2023-yilning 12-iyul sanasidan 6-bet MILLIY QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT M 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan illiy www.mt.uz / [email protected] tiklanish «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI 4-SAHIFA 8-SAHIFA OILANING IQTISODIY TA’MINOTI YETARLI BO‘LSAGINA, AYOL UNDAN KEYINGI BOSQICHLARNI O‘YLAYDI Feruza Muhammedjanova, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari YANGI O‘ZBEKISTON SHONLI YO‘L islohotlari olis manzillarni yaqinlashtiryapti zahmati va shuhratli ijod zavqi 15 651 405 nafar yoki jami saylovchilarning 79,88 foizi ishtirok etgan saylov natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyеv – 87,05 foiz, ya’ni 13 million 625 mingdan ortiq ovoz bilan O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTLIGIGA SAYLANDI «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faollari nomidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston xalqining mustahkam ishonchi bilan tabriklaymiz! Saylovda O‘zbekiston g‘alaba qozondi! Birlashib, bir bo‘lgan maqsadimiz yo‘lida davom etishga qaror qildik! Yaqin o‘tmishimizda, millatimizni mustahkam ildizlari bo‘lgan minglab yillik qadriyatlarimizni yo‘q qilishdek manfur maqsadiga erisholmagan mafkuraviy tajribalarning jarohatlari jafokash o‘zbek xalqini kutilmagan, kuchli to‘lqinlarga boy davrlar kechuvidan o‘tib ketishini qiyinlashtirmoqda. DAVOMI 3-SAHIFA AQSH dollari 11574.13. 1 YEVRO 12738.49. 1 Rossiya rubli 127.95. 1 Angliya funt sterlingi 14945.67. 1 Yaponiya iyenasi 82.43. № 21 (1209) 2023-yil 12-iyul, chorshanba Adadi – 7 331 XALQIMIZ BUGUNGI MURAKKAB DAVRDA O‘ZBEKISTON UCHUN ENG TO‘G‘RI YO‘LNI TANLADI
O HAQ TANLOV XALQ TANLOVI – rtga qaytmas islohotlarning yangi – tarixiy bosqichini boshlab berayotgani aytilayotgan Prezident saylovida O‘zbekiston xalqi yangi – yetti yilllik muddat uchun o‘z yetakchisini tanladi. Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, Prezident saylovida 15,6 million kishi, ya’ni jami saylovchilarning 79,88 foizi ishtirok etgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan h a md a « M i l l iy t i k la n ish » demokratik partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan nomzod Shavkat Mirziyoyev 13 million 625 mingdan ortiq, ya’ni 87,05 foiz ovoz olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylandi. Qayd etish joizki, saylovni dunyoning 50 dan ortiq davlati hamda 20ga yaqin xalqaro tashkilotlardan 800 nafarga yaqin kuzatuvchilar kuzatib bordi. Mahalliy kuzatuvchilar soni, ya’ni siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlaridan vakillari soni esa 54 mingga yaqin bo‘ldi. 1300 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari esa bevosita saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni yoritib bordilar. Shu o‘rinda, o‘ndan ortiq saylov uchastkasida sinov tariqasida elektron ovoz berish amaliyoti joriy etilganini ta’kidlash joiz. Bu jarayonda barcha toifadagi fuqarolar, keksalar, xususan, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar va boshqalarning ham saylov huquqlaridan emin-erkin foydalanishi ta’minlandi. Yev ropada xavfsizli k va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillarining qayd etishlaricha, Markaziy saylov komissiyasi muddat qisqaligiga qaramay, saylovga tayyorgarlikni samarali boshqargan va qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilga n. Xu su sa n , saylov n i tashkil qilish va o‘tkazishda nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘z huquqidan teng, to‘sqinliklarsiz foyd a l a n i s h i n i t a’m i n l a s h maqsadida saylov uchastkalari binolari va ovoz berish xonalarini tanlash hamda jihozlashda milliy saylov qonunchiligida belgilangan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi k u z a t u v c h i l a r m i s s i y a s i rahbari, tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedev esa saylovning xalqaro standartlarga to‘liq mos holda o‘tganini qayd etar ekan, saylovchilar ishtirokining yuqori darajasini hamda ovoz berish natijalarini aholining amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llabquvvatlayotgani va ularning ishonchi bilan izohladi. Shanxay hamkorlik tashkilotining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni kuzatish bo‘yicha missiyasi boshlig‘i, SHHT bosh kotibi Chjan Min ham saylovga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini yuqori baholash barobarida, saylov komissiyalarining faoliyati, jarayonlardan fuqarolarning xabardorligini oshirish, OAVning ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarni alohida e’tirof etdi. A r a b s a y l o v o r g a n l a r i assotsiatsiyasi Ijro apparati rahbari Xisham Maxmud Yusuf Kuxail esa mamlakatimizda saylovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan hayratda ekanini aytdi. – Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishni professional tarzda tashkillashtirganligi, uchastka saylov komissiyalari a’zolarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashganligi tahsinga sazovor, – dedi u. A l b a t t a , x a l q a r o k u z at uvch i la r n i ng bu nd ay mulohazalari Yangi O‘zbekiston islohotlarining yoqimli e’tirofidir. S h u o‘ r i n d a b i r s a v o l tug‘iladi. Xo‘sh, O‘zbekistondagi yangilanish va o‘zgarishlarning pirovard maqsadi bilan kechagina yakuniy natijalari e’lon qilingan saylovning qanday umumiy jihatlari bor? Bu eng avvalo, odamlarning islohotlarga va islohotlarning davomiyligiga bo‘lgan ishonchi, desak xato bo‘lmaydi. Bala ndpa r voz gapla rd a n q o c h a y l i k d a , s a y l a n g a n Prezidentning hududlardagi uchrashuvlarda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarini biroz tahlil etaylik. 12-iyunda qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yillarda hududda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar salmoqli natijalar bera boshlaganini ta’kidlagan edi. Jumladan, bog‘chalar qamrovi 28 foizdan 81 foizga, bog‘chalar soni esa 317 tadan 1 ming 600 taga ko‘paygan. 172 ta maktab mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, 104 ta maktabda qo‘shimcha binolar barpo etilgani hisobiga, 118 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratilgan. Oliygohlar soni ham 2 barobar ko‘payib, 12 taga yetgan. Eng muhimi, qabullar soni 3,5 martaga oshib, qamrov 19 foizdan 46 foizga o‘sgan. Hozir ana shu OTMda 58 ming talaba tahsil olmoqda. Endi quyidagi raqamlarga e’tibor qarataylik: yaqin yillar ichida Qoraqalpog‘istonda yana 160 ta yangi bog‘cha quriladi va ta’mirlanadi, 2 mingta xususiy bog‘cha tashkil qilinadi. Kelgusi yetti yilda qo‘shimcha 100 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Bunda 30 ta yangi maktab va 150 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 350 tasi esa ta’mirlanadi. Ixtisoslashgan maktablar soni esa, 2 karra oshirilib, 32 taga yetkaziladi. Natijada, Qoraqalpog‘istondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi. Nomzodning «Biz 1 – 4-sinf o‘quvchilar iga bepul ovqat berishni Qoraqalpog‘istondan boshlagan edik. Endi olis va chekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borishi uchun avtobus qatnovini ham birinchi bo‘lib shu zamindan boshlaymiz», – degan ta’kidi esa butun O‘zbekiston xalqining uzoq yillardan beri ushalmay kelayotgan orzusi edi. 13-iyun kuni ana shunday jonli muloqot Xivada bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Saylovoldi dasturidagi beshta strategik maqsadini e’lon qilgan Shavkat Mirziyoyev birinchi maqsad sifatida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratishni asosiy vazifa sifatida belgilab olganini ta’kidlagandi. Ikkinchi maqsad – odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdir. Uchinchi maqsad – suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish. To‘rtinchi maqsad – qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish. Beshinchi maqsad esa Yangi O‘zbekistonni xavfsiz va t i n ch l i k s eva r d avl at g a aylantirishdan iboratdir. Nomzod, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yetti yillik dastur qabul qilinib, unga zarur mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qilgan, xususan, Xorazmning barcha bog‘cha va maktablari filtrlangan ich i m l i k suv i bi la n t o‘l iq ta’minlanishini, 2030-yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanib, qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkazilishini ta’kidlagandi. Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 500 ga yaqin yangi bog‘chalar tashkil etiladi. Mana nima uchun Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev qo‘lga kiritgan natijalar bu qadar salmoqli bo‘ldi, degan savolga javob! Mana nima uchun ziyolilar q a t l a m i , o‘z f a r z a n d i v a nabiralarining baxtu kamolini o‘ yl a g a n y u r t d o s h l a r i m i z Mirziyoyev nomzodini qo‘llabquvvatlaganining bosh omili! – Xorazmning «tashrif qog‘ozi» IT bo‘ladi. Avvalo, «maktab – oliygoh – IT kompaniyasi»dan iborat yaxlit IT ta’lim va xizmatlar zanjiri yaratiladi. Buning uchun viloyatda yetti yilga mo‘ljallangan, r a q a m l a s h t i r i s h s o h a s i d a « Mu h a m m a d a l -Xo r a z m iy vorislari» deb nomlangan loyihaga start beriladi. Biz bog‘chalarda komputer sinflarini tashkil qilish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet tarqatishni Xorazmdan boshlaymiz. Birinchi bosqichda viloyatdagi 543 ta maktabdan 110 tasi tanlab olinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga «noutbuk» olib beriladi. Yuqori sinflarda dasturlash, veb-dizayn kabi sohalar kasb sifatida o‘qitiladi, – deya ta’kidlagandi nomzod. Uchrashuvda Xorazm viloyatida avto va elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etilishi ham ma’lum qilinganini bir esga olaylik. Shu bilan birga keyingi yetti yilda yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga yirik miqdorda sarmoya kiritilishi ta’kidlangan edi. Bir so‘z bilan ay tganda, saylovoldi uchrashuvlaridagi muloqotlar mohiyatini biroz tahlil etsak, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar oddiy odamlarning tili va dilidagi gaplar bo‘lganini anglab yetamiz. Andijonlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ham tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika tashkil etilishi, bu orqali 3 million aholiga birlamchi tibbiy xizmatlar yanada yaqinlashishi ta’kidlangandi. Har yili 1 million aholi jigar sirroziga olib keluvchi gepatit «B» va «S» bo‘yicha skriningdan o‘tkazilishi, gepatit «S»ga chalingan bemorlar to‘liq davlat hisobidan davolanishi, barcha tuman va shaharlarda xususiy sheriklik asosida MRT va MSKT yo‘lga qo‘yilishi, buning uchun esa 100 million dollar investitsiya yo‘naltirilishi ham aytilgan edi o‘shanda. – Ilmga chanqoq viloyat yoshlari uchun 6 ta yangi oliygoh tashkil etilib, ularda 30 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochiladi. Bular hisobidan, oliy ta’limda qamrov hozirgi 30 foizdan 50 foizga yetkaziladi. Niyatim – O‘zbekistondagi barcha qizlar bilimli va o‘qimishli bo‘lishi kerak, – degandi nomzod uchrashuvda. Shavkat Mi r ziyoyev n i ng farg‘onalik saylovchilar bilan uch rashuvida mak t abgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj 100 foizga qoplanishi, buning uchun 2 mingta yangi davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etilishi ma’lum qilingan bo‘lsa, namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda mamlakatimizga chet el banklarini 2 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) SAYLOV
olib kirish, yangi xususiy banklarni ochishni rag‘batlantirish hamda depozitlarni kengaytirish hisobiga kreditlar uchun resurs bazasi keskin oshirilishi ta’kidlangan edi. Jumladan, uchrashuvda birinchi marta Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib berilishi ma’lum qilingandi. – B u n d a n b u y o n h a m , tadbirkorlar o‘z faoliyatini dadil kengaytirishi uchun biznesga no qo nu n iy a r a l a shu vl a r g a to‘liq barham berish va soliq tizimini yanada soddalashtirish islohotlarimizning asosiy tamoyili bo‘lib qoladi», – degandi nomzod. Biznesga noqonuniy aralashgan, tadbirkorning mulkiga daxl qilgan shaxsga esa jazo muqarrar bo‘ladi... 2 0 3 0 - y i l g a q a d a r Namanganning birorta mahallasida bog‘cha muammosi qolmasligi, buning uchun 235 ta yangi bog‘cha qurilishi va ta’mirlanishini, jumladan, 1 mingdan ziyod xususiy bog‘cha tashkil qilinishi haqidagi ma’lumot serfarzand namanganliklar qatori butun vodiy ahlini birdek quvontirgan edi. N o m z o d n i n g b u xo r o l i k saylovchilar bilan uchrashuvida esa kelgusi yetti yilda Buxoroda 1,5 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, 60 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgandi. 2030-yilga qadar mahallalarda 50 ta yangi oilaviy poliklinika va shifokor punkti qurilib, 200 tasi to‘liq ta’mirlanadi. Murakkab operatsiyaga muhtoj, tug‘ma yurak nuqsoni bor ming nafardan ortiq bolalarni davlat hisobidan davolash tashkil etiladi. Bu ishlarga Buxoro uchun yiliga 30 milliard so‘mdan ajratiladi. Shuningdek, Buxoroda Xalqaro xalq tabobati markazi va Farmatsevtika klasteri tashkil qilinadi. Buning uchun, 50 million dollar investitsiya jalb qilinadi. Nomzod, shuningdek, xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya sifatida berilishi, tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab berilishini aytganda, zalda qarsaklar yangragandi. Uchrashuvda 600 million dollar investitsiya hisobidan, Buxoro shahrida Xalqaro turizm markazi barpo etilib, tarix muzeyi ishga tushirilishi, «To‘dako‘l» suv ombori hududida zamonaviy sohil turizmi tashkil etilishi ham shular jumlasidan edi. Buxoro xalqaro aeroportida esa yangi terminal qurilishi orqali viloyatga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 5 millionga, turizm xizmatlari eksportini esa 1,5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangandi. Ma’lumki, Navoiy viloyatining s a l m o q l i h i s s a s i e v a z i g a respublikamizda o‘tgan olti yarim yilda sanoat hajmi 1,5 barobarga oshib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 18 foizdan 25 foizga yetdi. Sanoat sohasida 30 milliard dollarlik 570 ta yirik loyiha amalga oshirilib, oltin qazib olish 87 tonnadan 108 tonnaga, mis 104 ming tonnadan 148 ming tonnaga, kumush 113 tonnadan 181 tonnaga yetdi. E’tibor bering: bularning bari o‘tgan olti yarim yillik natijalar, xolos. Surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda esa yoshlarga e’tibor kuchaytirilishi, ularning intellektual salohiyatini oshirish va chet tillari bo‘yicha xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilishi aytilib, O‘zbek tili va adabiyoti fani uchun ham mana shunday tartib joriy etish taklif qilingandi. Shuningdek, nomzod o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun 50 foizli ustama joriy qilinishi ham adolatdan bo‘lishini qayd etgan edi. 23-iyun kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga qadar viloyatda maktabgacha t a’l i m s oh a sid a g i q a m r ov yuz foizga yetkazilishini, shu maqsadda, qariyb 1 trillion 300 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 1 ming 745 ta yangi bog‘cha tashkil etilishini ma’lum qilgan edi. Nomzod xorijda tahsil olayotgan h a md a meh n at qi layot g a n vatandoshlarimiz masalasiga ham to‘xtalib, ayni paytda 150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda ta’lim olayotgani, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotganini ta’kidlagandi. Eng asosiysi, chet eldagi f u q a r o l a r i m i z h u q u q v a manfaatlarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytirilishi, xususan, og‘ir ahvolga tushib qolgan barcha yurtdoshlarimizga xorijiy davlatning o‘zida moddiy yordam imkoniyatlari yanada kengaytirilishi, jumladan, ularga vaqtincha yashash, hujjatlarini tiklash, ona Vataniga qaytish kabi xarajatlar to‘liq qoplab berilishi ma’lum qilinganda butun xalqimiz og‘ir tin olgandi... Umuman, ana shu uchrashuvda xorijdagi vatandoshlarimiz bilan ishlash, chet elga ishlashga va o‘qishga ketgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga kelgusi yillarda 200 million dollar yo‘naltirilishi haqidagi fikrlar Mirziyoyevga berilgan ovozlarning bu qadar salmoqli b o‘l i s h ig a s e z i l a r l i t a’s i r qilganini Rossiya va boshqa davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning saylovdagi faolligi misolida ko‘rdik. S h a v k a t M i r z i y o y e v samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvida iqtisodiyotimizning asosiy «drayveri»ga aylanayotgan turizm eksporti 430 mln. dollardan 1,6 mlrd. dollarga ko‘payganini aytgan edi. Bu 140 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun viza tizimi bekor qilinishi, respublikaga sayyohlar kirib-chiqishi jarayonlarining keskin soddalashtirilishi, ichki aviareyslar, tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq. Samarqandda «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro t u r izm marka zi bar po et ilgan i bu sohadagi imkoniyatlarni oshirdi. Bundan tashqari, «Amirsoy» qishki kurorti, Namangandagi «Afsonalar vodiysi» hamda «Zomin» va «Chorvoq» zonalari ko‘pl a b xo r ijiy s ay yoh l a r e’tiborini tortadigan xalqaro turizm maskanlariga aylandi. Eng muhimi, mamlakatimizda ichki turizm rivojiga katta turtki berildi. «Dunyoning «Top-100»ta oliygohiga grantga kirayotgan o‘g‘il-qizlarimiz soni tobora ko‘paymoqda. Mamlakatimizning «Oltin fondi» bo‘lgan ushbu i q t i d o r l i y o s h l a r i m i z n i har tomonlama qo‘llabquvvatlashimiz zarur. Endi ularga «El-yurt umidi» jamg‘armasi m a b l a g ‘ l a r i q o‘ s h i m c h a imtihonlarsiz ajratiladi. «Top500»ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi...» Bu nomzodning jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvida aytgan gapidan ko‘chirma. U c h r a s h u v d a S h a v k a t Mirziyoyev yoshlar masalasiga alohida to‘xtalib, mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish kerakligini, yoshlar ilgari surayotgan g‘oyalarni «tayyor biznes»ga aylantirishga ko‘maklashish maqsadida har bir hududda «Yoshlar ijtimoiyiqtisodiy markazi» t ash k il etilib, u «Loyihalar fabrikasi»ga aylantirilishini ma’lum qilgan edi. Toshkent shahrida o‘tgan uch rashuvda esa poy taxt ni «yashillashtirishga» oid rejalar ochiqlanib, bugun poytaxtimizdagi yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qilishi, kelgusi yetti yilda bu ko‘rsatkich 5 barobarga ko‘paytirilib, 5 ming gektarga yetkazilishi ma’lum qilingan edi. Buning uchun shahar bo‘ylab har yili kamida 1 million dona manzarali, mevali ko‘chatlar va qalamchalar ekiladi. Har bi r m a h a l l a d a m i n g t a d a n daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettiriladi. Yashnobod, Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 4 ming gektar maydonda yashil va «tematik» bog‘lar barpo qilinadi. Shuningdek, shahar bo‘ylab 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi. Shuningdek, Yangi Toshkent hududida umumiy maydoni 35 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l tashkil qilinib, odamlarimizning madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi... Sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ham oliygohlar mavzusiga alohida yondashilib, 2023 3 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) Bu kechuvdan o‘ta olmay ortga qaytishimiz yoki kechuvda muntazam, yordamga muhtoj holatda qolishimizdan manfaatdorlar hisob va harakatlarini hanuzgacha to‘xtatganlari yo‘q. Ammo ishonch bilan ayta olamizki, xalqimiz yangi O‘zbekiston islohotlari keltirib chiqargan zarurat - Konstitutsiyaviy islohotlar va muddatidan oldin o‘tkazilgan Prezidentlik saylovlari orqali eminerkin, davlat va jamiyat taqdiriga mas’uliyat, qat’iy iroda va shijoat bilan taraqqiyot yo‘lini himoya qilaolishini namoyon qildi. Shu bilan birga, «doimo eng to‘g‘risini biladigan» boshqa fikrdagilar ham o‘zimizniki, ularning ham niyatlari samimiy, maqsadlari ezgu ekanligiga ishonib, cho‘zilib ketayotgan va tobora zarari ortishi kutilayotgan kechuvdan oyoqlardan tortib emas, qo‘llardan tutib, buyuk o‘zbek xalqining hikmatlarida keltirilgan, el bo‘lishning muhim sharti - «ayblarni yashirib, yutuqlarini oshirib» chiqib ketishdan boshqa yo‘limiz yo‘q ekanligini qancha tez tushintira olsak, shuncha foydali bo‘ladi. Muqobil fikr taraqqiyot uchun eng muhim shart, ammo, haqiqat ko‘zini bo‘yayotgan - manfaat, yahshi niyatni ko‘mib yuborayotgan - hasad, shoshqaloqlikni jur’atdek, kaltabin piarni xalqparvarlikdek ko‘rsatishga intilish bir-birini to‘ldirishi kerak bo‘lgan bu ikki qadriyatni bir-biriga qarshidek ko‘rsatib qo‘ymoqda. Qolaversa, bugungi reallik, milliy manfaatlarimiz uchun qiymati baland erkin dunyoning e’tirofidan ko‘ra, milliy o‘zgarish va taraqqiyot yo‘lida birlashaolishimizni hal qiluvchiroq ekanligini ko‘rsatmoqda. MAQSADIMIZ - BIR VA BIZ UNGA ALBATTA ERISHAMIZ! XALQIMIZ BUGUNGI MURAKKAB DAVRDA O‘ZBEKISTON UCHUN ENG TO‘G‘RI YO‘LNI TANLADI kelgusi o‘quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazilishi, magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘lishi va kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinishi hamda bunda buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi. Saylovoldi uchrashuvlarining eng so‘nggisi 7-iyul kuni Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan va nomzod kelgusi yetti yilda bog‘cha va maktab muammosi to‘liq hal qilinishini ma’lum qilgan edi. – Kelgusi yetti yilda Toshkent viloyatining barcha mahallalarida bog‘cha va maktab muammosi to‘liq hal qilinadi. Buning uchun qo‘shimcha 60 ming o‘rinli mingdan ziyod bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mavjud maktablar quvvatini oshirish va yangilarini qurish hisobiga, 100 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi va 35 nafardan ko‘p bola ta’lim oladigan sinf qolmaydi (hozirda bunday sinflar soni 3 mingta). Viloyatdagi 188 ta maktabga sport zallari qurib beriladi»... Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda renovatsiya dasturlari haqida fikr bildirgan edi. Birgina Toshkent viloyatidagi jami 5 mingga yaqin ko‘p qavatli uylarning yarmi bundan 50 yil oldin qurilgan. Shu bois, yil yakunigacha ushbu uylarning joriy holati, jumladan zilzilaga c h i d a m l i e k a n l i g i t o‘l i q o‘rganiladi. Umuman, aholi bilan maslahatlashgan holda, ularning roziligi bilan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan massivlar yangilanadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yangi O‘zbekiston islohotlari taraqqiyotning bugungi bosqichida juda muhim o‘ringa ega. So‘nggi olti yilda o‘tgan Parlament, Prezidentlik saylovlari hamda referendum misolida odamlar davlatning xalqqa tayanayotganini his eta boshladilar. Kuni kecha o‘tgan Prezidentlik saylovida esa odamlar kim va qayerda bo‘lmasin, globallashayotgan du nyon i tobora behalovatlik ko‘chasiga yaqinlashtirayotgan noxushliklar paytida millat bir yoqadan bosh chiqarsagina omon qolishi, o‘z maqsad-muddaolariga yetishini his etdilar va bu jarayonda kuchli yetakchini tanladilar, deyish mumkin. Yana bir gap: saylov natijalari i nson qad r i uchu n a malga oshirilayotgan ishlarni davom ettirishga keng imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Shu bilan birga saylovoldi dasturida belgilangan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirilishida har bir O‘zbekiston fuqarosi davlatimiz rahbari atrof ida birlashib, bevosita islohotlar ishtirokchisiga aylanishi lozim. Shundagina xalqimiz farovonligi, m a m l a k at i m i z t a r a qqiyot i yo‘lidagi ezgu maqsadlarimizga tezroq erishamiz. Hamdam NIYOZOV, Ravshan MAHMUDOV, partiya axborot xizmati Boshlanishi 1-betda
YANGI O‘ZBEKISTON 4 JARAYON Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyo aholisining 9.2 foizi yoki qariyb 719 mln. nafari qashshoqlikdan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, kambag‘al qatlamning uchdan ikki qismi bolalar va yoshlardir. Shuning uchun ham kambag‘allikni bartaraf etish barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatini talab etadi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha alohida tizim joriy qilinib, moliyaviy instrumentlar, infratuzilma masalalari hal qilinishi natijasida har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘m subsidiyalar ajratilmoqda. Turizm Garchi 2000 -yilda qabul qilingan BMTning «Ming yillik Deklaratsiyasi» hamda 2015- yilda qabul qilingan «Barqaror r i v o j l a n i s h m a q s a d l a r i » dasturlarida kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilgan bo‘lsada, ammo kambag‘allik faqat rivojlanmagan, qoloq davlatlarda emas, eng rivojlangan davlatlarda ham saqlanib qolyapti. Masalan, AQSHda aholining 11.6 foizi, ya’ni 37.9 million kishi, Buyuk Britaniyada 14,4 million nafar aholi kambag‘allikda yashayapti. Bizda esa uzoq yillar davomida «kambag‘allik» «yopiq mavzu» bo‘lib, unga yechim izlash o‘rniga uning mavjudligini tan olishga ham yo‘l qo‘yilmadi. Ya’ni fuqarolar orasida kambag‘allar borligini ko‘rib-ko‘rmaslikka, bilib-bilmaslikka oldik... Bugun esa O‘zbekistonda k a mbag‘al l i k mu a m mosi n i hal etish ijtimoiy siyosatning eng muhim bo‘g‘iniga aylandi. 2020-yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik tushunchasi mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ta’sir etadigan jiddiy muammo sifatida tan olinib, mazkur yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylandi. Oxirgi uch yilda esa bevosita kambag‘allikni qisqartirishning institutsional asoslari yaratilib, ularni muvofiqlashtiruvchi vazirlik hamda ushbu yo‘nalishda ilmiytadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil qilindi. B o s h q a c h a a y t g a n d a kambag‘allik ni qisqar tirish bo‘yicha alohida tizim joriy qilinib, moliyaviy instrumentlar, infratuzilma masalalari hal qilinishi natijasida har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘m subsidiyalar ajratilmoqda. Bu sa’y-harakatlar natijasida o‘tgan yili 1 million, 2023-yilning birinchi choragida esa 210 ming kishi kambag‘allikdan chiqarildi. «Uchta daftar» va Ijtimoiy himoya reyestri orqali 2 million 300 ming muhtoj oila, xotin-qizlar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlar moddiy yordam olishdi. Mahallalarda kasb-hunarga o‘qitish markazlarining tashkil etilishi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalar i bo‘yicha hok im yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xot i n- qi zla r faoli i nst it ut i faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ham hududlarda o‘z samarasini bermoqda. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli 2022-yilda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyek t i t ash k il et ildi. 10 mingta korxonaning faoliyati kengaytirilgan bo‘lsa, 11 mingta korxonaning quvvati tiklandi. Ming-minglab yoshlar, xotinqizlar bandligi ta’minlandi va ular o‘zlarining daromad manbaiga ega bo‘ldilar. Natijada odamlarning kayfiyati, dunyoqarashi va hayotga munosabati o‘zgarib, ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi. Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, norasmiy bandlik ulushini qisqartirish, shuningdek o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator qonunlar ham qabul qilindi. Xususan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi bandlik sohasida katta o‘zgarishlarni boshlab berdi. Shuningdek, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunlar hamda ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilingani ham aholining ijtimoiy muammolarini adolatli hal etish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilyapti. Albatta, kambag‘allikni faqat oylik yoki nafaqa miqdorini oshirish, odamlarga kredit berish bilan qisqartirib bo‘lmaydi. Bu bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi. Aholida tadbirkorlik ko‘nikmasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash kambag‘allikka barham berishning eng to‘g‘ri va oqilona yo‘lidir. Yu r t i m i z d a ya ng i-ya ng i korxonalarning ishga tushirilishi, tadbirkorlar soni yildan-yilga oshib borayotgani, aholini biznesni boshlashi uchun zarur sharoitlar, imkoniyatlar yaratilayotgani bandlikni ta’minlash, odamlarning turmush farovonligini oshirishda muhim omil bo‘layotir. Bu, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni xorijga ish qidirib ketishdek tashvishli muammodan qutqaryapti. Bu boradagi manzilli ishlar natijasida 2022-yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Xo‘sh, bunday xalqchil sa’y-harakatlar kimga xi z mat qilyapt i? A lbat t a , fuqarolarning farovon yashashi va murod-maqsadiga yetishi uchun. Biz – deputatlar ham har oyning oxirgi haftasida xalq bilan ochiq muloqot qilish, odamlarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida o‘z saylov okrugimizda bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz. Yuzma-yuz muloqotlar davomida guvohi bo‘layapmizki, odamlar mamlakatda amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan mamnun, o‘zgarishlarni, yangilanishlarni o‘z hayotida his etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan qisqa davrda erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirish mumkin. Bu yangi ish o‘rinlari yaratilib, mingminglab oilalarga daromad, baraka kirayotganida, xalqimiz davlatdan rozi bo‘lib baxtiyor yashayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Nodir TILAVOLDIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati islohotlari olis manzillarni yaqinlashtiryapti Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar mazkur ro‘yxat va uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 2017-y i l n i ng 7-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya sha h r id a bo‘lib o‘tga n Yevroosiyo Madaniyat, fan va ta’lim kengashining ikkinchi sessiyasida «Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Konvensiya qabul qilingan. Konvensiyani amalga oshirish doirasida turizmning jozibadorligi v a t u r i z m n i b a r q a r o r r ivojla nt i r ish bo‘y icha xalqaro qo‘mita tuzildi. Xalqaro qo‘mita faoliyatining asosiy masalalaridan biri turistik diqqatga sazovor joylarni ommalashtirish, ja m iyatla r, xalqla r va m illatla r n i ng ba rqa ror rivojlanishi yo‘lida turistik hududlarni targ‘ib qilishdan iborat. – Xalqaro qo‘mita «Turistik diqqatga sazovor joylarning jahon ro‘yxati»ni tuzadi, y a n g i l a yd i v a g l o b a l inter netda e’lon qiladi, ayniqsa, qimmatli moddiy, nomoddiy va tabiiy turistik diqqatga sazovor joylar ro‘yxatini e’lon qiladi, – dedi R.Qobilov. – Muayyan ob’ektni maxsus turistik diqqatga sazovor joylarning jahon ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror xalqaro qo‘mita sessiyasida ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Bugungi kunga qadar mazkur tashkilotga xorijiy mamlakatlarning 198 shaharlaridagi moddiy va nomoddiy meros ob’ektlari a’zo hisoblanadi. – YUNESKO tomonidan but u njahon moddiy va nomoddiy merosi ro‘yxatga olinib, himoya qilinadi, – deydi Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev. – Biz tuzadigan ro‘yxat ham buni to‘ldiradigan, dunyodagi eng e’tiborli turistik ob’ektlarni targ‘ib etish, asrab-avaylashga xizmat qiladigan harakat. E’tiborlisi, bunda turizm uchun jozibador ob’ektlarni sayyohlar belgilaydi. Ayni paytda dunyo bo‘yicha biz ro‘yxatga olgan ob’ektlar 2200 ta. Endilikda ular qatoriga Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda yodgorlik majmuasi qo‘shildi. To‘rt yil davom etgan ovoz berish jarayonida 198 davlatdagi sayyohlar ushbu obid ala rga jud a yuksak baho berdi. Ayniqsa, ovoz berganlar ning 50 foizdan ortig‘i Registonni dunyodagi birinchi turistik ob’ekt bo‘lishi kerak degan fikrni bildirdi. Butunjahon turistik jozibador ob’ektlar tashkiloti ro‘yxatiga k i rgan mad aniy meros ob’ektlarini CNN, Euronews, BBC, Sinxua, SNN kabi dunyoga mashhur 900 ta agentlik targ‘ibot qilmoqda. G‘.HASANOV, O‘zA REGISTON XALQARO TASHKILOT RO‘YXATIDAN JOY OLDI Samarqandda “Butunjahon turistik jozibador ob’ektlar” tashkiloti ro‘yxatiga kirgan ob’yektlar sertifikatlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.
? KIM YUTADI? Tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhiti yaratilib, aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlari kengaytirilayotgani natijasida tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati yaxshilanyapti, bu jarayonda esa barcha bo‘g‘indagi tibbiyot tarmoqlari raqamlashtirilib, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimi tatbiq qilinmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida tibbiyotni tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘u r tasi mexa n i z m la r i jor iy et ild i. Mazkur amaliyot shu yildan boshlab Toshkent shahri tibbiyot muassasalariga tatbiq qilinyapti. E’tiborlisi, tibbiyot muassasalariga joriy qilingan davlat tibbiy sug‘urtasi bosqichma-bosqich respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda 22 ta xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham joriy etildi. Bu esa, davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlar olish huquqini bermoqda. Davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatni rivojlantirish maqsadida 2021-yildan boshlab, TIBBIY SUG‘URTA TIZIMI: ISLOHOT 5 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida aholini 66 turdagi, 2022-yilda esa 120 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda surunkali k a s a l l i k l a r b o‘ y i c h a « D » nazoratidagi bemorlar elektron retsept asosida dorixonadan bepul beriladigan 11 turdagi dori vositalari bilan ambulator davolash «reimbursatsiya» tizimi joriy etildi. Bunda, asosan, yuqori qon bosimi, yurak xuruji, qandli diabet, nafas yo‘llari surunkali kasalliklari bo‘yicha davolanishda fuqarolar uzoqqa bormasdan dorilarini poliklinikaning o‘zida yoki unga yaqin joylashgan dorixonadan olishmoqda. B u l a r n i n g b a r c h a s i f u q a r o l a r i m i z n i n g t i b b i y yordamning kafolatlangan hajmini davlat mablag‘lari hisobidan bepul olishga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash imkonini bermoqda. Chunki, aholining ayrim qatlamlari pulli asosda yoki xususiy shifoxonalar xizmatidan foyd a l a n i s h g a i m ko n i y a t i yetmasligi mumkin. Bunday, vaziyatda davlat o‘z fuqarosini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgani, ya’ni, barchaga kafolatlangan paket doirasida, sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, fuqarolar, ayniqsa, moddiy sharoiti yaxshi bo‘lmagan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga davlat g‘amxo‘rlik qilishdan to‘xtamasligini anglatadi. Buning uchun, 2022-yilning o‘zida tibbiyot sohasiga budjetdan 29 trln. so‘m yo‘naltirildi, bu mablag‘ 2016-yilga nisbatan 5 barobar ko‘pdir. O‘tgan besh yilda esa shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘lar 12 barobar ko‘paytirildi. Shuni ham alohida ta’kidlash ke r a k k i, sog‘l iqn i sa qla sh sohasiga Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishdan oldin Singapur, Janubiy Korea, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, N o r v e g i y a , R o s s i y a k a b i davlatlarning tibbiy sohaga oid tajribasi atroflicha o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, b u g u n g i k u n d a k o‘ p l a b mamlakatlarda maxsus tibbiy sug‘u r talash jamg‘ar malar i faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadi — bemorlarga sifatli tibbiy va profilaktik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash uchun majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini moliyalashtirishdir. Xo‘sh, sug‘urta o‘zi nima? Sug‘urtadan aholiga nima foyda? Bu tibbiyot tizimiga nima beradi? To‘g‘ri, sug‘urta so‘zi ko‘pchilikda majburiy, foydasiz narsa degan salbiy fikrlar uyg‘otishi mumkin. Negaki, ko‘p hollarda sug‘urta majburiy bo‘lib, odamlar tegishli miqdorda mablag‘ to‘lab, sug‘urta polislari sotib oladi. Ammo, bugun milliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etilgan sug‘urta tizimida aholi pul to‘lamaydi, sug‘urta doirasida har bir fuqaroning salomatligini kafolatlangan paket asosida davlat budjeti mablag‘i hisobidan sug‘urta qilinadi. Bu bilan sohaga ajratilayotgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, kasalliklarni erta aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini yanada oshirishga erishiladi. Tibbiyot sohasida sug‘urta tizimining to‘liq yo‘lga qo‘yilishi sog‘l iqn i sa qla sh t i z i m iga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida birlamchi tibbiy-sanit ar iya yord a m i u lu sh i osh ish iga , aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, tibbiy xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga, aholining tibbiy yordam uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlari darajasini kamaytirishga, eng asosiysi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga zamin yaratadi. Zumrad BЕKATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati -yilning 9-iyunida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan va unda Mirzaobod tumani, Turg‘un Ahmedov nomidagi mahallada tashkil etiladigan uy-muzeyni o‘tgan yilning dekabarida ishga tushirish belgilangan edi. Ammo belgilangan muddatdan olti oy o‘tda hamki, uy-muzey ishga tushirilmadi. Yaqinda uy-muzeyda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan partiyaning Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Norbobo Soatov ushbu masalani o‘rganib, qurilish ishlarining talab darajasida amalga oshirilmaganiga guvoh bo‘ldi. Xususan, uy-muzey atrofi obodonlashtirilmagan, bino uchun alohida minitransformator o‘rnatilmagan, ichki pardoz ishlari ham qo‘l uchida bajarilgan. Xullas, hali qiladigan ishlar ko‘p. Garchi bu ishlar uchun mahalliy budjetdan 1,3 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, ishlar «mendan ketgunicha, egasiga yetgunicha» qabilida olib borilgan. Uy-muzeyida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazilishi belgilangan. Ammo bunday shart-sharoitda madaniy tadbirlarni o‘tkazib bo‘lmaydi. – O‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan shoirning uy-muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha pudratchi tashkilot ishlari talab darajasida emasligi bo‘yicha bir emas, bir necha bor bong urdik. Lekin natija bo‘lmayapti. Alal-oqibat obyekt chala qoldi. Shu bois, ushbu masalani Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga qo‘ymoqchimiz, – deydi N.Soatov. Deputatning aytishicha, bu ishlarni oxiriga yetkazish uchun nafaqat «Milliy tiklanish» viloyat Kengashi, deputatlar, balki To‘ra Sulaymonning farzandlari ham oyoqqa turishgan. Dilafruz OBLAYEVA, partiyaning Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi 2022-yilning o‘zida tibbiyot sohasiga budjetdan 29 trln. so‘m yo‘naltirildi, bu mablag‘ 2016-yilga nisbatan 5 barobar ko‘pdir. O‘tgan besh yilda esa shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘lar 12 barobar ko‘paytirildi. HUKUMAT QARORI NEGA BAJARILMAYAPTI Hududlarda -yildan boshlab, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida aholini 66 turdagi, 2022-yilda esa 120 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. 2021 2022
a’lumki, dunyo tajribasida xotin-qizlarning siyosiy faolligi ularning vakillik organlaridagi ulushiga qarab baholanadi. Partiyamizning 2020 – 2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida gender tengligi masalasi birlamchi masalalar qatoriga kiritilgani ham bejiz emas. «Ayollar qanoti» tashabbusi bilan xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik tamoyillarini ta’minlash mavzusidagi navbatdagi tadbir ham ayni shu masalaga bag‘ishlandi. «Davra suhbati» shaklida tashkil etilgan tadbirda Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova «Jamiyatda xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning o‘rni» mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston tarixida ilk bor milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tavsiyalariga mos darajaga yetgani, ular soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar orasida 37-o‘ringa ko‘tarilgani, hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi xotin-qizlar ekani, dunyo parlamentlaridagi ayollarning ulushi esa atigi 26,5 foizini tashkil etayotgani ta’kidlandi. AYOLLAR 6 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) So‘rovnomada siyosiy faoliyatda jinsning ahamiyati bormi, degan savolga respondentlarning 88,8 foizi «yo‘q», 11,2 foizi esa «ha» deb javob bergan. YUKSAKLIK FENOMENI Qayd etish joizki, BMT xot i n- qi zla r bila n bog‘liq ko‘rsatkich shu zaylda davom etsa, hatto 2063-yilga kelib ham milliy parlamentlarda gender tenglikka erishishga imkon bo‘lmasligidan, dunyo ekspertlari esa hokimiyatdagi ayolla r n i ng son i kamay ib ketishidan xavotirlanayotgan bir paytda O‘zbekiston bu sohada son va sifat ko‘rsatkichlarini y a x sh i l ayot g a n i n i e’t i r of etmoqda. Shuningdek, BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, u yoki bu davlatning deputatlik korpusida ayollar ulushi 20 foizdan ortiq bo‘lgan taqdirdagina bolalar m a n f a a t l a r i k o‘ z l a n g a n qonunlar, shuningdek, qonun chiqaruvchilarning 30 foizga yaqini ayol bo‘lsagina, xotinqizlarning hayotiy manfaatlarini ko‘zlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlari ishlab chiqilishiga oid ma’lumot keltirildi. E ’ t i r o f e t i s h j o i z k i , O‘zbek istond a 2030 -y ilga qadar gender tenglikka erishish st rateg iyasi n i ng maqsadli ko‘rsatk ichlar ida «Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi» va «Siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotinqizlarning ulushi» ko‘rsatkichlari inobatga olingan. Shuningdek, unda oila institutini saqlashga ham alohida e’tibor qaratilgani tahsinga loyiq. S h u o ‘ r i n d a p a r t i y a elektoratining ayni shu xususdagi fikrlarini o‘rganish maqsadida o‘t ka zilga n so‘rov nomad a respondentlarning 97,7 foizi oilani asosiy qadriyat sifatida e’tirof etgani, unga hayotda qo‘llab-quvvatlovchi kuch sifatida tayanishi ma’lum qilinganini aytish joiz. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda ayolning oiladagi o‘rnini yo‘qotmagan holda uning siyosatdagi o‘rnini ham mustahkamlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilangani e’tiborga molikdir. Ayollarning siyosiy faolligini aniqlash maqsadida o‘t ka zilga n so‘rov nomad a ishtirok etgan respondentlarning aksariyati fan doktorlari, turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar ekani, shuning barobarida ularning ibratli oila bekasi, mehribon ona ekanliklarini inobatga olsak, ayolni oila bilan bog‘lash stereotip emas, balki qadriyat deya xulosa qilish mumkin. So‘rovnomada siyosiy faoliyatda jinsning ahamiyati bormi, degan savolga respondentlarning 88,8 foizi «yo‘q», 11,2 foizi esa «ha» deb javob bergan. Bu esa yana bir bor siyosatdagi ayollar jamiyat taraqqiyotiga, islohotlar rivojiga munosib hissa qo‘shuvchi kuch ekanini tasdiqlaydi. – Oila – biz uchun qadriyat sanaladi. Ayolning oilasidan ko‘ngli xotirjammi, demak uning ishida unum bo‘ladi, u jamiyatda faollik ko‘rsata ola d i. O i la n i ng iqt iso d iy ta’minoti yetarli bo‘lsagina, ayol undan keyingi bosqichlarni o‘ylaydi. Siyosat esa hamma sohalarning yuqorisida turadi, – dedi F.Muhammedjanova. – H a yo t i m i z n i n g b a r c h a jabhalarida xotin-qizlarning h u q u q v a m a n f a a t l a r i g a qaratilayotgan e’tibor siyosiy institutlar faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi faoliyatimiz partiya tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlarning gender sezuvchanligini ta’minlashi barobarida xotin-qizlarning bugungi siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki kafolati bo‘lib ham xizmat qilmoqda. Jumladan: – s o ‘ n g g i y i l l a r d a xo t i n - q i z l a r n i n g s i yo s i y faolligini oshirishga, partiya boshqaruvidagi yetakchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi dastur qabul qilindi; – tizimda faoliyat yurituvchi ayol xodimlar uchun moslashuvchan ish tartibi rejimi joriy etildi; – ichki hujjatlarda gender statistikasini yuritish va gender reytinglarini e’lon qilish tartibi yo‘lga qo‘yildi; – partiyada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning qo‘shimcha ta’limi uchun sharoit yaratildi hamda ular salomatliklarini mustahkamlashi uchun sport seksiyalariga jalb etildi; – vakillik organlariga tavsiya etiladigan zaxiradagi 15 773 nafardan iborat yetakchi ayollar ro‘yxati shakllantirildi; – Partiyaning «Ayollar qanoti» tuzilmasi yangi qabul qilingan qonunchilikdagi talablar asosida takomillashtirildi; – d e p u t a t l a r f a o l i y a t i samaradorligini ta’minlashga yordam beradigan 369 nafar deputat xotin-qizlardan iborat yangi siyosiy tuzilma – «Deputat ayollar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi; – klub a’zolari tomonidan mahallalarda siyosatga qiziquvchi xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan treninglar o‘tkazildi. «Ustoz – shogird» an’anasi joriy etildi; – xotin-qizlarning huquq va manfaatlari bilan bevosita shug‘ullanadigan o‘nga yaqin respubli ka N N Tla r i bila n Memorandumlar imzolandi; – xotin-qizlar murojaatlari bilan bevosita ishlaydigan ishonch telefonlari va ayollar murojaatlarini qabul qiladigan @MTAyollarmurojaatiBot ishga tushirildi; – xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan manzilli ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy loyihalar yo‘lga qo‘yildi. Islohotlar samarasi o‘laroq, partiya tizimidagi rahbarlik lavozimlarida ayni kunda 200 nafardan ziyod ayollar faoliyat yuritmoqda. Xotin-qizlarning a’zolar sonidagi ulushi esa 47 foizni tashkil etmoqda. Tadbirda shuningdek, joriy yilda saylov qonunchiligini targ‘ib etishga qaratilgan 1700 dan ziyod davra suhbatlari, siyosiy o‘quvlar tashkil etilgani haqida ham axborot berildi. Xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshir ish maqsadida faol deputat ayollar, yetakchi va siyosiy faol xotin-qizlar hamda saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan nomzodlar o‘rtasida «Siyosatchi ayol imiji» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar natijalari ma’lum qilindi va respondentlarning javoblaridan quyidagicha xulosalar chiqarildi: –Ayrim xotin-qizlar haligacha ayol timsolidagi himoyachi zarur emas, degan fikrdalar: – M Respondentlarga berilgan: «Tarixda yoki bugungi kunda siz havas qiladigan ayol siyosatchi kim?» degan savolga ularning 35 foizi Tanzila Norboyeva, 20 foizi tarixiy qahramon To‘maris, 15 foizi Margaret Tetcher, 10 foizi Zulfiyaxonim deb javob berishgan.
KORRUPSIYAGA 7 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil QANOTI №21 (1209) O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylangani bejiz emas. Xususan, so‘nggi yillarda sohaga oid o‘nlab konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etilib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida davlat boshqaruvi tizimida «inson omili»ni kamaytirish uchun davlat va jamiyat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etildi. Aytish kerakki, korrupsiya har qanday davlatning rivoji, kelajak avlod muvaffaqiyatlari uchun eng katta to‘siq, ta’bir joiz bo‘lsa, xavfli munosabatlar vositasi ekani qayta-qayta ta’kidlanayotgan bo‘lsada, bu illatga to‘la barham berish oson kechmayapti. Afsuski, ko‘p hollarda jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholi noroziligiga olib keluvchi bu illatning ildiz otishiga o‘zimiz imkoniyat yaratib beryapmiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi». Bugun o‘z yechimini kutayotgan og‘riqli muammolar zamirida ham korrupsiyaning salbiy ta’siri bor. U xalq farovonligi yo‘lida qilinayotgan davlatning tanlagan siyosati, ya’ni demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga ham jiddiy to‘siqlar yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiya taraqqiyot dushmanidir. Uning kasofatiga jamiyatda umidsizlik, qonunlarga ishonchsizlik yuzaga keladi, aholi o‘rtasida tub islohotlar va o‘zgarishlarga loqayd munosabat shakllanadi. Shuning uchun ham mamlakatda «korrupsion halqa zanjirlari» uzib tashlanmas ekan, davlatning har qanday siyosiy va iqtisodiy islohotlarini hayotga tatbiq etish, xalqni farovon hayotini ta’minlashdek ulug‘vor maqsadlari qog‘ozda qolib ketaveradi. Shuning uchun ham bu borada keskin o‘zgarishlarga kirishmasak, bu illat millatimiz obro‘siga soya solib turaveradi. Toki, har bir vatandoshimiz ongi va ruhiyatiga ta’magirlik, poraxo‘rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli va iqtisodiyotimiz kushandasi ekanligini singdirsin. Shundagina korrupsiya illatiga qarshi ommaviy «immunitet»ni shakllantira olamiz. Mahmudjon NAZAROV, partiyaning Toshkent viloyati Kengashi raisi QARSHI OMMAVIY «IMMUNITET» KERAK! Respondentlarning aksariyati esa o‘z manfaatlarini erkaklar orqali bayon qilishni ma’qul ko‘rishmoqda. – Saylovlarda ayol nomzod uchun ovoz berasizmi yoki erkak nomzod uchun, degan savolga so‘rovnoma ishtirokchilarining 50 foizdan ziyodi erkak nomzod uchun ovoz berishini bildirgan. Hatto ayrim ayollar siyosat ayollarning ishi emas, degan fikrdalar. – «Siyosatga qiziqishingiz qachondan boshlangan?», degan savolga respondentlarning 96 foizi «Siyosatga qiziqishim maktab davridan boshlangan», deya javob berishgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, fuqarolarning siyosiy bilimlarini oshirish jarayonini maktab partasidan boshlash maqsadga muvofiq. Us h b u f i k r n i t a d b i r d a «Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirsh» mavzusida ma’r uza qilgan «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Gulmira Tleuva ham davom ettirdi: – Institutimiz tomonidan ham xotin-qizlarning siyosiy faolligini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazib kelinadi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bilan tanishib, ko‘rsatkichlarimiz o‘xshashligiga amin bo‘ldim. Eng avvalo, barcha yurtdoshlarimiz onggiga, xotin-qizlarning o‘rni nafaqat oilada, balki jamiyatda h a m ju d a mu him ekanini singdirishimiz lozim. Boisi, ayollarning siyosiy faolligini oshirish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, jamiyat tomonidan qarshilik ko‘rsatish holatlari hamon uchrayotgani achchiq haqiqat. Sababi, kuchli stereotiplarimiz mavjud. Ularni bartaraf etish borasidagi sa’yharakatlarimizni partiya bilan birgalikda olib borsak, faoliyatimiz yanada samaraliroq bo‘ladi. – Bugun nafaqat bizda, balki dunyo miqyosida ham ayollarning ijt i moiy-siyosiy faolligi n i oshirishga qaratilgan harakatlar k u c h a y t i r i l y a p t i . D u n y o tarixida birinchi marta barcha parlamentlarda ayollar ishtiroki qayd etilgani fikrimizning dalili bo‘la oladi, – dedi tadbirda O‘zbek iston Respubl i k a si Prezidenti huzuridagi Davlat b o s h q a r u v i a k a d e m i y a s i doktoranti Malika Mahmudova. Ma’ruzachi shuningdek, tadbir ishtirokchilarini bir necha davlatlar misolida saylov va siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xorijiy tajriba bilan ham t anishtirdi. Masalan, Germaniyaning «Xelene Veber» dasturi Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida teng vakillikni targ‘ib qilishi, Italiya va Irlandiyada ayol nomzodlar uchun maqsadli tarzda mablag‘ yig‘ilishi, Buyuk Britaniyada parlament va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovlarda nomzodlarni tanlash uchun faqat ayollardan iborat ro‘yxat tuzilishi, Irlandiyada esa partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarning 30 foizidan kamrog‘ini ayollar tash kil qilsa, partiya davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larning 50 foizini yo‘qotishiga oid ma’lumotlar shular jumlasidandir. Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, butun dunyoda xotin-qizlar faolligini rag‘batlantirishdan davlat ham, jamiyat ham birdek manfaatdor. Siyosiy faol ayollar xususida xotin-qizlarning o‘zlari qanday munosabatda ekanligini bilish maqsadida esa partiya tomonidan o‘ t k a z i l g a n s o‘ r o v n o m a natijalariga e’tibor qarataylik. Respondentlarga berilgan: «Tarixda yoki bugungi kunda siz havas qiladigan ayol siyosatchi kim?» degan savolga ularning 35 foizi Tanzila Norboyeva, 20 foizi tarixiy qahramon To‘maris, 15 foizi Margaret Tetcher, 10 foizi Zulfiyaxonim deb javob berishgan. So‘rovnomada ishtirok etgan xotin-qizlarning atigi 2 foizi esa, ayol deputatlarga, degan javobni belgilashgan. Bu natija siyosatdagi ayollar imijini yaratish, ularni xalqqa tanitish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada jonlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadbir yakunida ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlarga tayangan holda jamiyatda xotinqizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim, degan xulosaga kelindi: – jamiyatda xotin-qizlarning Ayollarning siyosiy faolligini oshirish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, jamiyat tomonidan qarshilik ko‘rsatish holatlari hamon uchrayotgani achchiq haqiqat. siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan gender tadqiqotlarni amalga oshirish va ijtimoiysiyosiy jarayonlarda ayollar duch kelayotgan muammolarni tizimli tadqiq etishga e’tibor qaratish; – vakillik organlarida faoliyat olib borayotgan deputat ayollar faolligini monitoring qilish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan kompleks choratadbirlar ishlab chiqish; – siyosiy sohada xotinqizlarning bilim darajasini mut t asil osh i r ib bor ishga q a r a t i lg a n m a x s u s o‘q u v dasturlarini joriy etish va bu borada parlament qoshida yetakchi siyosatchi ayollar maktabi faliyatini yo‘lga qo‘yish; – siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash va muloqot platformalarini yo‘lga qo‘yish; – siyosiy partiyalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni lavozimlarga tavsiya etishga qaratilgan «ijtimoiy lift» tizimini ishlab chiqish va joriy etish; – siyosiy partiyalar qoshida yetakchi ayollar o‘quvi uchun mablag‘larni nazarda tutadigan fondlar tashkil etish; – xotin-qizlarning hokimiyat vakillik organlaridagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotini baholash, tahlil qilish hamda amaldagi qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash; – p a r l a m e n t h a m d a Xalq deputatlar i mahalliy kengashlariga saylangan deputat ayollarning bo‘shab qolgan o‘rinlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan aynan xotin-qizlar nomzodi ko‘rsatilishini normativhuquqiy hujjatlarda aks ettirish. Feruza JALILOVA, partiya Markaziy kengash bo‘lim boshlig‘i BMT va Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli har yili 1,5 - 2,6 trillion dollargacha zarar ko‘rmoqda.
SHONLI YO‘L Guruh yildan yilga rivojlana boshladi. Biroq a’zolarining turli shaxsiy sabablarga ko‘ra tarkibdan asta-sekin ketishi oqibatida «Yalla» yana ijodiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. 8 YUKSAK Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) G‘OYA, TASHABBUS, ILK QADAM VA YUTUQLAR XX asrning 70-yillari mashhur «Beatles» guruhi dunyo yoshlarining es-hushini o‘g‘irlagan edi. So‘zlarini tushunmasa ham guruh qo‘shiqlarini yod olgan va jo‘r bo‘lib xirgoyi qiladigan avlod shakllandi. Shunday pallada tashkil topgan «Yalla» ansambli milliylikka yo‘g‘rilgan ijodi, xalqona ohanglari bilan avval o‘zbek yoshlari, so‘ng uzoq-yaqindagi musiqa ixlosmandlari dilini zabt eta oldi. Bu shunchaki sodir bo‘lmadi. «Yalla»ning dastlabki a’zolaridan biri Bahodir Jo‘rayev shunday eslaydi: «Havaskorlar boshini qovushtirish maqsadida Toshkent viloyati yoshlari orasida 1971-yili vokalcholg‘u ansambllari festival-ko‘rigi tashkil etildi. Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida yangi tuzilgan guruhimiz boshqalaridan ajralib turar edi. Ko‘rik-tanlov uchun birovlarning qo‘shig‘ini maromiga yetkazib kuylash kamlik qilar, yigitlarning o‘z qo‘shig‘i ham bo‘lishi kerak edi. Yosh ansambl «Qizilqora» hamda «Sizga, yoshlar» qo‘shiqlari bilan tanlovda g‘olib bo‘ldi». Darhaqiqat, bu dastlabki yutuq edi. Shundan so‘ng yigitlar yangi-yangi g‘oyalar qanotida uchib yurgan, konsert dasturi tuzib, respublika bo‘ylab ijodiy safarlarga chiqishni ham rejalashtirayotgan kezlarda «Allo, biz iqtidorlarni izlaymiz» tanlovida qatnashish taklifi kelib qoladi. Hali ansamblga nom ham qo‘yilmagan edi. O‘ziga xos noan’anaviy nom topish kerak, degan qarorga kelindi. Teatr va rassomlik instituti o‘qituvchisi Anatoliy Qobulov o‘zbek xalqining eng jozibali va quvnoq qo‘shiqlariga moslab uni «Yalla» deb atash taklifini ilgari surdi. «Yalla» guruhi dastlab havaskorlik ansambli bo‘lgan. Ammo unga e’tibor kattaligi sabab tez orada vokalcholg‘u ansambli maqomini oldi. Guruh yangi bo‘lishiga qaramay, rahbariyat va boshqa ijodkorlar e’tiboriga tushdi. «Yalla»ning o‘sha paytdagi boshqa guruhlardan farqi, asosan, xalqona, xalq qo‘shiqlarini ijro qilayotgani, ularning sharqona ohanglardan iboratligida edi. Repertuari, asosan, xalq og‘zaki ijodi – folklor qo‘shiqlardan tashkil topgan va unga «Qiz bola», «Majnuntol», «Boychechak», «Yallama, yorim» kabi qo‘shiqlar kirgan. 1976-yili guruh o‘z safiga Farrux Zokirovni qabul qildi. O‘sha yillari «Yalla»ning eng gullagan, shu bilan birga, biroz ijoddan chekingan kezlari edi. Farrux Zokirov nafaqat guruh a’zosi bo‘ldi, balki uning faollaridan biriga aylandi. Farrux Zokirovning san’atkor bo‘lishiga eng ko‘p qarshilik ko‘rsatgan kishi akasi Botir Zokirov bo‘ladi. Chunki u ukasini juda iste’dodli deb hisoblamas, san’atga zo‘rmazo‘raki kirib kelishini va o‘rtamiyona xonandayu sozandalar qatoridan joy olishini istamasdi. Biroq bunday bo‘lib chiqmadi. O‘sha vaqtda «Yalla»ga badiiy rahbarlik, maslahatchilik qilayotgan Botir Zokirov dastlab ukasining bu qarorini qabul qila olmagan bo‘lsa, keyinchalik rozilik berdi. Farrux Zokirovning tashabbuskorligi, tinibtinchimasligi sabab guruhning so‘nayotgan yulduzi qaytadan porlay boshladi. — Bolalagimda ham, hozir ham, xoh atrofdagilar bilan munosabatda bo‘ladimi, xoh professional ijodda, «Karim Zokiriyning o‘g‘li! Barakalla, ota o‘g‘il», degan ta’rif men uchun yuksak baho edi, – deydi Farrux Zokirov. – Botir akam – ijodiy vijdonim. Doim qo‘shiq yozayotganda akam bo‘lganida qanday fikr bildirardi, degan fikr xayolimda turardi. Yigitlik yillarim musiqa bastalashga moyilligim bor edi. «Shunday qo‘shiq yozsamki, Botir Zokirov repertuariga kiritsa», deb orzu qilardim. Akam esa eshitib ko‘rardi-da, «Yo‘q, hali bor, pishmagan», derdi. Shukur, ko‘p fursat o‘tmay, shunday baxtga musharraf bo‘ldim. 1974-yil «Majnuntol» qo‘shig‘ini yozgan bo‘lsam, bir yildan keyin «qo‘shiq juda chiroyli chiqibdi, maylimi, men ham kuylasam», deya so‘ragan. O‘shanda yuragim yorilib ketay degan. Hozir ham kuchli hayajon bilan eslayman. Guruh yildan yilga rivojlana boshladi. Biroq a’zolarining turli shaxsiy sabablarga ko‘ra tarkibdan asta-sekin ketishi oqibatida «Yalla» yana ijodiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Ammo uning shunchaki yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmas, qandaydir chora ko‘rish kerak edi. Shunda Farrux Zokirovga akasi Botir Zokirov guruhga ijodga chanqoq, yuragida o‘ti bor, yangilikka intiluvchan yoshlarni jalb qilishni maslahat berdi. Yangi zamon, yangi yo‘nalishlar kirib kelayotgan pallada avvalgidek bo‘shang holatda ijod qilib bo‘lmasdi. 1979-yilda «Yalla» guruhi Yaltadagi «Krimskiye zori» festivaliga bordi. F.Zokirov o‘sha yerda musiqani yaxshi tushunadigan, turli sozlarni bemalol chaladigan, eng muhimi, «Yalla»ga moliyaviy ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan Rustam Ilyosov bilan tanishib qoldi. Asli toshkentlik, deyarli qo‘shni bo‘lgan bu ikki shaxsning o‘zaro uchrashuvi har tomonlama manfaatli bo‘lib chiqdi. Zero, moliyaviy inqirozga yuz tutgan guruhga bunday ijodkor suv bilan havodek zarur edi. Guruhga befarq bo‘lmagan Rustamga erkin ijod qilishi uchun ijodiy maydon kerak edi. O‘zaro kelishuvlar natijasida u «Yalla»ning a’zosi va prodyuseriga aylandi. 70-yillar oxirida «Yalla» tarkibi to‘liq yangilandi, faqat F.Zokirov badiiy rahbar sifatida qoldi. Guruhga o‘sha damlarda Abbos Aliyev, Alisher To‘laganov, Javlon To‘xtayev kelib qo‘shildi. «YALLA» VA UNING «TASHRIF QOG‘OZLARI» Guruh yana jonlandi. Yangidan yangi qo‘shiqlar yozilib, konsert ustiga konsert tashkil qilina boshlandi. Yangilangan «Yalla»ning ilk qo‘shig‘i «So‘nggi poema» bo‘ldi. Robindranat Tagor she’ri, Aleksey Ribnikov musiqasi bilan aytiluvchi ushbu qo‘shiq haqiqatan ham muvaffaqiyat debochasi bo‘ldi va u hamon guruh repertuaridan tushmay kelmoqda. «Uchquduq» ham uzoq yillar muxlislar qalbidan joy olgan qo‘shiqqa aylandi. Shoir Yuriy Entin qalamiga mansub ushbu she’rga Farrux Zokirov Zarafshonda bo‘lgan gastroli zahmati va shuhratli ijod zavqi San’at, xususan, musiqa san’ati xalqning o‘zligini yaratishga, uning qiyofasini butun dunyoga yoyishga qodir kuch. Bu haqda gap ketganda, albatta, bastakor, ijrochi, xonanda, umuman, ushbu soha ustalari faoliyati, iste’dodi bosh mavzuga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, ilk o‘zbek milliy estrada guruhi sifatida e’tirof etiladigan «Yalla» ansamblining faoliyati ortiqcha ta’rifga muhtoj emas.
E’TIROF 9 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) chog‘ida favqulodda kuy bastaladi va u o‘sha kuni tinglovchilar hukmiga havola etildi. 1980-yilda Moskvadan bir guruh televideniye xodimlari kelib, «Yil qo‘shig‘i» tanloviga nomzodlar qidirishga tushadi. Tabiiyki, «Yalla» ham yaxshi qo‘shiqlaridan biri «Uchquduq»ni tayyorlaydi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, uni televideniye orqali ko‘rsatish man etiladi. Televideniye xodimlari yozib olgan tasma saqlanib qoladi va «Uchquduq» «Yil qo‘shig‘i» sifatida e’tirof etiladi. Shundan so‘ng u ishchilar shahri Uchquduq madhiyasiga, «Yalla»ning esa navbatdagi «tashrif qog‘ozi»ga aylanadi. Nafaqat «Uchquduq», balki O‘zbekistonning boshqa shaharlariga atab aytilgan qo‘shiqlar ham «Yalla»ni butun mamlakatga tanitdi. Guruhning «Shahrisabz», «Samarqandning moviy gumbazlari», «Toshkentim – onam», «Dor o‘ynang» kabi qo‘shiqlari ko‘tarinkiligi, yorqinligi va samimiyligi bilan ajralib turadi. – Biz dunyoning turli mamlakatlari shaharlari chiroyini ta’riflashga, ko‘rku tarovatidan hayratlanishga o‘rganib qolganmiz, – degan edi intervyularining birida Farrux Zokirov. – Biroq, yonimizdagi ko‘rkam go‘shalarning qadriga yetmaymiz. O‘zgalardan eshitganda esa, ha-ya, deb xijolatomuz hayratga tushamiz. «Yalla» qo‘shiqlari esa bizni lol qoldirgan joylar o‘z diyorimizda ham borligini eslatib turadi. Guruhning «Moviy gumbazlar», «Choyxona», «Boroda verblyuda», «Na vostoke» kabi qo‘shiqlari ham shuhrat topdi. 1981- yili «Shahrisabz», 1989-yili esa «Choyxona» qo‘shiqlari uchun «Yalla» butunittifoq mukofoti laureati bo‘ldi. XALQARO SAHNALAR ZABTI Guruhning shuhrati dunyoning juda ko‘plab mamlakatlariga yoyildi, sobiq ittifoq va Sharq musiqasini sevuvchi mamlakatlarning barchasi uni yaxshi taniy va ardoqlay boshladi. «Yalla», asosan, o‘zbek va rus tillarida ijod qilgani sabab sobiq ittifoqda juda tez nom qozondi. «Yalla»ning sobiq ittifoq bo‘ylab gastrollari, ijodiy uchrashuvlari samarali bo‘ldi. Ansambl Moskvadagi Olimpiya sport majmuasi, «Dinamo» konsert-sport zali, «Zvyozdniy» shaharchasida konsertlar berdi. SanktPeterburgdagi «Yubileyniy» sport saroyidagi konserti esa o‘n kun davom etdi. Bunday konsertlar tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketar edi. Ansambl Polshada yosh qo‘shiqchilarning «Estrada bahori» festivalida qatnashdi. O‘zbekistonlik yigitlar chiqishi lozim bo‘lgan konsert dasturi «Muslim Magomayev taqdim etadi» deb nomlangan, ya’ni konsertning asosiy qismi mashhur xonandaning qo‘shiqlaridan iborat edi. Negadir Muslim Magomayev tadbirga kechikadi. Har yomonlikning bir yaxshi tarafi bor deganlaridek, Magomayevning kechikishi «Yalla»ga sahnada ko‘proq kuylash imkonini beradi. Shundan so‘ng ansamblning muxlislari soni keskin ortib ketadi. Ko‘p o‘tmay guruh a’zolari «Melodiya» Butunittifoq grammafonga yozish studiyasida bir qancha qo‘shig‘ini, jumladan, «Andijon polkasi», «Qiz bola» va yosh xonanda Larisa Kandalova ijrosidagi ikkita qo‘shiq yozilgan dastlabki albomni chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay «Yalla» Bolgariya, Ruminiya va Germaniyaga ikki oylik safar qildi. Yoshlar va talabalarning Berlindagi jahon festivalida qatnashdi. Festival uchun Yevgeniy Shiryayev ataylab ikkita qo‘shiq – «Xirosima» va «Yallama yorim»ni yozib berdi. Ansambl festivalning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. «Yallama yorim» qo‘shig‘i festivalning eng zo‘r qo‘shig‘i – shlyageri sifatida qayd etildi. Yoshlarning estetik tarbiyasiga qo‘shgan hissasi va yuksak ijodiy yutuqlari uchun 1975-yilda «Yalla»ga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jamoa» unvoni berildi. O‘sha paytgacha hech bir ansambl ko‘plab xalqaro festivallarda qatnashib, muvaffaqiyat qozonmagan va yuqori o‘rinlarni egallamagandi. Guruh a’zolari keyinchalik Mo‘g‘uliston va Vetnamga safar qilib, dastavval, Xanoy milliy opera teatrida, so‘ngra markaziy o‘yingohda konsert berdi. Vetnamliklar uni olqishlar bilan kutib oldi va hukumat guruh a’zolarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Xorijiy gastrollardan qaytgan «Yalla» yurtimizda bir necha kun, aytish mumkin bo‘lsa, hisobot konserti berdi. O‘sha konsertdan so‘ng yana uzoq gastrollar boshlandi. Bu galgi manzillar Germaniya Demokratik Respublikasi, Bolgariya, Vengriya, Polsha va Chexoslovakiya edi. Bu mamlakatlarga qayta-qayta safarlarga sabab u yerlardagi muxlislar mehri bo‘ldi. O‘sha paytlarda «Yalla» guruhi birinchilardan bo‘lib xayriya konsertlari uyushtirdi. Samarqanddagi Registon maydonida uch oqshom «Barcha zamonlarning choyxonasi» dasturi namoyish etildi. Har kech ulkan maydonga minglab tomoshabinlar yig‘ildi. Konsertlardan tushgan mablag‘ tinchlik hamda nogironlar jamg‘armalariga o‘tkazib berildi. MUVAFFAQIYATLARNING BOSH OMILI – MILLIYLIK Guruhning ijodiy yo‘liga ko‘plab san’atkorlar havas qiladi. Ushbu guruh sabab yurtimizda estrada san’ati ancha o‘sdi, jahonning ko‘plab mamlakatlari aholisi «Yalla» bois yurtimizni tanidi, ajoyib san’atimiz borligidan xabar topdi, qadriyatlarimiz, milliy an’analarimizdan bahra oldi, eng muhimi, qalbini aynan shu guruhga, uning xush xonishlari va nolalariga bog‘ladi. «Yalla» deyilsa, yuragimiz ajib bir iftixor, g‘urur tuyg‘usiga to‘lib ketadi. Guruh dunyoga tanilgan bo‘lsa-da, tom ma’noda O‘zbekistonniki, o‘zbek xalqinikidir. Tug‘ilishidan tortib, nomi qo‘yilishigacha chin ma’noda xalqonaligi ko‘zga tashlanib turadi. Guruh repertuaridagi qo‘shiqlar rang-barang: ular nafaqat janr, qolaversa, yo‘nalish jihatidan ham birbirini takrorlamaydi. Xalqona ohanglarda kuylangan qo‘shiqlari haqiqatan ham nomiga mos: u elning «Yalla»sidir. CHEKSIZ MEHR IFODASI Yoshlar nimani va qanday kuylayotganiga qarab, nimani orzu qilayotganini, qanday yashayotganini, ularni nimaga o‘rgatayotganimizni bilib olishimiz mumkin. Farrux Zokirov va «Yalla» ansamblining hayotsevar, zukko san’ati yoshlarga Vatanni, do‘stlikni sevish, dunyoni yorug‘ ranglarda tasavvur qilishni o‘rgatadi. Bugungi jahon miqyosidagi keskinlashuv zamonida insonni olijanob ruhda tarbiyalaydi. Axir, san’atning ulug‘vor va bosh vazifasi ham shunda-ku! «Yalla» ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash to‘g‘risida kuni kecha O‘zbekiston Prezidenti imzolagan farmon millionlab musiqa muxlislari uchun quvonchli xushxabar bo‘ldi. Unga ko‘ra, «Yalla» ansamblining badiiy rahbari, ustoz san’atkor Farrux Zokirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan, mazkur ansambl sozandalari Abbos Aliyev, Javlon To‘xtayev, Timur Xalikov, ansambl direktori Igor Xalikov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Bundan yarim asr muqaddam tashkil etilgan «Yalla» ansambli betakror ijrosi, teran o‘zbekona ma’naviyati, xalqimizga, milliyligimizga, sahnaga, muxlislarga muhabbati va sadoqati bois yillar osha yuksak darajada ijod qilib kelmoqda. Biz jahon musiqa yulduzlarining qo‘shiqlarini har qancha tinglamaylik, ularni olqishlamaylik, baribir ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov va «Yalla» ansamblining o‘rni bo‘lakcha. Maqolani Prezident farmonida keltirilgan jumlalar bilan yakunlashni lozim topdik: «O‘zining yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek estrada san’atini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun...». Mana, xalqimiz o‘z «Yalla»sini nima uchun yaxshi ko‘radi! Nodir MAHMUDOV, «Yangi O‘zbekiston» muxbiri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Italiyaning tari xiy i lmiy- ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlardan biri – “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi rahbari Sandro Teti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. M a z k u r u c h r a s h u v d avom id a O‘z b ek i st on Yozuvchi lar uyushmasi raisi, O‘zbek iston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid mamlakatimizda adabiym a ’ r i f i y a l o q a l a r n i mustahkamlash, eng sara asarlarni jahon tillariga tarjima etish borasidagi ezgu tashabbuslar xususida batafsil so‘zlab berdi. S h u n i n g d e k , m i l l i y adabiyotimizni rivojlantirish, ijod ahlini har tomonlama q o‘l l a b - qu v v a t l a s h v a rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar haqidagi ibratli sa’y-harakatlar ham italiyalik mehmonda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Sandro Teti Ed itore” nashr iyot uy i rahbari mamlakatimizdagi ma’rifiy yangilanishlarni, bo‘lib o‘tgan saylov jarayonini yuksak baholadi. Ay t ish joi zk i, buy uk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur n i ng « B o b u r n o m a » a s a r i Italiyaning tarixiy ilmiyommabop adabiyotlarga ixt isoslashgan yetakchi nashr iyotlardan bi r i – « Sand ro Tet i Ed itore» nashriyot uyida yuqori poligraf ik sifatda chop etilgan. M u l o q o t d a v o m i d a xorijlik mehmon O‘zbekiston Yozuvchi lar uyushmasi faoliyati, xalqaro adabiy munosabatlar, uyushmaning kelgusidagi rejalari, fayzli "Adiblar xiyoboni" bilan batafsil tanishdi. Nazokat USMONOVA, O‘zA VATANIMIZDAGI YANGILANISHLAR, ADABIY-MA’RIFIY JARAYONLAR YUKSAK E’TIROF ETILDI
DOLAT Yangilik Ya’ni 2021-yilning 30-noyabr kuni M.Salohiddinovning shikoyat arizasida rishtonlik Mahliyo Kamolova uning Uchko‘prik tumani, «Mehnatobod» MFYdagi uyidan 40.912.662 so‘mga teng 3.800 AQSH dollarini o‘g‘irlaganlikda ayblangan. Bundan sarosimaga tushib qolgan Mahliyo bu da’volar tuhmat ekanini ta’kidlasada, 2023-yilning 9-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi uni JKning 169-moddasi 2-qismining «b» bandi bilan aybdor deb topadi va 3 yil ozodligini cheklash jazosiga hukm qiladi. Shuningdek, sud M.Kamolovadan jabrlanuvchi M.Salohiddinov foydasiga 38.246.280 so‘m moddiy zarar undirish haqida ham qaror chiqaradi. Shu o‘rinda dastlabki tergov vaqtida o‘g‘irlik qilmaganini aytgan M.Kamolova, negadir tergov yakunida chindan ham pullarni o‘g‘irlagani, bu bilan Salohiddinovning to‘yini buzmoqchi bo‘lganini jahli chiqqanida, pullarni buvisining uyidagi tandirda yoqib yuborganini tan oladi. Ammo biroz muddat o‘tgach, Salohiddinovga nisbatan jahl ustida aytilgan bu gaplari bilan o‘zi uchun choh qaziyotganini anglab qoladi va... viloyat sudiga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qiladi. Shundan keyin appelyatsiya shikoyatini o‘rganib chiqqan Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ushbu jinoyat ishida aybi aniq dalillar bilan isbotlanmagan bir ayolga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish haqidagi qaror xato chiqarilgan degan xulosaga keldi. Xususan, tuman sudi Bosh Qomusimizning 28-moddasida belgilangan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishini, shuningdek, JPKning 22-,23-, 95-, 112-, 463-,467-moddalarida nazarda tutilgan talablarni e’tibordan chetda qoldirgani aniqlangan. Ta’kidlash kerakki, Respublika Oliy sudi Plenumining 2014- yil 23-maydagi «Sud hukmi to‘g‘risida»gi 7-sonli qarorining 4-bandida, ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kamchiliklar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkinligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerakligi, sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganligini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, JPKning 95-moddasiga muvofiq ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan. Biroq dastlabki tergov organi va sud M.Kamolova masalasiga kelganda yuqorida qayd etilgan Qonun talablari va Plenum qarori tushuntirishlariga amal qilmagan. Mahliyo Kamolovaning appelatsiya shikoyatini ko‘rib chiqqan Sudlov hay’ati yuqorida qayd etilgan Qonun talabi va Plenum qarori tushuntirishlariga rioya qilib, har bir dalilga xolisona huquqiy baho berib, ish bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan har-bir holatni sinchkovlik bilan o‘rgandi va Mahliyoning o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligini tasdiqlovchi holatlar mavjud emas deb topib, reabilitatsiya qilish va jinoyat ishini tugatish haqida hukm chiqardi. Uchko‘prik tuman prokurori zimmasiga esa aslida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish vazifasi yuklatildi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, tuman sudi xatosi bilan bir insonning uch yillik umri sovuq panjaralar ortida o‘tishi, peshanasiga esa jinoyatchi tamg‘asi bosilishi mumkin edi. Adolat tiklanib, bir insonning sha’ni toptalishining oldi olinganligi so‘nggi yillarda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qolaversa, bu yangilangan Konstitutsiyamizda belgilanganidek, inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligining yorqin ifodasidir. Vahobjon SIDDIQOV, Farg‘ona viloyat sudi sudyasi ...Mahliyo Kamolova yangi hayot ostonasida turgan oddiy bir qiz sifatida M. Salohiddinov ismli fuqaro bilan uchrasha b o sh l ayd i . N av b a t d a g i uchrashuv Salohiddinovning uyida bo‘ladi. Ular bir necha kun shu uyda qolishadi... Ammo... Mahliyoni uyiga olib borib qo‘ygan «oshiq» oradan uch kun o‘tib, qizni o‘g‘irlikda ayblab, sudga beradi... TIKLANDI Yaqinda Indoneziyaning nufuzli nashriyotlaridan biri “Kanisius Media” nashriyotida bir guruh o‘zbek ijodkorlari va olimlarining kitoblari ingliz va indonez tillarida alohida shaklda nashr etildi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, O‘zMU professori Ra’no Sayfullayeva, shoir Minhojiddin Mirzo, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shahodat Isaxonova, Gulbahor Jumayeva, Umida Xushvaqtova, marhum shoir A’zam O‘ktam va iste’dodli yozuvchi Asror Allayorov kabi ijodkorlarning ilmiy, badiiy va publitsistik asarlari o‘rin olgan. O‘zbek ijodkorlari qalamiga mansub bu kabi kitoblarning xorijda nashr etilishi – mamlakatimizning chet ellardagi ilmiy-adabiy hamkorlik aloqalari yanada kengayib borayotganidan dalolatdir. – To‘g‘risini aytsam, Indoneziyadagi bizning Yogyakarta shahrimiz aholisi hali o‘zbek adabiyoti va madaniyati haqida to‘la tasavvurga ega emas edi, – deydi mazkur nashriyot menejeri Rozaliya Emmi. – Nashriyotimiz tarixida ilk bora o‘zbekistonlik olimlar va ijodkorlarning kitoblarini nashr etdik. Endi mazkur to‘plamlarni shahrimizdan uncha olis bo‘lmagan orollarga ham jo‘natamiz. Ijodiy va ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash jarayonida biz o‘zbek xalqining adabiyoti va san’atiga, o‘zgacha urf-odatlariga juda qiziqib qoldik. E’tiborli tomoni, ushbu kitoblarning taqdimoti Indoneziyaning mashhur oliygohlaridan biri Gadjah Mada universitetida ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizdan borgan mualliflar ham ishtirok etishdi. – Universitetimiz jamoasi bilan o‘zbekistonlik olimlar va ijodkorlar bilan uchrashar ekanmiz, chop etilgan ushbu kitoblar bilan yaqindan tanishib, madaniyatlarimiz qanchalar yaqin ekanligiga guvoh bo‘ldik, – deydi mazkur universitetning Madaniy fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari Mimi Savitri. –Endilikda ushbu kitoblardan adabiyot va san’atga oid darslarimizda ham keng foydalanishni reja qildik. Kelajakda hamkorlik aloqalarimiz yanada davom etib, universitetimizda o‘zbekistonlik talabalar ham tahsil olishadi deb umid qilamiz. Quvonarli jihati, mazkur universitet ilmiy jurnalining yaqinda chiqqan maxsus soni o‘zbekistonlik olimlarga bag‘ishlandi. Ayniqsa, taniqli yozuvchi Shahodat Isaxonovaning “Antiqa ziyofat” hikoyalar to‘plami Yogyakarta ilmiyadabiy jamoatchiligida katta taassurot qoldirdi. O‘tkir ALIMOV, O‘zA 10 INSON QADRI Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) O‘ZBEK IJODKORLARINING KITOBLARI INDONEZIYADA CHOP ETILDI
XALQARO HAYOT Sahifani internet ma’lumotlari asosida Feruza XODJAYEVA tayyorladi. 11 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) 2017-yilda Nokia Apple kompaniyasini patentlarini ishlatayotgani uchun bergandi va shundan keyin janjal bo‘lmasligi uchun kompaniyalar kelishib, kross-litsenziyalash shartnomasini tuzishgandi. Shartnoma muddati 2023-yilgacha bo‘lganligi sababli o‘zaro shartnomasini yangilashdi. EVEREST ENG BALAND CHO‘QQI MAQOMINI «BOY BERDI» Cience Focus nashri xabariga ko‘ra, tadqiqotchilar Everest cho‘qqisi dengiz sathidan 8849 metr balandlikda joylashganini tasdiqlashdi. Ammo, hisob-kitob boshqacha usulda olib borilsa, Everest balandlik bo‘yicha 1-o‘rinni boshqa cho‘qqiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, dunyodagi eng baland cho‘qqi balandligi taxminan 10305 metrli Mauna-Kea vulqoni hisoblanadi. Gap shundaki, vulqonning bir qismi Tinch okeani tubida joylashgan, ya’ni, taxminan 6 ming metri suv ostida yashiringan va faqat 4 ming 205 metri dengiz sathidan balandda joylashgan. AQSH Geologiya xizmatining ogohlantirishicha, bundan 4500 yil avval paydo bo‘lgan mazkur vulqonning qayta uyg‘onish ehtimoli mavjud. Turkiya Prezidenti, Shvetsiya Bosh vaziri va NATO Bosh kotibi Vilnyusda (Litva) uchrashdilar. Muzokarachilar Stokgolmning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi mavzusini muhokama qilmoqda. VILNYUSDA UCHRASHUV ISHSIZLIK REKORD DARAJADA «VAGNER» HAQIQATAN HAM YADRO QUROLIGA YAQINLASHGANMIDI? HINDISTON DUNYODA IKKINCHI O‘RINDA TABIBLAR RASMAN ISH YURITADI UKRAINA NATOGA APPLE BUKLANADIGAN MACBOOK QABUL QILINMAYDIMI? Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Rossiya qo‘zg‘oloni paytida «Vagner» kuchlari haqiqatan ham yadro quroli bazasiga yaqinlashgan. 24-iyundagi yurish chog‘ida yollanma askarlarni olib ketayotgan mashinalarning bir qismi Rossiya yadro qurollari saqlanadigan «Voronej – 45» bazasi yo‘nalishi bo‘yicha avtomagistral bo‘ylab sharqqa burilib ketgan edi, deb xabar berdi agentlik. Agentlik yollanma askarlar bazadan 100 km uzoqlikda bo‘lganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda Ukraina Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov «Vagner» guruhining bir qismi bazaga yetib kelganini da’vo qilmoqda. Shu bilan birga, Budanov eshiklar yopiq edi va Vagnerchilar texnik bo‘limga kira olmadilar, deya ishontirmoqda. Agentlik manbasiga ko‘ra, bu Kremlda xavotir uyg‘otgan va Aleksandr Lukashenko vositachiligidagi muzokaralarga turtki bo‘lgan. Rossiyada ishsizlik darajasi mamlakat tarixidagi eng past darajaga yetdi. – May oyidagi ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizga past, – dedi Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari Yelena Muxtiyarova. Goldman Sachs investitsion banki tahlilchisi fikriga ko‘ra, 52 yildan keyin Hindiston iqtisodiyoti dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin. Uning talqinicha, 2075-yilga kelib umumjahon iqtisodiyoti hajmi quyidagicha ko‘rinishga keladi: Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tabiblarni rasman tan olmoqchi. Sog‘liqni saqlash vazirligining s o b i q r a h b a r i Ye l j a n Birtanovning Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berishicha, mazkur chora davlat yuridik shaxslari tomonidan taqdim etiladigan malaka darajasi, sifati va ish sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashga qaratilgan. «Bunday yondashuv tom ma’noda mo‘jiza va dalillar bazasiga ega bo‘lmagan boshqa vositalar yordamida bemorlarni davolashga imkon berishini anglatadi”, deyiladi nashr xabarida. Xitoy Hindiston AQSH Yevrohudud Yaponiya . . . . . The Daily Telegraph gazetasining xabar berishicha, 11 – 12-iyul kunlari Vilnyusda (Litva) bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Germaniya Ukrainaning zudlik bilan a’zolikka qabul qilinishini qo‘llabquvvatlamaydi. Bu alyans bilan Rossiya o‘rtasida urush keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olib, Kiyevning ittifoqqa kirishini kechiktirilishini qo‘llabquvvatlaydi. A p p l e d i s p l e y i s h l a b c h i q a r u v c h i l a r i b i l a n b u k l a n a d i g a n d i s p l e y l i MacBook uchun muzokaralar olib bormoqda. Manbalarga ko‘ra, kompaniya 2026-yilgacha ushbu MacBooklarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu yangilikdan keyin Koreya ishlab chiqaruvchilari, Samsung va LG egiluvchan OLED panellarini ishlab chiqarishga faol sarmoya kiritishni boshlab yubordi. Masalan, Samsung Display 2025-yildan 2026-yilgacha OLED panellarining so‘nggi avlodini ishlab chiqarishga 4,1 trillion von (3,1 milliard dollar) sarmoya kiritishga qaror qildi. Biroq, koreys ishlab chiqaruvchilari hali buklanadigan OLED panelli noutbuklarni chiqarmagan. Endi Samsung Electronics faqat bunday qurilmalar uchun savdo belgisi huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Nokia va Apple o‘zaro shartnomasini yangilashdi
12 MILLAT OYDINLARI Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) LAQAY KIM EDI? Sovet tuzumiga qarshi olib borilgan qurolli harakat (1918–35-yillar) mavzusida so‘nggi yillarda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar qilindi, dastlabki badiiy asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Xususan, qurolli harakatning yirik namoyandalaridan biri Muhammad Ibrohimbek laqay obrazi bir necha asarda qalamga olindi. Muhammad Ibrohimbek laqay – Sharqiy Buxoro mintaqasida, keyinchalik O‘zbekiston SSR va Tojikiston ASSRning tog‘li hududlarida qizil armiyaga qarshi jang olib borgan yirik qo‘rboshilaridan biri. Manbalarda keltirilishisha, u 1889-yili Dushanbe yaqinidagi Ko‘ktosh qishlog‘ida, laqay urug‘ining Eshonxo‘ja shaxobchasiga mansub amaldor Chaqaboy to‘qsabo xonadonida tug‘ilgan (Rajabov Q. Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash. T., «Ma’naviyat», 2002, 31-bet). Siyosatshunos Nasriddin Nazarovning «Muhammad Ibrohimbek laqay» kitobida yozilishicha, Chaqaboy to‘qsabo to‘rt xotindan olti o‘g‘il va olti qiz ko‘rgan. Farzandlarining barchasi turli yoshda vafot etib, faqat kenja o‘g‘il – Ibrohim omon qolgan. U musulmon maktabida o‘qib savod chiqargan, madrasada ta’lim olgan. 1919-yilda Hisor begi uni qorovulbegi unvoni bilan taqdirlab, Ko‘ktosh laqaylaridan zakot yig‘ishga mutasaddi etib tayinlagan (Nazarov N. Muhammad Ibrohimbek laqay. T., 2006, 14-bet). 1921-yil sentyabrda o‘tkazilgan Buxoro qo‘rboshilarining qurultoyida Ibrohimbekka «Islom lashkarboshisi» degan unvon berilgan (O‘zbekiston tarixi. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi kitob. Mas’ul muharrir: M. Jo‘rayev. T., «Sharq», 2000, 254-bet). Ibrohimbek 1926-yilgacha qizil armiyani Buxoro tuprog‘idan haydab chiqarish, Buxoro amirligini tiklab, sobiq amir Said Olimxonni qayta taxtga o‘tqazish yo‘lida qizil armiyaga qarshi omonsiz kurashgan. O‘rta Osiyo harbiy okrugining asosiy harbiy kuchlari unga qarshi tashlangach, kuchlar nisbati teng bo‘lmagani sababli Afg‘onistonga o‘tib ketishga majbur bo‘lgan. Ibrohimbek 1926 – 27-yillari Kobul yaqinidagi Qal’ai Fotuda Buxoro amiri Said Olimxonning qarorgohida yashagan. Afg‘oniston davlati unga besh yuz ellik kobuliy rupiya oylik mablag‘ tayin etgan (Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. T., «Fan», 1991, 15-bet). 1928-yil oxirida Shimoliy Afg‘onistonga borib o‘z mavqeyini mustahkamlay boshlagan Ibrohimbek sarkarda yigitlarining soni 1929-yilda 4000 nafarga yetgan («Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash», 37-bet). Ibrohimbek 1930-yil aprel oyidan 1931-yilning iyunigacha qizil armiyaga qarshi qaqshatqich zarbalar bergan. Ammo u 1931-yil 23-iyunda OGPU jangchilari va sovet chekistlari tomonidan Bobotog‘da qo‘lga olinib, 1932-yilning 31-avgustida qatl qilingan. Sayyid Tavakkalxonning 2009-yil Dushanbe shahrida chop etilgan «Muhammad Ibrohimbek» qissasi shu mavzuda. Asarni yozishda Ya.Nalskiyning uch jildlik «Sharqiy Buxoro tog‘larida», siyosatshunos olim Nasriddin Nazarovning «Muhammad Ibrohimbek Laqay» asarlaridan va yozuvchi Nabijon Boqiy taqdim etgan arxiv hujjatlaridan foydalanilgan. Shuningdek, muallifga Muhammad Ibrohimbek bilan bir safda jang qilgan Elmurod bobo, Subhonqul botir bobo, Mullo Abdurahim bobo, O‘roq bobo kabi o‘ndan ortiq guvohlarning xotiralari asqatgan. Sayyid Tavakkalxon Ibrohimbek jang olib borgan hududda o‘sib ulg‘aygani bois joy nomlari, og‘izdan og‘izga ko‘chib yuruvchi afsona va rivoyatlarni o‘rinli ishlata olgan. Lekin qissada Ibrohimbek obrazini ideallashtirishga urinish ham ko‘zga tashlanadiki, buni zukko kitobxonning ilg‘ashi tayin. Muallif bosh qahramon qiyofasini shunday tasvirlaydi: «Bek bobo uzun bo‘yli, qotma, burunlari enib kelgan, qoshu ko‘zi qora, qora soqol, tiniq, oq yuzli, yonoqlarida kamroq qizillik aks etib turar, xushbichim odam edi». Qissada, shuningdek, Amir Olimxon, afg‘on amiri Omonullaxon, qorategin Fuzayl maxsum, turkiyalik Anvar posho, Azim qo‘rboshi, Asadullobek, Egamberdi botir, Subhonqul botir, mullo Abdurahim (Ibrohimbekning mirzasi), Qayum parvonachi, eshoni Isoxon bobo, Putovskiy, Stalin, Kalinin kabi tarixiy shaxslarning nomlari ham keltirilgan. Asarda qizil armiyaning qishloqlarga o‘t qo‘yishi, aholining ayovsiz talanishi, Ibrohimbekning strategiyasi va jang taktikasi, markazning nufuzli kishilarni vakil qilib yuborib, sarkardani taslim etishga uringani va Ibrohimbekning laqay urug‘ini qirg‘indan saqlab qolish uchun dushmanga yon bergani kabi nozik jihatlar qalamga olingan. Bu bilan muallif Ibrohimbek taqdiri misolida o‘ta murakkab va ziddiyatli tarixiy davrni ham tasvirlagan. Ma’lumki, o‘sha davrda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu maqsadda barcha siyosiy va harbiy choralar ko‘rilgan edi. Kurashga sovet apparati va quyi partiya organlari ham jalb etilgan. Hukumat joylarda targ‘ibottashviqotni kuchaytirgan, mahalliy aholidan militsiya va ko‘ngillilar otryadini tuzib, ulardan qo‘rboshi guruhlariga qarshi kurashda foydalangan. Istiqlolchilar tomoniga o‘tib ketmasliklari uchun ko‘ngillilar otryadi vakillarini kommunistik ruhda tarbiyalashga e’tibor qaratilgan, ular hatto moddiy jihatdan ta’minlangan. Taniqli yozuvchi Tog‘ay Murodning 1994-yili «Sharq» nashriyotida chop etilgan «Otamdan qolgan dalalar» romanining ikkinchi bobida ham qizil armiyaga qarshi kurashgan mujohid Aqrab qo‘rboshi haqida so‘z boradi. Qolaversa, romanda Ibrohimbek qo‘rboshilarning sarboni, uning qo‘l ostida jang qilgan Aqrab qo‘rboshi esa vatanparvar, mard va zukko shaxs sifatida tasvirlangan. Aqrab qo‘rboshi polkovnik Chanishevni bahsda yenggani, davlat arbobi Kuybishev, sovet sarkardasi Frunze qarshisida otdan tushmagan polkovnik Aqrab qo‘rboshiga hurmat yuzasidan otdan tushgani ta’sirchan ifodalangan. Aqrab qo‘rboshi tilidan aytilgan «Qizillar keldi, qizil rang bu – qon rangi, bu yaxshilik alomati emas», degan fikr orqali yozuvchi O‘zbekistonning sovet davri tarixiga muxtasar, ammo mazmundor baho beradi. Shuningdek, romanda tarixi, madaniyati, tili, dini hamda urf-odatlari mushtarak bo‘lgan yagona Turkiston o‘lkasining bo‘linishi sabablari qalamga olingan. Xususan, 1924 – 25-yillarda O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati oqibatida turkiy xalqlar bo‘linib ketgani tilga olinadi. Bizningcha, bundan ko‘zlangan maqsadlardan biri O‘rta Osiyoda Ibrohimbek, Yormat Maxsum, Fuzayl Maxsum, Junaydxon singari yirik qo‘rboshilarning sovet rejimiga qarshi qurolli harakatini tugatish edi. Qizil armiyaga qarshi kurash ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyatlar, bir yoqadan bosh chiqarmaslik, xoinlik, mansabparastlik, qolaversa, sovet hokimiyatining o‘lkada yuritgan adolatsiz siyosati kitobxonni mushohada qilishga undaydi. Demak, mazkur mavzudagi badiiy asarlar yosh avlodni vatanparvarlik, millatsevarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Feruz BOBOYEV, tarixchi ARKARDA IBROHIMBЕK
NUQTAYI 13 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) NAZAR Bir necha yildan buyon Yaponiyada yashayotganim bois, yaponiyaliklar turmush tarzini kuzataman, o‘zim guvoh bo‘lgan voqealarimni ijtimoiy sahifalarimda yoritaman. Ular ko‘pincha kundalikka o‘xshaydi. Uch, to‘rt yil birga ishlab, qadrdon bo‘lib qolgan Miyazava ismli juda mehribon hamkasbim bor edi. Bir kuni odatdagi yig‘ilishda menejerimiz: «Bugun Miyazava ishga kela olmadi. Vafot etgani haqida xabar oldik» deb qoldi kutilmaganda. Bu xabardan a’zoyi badanim muzlab qolgandek bo‘ldi. Yaqin odamimdan ayrilgandek karaxt ahvolga tushdim. Menga eng yomon ta’sir qilgani majlisda menejer ham, qolgan ishchilar ham bir og‘iz «Afsus, yomon bo‘libdi» deyishdan nariga o‘tishmadi. Keyin hech narsa bo‘lmagandek hamma o‘z ishiga kirishib ketdi. Shu kuni kayfiyatsiz ishladim. Qani birorta odam, u haqda nimadir dermikan, xafa bo‘larmikan degan ma’noda hammaga bir-bir qarab chiqaman. Yo‘q, hech kim hech narsa demadi. Xafa ham bo‘lmadi. O‘ynab-kulib har doimgidek o‘z ishlarini davom ettiraverdi. To‘g‘ri, xafa bo‘lish bizni dinda qoralangan. Man ham ulardan ayuhannos solib yig‘lash, motam qilishni kutmagandim. Ammo, 20-30 yildan beri birga ishlaydigan odam yo‘q bo‘lib qolsayu, bu boshqalarga pashsha chaqqanchalik ham ta’sir qilmasa, yomon tuyular ekan. Yaponlarning shunday sovuq munosabatlari meni har doim hayratga soladi. Ayrimlari hattoki, «O‘tgan hafta otam o‘lib qoldi, onam o‘lib qoldi» deb tirjayib, sovuq ohangda gapiraverishadi. Taassufki, ko‘pchilikniing keksa ota-onasidan yillab xabar olmaganlari haqida ham ko‘p eshitganman. Shunday paytlarda o‘zimizdagi mehr-oqibatga tasannolar aytib yuboraman. Bizdagi hamkasblar qarindoshdek, eng yaqin odamlardek bo‘lib ketishadi. Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘chilikdagi oqibatimizni aytmasa ham bo‘ladi. Xulosa o‘rnida aytishni istardimki, kelajakda ulkan rivojlanishlarga erishsak, go‘zal urf-odatlarimiz, mehr-oqibatlarimiz, otaona, do‘sti-yorga bo‘lgan munosabatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolishimiz shart ekan... Bahodir ISKANDAROV QOSHIDA TIZ CHO‘KSAK ARZIYDI QADRIYATLARIMIZ Mulohaza «O‘TKAN KUNLAR»GA HAVAS... Mamlakat imi zda har b i r m av s u m b o s h i d a n FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablarni belgilash maqsadida umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi ishlab chiqilib, aholi o‘rtasida bu borada tushuntirish ishlari olib boriladi. Ay n i q s a , b o g‘c h a v a maktablarda bu boradagi kengroq tushuntirishga alohida e’tibor qaratiladi. Boisi, sodir bo‘lgan yong‘inlarning ma’lum qismi aynan bolalar ehtiyotsizligi oqibatida yuz bergan. Aytish kerakki, umumiy texnik reglament yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarni identifikatsiya qilish va muvofiqlikni baholashga hamda muvofiqlik belgisi va tamg‘asiga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. Mazkur texnik reglament yong‘inlarning oldini olish, y u z a g a k e l i s h x a v f i n i k a m a y t i r i s h , y o n g ‘ i n rivojlanishini va tarqalishini cheklash, yong‘inni o‘chirish, odamlarni qutqarish, inson hayotini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini va atrof-muhitni himoya qilish, shuningdek, yong‘in natijasida ziyon keltir ish va zarar yetkazish xavfini pasaytirish uchun mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. S.M.DJURAYEV, FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i Hushyorlik davr talabi! Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani bosh qahramoni Otabek o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan. U doimo mamlakat va xalq taqdirini o‘ylaydi, feodal zulmning halokatli ekanini ko‘rib, undan xalos bo‘lish yo‘llarini axtaradi, ko‘pchilikka yordam qo‘lini cho‘zadi. Otabek o‘z zamonasiga xos bo‘lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini yengishni, savdo ishlari bilan Shamayga borganida ko‘rgani kabi, Turkistonda ham xuddi shunday idora uslubi bo‘lishini xohlaydi. Biz bu o‘rinda Otabekning qanchalik kuyunchak ekanini ko‘rsak, boshqa bir o‘rinda otasi va yorini dordan saqlab qolgan Kumushbibining jasoratiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, asar mazmunida aks etgan oilaviy munosabatlarda gender muvozanati saqlanganini ko‘rish mumkin. Ammo, hozirgi kunda ham, «o‘zbekchilik» deyishib, bu muvozanat butunlay yo‘qqa chiqarilgan holatlar uchrab turadi. Misol uchun, qiz bolaning turmushga chiqishi masalasida ko‘pincha, onaning emas, otaning fikri ustun bo‘ladi. Ota, qizi yoki ayolining fikrini eshitmay, o‘zi qaror qiladi: «shunday bo‘ladi, tamom, vassalom». Ona esa qizining xohishiga qarshi taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda, mum tishlaydi. U qonunchilikda eri bilan teng huquqli ekanini bilsa-da, churq etmaydi. Nega? «O‘zbekchilikda»... Balki, bu narsalarga hali mening aqlim yetmas... Ammo, gender tenglik tushunchasini o‘rganish davomida shuni tushundimki, mamlakatimizda gender tenglik ezgu qadriyatlardan biriga aylanmas ekan, bu tushunchaning hayotimizdagi amaliy ifodasini topishiga yillar yetmaydi... Mushtariy HAITOVA, Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 329-maktab o‘quvchisi Sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali tibbiyot xodimlari yetishtirib berayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya, Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik, Tibbiy profilaktika kabi fakultetlar faoliyat yuritmoqda. Institut jahonning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Hozirgi kunda ushbu hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Iordaniya, Avstraliya davlatlaridan 1500 dan ziyod talaba Buxoro tibbiyot institutiga kelib tahsil olmoqda. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining Kuban stomatologiya davlat tibbiyot universiteti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Petrozavodsk davlat tibbiyot universiteti, Sankt-Peterburg pediatriya universiteti, Dog‘iston tibbiyot universiteti, Pirogov nomli Moskva davlat tibbiyot universiteti, Orenburg davlat tibbiyot universiteti, Polshaning tibbiyotda axborot texnologiyalari oliy maktabi, Hindistonning farmatsiya “GD GOENKA UNIVERSITY, Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti, Qozog‘iston janubiy tibbiyot akademiyasi bilan qo‘shma ta’lim dasturlari olib borilmoqda. Tohir ISTATOV, O‘zA Ta’limdagi hamkorlik - zamon talabi
&&&&&&&&& MAKTAB HAQINDA Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab, Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab, Maishat bobida ranju alamdan qutqarur maktab, Hayotu ruha dushman jahli samdan qutqarur maktab, Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab. Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. Taraddud birla doim dur oling daryoi maktabdan, Tering jon rastasig‘a xo‘b zabarjadhoyi maktabdan, Topar maqsudini har kim qidirsa loyi maktabdan, Umidim shul, jo‘ juqlar, uzmasanglar poyi maqtabdan– Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab, Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. Cholishmaq birla doim to lahad borguncha ilm ista, Hadisi mustafodir: Shahri Chin borguncha ilm ista, Sihatsan to badang‘a harfi mad borguncha ilm ista, Qo‘yub ohista-ohista qadam, borguncha ilm ista, Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab, Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. Jahonda barcha ne’matdan laziz ilm o‘lmasa, nedir, Hunar bog‘ida tubi qad aziz ilm o‘lmasa, nedir, Nasimi mushki totori tamiz ilm o‘lmasa, nedir, Gulob, tarbiyati jahli mariz ilm o‘lmasa, nedir. Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab, Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. Hama xursandlikni ma’danidur ilm, ey o‘g‘lon, Hama fazlu karamni manbaidur ilm, ey o‘g‘lon, Hama xo‘blarni xo‘bin maskanidir ilm, ey o‘g‘lon, Hama islom elini masnadidur ilm, ey o‘g‘lon, Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab, Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. Takabburlar qatorida havog‘a bo‘lmasang mag‘rur, Dutoru tanburu changu navog‘a bo‘lmasang mag‘rur, Taraddud vaqtida bazmu kazog‘a bo‘lmasang mag‘rur, Bo‘lib hajrida Hijron mahliqog‘a bo‘lmasang mag‘rur, Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab, Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab. USHBU «ADABIYOT»A TURKISTON AHLINDAN JAVOB Afandim, bu sizing afg‘oningiz bizlarga kor etmaz, Ocharga ko‘z qani bizda, imolar aslo or etmaz, Xazon bo‘lg‘on gulistondur, gulini ixtiyor etmaz, Sizingdek bing muxotib dodi-faryodi mador etmaz, Nechuk chiqsun bu millat, g‘ayratu himmatni yor etmaz. Qani er bizda uyqudan uyog‘, xotin qatorinda, Dilu jonin jaholat qoplamish, yotmish mazorinda, Nechuk ibrat olur jonsiz jamod ul qabri zorinda, Na deb so‘z tinglayurkim, punba g‘aflatgo‘ shikorinda, Nechun tursun bu g‘aflatdan tag‘oful e’tibor etmaz. Bu jahliston eliga va’zlar kor etmagay, faryod, Bu sangin dillari tepkular ozor etmagay, faryod, Bu osiyo sangin ustida turpo ketmagay, faryod, Bu ko‘histon dilini kahfi xobi bitmagay, faryod, Yotar doim farog‘atda na nanggu or g‘or etmaz. Bu mavhistonda bermas ibratu g‘ayrat samar, hayhot, Hama yo‘l ko‘rsatuchilar tama’chi, darbadar, hayhot, Bu fanlardan xabarsizdur, falaklar qars urar, hayhot, Yahudu armani, lotishlar aylar alhazar, hayhot, Abu Jahlu Yazidlar biz kabi millatni xor etmaz. Taraqqiy yo‘lina tushsunmi yo shaxsisidan qolsun, Fununu ilmdan ibrat desa, pul topmadan qolsun, Maishat bobida pul topsinu o‘z jaybina solsun, Boqub hirsi ila ta’rixa, Qorundan na deb qolsun, Nasihat aqchasiz bu sangi dillarda qaror etmaz. Yahudiylar kelib savdoni andak qismini oldi, Shupurg‘uchi, yamoqchi, xayrchilik bizg‘a ham qoldi, Yahudiylar ko‘rub turk ittifoqin aqldan toldi, Yasab shirkat g‘anilar yig‘di pul, joyi asil qoldi, Tanazzul iftiroq etmakda bizlar sharmu or etmaz. Bu ko‘histong‘a maktabni solur, sahroyilarmu, oh, Hunar birla funun tahsil etar qishloqilarmu, oh, Muallim yetkarur kim? Bu qadim taryokilarmu, oh, Madorislarni kim isloh edar, shalloqilarmu, oh, G‘aribu bekasu bechorani odamqator etmaz. Ma’rifatparvar adib Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktab o‘quv dasturlariga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi, ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishini kuchaytirishga alohida e’tibor berdi. Shuni alohida qayd etish joizki, XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlardan biri bu, shubhasiz, maktab o‘quv ishlari yuzasidan olib borilgan o‘zgarishlar bo‘ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo‘shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biriga aylangan edi. U 1904-yilda Mirobodda, so‘ngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. Avloniy xulqlarni an’anaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Sa’diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oldi. Adib Vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan deb bildi. Ijodi orqali «Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakati, uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak», deya hayqirdi. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1913-yilga kelib esa «Turon» jamiyatini ochdi. Har daqiqasini millat farzandlariga ilmu ma’rifat ulashish, aholida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziqa berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish, o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi xayrli ishlarga sarfladi. Ta’kidlash joizki, Avloniy o‘zbek teatrining ham asoschilaridan edi. 1913-yilda tuzilgan «Turkiston» teatr truppasining tashkilotchisi, g‘oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa «Zaharli hayot» (Hamza), «Baxtsiz kuyov» (A.Qodiriy) kabi o‘zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirdi. Shuningdek, teatr Ozarbayjon dramaturglarining asarlari («Badbaxt kelin», «Xo‘p-xo‘p», «Jaholat», «O‘liklar», «Joy ijaraga olgan kishi», «Man o‘lmisham», «Layli va Majnun», «Asli va Qaram»)ni o‘zbekchaga tarjima qilib, sahnaga qo‘ydi. Shu o‘rinda Avloniyning o‘zi Mallu («Layli va Majnun»), Fayziboy («Baxtsiz kuyov»), Aliboy («To‘y»), boy («Padarkush») rollarini ijro etganini aytish joiz. Uning qalamiga mansub «Advokatlik osonmi?» (1914), «Pinak» (1915) komediyalari, 1914 – 1917-yillarda yozgan «Biz va Siz», «Portugaliya inqilobi», «Ikki sevgi» kabi fojeiy asarlari ham o‘zbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teat san’atining xalq orasida mashhur bo‘lishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Axloqiy-ta’limiy asarlar, darsliklar yozib, milliy uyg‘onish adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga ham katta hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy ijodi bugun ham ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda. Zukko, ilmga chanqoq, ma’rifatparvar, vatan, el-yurt taqdiriga o‘zini hammadan ko‘ra ko‘proq daxldor deb hisoblaydigan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish – bugungi ta’limtarbiya tizimining bosh maqsadi ekan, Abdulla Avloniyning shubhasiz, boy ma’naviy va ma’rifiy merosi bu olijanob maqsadga erishish yo‘lidagi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ilm qilishni istagan avlod uchun esa Avloniy bobomizning yo‘lidan borish ham sharaf, ham katta mas’uliyatdir. Internet ma’lumotlari asosida Yoshlar parlamenti a’zosi Baxtishod Rashidov tayyorladi. 12-IYUL TAVALLUD 14 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. MILLIY UYG‘ONISH NAMOYANDASI Ma’lumki, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy millat va yurt taraqqiyotini yoshlarning har tomonlama ilmu ma’rifatli bo‘lib yetishishida deb bildi va shuning uchun ham butun umrini ilm-fan va ta’limning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishladi. Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, hunarmand to‘quvchi oilasida tug‘ildi. U yetti yoshida O‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabga o‘qishga bordi. Maktabni 1890-yilda tugatgach, shu mahalladagi madrasada tahsil oldi. Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi.
15 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) TOPGAN KUN ABDULLA AVLONIY G‘anilar o‘rtamizda bor, himmat nishlari burron, Faqirlar jismili tishlab olurg‘a tishlari burron, Xusumat aylamakda dildagi g‘ul-g‘ishlari burron, Jamoat, xayrni buzmak uchun qirqishlari burron, G‘ariblar jismig‘a bunday alamni zahri mor etmaz. Biza lozim erur axloq ta’limig‘a bir o‘n yil, Jaholat jomi bizdan tark o‘lur, gar kechsa besh-o‘n yil, Ulumi ma’rifatdan to xabar topmak-la o‘n-o‘n yil, Chirog‘i ilm uchun Hijron bo‘lub yotmakka yuz o‘n yil, Agar bing yil nasihat yog‘gani-la sabzazor etmaz. SADOQAT BIZDA YO‘QDUR… Sadoqat bizda yo‘qdur, demakim, yalg‘onimiz bordur, Ulumu ma’rifatdan demakim, nuqsonimiz bordur. Demakim, amri ma’ruf aylamakka bizda yo‘q bir kas, Ki har bir to‘shai jome’da mashrabxonimiz bordur. Mudarrislarda yo‘q isloh, deb(on) oh urma behuda, Bo‘lur tahsil hosil, deb dalil yozg‘onimiz bordur. Tabobat bobida bizdan muqaddam hech millat yo‘q, Alaflardan davo qilg‘uvchi bing Luqmonimiz bordur. Tijorat aylamakda pasda qolduk, deb yema anduh, Ta’madan aqcha to‘plar milyoner eshonimiz bordur. Hakimlik bizdadur onjaq, buni ag‘yor bilmas, oh, Chibiqlar birla jin quvlar qasidaxonimiz bordir. Bizim ham ilmu fandin bexabar, deb, aylama tahqir, Tramvoydan tusholmay dumbaloq otqonimiz bordur. Adab bobida tanho o‘zgalar lof urmasun, oxir, Hazil o‘rnig‘a badnomu haqoratdonimiz bordur. Muhandis bizda yo‘q, deb noraso so‘z demagil, notiq, Sharorat tog‘ida mino topib olg‘onimiz bordur. Safoni so‘fida, obidni mehrobida ko‘r, doim, Ibodatni riyo aylar bizim shaytonimiz bordur. Taajjublanma, Hijron, san, tag‘ofulpeshadur kajrav, Yotar, yig‘lar, kular, ishlar – ajab davronimiz bordur. VATAN Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas – aqli pas(t)dur. Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur, Sening darding boshqa dardni tortib olur. Yering, suving bizni boqub to‘ydiradur, Semiz-semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur. Olma-anor, anjir, uzum – mevalaring, Ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring. Bizlar uchun xizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari, Sendan tug‘ib, katta bo‘lub, qaytib borub, Yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub. Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan! Javlon urub yashaydurgon xonamizsan! Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla, Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzuk so‘yla! Bizlar sotmas burun qilur erdin faryod, Biz sotgan so‘ng nega dersan bizlardan dod. Ayb bizlarda, seni sog‘ub emolmaduk, Yemush berib yem o‘rniga yem olmaduk. Bilolmaduk ko‘ksingdagi xazinani, Biz bilmasmiz tosh-tarozu, mazinani. Sotib-sotib qoladurmiz g‘amga botib, Boyqush kabi vayronada yotib-yotib. Seni sotub pul qilurmiz – ketur-qolur, Bir yildan so‘ng bahong ikki bo‘lub olur. FALAK KAJRAV, YO RAB Falak kajrav bizi ag‘ fola aylandurdimu, yo rab, Va yo xurshidi nuri ko‘zlari tindirdimu, yo rab, Qamar qon og‘latib bizlarg‘a nuqson verdimu, yo rab, Taajjub, yulduzi iqbolimiz g‘am yerdimu, yo rab, Tutub abri jaholat bizni pinhon qildimu, yo rab. Tamoman bizg‘a berdi yo zamin, yo osmon g‘aflat, Havo berdi biza onjaq nasimi dilkushon g‘aflat, Zamona nahri su o‘rnig‘a berdi, oh, qon g‘aflat, Zimistoni jahonda bormu bizdek titragon g‘aflat, Bahori tarbiyat bizlarg‘a to‘ fon erdimu, yo rab. Zamona ahli derlar bizni fandan bexabar, hayhot, Ziroatdan, sanoatdan xabarsiz besamar, hayhot, Qilib tark amrini sharr ishlayurmiz, alhazar, hayhot, Hunarda posibon hammoldurmiz darbadar, hayhot, Bu hikmatlar biza ro‘zi azaldan erdimu, yo rab. Ulum ahli bo‘lub bir-birg‘a zid nafsonai sarxush, Muallimlar usul atrofida parvonai sarxush, Jo‘ juqlar tarbiyatsiz, ilmdan begonadur sarxush, Avomun-nos g‘iybat hosili afsonadur sarxush, Eshon, so‘fi ta’ma jomig‘a xo‘landirdimu, yo rab. G‘anilar himmati to‘yu tamoshog‘a ketar, Hijron, Zamona bo‘stoni, fasli gul yeldek o‘tar, Hijron, Faqir bechora bulbuldek vatan g‘amda yotar, Hijron, Boqing ahli basirat g‘uncha dilni chok etar, Hijron, Jaholat jismimizg‘a xor o‘rnashtirdimu, yo rab. OLAM ICHRA KO‘RMADIM… Olam ichra ko‘rmadim kizbu xiyonatdan bo‘lak, Mehru shafqat o‘rnig‘a shaxsiy adovatdan bo‘lak.. Hamshikamlar, hamnafaslardan farog‘at ko‘rmadim, Oh, ko‘nglum pora-pora, dil jarohatdan bo‘lak. Oshino yoru birodardan muqarrar chektim al, Hech bir shay ko‘rmadim g‘iybat, haqoratdan bo‘lak. Demak istarman xuruji Mahdii Iso qarib, Uchramas bir shay ko‘za ayshu sharoratdan bo‘lak. Shayxlar sayyod o‘lub, saydi murid o‘ldi, darig‘, Zuhdu taqvoni na qilsunlar sayohatdan bo‘lak. Ilm istarlar amaldin zarracha yo‘qtur nishon, Istamaslar bir shayi nazru saxovatdan bo‘lak. Millati islom uchun hech kimsa zahmat chekmasun, Bizga onjaq yo‘q zarar zahmat hijolatdan bo‘lak. Istama Hijron o‘lub nojinslardan daf’i g‘am, Bu shajarlarda samar yo‘qtur jaholatdan bo‘lak. ILM Ilm bog‘inda bizam toza bakom o‘lmaliyuz, Ilm gulzorina bulbul kabi rom o‘lmaliyuz, Ilm vaslina xiradmandi xirom o‘lmaliyuz, Ilm ila millati Isloma g‘ulom o‘lmaliyuz, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz. Ilm uchun bizga bo‘laklar kabi g‘ayrat lozim, Ilm uchun bizga muallimlara diqqat lozim, Ilm uchun bizga muruvvat bila himmat lozim, Ilm uchun bizga taraddud bila xidmat lozim, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz. Ilmsizlarga jahonning keng uyi tor o‘ldi, Ilmsizlarga zamon bermaki ozor o‘ldi, Ilmsizlarga hama dardu alam yor o‘ldi, Ilmsizlarga maishat yo‘li dushvor o‘ldi, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz. Ilmdur ikki jahon manzilining a’losi, Ilmdur ikki jahon masnadining bolosi, Ilmdur ikki jahon rohatining ma’vosi, Ilmdur ikki jahon shavkatining barposi, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz. Ilm bir gavhari noyob, yo‘q o‘lmas, bitmas, Ilm bir nuri ziyodurki, jilosi ketmas, Ilm bir nuri ilohiy – kishini xor etmas, Ilm bir quvvat erur – millatini mahv etmas, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz. Ilmsiz ushbu zamonlarda yashar kun bitdi, Ilmsiz xobi kasolatda yotar kun ketdi, Ilmsizlarni bilimlik yo‘q etar kun yetdi, Ilmsizlik bizi, Hijron, yashatur kun o‘tdi, Yashamak istar esak, ilma ravon o‘lmaliyuz, Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o‘lmaliyuz.
16 Chorshanba 12-iyul, 2023-yil №21 (1209) TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyotimatbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 7 331. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: A3. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 716 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 4:10 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nodir MUXTOROV, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shavkat SHARIPOV, Shuxratjon AXUNDJANOV. Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Ravshan MAHMUDOV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YULDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] SAVOLBERING! – Enaga sifatida uyimda boshqalarning bolalariga qarayman. Enagalar ham mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkinmi? Dilbar Ziyayeva, Toshkent shahri – Xorijda yashayman. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan notariusga zarur hujjat jo‘natishim kerak. Hujjatlarni elektron shaklda jo‘natsam bo‘ladimi? Sabrina Garifulina – Ha, bo‘ladi. Adliya vazirligi tomonidan ishga tushirilgan «e-notarius.uz» rasmiy portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda zarur hujjatlarni onlayn yuborishingiz mumkin. Adliya vazirligi Axborot xizmati – Rahbarlik qilayotgan tashkilotimda daraxt shoxlari o‘quv binosiga xalaqit qilyapti. Daraxtni qonuniy ravishda kesishim uchun qaysi organdan ruxsat olishim kerak bo‘ladi? Nurilla Zufarov, Karmana tumani – Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, inson hayoti va sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxt va butalarni kesish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy organlari bilan kelishiladi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Axborot xizmati – O‘qituvchiman. Ishlarimni doimiy ravishda ommalashtirib borganman. Lekin platformaga joylashtirilmaganligi sababli maktab rahbariyati tomonidan ustama puli berilmadi. Shu to‘g‘rimi? Daniya Akbarova, o‘qituvchi – Ha, to‘g‘ri. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 25.08.2022-yildagi 279-son buyrug‘i 5-bandiga ko‘ra, Siz ommalashtiruvchi ishlaringizni platformaga joylashtirmagan bo‘lsangiz, bu natijangiz ustama berishda inobatga olinmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati – Ilgari sudlanganman. Bu saylovlarda ishtirok etishimni cheklaydimi? Daler Shafiyev, Buxoro viloyati – Yo‘q, cheklamaydi. Saylov kodeksining 5-moddasida faqatgina sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan fuqarolar hamda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok eta olmasliklari belgilangan. Markaziy saylov komissiyasi Axborot xizmati – Elektron raqamli imzo nima va u qay tartibda beriladi? Nizomiddin To‘raxonov, Yakkabog‘ tumani – Elektron raqamli imzo (ERI) – elektron hujjatdagi axborotni yopiq kalitdan foydalangan holda maxsus o‘zgarishlar natijasida hosil qilingan hamda ochiq kalit yordamida axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi imzodir. ERI ayni vaqtning o‘zida qog‘oz hujjatga qo‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega. Uni Davlat xizmatlari markazlari yoki e-imzo platformasi orqali olish mumkin. Raqamli texnologiyalar vazirligi Axborot xizmati – Farzandim 2024-yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma olgan. Bu yilgi g‘olib va sovrindorlarga qancha miqdorda pul mukofoti belgilangan? Nazira Sherbekova – 2022-yil 14-fevraldagi PQ127-son Qarorga ko‘ra, 2024- yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi: * oltin medal uchun — 200 000 AQSH dollari; * kumush medal uchun — 100000 AQSH dollari; * bronza medal uchun — 50000 AQSH dollari. Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – Ha, mumkin. Lekin enagalik bilan shug‘ullanadigan shaxslar o‘z faoliyati ish staji sifatida hisoblanishi uchun soliq organiga ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash orqali o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati ATLAS VA ADRAS – MILLIY QADRIYATLARIMIZ JILOSI BOQIMANDA «VIRUSI» Kelgusi sonlarda Kuting! lik O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlasu adraslar namoyon bo‘ladi. Usta hunarmandlarning mashaqqatli mehnati, qobiliyati, mahorati natijasida yaralgan atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim matolar nihoyatda qadrlidir. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolar milliy boyligimiz sanaladi. Unda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi, didi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. «Atlas» so‘zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi. Shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘plab atlas to‘quvchi kosiblar bo‘lishgan. 2017-yilda o‘zbek ipak matolarining to‘qish texnologiyasi YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani milliy matolarimizning jahon miqyosidagi yuksak o‘rnini namoyon etadi. Bugungi kunda yo‘qolib borayotgan an’analarni asrab-avaylash, jumladan, tarixiy matolarni qayta tiklash tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ipak matolar orasida eng mashhuri abrli atlas va xonatlasdir. Ularning o‘ziga xosligi – bezak va gullar matoga emas, balki o‘rish ipining o‘ziga chiziladi. Aytaylik, uzunligi 200 metr, eni 40 santimetr atlasni to‘qish uchun 3 ming 600 ta ipak tolani bir-biri bilan uyg‘unlashtirish lozim. Bitta tola uzilsa ham mahsulot sifatiga putur yetadi. Shu bois matoga yangi element qo‘shish juda qiyin. Iplarni «abr» usulida bo‘yash ham katta mahorat talab etadi. E’tiborlisi, barcha ranglar tabiiy usulda, bo‘yoq beruvchi giyohlardan tayyorlanadi. Shu bois ular o‘z sifatini yo‘qotmaydi, ranglar qorishib ketmaydi. Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar, erkaklar qiyig‘i va boshqa buyumlar tikiladi. Adrasdan esa ayollarning kiyim-kechaklari bilan birga chopon, ko‘rpa, ko‘rpachalar tikiladi. Bugungi kunda ko‘plab hunarmandlarimiz tomonidan qadimiy namunalar asosida ishlab chiqarilayotgan «O‘zbekiston go‘zali», «Marg‘ilon», «Bibixonim», «Begoyim», «Kelinchak atlas», «Bargi karam», «Nomozshomgul», «Guldasta», «Navro‘z», «Qo‘chqorshox» deb nomlangan ipak matolari dunyo miqyosida e’tirofga sazovor. Gulnoza BOBOYEVA, O‘zA