The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

11_son -2024 Milliy tiklanish

AQSH dollari 12590.00. 1 YEVRO 13665.19. 1 Rossiya rubli 135.97. 1 Angliya funt sterlingi 15932.65. 1 Yaponiya iyenasi 83.23. 2024-yilning 27-mart sanasidan. Manba: cbu.uz 3s 4s QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT № 11 (1243) 2024-yil milliy 27-mart, chorshanba Adadi – 5 263 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] PARTIYASINING IJTIMOIY- «MILLIY TIKLANISH» SIYOSIY GAZETASI DEMOKRATIK tiklanish www.mtgazeta.uz | fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi NAMANGAN – G‘URURI BALAND, TADBIRKORLIKDA ENG ILG‘OR INSONLAR YURTI! 2s «UMRA» SAYOHATGA, 2740 3-sahifa dollar bo‘lsa, bu miqdor Gruziyada 6 000, Belorussiyada 7 000, Rossiyada 10 500 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, binoning tayanch va to‘siq qismini noqonuniy buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirilib, jinoiy javobgarlik belgilanyapti. O‘zbekiston Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Jeneva shahrida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi mintaqaviy direktori Beate Andrees bilan muzokara o‘tkazdi. O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, jumladan, mamlakatimizda munosib mehnat sharoitlarini tizimli ravishda yaratish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat chog‘ida munosib mehnat va ijtimoiy himoya tamoyillarini joriy etish, norasmiy bandlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini asosiy daromad bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish standartlarini joriy etish kabi hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. XMTning mamlakatimiz, umuman, Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish, konstruktiv muloqot izchilligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida XMTning xalqaro koordinatori lavozimi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Bu, o‘z navbatida, mehnat munosabatlari sohasida O‘zbekistonning ilg‘or tajribasini mintaqada ham joriy etish imkonini berishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, kelgusida Toshkentda XMTning Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun submintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida XMTning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni faollashtirishga kelishib olindi. N.ABDURAIMOVA, O‘zA O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti: amaliy hamkorlik kengaytiriladi Mamlakatimizda ruxsatsiz qurilish qilganlik uchun eng yuqori jarima amalda ZIYORATI FUQAROLAR UCHUN UCHUN ESA TURFIRMALAR AYLANDIMI? BIZNESGA «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Ma’lumki, keyingi yillarda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida «Umra» va «Haj» ziyoratini erkin amalga oshirishga keng imkoniyat yaratib berildi. Turizm bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektorga ham litsenziya asosida «Umra» xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgani ziyoratchilar sonini keskin oshirdi. Xususan, o‘tgan yili 58 mingdan ortiq yurtdoshimiz diniy amallarini bajardilar. Ammo shuni alohida qayd etish joizki, keyingi paytlarda bir qator firmalar faoliyatidagi xatolar ziyoratchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘la boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 – 26-mart kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR ILGARI QOG‘OZDA EDI, bugun esa real hayotda amalga oshganini ko‘ryapmiz TAKLIF SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDAN CHIQISHI KERAK BU VANDALIZM! BOSHQA NARSA EMAS O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI «OSIYO KUBOGI – YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITDI 2027» 3s 2-sahifa 6s Samimiy tabassumi, tarbiyasi, madaniyati va iqtidori bilan hamkasblari mehrini qozongan jurnalist Sohibjon Alijonov milliy jurnalistikamizda o‘ziga xos iz qoldirib, el nazariga tushgan inson edi. 1968-yili Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan Sohibjon Alijonov 1992-yilda Toshkent davlat madaniyat institutining Madaniy-ma’rifiy ishlar xodimi mutaxassisligini, 2003-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. arishtasi bor inson edi 8s


Inklyuziv ta`lim 2 27-mart, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №11 (1243) chorshanba milliytiklanish TASHRIF NAMANGAN – G‘URURI BALAND, TADBIRKORLIKDA ENG ILG‘OR INSONLAR YURTI! Davlatimiz rahbari eng asosiy masala aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish ekanini ta’kidladi. Sayxunobod tajribasi asosida Namanganda ham katta harakat boshlangan. Viloyatning 14 ta tumanidagi 788 ta mahallaga bank filiallari biriktirilgan. Ular «mahalla yettiligi» bilan birga xonadonlardagi imkoniyatlarni, oilaning xohishistaklarini o‘rganmoqda. Birinchi bosqichda kam daromadli 4 mingta xonadon tanlab olinib, oila a’zolari jon boshiga oylik daromadni 2 million so‘mgacha oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi. Mahallalarda gulchilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay va kartoshka yetishtirish imkoniyati, ayniqsa, yaxshi. Bunga imtiyozli kreditlar ajratiladi. – Bu ishlarni kim qilishi kerak? Prezident vakili bo‘lgan hokimlar, sektor rahbarlari, 5 mingdan ortiq iqtisodiy idora xodimlari, mahallalardagi «yettilik» qilishi lozim. Buning uchun barcha mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. So‘nggi yillarda to‘qimachilikda xomashyoni to‘liq qayta ishlash yo‘lga qo‘yilib, eksport hajmi 1 milliarddan 4 milliard dollarga ko‘paydi. Xuddi shunday, zargarlikda ham salohiyat hozirgidan ancha yuqori. Yurtimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda. Lekin uning atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo‘g‘i 78 million dollarlik mahsulot eksport qilingan, xolos. Shu bois tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinishi aytildi. Sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi. Bu borada qonunchilikka ham takliflar kiritiladi. To‘l a foyd a l a n i l m ayo t g a n im koniyatlar yana yo‘llar va turizmdir. Angren shahridan to To‘raqo‘rg‘ongacha 100 kilometr yuriladi, avtomobil oqimi kuniga 10 mingdan oshadi. Tadbirkorlar bu yo‘l bo‘yida oshxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ko‘paytirib, 10 ming aholini doimiy band qilishga tayyor. Buni tartibli tashkil qilish uchun master-reja ishlab chiqib, yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi. Namangan viloyatining tog‘li va xushmanzara hududlarida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga qulaylik yaratish uchun avia va temiryo‘l qatnovlarini ko‘paytirish zarurligi aytildi. Viloyatda sanoat salohiyati yuqori. So‘nggi yillarda 72 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari ishga tushirildi. Lekin 16 ta sanoat zonasida 78 gektarda qo‘shimcha loyiha joylashtirish imkoniyati bor, xolos. 29 ta noruda koniga esa sanoat kirib bormagan. Viloyatning qo‘shni davlatlarga eksporti 568 million dollar. Bu bor imkoniyatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois konlar ni savdoga chiqarish, qo‘shimcha bojxona postlari va savdo uylari ochish, Namangan xalqaro aeroportida yuk terminali va Qamchiq dovoniga yaqin joyda logistika markazi tashkil etish choralari belgilandi. To‘qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, elektr texnikasi, qurilish materiallari tarmoqlaridagi loyihalar bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Kuni kecha Norin daryosida GESlar kaskadi, Pop tumanida ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli kichik GESlar kaskadi ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buni davom ettirib, gidroenergetikani har bir soy, har bir mahallaga olib kiradigan tizim qilish muhimligi qayd etildi. Qishloq xo‘jaligidagi masalalar m u h o k a m a q i l i n a r e k a n , kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Uchqo‘rg‘on, Pop, Uychi va Mingbuloqda Sloveniya tajribasi asosida intensiv baliqchilik yo‘lga qo‘yilishi, bu tarmoqda 4 ta yirik loyiha ishga tushirilishi lozimligi aytildi. Namanganda 1,5 million tonna meva-sabzavotdan 10 foizi eksport qilingan. Agar ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, eksport hajmini 3-5 barobarga oshirish mumkin. Shu maqsadda viloyat meva-sabzavot eksporti geografiyasi Xitoy, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Arab davlatlariga kengaytiriladi. 54 ming gektar yerning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari «GSP+» talablariga moslashtiriladi. Viloyatda meva-sabzavot, go‘sht va sutni qayta ishlash darajasi ham kam. Masalan, Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi yo‘q. Shu bois bu yo‘nalishda 141 million dollarlik 62 ta loyiha ishga tushiriladi. Kosonsoy va Popda esa yirik chorvachilik klasterlari tashkil etiladi. S h a h a r v a m a h a l l a l a r infratuzilmasini yaxshilash vazifalari ham juda muhim. Bugungi kunda 200 ming aholi uchun Yangi Namangan shahri qurilmoqda. Endi Chust va Pop tumanida 10 ming aholi uchun «Yangi O‘zbekiston» massivlari, yana 20 ming xonadonli turar joylar, IT-park va bog‘ barpo etiladi. Tu ma n la rd a ich i m l i k suv i ta’minotini yaxshilash, yo‘llar qurish va ta’mirlash vazifalari belgilandi. Viloyatdagi 16 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazi negizida ikkita – birinchi va ikkinchi Namangan tibbiyot markazlari tashkil etiladi. Bunda shoshilinch va boshqa tibbiy xizmatlar, diagnostik tekshiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlash, aholiga tunu kun xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari, vazirlar axborot berdi. Videoaloqa orqali tumanlar jamoatchiligi bilan samimiy muloqot bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, bog‘ va muzey barpo etilgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda jadid bobomiz nomida chet tillari oliygohi tashkil qilish maqsadi borligini ma’lum qilgan edi. Bu hayotga ko‘chib, 2022-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida shunday institut tashkil etildi. Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta ta’lim yo‘nalishi bor. Hozirda ikki bosqichda 1 ming 523 nafar talaba saboq olmoqda. Kelgusi yillarda ularning soni yana ortadi. Shuning uchun Yangi Namangan hududida 5 gektar joyda oliygoh uchun yangi kampus qurilmoqda. Prezidentimiz ushbu bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Hozir bu yerda ming o‘rinli o‘quv binosi, sport zali, oshxona qad rostlagan. Ularni shu yilning avgust oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda talabalar yotoqxonasi va yana bir o‘quv binosi barpo qilinishi ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz shu yerda Yangi Namangan shahri bosqichlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 – 26-mart kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. Uning qurilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bugungi kunda 2 ming 764 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 xonadonli uylar qurilmoqda. Bu shahar 200 ming aholiga mo‘ljallangan. Unda bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar, ish o‘rinlari uchun sanoat zonasi bo‘ladi. «Yangi O‘zbekiston bog‘i» ham shu yerda barpo etiladi. Davlatimiz rahbari bu qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli shahar bo‘lishi kerakligini ham ta’kidladi. Shu bois loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish, sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. F a r g ‘ o n a v o d i y s i d a n mamlakatimiz vohalariga dovon orqali o‘tiladi. Poyezd qatnovlari hamma yo‘nalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi. Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari qurilishi rejalashtir ilgan. Shu ningdek, aeroportning yo‘lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga ye t k a z i l a d i . Yu k t e r m i n a l i tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi. Shu bilan birga, maxsus servis texnikalari parki yangilanadi. Bu istalgan turdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi. Davlatimiz rahbari aeroportning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mahalliy va xalqaro reyslarni ko‘paytirish, logistika imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarurligini ta’kidladi. Chiptalar narxini aholiga qulay qilish asosiy vazifa etib qo‘yildi. Shu bilan Prezident Shavkat M i r z i y o y e v n i n g N a m a n g a n viloyatiga tashrifi yakunlandi. Ziyodulla JONIBЕKOV, Ikrom AVVALBOYEV, O‘zA muxbirlari Yurtimizda alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish, jumladan, umumta’lim maktablarida boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bitta: imkoniyati cheklangan insonlarni umidsizlik, ishonchsizlik kayfiyatidan xalos etish, yashashga ishtiyoqini oshirish hamda boshqalar qatori jamiyatda o‘z o‘rnini egallashlariga ko‘maklashishdir. Xo‘sh, inklyuziv ta’lim nima o‘zi, nega so‘nggi yillarda bu masalaga katta e’tibor qaratilmoqda? Aytish joizki, inklyuziv ta’lim – bu nogiron yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimi hamda barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan ta’lim turidir. Bugun mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan bunday maktab va maktab internatlari soni 90 taga yetdi. Ularda 21 447 nafar bola ta’lim olayotgan bo‘lsa, sanatoriy turidagi 22 ta maktab-internatlarida 5804 nafar o‘quvchi, 24 ming 196 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar esa umumta’lim maktablarida tahsil olmoqda. Shuningdek, 17 ta ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun ixtisoslashgan maktab va maktab internetlarida 2 941 nafar o‘quvchi ta’lim olyapti. O‘tgan davrda mazkur ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv qurollari, turli kasblar bo‘yicha o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu toifadagi maktablar uchun 2022 – 2023-o‘quv yiliga 28 nomdagi 26 936, 2023 – 2024-o‘quv yilida esa 27 nomdagi 42 131 nusxada Brayl yozuvidagi darsliklar chop etilib, joylarga yetkazib berildi. Nogironligi bo‘lgan ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida 13 nomdagi metodik qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zolaridan iborat bir guruh deputatlar bu borada belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadida hududlardagi ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar. Xususan, Uzun tumanidagi o‘rganishlarimiz jarayonida tumanda 3 ta maktabda inklyuziv ta’lim tashkil etilgani, 1-5 va 49-maktablarda boshlang‘ich sinflarda inklyuziv ta’lim joriy etilganiga guvoh bo‘ldik. Ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar kishini xursand qiladi. Sababi bu yerda yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlar Buxoro viloyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, birgina Olot tumanidagi 7-9-14-27-umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv sinflarida ta’lim-tarbiya yo‘lga qo‘yilgan. Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hamda Xonobod shahrida tashkil etilgan inklyuziv sinflarda ham imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlarimiz uchun barcha imkoniyatlar, qulayliklar yaratilibdi. Ochig‘ini aytish kerak, yaqin yillargacha imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyapti, deb maqtana olmasdik. Bugungi kunda ushbu toifadagi ko‘plab yoshlarimiz inklyuziv ta’lim bilan to‘liq qamrab olinmoqda, deya baralla aytolamiz. Bir so‘z bilan aytganda, bugun mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqat sifatli ta’lim berish, balki jamiyatning ularni ham barcha qatori qabul qilishi uchun hamma sharoitlar yaratilmoqda. Zero, ularning ham shu yurtning teng huquqli fuqarolari sifatida o‘z orzu-maqsadlariga erishishga haqlari bor. ILGARI QOG‘OZDA EDI, Tursunoy MURODOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bugun esa real hayotda amalga oshganini ko‘ryapmiz Davlatimiz rahbari tashrifining ikkinchi kuni Namangan viloyatini iqtisodiyijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Odamlarning mehnati va tadbirkorligi bilan Namanganda hayot o‘zgarayotgani qayd etildi. Oxirgi yetti yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, aholi jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetgan. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratilgan. Lekin hali ko‘plab imkoniyatlar ishga solinmagan, joylarda kamchiliklar ham ko‘zga tashlanyapti. Masalan, viloyat eksportining 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past. Viloyatdagi 56 ming tomorqada esa mahsulot yetishtirilmayapti. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Namanganda 1,5 million tonna mevasabzavotdan 10 foizi eksport qilingan. Agar ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, eksport hajmini 3-5 barobarga oshirish mumkin. Shu maqsadda viloyat meva-sabzavot eksporti geografiyasi Xitoy, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Arab davlatlariga kengaytiriladi.


UCHUN ESABIZNESGA AYLANDIMI? 27-mart, 2024-yil №11 (1243) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 Belgilangan tartibga ko‘ra, «Umra» ziyoratini milliytiklanish amalga oshirayotgan turoperatorlar har bir ziyoratchini ro‘yxatdan o‘tkazib, Saudiya Arabistoniga o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashi kerak. Ammo qing‘ir yo‘llar axtarilib, bu qoida ham bajarilmayapti. Shuningdek, ziyoratga ketayotgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayapti. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartibtaomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Ma’lumki, keyingi yillarda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida «Umra» va «Haj» ziyoratini erkin amalga oshirishga imkoniyat yaratib berildi. Turizm bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektorga ham rasman litsenziya asosida «Umra» xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgani ziyoratchilar sonini keskin oshirdi. Xususan, o‘tgan yili 58 mingdan ortiq yurtdoshimiz diniy amallarini bajardilar. Ammo shuni alohida qayd etish joizki, keyingi paytlarda bir qator firmalar faoliyatidagi xatolar ziyoratchilarning ham haqli e’tirozlariga sabab bo‘la boshladi. Bunga hududlarda «Umra» xizmatlarini litsenziyasiz amalga oshiradigan turoperatorlar ko‘paygani ham sabab bo‘lyapti. Misol uchun bugun 70 ga yaqin turoperator litsenziya bilan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 200 dan ortiq firmaning noqonuniy shug‘ullanayotgani aniqlandi. Qonunchilikda bu borada qat’iy normalar belgilanmagani bois bunday firmalar hatto diniy amal bilan bog‘liq oddiy talablarni ham bajarmayaptilar. Jumladan, ziyoratchilarga hamrohlik qilish uchun diniy sohada yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lmagan «ellikboshi»larni yollash holatlari ko‘paymoqda. Shuningdek, ziyoratchilarni e’tiqodimizga zid adabiyotlar bilan tanishtirish, an’anaviy ziyorat talablaridan chetga chiqish, fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida bo‘lish qoidalariga to‘liq amal qilishini nazorat qilmaslik holatlari uchrayapti. Ziyorat bo‘yicha reklamalarda berilayotgan va’dalar ham bajarilmayapti. Ya’ni, Masjidul Nabaviy va Masjidul Xaramga yaqin joydan mehmonxonalar bilan ta’minlash va’dasi berilib, manzilga yetib borilganidan keyin ziyoratchilar uzoq masofadagi mehmonxonalarga joylashtirilayotgani, ovqatlanish, transport bilan bog‘liq muammolar jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Eng yomoni, bunday holatlar O‘zbekistonning obro‘-e’tiboriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Joriy yilning yanvar oyida «Panorama Airways» xususiy aviakompaniyasi parvozlari orqali «Umra»ga jo‘natilgan ziyoratchilar qaytishi uchun aviachipta xarid qilinmagani natijasida qariyb 13 ming nafar fuqaro Saudiya Arabistonida qolib ketdi. Bu masala faqat hukumat darajasiga ko‘tarilganidan keyingina fuqarolarimizning ortga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. O‘tgan haftada ham 500 nafar yurtdoshimiz ushbu davlatda qolib ketdi. Belgilangan tartibga ko‘ra, «Umra» ziyoratini amalga oshirayotgan turoperatorlar har bir ziyoratchini ro‘yxatdan o‘tkazib, Saudiya Arabistoniga o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashi kerak. Ammo qing‘ir yo‘llar axtarilib, bu qoida ham bajarilmayapti. Shuningdek, ziyoratga ketayotgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayapti. Ziyorat davomida yetarlicha tibbiy xizmat ko‘rsatilmayotgani natijasida 2022-yilda 10 nafardan vatandoshimiz Saudiya Arabistonida vafot etdi. Yuqoridagi muammolar e’tiborga olinib, ushbu qonun loyihasi bilan «Umra» xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida litsenziya turini joriy etish hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani litsenziyalovchi organ sifatida belgilash taklif etilmoqda. Bu bilan «Umra» ziyorati huquqiy jihatdan tartibga solinadi va ziyoratchilarning haq-huquqlari ta’minlanadi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlar ekan, keyingi paytlarda ayrim fuqarolar ziyoratni sayohatga, turfirmalar esa biznesga aylantirayotganini, aslida «Umra» bu – diniy ibodat ekanini ta’kidladi. – «Umra»ning ham tartibqoidalari, talablari va hurmati bor. Ziyoratga sharoiti yetgan odamlar borishi kerak, oilasi, farzandlarining rizqini qiyib, qarz-havola qilib emas, – dedi Alisher Qodirov. Fraksiya a’zosi Kozimjon Tojiyev alohida litsenziyaning joriy qilinishi davlat monopoliyasini paydo qilmaydimi, degan mazmunda savol berdi. Qonun tashabbuskorlari bunga javoban, bu yerda gap ta’qiqlash haqida emas, tartibga solish haqida ketayotganini bildirishdi. Litsenziyaning joriy qilinishi endi bu faoliyat bilan faqat Diniy qo‘mita shug‘ullandi degani emas. Bu bo‘yicha ishlab chiqiladigan talablarga javob beradigan har qanday turoperatorga litsenziya beriladi va bugungi kunda bunday imkoniyatga ega firmalar juda ko‘p. Yig‘ilishda «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi vaqtlarda dunyoning turli mamlakatlarida sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar oqibatida yuzaga kelayotgan zarar va talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator manzilli chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etish zaruratini yuzaga keltirdi. Xususan, bu jarayonda ishtirokchi tashkilotlar mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Ruxsatsiz qurilish qilish, bosh rejani buzish, ko‘p xonali uylarni o‘zboshimchalik bilan yerto‘la va birinchi qavatini buzish yoki rekonstruksiya qilganlik uchun ma’muriy jarimalar kamligi sabab bunday huquqbuzarliklar yildan yilga oshib boryapti. Misol uchun, 2021-yilda 833 bor ruxsatsiz qurilish qilingan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 1870 taga ko‘paygan. Tasdqilangan bosh rejani buzish holati esa 2021-yilda 17 ta, 2022-yilda 24 tani tashkil qilgan. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati yoki yerto‘lasini «nejiloy» qilib, tayanch qismini buzib tashlagan holda do‘kon, kafe, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlariga aylantirish odatga aylandi. 2021-yilda 13249, 2022-yilda 11778, o‘tgan yil esa 13095 bor shunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Sir emaski, o‘tgan yilning fevralida Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzilada qulagan uylarning 30 foiziga aynan pastki qavatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar sabab bo‘lgan. Amaldagi qonunchilikda shaharsozlik talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalarning kamligi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilanmagani sababli bunday huquqbuzarliklar yildan yilga oshib boryapti. Qurilish sifati esa borgan sari tushib ketmoqda. Eng yomoni, qonunbuzarlar arzimagan miqdordagi jarimani to‘lab, noqonuniy harakatlarini bepisandlik bilan yana davom ettirmoqdalar. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ushbu qonun loyihasi bilan huquqbuzarliklarning xavfliligi darajasi hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib jarimalar miqdori 2 baravardan 10 baravargacha oshirish taklif qilinyapti. Taqqoslash uchun: mamlakatimizda ruxsatsiz qurilish qilganlik uchun eng yuqori jarima amalda 2 740 dollar bo‘lsa, bu miqdor Gruziyada 6 000, Belorussiyada 7 000, Rossiyada 10 500 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, binoning tayanch va to‘siq qismini noqonuniy buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirilib, jinoiy javobgarlik belgilanyapti. Xususan, buning uchun jarima 2 baravarga oshirilib, fuqarolarga 17 million so‘m, mansabdorlarga esa 34 million so‘m tarzida belgilanmoqda. Noqonuniy qurilish bartaraf etilgan taqdirda esa jazo qo‘llamaslik talabi saqlab qolinmoqda. Umuman, bu kabi qilmishlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham taklif etilayotganini aytish joiz. Fraksiya a’zosi Farhod Zayniyev ushbu qonun loyihasi juda ham dolzarbligini, biroq loyihada yuridik va tahrir jihatdan kamchiliklar ko‘pligini ta’kidladi. Deputat qonun loyihasiga mas’ul qo‘mita vakili sifatida ikkinchi o‘qishda bu kamchiliklar albatta tuzatilishini ma’lum qildi. Deputatlar, shuningdek, noqonuniy qurilishlar inson hayoti bilan bog‘liq ekan, loyihada taklif etilayotgan jarimalar miqdori kamligini ta’kidladilar. Ikkinchi o‘qish jarayonida ushbu masala bo‘yicha fraksiyada alohida ishchi guruhi tuzilib, bu borada xorijiy tajriba o‘rganilib, jazo choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi. Yakunda shunday fikr bildirish mukin: jazolar qonunni buzmoqchi bo‘lgan qurilish kompaniyalari uchun qo‘rqitadigan, to‘xtatadigan darajada bo‘lmas ekan, bunday holatlarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi yig‘ilishida ham ushbu qonun loyihalari muhokama qilinib, birinchi o‘qishda konseptual ma’qullandi. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri Qonunbuzarlar arzimagan miqdordagi jarimani to‘lab, noqonuniy harakatlarini bepisandlik bilan yana davom ettirmoqdalar. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ushbu qonun loyihasi bilan huquqbuzarliklarning xavfliligi darajasi hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib jarimalar miqdori 2 baravardan 10 baravargacha oshirish taklif qilinyapti. PARLAMENTDA Deputat minbar i ...13-15 yoshdagi o‘quvchilarning 1,7 foizi tamaki chekadi, 7,7 foizi esa hech bo‘lmasa bir marta chekib ko‘rgan. Yaqinda Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shunday ma’lumotlarni tarqatib, otaonalarni ogohlikka chaqirdi. Ko‘pchilik yurtdoshlarimizning fikricha, maktablardagi holat bundan ham yomon! Yaqinda bir pedagog bilan shu masalada gaplashib qoldim. Uning aytishicha, nafaqat yuqori sinf, hatto 5-sinf o‘quvchilari orasida ham elektron sigaret chekish urf bo‘lyapti ekan, eng achinarlisi, ular orasida qizlarning ham borligi. Bu haqda ota-onasiga aytsak, ba’zilari «Biz qaytarolmayapmiz, o‘zingiz biron narsa qiling» deydi. Ota-ona o‘z bolasini eplolmasa, biz qanday eplaymiz. Qattiqroq gapirsang, ota-onasi maktabga chopib keladi. O‘zi shu zahar-zaqqumni butunlay taqiqlasak bo‘lmaydimi. Ana qo‘shnilarimiz taqiqlabdiku, – deydi kuyunib. Ha, haqiqatan ham qo‘shnimiz – Qozog‘istonda elektron sigareta(veyp)larni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishga qat’iy taqiq qo‘yildi. Aybdorlar 50 sutkagacha qamalishi yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilab ham qo‘yildi. Qirg‘izistonda esa shu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Elektron sigaretalarning zarari haqida uzoq gapirish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan organizmga zararsiz deya aytilayotgan veyplar salomatlik uchun o‘ta xavfli. Odatiy sigaretalar kabi o‘pka, yurak qon-tomir kasalliklari, immunitet pasayishiga sabab bo‘ladi. Eng yomoni, genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Aslida bunday qonun birinchi bo‘lib O‘zbekistonda qabul qilinishi kerak edi. Chunki partiyamiz fraksiyasi tomonidan bir necha yil oldin elektron sigareta – veyplarni qat’iy taqiqlash taklifi ilgari surilgan edi. Jumladan, 2021-yilning noyabrida o‘tgan fraksiya yig‘lishlaridan birida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga shunday band kiritish taklif qilingandi. O‘shanda fraksiya rahbari Alisher Qodirov dunyoning 32 mamlakatida elektron sigareta cheklangani, nima uchun bizda cheklanmasligi kerakligini aytib, «Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz», degandi. Lekin afsuski, o‘shanda parlamentda bu taklif yetarlicha ovoz ololmadi. Faqat jamoat joylarida chilim va elektron sigareta chekish taqiqlandi, xolos. Shuning uchun ham bugun aholi sog‘ligiga mas’ul idora – O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi shunday qonun loyihasini tashabbus qilib, Qonunchilik palatasiga kiritsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Nazarimda vazirlik «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq ayanchli hodisadan saboq chiqargan bo‘lishi kerak... Jahongir ZIYAYEV, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Taklif Sog‘liqni saqlash vazirligidan chiqishi kerak «UMRA» ZIYORATI FUQAROLAR UCHUN SAYOHATGA, TURFIRMALAR Turoperatorlarning noqonuniy daromadi kesiladi, «Umra» ziyorati huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda


O‘ZDJTU Avstraliyalik tadqiqotchilar kam uyqusizlik asoratlarini tuzatish mumkin degan xulosaga kelishibdi. Ularning aytishicha, organizmning o‘zi unga qachon dam olish kerakligini eslatib turadi. TALABALARI MEHMONIMIZ 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 27-mart, 2024-yil №11 (1243) chorshanba Кутинг! Munosabat Partiya faoliyatidan Chindan ham shiddat bilan globallashayotgan dunyoda bu ko‘rsatkichlar kundan-kunga o‘sib bormoqda. To‘g‘ri, internetdan foydalanish yaxshi. Ammo yoshlar orasida «trend» tushunchasining ommalashishi vaziyatni mutlaqo boshqa tomonga burib yuborayotgandek. Ma’lumki, ingliz tilidan olingan «trend» so‘zi «yo‘nalish», «rag‘bat, moyillik, intilish», «moda, fason, uslub» ma’nolarini anglatadi. Masalan, «Toshkentda ko‘pxot i n l i l i k m a s a la si ya n a t r e nd d a », «Yakunlangan haftaning trendda bo‘lgan asosiy mavzularini eslaymiz» yoki biror bir mashhurning qilgan 15 soniyalik qiliqlari ham «trendda» so‘zini «dolzarb» so‘ziga bemalol almashtirishi mumkin. Bugun «trend» oqimiga qo‘shilib, osongina «yulduz» bo‘lish mumkin deb o‘ylayotgan yoshlar mohiyatini tushunib-tushunmay bu yo‘nalishga «kalla tashlashyapti». Qayd etilishicha, ayni paytda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 61,2 foizini 18-34 yoshdagilar tashkil etmoqda. Achinarlisi tengdoshlarimiz, hatto maktab o‘quvchilari orasida ham «trend»da bo‘lish asosiy maqsadga aylanib qoldi. Bu bir qaraganda oddiy holdek tuyulishi mumkin. Biroq bir necha soniyalik video olish uchun soatlab, haftalab vaqt sarflayotgan yoshlar bu tushunchaning o‘tkinchi ekani, buning o‘rniga biror hunar yoki kitob o‘qisa foydasi ko‘proqligini xayollariga ham keltirishmayapti. Kundan kunga ommalashib borayotgan videolarni olish ba’zan butun kunni talab qiladi. Misol uchun, men oddiy 9 soniyalik «trend»ni olish uchun kamida 35 marta kadr oldim va 3 soatga yaqin vaqtim ketdi. Tasavvur qiling, hozir kam sonli bo‘lsa-da o‘z obunachilarining bittagina «layki» uchun qimmatli vaqtini bekorga sovurishayotganini tushunish qiyin. O‘n yillar ilgarigi bolalar bir-birinikiga dars tayyorlash uchun yoki kutubxonalarga borish uchun yig‘ilishgan bo‘lsa, bugun «trend» olish uchun jam bo‘lishyapti. Oddiy bir misol: bir soatgina ijtimoiy tarmoqlarni kuzating, maktab o‘quvchilarining dars vaqtida olgan saviyasiz videolarini ko‘rib, xunobingiz oshadi. Nima bo‘lganda ham, bugun qayta va qayta ta’kidlanayotgan internetdan unumli foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini, ijtimoiy roliklarni ko‘paytirishimiz zarur. Kuni kecha bolaning qo‘liga telefon berib qo‘yilganining mudhish oqibati haqidagi videorolikni ko‘rdim. Mutasaddilar mahalla, ta’lim muassasalarida yig‘ilib, soatlab ma’ruza o‘qish o‘rniga shu kabi videoroliklarni namoyish qilishsa, tarqatishsa, samaraliroq natija berardi. Negaki, yoshlar eshitganidan ko‘ra, ko‘proq ko‘rganiga ishonyapti. Zotan, bu kabi sa’y-harakatlar bugungi raqamli aloqa dunyosida mo‘ljalni aniq belgilash uchun juda muhim. Zarina AHMEDOVA Ekoshaharlarga ehtiyoj – bu jiddiy «signal» Kam uxlaysizmi? Unda... Ma’lumki, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa, hozirgi Nurafshon shahri «Ikkinchi Toshkent» ekoshahar sifatida xalqaro standartlariga mos tarzda barpo etilayotir. Aytilishicha, loyihada yangi texnologiyalar, ekoshahar tizimi hamda yurtimiz an’analari hisobga olingan. Ha yana bir gap: bu shahar mamlakatimizdagi birinchi «aqlli shahar»ga aylanadi. Bu tajribaning respublika bo‘ylab ommalashtirilishi esa «yashil hudud»larning ko‘payishiga turtki berishi mumkin. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz kam uxlash nimalarga olib kelishi mumkinligini? Mutaxassislarning qayd etishicha, o‘rtacha uyqu miqdori chaqaloqlarda 17 soat, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 9 –12 soat bo‘lishi kerak. O‘smirlar uchun 8 –10 soat uxlash tavsiya qilinadi. Uyqusizlik – bu yuzaki yoki chuqur uyquning tez-tez buzilish holatidir. Bunday holatni davolash juda muhim sanaladi. Chunki uyqusizlik dardiga duchor bo‘lganlar me’yorda uxlay olmaganlari uchun charchash, kunduzgi uyquchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ish qobiliyatining p a s a y i s h i v a d i q q a t n i j a l b qilolmaslikdan aziyat chekadilar. Ko‘pchiligimiz kam uyqudan keyin yaxshi fikrlashga qiynalamiz. Bu dars davomida yanada ko‘proq seziladi. Diqqatni jamlash, fikrni ifodalash qiyinlashadi. Shifokorlar ning aytishicha, muntazam ravishda kam uxlash hatto xotiraning pasayishiga olib keladi. Bu boradagi tadqiqotlarda ham uyqu miyaning me’yorda ishlashini ta’minlaydigan muhim tarkibiy qism ekanligi aniqlangan. Bugun ham o‘qib, ham ishlovchi talabalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Tabiiyki, bu «uyqusizlar» sonini oshishiga olib keladi. Xo‘sh, uyqusizlik kasaliga chalinmaslik uchun nima qilish kerak? Bu borada olimlar shunday xulosa berishadi: uyqusizlikni davolash uchun avval uni qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqqanini aniqlash kerak. Agar uyqu bilan bog‘liq muammolar tanadagi kasallik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, uni davolash kerak. Avstraliyalik tadqiqotchilar kam uyqusizlik asoratlarini tuzatish mumkin degan xulosaga kelishibdi. Ularning aytishicha, organizmning o‘zi unga qachon dam olish kerakligini eslatib turadi. Tushlikdan keyin ozgina mizg‘ib olish, dam olish kunlari to‘yib uxlash organizm uchun juda foydali ekan. Bu n i q a r a ng k i , Pa r k i n s o n k a s a l l ig id a n d a r a k b e r uvch i omillardan biri ham kam uyqu, uxlash vaqtidagi bezovtalik ekan. Alsgeymer kasalligining kelib chiqish sabablaridan biri ham aynan uyqusizlik bilan bog‘liq ekan. Demakki, nafaqat talabalar, balki har bir kishi vaqtini to‘g‘ri taqsimlash orqali uyqusizlikning oldini olishi, imkon qadar o‘z vaqtida uxlashga harakat qilishi kerak. Darvoqe, tabobatda sut mahsulotlari uyquni maromlashtirib, immun tizimini yaxshilashi aytilgan. Shahzodbek OMONBOYEV 2023-yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 4,89 milliarddan oshgani aytilmoqda. Ijtimoiy so‘rovnomalar esa o‘rtacha har bir odam oyiga yetti xil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, ularning aksari bir kunda 151 daqiqani ijtimoiy tarmoqlarga sarflashini ko‘rsatgan. Ma’lumki, zamonaviy, ekologik toza arxitektura b a r q a r o r q u r i l i s h materiallarini tanlashdan boshlanadi. Ekologik toza ar xitek t u ra orqali biz nafaqat binolar quramiz, balki yerni qadrlaydigan v a k e l a j a k a v l o d l a r h ayot i n i b oy it a d ig a n meroslarni ham yaratamiz. Soha mutaxassislarining t a ’ k i d l a s h i c h a , b u yo‘nalishdagi arxitektura alohida tuzilmalar bilan chegaralanmasdan, global ta’sirga ham ega. Ekologik t o z a a r x it e k t u r a n i n g kelajagi axloqiy mas’uliyat haqida fikr yuritishga ham undaydi. Shu o‘rinda yana bir ma’lu mot: a mer i kali k tadbirkor Mark Lor ham AQSHda Telos nomli yangi shahar yaratilishini e’lon qildi. Qayd etilishicha, AQSHning g‘arbiy qismida, 6 0,7 m i ng ge k t a rd a n ortiq sahro maydonida qurilishi reja qilingan mazkur ekoshahar uchun «yashil» materiallardan foydalaniladi. Binolarning t a s h q a r i s i q i s m a n o‘simliklar bilan qoplanadi. U yerda istiqomat qiluvchi a h ol i n i n g a k s a r i y a t i piyod a hara katlanadi, shaharning transport tizimi velosipedlar, past tezlikda uchuvchi samolyotlar, bitta temiryo‘l va havo taksisidan iborat bo‘ladi. Xullas, keyingi yillarda sayyoramiz aholisi duch k e l a y o t g a n e k o l o g i k muammolar dunyoning turli davlatlarida ayni shunday e k o s h a h a r l a r q u r i s h ehtiyojini tug‘dirmoqda. Bu esa tabiatga bo‘lgan m u n o s a b a t l a r i m i z g a qaratilgan jiddiy «signal» hamdir... Malikabdulaziz QALANDAROV Eldan qolsang ham, «trend»dan qolma! Garchi Samarqand moddiymadaniy meros obyektlarini o‘z bag‘riga olgan ko‘hna shahar hisoblansa-da, bugun ularning hammasi ham yaxshi holatda saqlanmayapti. Masalan, «Milliy tiklanish»dan saylangan deputatlarning o‘rganishlari 1913 – 1919-yillarda barpo etilgan Abdurahmon Jomiy mahallasidagi «Kavarzor» masjidi odamlar ko‘z o‘ngida vayron bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Umumiy maydoni salkam 10 sotixli masjid atrofida bir paytlar xujra va tahoratxonalar, ikkita hovuz bo‘lgan. Ammo bugunga kelib, holati birmuncha yomonlashgan bo‘lsa-da, masjid saqlanib qolgan. Boshqa inshootlar esa buzilib, qurilish materillari sifatida sotib yuborilgan. Eski shahardagi «Darizanjir» masjid madrasasining ahvoli ham bundanda tashvishlanarli. Ma’lumotlarga ko‘ra, turli hujralardan iborat madrasa XV asrda, masjid esa XIX asrda barpo etilgan. Ammo bugun asl masjiddan nishon ham qolmagan, uning o‘rnida barpo etilgan binoda esa 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatyapti. Bir vaqtlar ilmu toliblar uchun maktab vazifasini o‘tagan madrasa ham yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Tabiiy ta’sirlardan nurab borayotgan majmuadan esa omborxona sifatida foydalanilmoqda. XIX asr oxirlarida mahalliy aholi tomonidan bunyod etilgan Amir Temur mahallasidagi Yusuf Xarot masjidining esa bugun faqat poydevori qolgan, xolos. Masjid yillar davomida mahalliy aholi tomonidlan talon-taroj qilingan. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi ushbu obyektlarni qayta tiklash, asrash va saqlashni kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa deb biladi va asori atiqalarimizga loqayd munosabatda bo‘layotgan shahar hokimligi mutasaddilarini zudlik bilan amaliy choralarga chaqiradi. Aks holda deputatlarimiz ushbu masalani xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga kiritishlarini ma’lum qilamiz. Partiyaning Samarqand viloyat Kengashi matbuot ¯АДИМГИ ЗАМОН xizmati ФАЙЛАСУФИ СОЛОН ВА УНИНГ ШОГИРДИ ПЕРИКЛНИ ЭСЛАБ ¯ОЛДИ ¯ИЁМИДДИН НАЗАРОВ НЕГА Келгуси сонларда ФАЛСАФА ФАНЛАРИ ДОКТОРИ, ПРОФЕССОР, ЗАМОНАВИЙ ЎЗБЕК ФАЛСАФА МАКТАБИ АСОСЧИ­ ЛАРИДАН БИРИ Bu vandalizm! Boshqa narsa emas


ОЛДИДАН ²АЛИ ²ЕЧ ªАЕРДА ЭЪЛОН ªИЛИНМАГАН МАªОЛАДА ТАНªИД ªИЛИНГАН КОРХОНА РА²БАРИ БИЛАН КЕЧГАН СУ²БАТИМИЗ УЗОªªА ЧЎЗИЛМАДИ. ЯКУНДА ²АР КИМ ЎЗ ФИКРИДА ªОЛДИ... 27-mart, 2024-yil №11 (1243) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish ²удудларда Іамкорлик Мен данман « 2024 йилнинг 3 апрелида «Фарғона ҳақиқати» газетаси ўзининг 110 йиллик юбилейини нишонлайди. Бу водий қалам аҳли учун катта воқеа, албатта. Чунки ушбу нашр асосан водий журналистлари мактабининг шаклланишида муҳим рол ўйнаган. Айтиш жоизки, газета ўтган йиллар давомида қай бир тузум ва тизимга хизмат қилмасин, энг аввало, ўқувчи манфаатини бирламчи деб билган. Агар нашр тарихига назар солсак, «Садои Фарғона» номи билан ўз фаолиятини бошлаган газета не-не алломалар, шоиру носирлар, бир сўз билан айтганда зиёли аҳли учун ишончли минбар вазифасини ўтаганини кўрамиз. Чўлпондан тортиб Ашурали Зоҳирийгача бўлган забардаст олимлар, жадидлик тўнини кийган юраги бут ватанпарварлар сўзи ҳам айни ушбу нашр орқали миллионлар қалбига етиб борган. Марғилонда яшаганим учун Фарғонага қатнаб ишлардим. Ёшликнинг шижоати биланми ёки адолат ҳақидаги пурмаъно гапларга ишонибми, бир куни Марғилон шаҳридаги катта боғ ҳамда йирик бир корхонада қонунлар бузилаётганини эшитгач, икки мавзуни бирлаштириб, танқидий мақола ёза бошладим. Бир неча кун маълумотлар йиғдим, одамлар билан гаплашдим... Аммо мақола тайёр бўлган куни унинг машинкада терилган нусхасини таксида қолдирибман. Ҳайдовчи мақолани ўқиб, биз танқид қилган корхона раҳбарини танигани боис ўша заҳотиёқ унга олиб бориб берибди. Кечга яқин дарвозамиз тақиллаб, мени бир киши сўраётганини айтиб қолишди. Йўлнинг нариги четида турган «Волга»га ўтирганимдагина кимлар мени сўроқлаб келганини тушуниб етдим... Ҳали ҳеч қаерда эълон қилинмаган мақолада танқид қилинган корхона раҳбари билан кечган суҳбатимиз узоққа чўзилмади. Якунда ҳар ким ўз фикрида қолди... Аммо ана шу учрашувнинг эртасигаёқ менга газета Бош муҳаррири номидан ўз хоҳишим билан ишдан бўшаш таклифи билдирилди... ва 24 соат ичида вилоятдан чиқиб кетиш шарти қўйилди. Бундан хабар топган дадам «ҳаммаси яхшиликка» дедилар бироз ўйланиб. Кейин узоқ насиҳат қилиб, «каттакон»лар билан низога бормасдан Тошкентга кўчиб кетишим тўғри эканини тушунтирдилар. Ҳалигача эслайман, умр бўйи ҳалол меҳнат билан оила тебратган дадам кетишим олдидан Марғилоннинг айрим «доҳий»ларидан узр сўрашимни ҳам қаттиқ тайинладилар. Гарчи дадамга «хўп» деган бўлсамда, лекин узрни насия қилиб, Тошкентга йўлга тушдим. Орадан йиллар ўтиб дадамнинг ҳаммаси яхшиликка деган гапларини кўп эсладим... Буларни нега эслаяпман? Шу арзимас мисолнинг ўзи ҳам «Коммуна»нинг жамиятдаги обрўэътибори қандай эди, деган саволга жавоб беради деб ўйлайман. Гувоҳи бўлганимдек, «Садои Фарғона»ю, «Коммуна»ларнинг вориси бўлган «Фарғона ҳақиқати»да бугун ҳам анчайин қайсар, гапга кирмайдиган, энг асосийси ўқувчи манфаати учун адолат тарафида тура оладиган ҳамкасбларимиз меҳнат қилишяпти. Уларнинг ташаббуслари, ўткир чиқишлари айримларга, айниқса, вилоятнинг баъзи бир доҳийларига ёқмаётгани бор гап. Аммо вақтлар келадики, газета муассиси, газета жамоаси ва унинг содиқ ўқувчиларининг бугунги фаолияти ҳали кўп тилга олинади. Шунинг учун ҳам одамлар уларга ишонишяпти. Яна бир гап: бугун газета айнан фидойи журналистлар ҳисобига ҳам ўз оёғида мустаҳкам турибди. Тўғри, маблағи камдир, тиражи вилоят ҳокимлиги муассис бўлган пайтлардагидек эмасдир. Аммо кимларнингдир олдида кўзини яширмай, дудуқлардек тили тутилмасдан гапиряпти, ёзяпти, газетачилар тили билан айтганда эса қўрқмай бонг уряпти. Босма нашрлар ҳаёти шундай: муассислар ўзгараркан, бири келиб, бири кетаркан, кўпинча бирининг амрини иккинчиси бекор қиларкан. Аммо жамоа ва нашрнинг мақсади ўзгармай қолавераркан... Ўзининг 110 йиллигини нишонлаётган «Фарғона ҳақиқати» газетасининг мақсади, муддаоси ва жамоаси хусусида ҳам шундай фикр билдириш мумкин. Марказий Осиёдаги илк нашрлардан бири бўлган ушбу газета тарихи «Садои Фарғона»дан бошлангани боис ҳам у нафақат водий, балки бутун мамлакатимиз зиёлилари учун қадрлидир. Йиллар ўтиб, халқимиз бу нашрнинг 200 ва ундан кейинги юбилейларини ҳам нишонлашар. Илоҳим, ўша кунларда ҳам «Фарғона ҳақиқати» миллий матбуотимиз маконида ўз ўрнини йўқотмасин! Бугун эса фидойи жамоага мустаҳкам соғлик ва келгуси фаолиятларида улкан зафарлар тилаб қоламан! Миродил АБДУРАҲМОНОВ, «Миллий тикланиш» демократик партияси раиси ўринбосари, «Миллий тикланиш» газетаси Бош муҳаррири Малайзия, Индонезия ва Сингапур давлатларида Бухоро вилоятининг туризм имкониятларини кенг тарғиб этиш ҳамда ушбу давлатларнинг ҳудудларида туроператорлар учун “Роуд-шоу”лар ташкил қилиш орқали сайёҳлар оқимини кўпайтириш мақсадида Бухоро вилоят делегацияси Малайзия давлатида бўлди. Сафар чоғида 10 га яқин туризм соҳаси вакиллари, йирик ассоциация ва корхоналар раҳбарлари билан учрашувлар ташкил этилди. Мазкур учрашувлар Ўзбекистоннинг Малайзиядаги элчихонаси вакили Элбек Саидов ҳамкорлигида Бухоро вилояти ҳокимлиги вакили Акмал Музаффаров ва Бухоро вилояти туризм бошқармасининг масъул ходими Бобир Тўхсановлар томонидан амалга оширилди. Учрашувларда Малайзия халқаро савдо ва кўргазма маркази бош менежери билан “Роуд-шоу”ни ўтказиш масаласида муҳокамалар ўтказилди. Шунингдек, Малайзиянинг туризм, санъат ва маданият вазирлиги билан тарғибот компанияларини ишга солган ҳолда мамлакатлараро сайёҳлик алмашинувини кучайтириш, Малайзиянинг “Smart world travel & tours SDN BHD” туристик компанияси билан сайёҳлик алмашинуви бўйича алоқаларни мустаҳкамлаш борасида ишлар олиб борилди. Малайзиянинг 3 000 дан ортиқ туристик ташкилотини ўзида жамлаган Малайзия тур ва сайёҳлик агентлари уюшмаси раҳбари билан “Роуд-шоу” тадбирида малайзиялик туроператорларни жамлаган ҳолда ўзбекистонлик туроператорлар учун учрашувлар ташкил этиш масаласида келишиб олинди. Зариф КОМИЛОВ, ЎзА журналистлар Иброҳим Ашуров, Аминжон Абдуллаев, Набижон Собиров, Музаффар Маматқулов, Абдуназар Худойназаров, Муҳаббат Иброҳимова, Абдужалил Бобожонов, Адҳам Раҳмонов, Муқимжон Нурматов, Ҳафиза Соляҳова, Баҳодир Шокиров, Тўлқин Юнусов, Рустам Орипов каби фидойи инсонлар, устоз журналистлардан кўп нарса ўрганганман. Афсуски, уларнинг кўплари бугун орамизда йўқ... Эсимда, биринчи марта энди-энди тилга туша бошлаган ёш шоир Иқбол Мирзони ҳам «Коммуна»да учратганман. Ўшанда шоирнинг бир саҳифа шеърлари чоп этилган эди. Аммо «Коммуна»да узоқ ишлаш насиб этмаган... ГАРЧИ БУГУН МАТБУОТГА, АЙНИªСА, БОСМА НАШРЛАРГА МУНОСАБАТ ЎЗГАРГАН БЎЛСА-ДА, АММО «ФАР£ОНА ²АªИªАТИ»НИНГ МАВªЕИ ²АЛИ ²АМ ПАСАЙМАДИ, АКСИНЧА, ВИЛОЯТДАГИ АЙРИМ НАШРЛАРДАН ФАРªЛИ ЎЛАРОª, ЎЗ ЗИММАСИДАГИ ВАЗИФАЛАРНИ МАСЪУЛИЯТЛИРОª, ²АЛОЛРОª ИЖРО ЭТИШДА, ЎªУВЧИГА ТЎ£РИ ВА ХОЛИС АХБОРОТ ТАРªАТИШДА ЕТАКЧИ. ЮБИЛЕЙ АДОИ ФАРҒОНА» Гарчи давр ва ижтимоийсиёсий муҳит таъсирида газета номи бир неча бор ўзгарган бўлса-да, жамоанинг мақсади ҳам, муддаоси ҳам ўзгармай қолаверган. Менинг журналистикадаги илк фаолиятим ҳам айнан шу нашрда бошланганидан фахрланаман. Ўшанда газета «Коммуна» номи билан чоп этиларди. Собиқ иттифоқ таназзули тезлашиб, мамлакат мустақилликка тобора яқинлашаётган 1987-1989 йилларда корректор, кейин эса мухбирлик қилганман. Қонли Фарғона воқеалари – ҳудудда комендантлик соати жорий этилган пайтлардаги воқеаларни ҳам «Коммуна» газетасининг гувоҳномаси билан ёритишга уринганим эсимда... «Коммуна» ўшанда ҳам тезкорлиги, мазмунмоҳияти борасида ҳатто республиканинг манаман деган газеталаридан қолишмасди. Гарчи бугун матбуотга, айниқса, босма нашрларга муносабат ўзгарган бўлса-да, аммо «Фарғона ҳақиқати»нинг мавқеи ҳали ҳам пасаймади, аксинча, вилоятдаги айрим нашрлардан фарқли ўлароқ, ўз зиммасидаги вазифаларни масъулиятлироқ, ҳалолроқ ижро этишда, ўқувчига тўғри ва холис ахборот тарқатишда етакчи. Эсимда Мухтор ака Ҳожираҳимов исмли журналист акамиз сабаб бўлиб, шу газетага ишга кирганман. Тошлоқ туманининг Заркент қишлоғида туғилган Мухтор ака бир пайтнинг ўзида «Қишлоқ ҳақиқати» (ҳозирги «Қишлоқ ҳаёти»)нинг ҳам мухбири бўлгани учун унинг ўзига яраша ҳурмати бор эди. Шу кишининг кўмагида тонггача хатолар излаш, ҳар саҳифа якунида, албатта «Гулдурос қарсаклар» ибораси ёзиладиган узундан-узун маърузалар билан биринчи марта «Коммуна»да танишганман. Ёшлик шижоати сабабми ёки касбга бўлган қизиқишми, сира чарчамасдик, доимий ишда қолиш учун тунукун елиб-югурардик. Ўша йиллари газетага Дониёр Эргашев Бош муҳаррирлик қилар, оппоқ сочларини доимо орқага тараб юрадиган, маданиятли, самимий ва хушмуомала инсон Аъзамжон ака Ортиқов эса ўринбосар эдилар. СССР халқ депутатлигига сайланган Абдужаббор ака Ҳусанов масъул котиб эди. Хуллас қисқа муддат бўлса-да, матбуотда ўз ўрни, сўзи ва қаламига эга устозларнинг катта «қозонида қайнаш» бахтига муяссар бўлганман. «Коммуна»да шунингдек, таниқли Термиз давлат педагогика институтида “Депутат ва ёшлар” лойиҳаси доирасида учрашув бўлиб ўтди. Унда халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлари Сайдулла Абдураимов ҳамда Сайпулла Турсуновлар иштирок этиб, Президентимизнинг ёшларга оид сиёсатида кўзда тутилган 2та энг муҳим йўналиш – замонавий билим бериш ва ёшлар бандлигини таъминлашга қаратилган саъй-ҳаракатларнинг бугунгача бўлган натижалари тўғрисида сўзлаб беришди. Ёшларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилишда ташкилий-ҳуқуқий асослар йилдан йилга мустаҳкамланиб бораётир, жорий йилнинг “Ёшлар ва бизнесни қўллабқувватлаш йили” деб эълон қилиниши эса бу борадаги ислоҳотларнинг мантиқий давоми бўлди, - деди тадбирда Сайдулла Абдураимов. Самимий мулоқот шаклида кечган учрашувда ёшлар сиёсатга оид ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар. Ёшларни қўллаб-қувватлаш бўйича ўз таклифларини ҳам билдиришди. Салкам 3 соат давом этган учрашув якунида фаол иштирок этган ёшларга китоблар ҳамда партиянинг эсдалик совғалари топширилди. Тадбир якунида Термиз давлат педагогика институти ректори Азизбек Ҳасанов эса “Миллий тикланиш” демократик партияси аъзолигига қабул қилинди. Улуғбек ХЎЖАҚУЛОВ, партиянинг Сурхондарё вилояти Кенгаши раиси ўринбосари Туризм имкониятлари Малайзияда намойиш этилди Сурхон ёшлари билан 180 даїиїа


27-mart, 2024-yil №11 (1243) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 МЕН ТЎХТАГАН УЙНИНГ ДАРВОЗАСИДАН КИРГАНДА ЧОЈРОЄЄИНА ХОНА БОР ЭДИ. КЕЧАСИ ЎША ХОНАДА ТУНАДИМ. АЛЛАМАІАЛГАЧА УХЛАМАЙ, ШУ ШЕЪРНИ ЁЗИШГА УРИНДИМ. АКСИГА ОЛИБ, ЄОЈОЗ ТОПИЛМАЙДИ. УЙ ЭГАЛАРИНИ УЙЈОТИШ НОЄУЛАЙ. ЧЎНТАГИМДАН ТЎЙ ТАКЛИФНОМАСИ ЧИЄИБ ЄОЛДИ. ШУНИНГ ОРЄАСИГА ЭРТАЛАБГАЧА МАЙДА-МАЙДА ІАРФЛАРДА ЁЗИБ ЧИЄДИМ. ХОТИРА САЪДУЛЛА АКА БИЛАН ЄАРИЙБ УЧ ЙИЛ БИР ЖАМОАДА ИШЛАГАН БЎЛСАКДА, УНИНГ БИРОН МАРТА БАЛАНД ОВОЗДА ГАПИРГАНИ, АСАБИЙЛАШГАНИ, БИРОН ТАДБИРНИ ШОШИБ БАЖАРГАНИНИ КЎРМАГАНМАН. КАМТАРИН, САМИМИЙ, ОДАМНИНГ ЁШИГА ЄАРАМАЙ, СУІБАТЛАШИБ, ГАПЛАШИБ, ЄЎЛИДАН КЕЛГАНЧА ЁРДАМ БЕРИШГА ИНТИЛУВЧИ ЗАКИЙ ИНСОН ЭДИ. йилдан 2023 йил 5 апрелга қадар Ўзбекистон миллий телерадио- компаниясининг “Ахборот-таҳлил мультимедиа маркази” давлат муассасасининг директори лаво- зимида фаолият олиб борган. 2020 йилда “Дўстлик” ордени ва бир қатор кўкрак нишонлари билан тақдирланган... Соҳибжон Алижоновнинг дўсти Комилжон Шамсиддинов шундай хотирлайди: Бундан нари борса, бир-икки ойлар олдин ҳар не ҳақида ўйлаган бўлсам, ўйлагандирман-у, лекин Хо- тира куни арафасида Оғажон – Соҳибжон акани эслаб, эзилиб ўтираман, демаганман. Ўйласам, наинки ёднома, балки у ҳақда бутун бошли китоблар ёзишга арзигулик одамимни йўқотибман. Раҳматли (очиғи, шундай демоққа ҳалиям тилим бормайди) фавқулодда билимли ва зукколик баробарида, ўта завқли, ўзи билан мудом яхши кайфият олиб юргувчи инсон эди. Минг хўмрайиб, гуруҳ-гуруҳ бўлиб, ўзича айро-ай- ро гап сотиб ўтирган бўлишмасин, у кирган заҳоти – даврадаги одам- лар ҳам беихтиёр ўша завққа ошно бўлганини сезмай қолардилар. Бунақаларни “фариштаси бор инсон” дейишади. Сиёсат борасидаги илми-ю, маҳоратини ҳам ҳамма биларди, суяги шу жабҳада қотган. Кунда- лик ҳаётда эса... Ўзи фарғоналик эмасми, водийча аскияларни ўрни ва меъёрида қўллаб, рақибини “мот” қилганини айтиб ўтирмай. Лекин сурхонлик ва ё хоразмлик билан ҳам, бухоролик билан ҳам – уларнинг ўз лаҳжаси ва қочиримида гаплашиб, ҳаммаси билан оға-ини бўлиб кетганини кўп кўрганман. Куй-қўшиқнику, уларнинг яралиш тарихидан тортиб, ижро услубларигача яхши билишига қойил қолардим... Ҳа, Соҳибжон Алижоновни хотирлаган одам борки, унинг санъатсеварлиги, сўзамоллиги, одамохунлигини алоҳида эътироф этади. Шу боисдан ҳам бу борада- ги фикрларни келтиришдан кўра, Соҳибжон Алижоновни қуйидаги мулоҳазасини келтиришни лозим топдик. «ОШИҚЛАРНИНГ САРДОРИ» АСЛИДА КИМ? Яқинда қизиқ бир воқеа бўлди. «Миллий тикланиш» газетасининг бош муҳаррири, таниқли журналист Миродил ака Абдураҳмонов телефон қилиб, «Соҳибжон, Шерали Жўраевнинг «Сардори менман» ашуласининг шеъри кимники эканини биласиз- ми?» – деб сўради, бир оз қувлик билан. Ўйлаб ўтирмай, «Расул Ҳамзатов», – деб жавоб бер- дим. «Ана! Сизам билмас экансиз, – деди ака, ўйлагани тўғри чиққанидан хурсанд бўлиб. – Кеча бир ҳурматли одам билан гаплаш- дим, у кишининг айтишича, бу шеърни Шерали аканинг ўзи ёзган экан!» деди тантановор оҳангда, Миродил ака. «Йўғ-ей, билмас эканман», – дедим. Чунки чиндан ҳам бу гапни аввал сира эшитма- ган эдим. Миродил ака темирни қизиғида босди: «Шерали ака билан шу ҳақда газетамизга битта суҳбат қилиб берсангиз-чи». Тўғриси, ўзим ҳам қизиқиб қолганим учун, фурсатни ўтказмай Шер акага телефон қилиб, муддаони баён қилдим. Ҳофиз кулиб, «Ҳақиқатан бу гап тўғри, майли гаплашамиз», дедилар. Кейин, “Фақат шу кунларда кўнглимда тўпланиб қолган яна бир-иккита гаплар бор. Уларни ҳам ёзасизми?» – деб сўрадилар. «Албатта! Суҳбат янаям қизиқ бўлади-ку», – дедим мен. Хуллас, ака билан кўришиб, анча гурунг­ лашдик ва шу пайтгача билмаган кўп нарсалардан хабардор бўлдим ва уларни сизгаям илиндим. Шерали Жўраев бу қўшиқ яралиши ҳақида ушбуларни сўзлаб берганди: – Ҳақиқатан бу жуда қизиқ воқеа бўлган. Адашмасам, етмишинчи йиллар эди, «Ўзбегим» ва «Биринчи муҳаббатим» сингари қўшиқларим билан анча танилиб қолганман. Андижондан Самарқандга кетаётиб, Тошкентда, бир дўстимнинг уйида тўхтадим. Келганимни эшитиб, асли самарқандлик Обиджон исмли дўстим йўқлаб қолди. Саломалиқдан кейин Обиджон, «Ҳозир те- левизорда Расул Ҳамзатов аёлларни табриклаб (8 март байрами кунлари эди), сени мингта одам яхши кўрса, ўшаларнинг орасида мен борман, юзта бўлса ҳам борман, битта бўлса, ўша менман, сени ҳеч ким яхши кўрмай қўйса, Расул ўлибди, деб ўйлагин», деган мазмунда шеър ўқиди, – деб қолди. «Ие! Зўр гап экан-у, буни қўшиқ қилиш керак, шеъри борми?» – деб сўрадим. Афсуски, у кўрсатув жонли эфирда бўлган, Расул оға шеърни рус тилида ўқиган, таби- ийки, дўстим шеърни ёзиб олмаган экан. Лекин шеърнинг ғояси кучли бўлгани учун уни ҳозир, шу заҳоти қўшиққа айлантириш фикри менга тинчлик бермай қўйган эди. Мен тўхтаган уйнинг дарвозасидан кирганда чоғроққина хона бор эди. Кечаси ўша хонада тунадим. Алламаҳалгача ухламай, шу шеърни ёзишга уриндим. Аксига олиб, қоғоз топилмайди. Уй эгаларини уйғотиш ноқулай. Чўнтагимдан тўй таклифномаси чиқиб қолди. Шунинг орқасига эрталабгача майдамайда ҳарфларда ёзиб чиқдим. Бир пайтнинг ўзида ҳам ёзяпман, ҳам куйи ҳам «пишяпти». «Агар ошиқларинг ўн мингта бўлса, Билгинки, аларнинг сардори менман», деб бошланганди шеър. Расул Ҳамзатов шундай ёзган бўлса зўр бўларди-да, деб хурсанд бўламан ўзимча. Эртасига Самарқандга кетдим. У ерда Раҳмонали деган ўртоғим орқали Ургутнинг ҳурматли кишилари меҳмонга таклиф қилишди. Кичикроқ давра эди, бир-иккита ашула айтдим. Мезбонлар янгисидан сўраб қолишди. Бояги ашулани бошламоқчи бўлиб, энди оғиз жуфтлаб тургандим, бирдан булбулнинг «чаҳ-чаҳ» уриб сай- рагани эшитилди (баҳор фасли, биз ўтирган боғда булбуллар кўп экан). Шундан илҳомланиб: Булбуллар ичинда тинмас забонман, Ҳамон ёнингдаман, танангда жонман, деган сатрлар келди хаёлимга ва янги қўшиқни шу сўзлар билан бошладим. Шу тариқа ушбу қўшиқ яралди. Бир иш билан Москвага борганимда Расул оға билан кўришганман. Бизни учраштирган дўстларимиз, «Бу йигит сизнинг ўша шеърингизни ўзбек тилида ашула қилган», деб айтишган экан. Расул оғага қўшиқ маъқул бўлди, ҳатто, «Мен бу шеърни ёзганда сен айтган жойларини ўйламаган эканман», – дегани ҳалигача эсим- да. Мен у кишига, «Шеърнинг бошидаги тўрт қатори сизники, уни халқимизнинг табиатига мос- лаб айтдим», – дедим. Расул оға, «Баракалла!» – дедилар. Маҳбуба КАРИМОВА тайёрлади. Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси масъуллари ва бир гуруҳ ОАВ вакиллари, ёшлар Саъдулла Ҳакимов яшаб, ижод қилган уйда бўлиб, устоз журналистни хотирлади. Тадбирда давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев томонидан устоз журналистларни ҳар жиҳатдан қўллаб-қувватлаш, уларнинг намунали ҳаёти ва ижоди билан ёшларни яқиндан таништириш, дунёдан ўтган ижодкорларни хотирлаш ва номини абадийлаштириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилаётгани таъкидланди. Дарҳақиқат, хотира билан инсон барҳаёт. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, таниқли журналист ва шоир Саъдулла Ҳакимов ёдига бағишланган тадбирда Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси раиси в.б. Холмурод Салимов устоз билан боғлиқ хотираларини сўзлаб берди. – Саъдулла ака билан қарийб уч йил бир жамоада ишлаган бўлсакда, унинг бирон марта баланд овозда гапиргани, асабийлашгани, бирон тадбирни шошиб бажарганини кўрмаганман. Камтарин, самимий, одамнинг ёшига қарамай, суҳбатлашиб, гаплашиб, ЭЗГУЛИККА ЙЎҒРИЛГАН УМ Мамлакатимиз журналистика соҳаси ривожига катта ҳисса қўшган таниқли ижодкор Саъдулла Ҳакимов ҳаёт бўлганида бугун 73 баҳорни қарши олган бўларди. қўлидан келганча ёрдам беришга интилувчи закий инсон эди, – деди Х.Салимов. – У киши уюшмага раҳбар бўлган пайтлари ҳеч кимни ишдан бўшатмаган. Аксинча, ишга қабул қилган. Давлатимиз раҳбарининг алоҳида эътибори, яратиб берган шартшароитлари туфайли устозимиз бошчилигида (2017-2020 йиллар) уюшма томонидан муайян ишлар амалга оширилди. Жумладан, «Ўзбекистон журналистларининг касб этика кодекси» ишлаб чиқилиб қабул қилинди, уюшма устави янгиланди, аъзолик тикланди, аъзоларга тақдим этиладиган янги намунадаги гувоҳнома, кўкрак нишони тайёрланиб тасдиқланди. Ёш журналистларнинг энг сара мақолалари жамланган «Ёш юраклар садоси» туркуми остида (2019-2020 йиллари) иккита тўплам нашр этилди. Саъдулла Ҳакимов 1951 йил 25 мартда Жиззах вилоятининг Фориш туманидаги Гараша қишлоғида туғилган. 1977 йилда Тошкент давлат университети (ҳозирги ЎзМУ) журналистика факультетини тамомлаган. Меҳнат фаолиятини Ғаллаорол туманидаги умумий ўрта таълим мактабида ўқитувчиликдан бошлаган. «Ўзбекистон социал таъминоти» журналида масъул котиб, «Ўзбекистон адабиёти ва санъати», «Ўзбекистон овози» газеталарида катта мухбир, бўлим мудири, масъул котиб бўлиб ишлаган. Эътиборли жиҳати, турли лавозимларда ишлаш асносида нафақат ижодий салоҳиятини, балки раҳбарлик ва ташкилотчилик маҳоратини ҳам намоён этган. Хусусан, «Маърифат» газетасида Бош муҳаррир, Ўзбекистон Республикаси Президенти девони Ахборот маркази раҳбари ўринбосари, бош консультанти, раҳбари, Ахборот тарғибот-таҳлил марказининг раҳбари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг жамоатчилик билан алоқалар бўйича Давлат маслаҳатчиси ўринбосари, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги бош директори ўринбосари, «Туркистонпресс» нодавлат ахборот агентлиги бош директори, «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси бош муҳаррири вазифаларида самарали меҳнат қилган. 2016-2020 йилларда Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси раиси лавозимида фаолият олиб борган. Унинг «Ҳамал тонглари», «Сен кутган баҳор», «Ёз оқшоми», «Она сўз», «Сайланма», «Кўнгил юзи», «Кўҳна нақл» каби ўндан ортиқ шеърий тўпламлари, «Эсимда қолган кунлар», «Атом қаърига саёҳат» публицистик асарлари нашр қилинган. С а ъ д у л л а Ҳ а к и м о в 2 0 0 2 й и л д а «Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими», 2019 йилда «Меҳнат шуҳрати» ордени билан тақдирланган. Тошкент вилояти Қибрай туманидаги устоз яшаб, ижод қилган хонадонга С.Ҳакимовнинг ёдгорлик лавҳаси ўрнатилгани таниқли журналист хотирасига ҳукуматимиз даражасида кўрсатилган эҳтиром белгисидир. Тадбир сўнггида Саъдулла Ҳакимовнинг оила аъзолари устознинг ижодий фаолиятига, хотирасига билдирилган ҳурмат-эҳтиром учун миннатдорлик билдиришди. Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Ахборот хизмати ариштаси бор инсон эди Фаолиятини “Ёшлар” телерадиоканали “Давр” ахборот дастурлари муҳарририятида оддий муҳаррирликдан бошлаб, 2006 йилнинг август ойидан 2015 йилга қадар ушбу муҳарририятни бош муҳаррир сифатида бошқарган. 2015−2017 йилларда Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси “Маҳалла” телерадиоканалининг директори, 2017−2019 йиллар давомида “Тошкент” телерадиоканали ва “Ўзбекистон 24” телерадиоканали давлат унитар корхоналарида масъул лавозимларда ишлаган. 2019 Таҳририятдан: Улуғ ва марҳаматли, фазилатли ой – Рамазон кунлари ҳамкасбимиз Соҳибжон Алижоновни бежиз эсламадик. Ҳақиқатан ҳам ўз касбига садоқат билан хизмат қилган бу инсоннинг қисқа умри фақат яхшилик, ҳалол меҳнат билан ўтди. Бетакрор истеъдод соҳиби ўзидан ширин, залворли хотираларни қолдирди. Чиройли муомаласи, ширин табассуми ва, албатта шинавандалиги билан ҳар доим эс- ланади ҳамкасблари орасида. Зеро, “Табассум билан айтилган чиройли сўз ҳам садақадир”. Ҳа, Соҳибжон ўзидан яхши одатлар қолдирган инсон сифатида ҳам бир умр ёдимизда қолди.


27-mart, 2024-yil №11 (1243) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish АІМАД НАИМ ПОЛЬША ЭЛЧИХОНАСИГА БОРИБ, БАІОВУДДИН АМИНЖОНОВГА ЎЄИШИНИ ТУГАТИШИ УЧУН ЁРДАМ СЎРАЙДИ. АММО БУНИ СССРНИНГ ГЕРМАНИЯДАГИ ВАКОЛАТХОНАСИДАН ЯШИРАДИЛАР. ЧУНКИ БУ ПАЙТДА СССР ВАКОЛАТХОНАСИ ТАЛАБАЛАРНИНГ ІАММА ІАРАКАТЛАРИНИ КУЗАТУВГА ОЛИБ, УЛАРНИ ТАЪЛИМНИ ТУГАТМАСДАН ЄАЙТАРИБ ЮБОРИШ ТАРАДДУДИГА ТУШГАН ЭДИ... ТАРИХҚАТЛАРИДА 1904 йили Бухоро шаҳрида мударрис хонадонида таваллуд топган Баҳовуддиннинг отаси Аминжон Зиёвуддинов «Ёш бухороликлар» партиясининг фаолларидан бўлиб, Бухоро тарихининг билимдони ҳам эди. Аминжон Зиёвуддинов 1920 йили амирликнинг ағдарилиши натижасида вужудга келган Бухоро Халқ совет республикасида нуфузли вазифаларда ишлаган. Баҳовуддин эса дастлаб жадид мактабида савод чиқаради, сўнг мадраса таълимини олиб, форс ва араб тилларини мукаммал ўрганади. У аввал Азиз Хўжа, Саттор Жаббор ва Вали Қаюмлар билан хусусий ўрта мактабда таълим олади. Сўнг тиббиёт соҳасида бўлган қизиқиши устун келиб, Берлин университетининг тиббиёт факультетига ўқишга киради. Айтиш керакки, ўша даврда иқтисодий-ижтимоий аҳвол жуда оғир бўлгани боис минтақада юқумли касалликлар авж олган, унга қарши кураш учун на пул, на тиббий хизмат кўрсатиш муассасалари бор эди. Буни яхши билган Баҳовуддин Туркистон матбуотининг етакчи нашри бўлган «Ер юзи» журналида туркум мақолалар эълон қилиб, соғлик учун энг зарур ва камхарж йўл сифатида жисмоний тарбия масаласини илгари суради. Талаба бўлишига қарамай, журнал орқали халққа мурожаат қилиб: «... Соғлиқни сақлаш илми бизга айтадир ким, одамнинг соғлиғини сақлаш учун кўп ва яхши ҳаракат қилиш, баданга фойдалик овқатлар олиш, фойдалиқ материаллардан кийим кийиш, уй-жойни ёруғ ва тоза ҳаволиқ қилиш керак. Бизнинг бутун танимизнинг оғирлиғи туғулғондан тамоман катта бўлгунча йигирма бир маротаба оғир бўладир... Яъни, бола туғилғон вақтида унинг тамом оғирлиғи беш қадоқ бўлса, бундан тақрибан икки қадоғи азала (мускул)лардир. Бу бола ўсиб бир юз беш қадоқ оғир бўлғонда, унинг ёлғиз азалалари етмиш саккиз қадоқ бўладир. Мана бунга қараганда, азалаларнинг бошқа тан аъзоларига қараганда қанча кўп ўсишга мухтож бўлгони кўриладир. Азалаларни ҳаракат қилдирмасак, ҳаракатнинг озлиғи ва бадан ҳаракатларидан қочиш юзасидан бизнинг ақлимиз ва табиатимизнинг кучи озаядир, ҳам биз ҳаётнинг яхшилиқларини кўра олмаймиз. Азалаларни яхши, ўзини кучлик ва мунтазам ҳаракат қилдириш юзасидан бизга тозалиқ, кучлик, куч ва шодлиқ келадир. Лекин бир шарт бор: бадан тарбияси билан амалий суратда машғул бўлмоқ керак» дейди. Кейинги мақоласида эса: «Тан ҳаракатларининг бизга тегадургон фойдаларидан бири ва муҳими инсоннинг нафас олиш аппаратига, умуман нафас олишға ва қон юришига бўлғон таъсиридир. Биз тан ҳаракатлари қилиб аъзоларимизни ишлаттирганимизда уларга кўпрак ҳаво, тўғрироқ айтганда ҳавонинг бешдан бир бўлаги бўлган «муваллид ул-ҳамуза» (кислород) ғози (гази) керак бўладир ва буни эса биз ўпкамиз орқали оламиз. Биз қанча кўп тан ҳаракати, испурт қилсак шунча кўп нафас оламиз. Бу эса бизнинг фойдамиздир. Биз томошаға чиқиб бир икки чақирим юрсак, нафас олишимиз одатдагидан икки ярим мисли ортадир. Узоқроқ вақт, бир, икки соат юрсак, тўрт-беш мисли, агар тоғларга чиқсак олти мисли, тез чопсак 12 мисли ортадир... Юриш, чопиш, тоққа чиқиш каби ҳаракатлар билан ихтиёрсиз кўпроқ нафас олиш ўрнига, ўзимиз уйдан ташқарига чиқиб қаттиқ-қаттиқ нафас олсоқ ҳам бўлади... Ўпкамиз кучлик бўлса, ҳар хил ёмон касалликларнинг микроблари ўпкамизга кирганда унда жон ола олмайдир ва ўпкамиз бу микрўблар билан муваффақиятлик суратда курашадир. Бу касалликларнинг бири ва энг ёмони тубиркулўз(сил)дир. Ўпка кучлик ва соғ бўлганида бу микрўблар ҳеч нарса қила олмайдирлар ва биз соғ қоламиз. Мана, тан ҳаракатлари вужудни, ўпкаларимиз соғлом қиладир, ҳар хил касалларга муқобала қилишда қуролланган бўладир». Афсуски, 1928 йили совет ҳукумати номаълум сабабларга кўра, Баҳовуддинга ўқиш учун стипендия беришни тўхтатади. У бундан хабар топгач, туркистонлик талабаларнинг етакчилари Аҳмад Наим, Саттор Жаббор ва Саид Али Хўжалардан таҳсилни давом эттириши учун бирор имконият бор-йўқлиги ҳақида маслаҳат сўрайди. Унинг таҳсилни тугатиши шартлиги ҳақида қайғурган ватандошлари маблағ топиш имкониятларини излай бошлайдилар. Аҳмад Наим Польша элчихонасига бориб, Баҳовуддин Аминжоновга ўқишини тугатиши учун ёрдам сўрайди. Аммо буни СССРнинг Германиядаги ваколатхонасидан яширадилар. Чунки бу пайтда СССР ваколатхонаси талабаларнинг ҳамма ҳаракатларини кузатувга олиб, уларни таълимни тугатмасдан қайтариб юбориш тараддудига тушган эди... Туркистонлик талабаларнинг саъй-ҳаракатлари билан Баҳовуддин 1929 йилнинг бошида Польша ҳукуматидан ёрдам олишга эришади. Аммо бу қувончи узоққа чўзилмайди. Польша берган ёрдамдан хабар топган совет маъмурлари Берлинга қайтган Баҳовуддинни куч билан Ўзбекистонга қайтариб юборишади. Германияда таълим билан боғлиқ режалари барбод бўлган ёш талаба тақдирига тан бериб, Ўрта Осиё Медицина институтига киради ва 1931 йили диплом олади. Ва, дарров Ялтадаги «Ўзбекистон» санаториясига ишлаш учун йўлланма олади. Таассуфки, беш йил хизмат қилиши ортидан ишдан олинган Баҳувуддин Аминжонов Тошкентга юборилади. Тошкентдаги Республика тубдиспансери, яъни сил касаллигини даволашга ихтисослашган шифохонада ишлай бошлайди. Надоматки, 1937 йилнинг январида эндигина 33 ёшни қаршилаган Баҳовуддинни «шўро жаллодлари» йўқлаб келадилар... Баҳовуддин Аминжонов Германияда таҳсил олиб қайтгач, жони қийилган бошқа талабалар сингари «анъанавий сценарий» асосида 1937 йилнинг 24 январь куни қамоққа олинади. Унга 1922-29 йилларда Германия ва Польшада ўқиган, «Мустақил Туркистон» аксилсовет ташкилотининг аъзоси, Польша разведкасига жосуслик мақсадида ёлланган, деган айб қўйишади. Турмуш ўртоғи Танзила 3 ёшли қизи Сурия билан фарёд урганча қолаверишади... Дастлабки сўроқдаёқ унинг таҳсилни тамомлаш мақсадида пул топиш учун Польшага бориши воқеаси зўр аксилсовет воқеа сифатида кўрилади. НКВД терговчилари томонидан тайёрланган сўроқ баённомасига кўра, унинг Берлин шаҳрининг Шенеберг туманидаги Хауптштрассе кўчаси, 96-уйда яшовчи Артур Меркшга қўнғироқ қилгани, Германияда ўқиётган дўсти Афзал Абдусаидга хат ёзгани, 1931 йил Саттор Жаббор Германиядан келиб, биринчи бўлиб Баҳовуддиннинг уйига боргани каби ҳолатлар жосуслик фаолияти дея талқин этилади. Аслида эса Баҳовуддин 1922-25 йилларда суғурта жамияти раҳбари Меркшнинг уйида ижарада тургани учун яқин дўст тутингани, ватанга қайтиш асносида Артур Меркш «уйингга эсон-омон етиб борсанг, албатта қўнғироқ қилиб қўй» деб айтгани учун бир мартагина қўнғироқ қилган эди. 1937 йил ёзида Баҳовуддин Аминжонов Тоштурма касалхонасидан СССР НКВД Генерал Комиссари Николай Ежов номига ариза йўллайди. Аризасида айбсиз бўлгани ҳолда қамоққа олингани, терговлар ноқонуний тарзда, тўлиқ зулм остида олиб борилгани оқибатида силнинг жуда оғир формасига чалиниб, икки ойдан буён турма касалхонасида ётганини, бу ерда кун сайин ўлими яқинлашаётганини маълум қилади. Шунингдек, у ёш шифокор экани ва келажакда ватан учун хизмат қилиши мумкинлигини айтиб, тубдиспансерда даволанишга рухсат сўрайди. Ачинарлиси, турма касалхонасида на шароит, на врач, ва, на дори-дармон бор эди. Афсуски, не умидлар билан ёзилган бу ариза тоштурмадан чиқмасдан «дело»га тикилади. Аминжоновнинг айблов баённомасида у ЎзССР Жиноят кодексининг 57-моддаси I қисми (Ватанга хиёнат, ҳарбий ва давлат сирларини сотиш, шпионаж), 64-(Совет давлатига қарши теракт), ва 67-(аксилинқилобий ташкилотга аъзолик) моддалари билан айбдор деб топилгани қайд этилади. Илмга чанқоқ, изланувчан, етук шифокор бўлиб етишиши аниқ бўлган Баҳовуддин Аминжоновнинг иши 1938 йилнинг 9 октябрь куни «учлик» судида кўрилади. Бор-йўғи 15 дақиқагина давом этган «адолатли» муҳокамада унга ўлим жазоси тайинланади, ҳукм эса ўша куннинг ўзидаёқ ижро этилади. Шу тариқа яна бир бегуноҳнинг олам-олам орзу-мақсадлари «жаллоднинг қиличи» зарби билан гўё юлдузлардек осмонга учади... Орадан йиллар ўтиб, Баҳовуддин Аминжоновнинг «иши» унинг турмуш ўртоғи Танзила Аминжонованинг аризасига кўра, қайта кўриб чиқилади. Тергов бошланиб, 1961 йилда Самарқанд шаҳридаги фабрикада ишлаган Танзила Аминжонова сўроққа чақирилади. У эрининг НКВД ходимлари томонидан 1937 йилнинг январида қамоққа олингани ва орадан 9 ой ўтгач, унинг ўзи ҳам 18 ой давомида қамоқда сақланганини айтади. «Бирор марта сўроқ-савол бўлмади, фақат узоқдан икки марта мени Баҳовуддинга кўрсатишди, аммо гаплашишга ҳам имкон беришмади. Кейин қамоқдан чиқариб юбордилар. Эрим ўта илмли, виждонли ва маданиятли инсон эди. Унинг ҳалоллиги ҳақида барча танишларидан сўранглар, ахир улар орасида ҳали тириклари бор-ку!» дейди у ўз кўрсатмасида. 1961 йили бўлиб ўтган сўроқда Республика тубдиспансерининг директори тиббиёт фанлари доктори, профессор Алимов Шокир Аминович Баҳовуддини шундай эслайди: «1936-37 йилларда Республика тубдиспансерида ординатурада бўлган эдим. Ўшанда Баҳовуддин Аминжоновни кўрганман. Мен бундай билимдон, масъулиятли, талабчан, ғайратли ва меҳрибон инсонни ҳеч қачон кўрмаганман. У қисқа вақтда бутун жамоанинг ҳурматини қозониб улгурган эди. Бундай яхши одам кам бўлади». Тарих қатларида ётган шум қисмат эгаларининг ҳаёт йўллари ҳақида ўқиш асносида мақсади миллат зиёлиларини камайтириш бўлган чиркин тузум зулми бир неча йиллар «акс-садо» бериб турган. Кимдир ота-онаси, бошқа биров бобо-бувиси, қариндош уруғларидан эшитган ўша давр «ҳикоя»лари йўқки, яхшилик билан тугаган бўлса... Баҳром ИРЗАЕВ, Қатағон қурбонлари хотираси давлат музейи катта илмий ходими, тарихчи олим 1922 ЯНА ЄАТТОЛ «ЖАЛЛОДНИНГ ҚИЛИЧИ» ЁКИ ТУРКИСТОННИНГ ЭНГ КУЧЛИ ШИФОКОРИ БЄЛИШИ МУМКИН БЄЛГАН ЁШ ЖАДИД ХУСУСИДА йилнинг кузида Германияда таҳсил олиш учун йўлланган 55 нафар талаба орасида Баҳовуддин Аминжонов ҳам бор эди. Бухоро ҳукумати томонидан Германияга юборилган талабалар учун масъул бўлган Олимжон Идрисий табиатан нозик бўлган Баҳовуддин Германияда бир қанча вақт даволанишга мажбур бўлгани, лекин тенгдошлари ўртасида жуда иқтидорлилиги билан ажралиб туришини ёзган эди. Буюк Британиянинг энг йирик халқаро сайёҳлик кўргазмаси ҳар йили Бирмингемдаги энг йирик кўргазма марказларидан бири “National Exhibition Centre”да ўтказилади. Мазкур тадбир Европа ва дунёнинг йирик транспорт компаниялари, меҳмонхоналар, курортлар, кўнгилочар боғлар ва бошқа туристик ташкилотлар вакилларини бирлаштиради. Туризм қўмитаси ташаббуси билан мамлакатимиз вакиллари ҳам бу йилги кўргазмада қатнашиб, юртимизда, хусусан, Самарқандда туризмни ривожлантириш, сайёҳлар учун яра- тилган шароит ва имкониятлар, виза тартибла- рининг соддалаштирилгани ҳақида батафсил маълумот беришди. Тадбир доирасида Ўзбекистоннинг Лондондаги элчихонасида Буюк Британия ва Ирландиядан сайёҳларни мамлакатимизга жалб этиш мақсадида “Самарқанд – Янги Ўзбекистоннинг туризм дарвозаси” мавзуида тақдимот бўлиб ўтди. Самарқанд вилояти туризм бошқармаси бошлиғи ўринбосари Дилшод Нарзиқулов туризм соҳаси вакилларини Самарқанднинг бой маданияти, диққатга сазовор жойлари ва туризм хизматлари сифати билан таништирди. Шунингдек, юртимизнинг гастрономик жозибадорлигини намойиш этиш мақсадида миллий таомимиз –паловни тайёрлаш бўйича маҳорат дарси ўтказилди. Ғ.ҲАСАНОВ ЛОНДОНДА САМАРҚАНД ТУРИЗМИ ТАҚДИМОТИ Туризм Самарқанд туризм соҳаси вакиллари шу кунларда Буюк Британиянинг Лондон шаҳрида ўтаётган халқаро сайёҳлик кўргазмасида иштирок этмоқда.


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 263. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 321 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 02:20 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №11 (1243) 27-mart 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mtgazeta.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги СИРДАРЁЛИК ҚИЗЛАР Юртлар кездим, юрдим Парижда, Римда Гоҳ Деҳли, гоҳ Дубай, гоҳо Қримда, Дунёни куйладим достонларимда, Аммо бор оламдан гўзалроқ сизлар, Сирдарёлик қизлар, сарвиқад қизлар! Барча мақтов сизга, сизга шон-шараф, Ҳайрат аршидаман, бўйингизга қараб, Дунё бир тараф-у сизлар бир тараф, Ойда йўқ сиздаги оппоқ ой юзлар, Сирдарёлик қизлар, сарвиноз қизлар! Сизга қанот бермоққа қодир эмасман, Тожмаҳал қурмоққа Бобур эмасман, Аммо қуёш кўкда битта демасман, Сизларнинг барчангиз Қуёшдирсизлар, Сирдарёлик қизлар, сервиқор қизлар! Сиз кулсангиз базму байрам ўшадир. Сиз борган уй, Боғи эрам – гўшадир. Сизни кўрса Тинч уммони жўшадир, Сизни кўриб кўкда чақнар юлдузлар, Сирдарёлик қизлар, севимли қизлар! Сизни кўриб, шоирлар шеър битсалар, Сизни таърифлашда мендан ўтсалар, Шу заҳоти юрагимга уринг ханжар, Тап тортмасин, аямасин ул шаҳло кўзлар, Сирдарёлик қизлар, саришта қизлар! САЛОМ! Дуога қўл очиб, сўрайман Тангрим, Ассалом алайкум ўнгдагиларга! Сен буюк Ҳоқоним, буюк ҳамдардим, Ассалом алайкум сўлдагиларга! Сен буюк бахт бердинг, буюк тахт бердинг, Ассалом Қуръони қўлдагиларга! Буюк шараф бердинг, буюк аҳд бердинг! Ассалом, исломий йўлдагиларга! Қалбимизга бердинг иймон деган нур, Ассалом, хуш ният ўйдагиларга. Номинг ила нафас олиб бир умр, Умрини тўй қилган, тўйдагиларга! Иймон йўли гоҳ жар, гоҳо машаққат Ассалом ҳаёти дўлдагиларга. Жаннат истаб ғамга қилгувчи тоқат. Ассалом, умидвор чўлдагиларга. Ҳали тонг отмасдан, умри бўлиб шом Минг йилларки ўтди, қанча дўст-ёрим. Ўтганларга, аҳли иймонга салом. Барига раҳм қил, Парвардигорим! Фаришталар тўла фалаклар салом. Риштангиз боғлайди бизни самога. Теграмизда юрган малаклар салом, Сиз салом етказинг, арши аълога! Салом, баҳри-дилни очгувчи Қуёш Салом, тоғу тошлар, чаманлар салом! Салом, эй гуркираб юрган замондош, Бизга Ватан бўлган масканлар салом! Бу етти фалакнинг тинч тутиб турган Буюк Оллоҳимнинг Қудрати салом! Ҳар тирик жонга ризқ улашиб юрган, Буюк Раззоғимнинг Ҳиммати Салом! Салом, Эй Оллоҳнинг мўъжизалари Оллоҳнинг Ҳикмати, Қисмати салом! Ҳар кун салом деркан тонг саҳарлари, Кўксимни тўлдирар улуғвор айём! Мен ухлаб ётгандим ҳақир ва ночор. Уйғотдинг жон бериб, Эй муҳтарам Зот! Менга жон бергувчи сендай дўстим бор! Буюкман, то сени қиларканман ёд! Буюкман, мен сени қалбимга жойлаб, Яшайман ҳар лаҳза Каломинг билан! Тангрим уйғотмоғинг қандай буюк бахт Дилимга жойлаган Саломинг билан! Му³аммад ИСМОИЛ – Қандай ҳолларда хорижий давлатлар дипломлари Ўзбекистонда ҳеч қандай имтиҳонларсиз тан олинади? Шу ҳақда маълумот беринг? Шохрух Муҳаммадиев, талаба – Мусодара бўлган мол-мулкка ҳам солиқ чиқиши мумкинми? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Моҳира Ҳакимова, Қарши шаҳри – Банк кредитни ундириш учун пластик картамдан тўғридан-тўғри пул ечиб оляпти. Бунга унинг ҳаққи борми? Нарзуллаева Ситора, Ургут тумани – Меҳнат кодексининг 271-моддасида ходимнинг хоҳишига кўра иш ҳақи ёки унинг муайян қисми ходимнинг ёзма аризасида кўрсатилган миқдорларда ва муддатларда кредиторларга банк муассасаларидан олинган ссудалар, кредитлар, коммунал тўловлар ва бошқа харажатларни тўлаш учун юборилиши мумкинлиги белгиланган. Агар сиз банк кредит шартномасида тўғридан-тўғри пластик картангиздан пул ечишга рухсат берган бўлсангиз, бу операцияни амалга ошириш учун банк ҳуқуқий асосга эга ҳисобланади. – Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Давлат инспекциясининг қўшма қарори билан рўйхати ҳар йили тасдиқланадиган халқаро эътироф этилган ташкилотларнинг (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Нigher Education, Academic Ranking of World Universities) рейтингида олий таълим муассасалари орасида биринчи 1000 (минг) ўринни эгаллаган хорижий олий таълим муассасаларида таълим олган, шунингдек, вазирлик ва идораларнинг йўлланмалари асосида мутахассисларни мақсадли тайёрлаш учун хорижий давлатлар томонидан ажратилган квоталар (грантлар) ҳисобидан таълим олган ҳамда 1992 йил 1 январгача хорижий таълим муассасаларига ўқишга кирган талабгорларнинг ҳужжатлари тўғридан-тўғри (синовларсиз) тан олинади. Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Ахборот хизмати – Якка тадбиркор сифатида кўп қаватли уй қуриб, сотмоқчиман. Бунинг учун рейтинг ва бир қанча имтиёзлар жорий қилинган деб эшитдим. Шу тўғрими? Абдураҳмон Акбаржонов, Вобкент тумани – Ҳа, тўғри. Беш қаватли уйларни барпо этишга камида “қониқарли” ва 9 қаватли уйларга “ўрта қониқарли” рейтингига эга бўлган пудратчилар жалб қилинади. Турар жойлар қурилишида “яшил” стандарт асосида бунёд этиладиган уй учун пудратчиларга кредитлар бир фоиз паст, яъни йиллик 15 фоиз ставкада берилади. Пудратчиларга кредитлар бўйича кафиллик бериш ва фоиз харажатини қисман қоплашга Тадбиркорлик компанияси томонидан 200 миллиард сўм йўналтирилади. Уй қурилиши учун махсус техникалар импорти бўйича берилган божхона имтиёзи яна бир йилга узайтирилади. Юрист блогер расмий телеграм канали – Кимникилиги аниқ бўлмаган мол-мулклар эгасиз деб топилиши мумкинми? Шу ҳақда маълумот берсангиз? Мунира Раҳимова, Нурота тумани – Фуқаролик процессуал кодексининг 327-моддасига асосан, мол-мулкни (ашёни) эгасиз деб топиш тўғрисидаги ариза давлат мол-мулкини бошқариш ваколатига эга орган ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органи томонидан мол-мулк (ашё) турган жойдаги судга берилади. Аризада қайси мол-мулкни (ашёни) эгасиз деб топиш кераклиги кўрсатилган бўлиши, шунингдек, мол-мулк (ашё) эгасини аниқлашнинг имкони йўқлигини ёхуд мол-мулк (ашё) мулкдор томонидан унга нисбатан мулк ҳуқуқини сақлаб қолиш ниятисиз қолдирганлигини тасдиқловчи далиллар келтирилган бўлиши керак. Ҳамидулла Зарипов, ҳуқуқшунос – Йўқ. Фуқаролик Кодексининг 205-моддасига асосан Мулк ҳуқуқи бекор қилинганда олиб қўйилаётган молмулкнинг қиймати, агар қонунчиликда бошқача тартиб ўрнатилган бўлмаса, баҳоловчи ташкилот томонидан мулк ҳуқуқи бекор қилинган пайтда белгиланади. Солиқ кодекснинг 16-моддасига асосан шахснинг зиммасига қонунда белгиланган ҳолларда мол-мулкни мусодара қилиш ҳамда бошқача тарзда олиб қўйиш солиқлар ёки йиғимлар жумласига кирмаслиги кўрсатилган. САВОЛБЕРИНГ! Спорт ЎЗБЕК ОНАЛАРИГА БАҒИШЛАНГАН КИТОБ Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Муҳаммад Исмоилнинг “Бошимдаги тожим онам” номли китобининг тақдимоти бўлиб ўтди. Тақдимотда алоҳида таъкидланганидек, шоир учун бу дунёда энг катта бойлик онанинг дуосидир. Зеро, миллатимиз она дуосини доим улуғ қадрият санаган. Бу китобни ўқиган одам ўзини тафтиш этади. Яъни, муаллиф ўз онаси тимсолида ўзбек оналарига таъриф беради. Шунингдек, шоир ва адибнинг хулосалари, тажрибалари, сабоқлари, кузатишлари жамланган “Ён дафтаримдаги битиклар”и ҳам ушбу китобдан ўрин олган. Унда муаллиф инсон, жамият ҳаёти ҳақида ўз фикрларини баён этади. «Осиё кубоги-2027» ЖЧ-2026 ҳамда Осиё кубоги-2027 қўшма саралаш босқичи доирасида футбол бўйича Ўзбекистон миллий жамоаси Ҳонгконг устидан йирик ғалабага эришиб, ҳал қилувчи 3-саралаш босқичи ва Саудия Арабистонида ўтадиган Осиё кубоги-2027га йўлланмани нақд қилди. Тошкентдаги учрашув олдидан бош мураббий Сречко Катанец бетоблиги сабабли ўз юртига қайтиб кетган бўлса-да, миллий жамоамиз Ҳонгконг билан баҳсда катта қийинчиликсиз ғалабага эришди. Элдор Шомуродов биринчи бўлимда ҳисобни очган бўлса, олган жароҳати сабаб 2-бўлимда майдонга туша олмади. Захирадан майдонга тушган Ҳожимат Эркинов ва Остон Ўруновларнинг голи эса вакилларимизга йирик ғалаба келтирди – 3:0. Шу тариқа, Ўзбекистон 4-турдан кейин 10 очко билан кейинги босқич йўлланмасини муддатидан аввал қўлга киритди. Ўзбекистон терма жамоаси йўлланмасини қўлга киритди ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish


Click to View FlipBook Version