The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

9_son -2025 Milliy tiklanish LOTIN alifbosida

3s 5s 5s 6s YOSHULLINING MUAMMOSI HAL BO‘LDI 7с QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] №9 (1289) 2025-yil 26-fevral, chorshanba PARTIYASINING IJTIMOIY- «MILLIY TIKLANISH» SIYOSIY GAZETASI DEMOKRATIK milliy www.mtgazeta.uz | fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi tiklanish 2s 3s 4s HAMKORLIK real natija berishi kerak 3с OLIY MAJLISDA BOG‘CHALARDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN PEDAGOGLARNING ATIGI 34,1 FOIZI OLIY MA’LUMOTLI EKANI TA’LIM SIFATIGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATMASDAN QOLMAYAPTI. harakatga aylanishi lozim! BU UMUMMILLIY 6s Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 10 dan ortiq hamkorlik bitimi imzolangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilmoqda. Hozirda Misr bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi arab tili o‘qituvchilarining malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va Misrdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Misrga tashrif buyurib, bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Uchrashuvda oliy ta’lim va ilm-fandagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki mamlakat yetakchi OTMlari va mutaxassislaridan iborat qo‘shma Ishchi guruh tashkil etilgani ham qayd etildi. Ushbu guruhning ilk yig‘ilishi joriy yil aprel oyida onlayn shaklda o‘tkaziladi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi xalqaro maydonda o‘z nufuzini oshirib bormoqda. Xususan, 2025 yil holatiga ko‘ra, mamlakatimizning 23 ta universiteti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi. Shu bois, misrlik yoshlarni O‘zbekistondagi ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2025 yil may oyida maxsus ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. O‘zA Oliy ta’lim vaziri Misra elchisi bilan uchrashdi «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR 50 3-sahifa foizga kamaytirildi. Bu shubhasiz, hunarmandlar faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tgan yili 23,8 ming hunarmandga 44,7 milliard so‘m subsidiya ajratildi. 2023-yilning 1-iyulidan boshlab, ularning mahsulot sotishdan tushumining 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi AQSH dollari 12884.62. 1 YEVRO 13495.35. 1 Rossiya rubli 148.85. 1 Angliya funt sterlingi 16266.83. 2025-yilning 26-fevral sanasidan. manba: cbu.uz O‘ylasam shul Vatanni – jimirlar ko‘ngillarim, Ey, mening sarbozlarim! Mening generallarim! Shonli, shavkatli diyor, shu safda men ham borman, Ne baxtkim, saodatu baxtingga daxldorman. Dunyoda Vatan tanho, xalqu millat yagona, Millat bedor bo‘lsa gar, tinch bo‘lgaydir zamona. O‘ttiz yetti millyon xalq, yana shuncha dil, yurak, Hushyor yashamoq kerak! Hushyor yashamoq kerak! ARMIYA VA TARBIYA 8s BOLA HUQUQIDAN MUHIMROQ HUQUQ YO‘Q! Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova davlat organlarining bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha ilk bor tayyorlagan ma’ruza bilan deputatlarni tanishtirarkan, bolalar insoniyat hayotining mohiyati, ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamisha aylanib turishi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil ekanini alohida ta’kidladi. TO‘YLAR VA CHIQINDILAR DEPUTATLAR UCHUN ALOHIDA MAKTAB YO‘Q ANZIRAT BUVI MAHALLA KЕZADI... MENI UYALTIRDING, O‘RTOQ VONG! SIZ KIMSIZ: VIRUSMI YOKI VAKSINA? Bolalar ombudsmani: MASALASIDA YANGI TARTIBLAR KERAK 4s 264 million so‘m qayerga ketdi? 7s 2s


BOLA HUQUQI Milliy gvardiya ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil boshida davomat o‘rtacha 70 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 515 mingga yaqin ota-onaga ogohlantirish xatlari jo‘natilganidan keyin o‘quv yili yakunida davomat 99 foizga yetgan. MAJLISDA 2 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish OLIY O‘tayotgan haftaning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusi, shubhasiz, Bola huquqlari bo‘yicha vakilning (Bolalar ombudsmani) yillik ma’ruzasi bo‘ldi. Ushbu ma’ruza dastlab, partiyalar fraksiyalarida, ertasi kuni esa parlament yalpi majlisi muhokamasiga kiritildi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova davlat organlarining bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha ilk bor tayyorlagan ma’ruza bilan deputatlarni tanishtirarkan, bolalar insoniyat hayotining mohiyati, ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamisha aylanib turishi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil ekanini alohida ta’kidladi. muhimroq huquq yo‘q! TARBIYA-TA’LIM MASALASI PARTIYA UCHUN DOIMO USTUVOR BO‘LIB KELGAN VA SOHADA BOLALAR OMBUDSMANI SHUG‘ULLANADIGAN KO‘PLAB MASALALAR BOR. ENG MUHIMLARIDAN BIRI, BUGUN AKSARIYAT OTA-ONALAR BOLASIGA BOG‘CHA VA MAKTABLARDA ILK DAVRDAGI TARBIYA VA TA’LIMNI BEGONA TILDA BERILISHINI TANLAYOTGANI BILAN BOG‘LIQ. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimiz aholisining 35 foizini (13 mln.ga yaqin) bolalar tashkil qiladi. Ya’ni, har uchinchi fuqaro murg‘ak bolalarimizdir. Yurtimizda bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qat’iy siyosat yuritilayotgani bois, sohada ham tizimli islohotlar olib borilayapti. Xususan, o‘tgan yillarda milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq 40 dan ortiq qonun hujjati qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim qamrovining 27 foizdan 76 foizgacha keskin oshgani, bolalar mehnatiga batamom barham berilgani ham ana shunday qat’iy yondashuv natijasidir. Quvonarli tomoni shundaki, bu boradagi ishlar xalqaro darajada ham yuksak e’tirof etilmoqda. Birgina «Save the Children» xalqaro indeksi bo‘yicha O‘zbekistonda bolalarning himoyalanganlik darajasi 16 pog‘onaga ko‘tarilgani ham bunga misol bo‘lishi mumkin. Ma’ruzada qayd etilishicha, hisobot yilida Bolalar ombudsmani nomiga jami 1064 murojaat tushgan va bu 2023 yildagi ko‘rsatkichdan 2,4 baravarga ko‘pdir. Ta’kidlash joiz, bolani zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda uning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqini ta’minlash yuzasidan boshqa yo‘nalishlarga qaraganda ko‘proq murojaatlar tushgan. Eng ko‘pi Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan, eng kam murojaat esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Andijon viloyatlaridan bo‘lgan. Shu o‘rinda bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonliklar bo‘yicha 14 ta jinoyat va 18 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilganini aytish joiz. Ta’lim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilingani hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun 22 nafar pedagogga va bolaga qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun huquqni muhofaza qilish organlarining 3 nafar xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Bolaning bilim olish huquqini ta’minlash ham Bolalar ombudsmanining e’tibor markazidagi masala hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatimizda 38055 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularda 2 mln 320 nafar bola tarbiyalanyapti. Biroq bog‘chalarda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning atigi 34,1 foizi oliy ma’lumotli ekani ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmayapti. Ota-onalar tomonidan farzandini maktabga yubormaslik holati ham bolalarning ta’lim olishi huquqi buzilishiga sabab bo‘lyapti. Milliy gvardiya ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil boshida davomat o‘rtacha 70 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 515 mingga yaqin otaonaga ogohlantirish xatlari jo‘natilganidan keyin o‘quv yili yakunida davomat 99 foizga yetgan. BMTning Bola huquqlari bo‘yicha Konvensiyasi 11-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga ko‘ra, har bir bola g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega. Mazkur xalqaro majburiyatni ta’minlash maqsadida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining 119 nafari mamlakatimizga qaytarildiki, bu shubhasiz, O‘zbekiston o‘z farzandlarini dunyoning har qanday nuqtasida himoya qilishga qodir ekanini ham ko‘rsatadi. Bilamizki, mamlakatimizdagi maktablarning 25 foizi avtoyo‘llarga yaqin hududlarda joylashgan bo‘lib, aynan ularning atrofida bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari ko‘proq sodir bo‘lyapti. Shunday maktablarning 50 foizida maktab oldiga piyodalar o‘tish yo‘lagi chizilmagani, shuningdek, maktablar soni boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq bo‘lgan viloyatlardagi maktablar yaqinida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish ehtiyoji mavjudligi aniqlangan. 2024 yil davomida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 1 073 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani ham ushbu sohada manzilli choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi. Shu bois, Bolalar ombudsmani tashabbusi bilan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari joylashgan ko‘cha va joylarga 77 ta tugmali svetofor o‘rnatilib, 152 ta piyodalar o‘tish joylari yangidan chizildi. Bundan tashqari transport vositalarining tezligini pasaytirish maqsadida maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida 141 ta tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov Bolalar ombudsmanining 2024 yildagi faoliyatiga munosabat bildirarkan, partiya g‘oyalari, maqsad va vazifalarining 40-50 foizi bevosita bolalar huquqini himoya qilish bilan bog‘liq ekanini qayd etdi. Masalan, tarbiya-ta’lim masalasi partiya uchun doimo ustuvor bo‘lib kelgan va sohada Bolalar ombudsmani shug‘ullanadigan ko‘plab masalalar bor. Eng muhimlaridan biri, bugun aksariyat ota-onalar bolasiga bog‘cha va maktablarda ilk davrdagi tarbiya va ta’limni begona tilda berilishini tanlayotgani bilan bog‘liq. – To‘g‘ri, bu ota-onaning tanlovi, lekin mazkur holatlar bolalar huquqining buzilishiga olib kelmayaptimi? Ushbu jarayon kelajakda bola uchun bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini hech qachon unutmasligimiz lozim, – dedi Alisher Qodirov. Deputat Farhod Zayniyev esa yo‘llarda tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar masalasini ko‘tardi. Hatto ayrim ota-onalar o‘z farzandini ana shunday ishlarga majbur qilayotganiga e’tibor qaratdi. Deputatning fikricha, voyaga yetmagan bolasini daromad manbaiga aylantirib olayotganlarga nisbatan qonuniy choralar kuchaytirilishi lozim. Ko‘pchilikka ma’lumki, «Milliy tiklanish» o‘z bolalarini ekspluatatsiya qilayotgan ota-onalarga nisbatan keskin choralar ko‘rish masalasini bir necha yildan buyon ko‘tarib keladi. Chunki amaldagi ma’muriy choralar muammo yechimiga yordam berolmayapti. Shu bois, fraksiya a’zolari kerak bo‘lsa, bundaylarni ota-onalik huquqidan mahrum qilish taklifini bildirdi va Bolalar ombudsmani ushbu masala bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladilar. Chunki ota-onasidan tahqirlov ko‘rgan bola ertaga oilasiga emas, asosan jamiyatga zarar olib keladi. Bugun bog‘chada kaltak yegan bola ertaga, albatta qo‘l ko‘taradigan bolaga aylanadi. O‘qituvchisi tomonidan nohaqlikka uchragan bola esa qisqa davrda jamiyatda nohaqlik qilishi tayin va bunday holatlar hayotimizda karrasiga o‘z isbotini topyapti. Afsuski biz bulardan tegishli xulosalar chiqarmayapmiz. Majlisda Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fraksiya a’zosi Nodir Tilavoldiyevning aytishicha, ushbu qonun loyihasida mehnat va mashg‘ulotlarda tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash, kamsitishlar ro‘yxatiga teri rangi, oilaviy ahvoli bo‘yicha takliflar ilgari surilyapti. Shu bilan birga tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan boshqa ishga doimiy o‘tkazish, jabrdiydalarga qo‘shimcha ta’til berish kabi normalar o‘z aksini topgan. Yig‘ilishda ushbu qonun loyihasini birinchi o‘qishda bir nechta takliflar ilgari surilgani holda ikkinchi o‘qishda ularning birontasi e’tiborga olinmaganiga jiddiy e’tiroz bildirildi. Deputat Jahongir Shirinovning ta’kidlashicha, birinchi o‘qishda qonunchilikka «teri rangi himoyasi» bo‘yicha kiritilayotgan normaga e’tiroz bildirilgan edi. «Teri rangi himoyasi» ayrim davlatlarda muhim bo‘lishi mumkindir, lekin O‘zbekistonda bu bilan bog‘liq muammo yo‘q. Birinchi o‘qishda tazyiq va zo‘ravon xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazilishiga ham norozilik bildirilgan edi. Zo‘ravon xodimni boshqa ishga o‘tkazib yuborish qanchalik to‘g‘ri? Shuningdek, qonunchilikda himoya orderini faqat ayollarga berilishi belgilangan bo‘lsada, ushbu loyihada orderni barcha xodimlarga, jumladan, erkaklarga ham berish nazarda tutilgan. Bu Konstitutsion normalarni chetlab o‘tishdan boshqa narsa emas. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili fraksiya takliflari ikkinchi o‘qishda nima uchun inobatga olinmaganini xalqaro mehnat normalariga zid ekani bilan izohladi: – Bu O‘zbekistonning xalqaro reytinglariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, dedi vakil. Biroq fraksiya a’zolari qoniqarli izohlar berilmaganidan kelib chiqib, qonun loyihasini qo‘mitaga qaytarish taklifini qo‘llab-quvvatladilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo‘lib o‘tgan majlisida ham ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Jumladan, fraksiya a’zosi Bahodir Mamatxonov «Milliy tiklanish» e’tirozlarini yana bir bor ma’lum qildi va bu boshqa partiya deputatlari tomonidan ham qo‘llabquvvatlandi. Shu bois, qonun loyihasi mutlaq ko‘pchilikning ovozi bilan qayta ishlash va maromiga yetkazish uchun qo‘mitaga qaytarildi. Yig‘ilishda homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda ma’qullandi. Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda homiylik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi har bir jismoniy va yuridik shaxsga taqdim etilgani, shuningdek, bunday xayriyalarni yig‘ish tartibining qonunchilikda aniq belgilanmagani sababli ayrim g‘araz niyatli shaxslar tomonidan fuqarolar ishonchi suiste’mol qilinyapti. Xususan, amaliyotda ehtiyojmand aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatish bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berish orqali fuqarolarning xayriya mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish holatlari ko‘p uchrayapti. Misol uchun, 2022 yilda «Saxovat-Namangan» fondi rahbarlari tomonidan shaxsiy bank kartalarida yig‘ilgan 4 mlrd so‘mlik xayriya o‘zlashtirib yuborilgan. Namangan shahrida o‘rnatilgan 55 ta xayriya qutilarida yig‘ilgan pullarning hisobi yuritilmagan. 2023 yilda Buxoro shahrida X.S. ismli ayol ijtimoiy tarmoqlarda bemor holatda yotgan erkak kishining rasmini olib, shahardagi masjidlar oldida rasmdagi og‘ir bemor eri ekani, uni davolash uchun pul kerakligini aytib, namozxon va ziyoratchilardan pul yiqqani aniqlangan. 2024 yilda esa Termiz shahrida «Ehson hadyalar» telegram kanali ochilgan. Unga 856 nafar kishi a’zo bo‘lgan. Ushbu telegram kanalining 18 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ham o‘zlashtirib yuborilgan. Ayni paytda bir qator tashkilotlar homiylik faoliyatini amalga oshirish maqsadida xayriya mablag‘larini yig‘ish uchun xayriya qutilaridan foydalanayotgan bo‘lsada, mazkur tushunchaga ham qonunchilikda ta’rif berilmagan. Shuningdek, fuqarolar tomonidan homiylik xayriyalarini, shu jumladan naqd pul ko‘rinishida yig‘ish masalasi ham qonunchilikda o‘z aksini topmagan va ushbu jarayonni nazorat qilish mexanizmlari mavjud emas. Bunday holatlar esa homiylik faoliyati bilan qonuniy tarzda shug‘ullanuvchi tashkilotlarga bo‘lgan ishonchga putur yetkazyapti. Shu bilan birga jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha xavf-xatarlarning oshishiga, qolaversa, Jahon xayriya indeksida O‘zbekiston pozitsiyasiga salbiy ta’sir ham ko‘rsatyapti. Shu bois, homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish, sohadagi muammolar, xususan, ehtiyojmand aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatishda firibgarlik va boshqa qoidabuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasida homiylik to‘g‘risidagi tartib va qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanyapti. Ravshan MAHMUDOV, «Milliy tiklanish» muxbiri Bolalar ombudsmani: DAN «Milliy tiklanish» yetakchisi A.Qodirov: Bola birinchi sinfga borayotgan paytida biz uni ta’lim tilini tanlash huquqidan mahrum qilamiz, ta’lim tilini bolaning ota-onasi tanlaydi. Bola o‘zining ona tili bo‘lgan tilda emas, boshqa tilda ta’lim olishga majburlanadi. Bu ham qaysidir ma’noda bola huquqlarining buzilishidir. Shu masala bo‘yicha ham Bolalar ombudmaniga takliflar berdik. «Adolat» SDP yetakchisi R.Maxmudova: Bolalarning ruhiy, jismoniy, ma’naviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axborotlarni tarqatayotgan shaxslarga javobgarlik belgilanishida Bolalar ombudsmani bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz kerak. Hali bu boshlanishi, bu Bolalar ombudsmanining endi birinchi ma’ruzasi, vaqt o‘tishi bilan Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik yanada yaxshilanib boraveradi. O‘zLiDeP yetakchisi A.Xaitov: Maktabgacha ta’lim qamrovini 27 foizdan 76 foizga chiqishida Yurtboshimizning islohotlari, shu jumladan Bolalar ombudsmanining roli katta. Ekologik partiya rahbari A.Xamzayev: Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga kelib tushgan murojaatlar soni 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 2,5 baravar oshganligi Bolalar ombudsmaniga bo‘lgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat beradi. XDP deputati D.Mamajonova: Hududlarda bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda hududiy vakillarning o‘rni katta. Ular jamoatchilik asosida ishlayapti. Bu esa samaradorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Manba: @deputatlar_nima_deydi


ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish 26-fevral, 2025-yil YANGI BOSQICH №9 (1289) chorshanba «Milliy tiklanish» va «Hunarmand» uyushmasi Mas’ullik shahodati Ma’lumki, hunarmand ahli o‘z millati va mamlakatini dunyoga tanitishning eng nozik hadisini egallagan soha vakillari sanaladi. Shuning uchun ham soha egalari doimo e’tibor va e’zozdalar. Yangi O‘zbekistonda ham hunarmandlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ular uchun turli imtiyoz va preferensiyalar berilyapti. Masalan, 2023 yilning 1 iyulidan boshlab, ularning mahsulot sotishdan tushumining 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirildi. Bu shubhasiz, hunarmandlar faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tgan yili 23,8 ming hunarmandga 44,7 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Bu mablag‘ hunarmandlar va ularning shogirdlariga mustaqil faoliyat boshlashlari uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish uchun o‘z saytini yaratish kabi ishlarga yo‘naltirildi. Natijada 5000 ga yaqin yosh hunarmand o‘z malakasini oshirdi. 10 000 ga yaqini esa mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbobuskuna va jihozlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari «Milliy katalog» va «Reyestr»ga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berildi. Ammo hunarmandlar ana shunday o‘zgarishlarga qaramay, sohadagi muammo va kamchiliklar tezroq bartaraf etilsa, natijalar yanada salmoqli bo‘lishini ta’kidlamoqdalar. Misol uchun, sifatli xomashyo, ayniqsa, tabiiy bo‘yoqlar, maxsus mato va yog‘ochlar yetishmasligi sabab o‘zbek hunarmandi jahon bozoriga dadil chiqolmayapti. Yana bir muammo: hunarmandlarning 60 foizdan ortig‘i kredit olishda qiyinchiliklarga duch kelayotir. Tahlilchilar bu muammo banklarning hunarmandchilik sohasini xavfli deb hisoblashi, shuningdek, hunarmandlarning biznes-rejalarni to‘g‘ri tuzish va kredit olish uchun zarur hujjatlarni to‘plashda qator muammolarga duch kelishlari bilan bog‘liqligini ta’kidlashyapti. Davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiya va grantlardan foydalanishda ham byurokratik to‘siqlar bor. Ichki bozorga arzon import mahsulotlarning kirib kelishi ham milliy mahsulotlarga bo‘lgan talabni pasaytirayapti. Onlayn marketing vositalaridan foydalanish uchun sharoitning yo‘qligi bois, hunarmandlar o‘z mahsulotlarini onlayn bozorda reklama qilisholmayapti. Raqamli texnologiyalar va elektron tijorat platformalaridan foydalanishdagi muammolar ham hunarmandlar faoliyatini rivojlantirishga to‘siq bo‘lyapti. Yoshlarning hunarmandchilikka qiziqmayotgani va kasb-hunar maktablari va hunarmandchilik ustaxonalari sonining yetarli emasligi esa malakali kadrlar yetishmovchiligiga olib kelyapti. Xitoy, Turkiya singari davlatlardan keltirilayotgan arzon va ommaviy ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni keskin pasaytirmoqda. Milliy mahsulotlarni sertifikatlash va standartlarga moslashtirish jarayonining murakkabligi ham sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘siq bo‘layotir. Memorandum imzolashga bag‘ishlangan tadbirda ana shunday masalalar muhokama qilinib, bundan buyon «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hunarmandlarni qiynayotgan masalalarga yechim topishda uyushmaning ishonchli hamkori ekani ta’kidlandi. Nargiza HAMIDOVA, O‘quv tadqiqotlari va tahlil markazi rahbari hamkorligi real natija berishi kerak «Hunarmand» uyushmasi bilan partiya o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi bugungi kun talablari asosida yangilandi. Qashqadaryo: Musiqa faqat notalarni tanish degani emas... Deputatlar uchun alohida maktab yo‘q Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘linmasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylovchilari hamda partiya deputatlik guruhi bilan aloqalarini rivojlantirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. – Tadbirdan asosiy maqsad deputatlar faolligini oshirish, saylovchilar bilan aloqalarini mustahkamlash, – deydi bo‘linma rahbari, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Davron Kesimov. Ta’kidlash joizki, keyingi vaqtlarda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari yaxshi samara beryapti. Bilamizki, deputatlarga qanday ish olib borish o‘rgatilmaydi. Bu borada ular hayot maktabida olgan bilimlariga tayanishadi. Bugungi seminar-trening esa aynan deputatlarning o‘zaro tajriba almashishi, faoliyat samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shahnoza QAHHORZODA, partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati Tajibay Romanov, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Endirbay Abdullayev va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Nukus shahridagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan tanishdilar. O‘rganishlar davomida maktab binosining holati, moddiy texnik bazasi, maktabda ta’lim berayotgan pedagoglarning mutaxassisligi, o‘quv jarayonida foydalanilayotgan darsliklar va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olinib, atroflicha tahlil qilindi. Guruh a’zolari Nukus shahridagi 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham bo‘ldilar. Maktab faoliyati o‘rganilganda kerakli cholg‘u asboblarining yetishmasligi, shuningdek, o‘quv hamda mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga halal beruvchi boshqa muammolar ham borligi aniqlandi. O‘rganishlar yakunida maktab ma’muriyatiga mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mirzaxmet TAJIMURATOV, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kelgusi sonlarda Kuting! OLIY MAJLISNING BOLA HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILINING (BOLALAR OMBUDSMANI) YILLIK MA’RUZASIDA TILGA OLINGAN RAQAMLARDAN QANDAY XULOSA CHIQARISH MUMKIN? USHBU INSTITUTNING KO‘PCHILIK BILMAGAN QIRRALARINI OCHIB BERDI... SURAYYO RAHMONOVA BILAN MULOQOT


CHIQINDILAR TO‘YLAR VA O‘zini hurmat qilgan, kelajagi uchun qayg‘urgan davlatlar esa bu masalaga chindan ham hayot-mamot masalasi deb qaray boshladi. Masalan, kunchiqar yurt aholisi allaqachon chiqindilar bilan bog‘liq muammoga yechim topib, buni madaniyat darajasigacha ko‘tara oldi. Ya’ni, yaponlar chiqindilarni turiga qarab ajratadi va pullaydi. 4 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish MUAMMO BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 92 million tonna to‘qimachilik sanoati chiqitlari poligonlarga chiqarib tashlanarkan. Global miqyosida to‘qimachilik sohasi chiqitlarining 73 foizi esa yoqib yuboriladi yoki chiqindi poligonlariga ko‘miladi. Dunyo bo‘yicha to‘qimachilik tarmog‘i chiqindilariniing faqat 13 foizi qayta ishlansa, 1 foizdan kamrog‘i yangi kiyim-kechakka aylanarkan. Misol uchun, Germaniyada har yili 1 mln. tonna to‘qimachilik chiqindisi to‘planadi. Uning taxminan 60 foizidan qayta foydalaniladi. Qolgani esa tozalash uchun ishlatiladigan materiallarni tayyorlash maqsadida qayta ishlanarkan. Faqat 4 foizigina ko‘milarkan. Shu o‘rinda qog‘oz chiqindiga tashlangach, 3 oy o‘tganidan keyingina chirishni boshlashini aytish joiz. Yoki plastik, polietilen xaltachalar biologik komponentlarga ajralishi uchun 400-450 yil talab etilsa, shisha million yildan keyingina to‘la yo‘qolishi mumkin ekan. Mutaxassislarning aytishicha, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdorda energiya ishlab chiqariladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, munitsipal darajadagi ilk chiqindixonalar Afinada eramizdan avvalgi 400 yilda tashkil etilgan, barcha chiqindilar maxsus savatlarga solinib, keyinchalik shahar tashqarisiga olib chiqib tashlangan ekan. “Oila va tabiat” gazetasidagi hamkasblarimizning yozishlaricha, bunday tajriba qadimgi Rimda ham qo‘llanilgan. Bugungacha ham Rimning janubiy-g‘arbida chiqindilardan tashkil etilgan sun’iy Monte-Testachcho tepaligi saqlab qolingan. Bu tepalikni olimlar yer yuzidagi eng qadimiy chiqindixona deb atashadi... Tarixchilarning fikricha, o‘rta asrlarda ham Yevropa ko‘chalaridagi chiqindi va axlatlar ommaviy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Vabo epidemiyasi keng tarqalgan XV asrga kelibgina bir qator shaharlarda ko‘chalarni axlat va chiqindilardan tozalash masalasi siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Sanoat VA YECHIM asriga kelib esa shaharlarda suv quvurlari paydo bo‘ldi. XX asrda yaratilgan yangi texnologiyalar davrida esa faqat ovqat qoldiqlarigina chiqindi sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, endilikda karton, plastik, kimyoviy va tibbiy jihozlarning qoldiqlari ham chiqindilar ro‘yxatiga kiritildi. Lekin ularni yo‘q qilish tartibi o‘zgarmay qolaverdi. Ya’ni, chiqindilar ko‘milgan, okeanga uloqtirilgan yoki yoqilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina ekologiya bilan bog‘liq bu muammoga inson salomatligi va tabiiy inqirozlardan kelib chiqib, e’tibor qaratila boshlandi. O‘zini hurmat qilgan, kelajagi uchun qayg‘urgan davlatlar esa bu masalaga chindan ham hayot-mamot masalasi deb qaray boshladi. Masalan, kunchiqar yurt aholisi allaqachon chiqindilar bilan bog‘liq muammoga yechim topib, buni madaniyat darajasigacha ko‘tara oldi. Ya’ni, yaponlar chiqindilarni turiga qarab ajratadi va pullaydi. Pekinliklar ham har kuni ertalab uylaridan chiqqan axlatlarni chiqindi yig‘uvchilarga sotishadi. To‘g‘ri, bizda ham 2024 yildan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni saralash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilyapti. Poytaxt ko‘chalari, viloyat, shahar hamda tuman markazlariga chiqindi idishlari o‘rnatildi. Yangi tizimga ko‘ra,ushbu tartibga 2024-2026 yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida (CHYM) amal qilinadigan bo‘ldi. Ammo, afsuski... Hisob-kitoblarga ko‘ra, maishiy chiqindilarning yillik hajmi taxminan 14-14,5 mln. tonna atrofida bo‘lib, aholining o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olsak, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilda 16-16,7 mln. tonnaga yetarkan. Bunday xulosalardan esa yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zi va kelajak avlodlari taqdirini o‘ylaganlar jiddiy xulosa chiqaradilar. Ammo hozircha, bizda bunday o‘zgarish deyarli sezilmayapti. To‘g‘ri, aslida chiqindilarni turlarga ajratish va qayta ishlash 2012 yilda boshlangan, biroq ming afsuski, aholi o‘rtasida chiqindilarni saralash, ularni ochiq suv havzalari yoki aholi yashash joylariga tashlamaslik ko‘nikmasi to‘la shakllanmadi. Bas shunday ekan, muammo ko‘lami kun emas, soat sayin kengayayotganini inobatga olib, bu borada jiddiyroq tartiblar joriy etish vaqti kelganini aytish kerak. Ya’ni, bu masala parlament darajasiga ko‘tarilishi lozim. Aks holda... Mahbuba KARIMOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri Ma’lumki, 2025 yildan boshlab, eng faol sportchi oilalarga jihozlar, yaxshi natija ko‘rsatgan mahallalarga esa sport maydonchalari qurib beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilarni sportga faol jalb etish maqsadida har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar seleksiya qilinadi, maktablar esa zarur sport inventarlari bilan ta’minlanadi. 13 fevral kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida yurtimizda 700 mingdan ortiq talabalar o‘qiyotgani, ular o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish va ishtirokni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlarga ko‘ra, bir raqam aniqlandi: ayni paytda aholining 44 foizi jismoniy faol emas, bu esa turli surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiryapti. Kamharakatlilik esa yurakqon tomir kasalliklari, qandli diabet va suyak-mushak tizimi muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, insonning umumiy energiya darajasini pasaytiradi va ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diyetologlarning qayd etishlaricha, bizda 36 foiz fuqarolar to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Bu esa organizmda zarur bo‘lgan muhim vitamin va minerallar yetishmovchiligiga olib keladi. Xususan, boshoqli va donli mahsulotlar, mevasabzavotlar iste’molining kamligi immunitetning pasayishiga, oshqozon-ichak muammolarining ko‘payishi va tananing umumiy zaiflashishiga olib keladi. Meva va sabzavotlar tarkibidagi tabiiy antioksidantlar va tolalar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, ko‘plab insonlar ushbu mahsulotlarni o‘z ratsioniga yetarli darajada kiritmaydilar. Boshqa tomondan, bozorlar va savdo tarmoqlarida tez tayyor bo‘ladigan, shu bilan birga tarkibida kanserogen moddalar ko‘p bo‘lgan mahsulotlar savdosi ortib bormoqda. Ular esa yuqori miqdorda trans yog‘lar, konservantlar, sun’iy rang beruvchi moddalar va boshqa zararli qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi. Bunday mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish yurak xastaliklari, saraton kasalliklari, qandli diabet, semizlik va boshqa muammolarga olib keladi. Shuningdek, shirin gazlangan ichimliklar va ortiqcha shakari bo‘lgan mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish yoshlar va kattalar orasida ortiqcha vazn, tish kasalliklari va qandli diabetning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Bunday nosog‘lom ovqatlanish hatto erta o‘lim xavfini ham oshiradi. Shu sababli, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, sport nafaqat sog‘lom jamiyat barpo etish, balki avlodlarni mustahkam va ijobiy xulqatvor bilan tarbiyalashning ham asosiy vositasidir. Sport orqali nafaqat sog‘liqni, balki ma’naviy barkamollikni ham rivojlantirish mumkin. Sog‘lom avlod – bu kelajak quruvchisi bo‘lib, sport uning tayanch ustuni, sog‘lom va kuchli millat poydevori hamdir. Shu sababli, “Salomatlik – kuchli millatning asosi” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish lozim. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ommaviy sport turli kasalliklarning oldini olib, stressni kamaytirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, immun tizimini mustahkamlab, ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi. Nigora MUXITDINOVA, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots.nt Nigoh Bu umummilliy harakatga aylanishi lozim! Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi to‘rt yilda sportni rivojlantirishga davlat budjetidan 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mgacha mablag‘ ajratilgan. Ana shu davrda murabbiylarning o‘rtacha maoshi 2 barobarga oshirilgan. Joylarda esa 101 ta yirik sport inshooti qurilib, 67 tasi rekonstruksiya qilingan. Eng asosiysi, sportga alohida e’tibor qaratilgani bois turli musobaqalarda 10 millionga yaqin yoshlar ishtirok etgan. Ammo sportning izchil ommaviylashuviga qaramay, katta avlod vakillarini sog‘lom turmush kechirishga bo‘lgan da’vat hozircha natija bermayotganini aytish joiz. MASALASIDA YANGI TARTIBLAR KERAK Esimni tanibmanki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining sog‘lik uchun eng avvalo, toza havo, toza ichimlik suvi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik zarurligi haqidagi gaplarini eshitib kelaman. Ammo shunga qaramay, atrof-muhitga munosabatimiz yomonlashsa, yomonlashyaptiki, ijobiy tomonga o‘zgarmayapmiz. Iqlimshunoslarning bunday xulosasi bejiz emas, albatta. Biz buni chiqindilarga munosabatda ham ko‘ryapmiz. Bu masalada odamzot na daryoni, na dengizu, na o‘rmonlarni ayamay qo‘ydi. Madaniyati haminqadar kimsa borki, chiqindini istagan joyga tashlashga odatlandi. Uyatli tomoni shundaki, biz bu masalada anchagina ilg‘orlar ro‘yxatida turibmiz... Balki shuning uchun ham mamlakatimizda chiqindini qayta ishlash va bu boradagi ishlarni isloh qilish borasidagi chora-tadbirlarga qaramay, natijalar qog‘ozlarda ko‘rinyapti, xolos. Shu o‘rinda qog‘oz chiqindiga tashlangach, 3 oy o‘tganidan keyingina chirishni boshlashini aytish joiz. Yoki plastik, polietilen xaltachalar biologik komponentlarga ajralishi uchun 400-450 yil talab etilsa, shisha million yildan keyingina to‘la yo‘qolishi mumkin ekan.


HAQIQATI MAHALLA KЕZADI... 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 Surat Internet foydalanuvchilarini bkefarq milliytiklanish qoldirmadi, ular bir necha kun ichida 3 million yuan (450 ming AQSH dollar)dan ortiqroq pul yig‘ishdi. Yig‘ilgan pul maktablarni isitish, bola yashaydigan Yuvang provinsiyasining kambag‘al bolalari uchun isitish moslamalari va issiq kiyimkechak sotib olishga yetdi. Qiyosiy nazar HAYOT Aya bilan suhbatlashish uchun bir necha marotaba yo‘qlab bordik. Bir safar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilani yarashtirish uchun qo‘shni tumanga ketgan bo‘lsalar, keyingi safar yana bir yosh oilaning «qulog‘ini cho‘zgani» qo‘shni mahallaga chiqib ketgan bo‘ladilar. Oxiri topdik. Ha-ya, aytishni unutibman. Amina hoji ona Termiz shahar «Shodlik» Surxon ko‘p millatli voha. NZIRAT BUVI Shuning uchun ham ushbu hududda dinga, tilga va urfodatlarga e’zoz bilan qaraladi. Keling, gapni ko‘p cho‘zmay, Sizga zamonamiz Anzirat buvisi haqida gapirib beray: O‘zbekistonni o‘z Vatani, kindik qoni to‘kilgan tabarruk maskan deb bilguvchi koreys millatiga mansub Mun Alla Yegorovnani taniganlar u kishini Amina hoji deb chaqirishadi. mahallasida yashaydi. Hududning obodonligiyu, qo‘niqo‘shnilar ahilligigacha ularning nazoratida. Ayniqsa, gullarni juda yaxshi ko‘radilar, ko‘chako‘yda bo‘sh joy ko‘rdilarmi, darrov gul urug‘iyu, ko‘chatini qadaydi yoki o‘sha hudud kayvonisiga tavsiyalar beradi. Amina hoji hududda joylashgan 3-umumta’lim maktabining ham jonkuyar faollaridan. Eng qizig‘i, u ertalabdan maktab darvozasi oldida o‘quvchilarni shirinsuxanlik bilan kutib oladi. Yo‘ldan o‘ta olmay turgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qo‘llaridan tutib, yo‘ldan o‘tkazib qo‘yadi, hatto aya ularning oyoq kiyimlari bog‘ichlariyu, qizchalarning sochlarini to‘g‘irlab qo‘yadilar... – Aya haqiqatan ham jonkuyar inson, – deydi hamrohimiz Gulnora Xolmamatova. – Mana, necha yildirki, u kishi maktab bilan doimiy aloqadalar. O‘tkaziladigan barcha tadbirlarimizga ham bosh-qoshlar. Ayniqsa, yuqori sinf qizlaridan qimmatli maslahatlarini ayamaydilar. Bundan tashqari, Amina hoji ona – tirik ensiklopediya. Kimga qanday ma’lumot kerak bo‘lsa, barchasini xalq maqollari bilan chiroyli qilib tushuntirib beradilar. Ba’zilar u kishini orqavarotdan mahallaning vijdoni deb atashadi. Shundan kelib chiqibmi, uni mashhur «Suyunchi» filmidagi Anzirat buviga qiyoslashadi. Sababi hoji ona bosh bo‘lgan har qanday ish ijobiy yechim topadi. Yarashtiruv borasidaku, u kishining oldiga tushadigani yo‘q. – Yaqinda qo‘shni tumanlik bir ayol onaxonni izlab kelibdi, – deydi «Shodlik» mahallasi raisi Nigora Mirzoqulova. – Sababini so‘rasam, ayaga rahmat aytish uchun kelganmish. Avval boshida kelini ishga no‘noqroq ekan. Ayaning maslahatlari tufayli ikki taraf kelishib olishibdi. Xullas ko‘p o‘tmay, kelinchak oilaning «Sotti»siga aylanibdi. Amina hoji onaning zimmasida yana bir vazifa bor: u kishi viloyatda tashkil etilgan «Buvijonlar maktabi»da rais yordamchisi bo‘lish bilan birga, Angor tumaniga biriktirilgan vakil hamda eng mohir suratchilar. U kishi olgan rasmlarni ko‘rsangiz, «mana senga zamonning buvijonlari» devorasan. Hoji ona ikki qizi va besh nabirasini ham haqiqiy o‘zbekona ruhda tarbiyalaganlar. Aytishlaricha, Amina hoji ona 1995 yilda islom dinini qabul qilib, 2016 yilda hatto Umra ziyoratiga ham borganlar. Endigi navbat katta haj amallariga ekan... Mun Alla Yegorovna - Amina hoji onaning yuqorida tilga olingan mehnatlari munosib e’tirof etilib, 2021 yilda «Mehnat faxriysi», bu yil esa «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Qahramonimiz hozir Koreyada davolanyaptilar. Shu bois maktab, mahalla ahli u kishini juda sog‘inishgan. Ayniqsa, uning o‘zbek, rus va koreys tilidagi allalarini mahallaning har bir bolasi qo‘msaydi. Yaqinda u kishidan xat oldim: mehrga to‘la so‘zlar bilan hammamizni eslabdilar. Maktublari oxirida esa: «O‘zbekiston – mening vujudim, O‘zbekistonimni Olloh panohida asrasin», deb yozibdilar. Dilbar NORMURODOVA, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, viloyat Targ‘ibot guruhi rahbari Vang Fuman ismli bolakay juda kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ham o‘qishni qashshoqlikdan qutulishning yagona yo‘li deb hisoblaydi. U har kuni maktabga deyarli 5 kilometr piyoda yurib boradi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ertalab havo harorati 30 daqiqa ichida 9 darajaga tushib ketgan, ammo bola bosh kiyimsiz va yengil kurtka kiygan holda 4,8 kilometr piyoda yurib borgan. Shu kuni uning maktabida imtihon bo‘lishi kerak edi. Bola imtihonga ulgurib, 100dan 99 ballni qo‘lga kiritadi. Vongning o‘qituvchisi muzlab qolsa-da, imtihonga ulgurib, qahramonlik ko‘rsatgan o‘quvchisini shu holida suratga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylaydi. Va, surat Internet foydalanuvchilarini bkefarq qoldirmadi, ular bir necha kun ichida 3 million yuan (450 ming AQSH dollar)dan ortiqroq pul yig‘ishdi. Yig‘ilgan pul maktablarni isitish, bola yashaydigan Yuvang provinsiyasining kambag‘al bolalari uchun isitish moslamalari va issiq kiyim-kechak sotib olishga yetdi. Vangning maktabi esa laboratoriya va kompyuter sinflari bilan jihozlab berildi. Shuningdek, yig‘ilgan mablag‘ga maktabga uzoqdan qatnaydigan Vong singari bolalar uchun issiq yotoqxona qurib berildi. Maktabning mablag‘i kam bo‘lgani uchun Xitoyning chekka provinsiyalaridagi maktablarida ham isitishga sharoit yo‘q, shu sababli sinflar isitilmaydi, bolalar darsda ustki kiyimda o‘tirishadi. Vong Fuman esa buvisi va singlisi bilan juda yomon ahvolda yashaydi. Uning hatto issiq kiyimga puli yetarli emas edi. Boz ustiga bola surunkali gipotermiyadan aziyat chekar, bu doimiy sovuqdan kelib chiqqan issiqlik yetishmovchiligi kasalidir. Bundan uning qo‘llari shishib, barmoqlari o‘ziga itoat qilmay qo‘yadi. Mashhur bo‘lib ketgan bola o‘z intervyusida kambag‘al bolalarni sovuqdan qutqarish uchun pul yig‘ishga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi va ulg‘aygach, hammaning haqini qaytarishga va’da berdi... Biz ko‘pincha, bugungi yoshlar irodasiz, qiyinchiliklarga dosh berisholmaydi, deya ko‘p gapiramiz. Yoshlik paytimni esladim va biron marta havo sovuq bo‘lganligi sababli ota-onam meni maktabdan olib qolishganini eslay olmadim. Maktabda dars bergan ustozim bilan hozir ham yozishib turamiz. U bugun ota-onalarning havo sovuq deb farzandlarini maktabga jo‘natmaslik hollari ko‘payganidan shikoyat qiladi. Agarda, har bir ona o‘z bolasini me’yoridan oshiq avaylasa, ularni hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan himoya qilsa, ertaga bizning kelajagimiz irodasiz va hayotiy zarbalarga tez taslim bo‘lib ulg‘ayadigan ojiz farzandlar qo‘lida qolmaydimi?! Aslida, hayotimizdagi bunday holatlardan chiqishning yagona yo‘li ilm olish, deya uqtirishimiz ularni ko‘proq ilm olishga chorlashimiz ularga ko‘proq foyda keltirmaydimi? Bunga Vongning hikoyasi bir misol, xolos! Zarina AXMEDOVA, «Milliy tiklanish» muxbiri Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Vobkent va Shofirkon tumanlarida turistik muhitni yaxshilash, sayyohlik salohiyatini oshirish hamda bu borada mavjud infratuzilmani rivojlantirish, marshrut yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida hududda tumanlararo bo‘linma faoliyati yo‘lga qo‘yildi. G‘ijduvon tumani «Qo‘rg‘on» turizm mahallasida tumanlararo bo‘linmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublika Turizm qo‘mitasi mas’ul xodimi Shavkat Sharipov, «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK mutaxassisi Suhrob Fayziyev, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Bobokalonov va jamoatchilik vakillari qatnashdi. So‘nggi yillarda viloyatda sayyohlik sohasi rivojlanayotgani, xususan, qadim Buxoroga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni yil sayin ortib borayotgani natijasida hududda turizm infratuzilmasi shakllandi. Turizm qishlog‘i va etno mahallalar paydo bo‘layotgani mazkur tumanlararo bo‘lim faoliyatiga ehtiyojni oshirdi. Birgina G‘ijduvon tumani azaldan savdogar tijoratchilar manzili bo‘lgani bois, tuman markazidagi Qo‘rg‘on mahallasida ham bugunga kelib yuzdan ortiq nonvoy, qandolatchiholvapazlar, qassoblar, hunarmandlar, savdogar tijoratchilar istiqomat qiladi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi bilan uyg‘unlikda qadimiy «G‘ijduvon Qo‘rg‘oni»ni qayta tiklash orqali Buxoroning bir qismi sifatida ochiq osmon ostidagi muzey barpo qilishga kirishilgan. Pudratchi «DJ Progect building» tomonidan qadimiy «G‘ijduvon qo‘rg‘oni»ning dastlabki loyihasi ishlab chiqilgan. Xalqaro ekspertlar hamda O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti boshchiligida XIX asrga oid «Bozori qaymoq», «Boloyi qassobon», «Boborahimboy» masjidlari va XVI asrga oid «Eski tosh hammom» kabi qadimiy inshootlardagi qayta ta’mirlash va tiklash ishlari yakunlanib, mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, Shofirkon tumanida ko‘p ming yillik inshootlar qatorida tarixiy ahamiyatga ega «Vardonze» qo‘rg‘oni, «Yetti Pir» silsilasiga mansub avliyolardan Xoja Orif Ar-Revgariy, Vobkent tumanidagi Xoja Anjir Fag‘naviy ziyoratgohi va boshqa qadamjolar, «Shirin» etnoturistik qishlog‘i sayyohlar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Tadbirda «Qo‘rg‘on» mahallasi iqtidorli yoshlarining qo‘l mehnati namunalari, mahalla hunarmandlari, jumladan, G‘ijduvon kulchasi, holva-shirinliklari, milliy taomlari, kulolchilik buyumlari namoyishlari hamda folklor jamoasi chiqishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi. O‘zA Meni uyaltirding, o‘rtoq Vong! Internetda bir hikoyani o‘qib qoldim. Ishoning kun bo‘yi o‘zimdan, fitratimdan xafa bo‘lib yurdim. Shuning uchun ham bugungi kunning eng dolzarb mavzusiga mos bo‘lgan ushbu hayotiy voqeani sizlar bilan bo‘lishgim keldi. 9 daraja sovuqda 4,8 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tgan 8 yoshli maktab o‘quvchisining hikoyasi... Turizm: Bo‘linma ish boshladi S Kuting! Kelgusi sonlarda MirzoHid Qosimov o‘z binosidan quvib chiqarilmoqda? Tadbirkor bilan rasman kelishilgan muddat tugamay turib, Marg‘ilon shahar prokurori va shahar hokimi nomidan nega


irus SIZ KIMSIZ: V 6 Bayramlarda olib beradigan o‘yinchoq, shirinlik, kiyimlar qatoriga bir dona kitob qo‘shishni odat qilaylik. Bolalarimiz oldida yoshligimizda o‘qigan kitobimizni gapirib beraylik. ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba VAZIYATGA Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni“ mavzuida ko‘rgazma-tadbiri tashkil etildi. Milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilishga chorlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi libos bo‘limi ustoz va o‘quvchilari jamoasi tomonidan milliy liboslar namunalari namoyish qilindi. Tadbirda qayd etilganidek, bugungi kunda yoshlar ongu shuurida milliy o‘zligimiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat hissini uyg‘otishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Zero, bu kabi tadbirlar unutilib ketayotgan milliyligimiz, hunar va urf-odatlarimizni yanada rivojlantirishga sabab bo‘ladi. Yaqinda yurtimizning Masqatdagi elchisi Abdusalom Hotamov O‘mon oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya vaziri Rahma bint Ibrohim Al-Maxruqiy xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘mon Oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari olimlari ishtirokida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston ta’lim sohasiga grant ajratish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. O‘zA Milliy qadriyatlarimiz unutilmaydi Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda NAZAR Ammo tan olaylik, kitob – insoniyatning buyuk kashfiyoti va hali-veri uning o‘rnini biron narsa egallay olmaydi. Olis tarix silsilasida yaralgan ajdodlar bilimi, tafakkur gulshani namunalarini avlodlarga asrlar va hatto ming yillar osha yetkazuvchi ushbu nodir manbalar orqali kecha va bugungi kunni qiyoslaysan, qahramonlardan ibrat olasan, agar asar shuuringga muhrlanib, mahliyo eta olsa ular bilan hatto birga nafas ola boshlaysan. Eng muhimi, u buyuk tarbiyachilik rolini ham beminnat bajaradi. Bugun matbuotda yoshlarimizning kitob o‘qimay qo‘ygani, ma’naviyatimiz durdonalaridan ko‘ra, internetni afzal ko‘rayotganlari haqida kuyunib gapirilyapti. Shu o‘rinda xo‘sh, bu gaplar faqat yoshlarga taalluqlimi degan haqli savol ham paydo bo‘ladi! Kattalarchi?! O‘rta yosh yoki yoshi ulug‘larning o‘zlari kitob o‘qishyaptimi?!Siz qachon farzandingiz bilan biror asarni oila davrasida muhokama qildingiz?! Qachon bolangizdan yaxshi ko‘rgan kitobi haqida so‘radingiz?! Uning tug‘ilgan kunida biror marta kitob sovg‘a qildingizmi?! Tabiiyki, bu savollarga hamma ham birdek javob qaytara olmaydi. Kitobxonlik yoshlikgagina tegishli emas. Biror joyda faqat Munosabat mi YOKI VAKSINA? «Milliy tiklanish»ning 45-sonida e’lon qilingan «Kitob o‘qimayotganlar – virussiz...» sarlavhali maqolasida chindan ham bugunning eng og‘riqli muammosiga munosabat bildirilibdi. To‘g‘ri, kitob va Internet o‘rtasida tanlov qilish juda og‘ir. ham, avvalo, bolaga ota-ona singdirmog‘i lozim. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek, kitobxonlikda ham farzandimizga ibrat bo‘laylik. Bayramlarda olib beradigan o‘yinchoq, shirinlik, kiyimlar qatoriga bir dona kitob qo‘shishni odat qilaylik. Bolalarimiz oldida yoshligimizda o‘qigan kitobimizni gapirib beraylik. Shunda farzandingiz yo nabirangiz, albatta, o‘sha asarni topib mutolaa qiladi. Kitob, shuningdek, inoqlik, bir-birlariga hurmat tuyg‘usini oshiruvchi vosita hamdir. Ha, u eng oddiy va sodda vosita. Agar o‘zbek va qirg‘iz xalqlarini olib qarasak, qirg‘iz kitobxonlari Navoiy “Xamsa”si, Bobur “Boburnoma”si kabi shoh asarlar bilan tanish bo‘lganlaridek, o‘zbek kitobsevarlari qirg‘iz xalqining “Manas”ini shoir Mirtemir tarjimasida sevib o‘qiganlar. So‘ngso‘z o‘rnida ota-ona (bobobuvilarga) yuzlanmoqchiman: Siz kimsiz? Virusmi yoki vaksina? Yoki boshqacharoq aytgandan qaysi biri bo‘lish farzandlaringiz, nabiralaringiz istiqboli uchun ijobiy xizmat qiladi? E’zozxon PIRMATOVA, Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 26-DMTT direktori, tuman Kengashi deputati yoshlar o‘qishi kerak, degan qonun ham yo‘q. Ko‘p vaqtini choyxonada o‘tkazuvchi ayrim otalarimiz, yoki onalarimiz kunlik oila yumushlariyu, ayollar yig‘inlaridan ortib biror badiiy asar o‘qishyaptimi?! Ulug‘ ma’rifatparvar ajdodimiz Cho‘lpon: “Millat bolalarining tarbiyasi kitobxonlikka chorlovchi ma’naviyatli ota-ona qo‘lida bo‘lmasa yomon oqibat ro‘y bergusi” deb yozgan ekan. Ona farzandni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, o‘stiradi. Ota esa farzandim kamol topsin deya yelib yuguradi. Zotan, farzand uchun eng qadrli bo‘lgan ota-onasining har bosgan qadami namuna. Mutolaa madaniyatini … Har qalay bu gal Komil og‘a Nurjonov yaxshi kayfiyatda qo‘ng‘iroq qildi: – Sizlarga ming rahmat, haqiqat qaror topdi. Urganch shahar Davlat soliq inspeksiya- sidagi janoblar pensiyamdan ushlab qolingan pullarni 2024 yilning 6 yanvarida to‘liq qaytarib berishdi. Qilsa bo‘lar ekan-ku, yana bir bora rahmat sizlarga… Uning shodon kayfiyatdagi ovozini eshitib, yaqindagina xuddi shu Yoshullining ku- yib-yonib tahririyatga qilgan qo‘ng‘iroqlari-yu, e’tirozlarga to‘la dardlari xayolimda jonlandi: Komil Nurjonov qariyb 30 yildan buyon Urganch shahridagi «Avesto» muzeyiga rahbarlik qilib kelmoqda. U faoliyat yuritayotgan dargoh ham mo‘jazgina, shahardagi «Avesto» bog‘ majmuasiga qarashli Amfiteatr binosining yerto‘lasida joylashgan. Afsuski, o‘tgan yillar mobaynida ushbu maskan biror marotaba bo‘lsada ta’mirlanmadi. Gapning ochig‘ini aytganda, mablag‘ yo‘qligi bois bu yerdagi 5 mingdan oshiq qimmatbaho eksponatlar muzeyning uch kishilik jamoasi jonkuyarligi bois bir amallab «jon saqlab» turibdi. Boshqacha aytganda, “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi tasarrufidagi ushbu dargoh 30 yildan buyon yetim maskanga aylangan. Bu yerga tashrif buyurib, mavjud osori-atiqalar bilan tanishib chiqqach, hayratlarini yashirolmay, faxriy mehmonlar kitobiga Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya, AQSH kabi dunyoning yetakchi davlatlari elchilari ham o‘z dil izhorlarini bitganlar. 84 yoshga kirgan, umrini viloyatdagi ma’naviy-ma’rifiy sohalar rivojiga bag‘ishlagan Komil Nurjonovning pensiya puli esa… muzeyning og‘ir kuniga yarab turibdi… To‘g‘rida, ushbu yetim muzeyga respublika, viloyat, Urganch shahridagi kattakonlar yilda bir bora bo‘lsada, nazar solib, holing qanday deb so‘rashmagach, uning kuni nafaqaxo‘rning puliga qoladida… Muzey direktori Komil Nurjonovning aytishicha, o‘tgan muammosi hal bo‘ldi yoshullining oxirgi 3 yilda aynan shu muzey faoliyatini tubdan yaxshilash uchun 7,5 milliard so‘m mablag‘ “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi tomonidan ajratilgan. Oqsoqol ushbu ulug‘vor harakat uchun mazkur jamg‘armaning rahbari Amirqul Karimovni alqaydi. Biroq… Ajratilgan pul viloyatga kelgach, «Avesto» muzeyi ro‘yxatdan o‘tmagan degan vaj bilan boshqa tarixiy obyekt- lar ta’miri uchun ishlatib yuborilgan! Bu ham yetmaganidek, o‘tgan yilning may oylarida Komil Nurjonovning pensiya- siga «hujum qilishdi». Ya’ni, Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan degan bahona bilan muzey direktori K.Nurjonovga eng kam oylik ish haqining 10 barobari (3 400 000) miqdorida jarima solindi. O‘zi esa tegishli hujjatlarda ma’muriy huquqbuzar deya e’tirof etildi. Umrining 65 yilini Xorazm vohasining Ma’naviyma’rifiy sohalari rivojiga bag‘ishlagan Yoshulli shu tariqa «mukofotlandi». Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblangan Komil Nurjonov yuqorida keltirilgan miqdordagi jarimani pensiya pulidan to‘lashi hujjatlarga «mixlab» qo‘yildi! O‘z navbatida K.Nurjonov Xorazm viloyat sudi rahbariyatiga apellyatsiya shikoyati yo‘llab Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasining qaroridan norozi ekanligi, 2024 yil may oyi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib shu yilning 1 oktyabr kuni topshirganligini, belgilangan jarimani to‘lashga imkoni yo‘qligini, moddiy ahvoli og‘irligini, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida doimiy ro‘yxatda turishini inobatga olib, yengillik berilishida suddan amaliy yordam so‘radi. Xorazm viloyat sudi rahbariyati ushbu ishni ko‘rib chiqib da’vogarning yoshini, sog‘ligini, huquqbuzarlik oqibatini e’tiborga olib, uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qildi. Biroq… viloyat sudi tomonidan qaror chiqarilib, jarima jazosi butkul bekor etilsa-da, Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasi jarimani pensionerning nafaqa pulidan olib qolaverdi. Sudning qarori taqdim etilsada, o‘z bilganidan qolmay ish yuritavergan soliqchilarning noqonuniy harakatlaridan joni hiqildog‘iga kelgan K.Nurjonov oxir-oqibat «Milliy tiklanish» ijtimoiysiyosiy gazetasi tahririyatiga murojaat qildi… va uning o‘zi quvonch bilan tilga olgan… Haqiqat qaror topdi!!! Shu yerda bir haqli savol tug‘iladi: Mavjud qonunchilikda yeri, mol-mulki, avtotransport vositalari, banklarda ortiqcha pul mablag‘i mavjud bo‘lgan korxona-tashkilotlargina qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga yo‘naltiriladi odatda. Shundan kelib chiqib, bu tashkilotlardan yuqoridagi kabi hisobotlar taqdim etilishi talab qilinadi. Qiziq holat, o‘zi qo‘l uchida, zo‘r-bazo‘r kun kechirib kelayotgan «Avesto» muzeyida bu kabi mulklarning birontasi bo‘lmasa nima uchun bu dargoh mazkur yo‘nalishdagi soliq turiga tortildi?! Nima uchun yo‘q mol-mulk uchun hisobot talab qilindi?! Nima, Urganch shahar DSIdagi nodavlat-notijorat va jamoat tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sho‘basidagi «dohiy»lar bu oddiygina haqiqatni bilishmaydimi?! Umuman 84 yoshli otaxonni qishning qahratoni-yu, yozning saratonida ovorai-sarson qilish nima uchun kerak bo‘lib qoldi ekan-a?! Abdug‘affor OMONBOYEV, «Milliy tiklanish» muxbiri


NAZM BEKATI Bujur Gulandom Tog‘ayevani bundan o‘ttiz yil burun matbuot orqali badnom etmoqchi bo‘lishgandi. O‘shanda Vaxshivorning bujur toshiday metin irodali qiz haqoratga chiroyli sabr qildi, sukut bilan ularga zarba berdi, ammo ko‘r hasad Allohdan boshqa himoyachisi bo‘lmagan qiz qalbini yaralagan edi. Shundanmi shoiraning o‘nglanishiga ko‘p yillar kerak bo‘ldi. Yaxshilik bilan yomonlik kurashi abadiy bo‘lgani kabi, to qiyomatga qadar fahshning pokdomonlikni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Nazarimda, Gulandom Tog‘ayeva she’riyatini ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish kerak. Birinchi bosqichga, shoiraning o‘quvchilik va talabaligining ilk yillarida yozgan asarlarini kiritish lozim. Gulandom Tog‘ayeva ijodining dastlabki davrida anchayin bitilgan, sho‘ro davri ruhiga mos, kitobiy satrlar ham uchraydi. Toza, beg‘ubor murg‘ak qalb jamiyatdagi siyosiymafkuraviy chaqiriq va da’vatlarga inonadida.«Tinchlik» so‘zini baralla aytayotganlar urush olovini yoqishini qayoqdanam bilsin! Ikkinchi bosqich, bu o‘tgan asrning 90-yillari boshidan bugungi kungacha bo‘lgan davr. Gulandom Tog‘ayeva ijodining uslubiy va leksik jihatdan rang-baranglashuvi aynan shu davr bilan bog‘liq. Toshkent adabiy muhiti shoira ijodida keskin burilish yasadi. Bu, nazarimda, shoiraning o‘zlikni anglash, inson qalbini kashf etishda chin ma’noda kamolot bosqichi bo‘lish bilan bir qatorda, mumtoz adabiyotni o‘rganish, ijodga tanqidiy qarash davri ham bo‘ldi. Gulandom Tog‘ayeva – ruhiyat shoirasi. Qalbida she’r isyoni boshlangan o‘n besh yashar qizning iqrorini qarang: «Tunlar tund uyqumni o‘g‘irlaydi she’r, Ash’orsiz shomlarni uncha suymayman. O‘tdanmas, zavqdandir yurakdagi qo‘r, Shoir yulduzlarga boqib to‘ymayman». «Tegramda tirik ruh – xayollar faqat» deb yozgan shoiraning ruhiy sarbalandligini, qamrovini tasavvur etish qiyin emas. Odam qachon xayolni tirik ruh deb biladi? Ojiz banda ko‘zga ko‘rinmas kuchlar ko‘z ilg‘agan dunyo bilan baqamti ekanini his eta boshlagan chog‘da ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba Kun hikmati Hududlarda 7 Shu kunlarda mintaqa hayotiga doir ikkita muhim xabar e’lon qilindi. Birinchisi, 31 mart kuni uch qo‘shni davlat – Qirg‘iz, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari tarixda ilk bor uch tomonlama sammit doirasida Tojikistonda uchrashuv o‘tkazadigan bo‘lishdi. Ikkinchisi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalari 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish yuzasidan OFKga nomzodlik taklifini yubordilar. Aytish mumkinki, bugungi geosiyosiy taloto‘plar paytida ushbu harakatlar juda qimmatli qadamlardir. Avvalo, «Farg‘ona havzasi»da uzun va o‘ta ziddiyatli chegaralarga ega uch qo‘shni davlat uzoq yillar ijtimoiy-siyosiy kelishmovchiliklarga yuzma-yuz kelganini aytish kerak. Xalqona aytganda, yaqin-yaqingacha ham asosiy suv manbalari boshidagi bu ikki davlat bilan transchegaraviy daryolardagi suv hajmi bo‘yicha ham kelishmovchiliklar bor edi. Qolaversa, qirg‘iz va tojik qo‘shnilarimiz o‘rtasida chegara va suv masalasida qonli mojarolarga ham, afsuski, guvoh bo‘lgandik. Yaqinda esa ikki qo‘shnimiz hukumatlari davlatlararo chegaralarni belgilash ishlari poyoniga yetganini rasman e’lon qildi. Bu shubhasiz, katta voqea bo‘ldi. Bu shuning uchun muhim masalaki, birinchidan, qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar barham topdi. Ikkinchidan, ba’zi o‘yinchi qudratlar qo‘lidagi mintaqada beqarorlik chiqarishda foydalanadigan muhim «richag» yo‘q qilindi. Qo‘shning tinch, sen tinch, deydi xalqimiz. Tabiiyki, devoring orqasida ikkitasi urishib, talashib yotsa, bexavotir yashash qiyin. Shu ma’noda O‘zbekistonning sakkiz yil avval boshlagan qo‘shnichilikni rivojlantirishga qaratilgan siyosatining samarasi endi-endi ko‘rina boshladi. Futbol musobaqasini birgalikda o‘tkazishga kelishilgani ham ayni siyosiy harakatlar natijasidir. Ushbu xatti-harakatlarni shunday tushundimki, global dunyoda imperiyachilik vasvasasi qayta uyg‘onayotgan, bosib olish va egalik qilishga bo‘lgan tiyiqsiz ishtiyoq tobora alangalanayotgan bir paytda bunday qarorlar qabul qilish zamirida nozik siyosiy ishora bor. Ya’ni, mintaqa davlatlari o‘z suverenitetini himoya qila olishi, birgalikda o‘z subyekt ekanligini tobora chuqurroq anglab borayotganini ifoda etishga bo‘lgan yaxlit bir siyosiy majozdir. Haqiqiy she’r oyda qolgan iz kabi qalbda mangu yashaydi. Shoiraning iztirobli satrlari aslida uning tarjimayi holi... bu olam ham ruhlar olami ekanini anglaydi. Gulandomning o‘quvchilik payti bitgan she’rlaridagi toza tuyg‘ular odamni sevintiradi. «Pok momomga borib ayting...» she’rini bir o‘qing. «Bahor sevinch yoshlarimga Ko‘ylagini yuvmoqda». Ko‘z o‘ngingizga go‘zal manzara keldi-a? She’rning yakuni quyidagicha: «She’rim, seni aziz tutay, Dardlarimning bongi bo‘l. Meni yarat, qonlar yutay, Yuragimning tongi bo‘l!». Ayiqsoy bo‘yida ahd qilgan shoira «She’riyat ko‘ksida buyuk yong‘in bor, // Adolat shamsidek yoqlaysan uni» deydi. Gulandom samimiyati bilan tanilgan shoira. «Ko‘k va orzum aylashib visol, Keng borliqda sayrlashadi. Qorlar olib qo‘lga dastro‘mol Qirlar bilan xayrlashadi». Yoki bo‘lmasa: «Qoralamam bo‘lib charsilloq, toza, G‘o‘rangiz qizartsin she’riy saraton» degan satrlarni oling. Quyidagi to‘rtlik – o‘smir qalbning hayqirig‘iga quloq tuting: «Tongchi yulduz, nayingizni tindirmang, Siz yo‘qdirsiz, huzurli oy qaydadir? Sochlarimning tolasini sindirmang, Osmon sinsa yulduzga joy qaydadir?!» «Ufqning tandirida hijronlar kuydi» deya bo‘zlagan qalbga inonmay bo‘ladimi? Gulandom ona qishloq – viqorli tog‘lar manzaralari, dilbar hayot vasfi, beg‘ubor bolalik, bayramda loyhushtak ulashgan kulol, Sangardak tog‘ida o‘ynagan kiyik, Xonjiza tog‘i madhiga bag‘ishlangan she’rlar orasida qolib ketmadi. Vaxshivor Gulandom ijodida jug‘rofiy makon emas, orzu, xayol, o‘kinch va armon timsoli bo‘lib ko‘rinadi. Uning maktab davrida bitgan she’rlaridayoq junun ufurib turadi. «Milt-milt yonayotgan, ey, g‘amgin olov...» she’rida esa seskantiruvchi satrlar ko‘p. «Ey, chirmash, chirmash-yey tanimga olov, Qoshimga alangang o‘smasini surt. Meni yo‘qotsalar cho‘g‘li ufq-o‘rov, Baxtlar she’rzoridan topib olsin yurt...» Tubandagi she’rni o‘n olti yashar qiz bitganiga ishonish qiyin: «Tirnalgan cho‘qqilar muzini tishlab, TOSHI G‘amdan g‘alvir tanni tutib quyunga, Zangori qal’aning g‘ishtidan ushlab, Yulduz, yetgum kelur sening uyingga!» Tiyiqsiz zavq-shavq, shiddat, hayrat mevasi bo‘lgan bunday satrlar ko‘p Gulandomda. O‘tgan asrning 90-yillari boshida ijtimoiyma’rifiy muhit juda rang-barang bo‘lib, esperanto targ‘iboti, qatag‘on qurbonlari nomidan yodnomalar bitish, yangi siyosiy partiya va harakatlarga qiziqish qanday kuchaygan bo‘lsa, diniy tafriqalarga da’vat ham shunchalik keng tarqalgan edi. Farz va sunnatni farqlamaganlar so‘fiy bo‘lishga havasmand edi. Sotsialistik realizm metodidan boshqa metodni tan olmagan «adabiyotshunos»lar esa barmoq, sarbastda ijod qilayotgan zamondosh shoirlar ijodidan tasavvuf izlashga bel bog‘ladi. O‘sha yillarda Gulandom Tog‘ayeva «Hijronga masallig‘ emish sho‘r, talx, ob...», «Taxayyurning kaftida...», «Farididdin Attor kitobiga so‘zboshi» kabi she’rlar bitdi. Ammo aksar ijodkorlar qatori Gulandom ham havas haqiqat yo‘lida sobitqadam hamdam bo‘lolmasligini, cho‘ng diniy ilmsiz buyuk maqsadga yetishish dushvorligini dildan angladi. Gulandom Tog‘ayeva ijodida 2005 yildan keyin ruhoniy ehtiyoj, ezgin, shikoyat ohanglari kuchaygani seziladi. «Dard» she’rini shunchaki o‘qib bo‘lmaydi. «Men muhtojman kimgadir bugun, Sevilmagan yuragim og‘ir. Taqdir xatin ko‘tarolmasdan Yelkalarim dol bo‘lib og‘rir». Yolg‘izlik azobi, yetishmagan muhabbat iztiroblari, dilga taskin, umid mujdalari aks etgan she’rlar ko‘plab uchraydi. She’r shoiraning haqiqiy hamdamiga aylanib qolganini sezish qiyin emas. «Bir yulduzman, oy yonida yurmagan, Oshiqdirman, ko‘ngil ishi unmagan, Asli gulu boychechagin ko‘rmagan, Bahordirman, yo‘lin kuzga bermagan». Haqiqiy ijodkor – kashshof. Chin she’r – bir kashfiyot, aslida. Chin shoir qalbini kashf etish orqali odamlar ko‘ngliga yo‘l topadi. Aslida, mana shu yo‘l – she’riyat. Bu farahbaxsh yo‘lda adashmagan, qoqilmagan, peshonasi qonamagan shoir shoirmi? Bu yo‘lning makkasi – ko‘ngil. Bir inson ko‘nglida qolmoq, bir shikasta ko‘ngilga chiroq bo‘lmoq mashaqqatini yolg‘iz Alloh bilur. «Baxtning to‘rg‘aylari hamisha toqdir», deya bitgan shoira taqdirga ishora etdimikan? Talabalikda yozgan «Vido» she’ridagi «Va baxtli bo‘lmayman men ham hech qachon» satrini o‘qib hayron qolgandim. «Yaxshi niyat – yorti mol», degan gap bor xalqda. «Xalq faqat haqiqatdan iborat bo‘lsa // Men ham shoir bo‘ldimmi?» deya o‘ziga savol bergandi o‘shanda shoira. «Mingta nayga nola bo‘ldi muhabbatim, Lekin qadrim bir qamishcha bo‘lolmadi» deb yozgan shoiraning ahvol-ruhiyasini tasavvur etish qiyin emas edi. Gulandomning bundan yigirma yil burun bitilgan «Men onamni alishtirdim shaharlarga...» deb boshlanadigan she’rini o‘qib yig‘lagan qizjuvonlarni ko‘rganman. «Men onamni alishtirdim shaharlarga, Bir boychechak keltirmadim bahorlarda. Men qiz bo‘lib ko‘ylagini bir yuvmadim, Lek qoldirdim uni hijron – zaharlarda». She’r ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilganida «Gulandom, bu she’rni bizning nomimizdan yozgan», «Bizda ham shu dard, shu armon», «Gulandom, ona haqidagi she’ringiz har bir qalbning madhiyasidir», «Gulandom, bu she’r emas, dil qatidagi yaradir» degan fikrlar bildirilgandi. Gulandomning ko‘pchilik sevib takrorlaydigan yana bir satrlari bor: «Xudo menga oyday ko‘ngilni berdi, Endi berkitmoqqa etak ham bersin! Xudo menga Mungday singilni berdi, – Poyiga sochmoqqa chechak ham bersin!» Yuragida o‘ti bor shoiraning «Ishq handasasi» kitobida yangicha mazmun-mohiyat kasb etgan maqol va matallar ko‘p. Shuningdek, ko‘pchilikning ko‘zi va qulog‘i o‘rganmagan «chumduk», «dardxo‘r», «og‘riqzor», «halovatxo‘r», «ko‘hivor», «sevgizor», «she’rzor» kabi yangi so‘zlar bor. «Ko‘zing quyoshlanar, ko‘zing oylanar» satridagi «quyoshlanar», «oylanar» toza ifoda. Gulandom Tog‘ayevaning «Ishq handasasi» kitobini varaqlagan o‘quvchi ko‘nglidan esa «Shoiramiz 2009 yildan keyin deyarli ijod qilmay qo‘yibdi. Essiz...» degan o‘kinch ham o‘tadi. Va, beixtiyor 2020-2021 yillarda bitilgan «Sharobingman», «Izhor» kabi o‘tli nidolarni eslaydi. Ijodga tanaffus e’lon qilgan shoiramizdan yangi turkumlar kutib qolamiz. Olim TOSHBOYEV, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Jizzax: 264 million so‘m qayerga ketdi? @platformauzb o‘z an’anasiga ko‘ra, Markaziy Osiyo yangiliklariga tezkor munosabat bildirishda davom etmoqda. Bu galgi munosabat Markaziy Osiyoning yirik davlatlari yetakchilari uchrashuvi, uchrashuvning ahamiyati va millat yetakchilarining uzoqni ko‘ra olayotganliklari haqida bo‘libdi. MARKAZIY OSIYONING MAJOZIY «TILI» Jizzaxda ko‘zi ojizlarga xizmat qiladigan ixtisoslashtirilgan 9 ta kutubxona bor. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz: ayni paytda viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitob jamg‘armasi 41733 tani tashkil etib, shundan 34023 tasi bosma, 2619 tasi brayl yozuvidagi, 4186 tasi “gapiruvchi” kitoblar, 905 tasi esa elektron disklardir. Yaqinda partiya viloyat kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur kutubxonalar faoliyatini o‘rgandi. Natijada amalga oshirilgan ishlar bilan birga talay muammolar borligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, viloyat markazidagi Bosh kutubxona va 8 ta tumandagi filiallar ko‘zi ojizlar uchun belgilangan talablar darajasida jihozlanmagan. Bunga asosiy sabab ularning birontasi o‘z mustaqil binosiga ega bo‘lmay, turli tashkilotlarda ijara asosida faoliyat yuritayotganidir. Bundan tashqari, brayl alifbosidagi adabiyotlar, shuningdek, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining asarlari juda kamligi ham e’tirozlarga sabab bo‘layotir. Garchi 2024 yilda budjetdan maxsus kutubxonalar fondini boyitish maqsadida 264 mln 600 ming so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsada, yetarli miqdordagi adabiyotlar xarid qilinmagan. Qolaversa, kutubxonalarning nihoyatda torligi, panduslarning yaroqsizligiyu, audio kitoblarning yetishmasligi ham sohada muammolar ko‘pligini ko‘rsatyapti. Jamshid MUTALOV, partiya Jizzax viloyat Kengashi bosh mutaxassisi Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar. Alixonto‘ra Sog‘uniy. «Turkiston qayg‘usi» kitobidan


TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 221 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 3:50 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Ravshan MAHMUDOV NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Miklan MARS Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefonlar: +998 97 755-10-11, +998 97 423 32 68 Adadi – 3 060. Haftalik ob-havo ma’lumotlari Kun Harorat Tavsif Yog’ingarchilik Chorshanba 26 fevral +4° 0° qor 100% Payshanba 27 fevral +6° 0° bulutli 0% Juma 28 fevral +8° +2° bulutli 0% Shanba 1 mart +10° +3° bulutli 0% Yakshanba 2 mart +9° +2° qor 100% Dushanba 3 mart +3° +1° qor aralash yomg'ir 89% Seshanba 4 mart +6° 0° bulutli 0% 8 fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mtgazeta.uz [email protected] Dam ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish OLING! SAVOLBERING! – Endi davlat tashkilotlariga ishga kirishda pasport, mehnat va pensiya daftarchasi talab qilinmas ekan. Shu rostmi? Jamshid Abduqodirov, Ko‘kdala tumani – Fuqarolarga qo‘llaniladigan jarimalarning miqdori nimaga asoslanib belgilanadi va ularning eng ko‘p miqdori qancha? Zamira G‘ulomova, Sirdaryo tumani – Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda belgilab qo‘yilgan BHMdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori BHMning besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan oshmasligi kerak. – 2025–2027 yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshirilib, 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, deb eshitdim. Shu haqda ma’lumot bersangiz. Kamron Yoziyev, Qarshi shahri – Ha, to‘g‘ri. Dastur doirasida “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha kreditlar imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi. – Xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlari uchun ajratiladigan pul mukofoti miqdori oshirildimi? Shahnoza Qurbonova, Sariosiyo tumani – 8 mart bayramida necha kun dam olishimiz haqida turli axborotlar berilyapti. Shu haqda aniq ma’lumot bormi? Muhayyo Saidova, Xorazm viloyati – Bu yil 8 mart – Xotin-qizlar kuni haftaning shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu sababli, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi: – 8 mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni; – 9 mart, yakshanba – dam olish kuni; – 10 mart, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. – Oddiy fuqarolar ham davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi? Elbek Zohidov, Toshkent shahri – Ha, to‘g‘ri. Respublika fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi Respublika Konstitutsiyasining 36-moddasida belgilangan. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi. – Ha, 5 karraga oshirildi. Hozirgi kunga qadar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga oltin medal uchun BHMning 500 baravari (170 mln so‘m), kumush medal uchun 300 baravari (102 mln so‘m) va bronza medal uchun esa 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti berilayotgan edi. – Ha, rost. Davlat tashkilotlari endilikda fuqarodan ishga kirishda pasport, mehnat va pensiya daftarchasi talab qilmaydi. Qabul qiluvchi ularni axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali o‘zi oladi. Bir chimdim kulgi Sudoku 26-fevral, 2025-yil №9 (1289) chorshanba O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topolmayapsizmi? Quyidagi telegram manzilimizga yo‘llang. Mutaxassislar savollaringizga javob qaytarishadi. 90 245-18-10 ARMIYA VA TARBIYA Yangi O‘zbekistonning milliy armiyasida Shoirlar ham safdoshdir ta’lim-tarbiyasida. Ya’ni har bir ijodkor, har yozuvchi yo adib – Sardor bo‘lmog‘i kerak bilimdon va botartib. Har jangovar askarning biz ham teng-to‘shlarimiz, Qalam-la qurollangan qurolli kuchlarimiz. Kim Temurxon boboning qudratini bilmagan? Bobo orzu qilgan, lek xayoliga kelmagan: Kimki shubha qilgaydir dovrug‘i, kamoliga – «Temurbeklar maktabi» javobdir savoliga. Inchunin har bir zobit, har sipoh, har bayroqdor, Kechgan shonli janglardan bo‘lmog‘i shart xabardor. Millat xoki poylarin tavof qilsa arziydi, «Zafarnoma» yaratmish mavlono Ali Yazdiy. Davlati poydorlikning mangu guvohnomasi – «Zafarnoma» emas, bu – buyuk xalq shohnomasi. O‘pgil, ey Yevropa sen, barmoq, uzuklaridan, Hanuz saboq olgaysan «Temur tuzuklari»dan. Butun olam ahliga harbiy nomamdir mening, Jangnomam, kurashnomam – «Boburnoma»mdir mening. Vatan – jon va tandadir, jon Vatan – jon va tandir, Vatanparvar insonlar jon chekib, jon tikkandir. «Iyolu Vatan uzra to joni bor, – deb aytgan, Kishi harb etar toki imkoni bor», deb aytgan, Navoiy bobomizdan timsol keltirsam agar, Necha ming ko‘ngillarni uyg‘otmog‘i muqarrar. Har shoir, har askarga qat’iyat, shiddat kerak, Azmu shijoat kerak, ilmu ma’rifat kerak. Bunda har on asqotar aqlu fahmu farosat, Dunyoviy bilimlar ham matonat va sadoqat. Bu qanday dilbar diyor, dil diyor, dildor diyor, Askarlari ham bedor, shoirlari ham bedor. Ammo olam avzoyi – kecha-kunduz talotum, Boisin aytolmagay biror Alp yo Aflotun. Fitrat domla aytganday: Dunyo – kurash maydoni, Bir tomoni toshqinlar, yong‘indir bir tomoni. Dunyoning dunyolikka qolmaganday holi ham, Qirg‘inbarot urushlar davom etar hali ham. O‘ttiz yetti millyon xalq, o‘ttiz yetti millyon qalb, Qalbim, sen ham shu safda hushyor bo‘lgil, uyg‘on, qalq! Toki xavfu xatar bor, shudir temir tarbiya: Har birimiz – posbonmiz, har birimiz – armiya. Xalqu Vatan tashvishi – barchaning teng ishidir, Bugun har bezovta qalb – xavfsizlik kengashidir. Shu boisdan tinchligu tinch osmoningga sharaf, Biz ezgulik tarafmiz, bizlar xalqimiz taraf. Mening ham ko‘ksim to‘la g‘urur bilan iftixor: O‘zbek armiyasi bor! O‘zbek xalqi ham poydor. O‘ylasam shul Vatanni – jimirlar ko‘ngillarim, Ey, mening sarbozlarim! Mening generallarim! Shonli, shavkatli diyor, shu safda men ham borman, Ne baxtkim, saodatu baxtingga daxldorman. Dunyoda Vatan tanho, xalqu millat yagona, Millat bedor bo‘lsa gar, tinch bo‘lgaydir zamona. O‘ttiz yetti millyon xalq, yana shuncha dil, yurak, Hushyor yashamoq kerak! Hushyor yashamoq kerak! Millyon-millyon beshikda – chaqaloqlar lashkari, Tamshanib o‘smoqdadir – kelajakning askari. Lashkar bexatar bo‘lmas, aytib ketgan bobolar, Onalar duo aylar, duo aylar momolar. Ona yurt, ota makon, men ham bir askaringman, Uyg‘oq qalamim birlan xizmatkor navkaringman. Angladimki: dunyoda na jon, na tan abadiy, Faqat Vatan abadiy, faqat Vatan abadiy. Mening ham har bir she’rim – hayotu mamotimdir, Oliy Bosh qo‘mondonga ichgan qasamyodimdir. Sirojiddin SAYYID, O‘zbekiston xalq shoiri. G‘OLIBLAR MUKOFOTI BESH KARRAGA OSHIRILDI Savollarga huquqshunos Bahodir Ahmedov javob berdi. Bozorda qari onaxon baliq sotuvchisini yoniga kelib: – Bolam, balig‘ing yangimi? – deb so‘rabdi. – Yozib qo‘yibdi-ku, tirik baliq deb onaxon. – Men ham tirikman bolam, lekin yangi emasman-ku! *** O‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi. – Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman. – Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? – Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim. O‘g‘ri o‘ylanib turib: – Shu yigitni uy manzilini bersang bo‘ldi. – Uy-joy subsidiyasini olish uchun oylik daromad qancha bo‘lishi kerak? Shu haqda ma’lumot bersangiz? Azamat Xoliqov, Buvayda tumani – Subsidiya orqali uy-joy olmoqchi bo‘lgan talabgor shaxs yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadlari miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (hozirgi kunda 1 mln 155 ming so‘m)ning 2,7 baravari (3 mln 118 ming 500 so‘m)dan 8 baravari (9 240 000 so‘m)gacha, Toshkent shahrida 2,7 baravari (3 mln 118 ming 500 so‘m)dan 9,2 baravari (10 mln 626 ming so‘m)gacha bo‘lishi talab etiladi.


Click to View FlipBook Version