The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№ 18 (1206)
2023-yil 14-iyun,
chorshanba

MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan illiy www.mt.uz / [email protected] tiklanish «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIY- SIYOSIY GAZETASI «MAQSADIMIZ – BIR!» SAYLOV – 2023 MILLIY QADRIYATLARIMIZNI, TILIMIZ, URF-ODAT VA AN’ANALARIMIZNI QADRLAYOTGAN, XALQIMIZ MANFAATINI HAR NARSADAN USTUN QO‘YAYOTGAN NOMZOD – 13-IYUN KUNI TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI TOMONIDAN KO‘RSATILGAN HAMDA «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI TOMONIDAN QO‘LLABQUVVATLANGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD SHAVKAT MIRZIYOYEV XIVA SHAHRIDA XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI. TA’LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA TA`LIM: HAMKORLIK: 2022/2023 O‘QUV YILI YAKUNIDA 7 YOSHGA TO‘LGAN 647 655 NAFAR BOLA BOSHLANG‘ICH TA’LIM BILAN QAMRAB OLINADI 4s 6s O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA KUN QOLDI 25 SHAVKAT MIRZIYOYEVGA OVOZ BERING! TARAQQIYOTIMIZ ASOSI TA’LIM VA TARBIYADA 2-3s № 18 (1206) 2023-yil 14-iyun, chorshanba Adadi – 8657


2 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) 2025-YILDAN TOSHKENT – XIVA “JALOLIDDIN MANGUBERDI” TEZYURAR POYEZDI QATNOVI YO‘LGA QO‘YILADI. BUNING UCHUN, BUXORO – URGANCH – XIVA TEMIRYO‘LI 365 MILLION DOLLAR INVESTITSIYA HISOBIGA ELEKTRLASHTIRILADI. KELGUSI YETTI YILDA XORAZMDA TURIZM UCHUN YO‘L, ELEKTR VA SUV INFRATUZILMASIGA 200 MILLION DOLLAR SARFLANADI” MILLIY QADRIYATLARIMIZNI, TILIMIZ, URF-ODAT VA AN’ANALARIMIZNI QADRLAYOTGAN, XALQIMIZ MANFAATINI HAR NARSADAN USTUN QO‘YAYOTGAN NOMZOD – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan hamda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni Xiva shahrida Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor ta’lim-tarbiya masalalariga, hudud aholisini qiynayotgan hayotiy muammolar yechimiga qaratildi. TARAQQIYOTIMIZ ASOSI Avval nomzodning Xorazm viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Rashid Ro‘ziboyev tadbirni ochib, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Xorazm viloyatini har tomonlama rivojlantirish, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, odamlarning turmush sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalarni e’tirof etdi. Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi. Dastur beshta strategik maqsadni qamrab olganini ta’kidlash joiz. Birinchi maqsad – har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish. Ikkinchi maqsad – odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Uchinchi maqsad – suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish. To‘rtinchi maqsad – qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish. Beshinchi maqsad esa Yangi O‘zbekistonni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirishdan iboratdir. Nomzod mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Xorazm viloyatiga oid rejalarini bayon etdi. Umuman, hududni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun alohida yetti yillik dastur qabul qilinib, unga zarur mablag‘ yo‘naltirilishi aytildi. Uchrashuvda keyingi yillarda Xorazm viloyatidagi yangilanish va o‘zgarishlar hamda qo‘lga kiritilgan natijalar qayd etib o‘tildi: – olti yarim yilda viloyat iqtisodiyoti 1,3 marta o‘sib, 32 trillion so‘mga yetdi, aholi jon boshiga daromad 16,5 million so‘mdan oshdi; – viloyatda bog‘chalar qamrovi 22 foizdan 79 foizga, oliygohlarda esa 8 foizdan 38 foizga ko‘paydi; – oldin viloyatda birgina Urganch davlat universiteti faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirga kelib 5 ta davlat, 3 ta nodavlat va 1 ta xorijiy oliygoh faoliyat ko‘rsatmoqda; – talabalar soni 5 karra ko‘payib, 46 ming nafarga yetdi; – 28 ta zamonaviy shifoxona va poliklinika tashkil etildi; – 500 mingdan ziyod aholi yashayotgan mahallalarga markazlashgan tarmoqlar orqali suv yetkazib berilgani natijasida suv ta’minoti 2017-yildagi 52 foizdan 86 foizga yetdi. Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga qadar viloyatda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanishi va qamrov darajasi hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkazilishini ma’lum qildi. Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘ hisobiga 500 ga yaqin yangi bog‘cha tashkil etiladi. – Kelgusi yetti yilda zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga qo‘shimcha 90 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Natijada, viloyatda o‘quvchilari 30 nafardan ko‘p bo‘lgan sinflar qolmaydi,– deya ta’kidladi nomzod (hozirda 2 mingdan ziyod sinfda 35 ta va undan ko‘p bola o‘qimoqda). Tadbirda Xorazmda aholining suv ta’minotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishi ham aytildi. – Aholining zamonaviy uy-joyga o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida, 50 ming xonadonga ega bo‘lgan 2 mingta ko‘p qavatli uy barpo etiladi. Shu bilan birga, 2030-yilga qadar Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari, Gurlan, Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariq tumanlaridagi 1 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Bunga 100 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi, – dedi prezidentlikka nomzod. Uchrashuvda, shuningdek, bog‘chalarda kompyuter sinflarini tashkil qilish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet tarqatish Xorazmdan boshlanishi ma’lum qilindi. – Xorazmning «tashrif qog‘ozi» IT bo‘ladi. Avvalo,


BOG‘CHALARDA KOMPYUTER SINFLARINI TASHKIL QILISH, BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA PLANSHET TARQATISHNI XORAZMDAN BOSHLAYMIZ. XORAZMNING “TASHRIF QOG‘OZI” IT BO‘LADI. AVVALO, “MAKTAB – OLIYGOH – IT KOMPANIYASI”DAN IBORAT YAXLIT IT TAʼLIM VA XIZMATLAR ZANJIRI YARATILADI. BUNING UCHUN VILOYATDA YETTI YILGA MO‘LJALLANGAN, RAQAMLASHTIRISH SOHASIDA “MUHAMMAD ALXORAZMIY VORISLARI” DEB NOMLANGAN LOYIHAGA START BERILADI. BIRINCHI BOSQICHDA VILOYATDAGI 543 TA MAKTABDAN 110 TASI TANLAB OLINIB, BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA “NOUTBUK” OLIB BERILADI. YUQORI SINFLARDA DASTURLASH, VEB-DIZAYN KABI SOHALAR KASB SIFATIDA O‘QITILADI” 3 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) TA’LIM VA TARBIYADA «maktab – oliygoh – IT kompaniyasi»dan iborat yaxlit IT ta’lim va xizmatlar zanjiri yaratiladi. Buning uchun, viloyatda yetti yilga mo‘ljallangan, raqamlashtirish sohasida «Muhammad al-Xorazmiy vorislari» deb nomlangan loyihaga start beriladi. Biz bog‘chalarda kompyuter sinflarini tashkil qilish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet tarqatishni Xorazmdan boshlaymiz. Birinchi bosqichda viloyatdagi 543 ta maktabdan 110 tasi tanlab olinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga «noutbuk» olib beriladi. Yuqori sinflarda dasturlash, veb-dizayn kabi sohalar kasb sifatida o‘qitiladi, – deya ta’kidladi nomzod. Uchrashuvda Xorazm viloyatida avto va elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etilishi ham ma’lum qilindi. – Pitnakdagi avtomobil zavodi quvvati kelgusi yilning o‘zida hozirgi 90 ming donadan 150 mingga yetkaziladi. Shu yerning o‘zida yangi avto va elektromobillar ishlab chiqarish uchun 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etiladi va import qilinayotgan 100 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtiriladi. Ushbu klasterlarda 2030-yilga borib, yiliga 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi, – dedi nomzod. Shu bilan birga keyingi yetti yilda yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga yirik miqdorda sarmoya kiritilishi ta’kidlandi. – 2025-yildan Toshkent – Xiva yo‘nalishi bo‘yicha «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘li 365 million dollar investitsiya hisobiga elektrlashtiriladi. Kelgusi yetti yilda Xorazmda turizm, yo‘l, elektr va suv infratuzilmasini rivojlantirishga 200 million dollar sarflanadi, – dedi nomzod. Uchrashuvda kelgusi yillarda ilmiy tashkilotlar xodimlari ish haqi ikki barobar oshirilishi belgilangani ma’lum qilindi. – Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirib, «korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot» klaster tizimini faol qo‘llabquvvatlaymiz. Kelgusi yetti yilda amaliy tadqiqotlarga davlat tomonidan 4 trillion so‘m, tarmoqlar va xususiy sektor tomonidan ham yana shuncha mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuningdek, Innovatsiya jamg‘armasiga 5 trillion so‘m ajratilib, bu ham yangi loyihalarni qo‘llabquvvatlashga sarflanadi. Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini qabul qilamiz. Ushbu maqsadlarga kelgusi yetti yilda 2 trillion so‘m ajratiladi. Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi ikki barobarga oshiriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Uchrashuvda partiya vakillari so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llabquvvatlashlarini ta’kidlashdi va boshqalarni ham shunga chaqirdilar. Ziyodulla JONIBЕKOV, O‘zA SHAVKAT MIRZIYOYEVGA OVOZ BERING!


BEFARQLIKNING 4 MAS’ULIYAT Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) HISSI BMT dunyoning qariyb 2,5 milliard kishisi toza ichimlik suviga muhtoj ekanini, yana shuncha fuqaro sanitariya talablariga javob bermaydigan suv iste’mol qilayotganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, 2025-yilga borib, har 10 kishining 6 nafari yoki 5,5 milliard kishi chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. 2050-yilgacha suvga bo‘lgan talab 55 foizga oshishi va global iqlim o‘zgarishini hisobga olsak, bugun ayni shu masalada barcha birdek jiddiy bosh qotirishi lozimligini anglab yetamiz. HAM CHEGARASI BOR! Markaziy Osiyo mintaqasi ham su v t an qi s b o‘ lib borayotgan hududlardan biri hisoblanadi. Suvning har bir tomchisidan tejab-tergab foydalanish, aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston uchun ham o‘ta dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda aho lini mar ka zlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor q a r a t i l m o q d a . B u n i n g natijasida oxirgi 6 yilda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 63,9 foizdan 74,4 foizga yetkazildi. Ya n g i O ‘zb e k i sto nni n g taraqqiyot strategiyasida bu ko‘rsatkichni 2026-yilga qadar 87 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Suv ta’minoti sohasidagi xizmatlar sifati, tarmoq k o r x o n a l a r i f a o l i y a t i samaradorligini yanada oshirish, suv resurslarini boshqar ishda vakolat li davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun suv ta’minoti korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlari shaklida qayta tiklanishi ham bu boradagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. N a t i j a d a s a m a r a s i z korxonalar va inshootlar modernizatsiya qilinmoqda. Davlat-xususiy sheriklikni r i v o j l a n t i r i s h , i l g ‘ o r xo r i j i y t a j r i b a a s o s i d a raqamlashtirish orqali real vaqt rejimida boshqarish h a m d a n a z o r a t q i l i s h imkonini beruvchi zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari yanada faollashdi. Ma’lumki, hayotimizni suvsiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Suvning inson salomatligini saqlashdagi ahamiyatini esa isbotlashga hojat ham yo‘q. Chunki inson organizmining 65 foizi suvdan iborat. Shu o‘rinda, mutaxassislarning y u q u m l i k a s a l l i k l a r tarqalishining 80 foizdan ortig‘i aynan ichimlik suv sifati bilan bog‘liqligi haqidagi ta’kidlarini ham inkor etib bo‘lmaydi. Afsuski, yurtimiz ham bunday muammolardan holi emas. Bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, suvning sifati va xavfsizligini nazorat qilish, suv ta’minotida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar hamon o‘z yechimini kutmoqda. To‘g‘ri, eng chekka hududlarimiz ham ichimlik suvi bilan t a ’m i n l a n y a p t i . A m m o sifatiga kelganda nazoratni unutayotganimiz ham bor gap. Yaqinda Qarshi shahridagi «Xo‘jaxiyol» va «Qarluqbog‘ot» mahallalarida yashovchi fuqarolardan murojaat bo‘ldi. Unda ta’kidlanishicha, mahalla aholisi uzoq yillik ichimlik suvi ta’minoti muammosi hal bo‘lganidan xursand bo‘lgan edi. Ammo xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Bugun odamlar suvning sifatidan norozi. Ushbu murojaat bo‘yicha tezda mutaxassislar jalb qilindi. Aholi xonadonlaridagi ichimlik suvi namunasi laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda suv tarkibida zararli moddalar aniqlandi va iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Vaholanki, tegishli idoralar qariyb bir oydan buyon yetkazib berilayotgan suvning iste’molga yaroqliligini bir emas, bir necha bor tekshirishlari lozim edi. Bu borada aholi fikrini o‘rganish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘rov ham o‘tkazildi va olti mingdan ortiq iste’molchining aksariyati yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatiga ishonchsizlik b i l d i r g a n . N a t i j a l a r iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplash va aniqlangan muammolarni tezda bartaraf etish maqsadida nazorat qiluvchi davlat organlariga yuborildi. A l b a t t a , h a r q a n d ay muammoning oqibatlari bilan emas, balki muammoni keltirib chiqarayotgan sabablar bilan kurashish kerak. Va, bu borada yaqinda kiritilishi kutilayotgan «Ichimlik suvi ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga o‘z takliflarimizni kiritamiz. Farhod ZAYNIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ta’lim Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’limtarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida rejalashtiradi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunida MTM dan 7 yoshga to‘lgan 647 655 nafar bola (o‘tgan yildagidan 80 659 nafar ko‘p ) boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olinadi. Qayd etilishicha, o‘quv yili sentyabr oyidan mayga qadar davom etadi. Davlat talablari bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini belgilab, ulardagi bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish kabi mazkur 5 ta yo‘nalish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalar va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davri har yili 1-iyundan 31-avgustgacha davom etib, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlari, ko‘ngilochar soatlar, bayramlar, sport musobaqalari, ko‘riktanlovlarni qamrab olgan moslashtirilgan reja asosida faoliyat yuritiladi. Muhayyo TOSHQORAYEVA, O‘zA O‘QUV YILI YAKUNIDA MTM DAN QANCHA BOLA 2022/2023 BOSHLANG‘ICH TA’LIM BILAN QAMRAB OLINADI?


O‘ZBEKISTON – ITALIYA: 5 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Shuningdek, tashrif davomida m e z b o n m a m l a k a t n i n g ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv va biznesforumlar orqali bir necha milliardli shar tnomalar imzolanishi an’anasi Italiya safarida ham saqlanib qoldi. Aytish joizki, shu yilning aprel oyida Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto O‘zbekistonda bo‘lib, davlatimiz rahbari hamda mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan uchrashgandi. Ayni shu uchrashuvdan keyin nufuzli mehmon Shavkat Mirziyoyevning yozda Italiyaga rasmiy tashrifi ehtimoli borligi to‘g‘risida OAVga ma’lum qilgan edi… 7-iyun kuni, Rim aeroportida ham O‘zbekiston yetakchisini I t a l i y a m u d o f a a v a z i r i boshchiligidagi rasmiy shaxslar kutib oldi. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi «jonlanayotgan, yangi» hamkorlik jarayonida «vositachilik» roli Mudofaa vaziriga topshirilgani ikki davlat o‘r tasidagi munosabatlar xav fsizlik, barqarorlik va harbiy hamkorlik asosiga qurilayotganiga ishora qilishi mumkin. Misol uchun, Italiya 2015-2019-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasiga qurolyarog‘ yetkazib berish umumiy qiymatining taxminan 11 foizini tashkil etdi. Albatta, ko‘pchilikda uzoq y illar davo mi da sezilar li r i v o j l a n m a g a n I t a l i y a – O‘zbekiston munosabatlari fonida ushbu tashrif nimani anglatishi mumkin degan savol tug‘ilishi mumkin? Aytish kerakki, har qanday davlat, o‘z tashqi siyosatida milliy manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritadi. E’tiborlisi, so‘nggi yillarda Italiya tashqi siyosatida «sharqqa burilish» tendensiyasi ko‘zga tashlana boshlandi. Aynan Italiya G‘arbiy Yevropa va G7 davlatlari orasida XXR bilan birinchi bo‘lib «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi kelishuvlarni imzoladi. Italiya nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston bilan ham iqtisodiy, ilmiy-madaniy va harbiy munosabatlarini yangi darajaga olib chiqish ustida faol ishlamoqda. Ya’ni, O‘zbekiston bilan o‘rnatilayotgan yangi darajadagi hamkorlik, Italiyaning Markaziy Osiyodagi yangi yondashuvi, yangilangan siyosatining bir qirrasidir, albatta. Shularga asoslanib aytish mumkinki, hozir Italiya o‘z qobig‘idan chiqib, xalqaro maydonda ta’sir doirasini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu asnoda buyuk davlatlar o‘rtasida nazorat va ta’sir uchun norasmiy bahslarga sabab bo‘layotgan Markaziy Osiyo mintaqasiga Italiyaning qiziqishi yuqori bo‘lyapti. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarining aholisi va iqtisodiyoti jadal o‘sib boryapti, ya’ni Markaziy Osiyo Italiya kompaniyalari uchun istiqbolli bozorga aylanyapti. Italiya Yevropa It tifoqi mamlakatlari orasida «1+5» maxsus muloqot formatini qabul qilgan birinchi davlat ham bo‘ldi va endilikda doimiy ravishda Italiya- Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari konferensiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi. Ushbu voqea ham Italiyaning Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan mustaqil va individual maqsad va qarashlarga ega ekanidan darak beradi. Ushbu tashabbus xalqaro maydonda Italiyani Markaziy Osiyo mamlakatlarining siyosiy hamkori sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgandiir. Garchi Xitoy va Rossiya mintaqaning asosiy hamkorlari va unga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuch markazlari bo‘lishiga qaramay, Italiya Markaziy Osiyoning besh davlatiga o‘z tashqi siyosatlarini «diversifikatsiya» qilish imkonini beradigan muqobil hamkor sifatida o‘zini taklif qilmoqda. X u l o s a q i l i b a y t i s h mumkinki, Italiya kabi yirik iqtisodiyotga ega davlatlar xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchilari sifatida manfaatlarini himoya qilishga, energiya xavfsizligini ta’minlashga va Xalqaro maydonda kuchlar m u voz a n at i n i s a q l a s h g a intilishadi. Shuning uchun ham bugunga kelib, Italiya rahbariyati oldida barqaror iqtisodiy o‘sish, energiya ta’minoti xavfsizligini t a’minlash va dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri sifatida o‘z mavqeyini saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘layotganini ochiq aytish kerak. Yana bir muhim masala: Xo‘sh, Italiya bilan hamkorlik O‘zbekistonga nima beradi? Yuqorida aytib o‘tilganidek, Italiya dunyoning mashinasozlik, yengil sanoat, moda, dizayn va boshqa sohalardagi yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan hisoblanadi. Shu bois, Italiya va O‘zbekiston munosabatlarining intensivlashuvi eksport hajmini oshirish va mamlakatimizga xorijiy sarmoya jalb etish imkonini kengaytiradi. Shuningdek, Italiya Yevropa Ittifoqi va NATOning muhim a’zosi hisoblanib, ushbu davlat bilan munosabatlarning yaxshilanishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeyi, uning manfaatlari, xavfsizligini mustahkamlash va qo‘llabquvvatlanishiga xizmat qilishi mumkin. Ibrohim JO‘RABOYEV, Rimdagi La Sapiyensa universiteti magistranti, «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiati HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI O‘ZBEKISTON UCHUN NIMA BERADI? TURKIYA ELCHISI JIZZAXDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasiga tashrifini yilning eng muhim voqealaridan biri deya atash mumkin. Zero, tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi, ya’ni Italiya O‘zbekistonning G‘arbiy Yevropadagi birinchi strategik sherigiga aylandi. Viloyat hokimi Ergash Saliyev muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan ma’lumot berib, viloyatning asosiy drayver sohalari bo‘lgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalari xususida so‘z yuritdi. Ayni paytda Jizzax hududida Turkiya davlati tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida umumiy qiymati 115 million 100 ming AQSH dollarlik 3 investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida 450 yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, viloyatda Turkiya davlati tadbirkorlari ishtirokidagi umumiy qiymati 327 million 800 ming AQSH dollarlik 12 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirilgan bo‘lib, buning natijasida hududda 318 yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Jizzax viloyati Turkiya davlatiga joriy yilning birinchi choragida 13 million 300 ming AQSH dollarlik mahsulotlarni eksport qilgan. O‘z o‘rnida, Turkiyadan Jizzax viloyatiga hududda faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va faoliyatini kengaytirish maqsadida joriy yilning yanvar–fevral oylarida 8 million 500 ming AQSH dollarlik mahsulotlar import qilingan. Bugungi kunga kelib Jizzax viloyatida Turkiya korxonalari ishtirokidagi 40 qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Bulardan 7 tasi qishloq xo‘jaligi, 27 tasi sanoat va 6 tasi xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlik yo‘nalishlaridir. Turkiya elchisi Olgan Bekar viloyatning bugungi salohiyati haqida to‘xtalib, Jizzaxda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi. Uchrashuvdan so‘ng, janob elchi Olgan Bekar Sharof Rashidov muzeyi bilan tanishib, “Jizzax” MIZ hududidagi sanoat korxonalari “MASTER BUILDINGS PRODUCT” MCHJ, “MONO-ELECTRIC” MCHJ va “DAL TEKNIK ZOMIN CEMENT AND LIME” MCHJ sement ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bundan tashqari, Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Zomin milliy tabiat bog‘i”da qurilayotgan dor yo‘li hamda shu hududdagi Sufa dam olish majmuasida qurilayotgan mehmonxonalarni borib ko‘rdi. A.QAYUMOV, O‘zA Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


E’tibor bering, BBC 56 ta mamlakatdan 177 nafar yozuvchi, illyustrator, jurnalist va olimlar o‘rtasida barcha davrlardagi eng yaxshi bolalar kitoblari bo‘yicha so‘rovnoma o‘ tka zdi. Unda har bir respondent 10 ta eng sevimli kitob nomini ketma-ketlikda baholagan. Ekspertlar baholarni umumlashtirishda 10 ballik tizimdan foydalanib, eng yuqori ball to‘plagan adabiyotlar tartibi bo‘yicha top 100 talik kitoblar nomini taqdim qilishdi. Q u vo n a r l i s i, o‘ z b e k adabiyotining yetakchi adibi G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari ham ushbu top 100 talikdan o‘rin olgan. Demakki, bizga “Shum bola”dek yangi asarlar kerak. Shu o‘rinda, mutaxassis fikrlariga quloq tutsak: –20 yilcha oldin Turkiyada h a m o d a m l a r u m u m a n kitob o‘qimay qo‘ygan edi. Shundan keyin hukumat bolalar noshirlari va adiblarini yig‘ib, ushbu muammoni yechish masalasini o‘rtaga tashlagan. Hukumat vakillari millatning savodsiz bo‘lib ketayotganidan qayg‘urib, buni hal qilish yo‘llarini izlagan. Bu muammolarni hal qilish, bolalar nashrlari, nashriyotlari v a b o l a l a r a d i b l a r i n i rag‘batlantirish uchun Turkiya hukumati juda katta mablag‘ ajratgan. Hozir ham xuddi shunday. Agar bolalar adibi yaxshi kitob yozgan bo‘lsa, albatta, rag‘batlantiriladi. O‘sha kitobni nashr qilgan nashriyotga ham ma’lum darajada mablag‘ beriladi. Shu kitobni sot, sotolmasang bo‘ldi, degan gap yo‘q. Kitobni bola o‘qib hazm qilib, o‘qib yaxshi ko‘rib o‘rgangunigacha nashriyotlar qo‘llab-quvvatlab turiladi, kutiladi», – deydi bolalar yozuvchisi va psixologi Muazzam Ibrohimova Kun.uz saytiga bergan intervyusida. Shuningdek, mutaxassis qator taklif va tavsiyalarni keltirganki, bu boradagi asosiy mas’uliyat bolalar adabiyoti ijodkorlari va nashriyotlar zimmasida ekanligini fahmlash mushkul emas. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda bolalar adabiyotini rivojlantirish, bolalar uchun nashrlarni ko‘paytirish, buning uchun katta-katta mablag‘larni ayamaslik va to‘g‘ri yo‘naltirish kerak. Bu borada Tur k qardoshlarimizdagi tajribalar, qolaversa, boshqa ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish lozim. Yangi tashkil etilgan Ta’limni rivojlantirish respublika i lmi y - m eto dik m ar ka zi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yozuvchilar uyushmasidan jarga qulab borayotgan bolalar adabiyotini qutqarish hamda rivojlantirish borasidagi yangi loyihalar va tashabbuslarni kutib qolamiz. Zotan, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: «Najot ta’limda, najot bilimda, najot tarbiyada... Buni unutishga esa haqqimiz yo‘q!» Alijon MUXTOROV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i FARZANDLARIMIZGA KERAK! Shum bola « « Bolalarimizni mutolaaga oshno qilish haqida ko‘p gapiryapmizu, lekin kitob do‘konlariga kirsak farzandimiz yoshiga mos badiiy adabiyotlarni arang topamiz. Bu masala ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilingan bo‘lsa-da, biror ijobiy yechim topilganicha yo‘q. Mutaxassislar tomonidan taklif etilayotgan yechimlar ham mutasaddilar e’tiboridan chetda qolayotir... 6 MULOHAZA Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Hamkorlik Samarqand shahrida 13 – 14-iyun kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining VII yig‘ilishi o ‘ t k a z i l m o q d a . U n d a i s h t i r o k e t i s h u c h u n O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya respublikalari ta’lim vazirliklari rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi tashrif buyurdi. Bugun yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelgusida uni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’lim vazirlarining VII yig‘ilishiga tayyorgarlik va unda muhokama etiladigan masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, H.Umarova Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Firudin Gurbanov, Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Nazif Yilmaz bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. – O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bilan suhbatimiz samarali bo‘ldi, – deydi Firudin Gurbanov. – Biz Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada keng ko‘lamda davom ettirish masalalarini muhokama qildik. Umuman, bu kabi uchrashuvlarimiz tarixi, madaniyati, tili, dini, an’ana va qadriyatlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga turtki beradi. Ayni paytda biz – turkiy xalqlar ta’lim vazirliklari oldida tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlar bo‘yicha birgalikda darsliklar yaratish, ta’limning barcha bosqichlarida faol hamkorlik qilish vazifasi turibdi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Prezidentiga Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida 960 o‘rinli maktab qurib berilayotgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Vazirlar yig‘ilishi oldidan bugun vazirliklar ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruh a’zolari Ta’lim vazirlarining VII yig‘ilishi muhokamasi uchun muhim masalalarni belgilab olishdi. – Ikki kun davomida Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holatini tahlil qilish va istiqbollarini b e l g i l a b o l i s h k o ‘ z d a tutilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Norboyeva. – Vazirliklar ishchi guruhlari bilan yig‘ilish kun tartibiga qo‘yiladigan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlashib oldik. Jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, kadrlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim dasturlari va loyihalarida birgalikda ishtirok etish masalalarini vazirlar yig‘ilishiga olib chiqishga qaror qildik. Maqsad – tashkilotga a’zo davlatlarda ta’lim tizimini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, rivojlantirish, bu borada o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan. Tadbir davomida mehmonlar Samarqand shahridagi ta’lim muassasalari va tarixiymadaniy yodgorliklarda ham bo‘lishdi. G‘.HASANOV, O‘zA TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA’LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA


SOS 7 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil MINBARDA №18 (1206) Eng achinarlisi, zarar yetkazilgan obyektlarni endi asliga keltirib bo‘lmaydi. Shu bois, deputatlar, mas’ul idoralar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh faoliyatini jonlantirmas ekanmiz, vaziyat bundan-da og‘irlashishi muqarrar. Buxoro viloyatida davlat muhofazasiga olingan 829 ta madaniy meros obyekti bo‘lib, ularning 435 tasida muhofaza belgilari o‘rnatilmagan, 82 ta obyekt esa ta’mirlashtiklash ishlariga muhtoj. Soha mutasaddilarining fikricha, arxeologiya obyektlarining 5 tasiga zarar yetkazilgan. “Rek lama to‘g‘risida”gi qonunga asosan moddiy ma’naviy meros obyektlariga tashqi reklamani o‘rnatish taqiqlangan bo‘lsada, 20 ta madaniy meros obyektiga reklama bannerlari o‘rnatib qo‘yilgan. Partiyaning Buxoro viloyati K e n g a s h i r a i s i M a x s u d Muhammedov viloyatdagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish yuzasidan tuzilgan ishchi guruhning n avbat a d ig i y ig‘i l ish id a ushbu ma’lumotlarni keltirib, bu boradagi vaziyat yaxshi emasligini ta’kidladi. – Eng achinarlisi, zarar yetkazilgan obyektlarni endi asliga keltirib bo‘lmaydi. Shu bois, deputatlar, mas’ul idoralar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh faoliyatini jonlantirmas ekanmiz, vaziyat bundan-da og‘irlashishi muqarrar. Ayniqsa, mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz oyoqqa turishi va viloyat, tuman Kengashlari sessiyalariga bu bo‘yicha masalalar kiritib, tegishli rahbarlar oldiga qat’iy talablarni qo‘yishlari lozim, – dedi M.Muhammedov. Yig‘il ishd a bu bor a d a n avbat d ag i chor a-t a d bi r belgilanib, muammolar yechimi yuzasidan takliflar kiritildi, eng muhimi “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi. Ma’lumotlarga qaraganda, Bosh prokuratura tomonidan bi rg i n a Bu xoro v i loyat i Romitan tumanida o‘tkazilgan o‘ r g a n i s h l a r d a v o m i d a hududdagi 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra, jami 291,4 mlrd. so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlangan. Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa 9” arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd. so‘mlik, “Qal’ai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd. so‘mlik, «Amirtepa» yodgorligiga 1,1 mlrd. so‘mlik, «Xo‘ja Haqqitepa» yodgorligiga 832 mln. so‘mlik va «Tepa – 5» yodgorligiga 202 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan. Muslima RO‘ZIYEVA, Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Ayni paytda budjet ma’lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, ularning shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yildan boshlab Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari qonun bilan tasdiqlanmoqda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin jamoatchilik muhokamasi uchun maxsus portalga joylashtirilmoqda. Bularning bari Davlat budjetining har bir bandida ko‘zda tutilayotgan mablag‘larni oqilona taqsim qilishda, ularning maqsadli sarflanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu orqali davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga erishilyapti. Manzilli budjet xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun “Ochiq budjet” portali ham ishga tushirildi. Unda davlat budjeti, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar va Hisob palatasi xulosalari e’lon qilinib borilmoqda. Portalda jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun shahar va tumanlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar joylanmoqda. Shuningdek, bu portalga fuqarolar budjet qonunchiligi buzilayotgani haqidagi xabarlarni, budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni yuborishlari mumkin. Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini ta’minlashda maqsadli indikatorlar doirasida dasturiy budjetlashtirish tizimi ham yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim qonunchilik doirasida budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkonini beradi. O‘rnatilgan nazorat tizimi esa vazirliklar va idoralarning ustuvor vazifalar bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishi va ularning ijrosi yuzasidan javobgarligini kuchaytiradi. Yangi qabul qilingan Konstitutsiyamizda ham Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Mazkur normalar davlat budjetini shakllantirish, uning daromad va xarajat qismlarini belgilash, ijrosini ta’minlashda fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish, ularga bu jarayonda keng va faol qatnashish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun tegishli tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlar yaratadi. Davlat budjetidan maqsadli foydalanish aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga zarur yordam ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash, tadbirkorlik, umuman, davlat va jamiyatni hayotining boshqa barcha sohalarida samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolar bilan ochiq va oshkora muloqot budjet jarayoni samaradorligini oshiradi. Budjet tizimi, barcha darajalardagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetini shakllantirish va ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotning aholiga yetkazilishini ta’minlaydi. Jamshid QOSIMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati DAVLAT BUDJETI: XALQ MANFAATI SARI OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKDAN Yangi O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Bu shubhasiz, iqtisodiyotda, tadbirkorlikda band bo‘lgan aholining ishonchi bilan bog‘liq masala. Budjet tizimi, barcha darajalardagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetini shakllantirish va ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotning aholiga yetkazilishini ta’minlaydi. TUGMASINI BOSDI VA... RAIS DEPUTAT


O‘ZDJTU TALABALARI 8 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Inson aziz – Uni sotuvchilar-chi? Ular voyaga yetmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish qonunga zidligidan bexabarmi? Insofchi? U ham daromad olish yo‘lida «qurbon» bo‘lganmi? asrning sara ijodkorlaridan sanalgan Entoni Byorjessning butun dunyoga mashhur «1985-yil» asarini katta qiziqish bilan o‘qishni boshlagandim. Ammo tugatish arafasida ichimda bir g‘alayon paydo bo‘ldiki, buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Asarda muallif tahlilning noan’anaviy usullari – «xayoliy intervyu» va zaharxanda, kinoya aralash o‘xshatishlardan mahorat bilan foydalangan. E’tiborlisi, yozuvchi o‘zi yaratgan yaqin kelajakni o‘quvchiga taqdim etadi. U shahar yong‘in iskanjasida qolganda o‘t o‘chiruvchilarning ish tashlashi va o‘t ichida kuyib kul bo‘lgan aqli zaif qizning onasi tirik qolganini, o‘sha davr fojialarini, bilimli jinoiy to‘dalar, fuqarolari texnologiyalarga qaram, o‘z hayotini do‘zaxga aylantirgan davlat tuzumini shunday tasvirlab berganki, bu shubhasiz, kitobxonni hayratga soladi. Voqealar 1985-yilda ro‘y bergani bois asar shunday nomlangan. Ichimda g‘alayon uyg‘onganiga sabab: jamoa xotirasi ustidan nazorat o‘rnatib, hurfikrli shaxsning ko‘ksidan itaradigan, ziyolilari ko‘chada tilanchilik, chiqindi titish bilan shug‘ullanayotgan, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan jamiyatning mavjud fojiani ko‘rolmasligidir. Bunday jamiyatning kelajagi nurdan uzoq. Uni tark etishning yagona yo‘li mavjud. Va bu – qaysi e’tiqodda bo‘lishidan qat’i nazar insoniylikni unutmaslik. Kimningdir qoni yoki yig‘isi evaziga kelgan har qanday boylik qalbni qoraytirishini unutmaslik... Dunyoda yaxshi narsa ham, yomon narsa ham yo‘q, hammasi inson ulardan qanday maqsadda foydalanishiga bog‘liq. Insonning yoshi yoki mansabidan qat’iy nazar bu qoida hamma uchun barobar. Zarina AHMEDOVA XX Z «AFTARITET»DAN UZOQLASHING. AKS HOLDA... MUTOLAA ОXIRIGA YETMAY... BIZNING «JANOB BIN»LAR QAYERDA? amon shiddat bilan rivojlanib borayotgani uchunmi ayrim noxush odatlar ham yosharib borayotgandek, nazarimda. Bolaligimda bobo va amakilar tamaki yoki «nosvoy» chekishganini ko‘rardik. Hozir esa maktab o‘quvchilari tamaki, hattoki, elektron sigara chekishayotganiga ajablanmay qo‘ydik. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir martalik tamaki tutuni bilan inson organizmiga besh mingdan ziyod kimyoviy moddalar kirib, hujayra to‘qimalarini zararlantirar ekan. Qaysi kuni bekatda turganimda maktab bitiruvchilari bo‘lsa kerak, bir-biriga qarab: «aftaritet»dan ol, degani qulog‘imga chalindi. Kuzatib tursam biri sumkasidan bir pachka tamakini olib, boshqalariga «ilindi». Essiz yoshlik, essiz sog‘lik. Endi balog‘at yoshiga yetgan yoshlar nahotki, tamakining zarari haqida biror marta bo‘lsa ham eshitishmagan bo‘lsa... Uni sotuvchilar-chi? Ular voyaga yetmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish qonunga zidligidan bexabarmi? Insof-chi? U ham daromad olish yo‘lida «qurbon» bo‘lganmi? Shifokorlar muntazam chekish bronxit kasalligining hosil bo‘lishiga, asab tizimidagi o‘zgarishlar – ta’sirchanlik, doimiy yo‘tal, oshqozon, yurak va boshqa a’zolarda og‘riq, noqulay holatlar yuzaga kelishiga sababchi deb ta’kidlaydilar. Nahotki, kelajak haqida rejalar t u zish, kat ta-kat ta mar ralar ni zabt etishga bel bog‘lash o‘rniga umrini behuda sarflab, «aftaritet»ga ergashayotgan yoshlarni ertangi kunlari, sog‘liqlari qiziqtirmasa... Nigina SALOHIDDINOVA Aytish kerakki, aktyorning ijo d iy fa ol iyat i b evosit a sitkom janri bilan bog‘liq. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, sitkom nima? Nega bu yo‘nalish mamlakatimizda ommalashmagan? Sitkom – (inglizcha situation comedy so‘zlar i ni ng qisqar t masi) vaziyatli komediya bo‘lib, epizoddan epizodga o‘tadigan qat’iy belgilar to‘plamiga asoslangan komediya janri. Sitkomlar asli radioda paydo bo‘lgan, bugungi kunda esa asosan, televideniyeda mashhur. Sitkom janriga ilk marotaba avst raliyali k la r mu roja at qilgan bo‘lsa-da, bu jan r AQSH va Buyuk Britaniyada muvaffaqiyatli rivojlangan. O‘zbekistonda esa bu janrda yaratilgan kino, seriallar deyarli yo‘q, borlari ham u qadar muvaffaqiyatga erishmagan. Fikrimcha, bu janr soddaligi, yumorga boyligi, muammo va kamchiliklarni samimiy kulgi ostiga olgani bilan ham muxlislarga yoqadi. Bu janr madaniy hordiq chiqarishning samarali vositalaridan biri ham desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ehtiyojning o‘rnini esa turli qiziqchi guruhlarning bachkana hazillari-yu, ayrim blogerlarning «puch» ma’noli «vayn»lari bilan to‘ldirmaslik kerak. Ular yosh kuzatuvchilar ongiga salbiy ta’sir qilishi, jamiyatda xulqatvor buzilishiga, milliy urfodatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin. Albatta, bu platformalarda ibratli, bilim beruvchi va kasbhunar o‘rgat uvchi foydali manbalar ham bor. Ammo, samarasiz vaqt o‘tkazishga sabab bo‘luvchilari ham ko‘p. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlarda yengil hazillar bilan emas, sitkom janrini rivojlantirish va shu singari sof, tabiiy va to‘g‘ri ma’noli komediya orqali tomoshabinlarga sof kulgini ulashish foydadan holi bo‘lmaydi. Dilshoda EGAMBERDIYEVA archamiz dunyoga mashhur «Janob Bin» teleserialini maroq bilan tomosha qilganmiz. Ushbu serial britaniyalik sodda inson va uning noodatiy xulq-atvori bilan kulgi shinavandalarini ekran qarshisiga «mixlaydi», B albatta. SANGARDAK Hayvonot olamidagi turli jonivorlar, parrandalar-u hasharotlarning yashash tarzi, o‘zi xos xususiyatlari bilan juda qiziqaman. Oqqushlar haqida o‘qiy turib, 10 – 15-yil umr ko‘ruvchi bu qushlarning o‘z juftini bir marta tanlab, umrining oxirigacha unga sadoqatli bo‘lishidan ochig‘i, taajjublandim. Buni qarangki, juftidan ayrilgan oqqushlar o‘zlarini tepalikdan pastga tashlab, o‘zini qurbon qilar ekan. To‘g‘ri, inson va oqqushlar hayot tarzini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Ammo... Oqqushlar hayotini yaqindan o‘rgangan ornitologlar «vafo timsoli» deb ataydigan bu qushlarni yaqindan tomosha qilish uchun «Hayvonot bog‘i»ga bordim. Yaxshi suzuvchi bu tur tutqunlikda ko‘payar ekan. Buni qarangki, oqqushlarning vishildoq va baqiroq turlari ham bo‘lib, ular O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan ekan. Aybga buyurmangu, oqqushlar haqida bilganim sari vatanni sevish, oilasiga, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish, eng muhimi, yoriga sadoqatli bo‘lishda ulardan ibrat olish mumkin ekan, degan xulosaga keldim. Abdurahmon AKBARJONOV OQQUSHLARDAN O‘RGANAYLIK


DIKTANT YOZMAY, SAVODSIZLARNI KO‘PAYTIRDIK... B A O‘ZBЕKISTON SHVEYSARIYASI ir vaqtning o‘zida yilning to‘rt faslini kuzatish mumkin bo‘lgan joy haqida eshitganmisiz?! Zarrin quyosh nurlari ostida jimjimador yomg‘ir yog‘ishini-chi? Qattiq shamol aralash naqd jala quyib turgan paytda bobo quyosh samoda jilmayib turishini-chi? 9 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Misli kamalakdek tovlanib, sachrayotgan zilol suv bahri dilingizni ochib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Uning suvi sovuq bo‘lsa-da, salomatlikka ziyon qilmaydi, aksincha, vujudni tetiklashtiradi. Sharsharaning tovushi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi. «MILLIY TIKLANISH» MEHMONI Bunday noyob mo‘jizani kuzatish mumkin bo‘lgan joy uzoqlarda emas, o‘z yurtimizda. Bu rang-barang nabotot va turfa hayvonot olami, minglab bulog‘-u chashmalari bilan nom qozongan Surxondaryo viloyatidagi Sangardak darasi va sharsharasidir. Sharshara Yer sathidan 120 metr balandlikdagi tog‘ qoyasidan sharqirab tushadi. Uning suvi yoz faslida ko‘payib, kuzda kamaya boshlaydi. Yerlik aholining aytishicha, sharsharaning zilol suvi baland tog‘lardagi muzliklar ning erishidan hosil bo‘larkan. Sariosiyo tumanidagi bu noyob sharshara, mamlakatimizning eng so‘lim go‘shalaridan biri. Misli kamalakdek tovlanib, sachrayotgan zilol suv bahri dilingizni ochib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Uning suvi sovuq bo‘lsa-da, salomatlikka ziyon qilmaydi, aksincha, vujudni tetiklashtiradi. Sharsharaning tovushi asabni tinchlantirib, yurakka quvvat beradi. Dengiz sathidan 3 ming metr balandlikdan otilib chiquvchi sharshara atrofdagi qoyalarga urilib tushadi. Uning yon atrofida anjir, na’matak, uzum kabi bir qancha daraxt va butalar o‘sadi. Bu hududda tabiat yovvoyi tarzda saqlangan bo‘lib, inson tomonidan zarar yetkazilmagan. Ma’lumotlarga qaraganda, Sangardak sharsharasini hosil qiluvchi buloqning manbai qoyalar ichidagi ko‘lda joylashgan. Bu sharshara «Sharsharamozor», «Sharrakmozor» nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, har yili yoz mavsumida mazkur go‘sha ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ladi. Uning atrofida kishini hayratga soladigan serjilo kamalak hosil bo‘ladi. Sangardak tog‘larida yana ko‘plab buloqlar ham mavjud bo‘lib, ular Sangardakbuloq, Shirinbuloq, Qorabuloq, Sirsoybuloq kabi nomlar bilan atalib kelinadi. Sangardak sharsharasi aslida dam olish maskani bo‘lib, qishloqda «Xo‘ja ilg‘or» ziyoratgohi ham joylashgan. Ziyoratgoh imom xatibi Faxrulla Habibovning aytishicha, sharshara XVI – XVII asrlarda paydo bo‘lgan. Sangardak sharsharasi respubli ka aholisiga 1991-yildan keyin ma’lum bo‘lgach, hududlardan tashrif buyuruvchilar soni ko‘paya boshlagan. Sangardak aslida qishloq nomi bo‘lib, «Sang»– tosh, ya’ni tosh o‘rtasidagi qishloq degan ma’noni bildiradi. Faxrulla Habibovning aytishicha, sharshara yonida joylashgan ziyoratgohda ayol avliyo yashab o‘tgan ekan. 2017–2018-yillarda «Prof–Group» MCHJ qurilish tashkiloti quruvchilari kuchi bilan sharsharada qurilish ishlari olib borilib, sharsharaga chiquvchi ko‘pr i k la r qu r ilga n. Ziyoratgoh ta’mirlangan. Mehmonlar uchun qulay va shinam joylar barpo etilgan. Mahalliy aholi sharsharaning paydo bo‘lishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar bor, deb ta’kidlaydilar. Ulardan biri: qadimda go‘zallikda tengi yo‘q bir hurliqo sevgisiga erisholmagach, tog‘ sharsharasi «unguri», ya’ni bag‘riga kirib g‘oyib bo‘lgan. Uning mayda o‘rilgan sochlari o‘rnidan sumbula o‘sib chiqadi. Hozirgacha bu sumbula o‘tlar sharshara bag‘rida devor bo‘lib o‘sib turganiga guvoh bo‘lish mumkin. Uning bargidagi marjon tomchilar o‘sha suluv qizning ko‘z yoshlari emish. «Sangardak» qishlog‘i yillar davomida mahalliy va xorijiy sayyohlarni tog‘ qo‘ynidagi xushmanzara tabiati, salqin havosi, zilol sharsharasi bilan o‘ziga jalb etadi. Bolaligim o‘tgan ushbu jannatmakon o‘lkada bir-biridan go‘zal, takrorlanmas tarovatga ega tabiat maskanlari juda ko‘p. Yoz faslining jazirama kunlarida orom va salqinlik istab bu manzilga har gal kelganimda ich-ichimdan mana shu zaminda tug‘ilganimdan zavqlanib, faxr tuyg‘usini his etaman. Dar voqe, «O‘zbek kino» milliy agentligi tomonidan suratga olingan «Tinchlik ortida» filmining 75 foizi Sangardak zonasida suratga olingan. Anvar JABBOROV – Biz mak tabda ham diktant yozardik, uyga vazifa qilib ham diktant yozib kelish berilardi, – deydi ustozimiz Olim Toshboyev. Shuningdek, ustozimiz bugun maktabda diktantni faqat boshlang‘ich sinflar yozayotgani, uyda ota-onalar bilan birga diktant yoki insho yozish allaqachon unutilganini afsus bilan ta’kidlaydi... M u t a x a s s i s l a r n i n g t a’k id l a s h ic h a , yo z m a n u t q i n s o n i y a t u c h u n eng mahsuldor faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarni yozma nutqqa o‘rgatish ularning savodxonlik darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega. Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning zichligiga qarab belgilanadi. Tajribali pedagog Malika Abduxoliqova diktantni turlarga ajratib chiqqan. Masalan, nutqni o‘stirish uchun olinadigan diktantlar yoki imlo qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan diktantlar... Shuni alohida ta’kidlash j o i z k i , d i k t a n t o r q a l i o‘quvchilarning u yoki bu grammatik mavzularni qay darajada o‘zlashtirganligini a n iqla sh oson bo‘la d i. Q i s q a c h a a y t g a n d a , savodsizlikning bir ko‘rinishi bo‘lgan xato yozishni bartaraf etish uchun o‘z ustimizda ishlashimiz, ko‘proq mustaqil ravishda diktant yozishimiz k e r a k . S h u n d a g i n a kamchiliklarimizni tuzatib, har bir harf, har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata boshlaymiz. Umida GARIFULLINA maliyot rahbarining eng ko‘p e’tiroziga xatolar sabab bo‘ldi: «Iltimos, xatosiz yozinglar!» Rostdan ham bugun yoshlar orasida imloviy xatolarga yo‘l qo‘yadiganlar ko‘payib ketdi. Adabiy til qoidalarini buzib yozish, undan ham yomoni SMS xabarlarda «Sh» harfi o‘rniga «W», «Ch»ni o‘rniga «4» ishlatishayotganidan esa kishining xunobi oshadi.


10 MULOHAZA Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) BOLALAR OCHLIKDAN BIZ ESA... ETYAPTI Afsuski... bugun dunyoning eng qaynoq nuqtalari – Somali, Suriya, Sudan kabi joylarda bolalar ochlikdan vafot etyapti. Ayni shu manzillarda bo‘lib qaytgan ingliz hamkasbimiz o‘z xotiralarida ushbu jumlalarni yozgan: «Tongda uyg‘onib, kun botgunga qadar bir luqma taom yesam ham, bir qultum suv ichsam ham ko‘z oldimda eti suyagiga yopishgan, ochlik, quvvatsizlikdan hatto, yuziga qo‘ngan chivinlarni hayday olmayotgan bolakaylar jonlanyapti. Qay yo‘l, qay tartibda bilmadimu, lekin ularni zudlik bilan ochlik azobidan, bolaligini yutayotgan jahannamdan qutqarish kerak...» Bu xotiralar yozilganiga 3 yildan oshibdi. Ammo bu boradagi vaziyat hamon o‘nglangani yo‘q. Sayyoramizning eng qaynoq 18 ta nuqtasida insonlar, ayniqsa, bolalar ochlikdan aziyat chekmoqda. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisobotiga ko‘ra, dunyoning 18 ta qaynoq nuqtasida, jumladan, millionlab odamlar ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolgan Sudanda ochlik kuchayadi. Hisobotda ta’kidlanishicha, oziq-ovqatning keskin tanqisligi 22 mamlakatga tahdid solmoqda. Sudan, Burkina-Faso, Gaiti va Malidagi vaziyat yomonlashdi, bu mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi yuqori darajada. Bundan tashqari, Afg‘oniston, Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda ham xuddi shunday daraja belgilangan. «Dunyoning ko‘p joylarida nafaqat ko‘proq odamlar och qolmoqda, balki ular duch kelgan ochlikning og‘irligi har qachongidan ham battar», deydi WFP ijrochi direktori Sindi Makkeyn. Shuningdek, tashkilot hisobotida Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismida okean yuzasining isishiga olib keladigan tabiiy iqlim hodisasi bo‘lgan El-Ninyo hodisasi bilan bog‘liq qo‘shimcha xavf haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Mutaxassislar esa bu hol dunyoning zaif hududlarida ekstremal iqlim hodisalariga olib kelishi mumkinligi, odamlarning hayotini saqlab qolish, ochlik va o‘limning oldini olish uchun shoshilinch insonparvarlik choralarini ko‘rish zarurligini aytmoqdalar. – Agar biz hamma uchun global oziqovqat xavfsizligini, hech kim ortda qolmasligini ta’minlashni istasak, bugungi xavf muhitida muammolarni hal qilishning an’anaviy usullari endi tanlov emas. Odamlarni ochlikdan qutqarish, hayotlarini qayta tiklashga yordam berish va oziq-ovqat xavfsizligining asosiy sabablarini bartaraf etishning uzoq muddatli yechimlarini topish uchun qishloq xo‘jaligi sohasiga zudlik bilan aralashuv zarur, – deydi FAO Bosh direktori Dongyu Qu. Ayni paytda statistika ma’lumotlari dunyoda 870 milliondan ortiq kishi ocharchilikda yashayotgani, bir kunda esa 21 ming nafar inson ochlikdan vafot etganini ko‘rsatayotgani esa butun Yer sayyorasini hushyorlikka chaqiradi. ... Mehmondorchilikdan chiqib, o‘ylab qoldim. Bizning xalqimizdek mehmondo‘st, bolajon xalq yo‘q. Lekin dabdabaga o‘ch, topganini to‘yga sarflab, yillab qarz uzadigan millat ham boshqa yo‘q-da. So‘nggi paytlarda esa ko‘pchiligimiz oddiy shukur qilishni ham unutyapmiz. Darvoqe, yo‘lda ushbu xabarni o‘qib qoldim: O‘zbekistonda ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlar jarimaga tortiladi. Ovqatlanishda oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida «Oqilona iste’mol» dasturi ishlab chiqiladi. Unda ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llash nazarda tutilgan». Miyamdan yarq etib bir o‘y o‘tdi: «Qonuniy chora ko‘riladigan bo‘lsa, balki endi ayrim yurtdoshlarimiz ortiqcha isrofgarchilikdan tiyilishar... Bu xabardan so‘ng qaysidir telegram kanalidan ko‘rgan ushbu surat va so‘zlardan esa ko‘zim yoshlandi... Bu qo‘l – ochlikdan adoyi tamom bo‘lgan afrikalik bolakayning qo‘li... Nonlarni mog‘orlatib, axlatga otadiganlar, «ikki kundan beri bir xil ovqat yediryapsan», deya xotiniga baqiradigan erkaklar, eri topib kelgan rizqni yoqtirmay, burun jiyiradigan xotinlar, oldiga qo‘yilgan ovqatni yemay, injiqlik qiladigan bolalar, hashamatli restoranlarda bir kosa ovqat uchun o‘n kosa ovqatning pulini to‘laydigan «badavlat»lar, ko‘rayotgan kuniga shukur qilmay isyon etadiganlar, o‘ziga berilganidan yanayam ko‘prog‘ini istaydiganlar shu suratga boqsinlarda, o‘zlarining naqadar noshukur ekanliklarini anglasinlar. Bu qo‘l – inson bo‘lmoqni unutganlarga bir dars, bir ibratdir... Mahbuba KARIMOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri Bir yaqinimning yaxshi kunida yonida bo‘lay deb bordim. Mezbon mehmonlarning ko‘nglini olishga astoydil harakat qilgani to‘kin dasturxondan ko‘rinib turardi. Yonimdagi hamrohlarim dasturxondagi har vafot bir taom, pishiriq, salat-u chaq-chuqqa «tavsiyanoma» berishdi. Ularga: «shunchalar ham noshukur bo‘lasizlarmi, hozir ana shunday dasturxonni orzu qilib, tamshanib turgan millionlab insonlar bor, axir», demoqchi edimu navbat bilan qachon, qanaqa mehmon kutganini ta’riflayotganlarga gapirish befoydaligini ko‘rib, indamay saflaridan chiqdim.


MUAMMO 11 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) yilga kelib har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suv yetishmaydigan hududda yashashi mumkin. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortig‘i ichimlik suv sifatining pastligi hamda suv ta’minotida sanitargigiyenik qoidalarning buzilishlari bilan bog‘liq. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumaniga kelin bo‘lib borganimda katta ko‘cha yonida diametri 50 sm.cha keladigan quvurdan mu nt a zam oqib t u radiga n ichimlik suvini ko‘rib o‘ylab qolgandim. Bir kecha-kunduzda bu quvurdan chiqayotgan qancha suv isrof bo‘larkin? Bu yerliklar suvning qadriga yetmas ekan-da. Nega shu suvni bitta buragich bilan yopib qo‘yishmaydi? O‘shanda kattalardan bu haqda so‘rasam, bu suv yer tagidan chiqadi, tugab qolmaydi, deya bamaylixotir javob berishgandi. Ammo mana 13 yil o‘tib, hozir shu yerlarda ichimlik suvi muammosi bo‘y ko‘rsata boshlagan. Yillar davomida qumga singgan bebaho resursni hatto pul evaziga ham topib keltirishning iloji bo‘lmayapti. Yu r timiz ni ng juda ko‘p joylarida bunday muntazam suv oqib turadigan qalin-qalin quvurlarni ko‘p ko‘rganmiz. A m m o b u g u n u l a r n i n g ko‘pchiligida suv qurigan. Quvurlarni esa allaqachon zang bosib yotibdi. Suv qayerga yo‘qolgani haqida ayrim misollar «gapirsin». Bir tonna ammiak olish uchun ishlatiladigan 1000 m.k ub suv bu o‘rta hisobda 300 000 kishini kundalik ichadigan suvini yoki 6000 nafar kishini sutkalik barcha zaruriy ehtiyojini qoplagan bo‘lar edi. Shuningdek, sanoat korxonalarida ishlab ANZIRAT BUVILAR, QAYERDASIZLAR? iz ham beton bino ichida diqqinafas bo‘lib ketganda bolaligingizdagi zilol suvli katta buloqlarni, suv to‘la hovuzlarni, yamyashil bog‘larni eslaysizmi? Ariqlarda pishqirib oqayotgan suvning qirg‘oqlardan toshib, jaziramada tanamizga muzdek rohat berganini-chi? O‘sha ariqlar, o‘sha buloqlar o‘z joyida turgandek. Ammo endi ularni to‘ldirib turgan zilol suvlar yo‘q, yam-yashil bog‘u rog‘larning yarmi suvsizlikdan qurigan. S chiqar ishda ishlatiladigan katta miqdordagi suvni kerakli tartibda tozalamasdan daryo va dengizlarga quyib yuborilishi bu boradagi ahvolni yanada tanglashtirmoqda... Aholining kommunal-maishiy sharoiti yaxshilanib borayotgani, katta shaharlar vujudga kelish jarayonining tezlashayotgani ham ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. – Aholisi 300 – 500 ming atrofida bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Namangan kabi shaharlarda aholi jon boshiga bir sutkada 130 – 150 litr suv sarflansa, aholisi 3 milliondan ortiq Toshkent, Moskva, Parij, Vashington kabi megapolislarda esa bu ko‘rsatkich 350 – 600 litrni tashkil etadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Islom Xushvaqtov. – Lekin shunga qaramasdan barcha shaharlarda ham ana shuncha miqdordagi suvdan foydalanish imkoniyati mavjud degan fikrni aytish qiyin. Aniq misollarga murojaat qilsak, Amerikada yashovchi 14 – 15 yoshlar chamasidagi qizaloq ertalab turganidan so‘ng yuvinib, nonushtaga kelguniga qadar 300 – 350 litr suv sarflasa, Afrikada yashovchi uning tengdoshi 10 kishidan iborat oila a’zolari nonushtasiga sarflanadigan 8 – 10 litr suvni 6 – 7 kilometr yo‘l yurib tashib kelar ekan. M a’l u m k i , i f l o sl a n g a n suv tufayli turli kasalliklar – oshqozon-ichak, buyrak, jigar, qonda turli allergik xastaliklar sodir bo‘ladi. Ifloslangan suv orqali zararli gelmentlar ham inson organizmiga o‘tadi. Ich terlama, dizenteriya, gepatit va boshqa kasalliklar ko‘payadi. Suvda kimyoviy elementlar, birikmalar ning me’yoridan ortiq bo‘lishi ularning astasek i n t o‘pla n ib bor ish iga sharoit yaratadi, natijada ayrim kasalliklar ko‘payadi. B i r l a s h g a n M i l l a t l a r Tashkilotining hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suv tanqis hududlarda istiqomat qiladi. 2025-yilga kelib esa, har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududda yashashi mumkin. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortig‘i ichimlik suv sifatining pastligi hamda suv ta’minotida sanitar-gigiyenik qoidalarning buzilishlari bilan bog‘liq. Bugun dunyodagi qariyb 7 mlrd.dan ziyod aholining 3 mlrd. ga yaqini ifloslangan suvni iste’mol qilmoqda va buning oqibatida ularning deyarli 2 milliardi turli kasallikka chalingan. Eng achinarlisi, har kuni dunyoda 6 ming bola sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan suvni iste’mol qilganliklari tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Kishining sog‘lom hayot kechirishi uchun bir sutkada 50 lit r suv kerak bo‘ladi. Quruq iqlim mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,1 mlrd. kishi bir kunda atigi 5 litr suv ishlatmoqda. Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich sutkasiga 200, AQSHda esa 400 litrni tashkil qilmoqda. Xuddi shunday suv taqsimoti mamlakatimiz hududlarida ham kuzatiladi, xususan, Toshkent shahrida jon boshiga bir sutkalik suv iste’moli 350 – 400 litr bo‘lgan bir vaqtda, ayrim hududlarda ushbu ko‘rsatkich 20 – 50 litrni tashkil etadi. Hozirgi ilm-fan shuni tan olmoqdaki, agar kelajakda o z i q - ovq a t m a h s u lo t l a r i , tiklanmaydigan tabiiy resurslar, ular o‘rnini boshqa usullar bilan yaratilgan mahsulotlar egallashi mu m k i n bo‘lsa- d a , a m mo suvning o‘rnini boshqa biror-bir narsa bosa olmaydi. Shu bois, Yer sharida ichimlik suvining kamayib borayotgani o‘ta og‘ir xavflarni tug‘diradi. Bu esa ichimlik suvining asosan yerosti, yerustidagi daryo va ko‘llar kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishi natijasida kelib chiqmoqda. Qolaversa, Yer y uzidagi daryolarning yarmiga yaqini ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda. Shuningdek, sayyoramizdagi botqoqliklar maydoni va ichki suv resurslari qisqarmoqda. Hozirgi davrda ichki suv havzalari, ayniqsa, daryo va kanallar shu qadar ifloslanib ketyaptiki, ular tabiiy yo‘l bilan o‘zini o‘zi tozalay olishga qodir bo‘lmay qolyapti. Bunday suvlar esa iste’mol qilish u yoqda tursin, balki maishiy xizmat, turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ham yaroqsiz bo‘lib qolmoqda. Bundan bir necha yil oldin ijtimoiy tarmoqlarda Mahfuza Ortiqova ismli foydalanuvchi suv iste’moli va isrofi haqida yaxshi post qoldirgan edi: «Sovuq suvga hisoblagichlar o‘rnata boshlangan paytlar edi. Hovlimizga ham o‘rnatib ketishdi. Buv i m n i ng h isoblag ich bo‘lsa, bo‘lmasa bir odatlari bo‘lardi. Hammomga kimdir kirsa, besh daqiqadan keyin taqillatardilar tezroq chiq, suvni uvol qilma deb. Hovliga rezina shlang oldirmasdilar, suvni uvol qilasanlar deb. Idishni suv oqizib yuvdirmasdilar. Tog‘orada yuvib, keyin chay, suvni uvol qilasan, der edilar. Suvga hisoblagich o‘rnatildi. Bir oydan keyin tekshiruvchi kelib, o‘shqira ketdi. Aylantirgansizlar, qo‘shningiz bir oyda ming kub ishlatgan. Qanaqa qilib sizlarda hisoblagich deyarli aylanmagan, deb. O n a m i s t a g a n i n g i z c h a tek sh i r i ng, bi z ha romd a n hazar qilamiz, dedilar. Qani vodoprovodingizni sharillatib oching, deb hisoblagichga tikildi. Onam sharillatib ochdilar. Tekshi r uvchi kelgandan bexabar buvim «qaysi biring suvni shunaqa ochding. Xudodan qo‘rqmaysanlarmi» deb baqirib qoldilar. Tekshiruvchi pildiravolib, qochgandi, uzr, uzr deb. Mana shunaqa dunyoqarash y e t i s h m a y d i b u g u n o d a m la r i m i zg a , Xu do d a n qo‘rqish, isrofdan qo‘rqish...» Darhaqiqat, bugun bizga ana shu nday qat’iyatlili k, bir-birimizni nazorat qilish, xatolarimizni anglatib turuvchi «Suyunchi» filmidagi Anzirat buvi kabi mahalla, qishloq «vijdonlari» yetishmayapti nazarimda. Tasavvur qiling, jazirama, hech qayerda suv yo‘q. Pulingiz bor, ammo obi-hayot tugagan. Dahshatning o‘zginasi. Hatto tasavvur qilishga qo‘rqasan kishi. Ammo bugun esimiz borida etakni yig‘ishtirmas ekanmiz, bu dahshatni avlodlarimizga meros qoldirmasligimizga kafolat yo‘q. Saida IBODINOVA, «Oila va Tabiat» gazetasidan olindi. 2025 BILAN YUZMA-YUZ


12 MILLAT Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) 1920-yil oktyabrda tashkil etilgan “arxeologik” qazuv ishlarida 20 – 25 kishilik guruhlar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun turli joylarda ish boshlagan. Qora ishchilar orasida mahbuslar ko‘p bo‘lgan va u la r ke ch ay u k u nd u z ishlashga majbur qilingan. Natijada qadimiy binolar bunyod etilganida ustalar tomonidan qurilgan suv qochirish tizimi b u t u n l a y v a y r o n b o‘l i b, imoratlar tezda zax tortadigan bo‘lib qolgan. 1939-yilning 1-aprelidan Sam komstaris Bibixonim madrasasini yiliga 12498 so‘m (savdo do‘konlari, foto, qizil choyxona, etikdo‘z x o n a l a r i ) g a , U l u g ‘ b e k madrasasini fotografiya uyiga – 3300, Sherdor madrasasini fotostudiyaga – 980 so‘m, Tillakori madrasasini rassomlar uyushmasiga – 360 so‘mga, Chorsu tikuv arteli, do‘konlar, etikdo‘z, tamaddixonani – 18573 so‘mga, Xo‘ja Ahror majmuasini maktab va tikuv ustaxonasiga yiliga 5688 so‘mga, jami 41399 so‘mga ijaraga bergan. Aksar sovet idoralari, ishlab chiqarish korxonalari, ichki Rossiya shaharlaridan ko‘chirib keltirilgan ishchilar ham madrasa, masjid va xonaqohlarga ko‘chib kiradi. Ayrimlari omborlarga aylantiriladi. Aholi qishda ko‘mir va o‘tin bilan ta’minlanmaganligi uchu n qadimiy masjid va madrasalar hovlisidagi qadimiy tut, chinorlarni o‘tin qilib yoqib yuboradilar. Keyinroq esa masjid, madrasa hujralarning g‘ishtlaridan yangi binolarni qurish uchun foydalaniladi. S h a h a r l a r n i n g q a d i m i y tarovatidan asar ham qolmadi. Samarqandlik mashhur usta DA QOLGAN QAHRAMONLAR... Mirshamsi hoji Sayfiyev bu xususida shunday degandi: “Ustoz ustalardan eshitgan edim, sovetlar hukumatining ilk yillarida haqiqatan Samarqand shahrining qadimiy o‘rinlarida mahalliy xalq nazaridan uzoq holda juda katta ko‘lamda qazuv ishlarini olib borishgan. Ularning aytishicha, Ishratxona maqbarasidan uzoq bo‘lmagan yerda “ar xeolog”lar kat ta miqdorda xazina topgan va uni kun bo‘yi bir necha aravada ustiga lattalar yopilgan holda qurolli harbiylar nazorati ostida qayergadir tashishgan. Aniq yodimda, Sohibqiron Amir Temurning singillari Shirinbeka oqa maqbarasi yonida ishlayotgan edim. Bir kishi shoshib keldi va qo‘lidagi hujjatini ko‘rsatib, o‘zini arxeolog deb tanishtirdi. Yonida harbiy kiyimda yana ikki kishi ham bor edi. Ular hech kimning xalaqit bermasligini tayinlab, qadimiy qabrlarning birini kovlay boshladilar. Biz o‘z ishimiz bilan band edik. Bir payt boyagi kishilar lattaga o‘ralgan nimalarnidir olib tezlik bilan ketishdi. Shu payt ustam, pastga tushib qabrni to‘g‘rilab qo‘ygin, ular hamma narsani yoyib tashlab ketishadi, dedilar. Men maqbaraga kirsam, qabr deyarli ochiq holda qoldirilgan edi. Pala-partish qazilganidan qabr toshlaridagi nodir yozuvlar zararlangan, mayitning suyaklari sochilib yotardi. Ular shunchalik eski ekanligidan mo‘rt bir holga kelib qolgandi. Hatto, malikaning uzun sochlarini o‘rniga qo‘yayotganimda ikki uchidan shishadek chirs-chirs sinib tushardi. Men avaylab barchasini joy-joyiga qo‘ydim. Guvohi bo‘ldimki, chetroqda kichikroq bir uzuk tushib yotardi. Ma’lumki, o‘z davrida malikalar ayrim qimmatbaho taqinchoqlari bilan ko‘milgan. “Arxeolog”larning dardi ana shu qimmatbaho taqinchoqlar b o‘ l g a n i n i s h u n d a g i n a fahmlagandim...” Aslida bugungi mulohazam u m u m a n b o s h q a n a r s a haqida edi. Xullas, hozirgi Qirg‘izistonning Qizilqiya tumanidagi purviqor tog‘lari bag‘rida bir vaqtlar qadimiy Oltin Mozor qishlog‘i joylashgan e d i . M a h a l l iy a h ol i n i n g xotirlashicha, bu yerda Nayman xoni Kuchliqxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Chingizxon bilan jangda mag‘lubiyatga uch ragan Kuchli k xon o‘z xazinasini shu yerga yashirgan ekan. Bu atrof qishloqlarda hamon nayman urug‘i vakillari istiqomat qiladi. Aytishlaricha, 1930-yilning yozida qishloqda o‘zlarini Pomir geologiya qidiruv ilmiy ekspeditsiyasi guruhi deb tanishtirgan kimsalar i s h b o s h l a g a n . G u r u h g a oddiy ishchi bo‘lib kirgan Xudoynazar Temurov “ilmiy ekspeditsiya”ning asl maqsadi Kuchlu k xon ni ng xazi nasi ekanligini anglab qoladi. Avvaliga Xudoynazar Temurov ularni tinch yo‘l bilan niyatlaridan qaytarishga harakat qiladi. Ekspeditsiya rahbari Sumin bo‘lsa uni ishdan chetlashtirgan holda bilganidan qolmaydi. Shundan so‘ng, Xudoynazar Temurov urug‘ oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda o‘zi kurashga kirishadi. Bir necha bor “olim”lar dafnaga yaqinlashishi bilan hujumga o‘tadi va qishloq ahlining qahramoniga aylanadi. Ekspeditsiya rahbari esa GPUga xabar beradi va bu voqealardan xabari bo‘lgan barchani qamoqqa oldirib, hammasini Toshkentga yo‘llaydi. Qishloqni butunlay vayronaga aylantirib, xalqini turli hududlarga tarqatib yuboradi... Shunday voqealar bilan tanishish asnosida tarixiy shaharlarimizda olib borilgan sovetcha “ilmiy tadqiqot”lar yodimga tushdi. Aynan Muso S a y i d j o n ov, N i z o m i d d i n Xo‘jayev kabi olim bobolarimiz ham milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan tarixiy obidalarimizga nisbatan sovetlarning varvarcha munosabatiga qarshi chiqqani uchun mahv etilgan edi. Xullas, tarixiy qadriyatlarning talontaroj etilishiga qarshi chiqib, sho‘ro jallodlari tomonidan yo‘q qilingan Xudoynazar Temurov boshchiligidagi jabrdiyda bovurlarimizning O‘zbekiston R e s p u b l i k a s i O l i y s u d i tomonidan oqlanishi har jihatdan tarixiy adolatning qaror topishi bo‘ladi. Qolaversa, Muhammad Aminbek, Shermuhammadbek, Omon pahlavon, Islom pahlavon, Rahmonqulibeklar yigitlari saf ida Tu rk iston ozodligi yo‘lida shahid bo‘lib, muqaddas Vatanimiz tuprog‘ida qolgan qirg‘iz qardoshlarimiz ruhi shod bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, bu ishda qanchadir odamning o‘ldirilgani d a ’ v o q i l i n a d i . A m m o ularning na ismi-sharifi, na ayblanuvchilardan aybdorligini isbotlovchi ashyoviy dalillar keltirilmaydi. Quyida shu xususida o‘qishingiz mumkin. BO‘TAYOR AMIROV VA BOSHQALAR 1930-yilning 9-iyul kuni t o n gd a Q i r g‘i z i s t o n n i n g Qizilqiya tumani Jarg‘uchak qishlog‘idagi Pomir geologiya qidiruv ilmiy ekspeditsiyasi lager iga noma’lu m g u r u h hujum qilib, 2 kishini o‘ldirgan va 4 ta vintovka, 1 ta nagan qurolini olib ketgan. Keyinroq ekspeditsiya rahbari o‘rinbosari Sumin Nikolay Grigorevich 4 odami bilan Tersachar devonidan Oloy vodiysiga o‘tayotganda yana hujum qilishgan. Guruh Chor mustamlakachiligi vaqtida millat javohiri hisoblangan tarixiy obidalarimizning asriy koshinlari shilib olinib, dunyo muzeylariga sotildi. Sho‘rolar davrida esa obidalarimiz go‘yo “ilmiy arxeologik tadqiq etish” va “muhofazalash” bahonasida qasddan xarobaga aylantirildi. Birgina Samarqandda 1920-yil 8-iyundagi Vyatkin va Kastanelar qarori bilan 20 ta ketmon, 10 ta bel, 2 lom, 4 tesha, 10 paqir, 100 arshin ip, 4 g‘altak, 2 ta kirka bilan qurollangan 20 kishi ishga tushirilgan. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI E’TIBORIGA


OYDINLARI 13 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) XALQARO HAYOT Bir necha kundirki, Qozog‘istonning Abay viloyatidagi 60 ming gektar maydonda o‘rmon yong‘inlari ro‘y bermoqda. Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev ushbu holat ortidan mamlakat favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilinni lavozimidan ozod etdi. Sahifani internet ma’lumotlari asosida Feruza XODJAYEVA tayyorladi. VAZIR ISHDAN BO‘SHATILDI a’zolarining pullarini tortib olishgan, Suminning o‘zi og‘ir yarador bo‘lgan. 1930-yil 16-iyulda Yudin guruhiga ham hujum bo‘lib, ikki kishi o‘ldirilgan, vintovkalari tortib olingan. Shundan so‘ng, ekspeditsiya Toshkentga GPUga yordam so‘rab chiqqan. GPU ishga kirishib ekspeditsiyada ishlab keyin gumon bilan haydalgan Xudoynazar Temurov, Yarmat Igamberdiyevlar boshliq 13 kishini gumonlanuvchi sifatida zudlik bilan qamoqqa oladi. 1930-yil 2-avgust kuni so‘roqqa tortilgan Pomir ekspeditsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, geolog Sumin guruhning 8 nafar a’zosi Leningraddan ekanini, Farg‘onadan 7 nafar ishchi olingani, hujumda 3 nafari halok bo‘lganini va hujumdan so‘ng Oloyda o‘zlari doimo go‘sht, sut, yog‘ olib yurgan qirg‘iz manoplaridan Saidnazarovga duch kelganini aytadi. 1930-yil 5-sentyabrga kelib, hibsga olinganlar soni 40 nafarga, 19-sentyabrda 46 nafarga yetadi. Muttasil jismoniy qiynoqlar ostida olib borilgan so‘roqlardan so‘ng ularning 36 nafari aybdor deb topiladi. Ishga yanada kuchliroq siyosiy tus berish niyatida Xudoynazar Temirov Afg‘onistondan kelgan Fuzayl maxsum ta’sirida ekspeditsiya vakillarining qurollarini tortib olib, 30 kishini qurollantirib Afg‘onistonga Ibrohimbek laqay qo‘shiniga qo‘shilishni niyat qilgan, shu maqsadda Oltin mozorlik Qoraqul Nurovning uyida yig‘ilgan va qo‘y so‘yib Muhammad Ali to‘qsabo va Xidirali to‘qsabo Ibragimovlar ham ularga fotiha bergan degan uydirmani o‘ylab topadilar. 1930-yil 3-oktyabr kuni Toshkentda OGPUning 4- Sharq bo‘limi Murtazin imzolagan qarorda Abduraxmon Said Nazarov, Nosir Qaraqulov, Mirza Ahmed Toxtarov, Bo‘tayor Amirov, Nazir Egamberdiyev, Shamsiddin Sharipov, Kamar Mansurov kabi hibsga olinganlardan yagona aksilinqilobiy jinoiy guruh tuzib, barchasiga O‘zSSR JKning 78-moddasi bilan ayblov qo‘yiladi. Ayblov bayonnomasida esa jinoiy guruh 9 nafar ekspeditsiya a’zosini o‘ldirgani qayd etilgan. 1931-yil 30-yanvar kuni mash’um “uchlik” 36 kishining 6 nafarini otuvga, 14 nafarini 10 yildan, 1 nafarini 8 yil, 10 nafarini 5 yildan, 4 nafarini 3 yildan konslagerga hukm qiladi. Bir kishini 10 yilga Sverdlov viloyatiga surgunga buyuradi... 1963-yilning 5-sentyabr sanasi bilan Jo‘ra Toxtarovning o‘g‘li Said Jo‘rayev O‘sh viloyati prokuroriga ariza yozib, otasining 3 yilga hukm qilinib, izsiz ketganini va qatag‘on qurboni bo‘lganini ma’lum qiladi. Shundan so‘ng 1963-yil 30-oktyabrda KirSSR KGB A.Kutmanaliyev so‘rovi bilan “delo” Toshkentdan olinib, 1963- yil 28-noyabr KirSSR Bosh prokurori protesti asosida Oliy sudga yuboriladi. 1963-yil 10-dekabr KirSSR Oliy sudi tomonidan faqatgina Jo‘ra Toxtarov nomi oqlanadi. Ayni paytda ushbu ish bilan tanishib chiqayotgan Bosh prokuraturadagi mas’ullardan mazkur ish yuzasidan ijobiy xulosalarini kutib qolamiz. Zero, xalqiga tegishli meros uchun kurashib, “bosmachi” tamg‘asi bilan nomi qoralangan millat farzandlarining oqlanishi adolatdan bo‘ladi, nazarimizda. Bahrom IRZAYEV, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi katta ilmiy xodimi NEGA SIPRINING TAHLILLARI XAVOTIRLI? PUTIN QO‘RQMASDAN JANUBIY AFRIKAGA BORMOQCHI YONG‘INLAR TINMAYAPTI Shvetsiya xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotida keltirilishicha, 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra, mavjud bo‘lgan jami 12 512 ta yadro kallaklarining 9 576 tasi omborlarda saqlangan. Bu 2022-yilning yanvariga nisbatan 86 taga ko‘pdir. Bugunga kelib esa ulardan 3844 taga yaqini raketa va samolyotlarga joylashtirilgan, 2000 ga yaqini (deyarli barchasi AQSH va Rossiyaga tegishli) yuqori shay holatga keltirilgan. Ya’ni, joylashtirilgan jangovor kallaklar soni bo‘yicha yetakchilar AQSH (1770) va Rossiya (1674)dir. Dunyodagi barcha yadroviy qurollarning qariyb 90 foizi ham ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, milliarder Jorj Sorosning o‘g‘li Aleksandr endi 25 milliard dollarlik aktivlarni boshqaradi. Kichik Sorosning so‘zlariga ko‘ra, otasining xayriya jamg‘armasi mablag‘lari erkin saylovlar va abort huquqlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Eslatib o‘tamiz, may oyining o‘rtalarida 92 yoshli milliarderning o‘limi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo Soros bu xabarni rad etgandi. MILLIARDERLIK O‘G‘ILGA O‘TDI Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning aytishicha, hozir Kanadada 414 ta o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Ulardan 239 tasi nazoratdan tashqarida. 20 mingdan ortiq odam uylaridan evakuatsiya qilingan. Faqat Kvebekda mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bir vaqtning o‘zida 40 dan ortiq bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirish imkoniyatiga egalar. Ammo hududda 150 dan ortiq faol yong‘inlar mavjud. Eng yomoni, ushbu yong‘inlar tufayli Amerikaning Nyu-York, Vashington va boshqa shaharlarida ham tutun kuzatilmoqda. Shu o‘rinda Kvebekdan tashqari Britaniya Kolumbiyasi, Alberta, Ontario, Yangi Shotlandiya va Shimoliy-G‘arbiy hududlarda 3,3 million gektar o‘rmonlar yonayotgani xabar qilinmoqda. The Sunday Times gazetasining yozishicha, Putin o‘zini G‘arb bosimiga bo‘ysunuvchi va yakkalanib qolgan yetakchi sifatida ko‘rishni istamaydi, chunki bu zaiflik bo‘lib ko‘rinadi. Xabar qilinishicha, shu kunlarda Rossiya rasmiylari Davlat rahbari Putinning Janubiy Afrikaga kelishiga hozirlik ko‘rmoqdalar. Shu o‘rinda Janubiy Afrika rahbarining bu masalada xitoylik hamkasbi Si Szinpin bilan muzokaralar olib borganini aytish joiz. «Bloomberg» kuchli jazirama oqibatida Xitoyda uy hayvonlari nobud bo‘layotgani haqida yozmoqda. Anomal issiqlik natijasida elektr tarmoqlari ham ishdan chiqmoqda. Bu esa yirik zavodlar ishini to‘xtatib qo‘ygan. Xususan, may oyida Shanxaydagi issiq so‘nggi 150 yildagi rekordni yangilagan. XITOYDA KUCHLI JAZIRAMA TUFAYLI ELEKTR TARMOQLARI ISHDAN CHIQQAN Amerika Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Trampning so‘zlariga qaraganda, Jo Bayden «Stalin Rossiyasi va kommunistik Xitoyda bo‘lgani kabi» o‘zining asosiy siyosiy raqibini qamoqqa tashlamoqchi. Shuningdek, Tramp amerikaliklar so‘rovida Baydendan sezilarli darajada o‘zib ketganini qo‘shimcha qilgan. «Jo Bayden ma’muriyatining menga qarshi axmoqona va asossiz ayblovlari Adolatsizlik vazirligini qurollantirdi. Bayden o‘zining yetakchi siyosiy raqiblarini qamoqqa olmoqchi, dushman undan ancha oldinda. U buni Stalinistik Rossiyadagi kabi amalga oshirmoqda» dedi Tramp. «JO BAYDEN «STALIN ROSSIYASI» USULLARINI QO‘LLAYAPTI...»


nidosi K &&&&&&&&& 14 TARIX Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Bir paytlar G‘arbu Sharqni bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan qadimiy ko‘chadan ketib borarkansiz, Zarafshon daryosining chap sohilida, katta-kichik tepaliklar bag‘rida, tuproq ostida qolib ketgan Dabusiya qal’asi o‘rniga yetib kelganingizni ham sezmay qolasiz. Har yili bahor bu tepaliklar – son-sanoqsiz qabrlar uzra o‘zining zangori gilamini to‘shaydi. Yer bag‘rini yorib chiqqan millionlab maysalar, alvon qizg‘aldoqlar xuddi noma’lum alifboda, turfa ranglarda bitilgan bitiklar singari bizni moziyning sirli manzillariga chorlaydi... Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, bir paytlar ana shu kengliklarda Dabusiya qal’asi qad rostlagan. Uni turli manbalarda Dabusqal’a, Dabusiy, Dabus, Dahbus singari nomlar bilan atashgan. Zarafshon daryosining telbavor mavjlari qal’aning shimoliy devorlarini yuvib, keyin o‘ng tarafga burilib ketadi. Rivoyatlarga ko‘ra, ana shu devorlarda payg‘ambarimizning amakivachchalari, Hazrati Ali (r.a.)ning barmoq izlari saqlanib qolgan ekan. Tabiiyki, bugungi kunda qal’a ham, uning devori ham, u yerdagi tabarruk izlar ham yo‘q. Bo‘lganda ham, uni hazrati Aliga nisbat berish o‘rinsiz bo‘lar. Chunki ul zot bizning diyorimizga qadam bosmaganlar. Samarqand va Buxoro oralig‘idagi bu qadimiy qal’a haqida o‘tmishdagi tarixnavis olimlar qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Jumladan, X asrda yashab ijod qilgan geograf olim Abdulfaraj Basriyning yozishicha, Dabusiya shahriga Iskandar Maqduniy asos solgan emish. Tarixchi Narshaxiy esa, uning yoshi hatto Buxorodan ham qadimiyroq ekanini ta’kidlaydi. “Dabus" so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda temir gurzi, to‘qmoq ma’nolarini bildiradi. Qal’a o‘z davrida temirdan mustahkam qurilgani bois, ana shunday atalgan bo‘lishi mumkin. IX asrda yashagan arab tarixchisi Al-Ya’qubiy ham bu qal’ani “dushman tig‘i o‘tmaydigan, mustahkam va mashhur shahar” deya ta’kidlagan edi”... Yana bir mashhur tarixchi Abu Ja’far at-Tabariy Dabusiya haqida to‘xtalib, bu yerni 10 ming nafar sarboz qo‘riqlaganini yozadi. Shuningdek, Al-Muqaddasiy, Yoqut Hamaviy, Ibn Havqal, Ibn Xurdobeh, As-Sam’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abul-Fidon singari o‘rta asr allomalari ham Dabusiyaga doir ma’lumotlarni o‘z asarlarida keltirib o‘tadilar. Mazkur tarixiy manbalarda Dabusiyada juda katta bozorlar, masjid va madrasalar faoliyat ko‘rsatgani, oltin, kumush va mis tangalar zarb etiladigan zarbxonalar bo‘lgani o‘z aksini topgan. Bir zamonlar Dabusiyada to‘qilgan “vadoriy” matolarining G‘arbu Sharqda bozori chaqqon bo‘lgan. Shuningdek, Dabusiyada jundan to‘qilgan matolar va teridan yasalgan mahsulotlar ham ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan va savdogarlar tomonidan dunyoning turli burchaklariga olib ketilgan. Bularning bari Dabusiya o‘z davrida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan katta mavqega ega bo‘lganidan dalolat beradi. Dabusiya ahli azaldan mard, jasur, erkparvar bo‘lgan. Bu haqda tarixiy manbalar ham, xalq orasidagi afsonayu rivoyatlar ham dalolat beradi. Arab lashkarboshisi Qutayba ibn Muslim o‘z qo‘shini bilan Buxoroni qamal qilganida uning hukmdori yordam so‘rab, Dabusiyaga elchi jo‘natadi. Dabusiyaliklar zudlik bilan Buxoro shahriga yo‘l oladilar va buxorolik mudofaachilar bilan birlashib, dushmanni Amudaryoning narigi qirg‘og‘iga uloqtirib tashlashadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Qutayba qo‘shin to‘plab, Afrosiyob shahriga hujum uyushtiradi. Lekin Buxoro va Dabusiya lashkarlari yana birlashib dushmanni mag‘lub etadilar. Shunda Qutayba avval Dabusiyani bo‘ysundirmasa, Buxoroni ham, Samarqandni ham ololmasligini anglab yetadi. Shuning uchun ham keyingi mag‘lubiyatdan so‘ng kuch to‘plab, Dabusiya qal’asiga hujum qiladi. Bir necha kun davom etgan qaqshatqich to‘qnashuvlardan so‘ng Qutayba qal’a devorlarining mustahkamligi, himoyachilarining mohir chavandoz, o‘tkir merganliklariga tan beradi. Kamon o‘qlari va qilich tig‘lariga kuchli ta’sir etuvchi zahar surtilganligi bois, undan jarohat olgan yog‘iylar darhol halok bo‘lardi. Shunda Qutayba qal’ani qamal holatida saqlashga qaror qiladi. Qal’aga kirib-chiquvchi yashirin yo‘llar, chashmalardan sopol quvurlar orqali suv oqib kelishi, maxsus omborlarda oziqovqatlar saqlanishini dushman bilmagan. Bu yerda besh yilgacha yetadigan quritilgan go‘sht, mevalar va don ulkan sopol ko‘zalarda saqlangan. Arablar qo‘liga asir tushib qolgan dabusiyaliklar sir olish uchun juda qattiq qiynoqqa solingan. Asirlar xoinlikdan ko‘ra mardlarcha o‘lim topishni afzal bilib, o‘z tillarini tishlab, uzib tashlaganlar. Nihoyatda tang ahvolda qolgan Qutayba qal’a atrofidagi qishloqlar aholisini qatl qilishga farmon beradi. Shundan keyin qal’a mudofaachilari soni keskin kamayib boradi. Ular o‘zlarini o‘limga mahkum etsalar-da, taslim bo‘lishmaydi. Bosqinchilar shundan keyingina himoyasiz qolgan qal’aga bostirib kirganlar. Qal’a hududida olib borilgan ilmiy izlanishlar jarayonida topilgan ish qurollari, ro‘zg‘or buyumlari, hunarmandchilik uskunalari, ovchilik va chorvachilik qurollari sifati, pishiqligi, ixchamligi va tashqi ko‘rinishi bilan ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Hatto, qal’aning butun hududiga sopol quvurlar yotqizilib, kanalizatsiya tizimi yaratilgan, toza ichimlik suvi ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Tarixiy manbalarni varaqlar ekanmiz, bir paytlar bu ko‘hna kent ne-ne fotihu jahongirlarni ko‘rganiga amin bo‘lamiz. Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk ajdodlarimiz bu maskanga qadam ranjida qilishgan. Ehtimolki, Samarqandda umrining eng navqiron damlarini kechirgan Hazrat Alisher Navoiy ham bir muddat Dabusiyada to‘xtab o‘tgan, balki mana shu kengliklarda turib, o‘zining malohat va nazokatga boy baytlarini bitgandir? Dabusiyada tug‘ilgan allomalar ichida eng mashhuri faqih, qozi Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ad-Dabusiydir. Ul zot Buxoroning yetti mashhur qozisidan biri, hanafiy mazhabining yirik vakili va peshvosi bo‘lganlar. Abu Zayd ad-Dabusiy 978-yili Dabusiyada tavallud topgan va shu yerda ulg‘ayib mashhur allomalardan ta’lim olib, fiqh ilmining bilimdoni bo‘lib yetishgan. Dabusiy nisbasi bilan tanilgan yana o‘nlab allomalar nomi va asarlari bizgacha yetib kelgan. Bu esa, Dabusiya qadimiy madaniyat va ma’rifat beshiklaridan biri bo‘lganini yana bir karra tasdiqlaydi. Dabusiya asrlar davomida barqaror, mustahkam qal’a sifatida mavjud bo‘lgan. Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar singari sulolalar davrida ham Dabusiya o‘z strategik ahamiyatini yo‘qotmay kelgan. XIX asrning birinchi yarmida Buxoro hukmdori Amir Haydar davridan boshlab, qal’a Ziyovuddin nomini olgan. Dastlab, Dabusiya va Ziyovuddin atamalari teng qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik, Dabusiya atamasi iste’moldan chiqib ketgan. O‘sha paytlarda Ziyovuddin ham qal’a nomi, ham Buxoro amirligidagi viloyat nomi sifatida qo‘llangan. Bugungi Paxtachi tumani markazi – Ziyovuddin shahri esa, tarixiy Dabusiyadan yetti-sakkiz chaqirim masofada joylashgan. Dabusiya nima sababdan huvillab qolgani, odamlar bu hududni tashlab ketgani haqida ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu holni ko‘pchilik qal’adan bir necha chaqirim masofada, bugungi Paxtachi tumani markazida yangi Ziyovuddin shahrining yuzaga kelishi, qal’a ahlining ko‘pchiligini shu yerga ko‘chib kelishi bilan izohlashadi. Ha, bugun bu tarixiy hududda ana shu devor parchalariyu, yagona obida Bahra ota maqbarasidan bo‘lak inshootni uchratmaysiz. Mazkur inshoot o‘rta asrlarda qad rostlagan bo‘lib, unda bir paytlar shu hududda yashab o‘tgan ulug‘ allomalardan birining xoki yotibdi. Ko‘hna Dabusiya kengliklari uzra yana bir oqshom cho‘kmoqda. Bu maskanni tark etarkanmiz, dilimizdan o‘tayotgan xazin, tushuniksiz tuyg‘ular o‘z-o‘zidan quyma satrlarga aylanadi. Bunda har bir qadam – asrlarga teng, Har zarra mangulik, erk nishonasi. Qadim Dabusiya – ko‘hna tarixning Yangi dunyodagi elchixonasi... Rustam JABBOROV unutilgan sha o‘hna zaminimizda bir paytlar gullabyashnagan, bugungi kunda tarix pardasi ortiga chekinib, faqat ko‘hna manbalar va turfa afsonalar orqali nomi bizgacha yetib kelgan yana qanchadan qancha shaharlar, qadimiy tamaddun o‘choqlarining izlari saqlanib qolgan. Ulardan biri qadimiy Dabusiyadir. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahridan viloyatning eng olis hududi – Paxtachi tumaniga kirib borarkansiz, bugungi kun nafasi yaqqol sezilib turgan bu zamonaviy go‘shadan bir necha chaqirim narida bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy qal’a mavjud bo‘lganiga ishongingiz kelmaydi. har Dabusiya o‘z davrida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan katta mavqega ega bo‘lganidan dalolat beradi. Dabusiya ahli azaldan mard, jasur, erkparvar bo‘lgani haqida tarixiy manbalar ham, xalq orasidagi afsonayu rivoyatlar ham dalolat beradi.


BEKATI 15 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil NAZM №18 (1206) Abdulla Oripov O‘ZBEKISTON Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor, o‘z yurtin butun – Olam aro atagan tanho. Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq, Qanotida kumush diyori, Bir o‘lka bor dunyoda, biroq Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Yurmasman hech behishtni izlab, Topolmasam chekmasman alam. O‘tirmasman ertaklar so‘zlab, Musallo deb yo‘nmasman qalam. Ko‘klamingdan olib sururni, Dovrug‘ soldi ustoz Olimjon, G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni Qilmoq mumkin dunyoga doston. Olis tarix qadamim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Kechmishing bor chindan ham uzoq, Ilg‘ay olmas barchasin ko‘zim. Maqtamasman moziyni biroq, O‘tmishingni o‘ylayman bir zum. Zabtga olib keng Osiyoni, Bir zot chiqdi mag‘rur, davongir, Ikki asr yarim dunyoni Zir qaqshatdi Buyuk jahongir. Aytgum, bu kun, u manim, manim. O‘zbekiston, Vatanim manim. Bobolardan so‘z ketsa zinhor, Bir kalom bor gap avvalida. Osmon ilmi tug‘ilgan ilk bor Ko‘ragoniy jadvallarida. Qotil qo‘li qilich soldi mast, Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh. Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas, U, Ulug‘bek ko‘zidagi yosh. Yerda qolgan, o, tanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Ko‘z oldimdan kechar asrlar, Ko‘z-ko‘z etib nuqsu chiroyin. Sarson o‘tgan necha nasllar, Topolmasdan tug‘ilgan joyin. Amerika – sehrli diyor, Uxlar edi Kolumb ham hali, Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash’ali. Kolumbda bor alamim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh yer osti. Lekin, do‘stlar, she’r ahli aro Jahongiri kam bo‘lar, rosti. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she’r. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Dunyo bo‘ldi chamanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Bobolardan so‘zladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk: Buyuklarga baxsh etgan daho, Ona xalqim, o‘zingsan buyuk. Sen o‘zingsan, eng so‘nggi nonin O‘zi yemay o‘g‘liga tutgan. Sen o‘zingsan, farzandlar shonin Asrlardan opichlab o‘tgan. Ona xalqim, jon-tanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Bosh ustingdan o‘tdi ko‘p zamon, O‘tdi Budda, o‘tdi Zardushti. Har uchragan nokasu nodon, Ona xalqim, yoqangdan tutdi. Seni Chingiz g‘azabga to‘lib Yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan. Jaloliddin samani bo‘lib Sakrab o‘tding Amudaryodan. Sensan o‘shal samanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Toleingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida sharob. Etmoq bo‘lib yurtim xomtalash, Bosh ustingga keldi inqilob. Chora istab jang maydonidan Samolarga uchdi unlaring, Shahidlarning qirmiz qonidan Alvon bo‘ldi qora tunlaring. Qonga to‘lgan kafanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Lekin oftob poymol o‘lmas, Kavaklarda qolmas oy nuri, Odil hakam – haq bor, beg‘araz, Mazlumlarning buyuk g‘amxo‘ri. Qilich serpab tole tongida O‘zligingni tanib qolding sen. O‘g‘lonlarning qatra qonida O‘zbekiston nomin olding sen. Nomi qutlug‘ gulshanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Tinch turarmi bu ko‘hna olam, Tinch turarmi dog‘uli zamon. Oromingni buzdi sening ham Fashist degan vahshiy olomon. Qonim oqdi Dansigda manim, Sobir Rahim yiqilgan chog‘da. Lekin, yurtim, kezolmas g‘anim. O‘zbekiston atalgan bog‘da. Sensan nomus va sha’nim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Kech kuz edi, men seni ko‘rdim, Derazamdan boqardi birov. U sen eding, o, dehqon yurtim, Turar eding yalangto‘sh, yayov. – Tashqarida izillar yomg‘ir, Kir, bobojon, yayragil bir oz. Deding: – Paxtam, qoldi-ku axir, Yig‘ishtiray kelmasdan ayoz. Ketding, umri mahzanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Sen ketarsan balki yiroqqa, Farg‘onada balki, balqarsan. Balki chiqib oqargan tog‘ga, Cho‘pon bo‘lib gulxan yoqarsan. Balki ustoz Oybekdek to‘lib Yozajaksan yangi bir doston. Balki Habib Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajakson kon. Tuprog‘i zar, ma’danim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo, Fazolarga qo‘ysang ham qadam, O‘zligingni unutma aslo, Unutma hech, onajon o‘lkam. Bir o‘g‘lingdek men ham bu zamon Kechmishingni qildim tomosha. Iqbolingni ko‘roldim ayon Istiqlolning ufqlari osha. Iqboli hur, sho‘x-shanim manim. O‘zbekiston, Vatanim manim. Zavol ko‘rma hech qachon, o‘lkam, Zavol bilmas shu yoshing bilan. Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam, Do‘stu yoring, qardoshing bilan. Asrlarning silsilasida Boqiy turgay koshonang sening. Ulug‘ bashar oilasida Mangu yorug‘ peshonang sening. Mangu yorug‘ maskanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. MAKTUB Sho‘x-sho‘x parvoz etgan qushlar, Quloq soling kuyimga. So‘ngra uchib yeting tezda, Mening ona uyimga. Onaginam uyda meni Kutar ayvon ostida. Qadamginam tekkan joyda, Yo‘lginamning ustida. Balki onam siz borganda Bug‘doy yoygan bo‘lsalar. Sizlar uning bug‘doyini Har yon sochmang, qushchalar. Balki onam tom boshiga Turshak yoyib tushgandir. Ey, qushchalar, tegmang unga, Iltimosim sizdandir. So‘nmoqdadir, balki xira, Ko‘zlarining yolqini. Xayolidan ketmas sira Bolasining taqdiri. Salomimni elting, qushlar, Shoir o‘g‘ling omon, deng, Erta-indin kelib qolar, Sog‘ingan ko‘p yomon, deng. INSON QALBI Inson qalbi bilan hazillashmang Siz. Unda millat yashar, unda til yashar. Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz, Unda istiqomat qiladi bashar. Inson qalbi bilan hazillashmang Siz, Unda ona yashar, yashaydi Vatan. Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz, Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!. MALAK G‘oyat ajib ohanglarga to‘liqdir dunyo, G‘oyat go‘zal xonishlar bor, qo‘zg‘atar havas. Barchasini huzur bilan tingladim, ammo, Bittasi ham so‘zing kabi maroqli emas. Kezdim san’at koshonasi Luvrni uzoq, “Mono Liza”, hech shubhasiz, ma’quldir menga. Bunaqasi Yer yuzida kam erur, biroq, Xudo haqqi, bittasi ham teng kelmas senga. Men so‘z topib berolmasman ta’rifingga mos, Ma’zur tutgil, no‘noqligim kelmasin malol. Sendayin bir malakning-ku tanholigi rost, Men kabi bir oshufta ham yo‘qdir, ehtimol. *** U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast, Sho‘xchan she’rlar aytdi sevgi nomidan. Hammani kuldirdi, qiz esa faqat Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan. U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast, Yig‘lab, faryod chekdi sevgi nomidan. Hammani yig‘latdi, qiz esa faqat Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan. U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast, Na kuldi, na qatra to‘kdi yoshini. U kuyladi mag‘rur, qiz bo‘lsa shu vaqt Huzuriga keldi egib boshini. DORBOZ Bulutlarga yondosh, osmon ostida, Kiprikdagi yoshday turibdi dorboz. Qilichning damiday arqon ustida, Ko‘zlarini yumib yuribdi dorboz. Odamlar, odamlar, uni olqishlang, Qarang, u naqadar epchil va o‘ktam, Biz-chi, eh.. ba’zi bir ko‘zi ochiqlar Eplab yurolmaymiz katta yo‘lda ham. BIRINCHI MUHABBATIM Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim. O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan, Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan, Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon bilan Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim, Mangu g‘aflatda qotdim, birinchi muhabbatim. Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan. Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan… Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim. Holbuki orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q, Yulduzday kulganim yo‘q, oy kabi to‘lganim yo‘q. Erta xazon gul kabi sarg‘ayib so‘lganim yo‘q, Seni eslab yig‘layman, birinchi muhabbatim, Eslab bag‘rim tig‘layman, birinchi muhabbatim. Yo‘lin yo‘qotsa odam – muhabbatga suyangay, G‘ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay. Chorasiz qolsa odam – muhabbatga suyangay, Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim, Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim. Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim, Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim. Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim, Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim, Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.


16 Chorshanba 14-iyun, 2023-yil №18 (1206) Sahifani Feruza XODJAYEVA tayyorladi. TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 8 657. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 616 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 4:15 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] SAVOLBERING! – Davlat tashkilotida ishlayman. Ko‘p hollarda oylik maoshim mehnat shartnomasida belgilangan kundan kechikib to‘lanadi. Bu holatda menga qo‘shimcha pul to‘lanishi lozimmi? Yulduz Alimardonova, Kasbi tumani – Talabaman, shartnoma pulini to‘lash uchun ta’lim krediti olmoqchi edim. Ta’lim krediti kimlarga beriladi? Shu haqda ma’lumot bersangiz? Sevdo Zaripova, Bulung‘ur tumani – Dendrologiya degan fan borligi haqida eshitdim. Bu fan nimani o‘rganadi? Shu haqda ma’lumot bersangiz. Sitora Xo‘jamurodova, Termiz shahri – Yosh oilamiz. Turmush o‘rtog‘imning ishi sababli boshqa shaharda ijarada yashaymiz. Ijarada yashaydigan yosh oilalar uchun subsidiya berilishini eshitdim. Shu haqda ma’lumot bersangiz? Mohinur Kenjayeva, Toshkent shahri – 3 nafar farzandim bor. Yozgi ta’tilda oromgohlarga bepul yo‘llanma olmoqchi edim. Bepul yo‘llanmalar asosan kimlarga beriladi? Latifjon Ne’matov, Izboskan tumani – Shu yilning 1-iyunidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar tibbiyot muassasalarining o‘zida beriladi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi? Ra’no Xo‘jayeva, Toshkent shahri, mutaxassis – Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran, haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar, ya’ni pulli kompensatsiya bilan birga to‘lashi shart. – Ta’lim krediti O‘zbekistondagi barcha OTM (davlat, xususiy va xorijiy OTM filiallari) hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.) kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida ta’lim olayotgan talaba hamda o‘quvchilariga beriladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati – Dendrologiya daraxt va butalar haqidagi fan, botanikaning bir sohasi hisoblanadi. Bu fan daraxtlarning anatomiyasi, morfologiyasi, taksonomik joylashishi, fiziologiyasi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va xo‘jalik ahamiyatini o‘rganadi. Shu bilan birga, o‘rmonchilik, daraxtzorlar va butazorlar barpo etish, bog‘ va xiyobonlarni loyihalashtirish, qumliklarni, jar sohillarini mustahkamlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda biologiyaga oid masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Axborot xizmati – To‘g‘ri. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy hisoblash miqdori (330 000 so‘m)ning 3 baravari (990 000 so‘m)dan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar-joy ijarasi uchun subsidiya ajratilishi belgilangan. – Qonunchilikka ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar beriladi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati – Ha to‘g‘ri. Joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirgan tartibga ko‘ra, chaqaloqqa guvohnoma tug‘uruqxonaning o‘zida beriladi. Endi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma FHDYO bo‘limlarida elektron usulda qayd etilib, tug‘uruqxonaning o‘zida beriladi. Adliya vazirligi Axborot xizmati – Maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. O‘tgan yili OTMga kirish uchun 5 yillik mehnat staji tavsiyanomasini olgandim. Ushbu tavsiyanoma joriy yilda ham amal qiladimi yoki qaytadan olishim kerakmi? Gulmira Ermanova, Qorako‘l tumani - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy qilingan imtiyoz asosida o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha tavsiyanoma olgan bo‘lsangiz, bu yil ham tavsiyanomadan foydalanishingiz mumkin. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati – Bolalar nafaqasini olish uchun hujjat topshirgandim. Daromadim belgilangan miqdordan oshib ketgani sababli nafaqa tayinlanishi rad etildi. Umuman, nafaqa olish uchun oilaning necha oylik daromadi hisoblanadi? Nigora Yuldasheva, Sirdaryo viloyati – Vazirlar Mahkamasining 654- son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi berilishi uchun daromad hisoblashda siz qaysi oyda ariza bergan bo‘lsangiz o‘sha oydan 4 oy orqaga qaytiladi va o‘sha 4 oydan birinchi uch oyi olinadi. Masalan, iyun oyida ariza bersangiz may oyi hisoblanmaydi, undan oldingi 3 oy, ya’ni aprel, mart hamda fevral oylaridagi daromadingiz hisoblanadi va shunga ko‘ra sizga nafaqa tayinlanadi. Jahongir Musayev, huquqshunos-advokat Istanbulda o‘tgan Chempionlar ligasi final o‘yini Turkiyaga qancha daromad keltirgan ko‘pchilikni qiziqtirayotgani tabiiy. Bu haqda ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali turfa raqamlar keltirilmoqda. Kuni kecha Turkiya futbol federatsiyasi rahbari Mehmet Buyukekshi bayonot berib, ayni mavzudagi taxminlarga oydinlik kiritdi, deyish mumkin. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Inter» o‘rtasidagi match Turkiyaga 200 million dollar foyda keltirdi. «Final bahsini bevosita tomosha qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar kelib, Turkiya iqtisodiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi», dedi u. «T24» internet nashri fikriga ko‘ra, ushbu raqam faqat xorijlik ishqibozlar kelishi bilan bog‘liq ma’lumotni aks ettiradi. Demak, chuqurroq tahlil qilinsa, daromad bundan ancha yuqori bo‘lgani aniqlanishi shubhasiz. T. RO‘ZIYEV CHEMPIONLAR LIGASI FINALI TURKIYAGA QANCHA DAROMAD KELTIRDI?


Click to View FlipBook Version