnikiga mehmon kelsa, yon qo‘shnisi albatta xabar oladi. Iloji bo‘lsa, mehmonni o‘zinikiga taklif qilib, oldiga dasturxon yozadi. Sizlarda, deylik, o‘n yil turmush kechirgan oilaning bekasi kunlarning birida eriga «Azizim, men boshqa birovni sevib qoldim, kel, orani ochiq qilaylik, bolalarni xohlagan paytingda ko‘rib turasan yoki «mehribonlik uyi»ga topshirsak ham bo‘ladi, desayu, er jahl ustida qo‘l ko‘targudek bo‘lsa, xotin o‘sha zahoti advokatini chaqirib, erini sudga beradi. Mabodo, erkakning ko‘ngli oilasidan sovigan bo‘lsa, amalda uni ham ayoli bilan yashashga majbur qilish mumkin emas. Bu – inson erkini himoya qilish hisoblanadi. Bizda ayol kishi nobob eridan bezor bo‘lib, advokat chaqirmaydi, sudga bormaydi, mahallaga chiqadi. Mahalladagilar ayol huquqini kamsitmaydi, ammo «Qamatib yubor bunday battolni», demaydi ham. Ayolga jinday sabr qilishni, ikki go‘dakning ko‘zyoshini oqizmaslikni maslahat beradi. Erkakni chaqirib olib, ayolini tag‘in xafa qilsa, begunoh bolalarni «tirik yetim» qilsa, uni mahalladan badarg‘a qilib yuborishgacha chora ko‘rishini tushuntirib qo‘yadi. Sizlarda bu – inson huquqini poymol qilish, ayolga «feodallarcha munosabat» deb baholanishi mumkin. Bizda esa buning oti oilani saqlab qolish, norasida bolalar manfaatini himoya qilish deb ataladi. (Harqalay o‘ttiz yashar erkak yoki ayol huquqini himoya qilgandan ko‘ra, yetti yoki besh yashar bola huquqini himoyalash afzalroq, deb sanaladi). Bilmadim, balki sizdagi odatlar yaxshiroqdir. Balki bizdagisi ma’quldir. Buyuk o‘zbek olimi Beruniy bundan ming yil avval yaratgan «Hindiston» kitobida «Biron xalqning u yoki bu udumiga baho berishda «bunisi menga yoqadi, unisi esa yoqmaydi», – deyishga hech kimning haqqi yo‘q, negaki har bir xalqning an’analari yillar mobaynida shakllangan va o‘sha xalqning hayot tarziga aylangan», – deb yozgani bejiz emas. Sizlarda individualizm – shaxs manfaati kuchli. Bizda kollektivizm – jamoaviylik, boshqalar manfaati uchun o‘z manfaatidan kechishdan og‘rinmaslik udumi qadimdan bor… Bilib turibman, janob, mahalla degani nimaligini baribir tushuntirib berolmadim. Ammo bor gap shu… O‘tkir HOSHIMOV MENTALITET ekanligi haqida ixtilof qiladilar. Har kim o‘z yo‘lini yaxshi deb tushunadi. Yaxshilik ma’nosiga o‘zicha ta’riflar beradi, chegaralar qo‘yadi, belgilar belgilaydi. Ular ko‘pincha yaxshilikni belgilashda aqllarini, ota-bobolaridan qolgan urf-odatlarni, o‘zlari yashab turgan jamiyatdagi o‘lchovlarni tushunadilar. Birlari yaxshilik deb tushungan narsani, boshqalari mutlaqo yomonlik deb tushunishlari ham mumkin. Demak, yaxshilikning ham turli qiyofalari va o‘lchovlari bor ekan. Muqaddas kitobimiz Qur’oni karimda ushbu masala bo‘yicha bir qancha oyatlar kelgan. Xususan, yetimni o‘z qaramog‘iga olib, uni kiydirib, yedirib-ichirib, tarbiyalab, voyaga yetkazgan odam jannatda Payg‘ambar(s.a.v) ning yonlarida birga turishga musharraf bo‘lishi haqida rivoyat qilinadi. Bu juda oliy maqom. Ana shunday buyuk sharaf va’da qilingan hadislarga amal qilgan holda bu masala musulmon ummatida qadimdan juda (nihoyatda) yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yetimlarga vaqflar qilingan, ularga ta’lim-tarbiya berilgan. Bugun islom davlatlarida, ayniqsa, arab mamlakatlarida bu borada xayrli tajriba mavjud. Masalan, xayriya jamiyatlari o‘zlaridagi yetimlarning ahvoli yaxshi bo‘lganligidan boshqa o‘lkalardagi yetimlarga yordam berishni yaxshi yo‘lga qo‘yishgan. Istagan davlatlar bilan hamkorlikda yetimlarni aniqlab, ularni suratlarga olib, hujjatlarini to‘g‘rilab, qaytib borib, «Mana bu bola yetim, ismi, otasining ismi, mana surati, uning yillik sarfiyoti mana shuncha, kim uni o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘lsa, bizga bog‘lansin» deb e’lon qilishadi. Shunda badavlat, imkoniyati bor odamlar «Men beshta, men uchta, men o‘nta, men yuzta yetimni o‘z qaramog‘imga olaman, deb o‘zlari rag‘bat bildirishadi. So‘ng o‘sha yillik sarfiyotni xayriya jamiyatining hisobiga bir marta yoki bir necha marta o‘tkazib turadi. Xayriya jamiyati bu mablag‘larni o‘sha yetimlarning ehtiyojlariga sarflab boradi, doimiy yeguligini, har mavsumda kiyim-kechagini, ta’limini, o‘quv qurollarini ta’minlab turadi. Ammo afsuski, bugun oramizda kimnidir mushkulini oson qilib uni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylayotganlarni hech tushunmayman. Nahotki, qilingan yaxshi amallarni «reklama» qilish shart bo‘lsa? Axir bizdan qoladigani ham yaxshi nom va amallar emasmi? Bu borada yagona bilganimiz shuki, yaxshilik obyektivlarga emas, ko‘ngillarga muhrlanishi kerak. Mahbuba KARIMOVA


INSON AZIZ – K Begali juda yaxshi o‘qidi. U ayniqsa eski o‘zbek tilini, arab yozuvini mukammal o‘rgandi, bu uning mumtoz adabiyot bilan shug‘ullanishiga imkon berdi. XOTIRA 12 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) SO‘NGGI JADID QISSASI O‘rtoqlari hazillashib uni shunday deb atashardi. Darhaqiqat, Begali Qosimov ilmiy faoliyatining hammasini to‘laligicha jadidlar mavzuiga bag‘ishlagan, ularning ma’rifatparvarlik sohasidagi, millatni uyg‘otib hozirgi zamon sivilizatsiyasiga esh qilish yo‘lidagi harakatlarini davom ettirgan edi. Deyarli yarim asr davom etgan bu ish jarayonida Begalining o‘zi ham jadidlarning qay bir xislatlarini o‘zlashtirib olgandek ko‘rinardi. Shuning uchun “So‘nggi jadid” degan laqab unga juda mos tushgan edi. Begali Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumaniga qarashli kichikroq bir qishloqda tug‘ilib o‘sgan edi. Uning bolaligi urush yillariga to‘g‘ri keldi. U kezlari, ayniqsa, qishloqlarda sharoit og‘ir edi. Shuning uchun Begali ham boshqa qishloq bolalari kabi bolalikning ko‘pgina quvonchlaridan mahrum bo‘lib o‘sgan. Qishloq ahli chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Qo‘yqo‘zilarning ketidan yurish, ularni parvarish qilish, vaqti kelganda uloqlar bilan quvlashmachoq o‘ynashlar qishloq bolalarining yagona ovunchog‘i edi. Bundan tashqari, ona tabiat Begalining qalbida ilk marta vatan tuyg‘usini uyg‘otdi. Qashqadaryo adirlari, ayniqsa, bahor kezlarida betakror bir go‘zallik kasb etadi. Adirlar yam-yashil libos kiyadi, o‘to‘lanlar, maysalar kishiga xush yoquvchi muattar hidlar taratib gurkirab o‘sadi, tevarakatrofdan uzluksiz eshitilib turadigan qo‘y-qo‘zilarning ma’rashi adirlar bag‘rida yoqimli musiqa sadolaridek tuyuladi. Lojuvard osmon tip-tiniq, kishida allaqanday noma’lum his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu go‘zallik ichida yashab, ulg‘ayib uni sevib qolmaslik mumkin emas. Begali ona qishlog‘ini, uning tevaragidagi past-baland adirlarni juda yaxshi ko‘rardi. U 50 yoshga kirganida bir guruh do‘stlarini qishloqqa taklif etgandi. Qishloq ozoda, sarishta, g‘oyatda fayzli edi. Begali o‘zi o‘qigan maktabni, bolaligi o‘tgan qishloqdagi ko‘chalaru manzillarni qandaydir ichki bir g‘urur bilan bizga ko‘z-ko‘z qildi. Keyin bizni tuman markazidan uncha olis bo‘lmagan qabristonga yetakladi. Qabriston qadimiy bo‘lib, juda katta edi. Har bir maqbara ta’mirlangan, supuribsidirilgan. Odamlarning bu qabristonga ixlosi va hurmati g‘oyat balandligi ayon ko‘rinib turardi. Bu qabristonda juda ko‘p ulug‘ ulamolarning jasadi qo‘yilgan ekan. U paytlari O‘zbekiston mustaqil rivojlanish yo‘lidagi birinchi qadamlarini qo‘ymoqda edi. Shuning uchun hali sho‘rolar zamonidagi ba’zi udumlar bekor bo‘lmagan, o‘tmishda yashagan buyuk allomalar va ulamolarni, aziz avliyolarni e’zozlash, hurmatini joyiga qo‘yish ko‘ngildagidek emasdi. Lekin Kasbi yaqinidagi qabriston bundan mustasno. Meni hayron qoldirgan narsa shu bo‘ldiki, Begali har bir maqbaradagi aziz-avliyoning kimligi, qaysi davrda yashagani, qanday ishlar bilan xalq o‘rtasida dong chiqargani, ular to‘g‘risida qanday eski-eski kitoblarda ma’lumot berilganini juda yaxshi bilardi. Begali bu to‘g‘rida to‘lib-toshib gapirar ekan, biz go‘yo olis tarixning sadolarini eshitayotgandek his qildik o‘zimizni. Men Begalidan bu gaplarni qayerdan bilishini so‘radim. – Bolalikda uyimizda ham, maktabda ham ko‘p gapirishardi. Necha marta qabristonni ziyorat qilib, bu yerda yotgan aziz-avliyolarni tavof qilganman. Qolgan gaplarni har xil kitoblardan o‘qib bilib olganman. Suhbatdoshimga yana bir bor qoyil qoldim – men uning bilimdonligini bilardim, ammo o‘z qishlog‘ini, uning tarixini, qadriyatlarini bu qadar e’zozlashini bilmasdim. Demak, uning yoshlik yillari shunchaki o‘yinqaroqlik bilan o‘tmagan ekan. Begali bolalik kezlaridan sinchkov, har narsaga qiziqadigan, har narsani tagtugi bilan chuqur bilib olishga intiladigan odam bo‘lib o‘sgan ekan. Xullas, bu sinchkovlik, yurt tarixiga, madaniyatiga qiziqish uni hozirgi Milliy universitet dargohiga olib keldi. Begali o‘z guruhidagi talabalar ichida eng jussasi kichigi edi. Erkin adirlar bag‘rida, o‘t-o‘lanlar saltanatida, bir cho‘ponchalik qo‘y-qo‘zilar ketidan yugurib o‘sgan Begali nega bunchalik kichkina bo‘lib qolgan, bilmadim. Lekin birikki yil o‘qigandan keyin sport bilan astoydil shug‘ullanib, bu qusurini ancha to‘g‘rilab oldi. U universitet komandasida 15–20 yil muttasil voleybol o‘ynadi. Juda epchil va chaqqon edi. Juda qiyin to‘plarni ham o‘yinga qaytara olar, umuman, yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanardi. Begali durustgina shaxmat ham o‘ynardi. Kafedramiz a’zolari yozgi ta’til vaqtlarida har xil safarlar va sayohatlarga ko‘p borib turardi. Begali bu safarlarning doimiy ishtirokchisi edi. U bilan Qashqadaryoning tog‘li hududlariga safar qilganmiz. Hisorak shovvasini, Qizil emchak tog‘ini, G‘ilon degan afsonaviy maskanni birga kezganmiz. Uzoq Sharqqa, Badaxshonga, Aroshan buva bulog‘iga, Surxon vohasiga birga borganmiz. Begali juda dilkash yigit edi. U ko‘p gapirmas, lekin indamas ham emasdi. U hadeb bo‘larbo‘lmasga kulavermas, biroq kulsa, chin dildan kulardi. Biron narsadan ranjisa yoki jahli chiqsa, darg‘azab bo‘lib, baqirib-chaqirmas, balki biron og‘iz zaharxanda gap aytib yoki biron piching bilan, qoshlarini chimirib, munosabatini ma’lum qilardi. Begali juda yaxshi o‘qidi. U ayniqsa eski o‘zbek tilini, arab yozuvini mukammal o‘rgandi, bu uning mumtoz adabiyot bilan shug‘ullanishiga imkon berdi. U seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda juda mazmunli ma’ruzalar qilar, o‘rni kelganda, ilmiy masalalarda munozara qilishdan qochmasdi. Uning har bir chiqishida, albatta, qandaydir yangilik bo‘lardi. Begalining faolligi va g‘ayrati, ilmga astoydil berilgani JADIDGA tosh otayotgan kim o‘zi? So‘nggi echadan beri ijtimoiy tarmoq taniqli olim, qariyb ellik yillik umrini jadidlar hayoti va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlagan fidoyi inson Begali Qosimov ijodini tahqirlashga qaratilgan izohga bildirilgan munosabatlardan larzaga keldi. Taniqli jurnalist va bloger Shaxnoza Soatova birinchilardan bo‘lib Akrom Malik ismli adabiyotchining bema’ni izohiga keskin munosabat bildirdi. Ortiqcha izohlarga o‘rin qolmasligi uchun esa ustoz Ozod Sharafiddinovning “So‘nggi jadid qissasi” nomli maqolasini e’lon qilishga qaror qildik. Inson aziz –


13 XX asr birinchi choragidagi adabiyot tarix sahifalaridan o‘chirib tashlansa, adabiyot rivojida uzilish ro‘y berar, uning tadrijiy rivojlanish yo‘llarini izohlash mumkin bo‘lmay qolardi. Chorshanba 3-may, 2023-yil MUQADDAS №13 (1201) domlalarning nazaridan chetda qolmadi. Ayniqsa, professor G‘ulom Karimov unga alohida e’tibor bilan qaray boshladi. Ko‘p o‘tmay ular o‘rtasidagi munosabat ustoz-shogirdlik munosabatiga aylandi. Keyin Begali G‘ulom Karimovning aspiranti bo‘ldi. Albatta, uning nomzodlik ishi ham jadidchilikka bag‘ishlangan edi. Lekin Begali, ehtimol, G‘ulom Karimovning maslahati bilan bo‘lsa kerak, jadidchilikning umumiy muammolari ustida emas, bu harakatning atoqli vakili Mirmuhsin ijodi ustida ish boshladi va “Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yakunladi. Natijada uning nomi tiklandi, o‘zbek adabiyoti o‘zining yana bir yirik siymosini qaytadan bag‘riga qaytardi. Bu Begali Qosimovning ilmiy jasorati edi. Shundan keyin Begali doktorlik dissertatsiyasi ustida ish boshladi. Tabiiyki, bu tadqiqot ham jadidizm masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, endi Begali uni katta ko‘lamda, hamma nazariy jihatlari bilan birga yoritishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Biroq bu paytga kelib, mafkuramizda yana bir evrilish sodir bo‘ldi – endi jadidlar masalasini umuman tilga olish mushkul bo‘lib qoldi. Mahalliy “dohiylar”imizdan allaqaysisi, bilsa-bilmasa, “Jadidlar sinfiy dushmanimizdir”, degan hikmatni aytibdi. Sho‘rolar davrida, ayniqsa, O‘zbekistonda mafkura ana shunaqa ahvolda edi. Nima qilmoq kerak? Bu mavzudan voz kechish – o‘zbek adabiyotining chorak asrlik tarixidan voz kechish, demak edi. XX asr birinchi choragidagi adabiyot tarix sahifalaridan o‘chirib tashlansa, adabiyot rivojida uzilish ro‘y berar, uning tadrijiy rivojlanish yo‘llarini izohlash mumkin bo‘lmay qolardi. Buning ustiga, materiallar jadidchilik harakatining xalqchil, demokratik harakat bo‘lganidan dalolat berib turgan bo‘lsa, undan qanday voz kechish mumkin? Xullas, bu yerda mavzuni tasdiqlatish uchun anchagina mug‘ombirlik ishlatishga to‘g‘ri keldi. Begali ishning mavzuini “XX asr boshi o‘zbek poeziyasi (Inqilobiy she’riyatning shakllanishi va taraqqiyot masalalari (1905–1917)”, deb belgiladi. Albatta, birinchi qarashda jadid adabiyotini “inqilobiy” adabiyot deb atash erish tuyuladi. Biroq masalaning mohiyatiga nazar tashlansa, bu yerda hech qanday mubolag‘a yoki soxtalik yo‘q edi. Negaki, eski tartiblarga, feodal munosabatlarga, qotib qolgan rasm-rusumlarga qarshi chiqqan jadidlar o‘zbeklarning turmush tarzini zamonaviylashtirib, butunlay yangi yo‘lga solib yuborish g‘oyasini olg‘a surgan edilar. Bu esa, shubhasiz, inqilobiy g‘oya edi. Shunday qilib dissertatsiya mavzusi tasdiqlandi va Begali g‘ayrat bilan ishga kirishdi. Ish jarayonida Begalining olim sifatidagi muhim bir xislati namoyon bo‘ldi va kamolga yetdi. Bu – akademizm edi. Sho‘ro zamonida ilmdagi akademizm maktabi u yerbu yerda saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ilmda yengil-yelpi yo‘llarni qidirgan va osongina fan cho‘qqilariga ko‘tarilib, shon-shuhrat orttirishni istagan odamlar akademizmni qoralay boshladilar. Ular akademizmni uslubiy jihatdan murakkab deb e’lon qildilar. Bu yo‘l bilan yaratilgan asarlar keng xalq ommasiga tushunarli emas deb da’vo qildilar. Holbuki, bu akademizmdan xalos bo‘lgan tadqiqotlar adabiyotshunoslikdagi sayozlikni, masalaning mohiyatiga chuqur kira bilmaslikni, faktlarni umumlashtirish salohiyatining zaifligini oqlar edi. Begali bu yo‘ldan qochdi va tadqiqot uslubida, G‘ulom Karimov kabi akademizmga sodiq qoldi. Biroq bu tadqiqot ustida bir necha baravar ko‘proq va qattiqroq mehnat qilishni, ishdagi har bir fakt, tilga olingan har bir ism, uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq bo‘lishini talab etardi. Bu usulda ish ko‘ruvchi olim balandparvozlikdan, yuzakilikdan qochmog‘i, oldinga surayotgan har bir fikrini, har qanday g‘oyasini har tomonlama dalillashi kerak edi. Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, o‘z fikrini olg‘a surayotgan olim bu fikrni devorga mix qoqqandek qoqib, bu mixning qalpog‘ini uzib tashlamog‘i lozim edi. Shunda bu mixni, ya’ni fikrni hech kim joyidan sug‘urib ololmaydi. Begalining doktorlik dissertatsiyasining materiallari tarqoq holda edi. Bu tadqiqotchi oldiga qo‘shimcha qiyinchiliklar qo‘yardi. Jadidlar garchi XX asrda, ya’ni nisbatan yaqinda yashab o‘tgani uchun, sho‘ro hukumatining siyosatida qoralangani vajidan, asarlari deyarli unutilayozgan edi. Begali bu borada ham chinakam matonat va g‘ayrat bilan ish yuritdi. Olim Toshkent yoki Samarqand kutubxonalaridagi materiallarni aniqlash va to‘plash bilangina shug‘ullangani yo‘q. U material to‘plash uchun qo‘shni respublikalarga ilmiy safarlar qildi, ayniqsa, Tatariston va Boshqirdiston kutubxonalarida ko‘p ishladi. Aytmoq kerakki, Ufada va Qozonda XX asr boshidagi o‘zbek adabiyoti namunalari Toshkentdagiga qaraganda ko‘proq saqlanib qolgan. Masalan, men ham Cho‘lponning O‘zbekistondan topilmagan birinchi she’riy to‘plami “Buloqlar”ni Qozon universitetining fundamental kutubxonasidan topgan edim. Umuman, bu kutubxona katalogidan o‘zbek adabiyotining menga ma’lum bo‘lmagan 400ga yaqin namunalarining nomini yozib olgandim. Xullas, Begali materiallarni misqollab yig‘di. Nihoyat, material izlash jarayonida u Qrimning Bog‘chasaroy shaharchasiga va uning yaqinidagi G‘aspirali qishlog‘iga ham bordi. Bu qishloqda butun turkiylar dunyosini uyg‘otgan, ma’rifat g‘oyalarini tarqatgan ulug‘ inson Ismoilbek G‘aspirali tug‘ilib o‘sgan va ijod qilgan edi. Begali bu buyuk zotning uy-joyi, uning xotirasi bilan bog‘liq joylar, shu jumladan, uning qabri ham qarovsiz, xarob bo‘lib yotganini ko‘rib qattiq iztirobga tushdi va bu to‘g‘rida maqolalar yozdi. Albatta, Begali yillar davomida to‘plagan materiallar uni bu sohaning zukko bilimdoniga aylantirdi. Butun O‘zbekistondagi Milliy Uyg‘onish davrini, uning adabiyotini o‘rganishni istagan yoshlar Begali atrofiga uyusha boshladi, butun bir ilmiy maktab shakllandi. Bu esa, keyinchalik Milliy universitet tarkibida Milliy Uyg‘onish davri adabiyoti kafedrasini tashkil qilishga imkon berdi. Kafedraga to‘plangan ilmiy jamoa qisqa muddatda katta ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, hozir “Ma’naviyat” nashriyoti chop etayotgan “Istiqlol fidoyilari” turkumida birinchi marta jadidchi adiblar va shoirlarining asarlari nisbatan to‘la ravishda dunyo yuzini ko‘rdi. Bu kitoblar, jadidlarga bag‘ishlangan monografiyalar, risolalar, maqolalar Begalining nomini faqat bizda emas, chet el ilmiy doiralarida ham tanitdi. Amerika, Fransiya, Germaniya olimlari bilan uning o‘rtasida yozishmalar vujudga keldi, ular manba sifatida Begali chop qilgan asarlarga murojaat eta boshladilar. Turkiyadagi turkshunos olimlar esa, turkiy xalqlar adabiyoti bo‘yicha o‘nlab jilddan iborat tadqiqotlar matnlarini nashrga tayyorlash va chop etish ishiga Begalini muallif va muharrir sifatida taklif qilishdi. Begali bir necha marta Turkiyaga tahrir hay’atining majlislariga bordi. U yerda nutqlar so‘zladi. Begalining aytishicha, bu ulkan nashrning o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan jildlari loyihasida parokandalik va yuzakilik mavjud edi. Uni tuzganlar o‘zbek adabiyotini yaqindan bilmasliklarini oshkor etib qo‘yganlar. Albatta, katta mehnat sarflanib tayyorlangan loyihaning tanqid qilinishi hech kimga ham yoqmaydi. Uning ustiga, adabiyotlar bo‘yicha yangidan loyihaga yana nimalarnidir kiritish haqidagi takliflar ham juda katta qiyinchilik bilan qabul qilinadi. Chunki hajm cheklangan, uni hadeb kengaytiraverishning imkoni yo‘q. Begali bu masalalarda prinsipial pozitsiyada turdi, turli mamlakatlardan kelgan turkshunoslardan tashkil topgan tahrir hay’atini o‘zining tanqidiy fikrlari va takliflariga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada loyihadagi o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan jild ancha to‘la, ilmiy jihatdan asoslangan holda nashr etildi. Faqat afsuslanadigan joyi shundaki, bu qimmatli kitobdan O‘zbekistonga 2-3 donagina yetib keldi, xolos! Begali bu jildni menga ko‘rsatgan, hatto bir necha kunga berib ham turgan edi. Men u bilan tanishib chiqqach, bu kitob haqida taqriz yozishni buyurdim va uni “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qildik. Begali Qosimov faqat yetuk iste’dodli tadqiqotchi olim emas edi, u ayni chog‘da o‘qituvchilik san’atini puxta egallagan mohir pedagog ham edi. Talabalar uni juda yaxshi ko‘rishar va uning tevaragidan arimasdi. Begali ham talabalarni g‘oyatda hurmat qilardi. Biroq bu hurmat har narsada ularga yon bosishda, ularni yetaklashda emas, aksincha, ma’ruzalarning sifatida, ularda har gal qandaydir ilmiy yangiliklarga intilishida, ularning adabiyot tarixidan olingan maroqli hikoyalarga boyligida ko‘rinardi. Begali talabalarni har qancha hurmat qilmasin, ularga nisbatan talabchanlikni aslo bo‘shashtirmas edi. Uning fanidan imtihon topshirish g‘oyatda qiyin edi, biroq bu qiyinchilik domlaning o‘rinsiz injiqligidan tug‘iladigan sun’iy qiyinchilik emasdi. Talaba materialni Begalining ko‘nglidagidek to‘la o‘zlashtirmasa, buyurilgan badiiy adabiyotlarni o‘qib chiqqan bo‘lmasa, Begali unga ijobiy baho qo‘ymas edi. Albatta, ko‘pgina no‘noq talabalarning ketidan yuradigan “iltimoschi” odamlar ko‘p bo‘lardi. Ular qo‘rqa-pisa Begalidan ham iltimos qilishardi. Biroq Begali ularning ko‘pchiligiga rad javobini berardi. U hatto menga ham shunaqa muomala qilgan. Men kim to‘g‘risidadir iltimos qilgan edim. Begalining ensasi qotdi, qoshlarini chimirib, istehzo bilan: – O‘qib kelsin, mayli, qo‘yib berarman, – dedi. Begali talabchan bo‘lsa-da, adolat bilan ish tutar, imtihonni talabadan o‘ch olish quroliga aylantirmas edi. Ehtimol, universitetda bunaqa talabchan domla juda kam bo‘lgandir, har holda, talabalarning Begalidan o‘qigan fanidan bilimlari pishiqpuxta bo‘lardi. Begalining talabchanligi o‘z fanini juda yaxshi ko‘rganidan, unga sadoqatidan tug‘ilgan edi. Qani endi hamma domlalar shunday bo‘lsa, meningcha, ta’lim saviyasini oshirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining talabchanligiga bog‘liq. So‘nggi marta biz Begali bilan 2004-yilning iyul oyida ko‘rishdik. Yaxshi mutaxassis va ajoyib inson Omonilla Madayev o‘qituvchilarning ta’tilga chiqishi oldidan yaqin do‘stlariga mahalla choyxonasida osh qilib beradigan odat chiqargan. Begali ham shu yig‘inlarga kelardi, lekin har doimgidek bardam va harakatchan emas edi. Rangi ham so‘lg‘in, kayfiyati past. Hech narsa yemaydi hisob. Faqat domlalar bilan gaplashib, nima gapligini so‘rasak, oshqozoni bezovta qilayotganini aytdi. Keyin oradan bir oy ham o‘tmasdan Begalining kasali jiddiy emish, operatsiya qilmasa bo‘lmas emish degan gap tarqaldi. Lekin ma’lum bo‘lishicha, operatsiya uchun 250 ming so‘m to‘lash kerak ekan. Shunda universitetning avvalgi rektori, akademik To‘rabek Dolimov vallomatlik qildi. U universitet hisobidan kerakli pulni o‘tkazib berdi. Men operatsiyadan keyin 5-6 kun o‘tgach, uni ko‘rgani bordim. Begali meni ko‘rishi bilan yotgan joyidan turmoqchi bo‘ldi. Men, albatta, “Qimirlamang, yotavering”, deb uni tinchitdim va bunaqa paytlarda bemorga aytiladigan tasalli so‘zlarini aytdim. Uning kayfiyati yaxshi edi – unga ham, menga ham operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ha demay tuzalib ketadi deyishdi. Biz Begali bilan kelajakdagi ilmiy rejalarimiz to‘g‘risida gaplashdik. Begali Uyg‘onish davri adabiyoti degan ilmiy darslikni nashriyotga topshirganini aytdi. Ko‘p o‘tirish mumkin emas edi. Biror o‘n daqiqadan so‘ng qo‘zg‘aldim. So‘ng mening o‘zim ham shifoxonaga tushib qoldim. Keyin Begalini uyiga javob berishganini, ancha mazasi qochganini aytishdi. Yuragim “shuv” etdi. Uni operatsiya qilgan doktor Begalining rak ekanini aytdi. Qattiq qayg‘urdim, lekin bandasining qo‘lidan nima ham kelardi. Men telefonda vidolashdim. Yig‘i bosib gaplarimni ayta olmadim. Begali ham juda hayajonlanib ketdi, ikki marta “Rahmat, Ozod aka!”, “Rahmat, Ozod aka!”, dedi. Bu uning menga aytgan so‘nggi so‘zlari bo‘ldi. Professor Begali Qosimov shu tarzda hayotdan ko‘z yumdi. Shubha yo‘qki, bu ajoyib insonning nomi tarixdan munosib o‘rin egalladi. Ozod SHARAFIDDINOV, O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Yuragim «shuv» etdi. Uni operatsiya qilgan doktor Begalining rak ekanini aytdi. Qattiq qayg`urdim, lekin bandasining qo`lidan nima ham kelardi. Men telefonda vidolashdim.


&&&&&&&&& ON 14 Chorshanba 3-may, 2023-yil TARIX VA №13 (1201) TAQDIR &&&&&&&&& `Ushbu shikoyat arizasini o‘qiy turib, nohaq ayblanib, qamoq azoblariga mahkum etilgan bir mushtipar ning yuqori tashkilotlarga adolat so‘rab yozgan arizasi ekanligini anglagandirsiz. Ha, qayta va qayta yozilgan bunday arizalar tosh devorlar azoblaridan ham ruhan, ham jismonan toliqib, xastalangan, aybi nimaligini ham bilmay «xalq dushmani»ga aylangan ayolning bir parcha qog‘ozga bitilgan umidi edi. S a o d a t x o n A m i n o v a 1892-yil Toshkent shahrida d u n y o g a k e l g a n . O t a s i Qo‘qon xoni Xudoyorxonning o‘g‘li Muhammad Aminbek Toshkentda Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatida tilmochlik bilan shug‘ullanar edi. Ziyoli, baobro‘ xonadonda ulg‘aygan Saodat Hakimjon Xo‘jayev nomli kat t a yer egasining o‘g‘li bilan oila quradi. Biroq, 1924-yil ajrashishga majbur bo‘ladi. 14-yillik umri akalari qaramog‘ida xastalik va yolg‘izlikdan azob chekib o‘tgan Saodatni shu g‘arib turmushini ham ko‘p ko‘rdilar. U 1938-yil 11-iyul kuni O‘zSSR JKning 57-moddasi 1-bandi hamda 67-moddalarida ko‘zda t utilgan siyosiy jinoyatda ayblanib, qamoqqa olishga qaror chiqariladi. Shu kuning o‘zida order bitilib, u istiqomat qilgan Toshkent shahar, Turkiston m a h a l l a s i , Ya n g i s h a h a r ko‘chasi 29-xonadonda tintuv qamoqqa olinganini yozadi. Vaholanki, Cho‘qayev degan familiyani birinchi marta so‘roq payida eshitgani, Sharipov, Aminov konveyer uslubida kechayu kunduz tahqir va jismoniy tazyiqlar qo‘llab qog‘ozlarga imzo chektirganini yozadi. 1939-yil 11-noyabr kuni 4-korpus 5-kamerasidan O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissari nomiga ikkinchi arizasini yo‘llaydi. Unda o‘zining uzluksiz 22 kun kichik tanaffuslar bilan repressiv usullar qo‘llab tergov qilingani, unga Xudoyorxonning nevarasi bo‘lganlik; qozoq millatchilik tashkilotiga a’zo bo‘lganlik; a f g‘o n k o n s u l x o n a s i d a n qandaydir paket olib, allaqachon vafot etgan akasi Nuriddin Xudoyorxonov orqali doktor Qarshinboyevga berganlik ay bl a r i n i q o‘y i s h m o q ch i bo‘lishganini yozadi. «... Mazkur paketni go‘yo Parijda yashovchi akam menga yuborgan emish. Bularning hammasi g‘irt yolg‘on. Men 48 yoshdaman. Kasalman. Kasal bo‘lganimga 22 yil bo‘ldi. Kasalligim va nogiron bo‘lganligim sababli bundan o‘n besh yil muqaddam erimdan ajrashganman. Qamoqxonada ham boshim kasallikdan chiqmadi...» deydi va o‘zining «ishi»ni adolatli tarzda ko‘rib chiqishlarini o‘tinadi. Mahbusaning ik ki ar izasi ham SSSR NKVDsi Maxsus Kengashi kotibiyati tomonidan qabul qilindi. Shundan keyin 1940-yil 10-mart kuni Saodat Aminovaning ishi ko‘rilib, unga qo‘yilgan ayblovlarning birortasi o‘z isbotini topmaganligi uchun to‘xtatiladi. Adolat tiklanib, 1940- yil 29-mart kuni talon olib turma azobidan qutilishga muvaffaq bo‘ladi... T a r i x s a h i f a l a r i n i varaqlaganingizda Saodat Aminova kabi o‘nlab o‘zbek ayollarining bir tuhmat sabab, taxminiy ayblovlar bilan mislsiz azoblarga mahkum etilganiga guvoh bo‘lasiz. Va, beixtiyor bugungi kunlar uchun shukrona aytib, tinchlik eng ulug‘ ne’mat, adolat esa uning bosh mezoni ekanligiga iymon keltirasiz. Bahrom IRZAYEV X ...Men 13/VI 38-yilda qamoqqa olinganman. Tergov 22 kecha va kunduz kichik tanaffuslar bilan davom etdi. Menga repressiv usullar qo‘llab, qo‘pol muomalada bo‘lishdi. Bayonnomalar olib borishmadi. Meni: 1) Xudoyorxonning nevarasi bo‘lganlikda; 2) doktor Qashqinboyevn i n g a l o q a c h i s i s i fa t i d a qozoq millatchilik tashkilotiga a’z o b o‘ l g a n l i k d a ; 3) a f g‘o n konsulxonasidan qandaydir paket olib, go‘yoki uni vafot etgan akam Nuriddin Xudoyorxonov orqali doktor Qarshinboyevga berganlikda ayblashdi. Mazkur paketni esa menga go‘yo Parijda yashovchi akam yuborgan emish. Bularning hammasi g‘irt yolg‘on. Faqat bir narsa – men Xudoyorxonning nevarasi bo‘lganligim va akam Nuriddinbekning kasal bo‘lgani va vafot etganidan keyin (34-yilda) mutlaqo mablag‘siz qolganligim sababli Parijda yashayotgan akamning so‘nggi besholti yil davomida menga rasmiy ravishda yordam berganligigina to‘g‘ridir. Men 48 yoshdaman. Kasalman. Kasal bo‘lganimga ham 22 yil bo‘ldi. Bu haqda “ishim”da anchamuncha ma’lumotnomalar bor. Men kasalligim va nogiron bo‘lganligim sababli bundan o‘n besh yil muqaddam erimdan ajralganman... ...Qamoqxonada boshim kasallikdan chiqmadi, ikki marta kasalxonada yotib chiqdim... “Ishim”ning qayerda ekanligi menga ma’lum emas. Bu masalada kimga murojaat etishni bilmayman. Mening na ruschada, na o‘zbekchada savodim chiqqan. Sizdan ishimni bir yoqlik qilishni iltimos qilaman. Aminova. Toshturma. 4-korpus 5-kamera. 11/XI 39. o‘tkaziladi. Tintuvda akalari Mansurbek va Temurbekning fotosu ratla r i, Tu rk iyad a n Niyozbek afandining, Parijdan Islombek Xudoyor xonning 1938-yilning 4-iyulida kelgan m a k t u bl a r i , s hu n i ngd e k , «O‘tgan kunlar» romani va Moskva viloyatining xaritasi olinadi. 1938-yil 12-iyul kuni to‘ldirilgan shaxsiy anketasiga ko‘ra, Saodatxon Aminovaning oila a’zolari sifatida Fransiyada yashagan akasi Islombek hamda allaqachon qamoqqa olingan akasi Sayyid Azamatbek hamda Mansurbeklarning nomlari keltirilgan. 19 38 -y i l 13 - i y u l k u n i ilk so‘roqda 1936 -yilning k uz oylar ida uning uyiga afg‘on millatiga mansub bir kishi kelib, akasi Islombek Xudoyorxonovning konsulxona orqali 500 so‘m miqdorida pul yuborganini, shu yilning boshlarida Islombekning qaynotasi Smirnov orqali 2 ta shohi atrez bilan birga shohi ro‘mol olganini ma’lum qiladi. Biroq, NKVD xodimlariga bu ma’lumotlar qiziq emas edi. Ular Saodatxonni Islombek Xudoyorxonov orqali Mustafo Cho‘qayev bilan qozoq aksilinqilobchilarini o‘zaro bog‘lovchi muhim halqa sifatida ko‘rishadi. Tergovchilarning sa’yharakatlari natijasida Toshkentda istiqomat qilayotgan bir guruh qozoq yoshlari qamoqqa olinadi. Ular orasida bir vaqtlar «Alash o‘rda» harakatiga aloqador bo‘lgan Toshkentdagi Semashko nomli fizik usullar yordamida davolash instituti funksional diagnostika bo‘limining mudiri Isa Qashqinboyev ham bor edi. 1938-yil 10-iyul kuni Isa Qashqinboyev NKVD xodimlari tazyiqi ostida qozoq aksilinqlobiy josuslik tashkiloti Nuriddin Xudoyorxonov orqali Parijdagi taniqli panturkist Mustafo Cho‘qayev bilan aloqada bo‘lgani, xatlar tashkilot rahbarlaridan Xo‘janov Sultonbek tomonidan yozilganini va keyinchalik xatlarni Islombekning singlisi S a o d a t A m i n o v a o r q a l i almashgani haqida ko‘rsatma beradi. 1938-yil 13-iyulga kelib esa Mustafo Cho‘qay bilan AVLODINING ACHCHIQ QISMATI bog‘liq qozoq «aksilinqilobiy josu sl i k qo‘zg‘olonch i l i k tashkiloti» a’zolari sifatida qamoqqa olinganlar 23 nafarga yetadi. Saodatxon Aminova «ishi» shu tariqa Toshkentdagi qozoq aksilinqilobiy tashkilotining «fosh etilishi» bilan bog‘lanadi. 1938-yil 23-iyul kuni Saodat Aminovaga nisbatan akasi Said Islombek orqali Mustafo Cho‘qay va qozoq aksilinqilobiy tashkilotiga xizmat qilgan deb qaror chiqariladi. 1938-yil 25- iyul kuni so‘roqda Saodatxon o‘ziga nisbatan bu bo‘htonni rad etib, hech qachon aksilinqilobiy faoliyat olib bormaganligini aytadi. 1938-yil 17-dekabr kuni maxsus qaror asosida Islombek, A z a m a t b e k , Te m u r b e k Xudoyorxonovlarning suratlari va «Mehrobdan chayon» romani yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. 1939-yil 11-yanvarda bitilgan tibbiy ma’lumotnomadan ham Saodat Aminovaga oshqozon, bod va y urak xastaliklari azob berib, aksar vaqti qamoq kasalxonasida shifokor nazorati ostida bo‘lgani anglashiladi. 1939-yil 6-fevral sanasi bilan imzolangan «Ayblov xulosasi»da Saodat Aminova – Poshsha Xodjayeva afg‘on konsulxonasi bilan yashirin aloqa qilganlikda, qozoq aksilinqiloiy tashkilotidan j o s u s l i k m a z m u n d a g i materiallarni olganlikda, akasi Islombek Xudoyorxonovdan pul va sovg‘a-salom olganlikda ayblanadi. Bunga «Zirak» nomli xufya (aftidan ayol kishi)ning 1936 – 37-yillar davomida 3 marta posilka olgani haqidagi xabari asos bo‘lgan edi. Saodatxon Aminova o‘ziga qilingan barcha tuhmatlarni rad etadi. Shundan so‘ng, 1939- yil 2-aprelda ish SSSR NKVD Maxsus Kengashiga yuborilib, 14 -apreld a S S SR N K V D prokurori tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. S a o d a t x o n A m i n o v a 1939-yil 15-iyulda Toshkent qamoqxonasining 52-kamerasidan O‘zSSR prokurori nomiga ariza yozib unda o‘zining nohaq qozoq millatchilik tashkiloti a’zosi va josuslikda ayblanib


BEKATI 15 Chorshanba 3-may, 2023-yil NAZM №13 (1201) Halima Xudoyberdiyeva VATAN BAYROG‘I Yurt bayrog‘in har joygamas, Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y. Ishlov bergin, yumshatib tur Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y. To bu bayroq, Vatan, nurlar Ich-ichingga ketsin kirib. Toki g‘anim – vatanxo‘rlar, Ololmasinlar sug‘urib. * * * Shunday o‘rgat qulni, xonni, Uchmas qush ham uchar bo‘lsin. To bayroqdan oldin jonni Bermoq oson kechar bo‘lsin. O‘ylamangki, uning qalbi yo‘q – Ko‘pni sevar, ko‘pni ko‘zlaydi. Hamma bilan bo‘lsa ham do‘st, sho‘x – U bir dardkash qalbni izlaydi. Hayot takror uchrashtirarkan, Kimni “sen”lab, kimni “siz”laydi. Yo‘q, ularga bermaydi u tan – U bir dardkash qalbni izlaydi. Dersiz “oshiq”lari emas kam, U, qanchasi unga so‘zlaydi”. Dil rozlarin tinglab turib ham – U bir dardkash qalbni izlaydi. Yoki demang “qish sovug‘iday, – Unga yaqin yurgan muzlaydi”. O‘zgalarga harorat bermay – U bir dardkash qalbni izlaydi. Demang, ma’yus tortib qolgan dam – “Unutgan oshig‘in eslaydi”. Ishonchini hamon qilmay kam, U bir dardkash qalbni izlaydi. * * * Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir – Sen, ey inson, tushunmaysan. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Ohar bo‘lsam, ketar bo‘lsam. Meni daryo tushungaydir, Sen, ey ummon, tushunmaysan. Mening borim erur ko‘nglim, Mening yorim erur ko‘nglim. Ma’yus, tanho tushungaydir, Sen, ey xandon, tushunmaysan. Ko‘nglim gul, ko‘zlarim guldir, Yuzim gul, yo‘llarim guldir. Meni sabo tushungaydir, Sen, ey to‘zon, tushunmaysan. G‘uborimdir bo‘yi rayhon, Minorimdir, tilim biyron – Meni dunyo tushungaydir, Sen, ey nodon, tushunmaysan. DA’VAT Kunduz yurib yozdim, tun turib yozdim, Yozganda ko‘ksimga tig‘ urib yozdim. Dardlarimga siyoh kor qilmay qolgach, Qalamni qonimga botirib yozdim. Qon asli yorug‘lik. Yorug‘lan, tiz cho‘k, Asl mard Vatanga tiz cho‘kib o‘tar. Qancha qoning bo‘lsa – Vatan uchun to‘k, Qancha shoning bo‘lsa - Vatanni ko‘tar. INSON ASLAN BUYUK Inson aslan buyuk, aslan bechora... Ohim dilingizga yo‘l topsa zora, Qo‘lingizdan kelsa qilmang ovora, Shul yolg‘iz insonni tuhmatga bermang! Bir-birini sel-u toshqin qo‘llaydi, Qayda bo‘lsa yetib, shoshqin qo‘llaydi. Bir-birini bo‘ri, qashqir qo‘llaydi, Siz uni sinovga, muhlatga bermang! Ko‘pdir zamonlarning qimor o‘yini, Qirqadir odamning eni, bo‘yini – Qo‘lingizdan kelsa ko‘ring to‘yini, Uni har qanday dor, xilqatga bermang! O‘chmas deb ishoning bosgan iziga, Panoh deb ishoning o‘g‘il-qiziga. O‘ziga ishoning, faqat o‘ziga, Tushuntirish xati, tilxatga bermang! Nopok dunyosidan ketmasin to‘yib, Desangiz, yuragin g‘ijimlab o‘yib, Yillar bo‘yi o‘tmas pichoqda so‘yib, Qadrsizlik degan kalxatga bermang! Inson aslan buyuk, aslan bechora... TIRIKLIK Boshingga qanchalar ish kelib ketdi, O‘ng keldi, ne azob tush kelib ketdi. Changali kuydirgich ishq kelib ketdi, O‘lmagan qul, qutlug‘ bo‘lsin tiriklik! Taningni olladi tog‘larning sangi, Ko‘ksing poymolladi fillarning jangi. Sen esa qaytadan yoshsan-u, yangi, O‘lmagan qul, qutlug‘ bo‘lsin tiriklik! Tizladingmi, tur, amallab turib ol, Chilvir bilan bellaringni sirib ol. Alpomishning po‘stiniga kirib ol, O‘lmagan qul, qutlug‘ bo‘lsin tiriklik! Endi neni nishon olsang, tegar, ur, Xudo qo‘llar, lashkarlaring yengar, ur. Alpomishning G‘irotiga egar ur, O‘lmagan qul, qutlug‘ bo‘lsin tiriklik! Mayli goho egik, goho tik qadsan, Ammo mag‘lub emasdirsan minba’dsan, To tiriksan, yengilmassan, qudratsan, O‘lmagan qul, qutlug‘ bo‘lsin tеtiklik! FIG‘ON (onam Qarshigul Xonnazar qizi xotirasiga) Gul ketdi. O‘rniga boshqa gul keldi, Nainki dil, tog‘-u toshga gul keldi, Xushbo‘yi, ranglari xil-u xil keldi, Onamning o‘rniga ona kelmas, oh. Yo‘qotgandim gavhar, inju, zarimni, Boshqa inju, zarlar o‘pdi barimni, Najotkorim, – desam Olloh Karimni, Dedi: “U bir, boshqa dona kelmas, oh”. Dunyoni suv bossa to‘piqqa chiqmay, Gurkiradim ozor, aziyat chekmay. Endi bir tosh o‘tmas yaramga tegmay, Endi unday qo‘rg‘on, xona kelmas, oh. Gul ketdi. O‘rniga boshqa gul keldi. Nainki dil, tog‘-u toshga gul keldi, Xushbo‘yi, ranglari xil-u xil keldi, Onamning o‘rniga ona kelmas, oh. “YAXSHI QOL” Men seni topgandim, ammo yaxshi qol, Sen “yaxshi qol”, degil, “ko‘rishguncha”mas. Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd. Sen sherik bo‘lmaysan endi g‘amimga, Darvoqe, hech qachon sherik qilmadim. Xayr endi, ma’zur tut ortiq kamimga, Men seni Laylodek seva bilmadim. O‘rtanma, bul xato mushkullaridan, Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch. Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, Senga kelarimni duch… * * * Ketgan ketaverar qator oldida, Bor sozlar chekingay bir tor oldida. Dunyoning bor attor, savdogarlari Hech kim... Fariduddin Attor oldida. FAQAT ISHQING Neki oldim, baxtmi, taxtmi, qarz bari, Baribir kun qo‘llarimdan ketgaydir. Bu bog‘ning ham chappar urgan gullari Rangi o‘ngib, yo‘llarimdan ketgaydir. Garchand hali mushki muattar, qara, Kuz kirib kelmoqda urib bar, qara, Ikki o‘rim sochim – daryo, qarqara, Qayon ketsa, bellarimdan ketgaydir. Dunyolarim shamol qilar qahraton, Ne qilsa bir amal qilar qahraton, Sahrolarim qamal qilar qahraton, Qarg‘a, qiyg‘ir cho‘llarimdan ketgaydir. Tanazzulda, yarqiragan on ichra, Qonga, shonga mening bilan bir uchrab, Faqat ishqing, jonim ichra, jon ichra, Ketsam, tuproq, gillarimda ketgaydir. PARISHONXOTIRLIK Yashab borayapman parishonxotir, Goh uzun, goh qisqa dastga o‘xshayman. Goh o‘zni sezaman har nega qodir, Gohida yerdagi xasga o‘xshayman. Do‘stlar bor, boshi arsh–a’loga yetgan, Ularning uylari quyoshga betkay. Men goho ulardan balandlab ketgan, Gohida baridan pastga o‘xshayman. Aylanar taqdirning tegirmon toshi, Ichimga oqadi ko‘zimning yoshi. Do‘stlar bor, baxtlardan aylanar boshi, Men quyuq g‘amlardan mastga o‘xshayman. Dunyo qadah tutsa, ko‘ksim-ku lim, lim, Parishon esam-da, cho‘ziqdir qo‘lim. Shundan norasodir, ehtimol, yo‘lim, Shundan goh o‘zimga qasdga o‘xshayman. Yashay borayapman parishonxotir... IZLAYMAN Ishonarkan ortdagi-yu yondoshga, Ishonarkan begona-yu qondoshga, Boshim bilan urilarkan, voh, toshga, Orangizdan Navoiyni izlayman. Yashnab-yashnamasdan, so‘lib-so‘lmasdan Ketib borarkanman, o‘lib- o‘lmasdan, Men o‘zimning kimligimni bilmasdan, Orangizdan Navoiyni izlayman. Dunyoning sir-sinoati ming turlik, Birda xo‘rlik o‘ldiradi, bir ko‘rlik, Navoiyni tug‘may, nechun, men sho‘rlik, Orangizdan Navoiyni izlayman. O‘tarkanman dog‘i bilan dog‘lanib, Xokistarin tanib qoldim, oh, tanib, Devonig‘a suyanarkan poklanib, Orangizdan Navoiyni izlayman. Ayting, ko‘p qoldimi yo oz ul kunga, Qachon yetgum ul o‘g‘ilga, pok unga, Yuzim bilan yiqilarkan oldinga, Orangizdan Navoiyni izlayman. Yursam, yurgum shu niyat har dam yoqib, Ketsam ham umrim – shu yorug‘ g‘am yoqib, Qabrimda ham tunlar turib, sham yoqib, Orangizdan Navoiyni izlayman. MEN KETSAM Erta-indin, men ketsam Yod qoladi ortimda. She’rlar libosin kiyib Dod qoladi ortimda. “Bir kuygan ko‘ngil” degan Ot qoladi ortimda. Amrimga ko‘ngil, degan Xilqat qoladi ortimda. Bobomni tushunmasdan Dunyodan giryon o‘tdim. Armon, bolam tushunmas – Xat qoladi ortimda. SO‘ZON DILIM Dilimni dilsizlar urib oldilar, Sipo turib, tomoq qirib oldilar. Ko‘ngil qal’am eshiklari berk edi, Bilmam, ular qanday kirib oldilar. Fikrim sarob, sarob bo‘ldi yozganim, Tushday o‘tdi. O‘zganlardan o‘zganim. Bulbullarga mo‘ljallagan maskanim Xarob. Zog‘lar inlar qurib oldilar. Bilmam, qashshoqlashdimmi yo boyidim, Bo‘lganim shu. Qoldim pastda, poyida. Ular mening so‘zon ko‘nglim joyida Bir koshona uy bitirib oldilar. So‘zon dilim yetaklayman, yurmaydi, Istamaydi, koshonaga kirmaydi. So‘zon dilim, yetim qolgan bir naydir, Dilimni dilsizlar urib oldilar.


16 Chorshanba 3-may, 2023-yil №13 (1201) – Yaqinda turmush o‘rtog‘im avtohalokat tufayli vafot etdi. Uning tijorat bankidagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishim mumkinmi? Gulnora Boymatova, Sho‘rchi tumani Sahifani Feruza XODJAYEVA tayyorladi. TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 8 657. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 516 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 1:35 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] SAVOLBERING! Madaniyat – Farzandim tug‘ilganiga 5 kun bo‘ldi. Lekin hali ham kindik qoldig‘i tushmadi. Bu xavotirli emasmi? Husniya Shodiyeva, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani – Kindik qoldig‘i, odatda, tug‘ruqdan so‘ng 4-5 kun ichida tushadi, ba’zi vaqtlarda 8-10 kunga ham cho‘zilishi mumkin. Agar chaqaloqning kindik qoldig‘i 15 kun ichida ham ko‘chib tushmasa yoki soha atrofida qizarish, yallig‘lanishga o‘xshash belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Feruza Hidoyatova, Bolalar shifokori – Frilanserlik faoliyati haqida ma’lumot bersangiz? Husnora Latipova, talaba – Frilanser o‘zi uchun ishlaydigan mustaqil mutaxassis. Ularning o‘zi mijozni qidiradi, shuningdek, qanday ish qilish yoki qanday xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida o‘z xohishi va imkoniyatlariga qarab qaror qabul qiladi va o‘zi uchun qulay ish jadvalini belgilaydi. U, ko‘pincha, o‘z xizmatlari to‘g‘risidagi takliflarni ixtisoslashgan onlayn manbalar, gazeta reklamalari yoki internet vositalari orqali berib boradi. Ular bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta mijozlar bilan ishlashlari mumkin. Aziz Berdiyev, SMM mutaxassisi – Davlat xizmatlari markaziga ishdan so‘ng, ya’ni 18.00 dan keyin murojaat qilishim mumkinmi? Rasul Jumayev, Toshkent shahri – Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat soat 9.00 dan 18.00 ga qadar aniq vaqt rejimida hujjatlarni to‘xtovsiz qabul qilish belgilangan. Biroq, siz o‘z hujjatlaringizni ERI yordamida 24 soat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham yuborishingiz mumkin. t.me/davxizmat – Olgan kreditimni so‘ndirganimga bir yildan oshgan bo‘lsa-da, qayta kredit ololmayapman. Sababini so‘rasam, kredit tarixingiz salbiy deyishdi. Endi qachon kredit ololaman? Dilshod Rahmonov, Toshkent shahri, o‘qituvchi – Kredit tarixi haqidagi batafsil ma’lumot kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunda o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, kredit tarixingiz salbiy, ya’ni o‘z vaqtida to‘lamaganligingiz haqidagi ma’lumotlar besh yil davomida saqlanadi va banklar tomonidan sizga ushbu muddat davomida kredit ajratish rad etilishi mumkin. Mo‘min Isomiddinov, huquqshunos – Ijara uyda yashayman. Uy egasi esa oldindan ogohlantirmasdan uyni sotishini ro‘kach qilib, chiqishimni talab qilyapti. Shunday qilishi mumkinmi? Nargiza Rahmonova, Shayxontohur tumani – Fuqarolik kodeksining 615-moddasiga ko‘ra, uy-joyni ijaraga berish shartnomasi faqat taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Shartnomaga ko‘ra, ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati 2 martadan ko‘p o‘tib ketsa, uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa, shuningdek, uy-joydan g‘ayriqonuniy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan holatlar bundan mustasno. Advice.uz – Mijoz to‘g‘risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar, uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning o‘zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsa, bank murojaat etgan shaxsga 5 ish kuni ichida tegishli ma’lumotlarni to‘liq berishi mumkin. F.Fayziyev, huquqshunos O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topolmayapsizmi? Bizning quyidagi telegram manzilimizga yo‘llang, bizning mutaxassislar savollaringizga javob berishadi. 99 443-05-86 BAXSHILARNING AYTISHUVLARI YANGRAMOQDA – Mahalla yoshlar yetakchisi lavozimiga kimlar qabul qilinadi va ish haqi qay tartibda to‘lanadi? Umid Jabborov, Karmana tumani – 1-maydan ma’muriy jarimaga oid yengillik bo‘yicha qonun kuchga kirgani haqida eshitdim. Berilgan yengilliklarga oydinlik kiritsangiz? Sirojiddin Qo‘ziyev, Zarbdor tumani – Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Sardor Surmanov, huquqshunos – Qonunga ko‘ra, qoidabuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ammo sodir etilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi. Sirdaryo viloyati Guliston shahri markazidagi bog‘ va xiyobonlar, m a d a n i y a t m a s k a n l a r i n i aylansangiz, xuddi moziyga sayr qilgandek bo‘lasiz. Ayniqsa, teatr maydoni, viloyat Alisher Navoiy xiyoboni, amfiteatr bayramona bezatilgan. Teat r maydonida o‘tovlar tikilgan, pavilonlar o‘rnatilgan. Festival mehmonlari – hududlarning badiiy jamoalari birin-ketin tashrif buyurmoqda. Shuningdek, festivalga xorijlik mehmonlar – YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Har kuni xiyobon va maydonlarda kuyqo‘shiqlar sadosi, baxshilarning aytishuvlari yangramoqda. Guliston shahri 4 kun davomida milliy qadriyatlarimizning bir qirrasi - nomoddiy madaniy merosning namunasi bo‘lgan baxshichilikning serzavq, serjilo ohanglari bilan to‘ladi. Festival doirasida baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Xorijiy va O‘zbekiston baxshichilik san’ati ustalari ijrosida yakkaxon konsertlar va dostonchilik kechalari tashkil etiladi. Anjuman yakunida ko‘riktanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi hamda gala-konsert namoyish etiladi. Festival yana shunisi bilan e’tiborliki, bayram qatnashchilari viloyatning shahar va tumanlariga h a m t a s h r i f b u y u r i s h i rejalashtirilgan. Hozirda Guliston shah r ining so‘lim joylar ida baxshilar bilan qiziqarli va maroqli uchrashuvlar, konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Shuhrat SUYAROV


Click to View FlipBook Version