The words you are searching are inside this book. To get more targeted content, please make full-text search by clicking here.
Discover the best professional documents and content resources in AnyFlip Document Base.
Search
Published by Нишонов Абдурахмон, 2022-05-03 02:51:40

9 SINF IMTIHON JAVOBLARI I QISM

9 SINF IMTIHON JAVOBLARI I QISM

TARIX FANIDAN
9-SINF UCHUN
IMTIHON BILETLARIGA

JAVOBLAR

Toshloq 2-maktab

TARIX

9-SINF

1-BILET

1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang.

2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o‘rni haqida

fikr bildiring.

3. “Miniatura” atamasiga izoh bering.

1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang.

Misr, Qadimgi Misr — Alrikaning shim.- sharqida, Nil daryosining quyi

oqimida joylashgan qadimiy davlat. Misrda odamlar paleolit davridan

boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6 ming yillikda Nil atrofidagi

savannalarda tarqoq yashagan

qabilalar terimchilik, ovchilik,

keyinroq esa baliq ovlash

bilan shug’ullanishgan.

Miloddan avvalgi taxminan 3

ming yillikda ikkala podsholik

birlashib, yagona davlat barpo
bo’lgan. Misrning keyingi tarixi
4 asosiy davrga bo’linadi: Ilk
podsholik (miloddan avvalgi
taxminan 3000 — 2800),
Qadimgi podsholik (miloddan
avvalgi taxminan 2800—2250),
O’rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik
(miloddan avvalgi 1580—1070),So’nggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan
avvalgi taxminan 1070—332). Misrda hunarmandchilik va savdoning yangi
markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha)
kengaygan, G’arb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uyg’unlashuvi
sodir bo’lgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1

pasaygan, bozorlar kamaygan,
iqtisodiy va siyosiy tushkunlik
ro’y bergan. Miloddan avvalgi
2-asr boshlarida Sshavkiylar
davlati va Makedoniya bilan
bo’lgan urushlardan so’ng
Misr ko’p yerlaridan ajralgan.
619-yil Eron shohi Xusrav

II Vizantiyaning zaiflashib
qolganidan foydalanib, Misrni
bosib olgan. 639—642 yillarda
Misrni arablar zabt etgan.

Misr, Mesopotamiya va
Hindistondagi kabi Xitoyda
ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe
va Yanszi degan katta daryolar
bo`ylarida miloddan avvalgi
III–II mingyilliklarda kurtak yoya boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe
daryosining O`rta oqimida vujudga keladi (xitoycha «Xuanxe» – «Sariq daryo»
ma`nosini anglatadi). Xitoyliklar «daydi daryo»,«ming ofat keltirguvchi daryo»
deb ham ta`riflagan Xuanxe o`zanini tez-tez o`zgartirib turardi. O`rtacha
har ikki-uch yilda bir marotaba g`oratkor va sertalafot suv toshqinlari bo`lib
o`tardi. Odamlar bu toshqinlardan tepalik joylarda jon saqlab qolishardi.
2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o‘rni haqida
fikr bildiring.
Napoleon Bonapart (1769-yil 15-avgust — 1821- yil 5-may) — fransuz
inqilobining oxirgi bosqichlarida va fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka
erishgan fransuz qo’mondoni va siyosiy yetakchisi. Napoleon Bonapart -
fransuz davlat arbobi va sarkardasi,Fransiya Respublikasining birinchi konsuli
(1799—1804),Fransiya imperatori (1804-14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning
Oten kollejiga kirgan, so’ng o’sha 1779-yilda Briyenn harbiy o’quv yurtiga
ko’chirilgan. 1784 yil mazkur o’quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij
harbiy maktabiga (1784—85) o’tgan. 1785 yil podporuchik unvonida armiya

2 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

xizmatini boshlagan. 1792-
yil Yakobinchilar klubiga a’zo
bo’lgan. UParij shahri garnizoni
qo’mondoni va 1796-yilda
Italiyada harakat qilayotgan
fransuz armiyasining bosh
qo’mondoni etib tayinlangan.
1799-yil okt.da Parijga qaytib
kelgan va 9—10 noyabrda
davlat to’ntarishi o’tkazib,
konsullik rejimini joriy etgan
va amalda butun hokimiyatni
o’z qo’liga olgan.

1802-yil o’zini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan.1804-yilda
esa imperator deb e’lon qilingan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib
borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlits (1805), Iyena (1806)
dagi ajoyib g’alabalari, imperiya hududini tez sur’atda kengayishi, Napoleon
Bonapartni amalda butun G’arbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy
Yevropada hukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan.
1812-yilda RossiyagaKqarshi yurishidagi mag’lubiyatidan so’ng o’zini
o’nglay olmadi, uning «buyuk armiyasi» tor-mor qilindi, Yevropada Napoleon
Bonapartning zul-miga qaishi xalq-ozodlik harakatlari ko’tarildi.Unga qarshi
ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi.So’nggi urushlarda uning
mag’lubiyatga uchrashi, ittifoqchi qo’shinlarning Parijga kirib kelishi (1814-
yil 31-mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi.G’olib ittifoqchilar
Napoleon Bonapart imperator unvonini saqlab qolib, Elba orolini uning
ixtiyoriga berdilar.U ko’plab mamlakatlarning fuqarolik qonuniga katta ta’sir
ko’rsatgan Napoleon Kodeksini yaratgan, lekin u ko’plab koalitsiyalarning
Napoleon urushlaii nomi ostida Fransiyaga qarshi olib borilgan urushlardagi
hissasi tufayli mashhur.

3. “Miniatura” atamasiga izoh bering.
Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil bo’yoq) — badiiy

usullari o’ta nails bo’lgan kichik hajmli (mo’jaz) tasviriy sanat asarlari.
2-BILET

1. Ilk o‘rta asrlardagi Xorazm va Xioniylar davlatini taqqoslang.
2. Amir Temurning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni haqida mulohaza

yuriting.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 3

3. “Oligarxiya” atamasiga izoh bering.
1. Ilk o‘rta asrlardagi Xorazm va Xioniylar davlatini taqqoslang.
III asr o’rtalarida Xorazm davlatini Afrig’iylar sulolasiga mansub
xorazmshohlar idora qiladi.
Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib
chiqadi. Uni mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora
qila boshlaydi. Milodiy III
asr o’rtalarida Xorazm
davlatining poytaxti dastlab
hozirgi Qoraqalpog’istonning
Ellikqal’a tumanida joylashgan
qadimgi Tuproqqal’a shahar
xarobasining o’rnida bo’lgan.
Milodiy 305-yildaxorazmshoh
Afrig’ o’z qarorgohini
Xorazmning qadimgi poytaxti
Kat shahriga ko’chiradi. Kat
qayta tiklanib, Al-Fir qasri
ichida shoh o’ziga yangi saroy

qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab
Xorazmning Afrig’iy shohlari betiga
shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari
tushirilgan kumush tangalar zarb
etib, mamlakatning ichki va tashqi
savdo munosabatlarida mustaqil
bo’lib oladilar.

IV asr o’rtalarida O’rta Osiyoga
Ettisuv va Sharqiy Turkistondan
ko’chmanchi chorvador xion nomli
qabilalarning hujumi boshlanadi.

Xioniylar milodiy 353-yilda o’z
hukmdori Grumbat boshchiligida
Sug’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora
kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadilar. Dastlabki
janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi.
So’ngra o’zaro sulhga kelishilib, hatto ular o’rtasida ittifoqlik i pi bog’lanadi.
O’rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi.
Nihoyat, IV asrning 70-yillarida o’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi

4 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

o’rnatildi. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho’zilgan keng
maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan
oshiqroq hukmdorlik qiladi.

2. Amir Temurning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni haqida mulohaza
yuriting.

Amir Temur
ibn amir
Tarag’ay
1336 yil 9
aprelda Kesh
(SHahrisabz)
viloyatining
Xo’ja Ilg’or
qishlog’ida
dunyoga
kelgan. Uning
otasi amir
Muhammad
Tarag’ay barlos
ulusiga mansub
beklardan,
bahodir jangchi,
ulamoyu

fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va
ishtiyoqmand kishi bo’lgan.

Amir Temurning yoshligi haqida
ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim
manbalarga qaraganda,u yoshligida xat-
savod chiqarib, o’z davrining tibbiyot,
riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va
tarix ilmlarini o’rgangan. Amir Temur
bilan suhbatlashish sharafiga muyassar
bo’lgan buyuk arab faylasufi Ibn
Xaldun jahongir turk,arab,fors xalqlari
tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlarning murakkab jihatlarigacha
yaxshi o’zlashtirganini ta’kidlaydi.
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movaroun¬nahr

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 5

mo’g’ullar istibdodi ostida bo’lib, CHingizxon va Botuxon bosib o’tgan

shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan

yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, CHingizxon Movarounnahrni o’zining

ikkinchi o’g’li CHig’atoyxonga suyurg’ol sifatida in’om qilgan edi.

Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko’zga tashlanadi.

Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo’g’ul xonligidan ozod qilib,

yagona markazlashgan davlat tuzish,o’zarourushlarga barham berish. Ikkinchi

davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa

mamlakatlarga yurishlari

bilan xarakterlanadi.

1360-yillardan

boshlab Amir Temur

Movarounnahrdagi

ichki nizo, urushlarda

ishtirok eta boshladi va

Mo’g’uliston hukmdori

Tug’luq Temurxon, uning

o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi

kurashlardan so’ng, Amir

Husayn ustidan g’alaba

qozongach, 1370 yilda

Movarounnahr taxtining

haqiqiy sohibi bo’ldi va

Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.

Amir Temur taxtga o’tirgach, CHig’atoy ulusining barcha yerlariga o’zini

voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini,

Farg’ona vodiysini, Xorazmni o’z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada,

Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keddi.

Sohibkiron so’nggi yillarda Eron, Iroq, Zakavkazьe mamlakatlari, Hindiston,

Oltin O’rda va Turkiya bilan bo’lgan janglarda g’olib chiqib, saltanat

hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, g’arbda — O’rta yer dengiziga,

janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.

Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo’l — mayda feodal hukmronligini

tugatish, muhim xalqaro karvon yo’llarida ustunlik qilib turgan Oltin O’rda,

Eron va boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib,Movarounnahrning siyosiy-

iqtisodiy quvvatini ta’minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish

edi. Amir Temur avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash,

boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunar-

6 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

mandchilikni kengaytirishga imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish,
mamlakat himoyasini ta’minlash yo’lida qo’shinning qudratini oshirish
kabilarga katta e’tibor berdi.

Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo’larlik sabab bor
edi. Bu sabablar — o’z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi
dushmanlardan himoyalanish,karvon yo’llarini turli yo’lto’sarlardan tozalash,
xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jazolash, bo’ysunmaganlarni itoat ettirish,
o’zining siyosiy ta’sirini kengaytirish kabilardan iborat bo’lganligini tarixiy
manbalardan bilib olish mumkin. Masalan,Amir Temurning To’xtamishxonga
qar¬shi yurishini olsak, Temur To’xtamishxonga ko’p iltifotlar, yordamlar
ko’rsatib, 1379 yilda Urusxonni yengib, Oq O’rda taxtiga To’xtamishxonni
o’tqazgan edi. Ammo To’xtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga
chiqardi.

U Movarounnaxrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan
so’ng, Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keddi va
1395 yil 15 aprelda qunduzchada Amir Temur bilan To’xtamishxon o’rtasida
hal qiluvchi hayot-mamot jangi boshlandi. Jang faqat To’xtamishxonning
taqdirini hal qilib qo’yaqolmay, balki butun Oltin O’rda taqdirini ham hal
qildi.

Tarix Temur zimmasiga Oltin O’rdadek qudratli mo’g’ul imperiyasining
asosini yemirishdek ulkan vazifani qo’ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani
ham buyuk jasorat bilan ado etib, Rus knyazliklari va SHarqiy Ovro’po
xalqlarini mo’g’ullar asoratidan xalos bo’lishlariga yo’l ochib berdi. Yirik
rus olimi A. Yu. Yakubovskiy: «Temur¬ning To’xtamish ustidan qozongan
bu g’alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va SHarqiy Ovro’po, balki Rusiya
uchun ham katta ahamiyatga molik bo’ldi», deb yozdi.

Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi
bo’yicha Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi
boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig’ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar
— bozorlar, hammomlar, yo’llar, sug’orish tarmoqlariga qarab turish va
aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan
shug’ullangan. Har bir Devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish, qayd
etish turk-o’zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.

Temur tarixchilar tasviricha, O’rta asrning atoqli davlat va har¬biy
arboblaridan bo’lib, Ovro’po olimlari o’z asarlarida uning salbiy tomonlari
bilan birga muhim fazilatlarini ham ta’kidlab o’tganlar. Nemis olimi F.
SHlosser o’zining «Jahon tarixi» (III-tom) asarida: «Baxtiyor jangchi,
jahongir, uzoq SHarqda qonunshunos bo’lish bilan birga o’zida, Osiyoda kam

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7

uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi», deb yozsa, atoqli nemis
olimi va tarixshunosi M. Veber: «Temur o’z dushmanlariga nisbatan juda
berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida
buyuk talantga ega edi», deb ta’riflaydi. SHuningdek, «Tuzuki Timur» —
«Temur tuzuklari»da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga
qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari
haqida gap boradi.

«Temur tuzuklari»da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi,
undagi turli toifalar va ularga munosabat, dav¬latni boshqarishga asos
bo’lgan qoidalar, qo’shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta’minlash,
rag’batlantirish, qo’shin turlarining tutgan o’rni va o’zaro munosabati kabi
masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari
asosida olib borilganligi bir necha bor ta’kidlanadi. «Saltanatim martabasini,—
deb ta’kidlaydi Amir Temur,— qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki,
saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi
yetmasdi». Bundan tashqari,asarda jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga
bo’linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4
qatьiy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan.

SHaharlar va shahar atrofi aholisidan na jon solig’i va na boj olinardi.
Birorta ham askarning doimiy turish uchun shaxsiy kishilar uyini egallashga
yoki fuqarolarning molini va boyligini o’zlashtirib olishga haqqi yo’q edi.
«Barcha ishlarda,— degan edi Amir Temur,— bu ishlar qaysi o’lka xalqiga
taalluqli bo’lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq
berilgan. qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kam-
bag’allar ulardan nafaqa olib turardilar». Bundan tashqari, Temurning
soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Te¬mur yozadi:
«Soliqdar yig’ishda xalqni og’ir ahvolga solishdan yoki o’lkani qashshoqlikka
tushirib qo’yishdan ehtiyot bo’lish zarur. Nega¬ki, xalqni xonavayron kilish
davlat xazinasining kambag’allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi
harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o’z navbatida hokimiyatning
kuchsizlanishiga sabab bo’ladi...»

Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o’z zamonasining
eng qudratli hukmdori bo’lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va
amaliy harbiy san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o’z
davrining nodir mo’’jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo’nalishlarda
— askariy qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum kilihda turli-
tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan
yerlarni obdon o’rganib chiqishda, ham lashkarboshi — qo’mondonlikda

8 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

namoyon bo’ddi.
Adabiyotlarda Temur haqida bir-biriga zid fikrlar mavjud bo’lib keldi, lekin

ularning ko’plarida Temur faoliyatiga o’z davri nuqtai nazaridan emas, balki
mualliflar yashagan davr nuqtai nazari asosida baho berilgan.

«Temur tuzuklari»ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda
nashr etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: «Temur
xon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o’z avlodlariga
juda dono tizim qoldirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning
urushlarini bosqinchilik va talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik.
Deyarli yengib bo’lmaydigan ikki to’siq — bizdagi taassub hamda tarixiy
nohaqlik Temurni bilishimizga va to’g’ri baholashimizga xalaqit berib keldi».

SHuni alohida ta’kidlash lozimki,Amir Temur davlat,jamiyat hayotida bo’lib
o’tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o’tkazar va bu kengashga
nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzoda-larni, balki sayyidlar, shayxlar,
ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va o’zining har bir yurishi oldidan
bunday kengashlarni o’tkazib turishni odat tusiga kiritgan.

Amir Temurning obodonchilik ishlari to’g’risida taniqli sharqshunos olim,
akademik V. V. Bartolьd: «Temur go’yo Samarqanddan boshqa hamma
yerda vayrongarchilik bilan shug’ullangan, degan fikr mubolag’ali: u Qobul
vodiysi va Mug’an cho’li kabi Samarqanddan uzoq bo’lgan joylarda ulkan
sug’orish ishlari olib bordi», degan tari¬xiy jihatdan g’oyat qimmatli fikrni
aytib o’tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish
maqsadga muvofiqdir. «Bir yil mobaynida,— deb yozadi O’rta asr tarixchisi
Ali Yazdiy,— Bag’dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki sha¬har
yana o’z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida
dehqonchilik o’ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom
bil imi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi».

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo’g’ullarning
qariyb 140 yillik hukmronlik davrida bironta ham ko’zga ko’rinarli qurilish
yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan
1365 yilda qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi
qaytadan mudofaa devorlari bilan o’ralgan. SHuningdek, xalq farovonligiyu,
mamlakat obodonchiligi yo’lida suv omborlari, to’g’onlar qurishga, ariqlar
qazishga,yangi yerlarni o’zlashtirishga alohida e’tibor berilgan. Mamlakatning
iqtisodiy ahvolini ko’tarihtsa savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan
hukmdor bozorlar, rastalar va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq
hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan.

Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko’rsatib,

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9

ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn
Arabshoh yozganidek, «Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o’ziga
yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to’la izzat-hurmat ko’rsatib, ularni har
qanday odamdan tamom muqaddam ko’rardi. Ularning har birini o’z
martabasiga qo’yib, izzatu ikromini unga izhor qilardi».

Amir Temur saroyida ko’plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor
Xorazmiy, Mavlono SHamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono
Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono
Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand
bo’lib, uning xizmatida bo’ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa,
me’morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta
e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi
Lyangle shunday yozadi: «Temur olimlar¬ga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan
bir qatorda sofdilligini ko’rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar,
faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo’lgan
barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko’pincha taxtdan tushib,ularning
yoniga kelardi. CHunki Temur bu sohalarga g’amxo’rlik kilishga asosiy
e’tiborini berardi».

Amir Temur o’zini mohir di plomat sifatida ham namoyon qilaolgan.
Uning Vizantiya, Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Frantsiya, Ang¬liya, boshqacha
aytganda,o’sha vaqtda ko’proq ma’lum va mashhur bo’lgan Ovro’podavlatlari
bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatish va uni musahkamlash sohasidagi faoliyatini
frantsuz va ingliz qirollarining unga yozgan maktublari bilan dalillash
mumkin.

Manbalarda sohibqiron Amir Temur — yorqin xislatlarga ega ekanligi,
xotirasi o’tkir,shijoatli va qatьiyatli,birso’zli,zo’r ruhiy qudrat egasi,salobatli
inson sifatida ta’riflanadi.

Amir Temurning Osiyo, umuman jahon tarixidagi xizmatlari va tutgan
o’rni haqida xul osa qilib, quyidagilarni ta’kidlab o’tish joizdir: Amir Temur
Markaziy Osiyoni mo’g’ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar
kuchlarni uyushtirib,ularni mustaqillik uchun kurashga yo’naltirgan yetakchi
rahbar, yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro’yobga chiqishiga ulkan
hissa qo’shgan sarkardadir; Amir Temur ko’p yillar davomida mustamlaka
bo’lib,chet ellik hukmdorlarga bo’ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda
o’z yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat
barpo etaoldi; Amir Temur ham o’z davriga xos bo’lgan turli sabablarga
binoan boshqa mamlakatlarga yurishlar qildi va Ovro’po mamlakatlarining
rivojlanishini tezlashishiga o’z hissasini qo’shdi. Rosciyani Oltin O’rda

10 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

zulmidan, Ovro’poni Turkiya tajavvuzidan saqlab qoldi; Amir Temur o’z
siyosatida madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo’lib taniddi.
O’z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo’l
ochib, nafaqat Mar¬kaziy Osiyoning madaniy-ma’naviy olamida, balki butun
musulmon olami tarixida o’chmas iz qoldirdi va so’nggi rivojlanishiga katta
ta’sir ko’rsatdi; Amir Temur qator SHarq mamlakatlari va ayniqsa, Ovro’po
mamlakatlari bilan di plomatik aloqalar o’rnatib, ular bilan turli savdo-sotiq,
madaniy aloqalarga yanada keng yo’l ochib berdi.

Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan
sharoitda Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda bo’lindi, o’sha
davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy to’siq,
taqiqlashlarga qaramay ayrim ilmiy asarlarda Temur haqida ba’zi to’g’ri
fikrlar ham bildirildi.

Bu jihatdan O’zbekistonda 1968 yili akademik I. M. Mo’minovning «Amir
Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli» risolasining nashr
etilishi muhim voqea bo’ddi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga
qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam
Moskvadagi yuqori idoralar va matbuot organlari tomonidan qoralandi va
asar muallifi benihoya aziyatlar cheqdi.

O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish,
tariximizga to’g’ri munosabatda bo’lish imkonini yaratdi. So’nggi yillarda
Amir Temur va uning davrini o’rganishga bag’ishlangan qator manbalar,
kitoblar, jumladan, Bo’riboy Axmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-
xronikasi nashr etildi. O’zbekistan Prezidentining farmoni bilan 1996
yil — Amir Temur yili deb e’lon etilishi va bu sana jahon miqyosida
nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o’zbek xalqiga butunlay qaytganiga
yorqin dalildir.

J3. Oligarxiya (yunoncha — ozchilik hokimiyati) — iqtisodiy va siyosiy
hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo‘lida to‘planishi.

3-BILET
1. Somoniylar va G‘aznaviylar davlatini o‘zaro taqqoslang.

2. Buyuk Karlning harbiy yurishlari.
3. “Kartel” atamasiga izoh bering.
1. Somoniylar va G‘aznaviylar davlatini o‘zaro taqqoslang.
https://www.youtube.com/watch?v=QDjNMCJ4tHs
Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun va
Amin o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurashda Ma’munga yordam berganliklari
uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 11

tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga
Shosh va Ustrushona,Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar
Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ni tohiriylar orqali
xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida
o’zgarishlar yuz berib,yurtga avval Nuh,so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har
biri hukmronligi davrida o’z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar.
Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga
aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni
Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. 9-asrning oxirgi choragida
Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o’tadi.
Nasr butun Movarounnahrninghukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb
etadi. Ko’p o’tmay aka-uka Nasr va Ismoil o’rtasida toj-taxt uchun kurash
boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi.

Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi
va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish
qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba
beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga
yoqmas edi.

Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va
ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta’sirini qayta
tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu’tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga
Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi
berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada

12 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

900-yilda ular o’rtasida urush boshlanib,
Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun
Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi.
Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik
yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi.
Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va
Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtiradi va
Buxoroshahri bu ikki davlatning poytaxtiga
aylanadi.

G’aznaviylar — Xuroson, Shimoliy
Hindiston hamda qisman Movarounnahr
va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy
sulola (962—1186). G’aznaviylar
davlatini boshqargan. Sulolaga somoniylar
lashkarboshisi Attegin asos solgan. Sulola
nomi davlat poytaxti G’azna shahridan
olingan. Somoniylar davrida mamlakatning
siyosiy hayoti va harbiy qo’shinda turk
g’ulomlari katta rol o’ynagan. Somoniy
amirlari ko’plab turk g’ulomlarini saltanatga
qilgan xizmatlari evaziga siylab, ularni
turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan.
Iqtidorli lashkarboshi Alptegin G’azna va
Kobul viloyatlarini 962- yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning
o’limi (963)dan so’ng o’g’li Ishoq va g’ulomi Bilgategin, shuningdek,
Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977 yillar)da G’aznaviylar
mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq g’ulomi Sabuktegin
hukmronligi davrida (977—997) esa G’aznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy
kuch sifatida Somoniylar tomonidan e’tirof etilgan.
Sulola shuhratini Sabukteginning o’g’li Mahmud G’aznaviy eng yuqori
cho’qqiga ko’targan. Sulola hukmdorlari avval amir,so’ngra sulton (Mahmud
G’aznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar.
G’aznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat bo’lgan: Alptegin (962-
963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966—972), Piritegin (972— 977),
Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud G’aznaviy (998-1030),
Muhammad (1030),Mas’ud G’aznaviy (1030-41),Mavdud (1041-48),Mas’ud
II (1048), Ali Abul Hasan (1048-49), Abdur Rashid (104953). To’g’rul

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 13

(1053), Farruxzod (1053-59), Ibrohim (1059-99), Mas’ud III (1099-1114),

Sherzod (1114-15), Arslon (1115-18), Bahromshoh (1118-52), Xusravshoh

(1152—60), Xusrav Malik (1160—86).

2. Buyuk Karlning harbiy yurishlari.

Buyuk Kail -franklar

qiroli (768-yildan),

imperator (800- yildan),

karolinglar sulolasi uning

nomi bilan atalgan. Uning

bosqinchilik urushlaii

(773—774- yillarda

Italiyadagi Langobard

qirolligiga, 772—804

yillarda sakslar yeri

va boshqalarga qarshi)

natijasida katta imperiya

vujudga kelgan. В. K.

ning olib borgan siyosati

(cherkovga homiylik

qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) G’arbiy Yevropada yangi

ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida muhim boskich bo’lgan. B.K. ning

imperiyasi uning vafotidan so’ng bir oz vaqt o’tgach, parchalanib ketgan.

Buyuk Karl 742-yili tug‘ilgan, u sulola asoschisi Pi pin Pakananing o‘g‘li

bo’lib, Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk” nomi tarixchilar

tomonidan 53 marotaba harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan.U yirik

saltanat tuzadi. Karl haqida ko‘plab hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar

va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” ya’ni “qirol” unvoni kelib

chiqqan.Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga qarshi jang

boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etiladi. Karlning jiyani

Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Reyn daryosining o‘ng sohilida yashovchi sakslarga qarshi urushlar 30

yildan ortiq davom etadi.Bu urush Kail uchun ancha murakkab kechadi.

3. “Kartel” atamasiga izoh bering.

Kartel, kartel bitimlari (ital. caitelio — qog’oz, hujjat) — ishlab

chiqaruvchilar yoki iste’molchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir

tarmokdagi mustaqil korxonalar. firmalar, kompaniyalarning ishlab chiqarish

va sotishning umumiy hajmlari,narxlar,sotish bozorlari,har bir ishtirokchining

14 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

xissasi, ishchi kuchi yollash to’g’risida bitimi.
4-BILET

1. G‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang.
2. Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr
bildiring.
3. “Demobilizatsiya” atamasiga izoh bering.

1. G‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang.
G’arbiy Turk xoqonligi - Qora dengiz va Dondan Tyon-Shon va shimoliy-
sharqiy Hindiston sharqiy shoxlariga qadar joylashgan dastlabki o’rta asr
turkiy davlati (603-704).
Xoqonlikning g’arbiy mulki
janubiy-sharqiy Evropaning
dashtlariga etib bordi.
Davlatning uzagini Ettisuv
viloyati tashkill qilgan. Uni
Ashina sulolasidan bo’lgan
kagonlar boshqargan. Xazar
xoqonligi undan ajralib chiqdi.
Xoqonlik o’zining qudratining
eng yuqori cho’qqisiga Sheguy
xoqon (610-618 yillarda)
va uning ukasi Tun-yobg’u-
xoqon (618-630 yillarda) davrida erishgan. Toxariston va Afg’onistonga
yangi yurishlar davlat chegaralarini Hindistonning shimoli-g’arbiy qismigacha
kengaytirdi. Tun-yobg’u xoqon ma’muriy islohotni amalga oshirdi va o’lpon
yig’ishni nazorat qilish va nazorat qilish uchun mintaqadagi o’z vakillari -
tudunlarni tayinladi. Tun yobg’u xoqon va Sheguy xoqon (610-618) davrida
Xoqonlik Oltoyda, Tarim daryosi havzasida va Amudaryo bo’yida chegaralarni
tikladi. Suyab va Ming-Buloq G’arbiy Turk xoqonlarining qarorgohiga
aylandi. Vizantiya imperatori Tun-yobg’u bilan ittifoqda xoqonn 626 yilda
Sosoniylarga qarshi urush boshladi. 626 yilda turkiy qo’shinlar Tiflisni
egallab oldilar. Biroq, Vizantiya va Eron o’rtasida tinchlik shartnomasining
tuzilishi Tun-yobg’u xoqonni harbiy harakatlarni to’xtatishga majbur qildi.
630 yilda Ton-Yobg’u xoqon amakisi Sibir Xon tomonidan uyushtirilgan
fitna natijasida o’ldirildi. Tez orada u ham o’ldirildi. 630 yilda boshlangan
taxt uchun kurash uzoq davom etgan urushga aylandi. Turkiy elatlarning
keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o’zlaridan
munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko’plab tarixiy manbalar

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 15

ham tasdiq etadi. Mo’tabar Xitoy manbalari, mashhur «O’g’iznoma», Urxon-
Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvoxdir. Oltoy, Tuva
hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin,
Arg’u, Ug’iz, To’qqiz o’g’iz, O’ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur,
To’qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar.

VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha
paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan
Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar
orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan
va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va
Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o’g’li Bumin Tele
qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish
uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qo’shinlarini yengib, ularni
o’ziga bo’ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi
davlat - Turk hoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan
shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug’i ortib borgan. U ko’p
bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy
podsholigi Turk xoqonligiga har yili o’lpon tariqasida yuz bo’lakdan iborat
i pak mato berib turishga majbur bo’lgan.

553 yilda Buminxon vafot etgach,hokimiyatga uning katta o’g’li Mug’anxon
(553-572) o’tiradi. Mug’anxon 558 yilda jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich
zarba berib, o’z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo’lgan hududlarda
mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg’u» -bahodir unvoni ham
berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib,
Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.

563-567 yillar davomida Istami yabg’u qo’shinlari eftaliylar davlatiga
ketma-ket zarbalar berib,O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni
egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi.
Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita
Eron chegarasiga tutashadi.

Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo’shnichilik,savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga
intiladi. SHu maqsadda Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi
uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki
bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik
bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ma’lum bo’ladi. Buning
boisi Eron shohining O’rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa,
shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga
sabab bo’ladi. Istami qo’shinlari Eron shohi Xisrav I ni yengadi. Eron

16 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga
majbur bo’ladi. Mug’anxon va uning avlodlari g’arbda Qora dengizga qadar
hududlarni zabt etib o’zlariga bo’ysundirganlar.

Turk xoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati-Vizantiya
bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intilib, sug’d savdogari
Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator
Yustinian II qabulida bo’ladi. SHundan so’ng Vizantiyannig Zemarx boshliq
elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o’rtasida o’zaro
ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o’rnatishda muhim ahamiyat kasb
etgan.

Turk xoqonlari O’rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da,biroq o’zlari bu hududga
ko’chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida
qolib, bo’ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan
olinadigan soliq-o’lponlar va to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan
ko’rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat
tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi
mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o’lkaning
ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro
savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek,
Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil
hokimlik mavjud bo’lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kesh, Nahshab,
Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand,
Buxoro, Xorazm va CHoch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga ancha mustqil
bo’lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo’lgan.
SHu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar o’rtasida o’zaro kurash,
ichki ziddiyatlar ham to’xtovsiz bo’lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti,
turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan,585-586 yillarda Buxoroda
zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Unga
Abro’y boshchilik qiladi. Hoqon Qoracho’rin qo’shinlari qo’zg’olonni bostirib,
qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi.

Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi
hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk
xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi.

G’arbiy turk hoqonligi (uning tarkibiga O’rta Osiyo, SHarqiy Turkiston
va Jung’ariya (Xitoyning shimoliy g’arbi) hududlari kirgan). SHarqiy turk
hoqonlik (uning tarkibiga Mo’g’uliston hududlari kirgan). VII asrda g’arbiy
hoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg’in savdo-sotiq
va di plomatik aloqalar kuzatilgan.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 17

Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618-907yil) hukmronligi davrida
G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida foydali aloqalar keng yo’lga
qo’yiladi. Masalan, 627-644 yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo
karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan
xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqqo’l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro
kabi joylarning ancha gavjum va obod bo’lganligini qayd etadi. Tan sulolasi
659 yilda Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi.

VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini
ham o’z qo’l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh
ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so’ng va bu
davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda
Xitoy O’rta Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning
endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida
G’arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy
hokimliklar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o’zaro kurashlar
ham sabab bo’ladi. Bu esa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari
tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi.

Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda
aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori
bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turkiy
elatlarda urug’-qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining
quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor
vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi
- «Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik,
bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O’lkaning
Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar,
suv havzalari bunyod etilgan.

Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham
mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-
anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. SHuningdek, Iloqda qo’rg’oshin,
kumush, SHahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan.

Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro, Samarqand,
Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar o’sha davrning
ancha taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari hisoblangan.
Buyuk i pak yo’li bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini
ta’minlagan. O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, zargarlar,
miskaru temirchilar, ko’nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir
buyumlar, asbob-anjomlar turli yurtlarga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar

18 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

ishlab chiqargan rangli shishalar, zotdor otlarga xalqaro miqyosda talab katta
bo’lgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlaridan yana biri-bu O’rta
Osiyo kulolchiligi hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir.

Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari ham
turlicha bo’lgan,ko’pxudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va
yer jismlari - quyosh,oy,yer-suv,hayvonlar va boshqa narsalarga sig’inishlikni
keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi
hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida
qo’llaniladi.

O’rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda joylarda
buddizm,moniylik,xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik ham keng rasm bo’lgan.
Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan balki
boshqa ko’plab qavmlar, elatlar bilan bog’lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan
yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi.

O’rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san’at o’ziga xos uslubda rivojlangan.
Jumladan, Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari
peshtoqlariga bitilgan rang-barang, bir-biridan nafis va jozibador rasm-
suratlarni (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi askarlar, oq fillar,
tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parrandayu darrandalar va hokazo)
ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdodlarimizning noyob iste’dodi va aql-
zakovatiga tan beramiz va bundan o’zimizda g’urur tuyamiz.

SHunday qilib, Turk xoqonligi o’z davrida keng hudularga yoyilgan eng
yirik davlat bo’lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan
bo’lgan munosabatlarda uzoq yillar o’z ta’sirini o’tkazganlar. SHu bilan
birgalikda xoqonlik davri moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir
namunalari Turonzamin xalqlarining to’laqonli turmush tarzini o’ziga xos
yo’sinda aks ettirib qolmasdan, ular bobokalonlarimiz dahosining teranligidan,
ularning yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.

2. Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Pyotr I (1672-1725)-rus podshosi (1682-yildan),

Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey
Mixaylovich (1629-76)ning kichik o’g’li. Rossiyaning
davlat, harbiy va madaniyat arbobi, di plomat. Davlatni
boshqarishda bir necha islohotlar o’tkazgan (senat,
kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv
organlari tuzilgan; cherkov davlatga bo’ysundirilgan;
mamlakat gubernalarga bo’lingan; yangi poytaxt - Sankt-
Peterburg qurilgan). Rossiyaning G’arbiy Yevropadagi

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 19

ilg’or davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va

savdo sohasida merkantilizm siyosati o’tkazgan (manufakturalar, metallurgiya,

konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga

rahnamolik qilgan). 1695-96- yillarda Azov yurishlarida, 1700-21-yillarda

Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda

(1702), Lesnaya daiyosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qo’shinlarga

qo’mondon bo’lgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan.

Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mallcurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy

ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan.

P.l tashabbusi bilan bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan

alifbosi o’rniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. P.l islohrtlari moddiy

imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini

ezish (jon solig’i va boshqalar) hisobiga o’tkazilganki, natijada, bunga qarshi

qo’zg’olonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705-06; Bulavin, 1707-09 va

boshqalar) bo’lib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan

3. Demobilizatsiya (de... va mobilizatsiya) — qurollikuchlarni va mamlakat

iqtisodiyotini harbiy holatdan tinchlik holatiga o’tkazish.

5-BILET

1. Movarounnahr haqida ma’lumot bering.

2. Ivan Grozniyning Rossiya tarixidagi o‘rni haqida fikr bildiring.

3. “Parij Kommunasi” atamasiga izoh bering.

1. Movarounnahr haqida ma’lumot bering. Movarounnahr (arab. —

daryoning narigi tomoni) — o’rta asrlarda islom mamlakatlarida keng

tarqalgan geografik atama. Movarounnahr atamasi ilk bor payg’ambarimiz

Muhammad (s.a.v) haqidagi

hadislarda tilga olingan.

Aftidan bu atama arablar

orasida islomgacha bo’lgan

davrlarda ham ma’lum

bo’lib, u vaqtda (milodiy VI

asr) Sosoniylar davlatidan

shim.- sharqda, Jayxun, ya’ni

Amudaryoning orqasida

joylashgan Turk xoqonligiga

qarashli yerlarni anglatgan. Arablar o’zlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari

davomida (VII asrning 2-yarmi — VIII asrning boshi) ikki xil tushuncha

haqida maTumotga ega bo’lganlar: «ma duna-nnahr», ya’ni «daryoning pastki

tomoni»,va «ma varo-annahr» — «daryoning narigi tomoni». Ulardan birinchisi

20 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Xurosondan sharqda Amudaryodan jan.da Hindukush tog’larigacha bo’lgan
Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa,Amudaryodan shim.da joylashgan Shim.
Tohariston va Sug’d yerlarini o’z ichiga olgan. XI asr boshidan e’tiboran
Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sug’d va Xorazm,
boshqalarida esa Sug’d va Shim. Tohariston yerlarini o’z ichiga olgan. Ma’no
jihatdan esa bu atama endi Turkiston,ya’ni Qoraxoniylar davlati,keyinchalik
esa Xorazmshohlar, Chig’atoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining
tarkibidagi ma’muriy birlikni anglatgan.

2. Ivan Grozniyning Rossiya tarixidagi o‘rni haqida fikr bildiring. Ivan
Grozniy (1530— 1584) — «Butun Rusning
ulug’ knyazi» (1533-y. dan), 1-rus podshosi
(1547 y. dan). Vasiliy III ning o’g’li.
Mustabid hokim sifatida xalq uni «Grozniy»
(«Dahshatli») laqabi bilan atagan.Ivan
Grozniy 40-yillarning oxiridan tanlangan
rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning
davrida Zemskiy soborlar chaqirilgan; 1550-
yil Sudebniki tuzilgan; boshqaruv va sud
islohotlari o’tkazilgan; 1565-yilda oprichnina
joriy etilgan; Angliya bilan savdo aloqalari
o’rnatilgan (1553); Moskvada 1-bosmaxona
qurilgan; Qozon (1552) va Astraxon
(1556) xonliklari bo’ysundirilgan; Boltiq
b’yiga chiqish maqsadida Livon urushi
olib borilgan (1558—83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). Ivan
Grozniyning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar,dehqonlarni asoratga solishni
kuchayishi bilan ajralib turadi.

3. Parij kommunasi (1871-y 18-mart-28 may) — Fransiya-Prussiya
urushi (1870-7l) da bonapartchilar rejimining mag’lubiyatga uchrashi, 3-
respublika hukumatining siyosati Parij xalqining qo’zg’olon ko’tarishiga
va A. Tyer rahbarligidagi Versalga qochib ketgan hukumatni ag’darib
tashlanishiga olib kelgan (18-mart). 18-28 martda Milliy gvardiya Markaziy
qo’mitasi inqilobiy muvaqqat hukumat vazifa-sini bajargan. 28-mart da
“Parij Kommunasi” e’lon qilingan. Hukumat 2 fraksiyadan: «ko’pchilik»
(asosan, blankistlar) va «ozchilik» (asosan, pmdonistlarjdan iborat edi. “Parij
Kommunasi” ham qonun chiqaruvchi, ham ijroiya organi bo’lgan. 21-mayda
versalchilar Parijga kirganlar; 28-maygacha kommunarlar barrikadalarda jang
qilishgan..Kommuna versalchilar tomonidan bostirilgan.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 21

6-BILET
1. Qadimgi Mesopatamiya hamda yunon sivilizatsiyalarini

taqqoslang.
2. Amir Nasrulloxon haqida ma’lumot bering.

3. “Shovinizm” atamasiga izoh bering.
1. Qadimgi Mesopatamiya hamda yunon sivilizatsiyalarini . Mesopotamiya

(yun. (mezos) - «orasi»,«o’rtasi»
va (potamos) - «daryo», ya’ni
«ikki daryo oralig’i») Tigr va
Yevfrat daryolari orasidagi
mintaqa bo Tib, asosan hozirgi
Iroq hamda shimoli-sharqiy
Suriya, janubi-sharqiy Turkiya
va g’arbiy Eron hududlariga
mos keladi. Miloddan avvalgi
4—3ming yillikda Mesopotamiya
hududida ilk davlatlar (Ur,

Uruk, Lagash va boshqalar)
vujudga kelgan. Mesopotamiya
ba’zan «tamaddun beshigi»
deb ataladi, bunga sabab bu
mintaqada Shumer, Akkad,
Bobil va Ossuriya saltanatlari
bo’lganligidir. Temir asrida
Mesopotamiya Yangi Ossuriya

22 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida
bo’ldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu
hudud istilodan so’ng Iroq degan nom bilan ataladigan bo’ldi.

2. Amir Nasrulloxon haqida ma’lumot bering. Nasrullaxon (1806-1860)
— Buxoro amiri (1826-1860), mang’itlarlardan Amir Haydarning o’g’li.
Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar
vafotidan so’ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-

1826) va amir Umar (1826-yil )ni oradan ko’tarib, Buxoro taxtiga o’tiradi
(1826). Nasrullaxon o’z hukmronligi davrida islom shariati ko’rsatmalariga
qat’iy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi bo’lganligi bois
unga «bahodir», «botir» unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini
mustahkamlash maqsadida urug’ va qavm boshliqlari bo’lgan ko’plab
amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g’ayratli kishilar bilan
almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohotlar o’tkazib, o’z qo’shinining
jangovar holatini yaxshiladi. Nasrullaxon Xiva va Qo’qon xonliklarini
Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Nasrullaxon hukmronlik qilgan
yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya manfaatlari o’zaro t’qnashgan
davr hisoblanadi. Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi
Hasanxo’ja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxo’ja
(1829) Aliy Cho’bin,Mirzo Abdulg’affor,Tojiddin madrasalari (1860) qurildi,
Xalifa Xudoydod me’moriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). .
Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 23

3. Shovinizm Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari
N.Shoven (Spailchop) nomidan] — millatchilikning o’ta agressiv shakli.
O’zga millatlami kamsitish, tahqirlash, o’z millatini boshqa millatdan ustun
qo’yish, milliy kalondimog’lik, milliy xudbinlik illatlarini o’zida mujassam
etadi.

7-BILET
1. Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang.
2. Olimxonning Qo‘qon xonligi tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr

bildiring.
3. “To‘rtlar ittifoqi” atamasiga izoh bering.
1. Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang.

1. Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang. Urartu

(ossuriycha atalishi; urartcha — Biaynili, Bibliyada — «Ararat podsholigi»)

— G’arbiy Osiyodagi qad.davlat. (mil. av. 9— 6-asrlar). Ravnaq

topgan davrida Armaniston tog’liklarini (hozirgi Armanistonning butun

hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi — urartlar.

Poytaxti — Tushpash. (hozirgi Turkiyadagi Vansh.) bo’lib, unda podsho

Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan.Mil. av. 9-asr oxiri—

8-asrning lyarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va

Sarduri II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Urartuda

qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. av. 8-asr o’rtasida Ossuriya

podshosi Tiglatpalasar III (mil. av. 745—727) Urartu qo’shinlarini bir

necha marta mag’lubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shim.

Mesopotamiya va Shim. Suriyani egallagan.S’ngraRusa I davrida Saigon II

boshliq Ossuriya qo’shinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron

bo’lgan.Biroq 7-asrda U. Jan. Zakavkazyeda hali ham o’z mavqeini saqlab

qolgan edi. Rusa II (mil. av. 685—645) bu yerda yangi qal’alar bunyod

etgan (jumladan, Teyshebaini va boshqalar). Skilkimmeriy yollanma qo’shini

24 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

yordamida Urartu podsholari Frigiya podsholigini tormor qilganlar (mil.

av. 676 y.).Midiya podsholigining kuchayishi Urartuni Ossuriya bilan

yaqinlashtirgan.Biroq mil.av. 6-asr boshida Urartu Midiya tomonidan tormor

etilgan va uning tarkibiga qo’shib yuborilgan.

Ossuriya—

Mesopotamiyaning

shinuda, Dajla

daryosi yuqori oqimi

bo’ylarida qadimda

mavjud bo’lgan davlat

(miloddan avvalgi

2—7-asrlar). Ashshur

(Assur) shahar davlati

nomidan olingan.

Ossuriya aholisi, asosan,

somiy-akkad xalqlariga

mansub bo’lgan.

Miloddan avvalgi 18-

asr boshida Ashshur

yirik davlatning markazi

edi. Keyinchalik

Bobil, 16—15-asrlarda

Mitanni davlatlari qo’l

ostiga o’tgan. 10-asr

oxiri — 9-asrlarda

Ossuriya podsholari

Shim. Mesopotamia

va Ossuriyaning

sharqidagi tog’li

o’lkalarda o’z hokimiyatlarini tiklashga erishganlar. 679—672 yillarda O.

Shinuda va Sharkda kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar bilan og’ir urushlar

olib borgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxiridan boshlab Ossuriyaga qarshi

bo’lgan davlatlar (Bobil, Elam, ba’zan Misr, Suriya, Finikiya, Falastin) va

kabilalar (xaldey, arab va boshqalar) ittifoqi tuzilgandi. Uzoq muddatli

urushdan so’ng Bobil va Midiya ittifoqi Ossuriyani tor-mor keltirgan, uning

asosiy shaharlarini vayron qilib, Ossuriya davlatini tugatgan (605-yil).

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 25

Urush davrida Ossuriya zodagonlari yoppasiga qirib tashlangan, qolgan aholi
Mesopotamia oromiylari bilan aralashib ketgan.

2. Olimxonning Qo‘qon xonligi tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr
bildiring. Amir Olimxon haqida ma’lumot
bering. Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon
(1881, Karmana 1944.28.4, Kobul) —
Buxoro amiri (1910-20), mang’itlardan. Amir
Abdulahadning o’g’li. Peterburgdagi Nikolayev
kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-
96). 1898-yil Qarshi, so’ngra valiaxd sifatida
Karmana bekliklariga hokirn bo’lgan. Otasi
vafotidan so’ng , Buxoro taxtiga o’tirgan
(1910-yil 24-dek.). Olimxon davrida Buxoro
amirligining Rossiyaga qaramligi yanada
kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek,
Yosh buxoroliklar qattiq ta’qib qilindi. 1920’yil
avg .da Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi
ag’darib tashlandi. Sentabr oyining o’rtalarida

Olimxon Sharqiy
Buxoroga borib,
Buxoro xalqining
bosqinchi qizil
armiyaga qarshi
olib borgan
mustaqillik
kurashiga
rahbarlik qilishga
urindi. Olimxon
Hisor viloyatini
o’ziga qarorgoh
qilib, 6 oy
davomida qizil askarlarga karshi kurashgan. Olimxonni Kobulda Afg’oniston
amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Kal’ai Fotuda
maxsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik
harakatiga g’oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, ko’rboshilar va
ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg’alar jo’natib, ularni kurashga
ilxomlantirgan. Olimxon Kobulda o’zining esdaliklarini yozib tugallaydi.
Umrining oxirida ko’zi ojizlanib qoladi, og’ir dardga chalinadi. Uzoq davom

26 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

etgan xastalikdan so’ng u Kal’ai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi
Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning
xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G’arbda fors tilida,
O’zbekistonda o’zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992)
alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda
Olimxon madrasasi qurilgan,Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan.

3.“To‘rtlar ittifoqi” atamasiga izoh bering. 1915-yil 15-sentabrda tashkil
topgan. “To’rtlar ittifoqi” ga quyidagi 4ta davlat kirgan: Germaniya, Italiya,
Avstriya, Turkiya.

8-BILET
1. Fors podsholigi haqida ma’lumot bering.
2. Mirzo Ulug‘bekning Temuriylar tarixidagi o‘rni haqida fikr

bildiring.
3.“Anarxizm” atamasiga izoh bering.
1. Fors podsholigi haqida ma’lumot bering. Mil. avv. VI asrda
hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan
Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar davlati jahondagi eng yirik
davlatlardan biri bo`lgan. Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda
kassiylar, elamiylarsingari turli qabilalar yashab keigan. Mil.avv. IX asrda
bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko’chib o`rnashadi. Eron o`zida katta
yassitoglikni mujassam etgan mamlakatdir.Uining hududi deyarli hamma
tomonidan o`rmon bilan qoplangan tog’lar bilan qurshalgan. Tog`oldi
vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan, dasht mintaqalarida
chorvadorlar kun kechirgan.Eron Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti,
O`rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog`lab turgan karvon yo`llari
chorrahasida joylashgan
2. Mirzo Ulug‘bekning Temuriylar tarixidagi o‘rni haqida fikr bildiring
Mirzo Ulug’bek (1394—1449) — XV asrda mamlakatda ilm-fan, ayniqsa,
astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlardan biri. Mirzo
Ulug’bek — Amir Temurning nabirasi. Temurning harbiy yurishlari paytida
Sultoniya (Janubiy Ozarbayjon)da 1394- yilning22-martida tug’ilgan. Mirzo
Ulug’bekni Amir Temurning o’zi tarbiyalab voyaga yetkazgan.Ulug’bek
1409- yildan boshlab 40 yil mobaynida Movarounnahrni mustaqil idoraqildi
va uni iqtisodi, fani,madaniyati rivojlangan obod mamlakatga aylantirdi.
MirzoUlug’bekning buyuk xizmatlaridan biri shu boddiki, u Samarqandda
katta Rasadxona qurdirdiva atrofiga yirik olinilami to_plab, sayyoralar va
yulduzlarmng holati hamda harakatini o’rgandi.Ko_p yillik kuzatishlardan
so’ng 1438- yili —Ziji jadidi Ko’ragoniyll (—Ko’ragoniy yangi jadvalil)

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 27

nomli yirik asar yozdi. Mirzo

Ulug’bek tarix va adabiyotni ham

yaxshi bilar edi. UMo’g’uliston

va Markaziy Osiyo mamlakatlari

tarixini o’z ichiga olgan —To’rt

ulus tarixil degan yirik tarixiy

asar yozib qoldirgan. Bu asarning

ingizcha va o’zbekcha nashrlari

bor. 1993-yil 29-oktabrda

YuNESKOning Parijdagi

qarorgohida O’zbekistonni

YuNESKOgaa`zolikka qabul qilish

marosimi bo’ldi.O’sha kuni Mirzo

Ulug’bek tavalludining600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi.

1994-yil oktabrda Parijda MirzoUlug’bek ha^aligi tantana bilan o’tdi. Ulug’bek

rasadxonasi(1424- 1429) Ulug’bek madrasasi esa 1420-yilda Samarqandda

qurulgan. 1994-yil Ulug’bek tavalludining 600-yilligi nishonlandi. 2009-

yil BMT tomonidan xalqaro Astranomiya yili deb e’lon qilingan.Ulug’bek

1449-yil o’z o’g’li Abdulatif tomonidan o’ldirilgan

3. Anarxizm (yun. anarchia - hokimiyatsizlik, beboshlik) - rahbar sifatida

faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat

va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot.

28 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

9-BILET

1. Parfiya va Yunon-Baqtriyani o‘zaro taqqoslang.

2. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni

haqida ayting.

3. “Manifest” atamasiga izoh bering.

1. Parfiya va Yunon-Baqtriyani o‘zaro taqqoslang. Parfiya podsholigi

— mil. aw. taxminan 250-yilda

Kaspiy dengizining jan. va jan.-

sharqiy tomonida vujudga kelgan

qad. davlat. Mil. avv. I asr

o’rtalarida Mesopotamiyadan

Hindistongacha bo’lgan hududni

o’ziga bo’ysundirgan. Parfiya

milodiy 3-asrning 20-yillarigacha

mavjud bo’lgan. Mil. aw. taxminan

250-yil saklarning ko’chmanchi

parnlar (daxlar) qabilasi Arshak

(arshakiylar sulolasi asoschisi)

boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyona yoki Parfiya
satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani, so’ngra qo’shni Girkaniya
viloyatini ishg’ol etganlar. Rim tarixchisi Pompey Trog: «Ularning qo’shinlari
qullardan tashkil topgan, qullar olomoni ko’payib bormoqda, chunki hech
kim ularni ozod etolmaydi, hammasi qullar bo’lib tug’iladi. Ular shu qullarni

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 29

o’z farzandlaridek ko’rib tarbiyalaydilar, ot minishga va o’q-yoy otishga
o’rgatadilar»,- deb yozgan ekan. Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga qarshi
50000 suvoriy tayyorlaganlar, shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan,
qolgani esa qullardan bo’lgan.

Parfiya xo’jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va
savdo-sotiq tashkil etgan. Parfiya aholisi Murg’ob, Tajan, Atrok, Karun, Kerxa
kabi daryo va soy bo’ylaridagi unumdor yerlarga sholi, sabzi, turp, sholg’om,
qovun, tarvuz, qovoq ekib parvarish qilganlar. Ular olma, anor, anjir, o’rik,
uzum va boshqa mevali daraxtlar ekib. Bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar.

Baqtriya,Baqtriyona,Baxtar zamin
Baktriya — Amudaryoning yuqori
va o’rta oqimidagi tarixiy viloyat.
Asosan hozirgi O’zbekiston va
Tojikistonning jan. viloyatlari hamda
Af- g’onistonning shim, qismini
o’z ichiga olgan. Shim.da Sug’d,
jan.da va jan.-sharqda Araxosiya,
Gandhara, g’arbda Marg’iyona bilan
chegaralangan. Markaziy shahii Baqtra
(Zariaspa) bo’lgan.Baqtriya mil.avv.
6-4-asrlarda Ahamoniylar. Aleksandr
(Iskandar),Salavkiylar saltanatlari,so’ngra mil. avv. 3-asr o’rtasidan Yunon-
Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil.avv. 2-asrda toharlar tomonidan
bosib olingach, Tohariston deb atala boshlagan.Baqtriyaning o’tmishda «Ming
bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko’p bo’lganligidan
guvohlik beradi.

Baqtriya da asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan.
Bu davrda metall ishlash sanoati (Dalvarzintepa va boshqalar), me’morlik
(Kuchuk-tepa, Hal’aimir va boshqalar), xalq og’zaki ijodiyoti taraqqiy
etgan. Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil.avv.ming yillikning so’nggi asrlarida
yuksalgan (Xotin-rabod va boshqalar). Mahalliy xalq madaniyati yunon,
hind va fors madaniyatlari an’analari ta’sirida ham boyigan. Mil. avv.
2-1-asrlarda i pakchilik va pillachilik rivojlangan. Bu davrga oid me’morlik
yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy san’at namunalari
Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qal’aimir. Xolchayon va boshqa joylardan
topilgan. Jan. B.dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindilsrte-
pa, Xadda (Afg’oniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar bu haqdagi ma’lumotlarni yanada boyitdi.

30 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

2. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot bering. Z.M.Bobur

1483-yil 14- fevralda Andijonda

tug’ilgan.Otasi Umarshayx

Mirzo bo’lgan.Umarshayx Mirzo

1494-yilda vafot etadi hokimyat

12 yoshli Boburga qoladi. Bobur

Samarqandga 4 marta yurish qiladi.

1496,1497,1500,1511-yillarda.

Bobur1501-yildagi mag’lubiyatidan

so’ng Kobulga ketadi. 1512- yilda

Ubaydulla sultondan mag’lub

bo’lib Kobulga ketadi. Kobulni

o’gli Kamron Mirzoga qoldirib

o’zi Hindistonga yurish qiladi

1526-yilda Dehlini egallaydi.

1526-yili 27-aprelda Bobur nomiga

xutba o’qiladi. Bobur 1530-yili

26-dekabrda 47 yoshida vafot

etadi. Bobur Bog’i Oromga dafn

etiladi.

Bobur 200—300 navkari bilan

Hisor tog’lari orqali Afg’onistonga

o’tadi va u yerdagi ichki

nizolardan foydalanib G’azni va

Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni

egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qo’shinni tartibga keltiradi,

qattiq ichki intizom o’rnatadi. Kobulga, umuman Afg’onistonga Bobur o’z

yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xo’jaligini

rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bog’i Shaxroro“,„Bog’i Jahonoro“,

„O’rtabog’“, „Bog’i vafo“ va „Bog’i Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi.

Shahar ichidagi Bolo Hisor qal’asini o’z qarorgohiga aylantirib, uni qayta

ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qal’ada yashadi.

Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu

yerda tug’iladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlug’ Nigorxonim Mirzo

Ulug’bek shu yerda bunyod ettirgan „Bog’i Navro’ziy“ga dafn etiladi.

Bobur Afg’onistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi

va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizg’in faoliyat

ko’rsatdi,uning manfaatlari yo’lida odilona va oqilona ish tutdi. Afg’onistondagi

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 31

amaliy faoliyatiga ko’ra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli
davlat boshlig’i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro’ orttira bordi,
mintaqadagi siyosiy hayot e’tiborli o’ringa ko’tarildi. Shayboniylarning tobora
kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko’rish masalasida
Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni
ham maslahat yig’iniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni
ko’rsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif bo’yicha Hirotga otlanadi. Husayn
Boyqaroning to’satdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi
va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar o’tkazadi. Temuriy
hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qo’shinlariga to’siq qo’yish rejalari
amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin mag’lubiyatga uchrab, saltanatni
batamom qo’ldan chiqaradilar.

1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi
muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini
kuzatib boradi,o’z qo'shinlarini doimoshay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning
yirik markazlarini qo'lga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi.
Ammo,Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq to’qnashuvda (1510) yengiladi,
o’zi ham Marvda halok bo’ladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga
qo’shin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur
shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni,
yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qo’lga kiritadi.
Boburning shia mazhabidagi eroniylar ra’yi bilan ish tutishi aholida norozilik
tug’diradi. 1512-yil 28-aprelda Ko’li malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq
shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida
Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan
Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib o’tib, avval Huzar (G’uzor) qal’asini
oladi, so’ng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan so’ng
taslim bo’ladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda
G’ijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga
majbur bo’ladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini
uzadi va butun e’tiborini Hindistonga qaratadi.

1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga
oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir necha yurishlar
uyushtiradi.

Nihoyat, 1526-yil aprelda Pani patda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim
Lo’diyning yuz ming kishilik qo’shinini 12 minglik askari bilan tormor
qiladi hamda Dehlini egallaydi.Oradan ko’p o’tmay, ikkinchi yirik hind

32 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning
Bengaliyagacha bo’lgan qismini o’ziga bo’ysundiradi. Agrani o’ziga poytaxt
sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab
yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm
surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.

Boburning 510 yilligi 1993-yili keng nishonlandi.
3. Manifest(lot)- hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa
qilgan yozma murojati.

10-BILET
1. Franklar davlatining Yevropa taraqqiyotidagi o‘rni.
2. Muhammad Shayboniyxonning O‘rta Osiyo tarixidagi tutgan

o‘rni haqida fikr bildiring.
3. “Gimnaziya” atamasiga izoh bering.
1. Franklar davlatining Yevropa taraqqiyotidagi o‘rni. Buyuk
Kail -franklar qiroli
(768-yildan), imperator
(800- yildan),karolinglar
sulolasi uning nomi
bilan atalgan. Uning
bosqinchilik urushlaii
(773—774- yillarda
Italiyadagi Langobard
qirolligiga, 772—804
yillarda sakslar yeri
va boshqalarga qarshi)
natijasida katta imperiya
vujudga kelgan. В. K.
ning olib borgan siyosati

(cherkovga homiylik

qilish, sud va harbiy

islohotlar va boshqalar)

G’arbiy Yevropada

yangi ijtimoiy

munosabatlarning

shakllanishida muhim

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 33

boskich bo’lgan. B.K. ning imperiyasi uning
vafotidan so’ng bir oz vaqt o’tgach, parchalanib
ketgan. Buyuk Karl 742-yili tug‘ilgan, u sulola
asoschisi Pi pin Pakananing o‘g‘li bo’lib,
Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk”
nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba harbiy
yurishlar qilganligi sabab berilgan.U yirik saltanat
tuzadi. Karl haqida ko‘plab hikoyalar, asarlar,
afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan.
Uning ismidan “korol” ya’ni “qirol” unvoni kelib
chiqqan.Buyuk Karl 773-yili german qabilasi
langobardlarga qarshi jang boshlaydi,langobardlar
qiroli Dezideriy mag‘lub etiladi. Karlning jiyani
Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga
qarshi jangda halok bo‘ladi. Reyn daryosining o‘ng sohilida yashovchi
sakslarga qarshi urushlar 30 yildan ortiq davom etadi.Bu urush Kail uchun
ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlarning Karlga bo’ysunmagan so’ngi
yirik qabilasi bo’lgan.Ammo baribir ffanklarga bo‘ysunganlar.
2. Muhammad Shayboniyxonning O‘rta Osiyo tarixidagi tutgan o‘rni
haqida fikr bildiring. Muhammad Shayboniy
(1451-yil - 1510-yill2-dekabr, Marv)— taniqli
o’zbek shoiri, davlat arbobi, o’zbekxonlar
sulolasining asoschisi, „Hazrati imomuz-
zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi
va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad
Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik
sulolaning asoschisidir. Muhammad Shayboniy
Abulxayrxonning nabirasi,Shohbudog’ sultonning
o’g’li. Abulxayrxon unga ,,Shohbaxt“ deb
laqab qo’ygan. Otasining erta vafotidan
so’ng, bobosining qaramog’ida qolgan Sulton
Muxammad Shaybon Boyshayx otalig’ida voyaga
yetgan.U 15-asr 80-yillarida Abulxayrxon
vafotidan so’ng Dashti Qi pchoqning asosiy hududida o’z hukmronligini
o’rnatmoqchi bo’lgan. Shayboniy 1490-yillardan o’zaro kurashlar va ichki
nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi bo’lgan
Movarounnaxrda ham o’z hukmronligini o’rnatish uchun harakat boshlagan.
15-asr oxiri— 16-asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida

34 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

hokimiyat boshqaruvi uning qo’liga o’tgan. Shayboniy Turkistonning Sig’noq,

Sabron,Yassi shaharlarini ham o’z qo’l ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor,Qunduz,

Badaxshon, Balx, 1505- yilda Xorazrn, 1507-yilda Hirot ham Shayboniy qo’l

ostiga o’tgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuye shaharlarini ham egallagan.

1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlog’ida Eron shohi Ismoil I

Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniy qo’shini o’rtasidagi

jangda uining qo’shinlari mag’lubiyatga uchragan va shayboniyxonning o’zi

ham halok bo’lgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga

dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor

madrasalari o’rtasidagi burchakda joylashgan bo’lib, bu yerga keyinchalik

boshqa shayboniylar ham dafn etilgan.

3. Gimnaziya — MDH da va ba’zi Yevropa mamlakatlarida mavjud

bo’lgan chuqur bilim beradigan rnaktab turi. ,,Gimnaziya“ so’zi grekcha

(gymnasion) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimiy Gretsiyada yoshlar aqliy

va jismoniy bilim oladigan joylar shu nom bilan atalgan. Zamonoviy ingliz

tilida gymnasium so’zi asosan jismoniy mashq qiladigan joy ma’nosida

qo’llaniladi.

11-BILET

1. Chexiya davlati haqida ma’lumotlar keltiring.

2. Abdullaxon II haqida ma’lumot bering.

3. “Missiya” atamasiga izoh bering.

1. Chexiya davlati haqida ma’lumotlar keltiring. Buyuk Moraviya

qulaganidan keyin mahalliy slavyan qabilalari Vltava daryosi havzasida

yashagan chex qabilalariga

bo`ysungan rivoyatlarga

qaraganda, ularning qadimgi

yo`lboshchisini Сhех deb

nоmlaganlar. Qabila ittifoqi

boshida Prjemislovichlar

xonadonidan bo`lgan knyazlar

turgan. Ular tez-tez qo`llariga

qurol olib o`z yerlarini

mudofaa qilishlariga to`g`ri

kelgan. Buyuk Moraviya -

hozirgi Chexiyaning sharqida

IХ asr oxiri - Х asr boshlarida vujudga kelgan davlat. Х asr boshida bu davlat

ko`chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari Chexiya

davlati tarkibiga kirgan. Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 35

aqidalari bo`yicha tarbiyalangan, keyinchalik bоr kuchi bilan dinni Chexiyada
yoyilishiga harakat qiladi. U Pragada mamlakatning bosh ibodatxonasi -
Аvliyо Vitni bunyod ettirgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan bunday
hurmat-ehtiromi ko`pgina chexlarga xush kelmagan. Vatslavning tug`ishgan
ukasi uni xoinona o`ldiradi. Tez orada Vatslavni chexlarning asosiy milliy
avliyosi, сhех davlatining homiysi sifatida e`zozlay boshlashadi. Xristianlikni
to`xtatishning iloji yo`q edi. 973-yili Pragada alohida yepiskoplik tashkil
qilinadi. Shu paytdan Chexiyada bir paytlar Moraviyaga Vizantiyadan Kirill
va Mefodiylar olib kelgan sharqiy xristianlik izlari о`сhib boradi. Butun ХI
asr Germaniya, Polsha va Chexiya orasida urushlar va yarash bitimlari tuzish
bilan o`tadi. Goh, Polsha hukmdori Boleslav I Chexiyani bo`ysundiradi, goh
сhех knyazi Bratislav I Krakov va Gneznolarni egallab u yerdan avliyo
Adalbert-Boytex xokini Chexiyaga оlib ketadi. Goh Chexiya Muqaddas Rim
imperiyasi bilan mustahkam ittifoqda bo`lgan, goh urush holatida. Chexiya
ХI asrdan qo`shni, qachonlardir kuchli va yirik mamlakat markazi bo`lgan
Moraviyani uzil-kesil o`ziga qo`shib oladi. German imperatori Genrix IV
1085-yili Rim papasiga qarshi og`ir kurashida unga yordam bergan сhех
knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi. Chexiya qirollari german
imperatorlari hokimiyatini tan olsa-da, o`z mamlakatlarida deyarli to`la
mustaqil bo`lganlar. Ularning qirolligi im-periyaning bir bo`lagi hioblansada,
Yevropa ishlarida o`z mavqelariga ega edilar.

2. Abdullaxon II haqida ma’lumot bering.
Abdullaxon II (to’liq ismi: Abdulla ibn
Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja
Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534-1598
Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn
etilgan) - o’zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro
xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan
eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi,
sarkarda,ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi.
Bobosi Jonibeksulton Karmana va Miyonkol
hokimi (1512-13-yilda) bo’lgan. Otasi Iskandar
sulton o’g’li tug’ilgan paytda Ofarinkentni,
keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot
etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II
Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini
qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun
yoshlik chog’idan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navro’z

36 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Mo’g’uliston xoni
Abdurrashidxon va shayboniylardan Do’stum sultonlar qo’shiniga qarshi
Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o’zining hukmdor
sifatidagi butun g’ayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan;
viloyatga Toshkentdan Navro’z Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon
hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton
otasi vazifasini o’z zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan.
Keyingi yillarda (1552—56) o’z mulkini g’arbga - Buxoro tomonga va
janubiy-sharq - Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu
sa’y-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros
mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo’lgan. U amakisi, Balx
hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Jo’ybor xojalaridan
Xoja Muhammad Islom ko’magida Navro’z Ahmadxon, keyinchalik uning
o’g’illari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash
olib borgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shorn, Afg’oniston va Xuroson
uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi
Sind(1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini
mustahkamlagan.

3. “Missiya” atamasiga izoh bering. Missiya (lot. missio — jo’natmoq)
— muayyan topshiriq bilan boshqa mamlakatga yuborilgan vakillar; 2)
bir davlatning boshqa davlatdagi (elchixonadan farqli ravishda) vakili
tomonidan boshqariladigan doimiy di plomatik vakolatxonasi.

12-BILET
1. Oltin O‘rda xonligi haqida ma’lumot bering.

2. Husayn Boyqaro haqida ma’lumot bering.
3.“Konservativ” atamasiga izoh bering.

1. Oltin O‘rda xonligi haqida
ma’lumot bering. Oltin o’rda,
Jo’ji ulusi 13-asrning 40-yillari
boshida Jo’jixonning o’g’li Botuxon
(1238—1255) tomonidan asos
solingan davlat.1224-yil Jo’ji ulusi
Xorazrn, Shimoliy Kavkazdan iborat
edi.1236—40 yillarda Botuxonning
yurishlari natijasida Volga bulg’orlari
yurti, Dashti Qi pchoq, Qrim, G’arbiy
Sibil*.Oltin O’rdaga qo’shib olindi.
Rus knyazlari Oltin O’rdaga qaram bo’lib, xiroj to’lab turganlar.Rus

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 37

manbalarida bu davlat Oltin O’rda, Sharq manbalarida Jo’ji ulusi deb

atalgan.Qo’shinlarga tumanbegi, no’yon (amir), yuzboshilar qo’mondonlik

qilganlar. Oltin o’rda Jo’jining 14 nafar o’g’lining 13 ulusidan iborat edi.

Ular o’z uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar.Amir Temurning 1389,

1391, 1395—96 y.lari To’xtamishga qarshi yurishlari Oltin o’rdani holdan

toydirdi.Idiqu Oltin o’rdani tiklashga harakat qildi, natija bermadi.15-asrning

20-yillarida Sibir xonligi, 40-y. No’g’ay O’rda, 1438 y. Qozon xonligi, 1443

y. Qrim xonligi, 60-y.larda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480 y. Ahmad

Rusni bo’ysundirishga urindi. 16-asr boshlarida Oltin o’rda quladi.

2. Husayn Boyqaro haqida ma’lumot bering. Husayn Boyqaro

(Husayniy) (1438-yil, Hirot— 1506-yil, 4-may,

BoboIlohi,Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat

arbobi. Hirot yaqinida tug’ilgan. 1469-yildan

umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning

hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot

yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh do’sti va

homiysi.

Husayn Boyqaro, Husayniy (to’liq nomi

Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo

Boyqaro) (1438— Hirot— 1506)— Xuroson

hukmdori (1469-1506), shoir. 15-asr o’zbek

mumtoz adabiyotining namoyandalaridan.

Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi.

Onasi Feruzabegim temuriylardan

Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro,

Bobur ta’riflaganidek, ikki tomonlama ulug’

(„karim ut-tarafayn“) bo’lgan. 1458-yilda

300 kishilik qo’shin bilan Sulton Sanjarning

yaqinlaridan Bobo Hasan qo’shinini yengib, Niso viloyati, so’ng Astrobodni

egallagan. 1459-yilda Husayn Boyqaro huzuriga Abdurazzoq Samarqandiy

elchi bo’lib kelgan. 1460-yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro

Astrobodni tashlab chiqishga majbur bo’lgan.Ammo1461-yil shaharni qaytarib

olgan.Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan.Biroq Abu Said Mirzoga

bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum

bo’lgan. 1463-1464-yillarda Urganch,Xiva,Hazorasp,Tirsakni qo’lga kiritgan.

Shu yerda kuch to’plab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said

qo’shinlari Xivani egallay.Husayn Boyqaro uni qaytarib oladi. 1467-yilda

yana Urganchni egallaydi. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro

38 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

o’zi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara
vayron bo’lgan, qabr va uning ustiga o’rnatilgan „Sangi haft qalam»
saqlanib qolgan.

3.“Konservativ” atamasiga izoh bering. Konservatizm — ijtimoiy va
madaniy hayotda an’ana va vorislik g’oyasiga tayanuvchi xilma-xil g’oyaviy,
siyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda turli konservatizm shakllarda
namoyon bo’lgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy
tizimlar harnda me’yorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul
qilmaslik — konservatizmga xos asosiy xususiyat hisoblangan

13-BILET
1. G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi o‘rtasidagi farqli hamda

o‘xshash jihatlarni taqqoslang.
2. Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixidagi tutgan

o‘rni haqida fikr bildiring.
3. “Federatsiya” atamasiga izoh bering.
1. G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi o‘rtasidagi farqli hamda
o‘xshash jihatlarni taqqoslang. Rim imperiyasining ahvoli 235 yilda
imperator Aleksandr Severusni o’z qo’shinlari tomonidan o’ldirilganda juda
jiddiy edi.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 39

Ko’plab Rim legionlari Germaniya xalqlarining chegaralarni bosib olishiga
qarshi kampaniya paytida mag’lubiyatga uchragan, imperator esa asosan Fors
Sosoniylar imperiyasining xavf-xatarlariga e’tiborini qaratgan.

O’z qo’shinlarini shaxsan boshqargan Aleksandr Severus di plomatiyaga
murojaat qildi va Germaniya rahbarlarini tezda tinchlantirishga harakat qilib,
o’lpon to’ladi. Herodianning so’zlariga ko’ra, bu unga o’z qo’shinlarining
hurmatiga putur etkazgan, chunki ular Rim hududiga bostirib kirgan
qabilalarni jazolashlari kerak deb o’ylashgan bo’lishi mumkin.

Imperator vafotidan keyingi yillarda Rim armiyasining sarkardalari
imperiyani boshqarish uchun kurashdilar va uni tashqi bosqinlardan himoya
qilish vazifalarini e’tiborsiz qoldirdilar.

Dehqonlar Goth, Vandal va Alemanni kabi chet el qabilalari tomonidan
Reyn va Dunay daryolari bo’ylab tez-tez olib borilgan reydlar va sharqda
Sosoniylar hujumlari qurbonlari bo’lishgan.

Boshqa tomondan,iqlim o’zgarishlari va dengiz sathining ko’tarilishi hozirgi
Niderlandiya hududida qishloq xo’jaligini buzdi, qabilalarni ko’chib ketishga
majbur qildi; Milodiy 251 yilda bu bilan birgalikda vabo (ehtimol, chechak)
paydo bo’lib, ko’p odamlarning o’limiga sabab bo’ldi, ehtimol imperiyaning
o’zini himoya qilish qobiliyatini zaiflashtirdi.

Avrelian 270 dan 275 yilgacha eng og’ir inqiroz davrida vandallarni,
vestgotlarni,forslarni va keyinchalik Galli imperiyasini mag’lubiyatga uchratdi.
274 yil oxirida Rim imperiyasi bir butun bo’lib birlashdi va chegara
qo’shinlari o’z joylariga qaytishdi.

Rim tashqi dushmanlari ustidan harbiy ustunligini yana bir bor yo’qotishidan
bir asrdan ko’proq vaqt o’tishi kerak edi. Biroq, ilgari gullab-yashnagan
o’nlab shaharlar, ayniqsa G’arbiy imperiyada vayron bo’lgan, ularning aholisi
tarqoq va iqtisodiy tizimning parchalanishi bilan qayta tiklanolmagan.

Va nihoyat, Aurelian imperiya chegaralarini tashqi tahdiddan tiklashda
muhim rol o’ynagan bo’lsa-da,eng asosiy muammolar saqlanib qoldi. Xususan,
Rim imperiyasida hech qachon aniq belgilanmagan vorislik qonuni, bu
doimiy fuqarolararo urushlarga olib keldi.

Senat va boshqa partiyalar ham imperator lavozimiga o’zlarining sevimli
nomzodlarini taqdim etdilar. Boshqa bir masala imperiyaning kattaligi edi, bu
bitta avtokratik hukmdorga bir vaqtning o’zida bir nechta tahdidlarni samarali
hal qilishni qiyinlashtirdi. Keyinchalik tetrarxiya tizimi bilan Diokletian III
asr inqirozini tugatadi.

Bo’linish sabablari
Nazariy jihatdan, hech bo’lmaganda, imperiya aloqalarni yaxshilash va

40 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

tashqi tahdidlarga qarshi harbiy ta’sirni yaxshilash uchun bo’lindi.

Rimliklarga qiyin muammo tug’dirdi, chindan ham hal qilinmaydigan

muammo: Asrlar davomida qudratli sarkardalar o’z taxtlari uchun

raqobatlashish uchun o’z qo’shinlarining yordamidan foydalanib kelishgan.

Bu shuni anglatadiki, to’shagida o’lishni istagan har qanday imperator

ushbu qo’shinlarda qattiq hukmronlikni saqlab turishi kerak edi. Boshqa

tomondan, Reyn, Dunay va Parfiya (hozirgi Eron) bilan chegaralar kabi

muhim strategik chegaralar bir-biridan uzoq va hatto Rimdan uzoqroq edi.

Rimning g’arbiy chegarasini boshqarish juda oson edi, chunki u nisbatan

yaqin bo’lgan, shuningdek, german dushmanlari o’rtasida kelishmovchilik

bo’lgan.

Biroq, urush paytida ikkala chegarani boshqarish qiyin edi, chunki agar

imperator sharqda chegaraga yaqin bo’lgan bo’lsa, g’arbda shuhratparast

general isyon ko’tarishi va aksincha.

Urushning bu fursati ko’plab hukmron imperatorlarni qiynab, kelajakdagi

bir qancha imperatorlar uchun hokimiyatga yo’l ochdi

2. Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixidagi tutgan o‘rni

haqida fikr bildiring. Muhammad

Rahimxon I - Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlar

sulolasidan.To‘liq ismi Muhammad

Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad

Amin inoq.Akasi Eltuzarxon vafotidan

keyin taxtgao’tirgan (1806-yil).Muhammad

Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishda

ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy,

iqtisodiy,ma’muriy islohotlar o’tkazgan.Xon

saroyi qoshida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi

Kengash (Devon) ta’sis etilgan. Muhammad

Rahimxon I Orol bo‘yi qoraqalpoqlarini

bo’ysundirish uchun bir necha marta yurish

qilib, 1811-yilda To’ramurod so‘fmi yengib

xonlikni mustahkamlagan. 1812-1818-yillar

davomida Sirdaryo bo‘yi qozoqlari va Marvdagi taka turkmanlar ustiga

yurish qilib, ularni xonlikka qo’shib olgan. Bu g‘alabalar Xiva xonligining

mavqeini mustahkamlab, uni mustaqil qudratli davlatga aylantirgan.1822-

yilda Marv ustidan hukmronligini o’rnatdi. 1823-1824-yillarda Buxoro

amirligiga tegishli Qoqishtivon, Og’or va Poykend qal’alariga talonchilik

yurishlarini qilgan. Buxoro amiri Haydar bilan sulh tuzgan (1825-yil).

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 41

Muhammad Rahimxon I davrida Dashti Qi pchoq, Xuroson Xiva xonligiga

soliq to‘lab turgan. Xonlik hududi janubda Xuroson, Shimolda Orol dengizi

va Sirdaryoning quyi oqimidagi ycrlar. sharqda Buxoro amirligiga tutash

hududlar, g’arbda Kaspiy dengizi qirg’oqlarigacha boMgan yerlarni o‘z

ichiga olgan. Muhammad Rahimxon I o‘zi qurdirgan Pahlavon Mahmud

maqbarasidagi katta xonaqohning to’riga dafn etilgan. Rahimxon I arab,

fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar

bilan suhbatlar o’lkazib turgan. Munisga Eltuzarxon davrida boshlangan

“Firdavs-ul-iqbol” asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan.1813-yilda

Munisga “Ravzat-us-safo” asarini tarjimasini topshirgan.Mamlakatda bir

qancha kanallar qazdirib obodonlashtirisga e’tibor bergan. Arkda zarbxona

tashkil qilib oltin va kumush tangalar chiqargan. Muhammad Rahimxon

I davrida ichkilik va bangilik taqiqlangan. Pahlavon Mahmud maqbarasi

qayta qurilgan. Xivada bir qancha madrasa va masjidlar qurilgan. Bojxona

va boshqa muassasalar ishga tushgan.

3. “Federatsiya” atamasiga izoh bering. Federatsiya (so’nggi lot.

foederatio — birlashma, uyushma) — davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan

muayyan siyosiy mustaqilligi bo’lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan

murakkab (uyushma) davlat.

14-BILET

1. Dashti Qipchoq haqida ma’lumot bering.

2. Doro I ning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.

3. “Ekspluatatsiya” atamasiga izoh bering.

1. Dashti Qipchoq haqida ma’lumot bering. Dashti qi pchoq,

Qi pchoq dashti

— Sirdaryoning

yuqori oqimi va

Tyanshanning

g’arbiy yon

bag’ridan Dnepr

daryosining quyi

oqimiga qadar

yoyilgan dashtlarni

11-15-asrlarga

oid arab va fors

manbalaridagi

nomi. «Dashti qi pchoq» atamasini dastlab Nosir Hisrav (11-asr) qo’llagan. Bu

davrda qi pchoqlar Irtish daryosi sohillaridan g’arbga tomon ko’chib (1030

42 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

y.) Xorazmga qo’shni bo’lishgan va hozirgi Qozog’iston hududi, shuningdek,
jan. rus dashtlarini egallashgan. Dashti qi pchoq aholisi sharq manbalaiida
— qi pchoklar. rus solnomalarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida
— kumanlar, venger manbalaiida kunlar deb atalgan. Dashti qi pchoq 2
qism — Sharqiy va G’arbiy qismdan iborat bo’lib, Yoyiq (Ural) daryosi
ularning chegarasi sanalgan. G’arbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan
to Dneprgacha b’lgan hududdan iborat bo’lgan. 13-asrda Dashti qi pchoqni
mog’ullar bosib olib, tarixda Jo’ji ulusi nomi bilan mashhur Oltin O’rda
davlatini bai po etganlar. Dashti qi pchoqning asosiy aholisi ko’chmanchi
va yarim o’troq bo’lib, chorvachilik va ovchilik, daryo va ko’l yoqalarida
yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, O’rda
Bozor, Sig’noq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
shug’ullangan. 16—18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida « Dashti
qi pchoq « atamasi uning sharqiy qismi (hoz.Qozog’iston) ni anglatgan.

2. Doro I ning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Doro I (mil.avv. 522-486 yillar) podsholigining
dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va
boshqa mamlakatlarda boshlangan qo’zg’olonlarni
shal- qatsizlik bilan bostiradi. DoroI itoat ettirilgan
mamlakatlarda biroz osoyishtalik o’rnatgach, bn-
qator islohotlar o’tkazishga kirishadi. U mamlakatni
20 ta satraplikka — viloyatga bo’lib, ularning har
biriga alohida noib tayinlaydi. Mamlakat viloyatlari
o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh
yotqizilgan nshoh yo’llari» qurilgan. Bu yo’llar
Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga
tarmoqlanib ketgan edi, yo’llarda, bekatlar,.karvonsaroylar, korizlar qurilib,
ularni otliq soqchilar qo’riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe
mamlakatlardan xiroj solig’i -undirilgan. Doro I Misr, Milet, Bobil, Elam,
Turon va boshqa joylarda ko’tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan
va isyonchilarni jazolagan. Doro I podsholigining so’nggi yillarida eroniylar
Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Alma va Sparta
eroniylarga qattiq qarshilik ko’rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining
o’rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar. Miloddan avvalgi 486-
yili Misrda eroniylarga qarshi qo’zg’olon boshlanadi. Doro I qo’zg’olonni
bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486- yili 64 yoshida vafot etadi.
Doro 1 vafot etgach, taxtga uning o’g’li Kserks o’tiradi.U Eronda miloddan
avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465- yilgacha podsholik qilgan.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 43

3. “Ekspluatatsiya” atamasiga izoh bering. “Ekspluatatsiya” lotincha
majburiy mehnatga safarbarlik degan ma’noda.

15-BILET
1. Shosh haqida ma’lumot bering.
2. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring.
3. “Karavella” atamasiga izoh bering.
1. Shosh haqida ma’lumot bering.
Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik
(qoramolchilik, yilqichilik, qo’ychilik hamda
tuyachilik) bilan shug’ullangan. Qadimgi
shoshtepaliklar jez va temirdan qurol-yarog’
va asboblar yasashni, kulolchilik hamda
to’qimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu
qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida
shahar madaniyati shakllanib, qadimgi
Toshkentning asta-sekin qad ko’tarishiga
zamin bo’ldi. Mil. avv. 2—1-asrlarda
Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydobo’ldi. Qadimgi qishloq xarobalari
ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o’rab olingan doira shaklidagi
qal’a (qo’rg’on) qad ko’tardi. Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning
mustahkam mudofaa devori, hashamatli me’moriy majmuoti, hunarmandchilik
buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod
bo’sag’asida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi
qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini ko’rsatadi. Shoshtepani
o’rganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan
boshlangan, ya’ni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon
berdi.
2. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring. Chingizxon

(asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155-
1227) — Mo’g’ullar davlati asoschisi, sarkarda.
Mo’g’ul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori
Yasugay bahodirning O’elun Fujin (xotun)dan
tug’ilgan to’ng’ich farzandi. 13 yoshida otasidan
yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir
qancha urug’ va qabilalarni tayjiutlar atrofida
birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib
borgan. 1206 yil mo’g’ul aslzodalari, no’yonlari
ishtirokida buyuk qurultoyda «chingiz» (tengiz

44 Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

— dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug’xon ma’nosida) va
barcha qabila, urug’, elatlarning buyuk xoni deb e’lon qilinadi. Davlatning
ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan e’lon
qilingan qonunlar to’plami — yaso (yasoq) muhim ro’l o’ynaydi. Ming
kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani
shakllantirgan Chingizxon Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni
(1207), Shimoliy Xitoyni (1211-15), O’rta Osiyoni (1219—21), Xuroson,
Eronni(1221—24) o’z tasarrufiga kiritadi. Mo’g’ullar tomonidan zabt etilgan
hududlar vayron qilingan, aholisi qirib tashlangan, qullikka mahkum etilgan.
1224-yil Chingizxon Mo’g’ullar davlatini 4 o’g’li — Jo’ji, Chig’atoy, O’qtoy
va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya
davlati (10— 13-asrlar) ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon og’ir
dard tufayli vafot etadi. Uni Mo’g’ulistondagi Burxon—Xaldun tog’ etagida
dafn etishadi.

3. “Karavella” atamasiga izoh bering. Karavella - yelkanlikematuri,
Evropada, ayniqsaPortugaliyavaIspaniyada, XVasrningikkinchiyarmi -
XVIIasrboshlaridakengtarqalgan. Katta geografik kashfiyotlar davri boshlangan
birinchi va eng mashhur kemalardan biri.

Toshloq tumani horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 45


Click to View FlipBook Version