2023-yil 20-noyabr №3 TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR... Erkin Vohidоv nоmidagi ijоd maktabi
2 MAKTAB HAYOTI Ko’rsatuvning bu galgi soni Jahon otin Uvaysiy va Nodirabegim ijodiga bagʻishlandi. Ularning bosgan umr yo‘llariga, ijod mashaqqatlariga, yozgan asarlariga bag‘ishlandi. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Amaliy va tasviriy kulolchilik” to‘garagi ham tashkil etildi va to‘garak rahbari Temurbek Haydarov boshchiligida ilk amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. O‘zbegim” ko‘rsatuvining navbatdagi soni 8-noyabr kuni Marg‘ilon shahar Hunarmandlar markazida tasvirga olindi.
3 MAKTAB HAYOTI “Parvoz-2023” sarhisob tanlovi ilmiy va ijodiy salohiyati yuqori, faol o‘quvchi va ustozlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O’quvchi almashish dasturi” yo’lga qo’yilgan… Shu munosabat bilan 20-noyabr kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10 nafar o’quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda… Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida yana bir yangi loyiha o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha “Turkiston 138” nomi bilan yuritiladi va ijod maktabining Youtube tarmog‘i orqali namoyish etiladi.
4 SUHBAT 1.Sizni ayol ijodkorlar ichida yetakchilardan deb bilamiz, boshqa ijodkorlardan farqli oʻlaroq, aynan ayol ijodida nimani eng muhim deb bilasiz? — Adabiyotda mavzular jinsga ajratilmaydi, deb o‘ylayman. Ijodkor uchun muhimlik, ustuvorlik kasb etadigan barqarorlik – bu ijod qilish, yaratish ishtiyoqi. Ayollikning mohiyatida tug‘ish bor, yaratish bor. Olamdagi jami arzirli mavzular muhim. Mana bu muhim ekan, deb asar yozilmaydi. Asarlar sodir bo‘ladi. Ayol mohiyatan ona, uning she’rlarida mehr, ishq ustuvor bo‘lishi tabiiy. Zebunisobegim, Nodirabegim, Uvaysiy, Halima Xudoyberdiyeva, Anna Axmatova, Marina Svetayeva, Emili Dikkenson, Sara Tisdeyl deysizmi, barchasining she’riyatida Ishq, Muhabbat, mehr ustuvorlik, muhimlik kasb etgan. 2. Endi yozolmayman deb oʻylagan paytingiz boʻlganmi? Ijodkor ana shunday paytda yoki YOZGAN LAHZALARIMDA YASHAYMAN turli xil hayot sinovlarida qalamini yoʻqotib qoʻymaslik uchun nima qilishi kerak? — Hayot ijodkorni boshqalardan ko‘ra ko‘proq larzaga soladi, to‘lqinlantiradi. She’r qalbning to‘lqinlaridek, nazarimda. Bu larza va to‘lqinlanish esa muntazam bo‘lavermasligi tabiat qonunidek tabiiy. Hayot sinovlari esa odamni toblaydi, ba’zan sindiradi, yo‘q qiladi. Peshonangizda shoir bo‘lish yozilgan bo‘lsa, qalamingiz yo‘qolmaydi, yoza olish in’omi o‘lmaydi. Iste’dod – nur, u mehnat, shiddatli iztiroblar ichra sayqallanadi. Shu bois sevimli Rauf Parfi “Iztirobdan o‘lmas shoirning qalbi, Shoirning onasi iztirob axir” deb yozgan. Lekin, yozolmay qolishdan ham qo‘rqinchliroq hislarni yashayman ba’zan. Ya’ni, she’r yozib nimani o‘zgartiroldim? Kimga foydasi bor buning? Shoir, she’r kimga kerak kabi savollar ichida hafsalam pir bo‘ladi. Ana shunday lahzalarda muxlislar mehri, ixlosi yordamga keladi. Romiz Ravshan kabi ulkan shoirlarning “Oyga osmon kerak bo‘lgani kabi, shoir ham dunyoga kerak”, degan hikmatlari bu Guljamol ASQAROVA
5 SUHBAT hafsalasizlikdan qutqaradi. Yozolmay qoldim, deb yashayotgan do‘stlarim bor. Fojea emasdir, yashashyapti. Lekin, men yozgan lahzalarimdagina yashayotganimni his etaman. Tirikchilikning ruhingni xo‘rlaydigan azoblaridan yozish qutqaradi, asraydi. Yozish odamni balandlatadi, parvoz qildiradi. Ruh parvozi ilohiy holat menimcha. 3.Sheʼrlaringizda koʻproq dardli ohanglar koʻp. Lekin men doim hayron qoladigan narsa, sheʼrlaringiz qanchalik koʻp dardni kuylasa, shunchalik ruhi baland, insonni koʻnglini koʻtarib yuboradi. Buning siri nimada? — Bu savolni ko‘p berishadi. Anglagan odamni she’rlarimdagi iztirob, dard ko‘kka ko‘tarishi, yuksaltirishi kerak, deb o‘ylayman. Tushkun holida ham boshqalarga motivator bo‘lish shoirning vazifasi bo‘lsa kerak. Mumtoz adabiyot namunalarida ham ishq ham, surur, shukuh ham dardli ohanglar bilan uyg‘unku. Qolaversa, bola tug‘ilishi uchun ham onaga dard kelishi kerak, hech bir go‘dak kulib tug‘ilmaydi, yig‘lab tug‘iladi. Odamlarni quvonchlardan ko‘ra iztiroblar uyg‘unlashtiradi, topishtiradi, sevdiradi. Demak,inson mohiyatan og‘riqlarga egiz. Men hayotda eng quvonchli kunlarimda ham ichimdagi yig‘ini his etib turaman. Sevgan lahzalarimda ham, qadrlanayotgan lahzalarimda ham ichimda yig‘lab turgan bir go‘dakni unutmayman. Mung, qayg‘u, dard, iztirobning shodlik, quvonch, kulgudan farqi yo‘q. Mohiyatan shunday. Men «Uyg‘otuvchi alla» she’rimda «Mening g‘amim yig‘latuvchimas, Kuch berar, qalb tig‘latuvchimas» deb yozgandim 30 yoshlarimda. Men odamlarni cho‘ktiradigan emas, yuksaltiradigan, yiqilganni turgazadigan, safarbar qiluvchi qayg‘ularni yaxshi taniyman. 4. Ijodkor muxlislar yoki ustozlar tarafidan eʼtirof etilishi uchun avvaliga qaysidir sheʼri sabab boʻladi. Siz oʻsha sheʼringizni eslay olasizmi, ustoz Halima Xudoyberdiyeva sizni qaysi sheʼringiz orqali kashf qila boshlaganlar? — Men o‘smirligimda otamga bag‘ishlangan she’rim orqali ustozlar nazariga tushganman. 8-sinfda o‘qiyotganimda «Nega sizdan kechib bo‘lmaydi» degan she’rim bilan muxlislar e’tiboriga tushganman. Halimai jahonim esa 1998 yili Zomin seminarida «Xalq demayman o‘z xalqimni ham, Meni Haqqa olib bormasa»,» Ichar jomim bugun qalqib turibdi, asablarim salqib-salqib turibdi»,»Manam bitta sariq xazon, kuzingizga sig‘armanmi?» kabi satrlarimni e’tirof etganlar. Oq yo‘l, she’r yozganlar menga bag‘ishlab. Va shukrki, bu mehr rishtasini Xudoyim qiyomatgacha va undan keyinlik ham qilib bog‘ladi. 5. Tabiiyki, xalqimiz oʻzi uchun tushunarli boʻlgan, ruhiyatiga yaqin, umuman olganda, oddiy va ravon tilda yozilgan sheʼrlarni koʻproq mutolaa qiladi. Shunga qaramay, adabiyotimizda falsafiy, faqat ziyoli qatlam tushuna oladigan sheʼrlarga ham duch kelamiz! Aslida adabiyotimiz, xalqimiz uchun hozir qanday sheʼrlar yetishmayapti deb oʻylaysiz?! — Xalqimiz soddalik maftuni, hargiz jo‘nlikning emas. Xoslar, siz aytayotgan ziyolilar uchun, avom uchun yozilmaydi she’r. Lekin, ming afsuski, hozir didlar bir qadar pasaydi. Men har doim afsus bilan aytaman, hozir eng yuksak mezonlardagi asar yaratsangiz ham shu asaringiz bir otarchi, ashulachini kiygan kiyimichalik muhokama qilinmaydi, hayratlantirmaydi ommani. Biroq, bu ham nisbiy fikr. Shu muhitda ham baribir o‘quvchingizni, anglaguvchingizni topishingiz mumkin. Non, olmos, tilla baribir o‘z qiymatida qoladi. Ustozim Muhammad Yusuf aytganidek: “Hozir shoir zoti suvarakdan ko‘p.” Aslida, shoirman deyayotganlar ko‘p. Bunday paytda adabiy islohot kerak bo‘ladi, deb o‘ylayman. Hech kimning xalqning badiiy didini pasaytirishga haqqi yo‘q. Buni anglatuvchi, targ‘ib etuvchi loyihalar bor hozir. Yosh ijodkorlar yo‘naltirayotgan adabiy loyihalar xalqning didini o‘z o‘zaniga, o‘z yuksak darajalariga yana olib chiqadi, deb umid qilaman. Odamlarga jo‘n, xalq tili bilan aytganda «jo‘qicha» mashq darajasidagi narsalarni tutmaylik. She’r, haqiqiy ilhom mahsuli bo‘lgan She’r kerak xalqqa. 6. Insonni qaysi xatosi uchun kechirib boʻlmaydi? — Odam ba’zi bir xatolari uchun o‘zini o‘zi ham kechira olmaydi. Xato aksariyat hollarda tuzatsa bo‘ladigan darajada bo‘ladi. Gunohlarni esa tuzatish qiyin. Men yaqinlarimni yoki do‘st bo‘lmaganlarning sha’nim va qadrim bilan bog‘liq bo‘lgan xatolarini kechirolmayman. 7. Yaqinda sheʼrdagi, umuman insondagi ortiqcha samimiylik, muxlislarni yoki yaqinlarimizni zeriktirib qoʻyishi mumkin, qabilidagi fikrlarga duch keldim. Sizning bu fikrga munosabatingiz qanday? — Agar samimiyatdek tabiiy, tug‘ma xislatdan ham zerikadigan darajaga borgan bo‘lsak, demak nimadir yomon. Samimiyat nonga o‘xshaydi, qaysi din, qaysi irq yoki millatga xos bo‘lmang, non badiga urmaydi odamni. Eng yuksak, ongning cho‘ng darajasida yaratilgan bo‘lmasin, har bir asar yoki ixtiroda tabiiylik ustuvor bo‘lsa u yashovchan bo‘ladi. O‘tkir aql sohiblarida ham samimiyat bo‘lmasa zerikasizku. Keyin, samimiyat paydo qilinmagani uchun ham tabiiy xislat. Haddan ortiq samimiy asar ham, inson ham hadsiz darajada sevimli bo‘lishga munosib. «O‘tgan kunlar» asari yuksak adabiy mezonlarda yozilgan, juda tabiiy, samimiy. Yodlab olging keladi odamni. Hatto, ibodat ham samimiy bo‘lmasa qabul qilinmasa kerak. Daholik ham o‘tkir aql va samimiyatga qorishiq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Samimiyat sevgan odam sevgilisi uchun o‘layotib ham jilmaya olishidek gap. Samimiyatdan zerikadiganlar bo‘lsa, ularni tinchlantiradigan, qanoatlantiradigan nosamimiy narsalar ham ko‘p-ku. O‘shalarni o‘qishsin. — Suhbatingiz uchun rahmat, ustoz! Erkin Vohidov ijod maktabi 11- sinf o’quvchisi Muslima TOHIRJONOVA suhbatlashdi.
6 YOSH TARJIMON Nigohlar to‘satdan to‘qnashdi. Yuzlab qiyofalarga odatlangan ko‘zlar bu gal bir-biridan uzillolmadi. – Qayerda ko‘rganman?.. – o‘ylandi yigit. – Juda tanish!.. – ko‘z uzolmadi qiz. Nigohlardagi iliqlik ko‘ngillarga ko‘chdi, vujudlar hayajondan shirin titradi. – So‘rasammikan?.. – kalovlandi yigit. – So‘rarmikan?.. – hayajonlandi qiz. Beixtiyor bir-birlariga talpindilar, yaqinlashgach, yerdan ko‘z uzolmay o‘tib ketishdi. Yuraklarni otash qamradi… – Yana uchrasharmikanmiz?.. – Indamadi-ya!.. Muhabbat The eyes suddenly met. Eyes accustomed to hundreds of faces did not separate from each other this time. «Where did I see it?» Thought the young man. «Very familiar!» She said without taking her eyes off him. The warmth of the eyes moved the hearts, and the bodies trembled sweetly with excitement. «May I ask?» «Shall I ask?» Exclaimed the girl. Involuntarily, they pushed each other, and as they approached, they passed without taking their eyes off the ground. Hearts on fire… «Shall we meet again?» «Shut up!» Love Sogʻinch – Bugun kelishadi! – darvoza zulfagini tushirdi-da, to‘kilgan o‘riklarni terib, salqinroq joyga yoydi. Bukchaygancha hovliga suv sepib, supurdi. Ishkom ostidagi so‘riga yakandozlarni to‘shab, dasturxon yozdi. Choy damlab, topgantutganini qo‘ydi; tomog‘idan hech narsa o‘tmadi. Ustini o‘rab, darvozaga termuldi… Qosh qoraydi – soqov darvoza g‘iyq etmadi. – Ertaga kelishar… – dedi umidvorlik bilan darvoza zulfagini ilarkan... Missing «They’re coming today!» She lowered the doorknob, picked up the spilled apricots, and spread them out in a cooler place. Bending over, she sprinkled water on the yard and swept it. She laid the tablecloths on the bench under the ishkam. She sipped her tea and left what she had; Nothing passed through her throat. She wrapped her arms around her and knocked on the door. It’s getting dark - the dumb gate isn’t ringing. «They’ll come tomorrow,» she said hopefully, slamming the door shut. UZB UZB ENG ENG
7 YOSH TARJIMON DRONE The beggar saw the stopped black Prado and ran. - In the way of Allah… The driver sighed and started driving. «Mumsik!» Muttered the beggar. «Free!» Muttered the driver. After walking for a while, he stopped his car in front of a man and took the diplomat by the hand. «Is that all?» «That’s all.» - Here is the command… - Thank you!.. The Prado sped off. «Free!» He muttered. «Ten times what he gave, you bastard!» Muttered the driver. UZB ENG TEKINXOʻR Tilanchi to‘xtagan qop-qora “Prado”ni ko‘rib, yugurdi. – Alloh yo‘liga … Haydovchi xo‘mraydi-da, mashinasini yurgizdi. – Mumsik!.. – g‘udrandi tilanchi. – Tekinxo‘r! – g‘udrandi haydovchi. Biroz yurib mashinasini bir kishining oldida to‘xtatdida, qo‘lidan diplomatni oldi. – Hammasimi? – Hammasi. – Mana, buyruq… – Rahmat!.. “Prado” o‘rnidan shitob qo‘zg‘aldi. – Tekinxo‘r! – g‘udrandi ortidan. – Berganini o‘n baravar qilib chiqaradi, nomard! – g‘udrandi haydovchi. Written by Tolibjon ROʻZIBOYEV Translated by Nilufar HAYDARALIYEVA
8 KITOBDOR I nson kamolotida moddiy ne’matlar uning jismi uchun zarur bo‘lsa, ma’naviy ne’matlar esa uning ruhiga shunchalik muhimdir. Biroq bugungi axborot va globallashuv asrida o‘zimizga kerak bo‘lgan ma’naviy ozuqani kitoblardan emas, ko‘proq internet tarmoqlaridan olayotganimiz bor gap. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlardan o‘zimizga zarur ma’lumotlarni juda tez va oson topishimiz O‘QI, BOLAM, KITOBING Kuni kecha televizorda berilgan ijtimoiy rolik diqqatimni tortdi. Katta zalda qo‘yib berilgan ushbu rolik bugungi dolzarb mavzu – kitobxonlik va kitobsevarlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Uyingizga oftob oling, Bittagina kitob oling”, - satrlari bilan yakunlandi. Bu she’r nafaqat zaldagi kishilarni, balki ekran qarshisida o‘tirgan meni ham to‘lqinlantirib yubordi. Zaldagi davomli qarsaklar anchagacha tinmadi. Bu bejiz emas edi. Chunki beqiyos xazina- kitob hamisha insonni yaxshilikka, ezgulik va komillikka yetaklashini barcha yaxshi biladi. Allomalarimizdan biri ham, “Seni hech qachon aldamaydigan va sotmaydigan do‘st kitobdir” degan edi.
9 KITOBDOR mumkin. Bu yaxshi, albatta. Ammo biz doim ham shu maqsadda soatlab vaqtimizni telefon yoki kompyuter qarshisida o‘tkazmaymiz, balki undan ko‘proq shov-shuvli voqealar, zo‘ravonlik va razillik sahnalarini, hayosiz suratlaru kliplarni tomosha qilish, ularni ko‘chirib olish, yana boshqalarga ham ulashish bilan bandmiz. Bir marta in’om qilingan hayotimizni qanday yashayotganimizni o‘ylashga vaqt topolmaymiz go‘yo. Eng og‘riqli nuqtamiz esabunday video va rasmlarni ko‘rib ulg‘ayayotgan bolalarimiz, o‘smirlar hatto kattalarning ham diydalari qotayotgani, sovuqqon, ko‘ngli qattiq, beg‘am va atrofga beparvo boqishlari-da ayanchli. Chunki ularning ongidagi ma’naviy bo‘shliqni yot mafkuralar- buzg‘unchilik va vayronkorlik g‘oyalari egallamoqda. Albatta, hamma yoshlarni ham ayblash noo‘rin. Ular orasida kitobni o‘ziga do‘st tutgan, badiiy adabiyotni o‘qir ekan, asar qahramoni bilan birga yig‘lab, birga kuladigan, hayot sinovlariga dosh berishni, yaxshi kunlar uchun kurashmoqni o‘rganib, o‘zi ham asta-sekin SHAXS sifatida shakllanayotgan yigit – qizlarimiz bor. Ular – chempion, ular- xalqaro tanlovlar g‘olibi, ular-ixtirochi, ular-yosh shoir va yozuvchi, ular – yurting ertalari, EGALARI. Mashhur shoirlarimizdan biri, “Men o‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman”, - degani bejiz emas. Bugun kitobxonlik madaniyatiga erishish uchun unga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilmoqda. Qaysi bir adabiyot kerak bo‘lsa kutubxonalardan, kitob do‘konlaridan, boringki, internetdagi maxsus saytlardan topib o‘qishimiz mumkin. Buning uchun xohish va istak bo‘lsa bas. Lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, kitoblarimiz orasida ham ma’naviy qashshog‘i, sayoz va sifatsizlari, oldi-qochdi, behayo sahnalarga alohida urg‘u berilganlari borligi haqiqat. Eng qizig‘i bunday kitoblarning bozori chaqqonligi-da. Yaqinda o‘zimga tanish matbuot do‘konida kitoblar sotilayotganiga ko‘zim tushdi. Bir xaridor ayol kitob ko‘rar, men ham uning yoniga qo‘shildim. Ayol qizi kitob o‘qishga juda qiziqib qolganini aytib, unga kitob tanlardi. Ichimda xursand bo‘lib ketdim. Shunday ota-onalar, shunday farzandlar ko‘paysin, deb niyat qildim. Kitoblar bilan tanishar ekanman, o‘zbek va jahon adabiyotining klassik durdonalaridan tortib, zamonaviy shoir va yozuvchilarimizning eng sara asarlariga ko‘zim tushib quvonib turganimda, boyagi xaridorning tanlagan kitobi hayratimni oshirdi: - Qizingiz necha yoshda?- beixtiyor so‘radim opadan. –O‘n beshda. Xaridor ayol menga “nega so‘rayapsiz” degandek savol nazari bilan qaradi. - Kechirasizu, bu kitob qizingizning yoshiga mos kelmaydi. Uning dunyoqarashi hali hayratga to‘la gulqog‘oz. Bu oldi-qochdi, bozori chaqqon asarlar (ularni asar deb ham bo‘ladimi!) faqat hamyonni to‘ldirib olsam bo‘lgani, degan maqsadda yoziladi. Bu kabi kitoblarning sarlavhasiyoq odamni o‘ziga jalb qiladi, birov bunday asarlar qizingiz ma’naviyatiga putur yetkazadi. Prezidentimiz bot-bot takrorlayotgan, kundalik ehtiyojimizga aylanib ulgurgan “O‘z bolangni o‘zing asra” degan da’vatini eslang-chi. Nahot, bolangizga jaholatni sotib olib bersangiz! Xullas ayolga shu taqlid tushuntirdim. Yaxshiyam opa so‘zlarimni yerda qoldirmay, men tavsiya etgan durdona asarlarimizdan birini xarid qildi. O‘ylaymanki, o‘sha kitobsevar qizaloq yana yaxshi asarlarga oshno bo‘ladi. Shu o‘rinda yana bir haqli e’tiroz yodimga tushadi. Biz bolalarimizni kitob o‘qishi kerak deya bong uramizu o‘zimiz ota-onalar qachon kitob o‘qiymiz?! Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Xalqimizning asrlar silsilasidan o‘tgan naqli bu. Kechgacha bozor aylanamiz, ko‘chada o‘tganketganni g‘iybat qilamiz, soatlab seriallarni ko‘ramiz, gap-gashtak, to‘yu ma’rakalar bizdan minnatdor. Lekin bolamiz-chi... Qachon ular bilan birga o‘tirib kitob o‘qidik? Qachon birga she’r yodlaymiz? Qachon oilamiz bilan yaxshi asarlar ustida taassurotlarimizni o‘rtoqlashamiz? Qachon, qachon degan savollar ko‘p-ku tayinli javobimiz yo‘q. Axir ota va ona farzand uchun ibrat namunasi. Ba’zan oiladagi kitobxonlik haqida gapirganimda ko‘pchilik e’tiroz bildiradi. Tirikchilik va’jini o‘rtaga qo‘yishadi. Ammo biz kim uchun yelib-yuguramiz - mana shu bolalarimiz uchun. Kitobxonlik uchun kunda yarim-bir soat vaqt ajratsangiz ham yetarli. Axir behuda narsalarga soatlarimiz emas, kunlarimiz oylarimiz sarflanmoqda. Farzandlar so‘zlarimizdan ko‘ra ko‘proq hattiharakatimizdan o‘rnak olishlarini psixologlarimiz ta’kidlagani ta’kidlagan. Albatta, ota-onalar va farzandlarning birgalikdagi kitobxonliklari ular orasida mehr-muhabbatni, o‘zaro hurmat va e’tiborni kuchaytiradi. Bunday muhitda kamol topgan ertamiz egalari yurtga munosib farzand bo‘lishlari shubhasiz. Munira QO‘QONOVA, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi.
10 NAZM OTA Dadamning poychasi chang keldi Yuzlari qip-qizil rang keldi. Bir qoʻlda men uchun handalak Bir qoʻlda ketmoni zang keldi. Boshida durrasi oppogʻim Yelkaga ming tashvish ortmoqlab, Yuzida tabassum, oh-ohlab, Gʻam kelsa, gʻolibi jang keldi. Oʻynasam tanburim diltori, Oddiymas, emas el qatori, Kuylasam qarsagi dutor-u Barmogʻi qobuzi chang keldi. Sochining qorasi sanoqli, Otam-a, qoʻllari qadoqli. Bugun siz uchun toʻrt qatorli Sheʼrimni koʻtarib man keldim. SENINGDIRMAN Seningdirman va yo qalbim vujudimga omonatdir, Yurtim, sening tuprogʻingda ungan har gul omonatmi? Sening mehring, mening ishqim barchamizga yetar, illo Agar sendan ketar boʻlsam, xiyonatdir, xiyonatdir. Vatan ishqi oʻzgachadir, tuyganlar «oh-oh»– dedilar, Johillarni olim bilib, olimni gumroh dedilar. Sening haqqing talab qilgan insonlarni demay inson, Zulmatlarda yotganlarni nurli quyosh, moh dedilar. Yana takror kechir, yo Rab ishqim asli ilohiydir, Vatanini sevmagan har obid asli ibodiymi? Oʻzligimni yoʻqotdimmi? oʻzi kimman, bilmam aslo, Lek Vatanni sevmasam, bu kabirayi gunohimdir. Gunohimdir! BAHOR Erk soʻrab bong urdi eng soʻnggi sabo, Baxtdan toʻlqinlanib bosh koʻtardi tol. Bugun sendan keyin uygʻondim kulib, Yalpizlar ichida tugʻilgan bahor. Bu kun oʻzgacha kun, boʻshlikka toʻla Tuproq ham bagʻridan otar maysalar. Qaytish qoʻshigʻini kuylar samoda, Qatorlashib uchib yurgan turnalar. Birinchi parvozga shaylangan qushdek Shamolga oʻzimni urdim betinim. Men yerga termulib bulut ortidan, Koʻklam nafasini orqalab keldim. ONA Ona, dunyo sendan yaralmaganmi, Yo jannat emasmi ikkinchi noming? O‘g‘lingni duo qil qo‘lingni ochib, Ilohi omin... Dunyolarga hokim bo‘lsin demagin, Nafsga qul bo‘lmasin desang yetarli. Allohga muhabbat qo‘y degin, bo‘lsin — Ishqim ilohiy. Shaytonlar yo‘liga chorlagan payti, Nafsim bo‘ynimga dor solar bir onda. «Alhamdulilloh»ni qiroat bilan O‘qib ber, ona. Amirulloxon ISMOILOV Erkin Vohidov ijod maktabi 11- sinf o’quvchisi
11 NAZM OʻN YETTIMDA Har Quyoshning chiqishi shodlik, Har Quyoshning botishi bayram... Menga shunday derdi dunyoning Gʻamlaridan toliqqan odam... Chindan shodlik toʻldi qalbimga, Koʻz yoshimdan yaraldi kulgu. Ertaklarga hayoti koʻchgan Goʻdak qizning koʻngli edi bu... Esingdami, ertakchi momo, Men soʻzlasam, jim tingla derding... Xafa boʻlsam, qiz bolasan sen Faqat kulgin deguvchim eding... Uzoqlashdim yoningdan asta Bari «yolgʻon» oʻzingdan boʻlak Men tushundim qiz bolada dard Va zabon ham boʻlmaslik kerak... Sendan oʻzga moʻjiza emas, Yomonlardan soʻzladi faqat... Qochib keldim bagʻringga, endi Oʻn yettinchi ertagingni ayt... ISHQI O‘LMAS... Su‘ratingiz chizaman, rangi Sog‘inch fasli — kuzga o‘xshaydi. Va siz bilan qandaydir dildor Tasvirlashga qo‘llarim shaydir — Yurak ko‘nmas Yuzingizni chizdim, varoqdan Va qalbimdan yog‘ildi ming nur. Bari o‘xshash, faqat ko‘zingiz O‘xshamaydi sizga negadir? Umid so‘nmas... O‘chirmog‘im, afsus, ne qadar Xatoyimdan qoldiradi iz Men o‘shaman — sizni she‘ridan O‘zga yerda chizolmagan qiz! Ishqi o‘lmas... MEHR Ona, har yonimda halaqit, ta’na, Aslo o‘tolmayman ko‘ngildan nari. Bilaman, sizni ham qiynadi mendek O‘n olti yoshimning turfaliklari... Mehr ko‘p ulashdim o‘zgaga, chunki Yuragimga faqat mehringiz ko‘chdi. Bizni ranjitganlar yurakka emas, Birgina... dunyoga o‘ch edi... Qalbimga ulangan ko‘zingizdagi Yoshingizni hatto yo‘qdir zarari. Bizda sog‘inch, mehr bor ekan bildim, Birgina... qahrdan tashqari... SEVGI Jon-jonimga singib kelar tun... Bir iymanib sizni oʻylayman. Hatto oʻylash gunoh boʻlgan payt Yoningizga qanday yoʻlayman?! Pok koʻnglimni botirib tunga, Bir jim sevgim qiladi isyon. Sizga yetar aqlim yoʻq mening, Sizga yetmas hislarim bisyor! Zulmatimga Quyosh misoli, Yaqinlashar tanish bir qadam. Tushlarimga kirasiz doim, Hayotimga kirmagan odam... Yodingizda, yoningizda ham Boʻlmasa-da endi daragim, Tushingizga kirib, keladi – «Baxtlimisiz?» deya soʻragim... Muslimaxon TOHIRJONOVA Erkin Vohidov ijod maktabi 11- sinf o’quvchisi
12 NASR Yashashni yosh boladan oʻrgansa arziydi. Hech sababsiz tabassum qiladi; yiqilsa, darhol oʻrinidan turib ketadi; bir narsani xohlasa, yetishmaguncha chekinmaydi; qiziqtirgan narsasini anglab yetmagunicha uni hech narsa toʻxtata olmaydi; aslo qoʻrquvni bilmaydi; urishib koyisangiz ham, hafa boʻlib, gina qilmaydi, darhol unutadi. Mana, bahor nafasi urib turibdi. Bolaligimizda kapalak bilan gavjum boʻlgan gulzor yana oʻsha holatda. Hali bu qanday jonzot ekanini bilmasada, ortidan qolmayotgan Sardor onasining oldiga yetganida toʻxtadida, qiziqib soʻradi: – Oyijon, bu nima, farishtami? Ona ogʻiz ochishga ham ulgurmadiyu, opasi Goʻzal kelib gap qotdi: – Shuni ham bilmaysanmi? Axir bu... Shunday deb atrofiga qaradi: ukasi yoʻq. U kapalak ortidan ergashib ketib qolibdi. Bir payt u «farishta»ni tutib oladi: – Opa, qarang, qanotlari chiroyli ekan-a?! ...Bolaligimizda kapalakni tuta olgandik, xoʻsh, hozir bolaligimizni tutib qola olamizmi? Latofat SOTVOLDIYEVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 11-sinf o’quvchisi. Koʻkdan tushgan tomchilar kichik boʻlsa ham koʻpligidan hali asfalt qilinmagan hovlini koʻlmakka aylantirib yuborgandi. Umida tashqariga chiqqanida bu holatni koʻrib biroz ijirgʻandida, soʻng musofir yurtlarda yurgan dadasi yodiga tushib koʻzidan yosh chiqib ketdi va ichida koʻzlarini yumib “Astagʻfirulloh” deb xoʻrsinib qoʻydi. Koʻlmak boʻlgan suvni kalishi bilan kechib oʻtdida, hali bitib ulgurmagan oshxonaga yetganda hozir yuvgan oyoq kiyimini yana loy boʻlganini bilib gʻashi keldi. Ularni sovuq suvda artib uy tomon kirib ketdi. Surpada non yasayotgan onasiga qarab “yomgʻirni yomon koʻraman” dedida, televizor tagiga yonboshladi. Xayolida non yopish uchun yana tandir oldiga borishini oʻylab yujragi bezillab ketdi. Televizorda Rossiya kanali koʻrsatayotgandi. U yerda urush haqida gap borardi. Urush manzaralarini koʻrib eti jimirlab ketdi. Garchi dadasi boshqa, urushdan uzoqroq joyda boʻlsada, u dadasi haqida oʻylayverardi. Dadasi shu yerda yursa ham boʻlaveradi, lekin tirikchilik... Uylari hali bitmagan, kamchiliklari koʻp edi. Bunga asfalt yoʻqligi misol. Oʻsha kuni osmon kechasi bilan gumburladi. Umida uxlamadi, uxlolmadi. Tongda koʻzlari qizarib televizorni yoqdi. Yana oʻsha kanal. Kecha shunda qolib ketgan ekan. Bir jurnalist bir toʻda olomonni baqirayotgan haqida reportaj qoʻyilayotgan edi. Olomon: -Urush tugadi! - deyayotgan edi. Mohinur LUTFULLAYEVA, Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf o’quvchisi. OSMON GULDURAYDI BOLALIK
NASR S iz hech ignaning ingichka teshigiga e’tibor berganmisiz? U shu qadar kichik bo‘lgani holda ming qiyinchiliklar bilan o‘zidan o‘tkazilgan ipni hech ham e’tiborsiz qoldirmaydi, go‘yo o‘z muhofazasiga oladi. Adabiyot ham shunga o‘xshaydi: kiradigan eshigi kichik (faqatgina chin iste’dod egalari o‘ta oladi), lekin o‘sha eshikdan kira olsangiz, u sizga o‘zining bepoyon olamini namoyon qiladi. Adabiyot bizga chin insoniylik maslagini o‘rgatuvchi hayotbaxsh sehrdir. Hisob-kitob, rasmiyatchiliklarga to‘la, bir maromda ketayotgan yo‘limizda u porloq yulduz kabi chaqnab turadi. Adabiyot kishining nekbin tuyg‘ularini saqlovchi, ichimizdagi nafs itini o‘ldirishga shaylangan kuch, shuning uchun qaysi millatga qaramang, barchasi o‘z adabiyoti bilan maqtanadi, yozuvchi-yu shoirlarini ko‘kka ko‘taradi, chunki inson badiiyatga qanchalik yaqin bo‘lsa, tafakkur qilishga, tasavvur qilishga ham shunchalik yaqindir. O‘tgan asrda yozilgan «Adabiyot nadir?» maqolasida ham Cho‘lpon adabiyotning naqadar muhim ekanligiga, u jamiyat rivoji uchun go‘yo bir poydevorligiga urg‘u beradi. Chindan ham, millatning o‘zligini anglashida, binobarin, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida yengilmas kuch – adabiyotning o‘rni beqiyos. Inson tug‘ilibdiki, turli fikr va g‘oyalar qurshovida voyaga yetadi, atrofni kuzata boshlaydi. Aynan mana shu paytda bolani adabiyotga oshno qilish kelajak uchun tashlangan ilk qadam - ma’naviyatning ibtidosidir. Shubhasiz, ilmi bor inson bilimsiz kishidan ustundir. O‘z davrida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy singari millat darg‘alariga hur fikr bergan, mustaqillikning, ma’naviyatlilikning orzusini ato etgan ham adabiyotdir. Aksincha, jamiyatni ichdan kemiruvchi odam qiyofasidagi maxluqlarning shu ko‘yga tushib qolishlarining bosh sababi esa bilimsizlik, adabiyotsizlikdir. So‘z ustasi Abdulla Qahhor aytadi: «Adabiyot atomdan kuchli. Faqat uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak» . Bizga ta’sir ko‘rsatayotgan moddiy narsalar tashqi olamimizga oid, biroq botiniy olam tushunilishi qiyin bo‘lgan sirdir. Adabiyot esa aynan shu ichki o‘ylarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ne-ne kuchli qurollar bilan egallab bo‘lmaydigan hudud - qalb makonini faqat adabiyot bilangina egallash mumkin, shuning uchun deyarli barcha mustamlakachi davlatlar o‘zi bosib olgan joylarning adabiyotini, milliyatini yo‘q qilishga urinadi, bu haqiqatni anglab , boshqalarga anglatmoqchi bo‘lganlarni esa birma-bir yo‘q qilib boraveradi. Ular biladiki, millatni yo‘q qilmoq uchun adabiyotni yo‘qotishga ehtiyoj bor. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan adabiyot kechalaridan, ijod maktablari faoliyatidan maqsad ham adabiyotni kishilar qalbiga yanada mustahkamroq joylash, millat barqarorligini ta’minlashdir. Zero, adabiyot millatning asliyatini ko‘rsatuvchi haqgo‘y oyna, uning o‘zligini saqlab qoluvchi asosiy tirgakdir. O‘g‘iloy XURSANDOVA, 11-sinf o‘quvchisi. ADABIYOT NADIR? 13
14 ILDIZ Ma’lum bir davr tarixini yoritib berishda, albatta, qo‘lyozma asarlarga tayanilgan holda fikr bildiriladi. Buxoro xonligi tarixi, davlat boshqaruvi va harbiy sohasi haqida ma’lumotlarni Buxoro tarixiga bag‘ishlab yozilgan asarlardan topishimiz mumkin. Ushbu manbalarda Buxoro xonligida XVIII asr o‘rtalarida yuz bergan siyosiy voqealarda mang‘it urug‘i vakillarini Buxoro xonligi taxtiga olib chiqdi. Davlat hukmdorlari «amir» unvoni bilan yuritiladigan bo‘ldi va davlat ham Buxoro amirligi degan nom oldi. Buxoro amirligi tarixiga oid yozma manbalar ichida “Qushbegi arxivi” hujjatlari, “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Tuhfai shohiy”, “Dostoni amironi mang‘it”, “Tarixi amiri Haydar”, “Gulshan al-muluk”, “Risolai muxtasari az tarixi salotini xonadoni mang‘itiya” kabi mahalliy tillarda yozilgan asarlar bilan bir qatorda rus tarixchilaridan E.K.Meyndorf tomonidan 1820-yilda yozilgan “Orenburgdan Buxoroga sayohat”, 1833-yilda tatar mullosi Mirzo Ja’far nomi bilan 4 oy Buxoroda yashagan P.I.Demezonning “Buxoro xonligi haqida qaydlar”, 1841 yilda Butenov elchiligi tarkibida Buxoroga tashrif buyurgan I.Xanikovning “Buxoro xonligi ta’rifi” kabi asarlarini keltirib o’tish mumkin. Shuningdek, ingliz josuslik hizmati vakillari Mir Izatullo va A.Berns tomonidan hamda A.Vamberi tomonidan yozilgan asarlar ham Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmi tarixiga oid muhim manbalar qatoridan o’rin olgan. Buxoro hukumdori Amir Shohmurod (1785-1800) hukmronligi davridagi, moliyaviy boshqaruv va soliqlar tartibini o‘rganishda Mirzo Badi-devonning “Majmai al-arkam”asari muhim rol o‘ynaydi. O‘rta Osiyo tarixchiligida Buxoroning yangi zamon davri tarixiga bag‘ishlangan asarlar bilan XIX asr ikkinchi yarmida tanilgan donishmand shoir yozuvchi va olim Ahmad Donish katta o‘rin egallaydi. Ular orasida “Amir Doniyoldan amir Abdulahad zamonasigacha shavkatli Buxoro amirligining hayoti tasviri” tarixiy risolasi, “Kamdan-kam hodisa”asari muhim manba sifatida xizmat qila oladi. Yana bir buxorolik tarixchi Mirzo Shams Buxoriy bo‘lib, u ajdodlari izidan borib saroyda munshiylik qilgan. U fors-tojik tilida “Bayoni ba’zi havosidoti Buxoro, Qo‘qon, Qoshg‘ar” asarini yozgan. Albatta, har qanday davlatning kuchi uning lashkari bilan belgilanadi. Bu borada Buxoro amirligi qo‘shin salohiyati ham Xiva va Qo‘qon xonligi kabi o‘ziga xos tarzda shakllangan edi. Sarhadlarni mustahkamlash va faol tashqi siyosatni amalga oshirish, qolaversa, davlat yaxlitligini saqlab turishda Buxoro amirligida harbiy ishga alohida ahamiyat berilgan. Amirlik tashkil topgan vaqtda oʻzining muntazam qoʻshiniga ega emas edi. Amirlikda mavjud boʻlgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va uning a’yonlarini qoʻriqlash hamda shahar osoyishtaligini taʻminlash ishlari bilan xaraktеrlanar edi. Urush vaqtlarida amir buyrugʻi bilan xalq lashkarlari toʻplanib, harbiy harakatlariga jalb etilar edi. Amir Shohmurod hukmronligi davrida qoʻshin ikki qanotdan iborat boʻlgan. Soʻl qanotda: mangʻit, kеnеgas, kеroit, doʻrmon, qoʻnigʻirot, qiyot, qirgʻiz, xitoy, qipchoq, turkman, arlot, qalmoq, uygʻur oʻgʻlonlardan tuzilgan dastalar tashkil etgan. Chap qanotda: qatagʻon, saroy, yabgʻu, baxrin, jaloir,yuz, ming, naymon, qarluq, bеrkut, fulodchi, qirq, olchin, mojar, chinboy, bеdoyil, bogʻlon, iloji, tugut va shogirdpеsha guruhlari joylashgan Taʻkidlash joizki, sarbozlikka qabul qilinayotgan yuqorida aytib oʻtilgan urugʻaymoqlardan qaysi biriga tеgishliligiga qarab mazkur guruhgagina qabul qilinib, ular aralashtirib yuborilmagan. Mangʻitlar sulolasi hukmronligida amir Haydar hukmronligi davriga (1800-1826) kеlib dastlabki tub oʻzgarishlar roʻy bеrib, yaʻni maʻlum maʻnoda muntazam armiya tashkil etildi, dеyishga asos bor davriga (1800-1826) kеlib dastlabki tub oʻzgarishlar roʻy bеrib, yaʻni maʻlum maʻnoda muntazam armiya tashkil etildi, dеyishga asos bor. Buning asosiy sabablaridan biri Buxoro amirligining sharqiy hududlarida ayirmachilik harakatlarining kuchayishi edi. Bu harakatlarni bostirishda, albatta, diplomatiya va kuchli qo‘shinning bo‘lishini sharoit taqazo qilmoqda edi. Uning davrida harbiy qismlar Tojiboyev Muhriddin SHOKIRJON O‘G‘LI Erkin Vohidov ijod maktabi tarix fani o‘qituvchisi BUXORO AMIRLIGI TARIXI (tarixiy manbalar va harbiy soha)
15 ILDIZ ikki qismga: muntazam qo‘shin –navkar, muntazam bo‘lmagan qo‘shin qoracherikka bo‘lingan. 1833-1834-yillarda Orenburg harbiy gubernatori topshirig‘i bilan Buxoroda bo‘lgan P.I.Demezonning ma’lumotlariga ko‘ra, amirning 19000 muntazam qo‘shini bo‘lgan. Qo‘shinga Buxoro viloyatidan 12000, Samarqand viloyatidan 2500, Qarshidan 2500, Maymanada 1000, Qorako‘ldan 1000 askar yetkazib berilgan. Buxoro viloyati qo‘shinlarining doimiy joylashgan lagerlari Jizzax, Boloqo‘rg‘on, Nurota va boshqa hududlarda joylashgan. Buxoro amirligida harbiy amaldorlar egallagan mansabiga qarab, oliy, o‘rta, quyi, guruhga bo‘lingan. Amir Shohmurod islohotlari harbiylarga ham ta’sir ko‘rsatdi. U armiyada qattiq intizom o‘rnatdi. Har bir bo‘linmaga mullani tayinladi. Buxoro qo‘shinlari sonini 10 mingdan, 60 mingacha yetkazdi. Harbiy qo‘shinlar uchun oylik maosh ham muntazam to‘lab borildi. Yefremov ma’lumotlariga ko‘ra, yillik ish haqi 2 chervon ( 6 rubl) hamda har bir askar uchun 4 botmon bug‘doy, jo‘xori ham berilgan. Harbiy mukofot pullari ham berib borilgan. Buxoro armiyasida rus asirlari, qolaversa, qochqinlar va turli muhojirlar ham muhim rol o‘ynagan. Amirlik artillеriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir nеcha toʻplardan tashkil etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafеt (tеmir suyanchiq)ga ega edi. Buxoro amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Har qaysi urugʻ va hudud mavjud imkoniyatlardan kеlib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qoʻshin soni belgilangan. Amir Haydarning muntazam qoʻshin tuzish borasidagi harakatlarini Buxoro amiri Nasrulloh (1827-1860) davom ettirdi. Bu hukmdorning saʻyharakatlari bilan piyoda askarlardan iborat sarbozlar va toʻpchilarning muntazam qoʻshini tuzildi. 2000 kishiga yaqin boʻlgan otryad kalta qizil kiygan va nayzali miltiq, qilich, toʻpponcha bilan qurollangan. Sarbozlarni dehqonlar, hunarmandlar va asirlar orasidan tanlab olishgan. Ularga har kuni harbiy bilim berilgan. Sarbozlar shahar chetidagi maxsus joylarda oʻz oilalari bilan yashaganlar va xizmatdan boʻsh vaqtlarida xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanganlar. Buxoro amiri Nasrullo o‘zi tuzgan muntazam qo‘shinini bir joyda saqlashga harakat qilgan. Buxoro shahri devorining tashqarisida-O‘glonva Talipoch darvozalarining o‘ratsidagi yerda har bir sarboz va to‘pchining oilasi uchun uy qurib berilgan edi. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona”nomi ostida mashhur bo‘lgan, 800 uydan iborat xarbiylarning muntazam yashash manzillari shakillangan. Amirlikda muntazam qo‘shinning asosini tashkil etgan navkarlarga bir qancha imtiyizlar berilgan edi. Buxoro amirligida mansabiga muvofiq ravishda navkarlarga oziq-ovqat, pul kiyim-bosh, otlari uchun yem-xashak berilgan. Ular boshqa xonliklarning muntazam qo‘shinlari kabi turli soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. O‘z yeriga ega bo‘lgan navkarlar amirning buyrug‘i bilan bu yerlar va ularda yetishriladigan turli ekainlarga solinadigan soliqlardan ham ozod edilar. Amirlik armiyasi zamon talabiga mos bo‘lmasada,mamalakat ichki tartib qoidalarini ushlab turish uchun xizmat qilgan. Buxoro hukumdorlari Amir Haydar va Amir Nasrulloh Buxoro armiyasini isloh qilish borsida xarakat qilindi. Lekin, zamonaviy qurollar bilan ta’minlah sust bo‘lgani uchun anchayin ortda qoldi.
16 MUNOSABAT
17 MUNOSABAT Falastinlik bolaning so’zi Dunyo dunyo bo‘lmay qoldi, Armon to‘la nolalarmiz. Taqdir erta o‘tga soldi, Biz hali ham bolalarmiz! Tog‘lardagi lolalardek, Noziknihol lolalarmiz. Dunyodagi bolalardek, Biz hali ham bolalarmiz! Ayting, nedir gunohimiz, Ko‘zlardagi jolalarmiz. Alloh bizning panohimiz, Biz hali ham bolalarmiz! Ko‘zingizni oching kengroq, Payhon bo‘lgan dalalarmiz. Qariyalar bilan tengroq, Biz hali ham bolalarmiz! Bizga yotdir o‘yin-kulgi, Tortilgan qil-tolalarmiz. O‘lgim kelmas, kelmas o‘lgim, Biz hali ham bolalarmiz! Davlat KARIM. “BIZ HALI HAM BOLALARMIZ”
KROSSVORD 18
2 3 4 5 6 1 Savollar 1.Xitoyda ularni taykonavtlar deyishadi ular kimlar? 2.Davriy jadvalda 14-katakda joylashgan element nima? 3.Totemi sigir bo`lgan mamlakat qaysi? 4. Qadimgi Rim mifologiyasida ekinlar va dehqonchilik xudosi bu... 5. Uy-joy manosida qo`llaniladigan olima so`z? 6. Shakli oyga o`xshab ketadigan ish quroli qaysi? 7 7. Bahorgi tengkunlik qaysi oyda nishonlanadi? TAHRIRIYAT KENGASHI: Ibodadxon NOSIRJONOVA Shahnoza NUMONJONOVA Durdona NABIJONOVA MUASSIS: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi TAHRIR HAY‘ATI: Muhammadamin NURMATOV Jamoliddin BADALOV Kamoliddin MARASULOV Mahmudxon QO’CHQOROV Abduhayot ABDUQODIROV Sharofatxon ISMOILOVA O‘zbegim Adabiy, ilmiy— ma‘rifiy jurnal Bosh muharrir: Nigora MANNOPOVA Tahririyat manzili: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138—uy. Bizni @erkinvohidovmaktabi telegram manzili orqali kuzatib boring. KROSSVORD 19