MAS’ULIYATSIZLIK Biz til haqida ko‘p gapiramiz! Ammo uning rivojida shu tilda so‘zlayotgan, shu tilda yozayotgan sizu bizning ham hissamiz borligini ko‘pam anglayvermaymiz. Bugun radio va televideniyeda boshlovchilik qilayotgan shaxslarning nutqiy ko‘nikmalari tilimiz qonuniyatlariga qanchalik mos? QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT AQSH dollari 12503.11. 1 YEVRO 13630.89. 1 Rossiya rubli 137.68. 1 Angliya funt sterlingi 15941.47. 1 Yaponiya iyenasi 84.49. 2024-yilning 11-mart sanasidan. Manba: cbu.uz 6s № 8 milliy (1240) 2024-yil 8-mart, juma Adadi – 5 036 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] tiklanish «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR Davomi 4-sahifada «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI www.mtgazeta.uz | fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi INSON QADRINI ULUG‘LASH AVVALO AZIZU MUKARRAMA AYOLLARNI ULUG‘LASHDAN BOSHLANADI -Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni! MAS’ULLARNING MAS’ULI «Milliy tiklanish» deputatlari bu masalada 3s A sr VABOSI Undan yoshlarimiz qay darajada himoya qilingan CHEGARASI MAS’ULIYAT VA KATTA QALB EGASI Partiyaning Jizzax viloyati Kengashi raisi Dilshod Mirzaahmedov odatiy salomalikdan so‘ng hazilomuz gap qotdi: – Zamira Jonuzoqovnani topolmagansiz shekilli? Uning fe’li shunaqa o‘zi, tong saharlab ishga chiqib ketganidan keyin uni ushlash amrimahol. Partiyaning viloyat, tuman, shahar kengashlarida faoliyat yurituvchi 77 nafar deputat bir tomon bo‘lsa, opaning o‘zi bir tomonda turgandek bo‘ladi. Boz ustiga u o‘ta cho‘rtkesar, yuzing-ko‘zing demay to‘g‘risini gapiraveradi. Ayniqsa, adolatsizlikka, ko‘zbo‘yamachilikka sira toqati yo‘q. Shuning uchun u bilan nafaqat Do‘stlik tumanidagi, hatto viloyatdagi rahbarlar ham o‘ylab gaplashishadi. ...Har tugul o‘sha kuni Dilshod Mirzaahmedovning ko‘magida opa bilan uchrashdik. CHO‘RTKESAR DEPUTAT Davomi 4-sahifada 44HAQIQAT YILGA KECHIKKAN 7-sahifa Ilm olish, izlanishlar qilib yangiliklar yaratish, bilimlarini esa yoshlarga o‘rgatishni niyat qilgan minglab jadidlar qatorida Bade’ Abdulla ham bor edi. 5-sahifa LMAZORLIKLAR О Nihoyat qish bo‘yi uyquda bo‘lgan dovdaraxt novdalari kurtak chiqarib, quyosh nurlariga talpinyapti, tabiat shu tariqa yashil libos kiyishga shoshilayotir. Navro‘z yaqinlashgani sari o‘lkamizda bahoriy tadbirlar ham boshlanib ketdi. BOSHLAGAN BAYRAM HAM SADO BERADI AFRIKADA O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, Respublikada “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llabquvvatlash maqsadida 2024-yil 16 – 18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: “Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari (mahalliy byudjetlar daromadlarining choraklar yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizidan tashqari), homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul ko‘chat tarqatish va daraxt ekish ishlarini tashkil etish; aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish hamda bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish, ushbu hududlarda daraxtlar ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga aholining band bo‘lmagan qatlamini ixtiyoriylik asosida jalb qilish; ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish; 2024-yilning 16 – 18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi 2s 4s 5s
2 8-mart, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №8 (1240) juma milliytiklanish BAYRAM MUBORAK! Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir. Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz. O‘zlaringiz kabi go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin! Muhtaram vatandoshlar! Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi. Shu ma’noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning, jannat bog‘idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan so‘zlarini biz eng ezgu da’vat sifatida qabul qilamiz. Biz hayotimizning ma’nomazmuni, butun borlig‘imizni siz, qadrli opa-singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go‘zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo‘lib kelgansiz va doimo shunday bo‘lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g‘ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag‘ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi. Hurmatli opa-singillar! Yurtimizda mehnatkash, olijanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotinqizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish – davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotinqizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opasingillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig‘ini birgina misol, ya’ni Saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo‘lishi zarurligi mustahkamlab qo‘yilganida yaqqol ko‘rish mumkin. Bugun ushbu muhtasham zalda hurmatli deputat va senator ayollarimizni ko‘rib turganimdan xursandman. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta’sirchan bo‘lishida ularning ham albatta hissasi katta. Buning uchun xalq vakillari bo‘lgan bu ayollarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiramiz. Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 27 foizdan 35 foizga yetgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko‘rsatayotgani barchamizni quvontiradi. Bu borada Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi samarali ish olib borayotganini ta’kidlash lozim. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotinqizlar soni 205 mingdan oshdi. Birgina 2023-yilda 279 mingdan ziyod tadbirkorlik loyihalariga 13 trillion so‘mdan ortiq kredit, qariyb 57 ming nafar xotinqizga salkam 300 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasbhunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. YANGI O‘ZBЕKISTONDA BUTUN XALQIMIZ QATORI XOTIN-QIZLARIMIZ UCHUN HAM MUNOSIB SHAROITLARNI YARATIB BЕRISH – ENG MUHIM VAZIFAMIZ BO‘LIB QOLADI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQI Eng asosiysi – 400 mingdan ortiq opa-singillarimiz ish bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga ajratilgan 6 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari hisobidan 25 mingdan ziyod oilalar o‘z uyiga ega bo‘ldi. Bu borada 6 ming 200 nafar ayolga uy-joy sharoitini yaxshilash va kreditning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun 200 milliard so‘m subsidiya ajratilganini qayd etish lozim. Shu bilan birga, joylarda xotinqizlar muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida “Ayollar daftari” bo‘yicha 1 trillion 234 milliard so‘m hisobidan qariyb 994 ming nafar xotin-qizning muammosi hal etilgani bu fikrni tasdiqlaydi. Bu vazifalarni bajarishda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mahallalardagi xotinqizlar faollarining ishtiroki kuchayib borayotgani ayniqsa muhimdir. Ular tomonidan “xonadonbay” o‘rganishlar natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj 690 mingdan ziyod oilaga manzilli yordam ko‘rsatilgani, 116 mingta notinch oilada muhit sog‘lomlashtirilganini bugun alohida e’tirof etamiz. Qadrli do‘stlar! Mamlakatimizda bo‘lg‘usi onalar, kelajak tarbiyachilari bo‘lmish qizlarimiz kamolotiga, ularning oliy ta’lim olishi, zamonaviy kasbhunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko‘pi – e’tibor bering, yarmidan ko‘pi, ya’ni 653 ming nafardan ziyodini qizlar tashkil etmoqda. Magistraturada o‘qiyotgan yoshlarimiz orasida qizlarning ulushi yanada ko‘p, ya’ni salkam 14 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu – jami magistrantlarning qariyb 60 foizi degani. Joriy o‘quv yilida ehtiyojmand oilalarga mansub 1 ming 914 nafar xotin-qiz oliygohlarga qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. 181 ming 500 nafardan ortiq qizlarimiz uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning vakillari, yetim qolgan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 2 mingdan ziyod talaba uchun 14 milliard 500 million so‘m kontrakt puli mahalliy byudjetlar hisobidan qoplab berildi. So‘nggi yillarda davlat oliygohlarining magistratura bo‘limida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari byudjetdan to‘lanmoqda. Eng muhimi, qizlarimiz o‘rtasida zamonaviy bilim va kasbhunarlarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Masalan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olgan yoshlarning 47 foizi, ya’ni qariyb yarmini qizlar tashkil etgan. Keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va ta’lim, xususan, oliy ta’lim sohasi isloh etilib, jahon standartlariga moslashtirilayotgani sababli xotin-qizlar bu yo‘nalishda ham katta natijalarga erishmoqdalar. Buning amaliy ifodasini so‘nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollarimiz fan doktori (DSc) va o‘z sohalari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgani misolida ko‘rish mumkin. Birgina 2023-yilning o‘zida 147 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 ming 238 nafari esa falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgani barchamizni mamnun etadi. Hozirgi kunda ilm-fan sohasida jami 5 mingga yaqin olima ayollarimiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Oliygohlarda esa 14 mingdan ziyod opa-singillarimiz pedagogika va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida ish olib bormoqda. Bu raqamlar nimadan dalolat beradi? Bu, avvalo, qizlarimiz, opasingillarimizning intellektual salohiyati naqadar balandligidan, agar tegishli sharoit va imkoniyat yaratib bersak, ular har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirligidan dalolat beradi. Albatta, oila yumushlari, farzand tarbiyasi bilan birga, turli soha va tarmoqlarda fidokorona xizmat qilayotgan opa-singillarimizning mehnatini munosib qadrlash doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida 17 nafar hurmatli ayollarimiz “O‘zbekiston Qahramoni” degan oliy unvonga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ularning 7 nafari fan, ta’lim va san’at sohasi vakillari ekanini alohida ta’kidlash lozim. 11 nafar ayol fan sohasidagi eng yuksak darajaga, ya’ni akademik unvoniga sazovor bo‘lgani, minglab xotin-qizlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlanib kelayotgani el-yurtimizning ularga nisbatan yuksak ehtiromi ifodasidir. Aziz vatandoshlar! Hammamizga ma’lumki, bugun dunyoda murakkab va og‘ir vaziyat, iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda. Tabiiyki, bu holat mamlakatimizga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy sohalar uchun byudjetdan mablag‘ ajratish albatta oson bo‘layotgani yo‘q. Lekin, qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz qo‘shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi. Hurmatli anjuman ishtirokchilari! Opa-singillarimiz salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xalqimiz genofondini mustahkamlash inson qadrini ulug‘lashning o‘zak masalasidir. Shu maqsadda 2023-yili 6 million 500 ming nafardan ziyod ayollar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, ularga zarur maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu kabi ezgu ishlarimizning davomi sifatida Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturi doirasida xotin-qizlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning bandligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish vazifalari alohida belgilab qo‘yildi. Bu borada, mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida, Senat Raisi T.Norboyeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya kelgusi yil 8-martga qadar har bir hududda “favqulodda holat” rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasbhunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qiladi. Mazkur komissiyada “Xalq banki” raisining o‘rinbosari G.Rashidova xotin-qizlarning biznes g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Mikrokreditbank”da ham ayollar tadbirkorligiga ko‘maklashish bo‘yicha alohida rais o‘rinbosarlari ish boshlaydi. Ana shu rahbarlar har bir viloyat, har bir tuman, har bir mahallada yangi biznes g‘oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama ko‘mak beradilar. Viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda faol ayollar komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 ming 442 ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash uchun mas’ul etib belgilanadi. Bu borada mahallalarda oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40 foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo‘naltiriladi. Shu maqsadda har bir hududda xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik markazlari va klasterlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarda 205 ming nafar opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlanadi hamda tadbirkorlik asoslariga o‘rgatiladi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 8 ming nafar xotin-qizga o‘z biznesini boshlashi va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun subsidiya, 10 ming nafariga esa imtiyozli kreditlar ajratiladi. 50 ming nafar yosh ayollar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasi tashkil etiladi. Ushbu loyiha doirasida yuzlab qobiliyatli qizlarimizga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam beriladi. Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15 trillion so‘m, jumladan, oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 6 trillion so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadagi elchilarimiz ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100 million dollarlik grantlarni jalb qiladi. Sog‘liqni saqlash sohasida ham bir qator muhim tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazishga muhtoj 2 ming nafar xotin-qiz davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan davolanadi. Shu bilan birga, 1 million nafar homilador ayol hamda 1 million 500 ming nafar emizikli ona yod preparati, qariyb 6 million nafar reproduktiv yoshdagi ayollar temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlanadi. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 4 ming nafar xotin-qizlarga uy-joy ajratiladi. Shu toifadagi 3 ming nafar ayol uchun murakkab tibbiy operatsiyalar bepul o‘tkaziladi. Yurtimizda “Qizlar akademiyasi” platformasi yaratilib, 100 ming nafar opa-singillarimizga moliyaviy, huquqiy, psixologik, reproduktiv bilim berish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday amaliy ishlarimiz ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Qadrli anjuman ishtirokchilari! Yaqinda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bu esa aholining, birinchi navbatda, xotinqizlarimiz muammolarini hal etish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Ayniqsa, “Mahalla yettiligi” tarkibidagi xotin-qizlar faollaridan biz katta natijalarni kutib qolamiz. Opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish, kerak bo‘lsa, oilaviy masalalarda ayollarimizning yaqin sirdoshiga aylanish ular uchun birinchi darajali vazifa bo‘lishi lozim. Dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan bunday tizimni joriy etishdan maqsad ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini quyi bo‘g‘indan boshlab samarali himoya qilish ekanini siz, azizlar albatta yaxshi tushunasiz. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida tashlangan yangi bir amaliy qadam, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Aziz yurtdoshlar! Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, el-yurt uchun munosib farzandlar tarbiyalash – bu dunyodagi eng ulug‘ va sharafli ishdir. Mehribon va oqila, jonkuyar ayollarimiz bu borada hamisha fidoyilik ko‘rsatib kelmoqdalar. Ma’lumki, har yili aholimiz soni qariyb 900 ming nafarga ko‘paymoqda. Joriy o‘quv yilida 733 ming nafar farzandlarimiz birinchi sinfga qadam qo‘ydi. Ertaga hayotimizga qudratli to‘lqin bo‘lib kirib keladigan ana shunday navqiron avlodimiz timsolida biz Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz. Shu bois, o‘g‘il-qizlarimizni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylanishi zarur. Bugungi tahlikali zamonda jahon miqyosida kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik, hayotga yengilyelpi, iste’molchilik kayfiyati bilan qarash kabi xatarlardan yoshlarimizni himoya qilish o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha ayollarga murojaat qilmoqchiman. Aziz opa-singillar, oilada farzand tarbiyasiga e’tiborni kuchaytiraylik, bog‘cha, maktab va oliygohlarga kirib boraylik. O‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o‘qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqaylik. Bolalarimizni bilimli va aqlli, oqni qoradan ajrata oladigan, el-yurtimizga sodiq, hayoli va iboli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalash uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik. Biz ma’naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan g‘oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim. Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, “Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi”. Muhtarama opa-singillarimiz, duogo‘y onaxonlarimizning mas’uliyati – aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Chindan ham, jondan aziz bolalarimiz hamma havas qiladigan ta’lim va tarbiya olsa, bilasizlarmi, jamiyatimiz, hayotimiz qanday o‘zgaradi? Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu vazifani ado etishda biz avvalo siz, azizlarga ishonamiz va tayanamiz. Qadrli do‘stlar! Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e’lon qilingan indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. “Ayollar, biznes va qonun” deb nomlangan ushbu yillik hisobotda dunyoning 190 ta davlatidagi holat 10 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholab boriladi. Yangi indeksda mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. O‘zbekiston bu borada yaxshi natijaga erishgani e’tirof etilgan. O‘tgan yili Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro xotinqizlar forumlarida ham mustaqil tahlilchi va ekspertlar tomonidan ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Bularning barchasi albatta biz birgalikda qo‘lga kiritgan katta yutuq bo‘lib, bu ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim. Joriy yilda mamlakatimiz yana bir yirik anjuman – Osiyo xotinqizlar forumiga mezbonlik qiladi. Mazkur anjuman “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Bu forum gender siyosati, xotinqizlarning davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha samarali muloqot maydoni bo‘ladi, deb ishonamiz. Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutlaymiz. Ularning mamlakatlari va xalqlariga chin dildan tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz. Hurmatli do‘stlar! Xabaringiz bor, har yili 8-mart ayyomida turli sohalardagi dastlabki yutuqlari uchun buyuk o‘zbek shoirasi – Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan iste’dodli qizlarimizni muborakbod etamiz. Bugungi bayram tadbirimiz ana shu qizlarimiz, ularning ota-onalari, ustozlari uchun, o‘ylaymanki, unutilmas tarixiy voqea bo‘lib qoladi. Siz, aziz farzandlarimni yuksak mukofot bilan o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tabriklayman. Bunday ulkan e’tirofni kelajakda katta-katta yutuqlar bilan albatta oqlaysizlar, deb ishonaman. Ayni vaqtda bugungi bayram arafasida mehnat va jamoatchilik faoliyatida muhim natijalarga erishgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandilar. Barchamiz ularni chin qalbdan qutlab, kelgusi ishlariga yangi muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. Muhtarama opa-singillar! Siz, azizlarni bugungi bahor va nafosat bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlikomonlik, fayzu baraka tilayman. Har biringizga hamisha oilangiz, farzandu nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish nasib etsin! Katta rahmat sizlarga! YURTIMIZDA “QIZLAR AKADEMIYASI” PLATFORMASI YARATILIB, 100 MING NAFAR OPA-SINGILLARIMIZGA MOLIYAVIY, HUQUQIY, PSIXOLOGIK, REPRODUKTIV BILIM BERISH YO‘LGA QO‘YILADI.
O‘ A 8-mart, 2024-yil №8 (1240) juma ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish Tahlil Kuting! Jamshid QOSIMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati o‘nggi yillarda turizm haqiqatan ham iqtisodiyotning muhim drayveriga aylandi. Ayniqsa, sohaning aholi bandligini ta’minlashdagi roli tobora ortib bormoqda. Bunga o‘tgan yili ushbu sohada 430 million kishi ish bilan ta’minlanganini, bu dunyoda yaratilgan jami ish o‘rinlarining to‘qqizdan bir qismini tashkil etgani ham misol bo‘lishi mumkin. - Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni O‘zbek qizlari va ayollarini farishtaga o‘xshataman. Ishoning, dunyoda ularning tengi yo‘q. Bugun ular nafaqat uy bekasi, kelin yoki ona, balki taniqli olima, deputat, tadbirkor, uchuvchi, jurnalist, shifokor va boshqa muhim sohalarda o‘zlarining kuchli mutaxassis ekanliklarini namoyon etmoqdalar. Tan olishimiz kerak, ular borki, mamlakat taraqqiy etadi. Ular borki, oilamiz tinch, turmushimiz go‘zal va osoyishta. Shu sababdan ham qizlarimiz va ayollarimizga faqat bayramda emas, balki har kuni, bir umr ehtirom, e’tibor hamda mehr ko‘rsatishimiz, e’zozlashimiz kerak. Ularning yuzu ko‘zlaridagi tabassumni ko‘rish har doim bizga nasib etaversin! Bayram muborak bo‘lsin, muhtarama xotin-qizlar! Ayollarni e’tirof etib, ularga ehtirom ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, barcha ta’rifu tavsiflar ham, she’ru, ash’orlar ham kamlik qiladi. Aslida, faqat 8-martda emas, yil, o‘n ikki oy – 365 kun xotinqizlarga ehtirom ko‘rsatishimiz kerak. Zero, mehnatsevar, fidoyi va zahmatkash opa-singillarimizni har qancha qardlasak oz. Ular – hayotimiz ko‘rki, jamiyatimiz tayanchi va ishonchi, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyachilaridir. Sarvari koinot Odam Atoni yaratdi. Agar uning qovurg‘asidan Momo Havoni yaratmaganda, balki bugun olam o‘ta rangsiz, hayot esa mazmunsiz bo‘lardi. Buni qarangki, buyuk alloma Ibn Sino ayollarni «kasallikka» o‘xshatgan bo‘lsa, xitoylik faylasuf Konfutsiy ularni «zahar»ga qiyoslagan. Bu, albatta, majoziy ma’nodagi qiyoslar. Ammo tan olishimiz kerak, hayotda eng yuqori cho‘qqilarni egallagan har qanday erkak ortida albatta, kuchli AYOL va uning zahmatli mehnatlari bo‘ladi. Siyosat olamida ham, boshqa sohalarda ham xotin-qizlarimiz biz bilan yelkamayelka mehnat qilib, jamiyat rivoji uchun ulkan hissa qo‘shmoqdalar. Ish bilan band bo‘lmagan ayollar esa vatani uchun munosib avlod bo‘la oladigan farzandlarni ulg‘aytirishyapti. Shu ma’noda, biz ayollarni kelajak davomchilari sifatida doimo qo‘llabquvvatlasak, ulug‘lar aytganidek: «Ayolini e’zozlagan yurtning poydevori mustahkam bo‘ladi». A Ayol eng avvalo ona, sevimli yor, oila farishtasi, xonadonlarning fayzi, qolaversa, faol jamoatchi, o‘z sohasining bilimdoni, yetuk, fozila ustoz va murabbiy. Uning ta’rifiga ne-ne dostonlar bitilmagan, kuy-qo‘shig‘u, navolar yaratilmagan? Men bu bitiklarning bittasini keltirmoqchiman: «Onalarning oyog‘i ostidadir ravzai jannati jinon bog‘i, Ravza bog‘i visolin istar ersang, bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...» Shunday tabarruk, muhtarama onalar, ayollarimiz doimo biz bilan birga hayotimizni nurlarga to‘ldirib yashayotganlaridan baxtiyormiz. Duogo‘y onaxonlarimiz, mehribon opasingillarimiz, oqila bekalarimiz, qolaversa, har jabhada faol ayollarimizga bugungi bayramlari qutlug‘ bo‘lsin, doimo sog‘-omon bo‘lishsin, bor bo‘lishsin deymiz! Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zJOKU rektori, siyosatshunos olim, jurnalist Beruniy ALIMOV, «Yangi media ta’lim markazi» direktori, filologiya fanlari doktori Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish qiyin vazifa. Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlar sha’niga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarsiz tasavvur etolmaymiz. Ayollar go‘zallik yaratish qobiliyati bilan ham doim biz – erkaklarni ilhomlantirib keladilar. Ularning so‘zlari va chiroyi tungi osmondagi yorqin yulduzlardek porlab, yo‘limizni yoritadi. Mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka tilayman. Bayramingiz muborak, aziz ayollar! Alisher QODIROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda global turizm faolligi pandemiyadan oldingi darajaga yetay deb qoldi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili 1,3 milliard kishi xorijga sayohatga chiqqan. Ayrim manbalarda 2033-yilga borib jahon turizm sanoatining hajmi 2019-yilga nisbatan 50 foizga o‘sib, 15,5 trillion dollarni tashkil etishi aytilmoqda. Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan, tarixiy va zamonaviy dunyoning o‘ziga xos uyg‘unligiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini ham ortiqcha ta’riflash shart emas. Buning isbotini yaqinda Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tganidan ham bilish mumkin. Zero, bugun yurtimizda turizm imijini yaxshilash, soha rivoji uchun qulayliklar yaratish ustuvor masalaga aylandi. Salkam 100 ta mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqi berildi. Yana 55 ta davlat sayyohlari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi. Shuningdek, mehmonxonalar, sayohat yo‘nalishlari ko‘payib bormoqda. Joriy yilning o‘zida 15 mingta yangi mehmon o‘rni tashkil etilib, ular soni qariyb 140 mingtaga yetdi. 540 ta dam olish maskani barpo etilib, 70 ta turizm marshruti ochildi. Eng asosiysi, oltita xususiy aviakompaniya ish boshladi. Ta’kidlash lozim, soha rivojiga qaratilgan ishlar imkoniyatlarimiz darajasida emas. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»ida ham turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish borasida ko‘plab vazifalar belgilanganki, bu shubhasiz, mamlakatimizda ushbu soha rivojida yangi bosqichni boshlab beradi. Agar 2023-yili 6,6 million nafar xorijlik turist O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, davlat dasturida joriy yil bu raqamni 10,5 million nafarga, xizmatlar eksportini 2,5 milliard dollarga, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini esa yiliga 200 million dollarga yetkazish belgilab qo‘yildi. Buning uchun yangi turizm yo‘nalishlari ochilib, hatto transport va avtomagistral yo‘llar bo‘ylab ham turizm infratuzilmasi obyektlari tashkil etiladi. Yana bir harakat: xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning turizm salohiyati keng targ‘ib etiladi. Farmonda ichki sayyohlar sonini 21 millionga, ziyoratchi turistlar sonini esa 1,5 mln. nafarga yetkazish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan bo‘lib, buning uchun ichki turizm bo‘yicha nomavsumiy oylarda chegirmalar berish ko‘zda tutildi. Shuningdek, mamlakatda yirik turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hududlarda 600 ta yangi mehmonxona, mehmon uylari va hostellar ochiladi. Ayniqsa, soha rivojiga xususiy investitsiyani jalb etish yanada jadallashishini aytish joiz. Farg‘ona, Andijon va Namanganning tuman va shaharlarini bog‘lovchi «Oltin vodiy sayyohlik halqasi», Xorazm va Qorqalpag‘iston bo‘ylab esa «Qal’alar halqasi» kabi yangi turistik yo‘nalishlar ham tashkil etiladi. Albatta, endigi vazifa belgilangan choratadbirlarning qog‘ozda emas, amalda ijrosini ta’minlashdir. Shu ma’noda, turizm rivojini o‘zining Saylovoldi dasturida ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan «Milliy tiklanish»dan saylangan biz – deputatlarga dastur ijrosi uchun mas’ullarning mas’uli ekanimizni his etgan holda ish olib borishimiz kerak. «Milliy tiklanish» deputatlari bu masalada mas’ullarning mas’uli S Feruza XO‘JAYEVA tayyorladi. A I Ayol deganda, har qanday erkak uch avlod timsolidagi eng yaqin insonlarini tasavvur qiladi: onasi, oilasi va qizi. Erkaklar tarixan har doim onalari bilan hamdard, hamnafas bo‘lishgan, rafiqalarini nazorat qilishga intilishgan va qizlarining taqdirini o‘ylashgan. Shuning uchun ham, xotin-qizlarning haq-huquqlari, erki va qadr-qimmati – bu eng avvalo, onalar va qizlarning haq-huquqlari va qadr-qimmati masalasidir. Bugungi O‘zbekiston zamonaviy jamiyat, huquqiy demokratik davlat sari bormoqda. Bundan keyin raqobatdoshlik sari yurishga mahkum bo‘lgan jamiyatimizda ayollarimiz nafaqat iffatli, iboli, balki ilm-ma’rifatli va yuqori malakali bo‘lishlari ham zarur. 8-mart sanasi bu – xotin-qizlarni tabriklash asnosida, ularning oiladagi, jamiyat va davlatdagi mavqeyi borasida qayg‘urish uchun ham bir fursatdir. Oqila ayollarimiz, go‘zal qizlarimizga yasharish fasli, go‘zallik bayrami, bugungi sana muborak bo‘lsin! Kamoliddin RABBIMOV, siyosatchi Ozodbek NAZARBEKOV, Madaniyat vaziri Feruza MUHAMMEDJANOVA: Kelgusi sonlarda MO‘G‘ULISTONDA O‘TGAN ANJUMANDA O‘ZBEKISTON NAFAQAT BOSHQA DAVLATLARNING TAJRIBASINI O‘RGANADIGAN, BALKI O‘RGATADIGAN MAMLAKATGA AYLANGANINING GUVOHI BO‘LDIK...
8-mart, 2024-yil №8 (1240) juma 2023-yilda giyohvandlik vositalarini yoki ularning analoglarini yoxud psixotrop moddalarni oz miqdorda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish bilan bog‘liq 1027 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan, bu 2022-yilga (863 holat) nisbatan 164 taga ko‘pdir. 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish MINBARI DEPUTAT Ma’lumki, giyohvandlikka qaramlik aholining mehnatga qobiliyatli qismini zararlashi, bunday fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning ko‘pligi va sarf-xarajatlarning kattaligi, demografik holatga ta’sir qilishi bilan birinchidan, iqtisodiy taraqqiyotga, ikkinchidan, aholining sog‘lom, bexavotir turmush kechirishiga xavf tug‘diryapti. Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda aholi orasida psixotrop va giyohvand moddalarga qaramlikning profilaktikasi va undan davolanish samaradorligini oshirish hamda bunday moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos yaratilgan. «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi, «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bojxonachilarimiz tomonidan 2023-yil hamda joriy yilning o‘tgan davrida 596 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, ularda umumiy og‘irligi salkam 9,5 tonna giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va tarqalishiga chek qo‘yilgan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda giyohvandlik vositalarini yoki ularning analoglarini yoxud psixotrop moddalarni oz miqdorda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish bilan bog‘liq 1027 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan, bu 2022-yilga (863 holat) nisbatan 164 taga ko‘pdir. Yana bir raqam: 2023-yili giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi 101 nafar, psixotrop dorilarni iste’mol qiluvchi 4 nafar fuqaro vafot etgan. Qisqasi, ushbu illat bizning yoshlarga ham xavf solyapti. Shuning uchun ham maktablarni giyohvandlik vositalaridan asrash uchun profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda. Ta’lim tizimidagi yoshlarga giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari va xatarlarini ochiqoydin tushuntirib beruvchi o‘quv dasturlari joriy etilmoqda. Shu bilan birga, maktablarda muntazam ravishda tasodifiy tanlov asosida tekshiruvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu muammo o‘ta jiddiy bo‘lgani sababli huquqni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda nodavlat tashkilotlari bu boradagi sa’yharakatlarini birlashtirgan holda ishlamoqdalar. Ma’lumki, giyohvand shaxsning farzandi tibbiy o‘rganishlarga ko‘ra, jismoniy yoki aqliy nuqson bilan tug‘iladi. Bu esa nafaqat oila, balki jamiyat uchun ham tashvishlanarli holatdir. Shunday ekan, bugungi dorilomon kunlarda sog‘lom avlodni giyohvandlik balosidan asrash har birimizning vazifamizdir. Eng muhimi, bu masalada befarq bo‘lmasligimiz lozim. Profilaktik tadbirlar ko‘lami va samaradorligini yanada kuchaytirishimiz zarur. Chunki bu xavf ma’lum muddatda yo‘qolib ketmaydi. Aksincha, o‘z domiga yangi «o‘ljalar»ni tortishda davom etadi. Demak, bunga qarshi barcha tashkilotlar, ta’lim muassasalari, ota-onalar qat’iy kurashishlari, farzandlari salomatligi va kamoloti uchun doimo hushyor bo‘lishlari kerak. Zumrad BЕKATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiA sr Undan yoshlarimiz qay darajada himoya qilingan VABOSI Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yili dunyo bo‘yicha 275 million kishi psixoaktiv moddalar qabul qilgan, 2030-yilga borib esa bu ko‘rsatkichning 11 foizga ko‘payishi taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, ayni paytda 36 million kishi giyohvand moddalar qabul qilmoqda, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning qariyb 60 foizi ham giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu holatlar ijtimoiy xavfliligi bilan ham alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish; obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash; joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash. Farmoyishda avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin emasligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zA 2024-YILNING 16 – 18-MART KUNLARI UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILADI Qahramonimiz – Zamira Isroilova 1957-yili Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Alamli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975-yilda Sirdaryo davlat pedagogika oliygohining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, 1980-yilda bitirdi. So‘ngra yo‘llanma bilan qo‘riq tuman – Arnasoyda o‘qituvchilik qilgan. Shu tariqa yosh pedagog qator yillar Mirzacho‘l, Do‘stlik tumanlaridagi maktablarda bolalarga saboq berdi. Ha, darvoqe, u cho‘lda ish boshlagan kezlarida kasbi filolog bo‘lgan Usmonjon bilan tanishib, turmush qurishdi. Shu tariqa yillar o‘tdi. Yosh oila esa taqdir ekan, shu yerlarda qolib ketdi. Bu orada qo‘riq voha nafaqat ularning jismini, balki ruhini ham obdon sinovdan o‘tkazdi, tobladi. CHO‘RTKESAR DEPUTAT yoxud «gap»ga kirmay, «yetov»ga yurmaydigan «xalq xizmatkori» haqida Yillar osha birin-ketin besh farzand dunyoga keldi. 2009-yilda Z.Isroilova Do‘stlik tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudirligiga tayinlandi. Ushbu vazifadagi besh yillik faoliyati mobaynida tumanda xalq ta’limi tizimida salmoqli natijalarga erishildi. Ayniqsa, qattiqqo‘l rahbarning sa’y-harakatlari bilan mavjud 20 ta maktabning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi. 2017-yilda uni tumandagi Alisher Navoiy MFYga raislikka saylashdi. O‘tgan besh yilda u bu yerda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Ko‘p o‘tmay besh ming aholisi bo‘lgan hududdagi muammolarga sekin-asta barham berila boshlandi. Ko‘chalarga shag‘al va asfalt yotqizildi, hududga tabiiy gaz keltirildi, ta’mirga muhtoj ichimlik suvi tarmog‘i yangilanib, elektr ta’minotidagi uzilishlar ham ancha kamaydi. Qahramonimiz tashabbusi bilan 20 yildan buyon qaqrab yotgan yerlarga oqar suv keltirilgach, aholining ishsiz qatlami tomorqa bilan shug‘ullana boshladi. Xullas, rais kattakichikning qo‘liga ketmon berdi. Umumharakatning ikkinchi yiliyoq odamlar daromad ola boshlashdi. Qo‘l ham, cho‘ntak ham salmoqli, cho‘g‘i baland miqdorda pul ko‘rdi. Bu orada hududda issiqxonalar barpo etilib, mirishkorlar bir yilda uch martalab hosil yig‘ishtira boshlashdi. Shu tariqa MFYda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ni yuritishga hech qanday hojat qolmadi. Hudud aholisi ishsizlik balosidan butkul qutuldi. – O‘zing qishloqda yashasang, binoyidek tomorqang bo‘lsa, shahar bozoridan kartoshka-piyoz tashib yurishga uyalmaysanmi, or-nomus degan narsa bormi o‘zi senda, aslida bularni bozorga o‘zing olib borishing kerak. Shu yo‘l bilan ro‘zg‘oringni butlaysan. Opaning bundayin «o‘tkir tig‘li» dashnomiga ro‘baro‘ bo‘lib qolmaslik uchun o‘sha yillarda hududdagi «eng mashhur ishyoqmaslar» ham qo‘liga ketmon olishga majbur bo‘lgandilar... Mana bugun o‘sha paytdagi achchiqqina ta’nalar o‘zining shirin mevalarini berib, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik tumanidagi 12 ta MFY orasida eng ilg‘or, eng dongdor, asosiysi iqtisodi baquvvat mahallaga aylandi. «Tomorqachi» Z.Isroilovaning dong‘i esa butun viloyatga taraldi. 2022-yilda qahramonimiz «Oqila ayollar harakati» tuman bo‘limiga rahbar etib tayinlangach, MFY raisligidan bo‘shashga ariza berdi. Ammo ming bitta sabab va uzrlar xalq tomonidan qabul qilinmadi. Alaloqibat shu yilning o‘zida uni aynan shu MFYdagi Sharof Rashidov nomli I-saylov okrugidan tuman kengashi deputatligiga saylashdi. Q a h r a m o n i m i z n i n g f a ol l i g i , tashabbuskorligi, oila farovonligi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi ishtirokini oshirishdagi hissasi esa yuksak qadrlanib, 2018-yilda «Mahalla iftixori», 2022-yilda «Mehnat faxriysi», joriy yilda esa «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Deputat Zamira Isroilovaning hayot tarzi-yu, faoliyatiga bir qur nazar tashlasangiz yuqoridagi dalil va raqamlarga ko‘zingiz tushadi, albatta. Jahongir Ernazarov opaning asl shogirdlaridan biri. U suhbatimiz chog‘ida qiziq bir gapni aytib qoldi: – Bilasizmi, har gal xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida kotiblik vazifasini bajarishimga to‘g‘ri keladi. Buni tumandagi barcha idora, korxona, tashkilot rahbarlari yaxshi bilishadi. Sessiya kuni yaqinlashgani sayin qo‘limdagi telefon tinmay jiringlay boshlaydi. Aniqrog‘i, rahbarlar qo‘ng‘iroq qilishib, faqat bitta savol berishadi: deputat Zamira Isroilova so‘zga chiqmaydimi, agar chiqsa unga qancha vaqt beriladi? Ularga ustozning so‘zga chiqishini aytsam bas, go‘shakning u tomonidan bo‘g‘iq ovoz eshitiladi... Isroilova esa o‘ta cho‘rtkesar, ishda o‘zibo‘larchilikka, manmanlik ka berilgan, «janob»larni katta yig‘inlarda, sessiyalarda changini chiqarib shunaqa «do‘pposlaydi»ki, o‘sha rahbar boshqa bunaqa qilmaslikka ont ichib yuborganini o‘ziyam bilmay qoladi! Opa bilan suhbatlasharkanman, u og‘ir tin olib qo‘ydi-da, so‘z boshladi: – Oilaviy ajrimlarning ko‘payib borayotgani yomon bo‘lyapti. Birgina 2023-yili yurtimizda 256 mingta nikoh qayd etilgani holda 48 mingta oilaviy ajrim ham yuz beribdi. To‘g‘ri, biz targ‘ibottashviqot ishlarini olib boryapmiz. Biroq kutilgan samaraga erisha olmayapmiz. Qozoq birodarlarimizning «Men ne deyman, qo‘bizim ne deydi» degan ajoyib naqli bor. Xuddi shu maqol menga gohida davlat va nodavlat televideniyelari uchun to‘qilgandek tuyulaveradi. Sababi biz oilaviy ajrimlarni bartaraf qilish uchun jonsarak bo‘lib, nafasimiz bo‘g‘zimizga tiqilib, o‘rdan-qirga yugurib yursak bular oilaviy janjallarni «reklama» qiluvchi seriallarni qo‘yishayapti. Natijada bu holat faoliyatimizning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kuni kecha bir statistikaga ko‘zim tushib qoldi. 2023-yilning 9 oyida 37 mingta nikoh bekor qilinibdi. Bu bir kunda 137 ta oila barbod bo‘ldi deganidir. O‘ylab qolasan kishi, yuqorida aytib o‘tganim, davlat va nodavlat telekanallarida berilayotgan oilaviy nizolarga to‘la seriallar ajrimlarning necha foiziga hissa qo‘shdi ekan?! Axir ularda asosan oilaviy janjallar «tarannum» etilyapti-ku! Har kuni 137 ta oilada yuz bergan ajrimlar tufayli bo‘zlab qolgan va qolayotgan tirik yetimlar – begunoh bolalarning ko‘z yoshlari kunlar kelib reytingbozlik vasvasasiga yo‘liqqan ayrim telekanallarning rahbarlarini tutmasa edi! Nahot bu korchalonlar shu oddiy haqiqatni anglab yetishmasa... Yana bir gap: yaqinda «Milliy tiklanish» gazetasida Mehri MA’LUM BO‘LISHICHA, HOZIR RESPUBLIKAMIZDA UCH MING NAFARDAN ZIYOD ONA BOLALARI UCHUN ALIMENT TO‘LAYOTGAN EKAN. BU ACHCHIQ, BIROQ OCHIQ RAQAMLAR ODAMNI HAYRATGA SOLADI. E’TIBOR BERING, ONA O‘Z FARZANDLARINI MUSHTIPAR, KEKSA QAYNOTA-YU, QAYNONASIGA YOXUD ERIGA TASHLAB KETGAN... Jahonning bir maqolasini o‘qidimu, halovatim butkul yo‘qoldi, ayol sifatida o‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim. Ma’lum bo‘lishicha, hozir respublikamizda uch ming nafardan ziyod ona bolalari uchun aliment to‘layotgan ekan. Bu achchiq, biroq ochiq raqamlar odamni hayratga soladi. E’tibor bering, ona o‘z farzandlarini mushtipar, keksa qaynota-yu, qaynonasiga yoxud eriga tashlab ketgan... To‘g‘ri, bunga arzirli sabablar ham bordir. Lekin buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Ochig‘i, bu biz uchun isnoddir. Yana savollar tug‘ilaveradi... Biz nega bu darajaga yetib keldik? Buning bosh aybdori kim? Surishtiruvlar natijasida ayon bo‘ladiki, bugun mutolaadan ancha yiroqlashib, olomonlashayotgan odamlarning kaltabinligi sabab shu holdamiz. Aynan kitobdan yuz o‘girganimiz uchun ham ayoliga bir buyumdek, bolasiga «ortiqcha barmoq»dek qarayotgan erkak, oila, bola boqib o‘tirishni «umrning zavoli» deb bilguvchi ayollar ko‘paydi. Suhbatdoshimiz ham ayni og‘riqli mavzuga oid savollar qiynayotganini aytar ekan, «bunga chetdan qarab tursak, bu illat ildiz otaveradi, nimadir qilish kerak» degandi. Chindan ham oila bilan bog‘liq qadriyatlarimiz kundan-kunga nu r ab bor ayotga n i bi r-i k k i mutasaddi yoki mahallani emas, butun jamiyatni jiddiy tashvishga solishi kerak bo‘lgan muammo. Bunga panja ortidan qarashimiz esa bu borada halokatli intihoga ko‘nganimiz demakdir... Abdug‘affor OMONBOYEV, «Milliy tiklanish» muxbiri (Boshlanishi 1-betda) (Boshlanishi 1-sahifada)
B Zarrabin 8-mart, 2024-yil №8 (1240) juma ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish NUQTAYI O‘zbekiston tuprog‘ida eng jabrdiyda kishilardan kimni bilasan desangiz, shu Mirzakalon Ismoiliy edi, o‘ylashimcha. Uzoq muddat urushda zobit bo‘lib xizmat qilgan va Berlingacha fashistlarni ta’qib qilib borgan. Urushdan qaytgach uzoq muddat sho‘ro turmalarida siyosiy mahbus bo‘lib yotgan. Qo‘yingki bir mazlum inson edi. Ammo Mirzakalon iste’dodli adib va zukko murabbiy bo‘lishdan tashqari, nihoyatda mohir, tug‘ma tarjimon edi. O‘z davrida she’riy tarjimada Mirtemir bo‘lsa, nasriy tarjimada Mirzakalonning oldiga tushadigani bo‘lmagan. Har ikki adib kamoli kamtarin va kamsuqum bo‘lishganidan hayotligi chog‘ida ularning o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari uzoq yillar munosib taqdirlanmasdan keldi. 1980-yil bo‘lsa kerak, bir kuni Sharof akaga xat yozib Mirzakalon haqida o‘zimcha fikr bildirib, kattakonning e’tiborini unga qaratmoqchi bo‘ldim. Ammo men o‘yimni o‘ylab bo‘lguncha.... Bir kuni ne ko‘z bilan ko‘rayki, gazetaga yozuvchi M.Ismoiliyga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni berilibdi. Obbo! Kimdir mendan oldinroq ulguribdi-da deb o‘yladim. Oradan biroz o‘tib domlani uylariga tabriklashga bordik. Ammo ustozning avzolari buzuq edi. – Ko‘rmaysizmi domla, shu yerda ham bizni kalaka qilishdi. Qanaqasiga kamina san’at arbobi bo‘layin. Nima men artist yoki otarchimidim? – deb qattiq gina qildilar. – Yo‘g‘-e, san’at arbobi bo‘lish uchun teatr yoki sirk artisti bo‘lish shart emas. Avvalo, badiy adabiyot ham so‘z san’ati. Mana Izzat Sulton. U kishi ham fan arbobi emasku, garchi akademik bo‘lsa ham. San’at arbobi! Kattakonning sizga qilgan e’tibori bu – Mirzakalonni yupataman. Bu gaplardan keyin Mirzakalon «bekorga xafa bo‘libman» deb xijolat chekdi. Unga boqib men hayratlanardim: inson qancha buyuk bo‘lsa, shuncha sodda bo‘larkan-da. Sharof aka vafot etgan kuni Ismoiliyga «eski qadrdonlar»dan biri qo‘ng‘iroq qilib o‘zicha «suyunchi» olmoqchi bo‘libdi: – Tabriklayman, Mirza aka, mana raqibingiz Rashidov o‘libdi. Endi xursandmisiz? Mirzakalon uni gaplarini eshitib titrab-qaqshab, tutaqib ketadi. – Ey badbaxt, esi past odam. Birovning vafoti bilan ham tabriklaydimi? Esiz. Kim aytuvdi uni meni dushmanim deb! Ajali yetganda hamma o‘ladi. Bandalik bu. Bunday paytda xursand bo‘lmaydilar, ta’ziya bildiradilar. He, seni qarayu!... Sharof Rashidovning jasadi solingan tobut vidolashish uchun San’at saroyi sahniga qo‘yilgan. Bunday katta motamni ko‘rgan emasman. Ko‘cha va xiyobonga yer yorilib tumonat odam chiqqan. Shunda ko‘rib qoldim, olomon ichida, turtilib-surtilib, Mirzakalon Ismoiliy domla ham abgor holda sel bo‘lib yig‘lab borar edi.... G‘aybulloh as-Salom domlaning «Ey umri aziz» kitobidan. Mansur Kurbanov Rustamjon Fazliddinov sahifasidan olindi. KATTA QALB EGASI Tar ix kitoblar ida yozilmagan gaplar ruknidan Partiya faoliyatidan NAZAR Avvallari gender tengsizlik munosabatlari deyilganda, erkaklarning ijtimoiy guruh sifatida ayollar ustidan hukmronligi tushunilgan bo‘lsa, endilikda, bu tushunchaga siyosiy tushuncha deb qaralmoqda. BMT Bosh Assambleyasining 1948- yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘ilishlari, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”ligi yozib qo‘yilgan. Aynan mazkur deklaratsiya qabul qilingan vaqtdan boshlab gender tengligi huquqi jahon miqyosida tan olindi. Gender ko‘rsatkichlarini hujjatlashtirib boruvchi “Gender Data Compass” xalqaro tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston 183 ta davlat orasida 56-o‘rinni egallagan. Ma’lumki, ko‘plab genderga oid tadqiqotlarda gender – davlat va tengsizlik o‘rtasidagi ijtimoiy kategoriya sifatida tushuniladi. Avvallari gender tengsizlik munosabatlari deyilganda, erkaklarning ijtimoiy guruh sifatida ayollar ustidan hukmronligi tushunilgan bo‘lsa, endilikda, bu tushunchaga siyosiy tushuncha deb qaralmoqda. Bunga ko‘ra, jamiyatdagi mavjud gender notengligi ijtimoiy va siyosiy jihatdan namunaviy gender tenglikka olib chiqish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida esa “gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, maf kura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati”, deb yozib qo‘yilgan. GENDER TENGLIK sari Tan olaylik: keyingi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlar erkinligi va qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishlarini ta’minlash yuzasidan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2021-yilda qabul qilingan “2030-yilga qadar O‘zbekiston respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”da inson omili uchun birlamchi bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar qamrab olindi. Bugun mazkur Strategiya asosida 2030-yilga qadar O‘zbekistonda tashqi va ichki migratsiyaning gender jihatlarini o‘rganish, xotin-qizlarning huquqlari va mehnat migrantlarini himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xotinqizlar faolligini oshirish va bandligini ta’minlash, shu bilan birga davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash kabi muhim vazifalar amalga oshirilyapti. Shuningdek, Strategiyaga ko‘ra, siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlar ulushini 30 foizdan 50 foizga, boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushini 26 foizdan 30 foizga, sudyalar orasida esa 12 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan. Shuni ham alohida qayd etish joizki, bunday talablar islomda ham alohida belgilangan. Xususan, oiladagi ota zimmasida bo‘lgan qizning ta’limtarbiyasi, uning barcha ehtiyojlari qiz turmushga chiqqanidan keyin erning zimmasiga o‘tishi yohud otasi yoki eri yo‘q ayolning nafaqasi akasi yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga vojib bo‘lishi kabi farzlar Islomda ayol kishi nafaqasiz qolishi mumkin emasligini, qizning nafaqasi otaga, xotinniki erga, singilniki akaukaga, onaniki o‘g‘ilga vojib bo‘lishini bildiradi. Bundan tashqari, Islom dinida ayolni e’zozlash, unga nisbatan go‘zal muomala qilish, har qanday holatda ham unga ruhiy yo jismoniy ozor bermaslik Muqaddas Qur’onda bir emas, bir necha bor eslatilgan. Imom G‘azzoliyning: “Bilginki, ayolingga ozor berishdan tiyilishing husni xulq emas. Balki, undan yetadigan ozorni ko‘tarishing husni xulqdir”, degan fikrlari ham dinimizda ayolning doimo e’zozlanishidan dalolatdir. Oxiri yillarda O‘zbekistonda ayollar tengligi masalasida 30ga yaqin qonun va boshqa hujjatlar qabul qilindiki, bu eng avvalo, oilada va jamiyatning barcha jabhalarida AYOLning manfaatlari har tomonlama himoyalanayotganidan dalolatdir. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O‘zbekiston uchun aholining har tomonlama farovon yashashi bosh maqsaddir. Bu maqsadga erishishda davlat imkon qadar barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu choralarning samarali natijasi esa ko‘proq oilada, jamiyatning barcha jabhalarida o‘zaro ahil va “birbirlariga birodarlik ruhida” yashaydigan insonlarning hamjihatligiga bog‘liqdir. Shohida ESHONBOBOYEVA, “Milliy tiklanish” muxbiri N i h o y a t q i s h b o ‘ y i uyquda bo‘lgan dov-daraxt novdalari kurtak chiqarib, quyosh nurlariga talpinyapti, tabiat shu tariqa yashil libos kiyishga shoshilayotir. Navro‘z yaqinlashgani sari o‘lkamizda bahoriy tadbirlar ham boshlanib ketdi. O l m a z o r t u m a n i d a g i 15-maktabda o‘tkazilgan «Zulfiyaxonim she’rlarida bahor nafasi» nomli tadbirda deputatlar, «Milliy gvardiya orkestri» jamoasi hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Maktabda ingliz tilidan dars berayotgan afrikalik Keven Lubisining aytishicha, u davlatlararo o‘qituvchilar o‘rtasida malaka oshirish dasturi asosida yurtimizga kelgan. Uning ta’kidlashicha, Afrikada bunday tadbirlar o‘tkazilmaydi. «Albatta, vat a n i mga qay tga n i md a y u r t d o s h l a r i m g a O‘zbekistonga kelishlarini tavsiya qilaman», deydi Kevin hayajon bilan. Ta dbi r d avom id a ijro e t i lg a n k u y- qo‘s h i q l a r, she’rlaru, badiiy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot q o l d i r d i . Ya k u n d a e s a tadbirni uyushtirishda faollik ko‘r satga n o‘qit uvch ila r S h a r of a t O t a j o n ov a v a Olmosxon Abdullayevalarga «Milliy tiklanish» partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. «Milliy gvardiya orkestri» jamoasi va faol o‘quvchilarga ham maktab ma’muriyatining esdalik sovg‘alari topshirildi. Zarina AXMEDOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri Taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy bilan Sharof Rashidovning murosasi kelishmaydi deb eshitib yurar edim. Kimdan o‘tgan, nimadan boshlangan buyog‘idan xabarim yo‘q. Elas-elas yodimda qolgani shuki Sharof aka 50-yillarning boshida ma’lum muddat “Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Mirzakalon aka mas’ul kotiblik qilgan. Ularning orasida nima gap bo‘lgan bo‘lsa o‘shanda bo‘lgan. Har qalay, xizmat yuzasidan. OLMAZORLIKLAR BOSHLAGAN BAYRAM AFRIKADA HAM SADO BERADI O‘zAning aytishicha, 2023-yil yakuniga ko‘ra, ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaygan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Shuningdek, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan 208 ta shahar va tumanda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy-xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olingan. Yana bir ko‘rsatgich, 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatimizdagi mehnat resurslari soni 19 million 724 ming 900 kishini tashkil etib, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshganligini ko‘rsatadi. BIZDA ISHSIZLIK DARAJASI QANCHAGA KAMAYDI?
БУГУНГИ ЄАРАШЛАРГА КЎРА, ІАТТО ЖУРНАЛИСТ БЎЛИШ УЧУН ЎЄИШ ІАМ КЕРАК ЭМАСДЕК. ЯНА БИР АЧИНАРЛИ ЖИІАТ, ІАЄИЄИЙ ИЖОД, ХОІ У ЁЗМА АСАР БЎЛСИН, ХОІ ОВОЗЛИ ЁКИ ТЕЛЕАСАР БЎЛСИН, ОДДИЙ ТОМОШАБИН, ЎЄУВЧИ, МУХЛИС УЧУН БИР ЄАРАШДА ЄАДРСИЗДЕК ТУЮЛАДИ. 8-mart, 2024-yil №8 (1240) juma ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 МИЛЛИЙ ЖУРНАЛИСТИКАНИ ИСЛОІ ЄИЛИШ ВАЄТИ КЕЛДИ. НОДАВЛАТГА МУМКИН, ДАВЛАТ ТЕЛЕКАНАЛИГА МУМКИН ЭМАС, ДЕГАН ЄАРАШЛАРДАН ІАМ ВОЗ КЕЧИШ КЕРАК. ІАР ЄАНДАЙ ІОЛАТДА ІАМ МАЪНАВИЯТ, МИЛЛАТ ІАМИЯТИ БИРЛАМЧИ, У ІАММА НАРСАДАН УСТУН БЎЛМОЈИ ШАРТ. ТЎРТИНЧИ ҳолларда айни шу қарашни эсдан чиқараётгандекмиз. Бугунги қарашларга кўра, ҳатто журналист бўлиш учун ўқиш ҳам керак эмасдек. Яна бир ачинарли жиҳат, ҳақиқий ижод, хоҳ у ёзма асар бўлсин, хоҳ овозли ёки телеасар бўлсин, оддий томошабин, ўқувчи, мухлис учун бир қарашда қадрсиздек туюлади. Чунки инсон тийнати ҳамиша енгилликка мойил. Дейлик, бир шоир ёки ёзувчи ҳақида ҳужжатли фильм эфирга берилмоқда. Биз уни кўрамизми? Яхшиси, кино ёки «қимор шоулар» жуда бўлмаса, оилавий кўриш мумкин бўлмаган сериалларни танлаймиз. Айтмоқчиманки, бугун биз ҳақиқий ижодни ҳазм қиладиган ўқувчи ёки аудиторияга ҳам муҳтожлик сезяпмиз. Қайд этиш лозим, бугун китоб дўконларида адабиётнинг ҳатто шоҳ асарлари савдоси ҳам касод бўляпти. Лекин “бозор адабиёти” деб ном олган асарлар савдоси авжида. Биз тил ҳақида ҳам кўп гапирамиз! Аммо унинг ривожида шу тилда сўзлаётган, шу тилда ёзаётган сизу бизнинг ҳам ҳиссамиз борлигини кўпам англайвермаймиз. Бугун радио ва телевидениеда бошловчилик қилаётган шахсларнинг нутқий кўникмалари тилимиз қонуниятларига қанчалик мос? Айрим телеканал ижодкорларининг ўз теледастурларини «Megapolic», «Real xit», «Reality shou», «The cover up», «Bojalar community», «My atelye», «Muzqaymoq party», «Smile party», «Sketch shou», «Bumеrang» деган номлар билан аташидан кўзланган асл мақсад нима? Яқинда буюк қомусий аллома, ўзининг «Ал-Ҳидоя» асари билан дунёга машҳур Бурҳониддин Марғиноний ҳақида жамоатчилик орасида «Сиз Бурҳониддин Марғиноний ҳақида нималарни биласиз?» деган саволга жавоб изланди. Сўровномада иштирок этганларнинг тўқсон фоизи юртимиздан етишиб чиққан бу улуғ алломанинг кимлигини билмадилар. Аммо бугун ёшлардан юқорида номлари келтирилган шоулар ёки уларнинг бошловчилари ҳақида сўраб кўринг-чи?!! Мана нима учун мамлакатимизда ёппасига китоб тарғиботи, ёшлар маънавиятини юксалтириш масаласига, уларнинг чуқур таълим-тарбияси ва маърифатига алоҳида эътибор берилмоқда. Негаки, китоб ўқиган инсон яхшидан ёмонни, оқдан қорани фарқлай олади. Нимани ўқиш муҳим, нимани кўриш, томоша қилиш керакмаслигини билади. Китоб ўқиган инсон ҳар бир шахс маънавияти, айниқса, ёш авлод таълим-тарбиясида нима муҳим эканлигини англай билади. Нима деб ўйлайсиз, бугун адабиётимизнинг шоҳ асарлари дейлик, «Хамса», «Бобурнома», «Меҳробдан чаён» ёки «Ўткан кунлар» ва бошқа асарларни кимлар ўқимоқда? Ўқимаяпти дейиш қанчалик тўғри? Телевидение, умуман, ОАВларининг ҳар қандай тури тарбия ўчоғи, деб бежиз айтилмайди. Педагогикада шундай тамойил бор: аудиторияда талабалар кўп, аммо шулар орасида битта талаба билимли, ўқитувчи эса ана шу талабанинг ҳафсаласини пир қилмасликка мажбур. Негаки, келгусида ватан учун у кўпроқ фойда беради. Ниятимиз сўзимиз ва ўзимиз бўлсин! Шуҳрат ҲАЙИТОВ Бугунга келиб, глобал ахборот сиёсати ижтимоий тараққиётнинг ажралмас қисмига айланди. Яъни, ахборот воситаларисиз жамият ривожи, мамлакатлар тараққиёти ва мафкурасини тасаввур қилиб бўлмай қолди. Ушбу маконда кечаётган турли инқилобий янгилик ва ўзгаришлар натижасида одамлар дунёқараши ҳам ўзгариб бормоқда. Айни пайтда ер юзининг турли нуқталарида юз бераётган, барчамизни ташвиш ва хавотирга солаётган воқеаларни ҳисобга оладиган бўлсак, глобал дунёда ахборотлашув жараёнларининг таҳдидли жиҳатлари тобора кучайиб бораётганидан кўз юмолмаймиз. Бир сўз билан айтганда, дунё ахборот маконидаги устунлик давлатлар орасида жуда кўп масалаларни ўз манфаати йўлида ҳал этиш имконини беряпти. Шу боис ҳам дунё мамлакатлари тезкор ахборот маконини қандай шакл ва усулларда яратиш ҳақида жиддий бош қотирмоқдалар. Жаҳонда ахборот оқимини бошқаришга бўлган интилишнинг кучайиб бораётгани ҳам бежиз эмас. Айниқса, ижтимоий тармоқлар, телевидение ва радио ҳар қандай давлат бошқарувида ҳал қилувчи воситага айланди. Маълумотларга кўра, бугун Ўзбекистонда 2140 та ёки 2016 йилга нисбатан 626 тага кўп оммавий ахборот воситаси фаолият юритаётир. Уларнинг 65 фоизи эса нодавлат медиа воситаларидир. Қайд этиш жоизки, бугун анъанавий нашрлар билан бирга интернет нашрлари ҳам жадал ривожланиб, улар сони ҳозирда 745 тага етди. Айни пайтда юртимизда 26 та давлат телеканали, 16 та радиоканал, шунингдек, 30 га яқин нодавлат радио ҳамда 10 дан ортиқ нодавлат телеканаллар фаолият кўрсатмоқда. Энг муҳими, кейинги йилларда ушбу ОАВлари фаолиятини янада такомиллаштириш борасида амалга оширилаётган ишлар натижасида ҳар бир радио ва телеканалларда ўзига хос жонли эшиттиришлар ва туркум янги форматдаги теледастурлар, жумладан, теледебат, телекўприк, жонли эфирдаги ток-шоулар ҳажми ошди. Асосийси, тайёрланаётган материалларда сўз эркинлиги, ахборот олиш ва уни тарқатиш ҳуқуқини таъминлаш масаласида инсон қадрини улуғлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Миллий маънавият, анъана ва қадрият, миллатимизга хос бўлган ибо, ҳаё, орномус тушунчалари бугунги журналистикамизда ҳам асосий мавзулардан бири бўлишига қарамай, кўплаб ОАВларда ҳаёсизлик, сўкиниш, фаҳш, интим туйғуларни ва ёшлар онги ҳамда маънавиятига салбий таъсир қиладиган миллий хусусиятларга зид бўлган кўринишларни тарғиб этиш, буларни баралла экранларда намойиш қилиш ҳолатлари ҳам кўпайиб бормоқда. Назаримда, айнан ушбу масалада миллий журналистикани ислоҳ қилиш вақти келди. Нодавлатга мумкин, давлат телеканалига мумкин эмас, деган қарашлардан ҳам воз кечиш керак. Ҳар қандай ҳолатда ҳам маънавият, миллат ҳамияти бирламчи, у ҳамма нарсадан устун бўлмоғи шарт. Зеро, бу тушунчаларга ҳеч ким ва ҳеч қачон ўз қаричи билан қарамаслиги шарт. Шунингдек, ижодкор нимани ёритиш муҳиму, нималарни ёзмаслик керак деган меъёрни билиши лозим. Яъни, сўз эркинлиги бу – ҳар нарсани ёзиш, фақат «пиарлик» ёки фақат танқиднинг изидан қувиш, шу орқали қайсидир маънода «обрў» топиш керак, дегани эмас. Эътибор беринг, ўйнаши билан келишиб эрини пичоқлаб ўлдирган хотин, ўқитувчисини аямай калтаклаган ўқувчилар, укасининг хотинига кўз олайтирган ака, никоҳсиз туғилган боласини ҳожатхонага ташлаб юборган она, отасини пичоқлаб ўлдирган ўғил, фарзанднинг онаси билан келишолмай уйдан қочиб кетгани, уйида фоҳишахона очган аёл ёки келиннинг ўз жонига қасд қилгани… Афсуски, бу рўйхатни узоқ давом эттириш мумкин. Таассуфки бугун «халқ журналистикаси» деган оқим ана шундай мавзулар гирдобида яшамоқда. Журналистикада нутқий меъёр, сўз қадри деган тушунчалар билан бирга ижодкор мақсади деган тушунча ҳам бор. Кўп ҲОКИМИЯТ Бир шеър та³лили «ДАРСДАН СЎНГ» МАСЪУЛИЯТСИЗЛИК ЧЕГАРАСИ МАСЪУЛИЯТ ВА Матназар Абдулҳакимнинг «Дарсдан сўнг» деган шеъри қаҳрамонларига – дафтар қучоқлаган муаллима ва сумка кўтарган ўқувчига атаб юртимизда «Муаллимга мангу эҳтиром» номи остида ҳайкал ўрнатилган. Қайд этиш лозимки, наинки Ўзбекистонда, балки бутун дунёда ҳам бадиий асар қаҳрамонларига бундай эҳтиром камдан кам кўрсатиладиган ҳодиса. Биламизки, авар шоири Р.Ҳамзатовнинг «Оқ турналар» шеъри шундай, ҳатто ортиқроқ, – эъзозланган. «Дарсдан сўнг» номли шеърда қишлоқ муаллимасининг шом тушганда мактабдан чиқиб, олис уйи томон қирлар оша ёлғиз яёв кетаётганда, йўлда оч қашқирга дуч келиб қолиб, қўлидаги дафтарларни бирин-сирин ёқиб ҳимояланиши, лекин шунда ҳам етти ўқувчининг топширилмаган дафтари туфайли қўлидаги бирдан бир қуроли – оловдан маҳрумлик оқибатида бўрига ем бўлиши ғоят таъсирли акс эттирилган. Бу ерда ўз вақтида вазифани бажариб, дафтарни топширмаслик, яъни ўқимаслик ҳалокатга етакловчи иллат эканлигидек аччиқ ҳаётий ҳақиқат мажоз даражасида куйланган. Шеърдан ўқиймиз: Кимнидир койиди чеккани учун. Тортиб олиб қўйди гугуртини ҳам. Машқ дафтарларини йиғди-да, сўнгра Бир-бир санаб кўрди. Етти дафтар кам. Ана шу камлик-кемтиклик – фожианинг бош сабаби. Зеро, бу кемтикликнинг бошқа оти мактабдаги, таълиму тарбиядаги бўшлиқдир. Бўшлиқнинг эса, маълумки, ютиб маҳв этгувчи табиати бор. Бу ўринда қурбон – қишлоқ мактабининг муаллимаси: «Ҳар гал шундай аҳвол. Уялмайсизми? Келасиз ўқишмас, қилиш учун сайр. Бу сафар ҳам икки қўймай тураман, Эртага қолганлар топширсинлар. Хайр». Қиш куни — бир тутам. Қорайганди қош. Иккиланди. Ўтмак керак, ахир, қирдан. Эри ҳам келмади олиб кетишга «Кўнгли совидими...» – ваҳм этди бирдан. Ҳамкасб дугонаси қистовга тутиб, «Тунаб кетинг, – деди. – Кеч бўлиб қолди» Кўнмади. Қўлтиқлаб машқ дафтарларни Уйга ёлғиз ўзи яёв йўл олди. Овул тугаб, энди қирга чиққанда Оқшом қуюқ эди, атроф сим-сиёҳ. Атрофнинг сим-сиёҳ эканлигини, айни дамда, жаҳолатга ишора. Хўш, у қаердан келмоқда? Дарс қилиб, дафтарларни вақтида топширмаслик сим-сиёҳликни, яъни жаҳолатни туғиб бермоқда. Жаҳолат ичида эса хавф-хатар бор: Йўлдан қайтмоқчи ҳам бўлди бир ўйи, «Ўғлим хасталаниб қолдимикан ё...» Юрагини баттар ваҳима босди, Қамради тундан ҳам бадтар бир қўрқув. Ўнқирми, чўнқирми, ўрми, қир демай Яна кетаверди, кетаверди у. Шеърнинг аввалида уни муаллима ўлароқ танидик. Кейин бошида эри борлигини билиб олдик. Демак, у хо- тин, ёр. Дугонасидан сўз очилди, айни дамда у ўртоқ ҳам. Мана энди бола- дан хабар берилмоқда. Кўринадики, у она ҳамдир. Бўлиб ҳам ўзбек онаси, шарқлик она. Бас, шу гапда ҳаммаси айтилди: бундай онанинг йўли зим-зиё бўлиб, хатарга тўлса ҳам болам дейди, уйига шошади. Бироқ... Мудҳиш бир шарпани илғади ногоҳ, Разм солса қашқир. Қиларди таъқиб, Эслади йиртқичнинг қўрқишин ўтдан, Изига бир дафтар ташлади ёқиб. Муаллима тадбирни тўғри олди: ҳайвоннинг оловдан қўрқишини эслади (чунки у жоҳил эмас!) ва қўлидаги дафтарни ёқиб, бўрининг олдига ташлади: Қашқир тўхтаб қолди. Сўнг – яна, яна, Муаллима омон топган бу олов Йиртқичга берарди иложсиз сабр. Йўловчи – ёқарди, қашқир – тўхтарди, Тин оларди икков ҳар дафтарда бир. Йўл узоқ, тун қаро, қашқир эса оч, Оч йиртқич биларми надир садоқат. Уйга яқин қолган вақтда тугади Муаллимда дафтар, қашқирда – тоқат. Эътибор беринг, инсон ҳаётининг омон қолиши учун қўлдаги ресурс тугаб битди. Бунинг сабабини юқорида эслаб ўтдик – дангасаликка берилиб дарс қилмаслик, дафтар топширмаслик. Натижада жаҳолат қурбони муаллима бўлди. Савол туғилади: муаллима ким?.. Жамиятнинг ўқимишли қатлами мансуби, зиёли. Хўш, у нега қурбон бўлди?.. Жоҳил туфайли, унинг жаҳолати туфайли. Дафтар топширмаслик шеърда жаҳолатнинг рамзи бўлиб келяпти дедик. Бас, шундай экан, хулоса қиламиз: ўқимаганлар ўқиганларнинг ҳаёт йўлларига чоҳ қазийди. Бу худди қонуниятдек жаранглайди. Худди шу ху- лоса билан кунимизга назар ташлаймиз – шеър ҳақиқати ҳаёт ҳақиқати бўлиб хаёлларимизни тоғдек босади. Уввос фиғон тутди қишлоқни тонгда, Замин аза очди, замон йиғлади. Дафтар топширмаган етти ўқувчи Ҳаммадан ҳам ёмон йиғлади. Хайриятки, бу ерда, яъни шеърда дафтар топширмаган дангаса етти ўқувчи ўз айбини тушуниб етди, пушаймонлиги – ҳаммадан кўп йиғлаганида зоҳир. Шундан сўнг, шоир ўз қисматини шеърга олиб киради. У кўнгилдагидек шеърлар битолмагани учун ўзини дафтар топширмаган болаларнинг бирига қиёс этади: Нўноқ назмим учун афв эт, халқим, На олим, на фозил, на сўз пириман. Ўз вақтида дафтар топшира олмай Қолган болаларнинг бириман. Мен яхши биламан, тумор қилмайди Ёзган шеърларимни ошиқлар. Мен яхши биламан, қўшиқларим жўн, Биламан, булар бир оддий машқлар. Ниҳоят, муаллиф шоирнинг вазифасини аниқ-тиниқ қилиб белгилаб беради. Ҳамда бу вазифа, керак бўлса, бурч халқнинг тақдири билан чамбарчас боғлиқ. Унинг назарида шоирлик халқнинг йўлини ёритгувчи ўтдир, оловдир. Бас, уни йўлда дуч келгувчи қашқирлардан, яъни хавф-хатардан фақатгина машъалага айлангувчи ана шу ёзувлар омон сақлай олади: Лекин... кетмакдасан келажак сари Тап тортмай қисматнинг дашт, қирларидан. Ўзимча асрагим келади сени Ёвузлик, хиёнат қашқирларидан. Мен машқ бажараман, ёзаман ҳар кун Дараклар, сўроқлар, хитобларимни. ... Сен йўл бўйи ёқиб ташлаб кетавер Қашқирлар қўрққувчи китобларимни... Демак, йўлдаги хавф-хатар деб аталган қашқирлар халқни еб битирмаслиги учун шоир тинимсиз тер тўкиб меҳнат қилмоғи – яхши шеърлар ёзмоғи шарт. Бу дегани шуки, нафақат шоир, балки барча касб эгалари ўз ишини худди шундай бекаму кўст адо этмоғи керак, токи она Ватан бор ва тинч бўлсин! Бас, шундай экан, қоронғида қирда бир ўзи уйи томон шошиб кетаётган муаллима, айни дамда, она Ватан образидир. Уни қашқирларга ем қилсак, билингки, дарс қилиб дафтар топширмаган ўқувчилардан бири биз бўламиз. Шеър, аслида, шу ҳақда урилиб гумбурлаган бонгдир. Шеърда-ку курашни қашқирга бой бердик, ҳаётда бой бермайлик. Бой бердикми, мағлубият аламу изтиробини шеърга солгувчи шоир ҳам топилмайди... Демак, шоир М.Абдулҳаким бир шеър мисолида ана шундай аянчли қисматдан халқни – ҳар биримизни олдиндан огоҳ этмоқда, қашқирларга ем бўлмаслик учун ўқиб, дарс қил, демоқда... Улуғбек ҲАМДАМ
8-mart, 2024-yil №8 (1240) juma ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish МУДДАТ ОХИРИГА ЕТМАЙ, ЯЪНИ 1942 ЙИЛДА 33 ЁШЛИ БАДЕЪ АБДУЛЛАНИНГ МАГАДАН ЯЄИНИДАГИ ОЈИР КОН ИШЛАРИГА ИХТИСОСЛАШГАН ТЕНЬЛАГ (ТЕНЬКИ ЛАГЕРИ)ДА ЖАЗОНИ ЎТАШ ЧОЈИДА ВАФОТ ЭТГАНИ ІАЄИДА МАЪЛУМОТ ХАТИ КЕЛАДИ.... ТАРИХ 1909 йили Янги Бухоро туманининг Работ-қилич қишлоғида туғилган Бадеъ Абдулланинг отаси Бухоро амирининг қоровулбегиси эди. Аслида Бадеъ тахаллуси билан Абдулланинг отаси Маҳмуд шеърлар ёзган, кейинчалик Абдулла ҳам отасининг тахаллусини қабул қилганди. 1917 йилги воқеалар пайтида Бадеъ Маҳмуд қатл этилади. Бадеъ Абдулла эса амир томонидан қатл этилган «Ёш бухороликлар» партияси аъзолари ёки қизил армия билан жангларда ҳалок бўлганларнинг фарзандлари учун очилган «Авлоди шуҳадо» мактаб-интернатига ўқишга олинади. 1922 йилда иқтидори ва интизоми билан эътибор қозонган 13 ёшли Бадеъ «Авлоди шуҳадо»нинг бир гуруҳ ўқувчилари қатори Германияга ўқишга юборилади. Маълумки, Бухородан Германияга юборилган ёшларнинг аксарияти жадидларнинг авлодлари ёки жадид мактаблари ўқувчилари эди. Кетиш арафасида Бухоро Халқ Республикаси (БХР) Маориф нозири Маҳзар Бурҳонов ёшларга қарата: «...Ҳукуматимиз сизни Германияга ўқишга йўллайди. Биз ёш кадрларга муҳтожмиз. Ўз Ватанимизни мустақил идора этмоқ учун бизга илм ва тажрибали мутахассислар зарур. Сизнинг ишингиз Германияда илм олишдир. Миллатингизга ҳеч бир вақт хиёнат этманг» дея маъруза қилади. Ўқувчилар Германияга етиб боргач, Бадеъ Абдулла шериклари Усмон Омон, Неъмат Назрулла, Аловуддин Исомиддин, Муҳаммаджон ва Раҳматжон Авазжоновлар сингари 18 нафар ўқувчилар қаторида Кёслин (Köslin, бугунги Польша таркибидаги Koszalin) шаҳридаги хусусий мактаб-интернатга жойлашадилар. Бадеъ ниҳоятда қисқа муддатда олмон тилини ўрганиб, 1924 йилда – 15 ёшида Кёслинг гимназиясини муваффақиятли тугатади. Бироқ ўзи танлаган ҚАТЛАРИДА ЙИЛГА КЕЧИККАН ІАЇИЇАТ (Ички ишлар халқ комиссарлиги)га: «Абдулла ўзининг аксилинқилобий фаолиятини рад этса, сўроқ вақтида мени чақиринглар. Мен уни фош этаман», дея ариза ташлаган экан. Ноябрь ойига келиб, Ички ишлар халқ комиссарлигининг Самарқанд бўлими Бадеъ Абдулла Маҳмудовични ЎзССР ЖКнинг 66-моддаси 1-банди, яъни аксилинқилобий ташвиқот қилганликда айблаб қамоққа олади. Шу куннинг ўзида у яшаган Самарқанд шаҳри, Нуробод кўчаси 26 уй, 4 хонадонда тинтув ўтказилиб, Бадеъ Абдулланинг фуқаролик паспорти ва уйидаги барча нарса хатланиб, олиб кетилади. Турмуш ўртоғининг вафотидан сўнг Бадеъ билан қолган 4 ёшлик қизчаси Эрани эса болалар уйига топширишади. 1937 йил 27 декабрь кунги сўроқда Ўзбекистон давлат университети доценти Алексей Текерев Абдуллага қуйидагича таъриф беради: «Бадеъ Абдуллани 1930 йили Педакадемия талабаси бўлган давридан биламан. 1937 йилда Абдурашид Юсуповнинг тўйида немис тилида «Виновными мы родились» («Биз гуноҳкор бўлиб туғилганмиз») деган қўшиқни жуда чуқур дард билан куйлаганди. Маъносига ҳеч ким тушунмади, аммо ҳамма жуда ғамгин ҳолга тушиб тинглаган эди». Терговга чақирилган бошқа гувоҳлар ҳам Абдуллага ижобий таъриф бераверишгани учун тергов ходимлари энди масалани ўзлари, даҳшатли азоб бериш йўли билан ҳал этишга киришадилар. Охир-оқибат 1938 йилнинг 2–10 январь кунлари ўтказилган сўроқларда ҳолдан тойган Бадеъ Абдуллага болалигидаёқ жосус бўлгани, Германия нацистларининг махфий хизмати бўлмиш Гестапога ёллангани ва Карл исмли кишига хизмат қилгани ҳақидаги баённомага қўл қўйдиришади. Баённомада шунингдек, Германиядан Бухорога қайтгач, аввалдан таништирилган Курт Вилли исмли шахс билан алоқа ўрнатиб, унга Самарқанддаги аҳвол ҳақида ахборот етказиб тургани, 1928 йилдан эса Курт Виллининг ўрнини Германияда ўқиган Ҳамро Абдулла эгаллаб, халқнинг советлардан норозилиги ҳақидаги ёлғон маълумотлар ҳам илова қилинади. Қийноқлар таъсирида ақлдан озар даражага етган Абдулла «Афзалдан 200 марка, Куртдан 2000, Ҳамродан 10000 сўм миқдорида пул олдим, бу пулларга Олимбек Қодиров, акаука Абдураҳим ва Абдурашид Бурҳоновларни, портлатгич моддалар керак бўлгани учун милициядан Носир Умаров деган кишиларни ёлладим», деб ёзилган сохта иқрорномага имзо чекади. Бадеъ Абдуллага имзолатилган сўроқ баённомаларидан илҳомланган ЎзССР ИИХК Самарқанд вилоят бошқармаси бошлиғи Сергей Калмыков уни 1925 йилдан «Озод Туркистон» аксилинқилобий ташкилоти аъзоси, 1926 йилдан бери Германия фойдасига ишлаган жосус, 1936 йилдан Ҳамро Абдуллаев орқали Гестапога ёлланган жосус дея қарор чиқаради. Бироқ бироз ўзига келган Абдулла бу айбловлар босим остида имзолатилгани, барчаси бўҳтон эканини айтади, «Учлик» судига олиб чиқилса, ноқонуний ҳаракатлари фош бўлишидан қўрққан терговчилар уни жазолашни ортга сурадилар. Ўша даврда ИИХКнинг ноқонуний ҳибслари ва қийноқ усулларидан норози бўлган одамлар Москвага тинимсиз хатлар ёзишарди. Шу жараёнда Марказий ҳукумат айрим терговчиларнинг устидан жиноий иш очишга ҳам мажбур бўлади. ...1939 йил 15 апрель куни Бадеъ Абдулла ўз ҳамкасби Маҳмуд Мансуров билан юзлаштирилади. Бу вақтга келиб аллақачон руҳи синдирилган Маҳмуд терговчининг Бадеъ ҳақидаги ҳеч бир гапини инкор этмай тан олади. Бадеъ Абдулла бўлса терговчига: «Хўп, радиода берилган Геббельснинг нутқидан ниманидир таржима қилиб айтиб берибман, тўйда ҳам дунёга машҳур бир немисча қўшиқни куйлаб берганман. Хўш, шу жиноятми? Қани бу ерда жиноят?!!» дея кескин савол беради. Вазият мушкуллашаётганини сезган терговчилар энди бошқа йўлдан борадилар: бир пайтлар «Абдуллани қоралашга тайёрман» деган Муҳаммаджон Собировни гувоҳликка чақиришади. У эса олдиндан ёдлаб олгандек, Абдулла Бадеънинг «жиноятлари»ни санаб, уни русларни ёқтирмаслигини «исботлаб» кўрсатма беради. Чорасиз қолган Бадеъ Абдулла 1939 йил 2 август куни турмада қўлига тушган вараққа қалам билан Самарқанд вилояти прокурорига бошидан ўтказганларини баён қилиб: «Шунча вақтдан буён турмада айбсиз ўтирибман», деб шикоят ёзади. Аммо жавоб хати унга етиб келмайди. Умид узмаган Абдулла 1940 йилда Самарқанд турмасидан туриб СССР НКВД махсус йиғилиши раисига иккинчи аризасини ёзади. Мана ўша хатдан парча: «15 кун давомида уйқу бермай, мени тик оёқда турғазиб таҳқирлашди. Ақлдан озиш даражасига борганимда, бир қатор қоғозларни имзолатишди. Мен ҳеч қачон жосус бўлмаганман! Ҳамро ўз иши билан, мен ўзимнинг ишим билан эдик, биз деярли 12 йилдирки учрашганимиз йўқ. Мен ўшанда унга тухматлар ёзилган қоғозларни имзолаганман! Ҳозир юзлаштиришларини талаб қилсам, улар рад этишмоқда». У ёзган аризаларида ҳам, терговда ҳам бегуноҳлигини исботлашга қанча уринмасин, 1940 йил 19 августь куни СССР ИИХК махсус йиғилиши уни жосуслик фаолияти учун 8 йил Меҳнат тузатиш лагерида жазо ўташга ҳукм қилади. Афсуски, муддат охирига етмай, яъни 1942 йилда 33 ёшли Бадеъ Абдулла Магадан яқинидаги оғир кон ишларига ихтисослашган Теньлаг (Теньки лагери)да жазони ўташ чоғида вафот этгани ҳақида маълумот хати келади. 1977 йилда Бадеъ Абдулланинг қизи Эра Абдуллаевна Туркистон Ҳарбий округи прокуратурасига ариза ёзиб, отасининг ишини қайта кўриб чиқишни сўрайди. Шу асосда олиб борилган тергов жараёнида ниҳоят ҳақиқатлар юзага чиқа бошлайди. Бу сафарги терговда киприк қоқмай, бирга таҳсил олган дўстига туҳмат қилган Муҳаммаджон Собировнинг ҳам, Маҳмуд Мансуровнинг ҳам кўрсатмаси аввалгисидан кескин фарқ қилади. Бу пайтга келиб Самарқанд Давлат университети математика факультети доценти бўлган Муҳаммаджон Собиров шундай дейди: «Мен Абдулладан бир курс катта эдим. Биз бир хонада яшаган дўстлар эдик. Унда бирор бир ёмон жиҳатни кўрмаганман. У на миллатчи, ё на жосус эмас, аксинча, жуда билимдон математик эди. Мен уни кимнингдир нутқини таржима қилгани учун қамалган деб эшитганман. Терговчи 1939 йил 16 апрелдаги юзлаштириш баённомаларини тутқазганида, эслолмадим, балки ўқимай қўл қўйган бўлсам керак...» Мазкур тергов жараёнига жалб қилинган Абдурашид Юсупов ҳам 1939 йил 29 декабрь кунги кўрсатмасида қаттиқ таҳқир ва босим остида бўлгани, бир нечта қоғозни ўқишга имкон беришмасдан, мажбуран имзолатишганини айтади. Қайта тафтиш жараёнида ИИХК ходимлари Калмыков, Руденков, Мирҳамидов, Казанов исмли масъуллар терговни ташкил этиш жараёнида қонунбузилишларига йўл қўйгани аниқланади. Асосий айблов мотиви бўлган «Курт Вилли» ва Ҳамро Абдуллаевларнинг жосуслиги ҳам СССР Давлат Хавфсизлик қўмитаси (КГБ) томонидан инкор этилади. Бадеъ Абдулла ҳақида тирик бўлган гувоҳлар бу сафар фақат яхши гаплар айтадилар... 1977 йил 21 июль куни Туркистон Ҳарбий округи ҳарбий трибунали Бадеъ Абдулла ишини кўриб, 1940 йил 19 августдаги «Учлик» суди қарорини бекор қилади. 1977 йил 22 июль кунида Эра Абдуллаевнага хат йўллаб, отасининг вафотидан сўнг оқланганлиги ҳамда унга сталинча қатағон сиёсати қурбонининг қизи сифатида икки ойлик маош миқдорида пул берилишини маълум қилишади... Кеч бўлса-да, ҳақиқат қарор топади. Тортиб олинган «ота меҳри», кимсасизликка маҳкум қилинган болалик, йўқотилган йилларга жавобан икки ойлик маошга тенг бадал тўланади. Суриштирувлар давомида Баъде Абдулла Самарқандда яшаган уй ҳозирда йўқлиги аниқланган. Отасини фақат тўрт ёшигача билган ва унинг оқланиши учун курашган, бесабаб «халқ душманининг қизи» деган номни олган Эра Абдуллаевнанинг кейинги тақдири қандай кечгани ҳам номаълум. Баҳром ИРЗАЕВ, Қатағон қурбонлари хотираси давлат музейи катта илмий ходими, тарихчи олим Илм олиш, изланишлар қилиб янгиликлар яратиш, билимларини эса ёшларга ўргатишни ният қилган минглаб жадидлар қаторида Бадеъ Абдулла ҳам бор эди. Берлин университетига кира олмагач, Берлин яқинидаги Гермсдорф қишлоғида жойлашган масжиддан қўним топади. 1926 йили яна Берлинга қайтади. Аммо иқтисодий етишмовчилик ва совет ҳукуматининг тинимсиз таъқиби сабаб Ватанга қайтишга қарор қилади. 1926 йилнинг 1 июнь куни йўлга чиқиб, ўн кунда Тошкентга етиб келади. 15 июнь куни Самарқандга бориб, отасининг дўсти, Ўзбекистон Маориф халқ комиссарлиги вақф бўлими бошлиғи Абдувоҳид Бурҳоновнинг тавсияси билан Самарқанддаги рус мактабига ўқишга киради. 1929 йилга келиб эса Самарқанддаги Ўзбекистон Давлат университети (ЎзДУ)нинг математика факультетига ўқишга киради. Талабалик йилларида Сулаймон Амиров, Обид Каримов, Салоҳиддин Очилов, Муҳаммаджон Собиров, (кейинчалик Маҳмуд Ойқорли номи билан танилган) Баҳром Ибрагимов, ака-ука Ҳамид ва Олим Қодировлар билан дўстлашади. Афсуски, кўп ўтмай бу ёшлар ҳам қамоққа олинадилар. Тергов пайтида асосий эътибор Ғулом Зафарий ва ёш шоир Миртемирларга қаратилиб, Бадеъ Абдулла мунтазам сўроқлардан сўнг қамоқдан қутилиб қолади. У 1933 йили ўқишни тугатиб, Куйбишев номидаги Ўзбекистон Давлат қишлоқ хўжалиги институтида математикадан дарс бера бошлайди. 1936 йил 8 сентябрь куни доцент вазифасини бажарувчи унвонини олиб, кафедра мудири лавозимига тайинланади. Аммо 1937 йилда уни ижтимоий келиб чиқишини яширганликда ва эндиликда нацистлар қўлига ўтган Германиянинг Тарғибот вазири Йозеф Геббельс нутқини таржима қилганликда айблаб, ишдан ҳайдашади. Маълум бўлишича, Бадеъ Абдулла ҳали қамоққа олинмасидан аввал унинг талабалик йилларидаги дўсти – ЎзДУ ассистенти Муҳаммаджон Собиров ИИХК Қашқадарёда 1468 та маданий мерос объекти бўлиб, айнан ана шу иншоотлар туфайли ҳам вилоятда туризм изчил ривожланяпти. Бироқ кўҳна тарихимизнинг ажралмас бўлаги ва тилсиз гувоҳи бўлган осори-атиқаларнинг аксарияти таъмирталаб ҳолатга келиб қолганки, айримлари ҳатто йўқолиб кетиш даражасига тушиб қолган. Қарши шаҳридаги Ҳарамжўй, Кулол, Чақар масжидлари ҳамда Шарифбой мадрасалари шулар жумласидандир. Таъкидлаш лозим, ушбу маданий мерос объектлари катта тарихий қийматга эга. Жумладан, Ҳарамжўй масжиди беш асрлик тарихга эга бўлса, Кулол, Чақар масжидлари ва Шарифбой мадрасаси XVIII асрда бунёд этилган. “Миллий тикланиш” демократик партияси Қашқадарё вилояти Кенгаши депутатлик гуруҳи томонидан ушбу масала бир неча бор ўрганилиб, мавжуд муаммо ҳақида бонг урилиб, сессиялар кун тартибига киритилган бўлса-да, масъул идоралар ҳамон бефарқлик қилмоқдалар. Тўғри, Ҳарамжўй 2021 йилги, Кулол масжиди ҳамда Шарафбой мадрасаси эса 2022 йилги дастурга киритилгани тўғрисида маълум қилиниб, бу хабар ОАВда ҳам эълон қилинган эди. Лекин афсуски, мутасаддиларнинг муаммога муносабати қоғозлардагина сақланиб қолди, холос. Депутатлик гуруҳи куни кеча яна бир бор ушбу тарихий объектлар ҳолатини кўздан кечириб, шошилинч чора кўриш лозим деган қарорга келди. Акс ҳолда келажак авлодларга қоладиган беқиёс бойликнинг буткул йўқолиб кетиш хавфи бор. Шундан келиб чиқиб, партия депутатлик гуруҳи масъул ташкилотларга депутатлик сўрови юборишга қарор қилди. Депутатлар шунингдек, бу сафар ҳам натижа бўлмаса, бу масалани парламент даражасига кўтариш лозим деган фикрдалар. Партиянинг Қашқадарё вилояти Кенгаши ахборот хизмати НАТИЖА БЎЛМАСА, БУ МАСАЛА ПАРЛАМЕНТ ДАРАЖАСИГА КЎТАРИЛАДИ Партия бонг уради
TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 036. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 321 Bosishga topshirish vaqti 1:45. Topshirildi 00:30 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №8 (1240) 8-mart 2024-yil, juma fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги Омон МАТЖОН АЁЛГА МАҚТОВ Шоирга йўл бўлсин, сизни чизай деб, бўёқ қуюлтириб турар рассомлар! Мукаммал ҳуснингиз ёғдуси учун ой ҳам навбатчилик қилар оқшомлар! Шоирга йўл бўлсин! Куйлай деб сизни, бастакорлар юрар ёқа чок, тажанг: торни темирчига топширворгудек, ҳар жаранг устида қилиб неча жанг. Эъзозингиз буюк! Саркарда Бобур, жувонмард руҳлари бўлгай зиёда, қўшинда биргина от қолса, шунга сизни ўтқазгандир, қолиб пиёда... Шоирга йўл бўлсин! Сиздаги талъат, нозиклик кимларни ўйга солмаган?! Оққуш, сувдан чиқмай, таранавериб, бежиз бир оёқда ухлаб қолмаган! Сиздай ясанмоқни истаб, қиш битмай, Изҳорга лаб жуфтлаб ҳар бир куртаги, ўриклар чиқдилар — бир тонг тўла гул, Нур кийди жаъмики боғлар юртдаги. Шоирга йўл бўлсин, кечикди шоир бу инжа рақобат, нурли талошга: Ҳа бизга ҳеч юмуш қолмабди энди Сизни жуда қаттиқ севишдан бошқа! Шунингдек, танловда 30 нафар қўшимча номинациялар бўйича ҳам ғолиблар аниқланади. «Миллий тикланиш» ижтимоий-сиёсий газетаси юҚори синф ЎҚУВЧИЛАРИГА САБОҚ БЕРАЁТГАН ўзбек тили ва адабиёти ўҚитувчилари ўртасида мавзусида иншолар танловини ўтказади. сºм пул мукофоти билан та¿дирланади. ЮТУЇЛАР ЎОЛИБ ІАМДА ОМАДЛИ УСТОЗЛАРГА ¡олибМИЛЛИОН 2024 йилнинг сентябрь ойида – Є¿итувчи ва мураббийлар байрами арафасида 20 топширилади. Мурожаат учун: (90) 245-18-10 «ЎЗБЕК ТИЛИ – МЕНИНГ ТИЛИМ» ДИҚҚАТ! ТАНЛОВ! - Март Халєаро хотин-єизлар куни Муҳаммад ЮСУФ ҚИЗЛАР ҚЎШИҒИ Қиз йўқ уйда сарин сабо эсмайди, Қиз йўқ уйда жамбил-райҳон ўсмайди. Ўғилларнинг ота билан иши йўқ, Қиз отасин ҳар қадамда эслайди. Кўзларига сургай юрган изингиз, Қай ўғилдан камдир, айтинг қизингиз?.. Қиз йўқ уйда тонглар эрта отмайди, Томда офтоб, айвонда ой ётмайди. Ўғил қандай дўст бўлади, билмадим, Қиз дўст бўлса — сирингизни сотмайди. Оғир кунда жавдиратмас кўзингиз, Қай ўғилдан камдир, айтинг қизингиз?.. Умр дарё, толега ким кафилдир, Қизнинг борар жойи бўлак соҳилдир. Қиз дардига етмаганлар ғофилдир, Қиз бор уйда ёруғ бўлар юзингиз, Қай ўғилдан камдир, айтинг, қизингиз?.. Дунё кўрки — шу кўзлари шаҳлолар, Қизлар билан чаманзордир саҳролар. Бир қайрилиб Қайсни Мажнун айлаган, Тоҳирларни Тоҳир қилган — Зуҳролар. Қиз туфайли бутдир ризқу рўзингиз, Қай ўғилдан камдир, айтинг қизингиз?.. Айтинг кимнинг паймонаси тўлмаган, Қиз бор — ота ёт бағирда ўлмаган. Ўғлим йўқ деб ўкинганлар — ёмонлар, Баъзи одамларда ўғил бўлмаган! Билиб айтинг айтганда ҳар сўзингиз, Қай ўғилдан камдир, айтинг, қизингиз?! Иқбол МИРЗО ОНАЖОН Гоҳо сизнинг борлигингиз унутдим, Йўлларимга зорлигингиз унутдим. Умидлари кесилган бу дунёда Ёлғиз умидворлигингиз унутдим. Ғаниматим, омонатим – онажон. Ошно топдим ва лекин дўст топмадим, Оқкўнгилли бир қоракўз топмадим. Шамолларга совурдим гул сўзларни, Лекин Сизга бир ширин сўз топмадим. Ғаниматим, омонатим – онажон. Баъзан фалак менга бағритош келди, Ишонганим ғанимга йўлдош келди. Омад кетса, ҳамма кулди устимдан, Фақат Сизнинг кўзингизга ёш келди. Ғаниматим, омонатим – онажон. Фурсат ўтиб, сочга қиров қўнаркан, Севги оташлари аста сўнаркан. Барча туйғу алдамчи ва ўткинчи, Она меҳри ёлғиз собит қоларкан. Ғаниматим, омонатим – онажон. Хоки пойингизни кўзимга сурай, Ўзим ярим кўнглингизни тўлдирай. Бир чеккага суриб қўйиб дунёни, Ўғил бўлиб ёнингизда ўлтирай. Ғаниматим, омонатим – онажон.