The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№ 2 (1234) 2024-yil 24-yanvar

RANJIGAN EDIMI? milliy tiklanish tiklanish QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT «MILLIY TIKLANISH» ANONSLAR AQSH dollari 12435.00. 1 YEVRO 13539.23. 1 Rossiya rubli 141.39. 1 Angliya funt sterlingi 15828.51. 1 Yaponiya iyenasi 84.18. 2024-yilning 24-yanvar sanasidan. Manba: cbu.uz «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI Adadi – 5 036 1995-yil 10-iyundan chiqa boshlagan www.mt.uz \ [email protected] № 2 (1234) 2024-yil 24-yanvar, chorshanba QONUN-QOIDALAR ASOSIDA YASHASH QADRIYAT DARAJASIGA KO`TARILISHI LOZIM... 3-sahifa Statistika natijasiga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarda asabiylashish, tish og‘rig‘i, ovqat hazm qilish tizimida muammolar oqibatida endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bog‘liq shikoyatlarga ega bolalar o‘rtacha foizni tashkil etmoqda 41 4-sahifa 2-sahifa SANOAT UCHUN YANGI IMKONIYATLAR YARATILYAPTI GLOBALLASHUV DAVRI YUSUF XOS HOJIB O‘Z ASARIDA «ALLOH» ISMINI QO‘LLAMAGAN! barcha ziyolilar, pedagoglar, olimlar, umuman, keng jamoatchilikdan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi yo‘lida faol bo‘lishni taqozo etmoqda Shubhasiz, ulug‘ mutafakkir adib Yusuf Xos Hojib o‘z davrining e’tiqodli kishilaridan edi. Ammo shunga qaramay, ul zot «Qutadg‘u bilig» asarida biror marta ham «Alloh» ismini qo‘llamaganlar (Firdavsiy ham «Shohnoma»da asosan «Yazdon» ismini ishlatgan). Asar ushbu jumla bilan boshlanadi: «Hamdu sepasu minnatu өgdi Teңri ’azza va jallaqa...» (Tangri azza va jallaga hamd, sipos, minnatdorchilik va maqtov...). 7s XIYONAT BU! O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda rossiyalik mashhur kinoprodyuser va rejissyor Timur Bekmambetov bilan 8 million dollar evaziga «Xo‘ja Nasriddin» global loyihasi amalga oshirilayotgan ekan. Mazkur tashabbus professional darajada ishlash, tajriba almashish, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta zamin yaratishi mumkin, degan taxminlar ilgari surilyapti. AFANDI MULTQAHRAMONGA AYLANYAPTI Xabarni o‘qib, o‘zbekning Xo‘ja Nasriddini sarguzashtlari, mot qiluvchi hazillari, eshak ustida biror masal yoki voqea aytib berayotgani haqidagi multserialni tasavvur qildim. Harqalay, qiziq va bolalar vaqtini maroqli o‘tkazishga arziydigan biror «asar» yaratilsa kerak. Ehtimol, Kinematografiya KELAJAKKA Bugun ham muhtaram kinochilarimiz sukut saqlab, kamtarlik qilishda davom etmoqdalar. TV kanallarida amerika yoki rus kinochilarining 80-yillarda ishlab chiqarilgan kinolari ketsa ketyaptiki, o‘zimiznikidan darak kam. Eng yomoni, ana shu «asar»lar bizni, ayniqsa, farzandlarimizni tarbiyalashda davom etmoqda. agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov aytganidek: «...bu personaj nafaqat bolalarimiz va yoshlarimizning, balki, kattalarning ham sevimli multiqahramoniga aylanadi». Aslida shunday bo‘lishi ham kerak, chunki bizda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Muhammad Sharif Gulxaniyning «Zarbulmasal»i, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, Kavsar Turdiyeva kabi bolalar ijodkorlarining katta adabiy merosi bor. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida asosiy e’tibor Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar muhokamasiga qaratildi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu masalaga munosabat bildirar ekan, bundan partiyaning har bir a’zosi tegishli xulosalar chiqarishi hamda mazkur yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni saylovchilarga tushuntirishda faol bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. – Davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilingan masalalarga iqtisodiy kompleks masalasi deb qarash kerak emas. Chunki ushbu yig‘ilishdan chiqarishimiz kerak bo‘lgan xulosalar bor. Qaysiki jamiyat tashabbus qilmasa, o‘z-o‘zini nazorat qilib, isloh qilmasa, hech qanday o‘zgarishlar yuz bermaydi, – dedi fraksiya rahbari. YANGI QONUNLAR BIZGA NIMA BERADI? Davomi 2-sahifada yoki O‘zbekistonda to‘ylar haqida qonun qabul qilinishini taklif qilaman NEGA BEHBUDIYNING SAVOLI HAMON JAVOBSIZ QOLMOQDA? HALIMA XUDOYBERDIYEVA RAVSHAN KOMILOVDAN 6s 2s 5s 5s 5s Iqtisodiyotda yuqori samarali innovatsion strategiyani shakllantirish va amalga oshirish sanoat korxonalarining tashqi va ichki bozorlardagi barqaror mavqeyini ta’minlash imkonini beradi. Zero, bu iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri hamdir. 2s YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTI KAFOLATIDIR ТARBIYA VA TA’LIM PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV SI SZINPINNING TAKLIFIGA XITOY XALQ RESPUBLIKASI RAISI BINOAN 23-YANVAR KUNI DAVLAT TASHRIFI BILAN USHBU MAMLAKATGA KELDI YOKI BOLAJONLARIMIZNING BIR YILDA FAQAT BIR OY MULTFILM KO‘RISH IMKONIGA EGA EKANLIGINING SABABI NIMADA? aysiki jamiyat tashabbus ko‘rsatmasa, o‘z-o‘zini nazorat qilib, isloh qilmasa, hech qanday o‘zgarishlar yuz bermaydi Q 4-sahifa


SANOAT UCHUN I YANGI QONUNLAR BIZGA NIMA BERADI? (Boshlanishi 1-betda) 2 24-yanvar, 2024-yil ijtimoiy-siyosiy gazetasi №2 (1234) chorshanba milliytiklanish FRAKSIYADA Islohot Madaniyat Shundan keyin kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tildi. Jumladan, deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasini muhokama qildilar. Mazkur loyiha «O‘zbekiston–2030» strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxatining 20-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Iqtisodiyotda yuqori samarali innovatsion strategiyani shakllantirish va amalga oshirish sanoat korxonalarining tashqi va ichki bozorlardagi barqaror mavqeyini ta’minlash imkonini beradi. Zero, bu iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri hamdir. Ushbu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. To‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni «drayver»ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi... Keyingi yillarda sanoat sohasini xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobarga ko‘paytirildi va 600 dan ziyod yangi konlar aniqlandi. Natijada sanoat korxonalari soni 2 barobarga ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi esa 1,4 baravarga ortdi. Bu ayniqsa, hududlar rivoji uchun ijobiy ta’sir qilmoqda. Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan sanoat uchun yangi imkoniyat va qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratilib, soha yanada qo‘llabquv vatlanayotgani yaxshi samara bermoqda. 2023-yildagina sanoatni rivojlantirish uchun yo‘naltirilayotgan investitsiya hajmi 113,2 trillion so‘mgacha oshdi. Bu esa iqtisodiyotga kiritilayotgan jami investitsiyalarning salkam yarmini, ya’ni 49,9 foizini tashkil etadi. S h u b i l a n b i r g a , y u r t i m i z d a sanoatni rivojlantirish uchun shartsharoitlarni yaxshilash maqsadida soliq stavkalarini pasaytirish, tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham faol ish olib borilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar natijasida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi bilan birga, mamlakatimiz eksport salohiyati ham faol rivojlantirilmoqda. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini kengaytiryapti. Eng asosiysi, bu jarayonda hududlarning sanoat salohiyati va raqobatbardoshligi ham oshdi. Mamlakatimizda ushbu sohaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgargach, u iqtisodiyotimiz lokomotiviga aylandi. Bu quvonarli hol, albatta. Lekin sohada ayrim muammolar ham borki, ularni o‘z vaqtida bartaraf etmasdan turib kutilgan natijaga erisha olmaymiz. Davlatimiz rahbari raisligida 2024-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalarga alohida e’tibor qaratilib, o‘tgan yili sanoat 6 foiz o‘sgani holda, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 foizdan oshmayotgani qayd etildi. Afsuski, yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan bo‘lsada, ko‘pgina tarmoqlarda ishlab chiqarish xarajatlari sezilarli darajada oshgan. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq o‘sgan. Shu sababli tannarxni qisqartirish va samaradorlikni oshirish uchun sanoatda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari birinchi navbatda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi. 2024-yilda qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha korxonabay chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Yig‘ilishda bu masalalarga e’tibor qaratilib, mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Shuningdek, har oyda kamida 2 tadan tarmoqni tahlil qilish orqali tannarxni kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildiki, bu albatta, biz – deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada ushbu vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashda bor kuchimiz, g‘ayratimiz va salohiyatimizni ishga solishimiz kerak. Ma’lumki, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida sanoatning «drayver» sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Xususan, har bir tumanda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish maqsad qilingan. Shubhasiz, bularning amalga oshirilishi aholi farovonligi, iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, ushbu sohaga bu darajada katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlar soni ko‘payadi, ularning bilim va mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Zero, milliy iqtisodiyot, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji ham aynan sanoat taraqqiyotiga bog‘liq. Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalarining kelib chiqishini oldini olishga, yo‘l harakati ishtirokchilarining madaniyatini oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, loyihada skuter va boshqa individual harakatlanish vositalari haydovchilarini yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga rioya qilinishi nazarda tutilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning tegishli moddasida axborot resursi egasining intellektual mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi shaxsiy javobgarligini oshirish nazarda tutilyapti. Deputatlar qonun loyihasi bilan yo‘l harakati qoidalaridagi ayrim muammo va kamchiliklar bartaraf etilishini inobatga olib, uni birinchi o‘qishda ma’qulladilar. Fraksiya a’zolari yana bir muhim masala – «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan. Aytish joizki, so‘ngi yillarda inson qadrini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli tarzda amalga oshirilyapti. Buning mantiqiy davomi sifatida mazkur qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mas’ul ma’ruzachining fikricha, loyihani ishlab chiqishdan ko‘zlangan maqsad xalqaro tajribaga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat-ijroiya kodeksi»ga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan insonparvarlik tamoyili asosida munosabatda bo‘lish, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashga oid normalarni kiritishdir. Shu bilan birga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasini qo‘llabquvvatlagan deputatlarning fikricha, mazkur loyihaning qabul qilinishi davlatimizning inson huquqlari ta’minlanishi bo‘yicha xalqaro hamjamiyat oldidagi nufuzi oshishi va xalqaro reytinglarda ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan ko‘zlangan maqsadlarga erishish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlari yaratilishiga hamda insonning qadr-qimmati daxlsizligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yig‘ilish yakunida «Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji hamda chakana savdo holati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining javobi ham muhokama qilindi. Deputatlar kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan fraksiya nuqtayi nazarini bildirib, tegishli qaror qabul qildilar. Hamdam NIYOZOV, partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i LOYIHADA SKUTER VA BOSHQA INDIVIDUAL HARAKATLANISH VOSITALARI HAYDOVCHILARINI YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTISH VA JAVOBGARLIKNING MUQARRARLIGI PRINSIPLARIGA RIOYA QILINISHI NAZARDA TUTILGAN. Farhod ZAYNIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari YANGI IMKONIYATLAR YARATILYAPTI PEKINDA O‘ZBEKISTON TASVIRIY VA XALQ AMALIY SAN’ATI KO‘RGAZMASI OCHILDI Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahridagi X i t oy m i l l i y s a n’at va hunarmandchilik muzeyi – Xitoy nomoddiy madaniy meros muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning ochilish m a r o si m id a i k k i d avl a t madaniyat vazirlari hamda O‘zbekiston va Xitoy Badiiy a k a d e m i y a l a r i r a i s l a r i , madaniyat, san’at sohasi vakillari ishtirok etdi. Ta d bi r d a O‘z b e k i s t o n Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov ushbu ko‘rgazmaning tashkil etilishi x a l q l a r i m i z o‘r t a s i d a g i ko‘p asrlik tarixiy-madaniy muloqotning muhim bosqichi hisoblanishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi bi r ne ch a uch r a shuv va muzokaralar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi global tinchlik, farovonlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikka yangi turtki bo‘ldi. Pekinda O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasining ochilishi ko‘p asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lining asosiy bo‘g‘inini tashkil etib kelgan O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi m a d a n iy h a m korl i k n i ng bugungi kundagi darajasini ko‘r s at i shg a qa r at i lg a n . O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Xitoy san’at akademiyasi, O‘zbekiston respublikasi “Hunarmand” uy ush masi ha m korlig id a tashkil qilingan O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘r g a z m a s id a Sh a h n o z Abdullayeva, Akmal Nur, Fa y z u l l o A h m a d a l i y e v, Ibrohim Valixo‘jayev, Baxtiyor Mahkamov va boshqa ko‘plab rassomlarimizning so‘nggi o‘n yilda yaratgan 50 ta rangtasvir asari namoyish etilmoqda. Kartinalarda Sharqning qadimiy rivoyatlari, she’riyat va tar ixdan ilhomlangan turfa obrazlar, xalq turmushi, jamiyatning yangi hayoti va ijodiy faoliyatining o‘ziga xos qirralari ochib berilgan. Ekspozitsiyaning xalq amaliy san’at bo‘limiga bag‘ishlangan qismida ko‘p asrlik an’analarga asoslangan, zamonaviy o‘zbek hunarmandlarining nodir san’at asarlari namoyish etilmoqda. Toshkentlik ustalarning y o g ‘ o c h o ‘ y m a k o r l i g i v a n a q q o s h l i k a s a rl a r i , Tosh kent, Samarqand va Buxoro hunarmandlarining kashtachilik, kandakorlik va miniatyura asarlari, shuningdek, marg‘ilonlik abrband-ustalar tomonidan qo‘lda to‘qilgan adras va shoyilar, Rishton va G‘ijduvon usta kulollarining ijod iy buy u m la r i shu la r jumlasidandir. N.USMONOVA, O‘zA


B Hamkorlik Kuting! -YILDA MARKAZ TOMONIDAN 2023-YILNING ILK O‘QUVLARI MAVZUSINI YANGI TAHRIRDAGI BOSH QONUNGA KIRITILGAN O‘ZGARISHLAR MAZMUN-MOHIYATI HAMDA YANGI O‘ZBEKISTON ISLOHOTLARI TASHKIL QILDI. UNDA PARTIYA QOSHIDA TASHKIL QILINGAN EKSPERTLAR KENGASHI, DEPUTATLAR VA PARTIYA VAKILLARI FAOL ISHTIROK ETDILAR. 2023 Keyingi paytlarda ba’zi blogerlar ortida manfaatdor kuchlar borligi sezilib qolyapti. Ya’ni, ayrim blogerlarning muammoni yoritishda shaxsiy manfaatdorligi ko‘zga tashlanyapti. Shu bois, blogerlik institutiga bo‘lgan ishonch tobora susayyapti. 24-yanvar, 2024-yil №2 (1234) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3 milliytiklanish DEPUTATLAR MAS’ULIYATI IKKI KARRA OSHMOQDA M a ’ l u m k i , p a r t i y a m i z k o n s t i t u t s i o n i s l o h o t l a r t a s h a b b u s k o r l a r i d a n b i r hisoblanadi. Shu bois, markaz t o m o n i d a n 2 0 2 3 - y i l n i n g ilk o‘quvlari mavzusini yangi tahrirdagi Bosh Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati h a m d a Ya n g i O‘z b e k i s t o n islohotlari tashkil qildi. Unda partiya qoshida tashkil etilgan Ekspertlar kengashi, deputatlar va partiya vakillari faol ishtirok etdilar. Ushbu o‘quvlar «O‘zbekistonn i n g j a h o n i q t i s o d i yo t i g a integratsiyasi, iqtisodiy ittifoqlar va milliy manfaatlar» mavzusidagi davra suhbati bilan boshlangandi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev va xalqaro ekspert Yuliy Yusupovlar o‘z mulohazalarini bildirishgandi. Qonun-qoidalar asosida yashash qadriyat darajasiga ko‘tarilishi lozim... «Korrupsiyaning paydo bo‘lishi, ta’siri va unga qarshi kurashish» mavzusidagi seminarda yuqoridagi fikr bot-bot tilga olingandi. Chunki korrupsiya Yangi O‘zbekiston islohotlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan og‘riqli illatga aylangan. Korrupsiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi a’zosi Nod i r a Zi k r il layeva ishtirokida o‘tgan uchrashuvda qayd etilganidek, insoniyat paydo bo‘libdiki, u o‘z nafsining quli bo‘lib yashaydi. Jilovlanmagan, tiyilmagan nafs bor joyda esa, albatta, korrupsiya ildiz otadi. – Ha r qa nd ay ja m iyat d a qonun ustuvor bo‘lmas, odamlar qonunlarga itoat qilishmas ekan, bu illatga qarshi qaratilgan barcha harakatlar zoye ketadi, – degandi N.Zikrillayeva. Xo‘sh, bu illatga qarshim immunitetni hosil qilish, kuchaytirish uchun nima qilish kerak? N.Zikrillayevaning fikricha, bunda uchta jihatga e’tibor qaratish lozim: Jumladan, qanday majburiyat va erkinliklarimiz borligini bilish uchun avvalo Kon st it ut siya m i z n i chuqu r o‘rganishimiz kerak. Ikkinchidan, har bir shaxs Jinoyat kodeksini bilishi va u orqali inson nima qilish mumkin emasligi, taqiqlangan harakatlar uchun qanday jazo berilishi mumkinligini unutmasligi loz i m. Uch i nch id a n , Sol iq kodeksida belgilangan normalardan ham xabardor bo‘lishi zarur. Bu kodeks orqali biz davlatga nima berishimiz va o‘z navbatida davlat bizga nima berishi kerakligini o‘rganamiz. Bundan esa eng avvalo, noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanmasligimiz, soliqlarni esa o‘z vaqtida to‘lashimiz kerakligini o‘rganamiz. «O‘zbekistonda xususiy ta’lim» mavzusida bo‘lib o‘tgan suhbat ham qiziqarli kechgandi. Ekspert Hikmat Abdurahmonov xususiy ta’limni kimdir oqlab, kimdir oqlamaganiga munosabat bildirar ekan, bu masala rivojlangan davlatlarda ham haligacha muhokama qilinishini ta’kidlagandi. «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendianti Samandar Ismoilov esa agar mamlakatimizga xususiy ta’lim ertaroq kirib kelganida bunday savollar tug‘ilmasligini, yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga O‘zbekistondan aynan xususiy t a’lim muassasalar i k i r ishi mumkinligini aytgandi. Xo‘sh, bugun xususiy ta’limda moddiy manfaatdorlik ustunmi yoki sifatli t a’li m m i? Tadbi rkor Zafar Hoshimovning fikricha, xususiy ta’lim biznes sifatida ham rivojlansa, banklar, moliya tashkilotlari, investorlar bu sohaga pul tiksa, albatta, ta’lim yanada rivojlanadi. « T a r b i y a d a m i l l i y o‘ y i n c h o q l a r n i n g o‘ r n i » mavzusidagi suhbat ham ko‘pchilik hamkasblarimiz e’tiborini tortgan edi. O‘sha suhbatda Markaziy Osiyoning bir inchi raqamli o‘yinchoq ishlab chiqaruvchisi, tadbirkor Anvar Abduqayum va partiya faoli Abror Po‘latov ishtirok etishgandi. Anvar Abduqay um milliy o‘ y i n c h o q l a r n i n g b o l a l a r tarbiyasidagi o‘rni haqidagi savolga javob berar ekan, afsuski keyingi paytlarda bozorlarimizda milliy qadriyatlarimizga yot o‘yinchoqlar ko‘payib borayotgani, bularga qarshi cheklash bilan kurashib bo‘lmasligini, aksincha, milliy multfilmlarimizni, ular orqali milliy qo‘g‘irchoqlarimizni yaratish va targ‘ib qilish orqali yaxshi natijaga erishish mumkinligini aytgandi. – Ni m a uchu n « Zu m r a d v a Q i m m a t » m u l t f i l m i o m m a l a s h m a y a p t i y o k i f a r z a n d l a r i m i z m i l l i y o‘yinchoqlarimizni o‘ynamayapti? Chunki milliy multfilmlarni yaratadigan yaxshi animatorlar, mutaxassislar yo‘q, – degandi tadbirkor. « K o n s e r v a t i v s i y o s i y partiyalar, ularning parlamentdagi ishtiroki va doimiy faoliyatidagi raqobatbardoshlik indikatorlari» m a v z u s i d a o‘ t g a n o c h i q m u l o q o t d a s i y o s a t s h u n o s Kamoliddin Rabbimov jahon siyosiy maydonidagi zamonaviy tendensiyalar haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, taniqli jurnalist Bobur Alixonov «Milliy axborot makoni, uni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari» mavzuida bugungi medimakonga tashxis qo‘ygan edi. Uning fikricha, ana shu makonda ishlayotgan subyektlar o‘r t asid ag i mu nosabatla rd a «o‘yin qoidasi» belgilanmagani, belgilangan bo‘lsa ham unga rioya qilinmayotganini ta’kidlagandi. Masalan, har qanday sport turining o‘z qoidalari bor va unga barcha sportchilar amal qiladi. Medimakonda esa ana shunday qoida yo‘qligi ma’lum ma’noda tushunib bo‘lmaydigan v o q e a - h o d i s a l a r n i n g y u z berishiga sabab bo‘lmoqda. Buni mas’uliyat, javobgarlik mezonlari yo‘qolib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Hatto bunda qonunchiligimizda ham ko‘plab nomutanosibliklar borligini aytish joiz. Xavotirli tomoni, keyingi y illa rd a bu ma konga k i r ib kelayotganlarning aksariyati mutaxassis emas. Hatto ma’lumoti ham yo‘q. Gazeta, jurnal yoki davlat ro‘yxatidan o‘tgan OAVning har bir ma’lumotida mas’uliyat bor, ertaga tarqatgan axboroti uchun javob berishini biladi. Oddiy bir bloger yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi esa, javobgarlikni bilmaydi, his qilmaydi. Xo‘sh, nima uchun shu darajaga yetdik? B.Alixonov bu savolga javob berar ekan, blogerlarning yaxshi tomonlarini e’tirof etgan holda, bugun ularga OAVning yorqin namunasi sifatida qaralayotganiga e’tiroz bildirdi. Uning aytishicha, keyingi paytlarda ba’zi blogerlar ortida manfaatdor kuchlar borligi sezilib qolyapti. Ya’ni, ayrim blogerlarning muammoni yoritishda shaxsiy manfaatdorligi ko‘zga tashlanyapti. Shu bois, blogerlik institutiga bo‘lgan ishonch tobora susayyapti. – Bunda eng asosiy aybdor, biz – jurnalistlar. Biz makonning egasi sifatida o‘z o‘rnimizni, tashabbuslarimizni ularga berib qo‘yayotgandekmiz, – degandi taniqli jurnalist. M a’ l u m k i , h a r q a n d a y mamlakatning kelajagi salohiyatli kad rlar, bili mli yoshlar va mas’uliyatli hamda ma’rifatli ustozlar ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. 2023-yilda markaz tomonidan tashkil etilgan har qanday tadbirda ana shu mas’uliyat bilan birga eng dolzarb mavzular ko‘tarilib, partiya vakillari hamda deputatlarning siyosiy qarashlarini kengaytirishga harakat qildik. Nargiza HAMIDOVA, O‘quv tadqiqotlari va tahlil markazi direktori v.b. MARKAZ FAOLIYATI ISLOHOTLARGA MOS KADRLAR TAYYORLASHGA QARATILDI 2023-yilda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining O‘quv tadqiqotlari va tahlil markazi tomonidan 50 dan ortiq o‘quvseminar, davra suhbati va uchrashuvlar tashkil qilindi. Ishtirokchilar soni esa 5 mingdan ortiq bo‘ldi. Eng asosiysi, tadbirlarga yetakchi ekspertlar, siyosatshunoslar, umuman, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari taklif etildi. OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AKT AKADEMIYALARI SONI OSHIRILADI Bugungi kunda O‘zbekiston jahonning bir qancha rivojlangan mamlakatlari bilan nafaqat iqtisodiy, balki ta’lim sohasida ham hamkorlik qilib kelmoqda. Masalan, O‘zbekistonda Xitoyning «Huawei» kompaniyasi idorasi 1999-yilda ochilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu kompaniyaning 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda ofislari mavjud. Mazkur tashkilot dunyoda axborotkommunikatsiya infratuzilmasi yechimlari va intellektual qurilmalarni yetkazib beruvchi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov «Huawei» kompaniyasining Pekin shahridagi bosh ofisi va ko‘rgazma markaziga tashrif buyurib, «Huawei Uzbekistan» kompaniyasi bosh direktori Chen Szyakay bilan uchrashdi. Uchrashuvda ta’lim sohasini raqamlashtirishning ahamiyati va O‘zbekistonda AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotida. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston oliygohlarida AKT akademiyalarini tashkil etish, mavjudlarini rivojlantirish bugungi zamon talabi ekani qayd etildi. Mazkur akademiya orqali sohaga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni o‘qitish va ularga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, «5G», «Big data», «Cloud computing» va shu kabi axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlar berish ko‘zda tutiladi. Qayd etish lozimki, bugungi kunda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida 8 ta shunday akademiya faoliyat yuritmoqda, 2024-yil davomida ularning sonini 15 taga yetkazish orqali kamida 300 ta talabani o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, AKT sohasidagi professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish ham dolzarb masalalardan bo‘lib, joriy yilda kamida 15 ta akademiya murabbiylarini tayyorlash rejalashtirildi. OTMning AKT sohasiga mas’ul rahbarlar uchun (»Chief Digital officer«) esa trening dasturlarini tashkil qilish orqali sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va yechimlar bilan tanishtirish imkoniyati yaratiladi. Kompaniya tomonidan o‘tkaziladigan AKT »Competition» tanlovida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokini ta’minlashga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida har yili bo‘lib o‘tadigan »Seeds for Future« dasturini tashkil etishga kelishildi. Ushbu dastur orqali talabalar uchun kompaniyaning bosh ofis va filiallarida, ishlab chiqarish komplekslarida stajirovka o‘tashlari mumkin bo‘ladi. Uchrashuv so‘ngida yuqoridagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi. O‘zA Kelgusi sonlarda


B Yaqinda o‘quvchilarning chet tilini qay darajada o‘zlashtirganlarini bilish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman va shahar bosqichlarini o‘tkazdik. Unda 1-o‘ringa 100 million, 2-o‘ringa million 75 va 3-o‘ringa 50 million so‘m pul mukofotlari topshirildi. 4 ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 24-yanvar, 2024-yil №2 (1234) chorshanba HUDUDLARDA... YANGI O‘ZBEKISTON Tan olaylik, bizda uzoq yillar ustoz va pedagoglarning og‘ir mehnati yetarlicha qadrlanmadi, soha vakillarini faqat bayramlar yoxud yirik tantanalarda ko‘klarga ko‘tardigu, ammo aslida jamiyatning eng e’tiborsiz qatlamiga aylantirdik. Ular ana shunday byurokratik talablarga ko‘milgani yetmagandek, ta’limga umuman aloqasi bo‘lmagan ishlarga jalb etildilar. Mehnatiga noloyiq maosh va muntazam tashkiliy ishlardan charchagan o‘qituvchi esa nihoyat ta’lim tizimidan bezib, boshqa sohalarga ketishga majbur bo‘ldi. Shukurki, bugun sohaga, uning vakillariga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish davlat siyosatiga aylandi. Eng asosiysi, ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish va malakali kadrlar yetishtirishga qog‘ozda emas, amalda e’tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi jiddiy nazoratga olingani ijobiy o‘zgarishlarga asos bo‘layapti. Ma’lumotlarga qaraganda, 2023-yilda respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 33 ming 942 taga yetdi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim qamrovi 74 foizga, 6 yoshli bolalarning qamrovi esa 93 foizga yetkazildi. Davlatxususiy sherikchilik asosida 71 ta, oilaviy shaklda 4,5 mingga yaqin nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi. Umumta’lim maktablari soni esa 10 ming 163 taga, nodavlat umumta’lim tashkilotlari 449 taga yetkazildi. TARAQQIYOTI KAFOLATIDIR Tarbiya va ta’lim Sanobar SUYAROVA, Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis Senati a’zosi Bugun «Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi» shiori umumxalq harakatiga aylanayotgani bejiz emas. Chunki endi hayotimizni ta’lim-tarbiya va ilm-fan rivojisiz tasavvur etib bo‘lmasligini, bu hayot-mamot masalasiga aylanganini ta’kidlashga hojat yo‘q deb o‘ylayman. E’tibor bering: so‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning har ikkitadan bittasi ta’limga aloqador. Xususan, oxirgi besh yilda bu borada 105 ta normativhuquqiy hujjat qabul qilingani ham sohaning chindan hayotmamot masalasidek muhim sohaga aylanganidan dalolat beryapti. Investitsiya va boshqa qo‘shimcha dasturlar doirasida 563 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va 120 mingga yaqin yangi o‘quv o‘rni yaratildi. Qariyb 115 ming o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlangan bo‘lsa, 1 ming 800 ga yaqin ta’lim muassasasiga qayta tiklanuvchi quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. 53 ta maktab esa uzluksiz yetkazib beriladigan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Jizzax viloyatida ham bu sohada tizimli ishlar olib borilib, sifat o‘zgarishlariga erishilmoqda. Ayni paytda viloyatda 558 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 235 ta davlat, 1301 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 14 ta «Barkamol avlod» bolalar maktabi, 1 ta viloyat bolalar kutubxonasi, 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati, Prezident maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 76,2 foizga yetdi. Shu o‘rinda, maktablarimizda ta’lim olayotgan 266 796 nafar o‘quvchiga 23 133 nafar o‘qituvchi to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlash joiz. O‘qituvchilarning faqat ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shartsharoitlar yaratilayotgani tufayli sifat ko‘rsatkichlari bir muncha yaxshilandi. Shuningdek, o‘qituvchilar malakasi xalqaro ta’lim dasturlari asosida oshirib borilayotgani ham o‘z samarasini bermoqda. Chunki davlat tomonidan aniq belgilangan chora-tadbirlar har va 3-o‘ringa 50 million so‘m pul mukofotlari topshirildi. 2022 – 2023-o‘quv yilida 11-sinf bitiruvchilaridan 105 nafari IELTS xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdilar. 40 nafar bitiruvchi esa respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi. Quvonarlisi shundaki, Jizzaxda bunday o‘quvchilar soni yildan yilga ko‘paymoqda. Olib borilayotgan ishlar real natijalar bilan bog‘lanishi uchun o‘qituvchilarning ish haqi 2 barobarga oshirildi va qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etildi. «Zo‘r klass» loyihasi doirasida 5 nafar rossiyalik malakali mutaxassisni ham ta’limga jalb etdik. Bundan tashqari, v i loyat d a g i b a r ch a m a k t a bl a r g a Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tajribasini olib kirish ishlari ham tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda 117 nafar malakali pedagog xodimlarimiz Vazir jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirilganini ta’kidlash joiz. Bunda har bir o‘qituvchiga 9 oy davomida 5 mln. so‘mdan ustamalar to‘lanmoqda. Shu bilan birga o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari va o‘qituvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Davlat dasturlari doirasida 252 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu maqsadlarga 519,5 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, 2023-yilning o‘zida 29 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 79,2 mlrd.so‘mlik, 19 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida esa 44 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini olib bordik. Shuningdek, 2023-yilda o‘tkazilgan Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida 22 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. B u i s h l a r d a n m a q s a d i lg‘o r texnologiyalar asrida yoshlarimizni har bir jabhada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari va zamonaviy kasb-hunar egallashlariga erishishdir. Ana shu yo‘lda Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ilg‘or texnologiyalar asosida sifatli bilim olishlari uchun viloyat hokimligi tomonidan 196 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 3 072 dona kompyuter yetkazib berildi. 44 ta maktab elektron doska, 14 ta maktab robotatexnika vositalari bilan ta’minlandi. Shuni qayd etish joizki, viloyatimizda 558 ta maktab internetga ulangan bo‘lib, shulardan, 444 tasi 40 Mbit/s, 111 tasi 100 Mbit/s tezlik bilan ishlamoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab esa kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti joriy etiladigan 13 ta maktabda mahalliy hokimliklar tomonidan to‘liq jihozlash ishlari olib boriladi. Yana bir raqam: 2022-yili umumta’lim maktablarini 16 534 nafar bola bitirgan bo‘lsa, shundan 6 394 nafari(38,7 foiz) talabalikka qabul qilingan edi. O‘tgan yili 16 880 nafar o‘quvchining 97 nafari muddatidan oldin imtiyozga ega bo‘lib, OTMlarga qabul qilindi. Bundan-da yuqori ko‘rsatkichga erishish maqsadida maktab direktorlarini rag‘batlantirib borish, ularning erkin faoliyat yuritishlariga imkon berish hamda ilg‘or tajribalarini ommalashtirish choralarini ko‘ryapmiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yili Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomalarida, «Biz Yangi O‘zbekistonni «ijtimoiy davlat» tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir. Shu bois, birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llabquvvatlashga qaratamiz. «Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi», deya ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» nomi bilan atalgan 2023-yilda ham ta’lim sohasiga juda katta sarmoya kiritildi. Ma’lumki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident, hududlarda esa birinchi rahbarlar hisoblanadi. Chunki ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina kutilgan natijalarga erishiladi. Davlatimiz rahbari raisligida kengashning yaqinda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida esa Prezidentimiz bu soha oldida ustuvor hisoblangan 9 ta yo‘nalish haqida fikr bildirib, bunda avvalo, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor izchil davom ettirilishini ta’kidladilar. Xulosa qilib shuni aytish joizki, hozirda ta’lim-tarbiya yo‘nalishida yechimi topilmagan biron bir muammo qolmayapti. Yoshlar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday masalalar maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, mahalla, ota-onalar va qolaversa, hokimliklar bilan hamkorlikda hal etilyapti. Bu jarayonda har bir o‘quvchiga o‘z kelajagi uchun eng avvalo o‘zi mas’ul ekanini ham anglatishdir. Bunday yondashuvlar yoshlar o‘r tasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga ham xizmat qilyapti. Bir so‘z bilan aytganda, Jizzax viloyatida ham ta’lim-tarbiya va ustozlarga e’tibor oliy darajaga ko‘tarilishi uchun bor imkoniyatlardan foydalanyapmiz. 2024-yilga – «Yoshlar va biznesni qo‘llabquvvatlash yili» deya nom berilgani esa bu boradagi ishlarni yanada jonlantirishimizni taqozo etadi. Shuni qayd etish joizki, mamlakatimizda Inson qadri birinchi o‘ringa qo‘yilgan ekan, bunda har bir shaxs o‘zi istagan kasb-hunar bilan shug‘ullanishi va kelajakda o‘zi xohlagan yo‘nalishda faoliyat yuritishi uchun munosib sharoit yaratish bosh maqsadimiz bo‘lib qolaveradi. Zero, yurtimizda har sohada ishning ko‘zini biladigan, kreativ fikrlaydigan, vatanparvar, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, eng asosiysi, o‘z sohasining bilimdonlari ko‘payishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining kafolati bo‘ladi. bir o‘quvchining iqtidoriga ko‘ra, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur o‘qitish va dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. Shu maqsadda, 2023-yildan maktab ta’limining xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilinishi bugungi kun yoshlarining dunyoga chiqish imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu fikrlarni raqamlarga aylantirsak, so‘nggi 5 yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi 8,4 foizdan 38,7 foizga oshgani ko‘rinadi. Bu shundan dalolat beradiki, zamonamiz yoshlariga ta’lim beruvchilarning o‘zlari, albatta, davrning yetuk malakali o‘qituvchilari bo‘lib yetishmoqda. Zotan, bugun qaysi fan yo‘nalishida ta’lim berilmasin, o‘qituvchi kamida ikkita xorijiy tilni bilishi talab etilmoqda va bu talab ijobiy natijalar berishiga shubha yo‘q. Ayni paytda viloyatimizdagi 558 ta umumta’lim maktabida 1 ming 943 nafar chet tili o‘qituvchisi, shu jumladan, 1 ming 902 nafar ingliz, 20 nafar nemis va 19 nafar fransuz hamda 2 nafar xitoy tili o‘qituvchisi bolalarimizga saboq bermoqdalar. Eng muhimi, jami chet tili o‘qituvchilarining 904 (50 foiz) nafari V2 va C1 darajadagi halqaro va milliy chet tilini bilish sertifikatiga ega. Yaqinda o‘quvchilarning chet tilini qay darajada o‘zlashtirganlarini bilish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman va shahar bosqichlarini o‘tkazdik. Unda 1-o‘ringa 100 million, 2-o‘ringa 75 million Ana, xolos! Ota-onalar eshiting, o‘qing! Muhtaram ustozlar, ta’lim tizimi mutasaddilari xulosa chiqaring! O‘zbekistonda telefon o‘ynaydigan yoshlarda o‘z salomatligidan nolib ko‘plab shikoyatlar tushmoqda. Statistika natijasiga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarda asabiylashish, tish og‘rig‘i, ovqat hazm qilish tizimida muammolar paydo bo‘lmoqda. Eng yomoni, endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bog‘liq shikoyatlarga ega bolalar o‘rtacha 41 foizni tashkil etmoqda. Bu borada bugundanoq, choralar ko‘rishni boshlaylik. Ertaga kech bo‘lishi mumkin!


24-yanvar, 2024-yil №2 (1234) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 5 milliytiklanish MA’NAVIYAT VA MA’NAVIYATSIZLIK Til ilmidan bir chimdim Nega Yusuf Xos Hojib o‘z asarida «Alloh» ismini qo‘llamagan? S Globallashuv jarayonlarida g‘arbda yaqqol ko‘zga tashlanayotgan ma’naviy tanazzul insoniyat tarixining bugungi bosqichida yuzaga kelgan postmodernizm illati sabablidir. Ushbu ma’naviy fojianing Internet tarmoqlari orqali bizning ma’naviy hayotimizda ham aks sado berayotgani milliy qadriyatlarimizga befarqlikka olib keladigan jiddiy xavfdir. Davlatimiz rahbari tomonidan o‘rtaga tashlangan Yangi O‘zbekiston milliy g‘oyasi va Uchinchi Renessans poydevorini qurish kabi ulug‘ maqsadning amalga oshishi yosh avlodda milliy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi insoniy fazilatlar yuqori bo‘lishini taqozo qiladi. Ma’naviy tahdidlarning kuchayishi jamiyat murabbiylari bo‘lmish ziyolilarimiz oldiga bir qator muhim vazifalarni qo‘yadi, albatta. Prezidentimizning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqini tinglar ekanmiz, buni yanada teranroq his qildik. Nutqda ilm-fan, tarbiya va ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirish davlat va ziyoli ahlining ustuvor vazifasi bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, Prezidentimizning “Hammamiz bir haqiqatni unutmasligimizni istardim. Hayot bor ekan – jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiydir. Ammo eng xatarlisi yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir. Tinch va farovon hayot qurish uchun, avvalo, odamlar qalbida bir-biriga hurmat, xalqqa, Vatanga mehr va ishonch mustahkam bo‘lishi zarur”, degan gaplari har bir millat fidoyisi uchun ma’naviy tahdidlarga qarshi hayot-mamot kurashiga chaqiriqdek yangradi. Prezident oxirgi yillarda mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, yutuqlar haqida to‘xtalar ekan, moddiy jihatdan boy bo‘lish bilan birga ma’naviy yuksak xalqqa ega davlatgina rivojlanishi borasida o‘z fikrlarini bildirib, yosh avlodni asrab-avaylash, «bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida ma’naviyaxloqiy tarbiya ishlarini kuchaytirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni bosh vazifa qilib belgiladi. Shu yo‘nalishda madaniyat sohasi vakillari, ulamolar va turli soha mutasaddi rahbarlarini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi. Yig‘ilishda ma’rifatparvar jadidchi bobolarimizning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un hamda hamohang ekanligi yorqin kelajagimiz uchun poydevor bo‘lishi ham alohida ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, bugun g‘oyaviymafkuraviy tarbiya masalalarida davlat va jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Darhaqiqat, faqat butun jamiyat, ya’ni barchamiz so‘zda, fikrda, mafkurada birlashsak, katta avlod, kasb-koridan qat’i nazar, tom ma’noda jamiyat murabbiysiga aylansakkina, xuddi jadidlar singari ma’rifat yo‘lida yakdil bo‘lib, oliy maqsadlarimizga erishamiz. Prezidentimiz yosh avlod tarbiyasida ijtimoiygumanitar fanlarning o‘rni, xususan o‘zbek tili va adabiyotining ma’naviyat asosi sifatidagi maqomiga alohida to‘xtalib, muallimlar, ijod ahli va soha olimlarini bir yoqadan bosh chiqarib, uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha muntazam faoliyatni yo‘lga qo‘yish, san’atkorlar va kinochilar bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir bobolarimizning asarlarini bolalarbop qilib tushuntirib beradigan risolalar, badiiy asarlar, sahna asarlari va multfilmlar yaratish, tarjima ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator topshiriqlar berdilar. Yig‘ilishda shuningdek, o‘zbek tilining rivoji, uning istiqboliga alohida e’tibor qaratilib, anchadan beri ziyolilar ko‘nglidan o‘tayotgan masalalar ham tilga olindi. Xususan, o‘zbek tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha sertifikatlash tizimini joriy etish, mana shunday sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish haqidagi qaror bir ustoz sifatida meni juda ham to‘lqinlantirdi. Aytish kerakki, maktablarda yosh avlod qalbiga vatanpavarlik, jo‘mardlik, millatsevarlik singari tuyg‘ularni singdirayotgan va ayniqsa, axloq-odobni o‘rgatayotganlar birinchi navbatda ona tili va adabiyoti o‘qituvchilaridir. Shu bois ham ularning obro‘sini ko‘tarish, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatiga e’tiborni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan ularning o‘z faniga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Fursatdan foydalanib, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz orasida o‘zbek tilini o‘rgatish orqali Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyalarini singdirish masalasi ham oldimizda turgan ma’naviymafkuraviy ishlarimizning tarkibiy qismi ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Shuning uchun ham o‘zbek diasporalari mavjud bo‘lgan AQSH, Koreya Respublikasi, Rossiya federatsiyasi va boshqa ko‘plab mamlakatlarda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazlarini ochishni rejalashtiryapmiz. Aytish joizki, milliy g‘ururi baland, yurtimiz tarixini puxta biladigan, milliy qadriyatlarimizga sodiq mutaxassislarimiz bilan birga Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ezgu islohotlarda oldingi safda bo‘lish va bor kuchg‘ayratimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etishga, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga sarflashni o‘z burchimiz, deb hisoblaymiz. Yaqin-yaqingacha ham «Qarg‘alar uchsa qaraylik»ni raqsbop qo‘shiq sifatida bilardik. Ammo asl tarix ochiqlangach, ushbu qo‘shiqqa nisbatan qarash butunlay o‘zgardi. Bu-ku yuz yil oldingi tarix. Lekin qirq yillar nari-berisida yaratilgan «Muqaddas ayol»ning boshidan ham ko‘p savdolar o‘tganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Hatto ushbu taronaning ilk ijrochisi Sherali Jo‘rayev ekanini bilarmidingiz? She’r muallifi Halima Xudoyberdiyeva nega Ravshan Komilovdan ranjigan edi? Ma’lumki, o‘zbek she’riyatining darg‘alaridan bo‘lgan Halima Xudoyberdiyeva 1947-yilning 17-mayida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. U «Saodat», «Guliston», «Dugonalar» jurnallarida, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi kengashi va bir qator nashriyotlarda ishlagan. Shoiraning «Ilk muhabbat», «Oq olmalar», «Chaman», «Suyanch tog‘larim», «Bobo quyosh», «Issiq qor», «Sadoqat», «Muqaddas ayol», «Yuragimning og‘riq nuqtalari», «Hurlik o‘ti», «Bu kunlarga yetganlar bor», «To‘marisning aytgani», «Buyuk qushlar», «Saylanma» va «Tanlangan asarlar» kabi she’riy, nasriy to‘plamlari chop etilgan. Halima Xudoyberdiyeva 2018-yilning 17-avgustida vafot etgan. Shoiraning she’rlari haqida gap ketganda «Muqaddas ayol» Halima Xudoyberdiyeva ijodining shoh asarlaridan biri bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz. 1986-yilning 28-sentyabrida yozilgan, yetti banddan iborat she’rning har bir bandi «Sen baribir muqaddassan, Muqaddas Ayol!» satri bilan tugallanadi. She’r 1987-yili shoiraning «Muqaddas ayol» to‘plamida chop etiladi va bu kitob 1990-yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko‘riladi. Halima Xudoyberdiyevaning chin shogirdi Guljamol Asqarovaning yozishicha, ushbu she’rda ayol qismati, iztiroblari, yorug‘ hislari, hamma, hammasi mujassamlashgan. Ayollik oson bo‘lmasada, ayol bo‘lib yaralganiga shukronalik tuyg‘usi ham bor. Hozirgi kunda guvohi bo‘layotganimizdek, ayrim ayollarimiz ruhiy, jismoniy zo‘ravonlik va tahdidlarga ham duch kelmoqdalar. Ayolga bu kabi tahdidlar hamma zamonlarda kuzatilgan. Shoira esa aynan ushbu she’rida asrlarki, turli qarashlarga, ulug‘lanishlaru, xo‘rliklarga duch kelayotgan ayol hilqatiga «Sen kuchlisan, barchasini yengib o‘tasan. Sen kim bo‘lishingdan qat’iy nazar baribir ayolsan – muqaddas ayolsan», demoqda. «Muqaddas ayol» ilk bor 1988-yilda Sherali Jo‘rayev tomonidan kuyga solinib, ijro etiladi. Eshqobil Shukur ta’biri bilan aytganda, o‘shanda «Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol» degan chorlov paxta dalalarida qullarcha mehnat qilib ezilgan o‘zbek ayolining sha’nini ko‘targan. Shuning uchun ham bu qo‘shiq xalq qalbining ovoziga aylangandi. HALIMA XUDOYBERDIYEVA RAVSHAN KOMILOVDAN NEGA RANJIGAN EDI? – Sherali Jo‘rayev ijrosiga kelsak, ustozim bilan suhbatlashganimda, har gal «Baribir Sher aka boshqacha kuylaganda, shu ijro menga ma’qul», deb aytganlar. Hofiz Halima Xudoyberdiyevaning yana ikkiuchta she’rini ham qo‘shiq qilgan. Sherali Jo‘rayev o‘zi ayollar she’riyatiga ko‘p ham murojaat qilmasdi. Repertuarida Uvaysiy, Nodirabegim g‘azallarini, keyinroq Halima Xudoyberdiyeva she’rlarini kuyga solganini ko‘rish mumkin, – deydi Guljamol Asqarova. Afsuski, ma’lum vaqt Sherali Jo‘rayev sahnalardan, televideniyedan uzoqlashtirilgach, «Muqaddas ayol» qo‘shig‘i ham ijro etilmay qo‘ydi. Keyinroq bu she’rni estrada yulduzlari jamoaviy ijro qildilar, Ravshan Komilov esa naqoratini saqlab qolib qayta kuyladi. Bu haqda Guljamol Asqarova shunday deydi: Afsuski, shunday qo‘shiqni Ravshan Komilov mutlaqo jo‘n va maishiy darajaga tushirib yubordi. Musiqasi chiroyli, lekin u she’rni o‘zgartirib ijro etgan, bu esa mualliflik huquqining buzilishiga olib kelgan. Halima opa Ravshan Komilov so‘ramasdan ijro etgani uchun xafa bo‘lmagan, faqat she’rni o‘zgartirib yuborganidan ranjigan edi... Xulosa oldidan Guljamol Asqarovaning fikrlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: aslida bu she’r chuqur dard bilan sug‘orilgan, demakki, qo‘shiq ham shunga yarasha bo‘lishi kerak edi. Ammo estrada xonandalari bunga e’tibor bermadilar. Faqat naqoratdagi baland ruhga tayanib marsh darajasida kuylashdi. Mas’ullar ham negadir bunga panja orasidan qarashdi… Malohat YO‘LCHIYEVA tayyorladi. GLOBALLASHUV DAVRI BARCHA ZIYOLILAR, PEDAGOGLAR, OLIMLAR, UMUMAN, KENG JAMOATCHILIKDAN YOSHLARNING MA’NAVIYAXLOQIY TARBIYASI YO‘LIDA FAOL BO‘LISHNI TAQOZO ETMOQDA Shuhrat SIROJIDDINOV: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik hubhasiz, ulug‘ mutafakkir adib Yusuf Xos Hojib o‘z davrining e’tiqodli kishilaridan edi. Ammo shunga qaramay, ul zot «Qutadg‘u bilig» asarida biror marta ham «Alloh» ismini qo‘llamaganlar (Firdavsiy ham «Shohnoma»da asosan «Yazdon» ismini ishlatgan). Asar ushbu jumla bilan boshlanadi: «Hamdu sepasu minnatu өgdi Teңri ’azza va jallaqa...» (Tangri azza va jallaga hamd, sipos, minnatdorchilik va maqtov...). Asar davomida «Alloh», «Xudo» ma’nosida asosan «Bayat», «Tangri» qo‘llanilgan (Ma’lumki, Islomdan oldin ba’zi sharqiy turkiy qavmlar buddaviylikka e’tiqod qilgan. «Xudo» ma’nosidagi «bayat» so‘zi o‘sha davrlarda sanskritdan turk tillariga o‘zlashgan deb qaraladi). Adib Allohning sifatlarini ham ko‘p o‘rinlarda turkcha so‘zlar bilan berishga harakat qilgan. Xususan, asarda «ug‘an» («qodir»), «ulug‘lug‘ iḋisi» («ulug‘lik egasi»), «erklig bayat», «bag‘irsaq iḋi» (mehribon egam), «tөrүtgәn» («yaratgan»), «igiḋgәn» («parvarish etgan»), «iḋim» («egam») kabi sifatlar uchraydi. Payg‘ambar esa asarda ba’zan «rasul», ko‘p o‘rinlarda: «Muhammad yalavach» («Muhammad elchi»), «sevүg savchi» («suyukli elchi») kabi sifatlar bilan ataladi. Asarda, shuningdek, «jannat», «do‘zax» so‘zlari ham uchramaydi, ular o‘rnida adib «uchmaq» («jannat»), «tamug‘» («do‘zax») so‘zlarini qo‘llaydi. Ma’lumki, insoniyat Odam Ato va Momo Havodan tarqalgan degan ma’noda bashariyatga nisbatan «bani odam», «odam bolasi» deb aytiladi. Bu ibora «Qutadg‘u bilig»da faqat «apa og‘lani» shaklida uchraydi. Qadimgi turkiyda «apa» («aba») hozirgi o‘zbek tilidagi «opa»ni emas, balki «ota», «bobo» va umuman «odam» ma’nolarini anglatgan. Shu kabi asarda: «toat-ibodat» o‘rnida – «tapug‘», «gunoh» – «yazuq», «rizq» – «tirilgu», «banda» – «qul», «bandalik» – «qulluq», «Allohning hukmi» – «bayat yarlig‘i», «dunya» bilan birga «ajun», «qiyomat kuni» – «kөnilik kuni» kabi so‘z va iboralar ishlatiladi. Shuni ham alohida qayd etish joizki, barcha dinlar, diniy, falsafiy ta’limotlarda «vujud» va «ruh» tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Bu anglamlar Islomdan oldin ham o‘z din, inonchlariga ega bo‘lgan, shuningdek, ma’lum davrlarda moniylik, buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik kabi din va ta’limotlar ta’sirida bo‘lgan turkiy xalqlar uchun ham begona emas edi. O‘rta asrlarda moniylik, buddaviylikka oid ko‘pgina manbalar qadimgi turk tiliga tarjima qilingan va shular asosida qadimgi turkiyda ham diniy-falsafiy atamalar shakllana boshlagan edi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari ana shu zaminda paydo bo‘ldi va shu bois adib uchun arabcha «vujud» yoki «ruh» so‘zlarini emas, balki shu anglamdagi turkiy so‘zlarni qo‘llash tabiiyroq edi. «Vujud» ma’nosida asarda adib hamma o‘rinlarda – «etөz» atamasini qo‘llaydi. «Et» va «өz» («o‘z») so‘zlari qo‘shib yasalgan bu atama – «tana», «vujud», «jism» ma’nolarini bildiradi va u boshqa ba’zi qadimgi turkiy yodgorliklarda ham uchraydi. Yusuf Xos Hojib «tana», «jasad» ma’nolarida ba’zan «kelbat» so‘zini ham qo‘llaydi. «Ruh» ma’nosida esa asarda hamma o‘rinlarda – «jan», «nafs» ma’nosida – «bog‘uz» so‘zlari kelgan (forscha «jon» so‘zi turk tillariga diniy-falsafiy atama sifatida oldinroq o‘zlashgan): «Etөz үlgi barcha bog‘uzdin kirүr Bu jan үlgi chin sөz qulaqdin kirүr», Ma’nosi: «Vujudning hissasi bo‘g‘izdan kiradi, jon (ruh)ning hissasi chin so‘z bo‘lib, quloqdan kiradi» (QB. T.: «Fan». 1971.200-bet). Shuningdek, «Qutadg‘u bilig»da Qur’on oyatlari ma’nosi singdirilgan baytlar ham bor. Alqissa, Alloh ismini tilga olmasdan, uni Yaratgan, Tangri deb o‘ziga yaqin o‘z ona tilida atab ham imon egasi bo‘lish mumkin ekan. Afsuski, o‘rta asrlarda shakllana boshlagan bu adabiy, falsafiy-diniy turkiy til keyingi davrlarda rivojlantirilmadi, chin turkiy atamalar o‘rnini arabiy, forsiy istilohlar egalladi va oqibatda minglab so‘zlar o‘limga mahkum etildi. Afsuski, bu illat hozir ham davom etmoqda. Abduvohid HAYIT. G‘ayrat Majidning FBdagi sahifasidan olindi.


Б 24-yanvar, 2024-yil №2 (1234) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi milliytiklanish 6 Аччиқ ҳақиқат шундаки, бугун ҳам Беҳбудий тилга олган «бизни кемирувчи иллатлар»ни с а на с а к а до ғ и г а е т ол ма й қоламиз. Мана бир мисол: айрим таҳлилчиларнинг фикрича, биргина пойтахтнинг ўзида бир кунда тўй ва бошқа тадбиру маросимларда 40 тоннагача ош тайёрланар экан. Хўш, Тошкентдан андоза олаётган ҳудудларимиздаги тўйларда қанча ош истеъмол қилиняпти? Бу рақам чиндан ҳам ўйлантиради кишини. Агар Беҳбудий, Фитрат ёки Ҳамза Ҳакимзодадек миллат ойдинлари ҳаёт бўлиб, 40 тонналик ошхўрлигимизни эшитсалар, қандай аҳволга тушардилар... Ана энди бошқа бир савол туғилади: наҳотки, ўзбек халқи «ош бериш»га шу қадар муккасидан кетиб қолган миллатга айланиб қолган бўлса? Наҳотки, «овоза» бўладиган тўй ёки маросим ўтказиш, обрў ғамида тўй қилиш, кўп ҳолларда эса қарзга ботиш ва йиллаб қарз узиш ҳаёт тарзимизга айланиб улгурган? Ишониш қийин, аммо ана шу ҳашаматга ўчлигимиз касофатидан қанчадан-қанча оилалар бузиляпти, ёшлар бахтсиз бўляпти. «Маҳаллада дув-дув гап бўлган» сон-саноқсиз тўйларнинг эртасига эса «катта қарзни» узиш учун куёвтўра мусофир юртларга йўл оляпти. Ёки яна бир мантиқсизлик – фарзандларимизни китоб ўқимаётганликда айблаймизу, бу борада ўзимиз намуна бўлишни хаёлимизга ҳам келтирмаймиз. Мактаб, китоб, устоз ҳақида баландпарвоз гаплар гапирамизу, ўқитувчилар кунига ёки бирон-бир тантана, газета-журНЕГА БЕІБУДИЙНИНГ САВОЛИ ІАМОН ЖАВОБСИЗ ЄОЛМОЄДА ёки Ўзбекистонда тўйлар ҳақида ундан бир аср аввал ўзбекнинг бош қайғуси нима эди – тўй билан аза! Ҳозир-чи? Ҳозир ҳам аҳвол шу – туғилишдан қадаргача асосий ташвиш – емоқ, ичмоқ, элга ошни кўз-кўз этмоқ. Бу маънода, Маҳмудхўжа Беҳбудий, «Астағфируллоҳ, субҳоноллоҳ. Бизни қиладурғон ақлсизлигимизни қайси миллат қилур? Никоҳ, хатна, бу икки бало шундоқ қаттиқ бир иллатки, ўлмагунча қутулиб бўлмайдур...», деганида қанчалик ҳақ эди. си учун ҳеч бўлмаганда минг сўм... Охири нима бўлур? Нима бўлур дейсиз? Ота-бобосидан қолган мулк ва ватанини ўз ихтиёри ила зўраки бойни ўзи ўлгандан сўнгра бир яҳудий ё бир армани ажнабийға сотиб тўй ва таъзия қарзини берар... Самарқандда бир маҳалла борки, аксар халқи фақру заруратдан, тўғриси, ақл ноқислигидан ҳавлиларини пулға қизиқиб, яҳудийларға сотгани учун маҳаллада оз мусулмон қолди. Маҳалла мактаби йўқ бўлди. ...Яҳудийлар баъзан ўлукларини оқшом элтиб кўмарлар. На учун? Кундузи ишдан қоларлар. Биз бўлсак, ўлук ва тўй учун ҳафталар, ҳатто ойлар ила ишдан қолурмиз. Ҳолбуки, шореъи аъзам, Пайғамбари акрам саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳазратлари ўлганни тез кўмуб ва кўмгандан сўнгра тез тарқалиб, ишга кетмоқ ға ва ўлук хона халқини уч кундан зиёда таъзия тутмасға, қаро киймасға, кир, фалокат бўлмасға амр этарлар! Эй халқ! Эй мусулмонлар! Биз на учун Худо ва расулни сўзиға ва ўзимизни нафъимизға амал қилмаймиз? Биз девонами?» Тўйдаги урф-одатлар, исрофгарчиликлар сингари жанозаю, маъракалар, Умра ва Ҳаж эҳсонлари ҳам тобора семириб бораётгани ҳам аччиқ ҳақиқат. Хўш, бу каби мақсадсиз сарф-харажатлардан кимга наф? Яқинда пойтахтда яша - шим, қариндошларнинг тўймаъракаларига «бирров»га боришим панд берди. Қишлоқнинг умуммиллий урф-одатларинику б и л а р д и м , я н г и « к а ш ф » қилинганларидан хабарим йўқ экан. Қайнотамнинг дафн маросимида айрим одатлар, тартибқоидалардан гангиб қолдим. Устимдан кулганлар ҳам бўлди. «Маҳалла хотинлари»нинг айтишича, дод-вой солиб йиғлаш, йиғининг етти маҳаллага эшитилиши марҳум учун «обрў» экан. Аслида бундай пайтларда марҳумга қараб туриб, умр ғанимат, жон омонатлигини, бир куни ҳаммасини ортда қолдириб, «борса келмас»га кетишни ҳис қилишнинг ўзи бўғзингиздан алам билан отилиб чиқадику. Турли ирим-сиримларга тўла маъракада маҳалла кайвониси ҳам, имоми ҳам ҳар қанча гапирмасин одамлар ўзлари ўрнатган тартиб-қоидаларга амал қилишга ҳаракат қилишди. Беҳбудий бобомиз айтгулик иллатлар бизни ўз домига тобора тортиб, илдиз отаётгани, диний идора вакилларининг маҳаллалар билан «тизимли суҳбатлар» ўтказаётгани наф бермаётган экан, бу борада қаттиқроқ чоралар қўллаш керакдир, деб қоласан. Балки ошириб юбораётгандирман. Лекин кўрганларимдан олган хулосам шу бўлди... А г а р ёд и н г и з д а бў л с а , 2019 йилнинг 14 сентябрида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати кенгашларининг тўйлар, оилавий тантаналар, маърака ва маросимлар ўтказилишини тартибга солиш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисидаги қўшма қарори қабул қилинган эди. Шу асосда бу каби салбий иллатларга барҳам бериш мақсадида Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларида, шунингдек, фуқаролар йиғинларида тўйлар, оилавий тантаналар, маърака ва маросимлар ўтказилишини тартибга солиш масалалари бўйича комиссиялар фаолияти йўлга қўйилди. Савол туғилади: мазкур комиссиялар ҳали ҳам ишлаётган бўлса, уларнинг кўзлари қаёқда, таъсирлари нега суст ёки умуман йўқ... Зотан, «бизни кемирувчи иллатлар»нинг кун сайин авж олаётгани ушбу иллатга қарши қонун ёки етти ўлчаб бир кесиладиган бошқа бир ҳужжатга эҳтиёж борлигини кўрсатяпти. Азиз ўқувчи, Сиз, шу ҳақда нима деб ўйлайсиз, қон-қонимизга сингиб кетган ва кун сайин болалаётган ғайриоддий одатлардан узоқлаша оламизми? Маҳбуба КАРИМОВА «Миллий тикланиш» мухбири БА²ОРДА БИР ТЎЙДА БЎЛИБ, ТЎ£РИСИ ИККИ ªУДАГА ТАН БЕРДИМ. ИХЧАМГИНА, ОРТИªЧА ²АШАМ ВА ИСРОФГАРЧИЛИКЛАРСИЗ ЎТГАН ТЎЙДА «НОМДОР» САНЪАТКОРЛАР БЎЛМАДИ. КЕЛИН- КУЁВ ТАЛАБА ЭКАН. ИККИ ТОМОН ЎЗАРО КЕЛИШИБ, ТЎЙДА КЕТАДИГАН ХАРАЖАТЛАРНИ АНЧА ªИСªАРТИРИБ, ПОЙТАХТДАН УЙ ОЛИБ БЕРИШИБДИ. Наіотки, ўзбек халєи «ош бериш»га шу єадар муккасидан кетиб єолган миллатга айланиб єолган бўлса? Наіотки, «овоза» бўладиган тўй ёки маросим ўтказиш, обрў јамида тўй єилиш, кўп іолларда эса єарзга ботиш ва йиллаб єарз узиш іаёт тарзимизга айланиб улгурган? НУҚТА ЇОНУН ЇАБУЛ ЇИЛИНИШИНИ ТАКЛИФ ЇИЛАМАН ОҒРИҚЛИ ? нал обунаси учун йиғилган арзимаган пул учун мактабни «разбор» қилишдан тоймаймиз. Ҳатто, ҳар бир тўй учун алоҳида кўйлак сотиб олишга пул сарфлайдиган аёлларимиз ҳам ўқитувчига гул олиш учун пул бераётганида, ярим ҳазил, ярим чин «ма, ол, тешиб чиқсин», қабилида иддао қиладиган бўлиб қолганлар. Шундай хунук муносабатдан кейин фарзандингизда ўқишга, китобга, энг асосийси, устозга ҳурмат ошади, келажакда устозидек педагог бўлишни орзу қилади, деб ўйлайсизми? Йўқ, албатта. Бундай муносабат болани тўғри йўлдан қайтаради, илмга, мактабга бўлган муҳаббатини сўндиради! Айтинг, бугунга келиб ижтимоий тармоқларда зое кетаётган вақтимизни китобга, мутолаага сарфласак, бу боламизга ўрнак бўлмасмиди? Тан олайлик: бугун ҳатто, кутубхоналару, театрларга олиб борадиган йўлларни ҳам унута бошладик. Аксинча, катта-кичик тадбирларда ким ўзарга дастурхон тузаш, исроф бўлган ҳисобсиз озиқовқатларни чиқиндига ташлашдан уялмайдиган миллатга айланиб боряпмиз. Айрим иллатларга эса қадрият сифатида қарайдиган ҳа м бўл д и к. А й т а й л и к, «қудага сиғиниш», аниқроғи, қиз берган хонадонга «етти букилиб салом бериш». Гўё, қизнинг сарпоси қанчалик зўр бўлса, қайнона-келин муносабатлари шу қадар м ус т а ҳ ка м бўл и ш и ҳа м қудалар ўртасидаги ёзилмаган қонунга айланяпти. Албатта, ҳамма ҳам бундай фикрда, қарашда эмас. Баҳорда бир тўйда бўлиб, тўғриси икки қудага тан бердим. Ихчамгина, ортиқча ҳашам ва исрофгарчиликларсиз ўтган тўйда «номдор» санъаткорлар бўлмади. Келин-куёв талаба экан. Икки томон ўзаро келишиб, тўйга кетадиган харажатларни анча қисқартиришиб, пойтахтдан уй олиб беришибди. Афсуски, бу инсонлар каби етти ўлчаб бир кесадиган, бугунини эмас, эртасини ўйлайдиган инсонлар камайиб кетяпти орамизда... Қайта-қайта Беҳбудийнинг с ў з л а р и н и ў қ и й м а н : «Шаҳарларда ўртаҳол, яъни ўтурарға хона ва боғи бор бир киши никоҳ учун икки минг сўм сарф этар ва ўғул хатнаАна холос... йтишларича, Америкалик машҳур шахматчи Роберт Фишер ўйин пайтида мутлақ сукунатни талаб қилар ва арзимаган шовқинни хам оғриқли қабул қиларди. Афсоналарга кўра, ҳатто сезилар-сезилмас шивирлаш ҳам Фишерни фикрлашдан чалғитиб ўйинга халақит бераркан. Борис Спасский билан бўлаётган мусобақанинг навбатдаги ўйинида Фишер кутилмаганда фигуралар тўла шахмат доскасидан нигоҳини олиб, томошабинлар билан тўла залга қараб қичқиради: - Ўн иккинчи қатордаги ҳой қиз, зудлик билан конфет сўришни бас қил! Конфетга тегаётган тишларингни овози жудаям ёқимсиз, у диққатимни жамлашга халақит беряпти. Залда ўтирган журналистлар, мухлислар ва гроссмейстерлар Фишернинг асабига теккан қизни залдан қидира бошлайдилар. Сокинликни бузган қизни топиш қийин бўлмади. Ширинлик шайдоси тўқ қизил рангли кўйлакда бўлиб, сочларига зангори бантик тақилганди. Бу – исландиялик шахматчи қиз эди. - Ахир мен эндигина учинчи конфетимни едим, холос деб ўзини оқламоқчи бўлади исландиялик қиз - Астрид Беерндоттир. У бутун залдагилар нигоҳи ўзига қаратилганини сезиб, қизариб кетган эди. - Учинчи марта эмас, еттинчисини сўраяпсан кичкина ёлғончи! Мени санамаяпти деб ўйладингми? - деб эътироз билдиради Фишер кўзларини шахмат доскасидан узмай, иягини ишқалаган ҳолда. Ихтиёр ЭСОНОВ Истеъдод хавфи А Кутинг! Аҳмадали АСҚАРОВ, Низомий номидаги ТДПУ Тарих факультети профессори, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби ва ёшлар мураббийси қандай тушунмоқ керак? Келгуси сонларда Қуръони каримни


ХИЁНАТ 2023 йилда «Ренессанс» анимацион фильмлари туркумининг «Амир Темур» ва «Ал Хоразмий» єисми яратилиб, агентлик томонидан 260 миллион сўм іамда Дин ишлари єўмитаси іузуридаги Ислом цивилизацияси маркази томонидан 269 миллион сўм молиялаштирилган. 24-yanvar, 2024-yil №2 (1234) chorshanba ijtimoiy-siyosiy gazetasi 7 milliytiklanish ВАЗИЯТГА НАЗАР АФАНДИ МУЛЬТҚАҲРАМОНГА АЙЛАНЯПТИ Хабарни ўқиб, ўзбекнинг Хўжа Насриддини саргузаштлари, мот қилувчи ҳазиллари, эшак устида бирор масал ёки воқеа айтиб бе- раётгани ҳақидаги мультсериал- ни тасаввур қилдим. Ҳарқалай, қизиқ ва болалар вақтини мароқли ўтказишга арзийдиган бирор «асар» яратилса керак. Эҳтимол, Кинематография агентлиги бош директори Фирдавс Абдухолиқов айтганидек: «...бу каби персонаж нафақат болаларимиз ва ёшлари- мизнинг, балки катталарнинг ҳам севимли мультиқаҳрамонига айла- нади». Аслида шундай бўлиши ҳам керак, чунки бизда ўзбек мумтоз адабиётининг йирик намояндаларидан бири Муҳаммад Шариф Гулханийнинг «Зарбулмасал»и, Худойберди Тўхтабоев, Анвар Обиджон, Кавсар Турдиева каби болалар ижодкорларининг катта адабий мероси бор. Биргина, «Зарбулмасал»дан етакчи мазмун билан мантиқан узвий боғланиб кетган ўндан ортиқ насрий ва назмий масала, қисса ва ҳикоятлар ўрин олган. Уларда ҳалоллик, тўғрилик, меҳр-муҳаббат каби инсонийликка хос ғоялар илгари сурилган бўлиб, хасислик, мунофиқлик, чақимчилик сингари салбий одатлар қораланган. Асардаги ҳар бир масал юксак бадиий маҳорат билан ёзилган. Табиийки, бу илк ривожланиш ёшида бўлган кичкинтойлар тарбиясига ижобий таъсир этиши билан ҳам аҳамиятлидир. Албатта, бир вақтлар «Зарбулмасал»даги масаллар, «Сусамбил»даги воқеалар асосида анимацион фильмлар яратилган. Аммо замон боласи учун бошқачароқ мультасарлар қизиқарли эканлиги уларнинг янги яратилаётган хориж мультфильм трейлерларига бўлган қизиқишидан кўриниб турибди. Бугун интернет нафақат 7 ёшдан 70 ёшгача бўлганлар ҳаётини, балки боғча ёшидаги кичкинтойларнинг дунёсини ҳам қамраб олди. Ҳатто кичкинтойларимиз чет тилидаги мультфильмни кўриб, айрим сўзларни тушуниб, талаффуз қилишяпти. Баъзан бун- дан завқланасан, айрим қўпол тақлидларидан эса хижолат тортасан. Афсуски, бугун болаларни ўзига жалб қила оладиган миллий мультфильмларни яратишга катта эҳтиёж борлиги қайта ва қайта таъкидланаётган бўлса-да, фарзандларимиз боғчада ҳам, уйда ҳам таржима қилинган (қилинмаган) хориж мультфильмлари «кўмаги»да тарбия топмоқдалар. Тўғри, ўзбек халқ эртаклари ёки бошқа манбалар асосида тайёрланган бир ва кўп қисмли мультфильмларимиз йўқ эмас, аммо кам, жуда кам назаримда. Бир нарсани такрор ва такрор томоша қилиш эса бола учун зерикарли. ҚИЗИҚ, ЛЕКИН ХАВОТИРЛИ Яқинда 4 ёшли қизим билан «Сониясига 5 сантиметр» мультфильмини томоша қилдик. Япониялик аниматор Сатоси Кон томонидан яратилган ушбу киномаҳсулот имконсиз севги ҳақида экани эътиборимни тортди. Унда бошланғич мактабда бир қизни яхши кўриб қолган токиолик йигит – Такаки Тоно ҳаётининг уч даври ёритилган экан. Йигитча бошланғич мактабда бир қиз билан дўстлашади, бироқ оила бошқа ҳудудга кўчиб ўтгани учун муносабатлар узоққа бормайди. Аммо йиллар ўтсада, Такаки биринчи севгисини унута олмайди... Қизимдан таассуротларини сўрадим: у «қизча кетди, бола ўртоғи кетганига хафа бўлди...», деб тушунибди. Демак, томошадан икки ёшдаги томошабин икки хил таассурот олибмиз... Тан олиш керак, биз қанчалар рад этиб, кўришни тақиқламайлик хориж мультфильмлари қизиқарлилиги билан кичкинтойларимизни ўзига жалб этишда давом этмоқда. «Қалъа: қалқон ва қилич билан», «Денгиз қўшиғи», «Мартинко», «Қаҳрамонлар шаҳри», «Ронал Варвар» каби мультфильмлар нафақат кичкинтойлар, катталар учун ҳам завқли томоша, десам янглишмайман. Аммо барибир менталитетимизга у қадар тўғри келмайдиган кўплаб хорижий мультфильм (трейлер)лар ҳар қанча қизиқарли бўлмасин, илк ривожланиш ёши- даги бола тафаккурининг шаклла- ниши учун зарарли, назаримизда. Афсуски, миллий қадриятларимиз, урф-одатларимиз, ўзбекчиликка хос лутфу каломимиз акс этган миллий мультфильмларимиз камлиги учун ҳам уларни кўришга мажбурмиз. ЎЗИ НЕЧТА МИЛЛИЙ МУЛЬТФИЛЬМИМИЗ БОР? Мультфильмлар ҳақида мақола ёзаётганимни эшитган ҳамкасбим сўраб қолди: ўзи нечта миллий мультфильмимиз бор экан? - «Зумрад ва Қиммат», «Ур тўқмоқ», «Қайнар хумча»... Саноғим тугамасидан «тарсаки» едим: эскиларини ҳамма билади. Жуда бўлмаганда охирги 3 йилликдан гапиринг дўстим... Б и л г а н л а р и м , а н и қ р о ғ и , кўрганларимни санай кетдим: «Дино ва Завр», «Хасис баққол», «Автосаргузаштлар», «Кичик билағонлар», «Сеҳрли танбур», «Жасур Қутқарбоев», «II Ренессанс: Амир Темур»... афсуски, бир нечтагина мультфильмларни санай олдим, холос. Қўлимдаги маълумотларга кўра, яна бир нечта «ишлаб чиқарилаётган» мульт­ фильм ва мультисериаллар бор экан. Аммо уларнинг қачон экран юзини кўриши номаълум. Кинематография агентлиги матбуот хизмати маълумотига кўра, 2021 йилда 7 та мультфильм (4 таси давлат, 3 таси хусусий студиялар), 2022 йилда 3 та жами 16 қисм (10 таси давлат студияси, 6 та қисм хусусий студиялар)дан иборат мультасарлар ишлаб чиқарилган. Ваҳоланки, агентлик режасида 2022 йилдан бошлаб ҳар йили 50 тадан анимация маҳсулотлари тайёрлаш назарда тутилгани айтилганди. Қизиқ, режалар ҳар томонлама имкониятлар ҳисобга олиб тузилганмиди ёки тахминан? Ёдингизда бўлса, 2020 йилнинг ёзида ўтказилган «Мультипликацион фильмларни ишлаб чиқаришда юзага келаётган муаммолар ва уларни ҳал этиш истиқболлари» мавзусидаги йиғилишда 2021 йилда ўзбек мультипликация санъати ташкил топганига 55 йил тўлиши муносабати билан соҳани тубдан ислоҳ қилиш лозимлиги таъкидланган эди. Қолаверса, жамоатчилик томонидан «Мультипликацион фильмлар студияси» давлат унитар корхонасида тайёрланган мультфильмлар ҳамда хусусий давлат мультстудиялар ўртасидаги бюджет маблағи тақсимотидаги нохолисликларга эътироз билдирилганди. Санъатшунослар эса замонавий фикрловчи, интеллектуал салоҳиятга эга кадрларнинг етишмаслиги, болалар феъл-атворини ҳисобга олган ҳолда мультфильмлар яратилмаётгани ва замонавий технологиялар етишмаслиги натижасида тўлиқ метражли ва кўп қисмли мультфильмлар яратилмаётганидан нолишган эди. Дарвоқе, ушбу камчиликларни бартараф этиш, қолаверса, бу соҳани замонавий талаблар асосида дунё миқёсига олиб чиқиш вазифалари, айниқса, Президент Фармони ва «Ўзбекистон Республикасида кине- матография соҳасини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси» лойиҳаларида ўз аксини топган- лиги Агентлик бош директори Ф.Абдухаликов томонидан алоҳида таъкидлангани ҳам ОАВ томонидан ахборот сифатида қабул қилинганди. Лекин бугунги таҳлилларни кўриб, соҳа мутасаддиларига «алдагани бола яхшими», дегинг келади. ДАВЛАТ УНИТАР КОРХОНАСИНИНГ АНИМАЦИОН ФИЛЬМЛАРИ ҚАНИ? Ёдингизда бўлса, Президентимизнинг 2021 йил 7 апрелдаги ПҚ-5060 сон қарори билан «Мультипликацион фильмлар студияси» ДУК фаолияти тугатилган. Хўш, қарордан сўнг мультфильмлар ишлаб чиқариш жараёни қай тарзда йўлга қўйилди? Маълумотларга кўра, Кинематография агентлигида Кинолойиҳалар билан ишлаш бўлими бор ва у ҳужжатли, анимацион, қисқа метражли фильмлар ҳамда сериалларни ишлаб чиқариш ишларини ташкил этиш билан шуғулланади. Манбаларга кўра, 2022 йил 1 январь ҳолатида Ўзбекистонда 14 ёшдаги жами болалар сони 10 миллион 518 минг 483 нафарни ташкил этган. Табиийки, бу кўрсаткич ўтган бир йил давомида яна ошган. Афсуски, икки йилда 15 ёки 30та мультфильм ишлаб чиқариш бу миқдордаги болаларнинг 10 кун, нари борса бир ойда томоша қилишига етса ҳам катта гап. Шу тариқа тарбия ёшидаги юртдошларимиз қолган 11 ойни «ҳай баракаллачи» вайн- чилару хориж мультфильмлари таъсирида ўтказадилар. Хўш, шунга ҳам оҳ-воҳми, дерсиз. Болаку... кўникишади, тўғрими? Шу ўринда савол туғилади: балки анимациянинг оддий томошабин тасаввур қила олмайдиган қийинчиликлари бордир? Жуда «инжиқ» саналган бу йўналишнинг молиявий, кадрлар билан боғлиқ муаммолари биз билганимиздан кўпроқдир балки? Ёки бўлмаса, тараққий этиши учун анимация алоҳида соҳа сифатида агентлик таркибидан ажралиб чиқар. Нима бўлганда ҳам бугун оқсаш эмас, энди ростмана судрала бошлаган соҳага жиддий ёндашув керак. Мавжуд муаммоларга эса тизимли ечим топиш, энг муҳими, тажрибали ва ёш иқтидорли мутахассисларни бошини қовуштириш лозим. Балки шундагина, «Гугл тоға»га ўзбек миллий мультфильмлари дея қидирув берганда чиқиш эҳтимоли бўлган узундан узун рўйхатдан қайси бирини танлашни билмай бошимиз қотар. Дарвоқе, бу борадаги ечимлардан бири сифатида Давлатимиз раҳбарининг 2020 йил 21 апрелдаги ПҚ-4688-сон қарори ижросини таъминлаш юзасидан Ҳукуматнинг 2021 йил 8 январдаги 8-сонли қарори асосида Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институтида мультипликация санъати бўйича махсус йўналиш очилганини ҳам айтиш жоиз. Қолаверса, «Базелевс» кинокомпанияси билан ҳамкорликда Тошкентда биринчи халқаро анимация мактаби ташкил этилгани ҳам навбатдаги дадил қадамлардан бири бўлди. Ҳатто, бу мактабда «Матонат мактаби» туркумидан Токиодаги Паралимпия ўйинлари совриндори, жаҳон чемпиони Асила Мирзаёрова ҳақида анимацион фильм ярати- либди. Бу яхши, албатта. Лекин бу каби муваффақиятлардан ҳар қанча қувонмайлик, бу маълумот- лар қарийб 60 йиллик тарихга эга бу соҳа учун денгиздан томчидек гап. Хорижий манбаларда қайд этилишича, хорижда битта 10-15 дақиқалик ёки сериал шаклидаги мультфильмларни суратга олувчи студияларда 200 нафардан ортиқ хо- дим ишларкан. Бизда эса 50 тага ҳам етмаса керак. Тўғри, ривожланган давлатлар билан 32 ёшли давлатнинг имкониятларини таққослаш мумкин эмас. Аммо ўзбек миллий мультсериалини яратиш учун бу давр у қадар қисқа давр эмаслиги ҳам бор гап. Ахир ўзбек анимация санъати ярим асрлик тарихга эга. Илк мультфильмни режиссёр Дамир Салимов 1965 йилда «Ўзбекфильм» студиясида суратга олган, «6х6 квадратда» деб номланган мазкур киноасар қўғирчоқларнинг механик ҳаракатига асосланиб яратилган. Биринчи чизилган мультфильм эса 1969 йили суратга олинган «Жасур чумчуқ» эди. 1970 йилга келиб «Ўзбекфильм»да мультфильм устахонаси ташкил қилинган ва унда аниматорлар, графика усталари, рассомлар ва бошқа ижодкорлар янги мультфильмлар ишлаб чиқариш учун ўзига хос майдон яратишган. Ўз даврида миллий мультфильмларимиз билан жаҳон кинофестивалларида юксак совринлар ҳам қўлга киритилган. Афсуски, бугунга келиб, бу йўналишни ёш кадрлар билан таъминлашга бўлган талаб ҳамон долзарблигича қолмоқда. Балки шу боисдандир кейинги йилларда ўзбек миллий мультфильмларини яратишда хорижий аниматорлар хизматига мурожаат қилинмоқда. Биргина, «Хасис баққол» анимацион фильмининг тайёрланишига ўзбек аниматорлари билан бирга 25 нафар хорижлик мутахассислар жалб этилгани ҳам бунга мисол бўлиши мумкин. Шу ўринда яна бир савол туғилади: Хўш, нега мультипикацияга қизиқувчи ёшларимиз кам? Асосий сабаб бу соҳа вакилларининг маоши ва бошқа имтиёзларнинг камлигими ёки бу борада иқтидорли ёшларни саралаш ва қўллаб-қувватлаш йўлга қўйилмаганими? Соҳа билимдонларининг таъкидлашича, бу йўналишда таҳсил олувчи талабаларга хорижий етакчи мультипликацион студияларда малака ошириш имкониятини яратиб бериш зарур. Шунингдек, ҳам моддий, ҳам маънавий рағбатни кучайтириш, ёшлар орасида бу соҳага бўлган қизиқишни оширувчи тарғибот тадбирларини кўпайтириш керак. МАБЛАҒ МАСАЛАСИ... Агентлик матбуот хизматига кўра, 2023 йилда «Ренессанс» анимацион фильмлари туркумининг «Амир Темур» ва «Ал Хоразмий» қисми яратилиб, Агентлик томонидан 260 миллион сўм ҳамда Дин ишлари қўмитаси ҳузуридаги Ислом цивилизацияси маркази томонидан 269 миллион сўм молиялаштирилган. Шунингдек, «Ақлвой» телеканали томонидан суратга олинаётган «Шум боланинг саргузаштлари» анимацион фильми учун 750 миллион сўм субсидия ажратилган. Мулоҳазамиз якунида фарзандларимиз билан мароқли ва мазмунли вақт ўтказиш учун ўзига хос касбий қийинчиликларни енгиб меҳнат қилиб келаётган аниматорлар Мавзур Маҳмудов, Нозим Тўлахўжаев, Дмитрий Власов, Азизбек Муҳамедов, Абдуллатиф Ҳайдаров, Ғолиб Санақулов, Жав- лон Турдихўжаев, Беҳзод Саломов каби аниматорлар ва уларнинг жа- моасига миннатдорлик билдириб қоламиз. Дарвоқе, Президентимиз Шав- кат Мирзиёев 2020 йилнинг ку- зида «Ўзбекфильм» киностуди- ясида амалга оширилган иш- ларни кўздан кечириш асносида соҳанинг ютуқларию, муаммоларига тўхталиб: «Кино - тарбиянинг замини. Бу ижоднинг мактабини очишимиз керак. Ҳозир мукаммал фильмлар яратишга ҳавасимиз бор, лекин сифатлиси кам», деган эдилар Шунингдек, Давлат раҳбари етарли эътибор бўлмагани сабабли миллий кино санъатида турғунлик пайдо бўлгани, фақат енгил-елпи, тижорат картиналари яратилиб, соҳа ривожи дунёдан ортда қолиб кетаётгани, ўзбек томошабини фақат чет эл телесериаллари таъсирига тушиб қолмаслиги, аксинча, тарихимиз, санъатимиз, адабиётимиз, қадриятларимизни яхши билиши, шу руҳда тарбия топиши кераклигини ҳам таъкидлагандилар. Уч йил аввал айтилган гаплар бугун ҳам ўз моҳиятини йўқотгани йўқ. Оғир бўлса-да, тан олиш керак, ҳалигача ўзбек томошабини соҳа вакилларидан замонавий кино маҳсулотларини кутяпти, гўё мўъжиза рўй бериб, ҳеч бўлмаса Россия ёки Белоруссия киноижодкорлари даражасида кинолар ишланишига ишонишяпти. Аммо муҳтарам киночиларимиз сукут сақлаб, камтарлик қилишда давом этмоқдалар. ТВ каналларида америка ёки рус киночиларининг 80-йилларда ишлаб чиқарилган кинолари кетса кетяптики, ўзимизникидан дарак кам. Энг ёмони, ана шу «асар»лар бизни, айниқса, болаларимизни тарбиялашда давом этмоқда. Тўғри, пандемиядан кейин кинотеатрларга томошабинларни қайтариш ўзбек киноижодкорлари учун осон кечгани йўқ. Лекин... Бу ҳақда кейинги мулоҳазаларимизда... Меҳри ЖАҲОН Келажакка БУ! Ўзбекистон Кинематография агентлиги матбуот хизмати маълумотларига кўра, ҳозирда россиялик машҳур кинопродюссер ва режиссёр Тимур Бекмамбетов билан 8 миллион доллар эвазига «Хўжа Насриддин» глобал лойиҳаси амалга оширилаётган экан. Мазкур ташаббус профессионал даражада ишлаш, тажриба алмашиш, чет эллик мутахассислар билан ҳамкорликни йўлга қўйиш учун катта замин яратиши мумкин, деган тахминлар илгари суриляпти. ёки єзбекистонлик болажонларнинг бир йилда бир ой мультфильм кєраётганининг сабаби нимада? АХИР ЎЗБЕК АНИМАЦИЯ САНЪАТИ ЯРИМ АСРЛИК ТАРИХГА ЭГА. ИЛК МУЛЬТФИЛЬМНИ РЕЖИССЁР ДАМИР САЛИМОВ 1965 ЙИЛДА «ЎЗБЕКФИЛЬМ» СТУДИЯСИДА СУРАТГА ОЛГАН, «6Х6 КВАДРАТДА» ДЕБ НОМЛАНГАН МАЗКУР КИНОАСАР ЄЎЈИРЧОЄЛАРНИНГ МЕХАНИК ІАРАКАТИГА АСОСЛАНИБ ЯРАТИЛГАН.


Хуршид ДАВРОН 20 январь таваллуд топган кун TAHRIRIYAT MANZILI: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1 A-uy. Gazeta tahririyat kompyuter markazida terildi va sahifalandi. Gazeta «Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Korxona manzili: «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41-uy 2008-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0223 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Gazeta haftaning chorshanba kuni chiqadi. Adadi – 5 036. Gazetaning bahosi kelishilgan narxda. Qog‘oz bichimi: 350x587. Hajmi: 4 bosma taboq Buyurtma: G – 121 Bosishga topshirish vaqti 21:00. Topshirildi 00:50 1 2 3 4 5 6 «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASINING IJTIMOIYSIYOSIY GAZETASI ISSN 2010-7714 Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Gazetada Internet ma’lumotlari va suratlaridan foydalanildi. Bosh muharrir: Mirodil ABDURAHMONOV JAMOATCHILIK KENGASHI: Alisher QODIROV – kengash raisi Akmal SAIDOV, Abror PO‘LATOV, Amriddin BERDIMURODOV, Akmal JUMABOYEV, Bahodir MAMATXONOV, Ilhom ABDULLAYEV, Ibrohim G‘OFUROV, Iroda DADAJONOVA, Minhojiddin MIRZO, Nuriyman ABULXASAN, Odiljon TOJIYEV, Olim O‘SAROV, Otabek JIYANBOYEV, Ozodbek NAZARBEKOV, Ortiqali QOZOQOV, To‘lqin TESHABOYEV, Feruza MUHAMMEDJANOVA, Xurshid DO‘STMUHAMMAD, Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Shuxratjon AXUNDJANOV. 8 САҲИФА «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi www.mt.uz №2 (1234) 24-yanvar 2024-yil, chorshanba fb.com/milliytiklanish.gazetasi t.me/milliy_tiklanish_gazetasi www.mt.uz [email protected] Tahririyatga kelgan xatlar doimiy eʼtiborimizda bo‘lib, ular mualliflariga qaytarilmaydi. NAVBATCHI MUHARRIRLAR: Abdug‘affor OMONBOYEV, Mahbuba KARIMOVA NASHR UCHUN MASʼUL: Maʼmurjon YO‘LDOSHEV NAVBATCHI: Feruza XODJAYEVA DIZAYN GURUHI: Asilbek QUDRATOV, Firdavs HAMIDULLAYEV Elektron pochta: [email protected] / [email protected] Telefon: (97) 755-10-11 Сўнгги Ойдиннисо Ватан – Педагог кадрлар малака тоифасини беришнинг янги тартиби жорий қилиниши белгиланган эди. У қачондан кучга киради ва нималарни ўз ичига олади? Азиза Бурҳонова, ўқитувчи – Вояга етмаган болаларга қанча вақт алимент тўламаслик жиноий жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин? Дониёр Каримов, Учқудуқ тумани – Ҳайдовчилик гувоҳномаси неча ёшдан берилади? Мадина Ойбекова, Андижон шаҳри – Кўчмас мулк сотиб олмоқчиман. Унинг пулини тўлашдан олдин у ернинг бузилиш (снос)га тушган ёки тушмаганлиги тўғрисидаги аниқ ва ишончли маълумотни қаердан ва қандай олсам бўлади? Дилдора Расулова, тадбиркор – 5 йил олдин судланиб, жазо муддатини тўлиқ ўтаганман. Ишга кириш учун ҳужжатларимни топширсам, илгари судланганлигимни сабаб сифатида кўрсатишиб, ишга қабул қилишмади. Шу тўғрими? Саиджон Акбаров, Тошкент шаҳри – Нотўғри. Меҳнат кодексининг 119-моддасига асосан, судланганлиги, шу жумладан тугалланган ва олиб ташланган судланганлиги сабабли шахсларни ишга қабул қилмаслик, (бундан қонунчиликда назарда тутилган ҳоллар мустасно) ёхуд шахсларни уларнинг яқин қариндошлари судланганлиги, шу жумладан тугалланган судланганлиги муносабати билан ишга қабул қилмаслик қонунга хилоф ҳисобланади. – Президентнинг 26.05.2023 йил ПФ–79-сон Фармонига асосан, 2024 йил 1 январдан давлат мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларига малака тоифасини беришнинг янги тартиби жорий қилиниши белгиланган. Малака тоифасини олиш бўйича синовлар бир йилда камида бир маротаба икки босқичда ўтказилади ҳамда биринчи босқичда талабгорнинг мутахассислик фани ва касб стандарти бўйича билим даражаси, иккинчи босқичда – педагогик маҳорати баҳоланади. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати – Жиноят кодексининг 122-моддасига кўра, моддий ёрдамга муҳтож бўлган вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсни моддий таъминлашдан бўйин товлаш, яъни уларни моддий жиҳатдан таъминлаш учун суднинг ҳал қилув қарорига ёки суд буйруғига биноан ундирилиши лозим бўлган маблағни жами бўлиб икки ойдан ортиқ муддат мобайнида тўламаслик, шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса — икки йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки бир йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади. – Эндиликда қишлоқ хўжалиги ерларига бўлган ижара ҳуқуқини сотиш мумкин деб эшитдим. Шу ҳақда маълумот берсангиз. Ҳабибулла Лутфуллаев, Когон тумани – “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижарага бериш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармонига кўра, 2024 йил 1 мартдан қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари ижарачиларига ижарага берилган ер участкалари бўйича ўз ҳуқуқ ва мажбуриятларини бошқа шахсга ўтказишга (қайта ижарага беришга) рухсат этилади. – Вазирлар Маҳкамасининг 12.04.2022 йил 172- сон қарорига асосан, транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқига эга бўлиши учун ўрганувчи ўқув муддати якунида қуйидаги ёшга тўлган бўлиши керак: • «А» тоифаси учун – 16 ёшга; • «B» ва «C» тоифалари учун – 18 ёшга; • «BE» ва «CE» тоифалари учун – 19 ёшга; • «D» ва «DE» тоифалари ҳамда трамвай ва троллейбуслар учун 21 ёшга. Юрист блогер расмий телеграм канали – Ҳукуматнинг 200-сонли қарори билан тасдиқланган Маъмурий регламентга кўра, ариза берувчи маълум бир турар жойнинг бузилишга тушган ёки тушмаганлиги тўғрисидаги маълумотномани олиш учун Давлат хизматлари марказига шахсан мурожаат этиши ёки ЙИДХП орқали давлат хизматидан электрон тарзда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтиши мумкин. Давлат хизматларини кўрсатиш учун базавий ҳисоблаш миқдори (340 минг сўм)нинг 5 фоизи (17 минг) миқдорида йиғим ундирилади. Давлат хизмати кўрсатилиши учун ЙИДХП орқали мурожаат этилганда йиғим суммаси (5 фоиз)нинг 90 фоизи миқдорида ундирилади. Давлат хизматларини кўрсатиш учун йиғимни тўламаслик хизмат кўрсатишни рад этиш учун асос ҳисобланади. SAVOLBERING! Дилингизда бўлсин қувончи ғами, Китобларда эмас, қоғозда эмас. Бўзда яшайсизми, Бухородами, Сиз билан баробар у олсин нафас. Болангизни белаб қўйинг туш пайти, Толлар беланчакни учирсин кўкка. Аммо сиз бошида аллалар айтинг, Ватан туйғусини солинг юракка. Айтинг, далаларда эгилган лаҳза, Айтинг, қуёш қонга ботиб ётганда. Айтинг, қувончу ғам солганда ларза, Айтинг, оқ кўйлакли тонглар отганда. Жанозада йиғлаб аллалар айтинг, Айтинг, шуурлару курашлар аро. Токи қалбимизда жўш урган туйғу Фарзандлар қалбида берсин акс-садо. Она Тўмариснинг шонли қисмати, Жалолиддин тиғи таратган жаранг, Бизнинг юраккача, балки, етмасди, Бўлмаганда, халқим, алланг — хотиранг. Беруний юлдузи, Сино каҳкашони Фалакдан йўлимиз ёритиб боқсин. Маҳмуд Торобийнинг муқаддас қони Фарзандлар қалбида жўш уриб оқсин. Ҳазрат Соҳибқирон тузукларидан Кўчиб, фикрларни ёритсин сурур, Дилларни чароғон этсин Навоий Қалами таратган ҳикматли шуур. Мирзо Улуғбекнинг расадин тоқи, Юрган йўлимизга нурлар тўшасин, Ватан деб жон берган ҳар ботир хоки Дилда нафас олсин, дилда яшасин. Ватан – юракдаги қувонч, қайғу, шашт, Уни тирик сақлар юракдаги сас. Ватан – бамисоли қуёшга ўхшаш, Ватан ҳам одамдек олади нафас. ЖОНИМ ИЧРА ЖОНИМДУРСАН Бу дунёда жаннатмонанд ерлар бисёр, Бу дунёда оқу қаро эллар бисёр, Аммо йўқдир бу дунёда сендек диёр, Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. Тупроғингда аждодларим изи қолган, Боболарим терларининг тузи қолган, Ҳар гардида момоларим кўзи қолган Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. Ўзбек элим, нури дийдам, қароғимсан, Ўзбек элим, осмониму тупроғимсан, Ҳам қувончим, ҳам бахтиму фироғимсан, Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. Бешигингда аллаладинг дунёларни, Дунё очган неча–неча даҳоларни, Болам дединг юраклари адоларни, Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. Соҳибқирон қўлларида қалқон бўлдинг, Улуғбекнинг нигоҳида осмон бўлдинг, Мирзо Бобур юрагида армон бўлдинг, Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. Қўли қадоқ деҳқон элим, султон элим, Кўкси юртга доим балогардон элим, Ўз юртига соҳибқирон ҳоқон элим, Жоним ичра жонимдурсан, Ўзбекистон. БУ ГУЛ СИЗНИКИ Биласизми, баъзан тунлари Соғинаман сизни жудаям… Истайман шу маҳал: Тун каби Сизни маҳкам бағримга боссам. Истайман мен: томчи ёш бўлиб Юзингиздан ўтсам сирғалиб. Рашк қиламан сизни: қанчалар Чиройингиз очар сирғалар. Шамол сочган сочларингизнинг Оловида кетсайдим куйиб. Кечалари босиб бағримга, Умр қисқа эканин туйиб — Дали, телба бўлгим келади Ишқингиздан, ҳасратингиздан Ва соғинчдан ўлгим келади Кўзим узмай суратингиздан. Бола бўлиб қолсаму сизни, Йиғлай дейман,маҳкам қучоқлаб, Ўлгим, ўлгим, ўлгим келади Ўз-ўзимни тиғлаб,пичоқлаб. Қонимдан-да бир гул ундириб (Баҳорнингмас, бўлсин кузники) Шивирлагим келади аста: «Олинг, олинг… Бу гул сизники!..» Спорт Доҳа шаҳрида ўтаётган футбол бўйича Осиё кубоги баҳсларининг гуруҳ босқичи 3-тур учрашувида Ўзбекистон ва Австралия терма жамоалари учрашувида 1:1 ҳисоби қайд этилди. Учрашувнинг биринчи бўлими 45-дақиқасида Бойл пенальтидан гол уриб, Австралияни олдинга олиб чиққан бўлса, иккинчи бўлимнинг 78-дақиқасида Жалолиддин Машариповнинг узатган тўпини Азиз Турғунбоев боши билан рақиб дарвозасига жойлаб қўйди. “В” гуруҳида Австралия 7 очко билан гуруҳ пешқадами сифатида нимчорак финалга йўл олган бўлса, Ўзбекистон терма жамоаси 5 очко билан иккинчи ўринни эгаллади. Сурия термаси 4 очко жамғарган ҳолда учинчи поғонадан жой олди. Энди футболчиларимиз 30 январь куни “F” гуруҳида иккинчи ўринни эгаллаган терма жамоа билан чорак финал йўлланмаси учун куч синашади. ЎзА БИЗ НИМЧОРАКДАМИЗ! Юрист блогер расмий телеграм канали


Click to View FlipBook Version